Fakultet ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqish
“Fakultet ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqish”
Reja: Kirish Nazariy qism: 1.1. Ma’lumotlar bazasi va uning asosiy tushunchalari 1.2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Asosiy qism: 2.1. Fakultet ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish 2.2. Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash 2.3. Ma’lumotlar bazasida so’rovlar yaratish 2.4. Ma’lumotlar bazasida hisoblash maydonlarini yaratish Xulosa
Kirish “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning yaratilishiga olib keldi. Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o’zaro bog’langan ma’lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — bu komputer xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega: fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvini quvvatlaydi; ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi; har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi. 2. Ma’lumot modeli tushunchasi. MBBT istalgan foydalanuvchiga ma’lumotlarga kirishga ruxsat etadiki, ularning hech biri amaliy jihatdan quyidagilar haqida tasavvurlarga ega bo‘lmaydi: ma’lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko‘rinishi; so‘raladigan ma’lumotlarni izlash måxanizmi; bir xil ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan bo‘ladigan so‘rovlar muammosi (amaliy dasturlar bilan); mumkin bo‘lmagan va ruxsat etilmagan o‘zgarishlarni kiritishdan ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullari; ma’lumotlar bazasini va boshqa ko‘pgina MBBT funksiyalarini aktiv holatda ta’minlash.
I. Nazariy qism 1.1. Ma’lumot bazasi tushunchasi Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan programmalardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma’lumotlarning turi va ko’rinishi ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim; MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuvo’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo’ladi. Bunday programmalar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir. MBBSning asosiy tarkibiy qismi–ma’lumotlar bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi– foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari Hardware- texnik va Software-dasturiy ta’minoti ham MBBSning samarali ishlashini ta’minlovchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha qurilma iborat bo’lsa, programma qismi esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi. Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar: foydalanuvchi-programma tuzuvchi; sistemali programma tuzuvchi; ma’lumotlar bazasi administratori. Bunda programma tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori sistemaning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.