ABDUVALI QUTBIDDIN SHERIYATIDA TASVIRIY
ABDUVALI QUTBIDDIN SHERIYATIDA TASVIRIY VOSITALARNING FOYALANISHI MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………… I BOB. HOZIRGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA ABDUVALI QUTBIDDIN IJODINING O’RGANILISHI. 1.1.Abduvali Qutbiddinning hayoti, adabiy merosi va she’rlarida an’anaviy hamda noan’anaviy talqin tamoyillari …………………………………….. 1.2.Shoir ijodining o’ziga xos xususiyatlari va badiiy detallarning o‘rni…... II BOB. ABDUVALI QUTBIDDIN SHE’RIYATIDA TASVIRIY VOSITALARNING IFODALANISHI. 2.1.Abduvali Qutbiddinning “Nayson” she’riy to’plamida tasviriy vositalarning o’rni. ………………………………....……………………………………… 2.2.Shoirning “Xayol kechasi” she’rlar to’plamida badiiy, tasviriy vositalarning ifodalanishi………………………………………………………………....... XULOSA…………………………………………………………... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………….... 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Inson o‘zini o‘tkinchiligini anglagandan buyon yashagan umrini abadiylashtirishga urunib keladi. Odamning bu boradagi intilishlari badiiy adabiyotda, ayniqsa, yorqin va jozibali yo‘sinda namoyon bo‘ladi. Shu boisdan badiiy adabiyotning mohiyatini anglab yetish nafaqat filolog mutaxassis, balki o‘zi haqida o‘ylaydigan har bir fikr kishisi uchun o‘ta muhim 1 . Shu boisdan ham mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’limning barcha bosqichlarida adabiyotga, uning o‘qitilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero , “ Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyat ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak” 2 . Hozirgi kunda yoshlarni ma’naviyatli, barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyosdir. Jahon adabiyotshunosligida milliy qadriyatlarga bo’lgan munosabat, ularning talqin etilishi hamda xalqona urf-odatlarning tobora ijodkor olamidagi badiiy bo’yoqlar asosida ijod zaminiga kirib borishi eng qiziqarli va bahstalab masalalardan biriga aylanib ulgurgan. Shu bois o’zbek adabiyotida XX asrda ijod etgan har bir ijodkor bu masalaga alohida yondashadi. Adabiyotshnoslikda esa ularga va ularning bu boradagi izlanishlariga tegishli baho berishga intiladi. Ayniqsa, ijoddagi xalqonalik, xalq urf-odatlarining tobora sentizlashib borishi va shu asosda milliy qadriyatlar talqini borasidagi izlanishlar bugungi adabiyotshunoslikning asosiy muammosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan XX asr o’zbek adabiyotida munosib o’ringa ega bo’lgan Abduvali Qutbiddin hayotini, ijodini, uning mahoratini ,o’ziga xos milliy qadriyatlar talqinini o’rganish va u yaratgan asarlarning ahamiyatini shu nuqtai nazardan asoslash o’zbek adabiyotshunosligidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 1 ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентиШавкатМирзи ё евнинг Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғида барпо этилган Адиблар хиёбонининг очилишида сўзлаган нутқи . / Халқ сўзи, 2020, 21 май. №106 ( 7608 ) . 2 https://kh-davron.uz/ 2
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Abduvali Qutbiddin XX asr oxirlari va XXI asr boshlarida o’zbek sheriyatiga kirib keldi. U yaratgan she’riyat modern asosida yuzaga kelgan bo'lsa-da, biroq undagi xalq qadriyatlarining birlashishi va xalq turmush tarzining noan’anaviy shaklda berishi bilan she’riyati muhim qimmatga ega. Bu tushunchalarning bosh mezonga ko’tarilishi esa, shoir badiiy mahoratini belgilovchi xususiyatlaridandir. Zotan, “…adabiyot va san’atga,madaniyatga e’tibor … bu, avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekan” i ayni haqiqatdir. Madaniyatga, adabiyotga e’tiborning bir ko’rinishi esa shoir Abduvali Qutbiddin ijodini o’rganish bilan ham belgilash mumkin. Chunki, shoir she’riyatining milliy qadriyatlar muuammosi asosida o’rganish va undagi tasvitiy vositalarning turli-tuman ko’rinishlarini tahlil etish yuqoridagi fikrlarning amaldagi ijrosi bo’libgina qolmay, mazkur tadqiqotning bugungi kundagi dolzarbligini asoslaydi. Malakaviy bitiruv ishimizning metodologik asosi va metodlari. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ilm-fan, ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, soha mutaxassislarining mavzuga doir fundamental asarlari ishimizning metodologik asosini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Abduvali Qutbiddin she’riyatida tasviriy vositlarning o’rni,ahamiyati, xalqona qadriyatlarni anglash borasida unda modern, tasavvuf va xalqona qadriyatlarning ifoda etilishi, tasvirlanishi borasidagi izlanishlarini aniqlash,xalq urf-odatlari va kundalik turmushi sharoitida tasvir etilgan xususiyatlarga baho berish va tadqiq etish mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi sanaladi. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Abduvali Qutbiddin she’riyati , undagi turli xil tasviriy vositalarning ahamiyati, xalqona qadriyatlarning ifodalanishi hamda modern va tasavvuf asosida berilgan tushunchalarni xalqona qadriyat asosida aniqlashdan iborat; - Shoirning hayot yo’li,adabiy merosini, ijod olamini tadqiq etish; - Shoir she’riyatida tasviriy vositalar va xalqona qadriyatlar borasidagi izlanishlarini aniqlash; - Modern tushunchalari haqida fikr yuritish; - Tasavvuf tushunchalarini xalq qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligini tadqiq etish; - Shoir she’riyatida xalqona qadriyatlar tamoyilini ko’rsatib beruvchi omillarga urg’u berish; - She’riyatdagi xalqona qadriyatlarni mahorat darajasida tasvur etilganligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotning obyekti. Ijodkorning badiiy olami va u yaratgan yaratiqlar tadqiqotning asosiy obyekti sanaladi.Qiyosiy tahlilni amalga oshirish maqsadida XX asr o’zbek shoirlarining to’plamlari BMIga jalb etildi.Tadqiqotning 3
predmetini Abduvali Qutbiddinning “Bor”, “Xayol kechasi”, “Nayson” kabi she’riy to’plamlari hamda adabiyotshunoslikda olib borilgan xalqona qadriyatlar borasidagi tadqiqotlar, izlanishlar tashlik etib,shoir she’riyatini ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi. Tadqiqotning amaliy yaratilganligi hamda milliy mentalitetga xos predmatlarning asosiy planga olib chiqiladi va shu yo’l orqali shoir mahorati aniqlanib, shoir ijodini tadqiq etishda ilmiy-nazariy manba vazifasini o’taydi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Abduvali Qutbiddin she’riyatida tasviriy vositalarning ifodalanishi, xalqona qadriyatlarning tasvirlanishi masalasi maxsus tadqiqot obyekti sifatida o’rganilmoqda. Shoirning poetik olami hamda mahorati,o’ziga xos uslubi va detallardan foydalanishdagi o’ziga xosliklar tadqiq etiladi. Mazkur tadqiqot ishida shoirning o’ziga xos uslubi xalqona qadriyatlarni bera olish talqin tamoyillari asosida ochib beriladi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 4
I BOB. HOZIRGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA ABDUVALI QUTBIDDIN IJODINING O’RGANILISHI. 1.1.Abduvali Qutbiddinning hayoti, adabiy merosi va she’rlarida an’anaviy hamda noan’anaviy talqin tamoyillari Abduvali Qutbiddin 1960-yil 20-iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug ilgan. Taniqli olim, shayxʻ Qutbiddin Muhitdinov ning nabirasi. Dastlab Qarshidagi o rta maktabda, keyin ToshDU (hozirgi O zMU)ning ʻ ʻ jurnalistika fakultetida o qigan (1978—1983). Samarqand viloyatining ʻ „Zarafshon“ gazetasida (1983—1985), G afur G ulom nomidagi Adabiyot va ʻ ʻ san at nashriyotida, „Yozuvchi“ nashriyotida, O zbekiston milliy ʼ ʻ teleradiokompaniyasida, „Xalq so zi“ gazetasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. ʻ 2019-yil 8-dekabrda vafot etgan. Yoshlar Ittifoqi tomonidan ta sis etilgan Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), ʼ „Oltin qalam“ mukofoti hamda O zbekiston Respublikasida xizmat ko rsatgan ʻ ʻ jurnalist faxriy unvoni va „Do stlik“ ordeni ʻ sohibi (1997). O zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a zosi. ʻ ʼ Zarafshon“ gazetasi, G afur ʻ G ulom nomidagi Adabiyot va san at nashriyoti, ʻ ʼ O zteleradiokompaniyasi, ʻ „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, „Xalq so zi“ gazetasida turli lavozimlarda ʻ faoliyat ko rsatgan. Abduvali Qutbiddinning „Nayson“ (1988), „Humo“ (1989), „Baxtli ʻ yil“ (1991), „Xayol kechasi“ (1994), „Sen va sen uchun“ (1996), „Uzoqdan olisga“ (2007) „Bor“ (2011), „Da vat“ (2014)kabi kitoblari chop etilgan. ʼ 2020-yili O zbekiston Yozuvchilar uyushmasi „Ijod“ jamoat fondi ʻ tomonidan „So z chamani“ turkumida shoirning she riy to plami chop etilgan. ʻ ʼ ʻ Uning ijodi ko plab dissertatsiyalar uchun tadqiqot manbasi sifatida ilmiy ʻ o rganildi. Mahfuza Davronovaning „Hozirgi o zbek she riyatida individual uslub ʻ ʻ ʼ poetikasi (U. Azim, I. Mirzo, Faxriyor va A. Qutbiddin she riyati misolida)“ ʼ (Samarqand, 2019) mavzusidagi doktorlik (DSs), Maftuna Xolovaning „O zbek ʻ modern she riyati poetikasi“ (Samarqand, 2018), Gulnoza Oripovaning ʼ „Mustaqillik davri o zbek she riyatining g oyaviy-estetik va badiiy xususiyatlari“ ʻ ʼ ʻ (Farg ona, 2019) va Dilshod Xursanovning „Hozirgi o zbek she riyatida xronotop ʻ ʻ ʼ poetikasi“ (Samarqand, 2020) mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarida, jumladan, Abduvali Qutbiddin she riyati xususiyatlari ham ʼ ilmiy tahlil etilgan.Yuqorida shoirning hayot yo’li haqida ma’lumot keltirar ekanmiz, uning qanchalik o’z ustida hormay-tolmay izlanishlar qiladigam shaxs sifatida ko’ramiz.Mening fikrimcha bir insonning qanday qalbli shaxs ekanligini uning tarjimai holi emas,balki atrofidagi insonlarga bo’lgan munosabatida yaqqol ko’zga tashlanadi. Abduvali Qutbiddin shaxsi haqida , noyob she’riyati haqida qalam tebratishdan oldin yana bir bor taniqli adabiyotshunos olimlar Ibrohim G‘ofurov, Botirxon Akram, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Ibrohim Haqqul kabi bu soha vakillarining mehnatlari-yu zahmatlarini dildan his etdim. Ularning shoir ijodiga oid fikr-mulohazalaridan, tahlil-u talqinlaridan bir qancha ma’lumotlar,tushunchalar oldim. Ustozlarning hayratomuz mushohadalari, 5