logo

An’anaviy va zamonaviy tilshunoslikda til, lison, nutq xususida qarashlar

Загружено в:

12.12.2024

Скачано:

0

Размер:

469.5 KB
An’anaviy va zamonaviy tilshunoslikda til, lison, nutq
xususida qarashlar
                               Rеjа:
1. UMIS va YAHVOning lisoniy tizimda voqelanishi. 
2. Lisonshunoslik va nutqshunoslik
3. Til, lison va nut q  munosabatining tilshunoslikda o’rganilishi
4. Lison va nutq farqlanishini o’rtaga qo’ygan ziddiyatlar
5. Til sathlari va lisoniy birliklar haqida
6. Til va lison haqida qarashlar
7. Fonema, tovush, leksema va so‘z haqida
8. Morfema va qo‘shimchaning tildagi o’rni
9. Lisoniy paradigma va lisoniy munosabat 
10. Lisoniy ziddiyat va uning  asosiy turlari 
11. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha Bugungi   davr,   hozirgi   zamon   o’zbek   tilshunosligidan   aniqlangan   lisoniy
umumiyliklarning   nutqiy   voqelanishini   tekshirishga,   undan   amaliy
foydalanish   samaradorligini   oshirish,   qo’llanish   doirasini   kengaytirish
muammolari   bilan   shug’ullanishga   jiddiy   kirishishni   zarur   topmoqda.   Bu
yangi   asr   tilshunosligi   zimmatiga   yuklatilayotgan   muhim   ijtimoiy   vazifadir.
Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   “   Yuksak   ma’naviyat-   yengilmas   kuch”
asarida   ta’kidlaganlaridek,   “   O’zbek   tilini   ilmiy   asosda   har   tomonlama
rivojlantirish   milliy   o’zlikni,   vatan   tuyg’usini   anglashdek   ezgu   maqsadlarga
xizmat   qilishi   shubhasiz”. 1
  Lisoniy   UMIS   va   YAHVOning   til   tizimda
voqelanishi.   Dialektika   (   narsa   va   hodisalarni   qiyoslab,   umumlashma   xulosa
chiqaradigan falsafiy ta’limot) har qanday o’rganish manbayida, borliqdagi har bir
narsada   ikki   jihat   borligini   ta’kidlaydi   va   uni   quyidagi   ikki   tomonli   tushunchalar
asosida sistemalashtiradi:
                     Umumiylik-alohidalik
                       Mohiyat –hodisa
                       Imkoniyat- voqelik
                       Sabab- oqibat   
Birinchi   jihat   narsalarning   sezgi   a’zolari   asosida   his   etilmaydigan,   aql   bilan
idrok qilinadigan mohiyatidir. Ikkinchi jihat esa UMISning voqelanishi, namoyon
bo’lishi bo’lib, uni tadqiqotchi sezgi azolari yordamida his qila oladi.
  UMIS   (zot)   va   Y А HVO   (tajalli)   butun   dialektikaning,   ya’ni   butun   borliq   -
tabiat,   jamiyat   va   inson   tafakkurining   asosiy   munosabat   qonunlaridan   biri
bo‘lganligi   sababli,   u   har   bir   fanda   o‘ziga   xos   tarzda   xususiylashadi.   UMISning
tildagi   tajallisi   lison,   Y А HVOniki   esa   nutq   deb   yuritiladi.   Lison   va   nutqning
majmui  til  deyiladi.
Tilshunoslar uzoq zamonlar davomida tildagi  o‘rganish manbaining UMIS va
Y А HVO   yoki   lisoniy   va   nutqiy   jihatlari   ixtilofi   (dialektikasi)   mohiyatiga
yetolmay, boshi berk ko‘chada cheksiz xususiyliklar doirasida o‘ralashib qoldilar.
1
  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.- Toshkent: Ma’naviyat, 2007 Tilshunoslikda  lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlashga intilish ushbu fan bilan
tengqurdir. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish
bilishning   har   ikkala   bosqichi   (fahmiy   va   idrokiy)   da   ham   mavjud.   Shu   boisdan
aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiyliklar bilan o‘ralashib
qolmaganligi   kabi,   idrokiy   bosqich   ham   mutlaq   umumiylikni   -   UMISni   tiklay
olmaydi.   Biroq   har   bosqich   o‘z   vazifalariga   ega.   Chunki   har   bir   davr   o‘z   fani
oldiga     muayyan   maqsad   va   aniq   talablarni   qo‘yadi.   «Fanlarning   taraqqiyoti   shu
davrning   ilg‘or   falsafiy   fikri,   davr   uchun   yetakchi   bo‘lgan   fan   sohalarining
yutuqlari   bilan   uzviy   bog‘liq.   Turli   fanlarning   manbalari   ko‘p   qirrali   bo‘lganligi
sababli, davrning  yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish manbaining qaysi
tomonlariga   alohida   e’tibor   berish   lozimligini,   borliqdagi   mavjud   qonuniyatlarni
mantiqiy   kategoriyalarda   qay   usulda   aks   ettirish   yo‘llarini   belgilab   beradi»
(H.Ne’matov).     Shu   asosda   aytish   mumkinki,   o‘zbek     tilshunosligining     birinchi
bosqichi   dialektika     nuqtai   nazaridan   tildagi   UMIS   va   YHVOni   bir-biridan
farqlamay   tasnif   etish   bosqichidir.   Tilshunoslikda   lison   va   nutqni   izchil   farqlab
o‘rganish   avvalo   tilshunoslar   V.   fon   Gumboldt,   B.de   Kurtene   va   F.de   Sossyur
nomi   bilan   bog‘liq.   Lison   va   nutqning   farqlanishi,   tilga   tizim   sifatida   yondashuv
XX asr jahon  tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholanadi. Chunki bu
hodisa   tilshunoslikdagi   mavjud   qarashlarni   tubdan   o‘zgartirib   yubordi.   Tilga,
xususan,   o‘zbek   tiliga   sistema   sifatida   yondashuvning   dastlabki   yillarida   lison
o‘rnida til atamasi  qo‘llanilib, u ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli,
ayrim   chalkashliklarni   keltirib   chiqarar   edi.   Chunonchi,   insonning   nutq   so‘zlash
qobiliyati   ham,   nutqi   ham   ushbu   atama   bilan   yuritilar   edi.   Atamalarga   esa   bir
ma’nolilik   xos       bo‘lib,   ko‘p   ma’nolilik   ilmiy   aniqlikka   putur   yetkazadi.   Shu
boisdan   nazariyotchi   tilshunoslar   UMISning   tildagi   voqelanishiga   nisbatan   lison
atamasini   qabul   qildilar.   Natijada   til,   lison,   nutq   munosabati   quyidagicha
tushunildi:  Lisonshunoslik   va   nutqshunoslik.   XX   asr   sistem   tilshunosligida
(strukturalizmda) hozirgi kunda diskurs deb ataladigan, mohiyatan esa o’zaro fikr
almashinish   jarayoni   ikki   tarkibiy   qismga:   1)   bevosita   kuzatishda   har   xil   moddiy
shaklda berilgan nutq; 2) nutq uchun imkoniyat sifatida inson ongida joylashgan til
(lison)   kabi   tarkibiy   qismlarga   ajratiladi.   Bu   bo’linishda   nutq   YAHVO,   lison
UMIS   tabiatlidir.   Shu   asosda   tilshunoslik   fanida   ham   tilni   sistema   sifatida
o’rganuvchi til lingvistikasi (lisonshunoslik) va nutq lingvistikasi ( nutqshunoslik)
farqlanadi. O’tgan asrning 30- yillaridan boshlabqariyb 80- yillargacha Yevropada
zamonaviy   tilshunoslik   deganda   lisonshunoslik-   til   tizimining   ifoda   va   ta’sir
vositalarini   alohida-   alohida   sistemalarga   yoki   paradigmalarga   birlashtirib,   bir
paradigmada birlashgan  birliklar  orasidagi  munosabatlarni,  oraliqdagi  o’xshashlik
va   farqlarni   o’rganish   tushunilar   edi.   Bunda   tilshunos   hamisha   nutqda
voqelanganhodisalarga   tayanarva   shu   asosda   bu   hodisalarning   sabab   va
imkoniyatlarini   ochishga   intilar   edi.   Natijada,   qariyb   50   yil   davomida   lisoniy
imkoniyatlarni ochish va ular orasidagi munosabatlarni o’rganishga alohida e’tibor
qaratildi.   Lekin   bu   jarayonda   bu   imkoniyatlarning   har   biri   qaysi   holatlarda
voqelanishi tadqiqotchilar diqqatidan chetda qoldi; ular voqelangan hodisa asosida
mohiyatlarni   ochdilar,   ammo   mohiyatning   voqelanishi   chetda   qoldi.   Shuning
uchun   Yevropa   tilshunosligida   o’tgan   asrning   70-yillaridan   boshlab   lisoniy
imkoniyatlarning   yuzaga   chiqish,   voqelanish   xususiyatlariga   e’tibor   berish
kuchaydi   va   nutqshunoslikning   xilma-   xil   yo’nalishlari   –   an’anaviy   stilistikadan
pragmatik etnosotsiolingvistika-yu, matn lingvistikasi va korpus lingvistikasigacha
–   tez   va   keng   rivojlana   boshladi.   Boshqacha,   qilib   aytganda,   lisonshunoslikdan
nutqshunoslikka   o’tildi. 2
      Til,   lison   va   nutq   munosabatining   tilshunoslikda
o’rganilishi.   Yuqorida   UMIS   va   Y А HVOning   tildagi   tajallisi   misolida   lison   va
2
  Safarov Sh.,Toirova G.  Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari.-Samarqand,2007-b 8-9 nutqning   o‘zaro   munosabati   haqida   kirish   xarakterida   so‘z   yuritildi.   Endi   unga
batafsil to‘xtalinadi.
Lison   deyilganda   ma’lum   bir   jamiyatning   barcha   a’zolari   uchun   avvaldan
(oldingi   avlodlar   tomonidan)   tayyor   holga   keltirib   qo‘yilgan,   hamma   uchun
umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan
birliklar hamda bu birliklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari yig‘indisi tushuniladi.
Demak, lisonda birliklar va  birikish qonuniyatlari  farqlanadi.
Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo‘ladi. Shu bilan birga ular ikki
tomonning bir butunligidan iborat:
a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni;
b) lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma’noviy qiymati.
Lisoniy birliklar UMIS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan  xoli bo‘lmog‘i
lozim.   Bunda   «lisoniy   birlikning   tashqi   tomoni»   ko‘rinishga,   moddiylikka   ishora
qilmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, lisoniy birlik moddiy qiyofadan
xoli.   Biroq   ular   ongda   qandaydir   tarh,   ramz   sifatida   saqlanadi.   Masalan,   [a]
fonemasining   talaffuz   xususiyatlari   xaqida   umumlashma   tasavvur   o‘zbek   tilida
so‘zlashuvchi   barcha   jamiyat   a’zolari   ongida   birdir.   Bu   [a]   fonemasining   shakli,
tashqi   tomoni   bo‘lsa,   uning   ma’no   farqlash,   chegaralash   tomoni   ichki   jihati
sanaladi.   [a]   fonemasi   xususiyatlari   va   ma’no   farqlashning   o‘ziga   xos   birligi,
yaxlitligi   sifatida   ongda   mavjud   bo‘ladi.   Har   bir   fonemaning   ma’no   farqlash   va
talaffuz   xususiyatlari   umumlashmasi   o‘ziga   xos   bo‘lib,   biriniki   ikkinchisinikidan
farqlanadi   va   mustaqil     fonemaga   qo‘yilgan   talab   ularning   aynan   o‘xshash
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Lisoniy   birliklarining   bu   tashqi   va   ichki   tomonini   bir-biridan   ajratish   uchun
ulardan birini mutlaqlashtirish mumkin emas. Ichki va tashqi tomon bir varaqning
ikki   betiga   o‘xshaydi   va   ularni   ajratib   bo‘lmaydi.   Nutq   esa   yuqorida   ta’riflangan
lisoniy   so‘zlashish   qobiliyati   asosida   ayrim   shaxs   tomonidan   ma’lum   bir   xabar
berish  maqsadi uchun ishga solinish yoki qo‘llanish natijasidir. Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan «lison - nutq qobilyati - nutq»
zanjirida   faqat   nutqqina   tashqi   (moddiy)   shaklda   (og‘zaki,   yozma)   namoyon
bo‘ladi va bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir qiladi.
F.de   Sossyur   lison-nutq   munosabatini   shatranj   o‘yini   qoidalari   asosida
tushuntirib berishga harakat qilgan.
Shaxmat     donalari   va   har   bir   donaning   yurish   qoidasi   ongimizdagi   lisoniy
birliklar va ularning birikish imkoniyatlariga, o‘yinchi  bamisoli so‘zlovchi bo‘lib,
shaxmat   o‘yinini   bilishi   esa   so‘zlovchining   nutq   qobiliyatiga   o‘xshaydi.
Donalarning harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin. Qiyoslang:
 shaxmat - o‘ynash qobiliyati 
 lison - nutq qobiliyati – nutq
Shaxmat donalari va ularning yurish imkoniyatlari o‘ynovchilarning barchasi
uchun   umumiy   bo‘lganligi   kabi   lisondan   foydalanish   ham   shu   tilda
so‘zlashuvchilar uchun tengdir.
Lison   va   shatranj   qurilmalari   o‘zaro   qiyoslanadigan   bo‘lsa,   avvalo,   ularning
birliklari   orasida   umumiy   o‘xshashliklar   borligini   ta’kidlash   lozim.   Har   ikkala
qurilma   ham   birliklar   sistemasi   (tizimi)   va   bu   birliklarning   o‘ziga   xos   vazifalari
bilan   ish   ko‘radi.   Bunda   ma’lum   qoida   va   qonunlarga   tayaniladi.   Har   ikkala
holatning   ham   ishtirokchilari   insonlar   bo‘lib,   ular   har   ikkala   faoliyatda   ham
ma’lum   bir     imkoniyatlarni   ishga   soluvchilardir.   Shu   boisdan   shaxmat   taxtasi,
uning   donalari,   shaxmat   o‘yinining   tashqi,   moddiy   tomonini   lisoniy   birliklarning
tashqi   tomoniga,   shaxmat   o‘yini   qoidalari   -   donalarining   joylashuvi,   harakat
qoidalari,   ya’ni   shatranj   o‘yinining   ichki   tomoni   xaqidagi   tasavvurlarni   lisoniy
birliklarning mazmun  mundarijasiga qiyoslash mumkin.
Lison   va   nutq   munosabatiga   dialektik,   dialektika   kategoriyalari   nuqtai
nazaridan yondashilganida, u haqdagi tasavvur va bilimlarimiz  to‘laqonli bo‘ladi.
Lison   va   nutq   farqlanishi   o’rtaga   qo’ygan   ziddiyatlar .   F.de.   Sossyurning
ta’limoti   bilan   bog’liq   bo’lgan   strukturalizmning   turli   –   funksional   lingvistika
(   Praga   tilshunosligi)   glossematika   (   Kopengagen   tilshunosligi)   va   boshqa
oqimlarning umumiyligi shundaki, ularning barchasi nutq faoliyatiniikki bir- biriga qarama-   qarshi   tomonga   lison   (   til)   va   nutqqa   ajratadi.Bunday   farqlanish
jumladan   ,   Sossyurning   lison   va   nutq   haqidagi   fikriga   tayanadi:   “   Til   va   nutqni
farqlar ekanmiz, ijtimoiy umumiylikni  shaxsiy  xususiylikdan,  mohiyatni tasodifiy
hodisadan   farqlaymiz”.   Bevosita   nutq   haqida   gapirar   ekan,   F.Sossyur:   “   nutqda
hech qanday umumiylik yo’q”(33-57) yoki “ Nutq alohida bir shaxsning ixtiyori va
ongining mahsulidir” ( 33-52) deb alohida ta’kidlaydi. 
Strukturalizm tilni mustaqil bir sistema sifatida o’rganar ekan, lisoniy tizimni,
lisoniy   imkoniyatlarni   o’rganishga   ko’p   e’tibor   qaratdiva   shu   bois   lisonshunoslik
keng   rivojlandi.   “   Umumiy   tilshunoslik   kursi”   da   ham   nutq   lingvistikasi   bo’limi
Sossyur tomonidan o’qilgan yoki o’qilmaganligi haqida aniq ma’lumot yo’q.
Lison   va   nutq   mohiyatan   yaxlit   butunlik   bo’lgan   nutq   faoliyatining   ikki
tomonidir   va   ularni   bir-   biridan   uzish   aslo   mumkin   emas.   Ularga   dialektik
falsafaning,   bir   tomondan   umumiylik,   mohiyat,   imkoniyat,   sabab,   zaruriyat,
majburiyat,   ikkinchi   tomondan   –   yakkalik,   xususiylik,   hodisa,   voqelik,   oqibat,
tasodif,   erkinlik   kabi   kategoriyalari   orasidagi   munosabatlar   nuqtayi   nazardangina
yondashish mumkin.
Til   sathlari,   nutqiy   va   lisoniy   birliklar.   Lison   va   nutq   munosabatiga
dialektikaning   umumiylik   va   yakkalik,   mohiyat   va   hodisa,   imkoniyat   va   voqelik,
sabab va oqibat munosabati asosida yondashilsa, masala yanada ravshanlashadi:
Lison   bilan   nutqning   o‘zaro   munosabatini   yaxshi     anglamoq   uchun,   avvalo,
lisonning   o‘zini,   uning   qanday   qurilma   ekanligini   aniq   tasavvur   etmoq   lozim
bo‘ladi.
Lison   bo‘linuvchan   birliklarning   majmui   yoki     turg‘un   xususiy   birliklarning
o‘zaro   barqaror,   doimiy   bog‘lanish   munosabati   asosida   tashkil   topgan   yangi   bir butunlikdir.   Masalan,   gap   so‘zlar   va   qo‘shimchalarga,   ular   esa   tovushlarga
bo‘linadi.   Shu   nuqtai   nazardan   lisoniy   birliklarni   avvalo,   ikki   guruhga   ajratish
mumkin:
a) tashkil etuvchi eng kichik lisoniy birliklar;
b) hosila lisoniy birliklar.
O‘zbek tilidagi fonemalar ma’lum bir butunlikni, bir sath (fonologik sathni) ni
tashkil  etadi. Bu sath esa  unlilar va undoshlar  tizimlaridan tashkil  topadi. Deylik,
unlilar   tizimi   yana   ikkig   -   lablanmagan   unlilar   ([ i ]-[ e ]-[ a ])   va   lablangan   unlilar
([ u ]-[ u ]-[ o ])   tizimchalaridan   tashkil   topgan.   Ko‘rinadiki,   tashkil   etuvchining   o‘zi
ham   tashkil   etuvchilardan   tashkil   topadi.   Demak,   tashkil   etuvchilik   nisbiy
tushunchadir. Bunda minimal tashkil etuvchigina boshqa bo‘laklarga bo‘linmasligi
mumkin. Minimal   tashkil   etuvchi   nafaqat   birliklarni,   shu   bilan   birgalikda,
birliklarning   o‘zaro   munosabatlarini   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Shuni   ta’kidlash
lozimki, eng  kichik (minimal)   tashkil   etuvchilar   bo‘lgan  fonemalar  yana  ichki  va
tashqi     jihatlarga   ajraladi.   Aytilganlar   asosida,   lison,   nutq   birliklari   sifatida
quyidagilarni ajratamiz va lison va nutq birliklari ham lison va nutq kabi UMIS va
YHVO munosabatida bo‘ladi:
Fonema  va  tovush . Eng kichik lisoniy birlik fonemalardir. Fonema muayyan
til   egalarining   ma’lum   tovushlar   tipi   haqidagi   umumiy   tasavvurlaridir.   Har   bir
fonema so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudga
kelgan   maxsus   «akustik-artikulyatsion   portret»   yoki   «tovushlar   obrazi»   sifatida
saqlanadi.   Muayyan   fonemaning   farqlovchi   belgilari   uning   artikulyatsion   va
akustik   xususiyatlari   asosida   shakllanadi.   Artikulyatsion   belgilar   muayyan
tovushlarni   talaffuz   qilish   uchun   nutq   a’zolarining   bir   xildagi   harakatga moslashgan avtomatik, standart holatlari haqidagi tasavvur bo‘lsa, akustik belgilar
sifatida bir turdagi tovushlarga xos  talaffuz sifati va  miqdori tushuniladi.
Ma’lumki, inson narsalarni ularning umumlashtiruvchi va farqlovchi belgilari
asosida   esda   saqlaydi.   Esda   saqlanishi   lozim   bo‘lgan   narsa   miqdor   jihatdan   ko‘p
bo‘lsa, eslab qolishning asosiy yo‘li tasniflash, ya’ni  guruhlarga ajratishdir. Tasnif
esa   o‘xshash   va   noo‘xshash,   umumiy   va   farqlovchi   belgilarini   aniqlash   asosida
kechadi.   Bu   tamoyil     barcha   lisoniy   birliklar,   xususan,   fonemalar     tasnifida   ham
to‘la amal qiladi.
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   30   ta   fonema   so‘zlovchi   ongida,   avvalo   ikki
guruh   -   unlilar   va   undoshlarga   bo‘lingan   holda   mavjud   bo‘ladi.   Bu   guruhlar
tovushlar talaffuzidagi ovoz va shovqinning ishtiroki darajasiga qarab belgilanadi.
Bo‘linish   shu   tarzda   alohida   fonemagacha   davom   etib   boradi.   Unlilar   ham,
undoshlar   ham   qarama-qarshi   belgilari   asosida   kichik   guruhchalarga   bo‘linib
boraveradi.  Masalan,   o‘zbek   tilidagi  6  ta   unli  bir   tizim   bo‘lib,  ular   shovqinsizligi
bilan undoshlardan ajraladi. Biroq bu tizimchaning o‘zi ham unsurlarning qarama-
qarshi   belgilari   asosida   bo‘linadi.   Unlilarning   qarama-qarshi     qo‘yilishi
quyidagicha:  i         u -  e        o’ - a        o
Fonemalarning   ma’no   farqlash   xossasi   mavjud   bo‘lib,   bir   fonemaning   turli
ko‘rinishlari   bo‘lgan   tovushlarda   bu   hodisa   kuzatilmaydi.   Bir   fonemaning   nutqiy
varianti bo‘lmish tovush boshqa  fonemaning varianti bo‘lgan tovush bilan almash-
tirilsa, so‘z ma’nosi yangilanadi, ya’ni boshqa so‘zga aylanadi. Qiyoslang: [ qora ]
va [ qara ], [ ota ] va [ ata ], [ ona ] va [ ana ]. Shu boisdan ham fonemaga tilning ma’no
farqlovchi   eng   kichik   birligi   deb   ta’rif   beriladi.   Bir   fonemaning   turli   variantlari
ma’no   farqlamaydi.   Masalan,   til   oldi   va   til   orqa   ( o‘ )   unlilari   quyidagi   so‘zlarda
ma’no farqlamagan: o‘l-o‘l.
Leksema va so‘z . Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash, ko‘rsatish
uchun   xizmat   qiluvchi   birligi   leksemadir.   Lisoniy   birlik   sifatidagi   leksema   biri
ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydigan ikkita psixofizik tomon - akustik struktura
(tovush   qobig‘i)   ya’ni   nomema   hamda   ma’lum   bir   tushuncha   asosida   vujudga
kelgan mazmuniy struktura, ya’ni sememaning birligidan iborat. Lisoniy   birlik   sifatidagi   leksemalarning   tovush   strukturasi   fonetik   birliklar
ko‘rinishlar   (variant)   larining   turlicha   kombinatsiyalari   asosida   vujudga   kelgan.
O‘zbek   tilida   mavjud   leksemalarning   barchasining   shakliy   tomoni   tilimizda
mavjud 30 ta fonema asosida, xolos. Shu boisdan tashqi fonetik strukturasi asosida
leksemalarni   kuchli   va   kuchsiz   ziddiyatlarga   qo‘yish   mumkin.   Kuchli
oppozitsiyalar bittadan ( u  - olmosh,  e  - undosh), ikkitadan ( ot - ish ), uchtadan ( bor
- kel ), to‘rttadan ( qunt-band ) fonema variantining zidlanishi asosida hosil bo‘lgan
bo‘lsa,   kuchsiz   ziddiyatlar,   leksemalarning   tarkibidagi   ayrim   fonema   variantlari
asosida bo‘ladi:   besh-bosh, qur-qo‘r  kabi.                
Har   bir   leksema   lisoniy   birlik   sifatida   mazmun   mundarijasiga   ham   ega.
Leksemalarning   mazmun   rejasi   denotatlar   yoki   referentlar   deb   ataladigan
borliqdagi   narsa,   harakat,   belgi,   miqdor   kabilarni   bildiradigan   tushunchalarni
ifodalaydi.
Masalan,   borliqda   yuz   deb   ataluvchi   kishi   burnining   ikki   tomonidagi
peshonadan   iyakkacha   bo‘lgan   qismi   mavjud.   Shu   asosda   kishilar   ongida   yuz
tushunchasi   vujudga   kelgan.   Mazkur   tushuncha   asosida   esa   semema   (leksema
ma’nosi)   shakllanadi.   Tushuncha   bilan   ma’no   bitta   narsa   emas,   ular   farqli
xususiyat-larga ega. Masalan, ingliz, rus, nemis tillarida so‘zlashuvchi kishilarning
ongida   aka   va   uka   tushunchalari   mavjud.   Biroq   bu   tushunchalar   brother   (ingliz),
brat   (rus)   va   bruder   (nemis)   leksemalarida   bitta   ma’no   (semema)da   birlashgan.
Yoki   [ yuz ],   [ bet ],   [ bashara ],   [ chehra ],   [ oraz ]   leksemalari   bitta   tushunchani
ifodalaydi, lekin ularning ma’nolari o‘zaro farqlanadi.
Leksemalarning   mazmun   silsilasi   bo‘lgan   sememani   tashkil   etuvchi   uzvlar   -
semalardir.   Nomema   tovushlarning   turlicha   kombinatsiyalari   asosida   tashkil
topganligi   kabi,   ana   shu   semalarning   turlicha   birikuvi   va   ba’zilarining   o‘rin
almashinuvi asosida turli mazmundagi semema vujudga keladi.  Masalan:
[ yuz ]   -   «odamga   xos»,   «boshning   old   qismi»,   «burunning   ikki   tomoni»,
«peshonadan   iyakkacha»,   «burundan   quloqqacha»,   «qo‘llanilishi
chegaralanmagan», «uslubiy betaraf», «turkiy qatlamga oid», «umumiste’mol». [ jamol ]   -   «odamga   xos»,   «boshning   old   qismi»,   «burunning   ikki   tomoni»,
«peshonadan   iyakkacha»,   «burundan   quloqqacha»,   «qo‘llanilishi   chegaralangan»,
«badiiy uslubga xos», «arabiy qatlamga xos»,  
Har ikkala leksema ham bir tushunchani ifodalaydi. Ularning mazmun rejasi -
sememalarining   semik   tarkibi   farqlanadi.   Leksemalar   sememalarining   atash
semalari   denotatning   ongdagi   in’ikosi   -   tushunchani   ifodalaydi.   Har   bir   leksema
sememasi   o‘xshash   va   farqlovchi   semalarga   ega.   O‘xshash   semalar   ularni
guruhlarga  birlashtirish farqli semalar esa ajratish uchun xizmat qiladi.
Leksemaning   nutqiy   qo‘llanilishidagi   varianti   so‘zlar   bo‘lib,   ular   turlicha
matniy qurshovlar asosida har xil xususiyatlar kasb etadi.
Leksemalar   tub   yoki   yasama   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   [ kitob ],   [ savdogar ],
( nonchi )   birliklarini   olaylik.   Qatordagi   [ kitob ]   va   [ savdogar ]   birliklari   tayyorlik,
umumiylik,   ijtimoiylik   xossalariga   ega.   Savdogar   leksemasi   yasama   bo‘lsa-da,
tayyorlik belgisiga ega. Biroq tilimizda ( nonchi ) degan lisoniy birlik yo‘q. U nutq
jarayonidagina   hosil   qilinishi   mumkin   va   yuqoridagi   birliklar   ega   bo‘lgan
xususiyatlardan   xoli.   [ nonchi ]   birligining   nutq   jarayonigagina   xosligi   uning
tayyorlik belgisiga ega  emasligini  ko‘rsatadi.
Morfema   va   qo‘shimcha .   Morfema   leksemadan   ajralgan   xolda   o‘z
mohiyatini namoyon qila olmaydigan, shakl va denotativ bo‘lmagan mazmunning
birligidan   iborat   bo‘lgan   kichik   lisoniy   birlikdir.   Qo‘shimcha   esa   ana   shu
psixofizik     mohiyatning   nutqda   namoyon     bo‘lishidir.   Morfema   ham   tashqi
(moddiy) va ichki (ma’no, vazifa) jihatlar yaxlitligidan iborat. Atov mustaqilligiga,
mustaqil   sintaktik  mavqega   ega   bo‘lmagan  bu   birliklar   o‘zida   leksik   va  gramatik
mohiyatlarni uyg‘unlash-tirgan bo‘ladi:
       a)yangi so‘zlar hosil qiladi;
       b)so‘zlarga qo‘shimcha leksik-semantik qiymat beradi.
Har   bir   tilga   xos   birliklar   boshqa   tillarnikidan   o‘zaro   farqlanadi.   Masalan,
aloqasiz   (amorf),   yelimlovchi   (agglyuti-nativ)   va   egiluvchan   (flektiv)   tillardagi
leksemalar mohiyatan o‘ziga xosdir. Qolip va hosila . Lisoniy birliklarning navbatdagi turi qurilma - qoliplardir.
Qolip   deganda   yasama   so‘z,   so‘z   birikmasi   va   gaplar   hosil   qilish   sxemalari
tushuniladi. Qoliplar ikki xil bo‘ladi:
 a) so‘z yasash qoliplari;
b) sintaktik (so‘z  birikmasi va gap) qoliplar.
Qoliplar   ham   boshqa   lisoniy   birliklar   kabi   UMIS   tabiatli   bo‘ladi.   Masalan,
nutqimizdagi   cheksiz   yasama   so‘zlar   (( nonchi ),   ( sutchi ),   ( uzumchi ),   ( nisholdachi )
kabi)   bitta   bevosita   kuzatishda   berilmagan   lisoniy   birlik   (masalan,   [ narsa/buyum
oti+chi=shu   narsa   buyum   bilan   shug‘ullanuvchi   kishi ]   ya’ni   co‘z   yasash
qolipining   nutqiy   hosilalaridir.   kitobni   o‘qimoq   nutqiy   hosilasi   boshqa   o‘ziga
o‘xshash   cheksiz   so‘z   birikmalari   ( qog‘ozni   yirtmoq,   uyni   sotmoq   va   h.k.)   bilan
birgalikda   [ ot t.k
.+     fe’l ]   =   vositasiz   to‘ldiruvchili   fe’lli   birikma ]   lisoniy   sintaktik
qolipidan chiqqan nutqiy hosilalardir.
Shunday   qilib   fonema,   morfema,   leksema   va   qolip   lisoniy   birliklar   bo‘lib,
tovush,   qo‘shimcha,   so‘z,   so‘z   birikmasi   va   gaplar   nutqiy   birliklar   sanaladi.
Ularning   o‘zaro   munosabati   va   o‘ziga   xos   belgilariga   doir   fikrlarni   jadvalda
quyidagicha xulosalash mumkin:
Lisoniy   paradigma.   Lisoniy   birliklar   bir-birini   eslatib   turish   xossasiga   ega.
Shu   boisdan   ular   jamiyat   a’zolari   ongida   bir   tizimga   birlashgan   holda   yashaydi.
Masalan,   [ a ]   fonemasi   [ o ]fonemasini,   [ u ]   fonemaci   [ o‘ ]   fonemasini,   [ i ]   fonemasi
[ e ] fonemasini  eslatadi. Lekin [ a ] fonemasi  dabdurustdan [ q ] yoki  [ h ] fonemasini
eslatmaydi. Chunki ular ikki tizim - unli va undoshlar tizimiga kiradi. Unlilar bir-
birini   unlilar   tizimida,   undoshlar   esa   undoshlar   tizimida   eslata   oladi.   Hatto   [ u ] fonemasining   [ a ]ni   eslatishi   o‘z   tizimdoshlari   bilan   birgalikda   amalga   oshiriladi.
Masalan, [ a ], [ o ] fonemalari kichik, ichki tizim hosil qilib, ular birgalikda qolgan
fonemalar   juftliklarini   eslatadi.   Eslatish   ikki   tomonlama   bo‘lishi   ham   mumkin.
Masalan,   [ yuz ]   leksemasi   bir   tomondan   [bet],   [ chehra ],   [ jamol ],   [ oraz ]   kabi
birliklarni, ikkinchi tomondan [ burun ], [ ko‘z ], [ quloq ], [ qosh ], [ lab ] leksemalarini
eslatadi va bunda u ikki tizimning a’zosi hisoblanadi.
  Bir-birini   eslatuvchi   birliklar   umumiy,   o‘xshash   belgi-xususiyatlarga   ega
bo‘ladi.   Ana   shu   o‘xshashlik   va   umumiylik   ularning   birlashtiruvchi,   bog‘lab,   bir
tizimda   ushlab   turuvchi   belgilari   sanaladi.   Masalan,   unlilar   «sof   ovozga   egalik»
umumiy   belgisi   ostida   birlashadi.   Ammo   ular   farqli   belgilarga   ham   ega   bo‘lishi
shart. Masalan, [ a ] «ablanmaganlik», [ o ] «lablanganlik» farqlovchi  belgilarga ega,
«kenglik» belgilari esa ularni birlashtiradi.
Umumiy belgilari asosida birlashgan va bir-birini taqozo  etadigan, ammo har
biri   o‘ziga   xos   belgilari   bilan   boshqasiga   qarama-qarshi   turuvchi   lisoniy   birliklar
tizimi   paradigma   deyiladi   ( paradigma     grekcha     paradeigma   -   misol,   namuna
degan ma’noni bildiradi). Paradigmani tashkil etuvchi birliklar paradigma a’zolari
deb   yuritiladi.   Paradigma   kamida   ikkita   a’zoli   va   ular   bir   lisoniy   sathga   mansub
bo‘lishi   shart.   Bir   paradigma   a’zolari   orasidagi   o‘zaro   munosabat   paradigmatik
munosabat  deyiladi.
F.Sossyur   lisoniy   mikrosistema   va   umuman   lisoniy   birliklar   orasidagi
paradigmatik   (assotsiativ,   bir-birini   eslatib   turish,   o‘xshashlik)   munosabatlarini
lisoniy birliklar uchun eng asosiy munosabat sifatida baholagan edi.
Bir   paradigma   tarkibiga   kiradigan   birliklar   quyidagi   xususiyatlarga   ega
bo‘lishi kerak.
1.Paradigmadagi   bitta   birlik   eslanganda,   shu   paradigmaga   kiruvchi   boshqa
a’zolar ham xotirlanishi (esga olinishi) zarur.
2.Har bir konkret nutq sharoitida o‘zaro paradigmatik munosabatlarda turgan
birliklardan, ya’ni paradigma a’zolaridan bitta tanlanishi lozim.
3.Bir   paradigmaning   a’zolari   o‘zaro   o‘xshashlik   bilan   birga,   har   bir   a’zo
ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi lozim. 4.Paradigma   a’zolari   nutqda   bir   pozitsiyada   (mavqeda)   kela   olib,   bir-birini
ma’lum holatlarda almashtira olishi, o‘rnini egallashi mumkin.
Lisoniy   paradigma   va   uning   a’zolariga   nisbatan   F.Sossyur   tomonidan
qo‘yilgan  bu  talablar  keyingi  qariyb  yuz  yildan  beri   deyarli  o‘zgarishsiz   saqlanib
kelmoqda.   
Paradigmalar,   qamroviga   ko‘ra,   katta   va   kichik   yoki   tashqi   va   ichki
paradigmalarga   bo‘linadi.   Bu   paradigmalar   bir-biriga   nisbatan   olinadi.   Masalan,
undoshlar jarangli va jarangsizlarga bo‘linadi. 
Demak,  paradigmatik munosabat  atamasining muqobillari sifatida  o‘xshashlik
munosabati,   assotsiativ   munosabat   atamalari   ham   ishlatiladi.   Tizim   atamasi   ham
ko‘p   hollarda   paradigma   atamasi   o‘rnida  ishlatiladi:   unlilar   tizimi,   kelishik   tizimi
kabi.   Jarangli   va   jarangsizlar   alohida   kichik   yoki   ichki   paradigmalar   bo‘lib,
undoshlar   tizimi   bir   butun   holda   ularga   nisbatan   katta   yoki   tashqi   paradigma
deyiladi. 
Lisoniy   birliklar   tizimining   qaysi   lisoniy   sathga   mansubligiga   ko‘ra,   fonetik,
leksik, morfologik, sintaktik paradigmalar  farqlanadi. 
Aytilganidek,   fonemalar   tizimi   va   ularning   ichki   bo‘linishlari   fonologik
paradigmalar   deyiladi.   Fonologik   paradigmalarning   xususiyatlari,   uni   tashkil
etuvchi   birliklarning   paradigmatik   munosabatlari   xususida   «Fonetika-fonologiya»
bo‘limida bahs yuritiladi.
Semantik-grammatik   umumiylikka   ega   bo‘lgan   leksik   birliklar   lug‘aviy
paradigmani   tashkil   etadi.   Sinonimik,   partonimik,   giponimik,   iyerarxionimik,
graduonimik,   funktsionimik   qatorlarga   birlashgan   leksemalar   tizimi,   alohida
lug‘aviy   guruhlar,   lug‘aviy-mavzuviy   to‘da,   so‘z   turkumlari   ham   yirik   (makro)
paradigmalarni   tashkil   etadi.   Leksik   paradigma   va   ularda   amal   qiluvchi
paradigmatik munosabatlar haqida «Leksikologiya-semasiologiya» bo‘limida bahs
yuritiladi.
Morfologik   kategoriyalar   (morfologik   shakllar   tizimi)   morfologik
paradigmalardir.   Morfologik   shakllarning   paradigmatik   munosabatlari   haqida
tilshunoslikning «Morfologiya-morfemika»  bo‘limida batafsil   to‘xtalinadi. Sintaktik   qoliplar   tizimi   sintaktik   paradigmani   tashkil   etadi.   Sintaktik
paradigma   ikkiga   -   gap   paradigmasi   va   so‘z   birikmasi   paradigmasiga   bo‘linadi.
Gap   paradigmasining   o‘zi   ikki   -   sodda   gap   qoliplari   va   qo‘shimcha   gap   qoliplari
kabi   ichki   (mikro)   paradigmalarga   bo‘linadi.   Bu   bilan   «Sintaksis»   bo‘limida
tanishasiz.
Lisoniy   munosabat   va   uning   asosiy   turlari.   Munosabat   keng   qamrovli
tushuncha   bo‘lib,   bir   butunlikning     tarkibiy   qismlari   -   birliklari   orasidagi   o‘zaro
aloqa   va   bog‘lanishlarni     anglatadi.   Bunday   aloqalar   turlicha   bo‘lishi     mumkin.
Quyidagi gapga diqqat qilaylik:
Ularning   ismlari   -   Salim   va   Halim.   Bundagi   nutqiy   birliklar   turlicha
munosabatlar   bilan   bog‘langan.   Ular   so‘zi   ism   so‘zi,   -lar   qo‘shimchasi   bilan
ketma-ket,   zanjirsimon   bog‘langan.   Yoki   ism   so‘zi   uchta   tovushning   ketma-
ketligidan iborat. Bunday chiziqsimon, liniyaviy ketma-ketlik aloqasi,   sintagmatik
aloqa   deyiladi.   Sintagmatik   aloqa   lisonda   ham,   nutqda   ham   mavjud   bo‘ladi.
Masalan,   [ kitob ]   leksemasi   beshta   tovushning     birikuvidan   iborat   nomemaga   ega
bo‘lib, u lisoniy birlik sanaladi. Shuningdek, yasama so‘z (( suvchi ), ( ertapishar )),
so‘z   birikmasi   ( kitobni   o‘qimoq )   da   ham   birikuvchi   a’zolar   sintagmatik   aloqada
bo‘ladi.
      Sintagmatik   aloqani   sintaktik   aloqadan   farqlash   lozim.   Sintagmatik   aloqa
barcha   til   birliklariga   xos   ketma-ket   bog‘lanish   bo‘lsa,   sintaktik   aloqa   so‘z   va
gaplarning   hokim-tobelik   munosabatidir.   Demak,   sintagmatik   aloqa   va   sintaktik
aloqani   butunlay   boshqa-boshqa   hodisalar   ham,   shuningdek,   ularni   bir-biriga
aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushunchalar sifatida qarash ham mumkin
emas.   Sintagmatik   va   sintaktik   aloqa   butun-bo‘lak   munosabatidadir.   Boshqacha
aytganda, sintaktik aloqa sintagmatik aloqaning bir ko‘rinishidir.
    Ko‘pincha   sintagmatik   aloqani   nutqqagina   xos   deb   tushunish   hollari   ham
uchraydi.   Bu   hodisani   biryoqlama,   tor   tushunish   oqibatidir.   Yuqoridagi   gapda
ishtirok etayotgan birliklar orasida pog‘onali munosabat ham mavjuddir. Pog‘onali
munosabat deganda birliklarning boshqasi tomonidan  qamrab olinishi tushuniladi.
Masalan,   Salim   va   Karim   so‘zlari erkak kishilarning ismi  bo‘lib, ayollarning ismi bo‘lgan   Halima   so‘ziga   qarama   qarshi   turadi.   Lekin   ularning   barchasini   [ ism ]
lekse-masi   qamrab   oladi.   [ ism ]   leksemasi   esa,   [ nom ]   leksemasi   bilan   birgalikda,
[ ot ] leksemasi tomonidan qamrab olinadi. 
Bu pog‘ona yuqoriga va quyiga qarab yana davom ettirilishi mumkin.  Demak,
[ Salim ],   [ ism ],   [ ot ]   leksemalari   pog‘onali   munosabatga   kirishgan.   Lisoniy
birliklarning   pog‘onali   munosabatlari   ikki   xildir.   Masalan,   [ daraxt ]   va   [ tana ],
[ ildiz ], [ barg ], [ shox ] birliklarining o‘zaro munosabati [ daraxt ] va [ olma ], [ o‘rik ],
[ nok ], [ gilos ] leksemalarining o‘zaro munosabatlaridan farq qiladi.
Avvalgi   pog‘onali   munosabatda   [ daraxt ]   butunni   va   qolganlari   qismni
ifodalab,   keyingisida   [ daraxt ]   turni   ifodalasa,   mevaning   muayyan   nomlarini
ifodalovchi     birliklar   turning   ko‘rinishlari   -   jinslar   sifatida   namoyon   bo‘ladi.
Ikkinchi   munosabatdagi   birliklar   [ daraxt ]   leksemasining   xususiy   ko‘rinishlari   -
juziylashishidir.   Birinchisida   esa   bunday   munosabat   mavjud   emas.   Shu   boisdan
« Gilos   daraxtdir »   tarzidagi   hukmni   aytish   mantiqiydir.   Biroq   « Ildiz   daraxtdir »
deyish mumkin emas.
Tilshunoslikda lisoniy birliklarning butun-bo‘lak munosabati  partonimik  ( part
- qicm, bo‘lak), tur-jins munosabatlari   giponimik   (tur-jins) munosabatlar  deyiladi.
Partonimik   munosabatlarga   kirishuvchi   qismni   ifodalovchi   birliklar   partonimlar ,
giponimik   munosabatga   kirishuvchi   jins   nomlari   giponimlar   deyiladi.   Butunlik
totonim  va tur nomi giperonim deyiladi.
O‘xshashlik   (paradigmatik)   munosabatlari   o‘zaro   teng   (pog‘onali
munosabatdagi [ daraxt ] va [ tana ],   [ daraxt ] va [ gilos ] birliklari semantik qamrovi
jihatdan teng emas edi), bir umumiy belgi asosida   birlashib, qator hosil qiluvchi,
ammo   o‘ziga   xos   belgilarga   ko‘ra   farqlanib   turuvchi   birliklarning   o‘zaro   muno-
sabatini ifodalaydi.
Yuqorida   aytilganidek,   paradigma   a’zolari   o‘zaro   teng   bo‘lib,   nutqda   bir   xil
o‘rinni  egallaydi va bir xil xususiyatlarga ega bo‘ladi. Berilgan misoldagi [ Salim ],
[ Karim ],   [Halima]   so‘zlari   o‘zaro   teng,   bir   xil   o‘rinda   kela   oladi,   biroq   o‘zaro
farqlarga ham ega. O‘zaro o‘xshashlik  munosabatlarida bo‘lgan birliklarning bir-biri bilan farqli
xususiyatlari   asosida   qarama-qarshi   qo‘yilishi   ziddiyat   ( oppozitsiya ),   ziddiyatga
kirishayotgan   paradigma   a’zolari   ziddiyat   a’zolari   deyiladi.   Ziddiyatdagi   birliklar
o‘zaro ma’lum bir belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi. Bu belgi   ziddiyat belgisi
deb  yuritiladi.
Lisoniy ziddiyat va uning asosiy turlari . Lisoniy paradigmaga birlashuvchi
birliklar,   paradigma   a’zolari   orasidagi   munosabatlar   lisoniy   ziddiyat   deyiladi.
Ziddiyat   (ar. qarama-qarshilik :   var. oppozitsiya .   lat. oppositio-qarama-qarshi
qo‘yish )   lisoniy   birliklarning   ifodalanmi-shidagi   farqlarga   muvofiq
ifodalovchilarining   va,   aksincha,   ifodalovchilardagi     farqlarga   muvofiq
ifodalanmishlarining muhim lisoniy farqlanishidir. Masalan, [ b ] va   [ t ] fonemalari
orasida ziddiyat mavjud bo‘lib, shunga muvofiq, ( bosh ) va ( tosh ) birliklari orasida
shakliy-mazmuniy   qarama-qarshilik   munosabati   amal   qiladi.   Yoki   «birlik   son»,
«ko‘plik   son»   orasidagi   semantik   ziddiyat   ( kitob )   va   ( kitoblar )     birliklarida   ham
shakliy (formal), ham mazmuniy (semantik) farqlarni  keltirib chiqaradi.
Tabiat,   jamiyat   va   tafakkurdagi   mavjudlik   va   taraqqiyotning   asosiy   omili
qarama-qarshiliklar   birligi   va   kurashi   qonuni   bo‘lganligi   kabi   lisoniy
paradigmalarda   birliklarni   bir-biriga   bog‘lab   turuvchi,   paradigmalarning
yashovchanligini     ta’minlovchi   omil   lisoniy   ziddiyatlardir.   Demak,   lisoniy
ziddiyatlar   falsafiy   qarama-qarshiliklar   birligi   va   kurashi   qonunning   tildagi
xususiylashmasi, voqelanishidir.
Lisoniy   ziddiyatlarni   aniqlash   yoki   ziddiyatlarga   bunday   yondashish
ziddiyatli   va   ziddiyatsiz   munosabatlarni   farqlashni   taqozo   qiladi.   Chunki   turli
lisoniy   birliklar   va   bir   birlikning   turli   variantlari   orasidagi   munosabatlar   turli
tabiatli   vohidlar,   a’zolar   orasidagi   munosabatlar   sifatida   muayyanlashtirilmog‘i
lozim. Masalan,  shaxs-son shakli  bo‘lmish [ -miz ] va [ -siz ] ( o‘qiymiz-o‘qiysiz ) har
xil   lisoniy   morfologik   birliklar   bo‘lib,   bir   paradigmaning   turli   a’zolari   sifatida
ziddiyatli munosabatda bo‘ladi. Biroq turli farqli xossalarga ega bo‘lgan til oldi va
til   orqa   ( o‘ )   unlilari   bitta   ( o‘ )   fonemasining   variantlari   sifatida   fonetik   jihatdan
farqlanishsa-da,   funktsional     jihatdan   tafovutga   ega   emas.   Chunki   o‘zbek   adabiy tilida bitta ( o‘ ) fonemasi mavjud bo‘lib, uning variantlari ma’no farqlash tabiatiga
ega   emas.   Ba’zilar   [ o‘y ]   so‘zini   ayt-ganda,   ( o‘ )ni   til   oldi,   boshqalar   esa   til   orqa
unlisi   sifatida   talaffuz   qilishadi.   Baribir,     ( o‘ )   tovushlari   qanday   bo‘lishidan   qat’i
nazar,   bu   so‘z   «fikr»,   «xayol»   ma’nolarini   beradi.   Lisoniy   birlikning   variantlari
orasidagi bunday munosabat ziddiyatsiz munosabat deyiladi.
Ziddiyatlar paradigmatik munosabatlarning xos ko‘rinishi va xossalari sifatida
sintagmatik munosabatlarga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Ma’lum   bir   lisoniy   birliklar   mansub   ziddiyatlar   majmui   bu   birlikning
paradigmatik   sifatini   aniqlashda,   paradigmatik   muayyanlash-tirishda   hal   qiluvchi
rol   o‘ynaydi.   Paradigmatik   muayyanlashtirish   birlikning   boshqa   birlikdan
farqlanuvchi zotiy tabiatini oydinlashtirish demakdir.
Tilshunoslar lisoniy ziddiyatlarni bir necha tomondan tasniflaydilar:
1.Ziddiyatlar tizimida tutgan o‘rniga ko‘ra.
2.Ziddiyat a’zolarining o‘zaro munosabatiga ko‘ra.
3.Turli vaziyatlarda ziddiyatlarning amal qilishiga ko‘ra.
Lisoniy   ziddiyat   ziddiyatlar   tizimiga   munosabatiga   ko‘ra   o‘lchami   va
uchrovchanlik belgilari bilan farqlanadi.
Lisoniy ziddiyatlar o‘lchoviga ko‘ra, bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli turlarga
bo‘linadi.
Agar   belgilar   majmui   tizimda   zidlanuvchi   ikki   a’zo   uchungina   amal   qilib,
boshqa   a’zolarga   tegishli   bo‘lmasa,   bir   o‘lchamli   ziddiyat   deyiladi.   Masalan,
o‘zbek tilidagi [ l ] va [ h ] fonemalari hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra «yon» va «bo‘g‘iz»
belgilari   asosida   zidlanib,   bu   belgi   undoshlar   tizimining   boshqa   a’zolarida
uchramaydi.   Chunki   bu   undoshlar   o‘zbek   tili   fonologik   tizimida   yagona   yon   va
yagona bo‘g‘iz undoshlaridir.
Ko‘p   o‘lchamli   ziddiyatda   zidlanuvchi   birlikdagi   belgi   boshqa   a’zoda   ham
uchraydi. Masalan, til oldi undoshlari bo‘lgan [ m ] - [ d ] zidlanar ekan, [ m ]dagi «til
oldi»lik   belgisi   [ d ]   fonemasida   ham   mavjud.   Bunda   a’zolar   boshqa   belgi   asosida
zidlanadi. «Uchrovchanlik»   belgisiga   ko‘ra   ziddiyatlar   «ajralgan»   va   muntazam
ziddiyatlarga bo‘linadi. Ajralgan ziddiyatda shunday belgi asos qilib olinadiki, bu
belgi   boshqa   ziddiyatlarga   asos   bo‘la   olmaydi.   Masalan,   unlilarning   lablangan-
lablanmaganlik   belgisi   faqat   teng   qiymatli   ziddiyat   uchun   asos   bo‘ladi.   Bunday
ziddiyat   «ajralgan»   ziddiyat   deyiladi.   Lekin   tilning   ko‘tarilish   darajasiga   ko‘ra
belgisi teng qiymatli ziddiyatga ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bir belgi turli a’zolarni juftlab zidlash uchun xizmat qilsa, muntazam ziddiyat
deyiladi. Masalan,  erlik, ayollik jinsi  asosidagi  ziddiyat  [ ota ]-[ ona ], [ o‘g‘il ]-[ qiz ],
[ aka ]-[ singil ], [ chol ]-[ kampir ] ziddiyatlarida uchrayveradi.
A’zolari orasidagi munosabatlarga ko‘ra ziddiyatlar: 
A) noto‘liq (privativ);
B) darajali (gradual);
V) teng qiymatli (ekvipolent)  
kabi turlarga bo‘linadi.
Noto ‘ liq   ziddiyatda   qarshilanuvchi   a ’ zolardan   biri   ziddiyat   belgisiga   ijobiy ,
boshqasi   esa   betaraf   munosabatda   bo ‘ ladi .   Masalan,   [ bola ]   va   [ o‘g‘il ]
leksemalarini   olaylik.   Ular   «erkak   jinsli»   deb   atalgan   ziddiyat   belgisiga   ikki   xil
munosabat bildiradi. Bu belgi [ o‘g‘il ] leksemasi  semantik tarkibida aniq berilgan,
shu boisdan uning munosabati ijobiy yoki belgilangan deyiladi va shartli ravishda
[+]   belgisi   bilan   beriladi.   [ bola ]   leksemasida   esa   jins   belgisi   aniq   emas.   Chunki
uning   semantik     tarkibida   «er»   yoki   «ayol»   (ya’ni   jins)   semasi   yo‘q.   Boshqacha
aytganda,   bola   o‘g‘il   ham   qiz   ham   bo‘lishi   mumkin.   Shuning   uchun   bu
leksemaning   ziddiyat   ko‘rsatkichiga   ishorasi   belgilanmagan   (noma’lum,   majhul)
deyiladi va shartli ravishda +/- yoki O (nol) belgisi bilan beriladi. Buni chizmada
quyidagicha beramiz. 
         Noto‘liq ziddiyat tilning barcha sathlarida amal qiluvchi muhim qonuniyatdir.
Masalan,   morfologiyada   leksemalarni   umumiy   grammatik   ma’nolariga   ko‘ra, mustaqil   va   nomustaqil   leksemalarga   bo‘lish     privativlik   asosida     amalga
oshiriladi. Bunda «lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik» noto‘liq ziddiyatning belgisi
bo‘lib,   ziddiyatda   mustaqil   leksemalar   belgilanmagan,   kuchsiz   a’zo   bo‘lsa,
nomustaqil leksemalar belgili, kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi:
Chunki   mustaqil   leksemalar   lug‘aviy   ma’no   ifodalashi   ham,   nomustaqil
leksemalar   vazifasida   kelishi   ham   mumkin.   Masalan,   ko‘makchilar,   fe’l
ko‘makchilar,   ko‘makchi   fe’llar   va   h.lar   nomustaqil   leksemalar   kabi   lug‘aviy
ma’noga ega bo‘la olmaydi.
Noto‘liq   ziddiyatda   belgi   tanlash   ixtiyoriy   emas.   Masalan,   bir   qarashda
yuqoridagi   ziddiyatda   belgini   «lug‘aviy   ma’no   ifodalash»   deb   ham,   «lug‘aviy
ma’no ifodalay olmaslik» deb ham qo‘yish mumkindek tuyuladi. Keling, ziddiyat
belgisini yuqorida qo‘yilganidek emas, balki «lug‘aviy ma’no ifodalay olish» deb
o‘zgartirib ko‘raylik:                    
Bu   to‘g‘rimi?   Birinchidan,   noto‘liq   ziddiyatda   qaysidir   bir   a’zo   O   (nol)
belgisini   olishi   kerak.   Oldingi   ziddiyatda   mustaqil   leksemalar   ushbu   belgiga   ega
edi.   Bunda   endi   nomustaqil   leksemalar   olishi   kerakka   o‘xshaydi.   Yo‘q,   mutlaqo
bunday   emas.   Chunki   nomustaqil   leksemalar   goh   lug‘aviy   ma’no   ifodalash,   goh
ifodalamaslik   xossasiga   ega   emas.   Ziddiyatning   ikkinchi   a’zosi   [+]   belgisiga
egami? Yo‘q, u, yuqorida aytilganidek, [-] belgisiga ham, qisqasi [O] belgiga ega.
Demak,   keyingi   «ziddiyat»   ziddiyat   emas.   Ziddiyat   lisoniy   birliklarining
mohiyatini,   zotiy   tabiatini   o‘zida   aks   ettirmog‘i   lozim.   Aks   holda   «sun’iy»
ziddiyatlar kelib chiqadi. Boshqa ziddiyatlar kabi noto‘liq ziddiyat ham ob’ektiv va
bizning xohish-irodamizga bog‘liq emas.  Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta bo‘lib, bir belgi (ziddiyat belgisi)ning
o‘sib   yoki   kamayib   borishiga   ko‘ra   a’zolar   qator   hosil   qiladi.   Masalan,   tilning
ko‘tarilish darajasiga ko‘ra, unli fonemalar darajalanishi quyidagicha: [ a ] - [ e ] - [ i ]
yoki [ o ]-[ o‘ ]-[ u ]. Bunda belgi birinchi a’zoda kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va
keyingi   a’zoda   kuchli   yoki   aksincha   bo‘lishi   mumkin.   Darajali   ziddiyat   ham
barcha   sath   birliklarida   uchraydi.   Masalan,   leksikada   ninni-chaqaloq-go‘dak-
bola..., turq-bashara-bet-yuz-chehra...,  morfologiyada  harakat nomi-sifatdosh-
ravishdosh  («fe’lni o‘zgalash darajasiga ko‘ra» belgisi asosida) kabi. 
Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyatda ikki a’zo  qarshilantirilib, har biri o‘ziga
xos, ikkinchisiga xos bo‘lmagan belgiga ega bo‘ladi. Masalan, ovoz va shovqinga
ko‘ra jarangli va jarangsiz undoshlar teng qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega bo‘lgan
a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi.
Muntazam   (proportsional)   ziddiyatda   bir   ziddiyat   belgisi   turli   juftlangan
birliklar   uchun   oppozitiv  ko‘rsatkich   bo‘lib   xizmat   qiladi.   «jins»   belgisi   ota-ona,
aka-opa, singil-uka, tog‘a-xola  lug‘aviy zidlanishlari uchun umumiydir.
Ziddiyatlar   a’zolari   miqdoriga   ko‘ra   ikki   a’zoli   (binar)   va   uch   (ko‘p)   a’zoli
(ternar) ziddiyatlarga bo‘linadi. Noto‘liq, teng qiymatli ziddiyatlar binar va darajali
ziddiyat ternar ziddiyat deyiladi.
Uchinchi belgisiga ko‘ra ziddiyatlar doimiy va mo‘’tadillashgan ziddiyatlarga
bo‘linadi.
Mo‘’tadillashish   jarayonida   munosabatga   kirishayotgan   birliklar   o‘rtasidagi
ziddiyat   kuchsizlanadi.   Masalan,   yot-yod   zidlanishda   so‘z   oxiridagi   [ t ],   [ d ]
tovushlari   jarangli-jarangsizlik   bilan   farqlanmaydi.   [ d ]   fonemasining   nutqdagi
vaziyatidan kelib chiqqan holda  unda jarangsizlik belgisi kuchsizlanadi. Ammo bu
sof nutqiy hodisadir. Mo‘‘tadillashish lisoniy birliklarning nutqiy voqelanishlarida
yuz beradi. Leksemalar va morfemalar ham nutqiy voqelanganda, ularning lisonda
boshqa   birliklar   bilan   ziddiyatli   munosabatlarini   belgilaydigan   xossalari,   belgilari
kuchsizlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan [ t ] va [ d ] undoshlarining jarangli-jarangsizlilik belgisiga
ko‘ra   zidlanishini   yorqin   namoyon  qiladigan   vaziyat   [ d ]   fonemasining   so‘z  boshi va   so‘z   o‘rtasida   voqelanishidir.   Ziddiyatni   voqelantiradigan   pozitsiya   kuchli   va
uni so‘ndiradigan nutqiy xolat kuchsiz pozitsiya deyiladi.
Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha . Tasnif (arabcha 
«saralash», «tartibga solish») narsa va predmetlarni aniq va doimiy o‘ringa ega 
bo‘lgan guruh (sinf) larga bo‘lishdir. Agar tasnif ilmiy asosga ega bo‘lsa, u uzoq 
davr mobaynida amal qiladi. Masalan, ximiyaviy elementlar soni 200 dan oshib 
ketayotgan bo‘lsa-da, ularning tasnifi bugungi kunda ham o‘zgarmasdan amal 
qilmoqda.
Tasnif   oddiy   bo‘laklashdan   barqaror   tabiatliligi   bilan   ajralib   turadi.   To‘g‘ri,
tasniflashda   ham   oddiy   bo‘lishda   amal   qiladigan   barcha   tamoyillar   asos   bo‘lib
xizmat qiladi. Ya’ni tasnifda ham bo‘lishdagi kabi:
1)   tasniflangan   bo‘laklar   hajmi   tasniflanayotgan   butunlik   hajmiga   teng
bo‘lishi;
2) tasnif bir asosda amalga oshirilishi;
3) tasniflangan guruhlar bir-birini  inkor qilishi;
4) tasnif uzluksiz bo‘lishi, ya’ni unda «sakrash» bo‘lmasligi lozim. 
Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‘lishi mumkin.
Dixotomik   tasnifda   birliklar   ikki   guruxga   ajratiladi:   «fonemalar   unli   va
undoshlarga ajraladi» kabi. Politomik tasnifda guruhlar soni ikkidan ortiq bo‘ladi:
«Gramatik   qo‘shimchalar   lug‘aviy   shakl   hosil   qiluvchilar,   sintaktik   shakl   hosil
qiluvchilar  va   lug‘aviy  sintaktik  shakl  hosil  qiluvchilarga  bo‘linadi»,  Yoki   fe’llar
nutq fe’llari, ruhiy-holat fe’llari va h.
Dixopolitomik   tasnifda   tasniflanuvchi   butunlik   dastlabki   bosqichda   ikkiga,
keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan:
                               
Tasnifda tasnif  asosini  tanlash muhimdir. Chunki  biror  narsalar  tizimini turli
asoslarda tasnif  qilish turli natijalarni  beradi. Masalan,  undosh   fonemalarni ovoz va   shovqinning   ishtirokiga   ko‘ra   jarangli   va   jarangsizlarga,   hosil   bo‘lish   o‘rniga
ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshlariga tasniflash mumkin.
  Lisoniy   tasnif   tasniflanayotgan   birliklarning   ichki,   zotiy   belgilariga   ko‘ra
yoki   muhim   bo‘lmagan   zohiriy   xossalariga   asoslangan   bo‘lishi   mumkin.   Shu
boisdan   tabiiy   yoki   yordamchi   tasniflar   farqlanadi.   Tabiiy   tasnifda   lisoniy
birliklarning   ichki,   barqaror   belgilariga     tayaniladi.   Biz   yuqorida   tabiiy   tasnifga
misollar keltirdik.
Yordamchi tasnifda birliklarning ontologik bo‘lmagan xossalarini bildiruvchi
belgilariga   tayaniladi.   Masalan,   «so‘zlarning   bo‘g‘in   sonlariga   ko‘ra»   (tasnifi   bir
bo‘g‘inli,   ikki   bo‘g‘inli   va   ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zlar),   «unlilarning   tilning   gorizontal
holatiga ko‘ra tasnifi» va hakozo.
Til-   muayyan   birliklar   tizimidan   iborat   murakkab   tizim   hisoblanadi.   Til
birliklarining   o’ziga   xos   tabiati   professor   Sh.   Rahmatullayevning     “   Til
qurilishining   asosiy   birliklari”   qo’llanmasida   izchil   bayon   etilgan.   Til-   tabiiy
yo’sinda   vujudga   kelgan   murakkab   ijtimoiy   hodisa.   Til   kishilar   orasidagi   eng
muhim   aloqa-   aralashuv   quroli   deyiladi.   Bu   lingvistik   ta’rif   emas,   falsafiy   ta’rif.
Tilshunoslik   nuqtayi   nazardan   yondashilsa,   til   so’zini   ikki   xil   mundarija   bilan
ishlatish   mavjudligi   ko’rinadi:   1)   Ijtimoiy   hodisa   bir   butun   holda   tushuniladi,   2)
Ijtimoiy   hodisaning   nutqqa   zid   qo’yiladigan   holatigina   tushuniladi.   Demak,   til
deganda, butunni ham ( nutqni qamrab olgan holda), qismni ham ( nutqni qamrab
olmagan   holda)   tushunish   mavjud.   Til   so’zini   butunning   nomi   sifatida   saqlab,
nutqqa   zidlanuvchi   hodisani   lison   deb   atash   mumkin.   Lison-   kishilar   miyasida,
miyaning   til   xotirasi   qismida   mavjud   hodisalar   va   ularni   ishlatish   qoidalaridan
iborat   boylik.   Nutq   esa   ana   shu   boylikdan   foydalanish   jarayoni   va   shunday
jarayonning hosilasi. Lison kishi miyasida mavjud mavhum hodisa bo’lib, uni aql
bilan   idrok   qilamiz;   nutq   esa   ana   shu   mavhum   hodisadan   foydalanish   jarayonida
yuzaga keladigan moddiy hodisa bo’lib, uni talaffuz birliklari sifatida ishlatamiz. Adabiyotlar
1. Mengliyev B.R. Hozirgi o’zbek  adabiy  tili.  Fonetika-fonologiya. Grafika. Imlo. 
Leksikologiya-semasiologiya.  Leksikografiya.  I  qism  Qarshi. 2004.
2. Nurmonov   A .  Struktur   tilshunoslik :  ildizlari   va   yo ’ nalishlari ,- Andijon :2006
3. Negmatov   H ,  Bozorov   O .  Til   va   nutq .- Toshkent  :1993
4. SH.SHoabdura h monov va b.  H ozirgi  o ’zbek adabiy tili.  I   qism . 1980.
5. E. Qilichev.  H ozirgi   o ’ zbek   adabiy   tili .  Buxoro . 19 99
6. Karimov S. Nazariy tilshunoslik masalalari. Samarqand:2014
7. Abduazizоv A.A. Fоnоlоgichеskaya sistеma sоvrеmеnnоgо uzbеkskоgо yazika. 
Rеfеrativniy sbоrnik //Prоblеmi fоnоlоgii  i mоrfо nolo lоgii. Rеfеrati. Оbzоri.
8. Bоndarkо L.V. Fоnеtichеskое оpisaniе yazika i filоlоgichеskое оpisaniе rеchi. -
L .:Izd. LGU, L., 1981.

An’anaviy va zamonaviy tilshunoslikda til, lison, nutq xususida qarashlar Rеjа: 1. UMIS va YAHVOning lisoniy tizimda voqelanishi. 2. Lisonshunoslik va nutqshunoslik 3. Til, lison va nut q munosabatining tilshunoslikda o’rganilishi 4. Lison va nutq farqlanishini o’rtaga qo’ygan ziddiyatlar 5. Til sathlari va lisoniy birliklar haqida 6. Til va lison haqida qarashlar 7. Fonema, tovush, leksema va so‘z haqida 8. Morfema va qo‘shimchaning tildagi o’rni 9. Lisoniy paradigma va lisoniy munosabat 10. Lisoniy ziddiyat va uning asosiy turlari 11. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha

Bugungi davr, hozirgi zamon o’zbek tilshunosligidan aniqlangan lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, qo’llanish doirasini kengaytirish muammolari bilan shug’ullanishga jiddiy kirishishni zarur topmoqda. Bu yangi asr tilshunosligi zimmatiga yuklatilayotgan muhim ijtimoiy vazifadir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “ Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganlaridek, “ O’zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o’zlikni, vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”. 1 Lisoniy UMIS va YAHVOning til tizimda voqelanishi. Dialektika ( narsa va hodisalarni qiyoslab, umumlashma xulosa chiqaradigan falsafiy ta’limot) har qanday o’rganish manbayida, borliqdagi har bir narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli tushunchalar asosida sistemalashtiradi: Umumiylik-alohidalik Mohiyat –hodisa Imkoniyat- voqelik Sabab- oqibat Birinchi jihat narsalarning sezgi a’zolari asosida his etilmaydigan, aql bilan idrok qilinadigan mohiyatidir. Ikkinchi jihat esa UMISning voqelanishi, namoyon bo’lishi bo’lib, uni tadqiqotchi sezgi azolari yordamida his qila oladi. UMIS (zot) va Y А HVO (tajalli) butun dialektikaning, ya’ni butun borliq - tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy munosabat qonunlaridan biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, Y А HVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi. Tilshunoslar uzoq zamonlar davomida tildagi o‘rganish manbaining UMIS va Y А HVO yoki lisoniy va nutqiy jihatlari ixtilofi (dialektikasi) mohiyatiga yetolmay, boshi berk ko‘chada cheksiz xususiyliklar doirasida o‘ralashib qoldilar. 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.- Toshkent: Ma’naviyat, 2007

Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengqurdir. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy) da ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiyliklar bilan o‘ralashib qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni - UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifalariga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi» (H.Ne’matov). Shu asosda aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligining birinchi bosqichi dialektika nuqtai nazaridan tildagi UMIS va YHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichidir. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo tilshunoslar V. fon Gumboldt, B.de Kurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholanadi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, u ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa bir ma’nolilik xos bo‘lib, ko‘p ma’nolilik ilmiy aniqlikka putur yetkazadi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Natijada til, lison, nutq munosabati quyidagicha tushunildi:

Lisonshunoslik va nutqshunoslik. XX asr sistem tilshunosligida (strukturalizmda) hozirgi kunda diskurs deb ataladigan, mohiyatan esa o’zaro fikr almashinish jarayoni ikki tarkibiy qismga: 1) bevosita kuzatishda har xil moddiy shaklda berilgan nutq; 2) nutq uchun imkoniyat sifatida inson ongida joylashgan til (lison) kabi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu bo’linishda nutq YAHVO, lison UMIS tabiatlidir. Shu asosda tilshunoslik fanida ham tilni sistema sifatida o’rganuvchi til lingvistikasi (lisonshunoslik) va nutq lingvistikasi ( nutqshunoslik) farqlanadi. O’tgan asrning 30- yillaridan boshlabqariyb 80- yillargacha Yevropada zamonaviy tilshunoslik deganda lisonshunoslik- til tizimining ifoda va ta’sir vositalarini alohida- alohida sistemalarga yoki paradigmalarga birlashtirib, bir paradigmada birlashgan birliklar orasidagi munosabatlarni, oraliqdagi o’xshashlik va farqlarni o’rganish tushunilar edi. Bunda tilshunos hamisha nutqda voqelanganhodisalarga tayanarva shu asosda bu hodisalarning sabab va imkoniyatlarini ochishga intilar edi. Natijada, qariyb 50 yil davomida lisoniy imkoniyatlarni ochish va ular orasidagi munosabatlarni o’rganishga alohida e’tibor qaratildi. Lekin bu jarayonda bu imkoniyatlarning har biri qaysi holatlarda voqelanishi tadqiqotchilar diqqatidan chetda qoldi; ular voqelangan hodisa asosida mohiyatlarni ochdilar, ammo mohiyatning voqelanishi chetda qoldi. Shuning uchun Yevropa tilshunosligida o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab lisoniy imkoniyatlarning yuzaga chiqish, voqelanish xususiyatlariga e’tibor berish kuchaydi va nutqshunoslikning xilma- xil yo’nalishlari – an’anaviy stilistikadan pragmatik etnosotsiolingvistika-yu, matn lingvistikasi va korpus lingvistikasigacha – tez va keng rivojlana boshladi. Boshqacha, qilib aytganda, lisonshunoslikdan nutqshunoslikka o’tildi. 2 Til, lison va nutq munosabatining tilshunoslikda o’rganilishi. Yuqorida UMIS va Y А HVOning tildagi tajallisi misolida lison va 2 Safarov Sh.,Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari.-Samarqand,2007-b 8-9

nutqning o‘zaro munosabati haqida kirish xarakterida so‘z yuritildi. Endi unga batafsil to‘xtalinadi. Lison deyilganda ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari yig‘indisi tushuniladi. Demak, lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo‘ladi. Shu bilan birga ular ikki tomonning bir butunligidan iborat: a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni; b) lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma’noviy qiymati. Lisoniy birliklar UMIS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan xoli bo‘lmog‘i lozim. Bunda «lisoniy birlikning tashqi tomoni» ko‘rinishga, moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, lisoniy birlik moddiy qiyofadan xoli. Biroq ular ongda qandaydir tarh, ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyatlari xaqida umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari ongida birdir. Bu [a] fonemasining shakli, tashqi tomoni bo‘lsa, uning ma’no farqlash, chegaralash tomoni ichki jihati sanaladi. [a] fonemasi xususiyatlari va ma’no farqlashning o‘ziga xos birligi, yaxlitligi sifatida ongda mavjud bo‘ladi. Har bir fonemaning ma’no farqlash va talaffuz xususiyatlari umumlashmasi o‘ziga xos bo‘lib, biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi va mustaqil fonemaga qo‘yilgan talab ularning aynan o‘xshash bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Lisoniy birliklarining bu tashqi va ichki tomonini bir-biridan ajratish uchun ulardan birini mutlaqlashtirish mumkin emas. Ichki va tashqi tomon bir varaqning ikki betiga o‘xshaydi va ularni ajratib bo‘lmaydi. Nutq esa yuqorida ta’riflangan lisoniy so‘zlashish qobiliyati asosida ayrim shaxs tomonidan ma’lum bir xabar berish maqsadi uchun ishga solinish yoki qo‘llanish natijasidir.