MAKTAB DARSLIKLARIDA “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI MATERIALLARI TAHLILI (GERMENEVTIK YONDASHUV)
MAKTAB DARSLIKLARIDA “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI MATERIALLARI TAHLILI (GERMENEVTIK YONDASHUV) MUNDARIJA ISHNING UMUMIY TAVSIFI 5 I BOB ALISHER NAVOIY “SAB’AI SAYYOR” DOSTONINING YARATILISHI HAMDA TAHLILI MASALALARI 1.1. “Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi va ushbu sikldagi dostonlarning genezisi, o‘zaro qiyosiy tahlili 8 1.2. “ Bahromnoma” hikoyatlari tahlili 23 I bob bo‘yicha xulosa 32 II BOB. ADABIY TAHLILDA GERMENEVTIK YONDASHUV 2.1. Adabiyot darslarida germenevtik tadqiq metodi 34 2.2. Alisher Navoiy asarlarini tahlil etishda germenevtik yondashuvning ahamiyati 41 II bob bo‘yicha xulosa 49 III BOB. MAKTAB TA’LIMIDA ALISHER NAVOIY “SAB’AI SAYYOR” DOSTONINING O‘RGANILISHI 3.1. “Sab’ai sayyor” dostonining maktab darsliklarida berilishi 51 3.2. Maktab ta’limda “Mehr va Suhayl” hikoyatining savol va topshiriqlar asosida o‘rganilishi 66 III bob bo‘yicha xulosa 73 UMUMIY XULOSA 75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 78 1
ISHNING UMUMIY TAVSIFI KIRIS H Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi : Har bir inson u yoki bu ma’noda ma’nan va aqlan yuksalish uchun adabiyot deb atalgan ulkan ustoz qarshisida saboq oluvchi talaba qatorida bo‘lishi lozim. Aks holda insonning moddiyatchidan farqi qolmaydi. “Tafsir va ta’vil, buyuk mutafakkirlarimizning asarlariga sharhlar bizning eng katta ma’naviy boyligimizdir” 1 . Adabiyot va san’at yaratuvchi ijodkor o‘zi yaratgan obrazlar orqali olam va odam, ular orasidagi ichki aloqa va bog‘liqlik kabilarni badiiy idroki orqali badiiy obrazga singdiradi. Ana shu obrazda esa ikki jihat birlashadi. Bular aql bilan hisdir. Shu boisdan ham obrazni ham ratsional, ham emotsional birlik sifatida talqin etish mumkin. Ijodkorning fikr dunyosi singdirilgan, ma’naviy va ruhoniy olami aks etgan badiiy asar “olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasidir” 2 . Xuddi shunday ruhoniyati kuchli, fikr dunyosi keng ijodkorlardan biri, dunyo adabiyotining eng yirik vakillaridan biri Alisher Navoiy hayoti va ijodiyotiga oid ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilgani hech kimga sir emas. Ammo Navoiy ijodi haqidagi izlanishlar qanchalik kengqamrovli bo‘lmasin, baribir Navoiy dahosi bugungacha to‘liq ochilgani va o‘rganilgani yo‘q. Uning epik va lirik asarlaridagi falsafiy-ijtimoiy, tasavvufiy qarashlari hali- haligacha adabiyot ixlosmandlarini hayratga solib kelmoqda. Timsollarning tag ma’nolari, ular anglatgan mazmun-g‘oyalarni anglashda bugungi kun tadqiqotchilari uchun Germenevtika metodi katta yordam bermoqda. Navoiy ijodi besh asrdan oshiq vaqt mobaynida davrlar sinoviga dosh berib o‘z qudratini namoyish etishda davom etaveradi. Zero, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda 1 Shukur Jabborov. Germenevtika. Hurriyat gazetasi. Ziyouz.com kutubxonasi, 2006. 2 Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr , 2010. 56-bet. 2
turkiy va forsiy tild a so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. 3 Navoiy asarlari bag‘rida jo bo‘lgan milliy va umuminsoniy qarashlar, fikrlar har bir inson uchun ne qadar zarur va ahamiyatli bo‘lsa, ularning zargarona ifodasi, bemisl mahorat natijasi o‘laroq tarkib topgan go‘zal shakli shu qadar jozibali, hayratlanarli. “Qadimgi turkiy tilda barakali ijod qilib, uni adabiy til, madaniyat va saltanat tili darajasiga ko‘targan barcha asarlari umumbashariy gumanistik g‘oyalar bilan sug‘orilgan Alisher Navoiyni shuning uchun ham barcha turkiy xalqlar o‘z shoiri sifatida alohida mehr bilan o‘qib-o‘rganadi va u bilan faxrlanadi”. 4 Ularni o‘qigan kishi, agar tom ma’noda uni tushunish, anglash baxtiga musharraf bo‘lsa, shoirning ulug‘ donishmandligi oldida lol qolsa, yozmishlari badiiyati, ularning nafosati qarshisida dong qotadi. Shuning uchun adib asarlarning mazmuni, g‘oyaviy jihatlari tadqiqi ne chog‘lik dolzarb bo‘lsa, ularning badiiyatini o‘rganish, mahorat qirralarini ochib berish ham birdek zarur. Bunda asar tahlili eng muhim va asosiy omil sanaladi. Shu bois ham magistrlik dissertatsiyamizda “Sab’ai sayyor” dostonining maktab ta’limi darsliklaridagi materiallarini germenevtik asosda tahlilga tortish muhim sanaladi. Magistrlik dissertatsiyasi ning ob y ekti va predmeti: Ishning asosiy tadqiqot ob y ektini Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari tashkil qiladi. Bundan tashqari mavzuni ochishga bevosita qaratilgan tarixiy hamda istiqlol davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlardan ham foydalaniladi. Shu jumladan, mavzuga aloqador ilmiy maqolalar, adabiyot darsliklari ham ma’lum joylarda ishga jalb etiladi. Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari: Magistrlik dissertat- siyasi ning maqsadi Navoiy ijodi ni tahlil qilish ni o‘rganishdan iborat bo‘lib, uni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni o‘z oldimizga belgilab oldik: 3 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. Б – 30. 4 Mirziyoyev. Sh. M. Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari. 2020. 286-bet. 3
– “Sab’ai sayyor” dostonini germenevtik yondashuv asosida tahlil qilish; – “Sab’ai sayyor” dostonining maktab darsliklaridagi parchalarni tahlil qilish ; – kuzatishlarimizdan kelib chiqib o‘rganilgan mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqotda berilyotgan muammo ilmiy jihatdan o‘rganilgan ishlarni tekshirish asosida xulosalarga kelish va o‘rganilmagan jihatlariga e’tibor qaratish . Bugunning globallashuv jarayonida badiiy asar mazmunini to‘la ochib berish asar tahlili bilan bog‘liq. Asarning ma’lum qismini germenevtik yondashuv asosida har bir bayt va misraning ma’nolarini ochib berilishi va undan muayyan xulosalar chiqarilishi ishning asosiy ilmiy yangiligi hisoblanadi. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar sharhi: Adabiyotshunosligimizda Navoiyning lirik va epik asarlari nisbatan keng tadqiq qilingan, adabiy-estetik qarashlari o‘rganilgan. Xususan, “Sab’ai sayyor” dostoni ham. Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Shoir asarlarining badiiyatiga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar, bir qator risolalar yozilgan. Xususan, professor Muslihiddin Muhiddinovning “Ko‘ngil hayratlari”, Saidbek Hasanovning “Navoiyning yetti tuhfasi”, Aftondil Erkinovning “Alisher Navoiy “Xamsa”si talqini manbalari” asar larini shular qatoriga kiritish mumkin. Navoiyning adabiy, estetik qarashlarini A.Hayitmetov, H.Qudratullaev, M. Muhiddinov, S. Hasanov, A. Qayumov, O. Davlatov, Z. Mamadaliyeva kabi olimlar tekshirganlar . Shuningdek, Navoiy asarlari talqini va tahliliga bag‘ishlangan kitob va to‘plamlar ham bor. Tadqiqot metodikasining tavsifi: Germenevtika metodi – tushunishning asosiy tamoyili bo‘lib, qadimda matnlarni boshqa tilga mazmunan talqin qilish sifatida qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu tadqiqot ishida asar tahliliga doir nazariy masalalar yoritiladi hamda amaliyotga yo‘naltiriladi. Magistrlik dissertatsiyasi ning tuzilishi: Ushbu tadqiqot ish i kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. 4
I BOB. ALISHER NAVOIY “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI YARATILISHI HAMDA TAHLILI MASALALARI 1.1. “Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi va ushbu sikldagi dostonlarning genezisi, o‘zaro qiyosiy tahlili Xamsachilik an’anasiga ko‘ra, to‘rtnchi doston shoh Bahrom haqida hikoya qilishi lozim. Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”) asari “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lib , 1483-84-yillar (hijriy 889-yil jumadussoniy oyi)da yozib tugallangan. Bu doston Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) hamda Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) asarlariga javob tariqasida yaratilgan. Asarning bosh qahramoni shoh Bahrom real tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdorlaridan biri Varaxran V bo‘lib, u otasi Yazdigurddan keyin taxt uchun bo‘lgan kurashda g‘olib chiqadi va otasi davrida deyarli vayron bo‘lgan mamlakat hayotini yaxshilab, izdan chiqqan davlatni tartibga keltiradi. U haqdagi ilk yozma manbalarni eron shohlari tarixidan so‘zlovchi “Tarixi rusul va muluk”, “Xudoynamak” kabi tarixiy kitoblarda uchratish mumkin. 420-438-yillarda (Sh. Sirojiddinov, D. Yusupova, O. Davlatovlar hammuallifligida yaratilgan “Navoiyshunoslik” kitobidan) hukmronlik qilgan ushbu shaxs qariyb 18 yillik hukmronligi davrida boshqa hukmdorlardan deyarli farq qilmaydigan siyosat yuritdi, ammo u tarixiy asarlarda o‘z otasiga qarshi turganligi qayd etilganligi bilan ajralib turadi. Shoh Bahromning ovga ishqibozligi, mayparastligi hamda fojiali o‘limi tarixiy kitoblardan ham o‘rin olgan. Ammo bu qo‘llanmalarda real tarixiy fakt to‘la namoyon bo‘lmagan. Biron ijodkorning asarini o‘rganish uchun, avvalo, shu ijodkor yashab o‘tgan tarixiy davr, tuzum, ijtimoiy-ma’naviy hayot haqida bilimga ega bo‘lish lozim. Alisher Navoiyning “Xamsa”siga kiruvchi to‘rtinchi doston “Sab’ai sayyor” asari yaratilishiga turtki bo‘lgan salaflari Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy hamda Ashraf Marog‘iylar yaratgan Bahromnomalar ham o‘z navbatida ijtimoiy yuk tashishi shubhasiz. Ammo yuqoridagi salaflar uchun ham asos vazifasini o‘tovchi asar bor. Bu asar Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sidir. “Xamsa” bitish 5