logo

1945-1990-yillarda Buyuk Britaniya

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

235.1728515625 KB
1945	-1990	-yillarda Buyuk Britaniya	 	
Reja:	 	
1. Ikkinchi jahon urushining davlatga ta`siri	 	
2. Buyuk Britaniyada leyboristlarning hokimiyatga kelishi 	 	
3. M. Tetc	her davrida Buyuk Britaniya	 	
4. Tashqi siyosati	 	
 	
Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Ishlab chiqarish 	
hajmi  10%  ga  kamayib  ketdi.  Urush  vaqtida  ingliz  korxonalaridagi  asbob	-uskunalar  batamom 	
eskirdi, texnik taraqqiyot sek	inlashdi. Xomashyo zaxiralari tugadi, ayniqsa, sanoatning anʼanaviy 	
sohalarida  ishlab  chiqarishning  oʼta  pasayishi  kuzatildi  (qogʼoz  sanoatida  50%  ga,  koʼmir  qazib 
olish  16%  ga,  poyabzal  ishlab  chiqarish  13%  ga).  Mamlakatning  davlat  qarzlari  7,2  mlrd  funt 
sterlingdan (1939 y) 23,7 mlrd funt sterlinggacha (1946 yilda) oshib, shundan 3 mlrd funt sterlingi 
tashqi  karzni  tashkil  etdi.  АQSh  tomonidan  berilgan  harbiy  texnika  ashyolarni  toʼlash  uchun 
Buyuk Britaniya oʼzining xorijga qoʼygan mablagʼlari hisobidan 1	000 mln funt sterling mablagʼini 	
АQShga  berishga  majbur  boʼldi;  Urush  yillarida  Buyuk  Britaniyaning  savdo  ekspor¬ti  keskin 
kamaydi. 1938  yilda Buyuk Britaniyaning savdo eksporti hajmi 417 mln funt sterling miqdorida 
baholangan  boʼlsa,  1944  yilga  kelib  bu  k	ursatkich  266  mln  funt  sterlingni  tashkil  etdi.  Savdo 	
flotining  katta  qismi  boy  berilgan  edi.  Urush  yilla¬rida  halok  boʼlgan  fuqarolarning  uchdan  bir 
qismini baliqchilar va savdo	-sotiq bilan mashgʼul boʼlgan dengizchilar tashkil etdi. Mustamlakalar 	
bilan  m	unosabatlarda  Metropoliya  bilan  birgalikda  urush  qiyinchiliklarini  baham  koʼrgan 	
Britaniya  dominionlari  oʼzlarining  iqtisodiy  va  siyosiy  mustaqilliklarini  talab  qilish  borasida 
tobora  faollashib  bormoqda  edilar.  Mustamlakalarda  milliy  ozodlik  harakatlari  k	eng  yoyilib 	
borayotgan  edi.  Аrab  Sharqi  va  Janubi	-Sharqiy  Osiyo  bozorlaridan  foydalanish  nihoyatda 	
qiyinlashgani tufayli, uning jahon eksportidagi ulushi 1937 yilda 11,3% dan 1947  yilda 9,8% ga 
tushib  qoldi.  Mamlakat  savdo  balansidagi  tanqislik  Buyuk  Brita	niya  iqtisodiyotining  surunkali 	
muammosiga aylanib qoldi.	 	
Umuman  Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  Buyuk  Britaniya  oʼz  milliy  boyligining  25%  ini 	
yoʼqotdi.  Аmmo  Gʼarbiy  Yevropa  mam¬lakatlari  ichida  u  eng  yomon  holatda  emas  edi.  Urush 
qurbonlari soni Birinchi	 jahon urushi yillaridagidan deyarli toʼrt marta kamroq edi: oʼlganlar 	- 245 	
ming kishi, yaradorlar 	- 278 ming kishi, bedarak yoʼqolgandar 53 ming kishini tashkil etdi. Olmon 	
bombardimonlaridan keyingi talofatlar qitʼa mamlakatlaridagi  yer bilan yakson qil	ingan joylarga 	
nisbatan  ancha  kam  edi.  Buyuk  Britaniya  30	- yil¬larda  tashqi  siyosatda  yul  qoʼygan  xatolari 	
asoratlarini bartaraf etib, urushdan keyingi dunyo taqdiriga taʼsir koʼrsatadigan gʼolib mamlakatlar 
safiga  qoʼshildi.  Matbuot  vakillari  tomonidan  "B	ritan  inqilobi"  deb  atalgan  1945  yildagi  siyosiy 	
holat kutilmagan xodisa boʼldi.	 	
Hali  jahon  urushi  tugamasdan,  xukumatning  Parlament  saylovlarini  oʼtkazishga 	
urinishining bir qancha sabablari bor edi. Hukumat xali ham 1935 yildayoq saylangan Parlament 
qoʼl	ida edi. Urush sharoiti hisobga olinib, uning vakolati uzaytirilgan edi, ammo Yevropada urush 	
tugagandan  keyin,  saylovlarni  kechiktirishga  xojat  yoʼq  edi.  Hukumatning  oʼzi  favqulodda 
xarakterga ega edi.  Uning rahbari U. Cherchill  oʼzining shaxsiy shon	-shux	rati va urush  yillarida 	
nasib etgan cheksiz hokimiyatga ega boʼlishiga qaramay, oʼzini millatning tula huquqli vakili deb 
hisoblay olmas edi.  Urush  yillarida Cherchill  xukumati  tayangan konservatorlar, leybo	-ristlar va 	
liberallar koalitsiyaga millatning bi	rlashuvida muxim rol oʼynadi. Аmmo tinchlik qurilishi davriga 	
oʼtgandan  keyin  ilgarigi  partiyalar  oʼrtasidagi  qarama	-qarshiliklar  bu  koalitsiyaning 	
parchalanishiga  olib  kelishi  mumkin  edi.  Shuning  uchun  Cherchill  qulay  psixologik  sharoitdan 
ustalik bilan f	oydalanib, "gʼalaba choʼqqisida" boʼlgan vaqtda saylov oʼtkazishga harakat qilardi.	 	
1945  yil  18  mayda  u  leyboristlar  partiyasiga  ulьtimatum  xarakteriga  ega  bulgan  taklifni 	
joʼnatdi.  Unda  leyboristlarga  Yaponiya  bilan  urush  tugaguncha  koalitsiya  tarkibida  q	olish  (bu 	
Cherchillning  shaxsiy  raxbarligini  toʼla  tan  olishni  bildirardi)  yoki  navbatdan  tashqari  saylovlar 
oʼtkazish  uchun xukumatni  tark etish taklif qilingan edi.  Leyboristlar partiyasi  Ijroiya Qoʼmitasi 
saylov¬larni  kuzda  oʼtkazish  va  ungacha  koalitsi	yaning  oldingi  tarkibini  saqlab  qolishni  taklif  qildi.  Shunga  qaramasdan,  Cherchill  1945  yil  23  maydayoq  isteʼfoga  chiqishini  maʼlum  va 
qiroldan Parlamentning quyi palatasini tarqatib yuborishni soʼradi. Qirolning topshirigʼiga koʼra, 
u "oʼtish davri xukum	ati"ni tuzdi. Bu xukumat 5 iyulga moʼljallangan Parlament saylovlarigacha 	
faoliyat  koʼrsatdi.  Konservatorlarning  saylovoldi  tashviqotlari  markazida  oʼz  rahbari 
mashxurligidan foydalanish turar edi. Cherchill "urushda gʼalaba qilgan odam" va "ishni tugatish	 	
kerak  boʼlgan  yagona  odam"  sifatida  targʼib  qilindi.  Saylovchilarga  qaratilgan  murojaatlar 
antileyboristik  va  antisovet  shiorlar  bilan  boyitilgan  edi.  4  iyuldagi  Cherchillning  radio  orqali 
birinchi saylovoldi chiqishi shov	-shuvli xarakterga ega boʼldi. "B	irorta sotsialistik tuzum siyo¬siy 	
politsiyasiz  barpo  etilishi  mumkin  emas,  uktirardi  Cherchill.  Аgar  saylovda  leyboristlar  gʼalaba 
qilsa,  Аngliyada  gestapo  tashkil  qilinadi...".  Uning  nutqlarida  muxolifat  rahbarlari  toʼgʼrisidagi 
haqoratomuz gaplar ham ka	m emas edi.	 	
Leyboristlar partiyasi saylovoldi tashvikotlarni ancha faolroq olib bordi. Leyboristlarning 	
Ijroiya  Qoʼmitasi  Britaniyada  iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohani  qayta  qurishga  qaratilgan  koʼp  son¬li 
loyihalar  tayyorladi.  Bu  loyihalarning  asosiy  maqsadi  d	avlat  boshqaruvini  kuchaytirish  va 	
jamiyatning  barcha  vakillari  farovonligining  barqaror  oʼsishini  taʼminlashdan  iborat  edi. 
Leyborist¬lar  dasturi  oʼzining  siyosiy  radikalizmi  (keskinligi)  bilan  ajralib  turardi.  Leyboristlar 
oʼzlarini  "sotsialistik  partiya	"  deb  atashar  va  "bu  bilan  faxrlanishi"  hamda  asosiy  maqsadlari 	
"Buyuk  Britaniya  sotsialistik  hamdoʼstligini"  tashkil  etishdan  iboratligini  bayon  qilishardi. 
Leyboristlar dasturida barcha sohalarda, jumladan, uy	-joy qurilishi, ijtimoiy sugʼurta, xalq taʼli	mi, 	
sogʼliqni  saqlash  sohalarida  faol  ijtimoiy  siyosat  yuritish  koʼzda  tutilgan  edi.  Dasturning  tashqi 
siyosatga  oid  qismi  leyboristlar  partiyasining  xalqaro  sahnada  tinchlikni  saqlash  tamoyillarini 
qoʼllab	-quvvatlashini targib qilardi. 5 iyulь 1945 yildag	i say¬lov natijalari juda kutilmagan hodisa 	
edi:  leyboristlar  nafaqat  gʼalaba  qozonishdi,  balki  Jamoalar  palatasida  ham  ilk  bor  mutlaq 
koʼpchilikni tashkil etishdi.	 	
Klement Ettli uchinchi bor hokimiyat tepasiga kelgan va ilk bor Parlamentda koʼpchilikni 	
tashkil  etgan  leyboristik  xukumatni  boshqardi.  U  "oʼnglar"  va  "soʼllar"  oʼrtasidagi  eng  maqbul 
munosabatni oʼrnatib, partiyaning eng obroʼli kishilarini oʼz atrofida toʼplashga muvaffaq boʼldi. 
Xukumat tarkibiga juda tajribali va mahoratli siyosatchilar jalb	 qilindi.	 	
Urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash va qayta qurish rejalarini amalga oshira turib, Ettli 	
xukumati  bir  qancha  eng  murakkab  muammolarga  duch  keldi.  Xomashyoning  doimiy  tanqisligi 
ishlab  chiqarish  turgʼunligining  bir  joyda  tepsinib  turishiga  oli	b  kel¬di.  Oziq	-ovqat  zaxiralari 	
tugash arafasida edi: 1954  yilgacha  aso¬siy oziq	-ovqat  mahsulotlari,  benzin va eng zarur mollar 	
aholiga  kartochkalar  yoki  meʼyor  asosida  tarqatildi.  Ehtiyoj  mollari  bozori  aholining  xaridorlik 
qobiliyatining  pasayishi  taʼsir	ida  qotib  qolgan  edi.  Leyboristlar  bu  muammolarning  yechimini 	
iqtisodiyotda rejalashtirishni keng joriy etish va davlatning ijtimoiy dasturlarni qabul qilishida deb 
hisobladi.  Davlat  boshqaruvining  aso¬siy  sohalari  transport,  koʼmir,  poʼlat  quyish  sanoati 	va 	
energetika boʼldi. Oziq	-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʼpaytirish maqsadida 1947 yilda 	
xukumat  toʼrt  yillik  qishloq  xoʼjaligini  rivojlantirish  dasturini  qabul  qildi.  Bu  dasturda  minimal 
narxlarni muzlatish va maydonlarning hosildorligini hamd	a chorvachilik samaradorligini oshirish 	
uchun  fermerlarga  subsidiyalar  (pul  mablagʼlari)  berish  koʼzda  tutilgan  edi.  Xukumat  iqtisodiy 
siyosatining  asosiy qismi  iqtisodiyotning  eng muhim  sohalarini milliylashtirishdan iborat  boʼldi. 
Bu  yoʼnalishdagi  birinc	hi  jiddiy  qadam  1946  yil  fevralida  qoʼyildi,  yaʼni  Ingliz  banki 	
milliylashtirildi.  1946  yildan  1948  yilgacha  boʼlgan  davrda  temir  yoʼllar,  fuqaro  aviatsiyasi, 
transport,  kabel  va  telegraf  aloqasi  hamda  kumir  qazib  olish  va  elektrotexnika  sanoati  davlat 
mul	kiga  aylantirildi.  1948  yilda  xukumat  gazni,  1949  yilda  temir  va  poʼlat  ish¬lab  chiqarishni 	
milliylashtirishga rozilik oldi. Bu siyosat nati¬jasida davlat sektori oʼz qoʼlida sanoatning 20% ini 
birlashtirdi.	 	
Leyboristlar  xukumati  ijtimoiy  siyosat  bobida  ka	tta  faoliyat  koʼrsatdi.  1927  yildagi 	
"Kasaba  uyushmalari  tugʼrisidagi  Qonun  be¬kor  qilindi  va  ularning  norozilik  namoyishlari 
oʼtkazishga boʼlgan xoʼqukdari tiklandi. 1946 yilda qonunlar paketi qabul qilindi va unga Milliy 
sugʼurta akti, sanoat xodimlarini	 himoya qilish akti va milliy sogʼliqni saqlash akti kirardi. 1948 	
yilda  paket  Milliy  qoʼllab	-quvvatlash  vazirligini  yaratish  toʼgʼrisidagi  xujjat  bilan  toʼldirildi.  Bu  qonunlarga koʼra, barcha aholiga qarilik nafaqasini (erkaklarga 65, ayollarga 60 yoshda	n keyin va 	
ishsizlik  nafaqasini  toʼlash),  kasallik,  homiladorlik,  oʼlim  holatlarida  moddiy  yordam  berish 
kafolatlangan  edi.  Sugʼurta  fondlari  sugʼurtalanganlarning  toʼlovlari  (35%)  hamda  tadbirkorlar 
toʼlovlari  va  davlat  tomoni¬dan  moliyalash  hisobidan  sha	kllandi.  Isloxot  natijasida  jami 	
davlatning ijtimoiy sugʼurta xarajatlari 2,5 barobar kupaydi. Milliy sihat	-salomatlik aktiga koʼra, 	
aholiga  bepul  tibbiy  yordam  koʼrsatish  joriy  qilindi,  sohaning  yagona  boshqaruv  tizimi  tashkil 
qilindi.  Аholiga  dori	-darmon	lar,  protez  va  koʼzoynaklarni  bepul  tarqatish  koʼzda  tutildi. 	
Mamlakatda 2 milliondan ortiq munitsipal (shahar) uylar kurildi. Davlat uy	-joy narxlarining urush 	
davridagi qiymatini ushlab turish yoʼli bilan ijara toʼlovi hajmini qatʼiy nazorat ostiga oldi. 	1947 	
yildagi shahar va qishloqlarni rejalashtirish toʼgʼrisidagi aktga koʼra, Shahar hokimiyat organlari 
ularga topshirilgan obьektlarni rivojlantirish rejalarini tuzishlari kerak edi.	 	
Taʼlimni  isloh  qilish  loyihalarining  keng  muhokama  qilinishiga  qaramasd	an,  leyboristlar 	
1944  yilda  "Milliy  hukumat"  tomonidan  qabul  qilingan  "Batler  qonuni"ga  biror	-bir  oʼzgartish 	
kiritmadi.  Unga  koʼra,  Buyuk  Britaniyada  uch  yoʼnalishli  taʼlim  tizimi  joriy  qilingan  edi 
(zamonaviy  oʼrta  maktablar,  grammatik  oʼrta  maktablar  va 	texnik  oʼrta  maktablar).  Taʼlim 	
tizimining  bu  boʼlimlarining  hammasida  ham  davlat,  ham  xususiy  oʼqoʼv  yurtlari  faoliyat 
koʼrsatardi.  "Batler  qonuni"  "koʼngilli  maktablarni  ham  qonuniylashtirgan  edi.  Bu  maktablar, 
asosan, koʼngilli toʼlovlarga tayanadigan d	iniy maktablardan daborat edi. 1944 yildagi Аkt ijrochi 	
xukumat va mehnat boshqaruv organlariga bu sohani boshqarishda katta vakolatlar berardi. "Batler 
qonuni"ga koʼra, oʼquvchilarga bepul tibbiy xizmat koʼrsatish joriy qilingan edi. Uni toʼldiruvchi 
yago	na  qonun  1947  yilda  chiqdi.  Unda  maktabni  tugatish  yoshi  uzaytirilgan  edi.  Endi  bolalar 	
maktabni 15 yoshda tugatar edilar.	 	
Leyboristlar  hukumatining  faoliyati  1948  yildayoq  urushdan  oldingi  iqtisodiy  rivojlanish 	
darajasiga va mamlakatdagi ij¬timoiy holatni	 ancha barqarorlashtirishga erishishga imkon berdi. 	
Sanoat  mahsulotining  yillik  oʼsishi  6%  ni  tashkil  etdi.  50	- yil¬larning  boshiga  kelib  ishlab 	
chiqarish  koʼrsatkichlari  1937  yilga  nisbatan  1/3  barobar  oʼsdi.  Lekin  keng  davlat  boshqaruviga 
keskin  oʼtilish	i  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatini  qiyinlashtirdi  va  bu  sohaga  kiritilayotgan 	
sarmoyalarning  qisqarishiga  olib  keldi.  Xukumatning  oʼzi  oʼz  dasturlarini  mablagʼ  bilan 
taʼminlash  borasida  qiyinchiliklarga  duch  kela  boshladi.  Passiv  savdo  balansi,  importga 
bo	gʼliqlikning oshishi, harbiy qarzlarning toʼlanishi valyuta zaxirasining keskin kamayishiga olib 	
keldi.  Shu  bilan  birga,  isteʼmol  mollari  taklifining  chegaralanishi  oʼsayotgan  pul  massasi  bilan 
birgalikda, kuchli inflyatsiyaga moyillikni keltirib chiqardi.	 Oʼz navbatida, inflyatsiya investitsiya 	
bozoriga qaqshatqich zarba berdi va sanoat ishlab chiqarishi yoʼlidagi yengib boʼlmas toʼqmoqqa 
aylanib qoldi.	 	
1945 yildayoq Buyuk Britaniyada moliyaviy tizimning ishdan chiqish xavfi yaqqol boʼlib 	
qolgandi. Аvgust 	oyida АQSh hech qanday ogoxdantirishsiz lend	-liz boʼyicha mahsulot kiritishni 	
toʼxtatib  qoʼydi.  Endi  Buyuk  Britaniya  import  tulovlarni  dollarda  amal¬ga  oshirishi  kerak  edi. 
Buning uchun yetarli valyuta zaxiralari boʼlmagandigi sababli, Ettli xukumati funtn	i dollarga erkin 	
almashtirishni joriy etish majburiyatini olgani holda АQShdan qarz soʼrashga majbur boʼldi.	 	
Moliyaviy tizimning barqarorlashuvidagi umidlar 1946  yildayoq puchga chiqdi. АQShda 	
narxlarni  tartibga  solib  turishning  bekor  qilinishi  eksport  mah	sulotlarining  keskin 	
qimmatlashishiga  olib  keldi.  Buyuk  Britaniya  olingan  qarzni  bir  yil  ichida  sarflab  boʼldi.  1947 
yilning  iyul  oyida  xukumat  funtni  dollarga  erkin  almashtirishni  joriy  qilgan  paytda,  buni 
taʼminlash uchun zaxiralar atigi bir oyga yetar e	di. Mamlakat oʼtkir moliyaviy inqirozga yuz tutdi. 	
Hukumat  oziq	-ovqat  importini  kamaytirishga  majbur  boʼldi,  bu  esa  oziq	-ovqat  mahsulotlari 	
narxlarining  keskin  oshishiga  olib  keldi.  Iqtisodiyot  vaziri  Stafford  Kripps  davlat  tomonidan 
ij¬timoiy  xarajatlarni	 keskin  kamaytirishni  koʼzda  tutuvchi  qattiq  iqtisodiy  dasturni  takdim  etdi. 	
Аmmo  Buyuk  Britaniyaning  "Mar¬shall  rejasi"ga  qatnashishiga  kapa  umid  bogʼlangan  edi.  Bu 
loyiha doirasida Buyuk Britaniya 2,3 milliard dollar olardi.	 	
Moliyaviy barqarorlashtirishn	ing yana bir yoʼli "sterling mintaqasini" tuzish hisoblanardi. 	
Uni 1944	-1945 yillarda mil¬liy valyutalari kursi funtta "biriktirilgan" mamlakatlar tashkil qilgan 	
edi.  Аmmo  1949  yildagi  iqtisodiy  inqiroz  davrida  АQSh  sterling  mintaqasi  mamlakatlaridan  impor	t  qilishni  qisqartirdi  va  u  yerda  dollar  va  oltinga  boʼlgan  talab  oshib  ketdi  hamda  buning 	
natijasida  Britaniya  gʼaznasi  funt  sterlingni  katta  hajmlarda  almashtirish  zaruratiga  duch  keldi. 
Buyuk  Britaniyaning  oʼzida  esa  oltin  va  valyuta  zaxiralari  juda  kam	 edi.  Oltin  va  valyutaning 	
chetga  oqib  ketishini  toʼxtatish  uchun  leyboristlar  xukumati  1949  yil  sentyabrida  funt  sterlingni 
30,5% ga devalьvatsiya (muomaladagi qogʼoz pulning qiymatini tushirish) qildi. Funt kursi 4,03 
dan 2,8 dollarga tushirildi. 1950 yi	lda xukumat "Marshall rejasi'da qatnashishni toʼxtatishga qaror 	
qildi,  chunki  Аmerika  yordamining  sharti  boʼlgan  ichki  bozordagi  erkin  valyuta	-moliya 	
operatsiyalari  milliy  iqtisodiyot  barqarorligiga  jiddiy  taxdid  solardi.  Аlbatta,  funt  sterlingning 
qadrsiz	lanishini faqat Ettli xukumatining xatosi deb boʼlmaydi, biroq bu mamlakatdagi iqtisodiy 	
vaziyatni  ogʼirlashtirdi.  Moliyaviy  inqiroz  xukumat  obroʼsining  keskin  pasayishiga  olib  keldi. 
Leyboristlarning tashqi siyosat soxasidagi xatolari ham xuddi shunday sa	lbiy natijalarga olib keldi.	 	
Buyuk  Britaniyada  oliy  siyosiy  rahbariyatning  almashishi  Pots¬dam  konferentsiyasi 	
vaqtida roʼy berdi. Аmmo Cherchillning ketishi va konferentsiyaga yangi Bosh Vazirning kelishi 
Britaniya  delegatsiyasi  mavqeini  oʼzgartirmadi.  Et	tlining  oʼzi  xam,  uning  tashqi  ishlar  vaziri 	
Ye.Bevin  ham  Gʼarb  va  Sharq  oʼrtasidagi  ijobiy  va  amaliy  muloqotga  emas,  balki  "atlantik 
xamjihatlik"  siyosatiga  moyil  edi.  Yevropa  ustidan  "temir  parda"  tusha  boshladi.  Yangi  jahoi 
tar¬tiboti bashoratchisi roli	 Uinston Cherchill zimmasiga tushdi.	 	
Cherchillning 1946 yil 5 martda Fultonda soʼzlagan nutqi juda mashhur boʼldi. Unga Eron 	
inqirozi  bahona  boʼlgan  edi.  1942  yil¬dagi  Ittifoqchilik  Shartnomasiga  koʼra,  sovet  qoʼshinlari 
Eron  hududida  urush  tugagandan  soʼn	g  yana  olti  oy  qolishi  mumkin  edi.  Bu  muddat  1946  yil  2 	
martda  tugadi.  Bu  kun  arafasida  SSSR,  qoʼzgʼolon  koʼtarilgan  Eron  Ozarbayjonidan  tashqari 
boshqa  hududlardan  oʼz  qoʼshinlarini  chiqarishini  maʼlum  qildi.  Farb  mamlakatlari  siyosiy 
doiralari  bunga  salb	iy  munosabatda  boʼlib,  Eron  hududining  bir  qismida  sovetparast  rejimini 	
oʼrnatishga urinish deb baholadi. Shu kunlarda dam olish maqsadida Floridada boʼlgan Cherchill 
bundan  yangi  psixologik  hujum  uyushtirish  uchun  foydalanishga  ulgurdi.  U  Fultondagi 
Vestm	inster kolleji talabalari  oldida nutq  soʼzladi. Sobiq  Bosh Vazirni tinglash uchun qariyb 30 	
ming nafar odam yigʼildi.	 	
Cherchill  namoyishkorona  suratda  oʼz  gʼoyalarini  "global  siyosatning  yuksak  strategik 	
kontseptsiyasi"  deb  atadi.  Yangi  dunyoviy  tuzum  namu	nasi  qilib  "Аmerika  demokratiyasining 	
tantanasi"ni  koʼrsatdi. Bunda Cherchill  Аmerika demokratiyaga deb ingliz dunyosining umumiy 
qadriyatlari  va  hattoki  butun  Gʼarbning  maʼnaviy  birligini  tushunardi.  Uning  fikricha,  butun 
xristian sivilizatsiyasi boshiga 	"cheksiz ijtimoiy azob	-uqubatlar" bilan taxdid soluvchi xavf	-xatar 	
yogʼilgan edi. Cherchill  fikriga kura, dunyoga zulm taxdid solmoqda va bu zulm anik, rejimda 	- 	
sovet  kommunizmida  mujassamlashgan.  Cherchill  barcha  demokratik  xalqlarni  oʼzlarining 
erkinlik	ka boʼlgan huquqlarini himoya qilish uchun birlashishga chaqirdi. Аslida, gan kommunizm 	
xavfi oldidan "temir parda"ni tushirishga xizmat qiluvchi АQSh va Boʼyuk Britaniyaning harbiy	-	
siyosiy  ittifoqini  tuzish  haqida  borayotgan  edi.  Keyinchalik  koʼp  tarqalga	n  "temir  parda" 	
tushunchasi  Cherchill  tomonidan ilk bor 1945  yil 16 avgustda  "Temir parda tushirila boshlandi" 
deb nomlangan Parlamentdagi nutqida ishlatilgan edi. Cherchillning Fultondagi nutqidan soʼng bu 
tushuncha "sovuq urush" ramziga aylandi.	 	
Sobiq  Br	itaniya  rahbarining  Fultondagi  nutqi  Gʼarb  siyosiy  tabaqalari  orasida  keng 	
tarqalgan  yangi  geosiyosiy  falsafaning  uygunlashgan  birinchi  ifodasi  boʼldi.  Uning  asosiy 
mazmuni  dunyo¬ning  ochiq  toʼqnashuvga  tayyor  boʼlgan  ikkita  bir	-biriga  qarama	-qarshi 	
tuzuml	arga  boʼlinganligini  tan  olishdan  iborat  edi.  Dunyoni  saqlab  qolish  raqibni  maxdudlash, 	
dunyoning  "issiq  urush"  domiga  tushib  qolishini  bartaraf  etish  uchun  darhol  "sovuq  urush"ni 
boshlashni  talab  qilardi.  Bu  АQShning  harbiy	-siyosiy  gegemoniyasini  soʼzsiz 	tan  olinishini 	
bildirardi. Fulton nutqi Gʼarb global strategiyasi kaliti sifatida oʼzaro bogʼlangan Ingliz	-Аmerika 	
tashqi  siyosati  asoslarini  bayon  qildi.  АQSh  bilan  "maxsus  munosabatlar",  atlantik  hamjihatlik 
tamoyiliga soʼzsiz sodiqlik Buyuk Britaniya ta	shqi siyosatining muhim yoʼnalishlariga aylandi.	 	
1946  yildayoq  Ettli  xukumati  toʼla  sodiqlik  bilan  "atlantik  hamjihatlik"  siyosatiga  oʼtib, 	
Trumen maʼmuriyati bilan birga "sovuq urush" tashabbuskoriga aylandi. Chuqurlashib borayotgan 
moliyaviy inqirozga qa	ramasdan, qurollanishni  avj  oldirishga qaratilgan qatʼiy tadbirlar koʼrildi,  Oʼsha  1946 yilning  oʼzidayoq  Britaniya  atom bombasini ishlab chiqarish  toʼgʼrisida  qaror  qabul 
qildi.  50	- yillarning  boshiga  kelib  harbiy  xarajatlar  milliy  daromadning  10	-11%  ini 	tashkil  etdi 	
(30	- yillar  oʼrtalarida  esa  bu  koʼrsatkich  bor	-yoʼgʼi  2,5%  ni  tashkil  etardi).  1949  yilda  АQSh  va 	
Buyuk Britaniya NАTOni tuzish tashabbuskorlari sifatida chiqishdi.	 	
"Sovuq urush" Yevropani  yana  global qarama	-qarshiliklarning bosh sahnasiga ayl	antirdi. 	
Bu  "urush"ga  tortilgan  Britaniya  diplomatiyasi  qitʼaning  ikkita  lagerga  boʼlinishida  katta  rol 
oʼynadi.	 
Аynan Buyuk Britaniyaning aralashuvi 1946	-1947 yildagi Gretsiya si¬yosiy inqirozining 	
chuqurlashishiga  olib  keldi.  Germaniya  masalasini  hal  qil	ishda  АQSh  tutgan  siyosiy  yoʼlning 	
boshlovchisi  ham  Buyuk  Britaniya  boʼldi.  Bunda  katta  qadam  1946  yil  2  dekabrida  Germaniya 
hududidagi АQSh va Britaniyaga tegishli hududlarning birlashuvi vaqtida tashlandi. U urushdan 
keyingi  davr  siyosatchilari  ichida  bi	¬rinchi  boʼlib  nafaqat  Germaniyaning  umum  yevropa 	
integrallashuvida  katnashishi  zarurligini  taʼkidladi,  balki,  shu  bilan  birga,  Germaniyani  "qitʼa 
yuragi"  deb  koʼrsatdi.  Cherchill  bir  vaqtda  Yevropa  oilasini  qayta  barpo  etishda  Frantsiya  va 
Germaniyaning h	amkorligi bi¬rinchi qadam boʼlib xizmat qilishini ham taʼkidlab oʼtdi. Аynan shu 	
ikki  mamlakat  ittifoqi  Yevropa  Qoʼshma  Shtatlarini  tuzishda  asos  boʼlib  xizmat  qiladi.  Taklif 
qilinayotgan loyihaning asl mazmuni АQSh strategik xamkoriga aylana oladigan Yevr	opa harbiy	-	
siyosiy  blokini  tuzishdan  iborat  edi.  Buning  natijasida  Buyuk.  Britaniya  АQShning  "maxsus 
ittifoqchisi"  mavqeini  saqlab  qolar,  Gʼarbiy  Yevropa  mamlakatlariga  nisbatan  nufuzliroq  rahbar 
mavqeiga ega boʼlardi,	 	
1948  yil  bahorida  Buyuk  Britaniya  "Gʼ	arbiy  Ittifoqni  tuzish  toʼgʼrisida"  gi  Bryusselь 	
Paktiga  qoʼshildi.  1949  yilda  Britaniya  Yev¬ropa  Kengashiga  kirdi.  Ettli  xukumati  tobora 
chuqurlashib  borayotgan  Britaniya  imperiyasi  inqiroziga  keldi.  Britaniya  Hamdoʼstligining 
siyosiy  va  tashkiliy  asoslar	ini  qayta  koʼrib  chiqish  masalasi  Hindiston  muammosini  tezlashtirdi. 	
1946  yil  boshidan  Brita¬niya  Hukumati  Hindistondagi  boshqaruvini  butunlay  boy  berdi. 
Millatlararo toʼqnashuvlarda yuzlab odamlar xalok boʼldi. 1946 yil bahorida Ettli xukumati hech 
qanday	 boshlangʼich shartlarsiz Hindistonga dominion mavqeini berishga majbur boʼldi. 1947 yil 	
yoziga  kelib  vitse	-qirol  Lьyuis  Mautbattei  Hindistonni  ikkita  Hindiston  va  Pokiston 	
dominionlariga boʼlish rejasini ishlab chiqdi. 1947 yil 15 avgustida Dehli va Karac	hi shaharlarida 	
Brita¬niya  Hamdoʼstligiga  oʼz  ixtiyori  bilan  kirgan  ikki  mustaqil  davlat  barpo  qilinganligi 
toʼgʼrisida rasman eʼlon qilindi.	 	
Hindiston  mustaqilligining  eʼlon  qilinishi  Britaniya  Hamdoʼstligi  evolyutsiyasida  yangi 	
boskichni boshlab berdi. "	Bri¬taniya fuqarosi" tushunchasi oʼrniga, yangi "Hamdoʼstlik fuqarosi" 	
iborasi paydo boʼladi. 1947 yildan boshlab "dominion" tushunchasi tez	-tez "Hamdoʼstlik aʼzosi" 	
tushunchasi  bilan  almashtirildi.  (Rasmiy  hujjatlardan  "dominion"  tushunchasi  1952  yilda  ol	ib 	
tashlan¬di).  1948  yilda  Seylon  va  Birma  mustaqillikka  erishdi.  Birmaning  tashkil  qilinishi  bu 
vaqtda  eng  muhim  siyosiy	-huquqiy  ahamiyatga  ega  boʼldi.  Taʼsis  majlisi  Birmani  mustaqil 	
suveren respublika deb eʼlon qilishga qaror qildi. Yangi davlat tomonid	an respubli¬ka boshqaruv 	
shaklining  qabul  qilinishi  uning  Hamdoʼstlik  aʼzosi  boʼlishini  inkor  etardi.  Shuning  uchun 
Britaniya  Parlamenti  1947  yil  dekabrida  Birma  mustaqilligi  toʼgʼrisidagi  Аktni  qabul  qildi.  Bu 
Аktga koʼra, Birma Hamdoʼstlikka kirmagan mus	taqil respublikaga aylandi.	 	
1949  yilda  London  shahrida  Hamdoʼstlik  mamlakatlari  bosh  vazirlari  konferentsiyasi 	
boʼlib  oʼtdi.  Konferentsiyada  ilgari  davom  etib  kelgan  "qirolga  (tojga)  umumiy  sodiqlik" 
tomoyilidan voz kechishga qaror qilindi.	 	
Sobiq imperiya 	ittifoqini huquqiy asosda qayta tashkil etish jarayonini amalga oshirishga 	
qaratilgan  urinishlarga  qaramasdan,  Ettli  hukumati  baʼzan  ochiqchasiga  fuqarolik  urushlariga 
ayla¬nib boruvchi yirik milliy ozodlik harakatlariga ham duch keldi. Iqtisodiy qiyinchil	iklar 1948 	
yilda  Ganada  (Oltin  qirgʼoq)  xalq  chiqishlari  toʼlqinini  keltirib  chiqardi.  Siyosiy  faollik  toʼlqini 
Markaziy  Аfrikada,  jumladan,  Shimoliy  Rodeziya  (Zambiya),  Janubi  Rodeziya  va  Nьyasalend 
(Malavi)da kuzatildi. Bu yerda toʼqnashuv irqiy xarakter	ga ega edi. Janubiy Аfrikada 1948 yil 26 	
may saylovlari natijasiga koʼra, aporteid, yaʼni irqlarni bir	-biridan ajratish siyosatini hayotga tatbiq 	
qilishni  asosiy  maqsad  qilib  olgan  Millatchilar  partiyasi  hukumat  tepasiga  keldi.  Malayyadagi  millatchilik chi	qishlari Britaniya Hukumatining faol aralashuvini talab etdi. Аsosan, xitoyliklardan 	
iborat  boʼlgan  kommunis¬tik  qoʼzgʼolonchi	-partizanlar  kauchuk  plantatsiyalari  ishchilari  va 	
politsiyaga qurolli  hujumlar uyushtirar, hukumat  muassasalarini vayronaga aylan	tirishardi. 1948 	
yil 18 iyunda Malayya favqulodda holat rejimita oʼtkazildi, Britaniya qoʼshinlari tezda koʼzgʼolon 
oʼchoqlarini bartaraf etishdi.	 	
Oʼrta va Yaqin Sharqdagi voqealar Buyuk Britaniyaning xalqaro obroʼsiga qattiq zarbalar 	
berdi. 1951 yilda Ero	n Xukumatinint Neft sanoatini milliylashtirish toʼgʼrisidagi qaroridan keyin, 	
Eron  va  Buyuk  Britaniya  oʼrtasida  diplomatik  aloqalar  butunlay  uzildi.  Buyuk  Britaniya  Eronni 
iqtisodiy  qamal  (blokada)  qilish  tashabbusi  bilan  chiqdi.  Britaniya  Harbiy  dengiz  fl	oti  Eronga 	
tegishli  suv  hududlarida  harbiy  namoyish  oʼtkazdi.  Аmmo  АQSh  buni  qoʼllab	-kuvvatlamadi  va 	
Eronda  Neft  konlarini  ishlatish  boʼyicha  yangi  xalqaro  konsortsiumni  yaratish  boʼyicha 
muzokaralar  tashabbuskoriga  aylandi.  Buyuk  Britaniyaga  esa  bor	-yoʼgʼ	i  aʼzolardan  biri  boʼlish 	
vazifasini bajarish nasib etdi, xolos. Britaniya mandatlarining muhim mintaqalaridan biri Falastin 
edi.  Ik¬kinchi  jahon  urushidan  oldingi  davrdayoq  Buyuk  Britaniya  yahudiy  emigrant  (muhojir) 
larining  oʼzlarining  tarixiy  vataniga  k	oʼchib  oʼtishini  boshqarish  javobgarligini  oʼz  zimmasiga 	
olgan  edi.  Аmmo  yahudiylarning  koʼchib  oʼtishini  boshqarishga  qaratilgan  Falastindagi  Britan 
maʼmuriyatining  harakatlari  hech  qanday  natija  bermadi.  Аrab  aholisi  yahudiy  yashovchilarga 
oshkora  dushma	nlik  (qarshilik)  koʼrsatardi.  Yaqin  Sharqdagi  vaziyatning  keskinlashuviga 	
javoban,  Britaniya  Hukumati  Falastinni  ikki  alohida  mustaqil  davlatlarga  boʼlishni  taklif  qildi. 
"Morrisan plani" deb atalgan bu reja 31 iyul 1946 yilda hukumatga tagʼdim qilindi. Bu	 masaladagi 	
kelishmovchilik  Leyboristlar  partiyasini  bir	-biriga  qarshi  ikki  bloklarga  ajratdi.  Britaniya 	
Xukumati  Аrab	-Isroil  kelishmovchiligini  hal  qilolmagach,  1947  yil  14  fevralda  vositachilikni 	
BMTga  topshirishini  eʼlon  qildi.  1948  yil  14  mayda  kutilma	gan  vokea  roʼy  berdi.  Falastindagi 	
Britaniya mandati muddatining tugashiga bir necha soat kolganda, yahudiylar raxbari David Ben	-	
Gurion Isroil Respublikasi tashkil qilinganini eʼlon qildi.	 	
50	- yillar  boshida  Britaniyaning  Koreya  inqiroziga  aralashuvi  omma 	noroziligini  yana 	
qoʼzgatdi.  Koreya  urushida  Britaniya  kuchlari  ishtirok  etardi.  Bu  jangda  oʼlganlar 	- 686  nafar. 	
yarador  boʼlganlar  2498  kishini  tashkil  etdi.  Koreyadagi  urush  Buyuk  Britaniyaning  iqtisodiy 
ahvoliga  salbiy  taʼsir  koʼrsatdi.  Mudofaa  xarajat	lari  byudjet  imkoniyatlaridan  oshik  edi. 	
Leyboristlar hukumatining maʼnaviy	-axloqiy obroʼsi juda pasayib ketdi.	 	
1945 yil saylovlarida magʼlubiyat Britaniya konservatizmining keng miqyosdagi gashkiliy 	
va mafkuraviy  yangilanishini, "yangi konservatizm"ning t	ugʼilishini tezlashtirdi. 30	- yillardanoq 	
N. Chemberlen va U. Cherchillarning ayovsiz kurashi davrida partiyada yangi "texnoqratiq" qanot 
shakllana  boshlagan  edi.  Uning  asosini  ham  ishlab  chiqarish,  ham  ijtimoiy  sohaning  davlat 
tomonidan faol boshqarilishi	ni koʼzda tutuvchi "tashkiliy kapitalizm" barpo etish gʼoyasini ilgari 	
suruvchi  Goralьd  Makmillan  rahbarligidagi  "yosh  konservatorlar  guruhi"  tashkil  etdi.  "Yangi 
konservatorlar"  Dizraeli  davridagi  "sotsial	-konservatizm"  gʼoyalariga  qaytishga,  kasaba 	
uyush	malari bilan oʼzaro konstruktiv muloqotga kirishga hamda ijtimoiy taraqqiyotning "aralash 	
modeli"ni  tan  olishga  daʼvat  etardi.  1940  yilda  partiya  rahbari  U.  Cherchillning  hokimiyatga 
ke¬lishi bilan, "yosh konservator''larning mavqeyi yanada kuchaydi.	 	
Cherc	hill partiya rahbariyatini qayta qurish tashabbusini topshirib, oʼz atrofida partiyaning 	
istiqbolli  ideologlarini  birlashtirishga  harakat  qildi.  Uning  tanlovi  G.  Makmillan  va  R.  Batler 
nomzodlarida  toʼxtadi.  Konservatorlarning  1946  yildagi  yillik  anjumanin	ing  asosiy  mavzusi 	
partiya  dasturini  yangilash  printsiplaridan  iborat  boʼldi.  Cherchill  taʼsiri  ostida  "yangi 
konservatizm"  moʼʼtadilroq  xarakterga  ega  boʼldi.  Cherchill  zamonaviy  jamiyatdagi  real 
voqealarga asoslanib, partiya strategiyasini ishlab chiqish	 tarafdori edi, ammo davlat boshqaruviga 	
asoslangan  leyboristax  islohotchilikka  qarshi  chiqdi.  Umumiy  farovonlik  masalasini  hal  etish 
uchun "xususiy mulkchilik demokratiyasi" tizimi foydali deb taxmin qilinardi.	 	
Keyingi  ikki  yilda  "yangi  konservatizm"ning 	moʼʼtadil  variant  gʼoyalari  Konservatorlar 	
partiyasining  barcha  dasturiy  hujjatlari  asosini  tashkil  qildi.  "Sanoat  xartiyasi"  xususiy  mulk  va 
bozor  munosabatlarining  oʼzgarmas  qiymatga  ega  ekanini  tan  olishga  asoslan¬gan  edi.  Аmmo 
iqtisodiyotning  davlat  to	monidan  boshqarilishi  amaliyotini  qisman  sakdab  qolish,  jumladan,  "konservativ rejalashtirish", "undovchi choralar" (yaʼni ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish), m o n 
o p o l i ya l a r n i n g "adolatsiz imtiyozlarini" cheklash, maxsus holatlarda chakana 	narxlarning 	
oʼsishi  ustidan  nazorat  qilishni:  saqlab  qolishning  zarurligi  ham  taʼkidlangan  edi.  Xartiyaning 
fikricha,  bir  kator  korxona  va  ishlab  chiqarish  sohalarini  davlat  ixtiyorida  qoldirish,  leyboristlar 
tomonidan  amalga  oshirilgan  keng  milliylashtiri	shni  esa  qayta  koʼrib  chiqish  kerak  edi.  Аsosiy 	
maqsad  iqtisodiyotning  milliylashtirilgan  sohalari  va  xususiy  firmalar  oʼrtasidagi  adolatli 
raqobatni taʼminlash edi.	 	
1950 yil 24 yanvarda "Mana toʼgʼri yoʼl!" nomi ostida saylov ma¬nifesta nashr qilindi. U 	
ijtimoiy  shiorlarga  moyilligi  bilan  "yangi  konservatizm"ning  asosiy  talablarini  oʼz  ichiga  olardi. 
Kon¬servatorlarning  1950  yil  saylovoldi  kompaniyasidagi  eng  katta  gʼalabasi  liberallar  bilan 
taktik  yaqinlashish  boʼldi.  60  dan  ortiq  saylov  okruglarida  birla	shgan  konservativ  liberal 	
qoʼmitalar  tash¬kil  qilindi.  Ular  jamoalar  palatasi  uchun  qoʼshimcha  saylovlarda  nomzod  qilib 
ikki partiyadan birining vakilini koʼrsatishdi. Ley¬boristlar partiyasi birlashgan muxolifatga biror 
narsani  qarshi  qoʼya  olmadi.  Ettlin	ing  hukmronlik  davrida  leyboristlar  qayta  tiklash  davri 	
doirasidan  chiquvchi  va  uzok  muddatli  ijtimoiy	-iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasini  taklif  etuvchi 	
oʼz  dasturlarini  ishlab  chiqa  olishmadi.  1950  yil  saylovlari  arafasida  leybo¬ristlar  partiyasining 
"K	eling, qiyinchiliklarga birgalikda barham beraylik!" nomli manifesti keng ommaga tanishtirildi. 	
U mazmunan davlat siyosatining umummiliiy afzalliklarini kuchaytirish, xususiy mulkchilikning 
turli kurinishlarini uygunlashtirishning samarali yoʼllarini izlab	 topish xamda sinfiy va etnik	-diniy 	
toʼqnashuvlarga  yoʼl qoʼymaslik zarurligini uktirardi. Tashqi siyosatdagi  xatolar tufayli vujudga 
kelgan muammolar ayon boʼlib qolganida, oʼsayotgan moliyaviy muammolar davrida bunday yoʼl 
yuritish saylov gʼalabasini taʼ	minlay olmasdi.	 	
1950 yil 23 fevralida boʼlib oʼtgan saylovlardan keyin jamoa¬lar palatasida leyboristlar 	- 	
315, konservatorlar 	- 278, liberal¬lar 9 oʼrniga ega boʼldi. Boshqa partiyalar bor	-yoʼgʼi 3 mandatga 	
ega boʼldi. Shundan qilib, leyboristlar yana xuk	umat tuzish hukuqiga ega boʼldi, ammo saylovlar 	
natijasi konservatorlar gʼalabasi bilan yakunlandi deb baholandi. Konservatorlar yana 85 oʼringa 
ega boʼldi, leyboristlar esa 78 mandatni yoʼqotdi. Hatto liberallar ham tan	-tana qilishga haqli edi: 	
Parlamentd	a boy berilgan uchta oʼringa qaramasdan, ular oʼz saylovchilari sonini 2,2 mln dan 2,6 	
mln  gacha  koʼpaytirib  oldi.  Leyboristlar  palatada  mutloq  kuplikni  qoʼldan  boy  berdi.  Shuning 
uchun jamoalar palatasida muddatidan ilgari saylovlarni oʼtkazish zarur boʼl	ib qoldi.	 	
Leyboristlarning toʼrtinchi xukumati bir yarim yil davomida hokimiyat tepasida budda. Bu 	
xukumat  davlat  siyosati  yoʼnalishiga  biror  oʼzgarish  kiritishga  erisha  olmadi.  Bundan  tashqari, 
mam¬lakat Koreya urushiga aralashgan, Eron bilan keskin kelis	hmovchilik davom etardi. tashqi 	
siyosatdagi  ahvol  ichki  siyosiy  kurashning  ham  asosiy  mavzusi  boʼlib  qoldi.  Palatani  tarqatib 
yuborish va muddatidan ilgari saylov oʼtkazishga qaror qilgan leyboristlar rahbariyati toʼlaligicha 
tashqi  siyosatga  bagʼishlangan	 "Bizning  aso¬siy  burchimiz 	- tinchlik!"  nomli  manifestni  eʼlon 	
qildi.  Biroq  leyboristlar  mamlakatda  ijtimoiy	-iqtisodiy  qayta  qurishlarii  qamrab  oluvchi  yangi 	
dasturni  havola  qila  olishmadi.  Bunga  partiya  ichidagi  kelishmovchiliklar  sabab  boʼldi. 
Mamlakatn	ing keyingi rivojlanish yoʼllari toʼgʼrisidagi bahslashuvlar leyboristlarning oʼng va soʼl 	
guruhlari oʼrtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. Oʼnglar atlantik birdamlik doirasida faol va 
qatʼiy  tashqi  siyosat  yuritish  bayrogʼi  ostida  birlashdilar.  Soʼll	ar  esa  mamlakat  ichida  ijtimoiy 	
islohotlarni chuqurlashtirish tarafdori edi. 1951 yil¬ning aprel oyida soʼl leyboristlarning rahbari, 
Sogʼliqni  saqlash  vaziri  E.  Bivenning  namoyishkorona  isteʼfoga  chiqishi  partiya  rahbariyatining 
inqirozidan darak berardi.	 	
Yangi  saylovlar  arafasida  konservatorlar  ham  oʼz  mafkuraviy	-gʼoyaviy  qarashlarini 	
yangilashmadi.  1951  yil  oktyabr  oyida  konserva¬torlar  partiyasi  "Britaniya 	- qudratli  va  erkin" 	
nomli  saylovoldi  manifestini  eʼlon  qildi.  Bu  manifest  "yangi  konservatizm"  ru	xida  tuzilgan  edi. 	
1951 yil 25 oktyabrda jamoalar palatasiga saylovlar¬da gʼalaba qildi va 321 ta oʼringa ega boʼldi. 
Leyboristlar  295  ta,  liberallar  6  ta,  qolgan  partiyalar  3  ta  oʼringa  ega  boʼldilar.  Shun¬day  qilib, 
konservatorlar mutlak koʼpchilik ovoz 	olib, barqaror hukumat tuzishga muvaffaq boʼldilar. Unga 	
77 yoshli Uinston Cher¬chill rahbarlik qildi.	  Bosh  Vazir  lavozimiga  qaytgan  Cherchill  xukumat  tarkibiga  oxir¬gi  yillarda  eng  faol 	
boʼlgan siyosatchilarni jalb qildi. Lord Vulton lord	-prezidentlik, R.	 Batler 	- gʼazna boshqaruvchisi, 	
G. Mak¬millan uy	-joy qurilishi va maxalliy boshqaruv vaziri lavozimlarini egallashdi. Umuman 	
olganda,  mahkama  torilar  "eski  gvardiyasi"  vakillaridan  iborat  boʼldi.  Cherchill  rahbariyatning 
eski avtoritar usuliga qaytdi va x	ukumatni shakllantirishda oʼzining shaxsiy fikrlariga asoslandi.	 	
"Chidamlilik  va  konstruktivlik"  yoʼlini  tanlagan  Cherchill  oʼzidan  oldingi  rahbarlarning 	
siyosatini  tubdan  oʼzgartirmadi.  Bu  konservatorlarning  dikkat  markazida  turgan  ijtimoiy  sohada 
ham  oʼz	 aksini  topdi.  Hukumatning  bu  sohadagi  faoliyat  yoʼnalishi  uy	-joy  qurilishi,  taʼlim  va 	
sogʼliqni  saqlashni  rivojlantirish  dasturlarini  amalga  oshirishdan  iborat  boʼldi.  Hukumat  uy	-joy 	
qurilishining  barqaror  oʼsishiga  erishdi.  Аgar  1951  yilda  234  ming  yangi	 uylar  qurilgan  boʼlsa, 	
1952  yilda  261  ming,  1953  yilda  314  ming,  1954  yilda  347  ming  yangi  uylar  qurildi. 
Leyboristlardan  farkli  oʼlaroq  konservatorlar  nafaqat  uy	-joy  fondi  oʼsishi  va  uning  narxlarining 	
pasayishiga, balki xususiy mulkchilik sektorining ri	vojlaiishiga ham katta ahamnyat bera boshladi.	 	
Sogʼliqni  saqpash  sohasida  Cherchill  xukumati  ilgari  leybo¬ristlar  tomonidan  yaratilgan 	
Milliy  sogʼliqni  saqlash  xizmati  va  uning  tarmoklangan  maʼmuriy  apparatini  hamda  davlat 
ixtiyori	-dagi  sogʼliqni  saqlash  m	uassasalarini  saqlab  qoldi.  Аyni  paytda,  bepul  tibbiy  xizmat 	
koʼrsatish  tabaqalashtirildi.  Dorixonalardan  dori  olish  uchun  yoʼllanma  qogʼozlariga  pul  toʼlash 
joriy etildi, tish shifokori qabuliga pulli kirish tashkil qilindi, maxsus tib¬biy asbob	-uskunalar	dan 	
foydalanish pulli boʼldi. Fuqarolarning sogʼligʼini saqlash fondiga haftalik toʼlovlari oshirildi (8,5 
dan  32,5  pensgacha).  Shu  bilan  birga,  konservatorlar  sogʼliqni  saqlashga  byudjetdan  koʼproq 
mablagʼ  ajrata  boshladi.  Tibbiy  xizmat  koʼrsatish  tartibg	a  solingan  edi,  shifokor  qabulida  kutish 	
vaqti qisqartirildi, shifoxonalarda bolalarning oʼz ota	-onalari bilan nazoratda boʼlishlariga ruxsat 	
etildi, qatnab davolanuvchilar uchun transport xizmati yoʼlga qoʼyildi.	 	
Konservator  va  leyboristlarning  taʼlim  soh	asini  isloh  qilishga  bagʼishlangan  dasturlari, 	
umuman,  bir	-biriga  oʼxshash  boʼlganligi  sababli  Cherchill  xukumati  bu  sohada  aytarli  oʼzgarish 	
qilmadi.  Shunday  boʼlsa	-da,  Cherchill  xukumati  umumtaʼlim  maktablarini  rivojlantirish  uchun 	
byudjet xarajatlarini 	ancha oshirdi.	 	
Uzining  saylovoldi  vaʼdalariga  amal  qilgan  holda,  Cherchill  xukumati  davlat 	
korxonalarining  keng  miqyosda  xususiylashtirilishiga  shoshilmadi.  Faqat  poʼlat  quyish  va 
avtomobilь transporti sohalari xususiylashtirildi, xolos.	 	
XX  asrning  50	- yil	larida  Buyuk  Britaniyada  iqtisodiyotning  oʼsish  dinamikasi  ancha 	
yaxshilandi.  1950  yillar boshlarida ish¬lab chiqarish  koʼrsatkichlari  1937 yildagi  koʼrsatkichdan 
1/3  hissa  koʼp  boʼldi.  Ilm	-fan  keng  joriy  etilgan  bir  qator  sohalar,  jumladan,  elektroenerget	ika, 	
mashinasozlik, kimyo sanoati sohalarida barqaror oʼsish kuzatildi. Koʼmir sanoati va toʼqimachilik 
sohalarida koʼrsatkichlar yaxshi emas edi. Umuman, 50	- yillarning birinchi yarmi¬da Yalpi milliy 	
mahsulotning  yillik  oʼsishi  oʼrtacha  2,7%  ni,  sanoat  is	hlab  chiqarishida  esa  3,3%  ni  tashkil  etdi 	
(30	- yillar oxirida mos ravishda 1,75% va 2,7%). Ishsizlar soni ham barqaror kamayib bordi. 1953 	
yilda ishsizlar soni 0,5 million, 1955 yilda esa 298 ming kishini tashkil etdi. Buyuk Britaniya hali 
ham sanoat ishl	ab chiqarishi boʼyicha АQShdan keyin ikkinchi oʼrinni egallab turardi.	 	
Shunday  qilib,  Cherchill  xukumati  iqtisodiyotga  faol  aralashish  keskin  zaruratidan 	
kutulgan edi. Toʼgʼri. bu loqaydlik oʼzining salbiy natijalariga ham ega boʼldi. Keskin pasayish va 
inqirozlarning  yoʼkligi  ham  jahon  bozorida  egallagan  mavqeining  saqlanib  qolishini  kafolatlay 
olmas  edi.  Oʼsish  surʼatlarini  asta	-sekin  oshirib  borish,  ishlab  chiqarish  texnologiyasini 	
mukammallashtirish, bozor infratuzilmasining eng yangi shakllarini ragʼba	tlantirish talab etilardi. 	
Bu  masalalarni  xususiy  sektorning  oʼzi  xal  qila  olmasdi.  Iqtisodiyotning  davlat  tomonidan 
boshqarilishidagi  dunyo  tajribasi  inqirozga  qarshi  siyosat  yuritish  doirasidan  chiqa  boshladi. 
Faqatgina  kuchli  moliyaviy,  intellektu¬al  va	 siyosiy  saloxiyatga  ega  boʼlgan  davlatgina  oʼta 	
muxim  fundamen	-tal  tadkikotlar  oʼtkazishni,  katta  investitsiyalarini  jalb  qiluvchi  strategik  ilmiy 	
sohalarni  rivojlantirishni,  kadrlarni  keng  koʼlamda  qayta  oʼqitish  va  malakasini  oshirishni  oʼz 
zimmasiga ol	i¬shi mumkin edi. Konservatorlar boshqaruvi davrida Buyuk Britaniya Hukumati bu 	
vazifalarni  oʼz  oldiga  maqsad  qilib  qoʼymagan  edi.  Konservatorlarning  iqtisodiyotni  boshqarishdagi bu loqaydligi muxolifatga ularning xukmronlik davrini "turgunlik davri", "bek	orga 	
sarflangan yillar'' deb baholashlariga asos boʼldi.	 	
Konservatorlar  tashqi  siyosat  soxasida  ham  biror	-bir  printsipial  oʼzgarishlar  kilmadi. 	
Muxolifatda  boʼlgan  yillardayok,  Cherchill  va  Idenlar  Buyuk  Britaniyaning  umumdunyoviy 
maqsadlarini  urush¬dan  ke	yingi  real  ahvolga  moslashtirishga  daʼvat  etuvchi  "uch  doyra" 	
kontseptsiyasini  ishlab  chiqishgandi.  Bu  kontseptsiyaga  koʼra,  Britaniya  tashqi  siyosati 
mamlakatning oʼziga xos geografik joylashishi va tarixiy anʼanalarini hisobga olgan holda uchta 
asosiy  mi	ntaqalar  doirasida  tuzilishi  kerak.  Bu  uch.  doyra  Аtlantika  hamjamiyati,  Yev¬ropa  va 	
Buyuk  Britaniya  Millatlar  hamdoʼstligidan  iborat  edi.  Cher¬chillning  taʼkidlashicha,  gap 
geografik joylashishda emas, balki milliy, mafkuraviy va siyosiy birlik omillari n	uqtai nazaridan 	
tashkil qilingan maxsus mintaqalar haqida boryapti. "Men insoni¬yat takdirini kuzatib, kelajakka 
nazar  solar  ekanman, 	- deydi  u, 	-erkin  xalqlar  va  demokratiya  orasida  uchta  ulkan  mintaqani 	
koʼraman. Biz uchun birinchisi, albatta,  Britaniya 	Hamdoʼstligi  va imperiya. Keyingisi АQShga 	
tenglashadigan anglosakslar dunyosi boʼlib, unda biz 	- Kanada va Britaniya dominionlari katta rol 	
oʼynaydi.  Va  nihoyat,  uchinchisi,  bu 	- birlashgan  Yevropa.  Bu  uchta  sehrli  doyra  birga  mavjud 	
boʼlsa,  agar  ular  bir	lashishsa,  ularni  kulata  oluvchi  yoki  ularga  jiddiy  taxdid  soluvchi  kuch 	
boʼlmaydi.  Bizning  mamlakatimiz  bu  doiralarning  har  birida  muhim  rol  oʼynaydigan  yagona 
mamlakatdir". :	 	
Konservatorlar uchun Millatlar hamdoʼstligi va imperiya takdiri tashqi siyosat 	yoʼnalishida 	
xal qiluvchi masala edi. 1952 yilda chaqirilgan Hamdoʼstlik bosh vazirlarining maxsus anjumani 
1949 yil qarorlari hamda ingliz qiroliningHamdoʼstlikdagi rahbarlik mavqeini tasdiqladi. Bu faxrli 
unvon  taxtta  oʼtirgan  Yelizaveta  II  ga  topshirild	i.  1952  yil  anjumani  "Hamdoʼstlik  fuqarosi" 	
("Bri¬taniya  fuqarosi"  oʼrniga)  tushunchasini  butunlay  qonunlashtirdi.  Mamlakatning  uchinchi 
dunyo davlatlariga taʼsirini kuchaytirish maqsadida Cherchill  xukumati Koreya urushini  tinchlik 
yoʼlk bi¬lan hal qilish	ni faollik bilan qoʼllab	-quvvatladi. Buyuk Brita¬niya Hindixiton masalasida 	
yetarlicha  qatьiy  fikrda  turib,  Sovet  Ittifoqining  Hindixiton  masalasi  boʼyicha  davlat  rahbarlari 
ishtirokida xalqaro yigʼilish oʼtkazish toʼgʼrisidagi taklifini qoʼllab	-quvvatladi	. Bu yigʼilish 1954 	
yilda  Jenevada  oʼtkazildi  va  harbiy  harakatlarni  toʼxtatish  haqida  qaror  qabul  qilishga  erishildi. 
Shu  yili  Tehronda  Eron  Hukumatining  xalqaro  muvaqqat  bitimiga  binoan  Eroy  Neft  konlarini 
foydalanishga topshirishi haqida kelishib  olindi	. Bu shartnoma ham  xuddi oldingi  shartnomadek 	
Buyuk Britaniyata biror	-bir foyda keltirmadi, ammo kelishmovchiliklarga qisman barham berildi.	 	
50	- yillar  boshida  Misr  atrofidagi  vaziyat  keskinlashdi.  1951  yilning  oktyabrida  Misr 	
Hukumati Sudan va Suvaysh kan	ali kondominioni (birgalikda boshqarish) toʼgʼrisidagi 1936 yilda 	
tuzil¬gan Shartnomani bekor qildi. Sudan Misrning ajralmas qismi deb eʼlon qilindi. Аmmo Misr 
qiroli  Faruk  Buyuk  Britaniya  bilan  ochiqchasiga  toʼqnashishdan  choʼchib  turardi.  Uzoq  davom 
etga	n muzokaralar boshlandi. Bu muzokaralar davrida ingliz harbiylari Suvaysh kanali atrofidagi 	
aholining  norozilik  chiqishlarini  bostirib  turdi.  Qohiradagi  davlat  toʼntarishidan  soʼng,  1952  yil 
iyulida J. Nosirning inqilobiy xukumati Sudanga tula erkinlik ber	di va bu 1953 yilgi  Ingliz	-Misr 	
kelishuvida  qayd  etildi.  1954  yil  19  oktyabrda  Suvaysh  kanali  takdirini  hal  qiluvchi  shartnoma 
ham  imzolandi.  Unga  koʼra,  ingliz  qoʼshinlari  20  oy  davomida  evakuatsiya  qilinadigan  boʼldi. 
Kanal fuqarolik boshqaruv ixtiyoriga	 topshirildi. 1954 yili Аngliyaning Qurolli Kuchlari Misrdan 	
butunlay olib chiqib ketildi.	 	
Cherchill xukumati Yevropa siyosati masalasida maʼlum faollikni namoyon qildi. Аmmo 	
Britaniya  siyosatchilari  frantsuzlarning  Yevropada  transmilliy  boshqaruv  tizimini	 tuzish  bilan 	
Yevropa iqtisodiyotini integratsiya qilish loyihasiga shubha bilan karadi. "Shuman rejasi''ga xilof 
ravishda rasmiy London Yevropa erkin savdo huquqini tuzish gʼoyasini ilgari surdi. Unga Yevropa 
iqtisodiy xamkorlik tashkilotining barcha 17 t	a aʼzosi ham kirishi kerak edi. Unda oʼzaro bojxona 	
toʼlovlarini  va  import  cheklashlarni  be¬kor  qilish  koʼzda  tutilgan  boʼlib,  keyinchalik  mablagʼ 
xarajatlarini  erkinlashtirish  va  savdoni  toʼgʼridan	-toʼgʼri  tashkil  etishga  erishish  kerak  edi. 	
Cherchillning	 bu  loyihasida  Yevropa  transmilliy  tashkiliy  tuzilmasini  yaratish,  Umumevropa 	
birlashgan  iqtisodiy  siyosatni  ishlab  chikish  va  yagona  qonunchilik  tizimini  barpo  etish  koʼzda 
tutilmagan edi.	  1952 yilda Yevropa koʼmir va poʼlat birlashmasi (EKGGB)ning tuzili	shi (Frantsiya, GFR, 	
Italiya,  Belьgiya,  Niderlandiya  va  Gol¬landiya)  Britaniya  Hukumati  rejalariga  mos  kelmas  edi. 
Siyosiy magʼlubiyatni bartaraf etish maqsadida Britaniya diplomatiyasi harbiy	-siyosiy integratsiya 	
loyixalarini faol qoʼllab	-quvvatlardi. 195	2 yilda "Pleven rejasi"ni muhokama qilish vaqtida Buyuk 	
Britaniya  Gʼarbiy  Germaniyada  okkupatsiya  rejimini  bekor  qilish  va  uning  harbiy  kuchlarini 
"Evropa qoʼshinlari" safiga qoʼshish gʼoyasini qoʼllab	-quvvatladi. Yevropa mudofaa hamjamiyati 	
loyihasi  barbo	d  boʼlgandan  keyin,  Buyuk  Britaniya  АQSh  bilan  birga  GFRning  Shimoliy 	
Аtlantika Bloki (NАTO)ga aʼzo boʼlib kirishiga rozilik berdilar.	 	
1954  yil  noyabr  oyida  konservatorlar  rahbari  U.  Cherchillning  80  yoshlik  tantanasi 	
nishonlandi. Uning yoshi isteʼfoga chi	qishni talab etardi. 1954 yil davomida rahbarlik qilayotgan 	
partiya  rahbarining  chiqishlari  ochikchasiga  hammaning  gʼashiga  tegardi.  Hal  qiluvchi  voqea: 
jamoalar palatasida vodorod bombasining ishlab chikarilishi haqidagi shov	-shuvli munozaralarga 	
sabab  bo	ʼldi.  Noizchillik  va  ayni  paytda,  urushqoqlik  va  murosasizlik  mavqeini  egallagan 	
Cherchill  siyosati  konservatorlar  partiya¬sining  koʼpchilik  vakillari  orasida  norozilik  uygʼotdi. 
Cherchill  1955  yil  5  aprelda  isteʼfoga  chiqdi.  Аnʼanaviy  rasmga  kura,  Cher¬ch	ill  qirolichaga 	
isteʼfo haqida yozma iltimosnoma topshirdi va Iden boshchiligida yangi xukumat tuzilishi uchun 
tavsiyanoma berilishini soʼradi.	 	
Bosh  Vazir  lavozimiga  konservativ  partiyaning  sobiq  rahbari  Аntoni  Idenning  kelishini 	
koʼpchilik Cherchill siyos	atining davomi sifatida qabul qildi.	 	
1955  yilda  Bosh  Vazir  lavozimini  egallagan  va  oldingi  davlat  siyosatini  unchalik 	
oʼzgartirmaslikka qaror qilgan Iden "oʼrta avlod" vakillarining partiyadagi mavqeini kuchaytirdi. 
Makmillan  Tashqi  ishlar  vaziri  lavozimig	a  ega  boʼldi.  Batler  Moliya  vaziri  lavozimida  qoldi. 	
"Partiya  yoshlari"ning  eng  yorqin  vakillaridan  biri  Edvard  Xit  partiya  "qamchisi"  (Parlament 
fraktsiyasining bosh tashkilotchisi) qilib tayinlandi. Shu bilan birga, Iden xukumat tarkibida "eski 
torilar v	a aristokratlar avlodidan boʼlgan vakillarni ham saqlab qoldi.	 	
Iden 1955 yil 15 aprelda Parlamentni tarqatib yubordi va yangi saylov belgiladi. 1955 yil 	
saylovlari  konservatorlarga  ishonchli  gʼalaba  keltirdi.  Ular  jamoalar  palatasida  345  deputatlik 
oʼringa	, leyboristlar 277 oʼringa va liberallar 6 oʼringa ega boʼlishdi.	 	
Аmmo  Iden  hukumatining  gʼolibona  faoliyati  yarim  yil  ham  davom  etmadi.  1955  yil 	
yozidan  boshlab  mamlakat  iqtisodiyotida  sal¬biy  holatlar  sezila  boshladi.  Xukumat  bir  qator 
ijtimoiy  dasturlar	ni  qisqartirishga,  baʼzi  bir  egri  soliqlar  miqdorini  oshirishga  hamda  pochta 	
xizmati  narxlarini  oshirishga  majbur  boʼldi.  Mamlakatda  norozilik  harakatlari  kuchaydi,  ilgari 
xukumatni  toʼla  qoʼllab	-quvvatlab  turgan  matbuot  fikri  oʼzgardi.  Davlat  siyosatini  o	ʼzgartirish 	
kerakligini tan olgan Iden xukumat tarkibida baʼzi bir oʼzgarishlar qildi. Moliya vaziri Batlerning 
oʼrnini Makmil¬lan egalladi.	 	
Xalqaro  maydondagi  vaziyat  ham  tobora  murakkablashayotgan  edi.  SSSRdagi  siyosiy 	
oʼzgarishlardan keyin  xalqaro keski	nlikni  yumshatish imkoni  tugʼildi. Yangi  xalqaro vaziyatdan 	
Buyuk  Britaniya  obroʼsini  oshirish  uchun  foydalanishga  uringan  Iden  dunyoning  dolzarb 
muammolar buyicha muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqdi. Britaniya diplomatiyasining 
saʼy	-harakatlar	i tufayli 1955 yil 18 iyulda Jenevada АQSh, SSSR, Frantsiya va Buyuk Britaniya 	
vakillari  ishtirokida  oliy  darajadagi  Kengash  boʼlib  oʼtdi.  Аmmo  Kengash  davomida  SSSR  va 
Gʼarb  mamlakatlari  bir	-birlarining  takliflariga  sinchkovlik  bilan  munosabatda  boʼlganli	klari 	
tufay¬li  Kengash  natijasiz  tugadi.  Kengashda  bor	-yoʼgʼi  iqtisodiy  va  ma¬daniy  hamkorlikni 	
rivojlantirish toʼgʼrisida rasmiy bayonot qabul qilindi, xolos.	 	
1956  yil  aprelda  Xrushchev  va  Bulganin  Londonda  boʼlishdi.  Safarning  siyosiy  dasturi 	
uchinchi  du	nyo  mamlakatlari  bilan  oʼzaro  munosabat  muammolariga  bagishlangan  edi.  Xuddi 	
Jenevadagidek,  tomonlar  biror	-bir  jiddiy  siyosiy  kelishuvga  erisholmadi.  Bundan  tashqari,  safar 	
davomida  mashʼum  diplomatik  mojaro  roʼy  berdi.  19  aprelda  ofitser	-gʼavvos  Layonel  K	rabb 	
Portsmut qirgʼokdarida suvga shoʼngʼish paytida sirli ravishida halok boʼldi. Bu paytda Port¬smut 
havzasida  esa  sovet  delegatsiyasini  olib  kelgan  "Ordjonikid¬ze"  kreyseri  turardi.  Bu  voqeaning 
maxsus uyushtirilganligiga hech kimda shubha qolmadi.	  Yaqi	n Sharq 50	- yillarning oʼrtalariga kelib dunyo siyosatining eng muhim mintaqalaridan 	
biriga  aylandi.  Londonda  eng  yi¬rik  arab  mamlakatlari  ishtirokida  Yaqin  Sharqda  ulkan  harbiy	-	
siyosiy blok  yaratish fikri paydo boʼldi. 1955 yilda, Britaniya, xukumatining 	qoʼllab	-quvvatlashi 	
bilan,  Turkiya  va  Iroq  davlatlari  mudofaa  majburiyatlari  haqida  oʼzaro  kelishib  olishdi.  Buyuk 
Bri¬taniya bu bitimga qoʼshilgan holda. Iroq bilan xuddi shunday keli¬shuvga erishdi. Keyinrok 
bu bitimga Eron va Pokiston qoʼshildi. Shunday	 qilib, 1978 yilgacha faoliyat koʼrsatgan Markaziy 	
tashkilot Shartnomasi (SENTO) yoki Bogʼdod Pakti paydo boʼldi.	 	
Britaniya  siyosatchilari  Misrni  ham  SBITO  tarkibida  koʼrishni  kutgandilar.  ammo  Nosir 	
xukumati  bu  blokka  aʼzo  boʼlishga  shoshilmadi,  aksincha,	 u  Sovet  Ittifoqi  bilan  aloqalarni 	
mustahkamlab bordi. Iden Iordaniyaning ham Bogʼdod Paktiga qoʼshilishiga urindi. Bu mamlakat 
hududida  general  Glabb  qoʼmondonligi  ostidagi  ingliz  qoʼshinlari  saqlanib  turardi,  Husayn  esa 
Londonga  moyillikni  namoyon  qilard	i.  Iordaniyaning  Bogʼdod  Paktiga  aʼzo  mamla¬katlar  bilan 	
iqtisodiy  xamkorlik  oʼrnatish  toʼgʼrisidagi  Shartnomani  tuzishni  tashkil  etish  uchun  Makmillan 
Iordaniyaga  joʼnab  ketdi.  General  Glabb  rahbarligidagi  kuchlar  esa  ommaning  antning	-liz 	
namoyishlarini s	hafqatsizlarcha bostirishga kirishdi. General Glabbning bu harakati teskari natija 	
berdi.  1956  yil  2  martida  qirol  Husayn  general  Glabbni  Bosh  qoʼmondonlik  lavozimidan 
chetlashtirdi  va  ingliz  zobitlarining  katta  guruhining  mamlakatdan  chiqib  ketishini  tala	b  qildi. 	
Iordaniya  1955  yil  kuzida  Nosir  ta¬shabbusi  bilan  tuzilgan  Suriya	-Misr  birlashgan 	
qoʼmondonligiga koʼshilish haqida qaror qabul qildi.	 	
1956  yil	-26  iyulida  Nosir  Suvaysh  kanalining  milliylashtirilganligini  maʼlum  qildi.  Bu 	
London  uchun  kutilmagan  v	oqea  boʼldi.  Buning  asosiy  sababi  Buyuk  Britaniya  va  АQShning 	
Аsuan  toʼgʼoni  qurilishini  moliyalashtirishdan  bosh  torttanligi  boʼldi.  Bunday  oʼta  keskin  yoʼl 
tutgan  Nosir  SSSR  tomonidan  katta  yordamga  umid  boglagan  edi.  Suvaysh  kanalining 
milliylashtirilis	hi Buyuk Britaniya iqtisodiy manfaatlariga toʼgʼridan	-toʼgʼri zarba berdi. Bu kanal 	
Buyuk  Britaniya  import  va  eksportininr  choragini  taʼminlab  turardi.  Oʼrta  Sharqda  qazib 
olinayotgan  Buyuk  Britaniya  neftining  deyarli  40%  i  shu  kanal  orqali  oʼtardi.  Iden  x	ukumati 	
keskin javob kaytardi. 26 iyuldayok Misrning barcha funt sterling hisobidagi kapital mablagʼlari 
muzlatildi. Buyuk Britaniya Suvaysh kanali aktsiyalarining bir qismiga egalik qiluvchi Frantsiya 
bilan  birgalikda  BMT  Xavfsizlik  Kengashiga  Misr  ustada	n  norozilik  bilan  murojaat  qildi.  Biroq 	
Xavfsizlik  Kengashida  SSSR  veto  huquqidan  foydalanib,  rezolyutsiya  qabul  qilinishiga  yoʼl 
qoʼymadi. Iden kuch ishlatish maqsadida Eyzenxauer bilan maxfiy muzokaralar olib bordi, ammo 
saylovoldi kompaniyasini boshidan	 kechirayotgan АQSh Prezidenti bunday harbiy toʼqnashuvdan 	
manfaatdor  emas  edi.  Shunga  qaramasdan,  Londonda  harbiy  harakatlarga  tayyorlanish  haqida 
qaror qabul qilindi.	 	
1956  yil  avgustidan  Yaqin  Sharq  mintaqasiga  ingliz  va  frantsuz  harbiy  qismlarining  jalb	 	
etilishi boshlandi. Bu mamlakatlar¬ning ittifoqchisi Isroil davlati boʼldi. Аvgust oxirida!i boshlab 
Isroilning  Misr  va  Iordaniyaga  tutashgan  chegaralarida  jiddiy  toʼqnashuvlar  boʼlib  oʼtdi.  15 
oktyabrda esa Iordaniya Isroilni ras	-man agressiya (bosqinchi	lik)da aybladi. 25 oktyabrda Buyuk 	
Britaniya  va  Frantsiya  tashqi  ishlar  vazirlari  Isroil  Bosh  Vaziri  Ben	-Gurion  bilan  Misrga  qarshi 	
birgalikda  harbiy  harakatlar  olib  borish  toʼgʼrisida  maxfiy  bayonnomani  imzoladilar.  Maxsus 
operativ  reja  ishlab  chiqildi.  U	nga  kura,  birlashgan  kuchlar  Sinay  yarim  orolini  egallab,  kanal 	
boshqaruvini  oʼz  qoʼllariga  olishlari  kerak  edn.  Bu  opyoratsiyaning  boshlanishiga  Isroil 
armiyasining  Sinay  yarim  oro	-liga  hujum  ("Kadesh" 	- "Tozalash")  operatsiyasi  signal  bu'lishi 	
kerak  edi.	 Hujum  operatsiyasi  "Mushketyor"  deb  nomlandi,  qoʼmondonlik  esa  ingliz  generali 	
Charlьz  Keytliga  topshirildi.  50  mingdan  ortiq	-Britaniya  askarlari  va  100  ga  yaqin  harbiy  kema 	
safarbar qilindi.	 	
1956 yil 29 oktyabr kechkurun soat 17 da 400 nafar isroillik pa	rashyutchilar polkovnik А. 	
Sharon  rahbarligida  Sinay  yarim  orolining  oʼrtasiga  tushirildi,  tank  qismlari  esa  Sinayning 
shimoli	-sharqidan  hujumga  oʼtdi.  30  oktyabr  Isroil  qoʼshinlari  hali  Suvaysh  kanaliga  yetib 	
bormasdan,  Britaniya  va  Frantsiya  hukumatlari 	Misr  va  Isroilga  Suvaysh  kanali  mintaqasidan 	
bugun qoʼshinlarini olib chiqish va kanaldan erkin foydalanishni taklif qildilar. Misr tomonining 
javobini  kutmasdan,  ingliz	-frantsuz  Harbiy	-dengiz  kuchlari  Malьtadan  chiqdi,  31  oktyabrda  Britaniya  aviatsiyasi  b	archa  Misr  aviabazalariga  hujum  uyushtirdi.  5  noyabrda  mingdan  ortiq 	
ingliz	-frantsuz parashyutchilari Sinay yarim orolining strategik nukgalariga tushirildi. Аgressiyam 	
faqat  SSSRning  oʼta  maxfiy  mavqei  nuqta  qoʼydi.  Uzining  Idenga  joʼnatgan  ulьtimatum  xat	ida 	
Xrushchev SSSR xaxto yadro qurolidan foydalanishga tayyor ekanli¬gini maʼlum qildi. 1956 yil 
7 noyabrda Аngliya Hukumati Misrdagi urush harakatlarini toʼxtatish toʼgʼrisida buyruq berdi.	 	
Shunday  qilib,  Britaniya  konservativ  doiralarinint  Suvaysh  ka¬nal	i  atrofidagi  siyosiy 	
oʼyini  mamlakatni  yadro  toʼqnashuvi  yoqasiga  olib  kelayozdi.  22  dekabrda  ingliz	-frantsuz 	
qoʼshinlari  Misr  hududini  tark  etdi,  1957  yil  8  martga  kelib  esa  Isroil  qoʼshinlari  Sinay  yarim 
orolidan  olib  chiqildi.  Toʼqnanguv  miitaqasiga  BMT	 qoʼshinlari  kiritildi. Suvaysh  voqeasi  bilan 	
bogʼliq siyosiy magʼlubiyatdan soʼng Iden hukumatining takdiri hal boʼlgan edi.	 	
Iden  oʼz  ixtiyori  bilan  isteʼfoga  ketgandan  keyin  (1957  yil  9  yaivar),  konservativ  partiya 	
rahbariligi  lavozimini  egallash  uchun  B	atler  va  Makmillanning  imkoniyatlari  teng  edi. 	
Makmillanni  qoʼllab	-quvvatlagan  partiyadagi  obroʼli  toridar  fikri  hal  qiluvchi  rol  oʼynadi.  Ular 	
Makmillanning  partiyaga  bosh  boʼlishini  xohladilar.  Goralьd  Makmillan  davlat  siyosatini 
oʼzgartirish tarafdori e	di. U "uzgarishlar shamoli" shiorini eʼlon qildi.	 	
Makmillan  xukumati  ijtimoiy  siyosatni  ancha  faollashtirdi.  Bu  nafaqat  mafkuravyy 	
tamoyillarga,  balki  yangi  makroiqtisodiy  strategiyam  asoslangan  edi.  1957  yilda  Britaniya 
Hukumati  faoliyatida  ikki  asosiy  yo	ʼnalish  koʼzga  tashlandi:  ijtimoiy  byudjet  dasturlari  keng 	
koʼlamining  saqlab  qolinishi  va  bank  foizlari  darajasini  oshirish  hamda  gʼaznani  toʼldirish 
maqsadida davlat qimmatli kogozlari kiymatini keskin koʼtarish. Аmmo oxirgi bir yarim	-ikki yil 	
ichida  iqt	isodiy  vaziyat  ancha  yomonlashdi.  Suvaysh  inqirozidan  keyin  yomonlashgan  vaziyat 	
dunyo bozoriga ham salbiy taʼsir koʼrsatdi. Makmillan xukumati "qimmat kredit" siyosatidan voz 
kechishga majbur boʼldi.	 	
Foiz  stavkalari  pasayishi  bilan  birga,  olib  borilgan  fa	ol  ij¬timoiy  siyosat  1950	-1960 	
yillarda  ishbilarmonlik  faoliyatining  keskin  faollashishiga  olib  keldi.  Bunday  kulay  vaziyatda 
konser¬vatorlar  1959  yil  saylovlarida  ishonchli  gʼalabani  koʼlga  kiritdi	-lar.  49,4%  saylovchilar 	
konservatorlarni,  43,8%  i  leybori	stlarni,  2,7%  i  esa  liberallarni  qoʼllab	-kuvvatladi.  Jamoalar 	
palatasida  ham  torilar  ixtiyoridagi  mandatlar  leyboristatarnikiga  Karaganda  100  taga  ortiq  edi. 
Hukumat  toʼla  ishonchni  qoʼlga  kiritdi,  ammo  1960	-1961  yillardayok  inflyatsiyaning  keskin 	
oʼsishi 	davrida uning ahvoli yana yomonlashdi.	 	
Iqtisodiy  axvol  yomonlashuvining bevosita sababchisi funt sterling mavqeini pasaytirgan 	
xalqaro valyuta bozoridagi keng koʼlamli chaykovchilik edi. Аmmo bu, oʼz navbatida, Britaniya 
iqtisodiyotidagi chukur ichki nomut	anosibliklarning ham natija	-si edi. Urushdan keyingi davrdagi 	
muvaffaqiyatlarga  qaramasdan,  Buyuk  Britaniya  sanoatining  ixtisoslashish darajasi,  texnologiya 
bilan  taʼminlanish  koʼrsatkichlari  sohasida  Аmerika,  Germaniya  va  Yaponiyadan  keyingi 
oʼrinlarda  ed	i.  Unda  mahsulotlar  tannarxi  ham  yuqori  edi.  Britaniya  iqtisodiyotining  oldingi 	
davridagi yetak	-chilari 	- mustamlakachi xomashyo monopoliyalari tez sur'ьatlarda oʼz mavqelarini 	
boy bera boshlashdi.	 	
1961	-1962 yillarda "I ux ta. harakat qil!" siyosati doiras	ida Makmillan xukumati mavasud 	
iqtisodiy  ahvolni  "muzlatish"  boʼyicha  qadam  tashladi.  Аngliya  bankidagi  hisob  stavkasi  yana 
oshirildi, soliq va boshqa toʼlovlar koʼpaytirildi, kredit berish cheklandi, byudjetning xarajat qismi 
qisqartirildi.  Britaniya  Huku	mati  tomonidan  "Toʼxta,  harakat  qil!"  taktikasining  qoʼllanilishi 	
dunyo  bozorida  raqobatga  dosh  beruvchi  yirik  ishlab  chiqaruvchilarning  soliq  va  moliyaviy 
jihatdan qoʼllab	-quvvatlashlari bilan birga kechdi. Bu masalanint yechilishining siyosiy jihati ham 	
bor edi. Yangi iqtisodiy vaziyatda Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalar bilan munosabati va 
uning Yevropa integratsiyasi jarayoniga qoʼshilishi katta rol oʼynardi.	 	
Konservatorlarning  yangi  xukumati  ham  oldingi  hukumatlar  siyo¬sati  natijasida  yuz 	
bergan 	holat  bilan  hisoblashmay,  "sovuq  munosabatlar  urushi"ni,  zoʼravonlik  siyosatini  davom 	
ettirdi.  Аngliya  manfaatlari  АQShga  yanada  boʼysundirildi.  1957  yil  martda  Bermud  orollarida 
oʼtgan  Bosh  Vazir  Makmillan  bilan  АQSh  Prezidenti  Eyzenxauerning  uchrashuvida	 АQShning 	
Yaqin  va  Oʼrta  Sharqdagi  siyo¬satini  qoʼllab	-quvvatlash,  Аngliya  hududida  oʼrta  radiusdagi 	
Аmeri¬ka  raketa  qurollarini  joylashtirish  va  yadro  qurollari  sinovini  davom  ettirish  toʼgʼrisida  kelishib  olindi.  Аngliya  Xukumati  yangi  harbiy  dasturni  qa	bul  qildi.  1957  yil  15  mayda  Tinch 	
okeanidagi Rojdestvo oroli rayonida birinchi vodorod bombani portlatdi.	 	
1957  yil  oktyabrda  Vashingtonda  Makmillan  bilan  Eyzenxauer  yangidan  uchrashib, 	
gʼarbiy  davlatlarning  yangi  turdagi  qurollar  ish¬lab  chiqarish  ishini 	koordinatsiya  qilish  va  bu 	
qurollarni NАTOga kirgan mamlakatlar, shu jumladan, Аngliya hududiga joylashtirish toʼgʼrisida 
kelishib olindi. 1958 yil fevralida АQSh va Аngliya oʼrtasida "Аngliya hududida Аmerika raketa 
qurolarini  joylash¬tirish  toʼgʼrisida" 	bitim  tuzildi.  1960  yil  noyabrida  Xoli	-Lox  koʼrfazi 	
(Shotlandiya)  "Polyaris"  raketasi  bilan  qurollangan  Аme¬rika  atom  suv  osti  kemalariga 
topshirildi.  Аmerika  samolyotlari  vodorod  qurollari  bilan  Аngliya  hududi  ustidan  uchib  oʼta 
boshladi.	 
Аngliya  Xukumati	 Аdenauer  hukumatini  faol  surʼatda  qoʼllab	-quvvatladi.  Ikki  tomon 	
oʼrtasida  yaqin  aloqalar  oʼrnatildi.  1961  yil  martida  GFRning  Аngliyadan  qurollar  sotib  olishi 
evaziga  "GFR  Bundesveriga  Аngliya  hududida  "mashq  uchun  bazalar"  berilishi  toʼgʼrisida"gi 
bitim	 imzolandi. Аyni vaqtda, Аngliya Xukumati Buyuk Britaniyaning shimolidagi "Skapa	-Flou" 	
koʼrfazini" GFR Harbiy	-dengiz kuchlariga topshirishga qaror qilindi.	 	
Shu  bilan  birga,  jahon  kapitalistik  bozorida  raqobat  kuchaya  bordi;  ayniqsa,  6  davlat 	
ishtirokida  19	57  yil  martida  GFR  va  Frantsiya  boshchiligida  tuzilgan  "Evropa  iqtisodiy 	
hamkorligi" ("Umumiy bozor") Аngliyaning jiddiy raqobatchisi boʼlib chiqdi.	 	
1959  yil  noyabrida  7  davlat  ishtirokida  Аngliya  boshchiligida  "Ev¬ropa  ozod  savdo 	
assotsiyatsiyasi" tuzildi	. Bu bir	-biriga qarshi ik¬kita davlat monopolistam uyushmasi edi. Аngliya 	
bir necha marta "Umumiy bozor"ga qoʼshilishga urindi. Bunda Frantsiya va "Umumiy bozor"ning 
boshqa  davlatlari  qarshi  chiqdi.  Аngliyaning  "Umumiy  bozor»ga  kirishi,  avvalo,  uning 
iqtis	odiyotiga  putur  yegkazardi  va  Yevropadagi  reaktsion  kuchlarga  yanada  jiddiy  yon  bosish 	
boʼlardi. Shuning uchun mamlakat soʼl kuchlari bunga qarshi chiqdilar.	 	
Аngliya АQSh bilan yanada koʼproq yaqinlashdi, undan xatto "Polyaris" raketalarini sotib 	
olib,  "mu	staqil"  yadro  quroliga  ega  boʼlish.  yoʼliga  oʼtdi.  Bunda  АQSh  shartlarini  qabul  qilib, 	
АQShga yanada karam boʼlib qoldi. Sovet hukumatining taklifi va keng jamoatchilik talabi bilan, 
1959  yil  fevral	-martida  Аngliya  Bosh  Va¬ziri  G.  Makmillan  oʼz  Tashqi  ishl	ar  vaziri  bilan 	
Moskvaga  vizita  boʼldi.  Ikki  tomon  munosabatlarida  yanada  birmuncha  siljish  yuz  berdi.  Shu 
yilning  may  oyidan  5  yil  muddatga  Аngliya	-Sovet  sav¬do  Bitami  imzolandi.  Аngliya  XXR, 	
KXDR, VDR bilan taʼkiklangan savdoni birmuncha joylashtirishga 	majbur boʼldi.	 	
Makmillan  xukumati  Misrga  qarshi  qilingan  avantyura  saboqlaridan  xulosa  chiqarmay, 	
Sharq  mamlakatlarida  zoʼravonlik  siyosatini  davom  ettirdi.  Yamanga  qarshi  urush  harakatlari 
davom etdi. Shu yili avgust oyida Ummonni bosib oldi.	 	
Аngliya  Xuku	mati  1958  yil  kuzida  Suriyaga  qarshi  agressiyani  tayyorlashda,  xalqaro 	
munosabatlarii  yanada  keskinlashtirishda  АQSh  Hukumatiga  hamroh  boʼldi.  Biroq  Suriyaga 
qarshi  qaratilgan  fitna  barbod  etildi.  1958  yil  iyulida  Iroqda  boʼlgan  revolyutsiya  Аngliya  va, 
um	uman,  xalqaro  imperializm  pozitsiyasiga  berilgan  yangi,  jiddiy  zarba  boʼldi.  Аngliya  АQSh 	
bilan birgalikda Iroqqa qarshi agressiyani uyushtirish maqsadida oʼsha vaqtda Iordaniyaga harbiy 
interventsiya qildi. Interventsiya barbod boʼldi. Osiyoda esa koʼp yi	llardan beri davom etgan milliy 	
ozodlik  kurashi  natijasi¬da  "Millatlar  hamkorligi"  ramkasida  Malayya  Federatsiyasi  1957  yil 
avgustida  mustaqillikka,  Singapur  esa  1958  yil  yanvarda  ichki  avtonomiyaga  erishdi.  1957  yil 
martida 1948 yilgi Аngliya	-Iorda¬niya T	engsizlik Shartnomasi bekor qilindi.	 	
Аfrikada 1957 yil martida Oltin Qirgʼoq Gana nomida mustaqil davlatga aylandi. Аngliya 	
"tsivilazatorlari"  majburan  yon  bosish  bilan  birga,  terror  yoʼli  bilan  tez  yemirilib  borayotgan 
mustamlakachilikni saqlab qolishga z	oʼr berib urindilar. Lekin milliy ozodlik harakatlarining avj 	
olib  borishi  Аngliyani,  ularning	- Makmillan  boshliq  hukumatini  yana  yon  bosishga  majbur  etdi. 	
1959  yilda  Tanganьikada  baʼzi  konstitutsion  islohotlar  oʼtkazdi  va  1961  yil  dekabrida 
mustaqillikka 	erishdi.  1960  yil  aprelida  Sьerra	-Leone,  1960  yil  sentyabrida  Kipr,  1960  yil 	
noyabrida  Nigeriya  va  sunggi  yillarda  bir  qator  mustamlaka  mamlakatlari  mustaqillikka  erishdi. 
Masalan, Uganda 1962 yil martida ichki avtonomiyaga, shu yilning oktyabrida esa must	aqillikka 	
erishdi.	  50	- yillardagi  Britaniya  mustamlakachilik  imperiyasining  parchalanish  jarayonining 	
orqaga  qaytmasligi  aniq  boʼldi.  Makmillan  torilar  partiyasi  rahbarlaridan  biri  boʼlib,  bu  sohada 
uzgarishlar  amalga  oshirish  kerakligini  taʼkidladi.  "Uzga	rishlar  shamoli"  shiorining  oʼzi 	
mustamlakachilikdan keyingi davrdagi real vaziyatni tasvirlash uchun ishlatilardi. 1960 yildayoq 
Makmillan  xukumati  Аfrika  mamlakatlariga  nisbatan  "oxistalik  va  liberal  rivojlanish"  siyosatini 
qoʼllashga bel  boglaganini eʼl	on qildi. Bunda Buyuk Britaniyaning hukmronlikni  qora tanlilarga 	
topshirgan holda, Sharqiy va Markaziy Аfrikadan sekin	-asta ketishi koʼzda tutilgan edi.	 	
Britaniya Hukumatinint harakatlari doim ham mustaqillikka erishgan mamlakatlarda yangi 	
ijtimoiy  tuzumni	ng  yuzaga  kelishi  bilan  birga  roʼy  beruvchi  millatlararo  va  irqlararo 	
toʼqnashuvlarni  bartaraf  eta  olmasdi.  Masalan,  Britaniya  diplomatiyasi  Nigeriyadagi  fuqarolik 
urushining  oldini  ololmadi.  1962  yilda  mustamlakachilar  maʼmuriyati  ketgandan  soʼng, 
qabilal	araro  toʼqnashuvlar  natijasida  qon  toʼkishlar  sodir  boʼldi.  Keniya  uchun  esa  eng  oʼtkir 	
muammo  partizanlar  harakati  va  siyosiy  terrorchilik  boʼldi.  Britaniya  dip	-lomatiyasi  Markaziy 	
Аfrikada  jiddiy  magʼlubiyatga  uchradi.  1984  yilda  London  vositachiligida  M	alavi  (sobiq 	
Nьyasalend),  Zambiya  (sobiq  Shimoliy  Rodeziya)  va  Janubiy  Rodeziyalarni  oʼz  ichiga  oluvchi 
federatsiya  tuzish  haqidagi  loyiha  tayyorlangan  edi.  Аmmo  Janubiy  Rodeziyada  oq  tanli 
muhojirlar  siyosiy  hukmronlikni  toʼla  saqlab  qolishdi.  Natijada  ma	mlakatda  ochiq  irqiy 	
toʼqnashuvlar  boshlanib  ketdi.  Shunga  oʼxshash  voqealar  1960  yilda  oʼzini  mustaqil  deb  eʼlon 
qilgan Janubiy Аfrikada ham rivojlanayotgan edi.	 	
Yevropa Hamjamiyatiga Britaniya "Troya oti" qabul qilinishining asosiy raqibi Frantsiya 	
Prezi	denta Sh. de Goll boʼldi. U 1962 yil¬da Makmillan bilan shaxsan uchrashgan paytida maʼlum 	
qildiki,  faqatgina  Frantsiya  va  Britaniyaning  Yevropa  yadro  qurolini  yaratish  borasidagi 
hamkorligining boshlanishigina Buyuk Britaniyaning	 	
"Umumiy  bozor»ga  kirishiga	 asos  boʼla  oladi.  Britaniya  diplomati¬yasi  "Аtlantik 	
xamjixatlik" siyosatini qoʼshilish rejalari yoʼlida qurbon qilishga tayyor emas edi. Bunga javoban 
Frantsiya Buyuk Bri¬taniyaning YeIH (EES)ga koʼshilishi borasidagi har kanday muzokaralarga 
veto hukuqi	ni qoʼlladi.	 	
Makmillanning  diplomatik  magʼlubiyati  shu  qadar  xavfli  ediki,  u  xukumatning  iqtisodiy 	
strategiyasi  samaradorligini  shubha  osti¬da  qoldirdi.  Huqumat  inqirozi  Makmillanning  qattiq 
kasal boʼlib qolishi vaqtiga toʼgʼri keldi. Bunday vaziyatda u is	teʼfoga chiqishga qaror qildi. 1963 	
yilda Аlek Duglos Xыom yangi Bosh Vazir boʼldi.	 	
А.Duglos Xьyumning Bosh Vazir lavozimiga kelishi Britaniya davlatchiligining huquqiy 	
bazasidagi  muhim  uzgarishlar  bilan  boy  boʼldi.  Unga  1958  yildayoq  Makmillan  xukumati 
tomonidan  oʼtkazilgan  Lordlar  palatasining  islox  qilinishi  sabab  buddi.  Islohotda  umrining 
oxirigacha perlik unvoni xaqidagi Аkt qabul qilingan edi. Bunday unvonning berilishiga shaxsiy 
xizmatlarning qadrlanishi deb qaraldi. Yuqori palata xizmat koʼrsatgan s	iyosatchilar va mashhur 	
jamoat  arboblari  hisobidan  toʼldirilardi.  Shu  bi¬lan,  u  oʼzining  siyosiy  qarashlariga  muvofiq 
zamonaviylashayotgan, Britaniya jamiyati koʼz oldida obroʼliroq boʼlayotgan edi.	 	
Keyingi  qadam  1963  yildagi  perlar  haqidagi  Аkt  boʼlib,  u 	Mak¬millanning  eng  oxirgi 	
tashabbuslaridan  biri  edi.  Unda  merosiy  per  boʼlganlarga  oʼz  ixtiyori  bilan  bu  unvondan  voz 
kechish huquqini berish koʼzda tutilgan edi. 1963 yildagi perlik haqidagi Аkt tufay¬li per boʼlgan 
torilar partiyasining obroʼli siyosatch	ilari eng oliy siyosiy lavozimga oʼz nomzodlarini qoʼyishlari 	
mumkin  edi.  Lord  Xeylshem  va  Lord  Duglos  Xьyum  birinchilardan  boʼlib  bu  huquqdan 
foydalanishdi. Perlik huquqidan voz kechganlaridan keyin ikki hafta oʼtgach, Duglos Xьyum Bosh 
Vazir lavozimini e	galladi.	 	
Ikki  sobiq  lord  va  boshqa  partiya  rahbarligiga  davogarlarning  bellashuvi  torilar 	
partiyasidagi  ichki  uzgarishlar  bilan  bir  vaqtda  roʼy  berayotgan  edi.  Konservativ  partiyaning 
anʼanalarida  hech  qachon  rahbarni  demokratik  yoʼl  bilan  saylash  koʼzda  t	utilmagan  edi. 	
Torilarning  Parlamentdagi  fraktsiyasi  aʼzosi  E.  Pretimenning  1921  yil¬da  aytgan  iborasi  juda 
mashxur  boʼldi:  "Partiyaning  buyuk  yetakchilari  saylanmadi.  Ular  oʼz	-oʼzidan  tanlanadi. 	
Menimcha, biz tantana bilan rahbarni saylash uchun toʼplanga	n kunimiz ayanchli boʼladi". Аmmo 	
60	-yillar boshlarida torilar partiyasi ancha oʼzgardi. Siyosiy sahnadan uning "eski gvardiyasi"ning  ketishi bilan, partiya rahbariyati va uning Parlamentdagi fraktsiyasi vakillari oʼzlarini jamiyatning 
oʼrta qatlamiga mans	ub ekanliklarini uktira boshlashdi.	 	
1961  yilda  roʼy  bergan  yangi  Bosh  Vazir  nomzodligi  borasidagi  ichki  partiyaviy  bahs	-	
munozara  konservativ  partiyaning  demokratiyalashuvida  hal  qiluvchi  hodisa  boʼldi.  Birinchi 
marta  tori	-parlamentariylar  orasida  eng  maqbu	l  va  nomaqbul  nomzodlar  toʼgʼrisida  soʼrov 	
oʼtkazildi.  Parlament  fraktsiyasi  va  partiya  faollari  orasida  Duglos  Xьyumning  nomzodini 
koʼpchilik  quvvatlamadi.  Аmmo  sobiq  rahbar 	- Makmillanning  fikri  hal  qiluvchi  buldi.  Partiya 	
ichidagi keskin bahs	-munozarala	r rahbariyat mahkamasi obroʼsiga putur yetkazdi.	 	
Konservativ  partiyaning  siyosiy  inqirozi  davlat  boshqaruv  strategiyasida  ham  chuqur 	
uzgarishlar  qilish  zarurligini  koʼrsatdi.  Chun¬ki  Britaniya  iqtisodiyoti  oʼsish  surʼatlari  boʼyicha 
Gʼarb  mamlakatlaridan  o	rqada  qolayotgan  edi.  50	-60	- yillarda  Britaniyada  sanoat  ish¬lab 	
chiqarishining oʼsishi yiliga atigi 3% ni tashkil etgan boʼlsa. bu koʼrsatkich АQShda 4%, GFR va 
Italiyada  7,4%,  Portugaliyada  6,2%,  Ispaniya  va  Gretsiyada  7,5%,  Yaponiyada  15,2%  ni  tashkil 
etdi.  Gʼarbning  yetakchi  mamlakatlari  ichida  Buyuk  Britaniyada  taʼlim  da¬rajasi  eng  past 
kursatkichda edi.  Mehnat bozorida malakasi  past boʼlgan ishchi	-xodimlar koʼp edi.  Ixtisosliklar, 	
mutaxassisliklar  va  sohalar  boʼyicha  ishchi  kuchiga  boʼlgan  talab  va  ta	klifning  mos  kelmasligi 	
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga toʼsqinlik qilardi.	 	
60	- yillarda Britaniya jamiyati yangi psixologik muammolarni his etishiga toʼgʼri keldi. Bu 	
muammolar, asosan. mustamlakachilik ymperiyasining parchalanishi bilan bogʼliq edi	. Inglizlarni 	
xayajonga soluvchi narsa koʼproq vatanning xalqaro obroʼsi tushishi, buyuk mamlakat mavqeini 
boy  berishi  edi.  Oʼsish  surʼatlarining  pasayishi.  Gʼarb  yetakchi  mamlakatlari  safining  ikkinchi 
qatoriga tushib qolishi ham tashvishlantirar edi. Yaq	inginada raqib boʼlgan Germaniya, Yaponiya, 	
Italiya kabi  mamlakatlarning muvaffaqiyatlari alamli  edi.  Bularning hammasi  uchun javobgarlik 
konservatorlar zimmasiga  yuklandi. Leyboristlarning konservatorlarni "zoe ketgan un uch  yil''da 
ayblashlari chaqiriq s	ifatida qabul qilinadigan vaqt yetib kelganidan darak edi.	 	
Vilson  1963  yil  partiya  ichidagi  kurashda  gʼalaba  qildi  va  Ley¬boristlar  partiyasiga 	
rahbarlik qila boshladi.	 	
1963	 	yilda boʼlib oʼtgan leyborystik partiya konferentsiyasi "Leyboristlar va fan inqil	obi" 	
nomli  dastur  qabul  qildi.  Uning  muhim  jihatlari  haqida  Vilьson  shunday  deydi:  "Bu 
konferentsiyada oʼzimizning barcha rejalarimizni fan inqilobi sharoitida va uning talablariga mos 
ravishda  qayta  belgilaymiz  va  aniqlashtiramiz".  Vilьson  fan  yutuklarini	 iqtisodiy  rejalashtirish 	
bilan birlashtirish tarafdori edi.	 	
1964	 	yil Parlament saylovlari arafasida leyboristlar tomonidan "texnokratik inqilob"ning 	
asosiy gʼoyalarini birlashtiruvchi dasturiy manifest eʼlon qilingan edi. Texnokratlar fan, texnika, 
muhand	islik  va  olimlar  zakovatini  uygʼunlashtirgan  holda  jamiyatni  boshqarish  tarafdorlari. 	
Dasturda davlat ilmiy texnika	 	
inqilobining  asosiy  mexanizmi  (motori)  deb  taʼriflandi.  Dasturda  Britaniya  sanoatini  har 	
tomonlama  zamonaviylashtirish,  moliya	-byudjet  tizim	ini  kuchaytirish  zarurati  taʼkidlandi. 	
Mafkuraviy  yangi  kontseptsiyaning  muhim  jihati  yollanma  ishchilarning  ishlab  chiqarishni 
boshqarishda  va  daromadni  taqsimlashda  "qatnashuvi"  masalasi  boʼlib,  u  tahlil  qilingan  edi. 
Leyboristlar  "texnokratik"  saylov  ko	mpaniyasida  ommaviy  axborot  vositalaridan  unumli 	
foydalandi.	 	
1964 yil 15 oktyabrdagi saylovda leyboristlar berilgan ovozlarning 44% iga, konservatorlar 	
43%  iga  ega  boʼldi.  Ularning  Par¬lamentdagi  fraktsiyasi  317  deputatdan  iborat  boʼldi, 
konservator¬lar es	a 303 mandatga, liberallar 9 mandatga ega boʼldi.	 	
Xukumat  tarkibini  Ettli  davrida  eng  muhim  lavozimlarni  egal¬lagan  leyborystik 	
partiyaning keksa aʼzolari tashkil etdi. Vilьson xukumati duch kelgan va eng murakkab muammo 
pul  muomalasidagi  tanqislik  va  oʼsi	b  borayotgan  inflyatsiya  edi.  Deflyatsiya  (muomaladagi  pul 	
miqdorini kamaytirish) siyosati doirasida 1964 yil noyabrida Moliya vazirligi sugʼurta va benzinga 
bojxona  toʼlovlarini  oshi¬rishni  koʼzda  tutuvchi  "inqiroz  byudjeti"ni  taqdim  etdi.  1965  yil¬ning 
bahoridan foyda soligʼini oshirish rejalashtirildi. Korporatsiya tipidagi korxonalarga katta soliqlar 
solindi.  1964  yil  dekabrida  xukumat  "Narx  va  foyda  samaradorligini  rejalashtirish  toʼgʼrisida"  qaror qabul qildi. Oylik maoshning koʼtarilishi bilan bogʼli	q turli norozilik namoyishlari va boshqa 	
xatti	-harakatdan  voz  kechildi.  Tadbirkorlar  oylik  maoshni  kerakli  darajada  saqlab  turish 	
javobgarlikni  oʼz  zimmalariga  oldilar  va  asossiz  ravishda  mahsulot  narxini  koʼtarishdan  voz 
kechildi.  Oylik  maoshning  yillik  o	ʼsish  chegarasi 	- 3,5%,  narxlar  oʼsishi  chegarasi  esa  4%  deb 	
belgilaydi.  Dastlab  daromad  va  narxlar  oʼsishini  cheklash  masala¬si  tredyunion  va 
tadbirkorlarning hamkorligida koʼngildagiday boʼldi.	 	
1964  yilning  oxiridan  nafaqalar  oshirildi  va  tibbiy  retseptl	arga  qoʼyilgan  soliqlar  bekor 	
qilindi.  Uy	-joy  qurilishi  vazirligi  ijara  toʼlovi  toʼgʼrisidagi  qonun  loyihasini  tayyorladi.  Unga 	
koʼra, kvartira oluvchilarning imtiyozlari koʼlami oshirildi. Shahar uy	-joy qurilishi keng miqyosda 	
boshlab  yuborildi.  1965  yil 	byudjetidan  ijtimoiy  taʼminotdagi  nafaqalarning  miqdorini  doimiy 	
ravishda oshirib turish koʼzda tutilgan edi.	 	
Iqtisodiy  rivojlanish  boʼyicha  Milliy  Kengash  tuzil¬di.  1965  yilda,  besh  yillik  "Milliy 	
iqtisodiy reja" qabul kiliidi. Rejada ishlab chiqarishning	 yiliga 4	-5% ga oʼsishi koʼzda tutilgan edi. 	
Ishsizlikning  past  kursatkichlarini  saqlab  qolishga  katta  eʼtibor  berildi.  Xukumat  faolligi  butun 
1965  yil  davomida  kulay  investitsion  sharoitni  saqlab  qolishga  va  asosiy  makroiqtisodiy 
koʼrsatkichlarni  yaxshila	shga  imkon  berdi.  Bunday  sharoitda  1966  yil  28  fevradda  Vilьson  oʼz 	
huquqiday  foydalanib  qirolichadan  Parlamentni  tarqatib  yuborish  va  yangi  saylov  belgilashni 
soʼradi. Saylovda leyboristlarni saylovchilarning 48,1% i (364 mandat), konservatorlarni 41,9% i	 	
(253 mandat), liberallarni 8,5% i (12 mandat) qoʼllab	-kuvvatladi.	 	
60	- yillarning oxiriga kelib qoʼlga kiritilgan moliyaviy barqarorlik yana xavf ostida qoldi. 	
Buning  sababi  passiv  savdo  salьdosi  (qoldigʼi)dan  tashqari  turgʼun  inflyatsiya  boʼldi.  Vilьson 
xukumati har qanday yoʼllar bilan boʼlsa	-da inflyatsiyaning oldini olish va funt sterling kursining 	
pasayishiga  yoʼl  qoʼymaslikka  urinardi.  1966  yilning  ikkinchi  yarmidan  boshlab,  ekspertlar 
tomoni¬dan  "Buyuk  Britaniyada  1949  yildan  beri  oʼtkazilgan  eng  qat	tiq  def¬lyatsiya"  deb 	
baholangan  bir  qator  choralar  amalga  oshirildi.  Ijara  xaqi,  avtomobillar  narxi  (40%  ga),  spirtli 
ichimliklar,  neft  va  benzinga  egri  soliqlar,  pochta  xizmati  (10%  ga)  oshirildi.  Sanoatning 
milliylashtirilgan sohalariga investitsiyalar 	kiritish kamaytirildi. Xalqaro valyuta operatsiyalariga 	
nazorat kuchaytirildi. Hamdoʼstlik mamlakatlaridagi harbiy va fuqarolik xarajatlari kamaytirildi. 
1967 yilda Ingliz Bankining hisob qoʼyilmalarini oshirish joriy qilindi ("qimmat kredit" siyosati), 
oy	lik maosh va narxlarni oshirishda yangi cheklashlar joriy qilindi (ular ixtiyoriy boʼlmay qoldi), 	
koʼpgina  byudjet  toʼlovlari  qisqartirildi,  kechiktirilgan  toʼlov  orqali  sotib  olishga  va  kapitalni 
chetga  olib  chiqishga  birqator  cheklashlar  joriy  qilindi.  Q	attiq  deflyatsiey  siyosat  yuritishdan 	
tashqari,  xukumat  eksportni  faollashtirish  orqali  mamlakatning  toʼlov  balansini  yaxshilashga 
urinardi.  Bun¬da  Buyuk  Britaniyaning  Yevropa  Iqtisodiy  Hamjamiyati  "Umumiy  bozori"ga 
koʼshilishi  hal  qiluvchi  rol  oʼynashi  mu	mkin  edi.  1967  yilning  may  oyida  xukumat  Daniya  va 	
Norvegiya  bilan  birgalikda  Yevropa  Iqtisodiy  Hamjamiyatiga  aʼzo  boʼlish  haqidagi  arizani 
berishdi.  Аmmo  Frantsiya  yana  murosasiz  pozitsiyani  egalladi  va  1967  yil  noyabrida  Buyuk 
Britaniyaga  bu  ariza  rad  et	ilgani  xaqida  rasman  xabar  berildi.  YeIHga  qoʼshilishga  urinishning 	
behuda  ketishi  xalqaro  vaziyatning  keskinlashgan  vaqtiga  toʼgʼri  kelgan  edi.  1967  yil  iyundagi 
Isroil va Misrning "olti  kunlik urushi" jahon bozorining barqarorligini buzdi.  Аrab mamlakatl	ari 	
tomonidan  bir  necha  oyga  Buyuk  Britaniyaga  Neft  eksport  qilishga  embargo  joriy  qilingan  edi. 
Suvaysh  kanalining  yopilishi,  London  va  Liverpulь  shaharlaridagi  dokerlar  qoʼzgʼoloni  ham 
Britaniya  tashqi  savdosiga  salbiy  taʼsir  koʼrsatdi.  Bunday  vaziyatda 	Vilьson  xukumati  milliy 	
valgotani  devalьvatsiya  (muomaladagi  pulning  qiymatini  tushirish  yoki  bekor  qilish)  qilishga 
majbur boʼldi.	 	
1967 yil 18 noyabrda funt sterling kursi qiymati 14,3% ga tushirilgani haqida eʼlon qilindi. 	
Keyingi  bir  yarim  yil  davomida 	bu  qadam  "sterling  mintaqasidagi"  25  ta  mamlakatda  amalga 	
oshi¬rildi. 1969 yilda esa Frantsuz frankining devalьvatsiyasi "frank mintaqasiga" kiruvchi 14 ta 
Аfrika  mamlakatlarida  milliy  valyuta  kurslarining  pasayishiga  olib  keldi.  1971  yilda  АQSh 
maʼmuriyat	i  rasmiy  kurs  boʼyicha  dollarni  oltinga  almashtirishni  vaqtiichalik  toʼxtatib  koʼyish 	
haqida eʼlon qildi.	  XVF  kredit  ajratib,  Britaniya  Hukumati  oldiga  bir  qator  barqarorlashtiruvchi  choralarni 	
amalga  oshirish  shartini  qoʼydi.  Buning  uchun  xukumat  ishlab  c	hiqarishdan  tashqari,  boshqa 	
sohalarga byudjet toʼlovlarini qisqartirishi, milliy valyutaning kelgusidagi  keskin tebranishlariga 
yoʼl koʼymasligi, kreditni katʼiy talablar asosida ajratishi va kechiktirilgan toʼlovni, sotib olishdagi 
cheklashlarni  saqlab  q	olishi  kerak  edi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  ,hukumat  qoʼshimcha  moliyaviy 	
manbalarni  izlashga  harakat  qilayotgan  edi.  1968  yilda  tibbiyot  retsentlarga  soliq  joriy  qilindi, 
pochta  xizmatlariga  soliqlar  oshirildi,  uy	-joy  qurilishi  boʼyicha  rejalar  qisqartirildi. 	Maktablarda 	
bepul  sut  berish  bekor  qilindi.  1969  yil  byudjeti  doirasida  benzin,  tamaki,  viski,  haydovchilik 
guvohnomasi, ish bilan taʼminlash korporatsiyalariga soliqlarni oshirish rejalashtirildi.	 	
Isteʼmolchilarga  soliqlarni  oshirish  orqali  tazyiq  oʼtkazi	sh  bilan  birga,  ishlab 	
chiqaruvchilarga  nisbatan  ragʼbatlantiruvchi  siyo¬sat  ham  olib  borildi.  Fan  bilan  bogʼliq 
sohalarning  rivojlanishini  xukumat  qirollik  mukofotlari  tizimi  orqali  ragʼbatlantirdi.  Ishchi	-	
xodimlarning  malakasini  oshirish  va  menejmentlarn	ing  eng  yangi  shakllarini  joriy  qilish 	
maqsadida  kadrlar  tayyorlash  boʼyicha  kengashlar  taʼsis  etildi.  Bu  kengashlar  yoʼl  transporti, 
mehmonxonalarga xizmat koʼrsatish, fuqarolik aviatsiyasi, benzin quyish biznesi sohalarida ishlay 
boshlashdi. Eng avvalo, 	moliya¬viy va siyosiy jihatdan dunyo bozorida raqobatga dosh beruvchi 	
eng  yirik  Britaniya  kompaniyalari  qoʼllab	-quvvatlandi.  Yirik  ishlab  chiqarishni  qoʼllab	-	
quvvatlashning  radikal  usuli  davlat  tomonidan  katta  mablagʼlar  koʼyish  orqali  amalga 
oshirilayotga	n  milliylashtirishdan  iborat  boʼldi.  1967  yilda  davlat  tomonidan  eng  yirik 	
metallurgiya  monopoliyasi  hisoblangan  "British  Stal  Korporeyshn"  tuzildi  va  uning  himoyasi 
ostida butun poʼlat quyish sanoati birlashtirildi. Shu bilan birga, xukumat xususiy bank v	a sanoat 	
kapi¬tali  markazlashishini  qullab	-kuvvatlashni  ishonchlirok  deb  bildi.  1969  yilda  Gʼarbiy 	
Yevropadagi eng yirik 20 ta xususiy kompaniyalarning 8 tasi Buyuk Britaniyaniki edi.	 	
Vilьson  xukumatining  iqtisodiy  siyosatini  mohiyatiga  koʼra,  oʼz  vaqtida 	mahorat  bilan 	
amalga oshirilgan siyosat  deb hisoblash mum¬kin.  Mamlakat  toʼlov balansi  yaxshilana boshladi 
va 1970	-1971 yil¬ga kelib Britaniya byudjeti koʼp yillar davomida ilk bor ijobiy koʼrsatkichga ega 	
boʼldi.  1968  yilda  Bosh  Vazir  kutilayotgan  iqtisod	iy  moʼʼjiza  toʼgʼrisida  joʼshqinlik  bilan  nutq 	
soʼzladi. Аmmo uning bashoratlari ancha boʼrttirilgan edi. Buyuk Britaniya ilgarigidek Gʼarbning 
yetakchi mamlakatlaridan Yalpi ichki mlhsulotnint (YaIM) oʼrtacha  yillik oʼsishi boʼyicha ortda 
qolayotgan  edi. 	Jahon  sanoat  ish¬lab  chiqarishida  ham  uning  ulushi  pasayib  ketdi.  Bundan 	
tashqari, Vilьson xukumatining iqtisodiy jihatdan oʼzini oqlamagan qattiqlik siyosati mamlakatda 
oʼsib borayotgan ijtimoiy norozilikka sabab boʼldi.	 	
Eng  katta  norozilik  aynan  leyboris	tlarning  saylovchilaridan  iborat  boʼlgan  qatlami 	- 	
yollanma ishchi va xizmatchilar ora¬sida boʼldi. Аgar 1963 yilda 2081 ta norozilik harakati boʼlib, 
unda  593  ming  kishi  qatnashgan  boʼlsa,  1966  yildagi  1951  ta  noro¬zilik  harakatida  2398  ming 
kishi,  1969  y	ilda  esa  3146  ta  norozi¬lik  harakati  boʼlib,  1665  ming  kishi  qatnashdi.  Kasaba 	
uyushmalari rahbariyatida eng radikal qanot faollashgan edi. Bundan tashqari, hukumat ommaviy 
axborot  vositalari  orqali  tanqid  qilinardi.  Jamoatchilikning  salbiy  fikrini  bartara	f  etish  uchun 	
Vilьson  xukumati  dolzarb  ijtimoiy  muammolarni  yechish  borasida  bir  qator  choralarni  koʼrdi. 
1965  yilda  irqiy  kelib  chiqyshidan  qatʼi  nazar,  ularning  mayshiy  xizmat  va  transport  sohalarida 
ishlashiga  ruxsat  beruvchi,  irqqa  mansublik  toʼgʼrisid	agi  Аkt  (Hujjat)  qabul  qilindi.  1968  yilda 	
immigratsion  (muhojirlik)  hujjati  qabul  qilinib,  amaldagi  qonunga  muhojirlarning  ishga 
joylashishi va uy	-joyga ega boʼlishi haqida oʼzgartishlar kiritildi.	 	
Hukumat  ayollar  emansipatsiyasi  (xotin	-qizlarni  erkinlikk	a  chiqarish)ni  koʼzda  tutuvchi 	
choralar koʼrdi. 60	- yillar oxirida ajralishlar haqida Аkt qabul qilindi. Bu Аktning qabul qilinishi 	
ajralishlar sonining keskin koʼpayishiga olib keldi. 1967 yilda oilani rejalashtirish davlat xizmati 
ish boshladi. Аbort haq	idagi Аkt ham qabul qilindi. Unga koʼra, ayol sogʼligʼi xavf ostida qolgan 	
boʼlsa  yoki  mayib	-majruh  bola  tugʼilishi  ehtimoli  bor  boʼlsa,  abort  qilish  uchun  ruxsat  berildi. 	
1967 yilning iyulida besoqolbozlik (gomoseksual) aloqalari qonunlashtirildi.	 	
1969  yi	lda  xukumat  Parlament  orqali  xalq  vakilligi  toʼgʼrisidagi  Bill  (Bill  "muhr", 	
"muhrlangan hujjat", "qonun loyihasi" maʼnolarini bildiradi) qonun loyihasining qabul qilinishiga 
erishdi. Unga koʼra, saylash huquqi 18 yoshgacha pasaytirildi. Bu tadbir leyboris	tlar xukumatining  yoshlar  siyosati  sohasidagi  dasturining  tarkibiy  qismi  edi.  Hukumat  maktab  taʼlim  tizimida ham 
radikal yangilashni amalga oshirdi. Davlat maktablari "umumtaʼlim" maktablariga aylantirildi. Bu 
maktablarda oʼqitish dasturi va mazmuni umumiy	lashtirilishi kerak edi. Taʼlim tizimidagi xususiy 	
sektor davlat qoʼllab	-quvvatlashidan mahrum boʼldi. 1969 yilda Buyuk Britaniya tarixida birinchi 	
marta giyohvand moddalarni isteʼmol qilishga qarshi qonun qabul qilindi.	 	
60	- yillar  oxirida  Olьsterdagi  dini	y-siyosiy  toʼqnashuvlar  Buyuk  Britaniyada  ijtimoiy	-	
ruhiy  vaziyatning  keskinlashganini  koʼrsatardi.  1919	-1921  yillardagi  siyosiy  inqirozdan  soʼng 	
mustaqil Irlandiya Respublikasi tashkil topdi. Va shu vaqtning oʼzida Shimoliy Irlandiyaning 6 ta 
grafligi  muxt	oriyatga  erish¬di  va  Birlashgan  Qirollik  tarkibiga  kirdi.  Shundan  keyin  Olьsterda 	
ancha  yil osoyishtalik  boʼldi. Yagona  Irlandiya davlatini tuzish  toʼgʼrisidagi  moddani oʼz ichiga 
olgan  Irlandiya  Respublika¬si  Konstitutsiyasining  1937  yilda  qabul  kilinishi	 va  1949  yilda 	
Irlandiyaning  Hamdoʼstlik  tarkibidan  chiqishi  London  va  Dublin  oʼrtasidagi  oʼzaro  manfaatli 
muloqotni qiyinlashtirib qoʼydi.	 	
1967  yilda  katolik  harakati  faollari  Shimoliy  Irlandiya  fuqarolari  huquqlari  uchun 	
kurashchi  assotsiatsiyani  tuzdila	r.  Bu  tashkilot  katoliklarning  protestantlar  bilan  teng  huquqli 	
boʼlishini talab etardi. 1968 yil kuzida Shimoliy Irlandiya Ichki ishlar vazirining taʼqiqlashlariga 
qaramasdan, katolik aholi huquqlarini himoya qilish shiorlari ostida bir qator no¬rozilik m	itinglari 	
boʼldi. Namoyishlar koʼpincha politsiya bilan toʼqnashuvlar bilan yakun topardi. Bu voqealar 1969 
yilda  Shimoliy  Irlandiya  Hukumati  inqirozini  keltirib  chiqardi.  Siyosiy  sahnaga  yana  Irlandiya 
Respublikasi Аrmiyasi (IRА) chiqdi. Uning radikal qis	mi terroristik kurash yoʼllarini koʼlladi.	 	
Konfessiyalararo (diniy mazhablar oʼrtasidagi) toʼqnashuvlar 1968 yilga kelib tez	-tez roʼy 	
beradigan boʼldi. Olьsterda  Irland	-katoliklar bilan aholining koʼpchiligini tashkil  etadigan ingliz 	
protestantlar oʼrtasid	a oʼtkir toʼqnashuv kelib chiqdi. Toʼqnashuv diniy va ijtimoiy xarakterda edi: 	
katoliklar  protestantlar  bi¬lan  teng  hukuqlilikni  talab  qilishardi.  Protestantlar  ishga  va  oʼqishga 
qabul  qilishda  ish  haqi  va  boshqa  nafaqalarni  belgilashda  ularning  hukuqlarin	i  buzishar, 	
hokimiyatning  mahalliy  organlari  boshqaruviga  quyishmas  edi.  1969  yil  avgustida  London 
xukumati  Olьsterga  qoʼshin  kiritdi,  bu  esa  qarama	-qarshilikni  yanada  kuchaytirib  yubordi.  Har 	
ikkala  qoʼshin  kurashayotgan  tomonda  ekstremistlar  (jangarilar)	 paydo  boʼldi,  katoliklar  maxfiy 	
tashkilot 	- IRА  (Irlandiya  Respublikasi  Аrmiyasi)  tuzdilar.  IRА  qurolli  kurash  va  terror  usullari 	
bilan  mahalliy  protestantlar  hamda  ingliz  siyo¬siy  arboblariga  qarshi  ish  koʼrdilar.  Protestant 
ekstremistlar, oʼz navbatida,	 katoliklarni zoʼrlik bilan Olьsterdan Irland Respublikasiga quvishga 	
urinardilar.	 	
Britan hokimiyati Shimoliy Irlandiya muxtor boshqarish organlari faoliyatini toʼxtatdilar, 	
mahalliy  Parlament  va  xukumatni  tarqatib  yubordilar.  Londondan  turib  toʼgʼridan	-toʼgʼri 	
boshqarishni  joriy  etdidar,  ammo  muammoni  yecha  olmadilar.  Qurbonlar  soni  doimin  surʼatda 
oʼsib bordi. Shunday ogʼir vaziyat hukm surgan bir paytda navbatdagi Parlament saylovlari 1970 
yil  18  iyunda  boʼlib  oʼtdi.  Saylovda  konservatorlar 	- 46,4%,  leyb	oristlar  esa  42,9%  ovozga  ega 	
boʼlishdi.  Bu  muvaffaqiyat  tufayli  konservatorlar  par¬tiyasi  Parlamentning  quyi  palatasida  yana 
qoʼshimcha  43  mandatga  ega  boʼldi  (jami  330  oʼrin).  Leyboristlar  287,  liberallar  6  ta  mandatga 
ega buldi.

1945 -1990 -yillarda Buyuk Britaniya Reja: 1. Ikkinchi jahon urushining davlatga ta`siri 2. Buyuk Britaniyada leyboristlarning hokimiyatga kelishi 3. M. Tetc her davrida Buyuk Britaniya 4. Tashqi siyosati Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Ishlab chiqarish hajmi 10% ga kamayib ketdi. Urush vaqtida ingliz korxonalaridagi asbob -uskunalar batamom eskirdi, texnik taraqqiyot sek inlashdi. Xomashyo zaxiralari tugadi, ayniqsa, sanoatning anʼanaviy sohalarida ishlab chiqarishning oʼta pasayishi kuzatildi (qogʼoz sanoatida 50% ga, koʼmir qazib olish 16% ga, poyabzal ishlab chiqarish 13% ga). Mamlakatning davlat qarzlari 7,2 mlrd funt sterlingdan (1939 y) 23,7 mlrd funt sterlinggacha (1946 yilda) oshib, shundan 3 mlrd funt sterlingi tashqi karzni tashkil etdi. АQSh tomonidan berilgan harbiy texnika ashyolarni toʼlash uchun Buyuk Britaniya oʼzining xorijga qoʼygan mablagʼlari hisobidan 1 000 mln funt sterling mablagʼini АQShga berishga majbur boʼldi; Urush yillarida Buyuk Britaniyaning savdo ekspor¬ti keskin kamaydi. 1938 yilda Buyuk Britaniyaning savdo eksporti hajmi 417 mln funt sterling miqdorida baholangan boʼlsa, 1944 yilga kelib bu k ursatkich 266 mln funt sterlingni tashkil etdi. Savdo flotining katta qismi boy berilgan edi. Urush yilla¬rida halok boʼlgan fuqarolarning uchdan bir qismini baliqchilar va savdo -sotiq bilan mashgʼul boʼlgan dengizchilar tashkil etdi. Mustamlakalar bilan m unosabatlarda Metropoliya bilan birgalikda urush qiyinchiliklarini baham koʼrgan Britaniya dominionlari oʼzlarining iqtisodiy va siyosiy mustaqilliklarini talab qilish borasida tobora faollashib bormoqda edilar. Mustamlakalarda milliy ozodlik harakatlari k eng yoyilib borayotgan edi. Аrab Sharqi va Janubi -Sharqiy Osiyo bozorlaridan foydalanish nihoyatda qiyinlashgani tufayli, uning jahon eksportidagi ulushi 1937 yilda 11,3% dan 1947 yilda 9,8% ga tushib qoldi. Mamlakat savdo balansidagi tanqislik Buyuk Brita niya iqtisodiyotining surunkali muammosiga aylanib qoldi. Umuman Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk Britaniya oʼz milliy boyligining 25% ini yoʼqotdi. Аmmo Gʼarbiy Yevropa mam¬lakatlari ichida u eng yomon holatda emas edi. Urush qurbonlari soni Birinchi jahon urushi yillaridagidan deyarli toʼrt marta kamroq edi: oʼlganlar - 245 ming kishi, yaradorlar - 278 ming kishi, bedarak yoʼqolgandar 53 ming kishini tashkil etdi. Olmon bombardimonlaridan keyingi talofatlar qitʼa mamlakatlaridagi yer bilan yakson qil ingan joylarga nisbatan ancha kam edi. Buyuk Britaniya 30 - yil¬larda tashqi siyosatda yul qoʼygan xatolari asoratlarini bartaraf etib, urushdan keyingi dunyo taqdiriga taʼsir koʼrsatadigan gʼolib mamlakatlar safiga qoʼshildi. Matbuot vakillari tomonidan "B ritan inqilobi" deb atalgan 1945 yildagi siyosiy holat kutilmagan xodisa boʼldi. Hali jahon urushi tugamasdan, xukumatning Parlament saylovlarini oʼtkazishga urinishining bir qancha sabablari bor edi. Hukumat xali ham 1935 yildayoq saylangan Parlament qoʼl ida edi. Urush sharoiti hisobga olinib, uning vakolati uzaytirilgan edi, ammo Yevropada urush tugagandan keyin, saylovlarni kechiktirishga xojat yoʼq edi. Hukumatning oʼzi favqulodda xarakterga ega edi. Uning rahbari U. Cherchill oʼzining shaxsiy shon -shux rati va urush yillarida nasib etgan cheksiz hokimiyatga ega boʼlishiga qaramay, oʼzini millatning tula huquqli vakili deb hisoblay olmas edi. Urush yillarida Cherchill xukumati tayangan konservatorlar, leybo -ristlar va liberallar koalitsiyaga millatning bi rlashuvida muxim rol oʼynadi. Аmmo tinchlik qurilishi davriga oʼtgandan keyin ilgarigi partiyalar oʼrtasidagi qarama -qarshiliklar bu koalitsiyaning parchalanishiga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun Cherchill qulay psixologik sharoitdan ustalik bilan f oydalanib, "gʼalaba choʼqqisida" boʼlgan vaqtda saylov oʼtkazishga harakat qilardi. 1945 yil 18 mayda u leyboristlar partiyasiga ulьtimatum xarakteriga ega bulgan taklifni joʼnatdi. Unda leyboristlarga Yaponiya bilan urush tugaguncha koalitsiya tarkibida q olish (bu Cherchillning shaxsiy raxbarligini toʼla tan olishni bildirardi) yoki navbatdan tashqari saylovlar oʼtkazish uchun xukumatni tark etish taklif qilingan edi. Leyboristlar partiyasi Ijroiya Qoʼmitasi saylov¬larni kuzda oʼtkazish va ungacha koalitsi yaning oldingi tarkibini saqlab qolishni taklif

qildi. Shunga qaramasdan, Cherchill 1945 yil 23 maydayoq isteʼfoga chiqishini maʼlum va qiroldan Parlamentning quyi palatasini tarqatib yuborishni soʼradi. Qirolning topshirigʼiga koʼra, u "oʼtish davri xukum ati"ni tuzdi. Bu xukumat 5 iyulga moʼljallangan Parlament saylovlarigacha faoliyat koʼrsatdi. Konservatorlarning saylovoldi tashviqotlari markazida oʼz rahbari mashxurligidan foydalanish turar edi. Cherchill "urushda gʼalaba qilgan odam" va "ishni tugatish kerak boʼlgan yagona odam" sifatida targʼib qilindi. Saylovchilarga qaratilgan murojaatlar antileyboristik va antisovet shiorlar bilan boyitilgan edi. 4 iyuldagi Cherchillning radio orqali birinchi saylovoldi chiqishi shov -shuvli xarakterga ega boʼldi. "B irorta sotsialistik tuzum siyo¬siy politsiyasiz barpo etilishi mumkin emas, uktirardi Cherchill. Аgar saylovda leyboristlar gʼalaba qilsa, Аngliyada gestapo tashkil qilinadi...". Uning nutqlarida muxolifat rahbarlari toʼgʼrisidagi haqoratomuz gaplar ham ka m emas edi. Leyboristlar partiyasi saylovoldi tashvikotlarni ancha faolroq olib bordi. Leyboristlarning Ijroiya Qoʼmitasi Britaniyada iqtisodiy va ijtimoiy sohani qayta qurishga qaratilgan koʼp son¬li loyihalar tayyorladi. Bu loyihalarning asosiy maqsadi d avlat boshqaruvini kuchaytirish va jamiyatning barcha vakillari farovonligining barqaror oʼsishini taʼminlashdan iborat edi. Leyborist¬lar dasturi oʼzining siyosiy radikalizmi (keskinligi) bilan ajralib turardi. Leyboristlar oʼzlarini "sotsialistik partiya " deb atashar va "bu bilan faxrlanishi" hamda asosiy maqsadlari "Buyuk Britaniya sotsialistik hamdoʼstligini" tashkil etishdan iboratligini bayon qilishardi. Leyboristlar dasturida barcha sohalarda, jumladan, uy -joy qurilishi, ijtimoiy sugʼurta, xalq taʼli mi, sogʼliqni saqlash sohalarida faol ijtimoiy siyosat yuritish koʼzda tutilgan edi. Dasturning tashqi siyosatga oid qismi leyboristlar partiyasining xalqaro sahnada tinchlikni saqlash tamoyillarini qoʼllab -quvvatlashini targib qilardi. 5 iyulь 1945 yildag i say¬lov natijalari juda kutilmagan hodisa edi: leyboristlar nafaqat gʼalaba qozonishdi, balki Jamoalar palatasida ham ilk bor mutlaq koʼpchilikni tashkil etishdi. Klement Ettli uchinchi bor hokimiyat tepasiga kelgan va ilk bor Parlamentda koʼpchilikni tashkil etgan leyboristik xukumatni boshqardi. U "oʼnglar" va "soʼllar" oʼrtasidagi eng maqbul munosabatni oʼrnatib, partiyaning eng obroʼli kishilarini oʼz atrofida toʼplashga muvaffaq boʼldi. Xukumat tarkibiga juda tajribali va mahoratli siyosatchilar jalb qilindi. Urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash va qayta qurish rejalarini amalga oshira turib, Ettli xukumati bir qancha eng murakkab muammolarga duch keldi. Xomashyoning doimiy tanqisligi ishlab chiqarish turgʼunligining bir joyda tepsinib turishiga oli b kel¬di. Oziq -ovqat zaxiralari tugash arafasida edi: 1954 yilgacha aso¬siy oziq -ovqat mahsulotlari, benzin va eng zarur mollar aholiga kartochkalar yoki meʼyor asosida tarqatildi. Ehtiyoj mollari bozori aholining xaridorlik qobiliyatining pasayishi taʼsir ida qotib qolgan edi. Leyboristlar bu muammolarning yechimini iqtisodiyotda rejalashtirishni keng joriy etish va davlatning ijtimoiy dasturlarni qabul qilishida deb hisobladi. Davlat boshqaruvining aso¬siy sohalari transport, koʼmir, poʼlat quyish sanoati va energetika boʼldi. Oziq -ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʼpaytirish maqsadida 1947 yilda xukumat toʼrt yillik qishloq xoʼjaligini rivojlantirish dasturini qabul qildi. Bu dasturda minimal narxlarni muzlatish va maydonlarning hosildorligini hamd a chorvachilik samaradorligini oshirish uchun fermerlarga subsidiyalar (pul mablagʼlari) berish koʼzda tutilgan edi. Xukumat iqtisodiy siyosatining asosiy qismi iqtisodiyotning eng muhim sohalarini milliylashtirishdan iborat boʼldi. Bu yoʼnalishdagi birinc hi jiddiy qadam 1946 yil fevralida qoʼyildi, yaʼni Ingliz banki milliylashtirildi. 1946 yildan 1948 yilgacha boʼlgan davrda temir yoʼllar, fuqaro aviatsiyasi, transport, kabel va telegraf aloqasi hamda kumir qazib olish va elektrotexnika sanoati davlat mul kiga aylantirildi. 1948 yilda xukumat gazni, 1949 yilda temir va poʼlat ish¬lab chiqarishni milliylashtirishga rozilik oldi. Bu siyosat nati¬jasida davlat sektori oʼz qoʼlida sanoatning 20% ini birlashtirdi. Leyboristlar xukumati ijtimoiy siyosat bobida ka tta faoliyat koʼrsatdi. 1927 yildagi "Kasaba uyushmalari tugʼrisidagi Qonun be¬kor qilindi va ularning norozilik namoyishlari oʼtkazishga boʼlgan xoʼqukdari tiklandi. 1946 yilda qonunlar paketi qabul qilindi va unga Milliy sugʼurta akti, sanoat xodimlarini himoya qilish akti va milliy sogʼliqni saqlash akti kirardi. 1948 yilda paket Milliy qoʼllab -quvvatlash vazirligini yaratish toʼgʼrisidagi xujjat bilan toʼldirildi. Bu

qonunlarga koʼra, barcha aholiga qarilik nafaqasini (erkaklarga 65, ayollarga 60 yoshda n keyin va ishsizlik nafaqasini toʼlash), kasallik, homiladorlik, oʼlim holatlarida moddiy yordam berish kafolatlangan edi. Sugʼurta fondlari sugʼurtalanganlarning toʼlovlari (35%) hamda tadbirkorlar toʼlovlari va davlat tomoni¬dan moliyalash hisobidan sha kllandi. Isloxot natijasida jami davlatning ijtimoiy sugʼurta xarajatlari 2,5 barobar kupaydi. Milliy sihat -salomatlik aktiga koʼra, aholiga bepul tibbiy yordam koʼrsatish joriy qilindi, sohaning yagona boshqaruv tizimi tashkil qilindi. Аholiga dori -darmon lar, protez va koʼzoynaklarni bepul tarqatish koʼzda tutildi. Mamlakatda 2 milliondan ortiq munitsipal (shahar) uylar kurildi. Davlat uy -joy narxlarining urush davridagi qiymatini ushlab turish yoʼli bilan ijara toʼlovi hajmini qatʼiy nazorat ostiga oldi. 1947 yildagi shahar va qishloqlarni rejalashtirish toʼgʼrisidagi aktga koʼra, Shahar hokimiyat organlari ularga topshirilgan obьektlarni rivojlantirish rejalarini tuzishlari kerak edi. Taʼlimni isloh qilish loyihalarining keng muhokama qilinishiga qaramasd an, leyboristlar 1944 yilda "Milliy hukumat" tomonidan qabul qilingan "Batler qonuni"ga biror -bir oʼzgartish kiritmadi. Unga koʼra, Buyuk Britaniyada uch yoʼnalishli taʼlim tizimi joriy qilingan edi (zamonaviy oʼrta maktablar, grammatik oʼrta maktablar va texnik oʼrta maktablar). Taʼlim tizimining bu boʼlimlarining hammasida ham davlat, ham xususiy oʼqoʼv yurtlari faoliyat koʼrsatardi. "Batler qonuni" "koʼngilli maktablarni ham qonuniylashtirgan edi. Bu maktablar, asosan, koʼngilli toʼlovlarga tayanadigan d iniy maktablardan daborat edi. 1944 yildagi Аkt ijrochi xukumat va mehnat boshqaruv organlariga bu sohani boshqarishda katta vakolatlar berardi. "Batler qonuni"ga koʼra, oʼquvchilarga bepul tibbiy xizmat koʼrsatish joriy qilingan edi. Uni toʼldiruvchi yago na qonun 1947 yilda chiqdi. Unda maktabni tugatish yoshi uzaytirilgan edi. Endi bolalar maktabni 15 yoshda tugatar edilar. Leyboristlar hukumatining faoliyati 1948 yildayoq urushdan oldingi iqtisodiy rivojlanish darajasiga va mamlakatdagi ij¬timoiy holatni ancha barqarorlashtirishga erishishga imkon berdi. Sanoat mahsulotining yillik oʼsishi 6% ni tashkil etdi. 50 - yil¬larning boshiga kelib ishlab chiqarish koʼrsatkichlari 1937 yilga nisbatan 1/3 barobar oʼsdi. Lekin keng davlat boshqaruviga keskin oʼtilish i xususiy tadbirkorlik faoliyatini qiyinlashtirdi va bu sohaga kiritilayotgan sarmoyalarning qisqarishiga olib keldi. Xukumatning oʼzi oʼz dasturlarini mablagʼ bilan taʼminlash borasida qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Passiv savdo balansi, importga bo gʼliqlikning oshishi, harbiy qarzlarning toʼlanishi valyuta zaxirasining keskin kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga, isteʼmol mollari taklifining chegaralanishi oʼsayotgan pul massasi bilan birgalikda, kuchli inflyatsiyaga moyillikni keltirib chiqardi. Oʼz navbatida, inflyatsiya investitsiya bozoriga qaqshatqich zarba berdi va sanoat ishlab chiqarishi yoʼlidagi yengib boʼlmas toʼqmoqqa aylanib qoldi. 1945 yildayoq Buyuk Britaniyada moliyaviy tizimning ishdan chiqish xavfi yaqqol boʼlib qolgandi. Аvgust oyida АQSh hech qanday ogoxdantirishsiz lend -liz boʼyicha mahsulot kiritishni toʼxtatib qoʼydi. Endi Buyuk Britaniya import tulovlarni dollarda amal¬ga oshirishi kerak edi. Buning uchun yetarli valyuta zaxiralari boʼlmagandigi sababli, Ettli xukumati funtn i dollarga erkin almashtirishni joriy etish majburiyatini olgani holda АQShdan qarz soʼrashga majbur boʼldi. Moliyaviy tizimning barqarorlashuvidagi umidlar 1946 yildayoq puchga chiqdi. АQShda narxlarni tartibga solib turishning bekor qilinishi eksport mah sulotlarining keskin qimmatlashishiga olib keldi. Buyuk Britaniya olingan qarzni bir yil ichida sarflab boʼldi. 1947 yilning iyul oyida xukumat funtni dollarga erkin almashtirishni joriy qilgan paytda, buni taʼminlash uchun zaxiralar atigi bir oyga yetar e di. Mamlakat oʼtkir moliyaviy inqirozga yuz tutdi. Hukumat oziq -ovqat importini kamaytirishga majbur boʼldi, bu esa oziq -ovqat mahsulotlari narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Iqtisodiyot vaziri Stafford Kripps davlat tomonidan ij¬timoiy xarajatlarni keskin kamaytirishni koʼzda tutuvchi qattiq iqtisodiy dasturni takdim etdi. Аmmo Buyuk Britaniyaning "Mar¬shall rejasi"ga qatnashishiga kapa umid bogʼlangan edi. Bu loyiha doirasida Buyuk Britaniya 2,3 milliard dollar olardi. Moliyaviy barqarorlashtirishn ing yana bir yoʼli "sterling mintaqasini" tuzish hisoblanardi. Uni 1944 -1945 yillarda mil¬liy valyutalari kursi funtta "biriktirilgan" mamlakatlar tashkil qilgan edi. Аmmo 1949 yildagi iqtisodiy inqiroz davrida АQSh sterling mintaqasi mamlakatlaridan

impor t qilishni qisqartirdi va u yerda dollar va oltinga boʼlgan talab oshib ketdi hamda buning natijasida Britaniya gʼaznasi funt sterlingni katta hajmlarda almashtirish zaruratiga duch keldi. Buyuk Britaniyaning oʼzida esa oltin va valyuta zaxiralari juda kam edi. Oltin va valyutaning chetga oqib ketishini toʼxtatish uchun leyboristlar xukumati 1949 yil sentyabrida funt sterlingni 30,5% ga devalьvatsiya (muomaladagi qogʼoz pulning qiymatini tushirish) qildi. Funt kursi 4,03 dan 2,8 dollarga tushirildi. 1950 yi lda xukumat "Marshall rejasi'da qatnashishni toʼxtatishga qaror qildi, chunki Аmerika yordamining sharti boʼlgan ichki bozordagi erkin valyuta -moliya operatsiyalari milliy iqtisodiyot barqarorligiga jiddiy taxdid solardi. Аlbatta, funt sterlingning qadrsiz lanishini faqat Ettli xukumatining xatosi deb boʼlmaydi, biroq bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni ogʼirlashtirdi. Moliyaviy inqiroz xukumat obroʼsining keskin pasayishiga olib keldi. Leyboristlarning tashqi siyosat soxasidagi xatolari ham xuddi shunday sa lbiy natijalarga olib keldi. Buyuk Britaniyada oliy siyosiy rahbariyatning almashishi Pots¬dam konferentsiyasi vaqtida roʼy berdi. Аmmo Cherchillning ketishi va konferentsiyaga yangi Bosh Vazirning kelishi Britaniya delegatsiyasi mavqeini oʼzgartirmadi. Et tlining oʼzi xam, uning tashqi ishlar vaziri Ye.Bevin ham Gʼarb va Sharq oʼrtasidagi ijobiy va amaliy muloqotga emas, balki "atlantik xamjihatlik" siyosatiga moyil edi. Yevropa ustidan "temir parda" tusha boshladi. Yangi jahoi tar¬tiboti bashoratchisi roli Uinston Cherchill zimmasiga tushdi. Cherchillning 1946 yil 5 martda Fultonda soʼzlagan nutqi juda mashhur boʼldi. Unga Eron inqirozi bahona boʼlgan edi. 1942 yil¬dagi Ittifoqchilik Shartnomasiga koʼra, sovet qoʼshinlari Eron hududida urush tugagandan soʼn g yana olti oy qolishi mumkin edi. Bu muddat 1946 yil 2 martda tugadi. Bu kun arafasida SSSR, qoʼzgʼolon koʼtarilgan Eron Ozarbayjonidan tashqari boshqa hududlardan oʼz qoʼshinlarini chiqarishini maʼlum qildi. Farb mamlakatlari siyosiy doiralari bunga salb iy munosabatda boʼlib, Eron hududining bir qismida sovetparast rejimini oʼrnatishga urinish deb baholadi. Shu kunlarda dam olish maqsadida Floridada boʼlgan Cherchill bundan yangi psixologik hujum uyushtirish uchun foydalanishga ulgurdi. U Fultondagi Vestm inster kolleji talabalari oldida nutq soʼzladi. Sobiq Bosh Vazirni tinglash uchun qariyb 30 ming nafar odam yigʼildi. Cherchill namoyishkorona suratda oʼz gʼoyalarini "global siyosatning yuksak strategik kontseptsiyasi" deb atadi. Yangi dunyoviy tuzum namu nasi qilib "Аmerika demokratiyasining tantanasi"ni koʼrsatdi. Bunda Cherchill Аmerika demokratiyaga deb ingliz dunyosining umumiy qadriyatlari va hattoki butun Gʼarbning maʼnaviy birligini tushunardi. Uning fikricha, butun xristian sivilizatsiyasi boshiga "cheksiz ijtimoiy azob -uqubatlar" bilan taxdid soluvchi xavf -xatar yogʼilgan edi. Cherchill fikriga kura, dunyoga zulm taxdid solmoqda va bu zulm anik, rejimda - sovet kommunizmida mujassamlashgan. Cherchill barcha demokratik xalqlarni oʼzlarining erkinlik ka boʼlgan huquqlarini himoya qilish uchun birlashishga chaqirdi. Аslida, gan kommunizm xavfi oldidan "temir parda"ni tushirishga xizmat qiluvchi АQSh va Boʼyuk Britaniyaning harbiy - siyosiy ittifoqini tuzish haqida borayotgan edi. Keyinchalik koʼp tarqalga n "temir parda" tushunchasi Cherchill tomonidan ilk bor 1945 yil 16 avgustda "Temir parda tushirila boshlandi" deb nomlangan Parlamentdagi nutqida ishlatilgan edi. Cherchillning Fultondagi nutqidan soʼng bu tushuncha "sovuq urush" ramziga aylandi. Sobiq Br itaniya rahbarining Fultondagi nutqi Gʼarb siyosiy tabaqalari orasida keng tarqalgan yangi geosiyosiy falsafaning uygunlashgan birinchi ifodasi boʼldi. Uning asosiy mazmuni dunyo¬ning ochiq toʼqnashuvga tayyor boʼlgan ikkita bir -biriga qarama -qarshi tuzuml arga boʼlinganligini tan olishdan iborat edi. Dunyoni saqlab qolish raqibni maxdudlash, dunyoning "issiq urush" domiga tushib qolishini bartaraf etish uchun darhol "sovuq urush"ni boshlashni talab qilardi. Bu АQShning harbiy -siyosiy gegemoniyasini soʼzsiz tan olinishini bildirardi. Fulton nutqi Gʼarb global strategiyasi kaliti sifatida oʼzaro bogʼlangan Ingliz -Аmerika tashqi siyosati asoslarini bayon qildi. АQSh bilan "maxsus munosabatlar", atlantik hamjihatlik tamoyiliga soʼzsiz sodiqlik Buyuk Britaniya ta shqi siyosatining muhim yoʼnalishlariga aylandi. 1946 yildayoq Ettli xukumati toʼla sodiqlik bilan "atlantik hamjihatlik" siyosatiga oʼtib, Trumen maʼmuriyati bilan birga "sovuq urush" tashabbuskoriga aylandi. Chuqurlashib borayotgan moliyaviy inqirozga qa ramasdan, qurollanishni avj oldirishga qaratilgan qatʼiy tadbirlar koʼrildi,

Oʼsha 1946 yilning oʼzidayoq Britaniya atom bombasini ishlab chiqarish toʼgʼrisida qaror qabul qildi. 50 - yillarning boshiga kelib harbiy xarajatlar milliy daromadning 10 -11% ini tashkil etdi (30 - yillar oʼrtalarida esa bu koʼrsatkich bor -yoʼgʼi 2,5% ni tashkil etardi). 1949 yilda АQSh va Buyuk Britaniya NАTOni tuzish tashabbuskorlari sifatida chiqishdi. "Sovuq urush" Yevropani yana global qarama -qarshiliklarning bosh sahnasiga ayl antirdi. Bu "urush"ga tortilgan Britaniya diplomatiyasi qitʼaning ikkita lagerga boʼlinishida katta rol oʼynadi. Аynan Buyuk Britaniyaning aralashuvi 1946 -1947 yildagi Gretsiya si¬yosiy inqirozining chuqurlashishiga olib keldi. Germaniya masalasini hal qil ishda АQSh tutgan siyosiy yoʼlning boshlovchisi ham Buyuk Britaniya boʼldi. Bunda katta qadam 1946 yil 2 dekabrida Germaniya hududidagi АQSh va Britaniyaga tegishli hududlarning birlashuvi vaqtida tashlandi. U urushdan keyingi davr siyosatchilari ichida bi ¬rinchi boʼlib nafaqat Germaniyaning umum yevropa integrallashuvida katnashishi zarurligini taʼkidladi, balki, shu bilan birga, Germaniyani "qitʼa yuragi" deb koʼrsatdi. Cherchill bir vaqtda Yevropa oilasini qayta barpo etishda Frantsiya va Germaniyaning h amkorligi bi¬rinchi qadam boʼlib xizmat qilishini ham taʼkidlab oʼtdi. Аynan shu ikki mamlakat ittifoqi Yevropa Qoʼshma Shtatlarini tuzishda asos boʼlib xizmat qiladi. Taklif qilinayotgan loyihaning asl mazmuni АQSh strategik xamkoriga aylana oladigan Yevr opa harbiy - siyosiy blokini tuzishdan iborat edi. Buning natijasida Buyuk. Britaniya АQShning "maxsus ittifoqchisi" mavqeini saqlab qolar, Gʼarbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan nufuzliroq rahbar mavqeiga ega boʼlardi, 1948 yil bahorida Buyuk Britaniya "Gʼ arbiy Ittifoqni tuzish toʼgʼrisida" gi Bryusselь Paktiga qoʼshildi. 1949 yilda Britaniya Yev¬ropa Kengashiga kirdi. Ettli xukumati tobora chuqurlashib borayotgan Britaniya imperiyasi inqiroziga keldi. Britaniya Hamdoʼstligining siyosiy va tashkiliy asoslar ini qayta koʼrib chiqish masalasi Hindiston muammosini tezlashtirdi. 1946 yil boshidan Brita¬niya Hukumati Hindistondagi boshqaruvini butunlay boy berdi. Millatlararo toʼqnashuvlarda yuzlab odamlar xalok boʼldi. 1946 yil bahorida Ettli xukumati hech qanday boshlangʼich shartlarsiz Hindistonga dominion mavqeini berishga majbur boʼldi. 1947 yil yoziga kelib vitse -qirol Lьyuis Mautbattei Hindistonni ikkita Hindiston va Pokiston dominionlariga boʼlish rejasini ishlab chiqdi. 1947 yil 15 avgustida Dehli va Karac hi shaharlarida Brita¬niya Hamdoʼstligiga oʼz ixtiyori bilan kirgan ikki mustaqil davlat barpo qilinganligi toʼgʼrisida rasman eʼlon qilindi. Hindiston mustaqilligining eʼlon qilinishi Britaniya Hamdoʼstligi evolyutsiyasida yangi boskichni boshlab berdi. " Bri¬taniya fuqarosi" tushunchasi oʼrniga, yangi "Hamdoʼstlik fuqarosi" iborasi paydo boʼladi. 1947 yildan boshlab "dominion" tushunchasi tez -tez "Hamdoʼstlik aʼzosi" tushunchasi bilan almashtirildi. (Rasmiy hujjatlardan "dominion" tushunchasi 1952 yilda ol ib tashlan¬di). 1948 yilda Seylon va Birma mustaqillikka erishdi. Birmaning tashkil qilinishi bu vaqtda eng muhim siyosiy -huquqiy ahamiyatga ega boʼldi. Taʼsis majlisi Birmani mustaqil suveren respublika deb eʼlon qilishga qaror qildi. Yangi davlat tomonid an respubli¬ka boshqaruv shaklining qabul qilinishi uning Hamdoʼstlik aʼzosi boʼlishini inkor etardi. Shuning uchun Britaniya Parlamenti 1947 yil dekabrida Birma mustaqilligi toʼgʼrisidagi Аktni qabul qildi. Bu Аktga koʼra, Birma Hamdoʼstlikka kirmagan mus taqil respublikaga aylandi. 1949 yilda London shahrida Hamdoʼstlik mamlakatlari bosh vazirlari konferentsiyasi boʼlib oʼtdi. Konferentsiyada ilgari davom etib kelgan "qirolga (tojga) umumiy sodiqlik" tomoyilidan voz kechishga qaror qilindi. Sobiq imperiya ittifoqini huquqiy asosda qayta tashkil etish jarayonini amalga oshirishga qaratilgan urinishlarga qaramasdan, Ettli hukumati baʼzan ochiqchasiga fuqarolik urushlariga ayla¬nib boruvchi yirik milliy ozodlik harakatlariga ham duch keldi. Iqtisodiy qiyinchil iklar 1948 yilda Ganada (Oltin qirgʼoq) xalq chiqishlari toʼlqinini keltirib chiqardi. Siyosiy faollik toʼlqini Markaziy Аfrikada, jumladan, Shimoliy Rodeziya (Zambiya), Janubi Rodeziya va Nьyasalend (Malavi)da kuzatildi. Bu yerda toʼqnashuv irqiy xarakter ga ega edi. Janubiy Аfrikada 1948 yil 26 may saylovlari natijasiga koʼra, aporteid, yaʼni irqlarni bir -biridan ajratish siyosatini hayotga tatbiq qilishni asosiy maqsad qilib olgan Millatchilar partiyasi hukumat tepasiga keldi. Malayyadagi