logo

O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari tashkil etish va Faoliyatining Tamoyillari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

418.916015625 KB
O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari tashkil etish va
Faoliyatining Tamoyillari
Reja:
1                 Prokuratura organlarining tizimi va faoliyati to’g’risida umumiy 
tushunchalari.
2                 Prokuror nazorati va     nazorat hujjatlari.
3                 Prokuratura organlari xodimlarining faoliyati.
  1.Prokuratura organlarining	 tizimi	 va	 faoliyati	 to’g’risida
tushunchalari
        Talabalarning   mazkur
tushunchalarni   yaxshi   o’zlashtirib
olishlari   juda   ham   muhimdir,   zero,
ularsiz     o’rganayotgan   mavzuni   to’la
va aniq tasavvur qilish qiyin. Prokuror
O’zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi   bergan                 vakolatlarga   muvofiq   Vazirliklar,   davlat
qo’mitalari,   idoralar,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar,   hokimlar   va
boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarning
aniq   va  bir   xilda   bajarilishini   nazorat   qiluvchi   prokuraturaning   mansabdor
xodimi.   Prokurorning   vakolatlari   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitusiyasi,   Prokuratura   to’g’risidagi   qonuni   bilan
aniqlanadi.Konstitusiyaga   muvofiq   O’zbekiston   Respublikasi   hududida
qonunlarning   aniq   va   bir   xilda   bajarilishi   ustidan   nazoratni   O’zbekiston
Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalga
oshiradi.   O’zbekiston   Respublikasining   Bosh   prokurori   va   uning
o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimdan ozod etish to’g’risidagi
farmonlarni   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Senati   mutloq
vakolati   hisoblanadi.     O’zbekiston   Respublikasida   prokurorlar   besh   yil
muddatga   sayinlanadilar.         Qoraqalpog’iston   Respublikasining   Prokurori
O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurori   bilan   kelishilgan   holda
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Oliy   vakillik   organi   -   Juqorg’i   Kengesi
tomonidan   tayinlanadi.   Toshkent   shahri   va   viloyatlarning   prokurorlari,
tuman   va   shahar   prokurorlari   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurori tomonidan   tayinlanadi.   Prokurorlar   o’z   vakolatlari   davrida   siyosiy
partiyalarga   va   siyosiy   maqsadlarni   ko’zlovchi   boshqa   jamoat
birlashmalariga a’zolikni to’xtatib turadilar.
        O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurori   O’zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasiga   muvofiq   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Senatiga   hisob   beradi.
O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurori   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentiga   qonuniylik   hamda   jinoyatchilikka   qarshi   kurashning   holati
to’g’risida muntazam ravishda, o’ta og’ir jinoyatlar va favqulodda   hodisalar
bo’yicha   esa   zudlik   bilan,   shuningdek,   prokuratura   organlari   amalga
oshirgan  ishlar  to’g’risida   har  olti  oyda  axborot  taqdim   etadi.  O’zbekiston
Respublikasi   Bosh   prokurori   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   va
Senatiga har besh yilda kamida bir marta o’z faoliyati haqida hisob beradi.
        Prokuratura   tushunchasi   O’zbekiston   Respublikasining   yangi   tahrirdagi
(2001   y.)   “Prokuratura   to’g’risida"gi   qonunida   berilgan,   unga   muvofiq
prokuratura   yagona   markazlashtirilgan   tizimga   ega   bo’lgan   hamda
O’zbekiston   Respublikasi   hududida   qonunlarning   aniq   va   bir   xilda
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan organ hisoblanadi.
        Prokuratura   so’zi   lotincha   "procuro"   so’zidan   kelib   chiqqan   bo’lib,   u
“g’amxo’rlik qilaman”, “boshqaraman” degan lug’aviy ma’noni anglatadi.
        O’zbekiston   Respublikasi   prokuratura   organlariga   Respublika
prokuraturasi,   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   prokuraturasi,   viloyatlar,
Toshkent   shahar   prokuraturasi,   tumanlar,   tumanlararo   va   shahar
prokuraturalari,   viloyat   prokuraturalariga   tenglashtirilgan   (O’zbekiston
Harbiy   prokuraturasi,   O’zbekiston   transport   prokuraturasi),   shuningdek, tuman   prokuraturasiga   tenglashtirilgan   (Harbiy   okruglar,   hududiy   harbiy,
transport va   ixtisoslashtirilgan) prokuraturalar kiradi.
        O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   XXIV   bobining   118-121
moddalariga   ko’ra,   prokuratura   organlarini   tashkil   qilish,   ularning
vakolatlari va faoliyatlarini ko’rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
O’zbekiston   Respublikasi   prokuratura   organlari   tizimi   yangi
tahrirdagi   “Prokuratura   to’g’risida”gi   qonunning   "Prokuratura   organlari
tizimi" deb atalgan 10-moddasida aniq ko’rsatilgan. Unga ko’ra prokuratura
organlari   tizimi   quyidagilardan   iborat:   O’zbekiston   Respublikasi
Prokuraturasi,   Qoraqalpog’iston   Respublikasi,   viloyatlar,   Toshkent   shahar
prokuraturalari,   tumanlar,   shaharlar   prokuraturalari   hamda   tuman
prokuraturalariga   tenglashtiriladigan   tumanlararo   prokuraturalar,   viloyat
prokuraturasiga   tenglashtirilgan   O’zbekiston   Harbiy   prokuraturasi,
O’zbekiston   transport   prokuraturasi,   tuman   prokuraturalariga
tenglashtirilgan   harbiy   okruglar,   hududiy,   harbiy,   transport   va
ixtisoslashtirilgan prokuraturalar shular jumlasidandir.
2.       Prokuror nazorati	 va	 nazorat	 hujjatlari
          Ushbu savolni o’rganib chiqishda talabalar yangi tahrirdagi "Prokuratura
to’g’risida”gi   qonunning   "Prokuror   nazorati"   deb   nomlangan   uchinchi
bo’limi bilan tanishib chiqsalar maqsadga muvofiq bo’lardi, deb o’ylaymiz.
Mazkur   qonunda   ta’kidlanishicha,   Vazirliklar,   davlat   qo’mitalari,   idoralar,
korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar,   harbiy   qismlar,   harbiy   idoralar,
Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan tarmoq   bo’linmalari, hokimlar
va   boshqa   mansabdor   shaxslar,   shuningdek,   fuqarolar   tomonidan qonunlarning   ijro   etilishi   prokuror   umumiy   nazoratining   predmeti
hisoblanadi.
        Prokuror   tomonidan   qonunlar
ijrosini   tekshirish   qonuniylik
buzilganligi   to’g’risidagi   arizalar
va   boshqa   xabarlar   bo’yicha,
asoslar   mavjud   bo’lganda   esa
prokurorning   shaxsiy   tashabbusi
bilan   o’tkaziladi.   Prokuror
qonunlarni   ijro   etilishi   ustidan   nazoratni   amalga   oshirish   jarayonida   unga
qonunda   (21-modda)   o’ziga   berilgan   vakolatlardan   foydalanadi.   Prokuror
jinoyatchilikka   qarshi   kurashni   amalga   oshiruvchi   organlar   tomonidan
qonunlarning ijro qilinishi ustidan ham nazorat o’rnatadi. Bunda jinoyatlar
to’g’risidagi   arizalar   va   xabarlarni   ko’rib   chiqish   hamda   hal   qilish   va
tergovni   olib   borishning   qonun   hujjatlarida   belgilangan   prosessual   tartibi,
qabul   qilinayotgan   qarorlarning   qonuniyligi,   shuningdek,   jinoyatchilikka
qarshi kurashga qaratilgan boshqa qonunlarning bajarilishi nazorat predmeti
bo’ladi.   Bundan   tashqari,   ushlab   turilganlarni,   qamoqqa   olinganlarni
saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini
ijro etish chog’ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan ham prokuror nazorati
olib boriladi. Bunda nazorat predmetini quyidagilar tashkil etadi:
            -ushlab   turilganlarni,   qamoqqa   olinganlarni   saqlash   joylarida,   jinoiy
jazolar   va   boshqa   jinoyat   huquqiy   ta’sir   choralarini   ijro   etuvchi
muassasalarda shaxslarni saqlashning qonuniyligi;             -ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni  saqlash, jinoiy jazolarni va
boshqa   jinoyat   huquqiy   ta’sir   choralarini   ijro   qilish   tartibi   va   sharoitlari
haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi;
            -ushlab   turilganlar,   qamoqqa   olinganlar,   mahkumlar,   shuningdek,
boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralari qo’llanilgan shaxslarning qonunda 
belgilangan   huquqlari   va   majburiyatlariga   rioya   etilishining
ta’minlanganligi;
-jinoyat ijroiya qonun hujjatlarini qo’llayotgan organ va muassasalar,
mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi.
        Talabalar   prokuror   nazorati   hujjatlariga   alohida   e’tibor   berishlari,
ularning   qanday   rasmiylashtirilishini   yaxshi   bilib   olishlari   kerak.   Prokuror
nazorati   hujjatlariga   protest,   qaror,   taqdimnoma,     ariza   va     ogohnomalar
kiradi.
        Prokuror   qonunga   zid   bo’lgan   normativ   hujjatga   nisbatan   ana   shu
hujjatni   chiqargan   organga   yoki   uning   yuqori   organiga   protest   keltiradi.
Mansabdor   shaxsning   qonuniy   qaroriga   nisbatan   ham   xuddi   shunday
tartibda   protest   keltiriladi.   Prokuror   mansabdor   shaxs   yoki   fuqaro
tomonidan   sodir   etilgan   qonunbuzarlikning       xususiyatiga   qarab   jinoyat
ishi,   ma’muriy   yoki   intizomiy   javobgarlik   to’g’risida   ish   qo’zg’atish
haqida   qaror   qabul   qiladi.   Prokuror   qonunda   nazarda   tutilgan   boshqa
hollarda ham qaror chiqaradi.
        Prokuror   qonunning   buzilishiga,   ana   shu   qonunbuzarliklarning   kelib
chiqish   sabablari   va   bularga   imkoniyat   yaratgan   shart-sharoitlarga   barham
berish to’g’risida qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega bo’lgan organga yoki mansabdor shaxsga   taqdimnoma   kiritadi. Prokuror fuqarolar,
huquqiy   shaxslar   va   davlatning   qonun   bilan   qo’riqlanadigan   huquq   va
manfaatlarini   himoya   qilish   uchun   sudga   ariza   bilan   murojaat   qilish
huquqiga ega.
        Prokuror   fuqarolar,   huquqiy   shaxslar   va   davlatning   qonun   bilan
qo’riqlanadigan   huquqlari   va   manfaatlariga   zarar   yetkazishi   mumkin
bo’lgan   g’ayriqonuniy   hatti-harakatlar   tayyorlanayotganligi   haqida   aniq
ma’lumotga   ega   bo’lganida   huquqbuzarlikning   oldini   olish   maqsadida
mansabdor   shaxslar   va   fuqarolarga   qonunbuzarlikka   yo’l   qo’yilib
bo’lmasligi  haqida yozma   ogohnoma   bildiradi,  ularga huquqbuzarlik  sodir
etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikni tushuntiradi.
3. Prokuratura	 organlarining	 xodimlari	 faoliyati
        Talabalar     avvalo prokuratura
organlarida   lavozimga
tayinlananadigan   shaxslarga
insbatan   qo’yiladigan   talablarni
yaqqol   tasavvur   qila   olishlari
lozim.   Ular   yangi   tahrirdagi
“Prokuratura   to’g’risida”gi
qonunning,   VI   bo’lim,   43-
moddasida   sanab   o’tilgan.
Shunga   ko’ra,   prokuratura
organlarida   prokuror,   tergovchi
va stajyor lavozimiga oliy huquqiy ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari
bo’lgan,   sog’ligiga   ko’ra   zimmalariga   yuklanadigan   xizmat   vazifalarini
bajarishga qodir fuqarolar tayinlanadilar. Prokuror va tergovchi lavozimiga
birinchi   marta   tayinlanayotgan   shaxslar   qasamyod   qabul   qiladilar.
Qasamyod   matni   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan
tasdiqlanadi va u quyidagicha “O’z xizmat vazifalarimni halol va vijdonan
bajarishga,   qonun   buzilishiga   qarshi   murosasiz   ravishda   kurashishga,
fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod
qilaman”   (44-modda).         O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurori,
Qoraqalpog’iston         Respublikasi,   Toshkent   shahar   va   viloyatlar,   shahar, tumanlar       prokurorlari   va   ularga   tenglashtirilgan   prokurorlar
lavozimiga         yigirma besh yoshdan kichik bo’lmagan shaxslar tayinlanadi.
  Prokuratura   organlarining   xodimlari   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh
prokurori   belgilaydigan   tartibda   attestasiyadan   o’tishlari     lozim.
Prokuratura   organlari   xodimlari   ilmiy,   pedagogik   va   ijodiy   faoliyatdan
tashqari   haq   to’lanadigan   boshqa   biron-bir   faoliyat   turi   bilan
shug’ullanishlari  mumkin  emas. Prokuratura organlari  xodimlariga  egallab
turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq mansab darajalar yoki harbiy
unvonlar,   mansab   darajalari   berish   va   ulardan   mahrum   etish   tartibi   Oliy
Majlis   tomonidan   tasdiqlanadigan   O’zbekiston   Respublikasi   prokuraturasi
organlarida   xizmat   o’tash   tartibi   to’g’risidagi   Nizom   bilan
belgilanadi.   Prokuratura   organlari   xodimlari   davlat   himoyasida   bo’ladilar
va xizmat  daxlsizligiga  egadirlar.  Prokuratura  organlari  xodimiga  nisbatan
jinoiy ishini qo’zg’atish va tergov olib borish yuqori turuvchi prokurorning
roziligi   bilan   amalga   oshiriladi   va   bu   prokuratura   organlarining   mutloq
vakolati   hisoblanadi.   Prokurorlar   va   tergovchilar   qonun   hujjatlarida
belgilangan tartibda o’qotar qurol hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari
olib   yurish   huquqiga   ega.       Prokuratura   organlari   xodimlarining   ish   haqi
mansab maoshidan, mansab darajalari (harbiy unvonlar), ko’p yillik xizmati
uchun   to’lanadigan   ustama   haqlardan   iborat   bo’ladi.   Mansab   darajalariga
ega   bo’lgan   prokuratura   xodimlari   belgilangan   me’yorlar   bo’yicha   bepul
xizmat   kiyimi   bilan   ta’minlanadilar.Prokuratura   organlari   xodimlariga   har
yili   muddati   bir   oydan   iborat   haq   to’lanadigan   ta’til   beriladi,   shuningdek,
o’n   besh   yildan   ko’proq   ish   stajiga   ega   bo’lganlarga   qo’shimcha   (5
kalendar kun), yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo’lganlarga esa o’n
kalendar   kun   qo’shimcha   ta’til   beriladi.   Prokuratura   organlari   xodimlarini hamda   ularning   oila   a’zolarini   ijtimoiy   himoyalash   choralari   ham
talabalarda muayyan qiziqish uyg’otishi mumkin. Bunday holda ular yangi
tahrirdagi   “Prokuratura   to’g’risida”gi   qonunning   50-51-moddasi   bilan
tanishib chiqishlari maslahat beriladi.       Prokuratura organlari xodimlarining
hayoti   va   sog’ligi   davlat   himoyasida   bo’ladi   va   respublika   byudjeti
mablag’lari   hisobidan   davlat   tomonidan   majburiy   tartibda   sug’urtalanadi.
Bunda   davlat   sug’urta   organlari   sug’urta   summalarini   to’laydi.   Sug’urta
O’zbekiston   Respublikasining   Mehnat   Kodeksi   194-moddasining   ikkinchi
qismida nazarda tutilgan holda to’lanadi. Asosiy adabiyotlar
  1.           Karimov	
 I.A.   “Adolat – qonun ustuvorligida”.   2001 yil 30- avgust.
2.Karimov	
 I.A.   Inson,   uning   huquqlari   va   erkinliklari,   manfaatlari   –   oliy
qadriyat.   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   qabul   qilinganligining
13   yilligiga   bag’ishlangan   tantanali   marosimda   qilgan   ma’ruzasi.   Xalq
so’zi. 10- dekabr, 2005.
3.Karimov
 	I.A.   Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch.   Toshkent.:
Ma’naviyat, 2008.
                                                                        Qo’shimcha	
 adabiyotlar
  5. Mirenskiy	
 V.A.     Pravooxranitelnыye   organы   Respubliki   Uzbekistan .
dlya yuridicheskix   vuzov.     - T:, Adolat, 1998,   str . 5-20.
  6.R ustambayev	
 	M.X.,	 	Nikiforova	 	Ya.N.   .   “ Pravooxranitelnыye
organы.   Uchebnik                     - T:, 2003.  
  7.Qodirov	
 R .”Fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   himoya   qilish-   sud-
huquq islohatlarining bosh maqsadi”.\\Xalq so’zi. 6-mart, 2009.

O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari tashkil etish va Faoliyatining Tamoyillari Reja: 1 Prokuratura organlarining tizimi va faoliyati to’g’risida umumiy tushunchalari. 2 Prokuror nazorati va nazorat hujjatlari. 3 Prokuratura organlari xodimlarining faoliyati.  

1.Prokuratura organlarining  tizimi  va  faoliyati  to’g’risida tushunchalari Talabalarning mazkur tushunchalarni yaxshi o’zlashtirib olishlari juda ham muhimdir, zero, ularsiz o’rganayotgan mavzuni to’la va aniq tasavvur qilish qiyin. Prokuror O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bergan vakolatlarga muvofiq Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qiluvchi prokuraturaning mansabdor xodimi. Prokurorning vakolatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Prokuratura to’g’risidagi qonuni bilan aniqlanadi.Konstitusiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimdan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutloq vakolati hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida prokurorlar besh yil muddatga sayinlanadilar. Qoraqalpog’iston Respublikasining Prokurori O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy vakillik organi - Juqorg’i Kengesi tomonidan tayinlanadi. Toshkent shahri va viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

tomonidan tayinlanadi. Prokurorlar o’z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko’zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to’xtatib turadilar. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisob beradi. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to’g’risida muntazam ravishda, o’ta og’ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar bo’yicha esa zudlik bilan, shuningdek, prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to’g’risida har olti oyda axborot taqdim etadi. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Senatiga har besh yilda kamida bir marta o’z faoliyati haqida hisob beradi. Prokuratura tushunchasi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi (2001 y.) “Prokuratura to’g’risida"gi qonunida berilgan, unga muvofiq prokuratura yagona markazlashtirilgan tizimga ega bo’lgan hamda O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan organ hisoblanadi. Prokuratura so’zi lotincha "procuro" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u “g’amxo’rlik qilaman”, “boshqaraman” degan lug’aviy ma’noni anglatadi. O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga Respublika prokuraturasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturasi, tumanlar, tumanlararo va shahar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan (O’zbekiston Harbiy prokuraturasi, O’zbekiston transport prokuraturasi), shuningdek,

tuman prokuraturasiga tenglashtirilgan (Harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan) prokuraturalar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XXIV bobining 118-121 moddalariga ko’ra, prokuratura organlarini tashkil qilish, ularning vakolatlari va faoliyatlarini ko’rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimi yangi tahrirdagi “Prokuratura to’g’risida”gi qonunning "Prokuratura organlari tizimi" deb atalgan 10-moddasida aniq ko’rsatilgan. Unga ko’ra prokuratura organlari tizimi quyidagilardan iborat: O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari, tumanlar, shaharlar prokuraturalari hamda tuman prokuraturalariga tenglashtiriladigan tumanlararo prokuraturalar, viloyat prokuraturasiga tenglashtirilgan O’zbekiston Harbiy prokuraturasi, O’zbekiston transport prokuraturasi, tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy, harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar shular jumlasidandir. 2.       Prokuror nazorati  va  nazorat  hujjatlari Ushbu savolni o’rganib chiqishda talabalar yangi tahrirdagi "Prokuratura to’g’risida”gi qonunning "Prokuror nazorati" deb nomlangan uchinchi bo’limi bilan tanishib chiqsalar maqsadga muvofiq bo’lardi, deb o’ylaymiz. Mazkur qonunda ta’kidlanishicha, Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar, harbiy idoralar, Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan tarmoq bo’linmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan

qonunlarning ijro etilishi prokuror umumiy nazoratining predmeti hisoblanadi. Prokuror tomonidan qonunlar ijrosini tekshirish qonuniylik buzilganligi to’g’risidagi arizalar va boshqa xabarlar bo’yicha, asoslar mavjud bo’lganda esa prokurorning shaxsiy tashabbusi bilan o’tkaziladi. Prokuror qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida unga qonunda (21-modda) o’ziga berilgan vakolatlardan foydalanadi. Prokuror jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunlarning ijro qilinishi ustidan ham nazorat o’rnatadi. Bunda jinoyatlar to’g’risidagi arizalar va xabarlarni ko’rib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonun hujjatlarida belgilangan prosessual tartibi, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan boshqa qonunlarning bajarilishi nazorat predmeti bo’ladi. Bundan tashqari, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini ijro etish chog’ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan ham prokuror nazorati olib boriladi. Bunda nazorat predmetini quyidagilar tashkil etadi: -ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslarni saqlashning qonuniyligi;