logo

X WINDOWS TIZIMI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

60.2275390625 KB
        MAVZU:  X  WINDOWS TIZIMI.
                                   
                               REJA:
                            
1. Windows haqida umumiy tushunchalar.
2.  Windows tarixi.
3. Eng mashhur versiyasi.
4. Xulosa.    Windows   haqida umumiy tushunchalar:
Windows (Windows oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft 
(MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega 
bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan 
operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan 
foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish   uchun oson , shu bilan 
birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish 
holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95
operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, 
uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila 
boshlandi.
MS Windows 95 Windowslarning   yangi lahjasi emas , balki o`ta 
murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish 
uchun oson, operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 
3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi 
mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning 
bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS 
va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. 
Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun 
lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga 
ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish 
ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan 
Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi.  Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish 
bilan samaradorlik va ishonchlilikni   keskin oshirishga erishdi ;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, 
qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal   tarmoq 
mijoziga aylanadi , elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia 
vositalaridan   bahra oladi va hokazo ;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
W indow s  tarix i:  s otuv ga chiqqani ning 30 y illigi
30   yil   avval   1985   yilning   20   noyabr   kuni   Microsoft
korporatsiyasi   Windows   operatsion   tizimining   ilk   versiyasini
taqdim etdi.
Microsoft   korporatsiyasi   1975   yilda   Bill   Geyts   va   Pol   Allen
tomonidan   tashkil   etilgan.   1970-yillarning   oxirida   u   shaxsiy
kompyuterlar   uchun   operatsion   tizim   (OT)larni   ishlab
chiqarish   bilan   shug‘ullana   boshladi.   MS-DOS   operatsion
tizimning   birinchilaridan   edi,   uning   boshqaruvi   buyruq   qatori
orqali amalga oshirilgan.
WINDOWS 1
  1983   yil   10   noyabrda   Microsoft   Windows   (ingl.   "Oyna")
nomli   ilk   grafik   qobiqga   ega   bo‘lgan   dastlabki   OTni   taqdim
etdi.   Uning   savdolari   1985   yil   20   noyabrda   boshlandi.   Deyarli
MS-DOS   tarkibida   bo‘lgan   ushbu   operatsion   tizimga   asosiy
ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri,
Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b. Tizim   bir   necha   vazifani   bir   vaqtning   o‘zida   bajarish   imkonini
berar   edi,  biroq  ular   ekranda   bir-birini   to‘sib   qo‘ygan   holatda
joylashar edi. OS apparat ta'minotida yuqori  talablar va o‘sha
vaqtda   keng   tarqalmagan   sichqonlarni   sotib   olish   zarurati
tufayli mashhurlikka erishmadi.
Windows   operatsion   tizimi   nusxasining   ilk   narxi   Amerika
bozorida   100   AQSh   dollarini   tashkil   etgan,   500   ming   nusxa
sotilgan.   Windows   OT   Apple   kompaniyasi   tomonidan   Lisa
kompyuterlari   uchun   ishlab   chiqilgan   (1983   yildan   boshlab
chiqarila   boshlagan)   grafik   interfeysli   boshqa   operatsion
tizimining raqobatchisiga aylandi.
WINDOWS 2
1987   yil   9   dekabrda   Windows   2   OT   taqdim   etildi   (natijada
uning   takomillashgan   ko‘rinishlari   chiqarila   boshlandi).   U
mukammallashtirilgan   interfeys,   shuningdek   dastur
oynalarining   yig‘ilishi   imkoniyati   bilan   ajralib   turar   edi.   Ilk
narxi   100   AQSh   dollarini   tashkil   qilgan,   1   million   nusxa
sotilgan.
WINDOWS 3
1990   yilning   22   mayida   Windows   3   chiqarildi.   Uning
avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida
16   ta   rang)   ni   ishga   tushirish   imkoniga   ega   edi,   bir   qator
qo‘shimcha   yangiliklar   ham   kiritilgan.   1992   yilda   tarmoq
ilovalari   (Internetga   ulana   oladigan   TCP/IP   ham   shular
jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1
talqini   paydo   bo‘ldi.   OTning   dastlabki   narxi   149,45   AQSh
dollarini   tashkil   qilgan.   Windows   3.x   Microsoft’ning   tijorat jihatdan   muvaffaqiyatga   ega   bo‘lgan   ilk   talqini   edi,   uning   25
million nusxasi sotildi.
WINDOWS   NT   -   BARChA   ZAMONAVIY   WINDOWS’
LARNING ASOSI
1993   yilning   27   iyulida   Windows   NT   OT   paydo   bo‘ldi,   u
serverlar   bozori   (kompyuter   tizimini   ta'minlovchi
kompyuterlar)   va   ishchi   stansiyalar   (statsionar
kompyuteralar)ga yo‘naltirilgan edi. U odatiy Windows OTdan
alohida   ishlab   chiqilgan,   barcha   zamonaviy   Windows’larning
asosiga aylandi.
WINDOWS 95
  1995   yilning   24   avgustida   shaxsiy   kompyuterlar   uchun
Windows   95   operatsion   tizimi   chiqarildi,   unda   (Start)
tugmachasi   paydo   bo‘ldi,   16   bitli   to‘liq   palitra   (65   mingdan
ortiq   ranglar)   ishga   tushirildi   va   interfeys   elementlari   joyi
o‘zgartirildi,   bu   joylashuv   Windows   8   paydo   bo‘lguniga   qadar
saqlanib qoldi.
Windows   95   Microsoft   va   IBM-PC   kompyuterlariga   bozorda
Apple’dan   o‘zib   ketish   va   yetakchilik   qilish   imkonini   yaratdi.
Birinchi yilning o‘zidayoq Windows  95’ning 40  million nusxasi
210   AQSh   dollari   narxida   sotildi   (Windows   3.1   talqinida   esa
narx   110 AQSh dollarini tashkil etgan).
WINDOWS 98
1998   yilning   25   iyunida   Windows   98   OT   chiqarildi.   Windows
95’ning rivojlantirilgan talqini USB qurilmalari va katta hajmli
qattiq   disklardan   foydalanish,   internet,   jumladan   Internet
Explorer   i   Outlook   Express’dan   foydalanishda   yanada yaxshilangan   imkoniyatga   ega   edi.   Dastlabki   to‘rt   kundayoq
530   ming   nusxa   110   AQSh   dollaridan   210   AQSh   dollarigacha
bo‘lgan narxda sotilgan.
WINDOWS ME
2000   yilning   19   iyunida   Windows   9x   -   Millenium   Edition
platformasidagi   so‘nggi   OT   chiqarilgan.   U   uyda   fodalanish
uchun mo‘ljallangan, tomosha qilish, videolarni tahrir qilish va
boshqa   bir   qator   imkoniyatlarga   ega   bo‘lgan.   Turli   OAV   va
ekspertlar uning ishonchlilik darajasi past ekanligini bir necha
bor tanqid ostiga oldilar. Dastlabki uch kun ichida 200 ming ta
nusxa 59,95 AQSh dollari narxida sotilgan.
WINDOWS XP – ENG MAShHUR   VeRSIYaSI
  2001   yilning   15   avgustida   Windows   XP   OT   savdolari
boshlandi, u OT tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi.
Texnik   yordamga   chek   qo‘yilishi   va   viruslarga   nisbatan   nozik
bo‘lishiga   qaramay,   NetMarketshare   tahliliy   saytining
ma'lumotlariga qaraganda,  u hozirga qadar  dunyodagi  barcha
kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki narxi 85
AQSh   dollaridan   boshlanadi.   2015   yil   holatiga   ko‘ra,   1
milliardga yaqin nusxasi sotilgan.
WINDOWS VISTA
2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy
yaxshilangan   tomonlari   orasida   viruslarga   qarshi   himoya   va
Aero   grafik   interfeysini   qayd   etish   mumkin.   Mazkur   OTni
operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni
kiritish   va   kompyuter   qaroqchiligi   huquqidagi   murakkab   tizim tufayli   tanqid   qilishgan.   Sotuvlar   boshlanganidan   bir   oy
o‘tgach,   20   million   nusxa   talqiniga   qarab   199   dan   399   AQSh
dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
WINDOWS 7
2009   yilning   22   oktabrida   Windows   7   OT   savdoga   chiqarildi.
Unda   Vista’dagi   kamchiliklar   bartaraf   etilgan   va   interfeys
yaxshilangan.   Dastlabki   narxi   –   159,99   dan   319,99   AQSh
dollari   qiymatida.  Ikki   yil  ichida   450   millondan   ortiq   nusxalar
sotildi.   NetMarketshare   ma'lumotlariga   ko‘ra,   2014   yilning
noyabrida   dunyodagi   barcha   kompyuterlarning   55,71   foizida
o‘rnatilgan.
WINDOWS 8
  2012   yilning   26   oktabrida   Microsoft   Windows   8   OTni   ishga
tushirdi.   Unda   “Pusk”   tugmasidan   voz   kechish   va
foydalanuvchi   interfeysini   butunlay   qayta   ishlab   chiqib,
ekrandagi   “plitka”   elementlari   ko‘rinishida   "Metro"   muhitiga
almashtirishga qaror qilindi.
Mazkur   talqin   oddiy   kompyuterlarga   qaraganda   planshetlar
uchun   mo‘ljallangan   deya   tanqid   ostiga   olingan.
Kamchiliklarning   bir   qismi   Windows   8.1   da   bartaraf   etildi.
Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk
narxi   14,55   dan   199,99   AQSh   dollarini   tashkil   etgan.   2015   yil
iyun   oyi   holatiga   ko‘ra,   10,68   foiz   shaxsiy   kompyuterlarda
undan foydalanilmoqda.
WINDOWS 10
2015   yilning   25   iyulida   yangi   talqin   Windows   10   sotuvga
chiqarildi.   U   barcha   platformalar   –   serverladan   tortib, mobil   telefonlar   uchun   yagona   tizimga   aylandi.   O‘zgartirilgan
elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun "Pusk" menyusi
va   tugmasining   qaytishini   alohida   ta'kidlab   o‘tish   mumkin.
Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga
bepul   “apgreyd”   ga   ega   bo‘lishdi,   yangi   nusxa   119   dan   199
AQSh   dollari   qiymatida   edi.   Ilk   2,5   oy   mobaynida   yangi   tizim
110   milliondan   ortiq   kompyuterlarda   o‘rnatildi,   operatsion
tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94
foizni tashkil etmoqda.
         XULOSA
Men ushbu  mustaqil ishni yozishim davomida WINDOWS 
haqida juda ham ko’p narsalarni bilib oldim.windowsning 
qachon kim tomonidan yaratilganligi,windows tarixi va 
zamonaviy versiyalari haqida tushuncham ortdi.
Xulosa qilib aytish mumkinki hozirgi kunda windows 
operatsion tizimi kompyuterni yaxshi bilmaganlar va endi 
o’rganmoqchi bo’lganlar uchun juda yaxshi dastur deya 
olaman. QO’LLANILGAN ADABIYOTLAR.
1.https//linux _operatsion_tizimi>/hpoi.
2.https://www.texnoman.uz
3. .https://www.hozirgi .operatsion. tizim. haqida

MAVZU: X WINDOWS TIZIMI. REJA: 1. Windows haqida umumiy tushunchalar. 2. Windows tarixi. 3. Eng mashhur versiyasi. 4. Xulosa.

Windows haqida umumiy tushunchalar: Windows (Windows oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson , shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi. MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas , balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz. Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega: – o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay; – u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi.

Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi ; – foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi , elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo ; – sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega. W indow s tarix i: s otuv ga chiqqani ning 30 y illigi 30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk   versiyasini taqdim etdi. Microsoft korporatsiyasi 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan. 1970-yillarning oxirida u shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizim (OT)larni ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. MS-DOS operatsion tizimning birinchilaridan edi, uning boshqaruvi buyruq qatori orqali amalga oshirilgan. WINDOWS 1   1983 yil 10 noyabrda Microsoft Windows (ingl. "Oyna") nomli ilk grafik qobiqga ega bo‘lgan dastlabki OTni taqdim etdi. Uning savdolari 1985 yil 20 noyabrda boshlandi. Deyarli MS-DOS tarkibida bo‘lgan ushbu operatsion tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b.

Tizim bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish imkonini berar edi, biroq ular ekranda bir-birini to‘sib qo‘ygan holatda joylashar edi. OS apparat ta'minotida yuqori talablar va o‘sha vaqtda keng tarqalmagan sichqonlarni sotib olish zarurati tufayli mashhurlikka erishmadi. Windows operatsion tizimi nusxasining ilk narxi Amerika bozorida 100 AQSh dollarini tashkil etgan, 500 ming nusxa sotilgan. Windows OT Apple kompaniyasi tomonidan Lisa kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan (1983 yildan boshlab chiqarila boshlagan) grafik interfeysli boshqa operatsion tizimining raqobatchisiga aylandi. WINDOWS 2 1987 yil 9 dekabrda Windows 2 OT taqdim etildi (natijada uning takomillashgan ko‘rinishlari chiqarila boshlandi). U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi. Ilk narxi 100 AQSh dollarini tashkil qilgan, 1 million nusxa sotilgan. WINDOWS 3 1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida 16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator qo‘shimcha yangiliklar ham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari (Internetga ulana oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1 talqini paydo bo‘ldi. OTning dastlabki narxi 149,45 AQSh dollarini tashkil qilgan. Windows 3.x Microsoft’ning tijorat

jihatdan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ilk talqini edi, uning 25 million nusxasi sotildi. WINDOWS NT - BARChA ZAMONAVIY WINDOWS’ LARNING ASOSI 1993 yilning 27 iyulida Windows NT OT paydo bo‘ldi, u serverlar bozori (kompyuter tizimini ta'minlovchi kompyuterlar) va ishchi stansiyalar (statsionar kompyuteralar)ga yo‘naltirilgan edi. U odatiy Windows OTdan alohida ishlab chiqilgan, barcha zamonaviy Windows’larning asosiga aylandi. WINDOWS 95   1995 yilning 24 avgustida shaxsiy kompyuterlar uchun Windows 95 operatsion tizimi chiqarildi, unda (Start) tugmachasi paydo bo‘ldi, 16 bitli to‘liq palitra (65 mingdan ortiq ranglar) ishga tushirildi va interfeys elementlari joyi o‘zgartirildi, bu joylashuv Windows 8 paydo bo‘lguniga qadar saqlanib qoldi. Windows 95 Microsoft va IBM-PC kompyuterlariga bozorda Apple’dan o‘zib ketish va yetakchilik qilish imkonini yaratdi. Birinchi yilning o‘zidayoq Windows 95’ning 40 million nusxasi 210 AQSh dollari narxida sotildi (Windows 3.1 talqinida esa narx   110 AQSh dollarini tashkil etgan). WINDOWS 98 1998 yilning 25 iyunida Windows 98 OT chiqarildi. Windows 95’ning rivojlantirilgan talqini USB qurilmalari va katta hajmli qattiq disklardan foydalanish, internet, jumladan Internet Explorer i Outlook Express’dan foydalanishda yanada