Maktabgacha tarbiya yoshining psixologik xususiyati
Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshining psixologik xususiyati Reja: 1. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari 2. Bolani bog’cha muhitiga psixologik moslashtirish usul va vositalalari 3. Bolalarda xotira, nutq, diqqat, idrok va boshqa shu kabi psixologik xususiyatlarning rivojlanishi. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mavjuddir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning individual imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bolalar psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar, boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech kimi yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar. Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivojlanishida uning katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari juda katta o‘rin egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u yangi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlanadi. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez katta odamlar bilan faol munosabatga kirishib, ulardan ko‘p narsalarni bilib oladi. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib ketib, psixik jihatdan yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis rivojlanishidagi tashqi sabablardir. Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivojlanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyatlar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim muammolaridandir. O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bilan yuzaga kelsa, ya’ni uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim davrlarda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyotlaridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri deb ataladi. Psixik taraqqiyotning ana shunday inqiroz davrlari bir xil sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum yosh davrlariga ajratish
imkoniyatini beradi. Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan: 1. Podsholik davri – 5 yoshgacha. 2. Qullik davri – (6–12 yoshgacha). 3. O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan. Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini kattalar tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6–12 yoshgacha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan. Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi. Shveysariyalik psixolog J.Piaje bolaning aql-idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab: 1) sensomotor intellekti (0–2 yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2–7 yoshgacha) 3) aniq operatsiyalar davri (7–12 yoshgacha); 4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. Fransuz olimi, psixolog A. Valon bolaning jismoniy rivojlanishiga qarab (homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri – 0–6 oygacha, his-tuyg‘u davri – 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor davri – 1–3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri – 3–5 yoshgacha; farqlash davri – 6–11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12–18 yoshgacha) deb ajratgan. Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechiradi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sharoiti bir-biridan keskin farq qiladi. L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai
rivojlanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga tayanadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi: 1. Chaqaloqlik davri – 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi. 2. Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi inqiroz. 3. Ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz. 4. Maktabgacha davr – 3–7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz. 5. Maktab yoshi davri – 8–12 yoshgacha, 13 yoshdagi inqiroz. 6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri – 14–18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar J.Piaje (1896–1980-yy.) bildirgan. Biroq bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish bosqichida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: 1) go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha, yetakchi faoliyati – bevosita emotsional muloqot; 2) ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoliyat – predmetlar bilan nozik harakatlar qilish; 3) maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha – rolli o‘yinlar; 4) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha – o‘qish; 5) kichik o‘smirlik davri – 10–15 yoshgacha – intim (dilkash, samimiy) muloqot; 6) katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri – 16–17 yoshgacha, yetakchi faoliyat – o‘qish, kasb tanlash davri. D.B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik
namoyandasi A.A. Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiyaga faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi: 1) chaqaloqlik davri – tug‘ilgandan bir oylikkacha; 2) kichik maktabgacha davr – 1 oylikdan 1 yoshgacha; 3) maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr – 1 yoshdan 3 yoshgacha; 4) maktabgacha tarbiya davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha; 5) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 2436) o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) – 13 yoshdan 15 yoshgacha; 7) katta maktab yoshi davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha. Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolotini davrlarga ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Biz ularni ham fiziologik, ham psixologik taraqqiyoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratishni tavsiya etamiz: 1) chaqaloqlik davri – 0–1 oygacha; 2) go‘daklik davri – 1 oydan 1 yoshgacha; 3) ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha; 4) maktabgacha yosh davri – 3–7 yoshgacha; 5) kichik maktab yoshi davri – 6–11 yoshgacha; 6) o‘smirlik davri – 12–15 yoshgacha; 7) ilk o‘spirinlik – kollej, litsey davri – 15–18 yoshgacha. Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlarigina emas, balki uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim-tarbiya muassasalariga qabul qilinadi. Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil bo‘lsa ham, taraqqiyot