Konduktometrik analizning ishlab chiqarishda qo’llanilishi
MAVZU: Konduktometrik analizning ishlab chiqarishda qo’llanilishi REJA : I.KIRISH II. ASOSIY QISM 1. Konduktometriya 2. Past chastotali konduktometriya da 3. Bevosita konduktometriya da 4. Kolraush qonuni . 5. Konduktometrik titrlash . 6. Yuqori chastotali konduktometriya . 7. Sirka kislotani bevosita konduktometrik aniqlash. III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Konduktometriya. Tokning chastotasi bo‘yicha turlari. Tutashgan va tutashmagan usullar. Bevosita va bilvosita usullar. Past chastotali usul. Solishtirma va molekulyar (ekvivalent) elektr o‘tkazuvchanlik. Kolraush qonuni. Ionlar harakatchanligi. Konsentratsiya, ionlar tabiati, harorat va erituvchining elektr o‘tkazuvchanlikka ta’siri. Bevosita konduktometriya. Konduktometrik titrlash. Qo‘llaniladigan reaksiyalar. Titrlash egri chiziqlarining shakli va modda tabiati. Aralashmalarni titrlash. Yuqori chastotali usul. Elektrolitik bo‘g‘inlar. Sig‘im va induktivlik. Xarakteristik egri chiziqlar. Chastota va titrlash egri chizig‘i. Konsentratsiyaning titrlash egri chizig‘i shakliga ta’siri. Dielkometriya. Konduktometrik analiz usullari elektrolitlar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan bo‘lib, tokning ishchi chastotasiga ko‘ra past va yuqori chastotali usullarga bo‘linadi. Konduktometriya usullari elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan usullarga bo‘linadi. Past (10 3 Gs ) chastotali usullar konduktometriya deb, yuqori (10 6 10 7 Gs ) chastotali usullar esa yuqori chastotali konduktometriya (usul ko‘pincha titrlashning oxirgi nuqtasini topish maqsadida ishlatilgani uchun yuqori chastotali titrlash ) deb yuritiladi. Texnologik jarayonlarni boshkarishda moddalarni tarkibi va fizik xossalarini nazorat kilish talab etiladi. Texnologik jarayon davomida kayta ishlanayotgan maxsulotning tarkibi va fizik xossasi uzgaradi, bu parametrlarni nazorat kilish bevosita texnologik jarayonni borishi tugrisida fikr yuritishga imkon beradi. Moddalarning tarkibi va fizik–kimyoviy xossalari analizatorlar yordamida urganiladi. Gazlarni analiz kilishda kuyidagi usullardan foydalaniladi: ♦ termokonduktometrik
♦ termomagnitik ♦ absarbision-optik ♦ elektr-kimyoviy ♦ termokimyoviy ♦ fotokalorimetrik ♦ xromotografik ♦ masspektrometrik Suyuklik muxitlarini analiz kilishda kuyidagi usullardan foydalaniladi: ♦ optik ♦ konduktometrik ♦ potensiometrik ♦ polyarografik ♦ radioizotopli ♦ titrometrik. Gaz analizatori tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yigindisi konsentrasiyasi xakida ma’lumot beradigan kurilmadir. Gaz analizatorlari xajmga nisbatan%, g/ m 3, mg/ l da darajalanadi. Gaz analizatorlari komplektiga datchik, asbobni normal ishlashini taminlovchi uzellar kiradi. Ayrim gaz analizatorlari bilan tanishib chikamiz. Termokonduktometrik gaz analizatorlari. Ishlash prinsipi gaz aralashmasi issiklik utkazish kobiliyatining tekshirilayotgan component konsentrasiyasiga boglikligiga asoslangan. Asbobning ulchash elementlari uzi kiziydigan karshilik termometri rejimida ishlaydigan, platina tola joylashgan kamera shaklidagi uzgartkichdan iborat.
KONDUKTOMETRIYA Tutashgan usullar yordamida o‘lchash jarayonida elektrodlar tekshiriladigan elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan bo‘ladi. Bu usullar o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bersa-da, ular elektrodlarning polyarizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xatolardan xoli emas. Tutashmagan usullarda elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida bevosita tutashuv bo‘lmaydi, ya’ni elektrodlar eritmaga tushirilmagan bo‘ladi. Bu usullarda elektrodlar o‘lchash zanjiri bilan sig‘im yoki induktivlik orqali bog‘lanadi. Bunday usullarda polyarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tutashmagan usullar konsentratsiyalari yuqori bo‘lgan, agressiv, yopishqoq va uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulaydir. Elektrod bilan eritma tutashmagan bo‘lganligi uchun ular orasida o‘zaro ta’sir bo‘lmaydi, elektrod ham, eritma ham ifloslanmaydi. Eng muhimi qimmatbaho platina elektrodini arzon metallarga almashtirish mumkin. Tutashmagan usullarda bevosita elektr o‘tkazuvchanlik o‘lchanmasdan, uning hosilasi – tok kuchi o‘lchanadi. Konduktometrik usullarning rangli va loyqa eritmalarni tekshirish, sezuvchanligining yuqoriligi, avtomatlashtirish imkoniyati, titrlashning oxirgi nuqtasini aniq topish, aralashmalarni titrlash va sh.k. qator afzalliklari bilan bir qatorda, selektiv emasligi, konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmalarni aniqlashda chetga chiqishlarning uchrashi kabi kamchiliklari ham mavjud. Past chastotali konduktometriya da eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi bilan konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Bunda o‘lchash bevosita va bilvosita usullar yordamida amalga oshiriladi. Bevosita konduktometriya da solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi (43-chizma) asosida tahliliy xulosa qilinadi. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deganda, sirt yuzasi 1 sm 2 bo‘lgan ikkita bir- biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi elektrolit eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi tushuniladi. Eritmaning qarshiligi ( R ) elektrodlar orasidagi
masofaga ( l ) to‘g‘ri va eritmaga tushirilgan elektrodlarning sirt yuzalariga ( s ) teskari mutanosib bog‘langan: R= ρl s Bundan ρ=RS l ya’ni solishtirma qarshilik solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikka teskari qiymat bo‘lganligi uchun æ=1 ρ hosil bo‘ladi. Oxirgi tenglamalardan 1 æ= s lR va mos ravishda æ= l Rs ni olish mumkin. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik molekulyar (ekvivalent) elektr o‘tkazuvchanlik bilan quyidagicha bog‘langan: λ=æ c1000 =æV bu yerda с – elektrolit eritmasining konsentratsiyasi ( mol/l ); 1000/ с =V – suyultirish chegarasi, l . Molekulyar ( ekvivalent ) elektr o‘tkazuvchanlik deganda, sirt yuzasi 1 sm 2 bo‘lgan ikkita bir-biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi, tarkibida modda miqdori mol (ekv.mol) bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi tushuniladi. Kolraush qonuni . Elektrolitlar eritmalarida elektr toki turli xil zaryadlangan ionlarning qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo‘ladi. Eritmaning elektr