logo

Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” va Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlaridagi hikoyatlarda oriflar timsolining qiyosiy tahlili

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

138.740234375 KB
Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” va Navoiyning “Saddi Iskandariy”
dostonlaridagi hikoyatlarda oriflar timsolining qiyosiy tahlili
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….. 3
I BOB. Masnaviynavislikda Jomiy dostonlarining o‘rni.
1.1. Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang “dostoni……………………….10
1.2. Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” dostoni haqida………………….27
II   BOB.   “Xiradnomai   Iskandariy”   va   “Saddi   Iskandariy”   dostonlarining
qiyosiy tahlili.
2.1. Dostonlarda orifona hikoyatlar talqini……………………………………35
2.2. Dostonlardagi hikoyatlarda oriflar timsolining yoritilishi……………….60
XULOSA…………………………………………………………………………70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….73
                
               KIRISH
              Mavzuning   dolzarbligi :   Ko‘p   а srlik   t а ri х g а   eg а   m а d а niy   v а   а d а biy
m е r о simizg а   mun о s а b а t   istiql о l   tuf а yli   tubd а n   o‘zg а rdi.   Ха lqimiz   t а ri х i,   dini   v а
а d а biyoti,   m а ’n а viy   q а driyatig а   e’tib о r   kuch а yib,   ul а rning   m а vq е yini   tikl а sh,
ха lqq а   а sl h о lid а   y е tk а zish imk о niyati p а yd о   bo‘ldi. Bu es а   b о shq а   s о h а l а r q а t о ri
а d а biyotshun о slikd а   h а m   t е r а n   ilmiy   izl а nishl а r   о lib   b о rish,   а d а biy   m е r о sg а
yangich а   nuqtayi nazardan yondashish z а rur а tini ko‘rs а tdi. O‘tmishd а   yash а b ij о d
etg а n   sh о ir   v а   а dibl а r   m е r о sini   хо lis о n а   o‘rg а nish   v а   mun о sib   b а h о l а sh   h а r
q а ch о ngid а n d о lz а rb v а zif а g а   а yl а ndi.
                  А g а r biz O‘zb е kist о nni dunyog а   t а r а nnum etm о qchi bo‘ls а k, uning q а dimiy
t а ri х i   v а   yorug‘   k е l а j а gini   ulug‘l а m о qchi,   uni   а vl о dl а r   хо tir а sid а   а b а diy
s а ql а m о qchi bo‘ls а k,  а vv а lamb о r, buyuk yozuvchil а rning ij о dini chuqur o‘rg а nish,
buyuk sh о ir, buyuk ij о dk о rl а rni t а yyorl а shimiz lozimdir. N е g а  d е g а nd а , ulug‘  а dib
Cho‘lp о n  а ytg а nid е k, “Ad а biyot yash а s а  – mill а t yash а ydi”.  
Millatimizning   g‘ururi   va   iftixori   bo‘lgan   o‘zbek   mumtoz   adabiyotini
xalqaro maydondagi nufuzini oshirib dunyo miqyosida yanada rivojlantirish uchun
davlatimiz   rahbari   muhtaram   Prezidentimiz   Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyev
tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati beqiyosdir. 
Muhtaram yurtboshimizning Oliy Majlisga murojatnomasida aytilgan fikrlar
bu   sohadagi   ishlarga   katta   mas’uliyatni   yuklaydi.   Shuning   uchun   so‘ngi   yillarda
milliy   qadryatlarni   tiklash   va   mumtoz   adabiyot   tarixi   bilan   kelgusi   avlodni
ma’naviy kamolotini o‘stirishga katta etibor berilmoqda. 
  O‘zbek   mumtoz   adabiyoti   fan   sifatida   badiiy   adabiyot   tabiat   gultoji
sanalmish   hazrati   inson   bilan   egizak   dunyo   yuzini   ko‘rgan   san’at   turlaridan   bir
hisoblanadi.   Inson   yaratilibdiki,   o‘sha   yashayotgan   borliq   sir-u   sinoatlari   bilan
oshno   bo‘lgisi,   ulardan   yuksak   zavq-shavq   olgisi,   ichki   kechinmalari,   orzu-
intilishlari,   ruhiy   holatlari,   o‘zigagina   hadya   etilgan   oliy   ne’mat-so‘zda   badiiy,
bo‘yoqli   tarzda   ifodalagisi   kelaveradi.   Adabiyot   tarixi   esa   mana   shu   o‘ziga   xos
murakkab   hodisaning   eng   qadimgi   davrlardan   zamonamizgacha   bo‘lgan   tarixiy taraqqiyot   jarayonini   o‘rganuvchi   fan   hisoblanadi.   Badiiy   ijod   uning   nodir
namunalarini   yaratuvchi   ma’lum   bir   xalqning   e’tiqodiy   qarashlari   majmuasidan
bahra   oladi.   Shu   ma’noda   o‘sha   xalq   dunyoqarashi,   ma’rifiy   olami   va
ma’naviyatini   badiiy   aks   ettiradi.   Shunga   ko‘ra,   alohida   xalqlar   nomlari   bilan
ataluvchi adabiyotlar dunyoga keladi. Xalqimiz ma’naviy madaniyatining ajralmas
qismi esa o‘zbek adabiyotidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan
so‘ng o‘tmish  fanlari   tarixini, adabiy  merosni   o‘rganishga  jiddiy e’tibor  qaratildi.
Milliy   o‘zlikni   anglash,   milliy   mafkura,   ma’naviyat,   ma’rifat   kabilar   Davlat
dasturidagi   dolzarb   masalalar   sirasidan   ustuvor   yo‘nalish   sifatida   o‘rin   oldi.
Xalqimiz ma’naviy va ma’daniy qadriyatlarini o‘zida ifoda etgan o‘zbek mumtoz
adabiyoti   tarixini   o‘rganish   barkamol   avlod   qalbida   milliy   iftixor   tuyg‘ularini
shakllantirishga ulkan hissa qo‘shishi bilan e’tiborga molik.
               O‘zbek xalqining milliy, adabiy merosini   nafaqat   jahon xalqlarining adabiy
merosini   o‘rganish   insonning   ma’naviy   olami,   orzu-umidlari   hamda   insonlarning
tafakkuriga   xos   bo‘lgan   qonuniyatlarni   kashf   etishda   muhim   bir   ro‘l   o‘ynaydi.
Xalqlar   o‘rtasida   qadimgi   yodgorliklar   va   madaniy   me’rosni   tadqiq   etish,   milliy
o‘zlikni   anglashning   bir   debochasi   bo‘lib   xizmat   qilib   kelmoqda.   Aynan   bugungi
glaballashuv jarayonida milliy adabiy meroslarimizni yanada keng tadqiq va tadbiq
etilishi, uning mohiyatiga yanada chuqur kirib borish orqali uning jahon adabiyoti
rivojidagi   munosib   o‘rnini   aniqlsh,   o‘zidan   keyingi   davrlar   adabiyotiga   kuchli
ta’sir   o‘tkazgan   ijodkorlar   me’rosini     o‘rganish   ana   shunday   vazifalardan   biridir.
Bu   jarayonda   biror   bir   xalq   badiiy   tafakkuri   mahsulining   insoniyat   ma’naviy
olamini   yuksaltirishdagi   o‘rni   va   ahamiyati   uning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan
belgilanadi.
        Dunyo adabiyotshunosligi tarixining muayyan bosqichlarida adabiy hodisalarga
nisbatan   qiyosiy   yondashuvning   o‘sib   borishi   adabiy-estetik   tafakkur   va
munosabatlar   mazmunini   kashf   etish   istagi   bilan   bog‘liq.   Bugungi   glaballashuv
jarayoniga kelib, dunyoning ko‘plab ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlarida
adabiyotlararo   va   madaniyatlararo   aloqalar   bilan   bog‘liq   izlanishlar   ko‘pgina
tadqiqotchilar   tomonidan   olib   borilmoqda.   Xususan,   zamonaviy adabiyotshunoslikda   intertekstual   tadqiqotlarga   tobora   ko‘p   e’tibor   qaratilmoqda,
chunki   adib   yoki   badiiy   asarning   dunyo   miqyosida   e’tirof   etilishi,   munosib   baho
olish   uchun   unga   ma’daniy   muloqot   va   glaballashuv   kontekstida   yondashish
zarurati mavjud bo‘ladi.
            O‘zbek   adabiyotshunosligida   milliy   adabiyotlar,   tarixiy   asarlar   o‘rtasidagi
mushtarak   an’analarni   “Xamsa”   dostonlari   asosida   o‘rganish   ishlari   bo‘yicha
o‘tgan   asrning   80-90-   yillarida   bir   qator   ishlar   amalga   oshirildi   va   bu   hozirgi
kungacha   davom   etib   kelyapti.   Ammo   bu   boradagi   ishlarning   ba’zi   muammolari
hali   ham   yechilgani   yo‘q.     Masalan:   Alisher   Navoiy   asarlarini   qiyosiy   aspektda
o‘rganish orqali shoir ijodining jahon adabiyoti rivojidagi munosib o‘rnini asoslash
shulardan   biri   hisoblanadi.   Xususan,   Navoiy   va   adabiy   aloqalar   masalasi
o‘rganilgan. 1
  Nizomiy   “Iskandarnoma”si   va   Navoiyning   “Saddi   Iskandariy”
dostonlari   yoki   Abdurahmon   Jomiy   “Xiradnomai   Iskandariy”   va   Navoiyning
“Saddi   Iskandariy”   dostonlari   qiyosiy   aspektda   maxsus   tadqiq   etilmagan.   Ammo
bu borada sezilarli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shulardan biri 2019-yil
Ismoilov   Ilyos   Abduqayumovich   tomonidan   Alisher   Navoiy   “Saddi   Iskandariy”
dostonining qiyosiy tahlili nomli Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PHD)
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi fikrimiz dalilidir. 
            “Biz   milliy   tiklanishdan   -   milliy   yuksalishga   erishishni   o‘z   oldimizga   eng
muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik…       Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda,
o‘zbek   mumtoz   va   zamonaviy   adabiyotni   xalqaro   miqyosda   o‘rganish   va   targ‘ib
qilish,   ko‘pqirrali   va   mazmuni   bugungi   kunda   dunyo   adabiy   makonida   yuz
berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-
amaliy   xulosalar   chiqarish,   kelgusi   vazifalarimizni   belgilab   olish…       katta
ahamiyatga   ega”. 2
  “Iskandarnoma”   va   “Saddi   Iskandariy”   bu   jihatdan   alohida
e’tiborga   molik,   chunki   ularda   Sharq   va   G‘arb   falsafasining   integratsiyalashuvi,
1
 Natan Mallayev. Masalaning o‘rganilish tarixini davrlarga bo‘lib batafsil yoritgan. Qarang: Asarlar 
E’tirofi va ta’zimi. -Toshkent: Fan,1978.-B.52-55. 
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti SH.M.Mirziyoyevning “ O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni 
xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya 
ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi. Xalq so‘zi,2018-yil-avgust. adabiy   ta’sir   qonuniyatlari,   shuningdek,   XII-XV   asr   mutafakkirlari   dunyoqarashi
hamda adabiy-estetik kashfiyotlarini aniqroq kuzatish mumkin.
                O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2016-yil   13-maydagi   PF-4797-son
“Alisher   Navoiy   nomidagi   Toshkent   davlat   o‘zbek   tili   va   adabiyoti   universitetini
tashkil   etish   to‘g‘risida”gi   Farmoni,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   2018-yil   16-fevraldagi   124-F-   sonli   “O‘zbek   mumtoz   va
zamonaviy   adabiyotni   xalqaro   miqyosda   o‘rganish   va   targ‘ib   qilishning   dolzarb
masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyish
hamda   sohaga   tegishli   boshqa   me’yoriy   -huquqiy   hujjatlarda   belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda keying yillarda bir qator ishlar amalga oshirilganligi
farmoyishlarni amalga oshirilishining dalilidir. 
             Tadqiqotning maqsadi .   O‘zbek xalqi azal-azaldan badiiy adabiyotdan, uning
mutolasidan   o‘ziga   ma’naviy   ozuqa   oladi,   hordiq   chiqaradi.   Zero,   adabiyotning
gultojisi   hisoblangan   mumtoz   adabiyot   ham   insonni,   uning   ma’naviy   va   ruhiy
olamini   uyg‘otadigan,   uning   ijodiy   kamolotini   o‘stiradigan,   tarix   va   buyuk
yozuvchilar   merosiga   bo‘lgan   hurmatni   oshirishga   xizmat   qiladi.   Bu   mavzuni
tadqiq   etishdan   maqsad:   mumtoz   asarlar,   ularning   mohiyati,   yozuvchilarning
asarlari orqali kitobxonga berilishi  kerak bo‘lgan o‘gitlarni tadqiq etish, “Xamsa”
dostonlarining   mumtoz   adabiyotdagi   o‘rni   yuqoriligini   ko‘rsatib   berishdan
iboratdir.   “Xamsa”   dostonlarini   qiyoslab   o‘rganish   mushtarak   mavzularning
davomiyligi,   uning   yozuvchilar   talqinida   farqliligini,   o‘zgachaligini   ko‘rib
olishimiz   mumkin.   Zero,   Alisher   Navoiy   o‘zidan   oldingi   xamsanavislarning
qahramonlarini   davom   ettirmay,   o‘zgacha   talqinda   yoritadiki,   buni   Abdurahmon
Jomiyning   “Xiradnomai   Iskandariy“   dostoni   hikoyatlari   bilan   qiyoslab   o‘rganish
tadqiqotimizning maqsadi hisoblanadi.
           Tadqiqotning maqsadi ham “Xamsa” dostonlarining mohiytini ochib berishdan
iborat.   Kitobxon   asarlarni   yozuvchi   nega   aynan   shu   mavzuga   qo‘l   urganligini,
“Xamsa”   yozish   ananalarini   qay   darajada   ekanligini   va   shu   kungacha   bu   borada
qanday   tadqiqotlar   amalga   oshirilganligini,   mumtoz   asarlarimizdan   bugungi   kun
asarlari qay darajada oziqlanganligiga guvoh bo‘lamiz.              Mumtoz asarlarimizda inson uchun kerakli ma’naviy ozuqa mavjuddirki, uni
o‘qigan   kitobxon   u   ozuqadan   qayta   qayta   totgisi   kelaveradi.   Shuning   uchun   ham
ko‘pgina   adabiyotshunoslar   o‘zining   tadqiqotlarini   aynan   mumtoz   adabiyot   bilan
uzviy   bog‘liqlikda   tadqiq   etsa   kerak.   Shu   sababli   bu   mavzuga   qo‘l   urishimizdan
maqsad ham ikkala dostonlarning o‘ziga xos tomonlarini, dostonlar muqoyasasini
nafaqat   o‘zimiz   uchun   balki,   o‘qigan   kitobxon   uchun   ham   birmuncha
oydinlashtirish maqsad qilib olindi.
        Mavzuning o‘rganilish darajasi.  “Xamsa” asarlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tgan
asrning   80-90-yillarda   ko‘zga   ko‘rina   boshlagan.   Bu   xususda   juda   ko‘pgina
tadqiqotlar   amalga   oshirildi.   Aynan   “Xiradnomai   Iskandariy”   va   “Saddi
Iskandariy”   qiyosiy   tahlili   mavzusi   jihatdan     o‘rganilgan   ishlar     kam   bo‘lsada,
asarlarni   alohida     alohida   tahlili   ko‘proq   tadqiq   etilgan.   Masalan:   “Saddi
Iskandariy“   dostoni   shu   kunga   qadar   uch   yo‘sinda   o‘rganilgan   ekan.   Dastlabki
guruh tadqiqotlarda doston maxsus tadqiq etilgan. Bular Y.E.Bertels,  A.Qayumov,
X.   Turan,     M.   Hamidova,     Y.   Azimov   va   N.Komilov   tomondan   bajarilgan
ishlardir 3
. 
  Y.E.   Bertels   Iskandar   obrazining   genetik   tarixiga   e’tibor   berib,
iskandarnomalarni   ko‘proq   siyosiy   donishmandlik   majmui,   davr   mafkurasini   aks
ettiruvchi   asarlar   sifatida   tekshirgan.     A.   Qayumov   dostonning   g‘oyaviy   falsafiy
mazmuni, badiiyati  va obrazlari xarakteristikasiga oid kuzatishlarni bayon qilgan.
X. Turan va M. Hamidova “Saddi Iskandariy” dostoni matnini tadqiq etib, tanqidiy
matnlarni     tuzdilar.   Y.   Azimov   “Xiradnomai   Iskandariy”   va   “Saddi   Iskandariy”
dostonlarini qiyoslashga bag‘ishlangan  nomzodlik dissertatsiyasida ko‘proq Jomiy
dostonini   tahlil   etgan.   N.   Komilov   “Saddi   Iskandariy”ning     ilova     bo‘limlari-
nazariy masala, hikoya va hikmatlarning  so‘fiyona mohiyatini tadqiq etgan 4
. 
3
  Бертелс   Е . Э   Избранные   труды .  Том 4. Наваи и Джами - Масква. Наука , 1965 - С . 283-368. 
Qayumov. A Saddi Iskandariy - Toshkent. G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti, 1975; 
Xamidova. M “Saddi Iskandariy” dostoning ilmiy – tanqidiy matni va matniy tadqiqi. Filol.fan. d-ri. 
Dis…  Toshkent. 1994; Azimov Y Abdurahmon Jomiy “Xiradnomai Iskandariy” dostonining qiyosiy – 
tipalogik tahlili. Filol. Fan. Nomz… diss. - Samarqand, 1996; N. Komilov. Xizr chashmasi. – Toshkent: 
Manaviyat, 2005.
4
 A.I.Ismoilov Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining qiyosiy tahlili. Dissertatsiya. – Toshkent 
2019.   Ikkinchi   guruh   tadqiqotlarda   Navoiyning   muayyan   masaladagi   mahorati
ushbu   doston   asosida   ko‘rsatilgan   yoki   biror   masala   munosabati   bilan   unga
murojat   qilingan. F.  Boynazarov  Iskandar  Zulqarnayn  obrazining  G‘arb va  Sharq
adabiyotlaridagi evolutsiyasi haqida umumiy fikrlarni bayon qilsa, F. Sulaymonov
qadimiy va o‘rta asr ma’daniy a’loqalari doirasida asarni tadqiq qilgan. A. Erkinov
doston   asosida   Navoiyning   peyzaj   yaratish,   I.   Salimov   obraz   yaratish,   D.
Yusupova   mazmun   va   ritmni   uyg‘unlashtirish   mahoratiga   e’tibor   qaratgan.   A.
Hayitov Navoiy “Xamsa”sini  nasriylashtirish masalasini  o‘rganish mobaynida, O.
Abdullayev   Xusrav   va   Navoiy   “Xamsa”   larining   umumiy   qiyosiy   doirasida,   I.
Avjiy iskandarnomalarning turkiy tarmog‘i tadqiqi va manbalariga oid kuzatishlari
bilan,   U.   Jo‘raqulov   esa   xronotop   poetikasini   “Xamsa”ga   tadbiq   etish   asnosida
“Saddi Iskandariy”ni o‘rgangan.
                  Navoiy   ijodining   umumiy   talqiniga   bag‘ishlangan   uchinchi   guruh
tadqiqotlarida   esa   “Saddi   Iskandariy”ga   dahldor   fikrlar   maqsad   taqozosiga   ko‘ra
ifodalangan.
       O‘zbek adabiyotshunosligida Nizomiy ijodi borasidagi amalga oshirilgan ishlar,
shoir merosining salmog‘i va ko‘lami haqida gapirilsa yetarli emas.
      Mavzuning ilmiy yangiligi.  Bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi doirasidagi
ilmiy ishlar birmuncha adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etilgan. Bu mavzuning
ilmiy   yangiligi   aynan   “Xiradnomai   Iskandariy”   va   “Saddi   Iskandariy”
dostonlaridagi   hikoyatlarda   oriflar   timsolining   qiyosiy   tahlili   berilishi   ko‘zda
tutilgan.   Avvalo   hikoyatlarni   tahlil   qilib,   bir-biriga   qiyoslab,   so‘ngra
hikoyatlardagi oriflar timsoliga to‘xtalishga harakat qilmiz.
     Ishning tuzilishi.  Bitiruv malakaviy ishimiz: kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar
ro‘yxati kabi qismlardan tashkil topgan.
Har ikki  bobdan olingan umumiy xulosalar  ishimizning xulosa qismida o‘z
ifodasini   topadi.   Bitiruv   malakaviy   ishini   yozish   davomida   foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati to‘liq keltiriladi.
                                                                 BIRINCHI BOB 
           MASNAVIYNAVISLIKDA JOMIY DOSTONLARINING O‘RNI.
1.1. Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang” dostoni.
  Jomiy   dunyoga   kelgan   bu   davrda   Hirot   umuman   Xuroson,   Eron   va   O‘rta
Osiyo yerlari katta-katta siyosiy va madaniy voqealarni boshdan o‘tkazmoqda edi.
Amir Temur vafot etgandan keyin, uning qilich kuchiga tayanib turgan imperiyasi
har   chekkadan   yemirila   boshlandi.   Uning   yirik   feodal   davlatida   xonlarning   katta
g‘alayonlari, taxt uchun qonli talashlar boshlanib ketdi.
           Bu davrda Samarqandning mavqei juda baland edi, albatta. Ammo Hirot ayni
davrda ham siyosiy, ham ilmiy, ham abadiy jihatdan Samarqand bilan raqobat qila
boshlagan   edi.   Shunday   qilib,   Samarqand   va   Hirot   O‘rta   osiyo   va   Eronda   ikki
kuchki siyosiy-iqtisodiy va ilmiy-madaniy markaz bo‘lib ko‘tarilayotgan davr edi.
Albatta,   koshinkor   imoratlar,   chiqarilgan   kanallar,   yangi   o‘tkazilgan   yo‘llar   va
boshqa   iqtisodiy   va   madaniy   ishllar   samarasidan   xon-u   beklar,   boy-u   amaldorlar
bahra ko‘rib, ularni barpo qilishda butun jabr-u jafoni mehnatkash xalq tortganini
also unutmaslik kerak 5
.
            Mamlakatning  ilg‘or  namoyondalari  temuriylarning  ko‘p  yillarga   cho‘zilgan
o‘zaro   urushlari   naqadar   xavfli   eknligini,   mamlakatni   xarob,   xalqni   qashshoq
qilayotganini   tushunar   edilar.   Ular,   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   yozganidek
“talantli lashkarboshi, shujo va mardona qilich egasi” 6
. Husayn Boyqaroni qo‘llab
quvvatladilar. 
          Abdurahmon   Jomiy   taxt   uchun   uzluksiz   qonli   talashlar   olib   borilgan,
mamalakat tez-tez xonavayron bo‘lib turgan, xalq boshiga xilma-xil kulfatl-balolar
yog‘ilib,   og‘ir   soliq-yig‘imlardan   tinkasi   qurib,   tobora   madordan   qolayotgan   bir
5
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Fan” nashryoti. Toshkent. 1969-yil. 11-b.
6
 Bobur “Boburnoma”, O‘zakadnashr, Toshkent, 1960, 222- bet, davrda yashab, damo-dam sodir bo‘layotgan razilliklarning bevosita shohidi bo‘ldi,
ular ustidan mulohaza yuritib ulg‘aydi.
        Zamondoshlari   Abdurahmon   Jomiyning   juda   yoshligidanoq   ziyrak   va   tiyrak,
tezfahm bo‘lganligi haqida hikoya qiladi.
     Abdurahmon Jomiy maktabga juda erta qatnay boshlagan. U Hirotning Dilkash
madrasasida ilm tahsil qilib, u yerda arab tilida yozilgan aruz, qofiya ilmlariga doir
risolalarni   o‘rgandi.   Keyin   badiiyat   ilmi   haqidagi   kitoblarni   sharxlari   bilan
o‘rganishga kirishdi.
     Bu davrda Jomiyning ustozlari uning istedodiga juda yuqori baho berib, hamma
narsani   darrov  bilib   olishligini,  chuqur   va   nozik   fikrlar   unga   juda  tez   yetishligini
qayd qiladilar 7
.
          Bugungi   kunda   inson   qalbi   va   ongini   egallash   uchun   kurash   ketayotgan   bir
davrda   inson   ongini   insonparlik,   milliy   va   ummuminsoniy   qadriyatlar   asosida
shakllantirishimiz   kerak.   Abrahmon   Jomiy   asarlari   mana   shunday   kuchga   ega
o‘lmas asarlardir. Uning har bir asari insonni befarq qoldirmay chuqur o‘ylashga,
mulohaza yuritishga, Insonlarni halol mehnat qilishga, biror bir kasb sohibi bo‘lib
xalqiga, vataniga foydasi tegadigan, uning rivojlanishi uchun o‘z hissasini  qo‘sha
oladigan shaxs bo‘lishga undaydi.
      Jomiy asrlarida bu dunyoda insondan faqat yaxshi nom qoldirish kerakligini, u
bu   dunyoni   tark   etsa   ham,   nomi   o‘chmasligini   uning   qilgan   ishlari   va   yaxshi
fazilatlari   uni   abadiy   tirikligini   ta‘minlashini   ifoda   etgan..   Xalqimiz   farovonligi,
mamlakatimiz   ravnaqi   yo‘lida   qilayotgan   ishlarimiz   bilan   ulug‘   ajdodlarimizga
munosib bo‘lishimiz zarur. Bu barchamizdan yuksak mas’uliyat talab etadi.
        Buyuk   faylasuf   Abdurahmon   Jomiy   Xurosonda   shayxulislom   maqomiga
erishgan bo‘lib, uning inson to‘g‘risidagi qarashlari “Yusuf va Zulayho”, “Layli va
Majnun”,   “Salomon   va   Absol”,   “Bahoriston”,   “Lavhalar”,   “Sharqi   Ruboiyot”,
“Xiradnomai Iskandar”, “Lug‘at ul-asror”, “Haft avrang” kabi asarlarida to‘la aks
etgan.   Uning   fikriga   muvofiq,   inson   Xudo   tomonidan   yaratilgan.   Insonning
7
  SH. Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy. G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyoti va san’ati nashryoti, 
Toshkent- 1978. 12-b. yaratilish   jarayonini   tushuntirishda   Jomiy   neoplatonizm   (yangi   platonizm)
yo‘nalishini   tanlaydi.   Boshqacha   aytganda,   Platonning   emanatsiya   nazariyasini
ilgari   suradi.   Jomiy   o‘zining   “Lavoyiq”   (“Lavhalar”)   va   “Sharqi
Ruboiyot”asarlarida   olamdagi   barcha   narsalar   (jumladan,   inson   ham)   bosqichma-
bosqich Xudodan emanatsiya yo‘li bilan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi qarashlarini
tadbiq   etgan.   Xususan,   olamning   Xudodan   kelib   chiqqan   besh   asosiy   bosqichini
tavsiflab   beradi.   Emanatsiyaning   beshinchi   bosqichida   avvalgi   bosqichlar
birlashib,  ya’ni  ruh bilan moddiylik qo‘shilib,  bir-biriga singib,  yagona borliqdan
iborat   bo‘ladi.   Abdurahmon   Jomiy   asarlarining   aksariyati   inson   ma’naviyati,
axloqiy   dunyosi,   uning   jamiyatdagi   odobi   muammolari   ilmiy   tahlilga
bag‘ishlangan   bo‘lib,   allomaning   qarashlarida   inson   faoliyatining   ijtimoiy   ideal
masalalariga ham katta o‘rin ajratilgan. 
       Abdurahmon Jomiy ham boshqa allomalar singari inson kamolotining birinchi
mezoni uning bilimlilik darajasi deya ta’kidlaydi. “Haft avrang” asarining birinchi
dostoni   bo‘lgan   “Tuhfatul   ahror”   da   ham   bilimni   inson   hayotidagi   ahamiyatini
ko‘rsatib   berar   ekan,   ilm   har   qanday   muammolarni   yechishda   insonga   yordam
berishini   ko‘rsatib   beradi.   Alloma   o‘zining   mashhur   “Silsilat   u-   zahab”   (“Oltin
tizmalar”)   dostonining   “Sevimli   aziz   farzandga”   nomli   bobida,   har   bir   bilimning
bilib   olish   zaruriyat   ekanligigni   ta’kidlab   o‘tadi.   Zero,   inson   umri   juda   qisqa
bo‘lib,u   umrini   behuda   o‘tkazmasligi,   shuningdek   muayyan   darajada   bilimlarni
egallagandan   so‘ng,   unga   amal   qilish   lozim,   amaliyotda   qo‘llanilmaydigan   ilm
ham behudadir degan fikrlarni olg‘a suradi.
            Jomiy   tasavvufiy   nuqtai   nazardan   inson   sharhiga   shunday   go‘zal   misolni
keltiradiki:   inson   zotining   haqiqati   kitobat,   she’r,   ilm   va   fazl   kabi   bir   qancha
san’atlar va qobiliyatlarga egadir. Ammo bu san’at va mahoratlar har kimga har xil
ato   etiladi.   Zayd   shoirlik,   Umar   xattotlik,   Bakr   olimlik,   Xolid   fozillik
qobiliyatlariga   egadir.   Bunday   holda   shoirni   xattot,   olimni   fozil   yo   xattotni   shoir
deb   nomlab   bo‘lmaydi.   Umuman   inson   zotini   bashariyat   olganda   bu
qobiliyatlarning   barchasi   unda   mavjuddir.   Demak,   agar   inson   zotining   haqiqatini
ilohiy   ahadiyat   o‘rnida   hisoblasak,   xattotlik   va   shoirlikka   o‘xshagan   san’atlarni ilohiy   sifatlarga   qiyoslash   mumkin.   Zayd,   Bakr,   Umar   va   Xolid   esa   bu   ilohiy
sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan olamga qiyoslanadi.
    Demak, Jomiy nazdida “Inson” ikki ma’noga egadir:
        Birinchisi,   yaratilgan   mavjudodlar   ichida   eng   komil   mavjud.   Ikkinchisi,
insoniyat   ichida   eng   Komil   Inson.   Inson   haqiqat(javhar)i   esa   Haq   va   Xalq
tajalliygohi.   Haq   taolo   vujudini   zamon   va   makon   tushunchalari   bilan   chegaralab
bo‘lmaganidek,   uning   nuri   ham   cheksiz   va   bepoyondir.   Ana   shu   nur   olamga
taralib,   butun   mavjudot   va   ashyolarga   haq   taolo   sifatlarini   mujassam   ettiradi.
Aslida   borliq   Haq   taolo   sifatlarining   tajalliysi   hisoblanadi.   Ana   shu   ilohiy   fayz-
tajalliy natijasida olam yo‘qliq zulmatidan mavjud bo‘lgan. Ilohiy nur bosqichma-
bosqich Komil Inson maqomida zuhur etilib, Haq taoloning barcha sifatlari ana shu
maqomdagina mukammal tarzda namoyon bo‘la oladi. 
      Mutafakkir   insonning   uni   o‘rab   turgan   tashqi   olamni   bilishga   yo‘naltirilgan
faolligi  uning  ruhiy  kamoloti,  axloqiy  yetuklikka   erishishi  yo‘lidagi   faolligi   bilan
uyg‘un bo‘lishi, ular bir-birini taozo etishga alohida e’tibor bergan. Olam sirlarini
ochilishi, haqiqatga erishish uchun, inson o‘z ruhini tozalashi, axloqiy tarbiyalashi
zarur. Jomiyning fikriga ko‘ra, axloqning asosiy vazifalari quyidagilardir: 1) ijobiy
hayot   tamoyillarini   ishlab   chiqish(fazilatlar);   axloq   qonunlari;   2)   inson   ruhini
davolash   va   ta’sir   qilish;   3)   inson   madaniyati   va   jamiyat   a’zolari   o‘rtasidagi
moslikni   asoslash.   Biz   ko‘rib   turganimizdek   Jomiy   belgilangan   vazifalarni   hal
qilib,   har   bir   axloqiy   fazilatlarni   sinchkovlik   bilan   o‘rganadi,   axloqiy
nuqsonlarning   sabablari,   ularni   yechish   va   yo‘q   qilish   yo‘llarini   ko‘rsatib   beradi.
Shunday   qilib   insonning   axloqiy   tarbiyasi   muammosi   mutafakkir   talimotida
muhim o‘rin tutadi. Abdurahmon Jomiy inson kamolotining birinchi mezoni uning
bilimlilik darajasi deb hisoblaydi. va o‘z asarlarida yaxshilik barkamol insonga xos
bo‘lgan   muhim   axloqiy   xislat   mohiyatini   ifoda   etuvchi   xatti-harakat   sifatida
ulug‘lanishiga   urg‘u   bergan.   Zero,   yer   yuzida   yaxshilik   va   yomonlikning   mangu
barqaror bo‘lishi, ular o‘rtasida boradigan abadiy kurash, yaxshilik va ezgulikning
yomonlik va yovuzlik ustidan g‘olib kelishiga bo‘lgan yuksak ishonch tuyg‘usi eng
qadimgi   ma’naviy   yodgorliklardan   tortib,   barcha   pandnoma   janrida   yaratilgan asarlarning   asosini   tashkil   etadi.   Tarbiya   jamiyat   a’zolari   o‘rtasida   qaror   topgan
munosabatlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uzluksiz egallash
vositasi   sifatida   qarash   mumkin.   Tarbiya   ishida   har   bir   kishining   individual
qobiliyatini   rivojlantirish   bilan   g‘amxo‘rlik   qilish   bilan,   ayni   chog‘da,   ularda
atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq lozim.
Alloma   nodon   hamda   dono   odamlarni   bir-biriga   qarama   qarshi   qo‘yib,   bilimli
dono   insonlar   bilan,   bilimsiz   nodon   insonlar   o‘rtasida   hamkorlik   hamfikrlilik
yuzaga   kelmaydi,   zero   unday   odam   ma’lum   hatti-harakatlarning   asl   mohiyatini
to‘g‘ri baholay olmaydi deb hisoblaydi.
    Abdurahmon Jomiy insoniylik fazilatlaridan hisoblangan kamtarlikni targ‘ib etar
ekan,   kibr-havo,   manmanlik,   johillikni,   razolat   kabi   illatlarni   qoralaydi.   Shu
o‘rinda alloma takabbur, manman shaxslar bosh ko‘targan boshoq kabi o‘roq zarbi
bilan   yerga   yiqilib,   sarg‘ayib   so‘lishi   muqarrar   ekanligiga   urg‘u   berib,   kamtar
kishilar   haqida   so‘z   yuritganda   esa   tuproqqa   tashlangan   donni   qushlab   avaylab
yerdan   ko‘tarib   ketganlaridek,   ular   ham   e’zozda   bo‘ladilar   deya   ta’kidlaydi.
Abdurahmon Jomiy asarlarida ulug‘langan yana bir insoniy sifat- do‘stlik va unga
nisbatan sadoqatli  bo‘lish  g‘oyasidir. Insonlar  bir  biri  bilan ijtimoiy munosabatga
kirishar   ekanlar,   ular   o‘rtasida   yuzaga   keladigan   do‘stona   munosabat   yuksak
kamolotning yorqin belgisi sifatida bo‘y ko‘rsatadi. U haqiqiy do‘stlikning muhim
belgilari   sirasiga   do‘stga   sodiqlik   qiyin   va   murakkab   vaziyatlarda   undan
qochmaslik,   aksincha   hamdard   mehribon   bo‘lish,   do‘stligi   evaziga   biror   narsani
ta’ma qilmaslik hislatlari kiradi. 
    Jomiy insonga berilgan hayot tarziga shukur qilib yashashini Allohi taollo inom
etganiga   qoniqib   yashishi   kerak   deb   uqiradi.   Inson   boriga   shukur   qilib   yashashi,
manmanlik   va   kibr-   u   havoga   berilmasligi   lozim.   Bu   qarash   bugungi   kun   uchun
ham ibratli hisoblanadi. Boriga qanoat qilmay mo‘may daromad topish maqsadida
chet   elga   ishga   ketishni   maqsad   qilib,   natijada   esa   ko‘plab   aldanib   qolish
holatlarini   ko‘rishimiz   mumkin.   Bugungi   kunda   yoshlarimizni   ma‘naviy   jihatdan
barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilgan ekanmiz,
yuqorida   keltirilgan   qarashlar   insonni   inson   sifatida   kamol   topishi   uchun   zarur bo‘lgan   fazilatlardandir.   Bunday   yuksak   fazilatlar   hozirgi   kunda   ham   qadrlanib
kelinmoqda.   Xulosa   qilib   aytganda,   XXI   asrga   kelib   ma’naviy   hayotdan   moddiy
hayot   ustunligi   oshib   bormoqda.   Shu   sababdan   insonlar   ko‘p   miqdorda   daromad
ortirish   maqsadida   har   xil   qing‘ir   ishlarga,   razolatga   yo‘l   qo‘ymoqda.   Bu   esa
insonlarning   o‘chko‘zligi   nafs   balosiga   yo‘liqqanligi   sababli   kelib   chiqadi.
Jomiyning  ibratuz  so‘zlari,  hikoyatlari  aynan   shu  singari  insonlarga  qaratilgan  va
ko‘rinib turibdiki bugungi kunda ham o‘z dolzarblik ahamiyatini yo‘qotmagan.
         Jomiy yashayotgan  davrda dostonchilij  ham, g‘azal  janiri ham keng yoyilgan
edi.   Ammo   g‘azal   endi   kishi   qalbining   nozik   tuyg‘ularini   soda   va   tabiiy   ixcham
misralarida   go‘zal   qilib   kuylab   beradigan   she`r   emaski,   u   eski,   siyqasi   chiqib
ketgan obrazlardan nariga o‘ta olmaydi deb hisoblaydi.
          Abdurahmon   ibn   Ahmad   Jomiyning   asarlari   falsafa,   tasavvuf,   tilshunoslik,
adabiyotshunoslik,   san'at   sohalariga   hamda   nazm   va   nasrning   har   xil   janrlariga
ham   tegishlidir.   Jomiy   asarlarining   bir   qismi   diniy   va   falsafiy   mazmunga   ega
bo‘lib,   ularda   shoir   islom   dini   va   sharq   falsafasining   bir   qator   masalalarini   o zʻ
dunyoqarashicha talqin etib, tasavvufning XV asrdagi yirik arbobi sifatida o‘z fikr-
mulohazalarini bayon etadi. Uning “Ma nolar naqshi”, “Payg ambarlikka dalillar”,	
ʼ ʻ
“Naqshbandiya ta`limoti haqida risola”, “Haj qilish yo`llari haqida risola” kabi bir
qancha   asarlarini   shu   guruhga   kiritish   mumkin.   Jomiy   falsafasining   asosini
tasavvufiy   g oyalar   tashkil   etadi.   O z   davrining   taniqli   til,   adabiyot   olimlari   va	
ʻ ʻ
mudarrislari   qo lida   tahsil   olib,   u   arab   tilini   mukammal   o rgangan.   Jomiy   o z	
ʻ ʻ ʻ
bilimini   oshirish   uchun   Samarqanddagi   Ulug bek   madrasasida   buyuk	
ʻ
falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullaysdan
ta limva   tahsil   olgan.   Jomiy   til   va   adabiyotnigina   emas,   riyoziyot,   falsafa,	
ʼ
huquqshunoslik, falakiyot fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur
o rganib,   olimlarning   turli   mavzulardagi   munozara   va   mubohasalarida   qatnashib,
ʻ
yetuk   olimligi   bilan   tanila   boshlagan.   Jomiy   Hirotga   qaytgach,   tasavvuf   yo liga	
ʻ
kirishni,   o z   bilim   va   faoliyatini   shu   yo lga,   qolaversa,   ijodga,   ilm-fanga	
ʻ ʻ
bag ishlashni   afzal   ko rgan.   U   o ziga   pir   qilib   Shayx   Sa`diddin   Koshg‘ariyni	
ʻ ʻ ʻ
tanlaydi,   Hirotning   jome   masjidida   uning   suhbatlarini   tinglaydi.   Sa diddin	
ʼ Koshg ariy   tasavvufda   Muhammad   Naqshband   sulukiga   mansub   edi.ʻ
Adabiyotshunos   Sultonmurod   Olim   “Jahon   adabiyoti”   jurnalidagi   maqolasida
quyidagi   fikrlarni   keltirib   o`tgan:   “Hazrati   Naqshbandning   o zlari-ku   uvaysiy	
ʻ
edilar.   Ammo   olamdan   o tganlaridan   keyin   u   azizning   ruhlari   kelib   kimsan   –	
ʻ
hazrati   maxdum   Abdurahmon   Jomiyga   tarbiya   bergan.   Navoiy   piri   va   ustozi
haqida shunday deb yozadi: “Zohir yuzidin o zlarin qutb ul-muhaqqiqin (Xudoni –	
ʻ
Haqni   izlovchilar   qutbi)   va   g avs   us-solikin   (soliklar   madodkori)   Mavlono   Sa d	
ʻ ʼ
ulmillati   va-d-din   (millatu   dinning   baxti)   il-Koshg ariy   muridi   ko rguzurlar   erdi,	
ʻ ʻ
ammo, hamonki, uvaysiy (!) erdilar va Xoja Bahouddin Naqshband ruhoniyatidin
tarbiyat topib erdilar” [1, 185]. Jomiy mashhur so‘fiylar bilan yaqindan muloqotda
bo ladi.   Muhyiddin   ibn   al-Arabiyning   asarlarini   chuqur   mutolaa   qilgan.   O zining	
ʻ ʻ
mutasavviflik   faoliyatida   Bahouddin   Naqshband   g oyalarini   shu   sulukning	
ʻ
ikkinchi   bir   yirik   namoyandasi   –   Xo‘ja   Ahror   bilan   yaqin   bo lgan   holda   yanada	
ʻ
rivojlantirgan.   Asarlarida   Naqshbandga   ixlosi   baland   bo lgan.   Xurosonda   Hirot	
ʻ
taxtiga   temuriy   Sulton   Husayn   Boyqaro   o tirgandan   so ng   Jomiyning	
ʻ ʻ
mamlakatdagi mavqeyi juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning ko p avlodlari	
ʻ
o zlarini unga murid deb e lon qilganlar.	
ʻ ʼ
        Jomiy   Alisher   Navoiy   bilan   birinchi   marta   Abu   Said   hukmronligi   davrida
Xiyobon mavzesida hamma qatori ko rishgan edi. Shunda Jomiy unga o zining bir	
ʻ ʻ
risolasini   taqdim   qilgan.   1476-77-yillarda   Navoiy   ham   Jomiyni   o ziga   pir,   deb	
ʻ
taniydi.   Garchi   Jomiyning   Navoiydan   yoshi   ancha   ulug ,   rasman   pir   hisoblansa	
ʻ
ham,   mohiyatan   ular   chin   do st   va   hamkor   bo lganlar.   Jomiy   o zining   (“Nafohat	
ʻ ʻ ʻ
ul-uns”, “Bahoriston” va boshqa) bir qancha asarlarida Navoiyni, Navoiy ham o z	
ʻ
asarlari (“Xamsat ul-mutahhayirin”, “Majolis un-nafois” va b.) da Jomiyni hurmat
bilan   tilga   oladi.   Jomiy   “Nafohat   ul-uns”   (“Azizlar   nafasi”),   “Risolai   musiqiy”
(“Musiqa   risolasi”),   “Risolai   muammo”   (“Muammo   risolasi”)   kabi   o ndan   ortiq	
ʻ
asarini   Navoiy   maslahati   bilan   yozgan.   Jomiy   vafotidan   oldin   lirik   she rlarini   3	
ʼ
devonga bo lib, ularga “Fotihat ush-shabob” (“Yoshlikning boshlanishi”), “Vositat	
ʻ
ul-ikd”   (“O rtadagi   dur”)   va   “Xotimat   ul-hayot”   (“Hayot   xotimasi”,   1479-1491)
ʻ
deb   nom   berar   ekan,   bunda   Navoiy   maslahatini   e tiborga   olgan   edi.   Navoiy   va	
ʼ Jomiyning   do stligi   adabiy   hamkorlik   bilan   chegaralanmagan.   Navoiy   Husaynʻ
Boyqaro saroyida bosh vazir bo lib turar  ekan, o z siyosiy  va ijtimoiy faoliyatida	
ʻ ʻ
Jomiydan   maslahatlar   olib   turgan.   Sulton   Husayn   Qunduz   viloyatiga   qarshi
yurishga   otlanmoqchi   bo lganda,   Jomiy   Navoiydan   podshohni   bu   safardan	
ʻ
qaytarishni   iltimos   qilgan   ekan.   Saroydagi   fitna   va   fujurlar   Navoiyning   joniga
tegib,   u   o z   vazifasidan   ketmoqchi   bo lganda   Jomiy   uni   bunday   qarordan   voz	
ʻ ʻ
kechishiga sababchi bo`lgan. Chunki Navoiydek xalqparvar arbob saroydan ketsa,
xalq  va  mamlakat  ahvoli  yanada   og irlashishini   u  yaxshi  tushunar  edi.  Jomiy   o z	
ʻ ʻ
asarlarini fors-tojik tilida yozgan, arab tilini ham yaxshi bilgan. Jomiy "Nafohot ul-
uns"   asarini   yozish   bilan   tasavvuf   tarixini   o`rganishga   katta   hissa   qo`shdi.   Unda
616 ta mutasavvif hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berilgan bo`lib, ulardan 34
nafari  ayollardir. Ushbu  asarni  Navoiy ma'lum bir  to`ldirishlar  bilan o`zbek tiliga
tarjima   qilgan.   Jomiy   faqat   mashhur   so`fiylar   haqida   ma'lumot   berish   bilan
cheklanmay,   qator   shoir   va   adiblarning   hayoti   va   ijodiga   ham   to`xtalib   o‘tgan.
Alisher   Navoiyning   “Xamsa”   yozish   niyatini   birinchi   bo`lib   Jomiy   qo`llab
quvvatlagan, unga yuksak baho bergan. Shuning uchun ham “Xamsa” ning har bir
dostoni   muqaddimasida   Navoiy   boshqa   xamsanavislar   qatorida   Jomiyga   ham
alohida   bob   ajratib,   uni   daho   shoir,   masnaviy   ustasi,   mehribon   ustod   sifatida
ta`riflaydi. Bir davrda, bir xil siyosiy-ijtimoiy va madaniy adabiy muhitda yashab
ijod etgan, ustozlik va shogirdlik, murshidlik va muridlik odobini Shams Tabriziy
va   Mavlono   Rumiydan   keyin   eng   yuksak   darajada   ado   etgan   bu   ikki   siymoni
birbiridan   ayri   tasavvur   qilish,   Jomiyni   o`rganmasdan   Navoiyni,   Navoiyni
o`rganmasdan Jomiyni anglash mumkin emasligini mantiq va tafakkur kuchi bilan
idrok   etgan   o`zbek   navoiyshunos   olimlarini   ayni   paytda,   jomiyshunos   deb   atash
ham   o‘rinlidir.   Navoiy   va   Jomiy   faoliyatida   tariqat   va   futuvvatning   o zaro	
‟
birlashuvi  tezlashadi. Sharqda keng rivojlangan bu ikki sohaning qo‘shilishi  katta
ijtimoiy   hodisa   bo‘lib,   odamiylik   sifatlarining   ko‘proq   qaror   topishi   va   axloqiy
kamolot   uchun   qudratli   kuchga   aylangan.   Tasavvuf   futuvvatda   yuksak
g‘oyalarning amaliy-ijtimoiy tatbiqini ko‘rgan bo‘lsa, futuvvat tasavvufda nazariy-
e’tiqodiy   tagzaminni   topgan   edi.   O‘z   nafsini   yengolgan   kishi   o‘zgalar   g‘amini yeyishi mumkin. Abdurahmon Jomiy “Subhat ulabror” dostonida futuvvatga ta’rif
berib,   bu   avvalo   past   xislatlarni   tark   etib,   oliyjanoblikni   kasb   etish,   deya
ta’kidlaydi. Futuvvatning birinchi sharti – miskinlar dardiga davo bo‘lish:
           Chand ro‘ze zi mustaqimon bosh, 
            Dar payi hojati miskinon bosh.
            Sham’ shav, sham’, ki xudro so‘zi, 
            To ba on bazmi kason afro‘zi! 
(Bir   necha   kun   dinu   diyonati   mustahkamlar   safida   bo‘l,   miskin,   g‘ariblarning
hojatini   chiqarishni   o‘yla.   Sham’   bo‘lgin,   sham’,   toki   o‘zing   yonib,   o‘zgalar
bazmini yorita olsang!) O‘zi yonib, o‘zgalar kulbasini  yoritish, miskinlar bazmini
obod qilish qanday sharafli va oliyjanob insoniy xislat  Bizning ulug‘  insonparvar
donishmandlarimiz   o‘zim   bo‘larchilik   falsafasini   rad   etib,   ana   shunday   ezgu
g‘oyalarni olg‘a surganlar, insoniylikni ilohiylik darajasiga ko‘targanlar.
          Jomiyning   fikriga   ko‘ra:   javonmard   xuddi   bahor   bulutiday   hammaga   birday
saxovat yomg‘irini yog‘dirmog‘i, xuddi ko‘z gavhari kabi o‘zgalarni ko‘rib, o‘zini
ko‘rmasligi   lozim.   Bu   komil   insonning   sifati   ham,   chunki   ko‘z   komil   inson
timsolidir.   Komil   inson   hech   qachon   o‘zini   o‘ylamaydi,   u   hamisha   boshqalar
g‘amida yuradi. O‘z zamonida axloq, saxovat, qanoat, imon, himmat kabi insoniy
fazilatlarni  o‘zida mujassamlashtirgan  insonlar  ko‘payishini  istagan  Navoiy inson
kamoloti   haqidagi   qarashlarini   har   bir   asariga   singdirdi.   Jumladan,   “Hayrat
ulabror” dostonidagi saxovat va karam vasfiga bag‘ishlangan beshinchi maqolatda
bu   boradagi   qarashlarini   badiiy   talqin   etib,   shoir   egniga   xayr-u   karam   kiyimini
yopingan   (saxiy)   kishining   ehson   ulashish   yo‘llarini,   ya’ni   oltin-kumush   sochish
uchun   ochilgan   panjasini   quyoshga,   kaftini   nur   taratuvchi   yashinga   o‘xshatadi,
boylikning   umri   qisqaligini,   qo‘l   esa   saxovat   orqasidan   barhayot   ekanligini
ta’kidlaydi: 
              Ey tushib egninga karam kisvati,
               Qolmayin ilgingda diram qiymati. 
              Panjang o‘lub siymfishonliqqa fosh,
              Mashriqu mag‘ribda nechukkim quyosh.               Siym ila ilgingda adovat bo‘lub,
              Anda fano, munda saxovat bo‘lub.
               Chun kafing oltun sochib andoqki barq,
               Barq hayodin bo‘lubon terga g‘arq.
    Shoir fikricha, xayr-u saxovat davlatmand odamning boshidagi ehson va saxovat
tojidir, tojning ustida esa xayr-u karam gavhari joylashtirilgandir.
 Boshing uza judu saxo afsari, 
Afsaring ustida karam gavhari. 
Navoiy   fikricha,   xayr-u   saxovat   ko‘rsatishga   qodir   odam   hech   qachon   baxillik
yo‘lini   tutmasligi,   ehson   va   saxovat   ko‘rsatish   vaqtida   ko‘nglini   g‘ashlamasligi
lozim.
            Abdurahmon   Jomiy   va   Alisher   Navoiyning   diniy,   falsafiy   qarashlarini,
naqshbandiylik   tariqatining   saxovat,   karam,   saxo,   vafo   kabi   muhim   ruknlariga
amal   qilib   yashash,   komillik   xislatlarini   o‘zlashtirishga,   fazilatlarini   hayotida
namoyon   etishga   intilish   kabi   holatlarni   istiqlol   davri   o‘zbek   romanlarida   ham
uchratamiz.   Chunki   Naqshbandiya   sulukidagi   barcha   shayxlar   saxovat   va
muruvvatda   namuna   edilar.   Shunday   ulug‘   saxovatni   hazrat   Jomiy,   hazrat
Navoiyda ham ko‘ramiz. 
         Jomiyning uch lirik devoni bor. Bu devonlarda qasidalar juda oz. Boblarning
ham ko‘pi nasihat  va axloqiy qasidalardir. Ular orasida ayniqsa, “Lujjat-ul asror”
qasidasi   juda   katta   o‘rin   tutadi.   Qasida   katta-98   baytdan   iborat   lirik   asar   bo‘lib,
880- yilda yozilgan. 
          Ma’lumki,   Alisher   Navoiy   “Xamsa”   dostonlarining   har   birida   Nizomiy
Ganjaviy   va   Amir   Xusrav   dehlaviy   haqida   so‘z   yuritgandan   keyin   Jomiyga   ham
alohida   bob   bag‘ishlagan.   Ammo   u   payti   Navoiy   Jomiyni   “Xamsa”   yozganligi
haqida biror narsa tilga olmaydi. Navoiyning “Farhod va Shirin”ida ham Jomiyga
bag‘ishlangan bob mavjud(VII). Uni ko‘kka ko‘tarib maqtasada, biror asari haqida
hech   narsa   keltirmaydi.   “Layli   va   Majnun”   debochasida   esa   bu   jumlalarni
ko‘rishimiz mumkin:
             Gar “Xamsa” ni etmay(in) murattab…     (ya`ni,   garchi   “Xamsa”   yozmagan   bo‘lsangda)   deb   yozilgan.   Faqat   “Tuhfat   ul-
ahror”, “Silsilat uz-zahab”, “Subhat ul-abror”, “Yusuf va Zulayho” va “Devon”ini
keltirib   o‘tgan.   Bundan   kelin   chiqadiki,   Navoiy   “Layli   va   Majnun”   ini
yozayotganda Jomiy o‘z dostonlarini tugatmagan ekan. 
          Navoiy   oxirgi-   “Saddi   Iskandariy”   dostoni   muqaddimasida   (VII   bob)   Jomiy
yaratgan masnaviylar haqida shunda deydi:
         Bo‘lib jilvagar tabi` ko‘zgusida,
         Ki sabt ayladi “Xamsa” o‘trusida.
         Erur andin ortiqki, o‘ksik emas,
         El andin der ortuqki, o‘ksuk demas.
          Demak,   bu   yerda   ham   Jomiyning   “Xamsa”   yaratgani   haqida   hech   narsa
deyilmagan, balki “Xamsa”ga muqobil tarzda yozgan masnaviylari beshdan ziyod
ekanligini ammo kam emasligini ta`kidlaydi va “Xiradnomai Iskandariy” yozilish
jarayonida ekanligini aytib o‘tadi. 
        Navoiy   Jomiy   vafotidan   keyin   umga   bag‘ishlab   “Xamsat   ul   mutahayyirin”
risolasini   yozadi   va   uning   uchunchi   maqolatida   Jomiy   asrlarini   nomi   bilan   sanab
o‘tgan. 
            “yana: “Haft avran” ki mushtamildur etti kitobg‘a;
             Avval:
            “Sillsilat uz -zahab”ki,
             Uch daftardur;
             Ikkinchi: “Salomon va Absol”;
             Uchinchi: “Tuhfat ul – ahror”;
             To‘rtinchi: “Suhbat ul-abror”:
             Beshinchi: “Yusuf va Zulayhi” kim
             “Oshiqu mashuq”qa mavsumdir;
             Oltinchi: “Layli va Majnun”;
             Yettinchi: “Xiradnomai Iskandariy”.
          Jomiy   o‘z   epik   asarlarini   Navoiy   bilan   oldinma-ketin   yozib   brogan.   Shuning
uchun   Navoiy   Jomiyni   aynan   “Xamsa”   yozganligi   haqida   aniq   ma`lumot bermagan.   Jomiy   dostonlari   ichida   Navoiy   “Xamsa”sidan   oldin   Nizomiy   va
Dehlaviy   dostonlariga   tatabbu`   yo‘sinida   yozilgan   asari   “Tuhfat   ul-ahror”
ekanligini   bilamiz.   Naqshbandiya   pirlariga   bag‘ishlangan   ushbu   doston   falsafiy-
didaktik dostondir. “Tuhfat ul-ahror” ham “Maxzan ul-asror” va “Matla ul-anvor”
asarlari kabi asosiy qismi 20 maqolani o‘z ichiga oladi.
            Ulardan   birinchisi   Olamning   yaratilishi,   ikkinchisi-   Odamning   yaratilishi
mavzularida bo‘lib, navbatdagi  besh maqola birma bir  islom  arkonlariga (kalimai
shahodat,   namoz,   ro‘za,   zakot,   haj   amallari)   bag‘ishlangan.   Keyingi   ikki   maqola
xomushlik(sukut)   va   tunda   bedor   bo‘lishning   hikmatlari   haqida.   Undan   keying
maqolalarda   pir-shoir   jamiyatagi   turli   toifa   va   amal   egalari-   so‘fiylar,   ulamolar,
sultonlar,   vazir   va   dabirlar   (saroy   mirzolari)   to‘g‘risida   o‘z   qarashlarini   bayon
qilgan.   15-16   -maqolalar   qarib   quyilmagan   keksalarga   tanbeh   va   mag‘rur
yoshlarga   nasihat   bo‘lib,   17-18-   maqolalar   go‘zallar   husn-jamoli   va   ishq
borasidadir.   19-  maqola  shoirlar  toifasiga  oid  bo‘lib,  oxirgi   maqola  shoirning  o‘z
farzandiga nasihatidan iborat. Har maqola so‘ngida uning mazmuniga aloqador bir
hikoyat   keltirilgan.   Ko‘rib   turibmizki,   asar   tatabbu’   qoidalariga   to‘la   muvofiq
yozilgan.   Shuning   uchun,   Jomiy   “Xamsa”   turkumini   boshlagandek   ko‘rinadi.
Jomiyning bu dostoni ham o‘ziga xos. Chunki, islom arkonlari haqida Nizomiyda
alohida   maqolat   yo‘q.   Dehlaviy   dostonida   ushbu   mavzuga   birgina   maqolat(4-
maqolat) ajratilgan. Jomiy esa, o‘z dostonida bu mavzuni ancha batafsil yoritadi. 
       Nizomiy va Dehlaviy dostonlariga javob tariqasida Navoiy ikkinchi dostonida
shohlik va oshiqlik mavzuini tanlagan bo‘lsa, Jomiy ijtimoiy masalalarni emas, sof
tasavvuf mavzusiga yuzlangan. 
        Uning   “Subhat   ul-abror”   dostoni   falsafiy-   didaktik   doston   qirq   iqddan(Jomiy
dostoninig   asosiy   boblarini   shunday   ataydi)   iborat   bo‘lib,   4-6-   iqdlari   “   Vahdati
vujud” ta’limoti haqida, 7- iqd tasavvuf sharhida, 8-30- iqdlar- irodat, tavba, vara:
zuhd, faqr, sabr, shukr, xavfu rijo, tavakkul, rizo, muhabbat, shavq, g‘ayrat, qurb,
hayo,   Hurriyat,   futuvvat,   sidq,   ixlos,   saxovat(bazl),   qanoat,   tavozu   kabi   so‘fiylik
maqom va hollarning tavsifiga bag‘ishlanadi. Keyingi iqdlar ham so‘fiylik odoblari
xususida   bo‘lib,   faqat   33-34-   iqdlarda   Ollog   yaratgan   maxluqotlarga   Shafqat   va muhabbat,   sultonlar   va   arkoni   davlatga   xayrixohlik   bilan   nasihat   mavzulari   tilga
olingan. Bu doston  o‘z yo‘nalishiga  ko‘ra “Tuhfat  ul-  ahror” mundarijasini  izchil
davom   ettirib,   Jomiy   va   Navoiy   o‘z   dostonchilik   an’analarida   boshdan   oyoq
boshqa- boshqa yo‘nalishlarni tanlaganliklarini ko‘rsatib beradi.
           Jomiyning “Xamsa” turkumiga bevosita aloqasi bor bo‘lgan uchinchi dostoni
bu-   “   Xiradnomai   Iskandariy”   hisoblanadi.   Nizomiy   o‘z   davrida   Iskandari
Maqduniy   bilan   bog‘lik   ikki   alohida   doston   yaratgan   bo‘lib,   ularning   birinchisi
“Sharafnoma” da mashxur sarkarda va hukmdorning turli mamlakatlarni zabt etish
uchun olib brogan janglari tasvirlangan edi.  “Iqbolnoma” deb nomlangan ikkinchi
dostonda   asosan   Iskandarno   buyuk   yunon   hakimlari   bilan   olib   brogan   falsafiy
suhbatlari   bayonidan   iborat.   Bu   ikki   asar   har   biri   alohida   an’anaviy   muqaddima
boblar   bilan   ta’minlanganva   yaxlit   bir   kompozitsiyaga   ega   bo‘lib,   ularni   shoir
yaxlit   bir   doston   holiga   keltirmagan.   Bundan   kelib   chiqadiki,   Nizomiy   “Xamsa”
yozishni   rejalashtirmagani   va   oltita   mustaqil   epik   asar   yaratgan   degan   xulosa
mavjud.   Keyinchalik   kotiblar   tomonidan   yuqoridagi   ikki   dostonni   hech   qanday
o‘zgarishlarsiz   “Iskandarnoma“   nomi   bilan   birlashtirganlar   va   unga   “Xamsa”
nomini berganlar. Nizomiy vafotidan deyarli bir asr o‘tib, Amir Xusrav Dehlaviy
Nizomiy turkumiga javob tariqasida “ Xamsa” yaratgan. Uning ikki dostoniga bir
doston bilan javob bergan. Buning uchun asar tuzilishini murakkablshtirib, har bir
qismida   avval   bitta   bob-   Iskandar   sarguzashtlariga   bag‘ishlangan   lavha,   keyingi
bob muayyan ahloqiy-falsafiy mavzudagi fikrlari, oxirida esa bir hikoyat shaklida
berilgan.   Navoiy   Dehlaviy   an’anasini   rivojlantirgan.   Birinchi   bob-   Iskandar
hayotidan,   ikkinchi   bob-   muayyan   ahloqiy-ijtimoiy   mavzudagi   mulohazalari,
uchinchi   bob-   ibratli   hikoyat,   to‘rtinchi   bob-   Iskandar   va   bir   donishmandning
savol-javobi shaklida to‘rt bobdan iborat yaxlit kompozitsiya tuzilgan.
            Jomiy   esa   o‘zining   asarida   bu   yo‘nalishdan   yurmaydi.   Aslini   olganda
“Xiradnomai   Iskandariy”   Nizomiyning   mashxur   fotih   haqidagi   ikkinchi   dostoni
“Iqbolnoma”   ga   javob   tarzida   yozilganligi   asarning   nomlanishidayoq   yaqqol
sezilib   turibdi.   “Iqbolnoma”da   “Xiradnomai   Arastu”,   “Xiradnomai   Aflotun”,
“Xiradnomai   Suqrot”   deb   nomlanuvchi   alohida   boblar   mavjud   ekanligini takidlashadi.   Tadqiqotchilarning   fikricha   Jomiy   ayni   shu   bob   sarlavhalariga
tatabbu’   qilib   dostoniga   nom   bergan.   Doston   asosiy   qismini   boshlagach,   olti
bobdan   keyin   ‘Xiradnomai   Aristotels”ga   kirishgan.   Oldingi   olti   bobning   uchtasi
alohida   hikoyatlar   bo‘lib   Iskandar   sarguzashtlari   bor   yo‘g‘i   136   bayt   dan   iborat.
Keyingi   boblar   mashxur   yunon   hakimlari   –   Aflotun,   Suqrot,   Buqrot,   Faysog‘urs,
Isqalinus,   Hermes   xiradnomalaridan   iborat   bo‘lib,   har   bir   bob   oxirida   alohida
ibratli   hikoyatlar   berilgan.   Ushbu   yeti   “Xiradnoma”   579   baytni   tashkil   etgan.
Keyingi bob- “Dostoni jahongiriyi Iskandar va imorati shahrho va ixtiyori korhoyi
vey bar sabili ijmol” (Iskandarning jahongirligi, shaharlar qurish va ixtirolari) deb
atalgan   bo‘lib,   juda   katta   mavzuni   qamrab   olgan   bo‘lsada,   hajmi   juda   qisqa-   45
baytni tashkil qiladi. Shoirning o‘zi ham bu haqida “bar sabili ijmol” ya’ni (qisqa
sanab o‘tildi) deb izoh beradi. Keyingi 50 baytli bob- “Xiradnomai Iskandariy” deb
nomlangan. 8
   
    Demak, Jomiy ijodining asosiy qismini yeti dostondan iborat “Haft avrang” (yeti
taxt) 9
  asari   tashkil   qiladi.   “Haft   avrang”   dostonlar   majmuasi   bo‘lib,   u   Jomiyning
besh   dostondan   iborat   “Xamsa”siga   yana   ikki   doston-   “Silsilatuz-   zahab”   (1472-
yil)   hamda   “   Salomon   va   Ibsol”   (1479-yil)   asarlarining   qo‘shilishidan   tashkil
topgan. “Xamsa”ga kirgan dostonlar quydagicha:
1.   “Tuhfat-ul   ahror”   (Nuroniylar   tuhfasi)   falsafiy-didaktik   dostondir.   Hijriy   886
(melodiy   1481-1482)   yilda   yozilgan.   Tasavvuf   poeziyasidan   turib   yozilgan   bu
didaktik  asar   20   suhbat   (bob)dan   iborat.   Har   bir   bob  shu   suhbatda   ilgari   surilgan
ahloqiy qoidani tasdiqlovchi masal bilan tugaydi.
           Bu poemada muallif o‘z zamonasining ikkiyuzlamachi ulamolarini fosh qilib,
ular   hayotdan,   oddiy   xalqdan   ajrab   qolganliklarini   ko‘rsatadi.   Amalsiz   ilm   hech
narsaga   arzimasligini   ko‘rsatadi.   Zulm   va   zolimlikni   qattiq   qoralaydi.   Unda
hukmdorlarning yegan ichgani harom, degan xulosaga olib keladigan:
     Meva to‘liq dasturxoningda tovuq,
     Beva uyi yetim bog‘idan sodiq.
8
 M.Imomnazarov. Jomiy “Xamsa” yozganmi? “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2005-yil 
51-sonidan.
9
 Yetti yulduzdan iborat bo’lgan Katta ayiq yulduzlar turkumini ham fors tilida shunday ataydilar .      Mingan oting arpasini otboqar
     Boshoqchidan tortib olar har safar.
     Ovchi qushing yemishi el jo‘jasi,
     Biror qashshoq kampir aning xo‘jasi,
kabi so‘zlarni o‘qiymiz.
         Poemaning oxirida shoir ishq – muhabbat haqida gapiradi va hayvoniy hirsni
haqiqiy ishqdan ajrata bilish kerakligini aytadi.
        Undan   tashqari   pul-mol   uchun   har   kimni   maqtayveradigan   tamagir   shoirlarni
qattiq qoralaydi.
2.“Xamsa”   ning   ikkinchi   dostoni   “Sibhat   -ul   abror”   (taqvodorlar   tasbehi).   Hijriy
887  (1482-1483)   yilda   yozilgan.  Bu  tasbeh   40  iqd-durdona,  ya’ni   qirq  bo‘limdan
iborat.   Poema   shoir   Husayn   Bayqaroga   bag‘ishlangan   bo‘lsa-da,   ammo   avtor   bu
asarning   “Nomi   ikki   she’r   bo‘lgan   sohibqironga”,   ya’ni   Alisher   Navoiyga   maqul
tushishini istaydi. Bu asarda ham Jomiy mamlakat usul idorasi masalalarig qaytar
ekan,   shohlarni   adolatga,   insonparvarlikka   chaqiradi.   So‘fiylar   haqida   gapirib,   u
haqiqiy   tasavvufchilar   o‘z   kunini   o‘zi   ko‘rishi   kerakligini   aytadi,   boshqalar
hisobiga   yashashni,   tekinxo‘rlikni   qoralaydi.   O‘z   davridagi   son-sanoqsiz
qalloblarni,   dinni   dastak   qilib   olib,   xalq   hisobiga   boylik   to‘playdigan   eshonu
shayxlarni   fosh   qiladi.   Haqiqiy   so‘fiy   boylikka   intilmasligi,   xudbinlikdan,   o‘z
foydasini ko‘zlashdan bosh tortishi kerakligini zo‘r ehtiros bilan ta’kidlaydi.
         Shamdek bo‘l, shamni ko‘r, kuyib qalb-u tan
         O‘zgalar bazmini qiladi ravshan. 10
            Ulug‘   shoir   bu   asarida   kishilarni   bekordan   bekorga   nizolanmaslikka,
birodarona   hayot   kechirishga,   bir-birlaiga   ko‘makdosh   bo‘lishga   chaqiradi.
Insonning   vazifasi   odam   jinsiga   ko‘makdosh   bo‘lish,   unga   yaxshilik   qilish
kerakligini   aytadi.   Bu   yaxshilik   ham   boshqalar   zarariga   bo‘lmasligi,   birovning
baxti   birovning   ko‘zini   chiqarmasligi   kerakligini   ta’kidlaydi.   Har   qanday   ishni
sulh, tinchlik bilan hal qilish mumkin ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.
       
10
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy va Uning “Iskandar Xiradnomasi” tarjimasi. G’ofur G’ulom
nomidagi Adabiyoti va san’ati nashryoti, 1978-yil. 11-b.        Hammaga omonlik istaguvchi bo‘l,
       Shunda adovatga hech qolmagay yo‘l 11
.
3.“Yusuf   va   Zulayho”.   Hijriy   888   (1483)   yilda   yozilgan.   Jomiyning   “Yusuf   va
Zulayho” si juda keng tarqalgan. Poemada bu dunyo o‘tkinchi, hech kimga vafosi
ham, yaxshiligi ham yo‘q, degan fikrlarni ilgari suradi. 
        Bu dunyoda xurramlikdan yo‘q nishon, 
        Bo‘lganda ham undan mahrumdir inson,-
der   ekan,   bu   so‘zlarda,   albatta,   o‘sha   davrdagi   Xuroson   xalqining   og‘ir   turmushi
aks ettirilgan. 
              Ammo   Hayyom   va   Hofizlar:   “Bu   dunyo   mening   qo‘limda   bo‘lsa,   buzib
qaytadan yasar edim”, degan mazmundagi misralar bilan isyon ko‘tarib, “Dunyoni
o‘zgartirish kerak!” – degan xulosaga kelgan bo‘lsalar, Jomiy taqdirga tan berish,
“Qullik bandida ham o‘zni ozod his qilish kerak!”- degan xulosaga keladi.
              Shodlik o‘yi bilan diling to‘ldirma,
              Ozodlikni hayolingga keltirma.
              Niyatingga yetmayin ham shod bo‘lgil,
              Qullik bandi bilan ham ozod bo‘lgil.
      Bunday   misralar   shoir   gumanizmining   passivligidan   dalolat   beradi.   U
kurashchan   gumanizm   poeziyasiga   ko‘tarila   olmadi.   Bunga   uning   sobit   diniy
dunyoqarashi xalal berdi.
       Ammo “Yusuf va Zulayho” dostonining ta`siri kuchi shundaki, unda muhabbat
ehtirosi hamma g‘ovlarni kuydiradi. Muhabbat oldida zamon ham ojiz, qarilik ham
yengiladi.
        Bu   poemada   shoir   olti   yoshli   o‘g‘li   Ziyovuddin   Yusufga   nasihat   qilib,   kitob
tarifida jo‘shqin satirlar yozgan. 12
11
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy. G’ofur G’ulom nomidagi adabiyoti va san`ati nashryoti. 
Toshkent-1969- Tarjima. 12-b
12
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyoti va san’ati 
nashryoti. 1978-yil (tarjima) 16-b. 4.“Layli va Majnun”. Hijriy 889 (1484) yilda yozilgan. Avtorning o‘zi bu dostonda
Nizomiy   Ganjaviy   va   Xisrav   Dehlaviylar   izidan   borganligini   takidlaydi.   Ammo
dostonning mazmunu ancha o‘zgartirilgan. 
      Jomiy   Sharqda   keng   tarqalgan   bu   poemada   ham   tasavvuf   g‘oyalarini   targ‘ib
qilish va unga so‘fiyona talqin berishga intilgan.
5.“Xiradnomai   Iskandariy”   (Iskandar   Xiradnomasi).   Hijriy   890   (1485)   yilda
yozilgan.   Bunda   shoir   odil   shoh   obrazini   yaratib,   o‘z   ijtimoiy   idealini   chizib
beradi. Dostonda Iskandarno xalqning o‘zi shoh qilib ko‘taradi. U Aristotel qo‘lida
tarbiya   ko‘rgan   bilimdon,   olim   kishi,   ammo,   uning   eng   asosiy   fazilati   xalq
foydasini ko‘zlashidir.
           Mayli, bo‘lsa hamki o‘ziga zarar,
          Xalqqa yaxshilikni o‘ylar Iskandar.
     Mana shu sifati uchun xalq uni podsho qilib saylaydi. Bu asarda shoir Iskandar
obrazi orqali butun hukmdorlarga qarata deydi:
Shunday yashagilki, sen bo‘lsang sharqda, 
Seni duo qilsin odamlar g‘arbda.
Undayki bo‘lmagil, yashasang Rayda,
Qarg‘ishlar ko‘pmmasin Rum degan joyda.
            Umuman,   Jomiy   juda   sulhjo‘y,   ba`zan   Husayn   Boyqaroning   nojo‘ya   harbiy
yurishlarini   ham   Alisher   Navoiyga   aytish   yo‘li   bilan   to‘xtatib   qolishga   harakat
qilgani haqida tarixiy ma’lumotlar bor. U faqat dostonlaridagina emas, g‘azal, qita`
va   boshqa   asarlarida   ham   har   qanday   adovatni   tinchlik   bilan   bartaraf   qilishga
chaqiradi.   Jomiy   “Iskandat   Xiradnoma”sida   ijtimoiy   hayot   programmasi   qilib
Nizomiyning sotsial utopik nazariyasini ilgari suradi va rivojlantiradi. 13
               Jomiy bu besh dostonni tamom qilgach, yana unga ikki doston qo‘shadi va
uning “Xamsa”si yeti dostondan iborat bo‘lib “Haft avrang” nomini oladi.
13
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyoti va san’ati 
nashryoti. 1978-yil (tarjima) 17-b.        Bu ikki dostonlardan biri “Silsilat-uz zahab” (“Oltin zanjir”) falsafiy- didaktik
dostoni.
      “Haft avrang”ga kirgan poemalarning yettinchisi hijriy 884 (1479- 1480) yilda
yozilgan “Salomon va Absol” poemasidir.
            Qadim   yunon   qissalaridan   olingan   bu   syujetdan   ham   Jomiy   tasavvuf
g‘oyalarini   targ‘ib   qilish   uchun   foydalanadi.   Ammo   tasavvuf   terminalogiyasidan
bexabar   oddiy   xalq   bu   dostonni   shiringina   ishqiy   qissa   sifatida   qabul   qiladi.
“Salomon   va   Ibsol”   ishqiy-   majoziy   asar   hisoblanadi.   Jomiy   o‘zining   dininy   -
falsafiy   fikrlarini   Salomon   va   Ibsol   sevgisi   orqali   insonning   insonga   bo‘lgan
muhabbatini kuylaydi, ularning fojiasiga nisbatan achinish hissini uyg‘otadi.
          Xulosa   qilib   aytganda,   Jomiy   muayyan   muddat   “Xamsa   “yaratish   fikrida
bo‘lganligiga   qaramay,   dostonlarini   yaratishda   o‘z   hayot   yo‘lida   tanlagan
g‘oyalariga   sodiq   qolgan   va   “Haft   avrang”   asarini   faqat   irfoniy-axloqiy   hamda
ishqiy   mavzular   bilan   ifodalab,   ijtimoiy   -siyosiy   mavzularga   unchalik   darajada
o‘rin ajratmagan. Shuning uchun ham “Yetti taxt”ning to‘rt dostoni irfoniy-axloqiy
mavzulardagi   “Xiradnoma”lar   dir.   Qolgan   uch   doston   ham   majoziy   ma’noda
qolaversa, irfoniy ruhda shakllantirilgan ishqiy dostonlardan tashkil topgan. Jomiy
“Haft   avrang”   dostonini   yaratib   xamsachilik   an’analariga   yangicha   bir
yondashuvni   kiritdi.   Shuni   takidlab   o‘tish   joizki,   Jomiy   “Haft   paykar”,   “Sabbai
sayyor”   tipidagi   doston   yaratmagan.   Prof.   N.M.   Mallayev   buning   sababini
Jomiyning   “Xiradnomai   Iskandariy”   dostoni   muqaddimasida   keltirilgan   quyidagi
fikrlarda ko‘radi.
  “…Xiradnoma  z-on ixtiyori man ast,
Ki afsonaxoni na kori man ast. 
Zi asrori hikmat suxan rondan,
  Beha z qissahoyi kuhan xondan…
      Mazmuni:   Xiradnoma   (donishmandlik   kitobi)-   mening   ra`yi   xohishimdir,
afsonalar   hikoya   qilmoq   mening   ishim   emas.   Hikmat   sirlari   haqida   so‘z   so‘zlash
eski qissalarni hikoya qilishdan yaxshiroqdir.
   1.2.    Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” dostoni haqida. 
    Jomiy uzoq tarix, boy an’analarga ega bo‘lgan fors tojik adabiyoti durdonalarini
bir ipga tiza olgan, uning xilma-xil jilosini afsonaviy Jamshid jomidek sayqal berib
aks   ettira   olgan   buyuk   shoirdir.  
O‘zbek   kitobxonlari   Jomiy   asarlarini   uning   o‘zi
tirik davridanoq asl nusxada o‘qib keladilar.   14
         Jomiyning “Xamsa”  turkumiga bevosita aloqasi  bor bo‘lgan uchinchi  dostoni
bu-   “   Xiradnomai   Iskandariy”   hisoblanadi.   Nizomiy   o‘z   davrida   Iskandari
Maqduniy   bilan   bog‘lik   ikki   alohida   doston   yaratgan   bo‘lib,   ularning   birinchisi
“Sharafnoma” da mashxur sarkarda va hukmdorning turli mamlakatlarni zabt etish
uchun olib brogan janglari tasvirlangan edi.  “Iqbolnoma” deb nomlangan ikkinchi
dostonda   asosan   Iskandarni   buyuk   yunon   hakimlari   bilan   olib   borgan   falsafiy
suhbatlari   bayonidan   iborat.   Bu   ikki   asar   har   biri   alohida   an’anaviy   muqaddima
boblar   bilan   ta’minlangan   va   yaxlit   bir   kompozitsiyaga   ega   bo‘lib,   ularni   shoir
yaxlit   bir   doston   holiga   keltirmagan.   Bundan   kelib   chiqadiki,   Nizomiy   “Xamsa”
yozishni   rejalashtirmagani   va   oltita   mustaqil   epik   asar   yaratgan   degan   xulosa
mavjud.   Keyinchalik   kotiblar   tomonidan   yuqoridagi   ikki   dostonni   hech   qanday
o‘zgarishlarsiz   “Iskandarnoma“   nomi   bilan   birlashtirganlar   va   unga   “Xamsa”
nomini berganlar. Nizomiy vafotidan deyarli bir asr o‘tib, Amir Xusrav Dehlaviy
Nizomiy turkumiga javob tariqasida “ Xamsa” yaratgan. Uning ikki dostoniga bir
doston bilan javob bergan. Buning uchun asar tuzilishini murakkablshtirib, har bir
qismida   avval   bitta   bob-   Iskandar   sarguzashtlariga   bag‘ishlangan   lavha,   keyingi
bob muayyan ahloqiy-falsafiy mavzudagi fikrlari, oxirida esa bir hikoyat shaklida
berilgan .   Navoiy   Dehlaviy   an’anasini   rivojlantirgan.   Birinchi   bob-   Iskandar
hayotidan,   ikkinchi   bob-   muayyan   ahloqiy-ijtimoiy   mavzudagi   mulohazalari,
uchinchi   bob-   ibratli   hikoyat,   to‘rtinchi   bob-   Iskandar   va   bir   donishmandning
savol-javobi shaklida to‘rt bobdan iborat yaxlit kompozitsiya tuzilgan.
14
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 5-b.               Jomiy   esa   o‘zining   asarida   bu   yo‘nalishdan   yurmaydi.   Aslini   olganda
“Xiradnomai   Iskandariy”   Nizomiyning   mashxur   fotih   haqidagi   ikkinchi   dostoni
“Iqbolnoma”ga javob tarzida yozilganligi asarning nomlanishidayoq yaqqol sezilib
turibdi. “Iqbolnoma”da “Xiradnomai Arastu”, “Xiradnomai Aflotun”, “Xiradnomai
Suqrot”   deb   nomlanuvchi   alohida   boblar   mavjud   ekanligini   takidlashadi.
Tadqiqotchilarning   fikricha:   Jomiy   ayni   shu   bob   sarlavhalariga   tatabbu’   qilib
dostoniga   nom   bergan.   Doston   asosiy   qismini   boshlagach,   olti   bobdan   keyin
“Xiradnomai   Aristotels”ga   kirishgan.   Oldingi   olti   bobning   uchtasi   alohida
hikoyatlar   bo‘lib   Iskandar   sarguzashtlari   bor   yo‘g‘i   136   bayt   dan   iborat.   Keyingi
boblar mashxur yunon hakimlari – Aflotun, Suqrot, Buqrot, Faysog‘urs, Isqalinus,
Hermes   xiradnomalaridan   iborat   bo‘lib,   har   bir   bob   oxirida   alohida   ibratli
hikoyatlar   berilgan.   Ushbu   yetti   “Xiradnoma”   579   baytni   tashkil   etgan.   Keyingi
bob- “Dostoni jahongiriyi Iskandar va imorati shahrho va ixtiyori korhoyi vey bar
sabili ijmol” (Iskandarning jahongirligi, shaharlar qurish va ixtirolari) deb atalgan
bo‘lib,   juda   katta   mavzuni   qamrab   olgan   bo‘lsada,   hajmi   juda   qisqa-   45   baytni
tashkil qiladi. Shoirning o‘zi  ham bu haqida “bar sabili  ijmol” ya’ni (qisqa sanab
o‘tildi)   deb   izoh   beradi.   Keyingi   50   baytli   bob-   “Xiradnomai   Iskandariy”   deb
nomlangan. 15
   
      “Xiradnomai   Iskandariy”   (Iskandar   Xiradnomasi).   Hijriy   890   (1485)   yilda
yozilgan.   Bunda   shoir   odil   shoh   obrazini   yaratib,   o‘z   ijtimoiy   idealini   chizib
beradi. Dostonda Iskandarno xalqning o‘zi shoh qilib ko‘taradi. U Aristotel qo‘lida
tarbiya   ko‘rgan   bilimdon,   olim   kishi,   ammo,   uning   eng   asosiy   fazilati   xalq
foydasini ko‘zlashidir.
           Mayli, bo‘lsa hamki o‘ziga zarar,
          Xalqqa yaxshilikni o‘ylar Iskandar.
     Mana shu sifati uchun xalq uni podsho qilib saylaydi. Bu asarda shoir Iskandar
obrazi orqali butun hukmdorlarga qarata deydi:
            Shunday yashagilki, sen bo‘lsang sharqda, 
15
 M.Imomnazarov. Jomiy “Xamsa” yozganmi?, “ O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2005-yil
51-sonidan.            Seni duo qilsin odamlar g‘arbda.
            Undayki bo‘lmagil, yashasang Rayda,
            Qarg‘ishlar ko‘pmmasin Rum degan joyda.
          Umuman,   Jomiy   juda   sulhjo‘y,   ba`zan   Husayn   Boyqaroning   nojo‘ya   harbiy
yurishlarini   ham   Alisher   Navoiyga   aytish   yo‘li   bilan   to‘xtatib   qolishga   harakat
qilgani haqida tarixiy ma’lumotlar bor. U faqat dostonlaridagina emas, g‘azal, qita`
va   boshqa   asarlarida   ham   har   qanday   adovatni   tinchlik   bilan   bartaraf   qilishga
chaqiradi.   Jomiy   “Iskandar   Xiradnoma”sida   ijtimoiy   hayot   programmasi   qilib
Nizomiyning sotsial utopik nazariyasini ilgari suradi va rivojlantiradi.
  Iskandar bir shaxarga kelib qoladi, unda:
             Na badavlat boru na gado, faqir,
             Na shohu na sulton, na xonu amir.
             Barobar molining ulushi, moli-
             Va bir xam barining hol-ahvoli.
       Ular ocharchilik, kambag‘allik, urish-qon to‘kish nima ekanligini bilmaydilar.
Hammasini boyligi ham, mol- holi ham barobar, hammasida eshiksiz va qulfsiz uy.
             Jomiy hamma joyda shunday hayot qurish kerak deb takidlamasada,, ammo
har bir o‘qigan kishi shunday jamiyatga erishishni orzu qiladi va shunday jamiyat
qurish mumkinligiga ishonch hosil qiladi. Bu esa o‘z davrida eng progressiv g‘oya
edi. 16
              Malumki,   Iskandar   haqidagi   rivoyatlar   Iskandar   Sharqqa   hujum   qilib
kelayotgan   davridayoq   tug‘ila   boshlagan   edi.   Uning   haqiqiy   biografiyasi   ham
yozilgan,   ammo   badiiy   adabiyotga   Iskandar   afsonaviy   va   nihoyatda   ideallashgan
shaxs   sifatida   kirib   keladi.   Uning   afsonaviy   obrazini   arablar   yarata   boshlaganlar.
Avvalo,   misrliklar   Kallisfen   degan   noma’lum   shaxs   nomidan   Iskandar   haqida
roman yaratadilar. So‘ng eronliklar ham uni yozma adabiyotiga kirita boshladilar. 
     Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, uning nomi “Zulqarnayn “ nomi bilan Qur`onga
ham  kiritilganligi,  u haqida  tarixchilar  –  Tabariy, Balamiy,  faylasuf   G‘azzoliy  va
16
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 18-b. boshqalarning   asarlari   mavjudligi,   Iskandar   haqidagi   rivoyatlarning   keng
tarqalganligi   va   Sharq   siyosiy   hamda   madaniy   hayotida   katta   ahamiyat   kasb
etganligidan   dalolat   beradi.   Iskandar   nomini   birinchilardan   bo‘lib   dostonchilikka
olib   kirgan   shoir   Abulqosim   Firdavsiy   bo‘ldi.   U   o‘z   “Shohnoma”   sida
Iskandarning   Eronga   yurishi,   Doroning   yengilishi   haqida   yozar   ekan,   ko‘proq
tarixiy   voqealarni   ifoda   etadi   va   Iskandarni   jahongir   shoh   sifatida   tasvirlaydi.
Ammo shu bilan birga uni donishmand Aristotelning shogirdi, faylasuf ustozi so‘zi
bilan ish ko‘ruvchi podsho ekanligi qayd qilinadi.
      Nizomiy “Xamsa”siga alohida asar bo‘lib kirgan Iskandar haqidagi dostonlarda
uning obrazi har tomonlama taraqqiy ettirilgan. Firdavsiyning Iskandarga bo‘lgan
munosabatida   qarama-qarshiliklar   ham   mavjud   edi.   Nizomiyda   esa   uni   butunlay
ijobiy   obraz   desak   bo‘ladi.   U   Iskandarni   donishmandlar   maslahati   bilan   ish
ko‘radigan   jahongir   shoh   sifatida   tasvirlagan.   Biroq   uni   donishmand   olim
darajasiga ko‘targan emas.
         Jomiy dostonida esa jahongir shoh obrazi ikkinchi planga ko‘chiriladi. Kitob
jahongir   Iskandar   haqida   bo‘lsa-da,   ammo   u   dono   fikrlar,   ahloqiy   nasihatlar,
hayotiy hikmatlar yig‘indisi sifatida yaratilgan 17
.
             Shuning uchun ham Jomiy o‘z dostonining nomini “Iskandar Xiradnomasi”
deb ataydi. Jomiy dostonining bu xususiyatini yaxshi ochib bergan Alisher Navoiy:
               Safo bazmining sofi oshomi ul,
               Bu dayr ahli sarhalqasi Jomiy ul.
               Eshitdim, qilib zeb daftar so‘zin,
               Qilar nazm go‘yo Skandar so‘zin.
               Vale qilamyin mayl holatig‘a
                Shuru` aylamishdir maqolatig‘a.
                Quyubtur tavorixu afsonasin,
                Bitaydur degan durri yakdonasin.
17
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 19-b.                 Bu so‘zdin mango yuzlanib shodlik,
                Topib xotirim g‘amdin ozodlik.
                Ki topdim durikim talabgor edim,
                Berib umr naqdin xaridor edim…
                Yo‘nib xoma, qog‘oz nigorish qilay,
                Hamul dostonni guzorish qilay.
                Skandar jahondori kishvarsiton,
                Ishidin chu nazm o‘lsa bir doston.
                So‘zidin dog‘i yaxshi tarkib ila,
                Hamul doston zaylida zeb ila.
                Suray hikmatoso maqolatini,
                So‘z ichra ajoyib xayolotini.
                Berib doston zebi elg‘a fireb,
                So‘zidin fireb o‘lg‘ay ortuqsi zeb.
                Ki farzonalar deb ko‘p afsona ham,
                So‘zin nazm etibdur bu farzona ham.
                Qadam ursam ushbu ikki yo‘lg‘a men,
                Nekim barcha debdur, demish bo‘lg‘aymen,
deb yozgan edi.
         Bundan  ko‘rinib  turibdikim,  agar   Nizomiy Iskandarni   olimlar   qurshab   olgan,
ularning ilmu hikmati bilan ish tutadigan jahongir shoh sifatida ta’riflagan bo‘lsa,
Jomiy   Iskandarning   shohligida   ko‘ra   ko‘proq   uning   hikmatlariga,   nasihatlariga
ahamiyat   beradi,   uning   o‘zini   ham   donishmandlar   safiga   qo‘shib   yuboradi.
Shuning uchun ham Jomiyning bu dostoni o‘zidan ilgarigi shu xildagi poemalardan
keskin   ajralib   turadi.   Shoir   bu   asarni   Iskandarning   harbiy   yurishlari   haqidagi
asardan   ko‘ra   ko‘proq   pand-nasihat   kitobiga   aylantiradi.   Bu   kitobning   nomidan
ham ko‘rinib turubdi. Bunda shoir aql-idrok va bilimning kishi hayotidagi, shohlar siyosatidagi   rolini   ifoda   etib   beradi.   Unda   Aflotun,   Suqrot,   Buqrot,   Pifagor,
Iskilinos, Xarmis, Iskandarning o‘zi va boshqalarning nasihatnomalari bor 18
.
          Bundan   tashqari   Iskandarning   har   bir   xatti-harakati   ham   naqshbandiya
nazariyasi   nuqtai   nazaridan   axloq   normalarini   belgilab   beruvchi   nasihatnomalar
tarzida yozilgan. Dostonning mana shu tomonlarini nazarga olgan Alisher Navoiy
har ikki yo‘lni tutib, Nizomiy va Jomiy Iskandarini birlashtirishga qaror qilgan.
          Abdurahmon   Jomiy   bu   dostonida   o‘zining   falsafi   -ijtimoiy   qarashlarini,
o‘zining   gumanistik   konsepsiyasini   ifoda   etadi.   Mana   shu   asosiy   g‘oya   poema
shaklini   ham   belgilab   beradi.   Doston   ayrim-   ayrim   xiradnoamalardan,   hikmat
kitoblaridan tashkil topdikim, unda shoir o‘zining boy turmush tajribasini, hayotiy
tadqiqotini izhor etadi 19
.
            Doston   tilining   soddaligi   ham,   badiiy   ifoda   vositalarining   lo‘ndaligi   nazariy
o‘gitlardan so‘ng uning isboti uchun keltirilgan katta- kichik hikoyat-masallar ham
asosiy   gumanistik   g‘oyaning   kishilar   diliga   singishi   uchun   xizmat   qiladi.   Bu
sohada ayniqasa bo‘limlar oxirida soqiyga va mutribga qarata aytilgan baytlar ham
juda   katta   ijtimoiy-g‘oyaviy   yukni   o‘zida   olib   boradi   va   mazkur   bobda   ilgari
surilgan g‘oyani xulosalaydi.
              Modomiki   doston   oldiga   ahloqiy   nasihat,   pandnomalik   vazifasi   qo‘yilgan
ekan,   demak,   uning   tili   barchabop,   soda,   betakalluf,   shuningdek,   juda   ma’nodor,
xalq   maqollaridek   serjilo,   serqirra   shaklda   shinamu   mazmunda   chuqur,   obrazli
bo‘lishi kerak edi.
            Jomiy   dostoni   bu   talablarga   to‘liq   javob   bera   oladi.   Natijada   dostonning
ko‘pchilik baytlari, hikmatli so‘zlar, o‘tkir aforizmlar bo‘lib jaranglaydi:
              Dono suhbatidin bosh tortsa nodon,
              Davrondan yaxshilik ko‘rmas hech qachon.
              Agar iflos bo‘lsa ariqdagi suv,
18
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 20-b.
19
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 20-b.               Kiyim toza bo‘lmas uni yuz bor yuv.
              Chiroyli so‘zingga bo‘lma maxliyo,
              So‘zingdek ishingni bezat avvalo.
              Agar suv zilolu shakar bo‘lsa ham,
              Ichma keragidan ortiq yoki kam.
              Ishidan tugilsa faqat dard-alam,
              Tilidan ne foyda sehrlasa ham.
            Bunday   mazmundor   so‘zlar   xalq   orasida   ildiz   otib   ketgan,   uning   so‘z
xazinasiga   munosib   gavharlar   bo‘lib   qo‘shilgan.   Shoirning   o‘zi   ham   xalq
maqollaridan ustalik bilan foydalanadi:
              Aytganing qaytarar ne desang toqqa,
              O‘rarsen har neki ekding tuproqqa.
              Yomon xulq yoniga yondoshma zinhor,
              Yomon xulqning oson yuqish xavfi bor.
              Chillaki, deydilar, dehqonlar, birdak
               Chillakni ko‘rib uradi chumak.
               Gilaming bo‘lsa ham harir serziynat,
               O‘z haddinga qarab oyog‘ing uzat,-
kabi. So‘zga shunday mas’uliyat bilan qarab, katta e`tibor bergan shoir:
                    Mol, amal agar-chi jonga yaqinroq,
                    So‘z kamoli undan ming bor yaxshiroq.
                    Barchasi jahondan yo‘qolajakdir,
                    Dunyo turgunicha so‘z qolajakdir,-
degan edi.
            Uning   bu   asari   ana   shunday   abadiy   yashnab   turadigan,   dunyoda   zavol
bo‘lmaydigan asarlardan biridir.  20
         Asardagi har bir bobini o‘qir ekansiz bir o‘git tinglayotganday bo‘lasiz. Shoir
har   bir   so‘zi   orqali   bir   nima   demoqchiday   bo‘laveradi.   Asar   boshlanishidan   to
20
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 22-b. tugaguniga qadar  boshdan oyoq o‘quvchiga nasihat  qiladi, hikmat  aytadi. Buning
isboti   sifatida   asardan   ana   shunday   o‘rinlardan   mulohaza   yuritamiz.   Asar
boshlanmasi   ham   “Aziz   farzand   qulog‘ini   pand   gavhari   ila   band   qilmoq”   deb
boshlanadi:
                     Ey jigargo‘sham, gavhar farzandim,
                     Quloq os senga nasihatim- pandim.
                     Sadafdek quloq bo‘l, eshitib o‘ltir,
                     Qulog‘ingga quyay men gavhar-u dur.
                     Pandu nasihatim qulog‘ingga ol,
                     Barini bilib ol-da so‘ngara ishga sol.
                      Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
                      Sichqon kovagidan ne farqi bo‘lur.
                      Bilim bo‘lsa, ishga bo‘lmasa yaroq,
                      Undan bilimsizlik yuz bor yaxshiroq.  21
     Jomiy ushbu asarida so‘z gavharini  dur kabi bir  ipga shunchalik  mahorat bilan
terganki, undagi izchillik hech qachon buzilmaydi go‘yo. Yuqoridagi jumlalardan
ko‘rayapsizki Jomiy har bir nasihatidan keyin bir hikmati bilan misol keltirmoqda.
Asar “Ey jigargo‘sham”, “ Gavhar farzandim” undalmalari bilan boshlangani ham
bejiz   emas,   shoir   o‘zining   asarini   biz   avlodlarga   hech   qanday   o‘zgarishsiz   yetib
kelishiga,   asarini   biz   kabi   farzandlari   o‘qishiga   ishonchi   komil   bo‘lganligidan
darak   beradi.   Ana   shu   misollar   nasihatni   o‘quvchi   ongiga   tezroq   yetib   borishiga
yordam beradi. 
                      Ulug‘lik istasang qarigan chog‘ing,
                      Lozim qarilarga nazar solmog‘ing.
                      Qo‘lin tut keksani ko‘rsang notovon,
                      Senga ham yetajak qarilik zamon. 
21
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 25-b. II BOB. JOMIYNING  “XIRADNOMAI ISKANDARIY” VA NAVOIYNING
“SADDI ISKANDARIY” DOSTONLARINING QIYOSIY TAHLILI.
2.1  Dostonlarda orifona hikoyatlar talqini.
          O‘rta   asrlarda   nazira   bog‘lash,   asarlardan   tasirlanib   o‘zining   asarini   yozish
nafaqat   she’riyatda,   she’riy   dostonlarda,   shu   qatori   xamsachilik   ananasida   ham
birmuncha ko‘p ko‘zga tashlanadi.
         Xamsachilik an’anasini boshlab bergan Nizomiy Ganjaviy va uning izdoshlari
aynan   fikrimizni   dalillaydi.   Nizomiy   boshlab   bergan   an'ana   asosida   yaratilgan
Navoiyning   “Xamsa”   dostonida   bevosita   o‘zidan   oldingi   xamsanavislarning
tasirini   sezish   mumkin.   Ammo   Navoiy   o‘z   qahramonlariga   hammadan   ham
o‘zgacha yondashgan.
                Ba’zan   esa   Alisher   Navoiy   Abdurahmon   Jomiyning   “Haft   avrang”idan
namuna sifatida foydalangan degan xulosalar  ham mavjuddirki, Jomiy va Navoiy
o‘rtasidagi yaqin munosabatlar hech kimga sir emas.
       Xususan, Navoiyning Naqshbandiya tariqatiga kirishida ham Jomiyning ta’siri
kuchli  bo‘lgan. Ular   o‘rtasida  nafaqat   shogirdlik,  do‘stlik,  balki   ma’naviy  -  ruhiy
jihatdan hammaslaklik ham mavjud edi.
              Butun   hayoti   davomida   Navoiyning   ustoziga   sodiqligi   har   jabhada   sezilib
turdi. Jomiy o‘limidan so‘ng yozilgan va unung xotirasiga bag‘ishlangan “Xamsat
ul-mutaxxayyirin” asarida ham o‘z aksini topgan. Ushbu asarda Navoiy ustozining
adabiy   jarayondagi   o‘rni   naqadar   ulug‘   ekanligini   ta’kidlab   o‘tadi.   Tasavvufiy
asarlar   mutolasini   undan   o‘rganganligini   yozadi.   Aynan   shu   jihatalr   Navoiy   va
Jomiy o‘rtasidagi ruhiy yaqinlikni ifoda etadi. 
              Navoiy   “Xamsa”   dostonining   yaratilishida   Jomiyning   o‘ziga   xos   o‘rni
borligini   har   bir   masnaviy   muqaddimasida   ta’kidlab   o‘tadi.   Navoiy   “Saddi
Iskandariy” dostonining bir  necha bobida Navoiy o‘zini  Jomiy qatorida tasvirlab,
dostonni   muvaffaqqiyatli   tamomlash   uchun   ustozidan   ruhiy-ma’naviy   madad
so‘raydi.   Hatto   asarni   yakunlab,   Jomiyning   doston   haqidagi   fikrini   bilish   uchun
uning   oldiga   ham   borganligini   aytib   o‘tgan.   Agar   Navoiyning   bu   besh   dostonini Jomiy dostonlariga qiyoslab o‘qilsa, undan o‘zgacha xulosa va zavq-u shavq olish
mumkin. 
      Shu o‘rinda Navoiy va Jomiy dostonlarini qiyoslash uchun Navoiyning “Saddi
Iskandariy” dostoni haqida fikr yuritish joiz.
       Islom  aqidalariga ko‘ra bir  kecha-kunduzda o‘qiladigan  besh vaqt  namoz  «al-
Xamsatu»  deyiladi,  dinimizning  besh  ustuni   (rukni)  ham   -  tavhid (imon),  namoz,
ro‘za, zakot,  haj  - o‘ziga xos  «xamsa» (beshlik)ni  tashkil  etadi. Demak,  Nizomiy
dostonlarining   «Xamsa»   turkumi   sifatida   talqin   etilishi,   unga   Amir   Xusrav   va
Navoiy   javoblari   bejiz   emas.   Alisher   Navoiy   «Saddi   Iskandariy»   dostonining
muqaddima  qismida   bu   masalaga   maxsus   to‘xtalib,   «Xamsa»ning   har   bir   dostoni
yozilishini  kunning ma’lum  vaqtlarida o‘qiladigan sahar  (fajr), peshin (zuhr), asr,
shom   va   xufton   namozlari   bilan   qiyos   etadi   hamda   «Xamsa»ni   buyuk   tog‘
cho‘qqisiga   ko‘tarilish   mobaynida   besh   o‘rinda   to‘xtab,   nafasni   rostlash   uchun
bino etilgan besh oromgohga o‘xshatadi   22
. Bu oromgohlarni yaratish uchun shoir
«Bilik taxti uzra chiqib o‘lturmagi», «Xayol elchisini» har tarafga choptirishi, «jon
mulkidan»   «maoniy   sipohini»   (ma’nolar   lashkarini)   guruh-guruh   (favj-favj)
yetkazib berib turishi, ma’no lashkarlari jam bo‘lgach, insonlar dilini zabt etishga
kirishmog‘i,   ya’ni   ma’naviyat   olamida   jahongirlik   san’atini   namoyish   qilmog‘i
lozim   edi.   «Xamsa»   dostonlari   ijtimoiy   hayotni,  turli   toifalarning   hayotdagi   o‘rni
va vazifalarini ularning butun ichki dunyosi va ruhiyati bilan bog‘liq holda tadqiq
etadi,   shu   bilan   birga   undagi   barcha   botiniy   rishtalar   Tavhid   e’tiqodiga   borib
ulanadi.   Bu   asar   dunyodagi   buyuk   siymolardan   biri,   uch   sohibqironning   eng
mashhuri   jahongir   Iskandarga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   "Xamsa"ning   yakunlovchi
dostonidir.   Sharqda   u   Iskandar   Zulqarnayn   (ikki   shoxli   yoki   kun   chiqish   va   kun
botish   hukmdori)   nomi   bilan   mashhur.   Dastlab   Iskandar   mavzusi   Firdavsiyning
“Shohnoma”   dostonida   qalamga   olingan.   Keyinroq   Nizomiy   Ganjaviy   u   haqda
maxsus “Iskandarnoma” degan doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob
tarzida   “Oyinayi   Iskandariy”   asarini   yozgan   bo‘lsa,   Abdurahmon   Jomiy   o‘z
dostonini   “Xiradnomayi   Iskandariy”   deb   ataydi.   Alisher   Navoiy   esa   bu   mavzuni
22
  Алишер   Навоий .  Мукаммал   асарлар   тўплами . 11- жилд .  Т .-« Фан »-1993. –  Б .39. z turkiy   tilda   qayta   ishlab,   o‘z   asariga   “Saddi   Iskandariy”   (“Iskandar   devori”)   deb
nom beradi.
          “Saddi   Iskandariy”   “Xamsa”dagi   eng   yirik   doston   bo‘lib,   89   bob   va   7215
baytdan tashkil topgan. Dostonning muqaddimasi 14 bobni o‘z ichiga oladi. 1-bob
an’anaviy hamd – Allohning sifatlari ta’rifiga bag‘ishlangan. Navoiy ushbu bobda
tasavvuf   ta’limoti   asosida   olamning   yaratilish   tarixiga   to‘xtalib   o‘tadi:   9   qavat
osmon,   sayyoralar,   yulduzlar   tarkumining   har   biriga   alohida   ta’rif   beradi.
Yaratganning buyukligiga hamdu sano aytadi. Bularning barchasidan maqsad eng
oliy zot   Odamni  yaratish  ekanligini   ta’kidlaydi:   Karam   birla  xalq  aylagay  olame,
Bu   olamda   maqsud   anga   odame.   G‘araz   odame   anga   olam   tufayl,   Nekim   g‘ayri
olamdur, ul ham tufayl. 2-bob munojotni o‘z ichiga oladi. Navoiy bobda Allohning
karami kengligi haqida gapirar ekan, banda zoti mavjud ekan, uning gunoh ishlar
qilishi tabiiy degan aqidani ilgari suradi:
                Ilohiy, alarkim gunahkor ekin, 
                Sen o‘tkarmagan ne gunah bor ekin? 
                Chu har mujrimekim, sen etting karam,
                So‘rulmas hamul jurm ila o‘zga ham. 
                Agar afv birla karam budurur,
                Bori xalqning jurmi ma’rufdurur.
    Munojot   so‘ngida   Navoiy   quyosh   yerni   o‘z   nurlari   bilan   munavvar   qilgan
chog‘da zarralar orasidagi farqni fahmlab bo‘lmaganidek, zarralarga karam qilgan
chog‘ingda Navoiyga ham bir zarra kabi karam aylagil, uning gunohlarini kechirgil
deb iltijo qiladi: 
              Yorurda quyosh partavidin saro, 
               Qachon farq o‘lur fahm zarrot aro.
               Qilur vaqt bu zarralarg‘a karam,
               Navoiyg‘a lutf ayla bir zarra ham.
               Sazo andin ar jurmu pindor erur,
                Sen ul qilki sendin sazovor erur.
                Xato aylaganni hisob aylama,                Xatosig‘a loyiq azob aylama. 23
          Dostonning   3-bobi   “sayyid   ul   mursalin”   (payg‘ambarlar   ulug‘i)   rasuli   akram
vasfi   (na’t)dan   iborat.   Navoiy   dastlabki   baytlarda   payg‘ambarlik   nuri   haqida
gapirar ekan, Odam Ato unga o‘g‘il, qolganlar nabira qatoridadir deydi va barcha
muqaddas   kitoblarda   uning   xususiyatlari   bayon   qilinganligini   ta’kidlaydi.   Rasuli
akramning   tug‘ilishi   go‘yo   ko‘kda   yana   bir   quyoshning   porlashiga   o‘xshatiladi:
Sening   tug‘mog‘ing   ravshan   aylab   jahon,   Aningdekki,   tuqqay   quyosh   nogahon.
An’anaga   muvofiq,   na’tdan   so‘ng   me’roj   tuni   ta’rifi   keladi.   Navoiy   bu   bobda
payg‘ambarimizning   birin-ketin   9-osmonga   ko‘tarilganlari,   sayyoralarning   bu
holatni   ko‘rib,   hayratga   tushgani,   nihoyat   Lomakon   olamiga   sayr   qilib,   70   ming
qavat parda ko‘tarilib, Janobi  Haq bilan diydorlashganlari  jarayonini kuchli pafos
bilan   tasvirlaydi.   Ularning   yerga   qaytishlari   ham   falak   ahli   va   maloyiklar
tomonidan   chuqur   hayrat   bilan   kuzatilgani   betakror   badiiy   san’atlar   vositasida
bayon qilinadi: 
                 Falak ahli ichra alolo tushub, 
                 Malak xaylig‘a sho‘ru g‘avg‘o tushub.
                 Maloik tutub yo‘l boshin javq-javq,
                 Tamoshosida borcha ko‘nglida shavq.
                 Jamolig‘a chun ko‘zlarin ochibon,
                 Tabaq nurlar boshig‘a sochibon.
                 Anga nur sochmoqqa monand bu Ki,
                 sochqay kishi Bahri Ummong‘a suv.
          Dostonning   5-   bobi   “Xamsa”   takmili   (mukammal   bitkazish)   xususida   bo‘lib,
Navoiy bu bobda unda “Xamsa” yozish havasi ancha ilgari, Nizomiy va Dehlaviy
“Xamsa”larini   o‘qib   yurgan   chog‘laridayoq   uyg‘onganligini   bayon   qilib,   ulug‘
ustozlari ruhidan madad so‘raydi:
                 Bu vodiy aro Xizri rohim bo‘ling,
                 Qayon yuz ketursam panohim bo‘ling.
                  Burundin chu ko‘rguzdunguz yorliq,
23
  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11-jild. T.-«Fan»-1993. – B.42.                   Base yetti sizdin madadkorliq.
                  Kichik erkanimdin bo‘lub qoshima,
                  Ulug‘ muddao soldingiz boshima. 24
      6-bob   so‘z   ta’rifi,   Nizomiy   Ganjaviy   va   Xusrav   Dehlaviy   madhiga
bag‘ishlangan. Navoiy bu bobda dastlab so‘zga ta’rif berar ekan, uni o‘z ahamiyati
bilan inson idrok etgan hamma narsadan yuqori deb baholaydi, uni “javhari jon”,
“obi hayvon” degan sifatlashlar bilan madh qiladi:
                   Biyikrak maqom ichra aflokdin,
                   Ne aflokdin, vahmu idrokdin...
                   Bashar zotida javhari jon ham ul,
                   O‘luk jismida obi hayvon ham ul.
          Navoiy   so‘z   xazinasiga   ega   bo‘lganlarning   nodiri   yaktosi   sifatida   Ganjada
parvarish   topgan   zot   Nizomiy   Ganjaviyni   tilga   olib,  kotiblarning  homiysi   Atorud
(Merkuriy)   uning   xizmatkori   deydi.   Shuningdek,   bu   bobda   Nizomiy   beshligiga
munosib  javob bitgan  Xusrav  Dehlaviy ham   madh etilib,  unga so‘z  jodugari, ilm
hikmat bilimdoni deb ta’rif berilgan. So‘z avjida Nizomiy quyosh bo‘lsa, Dehlaviy
Mushtariy kabidir deyilgan:
                     So‘z avjida gar ul mahi xovariy, 
                     Bu gar yo‘q mahi xovariy, Mushtariy.
        7-bob   Nizomiy   va   Dehlaviyning   nazmdagi   izdoshlari   Nuriddin   Abdurahmon
Jomiy madhiga bag‘ishlangan. Navoiy kitobot (harf) san’ati vositasida Jomiyning
taxallusiga   ishora   qilib,   uning   nazmini   “jom”   va   “may”   deb   ta’riflaydi   va   bu
nazmdan yeru ko‘k eli mastu notavon bo‘lganini aytadi: 
                     Dema jom ila mayki, nazmi ravon,
                     Yeru ko‘k elin ayladi notavon. 25
          Shuningdek,   Navoiy   ushbu   bobda   Jomiyning   g‘azalu   masnaviy   janrlarida
erishgan   yutuqlariga   ham   to‘xtalib   o‘tib,   uning   “Xamsa”   tarkibiga   kiruvchi
dostonlarini nomma-nom sanab o‘tadi: 
24
  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11-jild. T.-«Fan»-1993. – B.53.
25
  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11-jild. T.-«Fan»-1993. – B.56 .                      G‘azal dardu so‘zini, vah-vah, ne dey,
                     Desa masnaviy, Alloh-Alloh, ne dey... 
                     Bo‘lub jilvagar tab’i ko‘zgusida 
                     Ki, sabt ayladi “Xamsa” o‘trusida... 
                     Burun jilva aylab ayon “Tuhfa”si, 
                     Berib olam ahliga jon tuhfasi. 
                     Yana “Subha” jon rishtasin tor etib
                      Ki, har muhra bir durri shahvor etib.
                      Chu Yusuf so‘zin oshkor aylabon, 
                      Zulayho kibi elni zor aylabon.
                     Chekib xoma “Layliyu Majnun” sari,
                     Yuz ofat solib tog‘u homun sari.
                     Bu damkim qilib xomasin durfishon,
                     Sikandar hadisidin aytur nishon.
        Bu   ma’lumotlar   adabiyotshunoslikdagi   Jomiyning   “Xamsa”   yozgan-
yozmaganligi bilan bog‘liq bahslarga ham munosib javob bo‘la oladi. Dostonning
8-bobi   –   “Inoyat   quyoshi   vasfi   va   hidoyat   buluti   ta’rifida”   deb   atalib,   bu   bobda
Navoiy   kimgaki   baxtu   iqbol   yor   bo‘lsa,   uning   hamma   ishida   zafar   bo‘ladi,   tikan
ushlasa   g‘uncha,   tuproq   olsa   oltin   bo‘ladi,   bularning   barchasi   Xudodan,   shunday
ekan unga shukrona bildirish kerak degan fikrlarni keltirar ekan, Alloh unga nazm
yozish fazilatini taqdim qilgani uchun unga shukrona aytadi va nazmning turli sinf
(janr)larida shuhrat qozonganini faxr bilan bayon qiladi:
                     G‘azal tarzig‘a avval aylab sitez, 
                    Jahon ichra soldim ulug‘ rustaxez.
                     O‘qur vaqti ahli salomat muni
                     Ko‘rub olam ichra qiyomat kuni... 
                     Har asnofi zikri emas sha’nima,
                     Bilur har kishi boqsa devonima. 26
26
  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11-jild. T.-«Fan»-1993. – B.63.         Shuningdek,   Navoiy   nazmdagi   bu   muvaffaqiyatlariga   qanoat   qilmay,   ulug‘
muddao “Xamsa” yozish niyatida ekanini, bu yo‘lda Nizomiy va Dehlaviylarning
nuroniy ruhiga, Jomiyning ilohiy quvvatiga “Qur’on” tilovat qilib, fotiha o‘qiyman
deb yozadi: 
                     Alarning ravoni pur anvorig‘a,
                     Bu birning dog‘i quvvati korig‘a.
                     Qilib fotiha xatmi ixlos ila, 
                     Ko‘zum bahrida jismi g‘avvos ila.
       9-bob Shoh G‘oziy Husayn Boyqaro ta’rifiga bag‘ishlangan. Navoiy bu bobda
mubolag‘a   san’ati   vositasida   Muhammad   (s.a.v)   payg‘ambarlar   orasida   alohida
mavqeda   bo‘lsa,   Sulton   Husayn   Boyqaro   ham   barcha   shohlar   ichida   shunday
maqomdadir   deb   yozadi.   Shuningdek,   uning   janggohdagi   mahoratini   tasvirlar
ekan,   doston   mazmuni   bilan   bog‘liq   ravishda   dushmanlariga   nisbatan   saddi
Iskandariydek g‘ov chekadi, agar jahonda Iskandardek ulug‘sifat zotni topish kerak
bo‘lsa, Sulton Husayndan boshqasi mos kelmaydi deb yozadi. Dostonning 10- bobi
shahzoda   Badiuzzamon   Bahodir   madhidadir.   Navoiy   unga   donishmandlik
bog‘ining sarvi, zamona ahlining shahzodasi deb ta’rif berar ekan, zoti ham, sifati
ham   malak   (farishta)ga   o‘xshashini   aytib,   tavze’   (bir   tovushni   bir   necha   marta
takrorlash)   va   takrir   (bir   so‘zni   baytda   ikki   va   undan   ortiq   holda   takrorlash)
san’atlari   vositasida   uning   boshdan-oyoq   yaxshilik   va   yaxshi   xislatlardan   iborat
ekanligini bayon qiladi:
                      Yig‘ib yaxshiliq birla yaxshi qiliq,
                      Qiliqdek boshingdin ayoq yaxshiliq.
          11-14   boblarda   qadimgi   fors-eron   shohlarining   to‘rt   tabaqasi:   peshdodiylar,
kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar tarixi haqida ma’lumotlar keltiriladi. “Saddi
Iskandariy”   dostoni   dunyodagi   buyuk   siymolardan   biri,   uch   sohibqironning   eng
mashhuri   jahongir   Iskandarga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   "Xamsa"ning   yakunlovchi
dostonidir.   Sharqda   u   Iskandar   Zulqarnayn   (ikki   shoxli   yoki   kun   chiqish   va   kun
botish   hukmdori)   nomi   bilan   mashhur.   Dastlab   Iskandar   mavzusi   Firdavsiyning
“Shohnoma”   dostonida   qalamga   olingan.   Keyinroq   Nizomiy   Ganjaviy   u   haqda maxsus “Iskandarnoma” degan doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob
tarzida   “Oyinayi   Iskandariy”   asarini   yozgan   bo‘lsa,   Abdurahmon   Jomiy   o‘z
dostonini   “Xiradnomayi   Iskandariy”   deb   ataydi.   Alisher   Navoiy   esa   bu   mavzuni
turkiy   tilda   qayta   ishlab,   o‘z   asariga   “Saddi   Iskandariy”   (“Iskandar   devori”)   deb
nom   beradi.   “Saddi   Iskandariy”   mutaqorib   bahrining   mutaqoribi   musammani
mahzuf (ruknlari va taqti’i: fauvlun fauvlun fauvlun faul V – – V – – V – – V –)
vaznida yozilgan
          Jomiyning   “Xiradnomai   Iskandariy”   va   Navoiyning   “Saddi   Iskandariy”
dostonlarining   qiyoslanishi   bu   ikki   shoir   o‘rtasidagi   yaqinlikni   yanada
oydinlashtiradi.   Navoiy   o‘zining   “Muhokamat   ul-lug‘atayn”   asarida   Jomiyning
“Xiradnoma”si   unga   Iskandar   haqidagi   dostonni   yaratishdagi   ta’sirini   ta’kidlab
o‘tadi.
            Yana chun “Saddi Iskandariy” asosin xotirim muhandisi solibdur,
            Hazrati Mahdum “Xiradnoma”sidin ko‘si islohu imdod chalibdur.
              Jomiyning   “Xiradnoma”si   va   Navoiyning   “Saddi   Iskandariy”   dostonlari
deyarli   bir   vaqtda   tugatilgan.   Ikkala   doston   ham   mutaqorib   vaznida   yozilgan.
Jomiyning   “Xiradnoma”si   ikkilik   shaklida   yozilgan.   Iskandar   haqidagi   har   bir
hikoyatdan   keyin   hikoyatlar   keladi.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   Jomiy   o‘z   asariga
o‘zgacha   yondashgan.   Uning   asari   ko‘proq   didaktik   ahamiyatga   ega   bo‘lib,
Iskandar hayoti qisqa, ko‘proq hikoyatlar berilgan. Iskandar timsolini pand-nasihat
bilan bog‘lab bergan. Masalan: 
                  Ba yak silk xoham chu gavhar kashid,
                  Xiradnoma ka-z Sikandar rasid. 
                  Xiradnoma za-n ixtiyori man ast-
                  Ki afsonaxoni na kori man ast.
                  Z-asrori hikmat suxan rondan ast,
                  Beha z qissai ko‘han xondan ast.
  Mazmuni:   “Bir   ipga   men   dur   kabi   Iskandar   tomonidan   yetkazilgan   hikmatlar
kitobini teraman. Men hikmatlar kitobini yozmoqchiman, zero, ertak aytish mening ishim   emas,   hikmatlar   siridan   so‘zlash   qadimgi   rivoyatlarni   aytishdan
yaxshiroqdir”.
      Navoiy   esa   Qur`ondagi   Zulqarnaynga   topshirilgan   ya’juj-ma’jujlarga   qarshi
devor qurishdek esxatologik vazifa haqidagi parchaga ishora qiladi 27
.
          Boshqa   dostonlarda   Flipp   o‘limidan   so‘ng   taxtga   chiqqan   Iskandar   taxt
merosxo‘ri   sifatida   tasvirlanadi.   Jomiy   dostonida   esa   bu   xalq   irodasidir.   U   otasi
vafotidan   keyin   taxtni   egallashdan   bosh   tortib,   o‘zini   oddiy   xalq   bilan   barobar
ko‘radi. Ammo xalq bunga rozi bo‘lmaydi  va uni  taxtga o‘tirishga majbur qiladi.
Alisher  Navoiy “Saddi  Iskandariy”da ham  ayna shu epizod  asosida  asar  syujetini
kengaytirgan. 
  Bu ikki asarni tahlil qilish o‘ziga yarasha murakkablikni keltirib chiqaradi, albatta.
Chunki   ikkala   buyuk   falsafiy   shoirlarning   asarga   qanday   falsafiy   g‘oya
singdirganligini   tushunish   uchun   u   buyuk   zotlar   bilan   hamsuhbatlikda,   ular   bilan
bir   davrda   yashash   kerak   edi,   balki.   Jomiy   va   Navoiy   bu   ikki   dostonini   bir-
birlaridan   tasirlangan   holda,   bir-biridan   ilhom   olib   yozgan   bo‘lsa-da,   ikkala
asarning   kompozitsion   tuzilishi   unchalik   bir-birini   takrorlamaydi.   Navoiy
dostonida   asar   ko‘pincha   Iskandar   timsoli   orqali   adolatli   shoh   qanday   bo‘lishi
kerakligi   ochib   berishga   qaratilgan   bo‘lsa,   Jomiy   dostonida   Iskandar   bir   pand-
nasihat aytuvchi, o‘git beruvchi donishmand sifatida gavdalanadi.  Bu gaplarimizni
isboti   sifatida   asar   boshlanishiga   nazar   tashlasak   kifoya.   Dostonning   ko‘pchilik
baytlari, hikmatli so‘zlar, o‘tkir aforizmlar bo‘lib jaranglaydi.
        Asardagi   har   bir   bobni   o‘qir   ekansiz   bir   o‘git   tinglayotganday   bo‘lasiz.   Asar
boshlanishidan   to   tugaguniga   qadar   boshdan   oyoq   o‘quvchiga   nasihat   qiladi,
hikmat aytadi. Buning isboti  sifatida asarning ana shunday o‘rinlaridan mulohaza
yuritamiz.   Asar   boshlanmasi   ham   “Aziz   farzand   qulog‘ini   pand   gavhari   ila   band
qilmoq” deb boshlanadi:
                Ey jigargo‘sham, gavhar farzandim,
                Quloq os senga nasihatim-pandim.
27
  Mark Taunt. Navoiy va Jomiy “So‘nggi Temuriylar davri madaniyati: nazira amalyotini Alisher 
Navoiyning ”Xamsa “ asari misolida o’rganish nomli tadqiqoti. Ingliz tilidan Zulxumor Mirzayeva 
tarjimasi.                  Sadafdek quloq bo‘l, eshitib o‘ltir,
                 Qulog‘ingga quyay men gavhar-u dur.
                 Pandu nasihatim qulog‘ingga ol,
                 Barini bilib ol-da so‘ngra ishga sol.
                 Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
                 Sichqon kovagidan ne farqi bo‘lur.
                 Bilim bo‘lsa, ishga bo‘lmasa yaroq,
                 Undan bilimsizlik yuz bor yaxshiroq.  28
       Jomiy ushbu asarida so‘z gavharini dur kabi bir ipga shunchalik mahorat bilan
terganki,   undagi   izchillik   hech   qachon   buzilmaydi.   Yuqoridagi   jumlalardan
ko‘rayapmizki,   Jomiy   har   bir   nasihatidan   keyin   bir   hikmati   bilan   misol
keltirmoqda.   Asar   “Ey   jigargo‘sham”,   “Gavhar   farzandim”   undalmalari   bilan
boshlangani   ham   bejiz   emas,   shoir   o‘zining   asarini   biz   avlodlarga   hech   qanday
o‘zgarishsiz   yetib   kelishiga,   asarini   biz   kabi   farzandlari   o‘qishiga   ishonchi   komil
bo‘lganligidan   darak   beradi.   Ana   shu   misollar   nasihatni   o‘quvchi   ongiga   tezroq
yetib borishiga yordam beradi. 
          Navoiy   esa   Dehlaviy   an’anasini   rivojlantirgan.   Birinchi   bob-   Iskandar
hayotidan,   ikkinchi   bob-   muayyan   ahloqiy-ijtimoiy   mavzudagi   mulohazalari,
uchinchi   bob-   ibratli   hikoyat,   to‘rtinchi   bob-   Iskandar   va   bir   donishmandning
savol-javobi   shaklida   to‘rt   bobdan   iborat   yaxlit   kompozitsiya   tuzilgan.   Asar
boshlanmasi quydagicha:
                  Xudoyo, musallam xudoliq sanga,
                  Birov shahki, da’bi gadoliq sanga.
                  Xudovandu bemislu monandsen,
                  Xudovandlarga xudovandsen.
                   Zabardastlar zerdasting sening,
                   Biyiklar kelib borcha pasting sening.
                   Sanki ko‘rguzub mavj daryoyi jud,
28
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima)                    Sen aylab ayon korgohi vujud. 29
    Ushbu hamd bobida Xudoning sifatlari haroratli misralarda vasf etiladi. Ko‘rinib
turibdiki, asar boshlanmasi  ikkala dostonda ham o‘zgacha tarzda berilgan. Ammo
hikoyatlari haqida bu fikrni aytib bo‘lmaydi.
          Ikkala   doston   hikoyatlari   aynan   bir   biriga   o‘xshamaydi.   Ulardagi   mavzu   va
g‘oya   ham   o‘zgacha   yoritilgan.   Ammo   asarlardagi   umumiy   kelib   chiqadigan
xulosalar   bir   maqsadga   qurilgandek   tuyuladi.   Jomiy   o‘zining   holatiga   yarasha
shunday   hikoyatlar   keltirganki,   shoir   o‘zida   kechayotgan   hissiyotlarni   ochib
berishga   bel   bog‘lagan.   Masalan:   “Kalxat   va   baqa“   hikoyatini   keltiradi.   Unda
qurbaqa hiylasiga aldanib baliqdan benasib qolgan Kalxat voqeasini keltirib, shoir
o‘zining o‘sha paytdagi holatini tasvirlaydi:
                 Men ham o‘shal kalxat kabi benasib,
                 Dilimga xurramlik orzusin qilib.
                 So‘z fikrida dildan ketibon huzur,
                 Fikrim nuqsonidan so‘zimda qusur.
                 Baxtim qo‘ldan chiqqan, dilimda alam,
                 Na so‘zimda ravnaq, na xotirim jam. 30
    Ko‘rinib   turibdiki,   shoir   o‘sha   vaqtdagi   ruhiy   holatini   majoziy   ma’noda
ifodalab beryapti.  Navoiyning ham hikoyatlari har biri bir o‘git berishga qaratilgan.
Shoir  munosib joyda  kerakli  hikoyatni  mohirlik bilan terib borgan. Ammo ikkala
doston   hikoyatlarida   shunday   farq   borki,   Navoiy   o‘z   hikoyatlarida   yetkazmoqchi
bo‘lgan o‘gitarini ma’lum bir shaxslar timsoli orqali ochib berishga harakat qilgan
bo‘lsa,   Jomiyda   tasvir   usuli   boshqacharoq   kechadi,   ya’ni   Jomiy   hikoyatlarida
nafaqat   shaxslarning   timsolidan   foydalanib   misol   keltiriladi,   balki   hayvonlar   va
qushlarning timsolidan unumli foydalanib o‘quvchiga o‘z so‘zini majoziy ma’noda
yetkazib   bera   olgan.   Bu   usul   shoirning   aytmoqchi   bo‘lgan   fikrini   yanada
oydinlashtirishga, tushunishni yengillashtirishga olib kelgan.
29
  Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” Badiiy adabiyot nashryoti. Toshkent, 1965.
30
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 30-b.   Navoiy   va   Jomiy   hikoyatlarining   mavzu-mundarijasi   bir-biriga   o‘xshamasa-
da,   yetkazmoqchi   bo‘lgan   fikrlar   bir   biriga   o‘xshab   ketadi.   Masalan:   Navoiy
“Mashriqda ganj topgan kishi” hikoyatini keltirib, inson o‘ziga berilgan narsalarga
qanoat   qilmay,   undan   ortig‘iga   erishaman   deb   boshiga   kulfatni   o‘zi   yetkazishi
haqida shunday yozadi:
                  Birov topdi Mashriqda ganji shigarf,
                  Yozig‘lig‘ eshigida bu turfa harf,
                   Ki: “Har kimki bu ganjni topti jazm,
                   Agar qilsa Mag‘rib diyorig‘a azm,
                   Falon yerda mundun ulug‘ ganj erur,
                   Anga kim qadam urdi, poranj erur”.
                   O‘qig‘och uni tomei hamkor,
                   Dedi: “Ikkisidin bo‘lay komgor”.
                   Munga – “himmat” oti qo‘yib fikrati,
                    Ravon qildi Mag‘rib sori himmati.
                    Necha yil qilib qat’ daryou dasht,
                    Bo‘lub anga yuz ming balo sarguzasht,
                    Yetib, istagan yerni topgan mahal,
                    Boshiga yetishdi sarosar ajal. 31
        Navoiy   hikoyatlarida   yetkazilmoqchi   bo‘lgan   fikr   hech   qanday   to‘siqlarsiz
to‘g‘ridan   to‘g‘ri   tushiniladi.   Chunki   Navoiy   tili   shunday   tarjimonlarsiz   ham
tushunsa   bo‘ladigan   tildir.   Bunga   sabab   turkiy   tilda   ijod   qilganligi   emas,   albatta.
Jomiy   asarida   ham   yuqorida   keltirilgan   hikoyatga   yaqin   ma’no   kelib   chiqadigan
talqin   bor.   Bu   “Katta   nonni   yeb   turib,   “nonim   kichik   ishtaham   katta”,   deb
yig‘lagan   bola“   hikoyatidir.   Unda   ham   insonlarning   boriga   qanoat   qilmaslik,
nafsini jilovlay olmaslik kabi xususiyati ochib berilgan.
                    Bog‘dodda borardi ziyrak bir kishi,
                    Bir bola duch keldi- dunyoning ishi.
                    Yuzi to‘lin oydan o‘tardi chandon,
31
  Alisher Navoiy. “Xamsa” – “Saddi Iskandariy” uchinchi tom, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi.                     Qo‘lida oydan ham kattaroq bir non.
                    Nonni tishlab yerdi va yig‘lar erdi,
                    Ziyrak unga: “Nechun yig‘larsen?” – dedi.
                    Dedi: “Och bolamen, ishtaham karnay,
                    Yig‘layman qornimga tadbir topolmay.
                    Ishtaham katta-yu, kichikdir nonim,
                    Qanday to‘yaman deb qiynalar jonim. 
                     Non tez tugar deya bo‘laman xunob,
                     Achchiq-achchiq yig‘lab, chekaman azob.
                     Kelurman bosh egik, rangim za’faron,
                    Na qorin to‘q bo‘lar, na qo‘limda non”. 32
            Xulosa   qilib   aytganda,   ikkala   shoir   asarlaridagi   hikoyatlarni   birgina   bu
hikoyat bilan emas, balki bir qancha hikoyatlarni qiyosiy tahlil qilish mumkin.   Bu
tahlil   esa   ijodkor   tasvir   usulining   nozik   qirralarini,   o‘ziga   xos   so‘z   aytish
mahoratini, faqat ijodkorning o‘ziga xos individualligini ko‘rsatib beradi. Shunday
ekan   biz   tahlilga   tortgan   Jomiyning   “Xiradnomai   Iskandariy”   va   Navoiyning
“Saddi   Iskandariy“   asarlari   qiyosiy   jihatdan   o‘rganilishi   ikkala   shoirning   so‘z
yaratish   mahoratining   o‘zgachaligi   siz   va   bizga   bir   muncha   oydinlashganday
bo‘ladi.   Bu   ikki   buyuk   ijodkorlarning   asarlarini   yanada   keng   jabhada   tahlilga
tortishga undaydi. 
Hammamizga   ayonki,   taraqqiyotning   tamal   toshi   ham,   mamlakatni   qudratli,
millatni   buyuk   qiladigan   kuch   ham   bu   –   ilm-fan,   ta’lim   va   tarbiyadir.   Ertangi
kunimiz,   Vatanimizning   yorug‘   istiqboli,   birinchi   navbatda,   ta’lim   tizimi   va
farzandlarimizga   berayotgan   tarbiyamiz   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Alishr
Navoiyning   hayoti,   amalga   oshirgan   ishlari   yoshlar   uchun   bir   maktab   bo‘lsa,
yozgan asarlari, ulardagi ta’limiy va tarbiyaviy g‘oyalar yana bir katta maktabdir.
“Saddi   Iskandariy”   dostoni   ham   o‘z   g‘oyasi   bilan   nafaqat   o‘z   davri   uchun,   balki
hozirgi   davr   uchun   ham   nihoyatda   muhim   dasturulamal   vazifasini   o‘taydi.
32
 SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 64-b. Dostonda   Iskandar   sujeti   bilan   birga   biror   bir   fikrni   tasdiqlash   maqsadida
hikoyatlar   keltirilgan.   Navoiy   dostonining   21,   29,   50,   54,   78-boblari   tarixiy
shaxslar   hayotiga   doir   hikoyatlardir.   Dostonda   tarixiy   shaxslar   hayotiga   oid
hikoyatlarning   keltirilishi   asarning   ishonchliligini   oshirishga   xizmat   qilgan.   Boisi
faqat   afsonaviy   qahramonlar   haqida   yozilganda   edi   asarning   ishonchlilik   darajasi
pasayib, bu asardan ibrat olish qiyin bo‘lib, bular afsonaviy qahramon, o‘xshashlik
mahol,   degan   xulosa   kelib   chiqar   edi.   Shu   bois   hazrat   Navoiy   dostonida   ibrat
bo‘lsin, deya shu yo‘ldan boradi. 
Biz   bilamizki,   “Saddi   Iskandariy”   tuzilishi   jihatidan   to‘rt   qismga   bo‘lingan.
Shu   bois   yigirmanchi   bob   nazariy   masalga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   adolat   xususida
so‘z   yuritiladi   va   Navoiy   uning   martabasi   juda   yuqori   ekanligini   ta’kidlaydi.
Jumladan,   Anushervoni   odil   mazhabda   musulmon   bo‘lmasa   ham,   lekin   adolat
bobida   mashhur   edi.   Garchi   kofirning   o‘rni   do‘zax   bo‘lsa   ham,   odillik   sifati   uni
arofatga dalolat qildi. Agar kofirligi uni jannat sari yo‘latmagan bo‘lsa, adolatliligi
do‘zax   sari   qo‘ymadi.   Uning   o‘lib   ketganiga   ming   yillar   bo‘lsa-da   nomi   hamon
yashaydi,   deya   adolatning   martabasini   ko‘rsatadi.   Navoiy   bu   bilan   temuriylarni
adolatli   bo‘lishga   chorlaydi.   Payg‘ambarimiz   s.a.v.   hadislaridan   ham   namunalar
keltirib,   “Adolat   bilan   o‘tgan   bir   soat   inson-u   jin   xaylining   toat-ibodatidan
afzaldir”, - deb yozadi. Payg‘ambarimizning shu xususida yana bir hadisi mavjud:
“Agar   obod   mamlakatga   qaralmasa,   u   kufr   aro   qoladi,   agar   u   vayronalikka   yuz
tutgan bo‘lsa, bu zulm o‘tkazganlikning natijasidir”. Hazrat Navoiy mazkur bobda
adolat   va   zulmni   qiyoslab,   unisining   foydalarini   va   bunisining   zararlarini   sanab
o‘tadi.   Xalqqa   zulm   qilish   avvalo   o‘z-o‘ziga   zulm   qilishdir.   Chunki   adolatli
bo‘lmagan   shohni   Olloh   ham   xushlamaydi,   xalq   ham   qarg‘aydi.   Shu   bois   shoh
uchun mustahkam bog‘ich bu adolatdir. 
Shoir   fikrining   isboti   sifatida   21-bobda   “Mahmud   hikoyatikim,   ajal   og‘ir
uyqusig‘a   borg‘ondan   so‘ngra   Mas’udning   tushiga   kirdi   va   adolat   aynin   paydo
qilur  uchun anga  pandlar  berdi  va nasihat  zilolidin aning yuziga bir  suv urdikim,
ani   g‘aflat   uyqusidin   seskantirdi”   [2.92b]   nomli   hikoyat   keltiradi.   Unga   ko‘ra
Mahmud   vafot   etayotganda   o‘z   o‘rniga   valiahd   qilib   o‘gli   Mas’udni   o‘tqizib,   bu foniy   dunyoni   tark   etadi.   Otasi   vafotidan   so‘ng   Mas’ud   ancha   vaqt   nola-fayod
chekib yurdi (Iskandar kabi). Kunlarning birida tushiga otasi kirib, o‘g‘liga nasihat
qiladi. Tushida otasi boshdan oyoq nurga burkangan holda ajoyib bir bog‘da turar
emish.   Unga   dam-badam   xursandchilik   yuzlanib,   shodligi   ortar   emish.   Oldida
vasfining   tavsifi   uchun   so‘z   ojizlik   qiladigan   zumradrang   hovuz   bo‘lib,   uning
darvozasi   xuddi   ko‘k   gumbazidek,   suvning   rangi   va   tusi   esa   xuddi   jannat
bulog‘ining suviga monand emish. Hovuzning qirg‘og‘ida xuddi baxt singari soya
solib turgan bir daraxt bor edi. Uning qaddi oldida “to‘biy” daraxti ham past bo‘lib
ko‘rinar, soyasi esa butun gulbog‘ sahnini egallagan edi. Buning go‘zalligidan ko‘z
ravshan, hididan dimog‘ muattar bo‘lar edi. Shoh Mas’ud bu ajoyib holni ko‘rgach,
otasidan sababini so‘raydi:
                   Ki: “Sultonlig‘ing ichra netting ekin 
                   Ki bu nav’ manzilg‘a yetting ekin”[2.93]
   Otasi shunday javob beradi: “Jahondorlik vaqtimda faqat adolat qilish haqida
o‘yladim.   Hindistonga   qo‘shin   tortganimda,   shu   mamlakatni   manzilgoh   qilgan
edim   va   aytgan   edimki,   xalq   askarlardan,   ular   tomonidan   yetkazilishi   mumkin
bo‘lgan jabr-u jafolardan xavotirda bo‘lmasin”. Jarchi tomonidan e’lon qilingan bu
so‘zlardan   xalq   xabar   topib   tinchigach,   menda   sayr   qilishga   moyillik   tug‘ildi.
O‘rmonning   har   tomonini   sayr   qilib   yurar   ekanman,   nogoh   ko‘zim   odamlar
yashaydigan bir orolga tushdi. U yerda bir necha oila holsizlik va bechoralik bilan
kun   ko‘rar   edi.   Yog‘och   va   qamishdan   yasalgan   boshpanani   ular   zar   bilan   hal
berib, xush  isli  sandaldan  bino qilingandek xayol  qilar  edilar. Uy ichidagi  bo‘yra
go‘yo   gilam-u,   bog‘-u   bo‘ston   ularga   buzuq   vayronadek   edi.   Bu   holga   nazar
tashlab o‘tar  ekanman, qulog‘imga nogoh jabrdiyda bir odamning ovozi eshitildi.
Otim   jilovini   shu   tomonga   burdim,   qarasam   bir   notavon   ayol   kishi   ekan.   Tund,
xayoli  buzuq  askarboshilardan  biri  uning holvlisi  chetanini   buzib kirib, bir  necha
shox   o‘tinini,   to‘rva   to‘la   somon   va   yashil   sopoldan   yasalgan   may   idishini   olib,
chiqib   ketayotgan   ekan,   nogoh   menga   ro‘baro‘   kelib   qoldi.   Uning   bosqinchi,
buzg‘unchi   ekani   aniq   edi.   Lekin   shunga   qaramay   adolat   talab   qiluvchi   dodxoh
bilan  tortishib   bir  necha   guvoh  boshlab  keldi.  Qo‘lidagi   ashyolarni   olib,  jafokash egasiga qaytardim, hovlisini qamish bilan o‘rab, yiqilay deb turgan chiylarini bir-
biriga   tutashtirib   bog‘ladim.   So‘ng   zolimning   qo‘llarini   mahkam   bog‘lab,
bo‘g‘zidan   shu   uy   oldiga   osib   qo‘ydim.   G‘amboda   kampir   hamma   narsalarini
olgach, qo‘shinim sari otimni yeldirib ketdim.
  Men   bu   dunyoni   tark   etganim   zamon   mazkur   shodlik   uyi   mening   makonim
bo‘ldi. Mening gunohlarim sanoqsiz edi, lekin adolat bilan qilgan mana shu ishim
menga   panoh   bo‘ldi.   Menga   nido   keldiki,   “ey   saroy   gunohkori,   sen   umringda
boshqa   gunoh   qilganing   yo‘q.   Lekin   haddan   ortiq   gunohkor   bo‘lsang,   albatta,
do‘zax yolqiniga sazovor bo‘lasan. Ammo sening vujudingdan adolat joy oldi. Shu
sabab qanday gunohing bo‘lsa hammasi kechirildi. Sening beg‘araz qilgan har bir
ishing   birma-bir   o‘z   mukofotini   oldi.     Chunonchi   sen   u   jafokash   kampirning
hovlisini   tuzatib   berding,   bu   sening   fe’lingda   ikkiyuzlamachilik   yo‘qligidan
dalolatdir. Sen ko‘rib turgan shamoli mushk tarqatuvchi, gardi anbardek xushbo‘y
bo‘lgan   bog‘lar   ana   shu   ezgu   ishingning   evazidir.   Kampirga   qaytarganing   ikki
shox   o‘tin   badali   mana   shu   to‘biysifat   daraxt,   yashil   idishning   evazi   esa
zumurradrang hovuzdir. Kampir olgan bir etak somon – za’faron rangli xushbo‘y
o‘simliklardir.   Zolim   shumni   qatl   etganing   –   xasta   mazlumlarni   qutqarganingdir.
Bu   yaxshiliklaring   evaziga   sen   abadiy   hayotga   sazovor   bo‘lding.   Mas’ud
uyqusidan   uyg‘onganida   xotiri   turli   qayg‘ulardan   forig‘   bo‘lgan   edi.   U   otasining
aytganlaridan xulosa chiqarib, o‘ziga adolat yo‘lini – to‘g‘ri va haq yo‘lini tanladi.
Qaysi   shoh   Mas’uddek   adolat   yo‘lini   tutsa,   Mahmuddek   izzat-ikromga   sazovor
bo‘ladi”. 
   Biz adolatning natijasini  Fariddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo”  asarida ham
ko‘rishimiz   mumkin.   Asarda   Uvays   Qaraniy   haqida   ma’lumot   mavjud.
Payg‘ambarimiz s.a.v.ning u kishi xususida bashorat qiladilar. Sahobalar “U kishi
sizni   ko‘rganmi?”   deb   so‘ragnlarida   “Zohir   ko‘zi   bilan   ko‘rgani   yo‘q”   deydilar.
Ular   yana   “Biz   u   kishini   ko‘ramizmi?”   deganlarida   “Foruq   va   Murtazo   ko‘rishi
mumkin” deydilar. Ya’na  bir   suhbatda  “Sizning  muraqqangizni  kimga  beraylik?”
deb   so‘raganlarida   Uvays   Qaraniyga   berishni   vasiyat   qiladilar.   Payg‘ambarimiz
s.a.v.   vafotlaridan   so‘ng   sahobalaridan   hazrati   Umar   va   hazrati   Foruq   Uvays Qaraniyni izlab Ko‘faga boradilar. U kishi bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng hazarati
Umar sahobalikni tashlab, darvesh bo‘lmoqchi bo‘ladi. Bu gapni eshitib sahobalar
faryod ko‘tarishadi: “Ey Foruq, barcha musulmonlarning ishini zoye qilib bo‘lmas.
Bir   soat   qilgan   adulating   yetmish   yillik   toat-ibodatdan   yaxshiroq.   Rasululloh
hadislarining mazmuni shunday” [7.32]. 
Demak, bundan ma’lum bo‘ladiki adolatning mezoni juda yuqori. Mas’ud ham
bir   adolati   uchun   shunday   darajaga   yetishdi.   Bundan   tashqari   dostonda   29-bob
“Sulton   Abu   Said   Ko‘ragon   hikoyatikim,   royi   uqdakushoyi   bila   ko‘p   mamlakat
oldi   va   tig‘i   umrfarsoyi   bila   ko‘p   elga   oshub   soldi   va   lekin   sipohi   rozi   emas
erkandin ish vaqti borcha o‘zg‘oldi va o‘zi a’do aro mahlakaga qoldi, balki xasm ul
sarafrozning   tig‘i   kin   bila   bo‘ynin   choldi”   deb   nomlangan   Abu   Said   Ko‘ragoniy
haqidagi   hikoyat   bo‘lib,   bu   shoh   askarlariga   mehrbon   bo‘lmagani   bois   jangda
askarlari   uni   qo‘llab-quvvatlamaydilar.   Natijada   shoh   asirga   tushadi.   50-bob
Ardasher podshohning tadbirliligi haqida bo‘lib, dushmanni tig‘ bilan emas, tadbir
bilan ham yengish mumkin, degan xulosa chiqariladi: 
                   “Ki, a’do soridin necha pahlavon:
                    Falonu falonu falonu falon
                    Ki, bu xayl erur asli ko‘shish chog‘i,
                    Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
                    Nechukkim, bilursiz muni siz dog‘i.
                    Bo‘lub Ardavondin bori tiyraroy,
                    Manga aylab o‘zni tazallumnamoy.
                    Bu so‘zga qilib ahdu misoq etib, 
                    Yibormishdururlar manga xat bitib
                    Ki, tonglaki el bo‘lsa vodiynavard, 
                    Tuzulsa iki sori saffi nabard. 
                    Ne yerdaki turg‘on esa Ardavon,
                    Chopib boshig‘a bir necha pahlavon.
                    Anga yetkurub zulm podoshini,
                     Sanga keltururbiz aning boshini” [2.290].   Ardasher   bu   gaplarni   bekorga   aytmaydi.   Uning   maslahatchilari   safida   bir
sotqin bo‘lib, u haqida yaqin kishilari ogohlantirgan, ammo podshoh arqonni uzun
tashlab,   hech   qanday   chora   ko‘rmagan   edi.   Bu   sabrliligi   Ardasherga   qo‘l   keladi.
Mana shu lahzada sotqin albatta kengash haqida Ardavonga yetkazishini biladi va
bu   hiyla   ish   berib,   Ardavon   Ardasher   bilan   sulh   tuzishga   majbur   bo‘ladi.   Bu
hikoyat orqali inson aql bilan ish tutishi lozimligi ilgari surilgan.
  Keyingi   bob   Iskandarning   to‘g‘ri   fikrlashning   mavqeyi   qanaqa   va   xatoning
kishi   uchun   nuqsonligiga   sabab   nimaligini   ustozi   Arastudan   so‘raganligi   haqida
bo‘lib,   ustozi   javoban   “Xalq   yaratilishda   bir   xil   bo‘lgani   bilan   na   bilimda   va   na
ko‘rish, tushunishda bir xil emas. Haq taolloning sifatlari behisobdir, odamlarning
har   biri   esa   shu   sifatlarning   bir   ko‘rinishidir.   Modomiki,   shunday   ekan
odamlarning biri fahm-farosatli bo‘lgani holda, ikkinchisi aqldan bebahra bo‘lishi
ajablanarli  emas.  Hatto  aqlli  odamning  fikri  to‘g‘ri   va o‘tkir   bo‘lgani   holda goho
sust   bo‘lishi   ham   tabiiydir.   Chunki   odam   doim   bir   holatda   bo‘lmas,   u   goho   hud,
gohi   behuddir.   Agar   biro   damning   hamma   fikri   to‘g‘ri   bo‘lsa,   demak,   aql   unga
doim   rahnamolik   qilar   ekan.   Ammo   aql   qancha   o‘tkir   bo‘lsa   ham   g‘ayb   ilmidan
bexabardir. U ertangi  kunda nima bo‘lishini, kishi  boshiga  qanday kun tushishini
bilmaydi.   Barkamol   aqlga   ega   bo‘lmish   kishilar   goho   xato   qiladi,   yanglishadi.
Lekin   bu   bilan   ularning   fazl-u   kamoloti   kamaymaydi,   bunga   Xudo   guvohdir”,
deydi.   Ardasher   mana   shu   to‘g‘ri   fikr   evaziga   jangning   oldini   oldi.   Bu   hikoyat
dostonning   umumiy   sujetiga   uyg‘un   bo‘lib,   Chin   hoqoni   va   Hind   royi   urushning
oldini   olish   uchun   Iskandar   bilan   sulh   tuzadilar   va   buning   natijasida   minglab
begunoh   odamlarning   o‘lib   ketishi   va   shaharlarning   vayron   bo‘lishining   oldi
olinadi. Zero Navoiy ham butun umri davomida temuriylarni shunday yo‘l tutishga
rag‘abtlantirib   kelgan.   Buning   birgina   misoli   Husayn   Boyqaro   va   Badiuzzamon
o‘rtasidagi   jangning   oldi   olinishida   Navoiyning   behad   xizmati   kattaligidan   tarix
guvohlik beradi. 
54-bob   Bahrom   go‘r   va   uch   olachiq   eli   haqidagi   hikoyat   bo‘lib,   Navoiy   bu
hikoyatda mehmonnavozlik haqida fikr yuritadi. Bahrom go‘r tarxiy shaxs bo‘lib,
Eronning   sosoniy   podshohlaridan   biri   hisoblanadi.   U   Chyaraxran   V   (420—   438 hukmronligi) nomi bilan (Varaxran — dariycha Bahrom) mashhur bo‘lgan. U go rʻ
— qulon oviga o chligi uchun Bahrom Go‘r nomi bilan mashhur. Afsonani yozma	
ʻ
adabiyotga, dastlab Firdavsiy “Shohnoma” asari orqali olib kirgan. So ng Nizomiy,	
ʻ
Xisrav   Dehlaviy,   Navoiy   “Xamsa”   tarkibidagi   to‘rtinchi   dostonni   shu   mavzuga
bag‘ishlaganlar. Alisher Navoiy bu obrazni “Saddi Iskandariy” dostoniga mazmun
talabi   bilan   olib   kirgan.   Mehmonnavozlik   dabdaba-yu   as’asada   emas,   balki
mehmonning   ko‘nglini   olib,   uning   qornini   to‘yg‘izmoqlikdadir,   degan   g‘oyani
ilgari  surgan. Keyingi bobda asarning asosiy  sujeti  – Chin xoqonining Iskandarni
mehmon qilgani keltiriladi.
  Asarning   78-bobi   Luqmoni   hakim   haqida   bo‘lib,   uning   vayronada   kun
kechirishi   va   buning   sababini   so‘rashganida   dunyoga   xirs   qo‘ygan   bilan,   mol-
dunyo yig‘gan bilan baribir u dunyoga quruq qo‘l bilan qaytadi, bu kajraftor dunyo
shu vayronamni ham tortib oladi. Shunday ekan, boylik yig‘ishdan nima naf? 
                    “…Chu oxir adam sori qo‘yg‘um qadam, 
                    Manga bordur ortug‘ bu vayrona ham. 
                    Jahondin necha el haroson erur,
                     Aning ranjidin maxlas oson erur”. [2.415] 
  Ya’ni   kim   dunyoga   hirs   qo‘ymas   ekan,   jahonning   ranj-mashaqqatidan   xalos
bo‘lishi osonroqdir. 
Alisher   Navoiy   “Saddi   Iskandariy”   dostonining   25-bobi   ikki   do‘stning   bir-
biriga sadoqati va uning ijobiy natijasiga bag‘ishlangan. Bu sujetni yaratishda xalq
og‘zaki   ijodiga   mansub   og‘izidan   og‘izga   o‘tib   yurgan   hikoyatdan   foydalangan.
Shu sababli Navoiyning o‘zi ham hikoyatni “Eshitishimcha” so‘zi bilan boshlaydi:
                     Eshittimki, Chingiz-u Xorazmshoh, 
                      Adovatqa chun bo‘ldilar kinaxoh.
                      Buzuldi jahon ulcha maqdur erur, 
                      Netay sharhin aytib, chu mashhur erur.
                      Hamonoki Chingiz topib zafar, 
                      Aning mulkini qildi zeru zabar. 
                      Ne kishvar arokim maqom ayladi,                       Chekib tig‘i kin, qatli om ayladi. 
                      Tushub mavjg‘a bahri jabborliq, 
                      Ayon aylabon mavji qahhorliq.
                      Ato o‘g‘lig‘a yig‘labon: hoy-hoy!
                      Qizig‘a ano tortibon: voy-voy!
                      Hayot uyiga marg solib xalal,
                     Amon raxnasin mahkam aylab ajal. [2.119]
    Chingizxon va Xorazmshoh urushi haqiqatan ham tarixda yuz bergan bo‘lib,
mo‘g‘ullar   shahar-u   qishloqlarni   vayronaga   aylantirib,   xalqni   ommaviy   qir’gin
qilishadi. Mo‘g‘ullarning Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga qilingan yurishiga
shaxsan   Chingizxonning   o‘zi   boshchilik   qildi.   Chingizxon   1218   yili   qoraxitoy
Kuchluk   davlatini   tugatgach,   uning   davlati   chegaralari   bevosita   Xorazmshohlar
davlati   bilan   tutashdi.   Urushning   asosiy   bahonasi   1218-yili   mo‘g‘ullar   savdo
karvonining O‘trorda talanib, 400 nafar savdogar (yoki josus)ning qatl etilishi edi.
O‘tror,   Buxoro,   Samarqand,   Sig‘noq,   Binkat,   Xo‘jandni   bosib   olib,   vayronaga
aylantirgach, 1220-yil oxirlarida Urganch qamalini boshladi. Besh oy davom etgan
qamal   va   tinimsiz   janglardan   so‘ng   shahar   istilo   qilindi.   Mo‘gullarga   qarshi
janglarning   birida   72   yoshli   Shayx   Najmiddin   Kubro   shahid   bo‘ldi.   Mo‘g‘ullar
qonxo‘rliklarini   bu   yerda   ham   isbotlashdi.   Aholining   bir   qismi   qulga   aylantirildi,
Urganch esa suvga bostirildi). O‘sha vaqtda Shom mamlakatida ikki do‘st bir kofir
qo‘liga   bandi   bo‘lib   qolishadi.   Boyagi   kishi   ularni   o‘ldirmoqchi   bo‘lganida
birinchisi “avval meni o‘ldir”, desa ikkinchisi “yo‘q, avval mening bo‘ynimga tig‘
sol,   keyin   uni   choparsan”,   deydi.   Bularning   har   biri   o‘z   do‘sti   uchun   qayg‘uda
ekanida   Chingiz   uyquda   bo‘lib,   yuqoridagi   voqea   uning   tushiga   kirdi.   Shunda
voqea guvohi bo‘lgan bir kishi Chingizga:
                Ki: “Kechgil xaloyiqqa ozordin,
                Vafo o‘rgan ushbu iki yordin. 
                Sanga kinavar bo‘lsa Xorazmshoh,
                 Ul ishtin jahon ahlig‘a ne gunoh”[2.120]      Bu   damda   uyqudan   uyg‘ongan   Chingizxon   shu   zahoti   elga   omonlik   berdi.
Ikki   do‘st   bilan   qotil   o‘rtasida   bo‘lgan   bu   mojaro   el   o‘rtasida   yaxshilik   timsoli
bo‘lib   qoldi.   Bu   xabar   kofirning   qulog‘iga   yetib,   ko‘ngli   yumshadi-da,   ozor
berishdan qo‘l silkib, ikki do‘stning oyoq-qo‘lini yechib, ularni ozod qildi.
  Chingizxonday vaxshiyning elga omonlik berishi haqiqatdan yiroq bo‘lsa-da,
bu   temuriylarni   bir-biri   bilan   jang   qilib,   qirg‘inbarot   qilmasligi   uchun   bir   nasihat
edi.   Bu   hikoyat   sujeti   keyinchalik   badiiy   adabiyotda   keng   tarqalib   ketadi.   Xalq
og‘zaki   ijodidaga   mansub   bo‘lmish   “Kuntug‘mish”   dostonida   Kuntug‘mishning
o‘g‘illari   Shahri   Zangar   yurtining   mol   va   yilqilarini   haydab,   No‘g‘ay   yurtiga
ketishayotganlarida ularni ortiga qaytarib, tutib kelishadi. Mohiboy va Go‘rkiboyni
zamon   podshohi   Kuntug‘mish   (o‘z   farzandlarini   tanimay)   o‘limga   hukm   qiladi.
Go‘rkiboy jallodga  “Men  kattaman,  avval   meni  o‘ldir”,  desa  Mohiboy  “Yo‘q,  bu
ishni   men   qildim,   avval   meni   o‘ldir”,   deb   nola   qiladi.   Yozma   adabiyotda   esa
Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” asarida dengizda cho‘kayotgan ikki do‘st
hikoyati   ko‘rinishida   aks   etadi.   Keyingi   davr   ijodkorlaridan   Tog‘ay   Murodning
“Yulduzlar   mangu   yonadi”   qissasida   ham   Bo‘ri   polvon   va   Nasimning   kelajakda
yaxshi   va   sodiq   do‘st   bo‘lishlarini   tilab,   ularning   otalari   tomonidan   shunga
o‘xshash   hikoyat   kiritilgan.   Ya’ni   ikki   do‘stni   o‘g‘irlikda   gumon   qilishib,   tutib
keltirishganida   ikkalasi   ham   aybi   yo‘qligi   uchun   o‘g‘irlamaganini   aytishadi.
Shunda   podshoh   ujarrog‘ini   osmoqchi   bo‘lganda   ikkinchisi   meni   o‘ldiring,   deb
yolvorsa,   birinchisi   “Avval   meni   o‘ldir,   do‘stimning   ozor   chekkanini   ko‘rmay”,
deya faryod ko‘taradi. Alqissa podshoh ikkalasini qo‘yib yuboradi. 
Alisher Navoiy bu hikoyatni Iskandar va Doro jangi oldidan ibrat bo‘lsin deb
keltiradi.   Janjal,   araz   har   qachon   va   qanday   ko‘rinishda   bo‘lmasin,   yomon
oqibatlarga   olib   kelishini   aytib   o‘tadi   va   insoniyat   haqida   fikr   yuritib:   “Bu   davr
kishilarni   hech   bir-birlarini   ko‘rolmaydilar”,   deydi.   Gadoning   dushmani   gado,
deganlaridek,   hamma   toifaning   ham   o‘z   dushmani   bor.   Lekin   bu   mojaro   oliy
tabaqali   sultonlar   orasiga   tushsa   bormi,   buni   go‘yo   jahon   ichiga   tushgan   to‘fon
deyaver,   zero,   bundan   jahon   ahli   vayron   bo‘lur.   Bu   paytda   hatto   dasht   va   tog‘
ustida bo‘lgan qavmlar  ham  qilich dengizining suviga g‘arq bo‘ladilar, jahondagi mamlakatlardan   osoyishtalik   yo‘qoladi.   Bu   mamlakat   xalqlari   tinch-omonlikdan
mahrum bo‘lib qoladilar, deya fikini davom ettiradi. 
Hazrat   Navoiy   36-bobda   safar   haqida   fikr   yuritib,   37-bobda   ikki   do‘stning
safar   sababli   saodatga   erishganini   bayon  qiladi.   Ikki   xurosonlik   do‘st   bo‘lib,  ular
bir-birlariga   juda   mehribon   edilar.   Hayot   hodisalari   bularning   ishlariga   shikast
yetkazib,   tirikchilikdan   qiynalib   qoladilar.   Biri   uy-ro‘zg‘ori   va   diyoridan   diydor
uzolmay, hech qayerga ketmaydi, ikkinchisi  safarga otlanadi. O‘z yurtida qolgani
juda ko‘p qiynchiliklaarni boshidan o‘tkazadi. Musofirlikni bo‘yniga olib, safarga
otlangani safarda bag‘oyat ajib narsalarni ko‘rar, nasiba uni har tarafga tortar edi.
Oxiri   uning   yo‘li   Yunon   tarafga   tushdi-yu,   u   yerda   ilm   olish   payiga   tushdi.   Fan
ahllari  bilan suhbatlashib,  sa’y-harakat qilishi  natijasida bir qancha ilm kasb  etdi.
Ko‘p   bilimlarni   egallab,   ilm-hikmat   bobida   jahonga   mashhur   faylasuf   bo‘ldi.   U
safar sharofati bilan ham ko‘pgina bilimlarni qo‘lga kiritdi, ammo bir joyda turmay
sayr-u sayohatni davom ettirdi. Endi u Hind mamlakatlariga tomon sayr qildi. Bu
paytda   Hind   shohining   ko‘zi   ojiz   bo‘lib   qolgan   edi,   shoh   agar   kim   ko‘zimni
davolasa,   qizimni   uning   nikohiga   beraman,   deb   ahd   qilgan   edi.   Yigit   fursatdan
foydalanib,  shohni  davolaydi  va malikaga  uylanadi.  Vaqti  yetib Hind shohi  vafot
etgach,   uning   o‘rnini   egallab,   davlatni   boshqaradi.   Bundan   xabar   topgan   faqir
do‘sti ham safarga otlanib, uning huzuriga keladi va podshoh o‘z do‘stini vazirlik
martabasiga ko‘taradi. Kimki, o‘z mamlakatidan safarga chiqib, mashaqqat cheksa,
tangri   uni   yorlaqaydi.   Bunda   ikki   g‘oya   bor:   birinchisi,   safarning   foydalari,
ikkinchisi safarda ham umrini bekor o‘tkazmay, ilm o‘rganish.
    Hazrat   Navoiy   barcha   asarlarida   insonlarni   ilm   olishga,   safarga   chiqib,
zehnini   oshirishga   da’vat   etadi.   Jumladan,   “Mahbub   ul   qulub”   asarining   108-
tanbehi   ham   Safarning   foydalari   to‘g‘risida   bo‘lib,   uni   hayotiy   dalillar   asosida
isbotlab bergan. Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan
tuproq qayda-yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Biri qimirlamay turgani uchun
kishilar   oyog‘i   ostida   poyandoz   bo‘ldi;   ikkinchisi   esa,   harakatda   bo‘lgani   tufayli
yuksaklarning  yuksagi   bo‘ldi.  Safar  –  erituvchi  va  kuydiruvchi   ko‘radir.  U  erish-
kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom gil(loy)dan tozalovchidir. Safar – ayriliqqa uchraganlarni  maqsadiga yetkazuvchi  va mahrumlarni murod uyiga olib
kiruvchidir. Safar – xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir. Safar
kishilarni   olam   ajoyibotlaridan   bahramand   qiladi,   g‘aroyibotlar   dunyosidan
xabardor qiladi. Aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va
mukarram   bo‘lmoq   ham   safardan;   fayzli,   ulug‘   zotlar   xizmatida   izzat   va   hurmat
topmoq   ham   safardan.   Yo‘lovchining   yurishiga   quvvat   beruvchi   ham   safar   va
ko‘ngliga   har   tomonga   borish   zavqini   soluvchi   ham   safar.   Musofirni   turli   joy   va
manzillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yo‘liga soluvchi ham u. Issiq-
sovuqda   jonga   orom   beruvchi   ham   u;   achchiq-chuchukdan   ko‘ngilni
ogohlantiruvchi   ham   u.   Safar   vodiysida   musofirning   oyog‘iga   ko‘p   dard-u   balo
tikanlari   sanchiladi,   lekin   har   qadalgan   tikandan   bir   maqsad   guli   ochiladi.   Yo‘l
mashaqqati zarbidan kishining a’zoyi badani qaqshaydi; vujudi yo‘lovchilar oyog‘i
bilan   toptaladi   va   har   a’zosi   u   oyoqlar   ostida   ushaladi.   Ammo   ko‘nglining
vayronligi tuzaladi va ruhi ko‘zgusi ravshan tortib, jilo topadi.
  Har   o‘lkaning   go‘zalligi,   har   manzilning   osoyishtaligini   safarda
yuruvchilardan so‘ra va musofirlardan eshit. Safar qilmagan orom olish farog‘atini
qaydan bilsin? Musofirlik azobini chekmagan vatandagi hayotning qadrini qaydan
anglasin?   Oqmaydigan   dengiz   suvini   ichsa   bo‘ladimi?   Oqar   daryoning   zilol
suvlaridan   ichishni   tark   etsa   bo‘ladimi?   Odam   uchun   doim   harakatda   bo‘lish
hayotlikdan   asardir;   jonsiz   mavjudotlar   tiriklik   nishonasidan   bexabardir,   deydi
Hazrat   Navoiy.   Demak,   safarning   foydalari   ko‘p.   Shu   bois   ham   “Ikki   do‘st
hikoyati”dagi safarga chiqqani safar davomida mashaqqat chekdi, ilm o‘rgandi va
ilmi   evaziga   shohni   davolab,   o‘zi   ham   shoh   bo‘ldi.   Bularning   bari   safardan.   O‘z
Vatanini   tark   etolmagani   esa   xorlik   va   zorlik   azobini   tortdi,   eldan   malomatlar
eshitib, qashshoqlikda yashadi, do‘stining huzuriga safar qilib borgandagina ulug‘
martabaga   erishdi.   Ammo   Vatanni   tark   etish   oson   ish   emas,   tabiatda   Olloh
yaratgan   barcha   jonli   mavjudot   borki,   Vatanini   sevib,   olis   yurtga   chiqsa,   unga
talpinib   yashaydi.   Buning   isbotini   “Podshoh   qasridan   qutulib,   o‘z   vayronasida
farog‘at topgan kabutar hikoyati”da ko‘rishimiz mumkin. Bir xat tashuvchi kaptar
bo‘lib,   u   shohninng   tuzog‘iga   tushib,   qanot-quyrug‘iga   ko‘p   shikast   yetadi. Falakning   gardishi   unga   zulm   qilib,   uzoq   yillar   qafasda   saqlandi.   Bir   kuni   u
mahbus qush qafasdan qutulib, shod-u xurramlik bilan havoga ko‘tarilib, osmonga
chiqib,   har   tomonga   sinchikovlik   bilan   boqib,   o‘z   diyori   tomon   yo‘l   tutdi.   Bu
baxtiyor   qush   g‘ayrat   bilan   uchib,   necha   kunlik   yo‘lni   oz   fursatda   bosib   o‘tdi.
Ammo   zamon   zulmi   ko‘p   o‘zgarishlar   yasab,   u   turadigan   uyni   xarob   qilgan   edi.
Kaptar   u   yerga   yetgach,   uyini   topolmasa   ham,   o‘sha   atrofni   aylanib,   uchaverdi.
Ko‘pgina kishilar tomga don sochib, kaptar uchirib, uni ushlab olmoqchi bo‘ldilar.
Kaptar   bu   narsalarga   hech   e’tibor   bermay   o‘z   tomini   izlab   qanot   qoqardi.   Ko‘p
aylangach, nihoyat o‘z vayronasini topdi-da murodiga yetdi.
                  Ki, ma’nus erur garchi vayronadur,
                  Netay shoh qasrinki, begonadur.
                  Yerur qushqa xushroq chu boqsang ayon,
                   Murassa’ qafasdan tikan oshyon. (2.377)
  Shoh   qasrini   nima   qilsin,   o‘z   uying   –   o‘lan   tushaging,   degan   gap   bor
xalqimizda. Navoiyning mashhur ruboiysi:
                   G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
                   El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.
                   Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
                   Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish. 
ham aynan mazkur mavzunining asl mohiyatini ochib beradi. Xullas, asrlar oshsa-
da   Navoiy   asarlarining   badiiy   qimmati   va   tarbiyaviy   ahamiyati   yo‘qolgani   yo‘q,
yoshlar tarbiyasida muhim vosita sifatida xizmat qilib kelmoqda.
     Jomiy ham Navoiy kabi talqin usulidan foydalangan desak xató bo‘lmasa kerak.
Alloma   ilimning   ahamiyati   haqida   gapirar   ekan,   bu   bilimni   egallashda   kitobning
har   bir   yoshning   bilim   olishidagi   o‘rniga,   uning   hislatlariga   alohida   to‘xtalib
o‘tadi(“Silsilat uz-zahab”) va kitobni “teri yopingan olim”ga o‘xshatadi.
      Bilimni yoshlikdan egallashi kerakligini ta’kidlaydi va johillikni qattiq qoralab,
dono bilan nodonni bir-biriga qarama qarshi qo‘yadi:
            Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo‘l,
            Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon ol yo‘l             Har bir kishiga bu so‘z oyna kabi ayondir,
            Dono tirik hamisha, nodon o‘liksimondir.
            Abdurahmon   Jomiy   donolikni   olqishlar   ekan,   avvalo,   mamlakatni
boshqaruvchi hukmdorlar ilmli bo‘lishi, agar rahbar nodon, johil bo‘lsa, el boshiga
juda ko‘p nadomat, zulm yog‘ilishi mumkinligini ifodalaydi.
                       Shoh agar bo‘lmasa, bilimdon, hokim,
                       Jahl botqoshda bo‘lur muqim.
                        Yo gar undan doim jaholat, o‘lim,
                        El boshiga tushar nadomat, zulm.
     Ayniqsa, Jomiy “Iskandar Xiradnoma”si asarining “Iskandar pokizalar shaxriga
yetishi” bobida ifodalangan insonga xos xislatlarning yoritilishi, bizga Farobiyning
“Fozil   odamlar   shahri”   asaridagi   “Fozillar   shahri   hokimining   fazilatlari”ni   yodga
soladi.   Har   ikki   asarda   ham   fozillar   shahri   aholisiga   xos   xislatlar   yaxshilikning
g‘olib kelishi va barcha yomon illatlar: urush, nizo, johiliyat, zulm, boylikka xirs,
ta’magirlik yo‘q etilishi ochib berilgan.
      Iskandar jahon aylanib, bir shaharga yetib keladi. U joyning odamlari, turmush
sharoiti   shoxni   hayron   qoldiradi.   Bu   shaharda   odamlar   tinch-totuv,   urush-
janjallarsiz   hayot   o‘tkazar   edi;   barcha   barobar   mehnat   qilar   edi.   Shaharda   o‘g‘ri
yo‘q,   barcha   eshiklarda   qulf   yo‘q.   Bu   shaharda   adolat   hukmron   bo‘lib   barcha
odamlar   bir   xil   yashar   ekan.   Ularga   bunday   hayot   ota-bobolardan   meros   qolgan,
shahar   ahli   bu   an’analarni   asrab   avaylaydi.   Jomiyning   “pokizalar   shahri”   uning
yuksak orzu-umidi, insoniyat tarixidagiideal jamiyat timsoli hisoblanadi.
      Jomiy jon berayotgan adabiyotni tiriltirishga harakat qildi. Shuning uchun ham
u   buyuk   nasriy   va   she’riy   asarlar   yaratib,   yuksak   mahorat   ko‘rsatdi.   Jomiy
dostoning tili soddaligi ham, ifoda vositalarining aniqligi, nazariy o‘gitlardan so‘ng
uning   isboti   uchun   berilgan   katta-kichik   hikoyatlar   kitobxon   diliga   o‘zgacha   bir
zavq bag‘ishlaydi.
2.2. Dostondagi hikoyatlarda oriflar timsolining yoritilishi.
          Jomiy  dostonidagi   oriflar  timsoliga   nazar   tashlashdan   oldin,  orif   kim?  oriflik
nima? Degan savollarga ozgina to‘xtalib o‘tsak joiz bo‘lar.           Tasavvuf   ahli   odamlarni   ibodatlari,   karomat   darajasiga   ko‘ra   uch   guruhga
ajratadilar. Birinchi guruh – obidlar. Ular shariat qavmidan bo‘lib Alloh-ta’loning
buyurganini   bajarib,   qaytarganidan   saqlanadilar.   Shariat   belgilab   bergan   halol   va
harom,   pok   va   nopok   barchasiga   amal   qiladilar.   Obidlarning   ibodatlari:   namoz
o‘qimoq,   ro‘za   tutmoq,   zakot   bermoq,   hajga   bormoq,   nafs   orzularini   yengib
oxiratni   sevmoqdir.   Ikkinchi   guruh   -zohidlar.   Zohidlar   tariqat   ahliga   mansub
bo‘lib,   toat   ibodatlarida,   dunyodan   yuz   o‘girishlarida   va   har   qanday   zohidona
turmush   tarzlarida   Allohning   roziligini   topib,   jannatga   kirish   va   Jahannam
azobidan qutilish g‘oyasiga ega bo‘lishlaridir. Ularning ibodatlari kechayu-kunduz
tangrini zikr aylash, qo‘rquv va umid ichida nafas olmoq, orzulari esa bu dunyoda
oxirat   uchun   yaroqli   ishlarni   amalga   oshirmoqdir.   Uchinchi   toifa-   oriflar.   Ular
ma’rifat   ahlidan   bo‘lib,   aqlu-donishda   yetuk   ma’rifat   nuri   bilan   qalbi   limmo-lim
pok niyat, pokiza axloqli zakiy odamlardir.
              Oriflar   hamma   vaqt   ezgulikni   o‘ylab,   o‘ziga   ergashgan   odamlarni   qalb
sahovati   bilan   tarbiyalaganlar,   ularning   irodasini   chiniqtirib,   ko‘ngil   chashmasi
ko‘zini   ochib,   haq   yo‘lini   himoya   qilishga   o‘rgatganlar.   Orif   Alloh-ta’loning
tavhidida,   Alloh-ta’loga   ishongan,   Alloh-ta’loga   tavakkul   qilishda   va   ishlarni
Alloh-ta’loga   topshirishda   irodasi   Alloh-ta’loning   irodasiga   foniy   bo‘lish
darajasiga   yetgan   shaxsdir.   Oriflarning   ibodati:   tafakkur   ila   dunyoni   va   oxiratni
tark qilmoq, himmat nazari ila valoyatni kutmoq va Haqq ta’lo vasliga yetishmoq
orzusidir. 
        Orif   Allohni   tanigan,   bilgan   va   ilohiy   ma’rifatdan   mukammal   xabardor   solik.
Orif   Allohning   hay,   ilm,   iroda,   qudrat   singari   sifatlarini   teran   idrok   etish   yoki
o‘zlashtirish bilan cheklanmaydi. Balki butun koinot-borliq olamning sir-asroridan
ham chuqur ogohlikka erishadi. 33
         Jomiy dostonidagi har bir bobdan so‘ng berilgan hikoyatlar o‘zgacha ma’noga
ega.   Jomiy   bu   hikoyatlardan   o‘zining   fikrini   dalilashda   unimli   foydalangan.
Birinchi   bobdan   so‘ng   “Kalxat   va   qurbaqa”   qissasi   berilgan.   Unda   qurbaqa
hiylasiga   aldanib,   taomdan   benasib   qolgan   kalxat   haqida   hikoya   qilinadi.   Jomiy
33
 Buxoro shahar “Xoja Ismat” jome’ masjidi imom xatibi S.Gadoyev nutqidan. Naqshband.uz sayti. ushbu   hikoyatda   o‘zining   asar   yozish   jarayonidagi   holatini   tasvirlab   shunday
yozadi:
                  Men ham o‘shal kalxat kabi benasib,
                  Dilimda xurramlik orzusin qilib, 
                  So‘z fikrida dildan ketibon huzur,
                  Fikrim nuqsonidan so‘zimda qusur.
                   Baxtim qo‘ldan chiqqan, dilimda alam,
                  Na so‘zimda ravnaq, na xotirim jam,
                  Kel, soqiy, keltirgil cho‘ng kosada may,
                  Falak davrasidek tutgil parday-pay.
                  Shunday may bo‘sinki, dilga osoyish,
                  Etak loyni yuvib bersin oroyish.
                  Kel, mutrib, sozingning qulog‘ini bur,
                  Qulog‘in burgil-u ajib bir kuy sur.
                  Bu kuydan dil shodlik nimadir, bilsin,
                  Dono so‘z kishini farishta qilsin. 34
      Kitobning   boshlanishi   bobidan   so‘ng   “   Bir   hokimning   bir   nokasta   bilan
uchrashgani”   nomli   hikoyati   keltirilgan.   Unda   bir   husndan   mahrum,   kiyim   boshi
oddiy, sodda, kamsuqum, boshdan oyoq go‘zallikdan mahrum bir hokim va yuzsiz
bir   yigit   haqida   hikoya  qiladi.   Yigit   hokimga   yuzsizlarcha   ma’lomat   toshini   otib,
unga qarata shunday so‘zlarni aytadi:
                   “Shakling shu, hikmatdan urmagil sen lof,
                   Qora loyning suvi qachon bo‘lur sof?!
                   Hushrangu hush bo‘yli bo‘lmasa meva,
                   Undan shirinlikni taqozo qilma.
                   Inoyat-la boqma ustiga sira,
                    Ustidan ma’lumdir bo‘lmasa shira”.
34
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 30-31-b.     Yigitning bu gaplaridan hokimning kulgisi kelib unga qarata shu gaplarni aytadi.
                    “Ey, soddadil,  - dedi asta ochib lab, -
                    Jondan kechib, nasib etdi ulug‘ ish,
                    Haqiqatdan dilim topdi parvarish,
                    Oynadek sayqal topganda siynam,
                    Unda aks etadi har ikki olam.
                    Mendan topdi olam jinsi yangilik,
                    Yangi olam bo‘ldim, yangi manilik.
                     Ma’naviy takomil payti yetishdi,
                     Bunda sustlik mendan uzoqqa tushdi.
                     Suratim sozlashga yetmadi fursat,
                     Bunda kamchiligim qilma ma’lomat”. 35
      Bundan   kelib   chiqadiki,   insonlarning   tashqi   ko‘rinishi,   chiroyi,   husni   hech
narsani hal qilmaydi. Uning insoniyligi qilayotgan ishlari, amallari va ichidagi toza
qalbi bilan o‘lchanadi. Yana shunday ibratli hikoyatlardan biri “Tulki maslahatiga
kirib suvga  sho‘ng‘igan  tuya” hikoyatidir. Bu  hikoyatda hozirgi  ahvolidan  norozi
tuyaning   tulkining   gapiga   kirib,   bundan   da   yomon   ahvolga   tushgani   yoritilgan.
Ustiga   tuz   ortilgan   tuya   yukini   yengillatish   maqsadida   tulki   aytganidek   suvga
obdon   sho‘ng‘iydi.   Ammo   egasi   bu   hiyladan   xabar   topib,   bu   safar   tuya   ustiga
yuvg‘ich   ortib   qo‘yadi.   Yuvg‘ich   suvda   chunonam   ishadiki,   bir   yuki   yuz   bo‘lib
qoladi.   Bu   hikoyatda   birovlarning   gapiga   kirib,   hiyla   yo‘lini   tanlamaslik,   keyin
pushaymon qilmaslik haqida so‘z yuritiladi. Bu hikoyatdan ta’sirlanib keyinchalik
xalq orasida shunday mazmundagi ertaklar ham yuzaga kelgan.
   Dostonda “Qing‘ir fikr kishilar orasida qolgan rostgo‘y” hikoyati ham keltirilgan
bo‘lib   unda:   bir   rostgo‘yning   aytgan   gaplariga   hech   kim   ishonmaydi.   Chunki
ularning so‘zlari ham, xuddi ishlari kabi qing‘ir edi. Rost gapga ham ishonqiramay,
o‘zlari   ham   hech   kimga   rost   gapirmaydigan   insonlar   borligi   haqida   hikoya
35
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 34-35-b qilingan. Rostgo‘y gaplariga ishontirish uchun Hind diyoriga borib gaplariga isbot
topib, bir yil deganda shoh yoniga keladi. Shoh uni gaplariga ishonib aytadiki:
                   Men senga ishondim so‘zing ekan chin.
                   Yolg‘onchining tonggi bo‘lmas charog‘on,
                   Sadoqatli dildan chiqmagay yolg‘on.
                   Ammo shunday chinni deyarmi dono,
                   Isbotig‘a bir yil umr o‘lsa ado.
                    Gar isboti bo‘lsa naq bir yillik yo‘l,
                    U chinni aytmoqdan siltab ketgil qo‘l.  36
   Shunday ekan so‘zingga isboting bo‘lmasa, uning rostligiga ishontira olmasang,
unga   ishontirish   uchun   bir   yil   umring   ketsa,   yaxshisi   u   chin   so‘z   bo‘lsa   ham
aytmagan   ma’qul   degan   g‘oya   ilgari   surilgan.   Bekordan   bekorga   yolg‘onchi
bo‘lishdan ko‘ra deydi shoir.
      Dostondagi   ibratli   hikoyatlardan   yana   biri   bu   “Katta   nonni   yeb   turib,   “nonim
kichik, ishtaham katta”, deb yig‘lagan bola” hikoyati keltirilgan:
                     Bog‘dodda borardi ziyrak bir kishi,
                     Bir bola duch keldi- dunyoning ishi.
                     Yuzi to‘lin oydan o‘tardi chandon,
                     Qo‘lida oydan ham kattaroq bir non.
                     Nonni tishlab yerdi va yig‘lar edi,
                     Ziyrak unga: “Nechun yig‘larsen?”- dedi.
                     Dedi: “Och bolamen, ishtaham karnay,
                     Yig‘laymen qornimga tadbir topolmay.
                     Ishtaham katta-yu, kichikdir nonim,
                    Qanday to‘yaman deb qiynalar jonim.
                    Non tez tugar deya bo‘laman xunob,
                    Achchiq-achchiq yig‘lab, chekaman azob.
                    Qolurman bosh egik, rangim za’faron,
36
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 49-50-b                     Na qorin to‘q bo‘lar na qo‘limda non”. 37
Ko‘rayapsizki, shunday insonlar borki, boriga qanoat qilmay, nafsini tiymay faqat
nolish bilan kun o‘tkazishadi. Oxir oqibat shu bor narsasidan ham ayrilib qolishlari
hayollariga ham kelmaydi. Jomiy hikoyatlarining har birida ma’lum bir o‘git bor.
Faqat   uni   chaqa   bilish   zarur.   Shunday   hikoyatlaridan   biri   “Libosi   nag‘z,   so‘zi
bemag‘z yosh suxandon” hikoyatidir. 
                     Bor edi ozoda, bilimdon hakim,
                     Ul erdi qanoat kunjida muqim.
                     Osib kelayotgan bitta yosh barno,
                      Shohona kiyimga berib xo‘p aro,
                      Viqor bila keldi hakim qoshiga,
                      O‘tkazdilar uni majlis boshiga.
                      Yigit so‘z navosin sozlay boshladi,
                      Suhbat darvozasin ochib tashladi.
                      So‘zlardi juda ko‘p, har xil, har bobda,
                      Ammo so‘z ma’nosi emasdi tobda.
                      Na so‘zda chiroy-u, na ma’noga boy,
                      Har jumla, har bitta so‘z xatoga boy.
                      Behuda gaplarga til bo‘gach ravon,
                     Keksa dono dedi: “To‘xta, navqiron,
                     Bo‘la olmas esang so‘zga pazanda, 
                     Libosing bo‘lmasin qimmat, arzanda.
                     Tildagi ketma-ket xatoga, hayhot,
                     Chiroyli kiyimlar berolmas najot.
                      So‘zing kiyimingdek bekam-u ko‘st qil,
                      Yoki kiyimingni so‘zingga rost qil. 38
37
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 64-65-b
38
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 66-67-b     Jomiy bu hikoyati orqali so‘zi bilan o‘zi mos kelmaydigan, quruq gerdayadigan,
muhimi tashqi ko‘rinish emas, balki insonning qalb go‘zalligi, uning gapirayotgan
so‘zlari   birinchi   o‘rinda   turishini   ko‘rsatib   bermoqchi   bo‘lgan.   Yana   bir   ibratli
hikoyati   “Yer   sotib   olib,   undan   xazina   topgan   kishi”   hikoyatidir.   Hikoyatda   bir
kishi   uy   solish   uchun   yer   sotib   oladi   va   undan   xazina   topib   oladi.   Yer   sotgan
odamni   oldiga   borib,   sizdan   olgan   yerimdan   tillo   va   kumush   chiqdi.   Kelib
xazinangni   o‘zing   yig‘ib   ol   deydi.   Yer   sotgan   odam   esa   “Men   yerni   senga   sotib
bo‘lganman, endi u seniki”- deydi. Ikkalasi kelisha olmay qozining oldiga boradi.
Qozi aytadiki: “Farzandlaringiz bo‘sa turmush qurishsin, shunda hammaga adolatli
bo‘ladi”.   Shunday   qilib   farzandlari   turmush   qurishadi   va   xazina   ikkala   tomon
o‘rtasida   teng   taqsimlanadi.   Bu   hikoyatda   shoir   qalbi   pok,   ishi   pok   insonlarning
“muammolari” ham oxirida yaxshilik bilan hal bo‘lishini ochib bergan.
          Dostonda   “Iskandar   onasinini   maktubi”   bobidan   so‘ng   “Hayit   libosini   kiyib,
o‘ziga mag‘rur boqqan va ajal o‘qi oyog‘idan yiqqan yigit” hikoyati keltirilgan.
                     Bir yigit libosi edi shohona,
                     Yuzi Moniy rasmi kabi janona.
                     Hayit kuni turib naq azon palla,
                     Yasana boshladi qilib hafsala.
                     Avvalo tongdagi ufqdek oppoq,
                     Ko‘ylagini kiydi kunday yaltiroq.
                     Shafaq rangli libos qabo ustida,
                     To‘lin oy turardi ziyo ustida.
                     So‘ngra talab etdi oina -darhol,
                     Oynadan ko‘rindi bir sohibjamol.
                     O‘ziga xo‘p maqul tushdi jamoli,
                      Yuragin to‘ldirdi g‘urur, hayoli.
                      O‘ziga dedi: “Men shoh-u shahzoda,
                      Shahzoda qayda men undan ziyoda.
                      Zamindan oygacha ko‘rsin xaloyiq,                       Meningdek bormikin shohlikka loyiq?”
                      Shu so‘zlarni aytib, mindi otiga,
                       Qaramay yon-veri, orqa-ketiga.
                       Ot o‘ynoqlab ketdi, bo‘ldi chilparchin,
                       Hayitni ham ko‘rmay topshirdi jonin. 39
        O‘ziga   bino   qo‘yib   o‘zlikni   unutish   va   oxir-oqibat   falokatga   yo‘liqish   kabi
harakterga ega ushbu hikoytda ham  Jomiy o‘zining keng mushohadasini  berishga
harakat qilgan. Bunday mazmundagi ibratli hikoyat nafaqat Jomiy dostonida balki
Navoiy va shu qatori ijod qilgan barcha buyuk ijodkorlarning ijodida kuzatishingiz
mumkin. Shoir bu hikoyatida: o‘z husniga mahliyo bo‘lib, o‘z hayollariga berilib,
o‘ziga ortiqcha ishonib yuborgan shaxs fojiasini ochib bergan. 
        Keyingi   hikoyatimiz   “Bir   farzona   podsho   va   o‘zidan   begona   devona”
hikoyatikim, unda quyidagi ibratli voqea qalamga olingan.
                        O‘tmishda bor edi bir zolim podsho,
                        Yaxshilar ozorin ko‘zlar doimo.
                        Ul dedi uchratib bir devonani,
                        Behudu o‘zidan ham begonani.
                        “So‘zlagil olamda ne istaging bor, 
                         Mol-u mulkmi, boylikmi, barchasi bisyor.
                         Qayliq istaysanmi, uymi, koshona,
                         Ishratda o‘tkazgil umring shohona.
                         Agar shoh tojidan istasang rivoj,
                        Shoh quyar boshingga o‘z boshidan toj”.
                        Devona kulib der unga: “Soddadil,
                         Shu o‘yinchoqlarga beribsan ko‘ngil.
                         Falak o‘zi nima, qilmishi yolg‘on
                         Kecha-kunduz ishi dilni etmak qon.
39
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 80-81-b                          Egrilikdan bo‘lak yo‘q fikru-ishi,
                         Yaxshilar ozori – butun qilmishi.
                         No‘shiravon taxtni oladi tortib,
                          Seningdek zolimga etadi tortiq. 40
          Shunday   podshohlar   borki,   podshohlik   nomiga   nomunosib,   ular   xazina,
martaba,   shon-shuhrat   kabi   arzimas   narsalarni   yuqori   o‘ringa   qo‘yadilar.   Shular
ilinjida   taxtga   o‘tiradilar.   Oqil   insonlar   uchun   esa   bunday   narsalarning   ahamiyati
yo‘q. Jomiy ham bu hikoyati orqali ana shunday kimsalarni tanqid ostiga olgan.
          Dostondagi   hikoyatlarga   falsafiy   jihatdan   yondashganda,   kitobxon   ulardan
o‘zgacha   zavq   oladi.   Jomiy   ana   shunday   falsafiylik   yashiringan   bir   hikoyatini
shunday talqin qilgan:
                         Eshitdim, donishmand bir kishi bermish,
                         Xotiniga bir kun bir hamyon kumush.
                         Bir necha kun o‘tib so‘raramish ahvol,
                         Bergan kumushidan aylamish savol.
                         Demishki: “Qo‘limga tegish bilan siym,
                         Sanab qildim uni ikkiga taqsim.
                         Bir bo‘lagi ko‘ksi dog‘larga ehson,
                         Bir qismin o‘zimga sarf etdim oson”.
                         Hakim bu so‘zlarni tinglab xotindan,
                         Dedi: “Bunda border donolik chindan.
                         Birovga berganing seniki takror,
                         Senikimas zardan aylasang devor.
                         Naqdina ko‘milsa ko‘p uning siri,
                         Kim bilar ne bo‘lar uning oxiri.
                         Hech kim bu tugunni yechib berolmas,
                         Nasib etar senga yo ketar abas”. 41
40
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima)82-83-b
41
  SH.Shomuhammedov. Abdurahmon Jomiy “Iskandar Xiradnomasi” G’ofur G’ulom nomidagi 
Adabiyoti va san’ati nashryoti. 1978-yil (tarjima) 106-107-b    Demak, bu hikoyatga falsafiy jihatdan yondashsak shunday xulosa kelib chiqadi:
qachonki   insonlar   yaxshilik   qilsa,   albatta,   o‘ziga   qaytib   keladi.   Agar   insonlar
qo‘lida   yaxshilik   qilishga   imkoniyatlari   bo‘lsayu,   ammo   yaxshilik   qilmasalar
bundan   hech   qanday   naf   yo‘qdir.   Shunday   ekan   har   chog‘   yaxshilik   qilishga
chog‘lanish darkor.
                                                            XULOSA
                    Navoiyning   “Saddi   Iskandariy”   va   Jomiyning   “Xiradnomai   Iskandariy”
dostonlarini qiyosiy o‘rganish orqali quyidagi xulosalarga kelindi:
          Navoiyning Iskandar haqidagi tasavvurlari murakkab shakllanish jarayonini
bosib   o‘tgan   bo‘lib,   sinkretik   tabiatga   ham   egadir.   Uning   bir   jihati   folklor   va
yozma   adabiyot   bilan,   bir   jihatdan   din   va   tarix   bilan   ham   uzviy   bog‘liqdir.
Adibning   bu   boradagi   qarashlarini   anglash   uchun   uning   butun   ijodini   ko‘zdan
kechirish   hamda   u   foydalangan   manbalar   bilan   tanishish   lozim.   Alisher   Navoiy
Iskandar   haqidagi   o‘ziga   qadar   mavjud   bo‘lgan   asosiy   ilmiy   va   adabiy
manbalarning muhim ta’siri mavjud.
          Jomiy ham Navoiy singari o‘z asariga tarixiy haqiqatlarga  asoslangan badiiy
asar   sifatida   qaragan   desak   ham   bo‘ladi.   Navoiy   “Saddi   Iskandariy”ni   yaratishda
Tabariy,   Dinovariy,   Ba’lamiy,   Miskavayx,   Bayzoviy,   Banokatiy,   Mustavfiy,
Mirxond   kabi   Sharqda   e’tirof   etilgan   tarixchilar,   Firdavsiy,   Nizomiy,   Dehlaviy
singari   adiblar   asarlariga,   shuningdek,   ayrim   dininy   manbalarga   murojaat   qilgani
ma’lum.   Jomiy   ham   o‘z   asarida   o‘zidan   oldingi   salaflari   va   xamsanavislarning
talqiniga,   qolaversa,   Navoiy   asarlariga   hamohang   tarzda   o‘z   dostonini   yaratgan
degan qarashlar o‘z aksini topgan.
           Tahlil jarayonida adabiyotshunoslikda Iskandar obraziga oid mavjud ayrim
talqinlarni   qayta   ko‘rib   chiqish   zaruriyati   paydo   bo‘la   boshladi.   Iskandarning
nasabi   va   dengiz   tubiga   tushishiga   doir   talqinlar   shular   jumlasiga   kiradi.
Hozirgacha   Iskandar   obrazi   asrandi   farzand,   shuningdek,   dengiz   tubiga   tushgan
qahramon obrazi sifatida talqin etib kelingan. Aslida esa, Navoiy Iskandarni nasab
borasida   Faylaqusning   haqiqiy   farzandi   deb   bilgan   va   Iskandarning   Ajam
shohlaridan   qayoniylar   sulolasiga   mansubligi   haqidagi   qarashga   esa   umuman
qo‘shilmagan.   Shuning   uchun   ham   “Saddi   Iskandariy”da   Iskandarning   dengiz
tubiga tushmasligini alohida qayd etib o‘tgan.
          Har ikki doston debochasi sharq debochanavislik qonuniyatlarini o‘zida to‘la
aks   ettirgandir.   Asardagi   tavhid,   munojot,   tavsif   na’t,   me’roj   na’t   kabi   boblar
an’anaviy bo‘lgani  uchun o‘z umumiyliklariga ega hisoblanadi. Biroq, Navoiy va Jomiy   yagona   voqelik   tasvirida   individual   yo‘ldan   boradi.   Qolgan   boblar   esa
mazmuni va maqsadiga ko‘ra jiddiy farqlar bilan ajralib turadi.
                     Navoiy Jomiy dostoni va boshqa “Iskandarnoma”lardagi mavjud syujetni
qayta ishlashda, ya’ni, syujetni yolg‘ondan ajratish, yaxlitlash, tarkib va tartiblarni
o‘zgacha   tarzda   tuzish,   tipologik   obrazlarni   boshqacha   tarzda   talqin   etish,
Iskandarning   diniy   mansubligi   va   payg‘ambarligi   masalasiga   yondashish,   milliy
kolorit tasviriga e’tibor kabi tasvir usullariga tayanib ish ko‘rgan. Navoiy ko‘proq
Iskandar   obrazi   va   u   bilan   bog‘liq   syujetning   mohiyatini   o‘zgartirishga   e’tiborini
qaratgan.   Jomiy   Iskandar   obrazini   shoh,   faylasuf   sifatida,   Navoiy   esa   jahongir,
hakim va valiy sifatida tasvirlaydi.
                    Jomiyning   yondashuv   uslubida   biroz   erkinlik   ustunlik   qilgan.   U   asosan
masala mohiyatini yoritishga o‘z e’tiborini qaratgan. Navoiyning tafakkur tarzi va
tasvir   uslubiga   xos   sistemali   yondashuv   va   determinism   qonuniyati   debocha
boblari   tartibidan   tortib,   kompozitsiya   va   syujet   qurilishiga   qadar   aniq   ko‘rinib
turadi.
                    Uslub   nuqtai   nazaridan   “Shohnoma”   tarkibidagi   “Iskandar   dostoni”ni
chinakkam   jangnoma   desak   bo‘ladi,   chunki   Nizomiydan   boshlab   iskandarnoma
yozish   an’anasiga   lirik   va   didaktik   ohang   ham   kirib   keldi.   Xusravdan   so‘ng
iskandarnomalarda jangnomalik xususiyati  susayib,  ma’rifiy-didaktik ruh ustunlik
qila boshlagani  ma’lum. Natijada Iskandarning jang-u jadallari tavsilotlari  o‘rnini
turli   ibratli   hikoyat  va  masallar   egalladi. Ahmadiy  va  Jomiy iskandarnomalari   bu
yo   nalishning   tipik   na’munasi   desak   adashmaymiz.   Navoiy   esa   o‘z   dostonida
yuqoridagi   ikki   yo‘nalishni   mo‘tadil   holga   keltirib,   uchinchi   yo‘nalishga   asos
slogan buyuk shoirlardan biridir.
           Navoiy dostonida namoyon bo‘lgan barcha afzalliklar, avvalo, shoir iqtidori
bilan bog‘liq bo‘lsa-da, mukammallikni yuzaga kelishi esa muayyan tajriba natijasi
o‘laroq   yuzaga   kelgan.   Navoiy   ko‘rsatgan   umumlashtirishning   oliy   darajasiga
ko‘tarilish uchun esa bir katta davrni bosib o‘tish zarur.
                   Xulosa qilib aytganda, Jomiy dostonidagi hikoyatlarning barchasidan ana
shunday falsafiy mushohadaga ega bo‘lish mumkin. Jomiy va Navoiy dostonidagi bu   kabi   obrazlar   ishtirokida   maydonga   kelgan   g‘oyatda   sermazmun   badiiy
lavhalarda   insonni   komillik   rutbasida   ko‘rish   g‘oyasi   hayotiy   timsollar   bilan
keltirib   o‘tilgan.   Ko‘rinadiki,   ulug‘   shoirlar   dunyoqarashicha,   inson   qaysi   tabaqa
vakili   bo‘lishidan   qat'iy   nazar,   ma'naviy   kamolot   pillapoyalaridan   odimlab
bashariyatning oriflik darajasiga chiqishga haqlidirlar.
          Jomiy va Navoiy bu dostonlari orqali avlodlarga buyuk bir me’ros qoldirdi.
Bu   buyuk   me’rosdan   bir   necha   yuz   yillar   davomida   oziqlanayotgan   adabiyot
bundan keyin ham undan ozuqa olib yashaydi.
                                     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar :
1.         O‘zbekiston   Respublikasi   Prizidenti   SH.M.Mirziyoyevning   “
O‘zbek   mumtoz   va   zamonaviy   adabiyotni   xalqaro   miqyosda   o‘rganish   va   targ‘ib
qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi  xalqaro konferensiya ishtirokchilariga
yo‘llagan tabrigi. Xalq so‘zi, 2018-yil-avgust.
2.         Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi  Prizidenti lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag‘ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining   qo‘shma
majlisidagi nutqi/Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016.-56-
b.                  
II. Ilmiy adabiyotlar :
3.              Abdurahmonov A. Turk adabiyotining qadimgi davri. – Toshkent: 
Yangi asr avlodi, 2005, -376-b.
4.          Abdug‘afurov  A. Buyuk  beshlik  saboqlari.  -Toshkent:  Adabiyoti
va san’ti nashryoti, 1965, - 184-b.
5. Abduqodirov A. “Saddi Iskandariy”: an’ana va o‘ziga xoslik// O‘zbek
tili va adabiyoti, 2014.- N:1. -b. 10-14.
6. A.I.Ismoilov   Alisher   Navoiy   “Saddi   Iskandariy”   dostonining   qiyosiy
tahlili. Dissertatsiya. – Toshkent, 2019.
7.  Azimov Y. Abdurahmon Jomiy “Xiradnomai Iskandariy” dostonining
qiyosiy – tipalogik tahlili. Filol. Fan. Nomz… diss. - Samarqand, 1996;
8. Boynazarov   F.   Iskandar   Zulqarnayn.   -Toshkent:   G‘ofur   G‘ulom
nomidagi Adabiyoti va san’ati nashryoti, 1990,-256-b.   
9. Бертелс Е.Э Избранные труды. Том  4. Наваи и Джами - Масква.
Наука, 1965  -С. 283-368.
10. Fariddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo”, “G‘ofur G‘ulom” nashryoti, -
Toshkent, 2017. 11. Imomnazarov M.  Jomiy “Xamsa”  yozganmi?  “O‘zbekiston  adabiyoti
va san’ati” gazetasining 2005-yil 51-sonidan.
12. Jalolov   T.   “Xamsa”   talqinlari.   -Toshkent:   G‘ofur   G‘ulom   nomidagi
Adabiyoti va san’ati nashryoti, 1968. -152-b. 
13. Komilov N. Xizr chashmasi. – Toshkent: Manaviyat, 2005.
14.  Mark Taunt. Navoiy va Jomiy “So‘nggi Temuriylar davri madaniyati:
nazira   amalyotini   Alisher   Navoiyning   ”Xamsa   “   asari   misolida   o‘rganish   nomli
tadqiqoti. Ingliz tilidan Zulxumor Mirzayeva tarjimasi.
15. Muhiddinov   M.   Adabiy   an’ana   va   ijodiy   o‘ziga   xoslik.   -Toshkent:
O‘qituvchi, 1990. -86-b.
16. Muhiddinov   M.   Alisher   Navoiy   va   uning   salaflari   ijodida   inson
konsepsiyasi. Filologiya fanlari d-ri… diss. -Toshkent, 1995, -259-b.
17. Muhiddinov   M.   Komil   Inson   –   adabiyot   ideali.   -Toshkent:
Ma’naviyat, 2005. -208-b. 
18. Qayumov.   A   Saddi   Iskandariy   -   Toshkent.   G‘ofur   G‘ulom   nomidagi
Adabiyot va san’at nashryoti, 1975; 
19. Valixo‘jayev   B.   “Xamsa”   yozish   an’anasiga   Alisher   Navoiy
munosabati// O‘zbek tili va adabiyoti, 1990. -N:1 -B.16-21.
20. Xamidova. M “Saddi Iskandariy” dostoning ilmiy – tanqidiy matni va
matniy tadqiqi. Filol.fan. d-ri. Dis…Toshkent. 1994; 
21.   Shomuhammedov Sh. Abdurahmon Jomiy. G‘ofur G‘ulom nomidagi
adabiyoti va sanati nashryoti, Toshkent- 1978. (tarjima)
III. Badiiy adabiyotlar:
22. Alisher   Navoiy.   “Xamsa”   –   “Saddi   Iskandariy”   uchinchi   tom,
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi. -Toshkent,
23. Alisher   Navoiy   “Saddi   Iskandariy”   Badiiy   adabiyot   nashryoti.
Toshkent, 1965
24. Alisher  Navoiy. Mukammal  asarlar  to‘plami. 11-jild. T.-«Fan»-1993.
– B.42. 25. Alisher Navoiy. “Saddi Iskandariy” dostoni konkordansi/ tuzuvchilar:
Quronbekov A va bosh. -Toshkent: 2016. -835-b.
26. Alisher   Navoiy.   Iskandarnoma/   Mir   Mahmud   ibn   Shohyunusning
“Nasri   Xamsai   benazir”   kitobi   asosida   nashrga   tayyorlovchi   Tojiboyeva   O.   -
Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 2013. -116-b.
27. Alisher   Navoiy.   Qomusiy   lug‘at.   Ikki   jildlik/   Ma’sul   moharrir:
Sirojiddinov Sh.1-j. -Toshkent: Sharq, 2016.
28. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri// 2-nashr. -Toshkent: “O‘zbek
milliy ensklopediyasi”. Davlat ilmiy nashryoti, 2012. -160-b.
29. Abu   Rayhon   Beruniy.   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”
Asarlar besh tomlik. T.1. -Toshkent: Fan, 1968, -488-b.
30. Bobur “Boburnoma”, O‘zakadnashr, Toshkent, 1960, 222- bet.
31. Donishmand Iskandar: ertaklar (nashrga tayyorlovchi Sarimsoqov B).
-Toshkent: Yozuvchi, 1994, -176-b.
32. Ganjaviy   N.   Iqbolnoma/   forschadan   J.   Subhon   tarjimasi:   -Toshkent:
ART FLIX; 2009. -288-b.
33. Ganjaviy   N.   Sharafnoma/   forschadan   Jamol   Kamol   tarjimasi.   -
Toshkent: Zamin nashr, 2018, -649-b. 
34. Plutarx.   Saylanma.   Iskandar   Makdunli.   -Toshkent:   Yangi   asr   avlodi,
2006. -198-b.
35. SH.Shomuhammedov.   Abdurahmon   Jomiy   “Fan”   nashryoti.
Toshkent. 1969-yil .
36.                     Chomiy   A.   Haft   avrang.   Osori   muntaxab.   Childi   panchom.   -
Dushanbe: Irfon. 1964, -358-c.

Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” va Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlaridagi hikoyatlarda oriflar timsolining qiyosiy tahlili MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………….. 3 I BOB. Masnaviynavislikda Jomiy dostonlarining o‘rni. 1.1. Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang “dostoni……………………….10 1.2. Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” dostoni haqida………………….27 II BOB. “Xiradnomai Iskandariy” va “Saddi Iskandariy” dostonlarining qiyosiy tahlili. 2.1. Dostonlarda orifona hikoyatlar talqini……………………………………35 2.2. Dostonlardagi hikoyatlarda oriflar timsolining yoritilishi……………….60 XULOSA…………………………………………………………………………70 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….73

KIRISH Mavzuning dolzarbligi : Ko‘p а srlik t а ri х g а eg а m а d а niy v а а d а biy m е r о simizg а mun о s а b а t istiql о l tuf а yli tubd а n o‘zg а rdi. Ха lqimiz t а ri х i, dini v а а d а biyoti, m а ’n а viy q а driyatig а e’tib о r kuch а yib, ul а rning m а vq е yini tikl а sh, ха lqq а а sl h о lid а y е tk а zish imk о niyati p а yd о bo‘ldi. Bu es а b о shq а s о h а l а r q а t о ri а d а biyotshun о slikd а h а m t е r а n ilmiy izl а nishl а r о lib b о rish, а d а biy m е r о sg а yangich а nuqtayi nazardan yondashish z а rur а tini ko‘rs а tdi. O‘tmishd а yash а b ij о d etg а n sh о ir v а а dibl а r m е r о sini хо lis о n а o‘rg а nish v а mun о sib b а h о l а sh h а r q а ch о ngid а n d о lz а rb v а zif а g а а yl а ndi. А g а r biz O‘zb е kist о nni dunyog а t а r а nnum etm о qchi bo‘ls а k, uning q а dimiy t а ri х i v а yorug‘ k е l а j а gini ulug‘l а m о qchi, uni а vl о dl а r хо tir а sid а а b а diy s а ql а m о qchi bo‘ls а k, а vv а lamb о r, buyuk yozuvchil а rning ij о dini chuqur o‘rg а nish, buyuk sh о ir, buyuk ij о dk о rl а rni t а yyorl а shimiz lozimdir. N е g а d е g а nd а , ulug‘ а dib Cho‘lp о n а ytg а nid е k, “Ad а biyot yash а s а – mill а t yash а ydi”. Millatimizning g‘ururi va iftixori bo‘lgan o‘zbek mumtoz adabiyotini xalqaro maydondagi nufuzini oshirib dunyo miqyosida yanada rivojlantirish uchun davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati beqiyosdir. Muhtaram yurtboshimizning Oliy Majlisga murojatnomasida aytilgan fikrlar bu sohadagi ishlarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shuning uchun so‘ngi yillarda milliy qadryatlarni tiklash va mumtoz adabiyot tarixi bilan kelgusi avlodni ma’naviy kamolotini o‘stirishga katta etibor berilmoqda. O‘zbek mumtoz adabiyoti fan sifatida badiiy adabiyot tabiat gultoji sanalmish hazrati inson bilan egizak dunyo yuzini ko‘rgan san’at turlaridan bir hisoblanadi. Inson yaratilibdiki, o‘sha yashayotgan borliq sir-u sinoatlari bilan oshno bo‘lgisi, ulardan yuksak zavq-shavq olgisi, ichki kechinmalari, orzu- intilishlari, ruhiy holatlari, o‘zigagina hadya etilgan oliy ne’mat-so‘zda badiiy, bo‘yoqli tarzda ifodalagisi kelaveradi. Adabiyot tarixi esa mana shu o‘ziga xos murakkab hodisaning eng qadimgi davrlardan zamonamizgacha bo‘lgan tarixiy

taraqqiyot jarayonini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Badiiy ijod uning nodir namunalarini yaratuvchi ma’lum bir xalqning e’tiqodiy qarashlari majmuasidan bahra oladi. Shu ma’noda o‘sha xalq dunyoqarashi, ma’rifiy olami va ma’naviyatini badiiy aks ettiradi. Shunga ko‘ra, alohida xalqlar nomlari bilan ataluvchi adabiyotlar dunyoga keladi. Xalqimiz ma’naviy madaniyatining ajralmas qismi esa o‘zbek adabiyotidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tmish fanlari tarixini, adabiy merosni o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratildi. Milliy o‘zlikni anglash, milliy mafkura, ma’naviyat, ma’rifat kabilar Davlat dasturidagi dolzarb masalalar sirasidan ustuvor yo‘nalish sifatida o‘rin oldi. Xalqimiz ma’naviy va ma’daniy qadriyatlarini o‘zida ifoda etgan o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini o‘rganish barkamol avlod qalbida milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga ulkan hissa qo‘shishi bilan e’tiborga molik. O‘zbek xalqining milliy, adabiy merosini nafaqat jahon xalqlarining adabiy merosini o‘rganish insonning ma’naviy olami, orzu-umidlari hamda insonlarning tafakkuriga xos bo‘lgan qonuniyatlarni kashf etishda muhim bir ro‘l o‘ynaydi. Xalqlar o‘rtasida qadimgi yodgorliklar va madaniy me’rosni tadqiq etish, milliy o‘zlikni anglashning bir debochasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Aynan bugungi glaballashuv jarayonida milliy adabiy meroslarimizni yanada keng tadqiq va tadbiq etilishi, uning mohiyatiga yanada chuqur kirib borish orqali uning jahon adabiyoti rivojidagi munosib o‘rnini aniqlsh, o‘zidan keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazgan ijodkorlar me’rosini o‘rganish ana shunday vazifalardan biridir. Bu jarayonda biror bir xalq badiiy tafakkuri mahsulining insoniyat ma’naviy olamini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Dunyo adabiyotshunosligi tarixining muayyan bosqichlarida adabiy hodisalarga nisbatan qiyosiy yondashuvning o‘sib borishi adabiy-estetik tafakkur va munosabatlar mazmunini kashf etish istagi bilan bog‘liq. Bugungi glaballashuv jarayoniga kelib, dunyoning ko‘plab ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlarida adabiyotlararo va madaniyatlararo aloqalar bilan bog‘liq izlanishlar ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan olib borilmoqda. Xususan, zamonaviy

adabiyotshunoslikda intertekstual tadqiqotlarga tobora ko‘p e’tibor qaratilmoqda, chunki adib yoki badiiy asarning dunyo miqyosida e’tirof etilishi, munosib baho olish uchun unga ma’daniy muloqot va glaballashuv kontekstida yondashish zarurati mavjud bo‘ladi. O‘zbek adabiyotshunosligida milliy adabiyotlar, tarixiy asarlar o‘rtasidagi mushtarak an’analarni “Xamsa” dostonlari asosida o‘rganish ishlari bo‘yicha o‘tgan asrning 80-90- yillarida bir qator ishlar amalga oshirildi va bu hozirgi kungacha davom etib kelyapti. Ammo bu boradagi ishlarning ba’zi muammolari hali ham yechilgani yo‘q. Masalan: Alisher Navoiy asarlarini qiyosiy aspektda o‘rganish orqali shoir ijodining jahon adabiyoti rivojidagi munosib o‘rnini asoslash shulardan biri hisoblanadi. Xususan, Navoiy va adabiy aloqalar masalasi o‘rganilgan. 1 Nizomiy “Iskandarnoma”si va Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlari yoki Abdurahmon Jomiy “Xiradnomai Iskandariy” va Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlari qiyosiy aspektda maxsus tadqiq etilmagan. Ammo bu borada sezilarli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shulardan biri 2019-yil Ismoilov Ilyos Abduqayumovich tomonidan Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining qiyosiy tahlili nomli Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PHD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi fikrimiz dalilidir. “Biz milliy tiklanishdan - milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik… Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali va mazmuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy- amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish… katta ahamiyatga ega”. 2 “Iskandarnoma” va “Saddi Iskandariy” bu jihatdan alohida e’tiborga molik, chunki ularda Sharq va G‘arb falsafasining integratsiyalashuvi, 1 Natan Mallayev. Masalaning o‘rganilish tarixini davrlarga bo‘lib batafsil yoritgan. Qarang: Asarlar E’tirofi va ta’zimi. -Toshkent: Fan,1978.-B.52-55. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti SH.M.Mirziyoyevning “ O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi. Xalq so‘zi,2018-yil-avgust.

adabiy ta’sir qonuniyatlari, shuningdek, XII-XV asr mutafakkirlari dunyoqarashi hamda adabiy-estetik kashfiyotlarini aniqroq kuzatish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-fevraldagi 124-F- sonli “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyish hamda sohaga tegishli boshqa me’yoriy -huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda keying yillarda bir qator ishlar amalga oshirilganligi farmoyishlarni amalga oshirilishining dalilidir. Tadqiqotning maqsadi . O‘zbek xalqi azal-azaldan badiiy adabiyotdan, uning mutolasidan o‘ziga ma’naviy ozuqa oladi, hordiq chiqaradi. Zero, adabiyotning gultojisi hisoblangan mumtoz adabiyot ham insonni, uning ma’naviy va ruhiy olamini uyg‘otadigan, uning ijodiy kamolotini o‘stiradigan, tarix va buyuk yozuvchilar merosiga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qiladi. Bu mavzuni tadqiq etishdan maqsad: mumtoz asarlar, ularning mohiyati, yozuvchilarning asarlari orqali kitobxonga berilishi kerak bo‘lgan o‘gitlarni tadqiq etish, “Xamsa” dostonlarining mumtoz adabiyotdagi o‘rni yuqoriligini ko‘rsatib berishdan iboratdir. “Xamsa” dostonlarini qiyoslab o‘rganish mushtarak mavzularning davomiyligi, uning yozuvchilar talqinida farqliligini, o‘zgachaligini ko‘rib olishimiz mumkin. Zero, Alisher Navoiy o‘zidan oldingi xamsanavislarning qahramonlarini davom ettirmay, o‘zgacha talqinda yoritadiki, buni Abdurahmon Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy“ dostoni hikoyatlari bilan qiyoslab o‘rganish tadqiqotimizning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi ham “Xamsa” dostonlarining mohiytini ochib berishdan iborat. Kitobxon asarlarni yozuvchi nega aynan shu mavzuga qo‘l urganligini, “Xamsa” yozish ananalarini qay darajada ekanligini va shu kungacha bu borada qanday tadqiqotlar amalga oshirilganligini, mumtoz asarlarimizdan bugungi kun asarlari qay darajada oziqlanganligiga guvoh bo‘lamiz.