logo

ADABIYOT DARSLARIDA SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATINING O‘QITILISHI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

2253.03125 KB
ADABIYOT  D ARSLARIDA  SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATINING
O‘QITILISHI
Mundarija
Kirish ………………………………………………………………………………4
I BOB.   ADABIYOT DARSLARIDA LIRIK ASARLARNI O‘RGATISH …...7
1.1.   Adabiyot   darsliklarida   lirik   janrga   oid   nazariy   ma’lumotlarning
berilishi……………………………………………………………………………..7
1.2.  Lirik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari………………..18
II   BOB.   O ‘QUVCHI-YOSHLARNING   MA’NAVIY   KAMOLOTIDA
SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATINING TUTGAN O‘RNI ………………34
2.1. Shavkat Rahmonning poetik mahorati………………………………….34
2.2.  Adabiyot darslarida shoir she’riyatini o‘rgatish usullari………………..46
XULOSA …………………………………………………………………………54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………….56 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Mаmlаkаtimizdа   ta’lim   sohasida   аmаlgа
oshirilаyotgаn   islohotlаr   boshqа   fanlar   qаtori   zаmonаviy   o‘zbek   аdаbiyotini
terаnroq   аnglаsh   vа   tаdqiq   etish   imkonini   hаm   yаrаtmoqdа.   Umumta’lim
maktablarida   o‘zbek   mumtoz   vа   zаmonаviy   аdаbiyotini   xаlqаro   miqyosdа
o‘rgаnish   bugungi   kunimizning   eng   dolzarb   vazifalaridan   biri   bo‘lib   qolmoqda.
Zero,   “Adabiyot   –   xalqning   yuragi,   elning   ma’naviyat   ko‘zgusi.   Bugungi
murakkab   zamonda   odamlar   qalbiga   yo‘l   topish,   ularni   ezgu   maqsadlarga
ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak” 1
. 
Bugungi   kunda   yoshlarni   ma’naviyatli,   barkamol   qilib   tarbiyalashda   badiiy
adabiyotning   o‘rni   beqiyosdir.   Xususan,   iste’dodli   shoir   Shavkat   Rahmon   ijodi
ham   bu   borada   salmoqli   o‘rin   egallaydi.   Uning   she’rlari   qaysi   tilda   bo‘lmasin,
doimo   sevib,   ardoqlanib   o‘qiladi.   Ayniqsa,   shoir   tomonidan   yaratilgan   she’rlar
o‘quvchi-yoshlarning   ma’naviy   kamolotida   muhim   rol   o‘ynaydi.   Shu   boisdan
adabiyot   darslarida   adibning   poetik   mahoratini   o‘rganish   va   shu   orqali
o‘quvchilarning poetik tasavvurini rivojlantirish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib
qolmoqda.
Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi:   O‘zbek   adabiyotshunosligida
ijodkorlarning   badiiy   mahorati,   xususan,   badiiy   obraz   yaratish   uslubini   tadqiq
qilishga   doir   tadqiqotlar   soni   ko‘pchilikni   tashkil   qiladi.   Bu   o‘rinda
O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, N.Karimov, B.Nazarov, U.Normatov, A.Rasulov 2
singari   adabiyotshunos   olimlar   tomonidan   yaratilgan   maqolalar,   ocherklarni
alohida ta’kidlab o‘tish lozim. 
Shuningdek,   hozirgi   zamon   she’riyati   hamda   she riy   janrlar   xilma-xilligiʼ
haqida   Izzat   Sulton,   N.Shukurov,   R.Orzibekov,   U.To‘ychiyev,   T.Boboyev,
А .Hojiahmedov,   D.Quronov,   E.Xudoyberdiyev,   H.Umurov,   I.Haqqulov,
1
ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентиШавкатМирзи ё евнинг Алишер   Навоий   номидаги   Ўзбекистон   Миллий
боғида   барпо   этилган   Адиблар   хиёбонининг   очилишида   сўзлаган   нутқи .   /   Халқ   сўзи,   2020,   21   май.   №106
( 7608 ) .
2
Qo‘shjonov   M.   Onaga   ta’zim//Qishloq   haqiqati.1982.-20   mart.   Mamajonov   S.   Ona-tabiat   ixtirosi//   Sovet
O‘zbekistoni.  1982.-16-may. Sharafiddinov  O.  Ona//   O‘zbekiston  adabiyoti   va  san’ati.  1985. 5-mart.Normatov   U.
Taqdirlar romani// O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1985.27-noyabr. Rasulov A. Ardoqli adib. –T.,2001. -128 b.
2 U.Hamdam   va   boshqa   adabiyotshunos   olimlarning   tadqiqotlari   orqali   nazariy
ma lumotlarga ega bo‘lish mumkinʼ 3
.
O‘zbek   she’riyatining   yetakchi   vakillaridan   biri   Shavkat   Rahmon   she’riyati,
uning   so‘zga   bo‘lgan   munosabati,   shoir   she’rlarining   boshqa   ijodkorlar
she’rlaridan ajratib turuvchi jihatlari R.Mullaxo‘jayeva tomonidan tadqiq qilingan 4
.
Shoirning   badiiy   obraz   va   san’atlarni   qo‘llashdagi   mahorati,   o‘xshatish   va
metaforalari ham tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan 5
.
Malakaviy   bitiruv   ishimizning   metodologik   asosi   va   metodlari.
Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyevning   ilm-fan,   ta’lim-tarbiya   haqidagi   qarashlari,
soha   mutaxassislarining   mavzuga   doir   fundamental   asarlari   ishimizning
metodologik asosini   belgilaydi. Shuningdek,  taqqoslash,  tavsiflash  kabi   metod va
usullardan foydalaniladi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi   adabiyot   darsliklarida   lirik   janrning
nazariy   talqini,   lirik   asarlarni   o‘rganishning   samarali   metod   va   usullari,   Shavkat
Rahmonning   poetik   mahorati,   shoir   she’rlarining   o‘quvchi-yoshlar   kamolotida
tutgan o‘rni haqida ma’lumot berishdan iborat. 
Bitiruv-malakaviy ishning vazifalari: 
Adabiyot   darsliklaridagi   lirik   janrlarga   oid   nazariy   ma’lumotlarning
ahamiyatini yoritish;
Shavkat Rahmonning poetik mahoratini o‘rganish ;
3
  Sulton   I .   Adabiyot   nazariyasi.   –   Toshkent:   O‘qituvchi,   2005 ;   Шарафиддинов   О.   Ижодни   англаш   бахти.   –
Тошкент:   Шарқ,   2004;   Шукуров   Н.   Услублар   ва   жанрлар   –   Тошкент,   1973;   Шукуров   Н.   Сўз   сеҳри,   шеър
меҳри.   –   Самарқанд:   Зарафшон,   1992;   Норматов   У.   Ижод   сеҳри.   –   Тошкент:   Шарқ,   2007;   Orzibekov   R.
O‘zbek  lirik she’riyati  janrlari.  –Toshkent:  O‘zFA “Fan” nashriyoti. 2006;  Норматов  У. Янги ўзбек  адабиёти. –
Тошкент: ЎзМУ нашриёти, 2007; Тўйчиев У. Лирик тур белгилари // Адабий тур ва жанрлар. III жилдлик. 2-
жилд.   –Тошкент:   Фан,   1992;   Бобоев   Т.   Адабиётшунослик   асослари.   -Тошкент:   Ўзбекистон,   2002;
Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. Тошкент: Янги аср авлоди, 2008; Қуронов Д. Адабиётшуносликка
кириш.     –   Тошкент:   Фан,   2007;   Умуров   Ҳ.   Адабиёт   назарияси.   –   Тошкент:   Шарқ   нашриёт-матбаа
акциядорлик   компанияси     бош   таҳририяти,   2002;   Умуров   Ҳ.   Таҳлил   чизгилари.   –   Тошкент:   “Муҳаррир”
нашриёти, 2013; Ҳаққул И. Тақдир ва тафаккур. Эсселар ва адабий-танқидий мақолалар. – Тошкент: Шарқ,
2007; Ҳаққул И. Эътиқод ва ижод. – Тошкент: Фан, 2007;  Улуғбек Ҳамдам. Янгиланиш эҳтиёжи.  – Тошкент:
Фан, 2007.  
4
  Муллахўжаева Р.80-йиллар ўзбек шеъриятида поэтик тафаккурнинг янгиланиши ва Шавкат Раҳмон 
ижоди.Фил.фан.бўйича фал.д-ри (PhD) диссерацияси автореферати. – Т.:2020. – 26 б.
5
  Ю нусова  Д.   Ш авкат  Ра ҳмон   шеъриятида   метафорани   ҳосил   қилувчи лексик-граммати л  воситалар   тадқиқи .
Фил.фан.бўйича фал.д-ри(PhD) диссерацияси . – Навоий , 2021.  –  142 бю
3 ijodkor she’rlarining o‘quvchi-yoshlar kamolotidagi ahamiyatini asoslash;
Shavkat Rahmonning Vatan, tabiat mavzusidagi she’rlarini samarali metod va
usullar yordamida o‘rganish;
Tadqiqotning   obyekti   sifatida   umumta’lim   maktablarining   5-11-sinf
adabiyot darsliklari olingan.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Adabiyot   darsliklarida   lirik   janrlarga   oid   nazariy   ma’lumotlarning   ahamiyati
dalillangan;
Adabiyot darslarida lirik asarlarni o‘rgatishning samarali usullari aniqlangan;
Shavkat   Rahmonning   poetik   mahorati   uning   tabiat   va   Vatan   mavzusida
yozilgan she’rlari orqali yoritilgan;
  adabiyot   darslarida   shoir   she’riyati   “ Bir   parcha ”,   “ 3*3 ”   kabi   usullar   hamda
“ begona band ”   metodi yordamida o‘rganish  asos langan.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.  Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mazkur mavzu yuzasidan 
jami 3 ta ilmiy maqola, jumladan, 1 tasi xorijiy jurnallarda hamda 1 tasi respublika 
konferensiyasida nashr etilgan.
4 I BOB. ADABIYOT DARSLARIDA LIRIK ASARLARNI O‘RGATISH
1.1. Adabiyot darsliklarida lirik janrga oid nazariy ma’lumotlarning
berilishi
O‘ziga xos yaratuvchi sifatida tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarni o‘zgartirib,
ularni   o‘z   maqsad-manfaatiga   muvofiqlashtirishga   harakat   qilgani   bois   “koinot
gultoji” deb ta’rif-tavsif etiladigan inson adabiyotning bosh mavzusidir. Uning sir-
sinoatiga   to‘la   hayoti   va   o‘zi   uchun   ham,   boshqalar   uchun   jumboq   bo‘lgan   ichki
olami – qalb dunyosini aks ettirish uchun so‘z san’atida uchta tur mavjud. Bu uch
tur ham inson aql-tafakkurining o‘ziga xos yaratuvchanligi mahsulidir. Ular inson
dunyosini so‘zda suratlantirish, namoyon etish borasida uzoq izlanishlar oqibatida
erishilgan   natijadir.   Inson   tafakkurining   bu   kashfiyoti   mustahkam   zaminga
asoslangani   uchun   ham   Aristotel   (er.avv.   384-322-yillar)   “Poetika”   asarida   so‘z
san’ati   asarlarini   uch   tur   –   epos,   lirika,   dramaga   bo‘lib   sharhlaydi.   D.Quronov,
Z.Mamajonov,   M.Sheraliyevaning   “Adabiyotshunoslik   lug‘ati”da:   “Adabiy   tur   –
adabiy   asarlarning   nutqiy   tashkillanishi,   tasvir   predmeti,   obyekt   va   subyekt
munosabati   kabi   jihatlari   bilan   umumiylik   kasb   etuvchi   yirik   guruhi.   An’anaviy
ravishda badiiy asarlar uchta katta guruhga – epik, lirik va dramatik turlarga ajratib
kelinadi 6
. 
Adabiy-badiiy   asarlarni   ma’lum   tur   va   janrlarga   ajratish   hamma   davrlarda
juda   muhim   hisoblangan.   Bunday   turlarga   ajratish   antik   davrlardan   boshlab
faylasuflar   tomonidan   amalga   oshirila   boshlangan.   Ana   shunday   faylasuflardan
antik   yunon   faylasufi   Aflotun   ham   o‘zining   “Davlat”   asarida   ma’lum   fikrlarini
bildirib   o‘tadi.   Unga   ko‘ra,   har   bir   shoir   o‘z   tilidan   bayon   qilgan   asari   –   lirika,
o‘zgalarning   gaplarini   muloqot   jarayonida   tasvirlasa   –   drama,   agarda   bu   har   ikki
holat   aralash-qorishiq   tarzda   qo‘llansa   –   epos   bo‘lishini   aytib   o‘tadi.   “San’atni
tabiatga “taqlid qilish” deb bilgan Arastu esa tabiatga uch xil yo‘sinda: 
1)  o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek (epos);
2)   taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda (lirika); 
6
 Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik.  –  Toshkent., 2018. 120-b.
5 3)  tasvirlanayotgan   kishilarni   faol   harakatda   taqdim   etgan   holda   (drama)
taqlid qilish mumkin, deb bilgan…” 7
 
Adabiy-badiiy   asarlarni   XVIII   asrga   qadar   turlarga   ajratishda   taqlid   usuli
an’anaviy   asos   bo‘lib   kelingan.   Ammo   nemis   faylasufi   Gegel   bu   usulni   rad   etib,
badiiy asarlarni turlarga ajratishda asarda aynan nima tasvirlanayotganini asos qilib
olish kerakligini asoslab beradi. Uning fikriga ko‘ra, epos ma’lum  voqeani, lirika
shoirning   ruhiy   kechinmalarini,   drama   esa   harakatni   tasvirlaydi.   Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqib, Gegelning fikrini asosli deb topish mumkin. 
Lirika   yunoncha   so‘zdan   olingan   bo‘lib,   cholg‘u   asbobi   degan   ma’noni
anglatib,   u   adabiy   tur   sifatida   antik   davrlardan   buyon   shakllanib   kelingan   va
o‘zining   ma’lum   bir   xususiyatlariga   ham   ega   hisoblanadi.   Lirikaning   asosiy
xususiyati,   albatta,   uning   inson   his-kechinmalarini   tasvirlashidir.   Uning   boshqa
adabiy   turlardan   farqli   xususiyati   esa   voqelikni   tasvirlamasligidir.   Ammo   lirik
asarlarda  ham  ma’lum  miqdordagina voqelik  tasvirlanishi   mumkin. Bunday  holat
lirik   qahramonning   hissiy   kechinmalarini   ifodalashda   kichik-kichik   voqelik
parchalari keltirilgandagina kuzatiladi. 
  Lirikaning   asosiy   obrazi   –   lirik   qahramon   (ba’zan   u   lirik   subyеkt   dеb   ham
yuritiladi). Ko‘pincha lirik qahramon dеganda, muallif tushuniladiki, bu har doim
ham   to‘g‘ri   bo‘lavеrmaydi.   Zеro,   shoir   o‘zining   kеchinmalarini   tasvirlashi   ham,
o‘zganing   ruhiyatiga   kirgan   holda   o‘sha   “o‘zga   shaxs”   kеchinmalarini   tasvirlashi
ham   mumkin.   Bu   o‘rinda   yana   bir   muhim   masala   shuki,   shе’rda   hatto   shoir   o‘z
kеchinmalarini   tasvirlagan   holda   ham   lirik   qahramon   bilan   rеal   shoir   orasiga
tеnglik   alomati   qo‘yib   bo‘lmaydi.   Chunki   L.Tolstoy   aytmoqchi,   har   bir   inson
qalbida   mavjud   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   barcha   qalblar   imkoniyat   tarzida
mavjuddir,   shunga   ko‘ra,   shoir   o‘zganing   holatiga   kirishi,   ma’lum   hayotiy
situatsiyadagi   istalgan   insonning   kеchinmasini   his   qilishi   ham   mumkin.   Masalan,
Cho‘lponning “Mеn va boshqalar” shе’ri garchi lirik “mеn” tilidan bеrilgan bo‘lsa-
da,   uning   lirik   qahramoni   shoir   emas,   balki   o‘zbеk   qizining   umumlashma   obrazi
ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o‘laroq,
7
 Ulug‘ov A.Adabiyotshunoslik nazariyasi.  Darslik. – Toshkent.,2018. 121-b.
6 noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyеktning noplastik obrazi yaratilgani bois
ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko‘rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha
qoladi,   aniqrog‘i,   o‘quvchi   o‘zini   uning   o‘rnida   ko‘radi,   uning   kеchinmalariga
turtki   bеrgan   holatni   his   qiladi,   ko‘nglidan   kеchgan   kеchinmalarni   o‘z   ko‘nglida
ham kеchiradi,  –  o‘zini ko‘rolmaydi.
Shoir   va   lirik   qahramon   munosabatini   asosga   olgan   holda   biz   lirik   asarlarni
ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz. Avtopsixologik lirika dеganda
lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgan, ikkalasi bir-biriga yaqin bo‘lgan
shе’rlar   tushuniladi.   Ya’ni,   avtopsixologik   shе’rlarda   shoir   o‘z   qalbiga   murojaat
qiladi,   o‘z-o‘zini   ifodalaydi.   Agar   avtopsixologik   lirikaga   mansublik   uchun   shoir
shaxsiyati   va   lirik   qahramon   orasidagi   yaqinlik   (aynan   moslik   emas)   kifoya   dеb
qarasak, u holda lirik asarlarning aksariyati avtopsixologik xaraktеrga ega ekanligi
ma’lum  bo‘ladi. Shoir  shaxsiyati  bilan lirik qahramonning mos tushmasligi  ochiq
ko‘rinib   turgan   shе’rlarni   ijroviy   lirika   (rus   adabiyotshunosligida   “ролевая
лирика”) dеb yuritamiz. Bu xil shе’rlarning ijroviy lirika dеb nomlanishiga sabab
shuki,   ularda   shoir   o‘zga   shaxs   ruhiyatiga   kiradi,   go‘yo   uning   rolini   o‘ynaydi   va
asarda uning qalbini suratlantiradi. Shuni yodda tutish lozimki, mazmun jihatidan
ajratiluvchi   janrlar   (falsafiy,   ishqiy,   siyosiy   va   h.)   bularning   har   biriga   birdеk
singishib   kеtavеradi   (ya’ni,   avtopsixologik   lirika   ham,   ijroviy   lirika   ham
mazmunan falsafiy, ishqiy, siyosiy va h. bo‘lavеrishi mumkin). 
Ma’lumki,   lirik   asarlar   asosan   shе’riy   nutq   shaklida   yoziladi,   biroq   “shе’riy
asar”   va   “lirik   asar”   tushunchalarini   bir-biridan   farqlash   joiz.   Sababki,   badiiy
adabiyotda   shе’riy   yo‘lda   yozilsa-da,   lirikaga   aloqador   bo‘lmagan   asarlar   ham
mavjud (epik dostonlar, shе’riy romanlar). Shuningdеk, lirik asar odatan hajmining
kichikligi   bilan   xaraktеrlanadi,  sababi  u  odatda  lirik  qahramon  ko‘nglida  lahzalar
davomida   kеchgan   his-tuygu,   o‘y-fikrni   ifodalaydi.   Ayni   chog‘da,   hozirgi
shе’riyatda hajman birmuncha katta shе’rlar ham uchraydiki, ularda lirik qahramon
ko‘nglida   muayyan   vaqt   davomida   kеchgan   jarayonlar,   his-tuygu   va   o‘y-
fikrlarning   kurashi,   turfa   evrilishlari   qalamga   olinadi.   Jumladan,   A.Oripovning
“Bahor”   shе’ri   bunga   yorqin   misol   bo‘la   oladi.   Mazkur   shе’r   davomida   lirik
7 qahramonning kayfiyati (shunga mos tarzda shе’r ruhi, intonatsiyasi) bir nеcha bor
o‘zgaradi:   bahor   kеlganidan   quvonish   –   yo‘qotish   iztiroblari   –   hayot   va   o‘lim
haqidagi   mushohadalar   –   isyon   –   itoat   –   yana   bahor   quvonchi.   Shunga   qaramay,
lirik   kеchinma   vaqti   uzaysa-da,   “Bahor”   shе’rida   ham   vaqt   hissi   “hozir”ligicha
qoladi.   Lirik   asarlar   odatda   monologik   nutq   shakliga   ega,   ularda   his-tuyg‘u,
kеchinmalar lirik qahramon tilidan monolog tarzida ifodalanadi. Biroq bu lirikaga
dialogik   nutq   shakli   bеgona   dеgani   emas.   Dialogik   nutq   lirik   asarlarda   ham
uchraydi 8
.
Dеmak,   lirik   turdagi   asar   ham   boshqa   adabiy   turlarga   xos   xususiyatlarni
qisman   o‘ziga   singdiradi.   Jumladan,   lirik   asarda   voqеlikka   oid   tafsilotlar   (epik
elеmеnt) juda kam bo‘lib, ular kеchinmani ifodalash, uning omillarini ko‘rsatishga
yеtarli   miqdordagina   olinadi.   Ya’ni,   bu   o‘rinda   asosiy   mе’yor   –   fragmеnt   tarzida
olingan   epik   elеmеntlarning   lirik   qahramon   holatini   tasavvur   qilish   uchun
yеtarliligi.   Shuningdеk,   lirik   asarda   yana   epik   asarga   xos   voqеabandlik,   dramatik
asarga   xos   dialogik   holatlar,   o‘ziga   xos   “sahna”   yaratish   hollari   ham   uchraydi.
Biroq   har   ikki   holda   ham   bu   elеmеntlar   kеchinmani   tasvirlash   va   ifodalashga
xizmat   qiladi,   chunki   lirik   asar   uchun   voqеani   yoki   “sahna”ni   tasvirlash   maqsad
bo‘lolmaydi, ular vosita xolos.
Lirik   turga   mansub   asarlarni   janrlarga   ajratishda   ham   turlicha   prinsiplar
mavjudligini   ta’kidlash   kеrak.   Adabiyotshunoslikda   ulardan   ikkitasi   –   shakl
xususiyatlaridan   kеlib   chiqib   tasniflash   hamda   mazmun   xususiyatlaridan   kеlib
chiqqan holda tasniflash kеngroq tarqalgan. Jumladan, o‘zbеk mumtoz adabiyotiga
nazar   soladigan   bo‘lsak,   unda   shе’rlarning   ko‘proq   shakl   xususiyatlaridan   kеlib
chiqilgan   holda   janrlarga   ajratilishiga   guvoh   bolamiz.   Masalan:   ruboiy   o‘zining
to‘rt   misradan   tashkil   topishi,   hazaj   bahrining   axrab   va   axram   shajaralarida
yozilishi,   ko‘proq   a-a-b-a   (kamroq   a-a-a-a)   tarzida   qofiyalanishi   kabi   shakl
ko‘rsatkichlari   asosida   ajratiladi;   tuyuq   o‘zining   to‘rt   misradan   tarkib   topishi,
ramali   musaddasi   maqsur   vaznida   yozilishi,   ko‘proq   a-a-b-a   tarzidagi   va   tajnisli
qofiyaga   ega   bo‘lishi   bilan   xaraktеrlanadi;   qit’a   ikki   yoki   undan   ortiq   baytdan
8
 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Darslik, 198-b. ziyo.uz.
8 tarkib topadi, juft misralari o‘zaro qofiyalangani holda toq misralari ochiq qoladi,
vazn va mazmun jihatlaridan chеklanmaydi,   –   ko‘ramizki, bularning barida shakl
xususiyatlari   janrni   bеlgilovchi   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Bu   narsa,   ayniqsa,
musammatlarda   (masnaviy,   musallis,   murabba’   va   h),   mustazod,   tarkibband,
tarjеband   kabi   janrlarda   yana   ham   yorqinroq   ko‘rinadi.   Bulardan   ko‘rinadiki,
o‘zbеk   mumtoz   shе'riyatida   o‘zining   muayyan   shakliy   bеlgilariga   ega   bo‘lmish
turg‘un   shе’riy   janrlar   yеtakchi   o‘rin   tutgan.   Shunisi   ham   borki,   badiiy   tafakkur
taraqqiyotining   muayyan   bosqichida   turg‘un   janr   shakllarining   yеtakchi   mavqе
egallashi   umuman   jahon   adabiyotida   kuzatiladigan   hodisadir.   Masalan,   Yevropa
adabiyotidagi sonеt, rondo, rondеl, tеrsina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash
uchun   yеtarli.   Badiiy   tafakkur   rivojining   kеyingi   bosqichlarida   jahon   adabiyotida
turg‘un   shakllarni   inkor   qilish,   shе’riyatning   qat’iy   ramkalar   doirasidan   erkinlik
tomon   intilishi   kabi   umumiy   tеndеnsiya   kuzatiladi.   Buning   natijasi   o‘laroq,   lirik
asarlarni   janrlarga   ajratishda   endilikda   shakl   xususiyatlaridan,   aniqrog‘i,   tashqi
shakldan kеlib chiqish imkoni yo‘q. Shuningdеk, lirikani janrlarga ajratishda faqat
mazmundan   kеlib   chiqish   (ishqiy   lirika,   falsafiy   lirika,   siyosiy   lirika   qabilida
ajratish) ham maqbul emas. Boz ustiga, bu holda janr mohiyatini buzib tushungan
bo‘lib   chiqiladi.   Zеro,   janr   ma’lum   bir   mazmunni   shakllantirish   va   ifodalashga
xizmat qiluvchi shakl hodisasi ekanligi ayon haqiqatdir. 
Ma’lumki,   klassik   shе’riyatimizda   faol   ishlatilgan   ayrim   turg‘un   janrlar
(g‘azal,   ruboiy,   qasida   va   b.),   shuningdеk,   xorijiy   adabiyotlardan   o‘zlashgan
turg‘un shе’riy shakllar (sonеt, rondo, tanka, xokku va b.) hozirgi shе’riyatda ham
o‘z   bo‘lsa-da   qo‘llanadi.   Buning   ustiga,   adabiyotshunos   faqat   hozirgi   adabiyotni
o‘rganish   bilan   chеklanmaydi,   u,   ayniqsa,   nazariy   masalalarni   o‘rganish   va
xulosalar   chiqarish   jarayonida   umuman   jahon   adabiyoti   matеrialiga   tayanadi.
Shunga   ko‘ra,   o‘zbеk   shе’riyatida   qo‘llanilgan   shе’riy   janrlarni,   bizningcha,
tubandagicha janr turlariga ajratish mumkin: 
1) shakl  xususiyatlariga ko‘ra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va
h.)   ajraluvchi   janrlar:   g‘azal,   mustazod,   tuyuq,   ruboiy,   tarjiband,   tarkibband,
musammatlar; 
9 2) anjumanga mo‘ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lug‘z);
3)   xorijiy   adabiyotlardan   o‘zlashgan   janrlar:   sonеt,   xokku,   tanka,   oktava,   oq
shе’r, epigramma va h.; 
4) hozirgi shе'riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning ko‘rinishlari sifatida
mеditativ   lirika   va   intеllеktual   lirika),   ijroviy   lirika,   tavsifiy   lirika,   voqеaband
lirika. 
Kеltirilgan janrlarning aksariyati hozirgi o‘zbеk shе’riyatida qo‘llanadi, biroq
ularning   faollik   darajasi   turlicha   ekanligini   e’tiborda   tutish   kеrak.   Masalan,
mumtoz  shе’riyatimizda   eng  faol  sanalgan  g‘azal  janrida  hozirda  ham  ancha   faol
ijod   qilinadi,   ruboiy,   tuyuq   janrlari   haqida   esa   bunday   dеb   bo‘lmaydi.   Yoki
tarjiband,   tarkibband,   muammo   singari   janrlar   hozirgi   shе’riyatda   dеyarli
qo‘llanmaydi.   Bu   tabiiy   ham.   Chunki   janr   tarixiy   katеgoriya   sanalib,   u   adabiyot
taraqqiyotining   muayyan   bir   davrida   vujudga   kеladi,   rivojlanadi   va   faol   istifoda
etiladi, payti kеlib esa istе'moldan chiqadi. Hozirgi shе’riyatda yaratilayotgan lirik
asarlarni,   agar   ular   mumtoz   adabiyotimizdagi   yoki   xorijiy   adabiyotlardan
o‘zlashgan   janrlarda   yozilmagan   bo‘lsa,   umumiy   nom   bilan   “shе’r”,   “lirik   shе’r”
dеb   yuritiladi.   Hozirgi   shе’riyatda   qo‘llaniluvchi   janrlarni   yuqoridagicha   turlarga
ajratar ekanmiz, biz ularning shakl xususiyatlariga, biroq,   mumtoz adabiyotdagidan
farqli   o‘laroq,   ichki   shakl   xususiyatlariga   tayanamiz.   Jumladan,   avtopsixologik
shе’r   dеganda,   biz   lirik   qahramon   va   shoir   shaxsiyati   munosabatidan   kеlib
chiqamiz. 
Avtopsixologik   shе’rlarning   bir   ko‘rinishi   sifatida   olingan   mеditativ
lirikaning   prеdmеti   shoir   ko‘nglidirki,   bunda   shoir   ko‘nglidan   kеchayotgan   oniy
kеchinmalar,   doim   ham   mantiqiy   idrok   etish   va   tushuntirish   mushkul   tuyg‘ular
ifodalanadi   (shu   bois   ham   hozirda   buni   “kongil   shе’riyati”   dеb   atamoqdalar).
Umuman,   lirikaga   xos   bo‘lgan   lirik   mеditatsiya   (hissiy   mushohada,   his-tuyg‘uga
yo‘g‘rilgan mushohada) mеditativ shе’riyatning asosini tashkil qiladi 9
.
  Lirik asarlar ichki ruhiyatni ochib berishda eng qulay adabiy tur hisoblanadi.
Shuning uchun ham maktab darsliklarida lirik turga yetarlicha soatlar ajratilganini
9
  Quronov D Adabiyotshunoslikka kirish. Darslik.  202-b. ziyo.uz.
10 ko‘rish mumkin. 5-sinf adabiyot darsligida lirik asarlarni o‘rganish uchun jami 19
soat   ajratiladi.   Undan   tashqari   o‘sha   lirik   asarlar   yuzasidan   nazorat   ishlari   ham
tashkillashtirilgan.   5-sinf   darsligida   lirik   turning   sayohatnoma   janri   haqida
tushuncha   berib   o‘tiladi.   Darslikda   o‘zida   sayohat   xotiralari   va   ular   bilan   bog‘liq
tafsilotlarni   aks   ettirgan   nasriy   va   she’riy   asarni   sayohatnoma   deb   beriladi.
“Sayohatnoma”lar   ko‘pincha   she’riy   shaklda   yaratilgan.   Ularning   ichki   tuzilishi
quyidagicha:
1. Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi;
2. Yo‘l xotiralari batafsil bayon etiladi;
3. Sayohatnomalardan muayyan xulosalar chiqariladi.
Hozirgi davrimizda zamonaviy sayohatnomalar ham yaratilyapti.
Adabiyot. 5-sinf uchun taqvim-mavzuiy reja
Dar
slar
tartibi Mavzu nomi Soat Ta
qvimiy
muddat
I chorak
13-
dars Hamid   Olimjonning   hayoti   va   ijodi.   “Oygul
bilan Baxtiyor” ertak-dostonini o‘qish
14-
dars “Oygul   bilan   Baxtiyor”   ertak-dostonini
o‘qish.
 
II chorak
Darslar
tartibi Mavzu nomi So
at  Taq
vimiy
muddat
27-
dars Mirtemir haqida ma’lumot. Bulit she’ri.
28-
dars “Baliq ovi”, “Shudring” she’rlari
11 29-
dars Mirtemir she’rlari tahlili
III chorak
42-
dars Bobuir ruboiylarini o‘qish, tahlil qilish.
44-
dars “Sayohatnoma”   asarini   o‘qish   va   tahlil
qilish
50-
dars Abdulla   Avloniyning   hayoti   va   ijodi.
“Vatanni suymak”, “Vatan” she’rlari
IV chorak
55-
dars Abdulla   Avloniyning   hayoti   va   ijodi.
“Nido” dostoni
56-
dars “Nido” dostonini o‘qish va uning tahlili
58-
dars Abdulla   Oripov   hayoti   va   ijodi.
“O‘zbekiston” qasidasi
59-
dars “O‘zbekiston”   qasidasini   o‘qish   va   uning
tahlili
63-
dars Anvar   Obidjonning   hayoti   va   ijodi.
“Hayotning har lahzasi go‘zal” she’ri
64-
dars “Vatanjon”,   “Tinch   kunlar”,   “Yer”
she’rlarini o‘qish, tahlil qilish
6-sinf   adabiyot   darsligida   esa   lirik   asarlar   uchun   15   soat   ajratilgan.   Bu   ham
o‘z   navbatida   o‘quvchilarga   lirika,   uning   turlari,   xususiyatlari   haqida   batafsil
ma’lumot berish uchun yetarli deb belgilangan.
6-sinf adabiyot darsligida xalq og‘zaki ijodiga katta ahamiyat qaratilgan. Xalq
og‘zaki   ijodining   xalq   qo‘shiqlari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   O‘zbek   xalq
qo‘shiqlarini 3 turga bo‘lib o‘qitiladi:
12 1. Mehnat qo‘shiqlari;
2. Mavsum-marosim qo‘shiqlari;
3. Lirik qo‘shiqlari.
Bundan tashqari, ushbu darslikda aruz vazni  bo‘yicha qofiya va radif haqida
ham batafsil ma’lumotlar berib borilgan. 
Shuningdek,   7-sinfda   ham   lirik   asarlar   19   soatni   tashkil   qilmoqda.   Sinflar
yuqorilagani sari dars soatlari ham kattalashib borganidek, lirik asarlarning turlari
ham   bir   qadar   murakkablashib   bormoqda.   Oddiy   barmoq   tizimidagi   she’rlardan
aruz tizimiga o‘tilayotganini ko‘rish mumkin. 
8-sinf   adabiyot   darsligida   lirik   asarlar   uchun   ajratilgan   soat   jami   30   soatni
tashkil qilmoqda. Undan tashqari qo‘shimcha nazorat ishi, musobaqalar uchun ham
soat ajratilgan. 
9-sinf   darsligida   esa   22   soat   lirik   asarlar   o‘rganiladi.   Unda   nafaqat   o‘zbek
lirikasi,   balki   jahon   adabiyotining   go‘zal   she’riyatini   ham   o‘r g anish   mumkin
bo‘ladi. 
10-sind adabiyot darsligida ham lirik asarlar o‘rganilib, ular 20 soatni tashkil
etadi. 
11-sinf adabiyot darsligida lirik asarlar jami 14 soatni tashkil etmoqda.
Adabiyot   darsliklarida   lirik   janrga   oid   nazariy   ma’lumotlar   dastlab   6-sinfda
beriladi. Qofiya va radif haqidagi ilk tushunchalar quyidagicha berilgan:
13 Qofiyadosh so‘zlarni tushuntirish uchun sodda matnli she’r tanlangan. Bu esa
o‘quvchiga   qofiya   yanada   tushunarliroq   bo‘lishini   ta’minlagan.   Qofiyadosh
so‘zlarning bir xil rangda berilishi ham o‘quvchi uchun g‘oyat muhim. Radif ham
qofiya singari sodda tilda tushuntirilgan. 
Yuqoridagi   matnga   e ’ tibor   qaratsak ,  bu   o ‘ rinlarda   nasriy   va   nazmiy   asarlar  6-
sinf   o ‘ quvchilariga   sodda   va   ravon   usulda   tushuntirilganiga   guvoh   bo ‘ lamiz .
Ayniqsa, nazmiy asarlarga xos xususiyatlar aniq ifodalab berilgan.
14 Ma’lumki,   badiiy   adabiyotda   metafora   va   o‘xshatish   juda   katta   o‘rinni
egallaydi. Bu tasviriy vositalarga murojaat  qilmagan ijodkor bo‘lmasa  kerak. Shu
boisdan ham o‘quvchilar 6-sinfdayoq bu tasvir vositalari haqida ma’lumotlarga ega
bo‘lishadi.
Darslikda   metafora   va   o‘xshatish   haqida   nazariy   ma’lumotlar   berilganidan
so‘ng o‘quvchilarga quyidagi topshiriq berilgan. Bu topshiriq nazariy ma’lumotni
yanada mustahkamlaydi. Bu topshiriq o‘quvchiga dastlab bir muncha qiyin bo‘lish
mumkin. Shu tufayli topshiriqni o‘qituvchi yordamida bajarish lozim.
15 6- sinf   adabiyot   darsligida   Azim   Suyun   she ’ rlari   berilgandan   so ‘ ng   o ‘ quvchilar
diqqatiga   lirik   qahramon   haqidagi   ma ’ lumotlar   berilgan . 
Mazkur   adabiyot   darsligining   ahamiyatli   jihati   shundaki ,   o ‘ quvchilar   darslik
orqali   nafaqat   nazariy   ma ’ lumotlarga   ega   bo ‘ lishadi ,   balki   ilk   ijodiy   mashqlarga
ham   kirishadi .  Darslikda sinkveyn haqida ma’lumot beriladi:
16 Umuman   olganda ,   6- sinf   adabiyot   darsligida   berilgan   nazariy   ma ’ lumotlar
o ‘ quvchilarning   adabiyotga   oid   nazariy   fikrlariga   poydevor   vazifasini   o ‘ taydi .
Qofiya ,   radif ,   lirik   qahramon ,   metafora ,   o ‘ xshatish ,   sinkveyn   kabilar   haqida
ma ’ lumotlarga   ega   bo ‘ lgan   o ‘ quvchilar   yuqori   sinf   darsliklarida   berilgan   nazariy
ma ’ lumotlarni   hech   qanday   qiyinchiliklarsiz   o ‘ zlashtira   oladi .
1.2. Lirik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Badiiy   adabiyot   ilmiy   adabiyotdan   hayot   haqiqatini   jonli   va   jozibali
tasvirlashi bilan tubdan farq qiladi. Badiiy asarlar 3 xil: epik, lirik va dramatik yo‘l
bilan hayot haqiqatlarini tasvirlaydi. Ular orasida lirika o‘ziga xos o‘ringa egadir.
Lirik asarlarni o‘qir ekanmiz, ularni mazmun-mohiyatiga ko‘ra ikki turga ajratgan
holda tahlil qilishimiz mumkin bo‘ladi:
1)  intim lirika shoirning hissiy olami va ruhiy kechinmalarini aks ettiradi;
2)  ijtimoiy lirika real hayotda ro‘y bergan voqea-hodisalar tasvirlanadi.
Lirika boshqa janr turlaridan tubdan farq qilar ekan, uni tahlil qilish, o‘rganish
ham   ana  shunday   farq  qiladi.  Chunki  lirik  asarlar   hajm   jihatidan  qaralganda  juda
kichik   bo‘lsa,   mazmun   jihatidan   ham   boshqalariga   qaraganda   juda   siqiq   bo‘ladi.
Lirik   asarlarni   o‘rganar   ekanmiz,   ularni   o‘qish   jarayonida   ham   bir   qancha
talablarga,   me’yorlarga   tayanishimiz   zarur.   Negaki   lirik   asarning   mazmundorligi,
emotsionalligi,   bo‘yoqdorligi   hamda   ta’sirchanligi   uni   o‘qish   davomida   yanada
aniq   va   ko‘zga   yaqqol   tashlanadi.   Shu   bilan   bir   qatorda,   lirik   asarlarni   o‘qir
ekanmiz,   ana   shu   o‘qish   barobarida   uning   o‘ziga   xosligini,   shoirning   yoki   lirik
qahramonning   his-kechinmalarini,   o‘ylarini,   orzu-umidlarini   ham   to‘laligicha   aks
ettirishimiz zarurdir. 
Lirik asarlarni o‘rganar ekanmiz, bunda asosiy ikki narsaga e’tibor berishimiz
shart:
a) badiiy ifodali o‘qish texnikasini egallashga;
b) she’rning badiiy til xususiyatlarini tahlil qilish masalasiga.
Biz   aynan   nima   uchun   lirik   asarlarni   yoki   aniqroq   qilib   aytganda   she’rlarni
badiiy ifodali o‘qish texnikasiga amal qilgan holda o‘qishi kerakligini asoslashimiz
17 mumkin.   Chunki   o‘quvchi   ifodali   o‘qish   orqali   she’rda   shoir   ifodalagan,
tasvirlagan   voqea-hodisa,   obraz   to‘g‘risida   aniq   tasavvurga   ega   bo‘lishi   mumkin.
Bunga   u   har   bir   so‘z,   har   bir   misra   mazmunini   chuqurlashtirish   orqali   erishadi.
Mana   shunday   lirik   asarlarni   o‘rganish   jarayonida   she’riy   asarlar   turli   shaklda
tahlil   qilinishini   guvohi   bo‘lamiz.   Buni   biz   quyidagi   ketma-ketlikda   sanab
o‘tishimiz mumkin: 
a) aniq reja asosida ifodali o‘qish;
b) ayrim so‘z misralarga izoh berish;
c) obrazlarni taqqoslash;
d) suhbat tashkil etish.
Agarda har bir lirik asar yuqoridagi ketma-ketlik asosida tahlil qilinsa, albatta,
ko‘zlangan maqsadga erishiladi, asarning mazmuni aniq yoritiladi. Quyida shoir va
shoiralarning lirik asarlarini mana shunday tahlil qilishimiz mumkin. 
Hamid   Olimjon   lirikasiga   ko‘z   tashlar   ekanmiz,   uning   she’riy   ijodini   o‘z
avlodini   kayfiyatini   kuylashdan   boshlaganini   payqash   qiyin   bo‘lmaydi.   Chunki   u
shoir sifatida insonning tuyg‘u va kechinmalarini ifoda etuvchi, tasvirlovchi yorqin
asarlar yaratgan. Uning vatan mavzusidagi she’rlari ham alohida bir tizimni tashkil
etadi:
 Qulog‘imga noming kirganda
 Qumlik kabi tashna boqurman.
 Sening jannat vodiylaringda
 Nahrlarday to‘lib oqurman.
  Hamid   Olimjonning   boshqa   so‘z   ijodkorlaridan   farqi   shundaki,   uning
she’rlarini tushunishda, anglashda hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi, shuningdek ,
xalqchil,   ravon   va   o‘qishli   asarlar   hisoblanadi.   Yuqoridagi   she’riy   parchada   ham
mana   shu   xususiyatlar   ko‘zga   yaqqol   tashlanganini   guvohi   bo‘lishimiz   mumkin.
Parchadagi har bir so‘z oddiy va tushunarli bo‘lsa-da, barchasi yig‘ilib, go‘yo ipga
tizilgan   marvariddek   betakror   qalb   hislarini   bayon   etmoqda.   Misralarda   haqiqiy
vatanparvar siymosi yaraqlab turibdi. Shoir lirikasida samimiy his va kechinmalar
avj   nuqtaga   ko‘tarilganini   ko‘rish   mumkin.   Shoir   lirikasini   tahlil   qilar   ekanmiz,
18 uning   lirikasidagi   yana   bir   farqqa   ko‘zimiz   tushadi.   Uning   muhabbatida   ham,
uning nafratida ham porloq alanga bor.
Hamid   Olimjon   XX   asr   lirik   she’riyatida   Cho‘lpondan   keyin   birinchilardan
bo‘lib,   insonning   boy   va   go‘zal   ruhiy   olamini   nafis   bo‘yoqlar   bilan   tasvirladi.
Uning 1939-yildan keyingi ijodida lirik qahramonning ichki olami barcha jilvalari
bilan   aks   eta   boshladi.   Sarbast   she’r   o‘rnida   barmoqning   latifligi,   yalang‘och
g‘oyalar   o‘rniga   tuyg‘ular   nafosati   yuzaga   chiqdi.   Umuminsoniy   kechinmalarni
tasvirlash jarayonida Hamid Olimjon iste’dodining yangi  qirralari  namoyon bo‘la
boshladi:
 Tog‘da yurar ohu bir juvon,
 Sochimni taraydi shabboda .
 Menga bugun yaqindir osmon
 Bulutlardan tepamda poda.
 Adabiyotshunos Naim Karimov shunday deydi: “Hamid Olimjon o‘z lirikasi,
Nekrasov   aytmoqchiki,   fikr   nasrni,   hayotbaxsh   qudratga   ega   bo‘lgan   fikr   va
g‘oyalarni yuksak she’riyat bilan uzviy ravishda birlashtira oladi. Uning lirikasida
fikr   va   kechinmalar   kitobxon   qalbini   hamisha   maftun   etuvchi,   unga   estetik   zavq
bag‘ishlovchi,   uni   nafosatning   ilohiy   olamiga   olib   kiruvchi   shaklga   egadir”.
Bundan tashqari Asqad Muxtor ham shoirning ijod olamini tahlil qilar ekan mana
shunday fikrlarini bildiradi: “Hamid Olimjon Sharqning eng yirik lirikalaridan. U
lirikaning kuchiga chuqur ishonch bilan qaradi, o‘zining barcha janrdagi asarlarini
lirikaning nafis sehri bilan sug‘ordi”. 10
 
  Har   bir   ijodkor   hoh   u   shoir   bo‘lsin,   hoh   yozuvchi   o‘z   fikrini   o‘quvchiga
ma’lim   tasviriy   ifodalar   orqali   yetkazib   berishga   harakat   qiladi.   Poetik   asarning
hajm   jihatdan   ixchamligi   va   unda   mazmun   bayonidan   ko‘ra   hissiy   kechinmalar
ifodasining   yetakchiligi   matndagi   har   bir   lisoniy   vositaning   muayyan   vazifa
bajarishini   taqozo   etadi.   She’riy   matn   ma’nosining   tinglovchi   yoki   o‘quvchiga
ta’sir  darajasini  belgilashda  ohangdorlik juda muhim  o‘rin tutadi. She’riy matnda
ohangdorlikni   ta’min   etadigan   vositalardan   biri   bu   parallelizmdir.   Unga   murojaat
10
  Quvvatova D. Yangi o‘zbek adabiyoti(innovatsion usullar). O‘quv qo‘llanma. – Buxoro., 2022. 6-8-b.
19 etmagan   shoir   yoki   shoira   bo‘lmasa   kerak.   Ushbu   usuldan   foydalanishda   esa   har
bir   ijodkor   o‘ziga   xos   yo‘lni   tanlaydi.   Tilning  barcha   sath   unsurlari   parallelizmni
yuzaga kelishida ishtirok etgani bois, tadqiqotchilar ularni uchga – tovush, ritmik
va kompozitsion parallelizmlarga bo‘lishadi va parallelizm deyilganda yonma-yon
gaplar yoki nutq bo‘laklarining (ega, kesim, aniqlovchi va boshqa) bir xil sintaktik
tizilishini tushunadilar. 
H.Homidiy   va   boshqalarning   “Adabiyotshunoslik   terminlari   lug‘ati”da
shunday izohlarni keltiradi: “Parallelizm – (gr. Parallelos – yonma-yon boruvchi) –
poetik   nutq   usullaridan   biri   –   ikki   hodisani   yonma-yon   qo‘yib   tasvirlash   orqali
ularni   bir-biriga   qiyos   etish,   qarama-qarshi   qo‘yish   usuli.   Bu   usul   ikki   hodisa
(narsa)   o‘rtasidagi   o‘xshashlik   poetik   nutqning   ifodali,   tasvirning   jonli   va   yorqin
bo‘lishiga   xizmat   qiladi.   O‘zbek   tilshunosligida   bu   tasviriy   vositaga   berilgan
ta’riflar   ham   anchagina.   Masalan,   A.Hojiyev   parallelizmni   yonma-yon   gaplar,
sintagmalarni bir  xil  sintaktik qurilishiga ega bo‘lishi  deb izohlaydi. Buni  esa  biz
Zulfiyaning quyidagi misralari orqali ko‘rishimiz mumkin: 
 Yo‘l yurdim, sog‘indim, to‘kildi baytim 
  Xorijning shomlari, saharlarida, 
  Ezgu istaklaring jaranglab aytdim, 
  Osiyo, Afrika minbarlarida.
Ushbu   she’riy   parchada   parallelizmning   go‘zal   misollarini   uchratishimiz
mumkin.   Masalan,   birinchi   misrada   yo‘l   yurdim,   sog‘indim   so‘zlari   o‘zaro
parallelizmni   hosil   qilish   bilan   bir   qatorda   she’rdagi   ohangdorlikni   ta’minlab
kelmoqda.   Bundan   tashqari   bunda   lirik   qahramonning   vatanidan   ancha   vaqt
olisdaligini,   uni   qanchalar   sog‘inganligini   ifodalash   uchun   bu   so‘zlar   parallel
qo‘yilgan.   She’rning   ikkinchi   va   to‘rtinchi   misralaridagi   xorijning   shomlari ,
saharlarida,   Osiyo,   Afrika   minbarlarida   ham   o‘zaro   parallellikni   ko‘ramiz.
Misralardagi bu tasviriy ifoda she’rning ma’nosini yanada oshirishga xizmat qilgan
va o‘qishliligini oshirgan. 
Shoiraning   “Bu   oqshom”   nomli   she’rida   ham   parallelizmning   yorqin
namunasini uchratamiz: 
20  Hamon ota-onam, ikki jahonim, 
 Aziz yodi aro shikasta, butman. 
 Ishqim – alangadir, qordir – hijronim, 
 Sakson yil lovullab so‘nmagan o‘tman
misralarda   ishqni   alangaga   va   hijronni   qorga   o‘xshatish   orqali   o‘zaro   zid
parallellikni hosil qilgan va bu tasvirning jonli va yorqinroq bo‘lishini ta’minlagan.
  Zulfiyaning   vatanparvarlik   haqidagi   “Bag‘ringdan   qo‘yma”   she’rida
parallellikni yuzaga chiqarayotgan birliklarni ko‘rib chiqamiz: 
 Baxtdan baxtsizlikdan qolsam dovdirab, 
 Senga qo‘shiq aytib, senga deyman dod. 
 Yonsam suv sepasan, so‘nsam yondirib, 
 Boshingga ko‘tarding onadan ziyod.
Ushbu parchada zidlash orqali, ya’ni  baxtdan – baxtsizlikdan, qo‘shiq aytmoq
–  dod demoq, yonmoq – so‘nmoq, suv sepmoq – yondirmoq  birliklari parallelizmni
hosil   qilgan.   Shoira   ushbu   she’rida   o‘zaro   zid   birliklarni   keltirish   orqali   baxtda
ham,   baxtsizlikda   ham   faqatgina   o‘z   vatanidan   tayanch,   yupanch   topganligini
e’tirof   etmoqda.   Shu   ruhiyatni   keyingi   bandlarda   qo‘llanilgan   parallellizm   yana
davom ettiradi: 
 Qonimdagi yonish, bebosh hislarim, 
 Qoniqmas ta’bimni ziqlikka yo‘yma! 
 Qaynoq sevgim, kuyim, sovuq jasadim, 
 Ona Vatan, o‘tinch, bag‘ringdan qo‘yma!
misralaridagi   qaynoq   sevgim,   kuyim   va   sovuq   jasadim   birliklari   ketma-ket
qo‘llanib   parallellikni   yuzaga   keltirgan.   E’tibor   qiladigan   bo‘lsak,   bu   parallellik
ham   aynan   zidlash   orqali   ifodalanib,   musiqiylik,   ohangdorlikni   ta’minlashga
xizmat qilgan. 
Shoira   “Mening   mehribon   onaginam”   she’rida   ritorik   so‘roq   orqali
parallelizmni eng go‘zal namunalarini yaratgan: 
 Qaysi mintaqada nafasing hayot, 
 Qayda kim yo‘liga ko‘zing muntazir!
21  Qaysi sayyorada ey, sen Odamzod, 
 Farzanding bo‘shliqni etmoqda asir. 
She’rning keyingi bandida esa bu parallelizm yanada kuchaytirilgan:
 Qay qabila, qay cho‘l, qay cho‘qqi, qay g‘or,
 Sening ilk shodliging shohidi makon?
Bunda joy nomlarini ketma-ket keltirib, ta’kid ma’nosini ifodalash uchun 
ularni parallel qo‘llagan. Shoira quyidagi misralarida ham parallelizmni shu 
maqsad yo‘lida ishlatadi:
 Sen tuproq, osmonim, qoyam, o‘t, nahrim, 
 Sen so‘ggi nidomsan jon berar palla.
  Umuman   olganda,   shoira   Zulfiya   ijodida   parallelizm   muhim   bir   poetik
vazifaga   –   ekspressivlikka   xizmat   qiladi   va   poetik   individuallikni   namoyon
qiluvchi tasviriy-stilistik vositalardandir. 
  Hozir   yozilayotgan   eng   sara   asarlarda   o‘quvchini   ruhiy   muvozanatdan
chiqarish,   o‘yga   toldirish,   o‘z   his-tuyg‘ularini   tekshirishga,   taftish   qilishga
harakatlantirish   xususiyatlari   juda   kuchli.  Chunki   shoirlar   so‘z   tanlash   jarayonida
omonim, sinonim va antonimlardan ustalik bilan foydalanmoqdalar. Ana shunday
shoirlardan   yana   biri   Mahnud   Toirdir.   Uning   she’rlarini   o‘rganib,   tahlil   qilar
ekanmiz fikrlarimiz o‘z isbotini topadi. 
Bugungi   kunda   tilga   tizim   sifatida   qaralayotgan   bir   paytda   tilshunoslikda
lisoniy   birliklarning   ma’naviy   munosabati,   ularning   o‘zaro   o‘xshash   va   farqli
xususiyati   masalasi   ko‘pgina   tilshunoslarni   o‘ziga   qiziqtirib   qo‘ymoqda.   O‘tgan
asrimizning 40-90-yillarigacha so‘zlararo ma’naviy munosabatlar sinonimiya bilan
chegaralanib qoldi. Sistem tahlil usuli asosida olib borilgan keyingi kuzatishlardan
tizimda   ma’naviy   munosabat   rang-barang   ekanligi   oydinlashib,   ularning
graduonimiya, funksionimiya, ierarxionimiya kabi turlari ham farqlanadi. 11
 
  So‘zlar   shakl   va   mazmun   munosabatiga   ko‘ra   quyidagi   turlarga   bo‘lib
o‘rganiladi:
a) sinonim (ma’nodosh so‘zlar);
11
  Shukurov O., Boymatov B. O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar lug‘ati. Toshkent. – 2007. 7-bet.
22 b) omonim (shakldosh so‘zlar);
c) antonim (zid ma’noli so‘zlar);
d) paronim (ma’no farqlovchi so‘zlar).
Ma’nodoshlik   qatoridagi   leksemaning   bittasi   dominanta   (bosh)   leksema
bo‘lib,   boshqalari   shu   leksema   atrofida   birlashadi,   ma’nodoshlik   qurshovi   hosil
qiladi.   “ Dominanta ”   yunoncha   so‘z   bo‘lib   “ hukmron ”   degan   ma’noni   anglatadi.
Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasiga neytral, betaraf.
Masalan,   katta-ulkan-bahaybat-azim-buyuk-ulug‘   sinonimik   qatori   “kitobiylik”,
“ko‘tarinkilik” ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida
bu   sema   belgilanmagan   (neytral),   ulkan   va   bahaybat   leksemalarida   ifodalangan,
oydinlashtirilgan. 
  Ma’nodoshlik   qatoridagi   dominanta   leksemaning   bir   qancha   o‘ziga   xos
xususiyati bor:
1) dominanta   leksemaning   mazmuni   boshqa   leksemalarnikiga   nisbatan
“kambag‘alroq” bo‘ladi;
2) dominanta   leksemaning   qo‘llanish   doirasi   va   miqdori   va   boshqa
ma’nodoshlarnikiga qaraganda keng va ko‘p bo‘ladi;
3) dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‘lganligi bois
istalgan vaqtda o‘z ma’nodoshlarini almashtira oladi;
4) ma’nodoshlik   qatori   mansub   bo‘lgan   katta   tizimga   faqat   dominanta
leksema kiradi 12
.  
Mana   shunday   ma’no   nozikliklariga   e’tibor   qaratgan   holda   qalam
tebratayotgan   ijodkorlar   orasida   Mahmud   Toirni   alohida   e’tirof   etish   mumkin.
Quyidagi parchani tahlil qilsak:
 Quvonch  qo‘shig‘idek ko‘z ochdi kurtak,
 Shodlik  shakli bo‘lib tug‘ildi go‘dak,
 (“Yashash baxt” 34-bet)
Yuqoridagi   sinonim   sifatida   keltirilgan   quvonch,   shodlik   so‘zlari   insonlarga
xos   bo‘lgan   his-tuyg‘u,   kechinmalarni   ifodalovchi   so‘z   bo‘ib,   “ sevich,
12
  Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. – 2009. 113-bet.
23 xursandchilik ”   ma’nolarini   bildiradi.   Ijobiylik   har   ikkala   so‘zlarda   ham   mavjud
bo‘lib,   shoirning   mahorati   shundaki,   u   dunyoga   kelishni,   yaralishni   betakror
o‘xshatish   orqali   quvonch   va   shodlikka   qiyoslaydi.   Bu   orqali   aynan   bir   so‘zni
takrorlashning oldini oladi va sinonimiyadan mohirona foydalanadi. Mana shunday
holatni quyidagi parchada ham ko‘rish mumkin:
 Dard bo‘lganda dard ham pushaymon,
 Armonlikdan lol qolar armon,
 Ey daryodil, ey metin inson,
 Jonni  o‘t ga soldingiz uztoz,
  Otash  bo‘lib qoldingiz, uztoz.
 (“Oriyat ustuni edi”17-bet.)
Yuqorida   sinonimiyani   hosil   qiluvchi   so‘zlar   sifatida   o‘t,   otash   so‘zlari
keltirilgan.   Lekin   ushbu   so‘zlarda   bir-biridan   ma’lum   nozik   farqlar   ko‘zga
tashlanadi.   O‘t   so‘zini   oddiy   neytral,   dominanta   so‘z   deb   qarash   mumkin   bo‘lsa,
otash so‘ziga bunday qarab bo‘lmaydi. Chunki unda o‘tga nisbatan kuchlilik juda
seziladi   va   unda   ta’sirchanlik,   emotsionallik   yuqoriroqdir.   Endi   parchadagi
ma’nosiga   e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,   ushbu   so‘zlar   ko‘chma   ma’noda
ishlatilayotganini   tushunish   qiyin   emas,   shuningdek   ular   “kishi   ruhiyatiga   olov,
alanga   kabi   kuydiruvchi,   yondiruvchi   holatni”   anglatib   kelib   sinonimlikni   hosil
qilmoqda. 
 Sening  zabon ingda sachragan atir,
 Mening  til larimda ishqiy bir satr. 
 Visoling bir onlik munavvar nuri,
 Qirq yil yashab qo‘ygan umringa tatir.
 (“To‘rtlik” 296-bet.)
Yuqoridagi   misralarda   zabon   va   til   so‘zlari   o‘zaro   ma’nodoshlikni   hosil
qilmoqda. Ammo bu ma’nodoshlik xuddi yuqoridagi she’riy parchadagidek nozik
farqlanishlarga   ega.   Sababi   til   va   zabonda   ham   ana   shunday   tafovut   bor.   Til   –
jamiyatda   aloqa   munosabat   quroli   hisoblanib,   neytral,   dominanta   so‘z   bo‘lsa,
zabon   fors-tojik   tillaridan   o‘zlashib,   ma’lum   uslubiy   xususiyatga   ega.   Zabon
24 ko‘proq   badiiy   uslubda   qo‘llaniladigan,   qo‘llanish   doirasi   chegaralangan   so‘zdir.
Ammo   tilga   nisbatan   bunday   deya   olmaymiz,   negaki   til   uslubiy   xoslanmagan,
qo‘llanish   doirasi   hamda   davri   chegaralanmagan,   hech   qanday   uslubiy   bo‘yoqqa
ega bo‘lmagan so‘z hisoblanadi. 
  Bahor , bemor kutgan malhamday shirin,
  Bahor , sevdim degan alhamday shirin.
 Mahmudga qay fasl  ko‘klamday  shirin, 
  Bahor ga yetganlar omon bo‘lsinlar.
 (“Bahorga yetganlar omon bo‘lsinlar” 19-bet.)
  Ushbu   she’riy   parchada   nafaqat   sinonimlar,   balki   bir   so‘zni   qayta-qayta
takrorlash ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Buning ortida ham uslubiy ma’no borligi
shubhasizdir.   Chunki   bahor   so‘zining   birinchi,   ikkinchi   va   to‘rtinchi   misralarda
takrorlanishi   ham   bejiz   emas.   Misralarda   bahor   so‘zini   ketma-ket   keltirish   orqali
ta’kilash   yanada   kuchaymoqda   hamda   ta’sirchanligini   oshirishga   ham   xizmat
qilmoqda.   Ana   endi   sinonimiyaga   e’tibor   qaratsak,   parchada   bahor   va   ko‘klam
so‘zlari o‘zaro ma’nodoshlik hosil qilmoqda. Ushbu so‘zlarning biri sof o‘zbekcha
so‘z bo‘lsa, ikkinchisi o‘zlashgan qatlam bo‘lib, fors-tojik tilidan o‘zlashgan. Shoir
uchinchi   misrada   ko‘klam   so‘zini   keltirish   orqali   yana   bir   takrorni   oldini   olgan.
Negaki   bundan oldingi   va keyingi   misralarda  bahor  so‘zi  uch  marta  qo‘llanilgan.
Agarda yana bir marta bahor so‘zini qo‘llaganida g‘alizlik paydo bo‘lgan bo‘lardi. 
Aslida   ma’nodoshlik   voqe   bo‘lishi   uchun   lug‘aviy   birliklar   o‘zaro   ma’lum
tenglikka,   bir   xillikkagina   emas,   balki   ayirmalarga   ham   ega   bo‘lishi   lozim.
Leksema   yoki   frazemani   tanlab   ishlatishda   har   gal   ana   shu   ayirmalar   bilan
hisoblashga   to‘g‘ri   keladi.   O‘z   fikrini   anglatishga,   o‘z   munosabatini   ifodalashga
yagona   o‘rinli   leksema   yoki   frazemani   sinonimiya   qatoridan   tanlab   ola   bilish
kerak 13
. 
  Til   birliklarining   o‘zaro   zid   munosabatidagi   ma’nolarni   anglatishi   asosida
guruhlanishiga   antonimiya   deyiladi   (yunoncha   anti   –   “zid,qarashi”,   onyma   –
“ism”). Sinonim qatorida ikki va undan ortiq til birligi qatnashdi, chunki ular ayni
13
  Tursunov U., Muxtorov A., Raxmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. – 1992. 119-bet.
25 bir   voqelikni   nomlaydi,   ifodalaydi.   Antonimiya   munosabatida   esa   ikki   til   birligi
qatnashadi,   chunki   bunday   munosabat   biri   ikkinchisining   aksi   bo‘lgan   voqelikni
nomlaydigan,   ifodalaydigan   til   birliklari   orasida   voqe   bo‘ladi.   Antonimlarni
belgilashdagi asosiy o‘lchov-leksik ma’no, ya’ni so‘zlarining zid ma’no bildirishi,
shu   bilan   birga   so‘zlarning   antonim   ekanini   belgilashda   mantiqiy   markaz
prinsipidan o‘rinli foydalanish lozim 14
. 
Jahon tilshunosligida antonim haqidagi fikrlar Sh.Balli, V.Arnold, I.Galperin,
V.Vinogradov,   A.Yefimov,   I.Golub   va   boshqa   olimlarning   ilmiy   asarlarida   o‘z
aksini   topgan.   L.A.Vedenskaya   antonimlarga   asoslangan   stilistik   figuralardan
oksimoron,   akroteza   kabi   hodisalar   qatoriga   antitezani   o‘rgangan.   Nemis   tilidagi
antonimlarni   o‘rgangan   olim   I.Gelblu   antonim   va   antitezan   o‘zaro   aloqalari
nuqtayi   nazaridan   tadqiq   etgan.   Shu   o‘rinda   olima   antonimlarni   tafakkuridagi
qarama-qarshi tushunchalarni yuzaga keltiruvchi til vositasi sifatida qayd etiladi.
G.M.Belova   fransuz   tili   materiallari   asosida   antinimlarni   yuzaga   keltiruvchi
lisoniy   vositalar   haqida   fikr   yuritadi.   M.S.Kaplon   esa   antonimlarning   stilistik
xususiyatlari haqidagi fikrlarni asoslaydi. 15
  Antonimlar ma’no jihatdan o‘zaro bog‘lanishli bo‘lar ekan, birini aytishimiz
bilan   tezda   u   so‘zning   zid   ma’nolisi   xayolimizga   keladi.   Antonimlar   tilimizning
juda kuchli uslubiy vositalaridan biri hisoblanib, yozuvchi, shoirlar voqelikni narsa
va   hodisalarning   xususiyatlaridagi   farqlarini   ochiq-oydin   ko‘rsatishda,   ularni   bir-
biriga qarama-qarshi qo‘yib tasvirlashda, kontrastlar hosil qilishda foydalanishadi.
Ayniqsa, she’riy asarlarda boshqa adabiy turlarga qaraganda bir-biriga zid fikr va
hissiyotlarni ifodalashda antiteza san’ati ko‘proq qo‘llanadi. 
  Mana   shunday   badiiy   san’atlardan   mohirona   foydalangan   ijodkor   Mahmud
Toirdir. U she’rlarida antonimlarni betakror namunalaridan foydalangan:
  Hasad ni xazondek yoqsalar,
  Havas dan chaqmoqlar chaqsalar
 Ko‘zingga beminnat boqsalar
14
  Raxmatullayev Sh., Mamatov N., Shukurov R. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati. Toshkent. – 1989. 10-
bet. 
15
  Keldiyorova G. Antiteza talqinlariga doir. O‘zbek tili va adabiyot jurnali. Toshkent. – 2000/5. 57-bet.
26  Bir kamligi yolg‘on dunyoning
 (“Bir kamligi yolg‘on dunyoning” 24-bet)
  Ushbu   parchada   hasad   va   havas   so‘zlari   o‘zaro   shakldoshlik   hosil   qilgan.
Bunda   “ hasad ”   arabcha   tildan   olingan   bo‘lib,   kishiga   xos,   unga   tegishli   narsa,
fazilatlarni   ko‘ra   olmaslik   hissini   bildiradi .   “ havas ”   so‘zi   ham   arabcha   tildan
olingan bo‘lib,  qiziqish, zavq hissi, biror kimsa yo uning fazilatlariga shunday his
tuyg‘uli   munosabatini   ifodalaydi.   Shoir   ushbu   so‘zlarni   qarama-qarshi   qo‘yish
orqali   o‘z   maqsadini,   o‘y-fikrlarini   yanada   aniq   va   chiroyli   ifodalashga   harakat
qilgan.   Ularni   ketma-ket   keltirish   esa   ta’sirchanlikni,   emotsionallikni   oshirishga
xizmat qilgan. Mana shunday ta’sirchanlikni keyingi parchada kuzatish mumkin:
 Kimga yersan, kimga to‘zonsan
 Buncha  qimmat,  buncha  arzon san.
 Peshonamga nima yozgansan
 Dunyo, seni tushunib bo‘mas. 
 (“Ajab” 26-bet.)
  Shoir   yuqoridagi   misralarda   shakldoshlikni   yanada   ta’sirliroq,   chiroyliroq
ifodalash   maqsadida   birinchi   va   ikkinchi   misralarda   olmoshlarni   takror   keltiradi.
Bu   esa   o‘z   navbatida   ta’kidni   kuchaytirishga   xizmat   qilgan.   Parchada   qimmat
hamda   arzon   so‘zlari   o‘zaro   shakldoshlik   hosil   qilib,   ular   ko‘chma   ma’noda
qo‘llanib, dunyoga nisbatan ishlatilgan. Goh u bebaho, goh qadri juda past ekanligi
ko‘chma ma’noda ochib berilgan. 
 Hech kim yovg‘on oshagisi yo‘q,
 Hech kim yomon yashagisi yo‘q
 Vale biri  och dir, biri  to‘q,
  Mehr ing ko‘pmi,  qahr ing, ey hayot. 
(“Hayot” 6-bet)
  Bunda   shoir   “och   va   to‘q”   sifatlari,   “mehr   va   qahr”   otlaridan   foydalanib,
antiteza san’atining go‘zal namunalaridan birini yaratgan deyish o‘rinlidir. Chunki
ushbu   misralarda   mehr   hamda   qahr,   och   hamda   to‘q   otlari   birvarakayiga   ikkita
antiteza san’atining betakror namunasidir. Yuqorida keltirilgan antonimlar hayotga
27 nisbatan   qo‘llanilib,   ko‘chma   ma’no  ifodalagan.   Bilamizki,   tilimizga   qahr   so‘zini
olishimiz   bilan   darrov   ortidan   mehr   so‘zi   xayolimizda   gavdalanadi.   Shuningdek,
to‘q deyishimiz bilan och so‘zini eslaymiz. Mana shu aslida antonimiyaning bosh
qoidalaridan   biridir.   Bir   beixtiyor   ikkinchisini   talab   qiladi,   aslida   esa   ikkovi   bir-
biriga zid bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi. 
 Odamzotning yoshin so‘rama, 
 Mingga kirmas axir bandasi .  
 Qayg‘u lari yerning ostida, 
 Biz dunyoning yangi  xanda si. 
Yuqoridagi   misralarda   shoir   qayg‘u,   xanda   mavhum   otlarini   qo‘llash   orqali
antonimlik   hosil   qilgan.   Bu   so‘zlar   orqali   antonimlik   hosil   qilgan.   Bu   so‘zlar
insondagi   qarama-qarshi   hissiy   holatni   ifodalagan.   Ya’ni,   qayg‘u   –   “boshga
tushgan ruhiy azob, g‘am – musibat”, xanda – “kulgu, qahqaha”dir. Ushbu so‘zlar
ketma-ket misralarda keltirilganligi bois, emotsionallik, ta’kid yana kuchaygan. 
 Bu dunyoning  bozorlaridan , 
 Nima topding joningdan ortiq. 
 Bu dunyoning  mozorlaridan , 
 Kimga qilding joningni tortiq. 
 (“O‘zga uchun” 33-bet.)
Bunda  bozor  va  mozor   o‘rin  otlari   matnda antonimlik hosil  qilgan,  ya’ni   bu
kontekstual antonimdir. Mozor  –  forscha “vafot etgaan kishilar dafn etiladigan joy,
qabristonni”   anglatsa,   bozor   forscha   so‘z   bo‘lib   “aholi   savdo-sotiq   qiladigan
maxsus joy”ni anglatadi 16
. 
 Antonimlar ifoda planiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
1) avvalo, ifoda planiga ko‘ra antonimlar har xil bo‘ladi:
katta-kichik, uzoq-yaqin;
2) bir   asosdan   ikki   zid   affikslar   yordamida   yasalgan
bo‘ladi: ongli-ongsiz;
16
  Po‘latova D. Mahmud Toir she’riyati leksik xususiyatlari. Dissertatsiya. Navoiy. – 2014. 39-bet.
28 3) bir   so‘zning   o‘zi   ma’nolariga   ko‘ra   zidlanishga
bo‘ladi:
 arqonning uchu birikmasida arqonning boshlanish qismi ham, tugallangan 
qismi ham nazarda tutiladi.Bu tilshunoslikda enantiosemiya deb yuritiladi. 17
Antonim   so‘zlar   hodisa   va   holatlarning   ichki   ziddiyatini   ochishda   kuchli
stilistik   vosita   sifatida   muhum   rol   o‘ynaydi.   Zidlash   munosabatini   ifodalashning
ko‘rinishlaridan   yana   biri   oksimorondir.   Kishi   yoki   predmetning   tabiati   va
mohiyatiga   xos   bo‘lmagan   zid   belgini   unga   nisbatan   qo‘llash   orqali   antonimik
munosabat   hosil   qilish   oksimoron   (yunoncha   oxumoron   –   “o‘tkir   ma’noli
bema’nilik”)   deyiladi.   Bunda   to‘g‘ri   ma’nolari   bilan   mantiqiy   jihatdan   muvofiq
kelmaydigan   so‘zlar   bir-biri   bilan   uchrashadi,   natijada   komponentlari   mohiyat
e’tibori   bilan   bir-biriga   tamomila   qarama-qarshi   bo‘lgan   ko‘chma   ma’nodagi
birikma   hosil   bo‘ladi.   Adabiyotlarda   oksimoron   siqiq   va   shuning   uchun   ham
paradoksal   mazmun   kasb   etuvchi   antiteza   deb   qaraladi,   biroq   bu   hamisha   to‘g‘ri
emas. Chunki antitezada zid ma’nodagi ikki so‘z bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilsa,
oksimoronda   mazmun   jihatdan   zid   fikrlarni   ifodalovchi   so‘zlar   ajralmaslik   hosil
qiladi. Masalan, 
  Yashnab turib qurisa  bog‘im, 
  Yonib turib o‘chsa  chirog‘im. 
 Qaydan ketsin yurakdan dog‘im,
 Deyman otam qayon ketdilar, 
 Derlar otang qayon ketdilar. 
 (“Ota” 25-bet) 
Yuqorida   “yashnab   turib   qurimoq”,   “yonib   turib   o‘chmoq”   birikmalarida
oksimoron   hodisasi   kuzatiladi.   Zid   ma’noli   so‘zlarni   yonma-yon,   birikma   holida
qo‘llash orqali tasvirdagi ma’no kuchayganini ko‘rishimiz mumkin. Mahmud Toir
o‘z   ijodida   antonimlardan   mahorat   bilan   foydalana   olgan   ijodkordir.   Zero
antonimlar she’r ta’sirchanligini oshirishda, ma’noni kuchaytirishda, fikrni yorqin
ifodalashda muhim ahamiyatga ega 18
.
17
 Asqarova M., Yunusov R., Yo‘ldoshev M., Muhammedova D. O‘zbek tili praktikumi. Toshkent. – 2006. 75-bet.
18
  Po‘latova D. Mahmud Toir she’riyati leksik xususiyatlari. Dissertatsiya. Navoiy. – 2014.  40 -bet.
29  O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, shoir va yozuvchilar lirik asarlarni yaratishda
juda   ko‘plab   badiiy   san’atlarga   murojaat   qilar   ekan.   Chunki   badiiy   san’atlar,
jumladan,   metafora,   paralellizm,   sinonimiya,   antonimiya   kabilar   shoirning   ichki
his-tuyg‘ularini  ochib  berishda  juda katta  ahamiyat   kasb  etadi.  Lirik  asarlar   ichki
ruhiyatni ochib berishda eng qulay adabiy tur hisoblanadi. 
Umumta’lim   maktab   darsliklarida   lirik   asarlarning   tahliliga   katta   e’tibor
qaratilgan. Jumladan 6-sinf darsligida quyidagi topshiriqlar berilgan:
Bu   topshiriqlarning   afzalligi   shundaki ,   o ‘ quvchi   shoirlarning   she ’ rlarini   qiyoslash
orqali   ularning   poetik   mahorati ,  novatorligi   haqida   tushunchalarga   ega   bo ‘ lib   boradi .
Darslik   so ‘ nggida   takrorlash   uchun   berilgan   topshiriqlar   ham   o ‘ quvchining
she ’ riyat   haqidagi   nazariy   tushunchalarini   yanada   boyitadi .  Dastlab she’r matni berilgan:
 
Shundan so‘ng quyidagi topshiriqlar berilgan:
1. She’rda qanday manzara tasvirlangan? Fikringizni asoslang.
30 2. Bandlarning   (har   to‘rt   qatorning)   oxirida   ishlatilgan   fe’llarni
solishtiring. Shoir nima maqsadda bandlarni har xil fe’llar bilan yakunlagan?
O‘quvchilar  bu savollarga javob berishi  uchun ona tili fanidan leksikologiya
bo‘limida   o‘rgangan   bilimlarini   ishga   solishi   lozim   bo‘ladi.   Savollarga   e’tibor
qaratadigan   bo‘lsak,   ular   o‘quvchining   fiklashiga,   xotirasiga   qaratilgan   savollar
ekanligiga amin bo‘lamiz. 
Xulosa   qilib   aytganda   o‘quvchilarning   lirik   asarlar   ustida   bunday
topshiriqlarni   bajarishi   ularning   poetik   tafakkurini   shakllantiradi   hamda   so‘zdam
foyadalanish mahoratini yanada oshiradi.
31 II BOB. O‘QUVCHI MA’NAVIY KAMOLOTIDA SHAVKAT
RAHMON SHE’RIYATINING TUTGAN O‘RNI
2.1. Shavkat Rahmonning poetik mahorati
  Har   bir   ijod   ahli   badiiy   asar   yaratayotganida   o‘ziga   xos   usuldan   boradi.
Bunda esa ijodkorga badiiy tasviriy vositalar fikrini yanada chiroyli va ta’sirliroq
yetkazib   berishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Hozirgi   kunda   esa   shoirlarning
she’rlarida asosiy tasviriy vosita sifatida metaforaning yetakchiligini aytish joizdir.
Bu   tasviriy   ifodani   o‘zbek   adabiyotida   o‘ziga   xos   o‘rniga,   ijod   uslubiga   ega
bo‘lgan   zabardast   shoir   Shavkat   Rahmon   she’rlarida   ko‘rib   chiqamiz.   U
she’rlaridagi   kuyunchak   ovozi   va   isyonkor   ruhi   bilan   boshqa   ijodkorlardan   farq
qiladi.   Uning   har   bir   so‘zni   mahorat   bilan   tanlaganligini   e’tirof   etish   joizdir.
Adabiyotshunos   olim   Umarali   Normatov   ta’biri   bilan   aytganda,   “Shavkat
Rahmonning   ilk   she’rlaridan   tortib   so‘nggi   misralarigacha   qalbi,   tabiati,   butun
borlig‘i   vaziyatga   qarab   tovlanavermaydigan   mustahkam   e’tiqodi,   sodda   va
mag‘rur, kurashchan va jasur siymosi mana men deb turibdi”. 19
  Shoir ilk she’rlari
orqali omma e’tiboriga tushadi. Ilk she’rlaridagi unitilmas badiiy obrazlar yaratish
salohiyati   uning   keyingi   she’rlarida   ham   sayqallanib,   takrorlanmas   ifoda   yaratib
boradi.   Shavkat   Rahmon   umrining   so‘nggi   choragida   tartib   bergan   kitobi
“ Saylanma ”   to‘plamidir.   “Kitobdan   faqat   ilgari   chop   etilgan   to‘plamlaridan
saylangan lirik falsafiy she’rlargina emas, balki O‘zbekiston mustaqilligi arafasida
va undan keyin, o‘lim to‘shagida qog‘ozga tushirilgan (shundan ba’zilari ilk bora
e’lon qilinmoqda) badiiy mo‘jizalar ham o‘rin olgan. O‘ylaymizki, vido kitobi XX
asr   o‘zbek   she’riyatida,   umuman,   umumturkiy   adabiyotda   chinakam   hodisa
bo‘lgan shoir shaxsiyati va uning ko‘ngil kengliklari-yu, yurak qirralari to‘g‘risida
o‘quvchiga   to‘la-to‘kis   tasavvur   beradi”. 20
  Shoirning   “Saylanma”ga   kiritilgan
she’rlarida   asosan,   tabiat   vositachiligi   yetakchilik   qiladi.   Unda   shoir   insondagi
ma’lum   o‘zgarishlar,   kechinmalarni   tabiatdagi   o‘zgarishlarga   o‘xshatish   oraqali
ifodalaydi.   Masalan,   shoirning   “Yolg‘izlik”   she’rida   tabiatda   sodir   bo‘ladigan
hodisa insondagi nozik his-tuyg‘ularga ko‘chganini guvohi bo‘lishimiz mumkin: 
19
 Улуғбек Ҳамдам. Шавкат Рахмонни хотирлаб. – Тошкент: Шарк, 2012, 114-115-б.
20
 Улуғбек Ҳамдам. Шавкат Рахмонни хотирлаб. – Тошкент: Шарк, 2012, 114-115-б.
32  Qanday erta ketishdi ular! 
 Ketdi qorsi, sho‘xi, dilbari, 
 Chol bir umr kutdi qovjirab 
 Suvsiz qolgan o‘zan singari. 
  Ushbu   she’rda   shoir   bir   insonning   yillar   davomida   o‘z   farzandlarini   kutishi
natijasida   qarilik   davriga   qadam   qo‘yganini   tasvirlaydi.   She’rdagi   bu   tasvir   esa
suvsiz   qovjirab   qolgan   o‘zanga   o‘xshatish   asnosida   yanada   ta’sirchanlikni
oshirishga   xizmat   qilmoqda.   Bunday   tasvirning   yetakchiligini   uning   boshqa   bir
qator   she’rlarida   ham   kuzatamiz.   Uning   quyidagi   misralarida   tabiat   hodisasi
metaforik o‘xshatish orqali juda chiroyli tasvirlanadi: 
 Kelar qora rido kiygan tun, 
 Sukunatning qushlarin suyar, 
 Suronlardan horgan shaharni 
 Silab-siypab uxlatib qo‘yar. 
  Shoir   ushbu   she’rida   tunning   qoraligiga   uning   qora   rido   kiyganligini   sabab
qilib keltirmoqda. Mumtoz adabiyotda bu tasviriy ifoda esa husn-u talil san’ati deb
ataladi.   Shoir   she’rlarida   keltirilgan   har   bir   tasviriy   birlik   o‘ziga   xos   vazifani
bajaradi. Buni esa uning  “ Odamdaraxt ”  she’rida ham ko‘rishimiz mumkin: 
 Fursat esa – 
 Shoshqaloq bola 
 Mevalarning xushbo‘yin tuyib, 
 Atrofimda tinmay aylanar, 
 Goh kunduzni, goh tunni kiyib... 
  Bu she’rda esa vaqt, fursatning qanchalar tez o‘tayotganini, tun va kunning
qanchalik tez o‘rin almashishini shoir shoshqaloq bolaga qiyos etadi. Chindan ham
biz   kichkina,   mitti   bolalarni   qanchalar   shoshqaloq   bo‘lishini   juda   ko‘p   marta
guvohi bo‘lganmiz, albatta!  Yoki bo‘lmasa, shoirning “Yoz ravishi” she’rida kun
va tunning o‘rin almashish jarayonini takrorlanmas birliklar orqali tasvirlanganini
ko‘rishimiz mumkin: 
 Nurlarini yig‘ib olar kun, 
33  Osmon yerga tashlar soyasin. 
 Yulduzlarin yoqib qo‘yar tun,
 Kesib qo‘yar oyning poyasin... 
  Guvohi bo‘lganimizdek, Shavkat Rahmon qalamining o‘tkirligi, rostgo‘yligi
va   asliyatni   boricha   tasvirlashi   bilan   boshqalardan   tubdan   farq   qiladi.   Uning
she’rlarida   vatanga   muhabbat,   insoniylik   bilan   bir   qatorda   tabiat   manzaralari
yetakchilik qiladi. 
She’riy   nutq   tarkibidagi   har   bir   so‘z   muayyan   ma’no-mazmunga   egadir.
Chunki adabiyotdagi boshqa janr turlariga qaraganda so‘zning poetik ma’noga ega
bo‘lishi   she’riy   asarlarda   to‘laqonli   kuzatiladi.   Biroq   har   bir   ijodkor   so‘zlarni
qo‘llashda turlicha usul va uslublardan foylanadilar. Ularning qo‘llayotgan har bir
so‘zlarida ichki kechinmalari, dardlari aks etishi va birgina so‘z bilan o‘sha she’rni
yozishiga nima sabab bo‘lganini ham ko‘rsata oladilar. Albatta, bunda shoir hamda
shoiralarning   so‘z   tanlashlaridagi   mahoratlari   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Ulardan
she’riy induviduallik mahorati talab etiladi. Ana shunday mahoratli shoirlardan biri
Shavkat   Rahmon   she’riyati   bilan   qisqacha   tanishishimiz   mumkin.   Uning
she’rlaridagi an’anaviylik ko‘zga tashlanadi. Masalan, uning she’rlarida tog‘, tosh,
quyosh, sukunat, ko‘ngil, shabboda, yurak, daraxt, bulut, daryo, yo‘l, kapalak, oy,
shamol,   so‘z   kabi   obrazlarni   keltirish   mumkin.   Shoir   she’rlaridagi   ana   shunday
obrazlar orqali o‘zining ichki kechinmalarini, his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Bu orqali
esa jonlantirish san’atini hosil qiladi.
  Jonlantirish   (adabiyotda)   –   istiora   turlaridan   biri,   odamlarga   xos   sifatlarni
jonsiz hodisa va buyumlarga ko‘chirish. Jonlantirish inson tafakkuri bilan bog‘liq.
Inson voqelikdagi narsa va hodisalarni qiyoslash, o‘xshatishlar, bo‘rttirishlar orqali
jonliroq va aniqroq tasavvur qilishga, aniq, ilmiy tafakkur qilish bilan birga badiiy
fikrlashga   ham   intiladi.   Shuning   uchun   jonlantirish   faqat   badiiy   asarlarda   emas,
jonli tilda ham uchraydi: “dengiz hayqiradi”, “daraxt yig‘laydi” va b. 
 Jonlantirish o‘zbek adabiyoti tarixida ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 
a) tashxis – shaxsga xos sifatlarni jonsiz narsalar va hodisalarga berish;
b) intoq – narsa va hodisalarni nutq egasi qilib ko‘rsatish. 
34   Shavkat   Rahmon   she’riyatida   jonlantirishning   har   ikki   ko‘rinishini   ham
kuzatish mumkin. Shoirning “Sayohat” she’rida quyidagicha bayon etiladi:
 Tabiatning xilvat burchagi:
 Unutilgan, yovvoyi tuproq,
 Huvillagan tog‘-u toshlarni
 Qari quyosh sevadi ko‘proq. 
  Shoir   ushbu   mirsalarda   jonlantirishning   birinchi   turi,   ya’ni   tashxis   san’atini
vujudga   keltirgan.   Bunda   quyoshning   yur   yuzidagi   jamiki   yerlariga,   tog‘-u
toshlarga,   yalangliklarga,   hatto   xilvat   burchaklargacha   bir   xilda   nur   taratishi
insondagi   sevish,   yaxshi   ko‘rish   tuyg‘usiga   o‘xshatilmoqda.   She’rning   keyingi
mirsalarida jonlantirish san’atining yanada go‘zal namunalari keltiriladi:
 Xabar berib shamol yugurdi
 Bu dunyoga kelganim haqda,
 Uzlatdagi tog‘lar qo‘zg‘aldi,
 Sarosima qo‘pti har yoqda. 
  Yuqoridagi   misralardan   farqli   o‘laroq   bu   misralarda   intoq   san’ati   ham
qo‘llanganligini   guvohi   bo‘lamiz.   Bunda   shamolning   esishi,   xuddi   shoirning
kelgani   haqda   xabar   berish   uchun   yugurayotganga   o‘xshatiladi.   Bundan   tashqari
unga   insonga   xos   bo‘lgan   so‘zlash,   xabar   yetkazish   xususiyatlari   ham   ko‘chirib
o‘tkazilgan.   Keyingi   misrada   esa   qo‘zg‘alish,   siljish   xususiyatlari   tog‘larga
o‘tkaziladi.   Misralardagi   umumiy   ma’noni   jamlasak,   shoirning   dunyoga   kelishi
hammani   sarosimaga   solib   qo‘yganini,   na   shamol   va   na   tog‘lar   joyida   tinch
turolganini   tushunish   qiyin   emas.   Yaholat   shoirning   keyingi   she’rida   ham
kuzatiladi:
 Tong ko‘ylagi unsiz yirtilar,
 Chaqnab ketar oftob tig‘lari,
 It huradi, hangraydi eshak,
 Qay hovlida go‘dak yig‘ladi.
  Shoir   ushbu   misralar   orqali   tabiat   hodisalarini   yanada   chiroyliroq
tasvirlashga   harakat   qiladi.   Bunda   tong   otishi   xuddi   uning   ko‘ylagi   yirtilishi   va
35 undan quyosh tig‘larini  otishi  orqali  sodir  bo‘lgandek tasvirlanadi. Yana  shunday
holatni uning quyidagi she’rida ham ko‘rish mumkin:
 Tong ochar ko‘zlarin erinib 
 Sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar,
 Chechaklar jilmayar sevinib,
 Shamolda cho‘milar giyohlar.
  Aslida   erinish   x islati   insonlarda   sodir   bo‘ladigan   jarayon   hisoblansa-da,
ammo   shoir   tongni   sekin-asta   otishini   erinishga   qiyoslaydi.   Bundan   tashqari,
tongdagi shudringni xuddi gullarni sevinchdan yig‘lashiga, gullarni ochilishini esa
quvonchdan jilmayishga mengzaydi. 
  Ko‘rinib   turibdiki,   jonlantirish   san’ati   o‘xshatish,   qiyoslash   asosida   yuzaga
chiqarilar ekan, shoir ushbu san’at turidan fikrini yanada chiroyli, aniq va betakror
ifodalashda juda ko‘p o‘rinlarda foydalangan. 
  Shoir   Shavkat   Rahmon   she’riyatida   faol   qo‘llanuvchi   quyosh   obrazining
ma’no   qirralari   ham   shoir   yashagan   davr   va   uning   dolzarb   muammolari   bilan
bog‘liq   individual   mazmun   kasb   etgan.   Quyosh   shoir   she’rlarida   nafaqat   tabiat
tasviri uchun vosita, balki u ramziy ma’nolarga ega. Shoir “Yaxshi niyat” she’rida
shunday yozadi:
 Kelajak bor hali bag‘rida
 Yuz mingta quyoshi porlagan.
 Ishonma hech qachon, ishonma
 Qo‘lida quroli borlarga.
Bu   o‘rinda   quyosh   shoir   orzu   qilgan   porloq   kelajakning   metaforik   obraziga
aylangan.   Quyosh   tabiatdagidek   bitta   emas,   yuz   mingta.   Ana   shu   yuz
mingtalikning   o‘zi   o‘quvchi   ongida   o‘zgacha   assotsatsiya   uyg‘otadi.   Matnda
quyoshlarning porlashi yorug‘ kunlarning poetik ifodasi bo‘lib kelmoqda. Quyosh
obrazining   ma’no   qirralari   she’rdan-she’rga   ochila   boradi.   “Odam   uzoq   yashar”
deb boshlanuvchi she’rda quyosh obrazi tashbeh bo‘lib keladi:
 ... agar do‘sti bo‘lsa har qutlug‘ sahar
 bahaybat quyoshday uyg‘onadigan.
36 She’rning   umumpoetik   mazmuni   “qutlug‘   sahar”,   “do‘st”,   “bahaybat
quyoshday”,   “uyg‘onadigan”   so‘zlari   asosida   yuzaga   chiqadi.   Keltirilgan   so‘zlar
ichida quyosh va sahar faol poetik obrazlar sirasiga kiradi, misra mazmuni aynan
shu obrazlarga tayanadi. Quyoshning tabiiy belgi-xususiyatlari metaforik ma’noni
yuzaga   chiqishiga   ko‘maklashadi.   Uning   yorug‘ligi,   harorati,   barcha   tiriklikka
quvvat,   kuch,   hayot   manbalaridan   biri   ekanligi   do‘stning   qanday   fazilatlarga
egaligini aniqlashtiradi. Quyosh juda ulkan-bahaybat va u uyg‘otgan sahar albatta,
qutlug‘ keladi. She’rning lirik qahramoni ana shunday ulug‘ do‘stni orzu qilmoqda.
Ulug‘ do‘st esa yuz ming quyosh obrazida ifodalangan porloq kelajak fuqorosidir.
Bu o‘rinda alohida-alohida mazmunga ega she’rlar o‘z holida mustaqil asar bo‘lsa-
da, ularni yagona g‘oya birlashtiradi. Shoir she’rlaridagi an’anaviy obrazlarga bir-
birini to‘ldiruvchi poetik mazmun yuklagan.
Shavkat   Rahmon   she’rlaridagi   quyosh   obrazining   poetik   ma’no   ko‘lamini
yanada   aniqroq   belgilab,   umumlashtirish   uchun   quyidagi   namunalarni   ko‘rib
chiqsak:
 Tabiatning xilvat burchagi:
 Unutilgan, yovvoyi tuproq,
 Huvillagan tog‘-u toshlarni
 Qari quyosh sevadi ko‘proq.
Ushbu   to‘rtlikdagi   tuproqning   yovvoyi,   tog‘u   toshlarning   huvillagan
epitetlariga   qari   quyosh   obrazining   jonlantirilgan   sevgisi   o‘zgacha   ma’no
bag‘ishlaydi.  Tayanch ramziiy obraz  – quyosh asosida  shoir  ifodalagan poetik
mazmunga  oydinlik  kiradi.  Ya’ni  borliq  qanchalik  o‘zgarmasin,   vaqt-u  zamon
aylanib taqdir o‘z hukmini chiqarmasin, quyoshning chin muhabbati o‘zgarmay
qolaveradi. Uning muhabbatiga muqobil kuch topilmaydi. Yoki:
 
 Chiza olsang
 rangin dunyoni,
 rangin bo‘lsa quyoshi, oyi,
 sendan buyuk musavvir bo‘lmas,
37  bo‘lmas sendan buyukroq shoir.
 Shuningdek, 
 Sharq uyqudan
 uyg‘onar go‘zal,
 quyosh chiqishiga o‘xshaydi bu hol,
 hozircha u yozgi jaziramada,
 hozircha dunyoga boqadi mudroq...
 Ammo uyqusidan
 Uyg‘onar go‘zal,
 Hayrat qamrab olar hamma narsani.
 Sharq quyosh singari uyg‘ongan mahal
 Dunyo sezib qolar uxlayotganin...
Keltirilgan   misollarning   aksariyat   qismida   quyosh   obraziga   ko‘chma   ma’no
yuklagan   bo‘lsa,   keyingi   to‘rtlik   peyzaj   namunasi   sifatida   keladi.   Manzaralar
ifodasida   ham   tagma’no   mazmun   yashiringan.   Tahlil   etilgan   namunalar   asosida
quyosh   obrazining   umumlashma   poetik   ma’nosi   mehr-muhabbat,   porloq   kelajak
ekanligini anglaymiz. 
  Shavkat   Rahmon   she’riyatida   an’anaviy   poetik   obrazlar   ijtimoiy   ma’no
olganligi   bilan   xarakterlanadi.   Ijtimoiy   mazmunli   she’rlarni   publitsistikaga   yaqin
baholaydilar.   She’riyatning   publitsistikaga   moyilligi   mavzu   va   g’oyaning
ijtimoiylashuvi   natijasida   yuzaga   keladi.   She’rning   ijtimoiy   mavzuga   tegishliligi
uning   qusuri   emas.   Aksincha,   ijtimoiy   asossiz   asar   muallaq   qoladi.   Muhimi,
mavzuning   qanday   yoritilganida,   asarning   badiiy   yuksak   darajada,   asl   san’at
mezonlariga uyg’un ifoda topishida. Yana bir jihat – ijtimoiylikning umuminsoniy
muammolarga daxldorligida ko‘rinadi. “Gang daryo bo‘yida…”, deb boshlanuvchi
“Qo‘shiq”   she’rida   publitsistik   ruh   ustuvor.   Ushbu   she’rlarining   badiiylikka
daxldorligini   Shavkat   Rahmon   she’riyatiga   xos   an’anaviy   –   tog’,   tosh   kabi
obrazlarning matnda yangi poetik mazmun ifodalab kelishi ta’minlagan.
Mehr - u muhabbatga,
sog’inchga t o‘ liq
38 q o‘ shiqlar uchadi tog’lardan oshib –
adashgan dunyoni chaqirar qizlar,
larzaga tushadi tog’larning toshi .
She’rda   qo‘shiqning   tog’lardan   oshib,   toshlarni   larzaga   keltirishi   shunchaki
qayd   emas.   Tosh   obraziga   yuklangan   poetik   ma’no   shoir   ijodining   boshqa
namunalaridagi   ayni   obraz   semantikasiga   qiyos   etilsa,   yanada   aniq   ko‘rinadi.   Bu
o ‘ rinda   “Yana   savol”,   “Gullayotgan   tosh”   deb   boshlanuvchi   she’rlar   alohida
diqqatga sazovor. “Yana savol” she’riga diqqat qilaylik:
Oyog‘imga
botmon toshlarni
bolalikdan bog‘lab qo‘ydi kim?
Endi xalos bo ‘ lmoqqa yetmas
yovuzlardan asragan umrim.
Xudo bergan soniyalarni
xarob qildi qaysi g ‘ alamis?
Agarda shu toshlar bo ‘ lmasa,
Uchar edik samolarda biz .
Tosh – yuk, lirik qahramon – bolakaydan oyog’iga bu toshlarni kim 
bog‘laganini hayron bo‘lib so‘raydi. Xudo bergan qimmatli soniyalarni qaysi 
g’alamis xarob qilganligini bilgisi keladi. Tosh obrazi orqali ifodalanayotgan 
poetik ma’no “agarda tosh bo‘lmasa, “uchar edik samolarda biz” misrasi vositasida
aniqlashadi.
Yuqorida   keltirilgan   “Qo‘shiq”   she’rida   aytilgan,   toshlarning   larzaga   kelishi
bilan bog’liq tasvir zamirida lirik qahramonning og’ir yukdan forig’ bo‘lishi bayon
qilinadi. Tosh – dard, hasrat, armon. Insonni toshdan faqat mehr, muhabbat forig’
aylaydi.   “Yo‘lovchi”   she’rida   tosh   obrazining   ramziy   ma’nosini   shoir   birmuncha
ochiqroq bayon etgan:
o‘ ttiz uch yoshimda
o‘ ttiz uch ming yil
hasrati, dog’i bor qarashlarimda,
39 sangtarosh x o‘ rsinar qadimdan buyon
olam toshlarini taroshlar ekan…
Bu o‘rinda tosh obrazining ko‘hna hasrat, armonlarning dog’i ekanligi, san’at 
esa ushbu dardlarni kuylash barobarida ko‘ngillarni yoritib, kishilarni ezgulik 
yo‘liga chorlashi aniq aytilgan.
Shavkat Rahmon t o‘ plamlaridan birini “Gullayotgan tosh” deb nomlagan. 
Ushbu nomdagi she’r esa tosh obrazining ramziy ma’nosini yanada 
muayyanlashtirish barobarida shoir she’rlarining g’oyaviy mundarijasini an’anaviy
tosh obrazi tevaragiga jamlaydi.
“Gullayotgan   tosh”   she’rida   Shavkat   Rahmonning   tosh   obraziga   yuklagan
poetik   ma’nosi   yanada   mukammallashib,   teranlashib,   tadrijiylikning   o‘ziga   xos
yuksak   darajasiga   yetganligini   anglaymiz.   Aslida   tosh   obrazi   fol`klor   va
adabiyotda   qadimdan   kelayotgan   an’anaviy   obrazlardan   biridir.   Badiiy   obraz
tabiatini  tadqiq etgan D.Rajabov  tosh obrazining ushbu jihatlariga alohida e’tibor
qaratib,   adabiyotshunos   I.Haqqulovning   “(tuproq   singari   tosh   ham   Ahmad
Yassaviy   hikmatlaridagi   ramziy   obrazlardan).   Tosh   obrazning   umumturk
adabiyotiga   kirib   kelishi   va   ma’lum   mavqega   erishganligining   o‘ziga   xos   diniy-
axloqiy,   falsafiy   mifologik   asoslari   bor”   ,   degan   fikrlariga   tayanib,   Shavkat
Rahmonning   “Gullayotgan   tosh”   she’rini   tahlil   etgan.   Tadqiqotchi
(olim)D.Rajabov   tosh   obrazi   xususida   to‘xtalib,   “she’rning   boshidan-oxirigacha
birgina badiiy obraz gullash uchun qulay fursat kutayotgan tosh obrazi hukmronlik
qiladi.   Bu   tosh   Haqiqat.   Bu   tosh   ulug’   bobokalonimiz   Temur   haqidagi,   Dukchi
eshon   haqidagi,   asr   boshidagi   buyuk   to‘ntarish   haqidagi,   bizning   “bosmachi”
avlodlarimiz   haqidagi   badarg’a   qilingan   haqiqat.   Shuning   uchun   minglab
kaltabinlar,   bu   haqiqatlarni   “tun”ga,   “tosh”ga   aylantargan   nokaslar   gurzisini
d o‘ laytirib   toshning   gullamasligini   istaydilar.   Shuning   uchun   u   shoirni   o‘tkir
ko‘zlariga tobora shubhaliday ko‘rinadi, uni yanada qiziqtiradi. Bu tosh esa gullash
mumkin b o‘ lgan asrni kutib yotibdi.
Balkim tosh hoziroq
gullayotgandir,
40 ming rangli jiloda yashnab,  o‘ zgarib,
balki bu gullarni k o‘ rmayotgandir
hattoki shoirning  o‘ tkir k o‘ zlari.
Saksoninchi   yillarda   bunday   qora   toshning   siri   –   “gulli”   jozibasi   haqida
gapirish oson emasdi. Lirik qahramon orzusida   o‘ sha “gullayotgan tosh”ni k o‘ rish
niyati ustun. Tosh bu o‘rinda ramziylik kasb etadi” , deb yozgan. Har qanday she’r
agar   u   chinakam   san’atga   daxldor   bo‘lsa,   bir   qancha   talqinlarga   imkon   beradi.
Chunki   o‘quvchi   o‘z   ko‘ngli,   dunyoqarashi,   tabiati   va   bilim   tajribalaridan   kelib
chiqib she’rni qabul qiladi  va sharhlaydi. “Gullayotgan tosh” ham xuddi shunday
serqatlam  mazmunga ega.  D.Rajabov  she’rdagi  tosh  ramzining ma’nosini  haqiqat
deb anglab, talqin etgan bo‘lsa, uni xato deb aytish noo‘rin. Lekin biz “gullayotgan
tosh”ni shoirning boshqa she’rlaridagi tosh obrazi ifodalagan ma’nolar qamrovida
olib   so‘ngra   talqin   etish   maqsadga   muvofiq   deb   o‘ylaymiz.   Chunki   Shavkat
Rahmon   she’riyatidagi   an’anaviy   xarakter   olgan   poetik   obrazlar   o‘ziga   xos
umumiy   mazmunga   ega   va   bu   ma’nolar   ko‘lami   she’rdan-she’rga   aniqlashib   biri
ikkinchisini to‘ldirib keladi.
Biz   yuqorida   “Yana   savol”   she’rida   tosh   obrazi   dard,   hasrat,   armon
ma’nolarida   kelganligini   aniqlagan   edik.   Shavkat   Rahmon   “Gullayotgan   tosh”
she’rida esa bu toshni trillion marotaba kichraytirilgan tunga mengzaydi. Qora tosh
– qora tun. Tun va toshning qoraligi esa kishi k o‘ zi ilg’amas holatni beradi. Lekin
bu   jonsiz,   sirlarini   yashirib   uxlayotgan   tosh   jonliday,   bir   kun   to‘satdan
gullaydigandek   ko‘rinadi.   o‘tkinchilarni   kuzatib,   mangu   harakatning   yukini
yelkasiga olib, qaysi asrga sirini ochish mumkinligini o‘ylayotgandek tuyuladi.
Shavkat Rahmon she’riga befarq va olomonchi ommaga qarama-qarshi shoir
obrazini olib kiradi. Olomon: “Tosh ham gullaydimi” deb o‘dag’aylasa, shoir “tosh
albatta gullaydi”, “Balki  tosh hoziroq gullayotgandir, ming rangli  jiloda yashnab,
o‘zgarib,   balki   bu   gullarni   ko‘rmayotgandir   hatto   shoirning   ham   o‘tkir   ko‘zlari”
deb xotima yasaydi.
Gullayotgan qora tosh qanday tosh? U nega shunday qora?
41 Olomonning   g’ashini   keltirib,   harakati   bilan   bezovta   qilgan   tosh   obrazi
zamirida qanday poetik ma’no yashirin? Muallif bu she’rda ham ijtimoiy mavzuni
qalamga   olgan.   She’rda   xalq,   shoir   va   olomon   munosabati   aks   etayotganligiga
shoir   obrazi   va   uning   xitobi   guvohlik   beradi.   Qora   tosh   esa   xalqning   ko‘ngil
tubidagi dardi, armonlari, ushalmay qolgan orzularidir. Lekin bu dard ochilib, tosh
qotgan armonlar harakatga kelsa, xalq qudratli kuchgaaylanadi. Toshning gullashi
ushbu   jarayonlarning   ramziy   ifodasidir.   Xalqni   uyg’otishga   chorlovchi   shoir   ham
bu ulkan jarayonning yetilib kelganligini dabdurustdan bilmay qolishi mumkin. U
ilg’aydi, istaydi. Lekin jarayonni boshqara olmaydi.
Shavkat   Rahmon   she’rlarida   ijtimoiy   mavzuning   yetakchi   o‘ringa   chiqishi
undagi an’anaviy obrazlarga ham ijtimoiy mazmun yuklanishi bilan alohida ajralib
turadi.
Shavkat Rahmon she’riyatida faol qo‘llaniluvchi poetik obrazlardan yana biri
sukunatdir. Shoir sukunatga sifatlar beradi. “Manzara” she’rida shunday yozilgan:
Oq sukunat
porlar saharda,
kun nurida yonib, yaraqlab,
chopib kirar sovuq shaharga
yalangoyoq yashil daraxtlar .
Otayotgan   tong,   sovuq   shahar   manzarasi,   tonggi   oq   sukunatni   kun   nuriga
burkanib,   yashil   kiyib   kelayotgan   daraxtlar   buzmoqda.   Yanada   aniqroq   aytilsa,
bahorning   tabiatda   o‘z   hukmini   yurgizayotgani   shoir   diqqatini   tortgan.   She’rning
poetik   ma’no   qatlamlari   shu   bilangina   chegaralanib   qolmaydi.   Shoir   she’riyatida
ustuvor ko‘rinish olgan g’oyaga tayanib qaralsa, oq sukunat qo‘ynidan kun nurida
yog’dulanib, sovuq shaharga harorat olib kelgan yashil daraxtlar obrazi zamiridagi
ma’no   vatan   muhabbati,   yurt   g’ururiga   to‘yinib,   uning   ozod   bo‘lishi   istagida
yolqinlanayotgan yangi avlodning ramziy ifodasiga aylanganligini anglaymiz.
Y o‘ llar qadim…
tutlar qarigan…
suvlar simob kabi yaltirar.
42 Sukunatning teran qa’rida
uyg’onmoqda saslar qaltirab .
Qari   tutlar   guvoh,   qadim   yo‘llarda   izlari   qolgan,   simobdek   yaltirab   tinch
oqayotgan   suvda   akslanib,   vaqt   charxpalagida   aylanayotgan   armonning  sasi   uzoq
cho‘zilgan   sukunatni   buzib   ovoz   bermoqda.   Ovoz   esa   avvalo,   shoir   qalbida   aks-
sado uyg’otadi. Sukunatning sasi va uning turli belgi, nishonalari shoir she’riyatida
alohida   e’tiborni   tortadi.   Shu   sababli   ham   Shavkat   Rahmon   she’riyatida   sukunat
oddiy   emas;   u   –   “ulkan   sukut”,“qorong’u   sukut”,   “joduli   sukut”.   Sukunatning
sifatlari   jamlanib,   umumiy   bir   maxrajga   keladi.   Bir   qaraganda,   ularning   ma’nosi
bir-birini   inkor   etayotgandek   ko‘rinadi,   lekin   umumiy   mahrajda   sukunatning   tub
mazmuni umumiylik kasb etadi. Sukunat shoir she’riyatida uzoq kutilgan, orzudagi
ulkan   portlash   oldidagi   tin   olingan   holat,   voqelik,   jarayonlarning   turfa
ko‘rinishlarini   ifodalaydi.   Bu   ichida   bo‘ron   uyg’onib   kelayotgan   kuchning,   ulkan
kurashga   chog’lanayotgan   xalq   sabr-toqatining   sukuti.   Sukut   alomati   rizo   emas.
Sukut   kurashning ibtidosidir.
Afsonaviy, zangori diyor,
bag’ri t o‘ la joduli sukun.
Shoxlar aro tobora k o‘ proq
Nurlarini oqizadi kun .
Safsarlashar oqshomgi osmon,
kun chekinar qorli tog’larga,
sukunatning munis qushlari
uchib kelar kuzgi bog’larga .
Kelar qora rido kiygan tun,
sukunatning qushlarin suyar,
suronlardan horgan shaharni
silab-siypab uxlatib q o‘ yar .
43 Keltirilgan   misollarda  sukut   va   sukunat   nohaqliklar,  boy   berilgan   erk  oldida
ojizlik, ishonchsizlik va faoliyatsizlikning ko‘chma ma’nosini anglatyapti.
Shavkat Rahmon she’riyatida biz yuqorida to‘xtalgan an’anaviy obrazlar unga
zamondosh,   davradosh   shoirlar   ijodida   ham   qo‘llangan   bo‘lishiga   qaramay,   ular
o‘ziga   xos   tarzda   poetik   ma’nolar   olganligini   kuzatamiz.   Ushbu   misollar   har   bir
ijodkorning   s o‘ zga,   obrazga   individual   yondashib,   o‘ z   dunyoqarashi,   intilishi,
orzu-istaklarini ifodalashini bildiradi. Shoirning estetik olami, ideallari u yaratgan
asarlarning   mavzu   mazmuni   qatorida   poetik   ifoda   shakllarida   ham   namoyon
bo‘ladi 21
.
2.2. Adabiyot darslarida shoir she’riyatini o‘rgatish yo‘llari
Mavzu:   Shavkat   Rahmon.   “Tong   ochar   ko‘zlarin...”,   “Turkiylar”,   “Jangda
o‘lgan emas biror bahodir”, “Baxt so‘zi” she’rlari. She’rxonlik musobaqasi.
Darsning   maqsadi :   Bu   mavzu   4   soatga   mo‘ljallangan   bo‘lib   unda   biz
Shavkat   Rahmonning   hayoti   va   ijodini   to‘liq   ravishda   o‘quvchilarga   yetkazib
beramiz.   Shavkat   Rahmonning   hayoti   1-darsimizga   mo‘ljallangan   bo‘lib,   uni
o‘quvchilar bilan birgalikda muhokamali ravishda ularga o‘rgatiladi. 2- va 3-soatda
Shavkat Rahmonning she’rlariga nazar solgan holda ularning tahlili va yod olinishi
ko‘zda   tutilgan.   4-soatimizda   esa   Shavkat   Rahmon   va   boshqa   ayrim   ijodkorlar
she’rlari asosida she’rxonlik musobaqasi o‘tkaziladi. 
1 - soatda   o‘quvchilarga   Shavkat   Rahmon   shaxsiyati   va   ijodi   haqida
ma’lumotlar   beriladi.   Asarlari   chuqur   tahlil   qilinadi.   Uning   she’rlari   qiyosiy
tahlil qilinadi. 
  Darsning borishi:
1) Tashkiliy qism.
2) O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
3) Yangi mavzu bayoni. Aqliy hujum.
4) Ijodkor umrbayoni bilan tanishish.
5) She’rni ifodali o‘qish.
21
 Sharq jurnali, 2012, N4.
44 6) Guruhlarga bo‘lib ishlash.
7) She’r matni bilan ishlash.
8) Fikrlar himoyasi.
9) O‘quvchilarga uyga vazifa berish.
 Tashkiliy qism.  Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashadi, sinfni dars
o‘tish uchun tayyor holda ekanligini nazorat qiladi va davomat oladi.
  O‘tilgan   mavzu   Halima   Xudoyberdiyeva   va   uning   “Dorilamon   kunlar
keldi...”, “Begim, sizni tabiat...”, “Shunchaki” she’rlarini o‘rganish va tahlil qilish
bo‘lgan.   Uni   mustahkamlash   uchun   o‘quvchilarga   topshiriqlar   beriladi.   Bunda
“BBxB”   metodidan   foydalaniladi.   Topshiriqlar   tekshiriladi   va   o‘quvchilar
baholanadi.
  Ijodkor umrbayoni va ijodi haqida ma’lumot berish;
  XX   asr   o‘zbеk   shе’riyatining   o‘ziga   xos   vakili,   millatparvar   shoir   Shavkat
Rahmon   1950-   yilning   12-sеntabrida   O‘sh   shahrida   tug‘ilgan.   Shoirning   otasi
Rahmonbеrdi   asli   Shahrixon   tumanidagi   Saroy   qishlog‘idan   bo‘lib,   taqdirning
taqozosi  bilan O‘sh  shahriga kеlib, turg‘un bo‘lib qolgandi. Onasi  Oftobxon ham
asli   Shahrixon   tumanidan   edi.   Shavkat   Rahmonning   otasi   ham,   onasi   ham   savdo
ishlari   bilan   shug‘ullanib,   erta   ko‘klamdan   to   kеch   kuzga   qadar   Pomir   tog‘i
etaklaridagi   Sarmo‘g‘ul   yaylovlaridagi   chorvadorlarni   kеrakli   oziq-ovqat   va   uy-
ro‘zg‘or   buyumlari   bilan   ta’minlashar   edi.   Savdo   xodimlari   bo‘lishgan   ota-ona
uzoq   tog‘   yaylovlarida   haftalab   qolib   kеtishar,   uydagi   barcha   yumushlar
xayolchan,   ammo   tirishqoq,   mehnatsevar   to‘ng‘ich   farzand   Shavkatning
zimmasida bo‘lardi. 
Shoir   hayot   yo‘li   haqidagi   qiziqarli   ma’lumotlar   o‘quvchilarga   yetkazib
berilganidan so‘ng, dastlab, o‘qituvchi uning she’rlarini ifodali va ravon qilib o‘qib
beradi. Va  “B ir parcha ’  metodidan foydalaniladi.
“Bir  parcha” metodi.   Ushbu  metodda  o‘quvchilar  uchta  guruhga bo‘linadi.
Ularga shoirning she’rlari bo‘lib beriladi. O‘quvchilar she’rlardan   bir parchadan
tahlil qilishlari kerak bo‘ladi:
  1-guruh o‘quvchilari :
45 Nahot, shе’rlar aytdim 
bo‘shliqqa qarab, 
nahotki, sovrildi olov so‘zlarim, 
nahotki, haq bo‘lsa, el-u yurt asli 
quruq so‘zlar dеgan gumroh do‘stlarim? 
Shoirning ushbu misralariga izoh bering.
2-guruh o‘quvchilari : 
Zulfiqor ruh kеrak, 
kеrak chin yog‘du, 
chin ishq yolqinlari bag‘rimga to‘lsin, 
jismimni toblasin faqat chin og‘riq, 
chеchaklar qop-qora bo‘lsa-da, bo‘lsin. 
Adibning ushbu misralariga e’tibor bering.
3-guruh o‘quvchilari :
Tong ochar ko‘zlarin erinib, 
sеvinchdan yig‘laydi qiyoqlar, 
chеchaklar jilmayar sеvinib, 
shamolda cho‘milar giyohlar. 
Shoirning ushbu misrasi qaysi shahar tasvirlangan va nima uchun? 
Ushbu   topshiriqni   berishdan   maqsad   o‘quvchilarda   badiiy   asarga   bo‘lgan
mustaqil   fikrlarni   shakllantirish.   O‘zining   fikrini   boshqalarga   ravon   va   tushunarli
yetkazishni   o‘rganishga   yordam   beradi.   Bundan   tashqari   o‘quvchilar   guruhda
qanday ishlash kerakligini, bir-birini fikrini eshitishni, unga munosabat bildirishni
o‘rgatadi.   Eng   asosiysi,   shoirimizni   uchchala   parchasini   bir-biriga   o‘xshash   va
farqli   tomonlarini   tahlil   qila   olishni   o‘rganadilar.   Bu   metodning   ijobiy
tomonlaridir.   Albatta,   salbiy   tomoni   ham   mavjud,   bu   ham   bo‘lsa,   o‘quvchilar
fikrlarini   ifodalash   jarayonida   vaqt   ko‘proq   sarflanishi   mumkin.   Ammo   bu   ham
mustaqil fikr yuritish uchun foydalidir.
46 Uyga   vazifa.   O‘quvchilarga   shoirning   she’rlarini   oxirigacha   tahlilini
yakunlab   kelish   uyga   vazifa   etib   beriladi.   Uning   ijodiga   tegishli   muammoli
savollar beriladi:
2-soatda
O‘tilgan   mavzuni   mustahkamlash   uchun   “Begona   band”   metodidan
foydalaniladi.   Bunda   o‘qituvchi   tomonidan   o‘quvchilarga   topshiriq   tayyorlagan
bo‘ladi.   Topshiriqda   o‘tilgan   darsdagi   shoirlarning   she’rlaridan   bir   misradan
keltiriladi.   Ularning   orasida   begona   she’rdan   misol   ham   keltirilgan   bo‘ladi.
O‘quvchilar   aynan   o‘sha   begona   mirsalarni   qaysi   ekanligini   topishlari   kerak
bo‘ladi.   O‘quvchilar   5   nafardan   6   ta   guruhga   bo‘linishadi.   Qaysi   guruh   tez   va
to‘g‘ri bajargan bo‘lsa guruh a’zolari 5 ball bilan baholanadi. 
“ Begona band ” :
1. Qarodir yuraging o‘ch-mehr aro,..
2. Tong ochar ko‘zlarin erinib, 
3. S еvinchdan yig‘laydi qiyoqlar, 
 
1. O‘ttiz to‘rt yoshida beva qoldi u,
2.  Zulfiqor ruh kеrak, 
3. K еrak chin yog‘du, 
1. Bir butun vatanni istayman, xolos.
2.  Nahot, shе’rlar aytdim 
3. B o‘shliqqa qarab, 
 
1. Dutor pardasida uyg‘onur nola.
2. J ismimni toblasin faqat chin og‘riq, 
3. C hеchaklar qop-qora bo‘lsa-da, bo‘lsin. 
1. Nozigim, sen qachon hordiq bilarsan?
2. C hеchaklar jilmayar sеvinib, 
47 3. S hamolda cho‘milar giyohlar.   
1. Falak peshtoqiga bayroqni ildik,
2. J ismimni toblasin faqat chin og‘riq, 
3. C hеchaklar qop-qora bo‘lsa-da, bo‘lsin. 
  Savollarni   javobi   tekshiriladi.   O‘quvchilar   baholanadi.   Ushbu   metodni
qo‘llashdan   maqsad   o‘quvchilarni   ushbu   mavzuni   qanchalik   o‘zlashtirganliklarini
bilishdir.   Bu   she’rlar bilan tanishar  ekan ,   qanchalik yodida saqladi, shoir she’rida
nimalarni   ifodala y di   degan   savollarga   javob   berishadi.   Bu   metod   o‘quvchilarga
s hoirlarni ng she’rlarini  bir-biri dan  farqlashga yordam beradi.
Ushbu metoddan so‘ng yangi metod orqali mavzu mustahkamlanadi. 
3*3 metodi: 
Bu   metod   mavzu   yuzasidan   dastlab   3*1   shaklida   3   ta   ma’lumot,   so‘ng   3*2
shaklida 6 ta ma’lumot va oxirida 3*3 shaklida 9 ta ma’lumot yoziladi. Natijada bir
mavzu yuzasidan 18 ta ma’lumot jamlanadi.
Uyga vazifa.  Dastlab sinf 4 guruhga ajratiladi, so‘ngra har bir guruhga mavzu
yuzasidan topshiriqlar beriladi.
1-guruh o‘quvchilari : Shavkat Rahmonning quyidagi she’riga o‘z fikringizni
bildiring.
TONG OCHAR KO‘ZLARIN...
Tong ochar ko‘zlarin erinib, 
sеvinchdan yig‘laydi qiyoqlar, 
chеchaklar jilmayar sеvinib, 
shamolda cho‘milar giyohlar. 
O‘ynoqi shu’lalar — bolalar 
jimgina tarqalar sayxonga, 
o‘rgimchak to‘qiydi tolalar, 
xonqizi boradi mеhmonga. 
“ Shavkat   Rahmon   she’rlarida   ham   faol   qo llanuvchi   poetik   obrazlarʻ
talaygina va ularning aksariyati shoir ijodida an’anaviy xarakterga ega. Jumladan,
48 quyosh,   yulduz,   oy,   tog ,   tosh,   daryo,   yo l,   bulut,   daraxt,   shamol,   shabboda,ʻ ʻ
sukunat,   oq,   kapalak,   yurak,   ko z,   ko ngil,   so z   kabi.   Keltirilgan   obrazlarning	
ʻ ʻ ʻ
ko pchiligi   boshqa   davr   she’riyatida,   xususan,   mumtoz   adabiyotda   ham	
ʻ
qo llanilgan.   Bu   o rinda   so z  o zgarmaydi.  Faqat   so zning   poetik  ma’no  qamrovi
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
kengayadi,   so z     qayta   kashf   etilib   yangilanadi.   Albatta,   an’anaviylik,   izchillik	
ʻ
hech qachon yo qolib ketmaydi. Shavkat Rahmon she’riyatida faol poetik obrazlar
ʻ
biri   ikkinchisi   bilan   mazmunan   mantiqiy   bog liq   holda   keladi.   Bu   holat   quyosh,	
ʻ
sukunat va tog  obrazlari qiyosida yanada yorqin namoyon bo ladi”	
ʻ ʻ 22
. Darhaqiqat,
shoir ijodini  kuzatganimizda oy, tog , tosh, daryo, yo l, bulut kabi  so‘zlarga ko‘p	
ʻ ʻ
murojaat   qilganini   guvohi   bo‘lamiz.   “Tong   ochar   ko‘zlarin…”   she’rida   shoir
qiyoqlar,   chеchaklar,   giyohlar,   o‘rgimchak,   xonqizi,   chigirtka   kabi   so‘zlarga
murojaat   qiladi.   Bu   kabi   so’zlarga   poetik   jilo   bera   olgan.   She’rning   o‘quvchilar
uchun   tarbiyaviy   ahamiyati   shundaki,   she’rni   tahliliga   kirishgan   o‘quvchi   o‘zini
tabiatning   bir   bo‘lagi   sifatida   his   qila   boshlaydi.   Har   bir   yaratiqning   tabiatni   bir
ajralmas qismi ekanligiga amin bo‘ladi. 
O‘quvchilarga   dars   davomida   she’rni   tahlil   qilishlari   uchun   quyidagi
topshiriqni berish maqsadga muvofiq:
She’r matnidan jonlantirishga hamda metaforaga oid misollarni toping.
JONLANTIRISH METAFORA
22
  Ю нусова  Д. Ш авкат  Ра ҳмон   шеъриятида   метафорани   ҳосил   қилувчи лексик-граммати к  воситалар   тадқиқи .
Фил.фан.бўйича фал.д-ри (PhD) диссертацияси . – Навоий , 2021.  –  142 б.
49 O‘quvchilar she’r matnidan metaforaga hamda jonlantirishga oid misollarni
topib,   jadvallarni   to‘ldiradi.   O‘quvchilar   bu   kabi   topshiriqlar   ustida   ishlash
davomida so‘zdan foydalanish qobiliyatlarini yanada oshiradilar.
2-guruh o‘quvchilari : Shavkat Rahmonning quyidagi she’riga o‘z fikringizni
bildiring.
TURKIYLAR
Qilichin tashladi bеklar, nihoyat, 
bosildi tulporlar, tig‘lar suroni, 
urhoga o‘rgangan tillarda oyat, 
turkiylar tanidi komil xudoni. 
Qilichlar zangladi... 
falokat hushyor, 
turkiylar quvvatin bеrdi yerlarga. 
 
Mazkur   she’rni   tahlil   qilish   uchun   “Solishtiramiz”   usulidan   foydalanamiz.
Buning uchun “Turkiylar” she’ri bilan Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasini
solishtirish lozim bo‘ladi. 
Solishtiramiz:
1.Juft   bo’lib   ishlang.   Har   ikki   she’rdagi   o‘xshash   va   farqli   jihatlarni   toping.
Jadvalni daftaringizga to‘ldiring.
Shavkat Rahmon she’riga
xos xususiyatlar Erkin Vohidov she’riga
xos xususiyatlar Har ikki she’rga xos
xususiyatlar
50 3-guruh o‘quvchilari : Shavkat Rahmonning quyidagi she’riga o‘z fikringizni
bildiring.
JANGDA O‘LGAN EMAS BIROR BAHODIR
Jangda o‘lgan emas biror bahodir, 
bari halok bo‘lgan xiyonatlardan, 
toshday uxlaganda to‘shlarin ochib 
yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan. 
Biror asotirda bahodirlarni 
hattoki yuz boshli ajdar yemagan, 
ming bir sinoatli yalmog‘izlar ham 
tog‘larni o‘ynagan devlar yengmagan. 
Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan, 
bariga orqadan sanchilgan xanjar. 
Quyidagi she’r bo‘yicha topshiriqlar ustida ishlaymiz. 
Juft-juft bo‘lib ishlang. She’rni o’qing va jadvalni to‘ldiring.
She’r Asosiy g‘oyasi Asosiy g‘oyani ifodalaydigan
kalit so‘zlar
51 1
2
3
4
5
6
4-guruh o‘quvchilari : Shavkat Rahmonning quyidagi she’riga o‘z fikringizni
bildiring.
BAXT SO‘ZI
Baxtiyorman degan birgina so‘zni
aytish uchun kerak qancha kuch-chidam,
garchi “baxt” so‘zlarning eng yoqimligi,
garchi tursa hamki tilning uchida.
Og‘ir botmasmikin bu so‘z kimgadir,
tegib ketmasmikin oh-vohlariga,
qandoq bardosh berib yashayman keyin
baxtsiz kimsalarning nigohlariga.
baxt so‘zin aytaman eldan keyinroq.
Topshiriq. Yuqoridagi she’riy parchalarni tahlil qiling va parchadagi 
metaforalar hamda o‘xshatishlarni aniqlab, ularni tahlil qiling. 
O‘XSHATISH METAFORA
52 O‘quvchilar   she’r   matnidan   metaforaga   hamda   o‘xshatishga   oid   misollarni
topib, jadvallarni to‘ldiradi. O‘quvchilar mazkur topshiriqlarni bajarish mobaynida
tasviriy vositalar haqida to‘liqroq fikrlarga ega bo‘ladilar.
3-soatda
Darsning borishi 
Dars   davomida   o‘quvchilar   o‘z   guruhiga   o‘qituvchi   tomonidan   berilgan
she’riy parchalardagi misollarni guruh bilan kelishgan holda ochib berishi nazarda
tutiladi.
1-guruh o‘quvchilari: 
“O‘rgimchak to‘qiydi tolalar, xonqizi boradi mеhmonga”  misralari mazmuni
va  “Chigirtka qayraydi ovozin”  satrida tasvirlangan holatni tushuntiring.
2-guruh o‘quvchilari:
“Yovga tеrs qaragan musulmon emas”.   Ushbu parcha orqali  shoirning ichki
kechinmalarini ifodalashga harakat qiling.
3-guruh o‘quvchilari: 
“Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tig‘idan,
qayta tirilganday bo‘lardi nogoh
 har bir bolakayning qorachig‘ida”
53 to‘rtligini   izohlang.   Bahodirlarning   bolakaylar   nigohida   tirilganday   bo‘lishi
sababini anglating.
Shavkat   Rahmon   she’rlarini   tahlil   qilish   davomida   uning   poetik   mahoratini
qofiyalar orqali o‘rganamiz. 
Janri Qofiyalanish
tartibi Asosiy
g‘oyasi Asosiy
g‘oyani
ifodalaydigan
kalit so‘zlar
1
2
3
4
5
4-guruh o‘quvchilari:
  Shoirning:   “G‘am   so‘zin   elimdan   avvalroq   aytdim,   baxt   so‘zin   aytaman
eldan keyinroq” , — dеyishi sababini anglating. 
Dars   yakunida   o‘quvchilarning   fikri   tinglanib,   kamchiliklari   to‘ldiriladi   va
o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Uyga vazifa : She ’ rlarni yod olish.
4-soatda
Dars davomida 
Dastlab   o‘quvchilar   bilan   o‘tilgan   darslarga   doir   “Aqliy   hujum”   metodi
bo‘yicha   qisqa   savol-javob   ishlab   chiqiladi.   Bunda   o‘quvchilarning   esda   saqlash
qobiliyati, zehni o‘tkirligi, topqirligi hamda chaqqonligi  tekshiriladi. Qisqa savol-
javobdan so‘ng, o‘quvchilar baholanadi. 
Ushbu   savol-javobdan   so‘ng   darsning   keyingi   qismiga   o‘tiladi.   Navbatdagi
qismda   esa   darsimiz   “Davra   suhbati”   metodi   bilan   davom   ettiriladi.   Ushbu
metodda   o‘quvchilar   sinfxonada   aylana   stol   atrofida   joylashgan   holda   o‘tilgan
54 mavzu yuzasidan tashkil qilingan muammoli savollarga birgalikda javob izlashadi
hamda fikr va mulohazalarini bildirishadi. 
“Davra   suhbati”   metodi   qo‘llanilganda   stol-stullar   aylana   shaklda
joylashtirilishi   lozim,   chunki   bunday   holda   joylashganda   o‘quvchilar   bir-birlari
bilan   fikr   almashishlari   yanada   yaxshiroq   bo‘ladi.   O‘quvchilar   o‘rtasida
she’rxonlik   musobaqasi   tashkil   etiladi.   Musobaqada   Shavkat   Rahmon   ijodidan ,
shuningdek,   mustaqillik   davri   adabiyoti   namayondalarining   asarlaridan
foydalaniladi.
Dars   jarayoni   she’riy   musobaqa   bilan   davom   ettiriladi.   Bunda   sinf
o‘quvchilari ikkita katta guruhga bo‘linishadi va musobaqa tashkil etiladi. 
Musobaqa   davomida   o‘qituvchi   tomonidan   o‘quvchilar   aytgan   she’rlar
tinglanadi   va   asar   mazmuni   o‘quvchidan   so‘raladi.   O‘quvchidan   qoniqarli   sharh
olmagan jarayonda o‘qituvchi fikrni mustahkamlaydi. 
55 Xulosa
Bugungi   texnika   va   texnologiya   shiddat   bilan   rivojlanayotgan   bir   davrda
o‘quvchilarni   badiiy   asar   o‘qishga   rag’batlantirish,   she’riy   matnlar   tahliliga
qiziqtirish   murakkab   vazifalarimizdan   biri   bo‘lib   qolmoqda.   Ayniqsa,   ta’lim
maskanlarida   adabiyot   o‘qitishning   yangi   shakllari   va   metodlarini   kashf   qilish,
tajriba   orttirish,   adabiyot   darslarini   noan’anaviy   tarzda   tashkil   qilish   har   biri
adabiyot o‘qituvchisi oldida turgan ko‘ndalang masaladir.
  “ Har bir dars – o‘qilmagan yangi bir badiiy asar, Dars tashkil qiluvchi o‘ziga
xos   san’atkordir”.   Darhaqiqat,   darsning   samaradorligi   o‘qituvchi   tanlagan   yo‘lga,
ya’ni   usulga   va   metodga   bog’liq.   Adabiyot   darslarini   zamonaviy   usulda   tashkil
qilish   bizning   bosh   vazifamizdir.   Sababi   adabiyot   nafaqat   fan,   balki   u   san’at
hamdir.   Adabiyot   o‘quvchilarning   ma’naviy   kamolotga   erishtirishdek   sehrli
kuchga   ega.   Shu   kabi   masalalarni   e’tiborga   olgan   holda   biz   bitiruv   malakaviy
ishimizni   “ Adabiyot   d arslarida   Shavkat   Rahmon   she’riyatining   o‘qitilishi ”   deb
nomladik   va   mazkur   tadqiqot   ishida   adabiyot   darsliklarida   lirik   janrning   nazariy
talqini,   lirik   asarlarni   o‘ rganishning   samarali   metod   va   usullari,   Shavkat
Rahmonning   poetik   mahorati,   shoir   she’rlarining   o‘ quvchi-yoshlar   kamolotida
tutgan  o‘ rni haqida ma’lumot berish ni maqsad qildik. 
  Bitiruv   ishimizning   birinchi   bobi   “ A dabiyot   darslarida   lirik   asarlarni
o‘rgatish ” deb nomlangan. Ushbu bobimiz “ Adabiyot darsliklarida lirik janrga oid
nazariy   ma’lumotlarning   berilishi”,   “Lirik   asarlarni   tahlil   qilishning   o‘ziga   xos
xususiyatlari”   nomli   ikki   fasldan   tarkib   topgan.   Mazkur   o‘rinlarda   a dabiyot
darsliklarida lirik janrga oid nazariy ma’lumotlarni, lirik asarlarni tahlil qilishning
o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga  harakat qildik. 
Tadqiqotimizning   ikkinchi   bobi   “ O ‘quvchi   ma’naviy   kamolotida   Shavkat
Rahmon   she’riyatining   tutgan   o‘rni ”   deb   nomlangan.   Mazkur   bobi   ikki   fasldan
iborat bo‘lib, birinchi fasli Shavkat Rahmonning poetik mahoratiga bag‘ishlangan.
M azkur   qismda   shoirning   badiiy   mahorati   umumta’lim   adabiyot   darsliklaridagi
she’rlari   asosida   yoritib   berilgan.   Shoir   she’riyatida   faol   qo‘llangan   jonlantirish,
o‘xshatish   kabi   tasviriy   vositalarga   namunalar   keltirilgan.   Ayniqsa,   Shavkat
56 Rahmon   she’riyatida   faol   qo‘llanuvchi   quyosh   obrazining   ma’no   qirralar ini
to‘liqroq yoritishga harakat qildik .
Bitiruv   malakaviy   ishimizning   so‘nggi   faslida   Shavkat   Rahmon
she’riyatining   adabiyot   darslarida   o‘rganilishi   haqida   fikrlar   berdik.   Shoirning
“Tong ochar ko‘zlarin...”, “Turkiylar”, “Jangda o‘lgan emas biror bahodir”, “Baxt
so‘zi”  kabi she’rlarini o‘rgatishning turli usullari haqida ma’lumotlar berdik. 
Adabiyot   darslarida   o‘quvchilarga   lirik   asarlarni   “Bir   parcha”,   “3*3”,
“Begona   band”   kabi   turli   metod   va   usullar   yordamida   o‘rgatish   o‘quvchilarning
bilim   olish   jarayonidagi   eshitish,   ko‘rish,   his   qilish   kabi   ko‘nikmalarini   yanada
rivojlantiradi.
Shavkat Rahmon she’rlarini o‘quvchilarga ma’nosini tushuntirish eng dolzarb
masala   hisoblanadi.   Chunki   adib   yashagan   davr   o‘z   fikrlarini   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aytish   o‘sha   davr   nuqtayi   nazaridan   qiyin   edi.   Shuning   uchun   adib   asarlarini
birinchi   marta   o‘qiganda   tushunish   maktab   yoshidagi   ayrim   o‘quvchilar   uchun
og‘irlik   qiladi.   Bizning   maqsad   esa   adib   asarlarini   nihoyatda   oson   ravishda
o‘quvchilarga yetkazishdan iborat.
57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. Ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion
yondashuv. - Guliston: 2018. 
2. Мирзиёев   Ш.   Эркин   ва   фаровон,   демократик   Ўзбекистон
давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон. 2016. 14-бет .
3. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   20-oktabrdagi
“Mamlakatimizda   o‘zbek   tilini   yanada   rivojlantirish   va   til   siyosatini
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PF-6084-sonli   Farmoni.   Manba:
https://lex.uz/docx/5058351
4. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   21-oktabrdagi
“O‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeyini   tubdan   oshirish   chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni.  Manba:  https://lex.uz/docx/4561730
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   20-oktabrdagi
“Mamlakatimizda   o‘zbek   tilini   yanada   rivojlantirish   va   til   siyosatini
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PF-6084-sonli   Farmoni.   Manba:
https://lex.uz/docs/5058351
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-yil   28-yanvardagi
“2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan   yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni. Manba:  https://lex.uz/docs/5058351
 
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
7. Адаби ё т назарияси. Икки томлик. 1-том. – Тошкент: Фан, 1978. 
415 б. 
8. Адаби ё т назарияси. Икки томлик. 2-том. – Тошкент: Фан, 
9. Аhmedova   H.   O‘zbek   tili   o‘qitishning   zamonaviy   texnologiyalari.   –
Toshkent, 2012.
10.   Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh.   Adabiyot, 5-
sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma.  Ma’naviyat, –T.: 200 3 -yil.
58 11. Azizxo jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –ʻ
T.: 2003.  - 174 b. 
12. Бадриев A., Худойбердиев А. Адабиёт ўқитиш методикаси.   –   С.:
2003.
13. Долимов   С.,   Убайдуллаев   Ҳ.,   Аҳмедов   Қ.   Адабиёт   ўқитиш
методикаси. – Т.: Ўқитувчи. 1967. – Б.239 бет.
14. Зуннунов А. Мактабда адабиёт ўқитиш методикаси. – Т.: 2010.
15. Husanboyeva   Q.,   Niyozmetova   R.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   T.:
2018-yil.
16. Jo‘rayev   R.H.,   Zushunov   A.   “Ta’lim   jarayonida   o‘quv   fanlarini
integratsiyalash omillari. O‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma”. – T., Sharq. 2006-
y.
17. Niyozmetova   R.X.   Uzluksiz   ta’lim   tizimida   o‘zbek   adabiyotini
o‘rgatish metodikasi. –T.:2010.
18. Rajabova   I.   Adabiyot   darslarini   intеrfaol   usullarda   tashkil   etish.   –
Toshkеnt: Tamaddun, 2010.
19. To‘xliyеv   B.   Adabiyot   o‘qitish   mеtodikasi.   –   Toshkent:   Yangi   asr
avlodi, 2006.
20. To‘xliyеv   B.,   Niyozmеtova   R.   va   b.   Til   va   adabiyot   ta’limining
zamonaviy tеxnologiyalari. – Toshkеnt: 2011.
21. To‘xliyev B. “Adabiyot o‘qitish metodikasi”. – Toshkent., 2010.
22. To‘xliyev   B.   va   b.   Til   va   adabiyot   ta'limining   zamonaviy
texnologiyalari. - T.: TDPU,2011.-211 b. 
23. Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar, o‘quv
mavzular (5-9 sinf. o‘zbek tili va adabiyot).
24. Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-9-sinflari   uchun   adabiyotdan
r е jalashtirish. – Toshkent: RTM, 2011.
25. Usmonova   K.,   Xayitov   A.   Adabiyot   va   adabiyot   fanlarini   o‘qitishda
ta’limt е xnologiyalaridan foydalanish. – Toshk е nt: 2011.
59 26. Saidahmedov   N.   Pedagogik   amaliyotda   yangi   pedagogik
texnologiyalarni qo llash texnologiyalari. ʻ T.: 2000. - 46 b.
27. Safarova   R.G‘.   Darslik   –   pedagogik   tizimning   axborot   modeli
sifatida. // Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar: muammolar va yechimlar. –
T.: 1999, 29-30 b.
28. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: 2004
й. 127 б.
29. To‘xliyev   B.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   Toshkent:   Yangi   asr
avlodi, 2006. 
30. Улуғов А. Адабиётшунослик назарияси. – Тошкент: Ғафур Ғулом
номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2018. 308 б.
31. Yo‘ldoshev  J.G., Usmanov L. A. “Pedagogik texnologiya asoslari” –
Toshkent. 2001-y.
32. Yo‘ldoshev   M.   Badiiy   matn   va   uning   lingvopoetik   tahlili   asoslari.   -
Toshkent, 2007.
33. Йўлдош   Қ.,   Йўлдош   М.   Бадиий   таҳлил   асолари.   –   Тошкент   :
Камалак, 2016. 
34. Yo‘ldoshov   J.,   Usmonov   S.   Pedagogik   texnologiya   asoslari   (Uslubiy
qo‘llanma).  T.: 2004
35. Yo‘ldosh е v   Q.   Adabiyot   o‘qitishning   ilmiy-nazariy   asoslari.   –
Toshk е nt: O‘qituvchi, 1996.
36. Yo‘ldosh е v Q. Yoniq so‘z. – Toshk е nt: Yangi asr avlodi, 2006.
37. Yo‘ldosh е v   Q.,   Maday е v   O.,   Abdurazzoqov   A.   Adabiyot   o‘qitish
m е todikasi. –Toshk е nt: O‘qituvchi, 1994.
38. Қуронов Д. ва бошқ. Адаби ё тшунослик луғати. –Т.: Академнашр,
2010. 397 б.
39. ҲамдамовУ .   Бадиийтафаккуртадрижи .   –   Тошкент :
Янгиасравлоди , 2002. 199  б .
40. Ҳотамов   Н.,   Саримсоқов   Б.   Адабиётшунослик   терминларининг
русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Тошкент:Ўқитувчи, 1979. – Б. 238.
60 III. DARSLIKLAR
41. Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo‘chqorov   R.,Rizayev   Sh.   Adabiyot,   5-
sinf  majmua . Ma’naviyat, –   T.: 2004-yil. 
42.   Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot, 5-
sinf darslik. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi  bosh tahririyati.
– T.: 2007-yil. 
43. Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev  Sh. Adabiyot, 5-
sinf darslik. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi  bosh tahririyati.
– T.: 2015-yil.
44. Ahmedov S., B.Qosimov, R., Qo chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot:ʻ
Umumiy o rta ta lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik	
ʻ ʼ .  – T.: 2020. 194-bet.
45. Mirzayeva   Z.,   Jalilov   K.   Umumiy   o‘rta   ta’liм   мaktablarining   6-sinfi
uchun darslik. –T., 2022. 224-b.
46. To‘qliyev   B.,   Karimov   B.,   Usmonova   K.   O‘rta   ta’lim
muassasalarining   10-sinfi   va   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarining
o‘quvchilari uchun darslik-majmua. II qism. – T., 2017.  184-b.
IV. BADIIY ADABIYOTLAR
47. Зулфия . Асарлар. Икки томлик,1-том. Шеърлар. – Тошкент: 
Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. –142б.
48. Раҳмон Ш. Сайланма. – Т.: Шарқ,1997. – Б.5.
49. Раҳмон  Ш . Юрак қирралари. – Т.: Адабиёт ва саънат нашриёти, 
1981.
50. Раҳмон  Ш.  Ҳулво.  –  Т.: Ёш гвардия, 1978. 
51. Раҳмон   Ш.   Уйғоқ   тошлар.   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги
Адабиёт ва саънат нашриёти, 1986.  
V.  Internet manbalari:
www.ziyonet.uz 
www.natlib.uz 
www.khurshiddavron.uz 
61 www.kitob.uz 
www.ziyo.uzkutubxona
62

ADABIYOT D ARSLARIDA SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATINING O‘QITILISHI Mundarija Kirish ………………………………………………………………………………4 I BOB. ADABIYOT DARSLARIDA LIRIK ASARLARNI O‘RGATISH …...7 1.1. Adabiyot darsliklarida lirik janrga oid nazariy ma’lumotlarning berilishi……………………………………………………………………………..7 1.2. Lirik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari………………..18 II BOB. O ‘QUVCHI-YOSHLARNING MA’NAVIY KAMOLOTIDA SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATINING TUTGAN O‘RNI ………………34 2.1. Shavkat Rahmonning poetik mahorati………………………………….34 2.2. Adabiyot darslarida shoir she’riyatini o‘rgatish usullari………………..46 XULOSA …………………………………………………………………………54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………….56

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mаmlаkаtimizdа ta’lim sohasida аmаlgа oshirilаyotgаn islohotlаr boshqа fanlar qаtori zаmonаviy o‘zbek аdаbiyotini terаnroq аnglаsh vа tаdqiq etish imkonini hаm yаrаtmoqdа. Umumta’lim maktablarida o‘zbek mumtoz vа zаmonаviy аdаbiyotini xаlqаro miqyosdа o‘rgаnish bugungi kunimizning eng dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Zero, “Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyat ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak” 1 . Bugungi kunda yoshlarni ma’naviyatli, barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyosdir. Xususan, iste’dodli shoir Shavkat Rahmon ijodi ham bu borada salmoqli o‘rin egallaydi. Uning she’rlari qaysi tilda bo‘lmasin, doimo sevib, ardoqlanib o‘qiladi. Ayniqsa, shoir tomonidan yaratilgan she’rlar o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy kamolotida muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan adabiyot darslarida adibning poetik mahoratini o‘rganish va shu orqali o‘quvchilarning poetik tasavvurini rivojlantirish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qolmoqda. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: O‘zbek adabiyotshunosligida ijodkorlarning badiiy mahorati, xususan, badiiy obraz yaratish uslubini tadqiq qilishga doir tadqiqotlar soni ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu o‘rinda O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, N.Karimov, B.Nazarov, U.Normatov, A.Rasulov 2 singari adabiyotshunos olimlar tomonidan yaratilgan maqolalar, ocherklarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Shuningdek, hozirgi zamon she’riyati hamda she riy janrlar xilma-xilligiʼ haqida Izzat Sulton, N.Shukurov, R.Orzibekov, U.To‘ychiyev, T.Boboyev, А .Hojiahmedov, D.Quronov, E.Xudoyberdiyev, H.Umurov, I.Haqqulov, 1 ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентиШавкатМирзи ё евнинг Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғида барпо этилган Адиблар хиёбонининг очилишида сўзлаган нутқи . / Халқ сўзи, 2020, 21 май. №106 ( 7608 ) . 2 Qo‘shjonov M. Onaga ta’zim//Qishloq haqiqati.1982.-20 mart. Mamajonov S. Ona-tabiat ixtirosi// Sovet O‘zbekistoni. 1982.-16-may. Sharafiddinov O. Ona// O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1985. 5-mart.Normatov U. Taqdirlar romani// O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1985.27-noyabr. Rasulov A. Ardoqli adib. –T.,2001. -128 b. 2

U.Hamdam va boshqa adabiyotshunos olimlarning tadqiqotlari orqali nazariy ma lumotlarga ega bo‘lish mumkinʼ 3 . O‘zbek she’riyatining yetakchi vakillaridan biri Shavkat Rahmon she’riyati, uning so‘zga bo‘lgan munosabati, shoir she’rlarining boshqa ijodkorlar she’rlaridan ajratib turuvchi jihatlari R.Mullaxo‘jayeva tomonidan tadqiq qilingan 4 . Shoirning badiiy obraz va san’atlarni qo‘llashdagi mahorati, o‘xshatish va metaforalari ham tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan 5 . Malakaviy bitiruv ishimizning metodologik asosi va metodlari. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ilm-fan, ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, soha mutaxassislarining mavzuga doir fundamental asarlari ishimizning metodologik asosini belgilaydi. Shuningdek, taqqoslash, tavsiflash kabi metod va usullardan foydalaniladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi adabiyot darsliklarida lirik janrning nazariy talqini, lirik asarlarni o‘rganishning samarali metod va usullari, Shavkat Rahmonning poetik mahorati, shoir she’rlarining o‘quvchi-yoshlar kamolotida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berishdan iborat. Bitiruv-malakaviy ishning vazifalari: Adabiyot darsliklaridagi lirik janrlarga oid nazariy ma’lumotlarning ahamiyatini yoritish; Shavkat Rahmonning poetik mahoratini o‘rganish ; 3 Sulton I . Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005 ; Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ, 2004; Шукуров Н. Услублар ва жанрлар – Тошкент, 1973; Шукуров Н. Сўз сеҳри, шеър меҳри. – Самарқанд: Зарафшон, 1992; Норматов У. Ижод сеҳри. – Тошкент: Шарқ, 2007; Orzibekov R. O‘zbek lirik she’riyati janrlari. –Toshkent: O‘zFA “Fan” nashriyoti. 2006; Норматов У. Янги ўзбек адабиёти. – Тошкент: ЎзМУ нашриёти, 2007; Тўйчиев У. Лирик тур белгилари // Адабий тур ва жанрлар. III жилдлик. 2- жилд. –Тошкент: Фан, 1992; Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. -Тошкент: Ўзбекистон, 2002; Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. Тошкент: Янги аср авлоди, 2008; Қуронов Д. Адабиётшуносликка кириш. – Тошкент: Фан, 2007; Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Шарқ нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2002; Умуров Ҳ. Таҳлил чизгилари. – Тошкент: “Муҳаррир” нашриёти, 2013; Ҳаққул И. Тақдир ва тафаккур. Эсселар ва адабий-танқидий мақолалар. – Тошкент: Шарқ, 2007; Ҳаққул И. Эътиқод ва ижод. – Тошкент: Фан, 2007; Улуғбек Ҳамдам. Янгиланиш эҳтиёжи. – Тошкент: Фан, 2007. 4 Муллахўжаева Р.80-йиллар ўзбек шеъриятида поэтик тафаккурнинг янгиланиши ва Шавкат Раҳмон ижоди.Фил.фан.бўйича фал.д-ри (PhD) диссерацияси автореферати. – Т.:2020. – 26 б. 5 Ю нусова Д. Ш авкат Ра ҳмон шеъриятида метафорани ҳосил қилувчи лексик-граммати л воситалар тадқиқи . Фил.фан.бўйича фал.д-ри(PhD) диссерацияси . – Навоий , 2021. – 142 бю 3

ijodkor she’rlarining o‘quvchi-yoshlar kamolotidagi ahamiyatini asoslash; Shavkat Rahmonning Vatan, tabiat mavzusidagi she’rlarini samarali metod va usullar yordamida o‘rganish; Tadqiqotning obyekti sifatida umumta’lim maktablarining 5-11-sinf adabiyot darsliklari olingan. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Adabiyot darsliklarida lirik janrlarga oid nazariy ma’lumotlarning ahamiyati dalillangan; Adabiyot darslarida lirik asarlarni o‘rgatishning samarali usullari aniqlangan; Shavkat Rahmonning poetik mahorati uning tabiat va Vatan mavzusida yozilgan she’rlari orqali yoritilgan; adabiyot darslarida shoir she’riyati “ Bir parcha ”, “ 3*3 ” kabi usullar hamda “ begona band ” metodi yordamida o‘rganish asos langan. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mazkur mavzu yuzasidan jami 3 ta ilmiy maqola, jumladan, 1 tasi xorijiy jurnallarda hamda 1 tasi respublika konferensiyasida nashr etilgan. 4

I BOB. ADABIYOT DARSLARIDA LIRIK ASARLARNI O‘RGATISH 1.1. Adabiyot darsliklarida lirik janrga oid nazariy ma’lumotlarning berilishi O‘ziga xos yaratuvchi sifatida tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarni o‘zgartirib, ularni o‘z maqsad-manfaatiga muvofiqlashtirishga harakat qilgani bois “koinot gultoji” deb ta’rif-tavsif etiladigan inson adabiyotning bosh mavzusidir. Uning sir- sinoatiga to‘la hayoti va o‘zi uchun ham, boshqalar uchun jumboq bo‘lgan ichki olami – qalb dunyosini aks ettirish uchun so‘z san’atida uchta tur mavjud. Bu uch tur ham inson aql-tafakkurining o‘ziga xos yaratuvchanligi mahsulidir. Ular inson dunyosini so‘zda suratlantirish, namoyon etish borasida uzoq izlanishlar oqibatida erishilgan natijadir. Inson tafakkurining bu kashfiyoti mustahkam zaminga asoslangani uchun ham Aristotel (er.avv. 384-322-yillar) “Poetika” asarida so‘z san’ati asarlarini uch tur – epos, lirika, dramaga bo‘lib sharhlaydi. D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Adabiy tur – adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, obyekt va subyekt munosabati kabi jihatlari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhi. An’anaviy ravishda badiiy asarlar uchta katta guruhga – epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi 6 . Adabiy-badiiy asarlarni ma’lum tur va janrlarga ajratish hamma davrlarda juda muhim hisoblangan. Bunday turlarga ajratish antik davrlardan boshlab faylasuflar tomonidan amalga oshirila boshlangan. Ana shunday faylasuflardan antik yunon faylasufi Aflotun ham o‘zining “Davlat” asarida ma’lum fikrlarini bildirib o‘tadi. Unga ko‘ra, har bir shoir o‘z tilidan bayon qilgan asari – lirika, o‘zgalarning gaplarini muloqot jarayonida tasvirlasa – drama, agarda bu har ikki holat aralash-qorishiq tarzda qo‘llansa – epos bo‘lishini aytib o‘tadi. “San’atni tabiatga “taqlid qilish” deb bilgan Arastu esa tabiatga uch xil yo‘sinda: 1) o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek (epos); 2) taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda (lirika); 6 Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. – Toshkent., 2018. 120-b. 5