Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash masalalari







![bilimlarni o’zlashtirishda mavjud bilimlarga tayanish, o’quv materialining ma’lum
darajada navbatdagi bosqichlarda qo’llanilishi, o’quv-tarbiya jarayoni bosqichlarining
davomiyligini anglatadi. Mazkur hodisa o’quv predmeti materiallarini joylashtirish hamda
ushbu predmet (fan) asoslarini o’zlashtirish faoliyati turlarining samarali tanlanishiga
yordam beradi. Bu jarayonda quyidagi ikki omil: muayyan fanning mazmuni mantig’i (o’quv
predmetida uzviylikning mavjudligini aniqlovchi jihatlar o’quv predmeti mazmunini tashkil
qiluvchi tushuncha, qonun va dalillar. O’zaro organik bog’lanuvchi avval va keyin
o’zlashtirilgan muayyan soha bilimlari mohiyatini ma’lum ketma-ketlik asosida asta-sekin
ochib berilishini ta’minlovchi harakatlar) hamda bilimlarini o’zlashtirish jarayonining
qonuniyatlari (didaktik jihatdan qayta ishlanmagan muayyan soha bilimlarining o’quv
predmetiga to’g’ridan-to’g’ri singdirilishiga yo’l qo’ymaydigan harakat, amal)ni inobatga
olish muhim ahamiyatga ega. Pedagogika sohasiga oid adabiyotlarda uzviylik tushunchasiga
turlicha ta’riflar
berilgan. Masalan, B.G.Ananyev «uzviylik» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi:
«Ta’limdagi uzviylik o’quvchilar fan asoslarini egallash jarayonida olgan bilimlar tizimining
vaqt nuqtai nazaridan rivojlanishidir» [1]. Sh.I.Ganelin fikricha, «...uzviylik - bu o’quvchilar
tomonidan o’rganilayotgan o’quv
materiali uchun tayanch bo’luvchi mavjud bilim, ko’nikma va malakalarning amalda shunday
qo’llanilishi va istiqbol rivojlanishidirki, ular asosida bilimlar o’rtasida turli aloqalar yuzaga
keladi, kursning asosiy g’oyalari ochiladi, eski va yangi bilimlarning o’zaro aloqadorligi
ta’minlanadi, natijada o’quvchilarda puxta va chuqur bilimlar tizimi shakllanadi». Ba’zi
tadqiqotlarda esa uzviylik qonuniyat, tamoyil, omil, sharoit, usul, qoida, vosita sifatida e’tirof
etiladi. «Tor ma’noda uzviylik jarayoni - bu ta’limning turli bosqichlari orasidagi ketma-
ketlik uzilishlarini to’ldiruvchi pedagogik namoyishlarning tartibi. Keng ma’noda - bu
namoyishlar pedagogik faoliyatning umumiy kontekstiga kiritiladi».
Shunday qilib, uzviylik tushunchasi ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan tizimlilik](/data/documents/cb7bb62b-aaee-4f87-9d0a-32e73301611b/page_8.png)




















Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash masalalari Kirish I BOB. Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlashning pedagogik va metodik asoslari. 1. Birinchi sinf matematika ta’limida uzviylik tushunchasi va ta’minlanishi. 2. Birinchi sinf matematika ta’limida uzviylikni ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlari. II BOB. Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash metodikasi 1. O’n ichida sonlarni o’rganishda uzviylikni ta’minlash yo’llari. 2. Yuz ichida sonlarni o’rganishda uzviylikni ta’minlash yo’llari. III BOB. Pedagogik va metodik sinov va uning natijalari. Umumiy xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Annotatsiya: Malakaviy bitiruv ishida uzviylik tushunchasi berilgan bo`lib, uzluksiz ta’lim tizimining har bir turida o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablarni o`zaro bog’lig’ligi va o’quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishi, bilimlarini o’zlashtirish jarayonining qonuniyatlari keltirilgan. Kalit so’zlar : uzviylik, tushuncha, uzluksiz ta’lim tizimi, bilim, ko’nikma, matematik ta’lim, o`qitish metodlari, cheksiz kichik va cheksiz katta miqdorlar, Аннотация. Настоящая статья является примером применения инновационных методов в преподавании математики в вузе, вопросах развития преемственности, внутрепредметной связи межу математикой ВУЗа и профессионально-технических колледжей Ключевые слова: цели и задачи, методы обучения, пространственные представления,логическое мышление, преемственность обучения школы и колледжа, внутрипредметные и межпредметные связи
Kirish Boshlang’ich ta’limda qo’yiladigan asosiy talablardan biri boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan matematika materiallarida uzviylikni to’la ta’minlash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich matematik ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Boshlang’ich ta’lim matematika darslarida uzviylikni ta’minlash uchun matematika darslarining mazmun va mohiyatidan kelib chiqib darslar asosli va tizimli bo’lishini ta’minlash lozim. Ayniqsa, har bir matematik bilimlar bo’yicha boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil bo’lishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar kompetentligini aniqlash, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish natijasini baholash, boshlang’ich matematika ta’limiga zamonaviy va pedagogik texnologiyalarni o’rinli va maqsadli singdirish, o’quvchilarda darsliklardan va o’quv-metodik adabiyotlardan mustaqil foydalana olish imkoniyatlarini oshirish o’quvchilarning o’z fikrlarini mustaqil bayon qilishlarini tarbiyalab berish zarur hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim matematika ta’limida o’quvchilar bilim darajasini oshirish, o’quvchilar olgan bilim, ko’nikma va malakalarini kundalik faoliyatlarida qo’llashga, eng muhimi ta’limning keyingi bosqichlarida tayyorgarlik vazifasini bajarishda bosh omil hisoblanadi. Bu esa boshlang’ich matematik ta’limda uzviylikni ta’minlash demakdir. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinf matematika darslarida beriladigan bilimlarni uzviy bog’liqlikda amaliyot bilan uyg’unlashgan holda tizimli ravishda o’quvchilarga yetkazib berish dolzarb hisoblanadi.
Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylik muammosi uzliksiz ta’lim bilan bog’liqlik tomonlari asosan o’zbek pedagogikasida I.Qodirov, Sh.S.Sharipov, N.G’aybullayev, J.Ikromov, M.Raemov, N.Saidahmedov, E.Bozorova, Sh.Levenberg, N.U.Bekboyeva, M.Axmedov, M.Jumayev, N.Shodiyev, E.X.Nazarovlar tomonidan umumiy tarzda va qisman tadqiq qilishgan. Lekin uzviylik muammosi o’zining to’la yechimini topmagan. Malakaviy bitiruv ishi Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti “boshlang’ich va texnologik ta’lim” kafedrasining 2021-2022 o’quv ishlariga mo’ljallangan ilmiy ishlar rejasi doirasida bajarildi. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi: Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylikni ta’minlash asosida o’quvchilarning bilish kompetentligini oshirish. Shunungdek, uzviylikni ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini va unga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Malakaviy bitiruv ishining vazifasi: - boshlang’ich matematika ta’limida mavjud ishchi o’quv dasturlari va uning tarkibiy qismlari asosida uzviylikni ta’minlash; - boshlang’ich matematika ta’limi tizimida o’quvchilar kompetentligini uzviylik muammosi asosida shakllantirish tamoyillarini belgilash; boshlang’ich matematika ta’limi jarayonida uzviylik muammosining bir qator muhim masalalari atrofida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va olingan natijalarning tahlili asosida metodik xulosalar chiqarish. Malakaviy bitiruv ishining asosini boshlang’ich matematika ta’limi tizimida uzviylikning ta’minlanish darajasini aniqlash va shu uzviylik muammosi yo’nalishida o’quvchilar kompetenqiyaviy bilish darajasini rivojlantirish hamdao’quvchilarning egallagan matematik bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo’llashga yo’naltirish va ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni muvoffaqiyatli davom ettirishlari uchun matematik tayyorgarliklarini ta’minlash.
Malakaviy bitiruv ishining yoritilish usullari. Malakaviy bitiruv ishini yoritishda mavzuga doir boshlang’ich matematika ta’limi darsliklari, o’qituvchilarga metodik yordam qo’llanmalari, “Xalq ta’limi” va “Boshlang’ich ta’lim” jurnallari sahifalarida mavzuga oid berilgan maqolalarni o’rganish va ularni tahlil qilish, pedagogic amaliyot davridagi kuzatishlar, dars tahlillari, suhbatlar, anketa so’rovlari, o’qituvchilarning ish tajribalaridan tahlil asosida foydalanildi. Malakaviy bitiruv ishining yangiligi, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylikni ta’minlashga erishish, bunda o’quvchilarning yoshi bilan bog’liq xususiyatlarni e’tiborga olgan holda o’quvchilarning kompetenqiyaviy bilim darajasini rivojlantirish yo’llari o’rganildi. 2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’qitishning uzviyligini ta’minlash asosida o’quvchilarda puxta hisoblash ko’nikmalarini o’stirishga erishildi. 3. Asosiy masalalarni yechishda arifmetik amallarni o’quvchilarning puxta qo’llay olishimkoniyatlari rivojlantirildi. Boshlang’ich sinflar matematika dasturlarida berilgan mavzular o’zaro muvofiqligi uzviylik muammosi asosidao’rganildi va tegishli xulosalar berildi.