CHET EL PSIXOLOGIYASIDA SHAXS NAZARIYALARI
CHET EL PSIXOLOGIYASIDA SHAXS NAZARIYALARI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………... …................................ 3 I BOB. Psixologiyada shaxs tushunchasi va muommolari……………………………………. 5 1.1 Psixologiyada shaxs muommosi………………………….…....……… 5 1.2 Psixologiyada shaxsni o rganishga qaratilgan nazariyalar…...ʻ ……………....…................ 9 II BOB. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari ………………………... 14 2.1 Chet el psixologiyasida shaxsga doir nazariyalar................................................ 14 2.2 Hozirgi zamon psixologiyasida shaxs muommolari....................................... 24 XULOSA............................................................................................. ...... 28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………… ………. 2 9 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi , insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta-sekin shxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni , jamiytni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub’ektiga aylanmoqda . Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi , ya’ni shaxs , individ , individuallik tushunchaalarining o’zaro bog’liqligi mavjudmi ? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi . Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim . Shaxsning eng muhim xususiyatlaridan biri uning – individualligidir . Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi . Individuallik kishining o’ziga xosligini , uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir . Individuallik tarkibiga xarakter , temperament , psixik jarayonlar , holatlar , hodisalar , hukmron xususiyatlar yig’indisi , iroda , faoliyat motivlari , inson maslaaagi , dunyoqarashi , iqtidori , har xil shakldagi reaksiyalar , qobiliyatlar va shu kabilar kiraadi . Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabligini o’zida mujassam etadi . Uni har tomonlama o’rganish maqsadida me’yorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat , bebaho qadriyat deb hisoblangan . Inson shaxs sifatida komillikka intiladi , hayot mazmunini boyitadi , shu asosda kishilik jamiyatining go’zal va farovon bo’lishiga ehtiyoj sezadi . 2
Shaxsning hayot taarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot ne’matlaridan to’la foydalanishga haqli . Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ko’rinishi , oliy maqomidir . Har qanday odam tabiiy mavjudligiga , yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega bo’lgan jonzotdir . Biroq u hamma vaqt ham to’laqonli shaxs bo’lib yetilmasligi mumkin . Tadqiqotning maqsadi: Ilmiy adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlarini tahliliy o’rganish asosida chet el psixologiyasida shaxs nazariyalarini o’rganish . Tadqiqotning obyekti: Shaxsga oid nazariyalarning chet el psixologlari tomonidan tahlili . Tadqiqot predmeti: Psixologiyada shaxs nazariyalarining chet el psixologiyasidagi tahlili jarayoni . Tadqiqotning vazifalari 1. Mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar , darslik va o’quv qo’llanmalar hamda ilmiy maqolalarni tahliliy o’rganish; 2. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalarini yoritish; 3. Shaxs nazariyalarini tahlil qilish va ularni o rganish;ʻ Tanlangan metodikalar: 1. Tahlil metodi . 2 Qiyosiy tahlil metodi . 3 O’rganish metodi. 3
I BOB. PSIXOLOGIYADA SHAXS TUSHUNCHASI VA MUOMMOLARI 1.1.Psixologiyada shaxs muommosi Shaxs psixologiyasi muammosi qadimdan mavjud. Bu muammo Suqrot davrida ham hozirgidek dolzarb bo’lgan. Shaxs psixologiyasi barcha gumanitar sohalarning predmeti hisoblanadi. Shaxs psixologiyasi – shaxs individualligini o’rganadigan psixologiyasining sohasi hisoblanadi. Psixologiyaning har bir sohasi shaxsni o’rganishda o’z hissasini qo’shadi. Amalga oshirilgan ko’p sonli tadqiqotlar natijasida shaxs psixologiyasi rivojlanib bormoqda. Psixologiyaning ushbu sohasi psixologik bilimlarni analitik prinsiplar asosida tushuntiradi. Analitik prinsiplarni qo’llash aniq ilmiy qiziqishlarning u yoki bu psixologik omillarini tahlil qilishni bildiridadi. Xuddi shunday, psixologiyaga oid mustaqil fanlar sifatida hissiyot psixologiyasi, motivatsiya psixologiyasi, idrok psixologiyasi, tafakkur va boshqalar, shaxs psixologiyasiga ajratiladi. O’rganish predmetidan biri shaxs hisoblanadi. Shaxs nima? Bu so'z insoniyat madaniyatida taxminan 300 yil oldin paydo bo'lgan. J.Brunerning fikricha, XVIII asrga borib taqaladigan "o’z-o'zi" tushunchasidan foydalanishni "shaxs" tushunchasining kelib chiqishining belgisi deb hisoblash mumkin. Ayni paytda, ispan faylasufi Baltazar, 17 asrda "shaxs" tushunchasini butunlay zamonaviy ma'noda ishlatadi. Psixologiyada shaxsning ko'plab ta'riflari mavjud. 4
Bu ta'riflarning ko'pchiligi uyg’unlik, belgilar tizimi, birlik, barqarorlik, ijtimoiylik, identiklik, individuallik (yaxlitlik, o'ziga xoslik), ichki Men (avtonomiya, ijodkorlik) kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Ko'pincha shaxs ong va o'zini anglash orqali namoyon bo’ladi. Shveytsariyalik olim Rishar Meyli: “Shaxs deganda, har bir insonni tasniflaydigan psixologik xususiyatlarning yig’indisini tushunamiz. Kengroq ma’noda, shaxs termini xarakter, temperament, qobiliyatni o’z ichiga oladi”. Lekin shaxs – bu faqatgina xususiyatlarning yig’indisi emas. Gap quyidagi xususiyatlar o'zaro ta'sirda o'ziga xos psixologik markazni, psixikaning o'ziga xos sifati, menlik, o'z individual xususiyatlarini anglashni yoki A.Maslou, E.Erikson va boshqa psixologlar tasdiqlagan xususiyatlar haqida bormoqda. Bundan kelib chiqib, SHAXS deb o’zining menligiga ega bo’lgan, o’z irodasi orqali o’zini boshqara oladigan va hatti-harakatini nazorat qila oladigan odamga aytiladi. 20 asrning boshlarida rus psixiatri P.P.Viktorov shaxs tushunchasini o’z-o’zini anglash va ong (anglash) bilan bog’ladi: “Shaxs, individuallik, Men psixologlarda tananing ichki muhitga munosabatni his qilish hamda tashqi muhitga nisbatan munosabatni his qilish”. Psixolog F.Barron: “Inson shaxsining farqli jihati fikrlashga va masalalarni hal qilishga qodir ongning mavjudligidir ”. Sotsiolog Ya.Shepanskiy : Ijtimoiylashuv jarayonida individ o’zining shaxsiy ongini va shaxsiy Menini yaratadi. Har bir inson oilada, kasbiy faoliyatida, do’stlar davrasida va h.k. da bajariladigan ijtimoiy rollarning miqdorini his qiladi. Har bir inson o’z-o’zini tahlil qiladi, xuddi boshqalarga murojaat qilgani kabi o’ziga murojaat qiladi. Shaxs psixologiyasi - bu shaxsni va turli individual jarayonlarni o'rganadigan psixologiya sohasi hisoblanadi. Shaxsning borliq, hayot, jamiyat va atrofdagilar bilan bo'lgan munosabatlarining yaxlit tasvirini yaratishga urinishga 5