Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va tarqqiyoti
Mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va tarqqiyoti Reja Kirish I bob Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari 1.1. Islom sivilizatsiyasining xususiyatlari 1.2. Islom sivilizasiyasining ma naviy-ruhiy asosiʼ II bob Markaziy Osiyoda Islom sivilizatsiyasiyasining rivoji 2.1. Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi yoyilishiga xissa qo'shgan olimlar 2.2. Ma’mun akademiyasining islom sivilizatsiyasi rivojidagi o’rni Xulosa Foydalanilgan manba va adabiyotlar 1
Kirish Bugungi kunda O‘zbekistonda islom dini qadriyatlariga e’tibor tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan buyuk allomalarimiz va ularning ilmiy meroslariga alohida ahamiyat ko‘rsatilib, yoshlarni ularning pandu nasihatlari, ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik ruhida tarbiya qilishga katta urg‘u berilmoqda. Shu ma’noda Toshkent shahrining qadimiy qismi – Hastimomda Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin namunalaridan biri, deb aytish mumkin. Chunki bu yerda shonli tarixning ko‘zga ko‘ringan namunalari, yosh avlodning ma’naviyat va ma’rifat maskani bunyod etilmoqda. Markazda tashkil etilayotgan islom olamidagi ulkan kutubxona, qo‘lyozmalar fondi, ilmiy akademiya va boshqa bir qator tuzilmalar ta’lim-tarbiya, ilmini yuksaltirishga xizmat qilishida shubha yo‘q. Dunyoda benazir bo‘lgan bunday maskanga yurtimizdagi har bir fuqaroning, ertangi kunga umid ko‘zlari bilan boqayotgan har bir yoshning e’tibor markazida turibdi va haqli ravishda jahon jamoatchiligining qiziqishini tobora o‘ziga tortmoqda. Islom sivilizatsiyasining rivojiga munosib hissasini qo‘shgan buyuk allomalarimizni qancha o‘rgansak, ularni targ‘ibu tashviq qilib, asarlarini nashr qilsak shuncha oz. Shunday ekan, sohada amalga oshirilayotgan faoliyatning maqsadi ham ulkan ilmiy merosni chuqur o‘rganib, kelajak avlodga munosib tarzda etkazish hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod trabiyasi yo‘lida qilinayotgan bunday ishlar uzoq istiqbolni ko‘zlagan. Yer yuzida hayot paydo bo‘lganidan beri ko‘plab sivilizatsiyalar mavjud bo‘lgan. Ulardan ma’lum birlari o‘z davrida gullab-yashnagan, biz esa ularni faqatgina qadimiy manbalarda o‘qib, undan faqat saqlanib qolganlarini ko‘rishimiz mumkin. Yana ma’lum birlari hozirgi davrgacha yashab kelmoqdaki, undan insoniyat foydalanmoqda, yanada rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu sivilizatsiyalarning barchasi inson mehnati va intilishi natijasida 2
taraqqiy etgan bo‘lib, kishilik jamiyatining rivojiga o‘zininig munosib hissasini qo‘shgan. Sivilizatsiyalar ichida alohida ajralib turadiganlaridan biri islom sivilizatsiyasi bo‘lib, uning ikki xil ahamiyatli jihati mavjud. Birinchisi, ato qilish xususiyati bo‘lib, musulmon ummati asrlar osha diniy va dunyoviy ilmlar, fan, san’at, maorif, arxitektura, ishlab chiqarish kabi sohalarda boshqalarga ulkan kashfiyot va ko‘plab yutuqlarni ato qilgan. Ikkinchisi esa, saqlab qolish xususiyati bo‘lib, necha yillar o‘tsa hamki, u o‘z mohiyatini yo‘qotmagan, asosiy g‘oya va qarashlari xali-hanuz saqlanib qolmoqda, balki yangilanish jarayonini ham boshidan o‘tkazmoqda. Uning ma’lum bir chegarasi mavjud ham emas, u bundan keyin yanada taraqqiy etishi, gullab-yashnashi ham mumkin. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, islom sivilizatsiyasi mavzusi doimo ochiq va hech qachon berk bo‘lmagan. Shu sababli bu boradagi mulohazalar juda ko‘p va yaqin kelajakda to‘xtashi amri mahol. Har bir olim va mutaxassis o‘zining bilim darajasi va saviyasidan kelib chiqib, o‘rganadi, xulosaga keladi va unga baho beradi. Mazkur masaladagi o‘rganish va tadqiqotlarning turliligiga sabab ham asosan ularning uslub, yo‘l va yondashuvlarining o‘zgaruvchanligi, tafakkuriy, madaniy, ilmiy qarashlarning muntazam yangilanib borishi bilan bog‘liqdir. XX asrda Islom sivizilatsiyasi haqida musulmon olimlari, sharqshunos va arabshunos olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy kitoblar yozildi. Ularning har birida muallifning shaxsiy ilmiy izlanishlari, qarashlari, yondashuvlari va ko‘zlagan maqsadlari aks etgan. Tabiiyki, ularning ichida ahamiyatli, e’tiborlilari talaygina. Biroq bunday kitoblar muntazam ravishda yozib borilishi ushbu mavzuni xali jiddiyroq o‘rganishga ehtiyoj borligidan dalolat beradi. 3
I BOB ISLOM SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISH OMILLARI 1.1. Islom sivilizatsiyasining xususiyatlari Islom sivilizatsiyasi islomni qabul qilgan xalqlar madaniyatining natijasidir. Islom y etib borgan mintaqalardagi madaniyat va sivilizatsiyalar islom hazorasi bilan qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan. Olimlar islom hazorasining ikki turini ajratadilar. Birinchisi, asl islom hazorasi bo‘lib, u o‘zida Yaratgan tomonidan berilgan ulkan diniy ta’limotni jamlaydi. Uni “yaratilish” va “paydo bo‘lish” deb ham atashadi. Dastlab islomning asl hazorasi mavjud bo‘lgan ediki, dunyo uni keyinchalik asta-sekin taniy boshlagan. Ikkinchisi, musulmonlar tomonidan yaratilgan islom hazorasi bo‘lib, ular bilim va tajriba natijasida ulkan hamda go‘zal sivilizatsiyani yaratdilar. Bu ikki tur birlashib, yagona islom hazorasini tashkil etadi. Esdan chiqarmaslik lozimki, islom sivilizatsiyasi keng ma’noda uni bunyod etish, qurish, rivojlantirish, dunyoga yoyishda ishtirok etgan barcha musulmon xalqlarining teng merosi sanaladi. Aslo uni ma’lum bir millatning “mahsuli” deb bo‘lmaydi. Islom hazorasi shu tarzda asrlar osha yaratildi, rivojlandi, boshqa sivilizatsiyalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. “ S ivilizatsiya” so‘ziga ilmiy soha vakillari tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Biroq ular ichida kengqamrovli va umumiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi ta’rifni alohida aytish mumkin: “sivilizatsiya bu – taraqqiyot va e’tiqodiy asoslar, insonning ilmiy tafakkuri, ilm-fan, adabiyot, odob-axloq kabi turli sohalardagi faoliyati hamda bularning natijasida paydo bo‘ladigan hayot yo‘li, tafakkur mahsulidir”. Ushbu ta’rifning xususiyati shundaki, bu yerda sivilizatsiyani insoniyat faoliyati bilan bir qatorda tabiiy in’om etiladigan hayot qonuniyatlari, diniy asoslar ham natijasi sifatida baholangan. Islom sivilizatsiyasining arabcha nomlanishi “al-hazora al-islamiya” bo‘lib, bu yerdagi al-hazora so‘zi ko‘chmanchi, badaviy tarzida yashamaydigan, balki o‘troqlashgan holda madaniy hayot kechiradigan ma’nolarini anglatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu so‘zga dastlabki ta’rif bergan olimlar uni hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har qanday narsalarni al-hazora deb 4
hisoblaganlar. Unga birinchilardan ta’rif bergan olimlar qatorida XIV asrda yashagan buyuk musulmon faylasufi va tarixchisi Ibn Xaldun shunday degan: “sivilizatsiya bu – farovonlik sirlarini yaxshi bilish, taom, kiyim, yotoq, bino va yashash uchun barcha vositalarni qo‘llay olishdir”. Ibn Xaldun sivilizatsiyani yashash uchun zarur narsalarga ziyoda bo‘ladigan odatiy holatlar deya baholab, bu ziyodalik farovonlik va sivizilatsiyaga intilayotgan xalqlarda turlicha, ya’ni kimdir ko‘proq va yana kimdir kamroq erishishi mumkin deb bilgan. Shu ma’noda Ibn Xaldun G‘arb mutafakkirlaridan, jumladan britaniyalik tarixchi Arnold Toyinbiydan oldin tsivizilatsiyaga ta’rif bergan deyishga etarlicha asoslar mavjud 1 . Yana bir musulmon olimi Ibn al-Azraq garchi tsivilizatsiyani ijobiy hodisa sifatida baholamasa-da, biroq u ham dastlabkilar qatorida uni izohlagan olimlardan sanaladi: “sivizilatsiya eng mukammal madaniyat bo‘lib, u gohida fasodga olib borishi mumkin. Shuningdek u yaxshilikdan uzoq yomonlik bo‘lib, kim undan salomat bo‘lsa, yaxshilikka yaqin bo‘libdi” . Sivilizatsiya mohiyatan keng tushuncha bo‘lgani uchun ham, unga ko‘plab ta’riflar berilgan. “sivilizatsiya so‘zi lotincha “grajdanlik”, “davlatchilik” so‘zidan kelib chiqqan. G‘arb tadqiqotlari qarashlarida ushbu so‘z XVI asr ma’rifatparvarlarining urushlarsiz hamda ruhoniylar ta’siridan ozod jamiyat uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib kelgani hamda u jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchaligi ta’kidlanadi. Shuningdek sivilizatsiya jamiyat taraqqiyotidagi uchta katta davr, ya’ni yovvoyilik, vahshiylik va tsivilizatsiyani bosib o‘tgan hamda yozuv va davlatning kelib chiqishi bilan boshlangani, dastlabki sivizilizatsiya bundan chamasi 6 ming yillar muqaddam Misrda boshlangani aytiladi. U bilan turli xil dinlar, gumanistik va ahloqiy qadriyatlar keng tarqalgan. Ta’kidlash kerakki, sivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, balki ketma-ketlikda sodir bo‘lgan. S ivilizatsiya borasida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilganini aytib o‘tgan edik. Shuni ta’kidlash kerakki, “sivilizatsiya” so‘zi g‘arbda paydo bo‘lgan. U 1 Ahmad Muhammad. “Islom hazorasi”, Toshkent “Movarounnahr”, 2004. 5