Hadya shartnomasi haqida
Hadya shartnomasi haqida Reja: Kirish. 1. BOB. Hadya shartnomasi tushunchasi va shakli. 1.1. Hadya shartnomasi tushunchasi va uning majburiyat tizimida tutgan o’rni. 1.2. Hadya shartnomasining shakli. 2. BOB. Hadya shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari. 2.1. Hadya shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari. 2.2. Xayr-ehson shartnomasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH O’zbekiston respublikasi suveren davlat deb e’lon qilingandan keyin o’z ichki va tashqi siyosatini o’zi mustaqil amalga oshira boshladi. Mamlakatimizda mustabid tuzum oqibatlarini bartaraf etish, yangi huquqiy demokratik davlatni shakllantirish bo’yicha juda katta tashkiliy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirila boshlandi. Bu choralarning asosiy maqsadi huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, taraqqiy etgan bozor munosabatlarini shakllantirish va bunga bosqichma-bosqich o’tib borishdan iboratdir. Respublikamiz mustaqqiligini qo’lga kiritganidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlar amalga oshirildi va bu islohotlar prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «inson manfaatlari uchun»- degan tamoyilga asoslandi. Huquqiy sohada amalga oshirilgan islohotlarning eng muhim jihati bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarinin bevosita tartibga soladigan yangi qonunchilik bazasini vujudga keltirish va uni doimiy ravishda shakllantirib borish bilan belgilandi. Qabul qilingan yangi qonunlar asosida iqtisodiyotimizda vujudga kelgan yangidan-yangi munosabatlar tartibga solina boshladi. Shu ma’noda mamlakatimizda huquqiy tartibga solishning izchil mexanizmi yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli deb nom olgan prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar va bulardan ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirish borasida qabul qilingan qonunlar asosida fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlanib borishi natijasida fuqarolik huquqiy shartnomalar ham yangicha mazmun kasb etdi. Ayniqsa, respublikamizda 2004 yilning «mehr va muruvvat yili» - deb e’lon qilinishi bu holat bilan bog’liq huquqiy munosabatlarga bo’lgan e’tiborni yanada ortishiga sabab bo’ldi. Hadya shartnomasi mehr va muruvvatninng huquqiy vositasi sifatida muhim o’rin tutadi. Hadya munosabatlari azaldan kishilar o’rtasidagi o’zaro ishonchga va mehr muruvvatga asoslanib kelgan. Qadim zamonlardanoq kishilar bir-birlariga mehr va 3
ishonch belgisi sifatida, g’amxo’rlik namunasi o’laroq biror narsani qoldirishgan. Dastlab, bu holatlar do’stlik va birordarlikning ramzi sifatida estalik va yodgorlik hisoblangan bo’lsa keyinchalik, o’zaro yordam va ko’mak vositasi sifatida shakllandi. Xususiy mulkchilikning jamoa mulkchiligidan ajralib chiqishi natijasida hadya munosabatlari ham tez rivoj topa boshladi. Endilikda mol-mulk yakka shaxsga tekgishli bo’lishi munosabati bilan u o’z mol-mulkini mustaqil tasarruf eta boshladi. Ya’ni o’z xohish irodasi bilan o’ziga tegishli bo’lgan mol- mulkni sotishi, boshqa shaxsga foydalanishga berishi yoki umuman tashlab yuborishi, boshqa shaxsga hyech qanday haqsiz berib yuborishi mumkin bo’ldi. Ana shu holatlar natijasi, ya’ni mulkdorning ashyoga nisbatan to’liq hukmronligi ostida hadya shartnomasi va u bilan bog’liq munosabatlar vujudga keldi. Hadya shartnomasi bilan bog’liq qoidalar hozirgi kundagi fuqarolik qonunchiligida izchil tartibda va muayyan mukammallikka erishiligan holda berilgan bo’lsada, bu munosabatlarni tartibga soluvchi qunun hujjatlarida muayyan kamchiliklar borligini ayti o’tish joiz. Hozirgi kunda hadya shartnomasining subyektlari, obyektlari, shartnomani rasmiylashtirish va uning shakli, taraflarning huquq va majburiyatlari, hadyani va’da qilish va uning oqibatlari xususidagi qoidalarda bir qator noaniqliklar va yechimi kutayotgan muammolar borligini hisobga olib mazkur holatlarni yechimini topish zaruriyati yuzaga keladi. Hadya munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining ba’zilarida hozirgi kunga qadar ma’muriy qoidalarning saqlanib qolayotganligi va hadya shartnomasini amalga oshirilishining sun’iy cheklanish holatlarning mavjudiligi mazkur risolaning dolzarbligini ifodalaydi. Darhaqiqat hozirda hadya shartnomasining taraflariga nisbatan ayrim molmulklarni hadya qilishi bo’yicha noqonuniy cheklovlarning belgilanishi fikrimizning dalilidir. Masalan, avtotransport vositalarining 18 yoshga to’lmagan fuqaroga hadya qilinganida, dan tomonidan bunday shartnoma davlat ro’yxatidan o’tkazilmaydi. Bu cheklov tegishli idoraviy hujjat bilan cheklab qo’yilganligi sababli, shartnomani qonun belgilagan tartibda rasmiylashtirib bo’lmaydi. 4
I BOB. Hadya shartnomasi tushunchasi va shakli. 1.1. H adya shartnomasining tushunchasi va uning majburiyatlar tizimida tutgan o’rni. Subyektlar mol - mulkning sohibi sifatida fuqarolik huquqiy munosabatlarda o ’ z nomlaridan ishtirok etishlari va o ’ z majburiyatlari yuzasidan mustaqil javob bera olishlari mumkinligi ham aynan ularda mol - mulkning mavjudligi bilan xarakterlangan . Darhaqiqat, jamiyatning iqtisodiy negizini mulk tashkil etadi. Shuningdek jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy tuzilishi ham mulk bilan, mulkning kimlarga tegishli ekanligi bilan belgilanadi. Mulksiz ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishning, mamlakatda xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshirishning iloji yo’q. Mustaqillik yillarida respublikada xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson erkinliklari ustuvorligidan kelib chiqadigan huquqiy qoidalar va normalarga asoslangan keng huquqiy makon vujudga keltirildi. Biz totalitar tuzumining o’z hukmini o’tkazishi va boshboshdoqligidan voz kechdik. Odamning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan shuningdek mulkchilikning hamma shakllaridagi ma’muriyxo’jalik tuzilmalari bilan xilma-xil munosabatlarini tartibga solishning huquqiy normalari sari dadil qadam tashladik. FKning 8-moddasi talabiga ko’ra, shartnomalar taraflar o’rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqacha yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to’la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo’lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda yetkazilishini, to’lov amaldagi qanday shakllarda bo’lishini mutlaqo o’zi, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo’l qo’yilmaydi 1 . Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o’zaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya’ni, xalq 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2019 5
tili bilan aytganda, “shartnomaning puldan qimmatligi”) unda ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko’ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xo’jalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) to’laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to’lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama rag’batlantiradi, o’z navbatida taraflarning mas’uliyatini oshiradi, xo’jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo’l-ko’lligiga garovdir. Shu ma’noda sohani tezkor va ta’sirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta’minlash maqsadida mamlakatimizda “xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida” qonun qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular o’z navbatida tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda 2 . Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash , o ’ zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o ’ zaro kelishuvidir . Shartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki moddiy manfaatlar to’g’risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to’g’risida o’zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma’nosida ishlatiladi. Bu yerda u o’zining birinchi ma’nosiyuridik fakt sifatida ko’riladi va o’rganiladi. Yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va harakatlarga bo’lingan edi. Yuridik harakatlar o’z navbatida huquq yo’l qo’ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) ko’rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldi, sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, vasiyatnoma 2 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 2018. 6