Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga o’rgatish
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga o’rgatish R eja: I. Kirish. II. Asosiy qism: I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari. 1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar. 1.2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari. II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari. 2.1. Matematik masalalar va ularning turlari. 2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi. 2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Mustaqil huquqiy demokratik jamiyat qurish haqida fikr yuritganda bu jamiyatda uning to’laqonli a’zosi shaxs qanday bo’lish kerakligi va unda ta’lim jarayoni qanday ro’l o’ynashi haqida jiddiy o’ylash lozim bo’ladi. Hurmatli birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997yil 29-avgustda O’zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga asoslangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ qabul qilindi. 1 O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilmfanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va matematik ta’lim tizimini rivojlanib borishi belgilab berilgan. «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilidi. Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida: 1 I.A.Karimov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” . 1997-yil Toshkent
1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, masterklasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professoro’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; 2 Bugungi kunda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017- yil 20- apreldagi PQ – 2909 – sonli qarori o liy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’nomazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Professor-o’qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o’tishi va malaka oshirishi. Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb 2 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” dagi PQ – 2909 – sonli qarori 2017 -yil 20- aprel
etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari o’quv jarayoniga jalb etilishi ko’zda tutilmoqda. 3 Akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shartsharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017- yil 14- martdagi PQ – 2829 - sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, umumiy o’rta ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o’rta ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017- yil 15- mart 140 -sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 2017- yil 6- apreldagi 187-sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi. Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, pedagogik 3 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga sharh
kadrlarning kasbiy tayyorgarligini tarkib toptirish va orttirish muammosiga bag’ishlangan tadqiqot ishlari keng qamrovda olib borilmoqda. An’anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi. Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda, obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi. Xorij va vatanimizdagi axborot-pedagogik texnologiyalarning pedagogik asoslari bo’yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, axborotpedagogik texnologiyalar elektron-didaktik (animatsiya) ko’rinishidagi funksiyalarga asoslanib ular: - qulay ko’rinishda bo’lgan o’quv materiallarini tushunib yetishga, berilgan ma’lumotlar haqida tushuncha va tasavvur hosil qilishga; - ko’p ma’lumotlarni olish, ya’ni ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri olish imkoniyati mavjudligiga; - o’quv jarayonini yengillashtirishga, ya’ni kam vaqt sarf qilib ko’p ma’lumotlarga ega bo’lishga;