logo

Antik davr shaharsozlik madaniyati

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

227 KB
 “ Antik davr shaharsozlik madaniyati ”.
M   U   N   D A   R   I   J A
Kirish .......................................................................................................................
I BOB. MARKAZIY OSIYONING   ANTIK   DAVRI   O‘RGANILISH   TARIXI
Xorazm   antik   davri   tarixiga oid   yozma manbalar ..................................................
Antik   davri   arxeologik   yodgorliklarning   o‘rganilishi ...............................................
II BOB. MARKAZIY OSIYONING   ANTIK   DAVRI  
SHAHARSOZLIK   XUSUSIYATLARI ................................................................
Antik   davr manzilgohlarining joylashishi ................................................................
Shaharlar shaklidagi yodgorliklar   strukturasi ......................................................
Amudaryo   o‘ng   sohili   antik   davri moddiy   madaniyati .........................................
XULOSA .................................................................................................................
ADABIYOTLAR   RO‘YXATI K   I R   I SH
Qadimgi   davr   shaharsozlik   madaniyatida,   O’zbekistonning   qadimiy-tarixiy   va
madaniy   viloyatlaridan   biri   bo’lgan   Xorazm   muhim   o’rin   tutgan.   I. Karimov         X iva
sh a hr in i n g        25 00        y il l i g i d a        ta ‘ k id l a g a n i d e k ,       ―   O	’ z b ek davlatchiligining   tamal
toshlari   bundan   2700   yil   muqaddam   ayni   Xorazm   vohasida qo’yilgan. Shu ma‘noda,
milliy   davlatchiligimiz   tarix   Misr,   Xitoy,   Hindiston,   Yunoniston,   Eron   kabi   eng
qadimiy   davlatlar   bilan   bir   qatorda   turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligiga oid
ulkan   ma‘lumotlar,   moddiy   va   yozma   yodgorliklar   to’plangan   tarixni   asosi,   uning
qudrati va qadmiyligining   ta sd ig	
’ i di r	.     S. P . To l s t o v    ta ‘ b iri    bi lan    a y t g a n da    X orazm    -
O	
’ r t a    Os i y o    M i sr i	,	
―  
O	’ rta   O si y o   V e n e t s i y a s i   n o m ini   o lg a n   a fs o n a v iy   m inta q a   h is o b l a n a d i .   A y nan
shu   hududda   O’zbekistondagi   qadimgi   shaharsozlik   madaniyatiga   oid   boy   moddiy va
yozma   yodgorliklar   to’planganki,   ularning   chuqur,   izchil   va   yaxlit   holda   o’rganish
eng   dolzarb   ilmiy   muammolardan   biridir.
So’nggi yillarda sharqshunos olimlar, tarixchi va arxeologlar tomonidan   amalga
oshirilgan   tadqiqot   ishlari   tufayli,   Xorazm   shaharsozligi   tarixini   xolisona   tadqiq
qilish   uchun   etarli   zamin   yaratildi.   Ta‘kidlash   joizki,   to’plangan   ma‘lumotlar
ko’pligiga   qaramay   shaharlar   tarixi,   ayniqsa,   Xorazmda   tarixan   poytaxt   vazifasini
o’tab   kelgan   shaharlar   tarixi   shu   kunga   qadar   etarli   darajada   maxsus   tadqiq
etilganmas,   lekin   bugungi   kundagi   tadqiqotlar   natijasida   bir   qator   aniqliklar
kiritilmoqda.   Amudaryo   sohillarida   joylashgan   noyob   arxeologik   yodgorliklarni
chuqur   o’rganish,  o’zbek  va  qoraqalpoq  olimlari   oldida   turgan   dolzarb   vazifalardan
biridir.
O’tgan   asr   30   yillarida   Xorazm   arxeologik   –   etnografik   ekspeditsiyasi   tashkil
etilishi   natijasida,   Xorazm   vohasida   amalga   oshirilgan   arxeologik   tadqiqotlar   asosida
yaratilgan   monografiyalar   va   ilmiy   maqolalarni   umumlashtirish   va   har   tomonlama
tahlil   qilish   asosida   Xorazmning   ya‘ni   Amudaryoning   o’ng   sohili   bo’ylab   joylashgan
shaharlarning   antik   davri   tarixi   va   madaniyatini   yoritib   berishdan   iborat. Mavzu   bo’yicha   ilmiy   adabiyotlar   quyidagi   ikki   guruhga   ajratib   tahlil   qilish
mumkin.   Birinchi   guruhga   sobiq   ittifoq   davrida   olib   borilgan   tadqiqotlar   va   chop
etilgan   adabiyotlar,   ikkinchi   guruhga   esa   mustaqillik   yillarida   olib   borilgan
tadqiqotlar   va   nashr etilgan   adabiyotlar   kiradi.
Birinchi   guruhga   mansub   adabiyotlar   turkumining   tahlili   shundan   dalolat
beradiki,   Xorazm   vohasining   qadimgi   tarixi   masalalari   XX   asrning   30-   yillarigacha
asosan   o’rta   asr   yozma   manbalari   asosida   o’rganilgan.   1937   yildan   o’z   faoliyatini
boshlagan   Xorazm   arxeologiya   ekspeditsiyasi   30–80-yillar   davomida   Amudaryo   va
Sirdaryoning   quyi   havzalarida   kompleks   xarakterdagi   izlanishlar   olib   borib,   fanga
ko’plab yangiliklarni   olib   kirdi.
Qadimgi   Xorazm   tarixini   o’rganishda   S.P.   Tolstovning   xizmatlari   katta
ahamiyatga   molik   hisoblanadi.   Y.G’.   G’ulomov   Xorazm   vohasi   sug’orish   tarixini,
Xorazmning   sug’orilish   tarixi   bilan   bog’liq   keyingi   tadqiqotlar   B.V.   Andrianov
ishlarida   chuqur   o’z   aksini   topdi.   E.E.   Nerazik   urbanistik   jarayonlarning  o’ziga  xos
xususiyatlari   ochib   berilgan.   B.I.   Vaynberg   qadimgi   Xorazm   tangalari   haqida   asar
yaratdi.
Mustaqillik   yillarida   Xorazmning   qadimgi   tarixini   yangi   ma‘lumotlar   bilan
boyitishga   V.N.   YAgodin,   M.   Mambetullaev,   G.   Xodjaniyazov,   Yu.A.Rapoport
E.   Bijanov,   Yu.P.   Manilov   kabi   arxeologlar   o’z   hissalarini   qoshdilar.
Yu.A.Rapoport   quyi   Amudaryo   havzasida   ilk   davlatchilik   va   urbanistik   jarayonlarga
oid qator  ishlarni   e‘lon qildi. V.N.  Yagodinning  ilmiy  ishlari  keng   qamrovli   bo’lib,
istiqlol   yillarida   olim   qadimgi   Xorazm   shaharsozligi   va   ilk   davlatchiligi   tarixining
qator   jihatlariga   bag’ishlangan   ishlarini   e‘lon   qildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Xorazm tarixiga
oid   fi k r- m ulo h az a la r i ,   ― Tar i xiy    x o ti r a s iz    ke l a j ak    y o	’ q     ri so la si da    o	’ z b ek    x a lq i nin g
tub   tarixiy   ildizlari,   shaharsozlik   madaniyati   masalalari   bo’yicha   Respublika
tarixchilari   oldiga   qo’yilgan   dolzarb   muommolarga   ega   bo’lgan   vaziyatlar,
arxeologlar   olib   borgan   tadqiqotlar   natijalari   mavzuning   asosiy   manbai   hisoblanadi. 1
 
1
 Каримов   И.А.   Тарихий   хотирасиз   келажак   йўқ.Т.:1998. I-BOB   MARKAZIY OSIYONING   ANTIK   DAVRI   O‘RGANILISH
TARIXI  Xorazmning   antik   davri   tarixiga   oid   yozma   manbalar.
Antik   mualliflar   qadimgi   qal‘alari   to’g’risida   deyarli   hech   qanday   ma‘lumot
qoldirishmagan.   Baqtriya   bilan   Sug’d   mudofaa   inshootlari   to’g’risida   Aleksandr
yurishlari   tarixi   bilan   bog’liq,   mazmunan   xilma-xil   materialga   egamiz.   Xorazm
podsholigi   tarixida   Iskandar   yurishlaridan   keyingi   davrda   bo’lib   o’tgan   yirik   siyosiy
hodisalar   haqida   bizning   qo’limizda   yozma   ma‘lumotlar yo’q. Ammmo ko’p narsalar
haqida,   ya‘ni   antik   madaniyatning,   hunarmandchilikning   va   irrigatsiyaning   gullashi
va hammadan oldin ijtimoiy   tengsizlikning tezlik bilan rivojlanishi haqida arxeologik
yodgorliklar guvohlik   beradi 2
.
X orazm   il k   m ar t a   Av e s to da   e s l a t i l a di   ha m da   q a di m gi   f o r s   t il i d a  ― Behis tu n	 ‖ va
Naqshi   Rustam   qoyalariga   bitilgan.   Ahamoniylarning   Persopol,   Suza   saroylaridan va
Xamadondan   topilgan   yozuvlarda,   qadimgi   yunon   mualliflari   Miletlik   Gekatey,
Gerodot,   Strabon,   Ktesiy,   Arrian,   Kvint   Kursiy   Ruf   va   boshqalarning   asarlarida,
sosoniylar yozuvlarida tilga olinadi. XX asr boshlarida   ne m is     o li m i          V . Mar k v art
A v e s t o          m at ni ni          o	
’ r g a n i b  	―   X orazm     da v l a t i	  mavjudligini   ilmiy   jamoatchilikka
e‘lon   qilgan   edi.   Xorazm   davlatining   qadimgi   hududi   masalasi   bo’yicha
olimlarimiz   o’rtasida   ikki   yo’nalish   paydo   bo’lgan.
Birinchi   guruh   olimlar   V.Markvart,   Kissiling,   V.Bartold,   S.P.Tolstov,
Y.G’ulomov,   M.G.Vorobyova   kabi   olimlar   Xorazm   davlatining   markazi   quyi
Amudaryo   bo’ylari,   uning   hukmronlik   doirasi   Sharqiy   Eron,   Shimoliy   Afg’oniston,
Turkmaniston   hududlarini   qamrab   olgan,   degan   fikrni   bildirishgan.
Ikkinchi   guruh   olimlari   I.Gershevich,   V.M.Masson,   V.Pyankov,   B.Vaynberg,
A.Sagdullaev, S.P.Tolstov, A. Asqarovlar   Xorazm davlati   dastlab   Tajan   va   Murg’ob
vohalarida   mavjud   bo’lgan,   keyin   esa   Ahamoniylar   tazyiqi   ostida   Quyi
Amudaryo   vohasiga   ko’chganlar   degan   fikr-   mulohazalar   taklif   qildilar.   Bu
jarayonga   akademik   A.Asqarov   fikr-   m ulohaz a la r i             d i q q at g a             s a z ov o r .	
―
Xor a z m i y lar n in g            d a s t l a b k i            v a t a n i Baqtriyadan   janubda, Ariyadan   sharqda,
Harirud   va   Xilmend   daryolarining   yuqori   xavzasida, hozirgi   Hirot   vodiysida   bo’lgan.
Ahamoniylar   tomonidan   tazyiq   o’tqazish   orqali   Sharqiy   Eron   qabilalaridan   yiliga
2
 Ғуломов   Я.Ғ.Хоразмнинг   суғорилиш   тарихи.Т.,1959,103б. katta   boj   olish   maqsadida   Hilmend   tog’   daralaridan   oqib   chiqadigan   soy   yo’liga
to’g’onlar   qurdirilib,   suv   yo’llarini   Xilmend-Xorasmiylar   yurtiga   burib   yuborgan,
natijada   Xorasmiyliklar   Amudaryoning   quyi   havzalariga   ko’chishga   majbur
bo’ l g a nl a r . 3
Ko’rib   turibmizki,   Xorazmning   hududiy   joylashishi   va   ularning   davlatchiligi
to’g’risida   yagona   fikrlar   mavjud   emas.   Xo’sh,   tadqiqotchilarning   qaysi
manbalarga   asoslanib   xorasmiylarning   joylashishi   to’g’risida   fikr-mulohazalarini
bildirmoqdalar.   Bunga   birinchi   manba   Avestodan   ma‘lumotlar   hisoblanadi.
Avestoda   O’rta Osiyoning   eng   qadimgi   madaniy-xo’jalik   viloyatlari   to’g’irsida
ma‘lumotlar   uchraydi.   Bu   tarixiy-geografik   atamalar   yasht   kitobida   va
Videvdatning   birinchi   bobida   qayd   qilingan.   Yashtda   birinchi   m a m la k at  	
― A r y a n am
V a y j o   y oki  	
― A r y a s ha y on a	.   U   y urtda   k o	’ p   yaylovlarga   ega   baland   tog’lar,   keng
daryolar   va   chuqur   ko’llar   bo‗lgan.   Keyingi   mamlakatlar   Sug’da,   Poruta,   Iskata,
Mauru,   Xvarizam.
Avestoning   Yasht   qismida   ushbu   hududlar   to’g’risida   quyidagi   ma‘lumotlar
qayd   qilingan.  	
―   U   mamlakatning   jasur   sardorlari   ko’pdan-ko’p   harbiy   yurishlar
qiladi,   uning   erlari   suvga   serob   keng   yaylovlarga   ega,   tog’larida   chorva   tinch
o’tloq   va   ozuqa   bilan   ta‘minlangan, bu   erdagi   chuqur   ko’llar   to’lqinlanib   turadi,
kema   qatnaydigan   keng   daryolar   Porukdagi   Iskata, Xarayvadagi   Mouru, Sug’ddagi
Gava   va   Xvarizam   toshib   intiladi. 4
Videvdatdagi   ma‘lumotlarga   ko’ra,   Axuramazda   Zaratushtraga   xabar   q i l g a n .	
―
O ,   Spi t a m a  Z ara t us htra oda m lar   y a s ha y di g an   j o y lar ga ,   b u   er l ar d a baxt   qancha   kam
bo’lsa-da,   tinchlik   tortiq   qildim.Birinchi   odamlar   yashashi   uchun   eng   yaxshi
mamlakatga,   Vahvi   Dantya   daryosidan   Aryanam   Vayjoga   asos   soldim 5
.   Shu   birga,
Avesto   O’rta   Osiyo   hududidagi   shaharlar   to	
’ g’ r i s i d a gi   m a ‘ lu m o t lar   u c h ra y d i .
S h a h ar l ar  	
― vara l a r   s ifa ti da   t a s vi r l a n a d i .   V id e v dat   k i t ob ida  	― K va d rat   V a r lar   a ta m a s i
m a v j ud   bo	
’ li b ,   u   sh u n day tasvirlanadi. Yima   Varani   to’rt   tomoni   ot   chopishiga   teng
uzunlikda   qilib   qurdi   va   u  y er   xo’kiz, odam, it   va   qushlarning   urug’ini   hamda   yonib
3
 Асқаров   А.   Ўзбек   халқининг   этногенизи   ва   этник   тарихи.Т.,Университет,2007.113б.
4
 Толстоа   С.П.   По   древним   дельтам   Окса и   Яксарта.М.,Наука,1962.С.146-148.
5
 Сагдуллаев   А.С.   Авесто-тарихий   географияни   ўрганиш   манбаси   сифатида//   ―Авесто	
‖   китоби   тарихимиз   ва 
маънавиятимизнинг илк 	
еrзма манбаи мавзусидаги илмий-амалий семинар материаллари//Т.,2000,35-   36б. turgan   olovni   ko’chiradi. Varani   odamlar   yashaydigan   joy va   qo’ton   qildi. Yima   u
y erga   bir   xatr (1,5 kmgacha) uzoqlikdagi   joydan   suv   olib   keldi. Unga   erda   u   hamma
tomoni   berk   turar   joylar,   uy, gumbaz,   hovli   qurdi . 6
Demak,   Avesto   zamonasida   yo’nalish   uchun   bo’lgan   sug’orish   inshoatlari, to’rt
tomoni   devor   bilan   o’rab   olingan   aholi   manzillari   mavjud   bo’lgan.   Q.Sobirov,
R.Abdirimovlar   xulosasiga   ko’ra   Xorazm   vohasidagi   K o’ za l i q i r,   Q al ‘ al i q i r ,
O y bu y ir q al ‘ a ,   Bo z or q al ‘ a  	
― vara l a r   s h a k l i d a g i   a ho li   markazlari   bo’lgan. 7
  Keyingi
ma‘lumot   Ahamoniy   podsholarining   zafarnomalarda   qayd   qilingan.Persopol,zabt
etilgan.   Naqshi   Rustamdagi   qadimiy   Eron   bitiklarida   Xorazm   to’g’risida
ma‘lumotlar uchraydi. Markaziy   Osiyo Eron   shohi   Kir,   keyin   Doro I   tomonidan zabt
etilgan.
Xorazm   tarixiga   mansub   qimmatli   ma‘lumotlar   Gerodot   asarida   uchraydi.
Muar ri x ni ng  	
― Istori y a   a sr i da  	― O si y o   b i r   v od iy   bo r.   Uni ng   h a m m a   t o m oni   to g	’  bilan
o’ralgan,   tog’ni   esa   beshta   dara   kesib   o’tadi.Bir   vaqtlar   bu   vodiy   xorazmliklarga
qarashli   bo’lib,   xorazmliklar,   parfiyaliklar,   saranglar   va   tamaneylarning
chegaradosh   erlarida   joylashgan.   Forslarning   hukmronligi   b os hl a n ga c h ,   v o d iy   f o rs
p o d s ho si   h u k m r o n l i gi ga   o	
’ t g a n .
Gerodot   ma‘lumotlariga   ko’ra,   Xorazm   parfiyaliklar,   sug’dlar   va   areyalar
bilan   birga   XVI   satrapiyaga   kirgan   va   Doroga   300   talant   xiroj   to’lagan.
Xorasmiyliklar   Kserksning   Gretsiyaga   yurishida   ishtirok   etishgan.
Yunon   tarixchisi   Strabon   (miloddan   avvalggi   63   -   milodiy   23   yillar)
Xorazmiylarni   massagetlarga   taalluqligini   qayd   qilgan.Muarrixning   fikriga   qo’shilish
mumkin.   Massaget   qabilalari   totemlarida   otga   sig’inish   kuchli   bo’lgan. Shu jihatdan
bo’lsa kerak, Xorazm tangalarida ot rasmi keng o’rin   olgan.
Xorazm   haqida   mil.avv.   IV   asrda   mustaqil   davlat   sifatida   faoliyat   yurtganligi
haqida   ma‘lumotlar   bor.   Qadimgi   mualliflar   (Kvint   Kursiy   va   Arrian)
Makedoniyalik   Aleksandr   Baqtiriyada   qishlayotganida   (mil.avv.   329-   328   yillar)
kolxlar va   amazonkalarga   qarshi   ittifoq   tuzishni   taklif   qilib, 1500   otliq   bilan   kelgan
6
 Толстов   С.П.   Новые   материалы   по   истории   культуры древнего   Хорезма,ВДИ   №3,1946,С.50-55.
7
  3
Собиров   Қ.,Абдиримов   Р.   Авесто   жамиятида   Хоразм   воҳаси:   шаҳарсозлик   ва   давлатчилик
негизлари// Авесто	
‖ ‖   китоби-тарихимиз   ва   маънавиятимизнинг   илк   е	rзма   манбаи   мавзусидаги   илмий-
амалий   семинар   материаллари//Т.,2000,   54-55б. Xorazm   podshosini   ham   eslab   o’tishadi.
Doro III   (mil.avv. 336—330y.)   qo’shinlarining   Arrian   yozib   qoldirgan   bizgacha
etib   kelgan   mukammal   ro’yxatida   va   uning   Makedoniyalik   Iskandarga   qarshi
fojeali   kurashi   yillarida   Xorazm   qo’shinlarining   ishtiroki   umuman   tilga  olinmaydi.
Qadimgi   Sharqning eng   yirik   davlati   bo’lgan   Ahamoniylar   saltanatiga   mil.avv.
334-330   yillarida   Makedoniyalik   Iskandar   uzil-kesil   barham   beradi.   Saltanatning
sharqiy   viloyatlari   (Ariya, Baqtriya, Sug’diyona)ni   esa   Iskandar   330-327 yillarda zabt
etadi.
Xorazm   antik   davri   arxeologik   yodgorliklarning   o‘rganilishi.
Xorazm   vohasida   O’rta   Osiyoning   eng   katta   daryosi   Amu   deltasi   joylashgan.   Bu
o’zan   juda   ham   keng   bo’lib,   ellik   ming   kvadrat   kilometrga   yaqin   maydonni   ishg’ol
qilib   yotadi.   Uning   shimoli-g’arbida   Ustyurt   tepaligi,   sharqda   Sulton   Uvays   tog’i
hamda   Qizilqum,   janubda   va   janubiy-g’arbda   Qoraqum   sahrolari o’rab   olgan.
Amudaryo   deltasi   butun   Yevroosiyoda   eng   katta   bo’lib,   Volga   deltasiga
nisbatan uch yarim hissa, qadimgi Nil deltasiga nisbatan ikki hissa ko’proq   maydonni
egallaydi.   Delta   tuprog’i   unumli   bo’lib,   dehqonchilik   uchun   juda   ham   qulay. 8
Antik   davr   Xorazm   vohasining   ancha   rivojlangan   davri   hisoblanib,   biz   buni
yozma   va   arxeologik   materiallar   asosida   ko’rishimiz   mumkin.
XX   asrning   30   yillariga   qadar   Xorazm   vohasida   antik   davrga   oid   tarixiy
obidalarda   arxeologik   qazish   ishlari   olib   borilmasdan   asosan   yodgorliklarning   o’rta
asr   madaniy   qatlamlari   o’rganilgan   xolos.
Qadimgi   Xorazmda   shahar-davlatchilik   tarixining   o’rganilish   tarixshunosligini
ikki   bosqichga ajratish mumkin.
I- Bosqich   yozma   manbalardagi   ma‘lumotlar   bo’lib,   XX   asrning   30   yillari
o’rtalarigacha;
II- Bosqich   esa   XX   asrning   30   yil   o’rtalaridan   hozirgi   kungacha   bo’lgan
tarixiy   jarayonni   qamrab   olgan.
Birinchi   bosqichda   Xorazm   vohasi   tarixiga   oid   ma‘lumotlar   Avesto,   yunon   va
rim,   ahamoniylar,   Xitoy   yozma   manbalari,   arab   sayyohlari   va   geogarflari,   Al-
8
Исо   Жобборов.   Антик   маданият   ва   маънавият   хазинаси.Т.,Ўзбекистон,1999.15б. Xorazmiy,   Abu   Rayxon   Beruniy   asarlari,   rus   tadqiqotchilari   asarlaridagi
ma‘lumotlarni   qamrab   olgan. 9
Ikkinchi   bosqichda   o’zbek   va   rus   tadqiqotchilarining   Xorazm   vohasida
muntazam   ravishda   arxeologik   izlanishlarining   olib   borilishi   natijasida   olingan
ashyolar   asosiy   manba   vazifasini   bajargan.   Xorazm   yodgorliklarini   arxeologik
jihatdan   o’rganish   XX   asrning   30-yillari   o’rtalaridan   boshlanadi   va   bu   ish   hozirgacha
davom   etmoqda.   Tadqiqotda   Xorazm   vohasining   qadimgi   davri   qal‘alarining
arxeologik   jihatdan   o’rganilishi   tarixi   to’rt   bosqichga   bo’lish   mumkin:   urish
davrigacha   (1936-1940)   olib   borilgan   tadqiqotlar;   urishdan   keyingi   davrda   (1945-
1958)   olib   borilgan   tadqiqotlar;   1959-1990   yillarda   olib   borilgan   tadqiqotlar   va
mustaqillik   yillarida   olib   borilayotgan   tadqiqotlar. 10
  Xorazm   yodgorliklarini   tadqiq
qilishning   birinchi   va   keyingi   bosqichlari   akademik   Y.G’.G’ulomov,   S.P.Tolstov   va
yana   ko’plab   arxeologlarning   nomi,   hamda   Xorazm   arxeologiya   ekspeditsiyasi
faoliyati   bilan   bog’liq.Xorazm   vohasidagi   tarixiy   obidalarni   har   tomonlama   chuqur
ilmiy   asosda   o’rganish   1936   yilda   Xorazm   arxeologiya-etnografiya
ekspeditsiyasining   tashkil   etilishi   munosabati   jonlanib   ketdi.1936-1937   yillari
Xorazm   vahosida   birinchi   o’zbek   arxeologlari   Yahyo   G’ulomov   va
T.Mirg’iyosovlarning ekspeditsiyasi Mang’it   qishlog’i   yaqinida   Qubatov   tepaligidan
milodiy   I   ming   yilligi   o’rtalariga   mansub   bo’lgan   zardushtiy   qabristonini   topib,
birinchi   marta   qadimiy   islomga   qadar   Xorazm   yodgorligiga   duch   keladilar,   Geolog
Arxangelskiy   Xorazmning   qadimgi   sug’oriladigan   hududida   Jonbosqa‘la,
Tuproqqal‘a,   Qizilqal‘a,   Bozorqqal‘a,   Guldursin qal‘alari to’g’risida ma‘lumot berib,
ularni   xaritaga   joylashtirgan,   lekin   arxeologik   tadqiqiqotlar   olib   borilmagan.   1937
yildan   boshlab   Xorazm   vohasida   professor   S.P.Tolstov   boshchiligida   Xorazm
arxeologik-etnografik   ekspeditsiyasi   xodimlari   Guldursin   qal‘ada   dastlabki   qazish
ishlarini   olib   bordi.   Shu   ekspeditsiyaning   ilmiy   xodimi   A.Terenojkin   1937   yili
Qoraqalpog’iston   Respublikasi Beruniy va To’rtkul tumanlarida arxeologik tekshiruv
ishlarini olib   bordi. Uning fikricha, Kat qal‘asining qadimgi bo’lagi bo’lgan Pilqal‘a
9
 Толстов   С.П.Новые   материалы   по   истории   культуры   древнего   Хорезма.ВДИ   №2,1946.С.50-55.
10
  Ходжаниязов   Ғ.Х.Қадимги   Хоразм   мудофаа   иншоатлари.Т.,Ўзбекистон,2007.22б. o’ziga   xos   qurilishga   ega   bo’lib,   milodiy   III-IV   asrlarda   vujudga   kelgan. 11
Ekspeditsiya   1940   yilda   o’zining   asosiy   ish   hududida   –   Amudaryoning   o’ng
sohilidagi   qadimgi   sug’orma   erlarida   qazish   va   qidirish   ishlarini   olib   bordi.   1938
yilda   Tuproqqal‘a   shahristoni   tekshirildi,   u   erda   so’nggi   antik   Xorazm   qal‘asi   ilk   bor
aniqlandi.   Shu   yili   ekspeditsiyaning   qidiruv   bo’limi   tomonidan   Tuproq,   Pil
qal‘a   qo’rg’onlarida   arxeologik   kuzatuv   ishlari   olib   borildi,   sopol   idish   qoldiqlari
asosida   taxminiy   sanalari   belgilandi.   Antik   yodgorliklardan   Qo’yqirilganqal‘a,
Qo’rg’oshinqal‘a,   Bozorqal‘a,   Jonbosqal‘a,   Qizilqal‘a,   Tuproqqal‘a,   Katta   va   Kichik
Qirqqiz,   Anqaqal‘a,   Qo’ziqirilganqal‘a   tekshirildi. 12
Qoraqalpog’istonning   janubiy-sharqiy   hududidagi   boshqa   yodgorliklarining
sxemasi   chizildi.
S.P.Tolstov miloddan avvalgi VIII-VII asrlar va antik davrda   Xorazmdagi   yirik
suvg’orish   kanallarning mavjudligini, qudratli markaziy davlat siyosati   bilan bog’lab,
shu hududda   davlat tashkiloti bo’lmaganda bunday yirik va uzun   kanallarni qazib va
ularni saqlab bo’lmasdi deb to’g’ri xulosaga kelganligini   qayd   qilishimiz   lozim. 13
Urushgacha   bo’lgan   davrda   olib   borilgan   ishlar   yakuni   S.P.   Tolstovning―
Q a d i m gi  X orazm   m on a gra f i y a s i d a b e ri ld i ( M . ,19 4 8 ).  H o z i r g i   m ez o n la r ga ko’ra
juda   kam   bo’lgan   arxeologik   material   asosida   Xorazm   tarixi   eng   qadimgi
zamonlardan   o’rta   asrlargacha   davrlashtirib   berildi.   Antik   Xorazm   yodgorliklari
tarixiga   ayni   shu   kitobda   birinchi   darajali   ahamiyat   qaratildi   va   mudofaa
inshootlarining   tarixiy   sharhi   hamda   tasnifi   keltirildi.   Antik   Xorazm   yodgorliklarini
o’rganish   to’rt   davrga   bo’linadi:
1)   uy-joy   devorlari   bo’lgan   shahriston   madaniyati   (mil.avv.VI-IV   asrlar).
2) Q a n xa   m a d a n i y ati  ( m i l . a v v .IV   a s r - m i l .I   a s r).
3) kus ho nlar   m a d a n i y ati   ( m i l .I I -III   a s r l a r).
4) kus ho n -af r ig	
’   o	’ t i sh   m a d a n i y ati   ( m i l .II I -V   a s r la r ) . 14
Yuqorida   keltirilgan   yodgorliklarni   arxeologik   o’rganish   bosqichlari     yildan-
yilga   ko’lami   kengayib   boradi.   Olimlarimiz   tomonidan   antik   davrning   o’zi   ham
11
 Тереножкин   А.И.   Археологические   разведки   в   Хорезме.СА.М.,1940.-Вып.VI.-С.170.
12
Ходжаниязов   Ғ.Х.Қадимги   Хоразм   мудофаа   иншоатлари.Т.,Ўзбекистон,2007.23-24б.
13
 Толстов   С.П.   Древности   Южного   Хорезма.М.,Наука,1948.С.341.
14
 Ходжаниязов   Ғ.Х.Қадимги   Хоразм   мудофаа   иншоатлари.Т.,Ўзбекистон,   2007.25б . alohida   davrlashtirilishi,   bu   albatta   o’rganishda   bir   qancha   qulayliklarni   yaratdi.   Shu
o’rinda   bu   hududda   tadqiqot   ishlari   olib   borib   Xorazm   tarixining   yoritilishiga   o’z
hissasini   qo’shgan   olimlar   va   ularning xizmatlari haqida ham to’xtaladigan bo’lsak.
A.I.Terenojkin   Quyi   Amudaryo   havzasida   arxeologik   qidiruv   ishlarini   olib
borib,qadimgi   davrga   mansub   Jonbosqal‘a,   Tuproqqal‘a,   Qo’yqirilganqal‘a
yodgorliklari   to’g’risida   ma‘lumotlar   beradi ’
.
S.P. Tolstov o’zining tadqiqotlari  natijasini  bir  qator  ilmiy adabiyotlarda   nashr
qilish   bilan   Xorazm   tarixini   yoritishda   alohida   o’rin   egalladi.
Y.G’ulomov   tadqiqotlari   qadimgi   Xorazmda   sug’orilish   madaniyati,   Xorazm
qishloq   va   shaharlarini,etnik   jarayonlar,   davlatchilik   masalalari   arxeologik   ashyolar
va   yozma   manbalardagi   ma‘lumotlar   asosida   keng   ko’lamli   tarzda   yoritgan.
Xorazmning sug’orilish   tarixi   bilan   bog’liq keyingi   tadqiqotlar
B.V.   Andrianov   ishlarida   chuqur   o’z   aksini   topdi.   Yu.A.   Rapoport   Xorazm
ekspeditsiyasi   o’z   faoliyatini   to’xtatgach,   e‘lon   qilinmagan   materiallar   asosida   quyi
Amudaryo   havzasida   ilk   davlatchilik   va   urbanistik   jarayonlarga   oid   qator   ishlarni
e‘lon   qildi.   Amudaryoning   o’ng   sohillari   yodgorliklaridan   biri   Tuproqqal‘ada
E.E.Nerazik ham tadqiqot ishlarini olib borib, milodiy III-asrga   oid yangi ashyolarni
topib o’rgandi. B.I. Vaynberg qadimgi Xorazm tangalari   haqida   asar   yaratdi.   Ushbu
monografiyada   Xorazmning   mil.   avv.   II   asrdan   milodiy   IX   asrlargacha   bo’lgan
ijtimoiy-siyosiy tarixi numizmatik materiallar   asosida   yangicha   talqin   qilindi.
II-BOB Xorazmning   antik
davri   shaharsozlik xususiyatlari.
Antik   davr   manzilgohlarining   joylashishi.
Xorazm   vohasi   jo’g’rofik   nuqtai   nazardan   ikkita   katta   qumliklar   sahrosi   o’rab
olganligi   natijasida   ushbu   hudud   juda   qadimgi   davrdan   O’rta   Osiyoning   tarixiy-
madaniy   dehqonchilik   vohasi   sifatida   janubga   nisbatan   ancha   keyin   vujudga kelgan.
Geografik joylashish o’rni, tabiiy sharoiti Xorazm vohasida bir   qator noqulayliklarni
keltirib   chiqarganligi   sababli,   ularni   okean   va   dengizdan   uzoqda   joylashganligi,
shimol   tomondan   sovuq,   janub   tomondan   issiq   havo   massasiga   to’siq   bo’ladigan
baland   tog’larning   yo’qligidir.   Shimoli-sharqiy   tomonda   joylashgan   Sulton   Uvays
tog’i   Pomir,   Tyanshan   tog’laridek   baland   emas,   shuning   uchun   ham,   shimoldan kelayotgan   sovuq   shamolga   to’siq   bo’lolmaydi.   Quyi   Amudaryo   g’arbda   Ustyurt
adirlari,   janub   va   janubi-g’arbda   Qoraqum,   sharqiy   tomonda   esa   Qizilqum   bilan
chegaralanib, shimolda   Orol   dengizgacha davom   etgan.
Qadimgi   Xorazm   istehkomli   shaharlarining   geografik   joylashishi   shundan
dalolat beradiki, bu erda   voha chegara chizig’ining sahro tomondan himoya   qilingan
qal‘alarning   yagona   sistemasi   mavjud   bo’lib,   sharqdan   g’arbga   qarab   davom   etgan
Jonbosqal‘a,   Bozorqal‘a,   Qo’rg’oshinqal‘a,   Katta   va   Kichik   Qirqiz,   Ayozqal‘a,
Burliqal‘a   va   Tuproqqal‘alar   ariqlarning   oxirlarida,   kanallar   yoqalab   cho’zilgan
madaniy   erlar   chegarasida   joylashgan   bo’lib,   birini   ikkinchisidan   turib   ko’rish
mumkin   bo’lgan   qal‘alarning   uzluksiz   zanjirini   hosil   qiladi.
Shubhasiz,   bu   o’rinda   vohani   dasht   qabilalaridan   himoya   qilishning   yagona
plani   mujassamlashgan   bo’lib,   huddi   irrigatsiya   sistemasi   singari,   bu   ham
markazlashgan kuchli   davlatdan   darak   beradi.
Mil.   avv.   V   asr   oxiri   –   IV   asr   boshlarida   Xorazm   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotida   tub
o’zgarishlar   sodir   bo’ldi.   Quyi   Amudaryo   havzasida   markazlashgan   qudratli   Xorazm
davlatining   tashkil   topishi   hududning   irrigatsiya   tizimlari   ko’lamini   kengaytirishga
imkon   yaratdi.   Amudaryoning   o’ng   sohilidagi   o’zlashtirilmay   yotgan   suvsiz   taqir
erlarga   eski   o’zanlarni   chuqurlatish   yoki   unga   parallel   ravishda   yirik   sug’orish
kanallarining   barpo   etilishi   bilan   sug’orma dehqonchilikka   asoslangan   madaniy   vohalarning   hududi   kengaydi.   Ilgarigi
kichik-kichik mikrovohalar atrofida yangi dehqonchilik vohalari yuzaga kelib,   ularni
yagona   magistral   sug’orish   inshooti   orqali   o’zaro   bog’lagan   yaxlit   sug’orish-
dehqonchilik   massivlari   tarkib   topdi.   Bu   jarayon   o’ng   sohil   Oqchadaryo   havzasida
ayniqsa   keng   ko’lamli   bo’ldi.   Bular   quyidagilar:
- Bozorqal‘a   massivi.   Qadimiy   Kaltaminor   kanali   (Oqchadaryoning   eng
sharqiy   o’zani)ga   yonma-yon   chiqarilgan   Bozorqal‘a   kanali   va   undan   faqat   o’ng
tomonga   qarab   chiqarilgan   bir   necha   tarmoq   kanallar   havzasidagi   vohalar   tizimini   o’z
ichiga   oladi.   Ushbu   hududda   joylashgan   shahar   qal‘alar(Qo’yqirilganqal‘a,
Anqoqal‘a,   Qo’zqirilganqal‘a,   Jonbosqal‘a,   Bozorqal‘a,   Qo’rg’oshinqal‘a   va   boshq.)
Bozorqal‘a   kanalidan   chiqarilgan   sug’orish   tizimlarining   boshlang’ich   yoki   quyi
qismidagi   hududlarning   tayanch   harbiy-ma‘muriy   markazi   vazifasini   bajargan.
Massivning   bosh   shahri   Bozorqal‘a   va   Jonbosqal‘a shaharlari   bo’lgan. 15
- Qirqqiz-Burgutqal‘a massivi. Guldursun shahridan boshlab to shimolda   Katta
va   Kichik   Qirqqiz   qal‘asigacha   bo’lgan   70   km   masofaga   cho’zilgan   qadimgi
Tozabog’yob   kanalidan   chiqarilgan   Qirqqiz   kanalining   havzasidagi   dehqonchilik
vohalarini   o’z   ichiga   oladi.   Katta   Guldursun,   Katta   va   Kichik   Qirqqiz   qal‘alari   va
keyingi davr yodgorliklari ham ushbu massivning tarkibiga   kiradi. Massivning bosh
shahri   dastlab   Katta   Qirqqiz,   keyinchalik   Tuproqqal‘a   va   Qirqqiz   sug’orish
inshootlari   ayrilgan   joydagi   Katta   Guldursun   shahri.
- Tuproqqal‘a-Gavxo’ra   madaniy-xo’jalik   massivi.   Tozabog’yob   kanalidan
shimoli-g’arbga   Sulton   Uvays   tog’lari   tomon   chiqarilgan   Tuproqqal‘a   kanali   va
undan   suv   olgan   kanallar   havzasidagi   qator   mikrovohalarni   o’z   ichiga   oladi.
Dumanqal‘a,   Tuproqqal‘a,   Qizilqal‘a,   Burliqal‘alar   ushbu   hudud   mikrovohalarining
ma‘muriy   markazlari   bo’lib,   eramizning   II–III   asridan   boshlab   Tuproqqal‘a   shahri
massivning   bosh markaziga   aylangan.
- Yakka   Parson   massivi.   Qadimgi   Tuproqqal‘a   kanalidan   chiqarilgan   Yakka
Parson   kanali   bo’yidagi   qator   dehqonchilik   vohalari   markazi   bo’lgan   Ayozqal‘a   1,
15
  Толстов   С.П.   Древности   Верхнего   Хорезма   (Основные   итоги   работ   Хорезмской   экспедиции   ИИМК
1939г.)ВДИ.М.,1941.№1.С. 160–166. Ayozqal‘a   3   va   keyingi   davr   yodgorliklarni   ham   o’z   ichiga   oladi.   Y’kka   Parson
kanalining   quyi   qismidagi   Ayozqal‘a   3   shahristoni   hududning   bosh   ma‘muriy
markazi   bo’lgan. 16
- Toshxirmon   madaniy-xo’jalik   massivi.   Bosh   shahri   Aqchaxonqal‘a. 17
- Katqal‘a   massivi. Amudaryodan   chiqarilgan Kat kanali havzasini  o’z   ichiga
oladi.   Madaniy   xo’jalik   markazining   bosh   shahri   Al-Fir   (Pilqal‘a)   bo’lgan. 18
O’ng   sohil   Xorazmda   Oqchadaryo   markazidagi   Toshxirmon   vohasida
Toshxirmontepa   (markazi   Oqchaxonqal‘a),   Tuproqqal‘a   sug’orilish   hududida
markazi   Tuproqqal‘a   va   Qizilqal‘a   barpo   etiladi.   Kaltaminor   kanalining   irmoqdan
ajralib   chiqqan   joyida   Anqoqal‘a,   oxirgi   qismida   Jonbosqal‘a,   Qo’yqirilganqal‘a
paydo   bo’ladi.   Xuddi   shu   davrdan   boshlab   shimoliy   hudud   tomonida   Sulton   Uvays
tog’tizmasi   bo’ylab   Ayozqal‘a   1,   3,   Burliqal‘a,   Katta   va   Kichik   Qirqqizqal‘a   kabi
harbiy   mazmunga   ega   bo’lgan   qal‘alar   qad   ko’taradi.   Ular   ichki   dehqonchilik
vohalarining   paydo   bo’lishiga   imkon   yaratib,   dehqonchilik   vohalarini
ko’chmanchilar   xavfidan   himoya   qilish   funksiyasini   bajarganlar.
Antik   davrda,   shuningdek,   Oqchadaryo   havzasining   Qizilqum   chegarasida
Qo’rg’oshinqal‘a,   Sulton   Uvays   tog’i   g’arbiy   tizmasi   yonbag’rida   Govurqal‘a,
Tuproqqal‘a   yaqinida   Qizilqal‘a   kabi   muhim   harbiy-strategik   va   karvon   yo’llari
bo’yida qal‘alar   bunyod   etiladi.
Miloddan   avvalgi   IV   asrdan   Xorazm   shaharsozlik   madaniyatida   tub   burilish
kuzatiladi. Xorazm   davlatining   iqtisodiy   va   harbiy   qudrati   oshib   borgan   sari   yangi
bunyod   etilgan   shaharlarning   chegarasi kengayib   boradi.
Shu   o’rinda,   antik   davri   yodgorliklarining   o’sha   davrdagi   kanallar   bo’yicha
joylashish   o’rni   ham   katta   ahamiyatga   ega   bo’lgan,   chunki   qadimgi   Xorazm   sun‘iy
sug’orishga   asoslangan   bo’lib,   har   bir   qal‘aga   kanallar   orqali   suv   olib   kelingan.
Demak,   Amudaryo   o’ng   sohili   yodgorliklarining   joylashish   o’rnini   kanallar   orqali
16
  Манылов Ю.П., Ходжаниязов Г. Аяз кала 1 и Бурлы кала (К изучению хорезмской фортификации) //
Археологические   исследования   в   Каракалпакии.Т.,   Фан,  1981.С.33–35б.   Болелов   С.Б.   Крепость   Аяз   кала–   3  в
правобережном Хорезме // Приаралье в древности и средневековье.М., Изд-во вост. лит., 1998.С.117–   134.
17
  Ходжаниязов Г.Х., Хелмс С.У., Снеддон Э. Археологические исследования на городе Акшахан кала
в   2001   году   //   Археологические   исследования   в   Узбекистане.Самарканд.,2002.С.165–167.   Ягодин   В.Н.,
Ходжаниязов Г.Х., Статов В.А. Внешняя стена городища Казаклы-Яткан // Ўзбекистон тарихи моддий ва   еrзма
манбаларда. Т.,Фан, 2005.172–178б.
18
  Манылов   Ю.П.   Работы   на   городище   Пиль   кала   в   1963 г.   //   ОНУ.Ташкент,   1965.   №   3.   С.45. o’rganishimiz ham   mumkindir.
Yodgorliklarning   joylashishini   Amudaryo   sohillarining   janubiy   hududlardan
shimolga   tomon   yo’naltiramiz.   Antik   davrda   Amudaryo   o’ng   sohilida   ikkita   yirik
kanal   ya‘ni   Kaltaminor   va   Tozabog’yob   kanallari   mavjud   bo’lib,   Amudaryo   orqali
suv   bilan   ta‘minlangan.   Kaltaminor   kanali   janubiy   –   sharqiy   hududda   joylashgan
bo’lib,   undan   Bozorqal‘a   kanali   irmog’i   ajralib   chiqqan.   Kaltaminor   kanalining
shimolga   tomon   yo’nalishida   ilk   antik   davr   yodgorligi   Qo’yqirilganqal‘a
joylashgan. 19
Qo’yqirilganqal‘a   daydib   oqadigan   toshqin   suvlarini   shu   joyning   o’zida
boshqarish   asosida   vujudga   kelgan   bo’lib,   istehkomlangan   doira   shaklidagi   aholi
punkti bo’lgan, u qalin aylana devor bilan o’ralgan   bo’lib, hozir bu devor  y emirilishi
natijasida   pastgina   ko’tarmaga   o’xshab   qolgan.   Devor   bo’ylab   qachonlardir   bir-
biridan 18-20 metr masofada doira bo’ylab, to’qqizta burj qad   ko’tarib turgan, o’rtada
qal‘aning doira shaklida solingan markaziy   binosi   bo’lgan. Tashqi xalqa devori bilan
ark o’rtasidagi masofa 15 metr. Arkning   devorlari qisman va kuchli emirilgan bo’lsa-
da ancha yaxshi saqlanib qolgan,   bularga   qarab   bu   binolarning   dastlabki   ko’rinishini
to’la   aniqlash   mumkin.
Qo’yqirilganqal‘a   tipidagi   istehkomlar   ko’shklarga   o’xshash   bir   narsa   bo’lib,
ularda   ehtimol   ahamoniylar   tipidagi   lashkarboshilar   singari   Xorazm   lashkarboshilari
yashagan   va   ularning   ham   juda   yaxshi   qurollangan   shaxsiy   ko’ n g il li   qo	’ s h i n l ari
bo	
’ l g a n .   Ma n a   s h u   a n t i k  	― ko	’ sh k   a t r of i da   ka t ta - k a t t a   o c h iq qishloqlar   paydo   bo’lgan.
Bu   qasr   egalari   –   yuqori   mansabli   urug’   boshliqlari   quldorlar   va   butun   okrug
hokimlari   –   Xorazm   podsholarining   siyosiy   va   harbiy   hokimiyatining   tayanchi
bo’lganlar. Aholining jamoat ishlariga safarbar qilish   ham, qo’shin yig’ish ham mana
shular orqali amalga oshirilgan. Ma‘lumki, bu   vaqtda yangi kanallar qurish, eskilarini
kengaytirish   ishlari   ham   urug’   jamoalari   k u c h i   b i l a n   ba j ar il g a n .   B u   j a m oa
b o s hl i ql ari      s h ub ha s i z ,   m a s s a ge t la r n i n g  	
― ol t in jabduqli   suvoralari   bo’lgan,   bu   haqda
Gerodot 20
  ham   qayd   qilib   o’tadi.   Dehqonchilik   urug’i   jamoalarining   mana   shu
jangovor   namoyandalari   davlatning   asosiy   harbiy   –   siyosiy   tayanchi   bo’lgan.   Ular
19
  Қилишчев   Кўҳна   қалъалар   ди	
еrри.Т.,1993.73б.
20
 Ғуломов   Я.Ғ.   Хоразмнинг   суғорилиш   тарихи.Т.,1959.83б.//Геродот,   I,215//. bilan   bir   qatorda,   ko’chmanchilardan   tuzilgan   yollanma   otryadlar   ham   katta   kuch
bo’lgan.
Qo’yqirilganqal‘adan   shimolda   Anqaqal‘a   yodgorligi   joylashgan,   uning   tarhi
kvadrat   (75x75m)   ikki   qatorli   mudofaa   devor   bilan   o’rab   olingan.   Devorda   to’rt
burchakli,   burchaklarda   esa   kvadrat   burjlar   joylashgan   bo’lib,   ularning   soni   9   ta.
Mudofaa va burj devorlari avvalo paxsadan, keyin kvadrat   xomg’isht bilan qurilgan,
g’ishtlarning o’lchami 40x40x10 sm teng. 21
  Qal‘a   darvozasi janubiy – sharqiy devor
o’rtasida   joylashgan,   ikki   burchagi   to’g’ri   burchakli   burj   bilan   kuchaytirilib,   uning
hajmi   5x8m.   Mudofaa   devori   va   burjlari   nayza   o’qi   uchli   shinaklar   bilan
mustahkamlangan, ularning ichki qismi kengligi   1,20 sm, tashqi tomondagi chiqishi
esa   1,90   sm 3
.   Qal‘a   kichkinagina   (0,81ga)   bo’lsada,   fortifikatsiya   nuqtai   nazardan
juda   mustahkam   qurilgan. 22
S.P.Tolstov   va   Y.G’ulomovlar   Anqaqal‘ani   III-IV   asrlarga   oid   deb
hisoblaganlar. 23
  So’nggi   tadqiqotlar   yodgorlikdan   topilgan   sopol   parchalari
Qo’yqirilganqal‘aning   yuqori   qatlamlari,   Tuproqqal‘a   va   Ayozqal‘a   3   ashyolariga
juda   yaqinligini   ko’rsatdi.   Shularga   asoslanib   Anqaqal‘a   Xorazmning   I-III   asrlariga
taalluqli   yodgorlik   degan   xulosaga   kelindi. 24
Anqaqal‘a   atroflari   antik   davrda   ochiq   va   ximoyalanmagan   qishloqlar   bilan
o’rab olingan. Butun voha qadimgi Kaltaminor kanalidan suv oluvchi   Bozorqal‘a va
Jonbosqal‘a   tarmoqlari   orqali   sug’orilgan.   Anqaqal‘a   esa   ana   shu   dehqonchilik
hududlarini   va   u   erdagi   sug’orish   tizimlarini   himoya   qilish   maqsadida   bunyod   etilgan
harbiylar   gornizoni   (kazarma)bo’lgan.
A nq a q a l ‘ a d a n   2   k m   shi m oli   –   s ha r q da   m a h al l iy   xa l q   o r a s i d a  ― T o	’ psh a ha r	  nomi
bilan   ma‘lum   bo’lgan   Qo’zqirilganqal‘a   joylashgan   bo’lib   Kaltaminor   kanali
irmoqlari   orqali   sug’orilgan.   Qachonlardir   u   ikki   qavatli   bino   bo’lib,   uning   birinchi
qavatigina   yaxshi saqlanib qolgan. Imoratdan sharqqa tomon 60   m masofada 7,50 m
uzunlikda   devor   topilgan,   aftidan   devor   qo’shaloq   bo’lib,   vazifasi   noma‘lumligicha
21
  Собиров   Қ.   Хоразмнинг   қишлоқ   ва   шаҳарлари   мудофаа   иншоотлари.Т.,Фан,2009.52б.
22
 Ходжаниязов Г.К. Анкакала – позднеантичная крепость древнего Хорезм// Вестник ККО АН РУз.   Нукус. 
1986.№1.С.57.
23
 Толстов   С.П.   По   древним   дельтам   Окса и   Яксарта.М.,1962.С.117-118.
24
 Ходжаниязов   Г.К.   Анкакала   –   позднеантичная   крепость   древного   Хорезма.   //   ВКФ   АН   РУз.   №   1.   Нукус. 
1986.С.57-64. qolmoqda.   Topilgan   sopol   parchalari   I-III   asrlarga   taalluqlidir. 25
Uning   shimoliy   tarafida   Bozorqal‘a   joylashgan   bo’lib,   u   ham   shu   kanal   orqali
suv   bilan   ta‘minlangan.   Ilk   antik   davridagi   turli   tipdagi   shaharlar   orasida
Amudaryoning   o’ng   qirg’og’idagi   ancha   erta   qurilgan   Bozorqal‘a   alohida   d iq qa t ga
sa z o vo r d i r .   S h a h ar   ha r o b al a ri   q a di m gi   k a t ta  ― Uz u n   u y   p a s t l ig i   yonidagi   tekislikda
joylashgan. 26
Yuqorida   ta‘kidlaganimizdek,   Bozorqal‘a   katta   kanalning   bo’yida   joylashgan,
bu   kanal   hozirgi   Kaltaminor   kanalining   davomi   bo’lgan   bo’lishi   mumkin.   Hozirgi
vaqtda Bozorqal‘a kanalining quruq o’zani deyarli meridional   yo’nalishda bu shahar
xarobalaridan   1km   g’arbroqdan   o’tadi   va   uning   oxiri   Bozorqal‘adan   8-10   km
shimolroqdagi   past   yerlarda   yo’q   bo’lib   ketadi.   Kanal   bo’yi   mintaqasida,   ilk
Bozorqal‘a   davri   madaniyatiga   o’xshash   moddiy   madaniyat   qoldiqlari   keng
tarqalgan.   Bu   hol   ana   shu   tumanda   aholi   yashaganini   ko’rsatsa,   shu   bilan   birga,
qadim   zamonlarda   kanallarni   qazish   va   ularni   tozalash   vaqtida   er   tagidan   topilgan
turli   arxeologik   material   bu   erda   qadim   zamonlarda   aholi   yashaganligini   yaqqol
tasdiqlab   beradi.
Bozorqal‘aning   shimoliy   –   sharqiy   tomonida,   ya‘ni   Kaltaminor   kanalining
shimolga   qarab   cho’zilgan   Bozorqal‘a   irmoqlari   bo’yida   Jonbosqal‘a   joylashgan.
Ya‘ni,   Sulton   Uvays   tog’ining   sharqiy   etagida,   Aqchadaryo   o’zanidagi   qiyalikda
qurilgan.   Yodgorlikning   rejalashtirilishi   to’g’ri   burchak   shaklda   200x170   m,   uning
devorlar   yaxshi   saqlanib   qolgan,   tepalik   ustidan   9,5-10   metr   ko’tarilib   turadi. 27
Shimoliy   devor   markazida   yagona   darvoza   j o y la s h gan   b o	
’ l i b ,   b i r   ne c ha   a y la n m a
da h l i z  	
― L a b i r i n t   b il a n   m u s t a h k a m la n g a n .   Inshoot   to’g’ri   burchak   shaklda,   uzunligi
52 m, kengligi 20 m, kirish qismi 3,5   m, devordan yon tomonga o’sib chiqishi 18 m
labirint   devorli   yo’lakka   ega,   devor   balandligi   qal‘a   devori   bilan   teng,   umumiy
maydoni   0,1   ga.   Labirint   devori ham ma‘lum masofada   joylashgan kamon o’qi uchli
shinaklarga ega.   Qal‘a devori burjlarga ega emas, lekin ko’p sonli shinaklar mavjud. 28
Devor   va   devor   burchaklaridagi   shinaklar   burj   vazifasini   bajargan.   Shahar
25
 Ходжаниязов   Ғ.   Қадимги   Хоразм   иншоотлари.Т.,2007.56-57б.
26
 Ғуломов   Я.Ғ.Хоразмнинг   суғорилиш   тарихи.Т.,1959.81б.
27
 Толстов   С.П.   Древний   Хорезм.   М.,1948.С.88.
28
 Собиров   Қ.   Хоразмнинг   қишлоқ   ва   шаҳарлари   мудофаа   иншоотлари.   Т.,Фан,2009.44б. darvozadan   qarama-qarshi   tomonga   30   m   kenglikda   ko’cha   o’tgan,   bu   shaharni   ikki
mahallaga   bo’lgan. 29
  Har   bir   mahallada   200   ga   yaqin   turli   hajmdagi   uy   xonalari
joylashgan.   S.P.Tolstov   qal‘aning   bu   tariqa   ikkiga   bo’linishini   urug’   jamoasining
dual   asosida   tashkil   bo’lganligini   ko’rsatadi,   deb   hisoblaydi. 30
  Qala‘adagi   keng
ko’cha   qarama-qarshi   tomonda   joylashgan   ibodatxonaga   olib   boradi.   YOdgorlik
ibodatxonaga   ega,   lekin   ark   mavjud   emas.   Arkning bo’lmasligini S.P.Tolstov   shahar
hokimlari oddiy aholi kabi yashagan bo’lishi   mumkin deb   keltiradi.
Jonbosqal‘a   shinaklarining   hammasidan   bir   vaqtda   o’q   otib   turish   uchun   ikki
mingga   yaqin   o’qchi   talab   qilingan   –   kichkinagina   qal‘a   uchun   bu   raqam   ancha
kattadir.   Tabiiyki   shinaklarning   bunday   maqsadda   nomunofiq   joylashtirilishi,   deydi
S.P.Tolstov, - bu tip mudofaaning eskiligini va uning shu   joyda   vujudga   kelganligini
ko’rsatadi,   chunki   qadimgi   Sharqda   burjlar   yordamida   devorlarni   va   burchaklarni
mudofaa   qilish   sestemasi   kam   deganda   mil.avv.   III   ming   yillikda   mavjud   edi.
S.P.Tolstov   Jonbosqal‘aning   mustahkamlash   usuli   uning   mudofaasida   qal‘aning
barcha   aholisi,   hatto   ayollarning   ishtirok   etishiga   mo’ljallangan   sistema   ekanligini
aniqlashga imkon   beradi deb qayd qiladi. Qal‘aning darvozasi murakkab darvozaoldi
inshoatlar   bilan himoya qilinadi. Darvozadan  kirgan  kishi  bu inshootning ichida tor
yo’lga   chiqqan,   bu   yo’l   to’g’ri   burchak   hosil   qilib   buriladi   beshta   tirsakdan   iborat
bo’lgan,   ular   ichkari   tomonga   qarab   ochilgan   shinaklardan   o’qqa   tutilgan. 31
S.P.Tolstov   qal‘ani   to’liq   tasvirlab   beradi,   ammo   qal‘a   yonida,   uning   darvozasi
qarshisidagi   tekislikda   joylashgan   va   g’arbga   ancha   uzoq   cho’zilib   borgan   qishloq
haqida   ma‘lumot   yozmagan.   Bu   qishloq   o’rnashgan   joyda   uylarning   tosh   va   paxsa
poydevorlari,   kulolchilik   pechlarining   qoldiqlari,   ariq   izlari   va   hokazolar   mavjud.
Agar   bu   qishloqni   qal‘a   bilan   taqqoslasa,   hududning   asosiy   aholisi   qal‘adan
tashqarida   yashaganligiga   ishonch   hosil   qilish   mumkin.   Ya.G’.G’ulomov   fikricha
qal‘ada   yashovchilar   soni   taxminan   hisoblab   chiqilsa,   uni   himoya   qiluvchilar   soni
juda   ozchilikni   tashkil   qiladi   va   yuzaki   qarashda   shinaklarning   soni   qal‘ani   himoya
qiluvchilar   soniga   muvofiq   tushmaganday   ko’rinadi.   Biroq,   qal‘adagi   jang   qilishga
qobil   aholiga   uning   atrofida   yashovchilardan   ozgina   himoyachilar   kelib   qo’shilsa,
29
 Толстов   С.П.   Древний   Хорезм.М.,1948.С.93.
30
 Исмоилов   С.   Қадимги   Хоразм   қалъалари.Т.,2007.33б.
31
  Ягодин   В.Н.,Беттс А.   Кўҳна   Хоразм   жумбоғи.//Фан   ва   Турмуш   //№1-3,2006.31б. Jonbosqal‘aning   mudofaa   sistemasi   to’la   tushunarli   bo’ladi.   Harbiy   harakatlar
vaqtida yon atrof aholisi   o’z chorvasi va mol-mulkini olib qal‘ada jon saqlaganligini
tarixiy   adabiyot   va   xalq   og’zaki   ijodiyotida   har   doim   qayd   qilinadi.   Demak,   qamal
qilingan   vaqtlarda   Jonbosqal‘ani   himoya   qiluvchilar   soni   talab   qilinganidan   ham
ko’proq   bo’lgan   va   shunga   muvofiq   ravishda   harbiy   harakatlar   vaqtida   yon   atrof
aholisi   o’z   chorvasi   va   mol-mulkini   olib   qal‘ada   jon   saqlagan   va   mustahkam   qal‘a
mudofaasi tashkil etilgan. Qal‘a mil.avv. IV-III asrlarda bunyod etilgan bo’lib,   ya‘ni
Jonbosqal‘ada   mil.avv.   IV   mil.   I   asrlardagi   kangyuylar   madaniyatini   ko’ramiz.
Jonbosqal‘aning   mustahkamlash   sistemasida  burjlarning  bo’lmasligi   bu   sistemaning
arxaikligini   ko’rsatuvchi   belgi   bo’la   olmaydi.
Antik   davr   shaharlar   shaklidagi   yodgorliklar   strukturasi.
Xorazm   shaharsozlik   madaniyatida   tub   burilish   mil.avv.   IV   asrdan   kuzatiladi.
Xorazm   davlatining   qudrati   oshib   borgan   sari   yangi   bunyod   etilgan   shaharlarning
chegarasi o’ng sohilda janubiy Oqchadaryo deltasidan shimolga   tomon   Sulton   Uvays
tog’larigacha   va   undan   sharq   tamonda   Qizilqum   sahrolarigacha   bo’lgan   qadimgi
sug’orma dehqonchilik vohalari bo’ylab qator   ahamiyatga molik shahar-qal‘alar qad
ko’taradi.   Xorazmning   aholi   yashaydigan   ko’p   punktlari   doira   yoki   to’rt   burchak
shaklida   turlicha   istehkom   usulida   qurilgan.
Xorazm   antik   davri   shahar   qurilishining   keng   yoyilishi   bilan   xarakterlanadi.
Ba‘zi tadqiqotchilar mazkur voqelikni hatto urbanistik portlash   deb   ham   ataydi. 32
Amudaryo   o’ng   sohilida   o’ndan   ortiq   yodgorliklar   mavjud   bo’lib,   biz   bularning
barchasini   shahar   tipiga   xos   deb   ayta   olmaymiz.   Jahon   ilmiy   ishlanmasiga   ko’ra
shahar   deb   atashimiz   uchun   dastlab   hududi   5-6   ga   va   undan   kam   bo’lmagan
maydonda   aholining   zich   joylashgan   bo’lishi,   aholi   joylashgan   maydonning   chor
atrofi   qalin   mudofaa   devori   bilan   o’rab   olingan   bo’lishi,   shaharning   yuqori   tabaqa
hokimlarining   turar   joylari   oddiy   fuqarolarnikidan   ajralib turishi, shahar hokimining
baland poydevor  (platforma)  ustiga qurilgan   monumental   qasri,   shahristonda   shahar
aholisining   barcha   qatlamlari   uchun   xizmat   qiluvchi   muqaddas   diniy   markaz   –
ibodatxona   bo’lishi,   shahar   iqtisodiy   asosini   ko’p   tarmoqli   hunarmandchilik   va
32
  Ягодин   В.Н.   Древний   Хорезм   и   центральноазиатскийурбанизационный   прогресс//   Генезис   и   пути   развития
процессов   урбанизации.-Самарканд,1995.с.119. savdo-sotiq tashkil etgan bo’lishi,   shahar ramzi va belgisi hisoblanmish shahar muhr
va   boshqalar   mavjud   bo’lishi   lozim.   Demak,   yuqorida   keltirilgan   belgilar   asosida
shahar   tipidagi   yodgorliklarni   aniqlashimiz   mumkin.
Tadqiqotchilar,   Amudaryo   o’ng   sohili   antik   davridagi   ya‘ni   janubdan   shimolga
qadar   yo’nalish   qilsak,   Qo’ziqirilganqal‘a,   Dumanqal‘a,   Anqoqal‘a,   Qavatqal‘a,
Govurqal‘a,   Qizilqal‘,   Ayozqal‘a,   Qo’rg’oshinqal‘a,   Qirqqizqal‘a kabi   yodgorliklar
qal‘a-qo’rg’on   bo’lib   hisoblanadi.   Bunday   xulosa   qilishimizga   asos   bor,
arxeologlarimiz   yodgorlikni   o’rganishda   ularning   mudofaa   devorlari,   joylashgan
o’rni   va   topilgan   ashyolar   bilan   aniqlagan.   Bu   qal‘alar   shaharni tashqi dushmanlardan
himoya   qilish   va   iqtisodiy-ijtimoiy   maqsadlarda   hamda   tabiiy   ofatlardan   himoya
qilish   maqsadida   qurilgan   qo’rg’onlardir.
Chunonchi,   Ayozqal‘a   kompleksi   harobalari   Sulton   Uvays   tog’i   sistemasi
sharqiy   tarmoqlarinnng   ikkita   tepaligida   joylashgan.   Ayozqala   1   yodgorligi   baland
qo’sh   devorlar   bilan   o’rab   olingan   bo’lib,   devorlar   yarim   doira   shaklida   solingan
burjlar   bilan   mustahkamlangan.   Qal‘a   burchaklarida   ikki   burjning   birga
qo’shilishidan   xarakterli   «qaldirg’och   dumi»ga   o’xshash   shakl   hosil   bo’ladi.   Bu   tipik
detalni   ilk   kushonlar   davrida   qadimgi   Xorazmning   harbiy   istehkom   quruvchilari
qo’llar   edi. 33
  Ayozqal‘a   qoyasining   pastki   yon   bag’rida,   janubiy   tepalikning   uchida
tuxumsimon   planda   solingan   Ayozqal‘a2   joylashgan.   Bu   qal‘a   yaxshi
mustahkamlangan   va   garnizon   uchun   yoppasiga   qurilgan   binolardir.   Qizilqal‘a,
Govurqal‘a   ham   Tuproqqal‘a   va   Oqchaxonqal‘a   shaharlarining   harbiy   garnizoni   va
himoya   qo’rg’oni hisoblangan.
Amudaryo   o’ng   sohilining   shahar   tipidagi   yodgorliklari   Qo’yqirilganqal‘a,
Jonbosqal‘a,   Bozorqal‘a,   Guldursunqal‘a,   Tuproqqal‘a,   Oqchaxonqal‘alar
hisoblanadi,   chunki   yuqorida   keltirilgan   shaharga   xos   bo’lgan   deyarli   barcha
alomatlar   tadqiqotlar   natijasida aniqlangan.
Qo‘yqirilganqal’a– To’rtko’l   shahridan   12   km   shimoli-sharqda   joylashgan.
S.P.Tolstov   tomonidan   1938   yilda   aniqlangan   bo’lib,   1951   yildan   keng   miqiyosda
tadqiq   ishlari   o’tkazildi,   mil.avv.   IV-III   mil.   I   asrlariga   oid   Qo’yqirilganqal‘a
33
  Ғуломов   Я.Ғ.   Хоразмнинг   суғорилиш   тарихи.Т.,Фан,1959.108б. Kaltaminor   kanali   yaqinida   joylashgan. 34
  O’nsakkiz   qirraligi,   doira   shaklga   egaligi
bilan boshqa   qal‘alardan   ajralib   turadi.
Qo’yqirilganqal‘a   burjga   o’xshash   katta   silindrsimon   shaklda   bo’lib,   ichki
diametri   42   m,   tashqaridan   qalin   qo’shdevor   uni   xalqa   kabi   o’rab   turgan   diametri
87,5   m,   va   balandligi   8   m 3
.   Qo’shdevor   va   markaziy   imorat   devorning   tashqi
qatorida   nayzasimon   qator   shinaklar   joylashtirilgan.   Tashqi   devor   bo’ylab   bir-
biridan   18-20   m   masofada   to’qqizta   burj   joylashgan.   Tashqi   xalqa   devori   bilan   ark
o’rtasidagi   masofa   15   m.   ni   tashkil   qiladi.   Markaziy   minorasimon   ikki   qavatli
monumental bino ma‘lum reja asosida qurilgan bo’lib, u diniy ibodat   marosimlari va
astronomik kuzatuvlar olib borish uchun mo‗ljallangan bir necha   xonalardan   iborat 1
.
Markaziy   bino   bilan   tashqi   devor   orasi   ibodatxona   xizmatchilari   uchun   mo’ljallangan
juda   ko’p   turli   o’lchamdagi   xonalardan   i b or a t .   D ar v oz a da   to’ g’ ri   b ur c h a k   b ir   t ir s a k l i  	―
la b ir in t   m a v j ud   bo	
’ l i b ,   un i n g   old  tomonga   o’sib   chiqishi   18   m,   ikki   yon   tomoni   yarim
aylanali   burjlar   bilan   kuchaytirilib, uning umumi hajmi 0,3 ga. Qal‘a qadimda xandak
bilan   o’rab   olinib,   uning   kengligi   15   m,   chuqurligi   3m.   Markaziy   inshootning
birinchi   qavati  8 xonadan iborat  bo’lib, uning balandligi  8,5 m. Tashqi  devor  avval
paxsadan,   keyin   kvadrat   xomg’ishtdan   tiklangan,   qalinligi   7,2   m.   Uy   xonalarini
ajratgan   devor   0,6   –   1,9   m.   paxsa,   keyin   xomg’ishtdan   qurilgan.   Uy   xonalari
balandligi 3,6 m. Ikkinchi qavat yopiq yo’lak orqali davom etib, devorlari nayza   o’qi
shinaklariga   ega.   Sharqiy   tomondan   padnus   orqali   ikkinchi   qavatda   joylashgan
markaziy   inshootga   kirilgan.   Ikkinchi   qavat   devori   nayza   o’qi   shinaklariga   ega
bo’lib,   ular   o’rtasidagi   oraliq   1,16-1,19sm,   kengligi   17-18   sm,   tashqi   tomonidan
balandligi 55-70 sm. Burjlar yon tomonga emas, balki inshoot   devoridan birmuncha
yuqoriga o’sib chiqqan. Yodgorlikning qayta ishlangan   rasmidan kelib chiqib, tashqi
devordan  yon   tomonga  o’sib   chiqqan  yarim   aylana   burjlar   o’rtasidagi   oraliq   8,2  m,
kengligi 9 m. Burjlarning devorlaridan yon   tomonga o’sib chiqishi 6 m 2
, tashqi devor
qalinligi 2,5 m, ichki esa 1,70 m.   Umumiy mudofaa devori qalinligi 6,20 m. Darvoza
tashqi   devorining   sharqiy   tomonida   joylashgan.   Olingan   ashyolarga   qarab,   birinchi
qavatning   mil.avv.   IV   asrga   oidligi   aniqlangan.   Devor   yaqinidan   kengligi   10   metr
34
  Толстов   с.п.   Кой-крылган-кала   памятник   культуры   древного   Хорезма   IVв   до   н.э.-IVвн.э.   М.,1967.с.7. keladigan xandak   o’tgan.   Shaharda   madaniy   hayot   milodiy   IV   asrda   barham   topgan. 35
Qo ’y qirilganqal‘a   qadimgi   Xorazm   podsholigining   sulolaviy   va   muhim   siyosiy
markazidir.   U   keng   dehqonchilik   vohasining   markazi   bo’lishi   bilan   birga astronomik
kuzatishlar   olib   boriladigan   rasadxona   va   dafn   marosimlari   hamda   afsonaviy
qaxramon   Siyovush   va   suv,   hosildorlik   ilohasi   Anaxitaga   bag’ishlangan   diniy
marosimlar   o’tkaziladigan   ibodatxona   vazifasini   ham   bajargan   deb   hisoblanadi.
Qo’yqirilganqal‘a   eramiz   boshlarida   yuz   bergan   o’zaro   sulolaviy   urushlar   jarayonida
vayron etilgan.
Bozorqal’a -Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani xududida u   deyarli
kvadrat shaklda (600x560 m) qurilgan, uning maydoni 32 ga. Devor   pastki qismining
qalinligi   8,5-9   m.   Devor   ikki   qatorli   bo’lib,   ular   o’rtasida   yo’lak-karidor   hosil
bo’lgan.   Tashqi   devor   nayza   o’qi   uchli   shinaklarga   ega.   Devor   va   uning   tashqi
burchagida   yarim   aylanali   burjlar   joylashgan   bo’lib,   ular   o’rtasidagi   masofaa   30-50
m,   kengligi   5,5   m,   devordan   yon   o’sib   chiqishi   6,5   m.   Qal‘a darvozasi shimoliy devor
o’rtasida  joylashgan,  kengligi  5 m, ikki  yon   tomonida   yarim   aylanali   burjlarga   ega.
Ark   yodgorlikning   shimoli-sharqiy   burchagida   joylashgan,   kvadrat   shaklida
(120x120 m). Uning maydoni 1,4 ga   teng. Ark ikki qatorli devor bilan o’rab olingan
bo’lib,   yarim   aylana   burjga   ega.   A r k n i n g   ki r i sh   q is m i   bi r   t irs a k li   t o’ g’ ri   b u r c h a k l i	
―
la b i r i n t g a   e ga,   h aj m i   2 2 x 17m. Labirint, o’z navbatida, kengligi 2,1 m yo’lakka ega.
Uning   shimoli-g’arbiy   bu r c h a g i   ik ki   to m o n ga   y o	
’ na l gan  	― qal d i r g	’ o c h   d u m l i   bur jl ar
b i l a n mustahkamlangan. Ark devorining saqlanib qolgan qismi 9-10 m. Devor nayza
o’qi   uchli   shinaklarga   ega,   ular   o’rtasidagi   oraliq   1,6-2   m.   Devor   va   burj   qurilishida
47x47x10-12   sm   xomg’isht   ishlatilgan.   Bozorqal‘ada   mil.avv.   IV   asrda   madaniy
hayot   bo’lib,   uning   qadimgi   davrdagi   tarhi   saqlanib   qolgan,   qal‘aning   umumiy
maydonida   o’zgarish   yuz   bermagan.   Antik   davrda   paxsadevor  ustiga   xomg’ishtdan
qurilgan bo’lib, ular o’rtasidan kengligi 2,30   sm   yo’lak   o’tgan.   Devor   yarim   aylanali
burjlarga   ega,ular   o’rtasidagi   masofa   30-   50   m,   kengligi   5,5   m,   uzunligi   6,5   m
bo’lgan (jami 44). Shaharga kiriladigan   yolg’iz   darvozasi   shimoliy   qismidagi   devor
markazida   joylashgan,   labirintsiz
ishlangan. Tashqi tomonga chiqarilib qurilgan ikkita burj bu darvozaga tayanch
35
 Толстов   С.П.   По   древним   дельтам   Окса и   Яксарт.М.,1962,С.120-125 bo’lib xizmat qiladi. 36
  Shimoli-sharqiy burchagida ark-a‘lo joylashgan bo’lib,   to’g’ri
burchak   holda   uning   hajmi   120x120   m,   devor   balandligi   4   m,   pastki   qismining
qalinligi   8,5-9   m.   Ark   darvozasi   g’arbiy   devor   o’rtasida   bo’lib,   murakkab   inshoot
bilan   mustahkamlangan   (22-17   m).   Murakkab   inshoot   yarim   aylanali   burjlar   bilan
bezatilgan   bo’lib,   ular   o’rtasidagi   masofa   1,6-2   m,   tashqi   tomondagi   hajmi   1,2   m,
ichki   tomonda   esa   0,60   sm.   Bozorqal‘a   tarixi   ikki   qurilish   davridan   iborat   bo’lib,
mil.avv.   VI-milodiy   IV   asrgacha   shaharda   madaniy   hayot   davom   etgan.
Ismoilov   S.   fikricha,   Qo’yqirilganqal‘a   inqirozga   uchragandan   keyin   Xorazm
davlati   poytaxti   Nuzkat   (Bozorqal‘a)   ga   ko’chirilgan,   milodning   boshlaridan   to   IV
asrgacha   poytaxt   Tuproqqal‘ada   bo’lganini   ham   bilamiz.   Bozorqal‘aning shu davrda
vohadagi   eng   qadimiy   va   rivojlangan   qal‘alardan   biri   bo’lganiga   asoslanib,
Qo’yqirilganqal‘adan   keyin   poytaxat   Nuzkatga,   yan‘i   Bozqal‘aga   ko’chirilgan.
Demak,   Nuzkat   –   Bozorqala‘a   Qo’yqirilganqal‘adan   keyin   Tuproqqal‘adan   oldin
qadimgi   Qadimgi   Xorazm   davlatining   poytaxti   bo’lgan. 37
  –   deb   ta‘kidlaydi.   Lekin
arxeolog YAgodin V.N. yuqoridagi fikrga   qo’shilmagan holda, shunday ta‘kidlaydi:
Amudaryoning   o’ng   sohili   Xorazmda   yana   bir   yirik   ko’hna   shahar   –   Bozorqal‘a
bo’lganki,   u   maydoniga   ko’ra   poytax   t   shaharlikka   da‘vo   qilishi   mumkin.   Lekin   u
Kat   shahridan   qariyb   80   kilometr   olisda,   demak,   u   qadimiy   poytaxt   sifatida   qobul
qilina   olmaydi.   Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak,   Bozorqal‘ani   poytaxt   emas,   shahar
tipidagi   qal‘a   sifatida   ko’ramiz.   Chunki   oxirgi   o’n   yillikda   arxeologlarimizning
tadqiqotlari,   Aqchaxonqal‘ani   poytaxt   sifatida   ta‘kidlamoqda.   O’tmish   albatta,   yangi
materiallar   bilan   boyitiladi   va   qo’shimcha   yangiliklar   kiritiladi.
Guldursinqal’a   –   umumiy   maydon   620-500   m,   ya‘ni   31ga.   YOdgorlikning
tarhi   noto’g’ri   to’rtburchak   shaklda,   o’lchami   350x230   m   8ga.   Tadqiqotchilar
atrofdagi   boshqa   yodgorliklardan   farqli   o’laroq   faqat   Katta
Guldursinni   qal‘a   emas,   balki   shahar   tipidagi   yodgorlik   sifatida   ko’radilar.
Yuqorida   keltirganimizdek,   Guldursinqal‘a   Tuproqqal‘a   va   Qirqqiz   kanallari
boshlang’ich qismidagi muhim strategik nuqtada joylashgan bo’lib, vohalarning suv
rejimi va xavfsizligini ta‘minlovchi iqtisodiy – ma‘muriy markaz vazifasini   o’tagan.
36
  Ғуломов   Я.Ғ.Хоразмнинг   суғорилиш   тарихи.Т.,1959.81б.
37
 Толстов   С.П.   Древний   Хорезм.   М.,   Наука.,948.С.112. Qal‘aning qurilishini YA.G’ulomov milodiy I asrlarga, E.E. Nerazik   esa mil.avv. II-I
asrlarga   oid   deb   hisoblagan.   Keyingi   yillardagi   tadqiqotlar   uning   mil.avv.   IV-III
asrlarga   oidligini   ko’rsatadi.
Yodgorlik   ikki   qator   mudofaa   devor   bilan   o’rab   olingan,   avval   paxsadan,
keyinchalik   kvadrat   qurilib,   kengligi   2   m   yo’lakka   ega.   Shaharda   ark-a‘lo   sezilmaydi,
ichki   tuzilishida   jamoat   binolari   qoldiqlari   tepalik   sifatida   mavjud   emas.   Darvoza
janubiy – sharqiy burchagida bir  tirsakli  murakkab inshoat  bilan   mustahkamlangan.
Milodiy   I-II   asrlarda   tashqi   devorga   qo’shimcha   devor   qurilib,  yarim   aylana  burjlar
bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi masofa 55 m 4
.   Arxeologik tadqiqotlar natijasida
olingan   ashyolarning   tasdiqlashicha,   shaharda   milodiy   IV   asrda   madaniy   hayot
qisqargan   bo’lsa,   milodiy   VI   asr   o’rtalaridan   boshlab,   madaniy   hayot   davom   etib,
qadimgi   devor   va   burjlarida   paxsadevor   qurilgan,   uning   rejalashtirilishida   o’zgarish
sezilmaydi.   Yodgorlik   VIII-IX   asrlarda iqtisodiy - madaniy va harbiy - diniy markaz
bo’lgan.   Mudofaa   devori   va   burjlarida   ta‘mirlash   ishlari   olib   borilgan.   Ilk   o’rta
asrlarda   devor   va   burjlar   paxsadan   tiklangan,   ustki   qismida   ochiq   yo’lak   mavjud
bo’lib,   uning   kengligi   2m.   Devor   burjlarida   tamirlash   ishlari   olib   borilganligi   aylana
holiga   kelib   qolgan.   Qadimgi   devor   va   burj   balandligi   1,2-1,5   m,   kengligi   2,55   m.
Mudofaa   devori   pastki   qismi   qalinligi   6,7   m,   yuqori   qismi   esa   1,65   m.   Shu   narsa
diqqatga   sazovorki,   tashqi   devordan   1   m   uzoqlikda   alohida   devor   qurilib,   u   o’z
navbatida,   aylana   holdagi   burjlarga ega   bo’lgan.
Tuproqqal’a   – Tuproqqal‘a   kompleksi   baland   platforma   ustida   qurilgan   saroy,
unga   janub   va   sharqdan   tutashib   ketgan   olov   ibodatxonasi   va   undan   janubda
joylashgan ibodatxona kvartallaridan tashkil topgan. 38
  To’g’ri burchak   shaklda   bo’lib,
cho’zilgan   500x350   metr,   qadimda   ikki   qatorli   devor   bilan   o’rab   olingan   bo’lib,
ularning saqlanib qolgan balandligi 2-8 m. Devor burchaklarida   to’rt tomoni teng va
devor   bo’ylab   to’g’ri   burchakli   burjlar   kuchaytirilgan   va   burjlar   dastlab   paxsadan,
keyinchalik,   ochiq   yo’lakli   devor   bilan   kvadrat   shakldagi   xomg’ishtdan   tiklangan.
Mudofaa   devori   va   burj   devorlarida   nayza   o’qi   uchli   shinaklar   mavjud   bo’lib,   ular
o’rtasidagi   maydon   hajmi   1,10-1,30   sm.   Tashqi   devor   qalinligi   2,20   sm,   ichki   esa
1,20 sm, umumiy devor qalinligi 6m.   Janubiy   devor   o’rtasida   darvoza   joylashgan,   u
38
 Толстов С.П. По древним дельтам с древнехорезмийской цивилизации. М.,Наука, 1948..204-226; murakab   inshoot   bilan   kuchaytirilgan.   Shaharning   shimoli-g’arbiy   burchagida   Ark
(saroy) joylashgan,   uning   poydevori   paxsa   bloklaridan   iborat   bo’lib,   balandligi   14   m,
maydoni   180x180 m (tomonlari 90 m) ni tashkil etuvchi platforma ustida joylashgan
bo’lib,   mustahkam   devor   bilan   o’rab   olingan.   Shaharning   butun   shimoliy   g’arbiy
burchagini   hokimning   ulkan   qasr   egallab,   bu   qasr   murakkab   rejali   sahnadan  va uch
burjli   ulug’vor   qal‘adan   tashkil   topgan   bo’lib,   25   metr   baland   joyiga   qadar   butun
saqlanib qolgan. Saroyga tutashgan o’ziga xos monumental   binoni S.P.Tolstov olov
ibodatxonasi deb ataydi. Uning markazida 40x30 m   hajmdagi   inshoot   bo’lib,   u   ham
ikki   qator   devor   bilan   o’rab   olingan.
Darvozadan   to’g’riga   kengligi   9   metrli   ko’cha   o’tgan   bo’lib,   u   shahar   ichki
qismini   ikki   mahallaga   ajratgan.   Shimoli-g’arbiy   tomonda   yuzga   yaqin   uy   xonalari, 8
ta   saroy   zali   tekshirilgan.   Milodiy   II-III   asrlarga   oid   madaniy   qatlam   o’rganilgan.
Milodiy   IV-V   asrlarga   kelib   iqtisodiy   madaniy   hayot   inqirozga   yuz   tutgach,   faqat
uning   ark-a‘lo   qismida   madaniy   hayot   davom   etgan. 39
  Shahar   o’sha   zamon   harbiy
g’oyasining   o’ziga   xos   bir   jihati   e‘tiborga   loyiq,   qo’shimcha   to’siq   sifatida   qal‘a
devorlari oldida handaq qazilgan.
39
  Неразик   Е.Е.   Раскопки   городища Топраккала//АО   -1974.   М.,Наука,1975.С.508-509. XULOSA
Qadimgi   Xorazm   ijtimoiy   –   xo’jalik   hayoti   va   madaniyatining   rivojlanishi
shaharsozlik   rivojiga   tabiiy   ta‘sir   ko’rsatadi.   Mamlakat   ichki   dehqonchilik
vaholarining   ma‘muriy   hamda   savdo   –   hunarmandchilik   markazi   sifatida   o’nlab
yirik   shaharlar   (Aqchaxonqa‘a,   Ayozqal‘a   3,   Guldursinqal‘a,   Katta   Qirqqizqal‘a
va   boshqalar),   davlat   chegaralarida,   voha   bilan   ko’chmanchi   dasht   aholisi
tutashgan   mintaqada   davlatning   chegara   qal‘a   istehkomlari   (Qo’rg’oshinqal‘a,
Kichik   Qirqqiz,   Ayozqal‘a   1,   Burliqal‘a,Qizilqal‘a)   tizmi   bunyod   etilgan.
Chegara shahar  – qal‘alar harbiy – mudofaa maqsadlarida tashqari  ko’chmanchi
chorvador   qabilalar   bilan   qizg’in   savdo   –   iqtisodiy   aloqalarni   yo’lga   qo’yish   va
rivojlantirish   funksiyasini ham   bajarganlar.
Mazkur   davrda   Xorazmda   jamoat   inshootlari,   shu   jumladan   mahalliy
aholining  eng  qadimgi   diniy  tasavvurlari   va  ilmiy  dunyoqarashlari  bilan  bog’liq
bo’lgan.
Ma‘lumki,   qadimda   shaharlar   va   davlatninglar   ma‘muriy   boshqaruv   tizimi
dastlab   diniy   –   harbiy   rahnomalar   zimmasida   bo’lgan.   Ular   o’z   davrining   diniy
faylasuflari,   ilg’or,   ma‘rifatli   kishilari   sifatida   samoviy   jisimlarni   o’rganish,
ulardan   jamiyatni,   iqtisod   va   xo’jalikni   boshqarishda   foydalanish   yo’llari   ustida
izlanish   olib   borganlar.   Astronomiya   ilmi   bilan   shug’ullanish   Qo’yqirilganqa‘a
inshootida   o’z   aksini   topadi.
Qadimgi   Xorazm   davlatining   qo’shni   o’lkalar   bilan   savdo   –   sotiq   aloqalari
ham   faol   bo’lgan.   Amudaryoning   har   ikki   sohili   bo’ylab   Xorazmning   janubiy
o’lkalar   bilan   bog’lab   turuvchi   karvon   yo’llari   o’tgan   bo’lib,   bu   yo’llar   Buyuk
ipak yo’lining muhim bo’g’inini tashkil etadi. Amudaryoning sohili bo’ylab   antik
davrga oid shahar – qal‘a harobalarining ko’plab qayd qilinishi va ular   orasidagi
masofa   bir   kunlik   yo’lni   tashkil   etishi   shundan   dalolat   beradi.
Amudaryo   kemachiligi   ham   uzoq   o’tmishga   dahldor.   Uzboy   suv   yo’li
Xorazmni   Kapiy   dengizi   orqali   Gurogon,   Parfiya,   Midiya,   Kavkazorti   orqali
Ikki   daryo   oralig’i,   Qoradengiz   bo’yi   va   Old   Osiyo   mamlakatlari   bilan
bog’langan. Shunday   qilib,   mil.avv.   V-   IV   asrlarda   tashkil   topgan   Qadimgi   Xorazm
davlatida   o’ziga   xos   fortifikatsiya   tizimiga   ega   bo’lgan   shaharsozlik   madaniyati,
ulkan   hududni   diniy   va   dunyoviy   hokimiyat   ostida   birlashtirgan   davlat
boshqaruvi,   umumaholi   uchun   yagona   davlat   mafkurasi   sifatida   Zardushtiylik
dini har jihatdan mukammallashgan tizimga kirdi. Yagona til va yozuv, mil.avv.   I
–   II   asrdan   tanga   pul   muomalasi,   Xorzm   mahalliy   yil   hisobi   (kalendar)   joriy
etildi.   Xorzm   moddiy   va   ma‘naviy   madaniyatidagi   o’ziga   xoslik   va   uyg’unlik
an‘anasi   shaharsozlik   madaniyati   taraqiyotida   muhim   bo’g’inini   tashkil   etdi.
Shaharlarning   ko’pchiligini   umumlashtirib   turuvchi   bir   qator   xususiyatlar
mavjud   bo’lib,   bular:   1)   Tashqi   xavfdan   himoya   qilish   maqsadida   ichki   va   tashqi
mudofaa   inshootlari   bilan   o’ralganligi;   2)   Boshqaruvni   ta‘minlashga   qaratilgan
ark   tipidagi,   alohida   mudofaa   tizimiga   ega   bo’lgan   mustahkamlangan   ichki
inshoot   majmui;   3)   Shaharlarning   ijtimoiy   tabaqalanishi,   mehnat   taqsimoti,   savdo
–   tijorat   ehtiyojlari   bilan   bog’liq   holda   ichki   shahar   aholisi   yashaydigan
shahriston   qismining   bo’lishi;   4)   Shahar   atrofida   devor   tashqarisini   o’rab   turuvchi
muhitda   yashagan   aholi   mavzelarining   ichki   shahar   bilan   aloqadorligini
t‘minlovchi   rabod   tizimi   hamda   tashqi   dushmandan   asrovchi   tashqi   devor   bilan
o’rab   olinganligi;   5)   Mudofaa   inshootlarining   tarkibiy   tuzilishi   -   paxsa   –   g’isht,
tashqi   xandaq   tizimi,   shaharga   kirish   yo’llarining   tuzilish   tamoyillarining
umumiyligi   va   boshqalar.   Bu   xususiyatlarning   barchasi   O’rta   Osiyoning   qadimiy
urbanistik   jarayonlari   kabi   Xorazm   vohasi   shaharsozligiga   ham   xosdir.   Bu
xususiyatlar ayniqsa, asosiy poytaxt shaharlarda to’la va yaqqol ko’rinadi.   Yozlik
mavsumlarda   yoki   harbiy   holatlar   xizmat   qiladigan   rezidensiyalarda   ba‘zan
barcha belgilarga emas, eng muhim funksional xususiyalarga tuzilmalari   alohida
e‘tibor   berilgan. FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘XATI
1.   Каримов И.А. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан
қурамиз.Т.:Ўзбекистон,   1999.
2 .  Каримов   И.А.   Тарихий   хотирасиз   келажак   йўқ.Т.:1998.
3.  Каримов   И.А.   Юксак   маънавият –   енгилмас   куч.Т.:   Маънавият,   2008.
4.   Абу   Райҳон   Беруний.   Қадимги   халқлардан   қолган   еrдгорликлар/  
А.   Расулов   тарж.   /   Танланган   асарлар.   –   Тошкент:   Фан,   1966.   Т. I.
5.   Авесто.   Тарихий-адабий   е	
rдгорлик   /   Асқар   Маҳкам   тарж.   –   Тошкент:
Шарқ,   2001.
6.   Андрианов   Б.В.   Древние   оросительные   системы   Приаралья.   –   М.:
Наука, 1969.
7.   Анорбоев   А.   Ўзбекистонда   илк   давлатчилик   ва   унинг   ўрганилиши
тарихида   баъзи   бир   муоммолар   //   Ўзбекистон   тарихи.   –   Тошкент,   2004.  
№   4.   –   Б.3–13.
8.  Аскаров А. Новые подходы к изучению истории Древнего Хорезма //       
9.  Ўзбекистон   тарихи.   – Ташкент,   2007.   –   № 4.   –   С.   11–21.
10.   Асқаров   А.   Ўзбекистон   тарихи   (Энг   қадимги   даврлардан   эрамизнинг  
V-   асригача).   –   Тошкент,   1994.
11.  Баратов   С.Р, Матрасулов   Ш.   Археологические роботы в   Южном    
12.  Хорезме.   //   Археологические   исследования   в   Узбекистане,   2002   год.     
13.  Ташкент:   «Ўзбекистон   Миллий   Энциклопедияси».   2003.   Вып.   4.
14.  Болелов   С.Б.   Крепость   Аяз-кала   3   в   Правобережном   Хорезме   //    
15.  Приаралье   в   древности   и средневековье. –   М.:   Изд-во вост.   лит.,   1998.
16.  Вайнберг   Б.И.   Монеты   древнего   Хорезма.   –   М.:   Наука,1977.
весто.   Яшт   китоби   /   М.   Исҳоқов   тарж.   –Тошкент:   Шарқ,   2001.
17.  Гертман А.Н. Работы в крепости Малый Кырккиз//АО
1985г.М.:Наука,1987.

“ Antik davr shaharsozlik madaniyati ”. M U N D A R I J A Kirish ....................................................................................................................... I BOB. MARKAZIY OSIYONING ANTIK DAVRI O‘RGANILISH TARIXI Xorazm antik davri tarixiga oid yozma manbalar .................................................. Antik davri arxeologik yodgorliklarning o‘rganilishi ............................................... II BOB. MARKAZIY OSIYONING ANTIK DAVRI SHAHARSOZLIK XUSUSIYATLARI ................................................................ Antik davr manzilgohlarining joylashishi ................................................................ Shaharlar shaklidagi yodgorliklar strukturasi ...................................................... Amudaryo o‘ng sohili antik davri moddiy madaniyati ......................................... XULOSA ................................................................................................................. ADABIYOTLAR RO‘YXATI

K I R I SH Qadimgi davr shaharsozlik madaniyatida, O’zbekistonning qadimiy-tarixiy va madaniy viloyatlaridan biri bo’lgan Xorazm muhim o’rin tutgan. I. Karimov X iva sh a hr in i n g 25 00 y il l i g i d a ta ‘ k id l a g a n i d e k , ― O ’ z b ek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma‘noda, milliy davlatchiligimiz tarix Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar bilan bir qatorda turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligiga oid ulkan ma‘lumotlar, moddiy va yozma yodgorliklar to’plangan tarixni asosi, uning qudrati va qadmiyligining ta sd ig ’ i di r . S. P . To l s t o v ta ‘ b iri bi lan a y t g a n da X orazm - O ’ r t a Os i y o M i sr i , ― O ’ rta O si y o V e n e t s i y a s i n o m ini o lg a n a fs o n a v iy m inta q a h is o b l a n a d i . A y nan shu hududda O’zbekistondagi qadimgi shaharsozlik madaniyatiga oid boy moddiy va yozma yodgorliklar to’planganki, ularning chuqur, izchil va yaxlit holda o’rganish eng dolzarb ilmiy muammolardan biridir. So’nggi yillarda sharqshunos olimlar, tarixchi va arxeologlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishlari tufayli, Xorazm shaharsozligi tarixini xolisona tadqiq qilish uchun etarli zamin yaratildi. Ta‘kidlash joizki, to’plangan ma‘lumotlar ko’pligiga qaramay shaharlar tarixi, ayniqsa, Xorazmda tarixan poytaxt vazifasini o’tab kelgan shaharlar tarixi shu kunga qadar etarli darajada maxsus tadqiq etilganmas, lekin bugungi kundagi tadqiqotlar natijasida bir qator aniqliklar kiritilmoqda. Amudaryo sohillarida joylashgan noyob arxeologik yodgorliklarni chuqur o’rganish, o’zbek va qoraqalpoq olimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. O’tgan asr 30 yillarida Xorazm arxeologik – etnografik ekspeditsiyasi tashkil etilishi natijasida, Xorazm vohasida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar asosida yaratilgan monografiyalar va ilmiy maqolalarni umumlashtirish va har tomonlama tahlil qilish asosida Xorazmning ya‘ni Amudaryoning o’ng sohili bo’ylab joylashgan shaharlarning antik davri tarixi va madaniyatini yoritib berishdan iborat.

Mavzu bo’yicha ilmiy adabiyotlar quyidagi ikki guruhga ajratib tahlil qilish mumkin. Birinchi guruhga sobiq ittifoq davrida olib borilgan tadqiqotlar va chop etilgan adabiyotlar, ikkinchi guruhga esa mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlar va nashr etilgan adabiyotlar kiradi. Birinchi guruhga mansub adabiyotlar turkumining tahlili shundan dalolat beradiki, Xorazm vohasining qadimgi tarixi masalalari XX asrning 30- yillarigacha asosan o’rta asr yozma manbalari asosida o’rganilgan. 1937 yildan o’z faoliyatini boshlagan Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi 30–80-yillar davomida Amudaryo va Sirdaryoning quyi havzalarida kompleks xarakterdagi izlanishlar olib borib, fanga ko’plab yangiliklarni olib kirdi. Qadimgi Xorazm tarixini o’rganishda S.P. Tolstovning xizmatlari katta ahamiyatga molik hisoblanadi. Y.G’. G’ulomov Xorazm vohasi sug’orish tarixini, Xorazmning sug’orilish tarixi bilan bog’liq keyingi tadqiqotlar B.V. Andrianov ishlarida chuqur o’z aksini topdi. E.E. Nerazik urbanistik jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. B.I. Vaynberg qadimgi Xorazm tangalari haqida asar yaratdi. Mustaqillik yillarida Xorazmning qadimgi tarixini yangi ma‘lumotlar bilan boyitishga V.N. YAgodin, M. Mambetullaev, G. Xodjaniyazov, Yu.A.Rapoport E. Bijanov, Yu.P. Manilov kabi arxeologlar o’z hissalarini qoshdilar. Yu.A.Rapoport quyi Amudaryo havzasida ilk davlatchilik va urbanistik jarayonlarga oid qator ishlarni e‘lon qildi. V.N. Yagodinning ilmiy ishlari keng qamrovli bo’lib, istiqlol yillarida olim qadimgi Xorazm shaharsozligi va ilk davlatchiligi tarixining qator jihatlariga bag’ishlangan ishlarini e‘lon qildi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Xorazm tarixiga oid fi k r- m ulo h az a la r i , ― Tar i xiy x o ti r a s iz ke l a j ak y o ’ q ri so la si da o ’ z b ek x a lq i nin g tub tarixiy ildizlari, shaharsozlik madaniyati masalalari bo’yicha Respublika tarixchilari oldiga qo’yilgan dolzarb muommolarga ega bo’lgan vaziyatlar, arxeologlar olib borgan tadqiqotlar natijalari mavzuning asosiy manbai hisoblanadi. 1 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ.Т.:1998.

I-BOB MARKAZIY OSIYONING ANTIK DAVRI O‘RGANILISH TARIXI Xorazmning antik davri tarixiga oid yozma manbalar. Antik mualliflar qadimgi qal‘alari to’g’risida deyarli hech qanday ma‘lumot qoldirishmagan. Baqtriya bilan Sug’d mudofaa inshootlari to’g’risida Aleksandr yurishlari tarixi bilan bog’liq, mazmunan xilma-xil materialga egamiz. Xorazm podsholigi tarixida Iskandar yurishlaridan keyingi davrda bo’lib o’tgan yirik siyosiy hodisalar haqida bizning qo’limizda yozma ma‘lumotlar yo’q. Ammmo ko’p narsalar haqida, ya‘ni antik madaniyatning, hunarmandchilikning va irrigatsiyaning gullashi va hammadan oldin ijtimoiy tengsizlikning tezlik bilan rivojlanishi haqida arxeologik yodgorliklar guvohlik beradi 2 . X orazm il k m ar t a Av e s to da e s l a t i l a di ha m da q a di m gi f o r s t il i d a ― Behis tu n ‖ va Naqshi Rustam qoyalariga bitilgan. Ahamoniylarning Persopol, Suza saroylaridan va Xamadondan topilgan yozuvlarda, qadimgi yunon mualliflari Miletlik Gekatey, Gerodot, Strabon, Ktesiy, Arrian, Kvint Kursiy Ruf va boshqalarning asarlarida, sosoniylar yozuvlarida tilga olinadi. XX asr boshlarida ne m is o li m i V . Mar k v art A v e s t o m at ni ni o ’ r g a n i b ― X orazm da v l a t i mavjudligini ilmiy jamoatchilikka e‘lon qilgan edi. Xorazm davlatining qadimgi hududi masalasi bo’yicha olimlarimiz o’rtasida ikki yo’nalish paydo bo’lgan. Birinchi guruh olimlar V.Markvart, Kissiling, V.Bartold, S.P.Tolstov, Y.G’ulomov, M.G.Vorobyova kabi olimlar Xorazm davlatining markazi quyi Amudaryo bo’ylari, uning hukmronlik doirasi Sharqiy Eron, Shimoliy Afg’oniston, Turkmaniston hududlarini qamrab olgan, degan fikrni bildirishgan. Ikkinchi guruh olimlari I.Gershevich, V.M.Masson, V.Pyankov, B.Vaynberg, A.Sagdullaev, S.P.Tolstov, A. Asqarovlar Xorazm davlati dastlab Tajan va Murg’ob vohalarida mavjud bo’lgan, keyin esa Ahamoniylar tazyiqi ostida Quyi Amudaryo vohasiga ko’chganlar degan fikr- mulohazalar taklif qildilar. Bu jarayonga akademik A.Asqarov fikr- m ulohaz a la r i d i q q at g a s a z ov o r . ― Xor a z m i y lar n in g d a s t l a b k i v a t a n i Baqtriyadan janubda, Ariyadan sharqda, Harirud va Xilmend daryolarining yuqori xavzasida, hozirgi Hirot vodiysida bo’lgan. Ahamoniylar tomonidan tazyiq o’tqazish orqali Sharqiy Eron qabilalaridan yiliga 2 Ғуломов Я.Ғ.Хоразмнинг суғорилиш тарихи.Т.,1959,103б.

katta boj olish maqsadida Hilmend tog’ daralaridan oqib chiqadigan soy yo’liga to’g’onlar qurdirilib, suv yo’llarini Xilmend-Xorasmiylar yurtiga burib yuborgan, natijada Xorasmiyliklar Amudaryoning quyi havzalariga ko’chishga majbur bo’ l g a nl a r . 3 Ko’rib turibmizki, Xorazmning hududiy joylashishi va ularning davlatchiligi to’g’risida yagona fikrlar mavjud emas. Xo’sh, tadqiqotchilarning qaysi manbalarga asoslanib xorasmiylarning joylashishi to’g’risida fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Bunga birinchi manba Avestodan ma‘lumotlar hisoblanadi. Avestoda O’rta Osiyoning eng qadimgi madaniy-xo’jalik viloyatlari to’g’irsida ma‘lumotlar uchraydi. Bu tarixiy-geografik atamalar yasht kitobida va Videvdatning birinchi bobida qayd qilingan. Yashtda birinchi m a m la k at ― A r y a n am V a y j o y oki ― A r y a s ha y on a . U y urtda k o ’ p yaylovlarga ega baland tog’lar, keng daryolar va chuqur ko’llar bo‗lgan. Keyingi mamlakatlar Sug’da, Poruta, Iskata, Mauru, Xvarizam. Avestoning Yasht qismida ushbu hududlar to’g’risida quyidagi ma‘lumotlar qayd qilingan. ― U mamlakatning jasur sardorlari ko’pdan-ko’p harbiy yurishlar qiladi, uning erlari suvga serob keng yaylovlarga ega, tog’larida chorva tinch o’tloq va ozuqa bilan ta‘minlangan, bu erdagi chuqur ko’llar to’lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolar Porukdagi Iskata, Xarayvadagi Mouru, Sug’ddagi Gava va Xvarizam toshib intiladi. 4 Videvdatdagi ma‘lumotlarga ko’ra, Axuramazda Zaratushtraga xabar q i l g a n . ― O , Spi t a m a Z ara t us htra oda m lar y a s ha y di g an j o y lar ga , b u er l ar d a baxt qancha kam bo’lsa-da, tinchlik tortiq qildim.Birinchi odamlar yashashi uchun eng yaxshi mamlakatga, Vahvi Dantya daryosidan Aryanam Vayjoga asos soldim 5 . Shu birga, Avesto O’rta Osiyo hududidagi shaharlar to ’ g’ r i s i d a gi m a ‘ lu m o t lar u c h ra y d i . S h a h ar l ar ― vara l a r s ifa ti da t a s vi r l a n a d i . V id e v dat k i t ob ida ― K va d rat V a r lar a ta m a s i m a v j ud bo ’ li b , u sh u n day tasvirlanadi. Yima Varani to’rt tomoni ot chopishiga teng uzunlikda qilib qurdi va u y er xo’kiz, odam, it va qushlarning urug’ini hamda yonib 3 Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенизи ва этник тарихи.Т.,Университет,2007.113б. 4 Толстоа С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта.М.,Наука,1962.С.146-148. 5 Сагдуллаев А.С. Авесто-тарихий географияни ўрганиш манбаси сифатида// ―Авесто ‖ китоби тарихимиз ва маънавиятимизнинг илк еrзма манбаи мавзусидаги илмий-амалий семинар материаллари//Т.,2000,35- 36б.