Chiziqli differensial tenglamalar sistemasini matritsaviy usulda yechish
Chiziqli differensial tenglamalar sistemasini matritsaviy usulda yechish MUNDARIJA Kirish......................................................................... 3 I Bob. Differensial tenglamalar sistemasining umumiy yechimini Jordan formasi yordamida topish. 1.1-§. Matritsaning Jordan formasi................................................5 1.2-§. Xos vektorlar va Jordan zanjiri............................................6 1.3-§. Xos vektor va mos yechimlarni topish..................................8 II Bob. Jordan matritsasi yordamida bir jinsli chiziqli differensial tenglamalar sistemasini yechish. 2.1-§. Ikki noma’lumli tenglamalar sistemasini yechish...............31 2.2-§. Uch noma’lumli tenglamalar sistemasini yechish................39 Xulosa ........................................................................ 54 Foydalanilgan adabiyotlar........................................ 55 1
Kirish Masalaning qo’yilishi. Differensial tenglamlar sistemasining umumiy yechimini Jordan formasi yordamida topish yo’llari o’rganilgan. Mavzuning dolzarbligi. Differensial tenglamalar sistemasiga oida masalalar yechishda algebraik usullarni qo’llash. Xususan, Jordan matritsasini qo’llash. Ishning maqsad va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi ikkinchi va uchinchi tartibli Jordan matritsalarni Jordan normal formasiga keltirish va shu matritsalar yordamida diffferensial tenglamalar sistemasi umumiy yechimlarini topish yo’lining umumiyrroq usuli, Jordan normal formasiga keltirish yordamida barcha holatlar ko’rib chiqilgan. Ilmiy tadqiqot usullari. Algebraik usullar yordamida chiziqli differensial tenglamalar sistemasini topish. Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur ishdan bakalavr yo’nalishi ikkinchi kurs talabalari o’zgarmas koeffisiyentli chiziqli differensial tenglamalar sisteamsini yechimini topishda foydalanilishi mumkin. Ishning tuzilishi. Malakaviy bitiruv ishi kirish qismi, ikkkita bob, xilosa va foydalanilgan adabiyotlardan tshkil topgan. Kirish qismida masalaning masalaning qo’yilishi, mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari hamda, olingan natijalar haqida so’z yuritiladi. Birinchi bobda, differensial tenglamalar sistemasi umumiy yechimini topishda,yechimni Jordan formasi yordamida topish usuli barcha holatlari hamda, Jordan normal formasi, Jordan bazisi haqida va xos sonlarning barcha karrali va karrali bo’lmagan, holatlari bayon etilgan Ikkinchi bobda, differensial tenglamalar sistemasi umumiy yechimini Jordan formasi orqali topish usuli barcha holatlari. Xususan, xos son karrali 2
bo’lgan va bo’lmagan barcha holatlari uchun misollar yechimlari ko’rsatilib o’tilgan. 3
I Bob. Differensial tenglamalar sistemasining umumiy yechimini Jordan formasi yordamida topish O’zgarmas koeffisientli n- tartibli bir jinsli chiziqli differensial tenglamalar ko’rib chiqaylik.X'(t)= AX (t) Bunda X ( t) = ( x 1 ( t ) x 2 ( t) . . x n ( t ) ) , A = ( a 11 a 12 … a 1 n a 21 a 22 … a 2 n … … … … a n 1 a n 2 … a nn ) . Bunday sistemaning umumiy yechimlar sistemasi n ta chiziqli funksiyani o’z ichiga olishi kerak. Xos sonlar va xos vektorlar usulidan foydalangan holatda yechimni topishda ko’p holatlarda xos vektorlar soni n dan kam ekanligi ma’lum bo’ladi. Ya’ni, shunday sistemalar borki, ular uchun faqat xos vektorlardan iborat bazis mavjud emas. Bunday holatda yechimni boshqa usul bilan, masalan, aniqmas koeffisiyentlar usuli yordamida topish mumkin. Biroq, umumiy yechimni topishning umumiyroq va isbotlangan usuli mavjud. Bu har qanday kvadrat matritsani Jordan normal formasi deb ataladigan formaga keltirish usulidir. (umuman olganda, bu kompleks maydonga to’g’ri keladi.) Matritsaning Jordan formasini va Jordan bazisini bilgan holatda, tenglamalarning sistemasining umumiy yechimini korsatish mumkin. Ushbu yechim yo’lini batafsil ko’rib chiqaylik. Buning uchun oldin ba’zi asosiy ta’riflarni keltiramiz. 1.1-§. Matritsaning Jordan formasi . Jordan formasi kvadrat matritsa bosh diagonali orqali ifodalaniladi. Matritsa bosh diagonali bo’ylab esa Jordan katagi deb ataluvchi matritsa joylashgan bo’lib, xos sonlari bilan mos tushadi. Bosh diagonaldagi λ i lar mos ravishda 4
Jordan kataglaridan iborat bo’lib, kataklar joylashishi λ i lar bog’liq emas. Quyida Jordan matrisa umumiy ko’rinishini ko’rishimiz mumkin. J =( λ 1 1 0 0 0 0 0 λ 1 0 0 0 0 0 0 λ 2 0 0 0 0 0 0 λ 3 1 0 0 0 0 0 λ 3 1 0 0 0 0 0 λ 3 ) . Matritsada 3 xil Jordan kataklariga mos keladigan matritsa elementlari turli xil rangda ko’rsatilgan. Bundan tashqari bu matritsada λ3 matritsaning xos qiymatlari bosh diagonalda bo’ladi va har bir xos qiymat λ 3 ning algebraik ko’phadi ki marta uchraydi. 1 dan katta har bir Jordan katagi mavjud bosh diagonal ustidagi parallel qator birlardan iborat bo’lib, Jordan matritsasining boshqa barcha elementlari nolga teng. Jordan kataklarining matritsada joylashish tartibi aniq belgilanganmagan. 1.2-§. Xos vektorlar va Jordan zanjiri Xos qiymati λ bo’lgan k o’lchamdagi Jordan katakchasini ko’rib chiqaylik. Bunda Jordan katagi bazis vektorlari : V 1 V 2 ... V n . V 1 ( V 1 ≠ 0 ) v ektorlar xos vektor bo’lib, ular mos matritsalarni qanoatlantiradi. AV1= λV1⇒ (A− λE )V1=0 Yuqoridagi tenglamadan esa V2(V2≠0) ekanligi kelib chiqadi. (A− λE )V2=V1 Yuqoridagi vektor esa birinchi tartibli bog’langan vektor deyiladi. Xuddi shunday yuqori tartibli boshqa bog’langan vektorlarini topamiz. (A− λE )V3=V2 .................... ( A − λE ) V k = V k − 1 Bu munosabatlardan quyidagilarga ega bo’lamiz: (A− λE )V1=0 va (A− λE )V2=V1 Bu tengliklardan esa quyidagiga kelamiz: (A− λE )2V2=0 5