logo

O`RTA ASR MOVAROUNNAHR TARIXSHUNOSLIGI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

119.380859375 KB
O`RTA ASR MOVAROUNNAHR TARIXSHUNOSLIGI
Kirish:………………………………………………………………….1-5-
betlar
I   Bob   Arab   xalifaligi,   Somoniylar,   Qoraxoniylar   davri   Movarounnahr
tarixiga oid manbalar...........................................................5-20-bet
1 .1  §.   A r a b   x a l i f a l i g i   v a   S o m o n i y l a r   d a v r i g a   o i d   m u h i m  
m a n b a l a ……………………………………………………….5-11-betlar
1.2§.  Qoraxoniylar davri tarixiga oid manbalar……………….11-20-betlar
II   Bob   Mo`g`ullar   va   Temuriylar   davri   tarixiy   manbalari   va
tarixshunosligi………………………………………………..20-42-bet
2. 1  §.  Mo`g`ullar davri tarixshunosligi ………………………. 20-32-betlar
2. 2 §. Temuriylar davriga oid manbalar tahlili…………………32-42-betlar
III Bob Mustaqillik yillarida o`rta asr Movarounnahr tarixshunosligining 
o`rganilishi………………………………………………………42-71-bet
3.1   §.   Mustaqil   O’zbekistonda   O`rta   asr   Movarounnahr   tarixshunosligining
o`rganilishi …………………………………………………….42-61-betlar
3 .2§.   Chet el tadqiqotchilari tomonidan Movarounnahr tarixshunosligining 
o`rganilishi ……………………………………………………61-71-betlar
Xulosa ……………………………………………………………….72-78-betlar
1                                                             KIRISH
Mustaqillik   sharofati   bilan   yurtmiz   tarixini   o`rganishga   bo`lgan   e`tibor
ham   bir   qadar   o`zgardi.   O`tmishni   borligicha   yanada   to`laqonli   yoritish
imkoniyati   vujudga   keldi.   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
1998-yil   27   iyuldagi   “O’z   FA   tarix   instituti   faoliyatini   takomillashtirish
haqidagi”   qarori   qabul   qilingach,   tarixiy   muammolar   va   ularning   yechimlarini
izlash jarayoni yuqorilab bormoqda. 
Ushbu   magistrlik   ishida   O`rta   asrlar   Movarounnahr  
tarixining   tarixshunosligi   yoritib   beriladi.   Bu   davrda   Arab   xalifaligi,
Somoniylar,   Qoraxoniylar,   Mo`g`ullar   davri   va   Temuriylar   davriga   oid
manbalar tahlil qilinadi.
Mavzuning dolzarbligi:  O`rta asrlar Movarounnahr tarixini yoritish turli
davrlarda turlicha kechgan. Chorizm va sovet tarixshunosligida ba`zi jihatlariga
e`tibor kamroq berilgan. Vaholangki O`rta Osiyo doimiy tarzda turli manfaatlar
to`qnashgan mintaqa bo`lgan. Shuning uchun boy siyosiy jarayonlar va tarixga
ega   hisoblanadi.   Xorijiy   tadqiqotchilar   sahifalarida   ham   turli   yondashuvlar
orqali bayon etilgan. Mana shu jarayonlarni batafsilroq va haqqoniy aks ettirish
bugungi tarixchilarimiz zimmasidadir.
Mavzuning  maqsadi va vazifalari:  Ushbu disertatsiya ishining maqsadi
VIII-XV   asrlarda   O’rta   Osiyo   siyosiy   hayoti   tarixining   tarixshunosligini
tarixshunoslik fanining eng samarali va so’ngi usullari yordamida ochib berish,
bu davr  siyosiy hayotiga nisbatan  turli  davrlarda yashab ijod qilgan tarixchilar
ya’ni,   XIX   asr   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlaridagi   tarixchilar-olimlar
tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan
ishlar, shuningdek, XIX asr oxirlaridan xorij mamlakatlarida amalga oshirilgan
ilmiy   izlanishlar   ular   tomonidan   bildirilgan   fikr   va   mulohazalarini   tatqiq   etish
va tahlil etish va shu orqali tarixshunoslik fanining yanada rivojlanishiga hissa
qo’shishdan   iboratdir.VIII-XV   asrlar   tarixi   manbalar   ko`lami   jihatdan   ko`pligi
bilan   ajralib   turadi.   Turli   davrlarda   mintaqa   tarixining   yoritilishi   har   xil
tuzumlar ko`rinishida o`rganilgan. VIII-XV asrlar O’rta Osiyo siyosiy haqqoniy
tarixini   yoritish   ishlariga   eng   muhim   darajada   hissa   qo’shgan   olimlarning
tadqiqot ishlarini tahlil qilishdan iboratdir.
Mavzuning tarixs h unosligi:
2 Tadqiqot   ob’ekti:   Tadqiqot   ob’ektiga   O’rta   Osiyoning   VIII-   XV   asrlar
davri   siyosiy   hayotini   aks   ettirib   bergan   barcha   birinchi   darajali   manbalar
hamda ushbu davrda yashagan tarixchilarning voqea - hodisaga yondoshuvlari,
O’rta Osiyoning VIII-XV asrlar davri siyosiy hayoti tarixiga oid Chor Rossiyasi
davrida,   Sho’rolar   davrida,   mustaqil   O’zbekistonda   hamda   xorijiy
mamlakatlarda olib borilgan barcha tadqiqot ishlari.
Mavzuning   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Ishning   nazariy   ahamiyati
shundan   iboratki   VIII-XV   asrlar   O’rta   Osiyo   siyosiy   hayoti   tarixining
tarixshunosligini yoritib berish orqali qo’lga kiritilgan yutuqlar hamda tajribalar
O’rta Osiyo xalqlarining rivojlangan o’rta asrlar davri siyosiy hayoti tarixining
turli   davrlarda   qay   darajada   o’rganilganligini   tadqiq   etish   orqali   yurtimizda
tarixshunoslik   fanining   rivojlanishiga   oz   bo’lsada   hissa   qo’shishdan   iboratdir.
Dissertatsiya   mavzusi   tadqiqoti   natijasida   qo’lga   kiritilgan   yutuqlar
tarixshunoslik   fanining   keyingi   tadqiqotlarida   muhim   nazariy   ahamiyatga
egadir.   Amaliy   ahamiyati   shundaki   qo’lga   kiritilgan   yutuqlardan   oliy   o’quv
yurtlarida ijtimoiy fanlarni o’qitishda xususan, yurtimiz oliy o’quv yurtlarining
tarix   fakultetlari   manbashunoslik   va   tarixshunoslik   yo’nalishlarida   faoliyat
yuritayotgan   professor-o’qituvchilar   o’z   ma’ruzalarida,   uslubiy   qo’llanmalar
tayyorlashda,   magistr   va   talabalar   esa   rivojlangan   o’rta   asrlar   davri
Movarounnahr   tarixini   o’rganayotganda   ushbu   tadqiqot   natijalaridan
foydalanishlari mumkin. 
Mavzuning   ishlab   chiqarishga   bog’liqligi:   Dissertatsiya   tadqiqoti
natijasini   respublikamizdagi   maktablarda   tarixchi   o’qituvchilarining   o’quv-
metodik   faoliyatiga   joriy   etish,   tarix   muzeylari,   sayyohlik   tashkilotlari
faoliyatiga tadbiq etish tavsiya etiladi.
Dissertatsiyaning   tuzilishi:   Tadqiqot   kirish,   uch   bob,   yettita   paragraf,
xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
O`rta   asrlar   Movarounnahr   tarixini   o’rganishda   birinchi
darajali   manbalarning   o’rni   va   ahamiyati   eng   muhim   hisoblanadi.   Asl   tarixiy
qo’lyozmalarni   o’qish,   o’rganish,   taqqoslash,   tahlil   qila   olish   manbashunos   -
tadqiqotchilardan   katta   mahoratni   talab   qiladi.   O’rta   asrlar   davri   tarixini
yoritishda eng ishonchli vosita bu - asl tarixiy qo’lyozma manbalardir. VIII-XV
asrlar O’rta Osiyo tarixiga oid manbalarni tadqiq etish alohida e’tiborni taqozo
etadi.   Bu   davr   manbalarining   ko’pchiligida   voqea-hodisalar   xronologik   tarzda
bayon etiladi. O’rta Osiyo tarixining VIII-XV asrlar birinchi darjali manbalariga
3 Muhammad   an-Narshaxiyning   ``Buxoro   tarixi``,   Abulfazl   al-Bayhaqiyning
“Tarixi   Mas’udiy”,   Abu   Nasr   Muhammad   al-Utbiyning   “Tarixi   Yaminiy”,
Izzuddin   ibn   al-Asirning   “Al-Komil   fi-t-ta’rix”,   Abu   Sa’d   Abdulkarim   as-
Sam’oniyning   “Kitob   al-ansob”,   Nizomiddin   Shomiyning   ``Zafarnoma``   va
boshqalarni kiritishimiz mumkin.
XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya va G’arbiy Yevropalik sharqshunos
olimlar   O’rta   Osiyoning   o’rta   asrlar   davri   tarixi   bilan   bog’liq   qo’lyozma
asarlarni   o`rganish   jarayyonlari   bilan   shug`ullana   boshladilar.   Ular   qatoriga  
V.   Veselovskiy,   V.   V.   Bartold,   V.   R.   Rozen,   V.   P.   Vasilev,   X.   Vamberi,   B.
Dorn va boshqalarni qo’shishimiz mumkin. Ushbu olimlar O`rta Osiyo tarixiga
oid manbalarni ko`pchiligini tadqiq etgan.
 
4 I Bob Arab xalifaligi, Somoniylar, Qoraxoniylar davri Movarounnahr
tarixiga oid manbalar
1 . 1 §.   A r a b   x a l i f a l i g i   v a   S o m o n i y l a r   d a v r i g a   o i d   m u h i m
m a n b a l a r
Ma`lumki, arab xalifaligi davridan boshlab o`lkamiz Movarounnahr deb
yuritila   boshlangan.   Xalifalik   hukmronligining   o`rnatilishi   va   o`sha   davr
siyosiy ahvoli to`g`risidagi holat Narshaxiyning ``Buxoro tarixi`` asarida ham
atroflicha bayon etiladi. Asar X asrda yozilgan bo`lsa ham muarrix o`zigacha
sodir   bo`lgan   voqealar   to`g`risida   ko`plab   qiziqarli   ma`lumotlar   beradi.
Narshaxiyning   yozishicha   Buxorxudot   Bidun   vafotidan  keyin   davlatni   uning
xotini   o`n   besh   yil   davomida   boshqaradi.   Muarrix   Buxoroda   xotun
hukmronlik   qilgan   davrni   ancha   ijobiy   tasvirlaydi.   Uning   vafotidan   keyin
o`g`li Tag`shoda hukmronlik qiladi. Qutayba Buxoroni Vardonxudotga qarshi
kurashib   tortib   olgandan   keyin   Tag`shodaga   Buxorodagi   boshqaruvni
topshiradi.   Tag`shoda   islomga   kiradi   va   o`z   o`g`liga   ham   Qutayba   deb   ism
qo`yadi 1
.
Abu-l-Abbos   Ahmad   ibn   Yahyo   Al-Balozuriyning   ``Futuh   al-Buldon``
nomli  asarida  arablar  tomonidan  Xurosonning  fatx  etilishi  bayoni  keltiriladi.
Ahmadning   asl   kelib   chiqishi   fors   bo`lgan,   taxminan   892-yilda   vafot   etgan.
Asarning birinchi qismida Muhammad payg`ambarning 622-yilda Makkadan
al-Madinaga ko`chishi va uning Arabiston yarimorolida olib borgan ilk harbiy
yurishlari,   shuningdek,   arablarning   shimolda   va   g`arbda   Suriya,   Livan,
Iordaniya,   Kipr,   Armaniston,   Misr,   Liviya,   Tunis,   Jazoir,   Marokash,
Ispaniyada   olib   borgan   fatx   urushlari   va   O`rta   dengizdagi   orollarga   va
Vizantiyaga   qarshi   qilgan   yurishlari   haqida   so`z   yuritilgan.   Maxsus   bir   bob
arablarning   Vizantiya   bilan   olib   borgan   qog`oz   savdosi   tarixiga
bag`ishlangan.   Asarning   ikkinchi   qismida   arablarning   sharqda   va   shimoli-
sharqda   as-Savod   (Iroq),   Fors,   Ozarbayjon,   Tohariston,   Xuroson   va
1
  Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an-Narshaxiy- Buxoro tarixi.  8- bet
5 Movarounnahrda,   shuningdek   as-Sind,   Sijiston,   Kobul   va   boshqa
mamlakatlarda olib borgan fath urushlari bayon etilgan. 
Mazkur asarning bir nechta nusxasi bizgacha yetib kelgan bo lib, ulardanʼ
biri VII-XIII asrda, ikkitasi IX-XV asrda ko chirilgan. Аsarning matni ilk bor	
ʼ
1866-yilda   Gollandiyaning   Leyden   shahrida   M.   de   Guye   tomonidan   nashr
etilgan.   Keyinchalik u arab mamlakatlarida ham bir necha bor nashr etilgan.
  Jumladan,   al-Balozuriy   nomi   ostida   1893,   1901,   1906,   1932,   1956,   1957,
1959, 1987-yillarda arab mamlakatlarida nashrdan chiqarilgan.  Аsarning to liq	
ʼ
matni   ingliz   tiliga   1916   –   1924   va   Germaniyada   nemis   tiliga     1917   –   1923-
yillarda, asarning ikkinchi qismi bo`lsa fors tiliga tarjima qilinganligi ma`lum.
Аsarning ba`zi bir ayrim qismlari rus tiliga N. А. Mednikov 1897-yilda, P. K.
Juze tomonidan 1927-yilda, S. Volin tomonidan 1939-yilda, L. E. Kubbel  va
V.V.Matveevlar   tomonidan   1960-yilda   va   L.   I.   Nadiradze   tomonidan   1968-
yilda   tarjima   qilingan.   Bundan   ko`rinib   turibdiki   asar   ko`plab   tarjimalarni
boshdan   kechiradi.   Аsarning   Xurosonga   oid   bo`lgan   qismi   G.   Goibov
tomonidan   rus   tiliga   1987-yilda   tarjima   qilingan.   G.   Goibovning   tarjimasi
asarning   1956-1958   yillarda   S.   al-Munajjid   va   1959-yilda   M.   R.   Ridvonlar
tomonidan   nashr   etilgan   matnlarining   asosida   va   uning   fors   tilidagi   tarjimasi
yordamida amalga oshirilgan.
``Futuh   al-Buldon``   asarining   I   bobi   ``Xurosonning   fath   etilishi``
(Yazdajirdning   qatl   etilishi)ga   bag`ishlangan   bo`lib,   unda   arablarning   O`rta
Osiyoga   kirib   kelish   voqealari   bayon   etiladi.   Quyida   asarda   keltirilgan
Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrni fath etishidan parcha keltiramiz :
Аbu Hafs Qutayba ibn Muslim ibn Аmr al-Bohiliy (714-715-yilda vafot etgan)
-bohila   qabilasidan   yetishib   chiqqan   mashhur   arab   lashkarboshisi,   xalifa   al-
Valid   ibn   Аbd   al-Malik   davrida   avval   ar-Ray   voliysi,   705-715-yillarda   esa
Xuroson va Sijiston voliysi  bo lib, Marvda hukm surgan.  	
ʼ Uning hukmronligi
davrida   arablarning  O rta  Osiyoda  olib  borgan  fath  urushlari  jadallashdi  	
ʼ 2
.  U
2
  Смирнова .  Ал -Балозури.,  M -1957.,  ст .119 – 134
6 Xuroson   voliylaridan   birinchi   bo lib   Movarounnahrda   arablarningʼ
hokimiyatini   o rnatdi.   Shimolda   uning   qo shinlari   ash-Shoshga,   sharqda   esa	
ʼ ʼ
Koshg argacha yetib bordi. Uning Xuroson va Movarounnahrning aslzodalari	
ʼ
va shahzodalaridan iborat 10 ming askarlik qo shini bo lib, unda sug d va turk	
ʼ ʼ ʼ
podshohlari,   tarxonlar,   al-barqashlarning   o g illari,   Buxoriston	
ʼ ʼ
podshohlarining   o g illari   va   Xurosondagi   boshqa   podshohlarning   o g illari	
ʼ ʼ ʼ ʼ
to plangan   edi.   Bag dodda   hokimiyat   o zgarib   taxtga   Sulaymon   ibn   al-Valid	
ʼ ʼ ʼ
(715 –717 yillarda hukm surgan) kelganda, Qutayba ibn Muslim  unga qarshi
fitna   uyushtirishga   harakat   qildi   va   714-715   yoki   715-716   yilning   zulhijja
oyida Farg onada o zining askarlari tomonidan o ldirildi	
ʼ ʼ ʼ 3
.
Mana shu o`rinda Qutayba ibn Muslimning o`ldirilishi bayoni keltiriladi.
Balozuri boshqa tarixiy manbalarda keltirilgan ya`ni Qutayba ibn Muslimning
xalifaga   qarshi   isyon   ko`targanligini   rad   etmaydi.   E`tiborli   tomoni   shundaki
Qutaybaning qo`shinida turli  millat  vakillarini  uchratish  mumkin edi. Asarda
keltirilganidek   uning   qo`shini   tarkibida   arablardan   tashqari   turkiylar,
so`g`diylar,   Buxorxudotning   o`g`lillari,   balxashlarni   ko`rish   mumkin   edi.
``Futuh al-Buldon``ning XXV bobi aynan Qutayba ibn Muslim deb yuritiladi
va uning faoliyati haqida ma`lumotlar beradi.
Qutayba   bosqini   arafasida   Samarqand   hokimi   Tarxun   Muso   bo`ladi.
Qutayba ibn Muslim Samarqand hukmdori Tarxun Muso va uning odamlariga
omonlik   kafolati   va   panoh   berib,   shaharda   qolishga   ruxsat   berdi.   Аrablar
Samarqandda qolib, u yerda ma lum vaqt yashadilar. 	
ʼ
Asarda Sug d ahlining bir odati  haqida qiziq ma`lumot  beriladi. Tabariy	
ʼ
bu haqida shunday ma`lumot beradi :   ``Har yilning ma lum kunida maydonda	
ʼ
dasturxon   yozilib,   unga   yog li   go sht,   non   va   sharob   qo yilar   edi.   Bu	
ʼ ʼ ʼ
dasturxon eng kuchli sarkarda uchun maxsus yozilar edi va undan boshqa hech
kim   o sha   kuni   bu   taomlarga   qo l   tekkiza   olmas   edi.   Kimda-kim   bu	
ʼ ʼ
dasturxonga   qo l   uzatsa,   o sha   sarkardani   jangga   chaqirgan   bo lar   edi.   Ular	
ʼ ʼ ʼ
3
 Balozuriy. Futuh al-Buldon. 191-bet.
7 yakkamayakka   jang   qilganda,   kim   g olib   bo lsa,   dasturxon   o shaniki   bo larʼ ʼ ʼ ʼ
edi. Musoning sheriklaridan biri o sha sarkarda bilan jang qilmoqchi bo ldi va	
ʼ ʼ
unga   atab   yozilgan   dasturxondagi   taomlarni   yeb   qo ydi.   Sug d   sarkardasi	
ʼ ʼ
g azablanib,   uni   jangga   chaqirdi.   Musoning   sherigi   u   bilan   yakkama-yakka	
ʼ
jang   qilib,   uni   o ldirdi.   Sug d   hukmdori   arablarga   “Men   sizlarga   panoh	
ʼ ʼ
berdim,   hurmat-izzat   qildim,   sizlar   esa   as-Sug d   sarkardasini   o ldirdinglar.	
ʼ ʼ
Аgar   men   senga   va   odamlaringga   omonlik   kafolatini   bermaganimda,
hammangizni qirib tashlagan bo lar edim. Mening yerimni tark eting”, – dedi.	
ʼ
Shundan   keyin   Tarxun   Musoga   sovg a-salomlar   berib,   uni   kuzatib   yubordi.	
ʼ
Muso   Samarqandni   tark   etib,   Keshga   yo l   oldi.   Kesh   esa   Tarxunga   tobe	
ʼ
bo lgan   shahar   edi.   Kesh   hukmdori   Tarxunga   maktub   yozib,   undan   yordam	
ʼ
so radi. Tarxun Keshga yetib keldi. Muso 700 askari bilan unga qarshi chiqdi
ʼ
va   kechgacha   jang   qilib,   ko p   odamlarini   yo qotdi.   Tong   otgandan   keyin,   u	
ʼ ʼ
Tarxunga odam yuborib, u bilan muzokara olib bordi. Shundan keyin Tarxun
Musoni ta qib qilmadi va Keshni tark etishiga yo l ochib berdi. Muso Keshni	
ʼ ʼ
tark   etib,   at-Tirmizga   yo l   oldi  	
ʼ 4
.   Muso   at-Tirmizga   kelib,   avval   shahar
tashqarisida yashovchi bir dehqonning uyida to xtadi. U dehqon esa at-Tirmiz	
ʼ
hukmdori   tirmizshohning   dushmani   edi.   Dehqon   Musoga   “Tirmizshoh   juda
ham   mag rur   odam   va   o zining   sha nini   yuksak   qadrlaydi.   Аgar   sen   unga	
ʼ ʼ ʼ
sovg a-salomlar berib, unga iltifot qilsang, u seni o zining qal asiga kiritadi”,	
ʼ ʼ ʼ
– dedi. Muso uning aytganini qilib, tirmizshohga sovg a-salomlar yubordi va	
ʼ
unga   ko p   iltifotlar   ko rsata   boshladi.   Ular   orasida   yaxshi   munosabatlar	
ʼ ʼ
o rnatildi.   Tirmizshoh   qal adan   chiqib,   Muso   bilan   birga   ov   qildi.   Keyin	
ʼ ʼ
tirmizshoh   Musoni   100   nafar   sheriklari   bilan   qal a   ichida   nonushta   qilishga	
ʼ
mehmonga taklif qildi. Muso askarlaridan 100 kishini tanlab, ular bilan otlarda
qal a ichiga kirib bordi. Аrablar at-Tirmiz ahlidan ko p odamlarni o ldirdilar,	
ʼ ʼ ʼ
qolganlar   esa   shahardan   qochdilar.   Аrablar   ularning   uylariga   kirib,   ularni
4
  at-Tabari II: 1146-1147-bet
8 egalladilar.   Muso   shaharni   qo lga   olib,   tirmizshohga   “Sen   shaharni   tarkʼ
etsang, men senga va odamlaringga qarshilik qilmayman”, – dedi  5
.
``Futuh   al-Buldon``   asarining   XXIV   bobi   `` at-Tirmiz   qamali ``   deb
nomlanadi.   Unda   arablarning   Termizni   egallash   jarayoni   keltiriladi.
Quyidagicha ma`lumot keltiriladi :   al-Mufaddal ibn al-Muhallab 704- 7 05 yilda
Xuroson   voliysi   etib   tayinlandi.   al-Muhallab   ibn   Аbu   Sufra   o g illariga	
ʼ ʼ
“Musodan   ehtiyot   bo linglar!   U   Xurosonda   ekan,   sizlar   ham   voliy   bo lib	
ʼ ʼ
qolasizlar,   u   ketishi   bilan   o rningizga   Xurosonga   boshqa   odam   voliy   bo lib	
ʼ ʼ
keladi”,   –   deb   uqtirgan   edi.   Shuning   uchun   al-Muhallab   ham,   undan   keyin
voliy bo lgan Yazid ibn al-Muhallab ham Musoga qarshi yurish qilmaganlar.	
ʼ
Shu   bilan   birga   ular   Oxarunga   va   al-Xuttalga   yurishlar 6
,   lekin   at-Tirmizga
bormaganlar. al-Maqdisiy keltirgan ma lumotga ko ra, al-Muhallab Muso ibn	
ʼ ʼ
Аbdullohni at-Tirmizga yubordi va Muso  at-Tirmizga borib, uning atrofidagi
yerlarga yurishlar qildi 7
. Bizningcha al-Muhallab ibn Аbu Sufra Kesh qal asini	
ʼ
qamal   qilib   turgan   vaqtlarda   Muso   ibn   Аbdulloh   at-Tirmizdan   uning   oldiga
tashrif amalga oshiradi va undan ma`lum ko rsatmalar olib ortga qaytgan. al-	
ʼ
Mufaddal   ibn   al-Muhallab   o zining   mansabidan   chetlatilishini   sezib   qoladi,	
ʼ
otasi   tomonidan   uqtirilgan   ko rsatmasiga   amal   qilmasdan   o zini   xalifaga	
ʼ ʼ
yaxshi ko rsatish uchun Musoga qarshi yurishni amalga oshiradi.	
ʼ
Shuningdek   arab   sayohatchi   olimi   Ibn   Xavqalning   asarlarida   ham   O`rta
Osiyo tarixiga oid qimmatli ma`lumotlar uchraydi.   977-yildа Ibn Hаvqаlning
"Kitob surаt аl-аrz"   ("Yеrning surаti hаqidаgi kitоb") nоmli аsаri dunyo yuzini
ko‘rdi.   Аsаrning   ikkinchi   nоmi   –   "Kitоb   mаsоlik   vа-l-mаmоlik"   ("Mаsоfаlаr
vа mаmlаkаtlаr kitоbi"). Muаllif Istахriyning аsаrini аsоs qilib O’z asarida Ibn
Hаvqаl   Mоvаrоunnаhr   vа   Fаrg‘оnаning   hаr   tоmоnlаmа   jug‘rоfiy   tаvsifini
bеrаdi.   Muаllif   Fаrg‘оnа   vоdiysining   Ахsikаt   (pоytахt),   Qubо,   O‘zkаnd,
Аsbаrа   (Isfаrа),   So’х,   Аvvаl,   Kоsоn   kаbi   shаhаrlаri,   shuningdk,   Miyоn
5
  at-Tabari II: 1148-bet
6
  at-Tabari II: 1049; al-Beladsori: 417 -bet
7
  Al-Maqdisi VI:  Al-Balazuriy.,   34 -bet
9 Rudоn (Ikki dаryo – Nоrin vа Qоrаdаryo оrаlig‘i) muzоfоtigа аlоhidа to‘хtаlib
o‘tаdi. Ibn Hаvqаl аsаrigа Mоvаrоunnаhrning хаritаsini ilоvа qilаdi. Bu O‘rtа
Оsiyoning   birinchi   хаritаsi   edi.   Undа   Jаyhun   dаryosi,   Buхоrо,   Sаmаrqаnd,
Shоsh vа Isfijоb kаbi shаhаrlаr, shuningdk, Usrushоnа vа Хоrаzm vilоyatlаri
tаsvirlаngаn 8
.
Shuningdek   Muhammad   Muso   al-Xorazmiy   ham   birinchilardan   bo`lib
tarixga   oid   asar   yaratgan   edi.   Uning   ``Kitob   at-tarix``   asari   bizgacha
mukammal kitob holida yetib kelmagan bo`lsa-da, undan oilngan parchalarni
so`ngi   davr   tarixchilari   Ibn   an-Nadim,   al-Ma`sudiy,   at-Tabariylar   o`z
asarlarida   keltiradilar.   Bu   kitobni   Abu   Rayhon   Beruniy   o`zining   ``Osor   ul-
Boqiya``   asarida   ham   eslatadi.   Mazkur   asar   xalifalik   tarixiga   oid
ma`lumotlardan iborat 9
.
Somoniylar   davriga   oid   tarixiy   manbalar   ham   ko’plab   uchraydi.   Bizga
ma’lumki somoniylar davrida xo’jalik, iqtidoiy ahvol, savdo-sotiq va ayniqsa
dehqonchilik   ancha   ravnaq   topadi.   Xiroj   solig’i   kirim-chiqimlarni   katta
qismini   qoplagani   uchun   sulola   aynan   dehqonchilikni   rivojlantirishga
homiylik   qiladi.   Vaqf   mulklari   ham   anchayin   kengayadi.   Mamlaktning
iqtisodiy   holati     haqida   Abul   Fazl   Balami   quyidagicha   ma`lumot   beradi:
``Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning
birgina   Buxoro   va   Karmana   viloyatlari   xirojidan   tushgan   daromadi   116866
dirxamni tashkil qilgan 10
.`` 
1.2§.  Qoraxoniylar davri tarixiga oid manbalar
8
  Abdumajid Madraimov, Gavhar Fuzailova., Manbshunoslik., Toshkent-2008., 150-bet
9
 Abdumajid Madraimov, Gavhar Fuzailova., Manbshunoslik., Toshkent-2008., 144-bet
10
 В арабском предисловии Балами к персидскому переводу сочинения ат-Табари. См.: 
Абу-л-Фазл ал-Балами. Т. l. С. 11. 
10 X asr o’rtalarida Abdulkarim Sotuk Bug’roxon tomonidan asos aolingan
qoraxoniylar   davlati   zamonasining   yetakchi   sulolalaridan   biri   edi.
Qoraxoniylarning   o’lkamizga   kirib   kelishining   yana   bir   xususiyati   shundan
iborat   ediki,   etnik   jarayonlar   va   o’zbek   xalqining   shakllanishida   muhim   rol
o’ynagan.   Ushbu   turkiy   sulola   boshqaruvi   davrida   ham   turkiy   boshqaruv
asoslari qaror topadi.
Qoraxoniylar   dastlab   tashkil   topgan   Yettisuv   va   Sharqiy   Turkiston
hududlaridan   Movarounnahrga   tomon   siljib   boshlaydi.   Ma`lumki,   bu   davrda
Movarounnahr Somoniylar boshqaruvida edi. Dastlabki hujumni Qoraxoniylar
992-yilda   Nasr   Eloqxon   rahbarligida   Somoniylar   markazi   Buxoroga   amalga
oshiradi.   Nasr   Eloqxonning   o’limidan   so’ng   oradan   ma`lum   vaqt   o’tgach
Movarounnahrdagi hokimiyat Qoraxoniylarning Hasaniylar sulolasiga mansub
Alitegin   qo’liga   o’tdi.   E’tiborli   tomoni   shundaki,   pragmatik   boshqaruvni
amalga   oshirgan   Movarounnahrni   uzoq   yillar   boshqargan   Alitegin   bilan
Qoraxoniylarning   ulug’   xoni   (tamg’achxon)   Yusuf   Qodirxon   ikkalasining
orasida yaxshi munosabat o’rnatilgan edi. Bu munosabatning yanada kuchayib
ketishidan   ho’chigan   Mahmud   G’aznaviy   Yusuf   Qodirxon   bilan   kelishib
Aliteginga   qarshi   ish   tutdilar.   Ular   1025   -   yilda   Movarounnahrga   yurish
qildilar.   Alitegin   Zarafshonning   o’ng   oqimida   yashayotgan   ko’chmanchi
turkman   qabilalari   va   Saljuqxonning   nabiralari   Ismoil,   To’g’rul   va
Dovudlardan   yordam   so’raydi.   Bu   jangda   Qoraxoniylar   mag’lubiyatga
uchragan   bo’lsalarda,   Alitegin
Movarounnahrda   o’z   hokimiyatini   saqlab   qolishga   muvaffaq   bo’ldi 11
.
Movarounnahr   yeriga   batamom   o’rnashib   olganlaridan   so’ng   ko’p   vaqt
o’tmasdan,   ya’ni   1015   –   1016-yillar   Qoraxoniylar   davlatiga   mansub
xonzodalar
buyuk   xonlik   mansabini   olish   yo’lidagi   kurashlari,   ayrim   o’lkalarni   egallab
11
  B .  Eshov .  O'zbekiston davlatchiligi tarixi. T. : “Ma’rifat”. 2009. 234-235 betlar.
11 olish
niyatida   olib   borgan   o’zaro   urushlari   qoraxonlar   hukmrohligini   birmuncha
ojizlashtiradi va oxir-oqibatda davlatning bo’linib ketishiga olib keladi. 1041 -
yilda   Qoraxoniylar   davlati   ziddiyatlar   oqibatida   ikkiga:   g’arbiy   va   sharqiy
qismlarga bo’linib ketadi .
  XI   asr   o’rtalariga   kelib   Xurosondagi   G’aznaviylar   davlati   Saljuqiylar
tomonidan   yo’q   qilindi.   Movarounnahrdani   esa   Qoraxoniylar   o’z   qo’llarida  
saqlab qoldilar va bu yerda Ibrohim ibn Nasrning siyosiy faoliyati boshlanadi.
U   yangi   poytaxt   qilib   o’ziga   Samarqandni   tanladi   va   shu   yerdan   turib
hokimiyatni   boshqardi   (1040-1068).   Ibrohim   ibn   Nasr   bilan   Saljuqiylar
o’rtasidagi   munosabat   ancha   yomon   edi.   U   Saljuqiylarning   bir   necha
hujumlarini   qaytarishga   erishgan.   1068   -   yilda   Ibrohim   ibn   Nasr   vafotidan
keyin   unng   o’g’illari   o’rtasida   taxt   uchun   kurash   boshlanib,   bu   kurashda
Shamsulmulk   g’alaba   qozonib   hokimiyatni   egallaydi 12
.   1072   -   yilda   Saljuqiy
Sulton   Alp   Arslonning   vafotidan   foydalangan   qoraxoniy   Shamsulmulk
Saljuqiylarga   tegishli   bo’lgan   Termiz   va   Balx   viloyatlarini   egalladi.   Ammo,
ko’p   o’tmay   Alp   Arslonning   vorisi   bo’lgan   Sulton   Malikshoh   boshchiligida
Saljuqiylar Qoraxoniylarni qaytarib yubordilar. 1080-yilda Shamsulmulk vafot
etib taxtga qoraxoniy Ahmad o’tiradi. Ahmadxon davrida musulmon ulamolari
va turk lashkarboshilari o’rtasidagi  kurash avj olib ketadi. 1088-1089-yillarda
saljuqiylar   sultoni   Malikshoh   Movarounnahrni   bosib   olishga   qaror   qildi.
Malikshoh   qo’shinlari   Amudaryodan   kechib   o’tib   Buxoro
tomonga   yurdi   va   shaharni   egalladi.   So’ngra   Qoraxoniylar   davlati   poytaxti
Samarqandga yurish qildi. Ibn al-Asir quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “482-
yilda   (milodiy   16.03.1089   -   5.03.1090)   Sulton   Malikshoh   Samarqandni
egalladi.
Samarqandda   o’sha   paytda   Shamsulmulkning   ukasi   Ahmadxon   ibn   Xidrxon
hokimlik   qilar   edi.   Ahmadxon   esa   Malikshohning   rafiqasi   Turkonxotin
12
  K. Sh. Shoniyozov. “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni”. T., “Sharq”. 2001. 237-bet .
12 ukasining   o’g’li   edi” 13
.   Ahmadxon   esa   asir   olinadi.   Malikshoh   Samarqand
hokimi etib Abu Toxir Xorazmiyni tayinlaydi va Isfaxonga qaytib ketadi. Tez
orada   Malikshoh   Qoraxoniylar   hukmdorini   (Ahmadxon)   ozodlikka   chiqaradi.
Ehtimol, bunga rafiqasi Turkonning Qoraxoniylar urug’idan bo’lganligi sabab
bo’lishi  mumkin. Ahmadxon  Samarqandga  qaytadi  va Saljuqiylarning vassali
bo’lib   qoldi.   Ahmadxonning   Saljuqiylarga   bo’ysunishi   lashkarboshilar   va
ruhoniylarning   noroziligiga   sabab   bo’ldi.   Ahmadxon   1095   -   yilda   fitna
uyushtirilib   o’ldiriladi.   Qoraxoniylarning   nomdor   hukmdorlaridan   yana   biri
Muhammad   Arslonxon   (1102-1130)   edi.   Bu   xon   ham   xudojo’y,   mamlakatni
odilona boshqarishga intilgan kishi bo’lgan. Lekin uning davrida xonlar bilan
ruhoniylar o’rtasida oldin boshlangan raqobat davom qilib kelgan. Samarqand
shahrining raisi Ashraf Muhammad as-Samarqandiy Arslonxonga qarshi fitna
uyushtiradi.   Xon   fitnachilarni   qo’lga   olib,   raisni   qatl   etishga   buyuradi.
Ruhoniylarning tarafini  olib kelgan saljuqiylar  sultoni Sanjar qo’shin boshlab
Movarounnahrga   bostirib   kirib   Samarqandni   qamal   etadi.   Qizig’i   shundaki,
ruhoniylarning   katta   bir   qismi   Sanjar   nomiga   maktub   yozib   o’z   xonlarini
himoya   qiladilar.   Ammo   saljuqiylar   sultoni   Arslonxonni   unga   (Sanjarga)
suiqasd   uyushtirgan   deb   ayblab,   Samarqandni   zabt   etadi.   Kasal   yotgan
Arslonxon Sanjarning hukmi bilan 1130 - yilda Balx shahriga, qizining oldiga
jo’natiladi.   U   ko’p   vaqt   o’tmay   vafot   etadi 14
.   1130   -   yilda
Arslonxonning   o’g’li   Nasr   taxtga   o’tiradi.   Qoraxoniylar   o’z   mustaqilligini
deyarli   yo’qotib   Saljuqiylarga   qaram   bo’lib   qoldilar.   Oradan   ko’p   o’tmasdan
Movarounnahrga yangi ko’chmanchi qabilalar Qoraxitoylar (kidanlar) hujumi
xavfi paydo bo’ldi. XII asrning 30 – yillarida Qoraxitoylar Sharqiy Turkiston
va Yettisuvni bosib oldilar. G’arbiy Qoraxoniylarning ham ahvoli yaxshi emas
edi.   1137-yilda   Xo’jand   yaqinidagi   bo’lgan   jangda   Qoraxitoylar   qo’shini
qoraxoniy   Mahmudxon   qo’shinlarini   tor-mor   etdilar.   Bu   paytda   Xorazmni
13
 B. Eshov. O'zbekiston davlatchiligi tarixi. T. : ―Ma‘rifat.  2009. 234-235  betlar .
14
  Ибн ал-Асир. Ал-Камил фи-т-тарих. (Перевод с арабского языка, примечания и коментарии 
П.Г.Булгакова, дополнения к переводу, примечаниям и комментариям, ввдение и указатели
13 egallash   bilan   band   bo’lgan   Sulton   Sanjar   o’z   vassal   Mahmudxonga   yetarli
yordam   bera   olmadi.   Samarqand   talon-taroj   qilinib,   katta   tovon   undirilgach,
Qoraxitoylar  orqaga  qaytdilar.  1141  -  yilda Qoraxitoylar   yana  Movarounnahr
yerlariga   bostirib   keldilar.   Ularning   hujumini   to’xtatish   uchun   Sulton   Sanjar
katta   qo’shin   bilan   Samarqand   yaqiniga   yetib   keladi.   Bu   safar  
  jang   Samarqand   yaqinidagi   Qatvon   cho’lida   bo’ldi.   Hal   qiluvchi   bu   jangda
Sulton   Sanjar   va   qoraxoniy   Mahmudxonlarning   birlashgan   qo’shinlari
Qoraxitoylar   tomonidan   mag’lub   etildi.   Sanjarning   Qatvon   cho’lidagi   1141   -
yilgi   katta   mag’lubiyatidan   so’ng   butun   Turkiston   o’lkasiga   shimoldan   yo
Amudaryogacha   bo’lgan   hududlarga   shimoliy   Xitoy   tomondan   Qoraxitoylar
yoki   g’arbiy   Lyaolar   kirib   kedi 15
.   Endi   Qoraxoniylar   Qoraxitoylarga   qaram
bo’lib   qolishdi.   Lekin   Qoraxitoylar   bevosita   davlatning   ichki   ishlariga
aralashmaganlar.  Butun XI-XII asrlar O’rta Osiyo siyosiy hayotida Saljuqiylar
sulolasidan   chiqqan   hukmdorlar   faollik   ko’rsatdilar.   Saljuqiylar   sulolasiga
o’g’uzlarning   qiniq   urug’idan   bo’lgan   Saljuqbek   asos   solgan.   Ma’lumotlarga
ko’ra,   1025   –   yilda   Movarounnahrdagi   Saljuqning   nabiralari   Mahmud
G’aznaviyga   murojaat   qilib   Shimoliy   Xurosonga   ko’chishni   (4000   oila)
so’raydilar. Mahmud G’aznaviyning ruxsati bilan shu yili Saljuqning nabiralari
boshliq   qiniq   qabilalari   Saraxs,   Farova   va   Obivard   atroflariga   joylashib,   bu
hududlardagi   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy   hayotga   tezda   aralashib   ketdilar.
Ayniqsa,   Sulton   Alp   Arslon   (1063-1072)   va   Sulton   Malikshoh   (1072-1092)
hukmronligi   davrida   Saljuqiylar   davlatining   hududlari   yanada   kengayib,
mamlakatning   yuksalgan   davri   bo’ldi.   K.   E.
Bosvortning ta’kidlashicha Sulton Malikshoh sharqda G’aznaviylarni Xorazm
hamda   g’arbiy   Afg’oniston   hududidan   surib   chiqarishga   erishdi.
Hukmronligining   oxirlariga   kelib   Malikshoh   Movarounnahrga   yurish   qilib
Qoraxoniylarni   o’ziga   bo’ysundirdi.   O’zganni   ham   qo’shib   olgandan   so’ng
15
  К. Э. Босворт. ―Мусулманские династии . Москва. Изд. ―Наука. 1971. C. 159.‖
14 Qoshg’ar xoni uning oily hokimiyatini tan oldi 16
. Sulton Malikshoh vafotidan
so’ng uning vorislari o’rtasida taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik
kurashlardan   so’ng   Sulton   Malikshohning   o’g’li   Sulton   Sanjar   (1118-1157)
taxtni   egallashga   muvaffaq   bo’ladi.   Abulhoris   Sanjar   Buyuk   Saljuqiylar
imperiyasining   so’ngi   sultoni   edi.   Sulton   Berkyoriq   va   Muhammad   Topar
davrida u Xurosonda hokimlik qilgan. 1118 - yilning 18 - aprelida Saljuqiylar
sultoni Muhammad Topar vafot etadi. Taxtga uning 14 yoshli o’g’li Mahmud
o’tiradi.   Bu   esa   Sanjarning   noroziligiga   sabab   bo’ladi.   Sulton   Mahmud   va
Sanjar o’rtasida 1118 - yil 14 – avgustda to’qnashuv bo’ladi. Bu jangda Sanjar
g’alaba qozonadi hamda Buyuk Saljuqiylar davlati sultoniga aylanadi . Sulton
Sanjar   boshqaruvi   davrida   Sharqiy   Saljuqiylar   davlati   O’rta   Osiyodagi   eng
qudratli   davlat   edi.   Juda   ko’plab   harbiy   zafarlar
evaziga   Xuroson   va   unga   qo’shni   bo’lgan   boy   o’lkalarni   qo’shib   oldi.
Saljuqiylar   qo’shini   Movarounnahr   va  Yettisuvdan  juda  katta  o’ljalar   olishdi.
Sulton   Sanjarning   Qatvon   cho’lidagi   Qoraxitoylardan   mag’lubiyati   markaziy
hokimiyatga     qarshi   kuchlarning   bosh   ko’tarishiga   olib   keldi.   Xorazmshoh
Otsiz   Xurosonni   egallashga   kirishdi.   1143   -   yilda   Sulton   Sanjar   Otsiz   ustiga
qo’shin   tortishga   majbur   bo’ladi.   Ikki   o’rtada   sulh   tuzilib   Otsiz   vaqtincha
bo’lsada Sulton Sanjarga tobeligini bildiradi 17
.
XI asr birinchi yarmi O’rta Osiyoning siyosiy hayoti tarixini o’rganishda
“Tarixi   Mas’udiy”   asarining   o’rni   beqiyosdir.   Bu   asar   muallifi   Abulfazl
Muhammad ibn al-Husayin al-kotib al-Bayhaqiydir ( 995-1077 ). U Eronning
Nishopur   shahrida   badavlat   mansabdor   oilada   dunyoga   kelgan   va   ko’p   yillar
davomida   G’aznaviylar   davlatida   turli   lavozimlarda   faoliyat   ko’rsatgan.
Abulfazl Bayhaqiyning “Tarixi Oli Mahmud” asari 30 jilddan iborat bo’lgan.
Lekin bizgacha uning faqat kichik bir qismi (6-jildining ikkinchi qismi, 7, 8, 9
jildlari   hamda   10-jildning   bir   qismi)   yetib   kelgan   xolos.   Bu   qismlar   Sulton
16
 К. Э. Босворт. ―Мусулманские династии. Москва. Изд. ―Наука. 1971. C. 163.
17
  В. М. Запорожец. ―Сельджуки. Москва. ―Воениздaт. 2011. C. 165-166.
15 Mas’ud   (1030-1041)   hukmronligi   davri   tarixini   o’z   ichiga   olgan   va   “Tarixi
Mas’udiy”   nomi   bilan   ham   ma’lum 18
.   Bu   asar   yana   oddiygina   qilib   “Tarixi
Bayhaqiy” deb nomlanadi, bunday nomlanish birinchi bor Morley tomonidan
Kalkuttada   (1862)   chop   etilgan   matnida   va   keyinroq   Tehronda   (1307/1889-
90 ) chop etilgan matnida uchraydi. Muallifning o’z asarini qanday nomlagani
esa   bizga   nomalumdir.   Muallif   va   uning   asari   haqida   uning   vatandoshi   Abul
Xasan   Bayhaqi   o’zining   “Tarixi   Bayhaq”   asarida   ma’lumot   bergan.   Ammo
Abul   Xasan   asarning   birirta   to’liq   nusxasini   emas   balki   faqat   alohida   bir
qisminigina   ko’rgan   xolos.   Asarning   birinchi   jildidagi   (Sulton   Mahmud
haqidagi   )   ma’lumotlarni   XV   asrga   oid   Xofizi   Abruning   asarida   ham
uchratishimiz   mumkin.   ‘Tarixi   Mas’udiy”   muallif   o‘zi   ko‘rgan   va   ishonchli
kishilardan   eshitganma’lumotlar,   shuningdek,   xukumat   mah-kamalarida
saklanayotgan   rasmiy   xujjatlar   yozilgan.   Asar   daliliy   ma’lumotlarga   boyligi,
voqealarning   chuqur   va   atroflicha   bayon   etilishi   va   nihoyat,   zo‘r   badiiy
mahorat  bilan yozilganligi bilan boshqa  tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarda
G’aznaviylar   davlatining   ijtimoiy-siyosiy   hayotiga   alohida   to’xtalib   o’tilgan.
Bundan tashqari G’aznaviylar bilan qo’shni davlatlar o’rtasidagi munosabatlar
jumladan,   Xorazm,   Saljuqiylar,   Qoraxoniylar   bilan   bo’lgan   siyosiy   aloqalar
mohirlik   bilan   yoritib   berilgan.   Ayniqsa,   G‘aznaviylar   bilan   Xorazm,
Saljuqiylar hamda Qoraxoniylar davlati o‘rtasida bolgan siyosiy munosabatlar
haqida qimmatli ma’lumotlar ko’p.
“Tarixi Mas’udiy” asarining bir qancha qo’lyozma nusxalari mavjud. Ular
orasidagi   eng   eng   muhimi   XVI   asrda   Hindistonda   ko’chirilganidir.   Bu
qo’lyozma   bugungi   kunda   Londondagi   Britaniya   muzeyida   saqlanmoqda.   Ilk
bor   “Tarixi   Mas’udiy”   asarining   forsiy   matnini   ingliz   sharqshunosi   U.   H.
Morley   nashrga   tayyorlagan.   Ammo   kitob   uning   vafotidan   keyin
Hindistonning Kalkutta shahrida 1862-yili chop etilgan. Oradan 25 yil o’tgach
“Tarixi Mas’udiy” asarining matni Tehronda toshbosma usulda yana nashrdan
18
  B .  Ahmedov  “ O ’ zbekiston   tarixi   manbalari ”  T , “ O ’ qituvchi ”, 2001, 152- bet .
16 chiqdi (1886). Ushbu matn Adib Peshovariy nomi bilan mashhur eronlik olim
Ahmad Peshovariy  tomonidan  sharhlanib nashr  etildi. U  matnni   tayyorlashda
Morley nashriga murojaat etgan, lekin qo’lyozmaga asosiy etiborini qaratgan.
Asar   matni   nasx   xatida   bosmaga   tayyorlangan1.   Forscha   matnning   tahliliy
nashri   to’ldirishlar   bilan   birga   1945-yilda   Tehron   universiteti   professorlari
G’ani   va   Fayoz   tomonidan   chop   etganlar.   Said   Nafisiy   1941-54-yillari,
Asarning arabcha tarjimasi ham bo’lib Qohirada universitet professori misrlik
Yahyo   Hashshob   va   eronlik   olim   Sodiq   Nashot   tomonidan   chop   etilgan.   Bu
nashr   haqida   taniqli   arab   olimi   Taxo   Husayin   Tehronda   chop   etiladigan
Yag’mo   jurnalida   qisqagina   ma’lumot   berib   o’tgan.   XI   asrga   oid   muhim
manbalardan biri Abu Nasr Muhammad ibn Abduljabbor al-Utbiy (961-1022;
boshqa ma’lumotlarda vafoti 1036 yoki 1040) yozib tamomladi. Muallif asosiy
e’tiborini   Sulton   Mahmud   nomini   ulug’lashga   qaratadi,   lekin   g’aznaviylar
tomonidan   tomonidan   amalgam   oshirilgan   zulmni   xolisona   ta’riflab   bergan.
Asar   X   asrning   ikkinchi   yarmi   –   XI   asrning   birinchi   choragi   O’rta   Osiyo
tarixiga   oid   asosiy   manbalardan   biri   hisoblanadi.   Al-Utbiy   asari   qaysi   davr
voqealarini   yoritishi   haqida   akademik   V.   V.   Bartold   bizga   aniqroq   ma’lumot
qoldirgan   va   quyidagi   fikrni   bildirgan:   “Bu   asardan   biz   365-412   hijriy   yil
voqealari haqida to’liq ma’lumot olamiz; Utbiyning ushbu davrga oid ishi Ibn
al-Asir va boshqa mualliflar uchun asosiy manba bo’lib xizmat qilgan. Asarda
Qoraxoniylarning Movarounnahrni bosib olishi haqida keltirilgan ma’lumotlar
benihoyat qimmatlidir. “Tarixi Yaminiy” o’rta asr  tarixshunosligiga xos og’ir
uslub   (saj)   bilan   yozilgan   .   Arabcha   nusxasi   1847-yili   Dehlida   Shprenger
tomonidan nashr  etilgan.  Boshqa  bir  nashr  shayx  Maninining filologik sharhi
bilan   Qohirada   1296-1869-yilda   chop   etilgan.   1301-1883-yilda   Utbiy   asari
yana   Qohirada   Ibn   al-Asir   matni   bilan   birga   nashr   etilgan.   Peterburg   Fanlar
Akademiyasi   Osiyo   muzeyida   “Tarixi   Yaminiy”ning   663-1265-yilda
ko’chirilgan   ajoyib   qo’lyozma   nusxasi   saqlanadi.   Utbiy   asari   602-1205-yilda
Abu   Sharif   Nosih   ibn   Ja’far   al-Jarbodaqoni   tomonidan   fors   tiliga   tarjima
17 qilingan. Bundan tashqari 1874-yilda Buloq va 1883-yilda Lohur shaharlarida
chop   etilgan 19
.   Undan   ayrim   parchalar   K.Shefer,   T.Nyoldeke,   G.Elliot   va
N.Douson tomonidan fransuz, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. Asarni
Londonda 1858-yili Reynolds ingliz tiliga tarjima qilgan 20
. 
XI  asrning   mashhur   tarixchilaridan  biri   Abu  Sa‘id  Abdulhay  ibn  Zaxxok  ibn
Mahmud Gardiziydir. U G‘azna yaqinidagi gardiz qishlog‘ida tavallud topgan.
Uning   mashhur   asari   ``Zayn   ul-axbor``   (``Tarixlar   bezagi``)   deb   nomlanib
G‘aznaviy   Sulton   Abdurashid   (1049-1053)   ga   bag‘ishlangan.   ``Zayn   ul
axbor``ning   to‘liq   matnini   nashr   etgan   Abdulhay   Habibi   so‘ngi   dalillarga
asoslanib   Gardiziyning   tug‘ilgan   yilini   aniqlashga   harakat   qildi   va   taxminan
1008-1009-yillar   deb   belgiladi.   Asarning   ``Xuroson   amirlari   haqida   xabar``
deb   nomlangan   yettinchi   bobining   so‘ngi   qismida   Gardiziy   Sulton
Mahmudning   Hindiston,   Nimro‘z,   Xorazm   va   Iroqqa   qilgan   yurushlariga
guvoh bo‘lganligini yozadi. Agar asar muallifi o‘sha paytda 20 yoshda bo‘lgan
bo‘lsa, u taxminan
1008-1009- yillarda tug‘ilgan, o‘zining kitobini yozgan paytda u qirq yoshdan
oshgan edi. Gardiziy sharq mualliflarining tarixiy va geografik asarlarini juda
yaxshi   bilgan,   o‘z   zamonasining   yuksak   madaniyatli   kishisi   ekanligi   haqida
uning   yozgan   asari   guvohlik   beradi.   ``Zayn   ul-axbor``   voqealari   Qadimgi
dunyo   davridan   boshlanib   G‘aznaviy   hukmdorlaridan   Sulton   Mavdud   (1041-
1051)   va   Sulton   Muhammad   (1030-1031;   yana   1041)   o‘rtasida   1041-yili
Dinovorda   bo‘lgan   urushgacha   Xurosonda   sodir   bo‘lgan   voqealar   haqida
hikoya   qiladi.   Gardiziy   mazkur   asarini   yozishda   as-Sallomiyning   ``Kitob   fi
axbor   vuloti   Xuroson``,     al-Jayhoniyning   ``Ajoyib   al-buldon``,   shuningdek,
ibn   al-Asir   hamda   ibn   Xalliqon   asarlaridan   ham   foydalangan 21
.   Ushbu
asarning   yagona   mashhur   qo‘lyozmasi   Oksforddagi   Bodli   kutubxonasida
19
  В.В.Бартольд. ―Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Соч. т. I. М, Изд. 
―Восточной литературы.,1963.  C . 64-65.
20
  A .  Madraimov ,  G .  Fuzailova . “ Manbashunoslik ”  T , “ O ’ zbekiston   faylasuflari   milliy  
jamiyati ”, 2008, 152- bet .
21
 B. Ahmedov ―O‘zbekiston tarixi manbalari., T, ―O‘qituvchi., 2001, 148-bet.
18 saqlanadi. Gardiziyning bayon etish uslubi juda oddiy bo‘lib katta qiyinchilik
tug‘dirmaydi lekin asosiy qiyin tomoni keyinroq ko‘chirilgan qo‘lyozmalarda
saqlanib   qolgan   ko‘p   ma‘noli   qadimiy   so‘z   va   shakllardir.   Ayrim   so‘z   va
shakllarning ma‘no-mazmuni ko‘chiruvchi xattotlarga nomalum bo‘lgan va bu
matnda   tushunmovchiliklarga   sabab   bo‘lgan 22
.   Nemis   sharqshunosi
Markvartning   ma‘lum   qilishicha   bu   asar   bilan   Edvard   Zaxau   qiziqqan   va
Oksforddagi   Bodli   kutubxonasidagi   sharq   qo‘lyozmalari   bo‘limida   tadqiq
etgan.   Uning   vafotidan   so‘ng   bu   ishni   G.   Ete   davom   ettirgan   va   ``Zayn
ulaxbor``ni to‘liq tavsiflab bergan. Bodli qo‘lyozmasidan tashqari yana boshqa
bir qo‘lyozma Kembrij qirollik kolleji kutubxonasida saqlanadi 23
.
22
  http//www.drevlit.ru/texts/g/gardizi1php
23
 http//www.vostlit.info/Texts/rus7/Gardizi/predphtm/?id=298
19 II Bob. Mo`g`ullar va Temuriylar davri tarixiy manbalari va
tarixshunosligi
2. 1  §.  Mo`g`ullar davri tarixshunosligi
Mo`g`ullar   imperiyasi   tarixdan   ma`lumki   bir   necha   markazlashgan
davlatlarni   barpo   etgan.   Aynan   shu   davlatlardan   biri   1224-yilda   tarkibiga
Movarounnahr,   Sharqiy   Turkiston   hududlarini   olgan   Chig`atoy   ulusidir.   Bu
davr   tarixini   yoritib   beruvchi   manbalar   sirasiga   Alouddin   Atomalik
Juvayniyning ``Tarixi Jahonkusho`` asarini keltirish joizdir. Ushbu asarga o`z
davrida   Mirzo   Muhammad   ibn   Abdulvahhob   Qazviniy   maxsus   muqaddima
bitgan. Muarrix quyidagicha fikr bildiradi ``Islomiyatdan bugungi kunga qadar
maydonga   kelgan   muhim   voqea,   balki   butun   davrlarning   muhim   hodisasi
mo`g`ul   istilosini   yuzaga   chiqargan   qo`rqinchli   voqealardir.   Mo`g`ullar
hujumlari hijriy XIII asrning boshlarida Sharq zaminida boshlangan, 30-40 yil
ichida   Chin   dengizi   sohillaridan   Suriya   va   Misr   chegaralariga,   Dashti
Qipchoq, Rusiya, Polsha va Mojaristondan Basra ko`rfaziga qadar va Ummon
dengiziga   qadar   tarix   guvoh   bo`lgan   juda   keng   hududni   qamrab   olgan.   656
(1258)   yilga   kelib   ildizi   qadimgi   zamonlarga   borib   taqalgan   Abbosiylar
xalifaligini   ham   qulatgan 24
.``   Aynan   manashu   ziddiyatlar   va   fitna   alomatlari
maydonga   chiqqan   halokat   vaqtida   bu   vaxshiylarning   o`t   qo`yishlari   va   qatli
omlariga   eng   ko`p   nishon   bo`lgan   o`lka   bu   baxtsiz   Eron   (va   Markaziy
Osiyo)dir.   Mo`g`ullarning   dunyodagi   mamlakatlarning   ulkan   zararlariga
sababchisi bo`lgan shiddatli to`foni Orta sharqning hamma tomonlarini vayron
qildi,   bu   baloning   dunyoni   kuydurgan   olovi   Eronni   batamom   alangaga   tutdi,
aynan   shun   kabi   hodisalar   paytida   millionlab   aybsiz   kishilar   o`ldirildi,
shaharlar, qasabalar va qishloqlar butunlay vayron qilindi. 
24
  Mirzo Muhammad Abdulvahhob Qazviniyning ``Tarixi Jahonkusho`` asariga maxsus 
muqaddimasidan. 11-bet.
20 Eronda mo`g`ul bosqinining keltirgan yomon falokati ilm va adabiyotni
butunlay   yo`q   qilolmasa-da,   aynan   shu   sohaning   eng   past   saviyaga   tushib
qolganidadir.   Islomiy     bo`lgan   ilmlarni   va   adabiyotni   biroz   bilgan   kishi
mo`g`ul   istilosidan   avval   va   so`ngra   yozilgan   kitoblarni   taqqoslay   olsa,
oradagi juda katta farqni tushuna oladi. Shuning bilan bir qatorda adabiyotning
xususiy   bir   bo`limi   hisoblangan   tarix   ilmining   mo`g`ullar   davrida   ham
ilgarilashi va rivojlanishi xayron qolarli holdir. Bugunga qadar yozilgan tarix
kitoblarining   eng   yaxshilaridan   biri   bo`lgan,   1259-yilda   yozilgan   Аlouddin
Аtomalik   Juvayniyning   “Tarixi   Jaxongusho``si,   G`azonxon   va   Uljaytuning
vaziri Rashiduddin Fazlulloh tomonidan 1310-1311-yildan yozila boshlangan
“Jome u-t-tavorix” nomli qimmatli va keng qamrovli tarixiy kitobi, 1327-yildaʼ
yozilgan,   Аbdulloh   bin   Fazlulloh   ash-Sheroziyning   “Tarixi   Vassof”   nomi
bilan   ham   ataladigan   “Tajziyatu-l-amsor   va   tazjiyatu-l-osor”   nomli   tarixga
bag`ishlangan kitobi, “Jome u-t-tavorix” asariga nazira va ilova tarzida 1329-	
ʼ
yilda   yozilgan   Аbdulloh   Аbu   Bakr   bin   Аxmad   bin   Nasr   al-Mustavfiy
Qazviniyning “Tarixi guzida”kitobi,   1334-yilda “Shohnoma” tarzida bitilgan
yigirma besh ming baytdan iborat arab tarixi, yigirma ming bayti Eron tarixi,
o`ttiz   ming   bayti   mo`g`ul   tarixini   qamrab   olgan   yetmish   besh   ming   baytlik
“Zafarnoma”   nomli   ulug`   tarix   kitobi,   1317-yilda   Аbu   Sulaymon   Dovud   bin
Аbul   Fazl   Muxammad   al-Banokatiy   qalamiga   mansub   “Tarixi   Banokatiy”
nomi bilan ham ataladigan “Ravzatuli-l-albob fi ta-vorixu-l-akobir val ansob”,
1275-yilda   yozilgan   mashhur   “Tafsiri   Bayzoviy”   asari   muallifi   Nosiriddin
Аbu Sa id Аbdullox bin Umar bin Аli al-Bayzoviyning Eron sultonlari haqida	
ʼ
qisqa   shaklda   yozgan   “Nizomu   at-tavorix”,   Аbu   Sa idning   saltanati   davrida	
ʼ ʼ
1332-yilda   Muxammad   bin   Аli   Muxammad   bin   Muxammad   bin   Xusayn   bin
Аbu   Bakr   ash-Shabonariyning   “Majma u-l-ansob”   kabi   qimmatli	
ʼ
manbalarning hammasi mo`g`ullar hukmronligi davrida yozilgan hisoblanadi.
21 Juvayniy   ``Tarixi   Jahonkusho``   asarining   XII   Chingizxonning   Sulton
Xoramshoh   mamlakatiga   yurish   qilish   sabablari   deb   nomlangan   bobida   ham
yurishning   sabablari   keltirib   o`tiladi.   Unga   ko`ra   quyidagicha   ma`lumot
keltiriladi :   `` halovat   va   osoyishtalik   ortgan,   xalqning   daromadi,   foydasi   va
boyligi   eng   yuksak   darajaga   chiqqan   edi.   Yo`llarning   ishonchliligi
ta minlangan,   qaroqchilik   va   talonchilik   kabi   yomon   xatti-harakatlar   yo`qʼ
qilindi. Savdogarlar daromad hidi kelgan har qanday joyga hech tortinmasdan
keta   olardilar.   Mo`g`ullar   hamisha   yashaydigan   aniq   bir   shaharlari
bo`lmaganligi   uchun   tujjorlar   ularga   ko`p   ham   uchrayvermas   edilar,   shu
tufayli   ham   har   qanday   gazlamani   juda   qimmat   bahoga   sotib   olardilar.   Ular
bilan oldi-sotdi qilishning ko`p foydali ish ekanligi hamma yoqqa yoyilganligi
sababli Sulton mamlakatidan Аxmad Xujandiy, Аmir Xusayn va o`g`li Аlmad
Balxiy ismli uchta kishi kelishib olib, yonlariga tilla, kumushlar taqib tikilgan
liboslar,   qimmatbaho   gazlamalar   va   sotiladigan   yana   boshqa   narsalarni   olib
sharqqa   qarab   to`g`ri   yo`lga   chiqdilar.   O`sha   paytda   Chingizxon   mo`g`ul
kabilalari  ko`pchiligini  tiz cho`ktirgan, o`sha o`lkalar  qammasini  isyonchi  va
qaroqchilardan   tozalab,   yo`llarga   qo`rikchi-soqchilarni   joylashtirgan   edi.   Bu
soqchilarning vazifasi yo`ldan o`tib ketayotgan tujjorlar xavfsizligini saqlash,
ular sotgan mollari orasida xonga loyiq bo`lganlarini olib, xonning yoniga olib
borish edi. Bu uch tujjor soqchilar   turgan manzilga yetib borganlarida ularning
mollarini tekshirib   ko`rdilar. Soqchilar Balxiyning tovarlarini yoqtirib qoldilar
va   uni olib xonning yoniga ketdilar. Yuklar ochilib, narxlar so`ralgach, Balxiy
o`n   yoki   yigirma   dinorlik   narsalarga   uch   hamyon   istadi.   Bundan   juda   ham
asabiylashgan,   g ` azablangan   Chingizxon   “Bu   odam   bizni   hecham   gazlama
ko`rmagan deb o`ylaydimi? Borib xazinadan   gazlamalarimizni olib keling-da,
bu   odamning   ko`zi   gazlamalarni   ko`rsin,”   -   dedi.   Xazinadan   eskidan   qolgan
qiymatli   gazlamalarni   keltirib,   tujjorga   ko`rsatganidan   keyin   uning
gazlamalarini   tortib   olib,   bir   daftarga   qayd   qildilar.   Savdogarning   o`zini
ushlab   qoldilar.   Keyin   uning   do`stlarini   huzuriga   olib   keldilar.   Ulardan   bir
22 necha marta qat iylik bilan gazlamalarining narxini  so`rashlariga qaramasdanʼ
ular   aytmadilar.   “Biz   bularni   xonga   sovg ` a   sifatida   olib   keldik”,   -   dedilar.
Ularning   bunday   xatti-harakatlari   Chingizxonga   yoqib   qoldi.   Oltin   yuritib
tikilgan   kiyimlarining   har   biriga   bir   hamyon   tilla,   boshqa   kiyimlarining   ham
har biriga bir hamyon kumush berishlarini buyurdi, keyin esa Аxmad Balxiyni
yana qaytadan  chaqirtirdi. Uning liboslarini   ham  xuddi  shunday narxda sotib
oldi.   Ularga   hurmat   ko`rsatdi.   Usha   paytlarda   Musulmonlarga   nisbatan
hurmat-izzat   ko`rsatilar   edi.   Musulmon   bo`lganliklari   tufayli   ular   uchun
namatdan chodirlar ko`rdilar. Hozir esa Musulmonlar bir-birlariniig tagiga suv
qo`yganliklari   uchun   o`zlarining   avvalgi   hurmat-e tiborlarini   yo`qotdilar.	
ʼ
Chingizxon bu uchta savdogar o`z mamlakatlariga qaytmoqchi bo`lgan paytda
o`g`illariga, qo`mondonlari va amirlariga xabar yuborib, ular bilan birgalikda
Sulton mamlakatiga borib, u yerda tijorat qila oladigan odamlarni tanlashlari,
juda  kamdan-kam   uchraydigan  gazlamalarni   keltirishlarini   amr   qildi.  Buyruq
olgan har bir kishi bir-ikki odam tanladi. Mana shunday tarzda   to`rt yuz ellik
kishi   to`plandi.   Shundan   keyin   Chingizxon   Sultonga   quyidagi   maktubni
yubordi: “Sizning mamlakatingizdan bu yerga tujjorlar keldi. Ularni mamnun
qilib,   sog`-salomat   yuborar   ekanmiz,   ular   bilan   birgalikda   mamlakatingizda
savdo-sotiq,   oldi-sotdi   qilib,   go`zal   va   kamdan-kam   uchraydigan   gazlamalar
bilan qaytib kelsinlar, deb odamlarimizni yuboryapmiz. Mana shunday tarzda
savdo   munosabatlari   oramizdagi   tushunmovchilik   va   dushmanliklarni
yo`qotib,   uning   o`rniga   sevgi   va   do`stlik   keltirishiga,   kin   va   xusumatning
davom   etishiga   yo`l   bermasligiga   sabab   bo`lajak” 25
.   Chingizxon   va   uning
askar lari   tomonidan   bor-budidan   ajralgan   savdogarlar   O`trorga   borgan
vaqtlarida   u   yerning   hokimi   Inoljuk   edi.   Xorazmshohning   volidasi   Turkon
xotun   bilan   qarindosh   ekanligi   sababli   uni   G`ayirxon   ham   deb   atshar   edilar.
Mo`g ` ullar   tomonidan   yubor il gan   savdogarlar   orasida   bir   hind   millatiga
25
  Alouddun Atomalik Juvayniy. Tarixi Jahonkusho. Toshkent ``Mumtoz so`z``- 2015. 138-
bet.
23 mansubi   bor   edi.   Inoljukxon   bu   hindistonlikni   avvaldan   taniganligi   bois   uni
o`z   yoniga   c haqir a di.   Inoljuk   o`zining   nasl-nasabi   va   lavozimiga   tayanib,   u
o`zini   katta   olib,   boshqalarga   past   nazar   bilan   qarab,   hind   tujjorga   qo`pol
muomala qildi. Hind savdogari Inoljukdan qo`rqmadi. O`z manfaatini ko`zlab,
unga   ortiqcha   e tibor   va   hurmat   ko`rsatmadi.   Bundan   gazablangan   Inoljukʼ
o`sha   joydagi   barcha   tujjorlarni   hibsga   olib,   mahsulotlarini   musodara   qiladi.
Savdogarlarni jazolamoq uchun Xorazmshohdan ijozatat olish niyatida Iroqqa
elchilarini yuboradi. Sulton   Muhammad   esa hech o`ylab o`tirmasdan ularning
o`ldirilishi va   mollarini musodara qili ni shiga ijozat ber a di. Lekin o`sha vaqtda
bu harakat uning hayotini zulmatga ro`baro` qilishi va baxtszilikka olib kelishi
xayoliga   kelmagandi.     Inoljuk   olgan   buyrug`ini   bajarib,   savdogarlarni
o`ldirtirib,   mahsulotlarini   musodara   qildi.   U   o`zining   bunday   qilmishi   bilan
keyinchalik   dunyoni   vayron   qilib,   xalqini   zavolga   qoldirib,   millatini
boshpanasiz   qoldirajagini   bilmagan   edi.   Bir   qancha   savdogarlarni   o`ldirgani
uchun   Jayxun   daryosidan   qon   oqadi.   Manbaalarda   keltirilishicha   qatl   etilgan
savdogarlarning sochining har bir tolasi uchun yuz minglab boshlar tog`larda
va   vodiylarda   oyoqlar   ostida   qolib   ketdi.   Talangan   boyliklar   uchun   haddan
ziyod tovonlar undirildi.
Ko`rib   chiqayotganimizdek   mo`g`ullar   Xorazmshohlar   davlatiga   amalga
oshirgan   bosqinda   behad   katta   shafqatsiliklarni   amalga   oshirgan.   Ko`h`na
sharqning   gullab-yashnagan   davlatini   barbod   qiladi.   Juvayniy   shu   o`rinda
asarda qisqa misralar bilan mislsiz vahshiyliklarni tasvirlab beradi. Quyida shu
she`rdan parcha keltiramiz:
  Mollarimiz   talandi,   umidlarimiz   yo`q   qilindi,   ahvolimiz   yomonlashdi,
ishonchimiz   muvozanati   buzildi.   Ulovlarimiz   va   qiymatli   otlarimiz,   tuya   va
kuylarimiz   suruvlarini   surib   ketdilar.   Bulardan   boshqa   kiyim,   narsa,   pul   va
ziynat - nimaiki topsalar   taladilar.    Falak odamlarga shuncha jabr qildi. 
24 Bir qavmning boshiga kelgan (kulfat) boshqasi boshiga kelishi mumkin 26
.
Bu   misralardan   ko`rinib   turibdiki   mo`g`ullar   talonchilik   va
vayronalikning eng yuqori darajasini Movarounnahrda namoyish etishdi.
Sultonning amri  G`oyirxonga yetmasdan  avval  tujjorlardan  biri  yo`lini  topib,
zindondan   qochib   bir   joyga   yashiringan   edi.   Do`stlarining   boshiga   tushgan
kulfatni   bilgach,   darhol   yo`lga   chiqdi.   Zahmat   bilan   yo`l   yurib,   Chingizxon
huzuriga   bordi.   Bo`lgan   vokealarni   bo`lganidek   tushuntirdi.   Bu   hodisa
Chingizxonga   shunday   ta sir   qildiki,   uning   sokin   bo`lishini   saqlab   turganʼ
tusiqlar   yiqildi.   Qahru   g`azabining   bo`ronlari   sabri   va   tabiatining   kuziga
tuproq   sochdi.   G ` azab   otashi   shunday   olovlandiki,   kuzlaridan   xatto   yoshlar
to`qila   boshladi.   Bu   otashni   so`ndirish   uchun   kon   to`kilishdan   boshqa   chora
yo`k   edi.  G`azablangan   holda   yolg`iz   uzi   bir   tepalikka  chiqdi.   Boshini   ochib
yuzini   tuproqning   ustiga   qo`yib,   uch   kecha   uch   kunduz   fig`on   chekdi   va
shunday   dedi:   “Tangrim,   bu   tartibsizlikni   chikargan   men   emasman,   menga
intiqom   kuchini   ber”.   Bundan   so`ngra   tepadan   tushdi   va   jang   kilish   uchun
kerakli   tayyorgarliklarga   kirishdi.   Usha   paytda   Chingizxon   kushinining   bir
kismi  Kuchlugxon   bilan Tuktugon ketiga tushgan edi. Dunyoga yoygan fitna
va fasodni   urtadan yuk kilish uchun avval ularga karshi yuborgan askarlarini
mustahkamladi.   Аyni   paytda   Sultonga   elchi   yo`llab,   sababsiz   to`kkan
qonlarining   intiqomini   olish   uchun   yaqinda   uning   ustiga   yurish
qilmoqchiligini   ma lum   qildi.   Bundan   maqsadi   uning   ham   tayyorgarlik	
ʼ
ko`rishiga   fursat   berish,   keyinchalik   kelajakda   ‘‘Bexabar   kolib   ushlandim,
tutildim”   degan   bahonaning   oldini   olish   edi.   Qurigan   ko`chatni   ekkan   kishi
undan meva kutmasligi kerak.
Dushmanlik tuxumini ekkan har kim oxirida uning mevasi hisoblangan
pushaymonlikni   terib   oladi.   Baxtiyorpodshohning   ichidagi   barcha   yomon
tuygular   harakatga   keldi.   Usha   qilingan   zulm   jazosini   butun   boshli   bir   nasl
26
  Alouddun Atomalik Juvayniy. Tarixi Jahonkusho. Toshkent ``Mumtoz so`z``- 2015. 134-
bet.
25 tortishi   kerak   edi.   She r:   Аgar   yomonlik   eksang,   muxakkak   uning   javobiniʼ
ko`rasan.   Davr   kuzi   uyquda   emas.   Bijanning   surati   hali   ham   Аfrosiyob
zindoni-
da mavjuddir`` 27
.
Tarixi   Jahonkushoning   XXIII   bobi   Chingizxonning   sulton   Jaloliddinga
qarshi   janga   kirishi   deb   nomlanadi.   Ushbu   bobda   Chingizxonnig
Xorazmshohlar   davlatiga   yurish   qilishi,   qo`shinni   qismlarga   bo`lib   chiqishi,
shuningdek   sulton   Jaloliddinga   qarshi   mo`g`ul   no`yonlarini   yuborishi   tasviri
keltiriladi.   Shuningdek   G`azna   shahri   yaqinidagi   Parvon   dashti   va   Sind
daryosi   bo`yidagi   muhorabalar   haqida   ham   ma`lumotlar   beriladi.   Quyida
asarning XXIII bobidan parcha keltiramiz :
  Chingizxon   Tolikondan   Takajuk   bilan   amirlaridan   bir   qismini   qo`shin
bilan Sulton Jaloliddinni o`ldirish uchun jo`natgan edi. Sultonning Ag`roq va
yana   boshqa   mashhur   kishilari   yordami   bilan   Sulton   Jaloliddinning   soni   oz
bo`lgan   va   boshka   joydan   yordam   ololmagan   mo`g`ul   kushinini   yengganligi
haqidagi xabarni eshitgan Chingizxonning kunduzi kecha buldi. Hech vakgni
o`tkazmasdan otini kamchiladi, ot surdi, ovkat pishirib yeyish uchun xam
xatto  to`xtamadi.  G`aznaga   borgach,   Sultonning   un  besh   kun   avval   u  yerdan
Sind kechuvidan utish uchun ketganligi xabarini eshitganidan keyin Maxmud
Yalavochni   u   yerga   boshkaruvchi   kilib   koldirib,   bulutlarni   tarqatib   yuborgan
shamoldek   Sultonning   iziga   tushdi.   Sind   daryosi   soxilida   unga   yetib   olgach,
mo`g`ul   askarlari   xamma   tomondan   Sultonni   `rab   oldilar.   Sind   daryosi   old
tomonda   bo`lgani   holda   mo`g`ullar   hosil   qilgan   muyulish   joyning   ichida
Sultonning qo`shini qolib ketdi. Chingizxon o`z askarlariga Sultonni tiriklayin
ushlashga g`ayrat qilishlari hakida buyruq berdi. O`sha paytda Chig`atoy bilan
O`qtoy   xam   Xorazm   tomondan   kelib,   ularga   qo`shildi.   Sulton   vaziyag
mushkul   ekanligini   angladi.   Son   jihatidan   qarshi   tomon   oz   bo`lgan   qo`shini
27
  Alouddin Atomalik Juvayniy.Tarixi Jahonkusho.  Toshkent  ≪ Mumtoz so`z ≫  2015. 131-
135-bet
26 bilan jangga kirdi. O`ngdan chapga o`tib, chap tomondan dushman askarining
markaziga   hujum   kildi.   Lekin   mo`g`ul   kushini   uning   xarakat   maydonini
borgan   sari   toraytirmoqda   edi,   shunga   karamasdan   Sulton   gazablangan
sherdek jang qildi.
Ot   surganlar   xamma   joyda   tuprokni   konga   belayotgan   edi   Chingizxon   uni
tiriklayin   qo`lga   olinishiga   buyruq   berganligi   uchun   mugul   askarlari   uk
otganida   Chingizxon   buyrugini   bajarishga   xarakat   kilayotgandilar.   Sulton
Jaloliddin   bor   kuchi   bilan   qarshi   kurashda   davom   etayotgan   edi.   Oti   urilib
yerga yikilgach, keltirilgan yangi bir otga minib, mugullar ustiga karab yurdi.
(“Jome u-t-tavorix,   Berezin   nashri.   3-jild.   B.114).   U   xolda   Bomiyon   (1221)ʼ
yilning boshlarida fatx, etilishi kanday mumkin buladimi? Tugrisi esa, (1222)
yildir. Bu sana “Jome u-t-tavorix” ning bu xakdagi bergan kursatgan sanasiga	
ʼ
mos kelmokda (Jomeu  -t-tavorix, Berezin nashri. B. 174). Saifuddin Igrok —
ʼ
Xalaj   turklaridan   va   Sulton   Jaloliddin   kumondoilaridan   biri.   “Shoxnoma”,
Vullers   nashri,   1556;   1-jild.   B.   1074.   yashindek   orkaga   kaytib   kelib,   suvga
sakradi   va   xuddi   shamoldek   u   yerdan   uzoklashdi.   Buni   kurgan   Chingizxon
mugul  askarlari  uning ketidan suvga sakrashlariga  mone lik kildi. Barmogini	
ʼ
tishlab,   ichida “Mana shunday farzandi bor bulgan ota nakadar baxtlidir”,
dedi.   Isfandiyor   uning   ketidan   karab   koldi.   Uni   daryoning   narigi   soxilida
ko’rgach, unga odam dsmang, u xar tomonlama bir filga   o`xshaydi   Keyin yana
usha tomonga kar a ga n paytda Rustamning u yerdan tezda uzoqlashganligini
ko`rdi.   Shundan  sung  Sulton  Jaloliddinning  tirik  kolgan   askarlarini   qilichdan
o`tkazdilar.   А yollar   va   bolalarni   asir   oldilar.   Erkaklarning   hammasini   sut
emadigan   go`daklargacha   o`ldirdilar.   Quzg`unning   yemoqchi   bo`lgan   jasadi
ko`zlariga qarashi bizga   Og`ir botadi, biz uchun chidab bo`lmaydigan holdir
Sulton   dushmanning   qo`liga   tushajagini   anglagach,   yonidagi   mavjud  bo`lgan
oltin, kumush va nimaiki narsasi  bo`lsa, hammasini  daryoga tashlab  yubordi.
Mo`g`ullar  g`avvoslarni  yuborib, ulardan chiqara olganlarini  chiqarib oldilar.
618   yilning   rajab   oyida   (1221,   avgust)   ro`y   bergan   bu   hodisa   juda   mashhur
27 bo`ldi   va   “Bir   rajab   yasha,   ajoyib   g`alati   narsalarni   ko`r”   degan   maqolni
yuzaga chiqardi. Bu yerda avgust oyida sodir bo`lgan jang kulfatlarini muarrix
yuqoridagi   maqol   misolida   keltirib   o`tadi.   Demak,   bundan   xulosa   chiqadiki
yo`qotishlar va qurbonlar mislsiz bo`lgan.
Chingizxon   Sulton   bilan   bo’lgan   jangdan   qutulgach,   Jayxun   sohiliga
ketdi. U yerda O`qtoyni Hirotga yuborganidan keyin G`aznaga bordi. Sanash
uchun xalqning barchasini  shahar  tashkarisidagi  bo`sh maydonga chiqarishga
buyruq   berdi.   Hunarmandlarni   ajratib   olib   qolgan   hammalarini   qatl   qildilar.
Qal a   va   devorlarni   yiqitib   tashladilar.   Chingizxon   qish   faslini   o`sha   joydaʼ
o`tkazib,   askarlarga   qo`mondon   kilib,   Xutuxu   no`yonni   tayinladi.   O`sha
paytda O`qtoy ham Hirotning Garmsir qasabasidan qaytib keldi. Chingizxon u
yerdan qaytib Kirmonga, u yerdan Sanqo`ronga borgach, Sulton Jaloliddin o`z
jonini   qutqarib,   jang   maydonidagi   jasadlarni   dafn   qilayotganligi   hakidagi
xabarni eshitdi.
Darhol   Chig`atoyni   Kirmonda   qoldirib,   uzi   Sultonning   ketiga   tushdi.   Uni
aytgan   joydan   topa   olmagach,   yana   ta qib   qilishda   davom   etdi.   O`sha   qish	
ʼ
faslida   u   А stakorning   Buyo   Katur   shaxrida   koldi.   U   yerning   boshqaruvchisi
Solor   А xmad   Chingizxonga   kamchiliksiz   xizmat   etib,   qo`lidan   kelganicha
qo`shin ehtiyojini qondirishga harakat qildi. Mo`g`ul askarlari u yer havosiga
moslasha   olmaganliklari   uchun   kasallanib,   holsizlandilar.   Ularning   yonida
ko`p sonli asirlar bor edi. Ular orasida hindlar muhim o`rin egalladilar. Har bir
xonaga   o`nta   yoki   yigirmatadan   asirlarni   joylashtirgan   edilar,   ulardan
guruchning   toshini   tozalash,   ovqat   pishirish   kabi   ishlarda   foydalandilar.   Ob-
havo   mahalliy   qo`llarga   ta sir   qilmaganligi   uchun   Chingizxon   ulardan   har	
ʼ
biriga to`rt yuz botmon guruch toshini tozalashni  buyurdi. Ular bu ishni  juda
katta   g`ayrat   bilan   qilib,   bir   haftada   tugatdilar.   Chingizxon   ularning   endi
qiladigan   boshqa   ishlari   qolmaganliklarini   ko`rib,   hammasini   o`ldirishni
buyurdi.   Ertalabgacha   o`sha   bechora   baxtsizlarning   hech   birini   sog`-salomat
qoldirmadilar.   O`sha   atrofdagi   barcha   boshqaruvchilar   Chingizxonga   itoat
28 qilishni   bildiruvchi   elchilar   yubordilar.   Chingizxon   avval   bo`yin   egganini
ma lum   qilib,   lekin   keyinchalik   bu   fikridan   qaytgan   Rono   ustiga   askarʼ
yuborib,   uni   o`ldirtirdi.   Bundan   tashkari   Ig`roqning   qochib   yashiringan
qal asini fatx etish uchun askar yubordi.
ʼ
Аskarlari   sog’ligini   tiklab   olgach,   Chingizxon   Xindiston   yuli   bilan
Tangut   o`lkasiga   kaytib   borishga   karor   kildi.   Daryo   va   bir   nechta   shaxarni
kechib   utgach,   utib   bulmaydigan   joylarga   duch   kelganidan   Peshovarga   bordi
va kelgan yuldan orqaga qaytib ketdi.
``Tarixi   Jahonkushoninf   XXV   bobi   ``Turboy   Taqishning   Sulton
Jaloliddinni   uzlashga   ketishi``   deb   nomlanadi.   Chig`atoy   Sulton   Jaloliddinni
takib etgunicha, Chingizxon Turboy Taqishni ikki tuman mo`g`ul askari bilan
uning ketidan yubordi. Turboy Taqish Sind daryosini kechib o`tib, Nandanaga
bordi. Nandana Sultonning amirlaridan Qamariddin Kirmoniy tomonidan
istilo   etilgan   bir   hind   viloyatidir.   Turboy   Taqish   butun   devorlar   bilan
chegaralangan   Nandana   shaxrini   istilo   etgandan   so`ng   Multonga   yunaldi.
Orada   tosh   bo`lmagani   uchun   yog`ochdan   solar   qildirib,   uzoq   yerlarga   tosh
tashittirdi   va   manjaniqlarni   harakatga   keltirib,   qal a   devorlarini   buzdira	
ʼ
boshladi. Yulidagi
Multon va Laxga bog`lik bir shaxar va qishloqlarni yer bilan yakson qilgandan
so`ng Sind daryosini kechib, G`aznaga bordi. Keyin Chingizxonni kutib olish
uchun yo`lga chiqdi.
Mo`g`ullar   davri   haqidagi   qimmatli   ma`lumotlarni   Rashiduddin
Fazlullohning ``Jomi ut-tavorix`` asaridan ham olish mumkindir. Bu asarning
yozilish   tarixi   1310-1311-yillardir.   ``Jomi   ut-tavorix``dagi   mo`g`ullar,
Xorazmshohlar   o`lkasini   zabt   etishi   va   O`qtoy   xonning   faoliyatlariga   doir
ma`lumotlar Juvayniyning asaridan olingandir. 
29 ``Jomi ut-tavorix``ning ba`zi forscha va ba`zi bo`limlarida mo`g`ulcha o`laroq
qalamga   olingan,   keyinchalik   esa   qisman   arab   tiliga   tarjima   qilingan 28
.   Asar
ikki variantda tayyorlangan. 1306-1307-yilda tugallangan birinchi variant uch
jild,   1310-yilda   tamomlangan   ikkinchi   versiyasi   esa   to`rt   jilddir.   Buning
sababi   muallifning   o`z   asarini   G`ozonxonga   bag`ishlash   niyati   bilan   yoza
boshlaganligini   va   asar   tugamasidan   oldin   uning   vafot   etganligi   (1304),
shundan keyin boshqa hukmdorga-O`ljoytuga taqdim qilishni o`ylagan. Lekin
buni   ma`qul   ko`rmasdan   O`ljoytuning   o`zi   uchun   alohida   bir   asar   yozishni
xohlagan.   Shuning   uchun   birinchi   jild   G`ozonxonga   bag`ishlangan,   asarning
ikkinchi   jildi   O`ljaytuning   amri   bilan   yozilgandir 29
.   Istanbul   kutunxonalarida
yozma   nusxalari   ham   mavjud   bo`lgan   asarning   boshqa,   har   xil   bo`limlari
turlicha tarixlarda nashr qilingandir 30
. 
Ma`lumki   Anushteginiylar   hukmronligi   davrida   Arab   xalifaligi   hali
mavjud bo`lib avvalgi ta sirini   deyarli   yo`qotib   bo`lgan   edi.   Bag`dod
xalifalari   ilgargidek   nufuz   va   hujumkor   qudratga   ega   emas   edi.   Chingizxon
bosqini   arafasida   musulmon   hukmdorlar   mo`g`ullarga   qarshi   birlashib
kurashsa   bo`lar   edi.   Biroq   turli   ixtiloflar   oqibatida   bunday   ittifoqning
tuzilishini o`zi imkonsiz edi. Sababi Bag`dod xalifasi  Nosirga xorazmshohlar
bir   necha   bor   ittifoq   taklifini   bildirgan.   Biroq,   rad   javobi   beriladi.     Buning
dalilni   Suxravardiyning   quyidagi   ma`lumotlarida   ko`rib   o`tish   mumkin
bo`ladi.   ``Sulton   Alouddin   Muhammad   hech   chiqisha   olmagan   Abbosiy
xalifasi Nosir Lidunillohning elchisi Shihobiddin Umar as-Suxrvardiyni qabul
28
  Ромозон   Шашан , « Жомиъут -  таворих » DIA, VII  жилд , 132- бет .    
29
  Шошон ,  номи   юқорида   айтилган   модда , 132  саҳ .  
30
  Тўпқоли   Саройи   Музейи   кутубхонаси ,  Равон   қўшку ,  рақам  3034. « Жомиъут -
таворих » нинг   нашр   қилинган   бўлимлари   Рамозон   Шашан , « Жомиъут - таворих »  Диёнат
ишлари   Ислом   Энциклопедияси  (DIA), VII  жилд , 133  саҳ . да   қайси   бўлимларнинг  
қаерда   ва   ким   томонидан   нашр   қилинганлиги   кўрсатилган .  Биз   бу   ерда   кўрсатилган  
нашрларга   қомусий   жилднинг   нашридан   кейинги   бир   тарихда   нашр   қилинган  
« Жомиъут - таворих  «  таржимасини   қўшишни   истаймиз . Rashiduddin Fazlulloh, Cami’u’t-
tevarix: Compendium of) Chronicles A History of the Mongols,  таржимон : W.M.Thackson, 
Ed: Sinasi Tekin – Gonul Alpay Tekin, Harvard C: I, 1998; C: II-III, 1999.  
30 qilganda  unga   ortiqcha  e`tibor   ko`rsatmadi.   Xalifaning   Xorazmshohni   harbiy
harakatlari   sababli   tanbeh   berish   uchun   yuborgan   elchisi   avval   kuttirib
qo`yildi,   huzurida   esa   Alouddin   mUhammad   Nosir   Lidunillohga
yetkaziladigan   gaplarini   qo`pol   tarzda   aytdi.   Sulton   xalifadan   shu   darajada
darg`azab ediki, hatto elchining o`tirishiga ham ruxsat bermadi 31
.``
31
  Сухравардийнинг   Аббосий   саройидаги   ҳолати   ва   таъсири   учун   қаранг :  Ангелика  
Ҳартман ,. 233-254 – бет
31 2.2. §. Temuriylar davriga oid manbalar tahlili
O`z   zamonasining   qudratli   vakilaridan   bo`lgan   temuriylar   davlati   va
sulolasi   haqida   tarix   adabiyotlarida   muarrixlar   ko`pdan-ko`p   yozma   asarlar
yaratishgan.   Bular   orqali   temuriylar   davlati,   boshqaruv   tuzumi,   harbiy   soha,
iqtisodiy-ijtimoiy   holat,   davlatning   dipolmatik   munosabatlari,   madaniyati
haqida   qimmatli   ma`lumotlar   olish   mumkin.   Temuriylar   va   Amir   Temur
tarixini   ko`plab   adiblar   bayon   qilgan.   Ular   jumlasiga,   Nizomiddin   Shomiy,
Sharafiddin   Ali   Yazdiy,   Ibn   Arabshoh,   Ibn   Xaldun,   Mirxond   va   boshqalarni
kiritish mumkin. Mamlakatning taraqqiy etishiga avvalo Amir Temur va uning
oqilona boshqaruvi sabab bo`lgan. Xususan Sharafiddin Ali Yazdiy bu borada
Amir   Temurning   quyidagi   fikrini   keltirib   o`tadi :   ``Boshliqsiz   mamlakat   joni
sug`urib   olingan   tanaga   o`xshaydi.   Jonsiz   tana   uni   halokati   bilan
baravardir`` 32
.   Shuning   uchundir   sulola   qariyb   150   yil   mobaynida   salmoqli
hukmdorlikni   amalga   oshirdi.   Sulolaning   madaniy   sohaga   qo`shgan   hissasi
bo`lsa   mislsizdir.   Sharafiddin   Ali   Yazdiyning   ushbu   asari   juda   boy
ma`lumotlar shuningdek Amir Temur faoliyatiga oid juda boy ma`lumotlarga
ega. Mustaqillik yillarida ushbu asar tarjima qilindi. 1996-yil Amir Temurning
660   yilligi   munosabati   bilan   ``Zafarnoma``ning   1516-yilda   yozilgan   forscha
nusxasi   ko`rsatkichlar   va   izohlar   bilan   Ashraf   Ahmad   va   Haydarbek
Bobobekovlar tomonidan tarjima qilinib nashr etilgan. Asar bundan oldin ham
o`zbek   tiliga   tarjima  etilgan.  Xususan  eslatilgan  tarjimalar  orasida   shayboniy
hukmdor   Ko`chkunchixon   buyrug`iga   ko`ra   1519-yilda   Muhammad   Ali   ibn
Darvesh   Ali   al-Buxoriy   tomonidan   tarjima   qilingan .   Asar   eski   o`zbekchaga
yana ikki marta tarijima etilgan bo`lib, bularning birinchisi noma`lum tarjimon
tomonidan   Yaroqbiy   Qo`ng`irot   degan   shaxs   buyrug`iga   ko`ra   1550-yilda
bajarilgan. Oxirgi o`zbekcha tarjimani 1826-yilda Shermuhammad Munisning
32
  Sharafiddin Ali Yazdiy., Zafarnoma.,90-bet
32 tavsiyasi   bilan   Xivada   Xudoyberdi   ibn   Qo`shmuhammad   So`fi   Xivaqiy
bajargan bo`lib, bu ancha qisqartirilgan tarjimadir. 
Muhammad   Alining   tarjimasiga   kelsak,   bu   bizningcha   tom   ma`noda
o`zbek mumtoz nasrining ilk buyuk obidalaridan biridir. Muhammad Alining
yagona   tarjimasi   nodir   nusxada   mavjud   bo`lib,   u   Istanbulda,   Nuri   Usmoniya
kutubxonasida   3268-raqam   bilan   saqlanadi.   Bu   yerda   u   turk   sultoni   Mustafo
III   tomonidan   1757-yili   vaqf   qilingan.   Demak   qo`lyozma   u   yerga   oldinroq
borib   qolgan.   Qo`lyozma   hali   teran   o`rganilmagan.   U   haqda   faqat   venger
sharqshunosi   Yanosh   Ekman   1964-yili   qisqagina   ma`lumot   keltirgan   va
vatandoshimiz   Miyon   Buzruk   1927-yilda   ``Ma`orif   va   o`qituvchi``   jurnalida
xabar bergan 33
. 
Sharafiddin   Ali   Yazdiy   ushbu   asarda   Sohibqironning   vafoti   haqida   va
buning   sababi   to`g`risida   batafsil   ma`lumot   beradi.   Aynan   shu   voqelikni
tasvirini   asardan   parcha   misolida   keltirib   o`tamiz :   ``Ul   mahaldakim,   hazrat
sohibqironi gitisiton yetti yilliq yurushdakim, borib olamni mueaxxar qildi va
andin   qaytib   dodu   adlg a   mashg ul   bo lub,   olamni   andoq   orosta   qildikim,ʼ ʼ ʼ
xotiri  tilagandek.  Va   andin  so ng  hamisha  xotirida  bu  erdikim,  el   bila   andoq	
ʼ
maosh qilgaykim, hech kishi andin mutaallam va anduh bo lmag ay. Bu niyat	
ʼ ʼ
bilan   kelib,   Samarqanddakim   tushti.   Besh   oy   hanuz   o tmaydur   erdikim,
ʼ
Xitoyu   Chin   kofirlari   sori   azm   qildi.   Va   O trorg a   bordikim,   andin	
ʼ ʼ
Samarqandg acha,   olti   yag och   yo l   turur.   Аnda   yetkonda   sha bon   oyining	
ʼ ʼ ʼ ʼ
o nida,   chahorshanba   kuni   (11.02.1405),   lu   oyidi   hazratning   mizoji   o zga	
ʼ ʼ
bo lib,   isitti.   Va   hazrat   sohibtsiron   barcha   gunohidin   tavba   qildi.   Аmmo
ʼ
zamon-zamon marazi ortar erdi. Va Mavlono Fazlulloh Tabriziykim, aningdek
tabibi   hoziq   olamda   yo q   edi   va   alal   xidom   mulozimatda   erdi,   muolijai	
ʼ
mudavog a   sa yi   qilur   erdi.   Аmmo   kundin   kung acha   maraz   ko brak   bo lur	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
erdi va har zamoi har illati zohir bo lur erdikim, bir-biriga muvofiq ermas erdi.	
ʼ
33
  Miyon Buzruk. O`zbek tarixiga oid to`rt muhim kitob. ``Maorif va o`qituvchi`` jurnali. 
1927.9-10-bet
33 Va   necha   muxgil   maraxpar   voqi   bo ldikim,   agar   birini   duo   qilsa   erdi,   yanaʼ ʼ
biri ko brak bo lur erdi. Аmmo sohibqironning Shu hushida nuqson yo q erdi.	
ʼ ʼ ʼ
Аpdoq   marazda   cherikning   ahvolidin   xabardor   erdi.   Аmmo   bildikim,   bu
illatlarg a   iloj   yo q   turur,   qazog a   rizo   berib,   xotunlari   bila   xossa   ulug
ʼ ʼ ʼ ʼ
beklaripi   chorlab,   vasiyat   qilmoqqa   mashg`ul   bo lub   dedikim,  	
ʼ `` Tahqiq
bilurmenkim, ruhnung qushi bu qafas-qolipdin ketgusi turur, xudoyg a panoh	
ʼ
elttim   va   sizlarni   xudoyg a   toshnurdum.   Kerakkim,   men   bog ondin   so ng	
ʼ ʼ ʼ
faryodu   fig on   qilmag aysizkim,   hech   foyda   qilmas.   Va   meni   xudoydin	
ʼ ʼ
omurzish   tilangiz   va   ruhimni   fotiha   va   duo   va   takbir   bilan   shod   qilg aysiz.	
ʼ
Аlhamdu   li-Llohkim,   bugun   Eronu   Turonda   kishiga   majol   yo q   tururkim,	
ʼ
muxolifat qilg ay. Va hazrat Haqqdin umidim borkim, agarchi gunohim ko b	
ʼ ʼ
turur,   ammo   bu   jihatdin   menga   rahmat   qilg aykim,   zolimlarning   eliklarini	
ʼ
mazlumlardin   qisqa   silibdurmen.   Va   qo ymadimkim,   mening   davrimda	
ʼ
qaviydin zaif kuch yegay. Аgarchi dunyog a vutu i va saboti 3046 yo q turur,
ʼ ʼ ʼ
nechukkim   menga   shifo   qilmadi,   sizlarga   ham   qochmag usidur.   Bale,   dunyo	
ʼ
ishini   muhmal   qo imang izkim,   sababi   oshub   va   mueulmonlar   tashvishda	
ʼ ʼ
bo lg aylar. Аning uchunkim, qiyomat kunida so rirlar. Emdi Mir Muhammad	
ʼ ʼ ʼ
Jahongirkim,   valiyahd   qilibmen   va   o zumga   qoyimmaqom   etibmenkim,	
ʼ
Samarqand   viloyati   aniki   bo lg ay.   Va   istiqlol   va   tamkin   bila   o lturub,	
ʼ ʼ ʼ
mamolik   tadbiridin   va   cherik   va   ra iyat   holidin   xabardor   bo lg ay.   Sizlar,	
ʼ ʼ ʼ
kerakkim, anga muti  bo lub, ittifoq bila aning ishiga mashg ul bo lg aysiz, to	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
olam   buzulmag ay   va   musulmonlarga   tashvish   va   zahmat   bo lmag ay.   Va	
ʼ ʼ ʼ
necha   yilliq   sa yi   qilg onim   zoe   bo lmag ay.   Va   andoq   sadaqa,   koshki
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
bizning   jonlarimizni   olib,   sening   joningni   bag ishlaga``.   Sohibqiron   dedi:	
ʼ
``Foyda   yo tsturur,   bormoq   kerak.   Аmmo   sizlar   ishlaringizga   mardona	
ʼ
bo lunglar``   Аlar   dedilar:   ``To   jonimizda   bir   ramaq   bo lg usidur,   hazratning	
ʼ ʼ ʼ
amru   farmonidin   chiqmag umuztur.   Va   agar   banda   valiyne mat   so zini	
ʼ ʼ ʼ
eshitmay   xilof   qilsa,   hargiz   hech   ishda   bir   xurdorliq   tonmag usiturur.   Bu	
ʼ
choqqachakim   biz   bandalar   xizmatda   erduk,   bandalikdin   o zga   hech   ishimiz	
ʼ
34 yo q erdi. Va to tirik bo lsak, o shul tariqa bilan amal qilg umiz turur``. Va buʼ ʼ ʼ ʼ
so zlari aytur erdilar va qon yig lar erdilar. Аndin so ng arzadosht qildilarkim,
ʼ ʼ ʼ
``Bo lsa, amirzoda Xalil Sultong a va beklarkim, Toshkandda tururlar, barcha	
ʼ ʼ
beri mutavajjih bo lg aylar. Har nechakim biz bandalar sizning vasiyat qilg on	
ʼ ʼ ʼ
yeo zlaringizni alarg a aytibiz. Аmmo ulkim, alar sizning muborak tilingizdin	
ʼ ʼ
eshitsalar,   o zga   bo lg usi   turur``.   Ul   hazrat   dedikim,   ``Vaqt   tang   turur   va	
ʼ ʼ ʼ
mundin artuqqa majol   yo qturur. Аlarkim, goyib  tururlar   hozir   bo laolmaslar	
ʼ ʼ
va diydor qiyomatqa soldi. Va sizlar bila tatsi muloqot ushbu turur. Bi hamdil
Lohkim   diniy   murodotidin   hech   nima   ko nglumda   orzu   qolmayturur.   Magar	
ʼ
farzand Shohruxnikim, bu zamonda ani  ko rmadim``. Va og’olar  va xotunlar
ʼ
va   ba zi   shahzodalarkim,   hozir   erdilar,   barcha   hozir   bo lub,   hazrat   soshida	
ʼ ʼ
o lturub, mutarsid erdilarkim, hazratning holi ne bo lgay. Va bu yer so zlarni	
ʼ ʼ ʼ
eshitib, barcha bistahammul bo lub, jaza u faza ga mashg ul bo ldilar. Hazrat	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
sohibqiron   farzandlar   sori   boqib,   dedikim,   ``Har   nekim   mamlakat   maslahati
uchun  ayttim,   sulog ingizga  tutunglar   va   ra oyo   va   futsarou   miskin   holatidin	
ʼ ʼ
g`ofil   bo lmag aysiz.   Va   qilichning   sonini   mahkam   tutunguz,   to   mendek	
ʼ ʼ
podshohliqdin   barxurdor   bo lg aysiz.   Eronu   Turonni   muxoliflardin   halos	
ʼ ʼ
qilgaysizlar.   Nechukkim   men   adlu   ehson   bila   olamni   obod   etibmen.   Аgar
mening   vasiyatim   bila   amal   qilib,   adlu   dod   qilsanggiz,   ko b   yillar   davlat   va	
ʼ
mamlakat   sizlarda   qolg usi   turur.   Va   agar   sizlar   arosida   muxolifat   bo lsa,	
ʼ ʼ
yaxshi bo lmag usidur``. Аndin so ng sohibtsironning marazi ko brak bo lub,	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
tashqarida   hofizlar   Qur on   o qumoq   bila   mashg ul   erdilar.   Ishorati   alayhi	
ʼ ʼ ʼ
bo ldikim,   Mavlono   Haybatullohkim,   Mavlono   Ubaydullohning   o g li   erdi,	
ʼ ʼ ʼ
Ichkari   kirib,   sohibqironning   boshi   sori   o lturub,   Qur on   xatmig a   mashgul	
ʼ ʼ ʼ
bo lsun!``   mamlakat   maslahati   uchun   ayttim,   qulog ingizga   tutunglar   va	
ʼ ʼ
ra oyo va futsarou miskin holatidin gofil bo lmag aysiz. Va qilichning sonini
ʼ ʼ ʼ
mahkam   tutunguz,   to   mendek   podshohliqdin   barxurdor   bo lg aysiz.   Eronu	
ʼ ʼ
Turonni   muxoliflardin   halos   qilgaysizlar.   Nechukkim   men   adlu   ehson   bila
olamni   obod   etibmen.   Аgar   mening   vasiyatim   bila   amal   qilib,   adlu   dod
35 silsanggiz,   ko b   yillar   davlat   va   mamlakat   sizlarda   qolg usi   turur.   Va   agarʼ ʼ
sizlar   arosida   muxolifat   bo lsa,   yaxshi   bo lmag usidur``.   Аndin   so ng	
ʼ ʼ ʼ ʼ
sohibtsironning   marazi   ko brak   bo lub,   tashqarida   hofizlar   Qur on   o qumoq	
ʼ ʼ ʼ ʼ
bila   mashg ul   erdilar.   Ishorati   alayhi   bo ldikim,   Mavlono   Haybatullohkim,	
ʼ ʼ
Mavlono Ubaydullohning o g li erdi, ``Ichkari kirib, sohibqironning boshi sori	
ʼ ʼ
o lturub, Qur on xatmig a mashg`ul bo lsun!`` Kecha bo lg`onda, namozshom	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
va xuftan  arosida  tavhid kalimasini  necha  marra aytib, jonini  tobshurdi. Inna
li-Llahi   na   inna   ilyaihiraji‘unait.   Bu   voqe a   chahorshanba   kuni,   sha bon	
ʼ ʼ
oyining o n yettisida, torix sakkiz yuz yeggida (18.02.1405) votsi  bo ldi. Va	
ʼ ʼ ʼ
ul   hazratning   muborak   yoshi   yetmish   birda   erdi,   muvofiq   adadi
``alif+lom+mim``   kim,   Qur onning   a zam   suralaridin   turur.   Va   podshohlig i	
ʼ ʼ ʼ
o ttuz   olti   erdi.   Va   hazratping   saltanatining   adadi   bilan   muvofiq   erdikim,   ul	
ʼ
hazrat   o g lonlari   na   nabiralari   o ttuz   olti   erdi``	
ʼ ʼ ʼ 34
.   Ushbu   parchadan   shuni
keltirish mumkinki sohibqiron Chin yurishi vaqtida kuchli isitma uni qiynaydi
va ayni shu dard uning vafotiga sabab bo`lgan. Muarrix Sohibqironning vafoti
oldidan hukmdorning vasiyati  va aytgan so`zlarini soda tilde tasvirlab o`tadi.
Shubhasizki   ``Zafarnoma``   o`z   davrida   yaratilgan   beqiyos   manbalardan
hisoblanadi.
Temuriylar   davri   manbalar   sirasiga   "Muntaxab   ut-tavorixi   Mu   ’iniy”
nomli   asarni   ham   kiritish   mumkin.   Mumllifi   Mu’iniddin   Natanziydir.   U
Isfahon   shahriga   qarashli,   undan   qariyb   yigirma   farsah   masofada   joylashgan
Natanz   shahrida   tug‘ilgan.   Ch.   A.   Storining   ma’lumotiga   qaraganda   asli
seistonlik  bo'lgan 35
. Fors  viloyatining  hokimi  Temuriy  Iskandar  Mirzo  (Amir
Temuming   nabirasi,   Umarshayxning   o‘g‘li,   1415-yili   inisi   Boyqaro   Mirzo
tomonidan   o‘ldirilgan)   saroyida   xizmat   qilgan.   Davlatshoh   Samarqandiyning
so'zlariga   qaraganda:   “Mu’iniddin   Natanziy   Sulton   Iskandar   davrida   Iraqi
34
  ШАРАФУДДИН   АЛИ   ЙАЗДИЙ .  ≪ ШАРҚ ≫   НАШРИЁТ - МАТБАА  
КОНЦЕРНИНИН   Г   БОШ   ТАҲРИРИЯТИ   ТОШКЕНТ  — 1997.  Масъул муҳаррир: 
БАРНОБЕК ЭШПЎЛАТОВ .295-296-бет
35
 Стори Ч.А. Персидская литература.  1-qism. 339-bet.
36 Ajam va Forsda shuhrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidan bo'lib..., ilmda o
‘z   zamonasining   yetakchisi   edi   va   Mirzo   Iskandarning   maqoma   va   holati
hamda   tarixini   yozgan” 36
.   Mu   ’niddin   Natanziy   qalamiga   mansub   bo'lgan   va
bizning
zamonamizgacha yetib kelgan bu asarning aniq nomi ma ’lum emas. U ilmiy
jamoatchilik orasida “Anonim Iskandera” nomi bilan mashhur. Asar 1413-yili
yozib tamomlangan. Uning ikkinchi tahriri ham bo'lib, “ Muntaxab ut-tavorixi
Mu’iniy”   (“Mu’iniyning   saylangan   tarixi”)   deb   ataladi   va   Temurning   o'g'li
Shohruh   Mirzoga   bag'ishlanadi.   “Muntaxab   ut-tavorix”   umumiy   tarix   tipida
yozilgan   asar   bo'lib,   olamning   yaratilishidan   to   Amir   Temur   vafotigacha,
1405-yil   18-fevralgacha   musulmon   mamlakatlarida   yuz   bergan   voqealar
haqida   bahs   yuritadi.   Asar   muqaddima   va   uch   bobdan   iborat.   Muqaddima
diniy   mazmunda   bo'lib,   unda   olamning   yaratilishi,   Odam   Ato   va   uning
farzandlari,   Nuh   payg'ambar   va   uning   avlodi   haqida   umumiy   gap   boradi.
Birinchi   bobda   qadimiy   Eron   va   Yunoniston   podshohlari,   Rim   va   Vizantiya
imperatorlari,   Rim   papalari,   qadimiy   arab   hamda   Efiopiya   podshohlarining
qisqacha   tarixi   bayon   etilgan.   Ikkinchi   bobda   Muhammad   payg'ambar   va
uning   avlodi,   xalifayi   roshidin,   Umaviva   va   Abbosiya   xalifalari,   Arabiston
hamda   Misrda   podshohlik   qilgan   Ali   va   Fotima   avlodi,   shuningdek,
Abbosiylar   bilan   zamondosh   bo'lgan   Eron   va   Movarounnahr   hukmdorlari
tarixi   talqin   etilgan.   Asarning   noyob   va   qimmatli   qismi   uning   uchinchi   bobi
hisoblanadi.   U   turk-mo'g'ul   qabilalari   va   ularning   kelib   chiqishi,   Chingizxon
va   uning   avlodi,   Shimoliy   Xitoyda   hukmronlik   qilgan   mo'g'ul   xonlari,
Chig'atoy   ulusi   hukmdorlari,   Elxonivlar,   Jaloiriylar,   Cho'poniylar,
Muzaffariylar, Oq O‘rda xonlari, 1346— 1370-yillar orasida Movarounnahrda
hukmronlik qilgan amirlar tarixini o'z ichiga oladi. Asarning uchinchi qismini
36
  Davlatshoh Samarqandiy. Tazkirat ush-shuaro.E.Braun nashri. — Leyden: London, 1901. 
371-bet.
37 yozishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin hamda turkiy tilda yozilgan
``Tarixi xoniy`` kabi asarlardan keng foydalangan.
Fosih Ahmad Ibn Jamol Ad-Din Muhammad Al- Xavofiyning ``Mujmali
Fasihiy`` 37
  asari   temuriylar   davlatining   XIV   asrdan   va   XV   asr   birinchi
yarmigacha bo`lgan voqealar haqida ma`lumot beradi. Fasix Xavofiy Xuroson
viloyati   hisoblangan   Rayda   1375-yilda   tavallud   topgan.   ``Mujmali   fasihiy``
asarida   voqealar   xronoligik   tarzda   bayon   etilgan   bo`lib,   kitob   1301-1302-
yillardan   1441-1442-yilgacha   bo`lgan   vqealardan   hikoya   qiladi.   Voqealar
xronologik ketma-ketlikda bayon etib boriladi. 
Shu o`rinda temuriylar davri zabardast tarixchilari qatoriga Hofizi Abruni
kiritish   joizdir.   “Majmu   at-tavorix”   yoki   “Zubdat   ut-tavorix”   nomli   asar
muallifi   Hofizi   Abru   nomi   bilan   mashhur   bo'lgan   yirik   geograf   va   tarixchi
olimdir.   Uning   haqiqiy   ismi   Shahobuddin   Abdulloh   ibn   Lutfulloh   ibn
Abdurashid al-
Xavofiydir.   Abdurazzoq   Samarqandiyning   so'zlariga   qaraganda   Hofizi   Abru
Hirot hududidagi Xavofda tug'ilgan, Hamadonda tahsil ko'rgan va 1430-yilda
Zanjonda vafot etgan. Boshqa tarixiy manbalarning ma ’iumotlariga va uning
so'zlariga qaraganda Hofizi Abru Amir Temur va Shohruh saroyida istiqomat
qilgan   va   har   ikkala   hukmdor   bilan   yaqindan   munosabatda   bo'lgan.   Agar   u
Amir Temur bilan faqat saroydagina yaqin suhbatdosh bo'lgan bo'lsa, Shohruh
bilan   uning   yurishlarida   birga   bo'lgan.   Hofizi   Abru   Shohruhning   topshirig'i
bilan   ikkita   yirik   asar   yozgan.   Bulardan   biri   tarixiy-geografik   mazmunda
bo'lib,   1414-1420-yillar   orasida   yozilgan.   U   X   asrda   arab   tilida   bitilgan
noma’lum   bir   kitob   asosida   yozilgan.   Yu.   E.   Borshevskiyning   so'zlariga
qaraganda, bu “ Kitob almasolik va-l-mamolik” deb atalib, Hasan ibn Ahmad
Muhallabiyning   qalamiga   mansub   bo'lgan.   Shohruh   Mirzo   1414-yili   Hofizi
Abruga   mazkur   asarni   fors   tiliga   tarjima   qilish   va   boshqa   manbalar   asosida
37
  Фасих Аҳмад Ибн Джалал Ад - Дин Муҳаммад Ал - Хавафи .  Муджмал - и Фасихи .  Перевод, предисловие, к
указатели Д. Ю. Юсуповой. Ташкент-1980.
38 qayta   ishlashni   topshirgan.   Demak,   bu   asar   shunchaki   kompilyatsiya   va
tarjima   bo'lib   qolmay,   balki   yangi   dalillar   bilan   boyitilgan,   diqqatga   sazovor
asardir.   Shuni   aytish   kifoyaki,   unda   har   bir   viloyatning   geografik   holatini
tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha siyosiy tarixi ham bayon qilingan.
Biz uchun asarda Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilishi haqidagi,
shuningdek, Movarounnahr va uning yirik shaharlari Buxoro, Samarqand,
Nasaf, Kesh, Termiz, Xo'jand va boshqalar haqida keltirilgan ma ’lumotlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Asarning yaxshi qo'lyozma nusxalari Angliya va
Rossiyada,  Sankt-Peterburg shahrida saqlanmoqda. Hofizi  Abru Shohruhning
ko‘rsatmasi   bilan   o'z   idan   avval   o‘tgan   mazkur   tarixchilar   Tabariy,
Rashiduddin   hamda   Nizomuddin   Shomiy   arlariga   qo   ‘shimchalar   (zayl)   ham
yozgan.   1412—   1418-yillar   orasida   yozilgan   bu   q   o‘shimchalar   “Majmua-yi
Hofizi   Abru” deb  ataladi.  Hofizi   Abruning  asosiy   katta tarixiy asari  “Majmu
at-tavorix” bo'lib,
uni muarrix Shohruhning o'g'li  Boysung'ur  Mirzo (1433-yili  vafot  etgan)ning
topshirig'i   bilan   1423-1425-yillari   yozilgan.   Mazkur   asar   to'rt   qismga
bo'lingan: 1) islomiyatdan avval o'tgan payg'ambarlar va Eron podshohlari; 2)
Muhammad   payg'ambar   va   arab   xalifalari   (al-Muhtasimgacha);   3)   Eronning
Saljuqiylar hamda mo'g'ullar davridagi (Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4)
“Zubdat   ut-tavorixi   Boysunquriy”.   Asarning   so'nggi,   to'rtinchi   qismi   asli   va
mustaqil   ahamiyatga   ega   bo'lib,   unda   Amir   Temur   tarixi,   qayta   ishlangan   va
birmuncha   to'ldirilgan   hamda   Xuroson,   qisman   Mova   rounnahrning   1427-
yilgacha bo'lgan ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon etilgan 38
.
Amir   Temurning   nabirasi   Mirzo   Ulug`bekning   tarixga   bag`ishlangan
``Tarixi   arba   ulus``   asari   ham   bu   davr   manbalari   qatorida   o`z   o`rniga   ega
hisoblanadi.   “   Ulusi   arba’-yi   Chingiziy”   bo'lib,   unda   XIII-XIV   asrlarda
Mo'g'ul   imperiyasi   tarkibiga   kirgan   mamlakatlarning   ijtimoiy-siyosiy   tarixi
qisqa tarzda bayon etilgan. Kitob 1425-yildan keyin tugallangan.
38
  Abdumajid Madraimov, Gavhar Fuzailova. Manbashunoslik.Toshkent-2008.197-198-bet
39 “Tarixi   arba’   ulus”   muqaddima   va   yetti   bobdan   iborat.   Muqaddimada
o'rta asrlarda tarixchilar o'rtasida hukm surgan an’anaga ko'ra, tangri taolo va
uning elchisi Muhammad payg'ambar avlodlari sha’niga aytilgan hamd va na’t
(maqtovlar),   Odam   atoning   yaratilishi   va   islomiyatdan   avval   o'tgan
payg'ambarlar, turklarning afsonaviy otabobolari hisoblan gan Yofas ibn Null
va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk-mo'g'ul qabilalari va Chingizxon
tarixi bayon etilgan. I bobda Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston zaminida
podshohlik   qilgan   avlodi   Abuljaxon,   Dibokuyxon,   Kuyukxon   va   boshqalar,
tatarmo'g'ul va turk qavmlari va ularning podshohlari tarixi bayon etilgan.
II bob turk-mo'g'ul xalqlarining afsonaviy onasi Alangkuva va undan tarqalgan
avlod, yani podshohlar Buzunjon qoon, Buqoxon, Dutimenxon, Qobulxon va
boshqalar   tarixi   bayonini   o'z   ichiga   oladi.   Kitobning   III   bobida   Chingizxon
tarixi bayon etilgan. IV bob Ulug' yurt, yani Mo'g'iliston va Shimoliy Xitoyda
hukmronlik qilgan Chingizxon vorislari tarixiga bag'shlanadi.
V   bob   Chingizxonning   to'ng'ich   o'g'li   Jo'jixon   naslidan   bo'lgan   33
xonning Dashti qipchoqdagi hukmromligi bayon etilgan. VI bobda Elxoniylar,
ya’ni   Eron   hamda   Ozarbayjonning   XI   I   I—XIV   asrlardagi   tarixidan   bahs
yuritiladi.
VII   bobda   Chig'atoy   ulusining,   Koshg'ar,   Yettisuv,   Movarounnahr,   Shimoliy
Afg'oniston hududidagi XI11—XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni ham
aytish kerakki, muallif mazkur ulusda hukmronlik qilgan har bir hukmdor xon
ustida   qisqa   va   alohida-alohida   to'xtalib,   ularning   davrida   sodir   bo'lgan
voqealardan eng muhimlarini bayon etgan. “Tarixi arba’ ulus” asarining ayrim
qismlari,   xususan   uning   to'rtinchi   qismi,   ko‘p   jihatdan   Sharafuddin   Ali
Yazdiyning “ Muqaddimayi Zafarnoma ” siga o'xshab ketadi. Lekin, Ulug'bek
asari   birmuncha   mukammaldir.   Bundan   tashqari,   unda   to   ‘rt   ulus   o'rtasidagi
siyosiy munosabatlar, “o'zbek” etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham
qimmatli ma ’lumotlarni uchratamiz 39
. 
39
Abdumajid Madraimov, Gavhar Fuazilova. Manbashunoslik.Toshkent-2008.201-bet
40 Temuriylar   davrida   faoliyat   ko`rsatgan   Abdurazzoq   Samarqandiy   yirik
tarixnavis   olim   sifatida   ham   nom   qoldirdi.   U   Eron,   O'rta   Osiyo   va
O'zbekistonning XIV-XV asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidan,
shuningdek,  Temuriylar  davlatining  qo'shni   mamlakatlar   Hindiston,  Xitoy  va
boshqalar   bilan   iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   aloqalari   tarixidan   bahs
yurituvchi “Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn” deb ataluvchi asari bilan
mashhur
bo'ldi. Kitob 1467- 1470-yillar orasida yakunlangan.
“Matla’   us-sa'dayn”   ikki   qism   -   daftardan   iborat:   1)   Elxon   Abu   Sa’id
(1316—1335)   davridan   to   Amir   Temurning   vafoti   va   Xalil   Sultonning
Samarqand taxtiga o'tirishigacha, ya’ni 1405-yilgacha bo'lgan davr tarixi va 2)
Shohruhning 1405-yili Hirotda Temuriylar imperiyasining oliy hukmdori deb
e’lon qilinishidan to Temuriy Abu Sa’idning 1469-yili o'ldirilishigacha bo'lgan
tarixi.   Asarning   1427-yiIgacha   bo'lgan   davrni   o'z   ichiga   olgan   qismi
kompilyatsiya   bo'lib,   Hofizi   Abruning   “Majmu’   at-tavorix”   kitobi   asosida
yozilgan.
41 III Bob Mustaqillik yillarida o`rta asr Movarounnahr tarixshunosligining
o`rganilishi
3.1 §. Mustaqil O’zbekistonda O`rta asr Movarounnahr
tarixshunosligining o`rganilishi
Mustaqillik sharofati bilan ko`plab sohalar qatori vatanimiz tarixi va unga oid
yo`nalishlarda   ham   yangi   izlanishlar   davri   boshlandi.   XX   asr   90-yillaridan
e`tiboran   tarix   fani   namoyondalari   sohaga   oid   ko`plab   ilmiy   ishlar,   risolalar,
maqolalar   ijod   qilishdi.   Ular   orasida   R.   Shamsutdinov,   Sh.   Karimov,   H.
Ziyayev,   B.   Eshov,   A.   Zamonov,   H.   Boboyev,   D.   Ziyoyeva,   A.
Muhammadjonov, D. Alimova, B. Ahmedov kabi ko`plab fan namoyondalarini
uchratish mumkin. Shu jumladan, o`rta asr Movarounnahr tarixiga oid ko`plab
ishlar amalga oshirildi, manbalar tahlil qilib borilmoqda. 
B.   Eshov   o`zining   2012-yilda   yozilgan   ``O`zbek   davlatchiligi   tarixi``
kitobida yurtimiz hududida faoliyat  ko`rsatgan sulolalar, ularning davlatchilik
tuzimi,   moliya-soliq   siyosati,   ijtimoiy-iqtisodiy   hayoti,   davlat   lavozimlariga
ta`riflarni   keltirib   o`tadi.   Ushbu   kitobda   tarixchi   arablarning   o`lkamizga   kirib
kelishi   va   uning   sabablarini,   o`lkada   siyosiy   vaziyatni   atroflicha   tahlil   qiladi.
Ilk   o`rta   asrlarda   ma`lumki   Turkiston   o`lkasi   mustaqil   hokimliklardan   iborat
edi.   Ushbu   hokimliklarning   arablarga   bo`ysunish   jarayonlari   ketma-ketlikda
bayon   qilib   boriladi.   ``Umuman   olganda,   arablarning   yarim   asr   davomida
Xuroson noiblari Abdulloh ibn Amir, Ubaydulloh ibn Ziyod, Sayd ibn Usmon,
Salmo   ibn   Ziyod   kabilar   tomonidan   uyushtirilgan   hujumlar   talon-taroj   qilish,
o`lkadagi harbiy-siyosiy vaziyatni o`rganish, boyliklarni olib ketish masalasida
uyushtirilgan   edi.   705-yilda   Qutayba   ibn   Muslim   Xuroson   noibi   etib
tayinlangach,   Movarounnahrni   butunlay   bosib   olish   harakati   boshlandi.   O`rta
42 Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez
nizolarga   borib   turishlari   Qutaybaga   nihoyatda   qo`l   kelgan   edi.   706-yilda   u
nihoyatda   katta   qo`shin   bilan   Movarounnahrga   yurish   boshladi   va   Poykand
shahri 15 kunlik qamaldan so`ng egallandi`` 40
. Ushbu mulohazadan ma`lumki
arab   istilosi   davrida   o`lkamizda   siyosiy   parokandalik   mavjud   edi.   Bu   esa
hokimliklarni   yagona   maslak   asosida   birlashtirishga   qarshilik   qilib   turgan   va
o`z   navbatida   arablarga   ushbu   jarayon   qo`l   kelgan.   Ushbu   kitobda   o`rta
asrlarda   hukmronlik   qilgan   yurtimizdagi   boshqa   sulolalarning   boshqaruvi   va
siyosiy holati ham bayon etib boriladi.
Shuningdek,   2001-yilda   Azamat   Ziyo   tomonidan   yozilgan   ``O`zbek
davlatchiligi   tarixi``   nomli   kitobida   o`lkamizning   eng   qadimgi   davridan
Rossiya   bosqinigacha   bo`lgan   davrni   qamrab   oladi.   Ushbu   kitobda   muarrix
davlatchilik   boshqaruv   asoslarini   batafsil   bayon   qilib   beradi.   Boshqaruv
asoslari   va   davlat   lavozimlariga   manbalardan   misollar   keltirish   orqali   ta`rif
berib   o`tilgan.   Masalan,   somoniylar   davlatiga   ta`rif   berib,   Ismoil   Somoniy
faoliyatiga alohida urg`u beradi. 
Ismoil davlatchiligimiz tarixidagi 1600 yildan ortiqroq tajriba va an`analarni
uddaburonlik ila davom ettira bilgan davlat arbobi hisoblanadi. U, eng avvalo,
mamlakatimiz siyosiy birligini ta`minlash ishiga bel bog`lab, Farg`ona, Isfijob
(Sayram), Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag`oniyon, Xutalon, Kesh,
Xuroson, G`azna, Seiston kabi qator viloyatlarni o`z hukmi ostida birlashtirdi.
Garchi   ularning   hammasi   ham   mutlaq   ravishda   tobelik   yo`liga   kirmagan
bo`lsalar-da,   ammo   qudratli   markaziy   hokimiyat   obi   havosini   tan   olishga
majbur   bo`lgan   edilar.   Demak,   Ismoil   markazlashgan   davlatchilik   asoslarini
qaytadan tiklashga muvaffaq bo`lgan. Shundan so`ng u ana shu markazlashgan
davlat boshqaruv tizimini joriy etishga kirishdi. Chunki endigina mustaqillikni
qayta   tiklagan   davlat   qat`iy   tartib   doirasida   faoliyat   ko`rsatuvchi   idorachilik
zarur   edi.   Ismoil   bu   vazifani   ham   hal   eta   bildi.   Ammo   ilgarilari   boshqa
40
  B. Eshov. O`zbek davlatchiligi va boshqaruvi tarixi. T-2012. 151-152-betlar.
43 sulolalar tajribasida ko`rilganidek, Ismoil vafotidan so`ng (907-yil 25-noyabr)
taxtga chiqqan somoniylar namoyondalari (Ahmad, Nasr II, Nuh I, Abdumalik,
Mansur   I,   Nuh   II,   Mansur   II)   buyuk   ajdodlari   qoldirgan   merosni   saqlab
qolishga   ojizlik   qildilar.   Masalan,   Ismoildan   keyin   taxtni   egallagan   Ahmad
subutsizlik   qilib   arab   tilini   yana   davlat   tili   darajasiga   ko`tardi.   Vaholangki
Ismoil   davrida   bu   narsa   yo`q   qilingan   edi 41
.   Bundan   ko`rinib   turibdiki   Ismoil
Somoniy mamlakatni adolat va qat`iyat bilan boshqargan. Keyingi hukmdorlar
davrida   mana   shu   qat`iyat   yo`qolganligi   sabab   mamlakatda   boshboshdoqlik
kuchaygan.   Shuning   uchun   ham   Ismoildan   keying   hukmdor   Ahmad   isyon
oqibatida o`ldiriladi. Bu kabi ko`plab qimmatli ma`lumotlar kitobda bayon etib
o`tiladi. Shuningdek, kitobda o`lkamizdagi  sulolalarning qo`shni  xalqlar  bilan
olib   borgan   savdo   va   diplomatik   aloqalari   to`g`risida   ham   manbalar   asosida
turli ma`lumotlar keltirilgan.
Somoniylar   davrini   tadbiq   qilgan   olim   tarix   fanlari   doktori   Shamsiddin
Kamoliddin   hisoblanadi.     Olimning   2017-yilda   ``Ismoil   ibn   Ahmad   as-
Somoniy. O`zbek davlatchiligi tarixidan (IX-X asrlar)`` nomli risolasi nashrdan
chiqarilgan.   Risolada   Ismoil   Somoniyning   faoliyatidan   tashqari   sulolaning
qolgan azolari  haqida ham  ma`lumotlar  keltiriladi. Risola ikki qismdan iborat
bo`lib,   1-qismida   Bahrom   Vhubin,   Samon-xudot,   Jabboxon,   Mansur   ibn   Nuh
medalyoni, Somon-yabg`u, Kokuldor ;  2-qismida esa Ahmad ibn Asad, Ahmad
ibn   Asadning   o`g`illari,   Ismoil   ibn   Ahmad,   Ismoil   Somoniyning   boshqaruv
tizimi,   uning   qo`shin   islohotlari,   Jihod   urushlari,   Ismoil   Somoniy   maqbarasi,
uning   vaqfnomalari   haqida   ma`lumotlar   keltiriladi.   Ushbu   kitobda   somoniy
hukmdor Mansur ibn Nuh medalyoni haqida qiziqarli ma`lumot keltiriladi.
Oksford universitetining numizmatik kolleksiyasida 968-969-yilda Mansur I
ibn   Nuh   (961-976-yillarda   hukm   surgan)   zarb   etgan   kumush   medalyon
saqlanadi.   Uning   yuz   tomonida   o`ng   tarafga   qaragan   hukmdorning   surati,
41
  Азамат Зиё .  Узбек   давлатчилиги   тарихи .  Т -2001. 93-94- бет
44 uning ikki tomonida esa pahlaviy yozuvlar tushirilgan 42
. 
Shuningdek   risolada   Ismoil   Somoniy   maqbarasi   to`g`risida   ham   kerakli
ma`lumotlar uchraydi. Buxorodagi eng ko`hna me`moray yodgorliklardan biri
Ismoil   Somoniy   maqbarasi   bo`lib,   u   shaharning   g`arbiy   qismida,   Registon
yaqinidagi   madaniyat   va   istirohat   bog`ining   hududida   joylashgan.
Narshaxiyning   ``Buxoro   tarixi``da   keltirilishicha,   o`rta   asrlarda   bu   yerda
Naukanda   qabristoni   bo`lgan.   Arxeologik   qazilmalar   natijasida   shu   narsa
aniqlandiki,   ilgari   Ismoil   Somoniy   maqbarasidan   shimoliy   sharqda   yana   bir
nechta maqbaralar bo`lib, ularda somoniylar oilasining azolari va ularga yaqin
bo`lgan   odamlar   dafn   etilgan 43
.   Bundan   tashqari   risolada   keltirilishicha
Naukanda   qabristoniga   Ismoilning  qullar   tomonidan  o`ldirilgan  o`g`li  Ahmad
ibn Ismoil ham dafn etilgan.
Hamid   Ziyoyev   tomonidan   2000-yilda   yozilgan   ``Tarix-o`tmish   va   kelajak
ko`zgusi``   nomli   kitobida   ham   ilmiy   izlanishlari   natijalarini   keltirib   o`tadi.
Kitobning   ``Bahouddin   Naqshband   ta`limoti   Sibirda``   nomli   qismida   ushbu
ta`limotning   vujudga   kelishi   va   shayboniy   hukmdor   Abdullaxon   II   davrida
Sibir xonligi hududlariga ham tarqalganligi to`g`risida ma`lumot beradi. 
Volga   bo`ylari   va   Sibirda   turkistonliklarning   diniy   faoliyati   Oltin   O`rda
davlati   hukm   surgan   davrlarda   (XIII-XV)   keng   quloch   yoydi.   Bu   davlatning
asoschilari   Chingizxon   avlodlari   hisoblanib,   pirovardida   kelgindi   mo`g`ullar
tub aholi-qipchoqlarga aralashib va turklashib ketgan edilar.
Bu   vaqtlarda   turkistonliklar   Oltin   O`rdaning   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy
hayotida   salmoqli   o`rin   egalladilar.   Ularning   ta`sirida   Oltin   O`rda
hukmdorlaridan   birinchi   bo`lib,   islom   dinini   qabul   qilgan   kishi   Berkaxon
(1257-1266)   hisoblanadi.   Bu   kishining   piri   Najmiddin   Kubroning
shogirdlaridan   biri   mashhur   Buxoro   shayxi   al-Baharziy   edi.   Berkaxon   bu
42
  Шамсиддин Камолиддин .,  Исмоил ибн Аҳмад ас - Сомоний Ўзбек давлатчилиги 
тарихидан ., Scholars` Press-2017. 13- бет .
43
  Шамсиддин Камолиддин .,  Исмоил ибн Аҳмад ас - Сомоний Ўзбек давлатчилиги 
тарихидан ., Scholars` Press-2017. 45- бет .
45 tabarruk zot ta`sirida masjidlar qurdirdi va islom dini uchun sharoit yaratdi. Bu
holat   Turkiston   o`lkasi   bilan   aloqalarni   yangi   bosqichga   ko`tarib,   Urganch,
Buxoro   va   boshqa   joylardan   din   peshvolari,   olimlar,   savdogarlar,
hunarmandlar,   naqqoshlar   Volga   bo`ylariga   kelib,   doimiy   yashash   uchun
o`rnashdilar.   Shunday   qilib,   islom   dini   har   ikki   mamlakat   o`rtasidagi
aloqalarning   samaradorligini   ta`minlashda   muhim   o`rin   egalladi.   Bundan
tashqari,   islom   dinining   qabul   qilinishi   Oltin   O`rda   davlatining   xalqaro
mavqeini   ham   ko`tardi.   Islom   dini   Oltin   O`rda   hukmdori   O`zbekxon   (1312-
1342)   vaqtida   yanada   kuchaydi.   Bu   ishda   uning   ustozi   va   piri   Shayx
Nig`maniddin   al-Xorazmiyning   xizmati   beqiyos   katta   bo`ldi.   Uning   bevosita
qatnashuvida   mamlakatda   yangi   masjid   va   madrasalar   qad   ko`tardi 44
.   Ushbu
ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, o`rta asrlarda Turkistonda ilm-ma`rifatning
rivojlanishi   qo`shi   o`lkalar   va   davlatlarga   o`z   ta`sirini   o`tkazgan.   Buning
ta`sirida   ushbu   mintaqa   xalqlari   o`rtasida   aloqalar   faollashuvi   yanada
jadallashadi.   Din   umumiyligi   bu   mintaqa   davlatlari   va   xalqlarining   etnik
transformatsiyasiga ham ta`sir o`tkazadi.
   Bizga ma`lumki Ibn al-Asir o`z davrining yetuk va ilmli tarixchisi bo`lgan.
Akademik   Bo`riboy   Ahmedov   tomonidan   –yilda   yozilgan   ``
nomli   kitobida   Ibn   al-Asir   hayoti   haqida   bir   qiziqarli   ma`lumotga   keltiriladi.
Unga   ko`ra   Ibn   al-Asir   uchinchi   salib   yurishlarida   shaxsan   ishtirok   etgan.
Bunga quyidagi parchani misol keltirish mumkin :   `` Ibn al-Asir o`z davrining
keng ma`lumotli kishilaridan bo`lib, ayniqsa ilohiyot va tarix fanlarini chuqur
bilgan ;   musulmon   mamlakatlari   bo`ylab   sayohat   qilib,   nazariy   bilimini
chuqurlashtirgan ;   salblarga   qarshi   muvaffaqiyat   bilan   kurashgan   Salohiddin
Yusuf xizmatida ham bo`lgan va uning 1188-yili salblar bilan urushida ishtirok
etgan 45
.
Tarixchi   Ubaydulla   Uvatovning   1997-yilda   yozilgan   ``Sohibqiron   arab
44
  Ҳамид Зиёев . Тарих - ўтмиш ва келажак . T-2000. 54-55- бет .
45
  Бўрибой Аҳмедов .  Ўзбекистон тарихи манбалари. (Қадимги замон ва ўрта асрлар). Т-
2001.  135 - бет .
46 muarrixlari   nigohida``   nomli   kitobi   boy   ma`lumotlarga   egadir.   Ushbu   kitob
Amir   Temur   jamg`armasini   qo`llab-quvvatlash   uchun   yozilgan.   Kitobning
qimmati   shundaki,   ikkinchi   darajali   bo`lib   qolayotgan   manbalar   tahlil
etilgandir. Kitobda Amir Temurning Hindistonga qilgan yurishi tarixshunosligi
ham bayon etilgan.
Amir   Temur   Hindistonga   qilgan   yurishi   haqida   tarixchi   G`iyosuddin   Ali
``Ro`znoma-I g`azovot-i Hindiston`` (``Hindiston yurishi ro`znomasi``) (1403-
yil)   nomli   asar   yozib,   ushbu   yurishini   mufassil   yoritadi.   G`iyosuddin   Ali
keltirgan   ma`lumotlar   muhim   tarixiy   ahamiyatga   molik   bo`lib,   mazkur
davrning   ba`zi   mualliflari,   jumladan,   Nizomiddin   Shomiy,   Sharafiddin   Ali
Yazdiy kabi  mashhur  tarixchilarning asarlari  uchun ham  muhim  manba rolini
o`tagan.   Shuningdek,   Ibn   Arabshoh   ham   G`iyosuddin   Ali   keltirgan
ma`lumotlardan foydalangan. Masalan, Amir Temur bilan Fors va Iroq hokimi
shoh Mansur (1387-1393) o`rtasida 1393-yil Sheroz yaqinida yuz bergan jang
tafsiloti   miqyosa   qilinsa,   bu   ahvol   yaqqol   namoyon   bo`ladi.   G`iyosuddin   Ali
ta`kidlaganidek, jang oxirida uch kishining qolishi va shoh Mansurning yalini-
yolvorishiga qaramasdan, Amir Temur navkarlaridan biri uning boshini kesishi
ayrim badiiy bezaklar bilan tasvirlansa-da, Ibn Arabshohda ham shu tarzda aks
ettirilgan.   Bundan   tashqari,   Nizomiddin   Shomiyning   1404-yil   kuzigacha
bo`lgan voqealarni qamrab tugallangan ``Zafarnoma`` nomli asari ham o`idan
keyin   Amir   Temur   va   uning   avlodlari   davriga   bag`ishlab   yozilgan   ko`pgina
tarixiy   asarlarda   o`z   izini   qoldirdi.   Bu   jihatdan   qaralganda,   o`sha   paytda
Samarqandda   yashab,   shu   joyda   ta`lim   olgan   va   fors   tilini   mukammal   bilgan
Ibn   Arabshoh,   shubhasiz   mazkur   asardan   xabardor   bo`lgan.   Ba`zi
tadqiqotchilarning bu xususdagi fikrlari ham ushbu mulohazalarni tasdiqlaydi.
Yana   shu   faktni   e`tiborga   olish   kerakki,   Ibn   Arabshoh   kitobining   xotimasida
o`zi keltirgan ma`lumotlarni (haqiqat) deb, undan oldin ta`lif  etilgan asarlarni
esa   yolg`on   va   uydurma   deb   yozadi.   Bu   fikrni   e`tiborga   olsak,   muallif
hukmdorlarga   nisbatan   xayrixohlik   bilan   yozilgan   rasmiy   asarlarni   ko`zda
47 tutayotgan   bo`lsa   kerak 46
.     Ushbu   kitobda   bu   kabi   ko`plab   tarixiy   asarlar   va
ulardan   parchalar   keltirib   o`tiladi.   Kitobda   muallif   Ibn   arabshohning   Amir
Temur   va   uning   nasabi   haqida   yozganlaridan   misol   keltirib   o`tadi.   Quyida
kitobdan   bir   qiziqarli   parcha   keltiramiz :   ``Kesh   shahrida   Shamsuddin   al-
Foxuriy   ismli   bir   shayx   bore   di.   U   o`sha   yerlar   (xalqi)   e`tiqod   qo`ygan   kishi
bo`lib,   barcha   o`zining   diniy   va   dunyoviy   ishlarida   nimaiki   narsaga   bel
bog`lasa unga e`timod qilardi. Zikr qilishlaricha, Temur (avvaliga) faqir va ojiz
bo`lib,   u   xayoli   (mavhum)   ulug`vorlik   va   batamom   qashshoqlik   oralig`ida
turganida uning paxtalik kiyimlaridan bo`lak hech narsasi bo`lmagan. U o`sha
yerda (yagona) kiyimini ham sotib (yuborib) puliga bir bosh echki harid qildi
va   o`z   maqsadiga   yetishishiga   ishongan   holda,   zikr   qilingan   shayxning
huzuriga yo`l oladi. U arqonning bir uchini echkining bo`yniga ikkinchi uchini
o`zining   bo`yniga   bog`lab,   xurmo   shohidan   yasalgan   hassaga   tayanib,   ushbu
shayx   tomon   yuzlandi.   Temur   ushbu   o`zi   najotiga   umid   qilgan   shayxning
huzuriga   kirganida   u   o`zining   muridu   muxlislari   bilan   chuqur   fikrga   tolgan
holda   Allohning   zikri   bilan   band   edi.   Ular   o`zlariga   kelib   zikr-salomlaridan
to`xtagunlaricha   Temur   tik   turaverdi.   Shayxning   nazari   o`ziga   tushishi   bilan
Temur   uning   ko`zlarini   o`pishiga   shoshildi   va   oyog`iga   bosh   urdi.   Shayx   bir
dam   o`ylab   turgach,   boshini   ko`tarib   o`z   jamoasiga   qarab :   ``Bu   odam   go`yo
izzatu irgizini va boyligini fido qilib, tangri taolo nazdida pashshaning qanotiga
ham   arzimaydigan   narsa   uchun   bizdan   madad   talab   qilib   kelibdi.   Biz   unga
madad   berishimiz,   undan   (uni)   mahrum   etib   rad   qilmasligimiz   lozim.   Ey
jamoat!   Siz   uning   haqiga   duo   qilib,   istagan   muridga   yetishi   uchun   (unga)
madad   beringiz!``-dedi.   Natijada,   uning   qissasi   ham   Saalaba   bilan   sodir
bo`lgan   voqeaga   o`xshab   ketadi`` 47
.   Ushbu   voqeadan   keyin   Temurning
maqsadiga  yetishmagunicha  tinimsiz  harakat  qilganligi   tasvirlanadi.  Bu  yerda
Ibn   Arabshoh   keltirgan   ma`lumotlar   Temur   va   uning   nasabi   haqida   boshqa
46
  Убайдулла Уватов. Соҳибқирон араб муаррихлари нигоҳида. Т-1997.23-бет.
47
  Убайдулла Уватов. Соҳибқирон араб муаррихлари нигоҳида .  Т - 1997 .31-32- бет .
48 muarrixlar keltirgan ma`lumotlarga zid keladi. Ma`lumki, Temurning ajdodlari
Kesh   vohasida   o`z   mulkig   ega   bo`lgan   tabaqa   vakillari   bo`lgan.   Ikkinchidan
bo`lsa,   Ibn   Arabshoh   Amir   Temur   huzurida   XIV   asr   90-yillaridan   boshlab
faoliyat   ko`rsata   boshlagan.   Bundan   ko`rinadiki,   Ibn   Arabshoh   Temurning
bolaligi   haqida   ma`lumotlarni   eshitgan   voqealari   asosida   keltirgan   bo`lishi
mumkin. Bu kabi qiziqarli ma`lumotlar Ubaydulla Uvatovning ushbu kitobida
ko`plab   keltiriladi.   Muallif   so`zboshida   aytganidek   ikkinchi   darajali   manba
bo`lib   qolayotgan,   lekin   o`rganilishi   muhim   bo`lgan   muarrixlarning
ma`lumotlariga murojaat qilgan.
Mustaqillik yillarida Temur va temuriylar ga e`tibor yuqorilagani munosabati
bilan xorijda ham atroflicha tadbiq etila boshlandi. 1996-yil boshlarida chet el
tadqiqotchilarining Parijda e`lon qilingan Amir Temur va Temuriylar haqidagi
tadqiqotlari bibliografiyasi ro`yxatiga 450 dan ortiq asar kiritilgan edi 48
.
Omonulla   Bo`riyev   tomonidan   1997-yilda   yozilgan   ``Temuriylar   davri
yozma   manbalarida   markaziy   Osiyo``   (tarixiy-geografik   lavhalar)   nomli
kitobida   tarixiy-geografik   lavhalar   asosida   Movarounnahrning   XIV-XV
asrlardagi ma`muriy-hududiy tuzilishi, tabiati, xo`jaligi, xalqaro munosabatlari
to`g`risida   batafsil   ma`lumotlar   keltiriladi.   Asarda   Temuriylardan   tashqari
Chig`atoyxon   va   uning   sulala   azolari   haqida   ham   mal`umotlar   uchraydi.
Shuningdek,   ushbu   kitobda   Chig`atoyxonning   yarg`u   va   yasoq   qoidalariga
qat`iy   amal   qilganligi,   Beshbalig`   shahrini   poytaxt   qilib   belgilashi   (balig`-
mo`g`ul   tilida   shahar   ma`nosini   anglatadi),   jazolash   va   ulug`lash   qoidalariga
ham   qat`iy  amal   qilinishi   haqida  ma`lumotlarni  uchratish   mumkin.  O`lkaning
geografik xususiyatlariga ham o`rin ajratib, bahor va yoz oylarida yomg`irk o`p
yog`ishini bayon etadi.
Quyida   ushbu   asardan   ``Dorussaltana   Samarqandda   qurilgan   imoratlar   zikri``
qismida   bayon   qilingan   parchani   keltiramiz.   Bunda   temuriylar   davrida
48
  Ртвеладзе Э.В, Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой истории. Библиография.–
Париж, 1996.−28с.  
49 Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari keltiriladi.
``Movarounnahr   mamlakati,   ma`murlik   va   obodonchilikning   cho`qqisiga
yetib,   javonbaxt   shahzoda   mug`isuddin   Mirzo   Ulug`bek   ko`ragon   xayrli
joylaru oliy imoratlar qurishga mayl ko`rsatdi.
Samarqand   shahrining   ichida,   shaharning   o`rtasi   va   (shahar)   maydonining
markazida,   (Ulug`bek)   bir-biriga   ro`baro`   madrasa   va   xonaqoh   bino   qilib,   bu
ikki   maqomni   qurib   tamomlash   borasida   bir   necha   yil   davomida   sa`y-
harakatlar ko`rsatdi…
Kayvon viqor va mushtariy asar shahzoda ko`p daromadli yerlar, ekinzorlar
va ariqlarni  u joyga vaqf  qilib ajratdi, ulamolarning eng bilimdonlari  va  fozil
kishilarning   tajribakorlarini   madrasada   dars   berish   va   tushuntirish   uchun
tayinlandi,   shuningdek,   xonaqohga   ham   bilimdon   mashoyixlar   va
muboshirlarni belgiladi hamda bu ikki oliy maqomning muhim ishlarini kordon
kishilarning   sa`y-harakatlari   qo`liga   topshirdi.   Vaqfga   ajratilgan   daromadli
yerlar   va   ekinzorlardan   har   yili   shunchalik   mo`l   hosil   olinar   ediki,   u   ikki
joyning   zaruratlari   sarfidan   ortib   qolar   va   o`sha   ikki   joyning   o`z   xazinasiga
yig`ib qo`yilar edi ;   hech takallufsiz (aytish mumkinki), eng bilimdon podshoh
(Olloh) ixtiyor qilgan yana biror joy bo`lmasa, islom shaharlarining barchasida
bu   ikki   baxtli   maqomga   teng   keladigan   boshqa   biror   joyni   ko`rsatib   bo`lmas
edi.
Bu   varaqalarni   yozib   to`plovchi   Abdurazzoq   qutli   bir   munosabat   bilan   bir
necha   vaqt   dorussaltana   Samarqandda   muqim   turganida   bu   holni   o`z   ko`zi
bilan ko`rdi`` 49
. Bu yerda e`tiborli tomoni shundaki temuriylar davrida vaqfdan
olingan   daromadlar   ta`lim   xarajatlaridan   ortib   qolishidir.   Yuqoridagi   fikr
davomida   Mirzo   Ulug`bekning   ilm-fan   sohasida   olib   borgan   faoliyatlariga
keng   o`rin   ajratiladi.   Shuningdek,   asarda   Movarounnahrdan   tashqari   Xuroson
yerlari va geografiyasi haqida ham boy ma`lumotlar uchraydi. Hirot shahri va
49
  Омонулла Бўриев .  Темурийлар даври ёзма манбаларида марказий Осиё (тарихий -
географик лавҳвлар) Т -1997., 89- бет .
50 uning tevaragida joylashgan anhorlar, shaharlar sanab o`tiladi. Marv shahri va
uning Murg`ob to`g`oniga oid bir ma`lumot keltirib o`tiladi. Unda aytilishicha
Murg`ob   to`g`oni   1162-1163-yillarda   vayron   bo`ladi   va   suv   yuvib   ketadi.
Marvliklar   qanchalik   urinishsa   ham   to`g`onni   tiklashni   iloji   bo`lmaydi.
Xorazmshohlar   o`z   vakillarini   yuborib   to`g`onni   qayta   tiklashadi.   Asarda   shu
kabi   tarixiy   hamda   geografik   ma`lumotlar   hajmi   ancha   boyligi   bilan   ajralib
turadi.
Temuriylar davrini tadbiq etgan yana bir tarixchi Irpan To`xtiyev ``Temur va
temuriylar   sulolasining   tangalari``   nomli   qiziqarli   risola   muallifi   hisoblanadi.
Risolada   numizmatik   manbalardan   tashqari,   Amir   Temurning   hokimiyatga
kelishidan oldingi vaziyat, uni hokimiyatni egallashi, yevropa elchilari Temur
davlati   haqida   bergan   ma`lumotlar   qisqacha   keltirib   o`tiladi.   Shuningdek
asarda   ispan   elchisi   Rui   Gonsales   de   Klavixoning   esdaliklaridagi
ma`lumotlardan ham foydalaniladi. Quyida I. To`xtiyevning risolasidan parcha
keltiramiz :   ``Temur   o`zi   bevosita   Chingizxon   avlodidan   bo`lmagani   uchun
o`zini   ``Amir``   deb   ataydi.   1372-yildan   1388-yilga   qadar   qo`g`irchoq   xon
Suyurg`atmish,   undan   keyin   esa   uning   Mahmudxon   nomidan   ish   yuritadi.
Tangalarga   esa   ularning   nomi   bilan   birga   o`z   nomini   ham   qo`shib   zarb
qildiradi. 1402-yili Mahmudxon vafot etgach, Amir Temur boshqa qo`g`irchoq
xon tutmay o`sha Mahmudxonning nomi bilan pul zarb qilishni davom ettiradi.
Bu tangalarning old tomoniga-``lo iloho illoloh Muhammad rasul Olloh`` deb
Qur`ondan kalima yozdirdi. Tangalarning to`rt burchagiga esa to`rt xalifa :  Abu
Bakr,   Umar,   Usmon   va   Alilarning   nomlarini   yozdirdi.   Tangalarning   orqa
tomoniga esa :  (Suyurg`atmishxonning yorlig`I Amir Temur Ko`ragon akmonu)
deb yozilgan`` 50
. 
Mustaqillik   davri   tarixchilarimiz   Komilxon   Kattayev   ,   Qo`ziboy
Mamaraimovlar   tomonidan   temuriylar   davrida   Samarqandda   qurilgan
50
  Ирпан Тўхтийев .,  Темур ва темурийлар сулоласининг тангалари .,  Т  -`` ФАН ``-1992., 
9- бет .
51 inshootlar   salmoqli   tadbiq   qilingan.     Ular   tomonidan   2007-yilda   Samarqand
shahrining 2750 yilligiga atab yozilgan ``Go`ri Amir maqbarasi va qabrtoshlari
tarixi``   nomli   kitobida   qimmatli   ma`lumotlar   keltiriladi.   Kitobning   ``Go`ri
Amir maqbarasi qabrtoshlari`` nomli qismida nefrit toshining keltirilishi bayon
etib beriladi.
828/1425-yil   iyun   (sha`bon)   oyi   o`rtalarida   Mirzo   Ulug`bek   Mo`g`uliston
yurihidan zafarga erishib, Ili vodiysining Chu daryosi yoqasidagi Katmantepa
tog`idan   O`ljalar   qatori   ulkan   bo`lak   yashm   (nefrit)   va   ko`k   toshlarni
Samarqandga   olib   kelgan   va   g`alaba   nishonasi   bo`lgan   nefrit   toshni   bobosi
Amir   Temur   qabriga   qo`ydiradi.   Mirxondning   ma`lumot   berishicha,   olib
kelingan   tosh   uch   nafar   yashm   (nefrit)   edi.   Naql   bo`yicha,   Amir   Temur
Mo`g`ulistonni   egallaganida   uch   toshdan   birini   olib   kelgan,   Ulug`bek   Mirzo
esa o`sha yurtga yurish qilganida qolgan ikki toshni ham keltirgan ekan. 51
2008-yilda   Muhammad   Ali   tomonidan   ``Amir   Temur   solnomasi`` 52
  nomli
risola  yozilgan  bo`lib.  Risolada  Sohibqironga  oid  asosiy  m`lumotlar   qisqacha
shaklda izohlab o`tiladi. Shuningdek, risolada Temurning shajarasi, sohibqiron
nomining kelib chiqishi, davlat boshqaruv tizimi, Amir Temurning uch, besh,
yeti yillik yurishlari bayoni keltirib o`tiladi.
Sharq   uyg`onish   davrida   o`lkamizda   madaniyat   yuqori   natijalarga   erishgan.
Bu   davrda   faoliyat   olib   borgan   shaxslar   haqida   mustaqillik   davrida
tarixchilarimiz   tomonidan   asarlar   va   risolalar   yozilganligi   ahamiyatlidir.
Zamira Is`hoqovaning ``Najmiddin Kubro`` nomli risolasida  (2011-yil) ushbu
tarixiy   shaxs   va   uning   faoliyati   yoritib   beriladi.   Ma`lumki,   Najmiddin   Kubro
ulug` tariqat asoschilaridan biri bo`lib, ofoq va anfus nazariyalarini ham yaratib
bergan.  U  butun  umri   davomida  poklik  va  halollikni   targ`ib  qiladi.  Umrining
yakunida vatan himoyasi yo`lida jon beradi. Risolada aynan uning yorqin hayot
51
  Комилхон Каттайев ,  Қўзибой Мамараимов .  Гўри Амир мақбараси ва қабртошлари 
тарихи .  Биринчи китоб. Самарқанд шаҳрининг 2750 йиллигига бағишланади. 
``Зарафшон`` нашриёти Самарқанд-2007. 35-36-бетлар. 
52
 Муҳаммад Али., Амир Темур солномаси., Т-2008.
52 yo`li   bayon   qilib   beriladi.   Najmiddin   Kubroning   tariqatga   asos   solishi   va
Xorazm diyori uni qabul qilishi jarayonlari risolada bayon etilgan. Najmiddin
Kubro o`zining ``Ko`nglim ko`zi bilan ko`rganlarim`` asarida shunday yozadi :
``Dunyoning bir qismini kezib, ishlarni sinovdan o`tkazdim, turli amallar bilan
shug`ullanib, ma`lum kishilar bilan muloqotda bo`ldim. Buyuk ishlarni amalga
oshirib,   barcha   narsalarning   achchiq-chuchugini   tatib   ko`rdim.   Kitoblarni
tekshirib   chiqib,   olimlar   xizmatida   bo`ldim.   Dunyo   istab   umrimni   bekorga
o`tkazdim.   Ko`p   ajoyib   narsalarni   ko`zdan   kechirib   bo`ldimki,   eng   tez   o`tib,
eng tez zavol  topadigan  narsa  umr  va dunyo ekan.  Hech bir  narsani  o`lim  va
oxiratdan yaqinroq, hech bir narsani umid-istakdan uzoqroq va hech bir narsani
ta`nniy(og`irlik   va   matonat)dan   yaxshiroq   ko`rmadim`` 53
.   Kubroning   ushbu
fikri   uning   qanchalik   aql   yolqini   bo`lganligini   ko`rsatib   turibdi.   Kubro   fikri
davomida   nafs   insoniyat   xos   xususiyat   ekanligini   ta`kid   etib   nafsdan   xoli
bo`lish   va   poklik   faqat   payg`ambarlar   va   avliyolargagina   xosdir   deydi.   Shu
o`rinda   shayx   inson   nafsini   tarbiyalash   usullarini   bayon   etib   o`tadi.   Ushbu
risolada   Kubroning   karomat   ko`rsatish   qobilaytiga   quyidagicha   ta`rif   beradi.
``Avliyolarga   zohir   bo`ladigan   g`ayritabiiy   odat   va   karomatlar,   avliyolarning
o`ziga xos xususiyatlari tush ko`rish, bo`lajak voqealarni oldindan bashorat qila
olish, uzoq shaharlardagi yaqin kishisi bilan aloqa bog`lab so`zlashish, ruhning
jismdan ajralib sayr etishi va qaytib jismga kirishi, o`zgalar fikrini o`qib olish
va fikran o`zgalarga ta`sir o`tkazish, nafas quvvati, nazar quvvati, dil quvvati,
ko`ngildan   o`tkazish,   holatga   kirib   vujuddan   pur   taratish   kabilarda   namoyon
bo`ladiki,   Shayx   Najmiddin   Kubro   hazratlari   ham   karomat   ko`rsatish   va
favqulodda   hislatlari   bilan   mashhur   bo`lgan.   Najmiddin   Kubro   o`tkir   nafasi,
nazari   va   suhbati   bilan   qalblarga   g`ulg`ula   solgan`` 54
.   Yuqoridagi   hislatlarga
ega   bo`lganligi   uchun   ham   shayx   Najmiddin   Kubro   ``Valiytarosh   Avliyo``
nomiga sazovor bo`lganligi e`tiborni o`ziga tortadi.
53
  Замира Исҳоқова., Нажмидди Кубро., Т-2011,. 10-бет
54
 Замира Исҳоқова., Нажмидди Кубро .,  Т -2011,. 30-бет
53 M. M. Xayrullayev tomonidan 1994-yilda yozilgan `` O`rta Osiyoda IX-XII
asrlarda   madaniy   taraqqiyot   (Uyg`onish   davri   madaniyati)   ``   nomli   kitob
nashrdan   chiqdi.   Ushbu   kitobdan   madaniyatimiz   tarixidagi   muhim   hodisalar,
ilmiy   muassasalar   faoilati   va   ularga   berilgan   ta`riflar   o`rin   olgan.   Arab
xalifaligiga   qarshi   harakatlar   natijasida   IX   asr   oxirida   vujudga   kelgan
somoniylar   davridan   boshlab   ilm-ma`rifat   yangi   bosqichga   ko`tariladi.   Lekin,
Somoniylar   davrida   ham   siyosiy   jihatdan   to`la   birlikka   erishishning   iloji
bo`lmagan.   Sababi   boy-zamindorlarning   mustaqillika   tomon   muttasil
intilishlarida   edi.   Shu   jumladan,   keying   sulolalar   Qoraxoniylar,   G`aznaviylar,
Xorazmshohlar   davrida   ham   mustahkam   siyosiy   birlikka   erishilmagan.
Shunday bo`lsada O`rta Osiyo mintaqasi shu davrlarda boy ilmiy meros yarata
oldi.  Ko`plab  allomalar   yetishib   chiqdi.   Aksariyat   hukmdorlar   ham   ilm-fanga
homiylik qilsihdi. 
O`rta   asrlarda   mehnatkash   xalqning   adolat   uchun   kurashi   sektantlik
harakatining   vujudga   kelishida   ham   kuzatiladi.   Ushbu   harakat   ismoiliylik   va
karmatlik   yo`nalishida   edi.   Ushbu   kitobdagi   bir   qiziqarli   ma`lumotni
keltiramiz :  ``Ismoilizm va karmatlar islomda hurfikrlilik va demokratiya uchun
kurashning ko`rinishlaridan biri edi. Karmatlarning tenglik, o`zaro yordam kabi
fikrlarini atoqli mutafakkir shoirlar Rudakiy, Nosir Xisrav, al-Maariy, Abu Ali
ibn Sino kabilar himoya qildilar. Shuningdek, ayrim aqidalarni, xususan, iroda
erkinligi, taqdir, inson faoliyatining maqsadlari kabi masalalarni talqin etishda
mutazilliylar   va   mutakallimlar   yo`nalishi   tashkil   topib   ular   o`rtasidagi   kurash
ko`p   olim,   mutafakkirlar   dunyoqarashiga   katta   ta`sir   ko`rsatdi.   Islom   bilan
uzviy   bog`liq   holda   vujudga   va   musulmon   mamlakatlarida   keng   tarqalgan
g`oyaviy   oqimlardan   biri   tasavvuf-so`fizm   bo`ldi.   Bu   oqimlar   O`rta   Osiyo
xalqlari   ilk   o`rta   asr   madaniyatida   ham   o`zining   yorqin   ifodasini   topdi.   Bu
oqimlarning   shakllanishi   va   rivojida   o`rta   osiyolik   olimlar   ham   faol   ishtirok
54 etdi`` 55
.
Muallif   ushbu   kitobda   ilm-fanning   turli   sohalarida   ijod   qilgan   allomalar
haqida   ham   ma`lumotlar   keltirgan.   Jumladan,   Ibn   sinodan   keyin   tabobat
sohasida faoliyat yuritgan va fors tilida asarlar yozgan zamonasining mashhur
olimi   Ismoil   Jurjoniy   haqida   ma`lumotlar   beradi.   Ibn   Usaybaning   ``Uyun   ul
anba``   asarida   qayd   etishicha,   ``U   keng   bilimlarga   ega   bo`lgan   o`z   yurtida
mashhur juda yirik tabib edi, u davolashning ajoyib usullarini bilardi, tibbiyot
san`atiga oid qimmatli asarlar uning qalamiga mansubdir``. U uzoq umr ko`rib
xorazmshohlar   hukmronligi   davrida   vafot   etdi.   Manbalarda   ko`rsatilishicha,
Ismoil Jurjoniy tibbiyot bo`yicha fors tilida 12 jilddan iborat ``Xorazmshohlar
xazinasi``   asarini   ,   2   jildlik   ``Tibbiyot   bo`yicha   xotiralar``   kitobini   yozib
qoldirgan 56
. Shuningdek ushbu kitobda Faxriddin Roziy, Mahmud Koshg`ariy,
Abu   Fazl   Bayhaqiy,   Muhammad   Nasaviylar   haqida   ham   ahamiyatli
ma`lumotlar keltiriladi.
B. Eshov va A. Odilov tomonidan 2014-yilda yozilgan ``O`zbekiston tarixi``
kitobida   o`rta   asrlarda   hukmronlik   qilgan   sulolalar   to`g`risida   batafsil
ma`lumotlar keltiriladi. G`aznaviylar sulolasining qudratli hukmdorlari haqida
ham   ma`lumotlar   berib   o`tadi.   G`aznaviy   hukmdor   qobiliyatli   sarkarda
Sabuqteginning   ta`siri   mamlakat   ichra   tez   orada   shu   qadar   kuchayib   ketdiki,
uning qarshisida Nuh II taxtda rasman o'tirgan aslida zaif hukmdorga aylanib
qoldi. Somoniy hukmdori Mansur II (997-999) va Mahmud G'aznaviy o'rtasida
nisbatan   yaqin   munosabatlar   o'rnatilgan   edi.   Otasining   o'limidan   so'ng
Mahmud   akasi   Ismoilni   taxtdan   tushirib,   o'zi   hukmdorlik   darajasini   egalladi
(998-1030). 999 yil Mansurni o'limidan so'ng Buxoro taxtiga ukasi Abdulmalik
II egalik qildi. Bundan g'azablangan Mahmud Xurosonga qo'shin tortadi va uni
butkul   Somoniylar   davlatidan   ajratib   oldi.   Oradan   ko'p   o'tmay   Somoniylar
55
  М .  М .  Хайруллаев Ўрта Осиёда  IX - XII   асрларда маданий тараққиёт (Уйғониш даври 
маданияти) .,  T -1994., 21- бет .
56
  М .  М .  Хайруллаев Ўрта Осиёда  IX - XII   асрларда маданий тараққиёт (Уйғониш даври 
маданияти) .,  T -1994., 55- бет .
55 davlati   Qoraxoniylar   sulolasi   qo'liga   o'tib,   oxirgi   amir   ham   zindonband
qilinadi.   Shunday   voqealarga   boy   999   yili   Bag'dod   xalifasi   al-   Qodirbilloh
Mahmud   G'aznaviyga   «Yaminud-davla   va   aminul-milla»   (Musulmon
davlatining o'ng qo'li va millatning omonligi) degan faxriy unvon va Xuroson
hokimligiga  е?rliq,   bayroq   va   nog'ora   yuboradi.   O'z   navbatida,   Mahmud
G'aznaviy   ham   Abbosiylar   xalifasini   rasman   tan   olib,   uni   payg'ambar   avlodi
sifatida qadrlaydi. Bu esa Mahmud G'aznaviy davlatining to'liq mustaqilligidan
darak   berar   edi.   1001-yildagi   Qoraxoniylar   xoni   Nasr   Eloqxon   bilan   o'zaro
kelishuviga   binoan   Amudaryo   chegara   sarhad   qilib   belgilandi.   1002-yili   esa
Mahmud   Eronning   Seiston   viloyatini   qo'lga   kiritadi.   1006-1008-yillarda
Qoraxoniy   Qodirxon   Mahmud   G'aznaviy   yo'qligidan   foydalanib,   Xurosonga
yurish qiladi. Bunday hol ikki bor takrorlanib, Mahmud har ikkala holatda ham
Qodirxon   qo'shinlarini   tor-mor   keltiradi   va   Xurosondan   haydab   chiqaradi.
1010-1011-yillarda G'ur viloyatiga yurish qilib, uning hokimi ibn Suriyni asir
oladi. Keyin G'archistonni (Marv va Hirot oralig'idagi hudud) egallab, podshoh
Sharni ham bandi qiladi. 1015-yilda esa hozirgi Afg'onistonning chekka tog'li
hududi   Hamovandni   bosib   oladi.   1002-1026-yillar   mobaynida   Mahmud
G'aznaviy   Hindistonga   17   marotaba   yurish   qiladi.   Shubhasiz,   bu   yurishlarda
sulton   ko'plab   boyliklarni   qo'lga   kiritadi,   o'nlab   shahar-qishloqlarni   vayron
qiladi.   Birgina   1019-yilgi   yurishda   350   ta   fil,   57   mingta   asir,   behisob
boyliklarni o'lja sifatida qo'lga kiritgan 57
.
1217 yili Bag'dod xalifasi  an-Nosir  (1180-1225)  sultonning Bag'dodni  unga
topshirishi   va   uning   nomini   xutbaga   qo'shib   o'qishini   qat`iy   rad   etgach,
Muhammad   Xorazmshoh   katta   kishilik   qo'shin   bilan   abbosiylar   xalifaligiga
yurishni boshlab yuboradi. Xorazmshohlar tangalari va xutbalardan xalifa nomi
chiqarib   tashlanadi.   Sulton   farmoniga   ko'ra   termizlik   shayx   Alamulk   at-
Termiziy   xalifa   etib   tayinlanadi.   Sultonning   yuqoridagi   xatti-harakatlari
ko'pchilik   ulamolar   tomonidan   ma`qullanmaydi.   Ular   sultonga   xalifa   ustiga
57
   B. J. Eshov., A. A. Odilov., O`zbekiston tarixi I.,T-2014., 232-bet.
56 harbiy yurish qilish, islom dunyosida xorazmshohga nisbatan salbiy munosabat
keltirib  chiqarishini  tushuntirmoqchi  bo'ladilar.  Ulamolar  noroziligini  hisobga
olmagan sulton ularning ko'pchiligini jazoga tortadi.
Abbosiylar   xalifaligiga   muvaffaqiyatsiz   yurishdan   so'ng,   1218-yili
Muhammad Xorazmshoh o'zining yangi poytaxti deb e`lon qilgan Samarqand
shahriga   kirib  keldi  va  xutba,  tangalardan  esa  xalifa  nomini   chiqarib  tashlash
xususida   farmon   berdi.   O'sha   yili   Muhammad   xorazmshoh   Chingizxon
huzuriga   yana   o'z   elchilarini   yuboradi.   Bunga   javoban   Chingizxon
kechiktirmasdan   qimmatbaho   sovg'alar   va   mollar   ortilgan   katta   karvon   bilan
o'z elchilarini xorazmshohlar sultoni huzuriga yuboradi. Sultonga mo'ljallangan
qimmatbaho sovg'alar ichida Chingizxon o'lja olgan tuya o'rkachidek keluvchi
oltin   bo'lagi   ham   bor   edi.   Elchilarga   xorazmlik   taniqli   savdogar   Mahmud
Yalavoch   (Mahmud   al-Aromiy)   rahbar   etib   tayinlanib,   uning   safdoshlari,
buxorolik savdogar Ali Xo'ja va o'trorlik Yusuf Qanqalar elchilik rutbasiga ega
edilar.
Sulton   Muhammad   bu   elchilarni   1218-yil   bahorida   Buxoro   shahrida   qabul
qiladi. Elchilar  Chingizxon sultonning zafarli yurishlaridan xabardor  ekanligi,
uni qudratli podshoh sifatida tan olib ―o'zining eng ardoqli o'g'illari qatorida‖
ko'rishini   bayon   etishadi.   Chingizxon   o'z   nomasida   kuch-qudrati   zafarini
ko'rsatish   ma`nosida   Xitoy   va   qo'shni   mamlakatlarni   qanday   kuch   bilan
egallaganligini   ham   aytib   o'tadi.   Elchilar   nomasi   shubhasiz   sultonga   maъqul
bo'lmaydi.   Ayniqsa,   mo'g'ul   davlatining   xonini,   uni   o'zining   ―o'g'li   qatorida
ko'rish,   bu   sharq   ustamonligida   qaram   qilish   eki   o'z   homiyligiga   olish   degan
ma`noni  anglatishni  sulton yaxshi  tushunadi. Elchilarga sulton javobi ma`lum
emas,   lekin   o'sha   tunda   u   o'z   yoniga   Mahmud   Yalavochni   chorlab   bor
haqiqatni   bayon   etishni,   uning   xizmatiga   o'tib,   maxfiy   josus   bo'lib   xizmat
qilishni   buyuradi.   O'z   hayotidan   xavfsiragan   Mahmud   Yalavoch,   muarrix   an-
Nasaviyning yozishicha, ―sulton eshitishni xohlagan ma`lumotni aytib, sulton
57 taklifiga ko'nadi 58
.
G`aznaviylar   sulolasi   to`g`risida   hatto   Maqsud   Qoriyev   tomonidan
``G`aznaviylar`` deb nomlangan tarixiy roman yozilgan bo`lib unda mamlakat
ichki holati, siyosiy kurashlar tasvirlanadi.
Iso   Jabborov   tomonidan   1999-yilda   ``Buyuk   xorazmshohlar   davlati``   nomli
asar   yaratilgan.   Ushbu   asarda   Xorazm   diyoriga   arablar   bostirib   kirish
arafasidagi   holatga   baho   berib   quyidagicha   ma`lumot   keltiriladi :   ``Tarixiy-
arxeologik   ma`lumotlarga   qaraganda,   arab   istilosi   arafasida   Xorazm   jiddiy
tanglikni   boshdan   kechirmoqda   edi.   Bu   paytda   Xiva,   Shovot   Tuproqqal`asi,
Ko`hna Urganch shaharlari tanazzulga yuz tutdi, Kapars, Qal`ajiq qal`alarida,
Xiva   shahri   yaqinidagi   Tuproqqal`ada,   To`qqal`ad   ava   boshqa   joylarda   hayot
so`nib   bordi.   Sug`oriladigan   ekin   maydoni   keskin   qisqarib   ketdi,
hunarmandchilik   ishlab   chiqarish   tanazzulga   yuz   tutdi.   Ichki   krizis   tufayli
zaiflashgan   Xorazm   o`z   hududida   kirib   kelib,   vohada   o`troq   bo`lib   qolgan
yarim   ko`chmanchi   va   ko`chmanchi   qabilalar   siquviga   dosh   berolmadi.   Bu
omillarning   bari   xorazmliklarning   sotsial   va   etnik   qiyofasiga   o`z   ta`sirini
o`tkazdi`` 59
. Bundan ko`rinadiki Xorazm o`lkasi arab istilosi arafasida inqirozni
boshidan   kechirayotgandi.   Arablarga   Xorazmni   bo`ysundirish   qiyinchilik
tug`dirmaydi.   Bundan   tashqari   Xorazm   hokimi   Chag`onga   qarshi   ko`tarilgan
qo`zg`olon ham arablarga qo`l keladi. Yana bir e`tiborli tomoni shundaki, Iso
Jabborov ushbu kitobda arab sayyoh-geograf tarixchilarining Xorazm xususida
bergan   ma`lumotlarini   keltiradi.   Arab   sayyohi   Maqdisiy   Xorazmda   bo`lib   u
yerdan   xalifalikka   olib   boriladigan   mahsulotlarni   sanab   o`tadi   va   ro`yxatini
tuzib   chiqadi.   Ushbu   kitobda   Iso   Jabborov   Madisiy   keltirgan   ro`yxatni   ham
bayon   qiladi.   Unga   ko`ra   Xorazmdan   xalifalikka   quyidagi   mahsulotlar   olib
boriladi :   ``Xorazmdan-sobol,   kul   rang   olmaxon,   ooq   sichqon,   dasht   tulkisi,
suvsar,   tulki,   qunduz,   bo`yalgan   quyon,   echki,   mum,   kamon   o`qi,   oq   terak
58
  B. J. Eshov., A. A. Odilov., O`zbekiston tarixi I.,T-2014., 299-bet.
59
  Исо Жабборов .,  Буюк хоразмшоъҳлар давлати .,  T -1999., 97-98- бет .
58 po`stlog`i, qalpoq, baliq yelimi va baliq tishi chiqariladi ;   qunduz terisi, anbar,
kimxut (terining bir turi), mis o`rmon yong`og`I, lochinlar, qilich, sovut, qayi,
slavyan   qullari,   qo`y   va   sigirlar-buqalarning   hammasi   Bulg`ordan   keladi.
Xorazmda   uzum,   kunjut,   yo`l-yo`l   kiyim   boshlar,   mayiz,   gilamlar,   ko`rpalar,
ajoyib   kimxob   ``mulham``   degan   choyshab,   kul   rangli   kiyimlar,   eng   kuchli
odamlar   ega   oladigan   kamonlar,   alohida   bir   xil   pishloq,   zarbdor,   baliq
tayyorlanadi.   U   yerda   kemalar   yasaladi,   yasalganda   ham   nihoyasiga
yetkaziladi`` 60
. Bu yerda Maqdisiy turlicha, bir-biridan qiziq mahsulot turlarini
keltiradi.   Yuqorida   sanab   o`tilgan   mahsulotlar   orasida   ayniqsa   diqqatni
e`tiborni   tortadigan   tomoni   ushbu   mahsulotlar   qatorida   slavyan   qullarining
borligidir. Demak bu-Xorazmning shimoliy chegaralaridan slavyan qullari olib
ketilgan degan xulosaga olib keladi.
XII   asrning   oxirlarida   Anushteginiy   hukmdor   Takash   davrida   davlat
kuchayib qudratli saltanatlardan biriga aylangani e`tirof etiladi. Uning davrida
ilgari   cho`lga   aylangan   Charmanyop   vohasidagi   Shohsanam,   Zmuxshir,
Govurqal`a, Devqal`a, Qal`aliqir kabi qadimiy istehkomlar qaytadan tiklanadi.
Xorazm   tarixiga   oid   istiqlol   yillarida   yaratilgan   asarlardan   yana   biri   2016-
yilda Qudrat Masharipov tomonidan yozilgan bo`lib, asar ``Xorazmning O`rta
sharq   va   Yevropa   davlatlari   savdo   markazlari   bilan   tarixiy   aloqalari``   (X-XV
asrlar) deb nomlanadi. Ushbu kitobda Xorazmdagi dplomatik munosabatlar va
savdo   aloqalari   keltiriladi.   Shu   bilan   birga   Xorazmda   savdo   va   elchilik
munosabatlari   uchun   yaratilgan   shart-sharoit   va   karvonsaroylar   haqida
ma`lumotlar   uchraydi.   Xususan   Xorazm   savdo   aloqalari   haqida   asarda
quyidagicha   ma`lumot   keltiriladi :   ``   Xorazmshohlar   davlatiga   kelgan   barcha
karvonlarga   juda   katta   imtiyoz   va   erkinliklar   yaratib   berilgan   va   ularning
xavfsizligi   ta`minlangan.   Natijada   obod   va   farovon   shaharlarning   bozorlari
gavjum,   fuqarolari   boy-badavlat   darajada   yashagan.   Yoqut   Hamaviyning :
``Hech   qayerda   bunday   gavjum   va   yashnagan   joyni   ko`rmaganman…
60
  Исо Жабборов .,  Буюк хоразмшоъҳлар давлати .,  T -1999., 99- бет .
59 Xorazmning   deyarli   hamma   shaharlarida   mol-tovar   hamda   do`kon-rastalarga
boy  bozorlar   bor.  Bozori  bo`lmagan  qishloq  kamdan-kamdir``-  deb  yozishiga
to`la   asos   bor   edi`` 61
.   Anushteginiy   xorazmshohlar   davrida   ham   ichki   ham
tashqi   savdo   yuksak   taraqqiy   etgani   Yoqut   Hamaviyning   yuqoridagi   fikridan
ham   ko`rinib   turibdi.   Shuningdek,   asarda   xorazmliklarning   Kavkaz   xalqlari
bilan olib borgan savdo aloqalari haqida ma`lumotlar keltiriladi. Unga ko`ra X-
XII asrlarda Armanlarning savdo markazi sifatida tan olingan-Ani shahri deya
ta`kidlanadi. Xorazmliklar bilan armanlar Eron, Ozarbayjon va Volga daryosi
bo`ylari orqali savdo aloqalarini olib borishgan. Ayniqsa Xorazm savdogarlari
bilan   ozarbayjonliklar   faol   savdo   qilishgan.   Sababi   Ozarbayjon   bilan   til
yaqinligi va din umumiyligiga ega edi. 
61
  Қудрат Машарипов .,  Хоразмнинг Ўрта шарқ  ва Европа давлатлари савдо марказлари
билан тарихий алоқалари ( X - XV   асрлар) .,   T -2016., 63- бет .
60 2 .2§.   Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan Movarounnahr tarixshunosligining
o`rganilishi
Arab   istilosidan   keyin   vujudga   kelgan   Movarounnahrdagi   davlatlar   va
sulolalar   boshqaruvi   xorij   tadqiqotchilari   tomonidan   ham   e`tiborsiz   qolmagan.
Arablar   boshqaruviga   barham   berilganch,   dastlabki   tashkil   etilgan   davlat
somoniylar   sulolasi   chet   el   tarixchilari   tomonidan   Somoniylar   imperiyasi   deb
yuritiladi.   Eronlik   tarixchi   Ezzatollah   Khodadi   o`zining   ``Somoniylar   tarixi``
nomli   maqolasida   sulola   asoschisi   Ismoil   Somoniyning   sifatlariga   alohida
e`tibor   qaratgan.   Ismoil   mamlakatning   shimoli   va   sharqida   faol   bo'lib,
Somoniylar ta'sirini barqaror ravishda tarqatdi, Kirman, Sijiston va Kobul kabi
boshqa   shaharlar   ustidan   nazoratini   mustahkamladi,   iqtisodiy   va   tijorat
rivojlanishini yo'lga qo`ydi, muvaffaqiyatli va kuchli tashkil armiya tashkil etdi.
Uning   davrida   poytaxt   Buxoroni   Islomning   eng   ulug'vor   shaharlaridan   biriga
aylantirgani   aytilgan.   Ismoil   mintaqaga   olimlar,   rassomlar   va   huquq
shifokorlarini jalb qilganligi sababli, Qu'ran fors tiliga tarjima qilinish jarayoni
61 Somoniylar   hukmronligi   davrida   yakunlandi.   Sunniy   ilohiyot   sohasidagi   juda
katta   yutuqlarga   Ismoil   davrida   ko'plab   masjidlar   va   madrasalar   qurilganligi
sababli   etishtirilgan.   893-yilda,   Ismoil   Qarluq   turklarining   poytaxti   Talas
shahrini   oldi.   Ismoil   va   boshqa   Somoniylar   hukmdorlari   aholi   orasida   Islomni
targ'ib qildi va turklarning 30,000 chodirlari keldi va Islom diniga e'tiqod qilina
boshladi.   Uning   hukmronligi   davrida   u   ko'plab   mintaqaviy   davlatlarni
to'g'ridan-to'g'ri   sharqqa   bo'ysundirdi   ba'zilarini   o'z   chegaralariga   kiritish   va
boshqalarning   mahalliy   hukmdorlarini   vassal   sifatida   saqlab   qolidi.   Xorazm
shimolini egalladi,Janubiy qismi Afrig`iy hukmdorlar qo`l ostida avtonom bo'lib
qoldi,   Shimoliy   qismi   esa   Somoniylar   amaldori   tomonidan   boshqarilgan.903-
yildagi Ismoil Samoniylar chegaralarini yanada mustahkamladi 62
.
Qoraxoniylar   sulolasi   to`g`risida   Xitoy   muarrixlari   ancha   boy   ma`lumotlar
qoldirgan.   Ushbu   ma`lumotlar   asosida   Ablat   Xo`djayev,   Dilrabo   Turdiyevalar
tomonidan   2021-yilda   ``   Qoraxoniylar   xoqonligi   tarixi   Xitoy   Xalq   Respublikasi
olimlari   tadqiqotlarida``   nomli   asari   nashrdan   chiqqan.   Undan   Xitoy
muarrixlarining Qoraxoniylar sulolasi haqida keltirgan juda boy ma`lumotlari o`rin
olgan.   Xitoy   olimi   Vey   Lyangtao   1983-yilda   Qoraxoniylar   davlatiga   oid   ilmiy-
tadqiqotlarini   yozib   tugatadi.   Olim   asarini   1986-yili   Xitoyning   Urumchi   shahrida
nashr   ettiradi.   Asarini   ``Kalxan   vangchao   shigao``   (``   Qoraxoniylar   sulolasining
qisqacha tarixi``) 63
 deb ataydi. 
Qoraxoniylar to`g`risida uyg`ur tarixchisi Turag`ul Olmas ham tadqiqot olib
boradi.   Muallif   ``Uyg`urlar``   nomli   asarini   1989-yilda   yozadi.   Ushbu   asar   ham
Urumchi shahrida nashr etiladi. Turag`ul Olmasning asari 840-betdan iborat bo`lib,
10-16-boblari Qoraxoniylar davlati haqida ma`lumotlar beradi. 
1991-yilda   Xitoy  poytaxtida   uyg`ur   tarixchilari   Anvar   Baytur   va   Xayriniso
Sidiqning ``Shinjyandagi millatlarning tarixi`` 64
  nomli asari bosmadan chiqariladi.
62
  Ezzatollah Khodadi. The effects Recorded of the Samanid in History..International Journal 
of Research in Management. Year of 2012, march.
63
  Вей Лянгтао .  Калхан вангчао шигао (Қорахонийлар сулоласининг қисқача тарихи) .  
Урумчи ,  1986 .  
64
 Anvar Baytur, Xayriniso Sidiq. Shinjyandagi millatlarning tarixi. Pekin-1991-yil.
62 Asar hajman ancha yirik hisoblanib, 1317 sahifadan iboratdir. Asarning 13-bobida
Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi, iqtisoiy-ijtimoiy jarayonlar, siyosiy tarixi,
diplomatik munosabatlar, harbiy to`qnashuvlar haqida hikoya qiladi.
XXR   tarixchilarining   mulohazalariga   qaraganda,   Qoraxoniylar   xoqonligi
tarixini tadbiq etishga katta hissa qo`shgan olim V. V. Bartold hisoblanadi. Xitoy
olimlarining   faraziga   qaraganda,   V.   V.   Bartoldning   Qoraxoniylarga   oid   eng   yirik
ilmiy   ishi   o`zining   doktorlik   dissertatsiyasi   mavzusi   hisoblangan   ``   Туркестан   в
епоху   монгольского   нашествия ``   nomli   tadqiqot   ishidir.   Ushbu   ilmiy-tadqiqot
ishi   ikki   qismdan   iborat   hisoblanib   ushbu   qismar   Sankt-Peterburgda   1898-1900-
yillarda   nashrdan   chiqariladi.   Asarni   g`arbiy   yevropa   olimlari   1928-yilda   ingliz
tiliga   tarjima   qiladi   va   uni   ``Turkeston   down   to   the   Mongol``   (   ``Mo`g`ullar
istilosgacha   bo`lgan   Turkiston   tarixi``)   deb   nomlashadi.   V.   V.   Bartold   asarlarida
Qoraxoniylarga   oid   ma`lumotlar   musulmon   sulolalariga   xos   uslubda   talqin
qilinadi, muhim bo`lgan mulohzalarni keltirib o`tadi. 
1936-yildan   boshlab,   V.   V.   Bartold   asarlari   sobiq   Ittifoq   Fanlar
akademiyasining qaroriga asosan 9 jildli to`plam (uning 2-jildi 2 kitobdan iborat)
sifatida   nashr   qilindi.   Uning   qoraxoniylarga   oid   tadqiqoti   ``Mo`g`ullar   istlosi
davrida Turkiston`` nomli doktorlik dissrtatsiyasida o`z aksini topadi. Ushbu yirik
asar   ikki   qismga   bo`lingan   bo`lib,  uning  birinchi   qismi   asl   matndan   iborat.   Unda
Qoraxoniylar  davrida Turkistonda joriy etilgan yer egaligi, soliq tizimi, aholining
etnik o`zgarishlari tadbiq etilgan. Veng Lyangtaoning fikricha Bartold til jihatidan
imkoniyatlari   cheklanganligi   tufayli,   u   Xitoy   manbalari   va   numizmatik
materiallardan   to`la   foydalana   olmagan.   Natijada   uning   ba`zi   xulosalari   noto`g`ri
bo`lib qolgan 65
.
Lyu   Chjishyaoning   yozishicha,   IX   asrning   40-yillarida   g`arbga   ko`chgan
uyg`ur qabilalari kuchayib, qarluqlar hokimiyatini o`z qo`liga oladi. Shundan keyin
Qarluq   davlati   yoki   sulolasi   degan   nom   yo`qolib,   uning   o`rnini   Qoraxoniylar
65
  Вей Лянгтао .  Калхан вангчао шигао (Қорахонийлар сулоласининг қисқача тарихи) .  
Урумчи, 1986. 35-бет.
63 sulolasi   egallagan 66
.   Ushbu   ma`lumotlar   ham   Qoraxoniylarning   etnik   asosida
qarluqlar   muhim   rol   o`ynaganini   ko`rsatadi.   Chunki,   bizga   ma`lumki   X   asr
o`rtalarida qarluq, chig`il, yag`mo, o`g`uz qabila ittifoqi natijasida vujudga kelgan
edi.
Dastlab   Qoraxoniylar   sulolasi   va   ularga   tegishli   qabilalar   asosan   Balxash
ko`li atrofida istiqomat qilgan. Keyinchalik ular o`z ta`sir doirasini janub tomonga
kengaytirib,   Amudaryo   bo`ylarigacha   yetkazgan.   Shunda   ular   birinchi   navbatda
Somoniylar   hokimiyati   bilan   to`qnashadi.   O`sha   zamonda   Qoraxoniylarning
poytaxti   hozirgi   Qirg`izistonning   markazi   Bishkek   yonida   joylashgan
Bolasog`unda   shahri   edi 67
.   Lyuy   Chjishyao   bu   yerda   Qoraxoniylarning
Movarounnahr   tomon   siljib   kelishi   haqida   ma`lumot   beradi.   Aynan   Bolasog`un
shahrini   markazga   aylantirgandan   keyin   Somoniylar   bilan   harbiy   ixtiloflar
boshlanadi. 
``   Qoraxoniylar   xoqonligi   tarixi   Xitoy   Xalq   Respublikasi   olimlari
tadqiqotlarida``kitobida Lyu Chjishyao keltirgan ma`lumotlar asosida bir qiziqarli
ma`lumot   keltiriladi.   Ushbu   voqea   Qoraxoniylar   davlati   asoschisi   Abdulkarim
Sotuk Bug`roxonga tegishli bo`lib, undan quyida parcha keltiramiz :  ``Rivoyatlarga
qaraganda, Sutuk Bug`roxonning otasi vafot etganisdan so`ng taxt vaqtincha uning
amakisiga   qoldirilgan   edi.   Saroydagi   kelishuvga   binoan   Sutuk   Bug`Roxon
ulg`ayganidan keyin amakisi taxtni unga berishi lozim edi. Ammo amalda bunday
bo`lmadi. Amakidan taxtni kuch bilan tortib olish yagona yo`l bo`lib qoldi. Zarur
kuchni   to`plash   maqsadida   Sutuk   Bug`Roxon   maxfiy   holda   islom   diniga   o`tib,
unga e`tiqod qilganlarning himoyasiga ega bo`ladi.
Bir   qorong`u   kecha   endi   16   yoshga   to`lgan   Sutuk   Bug`roxon   40   nafar
yaqinlari   yordamida   o`rdaga   hujum   qilib   kirib,   amakisini   va   uning   hamdamlarini
o`ldirdi   va   xonlik   taxtini   egalladi.   Shundan   keyin   Sutuk   Bug`roxon   birinchi
66
 Вей Лянгтао. Қорахонийлар тарихидан баён. 294-бет.
67
  Lyu Chjishyao.  Uyg`urlar tarixi. 1-jild. 297-298-b. ;  Chjang Guangda. Shiyuy shidi sungao 
chubyan (G`arbiy mamlakatlar tarixiy geografiyasiga oid ilmiy maqolalarning birinchi 
to`plami). 
64 navbatda budda diniga e`tiqod qiluvchilar makoni  Xo`tanga, undan keyin sharqiy
Turksitonning   sharqiy   viloyatlarida   yashayotgan   uyg`urlar   (Shichjou   xueygu)
hokimiyatiga   qarshi   urush   boshladi.   Ammo   uning   harakatlari   kutilgan   natijani
bermadi.   Shundan   keyin   Sutuk   Bug`roxon   o`zining   siyosiy   faoliyatini   g`arb
tomonga   qaratdi.   Yettisuv   va   Balxash   ko`li   atrofidagi   hududlarda   yog`malar
ko`targan   qo`zg`olonlarni   bostirib,   o`z   qo`shinlarini   Ili   vodiysi   orqali   Jung`or
tekisligiga yubordi 68
. 
Xitoy   olimlari   Qoraxoniylar   davlat   boshqaruviga   izoh   berib   Yusuf   xos
Hojibning   vazirlar   davlatda   muhim   rol   o`ynagani   va   vazirlar   aqlli,   hisob-kitobli,
nazari to`q, barcha ish qo`lidan keladigan omilkor shaxs bo`lishi kerak degan fikri
o`rtaga   tashlanadi.   ``Qutadg`u   bilig``ning   uyg`urcha   nashri   1984-yilda   Pekinda
chop   etiladi.   Bu   amaliyot   ham   Xitoy   olimlariga   qoraxoniylar   boshqaruv   tizim
mohiyatini o`rganishga katta turtki bo`ladi.
Mo`g`ullar   tarixi,   mo`g`ullarning   bosqinlari   haqida   yana   bir   qimmatli   asar
Abu   Abdulloh   Shoshiyning   ``Mo`g`ul   bosqini   yoxud   musulmonlarning   qonli
kechmishi``   kitobi   hisoblanib,   asar   Shamsiddin   Darg`omiy   muharrirligida   nashr
etilgan.   Kitobda   mo`g`ullarning   kelib   chiqishi,   istilochilik   yurishlari,   shuningdek
ularning   Xorazm   davlatini   egallash   sabablari   keltiriladi.   Asarning   yana   bir
qimmatli tomoni shundaki, Jaloliddin Manguberdining jiyani Misrda 11 oy 57 kun
hukmronlik   qilgan   Sayfuddin   Qutuz   shaxsiyati   va   faoliyatiga   asarda   keng   o`rin
ajratilgan.Asarda bir qiziq ma`lumot borki, unda mo`g`ullarga xos bo`lgan sakkiz
belgi keltiriladi. Quyida mana shu belgilarni keltiramiz :
Mo`g`ullarning   o`ziga   xos   belgilari.   Birinchidan,   daxshatli   tarzda   tez
tarqalishi.   Ikkinchidan,   qo`shin   sonining   juda   ko`pligi,   yuz   minglarcha   askarlari
bor edi ;
Uchinchidan, lol qoldiruvchi tartib-intizom ;
68
  Аблат Ходжаев ,  Дилрабо Турдиева .,  Қорахонийлар хоқонлиги тарихи Хитой Халқ 
Республикаси олимлари тадқиқотларида .  Т-2021. 37-бет.
65 To`rtinchidan,   qattiq   va   og`ir   shart-sharoitlarga   bardoshli :   issiq,   sovuq,   sahro,
changalzor,   tog`u   toshni   mensimas   edilar,   har   qanday   holatda   va   har   turli   joyda
ham   jang   qilaverardilar.   Zero,   ular   istiqomat   qilgan   mintaqa   o`ta   og`irtabiatli
bo`lib, qish  oylari  haddan  tashqari  sovuq v abo`ronli  bo`ladri. Yoz oylarida  havo
harorati   +38   darajadan   yuqori   bo`lsa,   qishda   -42   darajadan   past   bo`lar.   Yil
mobaynida kuchli shamol esib turardi ;
Beshinchidan,   Chingizxonning   o`zi   va   uning   barcha   sardorlari   o`ziga   xos,   a`lo
darajadagi yetakchilik qobiliyatiga ega ;  
Oltinchidan, beshafqatliklari ;   Yettinchidan, o`zlarinikidan o`zga har qanday fikrni
keskin   rad   qilishlari ;   Sakkizinchidan,   kelishuv   va   ahdu-paymonga   mutlaqo   amal
qilmasliklari,   biron   mo`min   xususida   va   ahdga   van   a   burchga   rioya   qilar   edilar.
Mo`g`ul   davlatining   qaysi   davri   bo`lmasin,   bu   ulardan   ajralmaydigan   asliy   sifat
edi 69
.   Ushbu   ma`lumotlarni   muallif   Ibn   Kasirning   ``al-Bidayatu   van-Nihoya``
hamda   Ismoil   Holidiyning   ``Olamul-islam   va   g`ozvul-mo`g`uliy``   asarlariga
tayanib bergan. 
Ma`lumki,   mo`g`ullar   janglarda   juda   kam   yengilgan   yoki   asirga   tushib
qolgan. Ularning beshafqatliklari va yengilmasliklari dunyo xalqlarini o`z davrida
qo`rquvga   solar   hukmdorlarni   iskanjaga   olar   edi.   Janglarda   dushman   qo`liga
tushgan   mo`g`ul   asirlariga   bu   asirlarni   almashtirar   edilar.   Garchi   bunday   holat
nodir   bo`lgan   bo`lsa   ham.   Chunki   mo`g`ullar   juda   oz   yengilgandir 70
.   Ushbu
ma`lumot   Shamsiddin   Darg`omiy   muharrirligida   nashr   etilgan   Abu   Abdulloh
Shoshiyning ``Mo`g`ul bosqini yoxud Musulmonlarning qonli kechmishi`` asarida
doktor Rog`ib Sirjoniyning ``Qissatut-tatar minal-bidayati ila ayn-jalut`` asaridagi
ma`lumotlarga tayanib beriladi. 
Turkiyalik   tarixchi   Ahmad   O`zdemir   ``O`zining   mo`g`ul   istilosi``   kitobida
xorazmshohlar   va   udavlatdagi   ichki   siyosiy   vaziyat   haqida   ma`lumotlar   keltirdai.
Chunonchi asarda, Muhammad Xorazmshoh volidasi Turkon xotun bilan murosasi
69
  Abu Abdulloh Shoshiy. Mo`g`ul bosqini yoxud Musulmonlarning qonli kechmishi. 
Muharrir: Shamsiddin Darg`omiy. 29-bet
70
Доктор Роғиб Смржоний `` Қиссатут-татар минал-бидаяти ила фйн-жалут``.  30-31- бет .
66 kelishmaganligii   sababli   mamlakat   poytaxti   Urganchda   onasini   qoldirib,   o`zi
Samarqandni  pytaxtga aylantirib shu yerdan boshqaruvni amalga oshirgani  bayon
etiladi. Olim Ibn al-Asirning ``Al komil fit-Tarix`` asariga tayanib, Xoramshoh va
Turkon   xotun   orasidagi   murosa   yaxshi   emasligi   sababli   Samarqand   mudofaasiga
ellik ming, hatto ba`zi bir shaharda turklar, g`urli va xurosonlik bir yuzi o`n ming
xorazm   askarlarini   himoya   uchun   qoldirishi   aytilgan.   Muarrixlar   Juvayniy   va
Rashiduddin   bir   yuzi   o`n   ming   askarning   oltmish   mingi   turk,   qolgan   ellik   mingi
tojik millatiga mansubligi va shu munosabat bilan birga kuchli va mag`lub bo`lmas
qilib   tarbiyalangan   yigirmata   fillar   bo`lganligini   hikoya   qilib   o`tishadi.   Ushbu
askarlardan tashqari Samarqand shahrida yuz mindan ortiq odam istiqomat qilgan.
Mo`g`ullarning Samarqand istilosini  doktor  Sirjoniy shunday  tasvirlaydi :   ``
Istilochi   Chingizxon   Samarqanddek   muhtasham,   qadimiy   shaharni   oldin
ko`rmaganligi   sabab,   unga   ixlosmand   bo`lib,   Samarqandni   o`zining   qarorgohiga
aylantiradi. So`ngra xayoliga kelgan dastlabki fikr Xorazm davlati boshlig`ini yo`q
qilishi bo`ladi, chunki agar davlat boshlig`i o`ldirilsa, o`ziga qarshi qarshi qo`shin
to`play   oladigan   kimsa   qolmas   edi   mamlakatda.   Shunda   o`lkani   xotirjam   va
osongina egallashga imkon paydo bo`lar edi. Shu maqsadda Subutoy bahodir, Jebe
va   Chingizxonning   kuyovi   Toxuchar   boshliq   yigirma   ming   kishilik   otliqlardan
iborat   izquvarlarni   Xorazmshohni   tutib   kelishi   uchun   jo`natar   ekan   Ularga :
``Xorazmshohni   qayerdan   bo`lsa   ham,   agarchi   osmonga   chiqib   ketgan   bo`lsada
tospish kerakligini`` aytadi``.
Ma`lumki   Parvon   dashtidagi   jangdan   keyin   Jaloliddin   qo`shini   safida
parokandalik   sodir   bo`ladi.   Abu   Abdulloh   Shoshiyning   ``Mo`g`ul   bosqini   yoxud
Musulmonlarning   qonli   kechmishi``   kitobida   ushbu   voqelikni   Xofizi   Hamdiy   va
Ibn   al-Asirning   keltrigan   manbalariga   tayanib   ``O`ljalar   ustidagi   fitna``   qismida
bayon etib beradi. ``Parvon jangida`` yorqin g`alabalarga erishildi. Lekin Jaloliddin
``Parvon   g`alabasi``   ning   natijasidan   foydalan   ololmadi.   Jangda   qo`lga   kiritilgan
o`ljalarni   taqsimlash   vaqtida   chiqqan   nizo   tufayli   Sayfuddin   Bug`roq,   A`zam
Malik,   Muzaffar   Maliklar   sulton   Jaloliddinni   tark   etishadi.   ``Ushbu   ish,   ular
67 nihoyatda   zarur   va   yordami   kerak   bo`lgan   paytda   ro`y   berdi   va   bu   bilan   ular
yuzlarigauyatsizlik tamg`asini bosdilar``, 71
 deb bayon etiladi Nasaviyda. Jaloliddin
Manguberdi   ushbu   muammolarni   yechimini   topishga   harakat   qiladi.   Dastlab
Sasyfuddin Bug`roqni o`z safiga qaytarishga intiladi. Chunki bu vaqtda Jaloliddin
har qanday yordamga ehtiyoj sezayotgan edi.
Mo`g`ullarning   Markaziy   Osiyoga   istilolari   Kirstof   Baumerning   ``O`rta
Osiyo   tarixi.   Islom   dinidan   Mo`g`ullar   davrigacha`` 72
  nomli   kitobida   ham   bayon
etiladi. 
Doktor   Baumerning   ushbu   kitobida   Movarounnahr   tarixiga   oid   qimmatli
ma`lumotlar keltiriladi. IX—XV asrlarda O rta Osiyo Yevroosiyo qit asidagi yirikʻ ʼ
siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   markaz   bo lgan.   XIII   asrning   birinchi   yarmida   u,
ʻ
shuningdek,   dunyoda   ko'rgan   eng   yirik   quruqlikdagi   imperiyaning   eng   nufuzli
kuch markazi  edi. Kristof  Baumerning keng maqtalgan va dabdabali  tasvirlangan
mintaqaning   yangi   tarixining   ushbu   uchinchi   jildi,   avvalambor,   g'alayonli   va
ko'pincha   shafqatsiz   istilolar   dunyoning   keyingi   tarixini   chuqur   shakllantirgan
bosqinchilik   tarixidir.   Muallif   islom   dinining   yuksalishi   va   arab   qo‘shinlarining
ajoyib   g‘alabalarini,   ularning   hayotiy,   qat’iy   va   teng   huquqli   cho‘l   e’tiqodidan
ilhomlanib,   Saljuqiylar,   Qoraxoniylar   va   G‘aznaviylar   kabi   muhim   yangi
sulolalarni   barpo   etganini   o‘rganadi.   1219—1260-yillar   oralig ida   Chingizxon   va	
ʻ
uning vorislari Xorazm-Abbosiylar o lkalarini bosib olishlari bilan san at, adabiyot	
ʻ ʼ
va   ilm-fan   yangilanishlarining   oltin   davri   to satdan   tugadi.   Doktor   Baumer   shuni	
ʻ
ko'rsatadiki,   mo'g'ul   istilolari   o'z   dushmanlarini   parchalab   tashlagan   bo'lsa-da,
Markaziy Osiyo va G'arbiy Yevropa o'rtasida savdo va madaniy aloqalarni yanada
kuchaytirdi. Shuningdek shveytsariyalik olim Krisof Baumer ushbu kitobida sharq
uyg`onish davriga ham alohida e`tiborini qaratib o`tadi. 
Temuriylar davrini sovet tuzumi davrida rus sharqshunos olimlari ham keng
tadbiq   etishgan.   Rus   professori   M.   E.   Masson   tomonidan   Samarqanddagi   Go`ri-
71
  Shihobiddin an-Nasaviy. Siyrat as-sulton. 156-bet
72
  Cristoph Baumer. The history of Central Asia. The age of islam and the Mongols.
68 Amir maqbarasi tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida 1929-yilda `` Мавзолей Гур -
Эмир ``   kitobini   yozib   tugatadi.   Ushbu   kitobda   Go`ri-Amir   maqbarasi   tarixi   va   u
yerda joylashgan dahmalarga izoh beriladi. 
1997-yilda   Samarqand   shahri   hokimiyati   va   Konrad   Adenauer   fondi
hamkorligida ``Amir Temur: Shaxsining zamondoshlari tomonidan baholanishi va
faoliyatining   mustaqil   O`zbekiston   uchun   ahamiyati``   nomi   ostida   kitob   nashr
etilgan.   Ushbu   kitobda   mahalliy   tarixchilar   bilan   bir   qatorda   xorij
tadqiqotchilarning   ham   fikrlari   bayon   etiladi.   Kitobda   professor   Telman   Nagel
Amir   Temur   shaxsiyatiga   quyidagicha   baho   beradi :   Amir   Temur   shafqatsizlikni
qanday   tushunganligini   aniqlab   berdi.   Amir   Temur   uchun   butun   dunyo   ikki
qismga-bo`ysungan, tinch mamlakatlarga va dushmanlarga bo`lingan. Dushmanlar
bilan beshafqat muomala qilsa bo`ladi, chunki ularning hech qanday haq-huquqlari
yo`q. Amir Temur butun dunyoni o`ziga bo`ysungan, tinch mamlakatlardan iborat
bo`lishini   orzu   qilgan. 73
  Telman   Nagelning   ushbu   fikrida   Temurda   agressiya
kayfiyati   borligi   ko`zga   tashlanadi.   Tarix   fanlari   doktori   A.   Berdimurodov   bu
fikrga   quyidagicha   izoh   beradi :   Amir   Temurning   ko`p   sonli   harbiy   yurishlari
to`g`risida   gapirganda   ularning   sabablari   haqida   ham   unutmaslik   kerak,   deb
hisoblaydi. Masalan, To`xtamish yoki Boyazidga qarshi yurishlarga sabab-ularning
tajovuzkorligi   va   dushmanlik   niyatlaridir.   Eronga   qilingan   yurish   shu   mamlakat
xalqini   ixtiyori   bilan   amalga   oshirilgan. 74
  A.   Berdimurodovning   fikri   diqqatga
sazovordir.   Sababi,   tarix   guvohki   Amir   Temurning   harbiy   yurishlariga   ma`lum
sabablar   bo`lgan.   Bularga   chegaralarni   mustahkamlash,   xoinlarni   jazoga   tortish,
mamlakatda   ta`siri   oshirish   kabilarni   ko`rsatish   mumkin.   Temur   o`rta   asrlar
73
  Амир Темур: шахсининг замондошлари томонидан баҳоланиши ва фаолиятининг 
мустақил Ўзбекистон учун аҳамияти .  Коференция ҳақида ҳисобот Амир Темурниг 660 
йиллигига бағишланган халқаро симпозиум материаллари  ( Самарқанд ,  1996 йил , 27-
29- сентабр ).  Тошкент-1997. 157-бет.
74
 Амир Темур: шахсининг замондошлари томонидан баҳоланиши ва фаолиятининг 
мустақил Ўзбекистон учун аҳамияти. Коференция ҳақида ҳисобот Амир Темурниг 660 
йиллигига бағишланган халқаро симпозиум материаллари  ( Самарқанд ,  1996 йил , 27-
29- сентабр ).  Тошкент-1997. 157-бет.
69 farzandi, demak tabiiyki zamona qonuniyatlariga xos harakat qilmasa mamlakatni
bardavomligi  va mustahkamligini saqlab turish mushkul vazifaga aylanadi.
Temur   shaxsi   to`g`risida   turli   qarashlarga   qaramasdan   yevropa   fan
namoyondalari   uni   ulug`lashadi.   Bu   hatto   adabiyot   va   sahna   asarlarida   ham   o`z
aksini   topgan.   Temur   obrazini   XVIII   asrda   italiyalik   va   germaniyalik   bastakorlar
sahnada   muvaffaqiyatli   gavdalantirgan.   Ushbu   g`oyaning   yaratuvchisi   Neapol
opera   maktabi   xodimi,   oper-seriya   namoyondasi   Alessandro   Skarlattini   (1660-
1725)   hisoblanadi.   Skarlattinining   1706-yilda   Rimda   sahnaga   qo`yilgan   va
bastakor   tomonidan   ``LI`gramm   tamerlano``   (``Buyuk   Temurlang``)   deb   atalgan
asarini uchratish mumkindir.
Berlindagi   Islom   san`ati   muzeyi   xodimi   doktor   Yoaxim   Girlixs   Temur
shaxsi va boshqaruviga ancha ijobiy ta`rif berib o`tadi. G`arbda Temurlang (Oqsoq
Temur) nomi  bilan mashhur  bo`lgan Amir Temur (1336-1405) buyuk imperiyaga
asos soldi va bu imperiya turli chegaralarda yuz yildan ko`proq (1370-1506) vaqt
hukm   surdi.   U   hududning   faqatgina   siyosiy   taqdirini   belgilamay,   balki   san`at
sohasida   ham   yetakchi   ahamiyatga   ega   bo`ldi.   Temur   va   uning   vorislari   davrida
uning imperiyasida yaratilgan san`at asarlari va me`moray yodgorliklar qadimdan
islom badiiy ijodining so`zsiz noyob asarlari deb tan olinadi. 75
 Yoaxim Girlixsning
ushbu fikrlari ancha holisona bildirilganligi haqiqatdir.
75
  Амир Темур: шахсининг замондошлари томонидан баҳоланиши ва фаолиятининг 
мустақил Ўзбекистон учун аҳамияти. Коференция ҳақида ҳисобот Амир Темурниг 660 
йиллигига бағишланган халқаро симпозиум материаллари  ( Самарқанд ,  1996 йил , 27-
29- сентабр ).  Тошкент -1997. 131- бет .
70 XULOSA
Ushbu   magistrlik   dissertatsiyamizda   O`rta   asrlardagi   Movarounnahr
tarixshunosligini   atroflicha   yoritib   berishga   harakat   qildik.   Dissertatsiyaning
birinchi   bobida   Movaraunnahr   o`lkasiga   arablarning   kirib   kelishi,   xalifalik
hukmronliginng   o`rnatilishi,   VIII   asrdan   boshlab   xalifalikning   zaiflashuvi
natijasida   mahalliy   sulolalarning   siyosat   maydoniga   kelishi   kabi   jarayonlar   o`rin
olgan. Balozuriyning ``Futuh al-Buldon`` asarida arablarning Movarounnahr fathi,
shuningdek   boshqaruvining   o`rnatilishi   kabi   jarayonlar   o`rin   oladi.   Shuningdek,
Tohiriylar,   Somoniylar   tarixiga   oid   manbalar   tahliliga   ham   o`rin   ajratdik.   Bunda
Somoniylar davrini bayon etishda Narshaxiyning ``Buxoro tarixi`` asari birlamchi
manbalar   qatorida   turishi   muhimdir.   Shuningdek,   ushbu   bobdan   Qoraxoniylar
sulolasining   hokimiyat   tepasiga   kelishi,   Somoniylarga   barham   berish   jarayonlari,
G’aznaviylar   va   Saljuqiylar   bilan   raqobatining   turli   manbalarda   keltirilishi   bayon
etilgan.   Movarounnahr   tarixshunosligining   ushbu   davrining   dolzarbligi   shundaki
qisqa   davr   davomida   qudratli   sulolalar   boshqaruvida   tez-tez   almashinishlar   sodir
bo`ladi. Shuningdek bu davr  tarixshunosligi  uchun  manbalar  sifatida  arab  sayyoh
olimlarining   asarlarini   ham   keltirib   o`tdik.   Ushbu   muarrixlar   o`z   asarlarida
geografik   xususiyatlarga   kengroq   o`rin   bergan   bo`lsalarda,   tarixiy   voqelik   bilan
qo`shib talqin etishadi. Ular jumlasiga Maqdisiy, Ibn Dast, Ibn Falan, Ibn Battuta,
Ibn   Xurdodbeklarni   kiritib   o`tish   joizdir.   Bobning   qoraxoniylarga   bag`ishlangan
qismida turkiy sulolani kirib kelishi va boshqaruv jarayonini egallashi tasvirlangan.
Bunda   o`zidan   oldingi   sulola   bilan   o`rtasidagi   davlat   boshqaruvidagi   tafovutlar
ham   ko`zga   tashlanadi.   Sababi,   somoniylar   davrida   ancha   murakkab   davlat
boshqaruvi   vujudga   keltirilgan   edi.   Narshaxiy   ham   somoniylar   davrida   dalat
boshqaruvi o`nta devon orqali amalga oshirilgan deya ta`kid etib o`tgadi. 
Ilmiy   ishimizning   ikkinchi   bobida   bevosita   mo`g`ullar   davri   va   temuriylar
davri   tarixshunosligini   yoritib   berganmiz.   Bunda   mo`g`ullarning   istilochilik
yurishlari   ulkan   imperiyaga   aylanish   jarayonlari,   o`lkada   yuritgan   siyosati   bayon
71 etiladi. Mo`g`ullar davri tarixhunosligini tadbiq etishda birlamchi manbalar sifatida
Ibn   al-Asir,   Shixobiddin   Nasaviy,   Alouddin   Atomalik   Juvayniy,   Rashid   ad-Din
kabi   zabardast   muarrixlarning   asarlarini   birlamchi   manba   sifatida   oldik.   Ushbu
asarlarda mutanosib ma`lumotlar ko`plab uchraydi. Ayniqsa, ``Tarixi Jahonkusho``
da   keltirilgan   ma`lumotlar   orqali   Xorazmda   mo`g`ul   istilos   davridagi   siyosiy
vaziyatni   bilish   mumkin   bo`ladi.   Asarning   ikkinchi   bobida   keltirilgan
xorazmshohlar   xonadonidagi   ichki   ixtiloflar   ham   diqqatni   tortmay   qolmaydi.
Sababi,   Muhammad   Xorazmshohning   onasi   Turkon   xotun   bilan   murosasi
kelishmasligi, volidasini Urganchda qoldirishi o`zi  esa Samarqandni poytaxt qilib
istiqomat qilishi  haqidagi kichik bir ma`lumot ham ichki vaziyat  haqida xabardor
qiladi.   Shuningdek   Rashi   ad-Dinning   ``Mo`g`ullar   tarixi``   asarida   mo`g`ul
istilochilari shajarasi, Movarounnahr Chig`atoy ulusinng shakllanishi va boshqaruv
jarayoni bayon etib beriladi.
Temuriylar   davri   tarixiy   manbalarga   boyligi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   bejiz
emas.   Ma`lumki,   bu   davr   Sharq   RENESANSIning   ikkinchi   davri   deya
ta`kidlanadi. Shunday ekan tarixiy qo`lyozmalar yaratilishi uchun yetarlicha shart-
sharoit   mavjud   bo`lgan.   Ushbu   davr   birlamchi   manbalar   sirasiga   Nizomiddin
Shomiyning   ‘’Zafarnoma’’,   Sharafiddin   Ali   Yazdiyning   ‘’Zafarnom’’   asarlarini
shuningdek   Ibn   Arabshoh   qalamiga   mansub   kitoblarni,   Fasih   Ahmadning
``Mujmali Fasihiy`` kabi asarlarin ketirib o`tish mumkin. Dissertatsiyaning ushbu
qismida   temuriylarning   tarix   sahnasiga   chiqish   jarayonlari,   bevosita   Amir
Temurning o`zig ava shaxsiyatiga oid keltirilgan ma`lumotlarni, uning istilochilik
yurishlari   va   ularning   sabablarini,   shuningdek   Temur   shajarasi   va   ular   davridagi
mamlakatdadai   holatlar   bayonini   o`z   ichiga   oladi.   Temur   va   Temuriylar   tarixi
haqqoniy   tarzda   aks   ettirib   boriladi.   Shuningdek,   Ibn   Arabshohning   ``Ajoyib   at
madur fil-axbori Taymur`` kitobidan olingan ma`lumotlardan foydalaniladi. Sababi
Ibn   Arabshoh   so`z   boshida   o`z   asarlarini   hukmdorlarni   ulug`lashga   emas   balki,
haqqoniy tarixni bayon etasjagini keltirib o`tadi. Manbalarda bir-birini rad etuvchi
72 holatlar ham uchrab turadiki. Bularni atroflicha tadbiq etish bugungi tarix soahasi
namoyondalarining vazifasidir.
Dissertatsiyamizning   uchinchi   bobida   O`rta   asrlar   Movarounnahr
tarixshunosligi  haqida qalam  tebratgan chet  ellik tadqiqotchilar haqida bayon etib
boriladi. Shuningdek, rus tarixchilari. V. V. Bartold, E. Masson, eronlik Ezzotulloh
Khodadi, Shveytsariyalik Kristof Baumer, turkiyalik Ahmad Demir, Germaniyalik
Telman   Ulrixt   Fogt,   Kolin   Dyurkop,   Volfgang   Shroyber,   Telman   Nagel,Andrea
Shmits, Yurgen Pauel kabi tarixchilarning keltirgan ma`lumotlarian foydalanilgan.
Ushb   ma`lumotlarni   o`rganish   asnosida   Movarounnahr   tarixi   xorijda   ham   katta
qiziqish   bilan   tadbiq   etilishi   aniqlandi.   Jumladan   Nemiz   tarixchisi   Telman
Nagelning firlarida Amir Temur shaxsiga berilgan tariflar diqqatni o`ziga tortadi.
Ushbu dissertatsiya ishimiz orqali boy tarixga eha o`lkaning o`rta asrlardagi
holatini tahlil qilishga harakat qildik. Ilmiy ishimiz tarix sohasining rivojiga xizmat
qiladi degan umiddamiz.
73

O`RTA ASR MOVAROUNNAHR TARIXSHUNOSLIGI Kirish:………………………………………………………………….1-5- betlar I Bob Arab xalifaligi, Somoniylar, Qoraxoniylar davri Movarounnahr tarixiga oid manbalar...........................................................5-20-bet 1 .1 §. A r a b x a l i f a l i g i v a S o m o n i y l a r d a v r i g a o i d m u h i m m a n b a l a ……………………………………………………….5-11-betlar 1.2§. Qoraxoniylar davri tarixiga oid manbalar……………….11-20-betlar II Bob Mo`g`ullar va Temuriylar davri tarixiy manbalari va tarixshunosligi………………………………………………..20-42-bet 2. 1 §. Mo`g`ullar davri tarixshunosligi ………………………. 20-32-betlar 2. 2 §. Temuriylar davriga oid manbalar tahlili…………………32-42-betlar III Bob Mustaqillik yillarida o`rta asr Movarounnahr tarixshunosligining o`rganilishi………………………………………………………42-71-bet 3.1 §. Mustaqil O’zbekistonda O`rta asr Movarounnahr tarixshunosligining o`rganilishi …………………………………………………….42-61-betlar 3 .2§. Chet el tadqiqotchilari tomonidan Movarounnahr tarixshunosligining o`rganilishi ……………………………………………………61-71-betlar Xulosa ……………………………………………………………….72-78-betlar 1

KIRISH Mustaqillik sharofati bilan yurtmiz tarixini o`rganishga bo`lgan e`tibor ham bir qadar o`zgardi. O`tmishni borligicha yanada to`laqonli yoritish imkoniyati vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27 iyuldagi “O’z FA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqidagi” qarori qabul qilingach, tarixiy muammolar va ularning yechimlarini izlash jarayoni yuqorilab bormoqda. Ushbu magistrlik ishida O`rta asrlar Movarounnahr tarixining tarixshunosligi yoritib beriladi. Bu davrda Arab xalifaligi, Somoniylar, Qoraxoniylar, Mo`g`ullar davri va Temuriylar davriga oid manbalar tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi: O`rta asrlar Movarounnahr tarixini yoritish turli davrlarda turlicha kechgan. Chorizm va sovet tarixshunosligida ba`zi jihatlariga e`tibor kamroq berilgan. Vaholangki O`rta Osiyo doimiy tarzda turli manfaatlar to`qnashgan mintaqa bo`lgan. Shuning uchun boy siyosiy jarayonlar va tarixga ega hisoblanadi. Xorijiy tadqiqotchilar sahifalarida ham turli yondashuvlar orqali bayon etilgan. Mana shu jarayonlarni batafsilroq va haqqoniy aks ettirish bugungi tarixchilarimiz zimmasidadir. Mavzuning maqsadi va vazifalari: Ushbu disertatsiya ishining maqsadi VIII-XV asrlarda O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixining tarixshunosligini tarixshunoslik fanining eng samarali va so’ngi usullari yordamida ochib berish, bu davr siyosiy hayotiga nisbatan turli davrlarda yashab ijod qilgan tarixchilar ya’ni, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi tarixchilar-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, XIX asr oxirlaridan xorij mamlakatlarida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar ular tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarini tatqiq etish va tahlil etish va shu orqali tarixshunoslik fanining yanada rivojlanishiga hissa qo’shishdan iboratdir.VIII-XV asrlar tarixi manbalar ko`lami jihatdan ko`pligi bilan ajralib turadi. Turli davrlarda mintaqa tarixining yoritilishi har xil tuzumlar ko`rinishida o`rganilgan. VIII-XV asrlar O’rta Osiyo siyosiy haqqoniy tarixini yoritish ishlariga eng muhim darajada hissa qo’shgan olimlarning tadqiqot ishlarini tahlil qilishdan iboratdir. Mavzuning tarixs h unosligi: 2

Tadqiqot ob’ekti: Tadqiqot ob’ektiga O’rta Osiyoning VIII- XV asrlar davri siyosiy hayotini aks ettirib bergan barcha birinchi darajali manbalar hamda ushbu davrda yashagan tarixchilarning voqea - hodisaga yondoshuvlari, O’rta Osiyoning VIII-XV asrlar davri siyosiy hayoti tarixiga oid Chor Rossiyasi davrida, Sho’rolar davrida, mustaqil O’zbekistonda hamda xorijiy mamlakatlarda olib borilgan barcha tadqiqot ishlari. Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati: Ishning nazariy ahamiyati shundan iboratki VIII-XV asrlar O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixining tarixshunosligini yoritib berish orqali qo’lga kiritilgan yutuqlar hamda tajribalar O’rta Osiyo xalqlarining rivojlangan o’rta asrlar davri siyosiy hayoti tarixining turli davrlarda qay darajada o’rganilganligini tadqiq etish orqali yurtimizda tarixshunoslik fanining rivojlanishiga oz bo’lsada hissa qo’shishdan iboratdir. Dissertatsiya mavzusi tadqiqoti natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlar tarixshunoslik fanining keyingi tadqiqotlarida muhim nazariy ahamiyatga egadir. Amaliy ahamiyati shundaki qo’lga kiritilgan yutuqlardan oliy o’quv yurtlarida ijtimoiy fanlarni o’qitishda xususan, yurtimiz oliy o’quv yurtlarining tarix fakultetlari manbashunoslik va tarixshunoslik yo’nalishlarida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar o’z ma’ruzalarida, uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda, magistr va talabalar esa rivojlangan o’rta asrlar davri Movarounnahr tarixini o’rganayotganda ushbu tadqiqot natijalaridan foydalanishlari mumkin. Mavzuning ishlab chiqarishga bog’liqligi: Dissertatsiya tadqiqoti natijasini respublikamizdagi maktablarda tarixchi o’qituvchilarining o’quv- metodik faoliyatiga joriy etish, tarix muzeylari, sayyohlik tashkilotlari faoliyatiga tadbiq etish tavsiya etiladi. Dissertatsiyaning tuzilishi: Tadqiqot kirish, uch bob, yettita paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. O`rta asrlar Movarounnahr tarixini o’rganishda birinchi darajali manbalarning o’rni va ahamiyati eng muhim hisoblanadi. Asl tarixiy qo’lyozmalarni o’qish, o’rganish, taqqoslash, tahlil qila olish manbashunos - tadqiqotchilardan katta mahoratni talab qiladi. O’rta asrlar davri tarixini yoritishda eng ishonchli vosita bu - asl tarixiy qo’lyozma manbalardir. VIII-XV asrlar O’rta Osiyo tarixiga oid manbalarni tadqiq etish alohida e’tiborni taqozo etadi. Bu davr manbalarining ko’pchiligida voqea-hodisalar xronologik tarzda bayon etiladi. O’rta Osiyo tarixining VIII-XV asrlar birinchi darjali manbalariga 3

Muhammad an-Narshaxiyning ``Buxoro tarixi``, Abulfazl al-Bayhaqiyning “Tarixi Mas’udiy”, Abu Nasr Muhammad al-Utbiyning “Tarixi Yaminiy”, Izzuddin ibn al-Asirning “Al-Komil fi-t-ta’rix”, Abu Sa’d Abdulkarim as- Sam’oniyning “Kitob al-ansob”, Nizomiddin Shomiyning ``Zafarnoma`` va boshqalarni kiritishimiz mumkin. XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya va G’arbiy Yevropalik sharqshunos olimlar O’rta Osiyoning o’rta asrlar davri tarixi bilan bog’liq qo’lyozma asarlarni o`rganish jarayyonlari bilan shug`ullana boshladilar. Ular qatoriga V. Veselovskiy, V. V. Bartold, V. R. Rozen, V. P. Vasilev, X. Vamberi, B. Dorn va boshqalarni qo’shishimiz mumkin. Ushbu olimlar O`rta Osiyo tarixiga oid manbalarni ko`pchiligini tadqiq etgan. 4

I Bob Arab xalifaligi, Somoniylar, Qoraxoniylar davri Movarounnahr tarixiga oid manbalar 1 . 1 §. A r a b x a l i f a l i g i v a S o m o n i y l a r d a v r i g a o i d m u h i m m a n b a l a r Ma`lumki, arab xalifaligi davridan boshlab o`lkamiz Movarounnahr deb yuritila boshlangan. Xalifalik hukmronligining o`rnatilishi va o`sha davr siyosiy ahvoli to`g`risidagi holat Narshaxiyning ``Buxoro tarixi`` asarida ham atroflicha bayon etiladi. Asar X asrda yozilgan bo`lsa ham muarrix o`zigacha sodir bo`lgan voqealar to`g`risida ko`plab qiziqarli ma`lumotlar beradi. Narshaxiyning yozishicha Buxorxudot Bidun vafotidan keyin davlatni uning xotini o`n besh yil davomida boshqaradi. Muarrix Buxoroda xotun hukmronlik qilgan davrni ancha ijobiy tasvirlaydi. Uning vafotidan keyin o`g`li Tag`shoda hukmronlik qiladi. Qutayba Buxoroni Vardonxudotga qarshi kurashib tortib olgandan keyin Tag`shodaga Buxorodagi boshqaruvni topshiradi. Tag`shoda islomga kiradi va o`z o`g`liga ham Qutayba deb ism qo`yadi 1 . Abu-l-Abbos Ahmad ibn Yahyo Al-Balozuriyning ``Futuh al-Buldon`` nomli asarida arablar tomonidan Xurosonning fatx etilishi bayoni keltiriladi. Ahmadning asl kelib chiqishi fors bo`lgan, taxminan 892-yilda vafot etgan. Asarning birinchi qismida Muhammad payg`ambarning 622-yilda Makkadan al-Madinaga ko`chishi va uning Arabiston yarimorolida olib borgan ilk harbiy yurishlari, shuningdek, arablarning shimolda va g`arbda Suriya, Livan, Iordaniya, Kipr, Armaniston, Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Ispaniyada olib borgan fatx urushlari va O`rta dengizdagi orollarga va Vizantiyaga qarshi qilgan yurishlari haqida so`z yuritilgan. Maxsus bir bob arablarning Vizantiya bilan olib borgan qog`oz savdosi tarixiga bag`ishlangan. Asarning ikkinchi qismida arablarning sharqda va shimoli- sharqda as-Savod (Iroq), Fors, Ozarbayjon, Tohariston, Xuroson va 1 Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an-Narshaxiy- Buxoro tarixi. 8- bet 5