“Alpomish” – qahramonlik eposining yorqin namunasi. “Alpomish” dostonida milliy tarbiyaning o‘rni
MAKTAB “ONA TILI” DARSLIKLARIDA LEKSIKA O‘QITISH MASALALARI Mundarija BIRINCHI BOB LEKSIKOLOGIYANI O‘RGANISHNING NAZARIY MASALALARI ......................................................................................................... 8 1.1.Leksikologiya tilshunoslikning tarkibiy qismi sifatida ....................................... 8 1.2. Leksikologiya va so‘z yasalishi ........................................................................ 21 I bob bo‘yicha xulosa .............................................................................................. 26 IKKINCHI BOB.DARSLIKLARDA LEKSIKAGA DOIR MA’LUMOTLARNING BERILISHI ..................................................................... 28 II.1. Mustaqillik davrida yozilgan maktab “ona tili” darsliklarida leksikaga doir ma’lumotlarning berilishi ........................................................................................ 28 II.2. Maktab “ona tili” darsliklarida leksikaga oid materiallarni matn tahlili asosida o‘qitish ..................................................................................................................... 43 II bob bo‘yicha xulosa ............................................................................................. 54 Uchinchi bob.LEKSIKA O‘QITISH ....................................................................... 55 III.1. Leksika o‘qitishning asosiy metodlari. ........................................................... 55 III bob bo‘yicha xulosa ............................................................................................ 73 XULOSA ................................................................................................................. 75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............................................ 78 I Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar: ................................................................................. 78 E’LON QILINGAN ISHLAR RO YXATIʻ ............................................................. 86 1
Ishning umumiy tavsifi Tadqiqotning dolzarbligi . Bugungi kunda o‘zbek tilining xalqimiz kundalik hayotida hamda jahon miqiyosida mavqe y ini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘z ona tillarining sofligini saqlagan holda ravon nutq tuza olish ko‘nikmalarini shakllantirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunonchi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida yuqoridagi masalalarga alohida urg‘u beriladi. Xususan: O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘- e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash hamda ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish 1 kabi chora-tadbirlari ishlab chiqish to‘g‘risida farmon berildi. Ma’naviyati yuksak shaxs har xil oqimlar ta’siriga berilmaydi. Xalqimiz aytganidek, ildizi baquvvat daraxtning umri uzoq bo ladi. Yoshlarningʻ ma’naviyatini yuksaltirishda o zbek tili fanining leksikologiya sathi katta ʻ imkoniyatlarga ega. Zero, tilimizning butun boyligi va jozibasi leksikologiya sathi orqali yosh avlodga singdiriladi. Leksikologiyani yaxshi o zlashtirgan o quvchi ʻ ʻ qayerda qanday gapirishni yaxshi biladi. Chunki ta’lim subyekti sanalgan o quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o rgatadigan, o z fikrini erkin bayon ʻ ʻ ʻ 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son 2
etishga sharoit yaratadigan asosiy fanlardan biri ona tili fanidir. Uning leksikologiya sathi ana shu imkoniyatni yaratib beradi. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida hamda oliy ta’lim tizimida o qitilayotgan o zbek tili faniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo llash hozirgiʻ ʻ ʻ davrning eng muhim talabiga aylanib bormoqda. Bu sohadagi, jumladan, ona tili ta’limida amalga oshirilayotgan ishlarni ilmiy va amaliy tarzda tadqiq etish, ayniqsa tilning ma’lum bir sathini uzviylik va uzluksizlik tamoyili asosida o qitish ʻ va o rgatish ishimiz mavzusining ʻ dolzarbligini tashkil etadi. O zbek tilining leksikologiya sathini o qitish masalalari o zbek tilshunos va ʻ ʻ ʻ metodist olimlari tomonidan ma’lum darajada o rganilgan. XX asr boshlarida ʻ Abdurauf Fitrat, Shorasul Zunun, Munavvar Qori, Qayum Ramazon, Elbeklar tomonidan yaratilgan maktab darsliklari, keyinroq esa Murod Shams, To xtanazar ʻ Shermuhamedov, Xalil Qayumov, Subutoy Dolimov, Qayum Hakimovlar yaratgan darsliklarda leksikologiya mavzulari qisqa bo lsa-da o rin oldi. O zbek tili ʻ ʻ ʻ metodikasi erishgan yutuqlar asosida yaratilgan darslik va qo llanmalarda, 50- ʻ yillardan keyin boshlangan ilmiy tadqiqotlarda ushbu masala bir qadar keng yoritilgan. Masalan, Y.G ulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedovlar ʻ tomonidan 70-yillarda universitet va pedagogika institutlari talabalari uchun darslik sifatida yaratilgan kitobda 2 lekiskologiya sathini o qitish usullari xususida ʻ e’tiborga molik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, ushbu darslikda berilgan tavsiyalar va o qitish usullarining ko p qismi ma’naviy jihatdan eskirganligini ham ʻ ʻ e’tibordan qochirmaslik kerak. O zbekiston mustaqillikka erishgach, ona tili ta’limi tubdan isloh qilindi. ʻ Umumta’lim maktab darsliklari yangilandi. Maktab darsliklarining yangi avlodlari yaratildi va yaratilmoqda 3 . 2 G ulomov Y., Rasulov I., Rustamov H., Mirzaahmedov B. O zbek tili o qitish metodikasi. – Toshkent: O qituvchi, ʻ ʻ ʻ ʻ 1975 3 M а hmud о v N. , Nurm о n о v A., S о bir о v A., Q о dir о v V., Jo‘r а b о y е v а Z . О n а tili 5 – sinf; D. Nabiyeva. О n а tili 6 – sinf; M а hmud о v N. , Nurm о n о v A., S о bir о v A., N а biy е v а D., Mirz аа hm е d о v A. О n а tili 7 – sinf; Q о dir о v M., N е ’m а t о v H., А bdur а hm о n о v а M., S а yfull а y е v а R. О n а tili 8 – sinf; M а hmud о v N. , Nurm о n о v A., S о bir о v A . О n а tili 9 – sinf 3
Bu yangilanishlar o zbek tili sathlarini o qitish usullarini yangilashʻ ʻ muammosi kun tartibiga qo ydi. Bu muammolarning yechimi sifatida metodist ʻ olimlar Asqar G ulomov va Muhammadjon Qodirovlar tomonidan universitetlar ʻ talabalari uchun “Ona tili o qitish metodikasi” ʻ 4 , B.To xliyev, M.Shamsiyeva, ʻ T.Ziyotovalar tomonidan pedagogika universitetlari va institutlari talabalari uchun “O zbek tili o qitish metodikasi” ʻ ʻ 5 singari bir qator darslik hamda o quv ʻ qo llanmalari maydonga kelganini ta’kidlash o rinlidir. ʻ ʻ O zbek tilining leksikologiya sathini o qitish masalalariga bag ishlangan ʻ ʻ ʻ alohida tadqiqot ishlari ham mavjud. Bu borada Q.Abdurazzoqova, K.Qosimova, G.Azizov, A.G ulomov, O.Yoqubjonova, T.Ziyotova va boshqalarning monografik ʻ xarakterdagi ishlari, bir qator mualliflarning ilmiy-uslubiy maqolalarini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunga qadar metodologiya sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilganligi hech kimga sir emas. Yuqorida keltirilgan fikrlar ham buni isbotlaydi. Biroq bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan muommolar, hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar bor. Biz mazkur ishimizda istiqlol davri maktab “ona tili” darsliklarida tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi yuzasidan berilgan ma’lumotlarning berilishi va keyingi yillarda darsliklarga kiritilgan o‘zgartirishlarning bugungi kun uchun ahamiyati xususida so‘z yuritamiz. Shu bilan birga leksikologik birliklarning ta’limi va natijaviyligi yuqori bo‘lgan metodlarni amaliy ahamiyati tog‘risida fikr yuritamiz. Mavjud muommolar xususda ushbu dessertatsiyamizda o‘z fikrlarimizni bayon etamiz. Shu bilan birga bu bo‘limni o‘qitishda e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar hamda samaradorligi yuqori bo‘lgan metod va grafik organezirlar haqida to‘xtalib o‘tish bilan bir qatorda tajriba sinov darslarini tashkil etib natijalarini tahlil qilamiz. 4 G ulomov A., Qodirov M. Ona tili o qitish metodikasi. – Toshkent: Universitet, 2001. ʻ ʻ 5 To xliyev B.Shamsiyeva M. Ziyodova T O zbek tili o qitish metodikasi, - Toshkent, 2006. ʻ ʻ ʻ 4
Tadqiqot obyekti va predmeti : Tadqiqotning obyekti qilib umumiy o rtaʻ ta’lim darsliklarining “ona tili” darsligi olindi. Shu darsliklarda leksik materiallarning berilishi (o qitilishi) uning predmetini tashkil qiladi. ʻ Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari: - leksikologiyani o‘qitishdagi muammolarni yoritish va yangi innovatsion metodlar hamda matn tahlili asosida o‘qitish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish - umumta’lim m aktab lari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining leksikologiya sohasida, xususan, so‘zlar tizimida yuzaga kelayotgan muammolar, ayrim so‘zlarning turli shevalarda turlicha nomlanishi bilan bog‘liq tushunmovchiliklarni o‘zaro qiyoslagan holda ochib berish. - leksikologiyani o‘rganishning nazariy masalalarini o‘rganish asnosida o‘zbek tilida leksika o‘qitish masalalari yuzasidan o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar ishlab chiqish. - o‘zbek tilidagi so‘zlar tizimini tasniflash va tahliliy o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish. - umumta’lim maktablarining o quvchilar ʻ i uchun universal ta’lim harakatlarini shakllantirish texnologiyasining samaradorligi mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Bizgacha leksikologiya sohasining nazariy masalalari birmuncha yoritilgan bo‘lsa-da, bu tadqiqotda leksikologiyaning nafaqat nazariy tomoni, balki umumta’lim maktablari ona tili darsliklarida leksika o‘qitishning amaliy masalalari va tahliliy o‘qitish metodikasi tog‘risida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Umumta ’ lim m aktab lari o‘quvchilarining leksikologiya sohasida o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzularni qanday usulda o‘rgatsak samaradorlik yuqori bo‘ladi va o‘qituvchilarga ham bu borada qulayliklar yaratiladi. Tadqiqot metodologiyasi va metodlari. O‘quvchilarning leksik hamda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq bilimlarni shakllantirish va o‘qitish bo yicha ʻ pedagogik 5