Metil asetat molekulasida molekulyar komplekslar hosil bo‘lish mexanizmni o‘rganish
Metil asetat molekulasida molekulyar komplekslar hosil bo‘lish mexanizmni o‘rganish MUNDARIJA Kirish ……………………………………………………… ….. …………… 4 I BOB . NAZARIY QISM § 1.1. Suyuqliklarda molekulyar jarayonlar va ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namayon bo‘lishi……………………………. 8 § 1. 2 . Molekulalararo o‘zaro ta’sir va ularning tebranish spektrida namoyon bo‘lishi…………………………………………………. 23 §1.3. Molekulalararo vodorod bog‘lanish va vodorod bog‘lanishli komplekslarning umumiy xarakteristikasi ……... ............................ 30 §1. 4 . Molekulalararo vodorod bog‘lanishni nazariy hisoblashlar yordamida o‘rganish……………………………………………….. 36 II BOB . AMALIY QISM § 2.1. <<RENISHAW, InVia Raman Microscope >> da sp е ktrom е trning tuzilishi va ishlash prinsipi...................................... 51 § 2.2. Tadqiqot obyektini tanlash va moddalarni tajribaga tayyorlash….... 54 § 2 .3. Noempirik hisoblashlar dasturi hamda usullari……………………. 55 III BOB . OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI § 3.1. Metil asetatda molekulalaro ta’sirlarni kombinasion sochilish spektrlari…………………………………………………………… 59 § 3. 2. Metil asetat va uning suv molekulalari bilan hosil qilgan molekulyar kompleksini nazariy hisoblash tahlili………………… 65 1
Xulosalar ……………………..….....….……… …………………. 68 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………… ….. ………… 69 KIRISH Ishning dolzarbligi: Tabiatdagi barcha moddalar mayda zarralardan, ya’ni atom va molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro ta’sirlashib turadi. Molekulalararo o‘zaro ta’sirlar ichida molekulalararo vodorod bog‘lanish muhim o‘rin egallaydi. Molekulalararo vodorod bog‘lanish molekulalarning tebranma spektrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu esa muhitlar strukturasi va xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish imkonini beradi. Molekulalararo vodorod bog‘lanishni o‘rganishda ko‘plab usullar mavjuddir. Bu usullardan biri yorug‘likning kombinatsion sochilish usulidir. Yorug‘likning kombinatsion sochilish usuli moddaning molekulyar tuzilishini tadqiq etishning muhim usuli hisoblanadi. Molekula tebranishlarining xususiy chastotalari bu usul yordamida osongina aniqlanadi. Bu usul molekula simmetriyasining xarakteri, molekulalar ichida ta’sir qiladigan kuchlarning kattaligi va umuman molekulyar dinamikaning o‘ziga xos tomonlari to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi. Molekulalararo vodorod bog‘lanish hayotning muhim tarkibiy qismi hisoblangan suvning va boshqa suyuqliklarning zarrachalari orasidagi ta’sirini vujudga keltiradi. Toza suyuqliklar va ularning eritmalarini amaliyotda qo‘llanilishi tufayli ularning hossalarini chuqur o‘rganish zaruruiyati paydo bo‘ladi. Bizga ma’lumki, suyukliklar va ularning turli xil eritmalari murakkab sistemalar qatorida turadi, ayni vaqtda suyuqliklarning o‘zi murakkab bo‘lib, uning tuzilishi, anomal xossalari, molekulalararo vodorod bog‘lanishi va molekulyar manzarasi bo‘yicha hozirgi kungacha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Suyuqliklar va ularning aralashmalari oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, shuningdek, organizmlarning faoliyatida ham muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun suyuqliklarni o‘rganish masalasi hozirgi vaqtgacha dolzarbdir. Shu maqsadda biz suyuqliklardan metil asetat molekulasi tanlab olindi 2
Tadqiqot obyekti: Molekulalararo vodorod bog‘lanish hosil bo‘lishining spektorskopik namoyon bo‘lishi hali to‘lig‘icha o‘rganilmagan. Bitiruv ishida tadqiqotlar metil asetat molekulasi hamda uning eritmalarida tajribalar otkazildi. Kombinasion sochilish spektrlari va noempirik hisoblashlar molekulyar agregatlar hosil bo‘lish mexanizmlarini tushuntirishda mavjud bo‘lgan muammolarni yechish uchun xizmat qiladi. Ishning maqsadi va vazifalari: Kombinatsion sochilish spektrlari va noempirik hisoblashlar orqali metil asetat molekulasi hamda ularning eritmalari misolida molekulalararo vodorod bog‘lanishning tebranish spektral namoyon bo‘lishi haqida yangi ilmiy ma’lumotlar olish va ularni noemperik hisoblashlar orqali to’ldirish hamda yangi ma’lumotlar olishdan iborat. Ushbu ishni amalga oshirishda quydagi vazifalar qo‘yildi : • Bitiruv ishida tanlangan moddalar bo’yicha yangi ilmiy adabiyotlar topish va ularni tahlil qilish; • Laboratoriyadagi mavjud spektral qurilmani ishlash prinsipini o’rganish va tajribalar olib borish; • Metil asetatda molekulalararo o‘zaro ta’sir tabiatini va ularning spektral namoyon bo‘lishi tajriba natijalaridan foydalanib o‘rganish; • Metil asetat va uning protonodonor hususiyatiga ega bo’lgan suv bilan eritmasida molekulalararo ta’srirlarning spektral namoyon bo‘lishini o‘rganish; • Metil asetatning monomer, dimer va suv molekulalari bilan hosil qilgan komplekslarida molekulalararo ta’sirlarni noemperik hisoblashlar yordamida o‘rganish; Tadqiqot usuli: yorug‘likning kombinatsion sochilishi, noemperik hisoblashlar DFT usullari. Tadqiqot ishining ilmiy - amaliy ahamiyati: 3
Bitiruv ishi mavzusi bo‘yicha bunday tadqiqotlar fundamental xarakterga ega, optika va molekulyar fizikaning muammoli masalalarini yechishga qaratilgan, ya’ni – moddaning suyuq holatida molekulalar agregasiyasi masalalasini yechish, Moddalaring asosiy xususiyatlarini va fizik tabiatini o‘rganishda molekulalararo ta’sir katta rol o‘ynaydi. Kombinatsion sochilish spektrlarini o‘rganish esa xuddi shu moddaning tarkibida qanday kimyoviy elementlar borligini emas, balki, elementlarning atomlari qanday qilib molekulaga guruhlanishini ham ko‘rsatadi. Bu usul sanoatda, masalan, oziq ovqat sanoatida va kimyoviy erituvchilar va boshqalaming tarkibini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari suyqliklaming dinamik-tuzilish xarakteristikalarini aniqlashda, komplekslar hosil bo‘lish jarayonini o‘rganishda amaliyotda o‘z tadbiqini topadi. Olingan natijalar optika va molekulyar fizikaning muammoli masalalarini yechishga qaratilgan, ya’ni – moddaning suyuq holatida molekulalar agregatsiyasi masalalasini yechish, moddaning makroskopik xossalarini aniqlashda agregatsiyalar o‘rnini aniqlash muhim hisoblanadi. bunday tadqiqotlar tirik organizmlar faoliyati jarayonida molekulyar agregasiyalar molekulalararo vodorod bog‘lanish rolini chuqurroq tushunishiga olib keladi . BITIRUV ISHINING ASOSIY MAZMUNI Bitiruv ishim tarkiban kirish, uchta bobdan iborat bo‘lib xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishim 79 varaq , 15 ta rasm, 5 ta jadval va 54 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat . Kirish qismida bitiruv ishining umumiy tavsifi berilgan va suyuqliklarda yorug‘likning kombinatsion sochilishi, molekulalararo vodorod bog‘lanishni o‘rganishga ta’lluqli adabiyotlardan foydalangan hamda, ishning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, muammoning ishlab chiqilish darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqot predmeti va uni ekspermentga tayorlash, tadqiqot obyekti, tadqiqot usuli, tadqiqot olib boorish uchun mexanizm, tadqiqot ishining ilmiy - amaliy ahamiyati keltirilgan. 4
Birinchi bobda molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning, kombinatsion sochilish spektri, vodorod bog‘lanishlarni o‘rganishda hozirda olib borilayotgan tadqiqotlar ga va natijalari. Ikkinchi bobda tajriba va hisoblash usullari va qo‘llaniladigan tajriba qurilmasi (RENISHAW, inVia Raman Microscope) tadqiqot uchun tanlangan modda va bu moddaning amaliy ahamiyati strukturasi, tebranishlar soni , Kambinatsion sochilish spektrlarini qayd qilish qurilmasi va kvanto-ximik hisoblashda qo‘llaniladigan ( GAUSSIAN – 09) dasturi va usullar keltirilgan. Uchinchi bobda metil asetatning erituvchi vazifasida suv bilan olingn tajriba natijalari, metil asetatning suv bilan hosil qilgan kompleksi keltirilgan bo‘lib, metil asetatni toza holda suvli eritmalarining kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi va molekulalararo vodorod bog‘lanishning hosil bo‘lishi o‘rganilgan, bog‘ uzunliklari, zaryadlar taqsimoti, tebranish chastotalari va kompleks hosil bo‘lish energiyalariga to‘xtalib o‘tilgan. 5