BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA ZAMONAVIY DARSLIKLARNING MAZMUN MOHIYATI
BOSHLAN G‘ICH TA'LI MDA ZAMON AV IY DARSLIKLARN IN G MAZMUN MOHIY ATI MUN DA RIJ A KIRISH … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … ..4 I BOB. BOSHLA N G ‘ ICH TA 'LIMDA ZA MON A VIY DA RSLIK - LA RN IN G ROLI VA AHA MIY A TI … … … … … … … … … … … … … … … … ..7 1.1. “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” darsliklarining tuzilishi…………7 1.2 Darsliklarning mazmuni, maqsadi va ularni o‘rgatish usullari………..18 II BOB. ON A TILI VA O ‘ QISH SA VODX ON LIGI DA RSLIGIDA GI MA TERIA LLA RN IN G MA ZMUN I, TUZILISHI, O‘ RGA TISH USULLA RI … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … .34 2.1. “Ona tili” darsliklarida berilgan savol va topshiriqlarning mazmuni…………………………………………………………………………34 2.2. “O‘qish savodxonligi” darsligidagi matnlarning turlari, xususiyatlari, o‘rgatilish usullari……………………………………………………………… 40 2.3. “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” darsliklarini o‘rgatish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari tahlili ………………………………………….55 UMUMIY X ULOSA … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … 62 FOY DA LA N ILGA N ADA BIY OTLA R RO ‘ Y X A TI … … … … … … ...63 1
KIRISH Bit iruv malak av iy ishining dolzarbligi . O‘zbekiston Respublikasi eng oliy ne’mat bo‘lmish mustaqillikka erishgandan so‘ng, turli sohalarni rivojlantirish barobardida ta’lim sohaga alohida e’tibor qaratdi desam adashmagan bo`laman. Chunki har qanday mamlakatning kelajagi uning ta’lim tizimiga, yuqori malakali kadrlarga bog‘liq ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarini yangicha tartibda namoyon bo‘lishini taqozo etadi. An’anaviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo‘lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa, ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko‘lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. O`zbekiston respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimining 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida “Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini 2
sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish va xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish kabi vazifalar asosiy vazifalar sifatida belgilab berildi. [I. 2] Ushbu vazifalarni inobatga olgan holda boshlang‘ich ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish o‘quvchilarning fanlardan o`zlashtirish sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidentining Farmoniga binoan tasdiqlangan xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga binoan O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan. Shuningdek, konsepsiyaga muvofiq, quyidagilar amalga oshirilashi belgilandi: • xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish; 3
• yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish; • Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish. Hozirda respublikamiz umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida zamonaviy darslikklarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarda fanlar bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga o`rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta’minlash, ularni qo`llay olish ko`nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Boshlang`ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi o‘qitishda nazariy bilimlar, amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va o‘zlashtirishni muhim o‘rin tutadi. Shu sababli o‘qituvchilar tomonidan har bir darsda yangi materialni o‘quvchilarga o`rgatish bilan bir qatorda ularda ko‘nikma va malakalarni mukammalashtirish ishlari olib boriladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida berilgan zamonaviy topshiriqlar o‘quvchilarni og‘zaki va yozma bilish malakalarini egallashlariga, mantiqiy fikrlashga hamda ularni kelgusida o`quv faoliyatida muvaaffaqiyatli qo`llashlari uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarini o‘qitish usullari o`ziga xos xususiyatlarga ega, ularni o`zaro aloqadorlikda va 4
o‘quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo‘shgan holda o‘qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bit iruv malak av iy ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda o`quvchilariga zamonaviy darsliklardan foydalanib dars o‘tishda zamonaviy metodlardan foydalaninshning o‘rnini asoslab berish ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarini o‘rgatishning samarali yo‘llari, metodlari haqida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. Bit iruv malak av iy ishining v azifalari: 1. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o`qitishning hozirgi zamonaviy darsliklar holatini aniqlash; 2. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini aniqlash va amaliyotga tadbiq etish; 3. To‘plangan ma’lumotlar asosida zamonaviy darsliklarni o‘rgatishning uslubiy tavsiyanomalarini ishlab chiqish. Bit iruv malak av iy ishining oby ek t i: Boshlang`ich sinflarda zamonaviy darsliklar (“ona tili” va “o‘qish savodxonligi” darsliklari) ustida ishlash jarayoni. Bit iruv malak av iy ishining predmet i: Boshlangich sinfda zamonaviy darsliklar (“ona tili” va “o‘qish savodxonlihi”) mazmun mohiyati, shakli, vosita va usullari. 5