logo

Shaxsning emosional hayot doirasi

Загружено в:

27.11.2024

Скачано:

0

Размер:

52.3984375 KB
Shaxsning emosional hayot doirasi
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………...…................................ 3
I BOB.  Emotsiya haqida tushuncha  ………………………………………. 7
1.1   Hissiy   holatlarning   nerv-fizologik   asoslari ……….
……………………….  7
1.2   Emotsiya   haqida
nazariyalar…………………. ........................................... 11
II   BOB.   Psixik   holat   turlari…………….
………………………... 22
  2.1  Psixik zo`riqish va uni boshqarish ……………………………………..... 22
  2.2   Frustratsiya   va   bezovtalik   emotsional   holat
sifarida ........ .......................... 25
XULOSA............................................................................................. ............. 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………… ………. 30
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi:   Emotsiya   (frans.   lot.   —   larzaga   keltiraman,
hayajonlantiraman)   —   odam   va   hayvonlarning   tashqi   va   ichki   qo’zg’atuvchilar
ta siriga   nisbatan   subyektiv   reaksiyalaridir.   Emotsiya   qoniqish   yoki   qoniqmaslik,ʼ
quvonch, qo’rquv va boshqa shakllarda namoyon bo ladi. Emotsiya ixtisoslashgan	
ʻ
miya tuzilmalarining faol holatidan iborat bo lib, odam va hayvonlarda bu holatni	
ʻ
minimal   yoki   maksimallashtirish   (kuchaytirish,   takrorlash)   istagini   paydo   qiladi.
Emotsiya  xususiyati  zarur  ehtiyoj  va uni  qoniqtirish  imkoniyati  bilan  belgilanadi.
Ehtiyojni   qoniqtirish   ehtimoli   kam   bo lganida   emotsiya   salbiy   (qo rquv,   g azab)	
ʻ ʻ ʻ
shaklda   namoyon   bo ladi.   Aksincha   uni   qondirish   ehtimoli   kutilganiga   nisbatan	
ʻ
yuqori bo lganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli	
ʻ
qismlariga   elektr   toki   ta sir   ettirish	
ʼ   orqali   dastlab   hayvonlarda ,   keyinchalik
odamlarda   salbiy   va   ijobiy   emotsiya   paydo   qiladigan   nerv   markazlari   aniqlanadi.
Bu markazlar, asosan, bosh miya po’stlog’ining oldingi qismida, limbik sistemasi
(uzunchoq   miya,   oraliq   miya,   o’rta   miyaning   bir   qancha   tuzilmalari   majmui)da,
joylashgan markaziy kulrang moddada va gipotalamusda hisoblanadi. Emotsiyani
o rganish,   hosil   bo lgan   shartli   reflekslarni   mustahkamlash   jarayonida   benihoya	
ʻ ʻ
katta   ahamiyatga   ega.   Emotsiya   bilimlarni   o zlashtirish   (zehn)	
ʻ   chegarasini
kengaytiradi ,   xotirani   faollashtiradi,   odam   va   hayvonlar   kommunikatsiyasida
qo’shimcha   vosita  (mimika, nutq  yoki  tovush  intonatsiyasi   va boshqalar)   bo’ladi.
Odamda   oliy   ijtimoiy   ehtiyojlar   asosida   paydo   bo’luvchi   differension   va   turg’un
emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishi nuqtai
nazaridan   odamning   ehtiyojlari,qiziqishlari   va   intilishlari   bilan   bog liq	
ʻ
bo ladi.Emotsiya	
ʻ   –   shaxsning   voqelikka   o‘z   munosabatini   his   qilishidan   kelib
chiqadigan ,   uning   ehtiyoj   va   qiziqishlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   yoqimli   yoki
yoqimsiz   kechinmalaridir.   Ta’riflardan   shuni   aytish   mumkinki,   hissiyot
tushunchasi   emotsiyaga   nisbatan   kengroq   tushuncha   bo’lib,   shaxsning   kundalik
2 hayoti,   turmush   tarzidagi   barcha   jabhalarni   qamrab   oladi.
Hissiyotlar   o’zining   yuzaga   kelishi   nuqtai   nazaridan   odamning   ehtiyojlari,
qiziqishlari   va   intilishlari   bilan   bog’liq   bo‘ladi.   Masalan,   odamning   organik
ehtiyojlarini   qondirishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   hissiyotlar   odamda   rohatlanish,
qanoa tlanish   tuyg’usini   yuzaga   keltiradi.   Organik   hissiyotlarni   qondira   olmaslik
odamning   ruhini   tushirib,   kayfiyatini   buzib,   azoblanish,   toqatsizlanish   hissiga
sabab   bo’ladi.   Hissiyot   odamda   sodir   bo’layotgan   hodisa   va   narsalardan   shaxs
sifatidagi   odam   uchun   ahamiyatli   bo’lganlari   haqida   darak   beruvchi   signallar
tizimi   hisoblanadi.   Mazkur   holda   sezgi   a’zolariga   ta’sir   qiluvchi   cheksiz
miqdordagi   qo’zg’ovchilardan   aniq   bo’lib   ajraladi,   ba’zilari   bir-birlari   bilan
qo’shilib ketadi va paydo bo’lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot
uyg’otib,   biror   hissiy   nom   bilan   ifodalangan   xotira   obrazlari   tariqasida   saqlanib
qoladi.   Buni   fiziologik   jihatdan   shunday   tushuntirish   mumkin:   ma’lum
qo’zg’atuvchilar   tirik   mavjudotlar   uchun   xotirjamlik   haqida   darak   beruvchiga
aylanadi.   Hissiy   kechinmalar   esa   insonning   shaxsiy   tajribasida   tarkib   topadigan
reflekslar   tizimini   mustahkamlash   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Hissiyotning   mana
shu   darak   beruvchilik   vazifasi   psixologiyada   hissiyotning   impressiv   tomoni   deb
ataladi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po’sti qismining faoliyati
bilan   bog’liqdir.   Bosh   miya   hissiyotlarning   kuchini   va   barqarorligini   idora   qilib
turadi.   Hissiyotlar   boshqa   bilish   jarayonlaridan   farqli   bosh   miya   po‘stining
faoliyatidan   tashqari   organizmning   ichki   a’zolari   faoliyati   bilan   ham   bog’liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog’liqdirEmotsiyalar affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa
alohida   qirrasi   faqat   joriy   voqealarga   emas,   balki,   taxminiy   yoki   yodga
olinadiganlarga   nisbatan   ham   ta’sirlanish   hisoblanadi.
                  Emotsiyalarning   mohiyatini   tushunish   uchun   tashqi   muhitning   jism   va
hodisalarining ko’pchiligi his-tuyg’u organlariga ta’sir ko’rsatib,   ularda murakkab ,
ko’p   qirrali   emotsional   hissiyotlar   va   sezgilar   va   bir   vaqtning   o’zida   ham
zavqlanish,   ham   qoniqmaslikni,   turli   sezgilarni   keltirib   chiqarishlari   mumkin.
3 Bundan   tashqari,   ko’pchilik   vaziyatlarda,   bir   tomondan,   qandaydir   zo’riqish
sezgilari,   ikkinchi   tomondan ,   hal   etish,   yoki   engil   tortish   yuzaga   keladi.
Faoliyatning   keskin   damlarida,   qaror   qabul   qilishning   mas’uliyatli   daqiqalarida
qiyinchiliklarni   bartaraf   etishda   biz   zo’riqishni   his   etamiz.   U   yaqqol   ko’zga
tashlanadigan   faol   xususiyatga   ega   bo’lib,   faoliyat   ob’ektiga   e’tiborning
kuchayishi,   aqliy   va   jismoniy   kuch   to’plash,   harakatga   chanqoqlik,   bizni   o’rab
oladigan   alohida   hayajon   bilan   birgalikda   kechadi.
Emotsional   jarayonlarning   boshqa   xildagi   ifodalanishi   qo’zg’alish   va   tinchlanish
hisoblanadi.   Qo’zg’algan   emotsional   holat,   odatda,   faol   xususiyatga   ega   bo’lib,
faoliyat   yoki   unga   tayyorgarlik   ko’rish   bilan   bog’liq.   Tinchlanish   faoliyatning
pasayishi   bilan   bog’liq   bo’lsada,   undan   maqsadga   muvofiq   ravishda
foydalanishning   asosi   bo’lib   xizmat   qiladi.
Harakat faolligiga ta’sir ko‘rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik turlarga
bo’linadi. Stenik emotsiyalar  va sezgilar faol  harakatga undaydi, inson kuchlarini
to’playdi.   Xuddi   shunday,   quvonch   va   ilhomlanish   hislari   insonni   energiyaviy
faoliyatga   rag’batlantiradi.   Astenik   emotsiyalar   insonni   bo’shashtiradi,   faolligini
pasaytiradi,   faoliyatni   to‘xtatadi.
Kayfiyat – u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi,
xulq-atvorni   bezovchi   emotsional   holat.   Uni   individning   shaxsiy   tomonlarini ,
asosiy hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik,
qulay   yoki   noqulay   sharoit,   odamlar   munosabatlaridagi   madaniyat   darajasi,   ichki
holat kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi. Kayfiyatda hissiyotlar va
sezgilarning rag’batlantiruvchi vazifasi, ularning inson faoliyatiga ta’siri namoyon
bo‘ladi.   Kayfiyat   ijobiy   yoki   salbiy,   ma’lum   jadallik ,   ifodalanish,   zo‘riqish   va
barqarorlikka   ega   bo’lishi   mumkin.
Emotsiyalar   va   sezgilar   ta’siridagi   psixik   faollikning   eng   yuqori   darajasi
ko’tarinkilik,   eng   quyisi   –   apatiya   deb   ataladi.   Psixik   faoliyatning   salbiy   ta’sirlar
tomonidan   sezilarsiz   darajada   o‘zgarishi   izdan   chiqish   holatidir.   Insonning
emotsional   barqarorligi   turli   emotsiogen   ta’sirlarga   nisbatan   xulq-atvorining
turg’unligida   ifodalanadi.   Qiyinchiliklarga   nisbatan   barqarorlik,   boshqa   odamlar
4 xulq-atvoriga   nisbatan   bardoshlilik   tolerantlik   (   lot.   –   bardosh)   deb   ataladi.
Emotsiyalar   affektlardan   davomiyligi   bilan   farq   qiladi.   Ularning   boshqa   alohida
qirrasi   faqat   joriy   voqealarga   emas,   balki,   taxminiy   yoki   yodga   olinadiganlarga
nisbatan   ham   ta’sirlanish   hisoblanadi.
Kurs   ishining   maqsadi:   Ilmiy   adabiyotlarni   va   ilmiy   tadqiqot   ishlarni   tahliliy
o’rganish asosida emotsiya turlari va jarayonlarini o’rganish.
Kurs ishining obyekti:  Emotsiya va uning asosiy xususiyatlari.
Kurs   ishining   predmeti:   Emotsiya   haqida   umumiy   tushuncha   emotsiya
turlari , emotsiyani eksperimental o’rganishdagi tadqiqotlar.
Kurs ishi ning vazifalari:
1. Emotsiya ni eksperimental tadqiq qilish.
2. Emotsiya  nazariyalarini o’rganish.
3. Emotsiyaga doir metodikalar bilan ishlash.
Kurs   ishini   tuzulishi:         Kurs   ishi   kirish,ikki   bob,   to`rt   bo`lim,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan
5 I BOB.  Emotsiya haqida tushuncha
1.1  Hissiy holatlarning nerv-fizologik asoslari
                                  Odam tashqi  muhitdagi  turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar
ekan,  hech  vaqt   bu  narsalarga   batamom   befarq  bo‘lmaydi.  Odamning  aks   ettirish
jarayoni  doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab
oladi:
a) shaxsni ng   ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini ;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt
sifatida qatnashishi ;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va   h ok a zo.
                      Chunki  odam  atrofidagi har  turli  narsalarni  idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga   nisbatan   ma’lum   munosabatda   bo‘ladi.   Masalan,   bizga   ayrim   narsalar
yoqsa,   ya’ni   kayfiyatimizni   ko‘tarib   yuborsa,   boshqa   bir   narsalar   yoqmaydi   va
kayfiyatimizni   buzib,   dilimizni   xira   qiladi.   Ba’zi   bir   ovqatni   odam   juda   ham
yoqtiradi,   boshqa   bir   ovqatni   esa   mutlaqo   ko‘rgisi   kelmaydi   yoki   ayrim   odamlar
bizga   xush   keladi   yoki   boshqa   bir   odamlar   esa   noxush   keladi.   Umuman   odam
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari
ham aks ettiriladi.
                      Kishilar   idrok   qilayotgan,   ko‘rayotgan,   eshitayotgan,   bajarayotgan,
o‘ylayotgan,   orzu   qiladigan   narsalarga   befarq   bo‘lmaydilar.   Bir   xil   predmetlar,
shaxslar,   xarakterlar,   voqealar   bizni   quvontiradi,   boshqalari   xafa   qiladi   yana
boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni
his   qilamiz,   dushman   ustidan   g‘alaba   qozonish   yoki   qiyinchilikni   engish   zavq
uyg‘otadi.
6                       H issiyot   bizning   tuyg‘ularimizning   o‘ziga   xos   aks   ettirish   jarayoni   bo‘lib,
bunda   narsa   va   hodisalarni   aks   ettirish   jarayonida   bizda   tug‘iladigan   ichki
kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga
kelmasdan,   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarning   ta’siri   bilan   bog‘liq   ravishda
yuzaga keladi.
                      Emotsiya   –   shaxsning   voqelikka   o‘z   munosabatini   his   qilishidan   kelib
chiqadigan,   uning   ehtiyoj   va   qiziqishlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   yoqimli   yoki
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush
tarzidagi barcha    jabhalarni qamrab oladi.
                      Hissiyotlar   o‘zining   yuzaga   kelishi   nuqtai   nazaridan   odamning   ehtiyojlari,
qiziqishlari   va   intilishlari   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Masalan,   odamning   organik
ehtiyojlarini   qondirishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   hissiyotlar   odamda   rohatlanish,
qanoatlanish   tuyg‘usini   yuzaga   keltiradi.   Organik   hissiyotlarni   qondira   olmaslik
odamning   ruhini   tushirib,   kayfiyatini   buzib,   azoblanish,   toqatsizlanish   hissiga
sabab bo‘ladi.
                  Hissiyot   odamda   sodir   bo‘layotgan   hodisa   va   narsalardan   shaxs   sifatidagi
odam   uchun   ahamiyatli   bo‘lganlari   haqida   darak   beruvchi   signallar   tizimi
hisoblanadi.   Mazkur   holda   sezgi   a’zolariga   ta’sir   qiluvchi   cheksiz   miqdordagi
qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va
paydo   bo‘lgan   hissiyot   bilan   birlashib   ketadi.   Natijada   ta’ssurot   uyg‘otib,   biror
hissiy   nom   bilan   ifodalangan   xotira   obrazlari   tariqasida   saqlanib   qoladi.   Buni
fiziologik   jihatdan   shunday   tushuntirish   mumkin:   ma’lum   qo‘zg‘atuvchilar   tirik
mavjudotlar   uchun   xotirjamlik   haqida   darak   beruvchiga   aylanadi.   Hissiy
kechinmalar   esa   insonning   shaxsiy   tajribasida   tarkib   topadigan   reflekslar   tizimini
mustahkamlash   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Hissiyotning   mana   shu   darak
beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb a t aladi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati
bilan   bog‘liqdir.   Bosh   miya   hissiyotlarning   kuchini     va   barqarorligini   idora   qilib
turadi.   Hissiyotlar   boshqa   bilish   jarayonlaridan   farqli   bosh   miya   po‘stining
7 faoliyatidan   tashqari   organizmning   ichki   a’zolari   faoliyati   bilan   ham   bog‘liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan
paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish
paydo  bo‘ladi.   Ana  shunday   hissiy   holat   yuz   bergan  paytda   odamning   yuragi   tez
ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.   [1]
                      Demak,   odam   ma’lum   hissiy   holatni   boshdan   kechirayotgan   paytda   uning
qon aylanish  tizimi,  nafas   olish  organlari  nutq  apparatlari   ichki  sekretsiya   bezlari
ham   qatnashadi.   Masalan,   materialni   yaxshi   bilmaydigan   talaba   imtihon
topshirayotganda   terlab   ketadi,   tomog‘iga   nimadir   tiqilib,   gapini   gapira   olmay
qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «YUragi  orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter
bosib   ketdi»   kabi   iboralarning   ishlatilishi   hissiyot   paytida   odamning   ichki
a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
                      Juda   ko‘p   hissiy   holatlar   bosh   miyaning   yaqin   po‘stloq   osti   qismlarining
oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan,     ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
                      Odamda   uchraydigan   yuksak   ma’naviy   hissiyotlar   ham   o‘zining   nerv-
fiziologik   asosiga   ega   bo‘lishi   kerak   (chunonchi   intellektual,   ahloqiy,   estetik
hissiyotlar).   Bu   jihatdan   akademik   I.P.Pavlovning   dinamik   streotip   haqidagi
ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan   edi:   «Menimcha,   ko‘pincha   odatdagi   turmush   tartibining   o‘zgargan
paytlarida   odat   bo‘lib,   qolgan   birorta   mashg‘ulot   yaqin   kishidan   judo   bo‘lganda,
aqliy   iztirob   chog‘ida   kechiriladigan   og‘ir   hissiyotlarning   fiziologik   asosi   xuddi
eski   dinamik   streotipning   o‘zgarishi,   uning   yo‘qolishi   va   yangi   dinamik
streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
                      Ayrim   murakkab   hissiyotlarning   asosida   dinamik   streotipning   yotishi
yaqqol   ko‘rinadi.   Masalan,   estetik   hissiyotni   oladigan   bo‘lsak,   biron   yoqimli
ko‘ydan   lazzatlanish,   yoki   biron   mashhur   rassomning   ishlagan   ajoyib   suratlarini
tomosha   qilib,   rohatlanish   estetik   hissiyot   hisoblanadi.   Agar   bu   hissiyotlarning
nerv-fiziologik   asoslarini   tahlil   qiladigan   bo‘lsak,   quyidagilarni   ko‘rishimiz
8 mumkin.   Masalan,   bizga   juda   yoqadigan   kuy   boshqa   millat   odamiga   yoqmasligi
mumkin.   Bunda   ajablanishga   hech   qanday   o‘rin   yo‘q.   Biz   yoshlikdan   boshlab
mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga
nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga
keladi.   Ana   shuning   uchun   ayrim   kuylar   bizga   yoqadi,   ayrimlari   esa   yoqmaydi.
Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning
ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi
rassomlar   tomonidan   ishlangan   rasmlar   odamda   qandaydir   noxush   hissiyotni
tug‘diradi.   Demak,   uzoq   yillar   davomida   yuzaga   keladigan   dinamik   streotiplar
ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
                      Shunday   qilib,   hissiyot   vegetativ   nerv   tizimi   orqali   boshqariladigan   ichki
a’zo   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lsa   ham   bari   bir   bosh   miya   po‘sti   orqali   idora
qilinadi.   CHunki   akademik   I.V.Pavlovning   fikricha,   odamning   butun   a’zoyi
badanida   bo‘ladigan   har   qanday   hodisalarning   hammasini   bosh   miya   po‘sti
qismidagi   neyronlar   idora   qiladi.   Ana   shu   jihatdan   olganda   hissiyotning   nerv-
fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
     
9 1.2  Emotsiya haqida nazariyalar
                      Uzoq   vaqt   davomida   psixologlar   hissiyotlar   tabiati   haqidagi   masalani
echishga   uringanlar.   XVIII-XIX   asrlarda   ushbu   muammo   bo‘yicha   hech   qaday
nuqtai   nazarlar   mavjud   emas   edi.   Keng   tarqalgan   qarashlardan   hissiyotlarning
organik   ifodalanishlari   –   bu   psixik   hodisalarning   oqibati   haqidagi   dalil   asosida
paydo   bo‘lgan   intellektuallashtirish   nuqtai   nazari dir.   Tasavvur   fundamental
psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida
o‘rnatiladigan   aloqalarga   mos   keladi,   va   tasavvurlar   o‘rtasidagi   nizolika   nisbatan
ta’sirlanish  sifatida  ko‘rib  chiqiladi, deb  hisoblagan  I.F.  Gerbart,  bu nazariyaning
aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib,
hissiyotlarni   tadqiq   qilishda   ular   haqidagi   sub’ektiv ,   ya’ni,   hissiyotlarning   psixik
tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum
organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
1872   yilda   ch.   Darvin   «inson   va   hayvonlarda   hissiyotlarning   ifodalanishi»
asarini   chop   etdi.   Uning   fikriga   ko‘ra,   hayvon   va   odam   hulq-atvori   o‘rtasida
umumiyliklar   mavjud.   O‘z   fikrini   u   hayvonlar   va   odamlar   turli   emotsional
holatlarining tashqi  ifodalanishini  kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab  berdi.
Ushbu   kuzatishlardan   olingan   ma’lumotlar   evolyusion   ta’limot   nomini   olgan
hissiyotlar   nazariyasi   asosiga   qo‘yildi,   bu   ta’limotga   asosan,   hissiyotlar   tirik
mavjudotlar   evolyusiyasi   jarayonida   hayotiy   muhim   bo‘lgan   organizmning
yashash   sharoitlari   va   vaziyatlariga   moslashishni   ta’minlovchi   moslashish
mexanizmlari sifatida yuzaga keldi.
10 Hissiyotlarning   hozirgi   zamon   tarixi   1884   yilda   u.   Djemsning   «hissiyot
nima?»   maqolasining   chop   etilishidan   boshlanadi.   U.   Djeyms   va   undan   mustaqil
ravishda     g.   Lange   hissiyotlar   nazariyasini   ishlab   chiqdilar,   unga   asosan,
hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va
tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan
hissiyotlar,   emotsional   kechinmalarning   xuddi   o‘zidir.   Djems   bo‘yicha,
«yig‘laganimiz   sababli   qayg‘ulimiz;   qaltiraganimiz   uchun   qo‘rqamiz;   kulganimiz
uchun   xursand   bo‘lamiz».   Bu   hissiy   xabar   miyaga   ta’sir   ko‘rsatib,   ma’lum   hulq-
atvorni   o‘t   oldiradi,   teskari   somatosensor   va   visserosensor   afferentatsiya   esa
hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.
Lekin djems-lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik
va emotsional jarayonlarning nisbatiga u.kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning
aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har
doim ham hissiyotli kechinmalar birgalikda kuzatilmaydi. Keyinchalik, p.bardning
ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli
kechinmalar   deyarli   bir   vaqtda   paydo   bo‘ladi,   bosh   miya   tuzilishidagi   barcha
qismlardan   esa   hissiyotlar   bilan   talamusning   o‘zi   emas,   balki,     gipotalamus   va
limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi.
Lindsey-xebbning   faollashtirish   nazariyasi   djems-lange   va   kennon-
bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra,
emotsional  holatlar  bosh miya quyi  qismi  nayining retikulyar  formatsiyaga ta’siri
bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi.
Hissiyotli   ifodalanishlar   esa   asab   tizimining   biror   bir   seskantiruvchiga   javoban
faollik darajasining o‘zgarishidir.
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni,
tafakkur   va   ong   orqali   ochib   beradigan   dunyoqarashlar   tashkil   etadi.   Ularning
orasida,   birinchi   navbatda,   l.   Festingerning   kognitiv   dissonans   nazariyasi ni
ta’kidlab   o‘tish   lozim.   Uning   asosiy   tushunchasi     dissonans dir.   Bu   sub’ektning
ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga
keladigan   salbiy   emotsional   holat.   Bu   nazariyaga   muvofiq,   ijobiy   emotsional
11 kechinmalar  odamda  o‘zi  kutgan  natijalar  tasdiqlanganida  paydo  bo‘ladi. Bunday
ijobiy   emotsional   holat     konsonans   sifatida   xarakterlanadi,   salbiy   hissiyotlar
faoliyatdan   kutilgan   natijalar   va   voqeiy   natijalar   o‘rtasida   farqlar   yoki   dissonans
bo‘lganida yuzaga keladi.
S.shexterning   kognitiv-fiziologik   konsepsiyasiga   asosan,   paydo   bo‘ladigan
emotsional   holat   qabul   qilinadigan   rag‘batlar   va   yuzaga   keladigan   jismoniy
o‘zgarishlar   bilan   birga   insonning   o‘tmish   tajribasi   va   uning   vaziyatni   sub’ektiv
baholashi   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Bunda   baholash   uning   dolzarb   qiziqishlari
va ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Kognitivistik   nazariyalar   qatoriga   p.v.   simonovning   hissiyotlar   axborot
beruvchi   konsepsiyasi   ham   kiritilishi   mumkin.   Bu   nazariyaga   asosan,   emotsional
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini
baholashi   bilan   belgilanadi.   Bu   ehtimollikni   baholashni   inson   tug‘ma   va   avval
orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun
taxminiy   zarur   vositalar,   vaqt,   zahiralar   haqidagi   ma’lumotni   ayni   vaqtda   olgan
ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.v. simonovning yondoshuvi
quyidagi  formulada aks  etgan:  h = e (m  – a), bunda h – hissiyot,  uning kuchi  va
sifati; e – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; m – dolzarb ehtiyojni
qondirish uchun zarur ma’lumot; a – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli
axborot.
Ushbu   formuladan   kelib   chiqadigan   oqibatlar   quyidagicha:   agar   insonda
ehtiyojlar   mavjud   bo‘lmasa   (e   =   0),   u   holda   hissiyotlarni   ham   sezmaydi   (h   =   0);
ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan
holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining
sub’ektiv   baholanishi   yuqori   bo‘lsa,   ijobiy   hislar   namoyon   bo‘ladi.   Salbiy   hislar
esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi.
I.p.   pavlov   tomonidan   aynan,   miya   po‘stlog‘ining   hissiyotlar   kechishi   va
ifodalanishi,   boshqarishi,   tanada   yuz   beradigan   barcha   hodisalarni   o‘z   nazorati
ostida   ushlab   turishi,   po‘stloq   osti   markazlariga   tormozlovchi   ta’sir   ko‘rsatishi,
12 ularni   boshqarishi   ko‘rsatib   o‘tilgan.   Yuqorida   bayon   etilganlarning   tasdig‘i
sifatida   sub’ektiv   kechinmalar   va   ularning   tashqi   ifodasi   o‘rtasida   keskin   farqlar
kuzatiladigan   klinik   holatlarni   keltirish   mumkin.   Miya   katta   yarim   sharlari
po‘stlog‘i  shikastlangan bemorlarda istalgan  seskantiruvchi  muvofiq kelmaydigan
tashqi   ta’sirlanish:   qattiq   kulgi   yoki   shashqator   ko‘z   yoshlarga   sabab   bo‘lishi
mumkin.   Lekin,   kulib   turib,   bu   bemorlar   o‘zlarini   qayg‘uli,   yig‘lab   turib   esa,
ba’zan xursandchilik sezadilar.
Inson hissiyotli kechinmalarida   ikkinchi signal tizimi   katta ahamiyatga ega,
chunki   kechinmalar   tashqi   muhitning   bevosita   ta’sirlari   bilan   birgalikda   so‘zlar,
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya,
tomosha  qilingan  film   mos   bo‘lgan   emotsional  holatni  yuzaga   keltirishi  mumkin.
Hozirda   ikkinchi   signal   tizimi   intellektual,   ahloqiy,   estetik   yuksak   insoniy
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular:
1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan
va   xayoldagi   fikrlar   yig‘indisi,   4)   o‘ziga   xos   yuz   ifodasi,   5)   umumlashtirilgan
hissiyotli   reaksiyalar:   salbiy   hissiyotda   atrofdagi   voqealarga   nisbatan
munosabatingiz   ham   salbiy   bo‘ladi,   6)   ushbu   hissiyot   bilan   assotsiatsiyalangan
harakatlarga moyillik.
Shuni   ta’kidlab   o‘tish   lozimki,   hozirgi   vaqtgacha   hissiyotlar   tabiatiga
nisbatan   yagona   nuqtai   nazar   mavjud   emas.   Hissiyotlarni   o‘rganishga   qaratilgan
tadqiqotlar   hozirda   ham   o‘tkazilib   kelinmoqda.   Hozirda   to‘plangan   tajribaviy   va
nazariy   material   hissiyotlar   tabiatining   ikkilanganligidan   dalolat   beradi.   Bir
tomondan,   hissiyotlar   –   turli   psixik   hodisalar,   shuningdek,   kognitiv   jarayonlar,
inson   qadriyatlari   tizimi   tuzilmasining   xususiyatlari   va   boshqalar   kabi   sub’ektiv
omillar   hisoblanadi.   Ikkinchi   tomondan,   hissiyotlar   individning   fiziologik
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida
paydo   bo‘ladi,   bu   esa   inson   moslashishi   va   hulq-atvorining   boshqarish
mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari  va
ehtiroslari     yig‘indisi   uning   emotsional   hayotini   va   emotsionallik   kabi   individual
13 sifatni   tashkil   etadi.   Emotsionallikni   insonning   hayotiga   tegishli   bo‘lgan   turli   xil
sharoitlardan   hissiyotli   ta’sirlanishga   moyillik,   kayfiyatdan   ehtirosgacha   –     kuchi
va sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin.
Shaxsning   xususiyatlariga   ta’rif   berish   ko‘p   holatlarda       ushbu   odamning
nimani   yoqtirishini,   nimadan   nafratlanishini,   mag‘rurlanishi,     uyalishi,   hasad
qilishi   va   qayg‘urishi   sababini   aniqlashni   bildiradi.   Individ   barqaror   hislari
p redmet i, ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami,
hislari   va   bu   bilan,   uning   individualligini   ochib   beradi .   S.l.   rubinshteyn ning
yozishicha ,   shaxsning   xarakteri   va   aqliy   qobiliyati,   qiziqishlari   va   boshqa
odamlarga   munosabatlarining   barcha   o‘ziga   xos   xususiyatlari   hissiyotlar   va
sezgilarning kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi .
Emotsional lik   tug‘ma   bo‘ladi ,   lekin   affekt lar,   sezgilar   hayot   jarayonida
rivojlanadi ,   bu   esa   insonning   shaxs   sifatida   rivojlanishini   bildiradi .   Bunday
rivojlanish   inson   emotsional   sohasiga   yangi   ob’ektlarni   kiritish,   shaxs   sezgilarini
ongli   irodaviy   boshqarish   va   nazorat   qilish   darajasining   oshishi   ahloqiy
boshqarishga   yuksak   ahloqiy   qadriyatlar   (vijdon,   mas’uliyatlilik,   nomus   va
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq.
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud.
Lekin bir  davr  sezgisidan  keyingi  davr  sezgisiga  o‘tish  shaxsning  har  tomonlama
rivojlanishi   bilan   bog‘liq.   Hissiyotlar   odam   energiyasini   to‘plovchi   faoliyatga
nisbatan   kuchli   rag‘bat   bo‘lishi   mumkin,   asosiysi,   ularni   tegishli   tarzda
yo‘naltirishdir.
Har   bir   inson   uchun   ijobiy   emotsional   ta’sirlanishlarni   kuchaytirish   va
kengaytirish   bilan   bir   vaqtda   boshqa   odamlar   emotsional   holatiga   samarali   ta’sir
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar
ko‘p   hollarda   yuqori   emotsional   zo‘riqish   vaziyatlarida,   o‘ta   toliqqan   holatlarda,
frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida,
hayotiy   muhim   rejalar   barbod   bo‘lganida   yuzaga   kelishini   bilish   va   yodda   tutish
lozim.
14 Amaliy   hayotda   emotsiyalar   sifatida,   odatda,   insonning   turli-tuman   javob
reaksiyalari   –   ehtirosning   to‘lqinli   portlashlaridan   tortib,   to   kayfiyatning   nozik
tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson
hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni
aks   ettiradigan   psixik   jarayonlarga   aytiladi.   Hissiyotlar   –   yorqin   sub’ektiv   tusga
ega   bo‘lgan   iski   va   tashqi   seskantiruvchilarning   ta’siriga   nisbatan   inson   va
hayvonlar   javob   reaksiyalari.   Bundan   kelib   chiqadiki,   hissiyotlarning   ahamiyatli
belgisi   ularning   sub’ektivligidir.   Hissiyotlar   evolyusiyaning   moslashuvchi
«mahsuloti»   sifatida,   odatdagi   vaziyatlarda   organizm   hulq-atvorining   biologik
jihatdan umumlashtirilgan usullari sifatida yuzaga kelganlar.
                              Hissiyotlar   ehtiyojlar   bilan   ularning   qondirilishi   yoki   qondirilmasligi
bilan   bog‘liq.   Hissiyotlar   ikki   valentli   –   ular   yoki   ijobiy,   yoki   salbiy   bo‘ladi.
Hissiyotlar – organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi darajasini
bevosita   baholash   mexanizmi.   Ehtiyojlar   o‘rnidagi   hissiyotlar   harakatga
yo‘naltiriladi.  Ko‘plab   hissiyotli  ifodalarda   boshlang‘ich  hissiyotlarning  to‘rt  xili:
shodlik (zavqlanish), qo‘rqinch, g‘azab va hayratlanish ajratiladi.  
                                Hislar – bu inson ongida uning yuksak  ehtiyojlarining qondirilishi  yoki
qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
                                  Hissiyot   va   tuyg‘ular   o‘rtasida   umumiylik   ko‘p,   lekin   farqlar   ham
mavjuddir. Xuddi  shunday, hissiyotlar  – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional
kechinmalarning   ifodalanishlaridan   biri.   Hissiyotlar   –     birlamchi,   hislar   esa   –
paydo bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya
xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan
bo‘ladilar,   sezgilar   esa,   ko‘p   hollarda   aniq   va   jism   bilan   bog‘liq   bo‘ladilar.
Hissiyotlar   biologik   jarayonlar   bilan,   sezgilar   esa   –   ijtimoiy   soha   bilan   bog‘liq
bo‘ladilar.   Bundan   tashqari,   anglanmaydigan   soha   bilan   bog‘langan,   sezgilar   esa
ongimizda   maksimal   darajada   namoyon   bo‘lgandirlar.   Inson   sezgilari   doimo
tashqi     ifodalarga   ega   bo‘ladilar,   hissiyotlar   esa   ega   bo‘lmaydilar.   Va   nihoyat,
hissiyotlar   ko‘proq   vaziyatga   bog‘liq     va   qisqa   muddatli   bo‘ladilar,   sezgilar   esa
davomliroq   va   yorqin   ifodalangan   predmetli   xarakterga   ega.   Ular   odamning
15 ma’lum   ob’ektlarga   nisbatan   barqaror   munosabatini   aks   ettiradilar.   Sezgilar
insonning   madaniy-tarixiy   rivojlanish   jarayonida   paydo   bo‘lganlar   va   rivoj
topganlar.
                  Hissiyotlar   va   tuyg‘ular   sezgi,   idrok,   tasavvur,   inson   bilishi   va   faoliyati
tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda
murakkab   bo‘lgan   o‘zaro   munosabatlarida   yuzaga   kelib,   yuzaga   kelishi   mumkin
bo‘lgan  jismlarning  xususiyatlariga  bog‘liq  bo‘ladilar.  Hissiyotlar  va  sezgilarning
o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter
xususiyatlari   bilan   belgilanadi.   Hissiyotlar   va   sezgilar   tabiatini   tushunish   ularni
inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo
bo‘lishining   asosini   insonning   ehtiyojlari   va   motivlari   tashkil   etadi.   Ularni
qondirish   maqsadni   ko‘zlash,   hayotiy   masalarni   hal   etishni   taqazo   etadi.
Ehtiyojlarni   qondirishga   yo‘naltirilgan,   ko‘zlangan   maqsadlarga   erishish   amalga
oshiriladigan real hayotiy sharoitlar emotsional  kechinmalarning turli tumanligiga
sabab bo‘ladi. Hissiyotlar ko‘pchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni, sifati (ijobiy va salbiy),
jadalligi   (kuchli   va   kuchsiz),   davomiyligi   (qisqa   muddatli   va   barqaror),
anglanganligi,   chuqurligi,   irsiy   manbasi,   murakkabligi,   bajaradigan   vazifalari,
organizmga ko‘rasatadigan ta’siriga qarab farqlanadi.
Hissiyotlar   turlicha   vazifalarni   bajaradilar.   Ularning   boshqaruvchi,   aks   ettiruvchi,
daraklovchi,   undovchi   (rag‘batlantiruvchi),   mustahkamlovchi,   o‘tkazuvchi,
moslashuvchi,   kommunikativ,   hosil   qiluvchi,   ifodalovchi   vazifalari   shular
jumlasidandir.
Hissiyotlar   va   sezgilar   organizm   holati   va   inson   hulq-atvorini   boshqarish
vazifasini   bajaradilar.   Xuddi   shuningdek,   yaxshi   so‘z   jon   ozig‘i   deydilar.   Bunda,
avvalambor, muhim o‘rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga  
verbal   ta’siri   ko‘zda   tutilgan   bo‘ladi.   Bunda   hissiyotlar   va   sezgilarning
boshqaruvchi   vazifasi   namoyon   bo‘ladi.   Aks   ettiruvchi   vazifasi     voqealarning
umumiy baholanishi ifodalandi, sezgilar butun organizmning qamrab olgani uchun,
ular   ta’sir   ko‘rsatayotgan   omillarning   foydasi   yoki   zararini   aniqlashga   va   zararli
ta’sir aniqlangunicha ta’sirlanish imkonini beradi. Masalan, yo‘lni kesib o‘tayotgan
16 odam   undagi   vaziyatga   ko‘ra   turli   darajadagi   qo‘rqinchni   boshidan   kechiradi.
Bundan   kelib   chiqadiki,   hissiyotlar   va   sezgilarning   aks   ettirish   vazifasi   insonga
atrof-olamda   to‘g‘ri   yo‘nalish   olish   va   jismlar,   hodisalarni   ularning   istalganligi
nuqtai   nazaridan     baholash   imkonini   yaratadi.   Xabarlovchi   vazifasi   yuzaga
keladigan   kechinmalar   insonga   undagi   ehtiyojlarni   qondirish   jarayonining
kechishi, yo‘lida qanday to‘siqlarga uchrashi, birinchi  navbatda nimalarga e’tibor
qaratishi   lozimligi   va   h.k.lar   haqida   xabar   berishdan   iborat.   Hissiyotlar   va
sezgilarning   baholovchi   yoki   aks   ettiruvchi   vazifasi   bevosita   undovchi   vazifasi
bilan   bog‘liq.   S.L.   Rubinshteyn   ko‘rsatib   o‘tganidek,   «...   hissiyot   o‘zida   jismga
yoki   unga   teskari   yo‘naltirilgan   ehtiros,   tilak,   intilishni   mujassamlashtiradi».
SHunday qilib, hissiyotlar va sezgilar yuzaga kelgan ehtiyojni qondirishga erishish
yok inson oldida turgan vazifala hal etiladigan yo‘lni izlash yo‘nalishni aniqlashga
yordam beradi.  
Mustahkamlovchi   vazifa   hissiyotlar   va   sezgilarning   o‘qitishda   bevosita
ishtirok   etishidan   iborat.   Kuchli   emotsional   ta’sirlanishga   sabab   bo‘ladigan
ahamiyatga   molik   voqealar   uzoq   vaqt   xotirada   saqlanib   qoladi.   Hissiyotlar   va
sezgilarning   o‘tkazuvchi   vazifasi   motivlar   raqobatida,   ayniqsa,   yaqqol   ko‘rinadi,
buning   natijasida   kuchli   ehtiyoj   aniqlanadi.   Xuddi   shunday,   inson   uchun   tabiiy
bo‘lgan o‘zini muhofaza    qilish instinkti va ma’lum etika me’yorlariga rioya qilish
ijtimoiy ehtiyoji o‘rtasida yuzaga kelishi  mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar o‘z
mohiyatiga   ko‘ra,   qo‘rquv   va   mas’uliyat   hissi   o‘rtasidagi   kurashda   joriy   etiladi.
Moslashuvchi   vazifasi   hissiyotlar   tufayli   jonli   mavjudotlar   o‘zlari   uchun   dolzarb
bo‘lgan   ehtiyojlarni   qondirishda   u   yoki   bu   sharoitlarning   ahamiyatliligini
ko‘rsatishlaridan   iborat.   CH.Darvin   fikriga   ko‘ra,   hissiyotlar     moslashtiruvchi
vosita   sifatida   yuzaga   kelgan.   O‘z   vaqtida   paydo   bo‘lgan   sezgi   tufayli   organizm
atrof-muhitga samarali tarzda moslashib olish imkoniyatiga ega.
SHuningdek,   sezgilarning   kommunikativ   vazifasi   ham   mavjud.   Mimika   va
pantomimika harakatlari insonga o‘z kechinmalarini boshqalarga etkazib berishga,
o‘zlarining   atrof-olam   jism   va   hodisalariga   bo‘lgan   munosabatlari   haqida
ma’lumot  berish imkoniyatini  tug‘diradilar. Mimika, tana holatlari, imo-ishoralar,
17 ma’noli   xo‘rsinishlar,   tovush   ohangining   o‘zgarishi   «insoniy   hislar   tili»,
hissiyotlardan   xabar   beruvchi   vosita   bo‘lib   hisoblanadi.   Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha,   sezgilarning   barcha   ifodalanishlarini   ham   oson   aniqlab   bo‘lmaydi.
Dahshat   (57%),   so‘ngra   nafrat   (48%)   va   ajablanish   (34%)   kabi   hislarni   oson
aniqlab   olish   mumkin.   Kommunikativ   vazifada   atrofdagilarga   ta’sir   ko‘rsatish
vazifasini ham ajratish mumkin.
Hissiyotlarning   umumlashtiruvchi   vazifasi   vaqt   va   fazoda   bir-biriga   yaqin
bo‘lgan alohida voqea va dalillarni    birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari,
hissiyotlar ekspressiv vazifani bajaradilar. Ko‘p hollarda ular periferik xususiyatga
ega bo‘lgan organik o‘zgarishlar (qizarish, oqarish, nafasning tezlashishi, erakning
tez-tez urishi va boshqalar) bilan birgalikda kechadi, ifodali harakatlar (mimika va
pantomimikada, vokallashtirish)da ifodalanadi. Kundalik hayotda ifodali harakatlar
orqali   biz,   odatda,   atrofdagi   odamlarning   emotsional   holati,   kayfiyatidagi
o‘zgarishlarni etarlicha aniq idrok qilamiz va baholaymiz.
Hissiyotlar   insonlar   hayotida   o‘ta   muhim   o‘rinni   egallaydilar.   Xuddi   shunday,
hozirgi   kunda   hissiyotlarning   organizm   hayotiy   faoliyati   xususiyatlari   bilan
aloqasini   hech   kim   inkor   etmaydi.   Ma’lumki,   hissiyotlar   ta’sirida   qon   aylanish,
nafas   olish,   ovqat   hazm   qilish,   ichki   va   tashqi   sekretsiya   bezlari   va   boshqa
organlarining   faoliyati   o‘zgaradi.   Kechinmalarning   ortiqcha   jadalligi   va
davomiyligi organizmda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Hissiyotlar   –   bu   juda   murakkab   psixik   hodisalar.   Ahamiyatga   ega   bo‘lgan
hissiyotlarga   quyidagi   emotsional   holatlar   turlarini   kiritish   mumkin:   hissiyot
affektlari,   kayfiyatlar,   ehtiroslar,   stresslar,   frustratsiyalar,   hissiyotlarning
emotsional toni, emotsional munosabat.
Affekt   –   sub’ekt   uchun   dolzarb   bo‘lgan   hayotiy   sharoitlarining   keskin   va
kutilmaganda   o‘zgarishi   bilan   bog‘liq   ravishda   paydo   bo‘ladigan   va   aniq
ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan
kuchli   va   nisbatan   qisqa   muddatli   emotsional   holat.   Affektiv   holat   ongli
faoliyatning   tormozlanganligi   bilan   ifodalanadi,   sub’ekt   hulq-atvorini   ongli
nazoratining   izdan   chiqishida   namoyon   bo‘ladi.   Affekt   real   sharoitlarda
18 sub’ektning   xavfli,   ko‘p   hollarda   kutilmaganda   paydo   bo‘lgan   vaziyatlardan
mutanosib   holda   chiqib   ketish   yo‘lini   topa   olmaslik   layoqatsizligida   rivojlanadi.
Affektga   misol   tariqasida   kuchli   g‘azab,   achchig‘lanish,   dahshat,   shiddatli
quvonch,   chuqur   qayg‘u,   umidsizlik   kabilarni   keltirish   mumkin.   Affektning   eng
asosiy   xususiyatlaridan   biri   ushbu   emotsional   ta’sirlanishning     engib   bo‘lmas
darajada   odamga   qandaydir   faoliyatning   bajarish   zaruriyatini   bog‘lashdan   iborat,
lekin bunda odamda voqelik hissi yo‘qoladi.
Emotsional   holatning   keyingi   turi   –   bu   emotsiyalarning   o‘zi.   Emotsiyalar
affektlardan   davomiyligi   bilan   farq   qiladi.   Ularning   boshqa   alohida   qirrasi   faqat
joriy   voqealarga   emas,   balki,   taxminiy   yoki   yodga   olinadiganlarga   nisbatan   ham
ta’sirlanish hisoblanadi.
Emotsiyalarning   mohiyatini   tushunish   uchun   tashqi   muhitning   jism   va
hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab,
ko‘p   qirrali   emotsional   hissiyotlar   va   sezgilar   va   bir   vaqtning   o‘zida   ham
zavqlanish,   ham   qoniqmaslikda   ifodalanadi,   sezgilarni   keltirib   chiqarishlari
mumkin.   Bundan   tashqari,   ko‘pchilik   vaziyatlarda,   bir   tomondan,   qandaydir
zo‘riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki  engil tortish yuzaga keladi.
Faoliyatning   keskin   damlarida,   qaror   qabul   qilishning   mas’uliyatli   daqiqalarida
qiyinchiliklarni   bartarf   etishda   biz   zo‘riqishni   his   etamiz.   U   yaqqol   ko‘zga
tashlanadigan faol xususiyatga ega bo‘lib, faoliyat ob’ektiga e’tiboning kuchayishi,
aqliy va jsmoniy kuch to‘plash, harakatga chanqoqlik, bizni o‘rab oladigan alohida
hayajon bilan birgalikda kechadi.
Emotsional   jarayonlarning   boshqa   xildagi   iodalanishi   qo‘zg‘alish   va
tinchlanish   hisoblanadi.   Qo‘zg‘algan   emotsional   holat,   odatda,   faol   xususiyatga
ega   bo‘lib,   faoliyat   yoki   unga   tayyorgarlik   ko‘rish   bilan   bog‘liq.   Tinchlanish
faoliyatning   pasayishi   bilan   bog‘liq   bo‘lsada,   undan   maqsadga   muvofiq   ravishda
foydalanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Harakat   faolligiga   ta’sir   ko‘rsatishga   qarab,   emotsiyalar   stenik   va   astenik
turlarga   bo‘linadi.     Stenik   emotsiyalar   va   sezgilar   faol   harakatga   undaydi,   inson
kuchlarini   to‘playdi.     Xuddi   shunday,   quvonch   va   ilhomlanish   hislari   insonni
19 energiyaviy faoliyatga rag‘batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo‘shashtiradi,
faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‘xtatadi.
Kayfiyat   –   bu   u   yoki   bu   emotsiyalarning   barqaror   kechinmasi.   Uzoq   davom
etuvchi,   hulq-atvorni   bezovchi   emotsional   holat.   Uni   individning   shaxsiy
tomonlarini,   asosiy   hayotiy   hissiyotlarini,   ishiga   nisbatan   muvaffaqiyat   yoki
muvaffaqiyatsizlik,   qulay   yoki   noqulay   sharoit,   odamlar   munosabatlaridagi
madaniyat darajasi, ichki holat kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi.
Kayfiyatda   hissiyotlar   va   sezgilarning   rag‘batlantiruvchi   vazifasi,   ularning   inson
faoliyatiga   ta’siri   namoyon   bo‘ladi.   Kayfiyat   ijobiy   yoki   salbiy,   ma’lum   jadallik,
ifodalanish, zo‘riqish va barqarorlikka ega bo‘lishi mumkin.
Emotsiyalar   va   sezgilar   ta’siridagi   psixik   faollikning   eng   yuqori   darajasi
ko‘tarinkilik,   eng   quyisi   –   apatiya   deb   ataladi.   Psixik   faoliyatning   salbiy   ta’sirlar
tomonidan   sezilarsiz   darajada   o‘zgarishi   izdan   chiqish   holatidir.   Insonning
emotsional   barqarorligi   turli   emotsiogen   ta’sirlarga   nisbatan   hulq-atvorining    
turg‘unligida   ifodalanadi.   Qiyinchiliklarga   nisbatan   barqarorlik,   boshqa   odamlar
hulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi.
Inson   fikrlari   va   harakatlari   yo‘nalishini   belgilab   beruvchi   barqaror,   chuqur   va
kuchli his ehtiros deb ataladi. Ehtiroslarning asosiy belgisi ularning amaliy natijaga
ega   bo‘lishi,   irodaviy   va   emotsional   holatlarning   yagonaligidir.   Ehtiros   insonni
hislar ob’ekti haqida astoydil o‘ylashga, ular asosidagi ehtiyojlarning qondirilishini
to‘laqonli va yaqqol tasavvur  etishga, bu qondirilish yo‘lida haqiqiy yoki bo‘lishi
mumkin bo‘lgan to‘siq va qiyinchiliklarni xayol qilish va har tomonlama o‘ylashga
majbur   qiladi.   Ehtiroslar   turg‘unligi,   vaqt   bo‘yicha   insonga   egalik   qilish
davomiyligi   bilan   xarakterlanadi.   SHaxsning   olamga   nisbatan   chuqur   tanlangan
munosabatining ifadalanishi sifatida ehtiroslar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Turli sezgilar  (hidlar, ranglar, tovushlar va h.k.) biz uchun yoqimli, neytral
yoki   yoqimsiz   bo‘ladi.   Hissiy   ton.   Hissiyot   ko‘pincha   faqat   hissiy   tus   sifatidagi
ruhiy   jarayonlarning   o‘ziga   xos   tomoni   tariqasida   namoyon   bo‘ladi.   YOqimli
suhbatdosh,   kulguli   voqea,   yoqimsiz   hid,   zerikarli   kitob,   ko‘ngildagi   mashg‘ulot,
hushchaqchaq   sayohat,   og‘ir   ish   kabilar.   Ko‘pincha   emotsiyalar   o‘zining
20 ta’sirchanligi   bilan   bir-biridan   ajralib   turishiga   qaramay,   bunday   sifatni   hissiy
holatlar   stenik   (yunoncha   so‘zdan   olingan   bo‘lib,   kuch   degan   ma’noni   anglatadi)
xususiyatli   deyiladi.   Bunda   emotsiyalar   dadil   xatti-harakatlarga,   mantiqiy
mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat  bag‘ishlaydi. Emotsional
javob   –   jismli   muhitdagi   joriy   o‘zgarishlarga   nisbatan   operativ   emotsional
ta’sirlanish.   Go‘zal   manzarani   ko‘rib   qoldingiz   –   emotsional   javob   yuzaga   keldi.
Bu   javob   insonning   emotsional   qo‘zg‘aluvchanligi,   emotsional   tonusi   bilan
belgilanadi.   Emotsional   javobning   turlaridan   biri   sintoniya   –   boshqa   odamlar
emotsional holatini birga qayg‘urish – insonningmuhim ijtimoiy sifati hisoblanadi.
Nizoli asosidagi emotsional holatlarga stress, frustratsiya, affekt kiradi.
II BOB.  Psixik holat turlari
2.1  Psixik zo`riqish va uni boshqarish
            Stress   tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi.
Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin
boshdan   kechirilishining   davomiyligiga   ko‘ra   kayfiyatlarga   yaqin   bo‘lgan   his-
tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor
E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va
murakkab   aqliy   yuklamalar   ishlarning   me’yoridan   oshib,   ketib   xavfli   vaziyatlar
tug‘ilganida,   zaruriy   chora-tadbirlarni   zudlik   bilan   topishga   intilganda   vujudga
keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
Stress   –   inson   organizmini   haddan   tashqari   zo‘riqish   natijasida   paydo   bo‘ladigan
tanglik jarayonidir.
                    Stress   ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi :
                      Konstruktiv   –   biz   tur i dagi (ko‘pchilik orasida) ;
                      Destruktiv   – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress   tushunchasi   kanadalik   olim   gans   sele   tomonidan   kiritilgan ,   u   stressni
organizmning   jismoniy   yoki   psixik   jarohatni   keltirib   chiqaradigan   ta’sirlarga
nisbatan   moslashish-himoya   reaksiyalari   yig‘indisi   sifatida   ta’riflagan .   Stress
21 holatining   rivojlanishida   g.   Sele   uch   bosqich :   a)   xavotirlanish ,   b)   qarshilik
ko‘rsatish , v)   izdan chiqishlarni ajratdi .
Xavotirlanish reaksiyasi   shok   davri   ( mns tushkunlik holati )   va   izdan chiqqan
psixik   vazifalarning   tiklanish,   shokka   qarshi   davridan   iborat .   Qarshilik   ko‘rsatish
bosqichi   (rezistent lik )   stressorlar   ta’siriga   nisbatan   chidamlilikning   yuzaga   kelishi
bilan xarakterlanadi .   Ularning davomli ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va
izdan chiqish bosqichi boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli
kasallik jarayonlari yuzaga keladi .
Stress   hayot   uchun   xavfli   bo‘lsada ,   organizm   uchun   zarurdir :
austress da   (« foydali »   stress)   individning   moslashish   mexanizmlari   ishlab
chiqiladi .     Axborotli va psixik stress turlari mavjud   (emotsional stress lar ).
Hissiyot   va   sezgilarning   yana   bir   qonuniyati   –   bu   psixosomatik   korrelyasiya,
vegetativ   o‘zgarishlar   bilan   aloqa,   bu   organizm   va   inson   hayotiy   faoliyati
vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.
Emotsional   kechinmalarning   xilma-xilligi   avvalambor,   odamlarning   kayfiyatida
ifodalanadi.   Emotsional   jihatdan   kuchsiz   ta’sirlanadigan   odamlarda   faqat
qandaydir   o‘ta   xavotirli   voqea   yaqqol   ifodalangan   hislarni   yuzaga   keltiradi.
Boshqa   toifadagi,   emotsional   ta’sirchan   odamlarda   arzimas   holat   ham   kuchli
hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini
ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin.
Odamlar   o‘rtasida   hissiyotlarning   ifodalanishining   chuqurligi   va   barqarorligi
bo‘yicha   farqlanadigan   xususiyatlar   kuzatiladi.   Ba’zi   odamlarni   hissiyotlar   o‘rab
olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga
ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt
va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib,
o‘zi   va   hulq-atvori   nazorati   yo‘qotilgan,   affekt   va   ehtiroslarga   beriluvchan,
masalan, g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa
odamlar, aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi.
Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar ularning
faoliyatida   aks   etadi.   Xuddi   shunday,   ba’zi   odamlar   hislar   ta’sir   etuvchi
22 xususiyatga   ega,   harakatga   undaydi,   boshqalarda   barchasi   qator   o‘zgarishlarga
sabab   bo‘lmaydigan   hisning   o‘zi   bilan   chegaralanadi.   Hislar   sustligining   yorqin
shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi.
SHunday qilib, hissiyot  va hislarning namoyon bo‘lishidagi  farqlar ma’lum
odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi.
Oniomaniya   va   shopogolizm   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   yana   bir   muammoni   ko‘rib
chiqamiz.   Oniomaniya   (do‘konlarga   bog‘liqlik)   –   xarid   qilishga   bo‘lgan     miyaga
o‘rnashib   qolgan   mayl,   zaruriyati   va   oqibatlari   bilan   kelishmagan   holda,   vasvasa
holatlarida   kuzatiladi.   Bunday   bog‘liqlik   zamonaviy   tilda   –   shopogolizm   deb
ataladi.
Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX
asrda   aniqlangan   o‘ziga   xos   kasallikdir,   lekin   1990-yilning   boshlariga   kelib,
olimlar unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra,
oniomaniya   bilan   sayyoramizning   10%   aholisi,   asosan,   ayollar   (90%)   aziyat
chekadilar.   AQSHda     55   mln.   odam   bu   kasallikka   chalingan,   ulardan   15   mln.
surunkali shopogoliklardir.
Agar   avval   oniomaniyadan   aziyat   chekadiganlar   xarid   qilish   maqsadida
supermarket   va   do‘konlarni   kezishgan   bo‘lsa,   endilikda   ular   Internet,   TV-do‘kon
yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha
aniqlanmagan.   Olimlarning   taxminlariga   ko‘ra,     shopogolizm   odam   organizmiga
inson   kayfiyatini   boshqaradigan   serotonin   gormonining   etishmovchiligi   bilan
bog‘liq.   Ba’zilar   mahsulotlarni     sovg‘alar   qabul   qilishni   yoqtirganlari   sababidan
buyurtma   qiladilar.   YOki,   ayol   oiladagi   muammolardan   o‘zini   yupatish   uchun
yangi   xarid   bilan   o‘zini   xursand   qiladi.   Sabablar   turlicha   bo‘lishi   mumkin,
oqibatlari   esa   yirik   qarzlarga   borib   taqaladi.   SHopogolizm,   olimlar   fikriga   ko‘ra,
ichkilikbozlik 
kabi jiddiydir.
23 2.2  Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifarida .
Frustratsiya   –   tushkunlik,   ma’lum   maqsadga   erishishda   umidlarning
parchalanishi   bilan   kechadigan   inson   muvaffaqiyatsizligining   emotsional   og‘ir
kechinmasi. Frustratsiya ko‘p hollarda frustratorga qarshi qaratilgan tajovuzkorlik
hulq-atvor   bilan   bog‘liq.   Frustratsiya   sabablari   bartaraf   etilmaganida,   psixikaning
davomli izdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur   depressiv holat   yuzaga kelishi
mumkin   ( xotira,   mantiqiy   tafakkurga   bo‘lgan   layoqatlarning
susayishi ).   Frustratsiya   holati   inson   biror   chiqib   ketish   yo‘llarini   izlaydi,   shirin
xayol   olamida   beriladi,   ba’zida   esa   tubanlashadi ,   ya’ni,   psixik   rivojlanishning
dastlabki bosqichlariga qaytadi .
                       Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda
mavjud   bo‘lmaydi.   YUzlab   va   minglab   kechirilayotgan   emotsiyalar,   affektlar,
kayfiyatlarda   aniq   yashaydigan   umumlashtirilgan   hislar   yuksak   hislar   deyiladi.
YUksak hislar o‘z tarkibiga birinchi soddaroq ko‘rinishdagi turli hislarni oladi.
24                       Inson   faoliyatining   qaysi   bir   turi,   yoki   qaysi   bir   sohasi,   hislarni   qaysi
birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik, axloqiy,
intellektual, estetik turlari ajratiladi.
                Ahloqiy   hislar   odamning   boshqa   kishilarga,   jamoa   va   o‘zining   ijtimoiy
burchlariga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni  kechirar  ekan,
ma’lum  ahloqqa, ya’ni  ijtimoiy ahloq-qoidalari  va normalari  majmuiga asoslanib,
boshqa   kishilarning  xatti-harakatlariga   yoki   ruhiy   hususiyatlariga   hamda   o‘zining
xatti-harakatlariga baho beradi.
Intellektual   hissiyotlar   ham   o‘z   mohiyati   jihatidan   ahloqiy   hissiyotlarga
yaqin bo‘lgan hissiyotlardir.   Intellektual hissiyotlar   odamning bilish jarayoni bilan
bog‘liq   bo‘lgan   hissiyotlar   bo‘lib,   biror   narsadan   hayron   qolish,   hayratda   qolish,
shubhalanish   kabi   holatlarda   ifodalanadi.   Estetik   hislar   ham   yuksak   ahloqiy
hislardan hisoblanadi.   Estetik his   deganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan
zavqlanish   va   go‘zallik   yaratishga   intilishni   tushunamiz.   Estetik   hissiyot   hamma
odamlarga   xos   bo‘lgan   hissiyotdir.   Atrofdagi   tabiat   manzaralari   estetik
hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi.
Praksik   hislar .   Inson   amaliy   hayotining   istalgan   sohasi   maqsadga   muvofiq
aqliy   faoliyatiga,   shaxsning   ularga   nisbatan   muayyan   munosabatda   bo‘lish
sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay,
uni   e’tirof   etadigan   yoki   inkor   qiladigan   maqsadlarga   erishish   yo‘llarini
baholaydigan   ta’sir   qilish   usullari   va   ko‘lamlarini   ma’qullaydigan   va
ma’qullamaydigan,   ularni   to‘g‘ri   tanlanganligiga   shubhalanadigan,   nihoyat
muvaffaqiyat   yoki   muvaffaqiyatsizlik   hissini   kechiradigan   mehnat   faoliyatida
kuzatiladi.   Hayotiy   faoliyat   jarayonida   muhit   va   irsiy   shartlar   asosida   insonda
barqaror   emotsional   sifatlar   –   emotsional   xususiyatlar   va   xossalar   shakllanadi.
Shaxsning   emotsional   xususiyatlar iga   emotsional   reaktivlik,   qo‘zg‘aluvchanlik,
affektlilik,   emotsional   barqarorlik,   umumiy   emotsional   tonus,   emotsional
ta’sirlanishlar kuchi va ularning tashqi ifodalanishi – ekspressivlik taalluqlidir.
Emotsional   xossalar   individning   psixik   ko‘rinishini   belgilaydilar,   shaxs
emotsional   tipini   tashkil   etadilar .   Odamlar   emotsional,   o‘ta
25 ta’sirchan ,   ehtirosli   va   frigid   mijozlilarga   bo‘linadilar .   Birinchisi   oson
qo‘zg‘aluvchan,   emotsional   ta’sirchan,   i mpulsiv;   ikkinchisi   –   o‘z   sezgilarini
mushohada   qilish,   ulardan   zavqlanishga   moyil ;   uchinchisi   –
emotsional   intiluvchan ,   o‘ta   faol ,   maqsadga   erishishda   sabotli ;   to‘rtinchisi   –   aql
bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot .
Hissiyotlar   va   sezgilarning   yuzaga   kelishi   va   so‘nishi   shartli   refleks
shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi .
Biror  ob’ektga  nisbatan   ishlab  chiqilgan   sezgilar  ma’lum   darajada   bir  jinsli
ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi .   Shunday qilib ,   sezgilar qonuniyatlaridan biri
ularning   umumlashtirilganligi   va   ko‘chirib   o‘tkazish   imkoniyati
hisoblanadi .   Boshqa   qonuniyat   –   sezgilarning   davomli   seskantiruvchilar
ta’sirida   sustlashishi .   Xuddi   shunday   sevimli   qo‘shiq   hadeb   tinglansa,   yoqmay
qolishi mumkin ;   juda ko‘p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi .
Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi .   Odam
ma’lum   darajada   turli   vaziyatlarga,   shuningdek,   salbiy   ta’sirlar   (badbo‘y   hid,
xunuk manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi.
Turli   seskantiruvchilar   ta’sirida   yuzaga   keladigan   turli   segilar   o‘zaro
taqqoslanadi   va   bir-biriga   ta’sir   ko‘rsatib,   o‘zaro   ta’sirlashadi .   Biror   shaxsning
xunuk   harakatidan,   xuddi   shunday   vaziyatdagi   boshqa   shaxsning   oliyjanob
harakati   solishtirilganida   taassuf   hissi   kuchayadi,   qoniqish   hissi   qoniqmaslik
hissidan   so‘ng   kuchliroq   seziladi.   Insonning   taqdiri,   azob-uqubatlari   qanchalik
og‘ir,   muvaffaqiyatsizliklarining   yakun   topishi   shunchalik   quvonch   bilan   idrok
qilinadi – bu   sezgilarning keskin qarama-qarshiligi .
Sezgi   qonuniyatlaridan   biri   –   ularning   jamlanishi .   U   yoki   bu   ob’ekt
tomonidan   muntazam   ravishda   hosil   qilinadigan   sezgilar   to‘planib,
jamlanadi .   Buning   natijasida   insonda   ota-onaga,  do‘stga,   qadrdon  yurtga  nisbatan
muhabbat   va   ehtirom   mustahkamlanadi .   Salbiy   kechinmalar   (hayotiy
qiyinchiliklar ) ning to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz bo‘lgan
voqeadan juda kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin .
26 Emotsional   holatlar   o‘rin   almashishi   mumkin .   Xuddi   shunday,   biror
faoliyatdagi   muvaffaqiyat   boshqa   faoliyatdagi   muvaffaqiyatsizlikning   o‘rnini
bosishi mumkin .
Hissiyotlarning   yana   bir
qonuniyati   –   ularning   o‘zgaruvchanligi   hisoblanadi .   Biror   ob’ekt   yuzasidan
qondirilmagan   hissiyotlar   boshqa   ob’ektlarga   (barchaga   « zarar   o‘rnini
to‘ldirish »   hodisasi )   o‘tkazilishi mumkin .
                  Ambivalentlik   –   lotincha   har   tomonlama   kuchga   ega   ma’nosini   anglatib
kishining bir ob’ektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan bir-
biriga qarama – qarshi emotsional irodaviy holatdir.
                Hissiyotda   ambivalentlik   bu   rohatlanish   va   azoblanishni   birga   qo‘shilib   va
biri ikkinchisiga o‘tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo‘lish kechiriladigan
hissiyotning   zarur   xarakterli   sifatlaridan   birini   tashkil   qiladi.   Masalan,   rashk
hissida muhabbat va nafrat.
Hissiyot   va   sezgilarning   yana   bir   qonuniyati   –   bu   psixosomatik
korrelyasiya ,   vegetativ   o‘zgarishlar   bilan   aloqa,   bu   organizm   va   inson   hayotiy
faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.
27 Xulosa
                      Shaxsning   xususiyatlariga   ta’rif   berish   ko‘p  holatlarda   ushbu   odamning
nimani yoqtirishini,   nimadan nafratlanishini , mag’rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi
va   qayg’urishi   sababini   aniqlashni   bildiradi.   Individ   barqaror   hislari   predmeti,
ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va
bu   bilan,   uning   individualligini   ochib   beradi.   S.l.   rubinshteynning
yozishicha ,   shaxsning   xarakteri   va   aqliy   qobiliyati,   qiziqishlari   va   boshqa
odamlarga   munosabatlarining   barcha   o‘ziga   xos   xususiyatlari   hissiyotlar   va
sezgilarning kamalak rangida namoyon bo’ladi va aks etadi.
Emotsionallik   tug’ma   bo’ladi,   lekin   affektlar,   sezgilar   hayot   jarayonida
rivojlanadi,   bu   esa   insonning   shaxs   sifatida   rivojlanishini   bildiradi.   Bunday
rivojlanish   inson   emotsional   sohasiga   yangi   ob’ektlarni   kiritish,   shaxs   sezgilarini
ongli   irodaviy   boshqarish   va   nazorat   qilish   darajasining   oshishi   axloqiy
boshqarishga   yuksak   axloqiy   qadriyatlar   (vijdon,   mas’uliyatlilik,   nomus   va
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog’liq.
28 Inson   emotsional   hayotining   rivojlanishida   ma’lum   bo‘lgan   izchillik   mavjud.
Lekin bir  davr  sezgisidan  keyingi  davr  sezgisiga  o’tish  shaxsning  har  tomonlama
rivojlanishi   bilan   bog’liq.   Hissiyotlar   odam   energiyasini   to’plovchi   faoliyatga
nisbatan   kuchli   rag’bat   bo’lishi   mumkin,   asosiysi ,   ularni   tegishli   tarzda
yo’naltirishdir.
                                            
                                    
    
                              
Foydalanilgan  adabiyotlar ro‘yxati
1. Вачков   И.Вб   Гринпшив   И.Б.   Введение   в   профессию   “психолог”
Москва, Воронеж. 2002-2007 г.
2. Myeyrs D.G Psychology. Ninth   Edition- Worth Publishers        ,2010. – 910 .
3. Мухамедова   Д.Г,   Муллабаев   Н.М,   Умумий   психологa   Дарслик ,
Тошкент, “Мумтоз сузи” 2018, 287 б.
4. Schiffiman   H.R   Senational   and   Perception:   An   Integrated   Approach.   5   th
Edition –John Wiley & Sons, 2001- 608 p.
5.           G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
6.           Югай   A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психологa” – Tашкент 2014.
7.           Дружинина В.. “Психологa “. Учебник. “Питер”, 2003.        
8.           Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психологa: учебник для
вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
29

Shaxsning emosional hayot doirasi MUNDARIJA KIRISH……………………………………………...…................................ 3 I BOB. Emotsiya haqida tushuncha ………………………………………. 7 1.1 Hissiy holatlarning nerv-fizologik asoslari ………. ………………………. 7 1.2 Emotsiya haqida nazariyalar…………………. ........................................... 11 II BOB. Psixik holat turlari……………. ………………………... 22 2.1 Psixik zo`riqish va uni boshqarish ……………………………………..... 22 2.2 Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifarida ........ .......................... 25 XULOSA............................................................................................. ............. 29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………… ………. 30 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar ta siriga nisbatan subyektiv reaksiyalaridir. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik,ʼ quvonch, qo’rquv va boshqa shakllarda namoyon bo ladi. Emotsiya ixtisoslashgan ʻ miya tuzilmalarining faol holatidan iborat bo lib, odam va hayvonlarda bu holatni ʻ minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam bo lganida emotsiya salbiy (qo rquv, g azab) ʻ ʻ ʻ shaklda namoyon bo ladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan ʻ yuqori bo lganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli ʻ qismlariga elektr toki ta sir ettirish ʼ orqali dastlab hayvonlarda , keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya po’stlog’ining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, o’rta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, joylashgan markaziy kulrang moddada va gipotalamusda hisoblanadi. Emotsiyani o rganish, hosil bo lgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya ʻ ʻ katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni o zlashtirish (zehn) ʻ chegarasini kengaytiradi , xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qo’shimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) bo’ladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo bo’luvchi differension va turg’un emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog liq ʻ bo ladi.Emotsiya ʻ – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan , uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Ta’riflardan shuni aytish mumkinki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo’lib, shaxsning kundalik 2

hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog’liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog’liq bo’lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoa tlanish tuyg’usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo’ladi. Hissiyot odamda sodir bo’layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo’lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo’zg’ovchilardan aniq bo’lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo’shilib ketadi va paydo bo’lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg’otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo’zg’atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo’ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po’sti qismining faoliyati bilan bog’liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog’liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog’liqdirEmotsiyalar affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa alohida qirrasi faqat joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga olinadiganlarga nisbatan ham ta’sirlanish hisoblanadi. Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va hodisalarining ko’pchiligi his-tuyg’u organlariga ta’sir ko’rsatib, ularda murakkab , ko’p qirrali emotsional hissiyotlar va sezgilar va bir vaqtning o’zida ham zavqlanish, ham qoniqmaslikni, turli sezgilarni keltirib chiqarishlari mumkin. 3

Bundan tashqari, ko’pchilik vaziyatlarda, bir tomondan, qandaydir zo’riqish sezgilari, ikkinchi tomondan , hal etish, yoki engil tortish yuzaga keladi. Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida qiyinchiliklarni bartaraf etishda biz zo’riqishni his etamiz. U yaqqol ko’zga tashlanadigan faol xususiyatga ega bo’lib, faoliyat ob’ektiga e’tiborning kuchayishi, aqliy va jismoniy kuch to’plash, harakatga chanqoqlik, bizni o’rab oladigan alohida hayajon bilan birgalikda kechadi. Emotsional jarayonlarning boshqa xildagi ifodalanishi qo’zg’alish va tinchlanish hisoblanadi. Qo’zg’algan emotsional holat, odatda, faol xususiyatga ega bo’lib, faoliyat yoki unga tayyorgarlik ko’rish bilan bog’liq. Tinchlanish faoliyatning pasayishi bilan bog’liq bo’lsada, undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Harakat faolligiga ta’sir ko‘rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik turlarga bo’linadi. Stenik emotsiyalar va sezgilar faol harakatga undaydi, inson kuchlarini to’playdi. Xuddi shunday, quvonch va ilhomlanish hislari insonni energiyaviy faoliyatga rag’batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo’shashtiradi, faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‘xtatadi. Kayfiyat – u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, xulq-atvorni bezovchi emotsional holat. Uni individning shaxsiy tomonlarini , asosiy hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, qulay yoki noqulay sharoit, odamlar munosabatlaridagi madaniyat darajasi, ichki holat kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi. Kayfiyatda hissiyotlar va sezgilarning rag’batlantiruvchi vazifasi, ularning inson faoliyatiga ta’siri namoyon bo‘ladi. Kayfiyat ijobiy yoki salbiy, ma’lum jadallik , ifodalanish, zo‘riqish va barqarorlikka ega bo’lishi mumkin. Emotsiyalar va sezgilar ta’siridagi psixik faollikning eng yuqori darajasi ko’tarinkilik, eng quyisi – apatiya deb ataladi. Psixik faoliyatning salbiy ta’sirlar tomonidan sezilarsiz darajada o‘zgarishi izdan chiqish holatidir. Insonning emotsional barqarorligi turli emotsiogen ta’sirlarga nisbatan xulq-atvorining turg’unligida ifodalanadi. Qiyinchiliklarga nisbatan barqarorlik, boshqa odamlar 4

xulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi. Emotsiyalar affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa alohida qirrasi faqat joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga olinadiganlarga nisbatan ham ta’sirlanish hisoblanadi. Kurs ishining maqsadi: Ilmiy adabiyotlarni va ilmiy tadqiqot ishlarni tahliliy o’rganish asosida emotsiya turlari va jarayonlarini o’rganish. Kurs ishining obyekti: Emotsiya va uning asosiy xususiyatlari. Kurs ishining predmeti: Emotsiya haqida umumiy tushuncha emotsiya turlari , emotsiyani eksperimental o’rganishdagi tadqiqotlar. Kurs ishi ning vazifalari: 1. Emotsiya ni eksperimental tadqiq qilish. 2. Emotsiya nazariyalarini o’rganish. 3. Emotsiyaga doir metodikalar bilan ishlash. Kurs ishini tuzulishi: Kurs ishi kirish,ikki bob, to`rt bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan 5