logo

Adabiy tanqidiy suhbatlar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

44.81640625 KB
Adabiy tanqidiy suhbatlar
Reja:
1. Adabiy tanqidiy suhbat janrining o ziga xos tamoyillari.ʻ
2. Suhbat janrining mavzu ko lami hamda asosiy prinsiplari.	
ʻ
3. Erkinlik, xolislik, mustaqil fikrlash suhbat janrining asosiy kategoriyalaridir. Tanqid   va   adabiyotshunoslik   kengashi   tashabbusi   bilan   uyushtirilgan
“Adabiy tanqid: bugun va ertaga” deb nomlangan davra suhbatida ayni sohaga oid
kamchiliklar   o‘rtaga   tashlandi,   adabiy   tanqidning   ijodiy   jarayon   ko‘zgusi   ekani,
adabiyotning   taraqqiyot   yo‘lini   belgilab   berishi,   uning   hayotiy   zarurat   ekanligi
ta’kidlandi.
Tahririyatimiz davra suhbatida aytilgan fikr-mulohazalarni gazetada yoritib, adabiy
jamoatchilikni, keng kitobxonlar  ommasini  tanqidchilik muammolaridan, bu soha
jonkuyarlarining   sa’y-harakatlaridan,   taklif   va   tavsiyalaridan   xabardor   qilishni
rejalashtirgan   edi.   Albatta,   bu   ijodiy   muloqot   davomida   aytilgan   hamma   gapni
gazeta   sahifasiga   sig‘dirishning   imkoni   yo‘q.   Shu   bois   ishtirokchilarning
tanqidchilik   ahvoli   va   rivoji   uchun   foydali,   bevosita   mavzuning   o‘ziga   doir   fikr-
mulohazalarini sahifaga olib chiqishni maqsad qildik.
Davra suhbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tanqid va adabiyotshunoslik
kengashi raisi taniqli olim Suvon Meli olib bordi.
Suvon Meli,   filologiya fanlari nomzodi:
— Bugungi adabiy jarayonda tanqidning o‘rni va roli har qa chongidan-da muhim.
Zero,   ijodiy   sharoit   barcha   janrlarda,   turli   uslublarda   yozish   imkoniyatini   yaratib
berdi, badiiy tafakkur ufqlari kengaydi. An’anaviy, realis tik uslubdagi asarlar bilan
bir   qatorda   har   xil   adabiy   oqimlarga   xos   usuldagi   asarlar   ham   chop   etilayotir.
Bugun   tanqidchilik   oldida   mazkur   jarayonni   o‘rganish,   jamoatchilikka,   keng
kitobxonlar   ommasiga   ularning   mazmun-mohiyatini   tushuntirib   berish,   estetik
didni   tarbiyalash,   joriy   adabiy   tafakkurdagi   o‘sish-o‘zgarishlarni   aniqlab,
istiqboldagi   taraqqiyot   yo‘llarini   ko‘rsatishdek   dolzarb   vazifalar   turibdi.   Bu
vazifalarni   ado   etishga   chog‘langan   adabiy   tanqidning   ayni   paytdagi   faoliyati
qoniqarlimi?   Adabiy   tanqid   sustlashdi,   taqrizchilik   holiga   tushib   qoldi,   hatto
“tanqidchilik”   atamasidan   voz   kechib,   “adabiyotshunoslik”   atamasi   bilan
kifoyalangan ma’qul, degan fikrlar qanchalik rost?..
Bugungi davra suhbatimizda yuqoridagi kabi bir qator savollarga birgalikda javob
qidirsak,   muammolarni   ro‘y-rost   o‘rtaga   tashlasak,   aniq   taklif   va
mulohazalarimizni   bayon   etsak.   Maqsad   badiiy   tafakkur   taraqqiyotining   yetakchi kuchi   bo‘lgan   adabiy   tanqidning   yanada   faollashuviga,   tahlil   va   talqinda
teranlashuviga, ommabop va hozirjavobligiga turtki berishdan iboratdir.
Nurboy Jabborov,   filologiya fanlari doktori:
—   Mustaqillik   barcha   sohalar   qatori   adabiyotshunoslik   va   adabiy   tanqid   rivoji
uchun   ham   katta   imkoniyat   yaratdi.   Bu   imkoniyatni   voqelikka   aylantirish
masalasiga   kelsak,   afsuski,   buni   to‘la-to‘kis   uddalay   olayotganimiz   yo‘q.   Adabiy
tanqid   aslida   ijodning   alohida   turi   mavqeiga   ko‘tarilishi   kerak.   Mahmudxo‘ja
Behbudiyning “Tanqid saralamoqdur” degan ta’rifi bu sohaning mohiyatini aniq va
lo‘nda ifodalagan. Lekin bizda bu soha mudom oqsab keladi. Nima uchun? Yana
Behbudiyga   murojaat   etamiz:   “…hanuz   tan qid   davriga   yetishganimiz   yo‘q.
Ittifoqo,   tanqid   shaklinda   bir   nimarsa   yozilsa,   bizlarg‘a   qattiq   tegar.
Yozganlarimizni(ng) buzuqligi va fikrimizni(ng) xatoligi, ishimizni(ng) noqisligini
biror kishi ko‘rsatsa, achchig‘imiz kelur. Va ul odamni dushman ko‘rub, shaxsidan
naf rat   va   fikrig‘a   norozilik   bayon   eturmizki,   bul   bizni(ng)   yangidan   ishg‘a
boshlaganimizdan,   boshqa   til   ila   noqisligimizdandur”.   Bu   —   birinchi   va   bosh
sabab.   Bugungi   kunda   ham   ruhiyatimizda   ayni   holat   yetakchilik   qiladi.   Shuning
uchun   ham   munaqqidlarimiz   keskin   tanqiddan   saqlanishga   urinadi.   Boshqacha
aytganda, dushman ort tirmaslikka intiladi. Natijada, bozorbop she’rlar, yengil-elpi,
ulug‘ hazrat Navoiy so‘zlashni “boisi beadablik” deb atagan uyatli holatlarni bayon
etuvchi   “nasriy   asar”lar   urchib   ketdi.   Axir,   bizda   chinakam   tanqidiy   asarlar,
yozuvchi-shoirlarimiz   tan   olgan   munaqqidlar   bor   edi-ku.   Ustoz   Ozod
Sharafiddinovning   qo‘lma-qo‘l   o‘qilgan   “O‘zbeknoma”   haqidagi   mashhur
maqolasini   eslang.   Matyoqub   Qo‘shjonovning,   Norboy   Xudoyberganovning
matbuotdagi   chiqishlari-chi?   To‘g‘ri,   bugun   ham   tanqidiy   maqolalar   bosilib
turibdi.   Lekin   barmoq   bilan   sanarli.   Qolaversa,   bir-ikki   maqola   bilan   adabiy
jarayonning o‘ziga xos tendentsiyalarini, tamoyillarini aniqlab, baholab bo‘lmaydi.
Keyingi paytda adabiy tanqidchilikda yana bir nojoiz urf ko‘zga tashlanmoqda. Bu
urf   bizda   yaratilgan   badiiy   asarlarni   sun’iy   ravishda   G‘arb da   paydo   bo‘lgan
“izm”larga bog‘lashga intilish bilan bog‘liq. Ayon haqiqat shundaki, muayyan asar
saviyasi   qaysidir   “izm”ga   aloqadorlikda   emas,   muallifning   badiiy   mahoratida namoyon bo‘ladi. Munaqqid asar badiiyatini, muallifning ijodiy uslubidagi  o‘ziga
xoslikni,   obrazlilikda,   qahramonlar   ruhiyati   tasvirida   erishilgan   yutuqlarni   yoki
aksincha,   kamchiliklarni   chuqur   tahlil   etishi,   shu   asosdagi   mantiqiy   dalillangan
xulosalarni   bera   olishi   zarur.   Uning   adabiy-tanqidiy   maqolasini   o‘qigan   tajribali
adibu shoirlar   ham, yosh  boshlovchi  qalamkashlar  ham   nimadir   o‘rgansin,  o‘zida
izlanish   zaruratini   sezsin.   Munaqqid   shundagina   o‘z   vazifasini   bajargan
hisoblanadi.   Ustoz   shoiru   adiblardan:   “Ijod   qilayotganimda,   har   doim   Ozod
Sharafiddinov,   Matyoqub   Qo‘shjonov   yelkamdan   qarab   turgandek   tuyuladi.   Bu
asarni o‘qiganda ular nima der edi, qanday baholardi, degan andisha meni mudom
ta’qib   etadi”,   degan   e’tiroflarni   ko‘p   eshitganmiz.   Ana   shunday   shaxsiyatlar
yetishmog‘i adabiy tanqid rivojining asosiy shartlaridan.
Adabiy  tanqid   borasida   ham   muvaffaqiyatlarimiz   oz   emas.   Biroq  biz   bu  yutuqlar
bilan   cheklanib   qolmasligimiz,   muttasil   izlanishda   bo‘lmog‘imiz   zarur.   Adabiy
tanqid   bevosita   adabiy   jarayon   bilan   baravar   qadam   bosishi,   uning   taraqqiyot
yo‘nalishini,   rivojlanish   istiqbolini   belgilashga   yordam   berishi   kerak.   Buning
uchun   barcha   imkoniyatlar   mujassam.   Ijodiy   erkinlik   ham,   ilmiy   salohiyat   ham
yetarli.   Nav qiron,   umidli   munaqqidlarimiz   ham   bor.   Eng   muhimi,   adabiy
tanqidning   xolis,   jur’atli,   ta’sirchan   va   yuqori   saviyali   bo‘lishiga   erishmog‘imiz,
tanqidni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rganishimiz zarur. Bu esa, o‘z navbatida, adabiy-
estetik tafakkurning o‘sishiga, milliy adabiyotning ravnaqiga olib keladi.
Bahodir Karimov,   filologiya fanlari doktori:
— Tanqidchining ishi  oson emas.  Bu yukni  his  qilish  kerak. Ma’nisiz,  tanqiddan
tuban “asar”larni do‘ppini hidlab o‘qish, so‘ngra “yozg‘uvchi”ni savalash odamga
xushkayfiyat  bag‘ishlamaydi.  San’at   durdonalari  haqidagi  har  qanday   adabiy-tan -
qidiy   maqola   esa   o‘sha   badiiy   asarlar   bilan   yonma-yon   yashaydi.   Tanqidchilik
martabasi   ko‘p   hollarda   badiiy   asarning   poetik   darajasiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Agar
odamni   tafakkurga   chorlaydigan,   qalbga   zavq,   fikrga   quvvat   beradigan   betakror,
go‘zal va umrboqiy asarlar yozilmasa, adabiy tanqid harakatdan to‘xtaydi.
Adabiy   jarayon   har   doim   o‘zining   original   tahlil   usullariga,   xos   dun yo qarashi   va
uslubiga ega munaqqidlar so‘ziga muhtoj. Davradoshining yangi bosilgan kitobiga taqriz   yozish,   ora-orada   uyushtiriladigan   yubiley   anjumanlarida   umumchapakka
jo‘r   bo‘lish   bilan   munaqqid   bu   sohada   o‘z   qalbi   va   qiyofasini   namoyon   eta
olmaydi.   Munaqqidning   talqinlari   va   tanqidlarini   o‘qigan   kitobxon   badiiy   asar
sirini, jozibasini, mohiyatini, adabiy haqiqatni anglasin.
Meningcha,   ikki   sababga   ko‘ra   adabiy   jarayonda   paydo   bo‘layotgan   asarlar
e’tiborsiz   qoladi.   Birinchidan,   yangicha   badiiy   tafakkur   mahsulini   tushunish   va
tushuntirishga munaqqidning idrok kuchi yetmasligi mumkin. Ikkinchidan, hikoya
atalgan   “voqeanoma”,   she’r   deyilgan   “darak   gap”   hech   kimga   ta’sirsiz,   hech
qanday   sirlarsiz,   hammaga   ma’lum,   jo‘n,   tanqid   qilishga   arzimaydigan   narsalar
bo‘ladi.   Bugungi   kunda   tarozi   pallasini   shu   ikkinchi   sabab   bosib   ketgandek
taassurot   bor.   Nasrda   ramz   va   ibratdan   ko‘ra   quruq   gapbozlik,   oilaviy   g‘iybat   va
g‘urbat   mashmashalari,   ko‘rpa-yostiq   va   qo‘ydi-chiqdi   intrigalarning   bayoni   avj
oldi.   Nosirlarda   nazariy   bilim   yetarli   emas,   syujet   va   kompozitsiya   takomilini
rejalashtira   olmaydi;   ichki   manera   ustida   bosh   qotirmaydi,   parallelizm   va
simmetriyaga   ahamiyat   bermaydi;   detalga   yuk   yuklamaydi,   badiiy   nutqni
ishlamaydi…   She’riyatda   esa   “sen-men”sirash,   obrazsizlik,   ma’nisizlik,
uslubsizlik,   tilsizlik,   tovushsizlik,   rangsizlik,   ayniqsa,   o‘z   yo‘liga   ega   iste’dodli
shoirlarga taqlid kuchaydi.
O‘quvchi   badiiy   asar   egasining   musohibi.   Yozuvchi   uchun   yozganini   birov
o‘qimaganidan kattaroq fojea bo‘lishi mumkinmi? “O‘zim uchun yozaman”, degan
kamtarlik ortida manmanlik bor. “Tan qidga e’tibor bermayman”, degan odamning
gapi arazli.
Mashhur   frantsuz   munaqqidi   Sharl   Sent-Byov   o‘z   davrida:   “Chinakam   tan qidchi
odamlardan   o‘zib   ketadi,   jamoatchilik   fikrini   boshqaradi.   Agar   xaloyiq   bo‘ronlar
alg‘ov-dalg‘ovida adashib, to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘igan bo‘lsa, munaqqid aslo o‘zini
yo‘qotmasdan   bor   ovozi   bilan   “Ortga   qaytmoq   kerak”,   deya   qichqiradi”,   deb
yozgan   edi.   Bu   gap   qaysidir   ma’noda   hozir   ham   o‘z   qimmatiga   ega.   Xuddi   shu
olim   ma’naviy   olam   nafosati   va   ulug‘vorligini   e’zozlagan   holda   adabiyotdagi
merkantilistik   kayfiyatlarni,   ya’ni   manfaatparastlik,   foydaxo‘rlikni   tanqid   qiladi. Bu noxush kayfiyat egalari haqiqiy san’atkor va olimlarga davr dosh bo‘ladi, ammo
oradan yillar o‘tishi bilan izsiz yo‘qoladi. Bu ham tarixning bir ibratli sabog‘idir.
Birovdan eshitgan yoki har joydan “cho‘qib” o‘qiganlari asosida, ayniqsa, hozirgi
internetlashuv   zamonida   ko‘rganlaridan   ko‘chirib   maqola   yozish   qiyin   ish   emas.
Epik   asar   syujeti   yoki   voqeiy   she’rlarni   qayta   gapirib   berish   bilan   ham   qog‘oz
qoralash   mumkin.   Ammo   asl   adabiy   tanqidiy   maqola   chinakam   san’at   asariga
o‘xshab tug‘iladi. Uning o‘ziga xos uslubi, kompozitsion qurilishi bo‘ladi.
Meningcha,   bugun   adabiy   tanqid   shakl   va   mazmun   jihatidan   yangilanishi   kerak.
Ushbu   ilm   sohasi   o‘zining   nazariy   mezonlarini   dunyo   adabiyotshunosligida
kechayotgan   jarayonlarga   uyg‘unlashtirishi   lozim.   Chunki   jahon
adabiyotshunosligida   adabiy   tanqidchilikning   struktural   va   immanent   analiz,
semiotik,   intertekstual,   genetik,   germenevtik,   psixotanqid   kabi   turlari   mavjud.
Bunday   usullar   o‘rganilib,   o‘zbekona   adabiy-ilmiy   tafakkur   bilan   sintezlashishi
natijasida   bizda   ham   yangi   tanqid   maydonga   keladi.   G‘arb   adabiyotshunosligida
badiiy   asarga   bir   xildagi   yondashuvlardan,   jo‘n   ijtimoiy   talqinlardan,   yaxshi   va
yomon,   real   va   noreal,   oq   va   qora   tarzidagi   atigi   ikki   sifatdan   bezish   oqibatida
“yangi tanqid” paydo bo‘lgan edi. Zero, nazariy mezonlar maktablarga, maktablar
shaxsiyatlarga, shaxsiyatlar muayyan millatlarga mansub. Shu ma’noda bizda ham
kelajakda   dunyo   adabiyotshunosligiga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadigan   yuksak   ilmiy
saviyali olimlar va ularning individual maktablari paydo bo‘lishini orzu qilamiz.
Adabiy   tanqid   jonlanishi   uchun   nazariy   qarashlarni   kuchaytirish   barobarida
bevosita   amaliy   ishlar   ham   zarur:   birinchidan,   oliy   o‘quv   yurtlarining   filologiya
fakultetlari   magistratura   bosqichida   maxsus   “Adabiy   tanqid   nazariyasi”
yo‘nalishini   ochish   va   unga   iste’dodli   yoshlarni   o‘qishga   qabul   qilish   kerak.
Mutaxassis   shakllanadi,   ilm   oladi.   Bu   faoliyat   turini   adabiy   to‘garaklar   doirasida
hal   qilib   bo‘lmaydi;   ikkinchidan,   Nusratullo   Jumaxo‘ja   to‘g‘ri   ta’kidlaganidek,
adabiy tanqidga doir maxsus jurnalga zarurat bor; uchinchidan, nufuzli jurnallar va
nashriyotlarda   bosilayotgan   badiiy   asarlarni   ichki   taqriz   orqali   mutaxassis
nazaridan o‘tkazish nizomlarini ishlab chiqish lozim.
Saydi Umirov,   filologiya fanlari nomzodi: — Tanqidchilar yillik hisobot  yig‘ilishlarini  kutmay vaqt-vaqti  bilan, bugungiday
to‘planib, dolzarb masala, muammolarni muhokama etishi foydadan xoli emas.
Tanqid — naqd fikr, taqriz — qarz kalom degani. Yutuqlar o‘zimizniki, ular bor,
bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Lekin har  doim  ham  naqd gapni  aytayotibmizmi?
Yo‘q-da.   Qanchadan-qancha   yaxshi,   o‘rtamiyona,   bo‘sh   asarlar   yozilayotibdi,
ko‘pchiligi   haqida   naqd   gap,   nasiya   va’da   u   yoqda   tursin,   umuman,   hech   narsa
demayotibmiz.   Sukutni   alomati   rizoga   yo‘yib,   iqtidori   hamin   qadar
nazmbozlarning   hissiz-tuzsiz   shig‘irlarini   to‘y-tomoshalarda   “estradamizning
yorqin yulduzlari” gumburlatib ijro etishayotibdi. Xayriyat, adabiyot  gazetamizda
bir-ikki o‘tkir luqmalar, tishli-tirnoqli fikr-mulohazalarni o‘qib xursand bo‘ldik.
Ustoz   Matyoqub   Qo‘shjonov   uchta   taqriz   yozsang   bitta   muammoli   maqolaga
zamin yaratasan deb aytar va buni o‘zi amalda ko‘rsatardi. Hozir taqriz an qoning
urug‘i   bo‘lib   qoldi,   ko‘p   she’riy,   publitsistik   asarlar,   sovchi   kutgan   qizlarday,
munaqqidlar   qiyo   boqishi,   fikri,   bahosini   kutib   turibdi.   To‘g‘ri,   chop   etilayotgan
har   bir   kitobga   bir   taqriz   bag‘ishlash   imkoni   yo‘q,   bunday   hollarda   mushtarak
mavzularda   yozilgan   asarlar   umumiy   kuzatuvdan   o‘tkazilgan,   ma’no,   mahorat
jihatidan tahlil qilingan obzor maqolalar qo‘l keladi.
Tasdiqlash   orqali   bevosita   tasdiqlovchi,   inkor   etish   orqali   bilvosita   tasdiqlovchi
tanqid   bor.   Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   birinchi   xilining,   ya’ni   yozuvchi
ijodidan,   asaridan   fazilat   qidiruvchi,   topuvchi,   badiiy   mahoratining   yangi
qirralarini   kashf   etuvchi,   tasdiqlovchi   tanqid   namunalari   ko‘proq.   Konkret   asar
yoki   asarlarning   mazmuni,   tili,   uslubiga   xos   kamchilik,   nuqsonlarni   dalillar,
mantiqiy   muhokamalar   orqali   ko‘rsatib,   isbotlab   beruvchi   maqola,   taqrizlar   kam.
Ba’zan bir necha asar, muayyan turkum haqida naridan-beri fikr yuritgandan ko‘ra
bir   she’r,   bir   hikoyani   batafsil   tahlil   qilish,   fazilatlari   yoki   nuqsonlarini   dalillar
bilan   ko‘rsatib   berish   ko‘proq   samara   keltiradi.   Bunga   misollar   talaygina.
Cho‘lponning   “Raqamli   sevgi”   she’rining   bir   satri   nashr da   “siyna”   so‘zi   “sana”
deb   berilgani   oqibatida   asar   mazmuni   o‘zgarib   ketganini   Boybo‘ta   Do‘stqorayev
“Siynani sanaga almashtirib bo‘lmaydi” sarlavhali maqolasida asoslab bergan edi.
Shu   o‘rinda   Qozoqboy   Yo‘ldosh   Halima   Xudoyberdiyevaning   “Yo‘ldadirman” nomli   go‘zal   she’ri,   Murtazo   Qarshiboyev   Erkin   A’zamning   “Manana”   hikoyasi
tahliliga maxsus maqola yozib e’lon qilganini ham ta’kidlash joiz.
Keyingi yillar tanqidchiligimizda bir tamoyil ko‘proq ko‘zga tashlanayotibdi. Bu –
bir   qator   maqola,  taqriz,  esse,   tadqiqotlarning  ilmiy-falsafiy va  badiiy-publitsistik
ruh   kasb   etayotganidir.   Falsafiy,   publitsistik   unsurlar   muallif   diqqatini   chetga
tortmaydi,   o‘quvchini   chalg‘itmaydi,   aksincha,   g‘oyani   kengroq,   teranroq   ochib
berishga,   asar   voqealarini   hayot   hodisalari   bilan   qiyoslab   o‘rganishga,   matn ning
yanada   maroqli,   jozibali,   o‘qishli   chiqishiga   yordam   beradi.   G‘afur   G‘ulom   shoh
she’rlaridan   “Vaqt” ning   Suvon   Meli   tomonidan   yangicha   teran   talqini,   Qurdosh
Qahramonovning   Eshqobil   Shukur   she’riyatiga   bag‘ishlangan   maqolasi,   Shuhrat
Rizayevning  “Bahodir   Yo‘ldoshev   teatri”  essesi  shunday  usulda  bitilgan  maroqli,
o‘qishli asarlardandir.
Keyingi   paytlarda   tanqidchilik   ishi,   asosan,   bir   guruh   mutaxassislar   va   ayrim
yoshlar   chekiga   tushayotir.   Iqtidorli,   umidli   yosh   munaqqidlar   safi
kengaymayotgani   tashvishlanarli.   Turfa   soha   kishilari,   keng   o‘quvchilar   ommasi
fikr-mulohazalari,   e’tirof,   e’tirozlari   matbuotda,   efir   va   ekranda   negadir   kam
berilayotir.   Turfa   kasb   sohiblarining   ijodiy   jarayon,   adabiyot,   tanqidchilik,
publitsistika,   san’at   haqidagi   kutilmagan,   noan’anaviy,   dangal,   to‘g‘ri   fikr-
mulohazalari,   xulosa,   takliflarini   o‘zaro   gurung,   norasmiy   muloqotlarda   tez-tez
eshitib turamiz. Qaniydi shularning bir qismi matbuot, kitob sahifalarida chiqsa.
Nusratullo Jumaxo‘ja,   filologiya fanlari doktori:
— Adabiy tanqidning hozirgi ahvoli, muammolari, yechimlari to‘g‘risida “Adabiy
tan qid:   bugun   va   ertaga”   mavzusidagi   davra   suhbati   tashkil   etilgani   juda   o‘rinli,
deb   hisoblayman.   Nazarimda,   adabiy   tanqidning   bugungiday   ahvolga   tushib
qolishiga   ikkita   asosiy   sabab   bor.   Birinchisi,   adabiy   tanqidchi   va
adabiyotshunoslarning   jarayonga   loqaydliklari,   bo‘shashib   ketganliklari,   o‘z
vazifalarini   sidqidildan   bajarmayotganliklari   bo‘lsa,   ikkinchisi,   ommaviy   axborot
vositalarida   tan qidiy   tafakkurga   kamroq   o‘rin   berilayotgani,   adabiy-tanqidiy
ruknlardan   foydalanilmayotganligi,   adabiy-tan qidiy   maqolalar   turli   sabablarni
ro‘kach qilib chiqarilmayotganidadir. Avvalo, shuni aniqlab olish kerakki, adabiy tanqid mafkuraviy masala emas, balki
adabiy-estetik muammodir. Shu sababli, mafkuraviy o‘zgarishlar jarayonida adabiy
tanqidga   xavotir   bilan   qarash   o‘rinsizdir.   Adabiy   tanqid   jamiyat   taraqqiyoti   va
ravnaqi uchun eng zarur bo‘lgan adabiy hamda abadiy qadriyatdir.
Shayx   Sa’diy   Sheroziy   “Guliston”   asaridagi   bir   hikmatida   juda   chiroyli   asoslab
bergan: “Uch nimarsa uch nimarsasiz poydor qolmag‘usidurur: mol tijoratsiz, ilm
bahssiz,   mulk-mamlakat   siyosatsiz”.   Mana   shu   bahslar   vositasida   taraqqiyotga
turtki beruvchi ilm lar turkumiga tanqid va adabiyotshunoslik ham kiradi. Afsuski,
bahs   mohiyatini   noto‘g‘ri   tushunish,   bahs   madaniyatiga   rioya   qilmaslik
matbuotdagi adabiy bahslarga barham berdi. Adabiy tanqidning ijtimoiy zaruriyati
yana   shunda   ko‘rinadiki,   tanqidning   chekinishi   yoki   cheklanishi   o‘rtamiyona,
sayoz   asarlarga   keng   yo‘l   ochib   berdi.   Aslida,   atoqli   munaqqidlar   —   Matyoqub
Qo‘shjonov, Ozod Sharafiddinov, Norboy Xudoyberganov, yozuvchilar tan qidchisi
Abdulla Qahhorniki singari jangovar maqolalar e’lon qilinib turganida, shubhasiz,
adabiyotdagi xaltura chekingan bo‘lar edi.
Tanqidchi,   adabiyotshunos   ham   —   ijodkor.   U   ham   mehrga,   rag‘batga,   qo‘llab-
quvvatlashga muhtoj. Ne hafsala bilan, mashaqqat tortib yozgan asari chop etilsa,
rag‘batlanadi,   ilhomlanadi,   yana   ijod   zavqiga   to‘ladi.   Yuqoridagidek   munosabat
esa   har   qanday   ijodkorga   to‘siq   qo‘yadi.   Chinakam   tan qidiy   tafakkurga   yo‘l
bermayotgan tushunchalardan biri “jangovarlik” bilan “jangarilik”ni bir narsa deb
tushunishdir. Aslida, bular insonlardagi boshqa-boshqa xususiyatlar. “Jangovarlik”
—   kurashchanlik,   dadillik,   jasurlik,   fidoyilik,   g‘alaba,   yutuq   keltiruvchilik
fazilatidir. “Jangarilik” esa urushqoqlik, janjalkashlik qusuridir. Nomlari yuqorida
tilga olingan atoqli munaqqidlarimizning yetakchi  fazilatlari  ham jangovarlik edi.
Umuman, tanqidchini adabiy jarayonning eng oldingi safida tutuvchi asosiy fazilati
ham jangovarlik bo‘lishi kerak.
Yaqinda she’riyat mavzusidagi davra suhbatida bir ijodkor do‘stimiz asarini tanqid
qilgan   munaqqidga   kutilmaganda   tashlanib   qoldi.   Axir,   uning   asarini   kimdir
o‘qigani,   diqqat-e’tibor   bilan   bosh   qotirgani   va   davra   suhbatida   tahlil   doirasiga tortganidan   minnatdor   bo‘lishi   lozim   emasmidi?   Zotan,   to   bir   kishi   “ayb
qilmag‘uncha” shoir o‘z she’rlarining aybini sezmaydi ham.
Xalqda:  “Odam o‘z kindigini  o‘zi  kesmaydi”, degan naql  bor. Yozuvchi  ham o‘z
kamchiligini   o‘zi   topib,   o‘zi   tuzata   olmasligi   mumkin.   Biroq   Abulg‘ozi
Bahodirxon: “O‘ksiz (ya’ni, chorasiz) odam o‘z kindigini o‘zi kesar ekan”, deydi.
Shunday   ekan,   asarlarining   birinchi   tanqidchisi   yozuvchi-shoirning   o‘zi   bo‘lishi
kerak. O‘z asarlarining aybini aniqlay olgan, kamchiliklarini isloh eta olgan, ya’ni
o‘zini   o‘zi   tanqid   qilolgan   ijodkor   haqiqiy   san’atkordir.   Diqqat   qiling:   “Ko‘proq
o‘qiyapman,   uchinchi   jildga   kiritilgan   hikoyalarni   yana   bir   bor   qaytadan   o‘qib
chiqyapman,   bu   menga   hayot   bag‘ishlaydi”,   deb   yozgan   edi   atoqli   yozuvchi
Shukur Xolmirzayev qiziga maktubida. Bu gap navqiron yozuvchilarimizga saboq
bo‘lishi   kerak.   Yozuvchi   umrbod   yozgan   hikoyalarini   qayta-qayta   o‘qigan,
demakki, ular ustida uzluksiz ishlagan. Anglashiladiki, o‘z asarlarini qayta mutolaa
etishda, ishlashda ham lazzat, ham hikmat bor. Yangi adabiyot namunalarini o‘qir
ekanman, o‘yga tolaman: bu yozuvchilar o‘z asarlarini, hech bo‘lmasa, navbatdagi
yangi   nashrdan   oldin   yana   bir   bor   tahririy   nazar   bilan   o‘qib   chiqarmikinlar?
Afsuski,   shunday   bo‘lib   chiqmayapti.   Yosh   yozuvchilarimizni   qo‘ya   turayligu,
hikoyalari “Ozod Vatan saodati” to‘plamidan o‘rin olgan, ayni yetuklik davridagi
ijodkorlarimizning   hikoya lariga   nazar   tashlaylik.   Matbuotda   chizib-chizib
o‘qiganim bir necha hikoyani katta kitobdagi nusxasi bilan solishtirib o‘qidim. Bu
hikoyalar   ayni   gazetamizda   badiiy   til   to‘g‘risida   davomli   bahs-munozara
o‘tkazilgan   kezlar   chop   etilgan   edi.   Qayta   o‘qirkanman:   “Qani,   muhtaram
yozuvchilarimiz   asarlari   ustida   bir   necha   yil   mobaynida   qanday   ishlashdi   ekan?”
—   degan   savol   meni   o‘ylantirardi.   Biror   jumla   yoki   so‘zni   o‘zgartirishdimikin?
Yo‘q,   50-60   yosh   oralig‘idagi   bu   zabardast   yozuvchilar   hikoyalaridagi   tumtaroq
jumlalar,   noo‘rin  qo‘llangan   so‘z-iboralar   aynan   matbuotda   chop  etilganiday   joy-
joyida turibdi. Chunki ularning so‘zlarini hech kim “ayb qilmag‘an” va ular isloh
topmagan. Kitob muharriri ham tahrir etmagan. Mana shunday badiiy haqiqatlarni
aytsak, matbuot chop etarmikin va bunga atoqli yozuvchilarimiz chidasharmikin? Mamlakat adabiy tanqidchiligining markaziy o‘chog‘i Yozuvchilar uyushmasining
Tanqid   va   adabiyotshunoslik   kengashidir.   “O‘z-o‘zini   tanqid”   tushunchasining
mazkur kengashga ham tegishliligidan kelib chiqsak, Kengashning amaliy faoliyati
qanoatlanarli,  deya   olmayman.   Kengashning   yillik  rejasi   talabga   javob  bermaydi.
Kengash   rejasiga   yil   boshida   biz   tavsiya   etgan   tadbirlarning   ko‘pchiligi   qabul
qilinmadi.
Aytilgan   fikr-mulohazalar   asosida   quyidagi   xulosalarni   taklif   etamiz:   Tanqid   va
adabiyotshunoslik   kengashining   tarkibini   haqiqiy   ishlaydigan   mutaxassislar
hisobiga   yangilash   va   kengaytirish   lozim.   Kengash   joriy   rejasini   qayta   ko‘rib
chiqib,   takomillashtirish   maqsadga   muvofiq.   Adabiy   tanqid   muhitini   jonlantirish
zarur.   Adabiy   jamoatchilikda   tanqidni   to‘g‘ri   tushunish,   qadrlash   tuyg‘ularini
shakllantirish   muhimdir.   Yuqorida   ta’kidlanganidek,   adabiy   tanqid  uchun   alohida
nashrga ehtiyoj  borday. Shu boisdan, adabiy  tanqid buguni  va  ertasini  ta’minlash
maqsadida,   adabiy-badiiy   gazeta-jurnallar   sahifalarida   adabiy-tanqidiy
maqolalarga keng o‘rin ajratishni tashkil etish bilan birga, Yozuvchilar uyushmasi
hamda   Ijod   fondi   muassisligida   har   uch   oyda   bitta   chiqadigan   yangi   “Adabiyot
masalalari” nomli adabiy-tanqidiy jurnal ta’sis etilsa yaxshi bo‘lardi. Shuningdek,
Suvon   Meliyevning   “har   yili   o‘tkaziladigan   yosh   ijodkorlar   seminarlari   dasturiga
adabiy tanqid nominatsiyasini, albatta, kiritish kerak”ligi haqidagi taklifini qo‘llab-
quvvatlayman.
Suvon Meli:
— Adabiy tanqidning nafaqat amaliy, balki nazariy muammolari ham bor. Istiqlol
davrida   adabiy   tanqidning   o‘rni   va   mavqei   haqida   gap   borar   ekan,   nazarimda,
dastlab uning g‘oyaviy-estetik printsiplarini belgilab olish va ishlab chiqish lozim.
Bunga   jiddiy   ijtimoiy   talab   bor.   Istiqlol   va   dunyoning   globallashuv   holati
mamlakatimizda yangi adabiy muhitni hosil qildi. Yangi muhitda esa adabiy tan qid
o‘ziga   yuklatilgan   missiyani   uddalash   uchun,   yuqorida   aytilganidek,   uning
g‘oyaviy   estetik   printsiplari   ishlab   chiqilishi,   adabiy   tanqid   va   tanqidchilik
jarayoniga   izchil   tadbiq   etilishi   zarur.   Bu   printsiplar,   bizningcha,   quyidagilar: estetik   ideal   (u   o‘zida   jamiyatning   oliy   maqsadlarini   go‘zallik   qonunlari   asosida
jamlaydi), olijanob g‘oya, sof his-tuyg‘u, axloqiylik va hokazo.
Adabiy   tanqid   yaratilayotgan   va   o‘zbek   tiliga   o‘girilayotgan   asarlardan   ushbu
printsiplar tasdig‘ini talab qilishga haqli, deb o‘ylayman.
Prezidentimiz   “Yuksak   ma’naviyat   —   yengilmas   kuch”   asarida   shunday
yozadi:   “Ma’naviy   tahdid   deganda,   avvalo,   tili,   dini,   e’tiqodidan   qat’i   nazar,
har   qaysi   odamning   tom   ma’nodagi   erkin   inson   bo‘lib   yashashiga   qarshi
qaratilgan,   uning   aynan   ruhiy   dunyosini   izdan   chiqarish   maqsadini   ko‘zda
tutadigan   mafkuraviy,   g‘oyaviy   va   informatsion   xurujlarni   nazarda   tutish
lozim, deb o‘ylayman”.
Shahar bedarvoza emas degandek, adabiyot ham bedarvoza emas. Uning muqaddas
hududiga   har   qanday   g‘oya,   voqea   va   kechinmalarni   olib   kirish   mumkin   emas.
Adabiyot yomonlikdan asranmog‘i lozim. U hech qachon ma’naviy tahdid quroliga
aylanmasligi, aksincha, bunday tahdidga qarshi faol kurashmog‘i kerak.
Adabiy   tanqid   esa   hamisha   ma’naviy   sog‘lom   adabiyot   tarafida   qoim   turishi
lozim.
Adabiy   tanqid   o‘zining   yuksak   nuqtalarida   milliy   va   jahoniy   badiiy   tafakkurning
akkumullyatoridir.   Ma’lumki,   akkumullyator   elektr   va   issiqlik   energiyasini
keyinchalik   foydalanish   uchun   to‘playdigan   qurilma,   texnik   asbobdir.   Xuddi
shunday   adabiy   tanqid   ham   yaratilgan   va   yaratilayotgan   buyuk   badiiy   obidalar
jismi   jonidagi   ulug‘   haqiqatlar,   ezgu   hissiy   kashfiyotlarni   qayta   kashf   etib,
umumning aqliy va ko‘ngil mulkiga aylantirguvchi adabiy ijod sohasidir.
Tanqid   muayyan   ma’noda   adabiyot   falsafasi,   badiiy   adabiyotning   yuksak
ma’nodagi   ko‘z-ko‘zidir.   Adabiy   tan qid   o‘z   tahlilu   kashfiyotlari   bilan   yaratilajak
buyuk asarlarga doyalik qilsa, qanday yaxshi.
Bugungi   suhbatimizda   ko‘proq   adabiy   tanqid   muammolari   haqida   gapirildi.
Yutuqlarga   kam   to‘xtaldik.   Adabiy-badiiy   nashrlarimizda   bosilayotgan   tahliliy
maqolalar,   taqrizlar,   adabiy   suhbatlardan,   chop   etilayotgan   adabiy-tanqidiy
to‘plamlardan   ko‘z   yummagan   holda   aytish   joizki,   bugungi   adabiy   tanqid   o‘z
vazifasini   baholi   qudrat   bajarayotir.   Shu   o‘rinda   men   “O‘zbek   adabiyoti masalalari”, “O‘zbek adabiyoti. Ta’sir va tipologiya”, “Istiqlol. Adabiyot. Tanqid”
to‘plamlarini,   taniqli   adabiyotshunos   olimlarimizdan   No‘mon   Rahimjonovning
“Istiqlol va bugungi adabiyot”, Nurboy Jabborovning “Zamon. Mezon. She’riyat”,
Damin   To‘rayevning   “Rangin   tasvirlar   jilosi”,   Hakimjon   Karimovning   “Hayot,
davr   va   adabiyot”   nomli   kitoblarini   misol   tariqasida   ta’kidlab   aytishni   istardim.
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida Vatan mavzusidagi she’rlar tahliliga
bag‘ishlangan   turkum   chiqishlar,   “Sharq   yulduzi”   jurnalida   adabiy   jarayon
muammolariga   doir   izchil   berib   borilgan   savol-javoblarni   ham   eslaylik.   Mana,
“Yoshlik”   jurnali   yosh   ijodkorlarning   bir   asari   va   unga   ikki-uch   muallifning
munosabat-taassurotini   e’lon   qilayotir.   Izlanishlar   davom   etayotir,   bugun   siz,   biz
kuyunib   aytayotgan   muammolarga   yechim   topishga   harakat   qilinayotir.   Eng
muhimi,   tanqidda   faollikni   oshirsak,   loqaydlikka   chek   qo‘ysak,   fikr-
mulohazalarimizda   xolis   va   beg‘araz   bo‘lsak,   marra   bizniki.   Bugungi   davrda
suhbatimiz ham ana shu yo‘ldagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi, deb ishonaman. Adabiyotlar:
1. Normatov U. Ijod sehri. – T.: 2009.
2. Haqqulov I. Ijod iqlimi. – T.: 2009.
3. Qodirov P. O’ylar. – T.: Fan, 1971.
4. Hoshmov O’. Notanish orol. – T.: 1990.
5. Qodirov P. Til va el. –T.: Nashriyot –matbaa ijodiy uyi,2005.
6. Yoqubov O. Izlayman.(etyudlar) – T.: 1972.

Adabiy tanqidiy suhbatlar Reja: 1. Adabiy tanqidiy suhbat janrining o ziga xos tamoyillari.ʻ 2. Suhbat janrining mavzu ko lami hamda asosiy prinsiplari. ʻ 3. Erkinlik, xolislik, mustaqil fikrlash suhbat janrining asosiy kategoriyalaridir.

Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan “Adabiy tanqid: bugun va ertaga” deb nomlangan davra suhbatida ayni sohaga oid kamchiliklar o‘rtaga tashlandi, adabiy tanqidning ijodiy jarayon ko‘zgusi ekani, adabiyotning taraqqiyot yo‘lini belgilab berishi, uning hayotiy zarurat ekanligi ta’kidlandi. Tahririyatimiz davra suhbatida aytilgan fikr-mulohazalarni gazetada yoritib, adabiy jamoatchilikni, keng kitobxonlar ommasini tanqidchilik muammolaridan, bu soha jonkuyarlarining sa’y-harakatlaridan, taklif va tavsiyalaridan xabardor qilishni rejalashtirgan edi. Albatta, bu ijodiy muloqot davomida aytilgan hamma gapni gazeta sahifasiga sig‘dirishning imkoni yo‘q. Shu bois ishtirokchilarning tanqidchilik ahvoli va rivoji uchun foydali, bevosita mavzuning o‘ziga doir fikr- mulohazalarini sahifaga olib chiqishni maqsad qildik. Davra suhbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi raisi taniqli olim Suvon Meli olib bordi. Suvon Meli, filologiya fanlari nomzodi: — Bugungi adabiy jarayonda tanqidning o‘rni va roli har qa chongidan-da muhim. Zero, ijodiy sharoit barcha janrlarda, turli uslublarda yozish imkoniyatini yaratib berdi, badiiy tafakkur ufqlari kengaydi. An’anaviy, realis tik uslubdagi asarlar bilan bir qatorda har xil adabiy oqimlarga xos usuldagi asarlar ham chop etilayotir. Bugun tanqidchilik oldida mazkur jarayonni o‘rganish, jamoatchilikka, keng kitobxonlar ommasiga ularning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish, estetik didni tarbiyalash, joriy adabiy tafakkurdagi o‘sish-o‘zgarishlarni aniqlab, istiqboldagi taraqqiyot yo‘llarini ko‘rsatishdek dolzarb vazifalar turibdi. Bu vazifalarni ado etishga chog‘langan adabiy tanqidning ayni paytdagi faoliyati qoniqarlimi? Adabiy tanqid sustlashdi, taqrizchilik holiga tushib qoldi, hatto “tanqidchilik” atamasidan voz kechib, “adabiyotshunoslik” atamasi bilan kifoyalangan ma’qul, degan fikrlar qanchalik rost?.. Bugungi davra suhbatimizda yuqoridagi kabi bir qator savollarga birgalikda javob qidirsak, muammolarni ro‘y-rost o‘rtaga tashlasak, aniq taklif va mulohazalarimizni bayon etsak. Maqsad badiiy tafakkur taraqqiyotining yetakchi

kuchi bo‘lgan adabiy tanqidning yanada faollashuviga, tahlil va talqinda teranlashuviga, ommabop va hozirjavobligiga turtki berishdan iboratdir. Nurboy Jabborov, filologiya fanlari doktori: — Mustaqillik barcha sohalar qatori adabiyotshunoslik va adabiy tanqid rivoji uchun ham katta imkoniyat yaratdi. Bu imkoniyatni voqelikka aylantirish masalasiga kelsak, afsuski, buni to‘la-to‘kis uddalay olayotganimiz yo‘q. Adabiy tanqid aslida ijodning alohida turi mavqeiga ko‘tarilishi kerak. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Tanqid saralamoqdur” degan ta’rifi bu sohaning mohiyatini aniq va lo‘nda ifodalagan. Lekin bizda bu soha mudom oqsab keladi. Nima uchun? Yana Behbudiyga murojaat etamiz: “…hanuz tan qid davriga yetishganimiz yo‘q. Ittifoqo, tanqid shaklinda bir nimarsa yozilsa, bizlarg‘a qattiq tegar. Yozganlarimizni(ng) buzuqligi va fikrimizni(ng) xatoligi, ishimizni(ng) noqisligini biror kishi ko‘rsatsa, achchig‘imiz kelur. Va ul odamni dushman ko‘rub, shaxsidan naf rat va fikrig‘a norozilik bayon eturmizki, bul bizni(ng) yangidan ishg‘a boshlaganimizdan, boshqa til ila noqisligimizdandur”. Bu — birinchi va bosh sabab. Bugungi kunda ham ruhiyatimizda ayni holat yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham munaqqidlarimiz keskin tanqiddan saqlanishga urinadi. Boshqacha aytganda, dushman ort tirmaslikka intiladi. Natijada, bozorbop she’rlar, yengil-elpi, ulug‘ hazrat Navoiy so‘zlashni “boisi beadablik” deb atagan uyatli holatlarni bayon etuvchi “nasriy asar”lar urchib ketdi. Axir, bizda chinakam tanqidiy asarlar, yozuvchi-shoirlarimiz tan olgan munaqqidlar bor edi-ku. Ustoz Ozod Sharafiddinovning qo‘lma-qo‘l o‘qilgan “O‘zbeknoma” haqidagi mashhur maqolasini eslang. Matyoqub Qo‘shjonovning, Norboy Xudoyberganovning matbuotdagi chiqishlari-chi? To‘g‘ri, bugun ham tanqidiy maqolalar bosilib turibdi. Lekin barmoq bilan sanarli. Qolaversa, bir-ikki maqola bilan adabiy jarayonning o‘ziga xos tendentsiyalarini, tamoyillarini aniqlab, baholab bo‘lmaydi. Keyingi paytda adabiy tanqidchilikda yana bir nojoiz urf ko‘zga tashlanmoqda. Bu urf bizda yaratilgan badiiy asarlarni sun’iy ravishda G‘arb da paydo bo‘lgan “izm”larga bog‘lashga intilish bilan bog‘liq. Ayon haqiqat shundaki, muayyan asar saviyasi qaysidir “izm”ga aloqadorlikda emas, muallifning badiiy mahoratida

namoyon bo‘ladi. Munaqqid asar badiiyatini, muallifning ijodiy uslubidagi o‘ziga xoslikni, obrazlilikda, qahramonlar ruhiyati tasvirida erishilgan yutuqlarni yoki aksincha, kamchiliklarni chuqur tahlil etishi, shu asosdagi mantiqiy dalillangan xulosalarni bera olishi zarur. Uning adabiy-tanqidiy maqolasini o‘qigan tajribali adibu shoirlar ham, yosh boshlovchi qalamkashlar ham nimadir o‘rgansin, o‘zida izlanish zaruratini sezsin. Munaqqid shundagina o‘z vazifasini bajargan hisoblanadi. Ustoz shoiru adiblardan: “Ijod qilayotganimda, har doim Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov yelkamdan qarab turgandek tuyuladi. Bu asarni o‘qiganda ular nima der edi, qanday baholardi, degan andisha meni mudom ta’qib etadi”, degan e’tiroflarni ko‘p eshitganmiz. Ana shunday shaxsiyatlar yetishmog‘i adabiy tanqid rivojining asosiy shartlaridan. Adabiy tanqid borasida ham muvaffaqiyatlarimiz oz emas. Biroq biz bu yutuqlar bilan cheklanib qolmasligimiz, muttasil izlanishda bo‘lmog‘imiz zarur. Adabiy tanqid bevosita adabiy jarayon bilan baravar qadam bosishi, uning taraqqiyot yo‘nalishini, rivojlanish istiqbolini belgilashga yordam berishi kerak. Buning uchun barcha imkoniyatlar mujassam. Ijodiy erkinlik ham, ilmiy salohiyat ham yetarli. Nav qiron, umidli munaqqidlarimiz ham bor. Eng muhimi, adabiy tanqidning xolis, jur’atli, ta’sirchan va yuqori saviyali bo‘lishiga erishmog‘imiz, tanqidni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rganishimiz zarur. Bu esa, o‘z navbatida, adabiy- estetik tafakkurning o‘sishiga, milliy adabiyotning ravnaqiga olib keladi. Bahodir Karimov, filologiya fanlari doktori: — Tanqidchining ishi oson emas. Bu yukni his qilish kerak. Ma’nisiz, tanqiddan tuban “asar”larni do‘ppini hidlab o‘qish, so‘ngra “yozg‘uvchi”ni savalash odamga xushkayfiyat bag‘ishlamaydi. San’at durdonalari haqidagi har qanday adabiy-tan - qidiy maqola esa o‘sha badiiy asarlar bilan yonma-yon yashaydi. Tanqidchilik martabasi ko‘p hollarda badiiy asarning poetik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar odamni tafakkurga chorlaydigan, qalbga zavq, fikrga quvvat beradigan betakror, go‘zal va umrboqiy asarlar yozilmasa, adabiy tanqid harakatdan to‘xtaydi. Adabiy jarayon har doim o‘zining original tahlil usullariga, xos dun yo qarashi va uslubiga ega munaqqidlar so‘ziga muhtoj. Davradoshining yangi bosilgan kitobiga

taqriz yozish, ora-orada uyushtiriladigan yubiley anjumanlarida umumchapakka jo‘r bo‘lish bilan munaqqid bu sohada o‘z qalbi va qiyofasini namoyon eta olmaydi. Munaqqidning talqinlari va tanqidlarini o‘qigan kitobxon badiiy asar sirini, jozibasini, mohiyatini, adabiy haqiqatni anglasin. Meningcha, ikki sababga ko‘ra adabiy jarayonda paydo bo‘layotgan asarlar e’tiborsiz qoladi. Birinchidan, yangicha badiiy tafakkur mahsulini tushunish va tushuntirishga munaqqidning idrok kuchi yetmasligi mumkin. Ikkinchidan, hikoya atalgan “voqeanoma”, she’r deyilgan “darak gap” hech kimga ta’sirsiz, hech qanday sirlarsiz, hammaga ma’lum, jo‘n, tanqid qilishga arzimaydigan narsalar bo‘ladi. Bugungi kunda tarozi pallasini shu ikkinchi sabab bosib ketgandek taassurot bor. Nasrda ramz va ibratdan ko‘ra quruq gapbozlik, oilaviy g‘iybat va g‘urbat mashmashalari, ko‘rpa-yostiq va qo‘ydi-chiqdi intrigalarning bayoni avj oldi. Nosirlarda nazariy bilim yetarli emas, syujet va kompozitsiya takomilini rejalashtira olmaydi; ichki manera ustida bosh qotirmaydi, parallelizm va simmetriyaga ahamiyat bermaydi; detalga yuk yuklamaydi, badiiy nutqni ishlamaydi… She’riyatda esa “sen-men”sirash, obrazsizlik, ma’nisizlik, uslubsizlik, tilsizlik, tovushsizlik, rangsizlik, ayniqsa, o‘z yo‘liga ega iste’dodli shoirlarga taqlid kuchaydi. O‘quvchi badiiy asar egasining musohibi. Yozuvchi uchun yozganini birov o‘qimaganidan kattaroq fojea bo‘lishi mumkinmi? “O‘zim uchun yozaman”, degan kamtarlik ortida manmanlik bor. “Tan qidga e’tibor bermayman”, degan odamning gapi arazli. Mashhur frantsuz munaqqidi Sharl Sent-Byov o‘z davrida: “Chinakam tan qidchi odamlardan o‘zib ketadi, jamoatchilik fikrini boshqaradi. Agar xaloyiq bo‘ronlar alg‘ov-dalg‘ovida adashib, to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘igan bo‘lsa, munaqqid aslo o‘zini yo‘qotmasdan bor ovozi bilan “Ortga qaytmoq kerak”, deya qichqiradi”, deb yozgan edi. Bu gap qaysidir ma’noda hozir ham o‘z qimmatiga ega. Xuddi shu olim ma’naviy olam nafosati va ulug‘vorligini e’zozlagan holda adabiyotdagi merkantilistik kayfiyatlarni, ya’ni manfaatparastlik, foydaxo‘rlikni tanqid qiladi.