“Fe’l so‘z turkumi” modulini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish
“ “Fe’l so‘z turkumi” modulini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish ” REJA : Kirish I.BOB: Ta’limda harakatni bildiruvchi so‘zlarni leksik grammatik ma’nosini o‘rgatishning nazariy asoslari. I.1. Fe’l so‘z turkumini o‘rgatishda izchillik; I.2 Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish; II.BOB: Ona tili darslarida harakatni bildirgan so‘zlarni interfaol usullarda o‘tishning metodik asoslari. II.1. Interfaol usullar haqida ma’lumot; II.2. Fe’lni o‘rgatishda interfaol metodlarni qo‘llash; II.3. Ona tili darslarida fe’l zamonlarini interfaol usullarda o‘tish; Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1
KIRISH “Barcha ezgu ishlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxt-u saodatli farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi” birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan aytilgan yuqoridagi fikrlar har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning bugun qanday ta’lim tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishishlariga bog‘liq. Bunday mas’ulyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisidan o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Ona tili ta’limi o‘quvchilarda tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo‘lishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini tinglay olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim . Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, bizning vazifamiz ham yosh avlod tarbiyasi ekan. “Dunyoda nufuzli kasblar ko‘p ammo ular orasida o‘qituvchilik kasbi alohida yuksak mavqega ega”. [1.146-bet] Yana shu o‘rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu 2
bilan birga har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami, yangi ma’no-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot –bu yangicha o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi. Ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni shakllantirish ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Birinchi prezidentimiz Oliy Majlisning XIV sessiyasida “yangi darsliklarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni nazorat ostiga olish zarur”ligini alohida ta’kidlagan edilar .[2.3-bet] Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi grammatik materialni o‘rgatishda o‘quvchilarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq malakalarini shakllantirish anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga, amalda tadbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda o‘quvchilar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va qo‘llanilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonunda ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish maqsadida ta’lim mazmunini yangi shakl va ko‘rinishlarini joriy qilish, o‘quvchi faoliyatini rivojlantirishga, bolaning shaxsiy fikrini kamol toptirishga xizmat qiladigan, ijodkorlikka yo‘naltiruvchi natijali ta’limni tashkil etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga erishish muhim vazifa ekanligi uqtirilgan. Mamlakatimizda ma’nan yetuk, ruhan sog‘lom, uyg‘un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar bazasini yaratishga erishildi. “Maktab ta’limini rivojlantirish davlat dasturi’’ ning qabul qilinishi, “Dars muqaddas’’, “o‘rgan -o‘rgat’’ tadbirlarining tashkil etilishi va ularning ijrosi buning yorqin 3
dalilidir. Ta’limning barcha bosqichlarida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, undan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berish lozim. Interfaol metodlarni qo‘llash o‘quvchilarda har tomonlama ilmiy –nazariy bilimlarni mustaqil egallash, bilim va ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va shu asosida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish hamda kompetensiyaviy yondashuvni singdirish, o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini yo‘lga qo‘yish va nihoyat kafolatlangan yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydi. Ta’lim-tarbiya bo‘yicha tizmini yanada yaxshilash, takomillashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratildi. Uzluksiz ta’lim tizimining mazmuni va tuzilmasini isloh qilish, uzluksiz ta’lim tizimini faollik qilishda quyidagi fikrlar kiritilgan. Ta’limning insonparvarlashtirish o‘quvchilarda yuqori madaniyatni yuksaltiradi, ma’naviy dunyosi fikr va tabiatning bir butunligini shakllantirish. [3.21-bet] “ Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunning 3-moddasida ko‘rsatilgan ta’limiy sohadagi davlat siyosatining asosiy prinsip Ta’lim tarbiyaning insonparvarlashtirish demokratik xarakterga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.[ 4.3-bet] Bitiruv ishining umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ta’kidlanganidek o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon ta’limining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’limda o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olishga yo‘llash asosiy rol o‘ynaydi. 4
Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi kunda ta’limning eng dolzarb mavzularidan sanaladi. Tadqiqot ishining oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari. Ona tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, interfaol usullarni qo‘llash yo‘llarini o‘rganish. Bundan tashqari o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish, til materiallarini oson o‘zlashtirishlari, grammatik tahlilni sodda, aniq yo‘llar bilan amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Biz ushbu mavzuni olgan bilim va tajribamizga tayangan holda yoritishga harakat qildik. Tadqiqot ishining predmeti va obekti. Bitiruv ishining ob’ekti ona tili darslarida harakatni bildirgan so‘zlarni interfaol usullardan foydalanib tashkil etish. Ish jarayonida mashqlarni tahlil qilishni o‘rganishda o‘yinlardan foydalanish haqidagi materiallarga murojat etiladi. Tadqiqotda quyidagi vazifalarni hal qilish belgilab olindi: - Ona tili darslarida harakatni bildirgan so‘zlarni o‘tishda interfaol usullarni qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqish; - Ona tili darslarida ta’limiy o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berish; -Ona tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning metodik asoslarini ochish; -Ona tili darslarida harakatni bildirgan so‘zlarni o‘tishda modulli texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berish. Tadqiqot metodlari: analiz va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, pedagogik kuzatish va mavzuga oid mavjud adabiyotlar tahlil qilish. 5