logo

“O‘ZBEGIM” ASARI VA UNING O‘ZBEK ADABIY TANQIDIDAGI TAHLILI

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

591 KB
“O‘ZBEGIM” ASARI VA UNING O‘ZBEK ADABIY
TANQIDIDAGI TAHLILI
MUNDARIJA
KIRISH :… ………………………………………………………………………4
I BOB. ERKIN VOHIDOV IJODI VA ADABIY TANQIDIY 
QARASHLAR ………………………………………………………………… ..9
1. Ijodkor shaxsiyati va poetik munosabatlar talqini …………………………….9
1. 2. “Erkin Vohidov mangu barhayot” asarida shoir haqidagi adabiy qarashlar 
tahlili… …………………………………………………………………………19
II bob. SHOIR IJODIDA VATAN MAVZUSINING O‘RNI ……………...29
2.1. “O‘zbegim” qasidasining yaratilish tarixi.  . ……………………………....29
2.2. “O‘zbegim” qasidasi tahlili . ………………………………………………38
III bob. “O‘ZBEGIM” QASIDASINING ADABIYOTSHUNOSLIKDA 
O‘RGANILISHI . ……………………………………………………………..53
3.1. “O‘zbegim” qasidasi va adabiy tanqidiy qarashlar talqini.  ………………56
3.2. “O‘zbegim” qasidasiga oid tanqidiy qarashlarning qiyosiy tahlili………...61
XULOSA …………………………………………...………………………….73
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………75
1 KIRISH
Mavzuning   asoslanishi   va   dolzarbligi.   “Erkin   Vohidov   jasur   va
shijoatli   adib,   chinakam   millatparvar   inson,   ayni   paytda   o‘zbek   xalqining,
o‘zbek   madaniyatining   timsoli   edi.   Xalqimizning   yuragidagi   armon   va
dardlarini, uning quvonch va shukronasini o‘z ijodida yusak mahorat bilan ifoda
etardi.   O‘zingiz   o‘ylang,   o‘sha   mustabid   tuzum   davrida   “O‘zbegim”   deya
baralla   aytish   uchun   qanday   katta   yurak,   mardlik   va   jasorat   kerak.   O‘zining
durdona   asarlari   bilan   adabiyotimiz   xazinasiga   bebaho   hissa   qo‘shgan,
xalqimizning   ma’naviy   olamini,   milliy   g‘urur-iftixorini   yuksaltirish   yo‘lida
unutilmas   xizmat   qilgan   bu   ulkan   ijodkorni   el-yurtimiz   hamisha   ehtirom   bilan
yodga oladi”. 1
XX   asr   zamonaviy   o‘zbek   adabiyotining   yetakchi   vakillaridan   biri
bo‘lgan   buyuk   ijodkor   Erkin   Vohidov   ijodi   o‘ziga   xosligi   va   keng   qamrovli
ekanligi   bilan   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Shoir   ijod   mahsullarining   asosini
tashkil   etuvchi   milliylik,   odamiylik,   tarixiylik,   falsafiylik   kabi   kabi   asriy
g‘oyalar tamoyili beixtiyor kitobxonni mushohadaga chorlamay qolmaydi. 
Erkin   Vohidov   she’riyatining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   yana   biri
shunda   ko‘rinadiki,   shoir   she’rlarida   o‘zini   yozadi.   Shoirning   o‘zi
ta’kidlaganidek   “Ijod   ahli   o‘zi   ishongan   his-tuyg‘ularni   yozsa,   boshqalar   ham
ishonadi.   Har   qanday   badiiy   asar   zamirida,   garchand   ijodkorning   yozganlari
ijtimoiylashgandek   taassurot   qoldirsa   ham,   uning   ortidagi   odam   ulkan   bir   qalb
egasi-muallif turgan bo‘ladi”.  2
Darhaqiqat, she’riyat, badiiy adabiyotdagi  buyuk kuch bu uning ishontira olish
xususiyatidir.   O‘quvchisini   o‘z   olamiga   olib   kira   olmagan   asar   haqiqiy   asar
1
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz 
bilan quramiz.-T.:"O‘zbekiston",2017.-46-bet.
2
B. Karim.   Erkin Vohidov she’r va hayot haqida. Adabiy fikr javhari.  www.kh-davron.uz    
2 emas.   Badiiy   adabiyotdagi   obrazlilik   hodisasi   ham   aynan   shunda   namoyon
bo‘ladi. Insonni, uning ma’naviy olamini kashf eta olish qudratiga ega badiiy 
adabiyot   vositasida   yoshlarda   yuksak   tuyg‘ularni   shakllantirish   mumkinki,   bu
o‘ta muhim vazifani badiiy adabiyot, xususan she’riyat amalga oshiradi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning
mamalakatimiz   ziyolilari   bilan   o‘tkazilgan   uchrashuvda   be’jizga:   “… adabiyot
masalasi bu ma’naviyat masalasidir”  -  degan fikrni ilgari surmaganlar. 
                        Mustaqillik yillarida adabiy jarayonda shoir va yozuvchilarimiz hayoti
va   ijodini   o‘rganish   jarayonlari   yangi   bosqichga   ko‘tarilganligi   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi. Bunda yetakchi vazifa qilib holislikni taminlash masalasi olingan. El
ardog‘idagi  fidoyi, iste’dodli  so‘z  san’atkorlarini  tanitish, ibrat  qilib ko‘rsatish,
ijod   namunalarini   tahlil-u   talqin   qilish   orqali   ular   shaxsiyatiga   o‘quvchini
yaqinlashtirsh, fazilatlari va o‘ziga xos tafakkur tarzini, ruhiyatini anglatish, har
bir   ijodkorning   betakror   badiiy   olami,   e’tiqodi,   dunyoqarashi   mohiyatini,
kechinma   hamda   tuyg‘ular   zamiridagi   ma’nolarni   tushunishga   ko‘maklashishi
eng samarali yo‘l ekanligi o‘z isbotini topa bormoqda. 
Mazkur   magistrlik   dissertatsiyasida   O‘zbekiston   Qahramoni,   buyuk
shoir Erkin Vohidovdek el  hurmatiga sazovor  bo‘lgan ulug‘ istedod sohibining
ijodiyoti  va “O‘zbegim” qasidasida  ilgari surilgan g‘oyalar, vataninmiz tarixini
haqqoniy   yoritish   masalalari,   bugungi   o‘zbek   tanqidchiligidagi   tahlili,
o‘rganilishi haqida so‘z boradi. 
Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari.   Ishdan   kuzatiladigan   asosiy
maqsad   Erkin   Vohidov   ijodida   vatan   mavzusining   tutgan   o‘rni,   “O‘zbegim”
qasidasining badiiy tahlili, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘rni, tanqidiy tahliliga
oid   fikrlardagi   umumiy   va   o‘ziga   xos   jihatlarni   aniqlash   hamda   tahlilga
tortishdan   iborat.   Bundan   tashqari,   ushbu   maqsadni   amalga   oshirish   quyidagi
vazifalarni yuzaga chiqarishni taqazo qiladi. 
-Erkin Vohidov ijodiyotida asosiy o‘rini egallagan mavzular ko‘lami;
3 -“O‘zbegim”  qasidasi haqida muallifning qarashlari;
-Ijodkorning “O‘zbegim” qasidasi atrofidagi adabiy tanqidiy mulohazalar 
haqida fikr yuritish va tahlilga tortish. 
Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi.   Erkin   Vohidov   ijodini   o‘rganish,
uni tahlil  qilish masalalari  haqida aynan Erkin Vohidovga atab adabiyotshunos
olim   Rahmatilla   Inog‘omovning   “Shoirlik   qismati”   nomli   kitobi   1999-yilda
“Unversitet”   nashriyoti   tomonidan   nashr   etilgan.   Ushbu   kitobda   Erkin
Vohidovning   shoir,   inson   bo‘lib   shakllanishi   jarayoni   va   shoir   ijodi   haqida
adabiyotshunoslikka ma’lum bo‘lmagan ko‘plab ma’lumotlar o‘rin olgan. Ushbu
kitobning   biz   tadqiq   qilishni   maqsad   qilgan   “O‘zbegim”   qasidasiga   oid
tahlillarni   o‘rganishda   o‘rni   nihoyatda   beqiyosdir,   chunki,   “O‘zbegim”
qasidasining   dunyoga   kelishi   haqida   nihoyatda   qimmatli   fikrlar   keltirilgan.
Erkin   Vohidovning   ijodini,   ayniqsa   adabiy-estetik   fikrlarini   o‘rganishda
ijodkorga   atab   yozilgan   maqolalarning   saralarini   to‘plab   zamondoshlari   kitob
holiga   keltirganlar.   Bu   kitob   –   “To   quyosh   sochgayki   nur”   (Erkin   Vohidov
hayoti   va   ijodi   zamondoshlari   nigohida)   nomi   ostida   2018-yilda   chop   etilgan.
Uning   tarkibiga   kiritilgan   No‘mon   Rahimjonovning   “Erkin   Vohidovning
adabiy-estetik   qarashlariga   doir”,   Hamid   Ziyoyevning   “Qalblarga   nur   sochgan
“O‘zbegim”,   Matyoqub   Qo‘shjonovning   “Men-o‘zbek   o‘g‘loniman”,   Bahodir
Karimovning “Adabiy fikr javhari”,  Ozod Sharafiddinovning “El ustozim, men
esa   tolib”   va   boshqa   ko‘plab   maqolalarda   ijodkorning   adabiy-estetik
mulohazalari   o‘rganilgan,   “O‘zbegim”   qasidasining   yaratilishi   va   uning
atrofidagi   fikrlar   tahlil   etilgan.   Bundan   tashqari,   2022-yilda   “To   quyosh
sochgayki   nur”   to‘plamining   mantiqiy   davomi   sifatida   “Erkin   Vohidov
barhayot”   nomli   maqolalar,   xotiralar   va   izhorlar   to‘plami   nashr   etildi.   Kitobda
Erkin   Vohidov   ijodi,   uning   avvalo   inson   sifatidagi   xarakteri,   ijodidagi   o‘ziga
xosliklar, shu bilan birgalikda “O‘zbegim” qasidasiga oid ayrim tanqidiy-tahlily
qarashlarga   ma’lum   darajada   to‘xtalib   o‘tilgan.   Biz   ham   ijodkorning
“O‘zbegim” qasidasi  atrofdagi adabiy-tanqidiy qarashlari ustida fikr yuritishga,
4 ijodiy  jarayonni   tushunish,   anglash,   his   etish   murakkabliklari   haqida  mulohaza
yuritmoqchimiz. 
Tadqiqotning   metodologik   asosi   va   metodi.   Ushbu   magistrlik
dissertatsiyasining   metodologik  asosini   “O‘zbegim”  qasidasi   atrofidagi   adabiy-
tanqidiy   qarashlar,   she’r,   shoirlik,   adabiyot,   adabiyotshunoslik   muammolarini
o‘rganish   va   adabiy-tanqidiy   qarashlariga   tayangan   holda   tahlil   qilish   tashkil
etadi. Mavzuni yoritish jarayonida tadqiqotda badiiy tahlil, qiyosiy-tipologik va
tarixiy-qiyosiy metodlardan o‘rni bilan foydalanildi. 
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   XX   va   XXI   asr   adabiyotshunosligida
Erkin   Vohidovning   o‘ziga   xos   o‘rni   mavjudligini   ko‘rsatib   berish   bilan   bir
qatorida,  ijodkorning  shoh  asari   hisoblanmish  “O‘zbegim”  qasidasining  o‘zbek
adabiy   tanqidchiligidagi   tahlili,   qasida   atrofida   bildirilgan   fikrlar,   tahlil   va
tanqidlardagi  umumiylik hamda o‘ziga xosliklarni aniqlash, qasidaning adabiy-
estetik   jihatlarini   tahlil   qilish   jarayonida   yozuvchi   va   davr   munosabatlariga
hamda   badiiy   ijod   namunasi   yaratish   jarayonidagi   ijodiy   hissiyotlarni   yuzaga
chiqarishdan iboratdir. 
Bundan   tashqari,   Erkin   Vohidovning   “O‘zbegim”   qasidasiga   nisbatan
sho‘ro   tuzumi   davridagi   yondashuvlar   va   mustaqillik   davri   adabiy   jarayonida
qasida tahliliga yondashuvlardagi tafovutlar, qasidaning asl mazmun mohiyatini
o‘quvchiga   to‘g‘ri   ma’noda   yetkazish   masalalari   yuzasida   olib   borilgan   ishlar
haqida ham atroflicha fikr yuritiladi. Bu borada qasida haqida yozilgan maqola
va tahlilllar asos vazifasini o‘taydi. Qasida haqida muallifning o‘z fikrlari, uning
dunyoga   kelish   sababi   va   qasida   yartilgandan   keyingi   davrda   shoir   ijodida
bo‘lgan   tub   burilishlar   haqida   ham   so‘z   boradi.   Bunda   shoirning   o‘zi   bilan
zamondosh   bo‘lgan   ijodkorlar   va   ularning   badiiy   asarlarida   qasida   haqidagi
mulohazalariga   munosabat   bildirish   orqali   shoirning   mahorati   va   iste’dodining
ma’lum bir qirralarini yoritish imkonini beradi. 
Qasida   haqidagi   adabiy-tanqidiy   qarashlarda   she’r,   she’riyat,   shoirlik
iste’dodi, adabiyot va adabiyotshunoslik muammolari, Erkin Vohidov ijodining
bosh   mavzusi   hisoblangan   vatanparvarlik   ruhi   haqidagi   qarashlari   yetakchilik
5 qiladi.   Bu   tushunchalarga   asoslangan   holda   Erkin   Vohidovning   “O‘zbegim”
qasidasi   haqidagi   adabiy-tanqidiy   mulohazalarida   teran   mushohadalar
mavjudligini   ko‘rsatib   berish,   adabiyotshunos   olimlar   fikr-mulohazalarini
umumlashtirgan   holda   qasidaning   o‘zbek   adabiy   tanqidchiligidagi   o‘rni   va
ahamiyatini   yoritib   berish,   shu   bilan   birgalikda   “O‘zbegim”   qasidasi   haqida
bugungi   kunga   qadar   o’zbek   adabiyotshunosligida   Erkin   Vohidov   ijodi
tadqiqiga   bag‘ishlangan   ilmiy-nazariy   tadqiqotlarda,   ilmiy   maqolalarda
munosabat   bildirib   o’tilgan,   ammo   alohida   monografik   asosda   o‘rganilmagan.
Ushbu   asarni   alohida   mavzu   sifatida   o’rganilganligi   tadqiqotimizning   ilmiy
yangiligini belgilaydi. 
Tadqiqotning   predmeti   va   obyekti.   Erkin   Vohidovning   hayoti   va   ijodi
haqidagi   ilmiy-nazariy   manbalarni   o‘zida   jamlagan   –   “To   quyosh   sochgayki
nur”  (Erkin Vohidov hayoti  va ijodi  zamondoshlari  nigohida), “Erkin Vohidov
barhayot”   asarlari   asos   qilib   olindi   va   tahlilga   tortildi.   Adabiyotshunos
olimlarning   yozuvchi   ijodi   haqidagi   fikrlari,   maqolalari   hamda   “O‘zbegim”
qasidasi   haqidagi   adabiy-tanqidiy   qarashlarini   o‘rganishda   obyekt   sifatida
xizmat   qildi.   Dissertatsiyaga   obyekt   qilib   olingan   asarlarning   yozuvchi
mahoratini o‘rganish tadqiqotning predmetini tashkil qiladi. 
Tadqiqotning   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot   davomida   olib
borilgan   kuzatishlar,   ishda   bayon   etilgan   ilmiy-nazariy   fikr-mulohazalardan
o‘rta   maxsus   ta’lim   tizimi   uchun   ixtisoslik   kurslari   hamda   seminarlarda
foydalanish   mumkin.   Shuningdek,   tadqiqot   yangi   davr   o‘zbek   adabiy-estetik
fikrlar   taraqqiyotini   tahlil   qilishda,   “O‘zbegim”   qasidasini   tahlil   qilishda,   uni
o‘quvchilarga   yanada   tushunarliroq   qilib   yetkazishda   qasida   haqidagi   tanqidiy
va tahlily fikrlarning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatishdan iborat. 
Tadqiqotning tuzilishi.  Ushbu dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Hajmi 77 sahifadan iborat.
6 I BOB. ERKIN VOHIDOV IJODI VA ADABIY TANQIDIY
QARASHLAR
1.1.   Ijodkor   shaxsiyati   va   poetik   munosabatlar   talqini.   XX   asr   o‘rtalarida
o‘zbek   adabiyotiga,  o‘zbek  she’riyatiga  quyosh  yanglig‘   nur  sochib,  porlab  bir
shoir kirib keldi. Bu shoir o‘z ona yurtini qudratli va zalvarli misralarda kuylay
boshladi.   Uning   she’rlari   nihoyatda   tiniq,   salobatli   edi.   Xalq   uning   she’rlarini,
she’riyatini   sevib   qoldi.   Shoirning   samimiy,   har   misrasi   ko‘ngilni   bir   zum
titratib   o‘tguvchi   she’rlari   qalblardan   mangu   joy   oldi.   Bu   shoir   xalqimizning
atoqli shoiri Erkin Vohidov edi. Shoir nomi, she’rlari misli ko‘rilmagan darajada
mashhur   bo‘ldi.   Buyuk   Navoiy   kabi   go‘zal   g‘azallar   bitdi.   Xalqimizning
e’tirofli, ardoqli, e’zozli shoiri Erkin Vohidov mangulikka daxldor siymodir. 
Erkin   Vohidov   ijodi   o‘zining   samimiy,   sodda,   musaffo   nafasi   bilan
barchani birdek o‘ziga chorlab turadi. Shoir serqirra ijod sohibi. U qaysi janrda
qalam tebratmasin xalq uni chin dildan sevib mutolaa qiladi. Uning biror ishiga
ikkinchi   darajali-shunchaki   yozilgan,   deb   qarab   bo‘lmaydi.   Shoir   yaratgan   har
bir ijod mahsuliga qalb qo‘rini singdiradi. Shaklan kichkina bo‘lgan she’rlarida
ham   ulkan   ma’noni   mujassam   etadi.   Ayniqsa,   shoir   qalamiga   mansub
“O‘zbegim” qasidasi barchaning yuraklaridan joy olgan. 
Shoir   she’rlarini   tahlil   qilar   ekanmiz,   har   she’ri   ta’rifi   bir   kitobga   jo
bo‘ladi.   Erkin   Vohidov   she’rlarini   o‘qir   ekanmiz   bu   she’rlarning   barchasi   bir-
biridan   yuksak   ekanligi,   saralashning   hech   iloji   yo‘q   ekanligi,   qaysi   satrini
o‘qimang   har   qanday   mutolaa   qilishga   kirishgan   o‘quvchiga   xoh   katta   yoshli,
xoh bugungi davr kishisi bo‘lsin, she’rlar zamiridagi faqat so‘z san’atkorigagina
xos   bo‘lgan   haqiqatlardan   boxabar   bo‘lgandek   bo‘ladi.   Bu   she’rlar   shunchaki
jo‘shqin   ilhom   maxsuligina   emas,   balki   ayni   shoir   ko‘rgan   kechirgan,   qalb
7 chuqur   his   eta   olgan   haqiqatlar   ifodasi   ekanligiga   amin   bo‘lasiz.   Bu   haqida
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon: “Men qoyil qolamanki, qanday yozgan
bo‘lsa, Erkin aka hayotda ham, amalda ham, tutumlari ham shu. Vatanparvarlik
she’rlarida   yashnab   turadimi,   hayotda   ham   shu.   Ko‘ngil   uchun,   shunchaki
yozaversak   ham   bo‘laveradi,   degan   so‘zlar   bilan   hech   qachon   chiqishmaydi.
Yo‘q. Bizning millatimiz millat, o‘tmishimiz buyuk. Bu gaplarni minbarda ham,
davralarda   ham   hayotda   ham   gapirardi.   Bu   kishining   kamdan   kam   odamlarda
uchraydigan   jihatlari   boshqa   istedodlarga   nima   yordam   kerak   bo‘lsa   shu
yordamdan qochmas edi”, - deya ta’kidlab o‘tadi. 
Bag‘ring tole nuriga to‘lsin, 
Ona yurtim, munis makonim. 
To tirikman seniki bo‘lsin
Umrim, she’rim, yuragim, jonim. 
Baralla aytish mumkinki, Erkin Vohidovning nafaqat har bir she’ri, balki
undagi har bir satri ham ulkan va sirlar to‘la ummondir, chunki chin ma’nodagi
shoir o‘z xalqining yurak parchasi hisoblanadi. Bunday yurakda shubhasiz isyon
tug‘iladi,   bu   isyonga   dosh   bermoq   esa   oson   emas.   Binobarin   isyon   bedor   qalb
inqilobidir.   Bunday   qalb   xalq   dardi   bilangina   nafas   oladi,   shu   boisdan   shoir
meni xalqning tili va dili, jigarbandi, farzandi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xalqning dardi, so‘zini ifoda etmoqlik ijodkor o‘zligining tub mohiyatini
tashkil etadi. Zero, Erkin Vohidov xalqning farzandi, xalqning dardini kuylagan
shoir. 
Erkin   Vohidov   shoir   sifatida   nisbatan   sog‘lom   muhitda   shakllandi.   Uning
she’riyatga   bo‘lgan   bemisil   mehri   G‘ayratiy   nomli   adabiy   to‘garak   bilan
chambarchas   bog‘liqlikda   shakllandi.   G‘ayratiy   domlaning   she’riyat   haqida
to‘lib-toshib   gapirishlari,   o‘tmishdagi   ulug‘   shoir-u   fozillar   haqidagi   ajib
hikoyalari, badiiy ijod haqidagi noyob mulohazalari yosh Erkinning yuragidagi
she’riyatga   bo‘lgan   muhabbatni   yanada   avj   olishida   beqiyos   o‘rin   tutadi.   “ Bu
nuroniy, vazmin, muloyim, mehribon ustozning siymosi mening ko‘z oldimdan
sira ketmaydi. U bizning ilk ibtidoiy mashqlarimizni diqqat bilan eshitar, avval
8 o‘rtoqlarimzning fikrini so‘rar, oxiri o‘zi yakun yasab, yozganlarimizning yutuq
va   kamchiliklarini   ko‘rsatar   edi.   Bu   bilan   ustoz   bizni   faqat   she’r,   hikoya
yozishgagina emas, har bir asarning badiiy qimmati haqida fikr qilish, bu fikrni
bayon   qila   olishga   ham   o‘rgatardi…”,   -   deb   yozadi   Erkin   Vohidov   o‘zining
“G‘ayratiyni eslab” nomli maqolasida. 
Talabalik   yillarida   esa   yosh   shoir   chin   ma’noda   buyuk   adabiyotshunoslar
G‘ulom   Karimov,   Matyoqub   Qo‘shjonov,   Ozod   Sharafiddinovlar   yaratgan
jo‘shqin   adabiy   muhitda   tarbiyalanish   baxtiga   musharraf   bo‘ldi.   Ular   noyob
she’riy istedod sohibi Erkin Vohidovning ijodidagi ilk dadil odimlarini himoya
qilgan,   rag‘batlantirgan.   Abdulla   Qahhordek   buyuk   ijodkor   yosh   shoir
Erkinjonning:
Inson bilan tirikdir inson, 
Muhabbatdan hayotning boshi. 
Odamzodga baxsh etadi jon, 
Odamlarning mehr quyoshi. 
she’rini   o‘zining   “Mahalla”   nomli   hikoyasiga   epigraf   qilib   olgan,   “Nido”
dostoni haqida iliq fikrlar bildirgan; 
Ozod   Sharafiddinov   yosh   shoirning   ilk   she’riy   to‘plami-   “Tong   nafasi”
haqida   “Talant   va   mas’uliyat”   nomli   maxsus   maqola   yozib,   milliy
she’riyatimizda   yangi   bir   noyob   istedod   maydonga   chiqqanini   faxr   bilan
ta’kidlagan   holda:   “Erkinning   talanti   avvalo   shunda   ko‘rinadiki,   u   shoirlikning
eng zarur hislatiga-shoirona tafakkur qilish qobilyatiga ega.” - deya yosh shoir
ijodiga   yuksak   baho   beradi.   Albatta,   bunday   rag‘bat   shoir   ijodining   keyingi
davriga, uning yanada gullab yashnashiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. 
1955-1960-yillarda Toshkent davlat universiteti hozirgi O‘zbekiston milliy
universitetining   filologiya   fakultetida   taxsil   oldi   va   bu   ulug‘   dargohda   ulug‘
insonlar:   Subitoy   Dolimov,   Ayub   G‘ulomov,   Ozod   Sharafiddinov,   Laziz
Qayumov   singari   ustozlar   o‘gitini   oldi.   Shu   tariqa   Erkin   Vohidov   adabiyot
olamiga   dadil   kirib   keldi.   Erkin   Vohidov   tongni   yaxshi   ko‘rar   edi.   O‘zi   ham
9 tong kabi  beg‘ubor  inson edi. Uning ilk she’riy to‘plamining nomi ham  “Tong
nafasi” deb nomlandi. Ushbu to‘plam garchi ilk bo‘lishiga qaramasdan ko‘plab
adabiyot   va   she’r   ixlosmadalarining   e’tiboriga   va  e’tirofiga   sazovor   bo‘la   oldi.
Ko‘pgina   shoir-u   tanqidchilar   bu   to‘plam   haqida   o‘zlarining   iliq   fikrlarini
bildirib   o‘tdilar.   Xususan,   O‘zbekiston   xalq   shoiri   Muhammad   Ali   ushbu
to‘plam   haqida-   “1961-yilda   Erkin   Vohidovning   “Tong   nafasi”   degan   she’rlar
kitobi   bosilib   chiqdi.   O‘sha   1950-yillar   bizning   adabiyotimizda   turg‘unlik,
mafkuraviy   tazyiqlar   ostida   qolgan,   adabiyotimizda   bir   havo   yetishmas   edi.
Xuddi shu kitob mana shu vazifani bajarganday bo‘ldi va natijada darhol tanilib
ketdi.   Bu   yosh   shoir   Erkin   Vohidovning   birinchi   kitobi   edi”,   -   degan   fikrlarni
bildirib o‘tadi. 
Albatta, bunday zalvarli va mag‘zdor she’rlarning yaratilishida istedodning
o‘zigina   yetarli   emas.   Yosh   niholni   ulkan   daraxt   bo‘lib   yetilishi   uchun   yaxshi
bog‘bon nechog‘liq zarur bo‘lsa, she’riyatga endi qadam qo‘ya boshlagan yosh
istedod   uchun   ustozning   ham   o‘rni   nihoyatda   buyuk.   Bu   borada   esa   Erkin
Vohidovning   omadi   kelgan   edi.   Bu   haqida   shoirning   o‘zi:   “Ulg‘aydik,
universitetga   bordik,   she’riyat   davramiz   kengaydi.   Biz   avval   ko‘rishni   orzu
qilgan,   biz   uchun   yetish   benihoya   yuksak   cho‘qqiga   chiqish   qadar   mushkul
bo‘lgan   asrimizning   eng   buyuk   insonlari:   Oybek,   G‘afur   G‘ulom,   Shayxzoda,
Abdulla   Qahhorlarning   bevosita   suhbatlarida   yig‘iladigan   bo‘ldik.   Mana   shu
dargoh   va   ularning   suhbati,   men   aytishim   mumkinki,   bizning   yosh
ruhiyatimizning   eshigi   bo‘ldi.   Bizni   tarbiyaladi,   bizga   adabiyotning   nima
ekanligi,   san’atning   vazifasi   nima   ekanligi,   insoniyat   tarixida   ma’naviyatning
o‘rni qanday ekanligini anglash imkonini berdi. 
Ozod   Sharafiddinov   to‘garak   ochgan   edi.   O‘sha   to‘garakda   “Po‘lat”   va
“Kamtarlik   haqida”   nomli   she’rlarim   Laziz   Qayumov   tomonidan   yuqori
baholangan. 1961-yilda birinchi kitobim chiqdi. Kitobga “Talant va mas’uliyat”
degan   so‘zboshini   Ozod   Sharafiddinov   yozgandi.   Bu   paytga   kelib   ustoz   ancha
mashhur,   adabiy   tanqidchilarning   peshqadam   arboblariga   aylangan   kishilardan
edi.   Yosh   bo‘lsada   fikri   teran,   so‘zi   o‘tkir,   orginal   fikr   qiladigan,   eskicha
10 fikrlarga   qarshi   kurashadigan,   Abdulla   Qahhor   maktabining   oldi   vakillaridan
hisoblanardi. Mening kitobimdan ham o‘sha so‘zboshi sifatida yozilgan maqola
mashhur   bo‘lgan.   Ozod   Sharafiddinov   o‘ta   talabchan,   qo‘liga   tushgan   asarni
ayovsiz   piypalab   tashlaydigan,   qattiq   tanqid   qiladigan,   yaxshi   bahoni   kam
beradigan munaqqid edi. Mana shunday inson kitobimga xursand bo‘lib, yayrab
maqola   yozgani   uchun   ko‘pchilik   qidirib   o‘qigan   va   kitob   qo‘lma   qo‘l   bo‘lib
ketgan”, - deya takidlab o‘tadi. 
    Keyinchalik ham Ozod Sharafiddinov ko‘plab davralarda Erkin Vohidov
she’riyati,   faqatgina   she’riyatiga   emas,   balki   shoir   shaxsiyatiga   ham   yuksak
hurmat   bilan   qarashini   bod-bod   ta’kidlab   o‘tadi.   Shunday   davralardan   birida
Ozod   Sharafiddinov:   “Erkinni   butun   xalqimiz   yaxshi   ko‘radi,   hurmat   qiladi.
Men   shuni   alohida   takidlab   o‘tmoqchmanki,   xalq   Erkin   Vohidovni   faqat
shoirligi,   ijodkorligi   uchun   emas,   balki   insonligi   uchun,   aqli   uchun   yaxshi
ko‘radi, xulqi uchun yaxshi ko‘radi, o‘zining fuqorolik pozitsiyasi uchun yaxshi
ko‘radi,   o‘zini   tutishi   uchun,   xalq,   el-u   yurt   oldida   salobatli,   juda   dono,
donishmand odam  bo‘lib yetishgani  uchun  yaxshi  ko‘radi. Bunday  shoirga ega
bo‘lgan   dunyodagi   har   qanday   xalq   boshini   ko‘kka   yetguncha   ko‘tarsa
arziydi…” - deya shoirga o‘ta yuksak ayni o‘rinda haqqoniy bahoni beradi. 
Ana shunday ma’rifat fidoiylari davrasida kamol topgani ijodkorning hayot
va ijod yo‘lining porloq bo‘lishida benihoya katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Keyingi   davrlarda   Erkin   Vohidovning   sinchkov   nigohi,   so‘zga   bo‘lgan
katta e’tibori natijasida buyuk va o‘chmas asarlar yuzaga keldi. Bugungi kunda
Erkin   Vohidovning   “Ruhlar   isyoni”,   “Nido”,   “Yoshlik   devoni”,   “O‘zbegim”,
“Inson”   qasidalari   allaqachon   milliy   adabiyotimizning   durdonalariga   aylanib
ulgurgan. 
“Erkin   Vohidovning   hayoti,   ijodiy   faoliyati   yorqin   voqealarga   boy.   U,
ta’bir   joiz   bo‘lsa,   ikki   asr   shoiri,   ikki   asrning   odami…   Shoir   ikki   asr
daryolaridan   suv   ichdi,   Konkord   minib   Tokiodan   Vankuvergacha   borib   keldi.
Tirik   sayyoralarning   taqdirlarini   kuyladi.   Dunyo   she’riy   anjumanlarida   goh
G‘afur   G‘ulom,   goh   Zulfiya,   goh   Aytmatov,   goh   Yevtushenko,   goh   Abdulla
11 yonida   turib   otashin   she’rlar   o‘qidi.   O‘zbek   shoiri   quloch   yoydi,   go‘zal
tilimizing   nafosati   rayhonlar,   jannat   gullari   kabi   gurkiradi.   Hyote,
Yeseninlarning mislsiz she’riy ruhlari sururlarining cho‘qqilariga ko‘tarildi”.  3
She’riyat bu milliylik demak. Ammo bugungi kun shoirlarining hammasini
ham   milliy   shoirlar   deya   olmaymiz.   Zotan,     milliylik   shoirdan   vatanparvarlik,
milliy   ruhga   qongan,   millat   dardini   yurakdan   his   qila   oladigan   ko‘ngilni   talab
qiladi.  Cho‘lpon,   G‘afur   G‘ulom,  Mirtemir   kabi   shoirlar   ana   shunday   milliylik
kuychilari edilar. Erkin Vohidov ham shu ustozlaridek milliy shoir edi. 
Erkin   Vohidov   she’riyat,   badiiy   ijod   olamiga   chaqmoq   yanglig‘   chaqnab
kirdi   va   o‘zbek   she’riyatini   yuksak   cho‘qqiga   ko‘tara   oldi.   Nafaqat   she’riyat
balki   qo‘l   urgan   sohasi   borki,   hammasida   o‘z   so‘zini   ayta   oldi.   “Erkin   aka
she’rdan   boshqa   hech   nima   yozmaganida   ham   elning   ardoqli   va   atoqli   shoiri
bo‘lib qolishi muqarrar edi. Agar faqat doston yozganida ham shunday bo‘lardi.
Basharti Erkin Vohidov ijod qilmay, davlat ishlari bilan shug‘ullanganida yirik
jamoat arbobi bo‘lib qolishi aniq edi. Ijod emas, ilm qilsa kamida falsafa doktori
yoki akademik bo‘lardi. Agar faqat dramaturgiya bilan shug‘ullansa (holbuki, u
o‘zini   hech   qachon   dramaturg   hisoblagan   emas),   mashhur   dramaturg   sifatida
nom qozonar, noshirlik yoki muharrirlik qilsa, bu sohaning yetakchi mutaxasisi
sifatida   shuhrat   topar,   faqat   tarjimonlik   bilan   mashg‘ul   bo‘lsa,   jahon
adabiyotining   talay   go‘zal   asarlarini   o‘zbekning   ma’naviy   mulkiga   aylantirgan
tarjimon   sifatida   el   e’zozini   qozonar   edi.   Boringki,   bu   yumushlarning
hammasini   yig‘ishtirib   qo‘yib,   faqat   shahmat   o‘ynaganida   O‘zbekiston   xalq
shoiri   bo‘lmasa   ham   O‘zbekiston   chempioni   va   xalqaro   sport   ustasi   bo‘lishi
muqarrar   edi”. 4
  Erkin   Vohidov   qaysiki   sohaga   qo‘l   urmasin,   har   birida   o‘z
o‘rniga ega bo‘lgan, o‘sha sohada o‘z so‘zini ayta olgan yetuk shaxs. 
E.   Vohidov   she’riyati-ilm   va   ma'rifat,   tafakkur   va   mushohada   she'riyati.
3
 G’ofurov I. “To quyosh sochgayki nur, Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlar nigohida”, 
“O‘zbekiston” NMIU, T.:2018
4
   Hoshimov O‘. Atoqli shoir dilkash inson. Boltaboyev H. So‘z sehri.Erkin Vohidov hayoti va ijodiga 
chizgilar,O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. T:.2006. 32-36-bet
12 Shoirning lirik qahramoni esa samimiyat kishisi. Mardlik, tantilik, oliyjanoblik,
haqsevarlik   uning   hayotiy   matlabdir.   Shu   sababli,   boshqalardan   ham   chin
insoniylikni, ruhan va jismonan yetuklik-barkamollikni talab qiladi, shu maqsad
yo‘lida astoydil kurashadi. Shoir ijodi ahloq pokizali, tiynat-u fitrat sofligi, qalb
hidoyati,   iymon   va   e’tiqod   butunligi   insonni   kamolot   cho‘qqisiga   ko‘tarib,
haqiqiy o‘quvchini to‘la ishontiradi. 
Erkin   Vohidovning   she’rlari   kirib   bormagan   birorta   o‘zbek   xonadonini
topish qiyin. Go‘zal borliqni, qalbidagi latif tuyg‘uni munosib badiiy so‘z bilan
ifodalash istedodli ijodkorlar uchun taqdir bitigidir. Haqiqiy she’r badiiy so‘zdan
bino bo‘lgan ruhiyat dunyosini yodga soladi. Erkin Vohidov she’riyati o‘quvchi
qalbini zavqlantiradi, ruhini yuksaltirib, tasavvurini ravshanlashtiradi. 
Shoirning   har   bir   davrda   haqiqatga   tik   qarashi   uning   chinakam   jasoratini
namoyon   etib   turadi.   Faqat   Erkin   Vohidovdek   jasorat   sohibigina   sovetlar
hukmronligi davrida erkinlik haqida, xalqimiz hayotida halokatli izlar qoldirgan
qatag‘on   qurbonlari   to‘g‘risida   “Ruhlar   isyoni”dek   buyuk   kashfiyotga   qo‘l   ura
olar, chet  tilini  o‘rganishga  ommaviy ravishda diqqat-e’tibor  qaratilayotgan bir
davrda “kishi, avvalo, o‘z ona tilisini mehr bilan o‘rganishi lozim” - deya “So‘z
latofati” kabi latif asarni, “O‘zbegim” dek qasidani yaratishga jazm eta olar edi.
Qasida xalqimizning shavkatli tarixiga sayohatdan boshlanadi:
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim, 
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. 
So‘ylasin Afrosiyob-u
So‘ylasin O‘rxun xati, 
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim. 
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, 
13 Al-Forob avlodidan, 
Asli nasli balki O‘zluq, 
Balki Tarxon, o‘zbegim.  
Ta’kidlanganidek,   bu   asar   yozilgan   paytlarda   xalqimiz   tarixini   to‘la   va
atroflicha   o‘rganish,   ayniqsa,   o‘tmishda   o‘tgan   sarkardalar,   amirlar   va   xonlar
faoliyatiga xolis baho berish nihoyatda mushkul, xatarli  ish edi. Ma’lumki, o‘z
o‘tmishini, ota-bobolari merosini bilish millatga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi, uni
o‘zligini   tanish,   haq-huquqini   anglash   darajasiga   olib   chiqadi.   Bundan   esa
sho‘ro   rahbariyati   nihoyatda   cho‘chir,   xalqlar   tarixi,   jumladan,   o‘zbek   millati
o‘tmishi faqat qora bo‘yoqlarda aks ettirishga urinar edi. 
  O‘zbekiston   xalq   shoiri,   O‘zbekiston   Qahramoni   Abdulla   Oripov   o‘z
zamondoshi   haqida   o‘zining   “Oltin   istedod”   nomli   maqolasida   quyidagi
e’tiroflari   bilan   ayni   haqiqatni   aytib   o‘tadi:   “Qadrdonim,   safdoshim   Erkin
Vohidov   chinakam   oltin   istedod   sohibidir.   Shoirimizning   ovozini   boshqa   biror
qalamkash   takrorlashi   mumkin   emas.   Alloh   taolo   ijodkorimiz   qo‘r   to‘kib
o‘tiradigan   kursisini   o‘zi   bilan   birga   yaratgan.   Erkin   Vohidov   o‘z   ijodi   bilan
adabiyotimiz   tarixida   sobit   turgan   shaxsdir.   Biz   shoir   bilan   turfa   davrlar   va
mafkuralarning   chig‘irig‘idan   yonma-yon   o‘tdik.   Goh   tuhmat   toshlari   ostida,
goh ta’qib va tazyiqlar ostida qolgan paytlarimiz ham ko‘p bo‘ldi. Ammo mana
shu ajoyib she’riyat o‘z tarovatini yo‘qotmadi…”  5
Erkin   Vohidov   hayoti   va   ijodiy   faoliyatining   o‘zbek   tanqidchiligida
o‘rganilishi   shoirning   hayotlik   davridanoq   boshlangan   desak   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   O‘zbek   tanqidchiligida   shoir   ijodiyotini   faqat   she’riyat   nuqtayi
nazaridan   emas,   balki   adabiyotshunoslikning   deyarli   barcha   jabhalari   o‘laroq
o‘rganilmoqda,   chunki   Erkin   Vohidov   bu   yo‘nalishlarning   barchasida   o‘zining
chuqur o‘rniga edi. Ma’lumki, tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino, yohud
Al-Farg‘oniy   murakkab   fanlarni   tadqiq   etish   barobarida   qanchadan-qancha
she’riy   asarlar   ham   yozganlar.   “Bugungi   kun   adabiyotida   ham     shunday
5
  Oripov A . “To quyosh sochgayki nur ,Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlar nigohida”, 
“O‘zbekiston” NMIU, T: 2018
14 allomalar   bormi?!”   degan   savolga   hech   ikkilanmasdan   shoir,   atoqli   olim,
dramaturg,   jurnalist   davlat   va   jamoat   arbobi   O‘zbekiston   Qahramoni   Erkin
Vohidovni ko‘rsatish mumkin. 
Ehtimol,   ba’zi   nozikta’b   munaqqidlar   Erkin   Vohidov   qanaday   qilib   olim,
jurnalist   va   jamoat   arbobi,   deyishlari   ham   mumkin…   Gap   shundaki,   uning
she’rlari   shoir   umr   tarozisining   bir   pallasini   egallasa,   ikkinchi   pallasida
shubhasiz   olim,   jurnalist,   davlat   va   jamoat   arbobiligi   bilan   bog‘liq   fazilatlari
o‘rin oladi. 
Erkin   Vohidovning   olimligi   shundaki,   uning   “So‘z   latofati”   kitobi
(“O‘zbekiston”   nashriyoti,   2014-yil)   tom   ma’noda   tilshunoslik   ilmining   yorqin
namunasi   desak   xato   bo‘lmaydi.   Ushbu   kitobning   mazmun-mohiyati,   mantiqiy
quvvati   bir  nechta   doktorlik  dissertatsiyasidan   ham   balandroqdir.  Bu   kitobning
dissertatsiyalardan   farqi   shundaki,   kitob   zerikarli   “ilmiy   ish”   shaklida   emas,
balki   ilmiy   ommabop   shaklda   bitilganligi   uchun   ham   ko‘pchilik   mutaxasislar
e’tiborini   tortgan.   “Shoir-u   she’r-u   shuur:   adabiy   o‘ylar”   (G‘afur   G‘ulom
nomidagi   Adabiyot   va   san’at   nashriyoti,   1987-yil)   kitobini   esa   hech
ikkilanishlarsiz   adabiyotshunoslik   ilmining   yorqin   namunalaridan   biri,   desak
arziydi. 
Erkin   Vohidovning   ilmga   dahldorligi   haqida   gap   ketganda   uning   Mirzo
Ulug‘bek   nomidagi   O‘zbekiston   Milliy   universiteti   faxriy   professori   ekanligini
yodga olishning o‘zi kifoya. 
Jurnalistligini   isbotlash   uchun   ham   uzoqqa   borish   shart   emas;   Erkin
Vohidov   1982-yilda   tashkil   etilgan   “Yoshlik”   jurnalining   birinchi   bosh
muharriri ekanligini, uning ko‘p yillik faoliyati gazeta va jurnallar bilan bevosita
bog‘liq holda o‘tganligini qayd etish lozim. 
Erkin   Vohidovning   “So‘z   latofati”   kitobi   bo‘lajak   jurnalistlar   uchun   eng
muhim   o‘quv-uslubiy   qo‘llanma   bo‘lib,   ushbu   kitobning   mohiyatini   teran
anglamagan kishi jurnalist yoki axborat xizmati xodimi bo‘la olishi amri mahol! 
Ijtimoiy-siyosiy hayotda hamisha faol bo‘lgan Erkin Vohidov ko‘p yillar
mobaynida   O‘zbekiston   Oliy   Kengashining   Oshoralik   masalalari   qo‘mitasida
15 rais,   Oliy   Majlis   Xalqaro   ishlar   va   parlamentlararo   aloqalar   qo‘mitasi   raisi
lavozimlarida ham ishlagan. 
Erkin Vohidov faqatgina shoir, dramaturg, publisist, tarjimon emas, balki
adabiy   estetik   tamoyillarni   teran   anglagan   shaxs   sifatida   ham   e’tirof   etiladi.
Shoirning   qalbida   lirik   tuyg‘ulargina   emas,   shu   bilan   bir   qatorda,   uning
tafakkuri,   dunyoqarashida   insonni,   olamni,   borliqni   anglashning   o‘ziga   xos
tamoyillari mavjudligini his eta boshlaymiz. Faqat ijod bilan emas, balki ijodiy
jarayonning   murakkab   qirralarini   teran   anglash   natijasida   nafaqat   o‘zbek
adabiyotining estetik tamoyillari haqida shu bilan bir qatorda, jahon adabiyoti va
tarjima   nazariyasining   murakkab   qirralarini   juda   asosli   tahlil   qilishi,   nazariy
muammolarni   o‘rtaga   tashlashi,   ijod   bu   oliy   ne’mat   ekanligini   his   etishi,   bu
jarayonga juda katta va ulkan tayyorgarlik bilan kirish lozimligini alohida qayd
etishining   ham   o‘ziga   xos   sababalari   mavjudligini   anglaymiz.   Shoir   ijodiy
jarayonni   oliy   bir   tuyg‘u   sifatida   e’tirof   etishi,   uning   turfa   olamlarini   hayot,
inson,   koinot   zamiridan   topish   mumkinligini   anglatishga   qaratilgan
tushunchalarida falsafiy qarashlar mavjudligini alohida qayd etish lozim. 
  Adabiyotshunos   olim   Bahodir   Rahmonov   shoir   ijodi   haqida   quyidagi
qarashlarni   ilgari  surgan:  “Haqiqatdan  ham  har   bir  qalam   ahlining  shakllanishi
uning   keyingi   ijodiy   taqdirini   belgilaydi.   Erkin   Vohidov   beg‘ubor   bir
ko‘ngilning   go‘zal   his-tuyg‘ulari   bilan,   ezgulikka   tashna   bo‘lgan   yurak   bilan
paydo   bo‘ldi   va   bunday   shakllana   borishning   istirobli   yo‘lidan   og‘ishmadi.
Bugungi   kunda   Erkin   Vohidov   she’rlari   hozirgi   o‘zbek   she’riyatining   Vatan
sarhadlaridan   oshib   o‘tgan   jahon   miqyosidagi   tarozisidagi   og‘ir   toshlardan
biridir, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”.  6
Erkin   Vohidov   estetikasida   insonning   ma’naviy-intelektual   kamolotiga
alohida   urg‘u   beriladi.   Shoirning   nuqtayi   nazariga   ko‘ra   inson   tirikligining
ma’nosi   hayotining   mazmuni,   sharoit   va   muhitdan   qatiy   nazar,   o‘z   shaxsida
komillik   xislat-xususiyatlarini   mutassil   takomillashtirib   borishdan   iborat.
6
 Rahmonov B. Hayotimsiz, odamlar!  Risola. “Istiqlol nuri” nashriyoti, 2016. 9-bet. 
16 Ma’naviyatni,   tiriklikni   go‘zallashtirish   bilan   birgalikda   hayotni   va   jamiyatni
yanada go‘zallashtirish asosiy maqsaddir. 
1.2.   “ Erkin   Vohidov   barhayot”   asarida   shoir   haqidagi   tahlillar.
Bugungi   kun   o‘zbek   tanqidchiligida   Erkin   Vohidov   ijodini   o‘rganish   va   tahlil
qilish  anchagina   salmoqli   o‘rin  egallaydi.  Bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2016-yil   7-dekabrda   “O‘zbekiston   xalq
shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori
ayniqsa muhim dastur-ul amal bo‘lib xizmat qildi. 
Erkin   Vohidovning   ijodini,   shoir   haqidagi   adabiy-estetik   fikrlarini
o‘rganishda   ijodkorga   atab   yozilgan   maqolalarning   o‘rni   beqiyos.   Shoirning
zamondoshlari   tomonidan   shoir   haqida   yozilgan   maqolalar   to‘planib   kitob
holiga keltirilgan. Bu kitob – “To quyosh sochgayki nur” (Erkin Vohidov hayoti
va   ijodi   zamondoshlari   nigohida)   nomi   ostida   2018-yilda   chop   etilgan.   Uning
tarkibiga   kiritilgan   Ozod   Sharafiddinovning   “El   ustozim,   men   esa   tolib”,
No‘mon Rahimjonovning “Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlariga doir”,
Bahodir   Karimovning   “Adabiy   fikr   javhari”,   Naim   Karimovning   “Erkin
Vohidov   gulshani”   va   boshqa   ko‘plab   maqolalarda   ijodkorning   adabiy-estetik
mulohazalari o‘rganilgan, tahlil etilganki, ushbu nodir  to‘plam  orqali  shoirning
nafaqat she’riyati, balki badiiy estetik tafakkuri, adabiyotshunosligimizda tutgan
o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. 
  2022-yil   “O‘zbekiston”   NMIU   tomonidan   Ibrohim   G‘afurov
muharrirligida Rustam  Mirvohid hamda Bahodir Obid tomonidan tayyorlangan
“Inson   o‘zing   yohud   Erkin   Vohidov   barhayot”   nomli   maqolalar,   xotiralar   va
izhorlar to‘plami nashrdan chiqarildi. Ushbu to‘plam atoqli shoirning 85 yilligi
munosabati   bilan   nashr   etilgan   bo‘lib,   to‘plamdan   shoir   ijodining   turli
jabhalarini   yoritishga   bag‘ishlangan   39   ta   maqola,   52   ta   xotiralar   jamlanmasi
hamda   20   ta   izhorlar   o’rin   olgan.   Ushbu   to‘plamning   oldingilaridan   farqli
jihatlaridan biri shundaki, kitobda Erkin Vohidov haqida nafaqat adabiyotshunos
olimlar-u   zamondosh   ijodkorlar   fikrlari   balki,   turli   soha   vakillari,   xususan,
san’atkorlaning   ham   dil   so‘zlari,   shoirning   oila   a’zolari   va   yaqin
17 qarindoshlarining xotirotlari jamlanganligi bilan ham nihoyatda qimmatlidir. 
Yillar   o‘tgan   sari   Erkin   Vohidov   ijodida   fikrlar   ufqi   kengayib,   his-
tuyg‘ular   toboro   serjilo   bo‘lib   bordi.   Shunga   qaramay,   shoirda   erishgan
yutuqlaridan qoniqmaslik, o‘zini yangilashga moyillik kayfiyati ortib bordi. 
“Erkin   Vohidov   va   uning   ijodi-yirik   mavzu.   Bu   asl   shoir   va   asl   she’r
haqida gapirish demak. Asl she’r noyob gavhar, ko‘ngil mo‘jizasi, ilohiy hodisa.
Hammaga   ham,   hamisha   ham   nasib   etavermaydi.   Erkin   Vohidov   ana   shu
nasibaga   muyassar   bo‘lgan   ijodkor.   Nafis   so‘z,   go‘zal   hayol,   husni   dil   sohibi.
Zamonlar   shamoli   ne-ne   bitiklarni   chang-u   g‘ubor,   xor-u   xasdek   uchirib,
yo‘qlikka eltadi. Ammo Erkin Vohidov qalamidan to‘kilgan:
To tirikdir tabiat, 
To quyosh sochgayki nur, 
Uch egiz bordir tushuncha, 
Uch bu so‘z yondosh bo‘lur:
Mohir-u mehr-u mahorat, 
Olim-u ilm-u amal, 
Oshiq-u ishq-u mashaqqat
Shoir-u she’ru shuur, -
kabi   quyma   satrlar   yuksak   peshtoqlarga   bitilgan   qadimiy   kitoblardek   yarqirab
yashayveradi”.  7
Darhaqiqat,   Erkin   Vohidov   tilimizni   go‘zal   qofiyalar,   takrorlanmas
iboralar   bilan   boyitgan,   she’riyatimizni   yangi   bosqichga   olib   chiqqan
shoirlardan biridir. 
Erkin Vohidov ijodi haqida bilmagan, she’rlaridan jilla qursa to’rt qatorini
yoddan bilmagan kishi millatdoshlarimiz orasida  kamdan kam topilsa kerak. 
Shoirni   haqli   ravishda   mumtoz   g‘azal   janri   an’analarining   davomchisi   deyish
mumkin.   Vatanga   muhabbat,   uning   cheksiz   kengliklariga,   ona   yurtning   porloq
kelajagiga ishonch shoir ijodining bosh mavzusi bo‘lgan. 
7
 Jamol Kamol.   Nafis so‘z,go‘zal hayol,husni dil sohibi. “To quyosh sochgayki nur”. “O’zbekiston” 
NMIU, T.: 2018
18 Shoir  she’riyati XX asrning so‘nggi  o‘n yilligi  – XXI  asrning boshlarida
o‘zbek   she’riyati   mumtoz   an’analarini   davom   ettirish   bilan   bir   qatorda   jahon
adabiyotining hayotiy xususiyatlarini ham o‘zida aks ettiradi.   Uning she’rlarida
inson   hayoti,   uning   mohiyati,   voqelikning   ichki   jarayonlari,   inson   omilini
zamonaviy va postmodern g‘oyalar asosida she’riyatimizni yangi sifat darajasiga
ko‘tara oldi. Erkin Vohidov o‘z ijodi orqali har bir inson qalbiga millatparvarlik
ruhini   olib   kira   oldi.   Shoir   ijodi   nafaqat   ijod   balki   uning   hayot   tarzini   o‘rgana
borishimiz   bilan   undagi   vatanparvarlik   hissi   nihoyatda   yuqori   ekanligini   teran
anglay boshlaymiz. 
    Erkin   Vohidov   asarlarida   insonning   rohati-yu   azobi,   xushnudligi-yu
mayusligini   his   qilgandek   bo‘lasiz.   Shoir   she’rlarini   o‘qib,   go‘yo   afsonaviy
olamga tushib qolgandek bo‘lasiz.   Shoirning dili ham xuddi ismi kabi erkindir.
U  har   narsadan  o‘rinli  foydalanar,  so‘z  gavharlaridan   shunday  betakror   she’riy
marjonlar   tuza   olar   ediki,   kishi   lol   bo‘lmasdan   iloji   yo‘q.   Shu   bilan   birgalikda
shoir   takrorlardan   o‘zini   tiyadi.   Balki   shundandir     she’rlarining     hech   birida
takroriylikni ko‘rmaymiz. 
Erkin   Vohidov   she’rlari,   dostonlari,   dramalarida   inson   ruhiyatining   o‘ta
nozik   kechinmalarini   mohirlik   bilan   tasvirlaydi.   Komil   inson   bo‘lishni   Vatan
uchun jonini fido qilish, inson tafakkurining oliy mevasi bo‘lgan aql va ongning
oliy imkoniyati, deb baholaydi. 
                          Erkin Vohidov badiiy tafakkurining chaqmoqdek yorqin nuri o‘zbek
she’riyati   osmonida   bamisoli   quyosh   yanglig‘   porladi.   U   barcha   mavzularda
faqat   shoirning   o‘zigagina   xos,   betakror,   ta’sirchan   va   nafis   so‘zni   ayta   oldi.
Shoir   bo‘lib   maydonga   chiqish   va   bu   maydon   aro   sobit   turish,   o‘z   “men”   ini
namoyon   qila   olishlik   barcha   ijodkorlarga   ham   nasib   etavermaydigan   tole
tuhfasidir. 
                          Erkin Vohidov she’riyatining mavzu ko‘lami  keng, poetik mazmun-
mohiyati chuqur, she’rlaridagi lirik qahramon dardi ijtimoiyat bilan yo‘g‘rilgan. 
Istedod yuzaga chiqishi uchun muhit, davra va vaqt kerak. Yillar davomida shoir
tajriba orttiradi, iste’dodi sayqal topa boradi. Erkin Vohidovning ijod yo‘li ham
19 shunday dovonlardan o‘tdi. Shoirning dardli, alam va sururli qalbi o‘zbek xalqi
milliy iftixor tuyg‘usining poetik ifodasi uchun yo‘l izladi va bu yo‘lni topa oldi.
Ildizi yurakdan oziqlangan muazzam g‘oyalarning yashil daraxti meva berdi: 
“O‘zbegim” qasidasi dunyoga keldi:
O‘zbegim, deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O‘zligim bilmoqqan davrim 
Berdi imkon, O‘zbegim. 
Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, 
Men bashar farzandiman, 
Lek avval senga bo‘lsam 
Sodiq o‘g‘lon, O‘zbegim. 
Qasidaning   har   bir   misrasida   olam-olam   mazmun   mujassam.   Ushbu
qasidani Erkin Vohidov tilidan eshitgan alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy: “Bunday
she’r   yangi   davr   o‘zbek   adabiyotida   hali   yozilgan   emas.   “O‘zbegim”   xalqning
ko‘zini ochadigan, o‘zligini tanitadigan ulug‘ she’r bo‘libdi” - deya baho beradi.
O‘zligini   anglamagan,   o‘z   haq-huquqini,   o‘z   millatining   dard-u   alamlarini
anglamagan odamda g‘urur tuyg‘usi bo‘lmaydi. “O‘zbegim” faxriyasi shoirning
faxr-u   iftixori,   o‘z   xalqi   va   uning   shonli   o‘tmishi,   buyuk   kelajagi   bilan
faxrlanish ifodasidir. 
Ijtimoiy   pafos,   ma’naviy   qadryatlar,   ona   tili   uchun   kuyinish,   millat
o‘zligini   saqlash   uchun   kurashish-bular   vijdoni   uyg‘oq   shoirning   ishi,   ijtimoiy
vazifasiga aylandi. Bu yo‘ldan borgan kishi  hayotini xatarga qo‘yib haq so‘zni
ayta  olishi,  chin  fidoiy  ijodkor   sifatida ne-ne  tunlarni   bedor  o‘tkazmog‘i   lozim
edi. Erkin Vohidov o‘z vaqtida bunday vazifani qoyilmaqom tarzda ado eta oldi.
Birgina   “Ona   tilim   o‘lmaydi”   she’ri   misolida   ko‘radigan   bo‘lsak,   ushbu   ijod
namunasi   ayni   mustabid   tuzumning   iskanjali   davrida,   1976-yilda   yaratilgan.
20 Dunyodagi   hamma   tillar   yo‘qolib   yagona   til   qoladi,   degan   siyosat   hukmron
bo‘lgan bir davrda shoirning qalb og‘riqlari-yu ona tiliga bo‘lgan cheksiz mehr
ifodasi yanglig‘ yaratildi.
Notiq der: 
“Taqdir shul, 
Bu jahoniy iroda. 
Tillar yo‘qolur butkul, 
Bir til qolur dunyoda”. 
Erkin   Vohidov   turli   makon   va   zamonlarda   yashab   ijod   etgan   o‘z   tili
fidoiylari bo‘lmish Navoiy, Pushkin, Dante, Shiller, Bayron, Firdavsiy, Balzak,
Tagor, Hayyom, Gyote, Lorka kabi qator ijodkorlar ruhini yordamga chorlaydi;
Har biri o‘z milliy tillarining himoyachisi bo‘lgan ulug‘ zotlar bir ovozdan “Ona
tilim o‘lmaydi” - deya olamga jar solishadi. Bu sado asrlar qaridan keldi. Zotan,
mashhur shoirlar tilidan “Ona tilim o‘lmaydi” - degan otashin so‘zni ayttirish-bu
har   kimning   ham   hayoliga   keladigan   badiiy   usul   emas.   Bunday   ijtimoiy,
madaniy,   ma’naviy   muammolar   ustida   o‘z   huzur-halovatidan   kechib,   faqat
xalqning haqiqiy shoirlari,  chin qahramonlarigina bosh qotirishi mumkin edi. 
Shoir   umri   “agar   bog‘   -   bo‘lsa,   eli   bog‘bon”.   El-yurt   bilan   birlik,   Vatan
xizmatiga kamarbasta bo‘lish faqat chin o‘g‘lonlarga nasib qiladigan saodatdir.
Zero,   el-yurt   taqdiriga   befarq   qarab   tur   olmagan   shoir   ko‘nglida   “Vatan”
yelkanlarini ma’rifat ummoni” tomonga burmoqni mehr muruvvat, insof-adolat
kabi umuminsoniy qadryatlar chegarasida “soqchidek turmoq”ni istadi. Yolg‘on
baxt-saodatlardan zada lirik  qahramon   chin   “hurriyat   zavqini”   yurakdan
surmoqni xohladi. Erkin Vohidovning “Vatan umidi” she’rida shunday jumlalar
bor:
Agarchi ismim Erkin, 
Erki yo‘q, bandi kishan bo‘ldim. 
21 Ko‘zim bog‘liq, dilim dog‘liq, 
Tilim yo‘q, besuxan bo‘ldim. 
Ushbu   she’rda   manfur   siyosat   tufayli   garchi   shoirning   ismi   Erkin   bo‘lsa
ham,   “erki   yo‘q,   bandi   kishan”,   “dili   dog‘li”,   o‘z   “Vatanida   bevatan”   bo‘lgan,
“Muazzam Sayhun-u Jayhun-Labida tashna lab” qolgan kunlarni birma bir esga
oladi. So‘ngra:
Shukurkim keldi, istiqlol, 
Umidim rost qil, Ollohim, 
Ki. shoyad beqafas bulbul
Kabi sohib chaman bo‘ldim. 
-deya nurli davronlar uchun chin qalbdan shukrona aytadi. Chindan ham shoirga
Vatan erkini ko‘rish, uning tarovatini tarannum etish, yurt istiqboli uchun xizmat
qilishdek baxtli kunlar ham nasib etdi. 
Yuridik   fanlari   doktori   Abdulhakim   sha’riy   Juzjoniy   o‘zining   “Erkin
zamon   shoiri”,   nomli   maqolasida:   “O‘zbekiston   mustaqilligi   Erkin   Vohidovga
qanot   bag‘ishladi.   U   mustaqillikda   o‘zbek   xalqining   eng   ezgu,   eng   qimmatli
armonlaridan   birining   ro‘yobga   chiqishini   ko‘rdi.   Istaklari   uning   tasavvuri
uchun   cheksiz   ufqlar   ochib   berdi…” 8
  -   deya   ayni   haqiqatni   aytib   o‘tgan   edi.
Zero,   mustaqillik   davri   adabiyotida   Erkin   Vohidov   asarlarining   o‘z   o‘rni   va
mavqeyi   ma’lum   darajada   boshqa   ijodkorlar   ijodidan   ajralib   turadi.   Shoirning
qalbida   istiqlol   jarangdor   birgina   so‘z   emas,   balki   qalbini   ancha   vaqtlardan
buyon   bezovta   qilib   kelayotgan,   hayotining   ajralmas   bir   qismiga   aylanib
borayotgan hayotiy haqiqat sifatida jo‘sh urdi. Ona Vatanimizning buyukligini,
avlodlarimizning   kuchli   irodasini,   xalqimizning   yurt   ravnaqi   yo‘lidagi   ezgu
ishlarini   o‘z   asarlarida   badiiy   bo‘yoqlar   bilan   ochib   berdi.   Jamiyatning   faol
fuqarosi,   davlat   arbobi   ,   sermahsul   adib   sifatida   o‘zbekning   o‘ziga   xos   milliy
xarakterini,   adabiyot   va   badiiy   so‘z   san’atining   nozik   qirralarini   targ‘ib   qila
bildi. 
Uning   “O‘zbegim”   qasidasi   xalqimizning   ko‘nglidan   topib   aytilgan   bir
8
 H.Boltaboyev. “So‘z sehri”. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”davlat ilmiy nashriyoti.  T.:2006
22 oddiy   she’r   sifatida   qaralsa   ham   o‘zbek   xalqining   obro‘-e’tibori   va   o‘ziga   xos
tarixiy buyuk o‘tmishiga ega bo‘lgan betakror xalq ekanligini isbotlab beradigan
she’riy qasida darajasida e’tirof etilgan. 
Aslida inson  tug‘ilib voyaga yetar  ekan,  uning maqsadlarida  ona Vatan
manfaatlariga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sir   etadigan   bir   cho‘g‘dek   qaynoq   tuyg‘ular
jo‘shib,   yuragini   o‘sha   hislar   kun-u   tun   bezovta   qilsagina,   bunday   insonlar
hayotda abadiy iz qoldiradi va o‘ziga xos ezgulikning oydin yo‘lini bosib o‘tadi.
Erkin   Vohidov   ham   shunday   beqiyos   xizmatlari   bilan   o‘zbek   adabiyoti
ravnaqini yanada oshirdi, uning sermazmunligini taminladi. 
Erkin   Vohidov   iste’dodli   ijodkor   sifatida   o‘zbek   adabiyotni,   uning
mazmun- mohiyatini, ijod va ijodiy jarayonini teran anglagan ijodkorlardan biri
sifatida   e’tirof   etilishining   o‘ziga   xos   sabablari   ham   mavjud.   Uning   adabiy
jarayon   haqidagi   qarashlarida   davrning   murakkab   haqiqati   mujassamlashgan.
Ijodkorning   she’riyat   haqidagi   adabiy-tanqidiy   qarashlari   borasidagi
mulohazalarimizni   shoirning   quyidagi   fikrlari   misolida   yana   bir   jihatini
ko‘rishimiz mumkin: “Yaxshi  she’r yaxshi  shoir  kabi  noyob hodisa.   Chinakam
shoir   har   yili   chiqavermaganidek,   chinakam   yaxshi   she’r   hatto   eng   ulkan
shoirlarga ham har kuni nasib bo‘lavermaydi. Shunday she’r paydo bo‘lgan kun
esa, faqat shoir uchun emas, butun she’riyat uchun bayram bo‘ladi”. 9
 
Erkin   Vohidov   ijodiyotining   o‘ziga   xosliklaridan   yana   bir   jihati   uning
ko‘pqirraliligida  namoyon  bo‘ladi.  Uning  ijodini   qamrab   olgan   millatparvarlik,
insonparvarlik,   falsafiylik,   tarixiylik   beixtiyor   o‘quvchini   mushohadaga
chorlaydi.   Shoir   ijodining   asosiy   xususiyatlaridan   biri   voqelikni   hayotning
barcha   murakkabliklari   va   qarama-qarshiliklari   bilan   o‘tkir   ijtimoiylik   bilan
tasvirlay olishi, shu bilan birgalikda muammolarni dadil va erkin tasvirlay olishi
bilan ham ajralib turadi. Balki shu xususiyati bilan ham shoir hayotlik davridan
to   hozirgi   kunga   qadar   ham   Erkin   Vohidov   ijodi   tadqiqotchilarni   o‘ziga   jalb
etishda davom  etmoqda. Buni yillar davomda jurnal-u gazetalarda chop etilgan
maqolalar,   bus-butun   ilmiy   ishlar   hajmining   yirikligi   ham   yaqqol   namoyon
9
 Vohidov E. Shoiru she’ru shuur. Adabiy o‘ylar. – Toshkent, 1987. 83-bet.
23 qiladi. Erkin Vohidov ijodini o‘rganish yillar davomida diqqat markazida bo‘lib
kelmoqda   va   har   bir   izlanishlar   mahsulida   shoir   ijodidagi   yangi-yangi
jihatlarning ochilganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Erkin   Vohidovning   hayoti,   ijodi,   faoliyati   yorqin   voqealarga   boy.   Butun
insoniyatni ikki asr jarayonlaridan, alg‘ov-dalg‘ov qilgan, larzaga solgan, qonlar
kechib   shonlar   topgan   yo‘llari,   chaqmoq   yanglig‘   chiziqlari   uning   yuragidan
o‘tgan   va   she’riy   yuksak   badiiy   aks   sado   bergan.   U   chinakam   oltin   istedod
sohibi,   so‘z   zargari   edi.   Uning   yozganlari   barchaga   birdek   zavq   bag‘ishlaydi,
o‘ylantiradi, mushohadaga chorlaydi. 
Adabiyotshunos   olim   Shuhrat   Rizayev   o‘z   interviyularidan   birida   Erkin
Vohidov   haqida   jumladan   quyidagi   fikrlarni   keltirib   o‘tadi:   “Erkin   Vohidov
haqida   so‘z   borar   ekan   bu   insonni   bilgan,   ko‘rgan,   u   bilan   hamsuhbat   bo‘lgan
muxliski   bor,   birdaniga   vazmin   tortib   bu   kishining   aytgan   so‘zini   mushohada
qilishga   gapinining   zalvorini   belgilashga   beixtiyor   majbur   bo‘lardi.   Bu   tabiiy
ravishda   kechardi.   Shu   kishining   salobati,   vazminligi,   madaniyati   kishini
hushyor tortishga, bu kishi bilan, yaxshi ma’noda, ehtiyot bo‘lib har bir so‘zini
taroziga solib gapirishga majbur qilardi…” 
Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Erkin Vohidovning nafaqat har bir
she’ri, balki undagi har bir satr ham to‘lqin urgan sirlar to‘la ummondir, chunki
chin ma’nodagi shoir o‘z xalqining yurak parchasi hisoblanadi. Bunday yurakda
shubhasiz isyon tug‘iladi. Isyonga dosh bermoq esa oson emas. Binobarin isyon
bu   bedor   qalb   inqilobi   hisoblanadi.   Bunday   qalb   faqat   xalq,   millat   dardi
bilangina   nafas   oladi.   Shu   boisdan   shoir   meni   xalqning   tili   va   dili,   jigarbandi,
farzandi   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Xalqning   dardi,   so‘zini   ifoda   etmoqlik
ijodkor o‘zligining tub mohiyatini tashkil etadi, aslida. Erkin Vohidov xalqning
farzandi,   xalqning   dardini   kuylagan   shoir.   Erkin   Vohidov   ijodini   o‘rganish   va
tahlil   qilish   jarayonilarida   ham   eng   ko‘p   e’tibor   qaratiladigan   jihat   ham   aynan
vatan mavzusidir. Chunki, hohlaymizmi yo‘qmi, ushbu jihat shoir ijodining bosh
mavzusidir.   Erkin   Vohidov   haqida   fikr   yuritgan,   uning   ijodiga   nazar   solgan,
tahlil   qilgan   kishiki   bor,   albatta,   shoirdagi   vatanparvarlik   tuyg‘usi   haqida
24 gapirmasdan   o‘tmaydi.   Xususan,   O‘zbekiston   xalq   shoiri,   marhum   Anvar
Obidjon  shoir     ijodining  nihoyatda   serqirra  ekanligini,  bunday  ijod  har   qanday
ijodkorga   ham   nasib   etavermasligini   bot-bot   takidlab   o‘tadilar.   Asarlarining
mavzu ko‘lami, undagi g‘oyalar xilma-xilligi haqida so‘zlar ekan: “Isyonkorlik,
chorlovchilik,   olishqoq   falsafa,   teran   mushohada   she’riyat   kemasining   yelkani
uchun yo‘lchi shamol vazifasini o‘taydi, shiddatiga shiddat qo‘shadi. Ammo bu
shiddat   ko‘p   sonli   “oddiy   she’rxonlar”ni   o‘ziga   eliktiruvchi   unsurlar   -   so‘zlar
shirasi,   tasvir   nafosati,   ifoda   nazokati   ila   uyg‘unlasha   olmas   ekan,   she’r
quruqshoqlanib,   qofiyalantirilgan   nasr   tusiga   kiradi,   ta’sir   doirasi   torayadi,   bir
to‘p ziyolilar davrasidan nariga o‘tishi qiyin kechadi. Shu ikki jihatni o‘z ijodida
omuxtalashtira   olish   kamdan   kam   shoirga   nasib   etgan.   Erkin   Vohidov
she’riyatining   qudrati   ham,   ommaviyligi   ham,   eng   avvalo,   o‘sha   mo‘jizakor
uyg‘unlik sabachi bo‘lsa, ne ajab?” 10
 - deya shoir ijodidagi ikki unsur omuxtaligi
ya’ni   barmoq   va   aruz   vaznlarining   go‘zalligidan   o‘z   o‘rnida   foydalana   olish
qobilyatiga ham alohida urg‘u berib o‘tadi. 
Bob bo‘yicha xulosalar:
XX   asrning   ikkinchi   yarmi   hamda   XXI   asrning   ibtidosida   o‘zbek
she’riyatining eng porloq yulduzi, shubhasiz, Erkin Vohidovdir.
Mustabid   tuzum,   erkinlik   tushunchasi   xalq   ruhiyatiga   toboro,   yot
tushunchaga   aylanib   borayotgan   bir   davrda   “O‘zbegim”   deya   xalqimizni
dunyoga tanitgan yuksak jasorat sohibi – bu Erkin Vohidovdir.
Tariximizning,   buyuk   tilimizning,   mumtoz   adabiyotimizning   bilimdoni
sifatida shoir-u adiblarimiz orasida eng oldingi qatorlarda turuvchi yetuk ijodkor
ham Erkin Vohidovdir.
Shoirning shaxsiyati  naqadar  yetuk bo‘lsa, uning ijodiyoti, she’riyati shu
qadar   buyuklikka   daxldordir.   Shoir   ijodini   qanchalik   ko‘p   o‘rgangan   sari   chin
insoniylik, vatanparvarlik tuyg’ularing tub mohiyatini anglay boshlaysiz. 
10
 A.Obidjon. “Xalqqa kerak bo‘lish baxti”. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi.2006-yil,8-
dekabr.
25 Erkin   Vohidov   she’riyati   xalq   ommasini   qiziqtiradigan,
tashvishlantiradigan   rang-barang   masalalari,   xilma-xil   mavzulari   asosiy   o‘rinni
egallaydi   va   ular   hayot   haqiqatiga   mos   holda   ezgu   niyat   bilan   soda   va   ravon
tilda aks ettiriladi. 
Erkin  Vohidov   ijodi   o‘zbek  adabiyotining   eng   katta  va   qimmatli   yutug’i
sifatida o‘zbek adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunosligining diqqat markazida
bo‘lib kelmoqda. 
26 II BOB. “O‘ZBEGIM” QASIDASI BADIIYATI
2.1. “O‘zbegim” qasidasining yaratilish tarixi.  Xalqimizning atoqli 
shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov o‘z   asarlari orqali 
insonni, uning qalb tuyg‘ularini ulug‘ladi. Erkin Vohidov she’riyati 
faqatgina o‘zbek adabiyotidagina emas, butun bir she’riyat 
dunyosida favqulotda   hodisa deyish mumkin. Bu ta’rif shunchaki 
balanparvoz gaplar emas, balki yillar   davomida qayta-qayta o‘z 
isbotini topib kelayotgan ayni haqiqatdir. Fikrimiz isboti   sifatida Erkin
Vohidov ijodiga yuksak baho bergan rus adabiyotining yetuk vakili  
Robert Rojdestvenskiyning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: 
“Shoir asarlarida   uning ovozi pichirlashdan tortib qiyqiriqqacha 
namoyondir”, yoxud turk adabiyotshunos olimi Veli Savash Yelok – 
“Erkin Vohidov she’rlariga teran razm   solsak, uning ko‘ruvchi, his 
qiluvchi, sevguchi:  х ayolot olami keng, muhabbat va   estetikaga 
ahamiyat beruvchi va shu bilan bir paytda azob va qayg‘ularni 
boshdan   kechirgan shoir ekanligini anglash mumkin” 11
 - degan 
fikrlarini   keltirish mumkin, bunday fikrlar ro‘yxatini esa uzoq davom 
ettirsa bo‘ladi.  
Daho   ijodkorning   deyarli   barcha   asarlari   she’riyat
ixlosmandlari tomonidan   juda iliq kutib olinar, hali matbuotda chop
etilmasdan turib, xalq orasida ovoza   bo‘lib ketardi. Erkin Vohidov tik
so‘zli, haqiqatni baralla aytishdan cho‘chimaydigan jasoratli shoir edi.
Aynan   shuning   uchun   ham   mustabid   sho‘ro   tuzumi   davrida   ijodkor
ko‘plab taqiqlarga, to‘siqlarga uchradi. 
11
  To quyosh sochgayki nur.(Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlar nigohida).O‘zbekiston.-
T.:2018.
27 “O‘zbegim”   qasidasi   she’riyatimizda   katta   bir   portlashga   sababchi
bo‘ldi. Bu qasida o‘zbek she’riyati tarixida juda muhim sahifani egalladi. Qasida
she’riyatimiz   tarixida  faqatgina  yorqin  sahifa  yaratibgina  qolmasdan,  butun  bir
o‘zbek millatiga qaratilgan murojaat, millatimizning ma’naviy uyg‘onish hissiga
bevosita ta’sir qiladigan satrlardan iborat qasidadir. 
“O‘zbegim”   qasidasining   endi   ommaga   e’lon   qilina   boshlangan
davrlar   haqida   shoirning   o‘zi   quyidagicha   xotirlaydi:   “O‘zbegim”
she’rini   birinchi   marta   1968-yilda   Yozuvchilar   uyushmasining   katta
mushoirasida   o‘qiganman.   Olqishdan   zal   qalqib   ketgan.   Zalda
o‘tirgan   muxlislar,   hamkasblar   chin   dildan   qutlaganlar.   Mendan
so‘ng she’r o‘qish navbati Abdulla Oripovga berilgan. Abdullajon esa,
navbatni menga berib, “O‘zbegim”ni qayta o‘qishimni so‘ragan. Zalda
minnatdorlik   qarsaklari   yangragan.   She’rni   ikkinchi   marta
o‘qiganimda   ham   qarsaklar   bir   lahza   tinmagan.   She’r   ana   shunday
milliy g‘urur va olqish bilan kutib olingan”.  12
Erkin   Vohidov   tomonidan   yaratilgan,   o‘z   davrida   millatning   ma’naviy
ehtiyoji   tariqasida   dunyoga   kelgan   va   xalqning   ayni   vaqtdagi   biroz   bo‘lsada
yangilanayotgan   xohish-istagi   va   orzularini   o‘zida   namoyon   qila   olgan
“O‘zbegim”   qasidasi   kishilar   ong-shuuriga   chaqmoqdek   urildi.   Ayrimlarni
kuydirdi, ba’zilarni  karaxt  qilib qo‘ydi. Lekin bu chaqmoq juda ko‘pchilikning
qalbidagi umidsizlik zulmatini bir lahzada erkinlik yog‘dusi ila yoritib yubordi. 
Tarixingdir ming asrlar 
Ichra pinhon, o‘zbegim, 
Seng tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. 
So‘ylasin Afrosiyob-u
12
 Jo‘rayev  A .   Millatni uyg’otgan qasida. To quyosh sochgayki nur. (Erkin Vohidov hayoti va ijodi 
zamondoshlar nigohida).   O‘zbekiston.-T.:2018 .
28 So‘ylasin O‘rxun xati, 
Ko‘hna tarix shodasida 
Bitta marjon, o‘zbegim. 
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, 
Al-Farob avlodidan, 
Asli nasli balki O‘zluq, 
Balki Tarxon, o‘zbegim. 
“1968-yilda yaratilgan “O‘zbegim”ning nomiyoq diqqatni jalb qildi. Sho‘ro
davrida   “bizniki”,   “hammaniki”,   degan   mavhum   qarash   tushunchalarga   singib
ketgan   edi.   Ayniqsa,   xalqni,   yurtni   baralla   “meniki”,   ya’ni   “O‘zbegim”   deb
turish komunistlar naznida borib turgan shakkoklik edi. Qasida ruhi, mazmuni,
estetik-poetik   mohiyati   bilan   sarlavhadagi   fikrni   bus-butun   tasdiqlaydi.
O‘zbekning chin o‘g‘loni kuyib-yonib, jo‘shib, zavqlanib xalqning mungli, ayni
vaqtda   qahramonona   tarixini   burro-burro   ifodalaydi.   Qasidani   o‘qib   Pomir,
oqsoch Tiyonshon timsolida ona yurt, uning ko‘hna tarixi, uzoq va mahzun yo‘li
ko‘z   o‘ngimizda   gavdalanadi.   Beruniy,   Xorazmiy,   Farobiy,   Ulug‘bek,   Mir
Alisher   Navoiy,   Mirzo   Bobur,   Mashrab,   Nodira,   Muqumiy,   Furqat   singari
ulug‘lar   qasidani   ko‘z   yosh,   hayratla   tinglayotganday   bo‘ladilar.   Eng   muhimi,
qasida   qullikdan,   qaramlikdan,   erksizlikdan   qalbi   ozurda   bo‘lgan   xalq   uchun
misoli   tiriklik   suvi   bo‘ldi.   Qasidani   ehtimol   ko‘pchilik   yod   olmagandir.   Lekin
katta-yu   kichik,   yurtdagi-yu   xorijdagi   o‘zbekning   hammasi   asarni   sel   bo‘lib
o‘qidi, o‘zlashtirdi. “O‘zbegim” xalq chekkan “oh” lar uchun munosib, bebaho
tortiq   bo‘ldi.   Qasida   xalq  qalbiga   shunchalar   singib   ketdiki,  uni   omma  o‘zicha
“boyitdi”, “to‘ldirdi” - yuragidagi alamlarni asar qatiga qo‘shib yubordi”.  13
 
Shoir   o‘z   intervyularidan   birida   ushbu   qasidaning   dunyoga   kelishiga
sabab bo‘lgan bir qancha omillarni keltirib o‘tadi. 
Ushbu   qasida  dastlab  g‘azal  shaklida   yozilgan  bo‘lib,   ushbu   ijod
mahsulidan   qandaydir   ko‘ngli   to‘lmagandek   bo‘lib   bir   qancha   vaqt
13
 A.Rasulov. “She’r qolur,shoir qolur…” So‘z sehri. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat 
ilmiy nashriyoti.T: 2006. 65-bet.
29 ushbu   g‘azal   shoir   qoralamalari   orasidan   o‘rin   olgan.   Keyinchalik
Erkin   Vohidov   devon   tuzishni   maqsad   qiladi,   rejaga   ko‘ra   devonda
hamma   harflarga   g‘azal   bo‘lishi   kerak   edi,   devon   tuzish   talablariga
ko‘ra bitta qasida ham   mavjud bo‘lishi kerak, Erkin Vohidov ayni shu
damda   g‘azalni   qasidaga   aylantirish   fikriga   keladi.   Qalbida   shu
qasidani   o‘zbek   xalqiga   bag‘ishlash   orzusi   paydo   bo‘ldi   va   qasidaga
radif tanlash borasida chuqur o‘yga   toladi, ayan shu kunlarda Hazrat
Navoiyning
Menga shohlar xilqatidur
Menga shohlar hilatidur
El tomosho qilg‘ali
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.
Ya’ni   menga   o‘zbegimning   egnidagi   yupqa   teri   po‘stini,
boshidagi   qalpog‘i   podsholarning   zar   to‘nlaridan,   ularning   tojidan
yusakdir, degan mazmundagi bayti, undagi “o‘zbakim” deb, o‘zbekni
o‘ziniki   qilib,   meniki   deb   aytgan   so‘zlari   shoir   yuragiga   o‘rnashib
qoladi va qasida radifi sifatida “O‘zbegim” degan so‘zni   tanlaydi. 
Dastlabki variatnti muallifning o‘ziga ma’qul kelmagani xususida
quyidagi
fikrlarini   ta’kidlagan   edi:   “Birinchi   varianti   oddiy   maqtovdan   iborat
edi,   ozgina
tarix  bor   edi,   jindek   maqtov  bor   edi,   bu   qoralamani   men   uzoq   vaqt
tortmaga
tashlab   qo‘ydim,   chunki   yuragimda   faqatgina   o‘zbekni   maqtash
30 emas,   balki   uning   juda   katta   g‘ururini,   ko‘nglidagi   armonlarini   ham
satrlarga   tushurish   orzusi   bo‘ldi   va   bir   kechada   qayta   tug‘ildi,   keyin
“Guliston”   jurnalida   bosilib   chiqdi.   O‘sha   davrlarda   “Guliston”
adabiyotiyotimizning   chinakam   oynasiga   aylangan,   bir   guruh
istedodli   adabiyotshunoslar   jamlangan   jurnal   edi”.   Yuqorida   Erkin
Vohidovning   mulohazalaridan   ham   ko‘rinib   turibdiki,   shoir   o‘ziga
nisbatan   nihoyatda   talabchan,   har   sohada   kuchli   bilimga   ega
bo‘lgan,   shu   sababadan   ham   shoir   ekkan   she’riy   nihollar   davr
bo‘ronlariga   dosh   bera   oldi   va   ulkan   chinorga   aylana   oldi,   chunki
nazmiy   chinorlarning   ildizi   ma’no   bulog‘idan   suv   ichib
mutahkamlangan edi. 
Shoirning   bugungi   kunda   o‘zbek   xalqining   iftixoriga   aylangan
“O‘zbegim”  
qasidasi   yaratilgan   davrda   shoir   boshiga   yopirilgan   qora   bulutlar,
ijodkorga
yog‘dirilgan bo‘xton yomg‘irlari uni ne ko‘ylarga solmadi. “O‘zbegim”
ni   ilk   bor   qo‘shiq   qilgan   sevimli   san’atkorimiz   Faxriddin   Umarov
O‘zbekiston Kompartiyasi   Markazqo‘midan “tavba qilib” qutilgan edi.
Shoirni   ushbu   she’ri   uchun   qatag‘onga   uchrashidan   o‘sha   paytdagi
respublika   rahbari   Sharof   Rashidov   asrab   qolgan   edi.   Bu   haqda
Ismoil Sulaymonov “Yomon   ko‘zdan asrasin” nomli maqolasida o‘sha
kunlarni   quyidagicha   yodga   oladi:   “Sharof   otani   sel   qiladigan
asarlardan yana birisi Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi asosida
yaratilgan qo‘shiq edi:
31 Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. . . 
                  Har   safar   “O‘zbegim”ni   tinglaganimda,   –   deydi   iste’fodagi
militsiya   general   mayori,   Sharof   Rashidov   fondining   bosh   direktori
Otamurod   Muhammadiyev,   –   bir   paytlar   rahmatli   Rashidov   yarim
ta’na, yarim ezilish bilan menga aytgan gaplari   yodimga tushadi. 70-
yillarning   boshlari   edi.   U   paytlarda   men   Sirdaryo   viloyatida   ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘i edim. Rahmatli viloyatimizga keldi. Avval
Sirdaryo   viloyatida   bo‘ldi.   Xo‘jalikdagi   ishni   ko‘zdan   kechirdi,
odatdagidek   odamlar   bilan   suhbatlashdi.   U   kishini   kuzatib   borish
mening   xizmat   burchimga   kirardi.   Peshinga   yaqin   biroz   hordiq
chiqargani   hamda   tamaddi   qilgani   raykomning   mehmonxonasiga
keldik.   Hovlida   yuz   qo‘llarini   yuvdi.   Shu   paytda   mehmonxona   bilan
devor   darmiyon   xonadondagi   radiopriyomnikdan   “O‘zbegim”
ashulasi   yangrab   ketdi.   Men   qo‘limda   sochiq   bilan   angrayib
qolibman.   Holatimni   ko‘rgan   Sharof   aka   miyig‘ida   kulib   qo‘limdan
sochiqni oldi. Qarasam u kishi ham siljimay   joylarida turibdi. Qo‘shiq
tugaguncha shu holatda bo‘ldik. Xonaga kirib o‘tirgach:  
–   Bilasizmi   dedi   u   menga   tik   qarab,   –   sizning   hamkasblaringiz,
shovvozlar
Erkin   Vohidovni   nima   qilishmoqchi   bo‘lganligini.   Ikki   jild   qoralovchi
32 xujjat
yig‘ishibdi.   Ko‘tarib   kelishdi.   Ne   ko‘z   bilan   ko‘rayki,   tashabbus
mahalliy
malaylardan   chiqqan.   Ijodkorlar   orasida   ham   ichi   qora
shaxsiyatparastlar   bo‘ladi.   Sizning   odamlaringiz   uning   kam-ko‘stini
to‘ldirgan.   Qo‘lga   ilinadigan   hech   vaqo   yo‘q,   ko‘rolmaslik   balosi,
xolos. Tanishib chiqib ularga  tushuntirdim:                  -Bu shoir   yigitning
ko‘nglida   mutlaqo   g‘araz   yo‘q.   Ijodkor   ahli   bo‘rttirishlarga   o‘ch
bo‘ladi, yuragi tug‘yon urayotganda ba’zan oshirib yuboradi. Bunday
xislati yo‘q kishilar   shoir bo‘la olmaydilar. Shunday deb o‘sha “ish” ni
yopdik.  
                     -Endi Erkinga kelsak, mulohazasi nihoyatda keng, mutafakkir
shor
bo‘ladigan   ko‘rinadi,   bu   xislar   hozirdanoq   sezilib   turibdi.   Shu
she’ridagi   tafakkur   ko‘lamining   nihoyatda   kengligini   idrok
etyapsizmi?   Ha,   har   safar   “O‘zbegim”ni   tinglaganimda   shu   voqea,
shu   gaplar   tasavvurimda   yangidan   jonlanadi”. 14
             Yuqoridagi fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, Sharof Rashidov
nafaqat   davlat   rahbari   bo‘libgina   qolmay   shu   bilan   birgalikda
nihoyatda   teran   fikrli
adabiyotshunos   ham   bo‘lgan.   Uning   Erkin   Vohidov   ijodiga   bildirgan
fikrlari,   shoir   qalb   tug‘yonlarini   to‘g‘ri,   chuqur   anglay   olganligidan
dalolat   beradi.  
Sharof   Rashidov   tomonidan   ta’kidlab   o‘tilgan   ijodkor   ijodidagi
14
  Sulaymonov   I.   Yomon   ko‘zdan   o‘zi   asrasin.   Maqola   “O‘zbekiston   adabiyoti   va   san’ati”gazetasi,
1997 .
33 bo‘rttirishlar,  
aynan   Erkin   Vohidov   ijodi   misolida   olib   qaralganda   “O‘zbegim”
qasidasiga
nisbatan   bu   fikrni   albatta   davr   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqib,   qaltis
vaziyatda   yosh   nihol   yang‘lig   shoirni   davr   bo‘ronlarida   nobud
bo‘lishlikdan   asrash   uchungina   aytganligini   anglash   qiyin   emas
nazarimizda.   Sharof   Rashidovdek   yuksak   tafakkur   sohibi
“O‘zbegim”da   keltirilgan   satrlar   har   qanday   bo‘rttirishlardan   holi,
ayni   haqiqat   ekanligini   anglamay   qolmasligi   mumkin   emas,   chunki
“O‘zbegim”   qasidasi   o‘zbek   she’riyatida   katta   bir   portlash   sodir   eta
olgan   ijod   mahsuli   edi.   Adabiyotning   eng   nozik   tomonlarini
tushunmay turib, bo‘xton to‘la ikki jild   “ish”ga fatvo berish keyinchalik
ne-ne   ko‘rguliklarga   olib   kelishligini   chuqur   anglab   yetgan   davlat
rahbari   bu   masalani   nihoyatda   teran   aql   bilan   to‘g‘ri   yo‘lga
yo‘naltirgandi.   Keyinchalik   ham   “O‘zbegim”ning   yashab   ketishida,
keng   qanot   yozib   xalq   tarixidan   erkin   kuylay   olishida   Sharof
Rashidovning   o‘rni   beqiyos.   “O‘zbegim”   qasidasi   o‘zbek   she’riyatida
tarixida juda muhim sahifa ekanligini anglab yetganli   qasida haqida
bildirgan   ayrim   fikrlarida   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Bu   esa   Sharof
Rashidovning   zukko   tanqidchi,   adabiyot   olamining   sir-asrorlarini
yaxshi   o‘zlashtirganligidan,   qalbni   to‘lqinlatira   oladigan   ijod
namunalaridan   chuqur   tasirlanganligidan   ijod   ahlining   jonkuyar
himoyachisi   bo‘lganligidandir.   “O‘zbegim”   qasidasi   tufayli   Erkin
Vohidovning tazyiqqa olinganligi, adibni   o‘sha paytdagi davlat arbobi
Sharof   Rashidov   qanday   himoya   qilganligi   haqida   ijodkorning
34 rafiqasi Gulchehra Vohidova quyidagilari hikoya qilib beradi: “Ancha
vaqt   o‘tgandan   keyin   Sharof   Rashidovning   ayollari,   Xursandoy   opa
bir   kuni   gazeta   orqali   shu   haqida   intervyu   berganlar:   “-Ancha   kech
edi, bemahalda qo‘g‘iroq   bo‘ldi, shartta trubkani olib gaplashdilar:
–   “Ruxsat   bersangiz   Erkin   Vohidov   degan   shoirning   uyida
tintuv o‘tkazsak, bu bola juda haddidan oshib ketdi”.
–Kim senlarga bu buyruqni berdi, qani turubkani joyiga qo‘yib
qo‘yingchi!   Men   senlar   bilan   bu   haqida   gaplashmayman”   –   deb
turubkani   qo‘yib   qo‘yganlar.   -   O‘sha   kechasi   bizning   uyqimiz   ham,
hayotimiz ham chil-parchin bo‘ldi, kechasi bilan, bu nima degan gap
deya qiynalib chiqdilar…” 15
Sharof Rashidov shunchalik dono inson edilarki, Erkin Vohidov
bilan
Abdulla   Oripovni   chaqiradi,   jahondagi   eng   katta   shunday   asarlarni
tarjima   qilingki,   o‘zbek   kitobxoni   jahon   mumtoz   adabiyotini   ham
bilsin   deya   Erkin   Vohidovga   Gyotening   “Faust”   asarini,   Abdulla
Oripovga esa Dantening “Ilohiy komediya”sini   tarjima qilish vazifasini
yuklaydi.   Bu   bilan   Sharof   Rashidov   Erkin   Vohidov   bilan   Abdulla
Oripovlarni   ko‘rolmaydigan   o‘rtamiyona   shoirlardan,   turli   xil   siyosiy
ayblardan   saqlab   qolganlar.   Agar   ular   shunday   yozishda   davom
etganda   edi,   ulaning   ijodi   nima   bilan   tugashligini   bilib   bo‘lmasdi.
Sharof   Rashidov   noyob   iste’dod   sohiblarining   ijodiy   o‘zanini
tarjimashunoslik   sohasiga   burish   orqali   butunlay   qurib   bitishlikdan
saqlab   qolgan   edi.   Lekin   shunga   qaramasdan   Erkin   Vohidovning
15
www.t.me/Erkin_Vohidov 
35 “O‘zbegim”   qasidasidan   siyosiy   xato   izlagan   ma’rifat   kushandalari
ijodkorni   umuman   davlat   idoralaridan   butunlay   chetlatishga
erishadilar.   Erkin   Vohidov   besh   yil   davomida   hech   nima   yozmaydi,
faqatgina   “Faust”ni   tarjima   qiladi.   Ijodkor   sifatida   hamma
mansablardan   ketgan,   ro‘zg‘ori   esa   o‘sha   davrlarda   Hamza   teatrida
namoyish   etilgan,   muxlislar   orasida   katta   shov-shuvlarga   sabab
bo‘lgan “Oltin devor” komediyali dramasining gonararidan o‘tar edi. 
Qasidaning   har   satrida   o‘zbek   xalqiga,   vatanga   muhabbat
ruhi yaqqol namoyon bo‘lib, o‘zligini unutayozgan  minglab insonlar,
qullikka   deyarli   ko‘nikib   ham   ulgurgan   ko‘plab   shoir-u   yozuvchilarni
g‘aflat   uyqusidan   uyg‘otdi,   ularga   sezilarli   tarzda   ta’sir   o‘tkaza   oldi.
Xalqimizning   yillar   davomida   cho‘kib   qolgan   ruhiyati,   umidsizlik
qariga   cho‘kib   borayotgan   hayolotini   uyg‘ota   olishligi   bu   Erkin
Vohidovning   chin   ma’nodagi   qahramonligi   edi.   Bu   esa   o‘sib
kelayotgan   yosh   avlodning   yangi   kuch-g‘ayrat,   vatanga   muhabbat
ruhida tarbiya topishlarida muhim qadam bo‘la oldi. 
Bugungi   kunda   “O‘zbegim”   qasidasi   kirib   bormagan   xonadon,
uni   qalbidan
o‘tkazmagan o‘zbek qolmagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
       Tarixingdir ming asrlar
      Ichra pinhon o‘zbegim
Shu   ikki   satrni   eshitishi   bilanoq   men   o‘zbekman   degan   har   qanday
millatdoshimizning   qalbida   beixtiyor   titroq   bo‘lishi,   cheksiz   g‘urur
hissini   tuyishi   tabiiydir.   “O‘zbegim”   qasidasini   boshidan   oxirigacha
36 o‘qib   chiqqan   kishi   xuddiki,   butun   bir   vatanning,   o‘zbek   xalqining
tarixini   o‘qib   chiqqandek   bo‘ladi,   misralar   ketma   ketligi   shunchalar
mahorat   bilan   joylashtirilganki,   shoir   mahoratiga   qoyil   qolmasdan
iloj yo‘q. Ko‘hna Afrosiyobdan tortib temuriylargacha, xonliklar davri-
yu,   mustabid   sho‘ro   tuzumi   davridan   tortib   mustaqillik   davrigacha
bo‘lgan ulkan   tariximizni o‘z ichida jamlay olgan.      
                                            So‘ylasin Afrosiyob-u, 
                                           So‘ylasin O‘rxun xati, 
                                           Ko‘hna tarix shodasida
                                           Bitta marjon, o‘zbegim. 
  O‘qigan   kishi   ko‘z   o‘ngida   tarixni   jonlantira   olish   mahoratini
ham   jam   etgan   bu   qasida   chin   ma’noda   Erkin   Vohidov   ijodining
tashrif   qog‘oziga   aylandi.   Qasidaning   har   bandida   o‘zbek   xalqining
boshidan   o‘tgan   ne-ne   qora   kunlar,   shonli   o‘tmish   jonlanganday
bo‘ladi. 
“O‘zbegim”ning   yoniq   ruhi   millati   va   elatidan   qat’iy   nazar   har
bir
o‘zbekistonlikning   qalbida   ona   Vatanga   bo‘lgan   mehr,   sadoqatni
uyg‘otadi, milliy   g‘urur va iftixorni baralla kuylashga undaydi. Asarda
millatning tarixi jonlandi. 
“O‘zbegim”   nafaqat   O‘zbekistonda,   balki   dunyoning   turli
hududlarida   yashayotgan   millatdoshlarimizning   qalbida   aks   sado
yanglig‘   yangradi.   O‘zida   o‘tmishimizning   qonli   va   shonli   sur’atlarini
jo   aylagan   bu   bebaho   asar   O‘zbekistonning   ham   ma'naviy   ham
madaniy   ham   adabiy   merosi   bo‘la   oldi.   Unda   millatimizning   orzu-
37 armonlari,   intilishlari,   milliy   tafakkuri,   hayotiy   falsafasi  ifoda   etilgan.
Albatta,   qasida   yozilgan   davr   nuqtayi   nazaridan   olib   qaraydigan
bo‘lsak, 1968-yillar ayni sobiq sho‘ro hukumatining qonli qilichlari har
qanday   millatim,   o‘zligim   degan   tilni   chopishga,   yozgan   qalamni
sindirishga shay holatda turardi. Bu   haqida O‘zbekiston xalq shoirasi
Enaxon   Siddiqova   o‘z   esdaliklarida:     “O‘zbegim”   qasidasini   birinchi
bor   o‘qiganimda,   yuragim   alg‘ov-dalg‘ov   bo‘lib   ketgani   esimda.
Shunday qo‘rqmay yozsa bo‘lar ekanmi? Boshni qilich damiga qo‘yib-
a?!   O‘shanda   ko‘nglimda   isyon   ko‘targan   tuyg‘ular,   g‘urur,   ozodlik
sog‘inchini xavotir tuyg‘usi bosib   ketgandi. O‘zimga sig‘may qasidani
otamga   o‘qib   berdim.   Ular   Erkin   Vohidov   she’rlari   muxlisi   edilar.
Keksa   otam   she’rni   eshitib,   titrab   ketganlarini,   bir   zum   sukutga
tolganlarini ko‘rdim. Keyin ko‘zlarida xalqalanib oqqan yoshlarni chit
dastro‘malchalari   bilan   sidirib,   menga   qattiq   tikildilar.   -Ishqilib
qamab   qo‘yishmadimi?   Men   bilmayman,   degandek   bosh   silkidim.
Ularning boshiga shu she'r tufayli   tushgan chig‘iriq, tazyiqlar haqida
yillar   o‘tib   eshitdim” 16
–   deya   xotirlaydi.   Darhaqiqat,   to‘g‘ri   so‘zning
to‘qmog‘i   bor   deganlaridek,   Erkin   Vohidovning   faqatgina   ijodiga
emas,  balki shaxsiy  hayotiga  ham ko‘plab tazyiqlar,  taqiqlar qo‘yildi.
Shoirga   satrlarni   o‘zgartirish   haqida   ko‘p   bosimlar   bo‘ldi,   ammo
muallif   o‘z   so‘zidan,   o‘zligidan,   o‘zbekligidan   qaytmadi,   qasida
hayotini   borligicha   saqlab   qolish   uchun   tish-tirnog‘i   bilan   kurashdi.
Balki qasidaning qadri osmon qadar ko‘tarilganligining   sabablaridan
biri ham aynan shoirdagi qatiyatlilikdir. 
16
Sulaymonov I. Yomon ko‘zdan o‘zi asrasin. Maqola “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 
1997.
38           Qayga bormay, boshda do‘ppim
        G‘oz yurarman gerdayib, 
        Olam aro nomi ketgan, 
       O‘zbekiston, o‘zbegim!
–   deya   olishining   o‘ziyoq   shoirdagi   mustahkam   iroda,   milliy
g‘ururning
yuksakligidan   dalolat   beradi.   O‘z   vaqtida   aytilgan   so‘z   qudratli
kuchga   ega.   “O‘zbegim”   qasidasining   butun   qudrati   ham   aynan
shundadir ehtimol.                                                             Millatning
fikrlashi-yu   hayot   tarzidan   tortib   to‘y-u   marakalarigacha   yot
yo‘riqning   yo‘liga   tushib   borayotgan   bir   paytda   bu   she’r   o‘zbekning
o‘zligini   asrab   qolishida   mislsiz   ahamiyat   kasb   etdi.   “O‘zbegim”
o‘zbekni   chin   ma’noda   g‘aflatdan   uyg‘otdi,   undagi   milliy   iftixor   va
g‘urur   tuyg‘ulariga   qayta   jon   baxsh   etdi   va   chin   jasorat   sohibiga
aylandi.   O‘z   davrida   she’rni   Erkin   Vohidov   tilidan   eshitgan   alloma
Alixonto‘ra Sog‘uniy: “Bunday she’r yangi davr   o‘zbek adabiyotida hali
yozilgan   emas.   “O‘zbegim”   xalqning   ko‘zini   ochadigan,   o‘zlikni
tanitadigan   ulug‘   she’r   bo‘libdi…” 17
  –   deya   baho   bergan   edi.   Erkin
Vohidov   bu   asari   orqali   boshqa   xalqlarni   kamsitmagan   holda   o‘z
xalqining   boy   tarixini,   o‘zbekning   o‘zigagina   xos   bo‘lgan   jihatlarini
faxr-u   g‘urur   bilan   qog‘ozga   ko‘chirdi.   Istiqlol   sabab   “O‘zbegim”
qasidasining   qadr-qimmati   yanada   yuksalib,   respublikaning   ko‘plab
17
 To quyosh sochgayki nur.(Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlar nigohida).O‘zbekiston.-
T.:2018.
39 jurnallarida   bir   necha   marta   chop   qilindi,   dunyoning   turli   tillariga
tarjima qilinib, shoirning shoh asarlari qatorida e’tirof etilmoqda. 
2.2. “ O‘zbegim”  qasidasi t ahlili.  Nafaqat Erkin Vohidov ijodining, 
qolaversa butun o‘zbek she’riyatining gultoji bo‘lgan, ne-ne avlodning ko‘zini 
ochgan, tafakkurini charxlagan, tarixni jonlantirgan buyuk asar, shubhasiz 
“O‘zbegim” qasidasidir. Bu qasidani qayta-qayta o‘qigan sari kishi ruhiyatiga 
qandaydir yengillik, sokinlik kiradi. Balki bu holat asarda tasvirlagan har bir 
misra hayotiy haqiqatning aynan o‘zi ekanligi bilan izohlash mumkindir. 
O‘zbek xalqiga chin ma’noda faxriya tarzida bitilgan ushbu qasida har bir
vatandoshimizning qalbidan chuqur joy egallagani  shubhasizdir. Qasidani  o‘qir
ekanmiz   vatanimizning   shonli   o‘tmishi-yu   qonli   kechmishlari   bir-bir   ko‘z
o‘ngimizda namoyon bo‘la boshlaydi. 
Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingda tiyri kamon, 
Umri qurbon, mulki toroj, 
Yurti vayron, o‘zbegim. 
Qasidada   nafaqat   vatanimiz   tarixiga   mehr-u   muhabbat   ruhi,   balki   shu
tarixni   o‘rganishga   bo‘lgan   davatni   ham   ko‘rishimiz   mumkin.   Har   bir   misrani
katta bir asar sifatida talqin qilsa bo‘ladi. 
“O‘zbegim”   qasidasida   o‘zbek   xalqi   tarixi   tizimli   ketma-ketlikda   ochib
berilganligini   kuzatish   mumkin.   Dastlab   asar   boshlanmasi   ulug‘   tariximizni
alqash   bilan   boshlanadi,   ahamiyatli   tomoni   shundaki,   ushbu   maqtovlarda
zarracha   bo‘lsada   ortiqcha   bo‘rttirilgan   jihat   ko‘zga   tashlanmaydi.   Qasida
o‘zbek   xalqining   ulug‘vor   o‘tmishiga   sayohatdan   boshlanadi.   Shu   o‘rinda   bir
narsani   alohida   takidlash   kerakki,   Erkin   Vohidov   nafaqat   istedodli   shoir,   shu
bilan birgalikda tarix ilmini juda chuqur bilgan kishi ham edi. Zotan, tariximizni
to‘liq   holda   bilmay   turib   unga   xolisona   baho   berish,   hech   qanday   ortiqcha
bo‘rttirishlarsiz, o‘tmishda o‘tgan ulug‘ shaxslar, xon-u amirlar faoliyatiga xolis
baho   bergan   holda   bunday   buyuk   qasida   yaratishning   iloji   yo‘q.   Ayniqsa
40 tariximiz sho‘ro rahbariyati tomonidan faqat qora bo‘yoqlarda aks ettiriladigan,
millatni   o‘tmishidan,   ajdodlaridan   bezdirishga   harakat   qilinayotgan   bir   davrda
Erkin   Vohidov   o‘zbekning   “ming   asrlar   ichra   pinhon”   tarixini   qadim
Samarqandda   saqlanib   qolgan   ko‘hna   yodgorlik   bo‘lmish   Afrosiyob   obidalari,
Mo‘g‘iliston   va   Sibrdagi   O‘rxun   va   Yenisey   daryolari   qirg‘oqlaridan   topilgan
qadimgi   turkiy   toshbitiklardn   izlash   kerakligini   aytadi.   To‘qson   ikki   urug‘ni
o‘zida   birlashtirgan   buyuk   xalqning   Beruniy,   Xorazmiy,   Farobiydek   ulug‘
donishmandlari   borligi   o‘zbek   millatining   nechog‘lik   ulug‘vorligidan   dalolat
berajagini   ta’kidlaydi.   Ko‘hna   tariximiz   ne-ne   bosqinchilar-u   ne-ne   zulmatga
to‘la kunlarni boshidan o‘tkazdi:
O‘tdilar sho‘rlik boshingdan
O‘ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton, 
Necha ming xon, o‘zbegim. 
Ammo qasidada qanchalik zulmkor xonlar, qahrga to‘la kunlar tasvirlansa
shularga   hamohang   tarzda   ushbu   kuchlarga   qarshi   tura   oluvchi   elning   mard,
zabardast   farzandlari   haqidagi   misralar   ham   shunga   hamohang   tarzda   qalamga
olingan:
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading
Sen-Muqanna, sarbador-sen
Erksevar qon, o‘zbegim
Asarda   Temuriylar   davridagi   bunyodkorliklar   chin   ma’nodagi   oltin
istedod namunalari Mirzo Ulug‘bekning osmon sirlarini ochganligi-yu, she’riyat
qasrimizning abadiy sultoni hazrat Navoiy siymolari tasviri ham betakror go‘zal
misralarda ifodalangaligini ham alohida ta’kidlash o‘rinli. Qolaversa, qasidaning
aynan   shu   o‘rinlarida   o‘tmish   tariximiz   ko‘ksidagi   yaralar   bir   muncha   shifo
topganligi seziladi va o‘z o‘zidan o‘quvchida ko‘tarinkilik paydo qiladi. Ammo
ming   afsuski,   Nodira,   Muqumiy,   Furqat   kabi   chinakam   nodir   istedod
sohiblarining bevaqt xazon bo‘lgan umri yuraklarni o‘rtamasdan qolmaydi. 
41 “O‘zbegim”   qasidasi,   asar   bilan   birgalikda   muallif   ham   shu   bugungi
dorulomon kunlarga yetgunga qadar ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tishga majbur
bo‘lishdi.   Adabiyotshunos   Rahmatilla   Inog‘omov   tili   bilan   aytganda:
“Shoirning   “O‘zbegim”   she’ri   og‘ziga   qulf,   oyog‘iga   kishan   solingan   xalqning
milliy   his-tuyg‘ularini,   siyosiy   qarashlarini   charxladi,   uni   o‘zligini   anglashga
chorladi. Erkin Vohidov ushbu she’ri orqali amalda: Ey, O‘zbegim! Sen qudratli
davlatlar   va   olamshumul   ahamiyatga   molik   taraqqiyot   yaratgan   xalqning
avlodisan, o‘z nasl-nasabingni, buyuk o‘tmishingni unutma, ko‘zingni och! - deb
jar soldi. Bu o‘sha davr uchun oshkora isyonkorlik edi”. 18
 
Darhaqiqat, “O‘zbegim” qasidasi yozilish davriga ko‘ra (1968-yil) o‘zbek
xalqi bo‘g‘zidagi faryodning ozod bo‘lishi deb baholanishi ayni haqiqat. 
Erkin   Vohidov   o‘z   ijodi   davomida   quyidagi   jumlalarni   o‘ziga   shior
sifatida belgilab olgan edi: “Shoirning dardi xalqning dardi, uning har bir so‘zi
xalq va  zamon  faryodidir”. Darhaqiqat,  shoir  o‘z hayot  yo‘li   va  ijodiyotida  bir
lahza   bo‘lsinkim   shu   shiorga   xilof   qadam   tashlamadi.   U   millatimiz   va
zamonamizning   jarangdor   sadosi   edi.   “O‘zbegim”  qasidasida   ayniqsa   yuqorida
keltirilgan  shoir  shiori  bor   bo‘y  basti   ila  namoyon  bo‘lgan.   Qasidada   shoir   o‘z
millatiga   bo‘lgan   faxr   tuyg‘usi,   xalqining   ulug‘   o‘tmishi,   tuprog‘i   oltinga   teng
dalalari   bilan   g‘ururlanishini   ko‘rishimiz   mumkin.   Chin   ma’noda   vatanga
muhabbatni ko‘nglining tub tubidan his qilmagan kishi bunday o‘tli she’rni hech
qachon yoza olmagan bo‘lur edi. 
Shuni   alohida   takidlab   o‘tish   lozimki,   Erkin   Vohidovdagi   vatanparvarlik
tuyg‘usi   o‘z   millatini   boshqalardan   ustunligini   namoyish   etishda   emas,   balki
boshqa millatlarning ham o‘ziga xosligini tan olgan holda o‘z millatiga bo‘lgan
mehrni   namoyon   qila   olar   edi.   “O‘zbegim”   qasidasida   aynan   shu   jihat   yaqqol
bo‘y   ko‘rsatadi.   Qasidada   boshqa   millat   vakillarini   kamsitmagan   holda   o‘z
xalqining tarixini, boshqalarga o‘xshamaydigan,  faqat o‘zbek millatigagina xos
bo‘lgan jihatlarni faxr-iftixor-la qalamga olgan. 
18
  Inog’omov I.Shoirlik qismati.T.: “Universitet” 1999, - 59
42 “O‘zbegim” qasidasining yaratilish jarayoniga bevosita guvoh bolgan, bu
jarayonni   o‘z   ko‘zi   bilan   ko‘rgan   Rahmatilla   Inog‘omov   shunday   eslaydi:
“Xonada   pashsha   uchsa   eshitiladi,   miq   etmay   ishlaymiz.   Ikkimiz   ham
hayollarimiz,   ishimiz   bilan   bandmiz.   Ahyon-ahyonda   Erkinga   sekin   razm
solaman: uning hayoli parishon, qaraganimni ham sezmaydi. U yozishdan ko‘ra
ko‘proq   hayol   suradi.   Har   zamon-har   zamonda   nimalarnidir   yozayotganligi
ruchkasining   qitirlashidan   bilinadi.   Ba’zan   esa   ruchkasining   yurishidan
yozganlarini o‘chirayotganligini his etaman…”  19
“Erkin   Vohidov   o‘zining   “O‘zbegim”   she’rida   zahmatkash   xalqimizning
yaxlit   badiiy   obrazini   yaratib,   o‘zbekning   qadr-qimmatini   baland   ko‘tardi;
O‘zbekning   boy   va   qadimiy   tarixiga   ega   bo‘lgan   mard   xalq   ekanligini   she’riy
tilda takidlab, quyidagi falsafiy xulosaga keladi:
Tarixing bitmakka xalqim, 
Mingta Firdavsiy kerak. 
Chunki bir bor chekkan ohing, 
Mingta doston, o‘zbegim”. 20
  She’riyatimiz   tarixida   qasida   janrining   behad   go‘zal   namunalari
yaratilgan. Lekin “O‘zbegim” qasidasi ushbu janr taraqqiyotini yangi mazmuniy
yuksakliklariga   ko‘tardi.   Qullik   iskanjasida   yotgan   xalqning   o‘zini   anglashi   va
tanishi,   o‘ziga   ishonch   hosil   qilishida   benihoya   katta   ahamiyat   kasb   etdi.
Yuqorida   takidlab   o‘tganimizdek   ushbu   qasida   sabab   shoir   turli   tazyiqlarga
uchradi,   lekin   “O‘zbegim”   bu   paytda   xalq   ichiga   keng   tarqalib   bo‘lgan,   hatto
tashqi   dunyoga   ham   dong   taratib   ulgurgan   edi.   Qasida   o‘zbek   xalqining   millat
sifatida   o‘lmaganligi,   uxlamaganligi,   o‘z   tarixini   yaratishda   davom
etayotganligi,   milliy   ozodlik   yo‘lidagi   kurash   hech   qachon   to‘xtamaganligi,
yigirmanchi   asr   boshida   milliy   ozodlik,   mustaqillik   uchun   kurashgan
ma’rifatparvarlarning   ishi   yo‘q   bo‘lib   ketmaganligining   bir   dalili   yanglig‘
yangray   boshladi.   “O‘zbegim”   xalqni   o‘ziga   yangi   nuqtai   nazar   bilan   qarashni
19
  Inog’omov R. Shoirlik qismati.T.: “Universitet”1999, - 65
20
 Mirzayev S, Shermuhamedov S. Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi.T.: “O‘zbekiston”1993,-398 
43 o‘rgatdi.   “Bir   paytlar   xalq   “O‘tgan   kunlar”   va   “Mehrobdan   chayon”   romanlari
bilan qanday tutashgan bo‘lsa, oltmishinchi yillarning oxirida, undan keyingi, bu
asarning   odamlar   ichiga   yurishi   boshlangan   chog‘da   “O‘zbegim”   bilan   o‘zbek
xalqi   shunday   tutashdi.   Asar   butun   bir   xalqning   dardiga   darmon   bo‘ldi.   Lutfiy
va Navoiydan so‘ng shuncha asrlar o‘tib “O‘ZBEGIM” so‘ziga Erkin Vohidov
tamomila   yangicha   urg‘u   bag‘ishladi.   Uni   tushunchaga-milliy   hodisani
anglatadigan   salmoqli   tarixiy-ijtimoiy   tushunchaga   aylantirdi.   Tushuncha
badiiy-obrazli tarona kabi xalq ichida o‘zlashdi”. 21
“O‘zbegim”   qasidasining   dunyoga   kelishi   she’riyatimizda   shunday   bir
katta   hodisa   ediki,   bu   xalqning   umummilliy   uyg‘onishi   hodisasi   edi.   Qasida
shoir uchun o‘z xalqiga bo‘lgan shunchaki bir maqtovnoma emas edi. Bu qasida
orqali   shoir   nafaqat   mamlakat   hududidagi   millatdoshlar,   balki   butun   jahon   aro
tariqdek   sochilib   ketgan   o‘zbek   millati   qalbiga   kirib   borishni   va   bu   orqali
ularning qalblarini junbushga keltirib, ko‘zlarini ochishni maqsad qilgan edi va
bu   maqsadga   hatto   ortig‘i   bilan   erisha   oldi.   Bu   qasidani   o‘qish   orqali   o‘zbek
millatini qanday sevish kerakligi o‘rganildi va hozirgi kunga qadar ham qasidani
o‘qigan millatdoshimiz borki, bir lahza bo‘lsin qalbining tub-tubidan o‘rin olgan
vatanga muhabbat hissining qayta jonlanganligini his etadi. 
Qasida   shu   qadar   jonli   tasvirlanganki,   har   to‘rtlikni   o‘qiganingizda   unda
qalamga olingan butun bir tarix ko‘z o‘ngingizda qayta jonlangandek bo‘ladi. 
“O‘zbegim”   qasidasida   nihoyatda   yuksak   mahorat   ila   qalamga   olingan
har   bir   tushuncha,   har   bir   misra   xalqimiz   ko‘z-yu   qalbini   ocha   oldi.   Yagona
millat,   yagona   davlat,   yagona   tilga   ega   davlat   yaratish   g‘oyasini   niqob   qilib,
faqatgina   o‘zbek   millati   emas,   balki   butun   qardosh   xalqlarimizning   ming
yilliklarga borib taqaluvchi milliyligi, o‘zligini tag-tomiri bilan yo‘q qilib, ularni
manqurt kimsalarga aylantirishga urinishlar avj pallasiga chiqqan bir davrda bu
qasidaning   maydonga   kelishi   ayni   damda   davr   talabi   edi,   bizningcha.   Chunki
ushbu   qasidani   o‘qigan   xalq   ko‘nglida   erkinlikka   umid   beruvchi   bir   shu’la
21
 G’ofurov I. Mangu latofat.T.: Yangi asr avlodi.2022
44 paydo   bo‘lgandek,   uni   o‘z   o‘tmishiga   bir   nazar   tashlashga,   kim   edi-yu   kim
holiga kelganligini anglashga undagan edi. 
Asarda   tilga   olinga   tarixiy   shaxslar,   voqealardan   ilhomlangan   ijodkorlar
keyinchalik bu voqealar haqida ko‘plab asarlar ham yaratdilar. 
Yog‘di to‘rt yondin asrlar boshingga tiyri kamon, 
Umri qurbon, mulki toroj, yurti vayron, o‘zbegim. 
Davr zulmiga va lekin bir umr bosh egmading, 
Sen-Muqanna, sarbador-sen, erksevar qon, o‘zbegim…
Ushbu   satrlarda   keltirilgan   tarixiy   shaxslar   haqida   bir   qancha   vaqtdan
keyin Muhammad Alining “Sarbadorlar”,   Azim Suyunning xuddi shu nomdagi
dramasi,   Mirzapo‘lat   Toshpo‘latovning   “Sanam   gulxanlari”   nomli   qissasi
yaratildi.   Ushbu   qissada   muallif   Muqanna   boshchiligidagi   ozodlik   harakati
haqida hikoya qiladi. Albatta bunday ulug‘ asarlarning yaratilishida  yuqoridagi
satrlarning ham ahamiyati katta. 
Erkin   Vohidov   Farobiy,   Beruniy,   Xorazmiy,   Ulug‘bek,   butun   sharq
dunyosida “So‘z mulkining sultoni” - deya e’tirof etiladigan hazrat Mir Alisher
Navoiy,   Zahiriddin   Muhammad   Bobur,   Mashrablarning   beshigi   bo‘lgan   bu
ko‘hna   tuproq,   bu   xalqning   naqadar   achinarli   ahvolga   kelib   qolganligini
quyidagi satrlar orqali tasvirlaydi:
Ilm-u she’rda shoh-u sulton, 
Lek taqdiriga qul, 
O‘z elida chekdi g‘urbat, 
Zor-nolon, o‘zbegim. 
Mirzo Bobur-sen, fig‘oning 
Soldi olam uzra o‘t, 
Shoh Mashrab qoni senda 
Urdi tug‘yon, o‘zbegim. 
45 Qasidaning   ayrim   satrlari   hattoki   xalqimiz   orasida   maqol   darajasida
ommalashib ham ketdi. 
Menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon, 
  Lek Navoiydek bobom bor, ko‘ksim osmon, o‘zbegim. 
kabi   satrlari   ko‘plab   yurtdoshlarimiz   tomonida   o‘zgacha   g‘urur   bilan   hirgoya
qilinib   yurganiga   ko‘p   bora   guvoh   bo‘lamiz.   Albatta,   ularning   hammasi   ham
ushbu   qasidani   to‘lig‘icha   yod   bilmaslar,   ammo   ushbu   satrlarni   tilga   olganda
o‘zgacha faxr hissini tuyganliklari shubhasiz. 
Qasida   yozilgan   davr   nuqtayi   nazaridan   qaraydigan   bo‘lsak,   bu   davrga
kelib,   o‘zbek   tili   va   unga   bo‘lgan   e’tibor   deyarli   ortga   surib   qo‘yilgan,   milliy
tilimiz faqatgina maishiy hayotda aholi orasidagina qo‘llanilar, davlat idoralari,
nashriyot, gazeta-jurnallarda deyarli ishlatilmas, faqatgina rus tilida ish yuritilar
edi.   Tilimiz   kamsitilgan,   buyuk   tariximizga   qora   bo‘yoq   chaplangan,   unga
bo‘lgan munosabat juda-juda yomon ahvolga kelib qolgandi. Go‘yoki, vatanimiz
tarixi   oktabr   inqilobi   davrigacha   bo‘lgan   muddatda   faqatgina   qorong‘ulikdan
iborat   bolib,  xalqimiz   turmushi   ibtidoiy  jamoa   tuzumi   ko‘rinishida   bo‘lganligi,
faqat   shu   inqilobdan   keyingina   bizning   yerlarimizga,   xalqimiz   turmush   tarziga
madaniyat   tushunchasi   kirib   kelgan   deya   uqtirishga   xarakat   qilishardi.   Buni
inkor qilganlarni esa ayovsiz yo‘q qilishar edi. 
Ijodkorlar   ham   qolipga   solingan,   belgilangan   mavzulardagina,   ma’lum
shablonlar   asosida   asarlar   yaratishar   edilar.   Tariximizga   oid   asarlar   yozilishiga
yo‘l   qo‘yilmas,   sovet   davrini   ulug‘lab   yozish   shart   deya   qaralar   edi.   Bunday
holatlar esa xalqning me’dasiga tegib bo‘lgan edi. Chunki yolg‘on hayot kimga
ham   yoqardi.   Xalq,   uning   ma’naviyat   suvsizlikdan   qaqragan   cho‘l   yanglig‘
tashnalikda   edi.   Deyarli   har   bir   vatandoshimiz   qalbida   butun   dunyoni   uyg‘ota
olgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farobiy, Farg‘oniylarni ulg‘aytirgan bu
zamin   qanday   qilib   savodsiz,   omi   bo‘lishi   mumkin   degan   savollar   kechardi.
Ammo xalq shu qadar chuqur qo‘rquv domiga tashlangan ediki, dildagi  so‘roq
tilga chiqolmas edi. 
46 Shunday   bir   davrda   bu   qasida   xalq   ko‘ksiga   tekkan   bahor   epkini   kabi,
yarador   qalblarga   malham   kabi   paydo   bo‘ldi.   Ushbu   qasida   xalq   orasida   shu
qadar tez ommalashib ketdiki, yuqorida turganlar bu holatdan cho‘chib qolishdi,
buni   oldini   olish   uchun   esa   qo‘llaridan   kelguncha   xarakat   qilishar   edi,   hattoki
Erkin   Vohidovga   she’rning   asosiy   ustuni   bo‘lib   xizmat   qilgan   “O‘zbegim”
so‘zini   “Xalqim”   so‘ziga   almashtirish,   she’r   tarkibiga   Lenin,   partiya,   Oktabr
inqilobi,   Moskva   kabi   so‘zlarni   qo‘shsa   shoirning   ushbu   kitobini   juda   katta
tirajda bosmadan chiqarish, ko‘plab mukofotlar  berishni  vada qilishadi. Ammo
shoir bunday qilmadi…
Erkin   Vohidov   ijoding   asosiy   qismi   murakkab   davrlarga   to‘g‘ri   keldi.
Yurakdan   his   qilgan   so‘zlarni   qog‘ozga   tushirar   ekan,   bu   qalb   so‘zlarini   ko‘p
hollarda   o‘chirishga   ham   majbur   bo‘ldi,   lekin   “O‘zbegim”   qasidasi   bundan
mustasno.   U   har   qanday   qarshiliklarga   qaramasdan   yozildi,   o‘qildi,   kuylandi,
qalblardan o‘rin oldi. Qasida chin ma’noda xalq qo‘shig‘iga aylandi. 
Erkin   Vohidov   nafaqat   istedodli   shoir,   shu   bilan   birgalikda   tilshunoslik
sohasida   ham   nihoyatda   chuqur   bilimga   ega   olim   ham   edi.   U   asarlarida   hoh   u
she’riy   yo‘nalishda   bo‘lsin,   hoh   publitsistik   maqola   bo‘lsin   unda   qo‘llanilgan
har bir so‘zga jiddiy e’tibor berar, asarlarida ishlatilgan so‘zlarni deyarli boshqa
so‘zlar   bilan   almashtira   olmaymiz,   aks   holda   asar   o‘z   jozibasini   yo‘qotgandek
bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa ijodkorning nihoyatda kuchli so‘z san’tkori ekanligidan
dalolat beradi. “So‘z latofati”   nomli kitobida so‘z xususida Erkin Vohidovning
quyidagi fikrlari ham so‘zimizning isboti deyish mumkin: “Adabiy ijod hamisha
So‘z   olamiga   sayohatdir.   Ijodkor   So‘zni   tirik   jon   deb   biladi   va   So‘z   bilan
so‘zlashadi.   Mening   bu   yozganlarim   ana   shunday   jonli   til   bilan   jonli   suhbat
bo‘lishini   istayman.   Umrini   yashab   bo‘lgan   va   barhayot,   men   anglagan   va
anglab yetmagan sohir hilqat bilan ko‘ngil bog‘larida kezib, hayolan so‘z bilan
so‘zlashsam, Til bilan tillashsam, deyman”.  22
Har   bir   asarida   bo‘lgani   kabi   “O‘zbegim”   qasidasida   ham   muallif   so‘z
javharlaridan  nihoyatda   ustalik  bilan  foydalana  olgan.  Tilimizdagi  bir   so‘zning
22
 Vohidov E.So‘z latofati. “O‘zbekiston”.T.:2014
47 turli   ma’nolarda   jilvalana   olishi   va   bu   unsurlarda   o‘z   o‘rnida   to‘g‘ri   foydalana
olish  asarni  yanada   ta’siri   chiqishi,  o‘quvchining  ko‘nglidan  yanada   chuqurroq
joy egallashiga xizmat qilishini juda yaxshi bilgan va bu hodisalardan maromida
foydalana olgan. Jumladan:
Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym, 
Nolishingdan Hind-u Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim. 
Ushbu misralarni o‘qir ekanmiz shoir istedodiga taxsin aytmasdan ilojimiz
yo‘q. 
Qasidada o‘zbek xalqining qiyofasini aks ettiradigan shunday bir detal ham
borki, asarning ushbu bayti ham shohbayt darajasiga ko‘tarilgan:
Qayga bormay bosh do‘ppim, 
G‘oz yurarman, gerdayib, 
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim. 
Qasidaning   ushbu   baytini   sharhlar   ekan   shoir   Tohir   Qahhor   quyidagilarni
aytib   o‘tadi:   “Qadim   zamonlardan   yigirmanchi   asr   boshlarigacha   Turkiston
qavmlari,   urug‘lar   bir   biridan   bo‘rklari,   qalpoqlari   bilan   farq   qilishgan.
O‘zbekiston,   Qozog‘iston   va   boshqa   respublikalar   tuzilganidan   keyin   ham   bu
saqlanib qolidi; bugunda ham Farg‘ona va eski Shosh-u Iloq-Toshkent vodiylari
bilan   Samarqand-u   Buxoro   tomonlarda   kiyiladigan   do‘ppilar   farqlidir.   Shoir
“Qayga   borsam   boshda   do‘ppim,   g‘oz   yurarman   gerdayib,   -   deb   yozganda,
bizningcha,   umuman   do‘ppini   ko‘zda   tutgan.   Bu   bayt   qasidani   uzukka   ko‘z
qo‘yganday   bezab   turibdi.   Ba’zilar   “Turkman   ham   o‘z   cho‘girmasini,   qozoq
ham qalpog‘ini kiyib gerdayib yurishi mumkin, shuyam gapmi?” - deya kesatiq
qilgani   ma’lum.   Bu   aruzni   bilmaydigan,   mumtoz   adabiyotimizdan   uzoq,   uni
o‘qisa   ham   tushunmaydigan,   adabiyotga   bir   ko‘z   bilan   qaraydigan   chala
domlalarning chirik tushunchasini eslatadigan mayda gap”.
48 Qasida   haqiqatdan   ham   o‘zbek   xalqining   buyuk   o‘tmishini   o‘zida   yorqin
aks ettiradi. Bu holat ayniqsa she’rning so‘nggi misralarida o‘z aksini topgan:
Men buyuk yurt o‘g‘lidirman, 
Men bashar farzandiman
Lekin avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim. 
Shubhasiz,   ushbu   misralar   shoirning   o‘z   millati,   xalqi   bilan   yuksak
darajada   faxrlanishini   ifodalovchi   betakror   misralardir.   Albatta,   bu   qasidadan
oldin   ham,   bundan   keyin   ham   vatanmizni   madh   etuvchi   ko‘plab   ashorlar
yaratildi.   Ammo   bular   ichida   “O‘zbegim”   hech   shubhasiz   chamanzor   ichidagi
eng sara guldir. 
Qasida   bir   o‘qishdayoq   kishining   yuragidan   mangu   o‘rin   egallaydi.
Butun   qalbni   egallab,   mudroq   ruhni   uyg‘otadi.   She’rni   o‘qigan   sari   yana
o‘qiging   kelaveradi.   Chunki   qasida   nafaqat   vatanimiz   balki   har   bir
vatandoshimizning hayotiy kechinmalaridan olingan. Aynan shuning uchun ham
“O‘zbegim” qasidasi adabiyotimiz tarixidagi umrboqiy asarlar sirasiga kira oldi.
Xalqimizga   mustaqillik   haqida,   erk-ozodlik   haqida   orzu   qilishga,   hurlik   sari
olg‘a   bosish   zarurligi   va   kun   kelib   bu   maqsad   albatta   amalga   oshishiga   kuchli
umid   baxsh   etdi.   Albatta,   bunday   qasida   yozish   uchun   muallifdan   juda   kuchli
iroda va matonat talab etardi va buni Erkin Vohidov uddalay oldi. To‘g‘ri, ushbu
qasida shoirni ne-ne qora kunlar sari boshladi, hatto uning hayotiga ham taxdid
qilish   darajasiga   ham   yetib   borishdi.   Muallif   qasida   va   u   haqidagi   xotiralarni
yodga   olar   ekan:   ““O‘zbegim”   menga   quvonch   bilan   birga,   og‘ir   iztiroblar,
kutilmagan   tashvishlar   ham   olib   kelgan.   She’r   matbuotda   e’lon   qilingach,
matbuotning   eshiklari   men   uchun   birin-ketin   yopildi.   Gazeta-jurnallar
she’rlarimni   olib   qolishardi-yu,   lekin   turli   bahonalar   bilan   e’lon   qilishmasdi.
Shunday   kunlarning   birida   sobiq   markazqo‘mning   o‘sha   davrdagi   bo‘lim
mudirlaridan biri meni chaqirib qoldi va shunday dag‘dag‘a qildi:
-She’ringizni   har   tomonlama   o‘qib,   o‘rganib   chiqdik.   Unda   asosan   xato
yo‘q. Ammo xato deb hisoblanadigan tomoni shundaki, she’rga Lenin, inqilob,
49 rus xalqi va Moskvaning  bizga ta’siri, Kreml yulduzi shu’lasidan xalqimizning
bahramand bo‘layotganligini qo‘shmagansiz. Nega bunday qildingiz? Axir bular
yaqqol   ko‘rinib   turgan   haqiqatku.   Ana   shular   she’rda   albatta   aks   etishi   kerak.
Shunda   she’r   zo‘r   bo‘ladi!   Tushundingizmi?   Sizga   qaysi   jihatlarlarga   e’tibor
berish lozimligini aytdim. Endi qofiyasini o‘zingiz topasiz. 
  –So‘ng   bo‘lim   mudiri   sirli   tarzda   ko‘rsatkich   barmag‘iga   yuqorini
ko‘rsatib, qo‘shimcha qildi:  
 -Bu yuqorining fikri!
  U   davrlarda   “yo‘q”   deyish   mumkin   emas   edi.   Shu   bois   “Harakat
qilaman” - deb indamay indamay chiqib ketdim…
      Lekin   uning   topshirig‘ini   bajarmadim.   Chunki   “O‘zbegim”ga   u   aytgan
narsalarni mutlaqo qo‘shib bo‘lmas edi. Unda she’rning she’rligi qolmas edi” 23
,  
-deya xotirlaydi. 
Mazkur  qasida totalitar  tuzum davrida qandaydir qo‘rquv, bo‘g‘ilish bilan
o‘qilgan bo‘lsa, mustaqillik davriga kelib esa baralla yangray boshladi va milliy
faxr-iftixor, mustaqillik kuyi yanlig‘ kuylana boshladi. 
Qasida   shu   qadar   jozibali   va   chuqur   ma’noga   egaki   undagi   har   bir   satrda
millatimizning   qiyofasi,   asriy   orzu-istaklari,   shonli,   bazan   esa   qonli
kechmishlari ufurib turar edi. 
  Mustaqillik   yillariga   kelib   ushbu   qasidadan   ilhomlangan   ko‘plab
ijodkor-u   shoirlar   qasidaga   o‘xshatmalar,   naziralar   yoza   boshladilar.   Nafaqat
mamlakatimiz   hudududida   balki   ko‘plab   boshqa   mamlakatlarda   istiqomad
qiladigan   ijodkor   millatdoshlarimiz   ham   “O‘zbegim”   qasidasidan   chuqur
tasirlangan   holda   unga   atab   she’rlar   yozdilar.   Jumladan,   afg‘onistonlik   o‘zbek
shoirlari:   M.   A.   Matin,   Andhuyi,   Ashraf   Azimiy,   Hafizi   Sarpuliy   va   M.   Olim
Labib kabi shoirlar yozgan naziralar ham o‘ziga xosdir. 
Ashraf Azimiy she’ri:
   Qad ko‘targan bog‘i olam ichra shamshod, 
                                                                               o‘zbegim, 
23
 “Mohiyat gazetasi,2006-yil 29-dekabr
50                             Bu chaman ozodasi sen, sarvi ozod, 
                                                      o‘zbegim!
    Notavon g‘am chekkan o‘g‘loning, muhabbat
                                                      istaram, 
                          Sendan ey otam-bobom, ey menga ajdod, 
                                                        o‘zbegim!
                           Ayriliq kuzining shamoli yetmasin
                                                                 bo‘stoningga, 
Birlig-u vahdatda doim yasha obod, 
                                         o‘zbegim!
Quyidagi she’r esa M. O. Labibga taegishlidir. 
   Ey buyuk shavkatli davron etgan
                                  ijod, o‘zbegim, 
                                        Eski tarixdan boshlab, yangi
                                        milod, o‘zbegim!
 Sen fazoga vah nexush qoqding
                                      qanot lochin kabi
  Qoldi tishlab barmog‘in hasratda
                                    sayyod, o‘zbegim!
           Chun nasibang bo‘ldi istiqlol qutlug‘
                                                 ne’mati, 
Shukr qilkim, ushbu ne’matdur 
                                           xudodod, o‘zbegim!
Bu   kabi   she’rlarni   juda   ko‘plab   keltirish   mumkinki,   ularning   barchasida
“O‘zbegim” qasidasi nafasi ufurib turibdi. 
“O‘zbegim”   qasidasi   bugungi   kun   o‘zbek   she’riyatida   milliy   iftixor,
buyuk   o‘tmishimiz   bor   bo‘yoqlarda   aks   ettirilgan,   yorug‘   kelajakdagi   ulkan
yutuqlar nihoyatda ta’sirchan ifodalangan ramziy madhiya sifatida baholanadi. 
51 Bizga   ma’lumki,   “O‘zbegim”   qasidasi   barcha   nashrlarda,   darsliklarda
to‘rt misrali shaklda jami yigirma olti bandlik ko‘rinishda berilgan. Ammo vazn
nuqtayi   nazaridan   qaraydigan   bo‘lsak   ushbu   qasida   aruz   vaznida   bo‘lib,   xuddi
g‘azal janriga xos bo‘lgan qofiya uslubida, ya’ni a-a, b-a, v-a ko‘rinishli qofiya
tizimiga ega ekanligini  ko‘ramiz. Bahr  qo‘llanishi  jihatidan qaraydigan bo‘lsak
ham,   bu   o‘rinda   ham   xuddi   g‘azal   kabi   ramali   musammani   maqsur   bahrida
bitilgan. Yuqoridagi xulosalarga tayangan xolda aytish munkinki, qasida hozirgi
nashrlarda   berilgani   kabi   to‘rtlik   shaklida   emas,   qasidaning   har   ikki   misrasini
bitta   bayt   holiga   keltirib,   g‘azal   shakliga   berilishi   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi
nazarimizda.   Shunda   qasida   yozilgan   vazn,   ya’ni   aruz   vazni   qoidalariga   rioya
qilgan holda o‘qish ham osonroq va shiraliroq bo‘lishiga olib keladi. 
“O‘zbegim” qasidasi xususida fikr yuritar ekan adabiyotshunos olim Sanjar
Sodiq qasidaning vazniga va unda ko‘tarilgan mavzuga alohida e’tibor qaratgan
holda quyidagi fikrlarni ta’kidlab o‘tadi: “Mumtoz o‘zbek adabiyotida aksariyat
g‘azallar   sevgi-muhabbat   mavzusida   yozilar   edi.   Erkin   Vohidov   esa   bu   janr
doirasini teran ijtimoiy siyosiy mazmun bilan boyitib, o‘zbek xalqi shaniga loyiq
madhiyaga   aylantirish   bilan   haqiqiy   novatar   shoir   darajasiga   ko‘tarildi”. 24
Darhaqiqat, shoir bu qasida orqali aruz vazniga yana qayta jon, yangicha hayot
bag‘ishlay oldi. 
Muallif   qasida   uchun   aynan   aruz   vaznini   tanlashi   ham   bejiz   emas.   Bizga
ma’lumki, qasida yozilgan davrga kelib aruz vazni deyarli unutilayozgan, ushbu
vaznda   deyarli   ijod   qilinmas,   ushbu   vazn   jo‘shqin   zamon   rivojlanishini   baland
pardalarda   kuylash   uchun   ojizlik   qiladi   degan   bema’ni   tushuncha   ham
shakllanib   qolgan   va   buni   milliy   she’riyatimiz   tarixini   tag-tugi   bilan   yo‘q
qilishga,   uni   unuttirishga   bel   bog‘lagan   mustabid   tuzum   gazandalari   o‘zlariga
dastak   qilib   olgan   edilar.   Erkin   Vohidov   o‘zning   ko‘plab   betakror   g‘azallari
qatorida   “O‘zbegim”   qasidasini   ham   aynan   shu   vaznda   yozish   orqali   nafaqat
vatanimiz  sha’ni-g‘ururuni,  buyuk   o‘tmishini   qalamga   oldi,  balki   mumtoz   lirik
she’riyatimizga   ham   qayta   jon   bag‘ishlash   orqali   yuqoridagi   fikrlar   naqadar
24
  S,Sodiq.Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. “O‘qituvchi” T.:2019
52 bema’ni   ekanligini   ham   ko‘rsatib   bera   oldi   va   bu   harakati   orqali   aruzni   yo‘q
qilishga uringanlarning niyatlarini ham yo‘qqa chiqara oldi. Bu haqida filologiya
fanlari doktori, professor Abdug‘afur Rasulovning quyidagi fikrlari ayni haqiqat
edi:   “Aruz   vazni,   o‘ylab   ko‘rilsa,   XX   asrning   30-yillaridayoq   komunistik
mafkura,   sorealizim   metodi   g‘azabiga   uchradi.   Kimdir   aruzni   eskilik   sarqiti
degan-u   o‘shaning   gapi   gap,   so‘zi   so‘z   bo‘lib   ketgan.   Ikkinchidan,   aruz
sotsialistik   jamiyat   qurish   suratiga   javob   berolmaydigan   “ko‘hna   xaroba,
parvozlar   asrida   immilovchi   aroba”,   -   deb   bilindi.   Xullas,   aruz   chetga   surildi,
natijada,   “qo‘li   qadoq”,   “so‘kag‘on”,   “laborotoriya   usulida   yetishtirilgan
shoirlar”   adabiyotga   saf   tortib   kirib   kela   boshladilar.   Garchi   G‘afur   G‘ulom,
Uyg‘un,   Hamid   Olimjon,   Turob   To‘la   qayroqday   g‘azallar   bitgan   bo‘lsalarda,
aruz   qariyb   30   yil   quvg‘inda   bo‘ldi.   60-yillarning   boshlariga   kelib   mafkuraviy
tazyiqlar   biroz   susayib,   aruz   vazni   ustida   bahs   qilish   imkoniyati   paydo   bo‘ldi.
“Yoshlik   devoni”   kitobi   Erkin   Vohidovning   ana   shu   bahsda   amaliy   ishtiroki
bo‘ldi. Shoir o‘z g‘azal, ruboiy, madhiya, qasidalari bilan g‘azal imkoniyatlarini
isbotlay boshladi”. 25
Bob bo‘yicha xulosalar:
Erkin   Vohidov   o‘zbek   adabiyotida   qasidachilik   janrida   yaratgan   go‘zal
she’rlari bilan yanada boyitdi. Ushbu janrga yangi ruh baxsh etdi. Shoir yaratgan
“O‘zbegim”   qasidasi   o‘zbek   qasidachiligining   nodir   namunasidir.   Eng   muhimi
ushbu qasidada  lirik ohang bilan falsafiy  ohang o‘zaro uyg‘unlashib, she’rning
badiiy mazmuni bilan birga ijtimoiy salmog‘i ham ortib boradi.
“O‘zbegim” qasidasida zahmatkash xalqning yaxlit badiiy obrazini yaratish
orqali shoir o‘zbek xalqining shon-shavkatini, qadr-qimmatini yuqori ko‘taradi.
O‘zbek   xalqining   boy   va   qadimiy   tarixini,   buyuk   xalqning   yuksak   matonat-u
iroda kuchini she’riy usulda nihoyatda go‘zal tasvirlaydi.
Erkin   Vohidov   ushbu   qasidani   xalqiga   bag‘ishladi.   Shoir   ushbu   qasida
orqali   buyuk   allomalar:   Beruniy,   Farobiy,   Ulug’beklar   hayoti   va   ularning
vorislari   haqida   hikoya   qilgan.   Zamonaviy   mavzularni   qalamga   olib,   odamlar
25
 Rasulov A. She’r qolur,shoir qolur.maqola .
53 o‘rtasidagi  mehr-oqibat, muhabbat, adolat, burch kabi yuksak tuyg‘ularni asrsh
to‘g‘risida   fikr   yuritadi.   Shuning   uchun   ham   bu   asar   hozirgacha   muxlislar
tomonidan sevib o‘qiladi.
Qasida orqali muallif butun faoliyati va ijodini xalqimizning orzu-o‘ylarini
ifodalash,   millatimiz   taqdiriga   daxldor   muammolarni   dadil   ko‘tarib   chiqish,
kishilarning   ma’naviy   estetik   saviyasini   ko‘tarishdek   buyuk   maqsadlarni   ifoda
etdi.
III BOB. “O‘ZBEGIM” QASIDASINING ADABIYOTSHUNOSLIKDA
O‘RGANILISHI
3.1.   “O‘zbegim”   qasidasi   va   adabiy   tanqidiy   qarashlar   talqini.   Buyuk
istedod sohiblari, odatda,    istedodli  ijodkorlarning faqatgina butun bir  ijodiyoti
haqidagina emas, balki u yaratgan har bir asar atrofida yuzlab fikrlar bildiriladi,
ushbu   asarlarga   bag‘ishlangan   ko‘plab   kitoblar   yoziladi.   Agarda,   ushbu
fikrlarning   hammasi   bir   joyga   jamlangudek   bo‘lsa   o‘sha   ijodkor   ijodi   haqida
betakror to‘plam hosil bo‘ladi-ki, ushbu jamlanmada shoir yohud yozuvchining
turli   qirralarini   ochib   beruvchi   fikrlar   jamlanadi.   Bunday   ijodkorlarga   nafaqat
jahon   adabiyotida   balki   o‘zbek   adabiyoti   tarixidan   ham   ko‘plab   misollar
keltirish mumkin. Masalan, buyuk bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni hazrat
Mir   Alisher   Navoiy   ijodi   besh   asrdan   ortiq   vaqtdan   buyon   o‘rganilib
kelinmoqda, ammo har safar  shoir ijodiyotining yangidan yangi qirralari, oldin
bizga ma’lum bo‘lmagan jihatlari paydo bo‘lib bormoqda. Chunki chin istedod
sohiblarining   ijodiyoti   bu   cheksiz   ummon   bo‘lib,   uning   har   bir   asari   o‘sha
ummon   bo‘ylab   yoyilib   ketgan   marvarid   donalaridir.   Ushbu   ummon   qariga
cho‘mgan kishi o‘z nasibasiga yarasha dur-u javohirlarga ega bo‘laveradi. Xuddi
shu kabi Erkin Vohidov ijodi ham tubsiz ummon kabidir. Unga qancha chuqur
sho‘ng‘igan   saringiz   shoir   haqida   shuncha   kam   biladigandek   his   qilaverasiz.
Bunday   yuksak   istedod   esa   har   qanday   ijodkorga   ham   nasib   etavermaydigan,
yaratgan tomonidangina yuqtiriladigan noyob tuhfadir. 
54 Erkin   Vohidov   ijodining,   avvalo,   yaqqol   ko‘zga   tashlanadigan   jihati
shundan   iboratki,   uning   har   bir   she’rida   shoir   o‘zligi,   uning   dunyoqarashi   aks
etadi.   Uning   har   bir   asarida   hoh   u   kichik   to‘rtlik   bo‘lsin,   hoh   doston   yohud
qasida   bo‘lsin   unda   shoirning   o‘z   millatiga,   vataniga   bo‘lgan   chin   mehri   va
fidoiyligi   bo‘y   ko‘rsatadi   hamda   o‘z   xalqiga   aytar   so‘zi   bo‘ladi.   Shoir
she’rlarida   xalq   dardi,   orzu-umidlari   kuylangani   bois   ushbu   she’rlar   o‘quvchi
qalbiga   oson   kirib   boradi   va   u   yerdan   chuqur   joy   egallaydi,   uning   ruhiyatini
qitiqlaydi. 
Erkin   Vohidov   ijodi   ko pdan   beri   ilmiy   jamoatchilik,   adabiy   tanqidchilikʼ
e tiborini o ziga tortib keladi. Shoirning “O zbegim” qasidasi  va ayrim asarlari	
ʼ ʼ ʻ
haqida   Ozod   Sharafiddinov,   Umarali   Normatov,   Ibrohim   G afurov   hamda	
ʼ
Usmonjon   Qosimov   singari   yetuk   tanqidchi-adabiyotshunoslarning   ilmiy
tadqiqotlari,   yana   bir   qancha   olimlarimiz   tomonidan   yaratilgan   maqolalar
mavjud. Erkin  Vohidov o‘sha  davr  nazari   bilan qaraganda,  chinakam   jasoratga
yo‘g‘rilgan   betakror   ijodi,   samimiy   satrlari,   sodda,   xalqona   ifoda   uslubi   bilan
muxlislar qalbini rom etdi:
Ilm-u she'rda shoh-u sulton, 
Lek taqdiriga qul, 
O‘z elida chekdi g‘urbat, 
Zor-u nolon, o‘zbegim. 
Qayga bormay, boshda do‘ppim, 
G‘oz yurarman gerdayib, 
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim. 
Totalitar   tuzum   davrida   armonga   aylanib   borayotgan   gaplarni   Erkin
Vohidov   baralla   ayta   boshladi.   U   o‘sha   paytda   hukm   surayotgan   kommunistik
partiya siyosatini yoqlamaydigan, milliy ruh ufurib turgan o‘lmas asarlar yarata
boshladi. 
55 Erkin Vohidov ijodiyoti nafaqat o‘tgan asr o‘zbek she’riyati balki bugungi
kun adabiyotining eng qimmatli yutuqlarida biridir. Erkin Vohidov ijodi o‘tgan
asrning   60-yillaridan   boshlab   to   hozirgi   kunga   qadar   adabiy   tanqidchilik
sohasida   va   adabiyotshunoslik   sohasining   diqqat   e’tiborida   bo‘lib   kelmoqda.
Jumladan   o‘zbek   adabiyotshunosligida   Ozod   Sharafiddinov,   Laziz   Qayumov,
Salohiddin   Mamajonov,   Umarali   Normatov,   Ibrohim   G‘ofurov,   Norboy
Xudoyberganov,   Baxtiyor   Nazarov,   Yo‘ldosh   Solijonov,   N.   Shukurov,
Hamidulla   Boltaboyev,   Rahmatilla   Inog‘omov   va   boshqalarning   ko‘plab   ilmiy
asarlarida shoir ijodining turli xususiyatlari juda keng tarzda tahlilga tortilgan. 
Erkin Vohidovning bu qadar dilbar shoir bo‘lib yetishuvda, albatta, undagi
Xudo tomonidan yuqtirilga noyob istedodni tan olmasdan ilojimiz yo‘q. Ammo
shu istedodni yuzaga chiqarish, uni toblash, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishda albatta
shoir   ustozlarining   o‘rni   beqiyosdir.   Shoirning   o‘zi   ham   ustozlar   borasida
nihoyatda   omadi   yurishganligini   turli   davralarda   bot-bot   takidlab   o‘tadi.   Bu
o‘rinda   albatta   Ozod   Sharafiddinovning   ham   alohida   o‘rni   bor.   Ozod
Sharafiddinov   o‘zining   “Ijodni   anglash   baxti”   nomli   asarida:   “Ochig‘ini   aytib
tan olmog‘im kerak-Abdulla Oripov va Erkin Vohidovning ustozi, degan unvon
menga   boshqa   unvonlardan   ortiqroq   yoqadi”,   -   deya   takidlagan   edi.   O‘zbek
adabiyotining   eng   yetuk   tanqidchisi,   adabiyot   bilimdonidan   bunday   so‘zlarni
eshitish   har   qanday   ijodkorga   ham   nasib   etavermaydigan   ulkan   baxt   va   o‘z
o‘rnida shoirning yuksak istedod sohibi ekanligidan dalolat beradi. 
Ozod Sharafiddinovning bir qancha maqolalarida Erkin Vohidov ijodi turli
tomonlama tahlilga tortiladi. Shoirning yutuqlarini e’tirof etish bilan birgalikda
undagi   kamchiliklar   ham   ochiq-oydin,   isbotlari   bilan   ko‘rsatiladi,   faqatgina
kamchliklarini   tanqid   qilish   bilan   cheklanib   qolmasdan,   shu   kamchiliklarni
yo‘qotish   uchun   ham   nihoyatda   qimmatli   maslahatlar   ham   keltirib   o‘tadiki,   bu
maslahatlar Erkin Vohidov ijodining yanada gullab yashnashiga, yanada ma’no-
mazmun bilan boyishiga katta tasir qildi. 
Ozod   Sharaffiddinovning   “Talant   va   mas’uliyat”,   “Izlanish   yo‘llarida”,
“Ijod   va   shijoat”,   “Boqiy   mo‘jiza”   (intervyu),   “Istedod   bilan   uchrashish
56 bayram”, “Adabiy tanqid va yangi  tafakkur”, “Ijodni  anglash baxti” va  boshqa
ko‘plab   maqola   va   asarlarida   Erkin   Vohidov   ijodiga   alohida   to‘xtalib,   shoir
ijodidagi   o‘ziga   xosliklar,   shoirning   yutuqlari   kezi   kelganda   esa   ayrim
kamchiliklarini ham qayd etib o‘tadi. 
Erkin Vohidov ijodining o‘zbek adabiy tanqidchiligida o‘rganilishida Ozod
Sharafiddinovning  xizmatlari   nihoyatda   ahamiyatli   bo‘lib,   uning  asarlari   orqali
Erkin Vohidov ijodidagi ko‘plab biz anglab yetmagan jihatlarni ko‘ramiz. 
Shoirning   birinchi   to‘plami   -   “Tong   nafasi”   ga   taqriz   sifatida   keltirilgan
Ozod   Sharafiddinovning   “Talant   va   mas’uliyat”   nomli   maqola   Erkin   Vohidov
ijodi   haqida   e’lon   qilingan   dastlabki   taqrizdir.   Ushbu   taqrizda   Ozod
Sharafiddinov   o‘zbek   milliy   she’riyatida   yangi,   shu   bilan   birgalikda   noyob
istedod yuzaga chiqa boshlaganligini ta’kidlab o‘tadi. 
Adabiyotshunos   olim   Laziz   Qayumovning   bir   qancha   maqolalari   va
kitoblarida   Erkin   Vohidov   shaxsiyati,   she’riyatidagi   o‘ziga   xoslik   haqida   ham
ko‘plab   firlari   keltiriladi.   Xususan   olimning   1985-yil   G‘afur   G‘ulom   nomidagi
adabiyot   va   san’at   nashriyoti   tomonidan   chop   etilgan   “Zamondoshlar”   nomli
adabiy   portret   va   ilmiy   lavhalar,   voqeiy   hikoya   va   esdaliklar   to‘plamida   44   ta
o‘zbek   ijodkorlari   haqida   juda   qiziqarli   ma’lumotlar   va   esdaliklar   keltirib
o‘tilgan   hamda   shu   qatorda   Erkin   Vohidov   ijodi   haqida   ham   alohida   to‘xtalib
o‘tilgan. Ammo Baxtiyor Nazarov va boshqalar muallifligida 2012-yil Cho‘lpon
nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi  tomonidan  nashr   etilgan  “O‘zbek  adabiy
tanqidchiligi   tarixi”   darsligida   ushbu   to‘plam   tanqidiy   yondashuvdagi   asar
hisoblanmasligi,   to‘plamda   faqatgina   shoir   haqida   ma’lumotlar   keltirilgan
adabiy-portetlar   ekanligi   qayd   etib   o‘tilgan.   Lekin   shunga   qaramasdan   ushbu
to‘plam   Erkin   Vohidov   ijodi   va   shaxsiyati   haqida   nihoyatda   qimmatli   bo‘lgan
fikrlar ham keltirilgani bilan ahamiyatlidir. 
Shu   o‘rinda   Erkin   Vohidov   ijodining   gultoji   hisoblanmish   “O‘zbegim”
qasidasiga o‘zbek tanqidchiligidagi munosabat va uning o‘rganilishi haqida gap
ketganda   asar   haqidagi   fikrlar,   uning   tahliliga   bag‘ishlangan   maqolalar   asosan
mustaqillik   davridan   keyin   ko‘payganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   To‘g‘ri,
57 bungacha   bo‘lgan   davrda   ham   ko‘plab   fikrlar   bildirib   o‘tilgan,   ammo   davr
nuqtayi   nazaridan   ushbu   asar   haqida   bildirilgan   ijobiy,   o‘z   o‘rnida   haqqoniy
bo‘lgan   fikrlar   deyarli   matbuot   yuzini   ko‘rmas,   ommaga   e’lon   qilinmas   edi.
Chop etilgan maqolalarning ham asosiy qismida asar butunlay boshqacha talqin
qilingan,   undan   ko‘zlangan   maqsad   esa   butunlay   boshqa   ko‘rinishda   aks
ettirilgan.   Mustaqillik   davriga   kelib   matbuot   erkinligi,   adabiyotga   erkin
munosabat   bildirishga   e’tibor   kuchayganligi   sababli   qasida   haqida   ko‘plab
ilmiy-tanqidiy maqolalar yaratildi. 
Qasida   yaratilgan   dastlabki   yillarda   Erkin   Vohidov   muallifligidagi
to‘plamlarga kiritilgan “O‘zbegim” qasidasi mavjud bo‘lgan varoqlari yirtib olib
tashlanar   edi.   Nega?   Chunki   xalq   o‘zining   millatini,   uning   ildizlari   kuylangan
she’rni   yaxshi   ko‘rgan,   uni   yod   olishga   harakat   qilishar   edi,   shuning   uchun
ko‘plab   kitoblarda   o‘sha   she’r   yo‘q   bo‘lardi.   Kitob   qo‘liga   tushgan
millatdoshimiz   borki,   to‘plamdan   qasidani   qidirar,   uni   o‘zi   bilan   olib   qolishga
harakat   qilar   edi.   Shuning   uchun   ko‘plab   kitoblarda   qasidaning   yirtib
olinganligini   ko‘ramiz.   Demak,   Erkin   Vohidovning   adabiyotshunoslikdagi
xizmati   faqatgina   g‘azal   janrini   qayta   tiriltirganidagina   emas,   juda   go‘zal   lirik
she’rlar, rubobiylar, shu bilan birgalikda, juda go‘zal  dostonlar ham yozganligi
bilan   ham   nihoyatda   ulug‘dir.   “O‘zbegim”   qasidasi   esa   XX   asr   o‘zbek
qasidanavisligining gultojlaridan biri hisoblanadi. 
O‘zbek   xalqining   ardoqli   farzandi   Erkin   Vohidov   juda   kam   sonli
kishilargagina   nasib   etadigan   noyob   istedod   sohibi   edi.   U   chin   ma'noda
vatanparvar   shaxs   va   o‘z   xalqi,   uning   qadr-qimmatini   nihoyatda   muqaddas
sanar,   ayni   xususiyat   uning   ijodida   ham   namoyon   bo‘ldi.   U   hamisha   ona   yurt
dardi   va   ishqi   bilan   yashadi.   Erkin   Vohidov   ijodida   vatan   mavzusi   nihoyatda
salmoqli o‘rin egallashining sababi ham balki shundandir. Uning ona yurt madh
etilgan she’rlari shunchaki maddohlik emas ,   yurak qo‘ri ila yozilgan chin mehr
namunasi   deyish   mumkin.   Ayniqsa,   shoirning   “O‘zbegim"   qasidasi   she’riyat
olamida ma’lum va mashhurdir. 
Xususan,   qasida   haqida   yetuk   adabiyotshunos   olimlar,   san’at   arboblari
58 Umarali   Normatov,   Ibrohim   G‘ofurov,   Omonulla   Madayev,   Qozoqboy
Yo‘ldoshov,   Enaxon   Siddiqova,   Bahodir   Karimov,   Zulhumor   Mirzayeva,
Matyoqub   Qo‘shjonov,   O‘tkir   Hoshimov,   Abdug‘afur   Rasulov,   Rahmatilla
Inog‘omov va boshqalar “O‘zbegim”  haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. 
“O‘zbegim”   qasidasi   xususida   tarix   fanlari   doktori,   professor   Hamid
Ziyoev   o‘zining   “Qalblarga   nur   sochgan   “O‘zbegim””   nomli   maqolasida   bu
asarning ahamiyati haqida nihoyatda teran fikrlarni keltirib o‘tadi. Jumladan asar
yaratilgan   davr   haqida   so‘z   yuritar   ekan   muallif:   “O‘zbegim”ning   tarixiy
ahamiyati   shundaki,   u   “yov   qochganda”   emas,   balki   qilichini   qayrab   turganda
dunyoga keldi. U yaratilganda sobiq kommunistik partiyaning ulug‘ millatchilik
va totalitar siyosat hukm surar, milliy his-tuyg‘ular, o‘z-o‘zini anglash, ona yurti
bilan g‘ururlanish  va faxrlanish  singari  milliy manfaatlar  hibsda  edi. Shoirning
“O‘zbegim”   she’ri   og‘ziga   qulf,   oyog‘iga   kishan   solingan   xalqning   milliy   his-
tuyg‘ularini,   siyosiy   qarashlarini   charxladi,   uni   o‘zligini   anglashga   chorladi”,   -
deya   ayni   haqiqatni   bayon   qiladi.   Darhaqiqat   “O‘zbegim”   qasidasi   jo‘shqin
shoirning   ilhom   parilari   charx   urganda   quyilib   keluvchi   qofiyali   so‘zlar
jamlanmasi   emas,   balki   ayni   tariximizning   o‘zginasi.   “O‘zbegim”   oddiy   she'r
emas,   unda   o‘zbek   tarixining   butun   bir   kechmishi   jam   bo‘lgan.   Har   misrasi
olam-olam   ma'no.   Millatning   paydo   bo‘lishidan   to   shu   bugungi   kunigacha
bo‘lgan   kechmishini   bir   she’rga   jamlash   har   qanday   ijodkorning   ham   qo‘lidan
kelavermaydi. Qasidaning yana bir e’tirofga loyiq jihati shundan iboratki, hech
bir   o‘rinda   yolg‘on,   bo‘rttirish,   siyosiy   tus   berish   holati   ko‘zga   tashlanmaydi,
hammasi   boricha   qalamga   olingan.   Sevimli   adibimiz   O‘tkir   Hoshimov   Erkin
Vohidov   haqida   so‘z   yuritar   ekan:   “Haqiqiy   ijodkor   o‘z   xalqining   fidoyi   va
sodiq   farzandi   bo‘ladi.   Bu-hamma   zamonlarga,   hamma   xalqlarga   xos   udum.
Birgina   “O‘zbegim”ni   oling!   O‘z   vaqtida   shoirning   boshiga   ko‘p   savdolar
solgan,   “peshonasini   g‘urra”   qilgan   bu   qasidani   o‘zbekning   chin   gimni   deyish
mumkin.   Ammo   bu   oddiy   madhiya,   faxriya   emas.   Hajmi   kichik   asarda
xalqimizning minglab  yillik tarixi, quvonch va iztiroblari  g‘oyat  badiiy, g‘oyat
teran   aks   etgan”,   -   deya   takidlagan   edilar.   Albatta,   she’r   dunyoga   kelgan   davr
59 nuqtayi nazaridan olib qaralganda, bunday mavzuda she’r yozish ijodkor uchun
yonib turgan o‘tga o‘zni otish bilan barobar edi. 
Ammo   o‘z   o‘rnida   shuni   ham   alohida   ta’kidlash   joizki,   “O‘zbegim”
qasidasi aynan totalitar tuzum davrida, milliy g‘urur tushunchasi, millat o‘tmishi
tag-tubidan yo‘qlikka yuz tutayozgan bir pallada dunyoga kelganligi ham uning
umrboqiylikka   daxldor   bo‘lishiga   zamin   yaratganligi   ham   ayni   haqiqat.   Zotan,
mustaqillikdan   keyingi   davrlarda   yaratilganda,   bunchalik   dovrug‘   qozonmog‘i
dargumon  edi.   Professor  Hamid  Ziyoyevning  yuqorida   keltirilgan  so‘zlari   ham
fikrimizga dalil bo‘ladi. 
Yozuvchi   va   jurnalist   Ashurali   Jo‘rayevning   “Mohiyat”   gazetasining
2006-yil   29-dekabr   sonida   bosilgan   “Millatni   uyg‘otgan   qasida”   nomli
maqolasida ham qasida haqida nihoyatda iliq fikrlar, shu bilan birgalikda qasida
atrofidgi   hayotiy   haqiqatlar,   Erkin   Vohidovning   qasida   yozilgandan   keyingi
unga bo‘lgan tazyiqlar haqida xotiralari qalamga olingan. 
Maqolada Ashurali Jo‘rayev: “Bu zabardast she’r sobiq sho‘rolar davrida
go‘yo momaqaldiroqdek gumburlab, muxlislar yuragida chaqmoqday chaqnadi.
Mudroq   millatni   uyg‘otishga   ulkan   hissa   qo‘shdi.   Mustaqillik   haqida,   ozodlik
haqida   dadil   va   baralla   orzu   qilishga   o‘rgatdi.   Millatning   kelajagi   hali   yorug‘
bo‘lishiga,   albatta  yorug‘  kunlar   kelishiga  davat   etdi”,  -  deya   ayni   haqiqatlarni
qalamga olgan. 
Qasidaning   o‘ziga   xos   jihatlaridan   yana   biri   uning   vazni.   Mumtoz
adabiyotimizning durdona asarlari aruz vaznida yozilgan. Ammo vaqtlar o‘tgan
sari bu vazn o‘z mavqeyini yo‘qota bordi. “50-60-yillari adabiyot haqidagi sobiq
sovet   mafkurasi   ta’siridagi   olimlar   va   shoirlar   aruz   kerakmi,   u   eskirdi,   zamon
talablariga   yaramay   qoldi,   sovet   kishilarini   to‘lqinlantiradigan   mavzularni
ifodalashga ojiz, deb ancha-muncha bahslar olib bordilar. Bu bahslar boshdanoq
behosil   edi.   Behosil   tugadi.   Baxsdan   puchak   boshoqlargina   qoldi.   Aruz   garchi
o‘lmagan   edi”. 26
  Ammo   Erkin   Vohidov   “…mudragan   aruzga   qayta   jon   baxida
26
G’ofurov I. “Yoshlik devoni” yozilgan yillar va keyin.Maqola. Boltaboyev H.So‘z sehri.Erkin 
Vohidov hayoti va ijodiga chizgilar.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T:2006 .
60 etdi”. Shoir o‘zi ta’kidlaganidek: “Aruzdan hech qachon yuz o‘girib bo‘lmaydi. 
Bu   Navoiydan,   sharqdan   yuz   o‘girish   bilan   barobar”   edi.   “O‘zbegim”
qasidasining ham aynan aruz vaznida yozilishida ham qandaydir ramziy ma’no
bordek   nazarimizda.   Ehtimol   barmoq   vaznida   yaratilganda   qasida   bunchalik
go‘zal   bo‘lmas   edi.   Albatta,   bu   o’rinda   biz   bir   vaznni   ikkinchisidan   ustun
qo’yish fikridan yiroqmiz. Shu o‘rinda ayni fikrga hamohang tarzda pedagogika
fanlari   doktori,   professor   Qozoqboy   Yo‘ldoshovning   qasiada   vazni   haqida
quyidagi fikrlarni aytib o‘tadi “E. Vohidov poetik fikrining zalvori g‘oyat og‘ir
bo‘gani   holda   uning   ifoda   yo‘sini   o‘ta   mayin   bo‘lardi,   uning   she’rlarida   o‘tli
chaqiriq   bor   edi.   Lekin   bu   da’vat   o‘quvchini   olamni   ag‘dar-to‘ntar   qilishga
emas, balki  dunyo va undagi tartibot haqida jiddiy o‘yga toldiradigan yo‘sinda
latif   she’riy   shaklda   taqdim   etilardi.   Ehtimol,   “O‘zbegim”   she’ri   barmoqda
bitilganda mutlaqo bosib chiqarilmagan bo‘lardi”. 27
Filologiya   fanlari   nomzodi   Rahmatilla   Inog‘omov   “O‘zbegim”   ning
dunyoga kelishi va shoir iztiroblari” nomli maqolasida bu qasida dastlab g‘azal
shaklida   yaratilganligi   va   keyinchalik   yana   qayta   ishlanib   qasida   holiga
keltirilganligini aytib o‘tadi. 
Ta’rixdan ma’lumki, shohlar yoxud biror tarixiy voqealar haqidagi, ularni
ulug‘lash, sharaflash maqsadida qasidalar  yozilgan va ular asosan aruz vaznida
yaratilgan.   Erkin   Vohidov   ham   aynan   shu   yo‘ldan   borib   qasidaning   tarixiy
talablarini   juda   yaxshi   o‘zlashtirgan   holda   aynan   shu   vaznda   yozishga   qaror
qilgan   bo‘lsa   ajab   emas.   Chunki   Erkin   Vohidovning   qasidasi   orqali   ko‘hna
qasida   janri   yangi   zamonaviy   ko‘rinish   va   mazmundorlik   kasb   etgan   holda
yangicha ohang va badiiyat ila boyitildi. 
Erkin   Vohidovning   aruz   vaznida   yozilgan   she’rlarida   yana   bir   o‘ziga
xoslik   shunda   ko‘rinadiki,   uning   aruziy   she’rlari   sof   turkiy   so‘zlardan
foydalangan.   Mumtoz   adabiyot   namunalaridan   ma’lumki   aruziy   ijod
na’munalari asosan  arabiy yohud forsiy so‘zlar juda ko‘plab ko‘zga tashlanadi.
27
  Yo‘ldoshov Q. Otashin tuyg‘ular shoiri. To quyosh sochgayki nur.(Erkin Vohidov hayoti va ijodi 
zamondoshlar nigohida).O‘zbekiston.-T.:2018.
 
61 Erkin Vohidov esa bu an’anaga chek qo‘ydi. G‘afur G‘ulom tili bilan aytadigan
bo‘lsak   “Sof   o‘zbek   g‘azalini   yaratdi”.   Shoir   bu   yo‘nalishda   ham   o‘z   o‘rnini
topa oldi. “Erkin she’riyatda taqlid qilish davridan sakrab o‘tib ketdi. Navoiyga
ham, Boburga ham, Mashrabga  ham  taqlid qilmadi. Ularga asir  bo‘lib qolmadi
ham.   O‘sha   mumtoz   shoirlarning   she’r   san’ati   sirlarini   o‘rgandi.   O‘rganganda
ham qayta qayta o‘rgandi. Nihoyat, o‘z yo‘lini topdi”. 28
O‘zbek xalqiga faxriya tarzida bitilgan “O‘zbegim” qasidasi o‘zida milliy
g‘urur, iftixor tuyg‘usi va vatanparvarlik ruhini namoyon qiladi. Vatanimiz nomi
tarix   sahiflariga   oltin   harflar   bilan   bitilgan.   Bu   vatan   ochunga   o‘zining   buyuk
siymolarini bergan va ular bilan haqli ravishda faxr tuyg‘usini tuyadi. 
3.2. “O‘zbegim” qasidasiga oid tanqidiy qarashlarning qiyosiy tahlili
Adabiy   tanqid   adabiyotning   o‘zi   kabi   ko‘hna   va   shu   bilan   birgalikda
doimo   navqiron   sohadir.   Zero,   asar   bor   ekan   uning   talqinchilari,   tahlilchilari,
tanqidchilari   ham   mavjuddir.   Adabiy   jarayonda   tanqidning   roli   haqida
V.Beliniskiy   quyidagi   fikrlarni   aytib   o‘tadi:   “Adabiyot   va   san’at   tanqid   bilan
qo‘l ushlashib boradi va bir biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi…”. 29
 
Darhaqiqat, badiiy  asar   faqatgina  uni   o‘qib  chiqish  bilangina  o‘quvchiga
tushunarli bo‘lmasligi, undan ko‘zlangan maqsad aynan nima ekanligini anglab
yetolmaslik, yohud noto‘g‘ri yo‘nalishda talqin qilinishi mumkin. Adabiy tanqid
esa   aynan   shunday   holatlarga   yo‘l   qo‘ymaslik,   asarning   mazmun-mohiyati   va
maqsadini   o‘quvchiga   to‘laqonli   yetkazib   berish   uchun   ham   bizga   juda   zarur
soha   hisoblanadi.   Albatta   bitta   nasriy   yoki   nazmiy   asar   yuzasidan   bildirilgan
fikrlar,   tahliliy   va   tanqidiy   yondashuvlar   turlicha   bo‘ladi.   Shuning   uchun   biror
asar   haqida to‘la  ma’lumotga  ega bo‘lish,  uni  bus-butunligicha  tushunib  yetish
uchun nafaqat asarni to‘liq o‘qish, balki u haqida bildirilgan fikrlarning bir yoki
ikkitasi   bilangina   cheklanib   qolmasdan,   u   haqidagi   tahlillarni   jamlagan   holda
28
 Said Ahmad.Yo‘qotganlarim va topganlarim.-T.:Sharq NMK,1999
29
 V.Belinskiy. Adabiy orzular.-T.:1987.
62 ularni   qiyosiy   tahlilga  tortish   orqali   asar   haqida  yakdil   bir   xulosaga   kelishimiz
mumkin. Biz fikr yuritayotgan “O‘zbegim” qasidasi haqida ham umumiy xulosa
qilish,   uning   shu   vaqtgacha   anglab   yetilmagan   ayrim   jabhalari   haqida   ham
asarning   o‘zbek   adabiy   tanqidchiligidagi   o‘rni,   asarning   mazmun   mohiyatini
to‘la   anglab   yetishimiz   uchun   qasida   haqidagi   tanqidiy   tahlillarni   qiyosan
o‘rganish orqali savollarimizga javob topishimiz mumkin. 
Ma’lumki,   Erkin   Vohidov   ijodiyoti   haqida   fikr   yurtigan   adabiyotshunos,
tanqidchi   borki   uning   “O‘zbegim”   qasidasiga   alohida   to‘xtalmasdan   o‘tmaydi,
albatta. Chunki bu qasida shoir ijodiyotining tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan
buyuk asardir. 
             Erkin Vohidov ijodiyotining o‘zbek adabiy tanqidchiligida o‘rganilishida
ham   ushbu   qasida   alohida   o‘rin   egallaydi.   Negaki,   bu   qasida   yaratilish   davri
nuqtayi   nazaridan   ham,   o‘zida   jamlagan   mavzu   ko‘lami,   badiiy   g‘oyasi   bilan
ham   xalqimiz,   shu   bilan   birgalikda   o‘zbek   miliy   adabiyotshunosligida   ham
nihoyatda qimmatli  asarlardan hisoblanadi. Asar  haqida juda ko‘plab tanqidchi
olimlar shoir-u yozuvchilar,fikr bildirib o‘tganlar. Xususan, Erkin Vohidovning
do‘sti,   filologiya   fanlari   nomzodi   Rahmatilla   Inog‘omov   o‘zining   1997-yilda
yaratilgan “O‘zbegim” ning dunyoga kelishi va shoir iztiroblari” nomli hajman
anchagina   yirik   bo‘lgan   maqolasida   ushbu   asarning   nafaqat   tahlili   shu   bilan
birgalikda   asar   yaratilgungacha   bo‘lgan   jarayonlar,   qasidaning   dunyoga   kelishi
ham   oson   bo‘lmaganligi   haqida   batafsil   yoritib   o‘tadi.   Maqola   muallifi
qasidaning   yaratilish   davrida   aynan   shoirning   yonida   bo‘lganligi,   barcha
jarayonlarni   o‘z   ko‘zi   bilan   ko‘rganligi   uchun   ham   juda   jonli   va   nihoyatda
ta’sirli chiqqan. Maqolada asosan qasida yaratilgandan keyin shoirning boshiga
tushgan   sinovli   kunlar,   qasida   o‘sha   davr   rahbariyati   tomonidan   qanday
noxushlik, bezovtalik, o‘rni kelganda g‘azab va qahr bilan kutib olingan bo‘lsa,
xalqimiz   tomonidan   shu   qadar   ko‘tarinkilik,   umid   va   xush   kayfiyat,   ko‘zlarda
xursandchilik yoshlari ila qarshi olinganligi nihoyatda ta’sirli holatda keltirilgan.
Maqolada   haqqoniy   takidlanganidek:   “Har   bir   satrida   o‘z   xalqiga,   vataniga
muhabbat   ruhi   ufurib   turgan   mazkur   faxriya   o‘zligini   unutayozgan   million-
63 million   kishilar,   istibdodga   ko‘nikib,   xatto   uni   madh   etishni   asosiy   kasbiga
aylantirib   olgan   yuzlab   ijodkorlarni   g‘aflat   uyqusidan   uyg‘otdi,   ularga   kuchli
ta’sir ko‘rsatdi. Erkin Vohidovning chinakam qahramon deyishga arziydigan bu
jasorati xalqning yillar mobaynida cho‘kib qolgan ruhini ko‘tarib yubordi. Erkin
kuylovchi   yangi-yangi   asarlarning  maydonga  kelishiga  turtki   bo‘ldi.  Shoirlar  u
tomon,   bu   tomonga   qarab-qarab,   hadiksirab   bo‘lsa-da,   o‘z   ko‘ngillaridagi
tuyg‘ularni tarannum eta boshladilar. 
Yana qo‘shimcha tarzda shuni keltirish mumkinki, ushbu maqolada “O‘zbegim”
qasidasining   asl   varianti   qanday   bo‘lgan,   nashrlarda   tushirib   qoldirilgan   satrlar
haqida   ham   batafsil   ma’lumot   keltiriladi.   O‘zbekistonda   xizmat   ko‘rsatgan   fan
arbobi, professor Husniddin Salohiddinov tomonidan qasida yozilgan davrlarda
muallif   bilan   bo‘lgan   uchrashuvlaridan   birida   qasidaning   asl   variant   qanday
ekanligi haqida so‘raganligi va shoir tilidan qasida to‘liq holda yozib olinganligi
haqida ham qimmatli ma’lumotlar olamiz. Jumladan shoir va muxlis o‘rtasidagi
suhbatdan quyidagi parcha keltirib o‘tiladi: 
  “She’riyatning chinakam shaydolaridan bo‘lgan Husniddin aka Erkinning
mehrini qozondi. Dilkash suhbatlarning birida Husniddin aka:
-Erkinjon, “O‘zbegim” qasidangiz asrimizning eng zo‘r she’rlaridan bo‘ldi,
-debdi.   -Shu   she’ringiz   bekami   ko‘st,   o‘zingiz   xohlagandek   bosildimi   yohud
ba’zi baytlar tushib qolganmi? Nazarimda, nimadir yetishmayotgandek tuyuladi.
Agar chinakamiga shunday bo‘lsa qasidaning to‘liq muqobilini o‘qib bersangiz. 
Garchi   “O‘zbegim”   bilan   bog‘liq   iztirobi   qaytadan   yangilansada,   Erkin
hamsuhbatiga   hurmati   tufayli   qasidaning   to‘liq   muqobilini   o‘qib   berdi.   Ziyrak
Husniddin   aka   jurnal   va   kitob   sahifalarida   tushirib   qoldirilgan   satrlarni   darhol
daftarchasiga qayd etib, keyinchalik yodlab oladi”. 
Oradan   o‘ttiz   yil   o‘tgandan   keyingina,   hatto   muallifningda   yodidan
ko‘tarilayozgan   bu   satrlar   qayta   tiklanadi.   Qasidada   aynan   din   va   xalqning
buyuk o‘tmishini ko‘rsatuvchi qismlari olib tashlangan edi. Xususan, qasidaning
to’liq variantining uchinchi baytidagi “Asli  nasling balki O‘zluq, balki Tarxon,
o‘zbegim” misrasidan keyin:
64 Oq Idil birla Yoyiqda
        Keng yoyiq yaylov sening,
Taqdirin kiftiga ortgan
Dardli karvon, o‘zbegim
bayti bo’lgan. 
Shuningdek,   qasidaning   “Ko‘zlaringdan   oqdi   tunlar   kavkabiston,
o‘zbegim”  misrasidan keyin keladigan quyiagi bayt ham olib tashlangan:
Bir jahongir o‘g‘ling, ammo
Qatli xun birlan emas,
Ilm-u donishlikda topding
Shuhrat-u shon, o‘zbegim.
Ushbu   misralarda   buyuk   bobokalonimiz,   ulug‘   jahongir,   dunyo   tarixi
sahifalarida   ham   alohida   o‘ringa   ega   bo’lgan   shaxs   -   Amir   Temur   haqida   so‘z
bormoqda. Buyuk sohibqiron haqida ozgina bo‘lsada ijobiy fikr  bildirgan kishi
qatag‘on   etilgan   o‘sha   davrda   bu   satrlar   ham   dunyo   yuzini   ko‘rolmaganligiga
hayratlanmasak ham bo‘ladi. 
Taniqli adabiyotshunos olim, yetuk tanqidchi, akademik Baxtiyor Nazarov
o‘zining ko‘plab maqolalari, adabiyotshunoslikka oid asarlarida Erkin Vohidov
ijodiga, uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rniga nihoyatda yuksak baho bergan
holda ijodkorning ko‘plab asarlarini tanqid va tahlil qilib o‘tadi. 
Olim Erkin Vohidov ijodi haqida fikr yuritar ekan, unig ijodida alohida bir
mavzu,   ijodining   asosiy   mazmuni   hisoblangan   vatanparvarlk   ruhi   haqida
shunday   jumlalarni   keltirib   o‘tadi:   “Vatan-O‘zbekiston   dardi-hasrati-yu
o‘tmishi,   bugunini,   millatning   alami,   baxti-iqboli,   erki,   istiqlolini;   zamondosh,
asrdosh   dardlarini   kuylash   Erkin   Vohidov   she’riyatining   qon-tomorlari   va
hujayalarini tashkil etadi…
Erkin   Vohidov   ijodi   mehvarini   sho‘roviy   asarlar   emas,   ona   xalqimiz,
Vatanimizga   cheksiz   muhabbat   va   kuyunchaklik,   erk,   istiqlol,   adolat   orzulari,
sevgi   haqidagi   adoqsiz   tamannolar,   inson   qalbining   cheksiz-chegarasiz   sir-
65 sinoati, orzu-umidlari, insonparvarlik muammolarini yonib, to‘lqinlanib kuylash
tashkil etadi”.  30
Albatta, ushbu ta’riflar chin ma’noda shoir ijodi haqidagi nihoyatda go‘zal,
shu bilan birgalikda ayni haqiqatning o‘zginasidir. 
Baxtiyor   Nazarovning   Erkin   Vohidov   ijodiga   oid   tadqiqotlarida   bir
tomondan,   ijodkorning   adabiy   jarayondagi   o‘ziga   xosliklarini   aks   ettirsa,
ikkinchi   tomondan,   shu   o‘ziga   xosliklarini   aks   ettiruvchi   asarlarini   talqin   va
tahlil  etadi.  So‘ngida  esa  shoirning  adabiy jarayondagi   ijodi   muayyan  darajada
umumlashtiriladi. 
Xususan,   “XX   asr   o‘zbek   adabiyotida   Erkin   Vohidov   ijodining   o‘rni   va
ahamiyati”   maqolasi   aynan   shunday   xarakterga   ega   bo‘lgan   talqin   va   tahlil
mahsuli hisoblanadi. 
Baxtiyor   Nazarovning   “O‘qituvchilar   gazetasi”   nomli   nashrning   1990-
yillardagi   ketma-ket   beshta   sonida   bosilgan   “Zamon   va   adabiyot”   nomli
maqolasi ham shoir ijodi tahlilida muhim ahamiyatga ega. U maqolada asosan,
adabiy   tanqid   va   adabiyotshunosligimizda   yuzaga   kelgan   metadologik
muammolarga   e’tibor   qaratadi   va   ularning   yechimi   haqida   fikr   yuritadi.   Olim
“O‘zbegim” qasidasi  haqida ham fikr yuritar ekan ushbu qasida sho‘ro davrida
Vatanga   muhabbat,   dushmanga   nafrat,   sotsializmni   ulug‘lash,   kapitalizmni
qoralash ruhida tarbiyalashi haqida gapirib kelingani haqida yozar ekan, bundan
buyon   qasida   tahliliga   bunday   baho   berish   emas,   endi   badiiy   adabiyotga   baho
berilganda   undan   faqat   siyosiy   nuqtayi   nazardan   yondashish   emas,   balki
asardagi  so‘zning sehrini,  go‘zalligini, badiiy asar  jozibasini  his etish,  asardagi
badiiy kashfiyotni qidirish kerakligini ilgari suradi. 
Erkin   Vohidov   ijodining   o‘zbek   adabiy   tanqidchiligidagi   tahlilida
O‘zbekiston   Qahramoni,   O‘zbekiston   Respublikasi   san’at   arbobi,   yetuk
adabiyotshunos   olim   va   tanqidchi   Ibrohim   G‘afurovning   ham   xizmatlari
beqiyosdir. Ibrohim G‘afurov shoirga zamondosh olim sifatida u bilan bir safda,
30
 B.Nazarov.XX asr o‘zbek adabiyotida Erkin Vohidov ijodining o‘rni va ahamiyati, H.Boltaboyev, 
“So‘z sehri”, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.:2006
66 juda   ko‘plab   ijodiy   kechalarda,   adabiy   gurunglarda   ishtirok   etadi.   Erkin
Vohidov suhbatlaridan bahramand bo‘ladi. 
Ibrohim G‘afurovning “Dil erkinligi”, “Mangu latofat” kabi kitoblarida va
ko‘plab   maqolalarida   Erkin   Vohidov   ijodi   haqida   betakror   ta’riflarni   aytib
o‘tadi. 
Olim   “Mangu   latofat”   nomli   badialar   va   risolalar   to‘plamining   “Adiblar
gulshani”   nomli   ikkinchi   bobida   O‘zbekiston   Qahramoni   Erkin   Vohidovga
bag‘ishlangan “Fazl. Fasohat. Zakovat” nomli badiiasini kiritadi. Ushbu badiada
Erkin Vohidovning nafaqat badiiy ijodi haqidagi fikrlar, balki uning hayot yo‘li,
bolaligi,   adabiyot   olamiga   qanday   kirib   kelganligi,   dastlabki   ijod   namunalari
haqida   ham   batafsil   ma’lumotlar   keltiriladi.   Erkin   Vohidovning   deyarli   barcha
asarlari   haqida   ma’lumot   keltirar   ekan   asarlarga   ta’rif   keltirish   bilangina
chegaralanib   qolmasdan,   ushbu   asarlarning   yaratilishi,   yaratilgandan   keyingi
davrda   unga   bildirilgan   jamoatchilik   fikri   haqida   ham   alohida   to‘xtalib   o‘tadi,
o‘ri   kelganda   o‘z   shaxsiy   munosabatini   ham   bildiradi.   Muallif   faqatgina   shu
bilangina   kifoyalanib   qolmasdan,   Erkin   Vohidovning   jamoat   arbobi   sifatidagi
faoliyati haqida ham juda qimmatli fikrlar keltiradi. 
“O‘zbegim”   qasidasi   haqidagi   tahlillarga   nazar   tashlaganda   esa,   muallif
faqatgina   shu   qasidaning   o‘zini   sharhlabgina   qolmasdan   Erkin   Vohidovning
o‘zaro g‘oyaviy uyg‘unlikka ega bo‘lgan yana ikki qasidasi ya’ni, “O‘zbekiston”
hamda   “Inson”   qasidalarini   birgalikda   tahlil   va   tanqid   qilishga   kirishadi   ushbu
qasidalar   shunchaki   ketma   ket   yozilgan   ijod   namunalarigina   emas,   balki,   bir
birini to‘ldiruvchi bir g‘oya atrofida uyg‘unlashuvchi ijod namunalari ekanligiga
alohida   to‘xtalib   o‘tadi.   “Yetmishinchi   yillarning   boshlarida   “O‘zbegim”
mavzusini   davom   ettiruvchi   ikki   salmoqli   asari   “O‘zbekiston”   faxriyasi   hamda
“Inson”   qasidasi   yaratildi.   Shuning   bilan   milliy   uyg‘onish,   iftixor   va   o‘zini
tanish   mavzuida   bir-birini   to‘ldiruvchi,   boyituvchi,   mavzuning   yangidan   yangi
qirralari va yo‘nalishlarini ochuvchi yorqin triada tug‘ildi. Ular garchi to‘rt-besh
yilning   orasida   yozilgan   bo‘lsalar-da,   lekin   yagona   ruh-milliy   parvoz   ruhi,
67 ko‘tarinkilik   ularni   o‘zaro   bir-birlariga   mutanosib   qilib,   ma’lum   ma’noda
birlashtirib, triadaga aylantirib turadi…”  31
Darhaqiqat,   bu   uch   buyuk   asarni   birlashtirib   turuvchi   ko‘tarinkilik   ruhi
shunchaki   quruq   so‘zlar   jamlanmasi   emas,   balki   Ibrohim   G‘afurov   tili   bilan
aytganda   -   “yurt   va   xalqning   tarixiy   taqdiri,   kelajagi   bilan   chambarchas
bog‘langan,   asli   maqsadi   millatda   iftixor   tuyg‘ularini   uyg‘otish   va   shu   orqali
harakatga   chorlaydigan   ko‘tarinkilik   edi”.   Erkin   Vohidov   bu   qasidalari   orqali
ko‘hna janrning yangi qirralarini ochgan holda uni yana qaytadan, yangidan jon
ato eta oldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Badiada   qasidaning   Erkin   Vohidov   ijodi   kelajagiga   ko‘rsatgan   ta’siri
haqida   ham   alohida   to‘xtalar   ekan,   ushbu   qasida   shoir   ijodida   yangi   bir   tasvir
usulini paydo qilganligini ta’kidlaydi. Bu miqyosli tasvir usuli edi. “O‘zbegim”
qasidasi ham aynan shu usulda yaratilgan. Davr nuqtayi nazaridan qaraganda bu
usul shoir dil tug‘yonlarini aks ettira olishi uchun eng maqbul usul edi. 
Erkin Vohidov ijodining tub mazmunini ochib beruvchi maqolalardan yana
biri   bu   Ibrohim   G‘afurovning   “Dil   erkinligi”   nomli   hikoya,   mansura,   badia   va
adabiy maqolalar to‘plamidan o‘rin olgan “Xujayradagi suvratlar” nomli nomli
adabiy   tahliliy   maqolasidir.   To‘g‘ri,   ushbu   maqolada   biz   so‘z   yuritayotgan
qasidaga oid ayan fikrlar ko‘zga tashlanmasligi mumkin, ammo maqolani o‘qish
davomida beixtiyor “O‘zbegim” qasidasini  qog‘ozga tushirish davomidagi qalb
iztiroblari,   shoirni   ushbu   qasidani   yaratishga   undagan   ko‘ngil   g‘alayonlari-yu,
milliy g‘urur atalmish beqiyos kuchning naqadar junbishga kelganligini, buyuk
xalqning  oddiy  olomon  ko‘rinishiga  kelib  qolishidagi  sabablar   ochiq  -   oshkora
namoyon   bo‘ladi.   Maqoladagi   eng   muhim   jihat   shunda   ko‘rinadiki,   fikrlar
xuddiki   muallif   tilidan   emas,   aynan   Erkin   Vohidovning   o‘zi   tomonidan
aytilgandek   go‘yo.   Ushbu   maqola   orqali   “O‘zbegim”   qasidasining   tub
mohiyatiga   yana-da   chuqurroq   kirib   borish   mumkin.   Garchi   maqolada   ushbu
qasida haqida hech qanday izohlar keltirilmagan bo‘lsada. 
31
  I.G’ofurov.Mangu latofat. “Sharq” NMAK.T.:2008
68 Yuqoridagilardan   tashqari,   olimning   “Donishmand   shoir”,   “Yulduz
shu’lasi, “Biz Erkin Vohidov ijodini nega sevamiz?” nomli turkum maqolalarida
ham “O‘zbegim” qasidasiga oid ayrim yondashuvlar ko‘zga tashlanadi. 
“O‘zbegim”   qasidasi   faqatgina   o‘zbek   adabiyotshunosligida   emas,   balki
jahon   adabiyot   maydonida   ham   baralla   yangragan,   ne-ne   adabiyot
ixlosmandlari-yu,   olimlarini   o‘ziga   maftun   eta   olgan.   Bu   xususida   filologiya
fanlari   doktori   Zulhumor   Mirzayeva   o‘zining   “Erkin   Vohidov   ijodi   jahon
adabiyotshunosligi   konteksida”   deb   nomlangan   hajman   ancha   yirik   bo‘lgan
maqolasida batafsil to‘xtalishga, shoir ijodi, jumladan “O‘zbegim” qasidasining
jahon adabiyotshunosligidagi tahlili, shu bilan birgalikda tarjimalari haqida ham
aytib o‘tadi. 
Erkin Vohidov ijodi va uning “O‘zbegim” asari Amerika Qo‘shma Shtatlari
olimlari   tomonidan   ham   o‘rganilgan.   Jumladan,   amerikalik   adabiyotshunos
olima Roberta Maykellef tomonidan 1997-yilda “Milliy tiklanishda adabiyot va
ziyolilarning o‘rni: O‘zbekistondagi voqealar” ( “Roberta Maykellef. The role of
Literature and Intellelectuals in National Identity Construction: The role of case
of   Uzbekistan”)   nomli   doktorlik   dissertatsiyasini   himoya   qiladi.   Ushbu
dissertatsiyaning   bir   bobi   Erkin   Vohidov   ijodiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   unda
“O‘zbegim”  qasidasi   haqida   ham   tahliliy   fikrlar   keltirib   o‘tadi   va   ushbu   asarni
ingliz tilidagi tarjimasi ham beriladi. Tarjima varianti garchi mukammal tarjima
talablariga to‘la javob bera oladigan darajada bo‘lmasada ammo olima shoirning
qasidani   yozishdan   maqsadi,   xalqning   kechmishlari   qasidaning   mazmuniy
g‘oyasini ingliz kitobxonlariga ko‘rsatib bera olgan. 
Olima   ushbu   qasidani   o‘zbek   xalqining   buyuk   o‘tmishi,   millatning   g‘urur
va   iftixorini   ulug‘lovchi,   xalqni   ruhlantira   oladigan   asar   ekanligini   alohida
ta’kidlab   o‘tadi.   Qasidaning   har   bir   detalini   millat   o‘tmishi   bilan   bog‘lagan
holda   tahlilga   tortadi.   Qasidaning   yozilgan   davri   nuqtayi   nazarida   olib
qaralganda   eng   qaltis   davrlarga   to‘g‘ri   kelganligiga   qaramasdan,   shoirdagi   o‘z
milliyligi, o‘tmishi bilan faxrlanib yozilganligi va bu shoirning chin ma’nodagi
millatparvar va haqiqatparvar ijodkor ekanligini anglatishini ta’kidlaydi. 
69 XX   asrning   ikkinchi   yarmida,   siyosiy   tazyiq   va   cheklovlar,
qoliplanishlardan   to‘la   ozod   bo‘linmagan   davrlarda   Erkin   Vohidovning   bir
qancha   ijod   namunalari   qatorida   “O‘zbegim”   qasidasi   ham   ijodkorning
vatanimizdagi   milliy   uyg‘onish   va   ma’naviy   tiklanish   jarayonlaridagi   faol
qatnashuvi   faqatgina   o‘zbek   olimlarigina   emas   balki   xorij   olimlari   tomonidan
ham munosib tarzda e’tirof etildi. 
2016-yil   Shukur   Qurbon   muallifligida   “Erkin   Vohidov   saboqlari”   nomli
to‘plam   nashr   etildi.   Ushbu   to‘plamda   Erkin   Vohidovning   biz   bilgan   va
bilmagan ko‘plab qirralari, hayotiy voqealar shoir zamondoshlari tilidan hikoya
qilinadi, asarlari tahlili, shoir bergan intevyularni o‘z ichiga olgan. 
To‘plamdan joy olgan “Ming qanotli qush” nomli maqolada Erkin Vohidov
ijodida   tub   burilish   yasagan   asar   ya’ni   “O‘zbegim”   qasidasi   haqida   alohida
to‘xtalar   ekan   ushbu   qasidada   mustabid   tuzum   davrida   juda   kamdan   kam
ijodkorgina qalam tebratgan mavzu ya’ni milliylik va milliy qadryatlar, xalqimiz
o‘tmishini   aks   ettira   olganligining   o‘zi   ham   shoirning   buyuk   iroda   sohibi
ekanligini   ta’kidlab   o‘tadi.   Yana   shunga   alohida   e’tibor   qaratib   o‘tish   kerakki,
Erkin Vohidovdan ancha oldinroq G‘afur G‘ulom ham aynan shu mavzuga qo‘l
urganligi   aytib   o‘tiladi:   “Mustabid   tuzum   davrida   milliy   o‘ziga   xoslikdan   so‘z
ochishning   o‘zi   ham   katta   gap   edi.   Shunga   qaramay   ,   Ustozdan   ancha   avval
G‘afur   G‘ulom   “gap   tegmasin   uchun”   “Ingliz   lordining   bizlarni   qabila   deb
ataganiga javob”, - degan izoh bilan “Sharaf qo‘lyozmasi” asarini yaratgan edi.
She’rdagi   izoh,   qolaversa,   rus   xalqi   “ulug‘langan”   satrlar   “ish   berib”,   otaxon
shoirga ziyon zahmat yetmagan edi”. 32
Shu o‘rinda ushbu she’rdan na’muna keltiramiz:
Qadim o‘zbek xalqisan, 
Asl odam avlodi. 
Misr ehromlaridan
Tarixing qariroqdir. 
32
  Sh.Qurbon.Erkin Vohidov saboqlari. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti.T.:-2016
70 Xorazmning har g‘ishtida 
Bobolarning ijodi, 
Anglo-saksonlardan
Ancha yuqoriroqdir. 
Bizda logorifmaning
Mushkul muammolari
Qo‘ldagi barmoqlarday
Oddiy qilinganda hal, 
“Oliy irq” davogari
Cherchilning bobolari
Hatto sanay olmasdi
O‘n barmoqni mukammal.
G‘afur G‘ulom
Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasida ham xuddi shunday ruh, xuddi
shunday   dard,   kezi   kelganda   bu   she’rdanda   kuchliroq   tasvirlangan   desak   xato
bo‘lmaydi. Faqatgina yuqoridagi  she’rda mavjud bo‘lgan bir  narsa  yo‘q edi-ki,
ushbu   she’ri   tufayli   shoir   totalitar   tuzum   korchalonlari   tomonida   ming   bir
sitamlarga   duchor   etildi.   Xo‘sh,   bu   nima   edi?   Bu   izoh,   ya’ni   G‘afur   G‘ulom
she’rida   keltirib   o‘tilgan   izoh   yo‘q   edi   holos.   Balki   qasidaning   bugungi   kunga
qadar   gard   yuqmay,   yashab   kelganligi,   ming-minglab   vatandoshlarimiz   tilidan
yod   o‘qilib   kelayotganlining   sababi   ham   uning   har   qanday   izoh-u
tushuntirishlar,   “ortiqcha”   qo‘shilmalardan   xoli   ekanligidadir.   Agar   qasida
yaratilgan   davrda   “millat   otalari”   tomonida   shoirga   qo‘yilgan   talablar   asosida
qasidaga   o‘zgartirishlar   kiritilganda   ehtimol   qasida   shu   bugungi   kunga   qadar
bunday   ulug‘   martabada   yetib   kela   olmagan   bo‘lardi.   Bu   o‘rinda,   albatta,
shoirdagi iroda kuchi va qattiyatga tahsin aytmasdan iloj yo‘q. 
Erkin   Vohidov   ijodining   o‘zbek   adabiy   tanqididagi   tahlini   o‘rganishda
“Erkin Vohidov saboqlari” kitobi ham hech shubhasiz muhim manbalardan biri
bo‘lib xizmat qiladi. 
71 Shoirning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati   shu   qadar   rang   barang   va   qiziqarli
hodisotlarga   boyki,   uning   faoliyatini   o‘rganishga   kirishgan   kishi   borki
o‘rgangan sari o‘zi uchun shoirning yangidan yangi qirralarini kashf qilaveradi. 
O‘zbekistonda   xizmat   ko‘rsatgan   madaniyat   xodimi   Tursunoy
Sodiqovaning   Erkin   Vohidov   she’riyati   haqidagi   ilmiy-adabiy   izlanishlari
jamlangan   “El   ustozim”   nomli   adabiy   talqinlar   risolasida   ham   shoir
she’riyatining o‘ziga xosligi haqida fikr yuritiladi. Ushbu risolada adabiyotning
insonning manaviyat sarchashmasiga bo‘lgan chanqog‘ini qondiruvchi obihayot
ekanligi,   inson   ruhiyatining   turfa   qirralarini   turli   ranglarda   ko‘rsatuvchi   oyna
ekanligi   oddiy   kitobxonga   nihoyatda   tushunarli   bo‘lgan   xalqchil   tilda   bayon
etilgan. 
Risola 1997-yilda “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Risola
Erkin   Vohidov   ijodini   turli   tomonlama   aks   ettirishni   niyat   qilgan   holda   ushbu
jihatlar quyidagicha mavzularga bo‘linib tahlilga tortiladi:
-Erkin Vohidov she’riyatida folklor an’analari va inson tasviri;
-Erkin Vohidov she’riyatida Alisher Navoiy an’analari;
-Erkin Vohidov ijodining sara namunalari. 
Risolada   Erkin   Vohidov   she’rlaridagi   mavzu   va   g‘oya   ham   tahlilga
olingan.   Jumladan,   muallif   “O‘zbegim”   qasidasiga   ham   alohida   to‘xtalib   o‘tar
ekan,   shoir   qasidada   keltirib   o‘tilgan   har   bir   detal   bekorga   keltirilmagani,   har
biri   vatan   tarixidan   so‘zlashini,   har   bir   tarixiy   shaxs   yoxud   tarixiy   voqea
qasidaning ulug‘lik sari ildamlashiga, xalq tarixini chuqur aks ettirishga xizmat
qilganligini aytadi. 
Qasidaning   g‘oyaviy   jihatiga   to‘xtalar   ekan   quyidagilarni   aytib   o‘tadi:
“G‘oyaviylik   deganda   biz   asarning   grajdanlik   ruhi,   sermazmunligini   ham
tushunamiz. Quyidagi misralarda shaxsiy manfaat bilan ijtimoiy manfaati birikib
ketgan insonning grajdanlik tuyg‘ularini uqamiz:
  O‘zbegim deb keng jahonga
                                        Ne uchun madh etmayin!
72   O‘zligim bilmoqqa davrim
                                         Berdi imkon, o‘zbegim. 
Milliylik,   xalqchillik   tamoyili   shoir   ijodining   boshidan   poyonigacha   qizil
ipday ko‘zga tashlanib turadi”. 33
Faqatgina she’riyatimizda emas, balki butun bir ma’naviy hayotimizda ham
takrorlanmas   hodisa   bo‘lgan   bu   qasida   o‘zbek   millatini   o‘z-o‘ziga   hamda
o‘tmishiga yangi va nihoyatda o‘tkir nigoh bilan qarashni o‘rgatdi. Ushbu qasida
xalqimizning qalbidan joy olib, ma’naviy xazinasiga aylanib, hattoki, uzoq xorij
o‘lkalarida ham keng tarqaldi.
Bob bo‘yicha xulosalar:  
Shoir     she’riyatining   eng   sara   namunasi   bu   shubhasiz,   “O‘zbegim”
qasidasidir. Qasidani yaratishda insoniyat tarixi, vatan, xalq, millat yuksaklikka
ko‘tarilganda   janrlar,   davr   va   mavzu   talabiga   ko‘ra   ko‘tarinkilik   uslubiga
murojaat qilinadi va bu uslubdan mohirona foydalaniladi.
Mustaqillik sabab Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi shuhrati, qadr-
qimmati, yanada yuksalib, Respulikamizning  turli xil  gazeta va jurnallarida bir
necha   marta   qayta   nashr   etildi,   shoirning   shoh   asari   sifatida   e’tirof   etildi   va
e’zozlandi.
O‘zbek   adabiyotshunosligi   va   tanqidchiligida   shoir   ijodini   o‘rganish   va
tahlil   qilish   jarayonlarida   ushbu   qasidaga   ham   alohida   e’tibor     qaratila
boshlandi. 
 
33
  T.Sodiqova. El ustozim.Adabiy talqinlar. “Ma’naviyat”. T.:1997
73 XULOSA
Erkin   Vohidov   ijodiyoti   haqida   bildirilgan   fikrlar-u   yozilgan   kitoblar
haqida   ulardagi   tanqid   va   tahlillar   haqida   cheksiz   mulohaza   va   qiyoslashlar
keltirish mumkin, chunki yuqorida bir-necha marotaba ta’kidlaganimizdek Erkin
Vohidov ijodi bu bir cheksiz ummon bo‘lib, unga sho‘ng‘imoqni maqsad qilgan
har bir g‘avvos o‘z fikrlash doirasi, bilim chegarasiga ko‘ra ushbu ummonning
marvaridlaridan terib oladilar. 
1. Shoir   ijodining   tashrif   qog‘oziga   aylangan,   Erkin   Vohidov   deganda
beixtiyor   hayolimizga   keladigan   “O‘zbegim”   qasidasi   qancha   ta’rif-tavsif
qilinmasin,   uning   oxir   yo‘q.   Negaki,   bu   qasida   o‘zbek   xalqining   tarixi   kabi
buyuk,   kelajagi   kabi   porloq   qasidadir.   Mana   necha   yildirki   bu   qasida   o‘zbek
adabiy tanqidchiligining asosiy mavzularidan biri hisoblanadi. 
2. Ushbu   qasida   jahonda   ko‘p   sonli   xalqlar   elliktaligi   tarkibida   bo‘lgan
qadim   o‘zbek   xalqining   o‘tmishi,   uning   oliyjanobligi,   orzu-armonlari,
mustaqillikka   erishish   yo‘lidagi   jon   fidoliklari,   tinchlik   va   farovonlikni
muqaddas   sanab   doimo   uning   sari   intilgan   xalqni   o‘zida   aks   ettirgan,   nafaqat
o‘zbek   xalqi,   balki   millatidan   qat’iy   nazar   qalbida   insonparvarlik   ruhi   bo‘lgan
har   bir   inson   qalbiga   yo‘l   topa   bilgan   buyuk   asar   hisoblanadi.   Shu   bois   ushbu
asar   faqatgina   o‘zbek   adabiyoti,   o‘zbek   tanqidchiligidagina   emas   dunyo
adabiyotshunosligida ham katta qiziqishlar bilan o‘rganildi, tahlil qilindi. 
74 3. Erkin   Vohidovning   “O‘zbegim”   qasidasi   yaratilgan   dastlabki
yillardayoq   keng   jamoatchilik   tomonidan   katta   qiziqish   bilan   qarshi   olindi.
Qasida atrofida qizg‘in bahs-munozarali vaziyatlar avj oldi. 
4. Qasida   yaratilgan   60-yillardan   to   hozirgi   kunga   qadar   o‘zbek   adabiy
tanqidchiligi va adabiyotshunosligi diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Xususan   o‘zbek   tanqidchiligida   ushbu   asar   dastlab   O.   Sharafiddinov,   S.
Mamajonov,   N.   Shukurovlarning   bir   qancha   ilmiy   asarlarida   va   maqolalarida
tahlil  qilingan  bo‘lsa  keyinchalik  I. G‘ofurov, N.  Xudoyberganov, B.  Nazarov,
Y. Solijonov, N. SHukurov, U. Normatov, H. Boltaboyevlarning ilmiy asarlarida
qasidaning   muhim   xususiyatlari   ancha   keng   tahlil   qilingan   bo‘lsa,   so‘nggi
yillarda   esa   Z.   Mirzayeva,   T.   Sodiqova,   Sh.   Qurbon   asarlarida   ushbu   qasida
yana yangidan yangi qirralarini namoyon qilganligini kuzatishimiz mumkin. 
5. Taniqli   adabiyotshunoslarimiz   Erkin   Vohidov   “O‘zbegim”   qasidasi
orqali   “O‘zbegim”   so‘ziga   butunlay   yangi   ma’no   va   yangicha   ruh
bag‘ishlaganligini qayta-qayta e’tirof etdilar. 
6. Qasida   nihoyatda   chuqur   ijtimoiy-tarixiy   haqiqat,   orzu-armonlarni
anglatgan   “O‘zbegim”   so‘zi   xalqimizning   milliy   g‘ururi   va   qadryatiga
aylanganligini, millat tafakkurini oftob yanglig‘ yoritganlini yaqqol ko‘rsatdi. 
75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev   Sh.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston. NMIU, 2017. 46-b. 
2. Mirziyoyev   Sh.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. –Toshkent: O‘zbekiston. 2016. 66-b. 
3. Mirziyoyev   Sh.   Qonun   ustivorligi   va   inson   manfaatlarini   ta]minlash   –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent. O‘zbekiston.
2017. 48-b. 
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
4. Султон И. Адабиёт назарияси. . –Тошкент, “Ўқитувчи ”  , 2005. -410 б.
5. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. –Тошкент, “Шарқ ”  , 2004. -
382 б. 
6. Шарафиддинов   О.   Чўлпонни   англаш.   –Тошкент.   “ Ё зувчи ” ,     1994.   –
44 б
7. Қўшжонов   М.   Кўнгилда   қолиб   кетган   гаплар.   –Тошкент,
“Маънавият ” , 2006. – 27 б. 
8. Каримов   Н.   ХХ   аср   адабиёти   манзаралари.   Биринчи   китоб.   –
Тошкент, “Ўзбекистон ” , 2008. – 438 б. 
9. Тўйчиев   У.   Ўзбек   адабиётида   бадийлик.   –Тошкент,   “Янги   аср
авлоди”, 2011. – 508 б. 
76 10. Умуров Ҳ. Бадий ижод асослари. Дарслик. –Тошкент, “Ўзбекистон ”
, 2001. -120 б. 
11.   Умуров Ҳ. Сайланма. Биринчи жилд. Рисолалар. – Тошкент, “Фан» ,
2007. – 280 б. 
12.   Умуров   Ҳ.   Адабий   ижод   асослари.   Дарслик.   –   Самарқанд,   СамДУ
нашри, 2022. – 343 б. 
13.   Мирзаева З. ХХ Аср ўзбек адабиетининг Америкада ўрганилиши. –
Тошкент, “Фан”, 2011. – 184 б. 
14.   Каримов О. Янги ўзбек адабиёти тарихи. – Наманган,  2016. –136 б. 
15.   Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. Адабий ўйлар. – Тошкент, 2006. – 458 б. 
16.   Умиров С. Солланиб оқаётган дарё. – Тошкент, “Фан ” , 1992. – 54. 
17.   Ҳафизова   М.   Эркин   Воҳидов   ижоди   шакилланишида   Ғайратий
мактабининг ўрни. Ўзбек тили ва адабиёти. 2021. № 2 - б. 88-90. 
18. Ҳамдамов У. Бадий тафаккур тадрижи. – Тошкент, “Академнашр”,
– 180 б. 
19. Норматов У. Ижод сеҳри. – Тошкент, “Шарқ ” , 2007. – 352 б. 
20. Норматов У. Қодирий мўъжизаси. – Т. : “O‘zbekiston”, 2010.-230 б. 
21. Султон И. Адабиёт назарияси. –Тошкент, “Ўқитувчи”,1986. – 408 б. 
22. Назаров   Б.  ,  ва  бошқалар.   Ўзбек  адабий  танқиди  тарихи.   –Тошкент,
“Тафаккур қаноти” , 2012. – 396 б. 
23. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. – Tошкент,  Янги аср авлоди, 2006. – 548 б. 
24. Норматов   Б.   Сўз   сеҳри.   (Эркин   Воҳидов   ижодoа   чизгилар).   -
Тошкент,   “Ўзбекистон   миллий   энсиклопедияси”   давлат   илмий
нашриёти 2006. -92-б. 
25. Норматов У. Нафосат гурунглари. –Тошкент, “Муҳаррир” нашриёти,
2010. -390 б. 
26. Мирзаев С. Ҳаёт ва адабиёт. – Тошкент, “Шарқ”, 2001. – 304 б. 
27. Umurov.   H   Shoir   qismati   va   she’r   mehnati.   Samarqand,   SamDU   nashri,
2021. – 120 b. 
77 28. Qurbon   Sh.   Erkin   Vohidov   saboqlari.   Alisher   Navoiy   nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.T.: - 2016  132 b.
29. Абу Наср Фаробий. Шеър санъати. – Tошкент, “Маънавият”, 1999. –
140 б. 
30. Белинский В. Г Адабий орзулар. – Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги
Адабиёт ва санът нашриёти, 1977. – 328 б. 
31. Каримов   Н.   ХХ   аср   адабиёти   манзаралари.   Биринчи   китоб.   –
Тошкент, “Ўзбекистон ” , 2008. – 425 б. 
32. Мустақиллик   даври   адабиёти.   Адабий-танқидий   мақолалар,
бадиалар.   –Тошкент,   Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт   –   матбаа
ижодий уйи, 2006. – 288 б. 
III. Badiiy adabiyotlar:
33. Vohidov E.  “ O‘zbegim” . “Yangi asr avlodi”, 2019. 
34. То  
қуёш   сочгайки   нур   (Эркин   Воҳидов   ҳаёти   ва   ижоди
замондошлари нoоҳида). –Тошкент,  Ўзбекистон, 2016. – 326 б. 
35. Эркин Воҳидов барҳаёт. Инсон ўзинг. -“Ўзбекистон ”  НМИУ, 2022. 
36. Воҳидов Э. Сайланма. –Тошкент,  “Шарқ ” , 2001. – 161 б. 
37. Вохидов   Э.   Садоқатнома.   Сайланма.   Иккинчи   жилд.   –Тошкент,
Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986. – 340 б. 
38.   Воҳидов   Э.   Эрк   саодати.   Тўла   асарлар   тўплами.   VI   жилд.   -–
Тошкент,  2018. – 360 б. 
39. Вохидов Э. Суз латофати. Ўзбекистон, –Тошкент,  2014. – 280 б. 
40. Вохидов Э. Шоиру, шеъру шуур. Адабий уйлар. – Тошкент, 1987. –
120 б. 
41. Воҳидов   Э.   Муҳаббат.   –Тошкент,     Ғафур   Ғулом   номидаги   Адабиёт
ва санъат нашриёти, 1982. – 112 б. 
IV. Internet saytlari
1. adabiyot. com
2. ziyouz. uz
78 3. xabar. uz
79

“O‘ZBEGIM” ASARI VA UNING O‘ZBEK ADABIY TANQIDIDAGI TAHLILI MUNDARIJA KIRISH :… ………………………………………………………………………4 I BOB. ERKIN VOHIDOV IJODI VA ADABIY TANQIDIY QARASHLAR ………………………………………………………………… ..9 1. Ijodkor shaxsiyati va poetik munosabatlar talqini …………………………….9 1. 2. “Erkin Vohidov mangu barhayot” asarida shoir haqidagi adabiy qarashlar tahlili… …………………………………………………………………………19 II bob. SHOIR IJODIDA VATAN MAVZUSINING O‘RNI ……………...29 2.1. “O‘zbegim” qasidasining yaratilish tarixi. . ……………………………....29 2.2. “O‘zbegim” qasidasi tahlili . ………………………………………………38 III bob. “O‘ZBEGIM” QASIDASINING ADABIYOTSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI . ……………………………………………………………..53 3.1. “O‘zbegim” qasidasi va adabiy tanqidiy qarashlar talqini. ………………56 3.2. “O‘zbegim” qasidasiga oid tanqidiy qarashlarning qiyosiy tahlili………...61 XULOSA …………………………………………...………………………….73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………75 1

KIRISH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. “Erkin Vohidov jasur va shijoatli adib, chinakam millatparvar inson, ayni paytda o‘zbek xalqining, o‘zbek madaniyatining timsoli edi. Xalqimizning yuragidagi armon va dardlarini, uning quvonch va shukronasini o‘z ijodida yusak mahorat bilan ifoda etardi. O‘zingiz o‘ylang, o‘sha mustabid tuzum davrida “O‘zbegim” deya baralla aytish uchun qanday katta yurak, mardlik va jasorat kerak. O‘zining durdona asarlari bilan adabiyotimiz xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan, xalqimizning ma’naviy olamini, milliy g‘urur-iftixorini yuksaltirish yo‘lida unutilmas xizmat qilgan bu ulkan ijodkorni el-yurtimiz hamisha ehtirom bilan yodga oladi”. 1 XX asr zamonaviy o‘zbek adabiyotining yetakchi vakillaridan biri bo‘lgan buyuk ijodkor Erkin Vohidov ijodi o‘ziga xosligi va keng qamrovli ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Shoir ijod mahsullarining asosini tashkil etuvchi milliylik, odamiylik, tarixiylik, falsafiylik kabi kabi asriy g‘oyalar tamoyili beixtiyor kitobxonni mushohadaga chorlamay qolmaydi. Erkin Vohidov she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ko‘rinadiki, shoir she’rlarida o‘zini yozadi. Shoirning o‘zi ta’kidlaganidek “Ijod ahli o‘zi ishongan his-tuyg‘ularni yozsa, boshqalar ham ishonadi. Har qanday badiiy asar zamirida, garchand ijodkorning yozganlari ijtimoiylashgandek taassurot qoldirsa ham, uning ortidagi odam ulkan bir qalb egasi-muallif turgan bo‘ladi”. 2 Darhaqiqat, she’riyat, badiiy adabiyotdagi buyuk kuch bu uning ishontira olish xususiyatidir. O‘quvchisini o‘z olamiga olib kira olmagan asar haqiqiy asar 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-T.:"O‘zbekiston",2017.-46-bet. 2 B. Karim. Erkin Vohidov she’r va hayot haqida. Adabiy fikr javhari. www.kh-davron.uz 2

emas. Badiiy adabiyotdagi obrazlilik hodisasi ham aynan shunda namoyon bo‘ladi. Insonni, uning ma’naviy olamini kashf eta olish qudratiga ega badiiy adabiyot vositasida yoshlarda yuksak tuyg‘ularni shakllantirish mumkinki, bu o‘ta muhim vazifani badiiy adabiyot, xususan she’riyat amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamalakatimiz ziyolilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda be’jizga: “… adabiyot masalasi bu ma’naviyat masalasidir” - degan fikrni ilgari surmaganlar. Mustaqillik yillarida adabiy jarayonda shoir va yozuvchilarimiz hayoti va ijodini o‘rganish jarayonlari yangi bosqichga ko‘tarilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda yetakchi vazifa qilib holislikni taminlash masalasi olingan. El ardog‘idagi fidoyi, iste’dodli so‘z san’atkorlarini tanitish, ibrat qilib ko‘rsatish, ijod namunalarini tahlil-u talqin qilish orqali ular shaxsiyatiga o‘quvchini yaqinlashtirsh, fazilatlari va o‘ziga xos tafakkur tarzini, ruhiyatini anglatish, har bir ijodkorning betakror badiiy olami, e’tiqodi, dunyoqarashi mohiyatini, kechinma hamda tuyg‘ular zamiridagi ma’nolarni tushunishga ko‘maklashishi eng samarali yo‘l ekanligi o‘z isbotini topa bormoqda. Mazkur magistrlik dissertatsiyasida O‘zbekiston Qahramoni, buyuk shoir Erkin Vohidovdek el hurmatiga sazovor bo‘lgan ulug‘ istedod sohibining ijodiyoti va “O‘zbegim” qasidasida ilgari surilgan g‘oyalar, vataninmiz tarixini haqqoniy yoritish masalalari, bugungi o‘zbek tanqidchiligidagi tahlili, o‘rganilishi haqida so‘z boradi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ishdan kuzatiladigan asosiy maqsad Erkin Vohidov ijodida vatan mavzusining tutgan o‘rni, “O‘zbegim” qasidasining badiiy tahlili, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘rni, tanqidiy tahliliga oid fikrlardagi umumiy va o‘ziga xos jihatlarni aniqlash hamda tahlilga tortishdan iborat. Bundan tashqari, ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni yuzaga chiqarishni taqazo qiladi. -Erkin Vohidov ijodiyotida asosiy o‘rini egallagan mavzular ko‘lami; 3

-“O‘zbegim” qasidasi haqida muallifning qarashlari; -Ijodkorning “O‘zbegim” qasidasi atrofidagi adabiy tanqidiy mulohazalar haqida fikr yuritish va tahlilga tortish. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Erkin Vohidov ijodini o‘rganish, uni tahlil qilish masalalari haqida aynan Erkin Vohidovga atab adabiyotshunos olim Rahmatilla Inog‘omovning “Shoirlik qismati” nomli kitobi 1999-yilda “Unversitet” nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Ushbu kitobda Erkin Vohidovning shoir, inson bo‘lib shakllanishi jarayoni va shoir ijodi haqida adabiyotshunoslikka ma’lum bo‘lmagan ko‘plab ma’lumotlar o‘rin olgan. Ushbu kitobning biz tadqiq qilishni maqsad qilgan “O‘zbegim” qasidasiga oid tahlillarni o‘rganishda o‘rni nihoyatda beqiyosdir, chunki, “O‘zbegim” qasidasining dunyoga kelishi haqida nihoyatda qimmatli fikrlar keltirilgan. Erkin Vohidovning ijodini, ayniqsa adabiy-estetik fikrlarini o‘rganishda ijodkorga atab yozilgan maqolalarning saralarini to‘plab zamondoshlari kitob holiga keltirganlar. Bu kitob – “To quyosh sochgayki nur” (Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida) nomi ostida 2018-yilda chop etilgan. Uning tarkibiga kiritilgan No‘mon Rahimjonovning “Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlariga doir”, Hamid Ziyoyevning “Qalblarga nur sochgan “O‘zbegim”, Matyoqub Qo‘shjonovning “Men-o‘zbek o‘g‘loniman”, Bahodir Karimovning “Adabiy fikr javhari”, Ozod Sharafiddinovning “El ustozim, men esa tolib” va boshqa ko‘plab maqolalarda ijodkorning adabiy-estetik mulohazalari o‘rganilgan, “O‘zbegim” qasidasining yaratilishi va uning atrofidagi fikrlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, 2022-yilda “To quyosh sochgayki nur” to‘plamining mantiqiy davomi sifatida “Erkin Vohidov barhayot” nomli maqolalar, xotiralar va izhorlar to‘plami nashr etildi. Kitobda Erkin Vohidov ijodi, uning avvalo inson sifatidagi xarakteri, ijodidagi o‘ziga xosliklar, shu bilan birgalikda “O‘zbegim” qasidasiga oid ayrim tanqidiy-tahlily qarashlarga ma’lum darajada to‘xtalib o‘tilgan. Biz ham ijodkorning “O‘zbegim” qasidasi atrofdagi adabiy-tanqidiy qarashlari ustida fikr yuritishga, 4

ijodiy jarayonni tushunish, anglash, his etish murakkabliklari haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Tadqiqotning metodologik asosi va metodi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosini “O‘zbegim” qasidasi atrofidagi adabiy- tanqidiy qarashlar, she’r, shoirlik, adabiyot, adabiyotshunoslik muammolarini o‘rganish va adabiy-tanqidiy qarashlariga tayangan holda tahlil qilish tashkil etadi. Mavzuni yoritish jarayonida tadqiqotda badiiy tahlil, qiyosiy-tipologik va tarixiy-qiyosiy metodlardan o‘rni bilan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. XX va XXI asr adabiyotshunosligida Erkin Vohidovning o‘ziga xos o‘rni mavjudligini ko‘rsatib berish bilan bir qatorida, ijodkorning shoh asari hisoblanmish “O‘zbegim” qasidasining o‘zbek adabiy tanqidchiligidagi tahlili, qasida atrofida bildirilgan fikrlar, tahlil va tanqidlardagi umumiylik hamda o‘ziga xosliklarni aniqlash, qasidaning adabiy- estetik jihatlarini tahlil qilish jarayonida yozuvchi va davr munosabatlariga hamda badiiy ijod namunasi yaratish jarayonidagi ijodiy hissiyotlarni yuzaga chiqarishdan iboratdir. Bundan tashqari, Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasiga nisbatan sho‘ro tuzumi davridagi yondashuvlar va mustaqillik davri adabiy jarayonida qasida tahliliga yondashuvlardagi tafovutlar, qasidaning asl mazmun mohiyatini o‘quvchiga to‘g‘ri ma’noda yetkazish masalalari yuzasida olib borilgan ishlar haqida ham atroflicha fikr yuritiladi. Bu borada qasida haqida yozilgan maqola va tahlilllar asos vazifasini o‘taydi. Qasida haqida muallifning o‘z fikrlari, uning dunyoga kelish sababi va qasida yartilgandan keyingi davrda shoir ijodida bo‘lgan tub burilishlar haqida ham so‘z boradi. Bunda shoirning o‘zi bilan zamondosh bo‘lgan ijodkorlar va ularning badiiy asarlarida qasida haqidagi mulohazalariga munosabat bildirish orqali shoirning mahorati va iste’dodining ma’lum bir qirralarini yoritish imkonini beradi. Qasida haqidagi adabiy-tanqidiy qarashlarda she’r, she’riyat, shoirlik iste’dodi, adabiyot va adabiyotshunoslik muammolari, Erkin Vohidov ijodining bosh mavzusi hisoblangan vatanparvarlik ruhi haqidagi qarashlari yetakchilik 5