MUSTAQILLIK YILLARIDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING O’ZARO MUNOSABATLARI
MUSTAQILLIK YILLARIDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING O’ZARO MUNOSABATLARI Mundarija Kirish……………………………………………………………………………1-6 I.Bob.Markaziy Osiyoning Geosiyosati……………………………………1-35 1.1 Markaziy Osiyoning geografiyasi, iqlimi, demografiyasi va tabiiy boyliklari...7-18 1.2 Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi……………….18-35 II.Bob. Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi hamkorligi……………………………………………………………………36-65 2.1 Mintaqa davlat rahbarlarining o’zaro uchrashuvlari………………………36-51 2.2 Mintaqada iqtisodiy integratsiyalashuvi, Markaziy Osiyoda umumiy bozorning shakllanishi…………………………………………………………………….52-65 III.Bob.Markaziy Osiyo davlatlarida madaniy va ta’lim sohalaridagi hamkorlik ……………………………………………………………………66-94 3.1 Mintaqa xalqlari madaniyatidagi yaqinlik, o’xshashlik, umumiylik va madaniy aloqalar………………………………………………………………………66-76 3.2 Fan va ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlik………………………………..76-83 3.3 Markaziy Osiyo davlatlarida milliy- madaniy markazlar ochilishi va mintaqa xalqlarining birodarlashuvi. ………………………………………………….84-94 Xulosa…………………………………………………………………………95-97 1
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………………………98-102 2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Fakultet: Tarix Magistratura ta`labasi: Abduhamidov Jalol Kafedra: Jahon tarixi Ilmiy rahbar: dots. B.T. To`raqulov O`quv yili: 2020-2021 Mutaxasissligi: Tarix (yo`nalishlar va mintaqalar bo`yicha) “Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo davlatlarining o`zaro munosabatlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ANNOTATSIYA Magistrlik dissertatsiyasida XX asr 90-yillari XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi munosabatlar yoritilgan. Bunda asosiy e`tibor mintaqada besh mustaqil davlatning vujudga kelishi, ular o`rtasidagi siyosiy aloqalarning o`rnatilishi, iqtisodiy hamkorlikning yildan-yilga rivojlanib borishi va mamlakatlar o`rtasidagi madaniy sohadagi aloqalari batafsil tahlil qilingan. Master's dissertation on "Relations between Central Asian states in the years of independence." ANNOTATION The master's dissertation describes the relations between the Central Asian states in the 90s of the XX century and the beginning of the XXI century. The main focus is on the emergence of five independent states in the region, the establishment of political ties between them, the development of economic cooperation from year to year and a detailed analysis of cultural ties between the two countries. 3
Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli demokratiya yo‘lidan rivojlanayotgan yurtimizda tarixiy manbalarga tayangan holda, tarixiy voqyelikni bo‘yab ko‘rsatmasdan, o‘z ko‘rinishida yoritish, uni xolis tadqiq etishga sharoit yaratildi. Shu munosabat bilan yurtimizda tarix faniga alohida e’tibor qaratilib, nafaqat Vatan tarixi, shuningdek Jahon tarixini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, jahon tarixida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, globallashuv sharoitida O‘zbekistonga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Zero, O‘zbekiston tarixi- Jahon tarixining ajralmas qismidir. XX asr oxiri XXI asr boshlarida insoniyat tarixi misli ko‘rilmagan voqealarga boy bo‘ldi. Uning 90-yillari esa jahon siyosiy xaritasi va jarayonlarida tub o‘zgarishlarni boshlab bergan bir qator voqeliklarni yuzaga keltirdi. Avvalo, Sobiq Ittifoq parchalanishi natijasida Markaziy Osiyoda beshta mustaqil davlat xalqaro maydonga kirib keldi. Bu besh davlatning tarixan bir-biri bilan uzviy holda rivojlangan bo‘lib, faqat so‘ngi yuz yillikda ular o‘rtasidagi aloqalar sun`iy to‘siqlar natijasida cheklab qo‘yilgan edi. O‘rnatilgan bu to‘siqlar ayniqsa mustaqillikning ilk yillarida davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning boshi berk ko‘chaga kirib qolishiga sabab bo‘lgan. Markaziy Osiyo davlatlarining Sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqshishi ularning ham iqtisodiga, ham siyosiy hayoti va ijtimoiy ahvoliga ham o‘z ta`sirini o‘tkazdi. Uzoq yillar bir iqtisodiy tizimga birlashtirishga qilingan harakat mustaqilikdan keyin besh respublika uchun salbiy oqibatlarni kelib chiqishiga olib keldi. Bunday vaziyatni oson va tez hal qilish niyatida mintaqa davlatlari o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga intildilar. Mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab besh respublika rahbarlarining uchrashuvlarida asosiy masala-birlashish lozimligi o‘rtaga tashlandi. Bunday harakatlar samarasi o‘laroq, Markaziy Osiyo Hamjamiyati, keyinchalik Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi tuzildi. Bu tuzilgan tashkilotlarning asosiy maqsadi muntaqa 4
davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni tinchlik yo‘li bilan bartaraf qilishi lozim edi. Bundan tashqari mintaqa davlatlari o‘rtasida madaniy sohadagi aloqalar ham mustaqillikdan keyingi yillarda har tomonlama rivojlandi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarga kelganda yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Xususan, bunga O‘zbekiston prezidenti Sh. Mirziyoyevning qilgan sayi-harakatlari sabab bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hukumat tepasiga kelgan ilk kunlardan boshlab qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni har tomonlama yaxshilashga harkat qildi. Qilgan harakatlari natijasida hozirgi kunga kelganda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar oldingi yillarga qaraganda anchagina yaxshilandi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqillik o‘rnatilgandan keyingi yillarda olib borilgan aloqalari tarixini ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlik sohasidagi aloqalari tadqiqot ishining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi 1991- 2020-yillarda Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tomondan ochib berish va asosiy tendensiyalarini tadqiq etishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrlik dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi: Mustaqillikdan keyingi ilk yillarda mintaqa davlatlarining siyosiy vaziyatini yoritish; Markaziy Osiyo davlatlarining geografik joylashuvini tahlil qilish; Davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishini o‘rganish; Davlatlar rahbarlarining o‘zaro uchrashuvlarini tahlil qilish ; 5