logo

Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

44.7763671875 KB
 Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati
REJA:
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari.
2.   Dunyo   bo’yicha   korrupsiya   holatining   tasnifi.   Korrupsiyaning
shakllari va sabablari. Korupsiyaning turlari
3. Dunyo va O’zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari. Korrupsiya   –   taraqqiyotga   to’siq   Korrupsiya   (lotincha   “sorruptio ”   –   poraga
sotilish, aynish, tanazzul)   –   mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o’z mansabi
bilan bog’liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir.
O’zbekistonning   Birinchi   Prezidenti   korrupsiya   jinoyatchiligining   o’sishi
nafaqat   islohotlar   yo’liga   jiddiy   to’siq,   balki   o’tish   davrida   belgilangan
maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug’diradi, deya ta’kidlagan va Shu sababli,
mustaqil davlatimiz mavqyeini mustahkamlash maqsadida, bu illatning oldini olish
bo’yicha   bir   qator   tavsiyalar   bergan   edilar.   Korrupsiya   jinoyati   jamiyatimiz
farovonligi   va   iqtisodiy   taraqqiyotimiz   kushandasidirki,   unga   qarshi   kurashishni
aslo susaytirmasligimiz lozim.
Davlatimiz   rahbari   Sh.M.   Mirziyoyev   Oliy   Majlis   palatalarining   qo’shma
majlisidagi   “Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini   mard   va
olijanob   xalqimiz   bilan   birga   quramiz”   mavzuidagi
ma’ruzasida   “Jamiyatimizda   korrupsiya,   turli   jinoyatlarni   sodir   etish   va
boshqa   huquqbuzarlik   holatlariga   qarshi   kurashish,   ularga   yo’l   qo’ymaslik,
jinoyatga   jazo,   albatta,   muqarrar   ekani   to’g’risidagi   qonun   talablarini
amalda   ta’minlash   bo’yicha   qat’iy   choralar   ko’rishimiz   zarur” ,   deb   bejiz
ta’kidlamadi.
“Korrupsiya”   tushunchasi   qonunlar   ishlab   chiqish   jarayoniga,   qonunni
qo’llash   amaliyotiga   jiddiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Shu   sababdan   ham,   bu   muammo   na
faqat milliy davlatlarni, balki xalqaro tashkilotlarni ham tashvishlantirmoqda.
Hozirgi   vaqtda   kriminalist   olimlar   o’rtasidagi   bahslarda,   jinoyat,   fuqarolik,
ma’muriy,   mehnat,   xo’jalik   huquqi   sohasidagi   mutaxassislarning   ilmiy   ishlarida,
ommaviy   axborot   vositalarida   “korrupsiya”   iborasi   turli   ma’nolarda
qo’llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo’lib, poraxo’rlikning
o’ta salbiy ko’rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Bu so’zni fuqarolarimiz
o’zaro muloqotda qo’llaydilar  va  bu so’z kundalik nutqda ham  qulog’imizga  tez- tez   chalinadigan   bo’lib   qoldi.   Ba’zi   manbalarda   esa   bu   atama   “iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so’zlar bilan bir qatorda
qo’llanadi. Respublikamizda chop etilgan huquqiy adabiyotlar va maqolalarda ham
korrupsiya   deyilganida,   yuqori   mansabdagi   shaxslar   tomonidan   sodir   etilgan
poraxo’rlik nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va
huquqiy   siyosatning   mazmun   va   mohiyatini   aniqlashtirish,   uning   maqsad   va
vazifalarini   islohotlarning   bugungi   taraqqiyoti   asosida   shakllantirib   borish,   inson
manfaatlarini   ta’minlashning   strategik   jihatdan   yangi   vositalar   bilan   bir   qatorda,
ham taktik xususiyatga ega bo’lgan yangi usullarni qo’llash, shaxs hamda jamiyat
manfaatlarini   yanada   samaraliroq   himoya   qilish,   korrupsiyaning   oldini   olishning
huquqiy   mexanizmlarini   takomillashtirish   ehtiyoji   vujudga   kelishi   bilan
belgilanadi.
Albatta,   mamlakatimizda   korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   huquqiy
mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Chunonchi,
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi   “Xususiy mulk va tadbirkorlikni
korrupsiya,   reket   va   uyushgan   jinoyatchilikning   boshqa   turlaridan   himoya
qilishning   tashkiliy   chora-tadbirlari   to’g’risida” gi,   O’zbekiston
Respublikasining   2008   yil   19   iyuldagi   “Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining
Korrupsiyaga   qarshi   konvensiyasiga   (Nyu-York,   2003   yil   31
oktyabr)   O’zbekiston   Respublikasining   qo’shilishi   to’g’risida” gi   Qonuni   bu
boradagidastlabki normativ-huquqiy hujjatlardandir. 
Xozirgi  kunda korrupsiyaga qarshi  kurashishning  yangi va samarali  huquqiy
mexanizmi   yaratildi.   Jumladan,   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi
munosabatlarni   tartibga   solish   maqsadida2017   yil   3   yanvarda     O’zbekiston
Respublikasining   “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to’g’risida” gi  Qonuni   qabul
qilindi.   Qonunning   3-moddasida   asosiy   tushunchalar   berilgan   bo’lib,   unda
korrupsiya,   korrupsiyaga   oid   huquqbuzarlik   va   manfaatlar   to’qnaShuviga   doir tushunchalarga   ta’rif   berilib,   bular,   o’z   navbatida,   fuqarolarga   korrupsiya,
korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi
haqida ma’lumot beradi.
Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat
siyosatining  asosiy   yo’nalishlari   ko’rsatib  o’tilgan  bo’lib,  ular:  aholining huquqiy
ongi   va   huquqiy   madaniyatini   yuksaltirish,   jamiyatda   korrupsiyaga   nisbatan
murosasiz   munosabatni   shakllantirish,   davlat   va   jamiyat   hayotining   barcha
sohalarida   korrupsiyaning   oldini   olishga   doir   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish,
korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarni   o’z   vaqtida   aniqlash,   ularga   chek   qo’yish,
ularning   oqibatlarini,   unga   imkon   beruvchi   sabablar   va   shart-sharoitlarni   bartaraf
etish,   korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarni   sodir   etganlik   uchun   javobgarlikning
muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan quyidagi
ijtimoiy   xavfli   qilmishlar   korrupsiyaviy   jinoyatlar   hisoblanadi:Masalan,
o’zlashtirish   yoki   rastrata   yo’li   bilan   talon-toroj   qilish,   jinoiy   yo’l   bilan   topilgan
mulkni   olish   yoki   o’tkazish,   byudjet   intizomini   buzish,   hokimiyat   yoki   mansab
vakolatini   suiiste’mol   qilish,   hokimiyat   yoki   mansab   vakolati   doirasidan   chetga
chiqish,   hokimiyat   harakatsizligi,   pora   olish,   pora   berish;   pora   olish-berishda
vositachilik   qilish,   xizmatchini   pora   evaziga   og’dirish,   tovlamachilik   yo’li   bilan
haq berishni talab qilish, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki
qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash, tergov qilishga
yoki   sud   ishlarini   hal   etishga   aralashish,   yolg’on   guvohlik   berish,   jinoiy
faoliyatdan   olingan   daromadlarni   legallashtirish,   hokimiyatni   suiiste’mol   qilish,
hokimiyat   vakolatidan   tashqariga   chiqish   yoki   hokimiyat   harakatsizligi   va
hokazolar.
“Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida” gi   Qonunning   muhim
ahamiyatli jihati Shundaki, unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni
bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ma’lumot berilib, O’zbekiston
Respublikasi   Bosh   prokuraturasi,   Milliy   xavfsizlik   xizmati,   Ichki   ishlar   vazirligi,
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy   daromadlarni   legallashtirishga   qarshi   kurashish   departamenti,   korrupsiyaga
qarshi   kurashish   bo’yicha   faoliyatni   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   davlat
organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan.
Darhaqiqat,   korrupsiyaga   qarshi   kurashishda   aholining   huquqiy   ongi   va
huquqiy   madaniyatini   yuksaltirish,   jamiyatda   korrupsiyaga   nisbatan   murosasiz
munosabatni   shakllantirish,   davlat   organlari   va   boshqa   tashkilotlar   xodimlarining
huquqiy   savodxonligini   oshirish,   ta’lim   muassasalarida   korrupsiyaga   qarshi
kurashish  sohasidagi  huquqiy ta’lim  va tarbiya masalalari  Qonunning 16, 17, 18-
moddalarida   o’z   ifodasini   topgan.   Chunki   huquqiy   ong   va   huquqiy   madaniyati
yuksak bo’lgan va   huquqiy   ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo’lgan insonlar salbiy
illat bo’lmish korrupsiyaga yo’l qo’ymaydilar.
Ushbu Qonunning yana o’ziga xosligi, Qonunning 5-bobida korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarni   aniqlash,   ularga   chek   qo’yish,   javobgarlikning   muqarrarligi
nazarda tutilgan.
Haqiqatan   ham,   ushbu   Qonun   davlat   va   jamiyat   taraqqiyotiga   salbiy   ta’sir
etuvchi   mazkur   illatga   qarshi   kurashishning   huquqiy   mexanizmi   sifatida   xizmat
qiladi.
Korrupsiya   va   unga   qarshi   kurash   borasidagi   milliy-xalqaro   huquqiy
normalar
Hozirgi   zamon   milliy   va   xalqaro   huquqida   tobora   ko’p   qo’llanilayotgan
atamalardan   biri   bu   korrupsiyadir.   Korrupsiya   albatta   bugun   paydo   bo’lgan   illat
emas,   u   qadimdan   buyon   mavjud   bo’lib   kelmokda.   Qadimgi   yunon   faylasufi
Aristotel   Shunday   degan:“Har   qanday   davlat   tizimida     qonunlar   va   boshqa
farmoyishlar   orqali   ishni   Shunday   tashkil   qilish   kerak-ki,   unda   mansabdor
shaxslarni   noqonuniy   yo’l   bilan   boyishiga   yo’l   qo’ymaslik   lozim”.   Fransuz
mutafakkiri   Sharl   Monteskye   esa   bu   borada   “Asrlar   tajribasidan   ma’lumki,   har
qanday   hokimiyat   vakolatiga   ega   bo’lgan   shaxs,   uni   suiiste’mol   qilishga   moyil
bo’ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha Shu yo’nalishda yuradi” degan
fikrlarni bildirgan. G’arbiy   Yevropa   davlatlarining   keyingi   tarixida   ham   korrupsiyaning   turli
ko’rinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda
balki, o’sha davrning ilg’or yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o’z ifodasini
topgan. Xususan, Shekspirning “Venesiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” ,
Dantening   “Do’zax”,   “Tozalovchi”   kabi   asarlarida   ham   yoritilgan.   Dante
korrupsionerlarni do’zaxni eng qorong’i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan
fikrni bildirgan
Korrupsiyaning   kelib   chiqishi   tarixi   va   rivojlanishi   masalalarini   Nikkolo
Makiavelli o’rganib, uni yo’talga qiyoslab Shunday degan edi, “Korrupsiyani ham
yo’talga   o’xshab   oldin   aniqlash   qiyin,   ammo   davolash   oson,   lekin   bu   kasalni
o’tkazib   yuborsangiz   uni   aniqlash   oson,   ammo   davolash   qiyin”.   Mana   Shu
so’zlardagi   haqiqatni   bugungi   kunda   dunyo   bo’yicha   keng   tarqalgan   korrupsiya
ko’rinishlariga nisbatan ham qo’llash mumkin bo’ladi.
Ma’lumki   “Korrupsiya”   tushunchasi   lotin   tilidagi   “corruptio”   so’zidan
olingan   bulib,   mazmuni   “buzish,   sotib   olish”   ma’nosini   beradi   va   uning
grammatik   bir   ildizli   ma’nosi   yana   “korroziya”   suzi   ya’ni   “chirish”   yoki
“zanglash”   degan   mazmunni   ham   beradi.   Shundan   kelib   chikib   bu   so’zni
ijtimoiy   ko’rinishi   hokimiyatni   buzish,   chiritish   orkali   sotib   olish”   degan
ma’noni beradi.
Milliy   qonunchiligimizda   mazkur   atamaning   aniq   huquqiy   ta’rifi   mavjud
emas,   biroq   xalqaro   huquqning   ayrim   manbalarida   xususan,   Korrupsiya
muammolari  bo’yicha  Yevropa  Kengashi   Guruhlarining  1-sessiyasi   (1995  yil  22-
24 fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga Shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora
olish   (o’ziga   og’dirish),   davlat   yoki   xususiy   sohada   muayyan   vakolatga   ega
bo’lgan   shaxs,   mansabdor   shaxsning   yoki   xususiy   sohada   faoliyat   yuritadigan
shaxs   yoki   mustaqil   agentning   o’z   mansab   vazifasidan   yoki   Shunga   o’xshash
munosabatlardan   kelib   chiqadigan   majburiyatlarini   buzadigan,   Shuningdek,   o’zi
yoxud   o’zga   shaxslar   manfaati   uchun   har   qanday   shakldagi   afzalliklarga   ega
bo’lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”. Mansabdor yoki mansabdor bo’lmagan shaxslar tomonidan yuqorida nazarda
tutilgan xatti-harakatlar sodir etilishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun
bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat  yoki  jamoat  manfaatlariga ko’p
miqdorda   zarar   yoxud   jiddiy   ziyon   yetkaziladi.Shuningdek,   “Korrupsiya   –
mansabdor   shaxs   tomonidan   muayyan   harakat   yoki   harakatsizlik   sodir   etish
(etmaslik)   evaziga   moddiy   manfaatdor   qilayotgan   shaxsning   manfaatini   ko’zlab
mansab vazifasini buzgan yoki buzmagan holda, turli shaklda moddiy qimmatliklar
olishi   yoxud   mulkiy   naf   ko’rishi.”   (BMT   mansabdor   shaxslarining   odob-axloq
Kodeksi 17.12.1979 y).
  “Korrupsiya   –   shaxsiy   manfaati   yo’lida   davlat   hokimiyati   vazifalarini
suiiste’mol qilishi (BMTning Korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash bo’yicha axborot
hujjati).
Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini
suiiste’mol qilish (Butunjahon banki hisoboti, 1997 y).
Bundan   tashqari   O’zbekistonning   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
tomonidan   ham   mazkur   turdagi   jinoyat   uchun   Shunday   ta’rif   berilgandi:
“Jinoyatning   yopiq   va   eng   qabih   turi   bor.   Bu   –   korrupsiya   va   poraxo’rlik.
Jinoyatning   bu   turi   boshqaruv   apparatini   izdan   chiqaribgina   qolmay,   bozor
asoslarini ham barbod etishi mumkin”.
“Korrupsiya, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo’lish yoki
to’g’ridan-to’g’ri   yordam   berish   uchun   davlat   xizmatining   imkoniyatlaridan
foydalanishdir”.
Korrupsiyaga   qarshi   kurash   ishlarini   tashkillashtirish   maqsadida   Vazirlar
Mahkamasining   1992   yil   3   martdagi   “O’zbekiston   Respublikasi   Prokuraturasi
tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi  poraxo’rlik, o’g’irliklar va boshqa
suiiste’molchiliklarga   qarshi   kurash   boshqarmasini   tashkil   etish   to’g’risida”gi;
1994   yil   11   maydagi   “Xususiy   mulkchilik   va   tadbirkorlikni   korrupsiya,   reket   va
uyushgan   jinoyatchilikning   boshqa   ko’rinishlaridan   himoya   qilishning   tashkiliy
chora-tadbirlari   to’g’risida”gi;   1997   yil   28   maydagi   “Korrupsiya,   reket   va
terrorizmga   qarshi   kurashni   takomillashtirish   ishlarini   yanada   rivojlantirish to’g’risida”gi   qarorlari   qabul   qilindi   va   ularning   ijrosini   ta’minlash   yuzasidan
chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
BMT Rivojlanish Dasturining (“UN Development Program”) nazariy tahliliga
ko’ra  korrupsiyani   vujudga kelishida  quyidagi   omillar   katta  rol   o’ynaydi:   vakolat
yoki   xokimiyatga,   shaxsiy   manfaat   va   o’zboshimchalik,   hisobdorsizlik   va
oshkorasizlik.
Jahon   miqyosida   quyidagi   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   xalqaro-
huquqiy hujjatlarni alohida ta’kidlab o’tish lozimdir:
a) BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”;
  b)   Yevropa   Ittifoqining   “Korrupsiya   uchun   jinoiy   javobgorlik   to’g’risidagi
Konvensiyasi;
  v)   Yevropa   Ittifoqining   “Korrupsiya   uchun   fuqaroviy   javobgarlik
to’g’risida”gi Konvensiyasi;
g)   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   doirasida   “Korrupsiyaga   qarshi
siyosatning qonunchilik asoslari to’g’risida”gi model qonuni;
d) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo
va Tinch okeani korrupsiyaga qarshi harakat dasturi”;
Umuman   olganda,   korrupsiyani   vujudga   keltiruvchi   shart-sharoitlarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- o’tish davridagi qiyinchilik;
- ijro etish tizimining yomonlaShuvi;
- huquqiy nigilizm;
- jamiyatda insonlarning huquqiy madaniyati
- iqtisodiy aspektlar.
Dunyodagi  mamlakatlarda korrupsiyaning  mamlakat  boshqaruvi, iqtisodiyoti
va   boshqa   sohalariga   ta’sirini   xalqaro   nodavlat-notijorat   “Transparency
International” - “Transperensi interneshnl” tadqiqotlariga asosan baholab kelinadi.
Shuningdek,  “Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining  2003  yil  31  oktyabr   kungi
Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi (2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan
bo’lib,   mazkur   hujjat   muqaddima   hamda   8   ta   bob,   71   ta   moddadan   iborat)ga O’zbekiston   Respublikasining   qo’shilishi   to’g’risida”gi   2008   yil   07   iyul   kungi
O’RQ-158-sonli Qonuni qabul qilindi.
Qonunchilik   tahlili   korrupsiya   bilan   bog’liq   qilmishlarga   qarshi   kurashish
faoliyatining   huquqiy   asoslari   ko’proq   O’zbekiston   Respublikasining   amaldagi
Jinoyat kodeksida o’z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
O’zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   kodeksining   “Korrupsiya   bilan   bog’liq
jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi quyidagi moddalar:
1. O’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish (167-modda) ;
2. Soxta tadbirkorlik (179-modda) ;
3. Soxta bankrotlik (180-modda) %;
4. Bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish (182-modda);
5. Soliqlar   yoki   boshqa   majburiy   to’lovlarni   to’lashdan   bo’yin   tovlash
(184-modda);
6. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda);
7. Hokimiyat   yoki   mansab   vakolati   doirasidan   chetga   chiqish   (206-
modda) ;
8. Mansab soxtakorligi (209-modda) ;
9. Pora olish (210-modda) ;
10. Pora berish (211-modda) ;
11. Pora olish-berishda vositachilik qilish (212-modda) ;
12. Tovlamachilik yo’li bilan haq - berishni talab qilish (214-modda );
13. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-modda) ;
14. Kontrabanda   (246-modda)   mavjud   bo’lsada,   xalqaro   huquqda   va
amaldagi   qonunchiligimizda   “Korrupsiya”   tushunchasining   o’ziga   ta’rif
berilmagan. Ushbu moddalar korrupsiyaning mohiyatini nafaqat to’laligicha ochib
bera olmaydi, balki korrupsion harakatlarga yetarli darajada baho berishga imkon
yaratmaydi.
Afsuski   amaldagi   jinoyat   qonunchiligida   ko’pgina   bugun   mavjud   bo’lgan
korrupsion   qilmishlar   uchun   javobgarlik   belgilanmagan.   Masalan,   ma’lum   bir
siyosiy   maqsadni   amalga   oshirish   uchun   yashirin   mablag’lar   yig’ish,   biror   bir yuqori   lavozimga   ishga   o’tish   uchun   mablag’   yoki   boshqa   haq   to’lashni   amalga
oshirish,   tashkilotlarning   aksiyalarini   taqsimlashda   yoki   auksionlar   o’tkazishda
“tanish-bilishchilik”   qilish,   ma’lum   haq   evaziga   soliq   yoki   bojxona   to’lovlarida
imtiyozlar   yaratib   berish,   manfaatdor   mansabdor   shaxslar   tomonidan   o’z   ta’sir
doirasidagi   turli   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarni   himoyasi   ostiga   olish   Shular
jumlasiga kiradi.
Xulosa   o’rnida   Shuni   aytishimiz   mumkinki,   korrupsiya   murrakab   ijtimoiy
hodisa   bo’lib,   unga   qarshi   kurashish   uchun   alohida   choralarni   qo’llash   samarali
hisoblanmaydi.   Ushbu   faoliyat   kompleks-majmuaviy   tarzda   amalga   oshirilishi
lozim.   Bundan   tashqari,   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   faoliyatining   maqsadi   va
obyekti  sifatida  alohida  olingan  korrupsioner   emas,  balki   ushbu  xatti-harakatlarni
amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik
oldini olish choralarida namoyon bo’ladi.
1.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   siyosati   va   amaliyoti   haqida   tushuncha.
Korrupsiya   –  mansab  mavqyeidan   shaxsiy   maqsadlarda  foydalanish   bilan   bog’liq
bo’lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri
hisoblanadi. Aksariyat  hollarda korrupsiya deganda davlat  amaldorlari  tomonidan
shaxsiy   maffatlarni   ko’zlab,   boylik   orttirish   maqsadida   fuqarolardan   pora   olish,
qonunga   xilof   pul   daromadlarini   qo’lga   kiritish   tuShuniladi.   Ammo,   umuman
olganda,   davlat   amaldorlarigina   emas,   balki,   masalan,   firmalarning   menejerlari
ham   korrupsiyaga   doir   munosabatlarning   ishtirokchilari   bo’lishi;   pora   pul   bilan
emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning
tashabbuschilari   ba’zan   davlat   amaldorlari   emas,   balki   tadbirkorlar   hisoblanadi.
Etimologik  jihatdan   “korrupsiya”   atamasi   “buzish,   pora  evaziga   og’dirish”   degan
ma’noni   anglatadigan   lotincha   “corruptio”   so’zidan   kelib   chiqqan.   Yuridik
ensiklopediya   mualliflarining   ta’kidlashicha,   “korrupsiya–   mansabdor   shaxslar
tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik
orttirish   uchun   foydalanishda   ifodalanuvchi   siyosat   yoki   davlat   boshqaruvi
sohasidagi   jinoiy   faoliyat”.   “Yuridik   atamalar   qomusiy   lug’ati”da   korrupsiya
tushunchasiga“davlat   funksiyalarini   bajarish   vakolatiga   ega   bo’lgan   (yoki   ularga tenglashtirilgan)   shaxslarning   noqonuniy   tarzda   moddiy   va   boshqa   boyliklar,
imtiyozlarni olishda o’z maqomi va u bilan bog’liq imkoniyatlardan foydalanishi,
Shuningdek,   bu   boylik   va   imtiyozlarni   jismoniy   yoki   yuridik   shaxslar   qonunga
xilof   ravishda   egallashiga   imkon   berishi”,   deb   ta’rif   berilgan.   Yana   boshqa
adabiyotlarda   e’tirof   etilishicha,   korrupsiya   atamasi   “siyosat   yoki   davlat
boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo’lib, mansabdor shaxslar o’zlariga berilgan
huquqlar   va   hokimiyat   imkoniyatlaridan   shaxsiy   boyish   maqsadida
foydalanishidan   iborat”,   deb   tavsiflangan.   1979   yil   17   dekabrda   qabul   qilingan
Huquqiy tartibotni saqlash bo’yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksida:
“Korrupsiya   tushunchasi   milliy   huquqda   belgilanishi   lozim”,   deb   qayd   etilgan,
lekin   mazkur   hodisaning   namunaviy   ta’rifi   keltirilgan:   “...mansabdor   shaxs   o’z
mansab   vakolatlari   sohasida   har   qanday   shakldagi   haq   evaziga   mazkur   haqni
beruvchining   manfaatlarida,   lavozim   yo’riqnomasi   qoidalarini   buzgan   holda   yoki
buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”. BMTning xalqaro
miqyosda   korrupsiyaga   qarshi   kurash   bo’yicha   Ma’lumotida   Shunday   deyilgan:
“Korrupsiya   –   bu   shaxsiy   maqsadlarda   naf   ko’rish   uchun   davlat   hokimiyatini
suiiste’mol   qilish”.   Korrupsiya   tushunchasiga   berilgan   Shunga   o’xshash   ta’rifga
Jahon bankining hozirgi  dunyoda davlatning roliga bag’ishlangan hisobotida ham
duch   kelish   mumkin:   korrupsiya   –   bu   “shaxsiy   naf   ko’rish   yo’lida   davlat
hokimiyatini suiiste’mol qilish”. 
BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari : 
1)   “Huquqiy   tartibotni   saqlash   bo’yicha   mansabdor   shaxslarning   xulq-atvor
Kodeksi” (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda
qabul qilingan); 
2)   Huquqiy   tartibotni   saqlash   bo’yicha   mansabdor   shaxslarning   xulq-atvor
Kodeksini   samarali   amalga   oshirilishi   uchun   rahbariy   prinsiplar   (BMTning
Iqtisodiy   va   Ijtimoiy   Kengashi   rezolyusiyasi   bilan   1989   yil   24   mayda   qabul
qilingan); 
3)   Davlat   mansabdor   shaxslarining   Xalqaro   xulq-atvor   kodeksi   (BMT   Bosh
assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 12 dekabrda qabul qilingan);  4)   BMTning   Xalqaro   tijorat   operasiyalarida   korrupsiya   va   poraxo’rlikka
qarshi   kurash   to’g’risidagi   Deklarasiyasi   (BMT   Bosh   assambleyasining
Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 16 dekabrda tasdiqlangan);
  5)   Terrorizmni   moliyalashtirishga   qarshi   kurash   to’g’risidagi   xalqaro
konvensiya (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1999 yil 9 dekabrda
qabul qilingan);
 6) BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risidagi
Konvensiyasi   (BMT   Bosh   assambleyasining   Rezolyusiyasi   bilan   2000   yil   15
noyabrda qabul qilingan); 
7)   BMT   Forumining   ofshorlar   bo’yicha   Kommyunikesi   (Kayman   orollari,
2000 yil 30-31 mart); 
8)   BMT   Bosh   kotibining   korrupsiyaga   oid   ma’ruzasi   (Vena,   2001   yil   8-17
may); 
9)   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   bo’yicha   chora-tadbirlar   to’plami   (2001   yil
iyun); 
10)   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   choralari.   Pulni   tozalashga   qarshi   kurash
choralari.   Jinoyatchilik   va   odil   sudlov:   XXI   asr   chorloviga   javoblar   to’g’risidagi
Vena deklarasiyasini amalga oshirish harakat Rejasi (BMT Bosh assambleyasining
Rezolyusiyasi bilan 2002 yil 15 aprelda qabul qilingan)
  11) BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi Konvensiyasi (BMT
Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan). 
Yevropa   Kengashi   va   Yevropa   Ittifoqining   korrupsiyaga   qarshi   kurash
borasidagi hujjatlari : 
1)Yevropa   Kengashining   korrupsiya   uchun   jinoiy   javobgarlik   to’g’risidagi
Konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar);
  2)Yevropa   Kengashining   korrupsiya   uchun   fuqarolik-huquqiy   javobgarlik
to’g’risidagi Konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 9 sentyabr); 
3)Yevropa   Kengashining   jinoiy   faoliyatdan   olingan   daromadlarni   tozalash,
aniqlash,   olib   qo’yish   va   musodara   qilish   to’g’risidagi   Konvensiyasi   (Strasburg,
1990 yil 8 noyabr);   4)Korrupsiyaga   qarshi   kurashning   yigirmata   prinsipi   (Yevropa   Kengashi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1997 yil 6 noyabr); 
5)Davlat   xizmatchilari   uchun   Model   xulq-atvor   kodeksi   (Yevropa   Kengashi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2000 yil 11 may);
  6)Siyosiy   partiyalarni   va   saylov   kampaniyasini   moliyalashtirishda
korrupsiyaga   qarshi   yagona   qoidalar   (Yevropa   Kengashi   Vazirlar   Mahkamasi
tomonidan qabul qilingan 2003 yil 8 aprel); 
7)Moliyaviy   tizimdan   pulni   tozalash   maqsadlarida   foydalanishga   yo’l
qo’ymaslik to’g’risidagi YeI Direktivasi (1991 yil 10 iyun); 
8)Pulni   tozalashga   qarshi   Parij   deklarasiyasi   (Yevropa   Ittifoqining   pulni
tozalashga qarshi parlamentar konferensiyasining Yakuniy deklarasiyasi 2002 yil 8
fevral). 
Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   doirasida   korrupsiyaga   qarshi   kurash
borasida qabul qilingan hujjatlar: 
1)Jinoyatchilikka   qarshi   kurashda   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligiga
ishtirokchi-davlatlarning hamkorligi to’g’risidagi KeliShuvi (Moskva, 1998 yil 25
noyabr);
  2)“Korrupsiyaga   qarshi   siyosatning   qonunchilik   asoslari   to’g’risida”gi
Namunaviy   qonuni   (MDH   Parlamenlararo   assambleyasining   XXII   plenar
yig’ilishida qabul qilingan 2003 yil 15 noyabr); 
3)“Korrupsiyaga   qarshi   kurash   to’g’risida”gi   Namunaviy   qonuni   (MDH
Parlamenlararo assambleyasining XIII plenar yig’ilishida qabul qilingan 1999 yil 3
aprel);
  4)“G’ayriqonuniy   yo’ldan   olingan   daromadlarni   legallashtirishga   qarshilik
qilish   to’g’risida”gi   Namunaviy   qonuni   (MDH   Parlamenlararo   assambleyasining
XII plenar yig’ilishida qabul qilingan 1998 yil 8 dekabr); 
5)“Uyushgan   jinoyatchilikka   qarshi   kurash   to’g’risida”gi   tavsiyaviy
qonunchilik   akti   (MDH   Parlamenlararo   assambleyasining   qarori   bilan   qabul
qilingan 1996 yil 2 noyabr).   6)   Jinoiy   daromadlarni   legallashtirishga   va   terrorizmni   moliyalashtirishga
qarshi kurashish bo’yicha Yevrosiyo guruhi to’g’risidagi Bitim (Moskva, 2011 yil
16 iyun).
FATF tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari : 
1) FATFning qirqta tavsiyasi (2003 yil 20 iyun tahriri);
 2) FATFning qirqta tavsiyasiga tuShuntirish (2003 yil);
  3)   FATFning   pulni   tozalashga   qarshi   kurash   bo’yicha   xalqaro   hamkorlikka
to’siq bo’layotgan yigirma beshta asosiy mezoni (2003 yil); 
4) Terrorizmni moliyalashtirish bilan bog’liq operasiyalarni aniqlash bo’yicha
moliyaviy tashkilotlar uchun FATF tavsiyalari (2002 yil) 
5)   Ommaviy   qirg’in   qurollarni   tarqalishini   moliyalashtirish,   terrorizmni
moliyalashtirish, pullarni legallashtirishga oid xalqaro standartlar (2012).
Boshqa  xalqaro  tashkilotlarning  korrupsiyaga  qarshi   kurash   borasidagi
hujjatlari : 
1)   Ish   yuzasidan   xalqaro   operasiyalarni   amalga   oshirishda   chet   ellik   davlat
mansabdor shaxsi tomonidan pora berishga qarshi kurash to’g’risidagi Konvensiya
(Iqtisodiy   hamkorlik   va   taraqqiyot   tashkiloti   (OESR)   tomonidan   qabul   qilingan
1997 yil 21 noyabr); 
2)   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   to’g’risidagi   Amerikaaro   konvensiyasi
(Karakas, 1996 yil 29 mart); 
3)   Adliya   va   xavfsizlik   organlari   xodimlariga   nisbatan   korrupsiyaga   qarshi
kurash   va   ularning   vijdonli   va   pok   bo’lishini   ta’minlash   choralari   bo’yicha
umumiy tavsiyalar (Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo’yicha Global forum,
Vashington, 1999 yil 24-26 fevral). 
BMTning   Korrupsiyaga   qarshi   konvensiyasi.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash
borasidagi   eng   asosiy   xalqaro   hujjat   bu   –   Shubhasiz,   BMTning   Korrupsiyaga
qarshi konvensiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni
ratifikasiya   qilgan:   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   majlisi   Qonunchilik   palatasi
tomonidan   “BMTning   Korrupsiyaga   qarshi   konvensiyasiga   O’zbekiston Respublikasining   qo’shilishi   to’g’risida”gi   Qonuni   2008   yil   24   iyunda   qabul
qilindi   va   2008   yil   27   iyunda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   majlisi   Senati
tomonidan ma’qullandi va 2008 yil 28 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi. BMTning
Korrupsiyaga   qarshi   konvensiyasi   muqaddima   hamda   8   ta   bob,   71   ta   moddadan
iborat   bo’lib,   1-bobda   (1-4)   umumiy   qoidalar,   2-bobda   (5-14)   korrupsiyaning
oldini   olish   choralari,   3-bobda   (15-42)   jinoyatchilik   va   huquqni   muhofaza   qilish
faoliyati, 4-bobda (43-50) xalqaro hamkorlik, 5-bobda (51-59) aktivlarni qaytarish
bo’yicha   choralar,   6-bobda   (60-62)   texnik   yordam   va   ma’lumot   almashinuvi,   7-
bobda   (63-64)   amalga   oshirish   mexanizmlari,   8-bobda   (65-   71)   yakuniy   qoidalar
aks etgan.   O’zbekiston  Respublikasi  mazkur  konvensiyaga  bir nechta bildirishlar,
bayonotlar   va   shartlar   bilan   qo’shilgan.   Jumladan,   Qonunning   1-bandiga   ko’ra,
O’zbekiston   Respublikasi   Konvensiya   6-moddasining   3-bandi   bo’yicha
O’zbekiston   Respublikasining   Bosh   prokuraturasi,   Ichki   ishlar   vazirligi,   Milliy
xavfsizlik   xizmati   va   Adliya   vazirligi   korrupsiyaning   oldini   olish   bo’yicha   aniq
chora-tadbirlar   ishlab-chiqish   va   ularni   amalga   oshirishda   boshqa   Ishtirokchi -
davlatlarga   yordam   ko’rsatishi   mumkin   bo’lgan   organlar   sifatida   belgilanganligi
bildirilgan.   Bu   qoida   Konvensiyaning   6-moddasi   3-bandidagi   har   bir   ishtirokchi
Davlat   BMTning   Bosh   kotibiga   korrupsiyaning   oldini   olish   bo’yicha   aniq   chora-
tadbirlarni   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirishda   boshqa   ishtirokchi   Davlatlarga
yordam berishi mumkin bo’lgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar
qiladi,   degan   talablariga   to’la   javob   beradi.   Qonunning   2-bandiga   ko’ra,
Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo’yicha 15-19, 21, 22- moddalarda,
23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy
qonunchilikka   muvofiq   jinoiy   jazolanadigan   qilmish   ekanligi   va   ularga   nisbatan
O’zbekiston   Respublikasining   yurisdiksiyasi   tatbiq   etilishligi   bayon   etilgan.
Konvensiyaning 15-moddasi “Milliy ommaviy mansabdor shaxslarni pora evaziga
og’dirish”;   16-moddasi   “Xorijiy   ommaviy   mansabdor   shaxslarni   va   ommaviy
xalqaro   tashkilotlarning   mansabdor   shaxslarini   pora   evaziga   og’dirish”;   17-
moddasi   “Ommaviy   mansabdor   shaxs   tomonidan   mol-mulk   talon-toroj   qilinishi,
noqonuniy   o’zlashtirilishi   yoki   ko’zda   tutilmagan   maqsadlarda   ishlatilishi”;   18- moddasi   “G’arazli   maqsadlarda   mavqyeidan   foydalanish”;   19-moddasi   “Xizmat
mavqyeining   suiiste’mol   qilinishi”;   21-   modda   “Xususiy   sektorda   pora   evaziga
og’dirish”;   22-moddasi   “Xususiy   sektorda   mulkning   talon-toroj   qilinishi”;   23-
moddasi   1-bandi   “Jinoiy   yo’l   bilan   topilgan   daromadlarni   legallashtirish”;   24-
moddasi “Yashirish”; 25-moddasi “Odil sudlovning amalga oshirilishiga to’sqinlik
qilish”;   27-moddasi   “Ishtirok   va   suiqasd”   deb   nomlangan.   Ushbu   xatti-harakatlar
O’zbekiston  jinoyat  qonunchiligi  bo’yicha  ham  jinoiy qilmish  sifatida baholanadi
va   amaldagi   jinoyat   qonunida   bunday   qilmishlar   uchun   jinoiy   javobgarlik
belgilangan.  Qonun mazmuniga  ko’ra,  O’zbekiston   Respublikasi   Konvensiyaning
“Noqonuniy   tarzda   boylik   orttirilishi”ni   jinoyat   deb   baholagan   20-moddasi   va
“Yuridik   shaxslarning   javobgarligi”ni   nazarda   tutuvchi   26-moddasiga
qo’shilmagan. Qonunning 3-bandiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi  Konvensiya
44-moddasi   6-bandining   “ a ”   kichik   bandiga   muvofiq,   ushbu   Konvensiyadan
korrupsiya   jinoyatlari   sodir   etgan   shaxslarni   tutib   topshirish   masalalarida   ushbu
Konvensiyaning   boshqa   Ishtirokchi-davlatlari   bilan   o’zarolik   asosida   hamkorlik
qilish   uchun   huquqiy   asos   sifatida   foydalanishligini   bildirgan.   Qonunning   4-
bandiga   ko’ra,   O’zbekiston   Respublikasi   Konvensiyaning   46-moddasi   13-bandi
bo’yicha   “ O’zbekiston   Respublikasining   Bosh   prokuraturasi   o’zaro   huquqiy
yordam   ko’rsatish   to’g’risidagi   iltimoslarni   olish   va   bajarish   yoki   bunday
iltimoslarni   bajarish   uchun   O’zbekiston   Respublikasining   boshqa   vakolatli
organlariga   yuborishga   javobgar   bo’lgan   markaziy   organ ”   ekanligini,   14-bandi
bo’yicha  “ O’zaro huquqiy yordam to’g’risidagi iltimoslarni yuborishda o’zbek, rus
va   ingliz   tillari   maqbul   tillar   sifatida   belgilanishligi ”   bildirilgan.   Konvensiyaning
66-moddasi   2-bandi   qoidalariga   e’tibor   beradigan   bo’lsak,   O’zbekistonning   bu
pozisiyasi   tegishli   asosga   ega   ekanligiga   amin   bo’lamiz.   Ya’ni,   bu   bandda   ikki
yoki   undan   ortiq   ishtirokchi   davlatlarning   Konvensiyani   sharhlash   yoki   qo’llash
bilan bog’liq har qanday kelishmovchiligi munozaralar olib borish yo’li bilan, yoki
arbitraj   yo’li   bilan   hal   etilishi,   kelishmovchiliklar   bu   yo’sinda   o’z   yechimini
topmagan taqdirda  davlatlardan birining Xalqaro Sudga  murojaat  etishi  orqali  bir
qarorga   kelishi   mumkinligi   belgilangan.   Fikrimizcha,   bir   necha   xalqaro   hujjatlar zamirida   yuzaga   kelgan   va   uning   standartlariga   javob   bera   oladigan
Konvensiyaning   moddalari   yuzasidan   bunday   kelishmovchiliklar   yuzaga   kelishi
ehtimoldan   uzoq   va   har   bir   mamlakat   Konvensiya   talablarini   unga   qo’shilishi
oldidan   ko’p   martalab   o’rganib   chiqqan   va   mazmun   hamda   talablaridan   to’la
xabardor  bo’lgan bo’ladi.  O’zbekiston  o’zini  ushbu  qoida bilan bog’liq emas  deb
hisoblashining   ham   huquqiy   asosi   mavjud.   Sababi,   Konvensiyaning   aynan   Shu
moddasi   3-bandida   har   qanday   ishtirokchi   davlat   uning   2-bandini   o’ziga   taalluqli
yoki   aksinchaligi   haqida   bildirishni   bayon   etish   huquqiga   ega   ekanligi   huquqiy
mustahkamlangan. Mansab mavqyeini suiiste’mol qilish shakllari juda rang-barang
bo’lgani bois, turli mezonlarga ko’ra korrupsiyaning har xil turlari farqlanadi. 
Korrupsiyani bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin: 
1) subyektlarning maqomiga ko’ra:
 a) hokimiyat organlaridagi korrupsiya;
 b) xususiy sektordagi korrupsiya;
 v) siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;
2) darajasiga ko’ra:
a) quyi darajadagi korrupsiya;
 b) yuqori darajadagi korrupsiya;
 v) vertikal korrupsiya;
3) ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra:
a) korrupsiya – qilmish; 
b) korrupsiya – jinoyat. 
Korrupsiyaning ko’rsatilgan turlarini mufassalroq ko’rib chiqamiz. Hokimiyat
(ijroiya, vakillik va sud) organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli
barcha   mamlakatlari,   Shu   jumladan   O’zbekistondagi   muhim   muammolardan   biri
hisoblanadi.   Bu   turdagi   korrupsiya   jinoyatlarining   o’ziga   xos   xususiyati   Shundan
iboratki,   ularni   o’zlari   qonunga   rioya   etishlari   va   uni   muhofaza   qilishlari   lozim
bo’lgan   kishilar   sodir   etadilar.   Aksariyat   mamlakatlarda   bu   jinoyatlar   keng
tarqalganligi,   davlat   apparati   xodimlari   korrupsiya   domiga   ilinganligi   mazkur
mamlakatlarning qonunchilarini  poraxo’rlik, mansab  mavqyeini  suiiste’mol  qilish va   boshqa   xavfli   mansabdorlik   jinoyatlariga   qarshi   qat’iy   choralar   ko’rishga   va,
aksincha,   amaldorlarning   uncha   xavfli   bo’lmagan   va   ko’proq   darajada   tarqalgan
jinoyatlariga   jiddiy   e’tibor   bermaslikka   (masalan,   uncha   qimmat   turmaydigan
sovg’a   olish   jinoyat   hisoblanmaydi)   majbur   qilayotir.   Nodavlat   tashkilotlaridagi
yoki xususiy sektordagi korrupsiya hozirgi vaqtda ancha keng tarqalgan. Tashkilot
(tijorat yoki jamoat tashkiloti) rahbari uning ustavda belgilangan vazifalariga qat’iy
rioya   etishi   lozim,   lekin   u,   davlat   amaldori   kabi,   o’ziga   qarashli   bo’lmagan
resurslarni o’z shaxsiy manfaatlarida yoki ikkinchi tomon foydasiga tasarruf etishi,
tashkilot   manfaatlariga   zid   bo’lgan   harakatlarni   sodir   etishi   mumkin.   Bunga
kundalik   hayotdan   misollar:   tijorat   banklarida   maqsadi   pul   olish   va   g’oyib
bo’lishdan   iborat   bo’lgan   loyihalarga   pora   evaziga   kreditlar   berilishi;   turli   mulk
shakliga   mansub   bo’lgan   korxonalarda   davlat   va   korxona   zarariga   moddiy
boyliklar   (vino-aroq   yoki   neft-kimyo   mahsulotlari   va   sh.k.)ni   pora   evaziga   arzon
narxlarda olish va h.k. 
Ayrim   tadqiqotchilar   siyosiy   korrupsiyani   korrupsiya   jinoyatlarining   alohida
turi sifatida ajratadilar. Korrupsiyaning uchta asosiy shaklini ajratishni taklif qiladi:
1.Siyosiy.   Mansabdor   shaxs   yuzaga   kelgan   qarindosh-urug’chilik
munosabatlari tufayli qonunga zid harkat qiladi.
2.Jinoyat   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lib,   mansabdor   shaxslarni   sotib   olishga
asoslangan.   Ular   esa   mukofot   puli   olish   evaziga   g’ayoriqonuniy   xizmatlar
ko’rsatadi.
  3.Taraflardan   biri   o’ziga   eng   qulay   tartib   vujudga   keltirish   uchun   jinoyatga
mansabdor   shaxslarning   tegishli   toifalarini   izchillik   bilan   jalb   etishni   nazarda
tutadi.   Korrupsiyaning   bu   shakli   uyushgan   jinoyatchilik   bilan   mustahkam
bog’langan   bo’lib,   mansabdor   shaxslarga   nisbatan   sotib   olish,   provakasiya   qilish
va tahdid solishni anglatadi.
Siyosiy korrupsiyaning ayniqsa ko’p uchraydigan shakllari pora olish va pora
berish   hisoblanadi.   Keyingi   o’rinda   saylov   huquqini   amalga   oshirish   chog’ida
siyosat subyektlarini pora evaziga og’dirish turadi. 
Faoliyat ko’rsatish darajalariga ko’ra: - quyi darajadagi;
- yuqori darajadagi;
- vertikal korrupsiya farqlanadi. 
Quyi   darajadagi   korrupsiya   hokimiyat   va   boshqaruv   organlarining   o’rta   va
quyi   darajalarida   ayniqsa   keng   tarqalgan   bo’lib,   amaldorlar   va   fuqarolarning
muntazam   o’zaro   aloqasi   bilan   bog’liq   (ro’yxatdan   o’tkazish,   jarimalar,
lisenziyalash, turli ruxsatnomalar olish va sh.k.). 
Yuqori darajadagi korrupsiya hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchilar,
oliy   martabali   amaldorlarni   qamrab   oladi   va   juda   katta   qimmatga   ega   bo’lgan
qarorlar qabul qilish bilan bog’liq (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat
buyurtmalari, mulk shakllarini o’zgartirish va sh.k.). Aksariyat hollarda korrupsiya
bitimidan   manfaatdor   bo’lgan   ikkala   tomon   ayni   bir   davlat   hokimiyati   organida
ishlaydi.   Masalan,   quyi   turuvchi   davlat   organining   amaldori   o’zining   yuqori
turuvchi boshlig’iga u pora beruvchining korrupsion harakatlariga homiylik qilishi
yoki qo’shimcha mablag’lar, resurslar, vakolatlar berishi uchun pora beradi. 
Korrupsiyaning   pora   olish   va   xizmat   mavqyeini   suiiste’mol   qilish   kabi
odatdagi shakllaridan tashqari, korrupsiya amalda namoyon bo’lishining quyidagi
shakllarini farqlash mumkin:
-   mansabdor   shaxslar,   davlat   xizmati   xodimlari,  deputatlar   tijorat   faoliyatida
shaxsiy yoki korporativ naf ko’rish uchun bevosita ishtirok etishi; 
- davlat pul mablag’larini o’zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o’tkazish
uchun o’z xizmat mavqyeidan foydalanish; 
-   o’z   korporativ   (siyosiy,   diniy,   milliy   va   sh.k.)   guruhiga   davlat   resurslari
hisobidan imtiyozlar berish;
-     shaxsiy   yoki   korporativ   naf   ko’rish   maqsadida   ommaviy   axborot
vositalariga tazyiq o’tkazish uchun o’z xizmat mavqyeidan foydalanish;
- mansabdor  shaxslar  va davlat  xizmati  xodimlari  shaxsiy  boyish  maqsadida
tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi;  -   shaxsiy   yoki   korporativ   naf   ko’rish   maqsadida   axborotni   manipulyasiya
qilish   (buzib   ko’rsatish,   bermaslik,   berish   muddatlarini   cho’zish   va   sh.k.)   uchun
xizmat mavqyeidan foydalanish; 
-   tor   gruppaviy   manfaatlarda   normativ   hujjatlar   qabul   qilish   haqidagi
qarorlarni ilgari surish; 
-   ayrim   nomzodlarning   saylov   fondlariga   davlat   moliyaviy   va   moddiy
resurslarini taqdim etish. 
AQShda   korrupsiyaning   “kikbeking”   degan   shakli   ancha   keng   tarqalgan.
Uning sxemasi   juda  sodda:   jinoiy  til  biriktirish  ishtirokchilari   muayyan  narxlarda
bitim   tuzishga   og’zaki   kelishadilar,   rasmiy   bitimni   esa   balandroq   narxlarda
imzolaydilar.   Tafovutning   bir   qismi   bitimga   ruxsat   bergan   mansabdor   shaxslarga
topshiriladi,   ya’ni   yashirin   pora   beriladi.   Pora   olishning   mazkur   shakli   so’nggi
yillarda O’zbekistonda ham qo’llanilmoqda. 
Korrupsiya jinoyati nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir munosabatlarga
kirishgan tomonlarning o’zaro keliShuviga binoan sodir etiladi. Aksariyat hollarda
u   tegishli   hokimiyat   organlariga   shikoyat   berilishiga   sabab   bo’lmaydi,   chunki
g’ayriqonuniy   keliShuvdan   ikkala   tomon   ham   naf   ko’radi.   Hatto   pora   so’rash
hollari   ustidan   ham   kamdan-kam   holda   shikoyat   qilinadi,   chunki   odamlar
korrupsiyaga   qarshi   kurash   jarayoniga   ishonchsizlik   bilan   qaraydilar.   Buning
uchun   milliy   va   xorijiy   tajriba   bilan   bog’liq   bo’lgan   muayyan   obyektiv   va
subyektiv   asoslar   mavjud.   Korrupsiya   harakatlari   odatda   davlat   faoliyatining
mutaxassis bo’lmagan kishilar tuShunishi ancha qiyin bo’lgan o’ziga xos turlarida
sodir   etiladi.   Korrupsiya   o’ta   moslaShuvchan   jinoyatdir.   U   vaziyatga   qarab
tinimsiz   o’zgaradi   va   takomillashib   boradi.   Shu   bois   bu   hodisa   haqida   to’liq,
mukammal yoki hyech bo’lmasa reprezentativ ma’lumotlar mavjud emas. 
2. Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi.  Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi
ko’hnadir.   Qadimgi   yunon   faylasufi   Aristotel   Shunday   degan   edi:   “Har   qanday
davlat   tuzumida   eng   muhimi   –   bu   qonunlar   va   tartib-qoidalar   vositasida   ishni
Shunday   tashkil   etishki,   mansabdor   shaxslar   qing’ir   yo’l   bilan   boylik   orttira
olmasin”. Pora olish va berish Qadimgi Rimda amal qilgan 12 jadval qonunlarida tilga   olingan.   Ibtidoiy   va   ilk   sinfiy   jamiyatlarda   kohinga,   qabila   oqsoqoliga   yoki
harbiy boshliqqa muayyan imtiyozni qo’lga kiritish uchun haq to’lash tabiiy bir hol
sifatida   qaralgan.   Davlat   apparatining   murakkablaShuvi   va   professionallaShuviga
qarab   vaziyat   o’zgarib   borgan.   Oliy   martabali   amaldorlar   quyi   turuvchi
“xizmatchilar”   faqat   tayinlangan   maosh   bilan   qanoatlanishlarini   talab   qilganlar.
Quyi   daraja   amaldorlar   esa,   aksincha,   o’z   xizmat   vazifalarini   bajarganlik   uchun
arzgo’ylardan   yashirincha   qo’shimcha   haq   olishni   (yoki   talab   qilishni)   ma’qul
ko’rganlar. Korrupsiya haqidagi eng qadimgi qaydlardan biriga qadimgi Bobilning
mixxatda   yozilgan   bitiklarida   duch   kelingan.   Miloddan   avvalgi   uchinchi   ming
yillikning   o’rtalariga   taalluqli   bo’lgan   matnlarda   aytilishicha,   Shumer   podshosi
Urukagin   o’sha   zamonlardayoq   qonunga   xilof   haq   olishga   ruju   qo’ygan   sudyalar
va   amaldorlarning   qonunbuzarliklariga   chek   qo’yish   muammosini   yechish
yo’llarini   izlagan.   Shunga   o’xshash   masalalarga   qadimgi   Misr   hukmdorlari   ham
duch kelgan. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida topilgan hujjatlar miloddan avvalgi
597-538 yillarda, yahudiylar Bobil podshosi tomonidan asirga olinganidan keyingi
davrda, Iyerusalimda korrupsiya ayniqsa avj olganidan dalolat beradi. Professional
davlat   amaldorlari   hali   mavjud   bo’lmagan   antik   jamiyatlar   tarixining   ilk
bosqichlarida   (qadimgi   yunon   shahar-davlatlari,   respublika   Rimi)   korrupsiya
deyarli   bo’lmagan.   Bu   hodisa   antik   davr   tanazzulga   yuz   tutgan   bosqichdagina
vujudga   kelgan.   Bu   davrda   korrupsiya   domiga   ilingan   davlat   amaldorlari   haqida:
“U boy viloyatga kambag’al bo’lib kelib, kambag’al viloyatdan boy bo’lib ketdi”,
deyishgan.   Ayni   Shu   davrda   rim   huquqida   “corrumpire”   degan   maxsus   atama
paydo   bo’lgan,   u   “buzish”,   “pora   evaziga   og’dirish”   iboralarining   sinonimi
hisoblangan va mansab mavqyeini suiiste’mol qilishning har qanday ko’rinishlarini
ifodalashga   xizmat   qilgan.   Markaziy   hukumat   hokimiyati   zaif   bo’lgan   joylarda
(masalan,   ilk   o’rta   asr   davrida   Yevropada)   xizmat   mavqyeidan   aholidan   o’z
cho’ntagiga   haq   undirish   uchun   foydalanish   aksariyat   hollarda   umum   e’tirof
etilgan   me’yorga   aylangan.   Davlat   markazlashgani   sari   u   fuqarolarning
mustaqilligini qattiqroq cheklagan va Shu tariqa quyi va oliy bo’g’in amaldorlariga
qattiq nazoratdan qutulishni istagan fuqarolar foydasiga qonunni xufyona buzishga turtki   bergan.   Korrupsiya   domiga   ilingan   amaldorlarni   boshqalarga   dars   bo’lsin
uchun   olomon   ko’z   o’ngida   jazolashlar   odatda   hyech   qanday   samara   bermagan,
chunki amaldan chetlatilganlar (lavozimidan olinganlar yoki qatl etilganlar) o’rnini
yangi poraxo’rlar egallagan. Markaziy hokimiyat amaldorlar faoliyati ustidan yalpi
nazorat   o’rnatish   uchun   odatda   zarur   kuch   va   vositalarga   ega   bo’lmagani   bois,   u
korrupsiyaning o’ta xavfli ko’rinishlarinigina jazolash bilan kifoyalangan.
  Qonun   korrupsiyaga   qarshi   kurash   sohasida   davlat   siyosatining   asosiy
yo’nalishlarini keltirib o’tadi:
 aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
 davlat   va   jamiyat   hayotining  barcha   sohalarida  korrupsiyadan  ogohlantirish
bo’yicha choralarni amalga oshirish;
 korrupsion huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari
va   keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar
sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.
Hujjatda   davlat   boshqaruvi   sohasida   korrupsiyadan   ogohlantirish   bo’yicha
choralarni   keltirib   o’tadi.   Jumladan,   davlat   organlari   faoliyatining   ochiqligi   va
hisobdorligini ta’minlash, parlament va   jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar
faoliyati   sifatini   baholash   hamda   ishga   qabul   qilish   va   mansab   pillapoyalaridan
ko’tarilishda ochiqlik va   xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish
tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi
aniqlanib,   ularning   ijtimoiy   himoyasi,   moddiy   ta’minoti,   har   tomonlama
rag’batlantirish choralari ko’riladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   va   tadbirkorlik   sohalarida   korrupsiyadan
ogohlantirish bo’yicha choralar qatoridan esa ma’muriy va   byurokratik to’siqlarni
bartaraf   etish,   ro’yxatga   olish,   ruxsat   berish   va   lisenziyalash   jarayonlarini
soddalashtirish   va   tezkorligini   oshirish,   davlat   organlarining   nazorat-tekshiruv
vakolatlarini   optimallashtirish   hamda   ular   va   tadbirkorlik   subyektlari   o’rtasida
o’zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan. Ma’muriy   jarayonlar   sohasida   korrupsiyadan   ogohlantirish   choralari
ro’yxatiga   ularning   batafsil   reglamentini   belgilash,   ushbu   jarayonlarni
soddalashtirish va   byurokratik rasmiyatchiliklarga yo’l qo’ymaslik kiritilgan.
Qonunda   davlat   organi   xodimi   biror   bir   shaxs   tomonidan   uni   korrupsion
huquqbuzarlikni   sodir   etishga   da’vat   qilish   holati,   Shuningdek,   boshqa   ishchilar
tomonidan Shu   kabi holatlarning amalga oshirilishi bo’yicha unga oshkor bo’lgan
ma’lumotlarni   o’z   rahbari   yoki   huquqni   muhofaza   qilish   organlariga   murojaat
etishi   belgilangan.   Mazkur   majburiyatlarning   bajarilmasligi   qonunchilikka
muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.
Korrupsion   jinoyat   to’g’risida   oshkor   qilgan   shaxs   davlat   himoyasi   ostiga
olinadi.   Biroq   mazkur   qoida   yolg’on   ma’lumotlarni   taqdim   etganlarga   nisbatan
amal qilinmaydi.
Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va   davlat organlari faoliyati,
mazkur   shaxslar   yoki   shaxslar   guruhiga   taalluqli   qabul   qilinayotgan   aktlar
to’g’risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini ko’zda tutadi. Davlat organlari,
fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari   va   tashkilotlar   OAVga   korrupsiya
bilan   bog’liq   hodisalar,   dalillari,   voqyealar   va   jarayonlan   to’g’risida   jamoatchilik
uchun qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan
biridir.   Ushbu   illat   har   qanday   davlat   va   jamiyatning   siyosiy-iqtisodiy
rivojlanishiga   jiddiy   putur   yetkazadi,   inson   huquq   va   erkinliklarining   poymol
bo‘lishiga   olib   keladi.   Shu   bois   unga   qarshi   kurash   xalqaro   ahamiyat   kasb   etib,
jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Ma’lumki,   korrupsiya   har   qanday   jamiyatning   siyosiy   va   iqtisodiy
rivojlanishiga   zarar   yetkazadi,   davlatning   konstitusiyaviy   asoslarini   hamda
jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi, demokratik institutlar va qonun
ustuvorligini   zaiflashtirib,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklari   jiddiy   tarzda
buzilishiga olib keladi.
Muhataram   Prezidentimiz   ta’kidalaganlaridek,   “Jamiyatimizda   korrupsiya,
turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga   yo’l  qo’ymaslik,  jinoyatga  jazo  albatta   muqarrar   ekani   to’g’risidagi  qonun
talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur.”
Shu   maqsadda   qabul   qilingan   O’zbekiston   Respublikasining   “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz
munosabatni shakllantirishda muhim rol o’ynayotganligi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi  kurashish, uning oldini
olish   maqsadida   barcha   davlat   idoralari   qatorida   bojxona   organlarida   ham   qator
ishlar amalga oshirilmoqda. Galdagi maqsad esa, bu kabi tadbirlarni aholi, xususan
yoshlar   o’rtasida,   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari,   o’quv
muassasalarida,   bir   so’z   bilan   aytganda   ijtimoiy   hayotning   barcha   jabhalarini
qamrab olgan holda o’tkazishdan iboratdir.
Aytish joizki, hozirgi  kunda dunyo miqyosida hal  etilishi  lozim  bo‘lgan eng
birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash
xalqaro   miqyosga   ko‘tarilib,   jahon   siyosatining   muhim   masalalaridan   biriga
aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki
o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi
barchaga ma’lum.
Mamlakatimizda   mazkur   muammoga   qarshi   kurash   masalasiga
mustaqillikning   dastlabki   kunlaridanoq   jiddiy   e’tibor   qaratib   kelinayotir.   O’tgan
davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini
olishga   qaratilgan   mustahkam   huquqiy   baza   va   tizimli   amaliyot   shakllandi.   Eng
avvalo,   respublikamizda   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   homiyligida   qabul
qilingan   EKOSOSning   Korruptsiyaga   qarshi   kurash   rezolyutsiyasi,   Davlat
mansabdor   shaxslarining   xalqaro   axloq   kodeksi,   xalqaro   tijorat   tashkilotlarida
korrupsiya   va   poraxo‘rlikka   qarshi   kurash   haqidagi   deklaratsiya,   Millatlararo
uyushgan   jinoyatchilikka   qarshi   kurash   konventsiyasi   va   boshqa   xalqaro
hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini
o‘tamoqda.
Bu   ta’limotning   nazariy-metodologik   ax,amiyati   xakida   bax,s   yuritish
mumkin,   lekin   insoniyatning   global   m’a’naviy   inkirozni   boshidan kechirayotganligi   va   uni   ma’naviy   madaniyatni   rivojlantirishga   mukobil   yul
yukligi   x,am   anik;   bulib   kolmokda.   Ya’ni   insoniyat   uchinchi   ming   yillikda
texnogen sivilizasiya tamoyillariga kura, uz mavjudligi, turmush sharoiti, ijtimoiy-
ma’naviy bor ligi asoslarini tubdan k;ayta kurishi zarur.
Buning uchun global texnogen sivilizasiya talablari asosida:  1)dunyoning tur
li   mamlakatlarida   ma’naviy-madaniyatni   rivojlantirishga   mutasaddi   xalkaro
ijtimoiy-siyosiy   institutlar   faoliyatini   integrasiyalashtirish;   2)davlatlarning
madaniyat   soxdsi-   dagi   milliy   dasturlarini,   strategik   vazifalarini   muvofiklash-
tirish;   3)ijtimoiy,   ikdisodiy   va   siyosiy   jarayonlarni   inson-   parvarlashtirish;   4)
insoniyatning   ma’naviy-madaniyati   tarixiy   tajribalarini   umumlashtish   va   xalkaro
trasformasiyasini yulga kuyish kerak.
Yangi   shakllangan   “an’anaviy   jamiyat”,   “fukarolik   jamiyati”,   “texnogen
sivilizasiya”,   “inkiroz   sindromi”   va   boshka   tushunchalar   mazmunini,   shaklini
“mentol   idvptifikainyalashtirish”,   ya’ni   ijtimoiy   tarakkiyotning   muayyan
yunalishlarini: geoijtimoiy, iktisodiy, etno-demografik, siyosiy, madaniy jarayonlar
kontekstida   konkretlashtirish,   jamiyat   xakidagi   tasavvurlar   kompleksligini
ta’minlash imkoniyatidir.
Shuning   uchun   texnogen,   texnotron   sivilizasiya   rivojlanishining   XX   asr
bos щ chidan   boshlab,   jaxon   falsafiy,   badiiy   adabiyotlarda,   uning   ta’sirida
shakllangan   badiiy   (ba’zan   inkilobchilar,   yoki   ularning   aksi   bulgan   obivatellar   -
passivlar, lok;aydlar) obrazini yaratish ustuvor mavzuga aylandi. Bu ^akda maxsus
falsafiy   munozaralar   boshlandi.   Bunga   misol   tarik;asida   pragmatizm,
neopozitivizm   falsafiy   yunalishlari   faoliyatini,   milliy   ozodlikni   (pinxona   yoki
ochik;)   targib   kiluvchi   xarakatlarni   yoki,   ularning   nazariy   asoslariga   doyr   Martin
Xaydeggerning Yevropa nigilizmi tugrisidagi ma’ruzalarini keltirish mumkin.
Aslida bu xarakatlar, kaysidir ma’noda, texnologik sivi- lizasiyaga asoslangan
jamiyatning inson ma’naviyatiga ta’siri natijasi edi. Xozirgi kunda esa, texnologik
sivilizasiyaning   “global   axborot   maydoni”   vujudga   kelishi,   insonga   “axborot
bosimi”  kuchayishi   bilan, kelajakda  jamiyat   ijtimoiy,  iktisodiy,  siyosiy,  ekologik,
ma’naviy-madaniy   rivojlanish   tendensiyasini   belgilaydigan   omillar   kompleksini aniklashni kiyinlashtirmokda.
Ayniksa,   texnogen   sivilizasiyaning   biosfera   ekologik   muvozanatiga,   inson
ma’naviyatiga   ta’siri   masalasida   bir-biriga   mukobnl   (lekin,   xar   biri   uzicha
xakikatlikka   davogar):   optmistik,   pessimistik,   skeptik,   alarmistik,   fatalistik   va
boshka   xususiy-   falsafiy   ta’limotlar,   nazariyalar   shakllanmokda.   Ularning
futurologik   konsensiyalari   asosida   insoniyat   sivilizasiyasi   rivojlanish   (ijobiy-
progressiv,   salbiy-regressiv)   tendensisiga   muayyan   determinlashtiruvchi   omillar
kontekstida baxolash xos.
Bu nazariyalar inson ijtimoiy moxsyatini, imkoniyatlarini bax,olashda, uning
isixologik-ruxiy   xususiyatlarini   mutlak;-   lashtirishi   natijasida,   bir   tomonlama
xulosalarga   asoslanadilar.   Lekin   bu   noan’anaviy   falsafiy-nazariy   ta’limotlar,
ma’lum   ma’noda,   demagogik-sxolastik   darajada   chegaralangan   xarakterga   ega
bulsa   xam,   Xaydeger   fikricha,   “yangi   fundamental   ontologiya”   goyalaridan   kelib
chikddi   va   insonni   texnogen   sivilizasiya   oksbati   bulgan   ekologik   xushyorpikka,
ma’naviy   kamolotga   da’vat   kipipti   bilan   muxim   axdmiyatga   ega.   Chunki   ular,
xozirgi   insoniyat   tarixida   yaratilgan   sivilizasiya   natijalarini   sakdab   kolish   global
muammoligini kursatadi.

Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati REJA: 1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari. 2. Dunyo bo’yicha korrupsiya holatining tasnifi. Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korupsiyaning turlari 3. Dunyo va O’zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari.

Korrupsiya – taraqqiyotga to’siq Korrupsiya (lotincha “sorruptio ” – poraga sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o’z mansabi bilan bog’liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti korrupsiya jinoyatchiligining o’sishi nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug’diradi, deya ta’kidlagan va Shu sababli, mustaqil davlatimiz mavqyeini mustahkamlash maqsadida, bu illatning oldini olish bo’yicha bir qator tavsiyalar bergan edilar. Korrupsiya jinoyati jamiyatimiz farovonligi va iqtisodiy taraqqiyotimiz kushandasidirki, unga qarshi kurashishni aslo susaytirmasligimiz lozim. Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzuidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur” , deb bejiz ta’kidlamadi. “Korrupsiya” tushunchasi qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo’llash amaliyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham, bu muammo na faqat milliy davlatlarni, balki xalqaro tashkilotlarni ham tashvishlantirmoqda. Hozirgi vaqtda kriminalist olimlar o’rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo’jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo’llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo’lib, poraxo’rlikning o’ta salbiy ko’rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Bu so’zni fuqarolarimiz o’zaro muloqotda qo’llaydilar va bu so’z kundalik nutqda ham qulog’imizga tez-

tez chalinadigan bo’lib qoldi. Ba’zi manbalarda esa bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so’zlar bilan bir qatorda qo’llanadi. Respublikamizda chop etilgan huquqiy adabiyotlar va maqolalarda ham korrupsiya deyilganida, yuqori mansabdagi shaxslar tomonidan sodir etilgan poraxo’rlik nazarda tutiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo’lgan yangi usullarni qo’llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi. Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Chunonchi, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulk va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida” gi, O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 19 iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida” gi Qonuni bu boradagidastlabki normativ-huquqiy hujjatlardandir. Xozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida2017 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo’lib, unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to’qnaShuviga doir

tushunchalarga ta’rif berilib, bular, o’z navbatida, fuqarolarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot beradi. Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari ko’rsatib o’tilgan bo’lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan quyidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar korrupsiyaviy jinoyatlar hisoblanadi:Masalan, o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish, jinoiy yo’l bilan topilgan mulkni olish yoki o’tkazish, byudjet intizomini buzish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, pora berish; pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og’dirish, tovlamachilik yo’li bilan haq berishni talab qilish, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yolg’on guvohlik berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi va hokazolar. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi Qonunning muhim ahamiyatli jihati Shundaki, unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ma’lumot berilib, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va

jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan. Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18- moddalarida o’z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo’lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo’lgan insonlar salbiy illat bo’lmish korrupsiyaga yo’l qo’ymaydilar. Ushbu Qonunning yana o’ziga xosligi, Qonunning 5-bobida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo’yish, javobgarlikning muqarrarligi nazarda tutilgan. Haqiqatan ham, ushbu Qonun davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi. Korrupsiya va unga qarshi kurash borasidagi milliy-xalqaro huquqiy normalar Hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko’p qo’llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya albatta bugun paydo bo’lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo’lib kelmokda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel Shunday degan:“Har qanday davlat tizimida qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni Shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo’l bilan boyishiga yo’l qo’ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteskye esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo’ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha Shu yo’nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan.