O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmatining mavjud tizimi va uning tarkibiy tuzulishi.
Mavzu: O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmatining mavjud tizimi va uning tarkibiy tuzulishi. Reja. 1. O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati (GMX) 2. Gidrometeorologiya xizmatining asosiy tarki biy qismlari 3. Atrof-muhit holatini kuzatish 3.1. Atmosferani o‘rganish usullari. 3.2. Tuproq haroratini o‘lchash. 3.3. Havo haroratini o‘lchash. 3.4. Havo namligini o‘lchash. 3.5. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchash
1. O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati (GMX). Mamlakatimizda gidrometeorologiya xizmati umumdavlat xizmati hisoblanib, uning vazifasi xalq xo‘jaligini gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlashdir. Vatanimizda barcha gidrometeorologik ishlar ustidan rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi – O‘zgidromet olib boradi. O‘zgidrometning asosiy vazifasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoq larini va mamlakat mudofaa tizimini meteorologik, klimatologik, aerologik, agrometeorologik, gidrologik va dengiz gidrometeorologik ma’lumotlari bilan ta’minlashdir. Boshgidrometningasosiy vazifalari. Boshgidrometning asosiy vazifalari Davlat boshqaruv idoralari va boshqa sohalarga tabiiy muhit to‘g‘risidagi ma’lumot Bilan, mavjud va kutilayotgan gidrometerologik sharoitning o‘zgarish sabablari, gidrometeorologik jarayonlar ta’sirida bo‘ladigan favqulodda hodisalar to‘g‘risida xabar berish, atrof muhitning ifloslanishi to‘g‘risida xabar berish va nihoyat gidrometeorologik hodisalarga faol ta’sir etishdir. Asosiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi: suv xo‘jaligi, energetika, agrosanoat, neft qazish, avtomobil va temiryo‘l transporti, aviatsiya, aloqa qilish, komunal xo‘jaligi va boshqalar. Boshgidromet ma’lumot beradigan vazirliklar, idora, shirkat, konsernlar, firma va korxonalar 2000 dan oshdi. Boshgidromet o‘z maqsadiga to‘la erishishi va oldigi qo‘yilgan vazifani bajarish uchun doimiy gidrometerologik kuzatish ishlarini olib boradi. Tabbiy muhitni ifloslanishini o‘rganadi., gidrometerologik va ekologik ma’lumotlarni olish usullarni ishlab chiqadi. Davlat suv kadastri, davlat ma’lumotlar bankini tuzadi va nazorat qiladi. Boshgidrometning xalqaro faoliyati
Jahon ob-havo tizimida 29 ta mintaqaviy gidrometerologik markaz bo‘lib, shulardan bo‘lib shulardan biri toshkentda joylashgan. Toshkentdagi markaz meterologik ma’lumotlarni yig‘adi, ob –havo va aviatsiya xaritasini tuzib tarqatadi. Bu ishda u Markaziy Osiyo, YAqin sharq va Rossiyaning sharqiy qismiga ham javobgardir. 1993 yil 22 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Jahon meterologiya tashkiloti (JMT) ga a’zo bo‘lib qabul qilindi. O‘zbekiston Boshgidromet boshlig‘i JMTda O‘zbekistonning doimiy vakilidir. Boshgidromet Fransiya, Germaniya, Turkiya, Isroil va boshqa davlatlar gidrometerologiya xizmati Bilan doimmiy aloqada bo‘lib, JMT, YUNESKO va YUNEP tashkilotlari dasturini tuzishda va boshqa bitimlarida faol qatnashadi. Boshgidrometning ilmiy-tadqiqot va tajriba faoliyati Boshgidrometga qarashli O‘OITGMI (SANIGMI) – O‘rta Osiyo ilmiy tadqiqot gidrometirologiya instituti O‘rta Osiyoda gidrometerologiya sohasi bo‘yicha yagonatashkilotdir. Bu erda gidrometerologiya va ekologiyaga tegishli juda ko‘p masalalar hal qilinadi. O‘OITGMI da quyidagi ilmiy –tadqiqot ishlari olib boriladi. Mintaqaviy iqlim va azon qatlamini o‘rganish, suv zahiralarini miqdoriy baholash, iqlim agroiqlimni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishini o‘rganish, atrof muhit ifloslanish monitoringi tizimini tashkil etish, bulutlar fizikasi ob – havoni bashorat qilish uchullarini ishlab chiqish, gidrologik va agrometerologik hodisalarni oldindan bashorat qilish, glyasiologik tadqiqotlarni amalga oshirish. 2. Gidrometeorologiya xizmatining asosiy tarki biy qismlari. Gidrometriya xizmati gidrometeorologiya xizmatining asosiy tarki biy qismlaridan biridir. Dunyo miqyosida gidrometriya xiz ma ti ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) dengiz va okeanlarning gidrologik rejimini o‘rganish; 2) xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, mudofaa tizimini, meteo rolo giya hamda gidrologiya xizmati va boshqa sohalarni kerakli gidrometrik ma’lumotlar bilan ta’minlash
3) gidrometriya sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish 4) kuzatish va tadqiqot ishlari natijalarini alohida yilnomalar va ma’lumotnomalar ko‘rinishida chop ettirish. Gidrologiya va gidrometriya sohalari bo‘yicha amalga oshiri la yot gan ilmiy uslubiy ishlarga O‘zgidrometning maxsus bo‘lim lari rahbar lik qiladi. Har bir mamlakatda o‘zining gidromet riya xiz mati bosh qarmasi mavjud bo‘lib, bu boshqarma o‘z hududi dagi barcha gidro metrik ishlarning talab darajasida bajarili shiga mas’ul hisob la nadi. Mamlakatimizdagi suv obektlari rejimi elementlarini kuza tish va o‘rga nish har bir suv obektida muntazam yoki vaqtin chalik postlar – kuza tish joylarini tashkil qilish yoki ekspe ditsiya uyush ti rish asosida olib boriladi. Stansiya va post tarmoqlari operativ kuzatish stansiyalari va post tarmoq lariga bo‘linadi. Kursning asosini O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI va dunyo mamlakatlari shu soha kasaba uyushmalarining Gidrometrologiya xizmatini tashkil etish, rejalashtirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan anjumanlari, s’ezdlarining hujjatlari va boshqa me’yoriy xujjatlar (texnika hafsizligi ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi hafsizlik choralari) tashkil etadi. Tarixiy ma’lumot. Turkiston o‘lkasida birinchi meterologik va gidrologik kuzatishlar o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Toshkent shaxrida muntazam meterologik kuzatishlar 1867 yilda boshlanib, hozir ham davom etmoqda. 1919 yildan boshlab Gidrometeorologiya xizmatini tabbiy muhitni kuzatish va gidromerologik ba щ orat qilishlarni birlashtiruvchi yagona tashkilot bo‘ldi. 1929 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya Boshqarmasi sifatida tasdiqlandi. 1972 yildan boshlab Gidrometeorologiya xizmati tizimida tashqi muhit ifloslanishini muntazam kuzatish ishlari ham boshlandi.
Mamlakatimiz mustaqillika erishgach Boshgidrometning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7 may 1992 yildagi 225 – sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan. 3. Atrof-muhit holatini kuzatish. Insonning hayoti uchun muhim bo‘lgan muhitning ekologik holati butun dunyo jamoasining va birinchi navbatta, atmosfera havosi, er usti suvlari va tuproqning ifloslanishini kuzatib borayotgan gidrometxizmatning doimiy etiboridagi masala bo‘lib qoldi. Turkistondagi tabiiy obektlar holatini o‘rganish bo‘yicha birinchi kuzatuvlar 1910-1917 yillarda olib borilgan. O‘zbekistonda atmosfera ifloslanishi darajasini muntazam kuzatishlar 1965 yili Toshkent shahrida boshlandi. Bu ish turlarini bajaruvchilar orasidan O.N Petrov, A.P Timofeev, L.G. Stepanova, L.P. YAdrikova, V.L. Palagin, A.N. tyumenov, E.E Kan, Z.YA, Domasheva, O.I. Svenstistskaya, R.M. Anva boshqalarni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. 1979 yili Atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni meyorlash bo‘limi (V.G. Konyuxov, G.A. Jirnikov), 1980 yili esa, Tabiiy muhit ifloslanishini o‘rganish va nazorat qilish Toshkent markazi tashkil etildi. 1985 yili bu markazga kimyo fanlari nomzodi T.A. Ococrova boshchilik qildi, uning movuni etib , E.V. Danilevckaya tayinlandi. Hozirgi paytda Markazning barcha bolinmalari Tabiiy muhitni ifloslanishi monitoring boshqarmasi tarkibiga kirishdi va bu boshqarma 15 ta labaratorya va gurihlardan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Boshgidrometning bu yirik azaliy-ishlab chiqarish bo‘linmasining asosiy vazifasiga o‘ziga tegishli hududda tabiiy muhitning ifloslanishini kuzatish hamda xalq xojaligi tashkilotlarini amaliy rejimiy va prognostic axborot bilan ta’minlash kiradi. Kuzatishlar hajmi yildan – yilga oshyapti. SHu jumladan, atmosfera havosini ifloslanishini 35 shahardagi 65 muhim postlarda kuzatilmoqda; er usti suvlarining ifloslanishi holati ustida 70 daryolarda, 11 suv omborlarida, 114 kuzatish joylarida va 136 stvorlarda 65 gidroximik ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuzatishlar olib boriliyapti. Bu yo‘nalishlardagi