Online taxi ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqishI
“ Online taxi ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqish” mavzusida Reja: Kirish Nazariy qism: 1.1. Ma’lumotlar bazasi asosiy tushunchalari 1.2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Asosiy qism: 2.1. “Online taxi” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish 2.2. Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash 2.3. Ma’lumotlar bazasida turli so’rovlar yaratish Xulosa 1
Kirish Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lumotlar sxemasiga muvofiq saqlanadigan va ma'lumotlarni modellashtirish vositalari qoidalariga muvofiq manipulyatsiya qilin adi gan ma'lumotlar to'plamidir. Ma'lumotlar bazasi – bu bir yoki bir nechta sohalar da ishlatiladigan , ma'lumotlarning xususiyatlarini va ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tavsiflovchi kontseptual tuzilishga muvofiq tashkil etilgan ma'lumotlar to'plami. Avtoritet monografiyalar dan ta'riflar: Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan va kompyuter xotirasida saqlanadigan, ma'lum predmet sohaning hozirgi holatini tavsiflovchi va foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar to'plamidir. Ma'lumotlar bazasi - har qanday korxonaning dasturiy ta'minot tizimlari tomonidan ishlatiladigan doimiy (doimiy saqlanadigan) ma'lumotlar to'plami. “ Online taxi ” ma ’ lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqiashni o ’ z oldimga maqsad qilgan ekanman , bu ma ’ lumotlar bazasini loyihalashda online taxi sohasini o ’ rganib chiqishga harakat qildim . Bu kurs ishida online taxi bo ’ limlari , hodimlari , hodim vazifalari va rahbariyati haqidagi ma ’ lumotlar bayon qilingan . Albatda bu ma ’ lumotlar SQL so ’ rovlari orqli olinadi . Online taxi ma ’ lumotlar bazasi , bu ma ’ lumotlar bazasining to ’ g ’ ri va samarali ishlab chiqilishi kerak . Bu loyihada biz online taxi ma ’ lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqishni ko ’ rib chiqamiz . Loyihani boshlash uchun , bizning birinchi qadamimiz ma ’ lumotlar bazasining tuzilishini tushunish va uni yaratishni rejalashtirishdir . Ma ’ lumotlar bazasini yaratish jarayonida , bizning loyihamizning asosiy maqsadi va talablari haqida to ’ liq tushuncha saqlashimiz kerak . 2
NAZARIY QISM 1.1. Ma’lumotlar bazasi va uning asosiy tushunchalari Ma’lumotlar bazasi - bu EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa obyektlar, jarayonlar, holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan majmuidir. Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini bartaraf etishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Amaliyotda ko‘pchilik ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHMda bir qancha ma’lumotlar bazasi yaratiladi.Vaqti bilan turdosh vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin. Har qanday axborot tizimi bizni qamragan real dunyoning ba’zi tomonlarini yoki predmet sohasini yoki muammoni yoritishi mumkin. Muammoli muhit vaqti o‘zgarishi bilan o‘zgarishi, ya’ni ob’yektlar xususiyatining o‘zgarishida, eski ob’yektlarning yo‘qolishi va yangilarining paydo bo‘lishida ifodalanadi. Bu o‘zgarishlar voqealar natijasida bo‘lib o‘tadi. Voqealarning ketmaketligi jarayonni tashkil etadi. Har qanday axborot tizimi ob’yektlarning o‘zlari bilan emas, mavjudiy borliq singari, balki ularning belgili yoritgichi- idenfikatori bilan ishlaydi. Belgi - idenfikatorlarning bosh vazifasi - ob’yektni guruhdagi turdosh ob’yektlardan farqlash. Ob’yektning idenfikatori, umumiy aytganda, ob’yektning xususiyati haqida yoki, ya’ni shunga o‘xshash, uning u yoki bu sinfga tegishligi haqida hech qanday axborot bermasligi mumkin. Ma’lumotlar belgili shaklda ifodalangan ob’yekt yoki ob’yektlarning muomalasi haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi. Bu ma’lumotlar inson yoki qandaydir texnik qurilma tomonidan qabul qilinishi va tegishli tarzda interpretatsiya qilinishi mumkin. Ma’lumotlarning tavsifli xususiyati shu hisoblanadiki, ya’ni ularni bir belgili tizimdan boshqasiga qayta kodlash axborotni yuqotmagan holda o‘tkazish mumkin.Belgili ifodalanishning bunaqangi xususiyatining ahamiyati - mavjud predmetli holatning qabul qiluvchiga 3
yo‘naltirilgan, belgilarning har xil tizimlarida ifodalanish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasini qurishda insonga yo‘naltirilgan mantiqiy ifodalanish haqida va uzoq muddatli xotira qurilmasiga yo‘naltirilgan jismoniy ifodalanish haqida gapirish an’anaga aylangan. Ma’lumotlar ba’zasi - ma’lum masalaga yoki biror faoliyatga taalluqli o’zaro bog’langan va aloxida ko’rinishda tashkil etilgan ma’lumotlar. MB ma’lumotlarni xsusiyatlari: 1) t o’ li q lik; 2) aktuallik; 3) q ulaylik; Ma’lumotlar banki - bir nechta MB, texnik vosita va dastur ta’minotidan iborat avtomatlashtirilgan tizim. Ma'lumotlar bazasi turlari Har xil mezonlarga ko'ra farq qiladigan ma'lumotlar bazalarining ko'p turlari mavjud. Masalan, "Ma'lumotlar bazasi texnologiyalari entsiklopediyasi" da ma'lumotlar bazalarining 50 dan ortiq turlari ko'rsatilgan. Asosiy tasniflar quyida keltirilgan. Ma'lumotlar modeli bo'yicha tasniflash Misollar: Ierarxik, Ob'ektli va ob'ektga yo'naltirilgan, Ob'ektli-relyatsion, Relyatsion, Tarmoqlik, Funktsional. Ma’lumotlar bazasining asosiy atamalari SQL – strukturi alashtirilgan so'rovlar tili. Ushbu til yordamida biz ma'lumotlar bazalari bilan turli xil harakatlarni amalga oshiramiz. Ma'lumotlar – strukturi alashtirilgan ma'lumot. Ma'lumotlar bazasi - bu predmet sohasi tomonidan aniqlangan ma'lumotlar to'plamidir. Oddiy qilib aytganda jadvallar to'plami . 4
Jadval (mohiyat) - bu ma'lumotlarni relyatsion ma'lumotlar bazasida saqlanish usuli (ma'lumotlar bazasidagi minimal o'lchov birligi). Jadval oddiygina ma'lumotlar bazasidagi munosabatlar deb ataladi. MBBT – ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi: ma'lumotlar bazalari bilan har xil amallarni bajarishga imkon beruvchi dastur. Biznes qoidalari - ma'lumotlar bazasini loyihalashda ko'rib chiqiladigan rasmiy qoidalar. Boshqacha qilib aytganda: bu biz ma'lumotlar bazasi yordamida tavsiflashimiz va avtomatlashtirishimiz kerak bo'lgan jarayon yoki jarayonlar to'plami. Predmet soha – bu ma'lumotlar bazasini yaratishda tasvirlangan yoki avtomatlashtirilgan real hayotning bir qismidir. Masalan: bug’alteriya, ombor, do'kon, kutubxona, yoqilg'i quyish shoxobchasi. Mijoz - ma'lumotlar bazasiga kiradigan shaxs yoki dastur. Kalitlar yoki kalit atributi - ma'lumotlar bazasida mohiyat/ob'ekt/jadvalni noyob ravishda aniqlaydigan atribut (ustunni misol qilsada bo’ladi) yoki atributlar to'plami. Birlamchi (asosiy) kalit - ob'ektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladigan kalit. Alternativ kalit (muqobil kalit) - bu ba'zi bir sabablarga ko'ra asosiy kalit sifatida ishlatilmaydigan kalit. Kompozit kalit - bu bir nechta atributlardan foydalanadigan kalit. Surroqat kalit - qiymati MB ma'lumotlar bazasi tomonidan generatsiya qilingan kalit tushuniladi. Munosabatlar - bu ma'lumotlarning relyatsion modelining asosiy tushunchasi. Shu sababli model relyatsion deb nomlanadi. Taxminan aytganda, munosabatlar- bu jadvaldir. 5