logo

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA FRAZEMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

823.5 KB
IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA  FRAZEMALARNING
SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
                     KIRISH ………………………………………………………….        3
I I BOB . II     IQBOL II MIRZO II SHE ’ RLARIDA II QO ‘ LLANILGAN ALAR      
          IBORALARNING    XUSUSIYATLARI ……………………….      10
     1.1.          Shakliy   xususiyatlar ………………………………………………      10
     1.2.          Ma’noviy  xususiyatlar……………………………………………     20
                              I bob bo‘yicha xulosa……………………………………………..      31
             II I BOB.     IBORALARNING   SEMANTIK  JIHATDAN TASNIFI  VA  
                                ULARNING XUSUSIYATLARI ………………………………     32
          2.1.        Insonning ruhiy holatini ifodalovchi iboralar…………………….      33
                2.2.        Xarakter-xususiyat va b elgi bildiruvchi iboralar……………….....     48
                              II bob bo‘yicha xulosa ..…………………………………………..     58
   III BOB.     IBORALARNING STILISTIK XUSUSIYATLARI …………      59
                 3.1.        Shoir  she’rlarida qo‘llanilgan sinonim, antonim  va ko ‘pma’noli  
                               iboralar ….……………………………………………………….      59
                 3.2.        Stilistik figuralar va troplar ..……………………………………       69
                               III bob bo‘yicha xulosa .…………………………………………      80
                    XULOSA VA TAKLIFLAR ………………………………….       81
                               FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.……….       84
          
                 KIRISH
                        Mavzuning asoslanishi  va dolzarbligi.   Mustaqillikka erishganimizdan
buyon   tilshunoslik   sohasida   katta   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Milliyligimizni   va
o‘zligimizni   o‘zimizga   qaytardi.   Til   siyosat   darajasiga   ko‘tarildi.   1990-yil   19-
fevralda   “Davlat   tili   to‘g‘risida”gi   qonun   qabul   qilinib,   o‘zbek   tilining   davlat   tili
ekanligi Konstititsiya bilan mustahkamlab qo‘yildi. 
                        Hurmatli   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev   tomonidan   “O‘zbek   tilining
davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeyini   tubdan   oshirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   Farmonining   qabul   qilinishi     Vatanimiz   tarixida   muhim   hodisa
bo‘ldi. 1
 Birozdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini
belgilash   to‘g‘risida”gi   Qonuni   qabul   qilinishi   o‘zbek   tiliga   yuksak   hurmat   va
e’tiborning   isboti   bo‘ldi.   Shundan   boshlab   21-oktabr   “O‘zbek   tili   bayrami   kuni”
deb e’lon qilindi va bu bayram har yili keng tarzda nishonlanib kelinmoqda. 2
                        Tilimiz   asrlar   osha   rivojlanib,   taraqqiy   etib   kelmoqda.   O ‘z bek   tili
rivojlanayotgan tillar qatoriga kiradi va hozirgi kunga kelib dunyoda 50 millionga
yaqin odam shu tilda so ‘ zlashadi. Tildagi barcha birliklar xalqimizning til boyligi,
javohirlari   hisoblanadi.   Hozirgi   kun   talablari   bilan   hayotimiz   mezoniga   e’tibor
beradigan   bo‘lsak   xalq   tili   o‘zining   ko‘zga   ko‘rinmas   kuchga   egaligini   namoyon
qilmoqda.   Hozirgi   kunda   tilshunoslikning   barcha   sohalari   bo‘yicha   yangi
tadqiqotlar   yaratildi   va   yaratilmoqda.   Jumladan,   iboralar   va   ularning   nutqiy
kontekstda tutgan o‘rni keng tadqiq etilmoqda. U o‘z tekshirish obyektiga, tadqiq
1
    O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   21-oktabrdagi     PF-5850-sonli   “O‘zbek   tilining   davlat   tili
sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.   
2
        ?
O‘zbekiston   Respublikasining     2020-yil   10-apreldagi   O‘RQ-615-sonli   “O‘zbek   tili   bayrami   kunini   belgilash
to‘g‘risida”gi Qonuni. etish yo‘li  va usullariga ega bolgan fan tarmoqlari sifatida shakllanib bormoqda.  
                        Tilshunoslikda   iboralarning   leksik-semantik   xususiyati,   grammatik
tuslanishi   va   turlanishi   o‘rganilgan   bir   paytda,   iboralarning   badiiy   matnda
qo‘llanilishi   bilan   bog‘liq   ba’zi   masalalar   o‘z   yechimini   kutmoqda.   Birinchi
navbatda,   iboralarning   asosiy   vazifasi   shundan   iboratki,   u   badiiy   asarning   tiliga
hamda   so‘zlashuv   nutqiga   jilo   beradi,   uni   sayqallashtiruvchi   ifodaviy   tasvir
vositalarini   badiiy   asarlar   tilida   namoyon   etadi.   Badiiy   asar   tilidagi   individual   –
muallif   tomonidan   yaratilgan   iboralarini   o‘rganish,   ularning   ma’no   qirralarini
aniqlash,   ularni   frazeologik   lug‘atlarga   kiritish   kabi   masalalar   tilshunoslar
e’tiborida   bo‘lmog‘i   zarur.   Badiiy   asarlar   tilining   o‘zi   murakkab   jarayon
bo‘lganligi uchun, badiiy asarlarda yozuvchining individual yondashuvi mavjudligi
sabab   turli   mualliflarga   oid   badiiy   asarlarni   emas,     balki   asarlarida   hayotiylik
nafasi   ufurib   turuvchi   qalami   o‘tkir   shoir   Iqbol   Mirzoning   she’rlarida   keltirilgan
iboralarni tadqiq va tahlil etishni rejalashtirdik. Chunki o‘zbek adabiy tili va badiiy
asar   tili   iboralarini   so‘z   san’atkorlari   tili   va   uslubi   doirasida   o‘rganish   salmoqli
natijalarga   olib   keladi.   Yangi   nazariy   fikrlarni   hosil   qilish   va   yangicha   uslubdagi
iboralarni   yig‘ish,   ularning   semantik   xususiyatlarini   o‘rganish   va   yuksak
natijalarga erishish  mavzuning  dolzarbligini kasb etadi.          Ii        iuu 
                        Mavzuning o ‘ rganilganlik darajasi.   Ma’lumki, frazeologizm deganda,
ko ‘ chma   ma’no     anglatadigan,   ibora   yoki   turg ‘ un   so ‘ z   birikmalari   tushuniladi.
Frazeologik   birlikdan     (iboradan)   yaxlitligicha   anglashiladigan   ma’no   uning
tarkibidagi so ‘ z komponentlariga xos leksik ma’nolarning oddiy yig ‘ indisiga teng
bo ‘ lmaydi,   iboraning   ma’nosi   umumlashma   ma’no   sifatida   namoyon   bo ‘ ladi. 3
Frazeologiya   tilshunoslikning   alohida   bo‘limi   sifatida   XX   asrning   40-yillarida
3
  Раҳматуллаев   Ш .  Ўзбек   тилининг   фразеологик   луғати . –  Тошкент :  Қомуслар   бош   таҳририяти , 1992, 3- бет.  
5
 Yo’ldoshev B. O’zbek frazeologiyasi va frazeografiyasi masalalari.-Toshkent:Muharrir, 2013, 24-bet. maydonga   keldi.   Frazeologiya   nazariyasining   rivojida   Sh.Balli,   D.Polivanov,
A.Bulaxovskiy,   V.Vinogradovlarning,   turkiyshunoslikda   S.K.Kenesbayev   hamda
N.Muratov   kabi   tilshunoslarning   alohida   xizmatlari   bor. 4
    Frazeologiya
nazariyasiga   dastlab   fransuz   tilshunosi   Sh.Balli   asos   solgan.   Frazeologizmlarning
grammatik,   semantik,   funksional   –   uslubiy   jihatlarini   rus   tilshunoslarining
tadqiqotlarida   ham   ko ‘ rish   mumkin.   Masalan,   V.Vinogradov   iboralarni   leksik
qatlam   sifatida   ma’no   guruhlariga   ko ‘ ra   tasniflaydi.   V.Jukov   esa
frazeologizmlarning   kategorial   ma’nolarini   aniqlagan.   O ‘ zbek   tilshunosligida
frazeologizmlar   Sh.Rahmatullayev,   M.Sodiqova,   I.Qo ‘ chqortoyev,   A.Rafiev,
B.Yo ‘ ldoshev,   A.Mamatov,   Q.Hakimov,   K.Bozorboyev   kabi   olimlar   ishlarida
keng   ovrganilgan. 5
  Mazkur   ishlarda   frazeologizm   masalalari   yetarlicha   tahlil
qilinib,   so ‘ zlashuv   nutqida   faol   foydalaniladigan   hamda   turli   badiiy   matnlarda
qo ‘ llanilgan   frazeologik   birliklar   chuqur     o ‘ rganilganligi   diqqatga   sazovordir. 6
I            Yaqin o ‘ n yillik ichida frazeologizmlar bo ‘ yicha yangidan yangi tadqiqotlar
yaratildi,   fanga   ko ‘plab   yangiliklar   olib   kirildi.   Jumladan   U.Rashidova,
Sh.G ‘aniyeva,   M.Bekiyeva,   B.Eshboltayev,   M.Qo‘shnazarova   va   boshqa
tadqiqotchilar frazeologiya sohasida izlanishlar olib borishdi va yuksak natijalarga
erishdilar.   Tadqiqotchi   Sh.G ‘ aniyeva     o ‘ zbek   tilshunosligida   frazeologik
birliklarning   struktur   tahlili   hamda   modellashtirish   muammosini   monografik
planda   maxsus   tadqiq   etdi.   Tadqiqotchi     Sh.G ‘ aniyevaning   “O ‘ zbek
4
5
            ?
Раҳматуллаев   Ш .   Ўзбек   фразеологиясининг   баъзи   масалалари   ( Фразеологик   полисемия ,   синонимия ,
антонимия   ва   омонимлик ):   Филол . ф . доктр ... дисс .   –   Тошкент ,   1966;     Содиқова   М .   Қисқача   ўзбекча   – русча
фразеологик   луғат .   –   Тошкент :   Ўзбек   совет   энциклопедияси ,   1989;   Қўчқортоев   И .   Бадиий   сўзустаси
( А . Қаҳҳор   ҳақида ).   –   Тошкент ,   1967;   Рафиев   А .   Иборалар   нутқимиз   кўрки .   –   Тошкент :   Ўзбекистон ,   1985;
Маматов   А .   Ўзбек   тили   фразеологизмларининг   шаклланиш   масалалари :   Филол . ф . доктр ... дисс .   –   Тошкент ,
1999;   Ҳакимов   Қ .   Ўзбек   тилидаги   содда   гап   қолипли   фразеологизмларнинг   зарурий   бирикувчанлиги :
Филол . ф . номз ... дисс .   –   Тошкент ,   1993;   Бозорбоев   К .   Ўзбек   сўзлашув   нутқи   фразеологизмлари :
Филол . ф . номз ... дисс . –  Самарқанд , 2001.
6
    ?
   Жумабаева  С .   Ўткир    Ҳошимов   асарларида   фразеологизмлар . –  Тошкент ,2014. frazeologizmlari   strukturasi”   (shakliy   va   mazmuniy   modellashtirish)   nomli
tadqiqoti   frazeologizmlarning   ma’no   tuzilishi,   ularning   semantik-struktur   va
shakliy-sintagmatik   xususiyatlarini   yoritish   bilan   birgalikda   frazeologizmlarning
modellashtirish   asoslarini   belgilab   berdi.   Sh.G ‘ aniyeva   ushbu   tadqiqotida
frazeologizmlarni   3   ta   mazmuniy  guruhga  bo ‘ lib  o ‘ rgangan. 7
    Ular   harakat,   holat
va   belgi   bildiruvchi   frazeologizmlardir.   U.Rashidova   esa   o ‘ zbek   tilidagi   somatik
iboralarni semantik-pragmatik jihatdan tadqiq etdi. Ko ‘z, qo‘l, yurak komponentli
iboralar ning mazmun mohiyatini hamda matnda qo ‘llanilish xususiyatlarini     ochib
berdi. 
                        Har bir yozuvchi va shoirlarning ijodida frazeologizmlardan foydalanish
uslubi   bo ‘ ladi.   Jumladan,   O’zbekiston   Xalq   shoiri   Iqbol   Mirzo   she’rlari   o ‘ zining
xalqonaligi,   o ‘ ynoqiligi   va   ohangdorligi   bilan   diqqatni   tortadi.   Shoir   she’rlarida
qo ‘ llanilgan   frazeologizmlar   o ‘ zining     xalqchilligi,   adabiy   tilga   oidligi   va
individual xarakterga   egaligi bilan ajralib turadi. 
                        Tadqiqot     obyekti   va     predmeti.   Tadqiqotimizda     obyekt     sifatida
“Sizni   kuylayman”,       “Seni       bugun   ko‘rmasam     bo‘lmas”,     “Qo‘shiqlarim”,
“Ko‘ngil”   kabi va     boshqa   bir   qancha   she’riy   to‘plamlari olindi va     mazkur
she’riy   to‘plamlardagi   she’rlardan       muhim       misollar   yig‘ildi.   O‘zbek   tilida
mavjud iboralar va shoir tomonidan   yaratilgan   individual   xarakterga   ega yangi
iboralar tadqiqotning predmeti oi hisoblanadi.
                        Tadqiqot maqsadi va vazifalari.   Badiiy matnlarda mavjud iboralarning
qo‘llanishiga   doir   maxsus   tadqiqot   yaratish   o‘zbek   tilshunosligida   muhim
ahamiyatga egadir. Iqbol Mirzo she’rlarida qo‘llanilgan iboralarni o‘rganish, ularni
tasniflash   hamda   ularning   semantik   va   stilistik   xususiyatlarini   aniqlash
7
  Ганиева   Ш.   Ўзбек   фразеологизмлари   структураси   (шаклий   ва   мазмуний   моделлаштириш):   Филология
фанлари бўйича фалсафа доктори дисс.автореф. Фарғона, 2017.  tadqiqotning   asosiy   maqsadi ii hisoblanadi.         Oo               iiiiii       ттттт         I
oooooo Mazkur nn maqsadga uh erishish nn uchun n quyidagi o vazifalar o belgilab o olindi
:
                 -badiiy p matnda y iboralarning i qo‘llanilish i o’rni i va semantik tabiatini tadqiq
etish;  
                 -Iqbol   Mirzo  she’rlarida  qo‘llanilgan  frazemalarning  shakliy  va ma’noviy
xususiyatlarini ochib berish;
          - Shoir    o she’rlaridagi o    iboralarni o   to‘plab, o ularning   o semantik o   tasnifini
o‘rganish;
                  - Shoir       she’rlarida      qo‘llanilgan      iboralarning   stilistik     imkoniyatlarini
tadqiq etish;
           - S inonim va antonim va ko ‘pma’noli  iboralarning matndan tashqari va matn
tarkibidagi ko‘rinishini taqqoslash orqali stilistik jihatdan bo‘yoqdorligini ko‘rsatib
berish ;
            -Iboralarning stilistik figura va troplar vazifasida kelishini o‘rganish.
                        Ilmiy   yangiligi.   Ushbu   magistrlik   ishimizda   iboralarning,   jumladan
iboralarning o‘zbek  tilshunosligidagi ahamiyati va  tutgan o‘rni tadqiq etildi. Iqbol
Mirzo     she’rlarida     qo‘llanilgan     iboralarning   lug‘aviy   izohi,
semantikasi,uslubiyatiga   misollar   keltirildi   va   izohlandi.   Iboralarni   alohida
matndan     uzib   olgan     holda     emas,   balki   badiiy   asar   tili   orqali,   she’r   tarkibida
qanday   ma’no-mazmunni   izohlab   kelayotganini   tahlil   etdik.   Iqbol     Mirzo
she’rlarida   qo‘llanilgan iboralarni   lingvistik   jihatdan   tadqiq etish orqali,   shoir
iste’dodi     va     uning     ijodiy     uslubi,   dunyoqarashi   haqida   muhim   xulosalar
chiqardik.
               Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.  Ushbu ilmiy tadqiqot ishida
Iqbol   Mirzo   she’riyatida   qo ‘ lllanilgan   frazemalarni   semantik-stilistik xususiyatlarini   o ‘rganishni   rejalashtirgan   edik.   Dastlab   frazemalarni   shakliy   va
ma’noviy   xususiyatlari   bo‘yicha     bir   necha   guruhlarga   bo‘lib   olib   tadqiq   etdik.
Ushbu tadqiqotning 3-bobida iboralarning stilistik xususiyatlarini jumladan stilistik
figuralar   va   troplar   vazifasida   kelishini   tadqiq   etdik.   Iboralarni   sinonim,   antonim
va   ko‘pma’nolilarini   ajratib   oldik   va   matn   tarkibidagi   hamda   matndan   uzilgan
holatdagi   ma’nolarini   taqqoslab   chiqdik.   Ushbu   bob   ilmiy   tadqiqotning   yangiligi
hisoblanadi.   Tadqiqot   asaosiy   mazmuni   bo ‘ yicha   respublika   miqyosidagi   ilmiy
konferensiya   to ‘ plamida   1   ta,   respublika   jurnalida   1   ta,   xalqaro   jurnalda   2   ta
maqola   e’lon   qilindi.   Ushbu   ishga   ilova   tarzida   “Iqbol     Mirzo   she’riyatida
qo‘llanilgan iboralarning izohli lug‘ati”ini ilova qildik.
               Tadqiqot mavzusi bo ‘ yicha adabiyotlar sharhi.    O‘zbek tilshunosligida
iboralar  bo‘yicha  olib  borilgan   tadqiqotlar,  ilmiy, nazariy, tanqidiy  maqolalar,
kitoblar     ishning     manbasi     vazifasini   bajaradi.   Iqbol     Mirzoning   “Sizni
kuylayman”,   “Seni bugun ko‘rmasam  bo‘lmas”,   “Qo‘shiqlarim”,   “Ko‘ngil”   va
bir  qancha  she’riy  to‘plamlari  tadqiqot manbayi qilib jj olindi.
                        Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.   Lingvopoetik, stilistik,
qiyosiy   va   matn   tahlili   metodlari   yordamida   shoir   she’riyatidagi   ibora lar   tahlil
etilgan. Ularning xalq tilidagi va shoir uslubidagi ko‘rinishlari, ifoda xususiyatlari
taqqoslab berilgan.
                        Tadqiqot     natijalarining    nazariy    va    amaliy     ahamiyati .  Tadqiqot
badiiy til  masalalarini tadqiq etuvchi ishlar sirasiga kiradi va o‘zbek tili leksikasi,
uslubiyatining   nazariy   masalalarini   hal   etishda   badiiy   til   va   uslub   individualligi
yo‘nalishidagi     tadqiqotlar   uchun     ma’lum   darajada   nazariy   ahamiyat   kasb   etadi.
Jumladan,   Iqbol     Mirzoning   badiiy   til   vositalaridan   bo‘lmish   iboralardan
foydalanish   usullarini   aniqlash,   ijodiy   jarayon   va   bu   jarayonga   xos   bo‘lgan lingvistik   xususiyatlarni   o‘rganish   uning       asosiy     qonuniyatlarini     ochishga
yordam beradi. 
                        Tadqiqot     natijalari     oliy   o‘quv     yurtlarining     filologiya   fakultetlari
semasiologiya,   leksikologiya,   frazeologiya,   uslubshunoslik,   badiiy   matn   tahlili,
hozirgi     zamon     o‘zbek     adabiy   tili     kabi     nazariy     kurslarni     o‘tishda,     Oliy     va
o‘rta     maxsus     ta’lim     tizimi     talabalarida     badiiy   asar     tilini     tahlil     qilish
malakasini  shakllantirishga nn yordam iiii beradi.
                        Ish   tuzilmasining   tavsifi.   Dissertatsiya     kirish,   uch   bob,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. 
              I I BOB. I IQBOL II MIRZO II SHE’RLARIDA II QO ‘ LLANILGAN ALAR
IBORALARNING  XUSUSIYATLARI
   
1.1. Shakliy xususiyatlar
                        Voqelikni  obrazli   tasvirlashda,  uni  kitobxon  ko‘z  o‘ngida  aniq  va to‘la
gavdalantirishda   iboralarning   o‘rni,   ahamiyati   beqiyosdir.   Iboralar   hayotdagi
voqea-hodisalarni   kuzatish,   jamiyatdagi   maqbul   va   nomaqbul   harakat,     holatlarni
baholash,   turmush   tajribalarini   umumlashtirish   asosida   xalq   chiqargan
xulosalarning   o‘ziga   xos   obrazli   ifodalaridir.   Shoir   va   yozuvchilar,   odatda   tasvir
maqsadiga   muvofiq   iboralarni   tanlab   qo‘llash   bilangina   kifoyalanib   qolmaydilar,
balki qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab o‘zgartiradi va qayta
ishlaydi.   Shu   tarzda   xalq   iboralari   sayqallanib,   yangi   ma’no   nozikliklari   bilan
to‘yinib boradi. Xalq iboralarini qayta ishlashning usullari, ularga yangicha rang va
tus, yangicha ma’no talqini berishning yo‘llari juda xilma-xildir. Bunga:
  -ibora zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish;
  -iboraning leksik tarkibini o‘zgartirish;
  -uning semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish;
  -iboraga     yangicha    majoziy   va    obrazli    ma’nolar    kiritish    kabi    
usullarni  kiritish iiu mumkin. 8
8
  S homaqsudov A va boshqalar.O’zbek tili stilistikasi.-Toshkent, -B.70.             Iboralarni    qayta    ishlashning  turli  usullari   B.Yo‘ldoshev   tomonidan  
keng o‘rganilgan. 9
 
             Ibora lar tarkibida nechta so ‘ z ishtirok etishiga qaramay ular yagon umumiy
ma’no   bilan   birlashadi   va   emotsional-ekspressiv   ma’noni   ifodalaydi.   Frazemalar
badiiy adabiyotda obrazli va ta’sirchan vosita sifatida qo ‘ llaniladi. 10
 
                        Tilshunoslikda ham   ibora lar matnga, nutqimizga   ko ‘ chma ma’no berish
bilan birgalikda unga ruh bag ‘ ishlaydi, jilo beradi. Kishi ruhiyatiga gap mazunidan
kelib   chiqqan   holda   salbiy   yoki   ijobiy   ta’sir   ko ‘ rsatadi.   Ibora larning   stilistik
imkoniyatari bosha til birliklariga qaraganda ancha kengdir. Yozuvchi va shoirlar
esa   ibora larning   stilistik   vazifalaridan   mohirona   foydalangan   holda   o ‘z   asarlarida
ularni qo‘llashadi. Bu esa asarning ta’sirchanligini, badiiy saviyasini oshirish bilan
birga kitobxon qalbiga kirib borishi va o‘rin egallashini ta’minlaydi.
                        Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shoir Iqbol Mirzo tomonidan
qayta ishlangan iboralarni quyidagicha tahlil qilamiz:
              1.Ibora tarkibidagi ayrim so‘zlarni almashtirish :  
                                         Qattiqroq qaragan edimmi,
                                         Xafa qiluvdimmi, bilmadim.                                               
                                         Tikonlar  yular ich-etimni…
                                         Faqat gul kelmadi, kelmadi.
                                                                    (“Kelmadi” she’ridan)
9
 Yo’ldoshev B.Frzeologik uslubiyati asoslari.-Samarqand, 1999.
10
 Абдуазизов А.  Тилшунослик  назариясига  кириш.- Тошкент, 2010, - Б.8.                         Ushbu   misralarda     Ich   etini   yemoq   iborasi     Ich   etini   yulmoq     tarzida
qo‘llanilib,   iboraning   yangicha     ma’no   talqinini   ochib   bergan.   Sh.Rahmatullayev
tomonidan   tuzilgan   “O‘zbek   tilining     izohli   frazeologik   lug‘ati”   da       Ich-etini
yemoq     iborasi     “ Ruhan   azoblandi,   siqildi”   degan   ma’nolarni   bildiradi.   She’riy
parchada esa ma’no  “ottenkasi”  kuchayib, uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qilgan. 11
                                         Do‘stlar  kechib qo‘ygan edi bahrimdan,
                                         Kimlardandir qasos olmoqchi edim.
                                         Haydab chiqardilar meni hayotlaridan,
                                         Men sening yodingda qolmoqchi edim.
                                                          (“Yodingda qolmoqchi edim” she’ridan)
                          “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”da   “Voz kechdi” ma’nosini
bildiruvchi     Bahridan   o‘tdi   iborasi   mavjud  bo‘lib,  shoir    uni  she’r    mazmunidan,
kelib   chiqib   obrazlilikni   oshirish,   hissiy   bo‘yoqdorlikni   kuchaytirish   uchun
“Bahridan kechib qo‘ydi”  tarzida  qo‘llaydi. Bu orqali misralarda yangicha ma’no
hosil qilinmoqda.
                                         Belgisiz xilxona, ko‘hna mozorni   -
                                         Mozorki, qarovsiz xarobazorni                                       
                                         Eshitganing bormi, ko‘rganing bormi
                                         Dilim vayron   bo‘ldi , seni sog‘inib.
                                                                        (“Seni sog‘inib” she’ridan)
11
   R ahmatullayev Sh. O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. -Toshkent, O’qituvchi, 1978.                       Tilimizda     Dili   og‘ridi       hamda       Dili   vayron  bo‘ldi     iborasi     bir-biriga
o‘zaro   sinonimlik   hosil   qiladi.   Ular   o‘rtasidagi   farq   esa   ma’no   nozikliklarida
yuzaga chiqadi.
                                      Yayrayman tepkilab, toptab dilimni,
                                      Siz  bog‘dan kelsangiz chohdan kelaman.
                                      Eng zaruur pallada tishlab tilimni,
                                      Jonimni og‘itib huzur qilaman.
                                                                           (“Huzur” she’ridan)
                      “O ‘ zbek tili frazeologizmlarining izohli lug‘ati”da    “Bog‘dan kelsa (…),
tog‘dan kelmoq”   yoki  “Tog‘dan kelsa (…), bog‘dan kelmoq”   qolipidagi ibora bor
bo‘lib,   “Suhbatdoshining   gapiga   hech   aloqasi   yo‘q   gap-so‘z   aytmoq”   ma’nosini
bildiradi.   Yuqoridagi   she’riy   misrada   esa   shoir   tog‘   o‘rnida   choh   so‘zini   qo‘llab,
salbiy ma’no ottenkasini yuzaga chiqargan. “Tog‘” so‘zi bilan “choh” so‘zi orasida
juda katta ma’no farqi bor bo‘lib, shoir  o‘zining ichki his-tuyg‘ularini ochiq oydin
oshkor   qilib   kesatiq   ma’nosida   tog‘   so‘ziga   qofiyadosh   qilib   choh   so‘zini
qo‘llagan.   Natijada   esa   iboraning   asl   va   o‘zgargan   varianti   orasida   shakily   va
ma’noviy zidlik (qarama-qarshilik) hosil bo‘lgan.
                                      Qancha yog‘iy  chopiblar o‘tdi,
                                      To‘rt tarafdan qopiblar o‘tdi.
                                      Do‘stlar, majruh Vatan egniga
                                      Bobom jonin yopib o‘tdi.
                                                                   (“Vatan sog‘ bo‘lsin” she’ridan)
                      To‘rt   tarafdan   qopmoq   jumlasi   “Har   tomonlama   siquvga   olmoq,
janjallashmoq”   degan   ma’nolarni   ifodalaydi.     To‘rt   tarafdan   qopmoq   jumlalari
Har   tomondan   talamoq   iborasi   o‘rnida   shoir   tomonidan   qayta   ishlanib, o‘zgartirilgan   holda   aks   ettirilgan.   Shakli   o‘zgargan   bo‘lsa   ham   ammo   mazmuni
saqlanib   qolgan.   Bu   orqali   ibora   qayta   ishlangan   holda     okkazional   xarakterli
birikma hosil qilgan.
                                        Sargardonlik Majnun-Layliga edi,
                                        Bizniki faqay gul sayliga edi.
                                        Olisda bo‘lsang ham mayliga edi,
                                        Bog‘im xazon bo‘ldi   seni sog‘inib.
                                                                       (“Seni sog ‘ inib” she’ridan)
               Bog‘i xazon bo‘ldi   “Vafot etdi, orzulari armon bo‘ldi”  degan ma’nolarni
bildiradi.       Xalqimiz   orasida   inson   vafot     etganida   Umri   xazon   bo‘libdi   degan
go‘zal o‘xshatish bor bo‘lib, asrlar osha u bir butunlikni hosil qilib iboraga aylanib
qolgan.   Yozuvchi     va   shoirlarimiz     o‘z   asarlarida   ta’sirchanlikni   oshirish,
badiiylikni yuksaltirish maqsadida  “vafot etdi”, “halok bo‘ldi”, “o‘ldi” kabi qo‘pol
so‘zlar   o‘rnida   Umri   xazon   bo‘ldi   birikmasini   ishlatishadi.   Inson   umri   daraxtga
o‘xshatiladi. Daraxtlarning barglari   kuz kelishi  bilan   sarg‘ayib to‘kila boshlaydi
va xazon bo‘ladi. Dono xalqimiz  insonni daraxtga o‘shatishadi. Uning umri tugab
vafot etganida   Umri xazon bo‘ldi  iborasi qo‘llaniladi.  She’r mazmunidan ko‘rinib
turibdiki   oshiq   yigit   yorini   sog‘inib,   butun   umri   uni   kutadi   va   umri   xazon   bo‘lib
tugaydi. Ungacha yor kelishini kutib, yo‘liga intizor bo‘lib yashaydi.   Bog‘i xazon
bo‘ldi   iborasi   esa     she’r   mazmuniga   mazmuniy   teranlik,   shakily-uslubiy   joziba,
orginallik bag‘ishlagan.
                              Yuqoridagi  misollardan ko‘rinib turibdiki, shoir she’rlarida qo‘llanilgan
iboralar   mazmundorlikni   oshirish   bilan   birga,   ekspressivlikni   ham   yuksaltirgan.
Iboralar ko‘p ma’nolarda qo‘llanilib, shoirga keng imkoniyatlar bergan, ularni o‘z
holicha   yoki     muayyan   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   bilan   qo‘llash   muallif
mahoratiga bog‘liqdir.
             2 . Ibora tarkibini kengaytirish .  Bunda ibora tarkibiga yangi so‘z kiritiladi.                                          El qatori nasihatim bezganim rost
                                         Umidimni tishlab uzganim  rost.
                                         Qayda bo‘lmay, bir nigohni sezganim rost,
                                         Gunoh qilsam, o‘tkir nigoh tig‘lab chiqdi.
                                                                             (“Kelmadi” she’ridan)
                      Tilimizda     Umidini   uzdi     iborasi     ko‘nglidagi     oxirgi   ilinjini   yo‘qotgan
insonga nisbatan ishlatiladi. She’riy misrada esa shoir ushbu iborani qo‘llash orqali
so‘z   o‘yinini   yuzaga   chiqargan.   Oshiqning   g‘arib   ahvolini   jonli   tarzda   ta’sirchan
qilib   ko‘rsatish   maqsadida   Umidini   uzdi   iborasiga   “ tishlamoq”   so‘zini   qo‘shib
qo‘ygan. Bu orqali emotsionallik kuchayib, kitobxon yuragida oshiq ahvoliga chin
dildan achinish, yorga nisbatan biroz nafratni uyg‘otgan.
                                      Yaramni ko‘chirib sepaman tuzni,
                                      Eng ko‘rimli joyga surat ilaman.
                                      Kun bo‘yi ataylab o‘ylayman sizni,
                                      Jonimni og‘ritib huzur qilaman.
                                                                         (“Seni sog‘inib” she’ridan)
               Yarani ko‘chirib tuz sepmoq    jumlasi    Yaraga tuz sepmoq   iborasi o‘rnida
qo‘llanilib,   ta’sirli   ma’no   nozikligini   yuzga   keltirgan.   Muallif   tomonidan   qayta
ishlanib   o‘zgartirilgan   jumladan,     shoir   qalbining   tub-tubida   yashirinib   yotgan
tuyg‘ulari to‘lqinlanib, shoir tiliga ko‘chganini ko‘rishimiz mumkin.
                                    Senga xatlar  yozdim  yetib bormadi,
                                    Yomg‘irlarda qolib qunishdi kaptar.
                                    Mahzun kuy taratdi yomg‘ir  torlari,                                     Yurakka ko‘ylakdek yopishdi dardlar. 12
                                                                                                    (“Senga xatlar yozdim” she’ridan)
               Yuqoridagi she’riy parchada ishqdan ozorlangan oshiq ruhiyati aks etgan.
Sevikli   yorga   yozilgan   maktubning   yetib   bormaganligini   shoir   tabiatdagi
manzaralarga   uyg‘un   holda   tasvir   etadi :   yomg‘irlarda   qolib   qunishgan   kaptar,
uning   ezib   yog‘ishi,   dardning   yurakka   ko‘ylakdek   yopishishi.   E’tibor   berilsa,
bunda yomg‘ir torlari shoirning badiiy topilmasi, uning mahzun kuy   taratishi esa
tashxis,   ayni   chog‘da,   tashbeh   hamdir.   Chunki   yomg‘irning   shitirlashi     mahzun
kuyga qiyoslanyapti. 13
 
                          “Yurakka   ko‘ylakdek   yopishdi   dardlar”     misrasidagi   “Yurakka   dard
yopishmoq”   iborasi shoir tomonidan  yangi ishlangan, individual iboradir. Odatda
inson   tanasi,   badaniga   dard   tegadi.   Shoir   esa   majoziy   ma’noda,   ta’sirchanlikni
oshirish   maqsadida   yurakka   dard   yopishdi   deyishni   o‘rniga   yurakka   ko‘ylakdek
dard   yopishdi   tarzida   qo‘llaydi.   Natijada   misralararo   ta’sirchanlik     va   ma’no
chambarchas bog‘lanmoqda.
                                    Senga xatlar yozdim, alanga bo‘ldi,
                                    Oy ham quyosh kuydi, qoraydi olam.
                                    Ingichka yuragi tutunga to‘ldi,
                                    Va o‘zini yerga tashladi qalam.
                                                                 (“Senga xatlar yozdim” she’ridan) 
                        Yuqoridagi   misralarda maktubda  bitilgan kechinmalardgi   qaynoq mehr
alangaga qiyoslangan. Oy ham quyoshning kuyishi, olamning qorayishi mubolag‘a
bo‘lib,   ishq   o‘tida   o‘rtangan   oshiq   ruhiy   holatini   ifoda   etmoqda.Qalamning
ingichka   yuragi-uning   siyohli   qismi.   Undagi   siyoh   oddiy     siyoh   emas,   balki
tutunga aylangan dardga dosh berolmagan qalam timsolini ifoda etmoqda. “ Yuragi
12
  I.Mirzo. Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. –Toshkent::G’.G’ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi, 2015, -B.52.
13
  Quvvatova D. Iqbol Mirzo she’riyatining poetik xususiyatlari. // O’zbek tili va adabiyoti. 2018. № 5 – B.45. to‘ldi”,   “Yuragi   toshib   ketdi ”   iboralari   o‘zaro   sinonim   bo‘lib,   ular   bir-biridan
ma’no nozikliklari bo‘yicha farqlanadi.  Yuragi toshib ketdi    iborasi “Kechinmalari
ichiga sig‘may, kimgadir aytish ehtiyoji tug‘ildi” degan ma’noni ifodalasa,   Yuragi
to‘ldi     iborasi     “Sabr   bardoshi   tugab   bitdi”   degan   ma’noni   ifodalaydi.   Parchada
qo‘llanilgan   Yuragi   ingichka   birikmasi   esa   shoir   tomonidan   yaratilgan   yangi,
individual   iboradir.     Odatda   tilimizda   Yuragi   baquvvat     iborasi   ko‘p   ishlatiladi,
shoir   esa   unga   qarama-qarshi   ma’noda   Yuragi   ingichka   birikmasini   qo‘llab
individual iboralar sonini yana bittaga ko‘paytiradi. Ushbu she’riy parchada tasvir
mubolag‘ali bo‘lsa ham, hayotiy mazmun aks ettirilmoqda.
                                         Qachonki o‘zandan uziladi suv–
                                        Uch kun to‘xtab qolsa, buziladi suv.
                                         Yuragim ostida eziladi suv,
                                        Ko‘zimga chiqolmay ko‘z yosh ovora.
                                                                         (“Senga xatlar yozdim” she’ridan)
                       Tilimizda insonning ruhiy holatini ifodalovchi    Yuragi ezildi    iborasi bor
bo‘lib, u ko‘proq kishilarning ichki ruhiy holatini, g‘am-anduhlarini obrazli tarzda
ochib berish, o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantirish uchun ishlatiladi. Shoir esa bu
holatatni oddiygina   Yuragi  ezildi   tarzida gavdalantirmasdan,  iborani kengaytiradi,
suvni jonlantirib “Ezilmoq” so‘zini suvga nisbatan qo‘llaydi va endi yuragim ezildi
deb   emas,   Yuragim   ostida   eziladi   suv   tarzida   berad.   Bu   go‘zal   o‘xshatish   va   o‘z
fikrining   isbotini   chiroyli   dalillashdir.   She’rda   oshiqning   tushkun   holati   aks
ettirilgan.   Ushbu   ijod   mahsulida   ham   shoir   chindan   chuqur   iztirob   chekkan
insonning ko‘zidan yosh chiqmasligini, bu ko‘z yoshlar yurakdan sizilib, bo‘g‘izga
zardob bo‘lib to‘lishini tiniq tasvirlaydi. Lirik qahramonning yoridan ayru tushgan
holatini   o‘z  o‘zanidan  uzilgan   suvga  qiyoslaydi   va  bu  betakror  tashbeh   she’rning
ta’sirchanligini  yanada  oshiradi.   Suv timsolini  keltirish  orqali  shoir  ishqning chin
inson uchun obihayot ekanligini bayon etadi.                   Iqbol Mirzo ijodida muhabbat lirikasi salmoqli o‘rinni egallaydi. Shoir bu
tuyg‘uni   goh   quvnoq,   goh   g‘amgin   tarzda   boshqalardan   farqli   o‘laroq,   o‘zgacha
talqinda   kuylaydi.   Uning   she’rlaridan   xalqimizga   xos   bo‘lgan   donishmandlik   va
jaydarilik  nafasi   ufurib turadi. Shoirning “Pushaymon”  sarlavhali  she’ri  benihoya
go‘zal poetik lavhalarga boyligi bilan ajralib turadi.
                                               Eng boy odam men bo‘lardim,
                                                 Pushaymondan foyda bo‘lsa.
                                               Ko‘ngli toshdan tosh  dilbarni
                                               Sog‘inaman qayda bo‘lsa.
                                              O‘n beshimda qoldim sevib,
                                              Uyda  yurak siqar edi.
                                              U ham ko‘lob suvlar sepib,
                                              Yana suvga chiqar edi. 14
                                                                  (“Pushaymon” she’ridan)
           O‘zbek tilida  “Diltang qilmoq, ziq qilmoq” kabi ma’nolarni bildiruvchi bir
necha iboralar bor bo‘lib, ular bir-biridan uslub va qo‘llanilish jihatidan farqlanadi.
Ularga:   Yuragi   siqildi,   Yuragini   siqmoq,   Yuragi   qisildi,   Yurak-bag‘ri   qon   bo‘ldi,
Yurak  -  bag‘rini  qon  qilmoq,    Yuragini  ezmoq,   Yuragi  ezildi   kabi   iboralar   kiradi.
Shoir   esa   bunday   iboralar   ichidan   “ Yurakni   siqmoq ”   ni   tanlab   oladi   va   unga
she’rdagi   asosiy   ma’noni   yuklaydi.   Yuqoridagi   ijod   namunasida   shoir   she’riy
misralar   orqali   “So‘nggi   pushaymon–   o‘zingga   dushman”   naqlining   ma’nosini
yuzaga   keltiradi   va   pushaymonlarga   boy   oshiq   tilidan   so‘zlaydi.   Banddagi
“Ko‘ngli   toshdan   tosh   dilbar”   jumlasini   berish   orqali   ijodkor   o‘ziga   xos
ohangdorlik   va   falsafiy   mazmunni   ifodalashga   erishadi.   O‘smirlikdagi   beg‘ubor
muhabbatning   sirlarini   ko‘lob   suvlar   sepib,   yana   suvga   chiqadigan   qiz   va   uning
istiqboliga oshiqadigan o‘spirin yigit kechinmalari timsolida bayon etadi.
14
   Iqbol Mirzo. Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. – Toshkent: Istiqlol, 2005,  -B.27.        Sindirmaydi yillar kimni,
    Tuyg‘ularni silliqlaydi.
        Har ko‘rganda  yuragimni,
  Kapalaklar qitiqlaydi.
                                                                                       (“Pushaymon” she’ridan)
            Tilimizda  Dimog‘ini qitilmamoq  iborasi bor bo‘lib, ushbu ibora “Ishtahasi
ochildi,   biron   yegulikni   iste’mol   qilgisi   keldi”   degan   ma’noni   ifodalashda
ishlatiladi.   Shoir   esa   buni   o‘zgartirib   “Dimog‘imni   kapalaklar   qitiqlaydi”   tarzida
kengaytirib   qo‘llab,   jonlantirish   va   ekspressivlikni   kuchaytirgan.   Inson   qalbining
eng   bebaho   gavhari   bo‘lmish   muhabbat   ham   ba’zan   taqdir   sarkashligidan   yillar
qa’rida   yashirinib,   o‘zini   namoyon   eta   olmasligini,   ammo   hamisha   yurakning   bir
chetida   umrga   ziyo   bag‘ishlagan   shu’la   kabi   ko‘ksimizni   yondirib,   miltirab
turishini go‘zal tarzda ifodalaydi. “Tuyg‘ularni silliqlagan yillar” ham bu tuyg‘uni
butkul   so‘ndira   olmasligiga   ishora   qiladi.   Muhabbat   bog‘lagan   insonimizni   har
ko‘rganimizda   his   qiladigan   tushuniksiz   kechinmani   shoir   “Har     ko‘rganda
yuragimni,  Kapalaklar  qitiqlaydi”  tarzida  g‘oyatda  noziklik  va  nafislik  bilan  aniq
bayon jjj etadi.
                        3 . Ibora tarkibini qisqartirish .   Ibora tarkibidagi ayrim  so‘zlarni  tushirib
qo‘llash   tildagi   tejamkorlik   talabi   bilan   amalga   oshiriladi.   Ammo   yozuvchilar
bundan o‘z badiiy-lisoniy maqsadiga ko‘ra foydalanadilar. Tilimizda  Qo‘lini yuvib
qo‘ltig‘iga   urmoq   iborasi   mavjud   bo‘lib,   uning   ma’nosi   “Ixlosi   qaytib,   ishonmay
qo‘yib,   diqqat-e’tibordan   soqit   qilmoq”   tarzida   izohlanadi.   Cho‘lpon   “Kecha   va
kunduz”   romanida   uni   mana   bunday   qisqartirilgan   holda   qo‘llaydi:   Undan   keyin,
qishloq odamlarining shunaqa o‘zboshimcha harakatlariga yo‘l qo‘yib bersak, oz
vaqt   ichida   qishloqdan   qo‘l   yuvishimiz   kerak   bo‘ladi.   Bu   iboraning   noib   to‘ra
nutqida   “qo‘l   yuvmoq”   tarzida   qisqarishi   nafaqat   shakl   ixchamligi   uchun,   balki
ma’no siljishi uchun ham xizmat qilgan. Noib to‘raning “voqealar shu taxlit davom etsa,   oz   vaqt   ichida   biz   qishloqni   tashlab   chiqishimizga   to‘g‘ri   keladi”   demoqchi
ekanligi   mazkur   ibora   orqali   ta’kidlangan.   Bundan   ko‘rish   mumkinki,   ayni
iboraning qisqargan varianti “tashlab chiqmoq”, “ajralmoq”, “qochib qolmoq” kabi
yangi ma’no qirralari bilan matn badiiyatini boyitgan. 15
               Iqbol Mirzo she’rlarida   tarkibi qisqartirilgan iboralarni uchratmaymiz.  Bu
esa shoir ijodining o‘ziga xosigini namoyon qiladi.
1.2.   Ma’noviy xususiyatlari
                        Adabiy tilning sofligi    va    ta’sirchaligini  ta’minlovchi  vositalardan biri
bo‘lgan   iboralar     she’riyatda   ma’lum   obraz,   aniq   bir   hodisa,   predmetni   tasvirlab,
jonlantirib   berishga   xizmat   qiladi.   Bunday   obrazlilik   iboralarning   uslubiy
imkoniyatlarini oshiradi, ularni tilning kuchli ifoda vositasiga aylantiradi. Shuning
uchun   shoirlar   va   yozuvchilarimiz   frazeologik   birliklar   zamiridagi   obrazlardan
unumli foydalanishga harakat   qilishadi, ayrim    hollarda bu   obrazlar    yordamida
yangi     iboralar   yaratishadi.   Bu   birliklar   ko‘proq   badiiy   matnlarda,   qisman
publitistika va she’riyatda  qo‘llaniladi. 16
                        She’riyatda   ham   frazeologik   birliklar   muhim   o‘rin     tutadi.   Jumladan,
O‘zbekiston   xalq   shoiri   Iqbol   Mirzo   she’rlarida   ham   frazeologik     birliklar
quyidagi maqsadlarda foydalanilgan:
                        1.Voqea-hodisani   obrazli   ifodalash   uchun.   Bunda   iboralar   ichki
ta’sirchanlikka   ega   bo‘lib,   muayyan   tushunchani   obrazli   nomlab,   ifodalab
qolmasdan, butun bir matnni jonlantirishga xizmat qiladi.
                                         Uning  qovog‘idan boshimga yoqqan,  
15
      ?
  To ‘ ychiyeva   Sh.   Cho ‘ lponning   “Kecha   va   kunduz”   romanida       ijodkor   dunyoqarashi   va   badiiy   uslub
muammolari.Filol.f.nomz…diss.-Toshkent, 1998.
16
  Б озорбоев   К .  Ўзбек   сўзлашув   нутқи   фразеологизмлари :  Филол . ф . номз ... дисс . –  Самарқанд , 2001.                                          Qorni  Xudoga soldim-da, qo‘ydim.
                                         Dunyoni yutmoqqa shay turgan nafsi-
                                         G‘orini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
                                                                                     (“Xudoga soldim” she’ridan)
b               Xalqimizda   “Xafa,   tushkunlikka   tushib   qolgan,   tund   inson”ga   isbatan
Qovog‘idan   qor   yog‘adi   iborasi   ishlatiladi.   Bu   insonni   tashqi   holati,   ichki
dunyosini   ochib   berishda   ishlatiladi.   Shoir   esa   she’rda   qahramonning   tashqi   va
ichki   ruhiy   holatini   ta’sirli,   obrazli   qilib   ko‘rsatishda   iboradan   o‘z   o‘rnida
mohirona   foydalana   olgan.   Dunyoni   yutmoqqa   shay     iborasi   esa     nafsiga   erk
bergan,   xasis   va   nafsi   och   insonlarga   nisbatan   qo‘llaniladi.   Shoir   she’r
mazmunidan   kelib   chiqib     nafsni   g‘orga,   nafsiga   erk   berganlarni   esa   dunyoni
yutmoqchi bo‘lgan  mahluqotga o‘xshatmoqda. Bu esa emotsionallikni kuchaytirib
she’rga o‘zgacha ruh bag‘ishlamoqda.
                                         Bildim, nega el  oldiga  osh qo‘yishar, 
                                         Qachon  yostiqqa  bemalol  bosh qo‘yishar.
                                          Ko‘klamasin deb, ustiga tosh qo‘yishar...
                                          Mening dadam qabridan o‘t ko‘klab chiqdi.
                                                                            (“Dadam qabri” she’ridan)
                        Bir   yostiqqa   bosh   qo‘ymoq   iborasi   yangi   turmush   qurgan   yosh   oilaga,
kelin-kuyovlarga nisbatan ishlatiladi. She’r mazmunidan kelib chiqib shoir iborani
shakl va mazmun jihatdan o‘zgartirib,  “Yostiqqa bosh qo‘ymoq”  tarzida qo‘llaydi.
Xalqimizda   to‘y-u   tomoshalarda   xalq   oldiga   dasturxon   yozilib   katta   bayram
uyushtirib   osh   qo‘yishadi.   Bu   bizning   miliyligimiz   belgisidir.   To‘ylarimiz   milliy
taom   bo‘lmish   osh   (palov)siz   o‘tmaydi.   Xalqning   oshini   yeb   kelgan   inson   ham albatta   xalqqa   dasturxon   yozib   osh   qilib   beradi.   Bu   uning   bo‘ynidagi   farz   ham
qarzdir.   She’riy   parchada   esa   shu   oshni   qilib   bergan   inson   bu   dunyodan   bemalol
qarzsiz ko‘z yumishi mumkin degan ma’no anglashiladi.
                                          Haftalab yo‘l qarab sarg‘aymas kumush,
                                          Tog‘ni talqon qildi  bobomeros musht,
                                          Tin oldi  dovonga boqib, alpomish,
                                          Tog‘larni qo‘pordi  yoylaring, o‘zbek.
                                                                            ( “O‘zbek” she’ridan)
                        Tog‘ni   talqon   qilmoq,   Tog‘ni   ursa   talqon   qiladigan   iboralar   pahlavon,
zabardast kishilarga nisbatan ishlatiladi.  Tin olmoq   iborasi esa “Orom olmoq, dam
olmoq”   kabi   ma’nolarni   bildiradi.   Yuqoridagi   ikki   ibora   ham   she’r   mazmunini
ochib   berishga,   Alpomishga   xos   xususiyatlarni   o‘zida   jamlab   ko‘rsatib   she’rda
ifodalangan fikrni umumlashtirishga xizmat qilmoqda.
                                         Dili qonga to‘lib,   ko‘zlari – yoshga,
                                         Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
                                         “Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa...”
                                         Bolangga bog‘liqdir o‘ylaring, o‘zbek.
                                                                           (“O‘zbek” she’ridan)
              She’riyatda, nasriy asarlarda dil va yurak so‘zlari bir-biriga sinonim sifatida
qo‘llanadi. Ular o‘rtasida ma’no nozikliklari jihatidan farq mavjud bo‘lib, bu narsa
iboralarga ham ko‘chib o‘tgan.   Dili qon , Bag‘ri qon, Yuragi qon   iboralari   bir xil
“Ruhan   azoblanmoq,   siqilmoq”   kabi   ma’nolarda   qo‘llaniladi.   Ammo   ular
ma’noning kuchli, kuchsizligiga ya’ni darajalanishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. She’riy   misralarda   ko‘z   yoshga   to‘lgani   kabi   oshiq   qalbi   qonga   to‘lgani   ochib
berilgan. Bu orqali kuchli obrazlilik, emotsiya ifodalanmoqda.
             2. I Turli xil voqea-hodisalarni baholash uchun . Bunda shoir turli xil voqea-
hodisani   nomlash   bilan   birga   ularga   ijobiy   yoki   salbiy   baho   beradi.   Matndagi
hissiy bo‘yoqdorlik oshiriladi. Bu baho ottenkasi deb olinadi. 17
                                        Qonimni qaynatib , jonimni yoqqan, 
                                        Korini Xudoga soldimda qo‘ydim.
                                        Sillasi qurigan   buva, enalar,
                                        Zorini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
                                                                            (“Xudoga soldim” she’ridan)
                      Qoni   qaynadi       iborasi     “Achchiqlandi,   qizishdi”   degan   ma’nolarda
qo‘llanilib,   ba’zi   o‘rinlarda   “Achchig‘i   keldi”,   “G‘azabga   keldi”   iboralari   unga
sinonim sifatida keladi. Misrada kelgan   Qoni qaynadi   iborasi esa insonning ruhiy
ichki holatini tasvirlab, salbiy ma’no ottenkasini  yuzaga keltirgan.   Tinkasi quridi,
Tinka-madori   quridi,   Sillasi   quridi     kabi   iboralar   variantdosh   bo‘lib,   o‘zaro
sinonimlik hosil qiladi. She’riy va nasriy asarlarda hissiy bo‘yoqdorlikni oshirish,
qahramonning jismoniy holatini baholashda ushbu iboralar keng qo‘llaniladi. Shoir
ham     she’r   matnida   umrini   yashab   oshini   oshab   qo‘ygan   keksa   onaxonlarning
tashqi   qiyofasi   va   ruhiy   holatini   ochib   berishda     Sillasi   quridi     iborasidan
mohirona  foydalana olgan.
                                        Shul irmoqning huzurida kim bo‘ldim?
                                        To‘xtab qoldim,  til tishladim,  mum bo‘ldim.
17
  H akimov M. O ‘zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari.NDA.-Toshkent, 1999.                                         Hasrat keldi, ko‘z yoshimga lim bo‘ldim,
                                        Eski ko‘ngil endi to‘lmaydiganday .
                                                                                 (“Go‘yo” she’ridan)
                        Til   tishlamoq   va   Mum   bo‘lmoq     iboralari   o‘zaro   sinonim   hisoblanadi.
“Mutlaqo   gapirmaslik,   suhbatda   mutlaqo   qatnashmaslik”   kabi   ma’nolarni
bildiruvchi   ushbu   iboralar   doim   asar   qahramonining   ruhiy   va   jismoniy     holatini
bildirib kelib, asar mazmuniga obrazlilikni olib kiradi. She’rda ham   Til tishlamoq,
Mum bo‘lmoq   iboralarning ketma-ketlikda kelishi uslubiy bo‘yoqdorlikni oshirish
bilan   birga   kuchli   hayajon,   qattiq   ta’sirlanish,   qahramonga   xos   ruhiy   holatni
o‘quvchi ko‘z oldida gavdalantirishga xizmat qilmoqda. 
                                        Qaydadir kimningdir so‘nggi libosin,
                                        Yirtmoqni hunar deb bilguvchi kaslar.  
                                        Yo‘qlik va ochlikning tavqini osib,
                                        Dunyoga jar solib kulguvchi   kaslar.
                                                                             (“Bug‘doyso‘z” she’ridan) 
                        Dunyoga jar solmoq   iborasi   “Ovoza qilmoq, baqirmoq” kabi ma’nolarni
bildiradi. Ushbu ibora gap mazmunidan kelib chiqib salbiy yoki ijobiy ma’nolarda
qo‘llaniladi.   She’riy   matnda   esa   borlik   va   yo‘qlikning   tafsilotlarini   barchaga
baqirib,  ovoza   qilib,  yurgan  kishilarga  nisbatan    shoir  o‘z  nafratini     Dunyoga  jar
solib yuruvchi kaslar   iborasini qo‘llash orqali namoyon qilmoqda. 
                                          Ichganim qasam ekan,
                                          Quchganim tizzam ekan.                                           Qizlarxonning ko‘nglini,
                                           Koshki, bilmasam ekan.
                                                                                  (“Qizlarxon” she’ridan)
                          Qasam   ichmoq   iborasi   “Ahdlashmoq,   vada   bermoq”   kabi   ma’nolarni
bildirib   kelib,   she’riy   va   nasriy   asarlarda   so‘zlovchi   fikrini   dalillash   maqsadida
ushbu   iboradan   foydalaniladi.   Shoir   oshiqning   ruhiy   holatini   tasvirlab,   uning
qiyofasini   o‘quvchi   ko‘z   o‘ngida   gavdalantirish   maqsadida   “Quchganim   tizzam
ekan”   jumlalarini qo‘llamoqda. Bu orqali 1-misradagi fikrni 2-misradagi jumlalar
to‘ldirib kelib, mazmun oydinlashmoqda. Misralararo qofiyadoshlik, ohangdoshlik
yuzaga chiqmoqda.
                        3.She’riy   matnda   emotsionallikni   kuchaytirish   ya’ni     so‘zlovchining
shodligi,   nafrati,   g‘azabi,   o‘kinch,   qo‘rquvi,   kinoya   va   jirkanish   singari   ma’no
munosabatlarini ii ochib ui berish uii uchun.
Uiiiii    Emotsionallik bu shaxsning voqelikka o‘ z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli va yoqimsiz
kechinmalaridir.   Emotsionallik   inson   psixik   holati   bilan   bog‘liqdir.   U   insonlarda
tug‘ma shakllangan bo‘ladi. 18
                                Shoir   Iqbol   Mirzo   she‘rlarida   qo‘llanilgan   iboralar     ham   kishining
emotsional holatlarini aks ettirib kelganligini ko‘ramiz.
                                          Uzoqni ko‘zlagan otliqni ko‘rdim,
                                          Qismati eshakka bog‘liqni kordim.  
                                          Muhabbatdan   dili dog‘ liqni ko‘rdim,
                                          Kulsa ham ko‘zidan nam ko‘rinadi.
18
  G ‘oziyev E. Umumiy psixologiya.-Toshkent, 2002.                                                                              (“Ko‘rinadi” she’ridan)
             Dili dog‘  iborasi  “Qalbi og‘rigan, qattiq xafa bo‘lgan” kishilarga nisbatan
qo‘llanadi. She’rda esa shoir  yigit    muhabbat  tufayli qalbi  qattiq yaralanib, uning
o‘chmas izi qolgan, kulsa ham ko‘zlarida yosh paydo bo‘luvchi kishini ko‘rganini
obrazli qilib tasvirlashda    Dili dog‘   iborasidan mohirona foydalangan.
  Oshno topdim, valekin do‘st topmadim,
  Oqko‘ngilli   bir qorako‘z topmadim.
  Bir chekkaga surib qo‘yib dunyoni,
  O‘g‘il bo‘lib  yoningizda o‘ltiray.
                                         (“Onajon” she’ridan)
             “O‘zbek tili  izohli frazeologik lug‘ati”da    Oqko‘ngil, Ko‘ngli oq, Ko‘ngli
toza     kabi   iboralar   mavjud   bo‘lib,   ular   o‘zaro   sinonimlikni   hosil   qiladi.   Ushbu
iboralar   matnda   qo‘llanilganda   kishilarga   xos   bo‘lgan   ijobiy   xarakter-xususiyatni
ochib beradi. She’rda ham shoir o‘g‘il o‘z onasiga murojaat qilib, dunyoda oshna-
og‘ayni topganini lekin do‘st  topmaganini aytmoqda. Odamzot yaralibdi-ki, uning
eng   yaqin   do‘sti   o‘z   ota-onasidir.   O‘g‘il   onasiga   murojat   qilib   sizdek   qalbi   toza,
ko‘zlaridan   faqat   mehr   nuri   yog‘iladigan   inson   topmadim   demoqda.   Keyingi
misrada     qo‘llanilgan     Dunyoni   bir   chetga   surmoq     iborasi   esa   “Hamma   g‘am-
tashvishlarni,   anduhlarni     unutmoq”   ma’nosini   bildiradi.   She’riy   misrada   esa
dunyoning   barcha   g‘am-tashvishlarini   unutib   onasining   oldida   bir   zumgina
o‘tirishni  istayotgan o‘gilning ichki kechinmalari tasvirlanmoqda. 
                                        Belgisiz xilxona, ko‘hna mozorni-
                                        Mozorki, qarovsiz xarobazorni                                           Eshitganing bormi, ko‘rganing bormi
                                        Dilim vayron bo‘ldi,  seni sog‘inib.
                                                                   (“Seni sog‘inib” she’ridan)
             Dili vayron bo‘ldi, Dili siyoh bo‘ldi,  Ko‘ngli qora bo‘ldi,  Ko‘ngli buzildi
kabi  iboralar  bir-biriga o‘zaro sinonimlik  hosil   qilib, ma’no kuchaytirib berishda,
ya’ni   kuchli-kuchsizlik   darajasi   bo‘yicha   farq   qiladi.   Yuqoridagi   iboralar   ichidan
shoir   ta’sirchanlik   darajasi   boshqalariga   nisbatan   kuchliroq   bo‘lgan   Dili   vayron
bo‘ldi   iborasini   tanlab   olib,   oshiq   o‘z   yorini   sog‘inib   undan   ko‘ngli   og‘rib   xafa
bo‘lganini bildirmoqda.
                                        Birdan ehtirosga to‘ldingiz,
                                        Yondingiz, kuydingiz, so‘ndingiz.  
                                        Parishon, sochingiz parishon
                                        Mendan  soviyapti ko‘nglingiz.
                                                         (“Mendan soviyapti...” she’ridan)
                      Ko‘ngli   sovidi     iborasi   “Avvalgi   yaxshi   munosabatlar   yo‘q   bo‘ldi”
ma’nosini   bildiradi.   Shoir   o‘z   yoriga   avvalgi   yaxshi   munosabatlarimiz   yo‘q
bo‘lmoqda deyish o‘rniga   Ko‘nglingiz soviyapti   iborasini qo‘llash orqali yorining
undan uzoqlashib  borayotganini  ifoda etmoqda.   Ko‘ngli  sovidi   iborasiga     Ko‘ngli
qolmoq     iborasi   o‘zaro   sinonimlik   hosil   qilib,   ular     badiiy   va   she‘riy   matnlarda
ta’sirchanlikni oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
                        4.Ekspressivlikni   ifodalash   uchun.   “Ekspressiya”   so‘zi   lotincha   bo‘lib,
nutqning ta‘sirchanlik xususiyatini ifodalaydi va bu xususiyat leksik, grammatik va
boshqa   vositalar   yordamida   yuzaga   chiqadi.   Ekspressivlik   til   birligining   aloqa so‘zlashuv   jarayonida   so‘zlovchining   nutq   mazmuniga   yoki   nutq   qaratilgan
shaxsga nisbatan subyektiv(ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi bo‘la
olishini ta‘minlaydi. 19
                        Ekspressivlik   tilning   barcha   sath   birliklari   uchun   xosdir.   Ekspressivlik
bevosita   inson   tuyg‘ularini   ifodalash   bilan   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun   uni
emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi so‘zlar va ulardan foydalanish)dan
ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto bazi tilshunoslarning asarlarida emotsionallik va
ekspressivlik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi.
O‘sha-ku xor kelsa toptagan tikka,
O‘shaku zo‘r kelsa darrov bosh bukkan,  
O‘shaning Mashrab-u Xallojga tikkan
Dorini  xudoga soldim - da,  qo‘ydim.
                 (“Xudoga soldim” she‘ridan)  
                        Xalqimiz orasida biror kishidan qattiq ranjisa,   dili og‘risa uning jazosini
berishni     xudoga topshirib qo‘yish odati bor va shunday vaziyatda     o‘zbek xalqi
xudoga   soldim   iborasini   qo ‘ llaydi.   Yuqoridagi   parchada     xudoga   soldim   iborasi
ta‘sirchanlikni oshirishga xizmat qilib ekspressivlikni yuzaga keltirmoqda.
                                          Shudir  el haqidan qasrlar qurgan,
                                          Asli-ku,   non urgan , asli   Haq urgan.
                                          Uning alohida qatorda turgan,
19
  ?
  Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug ‘ati.-Toshkent, 2002. -B.54.                                            Norini xudoga soldim-da qo‘ydim.
                                                                        (“Xudoga soldim” she’ridan)
             Yuqoridagi she’riy misralarda   Non urmoq  va   Xudo urmoq   iborasi o‘zaro
bog‘liqlik   hosil   qilib,   mazmunan   bir-birini   to‘ldirib,   obrazlilik   va   ekspressivlikni
yuzaga   chiqarmoqda.   Non   elda   aziz   bo‘lgan   ulug‘   ne’matdir.   Xalqimiz   orasida
“Kimki nonni uvol qilsa xudoning qarg‘ishiga qoladi”  yoki    “Ko‘zlari ko‘r bo‘lib
qoladi”   degan naql bor bo‘lib, uning negizida   Non urmoq   iborasi  yuzaga kelgan.
Non   urdi   degani   Xudo   urdi   degani   bilan   tengdir.   Chunki   non   Olloh   tomonidan
odamzotga ato qilingan oliy ne’matdir.   Xudoga solmoq   iborasi esa yomon qilmish
qilib yuradigan, yovuz insonlarga nisbatan ishlatilib “Seni jazoyingni xudo bersin”
degan ma’noni bildiradi.
                        5.Satira va yumor hosil qilish uchun.   Yumor va satira vositalari orasida
iboralar alohida o‘rin tutadi. Ko‘pgina frazeologik birliklarning semantik tarkibida
hazil,   mazax,   kesatiq,   piching   kabi   ma’no   nozikliklari   bo‘ladi.   Frazeologizmlar
badiiy   asardagi   qahramon   nutqini,   uning   so‘zlash   ohangidagi   yumoristik   yoki
satirik ii ishorani ui ta’kidlash uii vositasi uii bo‘lib uii xizmat uii qiladi. 20
oooooommmmm
Buni quyida shoir she‘rlaridan berilgan parchalar misolida tahlil etamiz.
           Xayolingni dugonang,
           Buzganini bilmaysan.
           Yonginagdan menga  ko‘z,
           Suzganini bilmaysan.
                                                                    (“Tilla uzuk” she’ridan)
20
Y o’ldoshev   B.   Hozirgi   o’zbek   tilida   frazeologik   birliklarning   funksional-uslubiy   xususiyatlari.
Filol.f.doktr.avtoref. -Toshkent, 1993, -B.25.                         Ko‘z suzmoq   iborasi “E’tiborini jalb etish maqsadida biror kimsaga noz-
karashma   bilan   qaramoq”   degan   ma’noni   bildirib,   ko‘proq   qizlar   va   ayollarga
urg‘u berishda foydalaniladi. Ko‘proq aytishuv, yalla, lapar, she‘rlarda va qisman
nasriy   asarlarda   uchrovchi     Ko‘zini   suzmoq   iborasi   obrazlilikni   kuchaytirib
berishga xizmat qiladi.
              Iboralarning xilma-xil qo‘llanilish darajasiga ega bo‘lishi ularning uslubiy
bo‘yoqdorligiga ham bog‘liq. Ular badiiy asarlarda, she’riyatda  asosan ekspressiv
baho   vositasi   bo‘lib   kelganligi   uchun   ularning   umumtil   miqyosidagi   darajasi     u
yoki   bu   shoir   yoki   yozuvchining   ma’lum   bir   asaridagi   qo‘llanilish   miqdori   bilan
doimo   mos   kelavermaydi.   Har   bir   shoir   yoki   yozuvchi   mazkur   birliklardan   o‘z
asarlarida   foydalanish   mahorati   bilan   ham   farq   qiladi.   Shu   sababli   ham   ko‘pgina
frazeologik birliklar o‘zining kuchli mohiyati bilan asar jozibadorligini oshirishga
xizmat qiladi.
I bob bo‘yicha xulosa                           1. i Frazemalarni   badiiy   matn   tarkibida   o ‘ rganish   ularning   semantik   va
stilistik xususiyatlarini  mufassal  tekshirishga   yordam  beradi. Matn tarkibida ular
ifodalagan qo ‘s himcha ma ’no  ottenkalari ham namoyon bo ‘ ladi.
                          2. i Shoir   Iqbol   Mirzo   she ‘rlarida   qo‘llanilgan   frazemalarning   shakliy
xususiyatlarini tadqiq etish orqali ijodkor tomonidan qayta ishlangan frazemalarni
tahlil   qildik.   Ularning     matndan   tashqari   va   matn   tarkibidagi   ma’nolarini
taqqoslash orqali yangi nazariy xulosalar chiqardik.
                3. i Adabiy tilning sofligi va ta ‘sirchanligini ta‘minlovchi vositalardan biri
bo‘lgan frazemalar ma’lum obraz, aniq bir hodisa, predmetni tasvirlab, jonlantirib
berishga   xizmat   qiladi.   Obrazlilik   iboralarning   uslubiy   imkoniyatlarini   oshiradi,
ularni tilning kuchli ifoda vositasiga aylantiradi.
                          4. Shoir   frazemalar  zamiridagi obrazlardan unumli  foydalangan, ayrim
hollarda   bunday   obrazlar   yordamida   yangi   iboralar   yaratgan.   She ’ rlarda
qo ‘ llanilgan frazemalar turli xil ma‘nolarni ochib berishga xizmat qilgan.
II BOB. IBORALARNING  SEMANTIK JIHATDAN  TASNIFI
                              Iboralar   nominativ   va   qo‘shimcha   (kesatish,   jirkanish,   nafrat,   so‘kish,
qarg‘ish   singari   salbiy;   erkalash,   hazil,   rag‘batlantirish   kabi   ijobiy)   ma’no   –
munosabat aks ettiruvchi nutqiy birliklardir. Iboralar biror narsa – hodisani  atash,
nomlash vazifasinigina bajarmaydi, balki shu predmet yoki hodisani aniqlashtirib,
ularni   emotsional   va   obrazli   tarzda   baholaydi.   Frazeologik   iboralar   zamirida
ma’lum   obraz,   konkret   hodisa,   predmet   tasavvuri   yotadi.   Bunday   obrazlilik
iboralarning   uslubiy   imkoniyatlarini   oshiradi,   ularni   tilning   kuchli   ifoda
vositalaridan biriga aylantiradi.        
                              Frazeologizmlar struktural, semantik, funksional – uslubiy jihatlari bilan
murakkab hodisa bo‘lganligi uchun u o‘ziga xos shakllanish qonuniyatlariga ega. 21
Uiii     i Frazeologizmlar   narsa   –   hodisalar,   voqealar,   xarakterlarni   obrazli   –
ekspressiv   ifodalash   ehtiyoji   asosida   yuzaga   keladi.   Frazeologizmlarning   paydo
bo‘lishi   va   shakllanishi   muayyan   tarixiy   jarayonlar,   ijtimoiy   muhit,   o‘zbek
turmushidagi hayotiy voqelik va undan kelib chiquvchi tasavvurlarni obrazli tarzda
aks   ettirish   bilan   aloqador   bo‘ladi.   Shakllanish   davrida   frazeologizmlar   ham
leksika   kabi   har   bir   tilning   o‘z   ichki   qonuniyatlariga,   fonetik,   leksik   grammatik
talablariga bo‘ysundiriladi. Ular deyarli ko‘chma ma’noda qo‘llanib, badiiy tasvir
vositasida   emotsionallik,   ekspressivlik   xususiyatiga   ega   bo‘ladi.   Shu   sababli
frazeologizmlar insonlarning faqat ongiga emas, balki, his – tuyg‘ulariga ham katta
ta’sir ii ko‘rsatadi. 22
              Frazeologizmlarning tarkibida nechta so‘z ishtirok etishiga qaramay, ular
yagona   umumiy   ma’no   bilan   birlashadi   va   emotsional-ekspressiv   ma’noni
21
  М аматов   А .   Ўзбек   тили   фразеологизмларининг   шаклланиш   масалалари :   Филол . ф . доктр ... дисс .   –
Тошкент , 1999, -B.32.
22
  Маматов   А .   Ўзбек   тили   фразеологизмларининг   шаклланиш   масалалари :   Филол . ф . доктр ... дисс .   –
Тошкент , 1999, -B.49 . ifodalaydi. Frazeologizmlar badiiy adabiyotda obrazli va ta’sirchan vosita sifatida
qo‘llaniladi. 23
2.1. Insonning ruhiy holatini aks ettiruvchi iboralar.    
              Ma’lumki asar qahramoni fikrini, ruhiy kechinmalarini, vaziyatini, holatini
haqqoniy ifodalash, ular nutqining o‘ziga xos, individual xususiyatlarini to‘g‘ri aks
ettirish   realistik   san’atning   bosh   talablaridan   biridir.   Busiz   to‘laqonli   asar   yaratib
bo‘lmaydi.   Bu   asar   xoh   nasriy   xoh   she’riy   janrda   bo‘lsin.   Personajlar   nutqining
o‘ziga   xosligi,   ularning   tushunchasi,   saviyasi,   odatlari,   kasbi,   qaysi   tabaqaga
oidligi, bilimi, ruhiyati, individual xislatlariga bog‘liq bo‘ladi. 24
 
                          Ruhiy   holat   ifodalovchi   iboralar   insonlarning   ichki   kechinmalari,   o‘y
hayollariyu,   g‘am-anduhlarini   o‘zida   namoyon   qiladi.   Kishilarning   shodligi,
quvonchi,   xafagarchiligiyu,   iztiroblari   ruhiy   holatni   bildiruvchi   iboralarda   o‘z
aksini topadi.   Shoir Iqbol Mirzo she’rlarida   personajlar ruhiyatga, ularning holati
va   vaziyatini   to‘g‘ri   ifodalashga,   qahramonlarning   o‘ziga   xos   tabiatini   bo‘rttirib
ko‘rsatishga   alohida   ahamiyat   beradi.   Bunda   albatta   adabiy   tilimizning   so‘z
ma’nosining turli qirralarga va iboralarga boyligi qo‘l keladi.   Quyida esa biz shoir
she’rlarida   qo‘llangan   ruhiy   holatni   ifodalovchi   iboralar   va   ular   aks   ettirgan
ma’nolar bilan tanishib chiqamiz.
Jonimga tig‘ urib qiynaydi sog‘inch,
Keyin tig‘ sug‘urib qiynaydi sog‘inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog‘inch,
                                         Yuragim qon bo‘ldi  seni sog‘inib.
(“Seni sog‘inib” she’ridan)
23
  А бдуазизов А. Тилшунослик назариясига кириш. – Тошкент, 2010, - B .88 .
24
  Доние|ров Х., Мирзаев С. Сўз санъати.- Тошкент,1968              Xalqimizda  Yuragi qon bo‘lmoq   iborasi  “G‘am-alamli, g‘amda ziq bo‘ldi,
ruhan   azoblandi”   kabi   ma’nolarni   ifodalashda   qo‘llaniladi.   Ushbu   misralardagi
Yuragi qon bo‘lmoq   iborasi orqali   shoir yor hajrida qiynalib yuragi qon bo‘lgani,
xayrlashmay   turib   hozirdan   oshiq   qalbini   tig‘   har   kuni   yaralayotgani   chiroyli
o‘xshatish   bilan   ifodalangan.   Ibora   she’r   mazmuniga   mazmun   bag‘ishlab
tasviriylikni oshirishga xizmat qilgan.
               Katta  qishloq ekan Parij, London, Rim,
               Dalamni sog‘inib  ezildi ko‘nglim.
               Dunyo go‘zali-sen, qadoqqo‘l singlim,
               Go‘zaldir o‘ngigan ko‘ylaging o‘zbek.
                                                   (“O‘zbek”  she’ridan)
                        Xalqimiz   orasida   qattiq   azoblanib,   ruhiy   jihatdan   tushkinlikka   tushib
qolgan   insonga   nisbatan     Ko‘ngli   ezildi     iborasi   ishlatiladi.   Kengli   ezildi     iborasi
“Ko‘ngli ezildi, ruhan azoblandi” kabi ma’nolarni   anglatadi. Insonga xos bo‘lgan
ruhiy holatni ochib berishda, obrazlilik va ta’sirchanlikni oshirish  hamda  uslubiy
bo‘yoqdorlikni  ta’minlashda  badiiy adabiyotda,  she’riyatda   ushbu  iboradan  keng
foydalaniladi. Shoir esa  o‘z yurtini, uning dalalarini sog‘inib ko‘ngli o‘ksib, ruhan
ezilganini, ta’sirli  tarzda   “Dalamni sog‘inib ko‘nglim ezildi”  jumlalari  orqali  aks
ettirgan. 
                 Bir xushbo‘y sabolar taraldi birdan-
                 Yurakni siypalab erkalaguvchi.
                 Odamlar odamdan zerikkan yerdan
                 Insonlar tarafga yetaklaguvchi.
                                                    (“Farishta” she’ridan)
                        Inson   biron   narsadan   qattiq   ta’sirlanganda,   xursand   bo‘lganda   yoki
asabiylashganda   unga   nisbatan   Yuragi   o‘ynadi   iborasi   ishlatiladi.   Ushbu   ibora
inson xatti-harakatiga ijobiy yoki salbiy ma’no ottenkasini yuklashga xizmat qilib, ekspressivlikni   kuchaytiradi.   Shoir   Iqbol   Mirzo   ushbu   iborani   Yurakni   siypalab
erkalamoq   tarzida   qaytadan ishlagan, individuallashtirgan. Sabolarning xushbo‘y
hidi shoir yuragini siypalab uni erkalagan, unga ruhiy dalda bergan. Shoir she’rda
odam   bilan   inson   so‘zini   bir-biriga   qarama-qarshi   qo‘llagan.   Inson   so‘zi   odam
so‘zidan   ustunligini   aks   ettirgan.   Hamma   ham   odam   lekin   ularda   chin   insoniylik
tuyg‘ulari   bo‘lsagina   u   haqiqiy   inson   bo‘la   oladi.   Agarda   ularda   shu   xislat
bo‘lmasa   ular   odam   xolos.   Shu   odamligi   ularni   hayvondan   farqlab   turadi   degan
ma’no nozikliklari yuzaga chiqqan.
             Ba’zan ko‘ngil uchun  ko‘ngil so‘ralar,
             Kim termular, kimdir sekin  mo‘ralar,
             Ay do‘stlarim, ulfatlaru jo‘ralar,
             Ay, aylanay, nomardingu mardingdan.
                                                   (“Aylanay” she’ridan)
                    Xalqimiz orasida boshiga musibat, xafachilik tushgan insonga hamdardlik
bildirilib   ulardan   hol   ahvol   so‘raladi.   Bu   qadimdan   davom   etib   kelayotgan   urf-
odatlarimizdan   biridir.   Shu   vaziyatni   obrazli   tarzda   umumlashtirib     ko‘ngil
so‘ramoq   tarzida   obrazli   aks     ettiriladi.     Shoir   ko‘ngil   uchun   ko‘ngil   so‘ralar
jumlasida  ko‘ngil so‘zini ikki marta qo‘llab ekspressivlikni yanada oshirgan. She’r
mazmunidan   ko‘rinib   turibdiki,     insonlardan   og‘ir   vaziyatlarda   ko‘ngli
o‘ksimasligi,   ularga   doim   dalda   bo‘lishini   bildirgan   holda   ulardan   ko‘ngil
so‘raladi.   Bunday   paytda   ba’zilar   ko‘ngil   so‘ramasdan   mo‘ralashadi,   jimgina
termulib   turishadi.   She’riy   parcha   orqali   do‘st-u   yorning   mard-u   nomardini   ham
shunday   og‘ir   kunda   dalda   bo‘lishi,   ko‘ngil   so‘rashlari   orqali   ajratib   olish
mumkinligi ta’sirli tarzda ochib berilgan.
                   O‘n beshimda qoldim sevib,
                   Uyda  yurak siqar edi.
                   U ham ko‘lob suvlar sepib,                    Yana suvga chiqar edi.
                                                      (“Pushaymon” she’ridan)
                          “O‘zbek tilining izohli  frazeologik lug‘ati”da   Yuragini  siqmoq, yuragi
siqildi   iborasi   bor   bo‘lib   diltang   bo‘ldi,   ziq   bo‘ldi   degan   ma’nolarni   bildiradi.   25
Ushbu iboralarga sinonim tarzda badiiy adabiyotda ta’sirchanlikni oshirish, ma’no
ottenkasini  kuchaytirish, kishi  holatini  obrazli  tarzda tasvirlash  maqsadida   Yuragi
qon bo‘ldi, bag‘ri   qon, yurak-bag‘rini  qon  qilmoq,  yuragi  ezildi   kabi   iboralardan
keng   qo‘llaniladi.   She’rda   esa   shoir   15   yoshda   sevib   qolganini,   uyida     yuragi
siqilib ziq bo‘lganidan yorini ko‘rish uchun uning uyiga borishini, yor suv sepish
uchun   ko‘chaga   chiqqanida   uni   ko‘rib   yuragi   joyiga   tushishini   go‘zal   xotiralar
bilan eslamoqda.
               Ko‘kragimni berib yerga,
               O‘ylab o‘yga yetolmayman.
               Kelib-kelib kimga erga,
               Tekkanini aytolmayman.
                                                         (“Pushaymon” she’ridan)
                O‘ylab o‘yiga yetolmadi   iborasi  “Uzoq o‘ylab aniq bir fikrga kelolmaslik”
ma’nosini   anglatadi.   She’riy   jumlada   esa   oshiq   xotiralarini   eslamoqda,   yoshlik
paytlarini   ko‘z   o‘ngida   gavdalantirmoqda.   1-misradagi   Ko‘kragini   berib   yerga
jumlasi     2-misraning   mazmunini   kengroq   ochib   berish,   obrazlilikni   oshirishga
xizmat   qilgan.   Oshiq   shuncha   o‘ylab   ham   yorining   kimga   turmushga   chiqqanini
aytolmasligini tan olmoqda, afsuslanmoqda.
                     Goho sizning borligingiz unutdim,
                     Yo‘llarimda zorligingiz unutdim,
                     Umidlari kesilgan  bu dunyoda
                     Yolg‘iz umidvorligingiz unutdim.
25
  R ahmatullayev Sh. O ‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati.-Toshkent: O‘qituvchi, 1978, -B.272.                      G‘animatim, omonatim-onajon.
                                                          (“Onajon” she’ridan)
             Ko‘nglidagi oxirgi ilinji umidini uzgan insonga nisbatan  Umidini uzdi  yoki
Umidi uzildi   iborasi  ishlatiladi. Shoir  esa ushbu iboraning 2-qismini  o‘zgartirgan,
uni   qayta   ishlab   umidini   kesdi   tarzida   qo‘llagan.   Bunda   shoir   badiiy   mahorati
yaqqol   ko‘ringan.   Umidi   uzildi   iborasiga   nisbatan   umidi   kesildi   jumlasida   ma’no
nozikligi   yuqori   bo‘lib,   ta’sirchanlik   va   hissiy   bo‘yoqdorlik   ustun   turadi.   Shoir
ko‘nglidagi   oxirgi   umidini   ham   uzgan   bu   shafqatsiz   dunyoda   yolg‘izgina   umidi,
tayanchi   bo‘lgan   onaizorini   unutib   qo‘yganini   ming   afsus   nadomatlar   bilan
eslamoqda.
                        Bu dunyoda ozib-yozib bir bor kelib,
                        Nahot o‘tsam hijronlarda  bag‘rim tilib ?
                        Sen yurasan dardim bilmay, qadring bilib,
                        Seni qanday sevishimni bilsang edi!
                                                            (“Bilsang edi” she’ridan)
                        Badiiy   adabiyotda   yurak   va   bag‘ir   so‘zlari   bir-biriga   sinonim   sifatida
ishlatiladii.   Ular   o‘rtasidagi   o‘xshash   va   farqli   jihatlar   badiiy   asar   yoki   she’r
mazmunida yaqqol ko‘rinadi. Yuqoridagi she’rdan olingan parchada ham  Bag‘rini
tirnamoq  jumlasi  Yuragini tirnamoq  iborasi o‘rnida qo‘llangan.  Yuragini tirnamoq
iborasi   “Yashirin   holda   ruhan   azob   bermoq”   degan   ma’noni   anglatib,   ushbu
iboradan   insonga   xos   ruhiy   holatlarni   ochib   berishda   keng   foydalaniladi.   Shoir
dunyoda   bir   bora   yashab   o‘tsamda   umrimni   seni   sog‘inib   hijroningda   ruhan
azoblanib, ezilib o‘tkazamanmi, sen qadrimni, dardimni bilmay yuraverasan, meni
sevishimni   bilsang   edi   deya   o‘z   yoriga   murojjat   qilmoqda.   Ritorik   so‘roq   gap
tarkibida iborani qo‘llash orqali  she’r mazmuni yanada kuchaymoqda.
                         Dilim xufton , kunduzimni tunday qilib,
                         Uchrashuvga kelmadi u shunday qilib.                          Xo‘rliklarim kelib ketar   turib-turib,
                         Endi uni unutayin qanday qilib?
                                                              (“Dilim xufton” she’ridan)
                              Ushbu   she’riy   parchada   qo‘llanilgan   Dili   xufton   jumlasi   shoir   tomidan
yaratilgan   yangi   iboradir.  Ibora  o‘z  ifodalagan   ma’nosiga   ko‘ra    “O‘zbek   tilining
izohli frazeologik lug‘ati”da kelgan   Dili g‘ashlandi  iborasi bilan  sinonimlik hosil
qiladi.   Dili   g‘ashlandi   iborasi   “Ko‘ngli   notinch,   ko‘ngli   g‘ash”   degan   ma’noni
anglatadi.   Oshiq   yorining   uchrashuvga   kelmaganligidan   ko‘ngli   g‘ashlanib,   uni
deb   kunduz   kuni   kech   bo‘lganini   bayon   qilmoqda.   Xo‘rligi   kelmoq   iborasi   esa
“O‘ksinib   yig‘lab     yuborish   holatiga   bormoq”   degan   ma’noni   bildiradi.   Unga
sinonim   sifatida   Yig‘lamoqdan   beri   bo‘lmoq,   o‘pkasi   to‘lmoq   iboralari   og‘zaki
nutqimizda   qolaversa,   badiiy   adabiyotda   keng   qo‘llaniladi.   Oshiq   o‘z   yorini
uchrashuvga   kelmaganligi,   uni   deb   kunini   kech   qilganini   eslab   yig‘lamoq
darajasiga kelib qolganligini, uni unutish yo‘lini izlab topolmay she’rxonga qarata
uni qanday unutish mumkin deya savol  bilan murojat qilmoqda. Bu esa she’rning
badiiy   saviyasini   oshirib,   she’rni   o‘qiyotgan   kitobxon   ko‘nglini   jumbushga
keltirishga sabab bo‘ladi.
                             Dilim xufton kunduzimni tunday qilib,
                             Va ‘ dasida turmadi  u shunday qilib,
                             Balki bir kun so‘zlarini unutarman,
                             Ko‘zlarini unutayin qanday qilib?
                                                               (“Dilim xufton” she’ridan)
                        Vadasida   turmoq   iborasi   “Aytgan   gapining   ustidan   chiqmoq,   vadasiga
sodiq   qolmoq”   degan   ma’nolarni   bildiradi.   Ushbu   ibora   yor   o‘z   oshig‘iga   aytgan
gapini ustidan chiqmay, uchrashuvga kelmay yorining ko‘nglini notinch qilganini
yoritib   berishga   xizmat   qilmoqda.   Yorning   so‘zlarini   unutishim   mumkin,   ammo
uning   ko‘zlarini   qanday   qilib   unutaman   deya   oshiqning     savoli   bilan   she’r yakunlanmoqda.   Bu   ham   shoir   ijodiga   xos   bo‘lgan   usullardan   biri   bo‘lib,
savollarga javob topishni kitobxonning o‘ziga qoldiradi.
                             Qattiqlashib borar kun sayin qahr,
                             Tikonda ham zahr, gulda ham zahr.
                             Tirnoqqa arzimas  borlig‘ing, axir,
                             Ko‘ksimni tirnoqlab yulgim keladi.
                                                                (“Keladi” she’ridan)
                        Tirnoqqa arzimaydi   iborasi “Qadri yo‘q, ahamiyatsiz” degan ma’nolarni
bildirib,   og‘zaki   nutqda   asosan   kishilarga,   ba’zan   narsa-   ptredmetlarga   nisbatan
qo‘llaniladi.   Badiiy   adabiyotda   asar   qahramonlariga   xos   bo‘lgan   belgini   ta’sirli
qilib   ko‘rsatish,   bo‘yoqdorlikni   kuchaytirish   maqsadida   Tirnoqqa   arzimaydi
iborasi   qo‘llaniladi.  She’rda  qo‘llanilgan   Ko‘ksini   tirnoqlab   yulmoq   jumlasi   shoir
tomonidan yangi ishlangan, individual iboradir. “O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati”da   Yuragini   tirnadi,   Yurak   bag‘rini   tirnadi   iboralari   bor   bo‘lib,   ular
“Yashirin   holda   ruhan   bezovta   qildi,   azobladi”   degan   nozik   ma’nolarni   ochib
berishga   xizmat   qiladi.   Unga   sinonim   sifatida   Dilini   tirnamoq,   Yurakni
timdalammoq,   Ichini   mushuk   tatalayapti   iboralari   keng   qo‘llaniladi.   Shoir   she’r
ma’nosini kuchaytirish, ta’sirchanlikni yanada oshirish maqsadida  Ko‘ksini tirnadi
iborasiga   “ Yulmoq ”   so‘zini   qo‘shib   qo‘llagan.   Ko‘ksini   tirnadi   iborasiga   nisbatan
ko‘ksini tirnoqlab yuldi iborasida ekspresivlik kuchli bo‘lib, unda eng nozik ma’no
qirralari   bo‘rtib,   ko‘rinib   turadi.   She’rda   lirik   qahramon   ya’ni   oshiq   o‘ziga   o‘zi
murojaat qilmoqda. Qahrning kun sayin qattiqlashib borishi  oqibatida tikonda bor
zahar gulga ham o‘tganligi, o‘zining butun vujudi, borlig‘i tirnoqqa   ham arzimas
darajada   ekanligi   ya’ni   qadri   yo‘qligi   oqibatida   lirik   qahramon   ko‘ksini   tirnab
yulgisi kelmoqda. G‘oyat qattiq darajada ruhiy iztirob chekmoqda. Ushbu ma’noni
ta’sirli qilib ko‘rsatishda iboralar yetakchi ma’no tashimoqda.
                    Yuragim oqadi  Farg‘ona tomon,                              Ey, achchig‘i shirin, gumoni a’yon,
                             Sevgingga ishonib yashayman hamon,
                             O‘zimning holimga kulgim keladi.
                                                                (“Keladi” she’ridan)
               She’rda qo‘llanilgan  Yuragi oqmoq  jumlasi shoir tomonidan yangi ishlangan
iboradir.   Yuragi   toshib   ketdi,   yuragini   toshirib   yubormoq   iboralari   tilimizda   ko‘p
qo‘llanilganligi   bois   shoir   uni   biroz   o‘zgartirgan   holda   Yuragi   oqmoq   tarzida
qo‘llaydi. Bunda shakl bilan birga mazmun ham o‘zgarishga uchraydi. Yuqoridagi
iboralar   Yuragi   toshib   ketdi,   yuragini   toshirib   yubormoq   iboralari   “Kechinmalari
ichiga sig‘may, kimgadir aytish ehtiyoji tug‘ildi” degan ma’nolarni bildirsa,  Yuragi
oqmoq   iborasi  “Biron narsaga talpinmoq, sog‘inmoq” degan ma’nolarni  bildiradi.
“O‘zbek   tilining   izohli   frazeologik   lug‘ati”da     “Mazax   qilmoq,   mensimaslik,
tahqirlamoq” degan ma’nolarni o‘zida jamlagan  Ustidan kulmoq  iborasi bor bo‘lib
shoir   uni   yangitdan   ishlagan,   individuallashtirgan   va   O‘z   holiga   kulmoq   tarzida
qo‘llagan.   Bu   bilan   esa   obrazlilik   kuchaygan.   She’r   mazmunida   shu   narsa   a’yon
bo‘lmoqdaki,   lirik   qahramon   yorining   achchig‘i   shirin   bo‘lsa   ham   doimo   uni
sog‘inmoqda,   yori   yashaydigan   Farg‘onani   eslab   yuragi   to‘lib   toshmoqda,
sevgilisining   sevgisiga   ishonib   yashashini   ta’kidlab,   o‘zining   bunday   ahvolga
tushib   qolgani,   o‘zining   hozirgi   qiyofasi-yu   holatiga   o‘zi   kulmoqda.   2-misrada
qo‘llanilgan  achchig‘i  shirin  birikmasi  uslibiy  bo‘yoqdorlikni  oshirish   bilan  birga
stilistik   figura   bo‘lgan   antitezani   yuzaga   chiqarmoqda.   Jahl   so‘zining   o‘rniga
achchiq   so‘zi   almashinib   qo‘llanishi   oqibatida   ekspressivlik   kuchaygan   hamda
shakl   jihatdan   ziddiyat   yuzaga   kelgan.   Antiteza   -   tabiat   va   jamiyatdagi   narsa
hodisalarning   mohiyati,   insonlarning   xarakteri,   ularni   bir-biriga   qiyoslash,
taqqoslash,   chog‘ishtirish   asosida   oydinlashadi.Shuning   uchun   ham   bu   qiyoslash
tafakkur jarayonida doimo hamqadamdir. 26
 
26
  Musayev A. O’zbek tili stilistikasidan ma’ruza matni.-Jizzax, 2014-2015.                                Ketsam, senga eltar ja’miki yo‘llar,
                               Yolg‘iz seni quchsam,  yuragim to‘lar.
                               Qanday soz, tepamda na’farmon gullar,
                               Sochingga ko‘milib o‘lgim keladi.
                                                                 (“Keladi” she’ridan)
                        Yuqoridagi she’riy parchada   Yuragi to‘lmoq   iborasi   Yuragi toshib ketdi
iborasiga   mazmunan   sinonim   bo‘lib   kelgan.   Yuragi   toshib   ketdi   iborasi
“Kechinmalari   ichiga   sig‘may,   kimgadir   aytish   ehtiyoji   tug‘ildi”   degan   ma’noni
bildiradi.   Shoir   ushbu   iborani   mazmunini   saqlab   qolgan   holda   uning     shaklini
o‘zgartirgan,   qayta   ishlagan.   She’r   mazmunidan     shuni   bilish   mumkin-ki,
dunyodagi barcha yo‘llar lirik qahramonni yori tomon eltadi, uni quchganida his-
tuyg‘ulari   jo‘shib   ketib   o‘ziga   sig‘may   qoladi,   tepasida   turgan   och   pushti   rangli
gullarni ko‘rib, yorning sochi  hidiga mast bo‘lib jon bergisi keladi, bir umr uning
yonida qolishni hohlaydi. 
                                           Oyday   yuragimda dog‘im bor  edi,
                                 Kulfat o‘zimniki, taskin-daldam yo‘q.
                                 Uzoqda  ishongan bog‘im  bor edi,
                                 Suyangan tog‘im  yo‘q-endi dadam yo‘q.
                                                                    (“Dadam” she’ridan)
                  She’rda  Yuragida dog‘i bor  iborasi shoir tomonidan qayta ishlanib, qismlari
o‘zgartirilgan   holda   yuragimda   dog‘im   bor   tarzida   qo‘llanilgan.     Yuragi   yara
iborasi   “Ko‘nglida   armoni   bor”   degan   ma’noni   bildiradi.   She’rda   lirik   qahramon
yuragini   oyga   o‘xshatmoqda.   Bizga   astronomiyadan   ma’lumki     oy   sayyorasidagi
balan-past   tog‘lar   bizning   ko‘zimizga   oyning   yuzidagi   dog‘ga   o‘xshab   ko‘rinadi.
Shoir   ham   shunga   o‘xshatish   tarzida   yuragini   oyga,   ko‘nglining  bir   chetida   qolib
ketgan   armonini   oy   yuzidagi     dog‘ga   qiyoslamoqda.   Bu   esa   ekspressivlikni
kuchaytirib, she’r  saviyasini  yuksaltirishga  xizmat  qilgan. Keyingi  misralarda esa xalqimiz   orasida   ota-onaga   nisbatan     g‘ururlanish,   faxr-iftixor   tuyg‘ularini
namoyon   etuvchi   Ishongan   bog‘im,   suyangan   tog‘im   iborasi   qo‘llanilgan.   Ibora
“Suyanchig‘i, g‘amxo‘ri, orqa  qiladigani,  e’tiqod-ishonch  bilan  qaraydigani     bor”
degan   ma’noni   ifodalaydi.   Ushbu   ibora   aytilishi   bilanoq   biz   ota-ona   haqida   fikr
ketayotgaini  darhol  anglab olamiz. Chunki  ushbu  ibora bizga  bolaligimizdan  beri
eshitilaverib yod bo‘lib ketgan. Shoir ham shunga ishora qilib o‘zining, ot-onasini
eslamoqda, armonlari yodiga tushmoqda.
                                      Uyga kirsam  o‘ksib beradi ko‘nglim,
                                     Ko‘chada yuzimda dard-u alam yo‘q.
                                     Dada deb chaqirsam kuladi, o‘g‘lim,
                                     O‘g‘lim, panohim yo‘q - endi dadam yo‘q.
                                                                       (“Dadam” she’ridan)
                        Ko‘ngli   o‘ksimoq   iborasi   ma’yuslanmoq,   o‘ksimoq   degan   ma’nolarni
bildiradi.   Ko‘p   o‘rinlarda   unga   sinonim   sifatida   Ko‘ngli   cho‘kdi   shakli   ham
qo‘llaniladi.   Shoir   o‘zining   ruhiy   holatini,   dadasini   eslab   yuragi   ezilayotganini
obrazli   tarzda   ifodalash   maqsadida   iboralardan   keng     tarzda,     turli   xil   ma’no
nozikliklarini ochib berishda foydalangan. Ko‘chada yursa yuzida dard-u alamlari
yo‘q   bo‘lib   ko‘rinadi,   uyiga   qadam   bosishi   bilanoq   lirik   qahramon   (shoirning
o‘zi)ni   dard-u   alamlari   o‘rab   oladi.   Dadasi   doim   uyida   bo‘lishiga   o‘rganib
qolganini, endi esa har safar uyiga kirishi bilan ko‘ngli o‘ksishi, sababi esa dadasi
endi   bu   dunyoda   yo‘qligini,   dada   deb   chaqirib   o‘rganib   qolgani   uchun   har   safar
dadasi   yo‘q   bo‘lsa   ham   dada   deb   chaqirganida   bu   o‘g‘liga   erish   tuyilib   ustidan
kulishini,  shoir   esa   shu   payt   o‘g‘liga   qarata   endi   mening  panohim   o‘z   otam   yo‘q
deya hitob qilmoqda. Barcha dar-u alamlari yuzaga chiqmoqda.
                                      Iligini so‘rib ilkimning,
                                      Sarg‘aytirgan guldek singlimni,
                                      Erta ulg‘aytirgan o‘g‘limni,                                       Jigarimni tilgan   yo‘qchilik.
                                                                         (“Meros” she’ridan)
                          Tilimizda   yurak,   jigar,   ko‘ngil   so‘zlari   bir-biriga   ma’nodosh   (sinonim)
sifatida   qo‘llaniladi.   Bular   bir-biridan   ifodalayotgan   ma’no   nozikliklari,   kuchli-
kuchsizlik   darjasiga   ko‘ra   farqlanadi.   Shu   bilan   birga   bu   hodisa     iboralarga   ham
ko‘chgan bo‘lib, ular ham ma’no nozikliklari bilan bir-birdan farq qiladi. 27
 
                        “O‘zbek tilining izohli  frazeologik lug‘ati”  da   Ko‘nglini  tilmoq, yurak-
bag‘ri tilindi, bag‘ri tilindi  iboralari bir biriga sinonim sifatida berilgan. Shoir ham
shunga   ishora   qilib   Jigari   tilindi   tarzida   o‘zi   yangi   ibora   yaratadi.   Kishi   tana
a’zolari nomi bilan boshlanuvchi iboralar ekspressivlikni oshirishga xizmat qiladi.
Shoir   ham   yo‘qchilik   jigarimni   tildi   deya   o‘zining   ruhan   azoblanayotganini,
ojizligini bayon qilmoqda. 
                               Minnatli osh, bu-sochma o‘qdek,
                                     Ich-ichingni kuydirar  cho‘g‘dek.
                                     Qorin ochu nazarim to‘qdek,
                                     Meni aziz bilgan yo‘qchilik.
                                                                          (“Meros” she’ridan)
            Ich-ichini kuydirmoq  iborasi  shoir tomonidan qayta ishlanib, o‘zgartirilgan
iboradir. “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”da  Ichini yemoq,  Etini yemoq,
Ichini kemirmoq  iboralari bor bo‘lib, ruhan azoblanmoq, ezilmoq degan ma’nolarni
bildiradi.   Ich-ichini   kuydirmoq   iborasi   ham   yuqoridagi   iboralar   kabi   ma’noni
ifodalaydi. She’r mazmunida   “Minnatli  osh sochma o‘q misoli  ichingni  kuydirib
ruhan   azoblaydi,  qornim  och  lekin  nazarim  to‘q  bo‘lsa  ham  yo‘qchilik  meni   aziz
biladi” - deydi lirik qahamon.
                                    Eng go‘zal mamlakat - Qo‘shtegirmonda 
                                    Qon yig‘lab  gulbargin to‘kadi gullar.
27
  Qo ‘ng‘urov R va boshqalar. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari.-Toshkent:Fan, 1983.                                     Ma’yus ketib borar mag‘rib tomonga
                                    Mendan arazlagan farishta kunlar…
                                                                          (“She’rim” she’ridan)
                        Shoir   tomonidan   yangi   yaratilgan   individual   iboralardan   yana   biri   Qon
yig‘ladi   iborasi bo‘lib, u   Yuragi qon bo‘ldi, yurak-bag‘ri qon, Bag‘ri  qon, yuragi
qon,    Yuragi   xun bo‘ldi   kabi  ko‘pgina  iboralar  bilan  sinonimlik hosil  qiladi.  Qon
yig‘lamoq   iborasi     yig‘lamoq   so‘zini   yuqori   darajada   kuchaytirib     ma’no
ottenkasini oshirishga xizmat qiladi.Yig‘lamoq so‘ziga qon so ‘ zini qo‘shish orqali
emotsionallik kuchaygan.
                                  Dedim: “Qorasoch dilbar,
                                  Dilimni tig‘ tilgusi.
                                  Zulfga tegursam agar 
                                 Yuzim qaro  bo‘lgusi!”
                                                                        (“Dedi” she’ridan)
             Tilimizda  Yurakni tilmoq, Yurakni tirnamoq, Yurakni timdalamoq  iboralari
mavjud  bo‘lib,  ular   insonga   “Yashirin   holda   ruhan   azob   bermoq”  degan   ma’noni
bildiradi.   Shoir   esa   ularning   ma’nosini   saqlab   qolgan   holda   o‘zi   mustaqil   tarzda
yangi   ibora   bo‘lmish   Dilni   tig‘   tilgusi ni   yaratadi.     Iborani   oddiygina   qilib   dilni
tilmoq   tarzida   qo‘llamasdan   uni   obrazli   tarzda   chiqishini   ta’minlash   uchun   dilni
tiluvchi vosita sifatida tig‘ so‘zini qo‘llaydi. Tilimizda    Yuzi shuvut  bo‘ldi   iborasi
uyatli   bo‘ldi   degan   ma’noni   bildiradi.   Unga   antonim   sifatida   Yuzi   yorug‘   bo‘ldi
iborasi   qo‘llaniladi.   Shoir   yangitdan   yaratgan   iboralardan   biri   Yuzi   qora   bo‘ldi
iborasidir.   U   yuzi   shuvut   bo‘ldi   iborasi   bilan   bir   xil   ma’noda   keladi.   Shoir
qorasoch   dilbarining   zulfi   oshiqning   yuziga   tekkanida   uning   yuzi   soch   rangidek
qora bo‘lib qolishini chiroyli o‘xshatish bilan tasvirlamoqda. 
                                         Ketdi yoshlik, ketding sen, 
                                         Dil yig‘lar, dil kuyinar.                                          Dilda keksaygan quyosh,
                                         O‘z nuriga suyanar.
                                                                        (“Birinchi sevgi” she’ridan)
               She’rda qo‘llanilgan  Dili yig‘lamoq, dili kuyinmoq  iboralari shoir tomonidan
yangi   yaratilgan,   individual   ibora   bo‘lib,   “Qattiq   xafa   bo‘lmoq,   ranjimoq”   degan
ma’nolarni bildiradi. She’rda esa shoir bolaligini, yoshligini eslab, umrining tezda
o‘tib ketganligidan kuyinmoqda, qattiq afsus chekmoqda, dilidagi keksayib qolgan
quyosh endi bolaligidagidek navqiron emasligidan o‘zining tikka tushgan nurlariga
suyanib   nur   sochayotganligini     obrazli   tarzda,   quyoshni   jonlantirish   orqali
yangicha ma’no ottenkasini bermoqda.
                                Eldan ketib, el bo‘lganni kim biladi,
                                Don axtargan go‘shtxo‘rlarga yem boladi,
                                Dil qonasa,  ona tuproq em bo‘ladi, 
                                Aytgil,do‘stim, nima qildik  Vatan uchun?
                                                                   (“Aytgil, do‘stim” she’ridan)
               Xalqimizda    Til yarasi bitadi, dil yarasi bitmaydi  degan maqol bor. Inson
qalbi yaralansa uning yarasi  bir  umr unga azob berib qiynaydi. Yuqridagi  she’riy
parchada   qo‘llanilgan   dili   qon   iborasi   “Bag‘ri   qon,   g‘am-alamli,   g‘am-alamda”
degan ma’nolarni ifodalaydi.  Dili qonamoq   iborasi orqali  ma’no ottenkasi yanada
kuchaygan.   Shoir   ushbu   iboradan   unumli   foydalanish     orqali   inkor   qilib
bo‘lmaydigan hikmatli fikr ifodalab,   o‘z fikrini   Ona tuproq em bo‘ladi   jumlalari
bilan dalillab ko‘rsatgan.
                                                            Yurakkinam lim to‘ldi,
                                           Ko‘zyoshlarim sim bo‘ldi.
                                           Sen oylarga aylanding,
                                           Gulijon, men kim bo‘ldim?
                                                                          (“Birinchi sevgi” she’ridan)                             Tilimizda    Yuragi toshib ketdi, Yuragini  toshirib yubormoq   iboralari bor
bo‘lib, kechinmalari  ichiga sig‘may, kimgadir  aytish ehtiyoji  tug‘ilgan insonlarga
nisbatan   qo‘llaniladi.   Shoir   esa     shu   ma’noni   saqlagan   holda   iboralar   shaklni
o‘zgartirib   yangi   Yuragi   lim   to‘ldi   iborasini   yaratadi.   Bu   yangi   ishlangan   ibora
bo‘lib     yuqoridagi   iboralar   ifodalagan   ma’noni   ifodalaydi.   Biroq   yuqoridagi
iboralarda   ma’no   uslubiy   jihatdan   kuchliroqdir.   Shoir   yorining   oyga   aylanib   qo‘l
yetmas   joyga   ketganidan   afsuslanib   yuragi   to‘lib,   azoblanmoqda,   ko‘z   yoshlari
daryo   bo‘lgani,   ichidagi   dardlari   uni   azoblayotganini   she’rga   solgan.   Yorining
ismini keltirish orqali o‘z holini unga bayon qilish bilan o‘z fikrini yakunlagan.
                                          Oltin qasr, tosh qasr,
                                          O‘tdi yil, o‘tdi asr.
                                          Yuragimni qon qilding,
                                          Ezilib ketdi bag‘ir.
                                                                                 (“Oshiq bola” she’ridan)
                        Tilimizda   Yuragi qon, Yuragi qon bo‘ldi, Yuragi qonga to‘ldi   iboralari bor
bo‘lib,   ular   bir-biridan   ma’no   nozikliklari   bilan   farq   qiladi.   Yuragi   qon   bo‘ldi
iborasi  “Ziq bo‘ldi, ruhan azoblandi” degan ma’noni,   yuragi qon    iborasi  “G‘am-
alamli, g‘am-alamda” degan ma’noni ifodalaydi.  Yuragini qon qilmoq  iborasi ham
“Ruhan   azoblanib   g‘am-alamda   qolmoq”  degan   ma’noni   ifodalaydi.   Bag‘ri   ezildi
iborasi   esa     ham   “Ruhan   azoblandi”   degan   ma’noni   bildirib   Yuragini   ezmoq,
Yuragi   ezildi,   Yurakni   ezmoq,   Yurak-bag‘ri   ezildi,   Yurak-bag‘ridan   ezilmoq,
Ko‘nglini   ezmoq   bag‘rini   ezmoq,   Yuragini   siqmoq,   Yuragi   siqildi   kabi   iboralar
bilan   sinonimlik   hosil   qiladi   va   bir-biri   bilan   almashinib   qo‘llana   oladi.   Lirik
qahramon   yorini   eslab     qasrni   oltin   va   toshdan   qurilganga   qiyoslamoqda,   yorini
sog‘inganini   yuragi   azoblanib,   ruhan   siqilganini   bayon   qilib,   o‘z   holini
tasvirlamoqda.   Bu   bilan   badiiy   tasvir   vostalaridan   o‘z   o‘rnida   mohirona   qo‘llay
olgan .                                            Tosh qasrning toshlarin
                                           Eritmadi yoshlarim.
                                           Ko‘ngling yumshagan   bo‘lsa,
                                           Ro‘molchangni tashlagin…
                                                                                 (“Oshiq bola” she’ridan)
                        Xalqimizda     ko‘ngilchan,   rahmdil   insonlarga   nibatan   Ko‘ngli   yumshoq
degan ibora keng qo‘llaniladi. Unga shakl va mazmun jihatdan   o‘xshash   ko‘ngli
yumshadi     iborasi   bor   bo‘lib,   u   rahmdilligi   uyg‘ondi   degan   ma’noni   ifodalaydi.
She’riy   parchada   oshiq   bola   ko‘zyoshlari   sel   bo‘lib   oqsa   ham   tosh   qasrning
toshlarini erita olmaganlligini, agarda yorining ko‘ngli yumshab rahmdilligi kelgan
bo‘lsa   ro‘molchangni   menga   tashlagin   deya   murojaat   qilmoqda.  Bunda   obrazlilik
kuchli ifodalangan bo‘lib, badiiy-uslubiy bo‘yoqdorlikka boydir.
       Shimoldan shaqaloq shamollar kelur,
      Xalqumga xanjardek hilollar kelur,
  Siynadan sitrilgan savollar kelur,
                                     Rahmingiz kelmasmi?
                                                                        (“Rahmingiz kelmasmi?” 
she’ridan)
                        Shoir   she’rda   o‘z   holatining   bag‘oyat   nochorligi   haqida   gapirib
mahbubadan   shafqat   tilaydi.   Lirik   qahramonning     bo‘m-bo‘sh   bog‘lariga
“Ko‘klamlar keladi”, “Azoblar, anduhlar, alamlar keladi”, uning “Tunlari tangaday
to‘kiladi”, ammo yorning rahmi  kelmaydi.  Shoir  ko‘ngini  tashbehlar  bilan bezab,
tabiatni   jonlantira   turib,     so‘z   o‘yini     qiladi.   Sher   davomida   ibora   bo‘lib   kelgan
Rahmi kelmoq   erkin birikmaga aylanadi, rahm jonlantiriladi: oshiq oldiga yorning
rahmi kelmasa, o‘zi kelsin. Odatda so‘z o‘yini shakldosh so‘z, ibora, erkin birikma
yordamida yuzaga keladi va u bu yerda ibora orqali shoir so‘z o‘yini qilmoqda. Bu
esa shoir mahoratining  mevasidir.   
2.2. Xarakter-xususiyat  va belgi bildiruvchi  iboralar
     
                        Badiiy   adabiyotdagi   inson   obrazi   ham   xuddi   hayotdagi   kabi   o‘z   xulq-
atvoriga, ya’ni o‘z xarakteriga ega holda yaratiladi. Bu badiiy asarda aks ettirilgan
muhitning   va   turmushning   haqqoniy   aks   ettirilishiga   omil   bo‘ladi.   Bu   haqida
adabiyotshunos   M.   Qo‘shjonov   shunday   yozadi:   “Yozuvchi   hayotiy   voqealarni
tasvirlar, xarakterlar yaratar ekan, u o‘z fantaziyasining mutlaq bandasi bo‘lib qola
olmaydi. Yozuvchi istagida ustun tura oladigan, uning qalami yo‘nalishini belgilab
beradigan   ma’lum   kuchlar   borki,   san’atkor   ular   bilan   hisoblashmay   iloji   yo‘q.
Shulardan   biri   hayot   mantig‘idir.   Hayot   mantig‘i   badiiy   asarda   ikki   aspektda
kuchga   egadir.   Birinchisi   voqealarda,   ikkinchisi   xarakterlarda…Lekin   har   ikki
holda ham, agar asar badiiy asar  bo‘lsa, yetakchi kuch xarakterlar IU mantig‘idir. 28
             Bundan ko‘rinadiki, yozuvchi yoki shoir obraz yaratishda til vositalaridan
xarakterlarga   mosini   tanlab   qo‘llay   olishi   kerak.   Iqbol   Mirzo   she’rlarida   bu
qoidaga amal qilingani holda, shoir o‘zining badiiy maqsadini, asar badiiy qimmati
va   g‘oyasini   yuzaga   chiqarishda   qahramonlar   o‘rnining   ahamiyatini   oshirgan.
Quyida ushbu iboralardan ba’zilarini keltirib o‘tdik.
    Biri eski o‘g‘ri, biri yangi boy,
            Ko‘zini yog‘ bo s gan , lab-lunji moy.
     Dili bilan tili kelar poyma-poy,
          Og‘ayni-oshnalar yodimga tushsa.
                           (“Yodimga tushsa” she’ridan)
                          Ko‘zini   yog‘   bosmoq   iborasi   “Takabburlandi,   tanib-tanimaganga   oldi”
degan   ma’nolarni   bildirib,   badiiy   adabiyotda   asosan   kishilarga   xos   bo‘lgan
xarakter-xususiyatni ochib berish, ularni ta’riflash maqsadida qo‘llaniladi.   Ko‘zini
28
     ?
  Қўшжонов   М .  Сюжетда   воқеа   ва   характерлар   мантиғи   масаласи  //  ўзбек   тили   ва   адаби ë ти   масалалари .- 
i Тошкент, 1964, - Б .5. yog‘ bosmoq    iborasi  orqali shoir  yor-do‘stlarini  eslamoqda, ularning xarakterini
tasvirlab, ularning ichki dunyosini ochib bergan. Bu esa she’rni mazmundor hamda
ta’sirli chiqishiga zamin yaratgan,  she’r mazmuning shaklan qisqa, ammo tugal va
mazmundor chiqishiga  olib kelgan.
  Eng boy odam men bo‘lardim,
                                           Pushaymondan foyda bo‘lsa.
Ko‘ngli tosh dan  tosh dilbarni
                                           Sog‘inaman qayda bo‘lsa.
                                                    (“Pushaymon” she’ridan)
                    Tilimizda mehrsiz, iltifoti yo‘q insonlarga nisbatan   bag‘ritosh, yuragi tosh
iborasi ishlatiladi. She’riyatda, badiiy asarlarda yorning mehrsizligi, oshig‘ini doim
hajrida qiynab, zor-u   intizor qilishini    Ko‘ngli tosh    jumlasi orqali ta’sirli   tarzda
aks   ettirishadi.   Shoir   ham   xuddi   shu   yo‘ldan   borgan   holda   dilbarining   ko‘nglini
toshdan   ham   qattiq   deya   ta’rif   beradi.   Mehrsiz   dilbarining   ko‘ngli   toshdan   ham
qattiq,   mehrsiz   bo‘lsa   ham   doimo   uni   sog‘inishini,   uni   sevganidan   pushaymon
bo‘lishning esa foydasi yo‘qligini  tan olmoqda. Chiroyli tarzda yor ko‘ngli toshga
o‘xshatilmoqda.   Shoirning   badiiy   mahorati,   so‘z   ustasi   ekanligi   shu   jumlalarda
namoyon bo‘lib kelgan.
                                              Hoki poyingizni ko‘zimga suray,
                                              O‘zim  yarim ko‘ngling izni to‘ldiray.
                       Bir chekkaga surib qo‘yib dunyoni,
                       O‘g‘il bo‘lib yoningizda o‘ltiray.
                                                 G‘animatim, omonatim-onajon.
                                                       (“Pushaymon” she’ridan)
                            Xalq orasida ruhan ezilgan, dili vayron bo‘lib qalbiga ozor yetgan insonga
nisbatan   ko‘ngli yarim    iborasi ishlatiladi. Ushbu ibora insonga xos bo‘lgan ruhiy
holatni   obrazli   tarzda     ta’sirchan   qilib   ifodalashga   xizmat   qiladi.   Yuqoridagi she’riy   parchada   shoir   onasining   ruhiy   holatini     ochib   berish   bilan   birga   onasiga
xos bo‘lgan belgi, xususiyatni ko‘rsatmoqda. Shoir onasining qalbi ezilgan, ruhan
azoblanganini unutgizib, o‘zim ko‘nglingizni farzandlik mehrim bilan to‘ldiray deb
onasiga   murojaat   qilmoqda.   Dunyoni   bir   chekkacha   surmoq   iborasi   dunyoning
barcha   g‘am-tashvish   va   xursandchiligini   unutib,   o‘zini   erkin   his   etmoqlikni
bildiradi. She’rda esa shoir farzand sifatida dunyoning barcha tashvishlarini unutib
o‘g‘il  bo‘lib bir  kun bo‘lsa  ham  sizning yoningizda  o‘tiray, sizning subhatingizni
olay deb onasiga iltijo bilan boqmoqda. Ushbu she’riy parchada misralararo ketma-
ket   kelgan   iboralar   she’rning   obrazli   chiqishiga,   farzand   va   onaning   tashqi
qiyofasiy-u, ularning o‘y -hayollarini o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantirib berishga
xizmat qilmoqda. 
                                           Tirnoqlaring tillodan,
                                           Barmoqlaring halvodan.
                                           Men tamshanib o‘tarman
                                           Achchig‘i tez  dunyodan.
                                                                                 (“Oshiq bola” she’ridan)
               Xalqimiz orasida  Achchig‘i keldi, Achchig‘ini keltirmoq, Jahli keldi, Jahlini
keltirmoq,   Qahri   keldi,   Qahrini   keltirmoq,   Qoni   qaynadi,   Jahli   chiqdi     iboralari
keng qo‘llanilib, biri o‘rnida ikkinchisi  kela oladi. Ular  uslubiy ma’nolari, o‘zlari
ifodalagan   mazmuni   bilan   bir-biridan   farq   qiladi.   Shoir   esa   Jahli   tez   iborasi
shaklini o‘zgartirib jahl so‘zi o‘rnida achchiq so‘zini qo‘llaydi hamda yangi ibora
yaratadi.   U   ifodalagan   ma’no   esa   yuqoridagi   iboralar   ifodalagan   ma’nolar   bilan
o‘xshash.   O‘zini   jahlini   bosib   turolmaydigan   insonlarga   nisbatan   achchig‘i   tez
iborasi   qo‘llanadi.   Shoir   ushbu   iborani   she’riy   misrada   qo‘llash   orqali   dunyoni
jonlantirib, undan har narsani kutish mumkinligini, sinovlari juda achchiq va juda
shirin bo‘lishini nazarda tutmoqda. Kitobxonni  harakatchan bo‘lishga, bardosh va
sabr bilan sinovlarni yengib o‘tishga chorlamoqda.                                                 O‘shanda (oq osmon, qo‘ng‘ir yer guvoh…)
                            Dilimni bilardi  majnuntol bargi.
                                  Kaftimda yo‘q edi zig‘irdek gunoh,
                                   Yo‘q edi kaftimning zarradek gardi –
                                       O‘shanda men seni yaxshi ko‘rardim… 
                                                                                                            (“Yaxshi ko‘rardim”
she’ridan)
            Tilimizda   Ko‘nglini topmoq,  ko‘nglini ovlamoq, dilini bilmoq  kabi iboralar
o‘zaro   sinonim   sifatida   ishlatilib   kelinadi   va   “Istak-hohishiga   mos   tushadigan
harakatlar  qilish bilan o‘ziga moyil  qilmoq”   ma’nosini  ifodalaydi. Shoir  esa  ular
ichidan     ekspressivlikni   oshirish   va   ma’noni   o‘ta   muloyimlik,   yumshoqlik   bilan
ochib berish uchun   Dilini bilmoq   iborasini qo‘llaydi. Yuqoridagi misralarda shoir
inson   qalbini   poklovchi   ilk   muhabbatni   samimiy   tarzda   ifodalaydi     va   she’rga
o‘zgacha   ruh   ,   mazmun     berishda   “oq   osmon”   va   “qo‘ng‘ir   yer”   birikmalari
qo‘llaydi.   Ijodkor   oshiq   qalbining   har   qanday   g‘arazlardan   va   g‘uborlardan   holi
bo‘lishi,   muhabbatning   poklikka,   ezgulikka   undovchi   tuyg‘u   ekanligini   yoritib
beradi.   “O‘shanda   men   seni   yaxshi   ko‘rardim…”   misrasidan   esa   oddiylik,
soxtaliklidan yiroqlik, samimiylik va kuygan ko‘ngil o‘kinchi ayon bo‘ladi. Shoir
bu   o‘rinda   “sevardim”   so‘zini   qo‘llamaydi,   aynan   “Yaxshi   ko‘rardim”   ifodasini
ishlatadi   va   bu   orqali   ilk   muhabbatga   xos   bo‘lgan   soflik,   andisha   hamda
pokizalikni   ko‘rsatib   beradi.   Bu   esa   ijodkorning   so‘z   qo‘llashdagi   yetuk
salohiyatidan darak beradi. Shoir qisqa satrlarda lirik qahramon oshiqning ko‘ngil
kechinmalarini, o‘rtanishlarini tiniq va betakror tarzda to‘liq aks ettiradi.
             Men bitta bolangman qir oshib yurgan,
  O‘zi bilan o‘zi kurashib yurgan.
              Hech kim yo‘q yerlarda ko‘ksiga urgan                                              Bir chala shoirman,  og‘zi polvonman.                                
Iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii                                                 i (“Bag‘dod polvonlari” she’ridan)
                        Yuqoridagi   she’riy   parchada   qo ‘ llanilgan   og ‘ zi   polvon   iborasi   hozirgi
kunda   Farg ‘ ona   vodiysi   xalqi   tilida     faqat   og ‘ ziga   kuchi   yetadigan,   maqtanchoq,
qo ‘ lidan  biror   tuzukli   ish   kelmasa   ham   barchasini   og ‘ zida   bajaradigan   insonlarga
nisbatan   qo ‘ llaniladi.   Men   o ‘ zi   bilan   o ‘ zi   kurashib,   qir   oshib   yurgan,   faqatgina
hech   kim   yo ‘ q   yerlarda   ko ‘ ksiga   urib   matanguvchi,   faqat   og ‘ zida   hamma   ishni
bajaruvchi bir chala shoir bolangman deya yurtiga murojaat qilmoqda.
Ko‘z uchida qaraysiz , ko‘z uchida...
Yulduzchalar cho‘kib yotar dil burjida.
Oy aylanar koinotning kulgichida,
Yurak erir qabog‘imning hovuchida...
Ko‘z uchida qaraysiz, ko‘z uchida...
                                                                                                                 (“O ‘pkalanib qaraysiz” she’ridan )
                Ko‘z uchida qaramoq  iborasi shoir tomonidan yaratilgan individual ibora
bo‘lib,   nazar-pisand   etmaslik,   mensimaslik   kabi   ma’nolarni   anglatadi.   Shoir
mahbubasiga   meni   hech   mensimaysiz,   nazar   pisand   etmasdan   yuragimni   ezasiz
deya murojjat qilmoqda.  Ko‘z uchida qaramoq  iborasi o‘z navbatida kishilarga xos
bo‘lgan salbiy xarakterni ochib berishga xizmat qiladi.
                        Belgi   bildiruvchi   iboralar   shaxs   yoki   predmetga   xos   bo‘lgan   belgini
ko‘rsatish, ularning o‘ziga xosligini namoyon qilish, ma’no nozikliklarini oshirish
maqsadida qo‘llaniladi. 29
 
                          Shoir  Iqbol  Mirzo ham  o‘z  she’rlarida bunday iboralardan o‘z  o‘rnida
mohirona   qo‘llay   olgan   hamda   she’rning   jozibadorligi,   ekspressivligini   oshirgan.
Kitobxon ko‘z o‘ngida lirik qahramonni gavdalantira olgan.
                                       Ko‘zi qora,  yuragi oq  shu el uchun,
29
  N e ‘matov H., Bozorov O. Til va nutq.-Toshkent: O‘qituvchi, 1993.                                        Tuproq uchun, shu yurt uchun,  chaman uchun,
                                       Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun,
                                       Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
                                                                          (“Aytgil, do‘stim” she’ridan)
                          Yuragi   oq   iborasi   yaxshi   niyatli,   boshqalarga   yomonlikni   ravo
ko‘rmaydigan   insonlarga   nisbatan   ishlatiladi   va   u   ijobiy   mazmundagi   iboradir.
Kishiga   xos   bo‘lgan   belgini   ijobiy   ruhda   ochib   berib,   uning   mazmun   mohiyatini
obrazli   tarzda   ifodalashga   xizmat   qilgan   ushbu   ibora     og‘zaki   nutqqa     ko‘proq
xoslanganligi   bilan   xarakterlidir.   Yuragi   oq   iborasi     she’r   mazmunini   boyitib,
belgining   obrazli   chiqishiga   sabab   bo‘lgan.     Shoir   o‘z   xalqining   yaxshi   niyatli
insonlardan   iborat     ekanligini,     ularning   ko‘nglidagi   his-tuyg‘ularning   ham
pokligini shu iborada jamlagan.
                        Ho‘qandi latifda
                           Karnayguldan uchar bolari kuyi,
                           Rayhonlar chayqalib chaladi g‘ijjak.
                           Gumbazlarga yetar tuproqning bo‘yi,
                           Sipohi teraklar qoqmaydi mijja.
                        Dil uyg‘oq.
                                                                                             (“Munojot” OO she’ridan)
                   Dil uyg‘oq  iborasi shoir tomonidan yaratilgan individual   iboradir.  Shoir
go‘zal     tabiat     manzaralari     bilan   inson   ruhiy   olamini     bir-biriga   bog‘liq   tarzda
ifodalaydi.   Go‘zal   o‘xshatishlar   va   jonlantirish   san’atidan   mohirona   foydalangan
holda   ushbu   manzaralar   o‘zining   diliga   jon   bag‘ishlab,   uni   uyg‘oq   tutib   turishini
tasvirlagan.   Shoirning   ushbu   she’rida   tovushlar,   so‘zlar   o‘zlari   hosil   qilgan
ohangda yayrab raqs tushayotgandek bo‘ladi go‘yo.
Ey, kafti qadog‘u  ko‘ngli yumshoq  el,
Quyoshda qoraygan,  yuragi oq  el, Duoga qo‘l ochgan,  tilagi oq  el,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
                                                                           (“Navro‘zguli qo‘shig‘i” she’ridan)
                            Yuqoridagi   she’riy   parchada   keltirilgan   k o‘ngli   yumshoq   iborasi
“Ko‘ngilchan, rahmdil” kabi ma‘nolarni ifodalasa   Yuragi oq   va   tilagi oq   iboralari
shoir   tomonidan   yaratilgan   individual   iboradir.   Ushbu   Ko‘ngli   yumshoq,   Yuragi
oq,   Tilagi   oq   iboralari   o‘zbek   xalqiga   xos   bo‘lgan   belgini,   o‘ziga   xoslikni
ifodalaydi.   She’riy   parchada   kafti   qadoq   bo‘lsada   rahmdil,   tanasi   quyoshda
qoraygan   bo‘lsada     yaxshi   niyatli,   duoga   qo‘l   ochsa   doim   yaxshi,   pok   niyat
qiladigan   el   ulug‘langan.   “Kaftingga   ko‘z   suray,   dehqonim,   yurtim,   O‘zingdan
o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim”   misralari orqali shoir yurtini dehqonga, bog‘bonga
qiyoslab ulug‘lagan. 
Hamma yurakka tig‘ urar albatta,
Nishon sifatida kerakman asli.
Ne qilay,  yuragim o‘zimdan katta,
Odam shaklidagi yurakman asli…
                                                                                   (“Singlimga”  she’ridan)
                Yuragi  o‘zidan katta  iborasi shoir tomonidan yaratilgan individual ibora
bo‘lib,     “Hech   narsadan   tap   tortmaydigan,   qo‘rqmas”   degan   ma‘noni   anglatib,
tavakkalchi   insonlarga   nisbatan   qo‘llaniladi.   Shoir   esa   uni   boshqa   ya‘ni
ko‘ngilchan, rahmdil kabi ma‘nolarda qo‘llagan. Ya’ni hamma mening yuragimga,
dilimga ozor beradi, ularga alamlarini olish uchun bir nishonman, nima qilsam ham
ko‘ngilchanman misoli odam qiyofasidagi yurakman deya aytmoqda.
Qoshlaring kamon deymi,
Yuragim nishon deymi,
Kipriging paykon deymi, Jigar-bag‘rim qon  deymi,
Ko‘zlaring cho‘lpon  deymi,
Ko‘zlarim giryon  deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?
                                                                                                                                             (“So‘roq”  she’ridan)
                                “ O‘zbek tilining izohli  frazeologik lug‘ati”da   Jigar-bag‘ri xun, Yurak-
bag‘ri   xun   kabi   iboralar   mavjud,   ammo   jigar-bag‘ri   qon   iborasi   keltirilmagan.
Jigar-bag‘ri   qon,   ko‘zlari   giryon,   ko‘zlari   cho‘lpon   iboralari   shoir   tomonidan
yaratilgan   individual   iboralardir.   “Sening   kamon   qoshlaringga   yuragim   nishon
deymi,   kipriging   paykon   deymi,     yuragim   ziq   bo’lib   ko‘zlarim   yo‘lingda   intizor,
har doim seni  izlayman, Munis seni mehribon deb aytaymi, rost gapimni yolg‘on
deb ataymi” deya shoir sevgan yoriga savol bilan murojaat qilmoqda. Ichidagi bor
kechinmalarni to‘kib solmoqda. 
Tinchlikni deb  yurak bag‘ri kuyik  el bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk el bu!
  O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk el bu,
  Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin!
                                      (“Agar jannat ko‘kda bo‘lsa” she’ridan)
                              Yurak-bag‘ri  kuyik   iborasi   shoir  tomonidan  yaratilgan  individual  ibora
bo‘lib, g‘am-alamli, diliga ozor yetgan degan ma‘nolarni bildiradi va   ushbu ibora
belgini   ifodalaydi.   Shoir     tinchlik   tufayli   diliga   ko‘p   ozor   yetgan,   yaratganning
qoshida   eng   sevimli   bo‘lgan,   o‘tmishi   va   kelajagi   buyuk   bo‘lgan   elini
ulug‘lamoqda,   unga   hamdardlik   bildirish   bilan   birgalikda   undan   faxr   tuyg‘usini
tuymoqda   hamda   menga   qanday   yashashim   kerakligini   o‘rgatmagin   deya
o‘zagalarga qattiq uqdirmoqda.
                                               Chora istab bechoraman men chorasiz, Fe’ling sabab ikkimiz ham ovoramiz.
Ichi qora  qiz ekansan, e qora qiz!
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
                                                                                                                                              (“Bilsang edi” she’ridan)
              “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”da  Ichi qora  iborasiga “Yomon
niyatli,   boshqalarga   yaxshilikni   ravo   ko‘rmaydigan”   deya   ta‘rif   berilgan.
Yuqoridagi she’riy  parchada esa  chora izlab bechora bo‘ldim, sening fe‘l-atvoring
tufayli ikkimiz ham ovora bo‘lyapmiz, yomon niyatli ekansan, niyating o‘zing kabi
qora   ekan,   ammo     seni   qanchalar   kuchli   sevishimni   bilsang   edi   deya   shoir   orzu
qilmoqda,   qizga   murojaat   qilmoqda.   Shoir   ichi   qora   deya   qizning   fe‘l-atvoriga
ta‘rif   berish   barobarida   tashqi   ko‘rinishing   kabi     ko‘ngling   ham   qora   ekan     deya
so‘z o‘yini qilmoqda.
Uzoqni ko‘zlagan  otliqni ko‘rdim,
Qismati eshakka bog‘liqni ko‘rdim,
Muhabbatdan  dili dog‘ liqni ko‘rdim,
Kulsa ham ko‘zida nam ko‘rinadi.
                                                    (“Ko‘rinadi” she’ridan)
              Yuqoridagi  sh e ’ riy parchaning mazmunini ochib berishga xizmat qilayotgan
Uzoqni ko ‘ zlamoq, Dili dog ‘ liq  kabi iboralar shoir tomonidan yaratilgan individual
iboralardir   va   ular   belgini   bildiradi.   Otliq   odam   har   doim   uzoq   masofani   bosib
o ‘ tadi.   She ‘ rda   esa   shoir   hayoti   davomida   turli   xil   kimsalarni   ko ‘ rgani   va   o ‘ ziga
kerakli xulosalar chiqarganini ushbu parchalar orqali ta’kidlab ko ‘ rsatmoqda. 
Oyday  yuragimda dog‘im bor  endi,
Kulfat o‘zimniki, taskin-daldam yo‘q.
Uzoqda ishongan bog‘im bor edi,
Suyangan tog‘im yo‘q – endi dadam yo‘q.                                                                                                                 (“Dadam”
she ’ridan )
                            Yozuvchining individual uslubini o‘rganish birinchi navbatda, uning so‘z
tanlash, so‘z qo‘llash uslubini o‘rganish demakdir. Shoir Iqbol Mirzo  tildan ijodiy,
individual   foydalangan   ajoyib   so‘z   ustasidir.   U   frazeologik   birliklarni   o‘z
she’rlarida   qo‘llab,   ularga   o‘zgartirishlar   kiritgan   ya’ni     “yoshartirgan”.   Azaldan
mavjud   bo‘lgan   iboralar   tarkibidagi   so‘zlarni   almashtirish,   ular   o‘rniga
sinonimlarini qo‘llash   yo‘li bilan frazeologik birliklarni qayta ishlagan. She’rdagi
mazmunning uslubiy samaradorligi,  ta’sirchanligi oshgan.
                                      
II bob bo‘yicha xulosa
                        1. I Iboralar     narsa-hodisalar,   voqealar,   xarakterlarni   obrazli-ekspressiv
ifodalash ehtiyoji asosida yuzaga keladi. Shu sababli ular insonlarning faqat ongiga
emas, balki his-tuyg‘ulariga ham kattta ta’sir ko‘rsatadi.
             2. I Iboralar insonlarga xos bo‘lgan xususiyat, holat va belgilarni ifodalashga
xizmat   qiladi.   Shu   sababli   biz   iboralarni   semantik   jihatdan   ruhiy   holat,   xarakter-
xususiyat va belgi bildiruvchi  turlarga bo‘lib o‘rgandik.              3. I Ruhiy holatni ifodalovchi iboralar insonlarning ichki kechinmalari, o‘y-
hayollari-yu g‘am-anduhlarini o‘zida namoyon qiladi. Tahlillar davomida iboralar
ko ‘pincha   kishining   shodligi,   quvonchi,   xafagarchiligi,   ruhiy   iztiroblarini   aks
ettirganini kuzatdik.
                        4. Shoir obraz yaratish davomida frazemalardan obrazlarning xarakteriga
mosini   tanlab   qo‘llay   olgan,   she‘rning   badiiyligini   yuksaltirib,   so‘z   orqali   o‘zi
ta’riflayotgan obrazini jonli tarzda o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantira olgan.
                        5.   Belgi   bildiruvchi   iboralar   shaxs   va   predmetga   xos   bo‘lgan   belgini
ko‘rsatish,   ularning   o‘ziga   xosligini   namoyon   qilish,   ma‘no   nozikliklarini   ochib
berish uchun qo‘llanilgan.  
                               III BOB.  IBORALARNING  STILISTIK  XUSUSIYATLARI
    
                        Iboralarning   uslubiy   imkoniyatlari   nihoyatda   katta.   Xuddi   so‘zlar   kabi
iboralar   ham   uslubiy   qo‘llanishi   jihatdan   neytral   yoki   uslublardan   biriga   tegishli
bo‘lishi mumkin. Iboralardan so‘zlashuv va badiiy uslubda ko’proq   foydalaniladi.
Iboralardan   o‘z   o‘rnida   foydalanish   nutqning   ifodaliligini,   obrazliligini   oshiradi.
Iboralar   xalqqa   tegishlidir.   Asrlar   davomida   iboralar   xalq   tilida   sayqallanib,   turli
shakl   va   ma’no   mundarijaga   ega   bo‘ladi.   Shoir   va   yozuvchilar   esa   asarning xalqchilligi,   sodda   tilliligi   va   obrazliligini   ta‘minlash   uchun   iboralardan
foydalanadilar.
               Badiiy uslubda ham iboralarning qo‘llanishi o‘ziga xos bo‘lib, ular badiiy
asar  tili   ta‘sirchanligini,  shuningdek,  badiiy  asar   qahramon  nutqining  ifodaliligini
oshirishga yordam beradi. 
                        Iboralar   uslubiyati   o‘rganilganda   dastlab   ular   o‘rtasidagi   sinonimiya,
omonimiya   va   antonimiya   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Iboralarning   sinonimiya
hodisasiga boyligi ulardan foydalanishda katta stilistik imkoniyatlar yaratadi. 30
 
     
   3.1. i Sinonim, antonim iboralar va ko ‘pma’nolilik
             Sinonimiya  til birliklari orasidagi kichik sistema bo‘lib, bu iboralar orasida
ham anchagina. Ikki iborani sinonim deyish uchun ular ayni bir ma’noni anglatishi
shart. Sinonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo‘ladi, shulardan
biri   ma’no   qirrasidagi   farqdir.   Masalan,   yer   bilan   yakson   bo‘lmoq   -   yer   bilan
yakson   qilmoq   iborasi   kulini   ko‘kka   sovurmoq   -   kuli   ko‘kka   sovurildi   iborasiga
sinonim,   ayni   bir   ma’noni   anglatadi   (“butunlay   yemirmoq,   yo‘q   qilmoq”).   Bu
sinonimlar   boshqa   belgi   xususiyatlaridan   qat‘i   nazar   ma‘no   qirrasida   farq   qiladi;
ikkinchisida ma’no bir qadar kuchli. 31
                        Sinonimik   munosabatda   qatnashuvchi   (bir   sinonimiya   uyasiga
birlashuvchi) iboralarning miqdori har xil bo‘ldi. Ko‘pchilik uyalar ikki sinonimli,
uch,   to‘rt   iborani   birlashtiruvchi   uyalar   ham   bor.   Buni   biz   quyida   Iqbol   Mirzo
she’rlarida qo‘llanilgan iboralar misolida ko‘rib chiqamiz.
              1.Ibora bilan ibora sinonimlikni yuzaga keltiradi.
Ibora Ibora Ma’nosi
30
   Rafiyev A., G‘ulomova N. Ona tili va adabiyot. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-Toshkent: Sharq, 2002.
31
  R ahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati.-Toshkent:O‘qituvchi, 1978, -B.6. Mum tishladi Tilini tishladi Gapirmaslik
Yuz burmoq Yuz o‘girmoq Voz kechmoq
Dili qonga to‘ldi Jigar-bag‘ri   qon
bo’ldi G‘am-alamli
Ko‘nglini bilmoq Yuragini bilmoq Yashirin ii tuyg‘ulardan
iiii xabardor bo‘lmoq
Ko‘ngli to’q Ko‘zi to‘q Nafsi ii to‘q
Shayton yo’ldan urdi Shayton chalg‘itdi Yomon   yo‘lga
kirmoq
Yaxshi ko’rmoq Xush ko‘rmoq Yoqtirmoq
Xudo urdi Haq urdi Og‘ir musibatga    
uu duchor bo‘lmoq
Bag‘ri qon Yuragi qon G‘am-alamli
Qo‘msamoq Yuragi oqmoq Juda ham sog‘inmoq
Qalbiga nish urmoq Zahrini sochmoq Dilini og‘ritmoq
Toshbag‘ir Toshdil Bemehr
Ko‘nglini og’ritmoq Bag‘rini tilmoq Ranjitmoq
Ko‘z   yoshiga   lim
to’lmoq Ko‘z yoshi sim bo‘ldi Yig‘lab ado bo‘ldi
Ko‘ngli ezildi Bag‘ri ezildi Ko‘ngli og‘ridi
Kulini sovurmoq Kulini   ko‘kka
sochmoq Yo‘q qilmoq
Yuragi potirlamoq Yuragi o‘ynamoq Bezovtalanmoq
Qismatiga ko‘nmoq Taqdirga   tan
bermoq Rozi bo‘lmoq
Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq Dili qo‘msamoq Sog‘inmoq
Tilini chaynadi Tili aylanmay qoldi Gapirolmay qolmoq
Qon yig‘ladi Ko‘z yoshi sim bo‘ldi Qattiq azoblanmoq Mensimadi Labini burdi Nazar-pisand etmadi
Dili kuyinmoq Ko‘ngil so‘ramoq Achinmoq
Ko‘ngli vayron Ko‘ngli abgor Qattiq ranjimoq
             2. Ibora bilan so‘z sinonimik munosabatga kirishadi. Bu leksik-frazeologik
sinonimlikdir.   Iqbol   Mirzo   she’rlarida   qo‘llanilgan   iboralarning   leksemalar   bilan
sinonimligini quyidagi jadval asosida ko‘rib chiqamiz.
Ibora Leksema(so‘z)
Tiz cho‘kmoq Mag‘lub bo‘lmoq
Yurak-bag‘ri yara Alamli
Chap bermoq Uddaburon
Ko‘zi giryon Intizor
Ko‘nglini qitiqlamoq Shubhalanmoq
Dunyoga jar solmoq Bo‘rttirib xabar tarqatmoq
Sir tutmoq Yashirmoq
Dunyodan uzilgan Chetda qolib ketmoq
Yuragi qurtlamoq Nasfiga qul
Ko‘ngli yarim Yetim
Bag‘rini ochmoq Qabul qilmoq
                        Bir  sinonimik  uyani  tashkil  qiluvchi   iboralar   o‘zaro  obrazlilik  darajasi,
ma’nolarning   kuchayib   borishi(gradatsiya)   bilan   bir-biridan   farqlanadi.   Buni
quyida Iqbol Mirzo she’rlarida qo‘llanilgan iboralar misolida ko‘rib chiqamiz:
Yuragi ingradi – Yuragi titradi – Yuragi to‘kildi;
Xush ko‘rmoq – Yaxshi ko‘rmoq – Ko‘ngil bermoq; Ko‘nglini og‘ritmoq – Zahrini sochmoq – Bag‘rini tilmoq – Qalbiga nish urmoq;
Yuragi qon – Bag‘ri qon – Dili qonga to‘lmoq – Jigar bag‘ri qon;
Ko‘ngli ezildi – Bag‘ri ezildi – Yuragi to‘kildi;
Dili qo‘msamoq – Yuragi oqmoq – Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq;
Ko‘ngli to‘lmadi – Dili qo‘zg‘aldi – Yuragini qon qildi;
Ko‘ngli muz– Ko‘ngli tosh – Toshbag‘ir;
     Qoni gupirmoq – Qoni qaynamoq – Qoni qaynab jo‘sh urmoq;
     Ustidan kulmoq – Ustidan kulib yurmoq – Ustidan kulib o‘ynamoq;
     Dili orziqdi – Ko‘zi xumor bo’ldi – Ko‘zi to‘rt bo‘ldi;
       Ko‘ngli buzildi – Ko‘ngli sovidi – Ko‘nglini uzdi.
                          Antonimiya   til   birliklari   orasida   semantik   munosabat   asosida
belgilanadigan   hodisalardan   biri   bo ‘ lib,   iboralarda   ham   so ‘ zlardagi   kabi   qarama-
qarshi ma ’ no uchraydi. Antonimiya hodisasini belgilash, birinchidan, iboralarning
lug ‘ aviy   ma ’ nosini   chuqurroq   anglashga   olib   kelsa,   ikkinchidan,   ko ‘ p   ma ’ nolik
hodisasida   bir   iboraning   ma ’ nolarini   o ‘ zaro   farqlashga   yordamlashadi,
uchinchidan, sinonimlarni belgilashda ham foyda keltiradi. 32
 
                        Qarama-qarshi ma‘no ifodalovchi iboralar antonim iboralar (frazeologik
antonim)   hisoblanadi.   Masalan,   oq   ko ‘ ngil   –   ichi   qora;   yaxshi   ko ‘ rmoq-yomon
ko ‘ rmoq.   Bir   so ‘ z   bir   ibora   bilan   antonim   bo ‘ lsa,   bu   leksik-frazeologik   antonim
deyiladi. 
Yomon ko‘rmoq-sevmoq;          
Yaxshi ko‘rmoq-nafratlanmoq;
Ko‘ngli to’q-notinch.;                  
Taqdirga tan bermoq-kurashmoq.
                          Sinonimiyada   bo‘lganidek,   antonimik   munosabat   ham   polisemantik
iboralarda har bir ma’noga nisbatan alohida belgilanadi. Polisemantik iboraning bir
32
  R ahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Darslik.-Toshkent:Universitet, 2006. ma’nosiga  antonim  bor bo‘lishi, boshqa  bir  ma’nosiga esa  yo‘q bo‘lishi  mumkin.
Masalan,   savol   bermoq   monosemantik   iborasiga   besh   ma’noli   javob   bermoq
iborasining birinchi ma‘nosi antonym (qolgan to‘rt ma‘nosiga frazeologik antonim
yo‘q). 33
              Ibora bilan ibora antonimlikni yuzaga keltiradi. Shoir she’rlarida bir-biriga
antonim  bo‘la oladigan iboralar ham qatnashganini ko’ramiz.
Ibora Ibora
Tomirida qon muzlamoq
Qoni qaynamoq
Ko‘ngli to‘lmoq Ko‘ngli to‘lmaslik
Yuragi oq Ichi qora
Yuragi to‘lmoq Yuragi o‘ynamoq
Yaxshi ko‘rmoq Yomon ko‘rmoq
Oqko‘ngil Ko‘ngli tosh
Qoni muzlamoq Qoni qaynamoq
Tin olmoq Yuragi potirlamoq
Jonni yoqmoq Jonga yoqmoq
                          Ko ‘ pma ’ nolilik   hodisasi so‘zlarda juda taraqqiy etgan bo‘lib, bu hodisa
iboralarda ham  uchraydi. So‘zlarning juda ko‘p qismi  ko‘p ma’nolidir, iboralarda
esa   unday   emas.   Iboralarning   asosiy   qismi   bir   ma’nolidir.   Iboralar   ko‘p
ma’noligida ham xuddi so‘zlarning ko‘p ma’noligida bo‘lgani kabi bosh va yasama
ma’no   farq   qiladi.   So‘zlarning   ko‘p   ma’noligida   bosh   ma’no   to‘g‘ri   ma’noga,
yasama   ma’no   esa   ko‘chma   ma’noga   teng.   Iboralarning   ko‘p   ma‘noligi   bundan
farq   qilib,   bosh   ma‘no   ham   ko‘chma   ma’noda   bo‘ladi.   Chunki   har   qanday
frazeologik ma’no ustama, ko‘chma ma’no sifatida yuzaga keladi. 34
33
  Rahmatullayev Sh. Hozirgi O‘zbek va rus tillarida frazeologik antonimlar.-Toshkent:Universitet, 2000, -B.32.
34
 Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H.   O‘zbek tili stilistikasi.-O‘qituvchi, 1983.                           Iboralarning   ko‘p   ma’noliligi   ularning   sinonimlik   holati   bilan   bog‘liq.
Chunki   u   yoki   bu   boraning   yangi   ma’nosi   iboralar   doirasida   yangidan-yangi
semantik   bog‘lanishlarni   aniqlashga,   frazeologik   ma’nolar   miqdorini
kengaytirishga olib keladi. 35
                        Iqbol   Mirzo     she’rlarida   ham   shunday   ko’pma’noli   iboralarning
qo’llanganini kuzatamiz.
Jonimga tig‘ urib qiynaydi sog‘inch,
Keyin tig‘ sug‘urib qiynaydi sog‘inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog‘inch,
Yuragim qon bo‘ldi  seni sog‘inib.
                                                              (“Seni sog‘inib”  she’ridan)
             Yuragi qon bo‘ldi :  1.   kimning  - diltang bo ‘ lmoq, siqilmoq.
2.   kimning  - ruhan azoblanmoq.
                                    Ushbu  she’riy  parchada   Yuragi  qon  bo‘ldi   iborasi   “Diltang  bo‘lmoq,
siqilmoq” ma’nosida qo‘llanilgan. Ya’ni oshiq yorini sog‘inganidan yuragi siqilib,
diltang   bo‘lib   ketgan.   Sog‘inch   uning   tanini   va   ruhini   o‘rtab,   qiynab   yuborgan.
Sog‘inch   azoblarini   ifodalash   uchun   har   bir   misrada   iboralar   qo‘llanilgan   va
ifodalilik kuchayib, gradatsiyani yuzaga keltirgan. 
Yuzlarimga suv urdi samo,
Seskandimu  o‘zimga keldim .
Kimligimni sezdim avvalo,
Keyin hech kimmasligim bildim.
                                                                 (“Alvido” she’ridan)
                  O’ziga kelmoq:  1 .  kim  - behushlikdan qaytmoq. Varianti:o’zi(ga) keltirmoq
kim kimni.
2.  Odatdagi sezish, anglash holatiga qaytmoq.
35
 Suvonova N. Frazeologiyaning sistem sath birligi sifatidagi talqini.-Toshkent, 2008.                         Ushbu   she‘riy   parchada   O’ziga   kelmoq   iborasining   1-ma’nosi
qo‘llanilgan.Yani   shoir   samoning   yuziga   suv   urishi   oqibatida   beshushlikdan
qaytgani va kim ekanligini anglaganini go‘zal o‘xshatishlar bilan ochib bergan. 
Men seni haliyam  yaxshi ko‘raman ,
Tovushing eshitgim keladi juda.
Telefon gardishini aylantiraman,
Qo‘ng‘iroq chorlaydi, ammo behuda.
                                                                    (“Afsus”  she’ridan)
               Yaxshi ko ‘ rmoq:  1 .  kimni -sevmoq, oshiq (ma ‘ shuq) bo ‘ lmoq (qiz bilan yigir,
er va xotin). Sinonimi: ko’ngil bermoq.
2.   kimni  - o’ziga qadrdon deb bilmoq.
3 .  nimani  ba’zan  nima kimni . Yoqtirmoq. Antonimi:  yomon ko‘rmoq.
                        Yuqoridagi misralarda   Yaxshi ko‘rmoq   iborasi “Sevmoq, oshiq bo‘lmoq”
ma’nosida   qo‘llanilgan.   Oshiq   o‘zining   yorini   hali   ham   sevishi,   uning   tovushini
eshitgisi kelib telefon gardishini aylant,irishi ammo uning bu harakatlari har safar
behuda ketishini o‘kinch bilan tasvirlangan.
Bachkana kun kelsa, Ahmad donolar
Asta tera boshlar shaxmat donalar.
Siz unga  so‘z berib  qo‘ysangiz, tamom,
Sizga gap bermaydi mahmadonalar.
                                                                                                           (“Bachkana kun…” she’ridan)
                          So ‘ z bermoq:   1 .   kimni kimga   - so ‘ z berildi   kimga . Muzokarada gapirishga
rasmiy ruxsat bermoq. Varianti so ‘ zni bermoq.
2 .   kimni   kimga   -   ahd-u   paymon   qilmoq.   Varianti:   so ‘ z(i)ni   bermoq   kim(o ‘ zining)
kimga ; bergan  so ‘ z(i)   kimning kimga.
                      Yuqoridagi   misralarda   so‘z   bermoq   iborasining   2-ma’nosi   qo‘llanilgan.
Bachkana kun kelsa Ahmad kabi donolarga muzokaralarda gapirishga ruxsat berib qoyilsa bormi, unday mahmadonalar hech kimga gap bermasligi o‘tkir kinoya bilan
tasvirlangan.
“Ko‘ngil” degan so‘zga qofiya “singil”.
Singlim!
Seni desam isiydi ko‘nglim.
Yurak  xinaguldek  o‘ynaydi  yengil,
Munisginam, singlim,
anisim, singlim!
                                                                                   (“Singlimga” she’ridan)
                    Yuragi o ‘ynaydi: i 1 .   Kimning   - yurak urishi odatdagidan ko’ra tezlashdi va
kuchaydi.
2.   Qalbi   hayajonga   to ‘ ldi.   Varianti:   Yurag(i)ni   o ‘ ynatmoq   kim   kimning ;   yurak
o ‘ ynashi.
                        Shoir ko‘ngil deganda, avvalo ko‘z o‘ngiga singlisi kelishini, uni eslasa
ko‘ngli   isib,   yuragi   misoli   xinaguldek   o‘ynab   qalbi   hayajonga   to‘lishini
tasvirlagan.
Buncha  bino qo‘yma  zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga,
Suyangani tayoq bo‘lgin cho‘ponlarga,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
                                                                                          (“Aytgil, do‘stim” she’ridan)
                        Bino   qo ‘ ymoq   kim.   1.   o ‘ ziga   -   ortiqcha   baho   bermoq,   yuksak   fikrda
bo ‘ lmoq.
2.  o ‘ ziga  - qiyofasiga alohida e ’ tibor bermoq.
3 .  kimga yoki nimaga . E ‘ tiqod bilan qaramoq. Sinonimi: ixlos qo ‘ ymoq.
                      Yuqoridagi   misralarda     Bino   qo‘ymoq   iborasi   “O‘ziga   ortiqcha   baho
bermoq” ma’nosida qo‘llanilib,  she’rning ta‘irchanligini oshirishga xizmat qilgan.  Dildorim deyinmi, dilbarim,
Behuda yurakni tilganim.
Bir pul dir dunyoni bilganim –
Ko‘nglingda nima bor – bilmayman
                                                                             (“Ko‘nglingda nima bor” she’ridan)
             Bir pul:  1 .  nima , ba’zan  kim  - qadr qiymatsiz. Varianti: uch pul.
2.  Foydasi yo ‘ q.Varianti: bir tiyin
                   Ushbu misrada qo‘llanilgan  bir pul  iborasi foydasi yo‘q ma’nosida kelgan
bo‘lib,   shoir   yuragini   tilgani   behuda   ekanligi,   yorining   ko‘nglida   nima   borligini
bilmagani oldida  dunyoni bilganining foydasi yo‘qligini go‘zal o’xshatishlar bilan
tasvirlab bergan.
Qizg‘aldoq  bosh egib  turar bag‘ri qon,
Shoir yuragidan chiqqanmi o‘sib?
“Nega yig‘lamaysan, ahli Turkiston?”
Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf.
                                     (“Muhammad Yusuf” she’ridan)
                        Bosh egmoq:   1. I kim kimga -itoatkor bo ‘ lmoq. Varianti: bosh(i)ni egmoq
kim (o’zining) kimga.  Sinonimi bo’yin egmoq, bo’ynini xam  qilmoq
2 .   Itoat   qilmoq,   bo ‘ ysunmoq.   Varianti:   bosh(i)ni   egmoq   kim(o’zining)   kimga ;
egilgan bosh. Sinonimi: bo ‘ yin egmoq.
                        Shoir   lolaqizg’aldoqqa   murojaat   etish   orqali   jonlantirish   san’atidan
mohirona   foydalangan.   Lolaqizg‘aldoqning   itoatkorlik   bilan   bag‘ri   qon   bo‘lib,
g‘am-alamli   tarzda   bosh   egishining   sababi   shoir   Muhammad   Yusufning   vafot
etishi, uning endi yo‘qligida deb ko‘rsatgan.
Qaydadir kimningdir so‘nggi libosin,
Yirtmoqni hunar deb bilguvchi kaslar.
Yo‘qlik va ochlikning tavqini osib, Dunyoga  jar solib  kulguvchi kaslar –
                                                                                (“Bug’doyso’z” she’ridan)
             Jar solmoq.  1 . i kim  - Jarchi vositasida eshittirmoq (eski).
2 . Keragidan ortiq darajada bo ‘ rttirib xabar tarqatmoq.
                  Ushbu misrada J ar solmoq  iborasi keragidan ortiq darajada bo ‘ rttirib xabar
tarqatmoq ma ’ nosida qo ‘ llangan. Ushbu  iboranig 1-ma ‘ nosi  eskirib qolib, hozirgi
kunda   iste ’ moldan   chiqib   ketgan.   Shoir   kimlarningdir   so ‘ ngi   libosini   yirtishni
o ‘ ziga hunar qilib olgan kishilarning ochlik va yo ‘ qlik xabarini dunyoga bo ‘ rttirib
xabar tarqatishini zaharxanda, o ‘ tkir kinoya bilan ochib bergan.
                        Iqbol   Mirzo   she’rlarida   qo’llanilgan   iboralarni   tahlil   etish   jarayonida
shunisi   aniq   bo ‘ ldiki   shoir   she ‘ rlarida   dil,   ko ‘ ngil,   yurak,   bag ‘ ir   hamda   qon
so ‘ zlari   ko ‘ p   qo ‘ llanilgan.   Bular   somatik   iboralardir.     Ko ‘ ngil,   yurak,   dil,   bag ‘ ir
so ‘ zlari   o ‘ zaro   sinonimdir.   Ushbu   dil,   yurak,   bag’ir,   yurak,   qon     komponentli
iboralar   insonning   ichki   tuyg ‘ ulari,   kechinmalari   va   his-hayajoni,   ruhiy   holatini
ifodalashga xizmat qiladi. 
                        Ularning   asosiy   qismi   ot+fe ‘ l   tuzilishiga   ega   bo’lgan   ikki   hamda   uch
komponentli   fe’l   iboralardir:   dili   qo’zg’aldi,     dili   qo ‘ msadi,   dili   qonga   to ‘ lmoq,
ko ‘ ngil so ‘ ramoq,   ko’ngli to’lmoq, ko’nglini qitiqlamoq, yuragi ingradi, yuragini
qon qilmoq, yuragi o ‘ ynamoq, bag ‘ rini ochmoq,   bag ‘ ri ezilmoq, qoni qaynamoq,
qoni muzlamoq  kabi.
                        Dil, ko ‘ ngil, yurak, bag ‘ ir   komponentli iboralarning ma ‘ lum qismi sifat
birikmalar bo ‘ lib, struktura jihatdan ot+sifat tuzilishiga ega. Masalan,   dili vayron,
dili dog ‘ , dili uyg ‘ oq,ko ‘ ngli yarim,   ko ‘ ngli to ‘ q, ko ‘ ngli tosh, bag ‘ ri qon, bag ‘ ri
tosh . Bu iboralarning barchasi shaxsning fe ’ l-atvori, ichki ruhiy holatini ifodalash
uchun xizmat qiladi.       
                        Tahllillar davomida yana shunisi aniq bo ‘ ldiki shoir she ‘ rlarida   “Yurak-
bag ‘ ri…”,   “Jigar-bag ‘ ri…”   ko ‘ rinishidagi   iboralar   ko ‘ p   qo ‘ llanilgan.   Bunday ko ‘ rinishli   iboralar   shaxsning   g ‘ oyat   darajada   ruhiy   azoblanishi,   g ‘ am-alamlari,
iztiroblarini  kuchaytirib ko ‘ rsatib bergan. Masalan,  yurak-bag ‘ ri yara, jigar-bag ‘ ri
qon,   yurak-bag ‘ ri   qon,   yurak-bag ‘ rini   qon   qilmoq,   yurak-bag ‘ rini   tirnamoq
kabilar.
                Bir paradigma doirasida birlashgan iboralar ma ‘ nosida semantik umumiylik
bo ‘ lishiga qaramasdan, ular funksional-stilistik jihatdan bir-biridan farqlanadi. Shu
sababli,   ularning   biri     o ‘ rnida   ikkinchisini   qo ‘ llash   hamma   vaqt   ham   mumkin
bo ‘ lmaydi. Chunki ular ifoda ottenkasiga ko ‘ ra bir-biridan ajralib turadi. 36
3.2. Stilistik figuralar va troplar
                        Sintaktik figuralar   – she ’ riy tilning elementlari bo ‘ lib, ular matnnning
o ‘ quvchiga   ta ’ sirini   kuchaytiradi   hamda   she ‘ riy   nutqning   maxsus   majoziy
tuzilishini   hosil   qiladi.   Stilistik   figuralar   qadim   zamonlardan   ma’lum   bo’lib,   ular
birinchi marta  Arastu asarlarida tasvirlangan. 37
 
             Stilistik figuralar talaffuzning yorqinligini oshirishga xizmat qiladi, nutqni
ohangdor,   ta ’ sirchan   va   jozibali   qilish   uchun   ishlatiladi.   Asosan,   tinglovchining
tushunishiga osonlik yaratadi. Shu jihatdan ular nutq musiqasi deb yuritiladi. Ular
quyidagi nomlar bilan ma’lum:   anafora, epifora, kompozitsion bog ‘ lanish, takror,
sintaktik parallelizm, antiteza, gradatsiya, ritorik so ‘ roq. 38
                        Antiteza   (tazod)   —   grekcha   so‘z   bo‘lib,   “qarama-qarshi   qo‘yish”
ma’nosini   bildiradi.   Antitezadan   ifodalilikni   kuchaytirish   uchun,   qarama-qarshi
tushunchalarni,   fikr,   obraz,   narsalarni,   shaxslarning   xarakterlarini   qiyoslash   yoki
bir xil narsa-hodisalaming daraja jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash uchun
36
  R ashidova   U.   O ‘ zbek   tilidagi   somatik   iboralarning   semantik-pragmatik   tahlili.:Filologiya   fanlari   bo ‘ yicha   falsafa
doktori diss.avtoref.-Samarqand, 2018.
37
A rastu.Poetika.-Toshkent, 2015.
38
 Sultonsaidova S., Sharipova O ‘ . O ‘ zbek tili stilistikasi.O ‘ quv qo ‘ llanma.-Toshkent, 2009. foydalaniladi.   Ikki   qarama-qarshi   holat,   belgi   yoki   xususiyat   esa   biri   ikkinchisini
inkor etadi.
Goho  jonga yoqar ,
Goho  jonni yoqar...
                            Yolg‘izman...
                                     (“Yolg‘izman...” she’ridan)
             Yuqoridagi misralarda  jonga yoqar  va  jonni yoqar  iboralari o‘zaro zidlanib,
antiteza   san’atini   yuzaga   keltirmoqda.   Shoirga   gohida   yolg‘izlik     joniga   orom
bag‘ishlashi   ba’zan   joniga   azob   berib,   ruhini   qiynashi   iboralar   vositasida   ochib
berilgan.
Birdan  ehtirosga to‘ldingiz ,
Yondingiz, kuydingiz, so‘ndingiz.
Parishon, sochingiz parishon,
Mendan  soviyapti ko‘nglingiz .
                            (“Mendan soviyapti” she’ridan )
             Ushbu she’rda oshiq ma‘shuqasining yengiltabiat ekanligidan, sevgi singari
muqaddas tuyg‘uni qadrlamay uning ustidan kulishidan qattiq o‘ksinmoqda. Oshiq
shoirning yor ko‘nglida birdaniga o‘ziga nisbatan  ishq paydo bo‘lib yonib kuyishi
va   qanday   tez   sevgan   bo‘lsa   shunday   tez   ko‘ngli   qolishi,   sevgisi   sochlari   kabi
parishon, har tarafga to‘zib  ko‘ngli sovishidan qattiq ranjigani tasvirlangan.
O‘rgimchak to‘rini daryoga soldim,
Tillo baliq tutib, ziyoga soldim,
O‘zimning  jonimni baloga soldim .
Shu shirin  jonimni saqlagim keldi ,
Oyog‘ingni quchib yig‘lagim keldi.
                                       (“Telba xayol” she’ridan)                         Shoir ushbu she’rda   dunyo tashvishlaridan charchaganlari, jonini ba‘zan
baloga   solgani,   o‘zini   qiynagani   ba‘zan   shu   jonini     azoblardan,   qiyinchiliklardan
saqlagisi   kelgani,   hammasidan   ham   yorning   oyog‘ini   quchib   yig‘lagisi   kelganini
tasvirlamoqda.   Jonini baloga solmoq   va   Jonini saqlamoq   iboralari o‘zaro zidlanib
antitezani yuzaga keltirmoqda.
Biz oh ursak, har oshiqdan ko‘ra oshiq ohimiz bor,
Ko‘ylagining shamolidan samolarda xokimiz bor.
Ko‘nglimiz yo‘q , dog‘imiz bor, dog‘i yo‘q dilxohimiz bor,
Gunohkormiz,  ko‘ngil berdik , endi tan olmog‘imiz bor,
Qalbimizni qayta bersin, tashlasin ostonasiga,
Buncha jafo qilmasalar begonaning bolasiga!
                                         (“Farg‘onacha “she’ridan)
                          “O‘zbek   tilining   izohli   frazeologik   lug‘ati”da   Ko‘ngil   bermoq   iborasi
“Sevmoq,   oshiq   bo‘lmoq”   ma’nosini,   ko‘ngli   yo‘q   iborasi   esa   “Istamaslik”
ma’nosini   bildirishi   ko‘rsatib   o‘tilgan.   Yuqordagi   she’riy   misralarda   ko‘ngli   yo‘q
va  ko‘ngil bermoq  iboralari o‘zaro zidlanib  antitezani yuzaga keltirgan.
                      Gradatsiya –   lotincha so‘z bo‘lib, zinapoya (ifodalilikning o‘sib borishi
yoki   tushib   ketishi)   ma‘nosini   bildiradi.   Gradatsiya   narsa,   belgi,   xususiyat,
harakatni   biri-biridan   kuchliroq   yoki   kuchsizroq   ma‘no   ottenkali   sinonimlar   va
so‘zlar   vositasida   kuchaytirib   yoki   pasaytirib   borish   orqali   tasvirlashdir.   Bunda
ta’sirchanlik birin-ketin kuchayib yoki pasayib boradi. Agar ta‘sirchanlik kuchayib
borsa   klimans,   pasayib   borsa   antiklimans   bo‘ladi.   Gradatsiyaning   bu   ikki   turini
quyidagi she‘riy parchalar misolida tahlil etamiz.
Sohibjamol sohibdilim, muncha  sitam ayladilar ,
Makr birlan, qahr birlan  ko‘zimizni boyladilar .
Bizni suyib – suymadilar, ozod qo‘yib – qo‘ymadilar,
Dilimizni barmog‘ida olma kabi o‘ynadilar , Kuyib-kuyib qolaberdik kiyiklarning orasida,
Buncha  jafo qilmasalar  begonaning bolasiga.
                                                     (“Farg’onacha”  she’ridan)
                        Ushbu she’riy parchada   Sitam ayladi, Ko‘zini boyladi, Dilini o‘ynadi   va
Jafo   qildi   iboralari   ketma-ketlikda   qo‘llanilib   ma‘noni   kuchaytirishga   xizmat
qilmoqda.   Ya’ni   she‘rdagi   ma‘no   pastdan   yuqoriga   qarab   kuchayib   borib,
klimansni yuzaga keltirgan. Oshiq sohibjamoliga murojaat qilib yorning unga ko‘p
ozor   berishi,   ba’zan   qahr,   ba‘zan   makr   bilan   o‘ziga   qaratib   olishi,   suyib   ba‘zan
suymay uni qiynashi, uning dilini, tuyg’ularini barmog‘ida olma kabi o‘ynashishi,
barcha   urinishlari   besamar   ketib   kiyiklar   orasida   kuyib   qolaverishi   va   shunday
holatda   bo‘lsa   ham   yori   unga   jabr-zulm   qilishidan   ozorlanmoqda.   Undan   shafqat
so‘rab,   bunchalar   ko‘p   sitam   qilmang   deb   unga   murojaat   qilmoqda.   O‘zini
birovning farzandi, unga begona ekanligini uqtirmoqda. 
Shul irmoqning huzurida kim bo‘ldim?
To‘xtab qoldim,  til tishladim, mum bo‘ldim.
Hasrat keldi,  ko‘z yoshimga lim bo‘ldim,
Eski  ko‘ngil endi to‘lmaydiganday .
                                                     (“Go‘yo” she’ridan)
                        She’rda    Til tishlamoq, Mum bo‘lmoq, Ko‘z yoshi lim bo‘lmoq, Ko‘ngli
to‘lmaydi   iboralari   pastdan   yuqoriga   qarab   ma‘noni   kuchaytirib   bermoqda   va
klimansni yuzaga keltirmoqda. Shoir har gal shu irmoqni ko‘rganida uning oldida
to‘xtab   gapirolmay   qolishi,   uni   ko‘rganda   eski   hayollari,   o‘tmishi   yodiga   tushib
ko‘z   yoshlari   to‘lib   ketishi   va   ko‘ngli   to‘lmay   unga   tinchlik   bermasligi,
notinchligini obrazli tarzda tasvirlagan.
Ba’zan  qo‘lim,  ba’zan  esa sabrim yetmas,
Hayotimni oqlash uchun  umrim yetmas .
Onamni haj qildirgani  qurbim yetmas , Hayit kuni  yurakkinam ingrab chiqdi .
                                                    (“Dadam qabri” she’ridan)
             Yuqoridagi she’riy parchada  qo‘li yetmas, sabri yetmas, umri yetmas, qurbi
yetmas, yuragi ingrab chiqdi  iboralari ma’noni kuchaytirib berishga xizmat qilgan
va klimansni  yuzaga keltirgan. Shoir ba’zi bir  ishlarni  bajarishga imkoni  va sabri
yetmasligi, hayotida qilgan yomon ishlarini yuvish uchun umri yetmasligi, onasini
haj   safariga   olib   borish   uchun   imkoni   yo‘qligidan   Hayit   bayramida   yuragi   unga
tinchlik   bermasdan   bezovta   bo‘lganini,   ruhan   azoblanganini   iboralar   vositasida
ochib bergan.
Parilarki, dil qonidan pardozi,
Joning kuysa  hamki, kelmas parvosi,
Kulim ko‘kka sochar  har gal parvozi,
Ko‘zlariga boqsam, ko‘zim kir bo‘ldi.
                                                                           (“Zeru zabar” she’ridan)
              Joni kuymoq, Kulini ko‘kka sochmoq, Ko‘zlariga boqmoq, Ko‘zi kir bo‘ldi
iboralari   darajalanib,   gradatsiyani   yuzaga   keltirmoqda.   Ushbu   parchada   shunday
go‘zal  parilar borki pardozi misoli dil qonidan qilingan, ularga shuncha g‘amxo‘r
bo‘lsam   ham   parvo   qilmaydi,   har   safar   ularni   ko‘rsam   meni   adoyi   tamom   qiladi,
ularning   ko‘zlariga   boqsam   ko‘zlarim   ko‘rmay   qolar   darajada   xiralashadi   deya
shoir   ularnimaqtamoqda.   Har   bir   misralarda   qollanilgan   iboralar   esa   darajalanib
kuchli obrazlilikni yuzaga keltirgan.
                        Trop i (yun.tropos – nutqning o‘zgarishi, boshqacha tuyilishi) – nutqning
ifodaviyligi   va   ta‘sirchanligini   oshirish   maqsadida   so‘z   va   iboralarning   ko‘chma
ma’noda   qo‘llanishidan   iborat   poetik   va   stilistik   tushuncha;   shunday   ma‘noda
qo‘llanilgan so‘z va iboralarning umumiy nomi. 39
 
39
  Mirzayev I. O ‘ zbek tili stilistikasi.-Toshkent, 1983.              Trop deb bir narsaning nomini, belgisini boshqasiga ko’chirish yoki nutqda
so‘z va iboralarning ko‘chma ma’noda ishlatilishiga aytiladi. Qandaydir xususiyati
bilan   bir-biriga   yaqin   ikki   shaxsni,   tushunchani,   narsani,   hodisani   va   ularning
belgisini   qiyos   qilish,   o‘xshatishda   troplar   asos   qilib   olinadi.   Bunda   ular   haqida
aniq tasavvur paydo bo‘ladi. 40
                        Tropning   eng   ko‘p   tarqalgan   turlari:   istiora(metafora),   metonimiya,
sinekdoxa,   majoz(allegoriya),   kinoya,   sifatlash(epitet),   kichraytirish(litota),
mubolag‘a (giperbola), jonlantirish, perifraza va boshqalar.
                        Biz o‘z ishimizda  tropning eng keng tarqalgan turi  sifatida sarkazm  va
jonlantirishni oldik va shoir she‘rlaridan parchalar berish orqali ularni tahlil etdik.
                      Sarkazm   — yunoncha so‘z bo‘lib, qiynash, ozor berish degan ma’noni
bildiradi.   Bunda   tasvirlanayotgan   narsa   yoki   murojaat   qilinayotgan   kishidan
muallifning   ustunlik   xususiyatiga   asoslanib,   achchiq   zaharxanda,   istehzoli   ta‘na,
piching   bilan   gapiriladi.   Sarkazm   satirik   asarlarda   qo‘llanib,   shaxsning,   voqea-
hodisaning   salbiy   tomonlari   fosh   qilinadi.   Iqbol   Mirzo   she’rlarida   ham
sarkazmning   eng   yaxshi   namunalarini   uchratamiz.   Shoir   she’rlarida   ko‘proq
sarkazm sifatida  o‘ziga, bevafo yoriga  murojaat qiladi. Masalan:
Manxus davralarda  davrlar surdim,
Qasamlar ichdimu  ichaverdim may.
Oydin lahzalarni siz bilan ko‘rdim,
Gulxan atrofida uchta bolakay.
                                                             (“Og‘riq” she’ridan)
                        Davrlar   surmoq,   qasam   ichmoq   iboralari   bir-birini   to’ldirib   sarkazmni
yuzaga   keltirmoqda.   Shoir   yomon,  jirkanch  davralarda   qatnashganidan,   may   kabi
qasamlarni   ham   ichaverganidan   afsuslanmoqda,   jirkanmoqda.   Hayotining   eng
40
  Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo ‘ ng ‘ urov R., Rustamov H. O ‘ zbek tili stilistikasi.-Toshkent:O ‘ qituvchi, 1983. baxtli,   nurli   damlarini   gulxan   atrofida   beg‘uborlarcha   o‘ynayotgan   uchta   bolakay
bilan ko‘rganini eslamoqda.
Uning  qovog‘idan boshimga yoqqan
Qorini Xudoga soldim -da qo‘ydim.
Qonimni qaynatib, jonimni yoqqan
Korini  Xudoga soldim- da qo‘ydim.
                                                    (“Xudoga soldim” she’ridan)
             Ushbu she’riy parchada qovog’idan  Qor yog‘moq, Xudoga solmoq, Qonini
qaynatmoq,   Jonini   yoqmoq   iboralari   ketma-ket   tarzda   biri   ikkinchisini   to‘ldirib,
ma’no   kuchaytirib   kelmoqda.   Barcha   tashvish-u   xafagarchiliklar   va   unga   azob
berib   qiynaganlarni   jazolashni   xudoga   topshirganini,   barchasini   yolg‘iz   olloh
ko‘rib turganini  o‘tkir, zaxarxanda kinoya bilan tasvirlamoqda.
Ichganim qasam  ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning  ko‘nglini
  Koshki,  bilmasam  ekan.
                                                         (“Qizlarxon” she’ridan)
                        Shoir    sevikli  yori  Qizlarxon uchun  ko‘p bora qasamlar  ichgani,  axd-u
paymonlar   qilgani,   ba‘zan   kechalari   tizzasini   quchib   shirin   hayollarni   o‘ylagani,
yori   Qizlarxon   unga   noz-firoq   qilsa   ham   qizning   o‘ziga   befarq   emasligini
yuqoridagi   she’riy   misralarda   ochib   bergan.   She’rda   qasam   ichmoq   va   ko‘nglini
bilmoq   iboralari   piching,   kinoya   ma’nolarida   qo‘llanilib   sarkazmni   yuzaga
keltirgan.
Xayolingni  dugonang
Buzganini  bilmaysan.
Yonginangdan menga  ko‘z
Suzganini  bilmaysan.                                                          ( “Tillla uzuk” she’ridan )
                        Shoir ushbu she’riy parchada   Xayolini buzmoq, Ko‘z suzmoq   iboralarini
qo‘llash orqali she‘rning hajviyligini hamda hayotiyligini oshirgan. Qizlarning bir-
biriga   sevgi   borasida   hech   qachon   do‘st   bo‘la   olmasligi,   bir-biriga   nisbatan
ko‘nglida   ozgina   bo‘lsada   dushmanlik   kayfiyati   bo‘lishini   ushbu   parcha   orqali
ochib   bergan.   Dugonang   seni   o‘y   fikrlaringni   chalg‘itib,   sening   oldingda   meni
o‘ziga   qaratish   uchun   ko‘zini   suzgan   ya‘ni   e‘tiborimni   qaratish   uchun   noz,
karashma   bilan   qaradi   deyish   orqali   kuchli   kinoya,   zaxarhanda   haqiqatni   aytib
bermoqda.
Xudo, deyman,  g‘amga to‘lsin yuraklari,
Meni o‘ylab,  ado bo‘lsin yuraklari .
Birovlarni  sevmay o‘lsin yuraklari ...
Endi uni unutayin qanday qilib?
                                                      (“Dilim xufton” she’ridan)
                        Sevgisi   rad   etilgan,   ruhan   tushkunikka   tushib   sevgan   yoriga   nisbatan
ko‘nglida   adovat   tuyg‘ulari   paydo   bo‘lgan   oshiqning   ichki   kechinmalari   ushbu
parchada   yaqqol   ochib   berilgan.   Yuragi   g‘amga   to‘lmoq,   Yuragi   ado   bo‘lmoq,
Yuragi   sevmadi   iboralari   bir   qarashda   qarg‘ishni   ifodalayotgandek   ko‘rinadi.
Ammo   bu   she‘riy   parchada   navbat   bilan   qo‘lanilgan   iboralar   ma’nosi   jihatidan
darajalanmoqda va qattiq kinoya balki, tilakni ham ifodalashga xizmat qilmoqda.
                        Jonlantirish.   Jonsiz   narsalarning   inson   kabi   harakat   qiladigan,
fikrlaydigan,   so‘zlaydigan   qilib   tasvirlanishi   jonlantirish   deyiladi.   Jonlantirish
inson   tafakkuri   bilan   bog‘liq.   Inson   voqelikdagi   narsa   hodisalarni   qiyoslash,
o‘xshatishlar, bo‘rttirishlar orqali jonliroq va aniqroq tasavvur qilishga, aniq, ilmiy
tafakkur   qilish   bilan   birga   badiiy   fikrlashga   ham   intiladi.   Shuning   uchun   ham jonlantirish   faqat   badiiy   asarlarda   emas,   balki   jonli   tilda   ham   uchraydi:   “dengiz
hayqiradi”, “daraxt yig‘laydi” va boshqalar. 41
                        Shoir   Iqbol   Mirzo   ham   boshqa   shoirlar   kabi   she’rlarida   jonlantirish
san’atidan   ham   mohirona   foydalangan.   Buni   quyidagi   she‘riy   parchalarda   ko‘rib
chiqamiz.
Eshilib-buralib, yulqinar uzum,
Shamaloq barg aro mo‘ltirar osmon.
Siyohrang rayhonlar  yashirar ko‘zin ,
Ustunga yuz bosib, yig‘laydi chopon.
                                                                                                     (“Aza” she ’r idan)
                          Tilimizda   ko‘proq   so’zlashuv   uslubida     Ko‘zini   yashirmoq   iborasi
“Uyalmoq,     ayb   ish   qilgan   paytda   pushaymonlikdan   jim   turmoq”likni   ifodalaydi.
Yuqoridagi   she’riy   parchada   esa   uzum,   osmon,   rayhon   va   chopon   xuddi   insonlar
kabi   harakat-holatga   kelyapti.   Insonga   xos   bo‘lgan   xususiyat   predmetga
ko‘chirilmoqda.   Ko‘zini   yashirmoq   iborasi   rayhonga   nisbatan   ishlatilib,
jonlantirish san’atini yuzaga keltirmoqda.
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator  cho‘kdi tiz .
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
                                                   (“Yolg‘iz”  she’ridan) 
               Tiz cho ‘ kmoq  iborasi “Taslim bo‘lmoq, qilgan aybi uchun qattiq pushaymon
bo‘lib kechirim so‘ramoq” kabi ma’nolarn bildiradi. Ko‘proq so‘zlashuv uslubida
va qisman  asarning ta’sirchanligini oshirish maqsadida badiiy uslubda bu iboradan
keng   foydalaniladi.   Yuqoridagi   she‘rda   esa     tiz   cho‘kmoq   iborasi   tog’larga
nisbatan   qo‘llanilib,   she’rning   ta‘sirchanligini   oshirgan   va   jonlantirish   san’atini
41
 O ‘zME.Birinchi jild.-Toshkent, 2000. yuzaga   keltirgan.   Oshiq   yoriga   qarata   hayot   meni   million   yilda   yaratdi   hattoki,
meni   yaralishimni   so‘rab   tog‘lar   ham   tiz   cho‘kdi,   sen   esa   buni   bilmaysan,   yoki
anglamaysan, men dunyoda bittaman deya uqtirmoqda.
                                                Qizg‘aldoq bosh egib turar  bag‘ri qon,
                                               Shoir yuragidan chiqqanmi o‘sib?
   “Nega yig‘lamaysan, ahli Turkiston?”
   Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf.
                                          (“Muhammad Yusuf” she’ridan)
                        Bag‘ri qon   iborasi “G‘am-alamli, g‘am-alamda” degan ma’noni bildirib,
insonning   ruhiy   holatini   ifodalashda   so‘zlashuv   va   badiiy   uslublarda   ko‘p
qo‘llaniladi.   Bag‘ri   qon   iborasi   esa   lolaqizg‘aldoqqa   nisbatan   ishlatilib,   uni
jonlantirib berishda katta rol o‘ynamoqda. Lolaqizg‘alqdoqning g‘am-alamli tarzda
boshini   egib   turishining   boisi   tarzda     shoir   Muhammad   Yusufning   endi   yo‘qligi
deya ko‘rsatilmoqda. Muhammad Yusufning hammaga ma‘lum va mashhur she‘ri
“Lolaqizg‘aldoq” deb nomlanib, ushbu gul nomini aytganimizda yodimizda avvalo
atoqli marhum o‘zbek shoiri Muhammad Yusuf gavdalanadi.   
Eng go‘zal mamlakat – Qo‘shtegirmonda
Qon yig‘lab  gulbargin to‘kadi gullar.
Ma’yus ketib borar mag‘rib tomonga
Mendan arazlagan farishta kunlar...
                                                  (“She’rim” she ’ ridan)
               Qon yig‘lamoq  iborasi “Behad darajada kuchli azoblarda ruhan azoblanib
yig’lamoq”   degan   ma‘noni   anglatadi.   Ushbu   she’iy   parchada   gullar   va   kunlar
jonlantirilmoqda.   Qon yig‘lamoq   iborasi gullarga nisbatan qo‘llanilib, ularni inson
kabi harakatlanishiga ko‘maklashmoqda.
Kabutarxonaga aylanadi ko‘z,
Yurak potirlaydi, o‘ynaydi   battar. Xo‘rsiniq uchadi: o‘n... yigirma... yuz...
O‘mbaloq oshadi bir to‘p kabutar.
                                             (“Bir to‘p kabutar” she’ridan)
             Yuqoridagi she’riy parchada  Yuragi o’ynamoq, Yuargi potirlamoq  iboralari
she’r   mazmunini   to‘liq   ochib   berishga   xizmat   qilmoqda.   Yurak   insonning   tana
a’zosi.   Insonga,   qushlarga   xos   potirlamoq,   o‘ynamoq   so‘zlari   yurakka   nisbatan
qo‘llanilib   jonlantirishni   yuzaga   keltirmoqda.   Shoir   bir   to‘p   kabutarlarga   ko‘zi
tushgan  payt  ulardan  ko‘zini   uzolmasligi,  ko‘zlari   xuddiki   kabutarxonaga  aylanib
yuragi   hayajonga   to‘lib   ketishi,   ammo   yuragidagi   alamlari,   hayotning   o‘tkinchi
ekanligi uni churuq xo‘rsinishga majbur etishini tasvirlamoqda.
III bob bo‘yicha xulosa
  
                        1. i Iboralar  uslubiyati  o‘rganilganda  dastlab  ular  o‘rtasidagi   sinonimiya,
omonimiya   va   antonimiya   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Iboralarning   sinonimiya
hodisasiga boyligi ulardan foydalanishda katta stilistik imkoniyatlar yaratadi.
                        2. i Sinonimik   munosabatda   qatnashuvchi   (bir   sinonimiya   uyasiga
birlashuvchi)   iboralarning   miqdori   har   xil   bo‘ladi.   Ko‘pchilik   uyalar   ikki
sinonimlidir.Tilimizda   uch,   to‘rt   iborani   birlashtiruvchi   uyalar   ham   mavjud.
Antonimiya   hodisasi   iboralar   o‘rtasida   ham   mavjud   bo‘lib,   u   iboralar   o‘rtasidagi
ma’noni   farqlashga,   ko‘pma’nolilikni   ajratishga   yordam   beradi.   Buni   biz   quyida
Iqbol   Mirzo   she‘rlarida   qo‘llanilgan   iboralarni   ibora   bilan   ibora   sinonimiyasi   va
antonimiyasi hamda  leksik-frazeologik sinonimiya va antonimiya  misolida ko‘rib
chiqdik.                         3. i Stilistik   figuralar   talaffuzning   yorqinligini   oshirishga   xizmat   qiladi,
nutqni   ohangdor,   ta ’ sirchan   va   jozibali   qilish   uchun   ishlatiladi.   Asosan,
tinglovchihining tushunishiga osonlik yaratadi. Iboralar ham obrazni ifodalaydi va
obrazli   frazeologik   birlik(obrazning   obraz   bo ‘ lib   kelishi)   ya‘ni   stilistik   figura   va
troplar   vazifasida   keladi.   Shu   asosda   biz   antiteza   va   gradatsiya   san ’ atini   yuzaga
keltirgan iboralarni she ’ r matni bilan birgalikda tahlil qildik. 
                        4. i Trop  deb  bir   narsaning   nomini,  belgisini   boshqasiga  ko’chirish   yoki
nutqda   so‘z   va   iboralaming   ko‘chma   ma’noda   ishlatilishiga   aytiladi.   Sarkazm   va
jonlantirish san’ati tropning eng keng tarqalgan turi bo‘lib, biz bularnni frazemalar
misolida ko‘rib chiqdik .
XULOSA
            
                        O‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomining   berilishi   bilan     tilimizni   yanada
chuqurroq   ham   amaliy,   ham   nazariy   jihatdan   keng   tomonlama   o‘rganish
imkoniyatini   berdi.   Keyingi   yillarda   hukumatimiz   va   Prezidentimiz   tomonidan
chiqarilgan   qaror   va   farmonlar   o ‘zbek   tilining   rivojlanishi,   yurtimizda   til
siyosatining   yanada   takomillashishiga   ulkan   xissa   bo‘ldi.   Ayniqsa,   “Davlat   tilini
rivojlantirish   departamenti   to ‘ g ‘ risidagi   nizomni   tasdiqlash   haqida”gi   qarorning
qabul qilinishi va departamentning tashkil etilishi o ‘ zbek tilining xalqaro nufuzini
yanada oshirdi. 42
 
42
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 984-sonli  “Davlat tilini rivojlantirish
departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori.
                          Bugungi   kunda   hukumatimiz   tomonidan   o‘z bek   tilini   tadqiq   etish,   uni
rivojlantirish va keng yoyish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Tilshunos
va   adabiyotshunos   olimlarimiz     tomonidan   amalga   oshrilayotgan   taqdiqotlar   esa
o ‘ z   samarasini   berib,   o ‘ zbek   tilining   rivojlanishi   va   keng   yoyilishi   yildan-yilga
o ‘ sib   bormoqda.   Shunga   qaramasdan,   bugungi   kunda   tilshunosligimizda     hali
o ‘ rganilmagan, tadqiq etilishi zarur bo ‘ lgan  muammolar talaygina. Hozirda  tilning
ichki   tomoni   –   fonetik,   leksik,   frazeologik,   grammatik   xususiyatlarini   o‘rganish,
uning amaliy tomoni, til birliklaridan  foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tilda   so‘zlovchining   tinglovchiga   bo‘lgan   ekspressiv   munosabatini   ifoda   etuvchi
bir talay vositalar mavjud bo‘lib, iu ulardan iu eng iu ko‘p i qo‘llaniluvchisi u iboralardir.
            Badiiy asar tilining rang-barangligi va puxtaligi badiiy asarda til va stilistik
vositalaridan   yozuvchining   qanday   foydalanganligiga   bog‘liq.   Iboralar   eng   ko‘p
badiiy matnlarda, qisman publitsistikada, ilmiy – ommabop matnlarda qo‘llaniladi.
Badiiy   matnlarda   iboralarning   tutgan   o‘rni   muhim   ahamiyatga   egadir.   O‘zbek
tilida mavjud bo‘lgan iboralarni so‘z san’atkorlari tili va uslubi doirasida o‘rganish
tilshunoslikda salmoqli natijalarga olib keladi. Bu narsa mumtoz adabiyot, hozirgi
adabiyot,   gazeta   tili   va   folklor   asarlari   matnlari   asosida   amalga   oshirilmoqda.
Iboralar haqidagi ishlarda olg‘a surilgan nazariy va amaliy fikrlar o‘zbek adabiy tili
bo‘yicha   yozilgan   darslik   –   qo‘llanmalarda   ham   o‘z   aksini   topgan   va   topmoqda.
Umumtil iboralari modellari asosida yaratilgan frazeologik neologizmlar ko‘pincha
ma’noni kuchaytirish, kitobxon ongida hajviy his uyg‘otish, salbiy qahramonlardan
kulish kabi vazifalarni bajaradi. Bunday iboralar, ma’lum bir mazmunni ifodalash
bilan   bir   qatorda,   asar   qahramoniga   ijodkorning   munosabatini oo ham o bildiradi.
Bunday munosabat turlicha bo ‘lishi mumkin.  Bu shoir yoki yozuvchining uslubiga
bog ‘liqdir.             O ‘ zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo she ’riyatida qo‘llanilgan iboralarning
semantik   va   stilitik   xususiyatlarini   tadqiq   etish   o‘zbek   tili   lingvopoetikasini
boyitishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. 
                        Iqbol   Mirzo she’riyatida  qo ‘ llanilgan frazemalarning    semantik-stilistik
xususiyatlarini o‘rganish davomida   quyidagi xulosalarga kelindi:
             1. i Kuzatishlarimiz shoir  qahramonlarning bir – biriga bo‘lgan munosabatini
ochishga xizmat qiladigan frazemalarni mohirlik bilan tanlay olgan.
                        2. So‘zlarning ma ’ nosidagi eng nozik emotsional farqlarni sezgan holda
ularning stilistik imkoniyatlarini iboralar misolida ochib bergan.
                        3. Shoir  har bir  frazemani  she ‘rning ruhiga mos tarzda tanlaydi  va ular
she’rda turli xil stilistik figuralar va troplar vazifasini bajarib kelgan. 
             4. Frazemalar she’rga ba’zan quvnoqlik, ba’zan sokinlik berish bilan birga
lirik qahramon va tinglovchining ruhiyatini birlashtirgan. 
                        5. Jumladan   shoir qo‘llagan frazemalar  she’riy parchalarda antiteza va
gradatsiya   kabi   stilistik   figuralarni,   sarkazm   va   jonlantirish   kabi   troplarni   hosil
qilib she’r matnidagi poetik ma‘noni aktuallashtirishga, lirik qahramon kayfiyati va
dunyoqarashini   ochib   berishga,   matnning   emotsional   ta’sirchanligini   oshirishga
xizmat qilib kelgan. 
                        6. I Shoir Iqbol Mirzo kashf etgan yangidan-yangi iboralarning semantik-
stilistik   xususiyatlarini   o‘rganish,   ularning   turli   stilistik   figuralar   va   troplar
vazifasda kelishi shoir she’riyatining lingvopoetik tabiatini belgilaydi.
                        7.   Iqbol   Mirzo   tomonidan   yaratilgan   individual   frazemalar   shoir
she’riyatining   o‘ziga   xosligi,   betakrorligini   o‘zida   namoyon   etgan   va   ular   shoir
she’riyatining gultoji hisoblanadi.
                        8. Frazemalar ustida olib borgan tahlillarimiz obrazli birlik hisoblangan
iboraning   she’riy   matn   tarkibida   obrazli   frazeologik   birlik(obrazning   obraz darajasiga   ko‘tarilishi)   bo‘lib   kelishini,   iboralardan   mohirona   foydalanish     so‘z
ustalarining iste’dodi va ijodiy mahoratiga bog‘liq ekanligini tasdiqladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
I. I Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
               1.1. . O‘zbekiston     Respubikasi   Oliy   Kengashining  1989-yil      21-21-
21-oktabrdagi ii 3561-XI-sonli U “Davlat UI tili UI haqida”gi IU Qonuni.
U .      I 1.2. i O‘zbekiston     Respublikasining   2020-yil   10-apreldagi   O‘RQ-615-
sonli     “O‘zbek       tili     bayrami       kunini       belgilash       to‘g‘risida”gi       Qonuni.
1.          1.3. O‘zbekiston    Respublikasi   Prezidentining    2019-yil   21-oktabrdagi
PF-5850-sonli   “O‘zbek   tilining   davlat   tili    sifatidagi   nufuzi   va   mavqeyini
tubdan oshirish    chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   Farmoni.                                Hi 111       1.4. I O‘zbekiston   Respublikasi    Prezidentining   2020-yil    20-oktabrdagi
PF - 6084 - sonli   “Mamlakatimizda   o‘zbek     tilini    yanada    rivojlantirish    va
til   siyosatini ii takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   Farmoni.
H..            1.5.   O‘zbekiston       Respublikasi       Vazirlar         Mahkamasining       2019-yil
12-dekabrdagi 984-sonli   “Davlat   tilini   rivojlantirish   departamenti   to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori.
   II. Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar
            2.1.  Абдуазизов А.Тилшунослик назариясига кириш. –Тошкент, 2010.
Uiiiiiiiii 2.2. u Arastu. u Poetika. i – i Toshkent, u 2015.
Uiiiiiiiii 2.3. u Бозорбоев   К.   Ўзбек   сўзлашув   нутқи   фразеологизмлари:
Филол.ф.номз...дис.– i Самарқанд, i 2001.                                                        Uiiiii
I             2.4. u Доние|ров Х.,  u Мирзаев С. Сўз   санъати. –  Тошкент,  1968.
                        2.5. u Hakimov   M.   O ‘zbek   ilmiy   matnining   sintagmatik   va   pragmatik
xususiyatlari. i NDA. i – i Toshkent, i 1999.                                                          Uiiiii
iiiiiiiiiii 2.6. u Hojiyev   A.   Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug ‘ati.   –   Toshkent,
2002.                                                                                                             Uiiiiii
iiiiiiiiiii 2.7. u Iqbol ui Mirzo. u Sizni iu kuylayman. i – i Toshkent, i 2007.
Uiiiiii   i 2.8. u Iqbol   Mirzo.   Seni   bugun   ko’rmasam   bo’lmas.   –   Toshkent:   Istiqlol,
2005.                                                                                           Uiiiiii 
                        2.9. u I.Mirzo.   Seni   bugun   ko’rmasam   bo’lmas.   –   Toshkent:   G’.G’ulom
nomidagi ... nashriyoti uu matbaa ui uyi, u 2015.
Uiiiiii   2.10. u Маматов   А.   Ўзбек   тили   фразеологизмларининг   шаклланиш
масалалари: i Филол.ф.доктр...дис. i – i Тошкент, i 1999.
Iiiiiii   i 2.11. u Musayev A. O’zbek tili stilistikasidan ma’ruza matni.  – Jizzax, 2014-
2015.  Uiiiiii                               2.12. u Mirzayev u I. u O ‘ zbek uii tili uii stilistikasi. i – i Toshkent, i 1983.
Uiiiiii   2.13. u Ne‘matov H., Bozorov O. i Til va nutq. i – i Toshkent: i O‘qituvchi, 1993.
Uiiiiii   2.14. u Quvvatova   D.   Iqbol   Mirzo   she’riyatining   poetik   xususiyatlari.   //
O’zbek ... tili ii va uu adabiyoti. u 2018. u № i 5. ii-                                                     uiiiiii
iiiiiiiiiii 2.15. u Қўшжонов   М.   Сюжетда   воқеа   ва   характерлар   мантиғи
масаласи//ўзбек ui тили ui ва yu адабиëти ui масалалари. i – i Тошкент, i 1964.
Uiiiiii   2.16. u Qo ‘ng‘urov R va boshqalar. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari.  –
Toshkent: i Fan, i 1983.
Uiiii     2.17. u Rafiyev A., G‘ulomova N. Ona tili va adabiyot. Kasb-hunar kollejlari
uchun darslik.  –  Toshkent: Sharq, 2002.
                        2.18. u Rahmatullayev   Sh.   O‘zbek   tilining   izohli   frazeologik   lug‘ati.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
                        2.19. u Rahmatullayev   Sh.   Hozirgi   o‘zbek   va   rus   tillarida   frazeologik
antonimlar.  –  Toshkent: Universitet, 2000.
                        2.20. u Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. I Darslik. – Toshkent:
Universitet, 2006.
                        2.21. u Rashidova   U.   O ‘ zbek   tilidagi   somatik   iboralarning   semantik-
pragmatik   tahlili.:Filologiya   fanlari   bo ‘ yicha   falsafa   doktori   diss.avtoref.   –
Samarqand, 2018.
                        2.22. u Sultonsaidova   S.,   Sharipova   O ‘ .   O ‘ zbek   tili   stilistikasi.   O ‘ quv
qo ‘ llanma.  – Toshkent, 2009.
             2.23. u Suvonova N. Frazeologiyaning sistem sath birligi sifatidagi talqini. –
Toshkent, 2008.                         2.24. u To ‘ ychiyeva   Sh.   Cho ‘ lponning   “Kecha   va   kunduz”   romanida
ijodkor   dunyoqarashi   va   badiiy   uslub         muammolari.Filol.f.nomz…diss.   –
Toshkent, 1998.
                        2.25. u Yo’ldoshev   B.   Hozirgi   o’zbek   tilida   frazeologik   birliklarning
funksional-uslubiy xususiyatlari. Filol.f.doktr.avtoref.  –  Toshkent, 1993.
             2.26. u Yo’ldoshev B.Frzeologik uslubiyati asoslari.  –  Samarqand, 1999.
             2.27. u O ‘zME.Birinchi jild.  –  Toshkent, 2000.
             2.28. u G ‘oziyev E. Umumiy psixologiya.  –  Toshkent, 2002.
               2.29. u Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo ‘ ng ‘ urov R., Rustamov H. O ‘ zbek
tili stilistikasi.  –  Toshkent: O ‘ qituvchi, 1983.
III. Foydalanilgan boshqa adabiyotlar
             3.1. http://www.edu.uz
             3.2.  http://ziyonet.com .
             3.3.  http://google.uz
             3.4.  http://wikipedia.org
             3.5. http://ziyonet.uz

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA FRAZEMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………. 3 I I BOB . II IQBOL II MIRZO II SHE ’ RLARIDA II QO ‘ LLANILGAN ALAR IBORALARNING XUSUSIYATLARI ………………………. 10 1.1. Shakliy xususiyatlar ……………………………………………… 10 1.2. Ma’noviy xususiyatlar…………………………………………… 20 I bob bo‘yicha xulosa…………………………………………….. 31 II I BOB. IBORALARNING SEMANTIK JIHATDAN TASNIFI VA ULARNING XUSUSIYATLARI ……………………………… 32 2.1. Insonning ruhiy holatini ifodalovchi iboralar……………………. 33 2.2. Xarakter-xususiyat va b elgi bildiruvchi iboralar………………..... 48 II bob bo‘yicha xulosa ..………………………………………….. 58 III BOB. IBORALARNING STILISTIK XUSUSIYATLARI ………… 59 3.1. Shoir she’rlarida qo‘llanilgan sinonim, antonim va ko ‘pma’noli iboralar ….………………………………………………………. 59 3.2. Stilistik figuralar va troplar ..…………………………………… 69 III bob bo‘yicha xulosa .………………………………………… 80 XULOSA VA TAKLIFLAR …………………………………. 81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.………. 84

KIRISH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon tilshunoslik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Milliyligimizni va o‘zligimizni o‘zimizga qaytardi. Til siyosat darajasiga ko‘tarildi. 1990-yil 19- fevralda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining davlat tili ekanligi Konstititsiya bilan mustahkamlab qo‘yildi. Hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi Vatanimiz tarixida muhim hodisa bo‘ldi. 1 Birozdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi o‘zbek tiliga yuksak hurmat va e’tiborning isboti bo‘ldi. Shundan boshlab 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilindi va bu bayram har yili keng tarzda nishonlanib kelinmoqda. 2 Tilimiz asrlar osha rivojlanib, taraqqiy etib kelmoqda. O ‘z bek tili rivojlanayotgan tillar qatoriga kiradi va hozirgi kunga kelib dunyoda 50 millionga yaqin odam shu tilda so ‘ zlashadi. Tildagi barcha birliklar xalqimizning til boyligi, javohirlari hisoblanadi. Hozirgi kun talablari bilan hayotimiz mezoniga e’tibor beradigan bo‘lsak xalq tili o‘zining ko‘zga ko‘rinmas kuchga egaligini namoyon qilmoqda. Hozirgi kunda tilshunoslikning barcha sohalari bo‘yicha yangi tadqiqotlar yaratildi va yaratilmoqda. Jumladan, iboralar va ularning nutqiy kontekstda tutgan o‘rni keng tadqiq etilmoqda. U o‘z tekshirish obyektiga, tadqiq 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2 ? O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi O‘RQ-615-sonli “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni.

etish yo‘li va usullariga ega bolgan fan tarmoqlari sifatida shakllanib bormoqda. Tilshunoslikda iboralarning leksik-semantik xususiyati, grammatik tuslanishi va turlanishi o‘rganilgan bir paytda, iboralarning badiiy matnda qo‘llanilishi bilan bog‘liq ba’zi masalalar o‘z yechimini kutmoqda. Birinchi navbatda, iboralarning asosiy vazifasi shundan iboratki, u badiiy asarning tiliga hamda so‘zlashuv nutqiga jilo beradi, uni sayqallashtiruvchi ifodaviy tasvir vositalarini badiiy asarlar tilida namoyon etadi. Badiiy asar tilidagi individual – muallif tomonidan yaratilgan iboralarini o‘rganish, ularning ma’no qirralarini aniqlash, ularni frazeologik lug‘atlarga kiritish kabi masalalar tilshunoslar e’tiborida bo‘lmog‘i zarur. Badiiy asarlar tilining o‘zi murakkab jarayon bo‘lganligi uchun, badiiy asarlarda yozuvchining individual yondashuvi mavjudligi sabab turli mualliflarga oid badiiy asarlarni emas, balki asarlarida hayotiylik nafasi ufurib turuvchi qalami o‘tkir shoir Iqbol Mirzoning she’rlarida keltirilgan iboralarni tadqiq va tahlil etishni rejalashtirdik. Chunki o‘zbek adabiy tili va badiiy asar tili iboralarini so‘z san’atkorlari tili va uslubi doirasida o‘rganish salmoqli natijalarga olib keladi. Yangi nazariy fikrlarni hosil qilish va yangicha uslubdagi iboralarni yig‘ish, ularning semantik xususiyatlarini o‘rganish va yuksak natijalarga erishish mavzuning dolzarbligini kasb etadi. Ii iuu Mavzuning o ‘ rganilganlik darajasi. Ma’lumki, frazeologizm deganda, ko ‘ chma ma’no anglatadigan, ibora yoki turg ‘ un so ‘ z birikmalari tushuniladi. Frazeologik birlikdan (iboradan) yaxlitligicha anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi so ‘ z komponentlariga xos leksik ma’nolarning oddiy yig ‘ indisiga teng bo ‘ lmaydi, iboraning ma’nosi umumlashma ma’no sifatida namoyon bo ‘ ladi. 3 Frazeologiya tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida XX asrning 40-yillarida 3 Раҳматуллаев Ш . Ўзбек тилининг фразеологик луғати . – Тошкент : Қомуслар бош таҳририяти , 1992, 3- бет. 5 Yo’ldoshev B. O’zbek frazeologiyasi va frazeografiyasi masalalari.-Toshkent:Muharrir, 2013, 24-bet.

maydonga keldi. Frazeologiya nazariyasining rivojida Sh.Balli, D.Polivanov, A.Bulaxovskiy, V.Vinogradovlarning, turkiyshunoslikda S.K.Kenesbayev hamda N.Muratov kabi tilshunoslarning alohida xizmatlari bor. 4 Frazeologiya nazariyasiga dastlab fransuz tilshunosi Sh.Balli asos solgan. Frazeologizmlarning grammatik, semantik, funksional – uslubiy jihatlarini rus tilshunoslarining tadqiqotlarida ham ko ‘ rish mumkin. Masalan, V.Vinogradov iboralarni leksik qatlam sifatida ma’no guruhlariga ko ‘ ra tasniflaydi. V.Jukov esa frazeologizmlarning kategorial ma’nolarini aniqlagan. O ‘ zbek tilshunosligida frazeologizmlar Sh.Rahmatullayev, M.Sodiqova, I.Qo ‘ chqortoyev, A.Rafiev, B.Yo ‘ ldoshev, A.Mamatov, Q.Hakimov, K.Bozorboyev kabi olimlar ishlarida keng ovrganilgan. 5 Mazkur ishlarda frazeologizm masalalari yetarlicha tahlil qilinib, so ‘ zlashuv nutqida faol foydalaniladigan hamda turli badiiy matnlarda qo ‘ llanilgan frazeologik birliklar chuqur o ‘ rganilganligi diqqatga sazovordir. 6 I Yaqin o ‘ n yillik ichida frazeologizmlar bo ‘ yicha yangidan yangi tadqiqotlar yaratildi, fanga ko ‘plab yangiliklar olib kirildi. Jumladan U.Rashidova, Sh.G ‘aniyeva, M.Bekiyeva, B.Eshboltayev, M.Qo‘shnazarova va boshqa tadqiqotchilar frazeologiya sohasida izlanishlar olib borishdi va yuksak natijalarga erishdilar. Tadqiqotchi Sh.G ‘ aniyeva o ‘ zbek tilshunosligida frazeologik birliklarning struktur tahlili hamda modellashtirish muammosini monografik planda maxsus tadqiq etdi. Tadqiqotchi Sh.G ‘ aniyevaning “O ‘ zbek 4 5 ? Раҳматуллаев Ш . Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари ( Фразеологик полисемия , синонимия , антонимия ва омонимлик ): Филол . ф . доктр ... дисс . – Тошкент , 1966; Содиқова М . Қисқача ўзбекча – русча фразеологик луғат . – Тошкент : Ўзбек совет энциклопедияси , 1989; Қўчқортоев И . Бадиий сўзустаси ( А . Қаҳҳор ҳақида ). – Тошкент , 1967; Рафиев А . Иборалар нутқимиз кўрки . – Тошкент : Ўзбекистон , 1985; Маматов А . Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиш масалалари : Филол . ф . доктр ... дисс . – Тошкент , 1999; Ҳакимов Қ . Ўзбек тилидаги содда гап қолипли фразеологизмларнинг зарурий бирикувчанлиги : Филол . ф . номз ... дисс . – Тошкент , 1993; Бозорбоев К . Ўзбек сўзлашув нутқи фразеологизмлари : Филол . ф . номз ... дисс . – Самарқанд , 2001. 6 ? Жумабаева С . Ўткир Ҳошимов асарларида фразеологизмлар . – Тошкент ,2014.

frazeologizmlari strukturasi” (shakliy va mazmuniy modellashtirish) nomli tadqiqoti frazeologizmlarning ma’no tuzilishi, ularning semantik-struktur va shakliy-sintagmatik xususiyatlarini yoritish bilan birgalikda frazeologizmlarning modellashtirish asoslarini belgilab berdi. Sh.G ‘ aniyeva ushbu tadqiqotida frazeologizmlarni 3 ta mazmuniy guruhga bo ‘ lib o ‘ rgangan. 7 Ular harakat, holat va belgi bildiruvchi frazeologizmlardir. U.Rashidova esa o ‘ zbek tilidagi somatik iboralarni semantik-pragmatik jihatdan tadqiq etdi. Ko ‘z, qo‘l, yurak komponentli iboralar ning mazmun mohiyatini hamda matnda qo ‘llanilish xususiyatlarini ochib berdi. Har bir yozuvchi va shoirlarning ijodida frazeologizmlardan foydalanish uslubi bo ‘ ladi. Jumladan, O’zbekiston Xalq shoiri Iqbol Mirzo she’rlari o ‘ zining xalqonaligi, o ‘ ynoqiligi va ohangdorligi bilan diqqatni tortadi. Shoir she’rlarida qo ‘ llanilgan frazeologizmlar o ‘ zining xalqchilligi, adabiy tilga oidligi va individual xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqotimizda obyekt sifatida “Sizni kuylayman”, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas”, “Qo‘shiqlarim”, “Ko‘ngil” kabi va boshqa bir qancha she’riy to‘plamlari olindi va mazkur she’riy to‘plamlardagi she’rlardan muhim misollar yig‘ildi. O‘zbek tilida mavjud iboralar va shoir tomonidan yaratilgan individual xarakterga ega yangi iboralar tadqiqotning predmeti oi hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Badiiy matnlarda mavjud iboralarning qo‘llanishiga doir maxsus tadqiqot yaratish o‘zbek tilshunosligida muhim ahamiyatga egadir. Iqbol Mirzo she’rlarida qo‘llanilgan iboralarni o‘rganish, ularni tasniflash hamda ularning semantik va stilistik xususiyatlarini aniqlash 7 Ганиева Ш. Ўзбек фразеологизмлари структураси (шаклий ва мазмуний моделлаштириш): Филология фанлари бўйича фалсафа доктори дисс.автореф. Фарғона, 2017.