LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………. 3 I.BOB. LIDER SHAXSI HAMDA NOTIQLIK QOBILIYATI MUAMMOSI VA UNI O‘RGANISHNING ILMIY-NAZARIY TALQINI 1.1 Lider shaxsida notiqlik qobiliyati muammosining psixologiya va tilshunoslik sohalarida o‘rganilishi………………………………………... 9 1.2 Lider, nutq, notiqlik mahoratining tilshunoslik, fiziologik va psixologik tavsifi…………………………………………………………… 11 I bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………….. 28 II.BOB. LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI KOMPONENTLARI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 2.1 Ko‘pchilik oldida so‘zlashdan qo‘rqish. Jur’atlilik va ishonchning nutqdagi ahamiyati…………………………………………………………. 30 2.2 Lider shaxsida nutqning muvaffaqiyatli chiqish shartlari. Notiqning psixologik tasviri…………………………………………........................... 38 II bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………… 49 III.BOB. LIDERLARDA NOTIQLIK QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING SHART-SHAROITLARI 3.1. Talabalarda liderlik va notiqlik mahoratini aniqlash usullari…………. 51 3.2. Talabalarda liderlik va notiqlik mahoratini aniqlashda empirik yondashuvni amalga oshirishning shart-sharoitlari……………………....... 54 III bob bo‘yicha xulosalar……………………………………….............. 60 Xulosalar……………………………………………….............................. 61 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………............... 65 Ilovalar……………………………………………………………………. 69 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi : Xalqimiz mafkurasiga xos bo‘lgan o‘zgachlik, ya’ni jamoa a’zolariga qarab qaror qabul qilishdan iborat qarashlardan kelib chiqib, yoshlarda, liderlarda notiqlik qobiliyatini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarlari tomonidan yoshlarni barcha sohalarda qo‘llab- quvvatlashga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular hayotga tadbiq qilinmoqda. Jumladan, 2014-yil 6-fevralda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi qabul qilingan bo‘lib, ushbu dasturning har bir bo‘limi yoshlarning ijtimoiy himoyasi, ularning ta’lim-tarbiyasi, yuksak ma’naviyatli yoshlarni shakllantirishga qaratilgan. Xususan, dasturning quyidagi boblariga ahamiyat qaratamiz: I. “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida ularning faoliyatini oshirish; II. Yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; III. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish; IV. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellectual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish”[1, PQ] va boshqalar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021-yillar - Harakatlar strategiyasi” dasturi, shuningdek qator qaror va farmonlari mamlakatimiz o‘g‘il- qizlarini har jihatdan himoyalash, ularga ta’lim va tarbiya berish, hayotga 2
ijtimoiy moslashuvi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yaqindan ko‘maklashishda muhim omil bo‘lmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy liderlarga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Ammo yosh liderlarimizda notiqlik qobiliyatining yetishmasligi natijasida bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu sababdan mavzu dolzab sanalmoqda. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan bugungi texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Jahon miqyosida mafkuraviy kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga javoban kuchli bilim va ma’rifat orqali javob bera olish, notiqlik mahorati orqali fikr yetkazish san’atini egallashni davrning o‘zi talab qilib turibdi. Barcha sohada, yo‘nalishda butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg‘otish va insondagi ayrim illatlarni yo‘qotishda notiqlikning samarasi bebahodir. Notiqlikni boshqa nutq turlaridan ajratib turadigan bir necha asosiy fazilatlar mavjud. 1. Notiq odamlarga notiqlik nutqi bilan murojaat qiladi – nafaqat tinglovchiga axborot yetkazish, balki ishontirish yoki biron bir harakatga undash tarzida javob olish uchun. Bunday nutq har doim hayajonli xarakterga ega. Buning uchun ma’ruzachi nutqining mavzusidan ilhomlanib, unga tinglovchilari uchun zarur va foydali deb hisoblagan narsalarini kiritishi kerak. 2. Nutq tinglovchilarga ta’sir qilishi va ularni qiziqtirishi uchun bu juda muhimdir – hokimiyat ma’ruzachi yoki uning o‘ziga xos psixologik munosabati. Tinglovchilarni ba’zi harakatlarni bajarishga undash uchun notiqning o‘zi birinchi navbatda maxsus iroda harakatini talab qiladigan harakatlarni amalga oshiradi. Ushbu harakat ma’ruzachi nutqida sezilib, tinglovchilariga yetkazilib, ularni harakatga undashadi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Respublika Prezidentining Farmon va Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlarida Davlat tili masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 3
Notiqlik qobiliyatini takomillashtirish va yuksaltirishda, malakali kadrlar tayyorlashda Davlat tili – o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos o‘rni va roli mavjud. Shu munosabat bilan hozirgi davrda, birinchi navbatda, Davlat tili – o‘zbek tilini va kasbga oid nutq madaniyatini mukammal egallash alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir soha egasi nafaqat notiqlik san’atini qonun qoidalarini bilishi, unga amal qilgan xolda fikrini yetkazib bera olishi lozim. Ayniqsa, lider shaxsi o‘zida nutq qobiliyatini shakllantirishi juda muhim. Muammoning o‘rganilganlik darajasi : Liderlik masalasi ham notiqlik masalasi ham har bir davrda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va bir qancha nazriyalarga boy masala sanalanadi. Liderlik bo‘yicha amerikalik olimlar K.Berd , R.Kettel, nemis olimlari G.Gibsh, M.Forverg, rus olimlari V.D.Parigin, L.N.Umanskiy, E.Jarikov, E.Krushelniskiy M.Y.Jukov, M.I.Magura va M.B. Kurbatova va boshqalarning ishlari diqqatga sazovordir. 1940 yilda amerikalik olim K.Berd tomonidan 79 sifatdan iborat bo‘lgan liderlik sifat lari ro‘yxatini tuz a di [52] . Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarida, Kaykovus “Qobusnoma” asari, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Abdulla Avloniy asarlarida lider shaxsida qanday fazilatlar bo‘lishi, notiqlik qobiliyati, notiqlik san’ati haqida zarur ma’lumotlar berilgan. Hozirga kelib o‘z ta’siriga ega bo‘lgan liderlik haqidagi bir qancha ishlar olib borilmoqda. Masalan, mustaqillikdan keyin olimlar liderlik masalasini o‘rganishga o‘z diqqatlarini qaratmoqdalar. Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteti, Komilov N. Komil inson to‘g‘risida to‘rt risola, Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi, Omonov B. Siyosiy yetakchining notiqlik mahorati, Razzoqov Sh. Rahbarlik san’ati, Raximova D., Bekmurodov M. Liderlik va tashkilot madaniyati. Xolbekov A.J. Boshqaruv sotsiologiyasi, Xuseynov B.M. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi a’zolarida zamonaviy liderlik qobiliyatlarini shakllantirish, kabi mutaxasislarning liderlik haqidagi kitoblari asos bo‘ladi[56]. 4
R.Jumaniyozov, B.Husanov, V.G‘ulomov, R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Y.Tojiyev, T.Qudratov, G.Apresyan, S.Aserenseva, I.Golub, S.Ivanovalar nutq madaniyati, nutq qobiliyati masalalarini o‘rganishgan. Lekin lider shaxsi va notiqlik qobiliyatini birgalikda o‘rganish darajasi kam o‘rganilgan soha sanaladi. Ushbu ishda liderlik va notiqlik qobiliyati birgalikda o‘rhanishga harakat qilingan. Tadqiqot obyekti : Lider shaxsida notiqlik qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi psixologik aspektlar (1-4-kurs talabalari). Tadqiqot predmeti: Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlarining mazmuni, shakl, metod va vositalari. Tadqiqotning maqsadi: Yetakchilarda liderlik qobiliyati bilan birgalikda notiqlik mahoratini ham takomillshtirish va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari: Yosh liderlarda notiqlik mahorati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlariga oid adabiyotlar bilan tanishish Yosh liderlarda notiqlik mahorati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari muammosini aniqlash Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari bugungi kundagi ahvolini aniqlash Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari omil va mezonlarini aniqlash Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish Tadqiqot natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ishlab chiqildi. 5