logo

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

186 KB
MAVZU :  XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON
Mundarija
I.Kirish……………………………………………………………………3
II. Asosiy qism……………………………………………………………6
I BOB. ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI 
MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI
I.1   Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining 
o‘rnatilishi…………………………………………………………………6
 I.2. Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi 
…………………………..…………………………………………………12
I.3. Qo‘qon xonligining bosib olinishi……………………………….……16
II BOB.  XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI MILLIY-OZODLIK 
HARAKATLARI   
II.1. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning 
sabablari. Toshkentda “Vabo isyoni” ……………………….……………20
II.2.  Andijon qo‘zg‘oloni………………………………………………….25
III.BOB.   XX   ASR   BOSHLARIDA   TURKISTONDAGI   QUROLLI  
HARAKATLAR
III.1. Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi…………..……30
III.2.Jizzax qo‘zg‘oloni……………………………………….…………...32
III.3.Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati ………35
III. XULOSA………………………….……………………………… ….38
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….
1 KIRISH.
     Mavzuning dolzarbligi.   Vatan – biz tug‘ilib o‘sgan zamin, kindik qonimiz
to‘kilgan   tuproq,   bobolarimiz   izlari   qolgan   tuproq,   ajdodlarimiz   merosi
avlodlarimizga qoladigan maskandir. Biz o‘rganayotgan ushbu davr (XIX asr oxiri
– XX asr boshlari) Vatanimiz tarixidagi eng ziddiyatli davrlaridan biri hisoblanadi.
XIX   asr   ikkinchi   yarmi   –   XX   asr   boshlarida   Rossiya   imperiyasi   hukmronligi
davrida O‘rta Osiyoda mavjud mustaqil o‘zbek xonliklari davlatchiligi tizimlariga
chek   qo‘yildi.   Xonliklar   imperiya   vassallariga   aylantirildi.   Ularning   ustidan
“harbiy-ma’muriy   boshqaruv”     deb   nomlangan   mustqamlakachilikka   xos
zo‘ravonlik tartiboti o‘rnatildi. Oqibatda aholi ikki tomonlama ya’ni, mahallaiy va
mustamlakachi hukmdorlar jabr-zulmi girdobiga tortildi. Barcha oG‘irlik mahalliy
aholi   gardaniga   tushdi.   Bunga   qarshi   keng   qamrovli   ozodlik   harakatlari   avj   oldi.
Rossiya esa O‘rta Osiyoni xomashyo bazasiga aylantirishni ustuvor  davlat siyosati
qatoriga  qo‘ydi. Turkistonning  hayoti  ham   ana  shu  maqsad  uchun  bo‘ysundirildi.
O‘lka   xalqlarining   erk   va   hurriyat   uchun   kurashi   milliy-ozodlik   harakatlari
mazmun-mohiyatida   o‘z   aksini   topgan   bo‘lsa,   milliy   taraqqiyparvar   kuchlarning
harakati jadidchilika o‘z aksini topdi.   
Turkiston o‘lkasi uzoq o‘tmishga ega bo‘lib, hozirgacha bo‘lgan davr ichida
ko‘plab   “qora   kunlar”   ni   boshdan   kechirdi.   Shunday   qora   kunlar   dan   biri   bu
shundoq ham chor Rossiyasi  ta’sirida aziyat chekayotgan Turkistonning sho‘rolar
tomonidan   istibdod   etilishi   edi.   El-yurtimiz   o‘zining   ko‘p   asrlik   tarixi   davomida
bunday   mah’sum   xatarlarni   necha   bor   ko‘rgan,   ularning   jabrini   tortgan.   Shunday
asoratlar tu-fayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida
qolganini   barchamiz   yaxshi   bilamiz.   Ana   shu   fojiali   o‘tmish,   bosib   o‘tgan
mashaqqatli   yo‘limiz   barchamizga   saboq   bo‘lishi,   bugungi   voqelikni   teran   taxlil
qilib,   mavjud   tahdidlarga   nisbatan   doimo   ogoh   bo‘lib   yashashga   da’vat   etishi
lozim 1
. 
1
  Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Toshkent   “Ma’naviyat” 2008-yil. 4-bet
2   Hozirgi   vaqtda   sodir   bo'layotgan   tarixiy   rivojlanish   nuqtai   nazaridan
Mustaqil  O'zbekistonda  vaqt o'zini  oqladi  Jamoatchilikning tarixga qiziqishi  ortib
bormoqda.   20-asr   boshlarida   Turkistonda   ilgari   surilgan   vatanparvar   kuchlar
tomonidan   mustamlakachilikka   qarshi   g'oyalar   va   shiorlar,   milliy   istiqlol,   islohot
demokratiya   tamoyillariga   asoslangan   ijtimoiy   tuzumva   milliy   qadriyatlar,   keng
milliy vakillarini qamrab olgan ozodlik harakati barcha ijtimoiy tabaqalar, barcha
mahalliy   xalqlar   nomiga   jon   bergan   yuz   minglab   hududlar   vatan   ozodligi   uchun
kurashdan dalolatdir. Bu davrda rus mustamlakachiligi o‘z yovuz qo‘llarini bizning
yurtimizga   ham   cho‘zdi.Mazkur   davrda   yurtimiz   ham   tarqoq   holatda   bo‘lib,
Buxoro   amirligi,Xiva   xonligi   va   Qo‘qon   xonligida   davlat   tuzumi   zaiflashayotgan
davrlar   edi.   Rossiya   bilan   bir   qatorda   yurtimizga   Angliya   ham   ko‘z   olaytira
boshladi.   Ular   Vatanimiz   haqida,   tuproG‘imiz   boyligi   haqida   turli   yo‘llar   bilan
ma’lumotlar   to‘play   boshladi.   XIX   asrning   oxiridan   boshlab   ruslarning     O‘rta
Osiyoda olib borgan siyosati butun Rossiya jamoatchiligining e’tiborini o‘ziga jalb
qila boshladi. Rossiyada  chiqadigan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan ijtimoiy-
iqtisodiy   tahliliy   materiallarda,   maqola   va   taqrizlarda   faol   muhokama   mavzusiga
aylandi.   Ularda   O‘rta   Osiyo   xonliklarini   bosib   olish,   ularni   mustamlakaga
aylantirish chora-tadbirlari, Turkiston ma’muriyatining xalq ommasi noroziliklarini
zo‘ravonlik   bilan   bostirish   siyosati   muhokama   qilinar,   Rossiya   davlatchiligi
asoslarini   Turkiston   jamiyatiga   faol   joriy   etishning   to‘G‘riligi   yuzasidan
munozaralar olib borilgan. 
Darhaqiqat,   chor   mustamlakachiligi   o‘zining   behad   zulmkorligi,
qabohati   bilan   yurtimiz,   uning   jafokash   odamlari   tanasida   o‘chmas   dog‘-hasrat
qoldirdi. U ajdodlarimizni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlab kelgan asl ma’naviy
qadriyatlarni   zavol   toptira   borib,   ularning   jismi-jonida   avj   urib   kelgan   milliy
istiqlol va erk tuyg‘ularini asta-sekin so‘ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog‘ini
qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo‘r general Skobelevning: “Millatni yo‘q
qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini, dinini yo‘q
3 qilsang   bas,   tez   orada   o‘zi   tanazzulga   uchraydi 2
”,   deb   aytgan   bebaho   so‘zlari
bekorga aytilmagan, albatta.
O‘lka   jadidlarining   rahnamosi   M.Behbudiyning   “Haq   olinur,   berilmas!”
shiorida ozodlik uchun kurash g‘oyasining muqarrarligi o‘z yorqin ifodasini topgan
edi.   Butun   Turkistonni   larzaga   keltirgan   hamda   chor   mustamlakachilarini
sarosimaga   solgan   o‘lka   xalqlarining   1916-yilgi   milliy-ozodlik   harakati   ham   yurt
ozodligi   yo‘liga   bag‘ishlangan   edi.   Muxtasar   qilib   aytganda,   Vatan   ozodligini,
davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish Turkiston xalqlarining asriy orzusi edi 3
.
Kurs ishining maqsadi . Mazkur  davr   O‘zbekiston tarixing eng murakkab
davrlaridan biri hisoblanadi. Kurs ishida mazkur davrning (XIX asr oxiri – XX asr
boshlari) o‘ziga xos va ochilmagan ayrim jihatlarini ko‘rsatib berish maqsad qilib
olinib, tarixiy jarayonlarning amalga oshishida alohida bir shaxsning va butun bir
xalqning   o‘rni   qanday   bo‘lishini,   yangi   tuzum   o‘rnatilishida   mustabid
hukumatning   va   shu   hukumatga   nisbatan   oddiy   tub   yerli   aholining   pozitsiyasi,
reaksiyasi qanday bo‘lganligini ko‘rsatib berish vazifa etib belgilandi. 
Kurs   ishining   tuzilishi :   Ushbu   k urs   ishi   kirish   qismi,   3   bob   7   ta   mavzu,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bilan iborat bo‘lib, jami 40 betdan iborat
 
2
 Shamsutdinov R. Karimov Sh. “Vatan tarixi” Toshkent  “Sharq” nashriyoti, 2010-yil, 11-bet 
3
 Shamsutdinov R. Karimov Sh. “Vatan tarixi” Toshkent  “Sharq” nashriyoti, 2010-yil, 12-bet
4 I BOB. ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI
MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI
I.1   Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi
Harakatning boshlanishi.  Toshkent  istilosidan so‘ng podsho hukumatining
kelgusidagi   rejasi     xonliklarni   navbat   bilan   bosib   olish   edi.   Shu   voqeadan   so‘ng
Buxoro-Rossiya  munosabatlari  keskinlashadi.  1865-yil sentabr  oyining boshlarida
rus   qo‘shinlari   Pistolkors   boshchiligidagi   4   ta   rota   piyoda,   100   ta   kazak   va   4   ta
yengil   zambarak   bilan   Chirchiq   daryosidan   o‘tib,   muhim   aholi   punktlari   bo‘lgan
Piskent   va   To‘ytepa   atrofidagi   yerlarni   egallaydi.   Chirchiq   orti   yerlaridagi   yangi
tayinlangan amir Rustambek to‘qnashuvdan so‘ng chekinishga majbur bo‘ldi. Shu
yili   sentabrda   Orenburg   general-gubernatori   N.Krijanovskiy   shaharni   “mustaqil
mulk”   deb   e’lon   qiladi   va   bu   bilan   na   Qo‘qon   xonligi,na   Buxoro   amirligi   va   na
Toshkentga tegishli da’vosi bo‘lishi mumkin emasligini namoyish etmoqchi bo‘ldi.
Turkiston viloyatining harbiy gubernatori  Chernyayev Toshkent olinganidan
so‘ng 9 kun o‘tib, o‘lkadagi barcha buxorolik savdogarlarni hibsga olgan edi. Iyul
oyida   esa   gubernator   Chernyayev   talabiga   ko‘ra   N.Krijanovskiy   Orenburg   va
boshqa shaharlarda buxorolik savdogarlarni hibsga oldi. Sankt-Peterburg yo‘lidagi
buxoroliklar   esa   N.Krijanovskiy   buyrug‘iga   ko‘ra,   Kazalinskda   to‘xtatildi 4
.
Rossiya   imperiyasi     bu   harakatlari   orqali   buxoro   amirligi   bilan   munosabatlarni
atayin   keskinlashtirmoqchi   va   harbiy   mojaro   keltirib   chiqarmoqchi   edi.   Aslida
1865-yildayoq   Buxoroga   qarshi   harbiy   harakatlar   jarayoni   boshlangan   edi.   Shu
maqsadda,   eng   avvalo,   xonliklarning   birlashmasligiga   qaratilgan   siyosat   olib
borildi. Ya’ni o‘zlarining asosiy qoidasi – “Bo‘lib tashla, hukmronlik qil” shioriga
amal qilishga kirishishdi 5
.
Amir Muzaffar bu voqealardan bexabar bo‘lib, Xudoyorxonni qayta Qo‘qon
taxtiga   o‘tqazadi.   Yo‘l-yo‘lakay   Xo‘jandni   egallab,   imperiya   qo‘shini
Chirchiqortiga o‘tmasligini  so‘rab Chernyayevdan iltimos qildi.   1865-yil Buxoro
4
 Murtazayeva R.H, Ermetov A.A,  Odilov A.A,Saipova K.D - O‘zbekiston tarixi, - T.: “DONISHMAND 
ZIYOSI” 2020-yil, 445-bet
5
 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 29-bet
5 amiri   Najmiddinxo‘ja   boshchiligida   elchilarni   Sankt-Peterburgga   jo‘natdi.   Uni
ushlab   olinganligini     amir   bilgach,   yashirin   tarzda   Mulla   Faxriddinni   ham
poytaxtga   elchi   qilib   jo‘natadi.   Lekin   bu   elchilik   guruhlari   joylarga   yetib
borolmaydi. Diplomatik amaldor  Struve 1865-yil  oktabrda  Buxoroga Chernyayev
tomonidan   elchi   qilib     jo‘natildi.   Buxoro   amiri   bilan   Chernyayev   o‘rtasidagi
yozishmalarda amir Toshkentni imperiya qo‘shini bo‘shatishini va asl maqsadlarini
bayon qilishni  talab qildi 6
. 
Amir   Chernyayev   bilan   yozishmalarida   imperiya   generalidan   o‘z
elchilarining   ushlab   qolinishidan   noroziligini   bildiradi.   O‘z   navbatida   u   ham
Buxoroga   kelgan   rus   elchilarini   ushlab   qolishga   buyruq   berdi.   Ushbu   elchilik
a’zolarini orqaga qaytarish to‘G‘risidagi Chernyayevning takliflari zoye ketdi.
Amirning   imperiya   bosqiniga   qarshi   kurash   olib   bormayotganligi   va
ikkiyoqlama   siyosati   haqli   ravishda   aholining   noroziligiga   uchradi.   Poytaxtda
yiG‘ilgan aholi amir saroyini qurshab olib, toshbo‘ron qildi. Hukmdor faoliyatidan
norozilik   shu   qadar   kuchayib   ketdiki,   amir   cho‘chib,   bir   qancha   qal’a   va
istehkomlarni   mustahkamlashga   majbur   bo‘ldi.   Jumladan   Amir   Muzaffar   amirlik
sarhadlaridagi muhim qal’a hisoblangan Jizzax istehkomini mustahkamlash uchun
100 ming tangadan ortiq pul  ajratdi. Istehkomning balandligi 11 gaz va eni 8 gaz 7
keladigan devor barpo etildi. Qal’a atrofi xandaq suv bilan to‘ldirildi 8
.
Erjar   jangi.   Chernyayev   1866-yil   21-yanvarda   Chinozda   kuch   to‘plab,
Jizzax   ustiga   yurish   uchun   tayyorgarlik   ko‘ra   boshladi.   28-yanvarda   e’lon
qilinmagan   tarzda   urush   boshladi.   Polkovnik   Pistolkors   boshchiligida   14   ta   rota,
600   nafar   kazak   va   16   to‘pdan   iborat   qo‘shin   Sirdaryodan   o‘tib,   Jizzaxning
Uchtepa degan joyiga chiqdi. 1866-yil 1-fevralda Chernyayevning Jizzaxga qilgan
maG‘lubiyatli   harbiy     yurishi   oliy   darajadagi   imperiya   ma’murlarini   ham
tashvishga  solib qo‘ydi.1866-yil  11-fevralda Chernyayev  Toshkentga  chekinishga
majbur   bo‘ldi.   Shu   boisdan   uning   o‘rniga   1866-yil   27-martda     harbiy   gubernator
6
 Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 44-bet. 
7
 Gaz – uzunlik o’lchov birligi. 1 gaz – 50 sm
8
  ?
 Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 45-bet.
6 etib,   “Russkiy   invalid”   jurnali   bosh   muharriri   general-mayor   D.   Romanovskiy
tayinlandi 9
. Chernayevning maG‘lubiyatiga sabab esa, qattiq sovuq, oziq-ovqat va
yem-xashakning   yetishmasligi   edi.   Bu   uning   qo‘shinini   oG‘ir   ahvolga   solib
qo‘ydi.U  Jizzax  begidan  oziq-ovqat  va  yem-xashak  so‘rab murojaat  qildi.  Ammo
Jizzax   begi   amir   buyruG‘i   bilan   ish   tutishini   ma’lum   qiladi.   Buxoro   amirligiga
qarshi urush boshladi. 
Amirlikda   bahorning   oxirlariga   kelib,   ijtimoiy-siyosiy   vaziyat   keskinlashib
bordi. Amirning sustkashligi,vatan kuchlarini o‘z atrofiga jalb qila olmayotganligi
birinchi navbatda ziyolilar, ruhoniylar, madrasa ulamo va toliblarining noroziligiga
uchradi.   Ikkala   tomon   uchun   ham   yaqin   orada   urush   bo‘lishi   ayon   bo‘lib   qolgan
edi. Natijada amirlikda vatanparvar, ozodlik kuchlari harakati avj ola boshladi. 60
mingdan   ziyod   ozodlik   kurashi   tarafdorlari   yiG‘ildi.   Rus   qo‘shinlarining   soni   4
ming   kishini   tashkil   qilar   edi.   Amir   boshchiligida   yiG‘ilgan   qo‘shin   Chinoz   va
Xo‘jand   oraliG‘idagi   Oqjar   mavzeidagi   Erjarga   yetib   keldi 10
.Amir   Muzaffar   jang
maydonidan bir farsah 11
  naridagi qarorgohiga kelib joylashdi.1866-yil 8-may kuni
Buxoro amiri Muzaffar qo‘shini bilan rus qo‘shini   o‘rtasida Jizzax bilan O‘ratepani
birlashtiruvchi Erjar tepaligi yonida jang bo‘lib, shaxsiy xusumatlar ustunligi, ichki
parokandalik,   jang   qilish   uslubining   qoloqligi,   qurol-yaroG‘   bilan   yomon
ta’minlanganlik  natijasida amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga  uchraydi. Romanovskiy
Buxoro   qo‘shinini   ta’qib   qilishni   to‘xtatib,   avval   Qo‘on   xonligi   bilan   Buxoro
amirligi   o‘rtasida   joylashgan   –   Toshkent,   Qo‘qon,   Balx   va   Buxoro   bilan
boG‘lovchi   Xo‘jandga   qarab   harakat   qila   boshladi.   Turkiston   viloyati   harbiy
gubernatori   qo‘shinlari   tomonidan   Xo‘jand   qal’asi   qamal   qilinib,   20   ta   to‘odan
o‘qqa tutildi. Ertasi tonggacha qamal davom etib, hujum boshlandi.Birinchi hujum
qaytarilganidan   so‘ng   shahar   yana   qayta   o‘qqa   tutildi.   Hujum   ikki   kun   davom
etdi 12
.  Bu jang Rossiya imperiyasi foydasiga hal bo‘ladi. Mahalliy mualliflar Erjar
9
 Murtazayeva R.H, Ermetov A.A,  Odilov A.A,Saipova K.D - O‘zbekiston tarixi, - T.: “DONISHMAND 
ZIYOSI” 2020-yil, 456-bet
10
 Murtazayeva R.H, Ermetov A.A,  Odilov A.A,Saipova K.D - O‘zbekiston tarixi, - T.: “DONISHMAND
ZIYOSI” 2020-yil, 456-bet
11
 Farsah – uzunlik o’lchov birligi. 1 farsah -  6-8 kilometr
12
 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 30-bet
7 bo‘yidagi   jangni   “MaydalulG‘un”   yoki   “MaydayulG‘un”     jangi   deb   ham   ataydi.
Tarixchi   Mirza   Abdulazim   Somiy   “MaydayulG‘un   voqealari”   deb   nomlagan
bo‘lsa, Muhammad Attor Ho‘qandiy bu jangni “MaydalulG‘un mavzeyidagi jang”
deb   ataydi.   Ahmad   Donish   “Sassiqko‘l   jangi”   deb   boshqacha   nomlaydi.   Bu
g‘alabadan   ruhlangan   ruslar   17-may   kuni   Xo‘jand   ostonalarida     paydo   bo‘ladi.
Xo‘jandni   19-maydan   boshlab   qamal   qilish   boshlandi.   24-mayda   esa   Xo‘jand
bosib olinganligi e’lon qilindi. Shahar mudofaasida 5 ming kishi shahid bo‘ldi 13
.
Istilochilar   Buxoro   amirligiga   qarshi   urush   harakatlarini   ikki   harbiy
mavsumda - 1866 va 1868-yillarda o'tkazdilar 14
.  
Jizzax   va   O‘ratepaning   olinishi.   Rossiya   imperiyasining   O‘rta   Osiyodagi
rejasiga   ko‘ra,   Qo‘qon   xonligining   taqdiri   1866-yildayoq   hal   qilinib,   Xo‘jandda
hamma   narsa   Qo‘qonga   qarshi   tayyor   holatga   keltirilgan   edi.   Qo‘qonga   qarshi
yurish uchun N.Krijanovskiyning o‘zi keldi. U Buxoro amirining vakili bilan sulh
masalasi   bo‘yicha   uchrashib,   10   kun   mobaynida   100   ming   rubl   tovon   to‘lashni
talab   qildi.   Belgilangan   muddat   o‘tgach,   N.Krijanovskiy   Buxor   amiri   talablarni
bajarmaganligini bahona qilib, o‘z qo‘shinlariga Buxoroga qashi hujum boshlashga
buyruq berdi.
1866-yilning kuzida 6 ming piyoda askar, 500 kazak, 28 ta to‘p, 600 arava
va 800 ta kerakli tuyadan iborat harbiy qo‘shin O‘ratepaga qarshi harakat boshladi.
Bu   harakatga   Qo‘qonga   qarshi   tayyorlab   qo‘yilgan   kuchlar   ham   jalb   etildi.
F.Romanovskiyning   kuchlari   O‘ratepaga   yetib   borgach,   shahar   3   kun   to‘pdan
o‘qqa   tutildi.   Ertasi   kuni   tongda   hujumga   o‘tiladi.   Hujum   natijasida   2   ming
nafardan oritq aholi halok bo‘ladi 15
.
1866-yil   2-oktyabr   kuni   rus   askarlari   O‘ratepa   qal‘asini   qamal   qilishga
kirishdi va qattiq janglardan so‘ng ertalab soat 7 da qal‘a markazi qo‘lga kiritildi. 
O‘ratepa qo‘lga kiritilgandan so‘ng rus qo‘shinlari Buxoro amirligining ichkarisiga
qarab harbiy harakatlarni davom ettirdi va yo‘l-yo‘lakay Zomin qal‘asini urushsiz
qo‘lga kiritib, Jizzaxga tahdid sola boshladi. 
13
 Ergashev Q.,Hamidov H., O’zbekiston tarixi, - T.: G’afur G’ulom NMIU,2015-yil, 283-bet
14
 Murtazayeva R., O’zbekiston tarixi, - T.:2005-yil, 269-bet
15
 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 31-bet
8 Rus   harbiy   qo‘shini   1866-yil   12-oktyabr   kuni   Jizzaxga   yetib   keldi.   Jizzax
himoyachilarining   soni   10.000   kishidan   iborat   edi.   Ularning   qo‘lida   53   ta   to‘p
mavjud   edi.   16-18   -   oktyabr   kunlaridagi   qattiq   janglardan   keyin   himoyachilar
maG‘lubiyatga uchradi. 6 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu shahar himoyasiga
Buxorodan yordamga chiqqan kuchlar kechikib yetib keldi. Jizzaxda 3 ming askar,
3000 kazak va 12  to‘pdan iborat harbiy kuchlar qoldirildi.
1866-yilda Turkiston viloyati tarkibida Erjar va Zomin bo‘limlari, O‘ratepa
va Jizzax rayonlari tashkil qilindi 16
.
Samarqand uchun jang.  Turkiston general-gubernatori fon Kaufman O‘rta
Osiyoni   bosib   olishni   Buxoro   amirligini   qo‘lga   kiritish   bilan   davom   ettirishga
qaror   qiladi.Fon   Kaufman   Buxoro   amirligi   chegaralarini   puxta   o‘rganib   chiqib,
Amir   Muzaffarga   chegaraning   Rossiya   foydasiga   o‘zgartirilgan   yangi   loyihasini
tasdiqlashni   taklif   qiladi.   Lekin   amir   bu   taklifni   rad   etadi.     Kaufman   esa   amirni
general-gubernatorlik chegaralariga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab,
4   mingdan   ziyod   harbiy   otryad   to‘plab,   1868-yilning   aprel   oyida   Samarqandni
bosib olishga kirishdi.
1868-yil 1-may kuni Buxoro amiri qo'shinlari bilan chorizm qo'shinlari
o'rtasida Cho'ponota tepaligida jang bo'ldi, Bu hujumga Turkiston
general-gubernatori   fon   Kaufmanning   shaxsan   o'zi   boshchilik   qildi.   2-may   kuni
Samarqand   egallandi 17
.18-mayda   Kattaqo‘rG‘on   ham   taslim   bo‘ldi.   Amir   o‘z
qo‘shinlarini   to‘plab   dushmanni   da   fetish   uchun   Samarqand   tomon   yurdi.   Fon
Kaufman   bu   xabarni   eshitib   Buxoro   tomon   yurdi.   Ikki   tomon   qo‘shinlari
Zirabuloqda   1868-yil   2-iyunda   to‘qnashdi.   2-3  –   iyun  kunlari   bo‘lga  jangda   amir
qo‘shinlari tor-mor etildi. Amir esa Qizilqum tarafga qochib ketdi 18
.  Fon Kaufman
amir   bilan   Zirabuloqda   urushayotgan   bir   paytda   Qarshi,   Shahrisabz   va   Kitob
bekliklaridan kuchlar kelib, Samarqandda 1-iyun kuni amirning o‘G‘li Abdumalik
To‘ra   (Katta   To‘ra),   Kitob   hokimi   Jo‘rabek,   Shahrisabz   hokimi   Bobobek   va
boshqa o‘zbek, tojik, qoraqalpoq, Turkman, qozoq qavmlari uyushtirgan qo'zg'olon
16
 Xoliqova R.E, O’zbekiston tarixi o’quv qo’llanma, T.: 2019-yil, 186-bet
17
 Murtazayeva R., O’zbekiston tarixi, - T.:2005-yil, 270-bet
18
 Shamsutdinov R.,Mo’minov H. O’zbekiston tarixi, - T.: 2013-yil, 344-bet
9 boshlandi.   Bu   qo‘zG‘olon   8-iyunga   qadar   davom   etdi.   Kaufman   zudlik   bilan
Samarqandga   qaytib,   qo'zg'olonni   bostirish   bahonasida   minglab   mahalliy   aholini
qirishga,   yoppasiga   o‘qqa   tutishga     buyruq   berdi,   hamda   qimmatbaho   boyliklar
talandi.9-iyunda   Samarqandda   qirG‘in   boshlandi   va   u   3   kun   davom   etadi.
Qanchalik   qarshilik   ko‘rsatmasin,   amir   qo‘shini   yana   maG‘lubiyatga     uchradi   va
podsho qo‘shini Samarqandga jangsiz kirib bordi. Yakunlarga ko‘ra, boshliqlardan
19 kishi o‘limga va 19 kishi Sibirga umrbod surgunga hukm qilinadi. 500 kishidan
iborat dushman kuchlaridan 275 kishi o‘ldirildi.
Fon   Kaufman   1868-yil   23-iyunda   amir   Said   Muzaffar   bilan   Buxoro
amirligini   Rossiya   imperiyasi   protektoratiga   aylantirgan   shartnomani   imzoladi.
Unda   amir   urush   boshlanishida   aybdor   ekanligi,abadiy   do‘stlik   belgisi   sifatida
Rossiya   qo‘shini   harbiy   xarajatlari   uchun   500   ming   rubl   to‘lanishi   e’tirof   etildi.
Toshkentdan   Samarqandgacha   bo‘lgan   hududlar   –   Xo‘jand,   O‘ratepa,   Jizzax,
Samarqand,   Panjikent,   Kattaqo‘ rG‘on   Rossiya   ixtiyoriga   o‘tdi.     Bu   shartnoma
amirlikni tahqirlagan, huquqsizlikka va qashshoqlikka mahkum etgan sharmandali
shartnoma bo‘ldi.  
Buxoro   bilan   Rossiya   imperiyasi   1873-yil   28-sentabrda   amirlikka   o‘z
vakilini   tayinlash   huquqini   beruvchi   ikkinchi   yangi   shartnomani   imzoladi.   Bu
vakilning roziligisiz amirlik biror-bir ichki hamda tashqi siyosiy masalani hal qila
olmaydigan bo‘ldi.   P. Lessar Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi
vakili   etib   tayinlandi.   Vakilni   Buxoroning   amaldagi   norasmiy   gubernatori   deb
hisoblash   mumkin   edi.   U   Buxorodan   15   km   uzoqda   joylashgan   Kogon   shahrini
qarorgoh   qildi.   Bu   bilan   podsho   hukumati   Buxoroni   to‘liq   imperiya   tarkibiga
qo‘shib olmasdan,   mamlakatni amir va uning amaldorlari orqali boshqarishni afzal
ko‘rdi. Natijada podsho hukumati Buxoro amirini o‘z ta’sir doirasiga kiritib, undan
o‘z   manfaatlari   yo‘lida   foydalandi.   Amirlik   yerlarining   1/3   qismi   Rossiya
imperiyasi   ixtiyoriga   o‘tdi.   Xo‘jand,   O‘ratepa,   Jizzax,   Samarqand,   Panjikent,
Kattaqo‘ rG‘on dan   tortib,   Zirabuloqqacha   bo‘lga   yerlar,   Sharqiy   Buxoroda
ShuG‘non,Vohon,   Ro‘shon   viloyatlari,   ayniqsa,   Zarafshonning   yuqori   havzasi
amirlikdan tortib olindi.
10 1869–1870-yillarda Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan
Afg‘oniston va O‘rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to‘g‘risida muzokaralar olib
bordi.Amudaryoning   chap   sohilidagi   yerlar   –   Balx,   Mozori   Sharif,   ShibirG‘on,
Qunduz   kabi   shaharlar   Rossiya   va   Buyuk   Britaniya   talabi   bilan   AfG‘onistonga
berildi 19
.   Chegaralar   Amudaryo   bo‘ylab   Panj   tumanidan   o‘tkazilishiga   kelishildi.
Buxoro   amirligi   va   Eron   o‘rtasidagi   chegara   1881-yil   10-dekabrda   Eron   shohi
bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada belgilandi. 1885–
1887-yillardagi   muzokaralar   natijasida   chegaralarni   belgilash   bo‘yicha   ingliz-rus
komissiyasi Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan
Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara chizig‘ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi 20
.
I.2. Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi
Xonlikka   qarshi   harbiy   harakatning   boshlanishi.     Imperiya   hukmron
doiralari   xotirasidan   1717-yilgi   Bekovich-Cherkasskiyning   halokati   va   1839-yilgi
Perovskiy   yurishining   barbod   bo‘lganligi   hali   ko‘tarilmagan   edi. Rossiya
imperiyasi   tomonidan   O‘rta   Osiyo   istilo   qilinishining   uchinchi   bosqichi   (1873–
1879-yillar) davomida Xiva xonligining istilo etilishi ham amalga oshirildi. 1872-
yil oxirlarida harbiy  vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg general-
gubernatorlari   va   Kavkazdagi   podsho   noiblari   ishtirokidagi   maxfiy   kengashda
Xiva   xonligini   bosib   olishga   qaror   qilindi 21
. Urush   uchun   bahonaOrol   bo‘yida
turkmanlar va qozoqlar tomonidan qo‘lga tushirilgan 21 ta
  rus   fuqarolarining   Xiva   xoni   Muhammad   Rahimxon   II   tomonidan   ozod   qilib
yuborilmaganligi   bo‘ldi 22
.   Hujum   g‘arbda   Mang‘ishloq,   shimolda   Orenburg,
sharqda Turkiston va janubda Krasnovodsk kabi to‘rt harbiy okrugdan olib borildi.
Rossiya   imperiyasi   o‘z   tasarrufidagi   qozoqlarni   ozodlik   kurashiga
raG‘batlantiruvchi   kuch   Xiva   xonligi   ekanligini   yaxshi   bilardi.   Qozoqlarning
19
 Shamsutdinov R.,Mo’minov H. O’zbekiston tarixi, - T.: 2013-yil, 345-bet
20
 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 35-bet
21
 Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 81-bet.
22
 Ergashev Q.,Hamidov H., O’zbekiston tarixi, - T.: G’afur G’ulom NMIU,2015-yil, 285-bet
11 milliy-ozodlik   kurashiga   rahbarlik   qiluvchi   Kenesari   Qosimov   Xivadan   doimo
madad   olib,   10   yil   davomida   Rossiyani   bezovta   qilishayotganini   ham   esdan
chiqarmadilar.   Siyosiy   sabablardan   tashqari,   imperiya   Turkiston   hududida   barcha
tijorat   ishlarini   o‘z   qo‘liga   olmoqchi   edi.   Kaspiy   dengizining   sharqiy   sohilidan
Turkiston   shaharlariga   olib   boruvchi   barcha   yo‘llar   Xiva   hududidan   o‘tardi.   Bu
yo‘llarni  egallashni asosiy maqsadi sifatida qo‘ydi.
Imperator   Aleksandr   II   Xiva   yurishiga   jiddiy   e’tibor   beradi.   Hattoki,
imperator oilasi a’zolari – Nikolay, Konstantin, Yevgeniy Romanovlar va Gersog
Leytenbergskiylar   ham   turli   harbiy   qismlarga   boshchilik   qilishdi.   Bu   ham
imperatorning Xiva yurishiga katta e’tibor berganligini ko‘rsatadi.  Imperiya
qo‘shinlari  soni   12  mingdan  ortiq  askar,   4600  ot   va  20  ming  tuyadan   iborat  edi..
Bu   qo‘shinga   K.   P.   Kaufman   boshchilik   qildi.   Mazkur   ko‘p   sonli   harbiy   qo‘shin
1873-yil fevralda o‘zlari o‘rnashgan joylari – Toshkent, Orenburg, Mang‘ishloq va
Krasnovodskdan deyarli bir vaqtda yo‘lga chiqdi. 
 Turkiston qo‘shinlarida general Kaufman boshchiligida 22 rota, 1800 kazak va
18 ta to‘p; 
 Orenburg otryadida general Veryovkin boshchiligida 15   rota, 600 kazak, 8 ta
to‘p;
 ManG‘ishloq otryadida polkovnik Lomakin boshchiligida 12 rota,800 kazak, 8
ta to‘p bor edi.
Xiva   xonligiga   olib   boruvchi   yo‘llarning   yomonligi,   dastlab   25   daraja   sovuqda,
keyin 40 darajadan yuqori haroratda yo‘l yurish juda qiyin kechdi. Bundan tashqari
cho‘llarda   60   darajagacha   jazirama   bo‘lishi,   suvsiz   dashtlardagi   yo‘llar   tufayli
harbiy qo‘shin manzilga yetmasdanoq saflari siyraklashib bordi. Uning katta qismi
yo‘lda kasalga  chalindi, bir qismi  halok bo‘ldi va bir  qismi  orqaga qaytib ketdi 23
.
Xivaga   7,5   ming   kishigina   yetib   bordi.   Krasnovodsk   va   Mang‘ishloqdan   Xiva
tomon yurgan qo‘shinlar jazirama issiq va suv yetishmasligidan aziyat chekkanligi,
holdan   toyganligi   sababli   yo‘lning   yarmidan   ortga   qaytishga   majbur   bo‘ldi.
23
 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 36-bet
12 Faqatgina   Toshkent,   Orenburg   yo‘nalishidan   yo‘lga   chiqqan   qo‘shinlar   1873-yil
may oyida Xiva xonligi chegaralariga yetib keldi. Yo‘l qiyinchiliklaridan tashqari
ularga   yo‘lda   kichik   guruhlar   hujum   qilib,   tinkasini   quritgan.   Rossiya   imperiyasi
qo‘shinlari   bilan   Xiva   xonligi   qo‘shinlari   o‘rtasida   may   oyida   Hazorasp   qal’asi,
Qo‘ng‘irot,   Xo‘jayli,   Mang‘it   shaharlari   va   Xiva   shahri   yaqinida   janglar   bo‘lib
o‘tdi.   Tomonlarning   kuchlari   teng   emasligi,   katta   talafotlarga   qaramasdan,
xivaliklarga nisbatan podsho hukumati qo‘shinlari yaxshi qurollangani bois xonlik
himoyachilari mag‘lubiyatga uchradi.
Xonlik qo‘shinida hammasi bo‘lib, 27 ta eski zambarak, 2 ming otliq askar,
4   ming   navkar   bor   edi.   Ular   asosan,   poytaxtda   jamlangan   edi.   Xiva   xoni
Muhammad   Rahimxon   II   ning   masalani   tinch   yo‘l   bilan   hal   etishga   urinishlar
behuda ketdi. Shundan keyin mudofaa rejasi tuzila boshlandi.
Mudofaaga   Matmurod   devonbegi,   Mahmud   yasovulboshi,Yoqubbek
qalmoq, Eltuzar  inoq va Bobo mehtar  rahbarligida o‘zbek va Turkman yigitlari  2
gurhga   bo‘linib,   yo‘lga   tushishdi.   Mudofaa   juda   qiyinchilik   bilan   olib   borildi.
Imperiya qo‘shini yo‘lda uchragan har bir shahar va qishloqni talab, qirG‘in-barot
uyushtirdi.   Ularning   ketidan   faqat   kultepa   va   jasadlar   qoldi.   Jangovar   Turkman
uruG‘lari   –   yovmutlar,   imralilar,   chovdirlar   va   ko‘kalanglarga   mansub   navkarlar
dushman ketidan izma-iz borib, ularga talofotlar yetkazishdi.Lekin baribir kuchlar
teng emas edi.
Muhammad   Rahimxon   Xivani   himoya   qila   olmasligiga   ko‘zi   yetgach,
Izmiqsho‘rdagi   turkman   ovuliga   borib   yashirindi.   Xonning   yashiringanidan
foydalangan   Otajon   To‘ra   o‘zini   xon   deb   e’lon   qildi   va   Fon   Kaufmandan   Xiva
shahrini   vayron   etmaslikni   so‘radi.   Gubernator   uni   nazar-pisand   qilmay
Muhammad   Rahimxonni   topishni   talab   qildi   va   muzokaralami   faqat   u   bilan   olib
borish   mumkinligini   bildirdi.   Bosqinchilar   saroydagi   noyob   boyliklarni   talab,
kumushdan qilingan xon taxtini, turli-tuman qimmatli matolar va nodir qo‘lyozma
asarlarni   Peterburgga   yubordilar.   Muhammad   Rahimxon   II   Xivaga   qaytib
kelguncha   bosqinchilar   saroyni   talab,   barcha   qimmatbaho   buyumlarni,   300   ta
13 qo‘lyozma asarni Peterburgga jo‘natdilar 24
. Shu tariqa 1873-yil 29-may kuni Xiva
shahri   ham   egallandi.Shaharga   G‘olibona   kirib   kelgan   Turkiston,   Orenburg,
Kavkaz qo‘shinlari talon-tarojga kirishdilar.
1873-yil   12-avgustda   Gandimiyon   qishloG‘ida   fon   Kaufman   sulh
shartnomalarini Muhammad Rahimxon II ning diqqatiga havola qildi. Unga ko‘ra, 
Xiva xonligiga qarashli Amudaryoning o‘ng sohili, unga qo‘shni yerlarning
barchasi,   bu   joylarda   yashaydigan   o‘troq   va   chorvador   aholisi   bilan   xon
tasarrufidan   chiqdi.   Amudaryo   bo‘ylab   erkin   harakatlanishi   uchun   Rossiya
kemalariga keng huquq berildi. Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari
uchun   xon   va   mahalliy   hokimlar   javobgar   bo‘ladigan   bo‘ldi.   Ular   xonlikda   erkin
yurish, boj to‘lovlarisiz savdo qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Gandimiyon shartnomasida: «Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi ruslar
uchun zarur va qulay bo‘lgan yerga ular o‘zlarining  pristanlarini 25
  qurish huquqiga
ega.   Xonlik   ushbu   pristanlarning   saqlanishi   va   xavfsizligi   uchun   javobgar.   Ular
uchun   joyning   tanlanishi,   O‘rta   Osiyodagi   rus   oliy   hokimiyatining   tasdiqlashiga
bog‘liq», – deb ko‘rsatib qo‘yildi. Shartnomaga binoan Xiva xonligi 2 million 200
ming   rubl   miqdoridagi   tovonni   20   yil   davomida   to‘lashi   belgilandi.   Xonlik
xazinasida   yetarli   darajada   pul   bo‘lmaganligi   uchun   bu   tovon   aholidan   yig‘ib
olinadigan bo‘ldi. Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligining Rossiya imperiyasiga
tobeligini,   xonning   davlat   boshlig‘i   darajasida   boshqa   davlatga   bo‘ysunganligini
ko‘rsatuvchi   hujjat   bo‘ldi.   Shartnoma   shu   bilan   birga   xonlik   aholisini   juda   og‘ir
ahvolga   solib   qo‘ydi.   Tovon   bilan   birga   yangi   soliq   va   majburiyatlarni   to‘lash
xalqning   zimmasiga   tushdi.   Qolaversa,   xonlik   hududining   uch   baravar   qisqarishi
xonlikning   davlat   sifatida   nomigagina   mavjudligini,   aslida   mustaqilligini
yo‘qotgan protektoratga aylanganligini ko‘rsatardi.
I.3. Qo‘qon xonligining bosib olinishi
24
Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 85-bet. 
25
 Pristan – (ruscha – kelib to’xtamoq) daryolar sohilida qayiqlar, kemalar to’xtaydigan maxsus joy, ya’ni 
bandargoh
14 Harakatning boshlanishi.   Rossiya imperiyasi XIX asrning 50–60-yillarida
harbiy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududining bir qismini bosib oldi. K.
P.   Kaufman   xonlikda   o‘z   ta’sirini   kuchaytirish   maqsadida   1868-yil   13-fevralda
Xudoyorxon   bilan   sharmandali   shartnoma   tuzdi 26
.   Unga   ko‘ra,   xonlikda   Rossiya
savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu davrda xonlik yerlari ancha qisqarib,
xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida ko‘rilgan zararlar xalq
ommasi   zimmasiga   tushdi,   soliq   va   majburiyatlar   ko‘paydi.   Buning   oqibatida
xonlikda   ichki   nizolar,   xalq   noroziligi   kuchaydi.   Xonning   imzolagan   bu
shartnomasi   Qo‘qon   xonligini   Rossiyaga   qaram   qilib   qo‘ydi.   Xudoyorxon   esa   bu
holatga   e’tibor   ham   bermadi.   Imperiya   hukumati   xonning   bu   itoatkorligini
“munosib” taqdirlab, unga “Aslzoda” degan faxriy unvon berdi. 
Zamonaviy   adabiyotlarda   ham   Xudoyorxonning   rus   mustamlakachilariga
xayrixoh   bo‘lganligi   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   Masalan,   Is’hoqxon   Ibrat
Xudoyorxon haqida ushbu fikrlarni yozib qoldirgan: “Rossiyadan xotirjam bo‘lib,
vaqtini   o‘yin-kulgi   bilan   o‘tkazib,   ulamo   va   fuzalolarning   nasihatlariga   amal
qilmay, jabr-u zulm tarafiga o‘tib turganida, raiyat-u xalq undan yuz o‘girdi” 27
. 
Ahmad   Zaki   Validiy   o‘zining   bir   asarida   shunday   yozadi:   “Xudoyorxon
ko‘p   badavlat   bo‘lib,   xotinlarni   ko‘paytirishga   xirs   qo‘ygan.   Kayf-u   safoni,   rohat
va tinchlikni yaxshi  ko‘rgan. Xalqning foydasiga  ish ko‘rmagan...masxaraboz   va
hofizlar hamda ma’nosiz o‘yinlar bilan vaqt o‘tkazgan”.
XIX   asrning   70-yillarida   Qo‘qon   xonligida   ko‘plab   qo‘zg‘olonlar   bo‘lib
o‘tdi.   Ulardan   biri   1875-yil   bahorida   avj   olib,   unga   Mulla   Is’hoq   Mullo   Hasan
o‘g‘li   “Po‘latxon”   nomi   bilan   rahbarlik   qildi.   Qo‘qon   hukmdori   Xudoyorxon
qo‘zg‘olonni bostirish uchun Abdurahmon Oftobachi, Iso Avliyolar boshchiligida
qo‘shin   yubordi.   Lekin   ular   17-iyulda   qo‘zg‘olonchilar   tomoniga   o‘tib   ketdi.
Xudoyorxonning o‘g‘li Nasriddinbek ham qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgandan so‘ng,
20-iyulda Xudoyorxon   fon Kaufmandan  yordam  so‘rashga  majbur  bo‘ldi. Uning
26
 Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 36-bet. 
27
 Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 36-bet.
15 ukasi   va   ikkinchi   o‘g‘li   ham   qo‘zg‘olonchilar   tomoniga   o‘tib   ketgach,   xon
generalgubernatordan panoh izlab Toshkentga ketdi. fon  Kaufman uni Orenburgga
jo‘natdi. Xudoyorxon Orenburgdan Hindiston orqali Makkaga boradi va u yerdan
qaytib   kelayotganda   kasalga   chalinib,   1882-yilda   Afg‘onistonda   vafot   etdi.
Xudoyorxondan   so‘ng   taxtga   Nasriddinbek   o‘tirdi.   Taxtni   egallashga   harakat
qilgan   Po‘latxon   Nasriddinbek   va   Abdurahmon   Oftobachiga   qarshi   bo‘lib   qoldi.
Qo‘qon   xonligida  siyosiy   vaziyat   keskinlashib,   qo‘zg‘olon   butun  vodiyni   qamrab
oldi.   Mustamlakachi   hukumat   qo‘zg‘olonchilarga   qarshi   katta   harbiy   kuchlarini
yuborgan.   Janglar   keskin   davom   etayotgan   vaqtda   Nasriddinbek   mag‘lubiyatdan
qo‘rqib,   1875-yil   22-sentabrda   taslim   bo‘ldi   va   fon   Kaufman   bilan   shartnoma
imzoladi.  Unda   o‘zini   imperatorning   “sodiq   quli”  deb   tan   olishi,   tashqi   siyosatda
hech qanday bitimlar tuza olmasligi, ikki million rubl tovon to‘lashi, Sirdaryoning
o‘ng   sohilidagi   yerlar   –   Namangan   va   Chust   Rossiya   ixtiyoriga   o‘tganligi
belgilangan edi. Bu yerlarda tashkil qilingan Namangan bo‘limiga general
M.   Skobelev   boshliq   etib   tayinlanadi.   Nasriddinbek   imzolagan   shartnomadan
norozi   bo‘lgan   aholi   yana   qo‘zg‘olon   ko‘tardi.   Po‘latxonning   tarafdorlari   soni
oshdi va buning natijasida u Nasriddinbekni siqib chiqarib, hokimiyatni o‘z qo‘liga
oldi. 
Andijon   uyushtirilgan   hujum.   Po‘latxon   qo‘zg‘olonining   kuchayib
ketishidan   xavotirga   tushgan   mustamlakachi   hukumat   ularni   tormor   qilish   uchun
Andijonga   hujum   qildi.   Chunki   qo‘zg‘olonchilarning   asosiy   kuchlari   shu   yerda
joylashgan   edi.   General   M.   Skobelev   boshchiligidagi   hujum   1875-yil   oktabr   oyi
boshida boshlandi. Shahar kun davomida to‘plardan o‘qqa tutildi. Andijon aholisi
mudofaa janglarida shaharning har bir qarich yeri uchun jon-jahdi bilan kurashdi.
M.   Skobelev   boshchiligidagi   qo‘shinning   dastlabki   urinishlari   jiddiy   qarshilikka
uchradi.   Shundan   so‘ng   podsho   hukumati   qo‘shinlari   barcha   imorat   va
xonadonlarga   o‘t   qo‘yib,   shaharni   yong‘in   ichida   qoldirdi.   Shahar   to‘xtovsiz
ravishda artilleriyadan o‘qqa tutib turildi. Bu shahar himoyachilarini og‘ir ahvolga
solib   qo‘ydi.   Uch   soat   davom   etgan   betinim   o‘qqa   tutishdan   so‘ng   kechqurun
podsho   hukumati   qo‘shinlari   yana   hujumga   o‘tdi.   Lekin   bu   hujum   ham   natija
16 bermadi.   Erta   tongdan   boshlab   yana   to‘plardan   kun   bo‘yi   o‘q   yog‘dirildi.   Biroq
shahar himoyachilarining qarshi hujumga o‘tishi podsho qo‘shinlarini chekinishga
majbur   qildi.   Shahar   1876-yil   yanvarda   uyushtirilgan   ikkinchi   hujum   natijasida
qiyinchilik bilan egallandi. 
Namanganning   bosib   olinishi.   Rossiya   imperiyasining   general   M.
Skobelev boshchiligidagi qo‘shinlari 1875-yil 18-oktabrda Namanganga joylashib
fon   Kaufman   qo‘mondonligi   ostidagi   harbiy   kuchlarga   qo‘shildi.   Mustamlakachi
qo‘shinlarga   qarshilik   harakatlari   Namanganda   bir   oy   davom   etdi.   Shaharni   ozod
etish uchunatrofdagi  qishloqlardan qo‘shimcha kuchlar keldi. Shunga qaramasdan,
podsho qo‘shinlari tomonidan shaharning yarmi qo‘lga kiritildi. Podsho hukumati
harbiy   qo‘shini   uch   kun   davomida   shahar   qal’asida   turdi.   Ikki   tomon   o‘rtasida
janglar   1876-yil   yanvar   oyi   oxirigacha   davom   etdi.   General   M.   Skobelev
boshchiligidagi   qo‘shin   fevral   oyiga   kelibgina   harbiy   qurol   ustunligi   bilan
g‘alabaga erishdi. Po‘latxon va uning tarafdorlari qatl qilindi. 1876-yil 19-fevralda
podsho hukumatining Qo‘qon xonligining tugatilganligi to‘g‘risidagi farmoni e’lon
qilindi. Shu tariqa Qo‘qon xonligi hududi o‘rnida Turkiston general-gubernatorligi
tarkibiga   kiruvchi   Farg‘ona   viloyati   tashkil   qilindi.   Viloyatga   Qo‘qon   xonligini
bosib   olishdagi   harbiy   yurishlarga   rahbarlik   qilgan   general   M.   Skobelev   harbiy
gubernator   etib  tayinlandi.   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida  Rossiya   imperiyasining
O‘rta Osiyoda olib borgan istilochilik yurishlari natijasida Qo‘qon xonligi Buxoro
va   Xiva   davlatlaridan   farqli   ravishda   davlat   sifatida   butunlay   tugatildi.   Uning
o‘rnida mahalliy aholining asrlar davomida shakllangan an’anaviy turmush tarziga
mos   ma’muriy   boshqaruv   tizimi   va   hududiy   birliklari   tugatilib,   imperiya
manfaatlariga   mos   keladigan,   ayni   paytda   mahalliy   aholini   boshqarishi   uchun
mustamlaka   ma’muriyatga   qulay   bo‘lgan   yangi   boshqaruv   tizimi   qaror   topdi.
Farg‘ona vodiysining bo‘ysundirilishi bilan Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga
istilochilik yurishining uchinchi bosqichi (1873–1879) nihoyasiga yetdi. 
MaG‘lubiyat sabablari.  XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo xalqlari
Rossiya   imperiyasining   harbiy   yurishlariga   qarshi   mardonavor   kurash   olib   bordi.
Keng  xalq  ommasi   vatan  mustaqilligi   va  ozodligini   mustamlakachilardan  himoya
17 qilish   uchun   qahramonlarcha   jang   qildi.   Lekin   bu   davrdagi   ichki   nizolar,   o‘zaro
urushlar,   hukmdorlarning   uzoqni   ko‘zlab   ish   olib   bormaganligi   oxir-oqibat
yurtning   mustaqilligi   yo‘qotilib,   o‘zgalarga   tobe   bo‘lishga   olib   keldi.   O‘rta
Osiyoning   Rossiya   imperiyasi   tomonidan   bosib   olinishiga,   Qo‘qon   va   Xiva
xonliklari hamda Buxoro amirligining mag‘lubiyatga uchrashiga quyidagilar sabab
bo‘ldi:   Birinchidan,   Buxoro   amirligi,   Xiva   va   Qo‘qon   xonliklari   Rossiya
imperiyasiga   nisbatan   harbiy   va   iqtisodiy   rivojlanish   sohasida   ancha   orqada   edi.
Ayniqsa,   ularning   harbiy   sohadagi   ahvoli   o‘sha   davrda   jahon   miqyosidagi
taraqqiyot darajasidan past bo‘lgan. Xonliklarning tashqi siyosatda odilona siyosat
olib bormaganliklari oqibatida ularning o‘zlari tashqi dunyodan ajralib qolgan edi.
Ikkinchidan,   uchta   davlat   o‘rtasida   o‘zaro   do‘stona   munosabatlar,   hamkorlik   va
birdamlik   yo‘q   edi.   Ulardagi   siyosiy   tizim,   davlat   boshqaruvi   zamonaviy
boshqaruvdan   uzoq   bo‘lib,   o‘rta   asrlarga   xos   yakkahokimiyatchilikka,
zo‘ravonlikka asoslangan edi. Buning oqibatida ichki ziddiyatlar ko‘payib, nizolar
kuchaydi.   O‘zaro   urushlar,   taxt   uchun   kurashlar   avj   oldi.   Uchinchidan,   urush
harakatlari   vaqtida  xonlar   biri   ikkinchisiga   yordam   ko‘rsatmadi  va  o‘z  tinchligini
o‘ylab   befarq   qarab   turdi.   Bu   esa   har   bir   xonlikning   alohida   tor-mor   etilishini
yengillashtirdi.   Shularning   barchasi   Rossiya   imperiyasi   hukumatiga   qo‘l   keldi   va
vaziyatdan foydalanib mamlakatni mustamlakaga aylantirdi.
18 II BOB.  XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI MILLIY-OZODLIK
HARAKATLARI
II.1. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning
sabablari. Toshkentda “Vabo isyoni”
Milliy-ozodlik   harakati   boshlanishi   va   uning   sabablari.   Rossiya
imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgach, mahalliy aholining milliy davlatchilik,
ozodlik tuyg‘ularini so‘ndirishni asosiy vazifa deb hisoblagan.
Bu   vazifani   amalga   oshirmay   turib,   o‘z   hukmronligini   osongina   saqlab
bo‘lmasligini podsho hukumati yaxshi bilar edi. Har qanday mustamlakachi davlat
harbiy   va   bosqinchilik   yo‘li   bilan   bosib   olgan   hududning   boyliklaridan   o‘z
manfaati yo‘lida foydalanishga harakat qiladi. Turkistonda ham xuddi shu taxlitda
ish   yuritilib,   o‘lkani   Rossiya   imperiyasining   asosiy   xomashyo   bazasiga
aylantirishga kirishildi. Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qo‘lida to‘plana
borishi   kam   yerli   dehqonlarning,   chorakorlarning   ko‘payishiga   sabab   bo‘ldi.
Sudxo‘rlik   mislsiz   darajada   avj   oldi.   Qarz   beruvchi   kassa   mablag‘laridan   faqat
ayrim vositachilar – boylar, sudxo‘rlar, savdogarlar va shunga o‘xshash yulg‘ichlar
foydalanib, uni o‘zlari xohlaganlaricha tasarruf qilardilar. Paxtani sotib oluvchilar
dehqonning   nihoyat   darajada   muhtoj   bo‘lib   qolganligidan   foydalanib,   kelasi   yil
hosiliga   juda   past   narx   belgilab,   qarz   berardi.   Turkistonning   mustamlakaga
aylantirilishi   nafaqat   dehqonlarning,   balki   minglab   oilalarning   tirikchiligini
tebratib turgan hunarmand-kosiblarning
ham   ahvolini   og‘irlashtirdi.   Rossiya   sanoati   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   uy-
ro‘zg‘or   buyumlari,   ayniqsa,   to‘qimachilik   mahsulotlari   bilan   O‘rta   Osiyo
bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga
uchradi.  Bu   vaqtga   kelib  iqtisodiy   qiyinchiliklar,   yashash   sharoitining  yomonligi,
soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatlarining
19 og‘irligidan   mahalliy   aholining   ahvoli   yomonlashib   ketdi.   Bunday   holat
kambag‘allar   safining   yanada   ko‘payishiga   olib   keldi.   Bularning   barchasi   o‘lka
xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy davlatchilikning
yo‘qotilishi   va   hukmron   ma’muriyat   tomonidan   har   tomonlama   kamsitilishiga
sabab   bo‘ldi.   Shu   kabi   voqealar     milliy   ozodlik   harakatlari   boshlanishiga   turtki
bo‘ldi.
  XIX   asr   oxirida   iqtisodiy   qiyinchiliklar   va   xalqning   ma’naviy   jihatdan
kamsitilishi,   mahalliy   urfodatlarga   zid   bo‘lgan   qarorlarning   qabul   qilinishi
natijasida   Turkiston   Rossiya   imperiyasining   milliyozodlik   harakatlari   avj   olgan
markazlaridan   biriga   aylandi.   (O‘lkaning   turli   joylarida   ko‘tarilib   kelayotgan   bu
qo‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchi, asosan, dehqonlar, shahar hunarmand-
kosiblardan iborat aholining kambag‘al qismi  bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar
ruhoniylar,   milliy   g‘ururini   yo‘qotmagan   mulkdorlar,   savdogarlar   ham   ishtirok
etdilar.)   Mustamlakachilikka   qarshi   o‘lkaning   turli   joylarida   norozilik   chiqishlari
bo‘lib   turdi.   Hozirgi   O‘zbekiston   va   QirG‘iziston   Respublikalarining   toG‘li
hududlarida   “Oloy   malikasi”   nomi   bilan   mashhur   bo‘lgan   Qurbonjon   dodxoh
1876-yil   oxirigacha   bosqinchilarga   qarshi   kurashib   kelgan.Unga   qarshi   Skobelev
boshchiligida   yuborilgan   qo‘shin   yengilgani   sabab,   sulh   tuzishga   majbur   bo‘lgan
edi 28
.   1878-yili   Mingtepada   (hozirgi   Marhamat   tumani)   mustamlakachilarning
siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
Bu   isyondan   so‘ng   FarG‘ona   viloyati   general-gubernatori   viloyatdagi   mahalliy
aholidan G‘ayriqonuniy soliq yiG‘uvchilarni ishdan olishga majbur bo‘lgan 29
.  Uni
mustamlakachi   hukumat   kuch   bilan   bostirdi.   1879-yilning   kuzida   mahalliy   aholi
Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi.
Ular Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib,
soliqlarning   kamaytirilishini   qat’iy   talab   qildilar.   Qo‘zg‘olon   kuchayib   ketishi
ehtimolini   sezgan   podsho   hukumati   komissiya   tuzib,   vaziyatni   o‘rganishga
kirishdi. Komissiya viloyatda paxta ekishning keng ko‘lamda avj oldirilishi,
28
 Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 140-bet.
29
 O’sha asar, 140-bet
20 natijada boshqa muhim ekinlar keskin kamayganligi bunga sabab bo‘lganini
ma’lum qilgan.
1880-yilning   noyabrida   aholi   hamma   soliqlarni   to‘laganligiga   qaramay,
Xo‘jand   uyezdining   boshlig‘i   Xo‘jand   va   O‘ratepa   tumanlaridagi   aholidan
qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qildi. Buning oqibatida sabr kosasi  to‘lgan
aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar boshchiligida odamlar uyezd boshlig‘ining
mahkamasiga   borib,   adolatsiz   soliqni   bekor   qilishni   talab   qildi.   Bunga   javoban
boshliq   mirshablarga   namoyish   rahbarlarini   hibsga   olishni   buyurdi.   Talonchilik,
soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882-yilning boshlarida Namangan
aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqdi. Bu safar ular uyezd boshlig‘ining
uyini   o‘rab   oldilar.   Uyezd   ma’murlari   harbiy   bo‘linmani   yordamga   chaqirib,
namoyishchilarni   qattiq   jazoladi.   1885-yilning   yozida   Farg‘ona   vodiysida   xalq
qo‘zgolonlari   qaytadan   avj   olib,   Andijonda   Darvishxon   boshchiligida   qo‘zg‘olon
ko‘tarildi.   Endi   qo‘zg‘olonchilar   kurash   usullarini   o‘zgartirib,   boylar   va   volost
boshliqlarining   qarorgohlariga   hujum   uyushtirdilar.   Shu   yillarda   qo‘zg‘olon
birinketin butun viloyatga yoyildi.
Toshkent  “Vabo  isyoni”.     1892-yil   “Vabo  isyoni”  nomini   olgan Toshkent
qo'zg‘oloni XIX asr oxiridagi muhim voqealardan biri bo'ldi. Uning yana bir nomi
voqealar   jarayoni   bilan   boG‘liq   holda   “Toshotar   voqeasi”   deb   ham   hisoblanadi.
1892-yilgi   qo'zg'olon   ko'plab   tarixiy   adabiyotlarda   imperiya   ma’murlarining
o'lkada   vabo   kasali   tarqalishining   oldini   olish   uchun   bo'lgan   harakat   deb
ta’riflangan bo'lsada,  aslida bu qo'zg‘olon Rossiya  imperiyasining o'lkadagi  yillar
davomida   olib   borgan   mustamlaka   siyosatiga   qarshi   qaratilgan   harakatlardan   biri
edi 30
.   1892-yilgi   vabo   kasali   tarqalish   miqyosi   jihatidan   1872-yildagiga   nisbatan
kuchli   bo'lmasa-da,   mustamlaka   Turkistonda   iqtisodiy-   ijtimoiy   vaziyat   ancha
keskinlashgan   davrda   yuz   berdi.   1892-yilda   Afg‘onistonda   tarqagan   vabo   kasali
o'sha   yili   O'rta   Osiyoga   ham   tarqaldi.   1892-yil   7-iyunda   Toshkentning   yangi
shahar – ruslar yashaydiga qismida 417 kishi, eski shaharda esa 1462 kishi   vabo
30
 Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 141-bet.
21 bilan   oG‘rigan.   417   kishidan   200   tasi   soG‘aygan,   1462   mahalliy   xalqdan   esa   22
kishi(!)   soG‘aygan 31
.   1-iyunga   kelib,   Jizzaxda   ham   Rossiyadan   ko'chib
kelganlardan   bir   nechtasi   vabo   bilan   kasallanganligi   haqidagi   xabar   tarqaldi.
Imperiya ma’murlari vabo kasali tarqab ketmasligi uchun chora-tadbirlar ko'rdilar.
Biroq   belgilangan   chora-tadbirlarda   mahalliy   aholining   diniy   va   milliy   an’analari
mutlaqo e’tiborga olinmadi. Kasallik tarqalishi munosabi bilan shaharga kirish va
shahardan   chiqish   ta’qiqlandi.   1892-yil   18-iyunda   “Harbiy   holatda   deb   e’lon
qilingan   joylar   haqida   Qoida”   kuchga   kirdi.   Bu   aholi   orasida   sarosimalik   va
norozilik keltirib chiqardi 32
. Shahardagi 12 ta eski qabriston yopilib, va’da qilingan
4   ta   qabriston   o‘rniga   faqat   bittasi   ochib   berildi.   Epidemiya   stansiyasi   ruxsatisiz
dafn   etilgan   musulmon   mayyitlar   qabrlaridan   qazib   olinib,   boshqa   joyga   tashib
ketilgan.   Vafot   etganlar   dafn   etilishi   bilan   boG‘liq   bo'lgan   tadbirlar   haqida
oqsoqollar,   mullalar,   mirshablar,   cherkov   xizmatchilarini   ogohlantirib   qo'yish
lozimligi, ayniqsa, har bir vafot etgan kishi vrach ruxsatidan keyingina dafn etilishi
mumkinligi   haqidagi   buyruqlarda   mahalliy   aholining   diniy   e’tiqodlari   mutlaqo
hisobga   olinmadi.   Shahar   murdalarga   to‘lib   ketganligidan   ruxsat   olish   uchun   3-4
kunlab   kutish   kerak   edi,   chunki   bittagina   stansiya   ishlar,   u   ham   shahar   bo‘ylab
kezib   yurardi 33
.   Noiloj   qolgan   aholi   vafot   etganlami   shahar   ichidagi   berkitilgan
qabristonlarga   yashirincha   olib   borib   ko'ma   boshladilar.   Bundan   xabar   topgan
politsiya pristavi “gunohkor” marhumlar qarindoshlarini topib, hibsga ola boshladi.
Qabrlarni   ochib,   o‘lganlarning   ruhi   haqorat   qilindi.   Bularning   barchasi
mustamlakachi ma’murlaming zo'ravonlikka asoslangan siyosatining ko'rinishi edi.
Mustamlakachi  ma’murlarining bu tadbirlaridan norozi bo'lgan shahar  aholisi  20-
iyun   kuni     shaharning   Xonaqo   masjidi   yonida   to'plandi.   Shikoyat   xati   yozib,   uni
shahar hokimiyatiga yetkazish uchun uch   kishidan iborat vakil saylandi.  Biroq 23-
iyun kuni shaharda tarqalgan turli mish-mishlar shahardagi vaziyatni og‘irlashtirib,
ommaviy   g‘alayonlar   boshlanishi   ayon   bo'lib   qoldi.   24-iyun   kuni     mingga   yaqin
olomon   eshonlardan   Azizyor,   Abulqosim,   bozor   oqsoqoli   Ziyo   Muhammad   va
31
 Ergashev Q.,Hamidov H., O’zbekiston tarixi, - T.: G’afur G’ulom NMIU,2015-yil, 294-bet
32
 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 65-bet
33
 Shamsutdinov R.,Mo’minov H. O’zbekiston tarixi, - T.: 2013-yil, 374-bet
22 boshqa taniqli kishilar rahbarligida 2 ko'cha bo'ylab shahar boshlig'ining uyi tomon
yura boshladi. Buni eshitgan Putinsev olomon bilan uchrashish uchun eski shahar
tomon   yo'l   oldi   va   Voronsov   xiyobonida   qo'zg'olonchilar   bilan   uchrashdi.
Olomondagilar   shahar   oqsoqoli   Muhammad   "qub   ustidan   shikoyat   qilishga
kelayotganliklarini  aytdilar. Putinsev bilan kelgan eski  shahar  oqsoqoli  olomonga
qarab   do'q   urib,   qamchi   bilan   qo'rqitib   orqaga   qaytarmoqchi   bo'ldi.   Kishilar   uni
toshbo'ron   qila   boshladilar.   Shu   vaqt   boshqarma   oldiga   Sirdaryo   viloyati   harbiy
gubernatori N.I.Grodekov boshchiligida askarlar kelishi tufayli aholi o'zini himoya
qilishga intilmasdan asta tarqala boshladi. Ular hatto yerda yotgan yog'ochni olib,
o'zlarini   himoya   qilishga   ham   intilmadilar.   Shundan   so'ng   qo'zg‘olonchilardan
qattiq   o'ch   olish   boshlanib   ketdi.   Qo'zg'olon   mustamlaka   hukumati   qo'shinlari
tomonidan shafqatsizlarcha bostirilib, 8 kishi dorga osib o'ldirilishiga, 15 kishini 2
yil muddat bilan mahbuslar rotasiga  yuborishga, 2 kishini  olti  oyga qamoq jazosi
bilan   jazolashga   hukm   qilindi,   yuzga   yaqin   qo‘zg‘olonchi   anhor   suviga
cho‘ktirildi.   Lekin,   mustamlakachi   ma’murlari   dunyo   jamoatchiligi   oldida   bu
jazolaming shov-shuvga sabab bo'lishidan cho'chib, o'lim jazosini umrbod surgun
bilan   almashtirdilar.   Garchi,   qo'zg'olon   Toshkent   shahrining   o'zida   yuz   bergan
bo'lsa-da, uning ta’siri butun Turkiston o'lkasi bo'ylab yoyildi. Chunki bu ozodlik
harakati mustamlakachilik zulmi ostida yotgan xalqlar tuyg'usini ifoda etar edi 34
.
N.I.Grodekov   1892-yil   1-iyulda   general-gubernatorga   yo‘llagan   axborotida
qo‘zG‘olonning tasodifiy bo‘lganini ta’kidlab, uning asosiy tashkilotchilari sifatida
Toshkentning   eski   shahar   oqsoqoli   In’omxoja   Umarxo‘jayev   va   uning   eng   yaqin
kishilari – yuzboshi Ahmadxo‘ja Abdurashidxo‘jayev, qudasi Usmonxo‘ja, Shayx
Xovandtohur dahasi qozisi Sharifxo‘ja Poshshoxo‘jayevlarni ko‘rsatadi 35
.
1896-yilda   Namangan   uyezdining   Oqsuv–Shahrixon   volostidagi
Naymanchi,   Ko‘hna   mozor,   Langarbob   qishloqlarida   aholining   mingboshilar
saylovlaridagi  noroziligi  oshkora  qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. Turkistonda  podsho
hukumatining   hukmronligi,   amalga   oshirayotgan   mustamlakachilik   siyosatiga
34
 Murtazayeva R., O’zbekiston tarixi, - T.:2005-yil, 281-bet
35
 Shamsutdinov R.,Mo’minov H. O’zbekiston tarixi, - T.: 2013-yil, 374-bet
23 qarshi   o‘lkaning   har   bir   joyida   mahalliy   aholi   tomonidan   turli   ko‘rinishdagi
norozilik harakatlari olib borildi.
II.2.  Andijon qo‘zg‘oloni
Qo‘zg‘olon   uchun   sabab   bo‘lgan   omillar.     Turkiston   o‘lkasida   XIX
asrning  oxirlarida  bo‘lib  o‘tgan  qo‘zg‘olonlardan   biri   bu  –   1898-yildagi   mahalliy
xalqlarning     qarshi   qaratilgan   Andijon   qo‘zg‘oloni   hisoblanadi.   Bu   qo‘zg‘olonga
poytug‘lik   Eshon   Sultonxon   To‘raning   muridi   Dukchi   eshon   nomini   olgan   42
yoshli   Muhammad   Ali   (1846–1898)   rahbarlik   qildi.   U   Farg‘onadan   25   chaqirim
janubi-g‘arbdagi   Chimyon   qishlog‘ida   dehqon   va   hunarmand   Muhammad   Sobir
oilasida tug‘ilgan. Uning ajdodlari asli qashqarlik edi.
Dukchi   eshon   mutaassib   dindorlardan   edi.   U   oddiy   fizikaviy   holatlardan
foydalanib   sodda   xalq   o‘rtasida   mo‘jizalar   ko‘rsatgan.   Uni   «avliyo»   deb
hisoblagan   aholi   qo‘zg‘olonga   boshchilik   qilishga   undagan.   1898-yilning   bahor
faslida vodiyning turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lishi
haqida   gaplar   tarqaladi.   Bu   voqea   va   Dukchi   eshon   to‘g‘risidagi   ma’lumotlardan
mustamlakachi   ma’murlar   ham   xabardor   bo‘lgan.   Mahalliy   aholining
mustamlakachilik   jabr-zulmlariga   qarshi   norozilik   harakatlarining   oshkora
qo‘zg‘olon ko‘rinishida boshlanib ketishiga 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali
o‘z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti
kelganligini e’lon qilishi sabab bo‘ldi. Shu kuni tunda qo‘zg‘olonchilar tomonidan
Tojikqishloqdagi telegraf simlarining qirqib tashlanishi bilan qo‘zg‘olon boshlanib
ketdi. Xalq ommasi  Andijon shahriga  qarab  yura boshlashdi.  Ular  shaharga  yetib
kelishganda   saflari   kengayib,   2   ming   kishiga   yetdi.   Ular   yo‘lda   uchragan   Asaka
pristavini   o‘ldirdilar.   Dukchi   eshon   boshchiligidagi   qo‘zg‘olonchilar   ikkiga
bo‘linib,   ularning   biriga   Ziyovuddin   maxsum   boshchilik   qildi.   Qo‘zg‘olonchilar
Qutchi   qishlog‘iga   yetib   borganlarida   ularning   safiga   yana   200   kishi,   Qo‘yli
qishlog‘iga borganlarida esa mingboshi  G‘oyibnazar o‘z odamlari bilan qo‘shildi.
Shundan keyin qo‘zg‘olonchilar Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar. 23
ta   soldat   o‘ldirildi,   24   ta   soldat   yaralandi.   Soldatlar   ham   darhol   qurollanib,   12   ta
24 qo‘zG‘olonchilarni   o‘ldirishdi 36
.   Qo‘zg‘olonchilar   bilan   mustamlakachi
ma’muriyat harbiy kuchlari o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuvdan keyin kuchlar va
harbiy   qurol-aslahalar   teng   bo‘lmaganligi   bois   qo‘zg‘olonchilar   chekinishga
majbur bo‘ldilar. Bu to‘qnashuvda harbiy kazarma jangchilaridan 22 tasi o‘ldirildi,
22 tasi  yarador  bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilardan  11 tasi  halok  bo‘ldi,  8 tasi  yaralandi.
Bu qo‘zG‘olon ta’sirida Jizzax,Kattaqo‘rg‘on,Buxoro,Samarqand shaharlarida xalq
g‘alayonlari   ko‘tarildi 37
.   FarG‘onaning   o‘zida   Asaka,   Quva,   Shahrixon,   O‘sh,
Marg‘ilon   kabi   shahar   va   qishloqlarida   norozilik   harakatlari   keng   avj   oldi 38
.
Shaharda harbiylar bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida ro‘y bergan ayovsiz otishmalar
natijasida   nafaqat   qo‘zg‘olonchilar,   balki   ko‘plab   tinch   aholi   vakillari   ham   halok
bo‘ldi.   Qo‘zg‘olon   boshlanganligi   to‘g‘risidagi   xabar   olinishi   bilan   podsho
hukumati zudlik bilan chora ko‘rishga va uni bostirishga harakat qildi. Qo‘zg‘olon
Andijonda,   ayniqsa,   ruslar   yashaydigan   Yangi   shaharda   vahima   uyg‘otdi.
Mustamlakachi   amaldorlardan   tortib   to   oddiy   fuqarolargacha   sarosimaga   tushib,
uylariga berkinib oldilar. Hatto tumanboshi polkovnik Konshevskiy ham ko‘chaga
chiqmay, o‘z  uyidan telefon  orqali   harbiy  kuchlarni  chaqirdi. Harbiy  kuchlar   uch
soat   ichida   Andijonga   yetib   kelib,   Yangi   shaharda   duch   kelgan   mahalliy   aholini
o‘qqa tutdilar. Buning natijasida umuman qo‘zg‘olonga aloqasi bo‘lmagan yuzlab
odamlar mustamlakachilar o‘qidan nobud bo‘ldi. 
Andijondagi   1898-yil   qo‘zg‘olonidan   keyin   podsho   Nikolay   II   Turkiston
general-gubernatori   general-leytenant   A.   Vrevskiyni   lavozimidan   chetlatib,   uning
vazifasini   vaqtinchalik   Sirdaryo   viloyati   harbiy   gubernatori   N.   Korolkov
zimmasiga yukladi. U mustamlakachilik siyosatini  o‘ta qattiqqo‘llik bilan amalga
oshirish   borasida   nafaqat   o‘lkada,   balki   imperiya   hukmron   doiralari   orasida   ham
tanilgan   edi.   Uning   zimmasiga   qo‘zg‘olonchilarni   batamom   yo‘q   qilishga
qaratilgan   jazo   ekspeditsiyasiga   shaxsan   rahbarlik   qilish   ham   topshirildi.
N.Korolkov   1898-yil   20-may   kuni   qo‘zg‘olon   ko‘tarilishining   oldi   olinmaganligi
36
 Murtazayeva R., O’zbekiston tarixi, - T.:2005-yil, 282-bet
37
 Ergashev Q.,Hamidov H., O’zbekiston tarixi, - T.: G’afur G’ulom NMIU,2015-yil, 294-bet
38
  Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  
“VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 141-bet
25 uchun Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarni lavozimidan
bo‘shatdi.   Mustamlakachi   hukumat   qo‘zg‘olonni   batamom   bostirish   uchun   unda
ishtirok   etganlarni   shafqatsiz   jazoladi.   Qo‘zg‘olon   bostirilgach,   ikki   ming   kishi
hibsga   olindi.   Xalq   ko‘z   o‘ngida   qo‘zg‘olonchilar   namoyishkorona   jazolandi.
Podsho Nikolay II qo‘zg‘olonchilarga namuna bo‘ladigan darajada qattiq jazolash
uchun   ko‘rsatma   beradi.   Shu   ko‘rsatma   asosida   sud   jarayoni   3   oy   davom   etadi.
Dastlab 447 kishi sud qilinadi va 800 kishi guvohlikka chaqiriladi. 8 mingga yaqin
aholi vakillari ko‘z o‘ngida Dukchi eshon va uning yaqin 5 ta safdoshlari 1898-yil
12-iyunda   Arslonbob   qishloG‘ida   qo‘lga   olinib,   butun   xalq   oldida   osib   o‘ldirildi.
Manbalarga   ko‘ra   jami   380   kishi   o‘lim   jazosiga   mahkum   qilindi.351   kishi   turli
muddatga qamalib, 15 kishi oilaasi bilan Sibirga surgun qilindi 39
. 
Qo'zg‘olon   markazi   deb   topilgan   Mingtepa,   Tojik   va   Qashqar   qishloqlari
imperator Nikolay II ko'rsatmasiga ko'ra, Dukchi eshon yurgan yo‘li degan bahona
bilan uch kun to'pdan o'qqa tutilib, yer bilan barobar tekislandi. Mingtepa qishlog‘i
o'rnida   450   xonadonga   mo'ljallangan   yevropacha   yangi   uytar   qurildi   eshon
yashagan   xonadon   o'rnida   rus   cherkovi   qurish   rejalashtirildi.   Xo'jand   qishlog‘iga
Duxovskiy nomi berildi 40
.
Ammo xalqning yanada g‘azablanishidan xavfsiragan imperiya ma’muriyati
xususan,   harbiy   vazir   A.   N.   Kuropatkin   yangi   tayinlangan   Turkiston   general-
gubernatori S. M. Duxovskoyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma
jo‘natdi.   Unda   o‘lim   jazosini   katorga   va   qamoq   jazosiga   almashtirish   to‘g‘risida
ko‘rsatma beriladi, lekin 22 kishiga berilgan o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi.
1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlarini xavfga
qo‘yib,   mustamlakachilik   zulmiga   qarshi   kurash   olib   borishlari   mumkinligini
ko‘rsatdi.  Ular  qo‘llariga  qurol   olib, toptalgan  haqhuquqlari, orzu-umidlari  uchun
jang   qildilar.   Qo‘zg‘olon   izsiz   ketmadi.   U   keng   xalq   ommasiga   ozodlik   uchun
kurash   sari   yo‘l   ko‘rsatdi   va   minglab   odamlarni   mustamlakachilik   jabr-zulmiga
qarshi faol kurashishga ilhomlantirdi. 1898-yilgi qo‘zg‘olon garchi tor-mor etilgan
39
 Murtazayeva R., O’zbekiston tarixi, - T.:2005-yil, 282-bet
40
 O’sha asar, 282-bet
26 bo‘lsa-da, mahalliy xalqlarning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata
olmadi. O‘lkaning turli hududlarida norozilik harakatlari turli ko‘rinishlarda davom
etdi. Qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgandan keyin bir yil o‘tib, 1899-yil 20-iyunda Farg‘ona
vodiysida   yana   yangi   qo‘zg‘olon   boshlandi.   Mustamlakachilikka   qarshi
qo‘zg‘olonlar   Turkiston   o‘lkasining   deyarli   barcha   hududlarida   davom   etdi.
Turkiston   o‘lkasi   Rossiya   imperiyasi   uchun   eng   notinch,   to‘xtovsiz   norozilik
harakatlari   va   qo‘zg‘olon   bo‘lib   turadigan   hududga   aylanib   qoldi.   1898-yilda
Andijonda   boshlangan   qo‘zg‘olon   ham   o‘lkaning   boshqa   joylarida   bo‘lib   o‘tgan
qo‘zg‘olonlar   singari   mustamlakachi   hukumatning   harbiy   kuchlari   tomonidan
bostirildi. Qurolsiz qo‘zg‘olonchilar yaxshi qurollangan mustamlakachilarga qarshi
kurashlarda   g‘alaba   qilishi   amrimahol   edi.   Bu   qo‘zg‘olonni   mag‘lubiyatga   olib
kelgan sabablardan biri uning o‘lka bo‘ylab keng yoyilib ketmaganligi va mahalliy
aholining   barcha   tabaqalari   unda   ishtirok   etmaganligi   bo‘ldi.   Qo‘zg‘olonchilar
mustamlakachilarga  qarshi   qaratilgan  harakatlari   bilan  eng  avvalo  o‘lkadagi  jabr-
zulmga   chek   qo‘yilishiga   erishmoqchi   bo‘lgan   edilar.   Qo‘zg‘olonni   tashkil
qilishdan   boshlab   unga   boshchilik   qilishgacha   qat’iy   tartib   va   intizom   yo‘qligi
qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatiga yana bir sabab bo‘ldi. 
Qo‘zg‘olon   ko‘targanlarning   tarqoqligi,   aniq   reja   ishlab   chiqilmaganligi,
hamma   bir   vaqtda   ko‘tarilmaganligi   ularga   pand   berdi.   Xususan,   Ketmontepa   va
Ko‘gartdagi   odamlarga   boshchilik   qilgan   Chibil   bo‘lisi   Dukchi   eshonga   zudlik
bilan qo‘shilish o‘rniga atrofida joylashgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib
borishga   harakat   qilib   taktik   xatoga   yo‘l   qo‘ydi.   Aholining   ayrim   tabaqalari
qo‘zg‘olonga   qo‘rqqanidan,   ba’zilar   qo‘zg‘olon  g‘alaba   qozonishiga   ishonmagani
uchun   qo‘shilmadi.   Dukchi   eshonning   yetarli   darajada   tayyorlanmay,   harbiy
sohadan   bexabar,   yaxshi   qurollanmagan   muridlari   bilan   ochiqchasiga   qo‘zg‘olon
ko‘targanligi mustamlakachilarning qo‘zg‘olonni osonlik bilan bostirishiga imkon
berdi.   O‘lkada   hukmron   bo‘lib   olgan   mustamlakachi   hukumat   qo‘zg‘olonni
bostirishga   erishdi.   Andijonda   ko‘tarilgan   qo‘zg‘olon   nafaqat   Turkiston   o‘lkasi
ma’muriyatini,   balki   Rossiya   imperiyasi   hukumatini   ham   qattiq   xavotirga   solib
qo‘yadi.   Qo‘zg‘olondan   keyin   o‘lkaning   har   bir   hududida   norozilik   kayfiyatidagi
27 barcha   aholini   qattiq   nazoratda   ushlab   turishga   qaratilgan   choralar   ko‘rildi.   Har
qanday norozilik ko‘rinishdagi harakatlarni ayovsiz bostirishga kirishildi 41
.
41
 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 72-bet
28 III.BOB. XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDAGI QUROLLI
HARAKATLAR
III.1. Turkistonda 1916-yilgi qo‘zG‘olonning boshlanishi
Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholining mardikorlikka
olinishi   to‘g‘risidagi   farmoniga   muvofiq   Turkiston   o‘lkasining   Sirdaryo
viloyatidan   87   ming,   Samarqanddan   38   ming,   Farg‘onadan   50   ming   kishini
mardikorlikka   yuborish   belgilandi.   Erkaklardan   250   ming   kishi   front   orqasiga
yuborilishi   lozim   edi 42
.   Belgilangan   miqdorlar   viloyatlar   bo‘yicha   aholi   o‘rtasida
taqsimlandi.   Farg‘ona   viloyatida   belgilangan   mardikorlarni   to‘plash   uchun
viloyatdagi xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga to‘g‘ri kelgan. Xalq
bundan   qattiq   norozi   bo‘lgan.   Turkiston   erkaklarining   o‘z   oilasini   tashlab   ketishi
ularni   ochlikka   mahkum   etdi.   Ayniqsa,   qishloq   aholisining   safarbar   qilinishi
qishloq xo‘jaligini inqirozga olib keldi. Mardikorlikka boradiganlarning ro‘yxatini
tuzishda Turkiston mahalliy ma’muriyati vakillari adolatsizliklarga yo‘l qo‘ydilar.
Hatto   oilada   bir   nechta   erkak   bo‘lishiga   qaramasdan   badavlat   xonadon   vakillari
pora   berib   ro‘yxatga   yozilmasdi.   Lekin   kambag‘al   oilalarda   garchi   bitta   erkak
bo‘lsa   ham   ro‘yxatga   kiritilardi.   Bunday   nohaqliklar   keng   xalq   ommasi
noroziligining   kuchayishiga   sabab   bo‘ldi.   Mahalliy   aholi   o‘rtasida   mardikorlikka
olishga qarshi keng ommaviy chiqishlar boshlanib ketdi. 1916-yilda mardikorlikka
olinadiganlar ro‘yxatini tuzadigan mahalliy boshqaruv vakillari tomonidan aholini
zo‘rlash, tazyiq o‘tkazish kabi holatlar avj oldi. 
Norozilik   harakatlarida   dehqonlar,   hunarmandlar,   mayda   savdogarlar,
ishchilar   va   aholining   boshqa   ijtimoiy   qatlamlari   vakillari   ishtirok   etdi.
Mardikorlikka   qarshi   harakatlarning   keng   ommaviy   tus   olishidan   mustamlaka
hukumati,   o‘lka   va   viloyat   ma’murlari   xavotirga   tushdi.   Farg‘ona   viloyati
gubernatori   A.   Gippius   viloyatda   norozilik   kayfiyatidagi   odamlarning   ko‘pligi,
mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta g‘alayonlar chiqishiga
42
  Ergashev Q.,Hamidov H., O’zbekiston tarixi, - T.: G’afur G’ulom NMIU,2015-yil, 297-bet
29 sabab bo‘lishi mumkinligi haqida o‘lka va podsho ma’muriyatiga ma’lumot beradi.
Lekin   markaziy   hokimiyat   viloyat   gubernatori   A.   Gippiusning   xavotiri   va
g‘alayonlarning   oldini   olish   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarini   “podsho   farmonlarini
bajarmaslik,   kechiktirish,   qarshi   chiqish”   deb   hisoblab,   uni   viloyat   gubernatori
lavozimidan ozod qiladi.
1916-yil   4-iyulda   Xo‘jand   shahrida   norozilik   bildirib   ko‘p   sonli   aholi
yig‘ildi.   Ular   mardikorlikdan   bosh   tortdilar.   5-iyulda   Samarqandning   Urgut
qishlog‘ida,   keyinchalik   Siyob,   Mahalla,   Xo‘ja   Ahror,   Angorda,   7-iyulda
Dahbedda   norozilik   chiqishlari   bo‘lib   o‘tdi.   Namoyishchilar   mahalliy   boshqaruv
vakillarini kaltaklab, ro‘yxatlarni yirtib tashladilar.
Qo‘zg‘olonning   Turkiston   bo‘ylab   tarqalishi.   Mardikorlikka   qarshi
qaratilgan   norozilik   harakatlari   bir   necha   kun   ichida   butun   o‘lkaga   yoyildi.
Qo‘zg‘olonchilar   mustamlakachi   hukumat   tomonidan   kuch   bilan   tarqatilib,
qarshilik   qilganlar   qattiq   jazolandi.   Toshkentda   11-iyulda   ko‘p   sonli   aholi
Beshyog‘ochdagi  politsiya  mahkamasi  oldiga to‘plandilar. Qo‘zg‘olon faollaridan
Rizvonbibi   Ahmadjonova   politsiyaga   qarata:   “Bizni   o‘ldirsanglar   ham
o‘g‘illarimizni   sizlarga   bermaymiz”,   –   deb   xitob   qilgan.   Politsiyachilar   esa   o‘q
uzib,   uni   og‘ir   yarador   qilgan.   Norozilik   bildirganlarga   qarshi   miltiqlardan   o‘q
otilgandan   so‘ng   xaloyiq   mahkamaga   bostirib   kirdi.   Bu   vaqtda   yordamga   yetib
kelgan harbiy kuchlar namoyishchilarni o‘qqa tuta boshladi. Natijada 11 kishi otib
o‘ldirildi,   15   kishi   yarador   bo‘ldi.   Qo‘zg‘olon   harbiy   kuchlar   tomonidan
qiyinchilik bilan bostirildi. Shahar harbiy holatga tushib, har bir joyda qo‘riqchilar,
tun-u kun navbatchilik, nazorat va tekshiruvlar kuchaytirildi. Bu voqealardan keyin
norozilik   harakatlari   Toshkent   shahri   atrofidagi   qishloqlarga   yoyildi.   U   yerdan
Farg‘ona   vodiysiga   o‘tib,   vodiyda   bu   harakat   keng   tus   olib   ketdi.   U   yerda   ham
mahalliy   aholi   ma’muriyat   vakillariga   bo‘ysunmay   qo‘yadi.   Qo‘zg‘olon   iyul
oyining   o‘rtalarida   Farg‘ona   viloyatining   Qo‘qon,   Rishton,   Marg‘ilon,   Andijon,
Namangan   uyezdlarida   keskin   tus   oldi.   Jumladan,   9-iyul   kuni   Andijonda   podsho
farmoni o‘qib eshittirilgandan so‘ng tayoq, tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan
30 qurollangan   aholi   mardikorlikdan   bosh   tortib   namoyishga   chiqdilar.   Ularga
politsiya   va   harbiy   kuchlar   qarshi   qo‘yildi.   Qo‘zg‘olonchilarni   tarqatish   paytida
ulardan 3 kishi otib o‘ldirildi, 12 kishi yarador bo‘ldi. 10-iyulda Eski Marg‘ilonda
taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor atrofiga yig‘ildi. Qo‘zg‘olonchilar
mardikorlikni   bekor   qilishni   talab   qilib   mahalliy   ma’muriyat   idoralariga   kirdilar.
Ular   mustamlakachilarning   xizmatida   bo‘lgan   mahalliy   ma’muriyat   vakillari
uylariga,   ma’muriy   binolarga   o‘t   qo‘ydilar,   2   ta   mirshab   o‘ldirildi   va   bir   necha
kishi   jarohatlandi.   Qo‘zg‘olonning   kuchayib   ketganligidan   xavotirga   tushgan
viloyat   ma’muriyati   zudlik   bilan   ularga   qarshi   harbiy   kuch   yubordi.   Ular
qo‘zg‘olonchilardan   63   kishini   otib   o‘ldirdi   va   ko‘pchilikni   yarador   qildi.
Shahrixonda   ham   qo‘zg‘olonchilardan   16   ta   kishi   o‘ldirildi,   ko‘pchilik   yarador
bo‘ldi.   11-iyulda   Namanganda   ko‘tarilgan   qo‘zg‘olon   ham   jiddiy   tus   oldi.
Labbaytog‘a dahasida yig‘ilgan 1500 dan ortiq kishilarga qarshi kuchli qurollangan
rota   tashlandi   va   qo‘zg‘olonchilar   tarqatib   yuborildi.   Mustamlakachi   hukumat
politsiyasi   va   harbiy   kuchlari   bilan   qo‘zg‘olonchilar   o‘rtasida   ayovsiz   janglar
natijasida qurolsiz namoyishchilardan ko‘pchiligi o‘ldirildi va yarador qilindi. Ular
orasida   ayollar   va   bolalar   ham   bo‘lganligi   mustamlakachilarning   beshafqat
siyosatini yana bir bor fosh qildi.
III.2.Jizzax qo‘zg‘oloni
Rossiya   imperiyasining   1916-yildagi   mardikorlikka   olish   to‘g‘risidagi
farmoni Turkiston o‘lkasining barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar
mahalliy   aholining   milliy-ozodlik   harakatlariga   aylanib   ketdi.   Jizzax   xalqi   bu
adolatsizlikka   qarshi   oiimga   tik   borib   kurash   olib   bordi.   Bu   qo‘zg‘olon   haqiqiy
ozodlik   urushi   boiib,   unga   Nazirxo‘ja   eshon   va   Abdurahmon   jivachilar   rahbarlik
qildi.   11-12-iyulda   Yom,   Zomin,   Yangiqo‘rg‘on   qishloqlarida   olomon   bosh
ko‘tardi. Qo‘zg‘olon, ayniqsa, Jizzax shahrida kuchli tus oldi. Xalq qo‘liga nayza,
bolta, pichoq, qilich, qisman to‘pponchalar olib shahar va uning atrofidagi harbiy
qismlar   va   ma’muriy   idoralarga   hujum   boshladi.   Jizzaxda   chor   hukumati
31 qo‘zg‘olonchilarga   qarshi   14   batalyon,   3300   qo‘shin,   42   to‘p   va   68   ta   pulemyot
yubordi.   Natijada   Jizzax   qo‘zg‘oloni   nihoyatda   shafqatsiz   ravishda   bostirildi.
Qo‘zg‘olon qatnashchilari ustidan 148 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 3000 kishi sudga
tortildi.  22   kishi   o‘limga,   104  kishi   surgunga   va   281  kishi   qamoq  jazosiga   hukm
qilindi. Lekin, shunga qaramasdan, podsho farmonida ko‘rsatilgan 250 ming kishi
emas, sal kam uning yarmiga teng keladigan odamlar Turkistondan mardikorlikka
olib   ketildi.   Chor   qo‘shinlari   ko‘plab   shahar   va   qishloqlarni   yakson   qildi.   Shahar
aholisi jazirama cho‘lga haydaldi. Ayollar, bolalar va keksalar qattiq azob chekdi.
Jizzax   qo‘zg‘olonining   aks   sadosi   Rossiya   imperatorligini   ham   dahshatga   solib,
hatto Peterburgdagi Davlat Dumasida ham muhokama etildi.  
Jizzax   aholisi,   asosan,   don   mahsulotlari   yetishtirish   bilan   shug‘ullanib,
ularning   yerlari   imperiyaning   markaziy   hududlaridan   ko‘chirib   keltirilganlarga
berib   yuborilishi,   soliqlarning   ko‘payib   borishi   ularning   ahvoli   yomonlashishiga
olib   keldi.   Aholining   19   yoshdan   43   yoshgacha   bo‘lgan   erkaklari   front   ortidagi
ishlarga   safarbar   qilinishi   butun   o‘lkadagi   kabi   Jizzaxda   ham   jabr-zulm,
adolatsizliklardan   tobora   keskinlashib   borayotgan   norozilik   chiqishlari   xalq
qo‘zg‘oloniga   aylanishiga   olib   keldi.   Mardikorlikka   olinadiganlarning   tuzilgan
ro‘yxatiga   muvofiq   Samarqand   viloyatining   Jizzax   uyezdidan   11   ming   kishi
belgilandi.   1916-yil   3-iyulda   farmon   e’lon   qilinishi   bilan   xalq   orasida   norozilik
boshlanib ketdi.   5-iyulda dastlabki g‘alayonlar boshlandi. Bunda aholi farmonning
bekor   qilinishini,   ro‘yxat   tuzishni   to‘xtatishni   talab   qiladi.   Jizzax   qo‘zg‘oloniga
Nazirxo‘ja eshon  va  Abdurahmon jevachilar  rahbarlik qilganlar. 
Jizzax   aholisi   mardikorlikka   qarshi   ommaviy   qo‘zg‘olon   ko‘tarish
maqsadida   boshqa   shaharlarga,   jumladan,   Toshkent,   Samarqand   va   ko‘plab
atrofdagi qishloqlarga o‘z vakillarini yubordilar. 13-iyulda Jizzax shahrida Damin
kulol   boshchiligida   hunarmandlar   mardikorlikka   olish   bo‘yicha   ro‘yxatni   talab
qilib   qishloq   oqsoqoli   Mirzayor   Xudoyorov   oldiga   bordilar.   Undagi   ro‘yxat,
asosan, kambag‘al oila vakillaridan tuzilgan bo‘lib chiqdi. Bundan norozi bo‘lgan
aholi   ro‘yxatni   berishni   va   uni   qaytadan   tuzishni   talab   qildilar.   Mirzayor
Xudoyorov   ro‘yxatni   bermay,   to‘plangan   odamlarni   haqorat   qildi.   Bu   holat
32 aholining   keskin   noroziligini   keltirib   chiqardi.   Shundan   keyin   ketmon,   tayoqlar
bilan   qurollangan   qo‘zg‘olonchilar   Jizzaxning   yangi   shahar   qismiga   yo‘l   oladi.
Qo‘zg‘olonni bostirish uchun uyezd boshlig‘i o‘z yordamchilari bilan yetib keladi,
lekin   ularni   qaytara   olmaydi.   Qo‘zg‘olonchilar   safiga   shahar   va   uning   atrofidan
ko‘plab   kishilar   qo‘shildi.   Nazirxo‘ja   eshon   qo‘zg‘olonchilarga   umumiy   rahbar
bo‘ldi.
Jizzax   qo‘zg‘oloni   ishtirokchilari   mustamlakachi   ma’muriyatga   tegishli
bo‘lgan   harbiy,   ma’muriy   va   boshqa   joylarga   hujum   qildilar.   Ular   13-iyul   kuni
temiryo‘l   stansiyalarini,   aloqa   simlarini   uzib,   temiryo‘l   va   ko‘priklarni   buzib
tashladilar.   14-iyulda   Abdurahmon   jevachi   o‘z   uyida   turli   joylardan   yuborilgan
vakillar   bilan   yig‘ilish   o‘tkazdi   va   unda   Jizzaxdan   12   chaqirim   uzoqlikda
joylashgan   Kuyaboshi   degan   joyda   to‘planib,   barcha   birgalikda   harakat   qilishga
kelishildi.   Bu   xabarni   atrofdagi   joylarga   yetkazish   uchun   vakillar   yuboriladi.
Jizzaxdagi   bu   voqealardan   xabar   topgan   podsho   hukumati   polkovnik   Ivanov
boshchiligida   harbiy   kuchlarni   u   yerga   yubordi.   18-iyul   kuni   Turkistonda   harbiy
holat   e’lon   qilindi.   Bu   vaqtda   mustamlakachi   hukumat   tomonidan   qo‘zg‘olonni
bostirish   va   uning   ishtirokchilarini   jazolash   chora-tadbirlari   ishlab   chiqildi.
Jizzaxga   polkovnik   Ivanov   boshchiligida   13   ta   rota   soldat,   2   ta   artilleriya   qismi,
kazak   otryadlari,   jami   ikki   yarim   ming   kishilik   harbiy   kuchlar   yuborildi.   Ular
Jizzax   shahrini   to‘p   va   pulemyotlardan   o‘qqa   tutdilar.   Mustamlakachilar   qo‘shini
dastlab   Jizzaxni,   keyin   Zominni   egallab,   so‘ng   Sangzorga   yurish   qiladi.   Qo‘shin
qurolsiz   qo‘zg‘olonchilarni   ayovsiz   o‘qqa   tutadi.   Abdurahmon   jevachi   omon
qolgan   600   kishilik   odamlari   bilan   20–21-iyulda   polkovnik   Afanasyev
boshchiligidagi   harbiy   kuchlarga   qarshi   jang   olib   bordi.   Ivanov   boshchiligidagi
harbiy   kuchlarning   yordamga   kelishi   qo‘zg‘olonchilarning   mag‘lubiyatga
uchrashini   ta’minladi.   Natijada   qo‘zg‘olonchilar   yengildi   va   chekinishga   majbur
bo‘ldi.   Qo‘zg‘olon   rahbarlari   va   faol   ishtirokchilaridan   Abdurahmon   jevachi,
Nazirxo‘ja   eshon,   aka-uka   To‘raqul   va   Eshonqul   To‘rabekovlar,   Qosim   hoji
eshonlar   qo‘lga   olinib,   o‘lim   jazosiga   hukm   etildi.   Mustamlakachi   hukumatning
jazo qo‘shini qo‘zg‘olonchilarni ayovsiz ravishda jazolashga kirishdi. Qo‘zg‘olon
33 ko‘tarilgan   qishloqlarga   o‘t   qo‘yildi.  Uylar   yondirildi.  Ularning  oila   a’zolari   ham
jazoga tortildi. 
Bu   jazodan   qariyalar,   ayollar,   hatto   yosh   bolalar   ham   chetda   qolmadi.
Jizzaxga 26–27-iyulda yana qo‘shimcha jazo otryadlari yetib kelib, jazoni yanada
kuchaytirdi.   Qo‘zg‘olonchilardan   3   ming   kishi   hibsga   olindi.   151   kishining   ishi
sudga berildi. Shulardan 84 kishi osib o'ldirishga hukm qilindi, biroq bu jazo ham
keyinroq   “yumshatilib”   boshqa   jazolar   berildi.   1916-yil   qo'zg‘oloni   o'lkada
mahalliy aholining mustamlaka siyostiga qarshi qaratilgan eng  katta milliy ozodlik
va ommaviy xalq harakati edi 43
. 
Bu   qo‘zg‘olon   jamiyatning   barcha   tabaqalarini   harakatga   keltirdi   va   o'z
domiga   tortdi. Ularning   boshliqlari   o‘lim   jazosiga,   qolganlari   qamoq   va   surgunga
hukm   qilindi.   Mahalliy   aholining   qo‘zg‘olonda   ishtirok   etganligi,
qo‘zg‘olonchilarga   xayrixoh   bo‘lganligi   va   ularni   tutishda   podsho   hukumatiga
yordam bermaganligi uchun o‘z uylaridan cho‘lga
haydab yuborildi 44
.
III.3.Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati
Qo‘zg‘olon   xarakteriga   ko‘ra   milliy-ozodlik   ko‘rinishida   yuz   berdi,   chunki
bu   qo‘zg‘olonning   asosiy   harakatlantiruvchi   kuchi   xalq   ommasi   edi.   Ular
mustamlakachilik tartiblariga qarshi qo‘lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari, din-
u   diyonatlari   uchun   tengsiz   kurash   olib   bordilar.   Qo‘zg‘olonchilar   Vatanning
haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotladilar. Mislsiz jasoratlari bilan
Vatan   tarixi   sahifalaridan   munosib   o‘rin   egalladilar.   Mazkur   qo‘zg‘olonlarga   rus
amaldorlaridan biri: “Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo‘shildi”, – deb
o‘lkadagi vaziyatga baho bergan edi. Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatga
qarshi oddiy ish qurollari bilan jang olib bordi. Bundan tashqari ularning aksariyati
dehqonlar, hunarmandlar bo‘lganligi va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi
43
  Murtazayeva R., O’zbekiston tarixi, - T.:2005-yil, 284-bet
44
  Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 107-bet
34 qo‘zg‘olonning   mag‘lubiyatga   uchrashiga   sabab   bo‘ldi.   Ular   Turkistonning   turli
mintaqalarida   mustamlakachilarga   qarshilik   ko‘rsatdilar.   Shunday   bo‘lsa-da,
qo‘zg‘olonchilarning   taktik   va   strategik   uquvsizligi,   ahillikda   va   birdamlikda
harakat   qilmasligi   pand   berdi.   Qo‘zg‘olon   xalq   ommasi   uchun   juda   katta
yo‘qotishlarni olib keldi.
Birinchidan,  aholisi qo‘zg‘olonda qatnashgan Jizzax atrofidagi qishloqlar   yondirib
yuborildi, natijada ko‘pchilik uy-joysiz qoldi.  Ikkinchidan,  qo‘zg‘olon yoz faslida
bo‘lib   o‘tganligi   bois   ekinzorlar,   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlari   nobud   bo‘ldi.
Buning   natijasida   Turkiston   aholisi   1916–1917-yillar   qish   oylari   uchun
g‘amlaydigan   oziq-ovqat   zaxirasining   katta   qismidan   ayrildi.   Uchinchidan,
qo‘zg‘olon   natijasida   aholi   orasida   ko‘plab   qurbonlar   bo‘ldi.   Ushbu   qo‘zg‘olon
Turkiston   xalqiga   juda   katta   talafotlarni   olib   keldi.   Ayrim   ma’lumotlarga
qaraganda,   1916-yilgi   qo‘zg‘olon   oqibatida   Turkiston   aholisidan   673   ming   kishi
o‘ldirildi,   300   mingdan   ziyod   aholi   xorijga   chiqib   ketdi.   100   minglab   kishining
mol-mulki musodara qilinib,   talon-toroj etildi.   Rossiyaning Birinchi jahon urushida
ishtirok  etishi,   Turkiston   o‘lkasidagi   qo‘zg‘olonlar   xalq  turmushiga   ham   o‘zining
salbiy   ta’sirini   ko‘rsatdi.   Podsho   hukumati   tomonidan   Turkiston   aholisining
mardikorlikka   safarbar   qilinishi   mahalliy   aholining   katta   qismini   boquvchisiz
qoldirdi.   Natijada   bu   davrda   oziq-ovqat   taqchilligi,   narx-navoning   ko‘tarilishi
tirikchilik qilishning qiyinlashishiga olib keldi. Shuning   uchun ham mardikorlikka
qarshi   olib   borilgan   1916-yildagi   qo‘zg‘olonlar   mahalliy   aholining
mustamlakachilarning   jabr-zulmlarga   asoslangan   siyosati   va   urush   oqibatlarining
salbiy ta’siri natijasida sodir bo‘ldi.
1916-yildagi   qo‘zg‘olonlar   podsho   hukumati   tomonidan   ayovsiz   ravishda
bostirildi. Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatning politsiya va harbiy
kuchlariga   qarshi   mardonavor   kurashdilar.   Garchi   qo‘zg‘olon   ishtirokchilari   va
rahbarlari   podsho   hukumati   tomonidan   qattiq   jazolanib,   ko‘plab   qo‘zg‘olonchilar
qurbon bo‘lishi va yarador bo‘lishiga qaramay, bu mardikorlikka qarshi qaratilgan
qo‘zg‘olonlar   Turkiston   aholisining   bosqinchilarga   qarshi   milliy-ozodlik
35 xarakteridagi   harakati   hisoblanadi.   Qolaversa,   bu   qo‘zg‘olonda   o‘lka   keng   xalq
ommasining barcha tabaqalari, jumladan, qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi.
1916-yilgi qo‘zg‘olonlar mustamlakachi hukumatni qattiq sarosimaga soldi.
Bu   qo‘zg‘olon   Turkiston   xalqlarining   o‘z   huquqlarini   poymol   qilishlariga   yo‘l
qo‘ymasligini   ko‘rsatdi.   Bu   qo‘zg‘olon   mustamlakachi   hukumatga   yana   bir   bor
mahalliy   aholining   ozodlik   va   mustaqillik   uchun   kurash   tuyg‘ulari   hali
so‘nmaganligini  ko‘rsatdi.  Podsho  hukumati   ba’zi  choralar  ko‘rishga,  yengilliklar
yaratishga va aholi bilan murosa qilishga majbur bo‘ldi.
Xullas,   1916-yilgi   qo‘zg‘olon   butun   mustamlakachilik   davomida
Turkistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon edi. Jizzax qo‘zg‘oloni tarixda
“Jizzax   fojiasi”   degan   nom   qoldirdi.   U   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘lining   “Jizzax
qo‘zg‘oloni” nomli dostonida o‘zining to‘liq aksini topgan 45
.
45
  Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 110-bet
36 XULOSA
Ushbu   kurs   ishida   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshlarida   Turkistonga   rus
bosqini,   Buxoro   amirligi,   Qo‘qon   va   Xiva   xonliklarining   bosib   olinishi   hamda
Rossiya   protektoratiga   aylantirilishi,   unga   qarshi   milliy   ozodlik   harakatlari,
mardikorlikka   olinishga   qarshi   kurashlar,   umuman   Rossiya   mustamlakachiligiga
qarshi   qaratilgan   harakatlar   XX   asr   davomida     qanday   baholanganligi   hamda
O‘zbekistonda mustaqillik davrida qanday yoritilayotganligi o'zaro qiyosiy asosda
tahlil etiladi. Bunda, eng avvalo, mazkur muammolar haqida har bir yo'nalishdagi
ilmiy   qarashlar   qay   tariqa   shakllanib   borgani   kuzatiladi,   ularning   manbaviy
asoslari   tahlil   etiladi,   bu   qarashlar   qanday   manbalarga   asoslangani   aniqlanadi,
ularning   shakllanishiga   hukmron   tuzum,   ijtimoiy-siyosiy   vaziyat,   mafkuraviy
muhit   qanday   ta’sir   o'tkazgani   o'rganiladi,   nazariy,   uslubiy   asoslari   tahlil   etiladi.
Shuningdek,  har  bir   yo'nalishdagi   mazkur   masalaga   doyr  mavhum  va  munozarali
qarashlar aniqlanadi.
Muammoga bunday yondoshuv ilmiy haqiqatni aniqlashga, tarixiy haqiqatni
tiklashga   yordam   beradi,   murosasiz   tortishuvlarga   chek   qo'yib,   munozara
mavzulari   va   hamkorlik   rejalarini   belgilab   olishga   imkon   beradi.     Turkistondagi
sovet  hokimiyatiga  qarshi  kurashlar  nafaqat  tarixshunoslik,   balki   manbashunoslik
nuqtai   nazaridan   ham   tadqiq   etiladi,   mazkur   muammolar   tarixini   aks   ettiruvchi
manbalar   atroflicha   tahlil   etiladi.   Bunda   manbashunoslikdagi   an’anaviy   usulga
ko‘ra   aniq   bir   manba   tahlili   bilan   cheklanilmaydi,   balki   mazkur   tarixiy   voqealar
haqida usha davr zamondoshlari tarafidan bildirilgan rasmiy va norasmiy qarashlar
(ya’ni   usha   davrning   shu   masalalarga   doir   ijtimoiy-siyosiy   qarashlari)   keng
o‘rganiladi.   Ularga   mazkur   tarixiy   jarayonlarni   aniqlashtiruvchi   muhim   manba
sifatida   qaraladi.   Voqealar   zamondoshlarining   fikr-mulohazalari,   ko'rsatmalari
o'sha   davrdagi   matbuotda,   arxiv   fondlaridagi   hujjatlarda   saqlanib   qolgan   bo'lib,
tadqiqotda ular ilk bor iste’molga kiritilgan.
Umuman,   muammoning   bu   tarzda   —   ya’ni,   tarixshunoslik   va
manbashunoslik nuqtai nazaridan ilk bor kompleks asosda o'rganilishi mustaqillik
37 davrida vatan tarixshunosligida qaror topayotgan yangicha uslubiy, nazariy, ilmiy
yondoshuvlarning   mahsulidir.   Bunday   yondoshuvlar   ilmiy   haqiqatni   aniqlashga,
turli   konseptual,   nazariy,   uslubiy   yondoshuvlarni   o'zaro   qiyoslashga,   tegishli
xulosalar   qilishga   imkon   beradi.   Tadqiqotda   davriy   matbuot   materiallariga   va
ayniqsa,   milliy   matbuotga,   arxiv   hujjatlariga,   tarixiy,   ilmiy,   ommabop   va   badiiy
adabiyotlarga,   memuarlar,   xotiralarga   keng   e’tibor   qaratish   bilan   birga   ilk   bor
xorijiy   adabiyotlar   ham   jalb   etilgan.   Asosan   ingliz,   nemis,   turk   tillarida   chop
etilgan   adabiyotlarning   ko'pchiligi   ilmiy   iste’molga   ilk   bor   kiritilgan.   Bundan
tashqari,   mustaqillik   davrida   mazkur   mavzuda   uyushtirilgan   davra   suhbatlari
materiallari,   chop   etilgan   ilmiy   maqolalar,   dissertatsiyalardan   ham   keng
foydalanilgan. 
Mustaqillik uchun kurash yo'llari kabi bu kurashlar tarixini haqqoniy yoritish
ham   nihoyatda   og‘ir   kechganini   ko'rsatib   beradi,   haqiqat   vaqgincha   egilsa-da,
sinmasligi,   hech   qachon   izsiz   yo‘qolmasligi   va   alal-oqibat   g‘alaba   qilishini   yana
bir karra namoyon etadi. Turkiston milliy ozodlik harakati tarixshunosligi hali ko‘p
izlanishlarni taqozo etadi. 
38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” –Toshkent.: “Ma’naviyat” 
2008-yil. 76 B
2.Shamsutdinov R. Karimov Sh. “Vatan tarixi” Toshkent  “Sharq” nashriyoti, 
2010-yil. 496 Bet
3. Tillaboyev S, Zamonov A., O‘zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: 
“Sharq”, 2019-yil 160 Bet
4. Ergashev Q.,Hamidov H., O‘zbekiston tarixi, - T.: G‘afur G‘ulom NMIU,2015-
yil
5. Murtazayeva R., O‘zbekiston tarixi, - T.:2005-yil
6.Murtazayeva R.H, Yunusova X.E, Eshov B.J, Odilov A.A,Saipova K.D. 
O‘zbekiston tarixi 2, - T.:  “VNESHINVESTPROM”, 2019-yil, 766 Bet
7.  Xoliqova R.E, O‘zbekiston tarixi o‘quv qo‘llanma, T.: 2019-yil, 380 Bet
8. Shamsutdinov R.,Mo‘minov H. O‘zbekiston tarixi, - T.: 2013-yil, 674 bet
9.Xoliqulov R.,G‘aniyev K., Nasrullayev M. O‘zbekiston tarixi, - Samarqand. 
2015-yil, 370 Bet
10. Rahimov M., Zamonov A. O‘zbekiston tarixi, -T.: “Sharq”, 2015-yil, 542 Bet
11.Jo‘rayev M.,Kamolov S., Rajabov Q. O‘zbekistonning yangi tarixi, -T.: “Fan” 
2002-yil. 687 Bet
12. Eshov B.,Odilov A., O‘zbekiston tarixi 2-kitob, -T.: 2015-yil, 406 Bet
13. Shamsutdinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi 3-kitob, -T.: “Sharq”, 2010-yil, 496
Bet
14.Ziyayeva D. “Turkiston tarixi masalalari (XIX asr oxiri – XX asr boshlarida)”// 
“Sharq”, 2020-yil, 4-son
15.Ziyayeva D. “Turkiston milliy ozodlik harakati”, -T.: “G‘afur G‘ulom” NMIU, 
2000-yil, 178 Bet
39

MAVZU : XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON Mundarija I.Kirish……………………………………………………………………3 II. Asosiy qism……………………………………………………………6 I BOB. ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI I.1 Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi…………………………………………………………………6 I.2. Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi …………………………..…………………………………………………12 I.3. Qo‘qon xonligining bosib olinishi……………………………….……16 II BOB. XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI II.1. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari. Toshkentda “Vabo isyoni” ……………………….……………20 II.2. Andijon qo‘zg‘oloni………………………………………………….25 III.BOB. XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDAGI QUROLLI HARAKATLAR III.1. Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi…………..……30 III.2.Jizzax qo‘zg‘oloni……………………………………….…………...32 III.3.Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati ………35 III. XULOSA………………………….……………………………… ….38 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………. 1

KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Vatan – biz tug‘ilib o‘sgan zamin, kindik qonimiz to‘kilgan tuproq, bobolarimiz izlari qolgan tuproq, ajdodlarimiz merosi avlodlarimizga qoladigan maskandir. Biz o‘rganayotgan ushbu davr (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) Vatanimiz tarixidagi eng ziddiyatli davrlaridan biri hisoblanadi. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda mavjud mustaqil o‘zbek xonliklari davlatchiligi tizimlariga chek qo‘yildi. Xonliklar imperiya vassallariga aylantirildi. Ularning ustidan “harbiy-ma’muriy boshqaruv” deb nomlangan mustqamlakachilikka xos zo‘ravonlik tartiboti o‘rnatildi. Oqibatda aholi ikki tomonlama ya’ni, mahallaiy va mustamlakachi hukmdorlar jabr-zulmi girdobiga tortildi. Barcha oG‘irlik mahalliy aholi gardaniga tushdi. Bunga qarshi keng qamrovli ozodlik harakatlari avj oldi. Rossiya esa O‘rta Osiyoni xomashyo bazasiga aylantirishni ustuvor davlat siyosati qatoriga qo‘ydi. Turkistonning hayoti ham ana shu maqsad uchun bo‘ysundirildi. O‘lka xalqlarining erk va hurriyat uchun kurashi milliy-ozodlik harakatlari mazmun-mohiyatida o‘z aksini topgan bo‘lsa, milliy taraqqiyparvar kuchlarning harakati jadidchilika o‘z aksini topdi. Turkiston o‘lkasi uzoq o‘tmishga ega bo‘lib, hozirgacha bo‘lgan davr ichida ko‘plab “qora kunlar” ni boshdan kechirdi. Shunday qora kunlar dan biri bu shundoq ham chor Rossiyasi ta’sirida aziyat chekayotgan Turkistonning sho‘rolar tomonidan istibdod etilishi edi. El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida bunday mah’sum xatarlarni necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tu-fayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz barchamizga saboq bo‘lishi, bugungi voqelikni teran taxlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lib yashashga da’vat etishi lozim 1 . 1 Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008-yil. 4-bet 2

Hozirgi vaqtda sodir bo'layotgan tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan Mustaqil O'zbekistonda vaqt o'zini oqladi Jamoatchilikning tarixga qiziqishi ortib bormoqda. 20-asr boshlarida Turkistonda ilgari surilgan vatanparvar kuchlar tomonidan mustamlakachilikka qarshi g'oyalar va shiorlar, milliy istiqlol, islohot demokratiya tamoyillariga asoslangan ijtimoiy tuzumva milliy qadriyatlar, keng milliy vakillarini qamrab olgan ozodlik harakati barcha ijtimoiy tabaqalar, barcha mahalliy xalqlar nomiga jon bergan yuz minglab hududlar vatan ozodligi uchun kurashdan dalolatdir. Bu davrda rus mustamlakachiligi o‘z yovuz qo‘llarini bizning yurtimizga ham cho‘zdi.Mazkur davrda yurtimiz ham tarqoq holatda bo‘lib, Buxoro amirligi,Xiva xonligi va Qo‘qon xonligida davlat tuzumi zaiflashayotgan davrlar edi. Rossiya bilan bir qatorda yurtimizga Angliya ham ko‘z olaytira boshladi. Ular Vatanimiz haqida, tuproG‘imiz boyligi haqida turli yo‘llar bilan ma’lumotlar to‘play boshladi. XIX asrning oxiridan boshlab ruslarning O‘rta Osiyoda olib borgan siyosati butun Rossiya jamoatchiligining e’tiborini o‘ziga jalb qila boshladi. Rossiyada chiqadigan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan ijtimoiy- iqtisodiy tahliliy materiallarda, maqola va taqrizlarda faol muhokama mavzusiga aylandi. Ularda O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish, ularni mustamlakaga aylantirish chora-tadbirlari, Turkiston ma’muriyatining xalq ommasi noroziliklarini zo‘ravonlik bilan bostirish siyosati muhokama qilinar, Rossiya davlatchiligi asoslarini Turkiston jamiyatiga faol joriy etishning to‘G‘riligi yuzasidan munozaralar olib borilgan. Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o‘zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o‘chmas dog‘-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlab kelgan asl ma’naviy qadriyatlarni zavol toptira borib, ularning jismi-jonida avj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg‘ularini asta-sekin so‘ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo‘r general Skobelevning: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini, dinini yo‘q 3

qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi 2 ”, deb aytgan bebaho so‘zlari bekorga aytilmagan, albatta. O‘lka jadidlarining rahnamosi M.Behbudiyning “Haq olinur, berilmas!” shiorida ozodlik uchun kurash g‘oyasining muqarrarligi o‘z yorqin ifodasini topgan edi. Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamda chor mustamlakachilarini sarosimaga solgan o‘lka xalqlarining 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligi yo‘liga bag‘ishlangan edi. Muxtasar qilib aytganda, Vatan ozodligini, davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish Turkiston xalqlarining asriy orzusi edi 3 . Kurs ishining maqsadi . Mazkur davr O‘zbekiston tarixing eng murakkab davrlaridan biri hisoblanadi. Kurs ishida mazkur davrning (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) o‘ziga xos va ochilmagan ayrim jihatlarini ko‘rsatib berish maqsad qilib olinib, tarixiy jarayonlarning amalga oshishida alohida bir shaxsning va butun bir xalqning o‘rni qanday bo‘lishini, yangi tuzum o‘rnatilishida mustabid hukumatning va shu hukumatga nisbatan oddiy tub yerli aholining pozitsiyasi, reaksiyasi qanday bo‘lganligini ko‘rsatib berish vazifa etib belgilandi. Kurs ishining tuzilishi : Ushbu k urs ishi kirish qismi, 3 bob 7 ta mavzu, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bilan iborat bo‘lib, jami 40 betdan iborat 2 Shamsutdinov R. Karimov Sh. “Vatan tarixi” Toshkent “Sharq” nashriyoti, 2010-yil, 11-bet 3 Shamsutdinov R. Karimov Sh. “Vatan tarixi” Toshkent “Sharq” nashriyoti, 2010-yil, 12-bet 4

I BOB. ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI I.1 Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi Harakatning boshlanishi. Toshkent istilosidan so‘ng podsho hukumatining kelgusidagi rejasi xonliklarni navbat bilan bosib olish edi. Shu voqeadan so‘ng Buxoro-Rossiya munosabatlari keskinlashadi. 1865-yil sentabr oyining boshlarida rus qo‘shinlari Pistolkors boshchiligidagi 4 ta rota piyoda, 100 ta kazak va 4 ta yengil zambarak bilan Chirchiq daryosidan o‘tib, muhim aholi punktlari bo‘lgan Piskent va To‘ytepa atrofidagi yerlarni egallaydi. Chirchiq orti yerlaridagi yangi tayinlangan amir Rustambek to‘qnashuvdan so‘ng chekinishga majbur bo‘ldi. Shu yili sentabrda Orenburg general-gubernatori N.Krijanovskiy shaharni “mustaqil mulk” deb e’lon qiladi va bu bilan na Qo‘qon xonligi,na Buxoro amirligi va na Toshkentga tegishli da’vosi bo‘lishi mumkin emasligini namoyish etmoqchi bo‘ldi. Turkiston viloyatining harbiy gubernatori Chernyayev Toshkent olinganidan so‘ng 9 kun o‘tib, o‘lkadagi barcha buxorolik savdogarlarni hibsga olgan edi. Iyul oyida esa gubernator Chernyayev talabiga ko‘ra N.Krijanovskiy Orenburg va boshqa shaharlarda buxorolik savdogarlarni hibsga oldi. Sankt-Peterburg yo‘lidagi buxoroliklar esa N.Krijanovskiy buyrug‘iga ko‘ra, Kazalinskda to‘xtatildi 4 . Rossiya imperiyasi bu harakatlari orqali buxoro amirligi bilan munosabatlarni atayin keskinlashtirmoqchi va harbiy mojaro keltirib chiqarmoqchi edi. Aslida 1865-yildayoq Buxoroga qarshi harbiy harakatlar jarayoni boshlangan edi. Shu maqsadda, eng avvalo, xonliklarning birlashmasligiga qaratilgan siyosat olib borildi. Ya’ni o‘zlarining asosiy qoidasi – “Bo‘lib tashla, hukmronlik qil” shioriga amal qilishga kirishishdi 5 . Amir Muzaffar bu voqealardan bexabar bo‘lib, Xudoyorxonni qayta Qo‘qon taxtiga o‘tqazadi. Yo‘l-yo‘lakay Xo‘jandni egallab, imperiya qo‘shini Chirchiqortiga o‘tmasligini so‘rab Chernyayevdan iltimos qildi. 1865-yil Buxoro 4 Murtazayeva R.H, Ermetov A.A, Odilov A.A,Saipova K.D - O‘zbekiston tarixi, - T.: “DONISHMAND ZIYOSI” 2020-yil, 445-bet 5 Tillaboyev S, Zamonov A., O’zbekiston tarixi 9-sinflar uchun darslik, -T.: “Sharq”, 2019-yil, 29-bet 5