logo

O’zbekistonda milliy siyosatning asosiy tamoyillari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

57.470703125 KB
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
Kafedra:  Falsafa va milliy g’oya
Fan:  Geosiyosat asoslari
Milliy g'oya ma' naviyat asoslari va huquq ta'limi yònalishi talabasi 
Bovoboyev Suhrobning
KURS ISHI
MAVZU : O’zbekistonda milliy siyosatning asosiy tamoyillari
Samarqand 2021
1 Mundarija
 KIRISH …………….…………………………………………………………..3
I-Bob     1.1 O’zbekistonda   ma’ndviy   hayotida   milliy   urf-odat   va   diniy   qadiryatlarga
munosabat. ………………………………………………………………………..6
            1.2  Milliy tillar masalasi va uning moxiyati. ……………………………..11
II-Bob 2.1  O’zbek modelining asosiy  tamoyillari……………………………….16
            2.2  O’zbekistonda etnik munosabatlar va ularning oqibatlari…………….30
XULOSA .………………………………………………………………………… 4 0
ADABIYOTLAR RO’YXATI . ……………………..…………………….……. 4 2
2 KIRISH
O’zbekiston XX asirning oxirida o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritib ijtimoiy-
siyosiy,   madaniy,   ma’naviy-ma’rifiy   sohalarda   juda   katta   yutuqlar   va   katta
imkoniyatlar  bilan uchinchi  ming yillikka jadal  kirib bordi. Ma’lumki,   O’zbekiston
o’z   mustaqilligini   qo’lga   kiritganidan   so’ng   sobiq   sho’ro   tuzumining   umrini   o’tab
bo’lgan   ma’muriy-buyruqbozlik,   rejali-taqsimot   tizimidan   voz   kechilib,     butun
dunyoda ―o’zbek modeli  degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga‖
xos   taraqqiyot   yo’li   Prezidentimiz   Islom   Karimov   tomonidan   ishlab   chiqildi   va
bugungi   kunda   o’zini   to’la   oqlamoqda.   Mazkur   model   iqtisodiyotni   mafkuradan
holiligi,   uning   siyosatdan   ustunligi,   qonun   ustuvorligi,   davlatning   bosh   islohotchi
bo’lishi,   islohotlarning   bosqichma-bosqich   amalga   oshirishi,   kuchli   ijtimoiy   siyosat
olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. 1
Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun
munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak
maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. 
O’tgan   davr   mobaynida   amalga   oshirilgan   ulkan   ishlar   tufayli   yurtimizning
barcha   hudud   va   mintaqalari   qiyofasi   tubdan   o’zgarib,   obod   bo’lib   borayotgani,
O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy
etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va
e’tirofga   sazovor   bo’layotgani   hammamizga,   avvalambor,   shu   zaminda   unib-o’sib
kelayotgan   yoshlarga   xursandchilik   va   ertangi   kunga   ishonch   bag’ishlamoqda.   Eng
muhimi,   ana   shunday   o’zgarishlar   tufayli   yurtdoshlarimizning   dunyoqarashi,
ma’naviy   olami   izchil   yuksalib,   hayotga,   mehnatga   munosabati   keskin   o’zgarib
bormoqda. 2
Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetish,
ya’ni   rivojlangan   demokratik   davlatlar   qatoriga   kirish,   xalqimizning   hayot   sifati   va
darajasini   yuksaltirish   va   yurtimizning   jahon   hamjamiyatida   munosib   o’rin
1   Islom   Karimovning   O’zbekiston Respublikasi Oily Majlisining Qonunchilik palatasi   vaSenatning   2010 yil   12
noyabirdagi   qo’shma   majlisidagi   ― Mamlakatimizdagi   demokratik   isloxotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik
jamiyatini   rivojlantirish konsepsitasi   mavzusidagi   maruzasi . -Т., 2010., 4 -bet .
2  N.To’htayev. Taraqqiyotning o’zbek modeli.-  Т.:2012.  4-bet 
3 egallashida   avvalo   juda   tez   o’zgarib   borayotgan   bugungi   zamon   bilan   hamnafas
bo’lib,   ertaga   yo’limizda   paydo   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   turli   muammo   va
tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab
qilmoqda. 
Shu   muqaddas   zaminda   yashab   o’tgan   qancha-qancha   ajdodlarimizning   asriy
orzusi   bo’lgan   mustaqillik   bundan   yigirma   ikki   yil   muqaddam   Prezidentimiz   Islom
Karimov   boshchiligida   olib   borilgan   mardona   kurashlar   natijasida   ro’yobga   chiqdi.
Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy
taraqqiyot   yo’lidan   izchil   va   qat’iyat   bilan   borib,   barcha   sinov   va   mashaqqatlarni
yengib   o’tib,   olamshumul   yutuq   va   marralarga   erishdi.   Hayotning   o’zi   biz   tanlagan
yo’l   juda   to’g’ri   ekanini   ko’rsatdi.   Buni   bugun   jahon   ahli   e’tirof   etmoqda.   Bu   yo’l
taraqqiyotning   o’zbek   modeli   sifatida   keng   o’rganilmoqda.   Bu   o’z   navbatida
xalqimizning irodasi, kuch-qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz
rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir. 3
"O’zbek modeli" tushunchasining  hayotimizga shiddat  bilan kirib kelganiga  bu
yil   roppa-rosa   22   yil   to’ldi.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenta   Islom   Karimov
dastlab   1992   yilda   chop   etilgan   "O’zbekistonning   o’z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo’li"
asarida   o’zbek   modelining   mohiyati   va   shakl-shamoyillari   hamda   tamoyillarini
belgilab   bergan   edi.   Keyinchalik   bu   g’oya   davlatimiz   rahbarining   1993   yildagi
"O’zbekiston   -   bozor   munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos   yo’li"   kitobida,
"Komsomolskaya   pravda"   gazetasi   muxbiri   savollariga   bergan   javobida,
ijtimoiyiqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. 
22   yil   tarix   uchun   katta   muddat   emas.   Lekin   ana   shu   nisbatan   qisqa   davr
mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch
ekanligini   to’la   namoyon   etdi.   O’zbek   modeli   ikkita   katta   sinovdan   muvaffaqiyatli
o’tdi.   Birinchi   sinov   -   o’tgan   asrning   90-yillarini   o’z   ichiga   olgan   yosh   mustaqil
mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri davom etayotgan
pallada   O’zbekiston   postsovet   maydonida   birinchi   bo’lib   makroiqtisodiy
barqarorlikka   erishdi,   sanoat   va   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab   chiqarishda   islohotdan
3  Islom Karimovning, Asarlari, 17-jild. -  Т .: ―O’zbekiston . ‖ 2011. 223-  bet  
4 oldingi   yillardagi   ko’rsatkichlardan   o’zib   ketdi.   Boshqacha   aytganda,   inqirozdan
rivojlanish   orqali   chiqib   ketish   birdan-bir   to’g’ri   yo’l   ekanligini   isbotladi.   Ikkinchi
sinov   -   2008   yilda   boshlangan   global   moliyaviyiqtisodiy   inqiroz   bo’ldi.
Taraqqiyotning   o’zbek   modeli   nafaqat   butun   jahonni   qamrab   olgan   moliyaviy-
iqtisodiy   inqiroz   zarbalariga   qarama-qarshi   tura   oldi,   balki   dunyodagi   10   mamlakat
qatorida iktisodiy o’sishning eng yuqori 
(yiliga   8-9   foizdan   kam   bo’lmagan)   sur’atlarini   ta’minladi.   Yulboshchimizning   shu
munosabat   bilan   chop   etilgan   ―Jahon   moliyaviyiqtisodiy   inqirozi,   O’zbekistan
sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choradari  asarida hamda mamlakatimizda‖
jahon   iqtisodiy   inqirozining   salbiy   oqibatlarini   bartaraf   etish   bo’yicha   2009-2012
yillarga   mo’ljallangan   Inqirozga   qarshi   choralar   dasturida   O’zbekistan
iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi
konsepsiyasi   ilgari   surildi.   Bu   iqtisodiyot   nazariyasini   rivojlantirishga   qo’shilgan
katta hissa edi. 4
―Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda to’xtab
turmaydi   va   erishgan   natijalari   bilan   kifoyalanmasdan,   dunyoda   kechayotgan   tub
o’zgarishlar jarayonidagi o’z o’rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning
tobora   ortib   borayotgan   talablari   va   jahon   bozorida   kuchayib   borayotgan   raqobat
kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat
qozona oladi, -deb ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan. 
1.1O’zbekistonda   ma’ndviy   hayotida   milliy   urf-odat   va   diniy
qadiryatlarga  munosabat .
Respublika   mustaqillikka   erishganidan   so’ng   uch   ming   yillik   davlatchilik
tarixiga   ega   bo’lgan   o’beklar   ma’naviyatining   asosiy   bo’lmish   an’anaviy   qadiryat,
urf-odatlarni   tiklash,   ularni   jamiyat   hayotidagi   o’rnini   yksaltirish   davlat   siyosati
darajasidi.   Holbuki   sovet   davlatida   halqlarning   milliy   madaniyati   va   o’zligiga   attiq
zarba   berilgan   urf-odatlar   va   an’analar   toptalgan   edi.   Maskur   siyosatni   ning   salbiy
4 I .А. Karimov   Jaxon   molyaviy - iqtisodiy   inqirozi ,  O ’ zbekiston   sharoitida   uni   bartaraf   etishning   yo ’ llari   va   choralari  // –
Т:  O ’ zbekiston , 2009. 16- bet
5 voqeliklarni taxlil etish hamda xolis xilosalar chiqarish bugungi kunda ahamiyatlidir.
Zero, bu masalaga chuqur yondashuv istiqlol yillarida ma’naviy yuksalishning qadir
qimmati va mahiyatini tushinishiga yaqindan yordam beradi.   XX asrning 90-yillari
boshida   O’zbekiston   ijtimoiy   -   iqtisodiy   taraqqiyotida   mutlaqo   yangi   mazmun   va
mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov
rahnamoligida   xalqimizning   mustaqillikka   erishgani   bilan   boqliqdir.   Istiqlolimiz
sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini  joriy etish, mavjud ijtimoiy-
iqdisodiy,   xalqaro   masalalarni   o’z   milliy   manfaatlarimizdan   kelib   chiqqan   holda
mustaqil  hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor
iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy
iqtisodiyotimizni shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. 
Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi
tushunchalar   emasdi.   Osiyo   va   Yevropaning   savdo   yo’li   -   Buyuk   ipak   yo’li
chorrahasida   joylashgan   o’zbek   zamini   asrlar   osha   Sharq   va   G’arb   o’rtasida   o’ziga
xos   ko’prik   bo’lib   keldi.   O’zbekiston   o’zining   ana   shu   tarixiy   va   an’anaviy   o’rnini
egallashi   uchun   yurtimizda   zamonaviy   bozor   munosabatlarini   va   aholi   o’rtasida   esa
bozor   madaniyatini   shakllantirish   lozim   edi.   Bu   esa   oson   ish   emasdi.   Zero,
kommunistik   mafkura   hukmronlik   qilgan   sovet   zamonida   -   yetmish   yil   mobaynida
xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor
munosabatlariga   xos   tashabbuskorlik,   izlanuvchanlik   va   tadbirkorlik   so’ndirilgan,
boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. 
To’g’ri,   sosializm   sharoitida   ham   «xufiyona   iqtisodiyot»,   kooperativ   faoliyat,
kolxoz   bozori   singari   bir   qarashda   bozorni   eslatadigan   yarim   ochiq,   yarim   yashirin
ko’rinishdagi   unsurlar   ham   mavjud   bo’lgan.   Ammo,   sosializm   mazmunmohiyatiga
ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va
xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. 
Shu   bois   mulk   obyektlarini   davlat   tasarrufidan   chiqarish,   xususiylashtirish   va
monopollashuvdan   qaytish   mehanizmlari   orqali   raqobat   muhitini   yaratish,   erkin
tadbirkorlikka   keng   yo’l   ochish,   bozor   infratuzilmasini   rivojlantirish,   talab   va   taklif
6 asosida   shakllanadigan   narx   mexanizmini   joriy   etish   kabi   bozor   ustunlarini   qaror
toptirish,   pirovardida   aralash   iqtisodiyotga   erishish   lozim   edi.   Chunki,   shusiz   ham
chuqur   inqiroz   girdobiga   tushib   qolgan   iqtisodiyotimizni   sog’lomlashtirishning
bozordan   boshqa   yo’li   yuq,   oldinda   ulkan   islohotlarni   amalga   oshirish   vazifasi
turardi. Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan.
Yurtimizda   turli   xil   oziq-ovqat   mahsulotlarini   yetishtirish   uchun   keng   ekin
maydonlari,   yirik   industrial   baza,   malakali   kadrlar,   qisqasi,   jamiyat   a’zolari
extiyojlarini   to’la   qondirish   uchun   zarur   barcha  imkoniyatlar   mavjud   bo’lsa-da,  eng
ayanchlisi,   ana   shunday   ulkan   imkoniyatlarga   qaramasdan,   yurtimiz   qashshoq
mamlakatlar   qatoriga   tushib   qolgan,   jamiyatda   eng   zarur   iste’mol   mollarining   ham
keskin   tanqisligi   vujudga   kelgan   edi.   Sababi   eski   tuzum   davrida   jamiyatdagi   tabiiy
muvozanat   buzilgan   —   shaxsiy   manfaat   va   mehnat   natijalari   o’rtasida   bevosita
uzviylik   yo’q   edi.   Bu   uzviylik   esa   har   qanday   jamiyatda   taraqqiyotning   lokomotivi
vazifasini   bajaradi,   mavjud   barcha   resurslardan   oqilona   va   samarali   foydalanishga
xizmat qiladi 5
. 
Sobiq   SSSRda   ham   bir   qancha   iqtisodiy   islohotlar   o’tkazilganini   ta’kidlash
lozim.   1953,   1965,   1979   yillarda   o’tkazilgan   xo’jalik   yuritish   mexanizmlarini
takomillashtirish,   moddiy   manfaatdorlikni   oshirishga   qaratilgan   islohotlar   shular
jumlasidandir.   Lekin,   iqtisodiy   rivojlanishda   burilish   yasash   maqsadida   amalga
oshirilgan   bunday   urinishlarning   birortasi   ham   kutilgan   samarani   bermadi.   Berishi
ham   mumkin   emasdi.   Chunki,   islohotlarni   amalga   oshirishda   shaxsiy   manfaat   va
mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa,
ta’kidlanganidek,   jamiyat   poydevori   hisoblanadigan   mulk   munosabatlarini   qayta
qurish   bilan   bog’liq.   Mulk   munosabatlarini   o’zgartirish   esa   bevosita   sosializmning
taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni ta’mirlash bilan uning
ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning 
mustahkamligi-yu   samaradorligini   oshirib   bo’lmaydi.   Shuro   zamonidan   katta
shovshuv   va   dahmaza   bilan   boshlangan,   biroq   nihoyasiga   yetmay,   orayo’lda   qolib
ketgan   iqtisodiy   islohotlar   ham   xo’jalik   yuritishning   ayrim   bo’g’inlarini
5   N . To ’ xtayev   Taraqqiyotning   o ’ zbek   modeli .  T .:2012.-7-9  betlar . 
7 takomillashtirishdan   nariga   o’ta   olmadi,   butun   iqtisodiyotni   jonlantirishga   ojizlik
qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. Bu
usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi  aloqani ekstensiv omillardan keng
foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy resurslarning
ham   chegarasi   bor,   imkoniyatlari   cheklangan.   Ulardan   kelajak   avlod   manfaatlarini
hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni, jumladan, ekologik
keskinlikni keltirib chiqardi. 
Tashki savdo aylanmasi 6,6 foiz qisqarib, tashqi savdoning salbiy saldosi 9,8 millard
rublga yetdi. Davlat qarzi esa bir yilda 150 millard rubl ko’payib, 550 millard rubldan
oshib ketdi 
Surunkali   inflyasiya   hammaning   tinkasini   qurita   boshladi.   Natijada   shusiz   ham
nochor   axvolda   kun   kechirayotgan   aholining   daromadlari   va   turmush   darajasi
muttasil   pasaya   boshladi.   Ishlab   chiqarish   ko’lami   va   hajmining   tinimsiz   qisqarishi,
ayniqsa, O’zbekistondek keskin demografik sharoitda yashayotgan respublikalardagi
aholi   turmush   darajasiga   yanada   og’irroq   ta’sir   ko’rsatdi.   O’zbekiston   aholi   jon
boshiga   milliy   daromad   ishlab   chiqarish,   real   daromadlar,   ish   haqi,   mehnat
unumdorligi   ko’rsatkichlari   bo’yicha   sobiq   shuro   respublikalari   orasida   eng   oxirgi
o’rinlardan biriga tushib qolgan edi. 
Islom   Karimov   bu   ayanchli   vaziyat   haqida   shunday   ta’kidlagan   edi:
"O’zbekiston   kishi   boshiga   yalpi   ijtimoiy   mahsulot   ishlab   chiqarish   bo’yicha
mamlakatda   12-o’rinni   egallab   turibdi,   aholi   jon   boshiga   milliy   daromad   ishlab
chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past". 6
Bu davrda sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan O’zbekiston o’rtacha ittifoq
ko’rsatkichidan  40 foiz, qishloq  xo’jaligidagi  mehnat  unumdorligi  jihatidan  esa ikki
barobar   orqada   edi.   Respublika   aholi   jon   boshiga   xalq   iste’moli   mollari   ishlab
chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi.
Boz ustiga iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi va uni tashkil etish shakllari zamon
talablariga   mutlaqo   javob   berolmasdi.   Mamlakat   xo’jaligining   amal   qilib   kelgan
tarkibi   ekstensiv   rivojlanish   mahsuli   bo’lgan   bu   tizim   iqtisodiy   zarurat   emas,   balki
6   Islom   Karimov ,  O ’ zbekiston   mustaqillikkaerishish   ostonasida  - Т.: " O ’ zbekiston ".  2011. – 167bet.
8 qat’iy   markazlashgan   ma’muriy   va   rejali   boshqarishga   asoslangan   edi.   Qat’iy   reja
asosiga   qurilgan   iqtisodiyot   esa   rivojlanishga   qodir   emasligi   bugun   ko’pchilikka
ma’lum.   Rejali   iqtisodiyotning   tanqislik,   ishlab   chiqarish   monopolizmi   kabi
"surunkali   kasalliklar"   doimiy   hamroxidir.   Sobiq   sho’rolar   mamlakatida   ijtimoiy
ahamiyati   kam   bo’lgan,   xalq   ehtiyojlarini   bevosita   qondirishga   emas,   balki   "planni
to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar, korxonalar behad ko’payib ketgan
edi. 
Iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishini   xalq   extiyojlari   tomonga   burmasdan   turib
tanqislikka   barham   berib   bo’lmaydi.   Ishlab   chiqarish   tarkibiga   faol   ta’sir
ko’rsatadigan asosiy samarali mexanizm bu — bozordir. Chunki bozor sharoitidagina
ijtimoiy   ehtiyojlarga   mos   kelmaydigan   sohalar   o’z-o’zidan   barham   topadi.   Davlat
bozor   tan   olmagan,   zarar   keltirib   ishlaydigan,   norentabel   soha   va   korxonalarni
qo’llab-quvvatlamaydi.   Xalq   ehtiyojlariga   xizmat   qiladigan,   xaridorgir,   byudjet
uchun mablag’ beradigan ishlab chiqarish turlari esa rag’batlantiriladi. 
Tanqislikni   keltirib   chiqaradigan   shart-sharoitlardan   yana   biri   ishlab
chiqarishdagi   yakka   hukmronlikdir.   Monopolizm   iste’molchini   tanlash   huquqidan
mahrum  qiladigan va  shu yo’l  bilan  bozorda  yakka hukmronlik imkoniyatini  qo’lga
kiritadigan kuchdir. 
Odatda,   tanqislik   qondirilmagan   talab   sifatida   vaqti-vaqti   bilan   har   qanday
bozorda   vujudga   kelishi   mumkin.   Bu   hodisaga   barham   berish   yangi   xaridorgir
mollarning   paydo   bo’lishi   bilan   bog’liq   ayrim   mollarning   miqdori   dastlab   kamroq
bo’lganligi   tufayli,   ularga   xarid   talabi   ma’lum   vaqtgacha   to’la   qondirilmasligi
mumkin.  Bunday   sharoitda   uo’sha   tovarni   ishlab   chiqaruvchi   boshqa   shunday   tovar
ishlab chiqaruvchi paydo bulgunicha bozorda monopol huquqqa ega bo’lib turadi. Bu
imkoniyatdan   foydalanib,   u   vaqtincha   monopol   foyda   oladi.   Foyda   esa,   buyuk
iqtisodchilar   ta’kidlaganidek,   shunday   qudratli   va   jozibali   xoxish-istakki,   xaridorgir
tovar   ishlab   chiqarish   yo’li   bilan   uni   qo’lga   kiritishni   xohlovchi   raqobatchilarni
ertami-kechmi,   albatta,   o’ziga   jalb   qilmasdan   qolmaydi.   Natijada,   raqobatchi
mahsulot   turining   paydo   bo’lishi   bilan   dastlab   yangi   mahsulot   ishlab   chiqargan
9 korxonaning   yakka   hukmronlik   mavqyei   barham   topadi.   Bundan   esa   bozor,
iste’molchi   yutadi.   Sog’lom   iqtisodiyotda   antimonopol,   antitrest   qonunlari,   soliqlar,
imtiyozlar (masalan, kredit olish) orqali doimo monopolizmning qarshiligi sindirilib,
tovar ishlab chiqaruvchilar rag’batlantirilib turiladi. 
Sosializm   xo’jalik   yuritish   sohasidagi   o’zining   dastlabki   qadamlaridan
iqtisodiyotni   qat’iy   markazlashgan   rejali   asosda   tashkil   etish   yo’li   bilan   amalda
yakkahokimlikni qonunlashtirdi. Xususiy mulk umumlashtirilib, yagona "umumxalk‖
boshqacha   aytganda,   davlat   mulkiga   aylantirilishi   shuni   taqozo   etardi.   Natijada,
monopolizm   surunkali   hodisaga   aylanib,   har   kuni,   har   soatda   takror   ishlab
chiqariladigan bo’ldi. Chunki davlat bozordagi real ahvolni o’zida aks ettirmaydigan,
oldindan belgilab qo’yiladigan tovar turlari va ularning narxlarini qo’llab-quvvatlardi.
Shu yo’l bilan doimo talabning taklifdan ustunligi, ya’ni taqchillik ta’minlab kelindi.
Amalda   deyarli   barcha   korxonalar   doimiy   monopolistlarga   aylanib,   bozor   va
iste’molchiga o’z shartlarini qat’iy o’tkazish imkoniyatiga ega edi 7
. 
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish, ijtimoiy mehnat taqsimotini
chuqurlashtirish   ayrim   tarmoq   va   korxonalarning   yakkahokimligini   yanada
kuchaytirdi.   Yiriklashuv,   markazlashuv   va   ixtisoslashuv   iqtisodiy   qonuniyat
darajasiga   ko’tarildi.   Xo’jaliklararo   kooperasiyalash   va   agrosanoat   integrasiyasi
negizida   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishini   yanada   yiriklashtirish   hamda
ixtisoslashtirish   tug’risida   maxsus   qarorlar   qabul   qilindi.   Yiriklashtirish   va
ixtisoslashtirish iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga, moddiy va nomoddiy sohalarga,
hatto ijtimoiy-madaniy jabhalarga ham keng singdirildi. Bu mash’um  tajriba shunga
olib keldiki, butun mamlakat bo’yicha ko’pchilik sanoat mhsulotlari turlarini bir-ikki
korxona   yetkazib   beradigan   bo’ldi.   O’tgan   asrning   80-yillari   oxiriga   kelib,
O’zbekistonda 100 nafargacha ishchisi bo’lgan sanoat  korxonalarining umumiy soni
to’rt  yuzdan oshmagani  bunga misoldir. Hamma joyda gigantomaniya vasvasasi  avj
oldi. Yagona partiya, yagona mafkura, yagona korxona, yagona tovar va yagona xalq!
Shunday   qilib,   bir   tomondan,   monopolizm   tanqislikning   kelib   chiqishi   uchun
sharoit yaratadi. Ikkinchi tomondan, ana shu tanqislikning o’zi monopolizmning keng
7  N.To’xtayev Taraqqiyotning o’zbek modeli.  Т .:2012. 10-11 betlar. 
10 tomir   otishiga   xizmat   qiladi.   Boshqacha   aytganda,   ularning   har   ikkisi   bir-biri   bilan
o’ta bog’liq hodisalardir. 
Monopolizm   ham,   tanqislik   ham   jamiyatda   mas’uliyatsizlik,   iste’molchining
talab-extiyojlarini   mensimaslik   muhhitini   yuzaga   keltiradi.   Natijada   savdo
do’konlarini   sifatsiz,   behad   qimmat   va   kam   sonli   tovarlar   egallaydi.   Sanoat   reja
ko’rsatkichlarini   ortig’i   bilan   bajaradi,   iste’molchi   esa   ishlab   chiqarilgan
mahsulotlardan qoniqmay qolaveradi. Masalan, 1980-89 yillarda sobiq ittifoqda yalpi
ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish 32 foiz, sanoat mahsuloti — 46, shu jumladan xalq
iste’moli   mahsulotlari   74  foiz  oshgan   edi.  Aholi   sonining  o’sishi   esa   bu  yillarda  26
foizni   tashkil   etdi.   Ko’riiib   turibdiki,   ishlab   chiqarish   sur’atlari,   aholining   o’sish
sur’atlaridan   ancha   yuqori.   Ammo   ahali   turmush   darajasida   keskin   o’zgarish   yuz
bergani yo’q. 
Bunday   sharoitda   pul   o’zining  qiymatini   yo’kotib,  keskin   qadrsizlanishi   tabiiy.
Qo’lga kiritilgan puldan qanday foydalanish muammosi ham paydo bo’ladi. 
Korxona   endi   o’zining   mahsulotini   sotishga   emas,   balki   o’ziga   kerakli   boshqa   bir
mahsulot turiga ayirboshlash — barterga intiladi. Bunday ayirboshlash harakatlarida
taqchil mahsulotlar umumiy muqobil vazifasini  o’tay boshlaydi. Shunday qilib, o’z-
o’zidan barterga, ya’ni tug’ridan-tug’ri valyutasiz tovar ayirboshlashga yo’l ochiladi.
Iqtisodiy,   ijtimoiy   va   siyosiy   voqyealarning   bunday   tadrijiy   rivoji   bozor
iqtisodiyotiga o’tishni muqarrar qilib qo’ydi. 
To’g’ri, bozor iqtisodiyotiga, Yurtboshimiz ko’p bor ta’kidlaganidek, bir kunda
va   bir   zarb   bilan   o’tish   aslo   mumkin   emas.   Sababi   -   O’zbekistonda   bozor
munosabatlariga   o’tishning   iqtisodiy   asoslari   juda   zaif   edi.   Buning   ustiga
iqtisodiyotimiz xom ashyoga yo’naltirilgan va asosiy ishlab chiqarish fondlari g’oyat
eskirgan.   O’zbekiston   sobiq   ittifoq   davrida   amalda   arzon   mineral   hamda   qishloq
xo’jaligi   xom   ashyosini   yetkazib   beruvchiga   aylanib   qolgan.   Bu   mustamlakachilik
amaliyoti   chor   Rossiyasining   O’rta   Osiyoni   bosib   olganidan   keyin   boshlangan,
sho’rolar   davrida   esa   u   ixtisoslashuv,   mehnat   taqsimoti   vajlari   bilan   yanada
chuqurlashtirilgan va mustahkamlangan edi. 
11 Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat 
tasarrufidan   chiqariladigan   va   xususiylashtiriladigan   bo’lsa,     bundan   birinchi
navbatda,   sho’ro   zamonidan   qolgan     xufiyona   iqtisodiyot   korchalonlari   yutadi,
o’zining   «o’lik   kapitalini»   ishga   solib   yuboradi,   degan   hadiksirashlar   ham   mavjud
bo’lgan.  
Albatta,   hyech   bir   yangilikni   hamma   ham   quchoq   ochib   kutib   olmaydi.
Tuzumni,   iqtisodiy-ijtimoiy   munosabatlarni   butunlay   yangicha   asosda
shakllantirishni   taqozo   qiladigan   bozor   iqtisodiyotini   ham   o’z   tarafdorlari-yu,   unga
shubha   bilan   qaraydiganlari   ham   bo’lishi   tabiiy.   Ko’p   jihatdan   tavakkalchilikka
asoslangan  bozor sharoitida o’z biznesi  sinishidan, raqobat  kurashida mag’lubiyatga
uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi.  
Bunday   munosabatlarni   chuqur   tadkiq   etganlarning   fikricha,   kapital
jamg’arilishining tarixiy tendensiyasi, ya’ni mayda mulklarning kimlardir tomonidan
g’oyat   yiriklashtirilishi,   keng   xalq   ommasining   yeri,   tirikchilik   vositalari   mehnat
qurollarining ekspropriasiya kilinishi kapitalizm tarixining muqaddimasidir. Bevosita
ishlab   chiqaruvchilarning   ekspropriasiya   qilinishi   ko’p   mamlakatlarda   katta
yo’qotishlar, o’pirilishlar, ayniqsa, aholi kam ta’minlangan tabaqalarini haq-huqulari
hisobga olinmasdan amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov uzoqni ko’zlab, oqilona yuritayotgan siyosati
samarasida   O’zbekistonda   bozor   iqtisodiyotiga   o’tishda   bunday   katta   yo’qotish   va
talotumlardan   chetlab   o’tildi.   Ijtimoiy   adolatsizlikka,   aholining   keskin
tabaqalanishiga   yo’l   qo’yilmadi.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tishning   evolyusion,
bosqichma-bosqich   yo’li   tanlandi.   Bu   borada   ijtimoiy   adolatni   ta’minlashda
davlatning islohotchilik roli katta ahamiyatga ega bo’ldi. Prezidentimiz Islom 
Karimov o’zining iqtisodiy siyosatga bag’ishlangan asarlarida bozor iqtisodiyotining
shakl-shamoyillari,   unga   o’tishning   zarurati,   shart-sharoitlari   va   omillarini   puxta
asoslab   berdi.   «Biz   mustaqillikning   ilk   kunlaridan   boshlab,   -   deb   yozadi   davlatimiz
rahbari, - o’z umrini o’tab bo’lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, jahon
tajribasini   har   tomonlama   puxta   o’rganish,   umuminsoniy   qadriyatlarni   chuqur
12 anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni asrab avaylash va yanada mustaxkamlash
asosida   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan   ochiq   demokratik
davlat barpo etishga azmu qaror qildik».
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   raqobat   muhitini
yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor munosabatlarini
qaror toptirishning asosiy shart va yunalishlarini tashkil etdi. 
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   kichik   biznesni
rivojlantirish   samarasida   O’zbekistonda   yangi   ijtimoiy   qatlam   mulkdorlar   paydo
bo’ldi.   Qimmatli   qog’ozlar   va   kuchmaye   mulk   bozori   kabi   yangi   bozorlar   paydo
bo’ldi 17
.
            
      1.2 Milliy tillar masalasi va uning moxiyati    
O’zbekistonning   kelajakdagi   poydevori   hozirgi   kunda   davlat   mustaqilligini
ta’minlovchi   ijtimoiy-iqtisodiy   mafkuraviy   jarayonlarning   qay   darajada   rivojlanishi
va uning xalq ongiga singgib borishi bilan bevosita bog’liqdir. Ayni paytda mafkura
sohasidagi vazifalar qatoriga ma’naviy qadriyat va ananalarni tiklash bilan bir vaqtda
o’zbek tiliningh davlat maqomi sifatidagi o’rni yanada kuchaytirish ham kiradi. Zero
o’zbek tili xalq manaviyatining asosiy zaminidir.
1980-yillarning   ikkinchi   yarmida   o’zbektiliga   davlat   tili   maqomi   berilishi
mustaqillik   sari   yo’lning   dastlabki   yutuqlaridan   biri   edi.     Ma’lumki,   O’zbekiston
1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid,
ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot  tizimidan voz kechib, ―o’zbek modeli  deb‖
nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. 
Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
konsepsiyasiga   asosan,   O’zbekiston   mustaqillikka   erishganidan   keyin   ijtimoiy
yo’naltirilgan   bozor   munosabatlariga   o’tish,   mamlakatimizda   isloh   etish   va
modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
Yaqin   o’tmishga   qarab   shuni   ta’kidlash   mumkinki,   haqiqatan   ham,   mustaqillik
qo’lga kiritilgan davr o’ta murakkab bo’lib, u paytda sobiq ittifoq parokandalikka yuz
13 tutgan,   mamlakatimizda   siyosiy,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   vaziyat   tobora   keskin   tus   ola
boshlagan   edi.   Shunday   qaltis   vaziyatda   o’zligimizni   anglash   va   toptalgan   milliy
g’ururimizni   tiklashga   qaratilgan   intilish   yanada   kuchaydi.   O’sha   tahlikali   va   og’ir
vaziyatda   respublika   rahbari   Islom   Karimov   bosiqlik   bilan   oqilona   ish   tutib,   qat’iy
siyosiy   irodani   namoyon   etib,   mamlakatimizni   chuqur   tanazzuldan   olib   chiqishga
qaratilgan,   barqaror   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini   barpo   etishning   har
tomonlama   puxta   o’ylangan   islohotlarstrategiyasini     ishlab   chiqdi   va   uni   amalga
oshirishga  rahnamolik qildi. Yurtboshimiz  rahbarligida  ijtimoiy  yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga   asoslangan   huquqiy   demokratik   davlat   barpo   etish   va   fuqarolik
jamiyatini   shakllantirish   maqsadida   g’oyat   mashaqatli,   shu   bilan   birga,   sharafli
taraqqiyot yo’li bosib o’tildi. 
Istiqlolimizning   ilk   yillaridayoq,   Prezidentimiz   yuksak   demokratik   talablarni
hayotimizga   to’liq   joriy   etish,   fuqarolik   jamiyati   barpo   qilish,   farovon   hayotga
erishish     bilan   chambarchas   bog’liq   va   uzluksiz   davom   etadigan   jarayon   ekanini
ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hyech qachon osonlikcha kechmasligini uqtirib
o’tgan edi. 
I.A.Karimov   ―O’zbekiston   –   bozor   munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos
yo’li   risolasida   mamlakatimiz   mustaqillikka   erishganidan   keyingi   dastlabki‖
yillardagi   rivojlanish   jarayonlarini   tahlil   qilib,   O’zbekistonda   davlat   qurilishi   va
iqtisodiyotni   isloh   qilish   dasturining   o’zagi   sifatida   5   ta   asosiy   tamoyilni   belgilab
berdi.   Ilmiy   va   amaliy   jihatdan   puxta   ishlab   chiqilgan   bu   dastur   nafaqat   o’sha
davrdagi   avlod   taqdiri,     balki   kelajak   avlodlarimiz   taqdirini   ham   o’ylab   tuzilgan
bo’lib,   eski   tuzumdan   meros   bo’lgan   illatlarni   tezroq   bartaraf   etish,
mamlakatimizning   rivojlangan,   madaniyatli   davlatlar   darajasiga   chiqib   olishini
ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan bevosita
bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.  
Islohotlarning   o’zbek   modeli   bundan   oldin   dunyoda   yaratilgan   va   mavjud
bo’lgan   modellarning   birortasini   takrorlamagan   holda,   o’z   mohiyati   va   mazmuni
14 jihatidan   butunlay   yangi   taraqqiyot   modeli   bo’ldi.   Taraqqiyotning   o’zbek   modeli
quyidagi besh tamoyilga asoslanadi: 
birinchidan,   iqtisodiy   islohotlar   hyech   qachon   siyosat   ortida   qolmasligi   kerak,
ya’ni   iqtisodiyot   siyosatdan   ustun   bo’lishi   kerak.   Shuningdek,   ichki,   tashqi   va
iqtisodiy   munosabatlarni   mafkuradan   holi   etishni   ta’minlash   zarur;   ikkinchidan,
o’tish   davrida   davlat   asosiy   islohotchi   bo’lishi   lozim.   U   islohotlarning   ustuvor
yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik
bilan   amalga   oshirishi   shart;   uchinchidan,   qonun   ustuvorligiga   erishish,   qonunlarga
qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan
yangi   Konstitusiya   va   qonunlarni   barcha   hyech   istisnosiz   hurmat   qilishi   va   ularga
og’ishmay   rioya   etishi   lozim;   to’rtinchidan,   aholining   demografik   tarkibini   hisobga
olgan holda  kuchli  ijtimoiy siyosat   o’tkazish   kerak.  Aholining salkam   50 foizini  16
yoshga   yetmagan   bolalar   tashkil   etadigan   O’zbekistonda   buning   alohida   ahamiyati
bor;   beshinchidan,   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   iqtisodiyotning   obyektiv   qonunlarini
e’tiborga   olib,   yaqin   o’tmishdagi   ―inqilobiy   sakrashlar siz,   ya’ni   evolyusion   yo’l‖
bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.  
Mamlakatimiz   iqtisodiyotini   isloh   qilish   va   yurtimizda   ijtimoiy   yo’naltirilgan
bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  asosida  chuqur  tanazzuldan  xalos bo’lib, barqaror
taraqqiyot   va   aholi   turmush   farovonligiga   erishishga   qaratilgan   tub   o’zgartirishlar
siyosatining   strategik   maqsadlari   I.A.Karimov   tomonidan   quyidagicha   izohlab
berildi:  
- ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  bosqichma-
bosqich 
shakllantirish,   qudratli   va   tinimsiz   rivojlanib   boradigan,   kishilar   hayoti   va   faoliyati
uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; 
- ko’p   ukladli   iqtisodiyotni   yaratish,   insonning   mulkdan   mahrum   bo’lishiga
barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish
negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; 
15 - korxonalar   va   fuqarolarga   keng   iqtisodiy   erkinliklar   berish,   ularning   xo’jalik
faoliyatiga   davlatning   bevosita   aralashuvidan   voz   kechish,   iqtisodiyotni
boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va
rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;  
- iqtisodiyotda   moddiy,   tabiiy   va   mehnat   resurslaridan   samarali   foydalanishni
ta’minlaydigan   chuqur   tarkibiy   o’zgarishlar   qilish,   raqobatdosh   mahsulotlar   ishlab
chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish; 
- kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini
o’zgartirish,   har   bir   kishiga   o’z   mehnatini   sarflash   sohasi   va   shakllarini   mustaqil
belgilash imkonini berish. 
  Mustaqillikning   ilk   yillarida,   ya’ni   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga
o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib
qo’yildi: 
- totalitar   tizimning   og’ir   oqibatlarini   yengish,   tanglikka   barham   berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
- respublikaning   o’ziga   xos   sharoiti   va   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda,
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish; 
Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi
muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 
- o’tish   jarayonining   huquqiy   asoslarini   shakllantirish,   islohotlarning
qonuniyhuquqiy negizini mustahkamlash; 
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish,   qishloq   xo’jaligi   va   xalq   xo’jaligining   boshqa   sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
- ishlab   chiqarishning   pasayib   borishiga   barham   berish,   moliyaviy   ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada   bozor   munosabatlariga   o’tishning   birinchi   bosqichida   iqtisodiyot
va ijtimoiy sohada  yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi  sifat
jihatdan   yangi   bosqichga   o’ta   boshlash   uchun   mustahkam   shartsharoit   yaratdi.   Shu
16 bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik
maqsadlari va yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. 
Ikkinchi   bosqichda   iqtisodiyotni   modernizasiya   qilish   va   isloh   etishni   yanada
chuqurlashtirish,   investisiya   faoliyatini   kuchaytirish,   chuqur   tarkibiy   o’zgarishlarni
amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini
to’liq   joriy   qilish   maqsad   qilib   qo’yildi.   Shu   maqsaddan   kelib   chiqib,   mazkur
bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar quyidagi tartibda belgilandi: 
- davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;  
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash;  
- milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash; 
- iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishini   tubdan   o’zgartirish,   xomashyo   yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish. 
O’tish   davrining   ikkinchi   bosqichida   aholining   kam   ta’minlangan   qatlamlarini
ijtimoiy   himoyalashni   kuchaytirish,   ularga   tegishli   yordam   ko’rsatish   borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi. 
Prezidentimiz   I.A.Karimov   ta’kidlab   o’tganidek,   mazkur   bosqichda
―erkinlashtirish   va   islohotlarni   chuqurlashtirish   nafaqat   iqtisodiy,   balki   ham
ijtimoiy,   ham   siyosiy   vazifalarni   hal   qilishning   asosiy   shartidir.   Bu   esa   iqtisodiyot
sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi: 
- iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik
bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar
sinfini shakllantirish; 
- mamlakat   iqtisodiyotiga   xorij   sarmoyasini,   avvalo,   bevosita   yo’naltirilgan
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat  va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish; 
- kichik  biznes   va  xususiy   tadbirkorlikning  iqtisodiy   taraqqiyotda   ustuvor   o’rin
egallashiga erishish; 
17 - mamlakatning   eksport   salohiyatini   rivojlantirish   va   mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning   jahon   iqtisodiy   tizimiga   keng   ko’lamda   integrasiyalashuvini
ta’minlash; 
- iqtisodiyotda   mamlakatimiz   iqtisodiy   mustaqilligini   yanada   mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish. 
Shunday   ekan,   demokratik   jamiyat   qurishdan   ko’zlangan   maqsad   yurtimizda
istiqomat   qiladigan   barcha   insonlar   uchun   munosib   hayot   sharoiti   yaratib   berish,
rivojlangan   demokratik   mamlakatlar   kabi   kafolatlangan   yuksak   turmush   darajasi
hamda   erkinliklarni   ta’minlashdan   iborat.   Mazkur   ezgu   maqsadni   amalga   oshirish
uchun   birlamchi   ahamiyat   kasb   etgan,   ya’ni   ijtimoiy   bozor   iqtisodiyotini   yaratishga
yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.  
Iqtisodiy   islohotlar   esa  o’z  o’rnida  jamiyatimizning  siyosiy,  ijtimoiy,  ma’naviy
hamda   davlat   qurilishi   sohalaridagi   tub   islohotlar   bilan   chambarchas,   uzviy
bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda 8
. 
8   Islom   Karimovning   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   va   Senatining   2010   yil   12
noyabirdagi   qo’shma   majlisidagi   ―Mamlakatimizda   demokratik   isloxotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik
jamiyatinirivoj konsepsiyasi mavzusidagi maruzasi. - Т ., 2010., 18-bet. 
18 2.1 «O’zbek modeli» ning asosiy  tamoyillari
Iqtisodiyotni   mafkuradan   xoli   etish   va   uning   siyosatdan   ustunligini
ta’minlashning   qanday   zarurati   bor   edi?   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom
Karimov iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash
- demokratik va bozor o’zgarishlarining asosi, deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot mafkuraviy
tazyiqlarsiz,   o’ziga   xos   ichki   qonun   va   qoidalarga   muvofiq   rivojlangandagina
demokratik   siyosiy   va   ijtimoiy   islohotlar   uchun   mustahkam   moddiy   asos   yaratiladi.
«Birinchi   navbatda   iqtisodiy   negizni   (bazisni)   barpo   etish   va   iqtisodiy   islohotlarni
amalga   oshirish   yangi   jamiyat   qurishning   eng   muhim   shartidir.   Bunda   iqtisodiy
o’zgartirishlar   strategiyasi   mafkuradan   butunlay   xoli   etilishi,   ya’ni   siyosiy
maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak» 
Sho’rolar  davrida iqtisodiyot  yetmish yil hukmronlik qilib kelgan kommunistik
mafkuraning   siyosatning   qurboniga   aylangan   edi.   Natija   ma’lum.   Iqtisodiyot   ham
bamisoli   tirik   organizm   -   erkin   harakat   qilgandagina   yuksalishi   mumkin.   Zug’um
ostida qolsa, o’zidagi mavjud imkoniyatlarni ruyobga chiqara olmaydi. Sobiq ittifoq -
sho’rolar  davrida  milliy  iqtisodiyotlar  mehnat  taqsimoti   va  ixtisoslashuvi  kabi  qator
iqtisodiy   qonuniyatlar   va   prinsiplar   orqali   amalda   markazga   bog’lab   qo’yilgan,
hukmron mafkura va siyosatga tamoman bo’ysundirilgan edi. 9
Sho’rolar   davrida   mavjud   mehnat   taqsimoti   va   ixtisoslashuviga   ko’ra,   sobiq
respublikalarning   iqtisodiy   rivojlanishida,   bir   tomondan   markazdagi   yirik   sanoat
birlashmalari qatnashar edi. Ularning faolligi, eng avvalo, qayta ishlash va konchilik
sanoati   kompleksi   tarmoqlariga   qaratilgani   ham   sir   emas.   Bu   ishtirok   milliy
respublikalar   sanoatining   muayyan   darajada   o’sib,   nisbatan   zamonaviy
9   I. А .Karimovning   2012   yilda   mamlakatimizni   ijtimoiy   iqtisodiy   rivojlantirish   yakunlari   va   2013   yilga
mo’jjallangan   eng   muxim   ustivor   yo’nalishlariga   bag’shlangan   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasidagi
«Barchi   reja   va   dasturlarimiz   Vatanimiz   taraqqiyotini   tuksaltirish,   xalqimiz   faravonligini   oshirishga   xizmat   qiladi»
mavzusidagi maruzasini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. - 2011. 4-bet.
19 texnologiyalar,   yangi   ishlab   chikarish   tarmoklarining   paydo   bo’lishiga   ijobiy   ta’sir
ko’rsatdi, albatta. 10
1990-yillarning   boshida   O’zbekiston   sanoat   mahsuloti   umumiy   hajmida   sobiq
ittifoq   vazirlik   va   idoralariga   bo’ysunuvchi   birlashma   va   korxonalar   ishlab
chikdradigan   mahsulotlar   hajmi   30   foizga   yetgan   edi.   Ittifoqrespublika   vazirlik   va
idoralariga   qarashli   korxona   va   birlashmalarda   esa   54   foiz   sanoat   mahsuloti   ishlab
chiqarilar   edi.   Ikkinchi   tomondan.   O’zbekistonning   Rossiya   va   boshqa
respublikalardan   keltiriladigan   ishlab   chiqarish   va   iste’mol   tovarlariga   bog’liqligi
g’oyat   kuchli   edi.   Iqtisodiy   o’sishning   tashqi   omillarga   bog’lanib   qolganligi
yakunlovchi   ishlab   chiqarish   bosqichi   ahamiyatining   75   haddan   tashqari   oshishiga,
maxalliy   mashinasozlikning   esa   zaifligicha   qolishiga   olib   keldi.   O’zbekistonda
barcha sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik sanoatining ulushi nihoyatda past
edi.   Bunday   taqsimot   oqibatida   sanoat   asbob-uskunalari,   texnologiya,   fan-texnika
yutuqlari   tashqaridan   olib   kelinadigan   mahsulotlarning   asosiy   yo’nalishi   bo’lib
qolaverdi.   Cheksiz   fosforit   konlariga   boy   o’lkamizga,   hatto   gugurt   ham   tashqaridan
olib kelinar edi. 
O’zbekistonda   mashinasozlikning   asosi   bo’lgan   dastgoxsozlik   ayniqsa   zaif
rivojlangan   edi.   Natijada   ishlab   chiqarish   vositalari   va   sanoat   materiallari   ishlab
chiqarish   quvvatlarini   yaratish,   zamonaviy   yirik   yalpi   ishlab   chiqarish   talablariga
javob   beradigan   avtomat   va   yarim   avtomat   murakkab   dastgohlar   ishlab   chiqarishni
keng yo’lga qo’yib bo’lmasdi. Metropoliya hyech qachon mustamlaka o’lkaning jadal
rivojlanishini   istamaydi.   Uni   doim   o’z   tizginida   tutib,   har   xil   yo’llar   bilan   ipsiz
bog’lab turishdan manfaatdordir. 
Iqtisodiyotning   siyosat   va   mafkuraga   bo’ysundirilgani   yirik   o’rta   va   kichik
korxonalar   o’rtasidagi   nisbatga   ham   salbiy   ta’sir   ko’rsatmasdan   qolmadi.   Sobiq
ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy respublikalarda, asosan, yirik korxona va
birlashmalar   qurildi.   Chunki   sobiq   ittifokdagi   mehnat   taqsimoti   va   ixtisoslashuv
shunday amaliyotni taqozo qilar edi. Zo’rma-zo’raki tiqishtirilgan bunday amaliyotlar
natijasida   O’zbekiston   iqtisodiyoti   ham   "gigantomaniya"   degan   xavfli   "xastalikka"
10  N.To’xtaev Taraqqiotning  o’zbek modeli.  Т .:2012.63-bet. 
20 chalindi.   Bu,   albatta,   o’lkamizda   sanoat   ishlab   chiqarishning   an’anaviy   turlarini
rivojlantirish,   mehnat   jamoalarining   faolligi   va   tashabbuskorligini   oshirish,   bozor
kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi. 
Yirik   korxonalar   mayda   ishlab   chiqarishga   nisbatan   bozor   kon’yunkturasiga
qiyin   moslashadi,   har   qanday   yirik   ishlab   chiqarish   jarayonida   katta-kichik
bo’shliqdar  paydo  bo’lishi  tabiiy. Yirik korxonalar  ularning hammasini  ham  yolg’iz
o’zi   hal   etishi   qiyin.   Bunday   sharoitda   kichik   ishlab   chiqarish   yordamga   kelishi   va
paydo bo’lgan bo’shliqni to’ldirishi mumkin. Kichik ishlab chiqarish, o’z navbatida,
ists’mol   bozorini   tovar   bilan   to’ldirish,   aholini   ish   bilan   ta’minlashni   yaxshilash,
raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi. 
Shuro   zamonida   sanoat   mahsulotlari   takibida   ishlab   chiqarish   vositalari   bilan
iste’mol   buyumlari   ishlab   chikaradigan   ishlab   chiqarish   o’rtasidagi   nisbatni
mutanosib   deb   bo’lmasdi.   Rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   ma’lumki,   iste’mol
buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi, jadalroq rivojlanishi lozim. 
Qazib   oluvchi   va   qayta   ishlovchi   tarmoqlar   rivojlanishi   o’rtasida   ham   nisbat
buzilib   keldi.   Mineral   xom   ashyolarning   katta   qismi   qayta   ishlanmagan   yoki   yarim
tayyor   mahsulot   holida   O’zbekistondan   olib   chikib   ketilardi.   Deyarli   barcha   kon-
ruda,   metallurgiya   kombinatlarida   xom   ashyoni   qayta   ishlash   darajasi   g’oyat   past
bo’lgan. Buning sababi shuki, konchilik sanoati sohasidagi ittifoq ahamiyatidagi yirik
korxonalarning   asosiy   faoliyati   respublikamizda   mineral   xom   ashyoni   to’la   qayta
ishlash,   vertikal   integrasiya   jarayoni,   diversifikasiyani   rivojlantirishga   emas,   balki
xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan edi. 
Bu boradagi salbiy oqibatlardan yana birini sanoat korxonalarini mahalliy ishchi
kadrlar   bilan   ta’minlashda   ham   ko’rish   mumkin.   Bu   sohadagi   vaziyat   shunday
ayanchli   holga   olib   kelingan   ediki,   zamonaviy   korxonalar   narida   tursin,   nisbatan
ancha   past   rivojlangan   sanoat   sektorida   ham   mahalliy   ishchi   kadrlarning   umumiy
miqdori juda kam edi. 50-60 yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon, Muborak,
Angren,   Yangiyer   singari   industrial   shaharlar   sobiq   markaz   vazirlik   va   idoralariga
buysunuvchi   yirik   sanoat   korxonalari   bazasida   bo’lgani   uchun   ularga   zarur   ishchi
21 kadrlar   ittifoqning   boshqa   respublikalaridan,   asosan   Rossiyadan   ko’chirib   keltirildi.
Xolbuki,   O’zbekistonning   o’zida   ishchi   kuchi,   salohiyatli   kadrlar   va   mutaxassislar
kam   emasdi.   Kam   bo’lsa,   ularni   o’qitish,   tayyorlash   va   kasbga   yunaltirish   ham
mumkin. Bu, bir tomondan, mahalliy aholiga nisbatan e’tiborsizlik bilan qarashning,
ikkinchi   tomondan,   mustamlakachilikka   asoslangan   siyosatning   natijasidir.   Bunday
yondashuv   nafaqat   mahalliy   millat   vakillari   orasidan   yetuk   ishchi   kadrlar   yetishib
chiqishiga,   balki,   sanoatning   jadal   suratlarda   rivojlanishiga   ham   monelik   qiladi.
Natijada mahalliy ishchi  kadrlarni  tayyorlash va tarbiyalash masalasi  o’tgan asrning
20-30-yillarda   qanday   dolzarb   ahamiyat   kasb   etgan   bo’lsa,   keyinchalik   ham
shundayligicha   qolaverdi.   Maxalliy   millat   vakillari   Toshkent   samolyotsozlik
birlashmasi,   vagon   ta’mirlash   zavodida   20-30   foizdan   oshmadi.   Konmetallurgiya,
mashinasozlik kabi tarmoqlarda ham vaziyat deyarli shundayligicha qoldi. 
Yana   bir   ayanchli   holat   shundan   iborat   ediki,   tashqariga   mahsulot   chiqarishga
nisbatan   tashqaridan   mahsulot   kiritish   ko’pchilik   tarmoqlarda   ancha   yuqori   edi.
O’zbekistonning,   ayniksa,   mashinasozlik   va   metallga   ishlov   berish,   kimyo   va   neft-
kimyo, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari buyicha tashqi bozorga bog’liqligi kuchaydi. 
1990   yilda   xalq   iste’moli   tovarlari   bo’yicha   tashqaridan   mol   kiritish   (importni
qo’shganda)   tashqariga   mol   chiqarishdan   (eksportni   qo’shganda)   3   barobar   ortiq
bo’lgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari (yengil sanoat mahsulotlari, madaniy-maishiy va
xo’jalik mollari) buyicha mahsulot kiritish mahsulot chiqarishdan 4 barobar ko’p edi. 
Oziq-ovqat   tovarlaridan   go’sht   va   go’sht   mahsulotlari,   sut   va   sut   mahsulotlari,
tuxum,   un,   yorma,   makaron,   qand,   qandolatchilik   mahsulotlari,   baliq,   balik
konservasi,   margarin,   konservalar,   alkogolli   ichimliklar   keltirilsa,   nooziq-ovqat
tovarlaridan   deyarli   barcha   turdagi   gazlamalar,   tikuvchilik   va   trikotaj   mahsulotlari,
charm poyabzal, madaniy-maishiy va xo’jalik tovarlaridan mebel, muzlatkichlar, kir
yuvish mashinalari, televizorlar, radiopriyomnik qurilmalari, farfor-fayans, shisha va
billur   idishlar,   velosiped   va   mopedlar   keltirilgan.   Har   yili   millionlab   tonna   paxta
yetishtiriladigan   o’lkada,   hatto   durustroq   paypoq   ishlab   chiqaradigan   fabrika   ham
qurilmagan, shoir aytganideq "daryo bo’yida qultum suvga zor" edik!
22 Mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   boshlab   vaziyat   o’nglana   boshladi.   Lekin,
iqtisodiyotning   eski   tuzumdan   qolgan   bunday   mustamlakacha   tarkibi   bilan   bozor
munosabatlariga   asoslangan   mustaqil   milliy   iqtisodiyotni   barpo   etib   bo’lmasdi.
Buning uchun izchil, tizimli va uzoqni ko’zlab ish tutish lozim edi. Mamlakatimizda
bu borada amalga oshirilayotgan ishlar berayotgan samaralarni quyidagi raqamlardan
ham qo’rish mumkin. 
Mahalliy   sanoatni   rivojlantirish   borasida   amalga   oshirilgan   izchil   va   tizimli
chora-tadbirlar   samarasida   o’tgan   20   yil   mobaynida   mamlakatimiz   yalpi   ichki
mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 17,6 foizdan 24,0 foizgacha ko’tarildi. Kishloq
xo’jaligining   ulushi   esa   qariyb   2   barobar   kamaydi.   Boshqa   tarmoqlarda   ham   xuddi
shunday sifat o’zgarishlari amalga oshirildi. 
Istiqlol yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 3 barobar,
uning   o’tmishda   juda   zaif   rivojlangan   mashinasozlik   va   metallga   ishlov   berish
tarmog’i esa 11,6 barobar o’sdi. Bu umumiy sanoat ko’rsatkichidan qariyb 4 barobar
ko’pdir.   Bunday   ulkan   yuksalishga   mamlakatimizda   avtomobilsozliq   neft-gaz
mashinasozligi,   temir   yo’l   mashinasozligi   kabi   nisbatan   yangi   va   zamonaviy
sohalarni   barpo   etish   va   jadal   rivojlantirish   orqali   erishilganini   alohida   ta’kidlash
darkor. 
Istiqlol   yillarida   Prezidentimiz   Islom   Karimov   tomonidan   asos   solingan
mamlakatimiz uchun butunlay yangi tarmoq — avtomobil sanoati sohasida hozir 18
mingdan   ortiq   kishi   ish   bilan   bandligi   alohida   ta’kidlash   o’rinlidir.   Ma’lumotlarga
ko’ra,   «O’zavtosanoat»   kompaniyasi   tizimiga   kiruvchi   korxonalarda   2011   yilning
o’zida   1,4   mingdan   ziyod   yangi   ish   o’rni   yaratilgai.   Investisiya   dasturi   doirasida
mashinasozlarimiz   avtomobillar   uchun   zarur   ko’plab   detallarni   ishlab   chiqarishni
o’zlashtirish   ustida   ish   olib   bormoqda.   O’tgan   yillar   davomida   bu   borada   ulkan
yutuqlarga   erishildi.   Bamperlar.   avtoemallar,   germetiklar ,   sanoat   bo’yoqlari,   tutun
chiqargichlar   yonilg’i baqlari, yoqilg’i nasoslari, avtomobil oynalari va o’rindiqdari,
akkumulyatorlar,   elektr   o’tkazgichlar   uchun   jgutlar,   avtomobil   salonining   ichki
qoplash   qismlari,   tashqi   yoritish   vositalari,   yonilg’i   moyi   va   havo   filtrlari,
23 kapsulalangan   oynalar,   generatorlar   va   kompressorlar,   g’ildirak   disklari   va   shassi
uzellari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. 
Mamdakatimizda   tarkibiy   qayta   qurish,   mulk   munosabatlarini   takomillashtirish
davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   mexanizmlari   orqali   amalga
oshirildi.   Bu   ko’p   ukladli   aralash   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini
shakllantirishning   muhim   shartlaridan   biridir.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
iqtisodiy yuksalishning muhim omillaridan biriga aylandi. 
Mamlakatimizda   o’tgan   20   yil   ichida   tashqi   savdo   aylanmasi   805,6   million
AQSh dollaridan 21,8 milliard dollarga, ya’ni 27,1 barobar o’sdi. Jumladan, eksport
hajmi 442,7 million dollardan 13,1 milliard dollarga, yoki 29,5, import 362,9 million
dollardan   8,8   milliard   dollarga   yoki   24,2   barobar   ko’paydi.   Ayni   paytda   tashqi
savdoning ijobiy saldosi 79,8 million dollardan 4,2 milliard dollarga, ya’ni 53 barobar
ortdi.   Bu   oltin-valyuta   zaxiralarimizning   muttasil   o’sishi   va   milliy   valyutamiz
barqarorligini   ta’minlashga   ham   xizmat   qilmoqda.   Eksport   va   importning   tarkibi
keskin   o’zgardi.   Mustakillikkacha   O’zbekiston   chetga   xom   ashyo   chiqaradigan   va
tayyor   mahsulotlar,   asosan,   iste’mol   mollarini   olib   keladigan   mamlakatdan   bugun
qo’shimcha qiymat yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni tobora ko’p va keng eksport
qilayotgan,   ishlab   chiqarishni   texnik   va   texnologik   modernizasiya   kilishga
muljallangan   texnika   va   asbob-uskunalarni   import   qiladigan   mamlakatga   aylandi.
Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi izchil o’smokda: 1990 yilda 12,1
foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2010 yilda 44,1 foizgacha yetdi. 
Eksportning  tarkibi   diversifikasiya   qilinishi  natijasida  paxta  tolasi   ulushi   jiddiy
kamaydi. Uning eksportdagi ulushi 1990 yilda 59,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010
yilda 11,3 foizdan oshmadi. Oziq-ovqat mahsulotlari importa o’tgan davr mobaynida
48,9 foizdan 10,9 foizga tushdi.
Tashqi   savdo   geografiyasi   ham   diversifikasiyalashdi.   Ilgari,   birinchi   navbatda,
sobiq   ittifoq   tarkibidagi   respublikalar   va   sosialistik   lagerga   kiruvchi   mamlakatlar,
sosialistik   yo’nalishni   tanlagan   davlatlar   bilan   tovar   ayirboshlash   va   savdo-sotiq
amalga oshirilishi shart bo’lgan. 
24              Bu ham mavjud xukmron mafkura va siyosatning amaldagi ifodasi edi, albatta.
Xalqimiz  mustaqillikka  erishganidan   keyin  tashqi  savdo   doirasi   keskin   kengaydi   va
uning   tarkibida   uzoq   xorij   mamlakatlari   soni   orta   boshladi.   Agar   1990   yilda   tashqi
savdo   aylanmasida   uzoq   xorij   mamlakatlari   ulushi   39,9   foizni   tashkil   etgan   bo’lsa,
2010 yilda bu raqam 56,9 foizga yetdi. Eksportda ularning hissasi 37,7 foizdan 54,8
foizga, importda 42,6 foizdan 59,9 foizga yetdi. 
Haqiqiy bozor munosabatlari xar qanday mafkuraviy va siyosiy qoliplardan xoli
va   ustun   bo’lishi   kerak   shundagina   barqaror   iqtisodiy   o’sishga   yo’l   ochiladi.   Bu
tamoyil   davlatimiz   rahbari   tomonidan   shuning   uchun   ham   bozor   munosabatlariga
o’tishning muhim shartlaridan biri  sifatida ilgari surildi. O’tgan asr  davomida jahon
iqtisodiyoti   rivojlanishining   turli   bosqichlarida   ba’zan   bozor   qonuniyatlari,   ba’zan
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari ustuvorlik qilib keldi. 1940-70
yillarda   iqtisodiy   jarayonlar ы i   boshqarish   va   tartibga   solishda   davlatning   rolini
kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilgan bo’lsa, 1980-90-yillarda iqtisodiyotni bozor
tomonidan   tartibga   solishning   cheklanmagan   imkoniyatlari   konsepsiyasini   ilgari
suruvchi monetarizm va neoliberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi. 
Iqtisodiy   adabiyotlarda   Yevropaning   yetakchi   mamlakatlari   hisoblanadigan
Fransiya va Germaniyada davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi 48 foiz, 
«superkommunistik» Skandinaviya mamlakatlarida 54-55 foiz deb ko’rsatiladi. 
Bu   ko’rsatkichlar   bozor   mukammal,   o’zini   o’zi   tartibga   solib   turuvchi   tizim,
davlatning   unga   aralashuvi   iloji   boricha   past   darajada   bo’lishi   kerak   deb
hisoblaydigan   klassik   bozor   iqtisodiyotini   ma’qul   ko’radigan   Shimoliy   Amerika
modeli   ko’rsatkichidan   ancha   yuqoridir.   4-jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,
O’zbekistonda   davlatning   iqtisodiyotning   barcha   sohalaridagi   ulushi   va   aralashuvi
muttasil kamayib bormoqda. 
2010 yilda mamlakatimizda davlat sektorining ulushi yalpi ichki mahsulot ishlab
chiqarishda   18,3   foiz,   sanoatda   9,0,   qishloq   xo’jaligida   0,1,   ko’rilishda   10,4,
transportda   44,0,   aloqada   3,9,   chakana   savdo   aylanmasida   0,1,   pullik   xizmat
ko’rsatishda   20,6,   tashqi   savdoda   8,3   va   bandlikda   20,9   foizni   tashkil   etdi.   Bu
25 raqamlar davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini to’liq ko’rsata oladimi? Yo’q,
albatta.   Iqtisodiyotdagi   davlat   sektoridagidan   hayotimizdagi   davlatning   urni   va   roli
ancha katta va rang-barangdir. 
Ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   davrida   davlat   iqtisodiyotni
tartibga solish, qayta taqsimlash mexanizmi  orqali  aholi manfaatlarini himoya qilishi,
iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor shart-sharoitlarini yaratishi, iqtisodiy
erkinlik   va   tenglikni   kafolatlashi,   bozor   institutlarini   shakllantirishi,   tadbirkorlik
tizimlarini   qaror   toptirish   va   rivojlantirishga   ko’maklashishi,   raqobat   muhitini
vujudga   keltirishi,   tarkibiy   qayta   ko’rishlarni   amalga   oshirishi   zarur.   Bunda   davlat
tartibga  solishning  moliya,  kredit,  soliq,  valyuta  siyosati,  narx-navoni   nazorat   qilish
vositalaridan   keng   foydalanadi.   Davlat   yirik   dastur   va   loyihalarni   moliyalashtiradi,
chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi. 
O’tish davrida davlatning iqtisodiyotni tartibga solish roli nafaqat davlat sektori,
balki  xususiy   sektorga  nisbatan   ham  muntazam  kuchayib  bordi.  Iqtisodiyotni   davlat
tomonidan   tartibga   solish   davlat   institutlari   tomonidan   amalga   oshiriladigan   va
mamlakatni   barqaror   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishini   ta’minlashga   qaratilgan
qonunchiliq ijroiya va nazorat harakteriga ega bo’lgan chora-tadbirlar tizimini amalga
oshirishdir. 
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning ahamiyati shakllangan bozor tartiblaridan ancha ustun bo’ldi. Bu - tabiiy.
O’tish   davrida   qabul   kilinadigan   iqtisodiyotga   oid   qonun,   uaror   va   qoidalarning
ko’lami   g’oyat   keng   bo’lib,   ularning   hayotga  tatbiq   etilishi   muhim   ahamiyatga   ega.
Shuningdek, o’tish davri sharoitida bozor mexanizmining hali to’laqonli ishga tushib
keta olmasligini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. 
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish
o’z-o’zidan   yuz   bermaydi.   Shuning   uchun   ham,   davlatning   asosiy   vazifalaridan   biri
ushbu   jarayonni   tartibga   solish,   iqtisodiyotning   bir   maromda   faoliyat   ko’rsatishini
ta’minlash maqsadida bozor infratuzilmasini shakllantirishdir. 
26 Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   davrida   O’zbekistonda   davlat   qo’yidagi   asosiy
iqtisodiy vazifalarni bajardi: 
   -pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish; 
    -fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini.   mulkdorlar   va   xo’jalik   subyektlari
huquqlarini kafolatlash; 
  -makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; 
    -monopoliyaga   qarshi   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   va   raqobat   muhitini
yaratish; 
  -ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish; 
  -faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish; 
   -umumdavlat ahamiyatiga ega ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilmani
rivojlantirish; 
  -kam ta’minlangan aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash; 
  -atrof-muhitni muhofaza qilish; 
  -iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini optimallashtirish; 
  -mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; 
  -bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish; 
    -ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   strategiyasini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish   va
hokazolar. 
O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, ma’muriy
va iqtisodiy usullar bilan birgalikda olib borildi. Turli mulk shaklidagi korxonalar va
bozor   institutlarining   (bank,   birja,   aksionerlik   jamiyatlari)   faoliyat   ko’rsatishi
me’yorlarini ta’minlovchi, bozor sharoitiga mos yangi soliq sug’urta, aholini ijtimoiy
himoyalash,   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   raqobat   muhitini
yaratish,   kichik   va   xususiy   biznesni   qo’llab-quvvatlash   bo’yicha   qonunlar   tizimi
yaratildi. 
Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini boshqarish ta’kikdlash, ruxsat berish va
majburiy   chora-tadbirlar   orqali   amalga   oshirildi.   Ma’muriy   yo’l   bilan   monopolist
korxonalar   va   ijtimoiy   ahamiyati   yuqori   mahsulot   narxlari   ustidan   davlat   nazorati
27 o’rnatildi.   Alohida   tovarlar   eksport   va   import   kvotalari   o’rnatildi   yoki   lisenziyalar
belgilandi.   Ijtimoiy   sohalar   va   ekologiya   masalalarida   ham   davlatning   ma’muriy
usullaridan foydalanildi. 11
Tartibga   solishning   yaxlit   iqtisodiy   usullari   tizimini   yaratish   davlatning   o’tish
davridagi   eng   muhim   vazifalaridan   biri   hisoblandi.   Shu   maqsadda   davlatning
iqtisodiy   siyosati   (pul-kredit,   moliya-byudjet,   soliq,   valyuta,   bojxona,   narxlar,
amortizasiya   va   boshqalar)   ishlab   chiqildi   va   izchil   amalga   oshirildi.   Shuningdek,
davlat   buyurtmasi,   kvotalar,   lisenziyalar,   byudjetdan   moliyalashtirish,
prognozlashtirish   va   dasturlar   ishlab   chiqish   kabi   tartibga   solish   vositalaridan   keng
foydalanildi. 
O’zbekistonda   makroiqtisodiy   barqarorliq   katta   oltin-valyuta   zaxiralarining
mavjudligi,   rivojlanish   jamg’armasi   imkoniyatlari,   tashqi   qarzning   minimumga
tushirilganligi   jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi   sharoitida   bunday   murakkab
masalarni  o’z vaqtida samarali  halqilish  imkonini  berdi. Osiyo  taraqqiyot  bankining
O’zbekistondagi   doimiy   vakolatxonasi   rahbari   Kazuxiko   Xiguchi   haqli   ravishda
ta’kidlaganidek,   "o’zbek   modeli"ning   o’ziga   xos   jihatlaridan   biri   shundaki,   davlat
boshqaruvi   makro   darajada,   bozor   iqtisodiyotini   shakllantirish   esa   mikro   darajada
amalga oshirishni nazarda tutadi. O’zbekistonda izchillik bilan amalga oshirilayotgan
islohotlar   mutanosib   va   barqaror   rivojlanishga,   sanoatni   modernizasiya   qilish   va
texnologik qayta jihozlashga xizmat qilayotir. 
Makroiqtisodiy,   tuzilmaviy   va   institusional   o’zgarishlarda,   ayniqsa,   kichik   biznesni
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda". 
Erkin raqobat davrlaridan farqli o’laroq, bugun zamonaviy iqtisodiyotda miqdor
va   sifat   o’zgarishlari   yuz   berib,   faoliyat   ko’rsatish   tizimi   g’oyatmurakkab   va
ziddiyatli   tus   olmoqda.   Agar   o’tgan   asrda   monopoliyalar   iqtisodiyotda   noyob   holat
sifatida uchragan bo’lsa, endilikda har bir bozor, tarmoqlarning katta qismi monopol
korxonalar   ta’siriga   tushib   qolayotir.   Transmilliy   korporasiyalar   bozor   va   uniig
segmentlaridan   kattaroq   ulush   olish   maqsadida   keng   tomir   yoymoqda.   Natijada,
11  N.To’htaev Taraqqitotnig  o’zbek modeli.  Т .:2012.119-122  betlar .
28 iqtisodiyotni muvozanatga keltirib turuvchi  bozor  mexanizmining to’laqonli faoliyat
doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash,
iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash vazifalarining ahamiyati ortmoqda.
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq shunday sohalar borki, ular odatda
ulkan   hajmlarda   investisiyalar   kiritishni   talab   qiladi.   Oddiy   tadbirkor   va
korxonalarning bunga qurbi yetmaydi. Ko’p hollarda bu sohalar daromad keltirmaydi
yoki foydasi uzoq vaqtdan keyin kelishi mumkin. Odatda, bunday sohalar, masalan,
transport,   kommunikasiya,   ekologiya,   energetika   xizmatlaridan   barcha   barobar
foydalanadi. Davlat bozor tizimining samarali ishlashiga yordam ko’rsatuvchi muhit
va  poydevor   yaratadi,   iqtisodiyotiing   barcha   ishtirokchilari  uchun  teng  imkoniyatlar
beruvchi   yagona   qoidalarni   joriy   qiladi,   raqobatni   rag’batlantiradi,   tarkibiy
o’zgarishlarni   amalga   oshiradi.   daromadlarni   taqsimlaydi,   keng   aholi   qatlamlarini
ijtimoiy   himoyalash   maqsadida   uni   qayta   taqsimlaydi,   iqtisodiy   o’sishni   qo’llab-
quvvatlaydi va hokozo. 
Davlatning  islohotchilik  roli  va  ahamiyati  shu  bilan  tugamaydi. 
O’zbekistonda davlat ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham rahnamolik qilib kelmoqda.
Shu maqsadda davlat byudjetidan ta’lim, sog’likni  saqlash,  sport, kommunal  xizmat
va   boshqa   ijtimoiy   sohalarga   sarflanadigan   mablag’lar   hajmi   yildan   yilga
oshirilmoqda.   Ta’lim,   sog’liqni   saqlash,   sport   va   uy-joy   bilan   ta’minlash   sohasida
amalga   oshirilgan   islohotlar   ko’lami   keng   va   samarasi   g’oyat   yuqori.   Ijtimoiy
infratuzilma barqaror faoliyat ko’rsatmokda va rivojlanmokda. 
2010 yilda O’zbekistonda 9860 umumta’lim maktabida 4676,1 ming o’quvchi, 1539
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 1623,1 ming o’quvchi, 66 oliy ukuv
yurtida 300 mingdan ziyod talaba tahsil oldi 12
. 
1997 yildan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi izchillik bilan va samarali amalga
oshirilmoqda.   Dastur   aholining   uzluksiz   ta’lim   olishini,   ta’lim   tizimining   jamiyatda
sodir   bo’layotgan   o’zgarish   va   yangilanishlarini,   iqtisodiyotdagi   yuqori   malakali
kadrlarga   bo’lgan   extiyojlarni   nazarda   tutadi.   2004-2010   yillarda   maktab   ta’limini
rivojlantirish   umummilliy   davlat   dasturi   doirasida   maktablarning   aksariyat   qismi
12  N.To’htaev Taraqqitotnig  o’zbek modeli.  Т.:2012. 126- bet  
29 qaytadan   qurildi,   ta’mirlandi   va   rekonstruksiya   qilindi,   gaz,   suv   va   aloqa   vositalari
bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi. 
1998-2010   yillarda   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   o’quv   muassasalarini
yangidan   qurish   va   rekonstruksiya   qilish   maqsadida   2,5   trillion   so’m   mablag’
sarflandi. 
Har yili ta’lim sohasiga ajratilayotgan harajatlar YaIMning 10-12 foizini tashkil
etmoqda. 
1998   yilda   sog’liqni   saqlash   tizimini   isloh   qilish   davlat   dasturi   qabul   qilindi.
Dasturga muvofiq mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko’p
sarf-harajat talab etadigan va samarali bo’lmagan tibbiy yordamdan yangi zamonaviy
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat turlariga o’tish boshlandi. Sog’liqni saqlash tizimini
qo’llab-quvvatlash   maqsadida   birgina   2010   yilda   2   trillion   so’mdan   ziyod   mablag’
sarflandi.   Bu   sohodagi   davlat   siyosatining   asosiy   yo’nalishlaridan   biri   ona   va   bola
salomatligini   muhofaza   qilishdir.   Mamlakatimizda   davlatning   bevosita   ishtirokida
qudratli farmasevtika sanoati yaratildi. 
Qishloq   aholisini   ichimlik   suvi   va   tabiiy   gaz   bilan   ta’minlash   davlat   dasturi
amalga oshirildi. O’tgan davr mobaynida davlat kafolati bilan kommunal soha rivoji
uchun   700   million   AQSh   dollari   miqdoridagi   uzoq   muddatli   imtiyozli   xorijiy
investisiya   va   kreditlar   jalb   etildi.   Umuman   har   yili   davlat   byudjetining   yarmidan
ziyodrog’i   ijtimoiy   sohaga   sarflanmoqda.   Birgina   ta’lim   sohosiga   ajratilayotgan
mablag’lar   mamlakat   yalpi   ichki   mahsulotining   10-12   foizini   tashkil   etmoqda.   Bu
qadar   keng   ko’lamli   harajatlarni   faqat   davlat   kuchi   va   imkoniyatidan   foydalanib
amalga oshirish mumkin, xolos. 
Bundan   tashqari   davlat   iqtisodiy   erkinlikni   ta’minlaydi,   iqtisodiy-ijtimoiy   va
institusional   islohotlarni   amalga   oshirishning   strategik   maqsad   va   vazifalarini
belgilaydi,   raqobat   va   tadbirkorlik   tuzilmalarini   shakllantiradi   va   rivojlanishini
qo’llab-quvvatlaydi,  tarkibiy  qayta  qurishlarni  amalga   oshiradi,  ishlab  chiqarishning
tarmoq   va   xududiy   nisbatini   ta’minlaydi,   yagona   moliya,   kredit,   soliq   valyuta,   narx
siyosatini amalga oshiradi. 
30 Global   moliyaviy   iqtisodiy   inqiroz   davlatning   iqtisodiyotga   aralashuvini
kuchaytirdi. Bu sharoitda davlat bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona va xizmat
turlarini   qayta   milliylashtirib,   «tiriltirib»   yana   o’z   tasarrufidan   xususiy   qo’llarga
sotish amaliyotini ham qo’lladi.
Modernizasiyalash   milliy   iqtisodiyotning   xalqaro   raqobatbardoshligini
oshirishga   yo’naltirilgan   iqtisodiyotni   tarkibiy,   institusional,   texnologik
takomillashtirish   jarayoni   sifatida   davlatning   islohotchiligiga   tayanadi.   Davlat
modernizasiyalashning   faol   subyekti   sifatida   uning   maqsadi,   vazifalari,   ustuvor
yo’nalishlari,   uni   amalga   oshirish   sur’atlari,   resurslari   va   innovasion   asoslarini
belgilaydi.   Modernizasiya   ilmiy   va   mehnat   sig’imi   yuqori   bo’lgan   texnologiyaga
o’tishni   anglatadi   va   ishlab   chiqarishning   innovasion   yo’nalishini   kuchaytirishga
xizmat qiladi. 
Qonun   ustuvorligini   ta’minlash.   O’zbek   modelining   yana   bir   harakterli
tamoyili   qonun   ustuvorligini   yoki   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotining
huquqiy   asoslarini   ta’minlash   bilan   bog’liqdir.   Chunki   bozor   munosabatlarining
o’ziga   xos   qonun   va   qoidalari   bo’lishi   tabiiy.   Xorijda   bunday   tartib   va   qoidalar   bir
necha yuz yillar mobaynida shakllanib, takomillashib kelgan. Ularni inkor etish yoki
mensimaslik - xato. Global iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni - ularga
rioya etishni talab qiladi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek,   «ijtimoiy
yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotining   qonunchilik   asosini   yaratish   -   bu   faqat   o’tish
davrining majburiy shartigina bo’lib kolmay, balki huquqiy davlatni barpo etishning
o’ziga   xos   xususiyati   hamdir».     Bu   xulosadan   ko’rinib   turibdiki,   bozorga   o’tish
sharoitida   xo’jalik   yuritishning   muayyan   yo’nalishlarini   tartibga   solish   bo’yicha
qabul   qilinadigan   qonunlar   qisqa   muddatga   yoki   tor   sohalar   bilan   cheklanib
qolmasdan,   uzoq   muddatlarga   muljallangan   jamiyat   hayotining   barcha   jihatlarini
huquqiy ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ayni paytda Prezidentimiz qonunlar
xayotiy,   amaliyot   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lishi   va   undan   kelib   chiqmog’i,   qonun
xujjatlarining   bevosita   ta’sir   kuchi   shunga   muvofiq   fukarolarning   ham   huquqiy
31 madaniyati   yuqori   bo’lishi   lozimligini   ta’kidlaydi.   «Qonunning   ustuvorligi   shuni
bildiradiki,   asosiy   ijtimoiy,   eng   avvalo,   iqtisodiy   munosabatlar   faqat   qonun   bilan
tartibga   solinadi,   uning   barcha   katnashchilari   esa   xech   bir   istisnosiz   huquq
normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi».
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   53-moddasida   «Bozor
munosabatlarini   rivojlantirishga   qaratilgan   O’zbekiston   iqtisodiyotining   negizini
xilma-xil   shakldagi   mulk   tashkil   etadi.   Davlat   ...   barcha   mulk   shakllarining   teng
huquqligini   va   huquqiy   jixatdan   bab-barobar   muhofaza   etilishini   kafolatlaydi.
Xususiy   mulk   boshqa   mulk   shakllari   kabi   daxleiz   va   davlat   himoyasidadir»   deb
mustaxkamlab   qo’yilgan.   O’zbekistonda   «Yer,   yer   osti   boyliklari,   suv,   usimlik   va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir».
Tadbirkorlik   faoliyatining   qonuniy   asoslarini   yaratish   va   takomillashtirish
maqsadida   1995   yilda   «Kichik   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishni
rag’batlantirish to’g’risida»gi  qonun qabul  qilindi. 1997-1999 yillarda esa  «Xo’jalik
yurituvchi   subyektlarni   davlat   tomonidan   nazorat   qilish   to’g’risida»,   «Tovar   ishlab
chiqaruvchilar   va   tadbirkorlar   palatalari   to’g’risida»,   «Tadbirkorlik   va   tadbirkorlar
faoliyatini kafolatlash to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2000 yilda «Tadbirkorlik
faoliyati   erkinligining   kafolatlari   to’g’risida»gi   qonunning   qabul   qilinishi   ham
tadbirkorlik faoliyatining yanada kengayishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat
kasb etdi. 
Qonun   ustuvor   bo’lmagan   joyda   korrupsiya   va   boqimandalik,   o’g’irlik
yulg’ichlik   g’aznani   talash,   tayyorga   ayyorlik   kabi   jamiyat   me’yoriy   holatiga   zid
illatlar   tomir   otadi.   Shular   orasida   bir   qarashda   oddiy,   beozor   tuyuladigan
boqimandalikning ham xavfi juda katta. 
Boqimandalik,   o’zining   lug’aviy   ma’nosiga   ko’ra,   birovning   qaramog’ida
bo’lish, birovga boqimlik, nonxurlik, qaramlikni bildiradi. 
Xo’sh, u qanday va qayerdan paydo bo’ladi? 
Haddan   tashqari   markazlashgan   reja   va   qat’iy   taqsimot   hukmron   jamiyatda
boqimandalik uchun  iqtisodiy  va ijtimoiy sharoit   mavjud bo’ladi. Buni  sobiq  ittifoq
32 misolida   ko’rish   mumkin.   Chunki,   moddiy   ne’matlar   ularni   ishlab   chiqarish   uchun
sarflangan   mehnatga   muvofiq   emas,   sun’iy   ravishda   taqsimlash   vositalari   orqali   bir
xil, ya’ni hammaga teng bo’linar va iste’mol etilardi. O’tgan 70 yildan ko’prok davr
mobaynida   bunday   kayfiyat   ("Bersang   -   yeyman,   ursang   -   ulaman!")   kishilarning
ongiga   chuqur   singib   ulgurdi.   Shuning   uchun   bunday   kayfiyatdan   qutulish   tez   va
oson kechmaydi. Jamiyatni boqimandalik kayfiyatidan batamom forig’ etish mulkka
egalik   ko’nikmalarini   to’la   shakllantirish   kabi   muayyan   davr,   targ’ibot-tushuntirish,
uqitish-o’rgatish ishlarini talab qildi. 
Albatta, hyech bir jamiyat boqimandalik rivoj topishidan manfaatdor emas. 
Lekin, shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo’ladi. 
Avvalo, boqimandalikning uch turini bir-biridan farqlash kerak. Birinchisi, eng
oddiy,   maishiy   shaklda   namoyon   bo’ladi.   Hyech   qayerda   ishlamaydigan,   hyech
kimga   nafi   tegmaydigan,   birovlar   mehnatining   natijasini   o’zlashtirishni   odat   qilgan,
boshqalar hisobiga kun o’tkazib yuradiganlar shular jumlasidandir. 13
Boqimandalikning   uchinchi   shakli   ancha   uyushgan   va   takomillashgan.   Unga
qarshi   samarali   ko’rash   olib   borilmasa,   jamiyatga   juda   katta   iqtisodiy   va   ma’naviy
zarar   yetkazadi.   Odatda   u   davlat,   o’rta   va   quyi   bo’g’inlarda   yaratilgan   moddiy
ne’matlarni,   resurslarni   taqsimlash   jarayonida   sodir   bo’ladi.   To’g’ri,   bozor
iqtisodiyotiga   o’tish   munosabati   bilan   moddiy-texnika   ta’minoti,   fondlarni
taqsimlash, har xil limitlarni ajratish kabi mexanizmlarga barham berildi. Ammo xali
ham   turli   xil   darajalarda   markazlashgan   pul   resurslarini   shakllantirish   va   ulardan
foydalanish institutlari mavjud. Xuddi ana shu joyda boqimandalik uchun imkoniyat
vujudga kelishi mumkin. 
Markazlashgan   pul   resurslarini   shakllantirish   va   undan   foydalanishning   eng
muhim quroli davlat byudjeti va maxalliy byudjetlardir. Byudjet daromadlari, asosan,
soliqlardan hosil  bo’ladi. Uning kichik bir qismi  bojxona bojlari va resurs to’lovlari
hisobiga to’g’ri keladi. Bevosita aholi daromadlaridan undiriladigan soliqlar hisobiga
ham  davlat  byudjeti  daromadlari  shakllanadi.   Mamlakatimizda  korxona daromadlari
13  N.To’htaev Taraqqitotnig  o’zbek modeli.  Т.:2012. 133-134  betlar  
33 va aholi daromadlaridan bevosita undiriladigan soliqlar sezilarli darajada o’sganligiga
qaramasdan, ularning yalpi ulushi byudjet daromadlarining 40 foizga yaqinini tashkil
etadi, xolos. Bilvosita soliqlar (asosan, aksiz va qo’shimcha qiymat soliqlari) miqdori
biroz   pasaygan   bo’lsada,   byudjet   daromadlarida   ularning   hissasi   baland   -   qariyb   50
foizga teng. 
Davlat   o’zi   beradigan   ayrim   xizmatlarga   haq   to’lash,   iqtisodiyotda   harajallar
darajasini   nazorat   qilish,   daromadlarni   taqsimlashdagi   tengsizlikni   bartaraf   etish,
mamlakat   sanoatini   chet   ellik   raqobatchilardan   himoyalash   va   boshqa   maqsadlarda
soliq   undiriladi.   Agar   davlat   u   yoki   bu   turdagi   mahsulot   ishlab   chiqarishni   (tamaki,
aroq) kamaytirishni xoxlasa, unga ko’proq soliq belgilaydi. 
Iqtisodiyotni   moliyalashtirishga   ketadigan   byudjet   harajatlari   hissasi   barcha
byudjet harajatlarining 50 foizdan ziyodrog’ini tashkil etmoqda. Byudjet harajatlarida
ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz. 
Davlat   hamma   vaqt   davlag   byudjeti   daromad   va   harajat   qismlarining
muvozanatda   bo’lishidan   manfaatdor.   Agar   byudjetning   daromad   qismidan   harajati
oshib ketsa, passiv byudjet balansi vujudga keladi. Bu - davlat byudjeti taqchilligiga
olib   keladi.   1995   yili   mamlakatimizda   davlat   byudjeti   taqchilligi   yalpi   ichki
mahsulotning   2,8   foiziga   teng   edi.   Necha   yillardan   beri   faol   byudjet   balansi   amal
qilib kelmoqda. 
Pul   resurelaridan   foydalanishni   tashkil   etishning   davlat   va   mahalliy
byudjetlaridan   tashqari   yana   boshqa   shakllari   ham   mavjud.   Davlat   sug’urta   fondi,
davlat   bandlik,   salomatlik,   "Sog’lom   avlod   uchun   fondlari   va   boshqalar   shular‖
sirasiga   kiradi.   Ular   davlat   byudjeti   mablag’larining   harakatchanligini   oshirishga,
zarur   bo’lganda   mablag’lardan   aniq   yo’nalishlarda   maqsadli   foydalanishga   xizmat
qiladi.   Ammo   mavjud   mablag’larni   qayta   taqsimlash   chog’ida   ijtimoiy   ehtiyojlar
zarar   ko’rmasligi,   davlatning   muhim   xayotiy   zaruratlariga   sarflanadigan   harajatlar
miqdori   kamaymasligi   lozim.   Shuning   uchun   ham   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish
sharoitida   aniq   yo’nalishlar   bo’yicha   byudjetdan   tashqari   maxsus   fondlar   tashkil
etiladi. Ular davlat va mahalliy byudjet vositalaridan ham foydalanishi mumkin. 
34 Kuchli   ijtimoiy   siyosat:   O’zbek   modelining   asosiy   tamoyillaridai   biri   kuchli
ijtimoiy   siyosat   yurgizish,   aholining   kam   ta’minlangan   ijtimoiy   himoyaga   muxtoj
qismini   qo’llab-quvvatlashdir.   Bu   tamoyil,   birinchidan,   o’zbek   xalqining
mentalitetidan,   tarixiy   madaniy   qadriyatlaridan   kelib   chiqsa,   ikkinchidan,   o’tish
davrining dastlabki bosqichidagi aholi tarkibi, bozor islohotlari aholi turmush darajasi
hali ancha past holda saqlanib turgan sharoitda boshlanganligini ham nazarda tutadi.
Bu vaqtda O’zbekiston aholisi jon boshiga to’g’ri keladiran real daromadlar, ish haqi
miqdori,   oziq-ovqat   mahsulotlari,   zarur   hayotiy   ehtiyoj   buyumlari,   uy-joy,   ijtimoiy-
madaniy   muassasalar,   maishiy   xizmat   bilan   ta’minlanish   darajasi   bo’yicha   sobiq
ittifoq   rsspublikalari   o’rtasida   oxirgi   o’rinlardan   biriga   tushib   qoldi.   Mavjud
demografik vaziyat - aholi sonining muttasil usib borishi yuqoridagi ko’rsatkichlarga
yanada   kuchliroq   ta’sir   o’tkazayotgan   edi.   Uchinchidan,   o’tish   davrida,   bozor   tan
olmaydigan   korxonalar   va   faoliyat   turlari,   samarasiz   ishlayotgan   ishlab   chiqarishga
barham berildi. Bu ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga
yoki ularni qayta tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash
zarurati  paydo bo’ldi. Bunday vaziyatda  O’zbekiston Respublikasi  Prezidenta  Islom
Karimov 
«shok terapiyasi» to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emasligini, "bozor ko’pchilik
uchun   ozor"   bo’lmasligini,   O’zbekistonga   xalqimizning   nogironlar,   nafaqadorlar,
ko’p   bolali   oilalar,   o’quvchilardan   iborat   nochor   tabaqalarini   ayaydigan   bozor
kerakligini   qayta-qayta   ta’kidladi.   «Aholining   muxtoj   tabaqalarini   ijtimoiy
himoyalash sira kechiktirib bo’lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning
eng asosiy qoidasi...» deb alohida uqtirib o’tdi. 
Mustaqillik   arafasida   O’zbekiston   kishi   boshiga   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab
chiqarish   bo’yicha   sobiq   ittifoqda   12-o’rinda   turardi.   Aholi   jon   boshiga   milliy
daromad   ishlab   chiqarish   ittifoq   ko’rsatkichidan   ikki   barobar   past   edi.   Aholi   jon
boshiga xalq iste’moli  mollari  ishlab chiqarish ittifoq darajasining  40 foizini  tashkil
etardi.   Daromad   darajasi,   asosiy   turdagi   mahsulotlarni   iste’mol   qilish   bo’yicha   eng
oxirgi urinlarni egadladi. 
35 Jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,   mamlakat   aholisining   40   foizdan   ziyodini   14
yoshgacha   bo’lgan   fuqarolar   tashkil   etgan.   Aholi   tarkibidagi   bu   holat   bozor
munosabatlariga o’tish kuchli ijtimoiy siyosat bilan amalga oshirilishini taqozo etardi.
O’zbekistonda bozor sharoitida ijtimoiy siyosat  asosan ikki yo’nalishda amalga
oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot. 
Ijtimoiy himoya  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish  davrida  aholini   ijtimoiy  va
moddiy   muhofaza   qilish   va   milliy   xo’jalikda   amal   qiladigan   iqtisodiy,   huquqiy,
ijtimoiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, xususan, aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy
xolati   hamda   xayot   kechirishning   zarur   vositalariga   ega   bo’lmaganligi   sababli
yordamga   muxtoj   qatlamiga   davlat   va   jamoat   tashkilotlari   va   jamg’armalari
tomonidan   ko’rsatiladigan   yordamdir.   Ijtimoiy   himoyaning   asosiy   maqsadi   aholi
turmush   darajasini   muttasil   oshirib   borish,   kashshokdanishning   oldini   olish,   aholi
turli kaglamlari o’rtasidagi ta’lim olish, madaniyat va san’at yutuklaridan bahramand
bo’lish,   kasb   malakasini   oshirish   va   daromadlarni   ta’minlashdagi   tafovutlarni
kamaytirish,   inson   tarakkiyotining   uzluksizligini   ta’minlashdan   iborat.   Ijtimoiy
himoyaning   asosiy   shakllari   erkin   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyatni   ta’minlash,   ish   bilan
bandlik, o’qish va ta’lim olish, daromadlarni kafolatlash, iste’molchilar huquqlarining
himoyasi va iste’mol kafolatini ta’minlash, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, aholining
kam   ta’minlangan   qatlamlariga   turli   imtiyozlar   va   to’lovlar   joriy   etish   kabilarni   o’z
ichiga   oladi.   Islohotlarning   dastlabki   yillarida   ijtimoiy   himoyaning   huquqiy   asoslari
yaratilib,   asosiy   tamoyillari   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasida   belgilab
berildi. 
Yangi ish joylarini yaratish dasturlari, inflyasiyaning oldini olish choratadbirlari,
kichik   va   xususiy   biznesning   erkin   faoliyati   uchun   yaratilayotgan   shartsharoitlar,
atrof-muhitni   muhofaza   qilish   tadbirlari,   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining
hayotga   tatbiq   etilishi,   fuqarolar   o’zini   o’zi   boshqarishning   mahalla   tizimini
rivojlantirish, eng kam ish haqi miqdorining, davlat sektoridagi ishchi va xizmatchilar
ish haqining oshirib borilishi ijtimoiy himoya tizimining tarkibiy qismlariga aylandi. 
36 Ijtimoiy   jamg’armalar   (fuqarolar   yoki   yuridik   shaxslar   tomonidan   ixtiyoriy
ravishda   mulkiy   ulush   qo’shish   orqali   shakllantirilgan   tashkilotlar   bo’lib,   ularning
asosiy maqsadi xayriya, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat yuritish orqali jamiyat
ijtimoiy   tarakdiyotiga   hissa   qo’shishdan   iboratdir.  Mamlakatimizda   qonun  doirasida
faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ruyxatdan o’tgan ijtimoiy jamg’armalar soni
ellikdan oshadi. Ijtimoiy jamg’armalar o’z faoliyatlari orqali ijtimoiy barqarorlikni va
taraqqiyotni ta’minlashga samarali ta’sir ko’rsatadi. 
Ammo   ijtimoiy   himoyalash   aholining   kam   ta’minlangan   qatlamlari
hisoblanadigan   -   bolalarni,   nafaqadorlarni,   nogironlarni,   talaba   va   o’quvchilarni
moddiy   qo’llab-quvvatlashdangina   iborat   emas.   Kuchli   ijtimoiy   siyosat   mehnat
bozori va bandliq aholi turmush darajasi, aholi daromadlari va harajatlarida ham o’z
aksini topali. 
Ma’lumki.   o’tish   davrida   ishsizlar   sonining   ortishi,   ishchi   kuchi   tarmoq
tarkibining   o’zgarishi,   ishchi   kuchi   eksportining   kuchayishi,   ishchi   kuchidan
foydalanish samaradorligining pasayishi, mehnat resurslaridan foydalanishda hududiy
tafovutlarning   ortishi,   yashirin   ishsizlikning   ko’payishi   kabi   salbiy   xolatlar   paydo
bo’ladi.   Bu   -   tabiiy   hol.   Bunday   holatlarning   oldini   olish   yoki   ularni   yumshatish
maqsadida   O’zbekistonda   mehnat   bozorini   rivojlantirish   va   uni   boshqarishni
takomillashtirish hamda samarali bandlik siyosatini amalga oshirishga alohida e’tibor
qaratildi. Davlatning bandlikni ta’minlashga oid siyosati mehnat resurslaridan okilona
foydalanish   va   ishsizlikning   oldini   olishga   doyr   izchil   sa’y-harakatlarda   ham   o’z
ifodasini   topdi.   Chunki   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   to’liq   bandlik   emas,   balki
samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega. Aytayliq iqtisodiy faol aholi tulik
ish   bilan   ta’minlaydi.   Lekin   ular   samarali   yoki   ijtimoiy   foydali   mehnat   bilan
shug’ullanmasa,   bunday   bandlik   mehnat   unumdorligini   oshirishga   olib   kelmaydi   va
undan   jamiyatga   naf   tegmaydi.   Samarali   bandlikni   ta’minlash   va   mehnat
resurslaridan   foydalanishning   ahamiyati,   ayniqsa   modernizasiyalash,   innovasion
texnologiyalarga o’tish jarayonida ruyi-rost ko’zga tashlanadi. Bu, o’z navbatida, qo’l
kuchiga   asoslangan   mehnatdan   mexanizasiyalashgan   va   avtomatlashgan   mehnatga
37 o’tishni,   ishlab   chiqarish   jarayonlarini   intensivlashtirishni,   iqtisodiy   faol   aholini
korxonalar,   tarmoqlar   va   xuludlar   o’rtasida   maqsadga   muvofik   qayta   taksimlashni,
ish   bilan   band   aholi   tarkibida   malakali   kadrlar   ulushini   oshirishni   taqozo   etadi.
Aholini   ijtimoiy   himoyalashning   bosh   maqsadi   mamlakat   aholisining   manfaatlarini
muhofaza   qilish,   turmush   darajasini   oshirish,   samarali   mehnati   uchun   zarur   sharoit
yaratish,   ijtimoiy   barqarorlikni   ta’minlashdan   iborat.   Bu   maqsadga   aholi
daromadlarini uzluksiz oshirib borish va daromadlar tarkibini takomillashtirish orqali
erishish mumkin.
                2.2 O’zbekistonda etnik munosabatlar va ularning oqibatlari.
       Jamiyatning ijtimoiy etnik tarkibini tatqiq qilishi sotsialogiyaning maxsus soxasi
bo’lib   etnosotsologiya   deb   ataladi.   Etnos   tushinchasi   kadimgi   yunoncha   so’zbo’lib
”xalq”   ma’nosini   anglatadi   muayyan   xududda   tarixan   tarkib   topgan   boshqalardan
farqlanuvchio’z   madaniyatiga   ruhiy   uyg’nlikka   va   boshqa   umumiy   xususiyatga   ega
bo’lgan kishilarning nisbatan barqaror borligini anglatadi. 
Etnik   birlik   muayyan   sharoitda   tabiiytarixiy   taraqqiyot   jarayonda   vujudga   kelgan
uyushmadir.   Fanda   Etnik   birlik   bosqichining   3   turi   mavjud:   qabila,   elat   va   millat.
Ketmaket almashib kelgan bu atamalar turli vaqtlarda vujudga kelgan bo lib, ular o zʻ ʻ
davriga   xos   xususiyatlari   bilan   bir-biridan   farq   qiladilar.   Kishilar   birlashuvining
tabiiy   negizi   —   hudud   umumiyligi,   shuningdek,   ular   tilining   yaqinligi   yoki
umumiyligi   Etnik   birlikning   vujudga   kelishida   asosiy   shart   hisoblanyli.   Ko pincha	
ʻ
(mas,   Amerika   qit asida)   millatlarning   tarkib   topishida   etnik   birlikning   turli   tillarga	
ʼ
mansub   komponentlari   o rtasida   olib   borilgan   xo jalik,   madaniy   va   boshqalar	
ʻ ʻ
sohalardagi aloqalarning rivojlanishi bilan til umumiyligi qaror topgan. Bu jarayonni
boshqarishda   har   xil   ijtimoiy-iqtisodiy   omillar   va   tabiiy   muhitning   alohida
xususiyatlari   ta sirida   moddiy   va   ma naviy   madaniyat,   turmush   va   psixologik	
ʼ ʼ
umumiylikning   Etnik   birlik   uchun   xarakterli   bo lgan   belgilari   shakllanadi.   Bu	
ʻ
elementlar   hudud   va   til   bilan   bir   qatorda   Etnik   birlikning   muhim   belgilari
hisoblanadi.   Ba zan   Etnik   birlikning  shakllanishiga   diniy  mushtaraklik,   shuningdek,	
ʼ
irqiy  jihatdan yaqinlik  ham  muhim   ta sir   ko rsatadi.  Bunday  yaqinlik  Etnik birlikka	
ʼ ʻ
38 kirgan va bir-biridan keskin farqlanadigan har xil irqiy komponentlar orasidagi metis
guruhlarining   hosil   bo lishida   ham   vujudga   keladi   (mas,   braziliyalik,   kubalik).ʻ
Shakllanib bo lgan Etnik birlik yaxlit ijtimoiy organizm bo lib, etnik jihatdan har xil	
ʻ ʻ
bo lgan nikohlar tufayli va nasldan naslga til, madaniyat, an analar va boshqalarning	
ʻ ʼ
o tib borishi yo li bilan barqaror tus oladi. Yanada barqarorlik bo lishi uchun o zining
ʻ ʻ ʻ ʻ
ijtimoiy-siyosiy   hamda   hududiy   tashkilotini   tuzishga   harakat   qiladi.   Ammo   vaqt
o tishi bilan Etnik birlik ning ayrim qismlari hududiy jihatdan ajralib ketish, turmush
ʻ
va   madaniyatning   ko p   tomonlarini   o zlashtirish   va   boshqalar   tilni   qabul   qilish	
ʻ ʻ
holatlari ham uchraydi.
Kishilik   jamiyati   ijtimoiyiqtisodiy   taraqqiyotning   ma lum   bir   bosqichida   qabilalar	
ʼ
uyushmasi hisoblangan Etnik birlik ma lum bir tarixiy sharoitda, hududiy, iqtisodiy,	
ʼ
til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi va yangi turi vujudga keladi. qadimiy
davrlarda vujudga kelgan yangi Etnik birlik ni  ifodalash uchun "elat" atamasi  qabul
qilingan.   Elat   —   Etnik   birlik   bosqichining   qabila   uyushmasidan   keyingi   turidir.
Tarixiy   taraqqiyot   davomida   esa   Etnik   birlikning   keyingi   turi   —   millat   shakllana
boradi.
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   boshlab   bag‘rikenglik   va   insonparvarlik
madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda
fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan
qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy
va   umuminsoniy   qadriyatlarga   hurmat,   Vatanga   muhabbat   va   sadoqat   ruhida
tarbiyalash   O‘zbekistonda   davlat   siyosatining   muhim   ustuvor   yo‘nalishlaridan   biri
etib   belgilangan.   Bugungi   kunda   respublikamizda   faol   “xalq   diplomatiyasi”   asosida
chet   eldagi   vatandoshlarimiz   bilan   muntazam   va   o‘zaro   foydali   munosabatlarni
yo‘lga   qo‘yish,   xorijiy   mamlakatlar   bilan   do‘stona   munosabatlarni   va   madaniy-
ma’rifiy   aloqalarni   mustahkamlash   orqali   o‘z   faoliyatini   O‘zbekistonda   yashab
kelayotgan   barcha   millat   va   etnik   diasporalarning   tarixi,   madaniyati,   ma’naviy
qadriyatlari,   milliy   an’analari   va   urf-odatlarini   saqlash   hamda   har   tomonlama
rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat
39 markazi,   138   ta   milliy   madaniy   markazlar,   O‘zbekiston   xorijiy   mamlakatlar   bilan
do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik
jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
                                           XULOSA 
Ushbu   kurs   ishi   orqali   xalqimiz   mustaqillik   yillarida   erishgan   barcha   yutuq   va
muvaffaqiyatlar,   avvalambor,   marhum   pirizdentimiz   Islom   Karimov   rahnamoligida
mamlakatimiz siyosati  va iqtisodiyotini  isloh etish,  erkinlashtirish  va modernizasiya
qilish,   uning   tarkibiy   tuzilishini   diversifikasiya   qilish   borasida   o’z   vaqtida
boshlanganlar,   har   tomonlama   puxta   o’ylanganlar,   uzoq   istiqbolga   mo’ljallangan
oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir. 
Xalqimiz   istiqlol   yillarida   erishgan   yutuqlar   va   marralardan   har   qancha
faxrlansak,   yurtimizda   mustahkam   qaror   topgan   tinchlik-osoyishtalik,   bunyodkorlik
sharoiti   uchun   shukronalar   aytsak,   arziydi.   Zero,   o’tgan   asrning   90yillarida   sobiq
sho’ro saltanatidan qolgan ayanchli meros - biryoqlama rivojlangan, faqat xom ashyo
yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiyotimiz naqadar nochor
ahvolga   tushib   qolganini,   qashshoqlik   va   bedodlikdan   xalqimizning   sabr-kosasi
to’lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash holatiga yetib borganini aslo unutib bo’lmaydi.
Ana   shunday   taraqqiyot   yo’lining   chekkasida   qolgan   mamlakatni,   tushkunlik   va
qashshoqlik   natijasidan   kelajakdan   umidini   uzgan   xalqni   o’ta   murakkab   vaziyatdan
izchil va barqaror rivojlanish yo’liga olib chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta. 
Ana   shunday   murakkab   va   qaltis   sharoitda   yurtning   boshiga,   uzoq   va   yaqin
tariximizda bo’lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz bir rahbar kelib qolganida nimalar
bo’lishi   mumkinligini   tasavvur   qilishning   o’zi   dahshatli.   Unday   holatda   xalqning
kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi? 
Mustaqil   Vatanimiz   o’zining   qisqa,   lekin   mazmun-mohiyati,   tarixiy   vokealarga
boyligi   bilan   asrlarga   teng   yangi   tarixi   davomida   o’z   vaqtida   tanlangan,   har
tomonlama   o’zini   oqlagan,   to’g’riligini   hayotning   o’zi   isbotlagan,   jahonda
taraqqiyotning   «o’zbek   modeli»   deb   e’tirof   etilgan   hayotbaxsh   rivojlanish   yo’lidan
o’zining buyuk kelajagi sari qatiyat bilan olib borganlar. Bugun bu modelning o’ziga
40 xos   va   o’ziga   mos   jihatlarini,   berayotgan   samaralari   ko’plab   mamlakatlarda
o’rganilmoqda,   xalqaro   ekspertlar,   olimlar   va   siyosatchilarda   katta   qiziqish
uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda. 
Marhum   prezidentimiz   Islom   Karimov   rahnamoligida   xalqimiz   tanlagan   yo’l   -
iqtisodiyotning   mafkuradan   xoliligi,   siyosatdan   ustunligiga   asoslangan   pragmatik
iqtisodiy   siyosat,   davlatning   bosh   islohatchilik   vazifasini   o’z   zimmasiga   olishi,
jamiyat   hayotida   qonun   ustuvorligini   ta’minlash,   kuchli   ijtimoiy   siyosat   yuritish,
islohotlarni   bosqichma-bosqich   amalga   oshirishni   ko’zda   tutadigan   mashhur   besh
tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli» samarasida  milliy
davlatchiligimizning   mustahkam   tamal   toshi   qo’yildi,   mamlakatimiz   izchil   va
barqaror rivojlanish yo’liga o’tdi. 
41                        Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O’zbekiston  Respublikasi Konistitutsiyasi. -  Т ., « Ўзбекистон ». 
2. I. А .Karimov   Mamlakatimizda   demokratik   isloxotlarni   yanada   chuqurlashirish
va   fuqarolik   jamiyatini   rivoflantirish   konsepsiyasi:   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlis   Qonunchilik   palatasi   va   senatning   qo’shma   majlisidagi   maruza.   2010-yil   12
noyabr. – Toshkent: 
« O’zbekiston », 2010. 
3. Islom   Karimov,   O’zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida.   -   Т .:
"O’zbekiston".  2011.  
4. N.To’htaev Taraqqitotnig  o’zbek modeli.  Т .:2012. 
5. I. А .Karimovning   2011   yilning   asosiy   yakunlari   va   2012   yilda   O’zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   ustivor   yo’nalishlariga   bag’ishlangan   O’zbekiston
Respublikasining   Vazirlar   Maxkamasining   majlisidagi   «2012   yil   Vatanimiz
taraqqiyotini   yangi   bosqichga   ko’taradigan   yil   bo’ladi»   mavzusidagi   maruzasini
o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma.- Т .: «O`qituvchi» N М IU, 2012. 
42

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI YURIDIK FAKULTETI Kafedra: Falsafa va milliy g’oya Fan: Geosiyosat asoslari Milliy g'oya ma' naviyat asoslari va huquq ta'limi yònalishi talabasi Bovoboyev Suhrobning KURS ISHI MAVZU : O’zbekistonda milliy siyosatning asosiy tamoyillari Samarqand 2021 1

Mundarija KIRISH …………….…………………………………………………………..3 I-Bob 1.1 O’zbekistonda ma’ndviy hayotida milliy urf-odat va diniy qadiryatlarga munosabat. ………………………………………………………………………..6 1.2 Milliy tillar masalasi va uning moxiyati. ……………………………..11 II-Bob 2.1 O’zbek modelining asosiy tamoyillari……………………………….16 2.2 O’zbekistonda etnik munosabatlar va ularning oqibatlari…………….30 XULOSA .………………………………………………………………………… 4 0 ADABIYOTLAR RO’YXATI . ……………………..…………………….……. 4 2 2

KIRISH O’zbekiston XX asirning oxirida o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritib ijtimoiy- siyosiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda juda katta yutuqlar va katta imkoniyatlar bilan uchinchi ming yillikka jadal kirib bordi. Ma’lumki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―o’zbek modeli degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga‖ xos taraqqiyot yo’li Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. 1 Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda. 2 Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin 1 Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oily Majlisining Qonunchilik palatasi vaSenatning 2010 yil 12 noyabirdagi qo’shma majlisidagi ― Mamlakatimizdagi demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsitasi mavzusidagi maruzasi . -Т., 2010., 4 -bet . 2 N.To’htayev. Taraqqiyotning o’zbek modeli.- Т.:2012. 4-bet 3

egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda. Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu o’z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir. 3 "O’zbek modeli" tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga bu yil roppa-rosa 22 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov dastlab 1992 yilda chop etilgan "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g’oya davlatimiz rahbarining 1993 yildagi "O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" kitobida, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiyiqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. 22 yil tarix uchun katta muddat emas. Lekin ana shu nisbatan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O’zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Birinchi sinov - o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri davom etayotgan pallada O’zbekiston postsovet maydonida birinchi bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan 3 Islom Karimovning, Asarlari, 17-jild. - Т .: ―O’zbekiston . ‖ 2011. 223- bet 4

oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviyiqtisodiy inqiroz bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab olgan moliyaviy- iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy o’sishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam bo’lmagan) sur’atlarini ta’minladi. Yulboshchimizning shu munosabat bilan chop etilgan ―Jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi, O’zbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choradari asarida hamda mamlakatimizda‖ jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida O’zbekistan iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa edi. 4 ―Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda to’xtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayotgan tub o’zgarishlar jarayonidagi o’z o’rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi, -deb ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan. 1.1O’zbekistonda ma’ndviy hayotida milliy urf-odat va diniy qadiryatlarga munosabat . Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng uch ming yillik davlatchilik tarixiga ega bo’lgan o’beklar ma’naviyatining asosiy bo’lmish an’anaviy qadiryat, urf-odatlarni tiklash, ularni jamiyat hayotidagi o’rnini yksaltirish davlat siyosati darajasidi. Holbuki sovet davlatida halqlarning milliy madaniyati va o’zligiga attiq zarba berilgan urf-odatlar va an’analar toptalgan edi. Maskur siyosatni ning salbiy 4 I .А. Karimov Jaxon molyaviy - iqtisodiy inqirozi , O ’ zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo ’ llari va choralari // – Т: O ’ zbekiston , 2009. 16- bet 5