MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN MUNDARIJA: KIRISH …………………………………………………………………………….2 I-BOB. MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN FAOLIYATI.5 1.1.O`yin faoliyati haqida tushuncha……………………………………………….5 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o`yining ahamiyati……………….10 II-BOB.MASHG`ULOTLARNI O`YIN TEXNALOGIYASI ASOSIDA TASHKIL ETISH………………………………………………………………..16 2.1. Maktabgacha ta`lim tizimida o`yinlar texnologiyasi………………………… 16 2.2. O`yin texnologiyasi yordamida tashkil qilingan o`yin ishlanmasi…………….19 XULOSA …………………………………………………………………….. …..27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………………..30 1
2
KIRISH Maktabgacha ta’lim tashkilotilaridagi ta’lim–tarbiya jarayonida ilg orʻ pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, tashkilotilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan to ldirish hamda ularda kasbiy ʻ malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yo nalishlaridan biridir. Har ʻ bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda Respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotilarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati 3
monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Bunga misol tariqasida bir nechta qarorlarini,farmonlarini misol qilib keltirsak adashmaymiz. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi PQ – 3261 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ – 4312 sonli qarorlarining qabul qilinishi asosida Maktabgacha ta’lim sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otadi, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharotlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo’lib shakllanishida muhim o’rin tutadi. 1 Mavzuning dolzarbligi: O zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limʻ to g risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota–onalarning ʻ ʻ mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotilariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotilarida, maktablarda yoki 1 1.Mirziyoyev Sh.M “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”O’zbekiston Respublikasi. -176 b. 4
markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shug ullanishadi. Ota –onalargaʻ maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. Kurs ishining maqsadi : O’yin bola hayotining asosiy turini o rganish. ʻ Kurs ishining vazifalari : 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qoidali o‘yinlar talim berish shakli pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash. 2. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli mazmunini ishlab chiqish. 3. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli ko nikmalariga qo yilgan ʻ ʻ talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish. Kurs ishi predmeti : Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli o‘ziga xosligining mazmuni. Kurs ishi metodlari : ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik. 1) Kuzatish 2) Suhbat. 3) Savol javob. 4) Tajriba Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati : Ushbu ishimizda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo‘lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Kurs ishi tuzilishi : Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 5