SHAXSLARDAGI TAJOVUZKORLIK XUSUSIYATLARINI PSIXOLOGIK ASOSLARI
SHAXSLARDAGI TAJOVUZKORLIK XUSUSIYATLARINI PSIXOLOGIK ASOSLARI MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………3-6 I. BOB. ShAXSLARDAGI TAJOVUZKORLIK XUSUSIYATLARINI NAZARIY ASOSLARI. 1 .1. Psixologiyada tajovuzkorlik muammosining ilmiy- amaliy tadqiq etilganligi………………………………………………………………………7-20 1.2. Shaxs tajovuzkor holati borasidagi ilmiy qarashlarning rivojlanish bosqichlari ……………………………………………………………………21-30 1.3. Agressiya - shaxsda tajovuzkor va qasoskor xulq ni shakllantiruvchi omil sifatida …………………………………………………………….……31-42 II BOB. TAJOVUZKOR HOLATDAGI SHAXS DIAGNOSTIKASI VA KORREKSION TA’SIR ETISH TEXNOLOGIYASI. 2.1. Shaxs tajovuzkorlik holatini psixodiagnostika qilish va unga maslaxat berish yo’llari……………………………………………………………...…43-57 2.2. Shaxs da gi tajovuzkorlik holat lariga konsultativ ta’sir etish usullari va korreksiyasi………………………………………………………………….58-68 XU LOSA ………………………………………………………………69-70 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ...............................................71-73 ILOVA………………………………………………………….………74-78
KIRISH Dissertasiya mavzusining dolzarbligi . Jahon psixologiya s ida tajovuzkorlik hissi shaxsni ko’plab salbiy his-tuyg’ularga duchor bo’lishi ga olib keluvchi , shaxs psixologiyasida chuqur o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi eng dolzarb muammolar i dan biri bo’lib qolmoqda. Shaxsni ko’plab stresslarga, salbiy his- tuyg’ularga duchor bo’lishi, shaxs psixologiyasida chuqur o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi eng dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Aytish joizki, tajovuzkorliklarning aksariyati aynan jismoniy kuch ishlatish orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu bois mamlakatimizda «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ikkinchi sifat bosqichida zukko, o`ta zehnli, kuchli intellektual potensiya egasi, bunyodkor va ijodiy faol, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy, siyosiy hayotda mustaqil ravishda o`z yo`lini, o`rnini topa oladigan, istiqboldagi vazifalarni oldindan ko’ra bilib, ularni hal etishda va mustaqil qaror qilishga qodir bo`lgan yoshlarni voyaga yetkazish asosiy vazifa qilib qo`yiladi. Tadqiqot muammosining dolzarbligi yoshlar orasida tajovuzkor tendensiyalarning kuchayishi bilan bog’liq. Ayni paytda O’zbekiston Respublikasining davlat siyosatida bolalar va yoshlar uchun shart-sharoit yaratishda hamda ularning har tomonlama kamol topishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid siyosat to’g’risida”gi qonuni , shuningdek , respublikamiz yoshlarini ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlashga asos bo’layotgan bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar buning munosib tasdig’idir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab quvvatlash to’g’risidagi”gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonlari, 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertasiya muayyan darajada xizmat qiladi.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Ilmiy adabiyotlarda destruktiv xarakterga ega bo’lgan deviasiyalar psixologik (A . Ye . Lichko , V . S . Bitenskiy) , shaxsiy (V . D . Mendelevich , K . S . Liseskiy , S . V . Berezin) ijtimoiy (Dj . A . Solomzes , V . Cheursan , G . Sokolovskiy) , tibbiy (N . N . Ivanes , M . A . Vinnikova) . muammo sifatida ko’riladi. Ansiferova L . I ., Axromova A . G . lar tajovuzkor xulqli shaxslarga jinoyat motivasiyasining o’zgaruvchanligi xosligini ta’kidlaydilar. Bu xulq turida tajovuzkorlik, beshavqatlik, ma’lum bir makonni nazorat qilishga intilish, xasad xislari o’rnasha boradi. O’zbek psixolog olimlaridan M G Davletshin,G’ Shoumarov , G To’laganova, Z.Nishonova, N.Komilova va boshqalar bolalik davrida tarbiyasi qiyinlik va tajovuzkor xulq muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borganlar Tadqiqotning ilmiy metodologik asosini , O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi qonunini. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, hamda rus psixologlari V ы gotskiy L . S .; Leontyev A . N . oliy psixik funksiyalarni murakkab boshqaruv jarayoni sifatidagi nazariyalari , Luriya A . R . va Rubinshteyn S . Llarning , shaxsdagi , intellektual affektiv jarayonlarning o’zaro bog’liqligi nazariyalari A.A. Bodalev G.M. Andreyeva V. Brudniy, A.I. Donsov, T.B.Mamatqulov, X.T.Ikramov, Sh.Inomjonov, G Q Tulaganova, Z.Nishonova, N.Komilova va boshqalarning tadqiqiot mavzui bo’yicha izlanishlari tashkil qiladi Tadqiqotning maqsadi : - shaxslar o’rtasida tajovuzkorlikni tuzatishning psixologik mexanizmlarini ochib berish. Tadqiqot vazifalari: - shaxslarda tajovuzkor xulqni psixologik konsultativ ta’sir etish texnologiyasi muammosi bo’yicha ilmiy psixologik adabiyotlar va ommaviy axborot vositalari materiallarini o’rganish, amaliy tavsiyalarni asoslash . - tajovuzkorlikning yoshga bog’liq xususiyatlari va ruhiy holatlarni o’z-o’zini tartibga solish muammosi bo’yicha ijtimoiy-psixologik adabiyotlarni tahlil qilish. - shaxslarda tajovuzkor xulqni namoyon bo’lishiga sabab bo’luvchi deviant, delikvent, agrresiv ko’rinishlarini nazariy tasniflash ; - shaxslarda tajovuzkor xulqni psixologik diagnostika va korreksiyasi usullalarini o’rganish
- shaxs tajovuzkor xulqni psixologik diagnostikasi asosida konsultativ mashg’ulotlar olib boorish. - o’qituvchilar va psixologlar uchun xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning obyekti: Shaxslardagi tajovuzkorlik holati jarayoni . (18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan shaxslar) Tadqiqotning predmeti: tajovuzkor xatti-harakatlar hodisa sifatida , tajovuzning turlari va mexanizmlari, shaxslardagi tajovuzkor xatti-harakatlarni tuzatish uchun xarakterli xususiyatlar va psixologik sharoitlar. Tadqiqotning ilmiy farazi. Tajovuzkor holatidagi shaxsga konsultativ ta’sir etish texnologiyasi tadbirlarni muvoffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin agar : –shaxsning psixologik xususiyatlari, oilaviy tarbiya usullarini bilish bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganilsa; – tajovuzkor maqsadlarini aniqlash asosida tashkil etilsa ; –shaxslar tajovuzkor xulqga muqobil bo’lgan xulqiy ko’rinishlarni afzalliklari yetarli darajada tushuntirilsa; –shaxslarda ijobiy ijtimoiy faollik shakllantirilsa ; –shaxslarda o’z sog’ligi va kelajagi uchun mas’ullik xissini keltirib chiqaruvchi irodaviy xususiyatlar shakllantirlsa; Tadqiqot metodlari: 1. O’rganilayotgan muammo bo’yicha ilmiy psixologik pedagogik adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari materiallari o’rganish 2. Suxbat. 3. Kuzatish. 4. Shaxslarda tajovuzkorlik ko’rinishlarini aniqlash so’rovnomasi. . 5. Agressiya darajasini aniqlash bo’yicha A.Asinger so’rovnomasi. 6. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish. Muammoning nazariy jixati Tajovuzkor holatidagi shaxsga konsultativ ta’sir etish texnologiyasini qo’llanilishi sohalaridagi natijalar samarasi aniqlanishiga qaratiladi.
Muammoning amaliy jixati tajovuzkor xulqi statistik ma’lumotlari taxlilida shaxslar o’rtasida jarohatlanish turli kasalliklar asab psixik jarohatlanishlar, suisidal xulq ko’rinshlarini namoyon bo’lishi, jinoiy javobgarliklarga tortilish holatlari ko’payib bormoqdaligini kuzatishimiz mumkin Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi tadqiqot jarayonida olib borlgan diagnostik va korreksion ishlar shaxslarda tajovuzkor xulqi psixologik konsultativ ta’sir etishda ilmiy metodologik amaliy yondoshuvlar Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Ushbu malakaviy bitiruv ishi kirish, 2 bob, 5 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.