NAVOIY NIGOHI TUSHGAN” SHOIRLAR IJODIDA YOR TIMSOLI
“NAVOIY NIGOHI TUSHGAN” shoirlar ijodida YOR TIMSOLI MUNDARIJA Ishning umumiy tavsifi...........................................................................................6 I BOB. “Navoiyning nigohi tushgan” shoirlar ijodidaYor obrazining g oyaviy-ʻ badiiy talqini..........................................................................................................11 1.1. “Navoiyning nigohi tushgan” shoirlar ijodi haqida umumiy tavsif ................11 1.2. Nomanavislik an’anasi va ularning irfoniy jihatlari ........................................21 II BOB. XV asr birinchi yarmida ijod etgan shoirlar ijodida Yor timsoli.....32 2.1. Yusuf Amiriy, Sayid Ahmad she’riyatida Yor timsolining badiiy ifodasi.....32 2.2. Sakkokiy va Gadoiy she’riyatida Yor timsoli ishqning predmeti sifatida ....41 III BOB. “Yor” timsolining oshiqona g azallarda badiiy-estetik ifodasi.......51 ʻ 3.1. Atoiy she’riyatida an’anaviy obrazlarning ma’rifiy ahamiyati.......................51 3.2. Lutfiy lirikasida Yor oshiq maqsadini ifoda etuvchi ramziy obraz sifatida...62 Xulosa....................................................................................................................70 Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati....................................................................73 ʻ 1
ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Adabiyotga bo lgan e’tibor ʻ milliy ma’naviyatga bo lgan e’tibor ʻ dan dalolatdir . Har qanday millatning milliy ma’naviyatga qay darajada e’tiborli ekanligi, uning ajdodlar adabiy, madaniy merosini asrashi, o rganishi, yosh avlod o rtasida targ ib qilinishi, adabiyot rivoji va ijodkorlarning ʻ ʻ ʻ erkin ijod qila olishi uchun shart-sharoit yaratilganligi bilan belgilanadi desak yanglishmagan bo lamiz. Darvoqe, ʻ “o zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini ʻ xalqaro miqyosda o rganish va targ ib qilish, ko p qirrali bu mavzuni bugungi kunda ʻ ʻ ʻ dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog liq ʻ holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega . ” 1 Zero, biz bugungi kunga qadar o tgan bir necha asrlar osha yaratilgan adabiyotning ʻ nodir namunalarini milliy ma’naviyatimiz uchun dasturilamal sifatida foydalanib kelmoqdamiz. Darhaqiqat, har bir mamlakat va unda yashovchi xalqning ma’naviy boyligi uning adabiyoti bilan o lchanishi bejiz emas, albatta. ʻ Mustaqillik yillarida o tmishda yaratilgan asarlarni atroflicha o rganish va ular bo yich tadqiqot ishlari ʻ ʻ ʻ olib borish keng yo lga qo yildi. Ijodkorlarning noyob asarlarini to gri talqin qilish ʻ ʻ ʻ birinchi vazifalardan etib belgilandi desak yanglishmagan bo lamiz. Darhaqiqat, ʻ “...ma’rifat fidoyilarining qoldirgan o lmas merosi bugungi kunda ham ʻ ma’naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim manba bo lib xizmat qiladi”. ʻ 2 Biz bu o rinda Hazrat ʻ Alisher Navoiy hamda u kishigacha bo lgan davrdagi adiblar ijodini o rganish ʻ ʻ adabiyot ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Nafaqat turkiy adabiyot, balki jahon adabiyotini Alisher Navoiy ijodisiz tasavvur qilib bo lmaydi. Zero, “Alisher ʻ Navoiy o z xalqi ma’naviy olamini boyitishda, jahon madaniyatini yuksaltirishda ʻ Homer, Firdavsiy, Dante Aligeri, Vilyam Shekspir, A.S,Pushkin, I.V.Gyote, L.N.Tolstoy singari buyuk daholar qatorida turadi. Buyuk daholar ijodi hech bir 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “ Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини халқаро миқёсда ўрганиш ва тарғиб қилишнинг долзарб масалалари ” мавзусидаги халқаро конференция иштирокчиларига йўллаган табриги // Халқ сўзи. - 2018 йил , 8 август . 2 Мирзиёев Ш . М . Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан қурамиз . – Тошкент : Ўзбекистон , 2017. – Б .178 2
o lchovga sig maydi, har qanday andozalar ham bir chetda qoladi.”ʻ ʻ 3 Alisher Navoiy o zigacha bo lgan davrdagi ijodkorlar ijodidan ta’sirlangan va oziqlangan ʻ ʻ holda asarlar yaratgani bu hech kimga sir emas, albatta. O zbek mumtoz adabiyoti ʻ tarixida shunday asarlar yaratilganki, ular makon ham, zamon ham tanlamasligi bilan oradan bir necha asrlar o tganligiga qaramay hamon o zining boqiyligini ʻ ʻ saqlab kelmoqda. Mavzuning o`rganilish darajasi. Xorazmiy, Lutfiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy, Yusuf Amiriy, Said Ahmad, Haydar Xorazmiy ijodi ham jahon sharqshunosligi va adabiyotshunosligida muhim adabiy ahamiyatga ega bo lgan adabiy-badiiy manba sifatida alohida o rin tutadi. Yuqorida nomlari zikr ʻ ʻ etilgan ijodkorlarning hayoti va ijodi borasida bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Atoiy ijodi bo yicha Sayfiddin Rafiddinov, Gadoiy ijodi bo yicha ʻ ʻ Koprulu, shuningdek, H.Aslanova (“Gadoiy she’riyatida badiiy mahorat va uslub masalalari”), Sakkokiy ijodi bo yicha M.Hasanovalar (“XV asr turkiy she’riyatida ʻ qasida janri”) ilmiy izlanishlar olib borgan. Biz uchun masalaning muhim ahamiyatga molik jihatlaridan yana biri shuki, Gadoiyning devoni ingliz tiliga tarjima qilingan va chop etilgan. Ayniqsa, turkshunos olimlardan Koprulu Gadoiy mavzusida jiddiy tadqiqotlar olib borgan va shu mavzuda bir qator maqolalar ham e’lon qilgan. Dissertatsiyaning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog`liqligi. Bugungi kunda adabiyotshunoslikda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning mundarijasini mumtoz adabiyotning jahon adabiyoti taraqqiyotidagi mumtoz asarlarning mavzu ko`lami, ilmiy va badiiy jihatdan xolis tadqiq qilish belgilab beradi. Shundan kelib chiqib, mazkur tadqiqot ushbu keng muammo bilan uzviy bog`liq holda “Navoiy nigohi tushgan” shoirlar ijodidagi Yor obrazi va uning tadrijiy takomili hamda qiyosiy tahlili masalasini yoritishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi Alisher Navoiy tomonidan uning “Majolis un-nafois” asarida e’tirof etilgan va “Navoiyning nigohi tushgan” to plamiga kiritilgan shoirlarning ʻ 3 М.Али, Б.Қосимов, Р.Нурматова Навоийнинг нигоҳи тушган... Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти-1986. 5-6-бетлар. 3
she’riyatida aks etgan Yor obrazining ifoda yo sini va tadrijiy takomili masalasiniʻ qiyosiy tadqiq etishdir.Yuqorida qayd etilgan masalalarni amalga oshirish mobaynida quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan: - Yor obrazi bayon etilgan ilmiy adabiyotlarni tahlil etish, umumlashtirish; - Yor obrazi tasavvufiy jihatdan talqin etilgan asarlarni o zaro solishtirish. Badiiy ʻ adabiyotda Yor timsoliga oid ilmiy va badiiy manbalarni tadqiq qilish; - “Navoiyning nigohi tushgan” to plamiga mansub bo lgan shoirlar she’rlarida aks ʻ ʻ etgan Yor obrazini g oyaviy-badiiy xususiyatlar nuqtai nazaridan o rganish; ʻ ʻ - “Navoiyning nigohi tushgan” to plami tarkibidagi ijodkorlarning Yor timsoliga ʻ munosabati aks etgan matnlarni atroflicha va xolis tahlil etish; - Yor obrazini qiyosiy metod asosida tadqiq va tahlil etish; -“Navoiyning nigohi tushgan” shoirlar yaratgan Yor obrazining o ziga xosligi, ʻ shoirlarning bu boradagi mahorati to g risida ma’lum bir xulosalarga kelish. ʻ ʻ Tadqiqotning obyekti va manbalari. Tadqiqotning asosiy obyekti “Navoiyning nigohi tushgan” to plami tarkibidagi Yor obrazi aks etgan ʻ she’rlardir. Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasini bajarishda Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat” asarlari ham manba vazifasini o tadi. ʻ Tadqiqotda, bundan tashqari , ilmiy manba sifatida Ibrohim Haqqulning “Irfon va idrok”, Najmiddin Komilovning “Timsollar timsoli”, “Tasavvuf”, M.Muhiddinovning “Nurli qalblar gulshani”, Hafiza Aslanovaning “Gadoiy she’riyatida badiiy mahorat va uslub masalalari”, Mashhura Hasanovaning (“XV asr turkiy she’riyatida qasida janri”) nomli ilmiy ishlaridan o rni bilan foydalanildi. ʻ Mavzuning ijtimoiy ahamiyati: Mazkur ilmiy ishda ko zlangan asosiy ʻ maqsad Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga ʻ oshirish yo llari” ustuvor yo nalishiga asosan ushbu g oyalarni “Navoiyning nigohi ʻ ʻ ʻ tushgan” shoirlar ijodi bilan bog lash; ʻ 4
Bibliografik usul yordamida aniqlangan ijodkorlar: Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Ahmad Taroziy kabi ijodkorlarimizning merosiga ham bevosita murojaat qilib, “Navoiyning nigohi tushgan” to’plamida keltirilgan Yor obrazini yanada ochamiz. Buyuk ota-bobolarimizning asarlari boy mulkiy meros sifatida katta ahamiyatga egadir. Bu tarixiy asarlarni o rganish orqali boy ma’naviyʻ merosimizning qanchalik yuksak ekanligini aniqlash. Mavzuning ilmiy ahamiyati quyidagilardan iborat: - badiiy adabiyotimizda Yor obrazi aks etgan asarlarning o rnini belgilash; ʻ - badiiy asarlardagi Yor obrazini qiyosan tahlil qilish; - Navoiygacha bo’lgan davrda yashab ijod etgan ijodkorlar ijodidagi Yor obrazini aniqlash Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: -“Navoiyning nigohi tushgan” shoirlar ijodidagi Yor obrazi aks etgan badiiy asarlarni aniqlash; -Haqiqiy va majoziy ishq aks etgan badiiy asarlarni aniqlash; -Yor timsolini yoritishda an’anaviy obrazlarning o’rnini aniqlash; -Yor timsolini ochib berishda ramziy obrazlarning ahamiyatini belgilash; -“Navoiyning nigohi tushgan” shoirlar ijodidagi Yor obrazi aks etgan baytlarni o’zaro qiyoslash; -Navoiygacha bo’lgan davrdagi shoirlar ijodida aks etgan Yor obrazining tadrijiy takomilini yoritish hamda ular ijodining aks etgan Yor obrazini aniqlash va ijodkorlarning majoziy va haqiqiy ishqqa qay darajada yondashganliklarini solishtirib, ularga bo lgan munosabatni aniqlash va ilmiy asosda ochib berish. ʻ Tadqiqotni amaliyotga joriy qilish. Badiiy adabiyotimizda “Navoiyning nigohi tushgan” shoirlar hayoti va ijodi ko plab olimlarimiz tomonidan qiziqish ʻ bilan o rganilgan. Ushbu ijodkorlar ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib ʻ borilgan. Bizning mavzumiz doirasida “Navoiyning nigohi tushgan” ijodkorlarning avval o rganilgan tomonlarini sinchkovlik bilan o rganib, asarlardagi Yor obrazi ʻ ʻ aks etgan asarlarni badiiy adabiyot va jamiyat bilan bog lagan holda o rganish. Yor ʻ ʻ 5