TOG`LI QORABOG` KECHA VA BUGUN
TOG`LI QORABOG`:KECHA VA BUGUN Mundarija: Kirish……………………………………………………………………...…......3-8 I Bob. Tog`li Qorabog`. Tarixiy ma`lumotnoma.(o`rta asrlar va yangi davr tarixidan) 1.1 -§. Antik va o`rta asrlar davri manbalari Arsiax to`g`risida………………...9-17 1. 2 -§. Qorabog` masalasi Rossiya-Turkiya-Eron munosabatlarida…………...18-25 II Bob. XX asr Tog`li Qorabog` tarixida murakkab davr 2.1-§. Qorabog` muammosi Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarida ………26-36 2.2-§. Tog`li Qorabog` masalasi sovetlar davlati nigohida …………………… 3 6-5 5 III bob. Tog`li Qorabog` hozirgi kunlarda. Eskalatsiya davom etmoqda. 3.1-§. Tog`li Qorabog` masalasi BMT ning xavfsizlik ke ngashida ….……….56-63 3.2- §. Sovetlar davlatining parchalanishi va Qorabog` janjalining keskinlashishi………………………………………………………………….64-88 Xulosa……………………………………………………………………...… . 8 9-91 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………... . 9 2 -9 5
Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli demokratiya yo‘lidan rivojlanayotgan yurtimizda tarixiy manbalarga tayangan holda, tarixiy voqeylikni bo‘yab ko‘rsatmasdan, o‘z ko‘rinishida yoritish, uni xolis tadqiq etishga sharoit yaratilib kelinmoqda. Shuning uchun malakatimizda tarix faniga alohida e’tibor qaratilib, nafaqat Vatan tarixi, shuningdek, Jahon tarixini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, jahon tarixida ro‘y bergan va berayotgan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, globallashuv sharoitida O‘zbekistonga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Zero, O‘zbekiston tarixi- Jahon tarixining ajralmas qismidir. Yevroosiyo materigining juda qulay geografik mintaqasida joylashgan Kavkaz qadimdan juda ko`plab xalqlarga boshpana vazifasini o`tab kelgan. Qadimdi davrda bu hududda Urartu degan kuchli davlat bo`lgan bo`lsa, keyingi asrlarda Kavkazda yana bir qancha davlatlar vujudga kelgan. Hozirgi kunda Kavkaz mintaqasi ikki qismga bo`linadi. Birinchisi Shimoliy Kavkaz bo`lib, bu mintaqa Rossiya Federatsiyasining tarkibiga kirsa, ikkinchisi, Janubiy Kavkaz bo`lib bu yerda Gruziya, Ozarboyjon va Armaniston kabi davlatlar joylashgan. Janubiy Kavkaz mintaqasida joylashgan Tog`li Qorabog` hududi uzoq vaqtlardan beri Ozarboyjon va Armaniston o`rtasida ziddiyatga sabab bo`lib kelmoqda. Bu hudud uchun harbiy harakatlar XX asr boshlarida kuchaygan desak xato qilmagan bo`lamiz. Ozarboyjon bu Tog`li Qorabog`ni o`zining tarixiy hududi deb bilsa, Armaniston bo`lsa aholsining ko`pchiligini armanlar tashkil qilganligi sababli o`ziga tegishli deya hisoblamoqda. Tog`li Qorabog` muammosi XX asr 90-yillaridan yanda kuchaydi. Bunga sabab sifatida Ozarboyjon va Armaniston respublikalarining mustaqillikka erishishi va o`z hududi yaxlitligini saqlab qolish yo`lidagi harakatlarini keltirib o`tishimiz mumkin. Bu muammo ketidan boshlangan harbiy harakatlarda juda 2
ko`plab odamlar halok bo`lishdi. Bu masalani hal qilish maqsadida qilingan harakatlar deyarli hozirgi kungacha o`z samarasini bermayapti desak adashmagan bo`lamiz. Lekin BMT va Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarning aralashishi vaziyatni vaqtincha yumashatishga sabab bo`ldi. O`zbekiston mustaqilikka erishgan ilk kunlaridan boshlab Ozarboyjona va Armaniston davlatlari bilan aloqalarni yanada kuchaytirdi. Hozirgi kunda ham O`zbekiston bu ikki davlat bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqda. Lekin ikki davlatning Tog`li Qorabog masalasidagi harakatlariga salbiy fikrini bildirib kelmoqda. Mavzuning dolzarbligini yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ham bilishimiz mumkin. Yana shunisi e`tiborliki, bugungi kungacha O`zbekistonda Tog`li Qorabog` muammosiga bag`ishlangan biron bir magistrlik dissertatsiyasi yozilmagan. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tog`li Qorabog` masalasida Armaniston va Ozarboyjon o`rtasidagi munosabatlarni ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Tog`li Qorabog` mojarosiga tarxiga manbalar va adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlarni o`rganish tadqiqot ishining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi Tog`li Qorabog` mojarosining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tomondan ochib berish va asosiy tendensiyalarini tadqiq etishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrlik dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi: Tog`li Qorabog`ning antik davr tarixini o`rganish; O`rta asrlar davrida bu mintaqa qaysi davlat ta`siri ostida bo`lganligini tahlil qilish; 3
Armanlar Tog`li Qorabog` hududiga qaysi davrdan boshlab ko`chib kelganligi tarixini yoritish; Ozarboyjon nima uchun bu hududni o`z tarixiy mulki sifatida talqin qilishini tahlil qilish; SSSRning Tog`li Qorabog` mojarosiga munosabatini o`rganish; XX asr oxiri XXI asr boshlarida Tog`li Qorabog` muammosining yanada kuchayib ketishi sabablari va holatini tahlil qilish; BMT va katta davlatlarning bu mojaroga bo`lgan munosabatini o`rganish. Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili. Tog`li Qorabog` mojarosi: kecha va bugun tadqiqot mavzusini o`rganishda asosan, rus va boshqa tillarda yozilgan asarlar, ommaviy axborot vositalari va internet ma`lumotlariga murojaat qilingan. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda chet ellik, MDH va Rossiyalik olim va tadqiqotchilar- А . С . Грибоедов ; И . Бабанов , К . Воеводский ; В . Ю . Богданович , О . Я . Маначинский , С . Г . Бутенко ; В . А . Потто ; К . С . Гаджиев ; В . В . Кривопусков ; М . А Жирохов ; М . Волхонский , В . Муханов ; А . О . Меликян 1 va boshqalarning mazkur muammoga bevosita yoki bilvosita to‘xatilib o‘tishgan 1 А.С.Грибоедов. Сочинения в двух томах. Т.2. М., 1971, с.340-341 ; Бабанов И., Воеводский К. Карабахский кризис. — СПб., 1992 ; Богданович В. Ю., Маначинский О. Я., Бутенко С. Г. Конфликты и войны после распада СССР. Монография. — Житомир: Полесье, 2006.- C .231 ; В.А.Потто. Кавказская война. Персидская война 1826-1828 гг. Том 3, Ставрополь, 1993, с.594-595 ; Докладная записка Карабахского армянского Национального Совета Правительству Армении о военных и политических событиях в Арцахе с декабря 1917 г. «Нагорный Карабах в 1918-1923 гг. Сборник документов и материалов» / Под ред. В.А.Микаеляна. – Ереван: Академия наук Армении, 1992. С. – 67 ; К. С. Гаджиев «Большая игра» на Кавказе. Вчера, сегодня, завтра/ С. К. Гаджиев.- М.: Междунар. отношения, 2010. - C .123 ; В. В. Кривопусков . Мятежный Карабах. Из дневника офицера МВД СССР. Издание второе, дополненное. — М. : Голос-Пресс, 2007. –с. 128. ; М. А Жирохов Меч и огонь Карабаха. Хроника незнаменитой войны. 1988-1994 . — М. : Центрполиграф, 2012. – C .236 ; Михаил Волхонский, Вадим Муханов. По следам Азербайджанской Демократической Республики. Москва, издательство «Европа», 2007.- С. 83 ; Нагорный Карабах в международном праве и мировой политике». Комментарии к документам. Том II / Д. ю. н., проф. Ю.Г. Барсегов; отв. ред. А.О. Меликян — М. : «Мелихово», 2009. -с.7. 4
ilmiy asarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, jurnal, gazeta va internet manbalarida chop etilgan maqolalaridan keng foydalanildi. Tadqiqotning davriy va xronologik chegaralari. Tadqiqotning davriy va xronologik chegarasi Qadimgi davrdan to hozirgi kungacha Tog`li Qorabog` hududida sodir bo`layotgan voqealarni o`z ichiga oladi. Tadqiqotda qo'llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Mazkur mavzuni o‘rganishda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy davlatchilik tarixi, mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, milliy ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan tashqi siyosat masalalari keng va har tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston yondoshuvi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi. Prezidentning tarixni o‘rganishda aniq va real voqealarga tayanish kerak, degan fikrlari asosida mavzu ilmiy-metodologik me'yorlar doirasida yoritishga harakat qilindi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlaridagi nazariy yondashuvlar ishning metodologik asosi qilib olindi. Xususan " Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak 2 :”, " Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 3 ”, " kabi asarlaridan, bundan tashqari O'zbekistonda mustaqillik yillari chop etilgan ilmiy asarlar hamda davriy matbuot nashrlaridan ham keng foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tog`li Qorabog` mojarosi tarixi nafaqat tarix, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va diplomatiya, balki iqtisodiyot, madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, Shuningdek Markaziy Osiyoning mustaqillik davri bo`yicha izlanish olib 2 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. 2017 yil14 yanvar Sh.M. Mirziyoyev.– Toshkent : O‘zbekiston, 2017. – 104 b. 3 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”./Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. 5