Konduktometriya
Mavzu: Konduktometriya Reja: I Kirish. Konduktometriya II Asosiy qism: 2.1. Past chastotali konduktometriya 2.2. Kolraush qonuni 2.3. Bevosita konduktometriya 2.4. Konduktometrik titrlash 2.5. O‘zgaruvchan tokli tutashgan konduktometrik usulda polyarizatsiya hodisalari 2.6. Yuqori chastotali konduktometriya III. Xulosa IV. Savollar va mashqlar V. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
KONDUKTOMETRIYA Konduktometrik analiz usullari elektrolitlar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan bo‘lib, tokning ishchi chastotasiga ko‘ra past va yuqori chastotali usullarga bo‘linadi. Konduktometriya usullari elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan usullarga bo‘linadi. Past (10 3 Gs ) chastotali usullar konduktometriya deb, yuqori (10 6 10 7 Gs ) chastotali usullar esa yuqori chastotali konduktometriya (usul ko‘pincha titrlashning oxirgi nuqtasini topish maqsadida ishlatilgani uchun yuqori chastotali titrlash ) deb yuritiladi. Tutashgan usullar yordamida o‘lchash jarayonida elektrodlar tekshiriladigan elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan bo‘ladi. Bu usullar o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bersa-da, ular elektrodlarning polyarizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xatolardan xoli emas. Tutashmagan usullarda elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida bevosita tutashuv bo‘lmaydi, ya’ni elektrodlar eritmaga tushirilmagan bo‘ladi. Bu usullarda elektrodlar o‘lchash zanjiri bilan sig‘im yoki induktivlik orqali bog‘lanadi. Bunday usullarda polyarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tutashmagan usullar konsentratsiyalari yuqori bo‘lgan, agressiv, yopishqoq va uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulaydir. Elektrod bilan eritma tutashmagan bo‘lganligi uchun ular orasida o‘zaro ta’sir bo‘lmaydi, elektrod ham, eritma ham ifloslanmaydi. Eng muhimi qimmatbaho platina elektrodini arzon metallarga almashtirish mumkin. Tutashmagan usullarda bevosita elektr o‘tkazuvchanlik o‘lchanmasdan, uning hosilasi – tok kuchi o‘lchanadi. Konduktometrik usullarning rangli va loyqa eritmalarni tekshirish, sezuvchanligining yuqoriligi, avtomatlashtirish imkoniyati, titrlashning oxirgi nuqtasini aniq topish, aralashmalarni titrlash va sh.k. qator afzalliklari bilan bir qatorda, selektiv emasligi, konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmalarni aniqlashda chetga chiqishlarning uchrashi kabi kamchiliklari ham mavjud.
Asosiy qism Past chastotali konduktometriya da eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi bilan konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Bunda o‘lchash bevosita va bilvosita usullar yordamida amalga oshiriladi. Bevosita konduktometriya da solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi (43-chizma) asosida tahliliy xulosa qilinadi. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deganda, sirt yuzasi 1 sm 2 bo‘lgan ikkita bir- biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi elektrolit eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi tushuniladi. Eritmaning qarshiligi ( R ) elektrodlar orasidagi masofaga ( l ) to‘g‘ri va eritmaga tushirilgan elektrodlarning sirt yuzalariga ( s ) teskari mutanosib bog‘langan: R= ρl s . Bundan ρ=RS l ya’ni solishtirma qarshilik solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikka teskari qiymat bo‘lganligi uchun æ= 1 ρ hosil bo‘ladi. Oxirgi tenglamalardan 1 æ= s lR va mos ravishda æ= l Rs ni olish mumkin. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik molekulyar (ekvivalent) elektr o‘tkazuvchanlik bilan quyidagicha bog‘langan: λ= æ c1000 =æV bu yerda s – elektrolit eritmasining konsentratsiyasi ( mol/l ); 1000/s=V – suyultirish chegarasi, l . Molekulyar ( ekvivalent ) elektr o‘tkazuvchanlik deganda,
sirt yuzasi 1 sm 2 bo‘lgan ikkita bir-biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi, tarkibida modda miqdori mol (ekv.mol) bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi tushuniladi. Kolraush qonuni . Elektrolitlar eritmalarida elektr toki turli xil zaryadlangan ionlarning qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo‘ladi. Eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi kationlar ( + ) va anionlar ( - ) harakati natijasida kelib chiqqan elektr o‘tkazuvchanliklardan iborat bo‘ladi. Ionlarning elektr o‘tkazuvchanligi ularning harakatchanligi bilan belgilanadi. Ionlarning molekulyar (ekvivalent) elektr o‘tkazuvchanligi ular absolyut tezliklarining ( + , - ) Faradey soniga ( 96500 Kl) ko‘paytmasiga teng, ya’ni: + + F va - - F. Ionlarning harakatchanligi eritmaning suyultirilish darajasiga bog‘liq bo‘lib, eritma qancha ko‘p suyultirilgan bo‘lsa, harakatchanlik shuncha katta bo‘ladi. Cheksiz suyultirilgan eritmalarda u o‘zining eng katta qiymatiga erib, bunday eritmalarda elektrolitning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi uning tarkibidagi ionlar harakatchanliklari yig‘indisiga teng. Bu Kolraush tomonidan ta’riflangan additivlik (ionlar harakatining mustaqillik) qonunidir. U quyidagicha ifodalanadi: = + + - bu yerda - elektrolit eritmasining cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi. + ning qiymati - ning qiymatiga bog‘liq emas, demak, kationning tabiati - ning qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 6.1 - jadvalda ayrim kation va anionlarning 25 o C da suvli eritmalardagi ekvivalent elektr o‘tkazuvchanliklari keltirilgan. 6.1 -jadval Ayrim kation va anionlarning cheksiz suyultirilgan suvli eritmalaridagi ekvivalent elektr o‘tkazuvchanliklari (t=25 o C) Kationlar + Anionlar -
H + [Co(NH 3 ) 6 ] 3+ NH 4 + K + Pb 2+ Fe 2+ Ba 2+ Al 3+ Ag + Ca 2+ Na + 349,8 101,9 73,5 73,5 70,0 68,0 63,6 63,0 61,9 59,5 50,1 OH - [Fe(CN) 6 ] 4- [Fe(CN) 6 ] 3- CrO 4 2- SO 4 2- Br - Cl - C 2 O 4 2- NO 3 - CO 3 2- CH 3 COO - 198,3 110,5 100,9 85,0 80,0 78,0 76,3 74,1 71,4 69,3 40,9 Jadvalda keltirilgan misollardan ko‘rinishicha, kation va anionlarning elektr o‘tkazuvchanliklari o‘zaro farq qiladi. Suvli eritmalarda proton gidratlangan gidroksoniy H 3 O + shaklida bo‘ladi. Proton harakatchanligining katta bo‘lishi tunnel effekti va suv molekulasining H 3 O + – H 2 O orasida tashilishi bilan tushuntiriladi. Protonning suvsiz sulfat kislotadagi harakatchanligi ham kattadir ( H 3 O + – H 2 SO 4 tashilish). Ko‘pchilik ionlarning suvsiz eritmalardagi harakatchanligi suvli eritmalardagidan kichik bo‘lib, u erituvchi va ion orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvga bog‘liq. Elektr o‘tkazuvchanlikning turli omillarga bog‘liqligi . Elektr o‘tkazuvchanlik ionlarning tabiati, konsentratsiyasi, erituvchining tabiati va harorat singarilarga bog‘liq. Elektr o‘tkazuvchanlik ionlar tabiati ga bog‘liq. Elektr o‘tkazuvchanlikning konsentratsiya ga bog‘liqligi turli xil elektrolitlar uchun turlicha ( 6.1 va 6.2 - chizmalar). Ko‘pchilik elektrolitlar uchun konsentratsiyaning oshishi solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning ortishiga va ma’lum qiymatdan keyin kamayishiga olib keladi.