logo

RAUF PARFI SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

379 KB
RAUF PARFI SHE’RIYATIDA  LIRIK QAHRAMON
MUNDARIJA
KIRISH........................................................................................................3 
I BOB.RAUF PARFI IJODI VA ADABIY-TANQIDIY 
QARASHLAR...........................................................................................10
1-fasl.  Shoir she’riyati va adabiy-tanqidiy qarashlar..................................10  
2-fasl.  Shoir she’riyatida Vatan mavzusi....................................................19  
II BOB. SHOIR SHE’RIYATDA TURKISTON MAVZISI VA 
UNING TALQINI .....................................................................................30  
1-fasl.  Shoir she’riyatida makon ifodasi va ma’no ifodalash xususiyati.....30
2-fasl.  Rauf Parfi she’riyatida lirik qahramon talqini.................................38  
III BOB. SHOIR SHERIYATIDA BADIIYLIK FUNKSIYASI...........51
1-fasl.  Badiiylik funksiyasi va lirik kechinma talqini.................................51
2-fasl. Badiiy san’atlardan foydalanish usullari..........................................55
Xulosa… ………………………………………………………………….61
Adabiyotlar ………………………………………………………………63
1 KIRISH 
  Bitiruv   malakaviy   ish   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Jahon
adabiyotshunosligida   zamonaviy   lirikaning   faol   janrlari,   poetik   shakllarning
yangilanishi, voqelikni badiiy idrok etishdagi  y etakchi tamoyillar tadqiqiga ustuvor
ahamiyat qaratilmoqda. Bu, birinchi galda, she’riyatdagi neorealizm yo‘nalishining
psixopoetika,   poetik   stilistika   kabi   usullar   vositasida   o‘rganilishi   mahsuli   bo‘lsa,
ikkinchi   tomondan,   badiiy   tafakkur   yutuqlarining   jahondagi   ilg‘or   adabiy-estetik
an’analar bilan sintezlashishi tadqiqi samarasidir. 
Dunyo   xalqlari   she’rshunosligida   poetik   talqinning   tobora   siqiq,   sof   adabiy
hodisa sifatida o‘rganilishi, muammo talqinining o‘ziga xos ifodasini ko‘p hollarda
she’riyatning   yangilanishini   namoyon   etmoqda.   Zamonaviy   she’riyat   takomilida
odam   va   olam   munosabatlarining   tutgan   o‘rni   tadqiqiga   e’tibor   har   qachongidan
kuchaydi. 
O‘zbek   adabiyotshunosligida   she’riyatni   jahoniy   darajaga   ko‘tarilishi   yuz
berganligini   ham   alohida   qayd   etmoq   lozim.   Shoir   olam-u   odam   muammolarini,
uning   qalb   kechinmalarining   she’rga   aylantirilishi,   bashariyat   oldida   turgan   qator
masalalarga uyg‘unlashuv, takomili she’riyat tadqiqiga yangicha yondashuv uchun
zamin yaratdi. Shu bois “Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu, avvalo,
xalqimizga   e’tibor,   kelajagimizga   e’tibor   ekanini,   shoir   Cho‘lpon   aytganidek,
adabiyot   va   madaniyat   yashasa,   millat   yashashi   mumkinligini   unutishga   bizning
aslo   haqqimiz   yo‘q” 1
.   Muayyan   davr   adabiy-estetik   tafakkuri   taraqqiyotida   o‘sha
davr adabiyotida munosib o‘rin tutgan ijodkorlar muhim o‘rin tutadi. 
70-   yillardayoq   adabiyotimizda   o‘z   ovoziga   ega   bo‘lgan   bir   qator   ijodkorlar
Erkin   Vohidov,   Abdulla   Oripov,   Rauf   Parfi   kabi   shoirlarning   poetik   izlanishlari
yangi sahifalarni bu jarayonda ocha oldi. Iste’dodli bu ijodkorlar she’riyatida olam
va   odam   ruhiyati   talqini,   hayotiy   muammolarni   badiiy-falsafiy   tadqiq   etish
1
  ЎзбекистонРеспубликаси   Президенти   Шавкат   Мирзи ё евнинг   « Ўзбек   мумтоз   ва   замонавий   адабиётини
халқаро   миқёсда   ўрганиш   ва   тарғиб   қилишнинг   долзарб   масалалари »   мавзусида ги   халқаро   конфер e нция
иштирокчиларига йўллаган табриги. www.xabar.uz.
2 jarayoni   o‘ziga   xos   ifodalangan.   Har   bir   ijodkorning   o‘z   uslubi   bo‘lgani   kabi
o‘zbek   she’riyatining   ham   yorqin   namoyondalari   hisoblangan   bu   ijodkorlar,
adabiyotimizda takrorlanmas iz qoldirdi. 
Mustaqillik   tufayli   boshqa   sohalar   qatorida   ma`naviy   hayotimizda   ham
ulkan   o‘zgarishlarga,   yangilanishlarga   keng   imkoniyatlar   ochdi.   Ma`naviyatni
shakllantirishga   bevosita   ta’sir   qiladigan   muhim   hayotiy   omil   –   ta’lim-tarbiya
tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki,   ota-bobolarimiz qadimdan bebaho
boylik   bo‘lmish   ilm-u   ma’rifat,   ta’lim   va   tarbiyaning   inson   kamoloti   va   millat
ravnaqining   eng   asosiy   sharti   va   garovi   deb   belgilanishi   ham   bejiz   emas   edi.
Yurtimizda   yoshlarning   ta’lim-tarbiya   olishiga   katta   ahamiyat   qaratilgan.
Barkamol   va   komil   insonni   tarbiyalash   mamlakatimizda   muhim   masalalardan
biridir.   Biz   komil   inson   deganda,   avvalo,   ongi   yuksak   fikrlay   oladigan   bilimli,
ma`rifatli   kishilarni   tushunamiz.   Eng   avvalo,   yoshlarni   kafolatlangan   ta`lim-
tarbiyaga   yo‘naltirish   uchun   o‘zligimizni   anglashni   o‘rgatmog‘imiz   lozim.
O‘zlikni   anglash   milliy   qadriyatlarni   hurmatlash,   ona   tilimizni   qadrlash   va   eng
avvalo,   adabiyotimizga e’tibordan boshlanishi barchamizga juda yaxshi ma’lum. 
Adabiyotimizda yirik iste’dodli   yozuvchi va shoirlar bisyordir. Har qanday
ijodkorning   badiiy   mahorati   u   yaratgan   badiiy   asarlar   tilida   namoyon   bo‘ladi.
Adibning hayotdagi voqea-hodisalarga munosabati, o‘ziga xos dunyoqarashi, teran
idroki,   tabiatdagi   boshqalar   ko‘ra   olmagan   ranglarni   nozik   his   etishi   hamda   uni
go‘zal   shaklda   kitobxonga     yetkazib   bera   olishi   va   yana   ko‘pgina   boshqa
jihatlar   birgalikda   badiiy   asarning   jozibadorligini   tashkil   qiladi.   Ijodkorning   xalq
tilini   chuqur   bilishi,   cheksiz   so‘z   boyligiga   ega   bo‘lishi,   so‘zning   ta’sir   qudratini
his   eta   olishi,   har   bir   so‘zni   ma`no   nozikligini   ilg‘ab  olishi,   so‘z   o‘yinlaridan
ustalik bilan foydalana olishi alohida o‘rin tutadi.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   O‘zbek   adabiyotining   istedodli
shoirlaridan   biri   Rauf   Parfining   go‘zal   misralari,   qator   tarjimalaridagi   o‘ziga   xos
xususiyatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ijodkorning badiiy mahoratini boshqalardan
ajratib   turadigan   yorqin   qirralaridan   biri   ham   tilidagi   o‘ziga   xoslikdir.   Uning
ijodida   Ona   Vatan,   Turkiston   mavzulari   etakchilik   qiladi.   Bu   poetik   talqinlar   bir
3 qator   adabiyotshunoslar   tomonidan   o‘rganilganligini   ham   alohida   qayd   etish
lozim. 2
  Shoirning   she’riyatidagi   poetik   talqinlardagi   ifoda   shakllari,   ijodkorning
lirik   qahramon   va   kechinmalar   ifodasini   talqini   o‘ziga   xos   tarzda   tahlil
qilinganligini   ham   kuzatish   mumkin.   Shoir   she’riyatidagi   talqinlarni   tahlil
qilganligini ham qayd etib o‘tamiz. 3
 
Iste’dodli   o‘zbek   shoiri   Rauf   Parfi   she’riyat   osmonida   tutgan   o‘rni   beqi-
yosdir.   Uning   she’rlarida   ilgari   surilgan   g‘oyalar   va   so‘z   qo‘llash   mahorati
e’tirofga sazovordir.   Shoir ijodini, uning so‘z qo‘llash mahoratini   o‘rganish uchun
Rauf   Parfi   she’riyatidagi   badiiy   san’atlarni,   misralarda   ifodalangan   kechinmalar
ifodasini ham alohida qayd etish lozim.   Bunda   Rauf Parfi she’riyatida qo‘llangan
lafziy   va   ma’naviy   san’atlar   hamda   bir   bandning   o‘zida   bir   nechta   she’riy
san’atlardan   foydalanganligini   tahlil   qilish,   shu   asosida   kechinmalar   ifodasidagi
qarashlarni yaxlit mohiyatini anglash mumkin.
She’riy   sanatlar   yuzasidan   talaygina   ishlar   qilingan.   A   Hojiahmedov,   T
Boboyev,   B   Zaripov   kabi   tadqiqotchilar   ishida   bu   o‘z   aksini   topgan.   Rauf   Parfi
ijodining   adabiy   merosi   o‘rganilgan,   ammo   uning   asarlaridagi   lirik   kechinmalar
yetarlicha   e’tibor   qaratilmagan.   Mazkur   bitiruv   ishida   shu   muammo   o‘zimizning
diqqatimizni qaratamiz.
Biriruv   malakaviy   ishining   maqsad   va   vazifalari.   Bitiruv   malakaviy
ishining   asosiy   maqsadi   Rauf   Parfi   she’riyatining   badiiy   xususiyatiga   e’tibor
qaratish, ijodkor she’riyatidagi badiiy san`atlarni tahlil qilib sharhlash.
Ushbu   maqsadga   erishish   uchun   quyidagi   vazifalarni   amalga   oshirdik:
- Rauf   Parfi   ijodi   bilan   tanishish;
- Shoir she’riyatining o‘ziga xos tamoyillarini asoslash;
- Ijodkor   she’rlaridagi   g‘oyalar   va   fikrlarni   idrok   qilish;
- Rauf   Parfi   ijodidagi   lirik kechinmalar ifodasini izohlash ;
- Shoir ijodidagi  lirik qahramon xarakterining badiiy talqinlari haqida so‘z
yuritish;
-Rauf   Parfi   ijodi   va   unda   qo‘llangan   she’riy   san`atlar   haqida
2
 Rahimjonov N. istiqlol va bugungi adabiyot. – Toshkent, O‘qituvchi, 2012. – 296 bet.
3
  G‘aniyev I. Rauf Parfi O‘zturk dunyosi. Monografiya. – Toshkent, Muharrir nashriyoti, 2021. – 732 bet.
4 xulosalar  chiqarishdan iborat.
Biriruv   malakaviy   ishining   ilmiy   yangiligi .   Bitiruv   malakaviy   ishining
yangiligi shundan iboratki,   mazkur ishda Rauf Parfi she’riyatidagi lirik kechinma
va lirik qahramon va badiiy san’atlarning matndagi o‘rnini tahlil qilishdan iborat.
Biz   Rauf   Parfining   ajoyib   so‘z   ustasi,   mohir   ijodkorligini   yaxshi   bilamiz.   Ko‘p
tadqiqotlar,   ilmiy   ishlar   ijodkor   asarlarini   adabiy   jihatdan   o‘rganishga   qaratilgan,
ammo shoir ijodining qayd qilingan xususiyatlari yetarlicha tahlil  qilinmagan.
Tadqiqotning   manbalari .   Tadqiqot   vazifalari   va   tahlil   mavzu   taqozosiga
ko‘ra   ishda   quyidagi   asosiy   manbalarga   tayandik:   she’riy   asarlaridagi   lirik
qahramon,   lirik   kechinma   va   badiiy   san’atlar,   Turkiston   mavusining   badiiy
talqinlariga   doir turli ilmiy adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar hamda
internet   ma’lumotlaridan   foydalandik.   Shuningdek,   shoirning   “Saylanma”   asari
asosiy manba vazifasini   o‘tadi. 4
 
Tadqiqotning   predmetini   ob y ekt   sifatida   olingan   shoirlar   she’rlaridagi
janriy   xususiyatlar,   badiiy   tafakkur   va   falsafiy   mushohada ,   lirik   voqelikni   badiiy
idrok   etish   va   ifodalashdagi   y etakchi   tamoyillar,   obraz   va   obrazlilik   masalalari
tashkil etadi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat :
-   Zamonaviy   o‘zbek   she’riyatida   mumtoz   Sharq   lirikasidagi   an’anaviy
mavzular   bilan   jahon   intellektual   she’riyati   yutuqlarining   milliy   poetik   tafakkur
kontekstida   o‘zaro   sintezlashishi   natijasida   ijodkorlarning   badiiy   idrok   ko‘lami
kengayib,   she’riyatdagi   lirik   qahramon   va   kechinmalarning   badiiy   ifodasini
anglash; 
-   Hozirgi   o‘zbek   she’riyatidagi   voqeaband   lirikaga   xos   shakliy-uslubiy
izlanishlarda   ramziy-falsafiy   tafakkur   tarzi   xalqona   usullar   bilan   qorishiq   holda
talqin qilinishi ustuvor ijodiy tamoyil darajasiga ko‘tarilganligi dalillangan;
-   She’riyatda   lirik   kechinmani   anglatishning   asosiy   vositasi   sifatida   keng
qo‘llaniluvchi   “ko‘ngil”   poetik   obrazi   ham   shakliy,   ham   mazmuniy   jihatdan
asarning badiiy yaxlitligini ta’minlaydigan yetakchi unsurga aylanganligi ko‘rsatib
4
 Parfi Rauf. Saylanma. – Toshkent, Akademnashr, 2013. 41-bet.
5 berilgan;
-   Bashariy   muammolarning   badiiy   talqinida   etakchi   o‘rin   tutuvchi   janrlar
strukturasi   aniqlanib,   falsafiy-estetik   g‘oya   yaxlitligini   ko‘rsatishda   modifikatsiya
tamoyili hamda janriy izlanishlar uyg‘unligi asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari  quyidagilardan iborat: 
                  -   Hozirgi   o‘zbek   she’riyatining   shakllanish   manbalari   hamda   rivojlanish
qonuniyatlari asoslab berilgan;
-   Z amon   va   davr   she’riyatining   tadrijiy   shakllanish   tamoyillari   o‘z   isbotini
topgan;
-   Hozirgi   o‘zbek   she’riyati   muhitidagi   aksariyat   adabiy   janrlar,   jumladan,
lirikaning o‘z davri ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy muhiti zaruriyat va ehtiyoji
sifatida   nisbatan   faollashuvi,   adabiy-estetik   vazifalari   Rauf   Parfi   she’riyati
misolida ochib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati.   Rauf Parfi asarlarining badiiy
qahramon   va   lirik   kechinmalar   ifodasidagi   qarashlarni   o‘rganish   jarayoni   bitiruv
malakaviy   ish   sifatida   o‘rganilayotganligi   ishning   umumiy   ahamiyatini   tashkil
etadi.
Shoir   ijodidagi   badiiy   vositalar,   ulardan   foydalanishda   ijodkor   mahoratini
yoritib   berish   bo‘yicha   qilingan   tahlillarning   mavjudligi   va   ularning   ilmiy
xulosalanganligi bitiruv malakaviy ishining ilmiy qimmatini belgilaydi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   tuzulishi   va   hajmi .   Bitiruv   malakaviy   ishi
kirish,   uch   asosiy   bob,   xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat.
Ishning umumiy hajmi 72 sahifani tashkil etgan.
6 I BOB
RAUF PARFI IJODI VA ADABIY-TANQIDIY QARASHLAR
1-fasl.   Shoir   she’riyati   va   adabiy-tanqidiy   qarashlar.   Rauf   Parfi
(Tursunali   Parfiev)   1943-yil   27-sentyabrda   Toshkent   viloyatining   Sho‘ralisoy
qishlog‘ida   tug‘ilgan.   O‘zbekiston   xalq   shoiri.   ToshDU   (hozirgi   Milliy
universitet)ning   filologiya   fakultetini   tugatgan.   Shoirning   ilk   ijodi   60-yillarning
so‘ngi choragidan boshlangan. Dastlabki she’rlar to‘plami “Karvon yo‘li” (1968).
“Aks-sado”   (1970),   “Tasvir”   (1973),   “Xotirot”   (1974),   “Ko‘zlar”   (1976),
“Qaytish”   (1981),   “Sabr   daraxti”   (1986),   “Sukunat”   (1991),   “Tavba”   (2001),
“So‘nggi vido” (2006), “Saylanma” (2013) kabi bir qator she’riy to‘plamlari nashr
etilgan.   Bayronning   “Manfred”,   Nozim   Hikmatning   “Inson   manzaralari”,   Karlo
Kaladzening “Dengiz xayoli” kabi jahon adabiyotining nodir durdonalarini o‘zbek
tiliga tarjima qilgan. 2005-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.
Rauf Parfining dastlabki kitoblatidan biri hisoblangan “Karvon yo‘li” she’riy
to‘plami   zamonaviy   o‘zbek   she‘riyatida   chuqur   iz   qoldirgan.   Bu   she’riy   to‘plam
chop   etilgandan   so‘ng,   ijodkorning   iste’dodi,   badiiy   mahorati   yanada   teranroq
namoyon   bo‘lganligini   alohida   qayd   etish   lozim.   She’riy   to‘plamga   kirgan   bir
qator   she’rlar   nafaqat   o‘zbek,   balki   yangi   turkiy   adabiyotda   katta   burilish   yasadi
desak, aslo xato qilmaymiz.
Rauf Parfi ijodiga nazar tashlar ekanmiz, shoirning 1986-yilda nashr etilgan
“Sabr daraxti” kitobiga so‘zboshi yozgan o‘zbek adabiyotining buyuk va iste’dodli
ijodkori   Asqad   Muxtor   quyidagi   fikrlarni   qayd   etib   o‘tgan   edi:   “Rauf     Parfi
poeziyada   murakkab   va   dinamik   metaforalar   usulini   tanladi.   Unda   ayrim
obrazlargina emas, balki butun she'r metafora harakatiga quriladi, metafora poetik
tilga, obraz mantiqiga, she'riy tafakkur boyligiga aylanadi”. 5
 
O‘zbek   adabiyotining   yetuk   ijodkori   Asqad   Muxtor   o‘zbek   she’riyatining
5
  Muxtor   A.   She’r   –   shoirning   ijtimoiy   vijdoni   //   Rauf   Parfi.   Sabr   daraxti.   –   Toshkent,   G‘afur   G‘ulom   nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. 3-bet.  
7 yangilanish   jarayoniga   ulkan   hissa   qo‘shgan   Rauf   Parfi   ijodiga   juda   yuksak   va
asosli   baho   bergan   ediki,   bu   esa   bugungi   kunda   ham   o‘zining   qiymatini
yo‘qotmaganligidan   dolalatdir.   Shoir   she’riyatining   poetik   ifoda   shakllari
insonning   qalb   kechinmalarini,   uning   tuyg‘ularini   tarbiyalashga   hamda   bu
she’riyatning   mukammallik   tomonga,   falsafiy   talqinlarni   yuzaga   chiqishiga   katta
imkon   berganligini   ham   ta’kidlash   joizdir.   Shoirning   qoldirgan   badiiy   asarlari
tafakkur  qilishga  qodir  insonlarning boyligi bo‘lib qolganligini  ham alohida qayd
etish lozim. 
Adabiyotshunos Ilhom G‘aniyev qayd etganidek: “Poetik asarning g‘oyasini
lirik kechinmaning mazmuni belgilaydi. Bu o‘ziga xoslikning   takrorsiz, elliktaga
ham yetkazishga asos topiladi. She’rning yuzlab nazariy, falsafiy ta’rif va talqinlari
bor.   Birov   uni   fazl,   zakovat,   fasohat,   hikmat   deydi;   yana   birov   isyon,   Allohga
munojot, dard, girya, faryod, oliy joziba deydi”. 6
 
So‘z   san’atkori   o‘z   dardini   ijodi   mahsuliga   aylantirmay,   balki   o‘zgalar
dardiga   malham   bo‘ladi,   insonlar   qalbiga   ezgulik   urug‘larini   ekadi.   Fasllar
almashinishi   tabiatning   o‘zgarmas   qonuniyatining   tabiiy   jarayoni   hosilasi.   Badiiy
adabiyotda   ham   nuroniy   avlodlar   o‘rniga   navqiron   nasllarning   kirib   kelishi
ma’naviy   ehtiyoj, ruhiy zarurat taqozosidir. Bu badiiy-estetik tafakkurda hamisha
yangi   did   va   estetik   saviyalarning   zohir   bo‘lishi   demakdir.   Tabiat   va   jamiyat
hodisalarini,   odam   va   olam   sir-sinoatlarini   yangicha   tushunish,   yangi   obrazlar   va
badiiy   vositalar   bilan   tushuntirish   san’ati   demakdir.   S h oir   motiv   orqali   asar
mazmuniga daxldor bo‘lgan inson, oila, vatan, or-nomus, ishq kabi motivlarni lirik
voqelik,   kechinmalar   sifatida   tasvirlaydi   va   o‘zi   ko‘rgan,   anglagan   voqelikni
badiiy-estetik jihatdan baholaydi.  
Darhaqiqat,   qayd   qilinganidek,   she’rning   asosida   lirik   kechinmalar   ifodasi
mujassamlashgan   bo‘ladiki,   bu   esa   kitobxonni   qalbini   larzaga   soladi.   Rauf   Parfi
ijodi   haqida   so‘z   yuritgan   shoir   va   tarjimon   Vafo   Fayzullo   shunday   ezadi:   “Asr
boshida   Cho‘lponlar   boshlagan   yangicha   tajribalar   asr   oxirida   Rauf   Parfi
kashfiyotlari   bilan   takomil   topdi.   Bu   XX   asr   dunyo   she’riyatining   o‘rganilishi
6
 G‘aniyev I. Rauf Parfi O‘zturk dunyosi. Monografiya. – Toshkent, Muharrir nashriyoti, 2021. 18-bet.
8 voqeasi. Uning yangiliklari e’tirofga molikdir. Avvolo bu izlanishlar shaklda ham,
ma’noda   ham   o‘zbek   she’riyatiga   yangi   qon,   yangi   jilo   berdi.   Uning   ijtimoiy
mavzudagi   she’rlari   ham   shaxsiy   dard,   kechinmadek   qalbga   yaqin   va   ta’sirchan.
Turkiston   fojiasi   va   iqboliga   bag‘ishlangan   she’rlar   esa   millat   ziyolilarini   turtib
uyg‘otgan ruhi rangin, naqshi nigorli otashin qo‘shiqlardir”. 7
Badiiy asardagi l irik sub’ekt zulmat   va tun so‘zlari orqali jamiyatni, atrof-
borliqni   ulkan   sahnaga   o‘xshatib,   zalning   chiroqlari   o‘chirilgani,   teatr   oynasidagi
qora   pardalar   tushirilgani   va   barcha   e’tibor   sahnaga   qaratilgani   haqida   xabar
beradi. Bunda  zulmat,  qora  parda mazmuniy  konstruksiyalari   ortida  olamning bir
tomoni   bo‘lsa,   shoirning   nurli   darchasi   ikkinchi   tomon   bo‘lib,   yaxlit   olamning
dualistik   boshlanmasiga   ishora   qilinadi.  Bu   ma’naviy   qashshoqlik   bilan   komillik,
ezgulik   va   yovuzlik   kurashi   deb   olinishi   mumkin.   Shoir   zulmatga   qarshi   nurli
darchasini   ochdi.   U   harakatda,   fikr   yuritish,   ijod   qilish,   olamni   zulmatdan
qutqarishga   tayyor   shaxs   sifatida   nurga   yo‘l   ochdi.   Keyingi   yillar   she’riyati   turfa
poetik ohanglar asosida yangilanib borar ekan, bu jarayonlarni eng avvalo,   shakl
va   uslubda   namoyon   bo‘lishi   kuzatilmoqda.   Shakl   hamda   uslub   takomili   adabiy
talqinning   turli   shakllarini,   poetik   talqinlarni   vujudga   keltiradi.   Insoniyat   qalbini
anglashga   bo‘lgan   ehtiyojning   ortishi,   she’riy   asarlarni   yanada   takomillashuvi
uchun asos bo‘lmoqda. 
Yozuvchi va adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam qayd etganidek: “Adabiyot
o‘tmish,   bugun   va   kelajakni   bog‘lovchi   shunday   bir   ko‘prikki,   hech   bir   boshqa
vosita   uning   qadar   ishonchli   bo‘lolmaydi,   uningchalik   insonga   yaqin   kelolmaydi.
Ha,   adabiyot   moziyga   tayanadi,   hozirning   havosidan   simirib,   kelajakka   ko‘z
tashlaydi,   kezi   kelganda   uni   bashorat   etadi”. 8
  Ijtimoiy   munosabatlarning
keskinlashuvi, dunyoqarash va didning saralanishiga o‘ziga xos sharoit tug‘diradi,
natijada ijtimoiy ohang tahlili o‘rnini ko‘ngil maylini ifodalovchi talqinlar egallay
boshladi.   O‘zgarib   borayotgan   poetik   tasvir   jahon   adabiyotida   yetakchilik   qilishi,
o‘zbek she’riyatini turli aspektda o‘rganish, poetik didlararo milliy ifoda kesimida
7
  Файзуллоҳ   Вафо.   “Мен   сувман   ҳали   ҳеч   ким   ичмаган”.   Қаранг:   Рауф   парфи.   Туркистон.   Сайланма.   –
Тошкент, “Шарқ”, 2013. 15-бет.
8
 Ҳамдам У. Янгиланиш эҳтиёжи. Илмий-адабий нашр. – Тошкент, “Фан”, 2007. 11-бет.
9 shakliy   izlanishlarni,   poetik   talqinlardagi   o‘zgarishlarni   nazariy   tahlil   etishga
ehtiyoj tug‘dirdi. 
Yuzaga   kelgan   poetik   yangilanish,   shu   jumladan,   tafakkurdagi   o‘zgarishlar
falsafiy-ruhiy   umumkayfiyatni   keskin   o‘zgarishiga   imkon   yaratdi.   Jahon
she’riyatidagi   poetik   talqiniy   o‘zgarishlardagi   ilg‘or   an’analar   ta’siri   o‘zbek
she’riyatiga   ham   o‘z   ta’sirini   o‘tkaza   oldi.   Uslubiy-shakliy   izlanishlarda   botiniy
fikr uyg‘unligini  namoyish qilish asosiy poetik talqin sari  yuzlandi. She’riyatdagi
shakliy   ixchamlikka   intilish,   falsafiy   mushohada   tig‘izlashuvini   badiiy   mezon
darajasiga ko‘tarilishi uchun imkon yaratdi. Asrlar davomida shakllangan she’riyat
sayqallangan, barqarorlashgan  va taraqqiy topgan adabiy mohiyat zamon talabiga
muvofiq   tubdan   yangilandi,   haqli   ravishda,   adabiyotshunoslik   nazariyasi   va
estetikasi poetik talqiniy izlanishlarni yangicha ilmiy tafakkur asosida o‘rganishni
kun   tartibiga   chiqardi.   Vatan   mavzusining   badiiy   talqini   XX   asr   o‘zbek
she’riyatining yetuk vakillari CHo‘lpon, Oybek,   Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom,
Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Jamol Kamol, Omon Matjon,
Abduvali   Qutbiddin,   Muhammad   Yusuf,   Bahrom   Ro‘zimuhammad,   Faxriyor,
Sirojiddin   Sayyid,   Ulug‘bek   Hamdam,   Oydiniso,   Go‘zalbegim   kabi   bir   qator
ijodkorlar ijodida qabarib ko‘rinadi. 
Ayniqsa, badiiy adabiyotda shakllangan Vatan mavzusini har bir ijodkor o‘z
zamonasida   yangilashga,   poetik   talqin   nuqtayi   nazardan   boyitishga   intiladi.   Bu
mavzuning   talqinlarida   his,   tuyg‘u,   fikr,   marom,   kayfiyat,   holat,   tasvir   va   tavsif
qorishuvi jahon san’atining ilg‘or tajribalariga hamohangligi badiiyatda esa o‘ziga
xos   talqinlarni   yuzaga   chiqarganligini   poetik   tasvirlarda   kuzatish   mumkin.
“Hayotda   shunday   odamlar   borki,   ular   o‘z   hunari   va   kasb   korini   nuridiydasi
qatorida   qadrlaydi,   ardoqlaydi.   Ularning   tirikligi   hunar-ilmi   yoki   san’ati   bilan
bog‘liq.   Sevgan   hunarsiz   –   san’atsiz   hayot   ular   uchun   o‘z   ma’nosini   yo‘qotadi.
Buning   sababi   shundaki,   bu   xildagi   odamlar   uchun   san’at   –   uning   qaysi   turida
bo‘lishidan   qat’iy   nazar   –   yashash   quroli,   kurash   vositasi,   o‘zligining   namoyish
qilish, jo‘nroq qilib aytganda, hayotda borligini anglatib turish belgisidir”. 9
 
9
 Қўшжонов М., Мели С. Абдулла Орипов. – Тошкент, Маънавият, 2000. 8-бет.
10 She’riyatdagi  kechinmaga berilgan ta’riflarning turfaligi muammoning aniq
y echim   topishida   biroz   qiyinchilik   tug‘diradi.   Masalan,   “Poeziyaning   murakkab
muammolaridan biri ratsionalizmdan o‘z o‘rni, me’yorida foydalanilgani  holda, u
bilan  doimiy   “munozara”  qilishdan,   ma’lum   ziddiyatga   kirishishdan   iborat” 10
.  Bu
y erda   shoirning   real   borliq   va   sub y ektiv   olam   o‘rtasidagi   holati,   kechinmasiga
ishora   bor.   Chunki   ratsionallik   bilan   bahsga   kirishar   ekan,   shoir   o‘z   motiv   va
kechinmalarini   ratsionalizmga   qarshi   qo‘yadi.   Demak,   motiv   va   kechinmada
ratsionallik   ma’lum   me’yorda   bo‘lishi   lozim.   Biroq   ko‘payib   ketsa,   she’rdagi
kechinma   va   motiv   birligiga,   umuman   olganda,   badiiyatga   putur   yetadi.   Asl
shoirlarning tarjimayi holi nihoyatda qisqa, taqdirlari esa uzun bo‘ladi. Tug‘ilish-u
so‘nggi nafas oralig‘ida kechgan umr, bu - yorug‘ qismat, achchiq taqdir. Tun bilan
kunlarning,   shom   bilan   tonglarning   o‘rin   almashinishi,   bu   -   tabiat   hayotining
shunchaki   bir   odatiy   ko‘rinishi,   holati   emas.   U   -   ezgulik   bilan   yovuzlik,   mutelik
bilan   erkin   nafas,   yaxshilik   bilan   yomonlik,   adolat   bilan   yolg‘on-riyo,   nur   bilan
zulmat   o‘rtasida   kechadigan   azaliy   va   abadiy   kurash,   muhoraba   jarayonlari.
Qismat - bu she’riyat. Uni birovga cho‘pchak qilib aytish qiyin; yolg‘iz dil-dildan
chuqur tuyish, his etish mumkin, xolos.
Rauf   Parfi   qo‘liga   qalam   tutgan   asnolardan,   she’r   -   uning   uchun   qismatga,
bir   umrlik   taqdirga   aylangan   edi.   Aslida,   o‘zbekning   shoiri   bo‘lish   nihoyatda
mas`uliyatli.   She’riyatda   shoirning   birovdan   yashiradigan   maxfiy   narsasi   yo‘q.
Faqat   she’rning   sir-asrori   cheksiz   imkoniyatlari   chegarasizdir.   Bu   -   badiiyatga
aylangan   qismat.   Taqdirning   olov   ko‘zlarini   ko‘ngliga   joylagan   she’r.   Rauf   Parfi
ilk   she’rlaridanoq   dunyoqarashi,   ruhiyati,   ma`naviy   e’tiqodi   shakllangan   ijodkor
sifatida o‘zligini namoyon qildi. “Modernizm bugungi o‘zbek she’riyatining jiddiy
uslubiy   yo‘nalishlaridan   bo‘lib,   milliy   poeziyamizning   yanada   ta’sirchan   va
tarovatli   bo‘lishini   ta’minlayotir.   Bugungi   o‘zbek   she’riyatida   o‘ziga   xos
yo‘nalish   yaratgan   shoir   Rauf   Parfi   milliy   modern   she’riyatining   asoschilaridan
biri   va   eng   yirik   vakilidir”,  -   deb   yozgan   edi   professor   Qozoqboy   Yo‘ldoshev. 1
Rauf Parfi o‘zining mazmundor ijodi bilan she’riyat muxlislarining mehrini
10
Акрамов Б. Шеърият гавҳари. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. 107 - бет.
11 qozongan ijodkordir. Turli mavzularni qamragan Rauf Parfi ijodi kitobxonning dil
torlarini nozik ma`nosi   bilan   chertadi. Uning   she’riyatidagi o‘ziga xos falsafa bilan
birga   so‘z   qo‘llash   mahoratini   alohida   ta`kidlash   lozim.   Shu   bilan   birga   ijodkor
she’rlarida   rang-barang   badiiy   san’atlarni   ham   o‘rinli   qo‘llagan.   Shu   jumladan,
shoir   talmeh   san’atining   ajoyib   na’munalarini   yaratib,   poetik   maqsadini   amalga
oshirgan.   Talmeh   (“nazar   solmoq”)   she’r   yoki   nasrda   mashhur   tarixiy   voqealar,
afsonalar,   adabiy   asar   qahromonlarni,   mashhur   shaxslar   yoki   maqollarga   ishora
qilmoq   san`atidir.   Rauf   Parfi   ijodida   badiiy   tasvir   vositalaridan   unumli
foydalanilgan.   Jumladan,   talmeh   san’ati   ijodkorning   falsafiy   ruhdagi   she’rlariga
yangi   ijodiy   ruh   bag‘ishlaydi.   Shoir   ijodida   qo‘llanilgan   talmeh   san’atining
quyidagi   mavzu   guruhlarini   uchratamiz:   1)tarixiy   shaxslar   nomi   bilan   bog‘liq
talmehlar:
Tunlar bosib kelar dunyo hasrati,
Kunlar   gizli   tug‘yon,   bosib   kelar   she’r. 
Nechuk qismat erur, shoir qismati?!
Tushlarimni   buzar   hazrat   Alisher…
Qayd   qilingan   misralarga   nazar   tashlar   ekanmiz,   ijodkor   shoirlik   qismati
haqida ta’sirli va asosli fikrlarni bildirib, turkiy adabiyotini rivojiga hissa qo‘shgan
XV   asrda   yashab   ijod   qilgan   Alisher   Navoiy   nomiga   ishora   qilgan.   Yana   bir
bandda   shoir   ona   vatan   muhabbati   hamda   ajdodlar   yodi   haqida   teran   fikrlar
bildirib, fors-tojik adabiyotining mashhur mutafakkiri Abulqosim Tusiy (Fidavsiy)
nomi keltirilgan:
  Firdavsiy   bir zamon aytgani kabi
  Har   ne   o‘tkinchidir,   fanoning   o‘zi, 
  Faqat ikki narsa qolur abadiy –
  Botirning   shavkati,   dononing   so‘zi.  
Poetik   obraz     shoirning   badiiy   niyati,   asardagi   muammolar   tizimi,   asar
g‘oyasi,   mavzu,   kechinmalarning   umumlashma   tarzda   ifoda   qiluvchi
badiiy-falsafiy     vosita   sifatida   qadrli   hisoblanadi.   Lekin   har   bir   shoir   o‘z
she’rlaridagi   poetik   obrazga   individual   yondashadi.   Natijada   har   bir   shoir   ijodida
12 o‘ziga xos obrazlar yuzaga keladi. Masalan, Chori Avaz ijodini o‘rganganimizda,
undagi poetik obrazlar (kino, rangtasvir) san’atga yaqinligi, biroz sodda, samimiy
va qisman adolatparvar, isyonkorroq tabiati bilan ajralib turishiga guvoh bo‘ldik. 
Badiiy   tafakkur   yuritish   jarayonida   ijodkor   real   borliqni   mushohada   qiladi.
Shoir  aniq  obraz  va  konkret   sharoitdagi  lirik  voqealik   asosida   mushohada   yuritar
ekan, unga o‘zining badiiy niyati, g‘oyasini singdirib yuboradi. “G‘oya hayotning
o‘zida kechgan voqea va hodisalarning mushohada qilish tufayli hosil bo‘lganidek,
adabiy   asarning   g‘oya   mazmuni   ham   unda   tasvir   etilayotgan   voqeaning   bevosita
mushohada   etilishi   natijasida   o‘quvchi   zehnida   tug‘iladi” 11
.   Voqeaband   lirikada
voqeaning vosita ekanligi, voqeaning lirik kechinmani ifodalovchi detallari hamda
kulminatsion   nuqtalariga   e’tibor   qaratilishi,   voqeaband   lirikada   lirik   syujet,   lirik
kompozitsiya   boshqa   she’rlarga   nisbatan   aniqroq   namoyon   bo‘lishi   ta’kidlangan.
Lirik   syujet   lirik   mazmunni   qanday   ifodalashi   mumkinligi   haqida   mulohaza
yuritib, uning matni epik asar matniga nisbatan sezilarli darajada qisqaligi, mazkur
qisqalikda esa lirik ekspressivlik, u orqali esa yashirin ravishda meditativlikka yo‘l
borligini ta’kidlaydi 12
. 
Badiiylik   qonuniyatlari   shoir   she’riyatining   mukammal   tamoyillari
h i soblanadi.   Shuning   uchun   bo‘lsa   kerakki,   insonni   anglash,   uning   turli
kechinmalarini talqin etish ijodkorning badiiy g‘oyasida mujassamlashadi. Chunki
voqeaband   she’rda   ham   hayotiy   voqealar   asosida   shoirning   ma’lum   g‘oyasini
namoyon etuvchi kechinmalar oqimi asar syujetini tashkil etuvchi omil bo‘la oladi.
Shu   ma’noda   voqeaband   lirikada   syujet   va   g‘oya   mutanosibligi   lirik   she’r
badiiyligini ko‘rsatuvchi yetakchi xususiyatlardan hisoblanadi. 
Erkin   vaznda   yozilgan   ushbu   she’rda   birinchi   qarashda   shoir   borliq   haqida
mushohada   yuritayotgandek   tuyuladi.   Shoir   mushohada   yuritar   ekan,   gapni
uzoqdan   boshlaydi,   muammoni   (Osmon   yengilligi)   qo‘yadi-da,   voqealarni   (lirik
syujetga   osmonning   shardek   yengilligi,   go‘dak   kaftida   ko‘tarishi   kabi)
rivojlantiradi, muammoni muhokama qiladi. Sabrli o‘quvchi gap nimada ekanligini
kutadi.   Ziyrakrog‘i   esa   shaxs   erki   haqida   ekanligi   va   uning   hech   kimga   og‘irligi
11
  Sulton Izzat. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvhi, 2005. 108 -bet . (272)
12
  Sulton Izzat. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvhi, 2005. 10 9-bet.
13 tushmasligini   darhol   fahmlaydi.   Rauf   Parfi   ijodida   esa   makon   va   zamon
masalasiga   poetik   manzarada   oniy   shuurini   aksi   sifatidagina   emas,   balki
zamonning katta bir polotnosi sifatida qaraydi. 
Rauf   Parfi   lirikasida   makon   va   zamon   masalasiga     yondashganda,
birinchidan,   shoir   makoniy   chegaradan   fazoviy   chegaraga   qadar   erkin   uchishni
hayot tarziga aylantirishni ma’qul deb hisoblaydi; ikkinchidan, voqelikni tahlili va
savol-javob   tarzidagi   baholashlari   zamirida   insoniyat   estetik-tafakkuri   qabarib
ko‘rinadi;   uchinchidan,   iymon,   e’tiqod,   maslak   birligida   o‘z   «men»ini   kashf
qilishni   maqsad   qiladi;   to‘rtinchidan,   inson   mohiyatiga   qaratilgan   mulohazalarida
zamonni   muammolari   bilan   bog‘liq   holda   tahlil   qilishni   hayot   a’moli   darajasiga
ko‘taradi.   Hotam   Umurov   fikricha,   “Asardagi   g‘oyaning   tug‘ilishiga   ishontirgan
asardagi   voqea   (voqealar   silsilasi)ni   syujet   deb   yuritish   odat   tusiga   —   ijodiy
jarayonning asosiy qonuniyatlaridan biriga aylangan”. 13
Voqeaband   she’ridagi   badiiy   zamon   va   makon   muammosi   turlanuvchan
xususiyatga ega bo‘lib, adabiyotshunos Damin To‘raev uning botiniy jihatiga urg‘u
beradi:   “Hozirgi   o‘zbek   she’riyatida   insonparvarlik   muammolari   faqat   odamiylik
fazilatlarini   ulug‘lash   va   insonlikka   zid   xulq-atvorni   qoralash   tarzida   (aslida
ma’naviy   tarbiya   axloq   ilmi   va   she’riyatning   ham   vazifasi   bo‘lsa-da)   tasvirlash
bilan cheklanmay, inson ruhiy olamida yashiringan botiniy va sirli olamlarni kashf
etish va teran tahlil etishga intilish kuchayib borayotganligi  quvonarlidir” 14
. Olim
shoirlar   botiniy   makonini   tasvirlar   ekan,   undagi   yangidan   yangi   kechinmalarni
kashf etib, ko‘ngilning o‘zini ulkan xronotopga aylantirganiga ishora bergan. 
Umuman   olganda,   Rauf   Parfi   ruhiyatida   idrok   etilgan   falsafiy-estetik
qamrov   ham   yuqoridagi   mulohazalarga   mos   keladi.   Badiiy   obraz   va   obrazlilik
deganda  borliq, undagi inson, tabiat, narsa, hodisa kabilarning shoirlar tomonidan
tushunilishi,   anglanishi,   tasavvur   etilishi   natijasida   badiiy-estetik   ideal   muvofiq
ravishda   qayta   ifoda   etilgan   modusini   tushunish   lozimligi   ta’kidlangan.   Aslida
voqelik   lirik obraz tilidan bayon qilinadi. Lekin u muallifdan farq qilgani  uchun
she’rdagi  personajni “lirik men” atamasi bilan atash odati bor. Hozirda “lirik men”
13
Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси.  – Тошкент: Sharq, 2002 . – Б. 129. (256) 
14
 Тўраев Д. Янги ўзбек шеърияти.  – Тошкент: Фан, 2008. 163 - бет.
14 atamasi   lirik   qahramon,   lirik   obraz,   lirik   sub’ekt   atamalarining   sinonimi   sifatida
qaraladi. Manbalarda ham “lirik men” nisbatan kamroq ishlatiladi. 
Obrazning   muhim   shartlaridan   biri,   unda   tasvirlanayotgan   shaxs   ruhiyatini,
ichki   olamini   ochish,   uning   olamga   qanday   munosabatda   bo‘lishini   ifodalash
hisoblanadi.   Rauf   parfi   falsafiy-estetik   tafakkurida   bir   qadar   murakkab   obrazlar
galereyasi,   mazmuni   izohtalab   so‘zlar   mavjudki,   ularni   anglash,   tushunish
o‘quvchidan   jiddiy   tayyorgarlikni   talab   qiladi.   Haqiqiy   lirik   ifodada   obraz   teran
mazmuniy   ehtirosga   to‘la   bo‘ladi.   Obraz   ramz   va   timsollar   negizida   yuzaga
chiqmas ekan, maishiy kundalik turmushimizda uchrab turadigan axborotdan farqi
yo‘q.   Deylik,   she’rni   o‘z   ma’nosida,   ko‘chma   ma’nosida,   yoki   boshqa   sirli
tomonlari negizida tahlil qilganimizda obrazga duch kelamiz. Unga ro‘baro‘ kelib,
shoir nazaridagi dunyoni kashf qilamiz. 
Uning   har   qanday   kayfiyatidan   ohorli   bir   obraz   yaratishga   qodirligini
anglatadi.   Zero,   muhabbatni   anglash   uchun   muhabbatli   bo‘lish   kerak   degan
falsafani   k o‘ngil   tematikasida   aniqlab   olish   lozim.   Poetik   jihatdan   olib   qaralsa,
yo‘lovchi manzilga chiqdi, u o‘sha visol manziliga yetib borayotganida, sog‘inchni
axtaradi,   uni   asrab   avaylagan   tumor   kabi   boshqalarga   ko‘z-ko‘z   qilishga   botina
olmaydi.   Biroq   fe’l-u   atvori   izlanishga   moyil   lirik   qahramon   ko‘nglim   siymosida
olam muhabbatini tuygan oshiqdek parvona misoli yashaydi. 
Professor   Q.Yo‘ldoshevning   qayd   etishicha:   “Asl   badiiylik   hech   qachon
ommaviy   bo‘lmagan.   Bunday   san’at   hammaga   tushunarli   ham,   hammaga   ma’qul
ham   bo‘lolmaydi.   Sho‘roviy   mafkura   ta’sirida   san’atga   san’at   deb   emas,   balki
hayotning   davomi,   uning   qismi   deb   qarashga   odatlanilgan.   Endi   hayotga
o‘xshamaydigan,   uni   aks   ettirmaydigan,   balki   o‘z   holicha   yangi   estetik   hayot
sanaladigan chinakam san’at asarlari yaratila boshlandi. Buning uchun ijodkorlarda
eksprimentlar qilish, sinovlar o‘tkazish, izlanish, xatolar qilish va ularni to‘g‘rilash
imkoni bo‘lishi kerak”. 15
Darhaqiqat,   ijodkorning   turfa   olami   uning   she’riyatida   namoyon   bo‘ladi.
Rauf   Parfi   she’riyati   o‘zbek   she’riyatining   yangilanishiga,   badiiy   takomillashiga
15
  Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. –Т., Янги аср авлоди. 2006. 168-169-betlar.
15 ham bevosita xizmat  qildi. Bir qator adabiyotshunoslar  shoir ijodiga yuksak baho
berdiki, bu esa ijodkorning poetik mahoratidan dalolat berar edi.
“Adabiy   jarayonda   an’ana   va   novatorlik   o‘rtasida   dialektik   aloqa   mavjud.
Zotan,   har   qanday   badiiy-estetik   yangilik   adabiyot   taraqqiyoti   ichki   omilini
ta’minlashi,   badiiy   tafakkur   rivojiga   sezilarli   ta’sir   etishi   va   nihoyat,   an’anaga
aylanishi bilan xarakterlanadi. 
Iste’dodli   so‘z   zargari   Rauf   Parfi   o‘z   davri   uchun   muhim   badiiy-estetik
ehtiyojlarni   chuqur   his   etadi.   Ular   ma’naviy-ruhiy   olamida   bergan   aks   sadolarni
tinglar   ekan,   an’anaga   ehtiromli   munosabatda   bo‘ladi.   Shu   asosda   mazmuniy,
shakliy,   ifodaviy,   janriy,   ritmik-intonatsion   va   boshqa   novatorliklar   yuzaga
keladi”. 16
 Aytish joizki, iqtibosda ikki jihat qayd qilingan fikrimizga quvvat beradi,
birinchidan an’ananing tagida adabiy strategiya mavjud, ikkinchidan, o‘sha adabiy
jarayonda shakliy-mazmuniy izlanishlar barq uradi. 
Shuning   uchun   ham   Rauf   Parfi   she’riyati   adabiyotshunoslar   tomonida
yuksak   baholandi,   baholanmoqda,   uning   har   bir   satridan   anglashilgan   mohiyatni
izlashga, tushunishga harakat qilinmoqda.
2-fasl.   Shoir   she’riyatida   Vatan   mavzusi.   Biz   she’riyatga   nazar   tashlar
ekanmiz,   uning   poetik   ifoda   shaklida   insonni   anglash,   Vatan   uning   qadrini
tushunish   kabi   qator   qarashlar   o‘zining   badiiy   ifodasini   topganligini   kuzatish
mumkin.   Bu   xususiyatlar   shakl   va   mazmun   yaxlitligi   she’riyatda   ritmning
tovlanishlariga ham yo‘l ochadi. Shakl o‘ziga xos mazmunni tanlasa, undagi fikriy
izchillik   mantiq   chegarasidan   tashqariga   chiqmaydi.   Unda   hayot   haqiqati   bilan
olishayotgan   shoir   tasavvurlari   murosaga   kirisha   boshlaydi.   Natijada   mazmun
yangilanadi. 
Rauf   Parfi   ijodida   Vatan   mavzusini   etakchilik   qilishining   sababalari   ham
bejiz   emas.   Asrlar   davomida   shakllanib   kelgan   an’analarning   ta’siri   beqiyos   edi,
chunki xalq og‘zaki  ijodidagi an’analarning badiiy ifodasi, talqin usuli – bularning
barchasi   shoirning   shakllanishiga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazganligini   ham   qayd   qilish
lozim. Shoir  nafaqat  xalq og‘zaki ijodini, shu bilan mumtoz va jahon she’riyatini
16
  Истиқлол адабиёт танқид. –Т., Турон замин зиё. 2015. 115-bet.
16 ham   mukammal   anglagan,   his   etgan.   Shuning   uchun   ham   Cho‘lponlar   boshlagan
ijodiy   na’analarni   izchillik   bilan   davom   ettirish   va   uni   mukammal la shtirish
yo‘lidan bordi.
Rahimjon   Rahmat   e’tiroficha:   “O‘z   vaqtida   manfur   kommunistik   tuzum
diniy-mistik   saroy   adabiyoti,   reaksion   adabiyot   degan   yorliqlar   bilan   klassik
merosimizning   salkam   to‘qson   foizini   ko‘zimizdan   nari   tutgandi.   Sovet
ijodkorlarining   temir   qo‘llar,   tosh   bilaklar,   beton   zavod   kanal   qurilishi   haqidagi
asarlarini   esa   qalbimiz   qabul   qilmadi.   Shundan   keyin   asar   mutolaasiga   bo‘lgan
ehtiyojimiz   tufayli   Yevropa   adabiyotiga  yuzlandik.   Insonga   xos   his-tuyg‘ular   aks
etgan adabiyot bizni mahliyo aylab qo‘ydi”. 17
 Demak, XX asr tongida ro‘y bergan
ijtimoiy-pisxologik, madaniy-ma’rifiy kayfiyat badiiy shakl  janrlarini ham tubdan
yangilanishga yuz tuttirdi. 
Yozuvchi Nazar Eshonqul: “She’r bo‘lishi uchun yana boshqa narsalar kerak.
Hech   qursa,   yangi   tashbeh   va   yangi   majoz   kerak.   Balki   bunaqa   ta’rif
adabiyotshunoslik   uchun   biryoqlamadir,   lekin   men   she’rni   timsollar   tilida
gaplashish   san’ati   deb   tushunaman.   Ko‘z   oldida   turgan   narsa-hodisaning   yangi
timsoli   –   metaforasini,   yangi   manzarasini,   yangi   ko‘rinishini,   yangi   qirrasini   –
ritmikada   bera   olish   san’ati   –   men   uchun   shoirlik.   Timsolsiz   she’r   yalang‘och
odamga   o‘xshaydi.   Shuning   uchun   u   qofiyalimi   yo   qofiyasiz,   ohangdormi   yoxud
ohangsiz   ekani   unchalik   muhim   emas,   muhimi   voqelikka   yangi   timsol,   yangi
metafora   topib,   o‘shani   ritmikaga   solib   bera   olgan   bo‘lsa,   men   she’r   deb
tushunaman”. 18
 
Shoir   she’riyatining   shakl   va   mazmun   yaxlitligi   she’riyatda   ritmning
tovlanishlariga ham yo‘l ochadi. Shakl o‘ziga xos mazmunni tanlasa, undagi fikriy
izchillik   mantiq   chegarasidan   tashqariga   chiqmaydi.   Unda   hayot   haqiqati   bilan
olishayotgan   shoir   tasavvurlari   murosaga   kirisha   boshlaydi.   Natijada   mazmun
yangilanadi.   Oddiy   tashbehdan   universal   ma’no   tashishi   shoirga   o‘ziga   xoslik
bag‘ishlaydi.   Jumladan,   she’riyatda   armon   va   iztirob   doimo   yonma-yon   yuradi.
Shu bois, lirik kechinma tabiatida iztirobli voqelik bo‘y ko‘rsatgan.
17
 Раҳимжон Раҳмат. Адабиётдан чиқиш. –Тoshkent, Академнашр. 2015. 59-bet.
18
  Назар Эшонқул. Ижод фалсафаси. –Т. Академнашр. 2018. 213-bet.
17   “Hozirgi   o‘zbek   she’riyatida   insonparvarlik   muammolari   faqat   odamiylik
fazilatlarini ulug‘lash va insoniylikka zid xalq-atvorlarini   qoralash tarzida (aslida
ma’naviy   tarbiya   axloq   ilmi   va   she’riyatning   ham   vazifasi   bo‘lsa-da)   tasvirlash
bilan cheklanmay, inson ruhiy olamida yashiringan botiniy va sirli olamlarni kashf
etish va teran ruhiy tahlil etishga intilish kuchayib borayotganligi quvonarlidir”. 19
 
Darhaqiqat, aynan insonparvarlik tushunchasi odamzod tabiatida bor narsa. U
she’r   shakliga   kirgandagina   ohorli   tashbehlarga   burkanadi.   Har   qanday   tur   va
janrda   shakl   va   mazmun   ifodasini   mavjudligini   qayd   etgan   holda,   modern
she’riyatda   shakl,   mazmunga,   mazmun   esa   shaklga   o‘tib   turadi.   Bu   esa
she’riyatdagi o‘ziga xos badiiy ritmni  yuzaga chiqaradi. Shu asosda, qarashlar  va
talqinlar zamiriga falsafiy tushunchalar singdiriladi.
Keyingi yillarda turfa xil shakliy izlanishlar yuzaga keldiki, buning natijasida
fikr va tuyg‘uni ifodalash usullari uchun badiiy tashbehlarni qo‘llash usulida ham,
yuksak badiiy mahorat  zarurligi  namoyon  bo‘ldi. Noan’anaviy obraz va timsollar
ijodkor g‘oyaviy niyatini yuzaga chiqarish imkonini bergan.
Milliy ruh har bir xalqning mental xususiyatlaridan kelib chiqar ekan, “sayyor
syujet”ga   ega   she’riy   shakllarda   istaymizmi   yo‘qmi,   o‘zining   qiyofasini,
mazmunini,   kayfiyatini   to‘laqonli   namoyon   qiladi.   Oqibatda   ana   shu   mental
xususiyatdan   kelib   chiqib,   she’rning   mohiyatida   nima   gizlanganligini   bilish
unchalik   qiyinchilik   tug‘dirmaydi.   Fransuz   adibi   Albert   Kamyu   shunday   yozadi:
“San’atkor dunyoni o‘z tushunchasiga ko‘ra quradi. Tabiat musiqasidagina hudud
va zamon yo‘q. Borliq esa hech  qachon jim  turmaydi:  hatto sukunat  payti  ham  u
bizdan taralayotgan ohanglarga aks-sado berib, o‘zining azaliy kuyini chalaveradi.
Biroq   bizga   tushunarli   bo‘lgan   tovushdan   hamisha   ham   ohang   chiqavermaydi   va
musiqa   bo‘lavermaydi..   Musiqa   o‘zaro   uyg‘unlik   tugagan,   ohang   tovushga
aylangan, bizning hissimiz va kechinmalarimizga mos tabiatdagi tartibsiz ohanglar
tartiblashuviga kirishgan joydan boshlanadi”. 20
 
Davrning   kayfiyati   qaysidir   jihati   bilan   inson   fe’l-atvorida,   yashash   tarzida
aks   etadi.   Ammo   Rauf   Parfi   ijodiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   uning   qalb   istiroblari
19
  Тўраев Д. Давр ва ижод маҳсули.  –  Тошкент, Академнашр, 2008. 44-бет.
20
 Камю А. Исён ва санъат. // Жаҳон адабиёти. -1997. №1. 185 - бет.
18 lirik qahramonning kechinmalariga, tuyg‘ulariga singdiriladiki, bu ham bejiz emas
edi. Iste’dodli adib ijodidan o‘rin olgan asarlarning mohiyati, unda ilgari surilgan
qarashlarning zamirida inson qismati, taqdiri, fojiali hayoti mujassamlashganligini
kuzatish   mumkin.   Rauf   Parfi   qanchalik   qiyin,   murakkab,   istibdod   zamonida
zamonida   moddiy,   ruhiy   qiynalib   yashamasin,   qalbidagi   tuyg‘ularni   borlig‘icha
talqin etishga intilganligini his etish mumkin.
Adabiyotshunos   Nurboy   Jabborov   qayd   qilganidek:   “Mohiyatan
umuminsoniyatga   daxldor   bo‘lsa-da,   adabiyot   milliy   shaklda   namoyon   bo‘ladi.
O‘zida   millatning   ruhini   ifodalaydi.   Bu   xususiyatlar   she’riyatda,   ayniqsa,
yaqqolroq   bo‘y   ko‘rsatadi.   Zamonlar   o‘rin   almashaveradi,   tafakkur,   taxayyul
evrilaveradi... Bundan qat’iy nazar, har qanday holatda adabiyotning, she’riyatning
darajasi   ikki   mezon   –   milliy   ruh   va   mahoratga   ko‘ra   belgilanadi”. 21
  Asosli
ta’kidlanganidek,   milliy   ruh–insoniyatni   o‘zligini   anglashga,   o‘z   tarixiy
an’analarga   ijodiy   yondoshishda   yanada   teranroq   namoyon   bo‘ladi.   Shoir
she’riyatiga   nazar   tashlaylik,   undagi   Ona   vatanga   bo‘lgan   muhabbatning   o‘ziga
xos talqinlari, uning badiiy ifoda shakllarining barchasida ijodkor meni yetakchilik
qiladi:
Uyg‘onar Turkiston, uyg‘onar dunyo, 
Porloq umidlarga to‘lib kun botar. 
Baxt singari olis yulduzlar, go‘yo, 
Azal go‘zallikning sh a mini yoqar. 22
 
Buyuk   Turkistonning   qochondir   uyg‘onishini,   hali   oldinda   juda   katta
umidlar   borligini,   uning   zamirida  osmonimiz   musaffo  bo‘lishini   qalban  his   etadi.
Lirik   qahramonning   kechinmalaridagi   uzviylik,   xalqning   nidosi   bo‘lib   yuzaga
chiqadiki,   buning   zamirida   ham   asoslar   mavjud.   Azaliy   erkini,   o‘z   ozodligini
topishga   umid   borligidan   dalolat   beradi.   Lirik   qahramonning   tuyg‘ularida   o‘ziga
xos olamni anglashning mohiti mavjudligini his etadi.
Ko‘nglim osmon yanglig‘. Yorishdi osmon, 
21
Жабборов   Н.   Миллий   руҳият   жилвалари.   Қаранг:   Замон.   Мезон.   Шеърият.   –   Тошкент,   Ғафур   Ғулом
номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. 43-бет.
22
  Рауф парфи. Т a вба. Шеърлар. – Тошкент, “Ёзувчи “ нашриёти, 2000. 6-бет.
19 Kelur ot o‘ynatib xaloskor sarboz. 
Yorqin saharlarda Sen Ruhim, omon, 
Yuksak-yuksaklarga qilaber parvoz. 23
 
Ta’kidlanganidek,   hali   osmonning   mussofo   bo‘lishi,   uning   zamiridagi
haqiqatning   qaror   topishiga,   bir   kuni   biz   kutgan   Sarboz   ham   keladi,   faqat   uning
erki , ozodligi bilan kelishini istaydi. 
Ey Samo, ey Zamin, ey Inson – Qodir, 
Gullar, chelaklarga to‘lsin oydin yo‘l. 
Nafosatga axir chidamli odam. 
Bu kun sen boshqasan, Dunyo boshqadir, 
Sen-da Hur tug‘ilding. Bir so‘zla. Bir o‘l. 
Va bilgil qaylarda sarsondir Alam. 
Darhaqiqat,   shoir   she’riyati   insonni,   Vatanni   anglashga,   uni   his   etishga,
mulohazalar yuritishga undaydi. E’tibor berilsa, shoir o‘z she’riyati bilan ijtimoiy
ruhni   hodisaga   aylantira   oldi.   Endi   hamma   gap,   uni   yuzaga   chiqishi   bilan   uzviy
bog‘lanib   ketadiki,   bu   dardning   alami   ham   borligini,   bir   so‘z   bilan,   Vatanni
anglashga imkon beradi.
Shoir   she’rlarida   asarlarga   murojaat   qilib,   mashhur   asar   qahramonlari
nomini keltiradi. Bu orqali ijodkor asar qahramonlariga tarif-u tashbehlar keltirib,
insonlarni   shunday   mashhur   shaxslarga   xos   xislatlar   o‘zlarida   mujassam   etishga
chorlaydi.   Bir she’rida turkiy tillar rivojiga hissa qo‘shgan bobokalonimiz Alisher
Navoiyning   “Xamsa”   dostonlaridan   “sevgi   haqidagi   eng   dardli   qissa”   deb
ta`riflangan   “Layli va Majnun”dagi qahramonlarga ishora  qilgan: 
                 Yuragim   zindoni,   bir   yalong‘och   dor,
                 Sollanib turadir faqat men uchun. 
                 Bunda   bir   muhabbat,   zahri   qotil   bor, 
                 Bu   zindonda   bir   Laylo   bor,   bir  Majnun. 
           Rauf Parfi hatto jahon   adabiyoti namoyondasi   Vilyam Shekspir ijodiga ham
murojaat etib, uning mashhur asari   “Hamlet”ning bosh qahramoni Hamlet obrazini
23
 Рауф  P арфи. Т a вба. Шеърлар. – Тошкент, “Ёзувчи “ нашриёти, 2000. 6-бет.
20 qo‘llagan: 
                   Zamondoshim   mening,   jafokash   Hamlet, 
                   O, do‘stim, dunyoda xunxorlarni ko‘r,
                   Ojizdir bu qalam, ojiz tasavvur. 
                Mifologik   obrazlar   nomi   bilan   bog‘liq   talmehlar.   Rauf   Parfi   she’riyatida
afsonaviy   qahramonlar   nomi   bilan   bog‘liq   baytlar   ham   uchraydi.   Shunday
obrazlardan   biri   Semurg‘dir.   Semurg‘–   Sharq   xalqlari   og‘zaki   poetik   ijodidagi
afsonaviy   qush   obrazi;   osmonda uchish   , uzoq manzilni yaqin   qilish haqidagi   asriy
orzu   umidlarning   ramziy   ifodasi. 
          Mashhur   shaharlar   nomi   bilan   yuzaga   kelgan   talmeh   san`ati:
         Goh   shunday   bo‘lurki,miyamda   g‘ashlik, 
         O‘zim bir chelak qon, suv va boshqalar. 
          Na Vetnam, na Isroil, na AQSH,
          Dunyo   o‘z   qo‘liga,   men   o‘z   yo‘limga.
Rauf   Parfi she’rlaridagi mazmundorlik va ta’sirchanlikni   ta`minlovchi  yana
bir   unsur   bu   uning   falsafiy   fikrlari   hamda   qarashlari.   Bu   falsafiy   fikrlarga
singdirilgan   tuyg‘ularni   ijodkor   talmeh   san’atidagi   obrazlar   orqali   yanada
jozibador ifodalashga harakat qilgan. Shoir satrlaridagi har bir tarixiy shaxs, badiiy
asar   qahramoni   hamda   mifologik   timsollardan   fikrlarni   dalillashda   o‘rinli
foydalangan.   Haqiqiy   ijodkor   o‘z   dardini   ijodi   mahsuliga   aylantirmay,   balki
o‘zgalar dardiga malham bo‘ladi, insonlar qalbiga ezgulik urug‘larini ekadi. 
Tabiiy   hodisalar   inkor   qilib   bo‘lmas   qonunlardir.   Badiiy   adabiyotda   ham
nuroniy avlodlar o‘rniga navqiron nasllarning kirib kelishi ma’naviy   ehtiyojdir. Bu
badiiy-estetik tafakkurda   hamisha   yangi   did   va   estetik   saviyalarning   zohir   bo‘lishi
demakdir.   Bu   tabiat   va   jamiyat   hodisalarini,   odam   va   olam   sir-sinoatlarini
yangicha   tushunish,   yangi   obrazlar   va   badiiy   vositalar   bilan   tushuntirish   san’ati
demakdir. 
Rauf Parfi ijodida ayni shu holatlarga guvoh bo‘lish mumkin. Ayniqsa yetuk
falsafiy   fikrlar   bilan   birga   badiiy   tasvir   vositalari   hamda   badiiy   san’atlardan
mahorat   bilan   foydalangani   e’tirofga   sazavordir.   Buni   birgina   shoir   ijodida
21 qo‘llangan   istiora   san’ati   orqali   ham   ko‘rishimiz   mumkin.   “Istiora”   arabcha   so‘z
bo‘lib,   ”biror   narsani   omonatga   olmoq”   degan   ma’noni   ifodalab,   adabiy   asarda
so‘zni o‘z ma`nosidan boshqa bir ma`noda , aniqrog‘i uni haqiqiy ma`nosida emas,
balki   majoziy bir ma`noda qo‘llash san`ati  sanaladi. Dastlab Eron mifalogiyasida
paydo bo‘lgan. “Avesto”da senemurg shaklida   ishlatilgan.  Ijodkor esa o‘zbek xalq
ertagi   va   afsonalarida   uchraydigan   Semurg‘   qushini   qahramonning   do‘sti,
himoyachisi,   hamrohi,   uni   “yetti   zulmat   ichi”   dan   olib   chiquvchi   fantastik   qush
sifatida gavdalantirgan: 
            Semurg‘   qushim,   podsho   qushim, xush   kelding,
           Yetti gumbaz, yetti vodiy sarvari. 
           Vasling ne’matidan bahramand qilding,  
           Intizor   joningman,   yo‘lsiz,   sarsari.  
Bizga   ma`lumki,   zardushtiylik   ta ’ limotining   muqaddas   kitobi   “Avesto”da
Axuramazda   ezgulik   ma’budi   sifatida   e’tirof   qilinadi.   Axuramazda   yozma
adabiyotda   Hurmuzd   nomi   bilan   ham   yuritiladi.   Shoir   bu   baytida   insonlarni
Hurmuzdek   ezgulik qilishga va yovuzlikka qarshi kurashishga undamoqda:          
          O‘ynayotgan   Ayol, shafqat qil, uyg‘on, 
          O‘ynayotgan   Ayol, Hurmuz panohing, 
          Bolangga   qaragil,   u   tirik   Tug‘yon. 
“Thakurning   oxirgi   she’ri   “she’ridan   olingan  mazkur   band   to‘laligicha
mifologik   obrazlar   nomi   bilan   bog‘liq   talmehlar   sirasiga   kiradi:  Hind   asotirida:
Sarasvati – fan va san’at ilohasi, 
Shiva   –   bunyod   va   barbod   ma’budi.
Srabon – tinsiz yomg‘ir yog‘adigan oy. 
Yama – U dunyo, o‘lim ma’budi.
Mehribon yellarning qanotlarida, 
Kelgil, afsonalar   aytmoqda   bog‘lar. 
G‘aroyib gullarim bordir   narida,
Gulim,   ko‘rmagansan   umringda   hali.  
22 Ushbu   banddagi   “gulim”   so‘zi   o‘z   ma`nosida   qo‘llanayotgani   yo‘q,   ya’ni
shoir   haqiqiy   gulga   emas,   balki   gul   kabi   go‘zal   mahbubaga   murojaat   qilmoqda.
Binobarin,   gul   so‘zi   mahbuba,   inson   ma’nosida   ishlatilgan   va   istioraning   go‘zal
na’munasi   yaratilgan.   Yana   bir   she’rida   “malagim”   deya   lirik   qahramon
sevgilisiga murojaat qilmoqda:
Bugun   shoh   erurman,   tilak   tilagil,
Bugun   men   gadoman,   tingla,   malagim.  
Ayt-chi,   meni   unitdingmi?
Gullarim   qonlar   yutdimi? 
Unitdingmi, eh bir yo‘la 
Yorug‘ dunyodan o‘tdimi,
Muhabbatim   ekkan   gullar?!
Mazkur  misradagi  “qon yutmoq” iborasi  ham o‘z ma`nosida qo‘llanmagan,
balki   “iztirob   chekmoq”   ma`nosini   anglatadi.   Istiorani   ma’no   kuchaytirishdagi
ahamiyatini ushbu o‘rinda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Eshitdim, onajon, xafa emishsan,
Kechir,oylab   senga   yozolmadim   xat.
  Garchi   muhabbatdan   tilardim   ehson, 
Yorug‘   kunlarimga   bo‘lgandim   ilhaq.  
Tarixiy ildizga ega bo‘lgan tashbeh san’ati   nafaqat mumtoz adabiyoti, balki
zamonaviy she’riyatda ham o‘z malohatini tarannum etmoqda. Ayniqsa, Rauf Parfi
ijodi bu so‘zimizga tasdiq bo‘ladi: 
    Og‘zim   to‘la   so‘zlar   –   jigarlarim,
    Ey ortiq sizni asray olmayman,
    Bilganingizni qilingiz.  
Shoir   shunday   rassomki,   hech   qayerdan   topilmas   bo‘yoqlar   bilan   har   kim
ilg‘ay   olmaydigan   san’at   asarlari   yaratadi.   Siyqasi   chiqqan   odatiylikdan   yiroqda,
hech   kimga   o‘xshamagan,   o‘zgacha   va   ayricha   ijod   qiladi.   She’riyatni   butun
borlig‘i   va   so‘zni   esa   “jigarlarim”   deya   betakror   o‘xshatishlar   qiladi   va
23 tashbehning ajoyib na’munasini yaratadi.. 
U   shunday   shoirki,   ijod   qilmasdan   turolmaydi,   ammo   so‘zni   ham   avaylab,
qimtinib, asrab qo‘llaydi. Ba`zida esa asrolmaganidan xijolat tortib, ularga erkinlik
beradi va xayolot bilan ularni  tutashtiradi.
  Yulduzlarga   qarayman   men   ham, 
  Yulduzlar   -   chaqnagan   orzular. 
  Huv, miskin kezadir bu odam –
  Ko‘ksida yonmagan yulduzlar. 
Mazkur   bandda   orzusiga   erisholmagan   miskin   odamlar   haqida   fikr   yuritib,
yulduzlarni   chaqnagan   orzularga   o‘xshatgan   va   badiiy   maqsadini   ayni   shu
o‘xshatish orqali amalga oshirgan. 
   Karvon-karvon kelib ketdilar,
   Hammasini   bag‘ringga   olding.
   Shamol kabi yelib ketdilar,
   Faqatgina   sen   mangu   qolding.
Shoirning   Samarqand   mavzusida   yozilgan   ushbu   she’rida   ham   tashbeh
san’atidan   mohirlik   bilan   foydalanilgan.   Tashbehni   hosil   qiluvchi   vosita   –   kabi
so‘zi,   o‘xshatilmish – karvonning kelib ketishi, o‘xshamish – shamolning yelishi,
asos – Samarqand, ya’ni uning boqiy ekanligi.
G‘unchalar   orzumdek   har   safar,
G‘unchalar   qalbimning   bag‘rida…  
Rauf   Parfi   tafakkur   miqyosi   keng,   idroki   o‘zgacha,   ijod   dunyosi   teran   va
badiiylikka   yo‘g‘rilgani   bilan   kitobxonlar   ommasining   tilida,   dilidadir.   Mana   shu
misrada   ham   shakldosh   so‘zlardan   o‘rinli   foydalanish   barobarinda   tashbehning
ham   ajoyib   na’munasini   yaratgan.         Mazkur   misrada   tashbehni   hosil   qiluvchi
vosita   –   dek   qo‘shimchasi,   o‘xshatilmish   –   g‘uncha,   o‘xshamish   –   orzu.   Shoir
g‘uncha   haqida   mulohaza   yuritib,   qalbda   yangi   paydo   bo‘layotgan   orzularni
g‘unchalarga  qiyoslaydi.
Ijodkor   tashbeh   san’atini   ichki   tug‘yonlarini   aks   ettirish   vositasi   qilib
qo‘llagan.   Biz   bilamizki,   Rauf  Parfi   qush,   nur,   osmon,   yulduz,   yomg‘ir
24 obrazlarini   lirik   qahramon   darajasiga   ko‘targan,   shu   boisdan   mazkur   obrazlar
bilan   bog‘liq   turli   ichki   kechinmalarni   aks   ettiruvchi   tashbehlar   qilgan.   “Bir
qushcha”   deb   nomlangan   she’rida   yig‘layotgan   qushchanining   ko‘zlarini   ikki
marvaridga o‘xshatgan bo‘lsa:
Bir   qushcha   derazam   yonida 
O‘tirar parishon va g‘arib.
Yig‘laydi   ko‘zlari   yonadi,
Ko‘zlari   ikki   marvarid.  
“Seni   menga   betob   dedilar”   nomli   she’rida   lirik   qahramonning   ko‘z
yoshini yomg‘irga qiyoslaydi:
Seni   menga   betob   dedilar ,
Oqdi   yoshim   misoli   yomg‘ir.  
“Qaydasan   sen”   deb   nomlangan   ijod   na’munasida   lirik   qahramonni   ruhiy
holatini   aks   ettirishda   yomg‘ir   obrazidan   foydalanadi   va   yomg‘irni   tinimsiz
yog‘ish holatini osmon uyining   buzilishi   va yig‘lash holatiga o‘xshatadi: 
Yomg‘ir   yog‘ib   chiqdi   tun   bo‘yi, 
Tong oqardi, tinmadi yomg‘ir .
Buzilgandek   osmon   uyi   –
Yerga   qarab   yig‘laydi   og‘ir.  
XX asrning 60-yil  o‘rtalari, 70-yil  boshlari  she’riyatga kirib kelgan,  yorqin
o‘zligini   namoyon   etgan   Rauf   Parfi   yangi,   ohori   to‘kilmagan,   kutilmagan
noan’anaviy majoziy (Qushcha, Chiroq, Daraxt, Nay, Nur) obrazlari bilan adabiy
jamoatchilik   muhabbatini   qozondi;   majoziy   obrazlilik   asosiga   qurilgan   badiiy
tafakkur tabiati bilan el-yurt nazariga tushdi.   Rauf   Parfining tasavvur dunyosi  va
tafakkuri keng ekanligi mazkur tashbehlarida ham o‘z aksini topgan.
   Barglarda   raqs   etar   shabboda, 
   O‘ynar sabo shaklida kecha, 
   Gullar kabi saqlaydi odob, 
   Afsonalar aytar tonggacha.
25              Kecha tepasida uchadi, 
   Kiprigimdan otilguvchi nur.
   Menga   kecha   yomg‘ir   ichida,
   Go‘zal   xayol   kabi   ko‘rinur!
  Lirik   qahramon   kechinmalari   qorong‘u   kechada   yog‘ayotgan   yomg‘irga
esh.   Undan   surur,   umid   tuyadi.   Shu   ma’noda,   uning   nazdida,   barglarda   raqs   etar
shabboda.   Hatto   zimiston   qorong‘ulik   ham   sabo   shaklida   yoqimli,   faraxbaxsh.
Afsonalar   aytar   tonggacha.  
Yuqorida   keltirilgan   bandning   har   bir   qatorida   tashxis   san’ati   qo‘llangan,
ya’ni,   insonlarga   xos   xususiyatlar   jonsiz   ashyolarga   ko‘chirilgan,   chunonchi
shabbodaning   raqsga   tushishi,   kechaning   odob   saqlashi,   afsonalar   aytishi   bu
san’atning ajoyib na’munasidir. Misralarda tashxis san’ati bilan birga tashbeh ham
qo‘llangan:
O‘ynar sabo shaklida kecha, 
Gullar kabi saqlaydi odob. 
Shamol,   sochlaringni   tarama, 
Oqarsa   oqarsin   azobdan.  
Rauf Parfi she’riyatida ona vatan, Turkiston mavzulari yetakchilik qiladiki,
bu   ham   bejiz   emas.   Ijodkorning   bolaligidan   Vatanga   bo‘lgan   muhabbati,   uning
qalb kechinmalaridagi tuyg‘ulari, shoir ijodidagi lirik qahramonga singdiraladi, bu
ham badiiyatning o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. 
Men o‘tkinchi, men faqat mehmon, 
Dargohingda, ey turkiy tilim, 
Menga bir she’r kerak ey, mezbon, 
Yozilmagan she’r erur dilim. 24
 
Rauf   Parfi   she’riyatida   vatan   mavzusi   turli   xil   vositalar   asosida   matnga
singdirib   yuboriladi,   chunki   Vatan   shu   qadar   ulug‘ki,   bu   tushunchani   lirik
qahramon   ruhiyatiga   singdirib   yuboradi.   Bu   bejis   emas   edi,   axir   uning   qalb
24
  Рауф  P арфи. Т a вба. Шеърлар. – Тошкент, “Ёзувчи “ нашриёти, 2000. 8-бет.
26 kechinmalaridagi qarashlar o‘quvchini qalbini larzaga soladi. She’riyatning o‘ziga
xos   tamoyillari   ham,   poetik   obrazning   jilolanishida   ham,   bu   xususiyatlar   yanada
teranlashadi. 
Bob bo‘yicha xulosalar: 
Rauf   Parfi   she’riyati   adabiy   tanqidchiligimizda   turli   davrlarda,   turlicha
baholandi.   Buning   tabiiyki,   o‘ziga   xos   sabablari   mavjud   edi.   Shu   jihatdan   ham,
mustaqillik   arafasida   va   keyingi   yillarda   yuksak   ijodkor   sifatida   baholandi   va
ijodidagi o‘ziga xos tamoyillar yanada teranroq, asosli baholanish imkonini berdi.
O‘zbek   adabiyotining   yetuk   darg‘alaridan   biri   bo‘lgan   Asqad   Muxtorning
ijobiy mulohazalaridan so‘ng, shoir she’riyati yanada teranroq mulohazalar uchun
asos bo‘lganligini ham qayd etish lozim. 
Adabiyotshunos   olimlarning   nazariy   qarashlariga   asoslanilsa,   shoir
she’riyatidagi talqinlarning zamirida ona vatan, Turkison mavzulari obrazli tarzda
talqin   etilganligini   anglash   mumkin.   Buning   asosida   esa,   inson   va   millat   qismati
mujassamlashganligini kuzatish mumkin. 
Vatan   haqidagi   she’rlarida   ham,   tarix,   mavjud   xususiyatlar   juda   go‘zal
tashbehlarga asoslangan holda talqin etilishini ba’zi misollar asosida tahlil qilishga
intildik.   Buning   zamiridagi   so‘z   ma’nolalarining   ko‘chishi   esa,   lirik   qahramonni
anglashga, kechinmalar va tuyg‘ularga singdirilganligini kuzatish mumkin.
27 II BOB
SHOIR SHE’RIYATDA TURKISTON MAVZISI
VA UNING TALQINI 
1-fasl.   Shoir   she’riyatida   makon   ifodasi   va   ma’no   ifodalash   xususiyati.
O‘tgan   asrning   boshlarida   buyuk   jadid   adabiyotining   yorqin   namoyondalari   ham
bu   mavzuga   oid   qator   asarlar   yaratdiki,   bu   esa   keyingi   avlod   ijodkorlariga
yangicha mazmun ifodalash imkonini bergan.  S h oirning lirik qahramoni o‘zini o‘zi
taftish   qiladi,   buning   zamiridagi   ach ch iq   saboqlar   uning   qalbini   i z tirobga   soladi.
Shoirning   lirik  qahramoni   o‘z   qalbiga   taskin   izlaydi,  ammo   bu  taskinni   qayerdan
topadi, dilining ozoriga sabab emas, unga malham izlaydi. Bu esa tafakkur mahsuli
bo‘lib,   anglash   yo‘lidan   davom   etishni   tanlaydi.   Obrazli   tafakkur   bo‘yoqlari   ila
uning dunyosini, botinidagi ziddiyatlarni xalqona sodda, ammo go‘zal tashbehlarga
sindiradi. 
Adabiyotshunos   olim   B.Sarimsoqov   qayd   qilganidek:   “Badiiy   obraz
mohiyati, shakl e’tibori bilan yangi, favqulodda va betakror bo‘lsa, o‘zidan olam-
olam   mazmun,   falsafa   tashiydi.   Bunday   yorqin   va   sirli   obraz   haqida   o‘ylaganing
sayin hayotning o‘ta mazmundor va ayni paytda hech narsaga arzimas mohiyatini
anglab   yetasan,   sokin   qalbning   jon   talvasasida   qafasga   sig‘may   tipirchilaydi,
mudroq ruhing besaronjom talpinadi, diling armonli o‘kinch panjasida eziladi”. 25
 
Ta’kidlanganidek   bedor   qalbning   bir   ashyon,   bir   sirli   xilqat   ishlashi   bejiz
emas.   Xilqat   zamirida   milliy   ruh   mujassamlashganligi   ayonlashib,   badiiy
tafakkurning   yuzaga   chiqishiga   imkon   yaratgan.   Falsafiy   ma’no   esa   obrazli
tashbehlarda, metaforik talqinlarda teranlashib boradi. S h oirning estetik qarashlari
mohiyatan   fikriy   uyg ‘ oqlikdan   dalolat   berib   boradi.   Shuning   uchun   ham,
ijodkorning   makon   talqini   deganda   biz   bevosita   Turkuston   mavzusini
anglashimizga izn beradi. Shoirning yillar davomidagi erk, ozodlik, inson va shaxs
erki   haqidagi   talqinlarining   zamirida   ham,  bevosita   ramzlarga   sindirilganligi   ham
bejiz   emasligini   anglash   mumkin.   Iste’dodli   ijodkorlar   so‘zning   ma’nosini   poetik
25
 Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент, 2004. 63-бет. 
28 ifoda shakliga ko‘taradiki, bu esa poetik mahoratdan dalolatdir. 
Adut-Turk tarixidan balki bir hikmat, 
Biroq sen borsan-ku Turon elinda. 
Shoir so ‘ z aytmakka sen shoshma faqat, 
Ulug ‘  Alisherning qutlug ‘  tilinda. 26
 
Rauf Parfining she’rlaridagi Turon, Turkiston uning xususiytalarining poetik
obraz   darajasiga   ko ‘tarilishida   ham   asosli   qarashlar,   tushunchalar   mavjudligini
unitib   bo‘lmaydi.   Turkistonning   birligini,   ozodligini,   odamlarining   esa   tarixga
nazar   solishida   ham   asoslar   mavjud   edi.   Talmeh   san’ati   asosida,   Vatanning
buyukligini, uning o‘z tarixi, buyuk o‘tmishi borligini alohida qayd etmoqdaki, bu
ham bejiz emas edi. Hatto lirik qahramon Abut-Turkka ham, Mir Alisher Navoiy
ijodiga ham nazar solmoqdaki, talmeh asosida Vatanning buyuk siymolariga urg‘u
berilmoqda,   bu   esa   Turon   tarixidagi   siymolarning   bugungi   avlodiga   nazar   solishi
asosida,   xalqning   erkini,   milliy   tilini   kuylashga   intilganligini   sezamiz.   Shoirning
“Shodlik” she’rida esa, insonlarning xayolini olguvchi, zulmat nuri asosida poetik
obrazni jonlatiradi: 
Qora osmon, qayg‘uli osmon, 
Qovog‘idan qor yog‘adi. Jim. 27
Tashxis   san’atining   eng   asosiy   belgilaridan   biri   jonsiz   ashyolarga   inson
xususiyatlarini   ko‘chirishdan   iborat.   Mazkur   baytning   har   ikki   misrasida   ham
tashxis   san`atining   ajoyib   na`munasi   keltirilgan.   Birinchi   misrada   insonlarga   xos
orastalik   belgisi   bo‘lmish   soch   tarash   hodisasi   shamolga   ko‘chirilgan   bo‘lsa,
ikkinchi   misrada   tashxis   bilan   birga   ma`no   ham   kuchaytirilgan.   Insonlar   yoshi
ulg‘aygan   sari   tabiiy   jarayonlardan   biri   soch   oqarish   jarayoni   sodir bo‘ladi, ana shu
jarayon   shamolga   ko‘chilgan   va   buning   sababi   shamolning   boshiga   tushgan
azoblardir. 
Rauf   Parfi   jonsiz   predmetlar   orqali   insonlardagi   xazin   tuyg‘ularni
ifodalashga   harakat   qiladi.   Yuqoridagi   baytda   ham   nido   san`atining   ajoyib
na`munasi   keltirilganiga   guvoh   bo‘lamiz   (Shamol,   sochlaringni   tarama,   Oqarsa
26
  Рауф Pарфи. Тaвба. Шеърлар. – Тошкент, “Ёзувчи “ нашриёти, 2000.  12 -бет.
27
  Рауф Pарфи. Туркистон руҳи. Сайланма. Шеърлар. – Тошкент, “Шарқ “ нашриёти, 2013. 100-бет.
29 oqarsin   azobdan).   Shu   boisdan   shamolning   obrazlilik   darajasi   yuqori   darajaga
ko‘tarilgan. 
Talpinadi,   shunday   kuladi
Ko‘m-ko‘k   o‘rmon   va   tiniq   daryo.
Daryo uzra oy ham kuladi
Yer   husniga   bo‘lib   mahliyo.   
Yana   bir   she’rida   insonga   xos   talpinish   va   kulish   holatlari   o‘rmon   va
daryoga,     mahliyo   bo‘lish     (mahliyo   bo‘lmoq   “harakat   yoki   zavqdan   es-hushi
og‘ib,   angrayib   qolmoq,   hayron   qolmoq”,   kulish   holati   oyga   ko‘chirilgan   va
tashxisning   ajoyib   na`munasi   yaratilgan.	
  Ushbu   tasvir   orqali   voqelikka   nisbatan
ijobiy munosabat ifodalangan   va nutqiy ta`sirchanlik  oshirilgan.
Rauf   Parfi   she’riyatida   tabiat   unsurlari,   moddiy   olam   o‘z   hayoti,   xayollari
bilan   yashaydi.   Xoh   osmon   kengliklari-yu   yulduzlarmi,   xoh   bulutlar-u   oftob
nurlarimi   —   barchasi   o‘z   quvonchi,   tashvishi,   dardi-dunyosi   bilan   betakror
qiyofasini   namoyon   etadi.   Sirli   olam   sinoatlarini   tushunishga   ko‘mak   beradi.
Tabiat   obrazlari   ko‘zimizga   singib   kirarkan,   ko‘nglimizdan   joy   oladi.   Yana
muhimi,   tabiat   detallari,   ranglari,   obrazlari   jamiyatni,   insonni   tushunishimizga
ko‘maklashadi.   Bir   o‘rinda   qizlarga   xos   bo‘lgan   soch   turmaklash   holatini   tabiat
hodisasiga, ya`ni quyoshning botishiga o‘xshatib, quyoshga ko‘chirgan:
Kechki   quyosh   turmaklar   sochin,
Jozibali   bo‘lar   ertaga!
Ana,   ko‘k   ham   marjonlar   sochdi
Kengliklarning moviy ertagin.
Tuyg‘ular   bilan bog‘liq tashxis san`ati   ham ijodkor she’rlarini bezab,   ularga
o‘ziga   xos   jilo   baxsh   etadi.   Chunonchi,   shoir   she’rlaridagi   o‘ziga   xos
xususiyatlardan   biri   ham   tuyg`ularni   obraz   darajasiga   ko‘targan   va   ichki
tuyg‘ularni ushbu obrazlar orqali ifodalagan: 
Sevinch, biror marta   qayg‘urganmisan,
Kulgu,   yig‘laganmisan   biror   marta   bo‘lsin 
Do‘st bo‘lolmassiz men bilan. 
30 Rauf   Parfi   lirikasi   yangiliklarga   boydir,   chunonchi   uch   qatordan   iborat
qofiyasiz,   hech   bir   adabiyot   qoidalariga   bo‘ysunmaydigan   she’rlar   mavjud.
Shoirning bundan   ko‘zlangan   asosiy maqsadi   esa yangiliklarga boy   ijodkor sifatida
iz qoldirishdir. Ushbu banddagi “gulim” so‘zi o‘z ma`nosida qo‘llanayotgani yo‘q,
ya`ni   shoir   haqiqiy   tabiatdagi   chiroyli   bo‘lgan   o‘simlikni   emas,   balki   gul   kabi
go‘zal   mahbubaga   murojaat   qilmoqda.   Binobarin,   gul   so‘zi   mahbuba,   inson
ma`nosida   ishlatilgan   va   nidoning   go‘zal   na`munasi   yaratilgan.   Buning   kabi
misollar ijodkorning she’rlarida   talaygina:
Bugun   shoh   erurman,   tilak   tilagil,
Bugun   men   gadoman,   tingla,   malagim.
Shoir   «Yurak»   she’rida   «Men   faqat   Turkiston   atalgan   yorqin,   Bir   butun
yurtimni   istayman,   xolos»   der   ekan,   yoqavayron   o‘z   vatanida   vatansiz   turkiylar
birligini,   yo‘llar,   ko‘llar,   tillar,   dillar   bir   bo‘lishini,   yaxlit   bag‘ri   butun   millat
sifatida  qad  tiklashini  orzu  qiladi.  Ayni  shu   g‘oyalar   mag‘zini   nido  san`ati   orqali
ifodalagan:
O‘zingni   ayama   borayotgan Ildiz, 
borayotgan Hasrat,
borayotgan   Vatan, 
Ona   Turkiston.
Muhabbat   jasorati   o‘zining   g‘amginu,   sho‘x,   ojiz-u   qudratli,   beqaror-u   sokin,
horg‘in   sifatlariga   sohiblik   qiladi. Kundalik ma’no   doirasida   jasoratning   ojizligiga,
g‘amginligiga   va   sokinligi-yu   horg‘inligiga   ko‘nikish   qiyinday   tuyuladi.   Axir
go‘zallik   nimasi   bilandir   yangi   bo‘lishi   kerak-ku.   Yangilik   go‘zallikda   doya   va
egizak ham, u go‘zallikni tug‘dirar ekan, qo‘shilib o‘zida tug‘iladi. Shunga ko‘ra,
jasorat   yangimi,   demak,   u   go‘zal   hamdir.   Ana   shu   holatni   o‘zbek   she’riyatining
tuyg‘ular   rassomi   Rauf   Parfi ijodida ko‘ramiz va undagi   ovoz tasvirini   tinglaymiz.
Tanilish   emas,   balki   she’riyatni   ko‘ngil   mulkiga   aylantirish   va   uning   dil   torini
chertayotgan   ohangiga   turli   ranglar   uyg‘unligini   kashf   etishdir.   Yuqorida
keltirilgan   misralar   ham   xuddi   shu   she’rlar   sirasiga   kiradi.   O‘zaro   zid   tuyg‘ular
orqali falsafiy fikrlarini kitobxonga yetkazib bergan.   Tuyg‘ularni obraz darajasiga
31 ko‘targan   va   ularning   ham   ichki   kechinmalari   bilan   o‘rtoqlashmoqni   istaydi.
Insonlarning   ichki   kechinmalarini   yuzaga   chiqaruvchi   hodisalar:   yig‘lash   (“ruhiy
yoki jismoniy azobga ekanini tovush chiqarib yoki chiqarmay, ko‘z yoshi to‘kkan
holda ifodalash”, qayg‘urishni tuyg‘ularga: sevinch va kulgu (“xursandligini zavq-
shavqini uzoq-uzoq tovushlar bilan ifodalash”ga ko‘chiradi.  
Sevinch   va   kulgiga   murojaati   bevosita   nido   she’riy   san`atini   ham   yuzaga
keltiradi. Bundan tashqari, adabiyotimizda oksimorion deb ataluvchi   mantiqan biri
ikkinchisini   inkor   etadigan,   bir-biriga   mazmunan   zid   bo‘lgan   ikki   tushunchani
ifodalovchi   so‘zlar   o‘zaro   qo‘shib   qo‘llaniladigan   hodisa   ham   qo‘llangan.
(Sevinch   qayg‘urganmisan.   Kulgu   yig‘laganmisan)   Rauf     Parfi   hayvonlar,
qushlar,   jonsiz   va   mavhumiy   narsalarni   shu   xilda   tasvirlash   vositasida   she’riy
asarda   ilgari   surgan   muayyan   g‘oyani   aniqroq   ifodalaydi,   shuning   uchun
tasvirlanayotgan lirik timsollar yorqinroq, jozibadorroq, jonliroq aks etgan. 
Rauf   Parfi   ijodida   nido   san’atining   bu   ko‘rinishidan   tashqari   majoziy
ma`nodagi   va istioraga   asoslangan   ko‘rinishlari   ham   mavjud.   Bunda   asosan   ijodkor
murojaat   qilayotgan   narsa-buyum   va   shaxs   ko‘chma   ma`no   ifodalaydi.   Gullar
singari humo tortib, tonggacha afsonalar aytayotgandek tuyuladi. Shu boisdan ham
lirik   qahramon   ko‘nglidan   shu`la   otiladi,   kiprigidan   nur   chaqnaydi.   Hayol   –
adoqsiz   bo‘shliq  qahridagi   ro‘yo  emas.   U  yomg‘ir   ichidagi   zimiston   qorong‘ulik.
Unga ishonsa bo‘ladi. Garchand, qorong‘ulik og‘ushida esa-da, yomg‘irdagi oydin
shabboda epkini ertaga otajak tonglar umidini uyg‘otadi. Guvoh bo‘lamizki, Rauf
Parfi   ijodi   misoli   dengiz,   unda   mohirlik   bilan   qo‘llangan   har   bir   so‘z,   fikr   shu
dengiz   tubidan   makon   topgan   beqiyos,   qimmatbaho   xazinadir.   Ayniqsa,   shu
xazinada   tashxis   san`atini   dur   desak   adashmagan   bo‘lamiz.   Tashxis   –   hayvonlar,
qushlar,   jonsiz   narsalarga   inson   xususiyatini   ko‘chirish   san`atidir.   Ko‘rinadiki,
timsolli, majoziy she’riyat   Rauf Parfi uslubining o‘tli nafasi, o‘zak mag‘zi, deyish
mumkin.   Rauf   Parfi   lirikasining   o‘ziga   xosligini   belgilovchi   asosiy   omil,   bu   -
she’riy san`atlar xilma-xilligi emas. Aksincha, ana shu turfa xil she’riy san`atlarni
yuzaga   keltirgan   badiiy   tafakkur   tabiatidir.   Biz   Rauf   Parfi   ijodidagi   tashxis
san`atini quyidagi guruhlarga ajratib  o‘rgandik. 
32 Rauf  Parfi  she’riyatida mashuqa  obrazi  yetakchilik qiladi. Ba`zi  she’rlarida
mahbubani   topgunga   qadar   yashaganligiga   shubha   qilsa,   ba`zilarida   esa
seviklisidan   ajralsa,   yer   o‘z   o‘qidan   chiqib   ketishini   bayon   qilgan.   Yana   bir
o‘rinda: “Og‘ir sevganidan rashki  ham og‘ir”. Yorining xiyonatidan xabar   topgan
oshiq   faryod   solmaydi:   “Kel,   vidolashaylik   endi   sog‘inib ” .   Mana   shunday   ajoyib
oshiqona   misralarda   badiiy   san`atlardan   ham   ustalik   bilan   foydalangan,   ayniqsa
husni   ta`lilning   ajoyib   na`munalarini   yaratgan.   “Husni   ta`lil”   arabcha   “chiroyli
dalillash”   ma`nosini   bildiradi.   Adabiy   asarda   tasvirlanayotgan   biror   hodisaga
shoirona biron sabab ko‘rsatish san`ati   shu nom bilan ataladi. 
Ko‘zlarimga   berkitay   va   lekin
Yoshday   oqib   ketma,   sevgilim.  
Badiiy adabiyotda yor ta`rif-u tavsifi, madhi   ustuvorlik qiladi. Turli adibda
xoh nasr ustasi , xoh nazm sohibi bo‘lsin, ma`shuqa   yangi bo‘yoqlarda , o‘zgacha
ruhda ifodalanadi. Ijodkor ma`shuqani   shunchalik muqaddas va qardli   biladiki, shu
bois   uni hech kim va hech narsaga ishonmaydi, uni unitolmaydi, ko‘rmasdan tura
olmaydi,   shuning   uchun   go‘zal   seviklisini   ko‘zlariga   yashiradi.   Ammo,   yana
xavotirda,   undan   ayrilmoqni istamaydi, ko‘zlariga berkitilgan yorni yoshdek o‘qib
ketmasligini   xohlaydi   va   shuning   uchun   bir   umr   yig‘lamaslikka   tayyor.   Bunday
go‘zal   ta`rif   ijodkorning   o‘ziga xos yuksak idrok egasi   ekanligidan   dalolat beradi. 
Ayt-chi,   meni   unitdingmi? 
Gullarim qonlar yutdimi? 
Unitdingmi, eh bir yo‘la
Yorug‘ dunyodan o‘tdimi, 
Muhabbatim   ekkan   gullar?!
Mazkur   misrada   sof   ma`shuqa   obrazi   ifodalagan.   Misrada   tasvirlanishicha,
yor   mashuqani   unitdi,   shekilli,   oshiq   seviklisi   muhabbatidan   ekkan   sevgi   gullari
dunyodan o‘tdi, xazon bo‘ldi. Muhabbat  gullari  qonlar  yutdi, shuning uchun ham
oshiq   uni   unutdi   deb   o‘ylamoqda.   Mazkur   misrada   yordan   birgina   xavotir   oni
shunday   go‘zal   tasvirlangan   va   husni   ta`lil   san`atini   ajoyib   na`munasi   yaratilgan.
“Sharq adabiyotshunoslikda ta`kidlanishicha, she’rda keltirilgan husni ta`lil qat`iy
33 bo‘lishi   lozim.   Agar   gumon   ma’nosida   qo‘llanilsa,   “shibhi   husni   ta’lil”,   ya`ni
“shubhali chiroyli sabab”   deb atalgan “, - deb fikr bildirgan adabiyotshunos Anvar
Hojiahmedov. 
Rauf   Parfi ijodida ham shibhi husni ta`lilni ko‘rishimiz  mumkin:
  “ Seni   o‘ylab   kelmaydir   uyqu   –
   Qora   tunning   o‘zga   sehri   bor.
   Tushlarimda   topay   deb   gulro‘  
   Men   uxlayman   mangu   ehtimol”.  
Rauf   Parfining   talabalik   yillaridayoq   mashhur   bo‘lishiga   sabab   bo‘lgan
she’ri   “Laylo”   she’ri   hanuzgacha   dilbar   qo‘shiq   bo‘lib   yangramoqda.   “Laylo”
she’ridan olingan mazkur bandda husni ta`lilning yuqorida aytilgan turi uchraydi.
Misrada   tasvirlanishicha,  ijodkor   sevgilisini   o‘ylab   hattoki,   ko‘ziga   uyqu   ham
kelmaydi,   ammo   seviklisini   tushlarida   topish   ehtimoli   bor.   Ayni   shu   maqsadda
lirik   qahramon   mangu   uxlashga   ham   tayyor,   faqatgina   sevgilisi   diydori   uchun.
“Qaydasan  sen” deb namlangan ijod na`munasida  lirik qahramonni  ruhiy holatini
aks   ettirishda   yomg‘ir   obrazidan   foydalanib   husni   ta`lining   ajoyib   na`munasi
yaratadi.   Yomg‘irni   tinimsiz   yog‘ishining   sababi   osmon   uyining   buzilishi   va
shuning uchun osmon   yig‘layotganidir. 
Yomg‘ir   yog‘ib   chiqdi   tun   bo‘yi, 
Tong oqardi, tinmadi yomg‘ir .
Buzilgandek   osmon   uyi   –
Yerga   qarab   yig‘laydi   og‘ir.  
“So‘zlatish”,   “gapirtirish” ma`nosidagi   intoq   san`ati   badiiy   asarda   hayvonlar
yoki   jonsiz   narsalarni   odamlarga   o‘xshatib   so‘zlatishni   nazarda   tutadi 1
.   Shoir
tafakkuri   boy,   fikrlash   salohiyati   yuksak,   shu   bois   intoq   san`ati   uning   ijodida
keng   va   chiroyli   ifodalangan.   Shamolning   so‘zlari   orqali   shoir   intoq   sa`natini
yaratibgina   qolmay,   balki   uning   vositasida   ichki   kechinmalarini	
  ham   aks
ettirgan:   “Voh   jonim   voh   jonim”   deb   hirqirar,   Derazamning   ortida   shamol.   Tavsif
yoki  mazammat  aqlga  va odatga  bir  oz  muvofiq  kelsa,  bunday  mubolag‘a  tablig‘
deyiladi.   Ya`ni   bo‘rttirish   tasvirlanayotgan   hodisa   yoki   xususiyat   aqlga   biroz
34 to‘g‘ri keladi, biroq uning bo‘lishi , amalga oshishi   qiyin.  Aqlan, ya`ni tasavvurda
mumkin,   ammo   amalda   mumkin   bo‘lmagan   mubolag‘a   ig‘roq   arabcha-kamonni
qattiq   tortmoq   deyiladi.   Bunday   tasvirda   o‘quvchi   voqea   yoki   xususiyatni   ko‘z
oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq amalda , hayotda uning bo‘lishi mumkin
emas. “Ham aqlan, ham odatan nomumkin” ya`ni tasavvur qilish qiyin, bo‘lishi esa
mutlaqo mumkin bo‘lmagan mubolag‘a turi g‘uluv arabcha-qo‘lni imkoni boricha
baland   ko‘tarish   deyiladi.   Bunday   tasvir   mubolag‘aning   eng   yuqori   va   eng
murakkab   xili   hisoblanadi.   Adabiyotimizda   mubolag‘aning   tablig‘   turi   faol
qo‘lanib, ijodkorlar   fikrlarini aynan shu vosita orqali ifodalashga harakat qiladilar.
Buni   nafaqat   yozma   adabiyotda,   balki   xalq   o‘g‘zaki   ijodi   na`munalarida   ham
guvohi  bo‘lamiz. 
Rauf   Parfining   “Laylo”   she’ridan   olingan   mazkur   bandda   mubolag‘aning
yuqorida   aytilgan   turi   uchraydi.   Misrada   tasvirlanishicha,   ijodkor   sevgilisini
o‘ylab   hattoki,   ko‘ziga   uyqu   ham   kelmaydi,   ammo   seviklisini   tushlarida   topish
ehtimoli   bor.   Ayni   shu   maqsadda   lirik   qahramon   uxlaydi.   Bu   holat     aqlga   biroz
to‘g‘ri keladi, biroq uning bo‘lishi , amalga oshishi qiyin. 
Muallif   mubolag‘a vositasida o‘zining badiiy fikrini to‘laqonli talqin qilish,
o‘z qahramonlarining muayyan belgi-xususiyatlari hamda tasvirlanayotgan voqelik
bayonining ma`lum bir jihatlarini bo‘rttirib ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Ruju`   -
arabcha   so‘z   bo‘lib,   “qaytarish”   ma`nosini   bildirib,   she’riyatda   shoirning   oldingi
misra   yoki   baytda   ifodalangan   fikri,   qo‘llagan   badiiy   tasviriy   vositasidan
qaytgandek   bo‘lib,   keyingi   misra   yoki   baytda   unga   qaraganda   kuchliroq   ifoda,
she’riy san`atni keltirish yoki oldingi fikrni aniqlashtirish, to‘ldirish usulidir. 
Shu   gaplar   rost   bo‘lsa   yolg‘izim   yig‘lab, 
Senga o‘lim tilab qolar edim men. 
Yo‘q, yo‘q mozoringni o‘pib, timdalab,
Qayta   tiriltirib   olar   edim   men.  
Mazkur   bandda   ruju   san`ati   qo‘llangan   bo‘lib,   aynan   shu   san`at   orqali
she’rdagi   mazmundorlik,   ta`sirchanlik   va   o‘zgacha   ohang   ta`minlangan.   oshiq
mashuqasini   xiyonat   qilganligidan   shubhalanayapti,   agar   bu   gaplar   rost   bo‘lsa,
35 mashuqaga   o‘lim   tilaydi.   Keyingi   misrada   bu   fikridan   qaytadi,   chunki   u
mahbubasidan   ayri   yasholmaydi,   shuning   uchun   seviklisini   mozordan   chiqarib
olib, qayta jon bag‘ishlaydi.  
Rauf   Parfi   sevgini   shunchaki   tasvirlamaydi,   balki   ma`lum   bir   syujetlar
asosida uni qanchalik nozik, g‘ozal tuyg‘u ekanligini  isbotlaydi. 
        Qara, qanday porloq erur ko‘k, 
        Tingla, qo‘shiq aytar yulduzlar. 
        Bu   –   oy   to‘kkan   shu`la   emas, yo‘q, 
        Bu – navoga aylangan so‘zlar. 
Mazkur satrlarda ham ijodkorning o‘ziga xos jihati sezilib turibdi. Sababi, u
tabiat   hodisasidan   tortib   to   kichik   zarrasini   ham   obraz   darajasiga   ko‘tara   oladi.
Bandda   osmonning   porloqligini   oy   to‘kkan   shu`la,   yo‘q   balki   navoga   aylangan
so‘zlar deya o‘z fikrini dalillaydi.
Rauf Parfi ijodkorlar orasida ijodi, so‘z qo‘llash mahorati hamda o‘ziga xos
hayotiy haqiqatlarga yo‘g‘rilgan g‘oyalari, falsafiy fikrlari bilan ajralib turadi. Biz
mazkur   bobda   ijodkor   she’rlarida   qo‘llangan   ma`naviy   san`atlar   haqida   fikr
yuritdik.   Har   bir   she’riy   san`at   shoir   ijodida   mohirlik   bilan   qo‘llangan.   Birgina
ma`naviy   san`atlarga   kiruvchi   talmeh   san`atini   shoir   ijodida   bir   necha
ko‘rinishlariga   guvoh   bo‘ldik:   tarixiy   shaxslar   nomi   bilan   bog‘liq   talmehlar
(Alisher Navoiy, Firdavsiy   ), asar qahramonlari   nomi   bilan   bog‘liq talmehlar(Layli
va   Majnun,   Hamlet),   mifologik   obrazlar   bilan   bog‘liq   talmehlar   (Semurg‘,
Axuramazda),   mashhur   shaharlar   nomi   bilan   yuzaga   kelgan   talmeh   san’ati
(Vetnam,   Isroil, AQSH). Har bir   she’riy   san`atni   shoir   ijodida tahlil   qilar ekanmiz,
ularni   mavzu   ko‘lami   ko‘pligi   sababli   bir   qancha   guruhlarga   bo‘lib   o‘rgandik.
Shoir   shunday   rassomki,   hech   qayerdan   topilmas   bo‘yoqlar   bilan   har   kim   ilg‘ay
olmaydigan   san`at   asarlari   yaratadi.   Siyqasi   chiqqan   odatiylikdan   yiroqda,   hech
kimga o‘xshamagan, o‘zgacha va ayricha ijod qiladi. 
Rauf   Parfi   makon   asosida   insonning   xayliy   kechmishlarini   jonlantiradi,
Vatanga   muhabbat,   sadoqat   ramzi   sifatidagi   qarashlarini   shakllantiradi.   Buyuk
xalqning   ahvolini   ko‘rishi,   uning   qarashlaridan,   nigohlaridan   juda   ma’yuslik
36 anglashilib turadi. Chunki shoirning lirik qahramoni, kechinmalari asosida insonni
anglsha,   uning   quvonchiga   sherik   bo‘lishni   istaydi.   Ammo   u   davrda   bunday
susiyatlarni   poetik   obraz   darajasiga   ko‘tarish   ham   katta   jasorat   talab   qilishi
kitobxon his eta boshlaydi. Chunki XX asrning boshlaridayoq Hamza Hakimzoda
qayd qilganidek: 
Yaxshi holin yo‘qotgan, oqibatsiz Turkiston, 
  Istiqbolini ushotgan, ofiyatsiz Turkiston. 
Tabiiyki,   bu   misralar   o‘tgan   asrning   boshlarida   yaratilgan   bo‘lsa-da,   ijodiy
an’analarning   navotirlik   yo‘lida   qalam   tebratishida   o‘tmishi   va   bu   davrni   ko‘z
o‘ngimizda jonlantiramiz.
2-fasl .   Rauf   Parfi  she’riyatida lirik  qahramon talqini.   She’riyatni  butun
borlig‘i   va   so‘zni   esa   “jigarlarim”   deya   betakror   o‘xshatishlar   qiladi   va
tashbehning   ajoyib   na`munasini   yaratadi..   U   shunday   shoirki,   ijod   qilmasdan
turolmaydi,   ammo   so‘zni   ham   avaylab,   qimtinib,   asrab   qo‘llaydi.   Ba`zida   esa
asrolmaganidan   xijolat   tortib,   ularga   erkinlik   beradi   va   xayolat   bilan   ularni
tutashtiradi.  
Bundan tashqari shoir   ijodida istiora, husni ta`lil, tashxis, mubolag‘a,
ruju` kabi ma`naviy san`atlarni shoir ijodidagi ajoyib na`munalariga guvoh bo‘ldik.
Rauf   Parfi   lirikasi   yangiliklarga   boydir,   chunonchi   uch   qatordan   iborat
qofiyasiz,   hech   bir   adabiyot   qoidalariga   bo‘ysunmaydigan   she’rlar   mavjudligaga
guvoh bo‘ldik. Shoirning bundan ko‘zlangan asosiy maqsadi esa yangiliklarga boy
ijodkor   sifatida   tanilish   emas,   balki   she’riyatni   ko‘ngil   mulkiga   aylantirish   va
uning   dil   torini   chertayotgan   ohangiga   turli   ranglar   uyg‘unligini   kashf   etishdir.
Shu   qisqagina   she’rga   olam   qadar   ma`no   jamlagan   hamda   ko‘plab   badiiy
tasvirlardan ustalik bilan foydalangani tahsinga sazavor.
Asqad   Muxtor   “Sharq   yulduzi”   jurnalida   shoirga   oq   yo‘l   tilab   yozgan
so‘zboshisida   uning   hech   hech   kimnikiga   o‘xshamagan   ovoz   bilan   qulay
boshlaganini   e’tirof   etar   ekan,   shunday   yozadi:   “   Rauf   Parfi   har   bir   she’rida
odamning murakkab ruhiy   dunyosidagi   biron holatni   tutib olib suratlaydi. Bu   qiyin
ijodiy   jarayon   . Lekin Raufning satrlarida bu   qiynalish   bilinmaydi, ular go‘yo oson
ko‘chgandek ravon, tabiiy, samimiy”. Rauf Parfi she’rlarida kuchli falsafiy fikrlar
37 bilan hamohang badiiy tasvir vositalari, turli xil janrlar hamda badiiy san`atlardan
ustalik   va   mahorat   bilan   foydalangan.   Biz   ilmiy   ishimizda   badiiy   san`atlarning
shoir   ijodida   qo‘llangan   ajoyib   na`munalarini   tahlil   qilamiz.   Rauf   Parfi   ijodida
tajnis san`atining ajoyib na`munalarini  yaratgan.  Tajnis  (yoki  jinos)  she’r  baytida
ma`no   jihatidan   har   xil,   ammo   shakli   bir   xil   yoki   shaklan   bir-biriga   yaqin   ikki
so‘zni   keltirib,   ular   vositasida   muayyan   fikr,   lavha   yoki   timsolni   ta`sirchan
ifodalash san`atidir. 
Ko‘nglim   osmon   yanglig‘,   yorishdi   osmon, 
Kelur ot o‘ynatib Xaloskor sarboz.
O‘rqin   saharlarda   sen,   Ruhim,   omon
Yuksak-yuksaklarga   qilaber   parvoz.
Ot   qo‘yaman   yonishlar   yondi,
U   yerdan   kelmoqda   ovozim.  
Mazkur   misradagi   birinchi   qo‘llangan   tol   so‘zi   ot   so‘z   turkumiga   mansub
bo‘lib, “bargi ingichka, novdalari egiluvchan daraxt” ma`nosini anglatadi. Keyingi
banddagi  tol so‘zi  fe’l  so‘z turkumiga taalluqli bo‘lib, “cho‘mmoq, sho‘ng‘imoq”
ma`nosini  anglatadi. Nahot   Borliq   –   saqov. Nahot  Borliq -  ko‘r. Dildirab lopillab
turgan bulutlarning Tobutida yotar jonsiz tafakkur. Sovuqni ko‘r, yuzni chimchilar,
Masxaraman   unga   bu   zamon.   O‘ylarimga   kelib   sanchilar,   Oy   emas   ul   –   u   qotil
kamon .   Ko‘r   so‘zi   ot   so‘z   turkumiga   taalluqli   bo‘lib,   “ko‘rish   qobilyati   yo‘q,
so‘qir”   ma`nosini   anglatadi.   Birinchi   misoldagi   bu   so‘z   ko‘chma   “narsa,   voqea,
hodisaning   mohiyatini   tushuna   olmaydigan,   ongi   yetmaydigan,   ongsiz,   bilimsiz   ”
ma`nosida   qo‘1lanmoqda.   Ikkinchi   banddagi   ko‘r   so‘zi   fe’l   so‘z   turkumiga   oid
bo‘lib,   “ko‘z   bilan   ilg‘amoq,   ko‘z   bilan   aniq   farqlamoq,   sezmoq,   bilmoq”
ma`nosini   anglatadi.   Bu   ikki   so‘z   boshqa-boshqa   ma’no   anglatuvchi   shakldosh
so‘zlardir.Bu so‘zlar vosita Rauf Parfi tajnisning go‘zal na`munasini yaratgan.
Tajnisning   yana   bir   ko‘rinishi   tajnisi   murakkab   bo‘lib,   bu   xil   tajnislarda
shakldosh   so‘zlarning   biri   bir   so‘zdan,   boshqasi   ikki   tarkibdan   iborat   bo‘ladi. 1
She’riyatda tajnis murakkab o‘ziga xos uslubiy vositalar rolini bajaradi: misralarni
qofiyalash,   tuyuq   va   askiya   janrlariga   xos   so‘z   o‘yinini   ta`minlaydi,   shu   asosda
38 badiiy asarga husn bag‘ishlaydi:
Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, 
Tomchilar tomchilar sochimga, 
Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, 
Ham   qayg‘umga,   ham   quvonchimga .
Mazkur   misradagi   “Tomchilar   tomchilar   sochimga”   gapidagi   tomchilar,
tomchilar   so‘zlari   she’rga   o‘ynoqi   ohang   va   nafislikni   ta`minlashga   xizmat
qilmoqda.   Birinchi   qo‘llangan   tomchilar   so‘zi   –   tomchi   \ot\+lar   \ko‘plik
qo‘shimchasi\   shaklida.   Ikkinchi   qo‘llangan   tomchilar   (tomchi+la   \fe’l   yasovchi
qo‘shimcha\+r \   fe’lning   zamon   kategoriyasiga   oid   qo‘shimcha \dan   iborat.   Ijodkor
bu   o‘rinda   tajnis   san`atini   ajoyib   na`munasini   yaratish   bilan   birga   misradagi
o‘ynoqi ohangni ham ta`minlay bilgan. Yana bir she’rida: 
     G‘unchalar   pushtirang   va   zafar
     Zangori yaproqlar shahrida. 
     G‘unchalar   orzumdek   har   safar,
     G‘unchalar   qalbimning   bag‘rida . 
Poetik takrorlar silsilasida qofiya va unga aloqador san`atlarning ham o‘ziga
xos o‘rni bor . Qofiyada komponentlar tarkibidagi lafzdosh tovushlar miqdorining
ortib   borishi   poetik   nutqning   xushohanglik   va   jarangdorlik   xossalarining
kuchayishiga olib keladi.   Bu borada tajnis qofiyasining ham alohida o‘rni bor.      
     “Muncha   g‘amgin   bo‘lmasa   o‘ylar, 
      Hijron muncha bo‘lmasa uzoq. 
      Ayricha ko‘ringay har kasga dunyo,
      Borliqning savdoli ishlarin o‘ylar. 
      Pirpirab yonardi yulduzlar, 
      go‘yo Ruhning   manguligin   yondirar   ular . 
Birinchi   baytdagi   o‘ylar   (o‘y+lar)   so‘zi   “fikr,   xayol”   ma`nosini   anglatadi.
Ikkinchi   qo‘llangan   o‘ylar   (o‘y+la+r)   so‘zi   “fikrlamoq,   o‘yga   tolmoq”   ma`nosini
anglatadi. Bunday na`munalar shoir ijodida talaygina. Onalar tarannum etilgan bir
she’rida   “oqlaysan”   so‘zi   tajnisni   yuzaga   keltirgan:   tong   ottirmoq   va   gunohdan
39 soqit qilmoq ma`nolarini ifodalagan: 
    “Ko‘chalarga   qaraysan   har   zum,
      Kechalarni oqlaysan, ona. 
     Gunohkorman yolg‘iz men o‘zim, 
     Yana meni oqlaysan, ona. 
Adabiyotda   tazod   keng   uchraydigan   she’riy   san`atdir.   Tazod   so‘zi   “zid
qo‘yish”, “qarshilantirish” ma`nolarini ifodalaydi. Shu so‘z bilan ataluvchi she’riy
san`at   esa   baytda   o‘zaro   ma`no   jihatdan   zid,   qarama-qarshi   bo‘lgan   so‘zlarni
qo‘llab,   ta`sirchan   badiiy   timsollar,   lavhalar   yaratishni   nazarda   tutadi.   Rauf   Parfi
ijodida   zid   ma`noli   so‘zlarning   turli   ko‘rinishidan   unumli   foydalanib
adabiyotimizda   tazod   san`atining   go‘zal   ko‘rinishlarini   yaratgan.   Biz   bularni
ba`zilarini   ishimizda   tahlil   qilamiz.   Shoir   ijodini   kuzatish   davomida   uning   so‘z
qo‘llashdagi   ustaligi   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Shoirning   boshqa   ijodkorlarga
o‘xshamaydigan   bu   she’riy   san`atni   yaratishdagi   mahorati,   ya`ni   bir   bandning
o‘zida   bir   necha   zid   ma`noli   so‘zlarni   qo‘llanishi   shoir   ijodi   qiymatini   yanada
oshiradi. 
    “ Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, 
      Tomchilar tomchilar sochimga, 
      Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar,  
      Ham qayg‘umga, ham quvonchimga” .
Yuqorida   bandda   keltirilgan   qayg‘u   va   quvonch   so‘zlari   o‘zaro   leksik
antonimdir.   Qayg‘u   “boshga   tushadigan   ruhiy   azob;   g‘am,   musibat”   degan
ma`noni   anglatadi.   Quvonch   leksemasi   esa   “quvonch   his-   tuyg‘usi;   xursandlik   ”
ma`nosini   ifodalaydi:   “O‘lg‘on   da`vo   qilganlar   ...”   so‘zlar   shoir   ,   “Oqni   qora
deganlar   ...”   ayting,   kimlar?!”   Bunday   na`munalar   Rauf   Parfi   ijodida   juda   ko‘p
uchraydi va o‘zining mazmun-mohiyati bilan o‘zaro farqlanadi. 
   “Kunduz   o‘yga   cho‘mar,   tun   yaqin, 
     Osmon   yanglig‘   oqshom   sharpasi   – 
     Olis ufq poyida yorqin,
40      Kunning   qizil   shohi   pardasi . 
Kunduz   va   tun   leksemalari   ushbu   misrada   tazod   san`atini   vujudga
keltirilgan.   Kunduz   so‘zi   “sutkaning   quyosh   chiqqandan   to   quyosh   botguncha
davom etadigan qismi”ni bildiradi.  
Tun   so‘zi   “sutkaning   quyosh   botgandan   to   quyosh   chiqquncha   davom
etadigan qismi” ma`nosini anglatadi. Kunning qismi nuqtayi nazaridan kunduz va
tun leksemalari tazodni   vujudga keltirgan: 
   “Go‘yo baribirdir yaxshi va yomon, 
    Yurak, senga borar ko‘chalar ochiq... 
     Sachrab yonarsan-u bo‘lmassan tamom, 
      O‘tkinchi   g‘amlarga   achchiqma-achchiq”.
Shoirning   “Yurak”   she’rida   yaxshi   va   yomon   zid   ma`noli   so‘zlarini
qo‘llagan. Bu   so‘zlar ko‘p ma`noli   so‘z bo‘lib,   yaxshi va yomon   so‘zlarining bosh
ma`nolari   quyidagilar:   yaxshi   “ijobiy   sifat   va   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan,   ijobiy
baholanadigan   talabga   javob   beradigan”   va   yomon   esa   “salbiy   sifat   va
xususiyatlarga   ega   bo‘lgan,   salbiy   baholanadigan,   talabga   javob   bermaydigan”.
Ushbu   she’rda shoir yurakka murojaat   etib, yaxshi   so‘zining   “ijobiy sifatlarga ega
bo‘lish”   ma`nosi   bilan   yomon   so‘zining   “salbiy   sifat   va   xususiyatlarga   ega   bo‘-
lish”   zid   semalaridir.   Ushbu   o‘rinda   shoir   ko‘p   ma`noli   so‘zlarning   ma`no
qirralarini ochish barobarinda tazodning ham g‘o‘zal na`munasi yaratgan: 
“Uning   bilan   kechgan   damlardan,
   Senga qolgan shirin xotira. 
   Mening   esa   achchiq   g‘amlardan, 
   Tortib   ketdi   ko‘zlarim   xira . 
Ushbu   bandda   shirin  xotira,   achchiq   g‘amlar   so‘z   birikmalaridagi   shirin   va
achchiq   leksemalari   o‘zaro   tazod   san`atini   hosil   qilgan.   Bu   zid   ma`noli   so‘zlar
yuqoridagi   bandda   ko‘chma   ma`noda   qo‘llangan   bo‘lib,   aslida   ular   “ta`m”
ma’nosinisini ifodalaydi. Shirin xotira   birikuvidagi shirin leksemasi “kishiga rohat
bag‘ishlaydigan,   xursand   qiladigan”,   achchiq   g‘amlar   birikuvidagi   achchiq
leksemasi   esa   “kishi   izzat   nafsiga   tegadigan,   xafa   qiladigan”   kabi   ko‘chma
41 ma`noda qo‘llangan: 
Ilhom izlab keldi birovi, 
Birov   senga   qilindi   surgun. 
Kim   do‘st   edi,   kim   edi   yoving, 
Barchasini   aytolmam   bugun .
Mazkur   bandda   do‘st   va   yov   so‘zlari   o‘zaro   zid.   Do‘st   leksemasi   “doim
yaxshilik   qilishni   istaydigan   ,   tarafini   oladigan   kishi”   ma’nosini   anglatadi.   Do‘st
so‘ziga   antonim   sifatida   yov   so‘zi   keltirilgan.   Bu   leksema   “qarama-qarshi
maqsaddagi   kishi”   ma`nosini   ifodalaydi.   Yov   arxaik   so‘z   bo‘lib,   dushman
demakdir. Ushbu o‘rinda tazod san`ati she’rning ta`sirchanligi hamda badiiyligini
oshirish maqsadida qo‘llangan:
     “Birga   tug‘ildik-ku,   yuragim,
      Jahonni kezmakka piyoda 
      Odimlarimiz birdir bizning
      Shu   baxtli,   shu   badbaxt   dunyoda 
      Odamlarimiz birdir bizning . 
Baxtli   va   badbaxt   leksik   antonim   bo‘lib,   bir   xil   o‘zakli   so‘zdan   so‘z
yasalgan. Baxtli “hayotdan o‘ta mamnun, bearmon va shod-u xurram yashaydigan”
ma`nosini, badbaxt “baxti kulmagan turmushdan yolchimagan, baxtsiz, baxtiqaro”
ma`nosini bildiradi. 
Shoir   bu   misrada   bir   xil   o‘zakli   so‘zlarni   qo‘llab,   misradagi   ohangdoshlik
orqali   she’rning   mazmundorligini   oshirgan   va   she’rgi   o‘ziga   xos,   go‘zallik,
nafislikni yuzaga keltirgan: 
Men   o‘ylayman,   nedan   boshlay   gap, 
Sen o‘ylaysan, ne qilay javob. 
Na   kuladi,   na   yig‘laydi   qalb,
Qarashlari yaxlagan sarob. 
Ushbu   banddagi   “Na   kuladi,   na   yig‘laydi   qalb”   misrasida   antonim   so‘zlar
(kuladi – yig‘laydi ) so‘zlar qo‘llangan.Bu antonim so‘zlar fe’l so‘z turkumiga oid
bo‘lib, yig‘lamoq “ruhiy yoki jismaniy azobga ekanini tovush chiqarib yoki chiqar-
42 may,   ko‘z   yoshi   to‘kkan   holda   ifodalash”   ma`nosini,   kulmoq   leksemasi   esa
“xursandligini   zavq-shavqini   uzoq-uzoq   tovushlar   bilan   ifodalash”   ma`nosini
anglatadi: 
     Shovullaydi   shamol,   uvlaydi,
     Na tinim bor, na uyqu unda. 
     Alamini yoza bilmaydi, 
     Shodligin   ham   etolmas   udda . 
Mazkur   banddagi   tazod (alam  – shodlik ) o‘zaro zid ma`no ifoda etmagan
leksemalar   bo‘lib,   shu   kontekst   ichida   muallif   tomonidan   zidlik   munosabatiga
kirishtirilgan.   Alam   “jismoniy   qiynoq;   azob;   qiynoq”   ma`nosini   bildirib,   bu
leksemada   “jismoniy   azob”,   ”qiynoq”   semalari   bor.   Shodlik   “shod-xurram;
xursandlik, sevinch, quvonch” ma`nosini bildirib, shodlik leksemasida “quvonish”,
“mamnunlik”   (“tuyg‘u”)   semalari   mavjud.   Alam   leksemasidagi   “azob”   (qiynoq)
semasi,   shodlik   leksemasidagi   “mamnunlik”   (quvonch)   semasi   zidlikni   hosil
qilgan.   Ijodkorning   bu   o‘rindagi   so‘z   qo‘llash   mahorati   ma’noni   kuchaytirishga
xizmat qiladi. 
Rauf Parfi ijodi kontekstual antonimlardan o‘rinli foydalanib tazodning   eng
go‘zal   na`munalarini yaratgan: 
     “Hayot jomi ichra oqamiz, 
      Goh   xursand,   gohi   vayron, 
                Tevarakka hayron boqamiz, 
                Tevarakni   qoldirib   hayron .
                    Baxt   “hayotdan   to‘la   mamnunlik   va   bearmonlik   holati;   saodat,   qut”
ma`nosini   bildiradi.   Tashvish   leksemasi   “azob”(kulfat)   semasi   bilan,   baxt
leksemasi   “ mamnunlik” semasi bilan tazod san`atini hosil qilgan:
              “Qiynamag‘il   meni,   onajon. 
                Sen   –   abadiy,   men   –   lahza,   biroq
               “Itoat et menga shul zamon, 
                Yo   aylagil   telbani   tuproq!” 
Rauf   Parfi   ijodi   o‘ziga   xos   jilosi   bilan   kitobxon   ruhiyatiga   ta`sir   qilishida
43 ayni   turli   xil   badiiy  san`atlarning  o‘rni   beqiyosdir.   Rauf   Parfi   ijodidagi   mazmun-
mohiyatni anglash uchun uning raufona dunyosi hamda adabiyotdan ham xabardor
bo‘lish   kerak.   She’riyatda   shoirning   birovdan   yashiradigan   maxfiy   narsasi   yo‘q.
Faqat,   she’rning   sir-asrori   cheksiz   imkoniyatlari   chegarasizdir.   Bu   —   badiiyatga
aylangan   qismat.   Shoir   ijodida   mukarrar   san`atining   ajoyib   na`munalarini
uchratamiz.
  “Mukarrar” so‘zi “qayta-qayta, ust-ustiga” ma’nolarini ifodalaydi. Shu nom
bilan   ataluvchi   lafziy   san’at   esa   baytning   har   ikki   misrasida   takror   so‘zlarni
qo‘llashni nazarda tutadi.
Shoir   ijodida   uch   qatordan   iborat   sher`larni   uchratamiz.   Uch   qatorgina
she’rda   ijodkor   juda   chuqur   mazmun-mohiyat   hamda   falsafani   aks   ettiradi.   Bir
she’rida soat haqida fikr yuritib, vaqtning qnchalik ahamiyatli ekanligini mukarrar
san`atini qo‘llash orqali ifodalagan. Yozuvchi bir misraning o‘zida so‘zning leksik
ma`nosidan   foydalanib,   o‘zaro   zid   bo‘lgan   bir   necha   so‘zni   qo‘llay   olgan.   Bu
hodisa   oksimorion   hodisasi   sanaladi.   Adabiyotimizda   oksimorion   deb   ataluvchi
hodisada  ham  mantiqan biri  ikkinchisini  inkor  etadigan, bir-biriga mazmunan zid
bo‘lgan   ikki   tushunchani   ifodalovchi   so‘zlar   o‘zaro   qo‘shib   qo‘llaniladi.
Oksimorion   grekcha   so‘z   bo‘lib,   “o‘tkir   lekin   bema`ni”   degan   ma`noni   bildiradi.
Ular   ayrim   adabiyotlarda   “okkozional   birikma”,   “noodatiy   birikmalar”   yoki
“g‘ayriodatiy birikmalar” 1
 deb ham yuritiladi. 
Bunday   birikmalar   individualligi,   yangiligi,   ko‘nikilmaganligi   va   ohorliligi
bilan   tasvir   ifodaliligini   ta`minlaydi.   Otashin   muz,   yong‘inli   daryo,   so‘qir
lomakon,   qora   nur,   yalang‘och   shuur,   yaxlagan   sarob   oppoq   tun,   so‘zsiz   suhbat
kabi birikmalar   oksimorionga   misol   bo‘ladi. She’riy misrada so‘z takrori ma`noni
ta`kidlash   uchun   xizmat   qiladi.   Tardu   aks   san’atining   ikki   xil   ko‘rinishi   mavjud
bo‘lib,   so‘z   yoki   so‘z   birikmalari   hech   qanday   o‘zgarishsiz   aynan   takrorlansa,
“aksi tom” (“to‘la aks”) deb,   o‘zgartirib   takrorlansa, “aksi noqis” (“nuqsonli aks”)
deb ataladi:
      “Yo‘qlik   bir   armondir 
        Armon   –   bir   yo‘qlik, 
44         Armondan   iborat   borliq   va   lekin, 
        Yerga   cho‘kkan   mening   armonim .
Rauf   Parfi   tasavvur   dunyosi   keng,   u   so‘zni   xuddi   dengiz   to‘lqini   kabi
jilovlantira   oladi   va   xuddi   to‘pori   ot   kabi   jilovlay   oladi.   Mohirlik   bilan   so‘z
qo‘llaydi, bir qatorning o‘zida turli shakl  va ma`no hamda falsafiy fikrlarni idrok
qila oladigan shoirdir. Mazkur bandning birinchi misrasida ham tardu aksning aksi
tom turidan foydalanib, falsafiy fikrlarini ro‘yobga chiqargan.  
Har   bir   inson   dunyoga   kelibdiki,   u   bilan   orzu-umid,   ehtiyoj,   sabr-toqat,
sevgi-muhabbat,  dard-  istirob   kabi  tuyg‘ular  hamohang  yashaydi.  Shoir   dastlabki
jumlasida   ayni   shularni   nazarda   tutib,   har   bir   insonga   shu   tuyg‘ulardan   biri
armonni   ekanligini   ta`kidlagan.   Ikkinchi   jumlada   ham   o‘zining   badiiy   maqsadini
tardi   aks   san`ati   orqali   amalga   oshirib,   har   bir   inson   uchun   armon   bu   dunyoda
uning uchun   yo‘q narsasi   ekanligini badiiy ifodalashga harakat  qilgan. Rauf Parfi
siyqasi   chiqqan   odatiylikda   yiroq,   ammo   hayot   tasvirini   jonli   bo‘yoqlarda   aks
ettiradi.   Bu   chizgilarni   u   kamalak   ranglarida   ifodalamay,   balki   bo‘yoqlarni   ham
o‘zi yaratib hammani maftun etadi: 
     Telba-otash, deb meni pinhon, 
     O‘ylama sen mening yulduzim, 
     Seni o‘ylay   oldim- ku,inon, 
     O‘zimni   ham   o‘ylayman   o‘zim . 
Tardi   aks   san`ati   XIV   asardan   boshlab   keng   qo‘llanila   boshlagan 1
.   Ijodkor
bu   sa`natni   qo‘llashda   ham   shakl,   ham   mazmun   qirralariga   e’tibor   qaratgan.
Yuqoridagi   bandda   tardi   aksning   aksi noqis turi   qo‘llangan   bo‘lib, lirik qahramon
“o‘ylama   seni   va   seni   o‘ylay”   birikuvlari   orqali   poetik   maqsadini   ro‘yobga
chiqargan.   Rauf  Parfi  shunchalik  so‘zni   mohirlik  bilan  qo‘llaganki, ijodkor  butun
bir   misralardagi   so‘zlarni   teskari   takrori   orqali   ham   yuksak   badiiy   va   falsafiy
fikrlarini amalga oshirgan: 
     “O   xayolning   yo‘llari   olis,
      Yana   olislarga   boshlar   beshafqat, 
      Olis   u   yo‘llarning   xayoli . 
45 Mazkur   bandda   tardu   aks   she’riy   san`ati   orqali   o‘ziga   xos   ma`no
ifodalangan.   Shoir   birinchi   misrada   insonning   ruhiy   holatini,   ya`ni   insonlar
xayolga   cho‘mganda   xayol   ularning   o‘zining   olis   yo‘llariga   boshlashini   aks
ettirgan. Birinchi misraning teskarisi uchunchi misrada qo‘llangan va ma`no yana
ham   kuchayib   o‘ziga   xoslik   kashf   qilgan:   inson   xayolga   botganda   uning
yo‘llariga   asir   bo‘ladi   va   shu   xayollarga   birlik   hosil   qiladi.   Ijodkor   misli   rassom,
uning   bo‘yog‘idagi   ranglar   insonlar   dilini   tasvirlashga   qaratilgan,   o‘zining
tafakkuridagi har qanday o‘y-fikrlarni   kitobxonga yetkazib berish va fikr dunyosi
bilan oshno qilish ishtiyoji unda mujassam.  
She’r   va   shoir   haqidagi   fikrlarini   asoslash   maqsadida   tardi   aks   san`atining
butun bir misra ko‘rinishidagi so‘zlarni teskasi qo‘llash shakligan foydalangan. Biz
ijodkor   she’rlarida   tardi   aks   san`atini   tahlil   qilish   jarayonida   bu   san`atning
she’riyatda kamroq uchraydigan bir ko‘rinishiga guvoh bo‘ldik. Tardi  aksning bu
turida   misrada   so‘z   qo‘llanib,   keyingi   misralarda   aynan   tovushma-tovush   shu
so‘zning teskarisi takrorlangan. 
Bunda   shoir   shaklga   tayangan   degan   fikrga   kelsak,   mutlaqo   noto‘g‘ri
to‘xtamga kelgan bo‘lamiz. Sababi “Ona Turkiston” to‘plamiga kiritilgan mazkur
she’rda   kichik   syujet   orqali   hissiy   kechinmalar   ifoda   etilgan,   ya`ni   ijodkor   shu
yerga   tashrif   buyurganda   hayotning   sertashvish   lavhalarini   ko‘rganday   bo‘ladi.
Telefonlarning   birida quvonchli xabardan   kulgu, birida dardli tuyg‘u orqali yig‘i
bo‘layotganini   tasvir   etadi.   Cheksizlikning   cheki   birikuvining   o‘ziga   ishtiqoqni
yuzaga   keltirgan,   shuning   o‘zi   ijodkorning   qanchalar   so‘zga   usta   ekanligini
ifodalaydi: 
     “Yonib   aytdim,   cheksizlikning   cheki   bor,
       Cheksizlikning cheklariga yetaman. 
      Mendan   rozi   bo‘ling,   tiriklar,   do‘st-yor,
      Bir   chimdim   mehringiz   olib   ketaman . 
Rauf   Parfi ijodini kuzatar ekanmiz,   faqat ijodkorning o‘ziga xos ba`zi so‘z
yaratiqlariga ham guvoh bo‘lamiz. Baytda ishtiqoqni uyg‘on va uyg‘otlik so‘zlari
yuzaga   keltirgan.   Uyg‘on   so‘zi   fe’l   so‘z   turkumiga   kiradi,   uyg‘otlik   so‘zi   esa
46 sifatga   tegishli   bo‘lib,   shoirga   tegishli   so‘z   yaratmasidir.   Bu   yaratma   orqali
o‘zining ma`nodor fikr dunyosi bilan kitobxonni oshufta qilgan; 
     “Uyg‘on, uyg‘on, bolam, uyg‘ongil, ey dil,
       Uyg‘ondan   iborat uyg‘otlik   dunyo” .
Rauf   Parfi   O‘zturk   estetikasida   Turon-Turkiston   mavzuyi   alohida   sahifani
tashkil  etadi. «Turon-Turkiston mavzuyi  miloddan avvaldan yozma adabiyotlarda
yuz ko‘rsatib keladi, - deb yozadi   Rauf   Parfi. Misr-Bobil, Xitoy-Hindiston, Rum,
Eron,  Ovrupo,   Amerika   singari   Turon-Turkiston,   Turk   Dunyosi   jahon  ilm-u  fani,
madaniyati,   adabiyoti   va   san`ati   xazinasiga   o‘zining   munosib   merosini   berdi   va
berajakdir». 
Shoirning   ko‘nglini,   ijodini   bilmoqchi   bo‘lsang,   uning   ona   yurtini   borib
ko‘r,   degan   hikmat   bor.   Shoirning   Vatani   –   bu   uning   sehrla,   purhikmat
ma`nolarni  o‘ziga singdirgan sirli qiyofalar dunyosidir. 
Rauf   Parfi lirikasidagi So‘z, Ko‘z, Qushcha, Buloq, Daraxt, Chiroq, Xayol,
Nur   singari   obrazlar   tagdor,   purmahno   mazmun   ifodalashiga   ko‘ra   timsolga
aylanayotir.   Ular   Turonzamin,   Turkiston   xalqlarining   tarixiy   hayoti   sahifalarini
suratlantiradi.   Turkiy  xalqlar  taqdiridagi   zilzilali   voqealar   mohiyatini   aks  ettiradi.
Millat   taqdirida   o‘chmas   iz   qoldirgan   va   ayni   keyingi   yuz   yilliklarda   mudragan
jo‘mardlik,   jangarilik,   qahramonlik   ruhini   qayta   tiriltirish,   oyoqqa   qo‘yish,
faollikka da`vat Rauf Parfining Turon-Turkiston mavzuidagi she’rlarining yetakchi
xususiyatlaridan biridir: 
Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar, 
Oftob   sochqi   sochar   bosh   uzra   balqib.
U sening tilingdan aytar allalar, 
Qonim,   ona   tilim,   oh,   ona xalqim .
Sochmoq   fe’li   asosida   yasalgan   sochqi   so‘zi   misrada   yonma-yon   qo‘llanib
ishtiqoq san`atini shakllantirgan. 
Ma`lumki,   she’rda   ma`no   jihatdan   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan   tushunchalarni
anglatuvchi   so‘zlarning   qo‘llanish   hodisasi   adabiyotshunoslikda   tanosub   san`ati
deyiladi.   Badiiy   san`atning   bu   turi   ilmiy   adabiyotlarda   muroatu-n   nazir,   tanosub,
47 tavfiq, iytilof, talfiq nomlari   bilan han yuritiladi. Tanosub san`ati   she’r baytlarida
ma`no   jihatidan   bir-biriga   yaqin   tushunchalarni   anglatuvchi   so‘zlar   va   ular
vositasida   obrazli   ifodalar   ,   lavhalar   yaratishda   yetakchilik   qiladi.   Rauf   Parfi
ijodida bu san`atning bir qator turlarini uchratdik:
Yuragim   zindoni,   bir   yalong‘och   dor,
Sollanib turadir faqat men uchun. 
Bunda   bir   muhabbat,   zahri   qotil  b or,
Bu   zindonda   bir   Laylo   bor,   bir   ,  Majnun.
Mazkur   bandda   turkiy  tillar   rivojiga  hissa   qo‘shgan   bobokalonimiz  Alisher
Navoiyning   “Xamsa”   dostonlaridan   “sevgi   haqidagi   eng   qayg‘uli   qissa”   deb
ta`riflangan   “Layli   va   Majnun”dagi   qahramonlar   Layli   va   Majnun   nomini
keltirgan va tanosub talmehni ajoyib na`munasini yaratgan: 
      “Ko‘kda   oy,   yulduzlar   kirganda   so‘zga, 
      Aziz   boshingizga   sochar   nurini” .
  “Alyor” she’ridan  olingan  mazkur  misrada  osmon jismlari  nomi   keltirilib,
ularga insonga xos sifatlar berilgan, ya`ni  to‘y oqshomida ikki yoshga hatto oy-u
yulduzlar ham ezgu tilaklar tilab, o‘z nurlarini sochadi. Yana bir ijod na`munasida
vaqt tushunchasini  birlashtiruvchi  asr, yil va oy so‘zlarini qo‘llagan. O‘ttiz, o‘ttiz
bir   (ba`zan   yigirma   yetti,   yigirma   sakkiz)   kunni   o‘zida   birlashtiruvchi   oy
tushunchasi,   o‘n   ikki   oyni   o‘zida   birlashtiruvchi   yil   tushunchasi   hamda   yuz   yilni
tashkil   etuvchi   asr   tushunchalarini   daraja   asosida   qo‘llab,   vaqt   tushunchasini
ifodalagan va tanosub san`atini yuzaga keltirgan:
      Kechdi   asr.   Yillar   va   oylar, 
      Nelar   kechdi   boshingdan,   eyvoh.  
      Dodimni eshitgil, qodir Allohim,
      Ishq   sensan,   oshiq   ham   sen,   men   qulingman. 
      Loyiqman qahringga, do‘zahim- bog‘im, 
      Omonat   devorman,   o‘tman,   qulingman. 
Shoirning “Munojot” she’ri sof tasavvufiy yo‘sinda yozilgan ijod na`munasi
48 bo‘lib,   tasavvufiy   ramzlar   bilan   bog‘liq   tushunchalar   tanosub   san`atini   yuzaga
keltirgan. Banddagi   so‘zlar   tasavvufiy   talqinga   ko‘ra vujudi   mutlaq   (yagona   borliq)
Allohdir.   “Ishq”   –   bandaning   Allohga   bo‘lgan   sevgisi,   “oshiq”   –   Allohga
yetishmoqni istagan kishi 1
,   “qul” – Allohga dil bergan, uning yo‘liga kirganlar va
do‘zah.   ijodkor   so‘zni   o‘rinsiz   qo‘llamaydi,   balki   birgina   so‘z   orqali   olam-olam
ma`no   ifodalaydi:   “Ey   Samo,   ey   Zamin,   ey   Inson   –   qodir,   Gullar   ,   chechaklarga
to‘lsin oydin yo‘l, Nafosatga   axir   chidamli   odam”.
Yuqoridagi   bandda   gul   va   chechak   so‘zlari   tanosub   san`ati   hosil   qilingan.
Gul, chechak leksemalari “o‘simlikning , odatda, onalik va otaliklarini o‘rab turgan
tojibarg   (gulbarg)lardan  iborat  gultoj   shaklidagi  qismi”   degan  ma’noni   anglatadi.
Gul   tushunchasi   chechakka   nisbatan   kengroq   tushuncha   ,ammo   ma`no   jihatdan
o‘zaro   yaqindir.   Gul   so‘zi   jonli   tilda   ham,   kitob   tilida   ham   keng   qo‘llaniladi.
Chechak so‘zi eskirgan, asosan, badiiy uslubda qo‘llaniladi. Ijodkor har ikkilasini
o‘rinli qo‘llab, tanosubni hosil qilgan.  
Shoirning:
      “Bir ajib navoga o‘xshaydi, 
       Shoirga o‘xshaydi bir hassos. 
       Miskin   soz   chalmoqqa   u   shaydir, 
       Dardiga   bordir-ku   bir   asos” .    
B aytida   esa   musiqa   san`atiga   oid   navo,   soz,   chalmoq   so‘zlari   jamlangan.
Ular   vositasida   ijodkor   shoirlarning   ichki   kechinmalarini   jozibali   bir   tarzda   aks
ettirishga erishgan. 
Biz mazkur ikkinchi   bobda   lafziy   san`atlarning   Rauf Parfi ijodidagi   o‘rni va
qo‘llanishi   haqida   fikr   yuritdik.   Rauf   Parfi   ijodidagi   lafziy   san`atlarning
ko‘pginasi,   shu   jumladan,   tajnis,   tanosub,   ishtiqoq,   tazod,   tardi   aks,   takrir,
mukarrar, talmeh va shu   kabi san`atlarni tahlil qildik. 
Tahlil   jarayonida   shoir   ijodida   mazmun-mohiyat,   g‘oya,   shirali   ohang,
chuqur   falsafa,   o‘ziga   xos   uslub,   ba`zi   takrorlanmas   yaratmalar   borligiga   guvoh
bo‘ldik.   Har   bir   san`atni   shoir   qo‘llashda   o‘ziga   xos   mahorat   ko‘rsatgan.   Rauf
Parfi ijodi  o‘ziga xos jilosi  bilan kitobxon ruhiyatiga ta`sir  qilishida ayni turli xil
49 badiiy san`atlarning o‘rni beqiyosdir. 
Rauf   Parfi   ijodidagi   mazmun-mohiyatni   anglash   uchun   uning   raufona
dunyosi   hamda   adabiyotdan   ham   xabardor   bo‘lish   kerak.   She’riyatda   shoirning
birovdan   yashiradigan   maxfiy   narsasi   yo‘q.   Faqat,   she’rning   sir-asrori   cheksiz
imkoniyatlari   chegarasizdir.   Shoir   o‘ziga   xos   mazmun-mohiyatni   satrlariga
singdirishga harakat qilgan. 
Ba’zan bir sa`natning turli ko‘rinishlaridan foydalangan bo‘lsa   (tazod, ya`ni
leksik,   kontekstuallikka   asoslangan,   ko‘p   ma`nolilikka   asoslangan   va   boshqalar),
ba`zan   ba`zi   san`atlarning   hech   qaysi   shoirda   uchramaydigan   ko‘rinishlaridan
(tardi aks, ya`ni birinchi misradagi so‘zlarni (Pochta. Telegraf. Telefon.), she’rning
so‘ngi   misrasiga   teskarisini   takrorlaydi   (Nofelet.   Fargelet.   Atchop.)   foydalanib,
nafaqat,   ruhiyat   tasviri   ustasi   ekanligini,   ba’zan   esa   tilning   cheksiz
imkoniyatlaridan   ustalik   bilan   foydalangan   (tajnis,   ya`ni   leksik   omonimlikka
asoslangan, leksik-morfologik usulga asoslangan tajnis) balki so‘z qo‘llashda ham
o‘ziga xos uslubi borligini isbotlagan. 
Shoir ijodidagi lafziy san`atlarni tahlil qilish jarayonida har bir she’riy san`at
ijodkorning so‘z qo‘llash mahoratidan yuzaga kelishiga guvoh bo‘ldik. Jumladan,
ishtiqoqni   shoir   ijodidagi   qo‘llanishlari   o‘ziga   xos   ma`noni   yuzaga   keltirgan
(Bugun   shoh   erurman,   tilak   tilagil,   Bugun   men   gadoman,   tingla,   malagim.
Tilamoq fe’li va shu fe’l asosida yasalgan tilak ot so‘z turkumiga tegishli) Ushbu
bobni   tadqiq   qilish   jarayonida   shoirning   mahorati   tengsiz,   fikr   dunyosi   cheksiz
ekanligiga yana bir bora guvoh bo‘ldik. 
Xullas, shoir she’riyatining o‘ziga xos tamoyillari insonni anglashga bo‘lgan
xususiyatlarni   juda   teran   kashf   etadiki,   bu   esa   ijodkorning   badiiy   mahoratidan
dalolat berar edi. 
50 III BOB
SHOIR SHERIYATIDA BADIIYLIK FUNKSIYASI 
1-fasl.   Badiiylik   funksiyasi   va   lirik   kechinma   talqini.   Erk,   Haqiqat,
Ezgulik va Go‘zallikning tahmi, rangi, chehrasi   umumbashariy. Dunyodagi barcha
ellar   va   elatlar   uchun   tanish,   jondosh   va  qondosh.   Rauf   Parfi   she’riyatidagi   Ishq,
Qush, Daraxt, Nur timsollari erkka intilib yonib yashayotgan Shaxs ruhiy hayotini
aks   ettiruvchi   yangi   ramzli   ma`nodorlik   kasb   etdi.   Tomchida   oftob   aks   etgani
singari   Rauf   Parfi   she’rlari   —   bu   ichki   «men»   shaklida   zohir   bo‘layotgan
shaxsning   namoyon   bo‘lish   jarayonlarini   aks   ettiradi.   Qaysi   satrini   o‘qimang,
undan   shoirning   nigohini   tuyasiz,   nafasini   his   etasiz.   O‘tkir,   sinchkov,   olov
ko‘zlarini ko‘rasiz. 
Hayot   haqiqatini   badiiy   haqiqatga   aylantirish   o‘zbek   she’riyati
taraqqiyotining   barcha   davrlari   uchun   ham   bosh   xususiyat   bo‘lib   kelgan.   Lekin
unga erishish yo‘llari ko‘p, usullari nihoyatda xilma-xil. Shoir bu yorug‘ dunyoda
yashayotgan   Insonning   cheksiz-chegarasiz   kechinmalarini   so‘z   bilan   ifoda
qilguvchi   shaxsdir, deydi   Rauf   Parfi.
Shoir   ko‘zining   o‘rnida   daryolar   oqqan, elkasida tog‘lar yiqilgan, o‘z tanidan
chiqib, ruhga aylangan zotdir . Uning o‘z tahbiri bilan aytganda, shoirni kuylatgan
hazrati   inson.   Uning   haqqi-huquqlari   —   she’riyatning   ham   haqqi-huquqlaridir.
Jaholatning   ranglarini,   zulmning   ma`nosini,   zo‘ravonlik,   adolatsizlikning   sirti
shakar-botini   zahar   tabiatini   obrazlar   tiliga   ko‘chirgan   timsolli   haqiaqtlar   Rauf
Parfi ijodiy individualligini tayin etadi. 
Ushbu   xususiyat   Rauf   Parfi   O‘zturk   va   boshqa   bir   qator   shoirlarimizning
(Cho‘lpon   Ergash,   H.Xudoyberdieva.   Shavkat   Rahmon,   Tohir   Qahhor,   Xurshid
Davron,   Abdulla   Sher,   Usmon   Qo‘chqor   va   h.k.)   ijodiy   izlanishlaridagi   yetakchi
uslubiy yo‘nalishdir. Majoziy obrazlilik ramzlar vositasida fikrlash madaniyati XX
asrning   70-yillaridan   e’tiboran   o‘zbek   she’riyatida   yetakchi   tamoyilga   aylandi.
Rauf Parfi qo‘liga qalam tutgan asnolardan e’tiboran she’r uning uchun qismatga,
bir  umrlik	  taqdirga	  aylangan	  edi.	 
Rauf   Parfinining	
  nazdidagi   shoir   «jafokash	  shu	  xilqat	  aro	  qora
51 qalamga  hamnishin	  tutingan»,   g‘amgusor	  va   motamsaro   fikr   sochayotgan»
insondir,   norizo   odamdir.   Ammo   uning   norizoligi   avvalo   o‘ziga   qaratilgan.
Insonning   «qafas   ichra   uyg‘ongan   navo»,   «toshloqlarda   qon   yutgan   lola»   singari
ilojsizligi, «havosi so‘rib olingan havo»dagi hayoti uni qiynaydi. 
Shoir 70-yillardayoq yozgani kabi: «Yuzma-yuz kelgandek go‘yo o‘t va suv,
Yuzma-yuz   keladir   shoir   va   zamon». Zero,   «buyuk   e’tiqoddir   muborak   ilhom» va
shoirning yuragida qasos yashaydi, unda «sobit intiqom».
Yuksak   ideallarga   intilgan   Rauf   Parfining   sevib   ergashgan   shoiri   Blok
she’rni   tushuntirish   imkonsizligini   ta’kidlab   «dostentning   dastidan   dodlagan»
satrlarni   bitgandi.   Biz   ham   shoir   fenomenni   tushuntirish   niyatidan   yiroqmiz.
Ammo bu ham   bir urinishda. 
Rauf   Parfining   majoziy   timsollardan   tiklangan   badiiy   tafakkuri   ilk
satrlaridanoq   erk   istagi   va   ozodlik   ruhi,   jamiyatdagi   zulmga,   ijtimoiy
adolatsizlikka,   tengsizlikka,   nohaqlikka   qarshi   isyon   g‘oyalari   bilan   to‘yingandi.
Rauf   Parfi   XX   asr   o‘zbek   poeziyasida   fikr   bilan   kechinmaning   sintezini   badiiy
sanat darajasiga ko‘tardi, sof tuyg‘uning tabiiy oqimini, qabariq majoziy ifodasini
betakror   yo‘sinda   omuxtalashtirdi.   Uning   go‘zallik   hodisasiga   aylangan   dardli
she’riyatida Erk, Haqiqat, Ezgulik va Go‘zallikning tamini tuyish, rangini ko‘rish,
chehrasiga tik boqish mumkin. 
Rauf   Parfini   hayot   haqiqati   emas,   qalb   haqiqati   ko‘proq   o‘ziga   tortadi.
Mening nazarimda, u kundalik turmushda qanday yashamasin,  odamlar  bilan qay
tarzda   muloqot   qilmasin,   she’r   yozayotganda   qandaydir   ruhiy   yuksaklikda   turib
yozardi. Bir-ikki  marta uning jahlini  chiqarishga,  fikrini  shu taxlit  bilishga  urinib
ko‘rganman.   «Nega   siz   ham   «Oy   chiqar   goh   zaholi,   Qizlar   ko‘pdir   vafoli»   yoki
«Kigadir yoqar rayhon, Kim atirgul shaydosi» singari satrlarni yozmaysiz?» - deb
so‘raganman. Va undan javob ololmaganman. 
Uning   satrlari   zalvorli,   u   donishmand,   u   vijdon   singari   bir   so‘roqchi.   Bu
fenomen   hali   o‘rganilishi   kerak.   U   o‘zbek   she’riy   madaniyatidagi   sarbast   she’r
tuzilishini   o‘zbek   xalqining   nafaqat   orzu-armonlari,   dard-u   alamlari,   shu   bilan
barobar   yana   tafakkur   madaniyati,   qalb   zarblari,   o‘zbekona   milliy   ruhi   bilan
52 boyitdi,   raufona   oksimorion   tisollar   tizimini   yaratdi.   Hislar   oqimi   she’r
musiqiyligini   hosil   etishi   yolg‘iz   Rauf   Parfi   ijodiy izlanishlari uchun xos bo‘lgan
betakror   samaradir.   Satrlardagi   ichki   qofiyalanish,   alliterastiya   ohangdosh   so‘zlar
bilan   boyitilish   she’rning   tafakkur   to‘lqinining   ong-shuurlarda   mixlanib   qolishini
taminladi.   Rauf   Parfi   ijodida   odatiyliklardan   qochish   kuzatiladi,   u   she’riy
san`atlarni   she’riyatiga   singdirishga   harakat   qilmaydi,   balki   uning   ijod   olamiga
she’riy san`atlarning   o‘zi   tashrif   buyuradi. Ijodkor she’rlarida birdan   ortiq she’riy
san`atlar  talaygina. 
Rauf   Parfi   ijodida   nido   san`atining   oddiy   ko‘rinishidan   tashqari   majoziy
ma`nodagi   va   istioraga   asoslangan   ko‘rinishlari   ham   mavjud.   Bunda,   asosan,
ijodkor   murojaat   qilayotgan   narsa-buyum   va   shaxs   ko‘chma   ma`no   ifodalaydi.
Baytdagi   “malagim”   so‘zi   ayni   shu   vazifani   bajaryapti   va   nido   san`atini
shakllantiryapti.   Birgina baytning o‘zida o‘nga yaqin   she’riy   san`atni qo‘llay olish
ijodkorning   so‘z   ustasi,   ruh-tasvir   san`atkori   ekanligini   yana   bir   bor   isbotlaydi.
Ijodkor she’rlari mavzu jihatdan xilma-xil. 
Ammo u oddiylik va   odatiylikdan olisda ijod qiladi, she’riyatni hech qaysi
tarozida   o‘lchamaydi,   hech   narsaga   tenglashtirolmaydi.   She’riyat   uning   uchun
ko‘ngil deb atalmish koshona kaliti, dard deb atalmish tuyg‘u boshlanmasi, yurak
ishidir. Fikrlashi  teran, ijod dunyosi   boy, ruhiy   olami   cheksiz ijodkor-  Rauf   Parfi
she’rlarining   yetakchi   g‘oyasi   bu   ona   vatanidir.   Vatanni   madh   etishni   o‘zining
buyuk burchi, shoirlikning ma`uliyati deb biladi: 
Tikkandir   jonini   Vataniga   u, 
Bu so‘z qarshisida titrama, ey jon. 
Yuzma-yuz   kelgandek   go‘yo   o‘t   va   suv,
Yuzma-yuz   keladir   shoir   va   zamon.
So‘z   qarshisida   jonning   titrash   holati   tashxis   san`atini   yuzaga   keltirgan,
titrash   jarayoni   insonga   xos   bo‘lib,   mazkur   o‘rinda   jonga   ko‘chirilgan.   “Ey   jon”
murojaati   esa   nido   san`atini   shakllantirgan.   O‘t   va   suv   so‘zlari   konteksda   zidlik
ifodalamoqda   va   tazod   san`atini   vujudga   keltirgan.   Ikki   misrada   “yuzma-yuz
kelmoq”   birikuvi   takrorlangan   va   takrir   san`ati   qo‘llangan.   Shoir   va   zamonning
53 yuzma-yuz kelishini o‘t va suvni yuzma-yuz kelishiga o‘xshatgan, buni o‘xshatish
qo‘shimchasidek   hamda   go‘yo   so‘zlari   ta`minlagan   va   tashbehning   ajoyib
na`munasi yaratilgan. 
Rauf   Parfi   lirikasi   yangiliklarga   boydir,   chunonchi   uch   qatordan   iborat
qofiyasiz,   hech   bir   adabiyot   qoidalariga   bo‘ysunmaydigan   she’rlar   mavjud.
Shoirning bundan   ko‘zlangan   asosiy maqsadi   esa yangiliklarga boy   ijodkor sifatida
tanilish   emas,   balki   she’riyatni   ko‘ngil   mulkiga   aylantirish   va   uning   dil   torini
chertayotgan   ohangiga   turli   ranglar   uyg‘unligini   kashf   etishdir.   Yuqorida
keltirilgan misralar ham xuddi shu she’rlar sirasiga kiradi.  
O‘zaro   zid   tuyg‘ular   orqali   falsafiy   fikrlarini   kitobxonga   yetkazib   bergan.
Tuyg‘ularni   obraz   darajasiga   ko‘targan   va   ularning   ham   ichki   kechinmalari   bilan
o‘rtoqlashmoqni   istaydi.   Insonlarning   ichki   kechinmalarini   yuzaga   chiqaruvchi
hodisalar:   yig‘lash(   “ruhiy   yoki   jismaniy   azobga   ekanini   tovush   chiqarib   yoki
chiqarmay, ko‘z yoshi to‘kkan holda ifodalash”, qayg‘urishni tuyg‘ularga: sevinch
va   kulgu   “xursandligini   zavq-shavqini   uzoq-uzoq   tovushlar   bilan   ifodalash”ga
ko‘chiradi.  
Sevinch   va   kulgiga   murojaati   bevosita   nido   she’riy   san`atini   ham   yuzaga
keltiradi. Bundan tashqari, adabiyotimizda oksimorion deb ataluvchi   mantiqan biri
ikkinchisini   inkor   etadigan,   bir-biriga   mazmunan   zid   bo‘lgan   ikki   tushunchani
ifodalovchi   so‘zlar   o‘zaro   qo‘shib   qo‘llaniladigan   hodisa   ham   qo‘llangan.
(Sevinch   qayg‘urganmisan.   Kulgu   yig‘laganmisan)   Rauf     Parfi   hayvonlar,
qushlar,   jonsiz   va   mavhumiy   narsalarni   shu   xilda   tasvirlash  vositasida	  she’riy
asarda	
  ilgari	  surgan	  muayyan	  g‘oyani	  aniqroq   ifodalaydi,   shuning   uchun
tasvirlanayotgan   lirik   timsollar   yorqirroq,   jozibadorroq,   jonliroq   aks   etgan:   “Bul
xafa   kecha   kechar,  Quvgay   uni   oftob.   Bul   kecha   pardek   uchar,  Qo‘ynida  majhul
sarob” ekanligini anglay boshlaydi.  
Rauf Parfi she’riyatining badiiy xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
uning qarashlaridagi har bir tushuncha kitobxonni hayotni, olamni anglashga xizmat
qildiradi.   Shoir   she’riyatidagi   falsafiylik   ham,   undagi   emotsionallikni   ham   ijodkor
lirik   qahramonning   kechinmalariga   singdirib   yuboradiki,   bularning   barchasi   poetik
54 mahoratning   o‘ziga   xos   qirralarini   anglashga   xizmat   qilgan.   Lirik   qahramon
hayotidagi   eng   aziz,   yaqin   kishisidan   ajralgan   yoki   oddiygina   qilib   aytsak,   hayot
mashaqqatlaridan istirob chekkan inson qiyofasini, uning kechinmalarini badiiy talqin
etadi.   Kechinmalar   zamiridagi   tuyg‘ular   ifodasi,   lirikik   qahramon   hayotini,   uning
ma’naviy olamini ochishga xizmat qilgan.
2-fasl.Badiiy  san’atlardan  foydalanish  usullari.   Shoir  she’riyatining  juda
ko‘plab xususiyatlari san’atlar asosida ochib berilgan.
Tovushlarning rangiga qarang, 
Qarang tez tovushlarning rangiga, 
Bu sho‘rlik oy ham shoirmi deyman.
Bandning   birinchi   misrasida   kecha   (ot)   va   kechar   (fe’l)   so‘zlari   orqali
ishtiqoq  san’ati  qo‘llangan,  bir   o‘zakdan  iborat  bu  ikki  so‘z  nafaqat  ma`no, balki
ohangdorlikni ta`minlash uchun ham xizmat qilgan. Ikkinchi misrada odamga xos
bo‘lgan   quvish   (quvlash)   harakati   oftobga   ko‘chirish   orqali   tashxis   san`atini
yuzaga   keltirgan.   Uchinchi   misrada   kechalarning   qo‘ynidagi   majhul   sarob
holatini parni uchish holatigadek qiyoslash qo‘shimchasi  orqali o‘xshatib, tashbih
san`atining ajoyib na`munasi qo‘llangan.  
So‘nggi misrada   sarobga nisbatan majhul sifatlashi qo‘llangan.   Majhul so‘zi
eskirgan   so‘z   bo‘lib,   “noma`lum,   noaniq”   ma’noni   anglatadi.   Ijodkor   eskirgan
so‘zlarni ma`lum   bir poetik maqsadini amalga oshirishda qo‘llagan. Mazkur so‘zni
shoir   nutqqa   ko‘tarinki,   nazokatlilikni   ifodalash   uchun   qo‘llagan:   “G‘unchalar
pushtirang   va   za`far Zangori yaproqlar shahrida. 
        G‘unchalar   orzumdek   har   safar, 
        G‘unchalar   qalbimning   bag‘rida” . 
Rauf   Parfi   misralarida   she’riy   san`atlarning   go‘zal   na`munasini   yaratish
bilan birga har bir so‘zni yangi ohangda va shukuhda tarovat etishini ta`minlaydi.
Mazkur satrda qo‘llangan zangori so‘zi “sariq-yashil rang”ni ifodalamoqda.
Bundan tashqari zangori so‘zining gulga nisbatan ishlatilgan o‘rni ham Rauf
Parfi   ijodida   uchraydi.   Ijodkorning   bunday   so‘z   ma’nolari   qo‘llash   mahorati
diqqatga sazovordir.     Shoir g‘unchalarni orzusiga o‘xshatadi va tashbehni vujudga
55 keltiradi.   Mazkur   misrada   tashbihni   hosil   qiluvchi   vosita   –   dek   qo‘shimchasi,
o‘xshatilmish – g‘uncha, o‘xshamish – orzu. 
Shoir   g‘uncha   haqida   mulohaza   yuritib,   qalbda   yangi   paydo   bo‘layotgan
orzularni   g‘unchalarga   qiyoslaydi.   Bandning   uchinchi   va   to‘rtinchi   misralaridagi
g‘unchalar so‘zlari tajnisni shakllantirgan.  Misrada qo‘llangan birinchi g‘unchalar
so‘zi -   g‘uncha \ot\+lar \ko‘plik qo‘shimchasi\   ( “hali   ochilmagan   gul, gulbarglari
hali yozilmagan gul”   shaklida,	
  ikkinchi   qo‘llangan   g‘unchalar   (g‘uncha+la \fe’l
yasovchi   qo‘shimcha\+r   \   fe’lning   zamon   kategoriyasiga   oid   qo‘shimcha   \dan
(“g‘uncha paydo qilmoq, g‘uncha chiqarmoq” iborat. 
Rauf   Parfi   idroki   keng,   tasavvur   dunyosi   boy,   xayolot   tafakkurining
chegarasi   yo‘q.   U   yo‘qlikdan   borni   izlaydi,   uni   o‘z   purma`no   so‘zlari   bilan
ifodalashga harakat qiladi va topa oladi. 
Dastlabki   satrda   “malagim”   so‘zi   qo‘llangan,   bu   so‘z   o‘z   ma`nosida
qo‘llanayotgani   yo‘q,   ya`ni   shoir   haqiqiy   malak,   ya`ni   farishtaga   emas,   balki
malak   kabi   go‘zal   mahbubaga   murojaat   qilmoqda.   Binobarin,   malak   so‘zi
mahbuba, inson, suyukli yor ma`nosida ishlatilgan va istioraning go‘zal na`munasi
yaratilgan.   Ayni   shu   so‘z   orqali   nido   san`ati   ham   yuzaga   kelgan,   ya`ni   lirik
qahramon suyuklisiga murojaat qilgan. 
Keyingi   satrda   “otashin”   so‘zi   “qalb   harorati   bilan   isitilgan,   qizg‘in,
jo‘shqin; ehtirosli, alangali” ma’nosini anglatadi. Muz so‘zi “suv nol darajasigacha
sovish  natijasida qotgan holati, yax”  ma’nosini  ifodalaydi. Otashin  leksemasidagi
issiq   semasi,   muz   leksemasidagi   sovuq   semasiga   ziddir.   Isimoq   “o‘ziga   issiqlik
olib,   harorati   ko‘tarilmoq”   ma`nosini   bildiradi.   O‘z   navbatida   muz   leksemasidagi
sovush semasi bilan isimoq leksemasidagi haroratli semasi   ham ziddir. Ijodkor bir
misraning   o‘zida   so‘zning   leksik   ma`nosidan   foydalanib,   o‘zaro   zid   bo‘lgan   bir
necha so‘zni qo‘llay olgan. Bu hodisa oksimorion hodisasi sanaladi.
Ijodkor   she’rlarini   kuzatish   jaroyonida   jonsiz   narsalarni   lirik   qahramon
darajasiga ko‘targanlik holatiga guvoh bo‘ldik. Goh tuyg‘ularni  (sevinch, qayg‘u,
alam)jonlantirsa,   goh   tabiat   hodisalarini   (shamol,   daraxt),   goh   osmon   jismlarini
(oy,   yulduz,   osmon),   goh   jonzotlarni   (qushcha),   goh   jamiyatda   uchraydigan
56 detallarni   (nur,   sham   ,   qalam)   jonlantirganiga   guvoh   bo‘lamiz.   Mazkur   bandda
insonlarga   xos   bir   qancha   xususiyatlarni   shamolga   ko‘chirilganinga   guvoh
bo‘lamiz. O‘z navbatida bu tashxis san`atini vujudga  keltiradi.
Bir aqilli-yey mana bu qurmag‘ur, 
Bir chiroyliki mana bu. 
Bular ham tug‘ulganmikan.
Mazkur   banddagi   alam   va   shodlik   so‘zlari   o‘zaro   zid   ma`no   ifoda   etma-
gan leksemalar bo‘lib,   shu kontekst ichida muallif   tomonidan zidlik munosabatiga
kirishtirilgan.   Alam   “jismoniy   qiynoq;   azob;   qiynoq”   ma’nosini   bildirib,   bu
leksemada   “jismoniy   azob”,”qiynoq”   semalari   bor.   Shodlik   “shod-xurram;
xursandlik, sevinch, quvonch” ma`nosini bildirib, shodlik leksemasida “quvonish”,
” mamnunlik” (“tuyg‘u”) semalari mavjud. 
Alam   leksemasidagi   “azob”   (qiynoq)   semasi,   shodlik   leksemasidagi   “
mamnunlik”   (quvonch)   semasi   zidlikni   hosil   qilgan   va   tazodning   ajib   ko‘rinishi
shakllangan.   Ijodkorning   bu   o‘rindagi   so‘z   qo‘llash   mahorati   ma’noni
kuchaytirishga xizmat qiladi 
       “Seni   menga   betob   dedilar, 
         Bu   so‘z   yomon,   bu   so‘z   ko‘p   og‘ir. 
         Seni   menga   betob   dedilar, 
         Oqdi   yoshim   misoli   yomg‘ir .”
  Birinchi   misra   va   uchinchi   misrada   takrir   san`atining   misra   takrori   (Seni
menga   betob   dedilar)   ko‘rinishi   orqali   ichki   kechinmalar   jonli   bo‘yoqlarda
ifodalangan.   Bandning   oxirgi   misrasida   lirik   qahramonning   ruhiy   holati   tashbeh
san`ati orqali ochib berilgan ko‘zdan oqqan yoshni yomg‘irga qiyoslab, she’rdagi
badiiylik   yanada   oshirilgan.   Bu   badiiy   maqsad   misoli   o‘xshatish   leksik   vositasi
orqali amalga oshirilgan. 
Shoirning   “Tavba”   deb   nomlangan   she’ri   falsafiy   fiklar   bilan  birga   she’riy
san`atlarning   ajoyib   na`munalariga   boy   desak,   yanglishmagan   bo‘lamiz.
To‘rlikning   birinchi   misrasida   Semurg‘ afsonaviy   qushining nomi   qo‘llanib talmeh
san`ati   vujudga   keltirilgan.   Semurg‘   -   sharq   xalqlari   og‘zaki   poetik   ijodida
57 afsonaviy   qush. Semurg‘   qushining   so‘zlashi badiiy   adabiyotda jonsiz narsalarni   va
hayvonlarni   so‘zlashidan   vujudga   keladigan   she’riy   san`at   –   intoqni   yuzaga
keltirgan.   Shu   misraning   o‘zida   “E,   bedorlar”   murojaati   mavjud   bo‘lib,   bu   nido
she’riy   san`atini   shakllantiradi.   Ikkinchi   misrada   borim   va   bor   so‘zlari   ishtiqoq
san`atini yuzaga keltirgan. Yer va osmon so‘zlari zid ma`noli so‘z bo‘lib, mazkur
bandda tazod san`atini shakllantirgan: 
Aytgil   nechun   bunchalar   qiziq, 
Eski jahon, bu eski jahon. 
Bir she’r kerak non kabi issiq, 
Menga   bir   she’r   kerak,   ey   mezbon . 
Quyida  keltirilgan  bandda   shoir   o‘zidagi   ichki   kechinmalarni   aks   ettirishda
turli   xil   badiiy   san`atlar   va   badiiy   tasvir   vositalaridan   ustalik   bilan   foydalangan.
Ikkinchi   misrada   eski   jahon   birikuvini   takror   qo‘llab   takrir   san`atini   yuzaga
keltirgan   va   bu   orqali   shoir   fikrini   kuchaytirgan   va   emotsionallikni   oshirgan.   Ayni
takrir   san`atini   uchinchi   va   to‘rtinchi   misralarda   qo‘llagan   (bir   she’r   kerak)   va
shoirlik   mashaqqati   hamda   ularning   dunyosini   aks   ettirishda   mohirlik   bilan
foydalangan: 
Daryo   mavjlariga   yozilmish   g‘azal, 
Maysalar egilib o‘qiydir kitob. 
Shodlanib   xandalar   otar   bir   lahza, 
Bir   lahza   oh   tortib   qo‘yadir   oftob .
Badiiy   adabiyotda   hissiy   kechinmalarni   ifodalashda   she’riy   san`atlar   eng
yaxshi   vositadir.   Mazkur   bandda   shoir   tashxisning   go‘zal   na`munasini   yaratgan.
Maysaning   egilib   kitob   o‘qishi,   oftobning   goh   xandon   otib,   goh   oh   tortishi
insonlarga   xos   harakatlar   va   holatlar   bo‘lib,   bu   badiiy   adabiyotda   tashxis
san`atini yuzaga keltiradi. Xandon otmoq va oh tortmoq aslida zid ma`noli so‘zlar
bo‘lmay,   balki   konteksda   zidlik   yuzaga   kelgan.   Bu   qo‘llanish   tazod   san`atini
shakllantiradi.   Bir   lahza   birikuvining   uchinchi   misraning   oxiri   va   to‘rtinchi
misraning boshida  takror  holatda  qo‘llanishi  takrir   san`ating  go‘zal   na`munasidir.
Ushbu   bandda   takrir   san`atini   shoir   zidlikni   shakllantiruvchini   elementlarni
58 bog‘lash hamda ma`noni yana ham kuchaytirish maqsadida qo‘llagan: 
Navoiy   baytiga   o‘xshaydi   yo‘llar, 
Bu   toshlar   Hamzaning   qotili,  hayhot! 
Nahotki, umrbod o‘rtasa o‘ylar, 
Umrbod   zanjirband   etsa   xotirot!
Shoirning   xayol   dunyosi   keng,   u   yo‘llardan   ham   hikmat   va   saboq   izlaydi.
Ayni   shu   yo‘llarni   Navoiy   baytiga   o‘xshatib   tashbeh   san`atini   shakllantirgan.
Mazkur   bandning   dastlabki   misrada   ijodkor   shoirlik   qismati   haqida   ta`sirli   va
asosli   fikrlarni   bildirib,   turkiy   adabiyotini   rivojiga   hissa   qo‘shgan   XV   asrda
yashab ijod qilgan Alisher Navoiy nomini keltiradi. Keyingi misrada esa  XX asrda
yashab   ijod   etgan,   millat   erki,   uning   ma`rifati,   ma`naviyati   va   axloqiy
qadriyatlarida   yo‘lida   umrini   va   ijodini   bag‘ishlagan   ma`rifatparvar   Hamza
Hakimzoda Niyoziy nomi qo‘llangan. Badiiy adabiyotda mashhur allomalar nomi
she’riy baytda qo‘llanishi talmeh san’atni hosil qiladi. 
Mazkur   baytda   yana   bir   tarixiy   voqeaga   ishora   qiluvchi   talmeh   mavjud:
Hamzaning   ba`zi   asarlaridagi   ayollarni   ma’rifatga   chorlash   g‘oyalarni   johil
kimsalar noto‘g‘ri talqin qilib, 1929-yil 18-avgustda to‘shbo‘ron qilib o‘ldirishgan.
Shoir   aynan   shu   voqeaga   ishora   qilmoqda.   So‘nggi   misrada   xotirotning   umrbod
zanjir etish holati ifodalangan, bu tashxis san`atini yuzaga keltiradi.  
Adibning   hayotdagi   voqea-hodisalarga   munosabati,   o‘ziga   xos
dunyoqarashi,   teran   mulohazaviy   idroki,   tabiatdagi   boshqalar   ko‘ra   olmagan
ranglarni   nozik   his   etishi   hamda   uni   go‘zal   shaklda   kitobxonga   yetkazib   bera
olishi   va   yana   ko‘pgina   boshqa   jihatlar   birgalikda   badiiy   asarning   jozibadorligini
tashkil   qiladi.   Ijodkorning   xalq   tilini   chuqur   bilishi,   cheksiz   so‘z   boyligiga   ega
bo‘lishi, so‘zning   ta`sir qudratini his eta olishi, har bir   so‘zni ma`no noziklarigacha
ilg‘ab   olishi   so‘z   o‘yinlaridan   ustalik   bilan   foydalana   olishi   alohida   o‘rin   tutadi.
Iste’dodli   o‘zbek   shoiri   Rauf   Parfi   she’riyat   osmonida   tutgan   o‘rni   beqiyosdir.
Uning   she’rlarida   ilgari   surilgan   g‘oyalar   va   so‘z   qo‘llash   yo‘sinlari   etirofga
sazovordir.   Shoir   ijodini   o‘rganish,   uning   ijod   qirralarini   ochish,   tahlil   qilish,
uning fikrlarini yana bir ilg‘ashimizga asos bo‘ladi. 
59 XULOSA
Hozirgi   o‘zbek   she’riyatida   bir   qator   shoirlar   ijodida   obrazli   ifoda,   obraz
yaratish,   janrlar   imkoniyatini   kengaytirish   kabi   masalasida   shakliy-uslubiy
izlanishlar   etakchilik   qilmoqda.   Bunda   shoirlar   mumtoz   Sharq   she’riyatidagi
an’anaviy mavzu va lirik ifodalar, jahon she’riyatining ilg‘or yutuqlari va shaxsiy
izlanishlarini   qo‘shib   olib   borishlari   natijasida   she’riyatimizda   ijodiy   jarayonning
umuminsoniylik,   zamonaviylik,   milliylik,   badiiylik   kabi   tamoyillaridan   samarali
foydalanishganini   e’tirof   etish   lozim.   Xususan,   Ikrom   Otamurod,   Chori   Avaz   va
O‘roz Haydarlar  yaratgan lirik obraz misolida insonning  bir  vaqtning o‘zida ham
o‘zi   yashagan   davr   muammolari   hamda   sevgi,   sadoqat,   komillik,   vatanparvarlik
kabi   azaliy   muammolarni   yechishga   bo‘lgan   harakatlari   ko‘rinadi.   Bu
adabiyotning,   jumladan,   she’riyatning   eng   katta   vazifasi   bajarilayotganiga   asos
deyish mumkin.   
Har   bir   ijodiy   jarayon   doimiy   yangilanib,   shakllanib   boruvchi   o‘ziga   xos
adabiy   hodisadir.   Unda   olam   va   odam   muammolari   badiiy   uyg‘unlik   kasb   etib,
jamiyat   taqdiri   bilan   uzviy   tutashgan   adabiy   kontakt   vazifasini   bajaradi.   Shu
ma’noda,   she’rning   badiiy   tafakkur   shakli   ekanligi   inobatga   olinsa,   masala
mohiyati yanada teranlashadi. 
Lirik   ifodada   syujet   va   g‘oya   mutanosibligi   badiiylikning   ijodiy   tamoyili
sifatida barcha shoirlar e’tibor qaratgan muammo bo‘lib, unda badiiy so‘z tanlash,
uni   ma’lum   mavzu   asosida   badiiy   g‘oyani   ifoda   qiluvchi   vositaga   aylantirish
jarayonida   so‘zlarni   noto‘g‘ri   qo‘llash,   lirik   shakl   va   mazmun   birligiga   yetarli
e’tibor   qilmaslik   kabi   ba’zi   kamchiliklar   ham   uchradi.   Biroq   adabiy   jarayon
muntazam   davom   etadigan   ijodiy   hodisa   bo‘lib,   unda   ba’zi   nuqson   kamchilik
bo‘lishi, avvalo, shoirlar ijodiy faoliyatining umumiy fonida badiiy taraqqiyotning
60 tadrijiy takomili bosqichlariga xos xususiyat sanalishi ko‘rsatildi. 
Rauf   Parfi   talqinlarida   badiiy   fikrlash   to‘rtlik   va   sonet   janri   doirasida,
voqeaband   lirikada   samarali   natija   berganini,   shakliy-uslubiy   izlanishlarida
ramziy-falsafiy tafakkur  tarzi   xalqona usullar   bilan qorishiq  holda shoir   ijodining
yetakchi   tamoyilini   belgilab   bergan   bo‘lsa,   she’rlarida   hissiy-falsafa   yaratishga
moyillikda ko‘rinadi.  
Lirikda makon  va  zamon muammosi  mudom   yangilanib borayotgan poetik
tafakkurning   o‘zgarishiga   qaysidir   ma’noda   ta’sir   o‘tkazishi   mumkin.   Mazkur
falsafiy kategoriyaning lirik talqinida jamiyat hayoti aks etar ekan, inson obrazini
tadqiq qilish zamon hodisalarini aniqlashga yo‘l ochadi. 
O‘tgan   XX   asrda   olib   borilgan   ruhiyat   borasidagi   izlanishlarda   Cho‘lpon
boshlab bergan an’ananing vorisi sifatida Oybek, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov,
Abdulla   Oripovlar   ana   shu   jihatga   amal   qilganlar.   Davrning   o‘z   mavzusi
bo‘lganidek,   zamon   falsafasi   shoirlardan   bir   qadam   oldinda   yurishlikni   talab
qilardi.   Binobarin,   Rauf   Parfi   lirik   obrazi   ham   o‘quvchilarga   o‘rnak   bo‘ladigan
xususiyatlarga   ega.   Ulardagi   makoniy   sarhadlar   darajalanishi   zamoniy   tafakkur
bilan uyg‘unlik kasb etib borayotgani fikrimizning yorqin dalilidir.
Har   bir   davr   ijod   psixologiyasida   «men»   tushunchasi   ko‘zga   tashlanadi.
Lirik  men  tabiati   deganda,  shaxs  ruhiyatiga  daxldor   bo‘lgan  adabiy   portret   emas,
adabiy talqin ham  emas,  butun boshli  ruhning sajiyasini  tushunish  lozim. An’ana
va   shakliy-uslubiy   izlanishlar   motivatsiyasi   negizida   turgan   inson   taqdiri   hech
qachon bir maromda saqlanib qolmaydi. 
Chunki   u   o‘sha   davr   kayfiyatidagi   ijobiy   va   salbiy   o‘zgarishlarni   namoyon
qilishi   tayin.   Lirik   men   tabiatida   sonet,   to‘rtlik,   tavsifiy   lirika,   doston   singari
janrlar   diffuziyasi   ajralib   ko‘rinsa,   poetik   fokus   uni   anglatish   vositasi,   xolos.
Orzulari   sari   qadam   tashlayotgan   inson   obrazi   «men»lik   xususiyatidan   sira
chekinmaydi.   Bu   borada   davrga   xos   mavzu   hamda   undagi   talab   va   qonuniyatlar
she’rga o‘zgacha ruh ato qiladi. S h oirlar anglanmasida idrok qilinayotgan falsafiy
kategoriya   mudom   yangilanishga   intiladi.   Ayniqsa,   bu   hol   doston   tabiatida
o‘zgacha jilvalanishini unutmaslik darkor.
61 ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ
I.Норматив - ҳуқуқий ҳужжатлар 
1.Мирзиёев   Ш.М.   Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни   ривожлантириш   –
халқимиз   маънавий   оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир.//
Халқ сўзи. 2017 йил, 4 август.
2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони.  2017 йил 7 февраль,
ПФ   №   4947.   «Ўзбекистон   Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида».  www.gov.uz , www.lex.uz.
Илмий- метологик ва илмий- назарий нашрлар
3.Адабиёт   ва   замон.   –   Тошкент.   Ғ.Ғулом   номидаги   адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1986. – 160 б.
4.Акрамов Б. Шеърият гавҳари. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиёт
ва санъат нашриёти, 1979. – 107 б.
5. Арасту. Поэтика. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2004. – 96 б.
6. Арасту.   Поэтика.   Ахлоқи   кабир.   Риторика.   –   Тошкент:   Янги   аср
авлоди,2012. – 352 б.
7. Аҳмад   Аъзам.   Шеър   –   номаълумликка   таниш   ишора   //   Фахриёр.
Аёлғу. – Тошкент:  Sharq , 2000. – 233 б.
8.Генис   А.   Қалб   фотографияси.   //   Жаҳон   адиблари   адабиёт   ҳақида.   –
Тошкент: Маънавият, 2010. – Б.116-129.
9.Жабборов   Н.   Замон,   мезон,   шеърият.   –Тошкент:   Ғафур   Ғулом
номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. 2015. 304 б. 
10. Жамол  Камол.  Шеър   санъати.   –  Тошкент:  Янги   аср  авлоди,  2018.  –
100 б.
62 11. Жўрақулов   У.   Назарий   поэтика   масалалари.   –   Тошкент:   Ғафур
Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. –356 б.
12.Иброҳим   Ҳаққул.   Исёнкор   қалб   ва   ижод   соҳиби   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti. 2019. № 4, – Б.8 (3-9) 
13.Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006.– 327 б.
14.Йўлдошев   Қ.   Сўз   ёлқини.   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги
нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2018. – 237 б.
15.Йўлчиев   Қ.Бадиий   тафаккур   тарихида   вақт   ва   макон   масаласининг
тадрижий такомили // Ilm sarchashmalar, 2019. № 6,– Б. (69-74)
16.Каримов Б. Руҳият алифбоси. –Т, Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа
ижодий уйи. –364 б.
17.Мелиев   С.   Истиқлол   даврида   адабий   танқиднинг   ўрни   ва   мавқеи   //
Ўзбек   адабиётшунослигида   таҳлил   ва   талқин   муаммолари.   Анжуман
материаллари. – Қарши, 2016. –  49 б.
18.Мўминова С. Ўзбек фалсафий шеърияти ва Асқад Мухтор лирикаси.
– Тошкент: Фан, 2006. – Б.27-28.
19.Назар Эшонқул. Ижод фалсафаси. – Тошкент:   Akademnashr , 2018. –
213б.
20. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: Шарқ, 2007. –
258 б.
21. Раҳимжонов  Н.  Асқад   Мухтор  поэтикаси.   –  Тошкент:  Ғафур  Ғулом
номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2003.- 72 б
22.Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври ўзбек шеърияти. – Тошкнт: Фан,
2007. – 169 б.
23.Саримсоқов   Б.И.   Бадиийлик   асослари   ва   мезонлари.   –   Тошкент:
ТАИ, 2004. – 128 б.
24. Солижонов   Й.   Лирика   нафосати,   насрнинг   назокати.   (адабий-
танқидий мақолалари). –Т, “Адабиёт учқунлари”. 2018. –68 б.
25.Sulton, Izzat.Adabiyot nazariyasi –Toshkent: O‘qituvchi, 2005. –272 с.  
63 26.Тўраев   Д.   Давр   ва   ижод   масъулияти.   –   Тошкент:   Янги   аср   авлоди,
2004. – 57 б.
27.Тўраев   Д.   Рангин   тасвирлар   жилоси.   –Тошкент : Akademnashr ,   2014.
233 б.
28.Тўраев Д. Янги ўзбек адабиёти.– Тошкент: Фан, 2008. – Б. 163.
29.Улуғов А. Арасту англатган адабиёт// Жаҳон адабиёти. 2018. №2. –Б.
124-156.; 
30. Улуғов   А.   Қалб   ҳодисаси.   /   Республика   илмий-амалий   анжуман
материаллари. –  Қарши, 2016. – 55 б.
31. Умарали Норматов. Ижод сеҳри. –Т. Шарқ. 2007. –352 б.
32.Умуров   Ҳ отам.   Бадиий   ижод   асослари.   —   Тошкент:   Ўзбекистон   ,
2001. – Б.13. (120 б.)
33.Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. –Тошкент: Sharq, 2002 . – 256 б. 
34.Умуров Ҳ. Тирик шеърлар поэтикаси. –Т, Наврўз. 2015. –128 б.
35. Холова М. Ўзбек модерн шеърияти: тарихи ва назарияси. –Тошкент:
Муҳаррир. –116 б.
36. Шарафиддинов О. Довондаги ўйлар. – Тошкент: Маънавият, 2004. –
354 б.
37. Шер   Абдулла. Гўзаллик ёғдуси. –Тошкент: Ўзбекистон файласуфлар
жамияти, 2017. – 224 б.
38. Ҳаққулов И. Ижод иқлими. –Т, Фан. 2009.  -98б.
39.Ҳаққулов И. Тақдир ва тафаккур. – Тошкент: Шарқ,2007. –  273 б.
40.Ҳамдамов   У.   Шеър   –   борлиқ   ва   йўқлик   ораси.   –   Тошкент:   Адиб,
2013. – 403 б.
41. Ҳамдомов У. Янги ўзбек шеърияти. –Тошкент: Адиб, 2014. - 223 б.
42. Якубов И. Бадиий-эстетик сўз сеҳри. –Т, 2011. – 588 б.
43.Ян Парандовский. Сўз кимёси. // Жаҳон адиблари адабиёт ҳақида. –
Тошкент: Маънавият, 2010. – 244 б.
44.Quronov   D.   Adabiyot   nazariyasi   asoslari.   –   Toshkent:   Akademnashr,
2018. – 480 б.
64 45.Қурбонбоев   И.   Ҳозирги   ўзбек   лирикаси.   –Тошкент:   Муҳаррир.
2013.-167б.
46.Қуронов Д. Назарий қайдлар. –Тошкент: Akademnashr, 2018–128 б.
47.Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати.
– Тошкент: Akademnashr, 2010. – 400 б.
48.Ғафуров   И.Мангу   латофат:   Бадиалар,   рисолалар:   2-китоб.   –
Тошкент: Шарқ, 2008. – Б.283.464 б.
III . Адабий бадиий нашрлар
49. Воҳидов   Э.   Ишқ   савдоси.   Сайланма.   Биринчи   жилд.   –   Тошкент:
Шарқ, 2000. – 416 б.
5 0 . Rauf Parfi “Tovba”. – Toshkent. “Yozuvchi” nashriyoti, 2000. – 48 bet.
51.Рауф Парфию Туркистон руҳи. Сайланма. – Тошкент, “Шарқ”, 2013.
– 380 бет.
65

RAUF PARFI SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON MUNDARIJA KIRISH........................................................................................................3 I BOB.RAUF PARFI IJODI VA ADABIY-TANQIDIY QARASHLAR...........................................................................................10 1-fasl. Shoir she’riyati va adabiy-tanqidiy qarashlar..................................10 2-fasl. Shoir she’riyatida Vatan mavzusi....................................................19 II BOB. SHOIR SHE’RIYATDA TURKISTON MAVZISI VA UNING TALQINI .....................................................................................30 1-fasl. Shoir she’riyatida makon ifodasi va ma’no ifodalash xususiyati.....30 2-fasl. Rauf Parfi she’riyatida lirik qahramon talqini.................................38 III BOB. SHOIR SHERIYATIDA BADIIYLIK FUNKSIYASI...........51 1-fasl. Badiiylik funksiyasi va lirik kechinma talqini.................................51 2-fasl. Badiiy san’atlardan foydalanish usullari..........................................55 Xulosa… ………………………………………………………………….61 Adabiyotlar ………………………………………………………………63 1

KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida zamonaviy lirikaning faol janrlari, poetik shakllarning yangilanishi, voqelikni badiiy idrok etishdagi y etakchi tamoyillar tadqiqiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu, birinchi galda, she’riyatdagi neorealizm yo‘nalishining psixopoetika, poetik stilistika kabi usullar vositasida o‘rganilishi mahsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, badiiy tafakkur yutuqlarining jahondagi ilg‘or adabiy-estetik an’analar bilan sintezlashishi tadqiqi samarasidir. Dunyo xalqlari she’rshunosligida poetik talqinning tobora siqiq, sof adabiy hodisa sifatida o‘rganilishi, muammo talqinining o‘ziga xos ifodasini ko‘p hollarda she’riyatning yangilanishini namoyon etmoqda. Zamonaviy she’riyat takomilida odam va olam munosabatlarining tutgan o‘rni tadqiqiga e’tibor har qachongidan kuchaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida she’riyatni jahoniy darajaga ko‘tarilishi yuz berganligini ham alohida qayd etmoq lozim. Shoir olam-u odam muammolarini, uning qalb kechinmalarining she’rga aylantirilishi, bashariyat oldida turgan qator masalalarga uyg‘unlashuv, takomili she’riyat tadqiqiga yangicha yondashuv uchun zamin yaratdi. Shu bois “Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu, avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, shoir Cho‘lpon aytganidek, adabiyot va madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q” 1 . Muayyan davr adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyotida o‘sha davr adabiyotida munosib o‘rin tutgan ijodkorlar muhim o‘rin tutadi. 70- yillardayoq adabiyotimizda o‘z ovoziga ega bo‘lgan bir qator ijodkorlar Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabi shoirlarning poetik izlanishlari yangi sahifalarni bu jarayonda ocha oldi. Iste’dodli bu ijodkorlar she’riyatida olam va odam ruhiyati talqini, hayotiy muammolarni badiiy-falsafiy tadqiq etish 1 ЎзбекистонРеспубликаси Президенти Шавкат Мирзи ё евнинг « Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини халқаро миқёсда ўрганиш ва тарғиб қилишнинг долзарб масалалари » мавзусида ги халқаро конфер e нция иштирокчиларига йўллаган табриги. www.xabar.uz. 2

jarayoni o‘ziga xos ifodalangan. Har bir ijodkorning o‘z uslubi bo‘lgani kabi o‘zbek she’riyatining ham yorqin namoyondalari hisoblangan bu ijodkorlar, adabiyotimizda takrorlanmas iz qoldirdi. Mustaqillik tufayli boshqa sohalar qatorida ma`naviy hayotimizda ham ulkan o‘zgarishlarga, yangilanishlarga keng imkoniyatlar ochdi. Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil – ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyaning inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb belgilanishi ham bejiz emas edi. Yurtimizda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishiga katta ahamiyat qaratilgan. Barkamol va komil insonni tarbiyalash mamlakatimizda muhim masalalardan biridir. Biz komil inson deganda, avvalo, ongi yuksak fikrlay oladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz. Eng avvalo, yoshlarni kafolatlangan ta`lim- tarbiyaga yo‘naltirish uchun o‘zligimizni anglashni o‘rgatmog‘imiz lozim. O‘zlikni anglash milliy qadriyatlarni hurmatlash, ona tilimizni qadrlash va eng avvalo, adabiyotimizga e’tibordan boshlanishi barchamizga juda yaxshi ma’lum. Adabiyotimizda yirik iste’dodli yozuvchi va shoirlar bisyordir. Har qanday ijodkorning badiiy mahorati u yaratgan badiiy asarlar tilida namoyon bo‘ladi. Adibning hayotdagi voqea-hodisalarga munosabati, o‘ziga xos dunyoqarashi, teran idroki, tabiatdagi boshqalar ko‘ra olmagan ranglarni nozik his etishi hamda uni go‘zal shaklda kitobxonga yetkazib bera olishi va yana ko‘pgina boshqa jihatlar birgalikda badiiy asarning jozibadorligini tashkil qiladi. Ijodkorning xalq tilini chuqur bilishi, cheksiz so‘z boyligiga ega bo‘lishi, so‘zning ta’sir qudratini his eta olishi, har bir so‘zni ma`no nozikligini ilg‘ab olishi, so‘z o‘yinlaridan ustalik bilan foydalana olishi alohida o‘rin tutadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek adabiyotining istedodli shoirlaridan biri Rauf Parfining go‘zal misralari, qator tarjimalaridagi o‘ziga xos xususiyatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ijodkorning badiiy mahoratini boshqalardan ajratib turadigan yorqin qirralaridan biri ham tilidagi o‘ziga xoslikdir. Uning ijodida Ona Vatan, Turkiston mavzulari etakchilik qiladi. Bu poetik talqinlar bir 3

qator adabiyotshunoslar tomonidan o‘rganilganligini ham alohida qayd etish lozim. 2 Shoirning she’riyatidagi poetik talqinlardagi ifoda shakllari, ijodkorning lirik qahramon va kechinmalar ifodasini talqini o‘ziga xos tarzda tahlil qilinganligini ham kuzatish mumkin. Shoir she’riyatidagi talqinlarni tahlil qilganligini ham qayd etib o‘tamiz. 3 Iste’dodli o‘zbek shoiri Rauf Parfi she’riyat osmonida tutgan o‘rni beqi- yosdir. Uning she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar va so‘z qo‘llash mahorati e’tirofga sazovordir. Shoir ijodini, uning so‘z qo‘llash mahoratini o‘rganish uchun Rauf Parfi she’riyatidagi badiiy san’atlarni, misralarda ifodalangan kechinmalar ifodasini ham alohida qayd etish lozim. Bunda Rauf Parfi she’riyatida qo‘llangan lafziy va ma’naviy san’atlar hamda bir bandning o‘zida bir nechta she’riy san’atlardan foydalanganligini tahlil qilish, shu asosida kechinmalar ifodasidagi qarashlarni yaxlit mohiyatini anglash mumkin. She’riy sanatlar yuzasidan talaygina ishlar qilingan. A Hojiahmedov, T Boboyev, B Zaripov kabi tadqiqotchilar ishida bu o‘z aksini topgan. Rauf Parfi ijodining adabiy merosi o‘rganilgan, ammo uning asarlaridagi lirik kechinmalar yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Mazkur bitiruv ishida shu muammo o‘zimizning diqqatimizni qaratamiz. Biriruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Rauf Parfi she’riyatining badiiy xususiyatiga e’tibor qaratish, ijodkor she’riyatidagi badiiy san`atlarni tahlil qilib sharhlash. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirdik: - Rauf Parfi ijodi bilan tanishish; - Shoir she’riyatining o‘ziga xos tamoyillarini asoslash; - Ijodkor she’rlaridagi g‘oyalar va fikrlarni idrok qilish; - Rauf Parfi ijodidagi lirik kechinmalar ifodasini izohlash ; - Shoir ijodidagi lirik qahramon xarakterining badiiy talqinlari haqida so‘z yuritish; -Rauf Parfi ijodi va unda qo‘llangan she’riy san`atlar haqida 2 Rahimjonov N. istiqlol va bugungi adabiyot. – Toshkent, O‘qituvchi, 2012. – 296 bet. 3 G‘aniyev I. Rauf Parfi O‘zturk dunyosi. Monografiya. – Toshkent, Muharrir nashriyoti, 2021. – 732 bet. 4

xulosalar chiqarishdan iborat. Biriruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi . Bitiruv malakaviy ishining yangiligi shundan iboratki, mazkur ishda Rauf Parfi she’riyatidagi lirik kechinma va lirik qahramon va badiiy san’atlarning matndagi o‘rnini tahlil qilishdan iborat. Biz Rauf Parfining ajoyib so‘z ustasi, mohir ijodkorligini yaxshi bilamiz. Ko‘p tadqiqotlar, ilmiy ishlar ijodkor asarlarini adabiy jihatdan o‘rganishga qaratilgan, ammo shoir ijodining qayd qilingan xususiyatlari yetarlicha tahlil qilinmagan. Tadqiqotning manbalari . Tadqiqot vazifalari va tahlil mavzu taqozosiga ko‘ra ishda quyidagi asosiy manbalarga tayandik: she’riy asarlaridagi lirik qahramon, lirik kechinma va badiiy san’atlar, Turkiston mavusining badiiy talqinlariga doir turli ilmiy adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar hamda internet ma’lumotlaridan foydalandik. Shuningdek, shoirning “Saylanma” asari asosiy manba vazifasini o‘tadi. 4 Tadqiqotning predmetini ob y ekt sifatida olingan shoirlar she’rlaridagi janriy xususiyatlar, badiiy tafakkur va falsafiy mushohada , lirik voqelikni badiiy idrok etish va ifodalashdagi y etakchi tamoyillar, obraz va obrazlilik masalalari tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat : - Zamonaviy o‘zbek she’riyatida mumtoz Sharq lirikasidagi an’anaviy mavzular bilan jahon intellektual she’riyati yutuqlarining milliy poetik tafakkur kontekstida o‘zaro sintezlashishi natijasida ijodkorlarning badiiy idrok ko‘lami kengayib, she’riyatdagi lirik qahramon va kechinmalarning badiiy ifodasini anglash; - Hozirgi o‘zbek she’riyatidagi voqeaband lirikaga xos shakliy-uslubiy izlanishlarda ramziy-falsafiy tafakkur tarzi xalqona usullar bilan qorishiq holda talqin qilinishi ustuvor ijodiy tamoyil darajasiga ko‘tarilganligi dalillangan; - She’riyatda lirik kechinmani anglatishning asosiy vositasi sifatida keng qo‘llaniluvchi “ko‘ngil” poetik obrazi ham shakliy, ham mazmuniy jihatdan asarning badiiy yaxlitligini ta’minlaydigan yetakchi unsurga aylanganligi ko‘rsatib 4 Parfi Rauf. Saylanma. – Toshkent, Akademnashr, 2013. 41-bet. 5