BOLALAR FOLKLORINING O‘ZIGA XOS BADIIY XUSUSIYATLARI
![BOLALAR FOLKLORINING O‘ZIGA XOS BADIIY
XUSUSIYATLARI
M U N D A R I J A
I. Kirish ……………………………………………………………………….5
II. Asosiy qism:
I BOB. BOLALAR FOLKLORI – XALQ OG‘ZAKI IJODNING TARKIBIY
QISMI SIFATIDA ………………………………………………………………10
1.1. Bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari ……………………………….10
1.2. Bolalar folklorining o‘rganilish tarixi …………………………...................25
Birinchi bob xulosasi…………………………………………………………….28
II BOB. ALLA JANRI VA UNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI ………………………………………………………...........31
2.1. Bolalar folklori janrlari va alla qo‘shiqlari ……………………… ………… 31
2.2. Alla qo‘shiqlarining mohiyati …………………………………… ………… 40
Ikki nchi bob xulosasi…………………………………………………………….49
III BOB. O‘YIN FOLKLORINING BOLALAR TARBIYASIDAGI
O‘RNI …………………………………………………………………………….51
3.1. Bolalar o‘yin folklori va sanamalar …………………………………………51
3.2. Bolaligim, seni sog‘indim……………………………………………………
62
Uchinchi bob
xulosasi …………………………………………………………….71
UMUMIY XULOSA ……………………………………………………………..73
Foydalanilgan adabiyotlar ………….…………………………………………...76
ILOVALAR …………………………………………………………....................81
1](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_1.png)
![KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon
adabiyotshunosligida bolalar folklori va adabiyoti kattalar folklori va
adabiyotining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. Shu sababli yuz yillardan beri
insoniyatning ziyoli qatlami bolalar adabiyoti va folkloriga alohida mehr bilan
yondashib, ularni mukammal o‘rganishga bel bog‘lashgan.
Dunyo adabiyotshunosligi va folklorshunosligida, ilm-fanning hozirgi
taraqqiyot bosqichida, bolalar og‘zaki ijodiga bo‘lgan turlicha yondashuv,
alohida olingan bolalar folklori janrlarining badiiy olamini, poetik
konsepsiyasini o‘rganish va ularning taraqqiyotini bugungi mezonlar asosida
tadqiq etishni shart qilib qo‘ymoqda. Zero, bolalar folklori o‘zining xilma-xilligi
bilan noyob hodisadir: unda alla, erkalovchi qo‘shiqlar, sanamalar, o‘yin folklori
janrlari kabi juda ko‘p turli xil janrlar mavjud bo‘lib, ularning har biri bola
hayotining deyarli barcha davrlari bilan bog‘liq. Har bir janrning o‘z tarixi va
maqsadi bor. Ba’zilar qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan, boshqalari yaqinda, ular
ko‘ngil ochish uchun mo‘ljallangan va bular biror narsani o‘rgatish uchun,
boshqalari kichkina odamga katta dunyoda harakat qilishga yordam beradi.
Mazkur Bitiruv malakaviy ishimizda o‘zbek bolalar folklorining o‘ziga xos
badiiy xususiyatlari, tarixi, onalar qo‘shiqlari, o‘yin qo‘shiqlari, sanamalar
ularning poetik jihatlari haqida so‘z yuritib, bolalar tarbiyasi va ijodiy
qobiliyatining o‘stirishidagi o‘rni xususida so‘z yuritamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.05.2019 yildagi PQ-4320-son
“ Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019
yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi
2](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_2.png)
![va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-fevraldagi 124-
F-son “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish
va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani
o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu Bitiruv malakaviy
ishi muayyan darajada xizmat qilishi mumkin.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi . Jahon bolalar folkloriga oid,
ayniqsa, Yevropa va AQSh olimlari tomonidan ko‘plab va muhim ishlar amalga
oshirilgan. Ularda bu sohaning ilgarilab ketishiga u yerdagi ijtimoiy
munosabatlar va iqtisodiy taraqqiyot ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zbek
folklorida ham bu sohada ma’lum tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. 1937-yilda
Elbek to‘plab, tartib berib “ Bolalar qo‘shig‘I ” to‘plamini chop ettirdi. 1984-
yilda O.Safarov “ O‘zbek xalq ijodi ” seriyasida “ Boychechak ” to‘plamini tartib
bergan. O‘zbek bolalar folklorini o‘rganish 60 yillardan e’tiboran izchillasha
bordi. Z.Husainovaning “O‘zbek topishmoqlari” (1966), G‘.Jahongirovning
“O‘zbek bolalar folklori” (1975), shuningdek, O.Safarovning “Bolalarni
erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari” (1983), “O‘zbek bolalar poetik folklori”
(1985), “Alla-yo alla” (1999), “Chittigul” (2004), Sh.Galievning “O‘zbek
bolalar o‘yin folklori” (1998), E.Musurmanovning “Bolalar folklori” (2002)
singari tadqiqotlar yaratildi. Sanama janri bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan
Sobit Avezov 2004-yilda “Sanama janri tabiati va badiiyati” mavzusida
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Buxorolik tadqiqotchi Nigora
Safarova 2005-yilda “O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi,
va badiiy xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
O‘zbek bolalar o‘yinlar tasnifi G‘.Jahongirov, O.Safarov, Sh.Galiev tomonidan
bajarilgan. Xorazmlik tadqiqotchi Ro‘zmetov Hamid 2006-yilda “Xorazm
bolalar folklori (lokal xususiyatlari, tasnifi va badiiyati)” mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Tadqiqotchi Xorazm beshik qo‘shiqlari, allalar,
aytim-olqishlar, suyish qo‘shiqlari: ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar,
3](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_3.png)
![erkalamalar, bolalar taqvimi poeziyasining “yo ramazon” aytimlari, bolalarning
balog‘at qo‘shiqlari, ya’ni tegishmachoqlarni to‘plab qiyosiy o‘rgandi. Sherali
Turg‘unov 2019 yilda “Namangan bolalar folklorining janrlar tarkibi va lokal
xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
dissertatsiyasini yoqladi. Namanganlik tadqiqotchi viloyatdagi sanama, qo‘shiq,
topishmoq, tez aytish, chandish, erkalama, ovutmachoq, tegishmachoq, alla,
guldur-gup, havzak, bolalar ertaklari, bolalar latifalari singari janrlariga e’tibor
qaratdi.
Bugungi kunga qadar o‘zbek bolalar folklori poetik talqini, ularning o‘ziga
xos va mushtarak jihatlari Bitiruv malakaviy ishi doirasida maxsus tadqiqot
ob’ekti sifatida o‘rganilmagani mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishi bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-
tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Bitiruv malakaviy ishi Samarqand
davlat universiteti, mumtoz adabiyot tarixi kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari
rejasiga muvofiq amalga oshirilgan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. O‘zbek bolalar folklori janrlar va
uslublar rang-barangligi, badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotini tahlil qilish, alla
qo‘shiqlari va harakatli o‘yinlar, ularning debochasi bo‘lgan sanamalarning
g‘oyaviy-badiiy, tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish Bitiruv malakaviy ishining
asosiy maqsadidir.
“ Bolalar folklori ni” o‘rganishdan maqsad.
Kelgusida bolalar folkori sohasida tarixiy-madaniy bilimlar majmuasi
bilan qurollangan, boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi, mutaxassisni
shakllantirish;
An’anaviy madaniyat va folklorga asoslanib bo‘lajak tarbiyachi va
boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarining umumiy madaniyatini tarbiyalash va
milliy o‘zligini anglashlarini mustahkamlash:
– ijodning o‘ziga xos mahsuli bo‘lgan bolalar folklorining o‘ziga xos
xususiyatlari va yozma adabiyotdan farqli jihatlarining nazariy tushunchalarini
shakllantirish;
4](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_4.png)
![- folklorning asosiy janrlari, xususiyatlari, poetik tizimi,
mundarijasini o‘rganish, folklor matnlarining yaratilishi, genezisi, evolyusiyasi,
zamonaviy holati bilan tanishish;
- folklor-adabiy aloqalarining, folklor asarlari va hodisalari
talqinlarining filologik analiz metodlari va usullarini egallash;
- folkor materiallarini yig‘ish, sistemalashtirish, ilmiy nashri, xalq
og‘zaki ijodini o‘rganish, folklor haqidagi fandagi baxsli munozaralar bilan
tanishtirish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
Dunyo bolalar folklorini o‘rganish, ijodkorlarning davr adabiy jarayoni
rivojiga qo‘shgan hissalarini aniqlash;
Bolalar folklori va adabiyotining tarixi va nazariy jihatlarini asoslash;
Alla va o‘yin folklorida mavzu va g‘oya mushtarakligi, shakl va mazmun,
his-tuyg‘u va kechinma uyg‘unligini, mavzu-mundarijasini yoritish;
Sanamalarning voqealanishi va xilma-xilligini o‘rganish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida o‘zbek bolalar folklori, alla qo‘shiqlari va
bolalar harakatli o‘yinlariga doir ilmiy asarlarni o‘rganish, folklor materiallarini
tadqiqot doirasiga tortish.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida tarixiy-madaniy, analitik
tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jahon folklorshunosligida bolalar folkloriga mansub bo‘lgan alla
qo‘shiqlari, harakatli o‘yinlar, sanamalar keng tarzda o‘rganilgan va yangicha
g‘oyalar bilan boyitilgan.
Chet el, o‘zbek adabiyotshunos va folklorshunoslarining nazariy
qarashlari asosida ilmiy-tavsiyaviy fikrlar keltirilgan;
Bolalar folklori qiyosiy va chog‘ishtirma jihatlar bilan tahlil qilingan.
Bolalar folkloriga oid ilmiy-pedagogik xulosalar keltirilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon
qilingan ma’lumotlar va tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan metodlar va nazariy
5](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_5.png)
![ma’lumotlarning ishning maqsadiga mosligi, bolalar folklorini o‘rganishda
tahlilga tortilgan folklor asarlari va nazariy ma’lumotlarning ilmiy uslublar
vositasida asoslanganligi, keltirilgan mulohaza va xulosalarning amaliyotga
tatbiq etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan
ma’qullanganligi bilan izohlanadi.
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Bolalar folkloriga oid tadqiqot va monografiyalar yaratish, adabiy aloqalar va
adabiy ta’sir masalalarini tadqiq etishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat
qilishi bilan asoslanadi.
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati Bitiruv malakaviy
ishi xulosalari va tavsiyalaridan qo‘llanmalarni yaratish, ma’ruza va seminar
mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishda foydalanish mumkinligi.
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining e’lon qilinishi. Bitiruv malakaviy
ishi mavzusi bo‘yicha umumiy 8 ta nashr va 3 ta ko‘rsatuv tayyorlandi,
jumladan, 2 ta nufuzli respublika jurnallarida, 3 ta xalqaro va respublika
konferensiyalari materiallarida va 5 ommaviy matbuot nashrlarida (“Jamiyat”,
“Zarafshon” (2ta), “Vestnik Samarkanda”, “Samarqand” gazetalarida) e’lon
qilindi, MTRK “Oltin meros” va “Milliy qadriyatlarimiz”, “Bolalar vaqti”
ruknlarida ko‘rsatuvlar tayyorlandi (ularning nusxalari Bitiruv malakaviy ishiga
ilova qilindi).
Bitiruv malakaviy ishining hajmi va tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi
kirish, uch asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
bo‘lib, ishning umumiy hajmi 83 sahifani tashkil qiladi.
6](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_6.png)
![Birinchi bob
BOLALAR FOLKLORI – XALQ OG‘ZAKI IJOD I NING
TARKIBIY QISMI SIFATIDA
1.1. Bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari
Xalq og‘zaki ijodi yoki boshqacha nomi folkor bo‘lgan badiiy ijod, yozma
adabiyot kabi yaxlit adabiyotni, so‘z san’atini anglatadi. Abdurauf Fitrat
yozganidek: “Adabiyot — fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar
yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni
yaratmoqdir” 1
.
Adabiyot (arab. — adab so‘zining ko‘pligi) — 1. Fan va amaliyotning biror
sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (tarix va arxitekturaga,
qishloq xo‘jaligiga oid adabiyot, texnikaviy adabiyot, siyosiy adabiyot va b.). 2.
San’atning bir turi ( “ badiiy adabiyot ” deb ham ataladi); voqelikni so‘z
yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Biz ishimizda adabiyotning birinchi
ta’rifini emas, balki ikkinchi ta’rifini nazarda tutamiz. Rahmatli folklorshunos
olim Bahodir Sarimsoqov adabiyotni folklorga bog‘lab, shunday ta’riflaydi:
“Adabiyot avval og‘zaki bo‘lgan, yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng, yozma
shaklga o‘tgan. Adabiyot so‘z orqali insonning his-tuyg‘ularini keng va chuqur
aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi
hisoblanadi. Badiiy adabiyotning etakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud 2
.
Y u qorida keltirilgandek, adabiyot san’atning bir turidir. Taniqli
folklorshunos olim Omonulla Madaev keltirishicha, “ san’atning naqsh, musiqa,
1
Фитрат. А. Адабиёт к o идалари, Т., « Ўқ итувчи», 1995, -Б. 22
2
Саримсоқов Б. Адабиёт. Uztext.com « Энсиклопедия » « А ҳарфи ». (Elektron manba: https:
https://uztext.com/67822-text.html , murojaat etilgan sana: 04.03.2022)
7](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_7.png)
![haykaltaroshlik, ganchkorlik, o‘ymakorlik, raqs, badiiy adabiyot kabi o‘nlab
turlari bor. Ularning har biri o‘z quroliga ega. Ammo ayrim imoratlar oldidagi
savlat to‘kib o‘tirgan sherlar, raqs guruhlarida chetda turgan rahbariga qarab
harakat qilayotgan raqqosalar, ma’nosiz qofiyalangan she’rlarning san’atga hech
qanday aloqasi yo‘q. Chunki qayd etilgan vaziyatlardagi “san’at” asarlari bizda
hech qanday hayrat tuyg‘usini uyg‘otmaydi. Haqiqiy san’at asari bilan
muomalada bo‘lganimizda esa ruhiyatimizda muayyan hissiy o‘zgarishlarni
sezamiz. San’at asari odamda inson iqtidori, mahorati, aqli, zakovati, o‘ziga xos
kashfiyoti bilan mazkur asarga nisbatan hayrat, qoyil qolish tuyg‘usini
uyg‘otishi kerak. Aynan shu fazilati bilan san’at namunasi ruhiyatimizni
boshqaradi” 1
. Rahmatli ustozlar Abdurauf Fitrat va Omonulla Madaev ta’rifiga
asoslansak, badiiy adabiyotning “ hayrat, qoyil qolish tuyg‘usini uyg‘otadigan”,
“ to‘lqinlantiradigan so‘zlari” uni san’at darajasiga olib chiqarkan. Xuddi
shunday ta’rif adabiyotning bir bo‘lagi bo‘lgan folklorga, jumladan, bolalar
folkloriga ham tegishli. Chunki bolalar folkloriga tegishli bo‘lgan alla, erkalama,
marosim-mavsum qo‘shiqlarida ham insonni to‘lqinlantiradigan,
o‘ylantiradigan, quvnatadigan xususiyatlari bor. Ona chaqaloqqa alla aytar ekan
gohida g‘amgin bo‘lib, dardlarini to‘kib sochadi, ayrim holda ko‘tarinki kayfiyat
bilan bolasiga ulug‘ kelajakni tilaydi, porloq hayotini bashorat qiladi.
Vaqt o‘tishi bilan bolalar folklori asta-sekinlik bilan kattalar folkloridan
o‘sib chiqdi, ko‘pincha kattalar folklorining taqlidi evaziga bolalar folklori
yaratila bordi. Bolalar folkloriga, asosan, kattalar tomonidan bolalar uchun
yaratilgan asarlar, bolalarning o‘zlari tomonidan yaratilgan qo‘shiqlar va kattalar
og‘zaki ijodida ayrim janrlar bolalar ijod dunyosiga kirib bordi.
S h u sababli “Bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining ajralmas turi
hisoblanib, rang - barang janrlardan tarkib topgan. Kattalar tomonidan
yaratilgan, shuningdek, bolalarning o‘zlari to‘qigan og‘zaki ijod namunalarini
qamrab olgan bolalar folklorini mazmuniga ko‘ra uch yirik turkumga ajratish
1
Болтабоев Ҳ. Ўзбек халқ оғзаки ижоди. (elektron manba: https://e-adabiyot.uz/maqola/867
murojaat etilgan sana: 07.01.2023)
8](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_8.png)
![mumkin: 1.Chaqaloqlarni tinchlantirish, ovutish va erkalash maqsadida kattalar
tomonidan ijod qilingan onalarning erkalovchi qo‘shiqlari. 2. Dastlab kattalar
og‘zaki ijodida mavjud bo‘lgan, so‘ngra bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan
mavsum-morosim qo‘shiqlari. 3. Bolalarning o‘yin jarayonida va o‘yindan
tashqari vaqtda aytiladigan bolalar qo‘shiqlari” 1
.
Tadqiqotchi G.S. Vinogradov o‘yindan tashqari bolalar folklorini uch
guruhga ajratadi: satirik folklor, taqvimiy va maishiy folklor. Har bir guruhga
bir nechta janrlar kiritilgan. Taqvim folkloriga bolalarning marosim qo‘shiqlari;
satirik lirikaga-tegishmachoqlar hazillar; maishiy folklorga -bolalar ertaklari,
qo‘shiqlar, topishmoqlar, qo‘rqinchli hikoyalar.
Xalq og‘zaki ijodi-folkor san’atning bir turi ekan, bolalar folklori ham shu
san’atning muhim bir bo‘lagidir. Har bir san’at turining quroli bo‘ladi.
Naqqoshning yoki musavvirning quroli-mo‘yqalam. Ganchkorning quroli loy,
raqqosaning quroli chiroyli harakatlar, badiiy adabiyotning quroli so‘zdir. So‘z
tufayli shoirlar va yozuvchilar odamlarni hayratga soluvchi she’r va romanlarni
yaratishadi, uni o‘qigan o‘quvchilar esa ta’sirlanadilar, kimdir quvonsa, kimdir
qahramonlar taqdiriga achinadi, yig‘laydi. Ko‘rinib turgandek, san’at,
kishilarning ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladi, kishilarning kayfiyatida
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Ulug‘ faylasuf Aristotel “Poetika” asarida fan bilan san’at o‘rtasidagi
o‘xshash va farqli jihatlari haqida shunday yozgan: “Shoirning vazifasi
haqiqatan ham bo‘lib o‘tgan narsalar haqida emas, balki chindan ham yoki
zaruriyat tufayli yuz berishi lozim bo‘lgan narsalar to‘g‘risida hikoya qilishdir...
Tarixchi bilan shoirning far q i, ularning biri she’rda, ikkinchisi prozada
gapirganida emas... Shoir bilan tarixchining farqMi shundaki, ulardan biri —
haqiqatdan h am b o‘ lib o‘ tgan narsalar haqida , ikkinchisi — yuz berishi mumkin
b o‘ lgan narsalar haqida gapiradi... Adabiyot umumiy narsalar haqida , tarix esa
xususiy narsalar haqida h ikoya q iladi 2
”. Demak, ziyoli bir inson tarixda bo‘lib
1
Мусурмонов Э. Р. Болалар фольклори, - Самарқанд: СамДУ, 2001, - Б.106
(Ўзбек халқ оғзаки ижоди: - 1) Б.6
2
Аристотель. Поэтика. Об искусстве поэзии. М. ГИХЛ, 1957, -С. 67—68
9](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_9.png)
![o‘tgan voqea-hodisa haqida manbalar asosida aniq ma’lumotlarni keltirsa,
bunday asar tarixga oid bo‘ladi. Jumladan, Aleksandr Makedonskiy, uning
oilasi, otasi-Flipp, onasi-Olimpiada, suyuklisi-Ruxshona haqida tarixiy asarlar
ko‘plab yaratilgan. Darhaqiqat, sanab o‘tilgan barcha kimsalar tarixiy
shaxslardir. Agar aynan shu shaxs-Aleksandr Makedonskiyni afsonaviy
Iskandar Zulqarnayn tarzidagi badiiy bir obraz sifatida talqin qilinsa, uning ikki
shoxi bo‘lganligi, uni bilib qolgan sartarosh sirni quduqqa aytishi va quduqdan
o‘sib chiqqan qamish nayga aylangach, “Iskandarning shoxi bor” deb sirni
oshkor qilsa, bu endi tarixiy asar emas, balki, badiiy asarga aylanadi. Folklor
asarlarida ham tarixiy fakt emas, balki to‘qima voqealar, tasvirlar keltiriladi.
Xullas, folklor asarlari yoki bolalar folklori yozma adabiyotdan quyidagi
xususiyatlari bilan ajralib turgan:
1. Og‘zakilik.
2. An’anaviylik.
3. Jamoaviylik
4. Variantlilik.
5. Anonimlik (asarni yaratgan muallif ismining noma’lumligi).
Og‘zakilik. Xalq og‘zaki ijodi asarlari qanday ko‘rinishda, tur yoki janrda
bo‘lmasin, og‘zaki tarzda yaratiladi. Bu xususiyat ham to‘liq bolalar folkloriga
ham taalluqlidir. Deyarli 20-asrga qadar og‘zaki tarzda yaratilgan va og‘zaki
tarzda otadan bolaga, ustozdan shogirdga, ajdoddan avlodga o‘tib, rivojlangan
folklor asarlarining barchasi faqat og‘zaki tarzda yashab kelgan. Savol tug‘iladi:
bunday og‘zaki tarzda ijod qilingan asarlarning yozib olingan, kitobat qilingan
variantlari ham bo‘lganmi? Bo‘lgan. Folklar asarlari gohida yozib olingan.
Bularga “Tohir va Zuhra”, “Vomiq va Uzro” kabi ertak va dostonlar mansubdir.
Maqollarning va topishmoqlarning ham yozma adabiyotdagi variantlari bor.
Yozma adabiyotda maqol janri masal yoki “Zarbulmasal”, topishmoq janri
chiston yoki lug‘z, tarix janrlari deb atalib kelinadi. Bunday asarlar yozib
olinganligi sababli muallifli yoki muallifsiz yozma adabiyot namunasiga
aylangan va folklorlik xususiyatini yo‘qotgan.
10](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_10.png)
![Folklor asarlarini ilmiy o‘rganish, original matnni saqlab q o‘ yish nuqtai
nazaridan yozib olingan, kitob holiga keltirilgan. Bu tadbir juda foydali ish
bo‘lib, ular yozma adabiyot emas, balki folklor asarlari namunasi bo‘lib
qolaveradi. Hozirda xalq maqollari, topishmoqlari yoki xalq qo‘shiqlari yig‘ilib
to‘plam holiga keltirilgan. Xalq dostonlari “Alpomish” yoki “Go‘ro‘g‘li”
turkumidagi dostonlar ham yozib olingan, lekin ularning hech qaysi yozma
adabiyot namunasiga aylanmagan, keltirganimizdek, ular o‘rganish yoki folklor
matnining yo‘qolib ketmasligi uchun yozib olingan. Bunday jarayonni qadimgi
turkiy yozma yodgorliklari bo‘lgan “Dada Qurqut kitobi”, “O‘g‘uznoma”,
“Manas” ham boshidan kechirgan.
Ustoz Hamidulla Boltaboev fikriga ko‘ra: “Jahon folklorshunoslik ilmida
oddiy haqiqat sifatida takrorlanadigan eng muhim fikrlardan biri folklorning
og‘zaki yaratilishi va og‘zaki yashashi hisoblanadi. Chunki butun dunyodagi
xalqlarning og‘zaki ijodi shu yo‘singa bo‘ysunadi va shu qonuniyat asosida
yaratiladi, yashaydi. Haqiqatan ham, o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi hamma
janrlarning inson ruhiga, ongiga, tabiatiga ta’siri, ko‘pincha, uning og‘zaki ijrosi
bilan belgilanadi. Hatto shunday janrlar ham borki, ularning yozma, qolaversa,
nashr qilingan matnini o‘qish mazkur asar haqida haqiqiy tasavvur hosil
qilmaydi. Xususan, askiya, latifa, tez aytish, topishmoq kabi janrlarni ma’lum
bir muhitdagi asar ijrosi ta’siri, ularni jonli vaziyatda eshitish, shu holat
ishtirokchisi sifatida his etish bilan uning matnini yakka holda o‘qish o‘rtasida
yer bilan osmoncha farq bor. Bir qarashda matn jihatdan farqsiz bo‘lib ko‘ringan
dostonlar ijrosida ham tabiiy ijro vaziyati bilan yozma matnni o‘qish o‘rtasida
katta farq seziladi” 1
.
An’anaviylik. Folklorning bu xususiyati xalq og‘zaki ijodi asarlarida
uchrovchi trafaret jumlalar, qolipga tushib qolgan tasvirlar, shablon shakllar
natijasida yuzaga keladi. Bu xususiyat ayniqsa, ertaklarning boshlanmasi (“ bir
bor ekan, bir yo‘q ekan ”) va tugallanmasida (“ shunday qilib murod
1
Болтабоев Ҳ. Ўзбек халқ оғзаки ижоди. (Elektron manba: https://e-adabiyot.uz/maqola/867
murojaat etilgan sana: 03.02.2023)
11](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_11.png)
![maqsadlariga yetibdilar ”), xalq dostonlarida, ayniqsa, qahramon bilan bog‘liq
epizodlar tasvirida (“ Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema, Boshing
eson, davlatingni kam dema”, “ot chopsa, gumburlar tog‘ning darasi, botirni
ingratar nayza yarasi” “davlat qo‘nsa gar chibinning boshiga, Semurg‘ qushlar
salom berar qoshiga ”) qahramon yorining chin yurakdan aytadigan sodda,
jaydari murojaat-takrorlari (“ Qurru-yo qur, hayt-a, to‘ramning oti! Oq to‘shim
— yayloving, sochim — shipirtki” .) kabilarda ko‘rinadi. Ertak, doston, maqol,
topishmoqlarda takrorlanib keladigan an’anaviy raqamlar (3, 7, 12, 40), deyarli
barcha epik asarlarning yaxshilik bilan tugallanishi, ezgulikning g‘alaba
qozonishi, oshiq-ma’shuqning visolga yetishlari, turmush qurishlari kabilarning
barchasi folklor asarlarining an’anaviylik xususiyatiga kiradi. Bu jumlalarning
barchasi shu shaklda an’anaviy tarzda u asardan bu asarga o‘tib yuraveradi.
So‘z san’atidan tashqari yana musiqa va ijro san’atini ham o‘zida
namoyon etib sinkretiklik xususiyat kasb etgan alla, “Boychechak qo‘shig‘i”
bolalar folklori namunasi hisoblanadi. Demak, bolalar folklorining adabiyotdan
asosiy farqli jihatlaridan biri bu sinkretiklikdir. Shuningdek, bolalar folkloriga,
yuqorida keltirganimiz, og‘zakilik, anonimlik, variantlik, jamoaviylik va
an’anaviylik xususiyatlari ham xoski, bu xususiyatlar yozma adabiyotda yo‘q.
Folklorshunos Ziyoda Masharipovaning fikriga ko‘ra “Folklor
asarlarining og‘zaki yaratilishi va og‘zaki ijro etilishi ularning o‘zgarmas
barqaror shakllari – an’analarni yuzaga keltirgan. Masalan, qahramonlik ertak va
dostonlari o‘rtasida janr e’tibori bilan ma’lum darajada tafovut mavjud bo‘lsa
ham, badiiy uslub an’anaviy shaklga ega. Folklorning ushbu har ikki janrida
ham kompozitsiya an’anaviy boshlama, syujet bayoni va tugallanmadan iborat
bo‘lib, obrazlar kontrast tarzda ifodalanadi. An’anaviy dostonlarning
qahramonlari ko‘pincha g‘ayritabiiy tug‘ilishlari, cheksiz kuch-qudratga ega
ekanliklari bilan ajralib turadilar. Xalq orzu-umidi va intilishlarini ifodalovchi
bunday ideal qahramonlarga adolat va haqiqatni qaror toptirishda ilohiy
12](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_12.png)
![homiylar (Hazrati Xizr, qirq chilton, Hazrati Ali, Bobo Qambar va hokazo)
ruhiy madadkorlik qiladilar 1
” .
Folklorshunos olim Oxunjon Safarovning mazkur fikri ham folklorning
an’anaviylik xususiyatini to‘ldiradi: “ An’ana — jamoa ijodkorligining mahsuli,
shu bilan birga, folklor asarlarini jamoaviy holda saqlab qolishning ham o‘ziga
xos shakli hisoblanadi. Binobarin, folklor asarlarining og‘izdan og‘izga o‘tib
yashashining o‘zi an’anaviyligidir. Og‘zakilik folklorning o‘zgarmas shakli
bo‘lib, o‘z navbatida, xotirada saqlamoqni, yodlab eslamoqni taqozo etadi.
Buning uchun esa, kuchli hofiza zaruriyatga aylanadi. 0‘zbek baxshi va shoirlari
orasida qirqdan ziyod an’anaviy dostonlami, tag‘in qanchadan-qancha
termalarni bilgan, kuylagan, yana o‘zi to‘qiganlarining borligi shu an’anaviy
ehtiyojning hosilasidir. Sirasini aytganda, an’anaviylik folklorninggina emas,
balki xalq musiqasi, raqsi va amaliy san’atining ham xos belgisi sanaladi ” 2
.
Bolalar foklorida ham an’anaviylik xususiyati yaqqol ko‘rinadi. “Alla”
qo‘shiqlarida “alla bolam, alla” naqoratining doimiy takrorlanishi, harakatli
o‘yinlarning avvalida sanoq ritmidagi “sanamalar” ning an’anaviy tarzda
aytilishi, ularda doimiy tarzda aytiladigan “iq biq, sen chiq” kabi jumlalar,
mavsum-marosim folkloridagi qo‘shiqlarda “ramozon (boychechak) aytib keldik
eshigingizga, Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingizga” degan olqishlar bolalar
folklorida ham an’anaviylik xususiyatini borligini anglatadi.
Jamoaviylik. Folklor asarlarini xalq yaratadi. V.G.Belinskiy aytganidek,
folklorda “mashhur nomlar yo‘q, uning muallifi hamisha xalqdir. Uning
navqiron xalq yoki qabila ichki va tashqi hayotining jimjimalarsiz va aniq
tasvirlangan oddiy va soddagina qo‘shiqlarini kim to‘qiganini hech kim
bilmaydi va bu qo‘shiq urug‘dan urug‘ga, avloddan avlodga o‘tadi va vaqtlar
o‘tishi bilan o‘zgarib boradi; goh uni qisqartirishsa, goh uzaytirishadi, goh
yangidan to‘qishadi, goh unga boshqa qo‘shiqni ulashsa, goh unga qo‘shimcha
qilib, boshqa bir qo‘shiqni to‘qishadi, shunda qo‘shiqdan doston chiqadi. Faqat
1
Машарипова З. Ўзбек халқ оғзаки ижоди (ўқув қўлланма). Тошкент – 2007. -Б.4
2
Safarov O. 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodi: pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun darslik Buxoro
Davlat universiteti. — Т.: Musiqa, 2010. 368 b.-B.15
13](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_13.png)
![xalq unga o‘zini muallif sanay oladi. Adabiyot — boshqa ish; endi xalq emas,
balki xalq hayotining turli tomonlarini o‘z aqliy faoliyatlarida aks ettiruvchi
alohida shaxslar uning arbobi. Adabiyotda shaxs to‘la huquq bilan maydonga
chiqadi va adabiy bosqich hamisha shaxslarning nomi bilan ajralib turadi” 1
.
Folklorshunos olima Ziyoda Masharipova jamoaviylik xususiyatini
shunday talqin qiladi: “Folklor xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib
avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir.
Ma’lumki, qadim zamonlarda ilk bor yuzaga kelgan folklor asarlari xalq
tomonidan ijod qilingan va ijro etilgan. Keyinchalik esa talantli kishilar
tomonidan yaratilgan. Ular o‘z ijodida qabila va urug‘ odatlari, dunyoqarashi,
e’tiqodi, tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari haqida hikoya qiladilar. Xalq
kuychisi (baxshi, ertakchi, qo‘shiqchi) xalq jamoasi tomonidan yaratilgan
asarlarni mexanik tarzda boshidan oxirigacha so‘zma-so‘z yod aytmaydi, balki
unga ijodiy munosabatda bo‘lib, o‘zidan nimadir qo‘shadi, boyitib boradi.
Shuning uchun ham u kuylayotgan asarini hamisha “xalqniki” deb tan oladi.
Demak, folklor asarlarida xalq jamoasi ijodi tushunchasi, hech mahal individual
ijod rolini inkor etmaydi ” 2
.
Jamoaviylik, odatda, ma’lum bir makon, hudud nuqtai nazaridan emas,
balki, zamon, davr nuqtai nazaridan namoyon bo‘ladi. Folkor asarlarining
jamoaviylik xususiyati ma’lum bir toifa yoki guruhning kelishib olib, ma’lum
bir joyda birgalikda, ommaviy tarzda folkor asarini aytishni, yaratishni
anglatmaydi, albatta. Shuningdek, jamoaviylik xor bo‘lib ijroni, guruhlarga
bo‘linib aytishuvni ham nazarda tutmaydi, garchi bu holatlarda ham bir qancha
odamlar ishtirok etishsa ham. Jamoaviylik, ya’ni, xalq ishtiroki, asosan, folklor
asarlarining yaratilishiga nisbatan keltiriladi. Qadim zamonda aytilgan bir
folklor asari vaqt o‘tib uni eshitganlar tomonidan ayrim o‘zgarishlar bilan qayta
ijro etilgan. Ma’lum muddat o‘tgach esa ijrochining avlodlari, shogirdlari
tomonidan shu asar o‘z davri va tushunchalariga mos ravishda yangicha obraz
1
Safarov O. 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodi: pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun darslik Buxoro
Davlat universiteti. — Т.: Musiqa, 2010. 368 b.-B.10
2
Машарипова З. Ўзбек халқ оғзаки ижоди (ўқув қўлланма). Тошкент – 2007. -Б.3
14](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_14.png)
![va syujetlar bilan boyitilgan holda yangicha ko‘rinishda kuylangan. Demak,
zamonlar o‘tishi bilan asarning syujeti o‘zgarib borgan, asarning so‘nggi,
mukammal varianti yaralgunga qadar uning takomilida bir necha avlod vakillari
ishtirok etgan, nimanidir qo‘shib, nimanidir qoldirishgan va aynan mana shu
jarayon folklorning jamoaviylik xususiyatini maydonga keltirgan.
Ustoz Erkin Musurmanov fikriga ko‘ra, ayrim xalqlarda xalq dostonlarini
kuylagan ijodkorlar o‘sha asarning muallifi deb ham tan olingan. Y u nonlarda
“Odisseya” va “Iliada” dostonlarini aytgan va ularning muallifi deb bilinadigan
Gomer bo‘lgan. O‘zbek folklorida ham doston kuylagan baxshi, negadir, o‘z
variantida kuylagan dostonning muallifi sanalmayapti. Nahotki o‘z xalqining
tarixini doston va afsonalarda kuylagan o‘zbek Gomeri yashab o‘tmagan?
Balkim, Ozarboyjonlarning dostoni “Dada Qurqut kitobi” asarida keltirilgan
oqsoqol oqin Dada Qurqut aslida shu “Dada Qurqut kitobi”ning muallifidir?
Dada Qurqutning yashab o‘tganligi haqida manbalarda ma’lumotlar bor.
Jumladan, hazrat Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida bu zot
haqida shunday deydi: “Qo‘rqut ota r.a. turk ulusi orasida shuhrati andin
ortig‘roqdurki, shuhratqa ehtiyoji bo‘lg‘ay. Mashhur mundoqdurki, necha
o‘zidin burunqini, necha yil o‘zidin so‘nggi kelurni debdurlar. Ko‘p
mav’izaomiz mag‘izliq so‘zlari aroda bor” 1
.
Qadimgi turkiy dostonlar ham yunonlarning asarlari kabi yozib olinganda,
unda shak-shubhasiz, ularning Gomerga o‘xshash muallifi bo‘lardi. Lekin
afsuski ular yozib qoldirilmagan yoki yozilgan bo‘lgan taqdirda ham ularning
yozma variantlari aniqlanmagan. Lekin Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li kuylagan
“Alpomish” dostonining mukammal varianti faqat shu baxshiga taalluqli. Bu
variant boshqa baxshilar repertuarida uchramaydi. Y a na boshqa dostonlarning
ham mukammal variantlarini kuylagan baxshilar bor, ularning variantlari boshqa
baxshi repertuarida takrorlanmaydi. Lekin negadir o‘zbek folklorshunosligida
baxshi repertuaridagi o‘ziga xos dostonga muallif yaratgan asar sifatida
qaralmaydi, ularni jamoa ijod mahsuli deb atash qulaylik kasb etgan. Ustoz
1
Alisher Navoiy. MAT, 20 tomlik, 17-tom, - B 421.
15](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_15.png)
![E.Musurmanov fikriga ko‘ra, qozoq bourlarda baxshi jirovlarga to‘g‘ri
munosabat shakllangan. Unga ko‘ra, “jirchidan farqli o‘laroq, jirov nafaqat
ijrochi, balki asarlar muallifi hamdir. Jirov qo‘shiqchilari qozoq adabiyotining
asoschilari hisoblanadi” 1
. O‘zbeklar orasida birgina baxshi so‘zining turli
atamalari uchraydi: shoir, sozchi, sozanda, soqi, sanovchi, yuzboshi, xalfa, jirov,
jirchi, oqin, oxun va boshqalar 2
. Baxshi (baxsi, baqsi) so‘zi lug‘atlarda turkiy
so‘z bo‘lib, murabbiy va muallim ma’nolarini anglatadi, umuman, tarbiyachi,
etakchi, yo‘lboshchi kabi talqinlar ham unda mujassam 3
. O‘zbek baxshilari
qadim davrlarda ham bor bo‘lishgan.
Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” va “Shajaratul atrok” (Turklar shajarasi)
asarlarida keltirilishicha, Temur chin (xitoy tilida “r” tovushi bo‘lmaganligi
uchun u Temuchin deb atalgan), ya’ni Chingizxon (Chino‘g‘uzxon)ning cho‘ng
o‘g‘li Jo‘lchi (Yulchi, rus tarixchilari Juji degan) vafot etgach, otaga bu
mash’um xabarni yetkazishga xech kim botinolmagan. S h um xabar uchun
xabarchini aniq o‘lim jazosi kutar edi. Chingizxonning bir odati bo‘lgan, yuragi
siqilganda, baxshini (jirovni) yoniga chorlab yir (jir, forschasi: doston) ayttirib,
o‘zi xam baxshiga jo‘r bo‘lib kuylaverar ekan. Qandaydir bir falokatni sezgan
xon Uluh Jirchi Ketbo‘g‘a naymanni koshiga chorlab do‘mbira chertishni
buyuribdi. Jirchi taqdiriga rozi bo‘lib, termaga qo‘shib jo‘lchining xabarini
yotig‘i bilan bildirmoqchi bo‘libdi.
Chingizxonning oldiga kirgan baxshi do‘mbira chertib qo‘shiq ayta
boshlabdi:
- Dengiz boshdin bulg‘onsa kim tindirur-a xonim?
Terak tubdan yiqilsa kim turg‘uzur-a xonim?
Bunday murojaatni tinglagan xon hayron bo‘lib, baxshiga javob qaytaribdi:
- Dengiz boshtin bulg‘onsa tindirur o‘g‘lum Jo‘lchi dur
1
Жаксыбаев С.И.. Записки краеведа / Ж.О. Артыкбаев. — Павлодар: ЭКО, 2008. — 240 с.
— ISBN 9965-08-283-9. -С.6
2
Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоқов Б., Сафаров О. Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1990. –Б. 227–232.
3
Древнетюркский словарь. – Ленинград: Наука, 1969. – С. 82.
16](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_16.png)
![Terak tubdan yiqilsa turg‘uzur o‘g‘lim Jo‘lchidur.
Baxshi ko‘zida yosh bilan yana debdi:
- Dengiz boshdin bulg‘ondi, kim tindirur ey xonim?!
Terak tubdan yiqildi, kim turg‘uzur ey xonim?!
Chingizxon baxshining holatiga karab Jo‘lchining o‘lganligini tushunib, debdi:
- Ko‘zung yoshin cho‘qurtur, ko‘nglung qoldi bo‘lg‘aymu?
Jiring ko‘ngul bukurtur, Jo‘lchi o‘ldi bo‘lg‘aymu?
Buning javobiga baxshi debdi:
- So‘ylamakka erkim yo‘q, sen so‘ylading-a xonim!
O‘z yorliqing o‘zinga, aytib o‘ylading-a xonim!
Ya’ni, “Ey, mening xonim! men Jo‘lchining o‘lganini aytmadim, sen o‘zing
o‘z tiling bilan aytding, yorliking, ya’ni o‘lim xabarchisini o‘ldirish hukming
menga emas, o‘zing obdon o‘ylab, shunday xulosaga kelding,” debdi.
Motamsaro Chingizxon debdi:
Quluni o‘lgan qulunday qulunumdan ayrildim,
Ayrilishqan anqovday er o‘lumdan ayrildim...
Chingizxonning bu gaplarini eshitgan mulozimlar g‘amga botib, motam
marosimiga tayyorgarlikni boshlashibdi. Olti oydan so‘ng Chingizxon xam bu
ochunni tark qildi...
S h uni qayd qilish kerakki, bolalar obrazlari va ularning folklori bilan
bog‘liq ma’lumotlar baxshilar repertuarida ham uchraydi. Alpomish,
Qaldirg‘och va Barchinning mo‘jizali tarzda dunyoga kelishi, Go‘ro‘g‘lining
go‘rda tug‘ilishi, qabristonda o‘yinchoqlarni tanishi, ularning so‘z va qiliqlari
folklorshunos olimlar tomonidan alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan
muammolardan hisoblanadi.
Variantlilik. Bu xususiyatni Ziyoda Masharipova misollar ko‘magida
aniq keltiradi: “Variant – ma’lum bir asarning jonli og‘zaki epik an’ana
zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor etmasdan, yonma-yon yashay oladigan
va o‘zaro farqlanuvchi turli tuman nusxalaridir. Bir asarning turli tuman
variantlarda namoyon bo‘lishiga xalq ijodkorlarining dunyoqarashi, ijodiy
17](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_17.png)
![salohiyati, o‘ziga xos usul va uslubi sabab bo‘ladi. Masalan, “Alpomish”
dostonini Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Po‘lkan Jonmurot
o‘g‘li kabi o‘nlab nomdor baxshilar ijro etganlar. Lekin ularning ijrolari ba’zi bir
o‘ziga xos jihatlari bilan bir-biridan farqlanib turadi. Fozil shoir qahramonlik
yo‘nalishiga alohida urg‘u berib asarni mukammallashtirsa, Po‘lkan shoir diniy-
falsafiy o‘rinlarga alohida diqqatni qaratadi, Ergash Jumanbulbul esa ishq-
muhabbat yo‘nalishini jo‘shib kuylaydi. Mana shu tariqa bitta asarning xilma-xil
namunalari paydo bo‘ladi. Folklorshunos olimlarning ma’lumotlariga qaraganda
“Alpomish” dostonining o‘ttizdan ortiq variantlari mavjud. “Go‘ro‘g‘li”
turkumidagi dostonlarning esa yuzdan ortiq variantlari bor ” 1
.
Bohodir Sarimsoqov variantlikka shunday ta’rif beradi: “ variant — ma’lum
bir asarning jonli og‘zaki epik an’ana zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor
etmasdan yonma-yon yashay oladigan va o‘zaro farqlanuvchi turli-tuman
matnlaridir. Chunonchi, “Alpomish” dostonining yigirma sakkiz dostonchidan
yozib olingan o‘ttiz uchta to‘liq, parcha, ertak va mazmunidan iborat variantlari
mavjud. Xalq ijodiyotida variantlar bir-birlaridan, avvalo, asar matnining
saqlanishi, ya’ni to‘laligi, qisqarganligi, parcha holiga kelganligi yoki
kontominatsiya (lotincha: contaminatio — bir-biriga tegdirmoq, aralashtirmoq,
qorishtirmoq)ga uchraganligi, so‘ngra esa, badiiy shaklining o‘zgarib turishi,
aytaylik, band yo bayt tarkibining o‘zgarib turishi, bir matnning goh u va goh
boshqa bir janr tarkibida o‘rin almashtirishi natijasida farqlilik kasb etadilar. Shu
sababli folklorda har bir variant to‘la va teng huquqqa ega mustaqil asar
sanaladi. Variantlilikning muhim xususiyati, versiya ichida harakat qilishidir ” 2
.
Variantlilik, ayniqsa, bolalar folklorining barcha janrlarida yaqqol
ko‘rinadi. Chunki bolalar folkloriga taalluqli asarlar, qo‘shiqlar hajman kichik
bo‘lib, ularda qat’iy matn yoki syujet kattalar folkloriga qaraganda kam
uchraydi. Qolaversa, bolajonlar xalq og‘zaki ijodi namunalariga nisbatan erkin
1
Машарипова З. Ўзбек халқ оғзаки ижоди (ўқув қўлланма). Тошкент – 2007. -Б.5
2
Safarov O. 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodi: pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun darslik Buxoro
Davlat universiteti. — Т.: Musiqa, 2010. 368 b.-B.16
18](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_18.png)
![yondashishadi. Eski qo‘shiq yoki sanamani eslashmasa shu zamon yangisini
to‘qib tashlayveradilar. Bu esa, tabiiyki, variantlarning ko‘payishiga olib keladi.
Anonimlik. Yozma asarning yozilganiga ming yil bo‘lsa ham, uning
muallifini va yozilgan vaqtini aniqlash mumkin. Chunki o‘sha she’r yoki
dostonni yaratgan ijodkor, odatda, o‘z ismi – taxallusini asarda yozib qoldiradi.
“Xalq ijodida esa biz bunday holatni ko‘rmaymiz. Folklor asarlari muallifining
noaniqligi – anonimligi, o‘sha asarning qachonlardir individual ijodkor
tomonidan yaratilganligini inkor etmaydi. Folklor asarlari qachonlardir alohida
talantli bir shaxs (individ) tomonidan to‘qilsa-da og‘zaki ijod bo‘lgani, nomi
biron joyda zikr etilmagani bois, avloddan avlodga o‘tish jarayonida xalq ijodi
namunasiga aylanib ketadi. Xalqning talantli vakillari tomonidan qayta-qayta
ishlanib, sayqal topib, mukammallashib boradi” 1
. Demak, folklor asarlarining
qayd qilingan, aniq muallifi keltirilmaydi. Chunki u og‘zaki shaklda yaratilgan
va og‘zaki tarzda aytilib, og‘izdan-og‘izga, otadan bolaga, bolalar folklorida esa
onadan qiziga, qizdan dugonasiga, o‘g‘il boladan o‘rtog‘iga ko‘chib yurgan.
Dastlabki ertak, qo‘shiq, afsona va rivoyat yaratilganda uning, albatta, muallifi
bo‘lgan, biroq asar muallifining nomi qog‘ozga yozib qoldirilmaganligi sababli
u o‘z-o‘zidan unutilgan, bu narsa og‘zaki asarlar bilan yozma adabiyot
o‘rtasidagi asosiy farqi hisoblanadi.
Quyida kattalar folkloriga berilgan ta’rif bolalar folkoriga ham tegishlidir:
“Folklor asarlarida musiqa, raqs, teatr san’ati elementlari qo‘shilib ketganligi
sababli folklor sinkretik san’at deyishimiz mumkin. Ayni paytda folklor asarlari
san’atning boshqa turlaridan o‘ziga xos tomonlari bilan farqlanadi. Folklorda
so‘z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Shuning uchun xalq ijodini
o‘rganuvchi, tekshiruvchi fan folklorshunoslik deb yuritiladi. Folklorshunoslik
asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo
sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar
haqidagi yozma va og‘zaki yodgorliklari folklorshunoslik uchun muhimdir” 2
.
1
Машарипова З. Ўзбек халқ оғзаки ижоди (ўқув қўлланма). Тошкент – 2007. -Б.5
2
Эшниёзова Г. Фолклоршунослик ва этнографиянинг фан сифатида шаклланиш
тарихи // "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8. -
19](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_19.png)
![O‘zbek folklori haqida gapirganda, uning sinkretik tabiatini hisobga olish
kerak, ya’ni, xalq baxshilari doston aytish bilan birga unga jo‘r ravishda
do‘mbira va qo‘buz hamda puflanadigan tuyduklar, sibizg‘a, cho‘r (nay),
chindovul, surnay, karnay, qo‘shnay, xizlavuk, juljul, gopuz (chanqovuz),
dang‘ara-deprek, dap, nog‘ora, chang, dutor va qo‘buzlarda musiqa ham ijro
etgan. Bularga bolalar xushtagi ham qo‘shilgan. Bunday musiqali yir va
qo‘shiqlarni eshitgan odamlar gohida raqsga tushishgan. Xalq qiziqchilari yuz
va pantomima harakatlari, mimikalari bilan aytgan hazil, she’rlarini ta’sirini
oshirishgan, Demak, folklor sirasiga faqat xalq she’lari emas, ular bilan birga
ijro etiladigan kuy-qo‘shiqlar, raqslar ham kiradi. Aynan shu h olat folklorning
sinkretik, ya’ni qorishiq, aralash xususiyatga ega ekanligini anglatadi. Kattalar
folkloriga maqol, topishmoq, doston, ertak, afsona, rivoyat va miflar, xalq
qo‘shiqlari, latifa, askiya, lof, xalq teatri (qo‘g‘irchoq va qiziqchilar teatri) kirsa,
bolalar folkoriga alla, ovutmachoq, erkalama, bolalar qo‘shiqlari, chandish, sirli
til, shuningdek, maqol, topishmoq, ertak kiradi.
Kattalar folklori kabi bolalar folklori ham o‘z oldiga bolalarning yoshi,
saviyasiga qarab muhim ta’lim va tarbiyaviy masalalarni qo‘yadi. Bolalar uchun
aytilgan har qanday qo‘shiq, o‘yin folklori ularning yosh xususiyatlariga mos
kelishidan tashqari kichkintoylarga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi lozim. Bolalar
folklorining kattalar folkloridan farqlanib turuvchi yana bir jihati, pedagogika
bilan mustahkam bog‘langandadir. Bu ikki fanning ham maqsad va vazifasi bor:
yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy tarbiya berib, ularni zamonamizning
munosib farzandlari qilib tarbiyalashdir.
Adabiyotshunos Jo‘maev M. fikricha, “Folklor asarlarini tinglab voyaga
yetayotgan bolalarning o‘yinlari, sho‘xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-
so‘zlari... Bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardandir.
Agarda kattalar bu o‘ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to‘g‘ri baholay
olsalar, bolalarning kelajagi uchun katta ish qilgan bo‘ladilar. Alla, ertak,
Б.487
20](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_20.png)
![topishmoq, maqollarda kuzatganimizdek, odamlarga, jonivorlarga, tabiatga
bo‘lgan mehr-muhabbat, do‘stlik va o‘rtoqlikning ilk tuyg‘ulari, yaxshilikka
nisbatan uyg‘ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chanqoqlik
bilan qiziqib qarash — bularning bari bolaning ma’naviy dunyosini boyitishi,
uning xayoli va tasavvurini kengaytirishi lozim 1
”.
Bolalar folkloriga maktab folklori ham kiradi. Maktab folklori nafaqat
zamonaviy folklorshunoslik, balki o‘qituvchi-pedagoglarning ham alohida
e’tiboriga loyiqdir. Chunki bolalar folklori xalq pedagogikasining bir qismidir,
uning janrlari intuitiv ravishda turli yoshdagi bolalar (chaqaloqlar, bolalar, o‘
hayot o‘z aksini topadi. Zamonaviy maktab folkloriga, hazil she’lar,
qo‘rqinchli hikoyalar sinfdoshlarga bo‘lgan tegishmachoqlar, parodiya she’rlar,
qizlarning albomlari va anketalari, bolalarning maxfiy, sirli tillari, shuningdek
boshqa va aralash janrlar mansubdir. smirlar) ning jismoniy va ruhiy
xususiyatlarini hisobga olishga asoslangan. Bolalarning majburiy maktab
ta’limining uzoq davri (9-11 o‘quv yillari) bo‘lishlik zarurati XX asrda og‘zaki
san’atning ushbu sohasini faol rivojlanishiga turtki berdi. Maktab folklori
muqarrar ravishda deyarli barcha o‘quvchilar tomonidan aytildi. Shu bilan birga,
maktab folklori nafaqat folklor an’analarining boyligi va ajralmas qismi sifatida,
balki bolalar madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy maktab folklori ko‘p janrli va genetik jihatdan rang-barang
hodisa bo‘lib, unda an’anaviy og‘zaki she’riy ijod, badiiy adabiyot va teatr,
kinematografiya va turli ko‘rsatuvlar, kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy voqealar va
kundalik
Ayrim tadqiqotchilar, jumladan, Mamasoli Jumaboyev maqol kabi kichik
tur namunalarini va ertakni ham bolalar folkloriga kiritishadi: “Bolalar xalq
og‘zaki ijodida maqollar yetakchi o‘rinda turadi. Xalq yaratgan g‘oyat ixcham,
chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha
1
Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. (Darslik-majmua). „ 0 ‘qituychi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Toshkent – 2008.- B.8
21](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_21.png)
![avlodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular
donishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini tatib
ko‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko‘zi bilan qaraydigan, sof vijdonli,
oliyjanob, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki
biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun
(ko‘proq bolalar uchun) yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ib xizmat qilishi mumkin. 1
”
Tadqiqotchi topishmoq janrini ham bolalar folklori sirasiga kiritib, uni
quyidagicha asoslaydi: “Qadim-qadim zamonlardan o‘zbek xalqi o‘z bolalarini
kuchli, epchil, aqlli qilib tarbiyalashga katta ahamiyat bergan. O‘sha paytlarda
hali bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan maktablar yo‘q edi. Shuning uchun ham
xalq turli o‘yinlar o‘y lab topgan. Masalan, „Bekinmachoq“, „Chillak“ka
o‘xshash o‘yinlarda ishtirok etuvchi bolalarda chaqqonlik, epchillik kabi
jismoniy xislatlar paydo bo‘la borgan. Xo‘sh, o‘sha paytda bolalarning zehnini
charxlash uchun nima qilish kerak edi? T opishmoq, jumboq singari aqliy
o‘yinlar ana shu savolga javob izlash jarayonida xalq tomonidan yaratilgan.
T opishmoqlarning ham ijodkori xalqdir ” 2
. Tadqiqotchi ertak janrining bolalarga
og‘zaki ijodiga aloqadorligini shunday ko‘rsatadi: “Xalq og‘zaki poetik
ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertaklardir. Xalq tomonidan
yaratilgan ko‘plab ertaklarda bolalarning o‘ziga xos hayoti chetlab o‘tilmagan.
Hatto turli yoshdagi bolalar uchun juda ko‘p maxsus ertaklar yaratilgan” 3
.
1.2. Bolalar folklorining o‘rganilish tarixi
Bolalar folklori keltirganimizdek, kattalar folklorining uzviy bir
qismidir. “O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlarga oid ayrim
1
Jumaboyev M.. Bolalar adabiyoòi va ifodali o‘qish. 2 - nashri Kasb-hunar kollåjlarining
„ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi“ yo‘nalishi o‘quvchilari uchun darslik. „Voris-
nashriyot“. Тoshkent — 2017. B .21
2
Jumaboyev M. Bolalar adabiyoòi va ifodali o‘qish. 2 - nashri Kasb-hunar
kollåjlarining „ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi“ yo‘nalishi o‘quvchilari
uchun darslik. „voris-nashriyot“. Т oshkent — 2017.B.2 4-25
3
Jumaboyev M. Bolalar adabiyoòi va ifodali o‘qish. 2 - nashri Kasb-hunar
kollåjlarining „ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi“ yo‘nalishi o‘quvchilari
uchun darslik. „voris-nashriyot“. Т oshkent — 2017.B. 33
22](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_22.png)
![og‘zaki yodgorliklari ba’zi bir manbalar orqali bizga qadar saqlanib qolgan.
Bu manbalar tarix kitoblari, ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar va
boshqalardan iborat. Antik tarixchilardan Gerodot, Kteziy, Polien, Xares
Mitilenskiy va boshqalarning kitoblarida xalq og‘zaki ijodining ayrim
asarlarining mazmuni hikoya qilib qoldirilgan. Shuningdek, o‘rta asr
tarixchilaridan Hamza Isfaxoniy, Tabariy, Ma’sudiy, Beruniy va
boshqalarning asarlarida ham og‘zaki adabiyotga doir qimmatli materiallar
va ma’lumotlar bor. “Avesto”, “Bexustun”, “Bundaxishi”, “Denkard”kabi
yozma yodgorliklarda og‘zaki adabiyotning ba’zi bir namunalari o‘rin olgan.
Mahmud Koshg‘ariy esa o‘zining mashhur lingivistik “Devonu lug‘otit
turk”ida qadimgi qo‘shiq, lirik she’r va maqollardan turli namunalar beradi” 1
.
O‘zbek bolalar og‘zaki ijodi haqidagi ilk ma’lumotlar Mahmud
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida keltiriladi. Asarda
“ K o‘ chirma o‘yin ” , “ Ut bandal ” , “ Un to‘rt ” , “ Qorag‘uni ” 2
kabi o‘yinlar
haqida ma’lumot beriladi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida A.Borovkov, E. Peshcherova,
A. Vamberi kabi evropalik sharqshunos olimlar o‘zbek bolalar folkloridan
namunalarni yig‘ib, o‘rganganlar. Sho‘rolar davrida esa Hodi Zarifov, Oxunjon
Safarov, Fani Jahongirov kabi folklorshunos olimlar bolalar folkloriga oid
materiallarni nashr qildilar, ularni o‘rganib, ilmiy mulohazalarni keltirdilar.
Olimlar ning olib borgan izlanishlari universitet va institut talaba la ri uchun
mo‘ljallangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida aks etgan.
Jahon folklorshunosligida bolalar folklori o‘zining xilma-xilligi bilan
noyob hodisadir: unda juda ko‘p turli xil janrlar mavjud bo‘lib, ularning har biri
bola hayotining deyarli barcha ko‘rinishlarini o‘zida ifoda etgan. Bolalar folklori
har bir janrining o‘z tarixi va maqsadi bor. Ular orasida qadimgi davrlarda
yaratilganlari ham bor, bolalar o‘yini va ko‘ngil ochish uchun mo‘ljallanganlari
1
Эшниёзова Г. Фолклоршунослик ва этнографиянинг фан сифатида шаклланиш
тарихи // "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8. -
Б.487
2
Ма ҳ муд Қашқарий. Девону лу ғ отит турк. 1-жилд. –Тошкент 1960.Б.-445 - 452.
23](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_23.png)
![yoki biror narsani o‘rgatish, ayrimlari esa kichkina odamga kattalar dunyosida
maslashishga yordam beradigan mazmundagilari ham bor.
Bolalar folklori — og zaki ijod namunalari. Yʻ u qorida keltirganimizdek,
bolalar folklori bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. O zbek
ʻ
bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, maqol, bolalar
o yin qo shiqlari, erkalama, masharalama
ʻ ʻ va boshqalarni o z ichiga oladi. ʻ
Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o yiniga, qo shig iga
ʻ ʻ ʻ
moslangan bo ladi. O zbekistonda Bolalar folklori namunalari to plam holida
ʻ ʻ ʻ
1932-yildan nashr etila boshlagan. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla,
ovutmachoq va erkalamalar onalar mehr-muhabbati bilan yo g rilgan bo lib,
ʻ ʻ ʻ
ularda go dakning istiqboliga oid orzu-umidlar, bola yashayotgan muhit o z
ʻ ʻ
ifodasini topgan. Bolani belash, o tqazish, atak-chechak yurgizish, sakratish,
ʻ
o ynatish va ovutishlarda
ʻ “Toy-toy”, “Bordi-bordi” va boshqa ovutmachoqlar
aytiladi. Bolalar qo shiqlarining ko plari yil fasllari bilan bog‘liq.
ʻ ʻ
“ Boychechak”, “Oftob chiqsa olamga”, “Chittigul”, “Laylak keldi, yoz bo ldi”,
ʻ
“Qurbaqa”, “Qaldirg och
ʻ ” kabi qo shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, ʻ
qishloq ko chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg ir yog ishi, quyoshning
ʻ ʻ ʻ
olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan
bog liq.
ʻ “Bu bog chada olicha”, “Zuvzuv borag on”, “Chamandagul”, “Oq ʻ ʻ
sholi, ko k sholi”
ʻ va boshqa qo shiqlar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, ʻ
dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san at bilan bog liq mehnat jarayonlari,
ʼ ʻ
kattalar xatti harakatlariga taqlid aks etadi. O yinlar ham, qo shiqlar ham
ʻ ʻ
bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq
uyg otadi. O yinlar bolalar folklorining murakkab turi bo lib, ularda drama va
ʻ ʻ ʻ
musiqa unsurlari chatishib ketadi. O yinlarni kichik yoshdagi bolalar “Choriy
ʻ
chambar”, “Hakkalakam” kabi sanama o yinidan, katta bolalar “Qushim boshi”
ʻ
degan topishmoqdan boshlaydi 1
.
1
O ʻ zME . Birinchi jild . Toshkent, 2000-yil . (Elektron manba: https://uz.wikipedia.
org/wiki/Bolalar_ folklori murojaat etilgan sana: 07.03.2023)
24](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_24.png)
![Bolalar folklori atamasi XX asrning 19-yillari o‘rtalarida paydo bo‘lgan.
Bolalar folklorini to‘plash XIX asrning birinchi yarmida boshlangan. Aynan
o‘sha paytda tadqiqotchilar bolalar ijodini kattalar folkloridan ajrata
boshlashgan. XIXasrning 60-yillaridan boshlab pedagoglar ham bolalar
folkloriga e’tibor qaratdilar. 1867-yilda Ushinskiy Konstantin Dmitrievichning
bolalar uchun “ona so‘zi” kitobi 1
nashr etildi, unda bolalar folklorining turli
janrlari: ertaklar, qo‘shiqlar, topishmoqlar, hazil sherlar, tez aytishlar va
maqollar mavjud edi. Bolalar folklori bolalar o‘yinlariga tadbiq qilina boshlandi.
1868-yilda Bessonovning “Bolalar folklori” kitobi nashr etildi, bu bolalar
folklorining keyingi to‘planishi va nashr etilishiga ta’sir ko‘rsatdi. Bolalar
folklori atamasi XX asrning 19-yillari o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Bolalar
folklorini to‘plash ishlari XIX asrning birinchi yarmida boshlangan. Rus
folklorshunosligida Saxarov, Tereshchenko, Avdeeva nomlari bilan bog‘liq.
Ular bolalar folklorining ba’zi janrlarini to‘pladilar va nashr etdilar. Aynan
o‘sha paytda tadqiqotchilar bolalar ijodini xalq she’riyatining alohida bir
bo‘limi sifatida ajratib ko‘rsatishgan. XIX asrning 60-yillaridan boshlab
pedagoglar bolalar folkloriga e’tibor qarata boshladilar. 1867-yilda
Ushinskiyning bolalar uchun “ Ona so‘zi ” kitobi nashr etilgach. bolalar folklori
bolaning o‘qish to‘garagining bir qismiga aylanadi. 1868-yilda Bessonovning
“ Bolalar folklori ” kitobi nashr etildi, bu bolalar folklorining keyingi to‘planishi
va nashr etilishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Birinchi bob xulosasi
Bolalar folklori o‘tmishdagi barcha davrlar dunyoqarashlarining izlarini
saqlab qoldi va bizning davrimiz xususiyatlarini ham ifoda etdi. Biz bolalar
folklorining quyidagi atributiv xususiyatlarini qayd etib o‘tamiz: jumla
qurilishlarining soddaligi, dinamik sintaktik konstruksiyalar, aniq ichki ritm,
1
Ушинский К. Собрание сочинений . том 7 . Роднoe слово . Год 3- й . Из - во
Академии педагогических наук . М-Л. 1949, 361-с.
25](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_25.png)
![alliteratsiya, assonanslar (assonans so‘zlar, iboralar yoki jumlalar tarkibidagi
o‘xshash unli tovushlarni takrorlash), dissonanslar (lot. dissono –
uyg‘unlashmay, moslanmay yangrayman) (musiqada) — tovushlarning bir-
biriga nisbatan hamohangsiz yangrashi. Aksi — konsonans); takrorlanadigan
syujet motivlari, janrlarning “migratsiyasi”, rasmlar, syujetlar. Bolalar folklori
xalq og‘zaki san’atining yo‘nalishlaridan biridir. Asarlar matnlarining katta
qismi ham kattalar va bolalar muhitida mavjud bo‘ladi, ammo ijro usuli, leksik
va stilistik kompozitsiya sezilarli darajada farq qiladi.
Aniq farqlarga qaramay bolalar va kattalar folklori o‘rtasida chegara
ularning tarixiy va funksional davriga mos qilib belgilanadi. Ayrim
tadqiqotchilar tomonidan alla qo‘shiqlari bolalar folkloriga tegishli deb bilinsa,
boshqalar ularni kattalar folkloriga moslashtirilgan deb hisoblaydi. Yana shu
bilan birga, topishmoqlar, qo‘shiqlar, ertaklar kabi janrlar borki, ular teng
ravishda ham kattalar, ham bolalar folkloriga tegishlidir.
Bolalar muhitiga o‘tish jarayonida, o‘zlashgan ayrim folklor matnlari
bolaning psixikasiga muvofiq o‘zgartiradi. Ular ham informatsion, ham didaktik
va ko‘ngilochar funksiyalarni bajaradilar. Bolalar folklorining ko‘plab asarlari
bolalarga shu qadar uzoq vaqt o‘tdiki, uning dastlabki variantlari hatto unutildi.
Shuning uchun janrlarni ularning tarixiy kelib chiqishini hisobga olgan holda
o‘rganish kerak.
Kattalarning ta’siri natijasija bolalar folklori bolalarning o‘zlari
tomonidan yaratilgan asarlarni ham, kattalar tomonidan bolalar uchun ijod
qilingan asarlarni ham o‘z ichiga oladi. Kichik yoshda (tug‘ilishning ilk kunidan
3 - 3,5 yoshgacha) bolaning hissiy, jismoniy va aqliy rivojlanishi butunlay
kattalarga bog‘liq bo‘ladi. Kattalar chaqaloq va go‘daklar uchun beshik
qo‘shiqlarini – allalarni va turli erkalamalar, ovutmachoqlarni ijro etishadi.
Bolalar folklorining ikkinchi qismi o‘rta va katta yoshdagi bolalar uchun
yaratilgan asarlardan iborat. Bularga kuylangan yoki ritmik talaffuz qilinadigan
asarlar kiradi: o‘yin qo‘shiqlari, sanamalar, hajviy qo‘shiqlar, topishmoqlar,
26](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_26.png)
![ertaklar. Ulardan ba’zilari kattalar tomonidan bolalar uchun tuzilgan, ammo bu
turning aksariyati bolalarning o‘zlari ijodidir.
Bolalar folklorining badiiy shakllari o‘ziga xosdir: ularda o‘ziga xos
majoziy tizim, ritmik nutq va o‘ynashga jalb chorlovchi jihatlar bor. O‘yin
bolalar psixologiyasi uchun zarur bo‘lgan elementdir. Bolalar folklorining
asarlari kattalar tomonidan bolalar uchun (onalar folklori) va bolalarning o‘zlari
(bolalar folklorining o‘zi) tomonidan ijro etiladi.
Onalar folkloriga kattalar tomonidan juda yosh bolalar, go‘daklar (5-6
yoshgacha) bilan o‘ynash, ovunish, erkalash va uxlatish uchun yaratilgan asarlar
kiradi. Ular bolani uxlashga, hushyor turishga va jismoniy harakatlarni
bajarishga undaydi, so‘zga qiziqish uyg‘otadi, chechanlikka o‘rgatadi.
Bolalarning o‘zlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va she’rlarida esa o‘zlarining
ijodiy faoliyatlarini aks ettirishadi, bolalar jamoasining o‘yin faoliyatini tashkil
qiladi.
Ikkinchi bob
ALLA JANRI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. Bolalar folklori janrlari va alla qo‘shiqlari
27](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_27.png)
![Alla – umuminsoniy qo‘shiqdir.
U turli tillarda aytiladi, ammo uning
zamirida onaning farzandiga cheksiz
mehr-u muhabbati yotadi…
Bolalar folklorining janrlari nihoyatda xilma-xildir. Erkalamalar,
ovutmachoqlar, olqishlar, allalar – bolalar folklorining ona she’riyatiga kiradi.
U bolaning go‘dakligidan, uning birinchi kunlaridan boshlab hayotiga kirib
boradi.
Bu janrlar – chaqaloq hayotining birinchi kunlaridan turli marosimlar,
tadbirlar bilan birga parallel tarzda qo‘llaniladi. Ular bolaning uyg‘onish,
yuvinish, kiyinish, uxlatish va toy-toy yurishida aytilgan. Bunday qo‘shiqlar
uchun shakl ham, ritm ham bir xil darajada muhim, ular bolaning jismoniy va
ruhiy rivojlantiradi, bolaga harakat qilishga va maxsus kayfiyatni yaratishga
yordam beradi. Bolalar qo‘shiqlari bog‘cha bolalari, maktabgacha yoshdagi
bolalar, boshlang‘ich sinflardagi bolalar nutqini rivojlantirish uchun ajoyib
amaliy materialidir. Ulardan bolalar nutqining grammatik tuzilishini, bir o‘ zakli
so‘zlarni shakllantirishda foydalanish, fonemik eshitishni rivojlantirish mumkin.
Zero, ular turli tovush birikmalaridan, turli bosqichlarda bir necha marta
takrorlanadigan, turli xalq kuylari ohangida aytiladigan asarlardir. Bularning
barchasi bolaga birinchi navbatda, ona tilining go‘zalligini, uning ixchamligini
his qilishni, uni anglashni o‘rgatadi, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining
tasvirini, bolalarning og‘zaki ijodini shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Bola tarbiyasida qo shiqning roli juda katta. Qo shiq lirikaning engʻ ʻ
qadimgi shakllaridan biri bo lib, kuylashga mo ljallangan bir necha bandli
ʻ ʻ
she rdan iboratdir. Qo shiqlar kuy-ohang bilan aytiladi. Ba zan qo shiq o yin
ʼ ʻ ʼ ʻ ʻ
bilan birga ijro etiladi. Demak, qo shiq uchun she r va kuy kerak. Qo shiq xalq
ʻ ʼ ʻ
og zaki ijodining eng ko p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri
ʻ ʻ
hisoblanadi. Ayniqsa, “Alla” qo shig i yetakchi o rinda turadi. Beshik qo shig i
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
– allada kichkintoyning dastlabki tabassumi, ilk bor qo l-oyoqlarini qimirlatishi,
ʻ
28](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_28.png)
![imo-ishorani tushunishi kuylanadi. Ona endigina olamga kelgan do mbog idanʻ ʻ
shod, xursand holda berilib alla aytadi. Garchand norasida allaning mohiyati
nimadan iborat ekanligini hali uncha his etmasa-da, baribir ona alla aytaveradi.
Ona o z allasida atrofni qurshab turgan olamni qo shib aytadi. Butun borliq
ʻ ʻ
kechasi uxlashi – dam olishi va shu jumladan, kichkintoyi ham uxlashi
zarurligini berilib aytadi 1
:
Yot, bolam, uxla, qo zim,
ʻ
Uylarda o chdi chiroq.
ʻ
Uxlar asalarilar,
Uxlar baliqlar tinchroq.
Ko kda oy yarqiraydi,
ʻ
Derazadan qaraydi.
Ko zlaring yumgin, qo zim,
ʻ ʻ
Yot, quvonchim, qunduzim!
Alla, alla,
Suv sepganday, uylar tinch…
Qorong i hujralar tinch…
ʻ
Hech darvoza tiq etmas.
Ko zlaringni yum, qo zim,
ʻ ʻ
Ovunchog im, qunduzim!
ʻ
Musiqani sehr bilan solishtirish mumkin, uning sehrli xususiyatlaridan biri
insonni o‘tmishga qaytarish, uning xotirasida bolalikni, “o‘tgan kunlar”
voqealarini jonlantirish qobiliyatidir. Kattalar hayotining murakkab yo‘laklarida
1
Jumaboyev M. “Bolalar adabiyoti” (O qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
ʻ
Toshkent, 2013) darsligidan. (Elektron manba: https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/
bolalar-folklori-qoshiqlar/ murojaat etilgan sana: 24.03.2023)
29](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_29.png)
![kezib yurgan qancha odam bolalikni yorqin xotiralarini shirin qayg‘u bilan
eslaydi. Bunday xotiralar uchun mukammal saundtrek-bu allalar.
Agar siz allaning so‘zlarini eslay olmasangiz ham, xotiraning yashirin
qat’larida marvarid shodasi kabi murakkab bo‘lmagan lirik ohanglarni, intiqib
sog‘ingan ota-onangizning mehrini, g‘amxo‘rliklarini, hech qanday shartsiz
bo‘lgan sevgilarini his qilasiz, chunki alla unutishga imkon bermaydi.
Alla qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan. Ko‘pgina olimlarning
ta’kidlashicha, allalarning eng sodda variantlari ibtidoiy odamlar orasida
bo‘lgan. Bu davrda, bunday qo‘shiqlar himoya funksiyasini bajargan, bolalar
uchun tumor vazifasini o‘tagan. Ona bola uchun uni butun umri davomida
himoya qiladigan beshik qo‘shiqlarini yaratishi kerak deb ishonilgan.
Kattalar hamisha o‘z farzandlarini o‘ylab yashaganlar – mehnat va ijod
bilan shug‘ullangan. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to‘g‘risida
qayg‘urish majburiyatining tobora chuqurlashuvi tarzida kechib, talay
qo‘shiqlarning to‘qilishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, chaqaloqni parvarish etish
mas’uliyati behad katta bo‘lgan.
Onalar ana shu murakkab mas’uliyatni zimmalariga olganlar: o‘tkir
zakovat, tadbirkorlik, beqiyos insoniy mehribonlik evaziga o‘zlari goho
tushunib, goho tushunmay, «bolalarni tarbiyalab o‘stirish bilan mamlakatning
kelajak tarixini, demakki, dunyo tarixini ham tarbiyalab etishtirganlar. Bu yo‘lda
qo‘shiq ularga madadkor bo‘lgan: bolalarini qo‘shiq bilan uxlatganlar, yig‘lasa-
kuylab ovutganlar, erkalatganlar, hatto qo‘shiq bilan chaqaloqqa daxldor
marosim rasm-rusumlarni bajarganlar. Shu zaylda allalar, aytim-olqishlar,
ovutmachoqlar, erkalamalar, qiziqmachoqlar va qaytarmachoqlar yuzaga
kelgan. Ularda erkalash leytmotiv bo‘lgan. Shu sababli xalq og‘zaki
poeziyasining ana shu namunalarini erkalash poeziyasi tarzida umumlashtirish
va xarakterlash asoslidir 1
.
1
Bolalar folklori o‘zbek bolalar adabiyotining sarchashmasi. (Elektron manba:
https://abiturtest.uz/mavzular/bolalar-folklori-ozbek-bolalar-adabiyotining-sarchashmasi/
30](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_30.png)
![Bolani uxlatganda ona yoki chaqaloqqa qarovchi kishi tomonidan ijro
etiladigan qo‘shiq; xalq she’riyatida mashhur bo‘lgan folklorning eng qadimgi
janrlaridan biri alladir. Allalar dunyoning barcha xalqlari orasida qadim
zamonlardan beri, insoniyat so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘lgan paytdan beri bor.
Ibtidoiy ayollarning monoton (bir maromdagi) g‘o‘ldirashi ostida eng qadimgi
ajdodlarimiz uxlashgan. Qadimgi allalarda dastlabki marosimlar aks etgan,
animistik, totemistik qarashlar aks etgan. Insoniyat taraqqiyotiga parallel
ravishda allalar ham rivojlanib, mazmunli so‘zlar va istaklar, niyat va xotiralar
bilan to‘yingan.
Alla ijrosi onaning bola uchun eng yaqin, yonida ekanligini va uni juda
yaxshi ko‘rishini isboti edi. Xuddi shu maqsadda, beshikda “oppog‘im”,
“toychog‘im”, “polvonim”, “bolim”, suyanchig‘im”, “shirintoyim” kabi juda
ko‘p mehrli so‘zlar aytilgan, ular orqali kattalar chaqaloqqa o‘z mehr-
muhabbatlarini bildirganlar. Quyida shunday allalardan ayrimlarini keltirib
o‘tamiz:
Ko‘rar ko‘zim, alla-yo.
Suyar so‘zim, alla-yo,
Alla, bolam, alla-yo.
Shirin jonim, alla-yo,
Issiq nonim, alla-yo.
Alla, bolam, alla-yo, alla,
Do‘mboqqinam, alla-yo, alla.
* * *
Osmondagi oyim, alla,
Mening shirin choyim, alla.
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
murojaat etilgan sana: 04.04.2023)
31](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_31.png)
![Alla, bolam, alla-yo.
Sahar chog‘i bo‘libdi,
Ichim nurga to‘libdi.
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
Jigarimning porasi, alla.
Ko‘zginamning qorasi, alla.
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
* * *
Alla qilsin, bolam-o,
Uyquda orom olsin-o.
Alla, alla, deganda,
Jimgina uxlab qolsin-o.
Alla, bolam, alla,
Ikki ko‘zim, alla.
* * *
Uxla, qo‘zim, alla-yo,
Shakar so‘zim, alla-yo.
Ukam yig‘ l ar, tunda ham
Alla aytadi onam.
Qo‘shiqlari muloyim,
Obbo qilsin, alla-ey,
Uxlab bersin, alla-ey,
Alla, alla, alla-ey.
* * *
Jon bolam, erkatoyim,
Bulbulginam, alla.
32](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_32.png)
![Mehribonginam, alla.
Uxlasin oppoqqinam,
Shunqorginam, alla.
Onajonisi gulbog‘i, alla,
Erkatoyginam, alla.
Otajonisi zo‘r tog‘i, alla,
Yop-yorug‘ oyginam, alla.
* * *
Kichkinasan, lolasan,
Alla, bolam, alla.
Qachon katta bo‘lasan?
Alla, bolam, alla.
Bog‘ ichida chaman gullar,
Alla, qo‘zim, alla.
Sayraydi shaydo bulbullar,
Alla, qo‘zim, alla.
Tol ichidan tanlab olgan
Tol chavkonim bolam, alla.
Gul ichidan iskab olgan
Gul-u rayhonim bolam, alla.
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
Ikki ko‘zim, alla,
Shirin so‘zim, alla.
* * *
Alla aytay tong otguncha,
Uyqu kelmas kun botguncha,
Nuri diydam, alla,
33](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_33.png)
![Qo‘zichog‘im, alla.
Alla, alla, alladan-ay,
Kokillari tillodan-ay.
O‘qib kelgan mullodan-ay,
Alla, qo‘zim, alla.
Alla, qo‘zim, ol, qo‘zim,
Olmalari nor qo‘zim.
Anjirlari bol qo‘zim,
Alla, bolam, alla.
Umrimning shirin oni,
Oq bug‘doyning noni.
Hamma yomon ko‘rsayam,
Oyisining joni, Alla-yo, alla.
Qizil gulning joni,
Dilimning mehmoni.
Darding olay o‘zim,
Onasining joni,
Alla-yo, alla.
Sen boshimning bahori,
Sen umrimning nahori.
Sen qalbimning ohori,
Onasining shunqori,
Alla-yo, alla.
* * *
Qarchig‘ay qushning bolasiday,
Daraxt boshi uyasiday.
Daraxt boshin yel olsa,
Shaydullodir onasi-ey.
34](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_34.png)
![Alla, bolam, alla.
* * *
Gulim-a, ona gulim,
Bog‘imda bulbulimsan.
Besh inimning ichinda
Yolg‘izgina singlimsan,
Alla-yo, alla.
Otasining erkasi
Uxlab qolsin, alla-yo.
Onasining erkasi
Bo‘lsin inson sarasi,
Alla-yo, alla.
* * *
Alla mening bir gulim-o,
Gulga qo‘ngan bulbulim-o,
Alla-yo, alla.
Alla aytarman o‘zingga-yo,
Uyqular kelsin ko‘zingga-yo,
Alla-yo, alla.
Alla jonim, otingdan-ey,
Nur yog‘ilsin murtingdan-ey,
Alla-yo, alla.
Alla jonim, orom ol-ey,
Ko‘zing yumib, uxlab qol-ey,
Alla-yo, alla.
Alla seni yalqasin-o,
Panohida saqlasin-o,
Alla-yo, alla.
35](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_35.png)
![Qaynoq qonim san mani-ey,
Otam-onam san mani-ey,
Alla-yo, alla.
* * *
Alla, qo‘zim, alla,
Qo‘zichog‘im, alla.
Qo‘zichog‘im qo‘y bo‘lsin-ey, alla,
Qo‘ylar to‘yga buyursin-ey, alla.
Alla, bolam, alla-yo,
Alla, qo‘zim, alla,
Qo‘zichog‘im, alla.
Yo‘rg‘ala, toy, ot mindiray, alla,
Sen bilan ishqim tindiray, alla.
Alla, bolam, alla-yo,
Alla, qo‘zim, alla,
Qo‘zichog‘im, alla.
To‘ylaringga qo‘y so‘yayin, alla,
Qo‘y emas, qo‘chqor so‘yayin, alla,
Alla, bolam, alla-yo….
Qadimgi odamlar beshik qo‘shiqlariga katta ahamiyat berishgan, chunki
ular uchun bu shunchaki qo‘shiq aytish emas, balki chaqaloqning butun borliq
bilan aloqasini bog‘lab turuvchi o‘ziga xos mo‘jizali vosita deb bilishgan. Ota-
bobolar chaqaloq kattalar dunyosida o‘zini yolg‘iz, noqulay sezishiga
ishonishgan va buning eng yaxshi davosi, malhami sifatida allani bilishgan.
2.2. Alla qo‘shiqlarining mohiyati
Alla janrini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
-tinchlantiruvchi;
36](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_36.png)
![- pedagogik;
- sog‘lomlashtiruvchi.
Allaning asosiy vazifasi tinchlantiruvchilik xususiyatidir. Odatda bolaning
uyg‘onish holatidan uyqu holatiga o‘tish jarayoni chaqaloqning tashvishlari va
qo‘rquvlari bilan birga keladi. Qadim zamonlarda, bunday o‘tish tanilmagan va
o‘rganilmagan sehrli olamga, atrof muhitga sayohat qilish hisoblangan. Shuning
uchun, chaqaloq unga dalda beradigan, uni tinchlantiradigan, himoya qiladigan,
barcha qo‘rquv va tashvishli holatlarini yo‘q qiladigan yaqin odamga muhtoj
bo‘ladi. Bu onadir! Allani jonli ijro etgan onaning mehrli so‘zlari, ovozining
mayin tebranishlari, ijobiy energiyasi chaqaloqqa osoyishtalik va tinchlik
kafolatini beradi.
Alla qo‘shig‘ining pedagogik vazifasi: chaqaloq ongini kengaytirishi,
dunyoning tasavvurini shakllantirishi, ona tilining so‘z boyligini singdirishi.
Alla bolada ezgu ruhni tarbiyalaydi, onasi bilan yaqindan munosabatlarni
o‘rnatishga yordam beradi.
Allaning sog‘lomlashtirish funksiyasi: olimlarning isbotlashlaricha, allalar
ta’sirida kattargan bolalar kasalliklarga kamroq moyil bo‘lib, tezroq tetapoya
yuradilar, jismoniy tiklanadilar. Shu sababli ulug‘ ajdodimiz Abu Ali ibn Sino
o‘zining mashhur “Tib qonunlari” kitobida bola tarbiyasida allaning ahamiyati
to‘g‘risida shunday yozadi: “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki
narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni
uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul
qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan
musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi”. Alla — beshik qo‘shig‘i, u xalq
og‘zaki ijodi namunalarida ham keng kuylangan. Bolani yo‘rgaklash, beshikka
solish, uxlatish, uyg‘ongan bolani yo‘rgakdan y echib olish singari mashg‘ulotlar
kuylar, chiroyli ohangdor so‘zlar bilan bezalgan bo‘ladi… Bunday dilni
erkalovchi qo‘shiqlar bolaga ham xush yoqqan – ana shu she’riy to‘qimalar turli
37](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_37.png)
![voqealarga, ayrim marosimlarga bog‘lab aytilgan bu qo‘shiqni alla qo‘shiqlari
deyishgan 1
.
Folklorga tegishli bo‘lgan alla janri, qadim zamonlardan beri mavjud
bo‘lib, alohida holatda ma’lum bir millatga xos bo‘lgan ijodkorlikning haqiqiy
xususiyatlarini namoyish etgan. Alla-bu sodda, tez-tez takrorlanadigan ohangga
asoslangan musiqiy asardir.
Qo‘shiqning sodda tuzilishi, tinch sur’at, murakkab bo‘lmagan matn,
bolaning uxlab qolishiga yordam berishi, uni tinchlantirishi — allalarning asosiy
xususiyatlaridandir. Alla-bu ona va chaqaloq o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning eng tabiiy va estetik shakllaridan biri, chaqaloqqa nozik his-
tuyg‘ularni yetkazish, unga xavfsizlik va xotirjamlik hissi berishning oddiy,
ammo samarali usulidir.
Alla kuylashning o‘ziga xos musiqiy xususiyatlari: qisqa iboralarning
mavjudligi, undosh intervallarning ustunligi.
Folklor an’analarining yorqin timsoli bo‘lgan allalar juda qadim
zamonlarda paydo bo‘lgan, uzoq ajdodlarimiz yosh bolalar onasining
quchog‘ida yoki beshikda bir maromdagi, monoton tebranish ostida, sokin,
tinchlantiruvchi tovush ta’sirida tezroq uxlab qolishlarini payqashgan. Tarixiy
ashyolar guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 2000-yilda Bobilda loydan
yasalgan lavhalar yaratilgan bo‘lib, ularda ayollar uxlatishdan oldin bolalariga
kuylagan qo‘shiqlar matnlari mixxat bilan yozib qoldirilgan. Ushbu topilgan
artefaktlar allalarning janr sifatida kelib chiqishining qadimiy dalilidir. Bunday
qo‘shiqlar deyarli barcha xalqlarda, madaniy chegaralardan qat’iy nazar mavjud
bo‘lgan.
1
Ona allasi. Qisqa film & Alla qo‘shiqlari & Oy oldida bir yulduz (O‘zbek xalq
marosim qo‘shiqlari). (Elektron manba: https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/
ona.html murojaat etilgan sana: 21.04.2023)
38](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_38.png)
![Ba’zida allada turli jonivorlar, jumladan, bo‘ri, qo‘zichoq, arslon, kiyik
kabi hayvonlar, lochin, burgut, shunqor kabi qushlar obrazlari uchraydi. Buni
xalqning totemistik qarashlari bilan bog‘lash mumkin. Qushlar parvozining
tavsifi bolani silkitish, tebratish effektini yaratishga xizmat qilgan. S h uningdek,
folklor qo‘shiqlarida turli xil o‘simliklar va ko‘katlarning nomlari ham uchraydi.
Ota-bobolarimiz ularga alohida ahamiyat berishgan, chunki qadimda
kichkintoylar ularni tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan isiriq kabi o‘tlar bilan
cho‘miltirilgan, chayilgan. “Onalar o‘zlari xush yoki noxushliklaridan qat’iy
nazar farzandlariga hamisha mehribonlik bilan kuylaydilar: farzandlarini
erkalata turib uyqu chaqirganlarida eng nafis ranglarni tanlashga, shu ranglarni
g‘oyat nazokat bilan ishlatishga e’tibor beradilar. Bolalari tabiatini
toblantirishda doimo tiniqlik va quvnoqlikka aloqador tuyg‘ularni teran
ifodalashga xizmat qiluvchi poetik obrazlarga, sifatlash va o‘xshatishlarga
murojaat qiladilar, shu maqsadda qo‘zichoq, qo‘chqor, olqor, toychoq, saman,
toyloq, bo‘taloq, kiyik(ohu), quralay, serka, bulbul, to‘ti, lochin, tog‘, shahm,
chirog‘, qizil gul obrazlarida farzandlari qiyofasi va taqdiriga xos fazilatlarni
umumlashtirib e’zozlaydilar”:
Bulbul qushning bolasi,
Alla, qo‘zim-o, alla.
Daraxtda bo‘lar uyasi,
Alla, bolam-o, alla.
Daraxt boshini sel olsa,
Alla, qo‘zim-o, alla.
Shaydolar bo‘lar onasi,
Alla, bolam-o, alla 1
.
1
Bolalar folklori o‘zbek bolalar adabiyotining sarchashmasi. (Elektron manba:
https://abiturtest.uz/mavzular/bolalar-folklori-ozbek-bolalar-adabiyotining-sarchashmasi/
murojaat etilgan sana:10.05.2023)
39](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_39.png)
![Allalarning mazmun-mundarijasi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turgan. Bir
vaqtlar ularda xavfli jonzotlar, mahluqlar obrazlari paydo bo‘lgan, ularni
keltirishdan, tanishtirishdan maqsad bolalarni haqiqiy hayotda yovuzlik ham
borligini anglatish, ularni yomonlik ta’siridan himoya qilish edi. Boshqa
paytlarda allalar yaxshilik, sog‘lik-omonlik, baxtli hayot tilaklarini o‘z ichiga
olgan.
Tarixan, qo‘shiq syujeti ma’lum bir qoidaga bo‘ysunmagan, bundan
tashqari, alla mazmuni ikkilamchi darajaga ega bo‘lgan, monoton ritm va
tinchlantiruvchi ijro ohangi va tovush tebranishi birinchi o‘ringa chiqqan. Biroq,
bundan qat’iy nazar, alla syujetida uchta yo‘nalish yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Bolaning ko‘zi bilan dunyo tasviri (uning fantaziyalari, orzulari, g‘oyalari,
tasvirlari).
Onaning kelajak va hozirgi kuni bilan bog‘liq his-tuyg‘ulari va tajribalari
tavsifi.
Xayoliy hikoya (musiqiy kontekstdagi ertakning bir turi).
Allani hamma – onalar, buvilar, bobolar aytishadi. Chaqaloqni birinchi bor
beshikka solayotganda aytiladigan qo shiqlarda, avvalo, beshikka ta rif-tavsifʻ ʼ
beriladi. Aslida beshik yog och-taxta. Paxta, par va matolar bilan burkanganda u
ʻ
yumshoq, har qanday murg akka huzurbaxsh joy bo lishi har bir beshik
ʻ ʻ
qo shig ida chiroyli ifodaga ega:
ʻ ʻ
Beshigi taxta,
Orqasi paxta.
Egasi keldi,
Kuchugi qoch.
Ichida yotganning
40](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_40.png)
![Bahrini och .
Ammo nafaqat xalq allalari, balki radio va televideni ya da aytiladigan
zamonaviy, muallifga ega allalar ham bor. Hozirgi davrda shoiralar tomonidan
yaratilgan allalar ham onalar tomonidan o‘zlashtirilmoqda. Xalq ohangida
yaratilgan muallifli allaga misol:
İkki ko‘zim aymog‘i-yo allla,
Yuragimning qaymog‘i-yo alla,
Qosh farishta beshigingni qo‘rg‘asin,
Xudo bergan chirog‘im-o, alla,
Kaklikchaday sayrog‘im-o, alla.
Tulki bola uxlar qiyoq bolishda,
Turna uxlar-belanchagi qamishdan,
Oynako‘lda baliq mudrar kumushda,
Chin bahmalda minorim-o, alla-yo,
Ro‘molimda tumorim-o, alla.
Gul bargiga chirildoqlar belandi,
Rayhonlardan atru-anbar elandi,
Hayotimga qizil gulning payvandi,
Bog‘imdagi qizil lolam, alla-yo,
Kissamdagi mayiz bolam, alla.
Shamol tindi, shaqildog‘i-yonboshda,
Oy berkindi to‘lqinlarga taloshda,
41](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_41.png)
![Uyqu bosib mudraydi tog‘-u, toshda,
Yangi chiqqan oyim bolam, alla-yo,
İpakdan ham mayin bolam, alla.
Til uchimda halvoyitar beroyin,
Kadining bog‘i uzilsin-o, ko‘royin,
Kelincha bo‘lib suzilsin-o, ko‘royin,
Xudo bergan chirog‘im-o, alla-yo,
Yuragimning qaymog‘i-yo, alla.
Oydin Hojiyeva. “ Panohim ” 1992.
Bolalar dasturi – “ Oqshom ertaklari ” da aytilgan allalar bir necha avlod
tomoshabinlarni tarbiyalagan. El sevgan xonanda Habiba Oxunova tomonidan
aytilgan alla qo‘shig‘i o‘zbek allasining eng mumtoz va mukammal varianti
hisoblanadi. Shuningdek, Gulbahor Erqulova, Yulduz Usmonova, Feruza
Jumaniyozova, Hilola Hamidova, Shahzoda, Umida kabi xonandalar ham
shunday qo‘shiqlarni marom bilan kuylashgan.
Habiba Oxunova aytgan Alla qo‘shig‘ining matni quyidagicha:
Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab, asta
Uxlab qolgin, alla.
Yuzlaringga tomgan suvga
Hayron bo‘lma, alla-yo,
Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla.
42](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_42.png)
![Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla.
Istiqboling porloq sening,
Jajjiginam, alla-yo.
Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla.
Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla.
Sevganimdan yodgorimsan,
Oltin qo‘zim, alla-yo.
Men sho‘rlikday to‘kilmagin,
Ko‘rar ko‘zim, alla.
Men sho‘rlikday to‘kilmagin,
Ko‘rar ko‘zim, alla.
Alla, alla, alla-yo…
XIX asrning o‘rtalarida I. Brahms o‘zining mashhur asarini yaratdi, uning
“ Guten Abend, Gute Nacht ” ( xayrli kech, xayrli tun) satrlari allaning mohiyati
bilan mustahkam bog‘langan edi. Hozirgi zamonaviy allalar pop-madaniyat
qoidalari va o‘tmish an’analarining o‘ziga xos qorishmasidir. Bunga Uyg‘onish
davrida Angliya qirolichasi Elizaveta I davrida yozilgan she’rlarga asoslangan
“ Golden Slumbers” ( “ Oltin uyqular ” ) qo‘shig‘i ajoyib misol bo‘ladi. Bu alla
Liverpulning afsonaviy “The Beatles” guruhi tomonidan ijro etilgan va 12-
albomga (Abbey Road) kiritilgan edi.
43](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_43.png)
![Qiziqarli faktlar
Y a qin SHarqdagi eng mashhur allalardan biri ... dafn marosimida ijro
etiladi! Bu yaqinlari, sevimli qarindoshlari va o‘rtoqlaridan ayrilganlarning
qalbiga o‘rnashgan sog‘inch haqida kuylaydigan nihoyatda qayg‘uli qo‘shiq.
S h arqda beshik qo‘shiqlarining inson xarakteriga ta’sirini aks ettiruvchi
maqol bor. Jumladan, yovuz, yuraksiz va shafqatsiz odamlar haqida “onasi unga
kechasi alla aytmagan” degan maqol keltiriladi.
O‘tgan asrning 20-yillarida ispan dramaturgi Federiko Garsiya Lorka
Ispaniyaning turli hududlarida yashovchi odamlar orasida mashhur bo‘lgan
allalarga oid ilmiy-ommabop maqolasini nashr etdi. Shoir bunday
qo‘shiqlarning o‘ziga xosligini, ularning mohiyatini ochuvchi kichik kaliti
borligini, she’riy matnning ma’nosi umumiy qayg‘uli kayfiyat bilan ajralib
turishini aniqladi. Bu xususiyatga ko‘ra bolalar qo‘shiq tempini va
tinchlantiruvchi ritmni idrok etishadi,biroq matndagi so‘zlar ular uchun jiddiy
ahamiyatga ega emas. Ona uchun esa, o‘z navbatida, bu holat musiqa va oddiy
she’rlar yordamida o‘z fikrlarini, behalovat kunlarini, tashvishli tunlarini, bola
taqdiridan bezovtaligini ifoda etish, dardlarini aytib olish va ruhiy holatini
yengillashtirish imkoniyatini yaratadi. Lorka birinchi bo‘lib nafaqat bolaning,
balki onaning ruhiy salomatligiga nisbatan allalarning terapevtik ta’sirini
aniqlagan.
Allalarni ijro etishning foydali ta’siri nafaqat ona chaqaloqqa qo‘shiq
aytganda, balki homilador ayol sokin tarzda alla qo‘shig‘ini kuylaganda yoki
ularni tinglaganida ham namoyon bo‘ladi. Ona qornida bo‘lgan chaqaloq
allaqachon onaning kayfiyatini, ovozining tebranishlarini idrok eta oladi.
Chiroyli, sokin musiqa ijobiy his-tuyg‘ular manbai bo‘lishi mumkin, bu
kelajakdagi onalar va ularning chaqaloqlarining sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ko‘p allalar o‘rtacha, sekin tempda ijro etiladi. Aynan shu holat
chaqaloqning tinch yurak urish tezligiga juda mos keladi.
44](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_44.png)
![Alla eshitgan bolalar o‘z ona nutqini tezroq o‘zlashtirishlari, mo‘tadil
odobli va sermulohaza bo‘lishligi, atrofdagi borliqni o‘tkir zehni bilan
muvaffaqiyatli anglashlari isbotlangan, chunki alla qo‘shiqlar bola eshitish
idrokini, miyasining chap va o‘ng yarim sharlari o‘rtasidagi aloqalarini
mustahkamlaydi.
Kult musiqachisi, mashhur “ The Beatles ” gruppasining asoschisi, vokalchi
va ritm gitarachi bo‘lgan Jon Lennon “Good Night” ( “Xayrli tun”) nomi bilan
mashhur bo‘lgan allalardan birini ijod qilgan. Qo‘shiqni yallachi o‘zining o‘g‘li
Julianga bag‘ishlagan. Allada dunyoda hamma narsa ajoyib, zavq-shavqli
ekanligi haqidagi tezis ilgari so‘rilgan. Vaqt o‘tishi bilan orkestr aranjirovkasi
bu qo‘shiqni xit darajasiga olib chiqdi. Son-sanoqsiz ijro etilgan bu alla oxir-
oqibat lirik madhiyaga, janr klassikasiga aylangan.
Nyu Yorklik doktor Jeffri Perlman 2013-yil bahorida qiziq tadqiqot
o‘tkazdi, tadqiqot davomida onaning chaqaloqqa allani muntazam ravishda ijro
etishi terapevtik ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Gap shundaki, alla ta’sirida
uxlab qolgan bolalar kasalliklardan tezroq tuzalib, chaqaloqlarning aqliy va
hissiy rivojlanishi yanada barqaror va samarali bo‘lgan. Musiqiy terapiya
fiziologik jihatdan ham foydali ta’sir ko‘rsatgan. Allani tunda eshitgan bola
nafas olish va yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga kamroq moyil bo‘larkan.
Allani “inson qalbining tugal surati” sifatida ko‘rib chiqilgan birinchi ilmiy
ish A. V. Vetuxovga tegishli 1
. Folklorshunos olim xalq allasi motivlarini
tavsiflab, uning matn maydonida uch “davr”, uchta mantiqiy va semantik
qatlamni aniqlaydi:
1) ona bolaga atrofdagi dunyo haqida aytib beradi, hayvonlar, jonsiz
narsalar tasvirlarini chizadi;
1
Ветухов, А.В. Народные колыбельные песни / А.В. Ветухов //
Этнографическое обозрение: издание этнографического отдела. – 1892. –№ 1. – С.
132-133
45](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_45.png)
![2) ona chaqaloqning kelajagi haqida o‘ylaydi, matn onalik istaklari va
bolaning baxtiga umidlar bilan to‘ldiriladi;
3) ona “o‘zining xotiralari olamiga kiradi va o‘z dunyoqarashi va ma’naviy
xazinalarini ochib beradi”.
Ikkinchi bob xulosasi
An’anaviy xalq madaniyatida alla qo‘shiqlari sehrli himoya funksiyasini
bajarishi mumkin bo‘lgan, deb tushunilgan. Allani, asosan, ona bolasiga
kuylagan. Bu janr dunyodagi barcha xalqlarda bor bo‘lib, uni ijro etish uchun
hech qanday asbob talab qilinmagan, faqat ovozning o‘zi yetarli bo‘lgan. Alla
musiqiy folklorning marosim janrlari bilan stilistik o‘xshashliklarga ega bo‘lib,
birinchi navbatda yig‘i-yo‘qlov bilan o‘xshashlik kasb etadi. Ushbu janrda duo
sehri elementlari saqlanib qolingan. Qadimgi odamlar har bir inson turli sirli
salbiy kuchlar qurshovida bo‘ladi, deb ishonishgan, agar bola tushida yomon,
dahshatli narsani ko‘rsa, bu holat uning hayotida yuz bermaydi, deb ishonilgan.
Shuning uchun allada gohida g‘amgin tasvirlar bo‘lgan. Ayrim xalqlarda alla
bolani yomon ko‘zdan himoya qiladi, deb ishonilgan. Keyinchalik, allalarda
sehrli elementlar yo‘qolib borgan, ularning o‘rnini kelajakka umid, yaxshi
tilaklar egallab borgan.
Alla–ajdodlarning azaliy donoligi, axloqiy va estetik g‘oyalarini o‘zida
mujassam etgan xalq qo‘shiqlari san’atining eng qadimgi janri.
Hayotining birinchi kunlaridanoq chaqaloq alla orqali o‘zi uchun
tanilmagan, umuman yangi dunyoni kashf etadi. Qo‘shiq unga oilaviy turmush
tarzi, uni o‘rab turgan atrofdagi hayot, hayvonlar haqida va, albatta,
qarindoshlarining unga bo‘lgan cheksiz muhabbati va g‘amxo‘rligi haqida
hikoya qiladi.
Bolani tebratib alla aytish jarayoni qo‘shiq matnini oldindan yodlashni yoki
alla matnini tayorlab quyishni nazarda tutmaydi: alla aytuvchining (onasi,
46](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_46.png)
![buvisi, katta singlisi va boshq.) ongida saqlanib qolingan barcha ezgu narsalar,
hayot quvonch va tashvishlari, yoshi ulug‘larning hayot tajribalari asosida
chiqarilgan hukmlari alla orqali yorqin va tiniq tarzda “efirga uzatiladi”. Dam
olayotgan bola bu so‘zlarni tushunmasa-da, har qalay alla aytuvchining mehrini,
ruhiy holatini tuyishi mumkin. Bola tebranish jarayonidan jismoniy kamol topsa,
allani eshitib, ma’naviy tomondan tarbiya topib boradi.
Darhaqiqat, allalar bolaga atrofdagi dunyoni bilishga, oilaviy
munosabatlarni, hayotiy qadriyatlarni o‘zlashtirishga yordam beradi, ular
bolaning rivojlanishi va tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Zamonaviy dunyoda allalarga zarurat yo‘q, degan taxmin, o‘z asosiga ega
emas, chunki allalarga XXI asrda ham zarurat bor. Zamonaviy dunyoda allaning
roli shubhasiz ulug‘ dir.
Uchinchi bob
O‘YIN FOLKLORINING BOLALAR
TARBIYASIDAGI O‘RNI
3.1. Bolalar o‘yin folklori va sanamalar
Bolalar o‘yinlarining muhim xususiyatlari shundaki, unda bolalar ayni
choqda ham ijrochi, ham tomoshabin rolini o‘taydi... O‘yinlar bolalar
47](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_47.png)
![faoliyatini shakllantirishning ilk vositalari hisoblanadi. Binobarin, o‘yin
bolalarni mehnatga o‘rgatadigan, yashash uchun kurashishga tayyorlaydigan
mashqlar. Bolalar uchun o‘ynash hayot taqazosigina emas, balki ifodasi ham.
O‘yin orqali bolalar o‘zlari yashayotgan olamni idrok etadilar va anglab
boradilar... Bolalar o‘ynab turib ham jismonan chiniqishadi, ham ma’naviy,
ham axloqiy saboq olishadi, ham o‘zlarida intizom tuyg‘usini
shakllantirishadi. Bolalar o‘yin folklorining etnopedagogik mohiyati mana
shunda. Bolalar xalq o‘yinlarida amaliy pedagogika, san’at va jismoniy tarbiya
asoslari chatishib ketgan. Shunga qaramay, ularning ma’lum qismi so‘z
asosidagina qurilgan. Shu xususiyatiga ko‘ra ularni harakatli
o‘yinlar va ma’naviy (so‘z) o‘yinlari tarzida ikki guruhga ajratish mumkin 1
.
O‘zbek bolalar o‘yinlarining ildizlari juda qadimgi davrlarga borib
y etadi. Ularning izlarini eramizdan oldingi minginchi yillarda ham ko‘rish
mumkin. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘at at-turk” kitobi hamda IX-
asrda yaratilgan didaktik asar “Irq bitigi” (“fol kitobi”) kabi manbalardagi
qaydlar, qatlamlarida ham bolalar folklor o‘yinlarining izlari bor. Qadimgi
turkiy xalqlarning yaratilishiga oid miflarda ham yosh bolani tarbiyalagan va
undan o‘n ikki farzand ko‘rgan ona bo‘ri haqidagi syujetlarda ham bola
obraziga bejizga ahamiyat beril m agan.
Bolalar folklor o‘yinlarining mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin.
1. Mavsumiy bolalar folklor o‘yinlari: bahor, yoz, kuz, qish
mavsumlarida o‘ynaladigan folklor o‘yinlar.
2. Marosim bolalar folklor o‘yinlari: to‘y-marakalarda, ramazon
vaqtida aytiladigan qo‘shiqlar.
1
Bolalar o ‘ yin folklori xususiyatlari va harakatli o ‘ yinlar . (Elektron manba:
https :// abiturtest . uz / mavzular / bolalar - oyin - folklori - xususiyatlari - va - harakatli - oyinlar /
murojaat etilgan sana:30.05.2023)
48](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_48.png)
![3. Mehnat bilan bog‘liq bolalar folklor o‘yinlari: “yerni haydash”,
“Ekin ekish”, “Qovun-qovun”, “O‘rik qoqish”, “Tut qoqdi”, “O‘rik
quritish”, “Anor uzish”, “qulupnay sayli”, “Yanchiq”, “Xo‘sh-xo‘sh”,
“Churey-churey”, “Xushey-xushey”, “Sigir sog‘di”, “Ot sug‘orish” va
boshqalar.
4. Bolalarning oilaviy-maishiy mavzudagi folklor o‘yinlari:
“Kelin tushirish”, “Kelin-kuyov”, “Ona-bola”, “Taom pishirish”,
“Uy jihozlash”, “Qo‘g‘irchoq o‘yini”, “Non yopish”, “Er-xotin”, “Alla-alla”,
“Beshik bezash”, “Beshikka belash” kabilar.
5. Jismoniy harakatli bolalar folklor o‘yinlari:
“Quvlashmachoq”, “Ziyrak”, “G‘oz-g‘oz”, “To‘pni quvib yet”, “Quyonim
quyonim”, “Olarsana”, “Epchiquyon”, “To‘ptosh”, “Sanash”, “Chiqadak”,“Oq
suyak”,“Yugurish”, “Zuvzuv”,“Oq terakmi”, “ko‘k terak”,“Eshak mindi”,
“To‘p”, “O‘yla”, “Quloq cho‘zma”, “Soqqa”, “Lanka", “Qizquvdi”, “Poyga”,
“Nishonga otish”, “Qilichbozlik”, “Tosh ko‘tarish” va boshqalar.
6. Mantiqiy bolalar folklor o‘yinlari: tez aytishlar. Topishmoq
topish o‘yinlari, sanoqlar, aytishuvlar, savol-javoblar, o‘ylab top,
xotirani tiklash, chamalash va boshqalar.
7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog‘liq bol a lar folklor
o‘yinlari.
8. Bolalarning ermak folklor o‘yinlari.
9. Musiqa o‘yinlari.
Harakatli o‘yinlarning katta qismi sanamalar bilan boshlanadi.
Sanamalar keng va doimiy rivojlanayotgan janrga tegishli – an’anaviy
tasvirlar bilan bir qatorda bolalarning kundalik hayoti va ularning idrokini
doimiy ravishda charxlab turuvchi harakatli o‘yinlarning boshlanmasidir.
O‘zbek folklorshunosligida zamonaviy sanama janrining mazmun-
mohiyati haqida dastlab G‘.Jahongirov, O.Safarov tadqiqotlarida ma’lumot
49](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_49.png)
![keltiriladi. Bu hodisani G‘. Jahongirov “sanoq termalari” atamasi bilan
yuritadi. O.Safarov bu atama hodisani ikki so‘zda ifodalaganidan, qolaversa,
termaning o‘zi folklorda mustaqil janriy hodisani ifodalovchi istiloh
bo‘lganligidan “sanoq termalari” ilmiy istiloh darajasiga ko‘tarila
olmaganligini dalillab berdi. S.Avezov ham o‘z tadqiqotida (2004 y. “Sanama
janri tabiati va badiiyati”) sanama janrining tabiati, tasnifi, ijro, o‘ziga xos
ritmi va tasviriy vositalarning poetik vazifalarini chuqur tahlil qilgan.
Tadqiqotchi sanamalar tarixiy genetik asoslariga ko‘ra, qadimgi turkiy
xalqlarning magik tasavvurlari, raqamlarga nisbatan animistik va totemistik
qarashlari, xalq milliy urfodatlari va an’analari ta’sirida paydo bo‘lgan va
shakllanib, ijtimoiy taraqqiyot tufayli bolalar o‘yin repertuariga o‘tib
qolganligi hamda ular ijodkorligini yanada boyitganligini asoslab bergan .
Sanovchining vazifasi o‘yinni tayyorlash va tashkil etishga yordam
berishdir. Sanama o‘yinning prologidir. Uni aytuvchi bolaning muhim
tashkiliy funksiyasi, bolalar jamoasini bir butunga birlashtiradi,
o‘yinboshilarni tanlashga va undagi rollarini taqsimlashga yordam beradi, bu
o‘yinlar esa maqsad va ijro jihatidan juda rang-barang bo‘lishi mumkin.
Sanamalarning xarakterli musiqiy intonatsiyalari va she’riy matni bolalarga
ruhiy ta’sir qiladi, ularni o‘yinga tayyorlaydi, o‘yin ishtiyoqini yuqtiradi.
Sanamalarni kompozitsion jihatdan ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1) Mavhum sanamalar;
2) Syujetli sanamalar.
Sanoq janri-sanamalar bolalar folklorida ayniqsa muhim o‘rin tutadi.
Bolalar folklorining janri bo‘lgan sanamalar o‘ynoqi shaklda, qofiya-ritmik
tuzilishga ega bo‘lgan kichik she’riy matnlardir. Sanamalar bolalar tomonidan
yetakchini, o‘yinboshini tanlash, o‘yin tartibini belgilash yoki o‘yindagi
rollarni taqsimlash uchun ishlatiladigan qisqa qofiyali she’rlardir. Sanamalar
6, 8, 10 yoki undan ortiq satrlarga ega.
50](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_50.png)
![Arqon va to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlarning aksariyati sanamalar yoki
matashmachoqlar bilan boshlanadi. Sanamalar yakkaxon kuylanadi, lekin
ba’zan guruh tomonidan hamjihatlikda ham aytiladi.
Bolalar o‘yinlari ko‘plab omillar ta’siri ostida o‘zgarib boradi: hayot
sur’atining tezlashishi, turli ma’lumotlar miqdorining ko‘payishi va sifatining
o‘zgarishi, internet tizimi va kompyuter texnologiyasining rivojlanishi. Yangi
sharoitlarga moslashish turli o‘yinlarning o‘yin qo‘shiqlari sezilarli darajada
o‘zgaradi, trasformatsiyaga uchraydi, bu jarayon cheksiz, doimiy tarzda
davom etadi.
Bolalar o‘yin folklori qadimda “C h orlama” aytish bilan boshlangan.
C h unki o‘yin o‘ynash uchun avvalombor bolajonlarni bir joyga yig‘ish kerak.
C h orlamalar aynan bolalarni to‘plash maqsadida o‘yinboshi tomonidan
aytilgan va o‘yin maydoniga chaqirilgan:
Kel - ho.
Y u gur – ho.
Amalim, ha,
Hamalim, ha,
Sayil berda,
Tezda y etib kel!
Otda y etib kel!
O‘ynagani kel!
Tortishgani kel!
Bellashgani kel!
51](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_51.png)
![Kelmasang, ham kel!” chorlovlari ham shunchaki lirik qo‘shiq emas,
balki ularda bolalarga ruhiy ta’sir ko‘rsatib, bir joyga jamlash, ularni o‘yinga
ruhan tayyorlash, g‘alabaga bo‘lgan ishonchni ortirish kabi ruhan ta’sir qilish
elementlari ham bor.
Sanamalar nafaqat ma’lum amaliy maqsadlarni ko‘zlaydi (o‘yinchilar
uchun tartibni belgilaydi), balki shubhasiz she’riy ahamiyatga ham ega. U turli
xil kulgili rivoyatlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Amakijon, amaki,
Ko‘p chekmangiz tamaki.
Tamakida zahar ko‘p,
Yo‘taltirar juda xo‘p.
Tamakining puliga
Olma oling kuniga.
Olmada ko‘p vitamin,
Tamakida nikotin.
Tamaki chekkan kishini
Ochib ko‘rgin tishini:
Yarmi sariq, yarmi yo‘q,
Tamaki chekib ko‘ngli to‘q.
Iq, biq sen chiq!
Ikkinchi guruhga mavhum sanamalar mansubdir, ularda mavhum so‘zlar
to‘liq yoki qisman qatnashib ma’nosiz she’r ko‘rinishini hosil bo‘ladi. Bolalar
muhitida mavhum deb qabul qilingan ushbu guruhning ba’zi hisoblash
sanamalarining alohida so‘zlari aslida buzilgan hisoblash so‘zlaridir.
Hakkalakam,
52](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_52.png)
![Dukkalakam,
C h ori C h ambar,
Biri Anbar,
Ola qushim qayda?
Ola-bula tog‘da.
San tur, san chiq!
Ayrim olimlarning ta’kidlashicha, sanamalar nafaqat o‘z ijrochilariga
o‘yin gashtini, quvonchini baxsh etadi, balki boshqa asarlarga ham ozuqa
beradi; og‘zaki asarlarning bu kichik turi asosiy janrlar asarlariga kiritilgan
bo‘lib, kichik va nafis shakli bilan e’tiborni tortadi va asarning alohida
qismlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Olimlar sanamalar tili
xususiyatlarini eng qadimiy shartli nutqqa, hisoblash taqiqiga (raqamlarni
qayta hisoblash, tovushli talaffuzni taqiqlash) bog‘lashadi. Sanamalar qadimgi
odamlar orasida bo‘lgan tushunchaga ko‘ra, hayvonlar inson nutqini
tushunishi mumkinligiga ishonishgan, shu sababli odamlar faqat o‘zlari
tushunadigan maxfiy so‘zlarni ixtiro qilganlar.
Qadimgi e’tiqodlarga ko‘ra, agar ovchi o‘ldirilgan ovni shunchaki
raqamlar bilan bir,ikki, uch tarzida sanasa, keyingi ovda undan omad yuz
o‘giradi; agar uy bekasi tovuq tuxumini hisoblasa, tovuqlar tuxum qo‘yishni
to‘xtatadi va hokazo. Xullas, raqamlar bilan sanash barakani yo‘q qiladi deb
tushunilgan. Odamlar so‘zning kuchiga ishonishgan va sanashda sehr bor deb
o‘ylashgan. Keyinchalik, inson hayoti o‘zgarib, odamlar tabiatdan qo‘rqishni
to‘xtatganda, sanamalar bolalar o‘yiniga aylangan va bolalarga o‘yinda
rollarni tayinlashda yordam bergan.
Sanamalar mavzusi turli xildir, ayrimlari ma v sumiydir:
Laylak keldi,
Tuxum qo‘ydi.
53](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_53.png)
![Nechta?
Beshta.
Bir, ikki, uch, to‘rt, b e sh.
Ayrimlari esa “salom-alik” mazmunida:
Omonmisiz - esonmisiz?
Tog‘dan kelgan mehmonmisiz?
Uyga kir i ng, choy iching,
C h oy ichmasangiz safdan chiqing.
Sanamalarga sanoq sonlarining tartibi (ya’ni, 1,2,3,4,5 va h.zo) bilan
keltirilishi xos emas, ularda qofiyali so‘zlar yoki bo‘g‘inlar sanoq vazifasini
bajaradi. Sonlarning o‘rnini so‘zlar egallashi ko‘hna tarixdagi tushunchalar
bilan bog‘liq.
Ming yillar davomida ajdodlarimiz o‘z istaklarini har-xil salbiy
kuchlardan, hayvon va qushlardan sir tutishi, narsalarni o‘z nomi bilan emas,
balki o‘zga nomda aytishni lozim bilishgan, shu sabab raqamli tartibli
sanoqdan ham ehtiyot bo‘lishgan. Fayz-barakasini qochirmaslik uchun
chorvadorlar mollarini, ovchilar o‘ljalarini, bekalar tovuq tuxumlarini sanashni
hosiyatsiz, deb bilganlar. Ayrim holda bolalarning soni ham aniq aytilmagan.
Biroq sanoqsiz ham qiyin bo‘lganligi uchun odamlar sanashning boshqa
turlarini tuqishgan. Zamonlar o‘tib bunday irimlar, sanamalar ko‘rinishida
bolalar o‘yinlarga o‘zlashgan.
Gohida o‘yin uchun to‘plangan bolalarni ikki guruhga ajratib olish kerak
bo‘lgan. Bunda sanamalar o‘rniga matashmachoqlar qo‘llanilgan. Bolalar
ikkita-ikkita (matashib) uzoqroqqa borishgan, o‘zlariga sirli nom qo‘yib, yoki
54](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_54.png)
![qo‘llariga nimanidir yashirib ikki o‘yinboshi oldiga kelishgan. Ayrim holatda
o‘yin ishtirokchilari faqatgina matashib, hech narsani bekitmasdan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘yinboshilarning savollariga javob berishgan. Savol-javob tugagach,
o‘yin boshlangan.
Safarova N. o‘yinlarni og‘zaki badiiy ijod namunasi sifatida ularni
obrazlar talqini, g‘oyaviy mazmuni va kompozitsiyasi, maqsadi va vazifalari
jihatidan shartli ravishda uch turga bo‘ladi:
a) qahramonlik ruhidagi o‘yinlar;
b) hayvonlar haqidagi o‘yinlar;
d) maishiy o‘yinlar 1
.
Biz ustoz E.Musurmanov bilan yiqqan sanamalarimizdan ayrimlarini
keltirib o‘tmoqchiman, ularning ayrimlar bir vaqtning o‘zida ham tegishmachoq
vazifasini bildiradi:
Omonmisiz, esonmisiz?
Qopga solgan somonmisiz?
Kal boshingiz olovday,
Damlab kuygan palovday.
Taq - tuq, tasadduq
* * *
Ishtixonga boraman,
Oltin uzuk olaman.
Oltin uzugi qiyshiq,
Ali - Vali sen chiq.
* * *
Dili, Dili, dilishka,
Oyog‘ida tapishka.
Tapishka suvga tushdi,
1
Ўринова М. Н. болалар фольклорининг янги тараққиёт босқичлари.//
Образование и инновационные исследования (2022 год №7). ISSN 2181-1717 (E). –
Б. 105
55](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_55.png)
![Dilixon qo‘lga tushdi.
Tapishni suvdan olding,
Davron faqat sen qolding.
* * *
Amakijon, amaki,
Og‘zingiz d a tamaki.
Tamakidan keyin nos,
Nosdan keyin papiros.
Papirosni chekasiz,
O‘ pka kasal bo‘lasiz.
O‘lasiz, yo qolasiz,
Kimga oshno bo‘lasiz?
* * *
Menga qara Fazliddin.
- Otni qa y erga bog‘lading?
- Otxonaga bog‘ladim.
- Necha satil suv ichdi?
- Olti chelak suv ichdi.
- Qolganini kim ichdi?
- Boyning xotini ichdi.
- Iq, biq, sen chiq.
* * *
Attim, battim, bir tepdim,
Po y ezd yo‘liga chiqdim.
Po y ezd yo‘li butazor,
Butazorda ayiq bor.
Ayiq meni qo‘rqitdi,
Qulog‘imni silkitti,
Iq, biq, sen chiq.
* * *
56](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_56.png)
![Xoji borar Makkaga,
Quloqlari xalqada.
Xalqasi tushib qoldi,
O‘tirdi yig‘lamoqqa.
Sen chiqqin quvlamoqqa.
* * *
Si takanga suv soldim,
To‘lib toshib ketibdi.
Samarqandga qiz berdim,
Olib qochib ketibdi.
Oq non, qora non,
Uzbekskiy baraban
* * *
Quvala qochoq, qochoqchi,
Qizini erga bermoqchi.
Qizi tegmayman deydi,
Ayasi tegasan deydi.
Erga tegsang egiz ko‘r,
Otini Amir -Temur qo‘y,
Y o ki Ali - Vali qo‘y,
Yoki Yulduz – Qunduz qo‘y.
Eshigingga yozib qo‘ y.
* * *
Bo‘ri kelib o‘qisin,
Chumchuk kelib cho‘qisin.
Kimki chiroyli bo‘lsa,
Birinchi o‘sha chiqsin.
* * *
57](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_57.png)
![Xalq o‘yinlari boshqa ta’lim vositalari bilan birgalikda har jihatdan
rivojlangan, faol shaxsni shakllantirishning dastlabki bosqichidir. Bolalik
taassurotlari kattalar xotirasida chuqur va o‘chmas iz qoldiradi. Bu xotiralar
yoshi ulug‘ kishilar axloqiy tuyg‘ularini rivojlantirish uchun asos yaratadi.
3.2. Bolaligim, seni sog‘indim
Bolaligimda do‘st va dugonalarim bilan turli o‘yinlarni o‘ynar edik.
Diplom ishimni yozish mobaynida bu o‘yinlarni eslab, yana qaytadan boladek
bo‘lib, yana do‘stlarimni, dugonalarimni, ular bilan kechirgan eng fayzli
kunlarimni ko‘z oldimga keltirdim va o‘sha beg‘ubor yoshlik muhitiga
qaytdim. Bolalik damlari men quchoq ochib kutib oldi, o‘z bag‘riga olib, kino
lentadek yoshligim ko‘z o‘ngimda namoyon qildi. Juda ko‘p va turli
o‘yinlarni o‘ynagan ekanmiz. Ularning orasida quvlashmachoq,
yashinmachoq, oyoq bilan sakraydigan va qo‘l - barmoqlar bilan o‘ynaladigan
har xil harakatli o‘yinlar, tez aytish, topishmoqning javobini topish kabi
ma’naviy o‘yinlar, ayniqsa, mashhur edi. Quyida Ishtixon tumani,
Qoraqishloq hududida yashovchi bolajonlar aytadigan shunday o‘yinlardan
ayrimlarini keltirib ularning ahmiyati haqida so‘z yuritamiz.
Cho‘ki (cho‘p) o‘yini
Bu o‘yinni 6-8 nafar bolajon bir joyga to‘planishib o‘ynashgan. Uning
shartiga ko‘ra bolalar ikki guruhga bo‘linib, har biri o‘zining sherigi bilan
o‘yinni boshlaydi. O‘yin jarayoni quyidagicha: Bir jamoa vakillari chapga qarab
turadi, ikkinchi jamoa vakillari esa bir qo‘liga cho‘kini mushtiga yashirib,
qo‘llarini kesishma - X qilib turadi. Teskari qarab turgan bolalar jamoasi
ikkinchi jamoa bolalari qo‘llariga yashirgan cho‘kini topishga harakat qilishadi.
Cho‘ki yashirgan bolalar: “Qani top” deb hitob qilgach, keyingi guruh bolalari:
“Unda, bunda, cho‘ki shunda”, deb musht qilgan bolaning qo‘llarini sanaydi.
58](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_58.png)
![Sanoq tugagach, cho‘kini yashirgan bola mushtini ochadi va cho‘ki qaysi qo‘lda
ekanligini ko‘rsatadi. Agar topuvchi bola cho‘kini topgan bo‘lsa, guruhiga ball
olib beradi, topa olmasa, o‘zi o‘yindan chiqib ketadi. O‘yin shu tarzda davom
etadi. Ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib bo‘ladi (o‘yin jarayoni slaydimizda
ko‘rsatilgan). Bu o‘yin bolajonlarning zehnini rivojlantirishga, diqqatiga
jamlashga katta yordam beradi (1-rasm).
“Laylak keldi” o‘yini
Bu o‘yinda qizlar va yigitlar aralash ishtirok etib, ularning soni
chegaralangan emas. O‘yin bolalarning aylanaga turib, qo‘llarini bir-birining
ustiga qo‘ygach, o‘yin o‘yinboshi orqali quyidagicha boshlanadi:
O‘yinboshi o‘ng qo‘lini sherigining chap qo‘liga urgandan keyin o‘yin
ishtirokchilari she’rning so‘zlarini birma-bir aytib, bir birining qo‘llariga urib
ketaveradi:
“Laylak keldi,
tuxum q o‘ ydi.
Soni nechta?
Ayting tezda!
Soni beshta ( y ettita),
Bir, ikki, uch, to‘rt, besh.
Besh ( y etti) deganda beshinchi ishtirokchi qo‘lini olib qochishi kerak. Agar
qo‘lini olib qochsa, o‘yin shu tarzda davom etaveradi, agar olib qocha olmasa,
o‘yindan chiqib ketadi (o‘yin jarayoni slaydimizda ko‘rsatilgan). Bu o‘yin
bolalarni birdamlik va ahillikka, zukkolik va chaqqonlikka o‘rgatadi (2-rasm).
“Solay-solay” o‘yini
Bu o‘yin asosan bahorda o‘ynaladi. Sababi, qizlar majnuntol novdalaridan uzun-
uzun jamalak sochlar taqishadi va tolning soyasida qator bo‘lib o‘tirishib,
shunday o‘yin o‘ynaydi. O‘yin quyidagi ko‘rinishda amalga oshardi:
59](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_59.png)
![Qizlar guruhi ichidan bir qiz teskari o‘girilib turadi, boshqa bir qiz qo‘liga
toshchani yashirib, qator bo‘lib o‘tirgan qizlarning qo‘liga birin-ketin qo‘lini
qo‘yib shunday deydi:
- Solay, solay, kimga solay?
Sochi uzun qizga solay! – deb qizlardan birining qo‘lida toshni bilintirmay
qoldiradi. “Sochi uzun qizga solay!” degan gapning albatta o‘z ma’nosi bor.
Chunki qizlar sochlarini majnuntol novdalari bilan uzun qilishgan. She’r aytib
bo‘lingach, teskari qarab turgan navbatchi qiz o‘girilib qaysi qizning qo‘lida
tosh borligini topishi kerak. Bu o‘yin qizlarning inoqlikka, o‘zbekona urfga
sochni maydalab uzun qilib yurishga va zukkolikka o‘rgatadi (3-rasm).
“C h ingachuk” o‘yini
Bu o‘yin uchun ikki ishtirok kerak bo‘ladi. O‘yin asosan, qo‘l va barmoq
harakatlari bilan bajariladi.
C h ingachuk !
C h ingachuk !
O‘yin shu tarzda davom etadi. (4-rasm)
“Oq terakmi, ko‘k terak” o‘yini
Bu o‘yin ikki guruhga bo‘lingan bolalar orasida amalga oshadi. Unga ko‘ra
barcha bolalar bir qatorga terilib, “bir-ikki”, “bir-ikki” deb sanab, toq va juft
sonlarni aytgan bolalar alohida alohida guruhlarga ajraladi. Ikki guruh ikki
tomonda bir-biriga qaragan holda qator bo‘lib qo‘l ushlashib turadi. Birinchi
guruh jo‘r bo‘lib “Oq terakmi, ko‘k terak, bizdan sizga kim kerak?” deb
so‘rashadi. Ikkinchi guruh jo‘r bo‘lib bir bolaning ismi (masalan, Boltavoy) ni
aytib “Oq terakmi, ko‘k terak, sizdan bizga Boltavoy kerak?”
Boltavoy ikkinchi guruhdan ajralib chiqib, shiddat bilan narigi guruh
tomon yuguradi va bolalar qo‘llaridan qilingan zanjirni uzish kerak bo‘ladi.
Agar zanjirni uzsa, yutkan sif atid a o‘zi bilan bir bolani guruhiga olib ketadi.
60](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_60.png)
![Agar uzolmasa, uning o‘zi raqib guruhida qoladi. O‘yin shu tarzda davom etadi.
O‘yin so‘nggida kimning zanjiri uzun bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib deb topiladi.
Bu o‘yinimizdan maqsad shuki, bolajonlarimizni matematik hisob kitobga,
ahillikka, birdamlikka va jismoniy yetuklikka undaydi (5-rasm).
“Chiya-chiya” o‘yini
“Chiya-chiya” o‘yini ishtirokchilari ikki kishidan iborat bo‘ladi. O‘yin shartiga
ko‘ra ikki ishtirokchi quyidagi she’rni aytib, o‘ng qo‘llarini chap qo‘llariga va
chap qo‘llarini o‘ng qo‘llariga o‘rib shu tarzda qimirlamay qotib turishi kerak.
Kim q imirlab q o‘ ysa, o‘yin shartini buzgan bo‘ladi:
“Chiya, chiya, cho‘mchuq uya
Olmani uzolmadingmi?
Behini y eyaolmadingmi?
Atlas k o‘ ylaklar kiyib,
Tansaga tusholma d ingmi?
Tansa, tansa, tansa.
Shumtaka, shumtaka, shumtaka (2 martadan)
Tochka, tochka, tochka,
Qimirlagan bochka!
Bu o‘yin bolalarda kuchli irodani, sobitqadamlikni rivojlantiradi,
mustahkamlaydi (6-rasm).
“Qalpoqni olish” o‘yini
O‘yin dialog shaklida amalga oshadi. Bolalar doira shakliga yig‘iladi.
O‘yinboshi bola qalpog‘i (do‘ppi)ni o‘rtaga teskari qilib quyadi. Ichiga tangalar
solinadi. Shundan keyin o‘yinboshi bolalarga murojaat qiladi:
61](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_61.png)
![- Kim oladi-yo, shug i nani, yo?
Ololadimi, shuginani, yo?
Davradagi bolalardan biri o‘rtaga chiqib, qo‘llarini ko‘tarib shunday she’riy
javob beradi:
- Men olaman-o, shuginani, yo
Ololaman-o, shuginani, yo
Davradagi bolalar bu bolani ruhlantirib, un i qo‘llab quvvatlashadi:
-Botir bo‘lsang ham, o‘zingni ko‘rsat,
Qodir bo‘lsang ham o‘zingni ko‘rsat!
Ololasanmi, shuginani, yo?
Ololmaysanmi, shuginani, yo?
Oluvchi bola bundan ruhlanib shunday deydi:
- Ololaman-o, shuginani, yo!
Men olaman-o, shuginani, yo!
Shundan so‘ng bolakay ikki qo‘lini orqaga olib, oyoqlarini keng yoyib,
boshi bilan egilib, qalpoqni og‘zi bilan olishga harakat qiladi. Agar ololsa,
qalpoq ichidagi tangalarga ega chiqadi, qalpoqni boshiga kiyib oladi va g‘olib
bo‘ladi. Agar qalpoqni ololmasa, davradagi bolajonlar “eyyy” deb afsus
ohangida navbatni boshqa bolaga berishadi. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Ko‘rinib turibdiki, bu o‘yin bolalarni o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshishiga,
jismoniy sog‘ligiga va qobiliyatini o‘stirishiga yordam beradi (7-rasm).
Ishtixon tumani, Qoraqishloq hududida yashovchi bolajonlar
aytadigan sanamalar.
Oyoq sanamasi:
Toptim toptim cho‘p toptim,
Cho‘pni cho‘ponga berdim,
Cho‘pon menga go‘sh berdi.
Go‘shni kuchukka berdim,
62](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_62.png)
![Kuchuk menga don berdi.
Donni tovuqqa berdim,
Tovuq menga tuxum berdi.
Tuxumni opamga berdim,
Opam semichka berdi,
Semichkamni po‘chog‘i
Tandir ayvon o‘chog‘i.
(8-rasm)
Bobom sho‘rva pishirdi
Ichiga ch ichqon tushurdi
Yemayman , yemayman
Yettigacha sanayman
Bir,ikki,uch,to‘rt,besh,olti,yeti ketdi.
***
Osmonda samalyot uchib ketayabdi,
Ichida malika yig‘lab ketayapdi.
Yig‘lama malika o‘g‘il tug‘asan,
O‘g‘lingni otini Botir qo‘yasan,
Botir Botir qolomani qotir.
***
Qimirlamaslik sanamasi:
Bir yomon
Ikki yomon
Uch yomon
To‘rt yaxshi
Besh malades
Olti karates
Yetti yumoloq
63](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_63.png)
![Sakkiz sakramoq
To‘qqiz to‘qimoq
O‘n haykal
Qimirlagan kal.
***
Ishtixon “Chaqish”lari
- Bir de-chi!
- Bir.
- Bir qo‘ling kir.
- Sak son bir de-chi!
-Sakson bir.
-Sen kampir .
- Kurushka de-chi!
-Kurushka.
-Ering ketti urishga.
-Xatirchi de-chi!
- Xatirchi.
- Odamlari patirchi
Bolalar qo‘shig‘iga misol:
Dada xormang
Ishga bormang
Meni ko‘taring
Konfet obering
Qanaqasidan
Bunaqasidan
Uyga borganda
Shapalog‘idan.
***
64](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_64.png)
![Ram ram ratatam
Rais meni katatam
Chaylasida yotaman
Bo‘ri kelsa qochaman.
***
Bir ikkini kim aytdi
Hakala kuchukcha aytdi.
Hakala kuchukcha o‘lsin
Bolasi bizga qolsin
Bolasini sotaylik
Savzi,piyoz olaylik
Savzi,piyoz achchiq
Kelin –kuyov qizg‘anchiq
***
Juba juba
Anjuba
Tog‘da lola
Qizbola.
***
Anka banka
Tirli tanka
Afta ruchka
Karim buchka
Ishtixon bolalar folklori d a mavsum-marosim qoshiqlari
Yo ramozon aytib keldik eshigingizga
Qo‘chqordek o‘g‘il bersin beshigingizga
Yo romazon aytgan bilan to‘yamizmi
65](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_65.png)
![Burung‘ini qodasini qo‘yamizmi
Burung‘ini qodasi qo‘y bilan qo‘zi
Hozirgini zamoni pul bilan tanga
Oq tanga ko‘k tanga tezroq chiqing hu yanga!
Bolalar o‘yinlari azaldan odamlarning turmush tarzini, maishiy hayotini,
kundalik mehnatini, milliy qadriyatlarini, sharafi va jasoratini, kuch, epchillik,
chidamlilik, jismoniy harakatlarining tezligi va go‘zalligiga ega bo‘lish istagini
yorqin aks ettirgan.
Bolalar o‘yin folklori bolalar o‘yini kabi murakkab ta’limning bir qismi
bo‘lgan og‘zaki asarlarning juda katta guruhidir.
Bolalar folkloriga oid yangi janrlar ham kashf qilinmoqda. “Bolalar
folklorining janriy xususiyatlariga doir yana bir tadqiqot 2020-yilda yaratildi.
O‘zbek folklorshunosligida bolalar folklorining maxsus an’anaviy she’riy
shakllaridan biri – qiziqmachoqlarning janriy tabiati va badiiyatini tadqiq etgan
Adizova Nigora yana bir janrning muhim xususiyatlariga oydinlik kiritdi.
N.B.Adizova qiziqmachoqlarning janriy tabiati va badiiyati, ijro xususiyatlari,
mavzusi va shakliga ko‘ra turlari, bola tarbiyasidagi o‘rni va estetik ahamiyati,
an’anaviy obraz va motivlar ifodasi kabi masalalarni o‘rgandi” 1
.
N.Adizova qiziqmachoqqa shunday tarif beradi: “Qiziqmachoqlar kattalar
tomonidan bolalarga atab yaratilgan yumoristik ruhdagi qo‘shiqlar sifatida
bolalar folklori bilan kattalar folklorining genetik aloqadorligini to‘g‘ri
baholashga yo‘l ochadi. Ularning vujudga kelishida xalq qiziqchiligi repertuari
muhim zamin bo‘lgani sezilib turadi. Shuning uchun qiziqmachoq janri
namunalarini yozib olib, maxsus tadqiq qilish nafaqat o‘zbek bolalar folklori
janrlarining mukammal tasnifini yaratishda, balki ularning kattalar folklori bilan
bog‘liqligini asoslashda, folklor an’analari bilan aloqador poetik
1
Ўринова М. Н. болалар фольклорининг янги тараққиёт босқичлари.//
Образование и инновационные исследования (2022 год №7). ISSN 2181-1717 (E). -
Б 105
66](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_66.png)
![qonuniyatlarning bolalar qo‘shiqchiligida namoyon bo‘lishini,
qiziqmachoqlarning yuzaga kelishiga xalq qiziqchiligining ta’sirini isbotlashda,
shuningdek, sanama, tegishmachoq, tez aytish, guldurgup kabi qator bolalar
ijodkorligi namunalarining o‘zaro bog‘liqlikda taraqqiy topganini dalillashda
muhim ahamiyat kasb etadi 1
” .
Uchinchi bob xulosasi
Uchinchi bobni yakunida, bildirgan fikr-mulohazalarimiz zaminida bolalar
folklori quyidagi turlarga bo‘linishini aniqlaganimizni keltirib o‘tmoqchimiz:
Badiiy folklor. U nutqning ritmik tomoniga va o‘yinga jalb qilishning
majoziy tizimiga asoslangan. Bola rivojlanishining o‘yin shakli uning aqliy
jarayonlarini to‘g‘ri shakllantirish uchun zarurdir. Bunga bolalar mustaqil
ravishda ijro qiladigan asarlar kiradi. Ular o‘zlari ijod qilgan yoki kattalar
tomonidan yaratilgan folklor asarlarini ijro etishlari mumkin. Shunday qilib,
ularning ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi, o‘yin faoliyati tashkil etiladi.
Onalar folklori. Bunga bolalar uchun kattalar kuylaydigan asarlar
mansubdir. Ular o‘yin shakllarini kichik bola bilan muloqot qilish jarayonida
amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Bu bolaning nutqini rivojlantirishga
bo‘lgan qiziqishini faollashtiradi, so‘z boyligini kengaytiradi, jismoniy faollikni,
quvnoqlik va quvvatini rivojlantirishga yordam beradi.
O‘yin folklori. Bu guruh bolaning hayotidagi alohida o‘rin tutgan o‘yinlar
bilan belgilanadi. Unga bolalar o‘yinlarining quyidagi turlari kiradi: oldindan
tanlangan she’riy matnsiz rolli o‘yinlar va she’riy aytimlari bor rolli o‘yinlar.
Kulgili folklor. Bunga o‘yinlar uchun aytiladigan she’rlar-qisqa aytimlar
kiradi. Bolalar o‘yinni tashkil qilishda sodda she’rlarni, turli qofiyalarni
takrorlaydi, o‘yin harakatlarini, imo-ishoralarni bajarishni o‘rganadi, nutqini
1
Ўринова М. Н. болалар фольклорининг янги тараққиёт босқичлари.//
Образование и инновационные исследования (2022 год №7). ISSN 2181-1717 ( E ). –Б.
105
67](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_67.png)
![rivojlantiradi, hissiyotlarini ifodalaydi va odamlar o‘rtasida turli kommunikativ
aloqalarni o‘rnatishni o‘rganadi. Bunga bolakay bilan jismoniy mashqlarni
bajarishda yoki turli xil harakatlarni - yuvinish, cho‘milish, kiyim kiyish, qadam
tashlashda ishlatiladigan turli xil erkalamalar, olqishlar kiradi. Ular bolaning
faoliyatini va unga xos bo‘lgan harakat ritmini aks ettiradigan ma’lum bir
tarkibga ega. Bu narsa bola biron bir harakatni amalga oshirganda ma’lum bir
hissiy munosabatni rivojlantirishga imkon beradi. Bu guruhga turli xil
yumoristik latifalar, tez aytishlar va topishmoqlar kirishi mumkin.
Satirik folklor. Bunga individual yo‘nalishga ega bo‘lgan qisqa satirik
she’riy matnlar, tegishmachoqlar kiradi.
Maishiy folklor. Kundalik folklorga bolaning uy faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan og‘zaki bolalar ijodiyoti janrlari kiradi. Bunga bolalar xalq qo‘shiqlari,
matal to‘qish, maishiy ertaklar, qo‘rqinchli afsona va pand-nasihat, o‘git
mazmunidagi rivoyatlar kiradi.
Taqvim folklori. Bolalar ijodiyotining ushbu guruhi bolaning tashqi
dunyo, tabiat bilan aloqasini yaqinlashtirishga qaratilgan. Bunga odamlarning
mavsum marosimlariga mos keladigan turli xil she’rlar kiradi: ekin ekish,
yig‘im-terim, yilning ma’lum bir mavsumiy bayramida aytiladigan qo‘shiqlar.
Bunday folkorda tabiat dunyosining turli vakillariga, jumladan, hayvonlar,
o‘simliklar, hasharotlar, qushlarga murojaat qilinadi.
UMUMIY XULOSA
Mazkur Bitiruv malakaviy ishidan chiqargan asosiy
xulosalarimiz
1. “ Bolalar folklor ” a ta masi “ bolalar og‘zaki ijodi ” tushunchasiga
qaraganda kengroq tushunchani anglatar ekan. Bolalar folklorini nafaqat
onalar va bolalar she’riyati, sanamalar, tegishmachoq va tez aytish kabi turlari
68](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_68.png)
![deb tushunish, balki unga musiqa, tana harakatlari, raqsni ham kiritish
mumkin. Alla qo‘shiqlari faqat so‘z san’atidan, uyqosh misralardan, dardli
she’rlardan iborat emas. Agar alla tarkibida musiqa, onaning nolasi, jonli ijrosi
bo‘lmasa, ruhiy holati aks etmasa, bu janr alla emas, oddiy she’r bo‘ladi.
2. Biz ishimizda bolalar folklorining kattalar folklori bilan o‘xshash
va farqli jihatlarini ham ko‘rsatib berganmiz. Bolalar folklori ham kattalar
folklori singari badiiy adabiyotning, san’atning bir turi bo‘lib, sinkretiklik
xususiyatiga ega. Ya’ni, chaqaloqlarni uxlatish, tinchlantirish uchun
aytiladigan alla qo‘shiqlari albatta kuy jo‘rligida ijro etiladi. Bolajonlarning
harakatli o‘yinlari o‘ynalayotganda uning ijrochilari berkinishlari, quvlashlari,
turli qo‘l va tana harakatlarini bajarishlari talab etiladi. Shu jihatlari bilan
bolalar folklori ham kattalar folklori singari sinkretik xususiyatni ko‘rsatadi.
Bolalar folklori ham kattalar folklori singari turli janrlarga egadir. Ularga alla,
ovutmachoq, tegishmachoq, aytim-olqishlar, sanamalar, hazil qo‘shiqlari, tez
aytishlar, sirli til, shuningdek, ertaklar, topishmoqlar mansubdir. Bolalar
folklori – kichkintoylar dunyosi bilan kattalar olamining o‘zaro uyg‘unlashuvi
oqibatida yuzaga kelgan o‘yinlar, qo‘shiqlar va musiqiy poetik janrlarning
yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og‘zaki ijodiyotining maxsus bo‘lagidir.
3. Keltirganimizdek, bolalar folklori badiiy adabiyotning bir qismi
sifatida san’at turiga kiradi. Shuningdek, bunday asarlarning yaratilishida
alohida bir shoir yoki yozuvchi emas, balki butun xalq ishtirok etgan, bunday
asarlar qog‘ozga yozib olinmagan, faqat og‘zaki tarzda yaratilgan va aytilgan,
bunday asarlarning bir qancha variantlari bo‘lgan.
4. Bolalar folklorida anonimlik hodisasi kattalar folkloridan ham
yaqqolroq ko‘rinadi, agar kattalarning ma’lum bir og‘zaki asarni yozib olishga
imkoni bo‘lsa, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolajonlarda bunday imkoniyatlar
deyarli bo‘lmaydi, kattaroq bolalarda esa o‘yin folklori ma’lum bir vaziyat va
vaqt jarayonida muhim ahayamiyat kasb etadi, o‘yin tugagan zamoni uni yozib
olishga zarurat yo‘qoladi.
69](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_69.png)
![5. Kitobiy dinlarning tarqalishidan oldingi davrlarda allalar
keltirganimizdek, o‘ziga xos tumor vazifasini bajarishgan. Chaqaloqqa
aytilgan qo‘shiq keyinchalik bolaga butun hayoti davomida hamroh bo‘lgan,
uning shaxsiy ko‘zmunchog‘i, har qanday qiyinchiliklarni yengishga yordam
beradigan sehrga aylangan. Shu nuqtai nazardan, qo‘shiqlarning qahramonlari
ko‘pincha afsonalar va e’tiqodlardagi totemik hayvonlar bo‘lishgan.
6. Bolalar harakatli o‘yinlari oldidan sanamalar aytilgan. Sanamalar
bolajonlarda do‘stlik, adolat tuyg‘usini rivojlantirishga hissa qo‘shadi, qo‘shiq,
raqs, biror ishda zarur bo‘lgan ritm tuyg‘usini rivojlantiradi, kognitiv, estetik
va axloqiy funksiyalarni bajaradi, shuningdek, o‘yinning debochasi sifatida
bolalarning jismoniy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Sanamalarni ijro etish
orqali bolada jamoaviy ijobiy munosabatlar shakllanadi. Sanamalar orqali
so‘z yoki bo‘g‘in yordamida o‘yin shartini bajaruvchi bola aniqlanadi.
Jumladan, “berkinmachoq” o‘yinida sanama oxirida qolgan bola devorga
qarab, ko‘zini yumib belgilangan sonni sanaguncha yashiringan bolalarni
topish shartini amallashi lozim, “quvlashmachoq” o‘yinida esa qochgan
bolalarni quvib ushlashi talab etiladi.
7. Bitiruv malakaviy ishi natijasida bolalar folklorining quyidagi
asosiy xususiyatlari aniqlandi:
Jumla qurilmalarining soddaligi;
Sjetning faol dinamik rivojlanishi va soddaligi;
Y a xshi eslab qolinadigan va xotirada saqlanadigan qahramonlarning
yorqin, rang-barang tasvirlari;
Sintaksisning soddaligi;
Ichki ritmning aniqligi;
Kumulyativ onomatopeya (tovushga taqlid);
Alliteratsiyalar (she rda, jumlada, bandda va qisman nasriy asarlarda hamʼ
bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi) va assonans ( Assonans so‘zlar,
iboralar yoki jumlalar tarkibidagi o‘xshash unli tovushlarni takrorlash) larning
mavjudligi;
70](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_70.png)
![Tez idrok etishga, semantik tarkibni o‘zlashtirishga, oson yodlashga
qaratilgan matnlarning borligi;
Asarlar matnlarida syujet motivlarining takrorlanishi.
Folklor ijodi ayniqsa shunisi bilan muhimki, u turli davrlar, ijtimoiy
rivojlanish bosqichlari o‘z izlarini qoldiradi va jamiyat rivojlanishining ma’lum
davri bosqichi tendensiyalarini aks ettiradi. Bolalar folklor orqali turli
davrlarning hayoti va ijodining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alisher Navoiy. MAT, 20 tomlik, 17-tom, -Б 421.
2. Авезов С. Санама жанри табиати ва бадиияти. Диссертация
автореферати. – Тошкент, 2004. 19-б.
3. Аристотель. Поэтика. Об искусстве поэзии. М. ГИХЛ, 1957, 67—68-б.
4. Bolalar folklori o`zbek bolalar adabiyotining sarchashmasi. https://
abiturtest.uz/mavzular/bolalar-folklori-ozbek-bolalar-adabiyotining-
sarchashmasi/
5. Bolalar o`yin folklori xususiyatlari va harakatli o’yinlar. https://
abiturtest.uz/mavzular/bolalar-oyin-folklori-xususiyatlari-va-harakatli-
oyinlar/
6. Бойчечак: Болалар фолклори ва мехнат тароналари (Тўпловчилар:
О.Сафаров ва К.Очилов). - Т.:АСН, 1984.
71](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_71.png)
![7. Болтабоев Ҳ. Ўзбек халқ оғзаки ижоди.
https://e-adabiyot.uz/maqola/867
8. Ветухов, А.В. Народные колыбельные песни / А.В. Ветухов //
Этнографическое обозрение: издание этнографического отдела. –
1892. –№ 1. – С. 132-133
9. Галиев Ш. Ўзбек болалар ўйин фолклори. – 1998. Т.: “Фан”, 96-б.
10. Древнетюркский словарь. – Ленинград: Наука, 1969. – С. 82.
11. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. (Darslik-majmua). „ 0 ‘qituychi“
nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2008.- B.8
12. Jumaboyev M.. Bolalar adabiyoòi va ifodali o‘qish. 2 - nashri Kasb-hunar
kollåjlarining „ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi“ yo‘nalishi
o‘quvchilari uchun darslik. „Voris-nashriyot“. Тoshkent — 2017.B.21
13. Jumaboyev M. “Bolalar adabiyoti”. O qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy ʻ
uyi, Toshkent, 2013. https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/bolalar-
folklori-qoshiqlar/
14. Жаксыбаев С.И.. Записки краеведа / Ж.О. Артыкбаев. — Павлодар:
ЭКО, 2008. — 240 с. — ISBN 9965-08-283-9. С.6
15. Жаҳонгиров F. Ўзбек болалар фолклори, -Т.:Ўзбекистон,1975.
16. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоқов Б., Сафаров О. Ўзбек халқ оғзаки
поэтик ижоди. –Тошкент: Ўқитувчи, 1990. –Б. 227–232.
17. Ona allasi. Qisqa film & Alla qo’shiqlari & Oy oldida bir yulduz (O’zbek
xalq marosim qo’shiqlari). https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/
ona.html.
18. Safarov, Oxunjon. 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodi: pedagogika oliy o‘quv
yurtlari uchun darslik Buxoro Davlat universiteti. — Т.: Musiqa, 2010.
368 b.-B.15
19. Сафаров О., Сафарова Ҳ. Қўшиқ билан зийнатланган ўзбек болалар
ўйинлари. “Совет мактаби”, 1985.№2, 32-33-б.
20. Сафаров О. Ўзбек болалар поэтик фолклори. – Т.: Ўқитувчи, 1985.
147-б.
72](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_72.png)
![21. Саримсоқов Б. Ўзбек маросим фолклори. –Тошкент, Фан, 1986. –
Б.170.
22. Саримсоқов Б. Адабиёт. Uztext.com«Энсиклопедия» «А ҳарфи».
https://uztext.com/67822-text.html
23. Саримсоқов. Б. Мақоллар. //Ўзбек фолклори очерклари. 3 томлик, 1-
том.Т.: «Фан», 1988.
24. Топишмоқлар, Ўзбек халқ ижоди, Кўп томлик, Т.: Ғ.Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983.
25. Мадаев О., Собитова Т. Халқ оғзаки поэтик ижоди. Т.: «Шарқ», 2001.
26. Машарипова З. Ўзбек халқ оғзаки ижоди (ўқув қўлланма). Тошкент –
2007. -Б.4
27. Маҳмуд Қашқарий. Девону луғотит турк. 1-жилд. –Тошкент 1960.Б.-
445 - 452.
28. Мусурмонов Э. Р. Болалар фольклори, - Самарқанд: СамДУ, 2001, -
106 б. (Ўзбек халқ оғзаки ижоди: - 1) Б.6
29. Ушинский К. Собрание сочинений . том 7 . Роднoe слово . Год 3- й .
Из - во Академии педагогических наук . М-Л. 1949, 361-с.
30. O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. https://uz.wikipedia.ʻ
org/wiki/Bolalar_folklori
31. Ўринова М. Н. болалар фольклорининг янги тараққиёт
босқичлари.// Образование и инновационные исследования (2022 год №7).
ISSN 2181-1717 ( E ). 105 б.
32. Ўзбек фолклори очерклари. Уч томлик, 1-том, Т.: «Фан», 1988.
33. Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди: ун-т ва пед. ин-т студ. учун
қўлланма. Ҳ. Раззоқов, Т. Мирзаев, О. Собиров, К. Имомов. - Т.: ўқитувчи
1980. - 268-277-Б.
34. Ўзбек халқ мақоллари. Икки томлик. Т.: «Фан», 1988-89.
35. Фитрат.А. Адабиёт коидалари, Т., «Ўқитувчи», 1995, -Б.22
73](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_73.png)
![36. Эшниёзова Г. Ҳ.. Фолклоршунослик ва этнографиянинг фан
сифатида шаклланиш тарихи // "Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8. -Б.487
37. Ҳикматнома. Тўплаб нашрга тайёрловчилар: Ш.Шомақсудов,
Ш.Шораҳмедов. Т.: Ўзбек энциклопедияси бош редакцияси. 1990.
38. Қанотли сўзлар. Тўплаб нашрга тайёрловчи: Э.Сиддиқов. Т.:
«Фан», 1986.
Chet el adabiyotlari:
39. Азадовский, М.К. История русской фолклористики / М.К.
Азадовский. Т. 2. – М.: Гос. уч.-пед. изд.-во мин.-ва Просвещения
РСФСР. – 364 с.
40. Айтекова, Ф.Х. Антропоцентрическая парадигма в современной
лингвистике / Ф.Х. Айтекова // Вестник КРСУ / В.И. Нифадьев. –
2014. – Т. 14. ‒ № 9. С.‒ 164-167.
41. Алефиренко, Н.Ф. Лингвокультурология: ценностно-смысловое
пространство языка: учебное пособие / Н.Ф. Алефиренко. – М.: Флинта;
Наука, 2010. – 224 с.
42. Блок, А.А. Из записных книжек и дневников / А.А. Блок //
Полное собрание сочинений: в 8 т. – М.-Л.: Государственное
издательство художественной литературы, 1960. – Т. 7. – 347 с.
43. Бодуэн де Куртенэ, И.А. Некоторые из общих
положений… / И.А. Бодуэн де Куртенэ // Избранные работы по общему
языкознанию. – М.: Изд.-во АН СССР, 1963. – Т. 1. – С. 348-351.
44. Вежбицкая, А. Понимание культур через посредство ключевых
слов / пер. с англ. А.Д. Шмелев. – М.: Языки славянской культуры, 2001.
– 288 с.
45. Веселовский, А.Н. Историческая поэтика / под общ. ред. И.К.
Горского.– М.: Высшая школа, 1989. – 648 с.
46. Ветухов, А.В. Народные колыбельные песни / А.В. Ветухов //
74](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_74.png)
![Этнографическое обозрение: издание этнографического отдела. – 1892. –
№ 1. – С. 131-155.
47. Гучетль, Ф.М. Языковые особенности колыбельных песен (на
материале разносистемных языков) // Вестник Адыгейского
государственного университета. Серия 2: Филология и‒
искусствоведение.
‒ 2008. ‒ №1. – С. 45-51.
48. Мельников, М.Н. Русский детский фолклор / М.Н. Мельников. –
М.: Просвещение, 1987. – 149 с.
49. Мельников, М.Н.. Русский детский фолклор: учеб.пособ. для
студ. / М.Н. Мельников. – М.: Просвещение, 1987. – 240 с.
50. Новик Е.С. Обряд и фолклор в Сибирском шаманизме.–Москва, 1984.
–С. 237.
51. Новиков, Л.А. Структура эстетического знака и отстранение /
Л.А. Новиков // Русистика сегодня. – Москва, 1994. ‒ №2. ‒ С. 3-20.
52. Опыт областного великорусского словаря, изданный Вторым
отделением Императорской академией наук / А.Х. Востоков. – СПб: тип.
Имп. АН, 1852. – 291 с.
53. Потебня, А.А. Слово и миф / А.А. Потебня. – М.: Правда, 1989. –
624 с.
54. Потебня, А.А. Теоретическая поэтика / А.Б. Муратов. – М.:
Высшая школа, 1990. ‒ 344 с.
55. Пропп, В.Я. Принципы классификации фолклорных жанров
/ В.Я. Пропп // Фолклор и действительность: избранные статьи. – М.:
Наука, 1976. С.34-46.
‒
56. Путилова, Е.О. Русская поэзия детям в 2 т. / Е.О. Путилова. Т.1
‒
– СПб., 1997. – 258 с.
57. Скурла, Г. Братья Гримм. Жизнь и творчество / пер с
нем. С. Шлапоберской. – М.: Радуга, 1989.
75](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_75.png)
![ILOVALAR
761 -rasm . Cho‘ki (cho‘p) o‘yini](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_76.png)
![773 -rasm . “Solay-solay” o‘yini2 -rasm . “Laylak keldi” o‘yini](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_77.png)
![4 -rasm . “Chingachuk” o‘yini
78](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_78.png)
![5 -rasm . “Oq terakmi, ko‘k terak” o‘yini
6 -rasm . “Chiya-chiya” o‘yini
79](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_79.png)
![7 -
rasm.
“Qalpoqni
olish” o‘yini
8 - rasm. Oyoq sanamasi
80](/data/documents/82f5d0bb-0f9f-4027-ba5e-9e5cd4fb39e9/page_80.png)
BOLALAR FOLKLORINING O‘ZIGA XOS BADIIY XUSUSIYATLARI M U N D A R I J A I. Kirish ……………………………………………………………………….5 II. Asosiy qism: I BOB. BOLALAR FOLKLORI – XALQ OG‘ZAKI IJODNING TARKIBIY QISMI SIFATIDA ………………………………………………………………10 1.1. Bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari ……………………………….10 1.2. Bolalar folklorining o‘rganilish tarixi …………………………...................25 Birinchi bob xulosasi…………………………………………………………….28 II BOB. ALLA JANRI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ………………………………………………………...........31 2.1. Bolalar folklori janrlari va alla qo‘shiqlari ……………………… ………… 31 2.2. Alla qo‘shiqlarining mohiyati …………………………………… ………… 40 Ikki nchi bob xulosasi…………………………………………………………….49 III BOB. O‘YIN FOLKLORINING BOLALAR TARBIYASIDAGI O‘RNI …………………………………………………………………………….51 3.1. Bolalar o‘yin folklori va sanamalar …………………………………………51 3.2. Bolaligim, seni sog‘indim…………………………………………………… 62 Uchinchi bob xulosasi …………………………………………………………….71 UMUMIY XULOSA ……………………………………………………………..73 Foydalanilgan adabiyotlar ………….…………………………………………...76 ILOVALAR …………………………………………………………....................81 1
KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida bolalar folklori va adabiyoti kattalar folklori va adabiyotining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. Shu sababli yuz yillardan beri insoniyatning ziyoli qatlami bolalar adabiyoti va folkloriga alohida mehr bilan yondashib, ularni mukammal o‘rganishga bel bog‘lashgan. Dunyo adabiyotshunosligi va folklorshunosligida, ilm-fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida, bolalar og‘zaki ijodiga bo‘lgan turlicha yondashuv, alohida olingan bolalar folklori janrlarining badiiy olamini, poetik konsepsiyasini o‘rganish va ularning taraqqiyotini bugungi mezonlar asosida tadqiq etishni shart qilib qo‘ymoqda. Zero, bolalar folklori o‘zining xilma-xilligi bilan noyob hodisadir: unda alla, erkalovchi qo‘shiqlar, sanamalar, o‘yin folklori janrlari kabi juda ko‘p turli xil janrlar mavjud bo‘lib, ularning har biri bola hayotining deyarli barcha davrlari bilan bog‘liq. Har bir janrning o‘z tarixi va maqsadi bor. Ba’zilar qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan, boshqalari yaqinda, ular ko‘ngil ochish uchun mo‘ljallangan va bular biror narsani o‘rgatish uchun, boshqalari kichkina odamga katta dunyoda harakat qilishga yordam beradi. Mazkur Bitiruv malakaviy ishimizda o‘zbek bolalar folklorining o‘ziga xos badiiy xususiyatlari, tarixi, onalar qo‘shiqlari, o‘yin qo‘shiqlari, sanamalar ularning poetik jihatlari haqida so‘z yuritib, bolalar tarbiyasi va ijodiy qobiliyatining o‘stirishidagi o‘rni xususida so‘z yuritamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.05.2019 yildagi PQ-4320-son “ Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi 2
va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-fevraldagi 124- F-son “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu Bitiruv malakaviy ishi muayyan darajada xizmat qilishi mumkin. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . Jahon bolalar folkloriga oid, ayniqsa, Yevropa va AQSh olimlari tomonidan ko‘plab va muhim ishlar amalga oshirilgan. Ularda bu sohaning ilgarilab ketishiga u yerdagi ijtimoiy munosabatlar va iqtisodiy taraqqiyot ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zbek folklorida ham bu sohada ma’lum tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. 1937-yilda Elbek to‘plab, tartib berib “ Bolalar qo‘shig‘I ” to‘plamini chop ettirdi. 1984- yilda O.Safarov “ O‘zbek xalq ijodi ” seriyasida “ Boychechak ” to‘plamini tartib bergan. O‘zbek bolalar folklorini o‘rganish 60 yillardan e’tiboran izchillasha bordi. Z.Husainovaning “O‘zbek topishmoqlari” (1966), G‘.Jahongirovning “O‘zbek bolalar folklori” (1975), shuningdek, O.Safarovning “Bolalarni erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari” (1983), “O‘zbek bolalar poetik folklori” (1985), “Alla-yo alla” (1999), “Chittigul” (2004), Sh.Galievning “O‘zbek bolalar o‘yin folklori” (1998), E.Musurmanovning “Bolalar folklori” (2002) singari tadqiqotlar yaratildi. Sanama janri bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan Sobit Avezov 2004-yilda “Sanama janri tabiati va badiiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Buxorolik tadqiqotchi Nigora Safarova 2005-yilda “O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi, va badiiy xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. O‘zbek bolalar o‘yinlar tasnifi G‘.Jahongirov, O.Safarov, Sh.Galiev tomonidan bajarilgan. Xorazmlik tadqiqotchi Ro‘zmetov Hamid 2006-yilda “Xorazm bolalar folklori (lokal xususiyatlari, tasnifi va badiiyati)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Tadqiqotchi Xorazm beshik qo‘shiqlari, allalar, aytim-olqishlar, suyish qo‘shiqlari: ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, 3
erkalamalar, bolalar taqvimi poeziyasining “yo ramazon” aytimlari, bolalarning balog‘at qo‘shiqlari, ya’ni tegishmachoqlarni to‘plab qiyosiy o‘rgandi. Sherali Turg‘unov 2019 yilda “Namangan bolalar folklorining janrlar tarkibi va lokal xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasini yoqladi. Namanganlik tadqiqotchi viloyatdagi sanama, qo‘shiq, topishmoq, tez aytish, chandish, erkalama, ovutmachoq, tegishmachoq, alla, guldur-gup, havzak, bolalar ertaklari, bolalar latifalari singari janrlariga e’tibor qaratdi. Bugungi kunga qadar o‘zbek bolalar folklori poetik talqini, ularning o‘ziga xos va mushtarak jihatlari Bitiruv malakaviy ishi doirasida maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmagani mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishi bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy- tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Bitiruv malakaviy ishi Samarqand davlat universiteti, mumtoz adabiyot tarixi kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq amalga oshirilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. O‘zbek bolalar folklori janrlar va uslublar rang-barangligi, badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotini tahlil qilish, alla qo‘shiqlari va harakatli o‘yinlar, ularning debochasi bo‘lgan sanamalarning g‘oyaviy-badiiy, tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadidir. “ Bolalar folklori ni” o‘rganishdan maqsad. Kelgusida bolalar folkori sohasida tarixiy-madaniy bilimlar majmuasi bilan qurollangan, boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi, mutaxassisni shakllantirish; An’anaviy madaniyat va folklorga asoslanib bo‘lajak tarbiyachi va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarining umumiy madaniyatini tarbiyalash va milliy o‘zligini anglashlarini mustahkamlash: – ijodning o‘ziga xos mahsuli bo‘lgan bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari va yozma adabiyotdan farqli jihatlarining nazariy tushunchalarini shakllantirish; 4
- folklorning asosiy janrlari, xususiyatlari, poetik tizimi, mundarijasini o‘rganish, folklor matnlarining yaratilishi, genezisi, evolyusiyasi, zamonaviy holati bilan tanishish; - folklor-adabiy aloqalarining, folklor asarlari va hodisalari talqinlarining filologik analiz metodlari va usullarini egallash; - folkor materiallarini yig‘ish, sistemalashtirish, ilmiy nashri, xalq og‘zaki ijodini o‘rganish, folklor haqidagi fandagi baxsli munozaralar bilan tanishtirish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Dunyo bolalar folklorini o‘rganish, ijodkorlarning davr adabiy jarayoni rivojiga qo‘shgan hissalarini aniqlash; Bolalar folklori va adabiyotining tarixi va nazariy jihatlarini asoslash; Alla va o‘yin folklorida mavzu va g‘oya mushtarakligi, shakl va mazmun, his-tuyg‘u va kechinma uyg‘unligini, mavzu-mundarijasini yoritish; Sanamalarning voqealanishi va xilma-xilligini o‘rganish. Tadqiqotning ob’ekti sifatida o‘zbek bolalar folklori, alla qo‘shiqlari va bolalar harakatli o‘yinlariga doir ilmiy asarlarni o‘rganish, folklor materiallarini tadqiqot doirasiga tortish. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida tarixiy-madaniy, analitik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Jahon folklorshunosligida bolalar folkloriga mansub bo‘lgan alla qo‘shiqlari, harakatli o‘yinlar, sanamalar keng tarzda o‘rganilgan va yangicha g‘oyalar bilan boyitilgan. Chet el, o‘zbek adabiyotshunos va folklorshunoslarining nazariy qarashlari asosida ilmiy-tavsiyaviy fikrlar keltirilgan; Bolalar folklori qiyosiy va chog‘ishtirma jihatlar bilan tahlil qilingan. Bolalar folkloriga oid ilmiy-pedagogik xulosalar keltirilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ma’lumotlar va tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan metodlar va nazariy 5