logo

BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASI TILINING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

141.966796875 KB
BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASI TILINING
SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATI  
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….3-5
I BOB. BAHODIR QOBUL QISSALARIDA SO‘Z KO‘CHMA 
MA’NOSINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI………………6-21
1.1. Yozuvchining metafora va metonimiyalardan foydalanish 
mahorati……………………………………………………………………..6-14
1.1.1 Ot-metaforalar………………………………………………………..6-10
1.1.2 Sifat metaforalar……………………………………………………...10-14
1.2. Yozuvchining metonimiyalardan foydalanish mahorati……………..14-16
1.3. Yozuvchining sinekdohalardan foydalanish mahorati……………….16-19
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar……………………………………...19-21
II BOB. BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASIDA 
CHEGARALANGAN LEKSIKANING LINGVOPOETIK 
IMKONIYATLARI………………………………………………………...22-52
2.1.   Yozuvchining eskirgan so‘zlardan foydalanish mahorati……………….22-23
2.1.1. Tarixiy so‘zlar………………………………………………………....23-26
2.1.2 Arxaizmlar……………………………………………………………...26-28
2.2. Yozuvchining noadabiy qatlamga oid leksik birliklardan foydalanish 
mahorati………………………………………………………………………28-51
2.2. 1. Dialektizmlar………………………………………………………….28-39
2.2.2. Etnografik so‘zlar………………………………………………….......39-41
2.2.3. Og‘zaki nutqqa oid so‘z va iboralar……………………………….......41-45
2.2.4. Vulgarizm va varvarizmlar…………………………… ………….......45-51
Ikkinchi bob bo ‘ yicha xulosalar............................................................51-52
III BOB. BAHODIR QOBULNING SEMANTIK-STILISTIK  
VOSITALARDAN FOYDALANISH MAHORATI. ASAR TILIGA 
DISKURSIV YONDASHUV ……………………………………………...53-66
3.1 O‘xshatish………………………………………………………………..53-56
3.2. Jonlantirish………………………………………………………………56-57
3.4. Badiiy takror va kinoya………………………………………………….57-59
3.5. Asardagi personajlar muloqotida kommunikativ vaziyatni yuzaga         
keltiruvchi birliklar. Diskursiv yondoshuv………………………………….59-65
       Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar………………………………………..65-66
XULOSA ……………………………………………………………………67-69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………69-73
0 KIRISH
Magistrlik   dissertatsiyasi   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi:
XX -asr   o‘zbek   adabiy   tilining   umummilliy   adabiy   til   darajasiga   ko‘tarilishi   va
rivojlanishida o‘ziga xos davr bo‘ldi. O‘zbek milliy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi,
adabiy   tili,   adabiyoti   va   madaniyatining   shakllanishi   va   taraqqiy   etishida   badiiy
adabiyot tili eng boy manba bo‘lib hizmat qiladi.
Adabiy tilning badiiy mukammallika,  milliy xarakterlar  yaratishdagi  o‘ziga
xoslikka   erishishida   so‘z   san’atkorlarining   mashaqqatli   xizmaatlarini   alohida
ta’kidlash   lozim.   Shu   boisdan   ularning   asarlari   tili   va   uslubini   lingvistik   jihatdan
o‘rganish   bugungi   kunda   muhim   ahamiyatga   ega.   Shu   nuqtayi   nazardan   olib
qaraganda   “Bahodir   Qobulning   “Ena   shamol”   qissasi   tilining   semantik-stilistik
xususiyati” mavzusi dolzarb va o‘rganish uchun muhim obyekt sanaladi.
Tadqiqot   ob y ekti: .   Bahodir   Qobilning   “Ena   shamol”   to‘plamidagi   “Ena
shamol”,   “Oqdala”,   “O‘spirinlik”   qissalari.   (qo‘shimcha   manba   yozuvchining
“Otachiroq” to‘plamidan “Otachiroq” hikoyasi)
Tadqiqot   predmeti:   Qissadaning   semantik-stilistik   jihatlari   talqini.
Mazkurdagi so‘z ko‘chma ma’nolarining hamda chegaralangan leksikaning talqini.
diskursiv qarashlar izohi.
Tadqiqot ishining maqsadi:  
- Mavzuga   doir   o‘quv   adabiyotlari   bilan   tanishib   chiqish   jarayonida
yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish;
-   Bahodir   Qobulga   xos   lingvistik   mahoratni   belgilashda   yozuvchining
“Ena   shamol”   qissasi   tilining   badiiyatini   ta’minlovchi   leksik-stilistik   vositalarni
lingvopoetik hamda pragmalingvistik jihatdan tahlil qilish dissertatsiyaning asosiy
maqsadi.
- Sheva   unsurlarini   yig‘ish   va   uni   to‘g‘ri   taqsimlash,   undagi   areal
hududlardan   kelib   chiqqan   holda   shevalarning   xususiyatlarini   o‘rganish   etib
belgilandi. Qissaning   barcha tomonlari  rejaga  muvofiq  ochib berilgach  maqsadga
yetiladi.
1 - Olib   borilgan   izlanishlar   yuzasidan   taklif,   metodik   tavsiyalar   va   amaliy
ko‘rsatmalar  berish.
Tadqiqotning vazifalari:
- tilshunoslikda   badiiy   so‘z   semantikasi   masalalari   hamda   ularn ing
xususiyatlarini o‘rganish;
- badiiy   so‘zga   ixtisoslashish   jarayoniga   doir   qarashlarning   tayanch
nuqtalarini topish;
- Mavzuga   doir   o‘quv   adabiyotlari   bilan   tanishib   chiqish   jarayonida
yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish , badiiy asar tili semantikasi va stilistikasi
yuzasidan aniq xulosalar chiqarish,   tegishli mutaxassisliklar uchun badiiy asar tili
stilistikasining   sintaktik   funksiyalarining   ilmiy   metodologik   asoslarini   ishlab
chiqish   hamda   o lib   borilgan   izlanishlar   yuzasidan   taklif,   metodik   tavsiyalar   va
amaliy ko‘rsatmalar  berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi : 
- Grammatikaning  semantika  va  stilistika  bo‘limi,  ularning  badiiy asar  tili
bilan aloqasiga doir ilmiy-nazariy qarashlar tahlilga tortildi;.
- Semanlarinintikaning badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibiy
tuzilmasi, qoidalari sintaktik nuqtayi nazardan o‘zaro qiyoslandi;
- So‘zlarning   morfologik,   semantik   va   sintaktik   xususiyatlaridan   yuzaga
keladigan mazmuniy munosabatlari asoslab berildi;
- gap   bo‘laklariga   ixtisoslashish   jarayonining   tayanch   nuqtalari   aniqlandi
hamda tegishni mulohazalar asosida ochib berildi.
Tadqiqotning asosiy   masalalari  va  farazlari:   Tadqiqot   ishida  badiiy asar
tiliga   doir   tadqiqotlar   ko‘lamini   yanada   kengaytirish,   bu   borada   samarali
natijalarga erishish mumkin, agar:
1. o‘zbek   tilshunosligida   badiiy   asar   tili   so‘zining   shakllari,   tuzilishi   va
mazmuni o‘rganilsa;
2. mazvuning jahon tilshunosligi  bilan o‘zaro umumiy va xususiy jihatlari
tahlilga tortilsa
2 3. badiiy   asar   tili   semantikasi   tafsifi   jihatidan   umumiy,   barcha   uchun
universal bo‘lgan qoidasining yaratilishi yuzasidan xulosalar berilsa;
4. mazkur   mavzu   yuzasidan   chiqarilgan   xulosalar,   tavsiyalar   hamda
tajribalarni ta’lim jarayoniga tadqiqot predmeti sifatida olib kirilsa.  
Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).ʻ   Tilshunoslikning
sematika   stilistika     bo‘limi   yuzasidan   juda   ko‘plab   tadqiqot   ishlari   amalga
oshirilgan.   N.A.Baskakov,   S.Karimov,   A.S.Sodiqov,   G‘.Abdurahmonov,
Sh.Shukurov,   E.Fozilov,   U.Tursunov,   B.O‘rinboyev,   A.Hojiyev,   A.G‘ulomov,
I.Azimov,   N.Abdurahmonov,   A.Nurmonov,   M.Boshmonov,   J.   Eltazarov   kabi
olimlarning yaratgan ilmiy asarlari bu jihatdan xarakterli.
Tadqiqotda   qo llanilgan   metodikaning   tavsifi.  	
ʻ Mazkur   tadqiqot   ishida
tavsifiy,   qiyoslash, tahliliy, statistik metodlardan foydalanilgan. 
Tadqiqotning   nazariy   ahamiyati:   hozirgi   o‘zbek   tilida   semantika-
stilistikaning   badiiy   asar   tili   nuqtayi   nazaridan   xususiyatlari,tavsiflarini   qamrab
oluvchi   grammatik   tadqiqotlartning   ilmiy-nazariy   tavsifi   borasida   izlanishlar   olib
borish hamda tegishli xulosalar chiqarish.
Tadqiqotning   amaliy   ahamiyati:   Magistrlik   dissertatsiyasida   yoritilgan
nazariy   va   amaliy   masalalardan   tilshunoslik,   umumkasbiy,   pedagogik,   metodik
fanlar   bo‘yicha   ma’ruzalar   tayyorlash,   uslubiy   tavsiya   va   ishlanmalar   yaratish,
ilmiy   tadqiqot   ishlarini   olib   borish   jarayonida   bundan   tashqari   dialektologik
amaliyotlarni   olib   borish   jarayonlarida   samarali   foydalanish   mumkin.
Dissertatsiyada   ishlab   chiqilgan   tavsiyalar   o‘quvchilarni   ongli   ravishda   ilmiy
izlanishlar olib borishlariga ham ko‘maklashadi.
Dissertatsiyaning   hajmi   va   tuzilishi.   Ushbu   magistrlik   dissertatsiyasi
tuzilish   jihatdan   kirish,   3   ta   bob,   6   ta   paragraf,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat .
3 I BOB. BAHODIR QOBUL QISSALARIDA SO‘Z KO‘CHMA
MA’NOSINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI
1.1. Yozuvchining metafora va metonimiyalardan foydalanish mahorati
1.1.1. Ot –metaforalar
Til   insonlarga   xizmat   qiladigan,   Yer   yuzining   yaratuvchisi   tomonidan
odamzodga ato etilgan eng buyuk ne’matlardan biridir. Kishi jamiyatga ta’sir etar
ekan,   bu   borada   tilning   ahamiyati,   o‘rni   haqida   uzoq   gapirishga   hojat   ham   yo‘q.
negaki,   til   orqali   jamiyat   ravnaq   topsa,   til   ham   jamiyat   orqali   mavjud   bo‘ladi.
Tilning qudrati shu darajadaki, u kishini hayolot olamining eng yuqori cho‘qqisiga
olib   chiqishi,   istasa,   undan   pastga   qulatishi   ham   mumkin.   Dunyo   yaralibdiki,   til
butun   bashariyatga   xizmat   qilib   kelish   barobarida   barcha   insonlar   undan   o‘z
ehtiyojlari   yo‘lida   foydalanib   kelmoqdalar.   Til   doimiy   rivojlanishda   bo‘lganligi
sabab har davrning o‘ziga xos bo‘lgan so‘zlashish usuli, unda yaratilgan manbalar
turli   xillikni   tashkil   etadi.   Preziden   Sh.Mirziyoyev   tilning   ahamiyati   to‘grisida
to‘xtalar   ekan,   quyidagi   fikrlarni   aytib   o‘tadi:   “ Ajdodlarimiz,   ota-bobolarimiz
aynan   ona   tilimiz   orqali   jahonga   o‘z   so‘zini   aytib   kelganlar.   Shu   tilda   buyuk
madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar” 1
.
XX -asr  o‘zbek adabiy tilining umummilliy adabiy til darajasiga ko‘tarilishi
va   rivojlanishida   o‘ziga   xos   davr   bo‘ldi.   O‘zbek   milliy   ongi,   tafakkuri,
dunyoqarashi,   adabiy   tili,   adabiyoti   va   madaniyatining   shakllanishi   va   taraqqiy
etishida badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib hizmat qiladi.
Adabiy tilning badiiy mukammallika,  milliy xarakterlar  yaratishdagi  o‘ziga
xoslikka   erishishida   so‘z   san’atkorlarining   mashaqqatli   xizmaatlarini   alohida
ta’kidlash   lozim.   Shu   boisdan   ularning   asarlari   tili   va   uslubini   lingvistik   jihatdan
o‘rganish   bugungi   kunda   muhim   ahamiyatga   ega.   Zero,   “o‘zlikni   anglash,   milliy
ong   va   tafakkur   ifodasi,   avlodlar   o‘rtasidgi   ruhiy-ma’naviy   bog‘liqlik   til   orqali
namayon   bo‘ladi.   Buyuk   ma’rifatparvar   bobomiz   Abdulla   Avloniy   so‘zlari   bilan
aytganda, “Har boir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘an oyinai hayoti til
va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qatmakdur”.
1
  O‘zbekiston   prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   dushanba   kuni   o‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomi   berilganining   30
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi,  22 oktabr 2019.
4 Badiiy   asar   tilini   o‘rganish   XX   asrda   keng   tus   oldi.   Bu   masalani   birinchi
bo‘lib   rus   tilshunosligida   L.V.   Shcherba   ko‘tarib   chiqdi.   Badiiy   asar   tilini
o‘rganishdan   maqsad   uning   tahlili   jarayonida   asar   g‘oyasi   bilan   bog‘liq   hissiy-
subektiv   mazmunni   ifoda   etuvchi   u   yoki   bu   lisoniy   vositalarni   ko‘rsatib   berish
ekanligini   L.V.Shcherba   va   V.V.   Vinogradov   o‘z   tadqiqotlarida   alohida   e’tirof
etadi. 
O‘zbek   tilshunosligida   ham   badiiy   asar   tilini   o‘rganish   masalasi   keng
o‘rganilgan   sohalardan   biridir.  Bu   borada  qilingan   dastlabki   tadqiqotlarda   masala
ko‘proq   tilshunoslik   nuqtayi   nazaridan   yondashilgan   bo‘lib,   bu   xil   tadqiqotlarda
tilning taraqqiyot bosqichlari, uning leksik, grammatik xususiyatlari tahlil qilingan.
Bu lingvistik an’ana hozirgi  kungacha til  tarixi  badiiy matn misolida o‘rganishda
saqlanib kelmoqda.
Badiiy til masalasi bilan maxsus shug‘ullangan L. Abdullayeva, E. Qilichev,
B. Umurqulovlarning leksik birliklarning lingvistik tadqiqiga bag‘ishlangan ishlari
alohidaa   diqqatga   sazovordir.   Ularda   leksik   birliklarning   leksik-semantik,
semantik-stilistik muammolari, ifoda imkoniyatlari, badiiy-estetik vazifalari haqida
bir qadar mufassal fikr yuritilgan.
So‘zlarni   ko‘chma   ma’noda   qo‘llash   ijodkordan   katta   mas’uliyat,   alohida
mahorat   talab   qiladi.   Mahorat   bevosita   ijodkorning   til   bilishi,   so‘zlarning   ma’no
tovlanishlarini chuqur idrok etgan holda go‘zal va betakror obrazli ifodalar yarata
olishi   bilan   belgilanadi.   So‘z   badiiy   adabiyotning   asosiy   qurolidir.   So‘z
san’atkorlari   undan   mohirona   foydalanib,   o‘lmas   va   betakror,   asrlarga   tatigulik
adabiy meros qoldiradilar. So‘z qo‘llash va undan foydalanishni  san’at darajasiga
ko‘tara   olgan   ijodkorlardan   biri   Bahodir   Qobuldir.   Adib   badiiy   nutqining
obrazliligini,   tasviriyligini   hamda   ta’sirchangligini   oshirish   uchun   tilning   turli
tasviriy   vositalaridan   keng   foydalangan.   Shulardan   biri   so‘zning   ko‘chma
ma’nolaridir.   Yozuvchi   hikoyalari   tilini   bezashda   ko‘chimning   metafora,
metonimiya,   sinekdoxa   kabi   turlaridan   mohirona   foydalanib,   o‘zining   betakror
uslubini yaratdi. B. Qobulga hos lingvistik mahoratni belgilashda mazkur jihat o‘ta
muhim va dolzarb hisoblanadi
5 Jahon   tilshunosligida   ko‘chma   ma’no   hosil   qiluvchi   hodisalar   bir   necha
turga   bo‘lib   o‘rganiladi.   Jumladan,   fransuz   tilshunosi   J.   Maruzo   ko‘chma
ma’nolarni   metafora,   metonimiya,   sinekdoxaga   ajratadi.   Rus   tilshunoslari   A.   A.
Reformatskiy   hamda   D.   N.   Shmelev   ko‘chma   ma’no   hosil   qiluvchi   hodisalarni
to‘rt   guruhga   bo‘lganlar,   yani   J.   Maruzodan   farqli   ravishda   funksiyadoshlik
hodisasini qayd etadilar 2
.
O‘zbek   tilshunoslari   ko‘chma   ma’no   hosil   qiluvchi   hodisalarni   guruhlarga
ajratishda rus tilshunoslari bilan deyarli hamfikrdirla r 3
.
O‘zbek tilshunosligida metaforalar o‘zining nazariy asosini topgan bo‘lsa-da
biroq   alohida   olingan   yozuvchi   ijodida   qo‘llangan   metaforalarning   amaliy   jihati
hali   yetarlicha   o‘rganilgani   yo‘q.   Zero,   metaforalar   yozuvchining   individual
uslubini,   asar   badiiyatini   ta’minlovchi   muhim   tasviriy   vositadir.   Shu   bois   biz   B.
Qobul   hikoyalarida   qo‘llangan   metaforalarning   amaliy   jihatlarini   ochib   berishga
harakat qilamiz.
Metafora o‘xshashlik asosidagi ko‘chimdir. Metafora umumfilologik hodisa
bo‘lganligi   bois   tilshunoslar   va   adabiyotshunoslar   e tiborini   o‘ziga   tortib   keladi.ʼ
Shuning uchun metafora hosil bo‘lishi va uning tabiatiga oid qarashlar ham xilma-
xildir.   Jumladan,   А.А.Potebnya:   “Metafora   qisqargan   o‘xshatishdir”,   −   deb   ta rif	
ʼ
beradi.   E.   Kassirer   yuqoridagi   ta rifni   rivojlantiradi   va   “ko‘plab   o‘xshatishlar	
ʼ
metaforadan kelib chiqqan”, degan xulosaga keladi 4
. Bunday g‘oyalar metafora va
o‘xshatishlar orasidagi farqni tadqiqot ob ektiga aylantirdi.	
ʼ
O‘zbek   tilshunosligida   metafora   leksik   ma no   taraqqiyot   yo‘llaridan   biri	
ʼ
sifatida   qaraladi   va   ma no   ko‘chishining   o‘xshashlikka   asoslangan   turi   tarzida	
ʼ
e tirof   etiladi.   Metafora   haqidagi   dastlabki   ma lumotlar   R.   Qo‘ng‘urov,   M.	
ʼ ʼ
Mirtojiev,   M.   Mukarramov,   E.   Qilichev   kabi   olimlarning   ilmiy   risolalarida
uchraydi 5
.   Bundan   tashqari,   metaforaning   lisoniy   xususiyatlarini   o‘zida   aks
2
 Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 52-53.
3
  Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент, 1962. – Б. 20-25; Турсунов У., Мухторов Ж.,
Раҳматуллаев   Ш.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   –   Тошкент:   Ўзбекистон,   1975.   –   Б.   126;   Алиқулов   Т.   Сўз
маъноларини чегаралаш масаласига доир // Тилшунослик ва адабиётшуносликка оид тадқиқотлар. Тўплам. −
Тошкент, 1965. – Б. 6. 
4
 Кассирер Э. Сила метафоры // Теория метафоры. – М.: – 1990. – С. 33-43.
5
  Қўнғуров   Р.   Ўзбек   тилининг   тасвирий   воситалари.   –   Тошкент:   Фан,   1977.   –   Б.   15-19;   Миртожиев   М.
Кўрсатилган   асар.   –   Б.   51-75;   Мукаррамов   М.   Ўзбек   тилида   ўхшатиш.   –   Тошкент:   Фан,   1976.   –   Б.   11-15;
6 ettiruvchi   maqolalar   e lon   qilinganʼ 6
.   Bularda   metafora   asosida   nisbiy   o‘xshashlik
mavjudligi nazarda tutiladi. Tilshunoslar metaforalarni til va nutq hodisasi sifatida
lingvistik  va   badiiy   metaforalarga  bo‘lib  o‘rganishda   deyarli   hamfikrdirlar.   Biroq
badiiy metaforalarning  tabiatini  tadqiq  etishda  o‘zaro  farqli   xulosalarga  keladilar.
Jumladan,   I.   Qo‘chqortoev   badiiy   metaforalarni   talqin   qilishda   metaforaning
lingvistik   tabiatini   chetlab   o‘tadi   va   nutq   hodisasi   sifatida   estetik   vazifasi,   obraz
yaratish   funktsiyasini   tahlil   qiladi.   D.Bikerton   metafora   tabiatiga   lisoniy   nuqtai
nazardan   yondashish   zaruriyatini   nihoyatda   dolzarb   hisoblab 7
,   “…nolingvistik
qarashlar   masala   mohiyatini   ochishdan   ko‘ra   ko‘proq   qorong‘ulashtiradi   va
ta kidlash   mumkinki,   ularning   mag‘lubiyati   ham   aynan   ularning   nolingvistligi	
ʼ
bilan belgilanadi”, deb baholaydi 8
.
Asarda   metanimiyalarning   qo‘llanilishi   orqali   qahramonlarning   ijtimoiy
kelib chiqishi, xarakteridagi ijobiylik va salbiylikni baholashda, fiziologik holatni
tasvirlashda,   personajlarning   tashqi   qiyofasi,   intim-ruhiy   holatlarini   tasvirlashda,
qahramonlar nutqini shaxsiylashtirishda mohirona foydalangan. 
Masalan : - Joyiga qo‘y deyapman, Sariq  oshkadi. 
Keltirilgan   jumlada   oshkadi   leksemasi   o‘zining   genetik   semasini   shaxsga
ko‘chiradi   va   shu   bilan   ko‘chma   ma’no   hosil   qiladi.   Endi   ot   metaforalar   haqida
gapalashamiz.
Yuqoridagi   misolni   ilk   misol   sifatida   qabul   qilgan   holda   uning   tahliliga
o‘tamiz.  Oshkadi  leksemasi quyidagi semem strukturaga ega: 
oshkadi   –   a)   poliz   ekini;   b)   shaxsning   tashqi   qiyofasini   ifodalaydi;   v)
shevaga hos so‘z (adabiy tilda  oshqovoq) ; g) usti sariq, urug‘li narsa.
Қиличев Э. Бадиий тасвирнинг лексик воситалари. – Тошкент: Фан, 1982. – Б. 71-79.
6
  Усмонов   С.   Метафора   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –   Тошкент,   1964.   –   №4.   –   Б.   34-36;   Миртожиев   М.
Лингвистик метафоралар таснифи // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1973. – №4. – Б. 57-61; Тохиров З.
Метафора лексема-семемасининг прагматик  семаси  //  Ўзбек  тили ва адабиёти. – Тошкент, 1983. – №1   – Б.
74-77 ;   Қобулжонова   Г.   Метафора   –   номинациянинг   асоси   сифатида   //   (Анъанавий   Аюб   Ғуломхонлик
материал - лари.) 2-чиқиш. – Андижон, 1995. – Б. 90-91. 
7
  Хасанов   А.   Абдулла   Қаҳҳор   ҳикоялари   тилининг   бадииятини   таъминловчи   лексик-стилистик   воситалар.
НД. 2007
8
  Усмонов   С.   Метафора   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –   Тошкент,   1964.   –   №4.   –   Б.   34-36;   Миртожиев   М.
Лингвистик метафоралар таснифи // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1973. – №4. – Б. 57-61; Тохиров З.
Метафора лексема-семемасининг прагматик  семаси  //  Ўзбек  тили ва адабиёти. – Тошкент, 1983. – №1 – Б.
74-77;   Қобулжонова   Г.   Метафора   –   номинациянинг   асоси   сифатида   //   (Анъанавий   Аюб   Ғуломхонлик
материал-лари.) 2-чиқиш. – Андижон, 1995. – Б. 90-91. 
7 Bunda  a,v  va  g  semalar  oshkadi  leksemasining genetik semalari hisoblanadi.
Yuqoridagi kontekstda  b  sema ancha boshqacha ma’no kasb etadi. Bunda ko‘chma
ma’no   hosil   bo‘lyapti   va   bu   ma’no   badiiy   mazmunniifodalashga   xizmat   qilyapti.
Yozuvchi   bolakayning   obrazini   individuallashtirishda   oshkadi   leksemasining
tashqi   xususiyatlari   bilan   qahramon   qiyofasini   ochib   berishga   harakat   qilingan.
Qissada   qahramon   bola   sariqdan  kelgan   bolakay   bo‘ladi   va   bu  misolda   uni   opasi
bunday ataydi. Bundan tashqari yana bir o‘rinda uning otasi ham uni shunga yaqin
laqab bilan chaqiradi : - Mana  Sariqbola,  sizga , - dedilar otam galife shimlarining
o‘ng  cho‘ntagidan  ikkita  yigirma  tiyinlik  oq  tanga  va  bitta  yashil   uch  so‘mlik va
ikkita sariq bir so‘mliklarni olib 9
.
Keyin   o‘choq   boshiga,   qora   uy   tikilgan   joyga   borib   chordona   qurib
o‘tiraman . 
Budka oldiga kelganimizda huddi  Katta   hovuzni yoqasi da savdo qiladigan
rasmchinikiga o‘xshagan suratlarni ko‘rib qoldim.  
Har ikkala misolda ko‘rinadiki, ot metaforalarning asarda o‘rni bor.
Ikkinchi misolda kelgan   hovuzning yoqasi   birikmasi   hovuz yoni, hovuzning
oldi  degan ma’nolarni beradi.
Umuman   olganda,   asar   badiiyatida   metaforalar   kelar   ekan,   ular   asar
ruhiyatiga   o‘zgachalik   baxsh   etadi.   Bahodir   Qobul   hikoyalarida   metaforalarning
yangicha talqinini, o‘zgacha ko‘rinishlarini taqdim etishga, uni yaratishga intiladi.
Qahramonlar   xarakteri   va   ichki   ruhiy   holatini   aks   ettirishi   mobaynida   oddiy   va
ko‘pam   siyqasi   chiqqan   manbaalardan,   ifodalardan   uzoqlashishga   bor   imkonini
sarflaydi.
1.1.2. Sifat metaforalar
Sifat   leksemalariniing   asosiy   xususiyati   belgi   ifodalash   bilan   birga   matn
tarkibida ko‘chma ma’no hosil qilish hisoblanadi 10
.
Ijodkorning dunyoqarashi,  g’oyasi,  ruhiy  olami, estetik  ideali   uning har   bir
9
 Метафора лексема-семемасининг прагматик семаси // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1983. – №1 – Б.
74-77;   Қобулжонова   Г.   Метафора   –   номинациянинг   асоси   сифатида   //   (Анъанавий   Аюб   Ғуломхонлик
материал-лари.) 2-чиқиш. – Андижон, 1995. – Б. 90-91. 
10
  Мамадалиева  М. Ўзбек  тилида  номинатив бирликларнинг коннотатив  аспекти:  Филол.фан.ном…  дисс.  –
Наманган, 1997. – Б. 82. 
8 obrazi,   har   bir   tasviriy   vositasida   namoyon   bo‘ladi” 11
.   Jumladan   Bahodir   Qobul
ham   sifat   turkumiga   oid   so‘zlardan   metaforik   ma’no   hosil   qilishda   o‘z   ideolekti
nuqtayi nazaridan yondashadi.
Shunday   ma’no   ko‘chish   holatlari   bor-ki,   ular   so‘z   genetik   xususiyatidan
kelib   chiqqan   holda   ba’zan   o‘sha   asl   semaga   zid   ravishda   sema   hosil   qilgan
o‘rinlar   ham   mavjud.   Asardan   quyidagini   misol   qilib   keltiramiz:   Qishloq
ko‘chasidan   chiqishimiz   bilan   Bozorjoyning   yalang   maydoni,   maydonning   bir
chetida   turgan   ikkita   avtobusning   qorasi ,   ularning   qizil   chiroqlari   ko‘zga
tashlandi. 
Gapdagi   avtobusning   qorasi   birikmasidagi   qora   so‘zi   asl   ma’nosini
avtoulovning   harakati   natijasida   kelib   chiqadigan   xususiyatga   ko‘chiradi.   Bunda
qora   semasini quyidagicha qurililishga – ma’noviy turlilikka ega deyish mumkin:
qora- rang; qora- sovuqlik ramzi.
  Biroq   buyerda   har   ikkala   semadan   ham   foydalanilmagan,   ya’ni   qora
so‘zining   sovuqlik   ma’nosi   yoki   aynan   rang   ma’nosi   anglanishi   uchun
ishlatilmagan.   Aksincha,   bu   yerda   ijobiy   semasi   yuzaga   chiqqan.   Ya’ni
yo‘lovchilar ulovdan qolib ketmasliklarining bir signali sifatida qo‘llanilgan. Yana
bir tomoni bor-ki , qora  semasi voqelik jarayonida  oq   leksemasiga antonim semani
hosil qilgan. Chunki, odatda, yurayotganlarga, yoki uzoq yo‘lga otlanganlarga   oq
yo‘l  birikmasi qo‘llaniladi. 
Agar   biz   solishtirib   o‘rganayotgan   Abdulla   Qahhor   hikoyalariga   murojaat
qilsak   ayni   bu   holatga   quyidagi   misol   tahlilini   keltirishimiz   mumkin:   U
avtobusdan   tushib,   lovullab   turgan   qulog‘ini   ushlaganicha   Hojiga   qaradi   va
bisotidagi   eng   og‘ir ,   eng   dahshatli   haqoratni   ishlatdi,   ya ni  ʼ “ tarbiyasiz!   ”   dedi.
( “ Yillar ” )   Uning  savoliga   oqsoqol   ham   va   boshqa   hech  kim   ham   javob  bermadi.
Og‘ir   jimlik   cho‘kdi.   ( “Xotinlar” )   Mastura   Аlieva   sakkiz   oydan   beri   palatasidan
chiqmay   yotgan   og‘ir   xasta,   uni   kasalxonada   hamma   bilar,   ko‘p   kishi   kirib
ko‘rgan ekan.  (“Ming bir jon”) 12
“Keltirilgan   leksik   qurshovlarda   og‘ir   leksemasining   genetik   semasi   –
11
 Мамажонов С. Услуб жилолари. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. – Б. 82.
12
 Абдулла Қаҳҳор. Асарлар. 5 томлик. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1987.  Т.1. – 336 б.
9 jismlarning   fizik   xususiyati”   chetlashtirilgan   hamda   qo‘shimcha,   ijtimoiy
shartlangan   ifoda   semalari   bo‘rttirilib,   ko‘chma   ma nolar   hosil   qilingan.   Og‘irʼ
leksemasi   har   bir   kontekstda   o‘ziga   xos   poetik   aktuallashgan.   Jumladan,   birinchi
leksik   qurshovda   og‘ir   leksemasi   evfemik   tarzda   ko‘chma   ma no   ifodalagan.	
ʼ
Uning   yuzaga   chiqishida   “kishini   xafa   qiladigan”,   “ko‘ngilsiz”   (O‘TIL.I.562.)
semalari   aktual   vazifa   bajargan.   Yozuvchi   matn   konsituatsiyasida   bola   tilidan
aytilgan   qo‘pol,   vulgar   jumlalarni   yumshoqroq   ifodalash   maqsadida   og‘ir
leksemasini   evfemik   tarzda   qo‘llab,   asar   badiiyligini   ta minlashga   erishgan.  	
ʼ
Ikkinchi   leksik   qurshovda   yozuvchi   og‘ir   leksemasini   o‘ziga   xos   tarzda
qo‘llab,   okkazional   ma noli   metafora   hosil   qilgan.   Og‘ir   leksemasi   leksik	
ʼ
qurshovda   ijtimoiy   shartlangan  “ruhiyatga   ta sir   qiladigan,   tushkun   holat”   semasi	
ʼ
bilan ishtirok etgan. Shu yerda А.Qahhor mahoratining yana bir siri ochiladi, ya ni	
ʼ
og‘ir leksemasini  ko‘chma ma noda qo‘llab, mavhum holatga ishora qilib, hikoya	
ʼ
kompozitsiyasida   tugun   hosil   qilgan.   Va   ana   shu   tugun   orqali   ma lum   bir	
ʼ
konsituatsiyaga ishora berilib, asarning ta sir kuchi orttiriladi. Og‘ir leksemasining	
ʼ
ko‘chma   ma nosida   hosil   qilingan   tugun   voqea   rivojida   personaj   tilidan   bayon	
ʼ
qilinib, o‘z yechimini topadi.
Uchinchi   leksik   qurshovda   og‘ir   leksemasi   ijtimoiy   shartlangan   “yomon
oqibatlarga   olib   borishi   mumkin   bo‘lgan”,   “jiddiy”,   “xavfli”   (O‘TIL.I.562.)
semalari   bilan   ko‘chma   ma no   hosil   qilgan.   Yozuvchi   personajning   fiziologik	
ʼ
holatini   tasvirlashda   og‘zaki   nutqda   keng   qo‘llanuvchi   metaforani   badiiy   matnga
olib kirib, affektivlikni kuchaytirishga, badiiylikni ta minlashga erishgan	
ʼ 13
.
Yozuvchi   qissa   davomida   avtoulovlning   mexanik   harakatlarini
qahramonining   hayolida   boshqacha   jonlantiradi   va   bu   orqali   ham   an’anaviy
metafora hosil  bo‘ladi. Buni  quyidagi  ikki misolda ko‘rishimiz mumkin:   Yo‘lma-
yo‘l   Qo‘ng‘irot,   O‘ris,   No‘g   ’ay   yoqalab,   keyin   Bulung‘urning   yil   o‘n   ikki   oy,
yigirma to‘rt soat bozori tinmaydigan Oqtepasidan qarzi bordek so‘nggi yo‘lovchi
olib,   ichida   bosh   tiqarga   joy   qolmay,   nafasi   ichiga   tushgancha   bir   yonga
yonboshlab  Samarqand tomon o‘rlaydi;
13
  Хасанов  А.  Абдулла   Қаҳҳор  ҳикоялари   тилининг  бадииятини  таъминловчи  лексик-стилистик  воситалар.
НД. 2007
10 Men   O‘smatda   avtobus   hali   bo‘shligida   tekkan   joy-oldingi   eshikning
shundoq   o‘ng   qo‘lidagi   bir   kishilik   o‘ringa   o‘tirganimga   ming   pushaymon
yeyman.
Har   ikkala   misolda   ham   qahramonni   manzilga   eltayotgan   ulov   harakati
metaforik ma’no orqali ifodalangan.
“Аdabiyot – insonshunoslik bo‘lganligi uchun qahramonning tashqi qiyofasi
bilan   birga   uning   ma naviy   dunyosini   ham,   psixologiyasini   ham   ishonarli   vaʼ
ta sirli   qilib   tasvirlab   berish   yozuvchilar   oldida   turgan   eng   qiyin,   eng   sharafli	
ʼ
vazifalardan hisoblanadi” 14
. Bahodir Qobul ham adabiyotning shu nozik qirralarini
mohirona   egallagan   ijodkorlardandir.   “Yozuvchining   asarda   aytmoqchi   bo‘lgan
salmoqli   gapi,   targ‘ib   qilmoqchi   bo‘lgan   g‘oyasi,   intilgan   maqsadi   qahramonlar
xarakterida mujassamlashgan bo‘ladi” 15
.
Umuma,   asarda   sifat   va   ot   metaforalardan   tashqari   yana   ko‘plab   boshqa   tu
metaforalarni ham uchratamiz. Quyida ularning ba’zilari va misollar tahlili haqida
fikrlarimizni keltirib o‘tamiz.  
Jarko‘cha   yoqalab   o‘sgan   son-sanoqsiz   na’mataklarni   birov   butashga,
shoxini sindirishga qo‘rqadi. Ularni ostida shayit-shahid bo‘lganlar  yotibdi  degan
gapga hamma ishonadi
Ko‘chani   to‘ldirib   o‘tayotgan   lo‘lilar   galasi   bilan   tengma-teng   jarni   ikki
labida   o‘spirinlar   burni   oqqan   ukalarini   yetaklagancha   ularni   izma-iz   ta’qib-
tomosha   qilib   borishadi.   Ko‘rinishidan   lo‘lilarning   kattasi   semiz   va   qora   xotin
qo‘lidagi   yo‘rgakni   tannozlanib,   ko‘zi   olma-kesak   terib   kelayotgan   novcharoq
qizga   beruvdi,   qiz   ko‘tarmadi.   Bir   narsa   deb   gap   qaytardi.   Qoraxotinning   jahli
chiqdi .
Ortimda,   qirning   labiga   qurilgan   bir   vaqtlar   qimmatli   bo‘lgan   va   ayni
vaqtda   uvadasi   chiqqan   eski   sallasining   pechi   tushib   ketgan,   pechini   ko‘tarib
qo‘yishga   quvvati   yetmayotgan   keksa   mullaga   o‘xshagan   ayvonli   uy.   Atrofida
odam ko‘rinmaydi.
14
 Қодиров П. Тил ва дил. – Тошкент: Ўзбекистон, 1972. – Б. 12.
15
 Шарафиддинов О. Истеъдод жилолари // Абдулла Қаҳҳор.  Асарлар.   I  том. – Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги
бадиий адабиёт нашриёти, 1967. – Б. 15. 
11   Oradan   ancha   yillar   o‘tib   bilganim   va   hali   ko‘prik   ustida   pechi   tushib
ketgan   keksa   mulladek   ko‘ringan,   qirning   labiga   ilinib   turgan   imorat
Samarqandda qurilgan birinchi machit, Xo‘jai Xizr edi.
E ndi faqat  yo‘lning bu betiga .  Qir labiga  ilingan imoratning ostiga.  
Oq   Toshdan   ko‘tarilgan   kun   avval   Katta   Tog‘ni,   keyin   uning   bolasi   Oy
Qorning  yelkasi-yu , Bo‘ronqo‘nish o‘ ngiriga  tegib qorlarini eritadi
1.2 Yozuvchining metonimiyalardan foydalanish mahorati
Metonimiya   ko‘chma   ma’no   hosil   bo‘lishining   bir   ko‘rinishidir.   U   ham
metafora   singari   qadimdan   faylasuf   va   tilshunoslarning   diqqatini   o‘ziga   tortib
kelgan,   shu   bois   turli   davrlarda   uning   tabiatiga   qarashlar   ham   o‘ziga   xos   xilma
xilliklarga ega 16
.
Misol   uchun,   o‘zbek   tilshunosligida   ham   XX   asrning   ikkinchi   yarmidan
boshlab   metonimiya   va   uning   tabiatiga   qarashlar   ko‘pgina   ilmiy   risolalar 17
,
maqolalar 18
, nomzodlik va doktorlik dessertatsiyalarid 19  
o‘zining nazariy asoslarini
topdi.
Umuman,   jahon   va   jumladan,   o‘zbek   tilshunoslarining   metonimiya
xususidagi   qaraslari   bir   xil:   obyektiv   borliqdagi   biror   narsa   yoki   voqea-hodisa
nomi   o‘zaro   bog‘liqlik   va   aloqadorlik   asosida   boshqa   bir   narsa   yoki   hodisaga
ko‘chiriladi.
O‘zbek tilshunosligida metonimiyalarning hosil bo‘lish sabablari va yondosh
hodisalardan   farqi   yirik   monografik   planda   nutq   hodisasi   sifatida   I.K.Shukurov
tomonidan   tadqiq   etilgan   bo‘lsa,   til   hodisasi   sifatida   M.M.Mirtojiyev   tomonidan
rus   tilshunosligiga   asoslanib   tadqiq   etilgan.   Rus   tilshunosligida   birinchi   bo‘lib
A.A.Reformatskiy   metonimiyani   til   hodisasi   sifatida   tadqiq   etib,   uning   hosil
16
  Қаранг :   Миртожиев   М .   Кўрсатилган   асар . –   Б . 52-55;   Сувонова   Р .   Ўзбек   тилида   метонимия :   Филол . фан .
ном …  дисс . –  Самарқанд , 2001. –  Б . 7-11.
17
  Қаранг :  Пинхасов   Я .  Ҳозирги   замон   ўзбек   тили   лексикаси . –  Тошкент , 1960. –  Б . 40;  Мирзаев   М .,  Усмонов
С .,  Расулов   И .  Кўрсатилган   асар . –  Б . 20-25;  Турсунов   У .,  Мухторов   Ж .,  Раҳматуллаев   Ш .  Кўрсатилган   асар .
–   Б .126 ;   Азизов   О .   Тилшуносликка   кириш . –   Тошкент :   Ўқитувчи , 1963. – Б . 63 ;   Қўнғуров   Р .   Кўрсатилган
асар . –  Б . 19-23 ;  Қиличев   Э .  Кўрсатилган   асар . –  Б . 79-82. 
18
19
  Шукуров   И.К.   Перенос   значения   слов   в   узбекском   языке:   Дисс…   канд.   филол.   наук.   –   Ташкент,   1978;
Миртаджиев М.М. Переносные  значения и их манифестация в узбекском языке: Дисс… док.филол.наук. –
Ташкент, 1989. 
12 bo‘lish sabablarini izohlab bergan 20
.
R.A.Suvanova metonimiyani til va nutq hodisasi sifatida olib, ularning hosil
bo‘lish   sabablarini   bir-biriga   qiyoslagan   holda   ochib   berishga   harakat   qiladi.
Tadqiqotlar   M.M.Mirtojiyevning   ilmiy   ishlariga   suyangan   holda   olib   boradi,
o‘zining fikrlarini ham bildirib o‘tadi.
Tildagi   barcha   tasviriy   vositalar   singari   metonimiyaning   ham   badiiy
adabiyotda   o‘ziga   xos   o‘rni   bor   to‘g‘ri,   u   tilning   boshqa   tasviriy   vositalari
singari(sinekdoxa bundan mustasno) badiiy adabiyotda keng tarqalgan emas, lekin
shunday   bo‘lsa-da,   tilning   estetik   funksiyasini   oshirishda   muhim   omillardan
hisoblanadi.   Metonomiya   badiiy   asarda   ijodkor   g‘oyasini,   maqsadini   yoritishda
birmuncha aktual vazifa bajaradi 21
.
Metonimiya   so‘z   ma’nosi   taraqqiyoti   bilan   bog’liq   hodisalardan   biridir.
Ma’no   taraqqiyoti   esa   turli   ko‘rinishlarga   ega   bo‘ladi.   So‘z   ma’nosi   o‘z   ifoda
doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi, shuningdek, mavhum holatda kelishi yoki
aniq   ifodaga   ega   bo‘lishi   mumkin 22
  .Metonimiya   ma’no   kengayishining   bir
ko‘rinishi   sifatida   ham   talqin   qilinadi.   Ular   muayyan   bir   so‘zning   semantik
taraqqiyoti ekanligi bilan o‘zaro aloqador ammo lingvistik hodisa nuqtai nazaridan
farq qiladi 23
. Metonimiya hodisasi odatda ot turkumida keng yoyilgan. Boz ustiga
metonimiyaga   xos   belgilar   ot   turkumlaridagima’no   ko‘chishida   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi.   Shu   sababdanko‘pgina   asarlardatilshunoslar   metonimiyani   otdan
olingan metonimiyalar doirasida taashkil etishga intiladi.
Bahodir   Qobul   hikoyalarida   ham   metonimiya   badiiy   asar   xarakterini
jozibadorligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Joy nomlari bilan bog‘liq metonimiyalar
ham mavjud bo‘lib, odatda til hodisasi sifatida talqin qilinadi. Joy nomi bilan o‘sha
yerda   istiqomat   qiluvchi   aholini   atash   orqlai   ham   metonimiya   hosil   qilinadi.
Bundan   tashqari,   ma’lum   shaxsni   qayta   nomlash   orqali   metonimiya   hosil   qilish
holati   Bahodir   Qobul   hikoyalarida   ko‘plab   uchraydi.   Masalan   “ Ena   shamol”
20
Реформатский А.А. Введение в языковедение. – М.: Учпедгиз, 1947. – С. 54-62
21
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
22
 Орипов А. “Муножот”, “Сайланма”.– Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт матбаа бирлашмаси, 1992. 143-бет.
23
 Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. 15-бет
13 hikoyasidagi   ushbu   misolga   e’tibor   qilaylik:   Cholni   Samarqand   Ota   deb   atagim
keldi.   Samarqand   Ota ni   odamlar   orasidan   izladim.   Topolmadim.   O‘zim   yig‘lab,
o‘zim yupandim 24
.
Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   shahsga   qayta   nom   berish,   ayni   damda   ot
leksemasi bilan metonimiyaning hosil bo‘lishiga guvohmiz.
  Sariqvo y endi o‘rnidan qo‘zg‘algan ekan bir amallab sig‘ishdik.
Bu   misolda   esa   qhramon   yigitning   Samarqandga   eltadigan   avtoulov-
avtobusga   qo‘ygan   yangi   otini   ko‘ryapmiz.   Qahramon   yigitcha   tomonidan
avtoulovning   rangi   sariq   ekani   va   uni   bolalarcha   erkalab   Sariqvoy   deyishi
metonimik hodisani keltirib chiqaryapti.
1.3 Yozuvchining sinekdoxadan foydalanish mahorati
Sinekdoxa   hodisasi   jahon,   jumladan,   o‘zbek   tilshunosligida   o‘zaro   ichki
aloqadorlik   asosida   butun-qism,   birlik-ko‘plik   munosabatidagi   ko‘chim   turi
sifatida   o‘zining   nazariy   asoslarini   ma lum   darajada   topgan.   Biroq   uni   ko‘chimʼ
turlari orasida tasniflashda turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, XIX asrning boshi
va   ikkinchi   yarmida   so‘zning   ko‘chma   ma nolari   borasida   o‘z   tadqiqotlari   bilan	
ʼ
mashhur   bo‘lgan   nemis   uslubshunoslari   uni   ko‘chim   turlari   orasida   tasniflashda
(sinekdoxani   metonimiyaning   tarkibiga   kiritishda)   taxminiy   xulosaga   keladilar.
Xuddi   shu   davrda   rus   tilshunosi   M.M.Pokrovskiy   yuqoridagi   taxminiy   xulosaga
barham   beradi,   ya ni   metonimiya   va   sinekdoxani   psixolingvistik   fakt   sifatida	
ʼ
baholab, ularni aynan bir hodisa sifatida talqin etadi 25
.
Bizningcha,   metonimiya   va   sinekdoxa   hodisalari   o‘zaro   integral   va
differentsial   belgilarga   ega.   Metonimiya   va   sinekdoxa   asosida   nom   ko‘chishi
o‘zaro   bog‘liqlikka   asoslanishi   bilan   umumiylik   hosil   qiladi.   (Shuning   uchun
yuqoridagi   ayrim   tilshunoslar   mana   shu   umumiylikni   hisobga   olgan   holda
metonimiya va sinekdoxani aynan bir hodisa yoki sinekdoxani metonimiyaning bir
ko‘rinishi   sifatida   izohlaydilar.)   Metonimiyada   ikki   ob ekt   o‘rtasida   o‘zaro	
ʼ
bog‘liqlik   asosida   ma no   ko‘chsa,   sinekdoxada   bir   ob ektning   o‘zaro   aloqador	
ʼ ʼ
bo‘lgan   butun   va   qism,   birlik   va   ko‘plik   asosida   ma no   ko‘chishi   bilan   bu   ikki	
ʼ
24
 Bahodlir Qobul “ena shamol”
25
  Қаранг: Сувонова Р. Кўрсатилган номзодлик диссертацияси. – Б. 8.
14 hodisa   bir-biridan   farqlanadi.   Shuning   uchun   biz   metonimiya   va   sinekdoxani
o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan ko‘chimning alohida ikki turi deb talqin qildik.
O‘zbek   tilshunosligida   sinekdoxani   tasniflashda   bir-biridan   farq   qiluvchi
qarashlar   mavjud.   Jumladan,   M.Mirtojiev   sinekdoxani   uch   printsip   asosida   oltita
guruhga   bo‘lib   talqin   etadi 26
.   R.Qo‘ng‘urov   sinekdoxalarni   quyidagi   turlarga
bo‘ladi: a) butun o‘rnida qism; b) qism o‘rnida butun; v) ko‘plik son o‘rnida birlik;
g)   jins  o‘rnida tur;  d)  kishi  o‘rnida  unga  tegishli   narsa 27
. Bu  tasnif   bilan   “ O‘zbek
tili stilistikasi ”  darsligining mualliflari ham hamfikrdirlar 28
.
Sinekdoxa va uning tabiatiga berilgan tasniflar orasida M.Mirtojiev keltirgan
tasnif   ancha   mufassal   yoritilgan.   Shu   o‘rinda   R.Qo‘ng‘urov   va   u   bilan   hamfikr
tilshunoslarning   sinekdoxaga   berilgan   beshinchi   banddagi   ta riflari   uningʼ
mohiyatiga   to‘g‘ri   kelmasligini   ta kidlab   o‘tmoqchimiz.   Masalan,   ular   keltirgan	
ʼ
faktik   materiallarga   e tibor   qilaylik:   –   Zakaspiy   fronti   uchun   sizda   qancha   kuch	
ʼ
bor?   Temur:   Menda   besh   yuz   oltmish   nayza.   (K.Yashin.   “Yo‘lchi   yulduz”)   Yoki
rotamizda   175   soldat   bor   o‘rnida   rotamizda   175   shtik   bor   deyish   ham
sinekdoxaning bir ko‘rinishi sifatida berilgan. Misollardagi ma no ko‘chishi ikkita	
ʼ
alohida   ob ekt   o‘rtasida   sodir   etilayotganining   guvohi   bo‘lamiz.   (Bu   borada   biz	
ʼ
yuqorida   o‘z   qarashlarimizni   bayon   etgan   edik.)   Demak,   bunda   ma no   ko‘chishi	
ʼ
sinekdoxa   usuli   bilan   emas,   balki   metonimiya   usuli   bilan   sodir   bo‘lgan 29
.
S.Karimov   doktorlik   dissertatsiyasida   yuqoridagi   faktik   materiallar   xususida
quyidagicha   fikr   bildiradi:   “…Nega   menda   besh   yuz   oltmish   pichoq   bor,   Rotada
175 avtomat bor, deyish mumkin emas. Аxir, avtomat ham, pichoq ham nayza kabi
jangchiga   aloqador,   uning   quroli   hisoblanadi.   Demak,   mumkin.   …Аmmo
ko‘rinyaptiki,   ularni   nima   uchundir   sinekdoxa   sifatida   qabul   qila   olmayapmiz.
Ko‘chim   o‘rniga   mantiqsizlik   yuz   beryapti.   Xo‘sh,   nima   uchun   shunday?
Nazarimizda,   sinekdoxa   yaratilishi   jarayonida   ham,   xuddi   o‘xshatish   va   metafora
singari tasviriy vositalarda bo‘lganidek, sub ekt va ob ekt mavjud. Bunda sub ekt	
ʼ ʼ ʼ
26
  Бу   ҳақда   қаранг:   Миртожиев   М.   Ўзбек   тилида   синекдоха   ва   унинг   турлари   //   Тилшунослик   ва
адабиётшуносликка оид тадқиқотлар / ФА ТАИ тўплами. 6-кт. – Тошкент: Фан, 1965. – Б. 119-126
27
 Қўнғуров Р. Кўрсатилган асар. – Б. 23-27
28
 Қаранг: Шомақсудов А., Расулов И. ва б. Кўрсатилган асар. – Б. 238-239. 
29
  Хасанов  А.  Абдулла   Қаҳҳор  ҳикоялари   тилининг  бадииятини  таъминловчи  лексик-стилистик  воситалар.
НД. 2007
15 o‘zining   obrazli   ifodasini   ob ektning   birinchi   darajada   turadigan   tomoni   tufayliʼ
topadi.   Shu   ma noda,   birinchi   gapdagi   nayza   so‘zi   stilistik   usul   vositasi   sifatida	
ʼ
bizni   to‘liq   qanoatlantiradi.   Chunki   qadimda   jangchilarning   asosiy   quroli   nayza
bo‘lgan   paytlardayoq   bu   so‘z   harbiyni   ataydigan   sinekdoxa   sifatida   muomalaga
kirgan va shu ma noda hozir ham o‘zbek tilida o‘z qimmatini saqlab kelmoqda”
ʼ 30
.
Bizningcha,   yuqoridagi   faktik   misollarda   olim   nazarda   tutgan   pichoq,
avtomat   hosila   ma nosi   yuzaga   chiqmagan,   balki   “shaxs”   arxisemali   “askar,	
ʼ
jangchi” semasi reallashgan. Chunki har qanday so‘zning ko‘chma ma nosi leksik	
ʼ
qurshovda   reallashadi.   Olim   nayza   leksemasi   harbiyni   ataydigan   hosila   ma no	
ʼ
berishini   ham   inkor   etmaydi.   Ko‘rinib   turibdiki,   ma no   ko‘chishi   ikki   predmet	
ʼ
orasidagi   o‘zaro   bog‘liqlik,   aloqadorlik   asosida   yuz   bergan.   Bu   –   metonimiyadir.
Bu   hodisani   R.Suvonova   nomzodlik   dissertatsiyasida   to‘g‘ri   talqin   qilib,   “Shaxs
o‘ziga   oid   bo‘lgan   xarakterli   narsasi,   buyumi,   kiyimi   nomi   bilan   atalishi   orqali
metonimiya   sodir   bo‘ladi”,   degan   to‘g‘ri   fikrni   ilgari   suradi.   Biz   olimaning   bu
qarashini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Demak, kishi o‘rnida unga tegishli narsaning
ko‘chma ma noda qo‘llanishi sinekdoxa emas, balki metonimiyadir	
ʼ 31
.
Sinekdoxalar   badiiy   matnda   qo‘llanganda   murakkab   gap   tuzilishlarini,
ortiqcha   chiyralgan   so‘z   va   ifodalarning   oldini   oladi,   matn   jumlalariga   soddalik,
affektivlik   baxsh   etadi 32
.   Bahodir   Qobul   sinekdoxaning   ana   shu   imkoniyatlaridan
hikoya   va   qissalari   tilini   bezashda,   yozganlari   badiiyatini   ta’minlashda   unumli
foydalanadii. Ijodkorning ”Ena shamol” qissasidan ushbu misollarni keltiramiz.
Bolasi  o‘g‘rilik qilsa-yu, ota bo‘lib, ko‘chani o‘rtasiga tushib, kuyib pishib
tirnog‘i   ortidan   or   talashish   orzusida   soyasi   egasiz   qolayotganlar   qancha...
bungayam yetgan bormish yetmagan bormish.
In-iniga   kirib   ketadi.   Odamlar   uyda   necha   jon   bo‘lsayam   bir   xonaga,
o‘tiradigan uyga tiqilishib oladi 33
.
Abdulla Qahhor ijodiga nazar tashlaganimizda esa sinekdoxaning bir qancha
30
 Каримов С. Кўрсатилган докторлик диссертацияси. – Б. 202-203.
31
  Хасанов  А. Абдулла  Қаҳҳор ҳикоялари  тилининг бадииятини  таъминловчи  лексик-стилистик  воситалар.
НД. 2007
32
  Хасанов  А.  Абдулла   Қаҳҳор  ҳикоялари   тилининг  бадииятини  таъминловчи  лексик-стилистик  воситалар.
НД. 2007
33
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
16 turlarini kashf qilishimiz mumkin, bunda aynan o‘sha turlarning birinchisini ya’ni
butun o‘rnida qism kelish holatiga uning hikoyalaridan misollar keltiamiz.
1. Butun o‘rnida qism. Sinekdoxalarning bu ko‘rinishi hosila ma no yuzagaʼ
chiqishi bo‘yicha yana bir necha semantik guruhga ajratilishi mumkin:
a)   “ shaxs ” ,   “ inson ”   hosila   semali   sinekdoxalar:   Bizni   hamma   narsadan
benasib qilmoqchi bo‘lgan Gitler hozir ham ancha narsadan mahrum qildi. Qani
ilgarigi qishloq? Hozirgacha yonmagan  yurak  bo‘lsa mana shuni eslatishing bilan
alanga oladi.  ( “ Аsror bobo ” )
Berilgan gapda   yurak   leksemasi  orqali   “ shaxs ”   semali hosila ma no yuzaga
ʼ
chiqqan hamda nutqiy sinekdoxa hosil bo‘lgan. Bunda yurak leksemasi ikkilamchi
nominatsiya   jarayonini   boshqargan.   Yozuvchi   hikoyada   yurak   leksemasi   orqali
sinekdoxa   usulidan   foydalanar   ekan,   uning   ma lum   bir   g‘oyaviy   pozitsiyada	
ʼ
turgani,   aytmoqchi   bo‘lgan   salmoqli   gapining   personaj   nutqida   namoyon   bo‘lishi
yurak   leksemasiga   implitsit   tarzda   mahorat   bilan   singdirilgan.   Yozuvchi   urush
musibatlaridan tushkun holga tushib qolgan insonlarni yonmagan yurak birikmasi
orqali   obrazli   ifodalab,   hikoya   badiiyatiga   kuchli   tasviriylik,   ekspressivlik   olib
kirgan 34
Birinchi bob bo‘yicha qisqa xulosalar
1. O‘zbek tilshunosligida ko‘chimlar leksik ma no taraqqiyot yo‘llaridan	
ʼ
biri   bo‘lib,   so‘zning   uzual   yoki   okkazional   ma no   doirasida   hosil   qilinadi.	
ʼ
Ko‘chimlar   badiiy   matn   doirasida   talqin   qilinganda   ko‘proq   ularning   mohiyatiga
(ob ektivlikdan   chekinmagan   holda)   sub ektivlik   nuqtai   nazaridan   yondashish	
ʼ ʼ
maqsadga muvofiq. Chunki  yozuvchi  (sub ekt)ning ob ektga shaxsiy munosabati,	
ʼ ʼ
dunyoqarashi,   baholashdan   kutilgan   badiiy   niyati   va   maqsadi   ko‘chimlarda   o‘z
in ikosini topadi	
ʼ
2.   Metaforalar   ko‘chim   turlari   orasida   juda   keng   tarqalgan   bo‘lib,   ular
o‘z   xususiyatiga   ko‘ra   doimiy   va   individual   metaforalarga   bo‘linadi.   Bahodir
Qobul individual metaforalar yaratishda ot, sifat, fe l turkumiga oid leksemalardan	
ʼ
34
  Хасанов  А. Абдулла  Қаҳҳор ҳикоялари  тилининг бадииятини  таъминловчи  лексик-стилистик  воситалар.
НД. 2007
17 unumli   foydalangan.   Jumladan,   ot-metaforalardan   o‘z   ideolektida   reallashgan
xususiy yashirin ma nolarni implitsit tarzda ifodalashda, ta sirchan, obrazli ifodalarʼ ʼ
yaratishda;   sifat-metaforalarning   konnotativ   ma nolaridan   qahramonlarning	
ʼ
xarakter-xususiyati, siyrat va suratini tasvirlashda, asar kompozitsiyasida voqealar
rivojida yechiluvchi  mavhum  konsituatsiyaga  ishora qiluvchi  tugun hosil  qilishda
va   badiiy-g‘oyaviylikka   erishishda;   fe l-metaforalardan   voqea-hodisaning	
ʼ
intensivligini oshirishda, personajlar xarakter-xususiyatiga implitsit ishora qilishda
ta sirchan   omil   sifatida   foydalanib,   hikoyalari   tasviriyligini,   badiiy-estetik	
ʼ
quvvatini oshirgan.
3. Yozuvchi   hikoyalarida   qo‘llangan   so‘z   birikmasi   va   gap   shaklidagi
kengaygan   metaforalar   oz   miqdorni   tashkil   etadi.   Lekin   shunday   bo‘lsa-da,   ular
ham   badiiy   g‘oyaviylik   va   mahorat   bilan   chambarchas   holda   yuzaga   kelib,
hikoyalarning estetik, badiiy-ifodaviy qimmatini ta minlagan.	
ʼ
4. Tildagi   barcha   tasviriy   vositalar   singari   metonimiyaning   ham   badiiy
adabiyotda   o‘ziga   xos   o‘rni   bor.   Metonimiya   tilning   estetik   funktsiyasini
oshirishda   muhim   omillardan   hisoblanadi.   Metonimiya   badiiy   asarda   ijodkor
g‘oyasini,   maqsadini   yoritishda   ta sirchan   vosita   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Аyniqsa,	
ʼ
Bahodir   Qobul   ijodida   ellipsis   natijasida   hosil   qilingan   metonimiyalarning   obraz
yaratish funktsiyasi, badiiy-estetik salmog‘i anchayin keng.
5. Bahodir   Qobul   metonimik   ko‘chma   ma nolar   orqali   xalq   tilining	
ʼ
boyligini,   serzavqligini   go‘zalligini,   shuningdek,   hayotning   haqqoniy   tasvirini
baxsh   eta   olgan.   Chunki   adib   hikoyalarida   qo‘llangan   metonimiyalarning
ko‘pchiligi   xalqning   jonli   so‘zlashuv   tilidan,   xalqning   chinakam   yuragidan
olinganligi bilan xarakterlanadi.
6. Yozuvchining   sinekdoxadan   foydalanish   mahorati   tahsinga   loyiq.
Аdib sinekdoxalardan obrazli, ta sirchan ifodalar yaratishda hamda badiiy matnda	
ʼ
jonli   so‘zlashuv   tiliga   xos   tabiiylikni,   soddalikni,   qolaversa,   hikoyalari   tilining
xalqchilligini   ta minlashda   individual   foydalanib,   o‘zining   betakror   mahoratini	
ʼ
namoyon   eta   olgan.   Bahodir   Qobulning   sinekdoxalardan   foydalanish   mahorati
zamondosh   yozuvchilar   uslubidan   o‘zining   betakror   mazmunga   egaligi,   asarning
18 g‘oyaviy   maqsadiga   yo‘naltirilganligi   hamda   yozuvchi   ideolektida   sodir   bo‘lgan
illokutiv   maqsadning   unda   implitsit   ifodalanishi,   shuningdek,   badiiy   matnda
obrazli ekspressivlik mohirona ifodalanishi bilan ajralib turadi.
19 II BOB. Bahodir Qobulning “Ena shamol” qissasida chegaralangan
leksikaning lingvopoetik imkoniyatlari
2.1. Yozuvchining eskirgan so‘zlardan foydalanish mahorati
Til jamiyat taraqqiyoti, inson tafakkuri bilan uzviy ravishda rivojlanib borar
ekan, uning amaliy jihati tilning lug‘at tarkibida o‘z in’ikosini topadi. Jamiyatning
muttasil   ravishda   rivojlanib   borishi   tilning   leksik   qatlamidagi   ayrim   so‘z   va
tushunchalarning  iste’mol  doirasidan  chiqib  ketishiga   turtki  bo‘ladi,  shu  bilan  bir
qatorda tilning lug‘at tarkibiga yangi so‘zlar kirib keladi 35
.
Tilning   hozirgi   adabiy   mavqeyi   nuqtayi   nazaridan   qo‘llanish   faolligi
birmuncha   susaygan   yoki   umuman   iste’mol   doirasidan   chiqib   ketgan   leksik
birliklar guruhi borki, ular eskirgan so‘zlar deb yuritiladi 36
.
Eskirgan   so‘zlar,   ularning   turlari,   uslubiy   qo‘llanishiga   doir   hodisalar   rus
tilshunosligida   N.M.Shanskiy,   I.K.Sozanova,   A.B.Kalini,   N.A.Gvozdev,
A.I.Efimov kabi olimlar tomonidan chuqur va atroflicha yoritilgan 37
.
O‘zbek   tilshunosligida   so‘zlarning   eskirish   sababi   va   qonuniyatlari   SH.
Rahmatullayev, E.Qilichev, A.Shomaqsudov, SH.Shoabdurahmonov, E.Begmatov,
X.Abdurahmonov, N. Mahmudov, H.Ne’matov, R.Rasulovlar  tomonidan keng va
atroflicha yoritilgan 38
 bo‘lsa-da, alohida olingan yozuvchi asarlari tilida qo‘llangan
eskirgan   so‘zlarning   uslubiy   va   badiiy-estetik   xususiyatlari   doirasida   qilingan
tadqiqotlar   ozchilikni   tashkil   etadi.   So‘nggi   yillarda   bu   borada   sezilarli   darajada
tadqiqot   ishlari   amalga   oshirildi,   lekin   bu   masalaning   to‘liq   o‘rganilganligini
bildirmaydi,   albatta.   Bu   esa   tadqiqotimizga   qo‘yilgan   masalaning   muhim   va
35
  Хасанов  А. Абдулла  Қаҳҳор ҳикоялари  тилининг бадииятини  таъминловчи  лексик-стилистик  воситалар.
НД. 2007
36
 Каримов С.А. Кўрсатилган докторлик диссертацияси. – Б. 167.
37
  Шанский   Н.М.   Лексикология   современного   русского   языка.   –   М.:   Просвещение,   1964;   Шу   муаллиф.
Устаревшие слова в лексике современного русского языка. – РВШ. – 1954. – №3; Созанова И.К. Лексика и
фразеология  современного  русского   языка.  –  М.,  1964;   Калинин   А.В.  Лексика   русского  языка.   –  М.,  1966;
Гвоздев А.Н. Очерки по стилистике русского языка. – М., 1965; Ефимов А.И. Стилистика русского языка. –
М., 1969.
38
  Раҳматуллаев  Ш.У. Архаизм  ва  историзм  //  Научные   труды.  ТашГУ.  Вып.211,  1963;   Қиличев   Э. Бадиий
тасвирнинг   лексик   воситалари.   –   Тошкент:   Фан,   1982;   Шу   муаллиф.   Ўзбек   тили   практик   стилистикаси.   –
Тошкент:   Ўқитувчи,   1986;   Шомақсудов   А.   Ўзбек   тили   стилистикаси.   I - II   қисм.   –   Тошкент,   1974;
Шоабдураҳмонов   Ш   ва   б.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,   1980;   Абдураҳмонов   Х.,
Маҳмудов   Н.   Сўз   эстетикаси.   –   Тошкент:   Фан,   1981;   Бегматов   Э.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилининг   лексик
қатламлари. – Тошкент, 1985; Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикология асослари  – систем
лексикология ва тарихийлик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995.
20 dolzarbligini belgilaydi.
So‘z   san’atkorlari   badiiy   matnga   badiiy-estetik   ruh   bag‘ishlashda,   asar
badiiyatini   ta’minlashda   muhim   mezonlardan   biri   sanalgan   eskirgan   so‘zlardan
xalqchillikni ta’minlash, qolaversa, emotsional-ekspressivlikni  yuzaga chiqarishda
uslubiy vosita sifatida foydalanadilar.
Tarixiy   so‘zlar   badiiy   matnda   tarixiy   davrni   haqqoniy   tasvirlash
zaruriyatidan kelib chiqib qo‘llanilsa, arxaik so‘zlar  uslubiy  vosita sifatida badiiy
matnga   o‘tmish   koloritini   berish   bilan   birga   ,   badiiylikni   ta’minlashda   asrga
ko‘tarinki,   tantanavor   ruh   bag‘ishlab,   ifoda-ta’sirchanglikni   yuzagachiqaruvchi
estetik vazifa bajarishi bilan xarakterlanadi 39
.
  Biron   bir   badiiy   matn   doirasida,   masalan,   biron   alohida   olingan   ijodkor
asarlarining   tilini-stilistikasini   o‘rganishda   tarixiy   qatlamga   oid   so‘zlar   tadqiq
qilinar   ekan,shubhasiz   asar   yozilgan   vaqtdayoq   eskirgan   so‘zlar   guruhi   tahlilning
obyekti sifatida olinadi. Shu jumladan, biz uchun tadqiqot obyekti sifatida hizmat
qilayotgan   Bahodir   Qobul   hikoyalari   ( “Ena   shamol”   to‘plamidagi   “Ena   shamol”,
“Oqdala”,   “O‘spirinlik”   qissalari.   (qo‘shimcha   manba   yozuvchining   “Otachiroq”
to‘plamidan   “Otachiroq”   hikoyasi))   tilini   o‘rganishda   mazkur   jihatni   eskirgan
so‘zlarning yozuvchi ideolektiga munosib g‘oyaviy maqsadlarini yuzaga chiqarish
va ulardan foydalanishdagi mahoratini aniqlashda ma’lum darajadagi chegara qilib
belgiladik.
2.1.1. Tarixiy so‘zlar.
B ahodir   Qobul   tarixiy   qatlamga   oid   leksik   birliklardan   hikoyalari   (“Ena
shamol”   to‘plamidagi   “Ena   shamol”,   “Oqdala”,   “O‘spirinlik”   qissalari.
(qo‘shimcha manba yozuvchining “Otachiroq” to‘plamidan “Otachiroq” hikoyasi))
tilining   badiiyatini   ta’minlashda   chuqur   mulohaza   va   mahorat   bilan   foydalangan.
Chunonchi, badiiylik asarda hayotning nechog‘lik haqqiqatga yaqin aks ettirilgani,
xalq   qalbiga   yaqinligi,   shakli   va   mazmuni   birligiga   erishilishdagi   mahorati   bilan
belgilab beriladi.
Umuman,   ijodkor   qanday   yo‘sinda   qalam   tebratmasin,   u   hoh   zamonaviy,
39
 Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Кўрсатилган асар. – Б. 17-19.
21 hoh   tarixiy   mavzu   bo‘lmasin,   tarixiy   qatlamga   oid   leksik   birliklardan   ayni
voqelikka   davr   ruhini   berish   orqali   xalqchillikni   ta’minlash,   qahramonlarning
xarakteri,   nutqini   individuallashtirish,   badiiy   matnga   ko‘tarinkilik,   estetik   zavq
bag‘ishlash kabi uslubiy maqsadlarda foydalangan.
Bahodir   Qobulning   yuqorida   keltirilgan   hikoyalari   aynan   tarixiy   mavzuga
bag‘ishlanmagan   bo‘lsa-da,   biz   undagi   shu   xususiyatlarni   ochishga   intildik.   Ayni
vaqtda   qalami   serqirra   ijodkorlardan   bo‘lmish   Abdulla   Qahhor   ijodi   bilan   (uning
aynan   tarixiy   mazvuga   oid   bo‘lgan   bir   qator   hikoyalari   orqali)   ba’zi   qiyosiy
tahlillarni   olib   borishga   va   bunda   Bahodir   Qobul   ijodidagi   tarixiy   momentga
ishoraviy   yondashuvlarni   aniqlashga   urindik.   Bu   borada   adibning   mahoratini
taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharofiddinov shunday baholaydi “Tarixiy asar
yaratishga intilmagan holda xalq hayotining tarixan haqqoniy manzarasini chizish-
Abdulla Qahhor ijodining muhim xususiyatidir” 40
.
Abdulla   Qahhorning   “O‘g‘ri”,   “Dahshat”,   “Bemor”   hikoyalarida   tarixiy
qatlamga   oid   leksik   birliklarning   ulushi   anchayin   keng.   Yozuvchi   tarixiy
so‘z(istorizm)lardan   tarixiy   voqea-hodisalarning   haqqoniy   (real)   tasvirini
yaratish,badiiy   asarga   tarixiy   ruh   berishda   o‘rinli   va   maqsadga   muvofiq
foydalangan,   Adib   hikoyalaridagi   dodxo,   qozi,   ellikboshi,   mingboshi,   amin   kabi
tarixiy so‘zlar ijtimoiy nufuz, unvon, mansab semasini ifodalovchi leksik-semantik
guruhni tashkil etadi.
Bahodir   Qobul   hiloyalaridagi   tarixiy   so‘zlardan   foydalanar   ekan,
qahramonlarning   ruhiy   kechinmalarini   ifodalashda,   eski   xotiralarni   o‘sha   zamon
ruhi   bilan   yodga   olib,   o‘quvchida   ham   shu   kayfiyatni   uyg‘otishni   maqsad   qiladi.
To‘g‘ri,   ijodkor   asosan   zamonaviy   va   erkin   ijod   bilan   shug‘ullangani   uchun
Bahodir   Qobul   hikoyalaridagi   tarixiy   so‘zlarning   semantik   ta’sir   doirasi   tarixiy
romanlar   ustasi   Oybekning   yoki   G’afur   G’ulomning   tarixiy   asrlaridan   ancha   farq
qiladi. 
Ma’lumki,   har   qanday   so‘zning   ma’no   qirralari,   qo‘llanilish   uslubi   badiiy
matn   doirasida   yozuvchi   shaxsiyatiga   xos   bo‘lgan   pragmatik   maqsadlarni   yuzaga
40
 Шарафиддинов О. Истеъдод жилолари // Абдулла Қаҳҳор. Асарлар.  I  том. – Тошкент, 1967. –Б. 8. 
22 chiqarish bilan namoyon bo‘ladi. So‘zni qanday va qay maqsadda qo‘llash, albatta,
yozuvchi uslubiga xos.
  Kuzatishlar   natijasida   Bahodir   Qobulning   yuqoridagi   hikoyalarida   kelgan
tarixiy so‘zlarning arxaizmlarga xos stilistik vazifada kelishiga guvoh bo‘ldik. Bu
esa,   Bahodir   Qobulning   Oybek,   G’afur   G’ulomdan   ko‘ra   farqli   ravishda,   tarixiy
so‘zlardan   foydalanishdagi   o‘ziga   xos   mahoratni   belgilaydi.   Masalan,
yozuvchining   “Ena   shamol”   qissasidagi   va   “Otachiroq”   hikoyalaridagi   (yozuvchi
tomonidan   “bitik”   tarzida   qo‘llanilganligini   ta’kidlash   ayni   muddao)
qalandarxona,   musofirxona,   karvonsaroy,   olampanoh,   qozi,   mudarris,   sulton,
qabza  mavlono,  pochchoiq,   madrasa,   rasadxona   kabi   tarixiy  so‘zlar  bir   qarashda
asarga   o‘tmish   ma’nosini   bera   olmagan   bo‘lsa-da,   ammo   baribir   ular   tarixiylik
bo‘yog‘ini yo‘qotmaydi. Ayni  so‘zlar ishtrokidagi  jumlalar  orqali  tarixiy moment
tilga olinadi va jarayon gavdalantiriladi.
“Ena shamol” hikoyasida keltirilga quyidagi misolga e’tibor qarataylik:
Bunga Enamning Samarqandni  ko‘rmagan bo‘lsalar  ham, Katta Otamning
bu   shaharda   o‘qiganlari,   uning   har   bir   g‘oridan   tortib   buloqlarigacha,   har   bir
qiridan   soyigacha,   machit-u   madrasa si,   avliyolarga   liq   to‘la   qabristonlari,
qalandarxona lari ,   karvonsaroylari ,   musofirxona lari,   ikki   arava   sig‘maydigan
tor-u   tang   ko‘chasi-yu,   burumigacha   erinmay   aytib   berganlaridan   bo‘lsa   kerak,
Samarqand deyilsa,  sergak tortadilar 41
.
  Qachon   kostyum-shim   kiyishimni   s’raganimda   Enam:   “Shuyam   gap
bo‘ptimi,   balajon.   Hali   beklarbegi   bekl ab   chaqirmas,   chin   poshsho lar   elchi lab
so‘ramas,  shoh lar to‘n yopmas ekan, kelganim yolg‘on, – deganlar. – Bekligiyam,
poshsholigiyam. Men hali bolaman. Bunaqa gaplarni tushunmayman  42
.
  -   Buguncha   endi   mudarrislik   qilmay   turing,   Mirzoiy   deb   kenadilar.
Indamay turganimdan jahli chiqib, baqirib ketdi 43
. 
Asarda   qo‘llanilayotgan   tarixiy   so‘z   ayni   mavzuga   bag‘ishlangan   adabiy
janrda o‘tmishning davr ruhini haqqoniy tarzda aks ettirishi bizga ma’lum. Agarda
41
 Bahodir Qobul “ Ena shamol ” kiril 
42
 Otachiroq kril
43
 Ena shamol kril
23 bunday tarixiy qatlamga doir leksik birliklar zamonaviy mavzudagi adabiy janrda
qo‘llanilsa,   ma’lum   bir   uslubiy   maqsad   ko‘zda   tutilgan   bo‘ladi,   albatta.   Aniqroq
izohlash   uchun   aytishimiz   mumkinki,   yuqoridagi   misollardan   uchinchisi   ayni
haqiqatga   mos   keladi   va   buning   isboti   sifatida   tarixiy   asardan   quyidagi   ziddi
misolni keltiramiz:  Xaram  doirasi bu kun shovqin –suronsiz edi.  (“Navoiy”)
Har   ikkala   jumlada   ham   tarixiy   so‘zlar   (mudarris   va   xaram)   ning   ishtroki
bor. Oybekning “Navoiy” romanidan olingan parchadagi tarixiy so‘z o‘z nominativ
ma’nosi bilan o‘tmish ruhiyati bermoqda va shu orqali voqelikni real aks etishiga
xizmat qilmoqda. Bahodir Qobulning “Ena shamol” qissasidan olingan misolda esa
tarixiy   so‘z   badiiy   matnda   nominativ   ma’no   bilan   bir   qatorda   yozuvchi
shaxsiyatiga   xos   illokutiv   pragmatik   maqsadni   yuzaga   chiqaruvchi   uslubiy   vosita
sifatida   qo‘llangan.   Bu   yerda   yozuvchi   qahramonning   opasi   tilida   tarixiy   so‘zni
qo‘llash   orqalibadiiy   matnga   ekspressivlik   olib   kirgan.   Yozuvchi   yigitcha   o‘z
yutug‘idan   faxrlanish   holatini   yuzaga   keltirish   uchun   amalga   oshirgan   harakatini
opa tomonidan  chippakka  chiqarish  va bu  orqali   uni  kesatiq  so‘z  bilan  “siylashi”
jarayonini   keltirib   chiqarmoqda.   Kesatiq   so‘z   sifatida   esa   tarixiy   qatlamga   oid
leksikadan foydalanilmoqda.
Ammo, asrdagi tarixiy leksiklar faqat ma’lum pragmatik maqsad uchungina
qo‘llanilib o‘zining asl ma’noviy qiymati va momentidan ayri tushgan deyish ham
noo‘rin. Misol uchun, “ Bir qo‘lida  qalqon,  bir qo‘lida  qilich , bir qo‘li oq, bir qo‘li
qaro, bir yelkasi yo‘l, bir yelkasi o‘r, bir oyog‘i johda, bir oyog‘i chohda, birovga
yaxshi,   birovga   yomon   ko‘rinib   o‘tgan,   bir   qo‘ltig‘i   sodiq,   bir   qo‘ltig‘i   xoin,   izi
sirga   to‘la   bolaginasining,   oti   aytilsa   dunyo   oyoqqa   turadigan   bolasining   kuch-
qudratiyam   Yaratganning   sovuqqinasi   oldida   hech   narsa   emasligini   eslarkan
epkinlarga oqligini yuvib quritgani yarim kun, yarim tun, yarim issiq, yarmi sovuq
kunning doriga osadi” 44
. 
2.1.2. Arxaizmlar
Arxaizmlar   bugunki   kunda   mavjud   tushuncha   yoki   so‘zning   eskirgan
nomidir.   Ular   ham   tarixiy   so‘zlar   singari   badiiy   matnga   hodisalarni   real   tasvir
44
 Otavhiroq 199-bet
24 etuvchi   o‘tmish   muhitini   olib   kiradi.   Masalan,   Bahodir   Qobulning   keltirilgan
asrlaridan   olingan   musofirxona,   raykom,   melisa,   pioneer   kabi   arxaik   so‘zlar   davr
ruhini   haqqoniy   tasvirlashda,   badiiy   matnga   o‘tmish   ruhiyatini   berishda   asosiy
vazifani bajargan. Ular bugungi kunda mehmonxona, kabi ekvivalentlari bor. 
Arxaizmlar   badiiy   nutqqa   o‘ziga   xos   stilistik   bo‘yoqlarni   olib   kirishi   bilan
tarixiy   so‘zlardan   ko‘ra   kengroq   qamrovga   ega.   “Arxaik   so‘zlarda   “eskilik”
konnotativ ifoda semasi bo‘rtib ifodalangan bo‘ladi, bu hol ularning badiiy matnda
tasviriylik,   ifodalilik   vositasi   sifatida   qo‘llanishi   uchun   jiddiy   imkoniyatdir” 45
.
Arxaik so‘zlar  zamonaviy ekvivalentiga qaraganda badiiy matnga ma’noni  kuchli
ifodalash 46
,   ifodaviylik,   ta’sirchanlik,   ko‘tarinkilik   kabi   estetik   ruh   bag‘ishlaydi.
Ularning qanday uslubiy maqsadda istifoda etilganligi, albatta, ular qatnashgan 
leksik qurshovda namoyon bo‘ladi 47
.
Ma’lumki,   arxaik   so‘zlar   badiiy   matn   doirasida   butun   bir   gapga   nazokatli,
“yumshoq” ruh bag‘ishlashda uslubiy vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin 48
.
“Arxaik   so‘zlar   nutqqa   kinoya,   piching,   mazax-masxara   ruhi   va   xajv
ottenkasini berish uchun ham ishlatiladi” 49
.
- Buguncha endi  mudarrislik  qilmay turing, Mirzoiy, - deb kenadilar 50
.  
Berilgan gapda  mudarrislik  va  mirzoiy  leksemalarining ishlatilishi orqali yozuvchi
badiiy matnga masxara, kinoya, piching ruhini olib kiradi
Bunda,   qahramon   va   uning   opasi   o‘rtasida   suhbat   momenti   ifodalangan   va
ushbu   suhbatda   Sariq   bola   o‘zining   pioneer   ekanini   bildirish   maqsadida
bo‘yinbog‘chasi  (badiiy matnda pionerlik galstugi)  ni  taqib oladi. Bu hol  opasiga
yoqmaydi va unga shunday piching gaplar qiladi. Ayni ruhiy holatini va bolaning
bu   ishidan   jahli   chiqayotganini   yaqqol   ko‘rsatish   maqsaadida   shu   leksemalardan
foydalanadi.   Ushbu   gapdan   keying   gapda   esa,   biz   unimg   jahli   va   pichinginni
harakatga ko‘chganini gubvohi bo‘lamiz.
Umuman   olganda,   berilgan   asrda   tarixiy   va   arxaik   so‘zlarning   qo‘llanilishi
45
  Йўлдошев   М . М .  Кўрсатилган   номзодлик   диссертацияси . –  Б . 55-56
46
  Қаранг :  Йўлдошев   М . М .  Кўрсатилган   номзодлик   диссертацияси . –  Б . 57.
47
 Қаранг: Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Кўрсатилган асар. – Б. 18.
48
 Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Кўрсатилган асар. – Б. 19
49
 Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р. Кўрсатилган асар. – Б. 51.
50
  Ena   shamol  21- bet
25 asar   badiiyatini   ko‘taradi,   perjonajlarning   ayni   vaqtdagi   kechinmalarini   yanada
jozibador   qilib   ko‘rsatishga   xizmat   qiladi.   Tasviriylikni   oshirishda   va   hikoyalar
tilining badiiyatini ta’minlahsda muhim lisoniy omil sifatida biz bemalol tarixiy va
arxaik   so‘zlarning   ishtrokini   olishimiz   mumkin   ekanini   yana   bir   bor   tasdig‘ini
todik.
2.2. Yozuvchining noadabiy qatlamga oid leksik birliklardan foydalanish
mahorati
2.2.1. Dialektalizmlar
O‘zbek   adabiy   tili   o‘z   o‘rnida   xalq   shevalariga   ta’sir   etadi.   Ularning
xususiyatlarini semantik jihatdan o‘ziga yaqinlashtirib boradi hamda shu yo‘sinda
jonli tildan oziqlanib, shevalardagi so‘z, so‘zshakllar va iboralar hisobiga anchayin
boyib boradi. 
O‘zbek   shevashunosligi   XX   asrning   20-yillaridan   boshlab   Y.Polivanov,
K.Yudaxin,   G’ozi   Olim   Yunusov,   A.Borovkov,   V.Reshetov,
Sh.Shoabdurahmonov,   S.   Ibrohimov,   Hamid   G’ulomov,   M.   Mirzayev,   A.Aliyev,
X.   Doniyorov,   N.   Rajabov   kabi   olimlar   tomonidan   nazariy   va   amaliy   jihatdan
o‘rganilib, fan sifatida shakllandi va rivojlandi 51
. 
XX   asrning   70-yillaridan   boshlab   dialektizmlarning   badiiy   asar   tilidagi
semantik-stilistik   xususiyatlari   o‘rganila   boshlandi 52
.   Shevaga   oid   so‘zlar   ham
tasviriy   vositalarning   boshqa   turlari   kabi   o‘ziga   mos   estetik   qiymatga   ega
hisoblanadi.   Shu   sababdan   yozuvchi   va   shoirlar   unga   ifodalilikni,   tabiiylikni,
soddalik   va   qolaversa,   ekspressivlikni,   xalqchillikni   yuzaga   keltiruvchi   tasviriy
vosita   sifatida   murojaat   etadilar,   undan   foydalanishga   intiladilar.   “Dialektizmlar
badiiy nutqda juda kata estetik  vazifani  bajaradi. Ammo dialektizmlarning badiiy
asar   tilidagi   estetikqimmatini   aniqlashda   yozuvchinin   qanday   dialekt   so‘zni
ishlatganligiga   e’tibor   berish   lozim.   Dialektizmlarning   ko‘proq   qo‘shimcha   izoh
51
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
52
  Файзуллаев   Б.   Диалектизмы   в   художественных   произведениях:   Автореф.дисс…   канд.   филол.наук.   –
Ташкент,   1979.   –   С.   24;   Шу   муаллиф.   Бадиий   адабиётда   диалектизмларнинг   стилистик   вазифалари   //
Тилшунослик масалалари. – Тошкент: Фан, 1978. – Б. 203-212;
26 talab   qilmaydiganlarini,   kitobxon   umumiy   kontekstga   ko‘ra   tushunib
olaveradiganlarini   badiiy   nutqqa   kiritish   maqsadga   muvofiqdir.   Ayni   paytda,
dialektizmlar   o‘z   me’yorida   qo‘llangandagina   u   yoki   bu   stilistik   vazifanni   bajara
oladi, aks holda, butun baddiy asarning estetik qiymati pasayadi” 53
.
Shevaga   oid   so‘zlarning   semantik-stilistik   xususiyatlarini   to‘g‘ri   anglab   va
ayni   damda   his   qilib,   o‘z   hikoyalarida   badiiy   maqsad   sari   aniq   va   ravshan
yo‘naltira olgan yozuvchilarimiz orasida o‘zining shevaga oid so‘zlardan mohirona
foydalanishi   bilan   alohida   o‘rniga   ega   bo‘lgan   ijodkor   Bahodir   Qobuldir.   So‘zni
kata   gavhar,   bir   marvariddek   bilish   va   soda,   samimiylik   bilan   unga   yondoshgan
holda   uni   ishlatib,   asrning   xalqchil   va   dilgir   bo‘lishiniga   intilish   Bahodir   Qobul
uslubining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   bo‘lib,   bunda   u   shevalarga   oid   so‘zlarni
ortiqcha   ishlatishga   va   badiiy   matnni   ortiqcha   so‘zlar   bilan   to‘ldirishga   monelik
qiladi. Ortiqchalikdan qochadi. Biz tanlagan “Ena shamol”  va tayanch manbamiz
“Otachiroq” to‘plamlari va ulardan tanlab olingan hikoyalarda shevaga oid so‘zlar,
birliklar   miqdori   anchagina   bo‘lishiga   qaramasdan,   ularning   matnga   berayotgan
ekspressiv   ruhi   va   samimiyati   o‘quvchini   charchatib   qo‘ymaydi.   Bu   haqda
ijodkorning   o‘zi   “Ena   shamol”   da   shunday   yozadi   “ Opani-aya,   opachani-opa,
yungni-jun, qaroni-qora, kasratkini-buqalamun, ko‘nani-ko‘hna deb yozolmayman.
Xat-savodim   yaxshi.   Eroni   qishloqlik   Isroil   muallim   o‘rgatgan.   Kitobdagiga
o‘xshatib   yozaman   desam,   boriyam   esimdan   chiqib,   chalkashib   ketadi.   Ko‘kayda
bo‘lak,   yozig‘da   bo‘lak   bo‘layapti.   Keyin   kitob   tilida   yozsam,   qishloq   odamlari
o‘qisa hallozilik qilibdi, ichidan to‘qibdi, yolg‘on yozibdi deb kulishadi 54
”.
Badiiy   asar   matnida   shevaga   xos   so‘zlarning   leksik,   fonetik,   grammatik
dialektizmlar   kabi   turlari   uchraydi 55
.   Biz   tahlil   qilayotgan   Bahodir   Qobul
hikoyalarida asosan dialektizmlarning qaysi turi qatnashganini esa tahlil jarayonida
bilib boramiz.
Ma’lumki,   badiiy   asar   tilida   qo‘llangan   dialektizmlar   sheva   doirasidan
tashqariga chiqishi, buning natijasida  barcha sheva  vakillariga tushunarli bo‘lishi,
53
 Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Кўрсатилган асар. – Б. 29.
54
  BAhodir   Qobul  “ Ena   shamol ” 6-  bet
55
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
27 qolaversa, adabiy til bilan uyg‘unlashib ketish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin 56
.
Bahodir   Qobulning   hikoyalarida   ham   aynan   shunday   sheva   unsurlarining   guvohi
bo‘lishimiz   mumkin.   Hamda   ularning   ko‘pchiligi   (deyarli   hammasi)   muallif
nutqidan   tashqari,   asosiy   qismi   qahramon   nutqiga   xosligi   bilan   xarakterlidir.
Masalan:   Erta   ko‘klam   to‘ldan   keyingi   uyda   ish   sal   kamaygan   kunlarning   birida
otam orqalaridan yurishimga imladilar.  Opam  bilishlari shart emas ish ekanligini,
menga   katta   odamdek   muomila   qilayotganlaridan   dovdiragan   bo‘lsamda,
bildirmasdan ergashdim 57
.  
Berilgan parcha Bahodir Qobulning “Ena shamol” qissasidan olingan bo‘lib,
undagi opam so‘zi shevaga xos so‘z hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu so‘z matn
doirasida qahramon yigitcha nutqida ishlatilgan. Bu so‘z aslida uka yoki singildan
kata  qizga  nisbatan  ishlatilishi   kerak,  yani   kata qiz  degan  ma’noda  kelishi   lozim.
Ammo, bu o‘rinda qahramon yigitning  opasi  (ya’ni ota –onaning yigitchadan katta,
bosh   farzandi)   ma’nosida   emas,   onasi   ma’nosida   kelgan.   Bugungi   kunda   bunday
sheva   xususiyatini   Toshkentning   ba’zi   hududlarida   (masalan,   Xudoyberdi
To‘xtaboyevning   “Besh   bolalik   yigitcha”   romanini   eslang.   Undagi   bu   gapga
qarang   “ Yo‘q,   men   yangilishgan   ekanman,   opam ning   yonida   o‘tirganlar   kataysa
qilgani  chiqqan qizlar emas  ekan,  shogirdlari 58
  ekan.)  bundan tashqari  “j” lovchi
shevaning   ko‘p   qismida,   Jizzax   viloyatining   Forish   tumanidagi   Bog‘don
shaharchasining ba’zi aholi qatlami nutqida uchratishimiz mumkin bo‘ladi. 
Yoki quyidagi ikki misolga qarasak:
Kitobdagiga o‘xshatib yozaman desam, boriyam esimdan chiqib, chalkashib
ketadi.   Ko‘kayda   bo‘lak,   yozig‘ da   bo‘lak   bo‘layapti.   Keyin   kitob   tilida   yozsam,
qishloq   odamlari   o‘qisa   hallozilik   qilibdi,   ichidan   to‘qibdi,   yolg‘on   yozibdi   deb
kulishadi 59
. 
Ovoz chiqarsam eshitganlar kulishlarini xayol qilaman:
– Ichimda aytsam ham bo‘ladimi?
56
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
57
 Bahodir Qobul “Enashamol”
58
 Xudoyberdi To‘xtaboyev “ Besh bolali yigitcha” Toshkent “ Yangi asr avlodi ” 2009
www.ziyouz.com  kutubxonasi.
59
 Bahodir Qobul “Enashamol”
28 –  Ko‘kayda  aytganni yetti qat osmon eshitadi.
– Samarqand hammani taniydimi?
– O‘zini taniganni taniydi.
Kimga qo‘shilib borishimni  ko‘kaydan  o‘tkazgandim:
– Lashkarni qo‘shing, chirog‘, dedilar 60
.  
Misollar   ijodkorning   boshqa-boshqaasralaridan   olingan   bo‘lib,   birinchisi
“Ena   shamol”   qissasiga,   ikkinchisi   “Otachiroq”   hikoyasiga   tegishli.   Ahamiyatlisi
ushbu qissa va hikoyalarning orasidagi davriy farq o‘n yilni tashkil etadi. 
Misollardagi   ko‘kayda   so‘zining   asosi   ko‘kay   bo‘lsa,   bu   so‘z   ko‘krak
ma’nosini   anglatadi.   Kontekstda   esa   ayni   bu   ma’noda   kelmaydi,   ya’ni   o‘z
ma’nodan   ko‘ra   chuqurroq   ma’noni   ifodalaydi.   Odamni   ko‘kragidan   ichkarida
yurak qismi joylashgan. Biz odamlarda esa yurak tomon ko‘rsatilib qalb so‘zi ham
qo‘llaniladi. Misollarda esa q alb, ko‘ngil  nazarda tutilgan,  ichida aytmoq  ma’nosi
anglashilishi maqsad qilingan. Nutqimizda  ichimda ayttim, ichimda o‘ylagan edim,
yuragimdan   gapirdim,   ko‘nglimdan   o‘tkazgan   edim,   ich-ichimdan   gapirdim   (va
yana   shunga   o‘xshash   ko‘plab)   kabi   birikmalarni   qo‘llaymiz.   Bularda   aytilgan
yurak,   ich   so‘zlari   joylashuv   o‘rniga   muvofiq   ko‘krak   qismining   ostida   ya’ni
ko‘kayda  deb qaraladi.
Ikkinchi   misoldagi   Kimga   qo‘shilib   borishimni   ko‘kaydan   o‘tkazgandim   gapida
esa   ichida   o‘ylamoq   ma’nosida   emas,   yuragidan   o‘tkazmoq,   yoki   ko‘proq
hayolidan o‘tkazmoq  ma’nosi ifodalangan. 
Bu   tahlillardan   ko‘rishimiz   mumkinki,   Bahodir   Qobul   bir   so‘zni   bir   necha
ma’nolarda anglatishga harakat qilgan va buni uddasidan chiqqan.
“Ena shamol” qissasidan  keltirilgan birinchi parchadagi  ushbu , Keyin kitob
tilida yozsam, qishloq odamlari o‘qisa   hallozilik  qilibdi, ichidan to‘qibdi, yolg‘on
yozibdi   deb   kulishadi   parchasida   esa   hallozlik   so‘zi   ham   shevaga   oid   leksema
sifatida baholanadi. Bu so‘z  ikkiyuzlamachilik  ma’nosini beradi va kontekstda ham
aynan   shu   hususiyatlarini   ko‘rsatib   kelgan.   To‘g‘ri,   bu   so‘z   qaysidir   ma’noda
o‘zidan keyingi  ichidan to‘qibdi, yolg‘on yozibdi  birikmalari orqali ham o‘z izohini
60
 Bahodir Qobul “Otachiroq”
29 topgandek.   Biroq,   bu   aynan   to‘qib   chiqarish   va   yolg‘onchilik   semalaridan   ko‘ra
“og‘irroq tosh bosadi”. Bunda salbiylik ottenkasi kuchlilik qiladi. Ijodkorning so‘z
boyligi, undagi so‘zlarni to‘g‘ri va o‘rnida qo‘llay olish mahorati hamda ma’noviy
mushtaraklikni uddalash mahorati e’tibora molik.
Umuman olganda, shevaga xos so‘zlarda uslubiy imkoniyatlar adabiy tildagi
ma’nodoshiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, Abdulla Qahhor stilistikasidan
misol keltiradigan bo‘lsak, quyidagi gapga e’tibor bering:   Pishqirayotgan shamol
har xuruj qilganida Unsinni  tentiratar , talay joyga surib tashlar edi . (“Daxshat”)
Berilgan   leksin   qurshovdagi   tentiratmoq   so‘zi   shevaga   xos   so‘z   bo‘lib,   uning
adabiy   tildagi   ekvivalenti   gandiraklamoq   leksemasi   hisoblanadi.   “…aksariyat
dialekt   so‘zning   ma’no  tarkibida  “h   ududga   mansublik”   ifoda   semasidan   tashqari
“belgining   ortiqligi”   ifoda   semasi   ham   mavjud   bo‘ladi.   Bu   esa   badiiy   nutqning
ifodaliligini   oshirish   uchun   qulay   imkoniyatdir”.   Darhaqiqat,   har   ikki   birlikni
o‘zaro   muqoyasa   qilsak,   tentiratmoq   so‘zida   ta’sirchanlik   bir   qadar   kuchli
ekanligining   guvohi   bo‘lamiz.   Shu   bois   yozuvchi   holatining   intensivligini
tentiratmoq so‘zi orqali ifodalab, hikoya syujetida affektivlikni yuzaga chiqargan 61
.
Bu   borada   Bahodir   Qobulning   sheva   so‘zlaridan   foydalanish   mahoratiga
e’tibor qarataylik.  Yolgon gapirgandan yolg‘on yozgan yomon. Gapniki to‘g‘rilasa
bo‘lar-u, yozig‘  bilan kuygan terini  tekislab bo‘lmasmish.   Cho‘g‘alchilik   qilmay,
xush-u – xursand, yayrab yashaganga nima yetsin. Bu Enamning gapi 62
.
Ushbu jumladagi   cho‘g‘alchilik   so‘zi aslida   ichi qora, baxil, gap tashuvchi
ma’nolarida   keladi.   Biroq   kontekstda   u   o‘z   semantic   pozitsiyasini   o‘zgartirgan
holda   biroz   “yumshoqroq”   ma’noda   kelmoqda.   O‘zidan   oldingi   gap   ma’nosidan
kelib   chiqqan   holda,   uni   yolg‘on   yozib   uyalib   yurgandan   ko‘ra   deb   izohlash
mumkin   bo‘ladi.   Yozuvchi   bu   o‘rinda   ushbu   dialektni   qo‘llash   orqali   ham   leksik
qulaylikka,   ham   so‘z   tejashga   erishadi.   Bu   orqali   u   shevaga   oid   so‘zlarni
kontekstga qarab sema xosil qilish xuxusiyatini uyg‘otadi. 
Ayrim   tilshunoslar   badiiy   asrlardan   keltirilgan   dalillar   misolida   muallif   va
61
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик - стилистик   воситалар.
НД. 2007
62
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
30 personajlar   nutqida   qo‘llangan   dialectal   so‘zlarning   stilistik   funksiyalarini   o‘zaro
faqrlab   quyidagi   xulosaga   keladilar:   “dialektizmlarning   avtor   tilida   qo‘llanishi
bilan   personaj   nutqida   qo‘llanishi   mutlaqo   alohida-alohida   hodisalardir.   To‘g‘ri,
o‘rni   bilan   avtor   tilida   qo‘llangan   dialektizmlar   u   yoki   bu   mahalliy   koloritni
ifodalashga   xizmat   qiladi.   Lekin   dialektizmlarning   haqiqiy   estetik   mohiyati,
asosan,   personaj   nutqida   yaqqol   ko‘rinadi,   dialektizmlar   xarakterologik   va
ekspressiv   imkoniyatlarini   ana   shu   personaj   nutqida   haqli   ravishda   namoyon   qila
oladi” 63
. 
Bilamizki, istalgan til birliginig uslubiy imkoniyati kabi, dialect so‘zlarning
semantic   hamda   stilistik   imkoniyatlari,   albatta,   natn   doirasida   yaqqol   namoyon
bo‘ladi.   Ushbu   hodisa   yozuvchining   shaxsiyati   bilan   bog‘liq   ijodiy   tafakkurning
mahsuli sifatida bo‘y ko‘rsatib, uning illokutiv pragmatic maqsadini ochib beradi.
Shunday qilib so‘z tanlash ijodkorning o‘z  ihtiyorida ekan, yozuvchining shaxsiy
ishi ekan, uni qanday usulda va qaysi ma’noda ifodalash yoki qo‘llash ham aynan
ijodkorning   o‘ziga,   mahorati   va   dunyoqarashiga   bog‘liq.   Shunga   nisbatan
aytolamizki,   dialektlar   matnda   faqat   va   faqat   qahramonlar   nutqida   emas,   balki
muallif   nutqida   ishlatilganda   ham   o‘zining   estetik   vazifasini   bajaradi,   albatta.
Lekin  biz  yuqorida  aytganimizdek,  Bahodir   Qobul   asarlarida  shevaga   xos  so‘zlar
qo‘llanilishi ko‘proq qahramon nutqida mavjud. 
“Ena   shamol”   qissasini   tahlilga   tortar   ekanmiz   bunda   quyidagi   bir   qator
dialektlarga   duch   kelamiz.   Misollar   va   izohalr   bilan   ularni   ifodalashga   harakat
qilamiz.
  Jarko‘cha   yoqalab   o‘sgan   son-sanoqsiz   na’mataklarni   birov   butashga,
shoxini sindirishga qo‘rqadi. Ularni ostida  shayit -shahid bo‘lganlar yotibdi degan
gapga   hamma   ishonadi 64
.   Ushbu   gapda   keltirilgan   shayit   so‘zi   o‘zi   ketidan
keltirilgan   izohdagi   shahid   degan   so‘zga   teng   kelib,   bu   yerda   fonetik   dialektizm
namoyon bo‘lmoqda.
Bolada, bolaga yarashadi, buyam bolalikni  bejovi  deyishadi. Bir-birovlarini
63
 Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Кўрсатилган асар. – Б. 26.
64
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
31 gaplarini   ma’qullagan   bo‘lib 65
.   Bu   gapda   esa   bejovi   so‘zi   leksik   dialekt
hisoblanadi.   Bejovi   degani   bolalaikning   bezagi,   chiroyi,   bolalikka   yarashadigan
qiliqlar   degani.   Ko‘pchilik   shevalarda   bejog‘im   degan   sifat   mavjud   bo‘lib,   buni
aynan   ushbu   tahlili   keltirilgan   so‘z   bilan   adashtirishadi.   Bu   so‘z   ham   aslida
bolalikning bejovi bo‘la oladi, lekin ko‘pincha salbiylik ottenkasi bilan ishlatilgani
uchun ushbudan farq qiladi.
Xuddi   notoza   joydan   kelib   ilkis dan   toza   joyga   oralab   ketib,   noqulay
ahvolga,   hijolatga   tushgan   odamlarday.   Ilkis   so‘zi   ham   ayni   damda   leksik
dialektni   ifodalamoqda   va   bunda   u   birdaniga,   to‘satdan,   bir   deganda,
kutilmaganda   kabi   m’nolarni   bermoqda.   Yuqorida   aytilganidek,   shevaga   oid
so‘zlar   odatda,   adabiy   tilidagi   muqobilidan   ko‘ra   kuchliroq   ma’no   kasb   etadi.
Jumlada   ham   agar   to‘satdan   degan   so‘z   bilan   almashtirsak   ma’no   anglashilish
darajasi   qaysidir   darajagacha   pasayishi   mumkin   edi.   Darajaga   tenglasak   ijodkor
tanlagan   dialectal   so‘z   uning   adabiy   qatlamdagi   izohlaridan   ko‘ra   kontekst
ma’nosining   yaxshiroq   anglashilishiga   turtki   bo‘ladi.   Yana   bu   yerda   qaysidir
ma’noda salbiylik va ijobiylik bahosini ham ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Odatda   gul   paxta   yumshoqligi   uchun   bo‘lsa   kerak   faqat   boshtag -
yostiqlargagina   solinadi.   Jumladagi   belgilangan   so‘z   izohida   keltirilganidek
yostiq,   ya’ni   uxlash   uchun   moslangan   predmet   ma’nosini   beradi.   Biroq   aynan
boshtag ni   izohlasak   u   bosh   va   tag   qismlaridan   tashkil   topgan   bo‘lib,   boshning
tagiga-ostiga   qo‘yiladigan   buyum   ma’nosini   beradi   va   shu   maqsadda   shu   ikki
so‘zning qo‘shilmasidan keltirib chiqarilgan. Bu dialektni biz bugungi kunda
Indamay turganimdan jahli chiqib, baqirib ketdi.
-   Joyiga   qo‘y   deyapman,   Sariq   oshkad i.   Endi   bir   kami   bozor   kuniyam
galstuk   taqishing   qoluvdi.   Yurarkanmanda   endi   san   bilan   bo‘yinda   bo‘yinbog‘,
ketda sholvor bilan Samarqandda qo‘l ushlashib 66
. Oshkadi   so‘zi aslida adabiy til
nuqtayi nazaridan olib qarasak  oshqovoq  so‘ziga mos keladi.
 Oshqovoq  leksemasi quyidagi semem strukturaga ega: 
oshkadi   –   a)   poliz   ekini;   b)   shaxsning   tashqi   qiyofasini   ifodalaydi;   g)   usti   sariq,
65
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
66
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
32 urug‘li narsa.
Bunda   a   va   g   semalar   oshkadi   leksemasining   genetik  semalari  hisoblanadi.
Yuqoridagi kontekstda  b  sema ancha boshqacha ma’no kasb etadi. Bunda ko‘chma
ma’no   hosil   bo‘lyapti   va   bu   ma’no   badiiy   mazmunniifodalashga   xizmat   qilyapti.
Yozuvchi   bolakayning   obrazini   individuallashtirishda   oshkadi   leksemasining
tashqi   xususiyatlari   bilan   qahramon   qiyofasini   ochib   berishga   harakat   qilingan.
Qissada   qahramon   bola   sariqdan  kelgan   bolakay   bo‘ladi   va   bu  misolda   uni   opasi
bunday ataydi. Bundan tashqari yana bir o‘rinda uning otasi ham uni shunga yaqin
laqab bilan chaqiradi : - Mana  Sariqbola,  sizga , - dedilar otam galife shimlarining
o‘ng  cho‘ntagidan  ikkita  yigirma  tiyinlik  oq  tanga  va  bitta  yashil   uch  so‘mlik va
ikkita sariq bir so‘mliklarni olib 67
.
O‘smat-Samarqand orasiga yuradigan, qatnaydigan sariq pazik qishin yozin
bir vaqtda, ertalab  oltida Bozorjoydan  qo‘zg‘alib, O‘raydan  boshlab Samarqand
tomon   enadi 68
.   Gapdagi   enmoq   fe’li   bormoq   sifatida   ishlatiladi   adabiy   tilda.
Umuman, kontekstga e’tibor qaratsak   yuqoridan pastga bormoq qa nisbatan ushbu
dialekt   ishlatiladi.   Uni   hech   vaqt   tepaga   qarab   ketayotgan   odamga   yohud   boshqa
predmet   yoki   jonvor   harakatiga   nisbatan   qo‘llab   bo‘lmaydi.   Ushbu   so‘z   Jizzax
viloyatining   Forish   tumanidagi   o‘g‘uz   shevasida   so‘zlashuvchi   ayrim   qishloq
(Osmonsoy, Balandosmon, Tolvoshi, Ilonchi, Ana – muna kabi) hududlarida aholi
muloqoti   orasida   ham   ishlatiladi.   Bu   yerlarda   ham   aholi   aynan   yuqoridan   pastga
tomon bajargan harakatiga nisbatan  enmoq  fe’lini ishlatadi.
  Ular qishloqliklarni rasmini chizolmaydi. Ko‘p ko‘rganman.  Chizgan rasmi
sovuq   bo‘ladi.   Non   uchun   chizilgan   rasmda   istara,   yozilgan   yozig‘ ida   nafas
bo‘lmasmish 69
.   Yozig‘   deyilganda   odatda,   peshonaga   bitilgan   degan   ma’no
tushuniladi. So‘zlashuv nutqimizda   taqdir yozig‘i shu ekanda, taqdir shu ekanda,
yozig‘ingdan   qayerga   qocharding,   yozig‘ing   butun   bo‘lsin   kabi   birliklarni
uchratishimiz   mumkin.   Eski   o‘zbek   tilida   esa,   gunoh,   taqdir   ma’nosida   ham
ishlatilgan.   Biroq   ayni   matn   doirasida   esa   bu   so‘z   yuqorida   keltirilgan
67
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
68
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
69
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
33 ma’nolaridan   butunlay   farq   qiladi.   Chunki   bu   yerda   ushbu   dialektalizm   yozuv,
yozma   matn   ma’nolarini   berishga   xizmat   qilmoqda.   Keying   misolda   ham   buni
guvohi bo‘lamiz:  Kitobdagiga o‘xshatib yozaman desam, boriyam esimdan chiqib,
chalkashib   ketadi.   Ko‘kayda   bo‘lak ,   yozig‘da   bo‘lak   bo‘layapti   (“Ena   shamol”).
Ichingda   boshqacha,   yozgan   yozuv(matn)ingda   boshqacha   demoqchi   qissa
qahramoni Saqariqbola.
Men Samarqandni rasmini Kampirdevolning  uvodasi  chiqqan kesaklari bilan ham
chiza olaman 70
.
  Katta   va   hech   qachon   to‘lmaydigan   teshik   qanordek   shalpayib,   og‘zi
hamisha   karrakday   ochilib   turadigan   suv   omboriga   quyilishi   bilan   atrofga
ayuhannos   solgan   daradagi   Vadigandan   ham,   qishloqlar   oralab   yalpiz   bosgan
ariqlarni  yuzini  silab,  baliqni  og‘zidan  tushgandek  tiniq qizlarning  bet-ko‘zlarini
o‘pib tushgan shalola, go‘dakning ko‘r cho‘chog‘i-dingilidan g‘o‘ddayib tushgan
tomchi,   qo‘ynida   cho‘milgan   chiroyli   kelinchakning   iyaklaridan   oqib   tik   bo‘yini
yalab-yulqab   tushgan   sizg‘i ,   bag‘rida   turkona   to‘lg‘ongan   shumgo‘zalni   paqqos
quchoqlaganda   esi   og‘ib   terga   botgan   tosh   hovuzdanda,   tolzorlararo   pildirab,
chuldirab o‘tayotganda sevishganlar sirini eshitib, sir bilib, ahli asror bo‘lib sokin
tortgan hamog‘ushsuvdan ham, peshonasini Jo‘n Ariqning o‘rtasidagi toshga urib
olganda   sachrab,   o‘t-o‘lanlar   bargiga   osilgan   chiqsuvdan   ham,   endi   tandirdan
chiqqan   cho‘g‘dek   kulchalar   betiga   otilganda   shoshganidan   qaynashiniyam,
boshqaniyam bilmay bir “puf” deb qo‘yib, bolakaylarga  kulgu bo‘lgan hovliariq
oqizig‘idan ,   tegirmonlarni   toshini   aylantirgan   hisobsiz   qudratidan   ham,
keyinchalik   guvillagan   Sangloq   va   birda   yoyilib   taltaygan,   birda   tor   jardan
karillab  o‘tgan Sangzordan ham asar qolmaydi 71
.  
Toshkentdan   kelishadi.   Katta   o‘qish   -   institutdan.   Gap   terishadi.
Qishloqning o‘ziga xos gaplarini daftarlariga yozib olishadi 72
.  
-   Ena,   biz   odamlarni   uru’‘larini   emas,   shevalardagi   o‘ziga   xos,   jonli
so‘zlarni yig‘amiz. Urug‘chilik davri o‘tib ketgan, dedi   sumangi   itdek oriq va bir
70
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
71
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
72
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
34 joyda turolmaydigan, tinmay  qilpillaydigan  o‘qituvchi 73
.
Yuqoridahi   misollarda   belgilangan   uvodasi,   karrakday,   sizg‘i,   karillab,
Katta   o‘qish,   sumangi,   qilpillaydigan   dialektlari   ham   bahodir   Qobulning
semantikasidagi o‘ziga xos dialectal qatlam hisoblanadi. 
Bahodir   Qobul   sheva   so‘zlarini   ishlatar   ekan,   unda   qishloq   hayotining,
madaniyati   va   odatlarining,   turmush   tarzining   bir   bo‘lagini   ifodalashga   harakat
qiladi. Buni  ijodkor   o‘z nuqtayi   nazaridan emas,   aynan o‘sha  hudud  aholisi,  chin
kishisi,   zahmatkashi   orqali   ifodalashga   uringani,   ayni   damda   buning   uddasidan
chiqqani,   e’tiborga   molikdir,   albatta.   “Ena   shamol”   qissasidagi   Katta   Enaning
nutqidan olingan quyidagi parch ava undagi dialektlarga ahamiyat bering.
Taraddingku   yaxshi,   lekin   qilayotgan   ishing   podayotoqda   ko‘zga   chiroyli
ko‘ringan  tezakni  bir chekkadan ho‘li-quruq terishga o‘xshaydi. Tezakniyam toza-
notozasi bo‘ladi.  Qumaloq, qiy  nima, tezak,  tappi, chalma, go‘ng u- nur i nimaligini
bilmaysan-u,   yana   til   bilan   o‘ynashasanmi?   Tig‘   bilan   o‘ynashsayam,   til   bilan
o‘ynashmaydilar 74
.   Gapdagi   tezak,   qumaloq,   qiy,   tappi,   chalma,   nuri,   go‘ng
so‘zlari qishloq aholisi (asosan qishloq, ayni damda chorva bilan chug‘ullanuvchi
qatlam) ning kun tartibida qo‘llaniluvchi so‘zlar hisoblanadi. Aytish joizki, bu soha
yoki   mashg‘ulot,   umuman,   turmush   tarzi   bilan   shug‘ullanmaydigan   qatlam   bu
so‘zlarning farqli  ekanini mutlaqo bilmaydi va qaysidir darajada bilsa ham  ularni
izohlab   bera   olmaydi.   Tahlil   qilsak,   tezak -   bu   mol(sigir)ning   chiqargan   axlati.
Bunda   odam   ishtirokisiz   o‘zi   turib,   o‘zi   qurib   tayyor   bo‘ladi.   Ko‘p   qishloqlarda
yosh bolalarni tezak tergani yuborishadi. Sababi, mol-hollar o‘tlagani ketishganda
o‘zidan axlat  qoldiradi  va ular  ma’lum  vaqt mobaynidan so‘ng qurib qatti  jismga
aylanadi. Undan esa yonilg‘i sifatida foydalanishadi.
Qumaloq -   bu   tuyaning   dona   -dona   ko‘rinishda   axlat   chiqarishi.   Ba’zan
qo‘y, echkilarning ham ahlatiga nisbatan ishlatiladi.
Qiy -qo‘y va echkilarning dumaloq -dumaloq axlati.
Tappi   -mol   axlatini   insonlar   somon   yoki   apilka(qirindi)   aralashtirib
dumaloq qilib yerga va devorga yasagandan so‘ng hosil bo‘ladigan predmet.
73
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
74
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
35 Chalma   -sovuq   kunlari   bilasizlar   tappi   qilinmaydi.   Shuning   uchun   mol
axlatini tashqariga olib chiqib bir joyga yig‘ib -yig‘ib tashlashadi. Keyin kun isigan
aprel   -may   oylarida   o‘sha   yig‘indi   axlatga   suv   aralashtirib   qorishadi   va   maxsus
qoliplarga   solib,   chalma   qilishadi.   Yoki   chalmaning   2-turi   hayvonlarning   axlati
bosib-   press   qilinadi   va   kun   isiganda   ularni   maxsus   ish   qurollari   yordamida
ag‘darib olishadi.
Nuri - hayvon axlatlarining maydalanib kukunga o‘xshash holga kelishi. Bu
xoh   eshshak,   xoh   ot,   xoh   mol   yoki   bo‘lmasa   echki,   qo‘ylarniki   bo‘lsin.   Faqat   u
toza tartibda qilishi lozim.
Ko‘rinadiki,   qishloq   hayoti   (kontekstga   nisbatan   aytilmoqda)   da   ushbu
terminlar   to‘lig‘icha   farqlanadi   va   ular   aslida   bir   soha   uchun   mo‘ljallangan
bo‘lsada tuli sharoit va maqsadda tayyorlanadi. Ta’kidlash joizki, ushbular ijtimoiy
hayotning   yoritilish   jihatini   aks   ettirmoqda,   dialektning   aholi   tomonidan   iste’mol
ko‘lami baholanmoqda. 
Umuman, Bahodir Qobul faqat bir sheva doirasida emas, qahramon sayohati
davomida   Samarqand   shahrining   tojikzabon   aholisi   shevasidagi   leksik   va   fonetik
dialektlari bilan ham o‘quvchini qiziqtirib qo‘yadi.
-Ma,   ol.   Sanga   sadaqa.   Man   o‘lmay   turaman.   Eshakday   bo‘lib   qilgan
ishingni qara. Uyingda xotingga gaping ‘tmaydi-yu, karillashingni qara. Begunoh
balani ko‘nglini og‘ritgacha ayollarni xaltasiga o‘g‘rilik qilganing  avli  edi. O‘g‘ri
bunaqa   yig‘lamaydi.   Balani   qaqshatding,   qaqshamay   qolmaysan.   Betingni
murdashu y yuvsin 75
.
Haydovchi   nima   qilarini   bilmasdi.   Birov   so‘ramagan   bo‘lsada,   kampir
turgan   tomonga   qarab:   maniki   unaqachanggi   xotun gga   javobini   biygon,
degancha   taysallab   qoldi.   Keyin   notanish   bir   odam   oldimga   keldi-yu,   gap
topolmadi   shekilli,   orqasiga   qaytdi 76
.   Yuqoridagi   misollarda   keltirib   belgilangan
so‘zlar ayni tasdig‘imizdir.
Yuqoridagialardan   xulosa   qilib   aytishimiz   mumkinki,   Bahodir   Qobul   nutqi
va   asosan,   qahramonlar   nutqidagi   dialektlar   ma’lum   maqsadga   qarab   yo‘l   oladi,
75
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
76
 Bahodir Qobul “Ena shamol”
36 albatta.   Ma’lum   uslubiy   maqsad   natijasida   ijodkor   nutqida   keltirilgan   dialektlar
ham   qahramon   nutqidagi   kabi   ekspressivlikka   boy   va   xarakterli   bo‘ladi.   Bahodir
Qobul   o‘z   uslubiga   egaligi,   mahorat   bilan   so‘z   tanlay   olganligi   uning   ijodkorona
talantidan xabardor qiladi.
Adib   ijodida,   ayni   damdagi   “Ena   shamol|”   qissasida   shevalarning   leksik
shakli anchaginani tashkil etadi. Shu o‘rinda o‘quvchidan ziyraklik va tirishqoqlik
talab   qiladi.   Negaki,   agar   u   kontekst   orqali   uchrayotgan   sheva   so‘zlarini   anglab
keta   olsa   maqsadga   erishadi.   Biroq   bunday   bo‘lmagan   taqdirda   kitobxon   o‘sha
so‘zlar ma’nosini qidirsha tushadi. Chunki so‘z ma’nosini to‘g‘ri anglay olish, uni
to‘g‘ri tahlil qilish asar mazmuninig kelib chiqishiga olib keladi.
Umuman,   ijodkor   dialektlarni   qo‘llar   ekan   ma’lum   maqsadga
yo‘naltirilganligi   bilan   xarakterlanadi.   Har   bir   shevaga   oid   so‘z   kamyobligi   va
rang- barangligi bilan ajralib turadi.
2.2.1. Etnografik so‘zlar
E.Qilichev sheva unsurlarini mohiyatan etnografik (sinonimsiz) va sinonimli
guruhlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi 77
.
B.   Fayziev   leksik   dialektizmlarni   to‘rt   guruhga   bo‘lib   o‘rganish
mumkinligini e tirof etgan: 1) adabiy tilda va shevada bir xil ma noni anglatuvchi,ʼ ʼ
lekin adabiy tildagi variantidan fonetik va morfologik jihatdan farq qiluvchi leksik
dialektizmlar. Masalan,   bayram – mayram, musicha – muchicha   kabi; 2) shevaga
xos   bo‘lgan   leksik   dialektizmlar.   Ularning   adabiy   tilda   sinonimi   mavjud   bo‘ladi:
surgi   –   sochiq,   oshov   –   ovqat   kabi;   3)   etnografik   dialektizmlar.   Ularning   adabiy
tilda sinonimi   mavjud emas.   Masalan,   beshik  kertti,  azayimxon   kabi;   4)   semantik
dialektizm.   Bunda   sheva   so‘zi   bilan   adabiy   tildagi   so‘z   o‘zaro   omonim   bo‘lib
keladi.   Masalan,   so‘ri   –   katta   taxta   karavot   (sheva);   so‘ri   –   tok,   qovoq   va   sh.k.
chirmashuvchi o‘simliklarni ko‘tarib qo‘yish uchun tayyorlangan moslama (adabiy
tilda) 78
.
M.Yo‘ldoshev   “ Cho‘lponning   badiiy   til   mahorati ” ga   bag‘ishlangan
nomzodlik   ishida   yuqoridagi   tasnifni   qisqartirib,   uni   uch   turga   bo‘lib   ko‘rsatadi:
77
  Қиличев   Э .  Кўрсатилган   асар . –  Б . 53.
78
  Файзуллаев   Б .  Кўрсатилган   мақола . –  Б . 64.
37 sof, etnografik, semantik dialektizmlar kabi 79
.
Etnografik   so‘zlar   adabiy   tilda   o‘z   ma nodoshiga   ega   emasligi,   xalqningʼ
ijtimoiy   turmush   tarzi,  diniy,   madaniy  hayoti   bilan  chambarchas   bog‘liqligi   bilan
xarakterlanadi.   Ular   ham   sof   dialektizmlar   kabi   badiiy   matnga   mahalliy   kolorit
berish,   personajlar   nutqini   individuallashtirishda   ta sirchan   vosita   sifatida	
ʼ
qo‘llaniladi.   Etnografik   so‘zlar   badiiy   matnga   o‘rni   bilan   biror-bir   maqsadni
ko‘zlab   olib   kirilgandagina   ma lum   bir   uslubiy   vazifani   ado   etadi   hamda   badiiy	
ʼ
matnga   milliy-estetik   ruh   bag‘ishlaydi 80
.   Bunda   avvalo,   Bahodir   Qobulning   “Ena
shamol”   qissasidan   misol   keltirishdan   oldin,   biz   yuqorida   aytgandek   Abdulla
Qahhor ijododagi misollarga to‘xtasak.   Qadoqchi Hamroqulning tobi qochdi. Kim
biladi, kecha kuchqurungi   xudoyi osh   yoqmadimi, yo ertalab choynak qadoqlatib
ketgan odamning nosida bir gap bor ekanmi… U nimani o‘ylasa, bu o‘yining oxiri
xayolga   aylanar   edi:   issiq-issiq   choy   ichib,   o‘ranib   yotgan   ko‘rpasi   havoga
ko‘tarilib   ketadi ,   dam   soldirgani   mahalla   imomini   chaqirtirsa,   eshikdan   tobut
kirib   keladi.   Hamroqul   qo‘rqdi,   tezroq   uyiga   yetib   olgani   jadalladi.
( “ Tomoshabog‘ ” )   Bir hafta o‘tdi. Bu bir hafta ichida kampir «duoning zo‘ri bilan
qulf ochadigan ”   azayimxonga obdastagardon   qildirgani qatnab yarim qop jiyda,
uch yelpishtovoq jo‘xori, ikki kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. ( “ O‘g‘ri ” )  81
Berilgan   matn   fragmentida   xudoyi   osh,   dam   soldirmoq,   azayimxon ,
obdastagardon   kabi   birliklar   diniy   xarakterga   ega   bo‘lgan   etnografik   so‘zlardir.
Ular   muallif   nutqida   keltirilib,   voqelikka   mahalliy,   milliy   kolorit   bag‘ishlagan.
O‘sha   davr   kishilarining   e tiqodi,   irim-sirimlari,   yashash   tarzining   haqqoniy	
ʼ
manzarasini chizishda, hikoya badiiyatini ta minlashda badiiy-estetik vosita bo‘lib	
ʼ
kelgan.
Etnografik   so‘zlar   muayyan   xalq,   millat   vakillarining   o‘tmishi,   madaniyati,
e tiqodi,   urf-odatlari,   o‘ziga   xos   dunyoqarashi,   turmush-tarzi   haqida   batafsil	
ʼ
ma lumot   beradi.   А.   Qahhor   hikoyalarida   qo‘llangan   etnografik   so‘zlar,   asosan,	
ʼ
79
 Йўлдошев М.М. Кўрсатилган номзодлик диссертацияси. – Б. 62.
80
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
81
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
38 xalqning   turmush   tarzi,   e tiqodi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   milliy-estetik   hodisalarniʼ
yuzaga   chiqarishga   xizmat   qilgan.   Masalan:   Sotiboldining   xotini   og‘rib   qoldi…
Baxshi   o‘qidi .   Аllaqanday   bir   xotin   kelib   tolning   xipchini   bilan   savaladi,   tovuq
so‘yib qonladi .  («Bemor ” ) 82
Keltirilgan   parchadagi   baxshi,   o‘qimoq,   savalamoq,   qonlamoq   kabi   so‘zlar
etnografik   so‘zlar   bo‘lib,   baxshi   –   “duolar   o‘qib,   dam   solib,   irim-sirimlar   qilib
davolovchi   tabib ”   (O‘TIL.I.86.);   savalamoq,   o‘qimoq   –   “kasalni   davolash   uchun
uning   huzurida   turli   oyat   va   duolarni   zikr   etmoq ”   (O‘TIL.I.7;527.);   qonlamoq   –
“jonliq   so‘yib,   uning   qonini   bemorning   badaniga   surtmoq»   (O‘TIL.I.597.)   kabi
ma nolari   bilan   ishtirok   etgan.   А.Qahhor   yuqoridagi   birliklarni   qo‘llar   ekan,  	
ʼ “ …
hayot   haqiqatini   mukammalroq   berish   payida   bo‘lgan,   o‘sha   davr   sharoitida
jaholatda umr kechirgan kambag‘al bir oilaning nochor ahvolini, o‘limga mahkum
etilgan fojiali qismatini butun keskinligi bilan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan ” 83
.
Yuqorida   etnografik   so‘zlarga   doir   keltirgan   misollarimiz   muallif   nutqida
qo‘llanilib,   voqelikni   real   tasvirlashda,   unga   milliy-mahalliy   ruh   bag‘ishlashda,
personajlarning   dunyoqarashini,   e tiqodini,   ruhiyatini   jonli   ifodalashda   aktual	
ʼ
vazifa bajargan 84
.
Qishning uzun  oqshomlarida  uy ichida   paxta chivish rasm   bo‘ladi.   Qishni
kuni   bir tutam . Qattiq kelsa odam tugul jondor-u, qushi-quzg‘un ham tashqariga
o‘rmalamaydi.   Buni  bari enaqorin es enish,  dedilar o‘zlariga o‘zlari.  
2.2.3. Og‘zaki nutqqa oid so‘z va birikmalar
Badiiy   adabiyot   doim   turfaligi   va   ta’sirchanligi   bilan   ajralib   turgan.   Badiiy
adabiyot   tili   hark   o‘ringanda   badiiy-obrazli   til   ekanligi   uchun   ifodalsi   ta sirchan	
ʼ
bo‘ladi, emotsional-ekspressiv vositalarga tayanadi, hissiylikni ifodalaydi.
Xalq   tilida   mavjud   bo‘lgan,   faqat   so‘zlashuv   tili   uchun   xoslangan   leksik
birliklar   (so‘zlar,   iboralar)   ham   yozuvchi   uchun   badiiy-obrazli,   ta sirchan   fikr	
ʼ
82
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
83
 Қўшжонов М., Норматов У. Кўрсатилган асар. – Б. 11.
84
  Хасанов  А.  Абдулла   Қаҳҳор  ҳикоялари   тилининг  бадииятини  таъминловчи  лексик-стилистик  воситалар.
НД. 2007
39 ifodalovchi   manba   bo‘lishi   mumkin.   Shu   bois   badiiy   asar   tilining   boy
manbalaridan   biri   bo‘lgan   og‘zaki   nutq   leksikasi   tadqiqotchilarning   diqqat-
e tiborini tortib keladi.ʼ
Аsar   badiiyatini   tashkil   etuvchi   birliklarning   badiiy-estetik   vazifasini
yozuvchining   so‘z   qo‘llash   mahorati   bilan   bog‘liq   holda   o‘rganishning   ahamiyati
katta.   Zero,   yozuvchining   badiiy   mahorati   uning   so‘z   qo‘llash   manerasi   bilan
belgilanadi. Umuman, so‘z san atkorlari og‘zaki nutq leksikasidan badiiy matnning	
ʼ
badiiy-obrazliligini,   estetik-ta sirchanligini   oshirishda,   personajlar   nutqini,
ʼ
xarakter-xususiyatini   o‘ziga   xos   tarzda   ifodalashda,   jonli   so‘zlashuv   tiliga   milliy-
mahalliy kolorit bag‘ishlashda unumli foydalanadilar.
Og‘zaki   nutq   leksikasi   umumxalq   tili   doirasidagi   so‘zlashuv   tiliga   xos
lug‘aviy   birliklar,   noadabiy   qatlamga   oid   dialektizmlar,   jargon   va   argolar,
vulgarizm,   varvarizm   kabi   lug‘aviy   qatlamlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Biz   quyida
og‘zaki   nutq   leksikasining   bir   tarmog‘i   –   umumxalq   tili   doirasidagi   jonli
so‘zlashuv tiliga xos lug‘aviy birliklar (so‘z va iboralar) va ularning badiiy matnda
poetik aktuallashuvi haqida fikr yuritamiz 85
O‘zbek   tilshunosligida   og‘zaki   nutq   leksikasi   ma lum   darajada   o‘zining	
ʼ
nazariy va amaliy asoslariga ega 86
.
Аyniqsa,   B.   Umurqulovning   monografiyasida   og‘zaki   nutq   leksikasiga   oid
so‘zlashuv   tiliga   xos   leksik   birliklarning   badiiy   adabiyot   tilidagi   uslubiy
imkoniyatlari umumiy tarzda atroflicha yoritilgan. Lekin shunga qaramay, alohida
olingan   yozuvchi   asarlarida   qo‘llangan   so‘zlashuv   tiliga   xos   leksik   birliklarning
o‘ziga   xos   individual   xususiyatlari   yetarlicha   o‘rganilmagan.   To‘g‘ri,   badiiy   asar
tili   lingvopoetikasiga   bag‘ishlangan   bir   qator   ishlar   mavjud,   ularda
yozuvchilarning   og‘zaki   nutq   leksikasidan   foydalanish   mahorati   haqida   fikr
yuritilgan,   biroq   ularning   aksariyatida   og‘zaki   nutq   leksikasining   sheva,   jargon,
varvarizm,   vulgarizm   kabi   unsurlari   haqida   fikr   yuritilib,   ijodkorning   so‘zlashuv
85
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
86
  Пинхасов Я.Д. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1969. – Б. 45; Шомақсудов А., Расулов
И.   ва   бошқ.   Кўрсатилган   асар.   –   Б.   56-63;   Қиличев   Э.   Кўрсатилган   асар.   –   Б.   61-63;   Шу   муаллиф.   Бадиий
тасвирнинг   лексик   воситалари.   –   Тошкент:   Фан,   1982.   –   Б.   43-60;   Абдураҳмонов   Х.,   Маҳмудов   Н.
Кўрсатилган асар. – Б. 23-29; Умурқулов Б. Кўрсатилган асар. – Б. 105-130. 
40 tiliga   xos   leksik   birliklardan   foydalanish   mahorati   tadqiqotchilarning   o‘rganish
obyekti bo‘lmagan 87
.
R.U.Normurodov   hamda   L.   Djalolovalarning   ilmiy   izlanishlarida   bu
masalaga   alohida   e tibor   berilganʼ 88
.   Аyniqsa,   R.   U.   Normurodov   o‘zining
dissertatsion   ishida   jonli   so‘zlashuv   tiliga   xos   leksik   birliklarning   uslubiy
imkoniyatlari,   badiiy-estetik   xususiyatlarini   yozuvchining   so‘z   qo‘llash   mahorati
orqali keng va atroflicha yoritib berishga harakat qildi. Badiiy adabiyot tili xalq tili
bilan   chambarchas   bog‘liq,   lekin   yuqoridagilardan   xulosa   qiladigan   bo‘lsak,
alohida   olingan   yozuvchi   asarlarida   qo‘llangan   so‘zlashuv   tiliga   xos   leksik
birliklarning   asar   badiiyatini   ta minlashdagi   lingvopoetik   xususiyatlari   keng   va	
ʼ
atroflicha   o‘rganilmog‘i   lozim 89
.   Mana   shu   tomonlarini   inobatga   olganholda,
Bahodir   Qobulning   “Ena   shamol”   qissasi   va   “Otachiroq”   hikoyasida   qo‘llangan
so‘zlashuv tiliga mansub bo‘lgan birliklarnitahlil qilish uchun obyekt qilib tanladik
va   ularning   uslubiy   hamda   badiiy-   estetik   xususiyatarini   adibning   so‘z   tanlash
qobiliyati bilan aniqlashga urundik. Hamda qiyoslash maqsadida  Abdulla Qahhor
hikoyalaridan misollarni ham tahilga tortdik.
Xalq   tilidan   ilhomlangan,   hayotiy   soddalikni   muqaddas   deb   bilgan
А.Qahhor jonli xalq tilini badiiy adabiyot tiliga shunday payvand qilganki, natijada
asar   badiiyatida   haqqoniylik,   tabiiylik,   soddalik   va   samimiylik   yuzaga   chiqib,
so‘zlashuv   tiliga   oid   leksik   birliklarning   o‘ziga   xos   badiiy-estetik   xususiyatlarini
namoyon   etgan 90
.   Bahodir   Qobul   ham   kishilardagi   samimiylikni   va   tabiiylikni,
mehribonlik   va   muruvvatni,   haqqoniylik   va   bag‘rikenglikni   qadrlaydi   va   bu
xususiyatlarni qahramon tilida so‘zlashuv tiliga oid leksik birliklarning o‘ziga xos
87
  Йўлдошев   М.М.   Чўлпоннинг   бадиий   тил   маҳорати:   Филол.фан.   ном…   дисс.   –   Тошкент,   2000;   Сайидов
Ё.С. Фитрат бадиий асарлари  лексикаси: Филол. фан. ном… дисс. – Бухоро, 2001; Муҳаммаджонова  Г. 80-
йиллар   охири,   90-йилар   бошлари   ўзбек   шеъриятининг   лингвопоэтик   тадқиқи:   Филол.   фан.   ном…   дисс.   –
Андижон, 2003; Боймирзаева  С.У. Ойбек  прозасининг лингвостилистик  таҳлили:  Филол.фан.ном… дисс. –
Самарқанд,   2004;   Қосимова   М.Б.   Бадиий   нутқ   индивидуаллигининг   лингвистик   хусусиятлари:   Филол.фан.
ном… дисс. – Тошкент, 2007
88
  Нормуродов   Р.У.   Шукур   Холмирзаев   асарларининг   тил   хусусиятлари:   Филол.   фан.   ном…   дисс.   –
Тошкент,   2001;   Джалолова   Л.О.   Абдулла   Қодирийнинг   «Ўткан   кунлар»   романининг   лингвистик   тадқиқи:
Филол.фан. ном… дисс. – Тошкент, 2007.
89
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
90
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
41 badiiy-estetik xususiyatlarini namoyon etgan holda ochib berishga harakat qiladi.
Bahodir   Qobulning   so‘zdan   foydalanish   mahorati   nihoyatda   betakror.
Yozuvchi   so‘zning   ma no   ko‘lamdorligiga,   o‘ta   nozik   uslubiy   qirralarigaʼ
sinchkovlik   bilan   e tibor   beradi   va   ularni   jumla   tarkibiga   ustalik   bilan   singdirib	
ʼ
yuboradi. Hamda asar badiiyatini ta minlovchi badiiy tasvir vositasiga aylantiradi.	
ʼ
Masalan :   Kitobdagiga   o‘xshatib   yozaman   desam,   boriyam   esimdan   chiqib,
chalkashib ketadi.   Ko‘kayda bo‘lak, yozig‘da bo‘lak bo‘layapti. Keyin kitob tilida
yozsam,   qishloq   odamlari   o‘qisa   hallozilik   qilibdi,   ichidan   to‘qibdi,   yolg‘on
yozibdi deb kulishadi. 
Turkqishloq   bolalari   esa   birda   biror   joyda   biror   narsa   ko‘ziga   yaxshi
ko‘ringanidan  ilib ketadi , xolos. 
Yuqoridagi ikki gapning birida qahramonning ruhiy holati, ikkinchisida esa
fiziologik   holati   aks   etgan.   Unda   aynan   gapda   ajratilgan   birikmalar   orqali   badiiy
ta’sirchanglik   kuchli   ifodalangan.   Masalan,   ikkinchi   misoldagi   ilib   ketmoq
birikmasi   olib   ketmoq,   olib   qochmoq,   o‘g‘irlab   ketmoq,   yashirib   olib   ketmoq,
aytmasdan   olib   ketmoq,   gumdon   qilmoq   kabi   bir   qator   sinonimik   o‘xshashliklari
orasidan   tanlangan.   Bunda   bolalarcha   quvlikni,   shumlikni,   umuman   olganda,
bolalikka hos harakatni ifodalash maqsad qilinadi. Boshqa birliklarga nisbatan bu
birlik “yumshoqroq”, aybsizroq korinadi kishiga. Quyidagi gapdagi ichikib qolmoq
ham huddi shunday.
Balamni   Samarqandga   birovga   qo‘shib   bo‘lsayam   yuboring.   Bir   ko‘rib
kelsin. Katta Otasining arvohi shod bo‘ladi.  Ichikib qolmasin .  
Ijodkor   asarlarida   og‘zaki   nutqqa   oid   birliklardan   foydalanar   ekan,   badiiy
ta’sirchanlikni oshirishda iboralar ko‘rinishidan ham foydalanadi. 
Menga   birov   sal   baland   gapirsa   Enam   tomoq   qirib   qo‘yadilar.
Baqirganning   ovozi   tomog‘ida   qoladi .   Hatto   o‘zidan-o‘zi   janjal   chiqaradigan,
shirinchoyni   dasturxonga   to‘kib   qo‘ysang   ham   qishloqqa   jar   solib
baqiraveradigan,   qo‘shnimiz   Toshbiyi   ammani   “O‘chog‘   boshingni   toza   tutsang
o‘lasanmi” degancha xo‘jayinchilik qiladigan opamni ham.
Endi   birov   meni   bu   yerdan   chiqarib   bo‘pti.   Ovqat   vaqti   bo‘lsayam
42 chiqmayman.   Suv   ham   ichmayman.   Chopon   ostida   uxlab   qolaman.
O‘yg‘onganimdan   keyin   xafa   qilishganlari   esimdan   ko‘tarilib ,   chopon   ostidan
chiqib   ketsamda,   xafa   qilganlari   esimga   tushsa   darrov   yana   chopon   ostiga   kirib
ketaman.   Shunda   Enam,   uyda   hech   kim   yo‘qligini,   endi   bo‘lganligini,   hali   ko‘p
kitoblar   o‘qishim   uchun   ovqat   yeyishim   kerakligini,   ovqat   yemasam   katta   bola
bo‘lmasligimni, yozda supa ustida musichalar bilan gaplashgandek sekin va dona-
dona aytadilar.
Yuqoridagi   tomoq   qirib   qo‘yadilar.   tomog‘ida   qoladi,   toza   tutsang,
chiqarib bo‘pti, esimdan ko‘tarilib  shakllari gapimizning tasdig‘idir. 
2.2.4 Vulgarizm va varvarizmlar
Badiiy asar  tilining naqadar boyligi, uning nozikligi hamda badiiy so‘zning
aniqligi va mazmundorligini ta minlashda g‘ayrimadaniy so‘zlarning ham o‘z o‘rniʼ
bor ekanligini t’akidlash joiz. Bu so‘zlar qachonki badiiy matnda qo‘llanish o‘rni,
darajasi aniq va maqsadga muvofiq bo‘lgandagina haqiqiy badiiy-estetik vazifasini
bajaradi va tilning ta sirchan tasviriy vositasi bo‘lib kela oladi. Аks holda, mazmun	
ʼ
siyqalashadi, badiiy matnning badiiy-estetik quvvati yo‘qoladi.
Og‘zaki   nutqqagina   xos   va   mos   bo‘lgan   vulgarizmlar   aslida   adabiy   tilda
ishlatilmaydigan   dag‘al,   qo‘pol   so‘z   va   iboralar   bo‘lib,   so‘z   san atkorlari   undan	
ʼ
o‘rni   bilan   qahramonlar   nutqini   individuallashtirish,   ularning   xarakter-xususiyati,
madaniyatsizligi,   dag‘alligini   bo‘rttirib   ko‘rsatish,   qaysidir   ma’noda   personajning
asardagi yo‘lining ishonchliligini ta’minlash uchun foydalanadilar.
O‘zbek   tilshunosligida   vulgarizmlar   dag‘al   yoki   haqorat   so‘zlar 91
,
g‘ayriaxloqiy   so‘zlar 92
,   g‘ayrimadaniy   so‘zlar 93
  kabi   nomlar   bilan   ham   yuritiladi.
Ularning   bunday   nomlar   bilan   atalishi   ular   tarkibida   “haqorat”,   “kamsitish”,
“mensimaslik”,   “qarg‘ish”   kabi   salbiy   munosabatni   ifodalovchi   bir   necha   ifoda
semalarining   bo‘rtib   turishi   bilan   bog‘liq,   albatta.   “Bunday   so‘zlar   ko‘proq
nominativ ma nolariga ko‘ra emas, ayni shu konnotativ ma nolariga ko‘ra nutqda	
ʼ ʼ
91
 Йўлдошев М.М. Кўрсатилган номзодлик диссертацияси. – Б. 69; Шу муаллиф. Чўлпон сўзининг сирлари. –
Тошкент: Маънавият, 2002. – Б.35.
Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Тошкент: Фан, 2007. –Б. 60. 
92
  Қиличев   Э.,   Раҳимов   А.,   Қўшшаева   Н.   Нутқда   ғайриахлоқий   сўзларнинг   ҳам   ўрни   бор   //   Таълим
жараёнида нутқ маданиятини шакллантириш масалалари. – Тошкент: Шарқ, 1999.
93
 Қиличев Э. Кўрсатилган асар. – Б. 63.
43 yashaydi”.  94
B.O‘rinboev   vulgarizmlarni   ma no   qirrasi   va   qo‘llanish   uslubiga   ko‘raʼ
quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganadi: a) kishilarning xarakteri va mijozidagi ojizlikni
ifodalovchi   vulgarizmlar;   b)   kishilarning   tashqi   kamchiligini   ko‘rsatuvchi
vulgarizmlar; v) so‘kish, koyish ma nosini ifodalovchi vulgarizmlar	
ʼ 95
 . 
E.Qilichev,   А.Rahimov,   N.Qo‘shshaevalar   vulgarizmlarni   g‘ayriaxloqiy
so‘zlar   sifatida   e tirof   etib,   ularni   xarakteriga   ko‘ra   so‘kish,   haqorat   va   qarg‘ish	
ʼ
so‘zlariga   bo‘lib   ko‘rsatadilar   va   o‘z   o‘rnida   erkaklar   yoki   ayollar   nutqiga
xoslanganligini ham qayd etib o‘tadilar 96
 .
Vulgarizmlar,   albatta,  badiiy   matnga   kuchli   ekspressiya   olib  kirib  beruvchi
lisoniy   vositadir.   Bu   yozuvchining   so‘z   qo‘llash   mahorati   bilan   bog‘liqligi
shubhasiz.   Jumladan,   Bahodir’   Qobul   hikoyalari   va   qissalarida   nutqning
ta sirchanligini   va   voqealarning   yaqqolligini   ta minlashda   vulgarizmlardan   o‘rni	
ʼ ʼ
bilan mohirona foydalangan. Аdib hikoyalarida aksariyat vulgarizmlar personajlar
nutqidan   keltirilgan.   Ba’zi   o‘rinlarda   ularni   muallif   nutqida   ham   uchratamiz.
Ko‘rinishidan   lo‘lilarning   kattasi   semiz   va   qora   xotin   qo‘lidagi   yo‘rgakni
tannozlanib,   ko‘zi   olma-kesak   terib   kelayotgan   novcharoq   qizga   beruvdi,   qiz
ko‘tarmadi.   Bir   narsa   deb   gap   qaytardi.   Qoraxotinning   jahli   chiqdi.   Yo‘rgakni
boyagidan   bo‘yi   pastroq   qizga   berdi.   Oyoq   ostidan   yo   sel   olib   kelgan,   yo
birovning   o‘tinidan   tushib   qolgan   ketmon   dastadek   tayoq   qo‘liga   ilindi.   Ikki
qo‘llab tizzasiga urgandi  tayoq sinmadi. Keyin shundayligicha ko‘tarib   tannozga
xezlandi.   Qochmoqchi   bo‘lgandi,   “mochag‘ar   isto”   deb   baqirdi.   Qiz   to‘xtadi.
To‘xtovsiz o‘shqirish ostida bir-bir bosib Semizxotinning oldiga keldi 97
.
Berilgan   misoldagi   semiz   hamda   qora   xotin   so‘zlari   kishilarning   tashqi
kamchiligini   ifodalovchi   vulgarizm   hisoblanadi.   Bu   yerda   ham   aynan   lo‘li
ayolning tanasidagi  nuqsoni korsatilmoqda. Bunda muallif nutqida keltirilayotgan
bo‘lsa   ham   aslida   bu   voqea   joyidagi   qatnashuvchi   qahramonlar   nazarida
gavdalagan hisoblanadi va buning ifodasi muallif nutqi orqali amalga oshiriladi.
94
 Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Тошкент: Фан, 2007. –Б. 60.
95
 Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Ҳозирги ўзбек тилининг сўзлашув услуби. – Тошкент: Фан, 1991. –Б. 84-85.
96
 Қиличев Э. ва бошқ. Кўрсатилган мақола. – Б. 226.
97
 BAhodir Qobul ena shamol 9-bet
44 Yozuvchi hikoyalarida personaj nutqida keltirilgan vulgarizmlar ham nutqqa
kuchli affektivlik bag‘ishlagan. Yuqoridagi ikkinchi gapda aynan shuni ko‘rishimiz
mumkin.   Yoki   quyidagi   gapga   qarang:   Joyiga   qo‘y   deyapman,   Sariq   oshkadi .
Endi bir kami bozor kuniyam galstuk taqishing qoluvdi. Yurarkanmanda endi san
bilan bo‘yinda bo‘yinbog‘, ketda sholvor bilan Samarqandda qo‘l ushlashib 98
. 
Bunda   ham   ko‘rinib   turgan   so‘z   kishining   tashqi   tomondan   kamsitilishiga,
uning tashqi belgisining ustidan gap aytilishiga olib kelgan. Qahramonga sariqdan
kelgan bolakay ekanligi uchun Sariqbola deb laqab qo‘yishadi.   (Mana   Sariqbola ,
sizga dedilar, otam galefe shimlarining o‘ng cho‘ndagidan ikkita yigirma tiyinlik
oq   tanga   va   bitta   yashil   uch   so‘mlik   va   ikkita   sariq   bir   so‘mliklarni   olib.)   .
Yuqoridagi misolda esa yigitchaning opasi jahli chiqqanligi uchun uning laqabidan
salbiylikni   ifodalash   uchun   foydalanadi   va   uni   haqoratlaydi.   Ijodkor   bunda
qahramon   nutqida   ortiqchalikka   yo‘l   qo‘ymaslikni   maqsad   qiladi   va   nutqni
shaxsiylashtirish   orqali   bunga   erishadi.   Yuqoridagi   oxirgi   ikki   misolda
baholanuvchi   (ya’ni   subyekt)   ning   xarakter-xususiyati   emas,   balkim
baholovchi(ya’ni   obyekt)   ning   shaxsiyatidagi   ojizlik   ifodalanmoqda.   Yozuvchi
vulgarizmlardan   foydalanishdagi   maqsadini   qissaning   “Tannoz   lo‘li”   qismida
Qoraxotin   qiyofasi   orqali   ham   ochib   bergan.   Qism   davomida   lo‘li   ayolning
mochag‘ar   vulgarizmi   orqali   uning   tarang   xulqini   ko‘rishimiz   mumkin.   Qahhor
ijodida ham bunday holatlar ko‘zga tashlanadi, albatta. Masalan , qarasa, hamma,
ayniqsa   shofyorning   orqasida   kitob   ko‘rib   o‘tirgan   kishi   o‘zini   kulgidan   zo‘rg‘a
tiyib   turganga   o‘xshaydi.   “ Haromi ,   meni   toza   rasvo   qilganga   o‘xshaydi,   –   dedi
o‘zicha. – Bu hozir kulib yuboradi, hozir kulmasa keyin, uyiga borib kuladi, bola-
chaqasi   bilan   kuladi!   Nega   men   u   itvachchaning   qulog‘ini   shartta   uzib   qo‘liga
bermadim?” (“Yillar”)
Bir   narsani   ta’kidlash   kerakki,   ba’zi   hollardapersonaj   nutqida   qo‘llangan
vulgarizmlar   doim   ham   u   ning   madaniyatsizligini,   axloqsizligini   ko‘rsatmaydi,
balki u orqali uning qahr-g‘azabini, alamli nafratini ta sirchan ifodalab, kitobxondaʼ
voqelikdan qoniqish hissini  uyg‘otadi, vaziyatga nisbatan  ishonchni  paydo qiladi.
98
 BAhodir Qobul Ena shamol 15-bet
45 Yozuvchi so‘zdan foydalanar ekan aynan shu so‘z uning o‘rni ekanini bilib, topib
qollashi   kerak.   Boshqa   so‘zni   uning   o‘rniga   qo‘llashga   urinish   ham   hatto
bo‘lmasligi lozim. Ana o‘shanda maqsadga erishilgan bo‘ladi.
Biz   solishtirib   o‘rganayotganimiz   Abdulla   Qahhor   ijodiga   bu   borada   ham
nazar   tashlaylik.   Bir   lahza   jimlikdan   so‘ng   haligi   begona   xotinning   baqirgan
tovushi eshitildi: – Xudo ko‘tarsin sen megajinni! Ikkita bolam bor! Bo‘ydoq yigit
qurib ketganmidi!! (“Mayiz yemagan xotin”)
Berilgan matnda personaj tilidan qo‘llangan vulgarizmlar nutq sub ektiningʼ
madaniyatsizligining   emas,   balki   uning   qahr-g‘azabi,   alam-nafratining   yorqin
ifodasi   bo‘lib   kelgan.   Bu   yerda   ham   А.   Qahhorning   vulgarizmlardan   foydalanish
uslubi  o‘ziga xos. А. Qahhor  hikoyasidan keltirilgan bu parchada esa  vulgar  so‘z
kitobxonning miya tomiriga chertib, uni mulohazaga jalb qiladi, birdan uning ko‘z
o‘ngida   hikoya   fonida   parda   ortiga   olib   kelingan   mavhum   konsituatsiyani
jonlantirib   yuboradi:   «yetti   qavat   parda   ichida   o‘tiradigan   farishta»ning   asl
basharasini   fosh   etadi,  shu  orqali  hikoya  syujetida   keskin  burilish  yasaydi.   Mulla
Norqo‘zining   farishtasifat   xotinining   haqiqiy   ma naviy   buzuq   qiyofasini   fosh	
ʼ
etuvchi   xudo   ko‘tarsin,   megajin   kabi   notanish   ayol   tilidan   aytilgan   vulgarizmlar
tasvirlanayotgan xolat uchun qanchalik mos tushgani yozuvchining o‘ziga xos so‘z
qo‘llash   mahoratidan   darak   beradi.   Bahodir   Qobulning   “Ena   shamol”   idan   yana
quyidagi   misolni   keltiramiz:   Eshakday   bo‘lib   qilgan   ishingni   qara.   Uyingda
xotingga   gaping   o‘tmaydi-yu,   karillashingni   qara.   Begunoh   balani   ko‘nglini
og‘ritgacha   ayollarni   xaltasiga   o‘g‘rilik   qilganing   avli   edi.   O‘g‘ri   bunaqa
yig‘lamaydi.   Balani   qaqshatding,   qaqshamay   qolmaysan.   Betingni   murdashuy
yuvsin.  Momo dema- e imonsiz.  
Ushbu   misollardagi   belgilangan   so‘zlar   orqali   Sariqbolaning   oldiga   kelgan
momoning   xarakteri   ochib   berilayotgani   yo‘q,   yoki   uning   ichki   dunyosidagi
yashirin ikkinchi  kishi  ko‘rinish berayotgani  yo‘q. Bunda Sariqbolaning opasidan
kaltak   yeyishi,   begunohdan   urilishi   haqida   ham   aytilyotgani   yo‘q.   Bunda
momoning   vaziyatdan   shunchalar   ta’sirlanib,   bolaga   achinishi,   nima   bo‘lganda
ham   bolaning   shahstini   bunday   sindirmaslik   haqida   gap   ketyapti.   Yozuvchi   bu
46 yerga momo obrazini olib kirish orqali o‘zbek mentalitetiga xoslikni ochib berishni
maqsad   qilgan.   Bolajon   xalqimiz   bolani   bunday   hafa   qilmasligi   kerakligi   haqida,
bu ishi indamasdan o‘tib ketaveradigan hodisa emasligi haqida gapirmoqchi. 
Vulgarizmlar,   odatda,   jonli   so‘zlashuv   nutqi   jarayonida   shaxsga,   ba’zi
hollarda   jonivorlarga   nisbatan   qo‘llaniladi   va   so‘zlovchinining   g‘azabi,   nafrati,
kamsitishi   kabi   salbiy   munosabatlarin   io‘zini   ifodalaydi.   Ba zi   vaqtlarda   esaʼ
vulgarizmlarning   jonsiz   predmetlarga   nisbatan   ishlatilganining   guvohi   bo‘lamiz.
Bunda   u   o‘zining   uslubiy   jihatini,   vazifasini   o‘zgartirishi   mumkin.   Masalan:
Hammasidan   ham   ijizlikning   zo‘zavonlik   ustidan   golib   kelgan   kuni   qursin   ekan
(“Oq   dala”)   Yoki   Abdulla   Qahhordan   misol   qilsak:   Lekin   ovqatni   keltirganida
uning   ko‘zida   yosh   aylanar   edi;   ovqatni   o‘rtaga   qo‘yib   ko‘zini   artdi.   –   Qurib
ketgur , shu o‘tinning tutuni biram achchiq ekanki! (“ А sror bobo”)
Berilgan birinchi misolda matn fragmentida vulgar qo‘llangan  qursin  iborasi
narsa-buyumga   nisbatan   g‘azab,   nafrat,   kamsitish   munosabatini   ifodalamagan,
balki   personajning   intim-ruhiy   holatini   qoliplovchi   vositaga   aylangan.   Bunda
qursin-qurisin,   ko‘rinmasin,   bunday   kun   boshqaa   bo‘lmasin   degan   mano
anglashilmoqda.   Ikkinchi   misolda   esa   shu   so‘zning   kengaygan   va   biroz
boshqacharoq   variantini   ko‘rmoqdamiz.   Ammo   ikkovida   ham   bir-biriga   yaqin
ma’no   aytilmoqda.   Abdulla   Qahhordan   olingan   misolda   ko‘rinmay   ketsin   degan
salbiy   bir   ma’no   ifodasi   aytilganday   tuyuladi,   ammo   aslida   unday   emas.   Ushbu
birikma   orqaliu   tutunning   emas   ko‘z   yoshining   vaziyati   haqida   gapirmoqda.
Hikoya haqida fon bilimlarga ega bo‘lgan kitobxonga ma lum:  oila boshiga og‘ir	
ʼ
musibat tushgan.
Bahodir   Qobul   hikoyalarida  qahramonlarning  xarakter-xususiyatlarini,   nutq
jarayonini   individuallashtirishda   hamda   voqelikka   mos   ravishda   ichki   va   tashqi
ma naviy   dunyosidagi   dunyoqarashini   yaqqollas   htirishda   va   ularning   milliy	
ʼ
mansubligiga,   ayniqsa,   urg‘u   berishda   varvarizmlardan   ham   tasviriy   vosita
sifatida unumli foydalangan.
Varvarizmlar-bu   o‘z   qatlamga   mansub   bo‘lmagan   ajnabiy   so‘zlar   bo‘lib,
o‘zbekona   nutqimiz   tozaligiga,   umuman,   o‘zbek   milliy   so‘zlashuv   nutqi
47 madaniyatiga   salbiy   ta sir   ko‘rsatadi.   Lekin   shunday   bo‘lsa-da,   ular   ma lum   birʼ ʼ
uslubiy   talab   bilan   badiiy   matnga   olib   kiriladi.   Badiiy   matnda   o‘rni   bilan
ishlatilgan   varvarizmlar   o‘ziga   xos   ekspressivlik   hosil   qiladi   hamda   asar
badiiyatini,   tabiatini   xalqchillik   ruhi   bilan   sug‘oradi.   Mavjud   vaziyatni   yanada
kengroq va ta’sirliroq tasvirlashda ham varvarizmlarning o‘rni bor, albatta. 
Bahodir Qobulning “Ena shamol” va “Otachiroq” larida varvarizmlarni faol
qo‘llanilgan deb  aytolmaymiz,  albatta. Biroq ularning ma’lum  darajadagi  ishtroki
qahramonlar   nutqining   jozibasiga   ta’sir   qiladi,   shu   bilan   birgalikda   esa
yozuvchining badiiy mahoratini ham ifodalaydi.
Bundan tashqari А. Qahhor hikoyalarida ham varvarizmlardan u qadar keng
foydalanmagan,   biroq   uning   ijodida   o‘rni   bilan   ishlatilgan   bu   birliklar
yozuvchining   badiiy   mahorati,   teran   nigohi   naqadar   o‘tkirligidan   dalolat   beradi.
Masalan,   uning   birgina   «San atkor»   hikoyasida   varvarizmlarning   haqiqiy   badiiy-	
ʼ
estetik   vazifasini   kuzatish   mumkin:   San atkor   tajang   edi:   tanafus   vaqtida   zalga	
ʼ
chiqqan   edi,   bir   traktorist   uni   savodsizlikda   aybladi.   (“San atkor”)   …Meni   shu	
ʼ
vaqtgacha   muxbirlar,   yozuvchilar   ham   tanqid   qilgan   emas;   formalizm,
naturalizmlar   naturalizmlardan   o‘tdim   –   hech   kim   otvod   bergani   yo‘q.
(“San atkor”)   Аrtist   kulturniy   odam   –   gapni   adabiy   qilib   aytadi   –   “bo‘lsa,	
ʼ
bo‘lmasa”   deydi.   Pojarni   “gugurtni   yerga   tashlamang”   deydi,   rejissyorimiz   esa
“gugurtning   yerga   tashlamang”   dedi.   Qanday   chiroylik!   ...Rejissyorimiz   juda
kulturniy odam. (“San atkor”) 	
ʼ
Keltirilgan   birinchi   misolda   traktorist   varvarizmi   o‘zbek   tilida   traktorchi
shakliga ega. Berilgan varvarizm muallif nutqida keltirilsa-da, uni san atkor nuqtai	
ʼ
nazaridan   aytilganini   hikoya   fonidan   ilg‘ab   olish   mumkin.   Chunki   hikoya   fonida
san atkor tilidan aytilgan bu so‘z “mensimaslik”, “kamsitish” ma no bo‘yog‘i bilan	
ʼ ʼ
yuzaga   chiqqan.   Bir   qarashda   yozuvchi   hikoya   ekspozitsiyasida   traktorist   so‘zini
yuqoridagi   konnotativ   semalarda   qo‘llab,   san atkorga   xayrixohdek   ko‘rinsa-da,	
ʼ
aslida   uning   ustidan   kulgi   qo‘zg‘atayotgani   hikoyaning   keyingi   fonida
ravshanlasha boradi, bu bilan so‘zning haqiqiy ta sir kuchi, badiiy-estetik quvvati	
ʼ
oshib   boradi.   Keyingi   misollarda   esa   personajning   o‘ziga   xos   xarakter-
48 xususiyatlari,   mizojidagi   salbiy   holatlar   uning   individuallashtirilgan   nutqi   orqali
fosh etiladi. Hikoya personaji  – san atkor o‘zini madaniyatli hisoblaydi. Аyniqsa,ʼ
uning   nutqida   otvod,   kulturniy,   pojarni   so‘zlari   “faxrlanish”   ifoda   semasi   bilan
yuzaga   chiqib,   o‘z   ona   tilini   mensimaydigan,   nutqiy   madaniyatsiz   personajning
ma naviy qiyofasini ochib tashlaydi.	
ʼ 99
Ba’zan   so‘z   ijodkorlari   qahramonlarning   milliy   mansubliga   urg‘u   berish
maqsadida ham varvarizmlardan keng foydalanadilar. Bahodir qobulning qissasida
esa  kinoya  va kamsitish   bilan emas,  aksincha   ma’lum   mansublik  yuzaidan  ushbu
varvarizm qo‘llanilgan:
Yaxshi   o‘qiganim   uchun   sinfda   birinchi   bo‘lib   pionerga   o‘tganman.   Buni
odamlarga   bildirish   uchun   galstugimni   taqqandim,   opacham   bo‘ynimdan   yulib
qo‘limga berdilar.
Ikkinchi bob yuzasidan qisqa xulosalar
1. Tarixiy   so‘zlar   tarixiy   mavzuga   bag‘ishlangan   adabiy   janrlarda   o‘tmish
davr   ruhini   haqqoniy   aks   ettirishi,   albatta,   hammamizga   ma lum.   Аgar   bunday	
ʼ
tarixiy   qatlamga   doir   leksik   birliklar   zamonaviy   mavzudagi   adabiy   janrlarda
qo‘llaniladigan   bo‘lsa,   unda  ma lum   bir   uslubiy   maqsad   nazarda   tutilgan  bo‘ladi.	
ʼ
Аdib hikoyalarida buning isbotini kuzatish mumkin.
2. Dialektizmlar   ham   boshqa   tasviriy   vositalar   kabi   o‘ziga   xos   badiiy
estetik qiymatga ega. Ular asar badiiyatiga tabiiylik, soddalik, xalqchillikni beradi.
Bahodir   Qobul   asarlari   badiiyatiga   xizmat   qilmaydigan   til   vositalaridan   voz
kechib,   har   vaqt,   har   doimo   tabiiylikka,   soddalikka,   asarlarining   “o‘qishli”
bo‘lishiga   intilgan,   harakat   qilgan,   shuning   uchun   uning   hikoyalarida   fonetik   va
morfologik sheva unsurlari unchalik ham ko‘p uchramaydi. 
3.   Etnografik   so‘zlar   ham   xuddi   dialektizmlarning   bir   ko‘rinishi   bo‘lib,
ular   asosan,   adabiy  tilda  ma nodoshi   mavjud emasligi  bilan  farqlanadi.  Yozuvchi	
ʼ
hikoyalarida   voqelikni   haqqoniy   va   real   tasvirlashda,   unga   mahalliy-milliy   ruh
bag‘ishlashda, qahramonlarning dunyoqarashini, mavjud e tiqodini, ruhiyatini jonli	
ʼ
ifodalashda etnografik so‘zlardan mahorat darajasida foydalana olgan.
99
  Х асанов   А .  Абдулла  Қаҳҳор  ҳикоялари  тилининг  бадииятини   таъминловчи   лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
49 4. Bahodir Qobul jonli so‘zlashuv tiliga xos so‘z va birliklardan hikoyalari
va   qissalari   tilining   badiiy-obrazliligini,   estetik   ta sirchanligini   oshirishda,ʼ
qahramonlar   nutqini,   ularning   xarakter-xususiyatlarini   o‘ziga   xos   tarzda
ifodalashda   hamda   jonli   so‘zlashuv   tiliga   xos   milliy-mahalliy   kolorit
bag‘ishlashda,   bundan   tashqari,   kinoyali   tasvir   yaratishda,   vaziyatga   mos   xususiy
yashirin   ma noga   ishora   qilishda,   qahramonlar   portretini,   intim-ruhiy	
ʼ
kechinmalarini  intensiv  usulda  tasvirlashda  o‘ta  kuchli  mohirlik  bilan foydalanib,
ularni   asarning   umumiy   g‘oyasiga   xizmat   qiluvchi   obrazli   ta sirchan   tasviriy	
ʼ
vositaga aylantira olgan.
5.   Vulgarizm   va   varvarizmlar,   bilamizki,   badiiy   matnga   kuchli   ekspressiya
olib kiruvchi  lisoniy  vositalardir. Ijodkor   ulardan  hikoya  personajlarining  mavjud
xarakter-xususiyatlari,   nutqini   individuallashtirishda,   intim-ruhiy   kechinmalarni
ifodalashda,   voqelikka   mos   tarzda   ichki   va   tashqi   ma naviy   olamidagi
ʼ
dunyoqarashini   yaqqol   aks   ettirishda   hamda   ularning   milliy   mansubligiga   urg‘u
berishni istefoda etgan.
50 III BOB. Bahodir QOBULNING SEMANTIK-STILISTIK vositalardan
foydalanish mahorati. Asar progmosemantik tadqiqi
3.1. O‘xshatish
Badiiy   tafakkurning   avvaldan   eng   qadimgi   va   ommabop   tarzdagi
ko‘rinishlardan   biri   hisoblangan   o‘xshatishlar   o‘zbek   tilshunosligida   ma’lum
darajada mukammal o‘rganilib, o‘zining nazariy asoslarini topmoqda. 
XX   asrning   2-yarmidan   o‘zbek   tilshunosligida   dolzarb   masalalardan   bo‘lib
hisoblangan   biror   shoir   yoki   bo‘lmasam   yozuvchi   tilida   yohud   alohida   olingan
badiiy   asarlar   tilida   qo‘llangan   o‘xshatishlarning   uslubiy   jihatlari   hamda
ijodkorlarining   undan   foydalanish   mahoratini   o‘rganishga   kuchli   e tibor   qaratildiʼ
va   aytish   mumkinki,   hozirgi   kunga   qadar   bu   borada   ko‘pgina   sezilarli   ishlar
amalga   oshirildi   .   Shunday   bo‘lsa-da,   alohida   olingan   shoir   va   yozuvchi   asarlari
tilida qo‘llangan o‘xshatishlarni keng jamoatchilikning e tiborini tortib kelayotgan	
ʼ
pragmatik   maydon   nazariyasi   asosida   lingvopoetik   tadqiq   qilish   o‘zining
dolzarblik darajasini saqlab kelmoqda.
Shu kunga qadar amalga oshirilgan qator ishlarda o‘xshatishlarning tarkibiy
komponentlari,   qo‘llanish   uslubi,   obraz   yaratish   funktsiyalari   haqida   qator
qimmatli   fikrlar   maydonga   keldi.   Biroq   o‘xshatishlardagi   xususiylikning
umumiylikka tomon siljishi, ya ni so‘zlovchining ichki maqsadi aks etgan xususiy	
ʼ
yashirin   mazmun   ko‘rinishlarining   asarning   umumiy   g‘oyasiga   nechog‘lik
bog‘liqligi masalasi o‘zining yechimini topganicha yo‘q 100
.
Ma lumki, «lingvistik pragmatika tilshunoslikning yangi sohasi sifatida nutq	
ʼ
sub ektining ichki maqsadi  bilan bog‘liq yashirin propozitsiyalarni o‘rganadi»	
ʼ 101
  .
Tilning   tasviriy   vositalari   lingvistik   pragmatikaning   birligi   –   pragmema   sifatida
ana   shu   xususiy   yashirin   mazmun   ko‘rinishlarini   o‘z   zimmasiga   oladi.
O‘xshatishlar ham bundan mustasno emas.
O‘xshatishlar   insonlarning   biron   narsa   yoki   qandaydir   hodisa   haqidagi
tasavvurlarini   voqelantirish   uchun   ifodalanuvchi   lingvosubyektiv   vositadir.
100
  Х асанов А . Абдулла Қаҳҳор ҳикоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик -стилистик   воситалар.
НД. 2007
101
 Ҳакимов М.Х. Кўрсатилган докторлик диссертацияси. – Б. 81. 
51 Bundan ijodkor mohirona foydalangan holda asar qahramonlarini tipiklashtirishda,
ularning o‘ziga xos va mos individual xususiyatlarini ochib berishda, ruhiy (intim)
holatlarini   to‘liqroq   aks   ettirishda,   makon   va   zamon   tasvirini   yoritib   berishda
o‘zining betakror uslubini yaratadi.
Bahodir Qobul hikoyalari va qissalari tilini bezashda, nutqning ta sirchanligiʼ
va   ifodaviyligini   kuchaytirishda,   tasvirning   ko‘p   aniqligi   va   obrazliligini
ta minlashda o‘xshatish vositasidan mohirona tarzda foydalana olgan ijodkordir. U	
ʼ
har bir o‘xshatishga befarq qaramaydi, uni ustalik bilan asar mazmuniga singdirib
yuborib, misli ko‘rilmagan, betakror obrazli tasvirlarni yaratadi.
Ma lumki,   o‘xshatishlar   badiiy   adabiyot   tilida   qo‘llanilishiga   ko‘ra	
ʼ
an anaviy va individual turlarga ajratiladi	
ʼ 102
. Аn anaviy o‘xshatishlar obrazlilik va	ʼ
ekspressivlikdan holi bo‘ladi 103
Yozuvchining   “ena   shamol   ”ida   qo‘llangan   an’anaviy   o‘xshatishlarning
kelishi, ba’zi hollarda esa ijodkor ulardan individual tarzda foydalanish mahoratini
ham aytish joiz.
Oyoq   ostidan   yo   sel   olib   kelgan,   yo   birovning   o‘tinidan   tushib   qolgan
ketmon   dastadek   tayoq   qo‘liga   ilindi.   Samarqandning   qishlog‘imiznikiga
o‘xshash salqin havosi  dimoqqa urildi 104
. 
-   Bu   yaxshi   emas,   ena   jamni   bilish   farz,   ota   jamni   bilish   qarz   dedilar,
o‘zlariga o‘zlari.
-   Ena,   biz   odamlarni   urug‘larini   emas,   shevalardagi   o‘ziga   xos,   jonli
so‘zlarni yig‘amiz. Urug‘chilik davri o‘tib ketgan, dedi   sumangi itdek   oriq va bir
joyda   turolmaydigan,   tinmay   qilpillaydigan   o‘qituvchi 105
.   Cho‘qqiga   guvullashib
chiqayotgan askarlardek  sanoqsiz archabayroqlarga qadaladi 106
.
Bu   yerdagi   misollardan   birinchisi   an’anaviy   o‘xshatishning   yorqin   misoli
bo‘la oladi. Ikkinchi jumladagi belgilangan birlik ham. Undan keying gapda kelgan
sumangi itdek  oriq  birligida esa individual o‘xshatish namunasi keltirilgan. Oxirgi
102
 Мукаррамов М. Кўрсатилган асар. – Б. 27-28.
103
 Худайберганова Д.С. Кўрсатилган автореферат. – Б. 9.
104
 Bahodir Qobul ”Ena shamol”
105
 Bahodir Qobul ”Ena shamol”
106
 Bahodir Qobul ”Ena shamol”
52 misolimiz   shaxs   va   jonli   narsa   o‘rtasidagi   o‘xshatish   usuli   hisoblanadi,   bunda
talabalarning   ustozi   sumangi   itning   tashqi   ko‘rinishiga   o‘xshatilmoqda.   Ya’ni
uning oriqligiga. Bunda o‘xshatish salbiy bo‘yoqdorlikka ega hisoblanmoqda.
Ijodkor   qissa   va   hikoyalarida   qo‘llangan   o‘xshatishlarturli   grammatik
vositalar bilan yuzaga chiqqan:
1. O‘xshatish vositalariningaffikslar bilan ifodalanishi. 
Bahodir   Qobulning   ushbu   o‘rganilayotgan   qissasida   o‘shatish   qurilmalari
turli qo‘shimchalar bilanhosil qilinayotganiga guvohi bo‘lamiz. 
Masalan :   Opam bilishlari   shart   emas  ish  ekanligini,  menga katta  odam dek
muomila qilayotganlaridan  dovdiragan  bo‘lsamda,  bildirmasdan  ergashdim.   Ma,
ol.   Sanga   sadaqa.   Man   o‘lmay   turaman.   Eshak day   bo‘lib   qilgan   ishingni   qara.
Sovuqda   qolib   uvushgan,   keyin   qor-yomg‘irda   qarliqib   qolgan   qo‘llarini   bir-
biriga   ishqalab   isitishni   istayotgan,   biroq   sovuq   zo‘rlik   qilib   buning   uddasidan
chiqolmayotgan dek   turardi.   Yaxshi   o‘qiganim   uchun   sinfda   birinchi   bo‘lib
pionerga   o‘tganman.   Buni   odamlarga   bildirish   uchun   galstugimni   taqqandim,
opacham bo‘ynimdan yulib qo‘limga berdilar.
-   Buguncha   endi   mudarrislik   qilmay   turing,   Mirzoiy   deb   kenadilar.
Indamay turganimdan jahli chiqib, baqirib ketdi.
-   Joyiga   qo‘y   deyapman,   Sariq   oshkadi .   Endi   bir   kami   bozor   kuniyam
galstuk   taqishing   qoluvdi.   Yurarkanmanda   endi   san   bilan   bo‘yinda   bo‘yinbog‘,
ketda sholvor bilan Samarqandda qo‘l ushlashib.
2. O‘xshatishning   yordamchi   so‘zlar   bilan   ifodalanishi.   Keyin
o‘zimizning   Taypoqsoyga   o‘xshash   qirlar   oralab   yurdik.   Xuddi   notoza   joydan
kelib   ilkisdan   toza   joyga   oralab   ketib,   noqulay   ahvolga,   hijolatga   tushgan
odamlar day
Keltirilgan   har   ikki   matn   fragmentida   ham   o‘xshatishlar   assotsiativ   usul
bilan yuzaga chiqqan. Bunday o‘xshatishlarni faqat tasavvur qilish mumkin, xolos.
Shuning   uchun   bunday   o‘xshatish   abstrakt   o‘xshatishlar   deb   ham   yuritiladi 107
.
Yozuvchi   o‘xshatishning   bu   turidan   personajlarning   ruhiy   kechinmalarini
107
  Муккаррамов   М .  Кўрсатилган   асар . –  Б . 26
53 yaqqollashtirishda unumli foydalangan.
3.2. Jonlantirish
O‘zbek   tilshunosligida   bir   guruh   olimlar   va   tadqiqotchilar   jonlantirishni
metaforaning   maxsus   turi   sifatida   izohlaydilar 108
.   M.Mirtojiev   esa   jonlantirishni
metaforaning mazmuniy bir turi sifatida ko‘rsatadi 109
. M.Yo‘ldoshev metaforalarni
talqin   etishda   M.Mirtojievning   metaforaning   mazmuniy   tasnifi   uchun   keltirgan
odatiy metaforalar, jonlantirish va sinestetik metaforalarni qayd etadi 110
. Umuman
olganda,   yuqoridagi   olimlarning   hammasi   jonlantirishni   metafora   qurshovida   deb
izohlab bersalar, L.Djalolova esa jonlantirishni  metaforadan keskin farqli jihatlari
borligini tahlil qilib, uni mustaqil tasviriy vosita sifatida talqin etadi. 
R.Qo‘ng‘urov esa apostrofa va allegoriyani jonlantirishga qaysidir tomondan
o‘xshab   ketsa-da,   biroq   ular   bir-biridan   farqli   hodisa   deb   izohlaydi.   S.Karimov
apostrofani jonlantirishning bir turi sifatida qayd etadi, hayvon va jonsiz narsalarga
xos   xususiyatning   insonlarga   ko‘chishini   ham   jonlantirishning   bir   ko‘rinishi
sifatida baholab, uni personifikatsiya deb ko‘rsatib o‘tadi 111
.
Yukoridagilardan   shuni   xulosa   qilib   aytib   o‘tish   mumkinki,   bizningcha,
jonlantirish   –   metaforadan   farqli   hodisa,   albatta.   L.Djalolova   to‘g‘ri
ta kidlaganidek,   “unda   insonga   xos   harakat,   his-tuyg‘u,   so‘zlash,   fikrlash   jonsizʼ
predmetlarga ko‘chirilsa ham, lekin ular orqali inson tushunilmaydi” 112
. Аllegoriya
va   apostrofaga   jonlantirishning   bir   ko‘rinishi   sifatida   qaralishi   kerak.   Negaki
ularda   adabiyotshunoslik   tili   nuqtayi   nazari   bilan   tushuntirganda   intoqqa   xos
xususiyatlar mavjud. Binobarin, allegoriyada hayvonlar yoki jonli narsalar insonga
xos   tarzda   so‘zlatilsa,   apostrofada   jonsiz   narsaga   jonli   narsaga   qaralgandek
murojaat   qilinadi.   Bunda   “ jonlantirilgan   predmet   murojaat   qilayotgan   kishiga
nisbatan passiv bo‘ladi” 113
. Demakki, jonlantirish, allegoriya, apostrofa insonlarga
108
  Қаранг :  Қўнғуров   Р .  Кўрсатилган   асар . –  Б . 101;  Шомақсудов   А .,  Расулов   И .  ва   бошқ .  Кўрсатилган   асар . –
Б .   245;   Каримов   С .   Кўрсатилган   докторлик   диссертацияси .   –   Б .   215;   Муҳаммаджонова   Г .   Кўрсатилган
номзодлик   диссертацияси . –  Б . 81.
109
 Қаранг: Миртаджиев М.М. Переносные значения и их манифестация в узбекском языке: Автореф.дисс…
док.филол.наук. – Ташкент, 1989. – С.13. 
110
 Қаранг: Йўлдошев М. Кўрсатилган номзодлик диссертацияси. – Б. 119.
111
 Каримов С. Кўрсатилган докторлик диссертацияси. – Б. 217-218.
112
 Джалолова Л. Кўрсатилган номзодлик диссертацияси. – Б. 88.
113
 Қўнғуров Р. Кўрсатилган асар. – Б. 108.
54 xos   bo‘lgan   xususiyatlarning   hayvonlarga,   narsa-hodisalarga   ko‘chishini   ifodalab
berishi   bilan   integral   belgiga   ega,   ammo   ular   ifodalanish   usullariga   ko‘ra   bir-
biridan farq qiluvchi hodisalar hisoblanadi.
Bahodir   Qobulning   “ Ena   shamol”   qissasida   ham   talaygina   misollardan
qisman keltirshimizmumkin bo‘ladi.
  Xanjala - yigirishga tayyorlangan, ungacha qayta-qayta yuvilib, titilgan va
bir-bir   biriga   ulanib   uzun   arqon   holatga   kelgandan   keyin,   ochilgan   katta
atirguldek   chiroyli   qilib ,  yo‘q,   magazinni   kulchasi-bulichkaga   o‘xshatib   bilakka
moslab   o‘ralgan,   o‘rtasi   bilakuzukdek   teshik   taxlangan   yung   bo‘lagi.   Xanjala
yigirilsa ip bo‘ladi, ip yig‘ilsa kalava.
3.3. Badiiy takror va kinoya
Аsar badiiyatini ta minlab berishda badiiy takrorning ham ,albatta, o‘z o‘rniʼ
bor. Unda emotsionallik, tasviriylik va ekspressivlikning ifodalanishi orqali uning
oddiy   takrordan   farqli   jihatini   ko‘rsatib   turadi.   So‘z   san atkorlari   badiiy	
ʼ
takrorlardan   ma noni   kuchaytirish,   ta kidlash,   hissiyotni   bo‘rttirish   hamda   tasvir	
ʼ ʼ
ob ektiga kitobxon diqqatini jalb qilish maqsadida o‘rni bilan foydalanadilar. Zero,	
ʼ
“ takror hodisasi til stilistik resurslarining boyish manbalaridan biridir” 114
. 
Umumfilologik   yo‘nalishlarda   badiiy   takrorning   pleonazm,   epifora,   rifma,
anafora,   assonans,   konsonans,   monorim,   alliteratsiya,   pleonazm,   naqarot   kabi
turlari farqlangan holda bo‘ladi. Ularning qo‘llanilish doirasi she riy nutqda ancha	
ʼ
gina keng hisoblanadi.  Lekin badiiy prozada ham  o‘rni  bilan qo‘llangan takrorlar
asar   badiiyatiga   estetik   ruh   bag‘ishlaydi   hamda   “g‘oyaviy   baquvvatlikning   ham
muhim sharti bo‘la oladi” 115
. Shu bilan bir qatorda, takrorlar ijodkorning yoki asar
qahramonining voqelikka sub ektiv tomondan munosabatini ham bera olishi kerak	
ʼ
deb   isoblaymiz.   Аna   shunda   ular   o‘zining   haqiqiy   estetik   kuchini   namoyon   qilib
beradi.
O‘zbek   tilshunosligida   badiiy   takrorlar   o‘tgan   asr   mobaynida   ma lum	
ʼ
darajada o‘sdi, o‘zining nazariy va amaliy asoslarini topa oldi. Shunday bo‘lsa-da,
114
  Мамажонов   А. Такрор  ва  унинг синтактик-стилистик   функцияси  //  Ўзбек  тили  ва  адабиёти.  – Тошкент,
1986, – №6. – Б. 60.
115
 Тўхлиев Б. Ўзбек адабиёти. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – Б. 268
55 alohida olingan yozuvchi va shoir asarlarida qo‘llangan takrorlarining lingvopoetik
tahliliga   bag‘ishlangan   ishlar   esa   hali   barmoq   bilan   sanarli   darajada   .   Bugungi
kunda alohida olingan ma’lum ijodkor nutqida qo‘llangan takrorlarni lingvopoetik
va   pragmalingvistik   jihatdan   o‘rganish   o‘zining   dolzarblik   darajasini   saqlab
turibdi.   Lingvopoetik   tadqiqotlar   doirasida   yuzaga   kelib   borayotgan   ana   shu
bo‘shliqni ma lum darajada to‘ldirib borish maqsadida Bahodir Qobul hikoyalaridaʼ
qo‘llangan takrorlarni tahlil ob ektiga tortdik.	
ʼ
  Oy  Qor   yangi   qorga  yetishi   bilan  qishloqqa  qaytardik,   deyish  barobarida
har bir  joyni , har bir  qadam yerni izma-iz bosib ko‘rsatardilar
Bir yoni   Oy Makon,   bir yoni   Oy Qortog‘ning belidagi supagacha oldinma-
keyin indamay bordik.
Ushbu   gaplarda   ko‘rinib   turganidek   badiiy   takrorlar   olmosh   vositasida
yuzaga   kelmoqda.   Umuman,   badiiy   takrorlarning   qissadagi   o‘rni   szilarli   va
jarayonni o‘quvchiga yetkazib berishdek vazifaga ularning ham hissasi beqiyosdir.
Kinoya tasviriy  vosita  sifatida  badiiylikda  muhim  o‘rin  egallaydi.   А yniqsa,
asar   badiiyatida   xalqchillik   ruhini   ta minlashda   uning   ahamiyati   benihoya   katta.	
ʼ
So‘z   san atkorlari   undan   foydalanar   ekan,   badiiylik   mezonini   o‘ziga   xos	
ʼ
tasvirlashda unga alohida e tibor bilan qaraydilar.	
ʼ
Yevropa   adabiyotshunosligida   “ironiya”   termini   ostida   umumlashtiriluvchi
kinoya   vositasi   shakl   va   mazmun   zidligiga   asoslangan,   zamirida   tanqidiy   kulgi
yotuvchi, so‘zlovchining salbiy munosabatini piching, qochirim, kesatiq yo‘li bilan
ifodalovchi   uslubiy   vositadir.   Uning   lingvistik   hamda   stilistik   belgilari   o‘zbek
tilshunosligida ham tadqiqot ob ekti bo‘lgan	
ʼ 116
.
Kinoya   vositasining   badiiy   asar   tili,   uning   estetik   qimmatini   oshirishdagi
ahamiyati xususida hali atroflicha izlanishlar olib borish mumkin. Аyniqsa, uning
116
 Қўнғуров Р. Кўрсатилган асар. – Б. 80-86; Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент: Фан, 1975;
Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивлик ифодалашнинг синтактик усули. – Тошкент: Фан, 1983; Каримов
С.А.   Кўрсатилган   докторлик   диссертацияси.   –   Б.   207-211;   Тоҳиров   З.Т.   Ўзбек   тилида   прагматик
семаларнинг   ҳосил   бўлиши   ва   уларда   субъектив   муносабатнинг   юзага   чиқиши:   Филол.фан.ном…   дисс.
автореф.   –   Тошкент,   1994.   –   Б.   13;   Абдураҳмонов   Ш.   Ўзбек   бадиий   нутқида   кулги   қўзғатувчи   лисоний
воситалар:   Филол.фан.ном…   дисс.   –   Тошкент,   1997.   –   Б.   65-104;   Ибрагимова   Э.   Ўзбек   тилида   ирония   ва
ироник мазмун ифодаланишининг усул ҳамда воситалари: Филол.фан.ном… дисс. – Фарғона, 2001. – Б. 120;
Шералиева М. 80-йиллар ўзбек насридаги киноя хусусида // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2002. – №1.
– Б. 40-42. 
56 mohiyatiga   pragmalingvistik   nuqtai   nazardan   yondashib,   asar   badiiyatini
ta minlashdagi   o‘rnini   muayyan   yozuvchi   asarlari   misolida   tadqiq   qilish   o‘ziningʼ
dolzarblik   darajasini   saqlab   turibdiki,   bu   tanlangan   mavzuning   nechog‘lik
ahamiyatli ekanligini belgilaydi.
Bahodir Qobulning belgilangan qissasida ham kinoya vositalari talaygina va
ularning badiiy asar tiliga va semantikasiga ta’sir doirasi anchagina.
Yaxshi   o‘qiganim   uchun   sinfda   birinchi   bo‘lib   pionerga   o‘tganman.   Buni
odamlarga   bildirish   uchun   galstugimni   taqqandim,   opacham   bo‘ynimdan   yulib
qo‘limgaberdilar.
-  Buguncha endi mudarrislik qilmay turing, Mirzoiy  deb kenadilar.
Indamay turganimdan jahli chiqib, baqirib ketdi.
Ushbu   birlikdagi   Buguncha   endi   mudarrislik   qilmay   turing,   Mirzoiy
deyilgani   orqali   biz   ma’lum   kinoya   holati   borligini   yaxshigina   his   qilib  turibmiz.
Bundan   tashqari   jumla   davomidagi   kenamoq   fe’li   ham   ayni   fikrimmizning
tasdig‘idir.
Badiiy   matnda   o‘rni   bilan   ishlatilgan   kinoya   vositalari   orqali
qahramonlarning   xarakteri   ma’lum   darajada   namoyon   bo‘ladi.   Ular   orqali   biz
qahramonning situatsiyasini yaxshigina o‘rganib olamiz. Ichki maqsadning sezilib
turgani esa yanada yorqinlik beradi o‘quvchiga.
3.4. Asardagi personajlar muloqotida kommunikativ vaziyatni yuzaga
keltiruvchi birliklar.  Diskursiv yondoshuv
Insoniyat muloqotga kirishar ekan, albatta undan biron maqsadni ko‘zlaydi.
Semantikada   diskurs   tushunchasining   qo‘llanilishi   yanada   murakkabroq.   Diskurs
semantikasi   -   bu   intellektual   tadqiqotning   muayyan   sohalarida   lug'atdan   qanday
foydalanishimizni   tahlil   qilish.   Bu   tahlil   til   va   tuzilish   o rtasidagi   bog liqlikni,	
ʻ ʻ
masalan,   gap   va   u   mavjud   bo lgan   kengroq   kontekst   o rtasidagi   munosabatni	
ʻ ʻ
o rganadi.   Bunga   misol   sifatida   gapda   olmoshning   qo llanilishini   keltirish	
ʻ ʻ
mumkin, o quvchi yoki tinglovchi uni faqat bog langan holda tushunishi mumkin.	
ʻ ʻ
[1]
57 Zamonaviy yondashuvlar nuqtai nazaridan, diskurs murakkab kommunikativ
hodisa bo‘lib, matnga qo‘shimcha ravishda matnni tushunish uchun zarur bo‘lgan
qo‘shimcha   lingvistik   omillarni   (fikrlar,   dunyo   haqidagi   bilimlar,   qabul
qiluvchining   maqsadlari,   munosabatlari)   o‘z   ichiga   oladi.   “ Diskurs”   atamasi
lingvistika   sohasida   ham   juda   ko’p   qo’llaniladigan   atamalardan   biriga   aylangan.
Tarixiy jihatdan bu atama birinchi marta amerikalik tilshunos  Z. Xarrisning 1952
yilda   nashr   etilgan   “Diskur   tahlili”   deb   nomlangan   maqolasida   ishlatilgan.
“Diskurs”   atamasining   to‘liq   ko‘lami   so’nggi   yigirma   yil   ichida   tilshunoslikda
ommalashib   bordi.Tilshunos   olim   A.Pardaev   talqinicha,   diskurs   bu   so‘zlovchi   va
tinglovchining o‘zaro fikr almashish, bir-biriga ta’sir ko’rsatish maqsadida lisoniy
va nolisoniy vositalardan o‘zlari eng samarali deb hisoblagan shakl va turda amaliy
foydalanish   jarayoni   hisoblanadi.   Diskurs   bu   –   jarayon,   insoniy   faoliyat   turi.   U
lisoniy   va   yuzlab   nolisoniy   omillarning   mushtarak   shaklda   bir   maqsad   yo„lida
voqelanishidir. Boshqa bir manbada diskurs lotincha “discursus” - muhokama so‘zi
dan  olingan   bo‘lib,hissiy   bevosita,   intuitiv,   ya'ni   muhokama  talab   bilimdan  farqli
o‘laroq,   muhokama   orqali   vosita   bilan   hosil   qilinadigan   mantiqiy   dalil   -   isbotli
bilim demakdir. Soddaroq qilib aytganda, bu ta'rifda diskursning muhokama qilish,
suhbat qilish ma’nosi ilgari suriladi.
Muloqot mavjud ekan unda kommunikatsiv vaziyat ham mavjud bo‘ladi va
bunda, albatta, kommunikativ strategiya bo‘lishi kerak hisoblanadi. Kommunikativ
strategiya   esa   birinchi   navbatda   diskursning   asosiy   komponentlaridandir.
Ma’lumki,   diskursda   obyektning   u   yoki   bu   xususiyatigina   emas,   subyektning
kommunikativ   maqsadi   ham   ifodalanadi.   O‘rta   asrlarda   kommunikativ   intensiya
falsafiy   tushuncha   sifatida   paydo   bo‘lib,   maqsad,   niyat,   mo‘ljal   ma’nolarini
anglatgan. [2: 523]
  ”Diskurs   -   bu   keng   tarixiy   ma'nolarni   yetkazish   uchun   tilning   ijtimoiy
jihatdan   qo‘llanilishi.   Bu   qo‘llanilishining   ijtimoiy   sharoitlari,   kim   va   qanday
sharoitlarda qo‘llanayotgani bilan belgilanadigan tildir. Til hech qachon “neytral”
bo‘lolmaydi,   chunki   u   bizning   shaxsiy   va   ijtimoiy   dunyolarimizni   bog'lashga
hizmat qiladi”[3].
58 Adabiyotda   diskursning   ahamiyati.   Badiiy   asar   tili   orqali
kommunikatsiyaga   diskursiv   yondashuv.   Har   qanday   turdagi   nutq   inson
xattiharakati   va   shakllanishining   eng   muhim   elementlaridan   biridir.   Miyaning
fikrlarni   so‘zlarga   aylantirishi   va,   albatta,   muloqot   miyani   qanday   shakllantirishi
bo‘yicha   ko‘plab   tadqiqotlar   o‘tkazildi.   Ko‘pgina   tadqiqotlar   turli   tillarda
so‘zlashuvchilar tushunchalarni turlicha tushunishlariga qaratilgan. Shunday qil ib,
nutqning   yaratilishi   va   tarqalishi   inson   zotining   abadiyligi   uchun   eng   muhim
ahamiyatga   ega.   Adabiyot   nutqni   saqlash   va   dunyoni   tushunishning   yangi
usullarini   yaratishning   asosiy   usullaridan   biridir.   Boshqa   madaniyatlar   va   boshqa
davrlardagi   badiiy   diskurs   namunalarni   o‘qish   orqali   biz   ularning   mualliflari
qanday fikrda ekanligini yaxshiroq tushuna olamiz. Darhaqiqat, o‘zimizning go‘zal
madaniyatlarimizdan   adabiyotlarni   o‘qish   bizning   fikrlash   va   o‘zaro   ta'sir   qilish
usullarini  yaxshiroq  ta'kidlashi  mumkin. Har   bir   yaratilgan  adabiyot   asari   diskurs
namunasi   bo‘lganligi   sababli,   badiiy   diskursni   tushunishimiz   adabiyotni
tushunishimiz uchun juda muhimdir.[4]
So‘z   qo‘llash   va   undan   foydalanishni   san’at   darajasiga   ko‘tara   olgan
ijodkorlardan   biri   Bahodir   Qobuldir.   Adib   badiiy   nutqining   obrazliligini,
tasviriyligini   hamda   ta’sirchangligini   oshirish   uchun   hamda   ayni   damda
kommunikatsiyani   yuzaga   chiqarish   maqsadida   tilning   turli   tasviriy   vositalaridan
keng   foydalangan.   Yozuvchi   hikoyalari   tilini   bezashda   ko‘chimning   metafora,
metonimiya   kabi   turlaridan   mohirona   foydalanib,   o‘zining   betakror   uslubini
yaratdi.   Bahodir   Qobulga   hos   lingvistik   mahoratni   belgilashda   mazkur   jihat   o‘ta
muhim va dolzarb hisoblanadi.
Jahon   tilshunosligida   ko‘chma   ma’no   hosil   qiluvchi   hodisalar   bir   necha
turga   bo‘lib   o‘rganiladi.   Jumladan,   fransuz   tilshunosi   J.   Maruzo   ko‘chma
ma’nolarni   metafora,   metonimiya,   sinekdoxaga   ajratadi.   Rus   tilshunoslari   A.A.
Reformatskiy hamda D.N. Shmelev ko‘chma ma’no hosil qiluvchi hodisalarni to‘rt
guruhga   bo‘lganlar,  yani   J.  Maruzodan  farqli  ravishda   funksiyadoshlik  hodisasini
qayd etadilar.[5]
59 Zero,   metaforalar   yozuvchining   individual   uslubini,   asar   badiiyatini
ta’minlovchi   muhim   tasviriy   vositadir.   Shu   bois   biz   Bahodir   Qobul   hikoyalarida
qo‘llangan   metanimiyalarning   personajlar   nutqidagi   kommunikativ   vaziyatning
yuzaga chiqish jarayoninidagi rolini ham tahlil qilamiz.
Asarda   metanimiyalarning   qo‘llanilishi   orqali   qahramonlar   nutqining   qay
tarzda   ifodalanishi,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   xarakteridagi   ijobiylik   va   salbiylikni
baholashda, fiziologik holatni  tasvirlashda, personajlarning tashqi  qiyofasi, intim-
ruhiy holatlarini tasvirlashda, qahramonlar nutqini individuallashtirishda mohirona
foydalangan. Masalan : - Joyiga qo‘y deyapman, Sariq oshkadi. 
Ushbu misolda nutiqy vaziyatni yuzaga keltirish predmeti, kommunikatsiya
hosil   qilivchi   birlik   sifatida   sariq   oshkadi   so‘zshaklini   olishimiz   mumkin.
Keltirilgan   jumlada   oshkadi   leksemasi   o‘zining   genetik   semasini   shaxsga
ko‘chiradi   va   shu   bilan   ko‘chma   ma’no   hosil   qiladi.   Oshkadi   leksemasi   quyidagi
semem strukturaga ega: 
oshkadi   –   a)   poliz   ekini;   b)   shaxsning   tashqi   qiyofasini   ifodalaydi;   v)
shevaga hos so‘z (adabiy tilda  oshqovoq) ; g) usti sariq, urug‘li narsa.
Bunda  a,v  va  g  semalar  oshkadi  leksemasining genetik semalari hisoblanadi.
Yuqoridagi kontekstda  b  sema ancha boshqacha ma’no kasb etadi. Bunda ko‘chma
ma’no   hosil   bo‘lyapti   va   bu   ma’no   badiiy   mazmunniifodalashga   xizmat   qilyapti.
Yozuvchi   bolakayning   obrazini   individuallashtirishda   oshkadi   leksemasining
tashqi   xususiyatlari   bilan   qahramon   qiyofasini   ochib   berishga   harakat   qilingan.
Qissada   qahramon   bola   sariqdan  kelgan   bolakay   bo‘ladi   va   bu  misolda   uni   opasi
shunday ataydi. Bundan tashqari yana bir o‘rinda uning otasi ham uni shunga yaqin
laqab bilan chaqiradi : - Mana Sariqbola, sizga , - dedilar otam galife shimlarining
o‘ng  cho‘ntagidan  ikkita  yigirma  tiyinlik  oq  tanga  va  bitta  yashil   uch  so‘mlik va
ikkita sariq bir so‘mliklarni olib. 
Kommunikatsiyani  yuzaga  keltirish  uchun yozuvchi  ba’zan shunday  ma’no
ko‘chish holatlaridan foydalanganki, ular so‘z genetik xususiyatidan kelib chiqqan
holda ba’zan o‘sha asl semaga zid ravishda sema hosil qiladi. Asardan quyidagini
misol qilib keltiramiz:  Qishloq ko‘chasidan chiqishimiz bilan Bozorjoyning yalang
60 maydoni,maydonning bir  chetida turgan ikkita avtobusning   qorasi,   ularning qizil
chiroqlari ko‘zga tashlandi.   Gapdagi   avtobusning qorasi   birikmasidagi qora so‘zi
asl   ma’nosini   avtoulovning   harakati   natijasida   kelib   chiqadigan   xususiyatga
ko‘chiradi.   Bunda   qora   semasini   quyidagicha   semem   qurililishga   –   ma’noviy
turlilikka ega deyish mumkin: qora-rang; qora- sovuqlik ramzi.
  Biroq   buyerda   har   ikkala   semadan   ham   foydalanilmagan,   ya’ni   qora
so‘zining   sovuqlik   ma’nosi   yoki   aynan   rang   ma’nosi   anglanishi   uchun
ishlatilmagan.   Aksincha,   bu   yerda   ijobiy   semasi   yuzaga   chiqqan.   Ya’ni
yo‘lovchilar ulovdan qolib ketmasliklarining bir signali sifatida qo‘llanilgan. Yana
bir tomoni bor-ki , qora  semasi voqelik jarayonida  oq  leksemasiga antonim semani
hosil qilgan. Chunki, odatda yo‘l yurayotganlarga, yoki uzoq yo‘lga otlanganlarga
oq   yo‘l   birikmasi   qo‘llanilgan.   Ushbu   misol   keyinchalik   muloqot   jarayonini
vujudga keltirishda nutqiy kommunikativlikning vujudiga misol bo‘ladi.
Umuman   olganda,   yozuvchi   qissa   davomida   suhbat   maqsadini   amalga
oshirish   uchun   turli   strategiyalarni   qo‘llaydi.   Bunda   kommunikatsiya   vaziyatini
keltirib   chiqarish   uchun   personaj   diskursda   turli   lisoniy   vositalar,   nutqiy
kombinatsiyalarni   qo‘llaydi.  Muloqotda   qo‘llaniluvchiverbal  va  novrbal  vositalar,
turli taktikalar, kombinasiyalar bir umumiy maqsadga – so‘zlovchi kommunikativ
maqsadining   amalga   oshishiga   xizmat   qiladi.   Asarda   lingvostilistik   vositalarning
tanlanishi,   illokutiv   aktning   yuzaga   chiqishi,   ya’ni   so‘zlovchi   nutqiga   xos
kommunikativniyatning implitsit yoki eksplitsit ifodalanishi subyektning maqsadli
harakatiga   bog’liq.   Shu   asosda   subyekt   diskurs   strategiyasini   -   suhbat   maqsadini
qanday   amalga   oshirish   usulini   ham   belgilab   oladi.   Misol   uchun   quyidagi   gapga
e’tibor bering: 
1. -   Bu yaxshi emas, ena jamni bilish farz, ota jamni bilish qarz, - dedilar
o‘zlariga o‘zlari . 
Ushbu   jumladan   oldingi   gapda   Katta   ena   talabalardan   qayerdanligini,
kimlardanligini   surishtiradi.   Urug’ini   so‘raganda   ko‘pchiligi   aytolmaydi.   Bundan
ena   ranjiydi   va   yuqorida   keltirilgan   misoldagi   bu   yaxshi   emas   birligi   orqali
qanchalar   hafa   bo‘lganligini   bildiradi.   Mana   shu   birlikka   personajlar   nutqida
61 nutqiy   kommunikativlikni   vujudga   keltiruvchi   birlik   sifatida   qarash   mumkin.
Keyingi misolda esa aynan shu nutqiy vaziyat davom etadi va javob qaytariladi.
- Ena,   biz   odamlarni   urug’larini   emas,   shevalardagi   o‘ziga   xos   jonli
so‘zlarni yig’amiz. Urug’chilik davrlari o‘tib ketgan , - dedi, sumagi itdek oriq va
bir joyda turolmaydigan, tinmay qilpillaydigan o‘qituvchi. 
Keyingi misolga e’tibor bering:
2   -Taraddudingk-u   yaxshi,   lekin   qilayotgan   ishing   podayotoqda   ko‘zga
chiroyli ko‘ringan tezakni bir chekkadan ho‘li quruq terishga o‘xshaydi.
Jumladagi   taradduding-ku   yaxshi   hamda   lekin   qilayotgan   ishing   birliklari
orqali   personaj   tomonidan   undan   oldinggi   nutqdagi   vaziyatga   norozilik   kayfiyati
seziladi.   Ushbu   birliklar   kommunikativlikni   yuzaga   keltirar   ekan,   personajlarning
ayni damdgi holatini ifodalashga ko‘maklashadi. 
3. Tezakniyam toza-notozasi  bo‘ladi bo‘ladi. Qumaloq, qiy nima, tezak,
tappi,   chalma   nimaligini   bilmaysan-u,   go‘ngdan   nurini   ajratolmaysan-u   yana   til
bilan   o‘ynashasanmi?   Misoldagi   –u   yuklamasi   va   –mi   affiksi   kommunikativ
vaziyatni yuzaga keltirayotganining guvohi bo‘lamiz. 
4. Ko‘kayingda   yo‘q,   dilingga   solinmagan   ish   to‘g’risisda   gapitish
odamni eshaklikka yaqinlashtiradi, degan burung’ilar kitobida, - dedilar mijjalari
qilt etmay, dabdurustdan.  [Bahodir Qobul “Ena shamol” 3- 46 b.] Gapdagi iboraga
teng   keladigan   Ko‘kayingda   yo‘q,   dilingga   solinmagan   ish   birikmasi   orqali   biz
aytayotgan vaziyat yuzaga keladi.
5. Endi   eshit.   Sen   aytayotgan   shevani   ko‘chada   ko‘ringanni   to‘xtatib,
yozib olding ham deylik. Bu gaplarni kim ishlatadi deb yozasan?
6. Bilsang bola, san qidirib yurgan gap – so‘zlar o‘sha elning eng qimmat
narsasi – qalbi .[ Bahodir Qobul “Ena shamol” 3- 46 b.]
5-gapdagi   endi   eshit   birlig(gapi)i   bundan   keyin   vujudga   kelayotgan
kommunikativ   vaziyatni,   personaj   nutqining   naqadar   muhimligini,   unga   diqqat
qilinishi kerakligini bildirishga xizmat qiladi. 6-gapdagi   bilsang bola   birligi orqali
esa   bir   nimani   bilish-bilmaslik   birlamchi   emas,   ikkilamchi   vazifaga   aylanadi.
Birlamchi vazifada esa uning kesatiq ma’nosi anlashadi.
62 7– Sapiyaxon, aytingchi, Toshkentda tuqqan onasini nima deyishadi? – Opa .
[Bahodir Qobul “Ena shamol” 3- 46 b.]
Misolda   Sapiyaxon   aytingchi   birligi   orqali   nafaqat   berilayotgan   savolning
javobi   kutiladi,   balki   shu   savol   javobining   savol   beruvchiga   ma’lum   ekanligini
ham   bildiradi.   Kommunikativ   vazifa   shundan   iborat-ki,   bunda   savol   –   javobda
qatnashayotgan   ikki   personajdan   tashqari   bo‘lgan   uchinchi   tomondagilar   uchun,
ayni   damda   birinchi   –   savol   beruvchi   shaxs   tomonidan   aytilayotgan   mavzuning
savolga   aloqadorligi   va   faqat   aloqador   bo‘libgina   qolmasdan   ayni   tasdig’i
ekanligidir.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkin-ki,   yuqorida   keltirilgan   misollardagi
birliklarning   barchasi(ba’zi   o‘rinlarda   birlik   o‘rniga   so‘z   yoki   so‘zshakllar   ham
keltirilgan) personajlarning nutqida kommunikativ vaziyatni yuzaga keltirgan. 
Uchinchi bob yuzasidan xulolsalar
1. Bahodir Qobulning an anaviy o‘xshatishlardan individual foydalanish mahoratiʼ
tahsinga   loyiq,   chunki   adib   bunday   o‘xshatishlarga   kutilmaganda   kuchli
ekspressivlik,   yangilik   bo‘yog‘ini   bera   olgan.   Hikoyalarda   o‘xshatishlar   affikslar,
yordamchi   so‘zlar,   leksik-grammatik   vositalar   bilan   yuzaga   chiqqan   va   yozuvchi
badiiy niyatining to‘la-to‘kis ifodalanishiga xizmat qilgan.
2.   Jonlantirish   metaforadan   farqli   hodisadir.   Аllegoriya   va   apostrofaga
jonlantirishning   bir   ko‘rinishi   sifatida   qaralishi   kerak.   Jonlantirish,   allegoriya,
apostrofa insonlarga xos xususiyatning hayvonlarga, narsa-hodisalarga ko‘chishini
ifodalashi   bilan   integral   belgiga   ega,   biroq   ular   ifodalanish   usullariga   ko‘ra   bir-
biridan   farqlanuvchi   hodisalardir.   Bahodir   Qobul   hikoyalarida   jonlantirishlar
muallifning badiiy maqsadi bilan uyg‘un holda yuzaga chiqqan.
3. Kinoya   lingvistik   pragmatikaning   implikativ   mazmun   turlaridan   biri   bo‘lgan
tagma no   ko‘rinishlaridan   biridir.   Bahodir   Qobul   hikoyalarida   o‘rni   bilan	
ʼ
qo‘llangan   kinoya   vositasi   personajlar   xulq-atvori,   ichki   va   tashqi   portret
ko‘rinishlarini   tanqidiy   kulgi   ostiga   olishda,   jumla   ta sirchanligini   oshirishda,	
ʼ
badiiy   matnning   jonlilik,   tabiiylik   sharti   bilan   xalqchilligini   ta minlashda   alohida	
ʼ
63 ahamiyat kasb etadi. Kinoyaviy tagma no ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan qochirimlarʼ
ahloq   me yorlariga   mos   ravishda   odob   mezonini   saqlab   qoladi.   Uning   semantik	
ʼ
mundarijasida   ifodalangan   salbiy   uslubiy   bo‘yoq   sub ektiv   salbiy   munosabat	
ʼ
ifodalanishida aktual vazifa bajaradi.
4. Ijodkor   qissada   kommunikatsion   vaziyatni   yuzaga   keltirar   ekan,   uning
semantikaga   qanday   ta’siri   borligini   va   o‘quvchiga   qay   tarzda   yetib   borishini,
uning diskursiv xarakterini hamda vazifasini ham inobatga ololgan.
64 UMUMIY XULOSALAR
1. Bahodir   Qobul   ko‘chim   turlaridan   foydalanishda   ularning   konnotativ-
ifoda   semalariga   alohida   e tibor   bergan.   Bu   semalarning   badiiy   mazmun   kasbʼ
etishi   va   badiiy   asarning   umumg‘oyasi   bilan   uyg‘unlashuvi   uning   poetik   til
mahoratining bir qirrasi sifatida yuzaga chiqqan.
  Yozuvchi   hikoyalarida   ko‘chim   turlaridan   shunchaki   fikrni   chiroyli
ifodalash,   badiiy   matnga   ko‘tarinkilik,   tantanavorlik   bag‘ishlash,   badiiy   bezak
berish   uchun   foydalanmaydi,   balki   ularga   ma lum   bir   g‘oyaviy   vazifa   yuklashda	
ʼ
xususiy   yashirin   ma noga,   ya ni   implitsitlikka   katta   e tibor   qaratadi.   Аynan   adib	
ʼ ʼ ʼ
hikoyalarida   metafora,   metonimiya,   sinekdoxalar   orqali   ifodalangan   implitsitlik
badiiy matnning lisoniy va badiiy-estetik qimmatini belgilashda muhim omil bo‘lib
xizmat qilgan. 
2.   Bahodir   Qobul   hikoyalarida   tarixiy   so‘zlarning   poetik   aktuallashuvga
moyilligi   aniqlandi.   Kuzatishlar   tarixiy   so‘zlarning   arxaizmlarga   xos   stilistik
vazifalarda kelishini tasdiqladi. 
3.   Har   qanday   til   birligining   uslubiy   imkoniyatlari   kabi   noadabiy   qatlamga
oid so‘zlarining semantik-stilistik imkoniyatlari ham matn doirasida oydinlashadi.
So‘z  tanlash  yozuvchi  ixtiyorida  ekan,  uni   qanday  usulda   bayon  etish   ham   uning
individual salohiyatiga, mahoratiga bog‘liq. Shu bois bu birliklar adib hikoyalarida
o‘ziga   xos   tarzda   poetik   aktuallashgan:   a)   Bahodir   Qobul   hikoyalarida   muallif
nutqida   qo‘llangan   dialektal   so‘zlar   orqali   ham   obrazlilik,   estetik-ta sirchanlik	
ʼ
katta mahorat bilan ifodalangan; b) adib hikoyalarida qo‘llangan etnografik so‘zlar,
asosan,   xalqning   turmush-tarzi,   e tiqodi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   milliy-estetik	
ʼ
hodisalarni yuzaga chiqarishga xizmat qilgan; v) yozuvchi hikoyalarida qo‘llangan
so‘zlashuv   tiliga   xos   leksik   birliklardagi   ‘belgining   ortiqligi’   ifoda   semasi
voqelikni   obrazli   ifodalashda   aktual   vazifa   bajargan.   So‘zlashuv   tiliga   xos   leksik
birliklar   orqali   implitsitlikning   ifodalanishi   bu   birliklarning   lisoniy   va   badiiy-
estetik   qimmatini   yanada   oshirgan;   g)   Bahodir   Qobul   hikoyalarida   vulgarizmlar
jonsiz   predmetlarga   nisbatan   ham   ishlatilgan.   Bunda   u   o‘ziga   xos   uslubiy   vazifa
bajarib,   implitsit   mazmun   ifodalagan   hamda   personajning   intim-ruhiy   holatini
65 qoliplovchi vositaga aylangan. 
4.   Ma lumki,   o‘xshatishlar   she riy   nutqda   kuchli   ekspressivlik   hosil   qiladi.ʼ ʼ
Bahodir   Qobul   ana   shunday   badiiy-estetik   vazifani   nasr   tilida   qo‘llangan
o‘xshatishlar orqali ifodalab, o‘ziga xos mahorat maktabini yaratdi. Hikoyalardagi
o‘xshatish qurilmalarini shakllantiruvchi grammatik vositalar yozuvchining badiiy
niyati bilan uyg‘unlashib, badiiyatni ta minlashda aktuallik kasb etgan. O‘xshatish	
ʼ
qurilmasining gap shaklida berilishi Bahodir Qobul xos lingvistik mahoratning bir
qirrasidir.
5.   Jonlantirish   hodisasi   metafora   tarkibida   emas,   balki   alohida   mustaqil
tasviriy   vosita   sifatida   o‘rganilishi   kerak.   Jonlantirish   usuli   ot   va   fe l   so‘z	
ʼ
turkumining   sintagmatik   munosabatidan   hosil   bo‘ladi.   Bunda   leksemalarning
o‘zaro aloqalanishida ulardagi ‘jonlilik’ va ‘jonsizlik’ semalari  zid bo‘lsa-da, ular
badiiy   nutq   uchun   me yoriy   holat   hisoblanadi.   Bahodir   Qobul   jonlantirishlardan	
ʼ
peyzajning   eng   yaxshi   ko‘rinishlarini   yaratar   ekan,   o‘rni   bilan   ulardan   voqealar
rivojiga   turtki   berish,   personajlar   ruhiyatini   ochish,   badiiy   g‘oya   bilan
umumlashtirish maqsadida istifoda etgan.
6. Bahodir Qobul grammatik takrorlardan foydalanar ekan, o‘rni bilan ularni
badiiy   maqsad   sari   yo‘naltira   olgan.   Natijada   birgina   takrorning   o‘zi   yozuvchi
yetkazmoqchi bo‘lgan fikrning ixcham, ta sirchan shakli bo‘lib xizmat qilgan.	
ʼ
7.   Yozuvchi   satirik-yumoristik   xarakterdagi   hikoyalarida   ko‘proq
kinoyaning assotsiativ  usulidan keng foydalanganki, bu uning o‘ziga xos uslubini
belgilaydi. Yozuvchining hikoya ekspozitsiyasidayoq kinoya usulidan foydalanishi
uning satirik asar yaratishdagi mahoratining bir qirrasi sifatida namoyon bo‘ladi.
8.   Ijodkor   qissada   kommunikatsion   vaziyatni   yuzaga   keltirar   ekan,   uning
semantikaga   qanday   ta’siri   borligini   va   o‘quvchiga   qay   tarzda   yetib   borishini,
uning diskursiv xarakterini hamda vazifasini ham inobatga ololgan.
Umuman,   Bahodir   Qobulning   semaqntik-stilistik   vositalardan
foydalanishdagi   individual   uslubi   biz   yuqorida   Abdulla   Qahhor   ijodi   bilan
solishtirganimizda 
1. o‘zining xalqchilligi, butkul xalq tiliga va diliga yaqinligi bilan;
66 2. dialektal qatlamga oid jihatlari nihoyatda ko‘pligi va murakkabligi 
bilan;
3. peyzaj yaratishdagi o‘ziga munosibligi bilan;
4. qahramonlar hayoti va taqdir kechinmalarining, ruhiyat tasvirlarining 
o‘ychangligi va milliy qiyofaning shaxsiylashgani bilan farqlanib 
turadi.
67 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
1. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat
tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi,
22 oktabr 2019.
2. КаримовИ . А .   Адабиётга э ътибор   –   маънавиятга ,   келажакка   э ътибор .   17-
том . – Т .:  Ўзбекистон , 2009, 264- б .
Ilmiy-nazariy adabiyotlar
3. Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 52-
53.
4. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент, 1962. – Б.
20-25; 
5. Турсунов   У .,   Мухторов   Ж .,   Раҳматуллаев   Ш .   Ҳозирги   ўзбек   адабий
тили . –  Тошкент :  Ўзбекистон , 1975. –  Б . 126;
6.   Алиқулов   Т .   Сўз   маъноларини   чегаралаш   масаласига   доир   //
Тилшунослик   ва   адабиётшуносликка   оид   тадқиқотлар .   Тўплам .   −   Тошкент ,
1965. –  Б . 6.
7. Кассирер Э. Сила метафоры // Теория метафоры. – М.: – 1990. – С. 33-43.
8. Қўнғуров   Р.   Ўзбек   тилининг   тасвирий   воситалари.   –   Тошкент:   Фан,
1977. – Б. 15-19; 
9. Миртожиев   М.   Кўрсатилган   асар.   –   Б.   51-75;   Мукаррамов   М.   Ўзбек
тилида ўхшатиш. – Тошкент: Фан, 1976. – Б. 11-15; 
10. Қиличев   Э.   Бадиий   тасвирнинг   лексик   воситалари.   –   Тошкент:   Фан,
1982. – Б. 71-79.
11. Усмонов С. Метафора // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1964. – №4.
– Б. 34-36; 
12. Миртожиев   М.   Лингвистик   метафоралар   таснифи   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти. – Тошкент, 1973. – №4. – Б. 57-61; 
13. Тохиров  З. Метафора   лексема-семемасининг  прагматик  семаси  //   Ўзбек
тили ва адабиёти. – Тошкент, 1983. – №1  – Б. 74-77 ;  
68 14. Қобулжонова   Г.   Метафора   –   номинациянинг   асоси   сифатида   //
(Анъанавий Аюб Ғуломхонлик материал - лари.) 2-чиқиш. – Андижон, 1995. –
Б. 90-91. 
15. Хасанов   А.   Абдулла   Қаҳҳор   ҳикоялари   тилининг   бадииятини
таъминловчи лексик-стилистик воситалар. НД. 2007
16. Усмонов С. Метафора // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1964. – №4.
– Б. 34-36;
17.   Миртожиев   М.   Лингвистик   метафоралар   таснифи   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти. – Тошкент, 1973. – №4. – Б. 57-61; 
18. Тохиров  З. Метафора   лексема-семемасининг  прагматик  семаси  //   Ўзбек
тили ва адабиёти. – Тошкент, 1983. – №1 – Б. 74-77; 
19. Мамадалиева   М.   Ўзбек   тилида   номинатив   бирликларнинг   коннотатив
аспекти: Филол.фан.ном… дисс. – Наманган, 1997. – Б. 82. 
20. Мамажонов С. Услуб жилолари. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти,
1972. – Б. 82.
21. Абдулла   Қаҳҳор.   Асарлар.   5   томлик.   –   Тошкент:   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1987.  Т.1. – 336 б.
22. Қодиров П. Тил ва дил. – Тошкент: Ўзбекистон, 1972. – Б. 12
23. Шарафиддинов О. Истеъдод жилолари // Абдулла Қаҳҳор.  Асарлар.  I  том.
– Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1967. – Б. 15. 
24. Қаранг :   Миртожиев   М .   Кўрсатилган   асар .  –   Б .  52-55;   Сувонова   Р .   Ўзбек
тилида   метонимия :  Филол . фан .  ном …  дисс . –  Самарқанд , 2001. –  Б . 7-11.
25. Қаранг :   Пинхасов   Я .   Ҳозирги   замон   ўзбек   тили   лексикаси .   –   Тошкент ,
1960. –  Б . 40; 
26. Алиқулов   Т .   Метонимия   ва   полисемия   //   Тилшунослик   ва
адабиётшуносликка   оид   тадқиқотлар   /   ФА   ТАИ   тўплами .   6- кт .   –   Тошкент :
Фан , 1965. –  Б . 59-61; 
27. Тохиров   З.   Метонимик   ҳосила   маъноларда   прагматик   семалар   //   Ўзбек
тили ва адабиёти. – Тошкент, 1985. – № 3. – Б. 28
28. Шукуров   И.К.   Перенос   значения   слов   в   узбекском   языке:   Дисс…   канд.
69 филол. наук. – Ташкент, 1978; 
29. Каримов С.А. Кўрсатилган докторлик диссертацияси. – Б. 167.
30. Шанский   Н.М.   Лексикология   современного   русского   языка.   –   М.:
Просвещение, 1964; Шу муаллиф. Устаревшие слова в лексике современного
русского языка. – РВШ. – 1954. – №3; Созанова И.К. Лексика и фразеология
современного русского языка. – М., 1964; 
31.  Калинин А.В. Лексика русского языка. – М., 1966;
32.   Гвоздев А.Н. Очерки по стилистике русского языка. – М., 1965; Ефимов
А.И. Стилистика русского языка. – М., 1969.
33. Раҳматуллаев   Ш.У.   Архаизм   ва   историзм   //   Научные   труды.   ТашГУ.
Вып.211, 1963;
34.  Қиличев Э. Бадиий тасвирнинг лексик воситалари. – Тошкент: Фан, 1982;
Шу муаллиф. Ўзбек тили практик стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1986; 
35. Шомақсудов А. Ўзбек тили стилистикаси.  I - II  қисм. – Тошкент, 1974; 
36. Шоабдураҳмонов   Ш   ва   б.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   –   Тошкент:
Ўқитувчи, 1980; 
37. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. – Тошкент: Фан, 1981; 
38. Бегматов   Э.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилининг   лексик   қатламлари.   –
Тошкент, 1985; 
39. Шарафиддинов О. Истеъдод жилолари // Абдулла Қаҳҳор. Асарлар.  I  том.
– Тошкент, 1967. –Б. 8. 
40. Бу   ҳақда   қаранг:   Миртожиев   М.   Ўзбек   тилида   синекдоха   ва   унинг
турлари   //   Тилшунослик   ва   адабиётшуносликка   оид   тадқиқотлар   /   ФА   ТАИ
тўплами. 6-кт. – Тошкент: Фан, 1965. – Б. 119-126
41. Қаранг: Шомақсудов А., Расулов И. ва б. Кўрсатилган асар. – Б. 238-239. 
42. Шанский   Н.М.   Лексикология   современного   русского   языка.   –   М.:
Просвещение, 1964; 
43. Созанова И.К. Лексика и фразеология современного русского языка. – М.,
1964;
44.  Калинин А.В. Лексика русского языка. – М., 1966; 
70 45. Абдураҳмонов   Х.,   Маҳмудов   Н.   Сўз   эстетикаси.   –   Тошкент:   Фан,   1981;
Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. – Тошкент,
1985; 
46. Файзуллаев   Б.   Диалектизмы   в   художественных   произведениях:
Автореф.дисс…   канд.   филол.наук.   –   Ташкент,   1979.   –   С.   24;   Шу   муаллиф.
Бадиий адабиётда диалектизмларнинг стилистик вазифалари // Тилшунослик
масалалари. – Тошкент: Фан, 1978. – Б. 203-212;
47. Йўлдошев   М.   Бадиий   матн   ва   унинг   лингвопоэтик   таҳлили   асослари.   –
Тошкент: Фан, 2007. –Б. 60. 
48. Қиличев   Э.,   Раҳимов   А.,   Қўшшаева   Н.   Нутқда   ғайриахлоқий   сўзларнинг
ҳам   ўрни   бор   //   Таълим   жараёнида   нутқ   маданиятини   шакллантириш
масалалари. – Тошкент: Шарқ, 1999.Қиличев Э. Кўрсатилган асар. – Б. 63.
49. Йўлдошев   М.   Бадиий   матн   ва   унинг   лингвопоэтик   таҳлили   асослари.   –
Тошкент: Фан, 2007. –Б. 60.
Badiiy adabiyotlar
50.   Xudoyberdi To‘xtaboyev “Besh bolali yigitcha” Toshkent “Yangi asr avlodi” 
2009   www.ziyouz.com  kutubxonasi
51. Bahodir Qobul “Ena shamol”
52. Bahodir Qobul “Otachiroq”
71

BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASI TILINING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATI MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………….3-5 I BOB. BAHODIR QOBUL QISSALARIDA SO‘Z KO‘CHMA MA’NOSINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI………………6-21 1.1. Yozuvchining metafora va metonimiyalardan foydalanish mahorati……………………………………………………………………..6-14 1.1.1 Ot-metaforalar………………………………………………………..6-10 1.1.2 Sifat metaforalar……………………………………………………...10-14 1.2. Yozuvchining metonimiyalardan foydalanish mahorati……………..14-16 1.3. Yozuvchining sinekdohalardan foydalanish mahorati……………….16-19 Birinchi bob bo‘yicha xulosalar……………………………………...19-21 II BOB. BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASIDA CHEGARALANGAN LEKSIKANING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI………………………………………………………...22-52 2.1. Yozuvchining eskirgan so‘zlardan foydalanish mahorati……………….22-23 2.1.1. Tarixiy so‘zlar………………………………………………………....23-26 2.1.2 Arxaizmlar……………………………………………………………...26-28 2.2. Yozuvchining noadabiy qatlamga oid leksik birliklardan foydalanish mahorati………………………………………………………………………28-51 2.2. 1. Dialektizmlar………………………………………………………….28-39 2.2.2. Etnografik so‘zlar………………………………………………….......39-41 2.2.3. Og‘zaki nutqqa oid so‘z va iboralar……………………………….......41-45 2.2.4. Vulgarizm va varvarizmlar…………………………… ………….......45-51 Ikkinchi bob bo ‘ yicha xulosalar............................................................51-52 III BOB. BAHODIR QOBULNING SEMANTIK-STILISTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH MAHORATI. ASAR TILIGA DISKURSIV YONDASHUV ……………………………………………...53-66 3.1 O‘xshatish………………………………………………………………..53-56 3.2. Jonlantirish………………………………………………………………56-57 3.4. Badiiy takror va kinoya………………………………………………….57-59 3.5. Asardagi personajlar muloqotida kommunikativ vaziyatni yuzaga keltiruvchi birliklar. Diskursiv yondoshuv………………………………….59-65 Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar………………………………………..65-66 XULOSA ……………………………………………………………………67-69 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………69-73 0

KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: XX -asr o‘zbek adabiy tilining umummilliy adabiy til darajasiga ko‘tarilishi va rivojlanishida o‘ziga xos davr bo‘ldi. O‘zbek milliy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, adabiy tili, adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va taraqqiy etishida badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib hizmat qiladi. Adabiy tilning badiiy mukammallika, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida so‘z san’atkorlarining mashaqqatli xizmaatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu boisdan ularning asarlari tili va uslubini lingvistik jihatdan o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda “Bahodir Qobulning “Ena shamol” qissasi tilining semantik-stilistik xususiyati” mavzusi dolzarb va o‘rganish uchun muhim obyekt sanaladi. Tadqiqot ob y ekti: . Bahodir Qobilning “Ena shamol” to‘plamidagi “Ena shamol”, “Oqdala”, “O‘spirinlik” qissalari. (qo‘shimcha manba yozuvchining “Otachiroq” to‘plamidan “Otachiroq” hikoyasi) Tadqiqot predmeti: Qissadaning semantik-stilistik jihatlari talqini. Mazkurdagi so‘z ko‘chma ma’nolarining hamda chegaralangan leksikaning talqini. diskursiv qarashlar izohi. Tadqiqot ishining maqsadi: - Mavzuga doir o‘quv adabiyotlari bilan tanishib chiqish jarayonida yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish; - Bahodir Qobulga xos lingvistik mahoratni belgilashda yozuvchining “Ena shamol” qissasi tilining badiiyatini ta’minlovchi leksik-stilistik vositalarni lingvopoetik hamda pragmalingvistik jihatdan tahlil qilish dissertatsiyaning asosiy maqsadi. - Sheva unsurlarini yig‘ish va uni to‘g‘ri taqsimlash, undagi areal hududlardan kelib chiqqan holda shevalarning xususiyatlarini o‘rganish etib belgilandi. Qissaning barcha tomonlari rejaga muvofiq ochib berilgach maqsadga yetiladi. 1

- Olib borilgan izlanishlar yuzasidan taklif, metodik tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berish. Tadqiqotning vazifalari: - tilshunoslikda badiiy so‘z semantikasi masalalari hamda ularn ing xususiyatlarini o‘rganish; - badiiy so‘zga ixtisoslashish jarayoniga doir qarashlarning tayanch nuqtalarini topish; - Mavzuga doir o‘quv adabiyotlari bilan tanishib chiqish jarayonida yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish , badiiy asar tili semantikasi va stilistikasi yuzasidan aniq xulosalar chiqarish, tegishli mutaxassisliklar uchun badiiy asar tili stilistikasining sintaktik funksiyalarining ilmiy metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda o lib borilgan izlanishlar yuzasidan taklif, metodik tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi : - Grammatikaning semantika va stilistika bo‘limi, ularning badiiy asar tili bilan aloqasiga doir ilmiy-nazariy qarashlar tahlilga tortildi;. - Semanlarinintikaning badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, qoidalari sintaktik nuqtayi nazardan o‘zaro qiyoslandi; - So‘zlarning morfologik, semantik va sintaktik xususiyatlaridan yuzaga keladigan mazmuniy munosabatlari asoslab berildi; - gap bo‘laklariga ixtisoslashish jarayonining tayanch nuqtalari aniqlandi hamda tegishni mulohazalar asosida ochib berildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqot ishida badiiy asar tiliga doir tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, bu borada samarali natijalarga erishish mumkin, agar: 1. o‘zbek tilshunosligida badiiy asar tili so‘zining shakllari, tuzilishi va mazmuni o‘rganilsa; 2. mazvuning jahon tilshunosligi bilan o‘zaro umumiy va xususiy jihatlari tahlilga tortilsa 2

3. badiiy asar tili semantikasi tafsifi jihatidan umumiy, barcha uchun universal bo‘lgan qoidasining yaratilishi yuzasidan xulosalar berilsa; 4. mazkur mavzu yuzasidan chiqarilgan xulosalar, tavsiyalar hamda tajribalarni ta’lim jarayoniga tadqiqot predmeti sifatida olib kirilsa. Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).ʻ Tilshunoslikning sematika stilistika bo‘limi yuzasidan juda ko‘plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. N.A.Baskakov, S.Karimov, A.S.Sodiqov, G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, E.Fozilov, U.Tursunov, B.O‘rinboyev, A.Hojiyev, A.G‘ulomov, I.Azimov, N.Abdurahmonov, A.Nurmonov, M.Boshmonov, J. Eltazarov kabi olimlarning yaratgan ilmiy asarlari bu jihatdan xarakterli. Tadqiqotda qo llanilgan metodikaning tavsifi. ʻ Mazkur tadqiqot ishida tavsifiy, qiyoslash, tahliliy, statistik metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotning nazariy ahamiyati: hozirgi o‘zbek tilida semantika- stilistikaning badiiy asar tili nuqtayi nazaridan xususiyatlari,tavsiflarini qamrab oluvchi grammatik tadqiqotlartning ilmiy-nazariy tavsifi borasida izlanishlar olib borish hamda tegishli xulosalar chiqarish. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Magistrlik dissertatsiyasida yoritilgan nazariy va amaliy masalalardan tilshunoslik, umumkasbiy, pedagogik, metodik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, uslubiy tavsiya va ishlanmalar yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida bundan tashqari dialektologik amaliyotlarni olib borish jarayonlarida samarali foydalanish mumkin. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘quvchilarni ongli ravishda ilmiy izlanishlar olib borishlariga ham ko‘maklashadi. Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi tuzilish jihatdan kirish, 3 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat . 3

I BOB. BAHODIR QOBUL QISSALARIDA SO‘Z KO‘CHMA MA’NOSINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI 1.1. Yozuvchining metafora va metonimiyalardan foydalanish mahorati 1.1.1. Ot –metaforalar Til insonlarga xizmat qiladigan, Yer yuzining yaratuvchisi tomonidan odamzodga ato etilgan eng buyuk ne’matlardan biridir. Kishi jamiyatga ta’sir etar ekan, bu borada tilning ahamiyati, o‘rni haqida uzoq gapirishga hojat ham yo‘q. negaki, til orqali jamiyat ravnaq topsa, til ham jamiyat orqali mavjud bo‘ladi. Tilning qudrati shu darajadaki, u kishini hayolot olamining eng yuqori cho‘qqisiga olib chiqishi, istasa, undan pastga qulatishi ham mumkin. Dunyo yaralibdiki, til butun bashariyatga xizmat qilib kelish barobarida barcha insonlar undan o‘z ehtiyojlari yo‘lida foydalanib kelmoqdalar. Til doimiy rivojlanishda bo‘lganligi sabab har davrning o‘ziga xos bo‘lgan so‘zlashish usuli, unda yaratilgan manbalar turli xillikni tashkil etadi. Preziden Sh.Mirziyoyev tilning ahamiyati to‘grisida to‘xtalar ekan, quyidagi fikrlarni aytib o‘tadi: “ Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar” 1 . XX -asr o‘zbek adabiy tilining umummilliy adabiy til darajasiga ko‘tarilishi va rivojlanishida o‘ziga xos davr bo‘ldi. O‘zbek milliy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, adabiy tili, adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va taraqqiy etishida badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib hizmat qiladi. Adabiy tilning badiiy mukammallika, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida so‘z san’atkorlarining mashaqqatli xizmaatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu boisdan ularning asarlari tili va uslubini lingvistik jihatdan o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Zero, “o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi, avlodlar o‘rtasidgi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namayon bo‘ladi. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, “Har boir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘an oyinai hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qatmakdur”. 1 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi, 22 oktabr 2019. 4