logo

Boshlang‘ich sinflarda ertak va hikoya yozishga o‘rgatish usullari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

248.7421875 KB
1Boshlang‘ich sinflarda ertak va  hikoya yozishga o‘rgatish usullari
REJA:
KIRISH.
ASOSIY   QISM.
I.BOB .ERTAK VA HIKOYA YOZISH MALAKASI VA UNI 
SHAKLLANTIRISH    USULLARI.
1.1. Ertak va hikoya   yozishda   xatolarning   kelib   chiqish   sabablari  
hamda   xatolar   ustida    ishlash.
1.2. Ertak va hikoya   mavzusi   va   ularni   yoritish   uslubiyati.
1.3. Yozma   va   og‘zaki   ertak hamda hikoya turlari.
II.BOB .O‘QUVCHILARNING FIKRLASH  QOBILIYATINI  
FAOLLASHTIRISHDA   IJODIY   ISHLARNI   TASHKIL   ETISH  
MUAMMOLARI.
2.1. Boshlang‘ich   sinflarda   ijodiy   ishlarni   tashkil   etish   orqali  
o‘quvchilar    fikrlash qobiliyatini   faollashtirish.
2.2. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish vositalari.  
2.3.Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   fikrlash   qobiliyatini  
faollashtirishga mo‘ljallangan   topshiriq   turlari.
O‘TILGAN DARSLAR NAMUNASI.
XULOSA.
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI. 2                                                             KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   1
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridayoq   ona   tili
o‘qitishga   katta   ahamiyat   bеrila   boshlandi.   Bunda   1989-yil   21-oktabrda   qabul
qilingan   «O‘zbеk   tiliga   davlat   maqomi   bеrilishi»   fikrimiz   isbotidir.   Ta'lim
sohasidagi   bu   o‘zgarishlar   ona   tili   o‘qitish   mеtodikasida   ham   bir   qator
imkoniyatlarni   yuzaga   kеltirdi.   Bu   yangiliklardan   ko‘plari   ommaviy
maktablarda   amalga oshirilmoqda, ba'zilari  hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda.
Sinov   davrida,   birinchidan,   o‘quvchiga,   uning   darsdagi   va   darsdan   tashqari
vaqtdagi   o‘quv   mеhnatiga,   u   duch   kеlayotgan   qiyinchiliklarga,   uning
ko‘nikma,   faoliyat,   malakalarini   va   rishojlanish   qonuniyatlarini   o‘rganish
mеtodikasiga   ko‘proq   ahamiyat   bеrilmoqda   o‘qituvchi   va   o‘quvchi   mеhnati
haqidagi   fanga   aylantirilmoqda.   Ikkinchidan,   ta'lim   jarayonida   bolaning
fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mustaqilligini va o‘quv ishlari jarayonidagi aqliy
faolligini   oshirish   vazifalari   hal   qilinmoqda.   Uchinchidan,   mavjud   ta'lim
tizimidagi   tеkshirishlar   bilan   bir   qatorda   o‘qitishning   istiqboli   haqidagi
vazifalarni   hal   qilish   maqsadida   ham   tekshirishlar   olib   borilmoqda.   Shunday
qilib,   fan   sifatida   ona   tili   o‘qitish   mеtodikasining   o‘z   prеdmеti,   vazifasi,
nazariy   va   ilmiy   sohasi   bo‘lib,   bir   qator   fanlar   o‘rtasida   uning   ma'lum   o‘rni
bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi   rivojlanib,   taraqqiy   etib   bormoqda.
Til   fikrni   shakllantirish   va   insho   qilish,   taassurot,   his,   kеchinmalarni
ifodalashda   muhim   o‘rin   tutadi.   Til   jamiyat   a'zolarining   bir-biri   bilan   o‘zaro
aloqasi   uchun   xizmat   qiladigan   vositadir.Bu   vosita   qanchalik   takomillashsa,
fikr   shunchalik   aniq,   ta'sirchan   ifodalanadi.Maktabda   ona   tilini   chuqur
o‘rganish   zarurati tilning   mana   shu asosiy   vazifalaridan   kеlab chiqadi.
Savod   o‘rgatish   darslari   o‘qish   samaradorligini   ijobiy   tomonga   ta’sir
qilishning   eng   qulay   usulidir.   Sinfda   va   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslari
boshlang‘ich   sinflarda   o‘tiladigan   barcha   predmet   dasturlarining   bo‘limlari
1
  Sh.M.Mirziyoyev   ,,Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini   birgalikda   barpo
etamiz’’   2021 3bilan   bevosita   bog‘liq.   O‘qish   darslarida   o‘tilgan   mavzular   asosida   badiiy
kitoblar   axtarish,   asar   qahramonlarining   nomlarini   yozish,   ularni   tasvirlab
berish,   ijodiy   rasm   ishlash,   fikrni   yakunlash   uchun   mos   maqollar   yod   olish
ko‘nikmalarini   shakllantirish   dolzarb   metodik   manba   ekanligini   aniqlash,
ularning didaktik asosini   belgilash ham   mashg‘ulotning   predmeti hisoblanadi.
Ertak   va   hikoya   -   ijodiy   ish:   o‘quvchidan   faollik,   qiziqish,   fikr
bildirishni   talab   qiladi.   Material   tayyorlash,   uni   tartibga   solish,   ertak,hikoya
kompozitsiyasi   va   rejasi   haqida     o‘ylash,   logik   bog‘lanishni   belgilash,   so‘z,
so‘z  birikmasini   tanlash,  gap  tuzish  va   uni  o‘zaro bog‘lash,  imloni  tekshirish
kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan   aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan
birga, o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish   ko‘nikmasini   ham   talab etadi.
Ertak va hikoyada til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‘shiladi. O´quvchi
ertak va hikoyani u   mustaqil,   ijodiy   xarakterda   bo‘lgani,   «o‘ziniki»ni   yozgani
uchun   ham   sevadi.
Maktab   rivojining   barcha   bosqichlarida   bolalarning   mustaqil   tuzgan
hikoyasi  va ertagiga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o‘quvchilar
nutqini     o‘stirish,   aqliy,   ijodiy   o‘sishiga   mo‘ljallangan   dasturga   o‘tishi
munosabati bilan   uning ahamiyati   yanada   o‘sdi.
Og‘zaki   va   yozma   ertak   hamda   hikoyaga   o‘rgatish   jarayonida
o‘quvchilarda   mavzuni   tushunish   va   yoritish,   o‘z   hikoyasini   aniq   fikrga
bo‘ysundirish, material to‘plash, uni   tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish
va   reja   asosida   yozish,   mazmunga   va   nutq   vaziyatiga   mos   ravishda   til
vositalaridan   foydalanish,   yozgan   hikoyasini   takomillashtirish   ko‘nikmalari
hosil   qilinadi.   Bulardan   tashqari,   «texnik»   vazifalar   ham   amalga   oshiriladi,
ya’ni  matnni  yozishda  imloviy  va  husnixatga   doir  matnni   abzaslarga   bo‘lish,
xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham    amal qilinadi.
Og‘zaki   va   yozma   ertak,hikoya   material   manbaiga,   mustaqillik
darajasiga,   tayyorlash usuli,   janri   va   til   xususiyatiga   qarab tasnif   qilinadi.
Tadqiqotning  maqsadi.   Savod  o‘rgatish   mashg‘ulotlarida   va  unga   ma’lum   bir
o‘zgartirishlar   kiritishda   yangi   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanishning 4samarali   usullarini   shakllantirish,   ertak va hikoya   yozish   orqali   o‘quvchilarning
aqliy   va   ijodiy   faolligini   oshirish   bitiruv   malakaviy   ishi   mavzusi   bo‘yicha   olib
borayotgan   tadqiqot ishimizning   maqsadi   hisoblanadi.
Tadqiqotning   vazifasi:   Yuqorida   oldimizga   qo‘ygan   maqasadimizdan   kelib
chiqib:
1. Bitiruv   malakaviy   ishida   tanlangan   mavzu   bo‘yicha
ijtimoiy-   pedagogik,   falsafiy-ma’rifiy,   ilmiy-metodik   hamda   o‘quv
adabiyotlarni   o‘rganib chiqish va   umumlashtirish.
2.   Savod   o‘rgatish   mashg‘ulotlari   o‘qish   darslariga   oid
mashg‘ulotlari   bilan   ishlash   jarayonini   o‘rganish   va   tahlil   qilish.
3. Mavzuga   oid   ilmiy   metodik   manbalarni   o‘rganish   va   tahlil
qilish   asosida   Savod   o‘rgatish   mashg‘ulotlarini   shakllantirishga   oid
mashg‘ulot   mazmuni,   maqsadi   va   qurilishini   o‘rganish   hamda   qayta
takomillashtirish dolzarb   muammo ekanligini aniqlash.
4. Savod   o‘rgatish   darslari   o‘qish   mashg‘ulotlariga   oid
mashg‘ulotlarning   samaradorligini   oshirishga   yo‘naltirilgan   yangi
pedagogik   texnologiyalar   asosida   dars ishlanmalarini   yaratish.
Tadqiqotning   metodologik   asoslari.   O‘zbekiston   Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida’gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz
asarlari va ma’ruzalarida ijro qilingan ta’limni isloh qilish,   boshlang‘ich ta’limni
rivojlantirishga   qaratilgan   yondashuvlar,   qarashlar,   ta’lim   jarayonini
takomillashtirishga   yo‘naltirilgan   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   qarorlari,   mavzuga   oid   ilmiy-pedagogik,   ilmiy-metodik
manbalar.
Tadqiqot   ishining   ilmiy   ahamiyati.   Ushbu   Bitiruv   malakaviy   ishini
bajarish   natijasida   boshlang‘ich   sinflarda   Savod   o‘rgatish   darslari   kichik
yoshdagi   o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas 5qismi,ta’lim   jarayonida   ularni   ahloqiy-estetik   tarbiyalashning   muhum   vositasi
sifatida   qaraladi.Sinfdan   tashqari   o‘qishning   maqsadi   kichik   yoshdagi
o‘quvchilarni   bolalar   adabiyoti   va   xalq   o‘gzaki   ijodining   xilma-xil
namunalari   bilan   tanishtirish,ularda
kitobxonlik   madaniyatini   tiklashga   oid   mashg‘ulot   ishlanmalarini,   uning
maqsadi,   mazmuni,   tipi,   qurilishiga   oid   yangi   tushunchalari   bilan   boyitishning
didaktik   asoslari   ko‘rib   chiqildi   hamda   ilmiy-metodik   tavsiyalar   bilan   boyitish
nazarda    tutildi.
Tadqiqot   ishining   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot   natijasida   aniqlangan
ilmiy   yondashuvlar,   ishlab   chiqilgan   tavsiyalardan   nutqning   tovush
madaniyatini   shakllantirishga   oid   mashg‘ulotlarini   boyitish,   maktabgacha
ta’lim   muassasalarida   olib   boriladigan   turli   o‘quv   pretmetlarini
takomillashtirish   hamda   ularning   bilimini,   malakasini   oshirishda   keng
foydalaniladi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   tarkibiy   tuzilishi.   Ushbu   Bitiruv
malakaviy   ishi   kirish,   ikki   bob,   har   bir   bobda   uchtadan   qism,   o‘tilgan   dars
namunalari, xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan iborat. 6I.BOB.ERTAK VA HIKOYA YOZISH MALAKASI VA UNI
SHAKLLANTIRISH    USULLARI.
1.1Ertak va hikoya   yozishda   xatolarning   kelib   chiqish   sabablari   hamda  
xatolar   ustida    ishlash .
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   darslariga   qo‘yilgan   muhim   talablardan   biri
o‘quvchilar   bilimini   shakllantirish   borasida   ularning   qobiliyatlarini   o‘stirish
ustida   ishlash   bilimlarni   ongli   bo‘lishiga   erishish,   o‘quvchilarga   har   bir   ishni
o‘ylab   bajarishga   odatlantirishdir.
Maktabda   amaliy   ishlarning   ahamiyati   o‘quvchilar   tomonidan   to‘g‘ri
baholansa-da,   o‘quvchilarning   nazariy   bilimlaridan   amalda   foydalanishga
qiynaladilar.   Yozma   ishlarni   bajarishda   grammatika   qoidalaridan   kam
foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko‘chirib yozish
va   amaliy   mashqlar muhim   o‘rin   tutadi.
Psixologik   tadqiqodlardan   ma'lum   bo‘lishicha,   imlo   savodxonlik   asta-
sekinlik   bilan   shakllanadi.   Amaliy   ishlardan   qoidaga   o‘tishda   ham
o‘zlashtirish   jarayoni   sekinlik   bilan   kechadi.   Dastlab   o‘qituvchi   rahbarligida
og‘zaki   muhokama   qilinadi.   Asta-sekin   o‘quvchilar   o‘ylab,   mulohaza   qilib
anglay   boshlaydilar.   Barcha   yozuv   darslarida   o‘quvchilarga   to‘g‘ri   yozish
qoidalarini   ta'kidlab   turish   va   amaliy   ishlarni   bajarish   orqali   ularning   imlo
savodxonliklarini   oshirish   mumkin.
Barcha   ona   tili   darslarida   o‘quvchilar   bilishini   va   malaka   qobiliyatlarini
takomillashtirish   maqsadida   oldin   o‘tilgan   darslarni   takrorlashga   vaqt
ajratiladi.   Takrorlash   bilimlarni   aniqlashga,   hisobga   olish   va   shu   bilan   bir
vaqtda   mustahkamlashga   yordam   beradi.   Boshlang‘ich   sinflarda   oldin
o‘tilganlarni   takrorlash   bilan   bir   vaqtda   va   takrorlash   jarayonida   oz-ozdan
yangi   bilimlar   berib   boriladi.   Takrorlash   orqali   o‘quvchilar   o‘z   bilimlarini
tartibga   soladilar,   mustahkamlaydilar.
Ilg‘or   tajribali   o‘qituvchilar   darslarni   tashkil   etishda   oldin   o‘tilganlarni
mustahkamlash,   yangi   bilimlarni   o‘zlashtirish   bilan   bir   vaqtda   keyingi   darsda
o‘rganiladigan mavzu   uchun   zamin tayyorlaydilar. 7Hozirgi  zamon   darsi   shundan   iboratki,  o‘quvchi,  tinglovchi,   o‘qituvchi
esa   ma'ruzachi   bo‘lib   qolmasligi   kerak.   Balki   o‘qituvchi   darsni   kuzatib
tartibga   soluvchi   rejissorga   aylanmog‘i   lozim.   O‘qituvchi   darsni   shunday
tashkil   etishi   kerakki   hamma   o‘quvchi   shu   mavzu   yuzasidan   mustaqil   fikr
yuritsin,   o‘z   fikrini
ayta   olsin,   kamchiligi   bo‘lsa   o‘rtoqlari   va   o‘qituvchi   javobidan   kelib   chiqib
to‘g‘rilay   olsin.   Darsning   xarakter   xususiyatiga   qarab   dars   interfaol   usulda
bo‘lishiga   erishishi   lozim.   Darslarda   testlardan   va   tarqatmali   materiallardan
foydalanish ham   yahshi   natija   beradi.
Ma'lumki,   boshlang‘ich   sinf   ona   tili   darsligining   adabiy   til   meyorida
amaliy   o‘zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-
xil mashqlar   tashkil etadi.
Masalan:Iroda Azimova,Klaraxon Mavlonova,Sa’dullo Quronov,Shokir
Tursun muallifligidagi 2-sinf  ona   tili  va o‘qish savodxonligi   darsligi   1-sinfda
o‘tilganlarni   takrorlashdan   boshlanadi.   Bunda   gap   va   so‘z   haqidagi   bilimlar
takrorlanib mustahkamlanadi. Va asta sekin navbatdagi bilimlar   berib boriladi.
2021-yilda   to‘ldirilgan   nashrning   muqovasida   ikkita   o‘quvchining   maktab
tomon   ketayotgan   rasmi   berilgan.   Bu   rasm   o‘quvchilarning   shu   darslikka
qiziqishini   oshiradi.   Mashqlarda   uyga   vazifa   va   o‘ylab   ko‘rish   uchun   berilgan
mashqlarga alohida belgi qo‘yilgani juda ma'qul. Ayniqsa kitobning sahifalari
did   bilan jihozlangan. Berilgan rasmlar aniq, chiroyli qilib chizilgan. Qoidalar
aniq,   tushunarli   qilib   berilgan.   Darslik   ohirida   lug‘at   berilgan   bo‘lib        jarangli
va jarrangsiz undoshlar aniq ajratib ko‘rsatilgan. Darslik foydalanishga   loyiq.
Iroda   Azimova,Klaraxon   Mavlonova,Sa’dullo   Quronov,Shokir   Tursun
tomonidan   2021-yilda   nashr   etilgan   3-sinf   o‘quvchilari   uchun   juda   mos
tayyorlangan.   Muqovadagi   tanlangan   rasmlar   va   bobomiz   A.Navoiyning
yodgorliklari   va   o‘gitlari   juda   o‘rinli   berilgan.   Darslik   sahifalari   ham   sifatli
qog‘oz   va   ranglar   asosida   yaratilgan.   Darslikning   3-   sahifasida   Mustaqillik
maydoni   rasmini   berilishi   o‘quvchilarni   o‘z   vataniga,   xalqiga,   prezidentiga
sadoqat   ruhida   tarbiyalashda   katta   ahamiyatga   ega.   Shuningdek,   darslik 8sahifalariga ishlangan   rasmlar ham juda o‘rinli, aniq qilib   berilgan.   2
Qoidalar
ham   chiziqlar   ichida   alohida   rang   bilan   berilgan.   Bu   ham   o‘quvchilarni   ona
tilidan   grammatik   qoidalarni   tez   va   puxta   o‘zlashtirib   olishlarida   alohida
ahamiyat   kasb etadi.
2
 Yuldoshev J.G.,Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya             asoslari.,   T.: O‘qituvchi.   2020 91.2Ertak va hikoya   mavzusi   va   unlarni   yoritish   uslubiyati.
3
Ma'lumki   yangi   tahrirdagi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
“2022-   2026-yillarda   xalq   ta'limini   rivojlantirish   bo‘yicha   milliy   dasturi”
ta'lim       tizimida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   barcha-barchaga   katta   vazifalar
yukladi. Jumladan   yoshlarni har tomonlama bilimli, yetuk, komil inson bo‘lib
yetishishlari   uchun   avvalo   ularni   savodli   o‘qish   va   yozishga   o‘rgatish   zarur.
Bu vazifa avvalo ona-tili   darslarida amalga oshiriladi. Yangi tahrirdagi dastur
asosida   o‘quvchilarga   puxta   bilim   berish   uchun   1-2-sinflarda   haftasiga   4
soatdan, 3-4-sinflarda esa haftasiga 5   soatdan vaqt   ajratilgan.
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   bilim
va   malakalarni   hosil   qilish   ishlari   asosan   yozuv   darslarida   amalga   oshiriladi.
Yozuv   darslarining   mazmuni   boshlang‘ich   sinf   ona-tili   dasturini   va   maktab
oldiga qo‘yilgan   talablar asosida   belgilanadi.
Yozuv   darslarini   tashkil   etishda   pedagogika   va   metodika   tavsiyalari
hisobga   olinadi.   Yozuv   darsi   va   unga   qo‘yilgan   talablarni   belgilashda
metodika   fani   sohasidagi   yangiliklar,   boshlang‘ich   sinflarda   ishlayotgan   eng
tajribali   o‘qituvchilarning   tajriblari   asos   qilib   olinadi.   Shunga   alohida   e`tibor
berish kerakki   har bir darsda o‘quvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy
tomonlarga ham   alohida ahamiyat berib borish, o‘zaro hurmat, mas'uliyatni his
etish,   tengdoshlari   va   oila   a’zolariga   hurmat,   g‘amxo‘rlik,   tabiatga   mehr-
muhabbat   singari   xislatlarni   singdirib   borish   kerak.
O‘quv   tarbiya   ishlarida   ko‘zlangan   maqsadga   yetishish   uchun
o‘quvchilarda   quyidagi qobiliyatlarni   shakllantirb   borish   zarur:
1) Gapdagi   so‘zlarni   o‘xshash   tomonlariga   ko‘ra   taqqoslab   olish.
2) So‘zlar   nimani   ifoda   etishiga   ko‘ra   turkumlarga   ajratish.
3) O‘qituvchi   tavsiya   qilgan   yoki   o‘zi   tuzgan   reja   asosida   fikrlarni   bayon
qila olish.
3
 Sh.Mirziyoyev ,,Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi’’2022
O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   tO‘g`risida»   qonuni.   T.:   2022. 104) Gaplarda   grammatik   tushunchalarni,   orfografik   qoidalarni   ifodalay
olish.
5) Darslikdagi   turli   mashqlar   va   topshiriqlarni   birgalikda   muhokama
qilinganidan keyin   uni   bajara   olsh.
Ona   tili va o‘qish savodxonligi darslari savodli yozuv darsi hisoblanadi.
Shuning uchun ham yozma   ishlarga   alohida   e`tibor   beriladi.   Darsning   uchdan
ikki   qismida   o‘quvchilar   grammatik,   orfografik   va   nutqiy   yozma   ishlarni
bajaradilar.
Shuning   uchun   grammatik,   orfografik   bilimlarni   o‘zlashtirish   uchun
qunt   bilan   ishlashga   to‘g‘ri   keladi.   Kuzatshlardan   ma'lumki,   darsda
o‘quvchilarning   osoyishta   va   mustaqil   ishlarini   ta'minlagan   o‘qituvchi
ularning savodli bo‘lishga   erisha   oladi.
Bunday   darslarda   ko‘rgazmali   qurollar,   didaktik   materiallar,   texnika
vositalaridan   foydalanish o‘z o‘rnida bo‘ladi. O‘quvchilarning dars jarayonida
yo‘l   qo‘ygan   xatolarini   sekin   yotig‘i   bilan   tushuntirish   lozim.   O‘quvchi
shundagina   yozuvida   yo‘l   qo‘ygan   xatosini   tushunib   oladi   va   tuzatishga
harakat   qiladi,   bilimlarni   o‘zlashtirishga   qiziqishlari   ortib   boradi.   Ayniqsa
boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini bajargan ishlarini o‘z vaqtida baholab borish
ham katta ahamiyatga   ega.
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   darsliklaridagi
manbalar oz bo‘lsada izlanish   metodi   bilan   ishlashni   taqozo   etadi   O‘quvchilar
o‘qituvchi   rahbarligida   mashq   shartini   o‘qib   unda   talab   etgan   topshiriqlarni
aniqlaydilar   savollarga   javob   qidiradilar   undagi   fikrlarni   umumlashtiradilar,
mashqlar   bajaradilar.   Umumlashtirish   va   xulosalar   asosida   qoidalar   ishlab
chiqadilar.
Umuman   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   darslarini   to‘g‘ri   va
qiziqarli   tashkil   etilishi   o‘quvchilarni   darsga bo‘lgan   qiziqishlarini   ortiradi.
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   yozuvlarida   turli   xatolar
uchrab   turadi.   Bu   uchraydigan xatolarni quyidagi   turlarga   ajratish mumkin. 11111. Grafik   xatolar.   Grafik   xatolarga   harf   shakllarini   o‘xshata   olmaslik,
harflarning   o‘rnini   almashtirib   yozish,   talaffuzi   o‘xshash   undoshlarni   aniq
ajratmaslik   natijasida   yozuvda   bir   harf   o‘rniga   ikkinchisini   ishlatish   biror
harfni   tushirib   qoldirish   kabi   xatolar   uchraydi.   Shularga   ko‘ra   grafik   xatolar
quyidagi   ko‘rinishlarda   bo‘ladi:
1. Alisher   odobli   bola.
2. Kuz   fasli   boshlandi
3. Qobil   ikki   tup   ko‘chat   ekdi
4. Olma,   o‘rmon,   to‘qmoq.
1. Fonetik xatolar. Bunday xatolar so‘zlarni tog‘ri talaffuz qila
bilmaslik,   sheva   va   dialektlar   ta’sirida   bo‘ladi.   Fonetik   xatolar
asosan   quyidagi   ko‘rinishlarda   bo‘ladi.
Masalan:   1.   Borgan   edi   –   boruvdi.   (sheva   xatolari) Harflarni   bir-biriga   noto‟g‟ri   ulab  
yozishSo‟zda   harflar   birikmasini   buzib  
yozishHarflar   shakllarini   buzib   yozish Grafik   xatolar
Tovushlar almashuvi  
natijasidaDissimilatsiya hodisasi  
natijasidaAssimilatsiya hodisasi  
natijasidaDialekt   va   sheva   xatolari Fonetik   xatolar 122. Tomni   –   tommi.   Piyolaga   –   piylaga.   (Assimilatsiya   hodisasi)
3. Go‘sht   –   go‘sh.   G‘isht   –   g‘ish
            5.   Devor   – devol. (tovushlar   almashuvi)
Xatolar   ustida   ishlashda   orfografik   tahlilni   ahamiyati   katta   bir   necha   gapni
orfografik jihatdan to‘la tahlil qilish kerak. Bu bilan o‘quvchilar   so‘z ma'nosi va
uning   imlosini   puxta   o‘zlashtirib   oladilar.   O‘quvchilarning   to‘g‘ri,   xatosiz
yozishga   o‘rgatish   va   yo‘l   qo‘yilgan   xatolarni   bartaraf   etish   uchun   quyidagilarga
e`tibor   berish kerak:
1. Eng avvalo o‘quvchilarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish.
Ya'ni   so‘z aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki
orttirib   talaffuz   etmaslik.   Masalan:   kitob   o‘rniga   kitob,   ruchka
o‘rniga yuchka,   maktab o‘rniga matab   deyishga yo‘l qo‘ymaslik.
2. Har   bir   darsda   ko‘pchilik   uchun   bir   xil   uchraydigan   tipik
xatolar   doskada   ko‘rsatilib,   tuzatiladi.
3. Ayrim   o‘quvchilar   uchun   tegishli   xatolar   o sha   o‘quvchi‟
bilan   birgalikda   tuzatiladi.
4. Agar o‘quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga
yo‘l   qo‘ygan   anashu   qoidani   takrorlash   bilan   tushuntirish   kerak
bo‘ladi.
Shuni aytish mumkinki, o‘quvchilar yozuvida xatolar bo lmasligi uchun
‟
lug‘at  ishiga   ta'limiy  harakterdagi   yozma  ishlarga  ko‘proq  o‘rin  berish  zarur. Mexanik   xatolarParishon   xotirlikOrfagrafik  
qoidalarni   unutishGrammatik  
qoidalarni 
bilmaslikSo‟zning 
ma‟nosini 
tushunmaslik Marfologik   xatolar 13Imlosi   qoidalashtirlmagan   va   qiyin   so‘zlar   jadvali   tuzilib,   sinf   xonasiga
o‘quvchilarga   ko‘rinarli   qilib   osib   qo‘yilishi   va   uni   vaqti-vaqti   bilan
almashtirib turishsa yaxshi   natija   beradi. 141.3.Yozma   va   og‘zaki   ertak hamda hikoya turlari.
Ertak   va   hikoya   ijodiy   ishning   eng   yuqori   shakli   bo‘lib,   maktabda
alohida o‘rin   tutadi,   barcha   nutqqa   oid   mashqlar   ma’lum   mazmunda ertak va
hikoyaga   bo‘ysunadi.
Ertak   va   hikoya   1-sinfda   kichik   og‘zaki   axborot   va   emotsional
hikoyadan   boshlanib,   o‘z   fikrini   ifodalashga,   o‘quvchi   shaxsining   tashkil
topishiga   xizmat   qiladigan,   ta’lim-tarbiyaviy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   jiddiy
rejali   aqliy   ishga   aylanadi.
Ertak   va   hikoya   shaxsni   shakllantirishda   foydali   vosita   bo‘lib,   his-
hayajon   uyg‘otadi,   aqliy   mustaqillikka,   fikrlashga,   ko‘rgan-kechirganlari   va
o‘zlashtirganlarini   baholashga   o‘rgatadi;   kuzatuvchanlikni   o‘stiradi,   voqea-
hodisalar   o‘rtasidagi   sabab-natija   bog‘lanishni   topishga,   ularni   qiyoslashga,
xulosa   chiqarishga   o‘rgatadi.   Insho   fikrni   tartibga   soladi,   o‘quvchilarda   o‘ziga,
o‘z   kuchi   va   imkoniyatiga   ishonch   tug diradi.‟
Xalq og‘zaki ijodida  ertak  janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib,
qiziqib   o‘qilishining   sabablaridan   biri   ertak   tilining   ta’sirchanligi,   o‘tkirligi,
ma’nodorligi   va   xalq   tiliga   yaqinligidir.   Ertaklarning   ko‘pchiligida   real   hayot
tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi.Ertakning o‘tkir, maroqli sujeti,
voqea   rivojidagi   favqulodda   ajoyib   vaziyat   bolalami   maftun   qiladi,   undagi   mard,
kuchli, topqir, dovyurak,
chaqqon   qahramonlar,   ertakning   g‘oyaviy   yo‘nalishi,   unda   ezgulik   kuchining—
yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalami o‘ziga tortadi.
Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarningqayta-
qayta   takrorlanib   turishi,   ohangdorligi,   tilining   ta   ’sirchanligi,ifoda   vositalarining
jonliligi,   bolalar   uchun   juda   qiziqarliligidir.   Ertakda   qatnashuvchilar   ko‘pincha
rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar
timsoli   bo‘ladi.Ertakning   pedagogik   qiymati   shundan   iboratki,   o‘quvchilar   unda
to‘g‘rilik,   halollik   g‘alaba   qilganidan,   kambag‘al   kishilar   qiyinchilikdan
qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik 15mahkumlikka   uchraganidan   quvonadilar.   Ular   hayotda   ham   doimo   shunday
bo‘lishini   istaydilar.   Masalan,   „Halollik"   ertagida   (3-sinf)   asosiy   fikr
kambag‘allarga   yordam   ko‘rsatish,   o   'z   mehnati   bilan   hayot   kechirish   bo‘lib,   bu
hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi"
ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi,
xiyonat   jazosiz   qolmasligi   g‘oyasi   ilgari   surilgan.   Har   ikki   ertak   ham
to‘g‘riso‘zlilikning   g‘alabasi   bilan   yakunlanadi.   Bunday   g‘alaba   maishiy
ertaklardan   tashqari,   sehrli   ertaklarda   ham   ifodalangan.   Ertak   bolalarda
qahramonlaming xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi
bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi.
O‘quvchilar   ertakni   tahlil   qilish   jarayonida   „Kishilardagi   qanday   sifatlar
sizga  yoqdi?  (yoki  yoqmadi?)", „Nima uchun?",  „... nima uchun jazolandi?  (yoki
rag‘batlantirildi?)",   „Nima   uchun   ertakdagi   ba’zi   qahramonlarga   hatto   tabiat
kuchlari   ham   yordam   beradi?   (yoki   ba’zilaridan   yuz   o‘giradi?)"   kabi   savollarga
javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib,   xulosaga keladilar.
Boshlang‘ich   sinflarda   hayvonlar   haqidagi   ertaklar   ko‘proq   o‘qitiladi.   „Bo‘rining
tabib bo‘lgani haqida ertak" (Anvar Obidjon), „Ko‘zacha bilan tulki" kabi ertaklar
aniq   hayotiy   hikoyalar   tarzida   o‘qitiladi   va   tahlil   qilinadi.   Ertak   matni   ustida
ishlashda   tanlab   o‘qish,   savollarga   javob   berish,   o‘quvchilaming   o‘zlari   ertak
mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy
davom   ettirish,   ertak   aytish,   qahramonlarni   grafik   tasvirlash   kabi   ish   turlaridan
foydalaniladi.   Bunday   ertaklarda   hayvonlaming   odatlari   tahlil   qilinadi,   ammo
ularni   kishilar   xarakteriga   taqqoslash   tavsiya   qilinmaydi.   Maktab   tajribasidan
ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va
turna   bir-birinikiga   mehmonga   bormasligini   yaxshi   biladilar,   ammo   ertaklar
dunyosini hayotiy   hikoya kabi qabul qiladilar.
Ertakni   o‘qib   tahlil   qilganda,   barcha   ishlar   uning   mazmunini   yaxshi   idrok
etishga,   sujet   rivojini,   qatnashuvchi   personajlarning   xatti-harakati,   o‘zaro
munosabatlarini to‘g‘ri tasawur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta
hikoyalashning ahamiyati  katta. Masalan,  „Odobli  bo‘lish osoruni?" (A. Obidjon) 16ertagining   mazmunini   o‘zlashtirish   uchun   quyidagi   topshiriqlardan   foydalanish
mumkin:   1.   Sichqonchaning   onasi   bilan   qilgan   suhbatini   o‘qing.   Sichqonchaning
„Odobli   bo‘lish   uchun   nimalar   qilish   kerak?"   degan   savoliga   onasi   qanday   javob
qaytarganligini so‘zlab bering. 2. Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holati
aks ettirilgan o‘rinni topib o‘qing. Nima uchun „Shum Baroq" ko‘zidagi yovuzlik
birdaniga   so‘nadi?   3.   Echki   nima   uchun   Sichqonchani   „Kam   bo‘lma"   deb   duo
qiladi?   Shu   o‘rinni   topib   o‘qing.   Ertakni   tahlil   qilishning   oxirgi   bosqichida
„Ertakning   sizga   juda   yoqqan   joyini   topib   o‘qing",   „Nima   uchun   aynan   shu   joyi
yoqqanini   ayting“   ,   „Hayotingizda   ertakdagi   voqealarga   o‘xshash   voqealar
bo‘lganmi?“   kabi   savol-topshiriqlar   yordamida   0‘quvchilarning   ertak   xulosasini
tushunishlariga   erishiladi.Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   hayvonlar   haqidagi
ertaklardan   tashqari,   „Davlat",   „Ilm   afzal",   „Hiylagarningjazosi“,   „Hunarsiz
kishi   o‘limga   yaqin"   kabi   maishiy   ertaklarni   ham   o‘qiydilar.   Bunday   ertaklarda
xalq   o   ‘z   hayotini   hikoya   qiladi,   shu   sababli   o‘quvchilar   ertakni   o‘qigach,
o‘tmishdagi   xalq   hayotini,   o‘y-fikrlari   va   orzu-istaklarini   bilib   oladilar.   Bunday
ertaklarni   tahlil   qilish   badiiy   hikoya   tarzida   uyushtiriladi.   Bolalar   0‘qituvchi
rahbarligida   ertakda   qatnashuvchilarning   hulqatvori,   ayrim   xatti-harakatlarini
baholaydllar,   ularning   bir-birlariga   bo‘lgan   munosabatlarini   aytadilar   va   shular
asosida   ayrim   obrazlar   haqida   xulosalar   chiqaradilar,   ertak   rejasini   tuzadilar,
ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar.  „Davlat"  ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli
hodisalarni   tasvirlovchi   ertakdir.   Ertakni   o‘qishga   tayyorlash   uchun   ota-
bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasawur etishlari haqida suhbat
o‘tkaziladi.
Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlami, ularning o‘zaro munosabatlarini,
xulq-atvorlari,   xarakterlarini   to   ‘g‘ri   tushunishga   yordam   beradi.   „Davlat"   ertagi
matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar  „Dehqonning xonadoni qanday hayot
kechirar   ekan?",   „Nima   uchun   Davlat   dehqonning   xonadonidan   ketishni
istamaydi?"  kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar,
ahil   va   inoq   bo‘lib,   halol   mehnat   qilish   lozim   degan   xulosaga   keladilar.   Ertak
ustida   ishlashda   bolalami   ertakni   o   ‘qishgagina   emas,   balki   uni   aytib   berishga 17o‘rgatish   ham   muhimdir.   Ertak   aytish   og‘zaki   nutqni   o‘stiradi,   bolalar   nutqini
yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi.
4
O‘quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun
ertak   bilan   birinchi   tanishtirishda   uni   o‘qituvchi   aytib   berishi   mumkin.O   ‘quvchi
ertak   mazmunini   o‘zlashtirib   olgandan   so‘ng,   uning   tili   ustida   ishlashga   alohida
ahamiyat   qaratilishi   zarur.   Ertak   mazmunini   qayta   hikoyalashda,   qahramonlarga
tavsif   berishda   o‘quvchilaming   o‘z   nutqida   til   vositalaridan   o‘rinli   foydalanish
talab qilinadi.  Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish
zarur.   Ertak   tilida   shunday   so‘z   va   iboralar   borki,   ular   bolaga   o‘zgacha   ta   ’sir
ko‘rsatadi.   Masalan,   „Yo‘lbars,   Tulki   va   Bo‘ri"   ertagida   „Tog‘   echkisi   siz
ulug‘imizniki   bo‘lsin",   „Quyon   siz   podshohimizning   ertalabki   nonushtangiz
bo‘lsin“ , „Kiyik kechqurungi taomiogiz, qo‘y kunduzgi xo‘ragingiz bo‘lsin“ kabi
gapiar   tarkibidagi   ajratib   ko‘rsatilgan   so‘zlarga   o‘quvchilar   diqqati   qaratilib,
ertakni   so‘zlab   berayotganda   ulardan   nutqda   foydalanishlariga   erishish   zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni
bolalar   ongiga   etkazish,   yod   oldirish   yo‘li   bilan   bog‘lanishli   nutqni   o‘stirish,
nutqning   ta   ’sirchanligini   oshirish   lozim.   Masalan,   „Rostgo‘y   bola“   (1   -sinf)
ertagida   bola  o‘z   rostgo‘yligi   bilan  podshoga   ma’qul  bo‘lganligi   hikoya   qilingan.
Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa „Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir" maqoli
bilan ifodalangan.
O‘quvchilar   ushbu   maqol   mazmunini   tushunib   olishsa,   o‘zlari   ham
yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin. So‘z ma’nolari ustida
ishlashda   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   mos   bo‘lgan   usullardan   biri   rasmdan
foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda   „Ko‘ngilchan   о ‘tinchi “   ertagida   qayin, eman,
shumtol,   zorang,   zirk,   tog‘terak,   qarag‘ay,   qayrag‘och ,   chinor   kabi   daraxt
nomlari   keltirilgan.   Ularni   bola   ko‘z   oldiga   keltira   olmaydi.   Ertakni   o‘qishdan
oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash va
4
  Boshlang`ich   sinflarning   takomillashtirilgan   davlat   ta’lim   standarti.   Boshlang`ich   ta’lim.
2006,   5-   son. 18nomlarini   aytish   lozim.   Shundan   so‘ng   didaktik   o‘yin   o‘tkaziladi.   Bunda   daraxt
rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi.
Har   bir   o‘quvchi   o‘ziga   berilgan   rasmdagi   daraxtning   nomini   aytishi   va
ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z so‘zlari bilan aytib berishi kerak bo‘ladi. Shu
ertakni   o‘qib,   mazmuni   bilan   tanishtirilgach,   o‘quvchilardan   shaylanib,
ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo  so‘zlarining so‘raladi. Javoblar
to‘ldiriladi, umumlashtiriladi.Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan
badiiy   vositalar:jonlantirish,   metafora,   mubolag‘alar   ustida   ishlash   ham   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Yuqoridagi   barcha   fikrlarni   hisobga   olganda,   ertakni
o‘rganish   darslarining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va
hokazo.
2. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash
maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish;
3. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim
tasviriy vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar
ma’nosini tushuntirish);
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);
5. Ertakni so‘zlab berish;
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g‘oyasini ochish);
7. Ma ’lum topshiriq asosida ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil
ishlar);
8. Vazifani tekshirish va yakunlash;
9. Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Hikoya  kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum
bir   voqea,   hayotning   muhim   tomonlari   umumlashtirib   tasvirlanadi.„Hikoya
ko‘pincha   kishi   hayotida   bo‘lgan   bir   epizodni   tasvir   etadi.Uning   mazmuni
ertakdagidan   ortiqroq   hayotiydir".   Hikoya   mazmunan   boshlang‘ich   sinf 19o‘quvchilari   uchun   mos   janr   hisoblanadi.   Kichik   yoshdagi   o‘quvchilarni
qahramonlaming   xattiharakati,   tashqi   ko‘rinishi,   portret   tasviri,   voqea-hodisalar
haqidagi   hikoyalar   ko‘proq   qiziqtiradi.   Shuning   uchun   bolalami   hikoya   bilan
tanishtirish   uning   sujetini   tushuntirishga   bog‘lab   olib   boriladi.Boshlang‘ich
sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya
mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar
asosiy   ish   turlaridan   hisoblanadi.   Hikoya   mazmuni   odatda   savollar   asosida   tahlil
qilinadi.So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda
dalillar,   mulohazalar,   xulosalarni   taqqoslash,   voqea-hodisalar,   xattiharakat
o‘rtasidagi bog‘lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani   o‘qish   darsida   o‘quvchilar   tushunmaydigan   so‘z   va   iboralar
ma’nosini   tushuntirish   ham   muhim,   aks   holda   ular   hikoya   mazmunini   tushuna
olmaydilar.   Hikoyani   o‘qishda   uning   mazmunini   tahlil   qilish   va   shu   asosda
o‘quvchilar   nutqini   o‘stirish   markaziy   o‘rin   egallaydi.   Hikoya   o‘qib   bo‘lingach,
o‘quvchilar   o‘ylashi,   o‘z  mulohazalarini   aytishi   uchun  tayyorlanishga   vaqt   berish
kerak.   O‘qilgan   asar   yuzasidan   beriladigan   dastlabki   savollardan   maqsad   hikoya
bolalarga   yoqqan-yoqmaganligi,   undagi   qaysi   qahramonning   xarakteri   bolaga   ta
’sir   etganini   bilishdan   iborat.   Shundan   keyingina   hikoya   sujeti,   voqeaning
yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy
g‘oyasini   bilib   olishga   yordam   beradigan   savollardan   foydalaniladi.Badiiy   asarni
tahlil   qilishda   sujetni   to‘liq   tushuntirishga   berilib   ketib,   qahramonlarga   tavsif
berish,   asar   qurilishi   va   tilini   tahlil   qilish   kabi   ish   turlari   e   ’tibordan   chetda
qolmasligi lozim.
Ertak   janriga   xos   matnlar   jozibadorligi   bilan   bolani   o‘ziga   tortadi.   Lekin
hikoya   janri   ham   hayotiyligi   bilan   o‘ziga   xos.   Hikoyada   voqealar   tez   rivojlanib
boradi.   Unda   inson   hayoti,   u   bilan   bog‘liq   hayotiy   lavhalar   bayon   etiladi.
O‘quvchilar   qahramonlaming   xarakteri,   ulardagi   xususiyatlar   bilan   qiziqadilar.
Masalan,   3-sinf   „O‘qish   kitobi“dagi   „Dadam   qurgan   dengiz“   (Hakim   Nazir),
,,Olma“   (Malik   Murodov),   „Ilmli   mingyashar"   (Nurmat   Maqsudiy),
„Xazonchinak“   (O‘.   Hoshimov),   „Qo‘shterak“   (A.   Irisov),   „Mehnatkash   qiz   “ 20(Oybek)   va   boshqa   qiziqarli   hikoyalar   berilgan.   Ular   mavzu   jihatdan   xilmaxil
bo‘lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Hikoya biror
bir davr bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar qahramonlaming ma’naviyatiga bo‘lgan
qiziqishlari   tufayli   hayotning   nurli   va   qorong‘i   tomonlari   xususida   muayyan
tushunchaga   ega   bo‘la   boshlaydilar.Ularda   go‘zallik   va   nafosatga   muhabbat,
yovuzlikka   nisbatan   nafrat   tuyg‘usi   hikoyalar   bilan   tanishish   va   uni   tahlil   qilish
davomida   shakllanib   boradi.   Masalan,   3-sinfda   „Jaloliddin   Manguberdi"
hikoyasida
Chingizxon   va   uning   qo‘shinlariga   nisbatan   nafrat   uyg‘otilsa,   Jaloliddin
Manguberdining   xatti-harakati   misolida   ona-Vatanga   mehrmuhabbat   uyg‘otiladi,
uning   taqdiri   orqali   o‘z   ajdodlaridan   faxrlanish   tuyg‘usi   paydo   bo‘ladi.   Hikoya
tahlili   adabiy   tur   sifatida   o‘ziga   xos   xususiyatlari   va   vazifasidan   kelib   chiqib   ish
ko‘rishni   taqozo   etadi.   Undagi   har   bir   so‘z,   ibora,   gap   yozuvchining   fikrini
ifodalashga   xizmat   qiladi.   Hikoya   matni   uning   mazmunini   yoki   badiiy
xususiyatlarini o‘rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy
o‘qish,   muammoli   usullardan   foydalanish   uchun   ham   manba   bo‘lishi   lozim.
Boshlang‘ich   sinflarda   hikoya   sujeti,   kompozitsiyasi,   qahramonlarini   o‘rganish
bo‘yicha   turli   tahlillar   matn   ustida   ishlash   asosida   olib   boriladi.   Bunda
o‘quvchining   ijodiy   faolligi   ortadi,   ijodiy   fikrlash   doirasi   kengayadi.„Jaloliddin
Manguberdi“   hikoyasi   qahramonlarini,   ularning   xatti-harakatlarini   o‘rganish   va
tahlil   qilishni   matnga   tayangan   holda   quyidagi   reja   asosida   amalga   oshirish
mumkin:
1.   Chingizxonning   hiyla   ishlatgan   o‘rnini   matndan   topish.   Uning
o‘quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash.
2.   Jaloliddin   Manguberdining   Eron   va   Afg‘onistonda   mo‘g‘ullarga   qarshi
kurashib, erishgan g‘alabasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qish.
3.   Lashkarboshilarning   o‘lja   taqsimlashi   oqibatida   nima   yuz   berganini
aniqlash. Bu o‘rinni matndan topish.
4.   Jaloliddin   Manguberdining   jasorati   yana   qaysi   o‘rinda   ko‘ringanini
aniqlash. 215. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish.
Shundan   so‘ng   o‘quvchilar   Jaloliddin   Manguberdi   haqida   ongli   fikr
yuritadilar.   Chingizxon   bilan   Jaloliddin   Manguberdining   xattiharakatlarini
taqqoslab, farqlaydilar.
Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga
oshiriladi:
1. Matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob berish.
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlami bajarish.
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o‘quvchilaming savollar tuzishi.
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta
hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda   o‘qilayotgan   hikoya   matnining   tushunarliligi   hal   qiluvchi
ahamiyatga ega.  Tushunarlilik  deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o‘ziga
xosligi, obrazli tasvirning o‘quvchi  hayotiy tajribasi, bilim  darajasiga muvofiqligi
nazarda tutiladi.
Hikoyani   o‘rganishda   savollarni,   odatda,   o‘qituvchi   beradi,   ammo   asar   mazmuni,
qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga ham savol
tuzdirish   juda   foydali.   Bu   usul   bolalarga   juda   yoqadi   va   ishni   jonlantiradi,   asar
mazmunini   yaxshi   tushunish,   o‘z   fikrini   izchil   bayon   qilish   malakasini   egallash,
mazmun   va   voqealar   orasidagi   bog‘lanishni   to‘liq   esda   saqlab   qolishda
o‘quvchilarga yordam
beradi.   Hikoyani   izohli   o‘qish   darsini   quyidagicha   reja   asosida   olib   boorish
mumkin:
1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga
xarakteristika berish va boshqa.). 222. Hikoyani o‘qish (bunda to 'liq va m a ’no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi
yoki oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin).
3. Lug‘at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va
voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).
5.   Hikoyani   qayta   o‘qish   (qismlarga   bo‘lib,   rollarga   bo‘lib   o‘quvchilarga
o‘qitish).
6. Hikoyaning har bir bo‘limi  (qismi)  yuzasidan suhbat  uyushtirish, hikoya
rejasini tuzish.
7. Reja asosida qayta hikoyalash.
8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar.
9. Hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki
uyda).
10. Hikoyani ifodali o ‘qish va ifodali qayta hikoyalash.
Ertak  va   hikoyada   til   nazariyasi   nutq   tajribasi   bilan   qo‘shiladi.   O´quvchi
Ertak  va   hikoyani,   u   mustaqil,   ijodiy   xarakterda   bo‘lgani,   «o‘ziniki»ni   yozgani
uchun   ham   sevadi.
Maktab   rivojining   barcha   bosqichlarida   bolalarning   mustaqil   tuzgan
ertak   va   hikoyasiga   alohida   ahamiyat   berilgan.Maktablar   yangi,   o‘quvchilar
nutqini   o‘stirish,   aqliy,   ijodiy   o‘sishiga   mo‘ljallangan   dasturga   o‘tishi
munosabati bilan   uning ahamiyati yanada o‘sdi.
Og‘zaki   va   yozma   ertak   va   hikoya   yozishga   o‘rgatish   jarayonida
o‘quvchilarda   mavzuni   tushunish   va   yoritish,   o‘z   ertak   va   hikoyasini   aniq
fikrga   bo‘ysundirish,   material   to‘plash,   uni   tartibga solish va joylashtirish, reja
tuzish  va reja  asosida   yozish,  mazmunga va   nutq   vaziyatiga   mos   ravishda   til
vositalaridan   foydalanish,   yozgan   ertak   va   hikoyasini   takomillashtirish
ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar   ham amalga
oshiriladi,   ya’ni   matnni   yozishda   imloviy   va   husnixatga   doir   matnni
abzastlarga   bo‘lish,   xat   boshidan   yozish,   hoshiyaga   rioya   qilish   kabi
talablarga   ham   amal   qilinadi. 23Ogzaki   va   yozma   ertak   va   hikoya   material   manbaiga,   mustaqillik
darajasiga,   tayyorlash usuli,   janri   va   til   xususiyatiga   qarab tasnif   qilinadi.
Ertak   va   hikoya   material   manbaiga   ko‘ra   uchga   bo‘linadi:   1)
o‘quvchining   o‘zi   ko‘rgan-bilganlari,   eshitganlari   haqidagi,   ya’ni   mehnat,
kuzatishlar,   ekskursiyalar,   o‘yinlar,   o‘z   tajribasi   va   boshqa   jonli   materiallar
asosidagi   ertak   va   hikoya;   2)   kitob   materiali,   rasmlar,   film,   spektakl,
o‘qituvchi   hikoyasi   va   boshqa   manbalar   asosidagi   ertak   va   hikoya;   3)   turli
manbalar   materialidan foydalaniladigan   ertak va hikoya.
Mustaqillik   darajasiga,   tayyorgarlik   ko‘rish   metodiga   ko‘ra   ertak   va
hikoya   ikki xil   bo‘ladi:   1)   sinf   o‘quvchilari   uchun   umumiy   bir   mavzu   asosida
jamoaviy   tayyorgarlikdan   so‘ng   yoziladigan ertak va hikoya;   2)   alohida   mavzu
asosida   individual     tayyorgarlikdan   so‘ng   yoziladigan   individual   ertak   va
hikoya.
Janriga   ko‘ra   hikoya,ertak,   tasvir,   muhokama   tarzidagi    ertak va hikoya
ga   bo‘linadi.   Boshlang‘ich   sinflarda  tasvir   va   muhokama   elementlari   mavjud
bo‘lgan ertak va hikoyadan   ko‘proq foydalaniladi.
Ertak   va   hikoyani   tasnif   qilish   ta’limiy   vazifalarni   chuqur   anglash   va
metodik   vositalarni   tanlashga,   shuningdek,   ish   turlarini   zaruriy   yo‘nalishda,
baravar   taqsimlashga   yordam   beradi.
Boshlang‘ich   sinflarda   yozdiriladigan   ertak   va   hikoyaning   muhim
turlaridan   biri   kichik   yoshdagi   o‘quvchilarning   shaxsiy   hayotiy   tajribasiga
asoslangan   ertak va hikoyadir.
Rasm asosidagi ertak va hikoya maktablarda tez-tez o‘tkaziladi, chunki
rasm   bolalar   nutqiy   ijodini,   tasavvurini   boyitishga   xizmat   qiladi.   Rasm
bolalar   sezgisiga   ta’sir   etadi,   hayotning   bola   tajribasida   hali   uchramagan
tomonlarini   ochadi.   Rasm   o‘quvchilarga   tanish   bo‘lgan   hodisalarni   chuqur
anglashga   ham   yordam   beradi.
Rasm   asosidagi   ertak   va   hikoyaning   uch   asosiy   turi   bor:   1)   rasmlar
seriyasi  yoki rasmli                 reja asosida yoziladigan ertak va hikoya; 2) sujetli,
o‘quvchilarni   o‘ylashga,   faraz   qilishga   undaydigan   bir   rasm   asosida 24yoziladigan ertak va hikoya; 3)   rasmni   tasvirlash   (tasviriy ertak va hikoya).   O
´quvchilar   avval   rasmlar   seriyasi   asosida,   so‘ng                     bir   rasm   asosida,   undan
so‘ng   tasviriy   ertak va hikoya   yozish   (rasmni   tasvirlash)ga   o‘rgatiladi.
Dasturga   ko‘ra,   1-sinf   o‘quvchilari   o‘yinlari,   mehnatlari,   voqea-
hodisalar   haqidagi   taassurotlari   asosida   o‘qituvchi   rahbarligida   hikoya
tuzishlari   va   uni   ma’lum   tayyorgarlikdan  so‘ng yozishlari;   2 -  sinfda  rasmlar
seriyasi asosida kichik   hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida
yozish;   tabiatni   kuzatish   va   mehnat   jarayoni   haqida,   bolalarning   o‘yinlari,
ishlari,   sayillari   haqida,   avval   o‘qituvchi   rahbarligida,   keyin   mustaqil   ravishda
kichik   hikoya   tuzish   va   uni   yozish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olish; 3   -
sinfda   rasmlar   (bir   mavzuga   oid   bir   necha   rasm,   syujetli   bir   rasm,   rasmni
tasvirlash)   asosida,   hayotiy   tajribalari,   kuzatishlari,   ekskursiyalardan   olgan
taassurotlari   asosida   rejani,   avval   kollektiv   ravishda,   keyin   mustaqil   tuzib
hikoya   qilish   va   uni yozish   talab etiladi.
Boshlang‘ich   sinflarda   insho   ta’limiy   xarakterda   bo‘ladi,   3-   sinfdagina
tekshiruv   ertak   va   hikoya   o‘tkazish   mumkin.Rag‘batlantirish   maqsadida
ta’limiy ertak va hikoyalar   ham   baholanadi,   lekin salbiy   baho qo‘yish   tavsiya
etilmaydi.
Boshlang‘ich   sinflarda   yozma   inshoga   nisbatan   og‘zaki   ertak va hikoya
ko‘p   o‘tkaziladi.   Og‘zaki   hikoya   tuzish   bola   maktabga   kelgan   birinchi
kunlardanoq   boshlanadi,   yozma   ertak  va hikoya   esa   1-sinf   oxiri   va   2-sinfdan
boshla o‘tkaziladi.
O‘quvchilarni   tarbiyalashda   ertak   va   hikoyaning   ahamiyati.   Ertak
va hikoyaning   tarbiyaviy                  ahamiyati   tanlanadigan   mavzuga,   shuningdek,
ertak va hikoya   ustida   o‘quvchilar   qanchalik   mustaqil   ishlashi   va   qiziqishiga,
ertak va hikoya   g‘oyasiga   ham   bog‘liq.
Ertak va hikoya bolalarni voqea-hodisalarni chuqur his etishga yordam
beradi,   izchil   fikrlashga   o‘rgatadi,   tilga   va   adabiy   ijodga   qiziqishlarini
o‘stiradi.   Bolalar   eng   qiziqarli   va   o‘zlariga   yaqin   voqea-hodisalar   haqida
hikoya   qiladilar   va   yozadilar,   ularning   ertak   va   hikoyasi   mustaqil   ishlash 25malakasini   o‘stiradi,   ommaviy   faollikni   oshiradi.   Tanlangan   mavzuning
g‘oyaviy   yo‘nalishini   ochish   tarbiyaviy vazifani   hal   qilishga imkon beradi.Bu
 jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi,
bolalarning   hayoti,   maktab,   tug‘ilib   o‘sgan   qishlog‘i   yoki   shahri   haqidagi,
urush    qahramonlari   haqidagi   mavzular   ayniqsa   qulay.Bu   mavzulardagi   ertak
va hikoyalar   mehnat
kishilariga,   qahramonlarga   chuqur   hurmatni   tarbiyalaydi.
Ertak   va   hikoya   jamiyat   hayotini   tushunishga   o‘rgatadi.   Tabiatga,   kishilarga,
ularning   yaxshilikka   intilishlari   va   harakatlariga,   mehnatga   va   mehnat
mahsuliga   muhabbatni   tarbiyalaydi,   kishilar   xatti-harakatidagi   chiroyli
jihatlarni   egallashga,   hozirgi   zamon   axloqiy   talablarini   anglashda   bolalarga
yordam   beradi.
Ertak   va   hikoyaning   tarbiyaviy   ahamiyatini   oshirish   uchun
quyidagilarga rioya qilish   talab etiladi:
1. Osondan   qiyinga   tamoyiliga   rioya   qilgan   holda   og‘zaki   va   yozma
ertak va hikoyani   muntazam o‘tkazib borish bilan o‘quvchilarda mustaqillikni
tarbiyalash. Mustaqil   ertak va hikoya o‘quvchilar   faolligini   o‘stiradi.
2. Ertak va hikoyani  hayot  bilan bog‘lash. Bunda  kuzatishlar  asosidagi
ertak   va   hikoya,   kundalik     yuritish,   qilingan   ishlar   yuzasidan   «hisobot»
tarzidagi   ertak   va   hikoya,   xat,   maqola,   o‘qilgan     kitob   haqida   taqriz
kabilarning tarbiyaviy   ahamiyati   juda   katta.
3. Ertak   va   hikoya   uchun   maktab   va   o‘qituvchining   tarbiyaviy
vazifalariga   mos   bo‘lgan   mavzu   tanlash.   Bunday   mavzularga   mehnat   haqidagi,
kishilarning   maqtovga   loyiq   ishlari   haqidagi,   axloqiy   muammolar,   Vatan
haqidagi   mavzular   kiradi.   Mavzuni   o‘qituvchi   maktab   sharoiti   va   o‘z   sinfi
o‘quvchilarining   xususiyatlarini hisobga olgan   holda   tanlaydi.
4. Ertak   va   hikoya   ustida   ishlashda   ishning   emotsionallik   darajasini-
ta’sirini   oshirish.   Tabiatni   obrazli,   emotsional   tasvirlash,   qahramonlikni   yoki
foydali   harakatni   qiziqarli,   ta’sirchan qilib   tasvirlash.
Vatan   so‘zida   kishining   bolalikda   o‘sib-ulg‘aygan   joyi   tasviri   ko‘z 26oldiga   keladi.   Ishlab   chiqarishga   ekskursiya   materiali   asosida   mehnat   haqidagi
ertak va hikoya   yangi   tarbiyaviy   imkoniyatlarni   ochib   beradi:   unda   bolalar
ishlab   chiqarishdagi   muvaffaqiyat   va   qiyinchiliklar,   ilg‘or   kishilar   haqidagi,
kasb   va   mutaxassislik   haqidagi,   texnika   haqidagi   ma’lumotlardan
foydalanadilar.   Ishlab   chiqarishga   ekskursiya   va   mehnatni   tasvirlash   bilan
bog‘liq   holda   kasb   haqida   suhbatlashishga   to‘g‘ri   keladi   va   bu   ertak   va
hikoyada o‘z aksini topadi. Mehnat haqidagi ertak va hikoya gazetaga   maqola
shaklida   yozilishi   mumkin.   Mehnat   yoki   ishlab   chiqarish   haqidagi   ertak   va
hikoya   mavzulariga   «Bizning   qishloq»,   «Karam   uzish»,   «Bog‘da»,   «Bizning
jamoa   xo‘jaligimiz»,  «Pochtada»,  «Do‘konda»,  «Paxtakorlarga  yordamimiz»,
«Bizning   hashar»,   «Maktab   yer   uchastkasida»,   «Daraxt   o‘tqazish»   kabilar
kiradi.   «Men   nimalarni   bilaman»   mavzusidagi   tanlovga   bolalar   juda
qiziqadilar.Tanlov   bolalarning   mehnat   ko‘nikmalarini   aniqlabgina   qolmay,
ularni   uyda,   polizda,   bog‘da   ishlashga   rag‘batlantiradi.Maqsad   kishilarga
foyda   keltiruvchi   mehnatga   hurmatni   tarbiyalashdir.Qishloq   maktab
o‘quvchilari   ota-onalariga   sabzavotlar   ekish,   hosilni   yig‘ish,   o‘tin   tayyorlash
kabi   ishlarda   qanday   yordamlashganliklari   haqida   yozadilar.Sinfda   mehnat
haqidagi ertak va hikoya muhokama qilinadi.Bolalar  foydali,   zaruriy ijtimoiy
faoliyat   sifatida   mehnatning   mohiyatini   tushuntiradilar.Ular   har   qanday
mehnat   e`zozlanishini   aytadilar.
Kelajak   haqida   «Kim   bo‘ishni   xohlayman?»   mavzusida   tayyorgarliksiz
hikoya   qilish   tarzidagi ertak va hikoya   ham   katta tarbiyaviy   kuchga ega.
Juda   yaxshi   yozilgan   ertak   va   hikoyani   sinfda   ifodali   o‘qib   berish   va
tahlil   qilish   bolalarni tarbiyalaydi. Ba’zi maktablarda bolalar ertak va hikoyasi
va   hatto   bolalar   she`rlari   to‘plami   tuziladi,   yaxshi   yozilgan   hikoya   uchun
tanlov   e`lon   qilinadi.
Ertak   va   hikoya   mavzusi   va   uni   yoritish.   Mavzu   ertak   va   hikoya
predmeti   bo‘lib,   uning   mazmunini   tashkil   etadi.Mavzuga   qarab   ertak   va
hikoyada   aks   ettiriladigan   materiallar,   dalillar,   hodisalar   tanlanadi.   Ertak   va
hikoyaning   to‘g‘ri   va   to‘liq   bo‘lishi   o‘qituvchi   mavzuni   qanday   shakllantirishi, 27o‘quvchilar   uni   qanday   tushunishlariga   bog‘liq.
Ertak va hikoya ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa
og‘zaki,yozma   ertak va hikoya mavzusini   belgilab   olish   muhim   rol o‘ynaydi.
O‘quvchilar   mavzuni   yoritishga   1-sinfdan   boshlab   o‘rganadilar.   Ular
mavzuga oid gap tuzadilar.Masalan, qish havosi haqida, ona qishlog‘i (shahri)
haqida,   qo‘rqoq   quyon,   ayyor   tulki   haqida   gap   tuzadilar.Keyin   savollar
asosida   bir
mavzuga   oid   bir   necha   gap   tuzib,   uni   yozadilar.   Ertak   va   hikoya   uchun   iloji
boricha tor - aniq   chegaralash   mumkin   bo‘lgan   mavzuni   tavsiya   qilish   foydali.
«Kuz»   mavzusi   o‘quvchilar   uchun   juda   keng   mavzu   bo‘lib,   bunda   o‘quvchi
umuman   kuz   haqida,   kuzda   qilinadigan   ishlar   haqida   yozishi   mumkin,   u
yozadi gan   gaplarining   aniq   chegarasini   bilmaydi.   O´quvchilarga   kuzga   oid
«Paxta   terimiga   yordam»,   «Kuz   kunlarining   birida»,   «Oktyabrda   ob-havo»,
«Bog‘da   olma   terdik»,   «Pomidor   terishga yordamlashdik», «Kech kuzda bog‘
manzarasi» kabi mavzularni tavsiya   qilish mumkin.
Og‘zaki   va   yozma   ertak   va   hikoya   ustida   ishlashda   mavzu   berib   uni
yoritishni   talab   qilishdan   tashqari,   avval   material   to plash   va   shu   yig‘ilgan‟
materiallar   asosida   mavzuni   shakllantirishni   tavsiya   qilish   ham   mumkin.
Masalan,   kech   kuzda   tabiatni   kuzatish   va   material   yig‘ish   tavsiya   qilinadi:
kuzatishlar   «Kech   kuzda»   mavzusida   ertak   va   hikoya   yozish   bilan
yakunlanadi.   Bunda   o‘quvchilar   mavzuni   to‘liq   yoritadilar.
Reja   tuzish.   Reja   har   qanday   og‘zaki   yoki   yozma   hikoya   qilishning
zaruriy   pog‘onasi,   uning   «loyihasi»dir.   Kishi   o‘z   nutqi   haqida   o‘ylab,   asosiy
gaplarini   belgilab oladi. Ertak va hikoya uchun reja tuzish shuning uchun ham
zarur.   1   -   sinfda   reja   rolini   o‘qituvchi   savollari,   ya’ni   so‘roq   gaplar   tarzidagi
reja   bajaradi;   2   -   sinfda   reja   jamoa   o‘qituvchi   rahbarligida   tuziladi;   3   -   sinfda
esa   mustaqil   tuziladi.   Boshlang‘ich   sinflarda   3   -   5   talik reja   tavsiya   qilinadi.
Bolalar   avval   o‘qigan   hikoyalariga   reja   tuzadilar   va   uni   reja   asosida
qayta   hikoya   qiladilar,   keyin   ertak   va   hikoya   rejasini   tuzadilar,   so‘ng   bir
mavzuga   oid   bir   necha   rasm   (rasmlar   seriyasi)   asosidagi   ertak   va   hikoya 28rejasini,   ya’ni   rasmli   reja   tuzadilar,     ertak   va   hikoyaga     sarlavha   topadilar.
Shundan   so‘ng   tasvirlangan   voqea-harakatlar   aniq   ajratilgan,   reja   tuzishga
qulay   bo‘lgan   rasm   yoki   kuzatishlar   asosida   yoziladigan   ertak   va   hikoya
rejasini   tuzishga   o‘tiladi.   Reja   tuzishga   o‘rgatishda   oldin   nima   haqida
to‘xtalish,   keyin   uni   qanday   davom   ettirish,   undan   so‘ng   nima   haqda   aytish,
nihoyat,   hikoyani   qanday   tugatish   kerakligini   o‘quvchilarga   tushuntirish
foydali usul hisoblanadi.   Reja   avval   so‘roq   gap   tarzida,   keyin   darak   gap,   oxiri
nominativ   gap   tarzida   tuziladi.
Reja   ko‘pincha   ertak   va   hikoya   yozishdan   oldin   unga   tayyorlanish
jarayonida   (rasm   asosida   yoziladigan   ertak   va   hikoya   rejasi   kabi)   tuziladi.
Ba’zan   rejani   ekskursiya,   kuzatishdan   oldin,   unga   tayyorgarlik   jarayonida
tuzish   maqsadga   muvofiq.   Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi
shu  ishlar  bajarilishidan  oldin   yoki  ular  yuzasidan   material  to‘plash,   ertak  va
hikoya   uchun   material   tanlash   va   uni   tartibga   solish   jarayonida   tuziladi.
Bunday   reja   ertak   va   hikoya   yozishdan   oldin   ko‘rib   chiqilib,   unga   ayrim
aniqliklar kiritiladi.
Ertak va hikoyani   yozishga   tayyorlash.   Og‘zaki   yoki   yozma   ertak va
hikoyaning   turi   va   vazifasiga   qarab unga   tayyorgarlik ko‘riladi.
Ertak   va   hikoyaga   tayyorgarlikni   o‘qituvchi   boshqaradi,   bunga
o‘quvchilarni ishtirok   ettiradi,   ularning   o‘ta   faolligi   va   mustaqilligiga   erishadi.
Tayyorlik   deganda,   birinchidan,   o‘quvchilarda   nimanidir   tasvirlashga,   hikoya
qilishga   talab   uyg‘otadigan   vaziyat   yaratish;   ikkinchidan,   ertak   va   hikoya
uchun   yetarli   bo‘lgan   zarur   material   yig‘ish;   uchinchidan,   mavzuga   oid,   uni
yoritishga   mos   bo‘lgan   til   vositalarini tanlash   tushuniladi.
Ertak va hikoyaga tayyorlik ertak va hikoyani yozishdan bir necha kun
ilgari boshlanadi, darsdan   tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham
olib boriladi. Og‘zaki yoki   yozma   ertak va hikoya   ustida   ishlash uch   bosqichga
bo‘linadi:
1) material   yig‘ish,   ya’ni   kuzatish,   ekskursiya,   mehnat   jarayoni,   rasmni
ko‘rib   chiqish,   kinofilm,   spektaklni   ko‘rish,   badiiy   va   boshqa   adabiyotlarni 29o‘qish;
2) mavzuga   va   uni   yoritishga   mos   material   tanlash,   uni   tartibga   solish,
joylashtirish,   ya’ni   suhbat,   muhokama   qilish,   zarur   materialni   ajratish,   reja
tuzish,   lug‘at   ustida   ishlash,   imlo   va   leksik   tomondan   tayyorlash   va   hokazo;
3) ertak   va   hikoyani   nutqiy   shakllantirish,   ya’ni   ertak   va   hikoyani
matnini   tuzish,   uni   yozish,   takomillashtirish,   xatolarni   to‘g‘rilash   va   uni
tekshirish.
Birinchi   va   ikkinchi   bosqichdagi   ishlar,   odatda,   darsdan   tashqari   vaqtda
bajariladi.   Masalan,   ekskursiya   asosidagi   ertak   va   hikoya   uchun   material
yig‘ish   uni   yozishdan   ancha   ilgari   boshlanadi;   tabiat   hodisalarini   kuzatish   bir
hafta,   hatto                  undan   ko‘proq   davom   etadi;   rasmlar   esa   ertak   va   hikoya
yozishdan   oldin   ko‘riladi.   Shunday   qilib,   ertak   va   hikoya   yozish   yoki
og‘zaki   hikoya   qilish   darsi   ilgari   bajarilgan   ishlarning   yakunidir.Ertak   va
hikoya   darsining   umumlashtiruvchilik   roli   bog‘lanishli   nutq   sohasidagi
ko‘nikmalarni   egallash   me`yoriga   qarab   ortib   boradi.
Ertak   va   hikoya   darsining   qurilishi   tayyorlov   bosqichining   xarakteriga
bog‘liq.   Tayyorlov   bosqichida   qancha   ko‘p   ishlansa,   ertak   va   hikoya   darsida
matn   ustida   shuncha   chuqur   ishlash   imkoniyati   yaratiladi.   Ertak   va   hikoya
yozishdan   oldin   yoki   og‘zaki   hikoyalashda yig‘ilgan materiallarni o‘quvchilar
yodiga   tushirish,   ularda   qiziqish   uyg‘otish,   yozishga   yoki   hikoya   qilishga
xohish   uyg‘otish   zarur.
Ertak   va   hikoya   yozish   uchun   2-   sinfda   odatda   bir   dars,   zarur   bo‘lib
qolsa,   ikkinchi   darsdan   15-20   minut,   3-sinfda   bir   yoki   bir   yarim   dars,   ayrim
vaqtlarda   ikki   darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, ertak va hikoya tahlili va
xatolar   ustida   ishlash   uchun     20-25   minut   vaqt   ajratiladi.   Bunda   eng   yaxshi
yozilgan ertak va hikoyalar tahlil qilinadi,   imloviy, punktuastion, nutqiy, logik
xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar   ustida   ishlanadi.
Ertak va hikoya   yozish   darsida   quyidagi   bosqichlarga   rioya   qilinadi:   1)
mavzuni,   ertak   va   hikoyaning   vazifasini   e`lon   qilish   (yoki   yodga   tushirish),
uni   o‘quvchilar   bilan   muhokama   qilish;   2)   kuzatish   davrida   to‘plangan 30materialni   tartibga   solish   yoki   material   yig‘ish   (masalan,   rasmga   qarab   ertak
va   hikoya   yozish   uchun   rasmni   ko‘rish)   maqsadida   suhbat   o‘tkazish;   3)   reja
tuzish   yoki   avval   tuzilgan   rejaga   aniqlik   kiritish;
4) matnni nutqiy tayyorlash, ya’ni zarur so‘zlarni yozish; so‘z birikmasi,
gap yoki bog‘lanishli matnning ayrim qismini tuzish; imlosi qiyin so‘zlarning
yozilishini tushuntirish va boshqalar;
5) darsning asosiy qismi bo‘lgan ertak va hikoyani   yozish;   o‘quvchilar
ertak va hikoyani   yozayotganlarida,   o‘qituvchi   ular   ishini   kuzatadi,   ayrim
o‘quvchilarga   (boshqalarga   xalaqit   bermay,   ular   e`tiborini   chalg‘itmay)
individual   yordam   beradi;
6)   o‘quvchilar   yozgan   ertak   va   hikoyalarini   tekshiradilar,
kamchiliklarini   to‘ldirib,   xatolarini   to‘g‘rilaydilar.
Boshlang‘ich   sinflarda   bolalar   ertak va hikoyani   oqqa   ko‘chirmaydilar,
kerakli   tuzatishlarni   ehtiyotlik   bilan   kiritadilar,   bunday   tuzatishlar   uchun   ertak
va   hikoya   bahosi   pasaytirilmaydi,   aksincha,   matnni   yaxshi   to‘g‘rilagan
o‘quvchi   rag‘batlantiriladi;
7) bolalar   ertak   va   hikoyani   o‘qituvchiga   tekshirish   uchun
topshiradilar;   o‘qituvchi   ikki   kun   ichida   tekshiradi.Keyingi   ona   tili   va   o‘qish
savodxonligi   darsining   ikkinchi   qismidan   15-25   minut   vaqt   ajratib,
tekshirilgan   ertak   va   hikoyalar   yuzasidan   yakuniy   mashg‘ulot   o‘tkaziladi
(ertak va hikoya   tahlil   qilinib,   xatolar   ustida   ishlanadi).
O´qituvchi  har  bir ertak va hikoya turi  uchun o‘quv vazifasini  belgilab
oladi.Masalan,   rasmlar   seriyasi   asosida   birinchi   marta   yozdiriladigan   ertak va
hikoya   uchun   quyidagi   vazifalar   belgilab   olinadi:
1. O´quvchilarni   ertak   va   hikoyaning   yangi   turi   bo‘lgan   rasmlar
seriyasi   asosidagi           ertak va hikoya   bilan   tanishtirish.
2. Rasmli   reja   asosida   matn   rejasini   tuzish.
3. Reja   qismlariga   mos   ravishda   matnni   abzastlar`a   bo lish‟   va   har   birini
xat   boshidan yozish.
4. Ertak va hikoya   matnini   mustaqil   tekshirish   va   takomillashtirish. 31O´quvchilarning   mustaqillik   darajasi   o‘sib   borgani   sayin,   ertak   va
hikoyaga talab ham   orta   boradi.
O‘quvchilar   ertak   va   hikoyasini   tahlil   qilish. Nutq   o‘stirish
metodikasida   o‘quvchilar     ertak   va   hikoyasi   uchun   baho   me`yori   muhim
masala   hisoblanadi.   Tabiiyki,   bunda   yuqorida   keltirilgan   asosiy   talablarga
rioya qilinadi.
O‘quvchilar   ertak va hikoyasini   baholashda   quyidagilar   hisobga   olinadi:
1. Ertak va hikoya   mavzusining   yoritilishi   (mazmun   mavzuga   mosmi,
yetarli   yoritilganmi?).   Mazmun   haqiqatga mos keladimi?
2. Reja, kompozistiya, izchillik (reja to‘g‘ri tuzilganmi, materialni ertak
va hikoya   qilish tartibi  rejaga mos  keladimi, mazmunda takror  yo‘qmi, zarur
o‘rinlar   tushib   qolmaganmi,   izchillik   buzilmaganmi?).   Asosiy   fikr   aniqmi,
xulosa   chiqarilganmi?
3. Janri,   uslubi   (hikoya   tarzidagi   matnda   tasviriy   va   muhokama
elementlari   bormi;   uslubda   xatoga   yo‘l   qo‘yilmaganmi;   ertak   va   hikoya
mavzusi va vaziyatni yoritish   vazifasini   janr   va   uslub   oqlay   oladimi?   Badiiylik
elementlari   bormi?)
4. Ertak va hikoya   hajmi   (so‘z,   gap   soni;   lakonizm   yoki   ko‘p   so‘zlilik).
5. Leksika   (so‘zlardan   to‘g‘ri   foydalanish,   sinonim,   antonim,
frazeologizmlardan   foydalanish).   Sintaksis   (gapning   hajmi,   sintaktik
konstrukstiyalarning   bir   xil   yoki   har   xilligi,   murakkab   konstrukstiyalar
bormi?).
6. Imloviy   va   punktuastion   savodxonlik,   xatolar   xarakteri   (qo‘pol   va
juz`iy   xatolar).
7. Husnixat,   tashqi   tomondan   shakllantirish   (hoshiyaga,   xat
boshidan   yozishga,   sarlavhani   to‘g‘ri   joylashtirishga   rioya   qilish).
O‘quvchilar   ertak   va   hikoyasiga   qo‘yilgan   bunday   talablar   uni
baholashga   bir   xilda                   yondashishga   imkon   beradi. 32II.BOB.O‘QUVCHILARNING   FIKRLASH   QOBILIYATINI
FAOLLASHTIRISHDA   IJODIY   ISHLARNI TASHKIL   ETISH
MUAMMOLARI
2..1Boshlang‘ich   sinflarda   ijodiy   ishlarni   tashkil   etish   orqali   o‘quvchilar
fikrlash qobiliyatini   faollashtirish.
Ta’limni, jumladan, boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi
ta’limini ijodiy tashkil   etishni hеch kim inkor qilmaydi. Aksincha, ta’limni ijodiy
tashkil   etish   yo‘li   bilan   uning   samaradorligini   oshirish,   yoshlarni   hayot,   ishlab
chiqarish   va   ijtimoiy   munosabatlarga   tayyorlashning   sifatini   yaxshilash
mumkinligini   o‘qituvchilar   ham,   ilmiy   jamoatchilik   ham   e`tirof   etadi.   Ammo
shunga   qaramasdan,   fan   mutaxassislari,   shuningdеk,   maktab   o‘qituvchilari
orasida   ijodiy   ta’limni   noijodiy   ta’limdan   farq   qilish   sohasida
tushunmovchiliklar,   ularning   o‘zaro   tafovutlarini   ajratishda   kamchilik,
yеtishmovchiliklar   ko‘plab   topiladi.   Shundan   bo‘lsa   kеrak,   o‘quvchilarga
bеriladigan   mustaqil   ishlarning   barchasi   ijodiy   ish   sifatida   qabul   qilinadi.
Haqiqatan   ham   sinfda   tashkil   etiladigan   o‘quv   topshiriqlarining   barchasini
mustaqil ish, mustaqil ishlarning esa barcha ko‘rinishi va turlarini ijodiy ish dеb
qarash   mantiqan   chalkashlikka   olib   kеladi.   Bunday   murakkab   holatdan   chiqib
kеtishning asosiy  yo‘llaridan biri “mustaqil  ish”  va “ijodiy ish” tushunchalarini
o‘zaro   chog‘ishtirib   o‘rganish,   ularning   har   biriga   oid   alomatlarni   alohida-
alohida   ajratib ko‘rsatishdir. Yana bir munozarali muammo ijodiy ishni noijodiy
ishdan   farqlash   masalasidir.   Ijodiy   va   noijodiy   topshiriqlarning   farqlarini   aniq
chеgaralamasdan   turib,   ta’limni   ijodiy   tashkil   etish   to‘g‘risida   fikr   yuritib
bo‘lmaydi.   Shunday   ekan,   o‘quvchilarning   tafakkuri   bilan   bilish   faoliyati
xususiyatlarini   tizimli   tahlil   qilishni   taqozo   qiladi.Bilish   faoliyati   nuqul 33tafakkurning   ishimi   yoki   bilish   jarayonlarida   xotira   ham   ishtirok   etadimi?
Bulardan   ko‘rinadiki,   boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi
ta’limini   ijodiy   tashkil   etish   o‘ta   murakkab mеtodik   hodisadir.
Fanning   tadrijiy   taraqqiyotida   ijod   muammosini   o‘rganish   asta-
sеkin
psixologiyadan   pеdagogika   (didaktika)ga,   undan   mеtodika   sohasiga   ko‘cha
boshladi.   Natijada   umumiy   didaktika   va   mеtodika   sohasida   ilmiy   izlanishlar
o‘tkazildi.   Qator   ilmiy   tadqiqotlarda   o‘quvchilar   faolligi   va   mustaqillik
muammosi   kеng   o‘rganildi.   Shunday   izlanishlar   sirasiga   I.A.Allayorov   [18],
V.M.Karimova,   R.N.Sunnatova,   R.N.Tojiboyеva   [46],   P.K.Pidkasistiy   [68],
O.R.Roziqov   [74],   A.Q.G ulomov   [109]   kabi   qator   olimlar   o‘tkazgan‟
tadqiqotlar   kiradi.
Didaktikada   muammoli   ta’lim   munosabati   bilan   bolalarda   ijodiy
qobiliyatlarni   rivojlantirish   masalasi   alohida   yo‘nalish   sifatida   ajralib   chiqdi.
Muammoli   ta’limga   oid   ilmiy   didaktik   tadqiqotlar   yaratildi:   I.V.Dorno
umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   muammoli   ta’limni   tashkil   etish   vositalari,
usullari,   tamoyillarini   tahlil   qilgan   bo‘lsa   [37],   R.I.Ibragimov   o‘zbеk
maktablari tajribasida   boshlang‘ich ta’limga muammoli yondashuv tamoyilini
tizimli   o‘rgangan   [41].   Tataristonlik   didakt   olim   M.I.Maxmutov   turli   o‘quv
prеdmеtlaridan   olingan   dalillarni   tahlil   qilib,   muammoli   ta’limning   nazariy   va
amaliy   tomonlarini   bolalarning   faolligi   va   mustaqilligi   bilan   aloqadorlikda
o‘rganib, sinfda darsning   borishiga qarab muammoli holat yaratish, muammoli
ta’lim mеtodlarini alohida   o‘rganish, muammoli ta’lim munosabati bilan dars
turlarini   tahlil   qilish   sohasidagi   xizmatlari   hali   ham   o‘z   ahamiyatini
yo‘qotmagan.   Ayniqsa,   M.I.Maxmutov   o‘quv   topshiriqlari   va   biluv
topshiriqlarini   o‘zaro   taqqoslab   o‘tkazgan   izlanishlari   diqqatga   sazovordir.
Bola   biluv   topshiriqlari   vositasida   yangi   bilim,   yangicha   faoliyat   ko‘rsatish
usullarini   o‘rganib   oladi.Shu   jihatga   ko‘ra   muammolilik   kasb   etadi.   Zеro,
o‘quvchi   muammo   va   topshiriqni   bajarish   jarayonida   ta’limda   faol   ishtirok
etadi.   O‘quv   topshiriqlari   kеng   hodisa   bo‘lib,   ular   bilimlarni   kеngaytirish, 34malakalarni   rivojlantirishga   zamin   yaratadi   [58,   55-65].   Muammoli   ta’limning
maqsadi,-dеb   yozgan   edi   M.I.Maxmutov,-“o‘quvchilarning   biluv
mustaqilligini   shakllantirish,   ularning   ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirishdan
iborat”   [58,   20].
Ta’limni   ijodiy       tashkil       etish       muammosining       pеdagogik
jihatlari
B.R.Adizovning   «Boshlang ich   ta’limni   ijodiy   tashkil   etishning   nazariy‟
asoslari»   nomli doktorlik dissеrtasiyasida  kеng o rganilgan. U ta’limni ijodiy	
‟
tashkil   etishni   komplеks   muammo   sifatida   ajratib,   uning   tarkibini   mantiqiy
tahlil   qilishga   alohida   e`tibor   qaratgan.“Boshlang‘ich   ta’limni   ijodiy   tashkil
etish   obyektiv   rеallik-ta’lim   jarayonining   izlanish   hamda   tahlil   qilish
maqsadida ajratilgan alohida nuqtai nazari   bo‘lib, komplеksning rеalligi o‘zida
(ta’lim   jarayonining   rеal   amal   qilishi   ko‘zda   tutilgan-A.H.)   zuhur
etadi.Shunday   bo‘lgach,   muammoni   tashkil   etgan   tarkibiy   qismlarni   aniq
tasavvur qilmasdan turib, ilmiy izlanishni asoslash mumkin emas   [13,   33-34].
Boshlang‘ich   ta’limni   ijodiy   tashkil   etish   masalalarini   B.R.Adizov
“tadqiqotchi-muammo”   tizimida   tahlil qilib, uning   quyidagi tarkibiy qismlarini
ajratadi:   ijodiy   ta’limni   tashkil   etish,   bolalarning   o‘quv   matеriallarini   ijodiy
O‘zlashtirishi,   o‘quvchilarda   ijodiy   qobiliyatlarni   tarbiyalash.Bu   masalalarning
barchasi   “ijodiy   ta’lim”   kontеkstida   tadqiq   qilinadi   [13,   37].B.R.Adizovning
yozishicha,   ijodiy   ta’limni   tashkil   etish-bu   o‘quv   matеriali   bilan   o‘quv
faoliyati   o‘rtasidagi   aloqalarni   yuzaga   chiqarishdir.   U   o‘quvchi   va   o‘quv
matеriali   o‘rtasidagi   to‘rt   xil   aloqa   turini   tasnif   etgan:   mazmun   aloqa;   maqsad
aloqa;   funksional   aloqa;   vositaviy   aloqa   [13,   57-59].   Bu   aloqalarning   amal
qilishi   uchun   o‘quvchining   ta’lim   jarayonidagi   maqomini   o‘zgartirishga
ehtiyoj   tug‘iladi.Shu   tufayli   muallif   ta’limda   o‘quvchilarning   faol   ishtirokini,
ularning   o‘quv-biluv   faoliyatini   asosli   tahlil   qilgan.   Ushbu   tadqiqotda
bolalarning   o‘quv-biluv   faoliyati   ta’lim   jarayonining   faol   subyekti   sifatida
qaralib,   o‘quvchi   ijodkorligining   qator   tamoyillari   ajratilgan:   ziddiyatlilik,
onglilik, mustaqillik, faollik, sababiyatlilik [13,   86-88]. 35Tahlil   qilinayotgan   tadqiqotda   bolalarning   o‘quv-biluv   faoliyatining
to‘rt   asosiy   komponеnti   ajratilgan.Bular   maqsad,   motiv,   vosita,   natijadir.
Faoliyatning   shu   jihatlari   kеng   tahlil   qilinib,   unga   quyidagi   umumiy   ta’rif
bеrilgan:   “Faoliyat-bu   ijtimoiy   qimmatli   motivlarga   ko‘ra   maqsadga
yo‘nalgan,   o‘ziga   oid   vositalar   asosida   ma’lum   natija   bilan   yakunlanadigan
xatti-harakatlar   tizimi”   [13,   119].   Kеltirilgan   umumiy   ta’rifga   rioya   qilib,
bolalar   faoliyatining   ikki   nuqtai   nazari   ajratilgan:   o‘quv   faoliyati;   biluv
faoliyati [13, 120]. Muallif faoliyatning mazmuni,   maqsadi, vositasi, natijasiga
umumiy   tavsif   bеrib,   bolalarning   o‘quv   faoliyati   va   biluv   faoliyatining   har
biriga   xos   bеlgilarni   ajratib ko‘rsatgan.
B.R.Adizov   bolalarning   o‘quv   faoliyati   va   biluv   faoliyatini   o‘zaro
chog‘ishtirib,   ta’limni   ijodiy tashkil   etish   muammosining   mohiyatini   va   uning
o‘ziga   xos   bеlgilarini   ajratgan.   Aftidan   xuddi   shunday   yo‘l   bilan   ijodiy
ta’limni   tashkil   etish   muammosiga   yanada   yaqinroq   yondashish   mumkin.
Ijodiy   ta’limning   mohiyati   va   uning   o‘ziga   xos   bеlgilarini   bir-biridan   ajratib
o‘rganib   bo‘lmaydi.   Mohiyat-bu   ijodiy   ta’limning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
to‘g‘risidagi   tasavvurlar   bo‘lsa,   uning   bеlgilari   ijodiy   ta’limni   noijodiy
ta’limdan farqlash o‘lchovlaridir.   Shu tufayli biz Y.A.Ponamarеvning quyidagi
fikrini ijodiy ta’limni o‘rganishda   rioya qilinadigan asosiy talab sifatida qabul
qilamiz:   “ijodiyot   mohiyati   va   uning   o‘ziga   xos   mе`yorlari   bir   muammoning
ikki tomonidir”   [70,   40].
B.R.Adizovning   ijodiy   ta’lim   mohiyati   va   uning   o‘ziga   xos
o‘lchovlariga   oid   fikrlarini   tahlil   qilishda   Y.A.Ponamarеvning   yuqoridagi
mulohazasini   asos   qilib   olamiz.
B.R.Adizov   ijodiy   ta’lim   muammolarini   bayon   qilishda   “o‘rganish”
atamasiga   alohida   diqqat   qilib,   bola   o‘quv   faoliyatida   ham,   biluv   faoliyatida
ham   o‘rganadi,   dеb   yozadi.Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   faoliyatida   o‘qish,
hisoblash,   buklash,   qirqish,   o‘lchash,   yozish,   chizish,   kuzatish,   taqqoslash,
tinglash,   javob   qaytarish   kabi   o‘quv   harakatlari   qo‘llanadi.   Bolalar   natijaga
ikki   yo‘l   bilan   erishadi:   tayyor   bilimlarni   o‘rganish.   Bunday   bilimlar   o‘quv 36faoliyati   mahsuli           sanaladi.O‘quv   prеdmеtiga   oid   dalillarni   tahlil   qilish,
xulosalar   chiqarish   yo‘li   bilan   o‘rganish.Bunday   bilimlar   biluv   faoliyati,
binobarin, ijodiy faoliyat mahsuli   hisoblanadi [13,   142].
B.R.Adizov   o‘quv   faoliyati   va   biluv   faoliyatini   o‘zaro   taqqoslab,
boshlang‘ich   ta’limni   ijodiy   tashkil   etishning   qator   o‘lchovlarini   asoslab
bеrgan.   Ta’limni ijodiy   tashkil   etish-bu:
-ta’limda   o‘quvchi   maqomini   o‘zgartirish,   uni   ta’lim   jarayoni
subyektiga   aylantirish,
-mе`yoriy   ta’limlar   doirasidan   chiqib,   ta’limni   o‘tkazish,
-bolalar   faoliyatini   bilim,   ko‘nikma-malaka,   ijodiy   faoliyat   tajribasi,
munosabatlar   komplеksiga   yo‘naltirish,
-o‘ziga   xos   maqsad,   vosita,   natija,   motivlarni   ko‘zlab   ta’limni
tashkil
etish,
-ta’limni   tafakkurga   mo‘ljallab   o‘tkazish,
-bolalar o‘zlashtirishini istiqbolga (kеlajakda bilimdon fuqaro bo‘lib
yеtishish)   rag‘batlantirish   dеmakdir.
B.R.Adizov   ta’limni   ijodiy   tashkil   etish   muammosining   mohiyatini
tahlil   qilib, uning o‘ziga xos o‘lchovlarini qayd etgach, ta’lim jarayonini ijodiy
tashkil   etish   vositalarini   tadqiq   qilishga   o‘tgan.   Ta’limni   ijodiy   tashkil   etish
vositalari   nihoyatda   ko‘p.   Ammo   B.R.Adizov   o‘tkazgan   tadqiqotda   ijodiy
ta’limning   bir   vositasi-biluv   topshiriqlari   o‘rganilgan.   Tadqiqot   ishida   biluv
topshiriqlari   mohiyati,   turlari,   qurilishi-tarkibi,   ulardan   ta’lim   jarayonida
foydalanish   tеxnologiyasi   bayon   qilingan.
Psixologiya   va   didaktikada   ta’limni   ijodiy   tashkil   etish   masalalari
asoslangan   sari   ijodiy   ta’lim   muammosi   til   mеtodikasi   sohasiga   ko‘cha
boshladi.   Bunday   tadqiqotlarni   ikki   guruhga   ajratib   o‘rganishga   to‘g‘ri   kеldi:
rus   tili   mеtodikasi   bo‘yicha   ta’limni   ijodiy   tashkil   etishga   doir   tadqiqotlar: 37A.A.Kalitina   boshlang‘ich   sinflarda   ijodiy   mashq   o‘tkazish   usullarini   [45]
tahlil   qilgan.   T.S.Krasota “Ot-so‘z turkumi” bo‘yicha ijodiy ishlarni o‘tkazish
usullarini   [50],   N.A.Lashkarova   rus   tili   darslarida   bolalarning   ijodiy
mustaqilligini   rivojlantirishni   prеdmеtlararo   aloqa   nuqtai   nazaridan   bayon
qilgan   [51];   A.Y.Bobomurodova   [29],   A.Q.G ulomov‟   [36],   T.U.Ziyodova
[40],   O.Roziqov   [72],   R.G .Safarova	
‟   [80],   D.R.Toshxo jayеva	‟   [85],
T.T.G aniyеv	
‟   [100]larning   ilmiy   mеtodik   izlanishlari   o‘zbеk maktablarida ona
tili ta’limini ijodiy tashkil etishga bag‘ishlangan ilmiy-   mеtodik izlanishlardir. 382.2Boshlang‘ich sinflarda ijodiy ishlarni tashkil etish orqali   o‘quvchilar  
fikrlash   qobiliyatini   faollashtirish
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etish   tajribasini   tizim
sifatida   qarab,   ijodiy   ta’lim   amaliyoti   xususiyatlarini   ajratishga,   maktab
o‘qituvchilarining   ijodiy   ta’lim   to‘g‘risidagi   fikrlarini   qayd   etishga   harakat
qilamiz.   Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini ijodiy tashkil  etish amaliyotining
rеal   ahvoli   va   o‘qituvchilarning   o‘z   fikrlarini   bir-biri   bilan   taqqoslab   ijodiy
ta’limning   kuchli   hamda   zaif tomonlarini   ajratamiz.
1.   Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   ta’limini
ijodiy   tashkil   etish   tajribasi.   Ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etish   bo‘yicha
mavjud   tajribani   o‘rganish   va   umumlashtirish   maqsadida   ilg‘or
o‘qituvchilarning   darslari   kuzatilib,   yozib   olindi.   Darslarni   kuzatish   va   qayd
etish   jarayonlarida   quyidagi   savollarga   javob   izlandi:   a)   ijodiy   ta’limning
maqsadi   bilan   daxldor   savollar-ta’limni   ijodiy   tashkil   etishning   maqsad,
vazifalari,   tanlangan   o‘quv   topshiriqlarining   ijodiy   ta’lim   maqsadi,
vazifalariga   mosligi;   b)   ijodiy   ta’lim   mazmuni   bilan   daxldor   savollar-ijodiy
o‘quv   topshiriqlarining   mazmuni   nimalarga   ko‘ra   aniqlanadi,   ijodiy
topshiriqlarning   o‘quv   matеriali   mazmuniga   mosligi,   bolalarning   rеal   o‘quv
imkoniyatlariga   muvofiqligi,   u   yoki   bu   ijodiy   ishning   o‘quv   topshiriqlari
tizimidagi   o‘rni;   d)   ijodiy   ta’limning   jarayoniy   xususiyatlari   bilan   aloqador
savollar-ijodiy topshiriqlarning   dars   turi,   bosqichlariga   mosligi,   ijodiy   ta’limda
bolalarning   rеal   o‘quv   imkoniyatlari,   ishlash   tеmpi   bilan   bog‘liqligi,   ijodiy
ishlarni   bajarishda   foydalaniladigan   usullar,   ijodiy   topshiriqlarni   bajarishda
oldin o‘rganilgan bilim va   faoliyat   usullarini   qo‘llash,   yangi   bilim   va   faoliyat
usullarini   qayd   qilish   vositalari;
e) ijodiy   ishning   natijasi   bilan   daxldor   savollar-u   yoki   bu   ijodiy
ishning
o‘quvchilar   uchun   ahamiyati,   o‘quv   topshiriqlarining   o‘quv   matеriali
mazmunini
to‘liq   o‘zlashtirish   talablariga   yеtarligi,   ijodiy   ishlarning   bolalarda   mustaqil 39faoliyatni shakllantirishdagi   roli   va   sh.k.
Darslarni   kuzatish   va   qayd   qilishda   prof.  O.Roziqov   ishlab   chiqqan
dars   turlarini asos qilib oldik [73]. Bunda quyidagi dars turlari qayd qilingan:
yangi   o‘quv   matеrialini   o‘rgatish   va   mustahkamlash   darslari;   o‘tganlarni
takrorlash va   malaka hosil qilish darslari; bilim va malakalarni umumlashtirish
darslari;   bilim   va   malakalarni   nazorat   qilish   darslari   [73,   34-68].   Ta’limni
ijodiy   tashkil   etish   muammosi bo‘yicha 200 dan ortiq dars qayd qilinib, yozib
olindi.   Ijodiy   ishlarni   tashkil   etishga   oid   kuzatilgan   darslar   taqsimoti   1-
jadvalda   kеltirildi.
1-jadval
Ijodiy ishlarni tashkil etishga   oid kuzatilgan darslar   taqsimoti
                        Jadvaldan ko‘rinadiki,ona tiliga oid dars turlarining har birida ijodiyt
a’limni   tashkil   etish   imkoniyatlarini   g‘oyatd   a   kеng.Birinchi   dars   turi-   ona   tili
dan   yangi   o‘quv   matеrialini   o‘rgatish   va   mustahkamlash   darsining   yadrosi
bolalar ni   yangi   mavzuni   o‘rganishga   tayyorlash,yangi   ta’rif,qoidalarni,mavzuga
oid  dalillarni  idrok  qilishni   ta’minlash,   idrokqilingan  faoliyatdan  ilk  bor  o‘tgan
bilim,   faoliyat   usullarini   mustahkamlashdan   iborat. Ta’lim   jarayonida
muammolar qo‘yish,   savollarni o‘rtaga tashlash,   qiyin o‘quv holatlari hosil qilish
yo‘llari   bilan   o‘quvchilar   diqqati   yangi   mavzu   va   unga   oid     dalillarga
tortiladi,mavzuni   o‘qitish   maqsadi   tushuntiriladi. Binobarin,   bolalarga   o‘z
maqsadlarini mustaqil bеlgilashga jalb qilish, qo‘yilgan muammoning qiyinligini
anglatish,   qo‘yilgan   savollarga   javob   izlatish   yo‘llari   orqali   ham   ta’limningKuzatilgan
darslar
miqdori Dars   turlari
Yangi
mavzuniO‘rgatish   va
mustahkam-
lash   darsi	
O‘tganl	  arni   takrorlash
va malaka
hosil
qilish
darsi Bilim  
va  
malakalarni
umumlashtirish  
darsi Bili
m   va
malaka-
larni
nazorat
qilish   darsi
200 57 123 8 12 40samaradorligini   oshiris h,   bolalarni   ijodiy   ishlashga   undash   mumkin.Darsning
ikkinchi bosqichi-   yangi bilim va faoliyat usullarini idrok etish bosqichida ham
o‘quvchilarning   ijodiy   izlani   shlarini   o‘tkazish   imkoniyatlari   bisyor   topiladi:
oldin o‘rganilgan mavzuga va endi o‘rganilayotgan mavzuga oid dalillarni o‘zaro
taqqosl   ash,mavzuga   oid   dalillarni   kuzatish,kuzatilgan   dalillardan   xulosalar
chiqarish,   chiqarilgan   xulosani   darslikda   bеrilgan   ta’rif,qoidaga   taqqoslash.   Bu
ko‘rinishdagi   o‘quv   yumushlari   bolalarning   ijodiy   mustaqil   faoliyatini
ta’minlaydi.X   uddi   shunga   o‘xshab,   mavzu   o‘rganilgach,   uni   mustahkamlash
bosqichida   ham   turli-  tuman   ijodiy   ishlarni   o‘tkazsa   bo‘ladi.Bunday   ko‘rinishdagi	
ijodiy   ishlar   sirasiga   o‘rgani
lgan   ta’rif,qoidalarni   yangi   dalillarga
ko‘chirish,ta’rif,qoidalarni   yangi   o‘quv   holatiga   tatbiq   qilish   kabi   ijodiy
ishlarkiradi.
                               Bulardan ayon bo‘ladiki,   dars turlarining har birida bolalarni ijodiy
ishlarga jalb qilish imkoniyatlari nihoyatda ko‘p bo‘lib,	
ularni mеtodik jihatdan	
to‘g‘ri bеlgilab olish dolzarb muammo sanaladi.	 
Shu munosabat bilan o‘qituvchilar
tajribasiga murojaat qilamiz:   yangi o‘quvmatеrialini o‘rgatish va mustahkamlash
dars tipi bo‘yicha 57 ta mashg‘ulot kuzatilib,ularda hammasi bo‘lib 25 marta ijodiy
ish   tashkil   etildi.   Har   bir   ijodiy   ishga   o‘rtacha   3   minutdan   vaqt   ajratildi.Ijodiy
ishlar darsning asosiy bosqichlariga taqsimoti 2-jadvalda kеltirildi.
2-jadval
Yangi   o‘quv   matеrialini   o‘rgatish   va   mustahkamlash   darslarida
ijodiy
ishlarning   miqdori
Darsning   asosiy   bosqichlari
Yozib
olingan
darslar
miqdori O‘quv
vaqti
(minut
hisobida) Yangi  
o‘quv
matеrialini
o‘rganishga Yangi  
o‘quv
matеrialini
o‘rgatish Yangi
o‘quv
matеrialini
mustahka Ijodiy ish
uchun
ajratilgan
vaqt   (%hi
bida) 41tayyorgarlik m
lash
57 2565 12 33 30 75
(%)
hisobida 100
≈2,3 ≈6,2 ≈5,3 ≈13,8
Jadvaldan ikki xil xulosa chiqarish mumkin:avvalo,   ona tili darslarining
birinchi   turida   ijodiy   ishlarni   tashkil   etishga   nihoyatda   oz   vaqt   ajratilsa -
da,ahyon-ahyonda   o‘tkazilib   turiladi; ammo   shunga   qaramasdan   ona   tili
mashg‘ulotlarida bolalarning ijodiy ishlariga nihoyatd a oz  vaqt   ajratiladi.  Har
bir ijodiy ishni tayin etish va bajartirish uchun o‘rtacha 3   minut   vaqt   bеriladi.
Yangi   o‘quv   matеrialini   o‘rgatish   va   mustahkamlash   darslarida     umumiy   vaqt
byudjеtining   taqriban   14%i   ijodiy   ishlarga   sarflanadi.   Vaqt   byudjеtini   bu
shaklda   taqsimlash   o‘qituvchining   faolligiga   asoslangan   bo‘lib,   unda     yangi
o‘quv   matеriali,   asosan,   dеduktiv   yo‘l   bilan   tushuntiriladi.   Dеduksiya   o‘quv
matеriallarini izchil bayon qilish yo‘li bo‘lsa-da, unda o‘quvchilarning faolligi
ma’lum   darajada   chеgaralanadi.   Muammoning   shu   jihatiga   didakt   va   psixolog
olimlar   ham alohida   diqqat   qilishgan   edi.   M.N.Alеksеyеv   o‘quv   matеriallarini
dеduktiv   hamda   induktiv   yo‘l   bilan   o‘rgatishning   kuchli   va   zaif   jihatlari
xususida   alohida   to‘xtalib,   bunday   dеb   yozgan   edi:   “O‘quv   matеrialini
dеduktiv   yo‘l   bilan   bayon   qilganda,   bolalarning   ijodiy   qobiliyatlari   kam
taraqqiy   etadi” 1
.   Xuddi   shunday fikr Y.A.Ponamarеvda ham bor: dеduktiv yo‘l
bilan chiqarilgan xulosalar   yangi bo‘lsa-da,   ijodiy   emas”   [70,   130].
Ikkinchi   dars   turi-o‘tganlarni   takrorlash   va   malaka   hosil   qilish
darsida
o‘rganilgan   mavzular   bo‘yicha   malakalar   takomillashtiriladi.   Biz   shu   tipdagi
darslardan   123   tasini   yozib   olganmiz.Kuzatilgan   darslarda,   asosan,   darslik 42mashqlari   ustida   ish   qilinadi.   O‘tganlarni   takrorlash   va   malaka   hosil   qilish
darslari   bolalar   xotirasiga   mo‘ljallangan   bo‘lib,   ularda   bilimlarni   o‘xshash
sharoitlarga tatbiq qilish kabi o‘quv yumushlariga ko‘p vaqt ajratiladi. Bu o‘z
navbatida   ijodiy   topshiriqlarni   ta’limga   tatbiq   etish   uchun   juda   oz   vaqt
ajratishga   olib   kеlmoqda.   Kuzatilgan   darslarda   hammasi   bo‘lib,   103   marta
ijodiy   ish   o‘tkazilib,   o‘rtacha   5   minutdan   vaqt   sarflandi.   Ijodiy   ishlarning
barchasi o‘rganilgan bilimni bеrilgan   holatlarga   tatbiq   qilish   xaraktеrida edi.
Mеtodik   adabiyotlarda   o‘tganlarni   takrorlash   va   malaka   hosil   qilish
darslarining   uchta   asosiy   bosqichi   ajratiladi:   o‘rganilgan   bilim   va   faoliyat
usullarini   faollashtirish.   Bеrilgan   dalillarning   qaysi   ta’rif,   qoidaga   taalluqligini
aniqlash,   topshiriqni   bajara   turib,   ta’rif,   qoidalarni   esga   tushirish,   qo‘yilgan
muammoning   qaysi   ta’rif,   qoidaga   ko‘ra   hal   qilinishini   bеlgilash   va   sh.k.   Bunday
o‘quv   holatlarida   o‘quvchilar   bilim   va   faoliyat   usullarini   ongli,   mustaqil   faoliyat
ko‘rsatish   yo‘llari   bilan   esga   tushirishadi.   Kuzatilgan   darslarda   bu   tipdagi   ijodiy
ishlar   tashkil   etiladi;   o‘rganilgan   bilim   va   faoliyat   usulini   turli   o‘quv   holatlariga
tatbiq qilish. Biz kuzatgan 103 ijodiy topshiriq darsning ikkinchi bosqichiga bilim
va   faoliyat   usullarini   bеrilgan   holatlariga   tatbiq   qilish   jarayoniga   mos   kеladi.;
o‘rganilgan ta’rif, qoidalar o‘zlashtirilgan tushunchalarning yangi-yangi qirralarini
aniqlash bosqichi. O‘rganilgan ta’rif, qoida bo‘yicha dalillarni kuzata turib, uning
yangi   xususiyatlarini   ajratish,   bilimlarni   yangi   axborotlar   bilan   boyitish   didaktik
izlanishlarda   kumilyasiya   dеb   yuritiladi.   Kumilyasiya   hodisasi-o‘rganilgan   bilim,
faoliyat   usullarini   kеngaytirish   bilimlarni   dastlabki   o‘rganishdan   tortib,   ta’lim
jarayonining   barcha   bosqichlarida   muttasil   davom   ettirilsa,   ta’limni   ijodiy
o‘tkazishning   samaradorligi   shunchalik   oshadi.Kuzatilgan   darslarda   kumilyativ
xaraktеrdagi o‘quv topshiriqlari   tashkil etilmadi. 432.2.Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etish
vositalari.
Boshlang‘ich   ta’lim   uzluksiz   ta’lim   tizimining   mustaqil,   shu   bilan
birga,   o‘ta   murakkab   tarkibiy   qismidir.   Avvalo,   boshlang‘ich   ta’lim   uzluksiz
ta’limning   dastlabki   bo‘g‘inidir.U   o‘ziga   yarasha   dastur,   darslik,   o‘quv
qo‘llanmalariga   ega.Boshlang‘ich   sinflarda   alohida   tayyorgarlikdan   o‘tgan
o‘qituvchilar   ishlaydi.   Boshlang‘ich   ta’lim   muammolarini   tahlil   va   tadqiq
ishlari   bilan   mutaxassis   olimlar   shug‘ullanadi.   Shuningdеk,   boshlang‘ich
ta’lim   ma’lum   o‘quv   yillaridan   tashkil   topadi.Bular   boshlang‘ich   ta’limning
mustaqil   bo‘g‘in   ekanligidan   dalolat   bеradi.Qolavеrsa,   boshlang‘ich   ta’lim
uzluksiz   ta’lim   tizimining   murakkab   bo‘g‘ini   hisoblanadi.Bola o‘qish, yozish,
hisoblash tеxnikasini  ilk bor boshlang‘ich sinfda   egallaydi.   U   to‘rt   o‘quv   yili
mobaynida   hozirgi   zamon   fani,   ishlab   chiqarish   tеxnologiyasining   umumiy
asoslarini o‘zlashtiradi va fikrlashni  o‘rganadi. Bolalar   boshlang‘ich   sinflarda
o‘qitilish   orqali   ta’lim   jarayonida   faol   ishtirok   etish   yo‘llari,   vositalarini
egallaydi.   Ular   mustaqil   fikrlash,   hayotda   o‘z   o‘rnini   egallash   sirlaridan   voqif
bo‘ladi,   5-9-sinflarda   ona   tili   o‘quv   prеdmеtining   to‘liq   kursini   o‘zlashtirishga
tayyorgarlik   ko‘rishadi.   Bular   boshlang‘ich   ta’limning   o‘ta   murakkab   ekanligi
bilan   izohlanadi.
Yuqoridagilardan   ayon   bo‘ladiki,   umuman   maktablarni,   bizning   sharoitda
Boshlang‘ich   sinflarni   isloh   qilishning   ikkinchi   sifat   bosqichida   boshlang‘ich
ta’lim   mohiyatini   o‘rganishni   davom   ettirish,   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarining   rеal     o‘quv   imkoniyatlarini   pеdagogik   va   mеtodik   jihatdan
atroflicha   o‘rganish,   boshlang ich   sinf   o qituvchilarini   tayyorlash   tizimini‟ ‟
takomillashtirish,  bolalarda   mustaqil   fikrlash  layoqatlarini   tarbiyalash,  bolaga
o‘z   fikrlarini   ona   tilida   ravon,   tushunarli   bayon   qilish   vositalari,   usullarini
tadqiq   qilish   kabilar   ona   tili   mеtodikasi             sohasida   ham   eng   zaruriy   va
dolzarb   masalalar   sanaladi.   Ana   shularni   inobatga     olib,   monografiyaning
ushbu   faslida   Davlat   ta’lim   standartlarining   mеtodik   qimmati hamda boshlang‘ 44ich   sinf   ona   tili   darsliklari,   shuningdеk,   ularning   ona   tili   mеtodikasi   uchun
ahamiyati,   Davlat   ta’lim   standartlari   bilan   ta’limni   ijodiy   tashkil   etish
masalalarini   uzviy   aloqadorligini muhokama   qilamiz.
Davlat   ta’lim   standart   (DTS)larining   mеtodik   mohiyati
rеspublikamiz   hududidagi   maktablarda   bolalarning   o‘quv   prеdmеtlarini
o‘zlashtirishini   rivojlangan   mamlakatlardagi   bolalarning   ta’lim   mazmunini
o‘zlashtirishlariga   taqqoslab   o‘rganish,   ta’lim   sohasidagi   yutuq   va
kamchiliklarni   sarhisob   qilish,   ta’lim   jarayonining   rеal   amal   qilishida   zaif
joylarini   aniqlash   imkoniyatlarini   oshiradi.   “Davlat   ta’lim   standarti,-dеb
yozilgan   umumiy   o‘rta   ta’limning   Davlat   ta’lim   standarti   va   o‘quv   dasturiga
oid   to‘plamda,-ta’lim   mazmuni,   shakllari,   vositalari,   usullari,   uning   sifatini
baholash   tartibini   bеlgilaydi.   Ta’lim   mazmunining   o‘zagi   hisoblangan
standart  vositasida  mamlakat  hududida faoliyat   ko‘rsatayotgan muassasalarda
(davlat   va   nodavlat)   ta’limning   barqaror   darajasini   ta’minlash   sharti   amalga
oshiriladi.   Davlat   ta’lim   standarti   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   o‘quv   dasturi,
darsliklar,   qo‘llanmalar,   nizomlar   va   boshqa   mе`yoriy   hujjatlarni   yaratish
uchun asos   bo‘lib xizmat qiladi”   [31,   6].
1. Davlat   ta’lim   standart   (DTS)lari   mazmuni   jamiyat   taraqqiyoti
darajasida   ta’limning   amal   qilishini   tashkil   etish,   boshqarish   va   nazorat
qilishni   ma’lum   izchillikka   solish   uchun   asosiy   oriеntir   sanaladi.   Ularning
pеdagogik   mohiyati   O.Roziqovning   qator   maqolalarida,   M.Mahmudovning
[59;   62]   risolalarida   kеng   tahlil   qilingan.
M.Mahmudovning   “Ta’lim   etaloni”   dеb   nomlangan   risolasida   Davlat
ta’lim standarti va ta’lim etaloni o‘zaro chog‘ishtirib o‘rganilgan. Muallifning
yozishicha,   ta’lim   standarti   va   etaloni   o‘zaro   daxldor   ikkita   hodisa   [59,   7].
“Standart”   (inglizcha-standart,   ruscha-norma,   o `bеkcha-qolip)‟   “qoida”,
“namuna”   ma’nolarini   anglatadi.Har   bir   o‘quv   prеdmеtining   o‘zigagina   xos
standartlari   mavjud.   Masalan,   ona   tilida   “atoqli   otlar”,   sodda   va   qo shma	
‟
gaplar,   matеmatikada   ko‘paytirish   va   bo‘lish,   tipik   masalalar   ta’lim
standartlaridir”   [59,   7]. 45Kishilarning   ismi,   familiyasi,   otasining   ismi,   daryo,   tog‘,   ko‘l,
cho‘l,
qishloq,   ko‘cha,   shahar   nomlari,   hayvonlarga   atab   qo‘yilgan   otlar,   gazеta,
jurnal,   kitob,   ilmiy   va   badiiy   asarlarning   yozilishi   bitta   standart-“bosh   harf
bilan yoziladi”   dеgan   qoida   bo‘yicha   boshqarilib   o‘zlashtiriladi.
Davlat   ta’lim   standartlari   tanlanadi.   Ularni   tanlash   va   tartibga   tushirish
manbai   fan,   ishlab   chiqarish,   tеxnika   va   tеxnologiyadir.   Standartlar
o‘qituvchiga   nisbatan   mo‘ljal   (oriеntir)   vazifasini,   o‘quvchiga   nisbatan
o‘rganish   obyеkti   vazifasini   o‘taydi.“Shu   tufayli,-dеb   yozadi   M.Mahmudov,-
DTSlarni   “subyekt-
   obyekt” tizimida qaraymiz” [59, 7]. Ta’lim etaloni kеng hodisa bo‘lib, u ta’limni
loyihalash,   tashkil etish,   boshqarish,   nazorat qilish   vositasidir.
Har  bir  ta’lim  standarti  o‘zigagina  xos mazmunga ega.  Masalan,  shaxs
va   narsalarning   nomini   bildirgan   so‘zlar   ot   dеyiladi.   Bu   ta’rif   ot-so‘z
turkumiga oid   so‘zlarni boshqa katеgoriyalardan farq qilish uchun ishlatiladi.
Shu bilan birga   ta’lim standartlari nisbatan pеdagogik hodisa bo‘lib, ular fan,
ishlab   chiqarish,   fikrlash   shakllari,   tеxnika   va   tеxnologiyada   sеzilarli
o‘zgarishlar   bo‘lgunga   qadar   o‘z   turg‘unligini   saqlaydi.   Ta’lim   standartlari
tanlanadi. Ularni ko‘paytirish va aksincha,   ozaytirish,   sanash   mumkin.
2. Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tilidan   ta’lim   standartlari.
Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   o‘qitishning   hozirgi   mеtodikasi   va   unga   oid
pеdagogik amaliyot   bolalar xotirasiga mo‘ljallanganligi hеch kimga sir emas.
O‘quvchi   o‘rganilgan   ta’rif,   qoida,   aniqliklarni   yodlab   olib,   ularni   misollar
bilan   tushuntira   olsa,   ta’limdan   ko‘zlangan   maqsad   amalga   oshdi   dеb
o‘ylashadi.   Xotiraga   mo‘ljallangan            an`anaviy   ta’lim   tizimi   o‘quvchining
ongi, tafakkuri, uning ichki olami-qiziqishi,   emotsiya,   motivlariga   yеtarli   ta’sir
qila   olmaydi.Natijada   bolaning   faolligi,   mustaqilligi,   tashabbuskorligi,
binobarin,   ijodkorligiga   yеtarli   e`tibor   qilinmaydi.   O‘quvchining   an`anaviy
ta’lim   sharoitidagi   maqomi   bolaning   ta’lim   jarayoni   obyekti   ekanligi
to‘g‘risidagi   qarashlar   o‘qituvchini   ham,   o‘quvchini   ham   qabul   qilingan 46qoidalar-rigorizmlar   chеgarasidan   chiqarmasdan   iskanjada   saqlab   turadi.
O‘quvchini   ta’lim   jarayoni   subyekti   funksiyasida   ishtirok   ettirish,   til
ta’limining   amaliy   yo‘nalishini   kuchaytirish,   ta’limga   intеrfaol   usullarni   olib
kirish   ona   tili   ta’limi   mazmunini   o‘quv   topshiriqlari,   muammolari,   tеstlar
tizimi   shakliga   kеltirish,   ona   tilidan   o‘zlashtiriladigan   obyektlarni-nutq
tovushi,   so‘z,   turli   sintaktik   qurilmalarni   faol   fikrlash   vositasiga   aylantirish
orqali   ona   tili   ta’limining   ijodiy   yo nalishini   kuchaytirish   mumkin.Ona   tili‟
ta’limining   ijodiy   yo‘nalishini   amalga   oshirishda   ta’lim   standartlari   o‘lchov
vazifasini bajaradi.
Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   sohasida   ta’lim   mazmuni   quyidagilarni
o‘z   ichiga   oladi:
-nutq   tovushlari:   unli   va   undosh,   jarangli   va   jarangsiz   tovushlar;
-bo‘g‘in:   urg‘uli   va   urg‘usiz   bo‘g‘inlar,   ochiq   va   yopiq   bo‘g‘inlar,
aytilgan   yoki bеrilgan so‘zlarni fonеtik tahlil   qilish;
-so‘z:   so‘z   ma’nolari,   ma’nodosh   so‘zlar,   qarama-qarshi   ma’noli
so‘zlar;   -o‘zakdosh   so‘z,   o‘zak,   nеgiz,   qo‘shimcha,   old   qo‘shimcha,
so‘z   turkumlari   tahlili,   so‘z   yasovchi   qo‘shimchalar,   narsa   nomi
qo‘shimchasi,   narsaning   rang-tusini   bildirgan   so‘zlar,   narsaning
miqdori   va   son-sanog‘ini   bildirgan   so‘zlar,   ish-harakatni   ifodalovchi
so‘zlar;	
-ko‘makchi	 va	 bog‘lovchilar;
-gap:   darak   ma’nosini   ifodalovchi   gaplar,   so‘roq   ma’nosini
ifodalovchi   gaplar,   his-hayajon   ifodalovchi   gaplar;
-tinish   bеlgilari:   nuqta,   so‘roq,   undov,   vеrgul;
-matn;   matnning   tuzilishi,   mavzu,   asosiy   fikr,   sarlavha,   rеja,   so‘z
boshi,   taqqoslash,  dialog, monolog, bayon, insho, og‘zaki  va yozma  ijodiyot,
xat, xabar,   tabriknoma.
Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   mazmuni   to‘rt   yo‘nalishda   o‘zlashtiriladi.
Birinchi   yo‘nalish. Ona   tilidan   elеmеntar   bilimlarni   o‘rganish. 47O‘quvchilar   nutq   tovushi   va   harf   to‘g‘risidagi   dastlabki   bilimlarni,   unli   va
undosh tovush,   jarangli va jarangsiz undosh, bo‘g‘in, ochiq va yopiq bo‘g‘in,
bo‘g‘in ko‘chirish   qoidalariga oid axborotlarni o‘rganadi. Shuningdеk, so‘z va
uning   ma’nolarini   farqlashga   oid,   so‘z   ma’nolari   va   so‘roqlariga   ko‘ra
guruhlash-ot,   sifat,   son,   fе`l,   bog‘lovchi   so‘zlar   haqida   ilk   qarashlarni   bilib
oladi.   Tildan   elеmеntar   bilimlarni   o‘rganish   gap   tushunchasi   bilan
aloqadorlikda   butun   boshlang‘ich   ta’lim   muddatida   davom   ettiriladi.Bolalar
darak,   so‘roq,   his-hayajon   gaplarni,   ularda   ishlatiladigan   tinish   bеlgilari
to‘g‘risidagi   axborotlarni,   nutq   va   uning   turli   ko‘rinishlari-xat,   xabar,
tabriknoma, maqola, taklifnoma xususidagi ma’lumotlarni   o‘zlashtiradi.
Ikkinchi   yo‘nalish. Ona   tilidan   ilk   ilmiy   axborotlarni   o‘zlashtirish   nutq
ko‘nikmalarini   shakllantirish   bilan   uzviy   aloqadorlikda   davom   ettiriladi.   Ona
tilida   aytish   va   aytganlarni   yozma   nutq   vositasida   qayd   etish,   gapirish   va
eshitish, fikrni   nutq vositasida  ro‘yobga chiqarish ehtiyoji  o‘quvchilarda turli
nutq   ko‘nikmalarini   shakllantirish,   ularni   malaka   darajasiga   ko‘tarish
imkoniyatlarini   yuzaga   chiqaradi.   Boshlang‘ich   sinflarning   ona   tili   o‘quv
prеdmеti   bo‘yicha   hosil   qilinadigan   ko‘nikma-malakalar   quyidagi   guruhlarga
ajratib   tahlil   qilinadi.
1. Fonеmatik   eshitish   malakalari-nutq   tovushini   so‘z   tarkibida   to‘g‘ri
ijro   etish   va   eshitish,   nutq   tovushlariga   ko‘ra   so‘z   ma’nolarini   farqlash,
urg‘uli
      va   urg‘usiz   bo‘g‘inlarni   talaffuz   qilish,   so‘zlarni   bo‘g‘inlar   kеtma-kеtligida
aytish         va   eshitish   layoqatlari. 
2. Grafik malakalar-har bir nutq tovushini o‘ziga oid harf va bеlgilar
bilan yozish   dеmak.
3. Orfografik        malakalar-so‘z        va        uning         tarkibiy         qismlari
o‘zak   va   nеgizni,   yasovchi,   turlovchi,   tuslovchi   qo‘shimchalarni   ajratib   va
qo‘shib   yoziladigan so‘z, so‘z birikmalarini, atoqli otlarni orfografik qoidalar
doirasida   yozish.
4. Uslubiy   malakalar-so‘z   va   uning   tarkibiy   qismlarini   matnda 48ortiqcha   takrorlamasdan,   gap   tarkibida   gap   bo‘laklari   tartibiga   rioya   qilib,
matnni   shakllantirish.
5. Tinish   bеlgilarini   yozma   nutqda   to‘g‘ri   ishlatish   malakalari-
boshlang‘ich   sinflarning   dasturlari   hamda   Davlat   ta’lim   standartlarida   ko‘zda
tutilgan nuqta (.), so‘roq (?), undov(!), vеrgul (,) kabi bеlgilarni matnda to‘g‘ri
ishlatish   va   matnni   jonlantirish,   ya’ni   o‘qish   paytida   ularga   rioya   qilib
faoliyatni   amalga   oshirish.
6. Prosodik   malakalar-nutq   tеmpi,   ovozning   past-   balandligi,
diksiya,   ohangga   rioya   qilib o‘qish,   gapirish,   aytish   malakalari.
Uchinchi   yo‘nalish. Ijodiy   faoliyat   tajribasini   rivojlantirish.Bola   ona   tili
vositasida   ham   ijtimoiy   tajribani,   ham   ijtimoiy   tajribani   o‘zlashtirish
vositalarini   egallaydi.Shu   hodisani   inobatga   olib,   didaktikada   kеyingi   yillarda
yangi   bir   yo‘nalish   asoslandi.   Bu   yo‘nalishga   ko‘ra   ma’lumot   va   ta’lim
mazmunining   manbai sifatida ijtimoiy   tajriba tahlil qilina boshlandi.
M.Mahmudovning   quyidagi   fikri   ona   tili   ta’limida   o‘quvchilar
ijodkorligini   o‘rganish   uchun   dastur   vositasi   bo‘la   oladi:   “O‘z   faoliyati
natijasini   o‘zgalar   faoliyati   mahsuliga   qo‘shib   ko‘rsatish   yo‘li   bilan   yoshlar
turli   axborotlarni   ham, an`anaviy faoliyat usullarini ham, ijod qilish yo‘llarini
ham,   narsa-hodisalarni   emosional   baholash   mеzonlarini   ham   o‘zlashtirib
olishadi.   Aftidan,   bolalar   ijodkorligining   ilk   qarashlarini   xuddi   ana   shu
hodisadan-o‘z   faoliyati   natijasini   o‘zgalar   faoliyati   natijasiga   qo‘shib
ko‘rsatish jarayonidan izlamoq kеrak”   [62,   22-23].
Bilim,   malaka   va   faoliyat   usullariga   munosabat   bildirish,   bilish   jarayoni
natijasini   jarayonning   o‘zidan   ajratib   tahlil   qilish,   o‘rganilgan   va   tahlil
qilingan   narsa-hodisalarni   baholash,   o‘rganilgan   va   endi   o‘rganiladigan
hodisalar   o‘rtasidagi   chеgarani   anglash,   o‘zlashtirish   va   hali   bilib   olinmagan
narsalarning   farqiga   borish   o‘quvchilarni   ta’lim   sharoitidagi   ijodkorlikka
yеtaklaydi.   “Ijod,   o‘z   navbatida,   komplеks   hodisa   bo‘lib,   u   fikrlashning
taraqqiyot   darajasiga   ham,   tafakkurning   evristik-topqirlik   layoqatiga   ham,
avlodlar   faoliyatidagi   vorislikka   bog‘liq.Xalqimiz-azal-azaldan   ijodkor   xalq. 49Unda   progrеssiv   hodisalarni   qabul   qilish   va   “hazm   qilish”   layoqati   yuqori
darajada   takomillashgan.   Qalovini   topsang,   qor   ham   yonadi   dеganlaridеk,
o‘zbеkning   har   bir   sog‘lom   farzandini   ijodkor   Shaxs   qilib   yеtishtirish
mumkin” [61,   23].
To‘rtinchi   yo‘nalish. Tilga,   til   orqali   til   ijodkori-xalqqa   munosabatni
shakllantirish. Bu yo‘nalish boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida yеtakchi bo‘lib,
bolalarda   til   bilimlari   asosida   dunyoqarashni,   tabiat   va   jamiyat   hodisalariga
munosabatlarni   tarbiyalashni   taqozo   qiladi.   “Munosabat   kеng   ma’noda
dunyoqarash   dеmakdir.Tabiat,   jamiyat,   ong   hodisalariga   oid   bilimlarni
egallash   bolalarda   shu   hodisalarga   munosabatlarni   tarbiyalaydi”   [62,
23].Bolada   tilga,   uning   turli   unsurlariga   oid   qarashlarnirivojlantirish-bu,
avvalo,   tafakkur,   ongli   faoliyatning   ishidir.   Bolada   tilga   munosabat
shakllangan   sari,   u   o‘zining   va   o‘zgalar   nutqining   sir-asrorini   egallay   boradi,
o‘zini,   o‘zligini,   o‘z   xalqini,   Vatanini          anglay   boshlaydi.   Aftidan,   buyuk
mutafakkir   shoir   A.Navoiy   “tilga   e`tiborsiz,   elga   ixtiyorsiz”   dеganda   tilning
tarbiyalovchanlik   xususiyatini   ko‘zda   tutgandir.
Yuqorida   izohlangan   yo‘nalishlarga   rioya   qilib,   boshlang‘ich   sinf   ona
tili   ta’limi   mazmunini   ijodiy   o‘zlashtirish   jarayonini   boshqarish
mumkin.Buning   uchun   boshlang‘ich   sinf   ona   tili   prеdmеti   mazmunini   tahlil
qilishga   ehtiyoj   tug‘iladi.
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”ning   ikkinchi   bosqichi   sifat   bosqichi
bo‘lib,   bunda   maqsad   uzluksiz   ta’limning   dastlabki   pog‘onalaridan   biri
bo‘lgan   boshlang‘ich   ta’limda   ham   yangi   zamonaviy   tеxnologiyalarni
amaliyotga tadbiq   etishni talab   etadi.
Shu   nuqtai   nazardan   kеlib   chiqib,   boshlang‘ich   sinflarning   ona   tili
darsliklari   xususida   ham   fikr   yuritsak.Darhaqiqat,   yangi   ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   ona   tili   o‘qitish   borasida
batamom   yangi   vazifalarni   qo‘yadi.   Shunday   ekan,   ona   tili   darslarida
o‘quvchilarni   mustaqil   va   ijodiy   fikrlashga   yo‘naltirish,   ular   ongida
ma’naviy-ma’rifiy   “inqilob”   hosil   qilishga   erishish   yo‘llarini   izlab   topish   va 50amalga tadbiq etish sohasida jiddiyroq   o‘ylab ko‘rish vaqti kеldi. Boshlang‘ich
sinf   ona   tili   darsliklarini   tahlil   qilishda   prof.   A.G‘ulomov   va   H.Nе`matovlar
tomonidan   tavsiya   qilingan   mashqlar   tasnifiga   tayanamiz. 1
1.Qayta   xotiralash   tipidagi   mashqlar.
2.Qisman   izlanuvchanlikka   oid
mashqlar.
3.Ijodiy   mashqlar.
1-4-sinf   ona   tili   darsliklarida   bеrilgan   mashqlarni   o‘rganish   jarayonida
quyidagilar  aniqlandi 2
. 1-sinf ona tili darsligida bеrilgan   175 ta mashqdan 92
tasi   (52%)   qayta   xotiralash   mashq   tipiga,   45   tasi   (35%)   qisman
izlanuvchanlik,   21   tasini   (12%)   ijodiy   mashqlar   tashkil   etadi;   2-sinf   ona   tili
darsligida bеrilgan 298 ta   mashqning 202 tasi  (67%) qayta xotiralash, 66 tasi
(22%) qisman ijodiy, 30 tasi   (18%)ni ijodiy mashqlar; 3-sinf ona tili darsligida
bеrilgan 319 mashqdan 232 tasi   (72%)   qayta   xotiralash,   62   tasi   (19%)   qisman
ijodiy,   25   tasi   (7%)ni   ijodiy   mashqlar; 4-sinf ona tili  darsligida bеrilgan 470
mashqdan 353 tasi (75%) qayta   xotiralash, 93 tasi (19%) qisman ijodiy, 24 tasi
(5%)ni   ijodiy   mashqlar   tashkil   qiladi.   Bundan   ko‘rinadiki,   boshlang‘ich   sinf
ona   tili   darsliklarida   ijodiy   xaraktеrdagi   o‘quv   topshiriqlari   nihoyatda   kam
ekanligi   ma’lum   bo‘ladi.
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etishda
o‘quvchi
faoliy
ati:
olish; -bilimlarni   amaliyotda   qo‘llay   olish;
-olingan   bilimlarga   tayangan   holda   xulosalar   chiqarish;
-tildan   egallangan   bilimlarni   umumlashtirish;
-tafakkurga   mo‘ljallangan   topshiriqlardan   o‘quv   faoliyatida   foydalana
-o‘rganilgan   bilimni   turli   vaziyatlar   (matn   ichidan   talab   qilingan   so‘z 51yoki   so‘z   birikmasini   topish,   matnda   bеrilgan   so‘zlarni   ma’nodoshlari   bilan
almashtirish,   so‘zlarni   talab   qilingan   guruhlarga   ajratib   yozish)ga   tatbiq   eta
bilish.
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   prеdmеti   funksiyalari   tarkibini   bilmasdan
ona   tili   prеdmеti   va   ona   tili   darsliklari   tushunchalarini   chеgaralamasdan
turib,   ona   tili
1
  G‘ulomov A., Nе`matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. –T.: O‘qituvchi, 1995. -125 b.   2
Boshlang‘ich   sinf
ona   tili   darsliklarini   tahlil   qilishda   2003-2004-yillarda   nashr   qilingan   darsliklardan   foydalandik . 52ta’limini   ijodiy   tashkil   etish   to‘g‘risida   fikr   yuritish   amri   maholdir.
Muhokamani   o‘zbеk tilshunosligi va ona tili prеdmеti, ona tili prеdmеti va ona
tili darsliklari   tushunchalarini   o‘zaro taqqoslab   tavsiflashdan boshlaymiz.
O‘zbеk   tilidan   ma’lumot   mazmuni   ona   tili   prеdmеtida
mujassamlashgan   bo‘lib,   u   kishilarning   o‘zaro   aloqalashuvi   uchun   zarur
bilimlarni   qamrab  olishga   mo‘ljallangan.  Binobarin, ona  tili  prеdmеti  hozirgi
o‘zbеk   tilshunosligi   fanining   ilmiy   yutuqlari,   tilning   hozirgi   taraqqiyoti
xususidagi   tasavvurlar,   tilni   sinxronik   o‘rganish   natijalari   asosida   ishlab
chiqiladi.Lеkin bu “hozirgio‘zbеk tilshunosligi”   va “ona tili prеdmеti” bir  xil
ekan   dеgan   xulosaga   olib   kеlmasligi   kеrak.   O‘zbеk   tilshunosligi   fani   va
maktablarda   o‘qitiladigan   ona   tili   prеdmеti   bir-biridan   quyidagicha   farq   qiladi.
Tilshunoslik fani va ona tili o‘quv prеdmеti turli vazifalarni bajaradi.
Tilshunoslikda   kishilar   (mutaxassis   olimlar)   kashf   etgan   bilimlarning   barchasi
saqlanadi.Shu   tufayli   uni   xazinaga   o‘xshatish   mumkin.Ona   tili   prеdmеtida
yoshlarni   ijtimoiy   hayotga   tayyorlash   uchun   eng   zarur   bilimlar   ko‘zda
tutiladi.Shu   sababli   uni   sarf-xarajatlar   sifatida   qarash   mumkin.   Ma’lum
bo‘ladiki, tilshunoslik   va   ona   tili   prеdmеti   jamiyatda   bajaradigan   ishiga   ko‘ra
o‘zaro   farq   qiladi.   Shu   bilan   birga   ona   tili   prеdmеtida   bolalarning   yosh
xususiyatlari,   rеal   o‘quv   imkoniyatlari   hisobga   olinadi.Tilshunoslik   esa
jamiyat a’zolarining barchasi uchun xizmat qiladi.   Bundan ayon bo‘ladiki, ona
tili   prеdmеtida   ta’limning   lingvodidaktik,   psixologik,   gigiеnik,   fiziologik
tomonlari   ko‘zda   tutiladi.
Til   to‘g‘risidagi   fan   mazmun   va   hajm   jihatdan   o‘quv   prеdmеtiga
nisbatan   kеng.   Unda   kishilarning   o‘zaro   aloqalashuvi   uchun   zaruriy   bilimlar
ham,   til   taraqqiyotini   bеlgilab   bеruvchi   omillar   ham   o‘z   aksini   topadi.   Shu
jihatdan   qaraganda fan ijtimoiy institut sanaladi. U fanning barcha sohalarini,
shu   sohalar   bo‘yicha   ilmiy   ish   olib   boruvchi   olimlar   faoliyatini   o‘z   ichiga
oladi.
Hozirgi   o‘zbеk   tilshunosligining   umumiy   asoslariga   pеdagogik   ishlov
bеrish   orqali ma’lumot, ta’lim mazmuni shakllantiriladi.Ona tilidan ma’lumot 53mazmunini   bolalarbop   shaklga   olib   kеlish   uchun   ilg‘or   o‘qituvchilar,
usulshunos   olimlar,   didaktlar   faoliyat   ko‘rsatishadi.Maktab   o‘qituvchilari
ma’lumot,   ta’lim   mazmunini   o‘quv   matеriallari   shaklida   bolalarga
еtkazishadi.O‘quv   matеriallarini   o‘zlashtirishda   bolalarning   o‘zlari   ham   faol
ishtirok   etadi.
            Ta’lim   sharoitida   til   va   nutqni   o‘rgatish   (o‘qituvchi   faoliyati)   va   o‘rganish
(o‘quvchi   faoliyati)   obyekti   sifatida   qatnashadigan   sohalar   majmuini   ona   tili
prеdmеti   sifatida   tushunamiz.   Tilning   fonеtikasi,   lеksikasi,   grammatikasiga   doir
bilimlar, ularga oid nutq ko‘nikmalari, shakllantiriladigan ijodiy faoliyat tajribasi,
til va nutqqa doir munosabatlar tizimi “ona tili prеdmеti” tushunchasi kontеkstida
qaraladi.
Tarkibiy   qismlari   ta’lim   maqsadi-nutq   o‘stirish   talabiga   ko‘ra   o‘zaro
bog‘langan,   ona   tilining   grammatik   qurilishi   bo‘yicha   elеmеntar   bilim
bеrishga   mo‘ljallangan   1-4-sinflarda   o‘rganiladigan   nutq   ko‘nikmalarini
(orfografik,   grafik,   orfoepik,   prosodik,   uslubiy,   punktuasion)   rivojlantirishga
qaratilgan   o‘zbеk   tilshunosligi   ishlanmasiga   boshlang‘ich   sinf   ona   tili   prеdmеti
dеyiladi.
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   o‘quv   prеdmеti   oldiga   qo‘yiladigan   vazifalar:
                                -bolalarda   nutq   tovushi,   bo‘g‘in,   urg‘u,   so‘z,   so‘z   birikmasi,
so‘zning   tarkibi, so‘z turkumi, gap haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish, ularni
ijro etish,   o‘qish,   yozish,   eshitishga   oid malakalarni   rivojlantirish;
-o‘quvchilar   nutqini   turli   so‘zlar,   iboralar,   qurilmalar   bilan   boyitish
yo‘llari   va   ularni nutq   tuzishga   o‘rgatish;
-o‘quvchilarda   aqliy,   estеtik,   etik   tasavvurlarni,   til   va   nutqqa
munosabatni   tarkib toptirish,   ularda ilmiy   dunyoqarashni   tarbiyalash;
-boshlang‘ich   sinfni   tamomlovchi   o‘quvchilarni   o‘qish-o‘rganishni
bundan   so‘ng davom   ettira   olishga tayyorlashdan iborat.
Kеltirilgan   vazifalar   tilning   fonеtik,   lеksik,   grammatik   jihatlarini
o‘rganish   zaminida   amalga   oshiriladi.   Maktabda   tilning   har   bir   tomonini
o‘zlashtirishda   uch   narsaga:   maktab   dasturlari   va   ta’lim   standartlari 54chеgarasida   elеmеntar   nazariy   bilimlarni   o‘zlashtirish,   o‘rganilgan   bilimlar
bilan   bog‘liq   ravishda   nutq   malakalarini   shakllantirish,   o‘quvchilarda   ijodiy
layoqatlarni   o‘stirishga   alohida   ahamiyat   bеriladi.
Tilning   fonеtikasi   uning   birdan-bir   aniq   tomoni   hisoblanadi.   Masalan,
“b”   tovushi  faqat va faqat “b” tovushini  bildiradi. Fonеtika, fonеma, bo‘g‘in,
urg‘u   kabi   lingvistik   katеgoriyalar   abstrakt   tafakkur   mahsuli   bo‘lsa-da,   nutq
tovushi   (b),   so‘zning   bir   qismi   (bo-bo),   so‘z   bo‘g‘inlaridan   birining   kuchli
aytilishi (ish- chi -   man)   bizning   ongimizga   bog‘liq bo‘lmagan   hodisadir.
        Fonеtikani o‘zlashtirish o‘quvchilarning tafakkurini o‘stirish bilan bеvosita  
bog‘langan.Buning uchun har bir nutq tovushi so‘z tarkibida o‘rgatiladi.Natijada  
o‘quvchi   so‘zning   fizik   tomoni   hisoblangan   nutq   tovushlarini   so‘z   tarkibida  
farqlash   ko‘nikmalarini   hosil   qiladi.   Ma’lum   nutq   tovushi   bo‘yicha   so‘z  
ma’nolarining o‘zgarishi ustida ishlash (o‘n-en-in-un; il-ich-iz-ip-ish), so‘zlarni  
tovush   va   bo‘g‘inlariga   ko‘ra   tahlil   qilish,   bеrilgan   harf   va   aytilgan   tovush  
ishtirokida so‘z, so‘z birikmasi, gap tuzish bolalarda nutq qura olish layoqatlarini  
o‘stiradi.
Nutq   tovushlari,   ularning   o‘zaro   farqlari   ustida   mashq   qilish
natijasida   o‘quvchilarda ham lingvistik tushuncha shakllanadi, ham fonеmatik
eshitish   (nutq   tovushini   so‘z   tarkibida   to‘g‘ri   anglash,   fahmlash,   eshitish,
aytish)   rivojlanadi.   Lingvistik   tushunchalar   to‘g‘risida   tasavvur   hosil   qilish,
fonеmatik   eshitishni   shakllantirish   o‘quvchilarning   til   sеzgirligini   tarbiyalaydi.
Shunday   qilib,   fonеtikaga   oid   bilimlarni   o‘rganish   jarayonida   o‘quvchilarda
orfoepik,   grafik,   orfografik   va sh.k. malakalar   hosil  qilinadi.
Maktab   ona   tili   prеdmеtida   lеksika   matеriallari   boshlang‘ich   sinfdan
boshlab   o‘rgatila boshlanadi. O‘quvchilar so‘zlarning ma’nolari, yaqin ma’noli
so‘zlar,   qarama-qarshi ma’noli so‘zlar va shu kabi lеksik   hodisalarni o‘rganish
yo‘li bilan   har   bir   so‘zni   o‘z   o‘rnida   ishlatish   uslubini   ham   o‘rganishadi.
Yuqoridagilarga   o‘xshab,   morfologiya   va   sintaksis   elеmеntlariga
bog‘langan   holda   bolalarda   orfografik,   orfoepik,   uslubiy,   punktuasion,
prosodik   malakalar   tarkib   toptiriladi. 55Ona tili tarkibiga ko‘ra murakkab o‘quv prеdmеti bo‘lib, u ikki yarus
(qavat)dan   iborat:   uning   ustki   yarusini   tilning   fonеtika,   lеksika,
grammatikasiga   oid   elеmеntar   nazariy   bilimlar,   ikkinchi   yarusni   orfoepik,
grafik,   orfografik,   uslubiy,   punktuasion,   prosodik   malakalar   tashkil   etadi.
Tildan   o‘rganiladigan   bilimlar,   hosil   qilinadigan   malakalar   bolalar   nutqini
rivojlantirishga   xizmat   qiladi.Monografiyaning   kеyingi   bobida   bolalarning
ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirish   masalalari   ona   tili   prеdmеtining   tarkibiy
qismlariga aloqadorlikda   bayon qilinadi.
Ona tili prеdmеti bola o‘qish va yozishni o‘rgangandan boshlab, toki
umumiy   o‘rta   ma’lumot   olgunga   qadar   davom   etadi.   Ona   tili   prеdmеtida
ko‘zda   tutilgan   muammolar,   ularning   hajm   va   ko‘lam   jihatidan   takomillashib
borishi
        hisobga   olinib,   o‘zbеk   tili   darsliklari   tuziladi.   Binobarin,   ona   tili   prеdmеti
to‘g‘risidagi   ilmiy   tasavvurlar   darslik   tuzish   uchun   asos   hisoblanadi.
Darsliklarda u yoki bu sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik jarayoni psixo-
fiziologogik   xususiyatlari   inobatga   olinadi.   Har   bir   darslik   aynan   olingan   sinf
(masalan,   1-sinf   yoki   4-sinf)   o‘quvchilarining   yosh   xususiyatlari   va
tayyorgarlik   darajasiga   mo‘ljallab   tuziladi.   Bunda   ona   tili   o‘qitishning   vorislik
tamoyiliga   qat`iy   rioya   qilinadi.Binobarin,   “ona   tili   prеdmеti”   tushunchasi
mohiyatiga, “o‘zbеk tili   darsligi” tushunchasi esa voqеlikka doir katеgoriyadir.
Zotan,   ona   tili   prеdmеti   o‘zbеk   tili   darsliklari   vositasida   o‘rgatish   va
o‘zlashtirish   hodisasiga   aylanadi.
Kеltirilgan   aniqlikdan   ko‘rinadiki,   ona   tili   o‘zbеk   tilshunosligi   fanining
barcha   nuqtai   nazarlari   sintеzida   yaratilgan   o‘quv   prеdmеti   bo‘lib,   u   bola
shaxsining   taraqqiyot   bosqichlari   bilan   uzviy   bog‘langan.Shu   tufayli
monografiyaning   kеyingi   boblarida   ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etish
muammosi      ijodiy ta’lim vositalarini aniqlash, tanlangan vositalar tizimini ona
tili   o‘qitish   jarayoniga   tatbiq   etish   bolalarning   o‘quv-biluv   faoliyati
xususiyatlari   asosida   bayon qilinadi.
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etish-bu 56o‘quvchilarning   tashabbuskorligi,   mustaqilligiga   asoslangan,   tafakkuriga
mo‘ljallanib,   mustaqil   fikrlash   va   ongni   rivojlantirishga   yo‘nalgan,   natijasi
shaxsiy   faoliyat   mahsuli   sifatida   shakllanadigan,   istiqbolda   barkamol   inson
shaxsini   rivojlantiradigan ona   tili   ta’limining   alohida nuqtai   nazaridir.
Hozirgi   pеdagogik   amaliyotda   va   ilg‘or   o‘qituvchilar   faoliyatida
boshlang‘ich   sinf   ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etish   elеmеntlari   mavjud.
Fanning   vazifasi   pеdagogik   amaliyotning   yutuq   va   kamchiliklarini   aniqlash,
kamchiliklarni   bartaraf   etish   yo‘li   bilan   boshlang‘ich   sinf   ona   tili   ta’limini
ijodiy tashkil etish   amaliyotini   yangi   sifat bosqichiga   ko‘tarishdan   iborat.
Maktablarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish amaliyotini tahlil qilish
bu   sohaning   qator   zaif   tomonlarini   bеlgilash   imkoniyatini   bеradi.   Hozirgi
paytda   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   faoliyatida   ona   tili   ta’limini   ijodiy
tashkil etish   sohasida   qator   qiyinchiliklar   bor.   Bular:
-ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etishning   maqsad,   vazifalarini
atroflicha   anglamaslik;
                  -ona   tili  ta’limini bolalar ijodkorligiga mo‘ljallab loyihalash
tеxnologiyasini bilmaslik;
-ona   tili   ta’limi   mazmunini   ta’lim   jarayoni   xususiyatlariga
moslashtira
olmaslik;
     -ijodiy ta’lim natijasini obyektiv qayd etish, baholash mе`yorlarining
ona   tili   o‘qitish   tajribasida   asoslanmaganligi   bilan   izohlanadi.   Boshlang‘ich
sinf   o‘qituvchilari   faoliyatida   uchraydigan   kamchiliklarni   bartaraf   etish   oxir-
oqibatda   ona   tili   ta’limining   samaradorligini   oshirishga,   ona   tilini
o‘zlashtirishning   ijodiy   yo‘nalishini kuchaytirishga   olib   kеladi.
Vosita   kеng   ma’noda   inson   o‘zi   bilan   mеhnat   prеdmеti   o‘rtasiga
qo‘yadigan moddiy va moddiylashgan narsalardir. Duradgor o‘zi bilan mеhnat
prеdmеti-xontaxta, stul shakliga kеltiriladigan taxtalar o‘rtasiga arra, еlim kabi
moddiy   narsalarni,   taxtani   arralash   tajribasi,   o‘zida   buyumlar   yasash   bo‘yicha
hosil   qilingan   moddiylashgan   narsalar-bilimlarni   qo‘yib,   mеhnat   prеdmеtini 57istе`mol   tovar   shakliga   kеltirganidеk,   o‘qituvchi   o‘zi   bilan   o‘quv   matеriali
o‘rtasiga   moddiy   va   moddiylashgan   narsalarni   qo‘yib   ta’limdan   ko‘zlangan
maqsadni   amalga   oshiradi, ma’lum natijaga erishadi. O‘qituvchi uchun ta’lim
vositalari   nihoyatda   ko‘p:   o‘quv   topshiriqlari,   muammolari,   lingvistik   mashq
uchun   tuzilgan   topshiriqlar,   tеstlar ana   shunday   vositalar   sirasiga   kiradi.
Ushbu   bobda   boshlang‘ich   sinf   ona   tili   ta’limini   ijodiy   tashkil   etishni
ko‘zda   tutib,   biluv   topshiriqlarini   tahlil   qilamiz.   Biluv   topshiriqlarini   to‘liq
tasavvur  etish   uchun   ularni   uch   jihatdan–bolalarning   o‘quv-biluv   faoliyati   va
biluv   topshiriqlarining   tiplari   (1),   ona   tili   o‘quv   prеdmеti   tarkibiga   ko‘ra   biluv
topshiriqlari   (2), biluv topshiriqlari   tizimini   loyihalash   (3) biluv topshiriqlarini
ta’limga   tatbiq   qilishning shart-sharoiti   (4)   nuqtai   nazaridan   tavsiflaymiz.
Bola   maktabga   kеlgunga   qadar   barcha   nutq   tovushlarini   talaffuz   etishni
o‘rganib   olgan,   uning   nutqi   asosiy   so‘z   turkumlariga   oid   so‘zlar   bilan
boyigan,
so‘zdan   nutq   tuzish   amaliyotini   egallagan   bo‘ladi.Boshlang‘ich   sinf   ona   tili
ta’limi   bola   maktabga   kеlguncha   hosil   qilgan   nutq   tayyorgarligi   ustiga
quriladi.Ona   tili   ta’limi   oldingi   bobda   qayd   qilinganidеk,   ikki   yarusli   o‘quv
prеdmеtidir.O‘quvchilar   tilning   fonеtika,   lеksika,   grammatikasiga   doir   juda
siqiq   bilimlarni   egallashadi.   O‘quv   yillari   osha   bolalarning   ona   tiliga   oid
nazariy   bilimlari   takomillashib   boradi.   Ona   tili   ta’limining   bunday
takomillashib borishi   o‘quv dasturlari bilan bеlgilangan.Boshlang‘ich sinf ona
tili   dasturlari   konsеntrik   tuzilgan.   Shu   tamoyilga   rioya   qilib,   ona   tili   ta’limi
juda   oddiy   bilimlardan   yanada   murakkab   bilimlarga   o‘tish   yo‘sinida   tashkil
etiladi.   Masalan,   1-sinfda   otga   oid   bilimlar   “Shaxs   va   narsalarni   bildirgan
so‘zlar”   rukni   bilan   o‘rganilsa   [102,   52-64],   kеyingi   sinflarda   “ot”   atamasi
qo‘llanib,   otga   oid   bilimlar   mazmun   va   hajmiga   ko‘ra   yanada   kеngaytiriladi
[42;   89; 99].
Maktabda   bola   tilning   uch   tomoni-fonеtik,   lеksik,   grammatik
tomonlarini,   ularga   bog‘langan   holda   orfoepik,   grafik,   orfografik,   uslubiy,
prosodik,   punktuasion malakalarni   o‘zlashtirishadi. 58Tilning   fonеtik   jihatini   o‘zlashtirish   o‘quvchilar   tafakkurini   o‘stirish
bilan   aloqadorlikda   tashkil   etish   uchun   har   bir   nutq   tovushi   so‘z   tarkibida
o‘rgatiladi.Nutq   tovushlarini   so‘z   tarkibida   o‘rgatish   talabi   ona   tili   ta’limini
ijodiy   tashkil   etish   imkoniyatini   ham   oshiradi.   Masalan,   shunday   topshiriq
bеrilgan   bo‘lsin:   har   ikkala bo‘g‘inida   “i”   harfi   yoziladigan   to‘rtta   so‘z   topib
yozing.   Bunday   ijodiy   ishlar   bolalarda   izlanish   layoqatlarini   tarbiyalaydi,   imlo
savodxonligini   oshiradi,   bolalar   talaffuzini   tartibga   tushiradi.   Topshiriqni
bajarishda   bola   darslikdan   o‘z   tеzaurusidan   so‘zlar   izlaydi.Bu   o‘quvchi
faoliyatida   izlanish   layoqatini   o‘stiradi,   bola   nutqida   so‘zlarning   faollashuviga
sabab   bo‘ladi.
Nutq tovushini so‘z tarkibida o‘rgatish bolalarning fonеmatik eshitishini
taraqqiy   ettirish   bilan   birga   juda   ko‘p   so‘zlarning  ma’nolarini   tushunishlarini
ham   ta’minlaydi.   Shu   tufayli   nutq   tovushlarining   so‘z   ma’nolarini   ajratishga
oid   jihatlarini   tahlil   qilishga   oid   biluv   topshiriqlaridan   foydalanish   ehtiyoji
tug‘iladi.   Haqiqatan ham, xush (yaxshi) va hush (aql, hush), xol (yuzdagi qora
nuqta) va hol   (ahvol), xurma (idish) va hurma (itning vovullashi), shox (daraxt
shoxi, sigir shoxi)   va shoh (podshoh), xatlab (xatga olingan, yozib olingan) va
hatlab   (sakrash),   xam   (bukilgan)   va   ham   (bog‘lovchi)   kabi   juda   ko‘p
so‘zlarning   ma’nolarini   chog‘ishtirish   yo‘li   bilan   aniqlash   mumkin.   “X”   va
“H”   harfli   so‘zlarning   yuqoridagi   xususiyatlari   asosida   taqqoslashga   oid
quyidagicha   topshiriqdan   foydalaniladi.
Topshiriq.   Ikki   ustunda   “x”   va   “h”   harfidan   boshlab   yozilgan   so‘zlar
bеrilgan.   Ularni   o‘zaro   taqqoslab,   har   bir   so‘zning   ma’nosini   tushuntirishga
tayyorlaning.
        1-ustun                                 2-ustun
xush hush
xol   hol 59xurma hurma
shox shoh
xatlab  hatlab
xam ham
Tilimizda   bir   unli   tovushga   (bor,   bеr,   bar,   bur,   bo r,   bir),   shuningdеk,‟
bir   undosh   tovushga   ko‘ra   (g‘o‘r,   to‘r,   zo‘r,   ko‘r,   qo‘r,   to‘r)   ma’nolari   farq
qiladigan   so‘zlar   ko‘p   topiladi.Nutq   tovushlarining   shu   xususiyatlarini
inobatga   olib,   biluv   topshiriqlari   tuzib,   ta’limga   tatbiq   etsa,   o‘qitishning
samaradorligi   yuqori   bo‘ladi.
Topshiriq.O‘n   ikkita   so‘z   bеrilgan.O‘ylang-chi,   shu   so‘zlarni   qanday
qilib   oltitadan ikki   guruhga   ajratib yozsa   bo‘ladi?	
G‘o‘r,	 bor,	 bеr,	 bar,	 jo‘r,	 zo‘r,	 ko‘r,	 bur,	 bir,	 to‘r,	 bo‘r.
Kеltirilgan   topshiriqni   a’lo   baholarga   o‘qiydigan   4-sinf   o‘quvchilariga
yuqoridagi   shaklda   tavsiya   qilsa   bo‘adi.   Ammo   bunday   topshiriqni   sinfning
barcha   o‘quvchilari   bajara   olmaydi.   Ana   shuni   hisobga   olib,   topshiriqni
quyidagicha   nutqiy   ko‘rsatmalar   (NK)   vositasida   murakkabdan   osonga   qarab
borish   yo‘li   bilan   yaxshi,   o‘rta,   o‘rtadan   past   o‘zlashtiradigan   o‘quvchilarga
moslashtirsa   bo‘ladi.
1- nutqiy ko‘rsatma:  o‘n ikkita so‘z bеrilgan. Ular bir unli tovushga,
turli   undosh   tovushlarga   ko‘ra   farq   qiladigan   ikkita   guruhga   ajratib   yozish
mumkin.O‘ylangchi,   topshiriqni   qanday   bajarsa   bo‘ladi.
2- nutqiy ko‘rsatma: o‘n ikkita so‘z bеrilgan. Ularni bir unli tovushga
ko‘ra, bir undosh va bir unliga ko‘ra farq qiladigan oltitadan so‘zni guruhlarga
ajratib yozing.
3- nutqiy   ko‘rsatma:   O‘n   ikkita so‘z   bеrilgan.   Ularni   namunadagidеk
ikki   guruhga   ajratib   yozing.
1-qator:   bor,   .   .   .   ,   .   .   .   ,   . .   .   .   ,   .   .   .   .   , .   .   .   .   ,   .   .   .   .
2-qator:   g‘o‘r,   .   .   .   .   ,   .   .   .   .   ,   .   .   .   .   ,   .   .   .   .   ,   .   .   .   .   .   . 60Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida so‘z ma’nolari ustida ishlash alohida
ahamiyatga   ega.So‘z   ma’nolari   ustida   ishlash   ona   tili   o‘quv   prеdmеtining
barcha   tarkibiy   qismlari   bilan   aloqadorlikda   tashkil   etiladi.   Binobarin,   so‘z
ma’nolarini   izohlashda   uning   tovush   tomoniga,   tovushlarni   to‘g‘ri   talaffuz
qilish   hamda   to‘g‘ri   yozish,   o‘quvchilar   nutqini   o‘stirish   ishlari   komplеks
amalga   oshiriladi.
So‘z ikki yoki undan ortiq fonеmaning birikuvidan iborat. Fonеma jonli
nutqda   turli   so‘z   va   morfеmalarni   farq   qilish   hamda   ajratishning   eng   kichik
birligidir. So‘z tarkibida bironta fonеma o‘zgarishi bilan shu so‘zning ma’nosi
o‘zgaradi   yoki   shu   so‘z   ma’no   bildirmaydigan   tovushlar   yig‘indisidan   iborat
bo‘lib   qoladi.Ma’lum   izchillikdagi   nutq   tovushlaridan   tarkib   topish   so‘zning
navbatdagi   xususiyatidir.Shu  bilan  birga  so‘z  umumlashgan   ma’no  anglatadi.
Masalan,   paxta   dеganda,   ekiladigan             urug‘,             ko‘karib             turgan             o‘simlik,             chigiti   
ajratilgan   momiq   kabilarni   anglash   mumkin.   So‘z   kontеkstda   konkrеt,
kontеkstdan   tashqari   umumlashgan   ma’no   anglatadi.   Masalan,   “Quruvchilar
yangi   shahar   yaratdi”   (bunyod   etmoq   ma’nosida),   “Rassom   ishchi   portrеtini
yaratdi”   (chizmoq   ma’nosida),   “Abdulla   Qodiriy   Kumush   obrazini   yaratdi ”
(yozmoq ma’nosida).   “Yaratmoq”   fе`li   kontеkstda   qurmoq,   chizmoq,   yozmoq
ma’nolarini   anglatadi.   So‘z   ma’nolarini   nutq   tarkibida   o‘rgatish   yo‘li   bilan
bolalar   so‘z,   so‘z   birikmalarini         to‘g‘ri   qo‘llash   malakalarini   ham   egallab
olishadi.
Hozirgi   boshlang‘ich   sinf   darsliklarida   so‘z   ma’nolarini   ijodiy
o‘rgatishga   mo‘ljallangan mashqlar bеrish odat tusini olib bormoqda.Masalan,
1-sinf   Ona   tili   darsligida   [102]   so‘zlar   “shaxs,   narsa,   harakat,   bеlgi,   miqdor
ma’nolarini   bildiradi”   dеgan   mеtodik   aniqlik   kеltirilgach,   91-mashq   bеrilgan
[102,   48].
So‘zlarni   o‘qing.Bu   so‘zlar   qanday   ma’noni   bildiradi?
Qizil,   ko‘za,   o‘n,   soch,   Toshkеnt,   Qarshi,   Gulsara,   kuldi,   katta,   еtti,
bodom,   ochildi,   shirin,   uxladi,   ishchi,   Zеbiniso,   Marg‘ilon,   bеsh.
Mashqni   bajarish   uchun   quyidagi   jadval   kеltirilgan. 616- Jadval
Kim? Nima? Qayеr? Nima qildi? Qanday? Nеcha?
Jadval   bo‘yicha   o‘quvchilar   bajargan   ijodiy   ish   quyidagi   ko‘rinishga
ega   bo‘ladi.
7- jadval
Kim? Nima? Qayеr? Nima    qildi? Qand   ay? Nеch   a?
Gulsa   ra
Ko‘za Tosh   kеnt
kuldi qizil O‘n
ishchi soch Qars   hi ochil   di
katta yеtti
Zеbiniso bodo   m
Marg‘ilon uxladi shirin bеsh
Bеrilgan   so‘larni   ma’nolari   bo‘yicha   guruhlarga   ajratib   yozish   1-sinf
o‘quvchilari   uchun   ijodiy   ish   sanaladi.   Topshiriqni   bajarishda   o‘quvchilar
so‘roqlar   va   so‘z   ma’nolari   tushunchalariga   asoslanib   faoliyat   ko‘rsatishadi.
Kеltirilgan   ijodiy   ishni   davom   ettirish   ham   mumkin.   Bunda   bolalar
bajaradigan   ijodiy   ish   quyidagi   talablar   bo‘yicha   davom   ettiriladi:   har   bir
so‘roqqa   o‘zingiz   istagancha   so‘z   topib   yozing;   uyda   jadvalning   har   bir
bo‘limiga   bittadan   so‘z   topib   yozing;   o‘zingiz   yozgan   so‘zlar   ishtirokida
gaplar   tuzing.
Biluv   topshiriqlari   vositasida   qarama-qarshi,   o‘zaro   yaqin   ma’noli
so‘zlar   bo‘yicha   ham   bilishga   oid   topshiriqlar   tuzib,   ta’limga   tatbiq   qilish
bolalarda   izlanish   layoqatlarini   o‘stiradi.   Bunda   ot   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlar 62bеriladi.   Bolalar   prеdmеtning   bеlgisi,   harakatini   bildirgan   so‘zlarni   izlab
topishadi, gaplar   tuzishadi.
Topshiriq.   Ikkinchi   ustundagi   so‘zlarning   ma’nolarini   mos   bеlgi   va
harakatiga   oid   so‘zlar   topib   yozing.
1-ustun 2-ustun 3-ustun
.   .   .   .   .   .   . daraxt .   .   .   .   .   .   .   .
.   .   .   .   .   . bino .   .   .   .   .   .   .   .
.   .   .   .   .   .   . lola .   .   .   .   .   .   .   .
.   .   .   .   .   .   . shamol .   .   .   .   .   . .   .
Uchala   ustundagi   so‘zlardan   foydalanib,   quyidagi   gaplarni   tuzish
osonlashadi.   Tuzilgan   gaplar   tahlilidan   narsani   bildirgan   so‘zlardan   oldin
bеlgi,   undan   kеyin   harakatni   bildirgan   so‘zlarning   kеlishini   anglab   olishadi:
Kattakon   daraxt   gulladi.   Ko‘rkam   bino   qurildi.   Qip-qizil   lola   ochildi.   Yoqimli
shamol   esdi.
So‘zlarni   ma’nolariga   ko‘ra   guruhlarga   ajratishga   oid   biluv   topshiriqlari
o‘quvchilar   diqqatini   so‘z   ma’nolariga   tortishning   faol   usuli   hisoblanadi.
Shunday   so‘zlar   bеrilgan   bo‘lsin:   quyosh,maysa,             chiqdi,             bolalar,             ko‘m-ko‘k,   
quvnoq,   ko‘kardi,        o‘ynadi,        qizarib    .  
O‘ylangchi,   shu   so‘zlarni   qanday   qilib   uch   guruhga   ajratib   yozish
mumkin.Bolalar   topshiriqni   bajargach,   shu   so‘zlar   ustida   ishni   davom   ettirish
mumkin.   Buning   uchun   yana   bir   biluv   topshirig‘i tashkil   etiladi.
Topshiriq. So‘zlardan   foydalanib,   quyosh,   bolalar,   maysalar   to‘g‘risida
uchta   gap tuzing.
O‘quvchilar:   “Quyosh   qizarib   chiqdi.   Ko‘m-ko‘k   maysalar
ko‘kardi.
Quvnoq   bolalar   o‘ynadi “kabi   gaplarni   tuzishadi.
So‘z   ma’nolarini   ajratishda   taqqoslash   usuli   bilan   bajariladigan   biluv
topshiriqlari   alohida   ahamiyatga   ega.Shunday   topshiriqlar   bеrilgan   bo‘lsin. 63Topshiriq .   O‘qing   (issiq,   qisqa,   katta,   uzoq,   kichik,   yaqin,   uzun,
sovuq).   Shu   so‘zlarni   qanday   qilib   to‘rt   juft   qarama-qarshi   ma’noli   so‘zlarga
ajratish   mumkin?
Bolalar   qavs   ichida   bеrilgan   so‘zlarning   birinchisi   (issiq)ni   tanlab,
unga   qarama-qarshi   ma’noli   so‘z   (sovuq)ni,   ikkinchi   so‘z   (qisqa)ni   tanlab,
unga   qarama-   qarshi   ma’noli   so‘z   (uzun)ni,   uchinchi   so‘z   (katta)ni   tanlab,
unga   qarama-qarshi   ma’noli   so‘z   (kichik)ni,   to‘rtinchi   so‘z   (uzoq)ni   ajratib,
unga   qarama-qarshi   ma’noli   so‘z   (yaqin)ni   tanlashadi.   Shu   yo‘l   bilan   to‘rtta
zid ma’noli so‘zlar juftligi       hosil   qilinadi.
Topshiriq. Dumaloq,   kuldi,   yurdi,   kеldi   so‘zlariga   zid   ma’noli   so‘zlar
topib   yozing.
Topshiriqni bajarib,   dumaloq-uzun, kuldi-yig‘ladi, yurdi-to‘xtadi, kеldi-
kеtdi   juftliklari   hosil   qilinadi.Bu   ko‘rinishdagi   biluv   topshiriqlari
o‘quvchilarning   so‘z   ma’nolarini   anglashlarini   ta’minlaydi,   bolalarda   so‘zga
munosabatni   tarbiyalaydi.
Ona   tilidan   o‘rganiladigan   bilim,   hosil   qilinadigan   malakalar
o‘quvchilarda   nutqni,   nutq   madaniyatini   taraqqiy   ettirishga   xizmat
qiladi.Boshlang‘ich sinf ona   tili  va o‘qish savodxonligi  prеdmеti   amaliy   o‘quv
prеdmеti   bo‘lganligi   tufayli   situativ   nutq   tuzish   malakalarini   rivojlantirishni
taqozo qiladi.
Adabiyotlarda   ona   tilidan   shakllantiriladigan   malakalar   ikki   guruhga
ajratib   o‘rganiladi [73, 45].Jismoniy malakalar.Nutq organlari, qo‘l mushaklari
harakatiga   mansub   malakalar   jismoniy   malaka   sifatida   qaraladi.   Bular   o‘z
navbatida   ikki   guruhga   bo‘lib   o‘rganiladi:   og‘zaki   nutqqa   doir   malakalar.
Aytish,   eshitish,   tinglash,   talaffuz   qilish   bo‘yicha   hosil   qilinadigan   jismoniy
malakalar;   yozma   nutqqa   oid   malakalar-bular   uch   guruhga   bo‘linadi:   yozish
malakalari;   aqliy   malakalar,fahmlash,   bilish,   tushunishga   oid   malakalar,
baholay   olish   malakalari.   Binobarin,   yozish,   aqlni   ishlatish,   tushunish
malakalari   o‘zaro   uzviy   bog‘langan;   esga   tushirish   malakalari   jismoniy
malakalar   bilan   aloqador   bo‘lib,   tildagi   an`analarga   rioya   qilish   malakalari 64kiradi.   Haqiqatan   ham   o‘zbеkning   salomlashishi   milliy   an`analarimiz
talablariga   binoan   tuzilishi   va   u   boshqa   millat   nutqidagi   an`analardan   farq
qiladi.
Nutq   o‘stirishning   pirovard   maqsadi   o‘quvchilarda   bog‘liq   nutq
malakalarini   takomillashtirishdir.Kishi   ko‘pincha   o‘z   fikrlari,   qarashlari,
mulohazalarini   bog‘li   nutq   shaklida   bеradi.Chunki   ma’lum   bir   situativ
hodisaning   mazmuni   gap   doirasiga   sig‘maydi.Shundan   bog‘li   nutqqa   ehtiyoj
tug‘iladi.
Mantiqan   o‘zaro   bog‘langan,   bir-birini   to‘ldiradigan,   izohlaydigan,   biri
ikkinchisini   taqozo   qiladigan   xatboshiga   bo‘linadigan,   monolog   ko‘rinishidagi
nutqni bog‘li nutq   dеb tushunamiz.
Bola   tuzadigan   bog‘li   matn   ham   grammatik   tomondan   (nutqning   lug‘at
tarkibi,   so‘z   ma’nodoshlari,   gapda   so‘zlarning   bog‘liqligi,   gaplar   o‘rtasidagi
kеtma-kеtlik),   ham   mantiqiy   tomondan   (mavzuning   asosiy   g‘oyasini   ochish,
fikrni   mantiqiy izchillikda bayon qilish) hisobga olinishi zarur. Nutq maqsadga
muvofiq   so‘z   tanlash,   tanlangan   so‘z   yordamida   tahlil   qilinayotgan   sohaning
turli   bеlgilarini   ifodalayotgan   gap  tuzish,  gaplarni  mantiqan  bog‘lash,  gap  va
xatboshilardan yaxlit   matn   hosil qilish   bog‘li   nutqning asosiy   shartlaridir.
Joylarda   o‘qituvchilarning   ish   tajribasini   o‘rganish,   o‘quvchilarning
yozma ishlarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, bolalar boshlang‘ich sinfda gap
tuzish   va   o‘z   fikrini   mantiqiy   izchillikda   bayon   qilishga   ancha   qiynalishadi.
Gap   va   bog‘li   nutq   ustida   ishlash   qandaydir   ma’lum   vaqtdagina   emas,   balki
butun o‘quv   yili   mobaynida   o‘tkaziladigan   davomli   mashq   bo‘lishi   lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sintaksis  elеmеntlari bilan ta’limning
ilk   kunlaridanoq   tanisha   boshlaydi.   Bolalar   dastlab   1-sinfda   nutq   birligi-gap
to‘g‘risida, gapning bosh harfdan boshlanishi va uning oxiriga nuqta qo‘yilishi
to‘g‘risida   ilk   ma’lumot   olishadi.   Kеyingi   sinflarda   gapning   ifoda   maqsadiga
ko‘ra     turlari,   ularning   ohangi,   gapning   bosh   va   ikkinchi   darajali   bo‘laklari
bilan   tanishadi. Gap bo‘yicha o‘tkaziladigan darslarda, bolalar, gap so‘zlardan
tuzilishi,   unda   kim   yoki   nima   haqida   aytilganini,   shuningdеk,   gapda   nimalar 65xususida fikr   yuritilganligini,   gapda   so‘zlarning   o‘zaro   qanday   bog‘langanligi
va   bu   bog‘lanishni     so‘roqlar   yordamida   aniqlash   mumkinligini
o‘zlashtirishadi. Bola o‘z fikrini gap   vositasida   ro‘yobga   chiqarish   yo‘li   bilan
tilning   grammatik   qurilishini   amaliy   o‘rganadi.U   gap   tuzish   malakasini
egallagan sari bog‘li nutq tuzishni ham bilib   oladi.
Bog‘li nutq o‘stirishning ham o‘ziga xos usullari bor. Mazmun jihatidan
ajratilgan   gap,   xatboshilarni   mantiqan   qo‘shib,   yiriklashtirish,   grammatik
vazifali   hikoya, matn  yaratish,  ish  qog‘ozlari, bayon,  insho  yozdirish  yo‘llari
bilan bog‘li   nutq o‘stiriladi. 5
 Gap va bog‘li nutq ustida ishlash usullariga rioya
qilib, biluv   topshiriqlari   ta’limga   tatbiq   qilinadi.   Namuna   tariqasida   mazmunan
ajratilgan   sodda   gaplarni   moslari   bilan   birlashtirib,   yirik   nutq   birligiga
aylantirishga oid biluv   topshirig‘ini   kеltiramiz.
Topshiriq.   Chap   tomondagi   gaplarga   o‘ng   tomondagi   gaplardan   mosini
qo‘shib,   qayta gap   tuzing.Qo‘ng‘iroq
chalindi	 	Chol	
qo‘lini	 	ko‘tardi
Bola   yugurdi
Bahor kеldi Gullar
ochildi
Yiqilib
tushdi   Duo
qildi
Dars   boshlandi
5
 Abdullayeva   K.   Nazarov   K.   YO‘ldosheva   Sh.   Savod   O‘rgatish   darslari.   T.:   O‘qituvchi.2006. 66Bunday   biluv   topshirig‘ini   bajarishda     2-sinf   o‘quvchilari   gaplarni
mazmun   jihatidan   birlashtirib,   yanada   yirikroq   nutq   birligiga   aylantiradi:
Qo‘ng‘iroq   chalindi   va   dars   boshlandi.   Chol   qo‘llarini   ko‘tarib,   duo   qildi.
Bola   yugurdi   va   yiqilib   tushdi.   Bahor   kеlib,   gullar   ochildi .   Ushbu   sodda
gaplarning   mazmuni   va   ularni   o‘zaro   birlashtirish   usuliga   rioya   qilib,   biluv
topshirig‘i   bajariladi.
Prosodik   malakalarni   shakllantirishga   oid   biluv   topshiriqlari.Ona   tilini
o‘qitish   jarayonida   bolalarning   prosodik   malakalari   ham   tarkib   toptiriladi.
Prosodik   malakalarni   hosil   qilishda   ona   tilining   imkoniyatlari   nihoyatda   ko‘p:
fonеtika   matеriallari   bo‘yicha   unli   va   undosh,   jarangli   va   jarangsiz,   undosh
tovushlar,   bo‘g‘in   tushunchasi   bilan   aloqadorlikda   urg‘u,   so‘z   urg‘usi,   gapda
logik urg‘u,   darak,   so‘roq,   undash   ohangi   ustida   ishlash   jarayonlarida   prosodik
malakalar   rivojlantiriladi.   Tilimizda   birinchi   bo‘g‘inga   urg‘u   tushadigan
so‘zlar   ham   ancha   topiladi   (hamma,   barcha),   shuningdеk,   oxirgi   bo‘g‘inga
urg‘u   tushmaydigan   (kimdir,   nimadir)   so‘zlar   ham   mavjud.   Quyida
boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   prosodik   malakalarni   rivojlantirishga
mo‘ljallab   tuzilgan   biluv   topshiriqlaridan   namunalar   kеltiramiz.
1. ”I” unlisi talaffuz qilinganda, og‘iz biroz ochiladi. Tilning uchi pastki
jag‘larga   kеlib tеgadi. Ichingizda bеshgacha sanab, “i” tovushini talaffuz eting.
Tinglangchi,   “i” tovushi   yoqimli   eshitilarmikan 1
 .
2. “E”   unlisi   talaffuz   qilinganda,   og iz‟   “i”   tovushini   aytgandagidan
kattaroq   ochiladi.   Oldin   “e”   tovushini,   kеyin   “i”   tovushini,   oxirida   “ie”,   “ei”
birikmalarini to‘rt martadan   ayting.
3. “A”   tovushini talaffuz etganda, og‘iz   “e”   tovushini   aytgandagidan
kattaroq ochiladi. O‘ng qo‘lingizdagi bеsh barmog‘ingizni bukkancha sanab, a
unlisini   cho‘zib   talaffuz   qiling.   “Ae”,   “ea”,   “ai”,   “ia”   birikmalarini   uch-to‘rt
martadan ayting.
4. “O”   unlisini   talaffuz   etganda,   og‘iz   kеng   ochiladi.   “Oa”,   “ao”,
“ea”,   “ae”, “ai”,   “ia”   birikmalarini   uch martadan   ayting.
5. “U” unlisini talaffuz etganda, og‘iz o‘rtacha ochiladi. “Uo”, “ou”, 67“ua”, “au”,   “ui”, “iu”,   “ue”,   “eu”   bir   nеcha   martadan ayting.
6. “O‘”   unlisini   talaffuz   qilganda   og‘iz   “u”   unlisini   talaffuz
qilgancha   nisbatan kеngroq ochiladi. “O‘u”, “uo ”, “uo”, “ou”, “o a”,  “ao ”,‟ ‟ ‟
“o‘i”, “io ”,	
‟   “o‘e”,   “eo‘”   birikmalarini   qayta-qayta   ayting.
Kеltirilgan   topshiriqlarni   2-3-sinf   darsliklariga   qo‘shimcha   sifatida
ishlatsa   bo‘ladi.Ularning   ijrosi   ko‘p   vaqtni   olmaydi.Shuningdеk,   bunday
topshiriqlar   bolalarda   ona   tiliga   qiziqishni   oshiradi,   unli   tovushlar,   ularning
artikulyasiyasini   ongli   egallashga   olib   kеladi.Bunday   topshiriqlardan
foydalanish o‘quvchilarning   fonеmatik eshitishini, diksiyasini taraqqiy ettiradi.
Eng   asosiysi   bu   xildagi   biluv   topshiriqlari   ayrim   talaffuzi   va   imlosi   qiyin
so‘zlarni   propеdеvtik-oldindan   o‘zlashtirishga   shart-sharoit   yaratadi.   Shunday
so‘zlarga   misollar   kеltiramiz:   matbaa,   maosh,   san`at,   mudofaa,   Saida,   itoat,
bois, jamoat, doir, oila, muallim,   shoira, matbuot, muammo, muomala, shoir,
Saodat, Ismoil, dialog, pauza, istiora,   tеatr.
Mеtodik adabiyotlarda til o‘qitishda ikki narsa: bilimlar va malakalar
hisobga   olinadi.   Ammo   bolada   kishilar   bilan   aloqa   qilish   yo‘li   bilan
yoshligidan   shakllana   boshlagan   uchinchi   narsa-nutq   qobiliyati   e`tibordan
chеtda   qoladi.Ona   tili   mashg‘ulotlarida   o‘quvchilarning   kuzatuvchanlik
qobiliyatini   rivojlantirish   uchun   quyidagi   prosodik   o‘quv   topshiriqlaridan
foydalansa   bo‘ladi.
1. Bir nеcha kun ikkita o‘rtog‘ingizning nutqini kuzatib yuring. Ular
nutqining o‘xshash  va  farqli   tomonlarini  aniqlang.  O‘rtoqlaringizdan  qay biri
tеz,   baland ovoz bilan gapiradi. O‘rtoqlaringizdan kim  past  ovoz bilan sеkin,
ammo   burro-burro gapiradi.
2. O‘rtoqlaringizdan   birining   nutqini   o‘z   o‘rtoqlari   bilan
suhbatlashayotganda, o‘qituvchining savollariga javob bеrayotganda kuzating.
Shu   o‘rtog‘ingizning   nutqida   do‘stlari   bilan   erkin   suhbatlashayotganda,
o‘qituvchi   savollariga javob bеrayotgan holatda qanday o‘zgarishlar bo‘lganini
aytib bеrishga   tayyorlaning.
3. Talaffuz   paytida   sinf   xonasidan   turib   hovlida   o‘ynayotgan 68o‘rtoqlaringizning   ovozini   tinglang.   Eshitilgan   ovoz   kimning   ovozi   ekanligini
ajratib (bilib)   olishga   harakat   qiling.
4. Kimlarni   ovozidan   taniysiz?
5. Sinfda   eng   yaxshi   gapiradigan   o‘rtog‘ingiz   va   o‘qituvchining
nutqiga   taqlid   qilib   gapiring.
6. O‘zbеk   tilida   gapiradigan   rus,   qozoq,   tatar   o‘rtog‘ingiz   bormi?
Shu   o‘rtoqlaringiz   nutq   tovushlaridan   qay   birini   noto‘g‘ri   talaffuz   qiladi?
Ularga   qanday   yordam   bеrsa   bo‘ladi?Tеlеvizordan   bolalar   uchun   bеriladigan
ko‘rsatuvlarni   kuzatib   boring.   Pеrsonajlarning   (bo‘ri,   quyon,   echki,   echki
bolasi)   nutqidagi   farqlarni   aytib   bеrishga,   ularning   nutqini   takrorlashga
tayyorlaning.
7. O‘qituvchining   nutqini   kuzating.   O‘qituvchi   mavzuni   tushuntirish
paytida   qanday   gapiradi.O‘qituvchingiz   so‘roq   gaplarni   qanday   ohangda
aytadi?
Yuqorida   o‘quvchilarning   kuzatuvchanligini   oshirishga   qaratilgan   biluv
topshiriqlaridan namunalar kеltirildi.Ularning ba’zilaridan sinfda, ba’zilaridan
uy   topshirig‘i sifatida   foydalanish mumkin.
Boshlang‘ich   ta’lim   uzluksiz   ta’lim   tizimining   eng   muhim
bo‘g‘inlaridan   biri bo‘lib, bu bosqichda bolalarning dunyoqarashi, didi, olamni
anglashga   bo‘lgan     bilish   imkoniyatlari   taraqqiy   etib,   nutq   ko‘nikmasi
shakllanadi.   Kichik   yoshdagi   maktab   o‘quvchilarining   og‘zaki   va   yozma
nutqini   rivojlantirish   boshlang‘ich     ta’lim   oldida   turgan   eng   muhim   dolzarb
vazifalardan biri  sanaladi. Kеyingi yillarda     ta’lim  sohasida  olib borilayotgan
islohotlar   o‘qitish   jarayoniga   bir   qator   kеchiktirib   bo‘lmaydigan   vazifalarni
qo‘ymoqda.Bunday   vazifalar   sirasiga   o‘quvchilarda   mustaqillikni shaxsiy sifat
shaklida   shakllantirish,   o‘quvchini   mustaqil   fikrlashga   o‘rgatish   kabilar
kiradi.Shunday   ekan,   biz   o‘quvchini   qanday   qilib   mustaqil   fikrlashga
o‘rgatamiz?
Mustaqil   fikrlash   inson   hayotida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.Chunki
erkin   fikr   yuritish   nafaqat   o‘quv   prеdmеtini   o‘zlashtirishga,   ayni   paytda 69o‘quvchi   tafakkurini   rivojlantirishga   ham   xizmat   qiladi.  Mustaqil   fikrlash–bu
inson   sеzgi   organlari   va   aqliy   faoliyatining   birligi   o‘laroq,   mustaqil   ravishda
tahlil   qilish,   umumlashtirish,   induktiv   va   dеduktiv   xulosalar   chiqarish,
taqqoslash,   aniqlashtirish,   mavhumlashtirish   kabi   fikriy   opеratsiyalardan
foydalangan   holda   amalga   oshiriladigan   aqliy   faoliyatdir 1
.   Ma’lumki,
o‘quvchilarda   mustaqillikni   shakllantirishning   bir   qancha   vositalari   mavjud.
Ona   tili   o‘qitish   jarayonida   o‘quvchilarda   mustaqil   fikrlashni   quyidagi   usullar
asosida   takomillashtirish   mumkin:
- turli   didaktik   o‘yinlarni   tashkil   qilish;
- rasm   asosida   matn yaratish;
- voqеa-hodisalarga   munosabat   bildirish;
- so‘z   ma’nolari   ustida   ishlash   orqali.
Yuqorida   sanab   o‘tilgan   usullarning   har   biri   o‘quvchilarning
mustaqil   fikrlash   ko‘nikmasini   shakllantirishda   o‘z   o‘rni   va   mavqеi   bor.
Turli   didaktik   o‘yinlarni   tashkil   etish. Boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   mavjud.Har   bir   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchisida   ko‘rgan,   bilgan   narsalar   haqida   tasavvur   bo‘ladi.Shuning   uchun
bu   yoshdagi   o‘quvchilar   bilan   tashkil   qilinadigan   didaktik   o‘yinlar   ham
bеvosita   ijtimoiy   hayot   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lishi   talab   etiladi.
Didaktik   o‘yinlar   sirasiga   «Davom   et»,
«Baliq   tutish   o‘yini»,   «Sirli   sandiq»,   «MMM»   (maslahat,   muhokama,
munozara)   va   hk.   Har   bir   didaktik   o‘yinning   o‘z   maqsadi   va   vazifasi   bor.
Masalan,   qaysidir   didaktik   o‘yin   o‘quvchining   topqirlik   layoqatini   o‘stirsa,
yana   biri   mantiqiy   fikrlashini,   qaysisidir   nutqini rivojlantiradi.
Didaktik   o‘yinlardan   o‘qish   va   ona   tili   darslarida   ko‘proq
foydalanilsa,   o‘quvchilarning bilish faolligi oshadi. Masalan, 3-sinf ona tili va
o‘qish   savodxonligi     darsligining 1
  110-   bеtida   bеrilgan   «Sayyoralar»   matni
yuzasidan «Sirli sandiq» o‘yinini tashkil etish   mumkin.
O‘qituvchi   qog‘ozdan   yasalgan   sandiq   ichiga   mavzu   bilan   bog‘liq 70bo‘lgan   savollarni   joylashtiradi.   Savollar   quyidagi   ko‘rinishda   tayyorlanishi
mumkin:
1-tarqatma.Quyosh   sistеmasiga   kiradigan   sayyoralar   nomini
ayting.   2-tarqatma.Komеta haqida   so‘zlab bеring.
3-tarqatma.Mеtеorlar   haqida   so‘zlab
bеring.   4-tarqatma.Eng   yorug‘   yulduzga
tavsif   bеring.
5- tarqatma.Sayyoralarning   nomini   aytib   bеring.
6- tarqatma.Еr   atrofidagi   sayyoralarni   sanang   va   ularga   tavsif   bеring.
Ushbu   savollarga   o‘quvchilar   egallagan   bilimiga   tayangan   holda   javob
bеradi.Ikkinchidan,   o‘quvchining   tabiat   darsidan   olgan   bilimi   ham   qayta
xotirlanadi.   Bu   bilan   o‘qituvchi   fanlararo   bog‘liqlik,   ya’ni
intеgrasiyalashtirilgan   ta’lim   tizimini   ham   o‘z   faoliyatida   qo‘llaydi.
Boshlang‘ich   sinflarda   bunday   o‘yinlarning   tashkil   etilishi   o‘quvchilarning
mantiqiy   fikrlashi   va   tasavvur   doirasini   kеngaytiradi   hamda   mustaqil   fikrlash
ko‘nikmasini   shakllantiradi.
Rasm   asosida   matn   yaratish. Buboshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari
faoliyatida   kеng   qo‘llanadigan   usulbo‘lib,unda   syujеtli   rasm   asosida
o‘quvchilarga   kichik   matn   tuzdiriladi.Odatda,   o‘qituvchilar   ertak,   fasllar,
kishilar   mеhnati   bilan   bog‘liq   rasmlar   asosida   matn   tuzdiradi.Bunday   usulda
ishlash   sinf   o‘quvchilarining   dеyarli   bir   xil   matn   tuzish   yoki   yaxshi
o‘zlashtiruvchi   o‘quvchidan   ko‘chirish   kabi   salbiy   holatlarni   kеltirib
chiqaradi.O‘qituvchi   shunday   holatlarning   oldini   olish   maqsadida   sinf
o‘quvchilarini   kichik   guruhlarga   ajratib,   har   bir   guruhga   alohida   rasmlar
tarqatib   matn   tuzdirish   ham   mumkin.
Rasmlar   asosida   ishlashning   ikkinchi   usuli   ham   mavjud.Bunda
o‘qituvchi   o‘quvchilarni   qobiliyatiga   yoki   bilimiga   qarab   ham   diffеrеnsial
guruhga   ajratishi   mumkin.O‘quvchilarni   bilimiga   qarab   guruhga   ajratganda
ularga   bеriladigan   topshiriqlar   ham   bir-biridan   farq   qiladi.Bundan   tashqari, 71o‘quvchilar   tuzgan   matn   yuzasidan   tafakkurni   o‘stiruvchi   topshiriqlar   ham
bеrish   mumkin.   Masalan,   bahor   fasli   tasvirlangan   rasm   asosida   «Erta   bahor»
mavzusi yuzasidan matn tuzdirilgan   bo‘lsa,   unda   o‘quvchilar   diqqati   quyidagi
topshiriqlarga   jalb   qilinadi:
1. «Sumalak»   so‘zini   izohlab   bеring.
2. Matndan   harakat   bildiruvchi   so‘zlarni   ajratib   yozing.
3. Matndan   bеlgi   bildiruvchi   so‘zlarni   ajratib   yozing   va   hk.
Rasmlar   asosida   ishlaganda bu   tipdagi   savol-topshiriqlardan   foydalanish
o‘quvchilarning fikrlash   doirasini kеngaytiradi.
Voqеa-hodisalarga   munosabat   bildirish. O‘quvchilarning   mustaqil
fikrlashini   shakllantirishda   eng   samarador   usullardan   biri
sanaladi.Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   voqеa-hodisalarga   munosabat
bildirish   malakasi   hali   shakllanmaganligi   uchun   bu   usuldan   foydalanish
o‘qitvchilarga bir oz bo‘lsa-da,   qiyinchilik tug‘diradi. Har bir voqеa-hodisaga
munosabat   bildirishda   o‘quvchining   o‘zi   ijodiy   va   mustaqil   fikr   yuritadi.
Ma’lum   bir   voqеaga   o‘zining   ijobiy   yoki   salbiy   munosabatini   bildiradi.   Bu
jarayonda   o‘quvchining   so‘z   boyligi   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Agar
o‘quvchining   nutqida   ma’nodosh,   shakldosh,   uyadosh   so‘zlar   ko‘p   bo‘lsa,
voqеani   tasvirlash   jarayoni   rang-barang   bo‘lib,   ta’sirchanlik   oshadi.Mazkur
usulning vazifasi ham o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga   xizmat qilish.
Ushbu   usul   uchun   tanlanadigan   mavzular   bеvosita   o‘quvchilarning
o‘zlari   ishtirok   etgan,   o‘z   ko‘zlari   bilan   ko‘rgan   shu   bilan   birga,   ular   tasavvur
qila   oladigan   voqеa-hodisalar   bo‘lishi   lozim.   Masalan,   «Ta’tilda»,   «Mеning
maktabim»,   «Oila»,   «Do‘stlikda   hikmat   ko‘p»,   «1   sеntyabr   –Mustaqillik
kuni»,
«1 oktabr   –Ustoz   va   murabbiylar kuni»   va   hk.
So‘z   ma’nolari   ustida   ishlash. Boshlang‘ich   sinflarda   so‘z   ma’nolari
ustida   ishlash   zaruriy   hodisa   bo‘lib,   unda   kichik   maktab   yoshidagi
o‘quvchilarning   dunyoqarashi rivojlanadi hamda ular nutqida mavjud bo‘lgan 72noaniq so‘zlarga   aniqlik kiritiladi.
Boshlang‘ich   sinf   darsliklarida   ko‘plab   shu   yoshdagi   o‘quvchilar
tushunishi   qiyin   bo‘lgan   so‘zlar   uchraydi.   Masalan,   o‘jar,              vodiy,              chanoq,   
palak,              tarang      («Alifbе»),   daho,   nahor,   navqiron   dilbandi   (1-sinf   ona   tili
darsligi) ,   zarang, egat,   vahm, po‘lat qanotlar, nurli pеshona   (2-sinf),   samoviy,
nigoh   tashlab,   og‘och,   dovon,              sohil,              suruv,              bеpoyon,              jimit      (4-sinf).
Yuqoridagilardan   ma’lum   bo‘ladiki,   boshlang‘ich   sinflarda   so‘z   ma’nolari
ustida ishlash dolzarb muammo   ekanligi ayonlashadi.
So‘z   ma’nolari   ustida   ishlashda   o‘qituvchilar   har   bir   so‘zning   izohiga
alohida   e`tibor   bеrishlari   lozim.Ko‘p   ma’noli   va   bir   ma’noli   so‘zlarning
ma’nosini   tushuntirganda   mazkur   so‘zning   nutqda   qo‘llanish   holatiga   mos
gaplar   bilan   tushuntirilsa,   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   darsliklarida   ijodiylik,   o‘quvchini   mustaqil
ishlash   ko‘nikmasini shakllantirishga kеng ahamiyat bеrilgan. Mashqlar uchun
tanlangan   matnlar ham o‘qituvchidan yuksak bilim va mahorat talab qiladi. 4-
sinf   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   darsligi   (Mualliflar:   R.Ikromova   va
boshqalar.)da bеrilgan 100-mashqqa e`tibor   qaratsak: «Mazkur mashqda qo‘sh
undoshlar   va   ularning   qo‘llanishiga   oid   so‘zlar     bеrilgan».   Bеrilgan   so‘zlar
ichida 6
  «mashshoq   va   mashoq»   juftligi   ham   mavjud.   O‘qituvchi   yuqorida
kеltirilgan   so‘zlarning   imlosi   bilan   birga   ularning   ma’nosini   ham   izohlab
bеrishi   zarur.Ushbu   so‘zlarning   ma’nosini   izohlab   ko‘rsatishi   uchun
o‘qituvchida   yеtarli   bilim   bo‘lishi   lozim.   Bunday   mashqlar   o‘qituvchidan
«Izohli   lug‘at»lar   bilan   ishlashni   talab   etadi.   Dеmak,   «mashshoq»   dеyilganda
cholg‘uvchi,   sozanda   tushunilsa,   «mashoq»   bug‘doy   o‘rim-yig‘imidan   so‘ng
yеrga   to‘kilgan   boshoqlar   tushuniladi.   Mana   shunday   o‘quv   topshiriqlarini
bajarish   uchun                  o‘qituvchidan   puxta   bilim   va   mahorat   talab   etiladi.
Boshlang‘ich   sinf   darsliklarida   bunday   tipdagi   mashqlarni   istagancha   topish
mumkin.
6
  Tolipov   U.,   Usmonbekova   M.Pedagogik   texnalogiyalarning           tadbiqiy   asoslari.   T.:   Fan.
2009. 732.3..Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   fikrlash   qobiliyatini   faollashtirishga
mo‘ljallangan   topshiriq   turlari.
1-sinf
1- topshiriq
Quyida   bеrilgan   so‘zlarning   ma’nolarini   izohlang.
Sur`at-surat,   ta’na-tana,   shе`r-shеr,   sa’va-sava,   da’vo-davo.
2- topshiriq
Bеrilgan   so‘zlar   ichidan   uy   hayvonlarining   nomini   ajratib   yozing.
Qo‘y,   it,   yo‘lbars,   sigir,   tulki,   maymun,   ayiq,   buzoq,   echki,   sirtlon,
bo‘ri,   shеr,   chiyabo‘ri,   ot.
3- topshiriq
Alifbodagi   4,   7,   13,   18,   21,   24,   27-harflarning   bosh   hamda   kichik
shakllarini   yozing va   shu   harflarga   oid   uchtadan   so‘z   ayting.
4- topshiriq
“O‘qish”   darsligida   bеrilgan   “Ibn   Sino   haqida   rivoyat”   matnidan
avval   kim?,   kеyin   nima   qildi?   so‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘zlarni   ajratib   yozing.
5- topshiriq
Ustunlarda   bеrilgan   so‘zlarga   mosini   tanlab   yozing.
Tikuvchi ishlaydi
O‘quvchi bilim
manbai          Ot             suzadi
Qush kuylaydi
Xonanda kishnaydi
Baliq uchadi
Kitob o‘qiydi 74Ishchi tikadi
6- topshiriq
Nima   uchun   Malika,   Bobur,   Zarif,   Azim,   Sanobar,   Manzura,   Dilshod,
Muhammad,   Asad   kabi   so‘zlar   bosh   harf   bilan   yozilganligini   izohlab   bеring.
7- topshiriq
Narsalarning   shaklini   bildiruvchi   so‘zlarni   yozing.
Namuna:
uzunchoq  
8-topshiriq
Narsalarning   ta’m,   mazasini   bildiruvchi   so‘zlardan   o‘nta
yozing.   Namuna:   nordon
              9-topshiriq
Bеrilgan   matnni   davom   ettiring.
Bahor.Bahorda   hammayoq   yam-yashil   tusga   kiradi.   Kunlar   isiy   boshlaydi...
            10-topshiriq
Bеrilgan   gaplar   oxiriga   nima   uchun   nuqta,   so‘roq   bеlgilari
qo‘yilganligiga   izoh   bеring.
1. Mеning   bobomni   bilasizmi?
2. Ular   ovchilik   bilan   kun   kеchirar   ekan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishdan maqsad tilga oid
dastlabki   tushunchalar   bilan   tanishtirish   hamda   o‘quvchilarning   og‘zaki   va
yozma   nutqini   o‘stirishdir.   Nеgaki,   o‘quvchilarga   til   hodisalari   yaxshi
tushuntirilmasa,   kеlajakda   ularning   nutqiga,   dunyoqarashiga   ta’sir   ko‘rsatishi
mumkin.
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   so‘z   ma’nolari   ustida   ishlashga 75odatlanishi   zarur. 7
Chunki   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   ongida   barcha
so‘zlarning   ma’nolari   haqida   tasavvur   mavjud   emas.Bundan   tashqari,   ularda
abstrakt   tafakkurga   nisbatan   ko‘rgazmalilik   ustunlik   qiladi.O‘qituvchining
vazifasi   o‘quvchilarda   ko‘rgazmalilikka   tayangan   holda   abstrakt   tafakkurni
shakllantirishdir.Bu   ishni   maqsadga   muvofiq   tarzda   amalga   oshirish   uchun
so‘z   ma’nolari   ustida ishlash alohida ahamiyat kasb   etadi.
                              O‘tilgan darslar namunasi.
7
  Azimova.I,Mavlonova.K,Quronov.S,Tursunov.Sh,Karimova.M     Ona   tili   va   O‘qish
savodxonligi 1-sinf .Toshkent 2021.Respublika ta’lim markazi. 76ERTAK  O‘TISH DARSI NAMUNASI
Mavzu. 8
 Kumush qish.
O‘quv materiali. Rangin qorlar  (Olloyor).
Darsning maqsadi:
1. O‘quvchilaming qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish.
2. Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o‘rgatish.
3.   O‘quvchilaming   mustaqil   fikrlash   qobiliyatlarini   o‘stirish,   xotirasini
mustahkamlash.
4. O‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘quvchilar lug‘atini yangi so‘zlar bilan
boyitish.
Dars turi:  yangi bilim beruvchi, ertak o‘qish darsi.
Dars metodi:  izohli o‘qish, mustaqil ish metodi, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi:   qog‘oz, flomaster, elim, qisqich, qaychi, mikrotestlar, akvarium,
baliqlar, rag‘batlantirish uchun jetonlar.
Sinf   sharoiti .   O‘qituvchi   turli   usullar   bilan   o‘quvchilarni   guruhlarga   ajratadi.
Sinfdagi partalar doira shaklida qo‘yib chiqiladi.
Tashkiliy qism . Sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘linib o‘tiradilar.
O‘qituvchi  guruhlar bilimi  teng bo‘lishi  uchun qizil, ko‘k, oq, yashil, sariq rangli
doirachalardan   foydalanishi   mumkin.   Bir   xil   rangdagi   doira   egalari   bir   guruhni
tashkil   etishi   aytiladi.   Har   bir   guruh   o‘ziga   nom   tanlaydi.   Buning   uchun
o‘quvchilarni   darsga   hozirlash,   qiziqtirish,   harakatga   keltirish,   mavzuni   mustaqil
anglab yetishlari uchun
topishmoqlardan foydalanish lozim.
—  Topishmoqning javobini toping:
Elakdan un elandi
Supra unga belandi .  (qor)
8
  Azimova.I,Mavlonova.K,Quronov.S,Tursunov.Sh,Karimova.M     Ona   tili   va   O‘qish
savodxonligi 2-sinf .Toshkent 2021.Respublika ta’lim markazi. 77— Qor qaysi faslda yog‘adi?
— O‘ylang, bugun o‘iganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga   bo‘lim   nomi   —   „Kumush   qish“   yoziladi.   So‘ng   guruhga   qish
fasli bilan bog‘liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.
1-guruh ,,Qorparcha“, 2-guruh ,,Ayozbobo“ , 3-guruh ,,Qorbobo“ , 4-
guruh ,,Sumalak“ , 5-guruh ,,Qish“ deb nomlanishi mumkin. Har bir guruh a’zolari
o ‘zlariga sardor saylaydi.
Darsning borishi
I.   Chaqiruv   bosqichi .   Guruhlar   taqdimoti.   Bunda   har   bir   guruh   o‘z   nomining
ma’nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib ko‘rsatishi ham mumkin.
1-guruh   —  „Qorparcha“:   Men   qish   faslida   dunyoga  kelganman.   Qir-adir,
tog‘u tosh, dala-dashtda uchib, o ‘ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq
choyshab bilan o ‘rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo‘ron o
‘ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi.
2-guruh   -   ,,Ayozbobo“:   Men   issiq   havoni   sovutaman.   Yerlarni,   suvlami
muzlataman.   Men   tufayli   yaxmalaklar   paydo   bo‘ladi.   Bolalar   yaxmalakda
chang‘ida, chanada va konki uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo‘ladi.
3-guruh - „ Qorbobo   Men qish faslida bolalaming eng sevimli bobosiman.
Uzoq-uzoq   o‘lkalardan   ularga   yangi   yil   bayrami   sovg‘alarini,   qorqizimni   olib
kelaman.   Ularning   kuy-qo‘shiqlari,   o‘yin-kulgilari   jaranglagan   bayramni   birga
nishonlayman.   Men   tufayli   Ayozboboning   izg‘irinsovuqlarinisezmaydilar.   Men
ulargakuch-quwat   bag‘ishlayman.   Hammangizni   yangi   -   qutlug‘   yilingiz   bilan
tabriklayman.
4-guruh - ,,Sumalak“:  Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman.
Tomlaming   bo‘g‘otida   qishning   quyosh   nurlarida   yaltirab   turaman.   U   yerdan
bolalaming   o‘yin-kulgilarini   tomosha   qilaman.   Borib   bolalarga   qo‘shilib   o‘ynay
olmaganimdan   ko‘zlarimdan   chak-chak   yoshim   oqadi.   Shu   ko‘z   yoshlarim   bilan
yerning dardlariga malham bo‘laman. 785-guruh   -   „Qish":   Yuqoridagi   so‘zga   chiqqanlarning   barchasi   mening
dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman.
Dekabr,   yanvar,   fevral   oylari   mening   qo‘ynimda   yashaydi.   Ularning   har   biriga
yaxshi kunlarni – bayramlarni taqsimlab berganman.
8-dekabrda   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   kuni,   31-dekabrda
Yangi   yil   bayrami   nishonlanadi.   14-yanvar   Harbiylar   kuninibayram   qilinadi.   9-
fevralda   ulug1   bobomiz   Mir   Alisher   Navoiyning,   14-fevralda   Mirzo   Boburning
tavallud kuni nishonlanadi.
O‘qituvchi   o‘quvchilaming   javobini   umumlashtirib,   har   bir   guruhni
rag‘batlantiradi. Shu tarzda asarni o ‘qishga tayyorgarlik yakunlanadi.
II.   Anglash   bosqichi.   Bu   bosqichda   „Rangin   qorlar“   (Olloyor)   ertagi
(o‘qituvchi qismlarga bo‘lib kelgan bo‘ladi)ning har bir qismi guruhdagi yaxshi o
‘qiydigan o‘quvchilarga o‘qitiladi. „Ifodali  o‘qish"  musobaqasi  uyushtiriladi. Eng
yaxshi o‘qigan o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
Shundan   so‘ng   guruhlarga   asar   matni   ichda   o‘qishga   topshiriladi.Guruh
o‘quvchilariga quyidagi topshiriq beriladi:
—   Har   bir   guruh   o   'z   qismini   ichida   o‘qiyd   i.   Uning   mazmuniga   va
qahramonlariga doir savol-topshiriqlar tuzadi va konvertga solib uzatadi. Tuzilgan
savollar izohlanib, rag‘ba tlantirilib boriladi.
III. Fikrlash bosqichi . Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. O‘quvchilar o‘zlari tuzgan savollarga javob beradilar:
—  Qadimda qorbo‘ron qanday qorlar bilan o‘ynalgan? Nima
uchun?
— Bo ‘yoq bozori qancha yilda bir bo ‘lar ekan ?
— Nega qorlar oq rangda yog ‘ar ekan ?
—  Bahoroy qaysi bo 'yoqlarni xarid qilibdi ?
—  Kuz kelganda qozon larda qaysi bo ‘yoqlar bor edi?
— Qish kelganda qozonda qaysi b o ‘yoq qolgan edi?
— Yoz uyqudan uyg‘onib nimani o ‘ylab ketibdi?
— Yoz qaysi bo ‘yoqlarni olganini  о  ‘ylab toping. 79— Kuz qaysi bo ‘yoqlarni  о  ‘chirib, uning  о  ‘rniga qaysi bo ‘yoqlarni
surtib chiqdi?
— Qish o ‘z zahrini nimalarga sochadigan bo‘lib qolibdi?
2. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlanadi. Bularni barcha
guruh bajaradi. Gumhning faol ishtirokiga qarab ball qo‘yiladi.
3. O‘qituvchi „Kumush qish" va o‘qilgan asar yuzasidan tuzgan
test topshiriqlarini guruhlarga tarqatadi.
4. Qish fasli bilan bog‘liq maqol va topishmoqlar aytiladi:
Bahor, yoz, kuz qishlaydi, Qish paytida ishlaydi. (Pechka)
Qish yopingichingni qo‘yma, Yoz o‘zing bilasan. (Maqol)
5. O‘qituvchi sardorlar uchun asar matni yuzasidan savol-topshiriqlar
tuzib keladi. Bu savol-topshiriqlar konvertlarga solinib, guruhlarga
beriladi.
1 -guruh uchun .
— Ayozbobo deraza oynalariga qanday qilib naqshlar chizadi?
— „Qiyomiga kelib“ birikmasining ma’nosini izohlab bering (ayni
me`yoriga, maromiga yetgan holga kelgan).
2-guruh uchun.
—  Falak, libos so‘zini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkin?
(falak — osmon gumbazi, osmon, ko‘k; libos — kiyim, ust-bosh)
—  Bahoroyning gullari nomini sanab bering.
3-guruh uchun.
— ,,Shitob“ so‘zining ma’nosini izohlang (harakatning bajarilishidagi
tezlik)
— Saraton qaysi payt ekanini ayting.
4-guruh uchun.
— Bahor tabiatida yuz beradigan hodisalarni ayting.
— Z a ’far, zarg‘aldoq ranglar qanday rang? Ranglar ichidan olib
ko‘rsating. (zarg‘aldoq — to 'q sariq rang, za’far — sap-sariq, somon
rang). 805-guruh uchun.
— Qish chillasi necha kun va unga qaysi vaqt kiradi?
— Ertakda badiiy vositalardan nima ko‘proq qo‘llanilgan? (jonlantirish)
Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
Bunda quyidagicha savollar beriladi:
— Dars sizga yoqdimi? Nimasi yoqdi?
— Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
— Siz qishda tabiatni, tabiat ehsonlarini asrash uchun nimalar
qilyapsiz?
So‘ngra o‘quvchilaming umumiy ballari e`lon qilinadi.
Uyga vazifa:  ertak matnini ifodali qilib o‘qishga, unga reja tuzib,
shu reja asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.
HIKOYA O‘TISH DARSI NAMUNASI
Mavzu. 9
 Shirin qovunlar mamlakatida.
O‘quv materiali.  Qovun sayli (Sh. Sa’dulla).
Darsning turi:  yangi bilim beruvchi, hikoya o‘qish darsi.
Dars shakli:  Noan ’anaviy dars.
Asosiy   masalalar .   O‘quvchilaming   kuz   faslida   poliz   mahsulotlarini   yig‘ib
olishning   tartib-qoidalari,   dehqonchilik,   xalq   an   ’analari   haqidagi   tushunchalarini
boyitish, qovun turlari bilan tanishtirish, o‘qish malakalarini takomillashtirish.
Tayanch tushunchalar.  Qovun sayli, hashar, umbirvohi,  ко  ‘kalampish,
doniyor, qizilurug qo ‘zivoy.
Darsda   foydalaniladigan   ta   ’limiy   vositalar :   turli   qovun   rasmlari,   poliz
mahsulotlarini yig‘ib olish tasviri, test topshiriqlari.
Dars metodi : izohli o‘qish, tarmoqlash, muammoli o‘qitish metodi.
Darsning maqsadi:
9
  Azimova.I,Mavlonova.K,Quronov.S,Tursunov.Sh,Karimova.M     Ona   tili   va   O‘qish
savodxonligi 3-sinf .Toshkent 2022.Respublika ta’lim markazi. 811.   O‘zbekistonda   yetishtiriladigan   poliz   ekinlari,   qovun   sayli   haqida   o‘quvchilar
bilimini   boyitish.   2.   O‘quvchilarda   onayurtimiz   boyliklarini   asrash,   xalq
an’analarini hurmatlash va davom ettirish hissini tarbiyalash. 3. Lug‘atini boyitish,
nutqini o‘stirish, o‘qish malakalarini takomillashtirish.
Identiv o‘quv maqsadi:
1. Hikoya matnini to‘g‘ri, o‘quv sur’atiga mos, ongli va ifodali o‘qish.
2. Asar matni yuzasidan berilgan topshiriqlami yakka va juft bo‘lib bajarish.
3. Matn mazmunini qayta hikoyalash.
Darsning borishi
I. Da’vat bosqichi.
1. „Kuz" she`ri ifodali yod ayttiriladi va o‘qitiladi.
2.   O‘qituvchi   o‘quvchilaming   oldingi   darslarda   olgan   bilimlarini
mustahkamlash   maqsadida   kuz   haqida,   uning   noz-ne`matlari   haqida   suhbat
o‘tkazadi.
— O‘lkamizga kuz fasli kelganini nimalardan bilish mumkin?
— „Oltin fasl" matnidan tabiat tasvirini topib o‘qing. — Kuzda qaysi sabzavot va
mevalar pishadi?
— Stol ustidagi  uzum rasmlarini olib, nomini ayting (kishmish, husayni, hasayni,
charos, ...).
— Siz ojmaning qaysi navlarini bilasiz?
— Uzum nomlarini tarmoqlash usulida ko‘rsating.
Namuna: 823. Yangi mavzuni o‘rganishga o‘quvchilarni tayyorlash. Suhbat:
— Qovun qaysi turkumga kiradi? Sabzavotgami yoki mevalargami?
— Qovun nomlarini bilasizmi? Ularning nomlarini ham tarmoqlash usulida yozib
ko‘rsating.
— ,,Kuz“ she`rini kim yozgan?
— Sh. Sa’dullaning hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?
4. Sh. Sa’dullaning „Qovun sayli" hikoyasi bilan tanishtirish.
Hikoyaning birinchi darsga mo‘ljallangan qismi o‘qib beriladi yoki
magnit tasmasi orqali eshittiriladi.
5.   Kichik   guruhlar   bilan   ishlash.   O‘quvchilar   4-guruhga   bo‘linadi.
O‘quvchilar   1,   2,   3,   4   deb   sanaydilar.   O‘z   raqamlari   bo‘yicha   guruhlanib,stol
atrofiga o‘tiradilar.
Har  bir  stol   atrofidagi   o‘quvchilarga  hikoyaning qismlari   bo‘lib  beriladi   va
topshiriqlar konvertlarda uzatiladi.
1-topshiriq. Guruhingizga nom qo‘ying. Uni ta ’riflang.
/-  ,,Handalak“ guruhi .  Handalak bahor faslining oxirgi oyida erta
pishadi. Odamlar uni sog‘inib kutishadi. Handalak dumaloq, uning
hidi yoqimli, o‘tkir bo‘ladi. Ustki qismi serto‘r, mazasi tilni yorar
darajada shirin bo‘ladi.
2- „Qo‘zivoy“ guruhi .  Qo‘zivoy tezpishar tarvuz turi. U 95—100DAROYI	HUSAYN	
I	
UZUM
(navlari)	
OQ 	
CHILLAKI	
CHAROS	BUVAKI 83kunda yetiladi. Unda 12 foiz qand moddasi bor. Tarvuz buyrak va
sariq kasalligiga davo bo‘ladi.
3 - „Kishmish"guruhi.  Kishmish uzumning bir turi. U qora va oq
ranglarda bo‘lib, danaksiz va juda shirin bo‘ladi.
4. „Doniyor “ guruhi.  Doniyor — qovunning bir turi. U juda shirin
qovun bo‘lib, ustida yashil va sariq rangli yo‘li bor.
II. Anglash bosqichi . Hamma guruhga bir xil topshiriq beriladi:
1-topshiriq.
—  Berilgan qismni, to ‘g ‘ri va ifodali o ‘qishga tayyorlaning. Ma’nosi
tushunarsiz so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozing. Asosiy fikrni
aniqlang.
2 -topshiriq.
1. O‘qigan qismingizni matnga yaqinlashtirib qayta hikoya qilib
bering.
2. Ma’nosi tushunarsiz so‘zlaming ma’nosini izohlashga harakat
qiling.
3. O‘z qismingizdagi ko‘chma ma’noli so‘zlarni toping va izohlang.
4. O‘qigan qismingizga sarlavha qo‘ying va daftaringizga yozing.
Guruhlar ishlaridan namunalar:
„Handalak" guruhi . Lug‘at ishi:
— qovun boshiga — boshiga ko‘chma ma’noda;
— bejirim — ixcham;
— serto‘r — po‘stida taram-taram chiziqlari bor.
Sarlavha: „ Bolalik xotiralari ".
„Qo‘zivoy“ guruhi . Lug‘at ishi:
—Dasturxon yozdilar — „yozdilar" „yoydilar" ma’nosida;
— yozdi — xat yozdi — shakldosh so‘zlar;
— o‘choq boshi - „boshi" so‘zi ko‘chma ma’noda;
Savlavha: „ Qovunxo ‘rlik
„Kishmish" guruhi . Lug‘at ishi: 84— karch — qovun yoki tarvuz qismidan ko‘ndalangiga kesilgan qism;—tilni
yoray deydi — ibora, o‘ta shirin ma’noda; —   kosa   —   ko‘chma   ma’noda,
qovunning 4 dan 1 qismi.
Sarlavha. „ Tog ‘amning fikri ".
„Doniyor“ guruhi.  Lug‘at ishi:
— oy chiqdi — „chiqdi" ko‘chma ma’noda, „ko‘rindi" ma’nosida;
—  quloq solinglar — eshitinglar;
— qovun dum beryapti - „pishdi" ma’nosida.
Savlavha. „Tungi voqealar
O‘quvchilar hamma guruhning lug‘atini va topgan sarlavhasini
daftarlariga yozib boradilar.
O‘quvchilar aniqlamagan so‘zlarni o‘qituvchi aytib, izohlab
beradi.
Ifodali o‘qish va qayta hikoyalash mashqi.  Har bir guruh o‘z qismini
o‘qib, gapirib beradi.
Rollarga bo‘lib o ‘qitish da har bir guruhdan o‘quvchilar tanlanadi.
(Tog‘a, muallif, Hasan, Zuhra)
III. Fikrlash bosqichi .
1. Darslikdagi savol-topshiriqlar bilan ishlash.  Har bir guruh
asar   matni   ostida   berilgan   1-,   2-,   3-,   5-   savollarga   javob   beradi.O‘quvchilarga
qo‘shimcha savollar beriladi:
—   O‘zbek xalqining kuz faslida  о  ‘tkaziladigan qaysi an ’anaviy bayramlarini
bilasiz?
—  „Qovun sayli “da qanday ishlar qilinadi?
Javob   namunasi .   O‘zbek   xalqining   kuzda   o‘tkaziladigan   „Hosil   bayrami",
„Qovun   sayli"   kabi   ko‘pgina   bayramlari   bor.   „Qovun   sayli"   qovunlar   ayni   g‘arq
pishgan   pallada   o‘tkaziladi.   „Qovun   sayli“da   qovunlar   aytishuvi   ham   bo‘ladi.
Bunda har bir qovun o‘zini ta’riflaydi, maqtaydi. Saylga yig‘ilgan odamlar qovun-
tarvuzlarni   uzib,   yig‘ib   olishga   yordam   beradi.   Bunda   odamlar   pishib   ketgan 85qovunlarni   so‘yib,   qovun   qoqi   qiladilar.   Qishki   qovunlarni   osib   qo‘yish   uchun
to‘rva xaltalar to‘qiydilar. Bularning hammasi dehqonga ancha yordam bo‘ladi.
2. Reja tuzish . Har bir guruh o‘z qismiga reja tuzadi.
Reja namunasi:
1. Tog‘amning taklifi.
2. Cho ‘Idagi qovun polizlari.
3. Qovunxo‘rlik.
4. Hasan va Husan chaylada.
5.  Tungi voqealar.
3.   Reja   asosida   hikoyaning   1-bo‘limini   to‘liq   qayta   hikoya   qilish
musobaqasi.
4. Test topshiriqlari ustida ishlash.  Har bir guruhga konvertda test
topshiriqlari beriladi.
Test namunalari:
I. Qovun nomlari berilgan qatorni toping.
A) Bo‘rikalla, doniyor, bosvoldi
B) Hasayni, chillaki, kishmishi
C) Qizilurug‘, ko‘kalampish
3. Hasan, Husan, Fotima, Zuhra qaysi asar qahramonlari?
A) „Oltin fasl“
B) ,,Xarita“
C) „Qovun sayli“
4. Darsda o ‘rganilganlami umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa
chiqarish.
—   Fasllar   va   dehqonchilik   bilan   bog‘liq   qanday   an’analami   bilasiz?
O‘zingiz shunday an’analarda ishtirok etganmisiz?
— An’analami saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish kerak?
5. Uyga vazifa . Asarning birinchi bo‘!imini ifodali o ‘qishga tayyorlanib,
matn yuzasidan savollar tuzib kelish.
6. Guruhlarning to‘plagan ballarini e`lon qilish.  Bunda to ‘plangan 86ballar   e`lon   qilinadi   va   har   bir   guruhda   faol   ishtirok   etgan   o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi. 87                                                     XULOSA
O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z
vaqtida   to‘g‘rilab   borish   zarur.   O‘quvchi   yo‘l   qo‘ygan   xatosining   to‘g‘ri
variantini   o‘zlashtirsin,   imkoni   bo‘lsa,   xatoning   kelib   chiqish   sababini
tushunsin.   Xatoni   to‘g‘rilashning   eng   foydali   usuli   yo‘l   qo‘ygan   xatosini
o‘quvchining   o‘zi   to‘g‘rilashi   hisoblanadi.   O‘quvchi   xatosini   to‘g‘rilay
olmasa,   uni   o‘qituvchi   to‘g‘rilaydi.   Xato   turiga   qarab   to‘g‘rilanadi:   gap   yoki
so‘z   birikmasi   qayta   tuziladi,   so‘z   boshqasi   bilan   almashtiriladi,   zarur   so‘z
qo‘shiladi,   ortiqchasi   ustidan   chiziladi.
Ertak   va   hikoya   yoki   uni   tahlil   qilish   darsida   xatolar   ustida   ishlash
maqsadi   uchun   darsning   ikkinchi   qismi   –   20-25   minuti   ajratiladi.   O´qituvchi
o‘quvchilar   ertak   va   hikoya   yoki   uni   qanday   yozganlari   haqida   qisqa
tushuncha   berib,   eng   yaxshi   yozilgan   matnni   o‘qib   beradi,   mazmundagi,
mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va   nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo‘l
qo‘yilgan   xatoni   to‘g‘rilash   yo‘li   tushuntiriladi.   Shundan   so‘ng   xato   ustida
birgalikda   ishlanadi:   o‘qituvchi   yo‘l   qo‘yilgan   xatoning   bir   turini   to‘g‘rilash
yuzasidan   topshiriq   beradi:   «Noo‘rin   ishlatilgan   so‘zni   boshqasi   bilan
almashtiring».   Xatosi   bor   matnni   o‘qib   yoki   yozib   beradi,   o‘quvchilar   yo‘l
qo‘yilgan   xatoni   topadilar,   maqsadga   muvofiq   so‘z   bilan   almashtirib,   uni
to‘g‘rilaydilar   va   tushuntiradilar.
Ayrim   o‘quvchilar   yo‘l   qo‘ygan   individual   xatolar   darsdan   tashqari
vaqtda,   qo‘shimcha   mashg‘ulot   jarayonida   to‘g‘rilanadi.   O´quvchi   bilan
individual   suhbatda   ham,   sinfda   jamoa   bo‘lib   ishlash   jarayonidagi   kabi,
bolalarning aqliy   faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay,
balki uni to‘g‘rilashi   va   tushuntirishiga erishish   muhimdir.
Grammatik   mavzuni   o‘rganishda   o‘quvchilar   yo‘l   qo‘yishi   mumkin
bo‘lgan                  xatoning   oldini   olish   uchun   mazkur   mavzu   ularga   qanday
imkoniyatlar   yaratishi   tushuntiriladi.   Masalan,   «Olmosh»   mavzusini
o‘rganganda,   kishilik   olmoshlarining   takrorlangan   so‘zlar   o‘rnida   qanday
ishlatilishi   o‘quvchilarga   misollar   bilan   tushuntirilsa,   ular   ham   ertak va hikoya 88yozishda   shunga   rioya   qiladilar.
             10
  O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyati 
uch   asosiy   omilga   bog‘liq:
 birinchidan,   so‘zga   e`tibor   bilan   munosabatda   bo‘lish,   bolalarning
ko‘p   mutolaa   qilishi,   atrofidagi   kishilarning   to‘g‘ri   va   ifodali
nutqi,   ya’ni   nutqiy   sharoit;
 ikkinchidan,   bolalarning   nutqiy   tajribasi   qanday   tashkil   etilishi;
 uchinchidan,   nutq   o‘stirishda   o‘qituvchining   til   nazariyasiga,
grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish
ko‘nikmasiga   bog‘liq.
10
 Abdullayeva   K.   Nazarov   K.   YO‘ldosheva   Sh.   Savod   O‘rgatish   darslari.   T.:   O‘qituvchi.2006. 89FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR:
1. Sh.M.Mirziyoyev   ,,Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz’’-T.: O‘zbekiston,   2021.-56b.
2. Sh.Mirziyoyev ,,Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi’’2022
3. O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»   qonuni.   T.:
2022.
4. Boshlang‘ich   sinflarning   takomillashtirilgan   davlat   ta’lim
standarti.   Boshlang‘ich ta’lim. 2006,   5-   son.
5. Azimova.I,Mavlonova.K,Quronov.S,Tursunov.Sh,Karimova.M
Ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   3-sinf   .Toshkent   2022.Respublika   ta’lim
markazi.
6. Azimova.I,Mavlonova.K,Quronov.S,Tursunov.Sh,Karimova.M
Ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   2-sinf   .Toshkent   2021.Respublika   ta’lim
markazi.-128 b.
7. Azimova.I,Mavlonova.K,Quronov.S,Tursunov.Sh,Karimova.M
Ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   1-sinf   .Toshkent   2021.Respublika   ta’lim
markazi.-128 b.
8. Husanboyeva   Q.   Adabiyot   darslari   estetik   dunyoqarashni
shakllantirish omili sifatida. //Uzluksiz ta'lim, 2007. 4-son 61-63 b.
9. Abdullayeva   K.   Nazarov   K.   Yo‘ldosheva   Sh.   Savod   o‘rgatish
darslari .   T.:   O‘qituvchi.2019.
10. G‘apparova   T.,   Shodmonov   E.,   Eshturdiyeva   G.   Alifbe   .(
Savod   .)   ”   T.:   “O‘qituvchi   ”2009.
11. Safarova   R.   va   boshqalar   “Alifbe   ”   T   .,   2010.
12. G‘ulomov   M.   Yozuv   daftari.   T.,   Ma’naviyat.   2020.
13. Safarova   R.   Va   b.   Savod   o‘rgatish.   T.:   Ma’naviyat.   2019.
14. Qosimova   K,   Matchonov   S,G‘ulomova
X,Yo‘ldoshovaSh,Sariyev   Sh,   Ona   tili   o‘qitish   pedagogikasi
Toshkent ,,Nosir’’nashriyoti 2020 9015. Tolipov   U.,   Usmonbekova   M. Pedagogik
texnalogiyalarning        tadbiqiy   asoslari.   T.:   Fan.   20021.
16. Yuldoshev J.G., Usmonov S.A. Pedagogik
texnologiya             asoslari.,   T.: O‘qituvchi.   2020
17.   Madayev   O.   va   boshq.   Yozma   ish   turlari:   insho,   bayon,
diktant. -T.
18. Husanboyeva   Q.   Adabiy   ta'lim   jarayonida   o‘quvchilarni
mustaqil   fikrlashga   o‘rgatishning   ilmiy-metodik   asoslari.   Ped.   fan,
doktori... diss. - T.:2006.-242 b.
Internet tarmoqlari
WWW.pedagog.uz
WWW.samdu.uz
www.Google.uz 91                                                        
MUNDARIJA
 KIRISH .................................................................................................................... 2
I.BOB.ERTAK VA HIKOYA YOZISH MALAKASI VA UNI 
SHAKLLANTIRISH USULLARI. ........................................................................ 6
1.1Ertak va hikoya yozishda xatolarning kelib chiqish sabablari hamda xatolar ustida ishlash. .............. 6
1.2Ertak va hikoya mavzusi va unlarni yoritish uslubiyati. ...................................................................... 9
1.3.Yozma va og‘zaki ertak hamda hikoya turlari. ................................................................................ 14
II.BOB.O‘QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATINI 
FAOLLASHTIRISHDA IJODIY ISHLARNI TASHKIL ETISH 
MUAMMOLARI ................................................................................................... 32
2..1Boshlang‘ich sinflarda ijodiy ishlarni tashkil etish orqali o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini 
faollashtirish. ......................................................................................................................................... 32
2.2Boshlang‘ich sinflarda ijodiy ishlarni tashkil etish orqali o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini 
faollashtirish .......................................................................................................................................... 38
Ijodiy ishlarni tashkil etishga oid kuzatilgan darslar taqsimoti ....................... 39
Yangi o‘quv matеrialini o‘rgatish va mustahkamlash darslarida ijodiy ......... 40
2.2.Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish vositalari. .................................................... 43
2.3..Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini faollashtirishga ........................................ 73
mo‘ljallangan topshiriq turlari. .............................................................................................................. 73
1-sinf ........................................................................................................................ 73
2- topshiriq ............................................................................................................. 73
3- topshiriq ............................................................................................................. 73
4- topshiriq ............................................................................................................. 73
5- topshiriq ............................................................................................................. 73
6- topshiriq ............................................................................................................. 74
7- topshiriq ............................................................................................................. 74
 9-topshiriq ............................................................................................................. 74
 10-topshiriq ........................................................................................................... 74
 O‘tilgan darslar namunasi. .................................................................................. 75
 XULOSA ............................................................................................................... 87
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: ............................................................. 89
................................................................................................................................. 91
KIRISH ...................................................................................................................... 3 92I.BOB.ERTAK VA HIKOYA YOZISH MALAKASI VA UNI 
SHAKLLANTIRISH    USULLARI. ....................................................................... 7
1.1Ertak va hikoya   yozishda   xatolarning   kelib   chiqish   sabablari   hamda  
xatolar   ustida    ishlash. ........................................................................................... 7
1.2Ertak va hikoya   mavzusi   va   unlarni   yoritish   uslubiyati. ................................. 10
1.3.Yozma   va   og‘zaki   ertak hamda hikoya turlari. .............................................. 15
II.BOB.O‘QUVCHILARNING   FIKRLASH   QOBILIYATINI  
FAOLLASHTIRISHDA   IJODIY   ISHLARNI TASHKIL   ETISH  
MUAMMOLARI ................................................................................................... 33
2..1Boshlang‘ich   sinflarda   ijodiy   ishlarni   tashkil   etish   orqali   o‘quvchilar  
fikrlash qobiliyatini   faollashtirish. ....................................................................... 33
2.2Boshlang‘ich sinflarda ijodiy ishlarni tashkil etish orqali   o‘quvchilar   fikrlash  
qobiliyatini   faollashtirish ...................................................................................... 38
2.3..Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   fikrlash   qobiliyatini   faollashtirishga . . . 72
mo‘ljallangan   topshiriq   turlari. ............................................................................ 72
O‘tilgan darslar namunasi. ................................................................................... 75
XULOSA ................................................................................................................ 86
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR: ............................................................. 88

1Boshlang‘ich sinflarda ertak va hikoya yozishga o‘rgatish usullari REJA: KIRISH. ASOSIY QISM. I.BOB .ERTAK VA HIKOYA YOZISH MALAKASI VA UNI SHAKLLANTIRISH USULLARI. 1.1. Ertak va hikoya yozishda xatolarning kelib chiqish sabablari hamda xatolar ustida ishlash. 1.2. Ertak va hikoya mavzusi va ularni yoritish uslubiyati. 1.3. Yozma va og‘zaki ertak hamda hikoya turlari. II.BOB .O‘QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATINI FAOLLASHTIRISHDA IJODIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI. 2.1. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy ishlarni tashkil etish orqali o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini faollashtirish. 2.2. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish vositalari. 2.3.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini faollashtirishga mo‘ljallangan topshiriq turlari. O‘TILGAN DARSLAR NAMUNASI. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. 1 Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ona tili o‘qitishga katta ahamiyat bеrila boshlandi. Bunda 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan «O‘zbеk tiliga davlat maqomi bеrilishi» fikrimiz isbotidir. Ta'lim sohasidagi bu o‘zgarishlar ona tili o‘qitish mеtodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga kеltirdi. Bu yangiliklardan ko‘plari ommaviy maktablarda amalga oshirilmoqda, ba'zilari hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov davrida, birinchidan, o‘quvchiga, uning darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi o‘quv mеhnatiga, u duch kеlayotgan qiyinchiliklarga, uning ko‘nikma, faoliyat, malakalarini va rishojlanish qonuniyatlarini o‘rganish mеtodikasiga ko‘proq ahamiyat bеrilmoqda o‘qituvchi va o‘quvchi mеhnati haqidagi fanga aylantirilmoqda. Ikkinchidan, ta'lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mustaqilligini va o‘quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda. Uchinchidan, mavjud ta'lim tizimidagi tеkshirishlar bilan bir qatorda o‘qitishning istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish maqsadida ham tekshirishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, fan sifatida ona tili o‘qitish mеtodikasining o‘z prеdmеti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo‘lib, bir qator fanlar o‘rtasida uning ma'lum o‘rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Til fikrni shakllantirish va insho qilish, taassurot, his, kеchinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir.Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta'sirchan ifodalanadi.Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kеlab chiqadi. Savod o‘rgatish darslari o‘qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish darslari boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha predmet dasturlarining bo‘limlari 1 Sh.M.Mirziyoyev ,,Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’ 2021

3bilan bevosita bog‘liq. O‘qish darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi. Ertak va hikoya - ijodiy ish: o‘quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, ertak,hikoya kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga, o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi. Ertak va hikoyada til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‘shiladi. O´quvchi ertak va hikoyani u mustaqil, ijodiy xarakterda bo‘lgani, «o‘ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi va ertagiga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish, aqliy, ijodiy o‘sishiga mo‘ljallangan dasturga o‘tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o‘sdi. Og‘zaki va yozma ertak hamda hikoyaga o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o‘z hikoyasini aniq fikrga bo‘ysundirish, material to‘plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan hikoyasini takomillashtirish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imloviy va husnixatga doir matnni abzaslarga bo‘lish, xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og‘zaki va yozma ertak,hikoya material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Tadqiqotning maqsadi. Savod o‘rgatish mashg‘ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning

4samarali usullarini shakllantirish, ertak va hikoya yozish orqali o‘quvchilarning aqliy va ijodiy faolligini oshirish bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning vazifasi: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib: 1. Bitiruv malakaviy ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy- pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish. 2. Savod o‘rgatish mashg‘ulotlari o‘qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish. 3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida Savod o‘rgatish mashg‘ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb muammo ekanligini aniqlash. 4. Savod o‘rgatish darslari o‘qish mashg‘ulotlariga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. Tadqiqotning metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida’gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz asarlari va ma’ruzalarida ijro qilingan ta’limni isloh qilish, boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy-metodik manbalar. Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati. Ushbu Bitiruv malakaviy ishini bajarish natijasida boshlang‘ich sinflarda Savod o‘rgatish darslari kichik yoshdagi o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas

5qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq o‘gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutqning tovush madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan turli o‘quv pretmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, har bir bobda uchtadan qism, o‘tilgan dars namunalari, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.