ELASTIK ASOSLI BIR JINSLI VA BIR JINSLI BO’LMAGAN STERJENLAR USTUVORLIGINI TADQIQ ETISH
ELASTIK ASOSLI BIR JINSLI VA BIR JINSLI BO’LMAGAN STERJENLAR USTUVORLIGINI TADQIQ ETISH MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………5 I BOB . USTUVORLIK TUSHUNCHASI ASOSIY MUNOSABATLAR VA TENGLAMALAR 1.1-§. Ustivorlik haqida u mumiy tushunchalar ………………………………..........8 1.2-§. Elastik sterjenning siqishdagi ustuvorlik tenglamasi………………….........10 1.3-§. Har xil chegaraviy shartlarda sterjenning statik va kinematik paremetrlarini aniqlash....................................................................................... .............................11 1.4-§. Siqilgan stejenlarning materiali va ko’ndalang kesim yuzasining qulay shakllarini tanlash ………………………………………………………………....13 1.5 -§ . Bo’ylama va ko’ndalang egilishning birga ta’siri ..................…………….. 17 II BOB. ELASTIK ASOSLI BIR JINSLI VA BIR JINSLI BO’LMAGAN STERJENLAR USTUVORLIGINI TADQIQ ETISH 2.1-§. Elastik asosli bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan sterjenlar ustuvorligini tadqiq etishga doir misollar …... …………………………………………. .......................22 2.2 - §. Ko’ndalang kesimi o’zgaruvchi balkani chekli ayirmalar u suli yordamida hisoblash …………………………………..……………………………………...28 2.3 -§. Laboratoriya ishi: Siqilgan sterjenlarning ustuvorligini hisoblash................33 XULOSA................................................................................................................. 38 ADABIYOTLAR RO’YXATI............................................................................... .40 1
2
KIRISH Masalaning qo’yilishi . Ushbu bitiruv malakaviy ishida muhandislik masalalarida ko’p uchraydigan elastik asosli bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan sterjenlar ustuvorligini turli chegaraviy shartlar uchun tekshirish masalasi qo’yilgan. Mavzuning dolzarbligi . Muhandislik inshoatlarini loyihalashda ularning ishlashi haqida tasavvur hosil qilish uchun faqatgina mustahkamlikka tekshirish kifoya qilmaydi, balki bu muammo qatorida ustuvorlik deb ataluvchi muammo ham bordir. Ustuvorlik masalalarini hal qilishda duch keladigan bir qancha noqulayliklarni hisobga olgan holda, mustahkamlik uchun qabul qilingan extiyot koeffisientiga nisbatan, ustuvorlik uchun qabul qilinadigan extiyot koffisienti kattaroq olinadi. Muhandislik konstruksiyalarida sterjen egilishini unda hosil bo’ladigan kuchlanganlik holatini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bunda siqilgan kuchning eng kichik qiymati kritik kuchni ifodalaydi. Ishning dolzarbligi shu kritik kuchni hisoblash va kuch miqdoriga qarab sterjen ko’ndalang kesim yuzini aniqlash va ishlash qobiliyatini aniqlash hisoblanadi. Ishning maqsad va vazifalari . Bitiruv malakaviy ishida bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan sterjenlarni analitik usulda, laboratoriya sharoitida tajribalar o’tkazish orqali va taqribiy metodlardan chekli ayirmalar metodi yordamida ustuvorligini tekshirish va olingan natijalar aniqligini baholash va yaqinlashuvchanligini tekshirish maqsad qilib qo’ildi. Shu maqsadda ishda sterjenlarning chetlari turlicha mahkamlangan holatlari uchun kritik kuchning qiymatini aniqlashning analitik, sonli, tajriba o’tkazish orqali tekshirish, hisoblash aniqligini solishtirish ishlari bajariladi. Ishning ilmiy tadqiqot usuli . K o’pgina muhandislik inshootlarini loyihalash hollarida ularning ishi haqida to’la tasavvur hosil qilish uchun oddiy mustahkamlikka hisoblashning o’zi yetarli bo’lmaydi. Kuchlanish matеrialning hisobiy qarshiligidan katta emasligi inshootning xavfsiz holatdaligi haqida hukm chiqarish uchun yetarli emasligi aniqlangan. 3
Qo’yilgan masalaning yechimini olish uchun differensial tenglamalardan foydalaniladi. Siquvchi kuch ta’sirida ko’ndalang kesimi o’zgaruvchi s terjen ustuvorligini murakkab masala hisoblanadi. Murakkab yuklanishlarga esa masalani yechimi yanada murakkablashadi, bunday hollarda masalani yechishda sonli usul qo’llanishi bir qator qulayliklarga ega. Ishning ilmiy ahamiyati . I shida o’rganib chiqilgan, yechilgan va ilmiy tahlil qilingan tatqiqot natijalari qurilish tarmoqlari, suv to’g’onlari, uchuvchi va suzuvchi ob y ektlar elementlarining mustahkamligini o’rganishda amaliy ahamiyatga ega. Unda bajarilgan hisob metodikasidan qurilmalar hisobining turdosh masalalarini yechishda, qurilmalar elementlarini loyihalashtirishda foydalanish mumkin, chunki mexanikaning asosiy masalalari ko’pincha aynan ana shu bitiruv malakaviy ishida qaralgan masalaga, ya’ni oddiy differensial tenglama yoki tenglamalar sistemasini yechishga, qurilmalar elementlari muvozanat holat tenglamasini chiqarishni o’rganish, ustivorlik yo’qotilishi sodir bo’ladigan holda mahkamlangan chetdan tashqaridagi sterjen og’irligi ta`siridagi kritik kuchni qiymati siqilgan sterjen uchun chiqariladi. Ishning amaliy ahamiyati .Tomonlari turlicha mahkamlangan sterjenlarni egilishlarini aniqlash masalalar va ularning natijalari asosida bino va inshootlar elementi hisobi kabi masalalarni yechishda amaliy ahamiyatga ega. Keyingi vaqtlarda tadqiqotlar rivojlanishi mexanikada muhandislik masalalarini xalq xo’jaligining turli sohalarida jumladan: qurilishda kemasozlik, yer osti ishlarida va boshqa sohalarda materiallarni to’liq xarakteristikalarini hisobga olishda, bunda materiallarni fizik-mexanik xossalarini hisobga olishga to’g’ri keladi. Bular ichida eng muhimlaridan biri tebranishlar va ustuvorlik masalalari hisoblanadi. Ishning tuzilishi . Maskur bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 ta bob sakkizta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’xatidan iborat bo’lib ___ betni tashkil etadi, 4
Olingan natijalarning qisqacha mazmuni . Elastik asosli bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan sterjenlar ustuvorligini tadqiq etish mavzusidagi bitiruv ishi doirasida quyidagi asosiy ishlar amalga oshirildi: Qurilmalar elementlari muvozanat holat differensiyal tenglamasini chiqarishni o’rganish, ustivorlik yo’qotilishi sodir bo’ladigan holda mahkamlangan chetdan tashq a ridagi sterjen og’irligi ta ` siridagi kritik kuchni qiymati siqilgan sterjen uchun chiqariladi. Bu ishda bir necha xil chegaraviy shartlarda olingan natijalar ana shu turdagi chegaraviy masalani yechishda, qurilmalar elementlari muvozanat holat tenglamasini chiqarishni o’ganish, tekis taqsimlangan massali ko’ndalang kesimi o’zgarmas sterjen chetlari bir tomonlama sharnirli, qistirib mahkamlangan, bir uchi erkin tayangan ikkinchi uchi bikr mahkamlangan va bir uchi erkin ikkinchi uchi qistirib mahkamlangan sterjenlarning ustuvorligi organilgan. Ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan bo’lgan sterjen ustuvorligini tekshirishda p astki qismi qistirib mahkamlangan yuqori uchi sharnirli mahkamlangan sterjen ayirmali metod yordamida hisoblangan. B ir jinsli va bir jinsli bo’lmagan sterjenlarni analitik usulda, laboratoriya sharoitida tajribalar o’tkazish orqali va taqribiy metodlardan chekli ayirmalar metodi yordamida kritik kuchning qiymatini aniqlash, tajriba sinov orqali tekshirish, hisoblash aniqligini solishtirish ishlari bajariladi. 5