logo

O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR MASALASI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

126.5224609375 KB
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………
I   BOB.   O‘ZBEKISTON   XOTIN-QIZLAR   MASALASINI   HAL
QILISHNING DAVLAT SIYOSATI
I.1. Mustaqillik yillarida xotin-qizlar masalasining konseptual asoslari………..
I.2.   Yangi   O‘zbekistonda   xotin-qizlar   jamiyat   rivojining   asosiy
tayanchi……………
II   BOB.   O‘ZBEKISTON   ZAMONAVIY   TA’LIM   TARAQQIYOTIDA
XOTIN-QIZLAR
II.1. Ta’lim tizimi bosqichlarida xotin-qizlar ta’lim masalasi
II.2. Ta’lim tizimini xotin-qizlar kadrlar bilan ta’minlash masalasi 
III   BOB.   O‘ZBEKISTON   MADANIY   HAYOTIDA   XOTIN-QIZLARNING
TUTGAN O‘RNI
III.1.   Xotin-qizlarning   o‘quv   jarayonini   tashkil   etishning   ijtimoiy-pedagogik   va
amaliy ahamiyati
III.2. O‘quv jarayonini tashkil etishda samarali texnologiyalar
IV. XULOSA.
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. KIRISH
Hozirgi   vaqtda   O‘zbekiston   Respublikasi   demokratik   jamiyat   va   huquqiy
davlat   qurish   yo‘lidan   jadallik   bilan   bormoqda.   Har   qanday   davlatning   tarixiy
taraqqiyot   yo‘lidan   ma’lumki,   yurtning   jadal   rivojlanishi,   muayyan   yutuqlarga
erishishi,   xalqning   farovon   bo‘lishi,   o‘sha   davlatda   yoshlar   ta’lim   tarbiyasiga   va
kelajagiga beriladigan e’tiborga bog’liq, albatta.
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi, yuksalishi farzandlarimiz qanday
inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz- yoshlarning
o‘z   salohiyatini   namoyon   qilish   uchun   zarur   shart-sharoitlar   yaratishdan   iborat” 1
-
deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida
ayollarga   ham   e’tibor   qaratilmoqda.   Xotin-qizlar   barcha   sohalarda   shu   jumladan
ta’lim  sohasida  ham   o‘z  qobilyatlarini   ko‘rsatib  kelmoqdalar.  Yaxshi   ta’lim  olish
mamlakatda barcha sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy
tiklanishdan milliy yuksalish sari ulkan marralar bosib o‘tgan davlatimiz o‘zining
taraqqiyot   yo‘lini   belgilab   olgandir.   Ya’ni   mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq
mamlakatimiz   demokratik,   huquqiy   davlat   va   adolatli   fuqarolik   jamiyatini   barpo
etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunda O‘zbekiston uchun davlat
va jamiyat qurish tizimida yoshlar  va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini  oshirish,
jamiyatimizda   ayollar   faoliyatini   takomillashtirish,   davlat   boshqaruvidagi
faoliyatini   qo‘llab-quvvatlash  va  xotin-qizlar  uchun  yetarli  barcha  shart-sharoitlar
yaratish   masalasi   barpo   etilmoqda   va   bu   borada   ko‘plab   amaliy   ishlar   amalga
oshirilmoqda. Ma’lumki, har bir davlatning taraqqiyoti va kelajagi xotin-qizlar va
yoshlarning   bilim   va   intellektual   salohiyati,   ijtimoiy-siyosiy   faolligi,   jismoniy   va
ma’naviy   yetukligi   bilan   bog’liq.   Xalqimizning   asosiy   maqsadlaridan   biri
insonparvar,   demokratik,   huquqiy   davlat   barpo   etish   ekani   O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaning muqaddimasida ham alohida ta’kidlangan. So‘nggi
yillarda   mamlakatimizda   xotin-qizlarning   yangicha   yondashuvlar,   g’oya   va
tashabbuslar,   islohotlar,   innovatsiyalar,   siyosiy   jarayonlarda   faol   ishtirokini,
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   BMT   Bosh   Assambliyasining   72-sessiyasida
so‘zlagan nutqidan.  https://gazeta.uz     faolligini   qo‘llab-quvvatlash   kabi   izchil   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Chunki   har
qanday   jamiyat   va   davlatning   vatanparvarlik,   adolatparvarlik   darajasi   uning
ayollarga   bo‘lgan   munosabati   va   g’amxo‘rligida   namoyon   bo‘ladi.   “Xotin-
qizlarning   tengligi   insoniyatning   tarixiy   yutuqlaridan   biridir.   Ayollar   millat
genofondini   shakllantiruvchi   asosiy   manbagina   emas,   balki   iqtisodiyotda   katta
mehnat resursi hamda millat an’analarining davomchisidir” 2
. 
Umuman   olganda,   bugungi   kundagi   yuksak   ma’naviyatli   ayollarning
ijtimoiy faolligini shakllantiradigan omillar quyidagilar bilan belgilanadi:
- ayollarning barkamol avlodni tarbiyalashdagi ijtimoiy faolligi ularning nechog’li
OAVdan xabardorligi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bo‘lgan munosabati;
-   kasbiy   layoqatligi,   ya’ni   u   yoki   bu   kasb   egasi   ekanligi   va   uni   puxta   egallab,
barkamol   avlod   tarbiyasi   bilan   uyg’unlashtirishi   hamda   yoshlarning   bilim,
ko‘nikma va tajribasini shakllantirishdagi o‘rni bilan belgilanishi;
-   milliy   va   umumbashariy   qadriyatlarni   uyg’unlashtirgan   holda   urf-odat   va
an’analarimizga   bo‘lgan   hurmati,   sharqona   mentalitet   va   sharqona   ayol   tabiatini
shakllantirilganligi;
-   bugungi   globallashuv   jarayonida   har   qanday   ma’naviy   tahdid   va   tajovuzlarga
qarshi   mustahkam   iroda,   yuksak   ma’naviyat   va   chuqur   bilimga   ega   bo‘lgan
barkamol   avlodni   tarbiyashga   hissa   qo‘shish   uchun   xotin-qizlarning   o‘z   ustida
tinmay ishlashi, ilm-fan yangiliklaridan xabardorligi va boshqalar 3
.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsad   va   vazifalari:   Belgilangan   asosiy
maqsad   O‘zbekistonda   xotin-qizlarning   ta’lim   tarbiyaga   qo‘shgan   hissasini   va
xotin-qizlarga   doir   mamlakatimizda   amalga   oshirilgan   islohotlarni   yoritib   berish
asosiy maqsaddir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda mavzuni umumiy o‘rganish
uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   birinchi   bobida   O‘zbekistonda   xotin-qizlar
masalasini   hal   qilishning   konseptual   asoslari,   mustaqillikdan   keyingi   va   Yangi
O‘zbekiston davrlarida xotin-qizlarga oid amalga oshirilgan ishlar, ya’ni, qarorlar,
farmonlar, islohotlar tahlil qilinadi va yoritiladi.
2
 Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti. – Buxoro, 2015. №1. –B.125. 
3
 S.Djasaova. Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi. Tafakkur qanoti. Toshkent. 2014.  B.84. Mavzuning   ikkinchi   bobida   O‘zbekiston   zamonaviy   ta’lim   taraqqiyotida
xotin-qizlarning o‘rni va roli haqida ma’lumot beriladi. 
Uchinchi   bobida   esa,   O‘zbekistonning   madaniy   hayotida   xotin-qizlarning
tutgan o‘rni va xususiyatlari ochib beriladi.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari .   O‘zbekistonda   xotin-
qizlarning ta’limga, ilm-fanga qo‘shgan hissasi, xotin-qizlarga doir tashkil etilgan
xalqaro va ilmiy konferensiyalar, maqolalar, farmonlar tog’risida ma’lumot berish.
Bundan   tashqari   maktablarda   interfaol   texnologiyalardan   foydalangan   holda   dars
o‘tish metod va uslublarni ochib berish.
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.   XVIII-XIX asrlarda gender
tenglik   va   xotin-qizlar   huquqlari   muommosi   siyosat   darajasiga   ko‘tarildi.
Jumladan,   1791-yilda   Fransiyada   taniqli   yozuvchi,   yetuk   siyosiy   arbob   Olimpiya
de   Guj   “Ayollar   va   fuqarolar   huquqlari”   Deklaratsiyasini   e’lon   qilib,   ayollar
Harakatiga asos soldi 4
.
Amerika   Qo‘shma   Shtatlarining   jamoat   arbobi,   ayollar   huquqlari   bo‘yicha
ilk harakatning kuchli shaxsi Elezabet Kedi Stenton 1848-yil xotin-qizlar huquqlari
bo‘yicha   birinchi   ochiq   konferensiyaga   “Hissiyot   Deklaratsiyasi”ni   tayyorlab
taqdim   etadi.   Unda   AQShda   ayollar   teng   huquqliligi   va   ayollarning   saylash
huquqlari bo‘yicha tashabbusni ilgari suradi 5
.
Buyuk Britaniyalik filosof, sosiolog va  siyosiy arbob, ingliz faylasufi  Djon
Styuart   Mill   “Erkinlik   haqida”,   “Ayolning   bo‘ysinishi”   asarini   yozib,   unda
ayollarga saylash huquqi berish g’oyasini ilgari surdi 6
.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   uslublarning   qisqacha   tavsifi.   Tadqiqotni
amalga   oshirishda   tarixiylik,   xolislik,   davriy  izchillik,   qiyosiy,   tanqidiy,  mantiqiy
va xronologik, semantik va pragmatik tahlil usullaridan va bir qancha metodlardan
foydalanildi.
4
.https://ru.wikipedia.org/wiki/
5
 https://ru.wikipedia.org/wiki/
6
 https://ru.wikipedia.org/wiki/ Tadqiqotning   manbalari.   Tadqiqotning   asosiy   manbalari   bo‘lib   tarixiy
adabiyotlar,   vaqtli   nashr   materiallari,   turli   davrlarda   mavzu   doirasida   yaratilgan
monografiyalar, adabiyotlar va ilmiy maqolalar to‘plamlari xizmat qildi.
Tadqiqotning   nazariy   va   uslubiy   asoslari.   Tadqiqotning   metodologik   va
nazariy   asosini   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   asarlari,   “Xotin-qizlar
konsepsiyasi”, Xotin-qizlarga doir asarlar, farmon va qarorlar tashkil etadi. Keltirib
o‘tilgan   yirik   dalillarga   asoslangan   ma’lumotlar   shuni   ko‘rsatib   turubdiki,   xotin-
qizlar   jamiyatning   bir   bo‘lagi   va   kuzgusi   ekanligi,   ular   mamlakatning   iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy jihatdan rivojlanishga turtki beradi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   davriy   chegarasi:   1991-yildan   boshlanib,
hozirgacha   bo‘lgan   davrda   xotin-qizlar   faoliyatiga   oid   amalga   oshirilgan   ishlar,
farmonlar, qarorlar, ilmiy nashrlarni o‘z ichiga oladi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   obyekti   va   predmeti:   O‘zbekistonda   xotin-qizlar
masalasining   hal   qilinishi   tadqiqotning   obyekti,   zamonaviy   ta’lim   taraqqiyotida
xotin-qizlar o‘rni bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.
I   BOB.   O‘ZBEKISTON   XOTIN-QIZLAR   MASALASINI   HAL
QILISHNING DAVLAT SIYOSATI 
I.1. Mustaqillik yillarida xotin-qizlar masalasining konseptual asoslari
Har   bir   davrning   o‘z   taraqqiyot   yo‘li,   omili,   ehtiyoji,   talabi   va   tamoyillari
mavjuddir. Tabiyki ularni shakllanlantirish va rivojlantirish, ularga alohida ma’no-
mazmun   bag‘ishlaydi.   Shu   davrda   davlat,   jamiyat   hayoti,   ijtimoiy-siyosiy
institutlar   faoliyatining   aniq   yo‘nalishlarini   belgilab   beruvchi   ulkan   tarixiy
voqealar bo‘ladi. Hammamizga ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-
qizlarga   katta   e’tibor   qaratilmoqda.   So‘nggi   yillarda   respublikamizning   turli
sohalarida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan
va   bu   ishlarga   doir   qator   islohotlar   amalga   oshirilmoqda.   Bu   islohotlar   zamirida
esa   xotin-qizlarning   qonuniy   manfaatlarini   to‘liq   ro‘yobga   chiqarish   kabi   oliy
maqsad   mujassam   bo‘lib,   shu   o‘rinda   ularning   huquq   va   erkinliklarini   himoya
qilish masalasiga ham alohida ahamiyat qaratilayotganini ko‘rishimiz mumkin. “Biz doimo jamiyatda ayollarga munosabat qandayligiga qarab, jamiyatning
madaniyat   darajasi,   ma’naviyati   va   bu   jamiyat   demokratik   o‘zgarishlar   yo‘lidan
nechoqli   ilgari   ketganligiga   baho   berilishini   doimo   yodda   tutmog‘imiz   lozim» 7
.
Mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   barchamizga   ma’lumki,
yurtimiz   farovonligi,   kelajagi   va   ravnaqi   uchun   xizmat   qiladi.   Kelajagimiz
ravnaqiga   o‘zining   beqiyos   va   beminnat   xizmatlarini   ayamayotgan   xotin-qizlar
jamiyatimiz   tayanchi   hisoblanadi.   Ma’lumki,   sog‘lom   va   barkamol   avlod
yetishtirishda   voyaga   yetkazishda,   xotin-qizlarimiz,   ayollarimizning   jamiyat
rivojlanishiga   qo‘shgan   hissasi   katta.   Birinchi   Prezident   Islom   Karimov
ta’kidlaganidek,   «…jamiyatning   demokratik   o‘zgarishlar   yo‘lidan   nechog‘lik
ilgarilab   ketgani,   shu   jamiyatning   ayollarga   bo‘lgan   munosabati   uning   ma’daniy-
manaviy saviyasini belgilaydi” 8
.
Darhaqiqat,   istiqlollik   yillarida   xotin-qizlarga   munosabat   davlat   siyosati
darajasiga   ko‘tarildi.   Ta’kidlash   joizki,   “Mustahkam   oila   yili”   deb   e’lon   qilingan
yilda   ishlar   jadal   rivojlandi.   va   kasaba   tomonidan   tashkil   etilishi   rejalashtirilgan
1500ta   yangi   ish   o‘rinlarida   xotin-qizlar   bandligini   ta’minlash   masalasi   ustuvor
o‘rin   tutadi.   Shu   o‘rinda   qayd   etish   joizki,   mustaqillik   yillarida   “Sog‘lom   ona-
sog‘lom bola” tamoyili hayotimizning asosiy shiorlaridan biriga aylandi.
Xotin-qizlarning   Pekinda   bo‘lib   o‘tgan   IV   Butunjahon   konferensiyasida
ayollar   ahvoliga   doir   qabul   qilinga   qarorlarda   ularning   maqomlarini   ta’minlash
sohasidagi   muammolar   ochiq   ko‘rsatib   o‘tildi.   Bu   anjuman   hujjatlarida   qayd
etilishicha,   aksariyat   mamlakatlarda   hali   ham   xotin-qizlar   amalda   iqtisodiy
qarorlarni   qabul   qilish   jarayonlarida   juda   kam   ishtirok   etadilar.   Jumladan,
moliyaviy,   budjet,   tijorat   va   boshqa   turdagi   iqtisodiy   siyosatni   shakllantirish
sohalarida   ayollar   umuman   ishtirok   etmaydilar.   Shuningdek,   ish   haqini   nazorat
qilib   turuvchi   soliqlarni   belgilash   va   uning   me’yorlarini   tashkil   etuvchi   soliq
siyosatini  ham, asosan,  erkaklar  tomonidan  amalga oshiriladi. Shuningdek, milliy
axborot,   milliy   qonunlar,   kodekslar   va   ijtimoiy   sug‘urta   doirasidagi   me’yorlar,
xalqaro   bitim   va   konvensiyalar   kabilarni   korporotsiyalar   tomonidan   nazorat   etish
7
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-T.:Ma’naviyat, 2008.B.154. 
8
 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:O‘zbekiston, 1999.-B.23. tavsiya   etiladi.   Agar   ana   shu   sohalarda   ayollar   yoki   ularning   tashkilot   vakillari
ishtirok etmas ekan, ularning maqomini oshirish umuman mumkin emas. Shuning
uchun ham  iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan siyosat
va dasturlarga xotin-qizlarning ham ishtirok etishini ta’minlaydigan mexanizmlarni
yaratish,   makro   va   mikroiqtisodiy,   ijtimoiy   siyosatni   qayta   ishlab   chiqish
jarayonlari   tahliliga   gender   muammolarini   kiritish   ham   o‘z   yechimini   kutayotgan
masalalardan biridir».
Xotin-qizlar   ishtirokida   qabul   qilingan   muhim   qarorlar   jamiyatni
demokratlashtirish   yo‘lida   olib   borilayotgan   islohotlarning   muvaffaqiyatini
ta’minlaydi.   Shu   jihatdan   mamlakatimiz   xotin-qizlar   huquq   va   manfaatlarini
ta’minlash,   ularni   har   tamonlama   qo‘llab-quvvatlash   davlat   siyosatining   muhim
yo‘nalishi hisoblanadi. 
Hozirda   O‘zbekiston   Respublikasida   ayol   xodimalar   menejmenti   faol   va
qattiq   talablar   asosida   samarali   shakllanib   kelmoqda.   Bozor   iqtisodiyotining
rivojlanishi   mamlakatimiz   ayollarini   faqat   kasbiy   sohaga   yo‘naltirib,   asosan
oilaning   moddiy   ta’minotini   yaxshilash   maqsadida   oliy   ma’lumotga   ega   bo‘lish
bilan   chegaralanib   qolmay,   balki   boshqaruv   faoliyatiga   intilishi   tendensiyasini
yuzaga   keltirdi.   Bu   faollikning   aniq   shartlarini   o‘zini   namoyon   etish,   hurmat
qozonish,   jamiyat   tomonidan   qobiliyatlarning   tan   olinishi,   iqtisodiy   mustaqillik,
muvaffaqiyat, qat’yatlilik bilan belgilash mumkin.  9
.
«Bugungi   kunda   O‘zbekistonda   xotin-qizlarning   ijtimoiy   siyosiy   faolligini
oshirishda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   hamda   xotin-qizlarni   qo‘llab
quvvatlash   borasida   chora-tadbirlarning   muhim   ahamiyati   orqali   vazifalarni
amalga oshirishda tariximiz va bugungi kunimizdagi holatni e’tiborga olgan holda
o‘rganish,   tahlil   qilish   hamda   kerakli   taklif   va   tavsiyalarni   ishlab   chiqish   dolzarb
ahamiyatga ega» 10
. 
Ma’lumki   O‘zbekistonda,   mustaqillik   yillarida,   xotin-qizlarning   huquq   va
manfaatlarini   ta’minlashga,   ularning   jamiyatdagi   rolini   kuchaytirishga   qaratilgan
9
 Xotin-qizlar ahvoli va roli to‘g‘risida BMT materiallari. – T.,2001,B.12.
10
  Yulchiyeva   D.X.   O‘zbekistonda   xotin-qizlarning   ijtimoiy   siyosiy   faolligini   oshirishda   amalga   oshirilayotgan
islohotlarning muhim ahamiyati https://ijtimoiy.uz. kompleks   chora-tadbirlar   farmonlar   va   qarorlar   e’lon   qilindi.   Misol   tariqasida
shuni   keltirib   o‘tishimiz   mumkinki,   mustaqillik   davrlarida,   Birinchi   Prezident
Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, rivojlanayotgan mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi o‘zbek modeli mazmunida ham
ayollar ijtimoiy faolligini oshirish muommosini hal etishga qaratilgan. Mamlakatda
olib borilayotgan xotin-qizlarga oid islohotlar va uning jamiyat ravnaqidagi o‘rnini
tahlil etish bugungi kunning dolzarb muommosi hisoblanadi.
«Bizning   onalarimiz,   opa-singillarimiz,   ayol   va   qizlarimizning   jamiyatdagi
o‘rni   va   maqomini   oshirish,   ularning   mehnat   va   turmush   tarzini   yengillashtirish
davlatimizning,   jamiyatimizning   asosiy   va   ustuvor   vazifalaridan   bo‘lib   qolishi
kerak» 11
- deydi Birinchi Prezident Islom Karimov.
Shuni   ta’kidlash   o‘rinliki,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   amalga
oshirilgan xotin-qizlarga oid buyruq va farmonlar ayollarning iste’dod, qobilyat va
imkoniyatlarini   namoyon   etish   uchun   zarur   shart-   sharoit   yaratdi.   Shu   bois
mamlakatimizda   xalqning   moddiy,   ma’naviy   madaniyat   va   ta’lim   sohasini
yuksaltirish   borasida   xotin-qizlarning   qo‘shgan   hissasi   tobora   ortib   bormoqda.
Hozirgi   vaqtda   mamalakatimizda   turli   soha   va   tarmoqlarda   mehnat   qilayotgan
ishchi va xizmatchilarning yarmidan ko‘p qismini xotin-qizlar tashkil etadi.
Mustaqil O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
huquqlari   va   manfaatlarini   qonuniy   yo‘l   bilan   mustahkamlash,   jamiyatimiz   yuzi
bo‘lgan   xotin-qizlarimizni   har   tamonlama   qo‘llab-quvvatlash,   oila   institutini
mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
I.A.Karimov   ta’kidlaganidek,   «…ayollar   o‘rtasida   olib   boriladigan
ishlarning shakllarini kengaytirish, ularning ilmiy va madaniy saviyasini ko‘tarish
kerak» 12
. 
«Oila,   davlat   va   jamiyat   qurilishida   ayollar   rolini   kuchaytirish,   ularning
ijtimoiy   ,iqtisodiy,   huquqiy   va   ma’naviy   manfaatlarini   himoya   qilish   tizimini
takomillashtirish   yuzasidan   chora-tadbirlar   Davlat   dasturi»   to‘g‘risidagi   qarori
11
Karimov   I.A.   «O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   va   jamiyat   qurilishida   xotin-qizlarning   rolini   oshirish   chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 1995-yil 2-martda qabul qilingan Farmon. https://lex.uz. 
12
 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda T.: O‘zbekiston, 1999.- B.23 ayollar   hayotiy   faoliyatining   barcha   soha   va   tarmoqlarini   qamrab   oladi   va   ular
ahvolini   yaxshilash,   ularni   ijtimoiy   himoyalash   obyektidan   faol   harakat   qiluvchi
shaxsga aylanish uchun turli tadbirlarni amalga oshirish belgilab beradi 13
. 
Kishilik   jamiyati   ijtimoiy   jarayonlar   ta’siri   ostida   rivojlanib   kelmoqda.
Mamlakatimiz   fuqarolik   va   huquqiy   davlat   qurish   yo‘lidan   borar   ekan,   birinchi
navbatda   inson,   shaxs,   jamiyat   manfaatlariga   e’tibor   qaratilishi   zarur.   Xotin-
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish ko‘p qirrali va murakkab hodisadir. 
Birinchi   Prezident   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek   «…bizning   saylov
tizimimiz   xotin-qizlarning   ijtimoiy   faolligini,   ularning   davlat   va   jamiyat   qurilishi
sohasidagi   mavqeyini   oshirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Saylov   to‘g‘risidagi
qonun   hujjatlariga   siyosiy   partiyalardan   ko‘rsatiladigan   deputatlikka
nomzodlarning   kamida   30   foizini   ayollar   tashkil   etishi   shart   ekani   to‘g‘risidagi
normaning  kiritilganligi  buning  tasdig‘idir.  2009-yilgi   saylov  jarayonida  ayni   shu
normaning   tatbiq   etilishi   parlamentning   quyi   palatasiga   umumiy   deputatlar
sonining 22 foizini tashkil etadigan 33 nafar xotin-qiz deputatni saylash  imkonini
berdi.   Senat   a’zolari   etib   saylanganlarning   15   foizi   ayollardir,   mahalliy   vakillik
organlarida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   ayollar   esa   bugungi   kunda   jami   deputatlar
sonining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etadi» 14
.
Bundan tashqari mustaqillik davrida xotin-qizlar masalasiga xizmat qiluvchi
bir   qancha   farmonlar   e’lon   qilindi.   Xususan,   1999-yil   14-apreldagi   760-I-sonli
«Xotin-qizlarga   qo‘shimcha   imtiyozlar   to‘g‘risidagi»   O‘zbekiston   Respublikasi
Qonuni 15
, 1995-yil 2-mart PF-1084-sonli «O‘zbekiston Respublikasining davlat va
ijtimoiy   qurilishida   xotin-qizlar   rolini   oshirish   choralari   to‘g‘risida»   Farmoni,
2003-yil 29-avgust «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi»
qonunning   22-moddasi,   2010-yil   30-sentabrda   PF-4245-sonli   «O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   «Xotin-qizlarning   ijtimoiy   muhofazasini
kuchaytirishga   oid   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»   farmonlar   shular
13
 Ayolga ehtirom. T.: O‘zbekiston, 1999.-B.17-20.
14
  Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish
konsepsiyasi. I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis   Qonunchilik Palatasi   va Senatining   qo‘shma
majlisidagi ma’ruzasi. 2010-yil 12-noyabr. .https://lex.uz.
15
.Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi «Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida»gi qonun https:/lex.uz/docs/-
10550 jumlasidandir.   Bu   kabi   farmon   va   qonunlarning   e’lon   qilinishi   xotin-qizlar
huquqlarining   ta’minlanishi   bilan   birgalikda   ularning   jamiyatdagi   siyosiy   va
madaniy qatlamdagi ishtirokini oshirishga xizmat qiladi. 
Bundan   tashqari   O‘zbekiston   Markaziy   Osiyo   davlatlari   ichida
birinchilardan   bo‘lib,   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   “Xotin-qizlar   huquqlari
kamsitilishining   barcha   shakllariga   barham   berish   to‘g‘risidagi   konvensiya”   (The
convension on the Elimination of all Forms of Discrimination Against Women)ga
qo‘shildi. Yana shu narsani ta’kidlash joizki, 1995-yilda Xitoyning Pekin shahrida
«Tinchlik,   taraqqiyot   va   tenglik»   shiori   ostida   o‘tkazilgan   Butunjahon   xotin-
qizlarining konferensiyasida mamlakatimiz xotin-qizlari vakillari ham ishtirok etib,
xotin-qizlar   ahvolini,   huquqlarini   yaxshilashga   qaratilgan   Pekin   deklaratsiyasi
dasturiga qo‘shildi. Mamlakatlar tomonida xotin-qizlarga oid islohotlaring amalga
oshirilishi   o‘zlarining   oldiga   qo‘ygan   vazifalarning   samaradorligini   belgilashda
yuqori   natijalarni   ko‘rsatdi.   Huquqiy,   fuqarolik,   ijtimoiy   va   ta’lim   sohasidagi
tenglik uchun kurash butun dunyoda xotin-qizlar huquqlarining markaziy elementi
hisoblanadi.   Xotin-qizlar   imkoniyatlarini   kengaytirish   insonning   asosiy   huquqi,
shuningdek, tinch va farovon dunyoga erishishning kaliti hisoblanadi. 
Jadidchilarimizdan   biri   bo‘lgan   Abdurauf   Fitrat     «…ayollar   faqat   uy-
ro‘zg‘or bilan, bolalar tarbiyasi bilan band bo‘lib qolmasligi, ularning Yevropadagi
kabi siyosatda qatnashishlari o‘rinlidir»,-degan fikrlari e’tiborga loyiq 16
.
Yana   bir   narsani   yodimizdan   chiqarmasligimiz   kerak,   ma’daniyat   va
svilizatsiyaning asoschisi asosan ayol hisoblanadi. Bu o‘rinda ilk kishilik jamiyati
ayollar   jamoasi,   urug‘i   (matriarxat)   bo‘lganini,   dehqonchilk,   kulolchilik,
chorvachilikning   asoschisi,   mehnat   taqsimotini   yo‘lga   qo‘yib,   ilk   mehnat
qurollarini yaratgan, uy-xo‘jalik yurg‘izishni boshlab bergan ayollar ekanini eslash
kifoyadir 17
 . 
Mustaqilligimizdan   oldingi   davrlarda   ham   xotin-qizlar,   ayollar   masalasi
umuminsoniy masalaga aylangan edi. Misol ta’riqasida xotin-qizlarning harqanday
holat va kamsitilishlarini  bartaraf etish va ularning barcha sohalarda erkin hamda
16
  Fitrat. Oila. – T.: Ma’naviyat, 1999.- B.28.
17
 Xolmatova M. Jamiyatda ayollarning tutgan o‘rni. Ekologiya va ayol. Farg‘ona. 2001. – B. 109-110. birdek   ishtirok   etish   maqsadida   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   tomonidan   1979-
yilda   «Xotin-qizlar   huquqlari   kamsitilishinig   barcha   shakllariga   barham   berish
to‘g‘risidagi   ishlab   chiqilgan   konvensiya»   1981-yildan   kuchga   kirdi.
Konvensiyaning 11-moddasi shunday yozilgan:  « 1. Xotin-qizlarning ish bilan band
bo‘lishi   sohasidagi   huquqlari   kamsitilishini   bartaraf   etish,   ayni   vaqtda   erkaklar
bilan ayollarning teng huquqlarini ta’minlash maqsadida:
A) Barcha insonlarning ajralmas huquqi sifatida mehnat qilish huquqi;
B) Ishga yollashda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lish, shu bilan birga ishga yollashda
bir xil tanlash mezonlarini qo‘llash  huquqi;
C) Kasb   va   ish   turini   erkin   tanlash,   lavozim   bo‘yicha   ko‘tarilish   va   ish   bilan   band
etish   kafolatiga   ega   bo‘lish,   shuningdek,   shogirdlik,   yuqori   darajadagi   kasb
bo‘yicha   tayyorgarlik   va   muntazam   suratda   malaka   oshirishni   o‘z   ichiga   olgan
holda,   mehnat   qilishning   barcha   imtiyozlari   va   shart   sharoitlaridan   to‘liq
foydalanish, kasb bo‘yicha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi;
D) Imtiyozlar   olishni   ham   hisobga   olgan  holda   teng   mukofotlanish,   bir   xil   qiymatga
ega   bo‘lgan   mehnatga   nisbatan   teng   sharoitlarda,   shuningdek   ish   sifatini
baholashga teng yondashish huquqi; 
E) Jumladan   nafaqaga   chiqish,   ishsiz   qolish,   kasallik,   nogironlik,   qarilik   va   mehnat
qobilyatini   yo‘qotishdan   iborat   boshqa   holatlarda   ijtimoiy   ta’minot   huquqi,
shuningdek, haqi to‘lanadigan ta’til huquqi;
F) Sog‘liqni   saqlash   va   xavfsiz   mehnat   sharoitlariga   ega   bo‘lish,   shuningdek   naslni
davom ettirish vazifasini saqlab qolish huquq» 18
Konvensiyada   xotin-qizlarning   siyosiy   huquqlari   ham   ifodalab   berilgan:
ayollar   siyosiy   hayotda   va   qarorlar   qabul   qilishda   to‘laqonli   va   ongli   ravishda
ishtirok   etish   huquqiga   ham   egadirlar.   Bu   quyidagi   huquqlarni   o‘z   ichiga   oladi:
barcha   saylovlar   va   ommaviy   referendumlarda   ovoz   berish   va   ommaviy
saylanadigan   organlarga   saylanish;   davlat   siyosatini   shakllantirish   va   amalga
oshirishda   qatnashish   hamda   davlat   lavozimlarini   egallash,   shuningdek,   davlat
boshqaruvining   barcha   bo‘g‘inlarida   davlar   vazifasini   amalga   oshirish;
18
 Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida Konvensiya. –T.: 1998. B.9-
10. mamlakatning   ijtimoiy   va   siyosiy   hayot   muammolari   bilan   shug‘ullanadigan
hukumatga   qarashli   bo‘lmagan   tashkilotlar   va   uyushmalarning   faoliyatida
qatnashish 19
 kabilardir. 
Bundan   ko‘rishimiz   mumkinki,   xotin-qizlar   masalasi   davlat,   xalq,   va
jamiyatning   muommosi   emas,   balki   butun   dunyo   miqyosida   olinadigan   global
muommo   hisoblanar   ekan,   bu   muommoni   hal   qilishda   esa   har   bir   davlat   ichki
siyosatida   xotin-qizlar   masalasi   va   muommosiga   alohida   e’tibor   bergan   holda
yechim   topsa,   bu   muommo   yil   sayin   kamayib   borayveradi.   Hattoki,   jahon
hamjamiyatida   ham   xotin-qizlar   haq-huquqlarining   tengligi   hamda   davlat
boshqaruvidagi   ishtiroki   yuqorida   aytib   o‘tganimizdek   asosiy   e’tiborga   molik
masala   hisoblanadi.   Albatta   jamiyatning   rivojlanishida   xotin-qizlarning   o‘rni
beqiyos. 
«Butun ma’rifiy dunyoda xotin-qizlar manfaati, degan alohida masala bor va
uni   o‘rganish,   yechimini   topishga   juda   katta   ahamiyat   berilishi   bejiz   emas.   Agar
ayollarga yetarli e’tibor berilmasa, bunday jamiyatning kelajagi bo‘lmasligi haqida
o‘ylaymanki,   uzoq   gapirib   o‘tirishning   hojati   yo‘q.   Albatta,   mana   shunday
intilishlarni   amalga   oshirish   maqsadida   davlat   tizimi   va   hokimiyat   chetda
turmasdan, xotin-qizlarning huquq va manfaatini amalda joriy etishi davlat siyosati
darajasiga   ko‘tarishga   o‘z   hissasini   qo‘shishi   kerak» 20
-   deydi   Birinchi   Prezident
Islom   Karimov.   Bu   gaplarini   albatta   e’tiborga   olish   muhim   sanaladi,   sababi,
ayollarimizning   huquqlarinini,   ularning   mamalakatdagi   rolini   oshirishga
qaratilgan, xotin-qizlar va yoshlarning ma’naviy va intellektual, individual jihatdan
yuksaltirish   maqsadida   2004-yil   25-mayda   imzolagan»   O‘zbekiston   xotin-qizlar
qo‘mitasi   faoliyatini   qo‘llab-quvvatlashning   qo‘shimcha   chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi   Farmoni 21
  hukumatning   bu   boradagi   qarorlarining   o‘rni   alohida
19
  Xotin-qizlar   huquqlari   kamsitilishining   barcha   shakllariga   barham   berish   to‘g‘risida   Konvensiya.   –Toshkent.:
1998. –B.7.
20
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2004-yil   25   maydagi   «O‘zbekiston   xotin-qizlar   qo‘mitasi   faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashning   qo‘shimcha   chora-tadbirlarito‘g‘risida»   Farmonida   belgilab   berilgan   vazifalar
muhokamasiga   bag‘ishlab   24-iyun   kunida   bo‘lib   o‘tgan   majlis   bayoni.   //Toshkent   viloyati   Xotin-qizlar
qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga oid hujjatlar. Toshkent, 2004. 7-8bet.
21
O‘zbekiston   xotin-qizlar   qo‘mitasi   faoliyatini   qo‘llab-quvvatlashning   qo‘shimcha   chora-tadbirlari   to‘g‘risida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi  Farmoni // »Xalq so‘zi» gazetasi. -2004-yil 26-may. ekanligini   ta’kidlash   lozim.   Xotin-qizlarning   ijodiy   qobilyatlarini   har   tamonlama
rivojlantirishga doir keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
«Ayolni   muqaddas   bilish,   unga   alohida   ehtirom   ko‘rsatish,   ozod   va   obod
yurtimiz   kelajagi   bo‘lgan   har   tamonlama   yetuk   yoshlarni   tarbiyalashdagi   beqiyos
o‘rnini   yana   bir   bor   e’tirof   etish,   barkamol,   oqila   xotin-qizlar   avlodini   voyaga
yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni
rivojlantirishdagi  yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol  g‘oyalari  va madaniy-
ma’naviy   qadriyatlarga   e’tiqodining   yuksalishi   yo‘lidagi   ibratli   faoliyati,   keng
ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida 22
1999-yil 10-iyun sanasida «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti ta’sis e’tildi. Xotin-
qizlar   faolligi   ijtimoiy   faollikning   turi   sifatida   eng   avvalo,   jamiyatning   ijtimoiy
sohasini qamrab oladi. 
Birinchi   Prezident   Islom   Karimov   xotin-qizlarimiz,   ayollarimiz   to‘g‘risida
shunday   ta’rif   bergan:»   har   qaysi   oilada   go‘zallik   va   nafosat,   mehr-muhabbat
timsoli,   xonadonlarimiz   osoyishtaligining   posponi   bo‘lmish,   bir   so‘z   bilan
aytganda, oilani oilaga, jamiyatimizni jamiyatga aylantiradigan ayol zotiga qancha
tasannolar   aytsak,   qancha   ta’zim   etsak,   baribir,   barchamiz   o‘zimizni   ular   oldida
doimo   qarzdor   deb   his   qilamiz.   Faqatgina   ayol   zotiga   mansub   bo‘lgan   mana
shunday noyob, betakror xususiyat  va fazilatlarni  ta’riflash va ulug‘lash,  ularning
kundalik turmushimizdagi ahamiyati va ta’sirini kuchaytitish, oilalarimizni yanada
mustahkam   qilish,   shu   asnoda   hayotimizni   har   tamonlama   obod,   go‘zal   va
mazmunli   etish   -   bunday   dolzarb   vazifalar   bugungi   kunda   Xotin-qizlar   qo‘mitasi
ish   faoliyatida   e’tibordan   chetda   qolmasligini   istardim.   Takror-takror   aytishga
to‘g‘ri   keladi:   hozirgi   vaqtda   oilani,   xususan,   yosh   oilalarni   mustahkamlash,
og‘irini   yengil   qilish,   ular   duch   keladigan   turli   muammolarni   yechish,   zarur
ko‘mak   va   yordam   berish   ham   ana   shu   masalalarning   uzviy   bir   qismi   ekanini
yaxshi   anglab   olishimiz   lozim.   Hech   kimga   sir   emas,   har   bir   ota-onaning   ezgu
orzusi bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, onalik va bolalikni
himoya   qilish   singari   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   vazifalarni   amalga
22
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «   Zulfiya   nomidagi   davlat   mukofotini   ta’sis   etish   bo‘yicha   takliflarni
qo‘llab quvvatlash to‘g‘risidag» Farmoni.https:// lex.uz/docs/ oshirishda   xotin-qizlar   tashkilotlari   va   ularning   joylardagi   bo‘linmalari
faoliyatining   samarasini   yanada   kuchaytirishni   bugun   hayotning   o‘zi   talab
qilmoqda» 23
.  
I.2. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar jamiyat rivojining asosiy tayanchi
«Yangi   O‘zbekistonni   barpo   etish   -   yaqin   va   olis   tariximiz,   betakror   va
noyob   madaniy   boyliklarimizni   yanada   chuqur   o‘rganib,   ularga   tayanib,   mustaqil
milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   yangi   bosqichda   davom   ettirish   demakdir»,-deb
ta’kidlagan edi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. 24
Mamlakatimizda   inson   huquqlari,   erkinliklari,   qonuniy   manfaatlarini
ta’minlashda   alohida   e’tibor   qaratilmoqda,   ya’ni   bu   mamalaktaning   ustuvor
yo‘nalishlaridabn biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisi   va   butun   xalqqa   murojaatnomasida   jamiyatimizning   barcha   sohalarida
erishilayotgan muhim yutuqlar va istiqboldagi vazifalar xususida to‘xtalib, gender
tenglikni   ta’minlash,   oila,   onalik   va   bolalikni   ijtimoiy   himoya   qilish,   xotin-
qizlarning   davlat   va   jamiyat   boshqaruvidagi   roli,   huquq   va   manfaatlari,   ayollarni
mehnat   va   turmush   sharoitlarini   yaxshilash   borasida   amalga   oshirilayotgan   izchil
siyosatning mazmun va mohiyati, ularning istiqboli haqida innavotsion g‘oyalarni
ilgari   surdi.   Davlat   organlarida   gender   tenglikni   ta’minlash   bo‘yicha   maslahat
kengashlari   tashkillashtirildi.   Ushbu   kengashni   boshqarishga   masul   mehnat
jamoasi   rahbarining   ijtimoiy   masalalar   bo‘yicha   o‘rinbosari   hisoblanadi.
Kengashning   asossiy   vazifasi   barcha   bo‘limlar,   hududdiy   tuzilmalarda   yuqoridan
pastiga   qadar   ayollar   va   erkaklar   uchun   teng   imkoniyatlar   yaratilishini   ta’minlab
berishdan iborat bo‘ladi. 
«Men kishilarimiz ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p o‘ylantiradi. Odatda
biz   ayolni   avvalambor   ona,   oila   qo‘rg‘oning   qo‘riqchisi   sifatida   hurmat   qilamiz.
23
O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Islom Karimovning 2012-yil Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan  bayram
tabrigi   materiallari.   O‘zMU   Axborot   xizmatidan   olindi   va     respublika   OAV     xabarlaridan   foydalanildi.   Email:
gafforiya_ma@ymail.com . 
24
  Sh.Mirziyoyevning   «Yangi   O‘zbekiston»   gazetasiga   bergan   tarixiy   intervyusi   (to‘liq)   //Manba:
https://aniq.uz/yangiliklar/shavkat-Mirziyoyevning-yangi-uzbekiston-gazetasiga-bergan-tarixiy-intervyusi-tuliq Bu   shubhasiz,   to‘g‘ri.   Ammo   bugun   har   bir   ayol   oddiy   kuzatuvchi   emas,   balki
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   demokratik   o‘zgarishlarning   faol   va
tashabbuskor   ishtirokchisi   ham   bo‘lishi   kerak» 25
-   deydi   Prezident   Shavkat
Mirziyoyev. Bu so‘zlar zamirida esa ayolga, oilaga bo‘lgan munosabatning tobora
yuksalib,   ularga   bo‘lgan   hurmat-ehtirom   ko‘rsatish   hayotimizning   asosiy
maqsadiga aylantiradi. Bugungi kunda O‘zbekiston xotin-qizlari barcha jabhalarda
o‘z   o‘rni   va   munosib   mavqeyiga   ega   bo‘lib   bormoqda.   Har   qanday   davlat   va
jamiyat taraqqiyoti va yuksalishi bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu jarayonda
xotin-qizlar va ayollar, ularning ijtimoiy, siyoiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq
va   erkinliklari   amalda   ta’minlanganligi   masalasi   -   davlatlar   rivojining   hamda
demokratiyaning   muhim   indeksi   hisoblandi.   Zotan,   xotin-qizlar   va   ularning
jamiyatdagi o‘rni hamisha muhim mezon bo‘lib kelgan. 
«Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning
o‘rni va ahamiyati beqiyos ekaninni oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin
bir   vaziyat.   Mana   shunday   paytda   siz,   azizlarning  sha’ningizni   madhiyalar   aytish
uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga beixtiyor afsuslanib qoladi». 26
.
Dunyo mamlakatlari qatorida va xalqaro hamjamiyatda munosib o‘ringa ega
bo‘lgan   Yangi   O‘zbekistonning   davlat   va   jamiyat   sifatidagi   taraqqiyotida   xotin-
qizlarning   o‘rni   va   roli   ularning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati   alohida   muhim
ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv jarayonida yangi avlodning har qanday
sharoitga   nisbatan   faol   fuqarolik   va   demokratik   pozitsiyasini   mustahkamlash   va
shakllantirish   masalasida   xotin-qizlarimizning   o‘rni   va   roli   har   qachongidan   ham
muhim   ekanligini   ko‘rsatadi.   Jumladan,   davlatimiz   rahbari   oltita   tumanda   ayollar
ham   muhim   vazifasida   ishlayotganini   ta’kidlab,   ularni   olqishlab   shunday   degan»
Bunday zamonaviy bilim va iste’dodga, yetakchilik qobilyatiga ega, fidoyi xotin-
qizlarimiz   –   xalqimiz,   millatimizning   oltin   fondi,   desak,   also   mubolag‘a
bo‘lmaydi» 27
. Shu bois mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida
ham   xotin-qizlarning   yangi   g‘oya   va   tashabbuslar   bilan   chiqishlarini   qo‘llab-
25
  https://kun.uz . 
26
https://kknews.uz/oz/75689/html   
27
https://kknews.uz/oz/75689/html    quvvatlash,   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarda
ularning faol ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018-yil   2-iuldagi   “Oilaviy-
maishiy   zo‘ravonlikni   proflaktika   qilish   chora-tadbirlarini   takomillashtirish
to‘g‘risida”gi   PK-3827-son,   2019-yil   7-martdagi   “Xotin-qizlarning   mehnat
huquqlari   kafolatlarini   yanada   kuchaytirish   va   tadbirkorlik   faoliyatini   qo‘llab-
quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK-4235-son qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2020-yil   4-yanvardagi   “Xotin-qizlarni
tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   tizimini   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida’’gi qarorlari va boshqa normative-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekistonda   ilk   bor   2019-yil   2-sentabr   kuni   «Xotin-qizlar   va   erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Xotin-qizlarni
tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   to‘g‘risida»gi   qonunlar   qabul   qilindi.
Mazkur hujjatlar xotin-qizlar uchun munosib ish va turmush sharoitlarini yaratish,
ularni   ijtimoiy   himoyalash,   ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy-huquqiy   faolligini   oshirish,
mamlakat   hayotidagi   o‘rni   va   nufuzini   yanada   mustahkamlash,   davlat
boshqaruvida ayollardan rahbar kadrlar safini kengaytirish, ularni jamiyatdagi faol
qatlamiga aylantirish, pirovardida, xotin-qizlarning ham erkaklar bilan teng huquq
va   erkinliklarga   ega   bo‘lishlarini   ta’minlashda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu
bilan   birga   qonun   hujjatlar   xotin-qizlarni   turmushda,   ish   joylarida,   ta’lim
muassasalarida   va   boshqa   joylarda   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish
sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Hozirda   O‘zbekiston   qonunlarida   ayollarning   huquqiy   tengligiga   to‘liq
erishilgan.   Bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi,   Oila   Kodeksi,
Fuqarolik   kodeksi,   Mehnat   kodeksi   va   ularda   ayollarning   huquq   va   manfaatlari
belgilab berilgan. 
2021-yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti tomonidan
«Og‘ir   ijtimoiy   aholda   qolgan   xotin-qizlar   huquqlari   kafolatlarini   ta’minlash
bo‘yicha   chora-tadbirlar   qabul   qilinganligi   munosabati   bilan   O‘zbekiston Respublikasining   ayrim   qonun-hujjatlariga   qo‘shimcha   va   o‘zgartirishlar   kiritish
to‘g‘risida»gi O‘RQ-736-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolanadi 28
.
Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
ularning   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   siyosiy   faolligini   oshirish,   sog‘lig‘ini   saqlash,
kasbga   o‘qitish   va   bandligini   ta’minlash,   tadbirkorlikka   keng   jalb   etish,
ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash
borasida   olib   borilayotgan   islohotlarni   tizimli   davom   ettirish,   shuningdek,
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Global   kun   tartibining   Barqaror   rivojlanish
maqsadlarini   izchil   amalga   oshirish   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga
doir   ishlarni   yanada   jadallashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida» 29
  Farmonini
imzolaydi.   Bu   farmon   natijasida   mamlakatimizda   xotin-qizlarga   oid   2022-2026-
yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha
jabhalarini   olgan   Milliy   dastur   ishlab   chiqildi.   Bu   Milliy   dastur   bo‘yicha   2022-
2023-yillarda   amalga   oshirishga   qaratilgan   kompleks   chora-tadbirlar   rejasi
tasdiqlandi   va   bu   reja   bo‘yicha   mamlakatimizda   qator   islohotlar   amalga   oshirildi
va bu o‘z ro‘yobini ko‘rmoqda. Xotin-qizlar- bu kuchli so‘z va katta atamaga ega. 
«Xotin-qizlarni   qo‘llab-quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash
sohasidagi   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risidagi   qabul
qilgan   Prezident   farmoni   ayollarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   kuchaytirish,
qonuniy   manfaatlarini   ta’minlash,   qobiliyat   va   salohiyatini   ro‘yobga   chiqarish,
qonuniy   manfaatlarini   ta’minlash,   onalik   va   bolalikni   himoya   qilishga   qaratilgan
ko‘plab chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 30
Xotin-qizlar   har   qanday   jamiyatda   mamlakat   ko‘zgusidir.   O‘zbekistonda
xotin-qizlarning   jamiyatdagi   o‘rni   va   mavqeyini   mustahkamlash   borasida   davlat
ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018-yil 2-fevralda
«Xotin-qizlarni   qo‘llab-quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi
28
 Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlar
qabul   qilinganligi   munosabati   bilan   O‘zbekiston   Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   qo‘shimcha   va
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida. .https://lex.uz.
29
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni. . https://lex.uz.
30
  Sh  Mirziyoyev   7-fevral   kuni  xotin-qizlarni   har  tamonlama   qo‘llab-quvvatlash  va   oila   institutini   mustahkamlash
masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi nutqi. 2018 https://lex.uz faoliyatini   tubdan  takomillashtirish   chora-tadbirlari» 31
  to‘g‘risidagi   Farmoni   e’lon
qilindi. Mazkur Farmon asosida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim
muassasalarida   xotin-qizlarning   o‘rni   bundan   tashqari   rahbar   ayollarning   o‘quv
jarayonida   samaradorligini   oshirish,   ularning   ko‘nikma   va   malakasini   oshirishda
barcha zarur shart-sharoitlar yaratish kabi ishlar tahsinga sazovordir. Dalat rahbari
tashabbusi   bilan   xotin-qizlarni   ijtimoiy-iqtisodiy   qo‘llab-quvvatlash   maqsadida»
Ayollar   daftari»   joriy   etilib   unga   kiritilgan   900   mingga   yaqin   xotin-qizlarga
ijtimoiy-iqtisodiy,   tibbiy,   huquqiy   va   psixologik   ko‘mak   berilgan   va   Davlat
byudjetidan   har   yili   300   mlrd   so‘m   mablag‘   ajratish   yo‘lga   qo‘yildi.   Ta’kidlash
joizki,   hozirgi   kunda   «Ayollar   daftari»da   600   mingdan   ziyod   xotin-qiz   ro‘yxatda
turibdi.   Bu   esa   avvalgisiga   nisbatan   ancha   kamayganini   ko‘rishimiz   mumkin.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224ming xotin - qizga jami 6,9 trln
so‘m miqdorda imtiyozli kredit ajratildi. 2021-yilda ayollar tadbirkorligi dasturlari
doirasida   200   mingdan   ziyod   loyihalarga   2   trillion   so‘m   kredit   va   subsidiyalar
ajratilib, 320 ming xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 2022-2024-yillar uchun
«Biznes ayollar» dasturi qabul qilinishi belgilandi. 
Uning ijrosiga jami 8 trillion so‘m  yo‘naltirildi. Ayollar uchun tadbirkorlik
kurslari   tashkil   qilindi   va   imtiyozli   kreditlar   ajratildi.   190   ming   nafar   ayol   kasb-
hunarga o‘qitildi. 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy to‘lovining boshlang‘ich
badaliga   mablag‘ajratildi.   2   ming   nafar   qiz   alohida   grant   asosida   oliy   ta’limga
qabul   qilindi.   Natijada,   o‘tgan   yili   oliy   o‘quv   yurtlariga   kirgan   talabalarning   60
foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Davlatimiz rahbari ayollarni ijtimoiy himoya qilish
masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy
ishlayotgan   ayollarga   homiladorlik   nafaqasini   davlat   tomonidan   to‘lash   tizimini
yo‘lga   qo‘yish   bo‘yicha   ko‘rsatma   berildi.   Bu   maqsadlar   uchun   joriy   yilda
byudjetdan   200   milliard   so‘m,   2023-yilda   esa   1   trillion   700   milliard   so‘m
yo‘naltirilishi   qayd   etildi.   Ayollarni   uy-joy   sharoitini   yaxshilash   masalasiga
to‘xtalar ekan, Prezident shunday dedi: Bir vaqtlar ayollarga imtiyozli uy berishga
31
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini
mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risidagi»   Farmoni   2018-yil   2-
fevral. PF-5325-sonli Farmon https://lex.uz. imkon   yo‘q   edi,   bunga   qonuniy   asos,   mablag‘   yo‘q   edi.   Davlat   rahbari   shu
maqsadda ipotika kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi
xotin-qizlarga yo‘naltirilishi belgilandi 32
.
“Endi   har   bir   mahallada   ayollarning   dardi   bilan   yashaydigan   tizim   bo‘ladi.
Qaysi   ayolga   nima   kerakligini,   o‘qishi,   davolanishi,   bolalari   tarbiyasi   bo‘yicha
mening stolimda adolatli raqam bo‘ladi 33
 - deydi davlat rahbari.  
Bundan   tashqari   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-yil   1-martdagi
«Oila   va   xotin-qizlar   bilan   ishlash,   mahalla   va   nuroniylarni   qo‘llab-quvvatlash
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-81-son Farmonida oila
institutini   mustahkamlash   va   xotin-qizlarni   qo‘llab-quvvatlash   bo‘yicha   davlat
siyosatining   7   ta   ustuvor   yo‘nalishi,   shuningdek,   qo‘mitaning   asosiy   vazifa   va
faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi va ular quyidagilar:
1. Xotin-qizlarning   ta’lim   va   kasbiy   ko‘nikmalar   olishlari,   munosib   ish   topishlariga
har   tomonlama   ko‘maklashish,   tadbirkorlikni   qo‘llab-quvvatlash,   iqtidorli   yosh
xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobilyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish;
2. Gender   tenglikni   ta’minlash   siyosatini   davom   ettirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy-
siyosiy   faolligini   oshirish,   ularni   qo‘llab   –   quvvatlashga   doir   islohotlarni   amalga
oshirish;
3. Hududlarda,   ayniqsa,   qishloqlarda   xotin-qizlarga   ko‘rsatiladigan   tibbiy-ijtimoiy
xizmatlar   sifatini,   ular   o‘rtasida   sog‘lom   turmush   tarzini   ta’minlash   borasidagi
ishlar samaradorligini oshirish;
4. Turar   joyga   muhtoj   xotin-qizlarni   uy-joy   bilan   ta’minlash,   turmush   va   mehnat
sharaoitlarini   yaxshilash,   daromadlarini   ko‘paytirish   borasida   tizimli   chora-
tadbirlarni belgilash;
5. Og‘ir   ijtimoiy   ahvolga   tushib   qolgan   xotin-qizlarga   ijtimoiy-huquqiy,   psixologik
yordam ko‘rsatish, ularni «Ayollar daftari’ orqali manzili qo‘llab-quvvatlash;
32
https://iiv.uz/news/xotin-qizlar-uchun-ulkan-imkoniyatlar-belgilandi   
33
O‘zbekiston   Respublikasi   Shavkat   Mirziyoyevning   «Xotin-qizlarni   qo‘llab-quvvatlash   tizimi   hamda   ularning
jamiyatdagi   mavqeyini   yanada   mustahkamlash»   masalalari   bo‘yicha   videoselektor   yig‘ilishi.   2022-yil   1-mart.
https://lex.uz 6. Jamiyatda   xotin-qizlarga   tazyiq   va   zo‘ravonlikka   nisbatan   murosasizlik   muhitini
yaratish, xotin-qizlarga huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
7. Oilaning   tarbiyaviy-ta’lim   salohiyatini   mustahkamlash,   jamiyatda   oilaviy
qadriyatlarni   saqlash,oilalarda   ma’naviy-axloqiy   muhitni   yaxshilash   va   ularning
farovonlik darajasini oshirish; 34
Bu   kabi   islohotlarning   asosiy   mazmuni   xotin-qizlarning   yangi   g‘oya   va
tashabbuslar   bilan   chiqishlari   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratish   ayol   qadrini
qanchalik yuqoriga ko‘tarishga muyassar bo‘lsak, milliy g‘ururimiz, ma’naviyat va
madaniyatimiz   yanada   yuksalishi,   oilalarimiz   barqarorligi   ta’minlanishi,   halol   va
pok,   fidoyi,   vatanparvar,   jamiyatga   foyda   keltiruvchi,   millatimizni   butun   jahon
miqyosida ko‘z-ko‘z qildiruvchi farzandlarimiz soni kundan kunga ko‘paya borishi
tabiiy   holdir.   Zero,   har   tomonlama   faol   va   oqila,   dono,   izlanuvchan,   zamonaviy
ayol,   mehnatidan,   salohiyatidan   nafaqat   uning   oilasi,   balki   butun   jamiyat
manfaatdor bo‘lishi chin haqiqatdir. Biz qurayotgan jamiyatning og‘ir yukini dadil
ko‘tarib, uning poydevorini mustahkamlab turadigan asosiy kuch jamiyatimizdagi
har   bir   oila,   har   bir   inson,   har   bir   fuqaro,   shu   jumladan,   xotin-qizlar   ekanligini
unutmasligimiz kerak. 35
.
«Bugungi   farovon   hayotimiz   ham,   yorug‘   kelajagimiz   ham   ayollarga   bog‘liq.
Agar   xalqimiz   bizdan   rozi   bo‘lishini   xoxlasak,   avvalo   mo‘tabar   onalarimiz,   opa-
singillarimiz   uchun   munosib   turmush   sharoitlari   yaratishimiz   kerak.   Ona   rozi
bo‘lsa, oila rozi, oila rozi  bo‘lsa, jamiyat  rozi  bo‘ladi 36
  - deydi  Prezident  Shavkat
Mirziyoyev.
Yurtboshimiz   Shavkat   Mirziyoyevning   «Xotin-qizlarni   qo‘llab-quvvatlash   va
oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   farmonidan   kelib   chiqib,   endi,   nafaqat   jamoalar
bilan ishlash kerak, balki yurtimizdagi har bir xotin-qizning muommosini yurakdan
34
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2022-yil   1-martdagi   «Oila   va   xotin-qizlar   bilan
ishlash, mahalla va nuroniylikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi PF-81-
sonli Farmoni https://lex.uz.
35
  Y.D.Xabibullayevna. O‘zbekistonda  xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirishda amalga oshirilayotgan
islohotlarning muhim ahamiyati. https://ijtimoiy.uz.
36
O‘zbekiston   Respublikasi   Shavkat   Mirziyoyevning   «   Xotin-qizlarni   qo‘llab-quvvatlash   tizimi   hamda   ularning
jamiyatdagi   mavqeyini   yanada   mustahkamlash»   masalalari   bo‘yicha   videoselektor   yig‘ilishi.   2022-yil   1-mart
https://lex.uz. his   etib,   manzilli   tarzda   ular   bilan   alohida   ishlash   davri   keldi,   deb   hisoblaymiz.
O‘zbekiston   xotin-qizlar   qo‘mitasi   va   uning   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,
Toshkent   shahri,   viloyatlar,   shahar,   tumanlardagi   tuzilmalari   mamlakatimizdagi
barcha   onaxonlar,   opa-singillarimizning   suyanch   tayog‘i   desak   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   Har   jabhada   faol,   serqirra   faoliyat   egasi   bo‘lgan,   shuningdek,
mamlakatimizda onalik va bolalik muhofazasi va oilalar mustahkamligiga munosib
hissa   qo‘shgan   xotin-qizlarga   davlat   rahbari   tomonidan   «Mo‘tabar   ayol»   ko‘krak
nishoni ta’sis etildi.
Tarixga   nazar   tashlaydigan   bo‘lsak,   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarining
yetakchi   ma’rifatparvarlari   Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Abdurauf   Fitrat   va   Abdulla
Avloniylar   xotin-qizlarning   jamiyatdagi   o‘rni   va   roli   borasida   ko‘plab   fikrlar
bergan.   Misol   uchun,   Abdurauf     Fitratning   «Oila   yoki   oila   boshqaruv   tartiblari»
asarida   shunday   deyilgan:   «Ayollarning   huquqlari,   albatta,   din   va   milliy
qadriyatlar bilan ham bog‘liqdir. Islom dini kirib kelgunga qadar qizlar tug‘iliboq
tiriklayin   o‘ldirilgani   ko‘pchilikka   ma’lum.   Muqaddas   Islom   dini   hamisha
ayollarni e’zozlashga buyuradi. «Jannat onalar oyog‘i ostidadir» degan naql asrlar
osha   o‘z   mavqeyini   yo‘qotmagan.   Islom   ta’limoti   ayollarni   ilm   olish,   mehnat
qilish,   meros   huquqi,   jamiyat   taraqqiyotida   faol   qatnashishda   erkaklar   bilan   teng
huquqli   qildi.   Hadislarda   «ilm   olish   har   bir   muslim   va   muslimaga   xosdir»,
deyilgan.   Islomda   oila,   nikoh,   meros   masalalarida   ayolga   ko‘proq   yon   beriladi,
nikohsiz   yashashga   ruxsat   berilmay,   shu   tariqa   ayolning   huquqi   ta’minlanadi.
Nikoh   shartlarida   bo‘lmish   mahr   ham   aynan   ayollarning   foydasi   uchun   joriy
etilgan’. 37
Bundan ko‘rinib turibdiki ayollarimizga, xotin-qizlarimizga bo‘lgan hurmat va
e’tibor   eski   tariximizda   ham   alohida   e’tirof   etilgan   va   ularning   ta’lim   olish
jarayoniga   alohida   e’tibor   berilgan.   Mamlakatimizda   fuqarolarning   katta   qismini
yoshlar   va   xotin-qizlar   tashkil   etadi.   Aholining   49,7   foizi   hamda   mehnat
resurslarining   45   foizi   ayollar   hissasiga   to‘g‘ri   kelmoqda.   Demak,   yurtimizda
ijtimoiy masalarning aksariyati ularning hayoti bilan bog‘liq. 
37
 A Fitrat. Oila yoki oila boshqaruv tartiblari.-Toshkent: Cho‘lpon, 2019.B. 56 «Yaratganning   bebaho   mo‘jizasi   bo‘lgan   aziz   ayollarimiz,   qadrli   onalarimiz,
mehribon   rafiqalarimiz,   munis   opa-singillarimiz,   sevimli   qizlarimiz   va
nabiralarimiz   hayotda   bizga   barcha   to‘siqlarni   yengib   o‘tish,   oldimizga   qo‘ygan
maqsadlarimizga   erishish   yo‘lida   doimo   g‘amxo‘rlik   qilib,   hamisha   cheksiz
ishonch, kuch va madad berdilar.
Sizlarning   onalik   mehringiz   va   saxovatingiz,   ayollik   tarovatingiz   va   mehr-
oqibatingiz uchun biz sizlardan umrbod qarzdormiz. 
Shu   sababli   onalar   va   bolalar   sog‘ligini   muhofaza   qilish,   ayollarning   turmush
sharoitlarini   hisobga   olgan   holda,   ish   bilan   ta’minlash,   opa-singillarimizning
og‘irini   yengil   qilish   uchun   har   tamonlama   imkoniyat   yaratish,   xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha davlat siyosatini
faol davom ettirishni biz o‘zimizning eng muhim vazifamiz, deb bilamiz.» 38
So‘nggi yillarda xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash, ularni kasb-hunarga o‘qitib,
bandligini   ta’minlash   masalasi   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarilib,   bu   borada
mahalla   darajasigacha   yuritiladigan   vertikal   tizim   yaratildi.   Xotin-qizlar   masalasi
bo‘yicha   har   bir   mahallada   alohida   rais   o‘rinbosari,tumanda   mahalla   va   oila
bo‘limi   boshlig‘i   o‘rinbosari   hamda   ikki   nafar   mutaxassisi,   viloyatda   esa   sakkiz
nafargacha shtat birligi berildi 39
.
Yuksak   ma’naviyatli   xotin-qizlarning   ijtimoiy   faolligini   oshirish   omillari
quyidagilar bilan belgilanadi:
,,Birinchidan,   xotin-qizlar   faolligi   sifatli   ta’lim   va   samarali   tarbiya   tizimini
qaror  toptirishdagi   o‘rni  benihoya  muhim.  Chunki  bugungi  zamonda   nafaqat   tom
ma’nodagi  bilimli, shu bilan birga, yaxshi  tarbiya ko‘rgan va ma’naviyati  yuksak
yoshlargina har qanday eng murakkab muommolarni ham to‘g‘ri hal etishga qodir
bo‘la oladi. Shu ma’noda, ta’lim tarbiyaning jamiyat rivojidagi yuksak mavqeyini
bolalarimizga   to‘la   anglatishimiz   zarur.   Shundagina   yosh   avlod   uchun   bilim
olishga va tarbiyali bo‘lishga intilish eng muhim maqsadli vazifaga aylanadi.
38
 Erkin va farovon demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti
lavozimiga   kirishish   tantanali   marosimiga   bag‘ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining   qo‘shma   majlisidagi   nutq   /
Sh.M.Mirziyoyev.-Toshkent: O‘zbekiston, 2016.-12-b.
39
https://yuz.uz/uz/news/mehnat-bozorida-xitin-qizlarning-orni-    Ikkinchidan,   yuksak   ma’naviyatli,   xotin-qizlarning   ijtimoiy   faolligi,   bir
tomondan,   ta’lim   tizimida   zamonaviy   telekommunikatsiya   vositalaridan
foydalanish, videokonferensiyalar, seminarlar o‘tkazish, masofali o‘qitish va o‘quv
mashg‘ulotlari   uchun   multimedia   auditoriyalarini   tashkil   etishda,   ikkinchi
tomondan esa, o‘quvchi  va talabayoshlarning zamonaviy bilim, kasb-hunarga ega
bo‘lishi, shu bilan birga, sport va san’at yo‘nalishida yutuqlarga erishishida muhim
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz.
Uchinchidan,   fuqarolik   jamiyati   institutlari   orqali   faoliyat   ko‘rsatayotgan
yuksak   ma’naviyatli   ayollarning   barkamol   avlod   tarbiyasidagi   o‘rni   va   ular
tomonidan   o‘tkaziladigan   uchrashuvlar,   tadbirlar,   treninglar,   davra   suhbatlari,
shuningdek   oilaviy   biznes   va   oilaviy   tadbirkorlikni   rivojlantirishda   namoyon
bo‘ladi.   Oila,   mahalla   va   o‘quv   muassasalari,   shuningdek   xotin-qizlaring
mafkuraviy   tarbiya   jarayonidagi   o‘rni   katta   bo‘lib,   barkamol   avlod   tarbiyasi,
jamiyatning istiqbolini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi» 40
.
«Yer yuzida o‘zining aql-zakovati, mard va donoligi, go‘zal  husni, andisha va
sabr-toqati, mehr va sadoqati bilan dunyoga dong taratgan ayollar juda ko‘pligi» 41
jamiyatimizning yutug‘idir. XDXQT ning Vena kongresida Prezident Ejeni Kotton
jahon   ayollari   huzurida   «Hozirgi   jamiyatda   xotin-qizlarning   roli   va   ma’suliyati»
to‘g‘risida ma’ruza qilib, butun dunyoda ayollarning teng huquqlarga ega bo‘lishi,
ularning   fuqaro,   ona,   ishchi   sifatidagi   qadr-qimmatini   hurmatlash   to‘g‘risidagi
talablarni ko‘tarib chiqqan edi» 42
.
Bugun   jamiayat   yangi   siyosiy   munosabatlar   shakllanishi   uchinchi   renessans
jarayonining   ilk   bosqichida   turibdi.   Ushbu   jarayonda   xotin-qizlarning   jamiyat   va
davlat qurilishidagi ishtirokini takomillashtirish talab etiladi. 
40
  S Djasanova. Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi. «Tafakkur qanoti». Toshkent, 2014.
41
 Hayitmetov a. navoiyxonlik suhbatlar. –toshkent:o‘qituvchi, 1993.-B.152.
42
 Shamsiyeva M.X. Genderlik tenglik. Buxoro  Davlat Universitetiilmiy axboroti. 2015. №1. –B.125-126. II   BOB.   O‘ZBEKISTON   ZAMONAVIY   TA’LIM   TARAQQIYOTIDA
XOTIN-QIZLAR
II.1 Ta’lim tizimi bosqichlarida xotin-qizlar ta’lim masalasi
Bugungi   o‘zgarish   va   yangiliklarga   boy   kechayotgan   davr   barchamizning
oldimizga   yangi-yangi   talablarni   qo‘ymoqda.   Eng   muhimi   ilm   yo‘lini   tanlagan
xotin-qizlarimiz   uchun   o‘z   imkoniyatlarini   namoyon   qilish   uchun   barcha   shart-
sharoitlar   yaratilmoqda.   Ularni   qo‘llab-quvvatlash   davlatimizning   taraqqiyot
dasturlariga kiritilgan. 
«Ta’lim   O‘zbekiston   xalqi   ma’naviyatiga   yaratuvchilik   faolligini   baxsh
etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon
bo‘ladi,   kasb-kori,   mahorati   uzluksiz   takomillashadi,   katta   avlodlarning   dono
tajribasi   anglab   olinadi   va   yosh   avlodga   o‘tadi.   Yoshlar,   ularning   iqtidorliligi   va
bilim   olishga   chanqoqliligidan   ta’lim   ma’naviyatni   tushunib   yetish   boshlanadi» 43
degan Birinchi Prezident I.Karimov.
Xalqaro jamiyat har  bir insonning sifatli  ta’lim olish huquqini tan olgan va
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunlarni qabul qilish orqali barcha sohalarda,
jumladan,   ta’lim   sohasida   ham   ijobiy   choralar   ko‘rildi.   Bu   choralar   xotin-
qizlarning   sifatli   ta’lim   olish   huquqining   o‘ziga   xos   ehtiyojlar   va   sharoitlarini
hisobga   olgan   holda   qo‘llaniladi.   Eng   samarali   investitsiya   bu   ta’lim   sohasiga
qilingan   investitsiyadir.   Bugungi   globallashuv   davrida   demokratik   tartibotlarning
o‘ziga   xos   parametirlaridan   biri   bu   ta’lim   tizimi   hisoblanadi.   Yangilanayotgan
O‘zbekistonda ta’lim tizimi rivojlanib xotin-qizlarning ta’lim tizimidagi qamrovini
oshirishga   katta   e’tibor   qaratilmoqda.   Rivojlanishning   asosini   ilm-fan,   ta’lim
tashkil etishini bugungi hayotimiz ko‘rsatib turibdi.
Har   bir   jamiyatning   intellektual   manzarasi   haqida   fikr   yuritilganda,   ilm-
fanga munosabat,  ilmiy  g‘oyalar  va  tadqiqotlar, erishilgan  ilmiy natijalar  ko‘lami
muhim   ko‘rsatkich   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Zotan,   mamlakatimiz   iqtisodiyotining
yuksalishi   ilm-fan   rivojiga   bog‘liq.   Bu   o‘z   navbatida   ilm-fan   sohasida   izlanishlar
olib   borayotgan   xotin-qizlar   zimmasiga   ham   alohida   masulyat   yuklaydi.   Olima
43
O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T . 1996.  B . 82.  ayollar   tomonidan   bajarilayotgan   ilmiy   tadqiqotlar,   sanoat,   qishloq   xo‘jaligi,
ijtimoiy-ma’rifiy   va   madaniy   sohalarning   rivojiga   munosib   hissa   bo‘lib
qo‘shilmoqda.   Bugungi   kunda   o‘zbek   olimalari   ayollar   maqomini   tadqiqotchilik,
yetakchilik,   ustozlik   faoiliyati   bilan   uyg‘unlashtira   olgan   zamonamizning   haqiqiy
qahramonlaridir. 
Har   qnday   islohotlar   markazida   inson   kapitali,   ya’ni   xodimlar   salohiyati
yotishini   unutmaslik   kerak.   Shuning   uchun   ta’lim   xizmatlari   bozorida   talab   va
taklifning   o‘zaro   bog‘liqligi   asosida   oliy   ta’limni   rivojlantirish   jarayonini   tubdan
modernizatsiya qilish dolzarbligi yanada oshib bormoqda. 
Ta’lim   -   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   shaxs,   oila,   jamiyat   va   davlat
manfaatlarini   ko‘zlab   amalga   oshirilgan   tarbiya   va   o‘qitishning   yagona   maqsadli
jarayoni,   shuningdek,   olingan   bilim,   ko‘nikma,   malaka,   qadriyatlar   majmuidir.
Shaxsning   intelektual,   ma’naviy-axloqiy,   ijodiy,   jismoniy   va   kasbiy   rivojlanishi,
uning   ta’lim   ehtiyojlari   va   manfaatlarini   qondirish   uchun   muayyan   hajmdagi   va
murakkablikdagi munosabatlar, tajriba va kompetatsiya 44
.
Bugungi   axborot   texnologiya   davrida   ta’lim   alohida   o‘ringa   ega.   Sababi
shundaki,  ,,Uchinchi Renessans ”  poydevorini yaratish, aholi turmush farovonligini
oshirish,   kambag‘allikni   kamaytirishda,   jamiyatning   rivoji,   O‘zbekistonning
xalqaro   imedji   va   jahon   hamjamiyatida   tutgan   o‘rnini   oshirishda   ta’limni   yoshlar
bilan   ayniqsa   xotin-qizlar   bilan   qamrab   olish   alohida   e’tiborga   molik.   Xotin-
qizlarning ta’lim darajasini oshirish ularning o‘z salomatligi va iqtisodiy kelajagiga
ijobiy   ta’sir   ko‘rsatishi,   bu   o‘z   navbatida   ular   yashayotgan   jamiyat   istiqbollarini
yaxshilashi isbotlangan. 45
Iqtidorli   yoshlar   jumladan   xotin-qizlarni   xorijiy   tillar   hamda   axborot
texnologiyalari   bo‘yicha   o‘quv   kurslariga   keng   jalb   etish   maqsadida   Yoshlar
ishlari   agentligi   tomonidan   xalqaro   imthon   tizimlari   bo‘yicha   imtihon   topshirish
harajatlarini qoplab berish tizimi yaratilgan bo‘lib, o‘tgan yil davomida jami 11290
44
Бабанский   Ю.   К   Проблема   повышения   эффективности   педагогического   исследования:   дидактическийа
спектю М.: Педагогика, 1982. 
45 nafar   shundan,   5194   nafar   xotin-qizlarning   imtihon   topshirish   harajatlari   qoplab
berildi. 
Xotin-qizlarni   axborot   texnologiyalaridan   samarali   foydalanish   uchun   “Bir
million   o‘zbek   dasturchisi”   loyihasi   tashkil   etilgan   bo‘lib,   uzbekcoders.uz
platformasi kurslarini tamomlab, kredit asosida kompyuter sotib olmoqchi bo‘lgan
yosh   xotin-qizlarga   kreditning   foiz   qismini   Yoshlar   ishlari   agentligi   tomonidan
to‘lab berish imkoniyati yaratilgan.
Jumladan,   ushbu   loyihaga   bugungi   kunda   jami   83033   nafar   yoshlardan
arizalar   kelib   tushgan   bo‘lib,   shundan,   35851   nafarni   yosh   xotin-qizlar   tashkil
etadi.   Shuningdek,   19261   nafar   kompyuter   sotib   olmoqchi   bo‘lgan   yoshlarning,
8725   nafar   xotin-qizlariga   Yoshlar   ishlari   agentligi   tominidan   kedit   foiz   qismlari
to‘lab berildi.
Bundan tashqari, “Kelajak kasblari” loyihasi  doirasida zamonaviy kasblarni
o‘rganish   istagini   bildirgan   Respublika   bo‘yicha   jami   16090   nafar   talabgor   ariza
bergan, shudan 6889 ta ariza xotin-qizlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ta’lim   inson   huquqidir.   Ta’lim   tarbiya   tizimi   takomillashgani   sayin
odamlarning   ongi,   mafkurasi   tafakkur   doirasi   shakillanib,   yuksalib   bordi.   Ta’lim
tizimini har tamonlama, shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilanish lozim edi.
Zero,  jamiyat  yangi  shaxsni  tarbiyalashni  talab   etayotgan  bir  paytda   odamlarning
ongi,  dunyoqarashi,  bilim   saviyasini   o‘zgartirmay,  uni   zamonaviylashirmay  turub
yangi jamiyatni barpo etib bo‘lmasdi. 46
Ta’lim tizimi va tarbiya   hozirgacha bo‘lgan davrlarda ham svilizatsiyaning
harakatlantiruvchi   omili   bo‘lib   kelgan.   Bir   narsa   aniqki,   har   qanday   jamiyatning
kelajagi   yosh   avlodning   qanday   ta’lim   va   tarbiya   olishiga,   bilimlarga   ega
bo‘lishiga   komil   inson   sifatida   shakllanishiga   bog‘liq,   albatta.   Buni   o‘z   vaqtida
tushungan   mamlakatlarda   ta’lim   samaradorligi   va   sifati   boshqa   mamlakatlarni
qiynab   kelayotgan   ijtimoiy   muommolarning   yechimi   bo‘lib   kelmoqda.   Bugungi
kunda ta’lim tizimi strategik ahamiyat kasb etib, shaxs va jamiyat hayotida asosiy
mavqeyni   egallaydi.   Rivojlanayotgan   mamlakatlarda   ham   ta’lim   tizimi   va   xotin-
46
www    .   m    .   mfa    .   uz    qizlarning ta’lim tizimida ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimi
jarayonida yangi o‘quv dasturlarining yangi pedagogik texnologiya va zamonaviy
usullarni   qo‘llagan   holda   takomillashtirish   eng   birinchi   muhim   vazifa   sanaladi,
ta’lim   jarayonida   yangi   o‘quv   vositalari   -   metodik   materiallar   va   didaktik
ishlanmalar   yaratishni   talab   qiladi.   Shundan   kelib   chiqqan   holda,   ta’lim
tushunchasi ostida bugungi kunda o‘quv-tarbiya jarayoni tushuniladi. 
Mamlakatimizda   xotin-qizlar   mavqeyini   yanada   yuksaltirish,   ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda ular faolligini
ta’minlashning   asosiy   omili   ta’lim   va   tarbiya   uyg‘unligi   bo‘lib,   uning   quyidagi
bosqichlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Birinchidan,   oilada   ota-onalar   tomonidan   farzandlarga   ta’lim-tarbiya   berish
jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar
xususida tushunchalar berib borish;
Ikkinchidan,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   tarbiyalanuvchilar
mamlakat   siyosiy   hayotining   bo‘lajak   ishtirokchilari   ekanligi   hissini   uyg‘otuvchi
uslublarning zamonaviy vositalaridan foydalanish;
Uchinchidan,   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   o‘quvchilariga   ijtimoiy-siyosiy
bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga yo‘naltirilgan fanlardan ta’lim berish;
To‘rtinchidan, oliy ta’lim va undan keying bosqichlarda siyosiy va huquqiy
madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatiga rag‘bat berish,
bunda   ta’lim   muassasalari   va   davlat   tashkilotlari   o‘rtasidagi   hamkorlikni   keng
yo‘lga qo‘yish;
Beshinchidan,   yosh   qizlarning   ma’naviy   dunyoqarashini   shakllantirishda
madaniyat   obyektlari   (kino,   teatr,   muzey   va   h.k)   bilan   cheklanib   qolmasdan,
ijtimoiy-siyosiy   tadbirlarda   ularning   ishtirokini   ta’minlash,   ushbu   yo‘nalishdagi
munozara-debatlardagi faolligini oshirish;
Oltinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning
faol   ishtirokini   ta’minlash,   yosh   qizlarning   jamiyatda   sodir   bo‘layotgan   voqea-
hodisalarga   daxldorlik   tuyg‘usini   shakllantirish   ham   ushbu   yo‘nalishda   olib
borilayotgan ishlarimizning asosini tashkil qiladi.  «Ma’lumki yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb
ahamiyatga   ega   bo‘lib   kelgan.   Ammo   biz   yashayotgan   XXI   asrda   bu   masala
haqiqatan   ham   hayot   -   mamot   masalasiga   aylanib   bormoqda» 47
-   deydi   davlat
rahbari.
Ta’kidlash joizki, pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan
biri   gender   tenglik   va   farqlar   asosida   ta’lim   berish   imkoniyatlarining   ochilishi
hisoblanadi.  Bu  hodisa  ta’limni   gumanitarlashtirish  nuqtai   nazaridan ham  alohida
qimmatga   ega.   Ta’lim   tizimi   jamiyatda   nafaqat   texnologik   va   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot   omili,   balki,   ma’naviy   va   iqtisodiy   rivojlanishnng   muhim   strategik
vositasi sifatida alohida qayd etiladi. Ta’lim tizimida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini
rivojlantirishning   ilmiy   asoslari   va   texnologiyasini   ishlab   chiqish   davr   talabidir,
ya’ni, bu yondashuv  asosida tadqiqotlarning olib borilishi  bo‘lg‘usi  mutaxassislar
ijtimoiy faolligining eng yangi tahliliy yutuqlar asosida shakillanishiga xos bo‘ladi.
Bugungi   kunda   oila,   ta’lim,   din,   ma’daniyat,   kabi   jamiyatdagi   ijtimoiy
institutlarning   xotin-qizlarning   ijtimoiy   faolligini   rivojlantirishdagi   tarbiyaviy
ahamiyati   mazkur   jarayon   samaradorligini   oshiradi.   O‘zbekistonning   ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy-intellektual hayotida tub o‘zgarishlar bo‘layotgan vaqtda o‘quv
jararyonini shaxsning gender tengligi va farqlari asosida tashkil etish masalasi ham
pedagogik jarayon va tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylantirish lozim. 
«Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy
hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan
ishlarni qat’iy davom ettiramiz» 48
, deya qayd etgan Sh.Mirziyoyev.
«Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo‘yicha keng
ko‘lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O‘zbekiston shakllanmoqda. Bugungi
kunda mamlakatimizdagi demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi.» 49
-
deb ta’kidlaydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. 
47
https    ://    sputniknews    -   uz    .   com    /   analytics    /20170703/5736267/      Yoshlar   –   ulkan   kuch :   Mirziyoyev   yoshlarga   hukumat
eshiklarini   ochdi  
48
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Inson   huquqlari   boyicha   kengashining   46-
sessiyasida so‘zlagan nutqidan. https://lex.uz 
49
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Bosh
Asambliyasining 75-sessiyasidagi so‘zlagan nutqi. 23.09.2020. https://lex.uz Shiddatli   islohotlar   jarayonida   yurtimiz   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   tizimi
va   uning   jadal   rivojlanayotgan   iqtisodiy-ijtimoiy   jarayonlar   vaqtida   mahoratli
kadrlar   bilan   ishlash   jarayoni   ham   rivojlanmoqda.   Xotin-qizlarning   yaxshi   ta’lim
olishi   va   kasb-hunar   egallashi   davlat   rahbarimizni   hamisha   o‘ylantiradigan
masalalardan   biri   hisoblanadi.   Shu   maqsadda   Prezident   qator   qarorlar   qabul   qilib
kelmoqda.
Misol   uchun,   2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan   Xotin-qizlar   ta’limini
qo‘llab-quvvatlash   daturi   ishlab   chiqiladi.   Dastur   doirasida   poytaxtimizda   asosan
xotin-qizlarni   o‘qitish   uchun   davlat-xususiy   sherikchilik   asosida   to‘qimachilik
sohasida   alohida   universitet   tashkil   etiladi.   Paxta-to‘qimachilik   va   pillachilik
klasterlari   ishtirokida   joylarda   universitetning   texnikumlari   ham   ochiladi.   Ta’lim
kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba yetti yil muddatga foizsiz kredit
berish   joriy   qilinadi.   Buning   uchun,   joriy   yilda   banklarga   1   trillion   800milliard
so‘m,   kelgusi   besh   yilda   8   trillion   so‘m   mablag‘   ajratiladi.   Magistraturada
o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq Davlar byudjetidan qoplab beriladi.
«Oliy   o‘quv   yurtlariga   qabul   qilishda   ehtiyojmand   oilalar   qizlari   uchun
grantlar   sonini   2   barobarga   ko‘paytirib,   2   mingtaga   yetkazamiz.   A’lo   baholarga
o‘qiyotgan,   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   qizlar   uchun   maxsus   stipendiyalar   joriy
etiladi 50
 ,-deb ta’kidladi davlat rahbari Sh.Mirziyoyev.
Ehtiyojmand   oila   vakillari,   ota   yoki   onasini   yo‘qotgan   talaba   qizlarning
ta’lim   kontrakti   mahalliy   byudjetdan   to‘lanadi.   Jamiyatimizda   olima   ayollar
ulushini   sezilarli   oshirish   uchun   doktarantura   yo‘nalishida   xotin-qizlar   uchun   har
yili   kamida   300   tadan   maqsadli   kvota   ajratiladi.   Monomarkazlar   va   oliygohlar
qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etish, ayollarni talab yuqori bo‘lgan
ishchi kasblarga o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 51
Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda doimiy aholi 35271,3 ming kishini
tashkil   qilsa,   shundan   17527,1   mingni   ayollar   tashkil   qilar   ekan.   Shundan   OTM
50
O‘zbekiston   Respublikasi   Shavkat   Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   Murojaatnomasi//
https://president.uz/uz/lists/view/4057
51
https://iiv.uz/news/xotin-qizlar-uchun-ulkan-imkoniyatlar-belgilandi    ta’limni bitiruvchilar 103898 nafar talaba bitiruvchi kurs bo‘lsa, undan 48558 tasi
xotin-qizlar ekanligi quvonarli holdir. 52
Ko‘pchilik   xotin-qizlarimizning   jamiyat   hayotining   turli   jabhalarida,
jumladan,   siyosat,   madaniyat   va   ma’naviyatimizning   faol   ishtiokchisi   bo‘lib
yetishishi uchun ta’lim olishda teng huquqlillik zarur. 
O‘zbekiston   xotin-qizlarning   umumiy   bilim   saviyasi   yuqori   darajada.   Oliy
va   o‘rta   maxsus   ma’lumotli   mutaxassislarning   umumiy   sonida   xotin-qizlarning
salmog‘i 50 foizdan oshadi. 53
,,Biz   farzandlarimizni   yaxshi   xulq   egalari   etib   tarbiyalashimiz   lozim,   ya’ni
shunday   qilishimiz   lozimki,   farzandlarimiz   iymonli,   fidokor   bo‘lib   ulg‘ayib,   o‘z
bolalarini islom taraqqiyotiga muvofiq tarbiyalab, din va dindoshlarini halokat va
xarobalik   jarligidan   qutqarsinlar.   Bu   matlabga   erishish   uchun   xotinlarimiz   va
qizlarimiz   -   millat   onalari   tarbiya   va   ilm   olishlari   lozim,   axloq   va   bilimlarini
kamolga yetkazishlari zarur» 54
, deb ta’kidlagan A.Fitrat. 
Ilm   orqali   bilim   berish   tamoyili   ilmiy   asoslangan   bilimlarni   ma’lum
manbalar,   o‘qituvchilarning   mashg‘ulotlari   orqali   egallashdan   tashqari   har   bir
ta’lim oluvchining o‘z imkoniyati darajasida mustaqil ilmiy faoliyat yuritish bilan
fan   asoslarini   o‘zlashtirishini   ta’minlaydi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi
Prezidentining   2004-yil   21-mayda   «2004-2009-yillarda   maktab   ta’limini
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi  to‘g‘risida»gi  Farmoni e’lon qilinadi. Bu
farmon   asosida   qabul   qilingan   qator   qarorlarda,   xususan,   o‘qituvchining   ilmiy
salohiyatiga   baho   berish   va   uni   ilmiy   faoliyatiga   jalb   etish   masalalariga   alohida
e’tibor qaratiladi. 
«Milliy   istiqlol   g‘oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar»   risolasida   fan   va
ilmiy   muassasalar   milliy  istiqlol   mafkurasini   shakllantirishda   muhim   o‘rin   tutishi
alohida qayd etib o‘tgan 55
. 
52
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi (murojaat sanasi 01.12.2022)  https://stat.uz  
53
 Ubaydullayeva R.A.  Mustaqil O‘zbekiston:ayol, oila va jamiyat.-T.:Fan, 2006.
54
 A.Fitrat. Oila yoki boshqarish tartiblari.-Toshkent: Ma’naviyat, 2020.-B.112.
55
 Karimov I.A. Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik. – T.: O‘zbekiston,1993. B.48. «…zaminimizda   yashab   o‘tgan   buyuk   allomalarimiz,   mutaffakkir
bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun
ham jahon ahlini hayratga solganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim» 56
. 
Bu   borada   Farobiy   «Baxt   saodatga   erishuv   to‘g‘risida»   asarida   bilimlarni
o‘rganish   tartibi   haqida   fikr   yuritadi.   Uning   ta’kidlashicha,   avval   bilish   zarur
bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgatgach, tabiiy
ilmlarni,   tabiiy   jismlar   tuzilishini,   shaklini,   osmon   haqidagi   bilimlarni   o‘rganish
lozim.   Undan   so‘ng,umuman,   jonli   tabiat-o‘simlik   va   hayvonlar   haqidagi   ilm
o‘rganiladi, deydi 57
. 
Fanlar   o‘rtasida   hamda   narsa-hodisalar   orasidagi   aloqadorlikni   anglagan
o‘qituvchi   o‘z   darslarini   to‘g‘ri   loyihalay   oladi.   Ongida   antisipirik   layoqatlar
rivojlangan   o‘qituvchilargina   ta’lim   jarayonida   o‘quvchilar   tafakkurini   o‘stira
oladi.   Ongning   antisipirik   layoqatida   uning   uch   xil   funksiyasi   ajratiladi:   bilish
(farazlar   qo‘yish,   kelajakni   ko‘ra   bilish),   loyihalash   (fikran   hisob-kitob   qilish,
loyihani oldin ongda, keyin amaliyotda tayyorlash), tasdiqlay bilish (maqsad, reja,
dastur, konsepsiyalarni amalga oshirish) 58
.
O‘quvchi   shaxsining   rivojlanishi   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega.   «Bu,   eng
avvalo,   ularda   o‘zini   takomillashtirish   istagining   kuchayishi   va   o‘qishga   bo‘lgan
qiziqishining o‘sishi bilan xarakterlanadi» 59
.
Pedagogik   hodisalarga   kompleks   yondashish   ko‘p   maqsadli   izlanish   olib
borishni   ta’minaydi,   o‘rganilayotgan   hodisa   doirasida   amal   qiladigan   bog‘lanish,
aloqalarni   ajratishni   osonlashtiradi,   muammoga   daxldor   bo‘lmagan   ikkinchi
darajali hodisalarni chegaralash imkoniyatlarini oshiradi 60
. 
Pedagogika   fanini   rivojlantirish   va   istiqbolga   yo‘naltirish   davlat   dasturida
pedagogika   fani   O‘zbekiston   Respublikasida   ilimning   ustuvor   soha   sifatida
mustaqil   O‘zbekiston   davlati   va   jamiyatining   taraqqiyotiga   xizmat   qiladigan
uzluksiz   ta’lim   tizimini   yangidan   yangi   pedagogik   nazariyalar   negizida   vujudga
56
  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch- T.: Ma’naviyat, 2008. B. 41.
57
O‘zbek pedagogik antologiyasi. –T.: «O‘qituvchi», 1995. I jild. B .71-72. 
58
ИбрагимовР. Проблемный подход обучения младших школьников: Автореф. …канд  .дис – T ., 1985. – C .16
59
Фридман Л.М., Кулагина И.Ю. Психологический справочник учителя. - М.: Просвещение, 1991. -С.
288.
60
 Кочетов А.И. Педагогическое исследование. - Рязань, 1976. - С. 176. kelgan   ta’lim   modellari   va   texnologiyalari   bilan   qurollantirish   asosida   kadrlar
tayyorlash   samaradorligini   oshirishga   yo‘naltirish,   yoshlar   tashkilotlarining
maqsad,  vazifalari  hamda  ular  faoliyatining mazmunini   aniqlash  zarurligi  alohida
belgilab berilgan 61
.
«Pedagogik   tadqiqot   bilan   shug‘ullanuvchi   talabalar   pedagogika   fanini
rivojlantirish   va   istiqbolga   yo‘naltirish   davlat   dasturi   mazmunidan   kelib   chiqqan
holda maktab ta’limi va o‘qituvchi oldida turgan quyidagi muommolarni bilishlari
va ularni bartaraf etishning ilmiy yechimlarini izlashga o‘z e’tiborlarni qaratishlari
lozim:
-o‘qituvchining fikri o‘quvchi uchun o‘quv materialini o‘zlashtirishda asosiy
xulosa bo‘la olishi;
-o‘qituvchilarning o‘quvchi bilan o‘zaro aloqa o‘rnata olmasligi;
-o‘qituvchi o‘quvchining ichki ruhiy holatini tushunmasligi va uning fikrini
o‘z vaqtida inobatga olmasligi;
-o‘quv  mashg‘ulotlarida  o‘quvchi  bilan  o‘zaro  aloqa  qilish  va   bu  jarayonni
boshqarishning murakkabligi;
-o‘qituvchining o‘quvchilar  bilan  aloqani  o‘zaro fikr   almashuv  yoki  o‘quv-
tarbiya   mazmun-mohiyatidan   kelib   chiquvchi   pedagogik   masalalar   bilan   bog‘lab
qayta tuza olmasligi;
-o‘quvchilar   bilan   o‘zaro   aloqa   o‘rnatish   zarur   bo‘ladigan   ta’lim-tarbiya
maqsadlarini   o‘quvchining   o‘quv   maqsadlariga   (identiv,   oydinlashgan   o‘quv
maqsadlari) aylantirishda o‘qituvchining bilim va malakalari yetarli emasligi;
-o‘quvchi   bilan   o‘zaro   munosabatda   o‘qituvchi   o‘z   ruhiy   holatini
boshqarishining murakkabligi;
-o‘quvchilarning   o‘qituvchi   bilan   bo‘ladigan   munosabatlarini   bevosita
o‘rganilayotgan   o‘quv   fani   mazmuniga   o‘tkazishlari.   O‘qituvchining   o‘z   faniga
o‘quvchilarni   qiziqtira   olishi,   ijobiy   fazilatlari,   bilimdonligi   va   kasbiy
malakasining   yuqoriligi,   o‘quvchilar   o‘qituvchi   shaxsiga   namuna   sifatida   taqlid
61
O ‘ zbek   pedagogikasi   tarixi .:   Oliy   o ‘ quv   yurtlari   uchun   qo ‘ llanma .   // A . Zunnunnovning   umumiy   tahriri   ostida .   –
T .: O ‘ qituvchi , 1997.  B . 272.  qilishlari yoki aksincha, o‘quv faniga nisbatan ularda salbiy munosabatning paydo
bo‘lishi; 
-o‘qituvchining   ilmiy   metodik   saviyasi   davr   talablari   darajasida   emasligi,
uning   ta’lim   jarayonida   ilg‘or   pedagogik   tajriba   hamda   zamonaviy   pedagogik   va
axborot   texnologiyalarini   qo‘llay   olmasligi,   ta’lim   berishda   differensial   va
individual yondashuvga asoslana olmasligi; 
-o‘qituvchining   o‘quvchi   o‘quv-biluv   faoliyatini   rivojlantirishi,   mustaqil
ishlarini tashkillashtirishi va unga pedagogik yordam berishi;
-o‘qituvchi   o‘quvchining   muayyan   o‘quv   fanidan   yetarlicha   bilim   olishi
uchun mayl hosil qila olishi;
-o‘qituvchi   o‘quvchining   shaxsiy   xususiyatlarini   yetarlicha   o‘rganishi,   bu
jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalana olishi;
-o‘quv mashg‘ulotlari davomida turli usullar, shakllar va metodlarni qo‘llay
olishi,   ta’limning   mazmuni,   vosita,   metod,   shakl   va   jarayonlarning
o‘zgaruvchanligini   ilg‘ay   olishi,   unga   amal   qilishi,   darsda   o‘quvchilar   faoliyatini
nazorat qila olishi» 62
.
II.2.Ta’lim   tizimini   kadrlar   bilan   ta’minlashning   O‘zbekistonga   xos
xususiyatlari
O‘zbekistonda   kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturini   amalga   oshirishda   va
jamiyatni   yangilash   jarayonida   olib   borilayotgan   barcha   sohadagi   islohotlarda
ayollarning   o‘rni   beqiyos,   albatta.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston
Respublikasida   ta’lim   tizimining   barcha   bo‘g‘inlari   va   tarkibiy   qismlariga   ta’sir
ko‘rsatuvchi   islohotlar   amalga   oshirilib,   bu   islohotlar   mamlakatimizning   uzoq
muddatli   vazifalari  va  manfaatlariga  muvofiqligini  ta’minlashga  qaratilgan.  Inson
kapitaliga   yo‘naltirilayotga   investitsiyalar   va   bu   investetsiyalar   hajmini   oshirish,
bilimli   va   intelektual   rivojlangan   avlodni   tarbiyalash   ustuvor   vazifa   sifatida
belgilab berilgan. Ushbu sohani isloh qilishning tegishli huquqiy asoslari yaratildi.
Demokratik rivojlanish, modernizatsiya va yangilanish, barqaror iqtisodiy o‘shish
maqsadlari belgilab berildi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlardan asosiy
62
RahimovB . X .  « Talaba - yoshlarni   ilmiy   tadqiqot   ishlariga   yo ‘ naltirishning   ijtimoiy - pedagogik   asoslari »   Toshkent .
2009. ko‘zlangan   maqsad   O‘zbekiston   Respublikasining   jahon   hamjamiyatida   munosib
o‘rin   egallashidir.   1991-yildan   boshlab   ta’lim   tizimni   isloh   qilishda   mustaqil
davlatlar talabidan kelib chiqqan holda yangi davr talabiga javob beradigan tarzda
qayta qurildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997-yil 29-
avgustda   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX   sessiyasida   Birinchi
Prezident   I.A.Karmov   tashabbusi   bilan   qabul   qilingan 63
.   Bu   qonun   «Talim
to‘g‘risida»gi   qonun   (1997-yil   avgust)   qoidalariga   muvofiq   holda   tayyorlangan
bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi ta'lim tizimidagi yutuqlar asosida
tayyorlangan   hamda   yuksak   umumiy   va   kasb-hunar   madaniyatiga,   ijodiy   va
ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola
bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarning yangi avlodni shaklantirishga yo‘naltirilgan.
Uch bosqichda amaliyotda tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan «Kadrlar tayyorlash
milliy   dasturi»ning   2001-yilda   yakuniga   yetgan   dastlabki   bosqichida   erishilgan
istiqbolli   natijalar   keying   davrlarda   uni   yanada   rivojlantirish   uchun   mustahkam
asos yaratib berdi. Jumladan, kadrlar  tayyorlash tiziminig ijobiy salohiyati  saqlab
qolindi,   tizimni   isloh   qilish   va   rivojlantirish   uchun   huquqiy,   me’yoriy,   ilmiy-
metodik, moliyaviy, moddiy-ma’naviy shart-sharoitlar yaratildi 64
. 
Dastur   kadrlar   tayyorlash   milliy   modelini   ro‘yobga   chiqarishni,   har
tamonlam   kamol   topgan,   jamiyatda   turmushga   moslashgan,   ta’lim   va   kasb-hunar
dasturlarini   ongli   ravishda   tanlash   va   keyinchalik   puxta   o‘zlashtirish   uchun
ijtimoiy-siyosiy,   huquqiy,   psixologik-pedagogik   va   boshqa   tarzdagi   sharoitlarni
yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni
tarbiyalashni nazarda tutadi. 65
.
,,Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dastur»   O‘zbekiston   Respublikasining   ,,Ta’lim
to‘g‘risida»gi   qonuni,   «Yoshlar   yili»   dasturi   g‘oyalariga   muvofiq,   milliy
tajribaning   tahlili   va   ta’lim   tizimidagi   jahon   miyosidagi   yutuqlar   asosida
63
 463- I - son  29.08.1997.  Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi - LEX . UZ
64
RahimovB . X .  « Talaba - yoshlarni   ilmiy   tadqiqot   ishlariga   yo ‘ naltirishning   ijtimoiy - pedagogik   asoslari »   Toshkent .
2009. 
65
Barkamol  avlod  orzusi T., 2000. tayyorlangan   hamda   yuksak   umumiy   va   kasb-hunar   madaniyatiga,   ijodiy   va
ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola
bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarning yangi  avlodini  shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dasturning maqsadi-
ta’lim   sohasini   tubdan   isloh   qilish,   uni   o‘tmishdan   qolgan   mafkuraviy   qarash   va
sarqitlardan   to‘la   xalos   eish,   rivojlangan   demokratik   davlatlar   darajasida,   yuksak
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash
Milliy tizimini yaratishdan iboratdir» 66
.
«Yoshlar   yili   dasturining   asosiy   maqsadi   ham   yoshlarni   xalqimizga   xos
xususiyat   va   fazilatlarni   namoyon   etadigan,   uning   azaliy   orzu   intilishlarini
ro‘yobga   chiqara   oladigan,bugungi   va   ertangi   kunimizning   hal   qiluvchi   buyuk
kuchiga   aylantirishdan   iborat.   Dasturning   oltinchi   bo‘limi   iqtidorli   yoshlar   bilan
ishlash,   bolalarning   ijodiy   qobilyatlari,   iqtidorini   barvaqt   aniqlash   uchun   shart-
sharoitlar yaratishga qaratilgani bejiz emas 67
.
Barkamol   avlod-O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori»   mavzusida   nutq
so‘zladi  va ta’lim-tarbiya tizimida islohotlar o‘tkazish zaruriyatini  asoslab  beradi.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   daturining   ro‘yobga   chiqarish   bosqichlari
quyidagialardan iborat. 
Birinchi bosqich (1997-2001) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy,   kadrlar   jihatidan   ilmiy-uslubiy,   moliyaviy-moddiy   shart-sharoitlar
yaratish. 
Ikkinchi   bosqich   (2001-2005)   -   Milliy   dasturni   to‘liq   ro‘yobga   chiqarish,
mehnat rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga
aniqliklar kiritish.
Uchinchi   bosqich   (2005   va   undan   keying   yillar)   -   to‘planga   tajribani   tahlil
etish   va   umumlashtirish   asosida,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
66
Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi   //Oliy   ta’lim:   Me’yoriy   hujjatlar   to‘plami.-   Toshkent:   Sharq   nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001.
67
  1.KarimovI.A.   Milliymafkura-davlatimiz   va   jamiyatimiz   qurilishida   biz   uchun   ruhiy-ma’naviy   kuch-quvvat
manbai. «Ozod va obod  Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard  maqsadimiz». –T.; O‘zbekiston,2000. B.366.
2.»Yoshlar yili» Davlat dasturi. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PK 805-son Qarori
bilan tasdiqlangan https://lex.uz. istiqbollariga   muvofiq   kadrlar   tayyorlash   tizmini   takomillashtirish   va   yanada
rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
1. Davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   ta’lim   dasturlarini   amalga   oshiruvchi   davlat
va nodavlat ta’lim muassasalari;
2. Ta’lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi
ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
3. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi
korxona,muassasa   va   tashkilotlar.   O‘zbekiston   Respublikasi   ta’lim   tizimi   yagona
va   yaxlitdir.   O‘zbekiston   Respublikasi   ta’lim   quyidagi   ko‘rinishlarida   amalga
oshiriladi: - maktabgacha ta’lim; - umumiy o‘rta ta’lim; - o‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi; - oliy ta’lim; - oliy ta’limdan keying ta’lim; - malaka oshirish va kadrlarni
qayta   tayyorlash;   -   maktabdan   tashqari   ta’lim.   Ta’lim   tizimini   asosan,   ya’ni
umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi va uning vakolatlariga
quyidagilar kiradi:
1. Ta’lim sohasida davlat siyosatini olib borish;
2. Davlat ta’lim boshqaruv organlariga rahbarlik qlish;
3. Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
4. Ta’lim   muassasalarini   yaratish,   qayta   tashkil   etish   va   bekor   qilish   tartiblarini
belgilash; 
5. Ta’lim   muassalari   akkreditatsiyasi,   pedagogik   va   ilmiy   attestatsiyasi   tartiblarini
belgilash;
6. Boshqa   davlatlar   ta’lim   muassalariga   O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   ta’lim
ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
7. Qonunchilikka   mos   ravishda   xorijiy   davlatlarning   ta’lim   haqidagi   hujjatlarini   tan
olish tartibi belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish;
8. Davlat ta’lim standartlarini belgilash;
9. Davlat namunasidagi ta’lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;
10. Ta’lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;
11. Davlat oliy talim muassalariga rektorlarini tayinlash; 12. Ta’lim   olayotganlarni   bir   akkreditatsiyalangan   ta’lim   muasasasidan   boshqasiga
o‘tkazish tartibini belgilash;
13. Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. 
Xalq ta’limi vazirligi yana quyidagi ishlar bilan ham shug‘ullanadi:
- Umumiy   o‘rta   ta’lim   sohasida   yagona   davlat   siyosatini   ishlab   chiqish   va   amalga
oshirish,   maktabdan   tashqari   ta’lim,   ma’naviy-   axloqiy,   intellektual   va   jismoniy
tarbiyani yanada takomillashtirish;
- Umumta’lim   muassalari   faoliyatiga   uslubiy   rahbarlikni   umumiy   o‘rta   ta’limning
milliy   ta’lim   standartlariga   muvofiq   va   maktabdan   tashqari   ta’limga   qo‘yiladigan
milliy talablarni amalga oshirish; 
- O‘qituvchilik   kasbining   mavqeyi   va   nufuzini   oshirish,   moddiy   va   ijtimoiy
ta’minlash ta’lim muassasa xodimlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish; 
Hozirgi   kunda   O‘zbekiston   Respublikasida   ta’lim   tizimini   tubdan   tashkil
etishga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda   va   bu   maqsad   yo‘lida   kadrlar   tayyorlash
tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishning kompleks tizimi joriy etildi.
Ta’lim   sohasidagi   islohotlarni   amalga   oshirishning   asosiy   ishtirokchilari   –
o‘qituvchilarga   yuksak   talablar   qo‘ymoqda.   Rivojlangan   ilg‘or   jamiyatni
shakllantirishda o‘qituvchilarning roli beqiyosdir. Ayniqsa bugungi kunda ilm-fan
sohasida   ayollarning   faolligini   har   doimgidanda   ko‘proq   oshirishga   harakat
qilinmoqda   va   davlat   tomonidan   turli   rag‘batlantirishlar   amalga   oshirilmoqda   va
bularning doirasida yanada kengaytirib borish zarur. 
Pedagog   kadrlar   tayyorlash   tuzilmasi,   mazmuni,   texnologiyalari,   tashkil
etilishiga   oid   savollarga   javob   izlash   zarur.   Ko‘pgina   mamlakatlar   bu   borada
yetarli   tajriba   to‘plagan.   Yagona   ta’lim   makonini   takomillashtirishda   xatolarni
takrorlamaslik,  qator  muommolarni  hal   qilishda   yangi  yondashuvlarni   kashf   etish
imkonini beradigan noyob ishlanmalardan to‘g‘ri foydalanish biz uchun muhimdir.
Shu   bois   bugungi   kunda   pedagogik   ta’lim   muassasalarida   pedagog   kadrlar
tayyorlashda   jamiyat   chaqirig‘ini   qabul   qilishga   tayyor,   o‘qituvchining   ijtimoiy
mavqeyini   ko‘tarishga   qodir   bo‘lgan   o‘qituvchi   shaxsini   shakllantirish   masalasi
dolzarb bo‘lib qolmoqda.  Prezident   o‘zining   qonunlarida   o‘quvchilarga   ta’lim-tarbiya   berish
jarayonida   pedagog   kadrlar   salohiyatini   to‘liq   ro‘yobga   chiqarish   uchun   zarur
shart-sharoitlar   yaratish,   ularni   ijtimoiy,   huquqiy,   moddiy   qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlari   kafolatlanishi   zarurligini   ta’kidladi.   Shu   tariqa,   Prezident
ma’ruzasi   asosida   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   “Pedagog   maqomi
to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, quyidagilarni belgilash taklif etildi:
1. Mansabdor  shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va xatti-harakatlarini himoya qilish
masalalari bo‘yicha sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri   rasmiy   vazifalar   va   kasbiy   faoliyat   bilan   bo‘g‘liq   bo‘lmagan
ishlarga yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash.
3. Umumiy belgilangan yoshni besh yilga qisqartirgan holda imtiyozli pensiya olish
huquqini ta’minlash.
4. O‘qituvchining   oylik   maoshidan   uy-joy   va   transport   vositalari   sotib   olishga
yo‘naltirilgan   mablag‘lari   jismoniy   shaxslardan   olinadigan   daromad   solig‘I
to‘lashdan ozod etilish.
5. Ta’til   berishda   56   ish   kunidan   iborat   yilllik   to‘lanadigan   uzaytirilgan   ta’til,
sog‘lig‘ini   tiklash   uchun   kalendar   yilda   bir   marta   asosiy   ish   haqi   miqdorida
moddiy yordam ko‘rsatilishi.
6. O‘qituvchining   eng   kam   bazaviy   ish   haqini   belgilash   va   ish   stajiga   doir   ustama
to‘lash tizimini yaratish va hakozo.
7. Shuningdek,   qonun   loyihasida   ta’lim   va   tarbiya   jarayoni   sifatini   oshirishda
pedagog   kadrlarni   ijtimoiy,   huquqiqy   va   moddiy   qo‘llab-quvvatlash,   ular   uchun
zarur shart-sharoit yaratish alohida ahamiyat kasb etishi belgilab berilgan. 
«Taraqqiyotimizning   tamal   toshi   ham,   mamlakatni   qudratli,   millatni   buyuk
qiladigan   ham   ilm-fan,   ta’lim   va   tarbiyadir.   Shuning   uchun   ham   ta’lim   tizimini
kompleks   rivojlantirish,   malakali   kardlar   tayyorlash   maqsadlariga   katta   kuch   va
mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari,
ilmiy-tadqiqot   muassasalari   faoliyatida   sifat   o‘zgarishlari   ro‘y   bermoqda.   «Biz
ustozni   otadan   ulug‘   deb   bilgan,   doimo   ardoqlagan   ma’rifatparvar   xalqning
vakillarimiz.   Men   ham   o‘qituvchi,   muallim   deganda   o‘zim   uchun   eng   aziz   va hurmatli   bo‘lgan,   ziyoli   va   zamonaviy,   samimiy   va  mehribon  insonlarni   tasavvur
qilaman. Chunki  hammamizga  shu muallim  saboq va  ta’lim  berib, mehribon ota-
onalarimiz qatorida tarbiyalagan» 68
,-deydi davlat rahbari.  
O‘zbekistonda   ta’lim   tizimini   modernizatsiya   qilish  bugungi   kunda  ustuvor
yo‘nalishlardan   biridir,   ta’lim   tizimini   boshqarishda   nafaqat   ichki   o‘zgarishlarga
e’tibor   qaratildi   bundan   tashqari   Milliy   kadrlar   tayyorlash   tizimida   ham   ulkan
bosqichlarga   o‘tildi.   Ilmiy   texnika   taraqqiyoti,   axborot   kommunikatsiyasining
rivojlanishi,   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   nafaqat   ta’lim   tizimiga   yangi   talablarni
qo‘ymoqda   balki,   xalqaro   standartlarga   javob   beradigan   yuqori   malakali   kadrlar
tayyorlash   shartlari,   shuningdek   oliy   ta’lim   muasasalarida   o‘quv   jarayonini
boshqarishning   tashkiliy   tuzulmasiga   ham   ta’sir   ko‘rsatmoqda.   Kadrlar
tayyorlashning ilg‘or tizimini rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri bu ta’lim,
fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash, ularning mexanizmlarini ishlab
chiqish, kadrlar soni  va sifati  uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan talab oshmoqda.
«Tarbiyachi   ustoz   bo‘lish   uchun,   boshqalarning   aql-idrokini   o‘stirish,
ma’rifat   ziyosidan   bahramand   qilish,   haqiqiy   vatanparvar,   haqiqiy   fuqaro   etib
yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday buyuk fazilatlarga ega
bo‘lishi kerak» 69
. 
«Bolalar   bilan   muomalada   bosiq,   jiddiy   bolish;   berilayotgan   bilimning
talabalar   tomonidan   o‘zlashtirishiga   e’tiborni   qaratish;   ta’limni   turli   shakl   va
metodlardan   foydalanish;   talabaning   xotirasi,   bilimlarni   egallash   qobiliyati,
shaxsiy xususiyatlarini bilishi; fanga qiziqtira olishi; berilayotgan bilimlarning eng
muhimini   ajratib   bera   olishi;   bilimlarni   talabalarga   tushunarli,   uning   yoshi,   aqliy
darajasiga   mos   ravishda   berish;   har   bir   so‘zning   bolalar   hissiyotini   uyg‘otish
darajasida bo‘lishga erishish» 70
.
Yangi   O‘zbekiston   strategiyasida   ta’lim   tizimini   isloh   qilish,   sohada   yetuk
pedagog kadrlarni tayyorlash ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi.
68
https://president.uz    . 
69
  I.A.Karimov.   Buyuk   kelajagimizning   huquqiy   kafolati.-Toshkent:   Sharq   nashriyot-matbaa   konserni   Bosh
tahririyati, 1993.-B.27-28.
70
 Rahimov S. Abu Ali ibn Siono ta’lim va tarbiya haqida.- Toshkent: O‘qituvchi, 1967.-B.75. Ta’kidlash   kerakki,   bugungi   kunda   respublikamizda   14   ta   pedagogika
oliygohida 27 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy
ta’lim   muassasalari   jami   talabalarining   16,7   foizi   pedagogika   oliygohlarida
o‘qimoqda.   2021-2022-o‘quv   yo‘lida   pedagogika   oliygohlari   bakalavriatni
tamomlagan   19810   nafar   yosh   mutaxassisdan   11556   nafari   (58,3   foizi)   umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritmoqda.
Bu   o‘z   navbatida   mamlakatda   ta’lim-tarbiya   tizimini   yangi   bosqichga
ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, oliy pedagogik ta’lim bilan
qamrov   darajasini   yanada   kengaytirish   muhim   ahamiyat   kasb   etayotganini
ko‘rsatmoqda.
«Hammamiz   yaxshi   tushunamizki,   oldimizda   turgan   keng   ko‘lamli
vazifalarni   bajarish   uchun   kadrlar   bilan   ishlashning   butun   tizimini
takomillashtirishga doir bir qator ishlarni albatta amalga oshirishimiz kerak.
Hozirgi   vaqtda   davlat   va   hokimiyat   idoralarida   ko‘p   hollarda   kadrlar
salohiyatidan   foydalanish,   ularning   vazifa   va   vakolatlari   taqsimoti   oqilona   va
samarali yo‘lga qo‘yilmagani sezilmoqda. Eng yomoni bu holat ishimizga halaqit
bermoqda.   Bir   idorani   qarasangiz,   yuzlab   odam   nomiga   ishlab   o‘tiribdi.   Boshqa
idorani   qarasangiz,   ish   ko‘p,   vazifa   ko‘p,   lekin   ishlaydigan   odam,   kadr
yetishmaydi.   Bunday   noto‘g‘ri   ish   taqsimotiga   mutlaqo   chek   qo‘yishning   vaqti
yetdi.   Har   bir   davlat   xizmatchisi   o‘zinig   burchi   va   majburiyatini   aniq-ravshan
bilishi, sodda  qilib aytganda, o‘z aravasini  o‘zi tortishi  lozim. Bu - zamon talabi.
Oldimizda   qo‘ygan   maqsad-muddaolarga   yetish   uchun   bu   ishlarni   o‘zimiz
qilmasak,   boshqa   hech   kim   bizga   chetdan   kelib   qilib   bermaydi.   Shu   nuqtayi
nazardan qaraganda, kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish, ularni tayyorlash
va qayta tayyorlashning muhim masalalarini o‘z ichiga oladigan maqsadli dasturni
ishlab chiqish vaqti keldi, deb o‘ylayman.» 71
.
Kadrlarning   raqobatbardoshligi   pedagoglarimizning   o‘quv   mashg‘ulotlarni
Davlat  ta’lim  standarti  talablari  darajasida tashkil  qilayotganliklari va o‘quvchilar
71
Sh.   Mirziyoyev   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini   birgalikda   barpo   etamiz.-T.:O‘zbekiston,
2016.B.25-26. tomonidan   o‘zlashtirilgan   bilimlarning   kundalik   faoliyatlarida   qo‘llay   olish
darajalari bilan belgilanadi.
Darslarning   sifatsizligi   va   o‘qituvchilarning   mahorat   darajasi   pastligi
muommosi,   ularning   o‘zlari   ustilarida   ishlashga,   malakani   oshirishga,   kasbiy
mahoratni  oshirishga  va ilmiy tadqiqqotlar  olib borishga xohish  va iroda yo‘qligi
bilan   belgilanmoqda.   Ko‘pgina   xorijiy   davlatlarning   rivojlanish   tarixi
iqtisodiyotning   barcha   jabhalarini   barqaror   rivojlantirishda   jahon   ilm-fani   va
texnologiyalarning   yutuqlaridan   keng   foydalanish,   shuningdek,   ta’lim   xizmatlari
borasida innovatsiyalarni doimiy joriy etishning muhim ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatdi. Innovatsiyalarni joriy etish ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy o‘sish va
raqobatbardoshlikning   muhim   omiliga   aylandi.   Bu   o‘z   navbatida,   ta’lim   tizimida
xizmat ko‘rsatish bozorida raqabatbardosh ustunlikni mustahkamlash uchun ilg‘or
ilmiy   ishlanmalar   va   innovatsiya   sohasida   texnik   yutuqlarni   samarali   qo‘llashni
talab   qiladi.   Shu   munosabat   bilan,   bugungi   kunda   ko‘plab   mamlakatlar   inson
kapitalini rivojlantirishda katta mablag‘ sarflashga tayyor va amalga oshirilmoqda.
Prezident   Shavkat   Mirziyoyev   Oliy   Majlisga   Murojaatnomasida
o‘qituvchilik   kasbi   jamiyatda   eng   nufuzli   va   obro‘li   kasbga   aylanishi   kerakligi,
davlatning vazifasi esa o‘qituvchilar , eng avvalo, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya
olishi,   o‘zini-o‘zi   kamol   toptirishi   haqida   g‘amxo‘rlik   qilishi   uchun   barcha
sharoitlarni yaratishdan iborat ekanligi haqida alohida ta’kidlagan.
Yetuk   kadr   bo‘lish   uchun   shaxs   nafaqat   o‘z   iqtidori,   bilimi   va   saviyasini
oshirish   zarur,   balki   jamiyatda   turlicha   ijtimoiy   munosabatlar   tizimiga   tayyor
bo‘lmog‘i,   ijtimoiy   faoliyatni   boshqarishning   ilmiy   qonuniyatlari   va   qoidalarini
mukammal egallamog‘i zarur 72
. 
Xalqning   boy   intellektual   merosi   va   umumbashariy   qadriyatlar   asosida,
zamonaviy   madaniyat,   iqtisodiyot,   fan,   texnika   va   texnologiyalarning   yutuqlari
asosida   kadrlar   tayyorlashning   mukammal   tizimini   shakllantirish   O‘zbekiston
taraqqiyotining muhim sharti 73
.
72
 Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. - T.: Universitet 1999.B.6 
73
«Kadrlar   tayyorlash   milliy  dasturi»   //   Oliy  ta’lim   (me’yoriy   huquqiy   va   uslubiy   hujjatlar   to‘plami).   –   Toshkent:
2004. – 12-bet.  Ayollar   va   qizlarning   ilm-fan   bilan   to‘laqonli   foydalanishlariga   teng
imkoniyatlar yaratilishi, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish
maqsadida   BMT   Bosh   Asambliyasi   tomonidan   qabul   qilingan   “Taraqqiyot
maqsadlariga fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolyutsiyada 11-fevral –
Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilindi. 
Hayotiy   tajriba   ilmli,   o‘qimishli   bo‘lishdan   nafaqat   insoning   o‘zi,   balki
butun   jamiyat   va   davlat   manfaatdor   ekanligini   tasdiqlaydi.   Ayniqsa   hayotiy
naqllarga   tayanib   aytadiga   bo‘lsak,   ayol   bilimli   bo‘lsa,   millat   ilmli   bo‘ladi.
Jamiyatda   xotin-qizlarning   yuksak   ma’naviyatli,   ilmli   bo‘lishi   kelajak   avlodning
ta’lim tarbiyasida o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. 
Ya’ni   pedagoglar   yetuk   kadr   bo‘lishlari   uchun   o‘z   ustida   ishlashi,   tajriba
orttirishi, ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirmog‘i lozim.  III   BOB.   O‘ZBEKISTON   MADANIY   HAYOTIDA   XOTIN-QIZLARNING
TUTGAN O‘RNI
III.1.   Xotin-qizlarning   o‘quv   jarayonini   tashkil   etishning   ijtimoiy-pedagogik
va amaliy ahamiyati
O‘zbekistonda   so‘ngi   davrda   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlarning   sur’atlari
jadallashib,   jahon   miqiyosida   barqaror   rivojlanish   maqsadlariga   erishish   yo‘lida
jamiyat   hayotining   barcha   jabhalarida   yangilanish,   zamonaviylashuv   va   zamon
talablaridan   kelib   chiqib   sifat   o‘zgarishlari   yuz   bermoqda.   Bu   ta’lim   tizimining
barcha   jabhalarida   namoyon   bo‘lmoqda.   Ta’lim   tizimining   yangi   malaka
talablaridan   kelib   chiqib,   ta’lim   jarayonida   ilg‘or   texnologiyalarni   qo‘llash.
O‘quvchilarning   mustaqil   ta’lim   olishlari   uchun   barcha   shart-sharoitlarni   yaratish
shular jumlasidandir. Jahon tashkilotlaridan biri bo‘lgan BMT ning 17 ta barqaror
rivojlanish   maqsadlaridan   4-maqsadi   bu   sifatli   ta’limni   yo‘lga   qo‘yishdir.   Ya’ni
sifatli   ta’limni   yo‘lga   qo‘yish   orqali   mamlakatda   farovonlikni   ta’minlash,   ahli
turmush   darajasini   yaxshilash   borasidagi   harakatlar   yig‘indisini   amalga
oshirishdan iboratdir. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Sh.Mirziyoyevning 2017-
yil   7-fevraldagi   PF-4947-sonli   Farmoni   bilan   tasdiqlangan   “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida”gi to‘rtichi
ustuvor   yo‘nalish   –   Ijtimoiy   sohani   rivojlantirishda   muhim   vazifalardan   biri
sifatida umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda
ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilgan 74
.
Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   o‘quvchi-talabalarga   ta’lim   va   tarbiya   berish
jarayonida   ham   yangicha   yondashuv   ishlab   chiqish,   modulli   texnologiyaga
asoslangan ta’lim bo‘yicha tarbiya berish, mavjud dars texnologiyalarning tarkibini
va   mazmunini   takomillashtirib   borish   hamda   bu   borada   xizmat   qiluvchi   pedagog
kadrlarning malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish davr talabiga aylanmoqda.
Bu   borada   maktablarda   va   oliy   o‘quv   yurtlarida   professor-o‘qituvchilarning   kasb
darajasi   va   malakasini   mutassil   oshirib   borish,   ularni   zamonaviy   talablarga
74
www.lex.uz    .  muvofiq   muntazam   qayta   tayyorlashning   takomillashtirilgan   tizimini   joriy   etish
asosida   yuqori   malakali   mutaxassislar   tayyorlash   sifatini   tubdan   oshirish   davr
talabiga   aylanmoqda.   Shuningdek   mamlakatimizda   ta’lim   tizimiga   oid   siyosat,
ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   amalga
oshirilmoqda.   Buning   natijasi   sifatida   joriy   2020-yil   23-sentabrda   qabul   qilingan
yangi   tahrirdagi   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonunni   keltirib   o‘tishimiz   mumkin.
Mazkur qonunning 6-moddasiga binoan, ta’lim tizimi:
Davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablarini,   o‘quv   rejalarini   va
o‘quv   dasturlarini;   davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablari   va   o‘quv
dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
Ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
Ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik masalalarni;
Ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruv   organlarini,   shuningdek,   ularning
tasarrufidagitashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzliksizdir 75
.
Farzandlarimizni   mustaqil   fikrli,   zamonaviy   bilim   va   kasb-hunarlarni
egallagan   mustahkam   hayotiy   pozisiyaga   ega   chinakam   vatanparvar   insonlar
sifatida   tarbiyalash   biz   uchun   dolzarb   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   masala
hisoblanadi 76
.
Maktab   dunyo   imoratlarining   eng   buyugi   va   muqaddasidir.   Maktab
o‘quvchilar   hayotida   muhim   rol   o‘ynaydi.   Hozirgi   davrning   dolzarb   talablari   va
jamiyat   taraqqiyoti   bilan   birga   rivojlanib   borayotgan   ta’lim   yosh   avlodning
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Yosh avlodga har tamonlama ta’lim va tarbiya
berish uzluksiz ta’lim oldidagi asosiy vazifadir. Bu vazifani amalga oshirishda esa
umumta’lim  maktablardagi o‘qituvchilarga ham  o‘quvchilarga ham yangi  talablar
qo‘yilmoqda. 
O‘zbekiston   Respublikasida   ,,ta’lim   to‘g‘risida»gi   va   «Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi» asosida maktablarda tub islohatlar amalga oshirildi. 
75
www.lex.uz    . 
76
 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T.: O‘zbekiston,2017. Shaxsga   xos   bo‘lgan   tuyg‘ular   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarimizning
tarkibiy   qismi   hisoblanadi   va   ularning   asosiylari   quyidagilardan   iborat:
vatanparvarlik,   milliy   iftixor   tuyg‘usi,   jasurlik,   mardlik,   matonatlilik,   andishalik,
ahillik,   jamoaviylik   tuyg‘usi,   ishonch,   rostgo‘ylik,   sabrlilik,   sadoqatlilik,
samimiylik kabi insoniy his tuyg‘ulardir. 77
.
Bugungi   kunda   mamlkatimizda   ilm-fan,   ta’lim-tarbiya   sohalarida   mehnat
qilayotgan   xotin-qizlar   bilan   olib   borilayotgan   ishlarni   ikki   yo‘nalishga   ajratish
mumkin.   Zero,   ushbu   sohada   faoliyat   olib   borayotgan   xodimlarning   72   foizini
xotin-qizlar tashkil qiladi. 
Birinchi   yo‘nalishi   –   ta’lim   muassasalarida   faoliyat   olib   borayotgan   xotin-
qizlar   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   yanada   oshirish,   mamlakatimizda   amalga
oshirilayotgan   islohotlarda   ularning   faol   ishtirokini   ta’minlash   ishlarini   yanada
takomillashtirish   bo‘lib,   ushbu   yo‘nalish   mamlakatimiz   tarqqiyotining   muhim
omillaridan biri hisoblanadi.
Ushbu   vazifani   ta’lim   muassaslarida   boshlang‘ich   tashkilotlar   faoliyatini
yanda kuchaytirish orqali amalga oshirish mumkin. 
Xususan,   ta’lim   muassasalarida   xotin-qizlarning   iqtisodiy   va   huquqiy
bilimlarini   oshirishga   e'tibor   qaratish,   huquqbuzarlik   va   jinoyatchilik
proflaktikasini   kuchaytirish,   o‘qituvchilarning   kiyinish   madaniyati   va   odob-axloq
me'yorlariga rioya etishlarini ta'minlash ham bugungi kunda mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
Ikkinchiyo‘nalish-ta’lim   muassasalarida   ta’lim   olayotgan   qizlar   bilan
ishlashdan iborat bo‘lib , ushbu yo‘nalish vazifalarini o‘z ichiga oladi:
A) Joylarda ota-onalar universitetlarini faoliyatini kuchaytirish orqali, ta’lim
muassasi-   oila   mahalla   hamkorligini   quyidagi   tashkil   etish,   bunda,
mahallardagi   xotin-qizlar   bilan   ishlash   bo‘yicha   mutaxassislar   faolligini
oshirish;
77
  Pedagogika:   ensiklopediya.   III   jild/tuzuvchilar:   jamoa.   –II   29   Toshkent:   «O‘zbekiston   milliy   ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyot, 2017. B .424 B) «Qizlarjon»   klublari   orqali   ta’lim   muasasalaridagi   o‘quvchi   qizlarni
faolligini  oshirish   va  ularni  turli   xil  to‘garaklarga  jalb  etish  holda  bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
C) O‘quvchilarning   huquqiy   bilimlarini   oshirish,   bunda   ularning   turmush
qurushdagi   haq-huquqlari,   nikoh   shartnomasi,   er-xotin   o‘rtasidagi   va
boshqa oilaviy munosabat to‘g‘risida ko‘nikmalarni shakllantirish;
D) Tegishli   dars   soatlarida   yoshlarni   hayotga   tayyorlash,   bunda   hayotiy
bilimi,   kasb   egalllashi,   oilaga   tayyorligi   masalalariga   alohida   e’tibor
qaratish;
E) Ta’lim   muassasalarida   psixologlar   xizmatini   sifatli   tashkil   etish,   bunda
kadrlarga e’tibor qaratish, psixologik testlar o‘tkazish; 
Xotin-qizlarning o‘quv jarayonini tashkil etishda, ta’lim berishda psixologik
va pedagogik qonuniyatlarni shakllantirish muhim rol o‘ynaydi. Tarbiya va ta’lim
bir ma’noda ishlatiladi va ikkalasini bir biridan ajratib bo‘lmaydi. Bu ikki so‘z bir-
biri   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Bu   ikki   jarayon   o‘zaro   uyg‘un   va   uzluksiz
tashkil   etilgandagina   odobli,   axloqiy   fazilatlarga   ega,   yuksak   ma’naviyatli,   shu
bilan   birga   bilimdon,   dunyoqarashi   keng,   jismonan   va   ruhan   sog‘lom   yoshlar
yetishib chiqadi. 
Xotin-qizlarimiz ta’lim  berish  jarayonida darsni  to‘g‘ri  tizimlashtirsa,  ya’ni
bosqichlarni   to‘g‘ri   yo‘naltirsa   o‘z   maqsadiga   erishgan   bo‘ladi.   o‘qituvchi
tomonidan   ta’lim   jarayonini   boshqarish   quyidagi   bosqichlarda   amalga   oshiriladi:
rejalashtirish; tashkil etish; boshqarish; nazorat qilish; natijalarni baholash va tahlil
qilish.   Umuman   olganda   pedagogning   vazifasi   o‘zining   pedagogik   mahoratidan
foydalangan   holda   o‘quvchilarga   fanni   chuqur   o‘rganishida   ko‘maklashish,
qiziqtirish,   dars   jarayoniga   nisbatan   erkin   munosabatda   bo‘lishiga   yordam
berishdir.
Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlarni ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar
faoliyatiga   keng   jalb   qilish   dolzarb   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Shuning   uchun   bir
tomondan, yurtimiz ayollari va qizlarining ilm-fandagi faolligini xalqaro miqyosda kuchaytirish,   ikkinchi   tomondan,   ta’lim   va   ilm-fan   sohalarida   gender   tenglikka
erishish nihoyatda zarurdir. Chunki ayol ilmli bo‘lsa millat ilmli bo‘ladi. 
Yoshlarga   oid   masalalar   ta’lim-tarbiya,   axloq-odob,   madaniyat,   sog‘liqni
saqlash,   ijtimoiy   munosabatlar,   siyosat,   huquq,   din,   bo‘sh   vaqtni   tashkil   qilish,
oila,   mehnat,   sport   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   ilmiy
adabiyotlarda   yoshlar   bilan   bog‘liq   mazkur   muommolar   jamiyat   tizimida   (ya’ni,
jamiyat   asosiy   tavsifi,   tizimli   o‘zgarishlar   va   siljishlar   bilan   uyg‘un   holda)   ham,
o‘ziga xos ijtimoiy guruh sifatida differensial tarzda ham o‘rganiladi. 78
Ma’lumki,   o‘quvchilar   shaxsini   shakllantirish   ishlarini   yaxshi   va   namunali
qilish   uchun   avvalo,   ularning   xarakterini,   xislatlarini   o‘rganish   maqsadga
muvofiqdir.   Ma’lumki,   o‘quvchilarning   psixologik   xususiyatlar,   xarakter   va
hislarlari   har   xil   bo‘lib,   ularning   har   biriga   muvaffaqiyat   bilan   qo‘llanilgan
tarbiyaviy ta’sir vositasi kutilgan natija bermasligi mumkin. Ta’lim jarayonida har
bir   o‘quvchining   psixologik   dunyosiga   oqilona   yo‘l   topa   olish   o‘qituvchi
mufaqiyatining   garovidir.   Har   bir   pedagog   shuni   doimo   hisobga   olishi   va   esda
tutishi   lozimki,   o‘quv   tarbiya   jarayoning   asosiy   shakli   bu   dars   hisoblanadi.   Dars
jarayonlarini   mazmunli   va   namunali   o‘tishning   eng   muhim   qismi   bu   ta’lim
metodlari hisoblanadi. 
2017-yil   6-apreldagi   Vazirlar   Mahkamasining   «Umumiy   o‘rta   va   o‘rta
maxsus,   kasb-hunar   ta’limining   davlat   ta’lim   standartlarini   tasdiqlash
to‘g‘risida» 79
gi   qarorining   maqsadi   umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimini   mamlakatda
amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlar,   rivojlangan   xorijiy
mamlakatlarning   ilg‘or   tajribalari   hamda   ilm-fan   va   zamonaviy   axborot
kommunikatsiya   texnologiyalariga   asoslangan   holda   tashkil   etish,   ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tabiyalashdan iboratdir. Umumta’lim
maktablari   doimo   jamiyatning   ijtimoiy   va   madaniy   hayotdagi   o‘zgarishlarga   o‘z
tasirini   o‘tkazib   keladi.   Pedagogika   kursidan   ma’lumki,   ta’lim   metodini
aniqlashtirish   jarayoni   o‘quvchi   bilan   o‘qituvchining   prinsipidan   kelib   chiqadi,
78
 Социология молодежи. Под редю В.Т.Лисовскогою –СПб.: ГУБ 1996; Кон И.С.  Социология молодежи// В
кн.: Краткий словарь по социологии.- М.:НАУКА, 1998
79
O ‘ zbekiston   Respublikasi   VazirlarMahkamasining   2017- yil   6- apreldagi « Umumiy   o ‘ rta   va   o ‘ rtamaxsus ,   kasb -
hunar    ta ’ limining   davlat   ta ’ lim   standartlarini   tasdiqlash   to ‘ g ‘ risida » gi  №187- sonliqarori .  https :// lex . uz bunda   o‘qituvchi   o‘quvchilarga   bilimlarini   bayon   qilishi,   ana   shu   bilimlarga
erishishdagi   o‘quvchilarning   shaxsiy   faoliyatlarini   uyushtirishi   hamda
tushuntiriladigan   mavzu   materialini   o‘qituvchining   o‘zi   qanday   bayon   qilish
nuqtayi   nazaridan   yondashiladi.   Bugungi   globallashuv   davrida   yoshlarimiz
elektron   olam,   axborot   texnologiyalar   qurshovida   zamonaviylashib   internet
olamidan   uzilmagan   holda   kamol   topmoqdalar.   Pedagogikaga   oid   ilmiy
izlanishlarda   o‘quv   fanlarini   o‘qitishdagi   tarqoqlikni   bartaraf   qilishga   qaratilgan
shakl,   metod   hamda   vositalari   tizimini,   ularning   asosi   bo‘lgan   o‘qitish   va
tarbiyalash   jarayoni   metodologiyasini   ishlab   chiqishga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda. 
Bugungi internet olami rivojlanayotgan davrda yashayotgan ekanmiz media
texnologiyalar orqali o‘quvchilarga ta’lim berish ham samarali ham istiqbolli qurol
hisoblanib, pedagogning an’anaviy dars jarayonidan tashqari darsdagi ma’lumotlar
massivini   ko‘payishiga   xizmat   qiladi.   Xotin-qizlar   o‘quv   jarayonini   tashkil
etayotganda, dars jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishi muhimdir.
Tafakkurning   rivojlanishiga   keng   imkoniyatlar   ochib   berishning   yo‘l   -
yo‘riqlarni pedagog olima E.Z.Usmonova quyidagicha ko‘rsatgan:
1. Muammoning yuzaga kelishi va fikriy vazifasining shakillanishi;
2. Vazifa javobini izlash va topish; 
3. Ushbu topilgan javobni subyektiv yangilikning ochilishi sifatida idrok etish;
4. Erishilgan javobning to‘g‘riligini isbotlash, uni boshqa kishiga sozlab berish,
tushuntirish. 80
.
Tafakkurni   tarbiyalash,   rivojlantirish   uchun   har   bir   imkoniyatni   ishga   solish
ta’limda   muhim   siljishdir.   Buni   psixologlar   quyidagicha   uqtirib   o‘tadi:   a)
o‘smirlarni  to‘g‘ri  ta’rif   berishga,   tahlil   qilishga,  taqqoslashga,   abstraksiyalash   va
umumlashtirishga o‘rgatish; b) o‘z fikrini to‘g‘ri, ravon va aniq izhor etish yo‘lini
tushuntirish;   s)   mustaqil   ravishda   hukm   va   xulosa   chiqarish,   mulohaza   yuritish
80
UsmonovaE . Z .  O ‘ quvchilarda   mustaqil   tafakkurni   qanday   shakllantirish   mumkin ? –  T .:  Pedagogika   va   psixologiya
ilmiy - ommabop   nashri ,  2000.  B .36.  ko‘nikmalarini shakllantirish. Bu kabi fikr yuritish shakllari ularda aqliy ko‘nikma
va malakalarni o‘stiradi va oqibat natijada rivojlanish amalga oshiriladi 81
.
O‘qituvchi   faoliyatining   asosiy   jihatlaridan   biri   shundaki,   u   pedagog   olim
singari o‘z fikrini ayta olishi va aytganlarini nazariy dalillar bilan asoslashi lozim.
O‘qituvchining ijodkorligi o‘quvchining ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, badiy
va   estetik   didini   tarkib   toptirish,   sog‘lom   ilmiy   dunyoqarashini   shakllantirish,
og‘zaki   va   yozma   nuqt   mahoratini   oshirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Mashg‘ulotlarni   tashkil   qilishda   pedagoglarimiz   o‘ziga   xoslik,   boshqalarga
o‘xshamaslik,   metodik   kashfiyot   qilish   har   bir   o‘qituvchining   tabiiy   ehtiyojiga
aylangandagina   darslarning   samaradorligi   yanada   yuqori   bo‘ladi.   Guruh
o‘quvchilari do‘stona jamoaga birlashgan joyda darslar qiziqarli, mazmunli tashkil
qilinadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘zining fazilatlari, mahorati, bilimdonligi bilan
ularga namuna bo‘lsagina ular o‘quvchilar jamoaga birlashadi.
«Dars   ila   tarbiya   orasida   bir   oz   farq   bor   bo‘lsa   ham   ikkinchisi   bir-biridan
bilmaydigan, birining vujudi biriga bog‘langan jon ila tan kabidir» 82
.
Yosh kadrlarni axborot xavsizligi tushunchasini hosil qilishda yangi pedagogik
innovotsiya   faoliyatiga   quyiladigan   quyidagi   umumiy   talablar   ishlab   chiqildi   va
yaratildi: ta’lim mazmunini belgilash tamoyillari va mezonlariga rioya etish, o‘quv
materiallarini   modellashtirishi;   yaxlit   pedagogik   jarayonning   umumiy   qonun,
qonuniyat   va   tamoyillarga   amal   qilish,   ta’lim-tarbiya   jarayonida   gnoseologik
(ta’lim   olishda   ongli   tushuncha   hosil   qilish),   tashkiliy,   psixologik,   didaktik,
sotsiologik va kibernetik qonuniyatlarning uyg‘unligiga erishganligi; ta’lim-tarbiya
jarayoni   tarkibiy   qismlari   (maqsad,   natija,   mazmun,   shakl,   metod   va   vosita)ning
o‘zaro   aloqadorligi   va   umumiyligini   hisobga   olishi;   ta’lim-tarbiya   jarayonini
tashkil   etishning   asosiy   va   yordamchi   shakllaridan   unumli   foydalanish;
o‘quvchilarning   bo‘sh   vaqtini   samarali   tashkil   etilishi   va   o‘tkazilishi;
o‘quvchilarning   kreativ   salohiyatini,   ta’lim   tizimni   axborotlashtirish   jarayonida
shakllantirishi   va   rivojlantirishi;   ta’lim   menejmenti   bo‘yicha   bilim   va
ko‘nikmalarni   shakllantirishi   va   rivojlantirishi;   ta’lim-tarbiyaning   xilma-xil
81
G ‘ oziyevE .  Tafakkur   psixologiyasi . –  T .:  O ‘ qituvchi , 1990.  B .170. 
82
AvloniyA .  Turkiy guliston yohud axloq. – T.:O‘qituvchi,  1992. B .6-15. metodlarni,   innavotsion   va   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   oqilona   tanlay
olish,   ijodiy   yondashuv   asosida   metod   va   texnologiyalarning   milliy   mentalitetga
mosligini ta’minlash qobilyatlariga ega bolishi kerak 83
. 
«Innovatsiya   –   bu   kelajak   degani.   Biz   buyuk   kelajagimizni   barpo   etishni
bugundan   boshlaydigan   bo‘lsak,   uni   aynan   innovatsoin   g‘oyalar,   innovatsion
yondashuv asosida boshlashimiz kerak» 84
. 
Innovatsion texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib kelishi o‘qitish jarayonini
sifatli, zamonaviy bo‘lishiga imkon yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi ,,Xalq ta’limi
sohasidagi   ilmiy   -   tadqiqot   faoliyatini   qo‘llab-quvvatlash   hamda   uzluksiz   kasbiy
rivojlantrish   tizimini   joriy   qilish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida» 85
gi   qarori   va   Xalq
ta’lim   vazirligining   2021-yil   23-martdagi   «Xalq   ta’limi   xodimlarini   qayta
tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish   hududiy   markazlari   faoliyatini
takomillashtirish,   kurslardagi   ta’lim   sifatini   oshirish   va   uzluksiz   kasbiy
rivojlantirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 86
gi buyruqlari ijodkor,
ijtimoiy   faol,   ma’naviy   boy   shaxs   shakllanishi   va   yuqori   malakaga   ega   bo‘lgan
kadrlarni tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.  
Mamlakatda maktab ta’limini rivojlantirishda ya’ni ixtisoslashtirilgan maktablarni
ko‘paytirish, o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy fazilatli qilib tayyorlash ustuvor
vazifadir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Prezident, ijod
va   ixtisoslashtirilganmaktablar   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 87
gi qaroriga muvofiq  Prezident maktablari,
ixtisoslashtirilgan   maktablar   viloyat,   shaharlarda   qurila   boshlandi.   Bularning
83
TemirovA . A .   Ta ’ limda   innavotsion   yondashuv   asosida   axborot   xavfsizligi   tushunchasini   siklga   aylantirib
algorimlash .  Monografiya .
84
O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh . M . Mirziyoyevning   OliyMajlisga   murojaatnomasi .   –   « Xalqso ‘ zi »   23-
dekabr  2017- yil . 
85
O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh . Mirziyoyevning   « Xalq   ta ’ limi   sohasidagi   ilmiy - tadqiqot   faoliyatini
qo ‘ llab - quvvatlash   hamda   uzluksiz   kasbiy   rivojlantirish   tizimini   joriy   qilish   chora - tadbirlari   to ‘ g ‘ risida » giPQ -496-
sonli   qarori . 2021- yil  25- yanvar   https :// lex . uz .
86
O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh . Mirziyoyevning   « Xalq   ta ’ lim   xodimlarini   qayta   tayyorlash   va   ularning
malakasini   oshirish   hududiy   markazlari   faoliyatini   takomillashtirish ,   kurslardagi   ta ’ lim   sifatini   oshirish   va   uzluksiz
kasbiy   rivojlantirish   tizimini   joriyetish   chora - tadbirlari   to ‘ g ‘ risida » gi   80- sonlibuyrug ‘ i .   2021- yil 23- mart .
https :// lex . uz
87
O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh . Mirziyoyevning  « Prezident ,  ijod   va   ixtisoslashtirlgan   maktablar   faoliyatini
yanada   takomillashtirish   bo ‘ yicha   qo ‘ shimcha   chora - tadbirlar   to ‘ g ‘ risida » gi   PQ -5188- sonli   qarori . 2021- yil  19- iyul .
https :// lex . uz   barchasi   barkamol   avlodni   tarbiyash   uchun   qilingan   say-harakatlardir.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internat pedagoglaridan o‘quvchilarning el-yurt oldidagi
ma’naviy burchini to‘g‘ri anglashi, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat
va   an’analarimizni   turmushga   singdirish   orqali   bolalar   ongida   milliy   g‘oyaga
mehr-muhabbat uyg‘otish, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashini
taqozo etadi 88
. 
Maktabda o‘zaro hurmat, qat’iy intizom asosida barcha a’zolarning o‘z burch va
vazifalarini   ado   etishlari,   bir-birlariga   nisbatan   ezgulik   va   mehr-oqibat
ko‘rsatishlari muhim fazilatlardan biri hisoblanadi
Bekorga Prezident «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi» degan
emas.   Birinchi   o‘rinda   maktablarda   pedagog   –   o‘qituvchilarimiz   ta’lim
beruvchilarga   vatanparvarlik   g‘oyasini   chuqur   singdirish   kerak.   Vatanparvarlik   –
insonning   o‘zi   tug‘ilib   o‘sgan   ona   Vatani,   oilasi,   ota-onasi,   qarindosh-urug‘lari,
tabiat, millati, uning urf-odatlari, tili, madaniyatiga mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi,
ularni e’zozlashi, avaylab-asrashi, ravnaqi uchun fidoyi bo‘lishi, himoya qilishi va
sodiqligidir 89
.
So‘nggi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan pedagogik adabiyotlarda ta’limni
boshqarish qoidalari turlicha guruhlashtirilmoqda. Ana shularga asoslangan  holda
quyidagicha ta’lim qoidalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
- Ilmiylik;
- Tizimli va izchillik;
- Tarbiyaviylik;
- Nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;
- Faollik va mustaqillik qoidasi;
- Ko‘rsatmalilik;
- Individuallik;
- Umumiylik;
88
NadjimovaK . U .   Oila   tarbiyasida   milliy   va   umuminsoniy   axloqiy   ma ’ daniyatning   o ‘ rni :   Toshkent   arxitektura
instituti ,  monografiya , -  Adolat , 2016.  B.50. 
89
Oila   a’zolarida   vatanparvarlik   tuyg‘usini   shakllantirish   va   rivojlantirish   uchun   quyidagi   usullardan   SherA.
Axloqshunoslik . –  T .:  UAJBNTmarkazi , 2003,  B .216  - O‘zlashtirish   va   natijadorlik   kabi   qonuniyatlarga   ta’lim   jarayonida   amal
qilish kerak 90
.
III.2. O‘quv jarayonini tashkil etishda samarali ped texnologiyalar .
O‘quv   jarayonida   qo‘llaniladigan   metod   va   texnologiyalar,   qaysi   pedagog
bo‘lishidan   qat’iy   nazar   doimiy   amal   qiladigan   qonun-qoidalarga   amal   qiladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun ta’lim nazariyasi va uning xususiyatlari
rivojining   ma’lum   bir   mazmuniga   mos   keladi.   XXI   asr   axborot   texnologiyalar
asridir.   Axborotlashtirish   jarayoni   rivojlanayotgan   davrda   ta’lim   jarayonini
ommaviy axborot  vositalaridan foydalangan holda tashkil  etish ta’limning sifatini
birmuncha   oshiradi,   ya’ni,   fanga   oid   ma’lumotlarni   taqdim   etish   imkoniyatlarini
oshiradi. Axborot texnologiyalaridan foydalasnish dars jarayonida pedagog uchun
ham,   ta’lim   oluvchi   uchun   ham   bir   qancha   yengilliklar   beradi.   Jumladan,   dars
jarayonida   rang   barang   ko‘rgazmali   materiallardan,   o‘quv   jarayoniga   oid   turli   xil
medialardan   foydalanish   o‘quvchini   darsga   qiziqtirish   imkoniyatini   sezilarli
darajada oshiradi. Zamon bilan hamnafas holda tashkillashtirilmagan dars jarayoni
o‘quvchi uchun ham, umuman ta’lim oluvchi shaxs uchun samarasiz hisoblanadi.
Shaxsga   bilim   berish   hamda   uning   ilmiy   dunyoqarashini   shakllantirish,
ilmiy-ijodiy   faoliyatga   yo‘llashda   eng   kuchli   potensialga   ega   bo‘lgan   jahon
axborot   tarmog‘iga   bog‘lanish,   turli   xildagi   ma’lumotlar,   amaliy   tajribalar   bilan
batafsil tanishish, eng so‘nggi tabiiy va gumanitar bilimlarni egallash zarur. Bunda
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, elektron darsliklardan foydalana olish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish davr talabidir 91
.
Bugungi   kunda   jamiyat   taraqqiyotida,   bir   tomondan,   madaniyat
mohiyatining   o‘sib   borishi,   ikkinchi   tomondan,   madaniy   jarayonlarning
kommersiyalashuvi,   ommaviy   madaniyatning   kirib   borishi,   elektron   ommaviy
axborot   vositalarining   ta’siri   ham   kuzatilmoqda.   Ular   esa,   o‘z   navbatida
yoshlarning maqsadlari, ma’naviy-madaniy ideallari va qiziqishlariga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmoqda.   Yoshlarga   doir   olib   boriladigan   har   qanday   tadqiqot   ,,yoshlar»
tushunchasining   mohiyatini   ochib   berish,   mazkur   ijtimoiy   guruhning   turlarini
90
 Фарберман Б.Л. Прогресивные педагогические технологии – Т.: 1999 г 84стр.
91
http://www.TDPU.uz    .  va   https://www.ziyonet.uz .  (shahar va qishloqlarda yashovchi, ishchilar, o‘quvchilar va h.k.) aniqlash, yoshlar
yashab,   mehnat   qilayotgan   ijtimoiy   muhitning   hisobga   olish   talab   etadi.   Mazkur
vazifalarni   amalga   oshirish   uchun,   yoshlarga   uchta   o‘zaro   bog‘liq   darajada
yondashish   maqsadga   muvofiq,   deb   hisoblaymiz:   birinchidan,   ijtimoiy   fenemon
sifatida   umum   metodologik   darajada   yondashish;   ikkinchidan,   maxsus   nazariy
darajada   yondashish,   ya’ni   ularni   alohida   ijtimoiy-   demografik   guruh   deb
hisoblash,   xulqi,   yashash   tarzining   ijtimoiy-psixologik   xususiyatlari,   boylik
mo‘ljallarini   o‘rganish;   uchinchidan,   empirik,   ya’ni   sosiologik   tadqiqotlarning
dalillari va ko‘rsatkichlariga asoslangan holda yondashishdir 92
.
Media texnologiyalar ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli bo‘lib, u
o‘qituvchiga   an’anaviy   ma’lumotlar   manbaidan   ko‘ra   keng   ko‘lamdagi
ma’lumotlar   massivini   taqdim   etish;  ko‘rgazmali  va   uyg‘unlashgan   holda  nafaqat
matn,   grafiklar,   sxemalar,   balki   ovoz,   animatsiyalar,   video   va   boshqalardan
foydalanish;   axborot   turlarni   ta’lim   oluvchilarning   qabul   qilish   (idrok   etish)
darajasi   va   mantiqiy   o‘rganishiga   mos   ravishda   ketma-ketlikda   tanlab   olish
imkoniyatini yaratadi.  93
Ta’lim   texnologiyalari   bu   ta’lim   jarayonida   zamonaviy   zamonaviy   axborot
texnologiyalaridan   foydalanish   demakdir,   ya’ni   ta’limga   zamonaviy
innavotsiyalarning   kirib   kelishidir.   Ta’lim   jarayonida   zamonaviy
texnologiyalardan   foydalanishda   o‘quvchilar   ham   axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni   yaxshi   bilish   va   ulardan   foydalana   olish   muhim   omil
hisoblanadi 94
.
Ta’lim   uzoq   davom   etadigan   jarayon   bo‘lib   uning   sifati   darsda
qo‘llaniladigan   zamonaviy   metod   va   texnologiyalarga   bog‘liq.   Dars   jarayonida
to‘g‘ri   metoddan   foydalanish   o‘quvchining   darsga   bo‘lgan   qiziqishini   oshiradi,
o‘quv   jarayonini   tez   va   oson   o‘tishini   ta’minlaydi,   ya’ni   interfaol   metodlarni
92
 Malikov B.K. Yoshlar faolligining ortishi-ijtimoiy taraqqiyot qonuni sifatida// «fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
jarayonida   yoshlar   ijtimoiy   faolligini   oshirish   omillari».   Respublika   ilmiy-amaliy   anjuman   materiallari.   –
Samarqand:SamDCHTI, 2018. B.288. 
93
  Abdullayeva   G.N.   «Xorijiy   tillarni   o‘qitishda   integratsiyalashgan   media   ta’lim   asosida   dars   jarayonini
tashkillashtirish metodikasi» tezislar to‘plami
94
 Muminova F.M. Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy innavotsion texnologiyalardan foydalanish/  Ф . М .  Муминова .-
Текснепосредсвенный//Молодойученый.-     2020.   -№18   (308).-С..-URL:   https://moluch.ru/archive/308/69404/
(дата обращения: 20.01.2022). tanlash   har   bir   darsning   didaktik   maqsadidan   kelib   chiqqan   holda   tanlanadi.
Buning   uchun   o‘qituvchidan   doimo   kasbiy   malaka,   ko‘nikma,   bilim,   ilm-fan
yangiliklaridan xabardor bo‘lish, o‘z faoliyai ustida ishlashi talab etiladi. 
O‘quvchi   yoshlarga   daxldorlik   fazilatini   shakllantirish   bilan   bog‘liq
pedagogik   maqsadga   erishish,   ularda   ushbu   fazilat   talab   etayotgan   ko‘nikma   va
malaklarini vujudga keltirish, tarbiyalash va takomillashtirish uzluksiz, bosqichma-
bosqichli,   murakkab   jarayondir.   Shu   sababli   daxldorlik   tarbiyasini   ilmiy   asosda
tashkil   qilish   masalasi   pedagoglar   malakasini   oshirish   tizimi   mazmuniga   ham
o‘zgartirish va yangiliklar kiritishi taqozo qiladi 95
.
Bugungi   kunda,   ta’limning   zamonaviy   bosqichida   turgan   ekanmiz
o‘qituvchining ishlash tizimi o‘zgarmoqda va dars jarayonida o‘qituvchidan yangi
pedagogik   texnologiyalar,   zamonaviy   innovatsiyalarni   qo‘llash   talab   qilinmoqda.
O‘quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanib dars o‘tish darsning samarasini
oshiradi. 
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi
faollikni   oshirish   orqali   o‘quvchilarning   bilimlarini   o‘zlashtirishni   faollashtirish,
shaxsiy   sifatlarni   rivojlantirishga   xizmat   qiladi.   Interfaol   ta’limning   asosiy
mezonlari:   norasmiy   bahs-munozaralar   o‘tkazish,   o‘quv   materialini   erkin   bayon
etish   va   ifodalash   imkoniyati,   ma’ruzalar   soni   kamligi,   lekin   seminarlar   soni
ko‘pligi,   o‘quvchilar   tashabbus   ko‘rsatishlariga   imkoniyatlar   yaratilishi,   kichik
guruh,   katta   guruh,   sinf   jamoasi   bo‘lib   ishlash   uchun   topshiriqlar   berish,   yozma
ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim - tarbiyaviy ishlar
samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega 96
.
Hozirda   ta’lim   metodlarini   takomillashtirish   sohasidagi   asosiy
yo‘nalishlardan   biri   interfaol   ta’lim   va   tarbiya   usullarini   joriy   qilishdan   iborat.
Barcha  fan  o‘qituvchilari  dars  mashg‘uloti  jarayonida  interfaol  usullardan   borgan
sari   kengroq   foydalanmoqdalar.   Interfaol   usullarni   qo‘llash   natijasida
o‘quvchilarning   mustaqil   fikrlash,   tahlil   qilish,   xulosalar   chiqarish,   o‘z   fikrini
95
ShermanovE.O‘.   O‘smirlarda   islohotlarga   daxldorlik   fazilatini   rivojlantirish.   Pedagogika   fanlari   bo‘yicha   falsafa
doktori (PhD) dissertasiya avtoreferati.-Samarqand, 2020. . B.44-. 
96
  Bekmuratova   U.B.   «Ingliz   tilini   o‘qitishda   innavotsion   texnologiyalardan   foydalanish»   mavzusida   referat.
Toshkent -202l.  bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara,
bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib , rivojlanib boradi.
Bu   masalada   amerikalik   psixolog   va   pedagog   B.Blum   bilish   va   motsional
sohalardagi   pedagogik   maqsadlarning   taksonomiyasini   yaratgan.   Uni   Blum
taksonomiyasi   deb   nomlanadi.   (Taksonomiya-borliqning   murakkab   tuzilgan
sohalarini   tavsiflash   va   sistemalashtirish   nazariyasi).   U   tafakkurni   bilish
qobiliyatlari   rivojlanishiga   muvofiq   ravishdagi   oltita   darajaga   ajratdi.   Unga   ko‘ra
tafakkurning   rivojlanishi   bilish,   tushunish,   qo‘llash,   tahlil,   umumlashtirish,
baholash darajalarida bo‘ladi. 97
.
Quyidagi metodlarni dars jarayonida qo‘llash uchun misol qilib keltirishimiz
mumkin.   Misol   uchun   tarix   fani   darsini   o‘tishda   quyidagi   metodlardan
foydalanishimiz mumkin.
«Terminator»   metodi   olsak,   bu   metodni   6-sinfdan   to   9-sinf   o‘quvchilari
uchun   qo‘llash   mumkin.   Ushbu   metod   o‘quvchilarda   tarixiy   atamalarni
o‘zlashtirish   ko‘nikmasini   shakllantirishga   yordam   beradi.   Buning   uchun   tarixiy
atamalar   Microsoft   Word   matn   muharririda   48   kegel   kattalikdagi   shriftda   chop
etiladi   va   har   bir   atama   alohida   qilib   qirqib   olinadi   (imkon   qadar   ularni   qalinroq
qog‘ozga   chiqarish   tavsiya   etiladi).   So‘ngra   ularni   maxsus   qutichaga   solinadi   va
qutichaning qopg‘oni yopib, atamalar yozilgan qog‘ozlar yaxshilab aralashtiriladi.
Sinfda   8   nafar   o‘quvchi   tanlab   olinadi   va   ular   birin-ketin   qutichadan   qog‘ozlarni
ko‘zlarini yumgan holda tanlab olishadi va ularda yozilgan atamalar izohini birma-
bir   sharhlari   talab   etiladi.  Ishtirokchi   o‘quvchilardan  qaysi   biri   eng   ko‘p  atamaga
to‘g‘ri va aniq izoh bera olsa, o‘sha o‘quvchi g‘olib (Terminator) deb topiladi. Va
rag‘batlantiriladi. Ushbu metodni qo‘llash uchun 10-15 daqiqa talab etiladi. 
«Bibliotarix» metodi ham juda qulay metoddir. Ya’ni bugungi kunda yoshlar
va   o‘smirlar   o‘rtasida   kitobga   bo‘lgan   qiziqishning   susayib   ketayotgani   barchani
tashvishga   solayotgan   bir   paytda   «Bibliotarix»   metodi   yordamida   ushbu
muammoni   birmuncha   ijobiy   hal   etishga   erishish   mumkin.   Buning   uchun
o‘qituvchidan   yuksak   bilim   va   ma’naviyat   talab   etiladi,   metodni   muvaffaqiyatli
97
  EDUCAUSE   (2005).   Potential   Learning   Activities.   Retrieved   April   72017,   from   EDUCAUSE   website:
https://net.educause.edu/ir/library/pdf/NLI0547B.pdf .  qo‘llashdan   samara   ham   shunga   yarasha   bo‘ladi.   tarix   darslarida   deyarli   har   bir
mavzuni   o‘tishda   o‘quvchilarda   mustaqil   fikr,   o‘ziga   xos   sog‘lom   dunyoqarash
hosil qila olish muhimdir. Bunda har bir dars mavzusiga oid badiiy adabiyotlarda
parcha,   iqtibos   yoki   sujetni   misol   qilib   keltirish   barobarida   o‘quvchilarga   ushbu
asarni albatta mutolaa qilishni tavsiya qilish ko‘zlangan maqsadga erishish garovi
hisoblanadi. 25-30 kishilik auditoriyadan jilla qursa 5 ta o‘quvchi tavsiya qilingan
badiiy   asarni   o‘qib   chiqsa,   ularning   asardan   olgan   taassurotlari   «Tengdosh-
tengdoshga» tamoyili asosida boshqa yana bir nechta o‘quvchilarni ham uni o‘qib
ko‘rishga undashi shubhasiz. Chunonchi, 8-sinf  o‘quvchilari uchun «XV asr oxiri
-XVI   asr   boshlarida   Xuroson   va   Movarounnahrdagi   siyosiy   vaziyat»   mavzusini
o‘tishda   Muso   Toshmuhammad   o‘g‘li   Oybekning     «Navoiy»   yoki   Pirimqul
Qodirovning   «Yulduzli   tunlar»   romanlarini   qo‘shimcha   adabiyot   sifatida   o‘qish
tavsiya etilishi mumkin. Mazkur asarlarda aynan shu davrga oid tarixiy manzara va
sujetlar   batafsil   va   jonli   tarzda   ochib   berilgan.   Yoki   9-sinf   o‘quvchilari   uchun
«Turkistonda 1916-yil qo‘zg‘olonlarining boshlanishi» mavzusini o‘qitishda Muso
Toshmuhammad   o‘g‘li   Oybekning   «Qutlug‘   qon»   romani,   10-11-sinf
darsliklaridagi   «Qayta   qurish»   siyosatining   barbod   bo‘lishi,   O‘zbekistonning
davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi» mavzusini  o‘qitishda Tog‘ay Murodning «
Otamdan   qolgan   dalalar»   romani   qo‘shimcha   adabiyot   sifatida   mustaqil   o‘qish
uchun tavsiya etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Lekin ushbu o‘qitish metodini
qo‘llash   yagona   va   eng   muhim   shart   -   o‘qituvchining   o‘zi   mazkur   asarlarni   bir
necha marta mutolaa qilgan va ularning g‘oyaviy mohiyatini anglab yetgan bo‘lishi
lozimdir.   Ya’ni,   yuqorida   aytilganidek,   o‘qituvchi   o‘quvchi   yoki   talabalarga
muayyan   badiiy   asarni   mavzuni   mustahkamlash   uchun   o‘qishga   tavsiya   etish
asnosida   mazkur   asardan   parcha,   iqtibos   yoki   diqqatga   sazovor   hamda   mavzuga
bog‘liq   sujetlarni   hikoya   qilib   berishi   ayni   muddaodir.   Ushbu   o‘qitish   metodidan
har qanday mavzuni o‘qitishda foydalanish mumkin. Buning uchun o‘qituvchidan
tinimsiz   izlanish   va   ijodiy   yondashuv   talab   etiladi.   Metodni   ma’ruza   davomida
qo‘llashga mo‘ljallangan vaqt 5-10 daqiqani tashkil etadi.  Quyidagi   ayrim   mavzularni   o‘qitishda   «Bibliotarix»   metodini   qo‘llash
vositasida   o‘quvchilarga   tavsiya   etilishi   mumkin   bo‘lgan   badiiy   asarlarni   misol
qilib keltiramiz:
6-sinf- «Buyuk Ipak yo‘li» mavzusi - Mannop Egamberdiyev – «Sariq ajdar
hamlasi» romani;
7-sinf   –   «Ulug‘bek-   ma’rifatparvar   davlat   arbobi»   –Odil   Yoqubov   –
«Ulug‘bek xazinasi»;
8-sinf   –   «XIX   asrningg   I   yarmida   Qo‘qon   xonligining   ijtimoiy   -   siyosiy
ahvoli»   –   Sa’dixon   Mavlavixon   o‘g‘li   –   «Tanazzul»   romani,   Abdulla   Qodiriy   -
«O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari;
8-sinf   –   «XVI-XVIII   asrlarda   Hindiston»   –   Pirimqul   Qodirov   –   «Avlodlar
dovoni» romani;
8-sinf   -   «Fransiyada   mutlaq   monarxiya»   –   Aleksandr   Dyuma   –   «Uch
mushketyor» romani;
8-sinf   –   «Fransiyada   Birinchi   imperiya   va   uning   halokati»   –   Aleksandr
Dyuma – «If qal’asining mahbusi» («Graf Monte-Kristo») romani;
9-sinf   -   «Yosh   buxoroliklar   faoliyati   va   Buxoro   amirligining   tugatilishi»   –
Asqad Muxtor – « Buxoroning jin ko‘chalari» qissasi»;
10-11-sinf   darsligidan   oladigan   bo‘lsak,   «Turkistonda   sovet   hokimiyatiga
qarshi   harakat»   –   Xudoyberdi   To‘xtaboyev-   «Qasoskorning   oltin   boshi»,
«Respublika qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish va uning oqibatlar» – Xudoyberdi
To‘xtaboyev - «Jannati odamlar» qissasi.
Yana bir texnologiya bu «Zinama zina» texnologiyasi bo‘lib, ushbu mashg‘ulot
o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik
jamoa   bo‘lib   fikrlash   hamda   xotirlash,   o‘zlashtirilgan   bilimlarni   yodga   tushirib,
to‘plangan   fikrlarni   umumlashtira   olish   va   ularni,   rasm,   chizma   ko‘rinishida
ifodalay   olishga   o‘rgatadi.   Bu   texnologiya   talabalar   bilan   bir   guruh   ichida   yakka
holda   yoki   guruhlarga   ajratilgan   holda   yozma   ravishda   o‘tkaziladi   va   taqdimot
qilinadi.   Texnologiyaning   maqsadi   talabalarni   erkin,   mustaqil   va   mantiqiy
fikrlashga,  jamoa bo‘lib ishlashga,  izlanishga,  fikrlarni  jamlab ulardan nazariy va amaliy   tushuncha   hosil   qilishga,   jamoaga   o‘z   fikri   bilan   ta’sir   eta   olishga,   uni
ma’qullashga,   shuningdek,   mavzuning   tayanch   tushunchalariga   izoh   berishda
egallangan   bilimlarni   qo‘llay   olishga   o‘rgatishdir.   Mashg‘ulot   quyidagi   tartibda
o‘tkaziladi.
1. O‘qituvchi   o‘quvchilarni   mavzular   soniga   qarab   3-5   kishidan   iborat   kichik
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul);
2. O‘quvchilarga   mashg‘ulotning   maqsadi   va   uning   o‘tkazilishi   tartibi   bilan
tanishtiriladi.   Har   bir   guruhga   qog‘ozning   chap   qismida   kichik   mavzusi
yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;
3. O‘qituvchi   guruh   a’zolarini   tarqatma   materialda   yozilgan   kichik   mavzular
bilan   tanishtirishlarini   va   mavzu   asosida   bilganlarini   flomaster   yordamida
qog‘ozdagi   bo‘sh   joyiga   jamoa   bilan   birgalikda   fikrlashib   yozib   chiqish
vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
4.   Guruh   a’zolari   birgalikda   tarqatma   materialda   berilgan   kichik   mavzuni
yozma (yoki rasm, chizma) ko‘rinishda ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari
kichik   mavzu   bo‘yicha   imkon   boricha   to‘laroq   ma’lumot   berishlari   kerak
bo‘ladi;
5. Tarqatma   materiallar   to‘ldirilgach,   guruh   a’zolaridan   bir   kishi   taqdimot
qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta,
auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;
6. O‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni
baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.  
Bu   usullar   o‘quvchilarning   nutq,   tafakkur,   mulohaza,   zehn,   iste’dod,
zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib
yetishlariga xizmat qiladi 98
.
Dars   mashg‘ulotlarini   nafaqat   o‘qitishni   innavotsion   ta’lim   texnologiyalari
asosida   olib   borish,   balki   o‘quvchilardan   mustaqil   o‘qib   o‘rganish,   ta’limga
yangicha   munosabatda   bo‘lish,   zaruriy   va   chuqur   nazariy   bilimlarni   egallash,
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir.
98
  Shodmonova   SH.S.     Ahmedova   M.E.   Umumiy   pedagogika   nazariyasi   va   amaliyoti.   Darslik.   T.:   «Fan   va
texnologiyalar» nashriyoti, 2019. «Maktabdagi   o‘quv-tarbiya   ishlarini   tashkil   etishning   asosiy   shakli   dars
hisoblanadi». 99
O‘zbekiston   Respublikasining   ustuvor   siyosati,   ta’lim   tizimi   ish   mazmunini
demokratlashtirish,   XXI   asr   yoshlarini   har   tamonlama   rivojlangan,   yetuk,
dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxslarni jahon ta’lim standartlariga
mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir 100
.
XULOSA
O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   asosini   xotin-qizlar,
ta’lim-tarbiya   tashkil   etadi.   Yurtimizda   olib   borilayotgan   islohotlardan   ko‘zda
tutilgan eng ustuvor maqsad ham shudir. 
Bugungi kunning xotin-qizlari har bir sohada xalq va millat taqdriga, kelajak
avlod   barkamolligiga   o‘z   hissasini   qo‘shmoqdalar.   Globallashuv   jarayonida
o‘quvchi-yoshlar   tarbiyasiga   yanada   jiddiy   ahamiyat   qaratish   lozim   bo‘lmoqda,
sababi   bugungi   axborot   texnologiya,   innovatsiya   rivojlanga   bir   paytda   o‘quvchi-
99
  Ahmedov   F.Q.,   Atamurodov   Sh.O‘.   Boshlang‘ich   sinflarda   jismoniy   tarbiya   nazariyasi   va   metodikasi.   O‘quv
qo‘llanma. Toshkent – 2019.  B.184- 
100
  .KarimovI,A «Barkamol avlod dasturi» T.2010.  yoshlarimiz   bundan   noto‘g’ri   maqsadda   foydalanmoqdalar.   Bu   masalani   hal
qilishda   o‘quvchi-yoshlarning   har   bir   soatini   fan,   sport   va   san’at   kabi   to‘garaklar
bilan   band   qilish   lozim.   Davrning   dolzarb   talablari   va   jamiyat   taraqiyyoti   bilan
uzviy  bog’langan   ta’lim   bugungi   kunda   har   bir   davlatning   asosiy   rivojlantiruvchi
bosqichidir.   Milliy   mustaqilligimizni   yanada   mustahkamlash,   rivojlangan
mamlakatlar   qatorida   qo‘shish,   ajdod   va   avlodlar   vorisligini   ta’minlash,   jahon
talablariga   mos   bo‘lgan   yetuk   va   malakali   kadrlar   tayyorlashda   ta’lim-tarbiya
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Davlatimiz   rahbari   tomonidan   e’tirof   etilganidek
«Yangi   O‘zbekistonning   Uchinchi   Renessans   davri   bunyodkorlari»   o‘quvchi-
yoshlar   hisoblanadi.   Ularni   bilimli   qilish,   kelajakda   vatan   bunyodkori   bo‘lib
yetishi   uchun,   milliy   va   umuminsoniy   fazilatli   qilib   tarbiyalashning   pedagogik
imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda. 
Bugungi   kunda   pedagog   ayollarimizning   nafaqat   oila   va   farzandlar
tarbiyasiga   nafaqat   farzandlar,   o‘quvchilar   tarbiyasiga   ham   qo‘shayotgan   hissai
beqiyos.   Bugungi   kunda   xotin-qizlarimiz   o‘zining   moslashuvchan   aql-idroki   va
bilan ajralib turadi. 
Hozirda mamlaktimizda xotin-qizlarimizga keng vakolatlar berilgan biz buni
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   xotin-qizlarga   oid   dasturlarning   ishlab
chiqilishida   ko‘rishimiz   mumkin.   Hukumatda   amalga   oshirilayotgan,   ijtimoiy-
iqtisodiy   hayotini   yaxshilashga   qaratilgan   barcha   sa’y   harakatlar   mamlakatda
ayollarning   jamiyatdagi   mavqeyini   ko‘tarishga   qaratilgan   desak   mubolag’a
bo‘lmaydi. 
Xotin-qizlar ta’limi milliy taraqqiyotimizning asosidir. Shuning uchun ta’lim
tizimi   mamlakatda   qancha   rag’batlantirilsa,   xotin-qizlar   shuncha   tajriba,   bilim,
ko‘nikma,   malakaga   ega   bo‘laveradi.   Jamiyatda   bugungi   kunda   ijtimoiy,   siyosiy,
iqtisodiy,   diniy   va   madaniy   sohalarida   xotin-qizlarning   ta’rifi   ko‘p   bora   tilga
olinadi.   Kuchli   o‘qituvchilik   kasbiga   ega   bo‘lgan   xotin-qizlar   jamiyatni   zararli
illatlardan   himoya   qilish   uchun   yoshlarni   ta’lim-tarbiyasini   yaxshilash   uchun
ishlaydi. Shuning uchun xotin-qizlarning jamiyatga qo‘shgan hissasi faxriy asosda
taqdim etiladi.  O‘nlab   opa-singillarimiz   «O‘zbekiston   Qahramoni»,   “O‘zbekiston   fan
arbobi»,   «O‘zbekiston   xalq   o‘qituvchisi»,   «O‘zbekiston   xalq   shoiri»,
«O‘zbekiston xalq artisti» singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlari, orden va
medallariga   sazovor   bo‘lgan.   Ularning   orasidan   besh   yuz   nafardan   ziyod   fan
doktorlari   va   akademiklar,   minglab   fan   nomzodlari   o‘z   bilimi   va   iste’dodi   bilan
vatanimiz ravnaqiga astoyidil xizmat qilib kelmoqda. 
Bugungi   kunda   har   qanday   jamiyatning   asosiy   ko‘zgusi   bu   xotin-qizlar
ekanligi shak-shubhasizdir. Chunki jamiyatning ijtimoiy tuzumi qanday bolishidan
qat’iy   nazar   o‘sha   jamiyat   aholisi   turmushining   farovonlik   darajasi,   oilalar
barqarorligi,   kelajak   avlod-farzandlar   tarbiyasi,   iqtidori,   jamiyatdagi   intelektual
salohiyat,   ma’naviyat   va   madaniyat,   ma’rifat,   qo‘yingki   barcha   jabhalarda
erishilgan   yutuqlar   shu   jamiyat   taraqqiyotiga   xotin-qizlar   qo‘shadigan   hissasi   va
o‘sha jamiyatning ayollarga munosabati bilan belgilanadi. l
Xulosa o‘rnida ta’lim muassalarida ta’lim va tarbiya uyg’unligini ta’minlash,
yoshlar   bilan   ishlash,   ularni   hayotga   tayyorlash   bo‘yicha   tizimli   ishlarni   amalga
oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Birinchidan,   mamlakatimizda   xotin-qizlarga   oid   davlat   siyosatini,   ularning
ijodiy   salohiyatini   qo‘llab-quvvatlash   hamda   rivojlantirish   borasida   amalga
oshirilayotgan   islohotlar   mazmun   mohiyatini   ta’lim   muassasalarida   kengroq   jalb
etish;
Ikkinchidan, ta’lim muasasalarida xotin-qizlar faoliyatini tashkil etish orqali
qizlarning   estetik   va   axloqiy   madaniyatini,   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish,
ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek,iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-
qizlarni   hamda   Zulfiya   nomidagi   Davlat   mukofoti   sohibalarini   mamlaktimiz
ijtimoi-siyosiy   hayotidagi   faolligini   oshirish   va   ularni   ta’lim   muasasalaridagi
ijtimoiy-ma’naviy muhitni  mustahkamlash  borasidagi  targ’ibot-tashviqot  ishlariga
keng jalb etish barcha sohada yaxshi samara beruvchi omillardandir;
Uchinchidan,   ta’lim   muasasalaridagi   iqtidorli   yoshlarni   ijodiy   salohiyatini
qo‘llab-quvvatlash   hamda   rivojlantirish,   ular   tomonidan   yaratilgan   intellektual
loyihalarni targ’ib etish ishlarigako‘maklashish, o‘quvchilarni bilim olishga, kitob mutolaa   qilishga     bo‘lgan   qiziqishlarni   rivojlantirish,   shuningdek,   ta’lim
muasasalaridagi   davomat   bo‘yicha   yuzaga   kelayotgan   muommolarni   bartaraf
etilishida   «Tengdosh   tengdoshga   o‘rnak»   mavzusi   shiori   ostida   namunali
o‘quvchilar   faoliyatini   targ’ib   qilish   yosh   qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini
oshirish ham amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi;
To‘rtinchidan,   O‘quvchilarga   hozirgi   globallashuv   axborot   texnologiya
rivojlangan bir paytda turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, ularni ommaviy
madaniyat   tahdidlariga   qarshi   mafkuraviy   immunitetni   mustahkamlash   yuzasidan
ijtimoiy   tarqmoqlar   orqali   targ’ibot   tashqivot   ishlarni   amalga   oshirish   va   nazorat
qilish,   o‘quvchi   yoshlarni   ijtimoiy   siyosiy   faolligini   oshirish,   ularni   ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash, dunyoqarashini shakllantirish ;
Ta’lim   muassasalarida   ta’lim   va   tarbiya   uyg’unligi,   yoshlarning   iqtidori   va
istedoddini   to‘laqonli   namoyon   qilishdga   qaratilgan   madaniy-ma’rifiy   tadbirlarni,
anjuman va ko‘rgazlmalarni tizimli tashkil etish, yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy
faoliyatga   oid   yangicha   yondashuvlarni   ishlab   chiqish,   OABda   ta’lim
oluvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, yangicha ko‘rsatuvlar, eshittirishlar va
rubrikalarni   tashkil   etish   hamda     mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan
islohotlarda   xotin-qizlar   faol   ishtirokini   ta’minlashning   asosiy   omillari   bo‘lib
hisoblanadi.
Porloq   kelajakni   bilimli   yoshlar   bilan   birga   quramiz.   Bu   borada   Prezident
“Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy
ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi
kunimizni,   yoshlarmiz   taqdirini   hal   qiladigan   yuksak   malakali   muallim   va
murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak”, - degan FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O ’ zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi .  T . :2023. 
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T .:  Ma ’ naviyat , 2008.
3. Karimov   I . A .  O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O‘zbekiston, 1999. 
4. Karimov I.A. Buyuk maqsad yo‘lida og’ishmaylik. T.: O‘zbekiston, 1993. 
5. Karimov   I.A.   Buyuk   kelajagimizning   huquqiy   kafolati.   –   Toshkent:   Sharq
nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1993. 6. Karimov   I.A.   Milliy   mafkura-   davlatimiz   va   jamiyatimiz   qurilishi   biz   uchun
ruhiy-ma’naiy   kuch-quvvat   manbai.   «Ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon
hayot pirovard maqsadimiz». – T.: O‘zbekiston, 2000. 
7. Karimov I.A. Barkamol avlod dasturi. T.2010. 
8.
9. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokrati O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz – T.:O’zbeiston, 2016.
10. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017.
11. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   «O‘zbekiston
Respublikasi   davlat   va   jamiyat   qurilishida   xotin-qizlarning   rolini   oshirish
chora-tadbirlari to‘g’risida»gi 1995-yil 2-martda qabul qilgan Farmoni.
12.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2004-yil   25-maydagi   «   O‘zbekiston
xotin-qizlar   qo‘mitasi   faoliyatini   qo‘llab   quvvatlashning   qo‘shimcha   chora-
tadbirlari   to‘g’risida»   Farmonida   belgilab   berilgan   vazifalar   muhokamasiga
bag’ishlangan   24-iyun   kunida   bo‘lib   o‘tgan   majlis   bayoni.   //Toshkent   viloyati
Xotin-qizlar   qo‘mitasining   hisobot-saylov   konferensiyasiga   oid   hujjatlar.
Toshkent, 2004. 
13. O‘zbekiston   xotin-qizlar   qo‘mitasi   faoliyatini   qo‘llab-quvvatlashning
qo‘shimcha   chora-tadbirlari   to‘g’risida   :   O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti
I.A. Karimovning 2004-yil  25-maydagi Farmoni//  «Xalq so‘zi»gazetasi. 2004-
yil 26-may. 
14. «Yoshlar  yili» Dasturi. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti   I.A. Karimovning
2008-yil 29-fevraldagi PK 805-sonli qarori.  https://lex.uz . 
15. «Zulfiya   nomidagi   davlat   mukofotini   ta’sis   etish   bo‘yicha   takliflarni   qo‘llab-
quvvatlash to‘g’risida»gi Farmoni.  https://lex.uz .
16. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom  Karimovning 2012-yil  Xotin-qizlar
bayrami   munosabati   bilan   bayram   tabrigi   materiallari.   O‘zMU   Axborot
xizmatidan   olindi   va   respublika   OA   xabarlaridan   foydalanildi.   Email:
gafforiya_ma@ymail.com .  17. Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik
jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik  Palatasi
va   Senatining   qo‘shma   majlisidagi   ma’ruzasi.   2010-yil   12-noyabr.
https://lex.uz .
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning   Inson huquqlari
bo‘yicha kengashining  46-sessiyasida so‘zlagan nutqi. 
19.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Birlashgan
Millatlar   Tashkiloti   Bosh   Assambliyasining   75-sessiyasidagi   so‘zlagan   nutqi.
23.09.2020.   https://www.gazeta.uz    
20. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   Palatalarining
qo‘shma majlisidagi nutq/ – Toshkent: O‘zbekiston, 2016
21. O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   raisligida   7-fevral
kuni   xotin-qizlarni   har   tamonlama   qo‘llabquvvatlash   va   oila   institutini
mustahkamlash   masalalariga   bag’ishlangan   yig’ilishidagi   nutqi.   2018.
https://lex.uz .
22. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning     2022-yil   7-
martdagi PF-87-sonli Farmoni .   https://lex.uz .  
23. O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   «Xotin-q izlarni
qo‘llab-quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PF-5325-sonli Farmoni.
2018-yil 2-fevral.  https://lex.uz .
24. O‘zbekiston   Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning   «Oila va xotin-
qizlar   bilan   ishlash,   mahalla   va   nuroniylikni   qo‘llab-quvvatlash   tizimini
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g’risida»gi   PF-81-sonli   Farmoni.   2022-yil
1-mart.  https://lex.uz .
25. O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   «Ogir   ijtimoiy
ahvolda   qolgan   xotin-qizlar   huqulari   kafolatlarini   ta’minlash   bo‘yicha qo‘shimcha   chora-tadbirlar   qabul   qilinganligi   munosabati   bilan   O‘zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonunhujjatlariga   qo‘shimcha     va   o‘zgartirishlar
to‘g’risda»gi O‘RQ -736-sonli qarori.  2021- yil  9- dekabr https://lex.uz . .
26. O ‘ zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   « Prezident ,   ijod
va   ixtisoslashtirilgan   maktablar   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   bo ‘ yicha
qo ‘ shimcha   chora - tadbirlar   to ‘ g ’ risida » gi   PQ -5188- sonli   qarori .   2021-yil   19-
iyul.  https://lex.uz .
27. O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   «   Xalq   ta’lim
sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy
rivojlantirish   tizimini   joriy   qilish   chora-tadbirlari   to‘g’risida»gi   PQ- 496-sonli
qarori. 2021-yil 25-yanvar.  https://lex.uz .
28. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   «Yangi
O‘zbekiston»   gazetasiga   bergan   intervyusi   (to‘liq)   //Manba:
https://aniq.uz/yangiliklar/shavkat-Mirziyoyening-yangi-uzbekiston-gazetasiga-
bergan-tarixiy-intervyusi-tuliq   
29. O‘zbekiston   Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Xotin-qizlar ni
qo‘llab-quvvatlash   tizimi   hamda   ularning   jamiyatdagi   mavqeyini   yanada
mustahkamlash» masalalari bo‘yicha videoselektor yig’ilishi. 2022-yil 1-mart. 
30. O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga
murojaatnomasi. – «Xalq so‘zi» 2017-yil 23-dekabr. 
31. O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   «   Xalq   ta’limi
xodimlarini   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish   hududiy
markazlari   faoliyatini   takomillashtirish,   kurslardagi   ta’lim   sifatini   oshirish   va
uzluksiz kasbiy  rivojlantirish tizimini  joriy etish  chora-tadbirlari  to‘g’risida»gi
80-sonli buyrug’i. 2021-yil 23 -mart.   https://lex.uz .  
32. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasinin   2017-yil   6-apreldagi   «
Umumiy   o‘rta   va   o‘rta   maxsusu,   kasb-hunar   ta’limining   davlat   ta’lim
satandartlarini tasdiqlash to‘g’risida»gi № 187-sonli qarori.   https://lex.uz .
33.   O‘zbekiston   Respublikasi   «   Xotin-qizlarga   qo‘shimcha   imtiyozlar
to‘g’risida»gi qonuni.  https:/lex.uz/docs/-10550  34. A.Fitrat. Oila.- T.: Ma’naviyat, 1999
35. A.Fitrat. Oila yoki oila boshqaruv tartiblari. Toshkent : Cho‘lpon, 
2019
36. Ayolga ehtirom. T.: O‘zbekiston,1999
37. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud  axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992
38. Ahmedov   F.Q.,   Atamurodov   Sh.O‘.   Boshlang’ich   sinflarda   jismoniy   tarbiya
nazariyasi va metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent -2019
39. Barkamol avlod orzusi. T., 2000-yil.
40. Bekmuratova   U.B.   «Ingliz   tilini   o‘qitishda   innaotsion   texnologiyalardan
foydalanish» mavzusida referat. Toshkent – 2012.
41. Djasanova   S.   Jamiyat   hayotida   xotin-qizlar   va   ularning   ijtimoiy   faolligi.
Toshkent. « Tafakkur qanoti».  2014
42. EDUCAUSE   (2005   ).   Potential   Learning   Activities.   Retrieved     April   72017,
from EDUCAUSE website:  https://net.educause.edu/ir/library/NLI0547B.pdf .
43. Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlar. –Toshkent : O‘qituvchi, 1993
44. Malikov B.K. Yoshlar faolligining ortishi – ijtimoiy taraqqiyot qonuni sifatida
//   «Fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   jarayonida   yoshlar   ijtimoiy   faolligini
oshirish   omillari».   Respublika   ilmiy-amaliy   anjuman   materiallari.   –
Samarqand : SamDCHTI, 2018. 
45. Muminova   F.M.   Ingliz   tilini   o‘qitishda   zamonaviy   innavotsion
texnologiyalardan foydalanish / Ф.М.Муминова. –   Текс   непосредсвенный   //
Молодой   ученый .-2020.-№18(308).- С .   590-592.-   :
https    ://    moluch    .   ru    /   archive    /308/69404     / (дата обращения: 20.01.2022)
46. Nadjimova   K.U.   Oila   tarbiyasida   milliy   va   umuminsoniy   axloqiy
ma’daniyatning o‘rni: Toshkent, - Adolat, 2016. 
47. Otaboyeva.   M.R.   Chet   tilini   o‘qitishda   zamonaviy   texnologiyalardan
foydalanish va uning samaradorligi.  макола
48. Pedagogika:   ensiklopediya.   III   jild/tuzuvchilar:jamoa.   –II29   Toshkent:
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 2017 49. Rahimov   S.   Abu   Ali   ibn   Sino   ta’lim-tarbiya   haqida.   –   Toshkent:   O‘qituvchi,
1967.
50.   Rahimov   B.X.   «Talaba-yoshlarni   ilmiy   tadqiqot   ishlariga   yo‘naltirishning
ijtimoiy-pedagogik asoslari». Toshkent. 2009-yil.
51. Tarix   darslarida   pedagogik   texnologiyalar:   interfaol,   metodlar   va   ularning
ahamiyati (tarix fani o‘qituvchilari uchun metodik ko‘rsatma). -Toshkent, 2019.
52. Ubaydullayeva   R.A.   Mustaqil   O‘zbekiston:   ayol,   oila,   va   jamiyat.   –   T.:   Fan,
2006. 
53. Usmonova   E.Z.   O‘quvchilarda   mustaqil   tafakkurni   qanday   shakllantirish
mumkin? – T.: Pedagogika va psizologiya  ilmiy-ommabop nashri, 2000 
54. Xotin-qizlar  ahvoli va roli to‘g’risida BMT materiallari. –T.,2001.
55. Xotin-qizlar   huquqlari   kamsitilishining   barcha   shakllariga   barham   berish
to‘g’risida Konvensiya. –T.: 1998. 
56. Xolmatova M. Jamiyatda ayollarning tutgan o‘rni. Ekologiya va ayol. Farg’ona.
2001.
57. Yulchiyeva   D   X.   O‘zbekistonda     xotin-qizlarning   ijtimoiy   siyosiy   faolligini
oshirishda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   muhim   ahamiyati.
https://ijtimoiy.uz
58. O‘zbek pedagogik antologiyasi. I jild, – T.: «O‘qituvchi», 1995.
59. O‘zbek   pedagogikasi   tarixi.:   Oliy   o‘quv   yurtlari   uchun   qo‘llanma.   //
A.Zunnunovning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1997. 
60. G’oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1990 
61. Shamsiyeva   M.X.   Gender   tenglik.   Buxoro   Davlat   Universiteti   ilmiy   axboroti.
2015. №1
62. Shermanov   E.O‘.   O‘smirlarda   islohatlarga   daxldorlik   fazilatini   rivojlantirish.
Pedagogika   fanlari   bo‘yicha   falsafa   doktori   (PhD)   dissertasiya   avtoreferati.   –
Samarqand, 2020
63. Shodmonova   Sh.S.   Ahmedova   M.E.   Umumiy   pedagogika   nazariyasi   va
amaliyoti. Darslik . T.: «Fan va texnologiyalar» nashriyoti, 2019. 64. Shodmonova Sh.S. Oilada kichik maktab yoshidagi bolalarni milliy qadriyatlar
asosida   axloqiy   tarbiyalashning   pedagogik   asoslari:   Ped.fanlari   nomzodi…dis.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. Universiteti. – Toshkent, 2001.
65. Ибрагимов   Р.   Проблемный   подход   обучения   школьников:   Автореф.     …
канд  .дис.-Т.,1985
66. Кочетов А.И. Педагогическое исследование. – Рязань, 1976. 
67.  Социология молодежи. Под ред.  В.Т. Лисовског о.-СПб.: ГУБ 1996;
68.   Кон И.С. Социология молодежи// В кн.: Краткий словарь по социологии.
–  М.:НАУКА, 1998. 
69. Фарберман Б.Л.  Прогресивные педагогические технологии – Т.: 1999 г.
70. Фридман   Л.М.,   Кулагина   И.Ю.   Психологический   справочник   учителя.   –
М.: Просвещение, 1991.
71. https://www.TDPU.uz     
72. https://ziyonet.uz    . 
73.   https://president.uz . 
74. 76 . 
75. https://iiv.uz/news/xotin-qizlar-uchun-ulkan-imkoniyatlar-belgilandi    
76.   https://sputniknews-uz.com/analystics/20170703/5736267/    www.m.mfa.uz . 
77.   https://yuz.uz/uz/mews/mehnat-bozorida-xotin-qizlarning-orni
78.   https://ru.wikipedia.org/wiki/  
79. https://kun.uz    . 
80.  h https://kun.uz .

MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………… I BOB. O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR MASALASINI HAL QILISHNING DAVLAT SIYOSATI I.1. Mustaqillik yillarida xotin-qizlar masalasining konseptual asoslari……….. I.2. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar jamiyat rivojining asosiy tayanchi…………… II BOB. O‘ZBEKISTON ZAMONAVIY TA’LIM TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLAR II.1. Ta’lim tizimi bosqichlarida xotin-qizlar ta’lim masalasi II.2. Ta’lim tizimini xotin-qizlar kadrlar bilan ta’minlash masalasi III BOB. O‘ZBEKISTON MADANIY HAYOTIDA XOTIN-QIZLARNING TUTGAN O‘RNI III.1. Xotin-qizlarning o‘quv jarayonini tashkil etishning ijtimoiy-pedagogik va amaliy ahamiyati III.2. O‘quv jarayonini tashkil etishda samarali texnologiyalar IV. XULOSA. V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

KIRISH Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi demokratik jamiyat va huquqiy davlat qurish yo‘lidan jadallik bilan bormoqda. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi, o‘sha davlatda yoshlar ta’lim tarbiyasiga va kelajagiga beriladigan e’tiborga bog’liq, albatta. “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi, yuksalishi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz- yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat” 1 - deydi Shavkat Mirziyoyev. Shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ayollarga ham e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlar barcha sohalarda shu jumladan ta’lim sohasida ham o‘z qobilyatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar. Yaxshi ta’lim olish mamlakatda barcha sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari ulkan marralar bosib o‘tgan davlatimiz o‘zining taraqqiyot yo‘lini belgilab olgandir. Ya’ni mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz demokratik, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunda O‘zbekiston uchun davlat va jamiyat qurish tizimida yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatimizda ayollar faoliyatini takomillashtirish, davlat boshqaruvidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlar uchun yetarli barcha shart-sharoitlar yaratish masalasi barpo etilmoqda va bu borada ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, har bir davlatning taraqqiyoti va kelajagi xotin-qizlar va yoshlarning bilim va intellektual salohiyati, ijtimoiy-siyosiy faolligi, jismoniy va ma’naviy yetukligi bilan bog’liq. Xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish ekani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning muqaddimasida ham alohida ta’kidlangan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning yangicha yondashuvlar, g’oya va tashabbuslar, islohotlar, innovatsiyalar, siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini, 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambliyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan. https://gazeta.uz

faolligini qo‘llab-quvvatlash kabi izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki har qanday jamiyat va davlatning vatanparvarlik, adolatparvarlik darajasi uning ayollarga bo‘lgan munosabati va g’amxo‘rligida namoyon bo‘ladi. “Xotin- qizlarning tengligi insoniyatning tarixiy yutuqlaridan biridir. Ayollar millat genofondini shakllantiruvchi asosiy manbagina emas, balki iqtisodiyotda katta mehnat resursi hamda millat an’analarining davomchisidir” 2 . Umuman olganda, bugungi kundagi yuksak ma’naviyatli ayollarning ijtimoiy faolligini shakllantiradigan omillar quyidagilar bilan belgilanadi: - ayollarning barkamol avlodni tarbiyalashdagi ijtimoiy faolligi ularning nechog’li OAVdan xabardorligi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bo‘lgan munosabati; - kasbiy layoqatligi, ya’ni u yoki bu kasb egasi ekanligi va uni puxta egallab, barkamol avlod tarbiyasi bilan uyg’unlashtirishi hamda yoshlarning bilim, ko‘nikma va tajribasini shakllantirishdagi o‘rni bilan belgilanishi; - milliy va umumbashariy qadriyatlarni uyg’unlashtirgan holda urf-odat va an’analarimizga bo‘lgan hurmati, sharqona mentalitet va sharqona ayol tabiatini shakllantirilganligi; - bugungi globallashuv jarayonida har qanday ma’naviy tahdid va tajovuzlarga qarshi mustahkam iroda, yuksak ma’naviyat va chuqur bilimga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyashga hissa qo‘shish uchun xotin-qizlarning o‘z ustida tinmay ishlashi, ilm-fan yangiliklaridan xabardorligi va boshqalar 3 . Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari: Belgilangan asosiy maqsad O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim tarbiyaga qo‘shgan hissasini va xotin-qizlarga doir mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarni yoritib berish asosiy maqsaddir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda mavzuni umumiy o‘rganish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasini hal qilishning konseptual asoslari, mustaqillikdan keyingi va Yangi O‘zbekiston davrlarida xotin-qizlarga oid amalga oshirilgan ishlar, ya’ni, qarorlar, farmonlar, islohotlar tahlil qilinadi va yoritiladi. 2 Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti. – Buxoro, 2015. №1. –B.125. 3 S.Djasaova. Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi. Tafakkur qanoti. Toshkent. 2014. B.84.

Mavzuning ikkinchi bobida O‘zbekiston zamonaviy ta’lim taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni va roli haqida ma’lumot beriladi. Uchinchi bobida esa, O‘zbekistonning madaniy hayotida xotin-qizlarning tutgan o‘rni va xususiyatlari ochib beriladi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari . O‘zbekistonda xotin- qizlarning ta’limga, ilm-fanga qo‘shgan hissasi, xotin-qizlarga doir tashkil etilgan xalqaro va ilmiy konferensiyalar, maqolalar, farmonlar tog’risida ma’lumot berish. Bundan tashqari maktablarda interfaol texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish metod va uslublarni ochib berish. Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. XVIII-XIX asrlarda gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari muommosi siyosat darajasiga ko‘tarildi. Jumladan, 1791-yilda Fransiyada taniqli yozuvchi, yetuk siyosiy arbob Olimpiya de Guj “Ayollar va fuqarolar huquqlari” Deklaratsiyasini e’lon qilib, ayollar Harakatiga asos soldi 4 . Amerika Qo‘shma Shtatlarining jamoat arbobi, ayollar huquqlari bo‘yicha ilk harakatning kuchli shaxsi Elezabet Kedi Stenton 1848-yil xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha birinchi ochiq konferensiyaga “Hissiyot Deklaratsiyasi”ni tayyorlab taqdim etadi. Unda AQShda ayollar teng huquqliligi va ayollarning saylash huquqlari bo‘yicha tashabbusni ilgari suradi 5 . Buyuk Britaniyalik filosof, sosiolog va siyosiy arbob, ingliz faylasufi Djon Styuart Mill “Erkinlik haqida”, “Ayolning bo‘ysinishi” asarini yozib, unda ayollarga saylash huquqi berish g’oyasini ilgari surdi 6 . Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Tadqiqotni amalga oshirishda tarixiylik, xolislik, davriy izchillik, qiyosiy, tanqidiy, mantiqiy va xronologik, semantik va pragmatik tahlil usullaridan va bir qancha metodlardan foydalanildi. 4 .https://ru.wikipedia.org/wiki/ 5 https://ru.wikipedia.org/wiki/ 6 https://ru.wikipedia.org/wiki/

Tadqiqotning manbalari. Tadqiqotning asosiy manbalari bo‘lib tarixiy adabiyotlar, vaqtli nashr materiallari, turli davrlarda mavzu doirasida yaratilgan monografiyalar, adabiyotlar va ilmiy maqolalar to‘plamlari xizmat qildi. Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Tadqiqotning metodologik va nazariy asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, “Xotin-qizlar konsepsiyasi”, Xotin-qizlarga doir asarlar, farmon va qarorlar tashkil etadi. Keltirib o‘tilgan yirik dalillarga asoslangan ma’lumotlar shuni ko‘rsatib turubdiki, xotin- qizlar jamiyatning bir bo‘lagi va kuzgusi ekanligi, ular mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan rivojlanishga turtki beradi. Bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi: 1991-yildan boshlanib, hozirgacha bo‘lgan davrda xotin-qizlar faoliyatiga oid amalga oshirilgan ishlar, farmonlar, qarorlar, ilmiy nashrlarni o‘z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti: O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasining hal qilinishi tadqiqotning obyekti, zamonaviy ta’lim taraqqiyotida xotin-qizlar o‘rni bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi. I BOB. O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR MASALASINI HAL QILISHNING DAVLAT SIYOSATI I.1. Mustaqillik yillarida xotin-qizlar masalasining konseptual asoslari Har bir davrning o‘z taraqqiyot yo‘li, omili, ehtiyoji, talabi va tamoyillari mavjuddir. Tabiyki ularni shakllanlantirish va rivojlantirish, ularga alohida ma’no- mazmun bag‘ishlaydi. Shu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ulkan tarixiy voqealar bo‘ladi. Hammamizga ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda xotin- qizlarga katta e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda respublikamizning turli sohalarida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan va bu ishlarga doir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar zamirida esa xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish kabi oliy maqsad mujassam bo‘lib, shu o‘rinda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga ham alohida ahamiyat qaratilayotganini ko‘rishimiz mumkin.