logo

ADABIYoTShUNOSLIK FANINING ASOSIY VA TARKIBIY QISMLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.2587890625 KB
ADABIYoTShUNOSLIK FANINING  ASOSIY VA TARKIBIY
QISMLARI
Reja:
1. Adabiyotshunoslik   fanlari :   folklorshunoslik ,   Adabiyotshunoslik
nazariyasi ,  adabiyot   tarixi ,  adabiy   tanqid .
2. Adabiyotshunoslikning   qo ‘ shimcha   sohalari :   matnshunos   lik ,   kitobiyot ,
adabiyot   o ‘ qitish   uslubiyati ,  manbashunoslik . 1. Adabiyotshunoslik   –   keng   soha ,   uning   tarixiy   rivoji   davomida   undan
maxsus   fanlar –  folklorshunoslik ,  Adabiyotshunoslik   nazariyasi ,  adabiy   tanqid
ajralib   chiqqan .   Ularning   har   biri   adabiyot   hodisalarini   o ‘ z   predmeti   nuqtai -
nazaridan   o ‘ rganadi   va   barchasi   so ‘ z   san ’ ati   xususiyatlarini   tekshirgani   uchun
bir - biri   bilan   uzviy   aloqada   bo ‘ ladi ,   ya ’ ni   bir - birini   to ‘ ldiradi ,   boyitadi ,   bir -
biriga   yangilik   beradi ,  xulosalarini   asoslaydi   va   tasdiqlaydi . Pirovard natijada
adabiyotshunoslik ilmi yaxlitlilik kasb etadi.
Badiiy adabiyot ikki shakldan iborat: og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi) adabiyot
va   yozma   adabiyot.   Ikkalasi   ham   hayotni   badiiy   tasvirlash   bilan
shug‘ullanadi,   ya’ni   bitta   vazifani   o‘taydi.   Yozuv   paydo   bo‘lganiga   qadar
xalq og‘zaki ijodi rivojda bo‘lgan va u yozma adabiyotning yuzaga kelishiga
asos   sanaladi.   Yozma   adabiyotning   hamma   janrlari   ibtidosini,   negizini-xalq
og‘zaki ijodida ko‘rish mumkin. Folklor asarlarida xalq ruhiyati, ko‘p asrlik
ijtimoiy-siyosiy   kurash   tarixi   ifodasini   topgan.   Xalq   hayotining   ko‘zgusi,
ensiklopediyasi, solnomasi sifatida rang-barang boyligi bilan, o‘ta ta’sirchan
va donolikka o‘rangan oddiyligi bilan hamon kishilarni maftun etadi.
Xalq   og‘zaki   ijodi–folklor (inglizcha   so‘z   bo‘lib,   xalq   og‘zaki   ijodi
ma’nosini   beradi)ning   o‘ziga   xos   tabiatini,   poetik   xususiyatini,   yozma
adabiyot   bilan   munosabatlarini   o‘rganuvchi   fan   –   folklorshunoslik   deb
yuritiladi.   O‘zbek   folklorshunosligida   –   Hodi   Zarif,   Muzayyana   Alaviya,
Oxunjon   Sobirov,   Bahodir   Sarimsoqov,   To‘ra   Mirzaev,   G‘ayrat   Jalolov,
Juma Qobulniyozov kabi o‘nlab olimlarni ko‘rsatish va ularning tadqiqotlari
bilan   tanishish-   folklorning   mo‘jizaviy   qudrati   bilan   oshna   bo‘lishga
yetaklashi, shubhasizdir.
Adabiyotshunoslik   nazariyasi   –   so‘z   san’atining   mohiyati,   ijtimoiy
tabiati,   taraqqiyot   qonunlarini,   kishilik   va   tuzumlar   rivojidagi   o‘rni   va
ahamiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarning tahlil
qilish   mezonlari   va   unga   baho   berish   me’yorini   belgilaydi.   Eng   asosiysi, badiiy   mahoratning   hamma   qirralarini   keng   va   chuqur   o‘rganadi   va   shu
asosda umriboqiy mumtoz(klassik) asarlarning qalbini, uning qa’rida yotgan
poetik   nurni   kashf   qiladi.   A.Fitratning   “Adabiyot   qoidalari”(1926),
O‘zFAning ikki tomlik “Adabiyotshunoslik nazariyasi” akademnashri (1978-
1979),   I.Sultonning   “Adabiyotshunoslik   nazariyasi”(1980),   H.Umurovning
“Adabiyotshunoslik   nazariyasi”(2001)   va   sh.k.   darslik,   tadqiqot,
qo‘llanmalarning o‘ziyoq – Adabiyotshunoslik nazariyasi faniga qiziqishning
kuchliligidan   xabar   beradi.   Ayni   paytda,   ko‘plab   so‘z   san’atkor   (A.Navoiy,
Z.Bobur, B.Mashrab, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, P.Qodirov,
A.Oripov,   O‘.Hoshimov,   e.Vohidov   kabi)larning   ham   adabiyot
nazariyotchilari ekanligi – bu fanning ijodkorlar uchun ham zarur ekanligini
va uni o‘zlashtirgan – badiiy ijod ustasi bo‘la olishini isbotlaydi.
“Predmet   tarixisiz   predmetning   nazariyasi   bo‘lishi   mumkin   emas;   shu
bilan   birga   predmet   nazariyasisiz   adabiyotning   tarixi   haqida   hatto   fikr
bo‘lishi   ham   mumkin   emas..   ”   (N.G.Chernieshevskiy)   ligi   adabiyot   tarixi
fanining zarurligini ko‘rsatadi. U so‘z san’atining vujudga kelishidan boshlab
to   bugungacha   rivojlanish   tarixini   tadqiq   etadi.   Hayot   va   jamiyatlarning
tarixiy   taraqqiyotida   badiiy   adabiyotning   ahamiyatini,   uning   tamoyillarini,
davrlar  adabiyotining  o‘ziga  xosliklarini,  ular  o‘rtasidagi  an’ana  va  yangilik
(novatorlik)larni, ijodkorlarning  hayoti va ijodiy faoliyatlarini, davrlashtirish
prinsiplarini talqin qiladi.
Bugunga   qadar   o‘zbek   adabiyotini   ikkita   katta   davrga   bo‘lib   o‘rganish
rasm   bo‘lgan.   Birinchisi,   eng   qadimgi   davrlardan   boshlab   XX   asrgacha
bo‘lgan   adabiyot   –   mumtoz   adabiyot   tarixi   deb   yuritiladi.   Bu   haqda
N.Mallaev   (“O‘zbek   adabiyoti   tarixi”,   1-jild,   1962),   V.Abdullaev   (“O‘zbek
adabiyoti tarixi”, 2-jild, 1964), G‘.Karimov (“O‘zbek adabiyoti tarixi”, 3-jild,
1966)lar   darsliklar   yaratishgan.   Ikkinchisi,   XX   asr   va   XXI   asr   boshlari
adabiyoti – hozirgi zamon adabiyoti tarixidir.  Bu   davr   xaqida   ocherklar,   qo‘llanmalar   ham   yaratildi.   I.Sulton,
H.Yoqubov,   S.Mamajonov,   M.Yunusov,   O.Sharafiddinov,   U.Normatov,
S.Mirvaliev,   N.Shukurov,   B.Qosimov,   N.Karimov   kabi   hozirgi   zamon
adabiyoti tadqiqotchilarining asarlarida XX asr adabiyoti muammolari jiddiy
tahlil qilindi, yangi ilmiy-nazariy xulosalar chiqarildi. 
Adabiy   tanqid   –   har   bir   davrning   adabiy   hodisalari,   yozuvchilari   ijodi
haqida o‘z vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari
va o‘z zamonasining ijtimoiy talablari nuqtai-nazaridan baholaydi. Davr bilan
hamnafas bo‘lib, adabiy jarayonga faol aralashadi, ilg‘or ijtimoiy tamoyillar
va   g‘oyalarning   adabiyotga   kirishiga   madad   beradi;   kitobxon   ommasining
badiiy saviyasi yuksalishiga oziq beradi. Eng asosiysi, ijtimoiy fikr (bugungi
kunda   mustaqillikning   milliy   mafkurasi)   ning   faollashuviga   va   rivojiga,
uning qalblarda o‘sishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Adabiy   tanqid   ilm   va   san’atning   dialektik   o‘zaro   aloqasining   birligidan
tashkil topgan “insonshunos”- likdir. Shu bois, V.G.Belinskiy “har ikkisining
mazmuni   bir,   farqi   faqat   shakldadir”,   -   degan   edi.   Demak,   tanqidiy   asar-
san’at asari bo‘lishi, unda ilmiylik, chuqurlik, ta’sirchanlik samimiy bo‘lishi
shartdir;   u,   ayni   paytda,   hayotni   badiiy   o‘zlashtirish   jarayonini   o‘rganuvchi
va   shu   jarayon   oqimiga  ta’sir   ko‘rsatuvchi   ilmdir.  Shu  sabab  har  bir  adabiy
tanqidchining   talantida   hayotni   tadqiq   qiluvchi   san’atkorlik   fazilati   bilan
badiiy   ijod   hodisalari   haqida   haqqoniy   hukm   chiqaruvchi   olimlik   xislati
jamuljam   bo‘lishi   lozim.   U   “voqelikni   anglash”   va   hayotning   “hamma
masalalariga aralashish” sohasida jamiyatning bugungi taraqqiyot qonunlarini
aniq bilish borasida yozuvchi va shoirdan, dramaturg va publisistdan orqada
qolmagandagina o‘z hunarining mukammal sohibi bo‘lishi mumkin. 
“Tanqidchilik   talanti   kam   uchraydi,   tanqidchining   yo‘li   qaltis   va   xatarli
yo‘ldir” (V.Belinskiy). Lekin bu yo‘lni tanlab, adabiyotimiz rivojiga salmoqli
hissa qo‘shayotgan tanqidchilar safi hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida ham anchagina:   Ozod   Sharafiddinov,   Matyoqub   Qo‘shjonov,   Ibrohim   G‘ofurov,
Umarali   Normatov,   Norboy   Xudoyberganov,   Ibrohim   Haqqul,   Najmiddin
Komilov, Suvon Meliev, Abdug‘afur Rasulov va sh.k.
Adabiy   tanqid   faqatgina   nazariyani   amaliyotga   bog‘lab   qo‘yish   bilan
cheklanmaydi.   Balki,   nazariya   sohasini   kengaytiradi,   tayyor   badiiy
“mahsulot”dan   yangi,   hayotiy,   nazariy   qoidalar   yaratadi,   san’atkorlarning
g‘oyaviy   fikr   doirasini   kengaytiradi,   mahoratlarini   oshiradi.   U   adabiyotdan
o‘rganadi va adabiyotga yangiliklar kiritadi, estetikani boyitadi. 
Adabiyotshunoslikning   yordamchi   sohalari   –   matnshunoslik
(tekstologiya),   kitobiyot   (bibliografiya),   adabiyot   o‘qitish   uslubiyati
(metodikasi), manbashunoslik fanlaridir. 
Matnshunoslik   (tekstologiya-lat.textus-asos,   bog‘lanish,   yunoncha
logos-so‘z, fan) -badiiy asarlarning asl matnini yaratish bilan shug‘ullanadi. U
turli davrlarda yaratilgan, xattotlar tomonidan ko‘chirilgan yoki bir necha bor
nashr   etilgan   asarlarning   nusxasi   yoxud   nashrini   aniqlaydi,   uning   nusxa
(nashr)larini o‘zaro chog‘ishtiradi, tahlil qiladi, sharhlaydi va asarning ilmiy-
tanqidiy matnini (muallif yozganini) tayyorlaydi.
Jumladan, Alisher Navoiyning o‘n besh jildlik asarlari matni tayyorlanib,
nashr   qilindi.   Bu   Navoiy   asarlarining   mukammalligini   ta’min   etdi,   uni
tekshirish,   tahlil   etish,   to‘g‘ri   xulosa   va   saboqlar   chiqarishga   asos   bo‘ldi.
“Xazoyin   ul-maoniy”ga   kiruvchi   devonlarning   tanqidiy   matnini   Hamid
Sulaymon,   “Xamsa”ga   kiruvchi   dostonlarning   matnini   Solih   Mutallibov
(“Hayrat   ul-abror”),   Porso   Shamsiev   (“Farhod   va   Shirin”,   “Saddi
Iskandariy”),   G‘ulom   Karimov   (“Layli   va   Majnun”),   “Mezon   ul-avzon”ni
Olim   Sharafiddinov   va   Izzat   Sulton,   “Majolis   ul-nafois”ni   Suyuma
G‘anievalar   nashrga   tayyorladilar.     Bundan   tashqari   Hamza   Hakimzoda
Niyoziy,   Oybek,   H.Olimjon,   A.Qahhor   kabi   san’atkorlarning   mukammal
asarlari to‘plamining nashr etilgani-matnshunoslarimiz zahmatli mehnatining, tinimsiz   izlanishining   mevasidir.     Matnshunoslik   fanining  bo‘limlaridan  biri
atribusiya   (lat.attributio-nisbat   bermoq)   bo‘lib,   u   muallifi   noma’lum
asarning   yaratuvchisini,   asar   yozilgan   joyni,   uning   qachon   yozilgan   vaqtini
aniqlaydi. Jumladan, XIX asrning o‘rtalarida ba’zi olimlar ingliz dramaturgi,
jahon   dramaturgiyasining   tojdori   Vilyam   Shekspirning-mohir   dramaturg
bo‘lganiga   shubha   bildirishgan.   Ularning   fikrlaricha,   V.Shekspir-oddiy
aktyor bo‘lgan, shoh dramalar yaratishga qodir bo‘lmagan. Bunday shubhalar
asossizligini   atribusiya   isbotlagan   va   V.Shekspirning   nomini,   san’atini,
mohirligini yanada ulug‘lagan. “Iliada” va “Odisseya” eposlarining muallifi-
Gomer,   “Gul   va   Navro‘z”   dostonining   egasi-Lutfiy   ekanligi   ham   shu   soha
vakillarining izlanishlari natijasidir.
Kitobiyot  (bibliografiya-yunoncha biblion-kitob, grapho-yozaman), turli-
tuman asarlarning tematik va xronologik ro‘yxatini tuzadi, ularning har biriga
siqiq   tarzda   (kitob   muallifi,   kitobning   nomi,   xarakteri,   nashriyoti,   nashr
etilgan   yili,   chop   etilgan   joyi,   formati,   hajmi,   bahosi     va   sh.k.)   izoh   beradi,
son-sanoqsiz   adabiyotlar   orasidan   keragini   tez   va   oson   topib   olishni
ta’minlaydi.  Bibliografiya  umumiy   bibliografiya  (kutubxona   misolida   olsak,
o‘sha   yerda   jamlangan   hamma   kitoblarning   sistemali   va   alfavitli
ko‘rsatkichlari)ga,   maxsus   bibliografiya   (Alisher   Navoiy   yoki   H.Olimjon
ijodlari bo‘yicha tuzilgan ko‘satkichlar)ga, tematik bibliografiya (badiiy asar
syujeti mavzusidagi adabiyotlar ko‘rsatkichi)ga bo‘linadi. 
Xullas,   bibliografiya   o‘rganilishi   zarur   bo‘lgan   manbalarni   aniqlaydi,
ularning ilmiy ro‘yxatini tuzadi, shuningdek asarlarni baholash metodlari va
mezonlarini ham ishlab chiqadi. 
Adabiyot   o‘qitish   metodikasi   fani   o‘rta   va   oliy   maktabda   adabiyot
o‘qitishning   asosiy   vazifalarini   va   usullarini   o‘rganadi.   Ayni   paytda,
o‘qitiladigan   adabiy   materiallarni   tanlashga,   ularni   sinf   va   kurslarda
joylashtirishga va shular asosida o‘quvchi va talabalarni estetik tarbiyalashga alohida   e’tibor   qiladi.   Adabiyot   va   adabiyotshunoslikning   tabiati,
qonuniyatlariga   tayangan   holda   badiiy   asarni   idrok   etish   va   o‘zlashtirishga
ko‘makka   keladi,   uni   ilmiy   asoslaydi,   oson   “hazm”   qilishning   yo‘l
yo‘riqlarini   ishlab   chiqadi.   Dars  mashg‘ulotlari   jarayonida   adabiy   hodisa   va
asarlarni tahlil etish, baholash ishi bilan shug‘ullanadi.
Demak,   adabiyot   o‘qitish   metodikasi   fani-   o‘qituvchining   adabiyot
ilmidan   mukammal   bilimga   ega   bo‘lishini   va   shu   bilimni   ilmiy,   uslubiy
jihatidan   qiziqarli   va   zavqli   qilib   o‘quvchi   va   talabalarga   singdirishni   talab
qiladi.   Bu   fan   o‘qituvchisida   ilmiy   bilimdonlik   va   pedogogik   mahorat
jamuljm   bo‘lishi,   ular   birlashib   komil   insonlarni   yetishtirish   ishiga   xizmat
qilishi lozim. Adabiyotlar
1. To‘xta   Boboev.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”   1979,   9-
18- betlar.
2. Abdulla Ulug‘ov. Adbiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000, 5-
10 betlar.
3. N.Shukurov,   N.Hotamov,   Sh.Xolmatov,   M.Maxmudov.
Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O‘qituvchi”, 1984, 2-33 betlar.
4. Yerkin   Xudoyberdiev.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”,
1995, 6-8 betlar.
5. Hotam   Umurov.   Tahlil   san’ati,   T.,   G‘.G‘ulom   nomidagi   Adabiyot   va
san’at nashriyoti, 1978, 3-72 betlar.
6. N.Hotamov,   B.Sarimsoqov.   Adabiyotshunoslik   terminlarining   ruscha-
o‘zbekcha izohli lug‘ati, T., “O‘qituvchi”, 1979.

ADABIYoTShUNOSLIK FANINING ASOSIY VA TARKIBIY QISMLARI Reja: 1. Adabiyotshunoslik fanlari : folklorshunoslik , Adabiyotshunoslik nazariyasi , adabiyot tarixi , adabiy tanqid . 2. Adabiyotshunoslikning qo ‘ shimcha sohalari : matnshunos lik , kitobiyot , adabiyot o ‘ qitish uslubiyati , manbashunoslik .

1. Adabiyotshunoslik – keng soha , uning tarixiy rivoji davomida undan maxsus fanlar – folklorshunoslik , Adabiyotshunoslik nazariyasi , adabiy tanqid ajralib chiqqan . Ularning har biri adabiyot hodisalarini o ‘ z predmeti nuqtai - nazaridan o ‘ rganadi va barchasi so ‘ z san ’ ati xususiyatlarini tekshirgani uchun bir - biri bilan uzviy aloqada bo ‘ ladi , ya ’ ni bir - birini to ‘ ldiradi , boyitadi , bir - biriga yangilik beradi , xulosalarini asoslaydi va tasdiqlaydi . Pirovard natijada adabiyotshunoslik ilmi yaxlitlilik kasb etadi. Badiiy adabiyot ikki shakldan iborat: og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi) adabiyot va yozma adabiyot. Ikkalasi ham hayotni badiiy tasvirlash bilan shug‘ullanadi, ya’ni bitta vazifani o‘taydi. Yozuv paydo bo‘lganiga qadar xalq og‘zaki ijodi rivojda bo‘lgan va u yozma adabiyotning yuzaga kelishiga asos sanaladi. Yozma adabiyotning hamma janrlari ibtidosini, negizini-xalq og‘zaki ijodida ko‘rish mumkin. Folklor asarlarida xalq ruhiyati, ko‘p asrlik ijtimoiy-siyosiy kurash tarixi ifodasini topgan. Xalq hayotining ko‘zgusi, ensiklopediyasi, solnomasi sifatida rang-barang boyligi bilan, o‘ta ta’sirchan va donolikka o‘rangan oddiyligi bilan hamon kishilarni maftun etadi. Xalq og‘zaki ijodi–folklor (inglizcha so‘z bo‘lib, xalq og‘zaki ijodi ma’nosini beradi)ning o‘ziga xos tabiatini, poetik xususiyatini, yozma adabiyot bilan munosabatlarini o‘rganuvchi fan – folklorshunoslik deb yuritiladi. O‘zbek folklorshunosligida – Hodi Zarif, Muzayyana Alaviya, Oxunjon Sobirov, Bahodir Sarimsoqov, To‘ra Mirzaev, G‘ayrat Jalolov, Juma Qobulniyozov kabi o‘nlab olimlarni ko‘rsatish va ularning tadqiqotlari bilan tanishish- folklorning mo‘jizaviy qudrati bilan oshna bo‘lishga yetaklashi, shubhasizdir. Adabiyotshunoslik nazariyasi – so‘z san’atining mohiyati, ijtimoiy tabiati, taraqqiyot qonunlarini, kishilik va tuzumlar rivojidagi o‘rni va ahamiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarning tahlil qilish mezonlari va unga baho berish me’yorini belgilaydi. Eng asosiysi,

badiiy mahoratning hamma qirralarini keng va chuqur o‘rganadi va shu asosda umriboqiy mumtoz(klassik) asarlarning qalbini, uning qa’rida yotgan poetik nurni kashf qiladi. A.Fitratning “Adabiyot qoidalari”(1926), O‘zFAning ikki tomlik “Adabiyotshunoslik nazariyasi” akademnashri (1978- 1979), I.Sultonning “Adabiyotshunoslik nazariyasi”(1980), H.Umurovning “Adabiyotshunoslik nazariyasi”(2001) va sh.k. darslik, tadqiqot, qo‘llanmalarning o‘ziyoq – Adabiyotshunoslik nazariyasi faniga qiziqishning kuchliligidan xabar beradi. Ayni paytda, ko‘plab so‘z san’atkor (A.Navoiy, Z.Bobur, B.Mashrab, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, P.Qodirov, A.Oripov, O‘.Hoshimov, e.Vohidov kabi)larning ham adabiyot nazariyotchilari ekanligi – bu fanning ijodkorlar uchun ham zarur ekanligini va uni o‘zlashtirgan – badiiy ijod ustasi bo‘la olishini isbotlaydi. “Predmet tarixisiz predmetning nazariyasi bo‘lishi mumkin emas; shu bilan birga predmet nazariyasisiz adabiyotning tarixi haqida hatto fikr bo‘lishi ham mumkin emas.. ” (N.G.Chernieshevskiy) ligi adabiyot tarixi fanining zarurligini ko‘rsatadi. U so‘z san’atining vujudga kelishidan boshlab to bugungacha rivojlanish tarixini tadqiq etadi. Hayot va jamiyatlarning tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning ahamiyatini, uning tamoyillarini, davrlar adabiyotining o‘ziga xosliklarini, ular o‘rtasidagi an’ana va yangilik (novatorlik)larni, ijodkorlarning hayoti va ijodiy faoliyatlarini, davrlashtirish prinsiplarini talqin qiladi. Bugunga qadar o‘zbek adabiyotini ikkita katta davrga bo‘lib o‘rganish rasm bo‘lgan. Birinchisi, eng qadimgi davrlardan boshlab XX asrgacha bo‘lgan adabiyot – mumtoz adabiyot tarixi deb yuritiladi. Bu haqda N.Mallaev (“O‘zbek adabiyoti tarixi”, 1-jild, 1962), V.Abdullaev (“O‘zbek adabiyoti tarixi”, 2-jild, 1964), G‘.Karimov (“O‘zbek adabiyoti tarixi”, 3-jild, 1966)lar darsliklar yaratishgan. Ikkinchisi, XX asr va XXI asr boshlari adabiyoti – hozirgi zamon adabiyoti tarixidir.

Bu davr xaqida ocherklar, qo‘llanmalar ham yaratildi. I.Sulton, H.Yoqubov, S.Mamajonov, M.Yunusov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, S.Mirvaliev, N.Shukurov, B.Qosimov, N.Karimov kabi hozirgi zamon adabiyoti tadqiqotchilarining asarlarida XX asr adabiyoti muammolari jiddiy tahlil qilindi, yangi ilmiy-nazariy xulosalar chiqarildi. Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi haqida o‘z vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va o‘z zamonasining ijtimoiy talablari nuqtai-nazaridan baholaydi. Davr bilan hamnafas bo‘lib, adabiy jarayonga faol aralashadi, ilg‘or ijtimoiy tamoyillar va g‘oyalarning adabiyotga kirishiga madad beradi; kitobxon ommasining badiiy saviyasi yuksalishiga oziq beradi. Eng asosiysi, ijtimoiy fikr (bugungi kunda mustaqillikning milliy mafkurasi) ning faollashuviga va rivojiga, uning qalblarda o‘sishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Adabiy tanqid ilm va san’atning dialektik o‘zaro aloqasining birligidan tashkil topgan “insonshunos”- likdir. Shu bois, V.G.Belinskiy “har ikkisining mazmuni bir, farqi faqat shakldadir”, - degan edi. Demak, tanqidiy asar- san’at asari bo‘lishi, unda ilmiylik, chuqurlik, ta’sirchanlik samimiy bo‘lishi shartdir; u, ayni paytda, hayotni badiiy o‘zlashtirish jarayonini o‘rganuvchi va shu jarayon oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi ilmdir. Shu sabab har bir adabiy tanqidchining talantida hayotni tadqiq qiluvchi san’atkorlik fazilati bilan badiiy ijod hodisalari haqida haqqoniy hukm chiqaruvchi olimlik xislati jamuljam bo‘lishi lozim. U “voqelikni anglash” va hayotning “hamma masalalariga aralashish” sohasida jamiyatning bugungi taraqqiyot qonunlarini aniq bilish borasida yozuvchi va shoirdan, dramaturg va publisistdan orqada qolmagandagina o‘z hunarining mukammal sohibi bo‘lishi mumkin. “Tanqidchilik talanti kam uchraydi, tanqidchining yo‘li qaltis va xatarli yo‘ldir” (V.Belinskiy). Lekin bu yo‘lni tanlab, adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan tanqidchilar safi hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida ham

anchagina: Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov, Ibrohim G‘ofurov, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Ibrohim Haqqul, Najmiddin Komilov, Suvon Meliev, Abdug‘afur Rasulov va sh.k. Adabiy tanqid faqatgina nazariyani amaliyotga bog‘lab qo‘yish bilan cheklanmaydi. Balki, nazariya sohasini kengaytiradi, tayyor badiiy “mahsulot”dan yangi, hayotiy, nazariy qoidalar yaratadi, san’atkorlarning g‘oyaviy fikr doirasini kengaytiradi, mahoratlarini oshiradi. U adabiyotdan o‘rganadi va adabiyotga yangiliklar kiritadi, estetikani boyitadi. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari – matnshunoslik (tekstologiya), kitobiyot (bibliografiya), adabiyot o‘qitish uslubiyati (metodikasi), manbashunoslik fanlaridir. Matnshunoslik (tekstologiya-lat.textus-asos, bog‘lanish, yunoncha logos-so‘z, fan) -badiiy asarlarning asl matnini yaratish bilan shug‘ullanadi. U turli davrlarda yaratilgan, xattotlar tomonidan ko‘chirilgan yoki bir necha bor nashr etilgan asarlarning nusxasi yoxud nashrini aniqlaydi, uning nusxa (nashr)larini o‘zaro chog‘ishtiradi, tahlil qiladi, sharhlaydi va asarning ilmiy- tanqidiy matnini (muallif yozganini) tayyorlaydi. Jumladan, Alisher Navoiyning o‘n besh jildlik asarlari matni tayyorlanib, nashr qilindi. Bu Navoiy asarlarining mukammalligini ta’min etdi, uni tekshirish, tahlil etish, to‘g‘ri xulosa va saboqlar chiqarishga asos bo‘ldi. “Xazoyin ul-maoniy”ga kiruvchi devonlarning tanqidiy matnini Hamid Sulaymon, “Xamsa”ga kiruvchi dostonlarning matnini Solih Mutallibov (“Hayrat ul-abror”), Porso Shamsiev (“Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy”), G‘ulom Karimov (“Layli va Majnun”), “Mezon ul-avzon”ni Olim Sharafiddinov va Izzat Sulton, “Majolis ul-nafois”ni Suyuma G‘anievalar nashrga tayyorladilar. Bundan tashqari Hamza Hakimzoda Niyoziy, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor kabi san’atkorlarning mukammal asarlari to‘plamining nashr etilgani-matnshunoslarimiz zahmatli mehnatining,