“O’quv markaz” mavzusida tayyorlagan
3“O’quv markaz” mavzusida tayyorlagan MUNDARIJA Kirish ……………………….......………………………………………………..….…..….3 2. Nazariy qism 2.1. MBBT haqida umumiy ma’lumot . ….……………………………………..………..….4 2.2. MBBT da jadvallar,so’rovlar,formalar va hisobotlar bilan ishlash....……………….....10 2.3 . MBBT tillari haqida ma’lumot …….....…...…..……….……...….…...15 ` 3. JADVALLARNING O’ZARO BOG’LANISHI Xulosa ……………………….......………………………………………………….….….21
4 Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Farmonning O’zAda keltirilgan matniga ko’ra, vazirlik O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi negizida tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:axborot texnologiyalari va kommunikastiyalar soxasida, “elektron xukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; aloqa va telekommunikastiyalar soxasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan boshqarish, listenziyalash va nazorat qilish borasidagi funkstiyalarni amalga oshirish; Internet tarmog’ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash; raqobatdosh dasturiy maxsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashish;axborot xavfsizligini ta’minlash; zamonaviy kommunikastiya vositalari soxasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo’nalishlar bo’yicha xorijiy investistiyalarni jalb etish va boshqalar. “Gazeta.uz” ning qayd etishicha, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi 2012 yil 16 oktyabrida Aloqa va axborotlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan edi. O’zAAA esa, o’z navbatida, 2002 yili Pochta va telekommunikastiyalar agentligi negizida, ushbu agentlik esa 1997 yili Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan edi. Aloqa vazirligining o’zi 1992 yilda tashkil etilgan. Biz dasturchilar uchun bu qarorlar juda muhim qarorlardan biri bo’ldi. 2013- yildan 2020-yilgacha Elektron hukumat tizimiga o’tilish talab qilinmoqda. Shuning uchun axborot tizimlariga o’tilishga kata ahamiyat berilmoqda. Yangi o’quv yurtlari va yangi fakultetlar ochilmoqda. Dunyo globallashib borgani sari axborot tehnalogiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda. O’zbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoriga kirib bormoqda. Bunda esa yoshlarni ongini saviyasini oshirish va zamon talablariga mos ravishda kadrlarni tayyorlash davlatimiz taraqiyotini rivojlanishiga sabab bo’ladi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo, O‘zbekistonda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv sharoitida AKT sohasining keskin taraqqiy etib borishi kuzatilayotganligi, ilg‘or davlatlarning ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi.
5Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. AKT sohasini jadal sur'atlar bilan taraqqiy ettirish O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur'atlar bilan rivojlantirishda o‘ziga xos yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o‘ynaydi.Dasturiy vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma'lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborotkommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi yo‘lida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003-2004 yillarda «elektron» qonunlar bloki qabul qilindi. Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi. Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi
6ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni toppish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq . Maydon aniqligi , (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o‘nlik ksr qismini aks ettirish uchun o‘nlik raqamdan to‘rtta. Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. YOzuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. YOzuv ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi. Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega. Har bir MB jadvali o‘zining birlamchi kalitiga ega bo‘lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda ezuvlar kaytarilmasligini ta’minlovchi maydon (polya) yoki maydonlar guruxi tushiniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon eki maydonlar guruxi, bir xil yozuvga ega bo‘lmaslik shartini bajarishi kerak. Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo‘laolmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasi – tegishli ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl atamalari bilan bog’liq.
7Maydon – bu saqlanadigan ma’lumotlarning eng kichik birligi. Tipik ma’lumotlar bazasida bir qancha tiplarning yoki saqlanadigan maydonlarning har birini tavsiflovchi ko’plab nusxalari (occurrence yoki instance) mavjud. Masalan, OTMlar haqida ma’lumot mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasida "OTM raqami" nomi bilan saqlanadigan maydon turini o’z ichiga olishi mumkin va ma’lumotlar bazasida tavsiflangan OTMlarning har bir turi uchun (fakultetlar, yo’nalishlar, guruhlar, talabalar va boshqalar) ushbu saqlanadigan maydonning alohida nusxasi mavjud bo’ladi. Yozuv – bu tegishli saqlanadigan maydonlar to’plamidir. Bunday holda, saqlangan yozuvning nusxasi saqlanadigan maydonlarning tegishli nusxalari guruhidan iborat. Ma’lumotlarni boshqarish - bu ma’lumotlarning to’g’ri yaratilishi, saqlanishi va olinishiga qaratilgan qoidalar. Ma’lumotlar muhim rol o’ynashini hisobga olib, ma’lumotni boshqarish har qanday biznes, davlat idorasi, xizmat ko’rsatish tashkiloti yoki xayriya faoliyatining asosiy yo’nalishi ekanligi biz to’liq anglashimi lozim. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) bu ma’lumotlar bazasi tuzilishini boshqaruvchi va unda saqlanadigan ma’lumotlarga kirishni boshqaradigan dasturlar to’plami. Qaysidir ma’noda ma’lumotlar bazasi juda yaxshi tashkillashtirilgan elektron topshirish kabinetiga o’xshaydi, unda kuchli dasturiy ta’minot (MBBT) kabinet tarkibini boshqarishga yordam beradi. Ma’lumotlar bazasining turlari. Har bir ma’lumotlar bazasi ma’lum bir ma’lumot to’plamini saqlaydi va ma’lum maqsadda foydalaniladi. Yillar o’tishi bilan, ma’lumotlar bazalaridan texnologiya va innovatsion foydalanish rivojlanib borgan sari ma’lumotlar bazalarini tasniflashda turli xil usullar qo’llanilmoqda. Masalan, ma’lumotlar bazalari qo’llab-quvvatlanadigan foydalanuvchilar soni, ma’lumotlar joylashgan joyda, saqlanadigan ma’lumotlar turi, ma’lumotlardan maqsadli foydalanish va ma’lumotlar tuzilish darajasi bo’yicha tasniflanishi mumkin.