logo

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASHDA NOAN’AVIY YONDASHUVLAR

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

383.36328125 KB
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY
TARBIYALASHDA NOAN’AVIY YONDASHUVLAR
METODLARDAN FOYDALANISH MAVZUSIDA
MUNDARIJA: 
KIRISH………………………………………………………………… 3
I BOB Bitiruv malakaviy ishining umumiy tasnifi……………….. 13
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar  jismoniy tarbiyasi………… 13
1.2. O‘qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari………………… 15
II.BOB TADQIQOTNING   MAQSADI,   VAZIFASI,   USULLARI
VA   TASHKIL
QILINISHI …………………………………… 21
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda 
noan’aviy yondashuvlarning vazifalari ……………………… 21
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan 
tarbiyalashda noan’aviy yondashuvlar……………………… 22
2.3 Tadqiqot vazifalari ……………………………………………. 30
2.4 Ilmiy-uslubiy   adabiyot   manbalarini   tahlil   qilish   va   amaliy
tajribalarni umumlashtirish…………………………………. 30
2.5 Maktabgacha   yoshgdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalash
jarayonini pedagogik kuzatish………………………………. 30
2.6 Tadqiqоt tеkshirish sinоvlari ………………………………… 31
2.7 Tadqiqotni   tashkil
qilinishi …………………………………… 31
III 
BOB Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   jismoniy   sifatlarni
tarbiyalash xususiyatlari.   ……………………………………. 32
3.1 Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   jismoniy   tarbiyasining
shakllari………………………………………………………. 32
3.2 Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   jismoniy   sifatlarni
tarbiyalash…………………………………………………… 38
3.3 Bolalar jismoniy tarbiyasining yosh xususiyatlari………….. 44 3.4 Bolalarni   jismoniy   sog‘lomlashtirishda   harakatli   o‘yinlar
va   sport   bayramlarini   tashkil   qilish   va
o‘tkazish……………… 46
O‘tkazilgan tajribalar natijalari…………………………….. 57
Xulosa ……………….………………………………………………….. 61
Foydalanilgan adabiyotlar    …………………………….……………… 63
2 KIRISH
Sog‘lom avlod–sog‘lom yurt demakdir. Sog‘lom avlodni tarbiyalash vazifasi
esa   birinchi   navbatda   maktabgacha   tarbiya   muassasalari   zimmasidadir.   O‘sib
kelayotgan   yosh   avlod   ta’lim-tarbiyasining   samarasi   bolalarning   maktabgacha
tarbiya   muassasalarida   qoniqarli   va   yetarli   bilim,   talim-tarbiya   olishlariga
bog‘liqdir.   Inson   hayotning   birinchi   yetti   yilligida   bolalar   sog‘ligiga   zamin
tayyorlanadi.   Hayotiy   zaruriy   harakat   malakalar   shakllanadi,   takomillashadi.
Keyinchalik   jismoniy   rivojlanish   uchun   lozim   bo‘lgan   shart-sharoitlar   yuzaga
keladi. 
Abdurauf   Fitrat   “Oila   asarida   ota-onalarga   qarata   bunday   yozadi:
“Inshoolloh,   oqilona   tarbiyangiz   soyasida   farzandingiz   sog‘lom   aql   va   sog‘lom
badanga sohib bo‘lib, yaxshi kamol topib, yetti yoshni to‘ldiradi. Yetti yoshgacha
bolalarni   ham   jismoniy,   ham   aqliy,   ham   odob-axloqli   qilib   tarbiyalash   juda
muhimdir.  Bola  yetti   yoshgacha  jismonan  sog‘lom   va aqlan  yoshiga  yarasha  oqil
bo‘lsa,   kyelgusidagi       kamolotiga       ham       imkoniyatlar,       yo‘llar     ochiladi”.
Alpomish,   Go‘ro‘g‘li   kabi   xalq   qahramonlari   ham   o‘z   oilasi   vorisi   sifatida   el-
yurtini   turli   bosqinchilardan   himoya   qilishda   jismoniy   va   aqliy   quvvati   bilan
jasorat ko‘rsatib, xalq myehrini qozonganlar.  Donishmand shoir, Xorazm bahodiri
Pahlavon   Mahmud       aqli       va     jismoniy       kuch-quvvati       bilan   kurashda     g‘olib
chiqib,     minglab   vatandoshlarini    yovlar    qo‘lidan   ozod     qilib,     xalq   duosini
olgan. 
Hozirgi   zamonda   jamiyatning   muhim   sotsial   vazifalaridan   biri   o‘sib
kelayotgan yosh avlodni ruhiy, ma’naviy va jismoniy komolotga yetkazishdir. 
Birinchi   navbatda,   jismoniy   tarbiya   darslarda   o‘quv-tarbiya   jarayoni
samaradorligini   oshirish   muammosi   oldiga   qo‘yiladi.   Bunda   jismoniy   tarbiya
bo‘yicha   dasturlar   mazmuni,   vositalar   va   jismoniy   tarbiya   uslublari   keng
foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. 
Pedagogik   jarayon   amaliy   psixofiziologik   imkoniyatlarni   hisobga   olgan
holda   tuziladi,   maktabda   jismoniy   tarbiya   o‘zining   ko‘p   xillik   sharoitlari   bilan
3 farqlanib   o‘quvchilardan   mustaqil   bo‘lishni,   tashabbuskorlik,   tashkilotchilik
faolliligini, topqirlik sifatlarini talab qiladi. 
Mamlakatimizda   jismoniy   va   manaviy   barkamol   avlodni   voyaga   yetkazish
masalasi   biz  uchun  umummilliy,  umumdavlat  miqyosidagi  vazifa  bo‘lib, bu  ezgu
maqsad yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarimizni izchil va qatiyatlik bilan davom
ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi.  
Yosh   avlodni   har   tomonlama:   aqliy,   axloqiy   va   jismoniy   jihatdan
rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. 
Yosh   bolalar   o‘rtasida   jismoniy   madaniyat   va   sport   ishlarini   kengaytirish
masalalarini   bugungi  zamon  talablari  darajasiga  ko‘tarish,  jismoniy  madaniyat   va
sport   musobaqalarining   vazifalaridan   biridir.   Umuman   olganda,   yosh   bolalarni
sport   turlariga   jalb   qilish   va   ular   bilan   sport   mashqlarini   tashkil   qilishda
yoshlarning   morfologik   rivojlanganligini   aniqlash   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.
Chunki   sport   mashqi   jarayoni   yosh   organizmga   har   tomonlama   o‘z   tasirini
o‘tkazadi.  
Mavzuning dolzarbligi:  Mavzuning dolzarbligi shundaki hozirgi kunda 
maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   jihatdan   tarbiyalashda   maktabgacha
ta’lim muassasalari mamlakatimiz yoshlarining boshlang‘ich qismini tashkil etadi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   jihatdan   tarbiyalash   bolalar   jismoniy
tarbiyasi   davlat   va   jamoat   muassasalarida   olib   boriladi.   Davlat   muassasalarida
bolalar bog‘chalari; jamoat muassasalarida korxonalar, shaxsiy pulli bog‘chalarda
uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat muassasalarida amalga oshiriladi.
Davlat   muassasalarida   jismoniy   tarbiya .   Bolalar   bog‘chasidagi   jismoniy
tarbiya   jarayoniga   mudir   rabarlik   qiladi.   Jismoniy   tarbiya   ishini   tarbiyasi   olib
boradi.   tarbiyachi   mashg‘ulotlarni   musiqachi,   shifokor   bilan   rejalashtiradi.
Shifokor   tarbiyachiga   jismoniy   mashqlarni   tanlashga,   uni   meyorini   aniqlashga
yordam beradi. 
Bog‘chalarda   jismoniy   tarbiya   jarayonini   amalga   oshirish   uchun   o‘quv
tipidagi   mashg‘ulotlar   ertalabki   gimnastika,   ertalabki   badan   tarbiya   daqiqalari,
chiniqtiruvchi   muolajalar, harakatli  o‘yinlar  ekskursiyalar,  sayohatlar,  bayramlar,
4 yakkama-yakka va mustaqil mashg‘ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari
musiqa   darslarida   ham   jismoniy   tarbiyani   vazifalarini   hal   qiladigan   jismoniy
mashqlar, o‘ynalar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi. 
O‘quv   tipidagi   jismoniy   mashqlar   bilan   shug‘ullanish   mashg‘ulotlari
bolalarni   harakatga   o‘rgatishda   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Bu   mashg‘ulotlar
bog‘chalarining   hamma   guruhlarida   o‘tkaziladi.   1   yoshgacha   bolalarda   har   bir
bola bilan ayrim jismoniy mashqlar massaj bilan qo‘shib olib boriladi. 
1-3   yoshgacha   bo‘lgan   bolalardan   yoshi   katta   bo‘lgan   guruhlarda   (6-12)
haftada   3   marotabadan,   3-7   yoshgacha   bo‘lganlarda   haftada   1   marta   va   hamma
guruhlar   bilan   birga   o‘tkaziladi.   Yoshi   katta   bo‘lgan   sari   mashg‘ulotlarning
davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg‘ulotlar 4 qismdan -
tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunlov, qismlariga bo‘lib olib boriladi  va ularning
har   birida   o‘zlarining   aniq   vazifalari   hal   qilinadi.   Jismoniy   mashqlar
osonlashtirilib,   “o‘rmonga  sayohat”,   harakatli   va   sujetli   (“O‘rmonga  sayohat”   va
boshqa)   shakllarda   olib   boriladi.   Tarbiyachi   oldin   jismoniy   mashqlarni   tanlab,
so‘ngra   syujet   tanlaydi.   Yurish,   yugurish,   to‘siqlardan   oshish,   suzish   va   ochiq
havoda bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqt hisobiga o‘tkaziladi. 
Bugungi   kunda   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   jihatdan
tarbiyalashni    yo‘lga qo‘yish va ommaviylashtirish masalasidagi  ishlar mutaxasis
olimlarni   hamisha   diqqat   etiborida   bo‘lib   kelmoqda.   Shu   sababdan   bu   mavzuni
yetarlicha   o‘rganib   chiqib   tadqiqotlar   o‘tkazib   olingan   natijalarni   umumlashtirib
xulosalar   chiqarish   va   shu   xulosalarga   asoslanib   takliflar   kiritish   foydadan   xoli
bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz. 
Ishning   ilmiy-amaliy   ahamiyati:   Biz   tanlab   olingan   mavzu
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda noan’aviy yondashuvlar”
nomli bo‘lib bu mavzuni tanlashdan maqsad shuki jismoniy tarbiya va sport bilan
muntazam   shug‘ullanaman   va   shu   soha   haqida   birmuncha   tasavvurga   ega
bo‘lganligim  sababli ushbu mavzuni tanlab nazariy bilimlarimni boyitmoqchiman.
5 Yoshlarimizni   har   tomonlama   kamol   topishida   kichik   yoshdagi   bolalarni
jismoniy   jixatdan   tarbiyalab   borishning   ijtimoiy   va   psixologik   tomonlari   va
ularning rivojlantirish ahamiyati kattadir.  
Malakaviy   bitiruv   ishining   maqsadi:     shundan   iboratki   bugungi   kunda
maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalashda   noan’aviy
yondashuvlarning   ahamiyatini   chuqur   organish   mavzuni   takomillashtirish   hamda
ular   asosida   amaliy   tavsiyalar   ishlab   chiqish.   Ishning   vazifalari   mavzuga   doir
ilmiy-pedagogik   ilmiy   ommabop   manbalarni   o‘rganish   uslubiy   davriy
adabiyotlarni   tahlil   qilish   va   saralab   olingan   materiallarni   didaktik   qayta   ishlash
umumlashtirish  
Maktabgacha   tarbiya   muassasalarida   bolalarni   jismoniy   tayyorlash   vazifalarining
ilg‘or harakatli tajribalarni o‘rganish va hayotda qo‘llay bilish.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalashda   noan’aviy
yondashuvlarning   iqtisodiy psixologik tomonlarini o‘rganish hamda shu bo‘yicha
tadqiqotlar o‘takazish.
Ishning   asosiy   vazifalari:   quyidagilardan   iborat:     Malakaviy   bitiruv
ishining vazifalari mavzuni hayotda chuqur qo‘llay bilish.   Maktabgacha yoshdagi
bolalarni   jismoniy   tarbiyalashda   noan’aviy   yondashuvlarning   ahamiyati   va
bolaning   organizimi   tez   rivojlanishi,   organizmning   himoya   refleksi   sust
rivojlanganligi   ,   nisbatan   kasalga   tez   chalinishi   tabiy   holdir   shunga   ko‘ra   bu
yoshdagilarning     jismoniy   tarbiyasining   vazifasi   –   ularning   sog‘ligini   saqlash   va
mustahkamlash,   chiniqtirish,   har   tomonlama   jismoniy   rivojlantirish,   gavdani
to‘g‘ri   tutish,   umumiy   va   shaxsiy   gigiyenaga   etibor   beradigan   qilib   voyaga
yetkazishdir. 
Eng ahamiyatlisi ularda hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini
yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, yugurish, suzish  va samokat  va velosipedda
yurishlarni rivojlantirishdir. Bu harakatlarni bolalar tez o‘zlashtiradi. Bunga sabab
ularning   nerv   sistemasini   elastikligini   yuqoriligidir.   Oddiy   harakat   malakasi
keyinchalik kattaroq yoshga o‘zlashtirishga yordam beradi. 
6   Yoshlarimizni   har   tomonlama   barkamol   kelajagi   istiqbolli   tayyorgarlik
poydevorining  mustahkam   bo‘lishida   sportni   boshqarishning  iqtisodiy-psixologik
tomonlari   va ularni  rivojlantirish  muhim   ahamiyat  kasb  etadi.  Kelajak  avlodimiz
bo‘lgan   o‘quvchilar   va   yoshlarni   jismoniy   madaniyatni   shakllantirishda   ularni
sog‘lom yo‘lga boshlashda eng ishonchli va samarali vositalardan biridir. 
Ishning predmeti:   Tadqiqotning predmeti sifatida, tadqiqotning obekti qilib
olingan   Samarqnd viloyati Bulung‘ur tumani  12 -MTM da ta’lim oluvchi  5-6 yoshli
bolalarning jismoniy tarbiyalashdagi yondashuvlar o‘rganildi. 
Ishning   obekti -   Samarqnd   viloyati   Bulung‘ur   tumani   12-MTM   da   ta’lim
oluvchi bolalarda tadqiqot ishlari olib borildi.
- Mavzuga mos zaruriy uslubiy va davriy adabiyotlarini o‘rganish va tahlil
qilish ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tahlil qilsihdir;  
- Pedagogik kuzatishlar olib borish;    
- Pedagogik eksperimentlar o‘tkazish;  
- Olingan natijalarni tahlil qilish;  
- Nazorat mashqlaridan foydalanish.  
Tadqiqotlar   asosan   Samarqand   viloyat   Bulung‘ur   tumani   12-maktabgacha
ta’lim   muassasasida   olib   borildi.   Ilmiy   izlanish   va   tadqiqot   jarayonlarida   12-
maktabgacha talim muassasasining faoliyati hamda   mutasaddi xodimlar faoliyati
jismoniy   tarbiya   bo‘yicha   ish   shakllari   tashkil   etish   bo‘yicha   meyyoriy   hujjatlar
o‘rganildi.   Shuningdek   “Maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   bolalarni   jismoniy
tayyorlashda   noan’aviy   yondashuvlarda   iqtisodiy   psixologik   tomonlari   va   ularni
rivojlantirish   yo‘llarini   o‘rganish     sport   mashg‘ulotlarining   manaviy   marifiy
tavsilotlaridan maqsad yo‘lida foydalanildi. 
Ishning   uslublari:   Tadqiqot   ishini   olib   borishda   maktabgacha   ta’lim
muassasalarida   bolalar   jismoniy   tarbiyasini   tashkil   etishni   meyyoriy   hujjatlari,
jismoniy tarbiya shakl   ish shakllarini nazariy tahlil qilish va ularning amaliyotga
tadbiq etilishini o‘rganish maqsadida quyidagi usullar qo‘llanildi. 
7 12-maktabgacha   ta’lim   muassasaning   jismoniy   tarbiyaning   ish   shakllarini
tashkil  etishni  rasmiy hujjatlari  bilan tanishish,  jismoniy tarbiyani tashkil  etishga
doir maxsus adabiyotlar va darsliklarni  tahlil qilish. 
O‘quv   amaliyotlari   va   tadqiqotlar   o‘tkazish     jarayonida   bolalarni   jismoniy
tarbiya va sportga qiziqishi etiqodi va amaliy malakalarini nazariy jihatdan tahlil
qilish. Pedagogik kuzatishlar olib borish. 
Bolalar   o‘rtasida   jismoniy   tarbiya   va   sportga   bo‘lgan   qiziqish,   talab   va
ehtiyojlarini o‘rganish uchun satsiologik tadqiqotlar o‘tkazish. 
Amaliy tavsiyalar va metodik tavsiyanomalar ishlab chiqish. 
Malakaviy   bitiruv   ishi   materiallari:   Biz   bu   o‘rinda   maktabgacha   ta’lim
muassasasi   bolalarlar   jismoniy     xususiyatlarini   aniqlash   maqsadida   jismoniy
madaniyat   mutaxassis   va   murabbiylari   bilan   sport   mashg‘ulotlarini   qanday
rejalashtirganliklari   va   mashg‘ulotlarda   qanday   jismoniy   yuklamalardan   va
psixologik   tayyorgarliklardan   foydalanganligini   o‘rganish   maqsadida   Samarqand
viloyat   Bulung‘ur   tumani   12-maktabgacha   ta’lim   muassasasida,   ilmiy   tadqiqot
ishlarini olib bordik. Maktabgacha ta’lim muassasalarda jismoniy tarbiya bo‘yicha
ish   shakllarini   jismoniy   tarbiyasini,   sport   seksiyalari,   ommaviy   sport   tadbirlarini
tashkil qilishning rejalashtirilgan hujjatlari bilan tanishdik. 
- Maktabgacha   ta’lim   muassasasida   yosh   bolalarning   jismoniy   tarbiyasini
hamda sport mashqlariga keng etibor berilgan. 
- Mavzu   yuzasidan   tadqiqotlar   materiallarining   yig‘ish   va   to‘plashda
quyidagi   ishlarni     amalga   oshirdik.   Birinchidan   o‘rganilayotgan   muammo   ustida
mamlakatimiz va jahon adabiyotida yozilgan barcha ahamiyatli asarlardan manba
sifatida foydalandik. 
- Yozilgan adabiy manbalarda berilgan ma’lumotlarni tizimga solib amalga
oshirilayotgan tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib tahlil qildik. 
- Barcha   o‘rganilgan   asarlarni   bir-biriga   bog‘lab   tanqidiy   nuqtai   nazardan
tahliliy xulosalar qildik. 
8 Bitiruv malakaviy ishi  mavzusining o‘rganilish darajasi.   Respublikamiz
hukumati qarorlarida ta’kidlaganidek, maktabgacha ta’lim dasturi   bola ma’naviy-
ruhiy,  jismoniy rivojida katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  davrdir.  “Vaholanki,  odam
umri mobaynida to‘playdigan axborotlarning  yarmini maktabgacha ta’lim davrida
oladi. Unga kerakli shart-sharoitni shu davrda yaratib bermasak, keyin foydasi kam
bo‘ladi. 
Joylarda   -   qishloq   va   tumanlarda   farzandlarimizga   ta’lim-tarbiya
beradigan,ya’ni     ularning   ongini   o‘stiradigan,fikrini   ulg‘aytiradigan   maktabgacha
ta’lim  muassasasalari tizimini takomillashtrishga alohida e’tabor berishimiz zarur 
Malumki,   maktabgacha     yoshdagi   bolalarning   asosiy,   yetakchi   faoliyati
o‘yindir. Shu faoliyat vositasida  u tashqi   ijtimoiy olamni biladi, uning dunyo va
ma’naviyatiga   aloqador   bilimlar   zahirasi   to‘planadi.   Ijtimoiy   tasavvurlar   bola
ongidagi   shunday   bilim,   tushuncha,   g‘oya   va   tasavvurlar   majmuiki,   ular   bevosita
bolani   o‘rab   turgan   ijtimoiy   obyektlar   hodisalar,   qadryatlar   mohiyatidan   kelib
chiqadi   va   bunda   o‘yin   faoliyati   yetakchi   rol   o‘ynaydi.O‘yin   maktabgacha
yoshdagi bolalarning  shunday faoliyatidirki, bunda bola o‘z tengdoshlari o‘rtasida
faollik   ko‘rsatadi,   ijtimoiy  xulq   va  hatti   harakatlarning   andozalarini   o‘zlashtiradi,
kattalar   hayotiga   taqlid   qiladi,   bolalar   bajarayotgan   rolga   ko‘ra   bir   birlariga
bo‘ysunadilar,yordam beradilar, do‘stlashadilar. Ana shu tariqa bola shaxsida aqliy
qobilyat   shaxsiy   va   ijtimoiy   burch   xislari,   o‘tkir   zehn   tarkib   topadi,   tenglik,
birdamlik   tuyg‘ulari,   insoniy   fazilatlar   –   samimiyat,   or-nomus   xushmuomalalik
kabi fazilatlar tarkib topadi. 
Maktabgacha   ta’lim   davrida   o‘yinlar   va   ularning   shaxs   sifatida
shakllantirishdagi   o‘rni   muammosi     ko‘plab   olimlarning   mavzusi     bo‘lib   kelgan.
Bu   o‘rinda   qator     chet   el   va   sobiq   sovet   olimlari:Y.A.Arkin,     A.V.Zaparojes,
A.P.Uyeva,   A.S.Makarenko,   T.A.Osokina   kabilarning   ilmiy   tadqiqot   ishlarini
misol qilib keltirish mumkin. 
Bundan   tashqari,   O‘zbekiston   pedagog   va   psixologlari   tomonidan     ham   bu
borada ma’lum tajriba to‘plagan.  
9 Jumladan,   E.G‘oziyev,   E.Usmonova,   T.Usmonxo‘jayev,   S.G‘oziyeva,
F.Xo‘jayev, K.Raximova, G.Yo‘ldosheva kabi   tadqiqotchilar    maktabgacha  yosh
davrida   bolalar     o‘yinining     undagi   turli   shaxs   va   individual     sifatlariga   ta’sirini
o‘rganib, o‘ziga xos   o‘yin nazariysining tarkib   topishiga hissa qo‘shdilar. Lekin
o‘yinlarning   aniq   milliy   madaniy     muhit   sharoitida   boladagi     ma’naviy
tasavvurlarni   shakllantirishdagi     ijtimoiy     pedagogik   xususiyatlari   mazmuni,
mohiyati,   tashkil   etish   yo‘llari     masalasiga   kamroq   e’tabor   berilgan.   Bu   holat
bitiruv     malakaviy   ishlarining   dolzarbligini   kuchaytiradi   va   uning     tarbiyaviy
ahamiyatini yanada oshiradi.   
Adabiyotlar   tahlili:   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   jihatdan
tarbiyalashda yosh bolalarni har tomonlama va garmonik rivojlanishi sistemasida
alohida   o‘rin   tutadi.   Bolalarning   jismoniy   jihatdan   shakllanishi   uning   aqliy   va
ma’naviy   irodaviy   taraqqiyoti   bilan   barcha   ruhiy   faoliyatining   rivojlanishi   bilan
chambarchas bog‘liqdir. Bunda hayotiy sharoitlarning tasiri va tarbiya hal qiluvchi
rol   o‘ynaydi.   Bolalarda   harakatchanlikni   rivojlantirish,   harakat   malakalari   va
jismoniy   sifatlar   chaqqonlik,   jadallik,   kuchlilik,   chidamlilikni   shakllantirish
muhim vazifa hisoblanadi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida tarbiyaviy masalalar
ham hal  qilinadi. Bu vazifalar juda xilma-xildir. Xarakterda ijobiy xususiyatlarni
axloqiy   va   iroda   sifatlarni   tarbiyalash   kundalik   jismoniy   mashq   mashg‘ulotini
extiyoj   va   odatga   aylantirish   olingan   bilim   va   malakalardan   mustaqil   faoliyatda
ijodiy   foydalana   bilish   mahorati   tarbiyaviy   vazifalarning   eng   asosiylari
hisoblanadi.   Mamlakatimizda   ta ’ lim   tizimini   takomillashtirish,   Vatan   ravnaqini
ta’minlaydigan   yosh   avlodni   tarbiyalab   voyaga   yetkazish   masalalariga   jiddiy
e’tibor berilmoqda. 
Yosh   avlodni   har   tomonlama:   aqliy,   axloqiy   va   jismoniy   jihatdan
rivojlanishida   jismoniy   tarbiya   asosiy   o‘rinlardan   birini   egallaydi.   Yoshlarimizni
har   tomonlama   barkamol   kelajagi   istiqbolli   tayyorgarlik   poydevorining
mustahkam   bo‘lishida   sportni   boshqarishning   iqtisodiy-psixologik   tomonlari   va
ularni   rivojlantirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Kelajak   avlodimiz   bo‘lgan
10 o‘quvchilar   va   yoshlarni   jismoniy   madaniyatni   shakllantirishda   ularni   sog‘lom
yo‘lga boshlashda eng ishonchli va samarali vositalardan biridir.  
Malakaviy bitiruv ishini yozishda ko‘plab adabiyotlardan foydalanilgan.  
O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   so‘ng   yangi-yangi   o‘quv
qo‘llanmalar,   adabiyotlar   chop   etildi   va   shu   adabiyotlardan   foydalanib   yangi
o‘zgarishlar kiritildi. 
Hozirgacha   bo‘gan   davirda   respublikamizda   maktabgacha   yoshdagi
bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashni sifat samaradorligini oshirish borasida bir
qancha olimlarimiz jumladan;  
- A.Abdullayev.   Sh.Xonkeldiyev.   Jismoniy   tarbiya   nazariyasi   va
metodikasi. Toshkent. 2005 y 
- L.P.Matveyev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari» Moskva 1991 yil 
- M.Raximov,   B.   Qo‘lto‘rayev.   Boshlang‘ich   sinflarda   jismoniy   tarbiyani
o‘qitish nazariyasi va metodikasi.  Toshkent,  “ Yangi asr avlodi ”  2001 yil 
- F.A.Kerimov. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. T. “Zarqalam” 2004 yil. 
- B . A . Ashmarin .  (Теория  методика  физического   воспитания.)  
M . “Просвешение” 1990. y  
- R.S.Salomov. Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari.  T. 2005 yil 
- R.A.Qosimov,   B.T.Haydarov.   Jismoniy   madaniyat   xarakatining   nazariy
asoslari. Samarqand, 2009.y 
- K.M.Mahkamjonov   “Maktabgacha   va   maktab   yoshidagi   bolalarning
jismoniy   rivojlantirishi   va   tayyorgarligini   takomillashtirish”   Metodik   qo‘llanma.
Toshkent, 1996.  
- Mahkamjonov K., Tulenova X. Farzandingiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz.
Toshkyent, O‘zPFITI, 1995. 
- Mahkamjonov   K.,   Sodiqova   Ye.   “Harakat   –   go‘zallik   va   salomatlik
garovi”, Toshkent, 2002. 
- A.V.   Livitsskiy     Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   jismoniy   tarbiyasining
nazariyasi va metodikasi. tahriri ostida.  Toshkent, 1995. 
11 - Rasulova   M.   Uchinchi   mingyillikning   bolasi.   Tayanch   dastur
“Marifatmetodlar nashriyoti, 2000. 
- Usmonxo‘jayev T., Xo‘jayev F. 1001 o‘yin.Toshkent, 1990. 
Tojiboyev X.,Usmonxujayev T. Harakatli o‘yinlar. Toshkyent, 1993. 
-B. T. Xaydarov, G. X. Xolboyeva, I. Sh. Xamrakulova, D. O‘. Nazarova,
Z. S. Muxtorova Bolalar jismoniy tarbiyasi Samarqand 2022.
G. X. Xolboyeva Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Samarqand
2022
- Kabi bir qator ilmiy uslubiy va amaliy ishlarni amalga oshirgan. Yuqorida
nomlari   qayd   etilgan,   Olimlarni   yaratgan   iilmiy   adabiyotlari   va   uslubiy
qo‘llanmalaridan samarali foydalanildi.   Undan tashqari quydagi INTERNET sayt
ma'lumotlaridan ham foydalanildi.  
- http://www.twirpx.com      – adabiyotlarning elektron varianti. 
- http://www.ziyonet.uz      - adabiyotlarning elektron variantlari 
- http://www.referat.ru      - referat va elektron darsliklar 
12 I BOB. Bitiruv malakaviy ishining umumiy tasnifi. 
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar  jismoniy tarbiyasi. 
Inson   hayotning  birinchi  yetti  yilligida  bolalar   sog‘lig‘ining  asosiga  zamin
tayyorlanadi,   hayotiy   zaruriy   harakat   malakalari   shakllanadi,   takomillashadi,
keyinchalik   jismoniy   rivojlanish   uchun   lozim   bo‘lgan   shart-sharoitlar   yuzaga
keladi. 
Ruhiy   zabon   olimlarimiz   Shelovanova,   Aksariynoy,   Sorochek,   Uvarov,
Bikovlarni   tadqiqotlarini   natijalari   shuni   ko‘rsatadiki   bolaning   jismonan
chiniqqan, chaqqon, kuchli bo‘lib o‘sishi uchun o‘z vaqtida to‘g‘ri rejalashtirilgan
jismoniy   tarbiya   jarayoni   muim   rol   o‘ynaydi.   Jismoniy   tarbiyaning   ahamiyatini
noto‘g‘ri   baholash   bola   organizmini   rivojlantirishni   susaytiribgina   qolmay,   uni
aqliy   rivojlanishigaham   salbiy   tasiri   ko‘rsatishini   jismoniy   tarbiya   amaliyoti
isbotlab berdi. 
Bolaning   organizimi   tez   rivojlana   boshlaydi.   Lekin   organizmning   himoya
refleksi  sust  rivojlangan bo‘ladi, nisbatan kasalga  tez chalinadi. Shunga ko‘ra bu
yoshdagilar   jismoniy   tarbiyasining   vazifasi   –   ularning   sog‘ligini   saqlash   va
mustahkamlash,   chiniqtirish,har   tomonlama   jismoniy   rivojlantirish,   gavdani
to‘g‘ri   tutish,   umumiy   va   shaxsiy   gigiyenaga   etibor   beradigan   qilib   voyaga
yetkazishdir. 
Eng ahamiyatlisi ularda hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini
yurish,   yugurish,   sakrash,   uloqtirish,   tirmashib   chiqish,   velosipedda,   rolikli
chang‘ida,   konpkida   yurish,   yugurish,   suzish   va   samokat   va   velosipedda
yurishlarni rivojlantirishdir. Bu harakatlarni bolalar tez o‘zlashtiradi. Bunga sabab
ularning   nerv   sistemasini   elastikligini   yuqoriligidir.   Oddiy   harakat   malakasi
keyinchalik kattaroq yoshga o‘zlashtirishga yordam beradi. 
Bu yoshdagilarda jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik. Chidamlilik va 
egiluvchanlikni rivojlantirishga imkoniyatlar katta. 
Levi   Gorinevskayani   tekshirishiga   qaraganda   maktabgacha   yoshdagi
bolalarda   jismoniy   tarbiyaning   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yishda   qiyinroq   bo‘lgan   umum
13 jismony   mashqlar,  1-sinf   dasturiga   yaqin   bo‘lgan,   unga   tayyorlaydigan   mashqlar
tanlab olinadi. 
  Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (Harakat) sifatlarini tarbiyalash.  
Jismoniy mashqlarni bajarish prosessida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik,
tezlik,   kuch,   chidamlilik   va   egiluvchanlik   sifatlari   tarbiyalanadi.   Ularni
anatomofiziologik   xususiyatlarini   etiborga   olganimizda   chaqqonlik   va   tezlik
sifatlarini   tarbiyalashning   imkoniyati   ularda   boshqa   sifatlarga   nisbatan   ko‘proq
bo‘ladi,   aksincha   kuch   va   chidamlilik     harakat   sifatlarini   tarbiyalashga   esa
ehtiyotkorlik zarur. 
Lekin   bu   sifatlarni   rivojlantirish   umuman   to‘xtatib   qo‘yilmaydi,   chunki
kuch   va   chidamlilik   elementlari   har   bir   harakat   faoliyati   uchun   zarur,   bu   sifatlar
tarbiyachini   xohishsiz     ham   boshqa   harakat   faoliyatlari   davomida   namoyon
bo‘ladi.   yurish,   sakrash,   uloqtirishdek   harakatlar   tarkibida   bu   sifatlar   baribir
namoyon bo‘ladi. 
Bu   yoshdagilarning   nerv   tizimini   egiluvchanligi,   jismoniy   sifatlarni   teng
rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki nerv sistemasidagi  qo‘zg‘alish
va   tormozlanish   biri   ikkinchisi   bilan   tez   almashinish   qobiliyati   bilan   bog‘liq.
Ayniqsa   harakatli   o‘yinlar   davomida   oldindan   rejalashtirilmagan,   o‘yin   faoliyati
uchun   zarur   bo‘lgan   favqulotdagi   harakatlarni   bajarishga   to‘g‘ri   keladi   va   ular
qisqa vaqt ichida bir-biriga o‘z o‘rnini tez almashinishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu
esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoitni yaratadi. 
Nerv   prosessi   katta   tezlikdagi   tezlik   jismoniy   sifatini   rivojlanishini
tezlashtiradi.   Qisqa   vaqt   mobaynida   minimal   tezlik   bilan   yugurish,   velosiped   va
boshqa mashqlar tezlikni rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda albatta meyor
to‘g‘ri tanlanishi va ularni o‘zaro o‘rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir. 
Bu   yoshdagi   bolalarda   bo‘yin,   qorin,   orqa,   bel   muskullari   kuchsiz   bo‘lib
ularda   qomat   yaxshi   rivojlanmaydi.   Shunga   ko‘ra   shu   guruh   muskullarini
rivojlantirish   uchun   (yurish,   yugurish,   tanani   bukib   to‘g‘rilab   bajaradigan)
mashqlarni tanlab olish, ularni yurish tezlishini orttirish, boshqaharakat sifatlariga
nisbatan yuqori  ko‘rsatgichga erishishi  mumkinligini ifodalashdan iborat bo‘ladi.
14 bularsiz   bola   kundalik   hayotida   uchraydigan   jismoniy   mashqlarni   bajarishda,
jismoniy mehnatda qiyinchilikka uchragan bo‘lar edi. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   mashq   berishdan   oldin,   ularga   o‘sha
mashqning  ahamiyatini, bajarish  texnikasini,  ozgina  bo‘lsa    ham    harakatli  o‘yin
qoidalarini,   umumiy   va   shaxsiy   gigiyena   qoidalari,   tanani   tarbiyalashning   ayrim
elementlarini   o‘rgatilib   borilishi   lozim.   Bu   yoshdagilarga   jismoniy   mashqni   o‘zi
mastuqil va gururi bilan bajarishga o‘rgatish ko‘nikmalari berib boriladi. O‘zidan
kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o‘rgatish, o‘zini sport razryadini
o‘sayotganiga va katta sportchilar natijalariga qiziqishga, do‘stlik, o‘zaro yordam,
o‘yinchoqlarga   nisbatan   munosabat   masalasi,   axloq   normalarini   rivojlanishiga
etibor   beriladi.   Ularda   jismoniy   tarbiyani   shunday   yo‘lga   qo‘yish   kerakki,   o‘sha
yoshi   uchun   zarur   bo‘lgan   jismoniy   sifatlar,   aqliy,   ahloqiy   va   estetik   didni
tarbiyalash bilan qo‘shib olib borilsin. Esteti-kadam tanining tuzilishi, qomatini tik
tutib yurish,harakatlarini mayin hamda chiroyliligi, kiyim boshini qanday tutish va
boshqalar   to‘g‘risida   tushuncha   berish   kerak   bo‘ladi.   Jismoniy   tarbiya   jarayoni
davrida maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga,
diqqat   qabul   qilish,   tushunchaga   ega   bo‘lish,   fikrlash,   ko‘z   oldiga   keltirish,
bilimini   va   boshqa   xislatlarni   mustahkamlash   tarbiya   jarayonining   asosiy
mazmuniga aylantiriladi. 
1.2. O‘qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari.
Harakatga   o‘rgatish   eng   kichik   yoshdan   boshlanadi.   Bu   esa   hayot   uchun
kerakli  malaka  va  ko‘nikmalarni  osondan  qiyin  didaktik prinsipi  asosida,  ketma-
ketlikda,   asta-sekinlik   bilan   olib   boriladi   va   jismoniy   tarbiya   haqida   eng   sodda
bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiyena qoidalari talablariga bo‘ysunishga o‘rgatiladi. 
Maktab   yoshigacha   bo‘lgan   bola   jismoniy   tarbiyasi   umumiy   o‘qitish
uslubiyatlari   asosida   olib   boriladi   va   o‘qitishning   quyidagi   onglilik   va   faollik,
ko‘rgazmalik, kuchiga yarashalik va individuallashtirish, sistemalilik, talabalarini
oshirish prinsiplariga tayanadi. 
15 Bolani harakatga o‘rgatishda: 
a) ko‘rgazmalilik uslubiyatida bajarilishi kerak bo‘lgan harakat, ko‘rgazmali
qurol   orqali   ko‘rsatiladi,   taqlid   qilinadi   va   narsalar   turgan   tomonlarga   qarab
bajarish uchun mo‘ljal beriladi. 
b) so‘z yordamida ko‘rsatib tushuntiradi, buyruq yordamidan, aytib berish, 
so‘rash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi. 
v)  mashq qilish uslubiyati  – harakatni bajarish shartini o‘zgartirmasdan va
o‘zgartirib bajarishdan foydalaniladi. 
d)  o‘yin va musobaqa uslubiyati... 
Ko‘rgazmalilik   uslubiyati   hamma   yoshdagi   guruhlarda   yoshning   kata
kichikligiga, harakat  malakasi zahirasining ko‘p yoki ozligiga qarab qo‘llashning
mezoni belgilanadi. 
Eng   kichik   yoshdagilarda   harakat   malakasi   zahirasi   kam   bo‘lib,   ularda
mashqlar haqida tasavvur hosil qilish juda qiyin bo‘ladi. Mashqga o‘rgatish uchun
ko‘rgazmalik   uslubiyatidan   ko‘proq   foydalaniladi.   Jismoniy   mashqlarni
ko‘rsatishdan   tashqari   ko‘rgazmali   qurol,   rasmlar,   fotorasmlar,   chizmalar,
maketlardan   foydalanish   mashg‘ulot   paytida   mashq   texnikasini   egallashni
osonlashtiradi.harakatga   o‘rgatishda   taqlid   qilish   mashqlari   yuqori   samara
beradi.harakatni   bajarishda   o‘sha   harakatni   hayvonlar,   qushlar   va   boshqa
jonivorlar harakati misolida o‘qitish bolalarda obraziga kirib bajarishga qiziqishni
shakllantiradi va taolim jarayonini faollashtiradi. 
Bu   uslubni   bolalar   qancha   kichik   yoshda   bo‘lsa   shunchalik   qiziqib
bajaradilar. 
Bu   yoshdagilarga   ko‘rish   va   jismlarga   qarab   mo‘ljal   olish,   qobiliyatini
o‘stirishni  ahamiyati katta. U o‘z navbatida bajarilishi  qiyin jismoniy mashqlarni
bajarishni   osonlashtiradi.   Masalan:   baland   osib   qo‘yilgan   jismdan   oshirib
uloqtirish,   bunda   tana   orqaga   bukiladi,   tananing   og‘irligi   orqada   turgan   oyoqqa
yuklanadi,   yoki   sakrab,   osib   qo‘yilgan!   Buyumga   yetish,   o‘yinchoqlar,   boshqa
jismlar ilib qo‘yib bajartirishni samarasi yuqori bo‘ladi. 
16 Bolalarni   mashqlarini   qo‘rqmay   bajarishga   o‘rgatish   muhimdir.harakat
malakasini   shakllantirishda   ritm,   tempnihis   qildirish,   ko‘pik,   aytishuv   bilan
o‘ynaladigan o‘yinlarga musiqa tavsiya qilinadi. 
So‘zdan   foydalanish   uslubiyati:   Bolada   jismoniy   mashqhaqida   to‘g‘ri
tasavvur   hosil   qilish   uni   ko‘z   oldiga   keltirib   fikrlashiga   yordam   beradi.
Ko‘rgazmalilik   va   so‘z   yordamida   tushuntirish   uslubiyati   ikkalasi   birga   qo‘shib
olib borilsa, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshitishi  bilan yoki
yozilganlarini   ko‘rishi,   eshitishi   bilan   mashqlarni   qiynalmasdan   bajara   olish
malakasiga   ega   bo‘la   boshlaydilar.   Tushunarliroq   bo‘lgan     so‘z     iboralari   bilan:
quyonga o‘xshab sakraymiz, qarg‘aga o‘xshab... 
Bolalar   qanchalik   harakat   malakasi   tajribasiga   boy   bo‘lsa,   ularga   jismoniy
mashq   o‘rgatishda   so‘z   bilan   tushuntirish   uslubiyatidan   foydalanish   osonroq
bo‘ladi.   So‘zni   xarakteri   o‘rganishni   har   xil   etapida   turlicha   bo‘lishi   lozim.
O‘rgatishni   boshlanishida   harakat   to‘liq   tushuntiriladi,   keyinchalik   esa
tushuntirish,   qisqa   ko‘rsatma   berishlari   bilan   almashinadi.   Ko‘rsatmalar
yordamida   harakatdagi   xatolarni   to‘g‘irlash   va   ogohlantirish   va   ularni   baholash
mumkin.   Buyruqlar   va   ko‘r-satmalar   maktabgacha   yoshdagilarga   jismoniy
mashqlarni   teng   boshlash,   tugallash,   uni   suroatini   aniqlash,   ritmini,harakatga
yo‘nalish   berish   uchun   qo‘llaniladi.   Gimnastikada   qabul   qilingan   eng   oddiy
buyruqlar, mashq musiqasiz bajarila boshlansa, asosan katta yoshdagi guruhlarda
undan   foydalanish   mumkin.   Ko‘rsatmalardan   asosan   kichik   yoshdagi   guruhlarda
ko‘proq   foydalaniladi.   Ko‘pchilik   jismoniy   mashqlar,   ashulalar,   sheyorlar
mazmuni   aytiladigan   voqealar   vaharakatni   qanday   bajarilishi   kerakligi   haqida
yozilgan matnni o‘qish bilan qo‘shib ijro etiladi. 
Bajarilish   paytida   bolalarga   savol   berish,   ularni   fikrlashga   o‘rgatish,   o‘sha
jismoniy   mashq   haqida   to‘liq   bo‘limga,harakatni   his   qilishga   imkoniyatni
ko‘paytiradi. 
Suhbat  ham bajariladigan jismoniy mashq  haqida ko‘proq ma lumot fikrga‟
ega   bo‘lish   va   jismoniy  mashqlarni   bajari-lishihaqida   lozim   bo‘lgan   malakalarga
manbaa   bo‘ladi.hamda   jismoniy   tarbiya   va   sportga   oid   kitoblar   o‘qish,   rasmlar
17 ko‘rish,   stadionlarga   ekskursiyalar   va   sayirlar   qilish   orqaliham   yo‘lga   qo‘yilishi
mumkin. 
Mashq uslubiyati   juda xilma-xildir. Maktab yoshigacha bolalarda harakatlar
va   jismoniy   mashqlar   birvarakayiga   hamma   uchun   umumiy   holda   ko‘rsatish   va
bajarish   ko‘proq   olinagn   jismoniy   mashqlar   bolaning   anatomik-fiziologik
qobiliya-tiga   mos   kelsin.   Bu   yoshda   ko‘proq   dinamik   xarakterdagi   mashqlar
tanlab   olinishi,   bir   yo‘la   ko‘plab   asosiy   muskul   guruhlariga,   organizmiga
fiziologik   ta sir   o‘tkaza   oladigan,   chaqqonlikni,   harakat   koordinasiyasini‟
rivojlantirishga   sharoit   yaratadigan-lardan   foydalanish   lozim.   Bu   talablarga
jismoniy   mashqlarni   velosipedda   yurish,   suzish,harakatli   o‘yinlar,   sport   o‘yinlari
elementlaridan olingan mashqlar javob beradi. 
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarga statik xarakterdagi jismoniy mashqlar
berish   tavsiya   etilmaydi.   Bu   mashqlar   nerv   tizimi   va   muskullarni   toldiradi,   qon
aylanish va nafas  olishini  buzadi, to‘liq muskul  qisqarishini  talab qiladigan kuch
mashqlari muskul va nerv bo‘g‘inlarini ishlarini susaytiradi. Yoshi ulg‘aygan sari
jismoniy   mashqlarham   o‘zgartiriladi   va   qiyinlashtiriladi.   Bolalar   yaslisi   va
bog‘chalarida berilladigan mashqlar “Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasi
dasturi”da berilgan. 
Bir   yoshgacha   bo‘lgan   bolalarda   kattalar   yordamida   passivharakatlar,
aktivharakat elementlari umumjismoniy mashqlar (jihozli va jihozsiz, chalqancha
yotish   bilan,   o‘mbaloq   oshish   bilan,   boshnihar   tomonga   burishlar)   emaklashlar,
yugurishga   tayyorlovchi   mashqlar,  balandlikka  chiqish   va  eng  sodda   o‘yinlardan
foydalaniladi.   Bu   yoshdagilar   dasturida   asosiy   o‘rinni   uqalash   (masaj)   egallaydi.
Uqalashga   oid   material   (Сестра   воспитателғниса   детских   яслей   и   младшей
групп яслей садов) degan kitobchada berilgan .). 
Bir   yoshdan   3   yoshgacha   bo‘lgan   bolalarda   sal   qiyinroq   bo‘lgan
umumjismoniy mashqlar, jismli va jismsiz (to‘p, yog‘och, gimnastika o‘rindig‘i),
asosiyharakatlar   (yurish,   yugurish,   muvozanat   saqlash   mashqlari,   chuqurlikka
sakrash),   saflanish-ning   eng   oddiy   mashqlari   (aylana   bo‘ylab   yurish,   bir   kolona,
sherenga   bo‘lib   saflanishlar),   velosipedda   yurish,   suzishni   o‘rganishga   tayyorlov
18 mashqlari   beriladi.   Dasturda   bu   yoshdagilar   uchun   kerakli   harakatli   o‘yinlar   va
raqs   mashqlariga   kengroq   joy   ajratilgan.   Olingan   o‘yinlar   bu   yoshdagilar   uchun
qoidasini   soddaligi   g‘olibni   aniqlashni   osonligi   bilan   farqlanadi   va   asosan   turli
obrazlar timsolida, taqlid tarzida o‘ynaladi (qushlarhayvonar vah.k.). 
3   yoshdan   7   yoshgacha   bo‘lgan   bolalardagi   mashg‘ulotlarga   o‘rgatiladi,
amalda   esa   uni   bolalar   faoliyatini   tashkillashning   «frontal»   uslubiyati   deb
aytishadi. Masalan, bajarilishi kerak bo‘lgan mashqni ayrim elementlariga ko‘proq
eotibor   beriladi.   Uzoqqa   uloqtirishni   ko‘rsatayotib   oldin   dastlabkiholatga,   so‘ng
qolgan elementlarga eotibor beriladi. 
Bolalarda   kattalarga   nisbatan   tez   va   yengil   shartli   aloqa   vujudga   keladi,
lekin   ularni   tez-tez   qaytarib   turilmasa,   bu   shartli   aloqa   mustahkam
bo‘lmaydi.harakat   malakasini   mustahkamlash   uchun   uni   ko‘p   takrorlayverish,
tolishini   vujudga   keltiradi.   Shuning   uchun   qaytarishni   xilma-xil   variantlarda
takrorlash   lozim.   Mashqni   takroriy   bajarishlar   faqat   o‘zlash-tirilayotgan   material
texnikasihaqida   shug‘ullanuvchi   mukammal   tasavvurga   ega   bo‘lgandan   so‘ngina
amalga   oshiriladi.harakat   malakalarini   mustakamlashhar   xil   sharoitda   –   o‘yin,
muso-baqa,   turli-xil   topshiriqlarni   bajarish   shaklida   amalga   oshiriladi.   “Kim   shu
mashqni   yaxshi   bajara   oladi”,   “Kim   bayroqchaga   tez   yugurib   borib   qaytib   kela
oladi”,   “To‘pni   kim   uzoqroqga   ota   oladi”   yoki   “Mo‘ljalni   ura   oladi”   kabilar.
Jismoniy   mashqlarni   o‘rgatishdagi   o‘zigahoslik     o‘qitish   uslubiyatlarini   o‘zaro
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. 
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni o‘qitishda taqlid qilish, ko‘rib turgan
narsaga,   yoki   o‘sha   narsaga   yoki   oshqasiga,   uni   teskarisiga,   pastga,   balandga,
orqaga   va   h.k.   deb   mo‘ljalga   olish,   o‘yin   usullarini   kiritish,   o‘qitishni
emosionalligini oshiradi. 
Maxsus   bilimlarni   bu   yoshdagilar   diafilpmlardan,   kino,   mashqni
tushuntirayoganda   eshitayotib,harakat   texnikasini,harakatli   o‘yinlar   qoidalarini
o‘rganishda foydalanadilar va shu bilan bir qatorda shaxsiy va umumiy gigiyenik
tushunchalarga ega bo‘lib boradilar. 
19 Maktabgacha   yoshdagilarning   jismoniy   tarbiya   vositalari:   Maktab
yoshigacha   bolalar   jismoniy   tarbiyasida   tabiatning   sog‘lomlashtirish   kuchlari,
gigiyenik   omillar   va   jismoniy   mashqlar   katta   ahamiyatga   ega.   Yuqoridagilarni
taosiridan   tashqari   bolaning   kunlikharakat   faoliyati   (har   kunlik   harakati,   rasm
olish,har   xil   o‘yinlar,   musiqa,   jismoniy   mehnat)   shunday   rejalashtirilsinki,
bularning   hammasi   uning   rivojlanishiga   imkoniyat   yaratsin.   Tanlab   kerakki,   ular
muskullar kuchini yaxshilasin. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   hamma   organ   va   sistema-larni   va
jarayonlarni   ishga   solib,   chidamlilik   sifatini   rivojlantirish   maqsadga   muvofiqdir.
Yurush,   yugurish,   suzish   va   velosipedda   yurushdek   mashqlarni   meoyorini
barobarga ortirilsa bu sifat rivojlanadi. Bu o‘z navbatida shug‘ullanuvchi yoshini
hisobga olishni unutmaslik lozimligini taqazo etadi. 
Bu   yoshda   tayanch   harakat   apparati   egiluvchan   bo‘ladi.   uni   qobiliyatini
susaytirmaslik   uchun   jismoniy   mashqlarni   yoshiga   to‘g‘ri   keladiganlarini
barchasidan yaxshi foydalanish darkor.
20 II.BOB.  TADQIQOTNING MAQSADI, VAZIFASI, USULLARI VA
TASHKIL QILINISHI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda noan’aviy
yondashuvlarning vazifalari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash kishilarni har
tomonlama va garmonik rivojlanishi sistemasida alohida o‘rin tutadi. Bolalarning
jismoniy jihatdan shakllanishi  uning aqliy va ma’naviy irodaviy taraqqiyoti bilan
barcha   ruhiy   faoliyatining   rivojlanishi   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Bunda
hayotiy   sharoitlarning   tasiri   va   tarbiya   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi.   Bolalarda
harakatchanlikni rivojlantirish, harakat malakalari va jismoniy sifatlar chaqqonlik,
jadallik,   kuchlilik,   chidamlilikni   shakllantirish   muhim   vazifa   hisoblanadi.
Jismoniy   tarbiya   mashg‘ulotlarida   tarbiyaviy   masalalar   ham   hal   qilinadi.   Bu
vazifalar   juda   xilma-xildir.   Xarakterida   ijobiy   xususiyatlarni   axloqiy   va   iroda
sifatlarni   tarbiyalash   kundalik   jismoniy   mashq   mashg‘ulotini   extiyoj   va   odatga
aylantirish   olingan   bilim   va   malakalardan   mustaqil   faoliyatda   ijodiy   foydalana
bilish mahorati tarbiyaviy vazifalarning eng asosiylari hisoblanadi. 
Jismoniy   mashqlar   tabiatdagi   sog‘lomlashtiruvchi   kuchlar   gigiyenik   va
ijtimoiy-maishiy   omillar   singari   vositalarni   o‘z   ichiga   oladi.   Jismoniy   mashqlar
jismoniy   tarbiyaning   asosiy   hamda   o‘ziga   xos   vositasi   hisoblanadi.   U   maxsus
tanlangan   metodik   jihatdan   to‘g‘ri   tashkil   etilgan   hamda   pedagog   jumhuriyati
ostida o‘tkaziladigan harakatlar va murakkab harakatli faoliyat turlarini o‘z ichiga
oladi. Mashhur vrachpediatr, gigiyenist L I.Chumhkayanning fikricha harakat bola
taraqqiyotining   asosiy   negizi   hisoblanadi.   U   maxsus   tanlangan,   metodik   jihatdan
to‘g‘ri   tashkil   etilgan   hamda   pedagogik     jumhuriyatligi   ostida   o‘tkaziladigan
harakatlar   va   murakkab   harakatli   faoliyat   turlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Mashhur
vrachpyediatr   gigiyenist   L.I.Chumhkayanning   fikricha   harakat   bola
taraqqiyotining asosiy negizi  hisoblanadi. Jismoniy mashqlarni  bajarish atrofdagi
sharoitni   aktiv   xis   etib,   uni   seza   bilish   bilan   xis   etib,   uni   seza   bilish   bilan   xis
tuyg‘u   paydo   qilish   tushuncha   hosil   qilish,   bilimlarni   shakllantirish   bilan   yorqin
21 emotsional   xis   tuyg‘ular   paydo   qilish   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Jismoniy   mashqlar
jismoniy   tarbiyalashning   yetakchi   vositasi   hisoblanadi,   biroq   bu   vositalarning
tabiatning   sog‘lomlashtiruvchi   kuchlari   hamda   gigiyenik   omillar   bilan   kompleks
ravishda   qo‘shib   olib   berilgandagina   mashg‘ulotlar   eng   yaxshi   natija
sog‘lomlashtirish   va   tarbiya   sohasida   tabiatning   sog‘lomlashtiruvchi   kuchlari
jismoniy   tarbiya   jismoniy   tarbiya   mashg‘ulotlarini   va   harakatli   o‘yinlarni
muvaffaqiyatli   tashkil   etish   va   o‘tkazish   uchun   qulay     shartsharoit   sifatida   yoki
chiniqishning   nisbatan   mustaqil   vositasi   “havo   va   quyosh   vannasi,   ho‘l   sochiq
bilan artinish, cho‘milish va boshqalar”. 
Gigiyenik va ijtimoiy - maishiy omillar bolani har tomonlama rivojlantirish
va tarbiyalashni muhim vositasi hisoblanadi. Bolalarning normal hayoti va normal
sharoitini   taminlovchi:   atrof   muhit   gigiyenasi   “turar   joy,   mebel,   kiyim   kechak,
poyabzal”.   Shaxsiy   va   ijtimoiy   gigiyena   vositalari   “ovqatlanish,   uxlash,   o‘quv,
mehnat   va   o‘yin   faoliyati”   gigiyenasi,   davolash   profilaktika   tadbirlari   singari
vositalar bu guruhga kiruvchi omillar hisoblanadi. 
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda
noan’aviy yondashuvlar.
Jismoniy   mashqlarni   va   harakatli   o‘yinlarni   o‘tkazishning   oqilona
shartsharoitlari     jismoniy   tarbiya   ustidan   vrach   nazorati,   jismoniy   mashqlarni
bajarish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   gigiyenik   qoidalarga   rioya   qilish   bular   bari
gigiyenik   omillarning   ikkinchi   gruppasiga   kiradi.   Jismoniy   mashqlar   quyidagi
jismoniy tarbiya turlaridan iborat bo‘ladi. 
1. Gimnastika. 
2. Harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari elementlar. Sport mashqlari. 
3. Oddiy sayohat. 
22 Bolalar bog‘chalarida asosiy gimnastika bilan uning turlaridan biri bo‘lgan
gigiyenik gimnastikasidan foydalaniladi. Bu gimnastikaning o‘ziga xos xususiyati
bolalarni turli harakatlarga o‘rgatishdan iboratdir. 
Bolalar   bog‘chasidagi   gimnastikaning   mazmunini   asosiy   harakatlar,
umumiy rivojlantiruvchi  mashqlar sifati va qayta saflanish, raqs mashqlar tashkil
etadi.   Mashqlar   harakatlarning   xarakteriga   ko‘ra   o‘zgaruvchan   va   turg‘un
mashqlarga bo‘linadi. Joyda harakat qilib bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar
o‘zgaruvchan   mashqlarga   kiradi.   Turg‘un     mashqlar   esa   mushkul   gruppalarning
bir holatiga uzoq vaqt zo‘r berib turishiga asoslangan. 
Yurish   bolaning   tabiiy   harakat   qilishidir.   Yurish   uchun   harakatlarning
sikliga 
o‘ziga xususiyat bo‘lib  kasb etadi. Yurishda qadamlar o‘ng va  chap oyoqlarning 
almashinib turish hamda qo‘llarning shunga muvofiq siltanib harakatga kelish 
natijasida yakunlangan sikl hosil bo‘ladi. Yurish tezligi qadamning uzunligiga 
hamda uning tezligiga Yani su’ratiga bog‘liq bo‘ladi. Bolada to‘g‘ri tejamli yurish 
malakasini hosil qilish uchun yurish vaqtida qaddi-qomatni tik turishga doimo 
e’tibor berish lozim. Gavdaning holati tabiiy bo‘lsin qulay harakati bir me’yorda 
bo‘lsin. Oyoqlar oxirigacha tikka uzatiladi. Yugurish gavdaning yugurish vaqtidagi
holati ko‘krak yugurayotgan tomonga qarab bir oz oldinga bosh tik tutilgan holda 
bo‘ladi. 
Ko‘tarilgan   oyoq   son   qismining   ancha   yuqori   ko‘tarilib,   boldirning   old
tomonga,   yerga   tiralgan   oyoqning   shaxt   bilan   qattiq   itarilishi   yugurish   uchun
o‘ziga   xos   xususiyatdir.   Bolalar   bog‘chasida   yugurishning   har   xil   turlaridan
foydalaniladi.   Oddiy   yugurish   tez   yugurish   va   quvlashmachoq,   yugurib   borib
tutish   va   chap   berib   chopish   oyoq   uchida   yugurish,   oyoqlarni   chalishtirib
yugurish,   boldirni   orqaga   siltab   yugurish,   lukkillab   yugurish,   moksimon   bo‘lib
yugurish, to‘siqlardan o‘tib yugurish. suratni almashtirib yugurish singari yugurish
turlaridan foydadaniladi. 
23 Yugurish turlaridan intensiv harakat  bu bolaning butun organizmiga kattak
miqdorda   vazifa   beradi.   Nafas   olish   va   qon   xaydash,   aylanish   organlarini
chiniqtirishning   chaqqonlik   va   chidamlilikni   tarbiyalashing   yaxshi   vositasi
hisoblanadi. 
Sakrash   bolalar   bog‘chalarida   turgan   joyida   sakrash,   yurib   turib   sakrash,
turgan   joyidan   oldinga   sakrash   hamda   yugurib   kelib   uzunlikka   va   balandga
sakrash, tepadan pastga qarab sakrash singari turlari qo‘llaniladi.
Oyoqning   yerdan   o‘zilishi   va   parvoz   paytining   mavjudligi   sakrashning
barcha turlari uchun xos xususiyatdir. 
Sakrashning har bir turida harakatning 4-ta payti bo‘ladi.  Bular: 
1. Tayyorgarlik. 
2. Itarilish. 
3. Parvoz. 
4. Yerga tushish paytlaridir. 
Emaklash   mashqlarining   bir   xil   va   har   xil   usullarida   amalga   oshirish
mumkin. 
Bir   xil   harakat   usulida   emaklash   qaysi   qo‘l   bilan   boshlansa,   o‘sha
tomondagi   oyoq   harakatlantiriladi.   Har   xil   emaklash   usulida   esa   harakatlarning
qarama-qarshi   uyg‘ushlashishi   kuzatiladi,  Yani   o‘ng   oyoq  bilan   chap   qo‘l   undan
so‘ng  esa chap oyoq bilan o‘ng qo‘l bir vaqtda harakatga keladi. 
Emaklash vaqtida vazifalarning anchagina qismi yelka va qo‘llarga tushadi.
Mana   shunga   alohida   e’tibor   berish   zarur,   chunki   yelka,   bo‘yin   va   qo‘llarini
rivojlantirish   bolani   jismoniy   jihatdan   har   tomonlama   rivojlantirishning   muhim
sharoiti hisoblanadi. Tirmashish degan turli buyumlar gimnastika devorchasi shoti
olti qirrali  asbob, arqon, norvon, egri norvon, arqon, xoda daraxt  va boshqalarga
tirmashib   mashq   bajarish   nazarda   tutiladi.   Tirmashib   chiqish,   oshib   o‘tish   va
engashib   o‘tish   singari   harakatlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Uloqtirish   va   ilib   olish
maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   harakat   faoliyatiga   va   o‘yinlarida   keng
24 qo‘llashshadi.   Bu   mashqlar   chaqqonlik   to‘g‘ri   muljalgaga   olish   sifatlarini
tarbiyalaydi.   Oyoq   gavda   va   ayniqsa   qo‘l   hamda   yelka   muskullarini
mustahkamlashga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun uloqtirish
va ilib olish mashqlarni buyumni tanlash va ilib olish, irg‘itish nishonga uloqtirish,
uzoqka   uloqtirish   singari   qismlarga   bo‘linadi.   Uloqtirish   harakat   tayyorgarlik
fazasi, quloch ochish va yakunlovchi otish harakati va otishdan iborat bo‘ladi. Ilib
otish   buyumlar   bilan   shaxsan   va   ko‘pchilik   bo‘lib   mashqlar   bajarilganda
anchagina o‘rin egallaydi. 
Mashq   buyumlarni   ilib   olish   vaqtida   uchib   kelayotgan   buyumning
yo‘nalishining   va   tezligining   uning   hajmi     va   og‘irligini   aniqlash   lozim.   Ilib
olishni usulda bo‘lishi anashunga bog‘liq bo‘ladi. 
5 yoshga qadam  qo‘ygan bolalar xususiyatlari  rivojlantirish xususiyatlari  5
yoshga   qadam   bola   umumiy   tarzda   asosiy   xarakterning   barcha   turlarini   egallab
oladi. 
Murakkab   harakat   turlarini   va   jismoniy   mashqlarni   bajarish   uchun   o‘z
kuchini   sinab   ko‘rishni   istaydi.   Bolalarda   taqlidiy   harakatni   bajarishga   extiyoj
paydo bo‘ladi. Mazkur harakat faoliyatini bajarish qo‘lidan kelmasligiga ishongan
bola   bu   harakatni   poyoniga   yetkazmasdan   uning   faqat   umumiy   belgilarini
bajaradi. 
Jismoniy   tarbiyaning   vazifasi   5   yoshgacha   qadam   qo‘ygan   bolalar
harakatini   rivojlantirishga   pedagogik   tasir   ko‘rsatishning   umumiy   yo‘nalishi
xarakteristikasi   uchun   ularni   faqat   harakatlarga   umumiy   tarzdagina   o‘rgatishga
xos   bo‘libgina   qolmay   balki   gavdaning   ayrim   holdagi   bazi   qismlari   shuningdek
ularning   o‘zaro   bog‘liq   holda  olingan   alohida   tarkibiy   imkoniyati   o‘ynovchilarni
faollashtiradi. O‘yinga quvnoq rux kiritadi. 
O‘rta   guruhlarda   bolalarda   bilish   va   tasvirlash   faoliyatning   mustaqil
shakllariga nisbatan ancha barqaror qiziqish paydo bo‘ladi. Bolalar qiziqish bilan
rasm chizadilar, narsa yasaydi, shakllar o‘ylab topadi. O‘rta gruppada bolalardagi
25 harakat   faolligini   oshirishga   individual   o‘yinlarini   ko‘proq   o‘tkazish   orqali
erishiladi.  
Olti yoshga qadam qo‘ygan bolalar harakatning rivojlanish xususiyatlari olti
yoshga   qadam   qo‘ygan   bolalarning   harakatlari   ongli   bo‘la   boradi   va   muayyan
xususiyat kasb etadi.  
Tarbiyachi   tomonidan   qo‘yilgan   vazifani   tushunish   qobiliyati   o‘sadi.
To‘g‘ri baho berishga intilib bolalar harakat usullari va olingan natija o‘rtasidagi
tushuncha boshlaydilar.  
Bolalar   harakatlarini   o‘zlashtirishdagi   o‘sib   boradigan   imkoniyatlari   katta
gruppa   jisminiy   tarbiyaning   ta’lim-tarbiyaviy   ahamiyatini   yanada   oshirishga   olib
keladi. 
Uning   sog‘lomlashtirishdagi   ahamiyati   barcha   yoshda   ham   saqlanadi.
Harakat barcha yoshda ham saqlanadi. Harakat sifatlirini ayniqsa tezkor kuchlilik
va   chaqqonlik   sifatlarini   o‘stirib   borishga   ko‘proq   e’tibor   berish   imkoniyati
vujudga keladi. 
Harakat   sifatlarini  o‘stirish  maxsus  vosita   va  uzluksiz   bajariladigan   mashq
va   harakatli   o‘yinlar   vaqtida   yosh   imkoniyatlari   chyegarasida   asta-sekin   amalga
oshiriladi. 
Tarbiyachi   tomonidan   o‘tkaziladigan   gruppasi   harakatli   o‘yinlar   10
daqiqagacha davom etadi. Ertalab nonushtaga qadar bolalarni qiziqtirgan o‘yinlar
o‘ynaladi.   Sayr   vaqtida   harakatli   o‘yinlar   o‘tkazish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu
yoshdagi   gruppa   bolalar   bilim   doirasining   kengayib   bog‘liq   holda   harakatli
o‘yinlarning   mazmuni   murakkablashib   boradi.   Bu   o‘yinlarga   bolalardan
kitoblardan   o‘qituvchining   va   ota   onalarning   hikoyasidan   kinofilmlardan
foydalanib tanish bo‘lgan yangi mazmun va tasvirlar kiritadi. 
Jismoniy sifatlarini bola organizmning marfofunktsional psixofiziologik va
biologik   xususiyatlari   bilan   bog‘liqdir.   Jismoniy   sifatlarni   bolalarni   harakat
ko‘nikmalariga o‘rgatish bilan birgalikda tarbiyalash usullarning takomillashuviga
butun   organizmning   sog‘lomlashishiga   psixikaning   emotsional-ijobiy   holatiga
tasir   ko‘rsatadi,   bolalar   harakatlarini   tobora   ishonch   bilan   bajaradilar.   Yani
26 harakatlarni   tezroq  o‘zlashtiradilar, yuqori natijalarga ershishga intiladilar, ijodiy
mustaqillik ko‘rsatadilar. 
Asosiy   jismoniy   sifatlarning   “tezkorlik,   chaqqonlik,   chidamlilik,   kuch   va
egiluvchanlik”   rivojlanishi   harakat   ko‘nikmalarining   shakllanishi   bilan   uzviy
aloqadorlikda   kechadi.   Ana   shu   jarayonga   xizmat   qiluvchi   mashqlar   qat’iy
izchillikda   va   harakatli   topshiriqlari   tobora   murakkablashtirilgan   holda   ertalabki
badan   tarbiya   mashg‘ulotlariga,   harakatli   o‘yinlarga,   sport   mashqlarga   kiritiladi,
shuningdyek bolalarning sayr paytidagi mustaqil harakat faoliyatida foydalaniladi.
Tezkorlik   jismoniy   tarbiya   nazariyasida   kishining     harakatlari   tezligi
shuningdek   harakat   reaktsiyasi   xarakteristikasini   bevosita   va   ko‘pincha
belgilaydigan funktsional xususiyatlar kompleksi sifatida qaraladi. 
Bu   amalda   harakatlarni   qisqa   muddatdan   bajarish   qobiliyatida   namoyon   bo‘ladi.
Tezkorlik   harakat   reaktsiyasi,   ayrim   harakatlar   tezligi,   ko‘p   martalab
takrorlanadigan   harakatlar   chastotasi   bilan   farq   qilinadi.   Oddiy     reaktsiya   avval
tanish   harakat   bilan   oldindan   tanish   biroq   to‘satdan   paydo   bo‘ladigan     signalga
javob qilishda ifodalanadi.  
Tezkorlikning   rivojlanishiga   harakatli   o‘yinlar   ham   yordam   beradi.   Bu
o‘yinlarda bola tezlikka oid topshiriqlarni signalga binoan bajargan holda o‘zgarib
turuvchi vaziyatga qarab harakat xarakterini uning tezligini o‘zgartirib   turadi.  
Bularning   barchasi   bolaga   o‘zgartiruvchi   vaziyatda     to‘g‘ri   mo‘ljal   olish
imkoniyatini   beradi.   Chaqqonlik   -   yangi   harakatlarni   tez   egallash   to‘satdan
o‘zgaruvchan   vaziyatlar   talabiga   ko‘ra   faoliyatini   tez   paytda   ko‘ra   olish
qobiliyatidir. 
Chaqqonlik   nerv   sistemasining   plastigligi   o‘z   harakatlari   hamda   tashqi
muhitni xis va iroda qilish qobiliyati asosida rivojlanadi. 
Harakat vazifalarining muvofakiyat bajarilishi mazkur harakatning fazoviy vaqt va
kuch komponyentlarining aniqligi bilan belgilanadi. 
27 Bolada   chaqqonlikni   tarbiyalash   ishi   harakat   koordinatsiyasining
rivojlanganligi  harakatlarini  mos, izchil bajarish bilan bog‘liqdir. Chaqqanlik har
qanday harakatning zaruriy komponyentidir. 
Bolalarda   chaqqonlikni   tarbiyalash   uchun   asosiy   harakatlaridagi   turli
jismoniy mashqlardan foydalaniladi. 
Chaqqonlikni   takomillashtirish     uchun     predmetlar     arg‘amchi,   to‘plar,
xalqlar   tuyoqchalar   va   harakatlar   bilan   bo‘ladigan   mashqlarni   yaxshi   bajarishga
oid   topshiriqlar   berish   maqsadga   muvofiqdir   juft   bo‘lib   gruppa   bo‘lib   to‘plar,
xalqlar, langar cho‘plar va boshqalar bilan shug‘ullashni ham foydalidir. 
Bola   harakat   ko‘nikmalarini   qanchalik   ko‘p   egallagan   bo‘lsa,   uning   yangi
harakatlarini   o‘zlashtirish   va   o‘z   chaqqonligini   takomillashtirish   shuncha   oson
kechadi.  
Kuch - xarakat   faoliyati jarayonida tashqi qarshilikni yengish yoki muskul
zo‘riqish vositasida qarshilik ko‘rsatish qobiliyatlidir. 
Kuchning   namoyon   bo‘lishi   kuch   va   muskul   apparati   faoliyatini   boshqaruvchi
nerv jarayoni kontsentratsiyasi bilan bog‘liq. 
Maktabgacha   tarbiya   yoshdagi   bolalar   tarbiyasida   ular   organizmning   yosh
xususiyatlari   -   nerv   sistemasi   rivojlanishining   qaror   topganligi   muskullarning
zaifligi bukuvchi muskullar tonusining ustunligi kabilar hisobga olinadi. Shuning
uchun   kuchni   tobora   rivojlantirishga   mo‘ljallangan   mashqlar   asosiy   muskul
gruppalari va umurtqani rostlashga yo‘naltirishi lozim. 
Sakrash,   yugurish,   uloqtirish   jarayonida   bolada   harakatlar   tezligi   va   kuch
tezligini namoyon qilishni - harakatni tez bajarishni nerv-muskul kuchlanishining
kontsyentratsayasi  bilan birga qo‘shib olib borishni, yani tezkorlik - kuch sifatini
namoyon qilishni tarbiyalash zarur. 
Vavilova   ma’lumotlariga   ko‘ra   o‘nta   katta   bo‘lmagan   balandlikdan   sakrab
tushib,   yuqoriga   sakrash   turgan   joyida   va   oldinga   siljib   gox   o‘rta,   gox   tez
tuyoqlardan qatlab sakrash. 
28 To‘ldirma   to‘plar   bilan   bajariladigan   mashqlar   muskul   kuchlarining
garmonik rivojanishiga harakatlar koordinatsiyasi  nafas olish muskullari faoliyati
va   shunga   muvofiq   nafas   olish   funktsiyasining   takomillashuviga   yordam   beradi.
Uloqtirishdagi   muskullarning   tez   qisqarishi   va   bu   harakatdan   so‘ng   bo‘shashishi
asab-muskul regulyatsyasining takomillashuviga muskullar va binobarin tezkorlik
- kuch sifatlarning rivojlantirilishiga yordam byeradi. 
Bolalar bu mashqlarni  o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng ularni  harakatli  o‘yinlar  va
sport mashqlaridan qo‘llanilishi mumkin. 
Bola   harakat   ko‘nikmalarini   qanchalik   ko‘p   egallagan   bo‘lsa,   uning   yangi
harakatlarini   o‘zlashtirish   va   o‘z   chaqqonligini   takomillashtirish   shuncha   oson
kuchadi. 
Kuch   -   harakat   faoliyati   jarayonida   tashqi   qarshilikni   yengish   yoki   unga
muskul zuriqishi vositasida qarshilik ko‘rsatish qobiliyatlidir. 
Kuchning   nomoyon   bo‘lishi   kuch   va   muskul   apparata   faoliyatini   boshqaruvchi
nerv   sistyemasi   rivojlanishining   qaror   topganligi,   muskullarining   zaifligi,
bukuvchi   muskullar   tonusining   ustunligi   kabilar   hisobga   olinadi.   Shuning   uchun
kuchli tobora rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar asosiy muskul gruppalari va
umurtqani rostlashga yo‘naltirilishi lozim. 
Sakrash,   yugurish,   uloqtirish   jarayonida   bolada   harakatlar   tezligi   va   kuch
tezligini namoyon qilishni - harakatni tez bajarishini nerv-muskul kuchlanishining
kontsentratsiyasi bilan birga qo‘shib olib. 
Chidamlilik   -   biror   bir   faoliyatda   tolikishga   qarshi   tura   olish   qobiliyatidir.
Chidamlilik nerv markazlarining funksional barqarorligi, harakat apparati va ichki
organlar funktsiyalari koordinatsiyasi bilan belgilanadi. 
Maktabgacha   tarbiya   yoshida   organizmning   quvvat   resurslari   yosh
rivojlanishga   sarf   bo‘ladi,   shuning   uchun   xaddan   ortiq   katta   nagruzka     o‘sishga
harakat berishi mumkin. 
29 Bolada   umumiy   chidamlilik,   Yani   organizmning   asosiy   sistemasi
funktsiyasini   oshiruvchi   mutadil   intyensivdagi   davomi   ishga   nisbatan
chidamlilikni asta-sekin tarbiyalab borish zarur. 
“Bolalar   bog‘chasida   ta’lim   tarbiya   programmasi”   umumiy   chidamlilikni
har bir  gruppada o‘rtacha va bir  tekis sur’atda bajariladigan mashqlarning hajmi,
intyensivligi va davomiyligini oshirish, harakatli o‘yinlarda esa ular davomiyligini
tobora   cho‘zish,   harakat   topshiriqlarini   murakkablashtirish   yo‘li   bilan   asta-sekin
tarbiyalab borishni ko‘zda tutadi. 
Chidamlilikni   tarbiyalash   sport   mashqlari   jarayonida   chang‘ida   yurish,
velosiped xaydash, suzishlar kiradi amalga oshiriladi. 
Egiluvchandik   -   tayanch   harakat   apparatining   zvenolari   harakatchanligi
darajasini belgilovchi marfofunksional xususiyatlardir. 
Egiluvchanlik   muskul   va   bo‘g‘imlarning   elastikligi   bilan   belgilanadi.
Maktabgacha   tarbiya   yoshdagi   bollarda   tayanch   -   harakat   apparati,   ayniqsa
umurtqa   pog‘onasining   plastikligini   hisobga   olib,   ertalabki   badan   tarbiya
mashg‘ulotlarida   va   ertalabki   gimnastikada   umumrivojlantiruvchi   mashqlar   bilan
chegaralanadi. 
Egiluvchanlikni   rivojlantirishga   mo‘ljallangan   mashqlar   hajmi   va
intyensivligi asta sekin oshirib yuborish lozim. 
2.3. Tadqiqot vazifalari
1.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalashda   noan’aviy
yondashuvlardan foydalanish.
2.   Shug‘ullanuvchilarning   jismoniy   tarbiyalashda   tanlab   olingan   mashqlar
samaradorligini aniqlash.
3.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalashda   yondashturuvchi
mashqlar samaradorligini aniqlash:
2.4. Ilmiy-uslubiy adabiyot manbalarini tahlil qilish va amaliy
tajribalarni umumlashtirish
30 Maxsus   adabiyotlar   tahliliga   ko‘ra,   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni
jismoniy   tarbiyalashga   oid   o‘quv-uslubiy   adabiyotlar   o‘rganildi   va   tahlil   qilindi.
Organizmning   yoshga   xos   rivojlanishi,   testlar   nazariyasi,   o‘quv-mashg‘ulotlarni
tashkil etish va rejalashtirish, shuningdek, tadqiqot natijalarini ishlab chiqish uchun
matematik   statistika   uslublarini   qo‘llash   bo‘yicha   adabiyotlar   o‘rganildi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalashda   noan’aviy   yondashuvga
oid mashqlar tahlil qilindi va kerakli ma’lumotlar bitiruv malakaviy ishiga kiritildi.
2.5. Maktabgacha yoshgdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonini
pedagogik kuzatish
Jismoniy   tarbiya   mashg‘ulotlarida   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning
jismoniy   tarbiyalash   jarayoni   pedagogik   kuzatish   Samarqand   viloyat   Bulung‘ur
tumanining   jismoniy   tarbiya   mashg‘ulotlarida   qo‘shimcha   shug‘ullanuvchi
guruhlarida olib borildi. 
Qayd qilingan ko‘rsatkichlar:
1.  Turgan joyidan uzunlikka sakrash
2.  3x10 moksimon yugurish
3.  Arg‘amchida sakrash (1 daqiqa)
Olingan natijalarga  asoslanib  kuzatilgan  guruhdagi  har   bir   o‘quvchi   haqida
umumiy   xulosa   qilinib,   so‘ngra   butun   guruhni   ko‘rsatgan   natijalari
umumlashtirildi. 
2.6. Tadqiqоt tеkshirish sinоvlari
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismоniy   tayyorgarlik   darajasi   quyidagi
tеstlar yordamida aniqlanadi:
1.  Turgan joyidan uzunlikka sakrash
2.  3x10 moksimon yugurish
3.  Arg‘amchida sakrash (1 daqiqa)
Tеst   sinоvlari   umumiy   qabul   qilingan   mеtоdika   bo‘yicha   o‘tkaziladi.
Olingan   natijalarga   asoslanib   kuzatilgan   guruhdagi   har   bir   o‘quvchi   haqida
umumiy   xulosa   qilinib,   so‘ngra   butun   guruhni   ko‘rsatgan   natijalari
umumlashtirildi.
31 2.7. Tadqiqotni tashkil qilinishi
Bitiruv malakaviy ishida pedagogik kuzatuvlar va tadqiqot ishlari 2024- yil
yanvardan 2024-yil may oylarigacha  Samarqand viloyat Bulung‘ur tumanining  12-
MTM   jismoniy   tarbiya   bo‘yicha   o‘quv-mashg‘ulot   bosqichi   guruhlarida   olib
borildi.   Unda   maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   jismoniy   tayyorgarlik   jarayonlari
o‘rganildi va tadqiq qilindi. 
32 III BOB: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy   sifatlarni tarbiyalash
xususiyatlari.  
3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining shakllari.
Mamlakatimizda   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   jismoniy   tarbiyasi   davlat
va   jamoat   muassasalarida   olib   boriladi.   Davlat   muass asalarida   –   yashlilar,
bolalar  bog‘chalari;   jamoat  muassasalarida  –   mahkamalar, korxonalar, shaxsiy
pulli   asli   va   bog‘chalar   tarzida   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   muassasalari
sifatida uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan  davlat  muassasalarida  amalga
oshiriladi. 
Davlat   muassasalarida   jismoniy   tarbiya .   Bolalar   bog‘chasi   va   aslidagi
jismoniy   tarbiya   jarayoniga   mudir   rahbarlik   qiladi.   Jismoniy   tarbiya   ishini
tarbiyasi   olib   boradi.   tarbiyachi   mashg‘ulotlarni   musiqachi,   shifokor   bilan
rejalash-tiradi.   Shifokor   tarbiyachiga   jismoniy   mashqlarni   tanlashga,   uni
meoyorini aniqlashga yordam beradi. 
Bog‘chalarda   jismoniy   tarbiya   jarayonini   amalga   oshirish   uchun   o‘quv
tipidagi   mashg‘ulotlar   ertalabki   gimnastika,   ertalabki   badan   tarbiya   daqiqalari,
chiniqtiruvchi muolajalar,harakatli o‘yinlar ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar,
yakkama-yakka   va   mustaqil   mashg‘ulotlar   tarzida   uyushtiriladi.   Bulardan
tashqari   musiqa   darslaridaham   jismoniy   tarbiyani   vazifalarinihal   qiladigan
jismoniy mashqlar, o‘ynlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi. 
O‘quv   tipidagi   jismoniy   mashqlar   bilan   shug‘ullanish   mashg‘ulotlari
bolalarni   harakatga   o‘rgatishda   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Bu   mashg‘ulotlar   yosh   va
bog‘chalarining   hamma   guruhlarida   o‘tkaziladi.   1   yoshgacha   bolalardahar   bir
bola bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qo‘shib olib boriladi. 
1-3 yoshgacha bo‘lgan bolalardan yoshi katta bo‘lgan guruhlarda haftada 3
marotabadan,   3-7   yoshgacha   bo‘lganlardahaftada   1   marta   vahamma   guruhlar
bilan   birga   o‘tkaziladi.   Yoshi   katta   bo‘lgan   sari   mashg‘ulotlarning   davomiyligi
10-45   daqiqagacha   oshirilib   borilaveradi.   Mashg‘ulotlar   4   qismdan   -   tashkiliy,
tayyorlov, asosiy, yakunloq, qismlariga bo‘lib olib boriladi va ularninghar birida
33 o‘zlarining   aniq   vazifalarihal   qilinadi.   Jismoniy   mashqlar   osonlashtirilib,
«o‘rmonga   sayo‘at»,   hara-katli   va   syujetli   («O‘rmonga   sayo‘at»   va   boshqa)
shakllarda   olib   boriladi.   tarbiyachi   oldin   jismoniy   mashqlarni   tanlab,   so‘ngra
syujet   tanlaydi.   Yurish,   yugurish,   to‘siqlardan   oshish,   suzish   va   ochiqhavoda
bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqt hisobiga o‘tkaziladi. 
Ertalabki   gimnastika   asli   va   bog‘chalarda   ertalabki   ovqatlanishdan   oldin,
bolalar   uylarida   esa   uyqudan   turibla   o‘tkaziladi.   Yaslilarda   2   yoshgacha
bo‘lganlarda   ertalabki   gimnastika   individual   yoki   5-10   kishiga   bo‘lingan
guruhlarda,   yoshi   kattalarda   esa   bolalarning   barchasi   bilan   birgalikda   umumiy
o‘tkaziladi. Ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli xil mashqlar
bajarishhamda sakrash bilan tugallanadi. Ayrimhollarda mashq syujetiga, ritmiga
moslashtirilgan qo‘shiqlar bilan o‘tkaziladi. 
Tizimli   o‘tkazilgan   jismoniy   mashqlar   asosan   bolalarni   kuchini,
elastikligini     mustahkamlaydi,   nafas   olish,   qon   aylanish   va   yurak   tomir   tizimi
ishlarini,   organlardagi   modda   almashinuvi   jarayonini   yaxshilaydi.   Bundan
tashqari ertalabki gimnastika uyushganholda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, har
kungi bajarilgan jismoniy mashqlarning ta sir kuchi qomatni tutish va jismoniy‟
mashqlarning   sog‘liqqa   foydasi   haqidagi   dastlabki   elementar   bilimlarni
shakllanishiga olib keladi. 
Kichik yoshdagilarda jismoniy mashqlar kimlarga yoki nimalargadir taqlid
qilish va hayotda uchraydigan syujetlarni o‘z ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan
6   gacha,   yoshi   ulg‘aygan   sari   8   tagacha   bir   kompleks   birhaftaga   mo‘ljallab
tuziladi va 3-4 kundan so‘ng qiyinlashtiriladi, 7-12 daqiqa davomida o‘tkaziladi.
6-7   yoshdagilarga   esa   maktab   dasturi   materialiga   yaqin   bo‘lgan   jismoniy
mashqlar   tavsiya   qilinadi.   Jismoniy   mashqlar   dozasini   uni   bajarilish   og‘irligiga
qarab belgilanadi. Yelka va bo‘yin muskullari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel
muskullari mashqlari 4-8 marta takrorlanadi. 
Chiniqtiruvchi   muolajalar   bog‘chalardagi   kundalik   va   hayotiy
chinqitirishdan   tashqari   bolalar   bilan   maxsus   havo   va   quyosh   vannalari,   suvda
cho‘miltirish   orqali   chiniqtirishlar   kiritiladi.   Bulardan   tashqari   yana   ayrim
34 proseduralar   borki   ular   jismoniy   mashqlar   bilan   qo‘shib   olib   borilgandagina
effekt   beradi   (Levi   Gorinevskaya   va   A.I.   Bikovaning   «Bola   organizmini
chiniqtirish» 1962y.). 
Jismoniy tarbiya daqiqalari mashg‘ulotlarida plastilin bilan ishlash paytida
hisob,  nutqni  rivojlantirish  mashg‘ulotlari   davomida  o‘tkaziladi.  Bu  mashg‘ulot
uchun   2-3   ta   jismoniy   mashq   tanlanib,   ular   o‘rnidan   turgan,   o‘tirgan   holda
bajariladi. 
O‘yinlar:   ertalab   soat   10 00
-12 00
  larda   va  tushlikdan   so‘ng   o‘tkaziladi.   Uni
maqsadi   bolalarda   bizga   ma lum   bo‘lgan   jismoniy   sifatlarini   rivojlantirishdir.‟
Harakatli   o‘yin-larni   tanlashda   bolalarning   jismoniy   tayyorgarligi,   maydon   va
undagi   sharoitga   e’tibor   beriladi.   Tarbiyachi   o‘yinni   tanlab   olgandan   so‘ng   uni
qo‘llash   usuliyatini   puxta   o‘ylab,   so‘ngra   o‘tkazadi.   Bola   uchun   notanish
o‘yinlarni   o‘ynatish   ancha   qiyin-chiliklarga   sabab   bo‘ladi.   katta   yoshdagilarga
esa   mustaqil   vazifalar   beriladi.   o‘yinlar   7-15   daqiqagacha   davom   etadi   va   5-7
marotaba   qaytariladi.   Sayohat   haftada   1-2   marotaba,   2   yoshgacha   bo‘lganlarda
esa,   1-2   marotaba   uyushtiriladi.   Unda   oldindan   boradigan   joy,   mashg‘ulot
ssenariysi tuzilib sharoiti hisobga olinishi va lozim bo‘lgan jihozlar tayyorlanadi.
Yoshiga   qarab   sayohat   muddati   20   daqiqada   1,5   soatgacha   davom   etkazish
mumkin. 
Jismoniy   madaniyat   bayramlari   bayram   kunlari   (yangi   yil,   Navro‘z,
Mustaqillik,   Konstitusiya   kunlari)ga   bag‘ishlab   yoki   bog‘chadan   maktabga
kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o‘tkaziladi.har xil o‘yinlar, raqslar,
musiqa   bilan   bajariladigan     jismoniy   mashqlar   bayram   dasturi   ssenariysiga
kiritilishi mumkin. 
Jismoniy   mashqlar   bilan   individual   shug‘ullanish   mashg‘ulotlari   vrach
yordamida   bolalar   jismoniy   tayyorgarligini   hisobga   olganholda   o‘tkaziladi.   Bu
mashg‘ulotlarda   tana   tuzilishida   nuqsoni   borlar   yoki   surunkali   hamda,   yurak
tomir sistemasida kasali borlar shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyat-lar bor. Uni
davom etish muddati kasallarni jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. 
35 Mashg‘ulotlar davomida shifo-kor maslahati asosiy rolni o‘ynaydi. 
Jismoniy mashqlar  bilan mustaqil  shug‘ullanish mashg‘u-lotlari  bolalarga
o‘zlari   yaxshi   ko‘rgan   jismoniy   mashqlar   bilan   mashg‘ul   bo‘lish   imkoniyatini
beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaharchasi yoki
maxsus   bolalar   maydonchasidek,   suzish   havzasi,   sport   jihozlari   va   anjomlarini
tayyorlab qo‘ygan. 
Mashg‘ulot   paytida   tarbiyachi   bolalarga   rollarni   ajratib   qo‘yishi   lozim
bo‘lgan samarani beradi. 
Bolalar   bog‘chasida   umumiy   ish   rejasi   tuzilib   unda   jismoniy   tarbiya
tadbirlari   belgilanadi.   Bu   bo‘limda   jismoniy   tarbiyaning   asosiy   maqsadi
yoritiladi   va   uni   bajarilishi   uchun   aniq   vazifalar   belgilanadi.   Vazifalarhar   xil
bo‘lishi   mumkin:   suzishni   o‘rgatish,   velosiped,   samokat,   roliklik   konpkida
yurishni   o‘rgatish   va   boshqalar.   Buning   uchun   oldindan   tarbiyachilar   oldindan
masla atlashib,   basseyn   to‘ldiriladi   yoki   yaxmalaka   otish   joyi   qilinadi.‟
Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar   va haftalarga bo‘lib reja tuzadi va o‘sha reja
asosida   jismoniy   tarbiya   jarayonini   borishini   boshqa-radi.   Rejelashtirishda
bolalarning jismoniy tayyorgarligi e’tiborga olinishi shart. Bog‘chada yiliga 3-4
marta jismoniy tayyorgarligini o‘yishini tizimlihisob-kitob ishlari olib boriladi va
jismoniy   sifatlarini   rivojla-nishini   nazorati   yo‘lga   qo‘yiladi.   Ana   o‘shanga
asoslanib tarbiyachi maktabga yo‘llancha olgan bolahaqidahisobot yozadi. 
Yosh   organizm   jadal   rivojlanib   boradi,   ammo   organizmning   himoya
reflyeksi   aksincha   rivojlangan   bo‘ladi.   Maktabgacha   tarbiya   yoshdagi   bolalar
jismoniy   tarbiyasining   vazifasi,   sog‘ligini   saqlash   va   mustahkamlash,
chiniqtirish,   har   tomonlama   jismoniy   rivojlantirish,   gavdani   to‘g‘ri   tutish,
umumiy   va   shaxsiy   gigiyenaga   koidalariga   rioya     qiladigan   barkamol   sog‘lom
bolalarni    voyaga   yyetkazishdir.  Muhimi  ularda  hayot  uchun  zaruriy  eng  oddiy
harakat   malakalarini   yurish,   yugurish,   sakrash,   uloqtirish,   tirmashib   chiqish,
suzish va velosipyedda yurishlarni rivojlantirishdir  
Maktabgacha  yoshdagi qizlarning sport mashg‘ulotlari. Bolalar bog‘chasiga
qatnab,   maktabga   boradigan   vaqt   ham   kelib   qoldi.   Barcha   ota-onalar   bu   vaqtga
36 kelib qizining ma naviy va jismoniy tarbiyasiga, jismonan kamolotga yetishishiga‟
e tibor   beradilar.   Eng   muhimi   aniq   rejimni   aslo   bo‘shashtirmaslik   kerak.	
‟
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   qiz   rejimga   rioya   qilishi   –   malum   bir   vaqtda
uyqudan   uyg‘onib,   o‘rnidan   turishi   va   uxlash   vaqti,   nonushta,   tushlik   qilishi,
o‘ynashi va mashg‘ulot bajarishi kerak. 4 - 7 yashar qizcha taxminan 12 - 14 soat
uxlashi, kamida 4 -5 soat ochiq havoda o‘ynashi va turli ishlarni qilishi lozim. Bola
qanchalik   voyaga   yeta   borsa,   jismoniy   tarbiya   uning   hayotida   shunchalik   katta
o‘rin   oladi.   Har   bir   kun   ertalabki   badan   tarbiyadan   boshlanishi   shart.   Ertalabki
gimnastika   uxlab   turgandan   keyin   organizm   hayot   faoliyatini   yana   asl   holiga
keltiradi,   unga   tetiklik,   bardamlik,       kuch-quvvat   beradi.   Buning   ustiga   badan
tarbiya   mashqlari   bolani   intizomli   qiladi,   odamni   saranjom-sarishta   bo‘lishga,
dangasalikni yengishga o‘rgatadi, keyinchalik esa bo‘lajak ona uchun juda foydali
bo‘ladi. 
To‘g‘ri,   aqlli   ota-ona   qizidan   o‘zlari   qilmaydigan   narsani   talab   qilmaydi,
shaxsiy  o‘rnak   ko‘rsatish  buyruq berish va pand-nasihatlardan  ko‘ra yaxshiroq
tasir qiladi. Ona erinmasdan ertalab qizi yonida bor-yo‘g‘i 15 daqiqa birga tursa,
bu ikkalasiga ham  foydali.  
Ochiq   havoda   serharakat   o‘yinlar   o‘ynash,organizmni   juda   yaxshi
chiniqtiradi.   Qishning   sovuq   kunlarida   sayr   paytida   albatta   g‘ayrat   bilan   ko‘p
harakat qilish kerak. O‘g‘il bolalar zavq-shavq bilan berilib yaxmalak uchadilar,
qizlar   chana   uchib,   muz  ustida   ajoyib   rasmlarni   soladilar   lekin  bular   endi   katta
bolalarning ishi. Yosh bolalar uchun tepalik ustidan chanada, faner ustiga o‘tirib
olib   yoki   shunchaki   yaxmalakka   o‘tirib   qiyqiriq,   qiy-chuv   bilan   pastga   uchib
tushishdan   yaxshi     ish   yo‘q.   Lekin   5-6   yashar   qizchaning   konki   uchishga,
chang‘ida   yurishga   o‘rganishiga   erta   emasmi?   Anchagina   kuchli   jismoniy
yuklamalar uning murg‘ak organizmiga tasir qilmasmikan? 
Olimlar yo‘q, zarar qilmaydi deb hisoblaydilar. Zarar qilish u yoqda tursin,
bola  organizmini  mustahkamlaydi,  uni   rivojlantiradi.  Albatta  buni  oqillik  bilan,
tibbiyot ilmidan yaxshi xabardor bo‘lgan holda ish tutish kerak. 
37 Badiiy   gimnastika:   Nihoyatda   nozik,   nazokatli   va   jozibali   bo‘lmish
sportning   nafis   turi   badiiy   gimnastika   xususida.   Bu   sport   turi   bilan
shug‘ullanishni   qizlarga   5-6   yasharligidan   o‘rgatsa   bo‘ladi.   Sportning   bu   turi
bo‘lg‘usi   juvon   organizmi   uchun   nihoyatda   yaxshi   ta’sir   ko‘rsatadi.   Qisqa
muddat ichida yosh badiiy gimnastikachi qiz chaqqon va nazokatli bo‘lib qoladi,
harakatlari mayin, chiroyli, yurishlari va qomati go‘zal bo‘ladi. Sport odamning
o‘z gavdasini mukammal egallashga o‘rgatadi, musiqaviylikni tarbiyalaydi, ritm
hissini   paydo   qiladi   va   albatta   organizmni   chiniqtiradi.   Yosh   badiiy
gimnastikachilar   odatda   tajribali   murabbiylar   rahbarligidagi   guruhlarda
shug‘ullanadilar.   Tajribali   murabbiylar   albatta   qizchani   boshlang‘ich   tayyorlov
guruhlari   –   dastlabki   maxsus   mashqlardan   boshlaydilar.   Keyinchalik   borib
maxsus tayyorlov guruhlarida esa ancha murakkab mashqlarni o‘rgatadilar. 
Sportning   badiiy   gimnastika   turi   qizlar   qomatini   faqatgina   chiroyli   qilib
qolmay,   ularda   egiluvchanlik,   qayishqoqlik,   epchillik   va   chaqqonlikni   ham
tarbiyalaydi. Har bir sport turini tanlashda avvalo jismoniy yuklamalarga e tibor‟
qaratgan   ma qul.   Chunki   qiz   bolaning   organizmi   o‘g‘il   bolanikiga   qaraganda	
‟
nozikroq   bo‘ladi   va   qizlarda   chidamlilikdan   ko‘ra   ko‘proq   egiluvchanlik   va
qayishqoqlik yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 
Sport gimnastikasi:     Sportning ushbu turi esa badiiy gimnastikadan farqli,
bunda   asosan   chaqqonlik   va   kuch   talab   etiladi.   Ushbu   sport   turi   bilan   ham
qizlarga   5-6   yoshdan   shug‘ullanish   tavsiya   etiladi.   Mashg‘ulotlarni     tajribali
murabbiylarning   qo‘lida   boshlagan   ma qul.   Albatta   boshlang‘ich   tayyorlov	
‟
guruhlarida   murabbiylar   qizlarning   ehtiyojlarini   hisobga   olganliklari   holda
jismoniy   yuklamalarni   beradilar.   Sport   gimnastikasi   nafaqat   jozibali   bo‘libgina
qolmay,   sportchida   kuch,   chidamlilik   va   egiluvchanlikni   yaxshi   rivojlantiradi.
Sport gimnastikasi faqat sog‘liq va mashhurlik uchungina emas, qizlarni hayotga
chidamlilik, jiddiylik va teran boqishni o‘rgatadi.  
Suzish:     qiz   bolalarga   sportning   suzish   turi   ham   tavsiya   etiladi.   Ular
maktabga borishdan oldin suvda suzishga o‘rganib olsa, juda yaxshi bo‘ladi: 
38 Suzish   bola   organizmini   chiniqtiradi,   qomatning   shakllanishiga   ta sir‟
qiladigan   deyarli   barcha   musqo‘llarni   ishga   soladi.   Suzishga   o‘rganish   hayotda
ko‘p   asqotadi.   6-7   yashar   bo‘lgan   har   bir   qiz   bola   suvda   turishga,   bir   necha
metrga   suzib   borishga   o‘rganishi   lozim.   Qiz   bola   qanchalik   yosh   bo‘lsa,   uni
suzishga   o‘rgatish   shunchalik   oson   bo‘ladi.     Suvdan   qo‘rqish   hissi   hali   unda
uyg‘onmagan   bo‘ladi,   qolavyersa,   bolalarning   “suzuvchanligi”   kattalarga
qaraganda   kuchli   bo‘ladi:   solishtirma   og‘irlik   kam   bo‘lganidan   suvning   bola
yonidan   aylanib   o‘tishi   oson   bo‘ladi.   Bo‘g‘imlar   mayin   va   harakatchan
bo‘lganidan Suzish harakatlari texnikasini tezroq o‘zlashtirish imkoni bo‘ladi. 
Mamlakatimizda   juda   ko‘p   ochiq   va   yopiq   suv   havzalari   bor.   Bulardan
tashqari O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qurib
foydalanishga   topshirilgan   suv   havzalari   zamonaviy,   jahon   andozalariga   mos
ravishda qurilganligi yoshlar  uchun qulay imkoniyatlarni yaratdi. Mavjud ochiq
va   yopiq   suv   havzalarida   tajribali   murabbiylar   faoliyat   ko‘rsatmoqdalar.   Ushbu
imkoniyatlardan   keng   foydalangan   holda,   har   bir   qiz   bola   suzish   yoki   umum
sog‘lomlashtiruvchi   guruhlarga   borib,   mashg‘ulotlarga   muntazam   qatnasa,
sog‘lig‘i uchun kelajakda umuman xavf  bo‘lmaydi. 
Sportning     yana   sinxron   suzish   deb   ataladigan   turi   borki,   bunda   qizlar
go‘yoki     “suv   parilari”ga     o‘xshab   harakat   qiladilar.   Ushbu   sinxron   suzishning
ham   foydasi   qizchalarga   nafaqat   kerakli   bo‘lib   qolmay,   bunda   qomatda   endi
boshlangan   kasalliklar;   skoliozni   oldini   olish   uchun   shug‘ullanish   maqsadga
muvofiqdir.   Umuman   suv   sportining   nafaqat   qizlarga,   balki   barchaga   ham
barobar foydali tomonlari juda ko‘p. 
3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash. 
Jismoniy   sifatlarni   tarbiyalash   jismoniy   tarbiyaning     asosiy   jixatlardan   biri
hisoblanadi.   Asosiy   jismoniy   sifatlar   (tezkorlik,   chaqqonlik,chidamlilik,   kuch,   va
egiluvchanlik)ning   rivojlanishi   bolalarda   harakat   malakasini   shakllantirish   bilan
maxkam   bog‘liq   holda   olib   boriladi.   Mashg‘ulotlarga   ana   shu   xususiyatlarni
39 izchillik bilan rivojlantirib boradigan mashqlar kiritiladi. Jismoniy mashg‘ulotlari,
harakatli   o‘yinlar,   sport   mashqlari,   shuningdyek,   bolalarni   sayrga   olib   chikilgan
vaqtda ularni o‘zlari mustakil ravishda bajaradigan harakatlar ham yuqorida sanab
o‘tilgan jismoniy sport turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Tezkorlik   –   kishining   harakat   tezligi,   shuningdek,   harakat   reaktsiyasi
tasnifini   bevosita   va   ko‘pincha   belgilaydigan   funksional   xususiyatlar   kompleksi
sifatida   qaraladi.   Bu   amalda   harakatlarni   qisqa   muddatda   bajarish   qobiliyatida
namoyon   bo‘ladi.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarda   15   metrdan   30   metrgacha
bo‘lgan   masofalarga   toliqtirmaydigan   qisqa   muddatli   tez   yugurish   tezlik,   kuch
sifatlarini   rivojlantiruvchi   samarali   vosita   hisoblanadi.   Bu   sifatdan
foydalanganda,rioya qilish zarur bo‘lgan asosiy shartlar yugurishning shakllaridan
uzoq   bo‘lgan   yuqori   sur atli   harakatlarni   amalga     oshirish,   yuqori   hissiy‟
ko‘tarinkilikni paydo qilish.  
Chaqqonlik   –   yangi harakatlarni tez egallashi (tez o‘rganib olish qobiliyati)
to‘satdan   o‘zgaruvchan   vaziyatlar,   talabga   ko‘ra   harakat   faoliyatini   tyez   qayta
ko‘ra olish qobiliyatidir. 
Kuch  –  harakat  faoliyati   jarayonida   tashqi  qarshilikning  yengish   yoki  unga
musqo‘l zo‘rkishi vositasida qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. 
Chidamlilik  –  biror-bir faoliyatda toliqishga qarshi tura olish qobiliyatidir.  
Bolaga tug‘ilganidayoq, uning qoniga alohida rivojlanishning irsiy dasturlari
tomonidan joylashtirilgan jismoniy imkoniyatlarning tegishli yig‘indisi ado etilgan
bo‘ladi.   Organlar,   organizm   tuzilmalarining   biologik   yetilishi   davomida   shaxsiy
imkoniyatlar rivojlanib, insonning har-xil jismoniy xususiyatlarini belgilaydi.   
Maktabgacha   yoshdayoq   bolalar   chidamlilikni   rivojlantirishga
yo‘naltirilgan   aerob   xususiyatli   nisbatan   uzok   muddatli   ishlarni   bajarish
qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 5-6 yoshli bolalar bir dars davomida 1,5 km   masofani,
bir  yil muntazam  shug‘ullanganda esa 2,5 km gacha masofani  yugurib bosib o‘ta
oladilar.  
40 Kichik   maktab   yoshida   aerob   yo‘nalishdagi   yuklamalar   afzalroq   sanaladi.
Ular yurak qon-tomir  va nafas tizimlarining maqbul  tarzda ishlashi  uchun sharoit
yaratadi.   Bunday   mashqlarning   samaradorligi   mashg‘ulotlarning   dastlabki
yillaricha yuqori shiddatli. 
Epchillik   va   egiluvchanlik:   Epchillik   muvofiqlash   nuqtai   nazaridan
murakkab   harakatlarni   bajarish,   ularni   tez   o‘zlashtirish,   yuzaga   kelgan   vaziyatga
qarab   harakatlarni   o‘zgartira   olish   qobiliyati   bilan   tavsiflanadi.   Epchillikni
rivojlantirish   uchun   harakatlarni   faqat   oqilona     va   tez   o‘zlashtirish   emas,   ularni
o‘zgaruvchan   vaziyatlarda   maqsadga   muvofik   tarzda   qo‘llash   kabi   usullar
fiziologik   asoslangan   sanaladi.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarda   buning   uchun
harakatli   o‘yinlar,  sport   turlari   elementlari   (masalan,  minifutbol),  o‘yin  mashqlar,
estafetadan foydalaniladi. Epchillikni tarbiyalashda harakat ko‘nikmalari zahirasini
muttasil   yangilab   turishga   alohida   e’tibor   berish   kerak.   Bu   yangi   harakatlarning
shakllanishida miya po‘stlog‘i “ijodiy” faolligi. 
Kichik   maktab   yoshida   egiluvchanlikni   shakllantirish   uchun   qulay   sharoit
mavjud.   Bu   eng   avvalo,   tayanch-harakat   apparatining   morfologik   xususiyatlariga
bog‘liq   va   mushaklarning   yuqori   cho‘ziluvchanligi,   umurtqa   pog‘onasining
harakatchanligi demakdir. 
Maxsus   yuklamalar   beriladigan   vaqtdagidan   past   bo‘lmaydi.     Demak,   past
shiddatli aerob yuklamalarni qo‘llash bilan fiziologik faoliyatlarning haddan ziyod
zo‘riqishiga   olib   keladigan   o‘ta   shiddatli   yuklamalar   yordamida   erishiladigan
natijalarga organizm uchun maqbul vositalar yordamida ham erishish mumkin. 
Ye.A.Pimonova(1990),   L.V.Karmanova   va   boshqalar(1992)   bergan
ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 20 yil mobaynida bolalarning jismoniy rivojlanishida
qayd   etilgan   umumiy   ijobiy   yo‘nalishlar   (gavdaning   barcha   o‘lchamlari
kattalashuvi)   fonida   ularning   harakat   tayyorgarligida   sezilarsiz   o‘sish   kuzatiladi,
bir qator ko‘rsatkichlar esa (tezkorlik, tezlik-kuch, imkoniyatlari) ancha pasayadi.
Shunga   qaramay,   mutaxassislar,   jismoniy   sifatlarni   maqsadli   tarbiyalash   aynan
maktabgacha davrda boshlanishi kerak,  
41 O‘quv   tipidagi   jismoniy   mashqlar   bilan   shug‘ullanish   mashg‘ulotlari
bolalarni harakatga o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu mashg‘ulotlar maktabgacha
tarbiya muassasalarining hamma guruhlarida o‘tkaziladi.  
Bir   yoshgacha   bolalarning   har   biri   bilan   ayrim   jismoniy   mashqlar   uqalash   bilan
qo‘shib olib boriladi. 
1-3   yoshgacha   bo‘lgan   bolalarda   yoshi   katta   bo‘lgan   guruhlarda   (6-12)
haftada   3   martadan,   3-7   yoshgacha   bolalarda   haftada   1   marta   o‘tkaziladi.   Yoshi
katta   bo‘lgan   sari   mashg‘ulotlarning   davomiyligi   10-45   daqiqagacha   bo‘ladi.
Mashg‘ulotlar 4 qismdan: tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunlov, qismlariga bo‘lib
olib boriladi va  qismlarni har birida o‘zlarining aniq vazifalari hal qilinadi.  
Maktabgacha   tarbiya   muassasalarida   ertalabki     gimnastika   ovqatlanishdan
oldin o‘tkaziladi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ertalabki gimnastika yakka tartib
yoki 5-10 kishiga bo‘lingan guruhlarda, yoshi kattalarda esa bolalarning hammasi
bilan   birgalikda   umumiy   o‘tkaziladi.   Ertalabki   gimnastika   xilma-xil   yurish,
yugurish   va   turli   xil   mashqlar   bajarish   hamda   sakrash   bilan   tugallanadi.   Tizimli
o‘tkazilgan   jismoniy   mashqlar   asosan   bolalarni   kuchini,   egiluvchanligini
mustahkamlaydi,   nafas   olish,   qon   aylanish   va   yurak   tomir   tizimi   ishlarini,
organlardagi   modda   almashinuvi     yaxshilaydi.   Bundan   tashqari   ertalabki
gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, har ko‘ngi bajarilgan
jismoniy   mashqlarning   ta sir   kuchi   qomatni   tutish   va   jismoniy   mashqlarning‟
sog‘likka   foydasi   haqidagi   dastlabki   elementar   bilimlarni   shakllanishiga   olib
keladi. 
Kichik   yoshdagilarda   jismoniy   mashqlar   kimlarga   yoki   nimalargadir   taqlid
qilish   orqali   amalga   oshadi.   Mashqlar   3   dan   6   gacha,   yoshi   ulg‘aygan   sari   8
tagacha   bir   majmua   bir   haftaga   mo‘ljallab   tuziladi   va   3-4   kundan   keyin
murakkablashtirilib,   7-12   daqiqa   davomida   o‘tkaziladi.   6-7   yoshdagilarga   esa
maktab dasturi matyerialiga yaqin bo‘lgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. 
Jismoniy   mashqlar   meyori   uni   bajarilish   murakkabligiga   qarab   belgilanadi.
Yelka   va   bo‘yin   muskullari   mashqlari   6-12   marta,   qorin   va   bel   muskullari
mashqlari 4-8 marta takrorlanadi. 
42 Jismoniy   madaniyat   bayramlari   bayram   kunlari   (yangi   yil,   Navro‘z,
Mustaqillik,   Konstitutsiya   kunlari)ga   bag‘ishlab   yoki   bog‘chadan   maktabga
kuzatish,   boshqalar   tarzida   o‘tkaziladi .   Har   xil   o‘yinlar,   raqslar,   musiqa   bilan
bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi syenariysiga kiritilishi mumkin. 
Sport   mashg‘uloti     va   sportchini   tayyorlash   biologik   va   psixologik
o‘zgarishlarning   murakkab   majmuasini   yuzaga   kyeltirib,   natijada   mashq
ko‘rganlik,   tayyorgarlik,   sport   formasida   bo‘lishlik   darajasi   yaxshilanishiga   olib
kyeladi.  
Sport   mashg‘ulotida   qo‘llaniladigan   jismoniy   mashqlar   quyidagilardan
iborat: 
1) Tanlangan (asosiy) musobaqa mashqlari;  
2) Maxsus-tayyorlov mashqlari;  
3) Umumiy tayyorlov mashqlari. 
Musoboqa mashqlari  yaxlit  harakat  faoliyati bo‘lib, harakat  faoliyatlarining
yig‘indisi,   sportchiga   ixtisoslash   pryedmyeti   hisoblanadi   va   mazkur   sport   turi
bo‘yicha   o‘tkaziladigan   musoboqa   shartlariga   to‘la   muvofiq   holda   bajariladi.
“Musobaqa   mashqlari”   tushunchasi   ma’lum   ma’noda   “Sport   turi”   degan
tushunchaga   o‘xshaydi.   Ko‘pgina   musobaqa   mashqlari   nisbatan   tor   yo‘nalishdagi
va harakat guruhi  jihatidan cheklangan  xarakterdagi faoliyat  bo‘ladi. Bunga siklli
harakatlar   (yugurish   va   yurishning   yengil   atletika   turlari,   changi,   velosiped
poygalari,   konki   uchish,   suzish,   belgilangan   masofagacha   qayiq   haydash)   ham,
shuningdyek   bazi   bir   tsiklli   bo‘lgan   va   aralash   mashqlar   (yengil   atletikadagi
sakrash,   uloqtirish   va   boshqalar)   ham   kiradi.  Asosiy   jismoniy  sifatlarga   qarab  bu
mashqlarni   tezlikkuch   talab   etadigan   va   ko‘proq   chidamlilikni   talab   qiladigan
mashqlarga   bo‘lish   mumkin.   Xilma-xil   harakatlar   yig‘indisidan   iborat   musoboqa
mashqlari   ham   bo‘ladi.   Masalan,   sport   o‘yinlarida   va   yakkama-yakka   sport
uchrashuvlarida   (kurash,   boks,   qilichbozlikda)   ana   shunday   harakatlar   yig‘indisi
bo‘ladi.   Musoboqa   mashqlarining   mazkur   turlari   yuqorida   aytib   o‘tilgan
mashqlardan   farq   qiladi.   Bular   holat   va   harakat   shakllari   sportchining   jismoniy
43 mashqlari   klassifikatsiyasi.   Masalan,   chang‘ichi   uchun   muntazam   va   to‘satdan
o‘zgarib   turadigan   sharoitda   asosiy   jismoniy   sifatlarning   majmuasini   namoyon
bo‘lishi bilan haraktyerlanadi.  
Maxsus   tayyorlov   mashqlari   va   musoboqa     harakatlari   elementlarini,
shuningdek, qobiliyat namoyon etish forma va xarakteri jihatidan ularga o‘xshash
harakat   va   holatlarni   o‘z   ichiga   oladi.     Maxsus   tayyorlov   mashqlari,   jumladan,
yuguruvchilarga   tanlangan   masofani   qismlarga   bo‘lib   yugurishdan,
gimnastikachilarda   esa   musoboqa   kombinatsiya   elementlari   va   qismlarini
bajarishdan, o‘yinchilardan o‘yin harakatlari va kombinatsiyalaridan iborat bo‘lishi
mumkin.   Yana   imitatsiya   mashqlari,   yani   musoboqa   harakatlariga   juda   o‘xshab
ketadigan   mashqlar   ham   (changichilar   gildirakli   mashq   qilishlari,  sakrovchilar   va
gimnastikachilar   mashq   qilishlari   va   xokazo)   maxsus   tayyorlov   mashqlari
hisoblanadi. Ayrim hollarda o‘xshash sport turlaridagi mashqlar ham (musoboqada
qatnashish   uchun   tanlangan   masofaga   o‘xshash   masofaga   yugurish   va   hokazolar)
maxsus   tayyorlov   mashqlari   jumlasiga   kiradi.   Takidlab   o‘tish   kerakki,   tanlangan
musoboqa   mashqlari   bilan   qandaydir   sezilarli   umumiylikka   ega   bo‘lgan
mashqlarnigina   maxsus   tayyorlov   mashqlari   deb   hisoblasa   bo‘ladi.   Masalan,
yuguruvchi   uchun   har   qanday   yugurish   mashqlari   emas,   balki   musobaqa   turi
tyexnikasining   spyetsifik   tomonlariga   yoki   boshqa   o‘ziga   xos   xususiyatlariga
yaqin   tomonlari   bor.   Yugurish   mashqlarigina   maxsus   tayyorlov   mashqlari   bo‘la
oladi. Maxsus tayyorlov mashqlari tanlangan sport turining spetsifikasiga muvofiq
belgilanadi   va   shuning   uchun   ham   bunday   mashqlar   doirasiga   hamisha   nisbatan
cheklangan   bo‘ladi.   Lekin   maxsus   tayyorlov   mashqlari   tanlangan   sport   turi   bilan
bir xil bo‘lmaydi. Ularni sportchi uchun zarur sifat va malakalarni rivojlantirishga
mumkin   qadar   to‘g‘ri   va   foydali   tasir   etadigan   qilib   tuziladi.   Masalan,   “og‘irlik”
tipidagi   yoki   og‘ir   tosh   bilan   o‘tirib   turish   tipidagi   maxsus-tayyorlov  mashqlarini
bajarayotgan og‘ir atletikachi klassik uch kurash harakatlarini bajarayotgandagiga
qaraganda   ko‘proq   og‘irlikni   uddalab,   kuch-qudrat   qobiliyatlari   rivojlanishiga
mumkin qadar ko‘proq foydali tasir ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi, yuguruvchi
ham   “yuguradigan”   maxsus-tayyorlov   mashqlarida   tanlangan   masofani   yugurib
44 o‘tish   jarayoniga   qaraganda   ko‘prok   tezlik   yoxud   chidamlilikni   namoyon   etadi.
Maxsus-tayyorlov   mashqlari   nimaga   ko‘proq   xizmat   qilishiga   qarab
yaqinlashtiruvchi   mashqlar   va   rivojlantiruvchi   mashqlar   bo‘lishi   mumkin.
Yaqinlashtiruvchi   mashqlar   ko‘proq   harakat   formasi,   texnikasini   egallashga
qaratilgan   bo‘ladi.   Rivojlantiruvchi   mashqlar   esa,   ko‘proq   funksional
imkoniyatlarni   (kuch,   tezkorlik,   chidamlilik   va   hokazolarni)   taraqqiy   ettirishga
qaratilgan bo‘ladi. Bunday bo‘linish, albatta,  shart hisoblanadi.  
  Umumiy tayyorlov mashqlari   –   sportchining umumiy tayyorgarlik vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar sifatida xilma-xil mashqlardan foydalanish
mumkin.   Maxsus   tayyorlov   mashqlariga   yaqin   bo‘lgan   va   o‘z   tasir   etish
xususiyatlari   bilan   o‘xshagan   mashqlar,   shuningdyek   tubdan   farq   qiladigan   (shu
jumladan qarama-qarshi yo‘nalishdagi) mashqlar ham shu maqsadda foydalanilishi
mumkin.   Nazariy   jihatdan   bunday   vositalarning   chegarasi   yo‘q.   Amalda   esa
vaqtga,   mashg‘ulot   joyiga   va   boshqa   shartsharoitlarga   qarab   ular   doirasini
cheklashga   tug‘ri   keladi.Umumiy   tayyorlov   mashqlarini   tanlashda   quyidagi
talablar   bir   xilligi   muximdir.   Sportchining   umumiy   tayyorgarligi   har   tomonlama
jismoniy tarbiyalash vazifalarini  samarali  hal  etishga  imkon beradigan  vositalarni
o‘z   ichiga   olishi   kerak.   Jumladan,   barcha   asosiy   jismoniy   sifatlarning   kuch,
chidamlilik,   epchillik,   chaqqonlikning   rivojlanishiga   ijobiy   tasir   ko‘rsatuvchi
hamda   sportchining   harakat   malakalari   va   mahorati   fondini   kengaytiradigan
mashqlarni   tanlash   kerak.   Bunday   mashqlarni   yordamchi-sport   gimnastikasidan,
harakatli o‘yinlardan hamda sportning qo‘shimcha turlar deb atalgan formalaridan
tanlab   olinadi,   hozirgi   paytda   quyidagilar   eng   ko‘p   tarqalgandir.   Umumiy
chidamlilikni tarbiyalashda, o‘rtacha va o‘zgaruvchan intyensivlik bilan uzoq vaqt
yugurish,   chang‘i   krosslari   va   shunga   o‘xshash   mashqlar,   kuch-quvvatni
o‘stirishda, umumiy kuch-quvvat tayyorgarligi ryejasida. Og‘ir atletikadagi singari
shtanga bilan bajariladigan mashqlar, shuningdek turli og‘irlik va qarshiliklar bilan
bog‘liq bo‘lgan yordamchi – sport gimnastikasi mashqlari, harakat tezligini hamda
harakat reaktsiyasini tarbiyalashda sprinter mashqlari va sport o‘yinlari, basketbol,
45 chaqqonlikni   tarbiyalashda   esa   sport   gimnastikasi,   akrabatika,     harakatli   va   sport
o‘yinlari o‘rin egallaydi. 
3.3.   Bolalar jismoniy tarbiyasining yosh xususiyatlari
Bolaning   tug‘ilishidan   boshlab   4   yoshgacha   bo‘lgan   davrida   jismoniy
tarbiya.   Bola   hayotining   dastlabki   7   yili   barcha   organ   va   sistyemalarning
intyensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bola naslga xos biologik xususiyatlar,
jumladan,   asosiy   nyerv   jarayonlarining   tipologik   xususiyatlari   (kuch,
muvozanatlilik va harakatchanlik) bilan ham tug‘iladi. Biroq,  xususiyatlar faqat
jismoniy   va   psixik   rivojlanishlarning   asosini     tashkil   etadi,   hayotining   birinchi
oylaridagi   byelgilovchi   omil   esa   tashki   muhit   va   bola   tarbiyasi   hisoblanadi.
Shuning   uchun   tarbiyaga   shunday   sharoit   yaratish   va   uni   shunday   tashkil   etish
kerakki,   bolaning   tyetik,   ijobiy   emotsional   xolati,   jismoniy   va   psixik   to‘laqonli
rivojlanish   ta minlansin.   Bola   xayotining   birinchi   yilida   uning   markaziy   nerv‟
sistyemasi xususiyatlari morfologik strukturasining tugallanmagani va bosh miya
po‘stlog‘ining   funktsional   rivojlanishidan   iborat   bo‘ladi.   Bu   jarayonlarning
nihoyasiga yetishi  keyingi yillarda tashqi  va ichki  quzg‘aluvchilarning ta sirida	
‟
kechadi.   Tug‘ma   shartsiz   reflekslar   bazasida   (mudofaa,   ximoya,   ovkatlanish,
chamalash)   oliy   nerv   sistemasi   faoliyatining   rivojlanishiga   erishiladi.   Masalan,
kundalik rejim, o‘z vaqtida uxlashga yotqizish, uyqudan so‘ng ertalabki gigienik
gimnastikani   majburiy   tarzda   bajarish   va   hokazolar   stereotip   hosil   qilish
mumkin.  Biroq  ,  bola   nerv  sistemasini   ayrim  stereotiplar  (odatlar)ni   uzgartirish
maqsadida   sharoit,   yoshning   o‘zgarishiga   qarab,   bolalarda   muhitni   ongli   idrok
qilish   qobiliyatini   rivojlantirgan   holda   ehtiyotlik   bilan   mashq   qildirish   zarur.
Chunonchi,   bola  xayotining   ikkinchi   yilidagi   harakat   rivojlanish   xususiyatlarini
hisobga   olgan   holda   bolalar   odatdagi   yurishni   o‘zlashtirgach,   jismoniy   tarbiya
mashg‘ulotlariga   murakkablashtirilgan   yurish   (yo‘lkadan,   xodadan)   ni   kiritish
lozim.   Bola   aytilgan   vazifani   yengil   bajaradi,   yangi   harakatga   qiziqish   bilan
qaraydi,   uni   bajarishga   intiladi.   Natijada   harakat   ko‘nikmalari   faqat   mashqlarni
bajarish   paytidagina   emas,   balki   kundalik   turmushida   ham   takomillashadi.
46 Markaziy   nerv   sistemasining   rivojlanish   darajasi   va   differentsiatsiyasiga
(ulg‘ayishiga) qarab statik va harakat ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Maktabgacha
tarbiya   yoshidagi   bolalarda   harakat   analizatorlarining   tez   rivojlanishi   va
takomillashishi   kuzatiladi.   Shartli   reflekslar   bu   yoshda   tez   xosil   qilinadi,   biroq
darov   mustaxkamlanmaydi   va   shuning   uchun   boladagi   ko‘nikmalar   dastlab
byeqaror   bo‘ladi.   Bosh   miya   po‘stlog‘idagi   qo‘zg‘olish   va   tormozlanish
jarayonlari   osongina   irradiyatsiyalanadi,   shuning   uchun   bolalar   diqqati   beqaror
bo‘lib, javob reaksiyalari emotsional xarakter kasb etadi va ular tezda toliqadilar.
Bundan tashkari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayonlari
tormozlanishdan ustunlik qiladi. Hayotning ikkinchi va uchinchi yilida ta lim va‟
tarbiya ta sirida tirmashish va uloqtirish kabi harakatlar murakkablashadi hamda	
‟
sifat jihatdan takomillashib boradi. Bola hayotining uchinchi yilida sakrashlarga
tayyorgarlik harakatlari ko‘rina boshlaydi, shu yoshning oxirida bolalar oldinga
harakat   qilib   sakraydigan   bo‘ladilar.   Bola   3   yoshga   yetganda   deyarli   barcha
asosiy   harakatlarni   egallaydi   va   muhimi   shundaki,   u   bu   harakatlarni   o‘zining
erkin faoliyatida qo‘llay boshlaydi. 
3.4. Bolalarni jismoniy sog‘lomlashtirishda   harakatli o‘yinlar va sport
bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish
Bolalar   muassasalaridagi   jismoniy   tarbiya   bayramlari   bolalarning   sog‘lom,
xushchaqchak   holati   va   ularning   harakat   ko‘nikmalarining   shakllantirishdagi
yutuqlari   namoyishidan   iborat   bo‘ladi.   Jismoniy   tarbiya   dasturida   bolalarning
muayyan   davr   ichida   egallangan   harakat   ko‘nikmalarini   aks   yettirilishi   quvnoq
harakatli   o‘yinlar   va   xilma   xil   jismoniy   mashqlar   tashkil   etish   lozim.   Muntazam
jismoniy   tarbiya   mashg‘ulotlarida   o‘zlashtirilgan   bu   harakat   formalari   maxsus
tayyorgarlikni  talab  etmaydi    va  bayram  dasturiga  tabiiy ravishda  kirishib  ketadi.
Bolalarni     kayfiyatini   yaxshilaydi,   zavq   bag‘ishlaydi.   Bayramga   tayyorgarlik
rejadagi  tarbiyaviy ishga xalaqit  qilmasligi  kerak. Bayramgacha vaqt  davomiyligi
hisobga   olinmagan   holda   ko‘p   marta   takrorlangan   “nomerlar”   bolalarda   jismoniy
47 va psixik toliqish uyg‘otadi, qiziqishiga tasir ko‘rsatib, emotsiyalarni zaiflashtiradi
va   ularni   bayramda   o‘rganilgan   dars   sifatida   bajarishga   olib   kyeladi.   Bayram
bolalar bilan muntazam, sistemali ravishda olib boriladigan ishning natijasi bo‘lishi
kerak. Jismoniy tarbiya va sport bayramlari o‘zlarining mazmun - mohiyatiga ko‘ra
dastur    va tuzilishi  jihatdan juda  xilma-xil  bo‘lishi  mumkin. Bu  bayram  kundalik
xayotda   maydonchaning   odatdan   tashqari   bezatilishi,   jismoniy   tarbiya   ashyolari,
gullar,   lentalar   va   hokazolar   yordamida   jihozlanishi   bilan   ajralib   turadi,   bolalar
maydonchasining   odatdagi   tusini   o‘zgartiradi   va   bolalarda   bayram   kayfiyati
uyg‘otadi.   Bayram   davomida   musiqa   ohangi   ham   muhim   o‘rin   tutadi.   U
emotsional   ko‘tarinkilik   yaratadi   va   bolalarni   quvnoq,   xushchaqchaq   kayfiyatda
birlashtiradi.   Bayramning   birinchi   qismi   jismoniy   tarbiya   formasida   bo‘lishi
mumkin.   U   alohida   komandalarga   bo‘lingan,   o‘zlarining   nishonlarini   ko‘tarib
olgan   bolalarning   yurishi   bilan   boshlanadi.   Qo‘shiq,   sherlar   jo‘rligidagi   bolalar
harakati   ulkan   emotsional   ko‘tarinkilik   uyg‘otadi.   Shundan   so‘ng   bolalar   o‘z
yutuqlarini   o‘yinlar   va   mashqlarda   namoyish   qilishlari   mumkin.   Katta   guruh
bolalari   o‘z   kuchlariga   yarasha   musoboqalarda   yugurish,   uloqtirish,   sakrashlar
bilan   bajariladigan   mashqlar   va   h.k.,   o‘yin   estafetalarda,   sport   o‘yinlarida
qatnashadilar.   Bayram,   tadbirlarda   quvnoq   o‘yinlardan   foydalanish   mumkin.
Bularning   barchasi   har   bir   yosh   guruhlari   va   umuman   barcha   gruppalar   uchun
ajratilgan   vaqtni   hisobga   olgan   holda   o‘tkaziladi.   Bayramning   ikkinchi   kismi
bolalarda   yuqori   quvonch   uyg‘otuvchi   tomosha   formasi   –   qo‘g‘irchoq   teatri
sifatida   yoki   kattalar   va   bolalar   ishtirokidagi   kontsyert,   o‘yinlar   tashkil   etilishi
mumkin.   Bayram   nihoyasida   bolalar   boshlovchi   taklifiga   ko‘ra   mehmonlar,   ota-
onalar,   tarbiyachi,   pedagoglar,   bolalar   bog‘chasi   xodimlarini   taklif   etib
tushiriladigan   umumiy   raqs   yaxshi   kayfiyat   ko‘tarinki   ruh   bag‘ishlaydi.   Birinchi
juftlikda bayram boshlovchisi – tarbiyachi bola bilan raqsga tushadi. U murakkab
bo‘lmagan harakatlarni ko‘rsatadi, qolganlar ularni takrorlaydilar. Jismoniy tarbiya
bayramlarini qish faslida o‘tkazish ham maqqul. Ular mazmunini ham bolalarning
harakat   faoliyati   tashkil   etadi,   mavsum   uchun   chanada   epchillik  ko‘rsatib   uchish,
konkida   uchish   va   o‘ynash,   chang‘ida   yurish,   xokkey   o‘ynash,   quvnoq   harakatli
48 o‘yinlar,   murakkab   bo‘lmagan   ommaviy   raqslar,   kattalar   hamda   maktab
o‘quvchilari   tomonidan   tayyorlangan   mazmunli   daqiqalar   xarakterlidir.   Qishki
bayramni   yangi   yil   archasi   atrofida   qorbobo,   qorqiz   sifatida   yoki   muayyan   bir
mavzudagi   o‘yin   ko‘rinishida   tashkil   etish   mumkin.   Dastur   mazmunini   qish
vaqtida   ham   bolalar   shu   vaqtga   qadar   o‘rgangan   jismoniy   mashqlar   va   o‘yinlar
tashkil etadi. Chiroyli byelgilar va musiqadan foydalanish ularga o‘ziga xoslik va
yana   ham   qiziqarlilik   baxsh   etadi.   Bayramning   muvaffaqiyatli   o‘tkazilishi   butun
pedagoglar   jamoasi   mudira,   uslubchi,   musiqa   rahbari   va   tarbiyachilarning
ahillikdagi   mehnati   samarasidir.   Bolalar   bayramni   tayyorlashda   o‘zlarining
kuchlari yetadigan ishlarda qatnashishlari mumkin. Kundalik hayoti xursandchilik
kayfiyati   o‘sib   va   kuchayib   borishi     sayrga   borish,   tabiatni   tomosha   qilish,
suhbatlar, sherlar va bayram   juda ham  mazmunli  o‘tishi kerakki, bolada tassurot
qoldirsin.   Bolalar   hayot   tarzi   bayram   o‘tkaziladigan   kuni   keraksiz   shoshqaloqlik,
tartib,   ryejimga   rioya   qilmaslik,   tarbiyachilarning   asabiyligi   bilan   buzilmasligi
kerak. 
Kattalarning bayramni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan umumiy manfaatdorligi,
ularning   bolalarga   quvonch   va   zavq   byerish   istagi   qanchalik   jo‘sh   urganligidan
qat iy   nazar,   bayramda   byelgilangan   ryejadagi   tadbirlarning   davomiyligi   45-60‟
daqiqadan   oshmasligi   lozim.   Bo‘sh   vaqtda   jismoniy   tarbiya   mashqlari   bilan
shug‘ullanish – bu bolalarning kundalik hayotida ularni quvnoq faoliyat harakatiga
birlashtiruvchi   yorqin   emotsional   vaqtlardan   biridir.   Bunday   bo‘sh   vaqtni
o‘tkazishning   mazmunini   asosan   bolalarga   tanish   harakatli   o‘yinlar   va   jismoniy
mashqlar tashkil etadi. Ular bolalar uchun kutilmagan variantlarni kiritish xisobiga
yangilanadi, bajarishda qiziqish va emotsiya uyg‘otadi. Bo‘sh vaqtni rejalashtirish
u yoki bu gruppa bolalarining umumiy jismoniy rivojlanganligi va ularning harakat
imkoniyatlarini   hisobga   olgan   holda   amalga   oshiriladi.   Bo‘sh   vaktda   jismoniy
tarbiya   bilan   shug‘ullanish   programmasi   turlicha   tuziladi:   kichik   va   o‘rta
guruhlarda   ko‘proq   emotsional   topshiriqli   murakkab   bo‘lmagan   o‘yinlar   beriladi:
kim   o‘yinchoqni,   to‘plarni   tezroq   olib   kyeladi;   kim   tezroq   yugurib   kyelib
qo‘g‘irchoq yoniga saflanadi, kim tezrok u bilan quvnoq uyin harakatlarini bajaradi
49 va xokazo. Katta gruppalarda bolalar uz harakat malakalarini musoboqali quvnoq
oddiy o‘yinlarda va o‘yin estafetalarida, maktabga tayyorlov gruppalarida esa sport
o‘yinlarida   individual   va   kollektiv   tarzda   namoyon   qiladilar.   Katta   yoshli   bolalar
shuningdyek,   uncha   katta   bo‘lmagan   spartakiadalar   tipidagi   musoboqalarda   ham
qatnashadilar. Ular jismoniy tarbiya topshiriklarini  bajarishda epchillik, kuchlilik,
chidamlilik   sifatlarini   namoyish   etadilar.   Bo‘sh   vaqt   tarkibiga   umumiy   quvnoq
kayfiyat uyg‘otadigan, bolalar uchun qiziqarli va ularga yarasha attraktsionlar ham
kiritiladi;   bolalarga   tanish   o‘yin   va   raqslardan   ham   foydalanish   mumkin.
Tarbiyachining   bo‘sh   vaqtni   o‘tkazishdagi   asosiy   vazifasi   bolalarda   quvnoq
kayfiyat va harakat malakalarini barcha bolalarni ahil ijobiy faoliyatga undaydigan
qulay sharoitda takomillashtirish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. 
Bolalarni   jismoniy     rivojlanish   yo‘lida   ota-onalar   bilan       ish   olib   borish .
Bolalarning   oilada   va   davlat   muassasalarida   jismoniy   jihatdan   tarbiyalash
vazifalari   bir   butun   jarayon   bo‘lib,   bu   vazifalar   ota-onalar   bilan   maktabgacha
tarbiya   muassasalarining   xodimlari   birgalikda   umumiy   tarzda   kuch-g‘ayrat
sarflashlari   orqali   hal   etiladi.   Ota-onalar   bilan   muntazam   ish   olib   borish   muhim
ahamiyatga   ega.   Tarbiyachi   va   jismoniy   tarbiya   instruktori   ota-onalar   uchun
suhbatlar,   konsultatsiyalar,   majlislar,   ochiq   kunlar,   mashg‘ulotlar   tayyorlaydi   va
o‘tkazadi.   Ota-onalarni   bolalar   bilan   bo‘lib   o‘tadigan   musoboqalarga   taklif   etadi,
ularni   hakamlik   ishlarini   bajarishga   jalb   qiladi,   bolalar   bog‘chasida   otaonalar
navbatchiligini   uyushtiradi,   shuningdek,   bolalarning   uylariga   borib   oila   azolari
bilan   uchrashib   turadi.   Jismoniy   tarbiyani   to‘g‘ri   tashkil   qilishda   otaonalarga
yordam   berish   va   ko‘rgazmali   targ‘ibot   ishlarini   olib   borish   maqsadida   maxsus
burchak   –   ko‘rgazmalar,   guruh   burchaglari   hamda   barcha   yosh   guruhlardagi
bolalarning   jismoniy   rivojlanish   va   jismoniy   tayyorgarligiga   oid   ma’lumotlar
yozilgan burchaklar tashkil qilinadi. Mashq bajarishda bolalarga o‘rnak bo‘lish va
jismoniy   mashqlarni   to‘g‘ri   bajarib   ko‘rstish   uchun   jismoniy   tarbiya   instruktori
bilan   birga   ota-onalar   ham   o‘zining   jismoniy   tayyorgarlik   darajasini   muntazam
ravishda   oshirib   borish   kerak:   buning   uchun   mustaqil   ravishda,   yohud   umumiy
jismoniy   tayyorgarlik   guruxlarida,   sport   to‘garaklarida   shug‘ullanish,
50 musoboqalarda ishtirok etib turish kerak. Oilada bolaning kichik yoshidan boshlab
uni   murakkab   harakatlarni   bajarish   mahoratiga   (masalan,   velosipyed   haydashga,
suvda   suzishga   va   boshqa   shunga   o‘xshash   harakatlarga)   ota-onalar   tomonidan
o‘rgatilib   boriladi.   Jismoniy   mashqlarning   turlarini   egallab   olish   uchun   bolaga
individual   tarzda   yordam   byerish   hamda   mashq   chog‘ida   ehtiyot   chorasini
ta minlash   zarur.   Bunday   mashqlarni     bolalarga   maktabgacha   tarbiya‟
muassasalarida   o‘rgatish   oilada   o‘rgatishga   qaraganda   ancha   qiyinroqdir.   Oilada
jismoniy   tarbiyani   to‘g‘ri   amalga   oshirish   uchun   bolalar   maktabgacha
muassasalarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanayotganligini ota-onalar
bilishlari kerak. 
Shuningdek   ular   bolalar   sport   maktabida   qanday   jismoniy   yuklama   bilan
butun kun  mobaynida va  butun hafta  davomida qanday  shug‘ullanayotganligini
ham   ota-onalar   bilishlari   kerak.   Mana   shu   butun   nagruzkalarni   hisobga   olgan
holda   bola   bog‘chadan   uyga   qaytib   kyelganidan   keyin   u   bilan   o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarning   ryejasi   tuziladi.   Dam   olish   kunlari   va   bayram   kunlari   uchun
ham   xuddi   shu   tarzda   (ertalabki   gimnastika,   harakatli   o‘yinlar   va   boshqalar
bo‘yicha)   reja   tuzib   mashq   qilinadi.   Maktabgacha   tarbiya   muassasalari
bolalarning   jismoniy   tarbiyasi   to‘g‘risidagi   bilimlarini   oshirishga   ota-onalarga
katta   yordam   byerishi   mumkin.   Buning   uchun   bolalar   bog‘chasida   ota-onalar
uchun   burchaklar   tashkil   etiladi,   ochiq   darslar,   suhbatlar,   konsultatsiyalar
o‘tkaziladi   va   hokazo,   maktabgacha   tarbiya   muassasalarining   xodimlari
otaonalarga   bolalarning   jismoniy   tarbiyasi   bo‘yicha   nashr   etilgan   maxsus
adabiyotlarni   tavsiya   etadilar.   Bolalar   sportini   rivojlantirish   yo‘lida   ota-onalar
bilan     ko‘proq   ishlab,   ularning   sport   va   jismoniy   tarbiya   haqidagigi   bilimlarini
oshirish,   sportning   bola   sog‘lig‘iga   bo‘lgan   ijobiy   ta siri   haqidagi   ma lumot	
‟ ‟
byerishdan   boshlanadi.   Maktabgacha   tarbiya   muassasalarida   jismoniy   tarbiya
qanchalik   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilgan   bo‘lmasin,   bola   uyga   kelib   bu   mashqlarni
davom   ettirmasa,   jismoniy   tarbiyaning   bolaga   bo‘lgan   ijobiy   ta siri   susayadi.	
‟
Chunki bola ko‘proq vaqtini uyda, ota-onasining yonida o‘tkazadi. Agar ota ona
51 sport   va   jismoniy   tarbiyaning   barcha   qirralari   bilan   tanish   bo‘lsa,   uning   ijobiy
tomonlari   haqidagi   tulaqonli   ma’lumotga   ega   bo‘lsa,   yuqorida   aytib   o‘tilgan
barcha   ishlar   amalga   oshiriladi   va   bola   eng   yaxshi   jismoniy   tarbiyaga   ega
bo‘ladi. Bu borada ko‘proq ota-onalar  bilan ishlab, ularning o‘zini  ham sportga
jalb qilish, televideniya, radio orqali targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish, sport
to‘g‘risidagi   ko‘rsatuvlarni,   jurnallarni   ko‘paytirish,chempionlar   bilan   suhbatlar
o‘tkazish, ular hayoti bilan tanishtirish o‘z samarasini byeradi. 
Harakatli     o‘yinlar     orqali     bolalarni     har   tomonlama   tarbiyalash.   O‘yin
faoliyati   bolani   quvontiradi.   Harakatli   o‘yin   favqulodda   xursandchilikning   xilma-
xil   vaziyat   bilan,   ayniqsa   ijobiy   hislar   uyg‘otishga   xizmat   qiladi.   O‘yinlarning
maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarnnng   tarbiyasidagi   ahamiyati   haqida
n.k.krupskaya   takidlaydi:   “maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   uchun     katta
ahamiyatga   ega:   o‘yin   ular   uchun   mehnat,   o‘yin   ular   uchun   tarbiyaning   jiddiy
formasidir. 
Chaqqonlikni,   kuchni,   nishonga   tekkizishni   o‘stiradigan   va   mehnatda   ulkan
ahamiyatga   ega   bo‘lgan   shunga   o‘xshash   barcha   narsalarni   maktabgacha   tarbiya
muassasalarida qo‘llash favqulodda muhimdir”. 
Harakatli o‘yinlar rolining muhimligi ular tematikasini, mazmunini sinchiklab
tahlil qilish va shunga muvofiq turli yoshdagi  bolalar uchun tanlashni  talab etadi.
Har qanday o‘yin xoh u ijodiy, didaktik, musiqali, shuningdek, harakatli bo‘lmasin
bolalarshshg   atrof-muhitni   bilishida   o‘ziga   xos   vosita   hisoblanadi.   Harakatli
o‘yinlar   mazmunida   bola   dunyoqarashini   kengaytiruvchi   va   tasavvurini
aniqlashtiruvchn ko‘plab bilish materiali mavjud. O‘yin vaziyati bolani qiziqtiradi
va tarbiyalaydi. 
Qoidalar   katta   tarbiyaviy   ahamiyatga   molik.   Ular   o‘yining   borishini
belgilaydi,   bolalar   harakat   faoliyatini,   ularning   hatti-harakati,   o‘zaro
munosabatlarini   yo‘lga   soladi.   Axloqiy-irodaviy   sifatlarni   tarbiyalashga   yordam
beradi.   Qoida   o‘yinda   muayyan   sharoit   yaratadi.   Bunda,   bola   o‘yinga   tegishli
rahbarlik   qilinganda   o‘zida   hosil   qilingan   sifatlarni   namoyon   qilmasdan
turolmaydi. L.F.Artemova ma lumotlariga qaraganda katta gruppalarda qoidalarga‟
52 va   ularni   albatta   bajarishga   ongli   munosabat   bolalarda   asta-sekin   va   turli   vaqtda
hosil qilinadi. Bolalar dastlab qoidalarni pedagog rahbarligida, keyinchalik bolalar
jamoasining qoidalarning ijtimoiy ahamiyatini anglagan ayrim azolari tasiri ostida
bajaradilar; nixoyat qoidalar bolalarning ijtimoiy xulqi-atvori normalarini bevosita
belgilovchi   omilga   aylanadilar.   Harakatli   o‘yinlarni   bolalarni   axloqiy
tarbiyalashning ta sirchan vositalaridan biri sifatida belgilashga asos bo‘lib xizmat‟
qiladi. 
O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni  rivojlantirish, mavjud tafakkur, tushuncha
va   mo‘ljal   olishni   aniqlashtirish   uchun   qulay   sharoit   yaratiladi;   o‘yinlar   ijodiy
xayol,   xotira,   topqirlik,   fikr   yuritish   faollikni   rivojlantirishga   yordam   beradi.
Shunday   qilib,   harakatli   o‘yinlar   bolaning   aqliy   rivojlanishiga   yordam   beradi.
Bolalarning   psixik   jarayonlaryni   takomillashtirishda   o‘yin   harakatlarini   ijodiy
bajarishga   undaydi.   O‘yinda   fazoni   idrok   etish   o‘zining   asosiy   formalarida
namoyon   bo‘ladi:   bevosita;   hissiy   bilish   –   sensor   (hissiy   obrazli)   va   bilvosita
(mantiqiy   tafakkur,   tushuncha).   Masalan,   bola   tomonidan   harakat   yo‘nalishini
mustaqil   tanlash   va   harakatni   o‘yin   qoidasida   qat iy   belgilangan   yo‘nalishda	
‟
bajarish   bir   tomondan   o‘yin   vaziyatini   (bevosita   idrok   qilinadigan)   va   ko‘rish
motor reaksiyasnii  (o‘yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o‘z
harakatlarini fazo o‘yin muhitida anglash va tassavvur  qilish hamda o‘sha ko‘rish
motor   reaksiyasini   namoyon   etishni   talab   qiladi.   Harakatli   o‘yinda     pedagog
tomonidan   ishlab   chiqilgan   o‘yin   qoidalari   bola   harakati   uchun   fazoda   oldindan
mo‘ljal   olishnnng   zarur   imkoniyatini   yaratadi.   Ayni     paytda   o‘yin   vaziyatidagi
to‘satdan  bo‘ladigan  o‘zgarishlar  (boshlovchi  harakati  yoki  signallar  bilai  bog‘liq
ravishda) harakat rejasini buzadi va juda murakkab – bolalarning tezkor reaksiyasi
hamda fazoda mo‘ljal olishini talab qiladi. Bunday reaksiya boladagi o‘z faoliyati
va   harakatlarini   muayyan   muhitga   moslash   qobiliyatining   rivojlanganlik   darajasi
bilan   belgilanadi.   Bolaga   tarbiyachi   yordam   berishi   lozim,   tarbiyachi   bolani
astasekin   o‘yin   vaziyati   va   qo‘yilgan   vazifaga   ernshish   zaruratini   hisobga   olgan
holda birmuncha muvaffaqiyatli harakat usulini topishga o‘rgatadi. Masalan, aynan
bir   o‘yinni   katta   va   cheklangan   fazoda   o‘tkazganda   bola   boshlovchidan   tez   va
53 uzoqqa   qochish   usulidan   foydalanadi,   yoki   unga  yaqin   joyda  turib  chaqqonlik   va
abjirlik ko‘rsatadi. 
E.Y.Stepanenkova   tadqiqotida   bolalarning   predmetlararo   fazoviy
munosabatlar:   oldinda,   orqada,   o‘rtada,   chapda,   o‘ngda,   ustida,   ostida,   yonida,
pastda,   yuqorida,   oralig‘ida,   qarama-qarshisida,   ketma-ket   va   hokazo   haqidagi
tushunchalarini aniqlashtiruvchi o‘yinlar ko‘rsatilgan (“Tezroq yur”, “To‘qish”, 
“Kim tezroq”, “Chambarak orqali bayroqcha tomon yugurish”, “To‘pni keglilararo
dumalatish”   va   hokazo).   Harakatli   o‘yinlar   bog‘cha   yoshidagi   katta   bolalarda
ijodiylikni   rivojlanishi   uchun   qulaylik   yaratadi.   L.M.Korovina   ma’lumotlariga
ko‘ra,   5-6   yoshli   bolalar   tegishlicha   rahbarlik   qilinsa   uzlariga   tanish   o‘yinning
variantlarini o‘ylab topishlari, uning mazmunini murakkablashtirishlari, qoidalarini
to‘ldirishlari mumkin.  
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   ijodiy   faoliyatining   rivojlanish
jarayoni barcha yosh guruhalardagi tarbiyalanuvchilarning topshiriqlarga va ularni
amalga   oshirishga   emotsional   munosabati   bilai   xarakterlanadi.   Bunda   tarbiyachi
rahbarligining   umumiy   ijodiy   yo‘nalganligi,   uning   bolalar   izlanishlariga
xayrixohlik munosabati katta ahamiyatga ega. 
Harakatli   o‘yinlar   o‘z   mazmuni   va   formasiga   ko‘ra   estetik   faoliyat
hisoblanadi.   O‘yin   harakatlarining   rang-barangligi   ularni   bolalar   aniq   chaqqonlik
bilan,   o‘ziga   xos   ifodali   bajarishlarida   harakterlanadi.   Bolalardagi   ko‘tarinkilik
o‘yin   faoliyatiga   emotsional   tus   bergan   holda,   harakatlarni   juda   sifatli   bajarishda
namoyon   bo‘ladi   va   ularda   harakat   jarayoninnng   o‘zidan   qoniqish   hissini
uyg‘otadi.   Bir   yoki   bir   necha   doiraga,   sherenga,   kolonnaga,   bo‘lib   turish   kabi
xilma-xil   saflanishlar   harakatlarning   aniqligini,   talab   qiladi   va   bolalarda   estetik
hisni o‘stiradi.  
TUZOQDAN EHTIYOT BO‘L!
54 1-rasm
O‘yin   haqida   tushuncha:   Bolalar   doira   shaklda     turadilar,tarbiyachi   bir
bolani   tuzoq   vazifasini   bajarish   uchun   tayinlaydi.   Tuzoq   maydonning   o‘rtasiga
chiqib baralla ovoz bilan “Men tuzoqman” deb aytadi. Maydonning  atrofida doira
shaklni yasab o‘tirgan bolalar turib qochishadi. Bolalarni ortidan   tuzoq yuguradi,
qo‘li  kimga tegsa, o‘sha bola tuzoq vazifasini  bajaradi. Tuzoq bo‘lgan bola tezda
qo‘lini yuqoriga ko‘tarib men tuzoqman deydi, o‘yin shu tariqa  davom etaveradi.  
Maqsad: Bolalarni chaqqon, epchillik kabi sifatlarini rivojlantirib, harkatlarini
mustahkamlash, diqqatini oshirishga qaratilgan. 
O‘qituvchi   nazorat   qiladi;   Bolalarni   kuzatib     to‘g‘ri   bajarishlarini   boshqarib
turadi. 
2-rasm  
TOYCHA 
55 O‘yin   haqida   tushuncha:     10-12   nafar   bolalar   ikki   guruhga   bo‘linishadi,
tarbiyachi   ko‘rsatmasiga   binoan   tizzalarini   balandroq   ko‘tarib   yuradilar,
tarbiyachi   signalidan   so‘ng   oyoqlarini   balandroq   ko‘tarib     qadam   tashlab
yuradilar. Tizzalarini ko‘tarib yurishda oyoqlar uchida ohista yuriladi.  
Maqsad:  Bolalarni yurishga doir harkatlarini   faollashtirish oyoq muskullari
kuchlarini rivojlantirish.  
 O‘qituvchi nazorat qiladi; Bolalarga ko‘rsatilgan harakatga muvofiq yurishlarini 
kuzatish. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, faol ishtirokchilarni 
rag‘batlantirish.  
SAKRAB TUSH
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   jihatdan   tarbiyalash   bolalar
jismoniy   tarbiyasi   davlat   va   jamoat   muassasalarida   olib   boriladi.   Davlat
muassasalarida   –   yaslilar,   bolalar   bog‘chalari;   jamoat   muassasalarida   –
mahkamalar,   korxonalar,   shaxsiy   pulli   yasli   va   bog‘chalar   tarzida   maktabgacha
yoshdagi   bolalar   muassasalari   sifatida   uyushtirilmoqda.   Jismoniy   tarbiya   asosan
davlat muassasalarida amalga oshiriladi. 
Davlat   muassasalarida   jismoniy   tarbiya.   Bolalar   bog‘chasi   va   yaslidagi
jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rabarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi
olib   boradi.   tarbiyachi   mashg‘ulotlarni   musiqachi,   shifokor   bilan   rejalash-tiradi.
Shifokor   tarbiyachiga   jismoniy   mashqlarni   tanlashga,   uni   meoyorini   aniqlashga
yordam beradi. 
Bog‘chalarda   jismoniy   tarbiya   jarayonini   amalga   oshirish   uchun   o‘quv
tipidagi   mashg‘ulotlar   ertalabki   gimnastika,   jismoniy   tarbiya   daqiqalari,
chiniqtiruvchi muolajalar,harakatli o‘yinlar ekskursiyalar
3-rasm
56 O‘yin   haqida   tushuncha:   O‘qituvchi   balandligi   10   sm   keladigan   o‘rindiq
oldida   yerga   diametri   35-40   sm   doirachalar   chizadi.   Doirachalar   soniga   qarab
bolalar   o‘rindiq   ustiga   chiqishni   so‘ng   esa   doira   ichiga   sakrab   tushishini   taklif
qiladi. Bolalar   sakrab doira ichida tushishda ehtiyot bo‘lishi talab qilinadi. Kim
xatolikka yo‘l qo‘ysa o‘yinni tark etadi. O‘yin uch marta takrorlanadi.  
Maqsad: Bolalarni balandliklarda muvozanatni saqlab turish va aniq mo‘ljal
olish, sakrash kabi harakatlarini egallashga  yordam beradi. 
O‘qituvchi   nazorat   qiladi:   Bolalarni   kuzatish   ehtiyot   bo‘lishga
ogohlantirish. 
DOIRADAN DOIRAGA SAKRA 
4-rasm
O‘yin   haqida   tushuncha:   Bolalar   maydon   atrofida   turadilar.   Maydon
o‘rtasida   6-8   doira   chiziladi   O‘qituvchining“sakraymiz”     buyrug‘idan   so‘ng
o‘yinchilar   birin   ketin   ketma-ket     har     bir   doiradan   sakrab     8-doiragacha
to‘xtamasdan   sakrab   borishlari   shart.  To‘xtab   qolmay,  xatolarga   yo‘l   qo‘ymagan
o‘yinchi   5   ball   hisobida   baholanadi.   Ko‘p     ball   to‘play   olgan     bola   g‘olib
hisoblanadi. 
Maqsad:   Bolalarni   sakrashga   doir   harakat   malakalarini   rivojlantirish,
mustahkamlash. 
O‘qituvchi nazorat qiladi: Bolalarni kuzatash, ketma-ket bir-birlariga xalaqit
bermasligini, vazifalarini to‘g‘ri bajarilishini  nazorat qilib borish.  
57 ARG‘AMCHINI AYLANTIRIB YUGURAMIZ
 
6-rasm
O‘yin   haqida   tushuncha:   Bolalar   maydonning   chetida   qator   turadilar,
tarbiyachi qarama-qarshi  tomonda turadi. O‘qituvchi    bolalarga  “yugurib keling
oldimga”,   –   deydi.   Bolalar   tarbiyachiga   qarab   arg‘amchida   sakrab   yugurishadi,
tarbiyachi   qo‘llarini   yozib   turadi.   Shundan   so‘ng   maydonning   chetiga   chiqqan
tarbiyachi   “joyimizni   tezroq   egallaymiz”,   –   deydi.   Bu   gapni   eshitgan   bolalar
joylariga borib turadilar. 
O‘yin   qoidasi:   Tarbiyachi   buyrug‘idan   so‘ng   yugurib   borish   mumkin,
yugurganda   bir-biriga   urilib   xalaqit   bermaslik   lozim.   O‘yinni     bolalar   soniga
qarab guruhlarga bo‘lib o‘ynatish kerak. (5-6 marta) 
58 Maqsad:   Bolalarni   diqqatini   joylarini   topishi,   chaqqon   qilib   tarbiyalashda
muhim ahamiyatga ega. 
O‘qituvchi   nazorat   qiladi;   Bolalarni   ehtiyot   bo‘lib   bir-birlariga   xalaqit
bermasligi, yugurishda turtmaslik, ushlamasliklarini ogohlantiradi. 
Maqsad:   Bolalarni   emaklab   yurish,   qo‘llari   muskullarini   rivojlantirish,
buyumlar   ostidan     emaklab   o‘tish   tirmashib   chiqish,   to‘siqlar   orasidan   o‘tishga
o‘rgatish. 
O‘qituvchi   nazorat   qiladi;   Bolalarni   yoy   darvozadan   o‘tishda   teginmasdan
bajarishlarida ogohlantiradi. 
O‘tkazilgan tajribalar natijalari.
Turli harakat faolligi darajasiga ega bo‘lgan bolalar jismoniy
tayyorgarligining yosh dinamikasi. 
  (Turgan joyidan uzunlikka sakrash ) 
№   
Turli harakat faolligi
darajasiga ega bo‘lgan
bolalar yosh korsatkichi.  Qo‘shimcha
shug‘ullanganlar  Shug‘ullanmaganlar
1  5 Yoshli o‘g‘il bolalar  52,3  sm 52,5  sm
2  5 Yoshli qiz  bolalar  51,2  sm 50,3  sm
3  6 Yoshli o‘g‘il bolalar  70,9  sm 71,4  sm
4  6 Yoshli qiz bolalar  65,1  sm 64,6  sm
Turli harakat faolligi darajasiga ega bo‘lgan bolalar jismoniy
tayyorgarligining yosh dinamikasi. 
 (Turgan joyidan uzunlikka sakrash 4-oydan so‘ng olingan
natijalar o‘rtacha) 
№   
Turli harakat faolligi
darajasiga ega bo‘lgan
bolalar yosh korsatkichi.  Qo‘shimcha
shug‘ullanganlar  Shug‘ullanmaganlar
59 1  5 Yoshli o‘g‘il bolalar  79,3  sm 62,5  sm
2  5 Yoshli qiz  bolalar  72,3  sm 60,3  sm
3  6 Yoshli o‘g‘il bolalar  95,9  sm 83  sm
4  6 Yoshli qiz bolalar  93,3  sm   73,9  sm
 
60 O ‘ tkazilgan   tajribalar   natijalari .
Turli   harakat   faolligi   darajasiga   ega   bo ‘ lgan   bolalar   jismoniy
tayyorgarligining   yosh   dinamikasi . 
 ( 3x10 moksimon yugurish  ) 
№   
Turli harakat faolligi
darajasiga ega bo‘lgan
bolalar yosh korsatkichi.  Qo‘shimcha
shug‘ullanganlar  Shug‘ullanmaganlar
1  5 Yoshli o‘g‘il bolalar  12,8   12,5  
2  5 Yoshli qiz  bolalar  13,5   13,6  
3  6 Yoshli o‘g‘il bolalar  11,5   11,4  
4  6 Yoshli qiz bolalar  12,1   12  
Turli harakat faolligi darajasiga ega bo‘lgan bolalar jismoniy
tayyorgarligining yosh dinamikasi. 
(3x10 moksimon yugurish 4-oydan so‘ng olingan natijalar
o‘rtacha)
№   
Turli harakat faolligi
darajasiga ega bo‘lgan
bolalar yosh korsatkichi.  Qo‘shimcha
shug‘ullanganlar  Shug‘ullanmaganlar
1  5 Yoshli o‘g‘il bolalar  11,9   12,4  
2  5 Yoshli qiz  bolalar  12,4   13,5  
3  6 Yoshli o‘g‘il bolalar  10,9   11,3  
4  6 Yoshli qiz bolalar  11,3 11,9  
61 O ‘ tkazilgan   tajribalar   natijalari .
Turli   harakat   faolligi   darajasiga   ega   bo ‘ lgan   bolalar   jismoniy
tayyorgarligining   yosh   dinamikasi . 
 ( arg‘amchida sakrash 1 daqiqa ) 
№   
Turli harakat faolligi
darajasiga ega bo‘lgan
bolalar yosh korsatkichi.  Qo‘shimcha
shug‘ullanganlar  Shug‘ullanmaganlar
1  5 Yoshli o‘g‘il bolalar  14   14  
2  5 Yoshli qiz  bolalar  15   15
3  6 Yoshli o‘g‘il bolalar  15   15  
4  6 Yoshli qiz bolalar  16   16
Turli harakat faolligi darajasiga ega bo‘lgan bolalar jismoniy
tayyorgarligining yosh dinamikasi. 
(arg‘amchida sakrash 1 daqiqa 4-oydan so‘ng olingan natijalar
o‘rtacha)
№   
Turli harakat faolligi
darajasiga ega bo‘lgan
bolalar yosh korsatkichi.  Qo‘shimcha
shug‘ullanganlar  Shug‘ullanmaganlar
1  4 Yoshli o‘g‘il bolalar  16   14  
2  4 Yoshli qiz  bolalar  15   14  
3  5 Yoshli o‘g‘il bolalar  18   15  
4  5 Yoshli qiz bolalar  20 17
62 XULOSA 
Xulosa   sifatida   shuni   takitlash   joizki   adabiyotlar   tahlili,   pedagogik   tajriba
natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili quyidagi xulosa va tavsiyalarni etirof etish
imkonini berdi:  
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash bolalarni har
tomonlama   va   garmonik   rivojlanishi   tizimida   alohida   o‘rin   tutadi.   Bolalarning
jismoniy jihatdan  shakllanishi   uning  aqliy va  ma’naviy irodaviy taraqqiyoti   bilan
barcha   ruhiy   faoliyatining   rivojlanishi   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Bunda
hayotiy   sharoitlarning   tasiri   va   tarbiya   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi.   Bolalarda
harakatchanlikni rivojlantirish, harakat malakalari va jismoniy sifatlar chaqqonlik,
jadallik, kuchlilik, chidamlilikni shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.  
Maktabgacha   tarbiya   muassasalarida   jismoniy   tarbiya   mashg‘ulotlarida
tarbiyaviy   masalalar   ham   hal   qilinadi.   Bu   vazifalar   juda   xilma-xildir.   Xarakterda
ijobiy   xususiyatlarni   axloqiy   va   iroda   sifatlarni   tarbiyalash   kundalik   jismoniy
mashq mashg‘ulotini  extiyoj  va odatga  aylantirish  olingan  bilim  va malakalardan
mustaqil   faoliyatda   ijodiy   foydalana   bilish   mahorati   tarbiyaviy   vazifalarning   eng
asosiylari hisoblanadi. 
Pedagogik tadqiqot  davomida olib borilgan mashg‘ulotlar, noan’aviy usullar
(maxsus   mashqlar   va   vositalar)   tajriba   guruhida   nafaqat   bolalar   organizimini
samarali   rivojlanishiga   olib   keldi,   balki   shu   samarali   rivojlangan   sifatlar   tasirida
jismoniy harakat amallarini bajarish aniqligiga ijobiy tasir etdi.  
O‘rganilgan   tajribalar   shuni   ko‘rsatadiki   maktabgacha   tarbiya
muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tarkibiga maxsus mashqlar hamda
maxsus   moslamalarni   kiritish   va   ulardan   maqsadli   foydalanish   yosh   bolalar
organizimini   rivojlantirishda   hamda   bolalar   organizimini   morfofunksianal   tarzda
jadalroq shakllanishiga asos bo‘ladi. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   rivojlanishini   aniqlash   va
baholashda   murabiy   yoki   tarbiyachi   ularning   ota-onalari   bilan   birgalikda   ish   olib
borishlari zarur. 
63 AMALIY TAVSIYALAR
1.   Tadqiqоt   davоmida   qo‘llanilgan   umumiy   va   maхsus   iхtisоslashtirilgan
mashqlar   majmuasini   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalashga
samarali shakllantirishga asоs bo‘ladi.
2.   Barcha   jismоniy   qobiliyatlarning   shakllanish   dinamikasini   muntazam
bahоlab bоrishda o‘z mukammalligini mazkur tadqiqоt davоmida namоyish, etgan
mashqlarini   maktabgach   yoshdagi   bolalarni   tayyorlashda   qo‘llash   mashg‘ulotlar
jarayonini ilmiy asоsda tashkil qilish imkоnini bеradi.
3.  Mazkur   bitiruv  malakaviy   ishi   natijalari,   ularning   taхlili   va   qayd  etilgan
хulоsalardan   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalash   amaliyotida
fоydalanish,   ayniqsa,   mashg‘ulоtlar   natijalarini   taqqоslоv   asоsida   bahоlashda
muhim mеzоn bo‘lib хizmat qiladi.
4.   Mazkur   bitiruv   malakaviy   ishida   yoritilgan   maxsus   mashqlardan
faydalangan   holda   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   jismoniy   tarbiyalash   tizimini
yaxshilashga olib keladi degan umiddamiz.
64 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR   
1. O‘zbekiston   Respublikasi   «Jismoniy   tarbiya   va   sport   tugrisidagi»     qonuni
(1992. 14 yanvar), «Xalq so‘zi» gazetasi, 1992, 19 fevral. 
2. O‘zbekiston   Respublikasi   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi».   «Ma’rifat»
gazetasi. 1997 1 aprel’. 
3. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim tugrisidagi» konun  «Ma’rifat»    gazetasi. 
4. 1998 1oktyabr’. 
5. O‘zbekiston  Respublikasi    Vazirlar  maxkamasining  
«O‘zbekistonda         jismoniy   tarbiya   va   sportni   yanada   rivojlantirish   chora
tadbirlari tugrisidagi» karori. «Xalq so‘zi» gazetasi, 1999. 29 may. 
6. A.Abdullayev.   Sh.Xonkeldiyev.   Jismoniy   tarbiya   nazariyasi   va   metodikasi.
Toshkent. 2005 y 
7. L.P.Matveyev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari» Moskva 2006 yil 
8. M.Raximov,   B.Qo‘lto‘rayev.   Boshlang‘ich   sinflarda   jismoniy   tarbiyani
o‘qitish nazariyasi va metodikasi.  Toshkent, «Yangi asr avlodi» 2001 yil 
9. F.A.Kerimov. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar.  T. «Zarqalam» 2004 yil. 
10. R.S.Salomov. Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari. T. 2005 yil 
11. R.A.Qosimov,   B.T.Haydarov.   Jismoniy   madaniyat   xarakatining   nazariy
asoslari.  Samarqand, 2009. 
12. Achilov   A.,   Akramov   M.,   Dovulov   J.     Bolalarda   qomadning   shakllanishi.
Toshkyent, 2006. 
13. Achilov A., Akramov M., Dovulov J. Sarviqomatlik  siri. Toshkent, 2007. 
14. “Alpomish”   va   “Barchinoy”   maxsus   testlari.   Metodik   qo‘llanma.   Buxoro,
2000.  
15. Mahkamdjonov   K.M.   Kichkintoylar   uchun   xalq   harakatli   o‘yinlar.   Metodik
tavsiya. Toshk o ent, 2005. 
65 16. K.M.Mahkamjonov “Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy
rivojlantirishi   va   tayyorgarligini   takomillashtirish”   Metodik   qo‘llanma.
Toshkent, 2006.  
17. Mahkamdjonov K., Tulyenova X. Farzandingiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz.
Toshkent, O‘zPFITI, 2002. 
18. Mahkamdjonov K., Sodiqova Ye. “Harakat – go‘zallik va salomatlik garovi”,
Toshkyent, 2002. 
19. Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   jismoniy   tarbiyasining   nazariyasi   va
myetodikasi.  A.V. Livitsskiy tahriri ostida. Toshkent, 2005. 
20. F. Xo‘jayev, Q Raximqulov, B. Nigmatov. Xarakatli   o‘yinlar 2002
21. Usmonxo‘jayev T., X. Meliyev. Milliy harakatli o‘yinlar .Toshkent 2000
22. B. T. Xaydarov, G. X. Xolboyeva, I. Sh. Xamrakulova, D. O‘. Nazarova, Z. S.
Muxtorova Bolalar jismoniy tarbiyasi Samarqand 2022.
23. G.   X.   Xolboyeva   Jismoniy   madaniyat   nazariyasi   va   metodikasi   Samarqand
2022
24. http://www.twirpx.com      – adabiyotlarning elektron varianti. 
25. . http://www.ziyonet.uz   - adabiyotlarning elektron variantlari 
26.   http://www.referat.ru   - referat va elektron darsliklar 
66

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASHDA NOAN’AVIY YONDASHUVLAR METODLARDAN FOYDALANISH MAVZUSIDA MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………… 3 I BOB Bitiruv malakaviy ishining umumiy tasnifi……………….. 13 1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi………… 13 1.2. O‘qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari………………… 15 II.BOB TADQIQOTNING MAQSADI, VAZIFASI, USULLARI VA TASHKIL QILINISHI …………………………………… 21 2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda noan’aviy yondashuvlarning vazifalari ……………………… 21 2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda noan’aviy yondashuvlar……………………… 22 2.3 Tadqiqot vazifalari ……………………………………………. 30 2.4 Ilmiy-uslubiy adabiyot manbalarini tahlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish…………………………………. 30 2.5 Maktabgacha yoshgdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonini pedagogik kuzatish………………………………. 30 2.6 Tadqiqоt tеkshirish sinоvlari ………………………………… 31 2.7 Tadqiqotni tashkil qilinishi …………………………………… 31 III BOB Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash xususiyatlari. ……………………………………. 32 3.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining shakllari………………………………………………………. 32 3.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash…………………………………………………… 38 3.3 Bolalar jismoniy tarbiyasining yosh xususiyatlari………….. 44

3.4 Bolalarni jismoniy sog‘lomlashtirishda harakatli o‘yinlar va sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish……………… 46 O‘tkazilgan tajribalar natijalari…………………………….. 57 Xulosa ……………….………………………………………………….. 61 Foydalanilgan adabiyotlar …………………………….……………… 63 2

KIRISH Sog‘lom avlod–sog‘lom yurt demakdir. Sog‘lom avlodni tarbiyalash vazifasi esa birinchi navbatda maktabgacha tarbiya muassasalari zimmasidadir. O‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasining samarasi bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida qoniqarli va yetarli bilim, talim-tarbiya olishlariga bog‘liqdir. Inson hayotning birinchi yetti yilligida bolalar sog‘ligiga zamin tayyorlanadi. Hayotiy zaruriy harakat malakalar shakllanadi, takomillashadi. Keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi. Abdurauf Fitrat “Oila asarida ota-onalarga qarata bunday yozadi: “Inshoolloh, oqilona tarbiyangiz soyasida farzandingiz sog‘lom aql va sog‘lom badanga sohib bo‘lib, yaxshi kamol topib, yetti yoshni to‘ldiradi. Yetti yoshgacha bolalarni ham jismoniy, ham aqliy, ham odob-axloqli qilib tarbiyalash juda muhimdir. Bola yetti yoshgacha jismonan sog‘lom va aqlan yoshiga yarasha oqil bo‘lsa, kyelgusidagi kamolotiga ham imkoniyatlar, yo‘llar ochiladi”. Alpomish, Go‘ro‘g‘li kabi xalq qahramonlari ham o‘z oilasi vorisi sifatida el- yurtini turli bosqinchilardan himoya qilishda jismoniy va aqliy quvvati bilan jasorat ko‘rsatib, xalq myehrini qozonganlar. Donishmand shoir, Xorazm bahodiri Pahlavon Mahmud aqli va jismoniy kuch-quvvati bilan kurashda g‘olib chiqib, minglab vatandoshlarini yovlar qo‘lidan ozod qilib, xalq duosini olgan. Hozirgi zamonda jamiyatning muhim sotsial vazifalaridan biri o‘sib kelayotgan yosh avlodni ruhiy, ma’naviy va jismoniy komolotga yetkazishdir. Birinchi navbatda, jismoniy tarbiya darslarda o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish muammosi oldiga qo‘yiladi. Bunda jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturlar mazmuni, vositalar va jismoniy tarbiya uslublari keng foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik jarayon amaliy psixofiziologik imkoniyatlarni hisobga olgan holda tuziladi, maktabda jismoniy tarbiya o‘zining ko‘p xillik sharoitlari bilan 3

farqlanib o‘quvchilardan mustaqil bo‘lishni, tashabbuskorlik, tashkilotchilik faolliligini, topqirlik sifatlarini talab qiladi. Mamlakatimizda jismoniy va manaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarimizni izchil va qatiyatlik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. Yosh avlodni har tomonlama: aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Yosh bolalar o‘rtasida jismoniy madaniyat va sport ishlarini kengaytirish masalalarini bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarish, jismoniy madaniyat va sport musobaqalarining vazifalaridan biridir. Umuman olganda, yosh bolalarni sport turlariga jalb qilish va ular bilan sport mashqlarini tashkil qilishda yoshlarning morfologik rivojlanganligini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki sport mashqi jarayoni yosh organizmga har tomonlama o‘z tasirini o‘tkazadi. Mavzuning dolzarbligi: Mavzuning dolzarbligi shundaki hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari mamlakatimiz yoshlarining boshlang‘ich qismini tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalarida bolalar bog‘chalari; jamoat muassasalarida korxonalar, shaxsiy pulli bog‘chalarda uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat muassasalarida amalga oshiriladi. Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya . Bolalar bog‘chasidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rabarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi olib boradi. tarbiyachi mashg‘ulotlarni musiqachi, shifokor bilan rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, uni meyorini aniqlashga yordam beradi. Bog‘chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o‘quv tipidagi mashg‘ulotlar ertalabki gimnastika, ertalabki badan tarbiya daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o‘yinlar ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, 4

yakkama-yakka va mustaqil mashg‘ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyani vazifalarini hal qiladigan jismoniy mashqlar, o‘ynalar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi. O‘quv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari bolalarni harakatga o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu mashg‘ulotlar bog‘chalarining hamma guruhlarida o‘tkaziladi. 1 yoshgacha bolalarda har bir bola bilan ayrim jismoniy mashqlar massaj bilan qo‘shib olib boriladi. 1-3 yoshgacha bo‘lgan bolalardan yoshi katta bo‘lgan guruhlarda (6-12) haftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha bo‘lganlarda haftada 1 marta va hamma guruhlar bilan birga o‘tkaziladi. Yoshi katta bo‘lgan sari mashg‘ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg‘ulotlar 4 qismdan - tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunlov, qismlariga bo‘lib olib boriladi va ularning har birida o‘zlarining aniq vazifalari hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, “o‘rmonga sayohat”, harakatli va sujetli (“O‘rmonga sayohat” va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, so‘ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to‘siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqt hisobiga o‘tkaziladi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish va ommaviylashtirish masalasidagi ishlar mutaxasis olimlarni hamisha diqqat etiborida bo‘lib kelmoqda. Shu sababdan bu mavzuni yetarlicha o‘rganib chiqib tadqiqotlar o‘tkazib olingan natijalarni umumlashtirib xulosalar chiqarish va shu xulosalarga asoslanib takliflar kiritish foydadan xoli bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz. Ishning ilmiy-amaliy ahamiyati: Biz tanlab olingan mavzu “Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda noan’aviy yondashuvlar” nomli bo‘lib bu mavzuni tanlashdan maqsad shuki jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanaman va shu soha haqida birmuncha tasavvurga ega bo‘lganligim sababli ushbu mavzuni tanlab nazariy bilimlarimni boyitmoqchiman. 5