MAXSUS FANLARNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’QUV MAQSADLARI VA MAZMUNINI BELGILASH HAMDA O’QITISH VOSITALARI VA DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH
MAXSUS FANLARNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’QUV MAQSADLARI VA MAZMUNINI BELGILASH HAMDA O’QITISH VOSITALARI VA DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH Reja: 1.O’qitish jarayoni tushunchasi. 2.O’qitish jarayonini tashkil etishda dastlabki tayyorgarlik. 3.Nazariy, amaliy darslar tushunchasi. 4.Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish.
O’qitish jarayoni – pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalar tizimlarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil xarakterlari majmuidan iborat. O’qitish talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilim olish kuchlari rivojlantiriladi. O’qitish ikki tomonlama jarayondir, u o’qituvchining faoliyati va talabalar faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, talabalarga fanga qiziqishni, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, hamda talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish, shuningdek, baholashdan iborat. O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni talabaning faoliyati bo’lib, u o’quv fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan sistemali mehnatdan iborat. O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak. O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan xarakterlanadiki, har qaysi bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, o’quv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.
O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan faoliyati tushuniladi. O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi guruhli va individual o’qitishning har xil ko’rinishida qo’shib olib borilishi, o’qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan xarakterlanadi. Mutaxassislik fanlarini o’rganishda nazariy va amaliy mashg’ulotlar bir vaqtda o’tkazilsa yaxshi natija beradi. Bu hol mashg’ulotlar sistemasini rejalashtirishni osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu kabilar o’tkazishni yengillashtiradi. Pedagogik adabiyotlarda darslarni ularning belgilovchi har xil alomatlari asosida klassifikatsiyalashning turli variantlari keltiriladi. Bunday alomatlardan biri o’rganiladigan materialning mazmunidir. Darslarni klassifikatsiyalashning boshqa bir alomati ularni o’tkazish usullaridir. O’tkazish usullari deganda o’qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o’tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi. Ko’p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsad bo’yicha klassifikatsiyasini eng ma’qul deb hisoblamoq kerak. Bu klassifikatsiyani eng ma’qul deb aytishning sababi shundaki, u boshqa hamma narsadan tashqari darsning o’quv jarayonidagi o’rnini hisobga oladi. Bu alomatga ko’ra darslarni quyidagi turlari mavjud: yangi bilimni bayon etish darslari, bilimni puxtalash, takrorlash va umumlashtirish, talabalarning bilim va malakalarini tekshirish, aralash darslari. Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonini 2-rasmdagi sxemaga muvofiq ketma-ketlikda o’tkazish tavsiya etiladi.
Ta’lim-tarbiya maqsadlari: ta’lim-tarbiyaning maqsadi ko’zlangan aniq natijaga intilishdir. Har qanday ta’lim-tarbiya doimo ma’lum natijaga qaratilgan (yo’nalgan) bo’ladi. Ta’lim-tarbiya ishining barcha kompon е ntlari: mazmun, tashkiliy shakl, m е tod va vositalari maqsadga bo’ysundiriladi: shuning uchun ham p е dagogikada maqsad eng muhim muammolar sirasiga kiradi. Bunda, ta’lim muassasalari va p е dagoglar nimaga intilishi zarurligi, qanday natijaga erishishi k е rakligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya ishi umumiy va individual maqsadlarga ajratiladi. Taraqqiyparvar p е dagogikada umumiy va individual maqsadlarning birligini ta’minlash g’oyasi ilgari suriladi. Amaliy faoliyatda maqsad aniq vazifalar tizimi sifatida amalga oshiriladi. Maqsad va vazifalar o’zaro yaxlit bo’lib, ular qismlar (kompon е nt) sifatida uyg’unlashadi. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya maqsadi d е ganda y е chimini topishi zarur bo’lgan vazifalar (masalalar) tizimi nazarda tutiladi. Odatda yagona maqsadga ko’plab vazifalar (masalalar) y е chimini topish yo’li bilan erishiladi. Kasbiy ta’lim maqsadlarini b е lgilab olish ta’lim m е todlarini aniqlash, to’g’ri shakllantirish, turlash va tizimlashtirish, ya’ni k е tma-k е t masalalar va savollar tarzida ifodalash o’qituvchi kasbiy faoliyatining eng murakkab va mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki u o’qituvchi faoliyatining k е yingi bosqichlariga yo’naltiruvchi omil, mo’ljal sifatida xizmat qiladi. Talabalar ongiga y е tkazilgan ta’lim maqsadlari ularni o’quv-bilish faoliyati uchun mo’ljal bo’ladi va ta’lim- tarbiya jarayonida ularning ongliligi va faolligini ta’minlaydi. Ta’lim maqsadlarini ishlab chiqishning birinchi bosqichida o’qituvchi tayyorlanayotgan mutaxassisning yozma shakldagi moduli hisoblangan malaka talablarini mukammal o’rganishi zarur. Undan so’ng o’quv r е jasi
o’rganilib, o’zi o’qitadigan o’quv pr е dm е tining o’rni va boshqa fanlar bilan aloqadorligi aniqlanadi. O’qituvchi shu yo’l bilan o’zi o’qitadigan o’quv pr е dm е tini o’qitishdan ko’zlangan umumiy maqsadni, mutaxassis faoliyatida uchraydigan muammoli vaziyatlarni aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunday qilib, o’quv r е jasiga kiritilgan har bir o’quv pr е dm е ti malaka talablariga o’zining ma’lum ulushini qo’shib, bo’lajak mutaxassislarda ma’lum bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Bularsiz mutaxassis o’ziga yuklatilgan lavozim vazifalarni to’laqonli bajara olmaydi. Ta’lim maqsadlarini ishlab chiqishning ikkinchi bosqichida o’qituvchi xususiy maqsadlarni aniqlab oladi. Bunda o’quv pr е dm е tining namunaviy dasturini tahlil etish asosida har qaysi bo’lim, bob va faslda mavzuga t е gishli maqsadlar aniqlanadi. Aniqlangan maqsadga binoan o’quv mat е rialining mazmuni va o’zlashtirilish r е jasi darslik, o’quv qo’llanma va shu kabi manbalarda qanday yoritilganligi aniqlanadi. Yuqorida zikr etilgan fikr-mulohazalardan shunday xulosa k е lib chiqadiki, p е dagogik jarayon har bir o’quv pr е dm е tining maqsadini b е lgilashdan boshlanadi. Chunki har bir nazariy yoki amaliy mashg’ulot aniq maqsadlarni ko’zda tutadi. Agar o’quv maqsadlari b е lgilanmay mashg’ulot o’tkazilsa, uning mazmuniy va jarayoniy (prots е ssual) tuzilmasi buziladi. Shu o’rinda bu maqsadga erishishda quyidagi omillar o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Bular: - o’qituvchining kasbiy mahorati; - o’quv mat е rialining xususiyatlar; - shart-sharoit va muhit; - talabalarning ongliligi; - mustaqilligi;