ORFOGRAFIYA VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI
ORFOGRAFIYA VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI Reja: 1. Orfografiyaning imlo qoidalari. 2. Orfografiyaning asosiy tamoyillari: a) Fonetik tamoyil b) Morfologik tamoyil d) Shakliy tamoyil e) Tarixiy- an'anaviy tamoyil f) Farqlash (differensiya) tamoyili
So’z asosi va qo’shimchasini to g ri yozish haqidagi qoidalar tizimi,ʻ ʻ yig’indisi orfografiya deyiladi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xosdir. Orfoepiya va grafika bo`limlari bilan uzviy bog’liqdir. O’zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidasi tasdiqlangan. 1. 1956-yil 4-aprelda kirill yozuviga asoslangan o’zbek tilining imlo qoidalari chiqarilgan va u 72 paragrafdan iborat bo’lgan. 2. 1995-yil 24-avgustda lotin yozuviga asoslangan o’zbek tilining asosiy imlo qoidalari chiqarildi va u 7 bo’lim, 82 paragrafdan iborat. IMLO QOIDALARI Yozuv har bir xalqning ma'naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o`ziga xos ko`rinishi sanaladi. So`zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o`z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yili tasdiqlangan. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboga mos imlo qoidalarining tasdiqlanishi davr talabiga aylangandi. Shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 24-avgustda 339-sonli «O'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo`lib, quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi: 1. Harflar imlosi: a) unlilar imlosi (1 - 7-bandlar); b) undoshlar imlosi (8 - 32-bandlar). 2. Asos va qo`shimchalar imlosi (33 - 37-bandlar). 3. Qo`shib yozish imlosi (38 - 50-bandlar). 4. Chiziqcha bilan yozish imlosi (51 - 56-bandlar). 5. Ajratib yozish imlosi (57 - 65-bandlar). 6. Bosh harflar imlosi (66 - 74-bandlar). 7. Ko`chirish qoidalari (75 - 82-bandlar).
ORFOEPIYA (TALAFFUZ) VA ORFOGRAFIYA (IMLO) Talaffuz va imlo bir-biri bilan chambarchas bog liqdir. Adabiy til qonuniyatiʻ asosida to'g'ri yozish qanchalik muhim bo`lsa, to'g'ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so`zning talaffuzi bilan yozilishi doim mos kelavermaydi. Buni tovushlarning so`zdagi o`rni va o`zaro ta'siri bilan izohlash mumkin. To'g'ri talaffuz me'yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga orfoepiya (yunoncha orfo - to'g'ri, epos - so`zlamoq, nutq) deyiladi. To'g'ri yozish me'yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga orfografiya (yunoncha orfo - to'g'ri, grafo - chizmoq) deyiladi. UNLI TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI A (a) harfi lablanmagan, til oldi, keng unli tovushni ifodalaydi. Bu unli yumshoq o`zakdagi til orqa k, g va boshqa til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator ochiq tovush sifatida aytiladi: aka, man, olam, kalla, gala kabi. Lekin chuqur til orqa q, g', x undoshlaridan so`ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi: qand, qarz, g'aliz, xamir, xat kabi. A (a) harfini to'g'ri yozishda quyidagilarga e'tibor berish kerak: - bahor, zamon, palov, tamom kabi so`zlarda a unlisi o ga moyil aytilsa ham, a yoziladi; - mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub kabi so`zlarda cho`ziq talaffuz qilinadi va a yoziladi; - disk, bank, tank, stolb kabi rus tili orqali o`zlashgan so`zlarning oxiri qo`sh undosh bilan tugagani uchun, o`zbek tilida bu so`zlarga a qo`shib aytiladi va shunday yoziladi: diska, banka, tanka; - xavf, gavda, navbat, vafo, varaq kabi so`zlarda v undoshi bilan yonma-yon kelganda o ga moyil aytilsa ham, asliga ko`ra a yoziladi; - ayrim ruscha o`zlashma so`zlarda ya undoshi a aytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi.
O (o) harfi lablangan, til orqa keng unli tovushni ifodalaydi. Yondosh tovushlardan qat'i nazar, so`zlarning barcha bo'g'inlarida kelib, cho`ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko`ra yoziladi: ona, bobo, nom, havo, oq, qoramol kabi. O`zlashma so`zlarda u yoki o` bilan o o`rtasida aytilsa ham, o tarzida yoziladi. Masalan: opera, bolt, nota, rol, tok (elektr) kabi. Bunday so`zlarning urg'usiz bo'g'inlarida o unlisi i kabi talaffuz qilinsa ham, o yoziladi: traktor, direktor, ekspeditor, kartoshka kabi. Qo`shimchalar qo`shilishi natijasida o tovushi imlosiga oid quyidagi o`zgarishlarga diqqat qiling: parvo, avzo so`zlariga egalik qo`shimchasi qo`shilganda bir y tovushi qo`shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoyingiz, parvoying, parvoyi, avzoyimiz, avzoyingiz, avzoyi kabi. Fe'l asosli so`zlardan ot yoki sifat yasovchi -v, -q, -qi qo`shimchalari a unlisi bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: sina + v=sinov, sayla + v=saylov, tara + q= taroq, sayra + qi = sayroqi kabi. I (i) harfi lablanmagan, til oldi, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi. I tovushi tilak, bir, tish, dil kabi so`zlardagi qisqa i unlisi o`rnida; mohir, shoir, ilmiy, adabiy, lirika kabi so`zlarning urg'uli bo'g'inidagi cho`ziq i o`rnida; qish, qir, g'ilof, xizmatchi, xil kabi so`zlarda chuqur til orqa q, g', x tovushlari bilan yonma-yon keladigan qisqa va qattiq i unlisi o`rnida va rus tilidan o`tgan vimpel, bilina, vishka, richag kabi so`zlardagi ruscha ы unlisi o`rnida yoziladi. So`z o`zagining ochiq bo'g'inida i, e, a unlilaridan biri kelsa, keyingi yopiq bo'g'inda i yoziladi. Masalan: bilim, iliq, etik, beshik, sariq, vakil kabi. Arab-fors va rus tilidan o`zlashgan bir bo'g'inli so`zlarning qo`sh undoshlari o`rtasida qisqa i talaffuz etilsa-da, ammo yozilmaydi. Masalan: fikr, ilm, ufq, matn, litr kabi. E (e) harfi lablanmagan til oldi, o`rta keng unli tovushni ifodalaydi. So`z tarkibidagi o`rniga qarab turlicha aytiladi va yoziladi:
- so`z boshida yopiq bo'g'inda i ga moyil aytilsa ham, e yoziladi: ehtimol, eshik, ehson, ertak kabi; - so`z boshida ochiq bo'g'inda, ikki undosh orasida qisqa aytiladi va doim e yoziladi: erta, meva, sezgir, tepki kabi; - so`z boshida tutuq belgisidan oldin cho`ziqroq va i ga moyil aytiladi va e yoziladi: e'zoz, e'tibor, e'lon, e'tiqod kabi. U (u) harfi lablangan, til orqa, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi. Quyidagi holatlarda u unlisi i tovushiga moyilroq aytilsa ham, u yoziladi: - oldingi bo'g'inlarida a, o, u unlilaridan biri bo`lgan va shundan so`nggi yopiq bo'g'in boshidagi v tovushidan keyin: qovun, ovul, tovuq, sovuq, tarvuz, quvur, chuvur-chuvur kabi; - birinchi bo'g'inida u bo`lgan so`zlarning ikkinchi bo'g'inida: uzun, uzum, chumchuq, tushuncha, yulduz, yutuq, yumush kabi; - birinchi bo'g'inida u bo`lgan so`zlarning keyingi ochiq bo'g'ini q yoki g' bilan boshlansa: bug'u, urg'u, uyqu, tuyg'u, yog'du kabi; - tarkibida u bo`lgan bir bo'g'inli so`zlarning oxirgi ikki undoshi o`rtasida u aytilsa ham, yozilmaydi: umr, uzr, rukn, hukm kabi. O` (o`) harfi lablangan, til orqa, o`rta keng unli tovushni ifodalaydi. So`zning ochiq bo'g'inlarida nisbatan kengroq, yopiq bo'g'inlarida esa torroq talaffuz qilinadi. Masalan: so`lim, qo`riq, to`plam, ko`krak kabi. O` (o`) unlisi, asosan, so`zning birinchi bo`ginida uchraydi: o`t, ko'1, ko`za, o`jar, to`lqin kabi. Ko`pgina so`zlarning birinchi bo'g'inida o` kelsa, ikkinchi bo'g'inida i yoziladi: do`ppi, ko`prik, to`qimoq, so`zlik kabi. Rus tili orqali o`zlashgan tort, tok, kubok, bochka, nota kabi so`zlardagi o unlisi o`zbekchada o` ga moyil aytilsa ham, asliga ko`ra o yoziladi. Lotin yozuviga asoslangan alifbomizda mo`tabar, mo`tadil, mo`jiza kabi so`zlarda o` unlisidan keyin tutuq belgisi qo`yilmaydi, ammo o` cho`ziqroq talaffuz qilinadi: